OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNasoim ul-Muhabbat (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm322KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Nasoim ul-Muhabbat (I- qism)
Alisher Navoiy

Institutdan

Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» asari ilk bor arabiy, forsiy matnlar, ularning tarjimalari va izohlari bilan toʻliq holda nashr etilmoqda. Asar muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)iing hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. Ilgarngi nashrida (1968) atigi 153 ta shayxlar haqida ma’lumot berilib, ayrim diniy va tasavvufiy atamalar ma’lum sabablarga koʻra tushirilib qoldirilgan edi.

«Nasoyim ul-muhabbat Abdurrahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» tazqirasining tarjimasi, lekin Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda. boʻladi va uning asaridagi ma’lumotlarni toʻldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazadi.

Tarix va madaniy merosimizni keng oʻrganayotgan hamda naqshbandiylik ta’limotiga ragʻbat koʻrsatayotgan ekanmiz, bu asarni toʻliq holda nashr etilishn ilmiy, ma’rifiy va axloqiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, Imom A’zam, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Hakim Tirmiziy, Bahouddin Naqshbandiylarning aqida va qarashlari bilan xalqimizni, xususan, yoshlarimizni yaqindan tanishtirish joyizdir.

Asarni nashrga tayyorlashda OʻzR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan 857 va 5420 inv. raqamli qoʻlyozmalar hamda «Nasoyim ul-muhabbat»ning Turkiyada chiqqan tanqidiy matnlari asos qilib olindi (Kamol Eraslan, 1996).

Matnlarni qiyoslash, shaxs va joy nomlarini toʻgʻri yozish, tarjima va izohlar tuzishda Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» asari qoʻlyozmasidan, Eronda (doktor Obidiy, 1370 H. sh.), Toshkentda (1916) chop boʻlgan izohli manbalardan hamda Mahmud bin Usmon Ali (Lomi’iy Chalabiy, 1479—1532) tomonidan usmonli turk tiliga oʻgirilgan tarjimadan foydalanildi.

Arabiy va forsiy matnlarni asarning oxiriga ilova qildik. Keyingi nashrlarda kitob yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, arabiy va forsiy matnlarni ham oʻz oʻrnida berib, chop etish nazarda tutiladi.

Qisqartmalar

a. r. — alayhir-rahmah — unga (Allohning) rahmati boʻlsin!
a. s. — alayhis-salom — unga (Allohning) salomi boʻlsin.
v. a.—vallohu a’lam — Alloh bilguvchiroq.
n. b. — nafa’ano bihima — ikkalasi tufayli (Alloh) bizga naf yetkazsin.
n. m. n.— nuvvira marqaduhu nuran — uning qabri nurga toʻlsin.
n. m. n.— navvara marqadahu nuran — (Alloh) qabrini nurga toʻldirsin.
k. v. — karramallohu vajhahu — Alloh uning yuzini mukarram qilsin.
r. — rahimahullohu — Alloh unga rahm qilsin.
r. a. — raziyollohu anh(u) — Alloh undan rozi boʻlsin.
r. a. — rahmatullohi alayhi — unga Allohning rahmati boʻlsin.
r. a. a. — rizvonullohi alayhim ajma’in — ularnnng barchasidan Alloh rozi boʻlsin.
r. r. — ravvahallohu ruhahu — Alloh uning ruhinn shodlantirsin.
r. t. — rahimahullohu taolo — Allohu taolo unga rahm qilsin.
r. t. a. a. — rizvonullohi taolo alayhim ajma’in — ularning barchasidan Allohu taolo rozi boʻlsin.
r. t. a. — raziyollohu taolo anhum — Allohu taolo ulardan rozi boʻlsin.
r. t. r.— rahimahullohu taolo ruhahu — Allohu taolo ruhiga rahm qilsin.
s. a. v—sallallohu alayhi vasallam — unga Allohning salavoti va salomi boʻlsin.
s. r. a. — salavotur-rahmoni alayhi — unga rahmonning (Allohning) salavoti boʻlsin.
s. t. — subhonahu va taolo — pokdir (Alloh) va oliydir.
q. — qaddasallohu — Alloh muqaddas qilsin.
q. a.— qaddasa arvohahum — Alloh ularning ruhlarini muqaddas qilsin.
q. a. — qaddasallohu asrorahum — Alloh ulariing sirlarini muqaddas qilsin.
q. s. — quddisa sirruhu — uning sirri muqaddas qilindi.
q. s. — qaddasallohu sirrahu — Alloh sirrini muqaddas qilsin.
q. r. a. — qaddasallohu ruhahul aziz — Alloh uiing aziz ruhiii muqaddas qilsin.
q. s. a. — quddisa sirruhum aziz — ularning aziz sirlari muqaddas qilindi.
q. t. a. — qaddasallohu taolo asrorahum — Allohu taolo ularning sirlarini muqaddas qilsin.
q. t. r. — qaddasallohu taolo ruhahu — Allohu taolo uning ruhini muqaddas qilsin.
q. t. s. — qaddasallohu taolo sirrahu — Allohu taolo uning sirrini muqaddas qilsin.
Yuzoru va yutabarraku bihi — (Qabri) ziyorat qilinadi va tabarruk sanaladi.

Nasoyim Ul-Muhabbat

Bismillohir-Rahmonir-Rahim

[Muhabbat va tavfiq bogʻchalarining shabbodalaridan valiylar qalbini ochgan, haqiqat va futuvvat bogʻlarining xushboʻyliklari bilan doʻstlari koʻnglini shod etgan Aldohga hamdu sanolar boʻlsin.

Irfon va faqirlik sharofati bilan faxrlangan Muhammad alayhissalomga salotu salomlar yoʻllaymizki, u zot tufayli zamon ahliga iymon sharofati yetishdi. U zot (Muhammad alayhissalom) odatdan tashqari ishlarning manbai, moʻ’jiza, karomat va ilhomning ma’danidir. Va u zotning ma’sum ahlu ayollariga, pok sahobalariga ham salotu salomlar boʻlsin)[1].

Ammo ba’d mundoq arz qilur jahl vodiysining marhalapaymoyi Alisher mulaqqab Navoiy [Alloh uning yuzini zalolat vodiysidan hidoyat yoʻliga bursin – sakkiz yuz sakson birda bu sarmoyasiz, notavon Hazrat ustozim, sayyidim, hujjatim, mahdumim va shayx ul-islomim Mavlono, millat va din nuri – Abdurrahmon Jomiy – unga Allohning rahmati, magʻfirati, salomi va rizosi boʻlsin][2] xidmatlarida «Nafahot ul-uns mnn hazarot il-quds» kitabi jam’u tartibining boisi boʻldum. Andoqki, ul sharif kitobning fihrastida ul Hazrat nuvvira marqaduhu aning kayfiyatini sharh bila zikr qilibdurlar. Oʻqugʻonlar koʻrmish boʻlgʻanlar va oʻqumagʻonlar oʻqusalar, koʻrgaylar.

Ul kitob xaloyiq orasida mashhur va oʻqumoq va bitimagi shoye’ boʻldi.

Ul ma’rifat kunjining valoyatosor holoti zikridin va foyiz ul-anvor maqoloti fikridin ahli arboblargʻa naf’lar va shavqu irodat ahligʻa fayzlar yetishdi.

Doim oshufta xotirga kelur erdi va parishon xayolgʻa evrulur erdikim, ul kitob alfozi forsiydur, arabiygʻa payvasta va iborati ishorat ahli tiliga vobasta va ul tillar vuqufidin bahravarlar va ul iboratu ishoratdin bexabarlar ul alf Ozdin oʻz qobiliyatlari xurdida va ishtigʻollari muqobalasida naf’lar toparlar va fayz elturlar.

Ammo turk ulusidin ba’ziki, koʻngul sidqu safosigʻa bahramanddurlar, bu kimiyo asar soʻzlar ta’siriga Tengri inoyatidin arjumand, ul alfozgʻa vuquf qillatidin ul fayzlardin mahrum va bu haqoyiqning daqoyiqi ularga noma’lum. Xotirgʻa kechmishkim, agar sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga tarjima qila olgʻaymuman va ul daqoyiqu mushkilotni ravshanroq alfoz va ochuqroq ado bila oʻtkara olgʻanmuman?–deb mutaammil erdim. Va ne bu xayolu muddaodin oʻzumni oʻtkara olur erdim va ne ishning azimligʻi va dushvorligʻi jihatidin shuru’ qila olur erdim.

To ta’rix toʻqquz yuz birdaki, ul kitobning ta’lifidin yigirma yil oʻtub erdi, Tengri taolo tavfiqi birla bu ulugʻ ishgʻa ilik urdum va bu azim amrgʻa qalam surdum va Hazrat shayx Fariduddin Attor q. s. bitigan «Tazkirat ul-avliyo»din ba’zi kibor mashoyixkim, «Nafahot ul-uns»gʻa doxil boʻlmabdur erdi – har qaysini munosib mahalda doxil qildim va Hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur erdi, mumkin bor tilab, topib hazrat Qutb ul-avliyo Shayx Farid Shakarganj q. a.din soʻnggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri ham ozroq erdi, oni dogʻi Hazrat shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad Yassaviy r.din bu zamongʻacha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin va ba’zi holotu soʻzlarin oʻz mahalida darj qildim.

Va Hazrat Maxdumi n. m. n.ning oti va muosiru musohib mashoyix q. a. zikri dagʻikim, ul mutabarrak kitobda yoʻq erdi, munda qoʻshdum va ul kitobda dagʻi avliyoulloh zikridin ba’zi soʻzkim, zamon ahligʻa koʻp muhtoj un-ilayh ermas erdi itnob vahmidin tarkin tutdum va bu tarjimadin oʻksuttum va chun bu valoyat riyozi muhabbat nasimigʻa muhib va futuvvat shamimigʻa sabab boʻldi, anga «Nasoyim ul-muhabbat min sha-moyim ul-futuvvat» ot qoʻydum. Umidim ulki, bu nasoyimdin ruhlari toza va shamoyimdin ravhlari beandoza boʻlgʻon azizlar qoyil ruhini biror duo bila yod va biror fotiha bila shod qilgʻaylar.

Bu toifa sulukida muqaddima tamhidi

Allohu taboraka va taolo aytdi: biz odam bolalarini azizu mukarram yaratdik, Quruqlik (ot-ulov) va dengizga (kemalarga) chiqarib qoʻydik. Yana Alloh taolo aytadiki, albatta bu omonatni (shariati islomni) osmonga, yerga va togʻu toshlarga tavsiya qilgan edik, ular mas’uliyatdan bosh tortdilar va undan qoʻrqdilar. Inson esa, uni oʻz zimmasiga oldi}2.

Bu taqdir bila andoq tahqiq boʻldikim, haq subhonahu va taolo mahluqotda bani odamdin sharifroq va biyikroq xalq qilmaydur, nevchunki, ma’rifatulloh ganjining amini va mahrami uldur.

Va dedikim, [men bir maxfiy xazina edim, oʻzimni bildirish, tanitish uchun barcha olamii yaratdim]3. Va chun maxluqning zotida bashariyatni doxil qildi. Bashariyat muqtazosi bila alardin nopisand ishlar vujud tutti. Muning islohi uchun ba’zi bir guzida bandalar boshigʻa nubuvvat tojin qoʻyub, beliga hidoyat kamarin bogʻlab, bu maxluqning amru nahyigʻa oʻz ollidin mahkum va bulargʻa hokim qildi. Va Kalomu ahkom alar uchun nozil qildi, to ul ma’rifatgʻa alarni dalolat qildilar. Chun bu maxluqlar aning asmo’ va sifotining mazohiri erdilar va har sifatgʻa muttasif erdilar. Har qaysi oʻz qobiliyatigʻa koʻra ul sifatgʻa munosibki, anga mazhar erdi, taraqqiy va tafovut zohir qildilar va zotlarida bashariyat gʻolib erkan jihatidin muxtalif adyon va milal arogʻa tushti. Ul zamongʻachakim, xalqning ashaddi va agʻlazi a’rob erdilar, balki alar orasida Qurayshki, alarning hidoyati uchun Hazrat Risolat s. a. v. niki murodi ofarinishdin ul hazratning sharifu pok zoti erdi, habibligʻigʻa muttasif qilib, ul gumrohlar hidoyatigʻa yibordi va ahkomin ul Hazratgʻa nozil qildi. Chun anbiyoning ashrafi erdi, qavm-aqvomning ashaddi. Har oyinakim, nozil boʻlgʻon kalom qonuni bila shariat ahkomin andoqki-sharti erdi tuzdi va botil milAlii oradin chiqardi va qobil xalqni ul ma’rifatgʻa musharraf qildi.

Andoqki, kirom ashobidinki, bu davlatu saodatgʻa foiz erdilar, biri oʻz holidin xabar berurki, [agar parda koʻtarilmasa, ishonch ortmaydimi?]4

Va chun ul Hazrat s. a. v. anbiyoning xotimi erdi va andin soʻngra nubuvvat eshigi bogʻlandi. Har oynnakim, noqislar takmiligʻa ummatining komilu olimlarini nomvar ettiki, burungʻi anbiyo oʻrnigʻa uhda qilgaylar va yoʻldin chiqgʻonlargʻa yoʻl koʻrguzgaylarki (ummatim ulamosi Bani Isroil olimlari kabidur. Va yana – ulamo paygʻambarlar vorisidir»]5, ahodisi andin xabar berur va ul Hazratdin soʻngra buzurgvor ashobi rizvonullohi taolo alayhim ajma’in xaloyiqqa bu rahnamoyligʻni bajo kelturdilar va Haq subhonahu va taologʻa yoʻl koʻrguzdilar va ul sohib davlatlardin soʻngra bu ummatning mashoyixi va avliyoulloh q. t. a. bu irshodgʻa ishtigʻol koʻrguzdilar va va’da budurkim, olam inqirozigʻachakim, millat va shariat siyrati mustaqim boʻlgʻusidur.

Bu toifakim, valoyatu karomat ahlidurlar va xaloyiqqa irshodu uhda qilurlar, muborak zotlarining barakoti bu millat ahli boshidin kam boʻlmagʻay.

Bu toifaning a’molu af’ol va muomilotu riyozotidin ba’zini zikr qilmoq

Bularning avval ishlari tavbadurkim, Haq s. t. barcha manhiy ishlardin alargʻa ijtinob karomat qilgʻay va andin soʻngra luqma hilliyatikim, ul bobda ulcha mumkindir, sa’y qilurlar. Har oyina [kosib ollohning sevgan bandasidir]6 mazmuni bila kibor mashoyix ba’zi san’atlarga ishtigʻol qilibdurlar.

Ul jumladin, Shayx ul-mashoyix Shayx Abu Said Xarroz q. r. a. erdikim, alarni mashoyix Qamar us-sufiya debdurlar. Va shayx ul-islom muqarrabi Hazrat Boriy Xoja Abdulloh Ansoriy q. r. mashoyix ta-baqotinkim bitibdurlar, jamii avliyoullohdinkim zikr qilibdurlar, barchadin alarni koʻprak vasf qilibdurlar va martabalarin biyikrak tutubdurlar. Alar oʻtuk tikarga mansubdurlar.

Va Shayx Muhammad Sakkok q. s. kim, oʻz zamoni mashoyixining yagonasi ermish, pichoqchiliqqa mansubdur.

Va Shayx Abu Hafz Haddod q. r. temirchilik qilibdur.

Va Shayx Abubakr Xabboz q. s. oʻtmakchilikka mashhurdur.

Va Shayx Abulabbos Omiliy q. s.kim, oʻz zamonining qutbi va gʻavsi ermish va sultoni tariqat Shayx Abusaid Abulxayrning xirqa piri ermish, qassobliq qilibdur.

Va Shayx Ibrohim Ojuriyki, xisht avalabdur.

Va Mirchai Safolfurushki, Xuroson elining piri ermish, doshgarlik qilibdur.

Va Shayx Abulhasan Muzaiyin va Shayx Bannon – hammol va Shayx Abulhasan – najjor.

Va mutaaxxir mashoyixdin zamonining yagonasi Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband q. r. a.ki, kimxo naqshini bogʻlamoqqa mashhurdurlar.

Va soyir mashoyixi kibordin ham koʻpi halol luqma kasbigʻa muzdurluq qilibdurlar, oʻtin toshibdurlar va halol luqma bu ishda kulliydurki, ondin fayzu ma’rifat zoyanda boʻlur.

Va bir shubhalik luqma oncha tiyralik keltururki, koʻp vaqt oning islohigʻa mashgʻul boʻlub, ma’lum emaski, daf’i ne nav’ surat bogʻlar.

Ondin soʻngra shariat rioyatidurki, ul jodada istiqomat boʻlgʻay va ulcha mumkindur ondin qadam tajovuz kilmagʻoy.

Shayx ul-islom q. r. a. debdurlarki, har nimadin 6ir miqdorni olsalar, bir miqdori qolur, shariatdin oʻzgaki – bir, miqdori ondin kam boʻlsa, hech nima qolmas. Bu toifaning shariat rioyati va sunnat mutobaatidin ulugʻroq ishlari yoʻqdur. Ul ishda rusuxu istiqomatdin dushvorroq amrlarikim, Hazrat Risolat s. a. v.din manquldurkim, bir saboh ashob ul Hazratning muborak mahosinlarida necha tuk oq koʻrdilarki, burungʻi kun yoʻq erdi. Taajjub yuzidin tafahhus qildilar, ersa ul Hazrat buyurdilarki, oʻtgan kecha «Hud» surasi mulohazasida (bas, Ey Muhammad, siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar oʻzingizga buyurilgani yangligʻ toʻgʻri yoʻlda boʻlingiz]7 oyatida taammul qilur erdim. Oning su’ubatidin bu voqe’ boʻlubdur va ul Hazratning sunnatlarining rioyati va onda istiqomatki, filhaqiqa Haq s. t. amrining. rioyatidur va ondin dushvorroq nima mutasavvar ermasdur. Bu rioyatu istiqomat soyir sunandadur. Va umdalariki, faroyizdur va islom arkonidur.

Va oning avvali shahodat kalimasidur va alhaq jami’i avliyoullohu mashoyix q. t. a.ning zikrlari xoh xafiy va xoh jahr ul tarkibdur, balki ul kalimaki, mudovamatini ul yerga tegurubdurlarki, bir lahza ondin gʻofil, balki bir turfat ul-ayn ondin gʻoyib boʻla olmaslar. Va ondin mash’ufu mustagʻraq boʻlubdurlarki, ba’zi bu kalimann eshitgach, behush boʻlub, yiqilibdurlar. Va ba’zining ham bu kalima istimo’idin ruhlari muforaqat qilibdur.

Va yana biri saloti xamsadurki, ul nav’ki bu toifa ado qilibdurlar, aql qoshida mahol koʻrunur.

Va ul jumladin, shayx Husayn Mansur Halloj H. s.durki, bovujudi ul da’volar va bovujudi saloti xams adosidin boshqa bir kechalik kunduzlikda Shayx ul-islom q. s. debdurki, ming rak’at nofila guzorlar erdi. Va alarga qatl boʻlgʻon kunning kechasi besh yuz rak’at ado qilib erdilar. Va sulton ul-orifin Shayx Abu Yazid Bistomiy q. s. namoz qilsa erdilar, qa’-qa’alarning koʻksi soʻngaklaridin chiqar erdi. Haq s. t. haybatidin va shariat ta’zimidin va hozir xalq eshiturlar erdi. Va Shayx q. t.ni ba’zi mashoyix ta’n qilibdurlarki, namoz qilmas. Alar debdurlarki, namoz qilurda manga bir hol voqe’ boʻlur. Siz ham mulohaza qiling, agar ul hol bila namoz joyiz boʻlsa, qiloyin. Mulohaza qilibdurlar: «Allohu akbar» deb takbiri tahrima bogʻlagʻondin soʻngra, har tuki tubidin bir qatra qon bosh urubdur.

Yana biri zakotdur. Bu toifa dunyo tarkini ixtiyor qilibdurlar. Alardin yuzdin biri sohibi nisob boʻlmaslarkim, alargʻa zakot farz boʻlgʻay. Ba’ziki, boʻlsalar ham tamomin Tengri yoʻligʻa sarf qilurlar va minnat jonlarigʻa tutarlar.

Shayx Abubakr Shibliy q. s.din bir faqih soʻrubdurki, zakot adosi ne nav’dur? Shayx debdurlarki, sanga farz boʻlur zakotnimu deyin? Yo manga farz boʻlur zakotnimu deyin? Aytibdurlarki, manga boʻlur zakot qaysidur va sanga boʻlur zakot qaysidur? Shayx debdurlarki, sanga boʻlur zakot uldurkim, har ikki yuz diramdin besh diram Tengri yoʻlida bergaysan. Manga boʻlur zakot budurkim, har ikki yuz diramdin ikki yuz besh diram Tengri taolo yoʻlida bergaymen. Debdurlarkim, ikki yuz diramkim berildi, yana besh diram nedur? Shayx debdurlarki, ul besh diramni burj qilib, ul ikki yuz diram bergan shukronagʻa berilgʻay. Va bu Abubakr Siddiq mazhabidur, raziyallohu anhu.

Yana biri roʻzadurkim, soyir xaloyiq fajr tulu’idin kunas gʻurubigʻacha yemak-ichmakdin va mubosharatdin imsok qilurlar. Bu toifa anga koʻshish qilurkim, andoqki, yemak-ichmakdin boʻgʻuzgʻa savm buyurgʻaylar. Jami’i a’zogʻa oʻz qilur fe’llaridin roʻza buyurgʻaylar. Koʻzga nomashru’ nimaga boqardin va quloqqa nomashru’ un eshiturdin va oyoqqa nomashru’ qadam urmogʻdin, ilikka nomashru’ nima tegmakdin va alo hozo jami’i a’zogʻa bu dastur bila. Va bovujudi bu su’ubatlar-barchadin sa’broq koʻngul roʻzasidurki, Haq s. t.din oʻzga hech nima xotirgʻa kechmakdur va bu roʻzani doimiy koʻngulga buyururlar.

Islomning bu mazkur boʻlgʻon toʻrt rukni takmil topqandin soʻngra hajdurki, soyir xaloyiqqa sharti istitoat va amni tariqdur. Va bu toifaga amni tariq, Haq taolo mulkidadur, ya’ni har yerki, Haq s. t. mul-kidur, onda asragʻuchi oʻzidur. Va istitoat oning xizonai karamidurki, ul yoʻlgʻa bovujudi ul toʻrt ruknning mazkur boʻlgʻon rioyati bu nav’ amni tariq va istitoat bila qadam urarlar va tavakkul bila ul yoʻlni qat’ qilurlar.

Yana bovujudi shariat rioyati va tariqat odobidurki, bu toifa mar’iy tutarlar. Ul adabdurki, yaxshiyu yomongʻa va ulugʻu kichikka bajo keltirurlar. Andoqki, borcha xaloyiqdin oʻzlarin kichik va kamroq tutorlar va barchagʻa xizmat huzurida boʻlurlar. Hattoki, oʻz farzandlarigʻa va xodimu mamluklarigʻaki, har necha alardin beqoidaligʻ koʻrsalar, xushunat birla alargʻa soʻz demaslar, balki nasihatni yumshogʻ va chuchuk til bila qilurlar, hattoki oʻgʻrigʻacha.

Manquldurki, Hazrat Xoja Abulvafoyi Xorazmiy q. r.bir ravzan yorugʻligʻida oʻlturub, mutolaa qilurlar ermish. Bir oʻgʻri angdib, alarning dastorlarin sirmabdur. Alar oʻzlari tarafidin tutubdurlar va oʻgʻri iztirob bila tortor ermish. Alar der ermishlarki, he valloh, eski va yirtiqdur. Sizning hech ishingizga yaramas. Bu soʻzni muqarrar qilibdurlar. Oʻgʻrigʻa asar qilmay tortor ermish. Xoja ojiz boʻlgʻondin soʻngra dastorni qoʻyaberib, demishlarki, sizga har necha ayttuq, inonmadingiz, ochqaningizda koʻrgunguzdur. Oʻgʻri nariroq borgʻach, ochib koʻrsa, Xoja degondek, bagʻoyt eski va pora-pora koʻrub, toshlabdur. Xoja bilibdurki, koʻrgach tashlagʻusidur, keynicha borib, dastorni olmishlar va boshlarigʻa chirmarda oʻz-oʻzlari birla der ermishlarki, har necha ayttuqki, yaramas, inonmaslar, oʻzlari koʻrmaguncha tashlamadilar. Yana bovujudi bu nav’ adab saxoye mufritdurki, oni bu toifa bazli mavjud derlarki, hech nimalarin hech kishidin ayamaslar.

Manquldurki, Xoja Abunasr Porso q. r.ning Balxda bir yaxshi otlari bor ermish. Va hokimning xotiri koʻp ul ot sori moyil ermish. Ammo tilamas ermishki, shoyadki, Xojaning muborak xotirlari ham anga vobasta erkin. Bir kecha ikki oʻgʻri ittifoq qilibdur. Tavilani teshib, ul otni chiqarib eltibdurlar. Tong erta ma’lum qilgʻoch, muridlar va mulozimlar iztirob birla kelib, Xojagʻa arz qilibdurdar. Xoja debdurlarki, biz oz minar erdik, eltgan kishilarga bizdin darboyistroq erkandur.

Ashob hokimgʻa arz qilurlar. Hokim ul tama’igʻaki, bu vasila bila shoyad Xojadin tilasa boʻlgʻay.

Tush-tushdogʻi yoʻllorgʻa kishilar choptirib, oʻgʻrilarni tutub, bir ulugʻ navkaridin Xoja xizmatigʻa yuborur, ikki koʻhistoniy oʻgʻri bila. Ashob aydurlarki, hokim oʻgʻrini tutub, otni falon ulugʻ navkaridin yiboribdur, toshqoridur. Xoja derlarki, kirsun! Ul navkar kirgach, Xoja ta’zim uchum qoʻporlar va oni oʻlturdurlar. Ul ikki mulozimlargʻa ishorat qilurkim, oʻgʻrilarni kiyururlar. Iliklari bogligʻ. Alar ham kirgoch, Xoja hamul dastur bilan qoʻporlar va alarni oʻlturdurlar va iliklarnn yeshtirurlar va soʻrarlarki, Qaydaligʻsiz?- Derlarki, koʻhistonligʻ. Soʻrarlarki, holo, ul yon ozim erdingiz? Derlarki, bale. Derlarki, magar yoyogʻ erdingiz? Derlarki, bale. Derlarki, qoʻnung, ul ot sizga darboyistroqdur, oling va boring! Hokim navkaridin hokimgʻa minnatdorligʻ bila uzr qoʻlub yiborurlar.

Yana hilm va burdborligʻdurki, bu toifagʻa har kimdin har shiddat yetishsa, alar lutfu madoro bila oʻtkorurlar va muqobalada minnatdorligʻ bila uzr qoʻlarlar.

Ul jumladin azize erdi, bu toifaning mukammalidin va Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. ning kibor ashobidin erdi va faqirning alar xizmatida koʻp irodatim bor erdi. Va alar yaxshi un samoi’gʻa mash’uf erdilar. Mugʻanniyi bor erdi xush ovoz, ammo kichik yoshligʻ va devonasoru shoʻx erdi. Majlisda oʻlturaturgʻoch sekrib, ul azizning boʻynigʻa minib, ayogʻin depsar erdi. Alar rifqu madoro bila aytur erdilar: Hordingiz erkin, tushsangiz ham siz bilursiz. El malomat qildilar. Ersa, alar man’ qildilarki, ul ajab karamu ehson qiladurki, aytmaydurki, qoʻp, toshqori bozorgʻa ushbu dastur bila mani elt! Agar desa erdi, eltmoqdin oʻzga ne chora bor erdi?

Yana rizodurki, har ne haqdin kelsa, va har kim sabab boʻlsa, musabbibdin oʻzga kishini orada koʻrmagaylar. Va rizo izhoridin oʻzga alar tili va koʻngliga kirmagay. Ham ushbu mazkur boʻlgʻon azizning bir oʻgʻli bor erdi. Bagʻoyat qobil, husni xulqi bagʻoyat kamolda va bir yolgʻuz oʻgʻil erdi. Qazoro bemor boʻldi va necha kundin soʻngra Tengri hukmin butkardi. Bir shahr xalqi shohdin gadogʻacha ul sababdin motame erdilar. Ul azizning holigʻa va libosigʻa tagʻyir boʻlmadi. Motamelargʻa koʻngul berib, haq rizosigʻa targʻib qilur erdilar. To koʻtardilar va madfangʻa elttilar, oʻzi qabr ichiga kirib aziz farzandin shar’ vajhi bila qabrda qoʻyub, magʻfirat duosi qilib chiqti va soʻzi bu erdikim, [Allohning hukmiga bizni rozi qildi.)8. Va shahr xalqi, akobiru ashrof barcha lol erdilar.

Yana sabrdurkim, har ne haqdin, yuzlansa, tahammul pesha qilgʻay va har balo kelsa, sabr qilgʻay.

Ul jumladin Shayx Sahl bin Abdulloh Tustariy q. r. a.din manquldurkim, alar yillar bavosir marazigʻa mubtalo erdilar. Va hol ulkim, alar ul zamonning mashoyixi arosida mustajab ud-da’vo erdilar. Har kishiga bir, su’ubatu baloye voqe’ boʻlsa, alardin duo istid’o qilur erdilar. Alar duo qilgʻoch, mustajob boʻlub, ul tashvishdin qutulur erdi. Yillar ul sa’b marazigʻa sabr qilib, duo qilmadilarki, har ne Tengridin kelsa, xushdur. Biz oni nechuk rad qilali?

Yana sidqdurki, gʻayri voqe’ soʻz tilga mutlaqo joriy boʻlmagʻoy.

Manquldurki, Hajoj b. Yusuf qatlidin imomzodalardin biri qochib erdi va keynicha jami’i qavub kelur erdilar. Bu toifadin birovki, ul imomzodagʻa ixlosu xizmatkorligʻi bor erdi, yoʻluqti. Alar iztirob yuzidin dedilarki, bir yer topsang, biznn yoshurki. Bu jamoat bizning qatlimizgʻa keladurlar. Va iynak yetishtilar. Ul darvesh dediki, bu vayronagʻa kiring! Anda bir buzuq erdi. Imomzoda onda jon havlidin kirdi. Kirgoch, qavib keladurgʻonlar ul darveshgʻa yettilar. Soʻrdilarki, bu boradurgʻon kishi qayon bordi? Ul darvesh dediki, bu buzuqqa kirdi. Alar bir necha yigʻoch va qamchi urub, dedilarki, oni uzasun deb, bizni hayalgʻa solursan, deb oʻttilar. Alar ketgandin soʻngra imomzoda chiqib, koʻngul qolish qildikim, ravo boʻlgʻoykim, oʻzung vayronada bizni yoshurub, oʻzung dushmangʻa soʻrogʻ berursen? Ul darvesh ayttikim, ey maxdumzoda, maning rostliqim barakatidin xalos boʻldung. Endi oʻz fikringni qil, dedi. Va aning maxlasigʻa tadbir qildikim, ul xalos boʻldi. Va bu nav’ hamida axloq va pisandida sifotki, bu toifadin voqe’dur, koʻpdurki, agar sharhin qilsa, yana bir kitob yasamoq kerak.

Va yana azim riyozatlarki, shariat ani mutaayyin qilmaydur. Ham toifadin mutanavvi’ voqe’ boʻlibdurki, oning ham sharhining tuli bor. Ul jumladin, biri niyat bila bir oyda bir iftor qilmoq va bir oida bir vuzu’ bila namoz qilmoqki, ba’zi mashoyix r. a. a.din voqe’ boʻlubdur. Va Sultonn tariqat Shayx Abu Said Abulxayr q. s.kim avoyili sulukda alar har kecha bir chohdin bosh toʻban oʻzlarin osar ermishlar va tonggʻacha zikr aytur ermishlar. Va andoq boʻlur ermishki, muborak koʻzlaridin qon kelur ermish va Hazrat Shayx ul-islom q. r. durkim, Hirida sakkiz botmon non bir tansugʻa ermish va alar yoz giyohi birla kun kechurur ermishlar. Va Shayx ul-islom Shayx Ahmad Jom q. s.kim, oʻn sakkiz yil Yazd togʻigʻa chiqib, xalqdin i’roz qilib, ul togʻda toat qilibdurlar. El yuzin koʻrmaydurlar va onda yemak ma’lum emas erkondurki, qaydin va qishda kiymak qaydin? Har oyinakim, bu buzurgvorlargʻa haq subhonahu va taolo bu suluku riyozatlari muqobalasida oʻz fazlu karami birla oncha mavhibat nasib qilibdurki, olam salotini yuzlarin alarning ostonalarigʻa surtubdurlar va roʻzgorlarining sharafi koʻrubdurlar alardin bir nazar istid’osigʻa va alarning muborak nazarlarin ba’zigʻa solibdurlar, ba’zigʻa yoʻq.

Avliyoullohgʻa voqe’ boʻlgʻon xavoriqi odotu karomot bayoni

Va ul koʻpdur avliyoullohning marotibidek.

Ul jumladin bir nechasi bulardurlar: Ma’dum ijodi va mavjud i’domi va mastur amr izhori va zohir amr istori va duo istijobati va oz muddatda ba’ida masofat qat’i va hisdin gʻoyib ishlarga ittilo’ va andin xabar etmoq va vohid zamonda muta’addid va muxtalif makonga hozir boʻlmoq va mavto ihyosi va ihyo imotasi va jamodot va nabotot va hayvonot kalomining samo’i va maoniysigʻa vuquf topmoq, tasbihdin va gʻayridin va at’imayu ashriba izhori hojat vaqti besabab zohir boʻlmoq va suv ustida yurumoqdek va havoda sayr qilmoqdek va yemak ul nimaniki, odatan ul gʻizo boʻlmagʻay va hayvonot tasxiri va badanda mufrit quvvat izhori andoqki, daraxtni tubidin qoʻngʻormoq, samo’ vaqtida. Va devorni barmoq ishorati bila shaq qilmoq va ilik ishorati birla muxolifning boshin uchurmoq va daryolarda gʻarq boʻladurgʻon kemani tutub, qiroqgʻa chiqarmoq va olam hayulosida har ne nav’ tasarrufiki, har ne tilasa qilmoq, misli yomgʻur yogʻdurmoq va yel esturmoq va sel kelturmoq va daf’ qilmoq va chuvurtka ofatini daf’ qilmoq va har surat bila mutamassil boʻlmoq. Biyobonda sargashta va ovora boʻlgʻonlargʻa rahnamoyiliq qilmoq va dastgir boʻlmoq.

Va Haq s. t.gʻa andoq muqarrab bandalar va doʻstlar ham borki, bu borcha mazkur boʻlgʻon holatdin ijtinob qilurlar, balki or qilurlar, nevchunki, bir turfatulayn Haq s. t. shuhudu istigʻroqidin gʻofil boʻla olmaslar. To ul saodatdin gʻofil boʻlmogʻuncha bu nimalarga maylu iltifot qilsa boʻlmas. Har oyinaki, ul maqsudi asliydin har amrki, bu buzurkvorlarni bir lahza gʻofil qilgʻay agar barcha behishti jovidondurki, alargʻa doʻzaxcha bor, andin ijtinob yo or qilsalar, muhiq boʻlgʻaylar. Umid uldurki, bu zalolat vodiysida gumrohdek mahrumlar bu hidoyat olamida rahnamoylarning oyogʻi tufrogʻi bila tiyra boʻlgʻon botin soʻzlarin yorutmoqqa bahramand boʻlgʻaylar. Va xokisor boshin ul ayogʻlargʻa tufroq qilmrq bila sarbaland. Emdi alar zikriga shuru’ qilali. Mutolaa ahligʻa ma’lum boʻlsunki, «Nafahot» dasturi bila bu kitobda «shayx ul-islom» har yerdakim mazkur boʻlur, ondin maqsud Hazrat Xoja Abdulloh Ansoriy q.s. dur va «Hazrat Maxdumiy» har yerdakim marqum boʻlur, Janobi Maxdumiy Nuvvira marqaduhu nurandur.

1. Shayx Uvays Qaraniy q. r.[3]

[Ollohning paygʻambari aytgan: Uvays Qaraniy ehson va mehribonligi bilan tobiinlarning yaxshisidir](1). Goh-goh Xojai olam s. a. v. muborak yuzin Yaman sori qilib der erdikim, [Men xudoning nafasini Yaman tomonidan tuymoqdaman](2). Birovning vasfikim, oning vassoffi Xojai koinot boʻlgʻay va nafasi nafasi rahmon boʻlgʻay, vasf qilmoq bagʻoyat beodoblnq boʻlgʻay. Ham Xojai Koinot s. a. v. buyurubdurkim, tongla qiyomat kuni Haq s. t. yetmish ming farishta Uvays surati bila yaratqoy. To ul alarning orasida arosotgʻa kirib, behishtga borgʻay. To hech kim ma’lum qilmagʻay. Tengridin oʻzgaki, ul qaysi biridurki, ul dunyoda barcha xalq koʻzidin yoshurun Tengri taologʻa qulluq qilur erdi. Qiyomatda dogʻi Tengri taolo ani barcha nomahram koʻzidin mahfuz tutqay.

Naqldurki, Hazrat Risolat s. a. v. olamdin oʻtarda, ashob r. t. a. soʻrubdurlarkim, sizning muraqqa’ kimga havoladur? Debdurlarki, Uvays Qaraniygʻa bersunlar va desunlarki, maning ummatimni duo qilsun! Hazratdin soʻngra Foruq va Murtazo r.t.a. Koʻfagʻa borib, Yaman elidin soʻrub, Qaranda Uvaysni topdilarkim, teva kutub yurur erdi. Muraqqa’ni topshurub, ummat uchun duo istid’o qildilar va bu ma’nida soʻz koʻpdur. Sharhi bila bilayin degan kishi «Tazkirat ul-avliyo»ni oʻqisun. Oning holotini tamom bitisa, yana bir boshqa kitob bitimak kerak.

Uhud urushida Paygʻambar s. a. v.ning muborak tishi shahid boʻlgʻonin eshitib, mutobaat uchun oʻttiz ikki tishin ushotti. Har birinki, ushotur erdi, der erdiki, shoyad bu tish emas erdi ekin. Yana birii ushotur erdi. To mundoq qilib, barcha tishlarin ushotti. Va Hazrat Risolat s. a. v.ni koʻrmabdur erdi va ul Hazrat ham oni zohir koʻzi bila koʻrmabdur erdilar. Ma’noyu ruhopiyat yuzidin tarbiyat qilib erdilar. Bu jihatdin har kishiningki, bu toifadin zohir yuzidin piri ma’lum boʻlmasa va mashoyixdin birining ruhi oni tarbiyat qilgʻon boʻlsa, oni Uvaysiy derlar.

2. Habib A’jamiy q. r.

Komil riyozati va vofiy muomaloti bor erdi. Avoyilda gʻaniy erdi, elga yormoq sudgʻa berur erdi. Har kun muddailargʻa yormoq tilay borur erdi. Agar vajh ado qildilar, yaxshi, yoʻq ersa, ayogʻining muzdin olur erdi va andin qut qilur erdi va xalq tiliga bu sifat bila mazkur boʻlur erdi. Va tavbasigʻa sabab bu erdiki, bir kun bu nav’ vajhin taom pishurub erdi. Soyil «Shay’anilloh [Olloh uchun biror narsa ber!]1 dedi. Ul achchigʻlanib, soyilni qavdiki, taom ozdur, sanga yetmaz.

Xotuni chun taomni chiqarugʻa qozonning boshini ochdi. koʻrdiki, ul taom tamom qon boʻlubdur. Ani tilab koʻrguzdiki, soyilgʻa shiddat qilgʻaning shumlugʻidin bu hol voqe’ boʻlubdur. U bu holni koʻrgach, holi mutagʻayyir boʻlub, Shayx Hasan Basriy xizmatigʻa yetib, har nedinki bor erdi, chiqib, inobat yuzidin tavba qildi va har kimda har nesiki bor erdi, anga musallam tutti va mashgʻul boʻldi. Va Shayx Hasan Basriy q. s. qoshida kunduz ilm oʻrganur erdi va kecha tong otguncha toat qilur erdi. Va ani «A’jamiy» aning uchun derlar erdiki, Qur’onni durust oʻquy olmas erdi, ammo sohibkamollar aning qoshida tifli maktab erdilar. Bir xuniyni dorgʻa osib erdilar: Habib andin oʻtarda koʻzi anga tushti. Qecha ul xuniyni voqeada koʻrdilar, behishtgʻa jilva qilur. Soʻrdilarki, sen ul fe’ling bila bu martabagʻa nechuk yetting? Dediki, meni u yerdaki qatl qildilar, Habib A’jamiy oʻtub borur ekandur, koʻzi manga tushubdur, bu manzilat aning bir nazari barakatidin toptim.

3. Abu Xozim Makkiy q. t. s.

Hasan Basriyning shogirdidur va koʻp mashoyix suhbatigʻa yetibdur va uzun umr topibdur. Va mashoyixiing aning ta’rifida mubolagʻalari bor ermish. Hisham b. Abdulmalikki, xalifa erdi, andin soʻradiki, nedurki, aning sababidin najot topqanbiz? Dedi: uldurki, har ne olsang, bir yerdin olgʻaysenki, halol boʻlgʻay va bir yerga borgʻaysenki, haq boʻlgʻay. Hisham dedi: muni kim qila olgʻay? Dedi: ulki doʻzaxdin mutavahhim boʻlgʻay va behishtka tolib va maqsudi – Haq rizosi.

4. Ataba b. Gʻulom r. t.

Ajab raveshi bor erdi va nafsni doim taabda tutar erdi. Hasan Basriyning shogirdidur. Tavbasining sababn buni debdurlarki, bir zaifaga oshiq boʻlubdur. Ma’shuqigʻa xabar qilibdurlarkim, falon senga oshiqdur. Ma’shuqa e’lom qilibdurki, mening qaysi uzvum sanga maqbul tushubdur? U debdurki: Koʻzlaring. Ul zaifa ikki koʻzini oʻyub, bir tabaqqa solib, aning qoshigʻa yiboribdurki, onak mahbubinggʻa nazzora qil. Anga gʻarib holat dast berib, tavba qilib, Tengri yoʻligʻa kiribdur.

5. Molik Dinor q. t. s.

Bu toifaning akobiridindur. Otasining oti Dinor ermish. Va ul bandazoda ermish, ammo ikki olamdin ozoda ermish. Ba’zi debdurlarki, ul kemaga kiribdur va sohilga yetganda, kemachilar muzd tilabdurlar va aning muzd berguncha vajhi yoʻq erkandur. Kemachi anga qatigʻ izo qila boshlabdur. Daryodin chandin hazor baliq har biri bir dinor ogʻizlarigʻa tutub, suvdin bosh chiqaribdurlar. Birining ogʻzidin olib, kemachigʻa beribdur va aning muzdi bir dinor-oʻq ekandur. Bu sababdin ani Molik Dinor debdurlar. Va ul Shayx Hasan Basriy q. s. suhbatigʻa yetibdur. Ul debdurki, «Kalomullohada oʻqubmenki, Tengri taolo bandasigʻa ikki inoyat qilibdurki, maloikai muqarrabindin Jabroil va Mikoilgʻa qilmaydur. Biri buki, debdurki: [Bas, meni eslangiz, men ham sizlarni eslayman, menga shukr qilingiz va meni inkor qilmaygiz!1 Yana biri buki, debdur [Duolaringizni mustajob qilurman2]. Aning vafotidin soʻngra buzurg ani voqeada koʻrub soʻrdikim, Tengri sanga ne qildi? Ul dediki, Tengrini koʻrdum, muncha gunohimki bor erdi, barisini yaxshi gumonim jihatidinki, Tengriga bor erdi, mahv qildi va bagʻishladi. Yana bir buzurg ani va Shayx Muhammad Vosi’ q. r. voqeada koʻrubdurki, ikkisi behishtqa borur erdilar. Molik Dinor Muhammad Vosi’din ilgarirak erdi. Debdurki, Muhammad Vosi’ Molikdin olimroq va komilroq erdi, bu nechuk andin ilgarirak behishtka boradur? Debdurlarki, dunyoda aning ikki koʻnglaki bor erdi va Molikning bir.

6. Muhammad Vosi’ r. t.

Oʻz zamonining benaziri erdi va tobiindin koʻpga xizmat qilibdur va suhbatigʻa yetibdur va koʻp mashoyix bila suhbat tutubdur, ul jumladin, Shayx Hasan Basriy q. r.dur. Ul debdurki, xush ul kishikim, oqshom och yotqay va tong erta och qoʻpqay va bu hol bila Tengridin xushnud boʻlgʻay. Birav andin vasiyat talabi qildi. Ul dedi: sanga bir vasiyat qilaykim, ham bu dunyoda podshoh boʻlgʻaysen va ham ul dunyoda. Ul kishi ayttiki, ayt. Dediki: bu dunyoda zohid boʻl va hech kishidin tama’ qilma, to barcha xalq sanga muhtoj boʻlgʻaylar, mundoq boʻlgʻandin soʻngra lojaram sen gʻaniy va podshoh boʻlgʻaysen va dunyoda mundoq boʻlgʻon oxiratda ham shodshohdur.

7. Abdulloh Muborak q. t. s.

Ani ulamoning shahanshohi der ermishlar va judu shijoatda zamonining yagonasi ermish. Va tariqat ashobining muhtashami. Va bu qavmning mashoyixining koʻpining suhbatigʻa musharraf boʻlubdur. Va mashhur tasonifi bor.

Bir kun ul kelur erdi va Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz q. s. hozir erdilar. Sufyon dedi: kel ey mashriq ahlida er! Fuzayl dedi: va magʻrib ahlida va ikkisining orasida.

Aning tavbasining ibtidosi bu erdiki, bir kanizak ishqigʻa giriftor boʻldi. Bir qish kecha tong otquncha ma’shuq devori tubida turub erdi va ustiga qor yogʻadur erdi va ul xabarsiz. Sahar namozin ayturda ul xuftan sogʻindi. Kunduz boʻlgʻondin soʻngra ul holgʻa voqif boʻldi, oʻziga dediki, ey Muborakning nomuborak oʻgʻli, uyot sanga bu avqotingdinki, agar imom namozda bir surani uzunroq qiroat qilsa, toriqib, telbararsen va munungdek kecha nafsing havosigʻa tong otquncha mundoq azob tortarsanki, suubatidin xabaring yoʻqtur. Koʻngli bu darddin buzuldi va bori ishdin tavba qildi va sulukka mashgʻul boʻldi. Ishi ul yerga yettiki, Makkadin Madinagʻa degincha mahofasin ashrof eginlarigʻa koʻtarib elturlar erdi.

Naz’ holatida har ne boru yoʻqin darveshlarga ulashib erdi. Muridlaridin biri dediki, ey Shayx, uch qizing qoldilar va hech nima qolmadi, alar fikrini ne qilding? Dediki, men alar hadisin debmen: [u solih bandalarga yor boʻlur1]. Saloh ahli korsozi uldur. Har kimki, aning korsozi ul boʻlsa, yaxshiroqki, Abdulloh Muborak boʻlgʻay. Va borur zamonda koʻz ochib, kulub aytur erdi: [amal qiluvchilar mana shunday (mangu baxt-saodat uchun) amal qilsinlar].2 va dunyodin oʻtdi. Aning manoqibi zikrin tilagan kishi Hazrat Shayx Fariduddin Attor q. s.ning «Tazkirat ul-avliyo»sida tilasunki, vofiy bitibdur.

8. Abuhoshim Soʻfiy q. s.

Avval kishikim, soʻfiy dedilar ul erdi. Kufiyulasldur, Shomda Shayx erdi va Sufyon Savriy q. s. bila muosir erdi. Va Sufyon soʻzidurkim, [Agar Abuhoshim Soʻfiy boʻlmaganda edi, riyoning nozik ma’nolarini tushunib yetmagan boʻlar edim1]. Avval xonaqohkim, soʻfiylar uchun bino qildilar, Shomning Ramlasida erdi. Va ul bu nav’ erdikim, tarsolar ulugʻi ovga boradur erdi, koʻrdikim, ikki darvesh bir-biriga yetib, muhabbat yuzidin koʻrushtilar va muvofaqat bila oʻlturub, ulcha yeguliklari bor erdi, yedilar, tavozu’ bila bir-biridin ayrilishtilar. Koʻradurgʻan kishiga alarning bu ulfat bila muomalalari xush kelib, birin tilab soʻrdikim, ul biring sanga ne boʻlur? Dedikim, hech nima. Dedikim, ne kishi erdi? Dedikim: tanimasmen. Dedikim, qaydindur? Dedikim, bilmasmen. Dedikim, bas, sizing orangizda bu nav’ ulfat qaydin erdi. Dedikim, bizning tariqimiz budur. Soʻrdikim, bir yerki siz jamoat anda yigʻilgaysiz, bormu? Dedikim, yoʻq. Dedikim, men sizing uchun bir yer yasaykim, anda yigʻilishgʻaysiz. Va Ramlada ul xonaqoh yasadi. Va Shayx ul-islom q. s. soʻzidurkim, [yaxshi insonlar tashrif buyurgan manzil xonadon – eng yaxshi joylardir1. Va qadimdan Alloh yaxshilarni yaxshilar bilan kelishtirib qoʻygan]2. Va Hoshim soʻzidurkim, igna bila togʻni qozmoq takabburni koʻngullardin chiqarmoqdin osonroqdur. Abuhoshim, Qozi Shuraykni koʻrdikim, Yahyo Xolid uyidin chiqdi, yigʻladi va dedikim, [Allohdan manfaatsiz ilmdan panoh tilayman(3)] Mansur Ammor Damashqiy debdurkim, Abuhoshim bemor edi, oʻlum bemorligʻi. Dedimkim, oʻzungni nechuk koʻrasen? Dedi: azim baloda koʻradurmen, ammo havo, ya’ni mehru sevukluk balodin ortuqdur, ya’ni balo azimdur, ammo mehr ollida haqirdur. Shayx ul-islom q. s. dedikim, agar balo havo chogʻliq boʻlsa erdi, havo boʻlmagʻay erdi.

9. Zunnun Misriy q. t. s.

Avvalgʻi tabaqadindur. Oti Savbon b. Ibrohim, kuniyati Abulfayz va laqabi Zunnun. Ul Misrning Ixmim degan mavzeida boʻlur erdikim, imom Shofe’i r. a.ning qabri andadur va Zunnun Molik Anasning shogirdidur va oning mazhabidadur va «Muvatto»ni andin eshitib erdi va fiqh oʻqub erdi va aning piri Shayx Isrofil erdi, Magʻribda. Va Shayx ul-islom debdurki, Zunnun ul kishi emaski, oni karomat bila sitoyish qilgʻaylar va maqomot bila oroyish bergaylarkim, maqomu hol oning ilgida suxra erdi va darmonda. Vaqtning imomi va roʻzgorning yagonasi va bu toifaning boshidur va barchaning nisbati va izofati angadur. Avval kishikim, ishoratni iboratqa kelturdi va bu tariyqdin soʻz aytti, ul erdi. Chun yana bu tabaqada Junayd q. s. paydo boʻldi. Bu ilmga tartib berib, bast qilib, kutub bitidi. Chun Shibliy q. s: arogʻa kirdi. Bu ilmni minbar ustiga aytib, oshkoro qildi. Junayd soʻzidurkim, biz bu asrorni yoshurun uylarda va sardobalarda mahramlargʻa aytur erdik. Shibliy minbar ustiga aytib, elga oshkor qildi.

Zunnundin soʻrdilarkim, murid kimdur va murod kim? Ul ayttikim, [Murid talab qiladi va murod qochadi1]. Shayx ul-islom dedikim, murid tilar va andin yuz ming niyozu murod qochar va andin yuz ming noz.

Va Zunnun sayyoh ermish. Debdurki, bir kun borur erdim, bir yigit koʻrdumki, anda shoʻre bor erdi. Dedim: qaydinsan, ey gʻarib? Dedi: Gʻaribmu boʻlur ulki, oning bila muvonasati boʻlgʻay? Bu soʻzdin qichqirib, behush yiqildim. Hushumgʻa kelgandin soʻngra dedikim, senga ne boʻldi? Dedimki, doru dardgʻa muvofiq tushti. Shayx ul-islom q. s. dedikim, oning xastasi paydodur. Ulki oni koʻrmish boʻlgʻan, jon oning tanida shaydodur. Har qayda orom tutsa, dushman orom boʻlgʻaykim, ul gʻariblarniig vatanidur va muflislarning moyasidur va begonalarning hamrohi. Harqachon birovni topsangki, bizoating aning ilkida boʻlgʻay va dardinggʻa oning dorusi muvofiq. Zinhor etokin ilikdin berma va berk tut! Zunnun debdurkim, [Allohu taolo bandasining nafsini unga xor qilib koʻrsatishi, uni ulugʻ qiladigan har qanday narsadan koʻra azizroq va muhimroqdir2]. Va ham ul debdurkim, [maxfiyroq va qattiqroq parda – nafsni koʻrish va unga tadbir qilish, ya’ni jilovlashdir3]. Va ham Zunnun debdurkim, [Alloh zotini tafakkur qilish nodonlik va unga ishorat qilish shirkdir. Ma’rifatning haqiqati hayratdur(4)].

