OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNasoim ul-Muhabbat (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm331KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Nasoim ul-Muhabbat (II- qism)
Alisher Navoiy

Nasoyim ul-Muhabbat (davom)

325. Abulhasan Hakimiy q. s.

Ul debdurki, Junayd q. s.din eshittimki, dediki, bir kun Sariy Saqatiy majlisida erdim. Va qalin el bor erdi. Va men borining kichikroki erdim. Sariy soʻrdikim, ne nimadurki, uyquni eltur? Har kishi bir nima dedi. Birav dedikim, koʻp ochligʻ; birav dediki, suni oz ichmak. Chun navbat manga yetti, dedimki [har bir nafs qilmishidan Allohning ogohligi va bundan qalbning voqif ekanligidnr](1). Dedi: [ofarin, oʻgʻilginam!](2). Va meni yaqinigʻa oʻlturtti. Va ul kundin beri har yerdaki borman, barchagʻa muqaddammen. Va ham Hakimiy debdurki, mashoyixdin ba’zining holin Junayd q. s.din soʻrdumki, anga iqtido qilsa boʻlgʻaymu? Dedikim, agar anda bir parhezkorligʻ va halol qut talabi toparsen, iqtido qilsa boʻlur va agar topmassen, ani qoʻygʻil!

326. Abu Ali Husayn b. Muhammad Akkor r. t.

Ul shayx Abu Abdulloh Xafif ashobidindur. Va shayx Abu Ishoq Goziruniyning shayxi. Debdurlarki, Akkor Gozirungʻa yetti, mashoyix aning qoshigʻa yigʻildilar. Va shayx Abu Ishoq hanuz tifl edi va mashoyix bila kelib erdi. Dedilarki, bu goʻdak Qur’onni xub oʻqur. Anga buyurdikim, Qur’on oʻqudi. Va anga xush keldi. Ani mashoyixdin tiladi va Sherozgʻa eltti va vaqt mashoyixidin va shayx Abu Abdulloh Xafif ashobidin hadis samo’i buyurdi. Va aning bila Iroq va Hijozgʻa musosrarat qildi. Va aning suhbati barakatidin yetishti, ul yergakim yetishdi. Husayn uch yuzdin soʻngra dunyodin oʻtti. Va qabri Shayx Abu Abdulloh Xafif ravzasi eshikidadur, Sherozda.

327. Abu Ishoq Ibrohim Shahriyor Goziruniy q. t.

Forsiyulasldur va mavlidu mansha’i Gozirun navardi. Shahriyor shayxning otasi musulmon boʻldi. Va shayxning valodati otasining islomiy zamonida erdi. Va shayxning intisobi tasavvufda Shayx Abu Ali Husayn b. Muhammad Firuzobodiyi Akkorgʻadur. Va hadis ashobi suhbatigʻa yetibdur. Va barchadin hadis rivoyati va osori bor. Va Makkada Shayx Abulhasan Abdulloh Jahzamiy Hamadoniyni koʻrub erdi. Va andin rivoyat qilibdurki, Zunnun q. s. debdurki, [sen ishga kirish. Chunki oz rizqqa qanoat qilish kam amAlii ham poklaydi](1). Vuzarodin biriga Shayx bila irodate voqe’ erdi. Har necha jahd qildikim, Shayx andin bir nima qabul qilgʻay, qilmadi. Shayxga i’lom qildikim, har necha jahd qildimki, mandin bir nima qabul qilgʻaysen, qilmading, necha banda ozod qildim va savobin sanga bagʻishladim. Shayx q. s. javob yubordikim, sening risolatingni manga yetkurdilar va yaxshiliging shukrin ado qildim, lekin bandalar ozod qilmoq mening mazhabim emas, balki mening mazhabim ozodlarni banda qilmoqdur rifqu ehson bila. Shayx r. a. Hazrat Risolat s. a. v.ni tushda koʻrub soʻrdikim, [tasavvuf nima?](2). Rasul s. a. v. dedikim, [tasavvuf da’vrlarni tark etish va ma’nolarni yashirishdir](3). Yana soʻrdikim, [tavhid nima?](4). Javob toptikim, [koʻnglingdan kechgan va xayolingdan oʻtgan har narsadan Alloh subhonahuning boshqa ekanligidir; Tavhid shak-shubhadan, shirkdan, aybu nuqsondan poklashdir](5). Yana soʻrdikim, [aql nima?](6). Javob toptikim, [aqlning eng pasti dunyoni tark qilish, yuqori darajasi Alloh taoloning zoti xususida tafakkur qilmaslik](7). Shayxning osori viloyati va gʻaroyib holati behaddu hasrdur. Tilagan kishi maqomotida topar. Toʻrt yuz yigirmada zulqa’da oyida dunyodin oʻtubdur.

328. Shayx Roʻzbehon Baqliy q. t. s.

[Kuniyati Abu Muhammad b. Abu Nasr Baqliy Fasaviy summash Sheroziy](1) Sultoni ulamo va Burhoni urafo erdi, qudvai ushshoq. Holining bidoyatida Iroq va Hijoz va Shom safari qilibdur. Shayx Abu Najib Suhravardiy bila «Sahihi Buxoriy» samo’ida Iskandariya sagʻrida sherik ekandur va Shayx Sirojuddin Mahmud b. Xalifa b. Abdussalom b. Ahmad b. Solba ilgidin xirqa kiyibdur va oning ishorat tili bila soʻzlari bor va bu qavm istilohoti bila musannafoti bor va ul jumladin «Aroyis» tafsiridur va «Shathiyoti sharhi arabiy va forsiy», «Kitob ul-anvor fi kashf ul-asror» va bulardin oʻzga hamki, barchaning te’dodining tuli bor va ba’zi musannafotida kelturubdurkim, qavvol kerakkim, yaxshi, chiroyligʻ boʻlgʻay. Oriflar samo’i majma’ida koʻngullar tarvihi uchun uch nimaga muhtojdurlar: ravoyihi tayyiba va vajhi sabih va savti malih. Va mashoyixdin ba’zi bu qavldin ijtinob buyurubdurlar. Nevchunki, bu ish bir orifgʻa musallamdurki, koʻngli pokligi kamolgʻa yetmish boʻlgʻay va koʻzi haq s. t. gʻayrini koʻrmakdin yopilmish boʻlgʻay. Derlarki, ellik yil Sherozning Atiq jome’ida tazkir qildi va va’z aytdi.

Sherozda bir kun borur erdiki, majlis aytqoy. Koʻrdiki, bir zaifa qizigʻa nasihat qilib aytadurki, ey farzand, husnungni elga koʻp koʻrguzmaki, xoru bee’tibor boʻlur. Shayx dedikim, ey nosiha, husn anga roze zmaski, yolgʻuzu munfarid boʻlgʻay. Ul borcha oni tilarkim, ishq bila qarin boʻlgʻay. Husnu ishq azalda ahde bogʻlabdurlarki, bir-biridin ayru boʻlmagʻaylar Ashobqa bu soʻz istimo’idin ancha vajdu hol yuzlandikim, ba’zi oning bila-oʻq bordi. «Futuhoti Makkiya» sohibi r, a. debdurki, Shayx Roʻzbehon Makkada mujovir erdi. [Vajd holida Xudoga tavajjuh qilib, shunday faryod qilardiki, tavof qiluvchilarga tashvishlar berardi. Shu bois Haram tomnda tavof qilardi. U sodiq ul-hol edi](2). Nogoh bir mugʻanniya muhabbatigʻa mubtalo boʻldi va eldin maxfiy erdi va ul vajdu sayhalarki, vajdi fillohda tortar erdi, boqiy erdi. Ammo avval Tengri ishqida erdi va holo ul mugʻayniya ishqida. Bildiki, elga ul aqida boʻlgʻusidurki, emdi dogʻi haqiqat yuzidindur. Haram mashoyixi qoshigʻa bordi va xirqani boshidan tortib, alar qoshigʻa tashladi va dedikim, tilamasmanki, oʻz holimda kozib boʻlgʻaymen. Va mugʻanniya mulozamatini lozim tutdi va chun shayxning ishqu holu muhabbatini mugʻanniya bildi. Mutaassir boʻlib bildiki, avliyo akobiridindur. Shayx ilayida tavba qildi va mulozim boʻldi va shayxning ul tugʻyoni muhabbati taskin topdi va mashoyix majlisigʻa borib, xirqasin olib, yana egniga soldi va gʻarib holoti shayxning koʻpdurki, qalam aning sharhida ojizdur. Olti yuz oltida dunyodin oʻtdi.