Shayx ul-islom q. s. debdurki, hayrat ikkidur: biri om hayrati va ul ilhodu zalolat hayratidur va yana biri xos hayratidur va ul hayrat ayondadur va topmoqdur va ham oning soʻzidur: avval uzulmak va qoʻshulmoq va oxir ne uzulmak va ne qoʻshulmoq. Zunnun Magʻribga bordi, azizedin kim mutaqaddimin mashoyixdin erdi, bir mas’ala soʻrgʻali. Ul dedikim, ne uchun kelibsen? Agar kelibsenki, avvalin va oxirin ilmin oʻrgangaysen, munung yuzi yoʻqturkim, bu barchani ul biluru bas va agar kelibsenkim, oni tilagaysen. Avval gomkim, bu sori koʻtarding, ul anda hozir erdi. Shayx ul-islom q. s. debdurkim, ul oʻz tilaguchisining yoʻldoshidur. Oning ilkin tutub, oʻz talabida yugurtur. Zunnun q. s. dedikim, uch safar qildim va uch ilm keturdum. Avvalqi safarda ilme keturdumkim, xos qabul qildi va om ham qabul qildi. Ikkinchi safarda ilme keturdumkim, xos qabul qildi va om qabul qilmadi. Va uchunchi safarda ilme keturdumkim, ne xos qabul qildi va ne om [qochoq, quvgʻin va yolgʻiz boʻlib qoldim(5)].

Shayx ul-islom q. s. dedikim, avval tavba ilmi erdikim, oni xosu om qabul qildilar. Ikkinchi, tavakkul va muomalat va muhabbat ilmi edikim, xos qabul qildilar va om yoʻq. Uchunchi, haqiqat ilmidurkim elning ilmu aqli toqatidin tashqari erdi. Xaloyiq anglamadilar va ani inkorgʻa qoʻptilar. Ul vaqtgʻacha kim, ta’rix ikki yuz qirq beshda Zunnun q. s. olamdin oʻtti. Janozasin elturda benihoyat yashil qushlar jinozasigʻa soya qilib erdilar. Andoqkim, borgʻon xaloyiq alarning koʻlakasida erdi. Andin soʻngra Zunnungʻa xalq koʻnglida qabul voqe’ boʻldi. Soʻngqi kun aning qabri boshida bitilgon toptilarkim, [Zunnun Allohning suyukli bandasi va shavqi tufayli Alloh yoʻlida jonini fido qilguvchidir](6). Va ul bir xat erdikim, odamilar xatigʻa oʻxshamas erdi va oni har necha yusalar yana bitilgan koʻrunur erdi. Shayx ul-islom dedikim, ul soʻnggʻi safar qadam bila emas erdiki, oni qadam bila bormaslar va himam bila borurlar va oning jinozasigʻa koʻlaka solgʻon qushlardek. Qushlar muddatdin soʻngra Shofe’iy r. a. shogirdi Mu’azziniyning jinozasigʻa koʻrdilarkim, soya soldilar, vallohu taolo a’lam.

10. Imom A’zam q. t. s.

Alarkim, Islom ahlining imomidurlar, el ta’rifidin mustagʻniydurlar. Anasi Molik r. a. rivoyat qilurkim, Rasul s. a. v. dedikim, [Ummatimdan birining nomini Nu’mon b. Sobit, kuniyasini Abu Hanifa deb ataydilar. Va oʻsha kishi ummatimning chirogʻidir]1. Imom Ja’far Sodiq bila suhbat tutubdur va koʻp mashoyixii koʻrubdur. Va Fuzayl Iyoz va Ibrohim Adham va Bishri Hofiy va Dovud Toiy r. a. aning ustozidur. Naqldurki Mustafo s. a. v.ning mutahhar ravzasi boshigʻa borib aytti: [As-salomu alayka, yo sayyid al-mursalin]2. Ravzadin javob keldi: [Vaalayk as-salom, yo imom al-muslimin]3. Derlarki, avoyildakim, yuz qiblai haqiqiygʻa kelturdi va xalqdin yuz evurdi va pashmina kiyib, riyozatqa mashgʻul boʻldi, bir necha voqeada koʻrdikim, Mustafo s. a. v. muborak: soʻngaklarin lahadda yigʻib, ba’zini ba’zidin ayiradur. Va voqeaning haybatidin uygʻondi va Ibn Sirinning ashobidin biriga aytti. Ul mundoq ta’bir qildikim, sen Rasul s. a; v.ning ilmi va sunnati hifzida biyik darajaga yetkaysan, andoqki, ahodisda mutasarrif boʻlgʻaysen. va sahihni saqimdin ayirgʻaysen. Yana bir qatla Rasul s. a. v.ni voqeada koʻrdiki, ul Hazrat anga dedikim: «yo Abo Hanifa, seni mening sunnatlarimni tirguzmak uchun zohir qilibdurlar, uzlat qasdi qilma. Debdurlarkim, zamon xalifasi Malak ul-mavtni tush koʻrdi va soʻrdikim: mening umrumdin necha qolibdur? Ul besh barmogʻiga ishorat qildi. Uygʻonib, koʻp kamol ahlidin bu tush ta’birin soʻrdi, hech kim javob bera olmadi. Abu Hanifa a. r. dediki, bu ishorat besh ilmgadurki, bu oyatda voqe’dur: [Darhaqiqat, yolgʻiz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon boʻlishi toʻgʻrisidagi) bilim bordir. U (oʻzi xohlagan vaqtda, oʻzi xohlagan joyga) yomgʻir yogʻdirur va onalarning bachadonlaridagi homilalarini (oʻgʻilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima qilishini bila olmas. Biron jon qayerda oʻlishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdur]4.

Mashhurki, Yahyo Mu’oz Rasul s. a. v.ni voqeada koʻrub soʻrdikim, yo Rasululloh, seni qayda tilayin? Javob buyurdikim, Abu Hanifaning ilmi yaqinida. Alarning manoqibi behaddur va mahomidi beadad, muncha bila xatm qilildi.

11. Imom Shofe’iy r. a.

Aning fazlu kamoli va sutuda xisoli sharhida qalam ojiz va qalamzan mutahayyirdur. Ul nimalar manquldurki, bani odam jinsidin aql muhol tutar. Un uch yoshida dediki, [mendan istaganingizni soʻrang]1, oʻn besh yoshida fatvo javob qildi. Imom Ahmad Hanbalki, jahonning imomidur va uch yuz ming hadis yodida erdi, aning shogirdligʻigʻa keldi va aning gʻoshiyasin egniga koʻtardi. Jam’i anga e’tiroz qildilarki, bu manzilat va bu buzurgluk bila bir goʻdakka muncha ta’zim qiladur va mashoyixu ustodlar suhbatini tark qilibdur. Ul dediki, har neki bizing yodimizdadur, ul ma’nosin bilur. Agar biz aning suhbatigʻa yetmasak erdi, eshikda qolib erdik. Shofe’iy debdurki, Rasul s. a. v. voqeada muborak ogʻzi sunimi mening ogʻzimgʻa soldi, andoqki, ogʻzimgʻa va tilimgʻa yetishti. Va dedi: borki Tengri sanga barakot bersun va ham ul soat Amir ul-moʻ’minin Ali k. v. uzugin chiqorib, mening barmogʻimgʻa soldi, to nabiyu valilarning ilmi manga siroyat qildi.

12. Imom Ahmad Hanbal r. t.

Sunnat va jamoatning shayxi va dinu davlatning, imomi erdi. Futuvvati ul gʻoyatda erdiki, oʻgʻli bir kun bu hadis ma’nosini ayturdaki [odam tiynatini (tuprogʻini) qoʻllarim bilan qordim], iligin yengidin chiqarib erdi. Ahmad man’ qildikim, Yadulloh soʻzin ayturda oʻz iliging bila ishorat qilma!

Ul kibori mashoyix bila suhbat tutub erdi, ul jumladin, Zunnun Misriy erdi va Sari Saqatiy va Bishr Hofiy va Ma’ruf Karxiy erdi. Bagʻdodda Mu’tazila gʻalaba qilgʻanda, anga taklif qildilarkim, Qur’onni maxluq degay, demadi. Va qari boʻlub erdi va zaif ham, iqobiga torttilar va ming qamchi urdilar, hech foyda qilmadi va ham ul ozor bila olamdin oʻtti. Bu ish odamzoddin kelur ish emaski, din taqviyotida ul buzurgvordin zohir boʻldi.

13. Imom Molik q. t. s.

Aning ta’rifi muncha basdurkim, bu mazkur boʻlgʻan, uch Imom muqobalasida mazhab tuzatibdur va masoil ijtihod qilibdur. Va bu ummatning toʻrt ulushidin bir ulushi aning mazhabidin ixtiyor qilibdurlarki, bular orasida oliyqadr mashoyixu ulamo bor ekandurlar va holo ham bordurlar va olamda bu mazhab shoye’dur.

14. Muhammad Aslam Tusiy q. t. s.

Yagonai mutlaq va muqtadoyi barhaq erdi. Ani «Lisoni Rasul» debdurlar va «Shahnai Xuroson» bitibdurlar. Va Hazrati Imom Ali Muso Rizo r. a. bila kajavada bir tevada Nishoburga kirdi va Ishoq b. Rohavayh teva mahorin tortar erdi: Va Abdulloh Tohirki, vaqt xalifasi erdi, aning xizmatigʻa bordi. Anga bor bermadi va koʻrmadi. Va ul eshikdin qoʻnmadi. Va juma kuni erdi, dedi: namozgʻa chiqsa qoʻrayin. Namozgʻa chiqqach, Abdullohning koʻzi anga tushgach, betoqat boʻlub ayogʻiga tushdi va tufroqqa yuzin qoʻydi va dedi: Ilohi, sening jihatingdin manga iltifot qilmadiki, men yomon bandamen va meni dushman tutti va men ham sening jihatingdinkim, yaxshi bandangdur, ani doʻst tuttum, chun ikkalasi sening uchundur, bu yomonni ul yaxshi ishga qil! Bir un eshittiki, aning doʻstlugʻi jihatidin maqsudinggʻa yetting! Dunyodin oʻtganda, eski kiyizki, oldigʻa solur erdi, ostigʻa soldilar va xirqasini jinozasi ustiga yoptilar. Ikki qari xotun tom ustida erdilar va dedilarki, Muhammad Aslam bordi va dunyoda har nesi bor edi, olib bordi.

15. Ahmad Harb q. s.

Tengri zikri anga andoq gʻolib erdiki, Muzayyin irni tukini olurda ogʻzida Tengri oti erdi. Muzayyni dedikim, bir zamon irningni tebratma! Ul dedikim, sen oʻz ishingga mashgʻul boʻlki, bizing bu ishdin farogʻatimiz yoʻqdur, irni necha yerda kesildi, Yahyo Mu’oz-Roziy r. t. dunyodin oʻtarda vasiyat qildiki, boshimni Ahmad Harb ayogʻi sari qoʻyung!

16. Isrofil Magʻribiy r, t.

Shayx ul-islom q. s. dedikim, ul Zunnunning pirlaridandur. Magʻribdin erdi va Misrda peshvo erdi. Zuhdu tavakkulu muamalatda yaxshi soʻzlari bor. Fathi Shahraf olti yuz yigʻoch yoʻl bir savol uchun Misrga borib, andin soʻrdikim, [yomonlarga gunoh qilishlaridan oldin azob qilishadimi?1]. Ul uch kun sabr tiladi. Uch kundin soʻngra dedikim, manga javob ayttilarki, agar amaldin burun savob ravo boʻlsa, zalaldin ham burun azob ravo boʻlgʻay. Muni dedi va za’qa urdi va shurgʻa tushdi va andin soʻngra uch kundin ortuq tirilmadi va bordi. Shayx ul-islom q. s. dedikim: ul uch kunlik hayot savoldin soʻngra uch kun javob uchun sabr tilagandin erdi, agar filhol javob bersa erdi, filhol borur erdi.

17. Abulasvad Makkiy r. t.

Azizening ziyofatigʻa bordi va salom qildi va dedikim: sening doʻstingmen, Abulasvad. Azize sakrab koʻpti va dedi: alaykassalom, nechuksen? Va filhol oʻzidin gʻoyib boʻldi. Uch qatlagacha bu hol erdi. Abulasvad bildikim, Azize tufroq va suv iligidin va insoniyat rusumidin tashqari chiqibdur, aning diydorin gʻanimat tutti va qaytti.

18. Abulasvad Ro’iy q. s.

Bodiyada bir kun oʻz ahligʻa aytikim, bidrud boʻlki, men bordim. Qiz qardoshi mitharasin sut bila toʻldirdi, tahorat vaqti mitharasidin sut quyildi. Dedikim, anga sutdin suv muhimroqdur. Qaytti, dagʻi mitharasin sutdin xoli qildi, dagʻi suv bila toʻldirdi. Tahorat vaqti mitharadin sut toʻkilur erdi. Va ochlik va suvsizlik vaqti – sut.

19. Abu Ya’qub Hoshimiy r. t.

Ul debdurkim, hargiz unutmon anikim, bayram kuni Zunnun bila kelur erdim. Xaloyiq iydgohdin shodmon qaytib erdilar. Zunnun dedikim, bu xalq shodmondurlarki, amonatlarin ado qilibdurlar, ya’ni Ramazon toatin. Ammo bilmaslarki, alardin qabul qilibdurlar, yo yoʻq. Kel, bir yon borali va bulargʻa yigʻlali!

20. Valid b. Abdulloh Saqqo r. t.

Kuniyati Abulishoqdur. Zunnunning ashobidindur. Ul debdurki, Zunnun dedikim, bodiyada bir qaro zange koʻrdumki, har qachon «Alloh» desa erdi, rangi oqarur erdi. Ham Zunnun dedikim, har kim Allohni yod qilsa, haqiqatda ondin sifate ayrilgʻoy. Abu Abdulloh Roziy dedikim, Valid Saqqo qoshigʻa bordim, tiladimkim, faqrda andin savole qilgʻoymen. Bosh koʻtardi va dedikim, faqr anga musallamdurkim, aning xotirigʻa hargiz Haqdin oʻzga kirmaydur va qiyomatda bu soʻzumning uhdasidin chiqa olurmen. Zunnun q. s. dogʻi Haq yodida anga muvofiq soʻz aytibdur.

21. Fuzayl b. Iyoz q. t. r.

Avvalgʻi tabaqadindur va kuniyati Abu Alidur. Aning ne yerlik erkanida ixtilof bor. Kufaliq debdurlar. Marv va Bovard navohiysidin ham shuhrati bor. Ul debdurkim: men Haqni doʻstluk va sevukluk yuzidin parastish qilurmen. Va shikeboligʻim yoʻqturni, qilmagʻaymen. Mahmud Varroq debdurki, she’r:

[Allohga muhabbat izhor qilasanda, unga osiylik ham qilasan va yana muhabbatdan lof urasan.. Bu ishing ajabdur. Agar sen muhabbatda sodiq boʻlsang, Allohga itoat qilasan. Chunki muhib (sevuvchi) mahbubiga, albatta, itoatkor boʻladi1].

Shayx ul-islom q. s. dedikim, har kim ani biym yuzidin parastish qilur, oʻzin parastish qilur va oʻz najoti tama’igʻa tepranur, yoʻq muhabbatu farmon itoatigʻa. Va har kim ani umid yuzidin parastish qilur, ul ham oʻzin parastish qilur va oʻz tana’umu rohati tavaqqu’igʻa tepranur, yoʻqki, muhabbatu itoatqa. Men ani biymu umid bila parastish qilmasmen muzdvorlardek, aning muhabbati da’vosigʻa dagʻi parastish qilmasmenkim, parastishkim, aning sazosi boʻlgʻay, ojiz qolurmen, balki ani aning farmoni bila parastni qilurmenki, debdurki, qil, qilurmen va Rasulning sunnatining muhabbati uchun va oʻz taqsirimgʻa mu’tarifmen. Bir darveshdin soʻrdilarkim, sifla kimdur? Dedi: ulkim, Haqni biymu umid ila parastish qilgʻay. Dedilar: sen ne nav’ bila parastish qilursen? Dedi: aning mehru sevuklugʻi meni ibodatu toatigʻa tutar. Fuzayl Iyoz q. s.ning bir oʻgʻli bor erdi. Debdurlarki, andin martabada ulugʻroq erdi, oti Ali. Bir kun Masjidi Haramda Zamzam yaqinida bir xonanda oʻqudikim, [gunohkorlarni koʻrasan2]. Ul eshitti va za’qai urdi va jon berdi. Shayx ul-islom debdurkim, doʻstdin nishon va orifdin jon [kimki ishq bilan oʻlsa, shunday oʻlgani ma’qul. Oʻlim bilan tugamagan ishqda xayr yoʻqdur3]. Va Fuzayl q. s. ning vafoti Muharram oyi, yuz sakson yettida erdi.

22. Ma’ruf Karxiy q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur va Sariy Saqatiyning ustozidur va Dovud Toyi q. s. bila suhbat tutgandur. Va Dovud yuz yetmish beshda oʻtubdur va Ma’ruf q. s. ikki yuzda. Ul debdurki, sufiy munda mehmondir. Mehmon taqozosi mezbongʻa jafodur. Mehmonki, adabliq boʻlgʻay, muntazir boʻlgʻay, yoʻqki mutaqoziy. Birov andin vasiyat talab qildi. Ul dedikim, [ehtiyot boʻl Allohu taolo seni miskin suratidin boshqa suratda koʻrmasin1]. Shayx ul-islom dedikim, Ma’ruf bir kun xoharzodasigʻa dedikim, chun anga hojating boʻlsa, mendin ont ber! Mustafo s. a. v. duoda ayttikim, [ey bor xudoyo, senga iltijo qilib soʻrovchilar haqqi, senga ragʻbat qiluvchilar haqqi va sen tomon tashlaydigan qadamlarim haqqi hurmati (sendan) soʻrayman2], mening bu gʻamlarim haqqi sening sari. [Ma’rufdin muhabbat haqida soʻrashganda, aytdi: Muhabbat – xalq oʻrgatadigan narsa emas, balki u Haqning in’omi va fazlidir3]. Aning qabri Bagʻdoddadur va xaloyiq qiblai duosidurki, derlar – anda duo mustajob boʻlur.

23. Abu Sulaymon Doroniy q. r.

Avvalgi tabaqadindur. Oti Abdurahmondur. Shom mashoyixidin. Doron degan yerdinki, Damashqning kentlaridindur, qabri ham anda-oʻqdur. Ahmad b. Abulhavoriyning ustodidur, Rayhonat ush-Shom. Va ta’rix ikki yuz oʻn beshda oʻtubdur. Andin soʻrdilarkim, ma’rifati haqiqiy nedur? Dedi uldurki, ikki dunyoda murod birdin oʻzga boʻlmagʻay. Va ham ul debdurki, bir kitobda oʻqubmenki, Haq s. t. debdurki, [tun kirishi bilan meni unutib, uyquga ketgan kishining menga muhabbat da’vo qilishi yolgʻondir]1 Va ham ul debdurki, vaqtiki, Iroqda erdim, obid erdim va Shomda orifmen. Bu toifadin ba’zi debdurlarki, Shomda aning uchun orif erdiki, Iroqda obid erdi, agar anda obidroq boʻlsa, munda orifroq boʻlgʻay erdi. Va ham Abu Sulaymon debdurki, [koʻpincha haqiqat (kashfu asror) qalbimda qirq kunlab uloqib yuradi. Ularni faqat ikki guvoh: oyat va hadis asosidagina qalbimdan joy olishiga ruxsat beraman]2. Va ham ul debdurki, [qalb matlubni topolmay gʻamgin boʻlganida, ruh uni topganidan shod boʻladi]3. Ahmad b. Abulhavoriy debdurki, Abu Sulaymongʻa dedimkim, xilvatda namoz qildim, andin lazzat toptim. Soʻrdikim, lazzatingning sababi ne erdi? Dedim, meni hech (kim) koʻrmadi. Dediki, [qalbingda xalq yodi oʻtgan payt sen, albatta, zaifsen]4. Ham ul debdurkim, [Har bir narsaning zangi boʻladi, qalb nurining zangi esa, toʻyib ovqatlanishdir]5.

Ham ul debdurkim, [kimki, hamma narsadan uzilib, Allohga bogʻliqligini bildirmoqchi boʻlsa, Allohdan boshqa narsalarni yelkasidan uloqtirib tashlashi vojibdir]6. Ham ul debdurkim, [Bandani tezroq Haqqa yetkaruvchi narsa muhosabadir](7).

24. Dovud b. Ahmad Doroniy r. t.

Abu Sulaymon Doroniyning qardoshidur. Qardoshi bila suhbat tutub edi. Ahmad b. Abulhavoriy debdurkim, Dovuddin soʻrdumki: ne dersan ul koʻngulnikim, anga yaxshi un asar qilgʻay? Dedi: ul koʻngul za’fu ranjurligʻidin boʻlgʻay, anga iloj qilmoq kerak.

25. Ibrohim Adham q. t. r.

Avvalgʻi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoq va oti va nasabi Ibrohim Adham binni Sulaymon, binni Mansur al-Balxiy. Mulukdin erkani xud mashhurdur. yigitlikda tavba tavfiqi topti.

Bir kun ovgʻa boradur erdi. Hotife nido qildiki, ey Ibrohim, sani bu ish uchun yaratmaydurlar. Bu soʻzdin anga ogohligʻ yuzlandi va mulk tarkin qilib, bu toifa tariqin ixtiyor qildi va Makkaga bordi va anda Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz va Abu Yusuf Gʻasuliy suhbatigʻa yetishti va Shomda halol roʻzi uchun nozirbonligʻ, ya’ni dashtbonligʻ qilur erdi va anga hadisdur: biyik karomotu maqomot ahlidin boʻldi va ta’rix yuz oltmish bir yo ikkida Shomda rihlat qildi.

Birov Ibrohim Adham bila yoʻldosh boʻldi va hamrohligʻi kechga tortti. Ayrilurda ul kishi uzr qoʻldiki, shoyad mendin beadabligʻlar voqe’ boʻldi erkin va sen mendin ranja boʻldung erkin? Javob berdikim, men senga doʻst erdim. Boʻ doʻstlugʻ aybingni menga yopti, doʻstlugʻung jihatidin bilmadim: yaxshi qilarsen yo yomon.

Bayt:

[U ishni boshqalar bajarsa, xunuk koʻrinadi,
Men uchun agar sen bajarsang chiroylidur](1).

Ibrohim Adham va Ali Begor va Huzayfa Maroshiy va Salim Xavvos bir-birining yoronlari erdilar. Bir-biri bila bay’at qildilarkim, nima yemagaylar to hilliyati alargʻa sobit boʻlmagʻay. Chun shubhasiz halol luqma topmoqdin ojiz boʻldilar, yemaklari oz miqdorga keldi. Dedilar, on miqdor yeyaliki, ondin guriz boʻlmagʻay, bori shubha ozroq boʻlgʻay. Ibrohim Adhamning holoti bagʻoyat koʻptur. Bir kitob bitisa boʻlur. Ammo bu muxtasarda muncha zikre bila iktifo qilindi.

26. Ybrohim b. Sa’d Alaviy q. s.

Kuniyati Abu Ishoqdur. Sharifdur va Hasaniy va Bagʻdod ahlidin. Shomga bordi va mutavattin boʻldi. «Nafahot ul-uns»da Ibrohim Adham nozirlaridin bitibdurlar. Shayx ul-islom debdurki, ming ikki yuzdin ortuq mashoyixii tanirmen, alardin ikkisi alaviy erdi, biri Ibrohim b. Sa’d, yana biri Hamzai Alaviy. Ibrohim b. Sa’d Abulhoris Avlosiyning ustodi erdi. Abulhoris irodatining ibtidosida oʻz uyida xoygʻina yeb erdi, yoronlaridin ayru. Ibrohim Sa’d xidmatigʻa bordi va Ibrohim yoʻlda erdi. Ulugʻ suvgʻa yetgach Ibrohim ayogʻ suvgʻa qoʻydi va qadam urdi va Abulhorisgʻa ilig uzattikim, oʻtkargay, Abulhorisning ayogʻi suvgʻa botti. Ibrohim dedikim, sening ayogʻing xoygʻinadin osilibdur. Bu soʻz bila anga mutolaba va muohaza qildi ul ishgʻa. Bas dedikim, sen bu ish tolibi emassen, bor va xalqdin uzlat tut va koʻngul farogʻati tilab, qilur ish tegrasigʻa evrul!

27. Abulhoris Avlosiy r. t.

Oti Fayz b. Xizrdur. Ibrohim b. Sa’d Alaviyning shogirdidur. Ul debdurkim, avval koʻrmakim Ibrohim b. Sa’d Alaviyni mundoq erdikim, Avlosdin gʻayri mavsumda Makka azimati qildim. yoʻlda uch kishigʻa uchradim. Alardin ikkisi ayrildilar va biri qoldi va ul Ibrohim b. Sa’d Alaviy erdi. Soʻrdikim, sen qayon borursen? Dedim: Shom tarafi. Dedikim, men Lugʻom togʻigʻa borurman, dagʻi ayrilishtuk, ammo doim maktubi manga kelur erdi. Va ham ul debdurkim, bu kun Ibrohim b. Sa’d bila erdim, bir cherigchi bir zaifaning eshagin tutub erdi. Ul zaifa bizga istigʻosa qildi. Ibrohim Sa’d ul cherigchi bila soʻzlashdi, soʻzin qabul qilmadi. Ibrohim duo qildi, ul cherigchi yiqildi va qoʻpmadi. Men dedim: sendin ayrilurmenkim, shoyad mendin beadabligʻe voqe’ boʻlgʻay va sen mustajobud-da’vo ermishsen, meni yomon duo qilgʻaysen: Dedi: yomon emassen? Dedim: yoʻq. Bas, vasiyat qildikim, qila olgʻancha dunyoliqdin oz nimaga qoni’ boʻl! Va ham ul debdurki, daryo qirgʻogʻida ogʻzin tebratti, nihoyatda koʻp baligʻlar saf tortib anga yuzlandilar. Xayolimgʻa sayyodlar kechti, baligʻlar filhol tarqadilar. Ibrohim Sa’d dedikim, sen bu ish kishisi emassen, bu vodiy qumida ancha riyozat tortkim, ajal boshingʻa yetkay. Ham ul debdurkim, bir necha masala halli uchun xidmatigʻa Misr azimati qildim. Men Misrgʻa yetgan kunning burungʻikuni Zunnun olamdin oʻtub erdi. Qabri boshigʻa borib, anga namoz qildim, meni uyqu eltti, Zunnunni voqeada koʻrdum, mushkil boʻlgʻan masalalarimni soʻrdum, barchasigʻa javob toptim.

28. Ibrohim b. Sitanbah Hiraviy q. s.

Kuniyati Abu Ishoqdur. [Ibrohim b. Adham bilan suhbatlashgan, Abu Yazidning yaqinlaridan edi]1. Ul aslan Kirmondin ermish. Hirida sokin boʻlgʻon uchun Hiraviy debdurlar. Qabri Qazvindadur. Ul debdurkim, Ibrohim Adham suhbatigʻa yettim, meni dalolat tajridgʻa qildi dunyodin, soʻngra dalolat kasbgʻa qildi. Kasb qilur erdim va fuqarogʻa nafaqa qilur erdim. Soʻngra dedikim, kasbni tark qil va tavakkulingni Tengrigʻa durust et, to soʻngra sidqu yaqin hosil boʻlgʻay. Har ne dedi, andoq qildim. Soʻngra bodiyagʻa kirmak amr qildi. Bodiyagʻakim kirdim, manga sidqu yaqinu tavakkul muyassar boʻldi. Anga azim chohe bor ermish Hirotda. Necha haj qildi tavakkul bila. Duosi bu erdikim, [Allohim, Hirot ahlining mollaridan mening rizqimni qiy va ularni mendan yuz oʻgirtir]-duosi chun mustajob boʻldi. Debdurkim, necha kunlar och qolur erdim, bozordan oʻtsam erdi, el bir-biriga aytishurlar erdikim, bu ul kishidurkim, har kun muncha va ancha mustahiqlargʻa nafaqa qilur erdi. Va ham aning soʻzidurkim, [kimki eng oliy sharafga erishmoqchi boʻlsa, yetti narsadan yetti narsani ixtiyor qilsin: gʻaniylikda faqirlikni, toʻqlikda ochlikni, baland darajada siniqlikni, ulugʻlikda xorlikni, manmanlikda tavozu’ni, shodlikda gʻurbatni, hayotda oʻlimni]3.

29. Ibrohim Rabotiy r. t.

Ibrohim Sitanbahning murididur va qabri Daray Zangiy rabotida va mavlidi Hirot. Bir qatla piri bir safargʻa borur erdi. Pir andin soʻrdikim: sening bila hech ma’lum bor? Dedi: Yoʻq. Yana bir necha qadam borgʻondin soʻngra yana soʻrdikim, sening bila hech ma’lum bor? Dedi: Yoʻq. Yana bir pora yoʻl borgʻondin soʻngra pir oʻlturdi va aytti: yaxshi ehtiyot qil, senda zodaye toʻshadek, yo hech, jins ma’lumdin nima borkim, ayogʻim ogʻirlik qiladur, bora olmon. Ul ehtiyot qilgʻandin soʻngra dedikim, bir necha na’layn shiroki bor. Piri aytti, holo xud anga ehtiyojing yoʻqdur. Dedi: Yoʻq. Dedi: tashlakim, ma’lumdur. Ul tashladi, karh yuzidin va muntazir erdikim, na’laynining shiroki uzulgʻay, to anga sarzanish qilay. Emdiki, uzuldi, ilik uzattikim, ani suvurub tashlagʻay. Koʻrdikim, bir yangi shiroki na’layni yoninda turubdur. Barcha yoʻl bu nav’ erdi. Pir dedikim, [Allohga sidqu sadoqat koʻrsatganning ahvoli shunday boʻladi]1.

30. Ibrohim Utrush r. t.

Shayx ul-islom q. s. debdurkim, ul mutaxxirlaridindur. Ul debdurki, sufiyning rikvasi ovuchidir va yostugʻi qoʻli va xazinasi uldur, ya’ni Haq subhonahu taolo. Shayx ul-islom q. s. dedikim, har kishi munga nima orttursa, ishi oʻz ilayigʻa qoʻygʻaykim, aning bila darmonda boʻlgʻay. Va Ibrohim Xavvos q. s. dedi.

She’r:

[Shubhasiz, Senga olib boradigan yoʻl oshkor boʻldi.
Bu yoʻlga oʻzingdan boshqa biror kishi dalolat qilmaydi.
Agar qish kelsa, sen boshpana, yoz kelsa soyabonsen]1.

31. Ibrohim Sayyod Bagʻdodiy r. t.

Kuniyati Abu Ishoqdur. Ma’ruf Karxiy bila suhbat tutubdur. Ma’ruf q. s. anga degandurki, faqirni lozim tut va qoʻrqma bu jihatdin. Aning mazhabi tajridu inqito’ erkandur. Junayd q. s. debdurki, ul bir kun Sariy Saqatiy qoshigʻa keldi, bir pora hasirni oʻziga izor qilib erdi. Sariy ashobidin biriga dedikim, oʻn diramgʻa aning uchun bozordin bir jubba olgʻay. Dagʻi dedikim, Ey Abu Ishoq, kelgilki, menda oʻn diram bor erdikim, sening uchun bu jubbani sotqin olildi. Ibrohim dedikim, faqr ahli bila oʻlturursen va oʻn diram zaxira qilursen va ani kiymadi.

32. Ibrohim Ajuriy Sagʻir r. t.

Aning dagʻi kuniyati Abu Ishoqdur. Jaririy va Abu Ahmad Magʻoziliy dedilarkim, yahudiy aning qoshigʻa keldi va dedikim, agar manga bir nima koʻrsatsangkim, andin Islom dini sharafin oʻz millatimgʻa bilsam, musulmon boʻlayin. Ibrohim dedikim, chin aytasen? Ul dedi: chin aytadurmen. Dedi: ridongni menga ber! Aning ridosin oʻz ridosigʻa chirmab doshliq oʻtgʻa tashladi va aning keynicha doshqa kirib, olib chiqdi. Aning ridosigʻa oʻtdin osib tegmaydur erdi va yahudiyning ridosi aning ichinda kuyub erdi. Yahud bu ishni koʻrgach, musulmon boʻldi.

33. Ibrohim Ajuriy Kabir r. t.

Junayd q. s. dedikim, Abdun Zajjojdin eshittimkim, Ibrohim dedikim, bayt:[Aziz va ulugʻ boʻlgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilishing, quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir]1.

34. Fath b. Ali Mavsiliy q. r.

Mavsil mutaqaddim va buzurg mashoyixidindur. Bishri Hofiy q. s. aning nozirlaridindur. Bishri Hofiydin yetti yil burunroq ikki yuz yigirmada dunyodin oʻtubdur. Bu nav’kim, Qurbon bayramida koʻrdikim, xaloyiq qurbonlar qiladurlar. Dedi: Ilohiy, bilursenki, oncha nimam yoʻqdurki, sening uchun qurbon qalgʻaymen, jonimni sanga qurbon qilayin, deb barmogʻin boʻgʻzigʻa tortti va yiqildi. Chun boshigʻa keldilar, oxir boʻlub erdi va boʻgʻzida yashil xat. Bir kun Bishri Hofiy uyiga bordi va dedikim, yegulik boʻlsa keltur! Yegulik kelturdilar, onchaki matlubi edi, yedi, qolganini chirmab koʻtardi. Birov koʻrub dedikim, Fathni derlarki, mutavakkillarning imomidur, onak zalla bogʻladi. Bishr q. s. dedikim, ul sizga oʻrgatadurkim, tavakkul durust boʻlgʻondin soʻngra hech ziyoni yoʻqdur. Shayx ul-islom q. s. debdurkim, tajrid durust boʻlsa, mulki Sulaymon ma’lum emas va tajrid durust boʻlmagʻon boʻlsa, yengning ilikdin ortuqligʻi ma’lumdur.

35. Fath b. Shaxraf Marvaziy q. s.

Kuniyati Abu Nasrdur. Qapton kiyar erdi, sipohiylardek. Ahmad Hanbal debdurki, Xurosondin Fathdek chiqmadi. Oʻn uch yil Bagʻdodda erdi. Bagʻdoddin qut yemadi, Antokiyadin aning uchun keltururlar erdi. Naz’ holatida oʻz-oʻzi bila soʻz der erdi. Quloq soldilar, bu soʻzni der erdikim, [Allohim, (senga nisbatan) zavqu shavqim nihoyatda kuchaydi, meni tezroq oʻzingga yetkazgil!]1. Ani yuvurda yashil xat bila ba’zi uzvida «bitilgan koʻrdilarkim, [«Fath olloh uchun»](2). Shayx ul-islom q. s. dedikim, Ibrohim Harbiy dedikim, men ul vaqt hozir erdim, ul xatni koʻrdum, oʻttuz uch qatla anga namoz qildilar, har qatla jamoat oʻttuz ming chogʻligʻ kishi.

36. Bishr b. Horis b. Abdurahmon q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur. Aning ham kuniyati Abu Nasr. Derlarki, Marv viloyatidindur. Bagʻdodda sokin boʻldi, anda dunyodin oʻtti, ta’rix ikki yuz yigirma, chahorshanba kuni muharram oyining oʻn ikkisida. Ul vaqtki «Qur’on»ni maxluq demakning fitnasi boʻldi, ul uyidin chiqmadi. Va Ahmad Hanbal ayoq ilgari qoʻydi. Anga dedilarki, din nusrati uchun va ahli sunnat taqviyati uchun nechuk chiqib soʻz aytmassiz? Ul dedi: Xayhot! Ahmad Hanbal paygʻambarlar maqominda tururdur, kim aningdek ayta olgʻay, manga ul toqat yoʻqdur: Ul debdurkim, [Alloh azza va jalla kimdan oʻzini pinhon tutgan boʻlsa, unga naqadar ulugʻ musibatdur]1.

37. Shaqiq b. Ibrohim Balxiy q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur va kuniyati Abu Alidur, ul: sohibroy ekandur, soʻngra sohibi hadis boʻlubdur. Hotami Asamm aning piri va ustodidur. Va Ibrohim Adham q. s. bila suhbat tutubdur. Ul debdurkim, men qilgʻan gunohdin esa, qilmagʻan gunohdin koʻprak qoʻrqarmenki, qilgʻan gunohin bilurmenki, ne qilibmen va qilmagʻan gunohni bilmonki ne qilgʻumdur? Va ham: ul debdurkim, [odamlar bilan olovga muomala qilgandek munosabatda boʻl! Foydalaridan bahramand boʻlginu kuydirishlaridan ehtiyot boʻl!]1. Va ham aning soʻzidurkim, tavakkul uldurkim, koʻnglung orom tutqay aning bilakim, Haq sening bila va’da qilibdur.

Qabri Balxdadur. Ba’zi debdurlarkim, ani Xuttalonda shahid qildilar, yuz yetmish toʻrtta va qabri anda-oʻqdur.

38. Dovud Balxiy q. t. s.

Xurosonning mutaqaddimin mashoyixidindur. Ibrohim Adham q. s. debdurkim, Koʻfa bila Makka orasida birov bila yoʻldosh boʻldim. Shom namozin qilgʻondin soʻngra oʻng qoʻli saridin bir koʻza suv va bir ayogʻ osh zohir boʻldi, oʻzi ham ichti, manga ham berdi. Bu soʻzni sohibi oyotu karomot mashoyixdin biriga ayttim. Aytti: ey farzand, ul mening qardoshim Dovuddur va aning vasfida soʻzlar ayttikim, majlis ahli yigʻladilar. Andin soʻngra mendin soʻrdikim, sanga ne oʻrgatti? Dedim: Ismi a’zam. Dediki: mazkur qil. Dedim: ul mening koʻnglumda andin azimroqdurki, tilga keltura olgʻaymen.

39. Bishr Tabaroniy q. t. s.

Tabariya mashoyixidindur, bagʻoyat ulugʻ va sohibi karomot. Anga debdurlarkim, to Bishr Tabaristondadur, bizning xotirimiz Rum soridin emindur. Aning qullari bor erdi, barin ozod qildi. Oʻgʻli dedikim, Ey ota, bizni muflis qilding! Dedi: bu shukronagʻa mundoq qildimki, Tengri taolo oʻz doʻstlari koʻngliga meni mundoq solibdur.

40. Qosim Harbiy q. s.

[Uning ahvoli Allohga bogʻliq boʻlib, dunyoviy narsalardan xoli edi]1. Bishr Hofiy q. s. aning ziyoratigʻa borur erdi. Bir kun ul bemor boʻldi. Bishr Hofiy iyodatigʻa bordi. Boshi ostida bir kirpich erdi va yoni ostida bir pora buriyo. Chiqqandin soʻngra hamsoyalar ayttilarkim, oʻttiz yildurkim hamsoyamizdur, hargiz bizga izhori ehtiyoj qilmadi.

41. Horis b. Asad Muhosibiy q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur, Kuniyati Abu Abdullohdur. Mashoyix ulamosidindur. Zohir ulumi va botin ulumigʻa jome’. Va anga tasnif bor. Asli basraliqdir va bagʻdodligʻlarning piridur. Va Bagʻdodda dunyodin boribdur, ta’rix ikki yuz qirq uchda. Ul debdurki, [Kimki muroqaba va ixlos bilan botinini tuzatsa, Allohu taolo mujohada va sunnatga tobe’ qilish bilan uning zohirini goʻzal qiladi]1. Va ham ul debdurkim, [kimki nafsini riyozat bila poklamasa, unga maqomot odoblarining yoʻli ochilmaydi]2.

42. Abu Turob Naxshabiy q. t. s.

Avvalgʻi tabaqadindur. Oti Askar b. Hasin. Xuroson mashoyixining ajillasidindur. Futuvvatu zuhdu tavakkulda Abu Hotam Attor Basriy va Hotam Asamm Balxiy bila suhbat tutubdur. Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriyning ustodi va piridur. Abu Turob q. s. uch yuz rikvador bila bodiyagʻa kirdi. Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy ikkav aning bila qoldilar, oʻzga barcha qayttilar. Ul debdurkim, [qachonki, sizlardan biringizga ketma-ket ne’matlar yetsa, oʻz holiga yigʻlasin. Shubhasiz, u solihlar yoʻlidan emas, oʻzga yoʻldan yuribdi1. Va Abu Turob q. s. bodiyada namozgʻa tufgʻanda, samum yeli ani kuydurdi, ikki yuz qirq beshda, ul yilki, Zunnun q. s. dunyodin oʻtti.

43. Abu Hotam Attor q. t. s.

Abu Turob Naxshabiyning aqronidindur, Abu, Sa’id Xarrozning ustodi. Debdurlarkim, [Abu Hotam Attorning zohiri savdogarlarning zohiriga, botini esa, abror (yaxshilar, sufiy)lar botiniga oʻxshab ketardi]1. Va debdurlarki, avval kishikim, ishorat ilmidin soʻz aytti, ul erdi. Ul debdurki, [sayohat qalblar bilandir]2.

44. Sariy b. Mugʻallis Saqatiy q. r.

Kuniyati Abulhusayndur. Sayyid ut-toifa Junayd. q. s.ning ustodidur va bagʻdodliklarning shayxi va piri. Horis Muhosibiy va Bishr Hofin aqronidindur va Ma’ruf Karxiy shogirdidur. Alarkim, bu toyifadin ikkinchi tabaqadindurlar, aksar nisbatni anga durust qilurlar. Junayd q. s. debdurkim, [Sariydan obidroq kishini uchratmadim. Yetmishga kiribdiki, biror marta uni yotgan holda koʻrmadim, faqat oʻlim tufayligina koʻrdim]1. Va ham Junayd debdurkim: bir kun Sariy uyiga kirdim, uyin oʻlturub supurar erdi va bu baytni oʻqub yigʻlar erdikim,

[Nazm:

Ham kecha va ham kunduz erurman mahzun,
Xohi qisqa mening tunum, xoh uzun]2.

Va Sariy debdurkim, [ma’rifatning ibtidosi – yolgʻiz Haq bilan boʻlish uchun nafsni poklashdir](3). Junayd q. s. debdurkim, bir kun Sariy xidmatigʻa kirdim, manga bir ish buyurdi. Ul ishni saranjom qilib keldim, mening ilgimga bir pora qogʻoz berdi, anda bu bitiklik erdi.

She’r:

[Eshitdimki, tuyaboqar sahroda tuyalarni tovush chiqarib haydardi va aytardi:
Men yigʻlayman va sen qaydan bilasanki, nega yigʻlayman?
Mendan ayrilganing, bogʻlab turuvchi iplarni uzganing va mendan yiroqlashganing uchun yigʻlayman](4).

Ta’rix ikki yuz ellik uchda Ramazon oyining uchida: seshanba kuni dunyodin oʻtti.

45. Ali b. Abdulhamid Gʻazoiriy r. t.

Mutaqaddimin mashoyixdindur. [Uning ajoyib ahvoli va yuksak darajasi boʻlib, abdol (avliyo)lardan edi](1). Ul debdurkim, Sariy q. s. eshigin qoqtim. Eshittimkim, der erdi: [Allohim, kimki meni sendan chalgʻitsa, uni mendan chalgʻitib, oʻzingga mashgʻul qilib qoʻy!](2). Aning bu duosining barakatidin Haq s. t. manga qirq ayoq haj nasib qildi.

46. Abu Ja’far Sammok q. t. r.

Ul bagʻdodlikdur. Sariy Saqatiyning mashoyixidin. Munzavi va munqate’ va mutaabbid ekandur. Junayd. q. s. debdurkim, Sariydin eshittimkim, dedi, bir kun: Abu Ja’far Sammok. keldi, koʻrdikim, mening qoshimda jam’i oʻlturub erdilar, turdi va oʻlturdi va dedi: [Ey Sariy, bekorchilar turadigan joyga aylanibsan]1 va yondi. Va ul jamoatning ijtimo’in manga pisand qilmadi.

47. Ahmad Xuzravayh Balxiy q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur. Kuniyati Abu Hamid. Xuroson mashoyixining buzurglaridindur. Abu Turob Naxshabiy va Hotam Asamm bila suhbat tutubdur va Ibrohim Adham q. s.ni koʻrubdur. U dedikim, Ibrohim Adham dedikim, [tavba – dil sofligi bilan Allohga qaytishdir]1. Boyazid bila Abu Hafs Haddodning nazirlaridindur. Haj safarida Abu Hafsni ziyorat qildi Nishoburda va Boyazidin Bistomda. Abu Hafsdin soʻrdilarkim, bu toyifadin kim buzurgvorrak koʻrdung? Dedi: Ahmad Xuzravayhdin buzurgvorrak koʻrmadim, himmatda va ahvol sidqida. Birov andin vasiyat talabi qildi, dedikim, [nafsing tirilmasdan burun uni oʻldir!]2. Va ham ul debdurkim, [yoʻl yorugʻ, Haq porlab turibdi va da’vat qiluvchi eshittirib boʻldi. Bundan keyin hayratlanishga oʻrin yoʻq, faqat koʻrlargina hayratlanadilar](3). Ta’rix, ikki yuz qirqda Balxda dunyodin oʻtti.

48. Yahyo b. Mu’oz Roziy q. t. r.

Avvalgʻi tabaqadindur. Kuniyati Abu Zakariya va laqabi Voiz. Yusuf b. Husayn Roziy q. s. debdurki, yuz yigirma shayxgʻa yetibmen va ulamo va hukamo va mashoyixqa musharraf boʻlubmen. Yahyo Mu’ozdin soʻzga qodirroq koʻrmaymen. Ul debdurkim, [osiylarning siniq koʻngli itoatkorlarning faxrlanishidan yaxshiroqdir!]1. Ham aning soʻzidurkim, [muhabbatning rostligi – mahbubga itoat qilishlikdadir]2. Ul debdurki, zohidlar dunyo gʻurabosidurlar va oriflar – oxirat gʻurabosi. Va ham ul debdurki, muhabbatning haqiqati uldurkim, lutf bila ortmagʻay va jafo bila oʻksumagʻay. Ta’rix ahli debdurlarkim, Yahyo Mu’oz Balxqa bordi va anda iqomat qildi, muddatdin soʻngra Nishoburgʻa keldi va anda dunyodin oʻtti, ikki yuz ellik sakkizda.

49. Xalaf b. Ali q. t. r.

Ul Basradin erdi, Yahyo Mu’oz q. s. bila suhbat tutub erdi. Ul dediki, bir kun Yahyo Mu’oz suhbatida erdim. Birovga vajd voqe’ boʻldi. Birov Shayxdin soʻrdikim, bu kishiga ne voqe’ boʻldi? Shayx dedikim, Tengri soʻzin eshitti, vahdoniyat koʻngligʻa kashf boʻldi va insoniyat sifati mahv boʻldi.

50. Boyazid Bistomiy q. t. a.

Avvalgʻi tabaqadindur. Oti Tayfur b. Iso, Ahmad Xuzravayh va Abu Hafs va Yahyo Mu’oz va Shaqiq Balxiyni koʻrub erdi. Ul Roy ashobidin erdi ammo anga bir valoyat eshigi ochildikim, anda mazhab padiydor boʻlmadi. Boyazid q. s. namoz qilsa erdi, koʻksining. soʻntaklaridin qa’qa’a chiqar erdi tengri taolo qoʻrqunchidin va shariat ta’zimidin. Boyazid naz’ vaqtida dedikim, [Allohim, seni faqat gʻofillik bilan esladim va senga faqat sustkashlik bilan xizmat qildim]1.

Bu soʻzni dedi va bordi. Boyazid q. s.ning shogirdi Abu Muso dedikim, Boyazid dediki, Alloh taoloni tush koʻrdum, soʻrdumki, bor Xudoyo, yoʻl senga ne nav’dur? Dedikim, oʻzungdinkim oʻttung, menga yetting! Olamdin oʻtgandin soʻng tush koʻrdilar, holin soʻrdilar, dedikim, mendin soʻrdilarki, ey qari, ne kelturubsen? Dedim, darvesh podshoh eshigiga kelsa, andin soʻrmagʻaylarki, ne kelturubsen? Soʻrgʻaylarki, ne kerak? Ta’rix ikki yuz oltmish birda olamdin oʻtdi. Derlarki, Nishoburda Iroqiya degan ajuzaye erdi. Eshiklarga yurub, savol qilur erdi. Oʻtgandin soʻngra soʻrdilarki, holing nedur? Ul dedikim, mendin soʻrdilarkim, ne kelturubsan. Dedim, oh, barcha umrumni bu eshikka havola qilur erdimkim, tengri bergay. Emdi mandin soʻradurlarki, ne kelturubsen? Javob keldikim, chin aytur. Anga evrushmang.

51. Abu Ali Sindiy q. t. s.

Shayx Roʻzbehon Baqliy q. s. «Shathiyot» sharhida debdurkim, ul Boyazidning ustodlaridindur. Boyazid q. s. debdurkim, men Abu Alidin fano ilmini tavhidda oʻrganur erdim. Ul mendin «Al-hamdu» va «Qul-hu-volloh»ni.

52. Abu Hafs Haddod q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur.

Oti Amr b. Salama. Nishoburning kentlaridindur. Abu Usmon Hiriyning ustodi. Olam yagonasi erkandur. Shoh Shujo’ Kirmoniy anga nisbat durust qilur. [Mashoyixlardan ba’zisi aytibdurki, Junaydga hikmat, Shoh Shujo’ Kirmoniyga vujud, Abu Hafsga axloq va Abu Yazidga haymon berildi]1.

Abu Hafs Ahmad Xuzravayh bila Boyazidning rafiqi erdi va Abdulloh Mahdiy Bovardiyning shogirdidur. Ul debdurkpm, zohir-husn adabi, botin-husn adabining unvonidur. Hajga borurda Bagʻdodga yetishti. Junand ,q. s. istiqbol qildi. Abu Hafs q. s. musin erdi, muridlari bosh ustida koʻlaga qilib, ayogʻ Ustigʻa turub erdilar. Junayd ashobgʻa dediki, muluk adabin oʻrganibsiz? Agar oʻrganmansiz. koʻrung, oʻrganing! Zoxir yuzidin adab asramak Tengrining doʻstlarigʻa, botin yuzidin adab asramakdur Tengrigʻa. Abu Hafs debdurki, har kim, har vaqtda af’olu ahvolin kitob va sunnat mezoki bila vazn qilib, rost qilmagʻay ul kishini er demasbiz. Va ham ul debdurki, [futuvvat– insof va adolat qilish, lekin ularni talab-qilmaslik]2. Va dunyodin oʻtganini ta’rix ikki yuz oltmish toʻrtda, ba’zi oltmish yettida debdurlar.

53. Abu Muhammad Haddod q. t. r.

Abu Hafsning muridlaridindur. Abu Hafs anga buyurdikim, temurchilik qil va hosil qilgʻaningni darveshlarga maxfiy ulash va andin tasarruf qilma: va oʻz yemaging uchun savol qil! Necha vaqt andoq qildi Xaloyiq aning ta’niga til uzattilarki, hirs koʻrungki, bovujud kasbi savol ham qilur. Chun oqibat ma’lum qildilarki, holi ne nav’ emish, el qoishda anga qabul paydo boʻldi. Abu Hafs dedikim, chun holingdin el voqif boʻldilar, emdi savol sanga harom boʻldi kasb qilgʻandin oʻq qut qil.

54. Zolim b. Muhammad q. s.

Mashoyix buzurglaridin erdi. Oti Abdulloh, otigʻa tagʻayyur berib Zolim qoʻydi. Der erdiki, mendin hargiz bir pisandida bandaligʻ qilmamish boʻlgʻay, bas zolim boʻlgʻanman, ya’ni oʻzumga. Va ul Abu Ja’far Haddodning shogirdidur. Oʻl debdurkim, har kim tilasaki, bu yoʻl anga ochilgʻay, uch ishga mudovamat qilsun: Haq yodi bila orom tutmak va xalqdin qochmak va oz nima yemak.

55. Abu Muzohim Sheroziy q. r.

Fors mashoyixidindur. Junayd va Shibliy bila munozara qilibdur. Chun ma’rifatda soʻz aytsa erdi, mashoyix andin qoʻrqarlar erdi. Buzurgvor, sohibi hadis erdi. Abu Hafs ziyoratigʻa bordi. Abu Hafsgʻa bir necha diram yetib erdi. Ashob dedilarki, bu diramlarni beralikim, mustaroxlarni aritsunlar. Shayx dedikim, muni oʻzumiz qilibbiz, yana birovga aritmagʻin buyurmak ne? Ya’ni oʻzumiz aritmak kerak va yetgan futuhni darveshlar ishiga sarf qilmak kerak. Ishqa mashgʻul erdilarkim, birov yetib Shayxqa dedikim, oʻzungni yuv va xirqa kiyki, Shayx Abu Muzohim Forisdin yetishti. Shayx dediki, agar ham ul Abu Muzohimdurki, men koʻrubmen, boʻla olurki, meni ushmundoq-oʻq koʻrgay. Shayx Abu Muzohim yetishti, bu holni koʻrgach, salom berdi va yalongʻachlanib muvofaqatigʻa alar kirgan yerga oʻzin solib, ishga mashgʻul boʻldi. Abulhusayn Qushchi Soʻfiy r. a. debdurkim, [Kimki oʻzining nazarida xor koʻrinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki, oʻziga ulugʻ koʻrinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib koʻrsatadi]1. Abu Bakr Varroq q. s. debdurki, bu ish birovning ishidurkim, Tengri taolo uchun mazbalalarni jop bila supurmish boʻlgʻay.