329. Abulhasan Karduya r. t.

Ilmu taqvo sohibi erdi. Sherozda oltmish yil oʻz uyida munzaviy erdiki, jum’a namozidin oʻzga va ba’zi zaruriyatdin oʻzga ishga uydin chiqmadi. Va Xizr a.s. anga zohir boʻlur erdi va suhbat tutarlar erdi. Chun Shayx Roʻzbexon Baqliy q. s. bemor boʻldi. Shayx Abulhasan Karduya va Shayx Ali Sarrojki, Shayx Roʻzbehonning avlodigʻa xol boʻlur erdi. Shayxning iyodatigʻa bordilar. Shayx alar sari boqib dedikim, kelingki, jismoniy hayot qaydidin chiqarbiz va ruhoniyu abadin hayotigʻa muttasif boʻlurbiz. Alar qabul qildilar. Shayx dedi: men sizlardin burun borurmen va sen, ey Abulhasan, oʻn besh kundin soʻngra manga yetarsen va sen, ey Ali, bir oydin soʻngra. Shayx Muharramning muntasifida bordi va Shayx Abulhasan Muharramning oxirida va Shayx Ali safarning oʻrtasida. r. t.

330. Shayx Abdulloh Balyoniy q. t. s.

Laqabi Avhaduddindur va shayx Abu Ali Daqqoq farzandlaridindur va nisbati Shayx Abu Aligʻa bu nav’ yetarki, Abdulloh b. Mas’ud b. Muhammad b. Ali b. Ahmad b. Imron b. Ismoil b. Abu Ali Daqqoq q. a.

Va Shayx Abi Alining bir oʻgʻli bor erdi – Ismoil va bir qizi bor erdi – Fotimabonu. Shayx Abulqosim Qushayriyning mankuhasi va oning xirqasining silsilasi bu nav’ boʻlurki, anga xirqa otasi Ziyovuddin Mas’uddin va anga Shayx Asiluddin Sheroziydin va anga shayx Ruknuddin Sanjosiydin va anga shayx Qutbuddin Abdurashid Abhariydin va anga Shayx Jamoluddin Abdussamad Zanjoniydin va ul ikkalasiga Shayx Abunajib Suhravardiy q. s.din yetibdur. Ul bir kun Sherozda shayx Sa’diy xonaqohigʻa bordi. Shayx Sa’diy bir ovuch filus kelturub, ilayiga toʻktikim, darveshlar uchun sufra muhayyo qilgʻaylar. Ul dedikim, ey Sa’diy, bir ovuch filus kelturub, darveshlar sufrasi uchun pul keltirursan. Ul zarfni kelturkim, anga oltmish ikki oqcha toʻlabsen. Shayx Sa’diy filhol ul zarfni hozir qildi va ul vajhni darveshlar sufrasigʻa sarf qildilar.

Shayx Abdullohning bir muridi bor erdi tabboxkim, doʻkoni bor erdi. Shayx har qachon anda yetsa erdi, ul murid bir ayogʻ osh yasab, shayx uchun kelturar erdi. Bir kun ul murid doʻkoniga yetganda ul murid hamul dastur bila bir ayoq osh kelturub, Shayx ayogʻ ustida turub, ul oshni ichadur erdikim, bir darvesh yetishti va oq pokiza xirqa kiyib erdi. Shayxqa dedikim, Ey shayx, tilarmanki, meni Tengri taologʻa dalolat qilgʻaysen va degaysenki, foyda ne ishdadur? To oʻshondoq qilgʻaymen. Shayx ichadurgon ilkidagʻi ayogʻ oshni onga berdikim, olib ichgil! Ul olib ichgandin soʻngra buyurdikim, yogʻ boʻlgʻan ilkingni bu xirqanggʻa surt va doim ushmundoq qil! Ul dedi: Ey shayx, muni qilaolmon. Oʻzga ish buyur! Shayx dedikim, muncha ishni qilaolmasang, har ishki buyursam qilaolmagʻungdur. Borki, sen bu ish kishisi emassen. Shayx Abdullohning mashrab tavhidi bagʻoyat biyik ekandur. Elning vus’igʻa sigʻmas. Soʻzlar andin nazmu nasr yuzidin voqe’ boʻlur erkandur

Ul jumladin bu ruboiydur. Ruboiy: [To Haqni oʻz koʻzlarim bilan koʻrmaguncha talab qilishdan aslo toʻxtamayman. Xudoni koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi, deydilar. Ular boshqa. Men esa, doimo shuni istayman](1). Olti yuz sakson oltida ashuro kuni dunyodin oʻtubdur.

331. Jamoluddin Muhammad Bokalanjor q. s.

[Koʻrkam, ochiq chehra, hikoyalari jozibali, mujohada va xilvatlar sohibi, toatu ibodat borasida duoyu zikrlari koʻp, ruhoniy soʻzlar, rahmoniy. ishoralar egasi boʻlgan qariya edi](1). Shayx Abu Abdulloh Balyoniy debdurkim, ul vaqtki, kichik yoshligʻ erdim, Shayx Jamoluddin Bokalanjor otam suhbatida boʻlur erdi. Va men payvasta zikrga mashgʻul boʻlur erdim. Va yaxshi unum bor erdi. Va oʻz jam’iyati xotirim uchun gohi zikr orasida tarannum bila ash’or oʻqur erdim. Shayx Jamoluddin anga quloq solur ermish va andin aning vaqti xush boʻlur ermish. Va men bu holdin gʻofil, yana ul tarannumni bas qilib, zikrga mashgʻul boʻlur erdim. Bir kun Shayx Jamoluddin mening qoshimgʻa kelib dedikim, ey Shayx Abdulloh, nechun mundoq qilursanki, ba’zi mahalda yaxshi un bila nima oʻqursen va biz sanga quloq solgʻach tek turarsen va bizni nimbismil qoʻyarsen? Yana mundoq qilma va darveshlar xotirin sotqun ol, chun sendin bu unni sotqun olurlar. Otam Ziyouddin Mas’ud ham mundoq buyurdi va men qabul qildim. Ul qavli taolo [(Shuningdek) to sizga aniq narsa (ya’ni, oʻlim soati) kelguncha Parvardigoringizga ibodat qiling](2) ma’nosida debdurki, yaqin yoʻqdur juz ayni qadim ayoni, ayni qadim ayonining niyati surati amalsiz ibodatdur. Va niyatiki amaldin yaxshiroqdur, budur. Va amal surati ayni qadim ayoni niyatidin. ayru ibodat emas, balki rasmu odatdur. Tolib uldurki, aning matlubi ayoni ayni qadimdin oʻzga emas. Va har ne ayoni ayni qadimdin oʻzgadur, aning qoshida muholu botildur. Va shayx Bokalanjor yetti yuz ellik va bir nimada dunyodin oʻtubdur va qabri Sherozdadur.

332. Muso Imron Juruftiy q. s.

Buzurg ermish Juruftda. Shayx Abdulloh Toqiy aning murididur. Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Xafif bila Muso Imron orasida niqore tushti. Anga noma va paygʻom yibordikim, maning Sherozda ming muridim borki, agar har qaysidin ming oltun tilasam oqshomgʻacha fursat tilamaslar. Muso Imron javob yibordikim, mening Juruftda ming dushmanim borki, har qachon menga dast topsalar, oqshomgʻacha fursat bermaslar va tirik qoʻymaslar. Soʻfiy sen boʻlgʻaysen yo men?

333. Xoja Ali b. Hasan Kirmoniy q. s.

Kirmon shayxi erdi. Aning mashoyixining mutaaxxirrogʻi erdi. Doruxonasi bor erdi va ishi tartib, va nizom bila erdi va qalin muridligʻ va yaxshi muomalaligʻ da’visi bor erdi. Shayx Amu dunyodin borgʻondin soʻngra ul irshod masnadigʻa oʻlturdi. Shayx ul-islom debdurki, Kirmonda Xoja Ali ibn Hasan bila Xozun Xalil orosida niqor tushti. Xalil Xoja Aligʻa noma yibordikim, sen tongdin choshtgacha doru va sharbat va guvorish yersenki, taomni tilagancha yeyolgʻaysan va men tongdin choshtgohgacha kezarmenki, yegali nima topqaymen? Soʻfiy senmusen yo men? Mashoyix ta’n urar erdilar va pisand qilmaslar erdi. Aning qabul tilamakik gʻurur zahri jihatidinki, andadur.

334. Mira Nisoburiy r. t.

Pire erdi, buzurg soʻfilardin va malomatiy erdi. Nisogʻa bordi, ziyorat uchun yo oʻzga ishga. Anga azim qabul voqe’ boʻldi va koʻp murid yigʻildi. Ul bu ishdin ranjur erdi va koʻnglining shugʻli ortar erdi. Chun yondi. Koʻp xaloyiq aning bila chiqdilar va andin ayrilmadilar va borurlar erdi. Bir xodime bor erdi. Andin soʻrdikim, bular ne xalqdur? Dedi: Irodat ahlidur! Saning xizmatinggʻa boradurlar. Qattiq yel esar erdi. Bir biyik ustiga chiqti va ishtonining bogʻini yechib, yel sari siyakirishdi. Andoqki, oʻz toʻni va ba’zi elning toʻni mulavvas boʻldi. Ul xalq mutanaffir boʻlub, inkor bila qayttilar. Xodim anga dedi: inkor yuzidinki, bu ne erdiki, qilding? Ul borur erdi. To bir suv qirogʻigʻa yetdi. Muraqqa’ bila oʻzin suvgʻa soldi va toʻnlarin va oʻzin arigʻ yuvdi va keyin boqib xodimgʻa dedikim, inkor qilmagʻaysen. Aningdek ofat va azim fitna va shugʻlni bu miqdor bavl bila oʻzumdin ketordim. Shayx ul-islom dedi: bilursenki, nevchun mundoq qildi? Oning uchunki, ul gʻavgʻo aning tab’igʻa va nafsigʻa xush kelib erdi. Bu ish anga vojib erdi.

335. Abu Abdulloh Turugʻbadiy r. t.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Muhammad b. Husayndur. Tusning ajillayi mashoyixidikdur, Abu Usmon Hiriy bila suhbat tutub erdi va ul mashoyixki, aning muosiri erdilar. Va oʻz tariqida mashoyix yagonasi erdi. Uch yuz ellikda dunyodin oʻtti. Ul debdurki, [Xudoga yetish uchun Xudodan boshqa vasidasi boʻlmagan kishi naqadar baxtli!](1). Va ham ul debdurki, [dunyoni dunyo uchun tark qilish dunyo yigʻish alomatidir](2). Va ham ul debdurki, Ollohi taolo bandasigʻa oʻz ma’rifatidin bir nima bergay va anga oncha ma’rifatki beribdur balo bergay, to ul ma’rifat quvvati bila ul baloni koʻtargay. Va ham ul debdurki, yiroq boʻl xidmatda tamayyuzdin, ne uchunki, jam’iki alarni xidmatda mumtoz qilursen, zohir qolmaydurlar, pas barchagʻa xidmat qil, to murod hosil boʻlgʻay va maqsud favt boʻlmagʻay.

336. Abu Abdulloh Rudboriy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ahmad b. Atodur Shomda shayx erdi. Surda sokin erdi. Va Sur daryo qirogʻidadur. Va qabri andadur va emdi suv ostida qolibdur. Abu Ali Rudboriy q. s.ning xoharzodasidur. Buzurg va sufi erdi, qurrolar suratida. Onasi Fotima anga der erdikim, [Abu Abdulloh – murattab qori, togʻasi – Abu Ali sufiy edi](1). Olim erdi, Qur’on va shariat ilmida va haqiqat ilmida. Uch yuz oltmish Tukr quzda Zulhijja oyi dunyodin oʻtti. Faqr odobida bir kitobi bor. Shayx ul-islom debdurki, men ikki kishi koʻrubmenki, ani koʻrubdurlar. Biri Shayx Abu Abdulloh Boku va yana biri Shayx Abulqosim Abu Salamai Bovardiy. Shayx Abu Abdulloh Boku debdurki, ul dedikim, [tasavvuf – takallufni tark qilmoq, pokiza boʻlmoq, shonshuhratdan kechmoqdir](2). Va Shayx Abulqosim debdurki, ul dediki, hadis bitimak kishidin jahlni eltur va darveshlik kibrni. [Agar ikkalasi jam’ boʻlsa, shularning fazilati senga kifoya](3). Shayx ul-islom dediki, Abu Said Muqriy dediki, Shayx Abu Abdulloh Rudboriy bila baqliy yeydur erdim. Bir baqliy oldim, yana oʻrnigʻa qoʻydum. Shayx dediki, hech nimakim oʻzungga pisand qilmassen, yana bir darvesh olligʻa qoʻyarsenki, yegil! Shayx ul-islom dediki, Muhaymad Shigarf dediki, istinjo kesakida ham insofdur.

337. Abu Abdulloh Monak r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Abdulloh Monak Forsning Argʻonida erdi. Oti Ahmad b. Ibrohim Monakdur. Bu dor Argʻoniyning shogirdidur. Shibliyni koʻrub erdi. Va yoshi yuzdin oʻtubdur. Soʻz aytsa, ikki muridi ikki yonidin ogʻzining suyini arturlar erdiki, ogʻzi suni tishlari yoʻqidin oqar erdi. Ul debdurki, Shibliy bir kun minbar ustida dedikim, Junaydning haqqi hozir erdi, dedikim, gʻiybat haromdur. Shayx ul-islom debdurkim, Abu Said Xarroz q. s. Misrgʻa keldi. Anga dedilarki, qavm sayyidi, ne uchun soʻz demassen? Dedikim, bular Haqdin gʻoyibdurlar Va Haq zikri gʻoyiblargʻa gʻiybatdur!

338. Abu Abdulloh Duniy q. s.

Mutaaxxirlardindur. Dunda boʻlur ermish. Shoʻre bor ermish. Shayx ul-islom dediki, Xaraqoniy manga dediki, Abu Abdulloh Duniyning shogirdi manga dedikim, bizing shayx mast keldi va mast ketti. Shayx ul-islom dediki, aning shogirdi chin aytti. Xaraqoniy ayttikim, men ayttimki, ul Abubakr Shibliy erdikim, mast keldi va mast kettiki, men ani oʻz qoshimda koʻrdumki, havoda raqs qilur erdi va manga shukr der erdi. Shayx ul-islom dedikim, Abu Abdulloh Duniydin soʻrdilarki, faqr nedur? Dedikim, [odamlar orasida voqe’ boʻlgan ismdurkim, ma’nosi tom boʻlsa, u Allohu taolodir](1). Duniy koʻp Qur’on oʻqur erdi. Har qachon zakot yo sadaqa oyatigʻa yetsa erdi, xushhol boʻlub, egnidin bir nima chiqarib berur erdikim, eshikdin tashqari chiqarib qoʻyung, har kishi yetsa, olsun!

339. Abu Abdulloh Mavlo q. s.

Hirotda boʻlur erdi. Abu Abdulloh Mavlo Zohid ayyomida bir kun masjidi jome’dakim hanuz Pir Abusaid Duniy kelmaydur erdi, soʻzga kirdi va bir miqdor soʻz aytti. Va soʻngra dedikim, agar sarfi tavhid kerak budurki dedim va agar kafchu kadu ilmi kerak, tongla Abu Said kelib bizga aytqay. Shayx ul-islom debdurki, Abu Abdulloh Mavlo bu ishni bir soʻzga kelturubdur. Va ul budurki, bir kun och erdi va anga orzu boʻldikim, ikki issiq non bila dushob boʻlsakim, yesa. Bu ochligʻda masjidga kirib uyudi. Bir muridi ani uyugʻon koʻrdi va dedi, shoyad och erkin. Ikki issigʻ non bila dushob olib eltib, sajjodasi ostigʻa qoʻydi. Issigʻ non isi anga yetgach uygʻondi va orzu qilgʻonin koʻrdi va yuqori boqib dedi: Ilohi, ishginaki sanga kerak, qila olgʻaysen, ya’ni agar inoyating boʻlsa, doʻstlaringning ishin sababu jahdsiz yasarsen. Shayx ul-islom dedikim, bizing talabu jahdimizdin hech nima kelmas va hech yerga yetmasbiz, magar ulki, kishiga aning inoyati boʻlgʻay.

340. Abu Abdulloh Muqriy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Ahmad b. Muhammad Muqriydur. Yusuf b. Husayn va Abdulloh Xarroz Roziy va Muzaffar Kirmonshohiy va Ruvaym va Jaririy va Ibn Ato bila suhbat tutubdur. Mashoyixiing javonmardlaridin erdi va alarning saxiyrogʻi. Anga ellik ming diram meros yetti. Borini fuqarogʻa nafaqa qildi va vahdatu tajrid bila haj ehromi bogʻladi. Va hanuz hadosat sinda erdi. Va uch yuz oltmishda dunyodin oʻtdi. Ul debdurki, [sodiq faqir shunday kishiki, hamma narsaga ega boʻladi, ammo biror narsa unga ega boʻla olmaydi](1). Va ham ul debdurki, [kimki yoru birodariga xizmat qilishdan boʻyin tovlasa, Alloh uni shunday xor qiladiki, hargiz qutulolmaydi](2). Ham ul debdurki, [kimki mendan bir narsa qabul qilgan boʻlsa, undan, albatta minnatdor boʻlganman. Bu minnatdorlik haqini ado etish menga aslo muyassar boʻlgan zmas](3). Va ham ul debdurki, futuvvat yaxshilikdur dushmangʻa va mol bazldur angakim, makruhi tab’ingdur va suhbat husni va muloyimatdur angakim, mutanaffir boʻlgʻaysen. Va ham ul debdurki, Abdulloh Xarrozdin vasiyat talabe qildim. Uch nimaga amr qildi: biri farz adosigʻa, ulcha mumkindur jahdu toqat bila; yana musulmonlar hurmatigʻa, yana xotirlarni muttaham tutmak, magar ulcha Haq muvofiqi boʻlgʻay.