56. Abdulloh Mahdiy Bovardiy q. s.

Bu toifaning buzurglaridindur. Abu Hafs Haddod q. s. ustodidur. Abu Hafs avval Bovardqa bordi va bu Abdulloh burun temurchi erdi, munung qoshida shogirdlik qilur erdi. Va Abdullohning olam ishin tark qilib, bu ishga kirmagiga sabab bu erdikim, bir kun temurchilik qilur erdi va temurni koʻrada qizdirib erdi. Nobiynoye utub borur erdi, eshittiki, bu oyatni oʻqurkim, [oʻsha kunda Haq – sobit (yolgʻiz) Rahmon uchun bulur](1). Qizigʻan temur ilgidin tushti va hol anga mutagʻayyir boʻlub, bexud ilig urub, ul qizigʻ temurni ilig bila yerdin koʻtardi. Shogird bu ishni koʻrub, behush boʻlib yiqildi. Shogirdqa dedikim, sanga ne boʻldi? Oʻz ilgida ul qizigʻan temurni koʻrdi, dedi: chun mening sirrim oshkor boʻldi, qutuldum. Doʻkonni barham urdi va bu yoʻlgʻa kirdi.

57. Hamdun Qassor q. t. s.

Avvalgʻi tabaqadindur. Kuniyati Abu Solih. Malomatiyaning shayx va imomidur. Nishoburda malomat tariqin ul nashr qildi. Avval masalaki, andin Iroqqa elttilar, Sahl Abdulloh Tustariy va. Junayd dedilarkim, agar ravo boʻlsa erdiki, Ahmad Mursal s. a. v. din soʻngra pangʻambare boʻlgʻay erdi, ul boʻlgʻan erdi. Ul.olim va faqih erdi. Savriy mazhabi bor erdi. Abdulloh Muborakning ustodidur. Islom b. Husayn Borusiy va Abu Turob Naxshabin va Ali Nasrobodiy bila suhbat tutub erdi. Abu Hafs Haddodning rafiqlaridindur. Ta’rix ikki yuz yetmpsh birda dunyodin oʻtti, Nishoburda. Qabri Hiriydadur. Ul debdurki, oʻz nafsimni Fir’avi nafsigʻa fazl qoʻymasmen, ammo oʻz koʻnglumni aning koʻngliga fazl qoʻyarmen. Ham aning soʻzidurkim, [kimki, salafi solihinlarning siyratigʻa nazar solsa, oʻzining kamchiliklarini koʻradi va odamlardan orqada qolganligini anglaydi]1. Va ham ul debdurki, [kimdaki, bir yaxshi xislat koʻrsang undan ajramaginki, albatta, uning barakotidan senga ham naf’ yetadi](2).

58. Abulhusayn Borusiy q. s.

Oti Islomdur. va kuniyati Abu Imron, Nishobur mashoyixining qudamosidindur. Hamdun Qassoriing ustodlaridindur. Mustajob ud-da’vo erdi, ul .debdurki, [sunnatga ergashmay, bid’atlardan qochmay turib, biron kishida iymon nuri zohir boʻlmaydi. Qayerda nursiz-zohiriy harakatlarni koʻrsang, bilginki, u yerda maxfiy bid’at bordir]1.

59. Mansur b. Ammor q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur. Kuniyati Abussariy. Ba’zi Marvdin debdurlar, ba’zi Bovarddin. Ani tushda koʻrdilar, soʻrdilarkim, holing ne? Dedikim, Haq s. t. yettinchi koʻkda minbare qoʻydurdi va manga dedi, olamda mendin aytur erding, munda manga ayt va mening fa-rishtalarimgʻa ayt.

Bir qatla bir yigit aning ilgida tavba qilib erdi, yana tavba sindurub, isyon sari moyil boʻldi. Ul anga dediki, mundin oʻzga jihat bilmanki, yoʻlni qattigʻ koʻrdung va hamroh–oz, malul boʻldung, qaytting.

60. Ahmad b. Osim Antokiy q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur. Kuniyati Abu Alidur. Bishr Hofiy va Sari Saqatiy va Horis Muhosibiy aqronidindur. Debdurlar Fuzayl Iyozni koʻrubdur na Ahmad b. Abulhavoriyning ustodlaridindur. Ul debdur: Har amAliing imomi ilmdur, har ilmning imomi inoyat. Za ham ul debdurki, Allohu taolo ayturki, [bilingizki, mol-dunyo va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-aldovdir. Yolgʻiz Allohning huzuridagina ulugʻ ajr-savob bordur]1. Va biz ul fitnani koʻprak tilarbiz. Va ham ul debdurki, [rizoning boshi sabrdur]2.

61. Muhammad b. Mansur Tusiy q. s.

Ul Bagʻdodda ermish, sufiy va muhaddis. Usmon b. Said Dorimiyning va Abulabbos Masruqning va Haddodning va Abu Said Xarrozning va Junayd q. a.ning ustodi ermish. Abu Said Xarroz q. s. debdurki, Muhammad Mansurdin faqr haqiqatin soʻrdilar. Dediki, [har qanday yoʻqchilikda – xomushlik, har qanday toʻqchilikda saxiylik]1. Va ham Muhammad Mansur bir yerda soʻz aytadur erdi, bu toifa soʻzidin. Hamonoki, soʻz malomatiya zikrigʻa yetti, birav ayttikim, malomatiya soʻzi bizing shonimiz emas, biz bu soʻzning kimi boʻlurbiz? Muhammad Mansur javob berdikim, [solihlar esga olinganda, Allohning rahmati nozil boʻladi]2. Filhol yogʻin tutti va goʻyoki bulut yoʻq erdi.

62. Ali Akkiy r. t. ch

Ham bu toifadindur. Makkada muhojir erdi. Yaxshi soʻzlari va muomalasi bor. Shayx ul-islom andin soʻzlar naql qilibdur.

63. Hotam Asamm q. s.

Avvalgʻi tabaqadindur, kuniyati Abu Abdurahmon. Xuroson mashoyixining qudamosidindur. Shaqiq Balixiy bila suhbat tutubdur va Ahmad Xuzravayhning ustodidur. Ta’rix ikki yuz yettida Balx navohiysida olamdin oʻtti. Derlarki, asamm emas erdi va bir amre voqe’ boʻldiki, ani Asamm dedilar. Mashoyix kitobin oʻqugʻan ul kayfiyatni ma’lum qilur. Ul debdurki, [Agar xudoyingga osiy boʻlmoqchi boʻlsang, u seni koʻrmaydigan joyda osiy boʻl, ya’ni Allohga osiy boʻlmaki, har yerda u senn koʻradi]1. Va ham ul debdurki, har kim bu yoʻlgʻa kirar, toʻrt oʻlumni oʻziga tutmak kerak: Mavti abyaz – va ul qorin ochligʻidur .va mavti asvad va ul xalq izosigʻa sabr qilmaqdur va mavti ahmar – va ul nafs muxolafatidur va mavti axzar – va ul xirqagʻa yurunlar tikmakdur, Andin soʻrdilarki, qaydin nima yersen? Dedikim, [er va osmon xazinalari Allohnikidir. Lekin munofiqlar (buni) anglamaslar]2.

64. Ahmad b. Abulhavoriy q. s.

Anvalgʻi tabaqadindur va Damashq ahlidin. Kuniyati Abulhasan. Va Abu Sulaymon Doroniy va Abdudloh Nibojiy va ul zamonning koʻp mashoyixi bila suhbat tutub erdi. Va Muhammad b. Abulhavoriy aning qardoshi, zuhdu taqvoda aning bila tenglpk qidur erdi. Va oʻgli Abdulloh dagʻi ul zamonning zuhhodidin erdi va otasi Maymun mutavarri’lar va oriflardin. Va alarning xonvodasi zudxu taqvo xonvodasi erdi. Va Junayd q. s. aning bobida dobdurkim, [Ahmad b. Abulhavorni Shomning tabarruk kishilaridan]1. Ul debdurki, dunyo mazbalayedur, itlar majmai. Va itdin oʻksuk ul kishiki, andin yiroq bormas, nechunki it hojatinki mazbaladin olur ketar va ani sevar kishi hech hol bila andin ayrilmas.

65. Abu Abdulloh Xubayq Sobik Antokiy q. s.

Avvalgi tabaqadindur na kuniyati Abu Muhammad

Sufiyaning zuxhodidindur: Asli Kufiydir, ammo Antokiyada muqim boʻlur erdi. Va tasavvufda Sufyon Savriy tariqida erdikim, aning shogirdlari bila suxbat tutibdur. Ul debdurki, toʻrt nimadurki, andin guriz noʻqdur: koʻz va til va koʻngul va havo. Koʻzungni asraki, har neki Xudoyi taolo pisand qilmagʻay, anga bokmagʻay va tilingni asraki, bir nima demagayki, Xudoyi taologa aniig xilofi koʻnglungda zohir boʻlgʻay va koʻnglungni asraki, hech musulmonning hiqdi va gʻilli anda boʻlmagay, havongni asraki, hech noshoyistqa moyil boʻlmagay. Vaqtnki, senda bu toʻrt xislat boʻlmagʻay, kul boishnggʻa sovurki, badbaxt bulding.

66. Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.

Ikkinchi tabaqadindur, bu qavmning kubarosidin» va bu tonfaning ulamosidin. Imom Rabboniyki, iqtidogʻa shoistadur. Kuniyati Abu Muhammad. Ahvolda qaviy va soʻzda za’if debdurdar. Zunnun q. s.ning shogirdidur. Oʻz tagʻoyisi Muhammad Savvor bila suhbat tutubdur. Va Junayd q. s.ning aqronidindur va andin burunroq ta’rix ikki yuz sakson uchda muharram oyida olamdin oʻtubdur, sakson yoshda. Ul debdurki, [bu ishning boshi shunday ilmdurki, uni idrok qilib boʻlmaydi, oxiri ham ilmdurki, tamom boʻlmaydi]1. Va ham aning suzidurkim, [modomiki, faqirlikdan qoʻrqasan, sen munofiqsan]2. Va ul dsbdurki, darvesheki, aning koʻnglidin elning ilgidin nima olmoqning chuchukligi ketmamish boʻlgʻay, andin faloh kelmagay. Va ham ul debdur, ul oyat tafsiridaki, [albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar. qilishga buyuradi](3). Adl uldurki, luqmada rafiqning insofin bergaysen va ehson ulki, luqmada avvaliroq koʻrgaysen. Va ham ul debdurkim, shayton uyuqlagʻandinki och boʻlgʻay, qochar.

67. Abbos b. Hamza Nisoburiy q, s.

Bu toifaning ulugʻlaridindur. Kuniyati Abulfazl. Zunnun q. s. bila suhbat tutubdur. Ikki yuz sakson sakkizda Rabe’ ul-avval oyida dunyodin oʻtubdur, Junayd q. s.din burun. Aning jaddi Abu Hafiz debdurkim, ul Zunnun q. s.din naql qilibdurkim, [talab qilgan narsalarining nimaligini bilishganda edi, ularga sarf qilganlari behudaligini anglashardi](1). Ham ul naql qilibdurki, [sen bilan xursandchilik qilib, qanday sevinmayki; menga islomni rizqu-roʻz qilgan payting sen meni ham eslagan eding](2). Yana bir rivoyatda [meni tavhid ahlidin qilgay paytingda](3) kelibdur.

68. Abbos b. Yusuf Shakliy q. s.

Aning kuniyati dagʻi Abulfazldur. Bagʻdodligʻdur. Ul debdurkim, har kishining mashgʻullugʻi Haq subhonahu va taolo bilandur. Andin soʻrmamoq kerak.

She’r:

[Qalbimni dunyo va uning lazzatidan ozod qildim.
Sen va qalbim br-biridan ajralmaydi.
Koʻzlarnmni aslo uyqu eltmaydi, faqat
Seni qorachiqlarim ichida topganimda yumiladi].

69. Abbos b. Ahmad Shoir Rumiy q. s.

Aning ham kuniyati Abulfazldur, Shom mashoyixining yagonasidur. Abulmuzaffar Kirmonshohiyning shogirdidur. Shayx ul-islom debdurki, men bir kishi koʻrubmenki, ani koʻrubdur va ul kishi Shayx Abulqosim. Bu Salama Abivardiydur.

70. Abu Hamza Xurosoniy q. t. s.

Uchunchi tabaqadindur. Va debdurlarki, nishoburlugʻ erkondur. Iroq mashoyixi bila suhbat tutubdur va Junayd q. s. aqronidindur va Abu Turob Naxshabiy bila ham suhbat tutubdur. ,Va Abu Said Xarroz q. s. ning rafiqi erkondur va zamon mashoyixining javonmardlaridin ermish. Va ikki yuz toʻqsonda dunyodin oʻtti. Junayd va Nuriydin burun va Abu Said Xarroz va Abu Hamza Bagʻdodiydin soʻngra. Bir kun Ray mas-jidida poytobaye tiladi, birav aning oldigʻa dabiqa soldi. Bir poytobaligʻin yirtub, oyogʻiga chirmadi va ortugʻin tashladi. Birav dediki, ajoyib ish qilding, bu nafis jinsni sotsang erdi, necha poytobaligʻ hosil erdi. Dedikim, men mazhabda xiyonat qilmasmen. Shayx ul-islom debdurki, tasavvuf bila tasarruf jam’ boʻlmaslar, dunyoni darigʻ tutmak va anga qiymat qoʻymak – erni tasavvufdin, qilni xamirdin chiqargʻandek chiqarur. Dunyo bir kesakdur va ul kesakdin bizning nasibamiz bir gard.

71. Abu Hamza Bagʻdodiy q. s.

Uchunchi tabaqadindur, oti Muhammad b. Ibrohimdur. Sariy Saqatiy va Bishr Hofiy bila suhbat tutubdur va alarning aqronidindur. Abu Turob Naxshabiy bila safarda rafiqlik qilibdur. Abu Bakr Kattoniy va Xayr Nassoj va gʻayrhumo andin hadis rivoyat qilurlar. Ikki yuz sakson toʻqquzda dunyodin oʻtti. Junayd va Abu Hamza Xurosoniydin burunroq va Abu Said Xarrozdin soʻngraroq. Ul debdurkim, [agar gʻaf-lat boʻlmaganda edi, siddiqlar Alloh zikri nash’asidin halok boʻlur erdilar!(1). Va ham ul debdurkim, [faqyrlarni doʻst tutish ogʻir, unga siddiqlardan boshqalar chiday olmaydilar](2).

Bir qatla Tarsusda anga azim qabul voqe boʻldi, xaloyiq aning sari yuz qoʻydilar. Soʻz asnosida bir soʻz dedi va avom ul soʻzning ma’nosigʻa yetmay, ani hulul va zindiqgʻa nisbat berdilar va mardud qildilar. ulogʻlarni talab, ul yerdin ixroj ettilar. Chun Tarsusdan chiqti, bu baytni oʻqudiki,

She’r:

[Qalbimda sen uchun begonalardan asrab, avaylagan joy bor,
Shuning uchun koʻyingda duch kelgan mashaqqatlarmenga oson kechadi](3).

72. Hamza b. Abdulloh Alaviy q. s.

Kuniyati Abulqosimdur. [Bir necha yil tavakkul bilan sahrolarga safar qildi. Aytadilarki, muqimlik paytida ham yerga yonboshlamadi. Safarlarida oʻzi bilan mesh olib yurmasdi va zikrdan qolmasdi]. Ul Abulxayr Taynotiyning shogirdi erdi. Bodiyani och qorin bila qat’ qilur erdi. Ul debdurkim, qorin toʻqlugʻi ma’lum doxilidur. Ham aning soʻzidurkim, sufiy bodiyada ani asramoq kerakqi, vatanda asrarki, sufiygʻa safar hazardur.

73. Abu Said Xarroz q. t. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Iso va laqabi Xarroz. Va Bagʻdodiyyul-asldur. Bu toyifaning muxabbatidin Misrga bordi va Makkada mujovir erdi. Qavmning aimmasi va mashoyixiing ajillasidindur. Muhammad b. Mansur Tusiy shogirdidur. Zunnun Mis-riy va Abu Ubayd Busriy va Sarin Saqatiy va Bishr-Hofiy bila suhbat tutubdur. Va ul avval kishidurki fanovu baqo ilmida soʻz debdur. Va Shayx ul-islom debdurki, ul oʻzin Junaydning shogirdligʻida koʻrguzur erdi, ammo aning ustodi erdi va andin ulugʻ erdi. Va andin burunroq, ikki yuz sakson oltida dunyodin oʻtti. Va Junayd aytibdurki, [agar Allohu taolo Abu Said Xarroz erishgan haqiqatni bizdan talab qil-ganda, albatta, halok boʻlardik](1). Bu soʻzi Junaydning dalil bula olurki, Abu Said Xarroz andin ulugʻroq va aning piri boʻlgʻay va aning ustodi. Shayx ul-Islom debdurki, bukim Boyazidni Sayyid ul-orifin debdurlar, Sayyid ul-orifin Haq subhonahu taolodur va oda-miylardin Muhammad Arabiydur s. a. v. va bu toyifadin Abu Said Xarrozdur. Va ham Shayx ul-islom debdurki, mashoyix orasida andin ulugroq hech kishini tanimasmen. Abu Said Xarroz debdurkim, [jahdu mashaqqat bilan biror nparsaga erishmoqchip boʻlgan kishi mutaanniy (mashaqqat tortuvchi)dir. Osonlikcha erishmoqchi boʻlgan mutamanniy (orzu qiluvchi)dir](2). Shayx ul-islom debdurki, ani tilamak bila topsa boʻlmas, ammo tilagan topar va tonmagʻuncha tilamas. Va ham Xarroz q. s. debdurkim, [oriflarning riyosi muridlarning ixlosidan yaxshidir(3). Va ham ul debdurkim. moziy avqotining tadoruki boqiy avqotin zoye’ qilmoqdur.

74. Ahiaf Hamadoniy q. s.

Hamadon mashoyixining ulugʻlaridindur. Ul debdurki, mening ishim ibtidosi bu erdikim, yolgʻuz bodiyada horib, darmonda boʻlub erdim. Ajzu niyoz iligin koʻtarib dedim: bor Xudoyo, ojizu zayf bandangmen, sening ziyoratinggʻa kelibmen. Koʻpglumga bu keldikim. javob boʻladurkim, seni Kim tiladi? Dedim: yo Rab, mulkiydurkim, tufayliyning gunjoyish bor. Nogoh birav kechkam tarafidin menn chorladi. Boqtim ersa, koʻrdum. a’robidur, teva mingan. Dedi: Ey ajamiy, qayon borursen? Dedim: Makkaga. Dedi: seni kim tilabdur? Dedim: bilmon. Dedi: ul bu yoʻl sharti isti toat qilmaydur? Dedim: qilibdur, ammo tufayliymen. Dedi: Yaxshi, tufayliysen, ammo mamlakat vasi’dur. Dedi: bu tevaga gʻamxorligʻ qila olgʻaysen? Dedim: qila olgʻaymen. Tevasidin tushti va meni mindurdi va dedi: bor Tengri uyigʻa.

75. Abu Shu’ayb Muqanna’ r. t.

Oti Solihdur. Misrda boʻlur erdi. Abu Said Xarroz q. s. asrida erdi. Yetmish haj yayoq borib erdi. Har dajda Bayt ul-muqaddas sahrosindin ehrom bogʻlar erdi va Tabuk bodiyasigʻa kirar erdi. Soʻnggi hajida bodiyada koʻrdikim, bir itning suvsizligʻdin tili ogʻzidin chiqib, halok boʻlgudekdur. Nido qildikim, ey qavm, kim boʻlgʻankim. Yetmish yayoq hajni bu it ichkuncha suvgʻa sotqin olgʻay? Birav ul tilagancha suv kelturdi. Ul olib, ul itni serob qildi va dedn: ul hajlarimdin bu manga yaxshiroq erdikim, Hazrat Risolat s. a. v. debdurki, [har bir tirik jonga yaxshilik qilishda ajr bor)(1).

76. Abu Aqqol b. Ilvon Magʻrnbiy q. s.

Mashhur mashoyixdindur va Abu Horun Andalusiy bila suhbat tutubdur. Va Makkada dunyodin oʻtubdur, qabri Makkadadur. Abu Usmon Magʻribiy q. s. Abu Aqqolning ba’zi ashobidin naql qilibdurkim, ul Makkada toʻrt yil yemak-ichmakdin hech nima ixtiyor qilmadi va ba’zi toʻrt yildin koʻprak debdurlar. Vallohu a’lam.

77. Hammod Qurashiy q. t. s.

Kuniyati Abu Amrdur va bagdodligdur. Mashonixning buzurglaridindur. Junayd q. s. anga musharraf boʻlur ermish. Ja’far Xuldiy debdurki, necha kun Hammod Qurashiyni koʻrmaydur erdim, uyiga bordim ani koʻrgali. Ul yoʻq erdi, ul yoʻqsizlik zaruratidin ayolining burupchakni olib, bozorgʻa eltgan ermishkim, sotib yegulik kelturgan. Kelturganni ashob qoshida qoʻydi. Birav oʻttiz oltun kelturub anga berdi, ul olmadi. Ayoli uy ichidin un biyik qilib, ul oʻtgan ishni izhor qildi va aning bu vajh olmaganidin gila qildi. Ja’far Xuldiy debdurki, mei bu voqeani Junayd q. s.gʻa ayttim. Junayd andin soʻrdi, ersa ul ayttikim, ul koloni dallolgʻa berdimkim, sotqay. Bir un eshit-timki, sen bu ishni bizing uchun qilding, sanga javod yetkusidur. Bu vajhkim, ul kishi kelturub erdi, olmadim. Junayd dedi: yaxshi qildingki, olmading. Shayx ul-islom debdurki, boqingki, podosh birla garra boʻlmagʻaysiz.

78. Abulhusayn Nuriy q. t. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad.

Al-Bagʻoviygʻa ma’rufdur. Bagʻdodiyul-asldur. Sariy Saqatiy va Muhammad Ali Qassob va Ahmad b. Abulhavoriy bila suhbat tutubdur va Zunnun Misriy q. s. ni koʻrubdur va Junayd q. s. aqronidindur va andin tezvaqtroq, debdurlar. Nuriy doim tasbeh evurur erdi. Andin soʻrdilarkim, [Allohni zikr qilasanmi?](1). Dedilar: bu tasbeh bila tilarsenki, Allohu taolo sening yodingda boʻlgʻay? Dedi: Bu tasbeh bila tilarmenki, Haqdin gʻofil boʻlgʻaymen. Va ham aning soʻzidurkim, [ubudiyat (bandalik)ning sofligi seni magʻrur qilmasinki, unda rububiyat (rabboniylik)ni unutish bordir)(2). Andin soʻrdilarki, Tengrining ne bila taniding? Dedi: Tengri bila! Dedilarki, Bas, aql nedur? Dedi: Aql ojizdur, yoʻl koʻrsatmas, magar ojizgʻa. Va ul debdurkim, [Haq kimdan oʻzini yashirsa, har qanday ishonchli dalil va xabar uni hidoyat qilolmaydi](3). Va ham ul debdurkim, [bir kun nurga boqdim va undan aslo koʻzimni uzmadim, hatto shu nurga aylandim](4).

79. Sayyid ut-toifa Junayd Bagʻdodiy q. s.

Ikkinchi tabaqadindur va kuniyati Abulqosimdur va laqabi Qavoririy va Zajjoj va Xazzoz. Qavoririy va Zajjoj andin debdurlarki, otasi shisha sotar ermish va Xazzoz aning uchunki, xazz san’atin bilur emish. Asli Nihovanddindur. Tavalludu mansha’i Bagʻdoddindur. Abu Savr mazhabida boʻlur ermishki, Imom Shofe’iy q. s.ning ulugʻroq shogirdidur va ba’zi debdurlarki, Sufyon Savriy mazhabida ermish.

Sariy Saqatiy va Horis Muhosibiy va Muhammad Ali Qassob bila suhbat tutubdur va alarning shogirdidur va qavmning aimmasi va sodotidindur. Barcha nisbatni anga durust qilurlar Xarroz va Ruvaym va Nuriy va Shibliy va gʻayruhum. Abul Abbos Ato debdurkim, [shu ilmda bizning imomimnz, tayanchimiz va peshvomiz Junayddur](1). Xalifai Bagʻdod Ruvaymgʻa ayttiki, ey beadab! Ul dediki, yarim kun Junayd bila suhbat tutubmen, nechuk meni beadab degaylar, ya’ni har kishikim yarim kun Junayd bila suhbat tutmish, boʻlgʻay, ondin tarki adab kelmagʻay. Xususankim, ortuqroq. Junayd debdurki, Sariy manga doim aytur erdikim, majlis tut va elga soʻz ayt! Men nafsimni muttaham qilur erdim mungakim, bu ishga istihqoqim yoʻqdur, to ulkim bir juma kechasi Hazrat Risolat s. a. v.ni voqeada koʻrdum. Ul Hazrat amr qildilarki, [«Insonlar bilan soʻzlash»](2). Sahar erta Sariy eshignga bordim va eshik qoqtim. Dediki, men degan soʻzga inonmading, to senga amr qildilar. Bas, tong erta majlis qoʻydum va soʻz ogʻoz qildim. Atrofgʻa xabar muntashir boʻldikim, Junayd soʻz aytadur. Majlis qirogʻidin bir yigit dedikim, [Ey shayx, Rasululloh s. a. v.ning «Moʻminning farosatidan ehtiyot boʻling, chunki u Alloh nuri bilan nazar qiladi» hadisining ma’nosn nima?](3). Junayd debdurki, bir lahza bosh quyi soldim va bosh koʻtardim. Dedimki, islom keturki, islomning vaqti yetibdur. Ul yigit tarso emish. Filhol islom qabul qildi. Imom Yofi’i debdur: bu ishta el Junayndgʻa bir karomat isbot qilsalar, men ikki karomat sobit qilurman. Biri ul yigitning tarso ekanin, biri islom vaqti yetkanin bilgani. Junayd debdurki, [ilmning vajdu holgʻa gʻolib boʻlishi vajdu holning ilmga gʻolib boʻlishidan yaxshiroqdur](4). Va ham ul debdurkim, [majlislarning sharaflirogʻi va yuksakrogʻi tavhid maydonida fikr bilan oʻtirishdir](5). Va ham aning soʻzidurkim, [himmatingni Allohu azza va jalla tomonga qarat. Zinhor Allohu azza va jallani mushohada qiladigan basirat koʻzingni undan boshqasiga qaratmaginki, Allohning nazaridan qolasan. Junayddan soʻradilar: amalsiz ato boʻladimi? Aytdi: Har bir amAliing oʻzi uning lutfu inoyatidindur](6).

Shayx Abu Ja’far Haddod debdurki, agar aql kishi suratia kirsa erdi, Junayd surati boʻlgʻoy erdi. Junayd q. s. ikki yuz toʻqson yettida dunyodin oʻtubdur. «Tabaqot» kitobida Qushayriy risolasida bu nav’ bitilibdur va Imom Yofi’n" ta’rixida toʻqson sakkizda debdur va ba’zi toʻqson toʻqquzda debdurlar.

80. Abu Ja’far Karnabiy r. t.

Junaid q.s. aqronndin debdurlar va Junaidning x;am ustodn dsbdurlar. Bagʻdod mashoyixining kiboridindur. Ja’far Xuldin debdurki, Ibnul Karnabiy-ning vafoti kuni Junayd q. s. aning boshi ustida oʻlturub erdi. Boshin yuqori, osmon sari koʻtardi. Abu Ja’srar ayttiki, bu’d va yirogʻliqdur. Boshin yerga qoʻydi. Ham ul aytti, bu’d va yirogʻliqdur, ya’ni [albatta, Haq bandasigʻa ishora qiladigan taraflardan yaqinroq](1).

81. Kahmas Husayn Xamadoniy q. r.

Laqabi Abu Muhammaddur, hamadonliq. Va koʻp mashoyix suhbatiga yetibdur. Ul debdurki, Hamadonda bir kecha oʻz uyimda erdim. Birav eshik qoqdi, xayolimga keldiki, Junayd boʻlgʻay. Eshik ochdim, Junaid erdi. «Salom» – dedim, javob berib dediki, qosid sening ziyoratingga kelibmen. Xotiring tuzluki ma’lum boʻldi,–dedi va yondi. Yana kun Hamadonda tiladuk, topilmadi. Bagʻdoddin kelgan musofirlardin soʻruldikim, falon vaqt Junayd Bagʻdodda gʻoyibmu erdi? Hech kim nishon bermadi, ham ul kecha kelib borgan ekandur.

82. Amr b. Usmon Makkiy q. t. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Abdulloh. Husain Mansur Halloj q. s.ning ustodidur. Nisbatin Junayd Q. s.gʻa qilur va Xarroz bila suhbat tutubdur va alarning aqronidindur.

Asli Yaman mulkidindur. Soʻzi daqiq boʻldi, oni kalomga mansub qilib, mahjur qildilar va Makkadin surdilar, Jiddaga bordi. Ul debdurki, [muruvvat doʻstlarning qusur va kamchiliklaridan koʻz yumishdir](1). Va ham ul debdurki, [vajd kayfiyatini soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi, chunki u moʻminlar nazdida Allohning sirridir|(2).

Bir kun Ali Sahl andin soʻrdikim, [zikrning qonuni nima?,](3). Ul dedikim, [Haqning sifatlarini bilgan holda, uni yakka-yagona deb bilmoq)(4). Va ul ikki yuz toʻqson oltida dunyodin oʻtti va ba’zi toʻqson yettida va ba’zi toʻqson birda debdurlar va ba’zi Bagʻdodda va ba’zi Makkada debdurlar.

83. Shoh Shujo’ Kirmoniy q. t. s.

Ikkinchi tabaqadindur, muluk avlodidindur. Abu Hafsning rafiqlaridin. Abu Turob Naxshabiy va Abu Abdulloh Ziro’ Busryay va Abu Ubayd Busriy bila suhbat tutubdur. Va Abu Usmoi Hiriyning ustodidur.. Va ul qabtan bila yurur erdi, andoqki ba’zi mashoyix xirqa bila va ba’z gliyim bila va ba’zi taylason bila. Va Shoh Abu Hafsdin soʻngra ikki yuz yetmishda dunyodin oʻtibdur va uch yuzda ham bitibdurdar. Shoh bir kitob bitibdur. Yahyo Mu’oz Roziy gʻino fazlin faqrga qilib bitigan kitobning raddiga. Hazrat Maxdumn Nuran «Nafahot ul-uis»da bu mahalda Shoh jonibidin bu iav’ hukm qilib bitibdurlarki, Shoh Yahyo Mu’oz gʻino fazlin faqrga qilib bitigan kitob raddi-ga kitob bitibdur, andoqki voqe’dur. Shayx ul-islom q. s. debdurki, faqr fazlidin sanga ushbu kofiydurkim, Paygʻambar s. a. v. darveshlikni tavongarlikka va faqrni gʻinogʻa ixtiyor qildi va Haq subhonahu va taolo ul Hazratdin bu ishni pisand etti va anga bu davlatni ham karomat qildi. Abu Hafs Shohni toʻn bila koʻrib soʻrdikim, bo qabo? Shoh javob berdikim, [aboda istaganimizni qaboda topdik](1). Shoh qirq yil bir vaqt talabiga uyumadi. Bir kun koʻzi uyquga bordi. Haq subhonahu va taoloni tush koʻrdi, uygʻongach bu baytni dedikim,

bayt:

[Ey koʻzimning sururi, seni tushimda koʻrdim,
Usha lahzadan bern unqunn yaxshi koʻraman](2).

Andin soʻngra doim uiqu tilar erdi, yo oni uyquda koʻrarlar erdi, yo yotmoq tahiyasida. Bir kun Shoh bir majlisda oʻlturub erdi. Bir darvesh qoʻpub, ikki botmon oʻtmak savol qildi. Hech kim bermas erdi. Shoh dedikim, boʻlgʻaykn, ellik hajimni ikki botmon nonga sotqun olib, bu darveshga bergay. Bir faqi.ch hozir erdi, dedi: Ey shayx, shariatga istihfof qilding.

Shoh dedi: Hargiz oʻzimdin hisob olmadim, a’molimdin ne hisob olgʻaymen? Va Shoh soʻzidurkim, [kimki nafsini shahvatdan, koʻzini haromlarga boqishdan saqlasa, botinini doimiy muroqaba bilan ta’mir qilsa va zohirini sunnat bilan bezasa, uning farosati xato qilmaydi](3).

84. Abu Usmon Hiriy q. t. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Sa’d bin Ismoil Hiriy Nshoburiy. Asli Raydindur. Shoh Shujo’ning shogirdi. Abu Hafs va, Yahyo Mu’oz bila suhbat tutubdur. Zamonining imom va yagonasi erdi. Sakkiz yuz toʻqson sakkizda Rabiul avval oyida dunyodin oʻtibdur. Qabri Nishoburdadur. Andin soʻrdilarkim, javonmard kimdur? Dedi: ulkim, oʻzin koʻrmagan. Va ham ul debdurki, [shavq muhabbatning alomatlaridan biridur](1).

Va ani Imom va Muqtadoyi rabboniy debdurlar. Va rabboniy oni derlarkim, muridlarga oz ilm bila parvarish bergay va tarbiyat qilgʻaykim, to ulugʻ ilmda quvvat topqaylar. Va ul bu nav’ erdi. Va ul debdurki, [Alloh amrini bajarishda sustlik qilish, oʻsha amrning. ma’rifatini yaxshi bilmaslikdandir](2).

85. Zakariyyo b. Duluviyyah q. t. s.

Kuniyati Abu Yahyodur. Nishobur ahlndindur. Ahmad Harb shogirdlaridin, mutavakkil va zuhhoddindur. Uz kasbi bila luqma yer erdi. Abu Usmon Hirpy. debdurki, har kimki, Abu Yahyodek tirilsa, oʻlumdin andishasi boʻlmagʻusidur va oʻlumdin soʻngra ham andishasi boʻlmagʻusidur. Ikki yuz toʻqsoi toʻrtta Nishoburda dunyodin oʻtti.

86. Zakariyyo b. Yahyo Hiraviy q. s.

Kibori mashoyixdin erdi, mustajob, udda’vo. Imom Ahmad Hanbal rahimahullohu debdurkim, Zakariyyo abdoldindur. Va Abu Said Zohid debdurkim, Zakariyyoni koʻrdum va suhbat tuttim, siddiqlardin erdi. Ikki yuz ellik birda Hirot shahrida dunyodin oʻtdi.

87. Ziyod b. Kabir Hamadoniy q. t. r.

Hamadonliq erdi. Junayd q. s. suhbatida boʻlur erdi. Kaxmas Hamadoniy rahimahulloh debdurki, bir yil xushksol voqe’ erdi. Masjidi jum’agʻa bordim. Koʻrdumki, mehrobda oʻlturubdur, istisqo duosi oʻqiydur. Ham ul zamon andoq yogʻin tuttikim, uyumga kela olmadim.

88. Abu Usmon Magʻribiy q. t. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Said b. Salom Magʻribiydur. Abulhusayn Sone’ Dinavariyning shogirdi. Magʻribning Qirvonidindur. yillar Makkada mujovirliq qildi va onda Sayid ul-vaqt va mashoyixiing yagonasi erdi. Onga bir nsh voqe’ boʻldiki, Makkadin Nishoburgʻa bordi va uch yuz yetmish uchda dunyodin oʻtdi. Qabri Nishoburdadur. Abu Usmon Hiriy bila Abu Usmoi Nasibiyning yonidadur. Mashoyixdin Abu Ali Kotib va Habib Magʻribiy va Abu Amr Zajjoz q. s. bila suhbat tutubdur va Abu Ya’qub Nahrajuriyni koʻruberdi.

Ul debdurki, bu ishga kirmagimning ibtidosi ul erdikim, bir itim bor erdi va bu itim bila Jazoyirda ovlab yurur erdim. Bir yagʻoch ayogʻim ham bor erdiki, oning ichida sut solib ichar erdim. Bir kun ma’hud tariqi bila ul ayogʻdin sut ichay, dedim. Ul it koʻp qichqirib, iztirob qildi. Ayogʻni yerga qoʻydum. Yana bir damdin, soʻngra ul ayogʻni oldim sut icharga. Ul it bu qatla koʻprak hurub, manga hamla qildi. Yana ichmay yerga qoʻydum. Uchunchi qatla koʻprak hurub, mufrit iztirob qildi. Ersa yana ul ayogʻni yerga qoʻydum. Ul it boshin ul harfqa solib, ul sutdin ichti, dogʻi shishib, yiqilib oʻldi. Hamono koʻrgan boʻlgʻayki, yilon ul sutdin ichib, zahrin onda toʻkmish boʻlgʻay. Itdin ul vafo koʻrgachki, oʻzin manga fido qildi, qiladurgʻonlardin tavba qilib, bu tariqni ixtiyor qildim.

Shayx ul-islom debdurki, Abulhusayn Koshoniy manga dedikim, Abu Usmon Magʻribiy dedikim, ul kunki men dunyodin ketsam, maloyika tufrogʻ sovurgʻusidurlar. Nishoburda ul oʻtgan kun men hozir erdim. Andoq gardu oshub boʻldiki, el bir-birin koʻra olmaslar erdi. Shayx ul-islom debdurki, ul oʻttiz yil Makkada erdikim, onda bavl qilmadi, Haram hurmati jihatidin. Ul debdurki, [bu ish (tasavvuf ishi) faqat qon hidi bilan qoʻlga kiradi](1).

Va ham aning soʻzidurkim, [e’tikof (masjidda ma’lum kunlar yashab, ibodat qilish) Haq farmonla-ri asosida a’zolarni pok saqlashdir](2).

Va ham ul debdurki, ulki darveshlar suhbatigʻa tavongarlar suhbatin ixtiyor qilsa, Haq s. t. ani murdadilliqqa mubtalo qilgʻay.

Va ham Shayx Abu Usmon q. s. soʻzidurkim, [Osiy (gunohkor) mudda’iy (da’vogar)dan yaxshi, chunki osiy doimo tavba yoʻlini axtaradi, mudda’iy esa, doimo da’volarining xayolida yanglishib yuradi](3).

89. Abu Tolib Ihmimiy r. t.

Bu qavmning mashoyixidindur. Abu Usmon Magʻribiy derkim, Abu Tolibni koʻrdum. Qushlar bila soʻzlashur erdi. Va ham Abu Usmon debdurkim, bir safarda aning bila hamroh erdim. Yoʻlda sibo’din xavf boʻldi. Men dedim: Qoʻnmay, botroq oʻtayli. Ul tavaqquf qilib qoʻndi. Kecha men vahmdin uyumadim, ul farogʻat bila uyudi. Tonglasi mendin soʻrdikim, nega uyumading? Dedimkim, sibo’ xavfidin. Dediki, har kim Tengridin qoʻrqsa, oʻzga hech nimadin qoʻrqmas. Ul munojotida debdurki, ilohi, agar sening amring boʻlmasa erdi, kimga zahra boʻlgʻay erdikim, buzurgvor otingni tilga mazkur qilgʻay?

90. Talha b. Muhammad Saboh Niliy.

Abu Usmon Hiriy ashobining kiboridindur. Uch yuz ikkida dunyodin oʻtti. Abu Usmon Magʻribiy q. s. anga dediki, tilarsanki, sanga bir pand bergaymenki, ellik yildurki, elga ul pandni beradurmen, qabul qilmaydurlar. Ul dediki, tilarmen. Dediki, tuhmat kirdoringga qoʻy, to qiymat tutqay va tuhmat xalqdin ol, to nizo oradin chiqqay. Ul qabul qildi va dedi: base kushodlar bu nasihat bobidin topdim.

91. Abulabbos b. Masruq r. t.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad Masruq, Tusdindur. Bagʻdodda sokin boʻldi va ikki yuz toʻqson toʻqqizda olamdin oʻtti, vallohu a’lam. Junayd q. s. andin hikoyat aytur, Abu Ali Rudboriyning ustodlaridindur va Sariy Saqatiy va Muhammad Mansur Tusiy va Muhammad b. Husayn Barjaloniy bila suhbat tutubdur. Va qavmning qudamoyu kiboridindur. [Undan tasavvuf haqida soʻradilar, aytdi: qalbni iloji bor narsadan xoli qilish va iloji yoʻq narsaga (Haqqa) bogʻlashdir](1).

Va ham ul debdurki, [kimki tadbirii tark qilsa, rohatda yashaydi](2).

92. Abulabbos Moʻrazan Bagʻdodiy q. s.

Shayx ul-islom oydin naql qilibdurki, ul debdurki, nafsingni mashgʻul qil andin burunki, ul seni shugʻlgʻa solgʻay!

93. Abu Abdulloh Magʻribiy q. t. r.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad Ismoil. Debdurlarki, Ibrohim Xavvos va Ibrohim Shaybon Qirmonshohiy va Abu Bakr Baykandiy q. s.ning ustodidurva Abulhusayn Ali Razzinning shogirdi, hiraviydur. Va umri yuz yigirma ikki yilda tortti va ustodi Abulhusayn yuz yigirma yashadi. Va Abu Abdullohning qabri Turi Sino togʻi ustida, ustodi Abulhusayn qabri yonida, xarnub yigʻochi ostidadur. Ikki yuz toʻqson toʻqqizda dunyodin oʻtibdur. Shayx ul-islom debdurki, ul hargiz qorongʻulik koʻrmaydurki, elga qorongʻu boʻlganda, anga yoruq erkandur. Aning soʻzydurkim, ul Tengri haqqiki, Abu Abdullohni yaratibdurki, Tengri agar mendin shahvat ma’unatin olsa, manga andin yaxshiroqdurkim, aytsakim, behishtga kir! Bu ham ul soʻzdurkim, Amir ul-moʻminin Aly k. v. debdurkim, agar meni behishtga kirmak bila masjidga kirmak orasida muxtor qilsa, men masjidga kirarmen. Abu Abdulloh debdurkim,, [amallarning afzali – vaqtni ahkomlarga muvofiq oʻtkazmoqdir} Va ham ul debdurki, dunyodin munsifroq koʻrmadim. Agar anga xidmat qilsang, ul ham sanga xidmat qilur va agar tarkin tutib, sidq bila Tengri qulligʻigʻa mashgʻul boʻlsang, aning sharridin emin boʻlursen, ya’ni ul sening tarkingni tutar.

94. Abu Abdulloh Nebojny r. t.

Oti Sa’d b. Yaziddur va Zunnun Misriy aqronidindur va Ahmad Abil Havoriy ustodlaridin. Ul debdurki, [adab–himmatlilarning ziynatidur](1).

Va ham ul debdurki, [har bir narsaning vazifasi bor, dinning vazifasi adabdur](2).

95. Abu Abdulloh Antokiy – q. t. s.

Oti Ahmad b. Osim Antokiydur va qavmning a’yonu sodotidindur. Shariat ilmigʻa olim, qudamoyi mashoyix bila suhbat tutubdur! Va tobiin atbo’igʻa musharraf boʻlubdur. Bishr Hofiy va Sariy Saqatiy aqronidin ermish va Horis Muhosibiyning muridi va Fuzayl Ayoz suhbatigʻa yetibdur. Shayx ul-islom debdurki, anga hech kishining hech ishidin hargiz hasad boʻlmaydur, Illo orifona ma’rifatdin, yoʻq tasdiqi ma’rifatdin.

Shayx Abu Ali Daqqoq debdurki [rasmiy ma’rifat yozgi yomgʻirga oʻxshaydi: na bemorga shifo beradi va na chanqoqni qondiradi](1).

Va ham Antokiy debdur, [faqrning manfaatlirogʻi u bilan ziynatlanganing va u bilan rozi boʻlganing](2).

Faqrning nofe’rogʻi uldurkim, sen oning bila mutajammil boʻlgʻaysen va onga rozi, ya’ni xalqning kamoli asbobning isbotidadur va faqr jamoli asbobi nafyi va musabbib isbotida va anga ruju’da va rizo aning ahkomigʻa. Negakim, faqr sababi – naqddur va gʻino sababi–vujud va sababsiz Haq biladir va sababliq oʻzi bilan. Bas, sabab hijob mahalli boʻlgʻay va besababligʻ kashf mahalli.

Va ikki jahon jamoli kashfu rizodur va olam noxushligʻi hijobu saxatda va bu vozih bayonidur, faqrning gʻinogʻa tafzilining, vallohu a’lam.

96. Mumshod Dinavariy q. s.

Uchunchi tabaqadindur. Iroq mashoyixining buzurglari va javonmardlaridindur. Yahyo Jallo va kibori mashoyix bila suhbat tutubdur. Va Junayd va Ruvaym va Nuriy q. s. aqronidin ermish. Debdurlarki, ikki yuz toʻqson toʻqqizda dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki,

Haq s. t. orifqa sirrida bir koʻzgu beribdurki, har qachon ul koʻzguga boqsa, ani koʻrgay. Shayx ul-islom debdurki, anga moʻmin koʻnglida bir yerdurki, andin oʻzga onda yetmas, chun tafriqaga qolgay, ul yerga bozgasht qilsa, osoyish topqay. Mumshod debdurkim, qirq yildurkim, behishtni va har ne andadur manga arz qiladurlar, koʻz uchini ul yon oriyat bila solmaymen. Shayx ul-islom debdurkim, aning suhbat va huzurida aning gʻayrigʻa boqmoq anga shirkdur. Va Tengri taolo Paigʻambarigʻa s. a. v. dedikim, [(Paygʻambarning) koʻzi (oʻngu. soʻlga) ogʻgani ham yoʻq, oʻz haddidan oshgani ham yoʻq. Olloh deb ayt, soʻngra ularni tark et](1). Va ham Mumshod debdurki, har kim aning doʻstlaridin biriga qilgʻay kiyna, uqubat anga ul boʻlgʻayki, ulcha ul doʻstiga beribdur, hargiz ul munkirga bermagʻay. Va ham ul debdurki, [Muridga lozim boʻlgan adablar: mashoyixlarni hurmat qilish, birodarlarga xizmat qilish, sabablardan qutilish va shariat odoblarini saqlash](2).

97. Hasan b. Ali Musuhiy q. t. s.

Kuniyati Abu Alidur. Debdurlarki, Junayd va Abu Hamzaning ustodlaridindur va alarning aqronidin xud bor. [Sariy Saqatnyning kibor ashoblaridin](1). Junayd debdurki, Hasan Musuhiygʻa bir nima dedim unsdin. Dedikim, agar xalq bir yoʻli oʻlsalar, mening koʻnglimga malolat kelmas va vahshat yuzlanmas. Lisammun al-Muhibb: [Ey nafsim, oʻzga narsalarday voz kechib, Haq bilan boʻl! Chunki hayot, ayshu ishrat u bilan ulfat boʻlish va tasalli topishdir](2).

98. Ahmad b. Ibrohim Musuhiy q. t. s.

Aning kuniyati ham Abu Alidur. Bagʻdod mashoyixining ajillasidindur. Va Sariy Saqatiy bila suhbat tutubdur va andin hikoyat aytur va rivoyat qilur va Hasan Musuhiydin ham. Va debdurlarki, ul bir koʻnglak va bir rido, bir na’l bila har yil haj qilur erdi, rikva va koʻza koʻtarmas erdi, andin oʻzgaki bir olma olur erdi. Bagʻdoddin Makkagacha ani islab oʻtkarur erdi. Ul debdurki, [Allohu taolo bandasiga soʻramagan narsasini bersayu u rad qilsa, Alloh bandani rad etganiga monand boshqa bir narsaga muhtoj etib, uni tilovchi qilib qoʻyadi](1).

99. Ruvaym r. t.

Ikkinchi tabaqadindur va kuniyati Abu Muhammaddur. Va Abu Bakr va Abulhasayn va Abu Shaybon ham debdurlar. Bagʻdodning mashoyixining kiboridindur. Faqih erdi, Dovud Isfahoniy mazhabida. Shayx ul-islom debdurki, ul oʻzin Junaydning shogirdi koʻrguzur erdi, ammo aning yoronlaridindur va andin uluq. Va Abu Abdulloh Xafif q s. debdurki, hargiz koʻzum kishi koʻrmaydurki, tavhidda soʻz aytqoy, andoqki, (Ruvaymdan tasavvuf haqida soʻradilar. Aytdi: Mutasavvif biror narsani oʻziniki deb bilmaydi va hech kim unga egalik qilolmaydi. Va yana aytdi: Tasavvuf ikki narsaning birini ikkinchisidan ortiq koʻrmaslikdir](1). Va debdurlarki, Ruvaym umrining oxirida oʻzin dunyo ahli orasida yashirdi, ammo ul shugʻl ani mashgʻul qilmadi. Junayd debdurki, biz forigʻi mashgʻulbiz va Ruvaym mashgʻuli forigʻ. «Futuhot»da mazkurdurkim, Ruvaym dediki, [kimki, soʻfiylar bilan birga oʻtirib, ularning haq deb bilgan narsasiga qarshi chiqsa, Allohu taolo uning qalbidan iymon nurini tortib oladi](2). Abu Abdulloh Xafif aning xidma tigʻa bordi, qayturda Ruvaym ilgin aning egniga qoʻyub dedikim, ey oʻgʻul, bu ish jon fido qilmoqdur, zinhor soʻfiyaning turrahotigʻa mashgʻul boʻlmagʻaysen. Shayx ul-islom debdurki, jon fido qilmoq ul ermaskim, gʻazogʻa borgaysen, to seni oʻlturgaylar, uldurki, Haq taolo bila jon uchun munozaat qilmagʻaysen. Jon va koʻngul va boshni aning yoʻlida qoʻygʻaysen va hanuz oʻzingni muqassir bilgʻaysen, yoʻqki, oz ranjki ondin sanga yetushsa, shikoyat qilgʻaysen.

Birav Ruvaymdin soʻrdikim, [ahvoling qanday?](3). Ul dediki, [kimniki, dini – hoyu-havas, himmati – dunyo boʻlib, oʻzi–solih taqvodor va pokiza oriflardan boʻlmasa, uning holi qanday boʻlishi mumkin?](4).

Shayx ul-islom Xarrozdin soʻngra Ruvaymni tutubdur va andin soʻngra Junayd bila Nuriyni.

100. Yusuf b. Husayn Roziy q. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ya’qub. Ray va Jibolning shayxi erdi. Uz zamonida bu toifagʻa imom va tariqi malomat tavrida erdi. Xalqni oʻzidin mutanaffir qilmoq va elning qabulin oʻzidin buzmoqda tlohir erdi. Zunnun Misriy shogirdidur va Abu Turob Naxshabiy va Yahyo Ma’oz Roziy bila suhbat tutubdur va Abu Said Xarroz bila safarda rafiqlik qilibtur va arolarida Junayd bila mukotabot voqe’dur. Uch yuz uchda yo toʻrtda dunyodin oʻtubdur. Utar chogʻda dedi: Ilohi, xalqni sanga dalolat qildim jahd bila va oʻzumga qila olgancha, jafo qildim.Saning uchun. Meni bulardin biriga bagʻishla.

Utgandin soʻngra bu toifadin birov oni voqe’da koʻrub, holin soʻrdi. Dedikim, Haq taolo manga ayttikim, ul soʻzni yana ayt! Aytqondin soʻngra ayttikim, sani sanga bagʻishladim va oʻzi va oning orosida vosi-ta kelturmadnkim, oning bila bu toifa orasida vasila ra vosita oʻzi-oʻqdir.

Yusuf b. Husaynning soʻzidurkim, [barcha yaxshiliklar uyiing ichkarisida, uning kaliti tavozu’dir. Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida. Uning kaliti, esa, takabburlikdir](1).

Bu faqir oʻzum bu naqlni koshifi ulumi rabboniy Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s.dan eshittimkim, Nishoburda soʻfiy bor ermish. Zohidki, safoyi vaqti onga dast bergay ermish. Bir doʻsti bor ermish, bozurgon va ul bir safarga mutavajjih ermish. Ammo bir turkiyasi bor ermish, jamilakim, oni oʻzi bila elta olmas ermish va shaharda dogʻi qoʻyarda hech yerga e’timodi yoʻq ermish. Ul soʻfiyni mu’tamad deb, oning qoshida amonat topshurub, safarga bormish. Ul soʻfiy oni koʻrgach, volih boʻlib, alqissa safoyi vaqtin barbod bermish. Bu xusronzadaliqdin nodim boʻlib, tavba qilib, mashoyix xizmatigʻa borib, oʻz dardin aytib, iturgonining ilojin tilamish. Borcha muttafiq oʻtmishlarkim, bizing ilgimizdin kelmas. Magar imom Yusuf b. Husayn Roziy bu ishga iloj qilgʻay. Ul soʻfiy Yusuf b. Husayn xizmatigʻa Raygʻa borurdin oʻzga chora topmamish. Raygʻa borib, imomni har kimdinki, soʻrmish va soʻramish, javob bermishlarki, ul kofur va ul zindiq bila ne ishing bor? Alqissa, bir buzuqda imomni topmishkim, parishon zohir bila sochi, tirnogʻi yitilgan, chopon kiyib, saru po barahna qibla sari mutavajjix. Qur’on oʻqub, oʻlturub ermish. Muborak nazari soʻfiygʻa tushgach, iturgon safoyi vaqti koʻngliga yuzlanmish. Yugurub, imomking ayogʻigʻa tushub, savol qilmishki, sanga tengri mundoq biyik martaba beribdur. Sen nechuk oʻzungni mundoq jununi besaru polikka solibsanki, seni tilab koʻrsalar, Ray ahli kofuru zindiq bila ta’bir qilurlar. Imom javob bermishkim, ul jihatdin bu oshuftaligʻni ixtiyor qilibmanki, bozurgon mani yaxshi amin kishi sogʻinib, kanizagin kelturub, manga amonat topshurmagʻoy. Soʻfiy xijil boʻlib, yuzin yerga qoʻyub, savol qilgʻonidin istigʻfor qilib, Nishoburgʻa yonmish, vallohu a’lam.