341. Abulqosim Muqriy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ja’far b. Ahmad b. Muhammad Muqriydur. Abu Abdulloh Muqriyning qardoshidur. Xuroson buzurglari va mashoyixidin erdi, oliyhimmatu sohibhol. Va oʻz tariqida yagona erdi. Shayx Sulamiy debdurki, [koʻrinishda, viqorda va oʻtirishlikda mashoyixlardan birorta unga oʻxshaganini koʻrmadim](1).

Ibn Ato va Jaririy va Abubakr b. Abiy Sa’don va Abubakr Mumshod va Abu Ali Rudboriy q. s. bila suhbat tutub erdi. Uch yuz yetmish sakkizda Nisoburda dunyodin oʻtti. Ul debdurki, orif uldurki, ani ma’rufi mashgʻul tutqay andinki, xalqqa yo rad, yo qabul koʻzi bila boqqay. Ham ul debdurki, [sodiq kishilar oʻzlari va pirlari haqidagi soʻzlarini tasdiqlash bilan tasvavufga baraka kira boshlaydi](2).

342. Abu Muhammad Rosibiy r. t.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Abdulloh b. Muhammad Rosibiy Bagʻdodiydur. Ibn Ato va Jaririy bila suhbat tutubdur. Shomgʻa rihlat qildi va yana Bagʻdodga keldi. Va anda uch yuz oltmish yettida dunyodin oʻtti. Ul debdurki, [oʻzing va Haq orasidagi eng katta parda – nafsing bilan mashgʻulliging va ishlaringda oʻzing kabi ojiz kishiga e’timod qilishingdir](1). Va ham ul debdurki, [gʻam-gʻussa – gunohlarning uqubatidir](2). Va ham ul debdurki, [Sufiyni yer koʻtarmasa osmon unga soya solmasa, xalq nazariga tusholmasa, hamda har qanday holatda murojaat etadigani – Allohu taolo boʻlmasa, u sufiy boʻla olmaydi](3). Bir kun aning qoshida muhabbat soʻzi oʻtadur erdi. Dedikim, [muhabbat oshkor boʻlsa, oshiqni sharmanda qiladi, agar pinhon boʻlsa, gʻamda halok etadi](4).

343. Abu Abdulloh Dinavariy q. s.

Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Abdulxoliq Dinavariydur, [u sufiya mashoyixlarining ulugʻrogʻi, shu toifa ilmining fasihatlirogʻi edi](1). Shayx ul-islom debdurki, ul umrining oxirida Vodil Quro’da bir masjidgʻa kirdi. Va ul xalq tarqadilar va ani ziyofat qilmadilar va yegulik bermadilar. Ul kecha ochligʻdin oʻldi. Va kunduz kelib takfin qilib dafn qildilar. Yana kun masjidqa keldilar, kafanni koʻrdilar, mehrobda kirmogʻligʻ. Va anda bir qogʻazda bitiglikkim, bizing bir doʻstimiz sizga mehmon boʻldi, yegulik bermay ani ochligʻdin oʻlturdungiz, sizing kafaningiz kerakmas! Ul debdurki, Haq subhonahu va tablo fuqarogʻa salom der va ayturki, [bas, «sizlarga salom boʻlsin!», deb ayt...](2). Derlarki, ul bir yil kemaya qoldikim, yel esmas erdi. Muraqqa’ning darzin ochar erdi va tikar erdi. Dedikim, nafsni mashgʻul qiladurmen, andin burunki; ul mashgʻul qilgʻay. Ul debdurki, ulugʻlar suhbati kichiklarga Tengri tavfiqlaridindur va alarning ziyrakliklaridindur va ulugʻlar mayli kichiklar suhbatigʻa xazlon alomati va alarning hamoqat va nodonligʻlaridindur. Va ham ul debdur ba’zi ashobigʻakim, [ularning zohiriy liboslari seni taajjubga solmasin. Chunki botinni xarob qilganlaridan soʻng zohirni ziynatlaydilar](3). Ham ul debdur, ba’zi safarlarda bir langni koʻrdumki, bir ayogʻi bila sekrib borur erdi. Dedim: senga safar ne hojat, chun yurur holating yoʻqdur? Dedi: sen musulmonsen? Dedim: bale! Dedi: ul oyatni oʻqukim, [ularni quruqlik va dengizda chiqarib qoʻydik](4). Chun homil va koʻtargusi uldur, boʻla olurki, olatsiz ham koʻtargay.

344. Abulhusayn Sirvoniyi Sagʻir q. s.

Oltinchi tabaqadindur. Oty Ali b. Ja’far b. Dovud. Magʻrib Sirvonidindur. Ulugʻ Sirvoniyning shogirdi Xavvosning sohibi, Misrda boʻlur erdi. Makkada mujovirligʻ qildi va anda dunyodin oʻtti. Mu’oz Misriyning ham shogirdi erdi. Abubakr Mavoziniy va Junayd va Shibliy va Abulxayr Taynotiy va Abu Ali Rudboriy va Kattoniy va Abu Ali Kotib va Abubakr Misriy va alardin oʻzgani ham vaqt mashoyixidin koʻrub erdi. Va Haram shayxi erdi oʻz vaqtida va roʻzgʻor mashoyixi yagonasi. Va Shayx Sulamiy sufiya tarixida debdurki, aning umri yuz yigirma toʻrt yilgʻa tortti. Umrining oxirida muqayyad boʻldi, ammo har qachon muazzinqad qomat tortsa erdi, ayoq ustiga qoʻpar erdi, namoz qilgʻondin soʻngra yana muqayyad erdi. Va samo’ holida ham bu nav’ erdi. Va Shayx Amu va Shayx Abbos aning diydorigʻa faxr qilurlar erdi. Va faxr qilmay ne qilgʻaylar erdiki, alarning faxri ul pir bila farz erdi. Andin soʻrdilarki, tasavvuf nedur? Dedikim, «Himmatni yagona tutmak va xalqdin begona boʻlmoq». Ul debdurki, [soʻfilar avrod bilan emas, voridot bilandir](1). Shayx ul-islom debdurki, Fath Hoji debdurki, ul debdurki, sufi maqomoti u ahvoldin oʻtubdur, barcha aning qadami ostidadur va aning holida jam’. Shayx ul-islom dedikim, Shayx Amu dedikim, Sirvoniy dedikim, [siddiqlarning xotiridan ketadigan oxirgi narsa–rayosat sevgisidir](2). Va ham ul debdurki, [kimki, botil yoʻl bilan izzat talab qilsa, Alloh uni Haq yoʻl bilan xor qiladi](3). Va ham ul debdurkim, [tasavvuf–xalqni tark qilish va ziyoda himmatdir](4). Va andin soʻng dedikim, [xalq–mehnatdir, nimagaki dahl qilsa uni buzadi](5). Va ham ul debdurki, [kimki, tadbir qilishni tark qilsa, rohatda yashaydi](6). Va ham ul debdurki, [odamlarning ofati – odamlardir](7). Va ham ul debdurki, [faqirlar rohatga oshiqqan dunyo va oxirat podshohlaridir](8). Va ham ul dediki, [faqir – vaqt farzandi. Agar u kelajakka koʻz tutsa, faqirlikdan chiqadi](9). Va ham ul debdurki, Junayddin eshittimkim, dedikim, har kimga foqa yetishsa, anga bir ortugʻ toʻn boʻlgʻayki, onsiz basar qila olgʻay; ul foqa anga buxldin yetmish boʻlgʻay. Va ham debdurki, [talabimizni qondiring, chunki talabimiz talab bilan hosil boʻlmaydi](1)0. Va ham: ul debdurki, Murta’ish dedikim, [faqir yigirma yil umrini oʻyin bilan oʻtkazsa-yu, soʻng bir soat sadoqat koʻrsatsa, albatta najot topadi)](1)(1). Pas Sirvoniy de-dikim, [Xudo saqlasin, ular oʻynamaydilar!](1)(2). Va ham ul debdurki, Abulxayr Taynotiy dediki, manga doʻzax ahligʻa ishrof berdilar. Alarning koʻpi rikva va aso va muraqqa’ ahli erdi. Pas Sirvoniy dedikim, aning mustavjibi boʻlmadilar, magar yaqin qillatidin.