101. Abdulloh Hozir r. t.

Qavmning akobiridindur. Shayx ul-islom debdurki, ul Yusuf b. Husaynning tagʻoyisidur. Mashoyixiing qudamosidin va Zunnunning aqronidin va andin ulurroq. Aning bila Yusuf b. Husayn orasida soʻzlar borkim, barchada, martabada aning bukjroqligʻi Yusuf b. Husayndin zohir boʻlur. Kishi tilasakim, ma’lum qilgʻay, «Nafahot ul-uns»ni mutolaa qilsun, vassalom.

102. Sobit Xabboz q. t. s.

Mashoyixiing qudamosidindur. Junayd va Ruzaym bila suhbat tutubdur va Tengri yoʻli suluki tariqin alardin kasb qilibdur va payvasta alardin hikoyat aytur ermish.

103. Abu Sobit Roziy q. s.

Ulamo va qurro va fuqaroning mashohiridin ermish. Ul debdurki, bir kun bir majlisda bir tiflgʻa Qur’on ta’lim qiladur erdim. Yusuf b. Husayn q. s. anda yetib, dedikim, uyalmassankim, bir muxannasqa Qur’on ta’lim qilursen? Koʻnglumga kechtikim, subho-nallah, bu tifl xud ma’sumdur, ajab soʻz bu ulugʻ kishining tiliga oʻtadur. Oz fursat oʻtti, ul oʻgʻlonni koʻrdum, muxannaslar jamoati orasida alardin boʻlib yuriydur erdi. Imom Yusuf b. Husayn xidmatigʻa borib, irodat iligi berdim.

104. Samnun b. Hamza Muhibb Kazzob q. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Imom ul-muhabbatdur. Kuniyati Abulhusayn va Abulqosim ham debdurlar. Uziga Kazzob laqab qoʻyub erdi, to bu laqab bila chorlamasalar, boqmas erdi. Muhabbat ilmida yagona erdi va ha-misha andin der erdi. Sariy Saqatiy va Muhammad b. Ali Kazzob va Abu Ahmad Qalonisiy q. a. bila suhbat tutub erdi va Junayd va Nuriy aqronidin ermish. Junayddin burun dunyodin oʻtibdur va ba’zi soʻngra debdurlar. Ul debdurki, bandaning Haqqa muhabbati sofiy boʻlmagʻay, to zishtliqni barcha olamgʻa qoʻymagʻay. Va ham ul debdurki, [bandaning Haq taologa bogʻlanishining avvali – oʻzdan kechish, Haq taolodan ayri tushishning avvali esa, oʻz nafsiga bogʻlanishdir](1). Derlarki, Samnun bir kun bu ikki baytni oʻqidikim,

nazm:

[Sen mening maqsadimni seza turib, sirimni bilmoqchi va sinamoqchi boʻlasan.
Menga sendan oʻzga kerak emas. Zero, qanday xohlasang, shunday sinayber](2).

Filhol ani bavl habsi bila imtihon qildilar, jazo qilmay sabr qilur erdi. Ul kecha aning ashobidin necha kishi tush koʻrdilarkim, ul duo qilib, Haqdin shifo tilar erdi. Chun Samnun ani bildikim, maqsud ul ta’dibdin odobi ubudiyat va izhori ajzdur, yoʻqkim hol satri. Maktablar tegrasiga evrulub, atfolgʻa aytur erdikim, [Kazzob amakingiz haqida duo qilinglar!](3). Bu hol boʻla olurkim, Kazzoblik laqabigʻa bois boʻlgʻay va boʻla olurkim andin soʻngra boʻlgʻay.

105. Zahrun Magʻribiy q. s.

Taroblis ahlidindur. Muzaffar Kirmonshohiyning aqronidin. Bir-birining suhbatida Makkaga boribdurlar. Abu Abdulloh Magʻribiy Zahrun vasfida debdurki, javonmardlar orasida aningdek javonmarde koʻrmadim. Shayx ul-islom debdurki, ul bir kun jamoati darveshlar bila tamoshogʻa chiqib erdi. Bu ikki baytni oʻqidilarkim,

she’r:

[«Zi Tavo»dan chaqnagan yashin mendan gʻaflat uyqusini daf’ qildi.
Bu joy sahilari pokiza, binolari obod, Salmo tushgan manzildir](1).

Eshitib xurush qildi va qichqirib shoʻr zohir qildi. Va yondi va dedikim, siz boringki, men tamoshomni qildim.

106. Arun b. Vassoba q. s.

Kuniyati Abulasba’dur. Shayx ul-islom debdurki Ahmad b. Abulhavoriy kitobida koʻribmenki, ul Makkada shayx erkandur va Shomda dunyodin oʻtibdur. Aning favtidin soʻngra bu toifadin birov ani tush koʻrub, holin soʻrubdur. Ul debdurki, hisobimni qildilar inchkalik bila, soʻngra minnat qoʻyub, ozod qildilar.

107. Maymun Magʻribiy q. s.

[U Magʻriblik sayyohlardan va qadnm mashoyixlardan. Abu Muso Dabiliy bilan safarlarda hamrohlik qilgan. Ajib alomatlari va karomatlari bor](1). Aning raigi qora ermish, chun samo’gʻa kirar ermish, oqarar ermish. Anga dedilarki, holing samo’da evrulur. Ul dediki, ulcha manga zohir boʻlur, sizga dagʻi zohir boʻlsa, sizning ham holingiz mening holimdek boʻlgʻay. [Naql qilishlaricha, bir xaltasi bor erdi, nima istab, qoʻlini tiqsa, shuni olib chiqardi](2).

108. Sa’dun Majnun q. s.

Ato b, Sulaymon ayturki, bir yil Basrada qaht tushdi. El istisqogʻa chiqib erdilar, men ham bila erdim. Goʻristonda bir un eshitdim, boqdim, ersa Sa’dun Majnun erdi. Goʻristonda oʻlturub, ilgin tiziga urub, bir nima deydur erdi. Qoshigʻa borib, salom qildim. Dedi: [Va alaykum assalom, ey Ato. Koʻzing oldidan pardani kim koʻtardi?](1). Va soʻrdikim, bu ne gʻavgʻodur? Dedim, qaht va qurogʻlik jihatidin xaloyiq istisqogʻa chiqibdurlar. Dedikim, [sur chalindimi yo oʻliklar ti-rildimi?](2) sen ham bular bila kelibsen? Dedim: bale! Dedi: [Nuroniy qalb bilan keldingmi yo boʻm-boʻsh qalb bilan?](3). Soʻngra dedikim, tilarsenkim, men yogʻin tilagaymen? Dedim, bale, ne uchun tilamagaymen? De-di: Xudovando, mening kechagi rozim haqqi sanga! Filhol yogʻin tutashti. Dedi: Ey Ato, to urmagʻaylar qaytmaki, to urmagʻaylar, qaytmamak kerak.

109. Ato b. Sulaymon r. t.

Basraning zuhhodidindur. Uz zamonining buzurgi ermish. Bir kun bemor erdi; Kunaslikda yotib erdi. Dedilarki, neuchun koʻlagaya borib yotmaysen? Dedikim, tilarmenki, soyagʻa borgʻaymen, ammo qoʻrqarmanki, degaylar, bir qadam nafs komi uchun bording!

110. Ali b. Sahl Azhar Isfahoniy r. t.

Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhasandur. Isfahon mashoyixining qudamosndindur. Yusuf Bannoning shogirdi va Junayd q. s.ning aqronidin ermish va arolarida makotibatu risolat bor ermish va Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur. [U qattiq riyozat chekardi. Farovon nozu ne’matga ega boʻlsada, yigirma kunlab yeyish-ichishdan tiyilardi. Kunlarni uxlamasdan, iztirob bilan oʻtkazardi](1) Ul debdurki, ]aslo ehtilom boʻlmadim. Faqat tushimda bir ayolni voliysi va ikki guvoh huzurida nikohlab olganimdan keyin ehtilom boʻldim](2).

Bir qatla Umar b. Usmon Makkiyga Makkada oʻttuz ming diram burj boʻldi. Isfahongʻa Ali Sahl qoshigʻa keldikim, shoyad anga bu burj adosida madade qilgʻoy. Ali Sahlga ma’lum boʻlub erdi. Ul vajhni saranjom qilib, Makkaga Umarning burjlugʻigʻa yubordi va oni ziyofat qilib uzotti. Ul Makkaga borurda hamisha koʻnglida ul burjluq tafriqasi erdi. Makkaga yetgach, burjni oʻtolgan topti va koʻngli tindi. Shayx ul-islom debdurki, Ali Sahl ul ishni uzrxohlik va shukr-guzorligʻ yuki biymidin qildiki, hech ozodamard oni torta olmas. Ul debdurki, bizning qoshimizda ravo emaski, bu toifani darvesh degoylarkim, bular xaloyiqning tavongarlaridurlar. Shayx ul-islom debdurki, haq subhonahu va taolokim, toʻnning yaxshirogʻin agʻniyogʻa beribdur, toʻnning farrini darveshlargʻa beribdur va pokiza taom agar agʻniyogʻa beribdur, taomning lazzatin bulargʻa beribdur. Ali b. Sahldin soʻrdilarki, balo kunin yod bilurmusen? Dedi: nechuk yoʻq. Ul xud goʻyo tuno-kun erdi. Shayx ul-islom debdurki, soʻfigʻa bu soʻzda nuqsdur. Tuno-kun, tongla ne boʻlgʻay? Ul kunga hanuz kecha kelmaydur. Soʻfi hanuz ul kundadr

111. Muhammad b. Yusuf Banno q. s.

Kuniyati Abu Abdullohdur. Derlarki, ul uch yuz shayxdin hadis kitobat qilib erdi. Chun xilvatu inqito’ irodati onga gʻolib boʻldi. Makka azimati bila. chiqdi va bodiyani tajrid bila qat’ qildi. Debdurlarki, ul kunduz bannoligʻ kasbigʻa mashgʻul erdi. Ulcha hosil qilsa erdi, kecha ondin muhaqqariy bahra olur erdi. Uzgasin fuqarogʻa tasadduq qilur erdi. Bovujudi kasb ishtigʻoli har kun Qur’onni bir xatm qilur erdi. Xufton namozin qilgʻandin soʻngra oʻtoqgʻa borur erdi va koʻp aytur erdikim, xudoyo, manga oʻz oshnoli-gingni va ma’rifatingni nasib qil! Yo bu toqqa amr qilki, yuqori chiqyb, maning boshimgʻa yemrulsunki, saning shinosoligʻing va ma’rifatingdin ayru manga tiriklik kerakmas! Junayd q. s. aning fazlu kamoligʻa qoyil ermish. Shayx Ali Sahl Isfahoniygʻa yuborgai risolatda bitib erdikim, [shayxing Abu Abdullohdan soʻragin, kim sendan gʻolibdur?](1). Chun shayx Ali Sahl Isfahoniy andin savol qildi. Ul dedikim, javobyda bitikim, [Alloh oʻz ishida gʻolibdur](2).

112. Muhammad b. Foza r. t.

KuniyatiAbu Ja’fardur. Muhammad b. Yusuf Bannoning shogirdlaridindur. [Ibodatda buyuk mujtahid. va infoq-ehson qilishda saxiy edi](1). Har kun Qur’onni uch xatm qilmoq virdi erdi. Anga otadin koʻp meros qoldi. Yillar Muhammad b. Yusufning, oʻzining va iyolining ma’unatin yetkurur erdikim, ul bilmas erdi. Bir doʻsti bor erdi va anga buyurub erdikim, har ne aning xarji maoshidur anga yetkurgay. Andoqki, ul vo-qif boʻlmagʻaykim, qoydiq yetadur. Bir kun Muhammad b. Yusuf ul doʻstdin soʻrdikim, oyo, kimdurky bizning boramizda bu ehson qiladur? Ul dedikim, Muhammad Foza. Ul duo qildikim, [Alloh ungamen tomonimdan eng yukeak mukofot bersin](2). Azize debdurkim, qish oʻrtasida Muhammad Foza qoshigʻa bordim. Koʻnglokchan oʻlturub erdi. Dedim: [Yo Abu Ja’far, toʻngmaysen? Dedi: Ilkingni keltur, degilki: «Lo iloha Illalloh»](3). Ilik koʻngloki ichiga eltib dedikim, [Illal-loh, Illalloh»](4). Issigʻdin terlab erdi.

133. Sahl b. Ali Marvaziy r. t.

Ul erdikim, Abdulloh Muborak q. s.ning saroyiga bordi, dedikim, bu mutriba kanizaklarni nechun orosta qilib, tomning ustiga chiqaribsen va tushurmassen? Abdulloh Muborak q. s. dedikim, andoq qilay? Ul chiqqach, Shayx dedikim, aning sarvaqtigʻa yetingkim, ham bu zamon dunyodin borgʻusidur, Mening tomimda kanizaklar noʻqdurlar va ul yolgʻon aytmas, ul havrodirkim, behishtdin aning istiqboligʻa yiboribdurlar. Shayxning ashobi aning soʻngincha chiqqach, ul olamdin oʻtub erdi. Andin soʻrdilarkim, Haq taolo navozishlaridinkim, banda borasida qilur, qaysi ulugʻroqdur? Dedi: koʻngul farogʻatikim, Mustafo s a. v. debdur-kim, [tansihatlik va xotirjamlik – ikki ne’matdurki, koʻp odamlar uning qadriga yetmaydilar](1).

314. Ali b. Hamza Isfahoniy Halloj q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul Halloj ermas erdi; Husayn Mansurdek Isfahonda Muhammad b. Yusuf Bannoning shogirdi erdi. Isfahondin Haj azimati qildi. Hajdin qaytib, Basraga yetganda, Muhammad b. Yusuf Bannoning favtining xabarin eshitti va qattigʻ malul boʻlib, Isfahon azimatini tark etib, Basrada sokin boʻldi. Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.ning ashobi orasida boʻlur erdi. Bir kecha Mustafo s. a. v. nn tushta koʻrdikim, Sahl b. Abdulloh Tustariygʻa iltifot qiladur erdi. Ul yugurdi ul Hazrat sari. Ul Hazrat aning sari boqib, lutf koʻrguzub keldi. Va Sahl Abdullohni bu toifa soʻziga nisbat berib, tashrif qildi. Anga oʻxsharki, Sahl Abdullohning ruhiga tavajjuh qilmoqqa ishorat ekan, boʻlgʻayki andin tarbiyat topqay. Bu shodligʻdin uygʻondi. Shayx ul-islom debdurki, bu ishning muhabbati bu ishdur. Yaqindurki, bu ishning inkorini bu ish desa boʻlgʻay. Va ul Gʻulom Xalil soʻzidur. «Nafahot ul-uns»da oʻqugʻon ma’lum qilur:

115. Ali b. Shu’ayb Saqqo q. s.

Nishoburning Hirasidindur. Abu Hafs bila suhbat tutubdur. Debdurlarki, ul ellik besh Haj guzarlabdurkim, barchagʻa Nishoburdin ehrom bogʻlabdur va har milda ikki rak’at namoz qilibdur. Soʻrubdurlarki, bu namoz nedur? Debdurlarki, [ular oʻzlari uchun boʻl-gan manfaatlarga shohid boʻlish uchun](1). bu naf’larim Hajjimdin anga.

116. Ali b. Muvaffaq Bagʻdodiy q. s.

Iroq mashoyixining qudamosidindur. Zunnun Misriy q. s.ni koʻrub erdi. Shayx ul-islom debdurki, anga yetmish toʻrt Haj kelturubdurlar. Bir qatla Haj qilib, oʻz-oʻzi bila taassuf yuzidin aytur erdikim, ke-lurman va borurman. Ne koʻngul muyassaru ne vaqt. Men xud ne ishta ekanmen, ul kecha Haq subhonahu taoloni tush koʻrarki, Haq ayturki, ey Muvaffaq oʻgʻli, bir kishinikim sen tilamasang, uyungga tilarmusen? Men ham seni tilamas boʻlsam erdi, uyumgʻa qoʻymas erdim. Ul debdurki, Xudoyo, agar seni doʻzax qoʻrqunchidin parastish qilur boʻlsam, mani doʻzaxga tushur. Va agar behisht umididin parastish qilur boʻlsam, behishtga tushurma. Agar sening mehring jihatidan parastish qilur boʻlsam, bir diydor koʻrsat. Uzga ne qilsang qil!

117. Abu Ahmad Qalonisiy q. t. s.

Mashoyixiing qudamosidindur. Oti Mus’ab b. Ahmad Bagʻdodiy. Debdurlarki, asli Marsdindur. Junayd va Ruvaym q. s.ning aqronidindur. Va ta’rixdadurkim, ul ikki yuz toʻqsonda Haj qilib yondi va oz vaqtdin soʻngra Bagʻdodda dunyodin oʻtti. Chun ul bemor boʻldi, muhtazar ekanda dedikim, Xudoyo, sening qoshingga agar mening qadrim boʻlsa, oʻlumum baynalmanzlaynda boʻlsa erdi. Ham ul zamon zarurati voqe boʻldikim, ani bir mihaffagʻa solib, yana bir manzilga eltur boʻldilar, yoʻlda dunyodin oʻtti.

118. Abulgʻarib Isfahoniy q. s.

Muhaqqiqlardin erdi, oyot va karomat sohibi. Ishqda ayni jam’gʻa yetib erdi. Ani Hululiy derlar. Shayx Abu Abdulloh Hafif q. s. oni sevar edi. Sherozda bir marazda oʻz hayotidin navmid boʻldi. Va ashobigʻa dedikim, sizga bir hojatim bor. Ravo qilurmusiz? Dedilarkim, ayt. Dedi: Men oʻlsam, meni juhudlar goʻristonida dafi qilinglar. Ashob mutahayyir boʻldilarkim, bu ne soʻzdur? Dedi: Tengridin tilab er-dimkim, agar saning qoshingda qurbum boʻlsa, mani Tarsusda ul olamgʻa elt. Holo munda oʻladurmen. Bildimki, oning qoshida hech qadrim yoʻq ermish. Bu soʻz mazkur boʻlgʻach, sihat osori mizojida paydo boʻldi. Va oz kunda tamom sihat topib, Tarsusgʻa bordi va anda dunyodin oʻtdi.

119. Abu Abdulloh Qalonisiy r. t.

Bu toifaning akobiridindur. Budurki, jamoate bila kemada erkandurkim, muxolif yel esib, guvalak boʻlubdur va ul jamoat tazarru’ bila nazrlar qilibdurlar. Anga ham debdurlarkim, sen ham bir. nazr qil. Ul chun olam asbobidin mujarrad ermish, gʻaybdin tiliga muni solibdurlarki, agar bu balodin najot boʻlsa, nazr qildimki, pil eti yemagayman». Nogoh amvoj taskin topib, ul kema ushalib, qavm bir taxta ustida bir sohilgʻa chiqibdurlar. Bir-ikki kun oʻtgandin soʻngra ul elga ju’ mustavli boʻlib, maxmasa holigʻa yetganda beshadin bir pilbachcha paydo boʻlubdur. Xalq oni sayd qilib, ulashib yebdurlar. Ul ahdigʻa vafo qilib, yemaydur. Ul el bir zamon uyugʻondin soʻngra beshadin pilbachchaning onasi paydo boʻlub, bolasining soʻngoklarin koʻrub, ul elni birin-birin islay boshlabdur. Har qaysidinki, bolasining isin tonibdur, ayogʻi birla yerga surtub, zoye’ qilibdur. Chun navbat anga yetibdur. Ondin ul isni topmaydur. Uchasin nast qilib, xartumi bila ishorat qilib, orqasigʻa mindirib, yoʻl qat’ qila boshlabdur. Tamom kecha yoʻl yurub, saboh bir obodonliqqa yetib, oni orqasidin tushurub, qaytibdur. Ul xaloyiq taajjub yuzidin ondin ul hol kayfiyatin soʻrubdurlar. Ma’lum qilgʻondin soʻngra, sakkiz kunchilik yoʻl ermish, bir kechada kelgan ermish, vallohi taolo a’lam.

120. Abu Abdulloh Jallo q. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Yahyo Kallodur. Abu Turob Naxshabiy va Zunnun Misriy q. s.ning shogirdidur va otasining ham. Va Abu Ubayd Busriy bila suhbat tutubdur. Va Duqqnyning ustodidur. Bu kun Abulxayr Taynotiy Abu Abdulloh Jalloni koʻrdikim, havoda migʻ ichinda borur erdi, ayttikim, tanidim. Ul dedikim, tanimading. Shayx ul-islom debdurki, Abulxayr shaxs tanimagʻin debdur va Abu Abdulloh maqom va sharaf tanimagʻin. Andin muhabbatdin soʻrdilar. Ul dedikim, [Mening muhabbat bilai nima ishim bor? Men tavbani oʻrganmoq istayman](1). Va soʻrdilarkim, [Faqir faqr nomiga qachon sazovor boʻladi](2). Javob berdikim, [uning oʻz nafsigʻa zohiriy va botiniy talablari qolmasa](3). Shayx ul-islom debdurki, uch yuz murid Abu Turob Naxshabiy bila bodiyagʻa kirdilar rikvalar bila. Aning bila ikki kishi qoldi, Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy q. s.

121. Abu Abdulloh Xoqots Soʻfiy q. s.

Bagʻdod soʻfiyasining akobiridin erdi. Shayx Ja’far Xazzo debdurkim, ul sohib karomot erdi va ibn Qassob Roziydin naql qilibdurkim, debdurkim, Otamning Bagʻdod bozorida bir doʻkoni bor erdi. Men doʻkon eshigida oʻlturub erdim. Nogoh birav oʻtti. Menga gumon boʻldikim, Bagʻdodning fuqarosidin bulgʻoy. Va men hanuz bulugʻ haddigʻa yetmaydur erdim. Xotirim oning sori tortti. Qoʻpub, anga salom berdim va bir diramim bor erdi, onga tutaberdim. Oldi va manga iltifot qilmay oʻtti. Men oning soʻnggicha bordim. To Shuniziya masjidigʻa yetdi. Onda fuqarodin uch kishi oʻlturub erdilar. Ul diramin alargʻa berdi va oʻzi namozga turdi. Alardin biri ul diramgʻa bozordin borib yemak kelturdi. Yedilar va ul darvesh namozgʻa mashgul erdi. Chun alar taomdin forigʻ boʻldilar. Darvesh alargʻa boqib, dedikim, bildingizmukim, mani na ish sizning muvaffaqiyatingnzdin mone’ boʻldi? Dedilar, yoʻq, ey ustod. Dedikim, bir kichik yoshligʻ ul diramin manga berdi va men emdigacha haq subhonahu va taolodin tilaydur erdimkim, oni dunyo bandaligʻidin ozod qilgʻay va ozod qildi. Ibn Qassob debdurki, men bexost oning ollida oʻlturub dedimkim, rost aytursan, ey ustod. Va ul Shayx xoqon Soʻfiy erdi. Ikki yuz yetmish toʻqquzda dunyodin oʻtubdur.

122. Abu Ubaydulloh Busriy r. t.

Oti Muhammad b. Hassondur, Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur. Ibn ul-Jallo r. t. debdurki, [olti yuzta shayx bilan uchrashdim, ulardan toʻrttasining oʻxshashini koʻrmadim](1). Zunnun Mnsriy va Abu Turob Naxshabny va Abu Ubayd Busriy va Abulabbos b. Ato. Debdurlarki, Ramazon oyi boʻlgʻach, Abu Ubayd bir uyga kirar erdi va buyurur erdikim, eshikni savob berkiturlar erdi va bir toʻshuk qoʻyarlar erdi va har kecha bir tah oʻtmak ul toʻshukdin solurlar erdi. Iyd boʻlgochkim, eshikni ocharlar erdi, oʻttuz oʻtmak uyining goʻshasida erdikim, bir oyda ne taom yeb erdi va ne suv ichib erdi. Va oʻttiz kecha-kunduz bir tahorat bila namoz qilib erdi. Ul debdurki, [Ne’matlar Haqdin yiroqlashishga sabab boʻladi. Qimki, Haqqa ne’matlari uchun shukr qilsa, ne’matlarsiz qolganida ham shukr qiladi. Balo Haqqa yaqinlashishga sabab boʻladi. Agar kimniki, balo yomon yoʻlga boshlagan boʻlsa, u Haqdan yiroqlashadi)(2). Bir kun oʻlturub erdi. Bir otligʻ oʻtub borur erdi. Keynicha bir qul qoʻngranib, gʻoshiya egnida, yugurur erdi. Chun anga va ashobigʻa yetishti dedikim, [Allohim, meni ozod et va uning dastidan xalos qil](3). Abu Ubayd ham dedikim, [Allohim, uni doʻzax olovidan va qullikdan qutqar](4). Filhol ul otligʻni ot yiqti. Otligʻ ul qulgʻa boqib dedi: seni ozod qildim. U qul dedikim: meni sen ozod qilmadingki, bu jamoat ozod qildilar, deb Abu Ubayd va ashobigʻa boq-ti. Va to umri bor erdi, alardin ayrilmadi.

123. Abu Abdulloh Sijziy q. r.

Ikkinchi tabaqadindur. Abu Hafz bila suhbat tutubdur. Va borlar bodiyani tavakkul qadami bila qat’ qilibdur. Ul debdurki, [Avliyoning uchta alomati :bor: ulugʻlikda – tavozu’, boylikda – zohidlik, kuchu-quvvatda – insof]!.

Va ham ul debdurki, voizki, tavongar aning majlisidin muflis va muflis, aning. majlisidin tavongar chiqmagʻay ul voiz ermas. Ondin soʻrdilarki, futuvvat nedur? Dedikim, xaloyiqni ma’zur tutmoq. Ulcha alarga oʻtar va oʻz taqsirin koʻrmak va shafqat borcha elga ne solih, ne tolih. Va futuvvatning kamoli uldurki, kishini xalq Tengridin mashgʻul qila olmagʻaylar.

Birov anga dedikim, agar sanga bir filuri bersam, nechuk boʻlgʻay?

Dedikim, agar bersang, senga yaxshi boʻlgʻay va agar bermasang, manga yaxshi boʻlgʻay.

124. Abu Abdulloh Xusriy q. s.

Basradindur, Shayx Fath Mavsiliy q. s.ning shogirdidur. [Xusriy naql qiladi: Fath Mavsiliydan eshitdim, u aytdi: abdollardan boʻlgan oʻttizta shayx bilan suhbatlashdim. Ularning har biri xayrlashayotganda: «Zinhor yoshlar bilan ulfatchilik qilma!» – deb nasihat qildilar]!

125. Ja’far b. Mubarqa’ q. s.

Bu toifaning mashoyixining ulamosidindur. [Abu Abdulloh naql qildi: Ja’fardan eshitdim, aytdi: «Uttiz yildan beri astoydil «Alloh» deydigan kishini izlayman, topolmayman»](1).

126. Ali b. Bundor b. Husayn Soʻfiy Sayrafiy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhusayn. Nishoburning mutaaxxir mashoyixidindur. Mashoyix diydorlaridin bahramand va suhbatlaridin arjumand ermish. Nishoburda Abu Usmon Hiriy va Mahfuz bila suhbat tutubdur va Samarqandda Muhammad Fazl Balxiy bila va Balxda Muhammad Homid bila va Jurjonda Ali Jurjoniy bila va Rayda Yusuf b. Husayn bila va Bagʻdodda Junayd va Ruvaym bila va Simnonda Ibni Ato va Jaririy bila va Shomda Tohir Maqdisiy va Ibni Jalo va Abu Amr Dimishqiy bila va Misrda Abubakr Misriy va Abubakr Daqqoq va Abu Ali Rudboriy q. r. bila suhbat tutubdur va bu nav’ mashoyixi kiborga musharraf boʻlubdur va hadisda siqa ermish. Uch yuz ellik toʻqqizda dunyodin oʻtibdur. Bir qatla Shayx Abu Abdulloh Hafif bila bir tor koʻprikka yetishtilar. Shayx dedikim, ilgari yuru va ul dedi: sabab nedur? Shayx dedikim: Sen Junaydni koʻrubsan va men yoʻq. Shayx ul-islom debdurki, bu toifagʻa ulugʻ nisbat mashoyix diydoridur va pirlarning suhbati. Ali Bundor debdurkim, [balo ustiga qurilgan uyiing balodan xoli boʻlishi mahol](1). Va ham ud debdurkim, [Haqni talab qilish oson. Ammo uni topish uchun ikki dunyodan kechish kerak](2).

Va ham ul debdurki, xalqning muxolafatidin yiroq boʻl va har kimki Tengri aning bandaligʻigʻa rozidur, sen ham aning qardoshligʻigʻa rozi boʻl.

127. Muhammad b. Fazl Balxiy q. s.

Ikkinchi tabaqadindir. Kuniyati Abu Abdulloh Balxiyul-asl. Mutaassiblar ani Balxdin chiqardilar, begunoh, mazhab jihatidin. Abu Usmon Hiriy q. s. anga bitibdurki, shaqovat alomati nedur? Ul javob bitibdurki, uch nimadur: biri ulki, kishiga ilm bergaylar va amal tavfiqi bermagaylar va amal bergaylar va ul amalda ixlosdin mahrum qilgʻaylar va Haq s. t doʻstlari suhbatin topqay va ikrom va ehtirom tariqin bajo kelturmagay. Abu Usmon q. s. debdurki, [Muhammad fazilatli odamlarning qadrini bilguvchi edi](1).

Va ham aning soʻzidurkim, [Odamlarning ma’rifatlisi shariat amrini sidqdan bajaradigani va sunnati saniyaga tobe’ boʻladiganidir](2).

128. Muhammad b. Ali Hakim Tirmiziy q. t. r.

Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Abdullohdur. Mashoyixi kibordindur va Abu Turob Naxshabiy va Ahmad Xuzravayh va ibn Jallo bila suhbat tutubdur va koʻp hadisi bor va zohir karomoti va tasnifi dagʻi bor. Ul jumladin «Xatm ul-valoyat»! kitobi va «Nahaj» kitobi, «Navodir ul-usul va mundin oʻzga ham kitoblari bor va zohir ulumida ham kutubi bor va bir tafsir ham ibtido qilgʻondur. Ammo itmomigʻa umr vafo qilmaydur va Xizr a. s. bila suhbat tutar ermish. Abubakr Varroqkim, oning shogirdidur, rivoyat qilurkim, har yakshanba Xizr aning bila kelib, muloqot qilur erdi va voqe’lar bir-birlariga ayturlar erdi va soʻzlashurlar erdi. «Qashf ul-mahjub» kitobining sohibi aning vasfida mubolagʻa koʻp qilur. Ul debdurki, mening pirim der erdikim, Muhammad Durri yatimdurki, olamda adili yoʻqdur.

Ul debdurkim, [Menga nisbat berishlarini oʻylab biror harf yozmadim. Faqat yuragim siqilgan, ishim yurishmagan kezlari tasalli topish uchun yozar edim](1). [Kimkn, bandalik sifatlarini bilmasa, u Haq sifat-larini bilmaydigan nodonroqdir](2).

Va ham ul debdurki, Haq s. t.ning muhabbatining haqiqati uns davomidur. [Undan fe’liy va zotiy sifatlar haqida soʻradilar. Aytdi: Har narsaki, ortmoq, kamaymoq ehtimoli bor – fe’liy sifatdan. Har narsaki, ortmasa, kamaymasa – zotiy sifatdan. Undan isor haqida soʻradilar. Aytdi: Boshqalarning nasibasini oʻzingnikidan ortiq koʻrmogʻing! Yaqin haqida soʻradilar: Aytdi: Qalbning Alloh va uning amrlari bilan qaror topishidir. Shukr haqida aytdi: Shukr – qalbni mun’im–ne’mat sohibi Allohga bogʻlashdir](3).

Hazrag Xoja Bahouddin Muhammad Buxoriy al» ma’ruf Naqshband q. t. a. vaqtiki, oʻz mabodiyi ahvolu sulukidin hikoyat ayturlar ermish va mashoyixi ,kibor arvohigʻa oʻz tavajjuhlarining asarin bayon qi-lur ermish. Der ermishlarki, har qachon qudvat ul avliyo Xoja Muhammad Ali Hakim Tirmiziy ruhigʻa tavajjuh voqe’ boʻlur erdi, ul tavajjuh asari mahzi beskfatligʻ zuhuri erdi va har necha ul tavajjuhda sayr voqe’ boʻlur erdi, hech asare va garde va sifats mutolaa tushmas erdi.

129. Ali b. Bakkor q. t. s.

Kuniyati Abulhasandur. Ibrohim Adham q. s. bila suhbat. tutubdur. Ul ashobdin biri bila yozigʻa oʻtun uchun chiqibdur va bir-biridin yiroqroq tushubdurlar. Sohibi har necha intizor tortibdurlar. Ul paydo boʻl-maydur. Oqibat oni tilay asaricha boribdur. Koʻrubdurki, ul oʻlturubdur. Ammo bir sabu’ aning tiziga boshin qoʻyub, uyubdur va ul oning chibinin qoʻriydur. Sohibi debdurki, qachongʻacha oʻlturursen? Ul debdurki. bu uyuqlagʻon, uygʻongʻuncha!

130. Abu Abdulloh Abbodoniy q. s.

Sahl b. Abdulloh Tustariyning shogirdidur. Va mashoyix xizmatigʻa yetibdur. Va Shibliy bila suhbat tutubdur va oralarida soʻzlar va ramzlar oʻtubdur va andin foyidalar topibdur.

131. Abu Abdulloh Hazramiy q. t. s.

Murta’ish debdurki, Abu, Abdulloh Hazramiydin tasavvufni savol qildim va yigirma yil erdikim, soʻz demaydur erdi. Manga Qur’on bila javob berdi va bu oyatni oʻqudiki, [moʻminlar orasida Allohga bergan va’dalariga sodiq kishilar bordir](1).

Dedim: alarning sifati nechukdur? Dedi: [koʻzlari oʻzlariga qaytmaydi, dillari boʻm-boʻsh boʻlib qoladi](2).

Dedim: alarning mahali qaysi ahvoldindur?

Dedi: [albatta, taqvodorlar jannatlarda, Qodir podshoh huzuridagi rozi boʻlingan oʻrinda boʻlurlar!(3).

Dedim: orttur. Dedi: [oʻzing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, koʻz, dil – bularning barchasiga inson mas’uldir](4).

132. Abu Abdulloh Solimiy q. s.

Oti Ahmad b. Olim Basriydur. Sahl b. Abdulloh Tustariyning shogirdidur. Uttiz yil yo oltmish yil oning bila boʻlur ekondur va tariqat andin kasb qilibdur. Andin soʻrdilarki, Avliyoullohni xalq orasida ne osoru alomot bila tanigʻaylar? Dedikim, takallumning latofati bila va xulqning xubligʻi bila va yuzning tozaligʻi bila, nafsning saxosi bila va e’tirozning qillati va uzrning qabuli bilaki, harkim, uzr etsa qabul qilgʻay va shafqat tamomligʻi bila barcha elga xoh solih va xoh tolih. Va hamul debdurkim, diydor doʻstluq kalidining minnatidur.

133. Abu Abdulloh Javporai Sufiy q. s.

Mashoyix kiboridindur. Javpora degan bir yerdir, Rumning sagʻrida. Ul debdurki, Shayx Abubakr Zaqqoq Misriydin soʻrdumki, suhbat kym bila tutay?.Dedi: Ul kishi bilakim, har ne Haq subhonahu taolo sendin bilsa, inkor izhor qilsang sendin rasida va mutanaffir boʻlmagʻoy. Bir qatla Amir Kofur degan bir mablagʻ vajh shayx Abdulloh Javporagʻa yibordi. Ul olmadi va qaytardikim, Kofur cherikchi erdi. Ya’ni molida shubha bor erdi. Kofur ayttikim, [Yerdagi, osmondagi, bularning orasidagi va yer ostidagi (narsalar) xudonikiyu Kofurniki qayerda boʻlsin?](1). Shayx ul-islom debdurki, Kofurning bu soʻzi kirdoridin yaxshiroq erdi. Ammo ul ham ul pir barakotidin erdi.

134. Abu Tolib Muhammad b. Ali b. Atiya Horisiy

Makkiy q. s. Ul «Qut ul-qulub» kitobining sohibidurki, tariqat asrorining majmaidur. [Aytishlaricha, Islom olamida tariqatning nozik ma’nolarini ochib bergan «Qut ul-qulub»dek boshqa asarni hech kim yozmagan. U yer yuzidagi eng ulugʻ joy – Makkada oʻsib, ulgʻaydi. Keyin Basraga ketdi. Undan Bagʻdodga oʻtib, uch yuz sakson olti hijriy yili, jumod ul oxir oyida vafot etdi](1). Va aning nisbati tasavvufda Shayx Abulhasan b. Muhammad b. Abu Abdulloh Ahmad b. Solim Basriygʻadur. Va Shayx Abulhasanning intisobi oʻz otasi Abu Abdulloh Ahmad Solimgʻa va aning nisbati otasigʻadur– Sahl b. Abdulloh Tustariy q. s.

135. Abubakr Varroq Tirmiziy q. t. r.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Umar Hakim Tirmiziy. Asli Tirmizdindur. Qabri ham andadur. Ammo Balxda boʻlur ermish. Abu Iso Tirmiziy tagʻoyisidur. Ahmad Xuzravayh bila suhbat tutubdur va koʻp tasonifi bordur. Va «Tavrot» va «Injil» va «Qutbi rsmoniy»ni oʻqubdur va she’r devoni ham bordur. [Abubakr Varroq doʻstlarini safar va sayohat qilishga da’vat etmasdi. Aytardiki, irodat qilgan yeringda muridligʻing kamolga yetguncha sabr qilib turishing barcha barakotning kalitidur. Muridlik kamolga yetgach barakot boshlanady](1). Va ham oning soʻzidurkim, umaroning fasodi zulm biladur va ulamoning fasodi tama’ bila va fuqaroning fasodi riyo bila.

136. Abulqosim Roziy q. t. s.

Oti Ja’far b. Ahmad b. Muhammaddur. Nishoburda sokin erdi. Ibni Ato va Muhammad Abulhavoriy va Abu Ali Rudboriy bila suhbat tutubdur. Koʻp moli bor erdi. Barchasin bu toifagʻa xarj qildi va darvesh dunyodin chiqdi. Ray mashoyixi debdurlarki, Abulqosimda toʻrt nima jam’ erdiki, oʻzgada yoʻq erdi. Jamol va mol va zuhdi bakamol va saxovatn tamom. Uch yuz yetmish sakkizda dunyodin oʻtubdur.

137. Abulqosim Hakim Samarqandiy q. t. s.

Oti Ishoq b. Muhammad Ismoilduo. Abubakr Varroq bila suhbat tutubdur. Yaxshi soʻzlari bor: muomalotda va nafs gʻaybida va a’mol ofotida. Uch yuz qirq ikkida muharram oyida dunyodin oʻtubdur va qabri Chokardiyzadadur.

Bir kun oʻlturub erdi va xalq orosida hukm qiladur erdi. Ul vaqt buzurglaridin biri oning ziyoratiga keldi. Oni ul nav’ mashgʻul koʻrub, sajjodasin davzliq suv yuziga solib, namozgʻa turdi. Chun forigʻ boʻldi. Shayx Aboʻlqosim anga aytdikim, ey qarindosh, munii xud yoshgʻinalar qilurlar. Er uldurki, muncha shugʻl orosida koʻnglini Tengri jalla zikruhu bila asray olgʻay.

138. Bakr Sugʻdiy q. t. s.

Samarqandning Sugʻdidandur. Bu toifadin Abubakr Varroq shogirdi. Ul debdurki, Abubakr Varroq karim kishi erdi. Tengrigʻa muzd uchun qulluq qilmish erdi ta’zim bila qilur erdi.

139. Solih b. Maktum q. s.

Ul dagʻi Abubakr Varroqning muridlaridindur. Balxdin erdi. Va Abubakr Varroq soʻzlaridin koʻp yodida erdi va doyim andin aytur erdi.

140. Abu Zarr Tirmiziy r. t.

Xuroson mashoyixidindur. Bu toyifadin ba’zi debdurlarkim, biz jam’i edukki, bir-birimiz bila suhbat tutar erdik. Har qaysimizga bir nima keraklik boʻlsa erdi, Abu Zarr qoʻpub, namozgʻa turar erdi. Tengri ul nimani ham ul zamon yetkurur erdi.

141. Hoshim Sugʻdiy q. t. s.

Ul dagʻi Samarqand Soʻgʻdidindur. Abubakr Varroq shogirdi. Ul piridin naql qilurkim, ul dedikim, koʻp soʻz aytmak koʻngulni qattigʻ qilur. Shayx ul-islom dedikim, Abubakr Varroq dedikim, Muhammad Muslim Hasirbof mehmonligʻda erdi, Yusuf Xayyot Tirmiziy bila mezbon bir ishqa mashgʻul erdi. Muhammad Muslim dedi, bot boʻlki, bir ishim bor! Va ul zohidu obid erdi, koʻngli dardigʻa mutaalliq erdi. Yusuf Xayyot dediki, sanga mundin oʻzga ish borki, Tengri taolo olingga kelturur va ul niyat bila uyingdin chiqibsenkim, yana ul uyga borgʻaysen. Uttuz yildurki, hargiz ul niyat bila uydin chiqmaymenkim, yana uyga borgʻaymen. Abubakr Varroq debdurki, Yusuf Xayyotning ul ikki soʻzi Muhammad Muslimning yuz yillik ibodatidin yaxshiroq. Va ham Abubakr Varroq debdurki, [koʻpincha ikki rakaat namoz oʻqib ketsam, oʻzimni oʻgʻrilik qilgan odamdek uyatli sezardim](1).

142. Muhammad b. Hasan Javhariy q. s.

Kuniyati Abubakrdur. Bagʻdod ahlidindur. Zunnun Misriyning shogirdi. Shayx Abubakr Vositiy debdur, Muhammad Hasan Javhariy dedikim, birav Zunnundin duo talabi qildi. Zunnun javob berdikim, ey javonmard, agar sanga bir ish Haq taoloning azal taqdirida muqarrar boʻlubdur, baso, qilmagʻon duolarki mustajobdur va agar ul boʻlmaydur, suvga tushganga qichqirgʻondin ne sud? Ondin oʻzgakim gʻarqa boʻlgʻay va boʻgʻzigʻa suv koʻprak borgʻoy.

143. Abubakr Kisoyi q. t. s.

Iroqning Qoʻhistonidindur. Dinavarda boʻlur ermish. Junayd q. s.ning kibor ashobidin va anga mashhur riyozot va ma’ruf safarlar bor. Junayd debdurki, Abubakr Kisoyi Iroqda boʻlmasa erdi, men Iroqda boʻlmas erdim. Junayddin burunroq dunyodin oʻtibdur. Junayddin ming mas’ala bu toifa tariqida savol qilib erdi va Junayd barchasigʻa javob bitib erdi. Oning vafoti xabari Junaydqa yetganda dedikim, kosh ul masoyil javobikim, men onga bitib erdim, yusa erdi va hol ulkim, ul dunyodin oʻtar chogʻda ul qogʻazlarni yub erdi. Dedilarkim, chun ul bu ishni qilib oʻtdi. Junayd shodmon boʻldi. Shayx ul-islom debdurki, Junayd ondin qoʻrqmas erdikim, ul masoyil avom ilkiga yo podshohi zamon ilkiga tushgay. Ondin Qoʻrqar erdikim, soʻfilar ilkiga tushgay va ondin doʻkone yasagʻaylar, soʻz aytmoqda va qabul tilamoqda. Shayx Abulxayr Asqaloniy debdurky, Abubakr Kisoyi uyusa koʻksidin Qur’on oʻqugʻon uni kelur.

144. Abu Aliy Juzjoniy q. t. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Hasan b. Alidur. Xuroson mashoyixining buzurglaridindur, oʻz zamonida benazir erdi. Va aning tasonifi bor, muomalotda va ru’yat ofotida [ma’rifat va hikmatga oid soʻzlarni koʻp aytardi](1). Muhammad b. Aliy Tirmiziy bila va Muhammad Fazli Balxiy bila suhbat tutubdur va alargʻa qarib us-sindur. Ul debdurki, [xalq oʻz shubha gumoniga tayanib yo e’tiqod qilib, gʻaflat maydonida yugurib yuribdi. Goʻyoqi ular haqiqat vodiysidayu yana mukoshafadan soʻzlaydilar](2). Va ham ul debdurki, badbaxt uldurki, aning aybini Haq s. t. yashurmish boʻlgʻay va ul oshkor qilgʻay.

145. Muhammad va Ahmad b. Abulvard r. t.

Ikkinchi tabaqadindurlar. Iroq mashoyixiing akobiridin, Junayd aqronidin. Sariy Saqatiy bila va Abulfath Hammol va Horis Muhosibiy bila va Bishr Hofiy bila suhbat tutubdurlar. Va alar tariqi vara’da yaqindur Bishr Hofiygʻa. Muhammadning kuniyati Abulhasandur. Bishr Hofiy shogirdidur. Ul debdurki, bir kun shom namozin tugattim, dagʻi oyogʻimni uzattim, hotife nido qildikim, [podshoh bilan birga shu zayl oʻtirasanmi?](1). Va ham ul debdurki, faqrda faqirning odobidin bir uldurki, dunyo muhabbatigʻa giriftorlargʻa sarzanish qilmagʻay va rahmu shafqat qilgʻay va xayr duosi qilgʻay.

Va Haq s. t. alargʻa xalosliq bergʻay, ishdinkim andadurlar. Va ham ul debdurki, xalqning haloki ikki ishdadur: Farzni zoye’ qilib, nofilagʻa ishtigʻol qilmoq va javorih bila amal qilmoq, koʻngul muvofaqatidin boshqa [Valiy haqida soʻradilar, aytdi: Allohning doʻstlarini doʻst, dushmanlarini dushman bil-guvchilardir](2). Va Ahmad b. Abulvard debdurki, chun Tsngri taolo valiygʻa uch ish orturgʻay, ul dagʻi uch ish orturgʻay, chun johida orturgʻay, ul tavozu’ va furutanlikda orturgʻay, chun molida orturgʻay, ul saxoda orturgʻay, ul umrida orturgʻay, ul ibodat ijtihodida orturgʻay.

146. Tohir Maqdisiy r. t.

Uchunchi tabaqadindur. Shom mashoyixining buzurglaridindur. Zunnun Misriy q. s.ni koʻrub ermish va Yahyo Jallo bila suhbat tutubdur. Derlarki, Zunnun bila Shibliy ani Xayr ush-Shom debdurlar. Tohir Maqdisiy debdurki, Zunnun Misriy manga dedikim, [Allohning zoti haqida idrok qilish johillikdir. Uning ma’rifat haqiqatidan soʻzlash hayratdir. Ishorat qiluvchining ishorati shirkdir. Va ham debdurki, asar orifning nurin koʻrsalar, kuygaylar va agar orif xam vujud nurin koʻrsa, kuygay...(1). Va ham ul debdurki, [ma’rifatning chegarasi – nafs va uning istak-xohishidan holi boʻlishdir](2).

147. Abu Ya’qub Susiy q. s.

Oti Yusuf b. Hamadondur. Abu Ya’qub Nahrajuriyning ustodidur. Olim va sohibi tasonif ermish. Va Basrada boʻlur ermish. Ul debdurkim, har kim takalluf bila tavhiddin soʻz aytsa, shirkdur. Va Shayx Abu Sayd Xarroz q. s. debdurki, [faqat oʻz tajribasi va oʻz fe’lidan soʻzlovchi kishigina bu ilm haqida gapirishi joyizdir](1).

148. Abu Ya’qub Nahrajuriy q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Ishoq b. Muhammad. Mashoyixiing ulamosidandur. Junayd q. s. va Amr b. Usmon Makkiy bila suhbat tutubdur, yillar Makkada mujovir ermish, ham anda uch yuz oʻttizda dunyodin oʻtubdur. Ibrohim Fotik debdurki, Abu Ya’qub Nahrajuriy debdurki, [dunyo – dengiz, oxirat –uning sohili. Kemasi – taqvo. Odamlar safar qiluvchilardir](1). Va ham ul debdurki, [odamlar ichida Allohni koʻproq tanuvchi kishi unga hayrati koʻproq boʻlganidir](2). Va xam ul debdurki, [kimki taqlid yoʻli bilan tavhidga otsa, u ma’rifat yoʻlidan yiroqdir](3).

149. Abu Ya’qub Zayyot q. s.

Junayd. q. s. debdurki, jam’i ashob bila Abu Ya’qub Zayyot eshikin qoqtuk. Dedikim, sizlarga Haq s. t. bila hech mashgʻulluq yoʻq erdikim, manga kelmakdin sizni mashgʻul qilgʻay? Men dedimkim, chun sanga qelmak bizga Haq s. t.gʻa mashgʻulluqlardindur, aning uchun Tengridin ayruluqqa uzr qoʻlmasbiz.

150. Ahmad b. Vahab q. s.

Kuniyati Abu Ja’fardur. Basradindur. Abu Hotam Attor bila suhbat tutubdur va Abu Ya’qub Zayyotning piri va ustodidur. Va Shuniziya masjidida muddate tavakkul bila oʻlturdi. Ul debdurki, harkim qut tilamakka qoʻpti, faqr oti andin qoʻpti. Ikki yuz yetmishda dunyodin oʻtubdur.

151. Abu Ya’qub Mazobiliy r. t. s.

Bagʻdoddindur. Junayd q. s. aqronidin. Andin soʻrdilarkim, tasavvuf nedur? Dedikim, [tasavvuf bir holdirki, unda insoniylik alomatlari yoʻq boʻlib ketadi](1).

152. Abu Ya’qub Aqta’ q. t. s.

[Junayd bilan maktublar yozishib turardi](1). Makkada boʻlur erdi, Shayx Abdulloh Xafif q. s. debdurki, Abulhasan Muzayyin dediki, Makkagʻa yettim, Shayx Abu Ya’qub naz’ holatida erdi. Qoshigʻa bordim, manga dedilarkim, agar sanga iltifot qilsa, anga shahodat arza qil! Manga firib berdilarki, man kichik erdim. Oldida oʻlturdum va manga boqti. Dedim: [Ey shayx, guvohlik beramizki, bir Allohdan oʻzga Alloh yoʻq](2). Ul dediki, [mening guvohlik berishimni istaysanmi? Aslo oʻlim zavqini totmaydigan zot haqqi, men va uning orasida izzat pardasidan oʻzga narsa qolmadi](3). Shayx ul-islom dediki, hijobi izzat aning ulugʻi-durki, ul uldur va sen-sen. Abulhasan Muzayyin soʻngra yillar aytur erdikim, meningdek gado Tengrining doʻstlaridin biriga Islom arza qilur deb, oʻz ishiga nodim erdi. Shayx Abu Abdulloh Hadid debdurki, birav uluhiyatda kuyar erdi. Keldilar va pardai izzat keynidin anga shahodat arza qilurlar erdi. Shayx ul-islom debdur, Shayx Abu Abdulloh Toqiy muhtazar erdi. Birav anga shahodat arza qildi. Ul achchigʻlanib dedikim, tek tur, beadabu behurmat qavm kelib, aning doʻstlaridin biriga shahodat arza qilurlar. Sen oʻzungningkini dekim, men oʻzumnikini debmen. [Musulmon holimda jonimni olgin va meni ham solih bandalaring qatoriga qoʻshgin](4), dedi va oʻtti. Bu toifadan biri oʻtgandin soʻngra birav tushta andin soʻrdiki, iymon ittingmu? Ul dediki: ul xud mendin butub erdi.

153. Abu Ya’qub Ziziy q. s.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Ibni Ziziy bila bir samo’da hozir boʻldum. Va qavvol bu baytni oʻqudikim,

bayt:

[Agar u oʻlukni quchogʻiga olsa, tirilar,
qabrga olib borilmasdi](1).

Ibni Ziziyning vaqti xush boʻldi, iliglarin uchasi saridin yerga tiradi va koʻksin yuqori qilib, koʻzin koʻkka tikdi. Va qavvolgʻa der erdikim, aytqil, vallohki, mendin oʻzga kishi eshitmaydur. Nogoh boʻyin raglaridin qon ravon boʻldi, fasd qilgʻondek va yiqildi. Ani koʻtardilar, xirqasini qondin yuvdilar va qon borgʻan raglarin bogʻladilar, to muddatdin soʻngra oʻziga keldi.