345. Abulhusayn Jahzam Hamadoniy q. s.

Oltinchi tabaqadindur. Oti Ali b. Abdulloh b. Hasan Jahzam Hamadoniy. Kavkabiy va Ja’far Xuldiyning shogirdidur. Haramda shayx erdi. Bir kitob tasnifi bor moʻ’tabar, bu toifaning zikru ahvolu maqomotida, «Bahjat ul-asror»gʻa mavsum. Imom Yofi’i tarixida aning dunyodin oʻtganin toʻrt yuz oʻn toʻrtta bitibdur. Shayx Ahmad Kufoniy ani koʻrub erdi. Shayx ul-islom debdurki, men kishi bilurmenki, Makkaga bordi Shayx Abulhusayn Jahzam ziyoratigʻa va haj qilmay yondiki, hajni aning ziyoratigʻa qotishtirmadi, aning buzurglukidin. Va ul islom hajji emas erdi. Shayx ul-islom debdurki, mashoyix ziyorati va alarning xidmati bu toifagʻa farzdur. Shayx Abulhusayn Jahzamning oʻgʻli bor erdi nohamvorroq va Shayx andin hamisha ranjur erdi. Bir kun Masjidi Haram ichidin oʻtub borur erdi. Birav Shayx Sirvoniygʻa dedikim, ne malomatlarki, bu oʻgʻuldin ul atogʻa yetadur. Shayx Sirvoniy dedikim, ranju malomatlar ul atodin bu oʻgʻulgʻa yetadur. Otasi andak buzurg va aziz boʻlmasa erdi, oʻgʻlin kim yod qilur erdi? U otaning oliy marotibidindurki, bu oʻgʻul el tiliga tushubdur va angushtnamo boʻlubdur va anga anvoyi malomatlar yetadur.

346. Abulhusayn Tazariy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, Tazar bir yerdur Forsda. Buzurg erdi va darveshlarni buzurg tutar erdi va ashoblari adab va siyonat birla erdilar va shayx ul-islom debdurki, Abu Nasr Hoji menga dedikim, shayx Tazariyni koʻrdumki, bir darveshning poytobasin koʻziga surtar erdi. Shayx ul-islom debdurki, Koshonda qavme bor erdilar, yoruq koʻngulluk. Manga iltimos qildilar, bizni shayx Abdulloh Toqiygʻa elting. Andin istijoza qilib, alarni aning qoshigʻa eltdim va dedimkim, alargʻa vasiyate qil! Soʻrdikim, mutaahhildurlar? Dedim: bale! Dedi: muktasibdurlar? Dedim, bale! Dedi: Asru koʻb boʻlgʻayki, kasbe qilgʻaylar va ahllarin yaxshi tutqaylar va aqshom har kishi taomdin oʻz bahrasin olgʻay va bir lahza bir-birlari bila boʻlgʻaylar va tarqashqaylar va alargʻa duo qildi va qoʻptuk. Men bu ishni sharh bila Shayx Amugʻa ayttim. Dedikim, Abdulloh Duniy bila Abulhusayn Tazariyning tariqlari bu erdi.

347. Abulhusayn Sarkiy r. t.

Ul Makkada mujovir erdi va Shayx Sirvoniy va Abulabbos Suhravardiy va Shayx Usoma va Abulxayr Habashiy va Abusaid Sheroziy va Shayx Muhammad Soxarchi bila musohib erdi. Barcha bir-birining yoronlari erdilar va mashoyix alarni ta’zim qilurlar erdi. Shayx ul-islom debdurki, Abulhusayn Sarkiy jamoati mashoyix bila bodiyada erdilar. Samum yeli qoʻpti. Ul barchagʻa dedikim, qaygʻurmang! Bu ish menga tushubdur. Men borurmen va sizlar barcha xalos boʻlursiz va serob boʻlursiz. Andoq erdi. Ul samumgʻa oʻrtandn va bulut kelib yogʻdi va alar serob boʻldilar va sel kelib ani eltti. Shayx ul-islom dedikim, tiriklikda anga suv bermadi va suvsiz oʻlturub, ani suvgʻa berdi. Ul doʻstlari bila mundoq qilur.

348. Shayx Muhammad Soxariy r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Shayx Muhammad Soxariy uldurki, Mustafo s.a.v. ravzasigʻa bordi va dedikim, yo Rasulalloh, sanga mehmonmen. Yo manga ziyofat qil, yo ulki qabringdagi qandillarni ushatay. Birav keldi va ani uyiga eltib ziyofat qildi. Va soʻrdikim, Rasul s.a. v.gʻa Ne deb erding? Va kular erdi. Soxariy aytqonin aytti va aning soʻrgʻani kayfiyatin soʻrdi. Ul dedykim, uyquda erdim, Rasul s.a.v.ni tush koʻrdum. Dedikim, bir badxoʻy mehmonim bor. Borib ani agʻirla va aytkim, yeringni badal qilkim, bu yer orzu yeri emas.

349. Shayx Ahmad Juvolgar q. s.

Shayx ul-islom dedikim, ul ham alardindur, Fargʻonadindur. Haramda mujovir ermish. Shayx ul-islom Shayx Amudin naql qilibdurkim, bir choq Makkada tenglik tushti. Sufilar kadxudo boʻldilar va valiyma berur erdilar. Ul ham uylandi. Kecha oʻtgandin soʻngra alargʻa dedikim, mendin buxl emas sizga, bu ish noxush ish ermish va bu muddatda manga demadingiz.

350. Abulhusayn Haddod Hiraviy r. t.

Shayx ul-islom debdurkim, ul buzurg erdi, darvishe mujarrad va zarif, soʻfiyaning zurafosidin, Makkada mujovir. Makkadin Shayx Abulabbos Qassobqa keldi va soʻrdikim, javonmardligʻ nedur? Shayx dediki, javonmardligʻ uldurki, harisani yoronlargʻa sovutmagʻaysen. Va ul bir qatla ba’zi ish ishtigʻolidin yoronlargʻa intizor bergan ermish va harisa alarning ollida sovugʻon ermish. Shayx ul-islom dediki, Ahmad Kufoniy dedikim, Abulhusayigʻa birav dediki, ul kechaki, mezbonligʻing boʻlmagʻay, mening sori kel! Ul dediki, ul xud goh-gohdur va ul oʻzum uchun keraklikdur. Va ham Ahmad debdurki, ul umrining oxirida rasmiy soʻfilardin malul boʻlub erdi va dedi: meni oʻz qoshinggʻa elt, elttim. Andin soʻng uch kun tirik erdi, toʻrtunchi kun Tengri hukmin butkardi.

351. Abulmuzaffar Tirmiziy r. t.

Oltinchi tabaqadindur. Oti Habbol b. Ahmad. Imom erdi, zohid va Hanbal mazhab. Tirmizda muzakkirlik qilur erdi va Xizr a. s. bila suhbat tutar erdi. Muhammad Homid Doshgardning shogirdidur. Va ul Shayx Abubakr Varroqning. Shayx ul-islom debdurki, aning yaxshi soʻzi koʻpdur, muomalot va zuhd va vara’ va taqvoda. Shayx ul-islom debdurki, Abulmuzaffar Tirmiziy va aning ustodi Abu Hamid chibinni oʻzlaridin qoʻrimaslar erdikim, alardin uchub yana birav ustiga qoʻnmagʻay, goʻyo ul vaqt taqvo ahli kishi borinda chibinni qoʻrmas ekandurlar. Va alargʻa koʻp mulohaza qilibdurlar, chibin qoʻrugʻonin koʻrmaydurlar, hamono bu rioyat jihatidin Tengri alar ishin chibindin kifoyat qilgʻandur.

352. Mirchai Safolfurush q. s.

Shayx ul-islom oʻz otasidin naql qilibdurki, Mirchai Safolfurush chiyonni oʻz doʻkonidin koʻtarib, bora yuziga eltib qoʻyar ermish. Va Shayx ul-islom debdur: mening otam hech jonvorni oʻlturmas erdi va bu abdol mazhabidur. Va alar abdoldin erdilar va karomat ahli. Biravga vaqt. xush boʻldi, oʻz farishtasin koʻrdi. Soʻrdikim, kishi ne qilsa, sizlarni koʻrar? Dedikim hech jonvorgʻa ozor yetkurmasa. Shayx ul-islom debdurki, Mircha doʻkonida erdiva birav aning qoshinda. Bir zaifa yetishti va anga dedi, ey zarroq, falon kishi favt boʻldi, namozigʻa bormassen? Ul qoʻpib doʻkonigʻa kirdi va muddate qoldi. Ul kishi doʻkonigʻa kirdi, ul yoʻq erdi va doʻkonning ham chiqar yoʻli yoʻq. Tabassuf bila kelib oʻltirdi, andin soʻng doʻkondin chiqti. Ul kishi dedi: qayon bording? Dedi: doʻkonda erdim Dedi: men koʻrdum, yoʻq erding. Dedi: ul zaifani koʻrdungki, biravning favtin aytti. Dedi: bale. Dedi: kishi Yamanda oʻlub erdi, borib anga namoz qilib keldim. Bir pora jaz’i Yamaniy ilgida erdi. Ul kishiga tashladi va dedi: bu yoʻlda tushub erdi. Ul debdurki, bir kun havoda Balxdin oʻtub borurda, bir qubba koʻrdum, anda bir xunyogar bu baytni oʻqub erdikim,

bayt:

[Bir sheri alamsen, sen olamda havopaymo,
Ishq oyatin oʻqursen fikring zaru sim ammo](1).