154. Abu Ya’qub Mazkuriy q. s.

Andin soʻrdilarkim, tavakkul nedur? Dedi: ixtiyor tarki. Sahl b. Abdulloh Tustariydin soʻrdilar, dedi: tadbir tarki. Bishr Hofiydin soʻrdilar, dedi: rizo. Abu Hafs Haddoddin soʻrdilar, dedi: musabbibni koʻrmak, Fath Mavsiliydin soʻrdilar, dedi: sababdin malol. Shaqiq Balxiydin soʻrdilar, dedi: ajzda gʻarqi diydor. Shibliydin soʻrdilar, dedi: koʻngul diydorida barcha elni unutmoq.

155. Abu Ya’qub Maydoniy q. t. s.

Nusaybin mashoyixlaridindur. Shibliy Bagʻdoddin. Misrga borur erdi, halollik tilagalikim, shugʻli chogʻida birovning yerigʻa ot qoʻygʻon eqandur. Ya’qub Maydoniygʻa yoʻluqti. Va ul hanuz bu ishka yangi kirib erdi va irodatining avvali erdi. Shibliy iligin aning boshita surtub indurdi va dedi: [Alloh sening kamchiliklaringni toʻgʻrilasin](1). Abu Ya’qub aytti: omnn! Andin soʻngra Abu Ya’qubgʻa yetti, ulcha yetti. Shibliy debdurkim, chun ilig aning boshigʻa surtub [Alloh kamchiliklaringni toʻgʻrilasin](2) dedim, aning a’zosida hech tuk yoʻq erdiki, omin demadi.

156. Aboʻ Ya’qub Xarrot Asqaloniy q. s.

U debdurki, Abulhusayn Nuriy xizmatigʻa yettim va mening bila mihbarayi erdi. Manga dedi: .Ey oʻgʻul, tilarsenki, nnma bitigaysen? Dedim, bali! Necha bayt badihada imlo qildi va dedikim, biti! Bitidim. Abyotning hosili ma’nosi bu erdikim, har ne siz bu avroqda isbot qilursiz va bitirsiz, biz alarni mahv qilibbiz. Lojaram siz ul isbot sababidin ulcha maqsuddur, aning idroku fahmidin mahjub boʻldungiz. Va bizga ul mahv sababidin maqsud idroku fahmining abvobi beintiho va inqito’ ochildi. Va bizga, : bu mav’izat boisi sizning nekxohligingizdur. Necha koʻrgaybizki, siz avroqqa nima bitigaysiz va oʻzunguzni bu jihatdin ulcha maqsuddur, andin mahjub qilgʻaysiz.

157. Abu Ya’qub Kuratiy q. t. s.

Shayx ul-nslom debdur, men ani koʻrubmen. Roʻshan piri erdi, sohibi vaqtu karomot. Abu Mu’ammar Molikiy debdurki, bir kun ul oʻtar erdi. Jamoati mashgʻullar oʻlturub erdilar. Alarga oʻqudikim, [ularni bir deb hisoblaysiz dillari xilma-xildir](1) va oʻtti,.

158. Xayr Nassoj q. t. s.

Kuniyati Abulhasandur va oti Muhammad Ismoil, Asli Somarradindur va Bagʻdodda sokin erdi. Abu Hamza Bagʻdodiy bila suhbat tutub erdi va Sariy. Saqatiydin savollar qilib erdi. Va debdurlarki, Sariyning muridi erdi va Junayd aqronidindur ikkinchi tabaqadin. Va Nuriy va Ibni Ato va Jaririyning ustodidur. Va Ibrohim Xavvos va Shibliy aning majlisida tavba qildilar. Shibliyni Junaydgʻa yibordi, Junaydning hurmati hifzi uchun. Va Junayd ,q s. debdurki, [yaxshilarimiz yaxshisi](1). Umri yuz yigirmagʻa yetti. Uch yuz yigirma ikkida olamdin oʻtti. Bu xoyfaning sodoti va azim ulugʻlaridindur. Andoqqi, zikrida ma’lum boʻldi.

159. Mahfuz b. Mahmud r. t.

Ikkinchi tabaqadindur va uchunchidin ham debdurlar. Nishobur mashoyixining akobiridindur. Abu Hafs ashobidin. Va andin soʻngra Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdur. Va uch yuz uch, yo toʻrtda dunyodin oʻtubdur. Va qabri ustodi Abu Hafs yonidadur. Ul debdoʻrki, [tavakkul – bandaning oʻz rizqini qizgʻonchsiz. va tama’siz yemogʻidir](1). Va ham aning soʻzidurkim [kimki hidoyat yoʻliga qadam qoʻymoqchi boʻlsa, faqat muxolif ishlarda emas, muvofiq ishlarda ham nafsini qusurli deb bilib, malomat qilsin](2).

160. Mahfuz b. Muhaimad q. s.

Bagʻdodligʻdur, tasavvuf tariqi soliklaridindur. Aning soʻzidurkim, [kimning koʻziga faqat oʻz yaxshiliklari koʻrinsa, u odamlar nafratiga duchor boʻladi. Agar yomonliklari koʻrinsa, odamlar nafratidan emin boʻladi](1). Va ham ul debdurkim, [odamlarning yaxshirogʻi qalbi sogʻlom va musulmonlarga xayrixoh boʻlganidir](2).

161. Ibrohim Xavvos r. t. r.

Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoqdur. Tajarrud va tavakkul tariqida yagona ermish. [Uz davrida yagona mashoyixlardan edi](1). Ja’far Xuldiy va Ulugʻ Shirvoniyning ustodidur. Bagʻdodlik ermish va otasi Omildin ermish. Junayd va Nuriy aqronidindur va ikki yuz toʻqson birda dunyodin oʻtibdur va Yusuf Husayn ani yub, dafn qildi. Ich ogʻrigʻi bila oʻtti. Masjidda har majliski, taqozo boʻlur erdi, gʻusl qilur erdi. Ul kunki oʻtti, sovugʻ erdi. Yetmish qatla ijobat qilib. erdi. va har qatla gʻusl qilib erdi. Soʻnggi qatla gʻusl qilurda, suv ichida olamdin oʻtdi. Va qabri Tabruk hisorining tubidadur. Shayx ul-islom debdurki, oning qabridek shukuhlik qabr hargiz koʻrmaydurmen. Ustiga yetsang anga oʻxsharki, bir sher yotmish boʻlgʻay. Shayx Abubakr Kattoniy debdurki, bkr qatla Ibrohim Xavvos safardin yetti. Ondin soʻrduyki, yoʻlda hech ajab nima koʻrdungmu? Dediki, Xizr a. s. manga yetti va dediki, senga hamroh boʻlaymu? Dedim: yoʻq! Dedi: Nevchun? Dedim: Ul rashkindur, tergar; qoʻrqormenki, koʻnglum senga ulfat tutmagʻay. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Haraqoniy soʻz asnosidakim, menga aytur erdi. Ayttiki, agar Xizr bila suhbat tutsang, tavba qil va agar bir kecha Hiriydin Makkaga borsang, ondin ham tavba qil!

Ibrohim Xavvos debdurki, ranj tortma ul nima talabidaki, azalda sanga qismat boʻlubdur va ul rizqdur.

Va zoye’ qilma onikim, kifoyatin sendin tilabdurlar va ul amr va nahyning inqiyodidur.

Abulhasan Alaviy debdurki, qish kuni Dinavar masjidida Ibrohim Xavvosni koʻrdumki, qor ichida yalang oʻlturubdur. Dedim: Yo Abo Ishoq, kelkim kiygulukka kirolikim, anga shafqat qildim. Ayttikim, men majusliqqa tilarsen. Ya’ni tajarruddin sababqa. Andin soʻngra ilkimni tutub, oʻz tanigʻa surtdi. Terga garq erdi va andoq issigʻki, yaqin erdikim, ilikim kuygay, dogʻi kulib, bu ikki baytin oʻqudikim,

she’r:

[Allohga muhabbat izhor qilasanda, unga osiylik ham qilasan.
Va yana muhabbatdan lof urasan. Sening bu ishing qiziq.
Agar sen muhabbatda sodpq boʻlsang, Allohga itoat qil!
Chunki albatta muhib mahbubnga itoatkor boʻladi](2).

162. Ibrohim b. Iso q. s.

Isfahondin erdi va Ma’ruf Karxiy bila suhbat tutub erdi. Ibrohim Xavvos q. s. debdurki, Bagʻdodda erdim va Dajla qirogʻida vuzu’ qiladur erdim, birovni koʻrdumki, suvning ul qirogʻidin ayoq qoʻydi va suv yuzida yurub, bu sari kelur erdi. Yuz yerga qoʻyub dedimkim, sening izzat va jaloling haqqikim, yuz koʻtarmayin, to bu kinshnn bilmaguncha. Yuzum yerda erdikim, birov kelib, meni ayogʻi bila tebratti. Boqdim, ersa Ibrohim b. Iso erdi. Dedi: har qachon tilasangki Tengrining avliyosidin birini tanigʻaysen, shuni oʻqigʻilkim, [avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham utshg oʻzidur. Ubarcha narsani bilguvchidir](1). Ikki yuz qirq yettida olamdin Isfahonda oʻtdi.

163. Ibrohim Sobit q. t. s.

Kuniyati Abu Ishoqdur. Bagʻdod mashoyixidindur. Juvayd q.s. bila suhbat tutubdur. Shayx Abu Abdurahmon Sulamiy debdurki, onga dedim: meni bir duo qil! Dediki, ixtiyoring ongaki, azaldin, senga qismat boʻlubdur, muorazadin yaxshiroq. Soʻngra dedim: menga vasiyat qil! Dedi: Bir ish qilmaki, ondin pushaymon boʻlgʻaysen. Ul uch yuz yetmish toʻqquzda dunyodin oʻtubdur.

164. Abu Muhammad Juririy q. t. r.

Uchunchi tabaqadindur. Ahmad b. Muhammad b. Husayn va Husayn b. Muhammad ham va Abdulloh b. Yahyo ham debdurlar. Junayd q. s. kibor ashobidin erdi. Andoqki, Junayddin soʻngra ani Junayd oʻrnigʻa oʻl-turttilar buzurgligidin. Qavmning ulamoyu mashoyihidin erdi. Sahl b. Abdulloh Tustariy bila suhbat tutub erdi. Habir yilida Qaromita urushida suvsizlikdin halok boʻldi, uch yuz yigirma uch yo toʻrtda. Ul debdurki, [tasavvuf jangdir, sulh emas](1). Abu Muhammad Juririygʻa darveshe dedikim, uns bisotidin erdim, manga bir bast eshiki ochdilar, oʻz maqomimdin toyildim va andin mahjub boʻldum. Iturganimga ne nav’ yoʻl toparimgʻa dalolat qil! Abu Muhammad yigʻladi va dedikim, ey qarindosh, barcha bu dardgʻa giriftordurlar va bu dogʻqa mubtalo. Ammo sanga bir necha bayt oʻqiy.

She’r:

[Maqom, zavq, vajd, bast va lazzat diyorida toʻxtaginki, mahbublarning asmo va sifatlaridan nishonadir.
U muhiblar va oshiqlarda hasrat va shavq uygʻotib, yigʻlatadi. Unda koʻp toʻxtadim.

Hozir ham sodiq yo mushfiq, kim boʻlishidan qat’iy nazar u manzildan xabar berishlari va hikoya qilishlarini soʻrayman.

Meni u makrmning muhibi deb biluvchi xabar berdi: sen sevgan u narsalardan ayrilding. Endi senga ulugʻ mulo-qot – visol bor](2).

165. Olim b. Sa’d r. r.

Bagʻdoddin erdi. Va Abu Muhammad Juririy bila suhbat tutub erdi va vara’vu mujohadada komil erdi. Aning vafotidii soʻngra ani tush koʻrub soʻrdilarki, Tengri sanga ne qildi? Dedi: manga rahmat qildi va behishtqa kivurdi. Soʻrdilarki, ul muomalatlar uchun? Dedikim, agar ul muomalatlargʻa boqsam erdi, ham anda qolib erdim.

166. Gʻaylon Samarqandiy q. t.s,

Mashoyixiing kiboridindur. Junayd q. s. bila suhbat tutubdur. Va maorifda sohibi taqallum erdi. Ul debdurki, orif Tengridan Tengrigʻa boqar va olim dalildin. Va sohibi vajd dalildin mustagʻniydurur.

167. Gʻaylon Muvasvis r. t. r.

Ani Gʻayloni Majnun ham derlar erdi. Iroq mashoyixiing mutaqaddimlaridindur. Xarobalarda boʻlur erdi va elga omizishi yoʻq erdi. Va eldin nima qabul qilmas erdi. Va el koʻrmas erdiki, ul ne yer. Muhammad b. Samin dediki, Gʻaylonni Kufaning harobalarida koʻrdum. Soʻrdumki, banda gʻaflat xataridin qachon qutulur? Dedikim, ul vaqtiki, anga har ne buyurubdurlar, anga mashgʻul boʻlsa va andinki nahy qilibdurlar, gʻofil va oʻz nafsi hisobida oqil.

168. Abulabbos Ibn Ato q. t. r.

Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Muhammad b. Sahl b. Ato Odamiy. Bagʻdodlikdur. Mashoyixiing ulamosidin va soʻfiya zurafosidindur. Fasih til. bila yaxshi soʻzlari bor va Qur’ongʻa ahli ishorat tili bilan tafsir bitibdur. Ibrohim Moristoniyning sho-girdidur va Junaydning yoronlaridindur. Va Shayx Abu Said Xarroz ani ulugʻ tutar erdi. Va Shayx soʻzidurki, (tasavvuf xulqdir, inobat emas. Tasavvuf ahlidan Junayddan va ibn Atodan boshqasini koʻrmadim](1). Va Ibn Ato Husayn Mansur Halloj jihatidin maqtul boʻldi, Zulqa’da oyi uch yuz toʻqsonda. [Ibn Atodan soʻradilar, toatlarning afzali qaysidir? Aytdi: Har doim Haq Taoloni mulohaza qilmoq](2). Va ul debdurki, bu oyat tafsiridakim, [u meni oʻldirur, soʻngra tirilturur, ya’ni mendan oʻldiradi, oʻzi bilan tiriltiradi](3). Va ham ul debdurkim, bu oyat tafsirida [albatta, «Parvardigorimiz Allohdir» deb, soʻngra «ustuvor boʻlgak zotlar...», Ibn Ato bu oyatdagi «ustuvor turishlikni» qalbni yolgʻiz Allohga bogʻlash, deb izohlaydi](4).

Va u ham ul debdurkim, [adab –doʻst tutilgan narsalar (yaxshiliklar). bilan toʻxtashdir. Buning ma’nosn nima?–deb soʻraganlarida, aytdi: Allohga pinhon va oshkor adab bilan muomala qilsang, ajamiy boʻlsang ham adabli hisoblanasan.

She’r:

Soʻzlasa, soʻzining bari ma’noli
Va gar sukut qilsa, bari malohat](5).

Shayx ul-islom debdurki, adab uldurki, Haq s. t.gʻa ibodat qilurda suv va tufroq va nafs ruunatidin qoʻpqaysen va demagaysenkim, men va kirdorim, degaysenki, ul va tavfiqu iyoyati.

169. Abu Solih Muzayyin q. t. s

Oʻz roʻzgornning akobiridin erdi. Ibn Ato bilasu suhbat tutub erdi. Sohibi xilvat erdi, Sahl b. Abdulloh Tustariy debdurki, manga orzu erdikim, Abu Solih bila suhbat tutqaymen. Bir qatla Haramda ani koʻrdum va ul orzuni zohir qildim. Dedikim, zy Sahl, tongla Abu Solih oʻlsa, kim bila suhbat tutqungdur? Dedim: bilmon. Dedi: holo hamul sogʻinki, ul oʻlubdur va koʻzumdin nopaydo boʻldi.

170. Abulabbos Arziziy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul dediki, Abulhasan Abbodoniy dedikim, men va bir darvesh Basragʻa kirduk. Olti kun taom topmaduk yeguli. Yettinchi kun birav kelib, har birimizga bir diram berdi. Biriga taom yeb, birini mallohga berdukkim, bizni kemaga kivurdi. Kemada koʻrar erdukkim, darveshe boshin xir qasigʻa chirmabdur va hech kim bila soʻzlashmas. Anga dedukki, biz sening yoronlaringbiz, bizing bila soʻzlash va har nima keraklik boʻlsa, bizga buyur: Dedikim, tongla namozi peshin men bu dunyodin borurmen Siz mallohqa iltimos qilingki, kemani qiroqqa tortsun. Sohilda beshaye boʻlgʻusidur. Bir ulugʻroq yigʻoch tubida mening takfinu tajhizim tayyor boʻlgʻusidur, meny anda dafi qiling va bu muraqqa’imni zoye’ kilmang: Hillaga yetkanda bir latif va zarif yigit (6)u muraqqa’ni sizdin tilagusidur, anga bering: Yana bir koʻp namozi peshinni guzarladi va boshini muraqqa’gʻa tortti. Chun tahqiq qilduq, oʻtub erdi. Malloh kemani sohilgʻa tortqach, ul aytqondek, besha orasida ulugʻroq yigʻoch tubida qazilgʻon goʻr va barcha asbob tayyor erdi. Ani dafi qilib, muraqqa’ni olib, Hillagʻa mutavajjih boʻlduk. Ham ul aytqondek, zebo yigit oʻtru kelib, ul amonatni tiladi. Anga topshurib dedukki, albatta bizga aytki, ul kim edi va sen kimsen? Dedi: ul bir darvesh edi. Oʻtar chogʻda bu vadiatni topshirgʻali kishi tiladi, mani anga koʻrguzdilar. Bular tahqiq qilgʻandin soʻngra andak ma’lum qildilarkim, ul yigit Hillaning raisining oʻgʻli ekandur. Otasigʻa ul hol ma’lum boʻlgʻach, shukrlar qilib, ayttikim, bihamdillahki, mening sulbumdin andoq kishi vujudgʻa keldi. Shayx ul-islom debdurki, xaloyiq orasida tirik oʻlukdin meros olur, gʻayri bu toifakim, oʻluk tirikdin meros olur. Va ham dedikim, hech kishi valoyat pirlaridin biri bila suhbat tutmagaykim, ul oʻtgandin, soʻngra aning holotu valoyatidin munga meros tegmagay.

171. Abulabbos Dinavariy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammaddur. Yusuf b. Husayn va Abdulloh Xarroz va Juririy va Ibn Ato bila suhbat tutubdur va Ruvaym Bagʻdodiyni koʻrubdur. Nishoburgʻa keldi va muddate anda boʻlub, elga mav’izat qildi, ma’rifat tili bila xoʻbroq bayon bila. Va Nishoburdin Tirmizgʻa bordi. Va Xoja Muhammad Hamid–Abubakr Varroqning shogirdi anga oʻtru kelib, rikobin oʻpti. Muridlarigʻa noxush kelib, andin jihatni soʻrdnlar. Ul dedi: eshitibmenkim, mening Xudovandimni yaxshi sitoyish qilur. Va Samarqandgʻa borib, uch yuz qirqda olamdin oʻtti. Andin soʻrdilarki, Tengrini ne bila taniding? Dediki, muning bilaki, tanimadim, ya’ni ajzga e’tirof bila. Ul debdurki, [zikrning eng ozi Haqdan oʻzgasini unitish. Zikrning nihoyasi –vokirning zikr ichida zikrdan gʻoyib boʻlishidir. Ma’shuqiga gʻarq boʻlish zokiryai zikr maqomigʻa qaytishdan qantarsa, «fano filfano holidir](1).

172. Abulabbos Ahmad b. Yahyo Sheroziy. q. s.

Shayx Abu Abdulloh Hotifning ustodidur. Shayx debdurki, aningdek muhaqqiqe vajdda koʻrmadim. Junayd va Ruvaym va Sahl Abdullohni koʻrub erdi. Shayx Abu Abdulloh dedikim, bir kecha Shayx Ahmad Yahyo bila erduk va majlisda bir kichik yoshligʻ bor erdiki, uyqu vaqti uyiga bormoq kerak erdi. Va qish erdi va azim oʻt yoqib erdilar. Va Shayx Ahmad Yahyoning vaqti samo’da xush boʻlub erdi. Ba’zi ashob dedilar, kim boʻlgʻanki bu yigitkinani uyiga yetkurgay? Hech kim javob bermadi. Shayx Ahmad ul oʻtdin ikki ulugʻ choʻgʻni oʻz ovuchiga qoʻydi va yengini anga yopib, ul shaxsqa aytti, qoʻp! Va ilayiga ul yorugʻlugʻni tutub, ani uyiga yetkurdi. Va biz ul chugʻning yorugʻlugʻin aning toʻni ustidin koʻradur erduk. Chun ul kishi uyiga kirdi, Shayx ul choʻgʻlarni iligidin tashladi, koʻmur boʻlub erdilar. Andin soʻng masjidqa kirdi va namoz qilur erdi, to sahar namozi ayttilar.

173. Abulabbos Bovardiy q. r.

Ul buzurg erdi va Shiblnyni koʻrub erdi. Va Nishoburda erdi va Shayx Abu Bakr Timistoniy dagʻi Nishoburda erdi. Debdurlarki, Shibliy sohibi hol ermish, tavhid jonibidin hol jonibi qaviyroq ermish, Shayx ul-islom debdurki, ushmundoq erkandurki, alar debdurlar.

174. Abulabbos Bardu’iy q. t. r.

Oti Ahmad b. Muhammad b. Xorun Berdu’iy Sufiydur. Shayx Abu Bakr Tohir Abhariydin va Shayx Murta’ishdin soʻzlari bor. Oʻl debdurki, Murta’ish dedikim, har kimki diydori sanga manfaat yetkurmagan, ul sanga naf’ yetkurmagay. Va ham ul debdurki, Abu Bakr Tohir Abharin dedikim, [sukut saqlagan za sukutining «qubatidin hoʻrqqan kishigina gapirishi mumkin](1) .

175. Abulabbos Sayyoriy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Qosim Ibn Qosim Mahdiydur. Marv ahlidindur. Shayx Abubakr Vositiyning shogirdidur. Olim va faqih va muhaddis ermish. Anga otadin koʻp meros qolibdur. Barisin berib Hazrat Risolat s. a. v. ning muborak gisusidin ikki torni sotqun olibdur. Va Haq s. t. anyng barakotidin anga tavba tavfiqi berdi. Va Abubakr Vositiy suhbatigʻa yetti. Va ul daraja hosil qildikim, ani bir sinf tasavvuf ahlining imomi derlarki, alar Sayyoriyagʻa mashhurdurlar. Va olamdin oʻtarda vasiyat qildikim, ul ikki torni aning ogʻziga qoʻydilar. Va qabri Marvdadyr. Uch yuz qirq ikkida oʻtubdur. Ul debdurki, [tavhid – qalbingda Allohdan oʻzganing yodi boʻlmasligidir](1). Va ham debdurki, Abubakr Vositingʻa oʻtar chogʻda dedilarki, vasiyat qil! Ul dediki, [Alloh sizlardan talab qilganini yodda tuting](2).

176. Abdulvohid b. Ali Sayyoriy q. s.

Abulabbos Sayyoriyning xoharzodasidur va shogirdi. Ham ul Marvda saroyin bu toifagʻa vaqf qildi. Va sabab ul ermishki, anda bu jamoat samo’ qilurda biri havolanib, andoq murtafi’ boʻlubdurkim, koʻzlardin gʻoyib boʻlubdur, andoqki, yana paydo boʻlmaydur. Ul deb-durki, tagʻonimdin eshittimki, dedi: agar ravo boʻlsa erdikim, namozda Qur’on oʻrnida bayt oʻquoalar erdi, bu bayt boʻlgʻusi erdikim,

Bayt:

[Men bu mahol dunyodan bir hur kishining diydorini koʻrmoq istayman](1).

177. Abulabbos Suhravardiy q. s.

Oti Ahmaddur. Makkada boʻlur erdi, vaqt mashoyixi bila, Sirvoniydek va gʻayruhu bila. Ul debdurki, azxo iydida Minoda erdim. Jamoate oʻlturub erdilar va Shayx Shirvoniy orada erdi. Qavvol chun bir bayt oʻqudi, shayx yigʻlab qoʻpti va ketti. Qavm dedilarki, ne voqe’ boʻldi. Magar ul samo’gʻa munkirdur? Shayx Abulhasan Sarakiy hozir erdi. Dediki, Tengriga ahd qildimki, agar ul samo’gʻa munkir boʻlsa, men yana samo’ majlisida oʻlturmagʻayman. Shayx Abulabbos Suhravardin dedikim, men ham senga muttafiqmen. Tonglasi bu ikki shayx jamoat mashoyixi bila shayx Sirvonin salomigʻa bordilar va tiladilarki, mazkur boʻlgan ishtnn tafahhus qilgʻaylar: Shayx Sirvoniy dedikim, men roʻzgoriki qum ustiga yotur erdim. Qoʻlumiy boshimga yostar erdim va tosh ozurda qilgʻon nishonlar yonimda zohir erdi. Samo’ majlisida oʻlturur erdim. Holo, yumshoq farsh ustida oʻlturubmen va siz aytqon dastur bila kuygan va oʻrtangan, manga samo’ majlisida sizing bila oʻlturmoq halol ermas.

178. Abulabbos Nihovandiy q. t. s.

Shayx ul-islom ani oltinchi tabaqadin bitibdur. Oti Ahmad b. Muhammad b. Fazldur. Ja’far Xuldiyning shogirdidur. Shayx Abulabbos Shayx Amugʻa Amu ot qoʻngʻandur. Va Shayx Amuni solor debdurlar. Shayx ul-islom debdurki, Abbos Faqir Hiraviy manga dedikim har kishi bu ilmdin soʻz desakim, aning hujjati Haq s. t. boʻlmasa, Haq taolo aning xasmidur. Shayx ul-islom debdurki, Nihovandiy dedikim, alarki hilshat ahlidurlar, agar soʻl iliglari alarni andin mashgʻul qilsa, oʻng iliglari bila ul soʻl iligin kesarlar. Nihovandiy debdurki, avvalki, manga bu ish dardi paydo boʻldi, oʻn ikki yil boshimni yoqamqa soʻqtumki, koʻnglumning bir goʻshasin manga koʻrguzdilar. Va ham Nihovandin debdurki, Tengri taolo bila koʻp oʻlturung va xalq bila oz. Bir tarso eshittikim musulmonlar orasida farosat ahli boʻlur. Bu toifa libosi bila Shayx Abulabbos Qassob q. s. xonaqohnga bordi. Shayx ani koʻrgach dedikim, begonalargʻa oshnolar orasida ne ish? Ul tarso xijolat bila chiqib, Shayx Abulabbos Nihovandi?! xonaqahigʻa bordi. Nihovandiy ani ta’zim qildi va uch on Shayxning xonaqohida darveshlar bila namoz qilib, suhbat tutar erdi. Uch oydin soʻngra borurgʻa azimat qildi. Shayx dedikim, uch oylik tuz, oʻtmak, suhbat haqqidin soʻngra begona kelmak va begona ketmak nechuk boʻlgʻay? Tarso ojiz boʻlub, musulmon boʻldi va Shayx qadajidin ketmadi. Va andoq muomala qildikim, Shayxdin soʻngra xonaqah ahli muridlar ani Shayx oʻrnigʻa oʻlturttilar.

179. Axiy Faraj Zanjoniy q. t. s.

Shayx Abulabbos Nihovandiyning murididur. Chahorshanba kuni rajab oyining boshida toʻrt yuz ellik yettida dunyodin oʻtubdur. Qabri Zanjondadur. Derlarki, shayxning bir mushuki bor ermish. Xonaqohgʻa mehmoneki kelur ermish, har kishi adadi bila bir un qilur ermish. (Xodim ul un adadi bila muvofiq ayoq bila suv qazongʻa solur ermish, takalluf qilmas ermish.

Bir kun mehmonlardin bir kishi ortuq kelibdur va bir ayoq osh oʻksuk. Darveshlar taajjubda ermishlarkim, ul mushuk kelib, ul musofirlarni birin-birin islab, birining ustiga bavl qilibdur. Tahqiq qilibdurlar. Ul kishi dindin begona ermish.

Bir kun xonaqah qozonida sut solib qoʻygʻan ermishlarkim, shirbirinch pishurgaylar. Moʻridin bir qora yilon sutga tushib oʻlubdur va ul mushuk koʻrubdur va kishi koʻrmavdur. Xodimki shirbirinch pishurgali mashgʻul boʻlubdur, ul mushuk qazon tegrasida qichqirib, iztirob qilur ermish. Tabbox har necha olib tashlar ermish, ul koʻprak iztirob qilur ermish. Tabbox chun mutanabbih boʻlmandur. Uzin qazongʻa tashlabdur va oʻlturubdur. Xodim sutni toʻkarda koʻrubdurki, yilon tushgan ekandur va oning iztirobigʻa sabab ul erkondur, Shayx debdurki, chun ul oʻzin darveshlarga fido qildi darveshlar oning uchun qabr yasab, xonaqah ichida dafi qilibdurlar. Derlarki, holo ham ul qabr zohirdur Xaloyih ziyorat qilurlar.

180. Abulabbos Nisoyi q. t. r.

Oti Ahmad b. Muhammad Zikriyodur. Asli Nisodindur. Ammo Misrda sokin erdi. Shayx Abbos Faqir Hiraviy ani Misrda va Shayx Amuni Makkada koʻrib erdi. Abbos debdurki, doim aning eshigida otlar va taraddud qilur elning ulogʻlari boʻlur erdi. Bir kun mani tashqari yubordiki, ulogʻlarni asragʻaymen. Oʻz-oʻzumga dedimkim, yaxshi ish paydo qildim. Xurosondin Misrgʻa keldimkim, elning ulogʻlarin asragʻaymen. Mening xud anda farogʻatim bor erdi. Hamul soat birov chiqib dediki, shayx seni tilaydur. Kirgoch dedikim, Hiraviy hanuz goʻrga kirmaydursen, bot boʻlgʻayki, toʻrda oʻlturgʻaysen v eshigingda ulogʻlar boʻlgʻay va alarni asramoqqa senga kishi kerak boʻlgʻay. Shayx ul-islom dediki, ish andoq erdiki, ul shayx deb erdi. Doim oning eshigida arz qilur elning ulogʻlari boʻlur erdi.

181. Abulabbos Surayj q. t. s.

Oti Ahmad b. Imron b. Surayjdur. Uch yuz beshda; dunyodin oʻtti. Ani kichik Shofe’iy derlar erdi, goyat ulugʻligʻidin. Bagʻdodda boʻloʻr erdi va Junayd bila suhbat tutub erdi furu’ va usulda. Vaqteki soʻz aytsa-erdi, majlis ahligʻa aning kalomidin taassub boʻlur erdi. Ul bu holni der erdikim, Abulqosim Junayd h. s. suhbati barakotidindur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, andin burunki, Shayx Abulabbos Suranj Sherozgʻa kelgay, ilm ashobi Sufiyani juhhol xayol qilurlar erdi. Ulkim, Sherozgʻa keldi va alarning marta bayu maqomin bayon qildi va alar tili bila soʻz aytti va alarning fazligʻa guvohligʻ berdi va borlar ulamo majlisida dedikim, «valloh, biz odame boʻlmaduq va adab oʻrganmaduk, to alar suhbatigʻa yetmaduk». Andin soʻng ulamo alarni tanidilar va ulugʻ tuttilar.

182. Abulabbos Hamza b. Muhammad q. s.

Hirot mashoyixining mutaqaddimlaridindur. Vara’da komil va mustajobud da’va erdi va azim saxovati bor erdi. Imom Ahmad HanbAliing rafiqi erdi. Oning mazhabin Hirotgʻa ul kelturdi va Ibrohim Sitanbah bila suhbat tutub erdi. Ul debdurki, har kishinikim, mashoyix va avliyo suhbati pokiza qilmagʻay, hech pand. bila pokiza boʻlmagʻan. Ikki yuz qirq birda dunyodin oʻtdi.

183. Husayn b. Mansur Halloj q. s.

Uchunchi tabaqadindur. Kuniyati Abulgʻatys. Forsning Bayzosidindur. Avval Halloj emas erdi. Bir halloj doʻkonida erdikim, oning doʻsti erdi. Oni bir ishga yibordi. Koʻngliga oʻttiki, onyng roʻzgorin zoyo’ qildim. Barmogʻi bila ishorat qildi. Momugʻ chigitdin ayrildi. Onga bu jihatdin Halloj ot qoʻydilar. Vosit va Iroqda boʻlur erdi va Junayd va Nuriy bila suhbat tutubdur. Abu Amr Usmon Makkiyning shogirdydur. Mashoyix oning ishida muxtalifdurlar. Koʻpragi oni rad qilibdurlar necha tandin boshqa. Shayx Abulabbos Ato va Shayx Shibliy va Shayx Abu Abdulloh Xafif va Shayx Abulqosim Nasrobodiy bila Shayx Abulabbos Surayjkim, aning qatligʻa rizo bermadilar va fatvo bitmadilarkim va dedilarkim, biz bilmasmizkim, ul ne deydurur va «Kashf ul-mahjub» kitobida barcha mutaaxxir mashoyix oni qabul qilibdurlar va ba’zi mutaqaddim mashoyixiing hajri dogʻi dinida ta’n uchun emaskim, muomalot mahjuri asl mahjuri emas. Mutaaxxirlardin Sultoni tariqat Shayx Abusayid Abulxamr q. s. debdurki, ul ulugʻ holdadur va oning zamonida mashriqdin magʻribgʻacha oningdek yoʻq erdi. Shayx ul-islom q. t. debdurki, men oni begonmasmen. Mashoyix muvofaqatigʻa va shar’u ilm rioyatigʻa va rad qilmasmen. Siz dogʻi mundoq qiling va oni mavquf qoʻyung va ul kishinikim, oni qabul qilgʻan, koʻprak sevarman ondinki, ani rad qilgʻay. Shayx Abu Abdulloh Xafif ani «imomi rabboniy» debdur, Shayx ul-islom debdurki, ul imomdur, ammo barcha elga dedi va zuafogʻa haml qildi va shar’ rioyati qilmady. Ulcha anga voqe boʻldi, sabab bu erdi. Oncha da’vo bila bir kecha-kunduzda ming rak’at namoz qilur erdi. Ul. kechakim, kunduzi maqtul boʻldi, besh yuz rak’at namoz qilib erdi. Shayx ul-islom debdurki, oni ilxom mas’alasida oʻlturdilar va anga javr edi. Va dedilarki, ulcha ul deydur, pangʻambarliqdur va andoq emas erdi. Shayx Shibliy debdurlar; ulcha ul dedi, men ham deyirman. Ammo meni telbalik qutqardi va oni aql giriftor qildi. Ul bir kun Junaydning eshigin qoqti. Junayd soʻrdiki, kimsan? Dediki, Xaq! Junayd dedi Haq emassen, ammo haq bilasen! qaysi dor yogʻochini saning bila bogʻlagʻoylar.

Ustod Abu Amr b. Usmon Makkiy juzve tasiif qylib erdi tavhidda, bu toifaning ilmida. Va soʻz daqiq erdi va yoshurur erdi. Ul yoshurun olib, oni oshkoro qildi va soʻzning diqqati jihatidin el fahm qilmay anga munkir boʻldilar va mahjur qildilar. Ul Hallojni qargʻadikim, «ilohi birovni onga guzorlakim, ilik oyogʻin kesgay va koʻzin oʻygʻay va dorgʻa tortqan». Va barcha anga voqe’ boʻldi, ustodi duosi bila.

184. Abdulmalik Iskof q. s.

Shayx ul-islom debdurki, Abdulmalik Iskof Haldojning shogirdi erdi va umri yuz yigirmaga yetdi va Balxda Sharif Hamzani Uqayliy bila boʻlur erdi va mening otam va piri Forsiy va Abulhasan Tabariy va Abulqosim Hannona barcha, Sharif Hamzai Uqayliyning yoronlari erdilar. Va Sharif maning otamni barchadin ulugʻroq tutar erdi. Otam ayttikim, Abdulmalik ayttikim, bir kun Hallojdin soʻrdumki, ey shayx, orif kimdur? Ul ayttikim, orif uldurki, uch yuz toʻqqizda, zulqa’da oyining yigirma toʻrtida seshanba kuni oni Bagʻdodda Bobu toqqa eltgaylar va ayogʻilgin kesgaylar va koʻzin oʻygʻoylar va sarnigun dordin osqaylar va tanin kuydurgoylar va kulin koʻkka sovurgʻaylar. Men mulohaza qilub erdim, hamul tarixda ul deganlarni barchasin anga qildilar. Haykal otligʻ shogirdin ham oning bila oʻlturdilar.

185. Ibrohim b. Fotik va Ahmad b. Fotik q. s.

Kuniyati Abulfotikdur, bagʻdodligʻdur. Junayd va Nuriy q. s. bila suhbat tutubdur. [Junayd uni hurmat qilardi](1). Ul ham Hallojning shogirdidur. Ul debdurki, ul kunki Shayxqa ul hol voqe’ boʻldi, oqshom Haq s. t. ni tushda koʻrdum. Dedim: Bor Xudoyo, ne erdikim, bandang Husayn Mansurgʻa qilding? Javob keldikim, oʻz sirimni anga oshkor qildim, elga yoydi va anga atoyi berdim, tugʻyon qildi va elni oʻziga tiladi. Shayx ul-islom debdurki, ul qatl Hallojga naqshdur, yoʻqki ka-romat. Agar ul tamom boʻlsa erdi, anga ul tushmas erdi. Soʻzni ahliga aytmak kerak, to aning sirri fosh boʻlmagʻay, chun soʻzni noahlgʻa aytsang, anga haml qilmish boʻlgʻaysan. Va sanga gazandu uqubat yetkay. Shayx Man-sur Hallojning karomatu maqomati andin koʻprakdurki, bu muxtasargʻa siqqay bir ikki. soʻz bila ixtisor qililur. Biravning bir toʻtisi bor erdi, oʻldi va egasining xotini malul boʻldi. Shayx ani koʻrub dedikim, tilarsen toʻting tirilgay? Dsdi: har oyina nechuk tilamaganmen? Shayx barmogʻ bila ishorat qildi, qoʻbti tirik. Shayxdin soʻrdilarki: tavhid nedur? Dedikim, [qadim boʻlgan zotni hodisdam farq qilish](2). Shayx oʻl-islom debdurki, sufiylar tavhidi bilursenki, nedur? [Yangi paydo boʻlgan narsani (hodisni) inkor qilib, azaliy narsani isbot etmoq](3).

186. Foris b. Iso Bagʻdodiy q. s.

Kuniyati Abulqosnmdur. Husayin Mansur Hallojning xulafosidindur. [Foris Bagʻdodiy r. mashoyix qavmining soʻzlovchilaridan, ma’rifat iboralarining nozikfahmi edi. Sufiylar ahvoli va haqiqatga ishora qiluvchi yaxshi soʻzlari bor](1). Xurosonga keldi va oʻtub Samarqandgʻa bordi va anda iqomat qildi dunyodin borgʻuncha. Va Shayx alam ul-Hudo Abu Mansur Moturidiy q. s. muosiri erdi va Shayx Abu Mansur uch yuz beshda dunyodin oʻtti. Va Shayx Foris, Shayx Abulqosim Hakim Samarqandiygʻa dagʻi muosir. Shayx Abu Mansur va Shayx Abulqosim bir-biri bila musohib ermishlar va murofaqat tariqining dodin bermishlar, to ajal firoq zahri alarning sharbat hayotigʻa qotti va muvosalatlari orasigʻa tafriqa toshin otti. Shayx Foris ul zamon mashoyixining maqbuli ermish. Mazkur boʻlgʻan mashoyix aning tasqihi holi qilib soʻzlarin oʻz musannafotlarida mazkur qilibdurlar. Shayx Orif Abu-bakr b. Ishoq Kalobodiy Buxoriy oʻz kutubida bevosita andin soʻzlar rivoyat qilibdur. Va Shayx Abu Abdurahmon Sulamiy va Imom Qushayriy dagʻi bir vosita bila andin rivoyatlari bor. Shayx Foris debdurkim, Shayx Husayn Mansurdin soʻrdumkn, murid kimdur? Ul dedijim, murid uldurkim, avvaldin nishoni qasdi Allohu taoloni qilgʻay va anga yetmaguncha hech nima bila orom tutmagʻay va hech kishigʻa mashgʻul boʻlmagʻai. Va ham ul debdurkim, [haqiqiy xotir shuki, unga boshqa fikr muxoliflik qilmasa](2).

187. Ahmad b. Husayn Mansur Halloj q. s.

Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Bokudin eshittimkim, dedikim Husayn Mansur oʻgʻli Ahmad dedikim, otamning soʻngqi kechasi andin vasiyat talabe qildim. Dedikim, nafsingni bir shugʻlgʻa sol andin burunki, sani bir shugʻlgʻa solgʻay! Dedimkim, bir nima vasiyatqa orttur? Dedikim, vaqteki, barcha xizmatqa koʻshish qilgʻaylar, sen bir nimaga koʻshish qilki, zarran ondin saqalayn ilmidin ulugʻroq va yaxshiroq boʻlgʻay. Soʻrdumki, ul nedur? Dedikim, ma’rifat!

188. Abu Mansur Govkuloh q. t. s.

Shayx ul-islom debdurki, Malomatiya mashoyixidindur. Saraxsda boʻlur ermish. Bir vaqt ashobi safargʻa borgʻon ermish va oʻzi forigʻ ermish, choh qaziy boshlabdur. Suvgʻa yetkandin soʻngra aning yonida yana bir choh bunyod qilibdurki, burungʻi chohning tufrogʻlarin anga solgʻay, ul qazilgʻandin soʻng muning tufrogʻinn solgʻali yana chogʻ qazmoq bunyod qilibdur. Soʻrubdurlarki, telba emassen, ne befonda ishdurki, qilasen? Deb-durki, nafs meni bir ishga mashgul qilmasdin burun men ani bir ishga mashgʻul qilibmen. Va mashoyixdin ba’zi bu ishni qilibdurlar. Abu Abdulloh Dinovariy daryoda kema ichnda qoldi, muraqqa’in kesar erdi va tikar erdi, to bir boʻrklukka yetkurdi.

189. Abu Amr Dimnshqiy q. t. s.

Uchunchi tabaqadindur. Shom mashoyixining yagonasi erdi. Va Abu Abdulloh Jallo bila suhbat tutubdur. Va Zunnunning ashobidindur. Uch yuz yigirmada. dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki, andoqki, farizadur anbiyogʻa oyatu mu’jizat izhorn, farzdur avliyogʻa xavoriqi odotu karomat ixfosi, to xalq fitiagʻa tushmagaylar. Aning soʻzidurki, [tasavvuf borliqni nuqson koʻzi bilan koʻrmoq. Balki, benuqson zotni mushohada qilib, barcha noqis narsalardan koʻz yummoq](1) – bagʻoyat nofi’ va latif soʻzdurur. Va ham ul debdurki, [arvoh Haqqa yaqinlashib soflansa, olam jismlariga toat nuri bilan ta’sir qiladi](2).

190. Muhammad b. Homid Tirmyziy q. s.

Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abubakrdur. Xuroson mashoyixining javonmardlaridindur. Ahmad Xuzravayhni koʻrib erdi va uning oʻgʻli Abunasr Muhammad b. Muhammad b. Homid Xurosonning mashohiridindur. Muhammad Homid! debdurki, sening sarmoyang koʻnglungdur va vaqting. Chun koʻnglungny mashgʻul qilsang har zannu gumongʻaki, xotiringga kirgay, zoye’ qilgʻaysen avqotingni ul nimagakim boista va shoista boʻlmagoy. Qachon sud qila olgʻay ulki, sarmoyani ziyongʻa bergay? ( Va ham aning soʻzidurknm, [insonni eski choponda yurgani birovning yangi toʻnini kiyib yurganidan yaxshiroqdir](1).

191. Abdulloh b. Muhammad Xarroz q. s.

Uchunchi tabaqadindur. Ran mashoyixining yagonasidur. Kuniyati Abu Muhammaddur. Yillar Makkada mujovir ekandur. Hazrati Maxdum r. aning vasfida «Haq goʻyandai bebok va gʻolibi quvvatnok» bitibdurlar. Shayx Abu Imron Kabir bila suhbat tutubdur. Va Shayx Abu Hafs Haddodni koʻrubdur. Va Boyazidning ashobi ani buzurg tutarlar ermish. Uch yuz yigirmadin burunroq olamdin oʻtubdur. Ul debdurki, [ochlik – zohidlar taomi, zikr – oriflar taomi](1). Va ham ul debdurki, [qalbni Allohu Taolodan boshqa narsaga iltifotdan saqlash Allohu Taologa yuzlanish alomatlaridandir](2). Va ham ul debdurki, [Zohirda odamlar, botinda hur kishilar kabi boʻlmoq saxiy, joʻmardlar axloqidindir](3). Yusuf b. Husayn Roziy q. s. debdurki, men Abdullohdek koʻrmaydurmen va Abdulloh ham oʻzidek koʻrmaydur.

192. Bunon b. Muhammad Hammol q. t. s.

Uchunchi tabaqadindur. Vositiyulasldur va Misrda sokin erkandur. Va anda dunyodin oʻtubdur, uch yuz yigirma yettida Ramazon oyida. [U haqni soʻzlovchilardan„ shariat amriga undovchylardan edi. Mashhur maqomotlari va karomotlari bor](1). Junayd q. s. va ul asrning mashoyixi bila suhbat tutubdur va Abulhusayn Nuriyning ustbdlaridindur. Shayx ul-islom debdurki, ul hammol emas erdikim, imom erdi. Bir qatla ihtisob qilib erdi. Ani bogʻlab kishi yeguchi arslon ilayiga soldi-lar. Arslon oni islab, yalar erdi Chiqargʻondin soʻngra soʻrdilarkim, arslon seni yalaydurgonda xayolinggʻa ne kechadur erdi? Dedikim, xilofikim, ulamo sibo’ning ogʻzin suyida qilibdurlar. Andin soʻrdilar ulugʻroqholdinki, sufiylargʻa voqe’ boʻlur. Dedikim, [Allohu taolo kafil boʻlgan narsalarga orqa qilish, amrlarini ado etish, sirni saqlash. Haqqa ergashib, ikki dunyodan xalos boʻlish](2). Uldebdurki, muddate yemakka gʻizo topmadim. Ishim suubatqa yetkanda, boradurgʻonda bir parcha oltun tushub yotur erdi. Olay dedim, olmadimki, luqtadur. Yana yodima ul hadis keldikim, Hazrati Risolat s. a. v. buyurubdurkim, [agar dunyo faqat qondan iborat boʻlsa ham. musulmonning ozuqasi halol boʻladi](3). Pas, ani oldim va ogʻzim qirogʻida asradim. Koʻrdumkim, jamoati goʻdaklar oʻlturubdurlar. Va biri biyikroq yerda oʻlturub, tasavvufdin soʻz aytadur. Turdumki, eshitaykim, ne deydur? Ham ul dam biri soʻrdikim, [banda qachon sidq halovatiga erishadi?](4) Ul dedi, [ogʻzidagi parchani chiqarib tashlaganda](5). Filhol ogʻzimdagini chiqardim va tashladim.

Ul debdurki, Makkada sokin erdim. Ibrohim Havvosni tavofda koʻrar edim. Andin koʻnglumgʻa shukuhe yuzlanur erdi. Bir qatla andoq voqe’ boʻldikim, ochliq za’ifidin yiqilib hushum zoyil boʻldi. Koʻrdumkim, Ibrohim Xavvos boshimgʻa keldi va dedi: hech nima yermusen? Dedim: kechdur va oqshom yaqindur. Dedi: yaxshi qilursiz ey mubtadiylar, bu tariqda ustuvor boʻlung, to faloh topqaysiz. Xufton qilgʻondin soʻngra keldi va taom kelturdi va dedi: yegil! Koʻbroq voqe’ boʻlgʻondur! Ul sahar uyqugʻa qolib, namoz ham favt boʻldi va ham oʻy tavofi. Rasul s. a. v. ni tushda koʻrdumki dedi: [kimki hirs, ochkoʻzlik bilan ovqatlansa, Allohu taolo uning qalb koʻzini yopib qoʻyadi](6). Uygʻonib ahd qildimki, hargiz toʻyguncha nima yemagaymen. Ahmad Masruk debdurkim, Bunon Hammol ba’zi ashobini tilab, znyofat qilibdur, bu baytni oʻqubdurki,

bayt:

[Kimki bizni chaqirsayu javob bermasak, fazilati ziyoda boʻladi.
Agar javob bersak, bizning fazi-latimiz ortadi](1).

193. Ishoq b. Ibrohim Hammol q. s.

Mashoyix akobiridin erdi. Maqomi Lugʻom togʻi erdi. Bu toyifadin biri aytibdurki Lugʻom togʻida yoʻl iturdum. Bir pir ilayimga keldi, eski poʻstin kiygan. Dedi: Allohu akbar, hamonoki yoʻl iturubsen? Dedim: bale! Dedi: oʻttuz yildurki, bu togʻda odam yuzin koʻrmaymen. Va asosin menga berdiki, bu sanga yoʻl boshlasin. Bir necha qadam yoʻl bordim, oʻzumni Antokiyada koʻrdum. Asoni qoʻydumki, vuzu’ qilgʻaymen, aso gʻoyib boʻldi. Antokiya ahliga ul soʻzni anttim, ersa, dedilarkim, ul Shayx Ishoq b. Ibrohim Hammoldurkim, kishi ani oz koʻrar. Taassuf yedim.

194. Bunon b. Abdulloh r. t.

Kuniyati Abulhasandur. Misr mashoyixining buzurglaridindur. Ul debdurki, har soʻfikim, koʻngli roʻzi gʻamiga bogʻliq boʻlgʻay, anga kasb buyurmoq kerak.

195. Shaybon b. Ali q. t. r.

Misr mashoyixining mutaqaddimlaridindur, Mustajob udda’va erdi. Mashoyixdin koʻp kishi oning murididur va tariqat ilmida yaxshi soʻzlari bor. Debturlarki, muridlaridin biri andin ruxsat tiladikim, tajrid tariqida hajga borgʻay. Ul dediki, avval koʻnglungni sahvu gʻaflatdin mujarrad qil va havodin nafsingni va lagʻvdin tilingni, iynak tajarrud hosil »boʻldi. Xoh dunyoligʻing boʻlsun va xoh boʻlmasui.

196. Abulhasan b. Muhammad Muzayyin r. t.

Uchunchi tabaqadindur. Oti Ali b. Muhammad, Bagʻdod ahlidin. Va Junayd va Sahl Abdulloh q. s. bila suhbat tutubdur. Makkada mujovir erdi. Uch yuz yigirma yettida Makkada dunyodin oʻtubdur. Shayx ul-islom debdurki, Abulhasan Muzayyin ikkidur: biri kabir, biri sagʻir. Muzayyini Kabir Bagʻdoddindur va anda madfundur. Aning shogirdi debdurki, ul dedikim, [bandaning oʻrinsiz gapi Allohning gʻazabini keltiradi](1). Muzayyini Sagʻir ham Bagʻdoddindur, vale Makkada madfundur. Va debdurlarki, bu ikki Muzaymin bir-birining xolalarining oʻgʻlonlaridururlar. Va Muzayyini Sagʻir debdurki, Tengri taologa yoʻllar adadi osmonning yulduzlari adadidin koʻprakdur. Va men alarning birining orzusindamen va topmasmen. Va ham ul debdurki, Makkada erdim, manga safar azimat boʻldi. Bir «eoga yettimki ani bi’ri Maymun derlar. Koʻrdumki, bir yigit jon bermak holatidadur. Dedimki, aytki: «La lloha illalloh». Koʻzin ochib dediki,

bayt:

[Agar men oʻlsam ham qalbim muhabbatga limmolimdir.
Zero joʻmardlar muhabbat dinida oʻladilar](2).

Va jon taslim qildi. Aning ishin saranjom qildim va namozin qilib dafi qildim. Va safar doiyasi xotirimdin chiqdi va yonib Makkagʻa keldim. Derlarki, andin soʻngra oʻziga sarzanish qilib aytur erdiki, hajjomiy kelib, avliyoullohga shahodat talqini qilur.

197. Abulhasan Soyigʻ Dinavariy q. t. s.

Uchunchi tabaqadindur. Oti Ali b. Muhammad Sahldur. Dinovar mashoyixidindur va Misrda boʻlur erdi: Uch yuz oʻttuzda Misrda dunyodin oʻtti. Shayx Abulhasan Qarofiy va Duqqiy va Abu Usmon Magʻribiy q. s. deb-durki, hech kishi koʻrmadim mashoyix orasida Abu Ya'qub Nahrajuriydin yorugʻroq va nuroniyroq va Abulhasang Dinavariydin haybatliroq. Ul Abu Ja’far Saydaloniyning shogirdidur. Ul debdurki, dunyodin ikki qatlag bezor boʻlmoq kerak: Bir qatla chiqsang xalq qabul yuzidin sanga yuzlangaylar, yana dunyogʻa yongaysen, yoʻq hirsu shugʻl bila, onchaki el qabulin. zoyil qilgʻay, botin bila andin munqate’ boʻlgʻaysen, to dunyoning tarkining gunohi aning talabining gunohidin ulugʻroq boʻlmagʻay, nechunki xalq qabulining fitnasi dunyogʻa iqbolning fitnasidin ulugʻroqdur. Va ham ul debdurki, [orzu va umid inson tab’ining buzilishidandir](1) Va ham ul debdurki, [oʻzingni yaxshi koʻrishing – oʻzingni halok qilishingdir](2). Andin soʻrdilarki, murid kimdur va aning sifati nedur? Bu oyatni oʻqudikim, [to ularga keng yer torlik qilib qolguncha va dillari siqilib, Allohning faqat oʻziga tavba qilish bilangina qutulish mumkin ekanini bilgunlaricha](3).

198. Abulhasan Subayhiy q. s.

Uchunchi tabaqadindur. Ba’zi debdurlarki, ul Hasan b. Abdulloh b. Bakrdur. Basra ahlidindur. Derlarki, aning saroyida bir uy erdi, yerda qozgʻon. Gʻttuz nil andin chiqmadi va mujohada tortib ibodat qildi. Va derlarki, taom yemas erdi. Ani Basra eli Basradin chiqardilar. Susqa bordi va anda dunyodin oʻtti va qabri anda-oʻqdur. Shayx ul-islom debdurki, ul Basra masjidi eshikida turub erdi. Ul vaqt Basra masjidi gʻalabaliqdin andoq erdikim, el sajda bir-birining uchasida qilurlar erdi. Ul shogirdigʻa boqib ayttikim, bu xalqnikim koʻrarsen, bular behishtni toʻla qilmoq uchundur, bu ishkina bizga tushub turur. Ul debdurki, [gʻarib – oʻz vatanida musofir boʻlgan kishidir](1). Va ham ul debdurki, [gʻarib – oʻziga monandi boʻlmagan kishi](2). Va ham ul debdurki, [gʻarib–oʻzi kabilar bilan suhbat qurgan kishi](3).

199. Abulhasan Suyutiy r. t.

Shayx ul-islom debdurki, ul bu toyifadin erdi. Shayx Abu Ali Rudboriy derkim, Horun, Sahl Abdullohning sohibi dedikim, Abulhasan Suyutiy bila bodiyada erduk. Och boʻlsak erdi va hayu hilla yoʻlin bilmasak erdi, Abulhasan boʻri uni qilur erdi, to har yerda it boʻlsa, ani eshitsa, un qilur erdi, ul un bila bilur erdukkim, anda eldur. Va borib ashob uchun yemak kelturur erduk. Ham Shayx Abu Ali Rudboriy debdurki, hech kim yoronlar mehribonligʻida Abulhasan Suyutiydek emas erdi.

200. Abulhasan b. Sha’ra r. t.

Oti Amr b. Usmon b. Hakim Sha’radur. Sufiylarning mashoyixidindur. Shayx Abu Said Moliniy ani arba’inida kelturubdurki, Misr mashoyixidin erdi. Derlarki, aning qabridin Qur’on oʻqumoqning unin eshiturlar. Har kishi aning ziyoratigʻa borsa erdi, eshitur erdi. Vallohu taolo a’lam.

201. Abu Homid Asvad Ma’ruf Zanjiy. r. t.

Abu Ali Rudboriyning ustodlaridindur. Abulhasan Muzayynn debdurkim, Shayx Homid Asvad Zanjiy oʻttuz yil masjidi Haramda erdi. Ka’ba oʻtrusida oʻlturdikim, tashqari chiqmadi, magar tahorat uchun. Va hech kishi aning nima yeganin koʻrmaydur va ichkanin ham, Abu Homidqa har qachon vajd yetishsa erdi, rangi oqarurerdi, chun ul vajd taskin topsa, yana ham ul rangiga borur erdi.

202. Ibrohim b. Dovud Qassor Riqqiy r. t.

Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati, Abu Ishoq. Shom mashoyixining ajillasidindur. Junayd va Abu Abdulloh Jalloning aqronidindur. Umri uzoqqa tortti, uchunchi tabaqagʻa yetti. Va Shayx Sulamiy ani oʻz bitigan tabaqotda uchunchi tabaqada bitibdur. Uch yuz yigirma yettida dunyodin bordi. Zunnun suhbatiga yetib erdi. Shayx ul-islom debdurki, ul oʻttuz yil bir safar qildi, to inkor ahlining koʻnglin bu toifa bila tuzatgay. Ul beandomligʻlaru bebokligʻlarkym alardin zohir boʻlur erdi, barchasin salohga kelturdi. Koʻr, ne javonmardligʻ boʻlgʻaykim, umrini sufiy hurmatini tilamakka iysor qilgʻay. [Islom va tariqatdagi xizmatlari uchun Alloh unga eng yaxshi ajru mukofotlar bersin!](1).

Ibrohim Qassor debdurki, [har bir insonning qiymati himmatiga koʻradir. Agar himmaty dunyo boʻlsa, uning qiymati yoʻq. Agar himmati Allohning roziligi boʻlsa, uning qiymati nihoyasini tasavvur qilish va undan voqif boʻlish mumkin emas](2).

Ibrohim Qassor debdurki, sanga dunyodin ikki nima basdur: bir faqirning suhbati va avliyoullohdin bir valining xizmati. Va ham debdurki, [kimki, Allohdan boshqa narsa bilan aziz boʻlsa, albatta u azizligida xordir](3).

203. Abu Ja’far Haffor r.

Junaydning ashobidindur. [Junayd bila qariyb tengdosh. Odamlar uni Junaydning qarindoshlaridan, oʻzi esa doʻstlaridan hisoblaydi] Shayx ul-islom dedikim, Junayd debdurki, yigitligimda Bagʻdodda kezar erdim. Bir buzuqqa kirdim, koʻrdumki, Shayx Ja’far Haffor Bagʻdodiy oʻlturubdur. Ranjur boʻldumki, anga karohiyat yetmish boʻlgʻay, xijolat yuzidin dedim: Ey Shayx, bir soʻz ayt, to yonay! Dedi: ne soʻz aytan? Dedim anga: yoʻl nechukdur? Dedi: bashorat boʻlsun sangakim, ulsanga xaridor boʻlmasa erdi, sen anga xaridor boʻlmas erding va agar sendin anga keraklik boʻlmasa erdi, sen andin soʻrmas erding.

204. Abu Ja’far Sumoniy q. t. s.

Shayx ul-islom debdurkim, ul bu toifadindur. Ul debdurkim, [doʻsting seni gunohlardan qoʻrqitadi, Rafiqing aybingni koʻrsatadi. Birodaring shunday kishikim, sani gʻaybni biluvchi zotga yoʻnaltiradi](1).

205. Abu Ja’far Saydaloniy r. t.

Abulhasan Soyigʻ Dinovariyning ustodidur va Junayd va Abulabbos Ato q. s. ning aqroni. Makkada mujovir erdi va Misrda dunyodin oʻtti va qabri Zaqqoq Misriyning yonidadur. Abu Said Harroz q. s. bila suh-bat tutubdur va Ibn. ul-Arabinning ustodlaridindur. Shayx ul-islom debdurki, Abulhasan Soyigʻ Dshgavariy dedikim, mening ustodim Abu Ja’far Saydaloniy dedikim; avvali ibodatimda Hazrat Risolat s. a. v. ni tush koʻrdumki, oʻlturubdur. Va bu toifadin bir jamoat, mashoyix ul Hazratning tegrasida oʻlturubdurlar. Nogoh osmondin bir farishta indi va ilgida bir tasht va bir oftoba. Va ul Hazratning muborak iligida suv quydi. Va birin-birin mashoyix ilgiga ham quydi va iliglarni. yuvdilar. Chu manga yetti, dedilarki, ul bu toifadin emas. Ul farishta tashtni koʻtardi va ketti. Men ayttim: Yo Rasululloh, men agarchi bu toifadin emasman, ammo sanga zohirdurki, bularning doʻstlarimen. Mustafo s. a. v. dediki, har kim bularni sevar, bulardindur. Bas ul malak kelib, mening ham ilgimga suv quydi va ilgimni yuvdum. Filhaqiqa mosivallohdin ul Hazrat s. a. v. mening sari boqib tabassum qilib dedikim, chun. bizni sevarsen, bizing bilasen!

206. Abu Ja’far Ahmad b. Hamdon b. Ali b, Sinon r. t.

Uchunchi tabaqadindur, Nushoburdindur. Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdir va Abu Hafs Haddodni koʻrubdur va uch yuz oʻn birda dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki, (itoatkorlarning toatlaridan kibrlanib, osiylarga takabburlik qilishlari osiylarning gunohlaridan yomonroq va zararliroq](1).

Va ham ul debdurki, [kishining chiroyi – soʻzining goʻzalligida, kamoli esa fe’lining toʻgʻriligida](2).

Va ham ul debdurki, [Haqqa bogʻlangan kishining haqiqiy alomati – Allohdan qaytadigan narsalarga chalgʻimasligidir](3).

207. Abu Ja’far Fargʻoniy r. t.

Oti Muhammad Abdullohdur. Ul debdurki. [Tilning takallumi da’vo qiladi, qalbning tavakkuli ma’no beradi](1). Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Boqu dedikim, Abu Ja’far Fargʻonin Abu Usmon Hiriy-ning xodimidur.

Bir kun Nishoburda oning rikobida borur erdi.. Yegʻnn yogʻib erdi va yer balchuq erdi. Abu Ja’farnish; koʻadlida shayxidin kechxiki, ul otligʻ ne bilgayki, maning holim.bu bolchuqda nechukdur? Lahza oʻtmadiki, shayx otdin tushti, dogʻi Abu Ja’fargʻa ayttiki, kel, bu otni min! Abu Ja’far istigʻfor qildikim, nechuk andogʻ boʻlgʻay?

Shayx xohiy naxohiy hukm qildi. Dogʻi oni otqa mindurdi. Va gʻoshiyani egniga solib, oning jilovida bordi. Abu Ja’far xyjil boʻlub, otdin tushdi. Shayx dedi, ey Fargʻoniy, sen otligʻ, men olingda yayogʻ yururda holing ne erdi? Dedi: Ey shayx, soʻrmagʻil. Shayx dedi: men ham otligʻ sen olimda yayogʻ yururda menga ul hol erdi. Bu ish bila oni adab qildi.

208. Abu Ja’far Somoniy r. t.

Ul debdurki, sayohatda Lubnon togʻiga tushtum. Anda jamoaty abdol yoʻluqdilar. Alar xizmatida bir yigit erdi. Har oqshom bir miqdor giyohni pishurub, alar xizmatida keltirur erdi. Uch kun anda edim, alarga hol bu erdi. Toʻrtinchi kun dedilarkim, bizing maoshimizni koʻrdung, sen bizing bila oʻtkara olmassen, borgʻil! Manga xayr duosi qildilar va alardin ayrildim. Necha vaqtdin soʻngra Bagʻdodqa tushtum, ul nigitni bozorda koʻrdumki, dallollik qilur erdi. Taassub qildimkn, ul boʻlgʻaymu? Tahqiq qildim, ul erdi. Ul ish kayfiyatin soʻrdum. Dedikim, bir kun biryon baligʻ pushurub, qismat chogʻida yaxshiroq qismni oʻz qoshimda qoʻndum. Bu yerga tushtum va bu holgakim koʻrarsen, qoldim.

209. Abu Ja’far Haddod r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Abu Ja’far Haddod ikkidur: biri sagʻir va biri kabir. Kabir bagʻdodligʻdur va Junand va Ruvaym q. s. aqronidin. Va Abu Ja’far b. Bukayr Haddod Sagʻir Misrdindur va Kabiriing as-hobidindur. Ibn Ato bila suhbat tutubdur va shogirdligʻ qilibdur. Va Abu Turob Naxshabiyni koʻrubdur va suhbat ham tutubdur. Shayx ul-islom debdurki, Abu Ja’far Haddod oʻn yetti yil Misrda temurchilik qilib, aning muzdidin hech nima oʻz nafsiga tasarruf qilmas erdi va fuqarogʻa nafaqa qilur erdi. Oqshom necha eshikdin savol qilib iftor qilur erdi. Ul debdurkd. (qachonki, faqirning toʻnida faqirlik alomatini koʻrsang, uning najot topishiga umid qilma](1).

210. Abu Ja’far Mu’oz Misriy r. t.

Abu Hasan Sirvoniy Sagʻirning ustodidur. U debdurki, Abu Ja’far Haddod va Abu Abdulloh Barqiy ikkalasi Misrda erdilar. Soʻrdumki, tasavvuf nedur? Ikkalasi dedilarki, tasavvuf aning asaridurki, yerda goh oshkora qilur va goh pinhon. Shayx ul-islom debdurki, agar ming nil umr koʻrsang, bu bobda mundin yaxshiroq soʻz maxluqdin eshitmagungdir. Yeru koʻk va barcha sanoyi’in oshkora koʻrguzdi, hech qaysida oncha oshkora emaski, aning doʻstlari koʻzida! Aning doʻstlarin tilamak va alar ziyorati uchun sanru safar qilmoq muning uchundur.

211. Abu Abdulloh Barqiy r. t.

Misrning kibori mashayixidindur. Shayx ul-islom dedikim, Abu Ali Kotib Abu Usmon Magʻribiygʻa dedikim, Abu Abdulloh Barqiy bemor erdi, aning uchun bir dam suv kelturdilar, ichmadi va dedikim, mamolikda hodisa turibdur, to ma’lum qilmagʻaymenki, nedur, ichmagaymen. Un uch kun hech nima yemadi va ichmadi to xabar keldikim, Qaromita Haramgʻa kelibdurlar va xalqni qatl qilibdurlar va Hajar ul-asvodni ushatubdurlar, andin soʻng nima yedi va ichdi.

212. Abu Ja’far Majzum r. s.

Abulabbos Atoning aqronidindur. Roʻzgorining gʻavsi erdi va gʻavs yashirundur, yo xayrda, yo sharrda. Ibn Hafif .debdurkim, Abulhusayn Darroj dedikim, Makka safarida manga rafiqlar nnqoridin malolat boʻldi. Baridin ayrilib, muqarrar qildnmkim, yolgʻiz borgʻaymen. Chun Qodisiya masjidigʻa yettim, anda pire koʻrdum – majzum va anga azim baloye zohir. Manga salom berib dedikim. Ey Abulhusayn, hajga ozimsen? Karohiyat bila ledim: Bale! Dedi: hamroh kerak? Uzumga dedimki, sahih hamrohlardin ayrildim, bu nav’ ma’yubqa «yoʻluqgum, tiyralik yuzidin. Dedim: yoʻq! Dedi: hamrohligʻ qil! Dedim, vallohki, qilmagʻumdur. Dedi: Ey Abulhusayn! [Allohu taolo zayfga shunday ma’naviy quvvat beradiki, kuchli kishi taajjubga tushadi](1). Dedim: andoqdur va gʻoyati inkor bila azimat qildim. Chun manzilga yettim, ani koʻrdum, farogʻat va huzur bila oʻlturubdur. Manga boqib dedikim, [Allohu taolo zaifga shunday ma’naviy quvvat beradiki, kuchli kishi taajjubga tushadi](2). Gʻoyati kuduratimdin hech nima demay oʻttum, ammo koʻnglumda aning saridin taraddude va vasvose paydo boʻldi. Chun sahar yana bir manzilgʻa yetib, masjidgʻa namoz uchun kirdim, koʻrdumki, munda ham farogʻat bila oʻlturubdur. Yana manga boqib ayttiki, [Allohu taolo zaifga shunday ma’naviy quvvat beradiki kuch-li kishi taajjubga tushadi](3). Ilayida tufroqqa tushtum va ayttimki, Tengri va sanga uzr taqsir qoʻlarmen. Dedi: maqsudung nedur? Dedimki, xato qildim. hamrohligʻing maqsudumdur. Dedikim, sen hamroh qil-masinggʻa ont ichting, manga sening ontingni yolgʻon qilurgʻa karohiyat kelur. Dedim: bas, andoq qilki, har manzilda seni koʻrgaymen. Qabul qildi, yoʻl ranji va ochligʻ mendin zoyil boʻldi va hech anduhu taraddud manga qilmadi, andin oʻzgakim, botroq manzilgʻa yetgaymen va ani koʻrgaymen. Chun Makkaga yetishtim, mashoyix xizmatida ul holimni ayttim, Shayx Abubakr Kattoniy va Shayx Abulhasan Muzayyin q. s. ayttilarkim, ey faqir, ul Shayx Abu Ja’far Majzumdur va biz oʻttuz: yildur, aning diydori orzusidadurbiz. Agar yana koʻrsang, bizga xabar qilgʻil! Har qachonkim koʻrdum, aning diydori shavqi meni andogʻ mash’uf qildikim, alargʻa. xabar qila olmadim. Soʻnggi qatla koʻrganda iltimos qildimkim, meni bir duo qil! Dedi: sen duo qil, men «omin» deyman! Uch duo qildim va ul «omin» dedi. Biri bu erdikim, Xudoyo mening roʻzimni kundinkunga yetkur! Va moʻstajob boʻldi va yillardurki, manga hargiz bir kech oʻtmaydurkn, tonglagʻi roʻzim mavjud boʻlmamish? boʻlgʻay.

Yana bir duom bu erdikim, faqru darveshlikni koʻnglumgʻa mahbub qil! Va holo hech nima bila oncha muhabbatim yoʻqdurki, faqru darveshlik bila!

Va yana biri bu erdikim, meni bu toifa bila mash– hur qil! Umidim uldurki, bu ham mustajob boʻlmish boʻlgʻay. Shayx ul-islom debdurki, hech kimga haqorat. koʻzi bila boqmangki, aning doʻst.lari yashurun boʻlgʻaylar. Agar basiratu farosat bila bu toifagʻa boqmasang oʻzunggʻa sitam qilmish boʻlgʻaysen. Shayx Abulhasan Xaraqoniy q. s. debdurki, chun amonat el orasidin chiqti, ul doʻstlarin eldin pinhon qildi. Va debdurki, mek kim boʻlgʻaymenkim, seni sevgaymen, doʻstlaringni se-varmen.

213. Shayx Abu Ja’far Domgʻoniy q. s.

Bu toifadin birov debdurki, Madinada erdim, bir ulugʻ boshligʻ ajame koʻrdumki, Hazrat Risolat s. a. .v. vido’e qiladur. Chun forigʻ boʻlub chiqti, aning soʻnggʻicha bordim, to Zul-Hulayfa masjidida namoz qildi va chiqti. Va men keynicha chiqtim. Meni koʻrdi va dedikimg ne tilaysen? Dedimkim, tilarmenki, sanga hamroh boʻlgʻaymen. Ul man’ qildi va men ilhoh qildim. Dediki, agar, albatta, kelursen qadamingni mening qadamim yeridin oʻzga yerda qoʻyma! Qabul qildim. Bu dastur bila borur erduk. Sahar chogʻi Makkaga kirduk. Ul gʻonib boʻldi, men tavof qildim. Va Shayx Abubakr Kattoniy va jamoati mashoyix oʻlturub erdilar, salom berdim soʻrdilar: qaydin kelasen? Dedim: Madinadin. Dedilar, qachon chiqibsen? Dedim: oʻtkan oqshom. Alar bir-biriga boqishtilar. Shayx Abubakr mendin soʻrdiki, kim bila hamroh erding? Hamrohimning nishonalarin sharh qildim. Shayx dedikim: ul Shayx Abu Ja’far Domgʻoniy va bu ish aning holi va martabasi janbida ozdur. Va manga dedikim, ey farzand, bildimki, bu sening holing zmas. Va soʻrdimkim, yururda yerni qadamyng ostida nechuk mulohaza qilding? Dedimki, suv mavjidekki, kema ostygʻa kirgay.

214. Shayx Abulhusayn Varroq q. s.

Uchinchi tabaqadindur. Oti Muhammd b Sa’d Nishobur mashoyixidindur va Shayx Abu Usmon Hiriy q. s. ashobidindur. Uch yuz yigirmadin burunroq dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki, karam afvda uldurki, afv qilgʻandin soʻngra mujrimning jinoyatin yod qilmagʻaysen. Va ham ul debdurki, koʻngul tirikligi ul han yodidurkim, hargiz oʻlmas. Va debdurki, Haq taolo doʻstligʻining alomati aning doʻstining mutobaatidur, ya’ni Rasul s. a. v.

215. Abulhusayn Darroj q. s.

Uchinchi tabaqadindur. Bagʻdodligʻ. Ibrohim Xavvos .q. s. ning xodimi erdi. Uch yuz yigirmada samo’da dunyodin oʻtdi. Shayx Abu Amr Dimishqiy va Shayx Abu Imron Roziy bila suhbat tutubdur. Shayx ul-islom debdurki, Abulhusayn Darroj Bagʻdoddin Yusuf b. Husayn Rozingʻa keldi. Ul soʻrdiki, ne ishga kelding? Dedikim, sening ziyoratinggʻa. Dedikim, agar yoʻlda senga birov bir orasta saroy va bir jamila kanizak bersa erdi, senga mening ziyoratimdin mone’ kelgaymu erdi? Dediki, bilmon. Tengri taolo meni bu ish bila imtihon qilmadi. Shayx ul-islom debdurki, yaxshi javob beribdur. Soyili xud bu savolni qilmasa kerak erdi.

216. Shayx Bukayr Darroj q. t. s.

Abulhusayn Darrojning qardoshidur. Bagʻdodda boʻlur erdi. Abulhusayndin fozilroq va zohidroq va ulugʻroq. Ul debdurki, to men bu yoʻlga kiribmen, hargiz fosid xotir koʻnglumga kirmaydur.

217. Shayx Abulhusayn Salomiy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, buzurg kishi erdi va sohibi tarix erdi. Ul debdurki, Iso Mavsilt! Rohib erdi. Ul debdurki, musulmonlargʻa bir oyat indi, andin soʻngra bilmonki, Haq s. t. ga nechuk ozor yetkurganlar.

[Uch kishining oʻzaro shivir-shivirlari boʻlsa, albatta. U zot ularning toʻrtinchisidir](1).

218. Abulhusayn MoLikii q. s.

Oti Ahmad b. Said Molikiydur. Bagʻdodyaigʻdur. fasih erkandur va Junayd va Nuriy q. s. bila va ul tabaqadagʻilar bila suhbat tutubdur. Tarsusda boʻlur ermish va anda dunyodin oʻtubdur.

219. Abulhusayn Hoshimiy q. s.

Ul debdurki, Junayddin soʻrdilarki, koʻngul qachon xush boʻlgʻay? Dedi, har vaqtki, ul koʻngulda boʻlgʻay.

220. Shayx Abubakr Vositiy q. t. s.

Oti Muhammad b. Musodur. [Ibni Fargʻoniy r. deb tannlgan edi](1). Junayd va Nuriyning ashobining qudamosidindur. Va qavmning ulamo va mashoyixidindur. Tasavvuf usulida hech kim andoq soʻz aytmandur. Usul va ulumi zohirda olim ermish. Shayx ul-islom debdurkim, ul tavhid imomidur va mashriq imomi ishorat ilmida. Ul yigitlikda Iroqdin keldi va anda aningsoʻzi ozdur. Va Marvga keldi va dedi: shahrdin shahrgʻa kezarmen, bir eshitib, anglagʻuchining orzusida! Dedilar: Marvda nedin qaror tuttung? Dedikim, anyng elin tezfahmroq koʻrdum. Ham Marvda uch yuz yigirmadin burun dunyodin oʻtubdur. Qabri anda oʻqdur, Shayx Abulhusayn Nurit! yonida. Shayx ul-islom debdurki, uch kishidurkim, biriga quni boqarmen va biriga boqarmen va biriga yuqori boqarmen. Yahyo Mu’oz Roziygʻa quni boqarman va Nasrobodiyga boqarman va Vositnygʻa yuqori boqarmen! Shayx ul-islom debdurki, Xurosonda hech kishidin bu tavhid kelmadikim, Vosntiydin keldi. Ul debdurkim, men va ul va ul va men va mening kirdornm va aning podoshi va mening duom va aning ijobati barcha ikkilikdur. Shayx ul-islom debdurki, Vositingʻa bir ustod erdi va bir shogird. Ustod Junayd erdi va shogird Abulabbos Sayyorsh! Va Junaydning Vositiygʻa nomasi bor va bu nav’ bitibdurkim, [Bismillohir rahmonir rahim. Senga Allohning salomi, rahmati va baraqoti boʻlsin, ey Abubakr! Alloh bizlarga va senga ofiyat bersin!](2) Oxirida debdurki, ulamo va hukamo Tengri taolodin xalqqa rahmatdur. Soʻzungda andoq qilki, xalqqa rahmat boʻlgʻaysen va oʻzungga balo. Uz holingdin chiq va alar holygʻa boʻlki, alarga soʻz aytursen, alarning toqat va holati qadarida alargʻa soʻz ayt va xitob ul mavze’ga qilkim, alarni anda toparsen. [Bu soʻz sen va ular uchun eng yetukdir va ularga pand-nasihat qilib, oʻzlari haqida yetuk soʻzlarni ayting!](3) Shayx ul-islom debdurki, Junayd bildikim, Vositiy el xurdi holigʻa soʻzaytmas, balki ham inchka va ham biyik ayturki, el andin bahra topmaslar, anga rifqu rahmat sari dalolat qildi.

221. Abubakr Zaqqoqi Kabir q. t. s.

Shayx ul-islom ani uchunni tabaqadin tutubdur. Va oti Ahmad Nasrdur, Misrliq. Va Abubakr Zaqqoqi Sagʻirning ustodidur va Abubakr Duqqining ham Junaydning ashobi va aqronidin erdi. Choʻn Zaqqoqi Kabir dunyodin oʻtti, Shayx Abubakr Kattoniy dedikim, [Misrga kirish uchun fuqaroning hujjati kesildi](1). Ul debdurki, [bu yoʻlning qiymati inson ruhidir](2). Va aning soʻzidurki, bu soʻzlar biravga shoyistadurki, yillar Tengri taolo uchun mazbalalarni joni bila supurmish boʻlgʻay.

222. Abubakr Zaqqoqi Sagʻir q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul bagʻdodligʻdur. Zaqqoqi Kabiriing shogirdidur. Ul hadisqa mashgʻul erdi, soʻngra bu toifa tariqigʻa kirdi. Bir koʻzi bor erdi. Abubakr Roziy debdurki, andin koʻzining zoye’ boʻlgani jihatin soʻrdum. Dedi: bodiyagʻa kirdim, tavakkul bila. Dedim: manozil ahli iligidin hech nima yemayin. Vara’din, ochliqdin bir koʻzum nriyub yuzumga oqdi. Ul debdurki, qirq yildurki, Junayddin fanoda bir soʻz: zshitibmen, hanuz aning choshnisi jonimdadur.

223. Shayx Abubakr Kattoniy q. t. s.

Toʻrtinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Ali b. Ja’far Bagʻdodiy Kattoniydur. Junayd ashobidindur. Va yillar Makkada mujovir erdi. Anda uch yuz iigirma ikkida dunyodin oʻtti, ul yilki, Abdulvohid Isfahoniyki, kuniyati Abulgʻaribdur, Tarsusda oʻtti. Murta’ish debdurki, Kattoniy Haramning charogʻidur. Kattoniy soʻzidurkim, [soʻfilar zohirda qul, botinda, hurdirlar](1)

Shayx ul-islom debdurki, ul Xizr a. s. ning musohibi erdi. Xizr anga debdurki, yo Abubakr, bu toifadin barchasi meni tanirlar va men ba’zini taniyman. Ul debdurki, Xizr bu soʻz isbotigʻa ayttikim, Yamanda Safo masjidida xalq Abdurrazzoq qoshida hadis oʻqurlar erdi va masjid goʻshasida bir yigit boshin xirqa yoqasigʻa tortib erdi. Men anga dedimki, Abdurrazzoq hadis aytadur, xalq eshitadur, sen dagi nechun majlisgʻa borib eshitmaysen? Ul dediki, men munda Razzoqdin eshitadurmen, sen meni Abdurrazzoqqa dalolat qilursen. Men dedim, agar chin aytasen, meni aytki, kimdurmen? Dedi, Xizr. Va yana boshin xirqagʻa tortti. Shayx ul-islom dediki, andoqki, botinda Razzoqdin eshitadur erdi, agar zohirda Abdurrazzoqdin eshitsa, zarifroq boʻlgʻay erdiki, qavmdin alar ulugʻroqdurlarkim, zohirlari avom zohiridek boʻlgʻay va botinlari xos botini dekkim, shariat tangʻadur va haqiqat jongʻa va sirgʻa. Ham aning soʻzidurkim [kimki ustozidan adab oʻrgan-mabdi, u behudagoʻydir](2). Ham ul debdurkim, [Dunyo uchun taning bilan, oxirat uchun qalbing bilai mashgʻul boʻl](3) Shayx Abubakr Roziy debdurki, Shayx Abubakr Kattoniy bir qorini koʻrdikim, oq bosh va oq soch bila savol qilib yurur erdi. Dedikim, [Bu odam yoshligida Alloh amrini xor qilganligi uchun Alloh uni qariligida xoru zor etdi](4). Shayx ul-islom debdurkim, Shayx Abubakr Kattoniyni Paygʻambar s. a. v. ning shogirdi debdurlar Baski, ul Hazratni tush koʻrar erdi va bilur erdiki, qayasi kecha yo qaysi kun tush koʻrgusidur. Andin mushkilot savol qilur erdi va ul Hazratdin soʻrub, javobin topib, soyillargʻa javob aytur erdi. Bir qatla Mustafo s. a. v. anga ayttikim, har kishi har kun qirq bir qatla aytsaknm, «yo Hay, yo Qanyum, yo lo iloha illa anta» chum koʻngillar oʻlgay, aning koʻngli oʻlmagay. Shayx ul-islom dedikim, Shayx Abulqosim Dimishqiy dedi; Solimshshing ustodikim – Kattoniydin- soʻrdumkn, Tasavvuf nedur? Dedikim, kaminasi ulkim, sen anglamagʻaysen. Birav.Abuhafs q.s. din soʻrdikim, tasavvuf nedur? Dedi: soʻfiy hargiz soʻrmagʻanki, soʻfiy kimdur Shayx ul-islom dedikim, bu ilm Tengrining asroridur va bu qavm sohibi asror, posbonning muluk rozi bila ne ishi bor?

224. Abubakr Ato Juhfiy q. t. s.

Shayx ul-islom debdurki, bir kun bir biyik yerda oʻlturub erdim. Qoʻrdumki, sayl kelur va bir amori keltirur va bir kishi ul amorida oʻlturub biyik-biyik: ayturki: [Sening amru farmoningdaman, Allohim, sendan madad tilayman. Meni sel balosiga mubtalo qilgan boʻlsangda, uzoq vaqtlardan beri menga ofiyat berding]1. Va sayl eltur erdi ani daryogʻacha va Juhfagʻacha. Va Juhfa sayl mavzeidur. Va ani aning uchun Juhfa derlarki, sayl anda kirgay, har ne boʻlsa supurgay va eltgay.

225. Abubakr Saqqoq q. t. s.

Oti Muhammad b. Abdullohdur. Abusaid Xarroa q. s. ning sohibi. Ul debdurki, Abusaid Xarroz dediki, bir kun biyobonda borur erdim. Unga yaqin it, qoʻychilar itidin, manga hamla kelturdilar. Chun yetishdilar, muroqabagʻa mashgʻul boʻldim. Nogoh, bir oq it oralaridin chiqdi va alargʻa hamla qildi va alarni mendan yiroq surdi. Va ul itlar yiroq ketmaguncha mendin ayrilmadi. Chun alar tamom kettilar, ul gʻoyib boʻldi.

Va ham ul debdurki, Abusaid Xarroz dedikim, [Allohning zikri bilan boʻl! Agar holing quvvatli boʻlsa uning zikriga gʻarq boʻlib ketasan. Alloh ham seni zikr qiladi]1. Shayx ul-islom dediki, «til zikr boshigʻa bordi va zikr mazkur boshigʻa».

226. Abubakr Shibliy q. t. s.

Toʻrtinchi tabaqadindir. Oti Ja’far b. Yunus. Va aning otasi otida muxolafatlar bor. Ammo Hazrat Maxdumiy q. s. dedilarki, qabri toshida Ja’far b. Yunus bitiklikdur. Shayx ul-islom dediki, ul misrligʻdur. Bagʻdodgʻa keldi va Xayr Nassoj majlisida tavba qildi Junaydning shogirdidur.Faqih erdi va majlis muzakkiri. Va Molik mazhabida erdi va «Muvatto»ni hifz qilib erdi: Otasi xalifaning sohib ul hijobi erdi. Va Sulamiy tabaqotida «Xurosoniyul-asl va Bagʻdodul mavlid val-mansha’» bitilibdur, Junayd q. s. debdurki, [Abubakr Shibliygʻa boshqalarga nazar qilganingizdek. nazar qilmayg. Chunki u Alloh koʻzlaridan bir koʻzdir]1

Umri sakson yettiga yetishdi. Uch yuz oʻttiz toʻrtda Zulhijja oyida dunyodin oʻtti. Va ham Junayd debdurki, [xar bir qavmiing toji bor. Bu qavmning toji esa Shibliydir]2. Yigirma ikki qatla bemoristongʻa tushti. Ul debdurky, [Hurriyat–qalb hurriyatidir, boshqa narsa emas]3.

Birav Shibliygʻa dedikim, meni duoye qil! Ul bu baytni oʻqudikim,

bayt:

[Bir vaqtlar odamlar mendan shafoat istardilar.
Ajabo, ertaga Layli oldida meni shafoat qiluvchi bormi?](4)

Anga dedilar: xush semizsen va muhabbatiki sen da’vo qilursen, taqozoye semizlik qilmas. Dedikim: [Qalbim ishqbozlik qildi, tanim bexabar qoldi. Agar xabardor boʻlganda semirmas edi!](5). Shibliy Abdurrahmon Xurosoniygʻa aytdi: [Ey xurvsonlik, Shibliydan oʻzgani yolgʻpz Alloh deganiii eshitdingmi? Xurosonlik antdi: Men biror kun Shibliyning Alloh deganini eshitmadim. Shibliy behush boʻlib yiqildi](6).

Abdurrahmon Xurosonin debdurki, birav Shibliy uyiga keldi va eshik qoqdi. Shibliy bosh-oyoq yalang eshik keyniga kelib soʻrdiki, kimni tilansen? Dedi: Shibliyni. Shibliy dedikim, eshitmansenki, [Kofir boʻlib oʻldi. Alloh unga rahm qilmadi](7). Shayx ul-islom debdurki, nafsni debdur Shibliy bu oyat tafsiridakim, [moʻminlarga ayting, koʻzlarini toʻssinlar, avratlarini saqlasinlar](8). Va debdurki, [zohir koʻzni haromlardan, botin koʻzni zsa, Allohdan boshqasiga nazar solishdan saqlang!](9) Ul eshittikim, xiyor sotquchi qichqirib aytadurkim, {oʻnta bodring bir tanga](1)0. Ul dagʻi qichqirdi va dedikim, [oʻntasi bir tanga boʻlsa, savdong nima boʻladi?](1)(1). Shibliydin soʻrdilarki, qaysi nima ajabroq? Dedi: Ul koʻngulki, Tengri taolosini tanigʻay va onga osiy boʻlgʻay. Shibliyning xodimi Bakir Dinavariy debdurki, vafotigʻa yaqin Shibliy dedikim, menga bir diram mazlimadur va necha ming diram oning sohibi uchun sadaqa beribman va hanuz koʻnglumga hech yuk andin ogʻirroq yoʻqdur. Shibliy mavt marazidin bir juma kuni uzida xiffat koʻrdi. Bakirgʻa dedikim, masjidga meni tegur! Ul qoʻldab elturda birav yoʻluqdi. Shibliy de-liki, tongla bu kishi bila ishimiz bor. Bakir debdurki, namoz qilib kelgan oqshom Shibliy dunyodin oʻtdi. Tonglasi menga dedilarki, falon mahallada bir solih bor. Aning gʻusli uchun ul kishini kelturmak kerak. Ul kishining uyini topib, eshik qoqtim. Eshik keiniga kelib soʻrdikim, Shiblin oʻldi? Men taajjub bila soʻrdimki, qaydin bildingkim, Shibliy oʻldi? Ul-dedikim, ey nolon, ul qaydin bilib erdikim, bu kun maning bila ishi bor boʻlgʻusidur. Eshik ochqoch koʻrdum, hamul kishi erliki, burunqi kun Shibliy deb erdiki, tongla aning bila ishimiz bor.

227. Abubakr b. Yazdonyor Urmaviy q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Husayn b. Ali Yazdonyordur. Tasavvufda bir tariqayedurkim, anga maxsusdur. Mashoyixdan ba’zi anga inkor qilibdurlar. Olim ermish ulumi zohiriyda va ulumi muomalotu maorifda. Ham Shayx ul-islom debdurki, Abubakr Yazdonyor Haq s. t. ni tushda koʻrdi. Dedi: Yo Rab, bir hojatim bor. Javob eshittikim, ne hojating bor, andin ortuqki, sanga berdim? Ya’nn sufiylaraning dastbandidin qutqardim. Shayx ul-islom, debdurki, koʻrubmen bir yerda-kim, sufiylar dastbandi bitibdurki, [maholhol va botil lshorat](1). Sufiylar inkorida uzun qissasi bor. Va anda ashkoldur, buzurg kishidur, sohibi talbis zohirda va muhahqiq botinda. Ul debdurki, [farishtalar osmon qoʻriqchilari, muhaddislar sunnat qoʻriqchilari, soʻfilar Alloh qoʻriqchilaridir](2). Va ham ul debdurki, [Ma’rifat – Allohu taoloning vahdoniyati bilan qalbning qaror topishidir](3). Va ham ul debdurki, [kimki, tavba qilsayu gunohni tark etmasa, Alloh taolo uni tavba qilishdan va oʻziga qaytishdan mahrum qilib qoʻyadi](4).

228. Abubakr Saydaloniy q. t. s.

Mashoyixiing ajillasidyndur. Shibliy q. s. ni buzurg tutubdur. Forsdin erdi va Nishoburda vafot topti. Ul debdurki, Haq bila suhbat tutung va agar tuta olmasangiz ul kishi bila tutungki, ul Haq bila suhbat tutar, to aning suhbati barakoti sizni Haqqa yetkurgam. Hamul debdurki, soʻzni hojat qadari bila ayting. Har ne hojatdin ortuqdur, andin ilik torting. Va ham ul debdurki, Tengri taolo bila koʻp boʻling va xalq bila oz.

Aning muridlaridin biri debdurki, aning vafotidin soʻngra qabrigʻa lavh yoʻndurub, qabri boshida qoʻydum. Buzdilar, yana qoʻndum, yana buzdilar. Yana mukarrar buish voqe’ boʻldi. Shayx Abu Ali Daqqoqdin munung sirrin soʻrdum, dedi: ul dunyoda gumnomligʻ ixtiyor qilib erdi, Haq s. t. ham ani pinhon asrar erdi. Sen tilarsenki, ani oshkor qilgʻansen, qachon muyassar boʻlur?

229. Abubakr Xabboz Bagʻdodiy q. t. s.

Ul Jaririyning ustodlaridindur. Ul debdurki, (ahlu ayol–halol yoʻl bilan shahvatlarni qondirish jazosidir] (1).

230. Abubakr b. Iso Mutavvi’iy q. t. s.

Abhardindur. Abubakr aqronidin va andin ulugʻroq. Abubakr Tohir aning qoshigʻa kirdi, ul naz’ holatida erdi. Abubakr anga dedikim, [Allohga yaxshi gumonda boʻlgin!](1) Abubakr Iso ayttikim, meningdek kishi bila mundogʻ soʻz degaylar, agar bizni qoʻysa, parastish qilgʻaybiz, agar tilamasa, buyrugʻigʻa boʻyin qoʻygʻaybiz va borgʻaybiz. Ul uch yuz beshda dunyodin oʻtubdur.

231. Abubakr Tohir Abhariy q. t. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Abdulloh b. Tohir b. Horis Toiy. Qoʻhistonning kibor mashoyixidindur. Shibliy q. s. aqronidin ermish. Olim va mutavarri’. Yusuf b. Husayn bila suhbat tutubdur va Muzaffar Kirmonshohiy bila rafiq boʻlubdur. Misrda Shayx Mu-hallab b. Ahmad b. Marzuq debdurkim, mashoyixdiy hech qaysining suhbatidin oning suhbaticha naf’ topmadim. Uch yuz oʻttuz uchda dunyodin oʻtubdur.

Shayx Abubakr Tohir bir kun bir bazzoz doʻkonidin oʻtti va bazzozning oʻgʻli shayxning oshnosi erdi. Chun shayxni koʻrdi va aning soʻngicha bordi va bazzozkim doʻkoniga keldi, oʻgʻlin koʻrmadi. Ma’lum qilgʻondin soʻngra aning keynicha borib, noxushlugʻ bila oʻgʻlin shayx qoshidin doʻkonga kelturdi va shayx ul kecha tong otgʻuncha ranjur erdi. Yana kun ul bazzozning eshigiga bordi va bir kanizak bor erdi. Uzi bila eltdi va bazzozni tashqari tiladi va dedikim, oʻtgan kecha tong otgʻuncha sening ta-rafingdin ranjim bor erdi. Dunyo molidin ushbu kanizakim bor. Agar qabul qilsang ul ranjym kaforatigʻa sangʻa berdim va agar qabul qilmasang, ozod qildim. Bazzoz shayxning ayogʻigʻa tushub, dedikim, Ey shayx, men jurm qilib, sen uzr qulorsan? Shayx dedi: Rostkim, sen jurm qilibsen. Ammo mani bozxost qiladurlar. Ondin soʻrdilarki, haqiqat nedur? Dedikim, barchasi ilmdur. Dedilar: ilm nedur? Dedikim, barchasi haqiqatdur. Ul debdurkim, [jam’–yigʻish, tafarruq–ayirish. Qachon jam’ boʻlsang, Alloh dersan. Va agar ayrilsang, dunyoga nazar solasan](1).

232. Abubakr b. Abi Sa’don q. t. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur Oti Ahmad b. Muhammad b. Abi Sa’don, Bagʻdodligʻdur. Junayd q. s. ashobidin va Abu Ali Rudboriy aqronidin. Vaqt mashoyixidin olimroq. ermish bu toifa ilmida. Abulhasan Siddiq va Abulabbos Fargʻoniy debdurlarki, bu kun bu toifadin zamonada qolmaydurlar, ikki kishidin oʻzga: Abubakr b. Abi Sa’dondin oʻzga Iroqda va Abu Ali Rudboriydin oʻzga Misrda. Ul debdurki, har kim soʻfiylar bila suhbat tutsa, kerakkim, anga nafs boʻlmagʻan va koʻngul boʻlmagʻay va mulk boʻlmagʻayki, har nimaga asbobdin boqsa, oʻz maqsadigʻa boʻlugʻdin tushkay va anga yetmagay.

Va ham debdurki [soʻfiysifat va rasmu rusumdan xoli faqir oʻrtadagi sabablarni koʻrmaydigan kishi. Faqirning bu sifati uni faqr nomiga sazovor qiladi va sababchi – Allohga olib boruvchi yoʻlni oson qi-ladi](1).

Va ham ul debdurki, [kimki, tasavvufga oid turfa soʻzlar aytmasa – nodondir](2).

233. Abubakr Atufiy q. t. s.

Junayd q. s. ning shogirdidur. Uch yuz qirq beshda Ramlada dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki, ustodim Junayd q. s. dedikim, agar birav koʻrsangizkim, bu toifaga iymoni bor va bu soʻzlar anga maqbuldur, dengizki, meni duo bila yod qilsun! Shayx ul-islom debdurki, Halloj «Ayn ul-jam» kitobi oxirida debdurki. har kim, bizing soʻzlarga iymoni bor va andin choshnisibor, mandin anga salom dengyz! Va Shayx Amu debdurki, Shayx Sirvoniy dedikim, agar ayogʻingiz bor esa, Xuro-songa boring – ul kishi ziyoratigʻakim, bizni sevgay. Va Shayx Abbos debdurki, Shayx Sirvoniya dedikim, sizga vasiyat qilurmen: «bir kishiga yaxshiliq qilki, bu toifani sevgay».

234. Abubakr Sakkok r. t.

Ul debdurki, «mushtoq oʻlimdin lazzat koʻprak toparki, tirik shahd sharbatidin». Shayx ul-islom bu soʻzning muayyadi koʻp soʻz debdur va bu baytni oʻqibdur.

Bayt:

[Taqvodorlar oʻlimi – mangu hayotdir. Zero, qavmlar oʻldilar,
ular esa, odamlar orasida tirikdirlar](1)

235. Abubakr Saqqo q. s.

Ul debdurki, kemada erdim. Yel qoʻbdi va qoʻlak boʻldi va xalq duogʻa faryod torttilar. Kemada darveshe erdi, boshin gilimiga chirmagʻon. Aning qoshigʻa borib ayttilarki, agar telba emassen, bu holatdaki xalq duoga mashgʻuldurlar, sen ham bir nima degil! Boshin gilimdin chiqardi va dedikim, [sening qalbingga hayronman, nega bizdan yuz oʻtirdi?](1) va boshini yuqorigʻa tortti. Dedilarki, ne devonadur? Anga derlarki, duo qil, ul bayt oʻqur! Yana boshin gilimdin chiqardi va soʻnggi misrani oʻqidikim, [menga boʻlgan yuksak muhabbating nega yoʻqoldi?](2). Ul yel va oshub biror nima oʻksudi. Yana anga dedilarki, bir nima degil! Bosh chiqardi va dedikim,

bayt:

[Ikkisidan ham ajoyibrogʻi shuki, gʻazablangan
holimda ham senga rizo koʻzi bilan boqaman](3)

Yel taskin topti va koʻlak orom tutti, Shayx ul-islom debdurki, bu ikki baytning uchunchisin men bir yerda koʻrubmen va ul budur.

Bayt:

[Agar vasling ila lutf etsang, meni tiriltirasan,
yoʻqsa, bu yoʻl meni halokatga olib boradi](4).

236. Abubakr Misriy q. t. s.

Oti Muhammad b. Ibrohimdur. Abubakr Duqqiy va Qirofiyning ustodi va Zaqqoqi Kabiriing shogirdidur. Junayd va Nuriy q. s. bila suhbat tutubdur. Uch yuz qirq beshda Ramazonda dunyodin oʻtti, Abubakr Atufiy bila muvofiq. Ul debdurkim, Junayd va Nuriy q. s. bila erduk va mashoyix va soʻfiyadin koʻp el bor erdi. Qavvol nima oʻqidi, Nuriy samo’gʻa kirdi va Junayd oʻlturub erdi. Nuriy Junayd boshigʻa kelib, bu oyatni oʻqidikim, [Albatta, eshita oladigan zotlargina qabul qilurlar](1). Junayd dedikim, [Siz togʻlarni koʻrib, tek qotib turibdi, deb oʻylarsiz. Holbuki ular ham xuddi bulutlar yurgandek yurarlar](2).

237. Abubakr Duqqiy q. t. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Dovud Dimishqiy. Umri yuz yigirmaga tortti. Abu Ali Rudboriyning aqronidin. Debdurlar, Ibn Jallo anga nisbat durust qilur. Zaqqoqi Kabiriing shogirdidur. Junaydni koʻrib erdi va Abubakr Misriy bila suhbat tutub erdi. Jahonning mujarradi erdi vaqtining kibori mashoyixidin erdi. Uch yuz ellik toʻqqizda dunyodin oʻtti. Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Boku dediki, Duqqiyning quli dediki, Duqqiy dediki, [ofiyat tasavvuf bilan boʻlmas](1). Va Xusriy debdur, sufiyga ofiyat bila ne ish? Abu Abdulloh Rudboriy daryo qirogʻida vasvasasi bor erdi. Tahorat qilur erdi va yel kelur erdi va ayogʻiligi yorilur erdi va qon kelur erdi. Darmonda boʻldi va dedi: [Ollohim ofiyat ber!](2) Un keldiki, [ofiyat ilmda, ya’ni shariatda](3). Shayx ul-islom debdurki, Abubakr Duqqiy dediki, Nusaybinda Sumay’iygʻa mehmon boʻlduk. Vaqt xush erdi va qavvol xush va hech yot kishi yoʻq. Hech zavqu hol boʻlmas erdi. Sumay’iy dediki, ne deysen? Duqqiy dediki, ulcha ul deydur, mendin va sendindur muttasil quloqqa kelurkim, men va sen. Tasavvufda men va sen qaydadur? Sufiygʻa birdin oʻzga boʻlmas. Holo shure paydo boʻldi va oshub qoʻpti. Ashob toʻnlarin yirtarlar erdi va yiqilurlar erdi, kishi qolmadi yaqosin yirtmagan.

Duqqi debdurki, [qurbning belgisi Allohdan oʻzga barcha narsadan uzilishdir](4). Va ham aning soʻzidirki. [Qalb nurlanishi sababli unda Allohu taoloning oyatlari joy olsa, bashariy sifatlar va aqliy noqisliklar zoyil boʻladi. Ba’zan faqirning Allohga nisbatan adabsizligi haqida soʻrashdi. Duqqiy aytdi: bu haqiqiy nlmdan uzoqlashib, zohiriy ilmga oʻralashish](5).

238. Abubakr Tamastoniy q. t. s.

Beshinchi tabaqadindur. Forsdin erdi. Shibliy q. s. shogirdi erdi, Ibrohim Dabbogʻ Sheroziyning ham. Kibor mashoyixdin erdi. Oyotu karomot iyasi va oʻz holu vaqtida yagona erdi. Shibliy ani buzurg tutar erdi va qadru maholin ulugʻ qoʻyar erdi. Fors mashoyixi bila suhbat tutub erdi va alarni azim hurmat tutarlar erdi. Shukru muhabbat anga gʻolib erdi va buyuk kalom va rumuzi bor erdi. Forsda kishiga aning kalomin eshitur quvvat yoʻq erdi. Mashoyix andoq savob koʻrdilarki, ul Xurosongʻa borgʻay. Nishoburgʻa keldi va anda uch yuz qirqda dunyodin oʻtti. Ul debdurki: [qalb tirikligi nafsni oʻldirish bilandir](1). Birav anga dedikim, manga vasiyate qil! Ul dediki, [doimo himmatli boʻlki, u barcha ishlarning kuchi va manbaidir](2). Va ham ul debdurki, ulugʻroq ne’mat – chiqmoqdur nafsdin, ne uchunki, nafs ulugʻroq hijobdur sening bila Tengri taolo orasida. Va ham ul debdurki, mumkin emas chiqmoq va qutulmak nafsdin, oʻz nafsing bilaki, aning bila qutula olgʻaysen va aning suhbati bila.

239. Abubakr Farro’ q. t. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Ahmad b. Hamdun Farro’dur. Nishoburning ajilla adashoyixidindur. Azim farosati bor ermish. Shayx Amu ani kurgan ermish. Ul debdurki, men Abubakr Farro’ni kur-masam erdi, soʻfiy boʻlmagʻay erdim. Va Abu Ali Saqafiy va Abdulloh Munozil va Abubakr Shibliy ta Abu Tohir Abhariy va Murta’ish va gʻayruhu bila suhbat tutubdur. Mashoyixda yagona ermish. Uch yuz yetmishda dunyodin boribdur. Ul debdurki, [yaxshiliklarni yashirish yomonliklarni yashirishdan tuzukroqdir. Shunda najot topishga umid bor](1).

240. Abubakr Shabahiy q. s.

Beshinchi tabaqadandur. Oti Muhammad b. Ja’far Shabaxiydur. Vaqt mashoyixining javonmardlaridin erdi. Nishoburda Shayx Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdur. Uch yuz yetmishdin burun dunyodin oʻtibdur. Ul debdurki, [futuvvat–xushxulqlik va zzgu saxovatdir](1).

241. Abubakr Tarsusiy q. s.

Shayx ul-islom ani oltinchi tabaqadin tutubdur. Oti Ali b. Ahmad b. Muhammad Tarsusiydur. Pillar Makkada mujovir erdi. Va ani Tovus ul-Haramayn der erdilar, ibodati kasratidan Abulhusayn Molikiyning shogirdidur. Ibrohim Shayboniy Kirmonshohiy bila suhbat tutubdur va nisbat anga durust hilur. Uch yuz yetmish toʻrtda dunyodin oʻtibdur. Makkada Shayx Sirvoniyning aqronidin ermish. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Abbos Faqir menga dedikim, Shayx Abubakr Haramiy dedikim, Makkada birov uyida mehmon erduk. Mezbonning bir kanizaki bor erdikim, nima oʻqiyolur erdi, muni oʻqidikim, [bir qavm sen uchun meni oz va soz malomat qildi](1). Bir darvesh ayogʻ ustigʻa qoʻpti va bir necha faryod qildi va dedi: kim malomat qildi sening mehringda, magar sen? Bu harfni dedi va yiqildi va dunyodin oʻtty. Shayx ul-islom dediki, Abu Abdulloh Boku dedikim, Ayyub Najjor Makkada bir Qazviniy uyida samo’ qilur erdi. Goʻyanda bir forsiy bayt oʻqudn. Ul qoʻpti tuz qaddi bila va dedi: nafire sendin! Va yiqildi va behush boʻldi va dunyodin oʻtti. Shayx ul-is-lom debdurki, Abulqosim Shayx qavm bila mehmonligʻda erdilar, goʻyandaye oʻqidikim,

She’r:

[Har uyki, unda sen boʻlsang, chiroqqa hojat yoʻq.
Odamlar hujjati bilan keladigan kunda sening muborak jamoling bizning hujjatimizdir.
Sendan xalos boʻlishnn xohlasam,
Alloh meni xotir-jam qilmasin](2).