Men oʻrgandim. Birav anga dedikim, bu qarobalarki yasarsen, bilursen, munda ne nima solurlar? Dedi: sen bor va koʻrkim, ne solurlar? Shayx ul-islom aning oʻgʻlin koʻrub erdi.

353. Sharif Hamza Uqayliy r. t.

Hiraviy erdi. Balxda boʻlur erdi. Karomot va maqomot sohibi va Xizr a. s.ning suhbatdori erdi va mustajobudda’va erdi. Shayx ul-islomning piridur va aning yoronlari bor erdi, barcha buzurg va karomot iyalari, andoqki, Piri Forsiy va Abdulmalik Iskofva Abulqosim Hannona va Hasan Tabariy va Orif Ayyor va Abu Mansur Muhammad b. Ali Ansoriy va Shayx ul-islomning otasidin va otasi Abulmuzaffar Tirmiziydin naql qildikim, har kim senga yaxshilik qildi, seni oʻziga vobasta qildi va har kim senga jafo va yamonliq qildi, seni oʻzidin vorasta qildi. Rastaliq yaxshiroqki bastaliq? Shayx ul-islom debdurki, yeru koʻk ahlida har kimdin rasta boʻlgʻaysen, sud qilgʻaysen. Bu toifadin birov Koshgʻar azimati boʻldi. Bir pir soʻrdikim, hech ma’lumung bor? Dedi: Yoʻq! Dedi: Maosh bobida ne fikr qilibsen? Dedi: Zarurat boʻlsa, savol qilgʻaymen. Dedi: Savol qilgʻoningda nima bergan kishimu senga doʻstroqdur yo bermagan? Dedi: Bergan. Dedi: Hanuz norasidasen. Kerak erdi bermagan senga doʻstroq boʻlsa erdi. Negakim, nima bergan seni andin oʻziga tilar va bermagan oʻzidin anga yuborur. Bas, bergondin bermagan yaxshiroq boʻlgʻay va dedi: Boray, to oʻzumni bu tariyqqa yasab kelay. Hiriyga bordi va boʻldi, ulcha boʻldi. Nishoburda bir pir ayttikim, pir Mu’tamir Kuhanduziy munda keldi va dedikim, borcha olamning musofiri boʻldim. Ne bir olamdin qutulgʻon koʻrdum va ne oʻzum qutuldim.

354. Orif Ayyor r. t.

Balxda boʻlur erdi. Sharif Uqayliy ashobidin. Oti Mansurdur. Ul debdurki, derlarki Ali Murtazo r. a. Xaybar eshikin qoʻngʻaribdur. Agar Tengrining yorligʻi va Mustafo s. a. v.ning mushohadasi va Zulfiqor menda boʻlsa, Qof togʻin qoʻngʻarmasam, manga tovon boʻlgʻay. Shayx ul-islom debdurki, bu–Ali r. a. gʻa nuqs emasdurki, tanuqluqdur, ul mazkur boʻlgʻay uch nimaga.

355. Abulhusayn Solbih r. t.

Ani Shayx ush-shuyux derlar erdi. Sherozda erdi. Buzurg va roʻzgorining yagonasi erdi. Abbos Hiraviyning piridur. Jahon mashoyixi aning xonaqohigʻa kelur erdilar. Shayx Abu Muslim Fasaviy ashobidindur. Sherozda xonaqohida oʻttiz yil fuqaroyu masokin xidmatigʻa mashgʻul erdi. Va sodiru voridqa it’om qildi. Va ulamoyu sulahodin jam’i kasir aning xonaqohida mujovir erdilar. Toʻrt yuz yetmish uchda dunyodin oʻtti va xonaqohida dafn qildilar. Chun Shayx muhtazar boʻldi, xodimi Shayx Abdulloh b. Abdurrahmonni yubordi, to aning kafani tartibin qilgʻay. Ul bozorga borib, ikki kafan olib, ikki mayyit tajhizin qildi. Chun keldi, Shayx oʻtib erdi. Shayxni quchti, valloh dedi va jon berdi. Va ani Shayxning yonida dafn qildilar. Ul debdurki, muridqa bir mushuk farmonida boʻlgʻan yaxshiroqdurki, oʻz farmonida, nevchunki, gʻayr bila suhbat Xudoy uchundur va oʻzi bila suhbat nafsu havo uchun.

356. Shayx Imron Sulsiy r. t.

Suls bir kentdir Misr yaqinida. Ul anda boʻlur erdi. Shayx ul-islom debdurki, Ibrohim a. s. tariyqi bu erdikim, mehmonsiz nima yemas erdi. Uyin Abuzzifyon derlar erdi.

Shayx Amu debdurki, Nahovandiy mehmon boʻlmagʻuncha qozon osmas erdi. Shayx Abbos Faqir Hiraviy debdurki, Imron Sulsiy kunduz mehmonsiz nima yemas erdi. Roʻza tutar erdi. Qachon mehmon yetsa, aning bila taom yer erdi. Bir kun mehmon kechqurun yetishti. Chun soyim erdi va shom yaqin erdi. Mehmonni soʻzga tutdi. To bila iftor qilgʻay. Hamonoki, musofir och erdi va taomgʻa intizor tortdi. Ul kecha Haq s. t. Imronning tushiga kirib dediki, ey Imron, sening bizning bila bir odating bor erdi, yaxshi. Bizning dagʻi saning bila sunnatimiz bor erdi, yaxshi. Sen odatingni badal qilding, biz ham sunnatimizni badal qilduq! Uygʻondi ranjur va qaygʻuluq. Oz oʻtmadikim, Misr Voliysi Suls kentiga bir tarso omil yibordi va ul qattiq zulmlar qildi. Aidoqki, Shayx Imron jalo boʻlib, qochib, Misrga bordi va andin Sherozgʻa keldi. Shayx Abbos Faqir debdurki, Sherozda Shayx Abulhasan Solbih xonaqosida erdikim, ul keldi gʻarib hol bila. Taajjub qilib, qoʻpub, ta’zim qilib, yonigʻa oʻlturtdi. Hayrat va bexudlugʻi ul martabada erdikim, koʻzn ichinda arz hasharotidin bir ushoqroq jonvor boradur erdi. Shayx dedi: ul nedurki, koʻzungda boradur? Shayx Imron dedi: [koʻzimda biror narsa bormi?](1). Shayx tilar ediki, koʻp rioyatlar qilgʻayki, aning xonaqohigʻa koʻp yitib, xizmatkorligʻlarin koʻrgon erdiki, shoyad ba’zigʻa talofe boʻlgʻay. Shayx Imron turmadi va dediki, muotab kishidurmen. Boʻlmagʻoyki, meni tana’umda koʻrub, beganmagoy. Boray va bosh oʻz mehnatimgʻa qoʻyay, to xud ne kelgay. Shayx Abbos Faqir debdurki, necha kundin soʻngra oni bir buzuqda topdilarki, jon tarkin deb erdi va sichqon bir qulogʻin yeb erdi.

357. Abulhusayn Marv Rudiy r. t.

Ul Shibliyni koʻrub erdi. Debdurki, Shibliydin soʻrdilarki, Akramul-akramin kimdur? Dedikim, uldurki, bir gunahni biravdin karam bila avf qilgʻon-din soʻngra, yana ul gunah bila hech kishiga azob qilmagʻayki, men bu gunah bila falon bandamni va doʻstumni yorlaqabmen. Shayx ul-islom debdurki, tongla karam shodravonin andoq yoygʻayki, avvalinu oxirinning gunohi anda gum boʻlgʻay.

358. Abu Homid Doʻston q. s.

Ul Marvda erdi. Shayx ul-islom, debdurki, men bir kishi koʻrubmenki, oni koʻribdur. Ahmad Chashtiy andin soʻrubdurlarki, [hashamat qachon soqit boʻladi? Dedi: Suhbat boshlangach hashamat soqit boʻladi](1) Shayx ul-islom dedikim, saqo Abu Homid Doʻstoniy ilkiga suv berdi. Ul suvni ilkida muddate asradi. Saqo dediki, ey shayx, nevchun suv ichmassen? Dedi: bir chibin suv ichargʻa mashgʻuldur. Turubdurmen, to ul ichgay. «Ta’arruf» sharhida andoq mazkur ermishki, Haq s. t. ta’zimi anga andoq gʻolib ermishki, chun namozda turar ermish va avvalgi takbirda chun «Alloh» der ermish. «Akbar» demakdin burun behush boʻlur ermish va yiqilur ermish yillar umri bu nav’ oʻtdi va ham bu hol bila oʻtdi. Derlarki, ul hargiz oʻzi toʻn kiymas erdi. Muridlari kiydirurlar erdi. Birovga ul toʻnga ihtiyoj boʻlganda egnidin soʻyib olsa erdi, hech nima demas erdi. Kiydurguchi va olgʻuvchiga ixtiyor erdi, anga yoʻq.

Bir kun bir rafiq bila bir yoʻlda borur erdi. Rafiqi aytdi: Sen munda tur. Mening bu yaqinda juzviy nshim bor. Kelurmen. Bordi va kelmadi. Ul hamul yerda turdi. Qecha azim qor yogʻdi. Tonglosi keldi. Koʻrdikim, ul qor ostida tebranadur. Qorni aritti va dedi: Sen hanuz mundasen? Ul dediki, sen demadingmuki, tur, men kelurmen! Doʻstlar – doʻstlar vafosin asragʻaylar.

359. Bob Fargʻoniy q. s.

Oti Umardur. Fargʻonada boʻlur erdi. Ul yerda ulugʻ mashoyixii «Bob» derlar.

«Kashf ul-mahjub» sohibi der ermishki, ul avtod ul-arzdindur. Shayx ul-islom debdurki, shayx Amu oni koʻrib erdi. Ul dediki, bir kun aning qoshida oʻlturub erdim. Birav kirdi va dedikim, duoyi qilki, Sarkab keldi va Sarkab birov erdiki, ul mulkka zarar yetkurur erdi va Bob oʻchogʻ qirogʻida oʻlturub erdi va oftoba dagʻi oʻchogʻ qirogʻida erdi. Ayogʻin oftobagʻa urub yiqdi va dedikim, oni yiqdim. Sarkab hamuldam shahr eshigida otdin sarnigun yiqildi va boʻyni sindi. «Kashf ul-mahjub» sohibi debdurki, Bobning ziyorati qasd qildim. Chun anga yettim. Dediki, ne ishga kelibsen? Dedim: to shayxni koʻrgaymen – surat bila va andin nazare topqaymen – shafqat bila. Dedi: Ey oʻgʻul, men falon kundin beri seni koʻradurmen va to seni mendin gʻoyib qilmagʻaylar, koʻrgumdur va ul kunni hisob qildim,– mening tavbamning ibtidosi kuni erdi. Andin soʻngra dedi: Ey oʻgʻul, yiroq yoʻl qat’ qilmoq oʻgʻlonlar ishidur. Mundin soʻngra ziyoratii himmat bila qil! Shaxs anga kari qilmaski, oni ziyorat qilgʻaylar va ashboh zuhurigʻa hech nima bogʻliq emas. Soʻngra xodimasigʻa dediki, ulcha bor, olib kelki, darvesh yesun! Bir tabaq uzum kelturdi va toza uzum chogʻi emas erdi va anda necha ratb Fargʻonada mumkin ermaski, ratb boʻlgʻay.

360. Abu Mansur Mu’ammar b. Ahmad Isfahoniy r. t.

Shayx ul-islom debdurki, ul Isfahon shayxi erdi, buzurg va imom va olim zohiru botin ulumi bila. Shayx Ahmad Kufoniy ani koʻrub erdi. Andin soʻrdumki, andin hech soʻz yod bilursen? Dedikim, bir kun soʻz asnosida aytur erdiki, [faqir azizdir!](1). Anga dedimki, bir pirdin bir soʻz tamomdur.

361. Abunasr Sarroj r. t.

Ani Tovus ul-fuqaro derlar. Ilm fununida komil erdi, riyozatu muomalatda azim shoni bor erdi. «Luma’» kitobining sohibidur. Andin oʻzga dagʻi tariqat va haqiqat ilmida musannafoti bor. Va maskani Tus ekandur. Va qabri andadur. Va Abu Muhammad Murta’ishning murididur va Sariy Saqatiy va Sahl Tustariyni koʻrub erdi. Derlarki, Ramazon oyida Bagʻdodqa yetti. Shuniziya masjidida anga hujra berdilar va darveshlarga imomatni anga tafviz qildilar, iydqacha imomat qildi. Va tarovihda Qur’onni besh xatm qildi. Va xodim har kecha bir tah non aning hujrasigʻa eltar erdi. Iyd boʻlgʻach Bagʻdoddin ketti Hujrasin koʻrdilar, bir oyligʻ nonki berib erdilar, hujra kunjida mavjud erdi. Bir qish kechasi haqoyiqu maorifda soʻz aytur erdi. Vaqti xush boʻldi va yonadurgʻon oʻt ichinda Tengri taologʻa sajda qildi va yuziga oʻtdin osib yetmadi. Shayxdin ul holdin savol qildilar. Dediki, biravki aning dargohida yuzi suyin toʻkmish boʻlgʻay, oʻt aning yuzin kuydura olmas. Andin naql qilibdurlarki, debdurki, har jinozaniki mening qabrim ilayidin oʻtkarsalar, magʻfur boʻlur. Va bu bashorat hukmi bila Tus ahli jinozalarni aning qabri ollidin oʻtkarib dafn qilurlar.

362. Shayx Abulfazl Hasan Saraxsiy q. s.

Shayx Abulfazl Hasanning oti Muhammad b. Hasandur. Shayx Abunasr Sarrojning murididur. Va Shayx Abu Said Abulxayrning piri. Shayx Abu Saidqa har qachon azim qabz voqe’ boʻlsa erdi, Pir Abulfazl Hasan qabrining qasdi qilur erdi va ul qabz bastqa mubaddal boʻlur erdi. Xoja Abu Tohir, Shayx Abu Saidning farzandi debdurki, bizing Shayxqa bir kun qabze voqe’ boʻldi. Giryon boʻlub va dediki, pir qabri ziyoratigʻa borurbiz. Ul borurda bast voqe’ boʻldi va vaqtqa sifat mubaddal boʻldi va Shayxqa maorif eshigi ochildi va har nav’ gʻarib soʻzlardin ma’rifat ayta boshladi. Va darveshlargʻa faryod va yigʻlamoq dast berdi va mazorgʻa yettilar va qavvoldin bu baytni tiladilar.

Bayt:

[Bu saxovat va karam ma’dani– shodlik ma’danidir,
Boshqalarning qiblasi Haram boʻlsa, bizniki yor yuzidir](1)

Shayxning qoʻllarigʻa ikki kishi kirib qabrgʻa tavof beradur erdilar. Va na’ra uradur erdi. Va darveshlar toʻnlarni chok qilib, bosh-oyoq yalang tufrogʻlargʻa ykqiladur erdilar. Bir damdin soʻngraki, orom paydo boʻldi. Shayx dedikim, bu kunni tarix qilingki, mundin yaxshiroq kun koʻrmagunguzdur. Andin soʻngra muridlargʻa har qaysigʻa haj azimati boʻlsa erdi, Shayx ani Pir Abulfazl mazori boshigʻa yuborur erdikim, yetti qatla qabrni aylanki, murod hosildur Shayx Abu Said debdurki, [oʻz zamonasi shayxlaridan saraxslik Abulfazl Muhammad b. Husayndan eshitdim, aytti: oʻtmishni eslamaslik, kelajakka koʻz tutmaslik kerak. E’tibor ayni vaqtga boʻlsinki, bu bandalikning sifatidir. Yana aytti: bandalikning haqiqati ikki narsa: biri Allohga hojatmandlik qilishdurkim, bu bandalikning asosidir. Ikkinchisi Rasululloh s.a. v. ga mutobaat. Bu holatda nafs uchun nasiba ham, rohat ham nazarda tutilmasligi kerak](2).

363. Xoliy Nisoburiy q. s.

Oti Ahmaddur. Saraxsda boʻlur erdi, ham Saraxsda dunyodin oʻtubdur. Buzurg va sohibi valoyat erdi. Aning Muhammad Hasan otligʻ bir muridi bor erdi. Har ne dunyoligʻi bor erdi, pirigʻa sochti. Shayx ul-islom debdurkim, pirgʻa bir murid basdur va soʻzgʻa bir quloq va to olam yorugʻay, bir subh tamomdur. Ul muridgʻa koʻp der erdiki, har ne manga toza yetkururlar, men sanga toza yetkururmen. Shayx ul-islom debdurki, orif uldurki, har ne yetkurgaylar toza, ul muridlarigʻa yetkurgay toza, Xoliy Nisoburiy oʻtar chogʻda anga kafan fikri qildilar. Ul dediki, manga sizing kafaningiz kerakmaskim, ul meni inoyat etakiga tortti dedi va jon berdi.