Abulqosim Shayx oʻng iligin koʻtardi va necha faryod urdi va yiqildi va olamdin oʻtti. Shayx ul-islom debdurki, birav bu toyfadin dediki, Nishoburda hodisaye erdiki, xaloniq shahrdin chiqib erdilar. Mey bir masjidda erdim. Va ul masjid goʻshasida yana bir dariyesh. erdi. Goʻyandaye kirdi, ul darvesh anga dedikim, bir nima oʻqi! Ul oʻqidikim,

bayt:

[Qalbim va ishq oʻrtasida shunday ma’rifat mavjudki, abadiylik tugasa ham u tugamas.
Albatta dunyodan oʻtaman, butun borligʻimdagi muhabbatingdan hechkim ogoh boʻlmaydi](3).

Ul darvesh yiqilib, ikki namoz orasigʻacha talpinur. erdi to olamdin oʻtti. Shayx ul-islom debdurki. Ubulla shahridakim, Kufa bila Basraning orasidadur, darveshe borur erdi, Bir koʻshk tubiga yetti. Bir gʻurfada bir uluq kishi oʻlturub erdi va ilayida bir kanizak mugʻan-niylik qiladur erdi. Darvesh eshittikim, bu baytni oʻqiydurkim,

bayt:

[Har kun ranging oʻzgarar. Uzgarmasa senga yaxshiroq.
Har kun holing oʻzgarar, oʻzgarmasa senda goʻzalroq](4).

Darveshga hush keldi va mugʻanniygʻa ont berdikim, [ey kanizak, Allohga va Xojang hayotiga qasamki, bu baytni takror oʻqi!](5) Kanizak takror qilaboshladi. Xoja ul takror sababin soʻrdi. Kannzak dedikim, koʻshk tubida bir darveshki vaqti hush boʻlubdur va takroriga ont beradur. Xoja quyi boqti va ul gʻaribni koʻrdikim, vaqti xushboʻlib, samo’ qiladur. Oxir bir soʻz aytti va faryod qildi va yiqildi va jon berdi. Xoja chun ul holni koʻrdi, vaqti mutagʻayynr boʻldi va kanizakni ozod. qildi. Va shahrning ulugʻlarin tiladi va ul darveshga namoz qildilar va dafn qildilar. Va ul xaylgʻa dedikim guvoh boʻlingki, har nimamki bir ziyo’u amloqdin borin vaqf qildim darveshlarga. Va har nesn vajhu diramdin bor erdi, borisin berdi va toʻnin chiqardi va muraqqa’ kiydi va rido soldi va bodiyagʻa yuz qoʻydi. Va el boqib turub erdilar, to koʻzlardin gʻoyib boʻldi. Andin soʻngra hargiz ani koʻrmadilar. Abulhusayn Darroj va Futiy hikoyat qilibdurlar. Va Darrojdeb-durki, [oʻsha kundan yaxshiroq kunni koʻrmadim](6). Shayx Abu Abdulloh Jallo debdurki, magʻribda ikki ajab nima koʻrdum: biri Qayravon jome’ida birav erdikim,. saflar orasida yurib, savol qilur erdi va der erdikim, [ey odamlar, men bir soʻfiyerdim, endi zaiflashdim](7) Yana ikki pir koʻrdum, birining oti Zuraiq va birining Jabala. Va har qaysining muridlari bor erdi. Bir kun Jabala Zurayq ziyoratigʻa bordi ashobi bila. Zurayq muridlaridin biri Qur’on oʻqiydur erdi. Jabala ashobidin biriga ul nav vaqti xush boʻldikim, faryod qilib, jon berdi va ani dafn qildilar. Yana bir kun Jabala yana Zurayq qoshigʻa keldi va dedi: ul yoring qayondurki, Qur’on oʻqiydur erdi? Ani tiladilar, Qur’on oʻqidi. Jabala bir oh bila faryod qildikim, oʻqigʻuchi oxir boʻldi. Jabala dedikim, [birga bir, lekin bu ish boshlovchisi zolimroqdir](3).

242. Abubakr Susiy q. t. s.

Oti Muhammad Ibrohim Susiy Sufiydur. Shomda Ramla shahrida boʻlur erdi. Shayx Amu va Ahmad Kufonny oni koʻrub erdilar. Uch yuz yetmish oltida Dimishqda dunyodin oʻtti. Shayx ul-islom debdurki, ul bir kecha dedikim, bizing uchun bir kishi topingki, nima oʻqusun. Tilab topmadilar. Shayx mubolagʻa qilur erdi. Birav dediki, hech xonanda topmaybiz va taybat bila dediki, bu yaqinda bir mutrib yigit bor, desangiz ani kelturayli. Shayx ruxsat berdi, borib kelturdilar. Va mutribning oʻzga holi bor erdi, oʻqidikim, [bu soʻfilar toifasi sodiq birodardirlar, ular orasida ma’naviy qardoshlik mavjud](1).

Elga azim asar qildi va Shayxqa gʻarib shoʻre voqe’ boʻldi. Chun forigʻ boʻldilar samo’din, mutribqa qazaf voqe’ boʻldi va Shayxning sajjodasi ustida qan qilib yiqildi. Shayx dedikim, hech nima demang va sajjodagʻa ani chirmab, tarqang! Andoq qildilar. Tonglasi mutrib uygʻonib, oʻz holin bilmas erdi. Dedikim, men ne yerdamen va bu ne holdur? Utgan holidin xabar berdilarki, ne voqe’ boʻlib erdi. Anga hol mutagʻayyir boʻldi va sozini uzatti va tavba qilib, muraqqa’ kiydi va Shayx xidmatini ixtiyor qildi. Va andoq muomalat va ibodat anta dast berdikim, Shayxdin soʻngra ani xonaqahda Shayx oʻrnigʻa oʻlturttilar. Shayx ul-islom dedikim, aning oti Muhammad Tabaroniy erdi. Men aning oʻgʻlin koʻrib erdim, Hiriga kelib erdi Shayx Amu xonaqohigʻa. Va gʻoyat zarif yigit erdi. Va Muhammad Tabaroniy qarib erdi. Mashoyix anga kelib ul oʻqigan baytni soʻrar erdilar. Va aning yodida ul misra’din ortuq yoʻq erdi. Ammo men ul abyotni topibmen va budur.

Nazm:

[Bu soʻfilar toifasi sodiq birodardirlar va ular orasida shunday ma’naviy qarindoshlik mavjudki, unga hech narsa teng kelmaydi. Ular emikdoshlar va bir-birlariga toza vahdat mayini tutadilar. Emikdoshlik va mayxoʻrlik haqqini toʻla ado etadilar. Mastlikdagi xato va tubanliklarni xotirlamaydilar. Ularning ahvoli seni shubhaga solmasin](2).

Shayx ul-islom debdurki, Zunnun Misriy va Shibliy va Xarroz va Nuriy va Darroj barcha samo’da bordilar, ne «Qur’on» samo’ida va ne aning gʻayri. Alardin uch tan uch kun tirildi va uch kundin soʻngra oʻtti. Va alardin boshqa ham mashoyixdin koʻpi bu holda oʻttilar. Zurora b. Abi Avfo, Basra qozisi mehrobda e.rdi. Birav bu oyatni oʻqidikim, [qachon burgʻu chalingan-da oʻsha kun qiyin «undir](3).

Ul faryod qilib yiqildi va bordi. «Kashf ul-maxjub» kitobining sohibi debdurkim, men muanyana koʻrdumki, Ozarbayjon togʻlari orasida bir darvesh bu qavmning ba’zi ab’yotin oʻqur erdi, nogoh yiqildi va oxir boʻldi.

243. Abubakr Shukayr q. t. s.

Shayx ul-islom dediki, ul Nishoburda buzurg erdi va vaqt iyasi va Sahl Su’lukiyning qarobati.

Bir kun Sahl Su’lukiy anga dedikim, nechuk manga kelmassen? Ul dediki, kelsam, istigʻno va takabbur qilursen, bu jihatdinki, men darveshu muflismen, mening uchun qoʻpmassen. Ul dediki, sen kel, men ta’zim qilay. Bir kun aning uyigʻa bordi. Ul ta’zim uchun qoʻpti, ammo chiqqanda qoʻpmadi. Abubakr yondi va bu ikki baytni oʻqidiki,

Nazm:

[Garchi men ayolmand, qashshoq va qarzi koʻp bir odam boʻlsamda,
Rabbim bergan rizq menga kifoya qiladi.
Hojatlarim mening va uning oʻrtasi-dadir](1).
Va yana hargiz aning uyiga bormadi.

244. Abubakr Javzaqiy q. t. s.

Qabri Nisodadur. Ul debdurki, bir kun bodiyada ogʻzim suvsizliqdin qurub erdi va toqatsiz boʻlib erdim. Bir yigitni koʻrdum. Salom, dedim. Javob oldi va dedi: Ey shayx, holing nedur? Dedimki, suvsizman, koʻnglum tozagʻina xiyor tilarki, boʻgʻuzumni ulutgaymen. Ul yigit dediki, kir, dagʻi uz. Shayx debdurki, mening ul yigit soʻziga imonim bor erdi. Boqtim, polize koʻrdumki, toʻla qovun va bodring va xiyor erdi. Andin uzub, otashimgʻa taskin berdim.

245. Abubakr Roziy q. t. s.

Mutavarre’ va mujtahid kishi ermish. Debdurlarki, mashoyix orasida kishi andin giryonroq yoʻq erkandur. Har murid va mubtadiki, ani koʻrsa erdi, ibodati kasrati va samo’da besabrligʻi hirqatidin aning giriftori boʻlur erkandir. Ishining ibtidosida Makkaga bordi va soʻfiya mashoyixigʻa musharraf boʻldi va bir yil mujovir boʻldi. Ul debdurki, Makkada ixlosdin vaqtim dushvor boʻldi. Yamangʻa bordim. Menga bir diram futoʻh yetishti. Tiladimki, bir koʻnglak olgʻaymenki, asru yalang erdim. Chun Makkaga yana bordim. Ul diramni bir yerda dafn qildim va anga bir alomat qoʻydum va Makkaga kirdim. Chun tavofdin forigʻ boʻldum. Shayx Abu Umar Zajjojiydin bir mas’ala soʻrdum. Dediki, avval borgʻil va ul diramki, dafn qilibsen, oʻzungga sarf qil! Bordim va ul degondek qildim. Ondin soʻngra keldym. Shayx ul mas’alagʻa javob berdi.

246. Abubakr Mufid q. t. s.

Oti Muhammad b. Ahmad b. Ibrohimdur, imom va buzurg erdi. Jarjarobod shahridindur. Junayd bila Yusuf b. Husaynni koʻrub erdi va Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdur. Uch yuz oltmish toʻrtta dunyodin oʻtti, umri uzoqqa tortti. Shayx Amu ani koʻrub erdi. Aning tasnifi bir kitobdur. Anda kelturubdurki, Abu Said Xarrozdin olamdin oʻtar chogʻda soʻrdilarki, ne arzing bor? Dedikim, hasratim bor gʻaflatga. Va ham ul debdurki, Yusuf b. Husayn debdurki, andoq boʻlib-menki, mening soʻzimni Allohu taolodin oʻzga kishi eshitmas. Shayx ul-islom debdurki, bu soʻz oxirida andoq boʻlurki, ul pir debdur.

247. Abubakr Qasriy q. t. s.

Hubayra qasridin erdi, valiy va gʻayb ahlini koʻrar erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, bir kun Shayx Abubakr Qasriy manga dedikim, kel sahrogʻa boroli. Borur erduk, bir qavmni koʻrdukki, bozor tomida iard oʻynarlar erdi. Shayx Abubakr borib, alar qoshigʻa oʻlturdi va alar bila ilik oʻyungʻa eltti. Va men hijolatdin terga botib erdimki, bu nedurki, ul qiladur? Oxir tushti va borur erduk. Jam’i shatranj oʻynar erdilar, alar sari borib, shatranj bisotin olib yirtib, yigʻochlarni har yon sochdi. Alardin ikki kishi anga bichagʻ torttilar. Va ul dediki, bichagʻlaringizni manga beringkim yeyin. Alar ilig torttilar, biz oʻttuk. Va men botinimda aning bila xusumatdakim, avvalgi ne farahroʻliq edi va soʻnggi noxush ihtisob ne erdi? Anga ma’lum boʻldi va dedikim, ul vaqt laduniy nazarn bilz bokar erdim, farq koʻrmadim, soʻngra ilm nazari bila boqtim, hukm koʻrdum.

248. Abubakr Mavoziniy q. s.

Misrda boʻlur erdi. Shayx Sirvoniyning ustodidur. Ul debdurki, Ibn Xabbozdin eshittimki, dedikim, azho iydida Jamra yaqinida erdim. Bir darvesh koʻrdum, turub erdi va iligida bir koʻza yo rikva. Va der erdikim, [Ey Egam, odamlar qurbonliklari va sadaqalari bilan senga yaqinlashadilar. Menda jonimdan boshqa hech narsa yoʻq.](1) Kegin u na’ra tortdi va jon berdi.

249. Abubakr Ushnoniy q. s.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, menipg shogirdlarimdin biri kelib dediki, Shayx Abubakr Ushnoniy tomdin yiqilib oyogʻi sindi, dagʻi oʻtti. Va ul bu nav erkandurki, navjavoniy kelib, qavvollik qiladur ermish. Abubakr Ushnoniygʻa vaqt xush boʻlibdur va bexud tomdin yiqilibdur va oʻtubdur. Shayx Abu Abdullo.x anda borib soʻrubdurkim, qavvol qaysi baytni oʻqidi? Debdurlarki, bu ikki baytni.

Bayt:

[Oʻz holiga tashlab qoʻiilgan dardmand oshiqning dardi oʻlimdan ogʻir.
Agar yashasa, turmushi qiyin, oʻlsa, armon bilan oʻladi)(1).

Bu abyotni eshitgach Shayx Abu Abdulloh Xafif toʻrg kun oʻzidin gʻoyib erdi. Ul qavvolni uzattilarkim, yana bu ish tegrasiga evrulma! Abubakrni dafn qildilar va ul bexabar erdi. Shayx ul-islom dediki, suvsizgʻa oson ish nedadur suvdin oʻzga? Bir doʻst vafosida bir doʻst bordi.

250. Abubakr Magʻoziliy q. t. s.

Sirvoni-yning ustodidur. Misrda boʻlur erdi. Ul debdurki, tilar erdimki, Abulhasan Muzayyinni sinagʻoymen. Eshikiga borib qoqtim va dedimki, ey saroy iyalari, manga bir nima bila muvoso qiling! Ul kishisiga ayttikim, bir nima berkim, ul agar Tengrini tanisa erdi, manga kelmas erdi, ya’ni imtihangʻa. Chun eshittim, qoʻydum va oʻttum.

251. Abubakr Qati’iy q. s.

Bagʻdodning imomi va hofir erdi. Hadisda Abdulloh Ahmad HanbAliing shogirdidur. Va Junayd q. s. ni koʻrub erdi. Ul debdurki, Junayddin eshittimki, dediki, ohvoyki, har kun oʻzga ishdasen, ne boʻlgʻayki, bir kunni mening ishimda qilgʻaysen. Ul Bagʻdodda uch yuz oltmish sakkizda Zulhijja oyi dunyodin oʻtti.

252. Abubakr Hamadoniy q. s.

Shayx ul-islom dedikim, Husayn Faqir dedikim, Abubakr Hamadoniy dedikim, darveshlik uch nimadur [tark uttama’ valman’u valjam’u](1) – el nimasiga tama’ qilmamak, agar nima boshingga kelsa man’ qilmamak, har ne jam’ qilmamak!

253. Abubakr Kafshiriy q. s.

Kafshir Shomda bir kentdur. Ul debdurki, Bani Isroyil tihida borur erdim. Manga parzada oʻtmak va chboqla havas boʻldi. Filhol boqda sotquchining uni keldi tihdaki qoshimgʻa kelturdi. Shayx ul-islom debdurki, bu karomat emaski, Tasavvuf tariqida begʻarodur.

Bir darvesh bodiyada suvsiz boʻldi, oltin qadahda sovuq suv ollida hozir qildilar. Ul darvesh dediki, sening izzating haqqiki, bu suvdin ichmagʻaymen, magar bir a’robiy iligidinki, meni silliy urgʻay va suv bergay, yoʻq ersa karomot bila suv kerakmas. Gʻurur xavfidin muni dedi. Va dedi: qodirsen angakim, mening javfumda suv ijod qilgʻaysen, ya’ni zohir karomot makrdin emin boʻlmagʻay.

Shayx ul-islom debdurki, haqiqat karomot bila durust boʻlmaskim, haqiqat xud karomotdur va karomot zuhhod bila abdolgʻa boʻlgʻay.

254. Abubakr Dovud Dinavariy q. s

Shomda boʻlur erdi. Ibn Jallo bila suhbat tutubdur. Ul debdurki, «me’da taom mahalidur, agar anda halol taom solsang, toat quvvati topqaysen va agar shubha bila boʻlsa, Haq yoʻlin sanga yopqay va agar ha-rom boʻlsa, ma’siyat zoyanda boʻlgʻay». Derlarki, ul yuz yil umr topti va uch yuz ellikda Dinavarda dunyodin oʻtti.

255. Abu Ali Rudboriy q. t. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad b. Qosim Mansur. Vuzaroning roʻasoni abnosidindur va nasabi Qasriygʻa yetar. Bir kun Junayd q. s. masjidi jome’da soʻz aytur erdiki, aning koʻzi masjidi jome’ga tushti, Junayd majlisiga. Junayd biravga soʻz asnosida dediki, [soʻzimni eshit](1). Abu Ali sogʻindiki, anga dedi, turdi va quloq soldi. Junayd kalomi aning koʻnglida yer tutdi va muassir tushti, har nedakim bor erdi, boridin chiqti va bu qavm tariqigʻa iqbol koʻrguzdi. Hofizi hadis erdi va olim va faqih va adib va qavm sayyidi. Abu Abdulloh Rudboriyning xolidur. Shayx Abu Ali Qotib derkim, [Abu Ali Rudboriy r. t. dan oʻzga shariat va haqiqat ilmini oʻzida jamlagan kishini koʻrmadim](2). Abu Ali Kotib har qachon Abu Ali Rudboriyni yod qilsa erdi, «Sayyidino» der erdi. Shogirdlarigʻa andin rashk qilur erdi. Anga dedilar, nedur buki, ani oʻzungning sayyidi dersen? Dedi, ul shariatdinha qiqatqa bordi va biz haqiqatdin shariatga kelurbiz. Shayx ul-islom debdurki, to kishini toʻrdin boʻsagʻaga eltmaslar, bilmaski, ulkim, boʻsagʻadin toʻrga boribdur, kimdur? Asru sovugʻ boʻlgʻayki, nozdin niyozgʻa yuborgaylar, niyozdin nozgʻa borur va tahoratdin namozgʻa. Abu Ali Rudboriy Bagʻdodda Junayd va Nuri va Abu Hamza va Masuhiy va alar bilakim, alar tabaqasida erdilar, suhbat tutub erdi va Shomda Abdulloh Jallo bila. Uni Bagʻdodligʻdur, ammo Misrda muqim boʻldi va Misriylar va ul yerning soʻfilarining shayxidur. Va tasavvuf ahlining shuarosidindur. Naz’ vaqtida debdurkim,

she’r:

[sening haqqinga qasamkn, to seni koʻrmagunimcha sendan
oʻzgaga muhabbat nazari bilan boqmasman](3).

Uch yuz Gshgnrma birda dunyodin oʻtti. Va ham ul debdurki,

nazm:

[Kimki, mahbub narsalarga koʻngul qoʻyishdan qaytib, senga bogʻlanmasa yo unda muhabbat paydo boʻlib sochilgan narsalarni bir joyga jamlamasa, goʻyoki aro yoʻlda qolib, bahra istagan va savob tilagan kishiga oʻxshaydi](4).

Shayx ul-islom dedi, manga bu she’rda anga hasaddurki, hech kishiga soʻz yeri qoʻymaydur va barchaii aytibydur. Va ham ul debdurki, [znndonlarning eng tori nomuvofiq kishilar bilan yashash!](5) Va ham ul debdurkim,

bayt:

[Gap koʻpu ish oz boʻlsa – nuqsondir,
Ish koʻnu gap oz boʻlsa hurmatga loyiqdir](6).

Va ham ul debdurkn, [bandaning foydasiz ish bilan mashgʻulligi Allohning undan yuz oʻgirgani alomatidir](7). Va ham ul debdurki, [modomiki, oʻzingdan tamoman foniy boʻlmasang, muhabbat hududiga kira olmaysan](8).

256. Abu Ali Saqafiy q. t. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Abdulvahhobdur. Abu Hafz Haddod va Hamdun Qassorii koʻrub erdi. Va Nishoburda imom va muqaddam erdi va aksar shar’iy ilmda mohir. Barchani qoʻydi va tasavvuf ilmiga mashgʻul boʻldi. Va Abu Usmon Hiriy ani madh qi-libdurki, [nafs ayblari va amallar ofatlari haqida ma’noli gapiradigan mashoyixlarning afzalrogʻi edi](1). Uch yuz yigirma sakkizda dunyodin oʻtdi. Ul debdurki, [Allohni bilish jaholatda – qalb hayoti, zulmatda – koʻz nuridir](2). Ham ul debdurki, kimki ulugʻlar bila suhbat tutqay va abad tariqin mar’iy tutmagʻan, anga alariing suhbatining foydasi va nazarining barakati harom boʻlgʻay va alarning nuridin anda hech nima paydo boʻlmagʻay. Andin soʻrdilarki, kimning maoshi sa’broq va noxushroq? Dedi: aningki, noumid bila zist qilgʻay. Shayx ul-islom dedi: navmidligʻning kufr sari eshiki bor. Va Tengri taolodin navmidliq kufrdir, [Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar! Zero, Alloh rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid boʻlur](3). Majlis. asnosida koʻp aytur ermishki, ey barchani hechga sotqon ka hechni barchaga sotqun olgʻon!

257. Abu Ali Kotib Misriy q. t. s.

Toʻrtinchi tabaqadindur. Misrning mashoyixy kiboridin. Abubakr Misriy va Abu Ali Rudboriy bila suhbat tutubdur. Abu Ali Mashtuliyning piridur. Abu Usmop Magʻribiy q. s. ani buzurg tutubdur va Rudboriydin ani ulugʻroq debdurlar. Ul debdurki, har qachon manga bir nima mushkil boʻlsa erdi, Mustafo s. a. v. ni voqe’da koʻrar erdim va arz qilur erdim va hol boʻlur erdi. Ul debdurki, Haq subxonahu va taolo buyurubdurkim, [bizning sinovlarga bardosh bergan bizga yetdi](1).

Shayx Abulqosim Nasrobodiy q. s. debdurkim, Abu Ali Kotibdin soʻrdilarqi, faqr bila gʻinodin qaysi biriga moyilroqsen? Dedi: angakim, darajasi va martabyasi buyukroqdur. Va bu ikki baytni oʻqidikim,

nazm:

[Faqirlikda afzallik boʻlgani uchun boylik tomon koʻz tikmayman.
Uzimga kelgan sinovlarga,
albatta sabr qilaman.
Alloh sabrni maqtadi](2).

258. Abu Ali Mashtuliy q. s.

Oti Hasan b. Ali b. Musodur. Abu Ali Kotib. va Abu Ya’qub Susiy q. s. ning shogirdidur. Mashtul – bir kentdur, Misrning uch yigʻochligʻida. Va anda uch yuz qirqda dunyodin oʻtubdur. Ani Hazrat Rasul s. a. v. darveshlar ishining kifoyatigʻa. muqarrar qilibdur. Bu toifa doim aning xidmatigʻa yetarlar ermish. Ul Hazratning amri bila va barcha bu ishlari kifoyat boʻlur ermish. Shayx ul-uslom debdurki, Abu Ali Mashtuyaiy Basragʻa bordi, Shayx Abu Ya’qub Susiy ziyoratigʻa. Ani soʻrdi, birav uyin nishon berdi va dedikim, ani koʻrsang sanga degusidurkim, bor va kirdoring tegrasida zvrul! Mashtuliy Susiyning eshikin qoqti. Ul dedi: Kirgil! Dedi: Kel, oʻltur! Ulturdi. Dedi: Men senga demasmanki, kirdoring tegrasiga evrul, ya’ni bu ish barcha kirdor emas, bir nima bordur kirdordin uluq.

259. Abu Ali Roziy q. t. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul dediki, qachon koʻrsangki Haq s. t. xalqdin vahshat berdi, andoqqi hozirdin asoylamassen va gʻaybni tilamassen, bilki irodasi uldurki, sanga oʻzi bila unsu orom bergay.

260. Abu Ali Xayron q. t. s.

Oti Hasan b. Solih b. Xayrondur. Faqih erdi. Shofe’i jam’ qilib erdi fiqhu vara’ oʻrtasida. Anga taklif qildilarki, qoziyul quzzot boʻlgʻay. Qabul qilmadi. Derlarki, Muqtadyrbilloh xalifaning vaziri Ali b. Iso kishi yibordikim, Shayx Abu Ali Xayronni kelturgay. To qazoni anga arz qilgʻaylar, Shayx eshitti va yoshundi. Necha kishini muvakkil qildilarki, chun suvgʻa muhtoj boʻlsa chiqqay, olib eltgaylar. Un kundin ortuq chiqmadi. Vazirgʻa bu xabar yetishdi, dedi: qoʻying, bizga maqsud ul erdiki, xalq bilgaylarki, bizing mulkda andoq kishi borkim, sharqdin gʻarbgʻacha mulk qazosnn anga bersalar, ul qabul qilmas ermish. Ul debdurki, [kimki biror narsaga orqa qilsa, aqli ketadi](1).

261. Abu Ali Sirjoniy q. s.

Debdurlarki, anga musofire yetishti, bir igna uchun ani yetmish qatla bozorgʻa yibordiki, mundin yaxshiroq kerak. Ul qariligʻ va za’f va buzurgluki bila borur erdi va yana bir olib kelur erdi. Yetmish qatladin soʻngra bir suzangarni rlib keldikim, nechukkim ul tilagay, saranjom qilgʻay. Ul musofir dedikim, darigʻkim, yarim haqimdin ortuq emas ermishsen; agar yasaguchini kelturmasang, yetti yuz qatla seni yiborgum erdi.,

262. Abdulloh b. Muhammad Ma’ruf Murta’ish q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Nishoburlik Kuniyati Abu Muhammad. Hiyra mahallasidin. Bagʻdodda boʻlur erdi. Iroq mashoyixining yagonasidur, a’immasidin, Abu Hafs Haddod ashobidindur. Va Junayd q. s. ni koʻrub erdi. Debdurlarki, Bagʻdodning ajoyibi uch nimadur: Shibliyning za’qasi va Murta’ishnidg nuktasi va Xuldiyning hikoyati. Murta’ish Bagʻdodda Shuniziya masjidida uch yuz yigirma sakkizda dunyodin oʻtti yo yigirma uchda. Abu Hafs anga sayohat buyurib erdi. Har yil ming yigʻoch safar qilur erdi, yayogʻ va boshyalang. Va hech shahrda oʻn kundin ortuq turmas erdi, goh boʻlgʻay ediki, uch kundin ortiq boʻlmagʻay erdi. Ibrohim b. Muvallid derkim, Murta’ish Raqqa’gʻa keldi. Ibrohim Qassor aning uchun bir tabaq non va uzum yibordi, Murta’ishning bir mirzi bor erdi va poʻstnni. Mirzni iyzor qildi va poʻstinni sotti va bir tabaq non va uzum olib, Ibrohim Qassorgʻa yibordi. Va dediki, non va uzumga non va uzum; agar sening Tengri taolo bila bir holing bor, tashqari chiq! Ibrohim bizga ayttikim, to mundadur, aning bila soʻzlashmang va anga salom qilmayg. Ul uzun muddat Raqqa’da iqomat qildi. Bir kun anga yettim. Dedim, yo Abo Muhammad, muncha xorliqkim sanga yetishti, hanuz mundasen? Dedi: mening bu yerda muncha iqomatimgʻa sabab ushbu erdi, yoʻq ersa men oʻzga shahrlarda muncha iqomat Qilmas erdim. Murta’ish debdurki, hargiz oʻzumni xavos botini bila koʻrmadim, to avom zohiri bila koʻrmadim. Andin soʻrdilarki, Tasavvuf nedur? Dedikim, ashkol va talbis va kitmon. Ham andin soʻrdilarkim, [qaysi amal afzal?](1). Dedi: [Alloh faglini koʻrmoq](2). Va bu bantnn oʻqidikim,

bayt:

[agar taqdir qoʻllasa, ojiz kuchliga aylanadi](3).
Va ham ul debdurki, [rizqlarning afzali yaxshi bandalik qilish va sunnatga muvofiq xnzmatdir](4).

263. Abdulloh b. Muhammad Manozil q. t. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Muhammad. Nnshobur mashoyixi buzurglaridindur. Hamdun Qassor bila suhbat tutubdur va bu tariqatni andin olubdur. Mashoyixdin biri debdurki, men bu qavmdin bir tamom kishi va bir yarim kishi tanirmen. Yarim kishi–Nasrobodinki, hech kimni yamonligʻ bila yod qilmagʻay. Va bir tamom kishi Abdulloh Manozildurkim, hech kishini xud yod qilmagʻay. Ham ul debdurkim, harkim bu ishga zoʻr bila kirsa, fazihat boʻlgʻay va za’f bila kirsa, quvvat topqay, ya’ni niyoz va hurmat. Va irodat bila kirmas kerak, yoʻqki, da’vo va quvvat bila. Va ham ul debdur: hech nima yoʻqtur ul kishidakim, kasb zulli va savol zulli va rad zulli ta’mini totmamish boʻlgʻay. Va ham ul debdurki, har kim nafsigʻa lozim tutsa bir nimanikim, anga muhtoj boʻlmagʻay, zoye’ qilgʻay, oʻz ahvolidin bir nimanikim, anga muhtoj boʻlgʻan va andin chorasi boʻlmagʻay. Va debdurki, basdur bandadin tamom umrida bir nafaski riyo va shirkdin pok boʻlgʻay. Har oina ul nafas barakoti umriiing oxi-rida anga siroyat qilgʻan.

264. Abdulloh b. Haddod Roziy q. t. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul debdurki, har kim yigitlikda Haq s. t. bandaligʻida amru nahiyni furuguzosht qilsa, ul qarigʻanda ani furuguzosht qilgʻaylar va anga yorligʻ qilmagʻaylar.

265. Abdulloh b. Isom L\aqdisiy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul Hazrat Mustafoii s. a. v. tushda koʻrdi va soʻrdikim, yo Rasululloh, bu ishning haqiqatiki, biz andabiz, nedur? Ul Hazrat dedikim, Haq taolodin uyalmakkim, xalq bilan boʻlgʻoningda andin xoli boʻlgʻaysen, ya’ni kerakki, chun zohiring xalq bila boʻlsa, botining Haq bila boʻlgʻay va botin bila ham xalq bila boʻlmoqqa Haqdin uyalgʻaysen. Rasul s. a. v. bu soʻzni aytti va azimat qildi va men asaricha borib dedim: yo Rasululloh, bir nima afsun qil! Dedi: xalqqa baxshoyish vaqtiki, Tsngri bila boʻlgaysen, ya’niki, botin bila. Tengri bila boʻlsang, zohir bila xalq bila boʻlgʻaysen va alar bila muvoso qilgansen va alarning huquqin zoye’ qilmagʻaysen.

266. Abdulloh Nabozoniy q. t. s.

Shayx ul-islom debdurki. ul debdurki, Mustafo Hazratin s. a. v. tushta koʻrdum va dedim: yo Rasululloh, qaysi qavm bila oʻlturayin? Ul Hazrat buyurdikim, ul qavm bilaki, mehmonlikka borurlar, ya’ni darveshlar, yoʻq ul qavm bilaki, elni mehmonlikka tilarlar, ya’ni tavongarlar.

267. Abulxayr Taynotin q. t. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Otn Hammod Habashiy. Qul erkandur. Taynot–Misrning kentlaridindur. Zanbil toʻqir ermish. Kishi koʻrmaydurki, nechuk toʻqur erdi. Lin ikki iliging ham koʻrubdurlar. Kishi boʻlmasa, arslon bila muvonasati boʻlur erdi. [Unga aytishdi: eshitdikki, vahshiy hayvonlar bilan ulfatchilik qilar ermishsen? U aytdi: rost, itlarning ba’zisi ba’zisiga ulfat boʻladi](1). Ani arzning zinhori debdurlar. Uz paqtida xalqning ahvoliga mushrif erdi. Uch yuz qirq va bir nimada dunyodin oʻtti. Anga koʻp oyot va karomot zohir erdi. Abu Abdulloh Jallo va Junayd va alar aqroni bila suhbat tutubdur. Va tavakkul tariqida yagona erkandur. Ul debdurki, har kim ilmin zohir qilsa, muroyidur va holin zohir qilsa, muddain. Bir qatla biravni koʻrdikim, suv yuzida boradur. Dedi: bu ne bid’atdur, qurugʻliqqa chiq, dagʻi xush bor! Yana bi-ravni koʻrdikim, havoda borur erdi. Anga dagʻi ushbu soʻzin dedi, dagʻi soʻrdikim, qayon borursen? Dediki, hajga. Dedikim, bor! Shayx ul-islom dedikim, karomot sotquchi to ani qabul qilgʻanlar magʻrurdur va karomot sotqun olgʻuchi agarchi it uni qilmas, ammo ittur, ya’ni haqiqat karomot emas, andin oʻaga nimadur va ul zuhhod va abdolgʻa xush kelur. Sufiyi orif karomotdin yaxshiroqdur va ul karomotning karomotidur. Ham Shayx ul-islom debdurki, Abbos b. Muhammad Xallol debdurki, Abulxayr Taynotiy manga ayttiknm, muraqqa’ boʻynungga solib, qayon borursen? Tarsusqa va Bayt ul-muqaddasqa. Dedi: ne uchun bir goʻshada oʻlturub, yuz anga qilmassen? Shayx ul-islom dediki, ul goʻsha qayda boʻlgʻay? Vaqtiki sen boʻlmagʻaysen. Ham Shayx ul-islom debdurki, Abu Solih Hadasoniykim, oti Horundur, manga dedikim, Abulxayr Taynotiy ziyoratigʻa bordim. Mendin soʻrdikim, holo, qayon safarin qilursen? Dedim: Tarsus. Dedi: bu yil niyating qayondur? Dedim: Makka. Dedi: Allohu taolo sizga biriima berdi, aning haqqin bilmadingiz, sizni vodiylarda va daryolarda parokanda qildi. Abu Solih soʻrdikim, ey Shayx, haj bila gʻazoni deysan? Dedikim, har oina ne uchun vaqtingizni gʻashshat tutmassiz va aning bila suhbat tutmassiz? Shayx ul-islom debdur: Abulqosim Xallol Marvaziy qoshigʻa bir murid kelib ijozat tiladikim, safarga borurmen. Shayx dedikim, ne uchun borursen? Dediki, suv bir yerda tursa islanur va tiyra boʻlur. Shayx dedikim, ne uchun daryo boʻlmagʻaysenki, bir yerda turubdur va hech tiyra boʻlmas.

Abulxayr Taynotiy ashobidin biri debdurki, bir kun shayx oʻlturub erdi, dedikim, va alayhassalom! Soʻrdumki, maloyika salom berdiki, javob berding? Dedi, yoʻq, odamizoddin birav havogʻa uchub borur erdi, salom berdi, javob berdim.

Shayx Abulxayrning gʻarib holati bagʻoyat koʻpdur, tafsilin tilagan Shayx ul-islom kutubidin tilasun va ijmolu maxlasin Hazrat Maxdumi Nuranning «Nafahotul-uns»idin oʻqusun.

268. Abulxayr Habashiy q. t. s.

Shayx Amu va Shayx Abbos aning diydorigʻa faxr qilurlar ermish. Ul Makkada mujovir erdi. Bir kun birav Masjidi Haramgʻa kirdi va dedi: qayondurlar alarkim, alarni javonmard atarlar? Va sufiylar sari boqti haqorat bila. Va dediki, bular javonmardlardurlar? Bir lahzadin soʻngra Shayx Abulxayr Habashiyni koʻrdilarki, kulur erdi haybat va gʻazab bila. Ul soʻzni bilib erdiki, ul kishi der erdi. Dedi: kimdurki, javonmardlarni soʻrubdur? Javonmard kerakki, javonmardni koʻrgay. Debdurlarki, ul ham–uldurki, qabri Abarquhdadur. Oti Iqbol va laqabi Tovus ulHaramayn. Ul debdurki, oltmish yil Makka va Madinada mujovarat qildim va koʻp qatigʻliklar koʻrdum, hargiz kishidin nima tilamadim. Har qachon biravdin nima tilamak xayol qildim, hotifiy nido qildikim, uyalmassenkim, ul yuzniki, bizing ollimizda sajda qilur, gʻayr ilayida xor qilgʻaisen? Debdurlarki, ul har qachon Hazrat Rasul s. a. v. ravzasigʻa kelib der erdikim, [senga salom boʻlsin, ey jin va insonlarning elchisi!](1) Javob eshitur erdikim, [senga ham salom boʻlsin, ey Makkayu Madinaning tovusi!](2). Ul debdurkim, [hurlarga xizmat qilishni oʻziga lozim koʻrgan odam hur kishidir. Uziga birovning minnatini ravo koʻrmagan va biror kishiga muhtojlik izhor qilmagan odam javonmarddir](3). Uch yuz sakson uchda dunyodin oʻtubdur.

269. Abulxayr Asqaloniy q. s.

Bagʻdodqa bordi va necha vaqt anda iqomat qildi va mashoyix bila suhbat qildi. Va soʻngra Bagʻdod kentlaridin biriga bordi va mutaahhil boʻldi. Va anda vafot qildi.

270. Abulxayr Himsiy q. t. s.

Borlar bodiyani Ka’ba safarida tavakkul qadami bila qat’ qildi. Va uch yuz oʻnda dunyodin oʻtti.

271. Ibrohim b. Shaybon Kirmonshohiy q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoq. Jabal shayxidur. Uz vaqtida anga maqomot erdi vara’u taqvodakim, xalq andin ojiz erdi. Abu Abdulloh Magʻribiy va Ibrohim Xavvos q. s. ning ashobidindur. Abu Abdulloh Manozildin soʻrubdurlarkim, aning bobida dersen? Debdurki, [Ibrohim faqirlarga, adab ahliga va muomalalarga Allohning hujjatidir](1). Uch yuz oʻttuz yettida dunyodin oʻtubdur. Oʻl debdurki, har kim mashoyix hurmatin asramagʻay fosid muddaosi bila oʻz haqqida botil tamannosi bila giriftor boʻlub fazihat boʻlgʻay. Va ham ul debdur, darvesh desakim, mening na’laynim, aning sari boqmang, ya’ni darveshga kerak mulk boʻlmasa. Ul debdurki, otam manga vasiyag qildiki, ilm oʻrgan, zohir odobi uchun va vara’pesha qil, botin odobi uchun. Va ul nimadin yiroq boʻlki seni Tengri taolodin, mashgʻul qilgʻayki, oz tusharki kishi andin yuz evurgay va yana ul davlatni topqayki yuz aning sari qilgʻay.

272. Abu Zayd Margʻaziy Xurosoniy q. s.

Shayx ul-islom debdurkim, ul faqih erdi. Hajgʻa boradurgʻonda Kirmonshohqa yetishti Ibrohim Shaybonni anda topti. Ul yil haj azimati tarkin qildi va aning suhbatin lozim tutti, oʻz koʻnglining imorati uchun. Andin soʻngra uch haj guzorladi. Ul kunki, Xoja Abu Yazid olamdin oʻtti, azim yogʻin erdi. Chiqara olmadilar, uyida-oʻq dafn qildilarki, majol topsalar, chiqarib eltkaylar va muqarrar qilgʻan yerda qoʻygʻaylar. Chun qabrini ochdilar, ani qabrda topmadilar. Shayx ul-islom debdurki, bu valoyatni fiqhdin topmaydur erdikim, ul pir suhbati barakatidin topib erdi.

273. Ibrohim b. Ahmad Muvallid Sufiy Raqqiyq. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoqdur va Raqqaning kibori mashoyixidindur. Abu Abdulloh Jallo va Ibrohim Qassor Raqqiy bila suhbat tutub erdi. Uch yuz qirq iqkida dunyodin oʻtti. Qardoshi Abulhasan ibn Ali Hamadon ani tush koʻrdi va dediki, manga vasiyate qil! Ul dedi: [To rabbing bilan uchrashguncha oʻzingga faqirlik va xorlikni lozim tut!](1). Ul debdurki, [faqrning haqiqati shuki, banda Haq s. t. dan boshqaga biror narsada ehtiyoj sezmaydi](2). Va ham ul debdurki, ajab kelur manga biravdinkim, bilgandin soʻngraki, anga Tengri sarn yoʻldur, aning gʻayri bila nechuk zindagonlik qilur. Va hol ulki Xudoyi taolo derki: [Parvardigoringizga qaytinglar va unga boʻysuninglar!](3).

274. Ibrohim Jiliy r. t.

Jil yeridin ermish. Shukuhlik buzurg pir ermish. Bu toifaning vaqtin sofiy tutar ermish. Shayx Abulazhar Istaxriy debdurki, ul ammzodasigʻa mubtalo boʻldi va ani nikohigʻa kiyuurdi. Va anga andoq mash’uf boʻldikim, aning muhabbatidin bir lahza aning qoshidin qoʻpa olmas erdi. Bir kun dedikim, bu ne ishdurki, men andamen; agar bu hol bila oʻtib, oxiratqa borsam, kim boʻlgʻaymen? Kecha qoʻpti va gʻusl qildi va namoz qildi va Tengri hazratida zorligʻ qilib dediki, Ilohi, sen ul avvalisenki, bor erding, mening koʻnglumga hamul avvalgʻi holni karomat qil! Haiul zamon aning holining ofatigʻa isitma yuzlanib, uch kundin soʻngra oʻtti. Ibrohim ani dafn qilib, oʻz holu vaqti boshigʻa bordi va ayogʻ yalang tavakkul bila bodiyagʻa kirdi.

275. Ibrohim Dehistoniy r. t.

Shayx ul-islom dedikim, Muhammad Qassob Domagʻonda manga dedikim, ul vaqtki bu diyorda Kalom ahli padid boʻldilar, men andin ranjur erdim. Qoʻptum va Shayx Ibrohim Dehistoniygʻa bordimki, andin soʻr-gʻaymen, ya’ni mazhabdin va alarning soʻzidin. Chun aning qoshngʻa yettim hanuz andin hech nima soʻrmaydur erdimki, dedi: Muhammad, qayt! [Allohni Allohdin oʻzga kishi tanimas](1) Zunnun q. s. soʻzidurkim, [Al-loh zoti haqidagi ilm – nodonlikdur](2).

276. Ibrohim Margʻinoniy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, Ibrohim Margʻinoniy debdurki, ulcha quloq anglagʻoy – ilmdur va ulcha fahm anglagʻay – hikmatdur va ulcha oning bila eshitilgay va aning bila anglagʻaysen – hayot va tiriklikdir.

277. Ibrohim Nozuvayh q. s.

Kuniyati Abu Ishoqdur. Nishobur mashoyixindindur. Abu Hafs Haddodni koʻrubdur va Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutubdur. Anga futuvvatda azim shon : ekandur. Oti Ibrohim b. Muhammad b. Sa’d. Ammo anga yaxshi suratdin va xoʻb oʻqumoqdin Nozuvayh laqab qilibdurlar.

278. Muzaffar Kirmonshohiy Qirmisiy q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. JabAliing kibori mashoyixidindur va sodiq fuqarosidin. Abdulloh Xarroz bila suhbat tutubdur. Uz tariqida mashoyixying yagonasi ermish. Va Abbos Shoirning ustodidur. Shayx ul-islom debdurki, ul kyochani uch qismat qilib erdi bir qismni namoz qilur erdi va yana bir qismni Qur’on oʻqur erdi va yana biri munojot qilur erdi. Va oʻziga zorliq qilib, bu baytlarni oʻqur erdikim,

she’r:

[Jigarimni ishq iloni chaqib oldi.
Bu dardimning davosi ham, afsungari ham yoʻq.
Uning yolgʻiz tabibi men koʻngul qoʻygan tabibdurkim,
afsunim ham, taryokim ham uning qoʻlidadir](1).

Ul debdurki, [orif–qalbini mavlosiga, jasadini xalqiga bagʻishlagan kishidir](2). Va ham ul debdurki, [kimki yoshlar bilan salomatlik va nasihat qilish sharti bilan suhbat qursa, bu suhbat uni baloga giriftor qiladi. Salomatlik sharti bilan suhbat qilmaganning holi ne kechadi?](3) Andin soʻrdilarki, faqir kimdur? Dedikim, anga hojati boʻlmagʻay, ya’ni hojati barcha ul boʻlgʻay.

279. Abulhusayn b. Bunon q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Abu Sa’d Xarroz bila suhbat tutubdur va nisbatin anga durust qilur. Tiyhda dunyodin oʻtubdur. Shayx Abu Usmon Magʻribiy debdurki, bir vaqt Abulhusayn Bunon raqsu samo’da garm erdi. Va Abu Sa’d Xarrozni koʻrdumki, aning uchui ovoʻchin qoqadur erdi. Ul debdurki, barcha el bodiyada tashnalabdurlar va men Nil qirogʻida. Ham ul debdurki, biyik tutmagʻay Tengri doʻstlarining qadrin, magar ulki Tengri qoshida qadri biyikdur.

280. Abulhusayn b. Hind Forsiy q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Oti Ali b. Hind Qurashiy, Forsning kibor mashoyixindindur. Va Ja’far Haddod, andin buzurgrok, Abu Amr b. Abu Usmondek va Junayd va ul tabaqadagʻilar bila suhbat tutubdur. Ul debdurki, har kishini Haq Taolo oʻz qurbi bisotida oʻlturtqay, harne anga yetsa, ani rozi va xushnud qilgʻay, neuchunki, qurb bisotida norizoligʻ va noxushnudlugʻ boʻlmagʻay. Ham ul debdurki, Alloh taolo bila husni xulq shikoyat tarkidur va aning amrlari va farmonlariga koʻngul nashoti va nafs tayyibi bila qiyom koʻrguzmak va xalq bila yaxshilik qilmoq va burdborligʻ. Ham ul debdurki,

bayt:

[Dardu gʻam payti ularga chopardim.
Endi dardu gʻamim–ular. qayerga boray?](1).

281. Abuladyon q. s.

Kuniyati Abulhasandur, oti Ali. Aning uchun ani Abuladyon debdurlarki, barcha dinlarda munozaoa qilur erdi va muxolifqa shikast berur erdi. Junayd bila muosir erdi va Abu Sa’d Xarroz bila suhbat tutub erdi. Aning Ahmad otligʻ quli bor erdi. Ul debdurki, Abuladyon bila bir majusiy orasida bir kun soʻz oʻtar erdi. Ul dedikim: oʻt Haq taolo amri bila kuydurur. Majusiy dedi, agar muni manga koʻrguzsang, sening diningga kiray. Bu ishga qaror berdilar va azim oʻt yoqtilar. Chun oʻtunlar choʻgʻ boʻldi, yerga yoydilar. Shayx sajjoda ustida namozgʻa mashgʻul erdi, chun forigʻ boʻldi, qoʻpub ul oʻtqa kirdi va hech boʻshmadi. Majusiygʻa dedikim, muncha basmudur, yo yana ham oʻt yoqarmusen? Majusiy musulmon boʻldi. Shayx soʻzning oxirida chiroyin yopti va oʻtdin chiqti. Ahmad debdurki, kecha oyogʻin uvalar erdim. Oyogʻi bir olma chogʻligʻ qabarib erdi. Aning sababin Shayxdin soʻrdum. Dedi, oʻtqa kirganda oʻzumdin gʻoyib erdim, ul soʻzni majusiygʻa ayturda hozir boʻldum, bu aning natijasidur. Agar ul oʻt oʻrtasida erkanda behuzur boʻlsa erdi, kuyar erdim. Shayx ul-islom debdurki, ul qachon hajga borsa erdi, uyidin ihrom bogʻlab, «labbayk» urar erdi va tebrar erdi. Bir qatla hajdin keldi va «labbayk» urmogʻni bunyod qildi. Ayttilarkim, sovugʻliq qilma hajdin emdi kelibsen. Dedi, bu «labbayk»ni haj uchun urmaymenkim, aning uchun uradurmen. Bir hafta oʻtmadikim, dunyodin oʻtti.

282. Abu Ja’far Muhammad b. Ali Nasaviy al-ma’ruf Muhammad Aliyon q. s.

Toʻrtunchi tabaqadindur. Nisoning ajilla mashoyixidin. Abu Usmon Hiriyning kibori ashobidn. Mahfuz debdurkim, ul maorif ahlining imomidur. Ul debdurki, har kim oʻz ixtiyoru dilxohi bila karomot iz-hori qilsa, ul mudda’idur, har kimki, bexost va ixtiyor andin karomat zohir boʻlur, ul. valiydur. Va ham ul debdurkim, nechuk sevmagaysen anikim, bir turfa tulayn aning bir ehsonidin xoli boʻlmagʻaysen? Va nechuk aning muhabbati da’vosin qilgʻaysenkim, bir toʻrfatulayn aning muvofaqati maqomida boʻlmagʻaysen? Va ham ul debdurkim, har kim Haq taoloning gayri bila orom tutqay, Haq taolo ani aftoda qilgʻay va har kim Haq taolo bila orom tutqay, Hak taolo oʻzgalar bila orom tutmoq yoʻlini andin bogʻlagʻay va kesgay.

283. Abu Said A’robiy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Muhammad. Basriyulasldur. Makkada sokin boʻlub erdi. Olim erdi va faqix Bu toifa uchun tasnifoti bor. Junayd q. s. bila suhbat tutubdur va Amr b. Usmon va Abulhusayn Nuriy va Hasan Masuhiy va Abu Ja’far Haffor va Abulfath Hammolgʻa qaribdur toʻrtunchi tabaqada. Va uch yuz yigirma yo yigirma birda dunyodin oʻtubdur. Uz vaqtida Haram shayxi erdi. Shayx ul-islom debdurki, anga juzviydur tavhid nuktalarida, bagʻoyat xoʻb. Anda debdurki, yaqinlik demagaylar, to yirogʻliq boʻlmagʻay. Va ham ul debdurki, [tasavvufning hammasi ortiqcha narsalarni tark qilish, ma’rifatning hammasi bilimsizlikni e’tirof etishdir](1). Va ham ul debdurki. [Shavq faqat gʻoyibga mansubdur](2). Shayx ul-islom debdurki, Dovud Toyidin soʻrdilarki, mushtoqsen? Dedi: men yiroq emasmen, gʻoynb mushtoq boʻlur va mening doʻstum hozirdur.

284. Abu Amr Zujoj q. t. s.

Beshinchi tabaqadindur va oti Muhammad Ibrohim. Va Ibrohim ham debdurlar. Nishoburiyulasldur. Va Junayd va Ruvaym va Xavvos q. s. bila suhbat tutubdur. Derlarki, qirq yil Makkada mujovir erdi, anda bavl qilmadn. Oltmish hajga yaqnn guzorlar erdi. Abu Amr Nujayd debdurki, Makkada erdim. Mashoyix halqa urub oʻltururlar erdi, Abubakr Kattoniy va Abulhusayin Muzayyini Kabir va Sagʻirdek. Va barchagʻa Abu Amr Zujoj sarhalqa erdi. Va bu toifa soʻzi oʻtsa erdi, ul hukm qilur erdi. Payvasta der erdiki, mem oʻttuz Gshl Junaydning xalosin iligim bila artibmen. Va bu ishqa mubohot qilur erdi. Va uch yuz qirq sakkizda dunyodin oʻtti. Ul debdurki, [a’zoi vujudnmdagi biror nuqson suv ustida yurganimdan yaxshiroqdir](1).

285. Ibrohim b. Yusuf b. Muhammad Zujojiy. q. s.

Kuniyati Abu Ishoqdur. Abu Amr Zujojiyning volididur. Mashoyix tarixida kelturubdurlarkim, ul Abu Hafsning kibor ashobidindur va malomat tariqida va nafs xilofida sohibi mazhab. Ul debdurki, [Muntazam nafsga xilof ish qilish barakadir. Hayotimda bir marta unga bir qadam hamrohlik qildimu yillar davomida buning jabriga chora topa olmadim](1).

286. Ja’far b. Muhammad b. Nusayr Xuldiy Havvos r. t.

Beshinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Muhammad, Bagʻdodligʻdur, Xuld mahallasidin. Hasirbof erdi. Juiayd va Ibrrhim Xavvos q. s. ning shogirdidur. Va Nuriy va Ruvaym va Samnun va Jaririy bila suhbat tutubdur. Va bu tonfa nlmida olim ermish. Kutub va tavorix va hikoyot va mashoyix sirrining jomi’idur. Ul debdurki, mashoyixdin ikki yuz devonim bor va mashoyixdin ikki ming pir tanirmen. Ul debdurki, Iroqning ajoyibi uch nimadur; Shibliyning shathi va Murta’ishning nuktasi va mening hikoyotim. Ul Shayx Abulabbos Nihovandiyning piridur. Bagʻdodda uch yuz qirq sakkizda dunyodin oʻtubdur va qabri Shuniziyadadur. Sariy Saqatiy qabri yonida, Junaydqa yaqin. Ul debdurki, [Javonmardlik oʻz nafsini xor, musulmonlar hurmatini uluq bilmakdir](1). Va ham ul debdurkim, [oliyhimmat boʻl! Zotan kishini jiddu jahd emas, oliyhimmat kamolga yetishtiradi](2). Shayx ul-islom dedikim, Ja’far Xuldiydin soʻrdilarki, oriflar kimlardur? Dedikim, alar emasdurlar alar va agar alar alardurlar, emasdurlar alar.

287. Abulhasan Sufiy Fushanjiy r. t.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ali b. Ahmad b. Sahl. Xurosonning yagonalari va javonmardlaridin erdi. Abu Usmon Hiriyni koʻrub erdi va Iroqda Ibn Ato va Jaririy bila suhbat tutub erdi. Va Shomda Tohir Maqdisiy va Abu Amr Dimishqiy bila musohib boʻlub erdi. Va Shibliy bila qavm masoyilida soʻz aytishib erdi. [U tavhid va muomalot ilmida oʻz davri mashoyixlarining olimi, tajrid va javonmardlik tariqatida ularning yaxshirogʻi edi. Goʻzal xulqli, diyonatli, faqirlarga hamdard edi. Hijratning uch yuz qirq sakkizinchi yili olamdan oʻtdi](1). Poʻshangdin erdi va Nishoburda sokin. Bu qavmning tariqin yaxshi bilur erdi. Va mufid safarlar qilib erdi. Andin soʻrdilarki, tasavvuf nedur? Dedikim, [zamonimizda tasavvuf bir ismga aylangan, haqiqat emas. Ilgari ism emas, haqiqat edi](2). Abu Usmon Magʻribiy debdurkim, andin soʻrdilarki, zarif kimdur? Dedikim, [zarif – tabiati, axloqi, fe’li va shaklu shamoyilida soxtalik boʻlmagan kishidir](3). Va ham ul debdurki, [bu dunyoda biror sabab va gʻaraz bilan sevuvchi kishidan koʻra xunukroq narsa yoʻq](4).

288. Bundor Husayn b. Muhammad b. Muhallab Sherozii q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhusayn, Sheroz ahlidin. Arjonda boʻlubdur va qabri andadur. Usulda olim erdi. Anga ulumda haqoyiqi rabboniydur, Shibliyning shogirdidur va Abu Abdulloh Xafifniig ustodi. Shibliy aning qadrin biyik tutar erdi. Va Ja’far Haddod bila suhbat tutubdur. Uch yuz ellik uchda dunyodin oʻtubdur. Ul yilki Shayx Abu Ali Kotib oʻtubdur. Va Shayx Abu Zur’a Tabariy ani gʻusl, qilibdur. Andin soʻrdilarki, tasavvuf nedur? Dedikim, ahdqa vafo. Shayx ul-islom debdurki, ahdqa vafo uldurkim, harne koʻngulga kechsaki, aning uchun qilayin, qilgʻaysen. Va Bundor soʻzidurkim, [kimki Haq qarshisida xolis barcha narsani tark qilmas ekan, uning uchun butun borliqning haqiqati – Haq s. t. hosil boʻlmaydi](1).

289. Abu Amr Nujayd q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ismoil b. Nujayd b. Ahmad Sulamiy. Shayx Abu Abdurrahmonning jaddi. Abu Usmon Hiriyning kibori ashobidindur. Uch yuz ellik yo oltmish oltida olamdin boribdur. Junayd. q. s. ni koʻrub erdi, vaqtining kibori mashoyixidin erdi. Hol talbisi va vaqt nigohdoshtida anga xush tariqi erdi. Aning soʻzidurkim, [sukut soʻzga nisbataya ta’sirliroq va tezda yetib boradi](1). Va ham ul deb-durki, [kimga nafsi aziz tuyulsa, dini xor koʻrinadi](2). Va ham ul debdurki, [ehsonni tarbiyalash ehsondan yaxshidir](3). Andin soʻrdilarki, ul nedurki, bandagʻa andin chora yoʻqdur? Dedi: [sunnatga muvofiq banda-lik qilishni lozim koʻrmoq va doimo muroqabada boʻlmoq](4). Va ham ul debdurki, [Alloh taolodan boshqasini doʻst tutish–vahshiylikdir](5).

290. Abdulloh b. Muhammad b. Abdurrahmon Rozii q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Muhammad. Aslda Raydin erdi va Nishoburda boʻlur erdi. Junayd va Abu Usmon va Muhammad b. Fazl va Ruvaym va Samnun va Ali Juzjoniy va Muhammad Hamid q. s. bila suhbat tutubdur. Va Abu Usmonning kibori ashobidin erdi. Va ul ani ulugʻ tutar erdi. Va anga ajib riyozatdur. Bu toifa ulumigʻa olim ermish. Va hadisi bor va siqadur. Uch yuz ellik uchda dunyodni oʻtubdur. Ul debdurki, orif Tengri taoloni xalq muvofaqati bila parastish qilmaski, ul ish qilgʻuchidur Tengri muvofaqati bila. Va ham ul debdurki, ma’rifat Tengri va banda orasidin hijobni koʻtarur. Va ham ul debdurki, dunyo uldurki, seni Tengridin mahjub qilur. Vl ham ul debdurki, shikoyat va diltangligʻ ma’rifat ozligidin zoyanda boʻlur.

291. Abulhusayn Sirvoniy r. t.

Oti Ali b. Muhammad Sirvoniydur. Sirvonini Sagʻirning ustodi. Magʻribning Sirvonidindur. Va Dimyotda oʻlturur erdi va buzurg erdi. Shayx Abu Said Moliniy «Mashoyixi arba’in»ida kelturubdurkim, Abulhusayn Sirvoniyi Kabir debdurkim, Sahl b. Abdulloh Tustarin dedikim, [kimki har qanday ahvolida bir imomning zohiriy amallariga iqtido qilmasa, uning botiniy holini haq deb bilmasa, u Haqdan uziladi](1). Va ham debdurkim, [rizo–gʻaybdan yetadigan narsalarga muvofaqat qilishdan ustun turadi](2). Ul Xavvosdin vasiyat talabi qildi. Xavvos dedikim, [faqirlar suhbatin lozim tutki, unda xayr bordir](3).

292. Abulhusayn Qarofiy r. t.

Oti Ali b. Usmon b. Nasr Qarofiydur. Va Qarofa Misr kentlaridindur. Debdurlarki, ul Dimyotda boʻlur erdi. Abulxayr Taynotiy va Abulhasan Soiigʻ Dinavarnnning shogirdidur. Umri yuz oʻnga yetti. Uch yuz saksonda dunyodin oʻtti. Shayx ul-islom debdurki, Qa-rofiy oʻz vaqtida dunyoning yagonasi va benaziri erdi. Bas haddunnazar va hozirul vaqt. Avom bila sunnin pa xavos bila orif va oʻzlukida muvahhid erdi va nishoni xud gum! Va shayx ul-islom oxir umrida oʻn tanni ixtiyor qilib ermish. Abulxayr Taynotiy va Qarofiy va Husriy va Ali Bundor Sayrafiy va Nasrobodiy va kichik Sirvoniy va Nihovandiy va Qassob va Xaraqoniy va Toqiy. Va der erdikim, bular boshqadurlar. Bir qatla Qarofiy kemada ihtisob qildi, ayogʻ iligin bogʻlab, daryogʻa tashladilar. Namoz chogʻi ani avvalgi safda koʻrdilar, tani oʻl boʻlmaydur erdi. Shayx ul-islom debdurki, aning tirigini kishi oʻltura oymaskim, ul oʻzga ruh bila tirikdur. Ham shayx ul-islom dedikim, Sayyidus sodot Qarofiy debdurkim, chun sanga bir nima bersalarki, xilofi sher’ boʻlgay, vojibdur ani yashirmak.

293. Abu Sulaymon Niliy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, Abu Sulaymon Niliy Qarofiygʻa keldi va aning manglayin oʻpti. Va Abu Sulaymonning kisvati bagʻoyat eski va yirtuq erdi. Qarofiy anga boqib dedikim, yo Abu Sulaymon, sening toʻnungni xalaq koʻrarmen. Va ikki qoshing orasida hukumat koʻrunur, ikki xisht boshing ostiga qoʻyarsen, amio ul orada hokimsen. Andin soʻngra ani Magʻribda hrkim qildilar, sufiligʻndin. Soʻngra Abubakr Duqqiy Qarofiygʻa keldi. Qarofni anga dedikim, jahon mujarradi derlar va men seni ikki beshik orasida koʻrarmen. Oz fursatda Duqqiy uylandi va anga ikki farzand boʻldi. Ikki beshik orasida oʻlturub, Qarofiy soʻzni sogʻinur erdi. Qarofiygʻa farosatda ajoyib koʻpdur.

294. Abu Sulaymon Xavvos Magʻribiy r. t.

Bu toifadindur Magʻrib mashoyixidin. Uldurki, bir kun bir gaziston orasidin eshak minib borur erdi. Markabin chibin tishladi. Markab sekridi va aning ayogʻi yulgʻun daraxtigʻa siyrilib majruh boʻldi. Ul yigʻoch bila markab boshigʻa urdi. Markab keyin boqib, fasih til bila anga dediki, urgʻilki, oʻz dmogʻintta urarsen. Ul Abulxayr Taynotiyning aqronidin erdi. Dimishqda dunyodin oʻtdi.

295. Abulqosim Nasrobodiy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ibrohim b. Muhammad Mahmuya. Mavlid va maqomi Nishobur ermish. Ishorat va. haqoniq ahlining shayxi va tasavvuf lisoni erdi. Va oʻz zamonida anvoyi ulumgʻa olim erdi. Ibrohim Shaybonning shogirdidur. Shibliy va Vositiy q. s.ni koʻrub erdi. Va Abu Ali Rudboriy va Murtoz va Abubakr Abhariy bila suhbat tutub erdi. Umri oxirida Makkaga bordi va Abu Usmon Magʻribiy anga pazira qildi va taybat bila anga dediki, Makka ne sening yeringdur? Ul dedi, bilki ne sening yeringdur, mening yerimdur. Oz vaqt oʻtmadikim, sabab voqe’ boʻldikim, Abu Usmok Nishoburgʻa tushti va anda dunyodin oʻtti. Ul Makkada mujovir boʻldi va anda uch yuz yetmish ikkida dunyodin oʻtti. Shayx ul-islom debdurki, Nasrobodiyning oʻgʻli Ismoyil manga otasidin bu soʻzni naql qildikim, [Haq sahrolarida senga biror narsa namoyon boʻlsa, u yerda jannatga ham, doʻzaxga ham e’tiboringchi; qaratma, ularni xayolingga keltirma. Shu holatdan qaytsang, Allohu taolo ulugʻlagan narsani ulugʻla!](1). Va ham ul debdurki, [bagʻishlov, ehsonga ragʻbat qiluvchining qadri yoʻq, mute’ga ragʻbat qiluvchi azizdur](2).

296. Abubakr Roziy Bajaliy r. t.

Oti Muhammad b. Abdulloh Roziydur. Nishoburda boʻlur erdi. Xurosonning kibori mashoyixidindur; Abu Abdurahmon Sulamiyning ustodidur. Va Sulamiytarixini aning tarixigʻa bino qoʻyubdur. Va Abubakr Baykandiy shogirdidur. Shayx ul-islom dedikim, anga azim vaqt va koʻp qabul erdi. Nishoburda bir koʻdak ishiga mubtalo boʻldi. Ani muttaham qilib, mahjur qildilar. Soʻngra. ma’lum qildilarki, aqidalarining xilofi ermish. Yana anga qabul paydo boʻldi. Bir kun Shayx Abu Ali Bundor Sayrafiy anga dedikim, ayyuhash shayx, bu ne erdiki, sanga voqe’ boʻldi, ul ish qaydin tushti? Dedikim, ey pir, agar Ibrohimning azmi va Musoning sidqu yaqini va Isoning ismati va Ahmad Arabiy s. a. v.ning himmatu sabri kishida boʻlsa va aning asramogʻi boʻlmasa, chun fitna yely esgay, barchasi barbod boʻlgʻay va kishi aning oʻrtasida boʻlgʻay. Shayx ul-islom dedikim, birov Abubakr Ro-ziydin soʻrdikim, samo’da ne dersen? Dedikim bas fitnaomizu tarabangizdur, oʻzni fitnadin asramak kerak. Dedikim, mashoyix murtakib boʻlubdurlar. Dedikim, ey aziz farzand, sening vaqting alardek bulsa sen ham boʻl!

297. Abubakr Folizbon Buxoriy r. t.

Buxoroligʻdur. Buzurg ermish. Junayd q. s.ni koʻrubdur. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Abu Buxorogʻa bordi, ani koʻrgali. Debdurki, ani bir uyda toptimki, bir eshigi bor erdi. Kirdim va salom qildim. Meni oʻlturtti va sufra kelturdi. Sufrada non erdi va yongʻoq va tuz. Men och erdim, yemakka mashgʻul boʻldum. Anga boqtim, ul yigʻlaydur erdi. Iliktaomdin torttim. Manga dedikim, sen nima yegilki, men shodligʻdin yigʻlaydurmenki, Abulqosim Junayd q. s. manga deb erdikim, bot boʻlgʻayki, bu soʻzlar andoq boʻlgʻayki, bir koʻyda ikki hujra boʻlsaki, birida bu soʻzlardin boʻlsa va yana birida boʻlmasa, boʻlmagʻon hujradin kelib, boʻlgʻon hujradagʻidin bu soʻzni eshiturgʻa kariy qilmagʻay, holokim, hanuz Hirotdin Buxorogʻa bu soʻzlarni eshiturgʻa kishi kelur, xoʻbdur.

298. Abulhusayn Husriy r. t.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ali b. Ibrohim Basriy. Asli Basradin erdi, ammo Bagʻdodda sokin erdi. Iroq shayxidur. Shayx Sulamiy debdurki, mashoyix orasida andin tamomholroq va shirin zabonroq, uluq soʻzroq koʻrmadim. Lison ul vaqt edi va mashoyix yagonasi. Va maxsus erdi Tavhid ilmigʻa. Shayx ul-islom debdurki, Shibliyning shogirdi erdi va Shibliygʻa xud andin oʻzga shogird yoʻq erdi va Husriygʻa Shibliydin oʻzga ustod yoʻqdur. Shibliy aning ishida teng borib erdi, doim anga der erdikim, [sen ham men kabi devonasan, oʻrtamizda azaliy ulfatchilik bor](1). Husriy va Abu Abdulloh Xafif bir-birining naziri ermishlar. Husriy zulhijja oyi juma kuni uch yuz yetmish birda dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki, [Soʻfiy – iztirob paytida iztirobsiz va qarorida barqarordir](2). Va ham ul debdurki, [Soʻfin foniy boʻlgandan keyin mavjud boʻlmaydi, mavjud boʻlgandan keyin foniy boʻlmaydi](3). Va ham ul debdurki, sahar vaqti Munojot qilib, dedimki, mendin rozimusenki, men sendin rozimen? Nido keldiki, ey kazzob, agar sen bizdin rozi boʻlsang erdi, bizing rizomizni tilamagay erding. Anga dedilarkim bizga vasiyate qil! Dediki, [ishning avvalida yolgʻizlikka yuz tuting! Soʻng ma’rifat uchun mashoyixlarni ziyorat qiling! Soʻngra barcha ishlarni tark etib, Haq ila boʻling!](4). Va ham ul debdurki, vaqtekim, mening avqotim tor boʻlgʻay, hech nimadin xushluq va rohat tilamasmen, magar ul anfosning so-gʻinmogʻi bilakim, mundin burun manga oʻtubdur, unsu mavaddat safosi vaqtida kuduratlar omizishidin boshqa. Va bu baytni oʻqubdurkim,

bayt:

[Albatta, Salmo visoliga fikrimni band qilib qoʻygan dunyo– xushbaxt damlardurkim,

menga eh-son qilish haqida qaygʻuradi](5).

299. Abulhusayn Sam’un r. t.

Oti Muhammad b. Ahmad b. Ismoil b. Sam’undur. [U «hikmat notiqi» deb laqab olgan edi](1). Bagʻdod mashoyixidindur. Anga bu ilmda yaxshi tilda adosi erdi. Shayx Abubakr Isfahoniy, Shibliyning xodimi deb-durki, masjidi jome’da juma kun Shibliy xidmatida oʻlturub erdim. Ibn Sam’un goʻdak erdi va shayx ollidin oʻtti. Shayx boqib aning sari dedikim, yo Abubakr, bilursenki, Tengri taologʻa ne zaxiralardur bu goʻdakda. Bu toifadin birav debdurkim, Ibn Sam’un minbari tubida oʻlturub erdim. Majlisida bu toifadin birav erdi. Nogoh ul kishi uyqugʻa bordi. Ibn Sam’un soʻzni bas qildi, onchakim ul kishi uygʻondi. Ibn Sam’un anga dedikim, Rasul s. a. v.ni tush koʻradur erding? Ul darvesh dedi: bale! Dedi, men ham ul jihatdin soʻzni bas qildimkim, ul uyqudin seni uygʻotmagʻaymen va ul holdin seni mahrum qilmagʻaymen. Shayx ul-islom debdurki, men Ibn Sam’un bila yaxshi emasmenki, ul maning ustodim Husriyni ranjida qilur erdi. Har kishikim, sening ustodingni ranjida qilur boʻlsa, sen andin ranjida boʻlmasang, it sendin yaxshiroq! Ham Shayx ul-islom debdurki, Ibn Sam’un sohibi kalom erdi va Husrny sohibn dard. Ul uch yuz sakson yettida dunyodin oʻtubdur. Va ul debdurki, har soʻzki, zikrdin xolidur– lagʻvdur va har. xomushlikkim, fikrdin xolidur–sahvdur va har nazarki, ibratdin xolidur – lahv.

300. Abunasr Xabboz va Abulhasan Suhon Ojan h. s.

Shayx ul-islom dedikim, Gozurgoh mashoyixidin ikki kishi qadimroqdir, biri Shayx Abunasr Xabboz, buzoʻrg erdi. Shogirdlaridin jamoate Makkaga borurlar erdi, Husriy ziyoratiga bordilar. Husriy alargʻa iltimos qildikim, agar nima oʻquy olursiz, bir nima oʻqung! Alardin birikim, nima oʻqiy olur erdi, nima oʻqudi. Shayx un tortti va beqaror boʻldi samo’da. Va dedi: sizga bu yil bor yoʻqdur, yoning! Va dedi: Abu Xabboz muridlarisiz Hirining ul falon togʻida? Dedilar, bale. Dedi andin dastursiz va yoʻlgʻa mutavajjih boʻlubsiz, qayting, dagʻi aning xidmatigʻa boring! Alardin har kishi aning soʻzy bila yondi, salomat bordi, har kishi bodiyagʻa kirdi, samumdin oʻrtandi.

Va Gozurgoh mashoyixidin yana biri Shayx Abulhasan Suhon Ojan erdi. Va ul masjidi jome’da oʻlturur erdi. Shayx ul-islom dediki, aning shogirdi manga dedikim, bizing pir Ramazonning soʻnggi kuni sajdaga boshin qoʻyub, subhgʻa degincha zorligʻ bila aytur erdikim, Xudoyo, ul roʻzakim tuttum, sening uchun. va ul haj va namozki qildim va Qur’onkim oʻqidim, barchadin tavba qilurman, meni roygon yorligʻa!

301. Shayx Ahmad Harroniy q. t. s.

Ul debdurki, Shayx Abulhasan Mu’ammar ayturki, Husriy bila oʻlturub erdim. Birav andin vasiyat istid’osi qildi.» Ul dedikim, [himmatingni baland tut!](1). Jahm Raqqiy hozir erdi, dedikim, ey Shayx, oni yiroq solding! Husrin dedikim, nechukki, manga toʻldurdilar, anga tuttum.

302. Jahm Raqqiy r. t.

[U keyingi mashoyix va javonmardlardan boʻlib, sodiq faqirlardan edi. Samo’ga oshufta va koʻngil bergan edi. Ikki sajda orasida vafot etdi](1). Shayx ul-islom dedikim, Jahm Raqqiy hammomda erdi, chiqti va elga ayttikim, chiqing! Chun bori el chiqtilar, hammom yiqildi. Va ham ul erdikim, birav aning ilayida takalluf bila raqs qiladur erdi. Ul qoʻpti va boshin aning choti orasiga solib koʻtardi va tomdin tomgʻa urar erdi, to ul kishining hushi ketti.

303. Abulhusayn Urmaviy r. t.

Buzurg erdi. Bu toifadin Husriy ayyomida va Abu Ali Rudboriy va Abu Abdulloh Xafif va barcha vaqt mashoyixi bor erdilar. Urmiyda erdi va qabri andadur. Andin soʻrdilar: vafo nedur? Dedikim, Ulki, harne ondin qaytting, yana aning boshigʻa bormagʻaysen. Dedilar, bu omningdur, xosning nedur? Dedi: ulki bilgaysenki, neuchun qilibsen.

304. Abu Abdulloh Xafif Sheroziy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Xafif b. Isfikshor Zabbiy. Sherozda boʻlur erdi. Otasi Nishoburdindur. Uz zamonida shayx ul-mashoyix erdi va oni Shayx ul-islom derlar erdi. Shayx Abu Tolib Xazraj Bagʻdodiyning shogirdidur. Ruvaymni koʻrub erdi va Kattoniy va Yusuf b. Husayn Roziy va Abulhusayn Molikiy va Muzayyin va Abluhusayn Darroj va Tohir Maqdisiy va Abu Amr Dimishqiy va bulardin oʻzga mashoyix bila ham suhbat tutub erdi. Mashoyix diydoridin marzuq erdi. Zohir ilmida va haqoyiq ilmida olim erdi. Shayx ul-islom debdurki, ilmda hech kishining oncha tasnifi yoʻqdurki aning. Imom Shofi’i mazhabida erdi. Uch yuz oʻttuz birda dunyodin oʻtubdur. Shayx ul-islom. aning ikki soʻzin bagʻoyat ta’rif qilibdur. Biri buki, andin soʻrdilarki, tasavvuf nedur? Dediki: [gʻaflat paytida haqni topishdir](1). Yana bukim, soʻrdilarki, Abdurrahim Istaxriy ne uchun sakbonlar bila dashtqa borur va qapton kiyar? Dedikim, [unga ogʻirlik qilayotgan narsani yengillatish uchun](2). Dedi: borurki, aning yukidinki andadur, yengilgay va dami urgʻay. Shayx ul-islom dedikim, vujudda lazzat yoʻqdurki barcha sadamat va ushalmaqdurki, havas tuganur. [Boshqa birovningg she’rini bizga oʻqib berdi: Laylining yodini unitishni xohlayman, lekin qayerga boqsam, koʻz oldimda turadi](3).

305. Abulxayr Molikiy r. t.

Oti Bundor b. Ya’qub Molikiydur. Mashoyix akobiridin erdi. Va anvo’i ilm jam’ qilib erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, yigitlikda roʻza tutar erdim va visol qilur erdim. Va kecha masjidi jome’da boʻlur erdim va mening uchun bir qandil qoʻyarlar erdi. Bir kecha yel va yomgʻir jihatidin charogʻ oʻchub erdi. Birav eshik qoqti, boribki eshikni ochtim, Abulxayr Molikiy erdi. Kirdi va oʻlturdi. Va aning haybatidin toʻldum. Rido ochti, anda taom erdi. Dedi: yegilki, men uyumda erdim, muni kelturdilar, yeyu olmadimki, xotirim sening sari erdi. Aning haybatidin deyolmadimki, visoldadurmen. Aning bila ul taomdin yeduk. Chun forigʻ boʻlduq, dedimki, ayyuhash shayx, bir savolim bor. Dedi: soʻr! Dedim: [Qachon bandaning hayoti Allohu taolo bilan yorugʻ boʻldi? Dedi: Oʻrtadan muxolifatchilik koʻtarilganda](1). Men bu soʻzdin mutaajjib boʻldum, tonglasi mashoyixgʻa arz qildim. Alar ham mutaajjib boʻlib dedilarki, tilarbizki, oʻzidin eshitgaybiz. Chun andin soʻrdilar, dedikim, [kechasi sodir boʻlgan narsa kunduz zikr etilmaydi](2) va iqror qilmadi.

306. Abubakr Sha’roniy r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, [zohiran Abubakr Sha’roniydan oʻzga dunyodan koʻngil uzgan eng sodiq zohidni koʻrmadim](1). Bir kun anga bordim, Istaxrda erdi, kecha qoshigʻa kirdim. Dedi, yo Abo Abdulloh, bu kun sening barakatingdin yogʻligʻ taom yegumizdur. Qoʻpti va safol qozonni osti va bir pora qoq eti bor erdi, qozongʻa soldi va tuz solib, qozonni qaynatdi: Va biravga dedikim, bir pora oʻtmak kelturdi. Va ani tarid qildi, shoʻrbadin anga soldi va etni aning yuziga qoʻydi. Va manga dedikim, yegil! Men ul tariddin yer erdim. Dedi: ettin yegil! Men dedim: meni ma’zur tut et yemakdin! Dedi: shoyad sanga falon va falon taom kerak boʻlgʻay, ul tongla boʻlgʻusidur. Shahrgʻa kirali va sening uchun olali. Tonglasi shahrgʻa kirdim va fuqaro jam’ boʻldilar va taome hozir qildilar. Ul taomdin bir pora olib, aning uchun elttim. Dedi: aytkim, ne qilding? Dedim: hanuz nima yemaymen, sendin iltimosim budurkim, mening bila taom yegaysen. Ikav taom yeduk va men Sheroz sari Tebradim.

307. Abu Muhammad Atoyidiy r. t.

Ul shayx Abu Abdulloh Xafifning ustodlaridindur. Ul debdurki, kosibeki kasb haqiqatin rioyat qilgʻay, hargiz Abu Muhammad Atoyidiydek koʻrmadim. Har kun yarim donak kasb qilur erdi va aning quti andin erdi. Ikki habbagʻa nuxola sotqun olur erdi va andin ikki non pishirur erdi. Biri bila iftor qilib, birin sadaqa berur erdi. Qirq yil uyida chirogʻ yoqmadi. Jihatin soʻrdilar. Dedikim, aning hisobidin qoʻrqarmenki, anga necha nima kerak, to muyassar boʻlgʻay va barchasining hisobi bor.

308. Ja’far Hazzo r. t.

Kuniyati Abu Muhammaddur. [Junayd va uning tabaqasidagilar bilan suhbat qurgan, Shibliy uning manoqibini zikr qilgan va fazilati haqida gapirgan edi)(1). Uch yuz qirq birda dunyodin oʻtubdur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, bir kun Mu’ammil Jassos manga dedikim, Ja’far Hazzoni koʻrkim, ne holi bor? Borib koʻrdum. Mutakallif saroy ichinda va nozanin bisot yuzida va nafis kiyguluklar orosinda. Meni soʻrdi va men ani soʻrdum. Dedi: oʻltur, bila taom yeyali! Bas laziz taom pishurtti va bila yeduk. Chiqib, Mu’ammil qoshigʻa keldim va har ne koʻrub erdim, dedim. Mu’ammil duo qilib dedikim, yorab, bizga salomat va ofiyatni arzone tut.

Necha vaqt oʻtgandin, soʻngra yana Mu’ammil dedikim, borib Ja’far Hazzo holin koʻr! Borib, bir vayronada toptim. Bir buzuq uyda yigʻlamoqda. Uch kun erdikim, taom totmaydur erdi. Ondogʻi el iltimos qildilarki, anga nimagina yedur! Koʻp jahd qildimkim, ozgʻina suyuq yedurdum. Yana Mu’ammilgʻa kelib, koʻrgonni dedim. Mu’ammil dedikim, agar avval tana’umiy qilmasa erdi, oxir bu holgʻa mubtalo boʻlmagʻay erdi.

309. Hishom b. Abdon r. t.

Kuniyati Abu Muhammaddur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, chun ul namozgʻa turar erdi. Anga vajd va hol paydo boʻlur erdi. Mehrobda keyin va ilgari yurub, Qur’on oʻqur erdi va goh boʻlur erdikim, aning namozigʻa nasoro yigʻilib, nazzora qilurlar erdi. Aning bir qoʻyi bor erdiki, gʻizosi aning suti erdi. Ul qoʻyni koʻtarib, yozigʻa eltib oʻtlatur erdi.

Bir kun uyqulab, uygʻongʻach koʻrdikim, qoʻyi birov ziroatigʻa kiribdur. Ani ul ziroat iyasiga berdi va andin behilliq tiladi. Hishomgʻa vahshate va haybate yetishtikim, bir yil namozdin qoldi va el ani takfir qilurlar erdi. Bu qissa masjidi jome’ mashoyixigʻa yetdi. Barcha aning qoshigʻa bordilar va Ibn Sa’don Muhaddis ham bila erdilar. Ondin soʻrdikim, meni tonirmusen? Dedi: Ibn Sa’donsen. Dedi: Nevchun namoz qilmassen? Dedi: Menga bir necha oriz yuzlanur va namozgʻa mone’ boʻlur. Dedikim, ne nav’? Ul javob bermadi. Shayx Abu Abdulloh Xafifdin soʻrdilarki, jihat ne erdiki Hishom namoz qilmas erdi? Dediki, gʻayb mutolaasi qilur erdi. Gʻayb umuri anga gʻolib boʻldi. Hayrat maqomigʻa tushti va zohir a’molidyn otil boʻldi. Bir kun mashoyix Hishomgʻa dedilarki, eshitibbizki, sen mushohadagʻa qoyilsen. Har kim, munga qoyil boʻlsa, tavba qilmoq kerak yo ani adab qilmoq kerak. Hishom dedi: Menga tavba talqin qiling! Qildilar. Yana kun mashoyix qoshigʻa kelib dedikim, tonugʻ boʻlingkim, men tuno-kun qilgan tavbadin tavba qildim. Mashoyix qoʻpub, oni sudrab, Masjidi jomidin chiqardilar.

310. Abu Muhriz Sheroziy r. t.

Sheroz navohisidindur. Zunnun Misriy ashobidin. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Muhriz dedikim, Nisodin Sheroz azimatigʻa chiqtim va sultonning qoyidi va atbo’i bila yoʻldosh boʻldum. Alarning af’ol va atvori manga bagʻoyat makruh keldi. Koʻngluda inkor qilib tiladimkim, alardin ayrilgʻaymen. Nogoh bir un chiqtikim, qoyidning kamari gʻoyib boʻlubdur. Va ul ont ichibdurki, qofila xalqin borisin axtargʻay. Va birin-birin bari elni taftish qildilar, men qoldim. Va pas xalq dedilar, bu shayx qolibdur va andoq kishini bu nav’ ishga nechuk muttaham qilsa boʻlgʻay? Qoyid dediki, men ont ichibmen, foyda qilmas, axtarmoq kerak. Meni ham axtardilar. Ul kamar belimda bogʻligʻ chiqti. Men dedimki, billohki manga bu ishdin xabar yoʻqtur. Qoyid dedi, bu yolgʻon ont oʻgurligʻidin azimroqdir. Meni buyurdikim, yoʻl boshida qofila guzargohida asragʻaylar, to har kishi oʻtsa, tavbix va sarzanish qilgʻay. Va andoq qildilar va mening hamrohligʻimdin ayrildilar. Va Shayx Abu Muzohim Sheroziy va Shayx Abu Hafs bila xalo aritqonkim oʻtti, Shayx Abu Abdulloh Xafif Shayx Abu Muhrizgʻa nisbat beribdur.

311. Abdurrahim Istaxriy q. t.

Kuniyati Abu Amrdur. Va Ruvaym bila suhbat tutubdur va Sahlni koʻrubdur va tariqi satru ixfo va shatorat erdi. Shotirona libos kiyar erdi va itlar asrar erdi va ovgʻa borur erdi. Kabutarlari ham boʻlur erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, Ruvaym dedikim, bu toifadin koʻp bila Lugʻom togʻida boʻlubmen. Andin sobirroq koʻrmaymen. Ov uchun dashtga yo togʻga borsa erdi, el koʻzidinkim, yiroq boʻldi, itlarin qoʻyar erdi va tengri zikrigʻa mashgʻul boʻlur erdi. Uyida bir oʻy terisi ermishki, ostigʻa solur ermishkim, oʻyning shoxlarini ham ul teri bila qoʻygʻon ermishlar. Qish oni uyga sudrab solur ermish va yoz tashqari sudrab ermish. Ja’far Hazzo aning qoshigʻa bordi. Ahvolin xarob koʻrdi bir buzuq uy goʻshasida va anga azim baloyi mutavajjih. Tarahhum qildi va mutagʻayyir boʻldi. Ul dedikim, menga ne boʻldi? Ja’far dediki, seni bu dam oʻlgudek koʻradurmen za’fdin. Ul qoʻpti va bir azim tosh erdi, koʻtordi. Koʻtorib tomgʻa chiqardi va dedi: Ey qaviy, kelib, bu toshni koʻtarib, quyi tushur! Ja’far ojiz boʻlub, hayrat qildi. Ul dedikim, bu kun oʻn yetti kundurkim, hech nima yemaydurmen. Ja’farning hayrati koʻproq boʻldi. Anga otasidan yigirma ming diram meros qoldi. Ammo el zimmasida erdi va oʻn mingni elga kechti va oʻn mingni oldi. Kecha tong otquncha, ul vajh oni gohi savdo xayoligʻa gohi ziroat xayoligʻa parishon qilib erdikim, sahar qoʻpub, ul vajhlarni ovuch-ovuch qoʻshnilar uyiga sochti. Kunduz ul elga xayol boʻldikim, goʻyo yormoq yogʻibdur. Ul tubrani silkidi, yarim diram qolib erdi. Tushti, ashobigʻa dedikim, ishorat sizgakim, nonu baqlo boʻldi. El dedilar bu devonani koʻrung! Oʻn ming diramni sochib, yarim diram uchun shodliq qilur. Vaqte Abodongʻa bordi va yigirma bir kun qoldi. Har ne oqshom anga iftor uchun keltururlar erdi, tongla mavjud erdi. Xalq oning sheftasi boʻldilar. Sahl Abdulloh qasd qildi, dedi: Senga mehmonman. Ul dedi: Ne buyurursen? Dedi: soʻkboch pishur. Sahl soʻkboch pishurtti va qozon bila oning olligʻa qoʻydilar. Hamul dam soyil savol qildi. Buyurdikim, oni soyilgʻa berdilar. Uch qatlagʻacha soʻkboch pishirurlar erdi va ul soyilgʻa berur erdi. Toʻrtunchida Sahlning quli yoshurun chiqtikim, soyilgʻa man’ qilgʻay. Dedikim, qulingni soyil man’idin man’ qil! Sahl man’ qildi. To oy tugandi, ul nima yemay chiqti va birov quruq oʻtmak suvgʻa toʻgʻrab yeydur erdi. Oning shirkatida iftor qildi.

312. Mu’ammil Jassos r. t.

[U Sherozning ulugʻ shayxlaridan boʻlib, Hijoz va Iroqqa safar qilgan. Besavod boʻlsada, tavhid va oriflik borasida chiroyli soʻzlar edi](1). Ul erdikim, javob berdi Sahl Sipahoniy Sherozgʻa yuborgan masoyilgʻa! Sahar namozin qilsa erdi, choshtqa degincha Qur’on darsigʻa mashgʻul erdi. Chosht namozin qilgʻandin soʻng masjiddin chiqar erdi, elning hojatin ravo qilmoqqa mashgʻul boʻlur erdikim, buzurglukidin xaloyiq anga yuz keltururlar erdi. Har necha elning gʻavgʻosi anga koʻp boʻlsa erdi, asliy vajhida botiniy jam’iyatigʻa yoʻl topmas erdi. Har qachon bir musulmon ishiga mashgʻul boʻlsa, ishsiz kishi salomigʻa javobdin oʻzga soʻz demas erdi. Va der erdikim, men muzdurdurmen, salom javobi vojib boʻlmasa erdi, ani dogʻi demas erdim. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, chun Mu’ammil Makkaga bordi, Shayx Abulhusayn Muzayyin xidmatigʻa yetti va dedi: ayuhashshayx, bir savolim bor, javob ber va ajamiy kishidurmen, manga rifq koʻrguz! Ul dedikim, soʻrgʻil! Mu’ammil dedi: [fahmlar vajdlar martabasini idrok etadimi?](2). Abulhusayn anga boqib, soʻrdikim, qaydinsen? Dedi: Sherozdin. Dedi: Nega mashhursen? Dedi: Mu’ammilgʻa. Dedi: Oʻlturgʻon yerdin qoʻpki, sening yering emas. Va oni oʻz yonida oʻlturtti va doyim anga boqib der erdikim, [sen besavod ajamiy kishisan](3) va kular erdi. Va ondin soʻngra har kishi mas’alaye soʻrsa erdi, aning sari boqib aytur erdikim, Shayxdin soʻrung va anga havola qilur erdi.

313. Ali b. Shulluya r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, ul togʻlarda va vodiylarda boʻlur erdi. Ul mavzening eli anga murid va mashgʻuf erdilar. Ul jumladin ikki kishiki, qavm ulugʻlari erdilar, anga istid’o qildilarki, har qaysimizning biror qizimiz bor va har birining toʻrtar ming qoʻyi bor. Agar qizlarni nikoh qilsang, ul qoʻylarni fuqaroning sodiru voridigʻa sarf qil! Ul qabul qilib, alarni nikoh qildi. Mu’ammil ani koʻrub, dedikim, emdi bizga tafsil qilmakim, sen ham bizingdek boʻldung. Ul dedi: men bu ishni Xudoy uchun qilibmen. Mu’ammil dedikim, biz ham Xudoy uchul qilibbiz. Ul dedikim, men alarni uch taloq qildim, sen ham agar chin aytursen uch taloq qil!

Mu’ammil dedi: [Ey Mayshum, taloq qilishda sunnatni unutdingmi?](1).

314. Abubakr Iskof r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, ul oʻttiz yil roʻza tutti. Naz’ holatida suvni momiq bila tiladilarki, ogʻzigʻa tomizgʻaylar, oni tashladi va roʻzada dunyodin oʻtdi.

315. Abu Zahhok r.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Zahhok dedikim, bir qatla mening bila shayton orasida muhoraba boʻldi, ani bir qotiq silliy urub magʻlub qildim. Va mundin muddate oʻtti, bir kun bir yoʻl borurda, bir uluq suvgʻa yettim. Oʻtardin ojiz erdim. Koʻrdumki, bir za’if qari suvgʻa kirdi, oʻtgali. Men oʻzumga dedim: bu qaridin xud za’ifroq emassen. Suvgʻakim kirdim, choʻma kirishtim. Va ul qari suv qirogʻigʻa ayaq qoʻyub chiqti va dedikim, manga silliy urarsen, tavba qilding, yoʻqmu?

316. Abu Muhammad Xaffof r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Shayx Abulhusayi Muzayyin bizga bitib erdikim, sizga daryoda muride borki, agar najot topsa, bot sizga javohir kelturur. Bu soʻzdin murodi Muhammad Xaffof ermish. Va aning mushohada bobida va shaytondin boze yeganda, koʻp soʻzlari bor, tilay degan kishi «Nafahot ul-uns»da aning zikrida mutolaa qilsun!

317. Xasan b. Hammaviyah va sohibuhu Abu Ja’far Xarror Istaxriy q. s.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Ja’far Xarror, Hasan Hammaviyaning sohibi, Istaxrdin bizing qoshimizgʻa keldi. Ibn Zaydon dedikim, orzudur mangakim, bu kecha ani bizing qoshimizgʻa hozir qilgʻaysen. Ani munung majlisida hozir qildim. Soʻz asnosida Ibn Zaydon dedikim, tilarbizki, oʻz hikoyotingdin bizga bir nima aytqaysen. Ul dediki, manga xud hikoyate yoʻqdur, agar desang, ulcha mashoyixdin koʻ-rubmen, andin aytay. Ibn Zandon dedi: biz ham ushmuni tilarbiz. Ja’far dedi: Bir kun men va jam’i Hasan Hammaviya qoshinda oʻlturub erduk va ul bosh quyi solib erdi. Nogoh sayhaye tortti va ul sayha bila hozirlar koʻzidin gʻoyib boʻldi. Bizlar bir-birimizga boqishtik va dedikki, bu soʻzni hech kishiga aytsa boʻlmaskim, eshitgan antqusidurkim, yana nodiraye orogʻa soldilar. Ul uch kun gʻoyib erdi. Har kishi soʻrsa, der erdikki, mashgʻuldur. Uch kundin soʻngra koʻrdukki, masjid eshikidin kirdi, mutagʻayyirul-lavn. Va gʻoyat haybatidin mumkin yoʻqki, kishi aniig bila soʻzlashgay. Va men hamisha aning bila inbisot qilur erdim. Dedimki ayyuhash-shayx, miqdore toza panir bor, mayl bormu, keltursak? Va aning toza panirgʻa mayli koʻp boʻlur erdi. Dedi: keltur! Kelturdum, bir luqma yedi va ishorat qildikim, yengiz! Shayx Abu Abdulloh Xafif dedikim: Ibn Zaydon manga dedikim, hech shak yoʻqdurkim bu sodiq kishidur, ammo bu hikoyatni bovar qilaolmasmen, nav’e qilki, inongʻaymen. Dedimki, shayx uchun yer solingki, yoʻl ranjidin osoyish topsin. Yer soldilar. Shayx uyudi va men Ibn Zaydon bila oʻlturduk. Anga ancha ayttimki, bovar qildi. Shayx Abu Abdullohdin ul hol kayfiyatin soʻrdilar. Dedi: ul oʻz makonidin yiroq bormaydur erdi, ammo anga libose yopib erdilarki, koʻzlardin gʻoyib boʻlib erdi.

318. Abdulloh Qassor r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abdulloh Qassor dedikim, bir qatla haj azimatigʻa Sherozdin chiqdim. Mashoyix manga dedilarkim, chun Sahl Abdulloh Tustariygʻa yetsang, bizdin salom yetkur va degilki, biz sening fazlingga mu’tarifbiz va harne desang, inonurbiz. Sendin bizga mundoq yetibdurkim, arafa kuni oʻz yeringdin chiqarsen va soyir hujjoj bila Arafot mavqe’ida hozir boʻlursen. Agar bu chindur, bizga xabar berki, bizing munga imonimiz bor. Abdulloh Qassor dediki, chun anga yettim, qoshigʻa borib salom berib oʻlturdum. Ul bir chodirshab oʻziga chirmab erdi va bir na’layn ilayiga qoʻyub erdi va koʻzi ochuq qolib erdi, bir volihi hayrondek. Manga haybat mustavli boʻldi va soʻz ayta bilmadim. Chun dahshatim raf’ boʻldi, mashoyix risolatin yetkurdum. Sahl bir lahza boshin quyi soldi, dagʻi bosh koʻtarib dediki, yo doʻst, [bu qavm xohlaganini qiladigan, Allohga iymon keltirganlardanmi? «Ha»,– dedim. Aytdi: Shunday ekan, mening ishlarim haqida nega soʻraydilar?!(1).

319. Ibrohim Mutavakkil r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, bu toifadin biri, manga dedikim, sahrogʻa chiqib erdim. Koʻrdumki, Ibrohim Mutavakkil, toʻnlarin yubdur va kunaska yoyibdur. Anga dedimki, kel, borib bila nima yeyali! Koʻnglakini ham andoq uluq kiydi va mening bila yurudi. Chun bir necha qadam borduq, bir miqdor inabus-sa’lab yoʻlda tushub erdi, ani oldi va yudi va yodi va oʻlturdi. Va dedikim, sen borki, manga ushbu kofiydur. Necha mubolagʻa qildim, kelmadi. Mashoyixdin biri Ibrohim Mutavakkilga dedikim, tilarbizki, bu oy bizing bila iftor qilgʻaysen. Ul qabul qildi. Bir kecha anga dedikim, qoʻp, sahur qilali! Dedikim, ul sufrani tushur! Ul dedikim, men muni qilmasmen, ne uchunki, bu harakatdur asbobda. Va men asbobda harakat qilmon. Bir kecha ani koʻrdilarki, sufra olligʻa qoʻyub, nima yeydur. Dedilarki, dema-dingmuki asbobda harakat qilmasmen, bas bu nedur? Dediki, valloh, men asbobda harakat qilmadim, ammo qoʻpar chogʻda boshim sufragʻa tegdi va ul ollimgʻa tushdi, budurki yeydurmen.

320. Abutolib Xazraj b. Ali r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abutolib Xazraj Junayd q. s.ning ashobidindur. Sherozgʻa keldi. Va ichining tashvishi bor erdi. Mashoyix dedilarki, aning xidmatin kim ixtiyor qilur? Men ixtiyor qildim. Har kecha oʻn olti, oʻn yetti qatla qoʻpar edi. Bir kecha kechga degincha uygʻoq erdim. Koʻzum juzvi qizib erdikim chorlabdur, eshitmaymen, yana chorlagʻonda tasht elttim. Dedi, ey farzand, oʻzungdek bir maxluqning xidmatin yaxshi qilaolmasang, Xoliq xidmatin nechuk qilgʻungdur? Yana bir qatla dogʻi chorlagʻanda eshitmadim, yana bir qatlada [qaydasan, Allohning la’nati boʻlsin!](1) dedi. Oshuqub tasht elttim. Ali Daylam Shayx Abu Abdullohdin soʻrdikim, aning [Allohning la’nati boʻlsin!](2) deganin nechuk eshitting? Dedimkim, [Allohning rahmati boʻlsin!](3) eshittim. Shayx ul-islom debdurki, faloh yoʻqtur ul muridda kim, pir zullin koʻrmamish boʻlgʻay va qafosin yemamish boʻlgʻay va [Allohning la’nati boʻlsin!](4) eshitib, [Allohning rahmati boʻlsin!](5)ga qabul qilmamish boʻlgʻay va dardu nokomligʻ bila tirilmamish boʻlgʻay.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, avval majliski, Shayx Abutolib Sherozda tutti, bir qora palos kiyib erdi va bir aso iligida. Keldi va kursi ustida oʻlturdi. Va men yonida erdim. Elga boqdi va dedikim, bilmayki, ne degaymen, yozugʻlugʻemen yozugʻlugʻlar orasida. Va yigʻladi va elni yigʻlatti va faryod majlisidin chiqdi. Va anga azim qabul paydo boʻldi va andoqki, ayogʻi tufrogʻin bemorlar sihhati uchun elturlar erdi. Oz vaqtda amre voqe’ boʻldikim, kishi anga iltifot qilmadi va e’roz qildilar. Sherozdin Nnsogʻa bordi. Anda ham iltifot qilmadilar va ijtinob qildilar. Va andin Sipohongʻa bordi. Abu Ali Vorijiy aning burjin ado qildi va aning uchun ul degan yerda maskane yasadi. Ul uyii oʻzi kiygan palosdek qaro qildi va anda boʻlur erdi, to dunyodin oʻtti.

321. Abu Ali Vorijiy q. s.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Ali Vorijiy Sherozgʻa keldi, amal va hukumat uchun. Va fuqarogʻa va sodiru voridgʻa xon yoydi va moida tartib qildi. Har namozi shomdin soʻngra kelur erdi va bizing bila oʻlturur erdi. Va bir-birimiz bila soʻz aytur erduk. Bir kecha oʻz irodat ayyomi soʻzi orogʻa keldi. Koʻnglakin yuqori koʻtardi, boʻynida bir tavqdek nishone erdi. Soʻrdumki, bu nedur? Dedikim, Lugʻom togʻida erdim, irig palos kiyib erdim. Boʻynumni sidi. Andinki yondim, yangi et butti, bu uldur. Dedimkim, bu amalga kirganing ne edi? Dedikim, qari va zaif onam bor erdi va manga koʻp burj voqe’ boʻldi va muhtoj boʻldum, bu ishgaki koʻrarsiz.

322. Abulfazl Ja’far Ja’diy r. t.

Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Ja’far Ja’diygʻa yetkurdilarki, Abu Amr Istaxrin debdurki, gʻusl qilur erdim, izorim ochildi, koʻrdumki, ikki ilig kenimdin paydo boʻlub, izorimni belimga mahkam bogʻladi, Ja’far Ja’diy qoʻpti va Istaxrgʻa bordi va Abu Amr qoshigʻa kirdi va aning ayogʻin tutti. Va Abu Amrning ashobi sekridilar. Ul moni’ boʻldi va hech nima demangki, aning gʻazabi lillohdur va oʻn ikki yigʻoch yayogʻ kelibdur. Va Abu Amr i’tizor maqomigʻa kelib dediki, andoq demaydurmen, balki mundoq depmen. Andin soʻng ashobigʻa dedikim, anga xidmatkorliklar qildilar va uzrlar qildi.

323. Abulqosim Qasriy r. t.

Junaydning ashobi kiboridin erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, bir kun menga dedikim, meni bir sahrogʻa chiqar! Men ani bir sayrgʻa chiqardim. Bir yerga yettukkim, jam’i shatranj oʻynaydur erdilar. Alarning bisoti qirogʻida oʻlturdi va oʻynay kirishti. Men munfa’il boʻldum va choram yoʻq erdi. Qaytib kelurda yana bir jam’gʻa yettukki, nard oʻynar erdilar. Mutagʻayyir boʻldi va borib alarning bisotin buzdi. Va alar bichogʻlar tortib, anga yuzlandilar. Ul dedikim, bichoqlaringizni beringkim barchasin yeyin. Men bu ikki holdin mutaassib boʻldum va savol qildimki, ul ne erdi va bu ne? Dedikim, ul vaqtki laduniy koʻzi bila boqsoq andoqdur va chun gʻayri laduniy koʻzi bila boqsoq mundoq. Bu soʻz ilgarirak oʻtti. Ammo anda Shayx ul-islom Abubakr Qasriy deb erdi va Shayx Abu Abdulloh maqomotida Abulqosim Qasriydur. Boʻla-olurki, Qasriygʻa ikki kuniyat boʻlgʻay, yo biri sahv voqe’ boʻlmish boʻlgʻay, vallohu a’lam.

324. Abdulaziz Bahroniy q. s.

Shayx Abu Abdulloh Xafif q. s. debdurkim, Abdulaziz Bahroniy qatigʻ sovuq qishda Sherozgʻa keldi va eski toʻni bor erdi. Har futuhki, yetsa erdi, fuqarogʻa sarf qilur erdi. Uch kun Sherozda erdi, aning bila bu bobda soʻzlashdilar. Dedikim, mening nafsim sizing toʻnlaringizdin qochar. Pas manga dedikim, yo Abu Abdulloh, meni bu shahrdin chiqarki, niyatim yoʻqdurki, bu shahrda yangi toʻn kiygaymen. Dedim: qayon borursen? Dedi: bahr nohiyatigʻa. Anga mushoya’a qildim ul darvoza sariki, ul borur yoʻlda erdi. Nogoh koʻrdukki, Abulxayr Molikiy kelur. Bizni chorlardi. Va oʻzi bila yeguluki bor erdi. Dedi: kelingkim, taom yeyali! Aning bila taom yeduk va biror nima qoldi. Bahroniy qoʻpti va sajjodasin egniga soldi. Abulxayr dedi: kosh bu taomdin birar nima oʻzung bila eltsang! Ul dedikim, mening matbaxim ilgari boribdur. Abulxayr dedikim, pas bu qolgʻon taomlarni netali? Bahroniy dedikim, itlar olligʻa solgʻil va bordi.

Avvalgi
I- qism
 



  1. Katta qavs ichida arabiy va forsiy matnlarning tarjimasi berildi. Arabiy va forsiy matnlar esa asar oxirida ilova qilindi.
  2. Sarrafallozu vajhau an vodiz-zalolati ilo tariqil hidoyatikim, sakkiz yuz sakson birda bu bebizoat, adimud istitoat hazrati ustodiy va sayyidiy va sanadiy va maxdumiy va shayx ulislomiy mavlono nurul mallati vaddia – Abdurrahmoi al-Jomiy alayhirrahmatu val-gʻufronu vat-tahiyyotu var-rizvon.
  3. Qoʻlyozmalarda shayxlar tartibiga raqamlar qoʻyilmagan. Lekin Turkiyada chiqqan (K. Eraslan, 1996) tanqidiy matnda raqamlar qoʻyilgan. Izoh va tarjimalardan foydalanishni nazarda tutib, bu nashrda ham raqamlar berildi.