364. Shayx Abulabbos Qassob Omiliy q. s.

Oti Ahmad b. Muhammad b. Abdulkarimdur. Olim va Tabaristonning muqtadosi erdi. Muhammad b. Abdulloh Tabariyning murididur va ul Abu Ahmad Jurriyning. Azim karomot va tez farosat sohibi erdi va oʻz zamonining qiblayu gʻavsi. To tirik erdi, rihlat anga erdi. Ul debdurki, bu bozorgʻinamiz Haraqoniygʻa tushgay. Andin soʻngra Haraqoniygʻa tushti. Ul ummiy erdi, ammo biyik kalom va nuktalari bor erdi. Tabariston aimmasidin biri debdurki, Tengri afzalidin biri uldurki, ta’limu ta’allumsiz birovni andoq qilgʻayki, agar bizga din usulida va tavhid daqoyiqida mushkul boʻlsa, andin soʻrgʻaybiz va ul Abulabbos Qassobdur. Shayx ul-islom debdurki, ul maning ayyomimda erdi. Doim ondin, kishi kelur erdi Shayx Amu xonaqohigʻa. Va men oning ahvolin soʻrar erdim. Hech kim oning ahvolin va soʻzni maningdek bilmas. Ul debdurki, vaqt kimiyodur. Shayx Abulabbos koʻp namoz qilur erdi va bir kun namozda erdi, koʻrdiki, darveshlardin biri xirqasigʻa bax’ya tikadur. Har bax’yaki, tuz kelmaydur, ipin sugʻurub, yangi boshtin tuz tikadur. Shayx namoz salomin berib, Omil tili bila anga dediki, u “saning butungdur”. Shayx Abu Said Abulxayr debdurki, birov Shayx Abulabbos qoshigʻa kelib, andin karomot talabi qildi. Shayx dedi: koʻrmasmusen bu karomot emas, nedurki, bir qassob oʻgʻli otasidin qassobligʻ oʻrgandi. Onga bir nima koʻrguzdilar va oni oʻzidin oldilar va Bagʻdodqa Shibliy qoshigʻa chopturdilar. Bagʻdoddin Makkaga chopti va Makkadin Madinaga chopti va Madinadin Bayt ul-Muqaddasgʻa chopti va Bayt ul-Muqaddasda Xizrni anga koʻrguzdilar va Xizr koʻngliga soldilarki, oni qabul qildi va suhbat ittifoqi tushti va munda qaytarib kelturdilar va bir olam ahlining yuzin anga kelturdilar, to xarobotlardin kelurlar va zulmatlardin bezor boʻlurlar, tavba qilurlar, ne’matlar fido etarlar va olam atrofidin soʻhtalar kelur va oni bizdin tilarlar. Karomot mundin ortuq boʻlgʻay? Ul kishi dediki, ey Shayx, karomote kerakki, koʻrgaymen. Shayx dedi: yaxshi koʻr, oning karami emasmukin, bir boʻzkush oʻgʻli buzurglar sadrida oʻlturgʻay va tufroqgʻa kirmagay va devor aning ustiga yiqilmagʻay va uy oning ustiga yemirulmagay. Mulk va mulksiz viloyati bor va olatu kasbsiz roʻze yer va elga yedirur va bu karomot emasmu?

Bir kuni bir oʻgʻlongʻina ogʻir yukluk tevani Omil bozoridin oʻtkarur erdi va yogʻin yogʻadur erdi. Tevaning oyogʻi balchiqda toyilib, choʻr ushaldi. Oʻgʻlongʻina mutahaynir boʻlub, yigʻlaydur erdi. El gʻavgʻo qilib erdilar. Shayx Abulabbos q. s. anda yetishti va ul goʻdakning yigʻlamogʻin koʻrdi. Tevaning muhridin tutub, tortib, yuqori boqib dedikim, bu tevaning oyogʻin butkar! Agar butkormassan, nechun boʻzkush oʻgʻlining koʻnglin bu goʻdak yigʻlamogʻi uchun kuydurdung? Filhol Tengri taolo ul tevaning oyogʻin butkordi va oʻgʻlongʻina tortti va tebradi. Ul debdurki, borcha olamgʻa, agar tilar erdilar va agar yoʻqki, iyasi bila xoʻy tutmoq kerak, yoʻq ersa ranjgʻa qolurlar. Aning uchunki, oning bila xoʻy tutqon baloga mubtalo koʻrar. Ul balo anga balo koʻrunmas va koʻngli ranj boʻlmaski, Tengri taolo bizning rizo va saxatimizgʻa oʻz taqdirigʻa tagʻyir bermas. Bas, hukmgʻa rizo mujibi rohatdur. Har kim oning bila xoʻy qilgʻay, koʻngli rohat bila boʻlgʻay. Har kim ondin e’roz qilsa, qazo vurudi bila koʻngli ranja boʻlgʻay.

365. Shayx Ahmad Nasr r. t.

Mashoyix akobiridindur. Shayx Abulabbos Qassob muosiridur. Husriyni koʻrubdur. Yigirma haj qilibdurki, koʻpin ehrom Xurosondin bogʻlabdur. Bir kun Haramda bu toifaning asroru daqoyiqin ayturda, bir soʻz tomot iborati bila ado qildi. Haram mashoyixidin ikki yuz sakson tan dedilarki, sen bu soʻzni ne uchun aytting? Va ani Haramdin ixroj qildilar. Ham ul soat Husriy Bagʻdodda uyidin chiqdi va xodimgʻa dedikim; ul yigitki, har yil Xurosondin kelur, agar kelsa, yoʻl bermagil! Ahmad Nasr Bagʻdodqa keldi va Husriy eshikiga bordi. Xodim dediki, falon tarixda Shayx eshikka keldi va dediki, sanga bor bermagaymen. Ahmad bu soʻzdin behush yiqildikim, aning ixroji tarixi bila muvofiq erdi va buncha kunga tortti. Oxir Husriy chiqdi va anga dediki, ul adab tarki gʻaromatigʻaki, sanga voqe’ boʻlubdur, Rumgʻa bormoq kerak va bir yil kunduz toʻngʻuz kutmak kerak va kecha ul yerda Tarsus degan mavzedaki, kofirlar musulmonlardin olib buzubdurlar, sabohgacha namoz qilmoq kerak va bir zamon yotmamak kerak, shoyadki mashoyix koʻngli seni qabul qilgʻay. Chun Ahmad sodiq erdi, Shayx bu yurgʻon ishqa qiyom koʻrguzdi. Chun bir yil tamom boʻldi, Rumdin qaytib, Shayx Husriy eshikiga keldi. Muridi dediki, bot kelki, bu kun Shayx yetti qatla eshikka kelib, seni soʻrubdur. Nogoh Shayx chiqa keldi va dedi: yo Ahmad, va valadiy va qurratu ayniy! Ul shodligʻdin labbayk urdi va Haram azimatigʻa bodiyagʻa kirdi. Mashoyix Haramdin istiqbol qilib dedilarki, [Ey otaginam, ey koʻzimning nuri!](1).

366. Shayx Abuali Siyoh q. s.

Marv mashoyixining akobiridindur. Shayx Abulabbos Qassob bila va Shayx Ahmad Nasr bila muosir erdi va ustodi Abuali Daqqoq bila suhbat tutubdur. Va ul dehqonliq qilur erdi. Debdurlarki, oʻttiz yil ul ishga soyimi mahfil erdi. Kunduz ikki tah oʻtmak olib, uydin chiqar erdi, yoʻlda fuqarogʻa yashirin berur erdi. Shoʻrako yemak targʻibi qilsalar erdi, uyda nima yeb kelibmen, der erdi. Ul debdurki, har belki urar erdim, agar oʻzgalar urgʻan beldin tufroq chiqar erdi, men urgʻon beldin koʻngul nuri chiqar erdi. IIIayx ul-islom debdurki, birav andin soʻrdiki, hech kishi boʻlgʻay, elning aybin bilgʻay? Ul shayx dedi: boʻlgʻay! Soyil dediki, bas Olloh sotir ul-uyub boʻlmagʻay. Shayx dedi: oʻzungni mendin yashur! Ul kishi oʻzin toʻnlarigʻa chirmadi, filhol andoq shishdiki, toʻnlari yirtildi va yalangʻoch boʻldi. Shayxqa tazarru’ qildilar, duo qildi, to ul kishi oʻz holiga keldi. Bir kun biravning iligida kogʻaze koʻrdi. Soʻrdiki, ne kogʻazdur? Dediki, fatvoyedurki, Imom Abu Aliki, zamonning muftisidur, javob bitibdur. Shayx dedi: ani Imom qoshigʻa eyt va aytkim, javobda xato qilibdur! Ul kishi ul fatvoni Imomgʻa berib, oʻl soʻzni aytti. Imom taammul qilib, xato qilgʻonin topti. Soʻrdiki, Shayx muni oʻqub aytti? Ul kishi dediki, Shayx nima oʻquy olmas. Imom Shayx xidmatigʻa kelib, uzr qoʻlub dediki, agar ul Abu Ali boʻlmasa erdi, bu Abu Ali doʻzax oʻtigʻa kuyib erdi. Aning vafoti Marvda erdi. Toʻrt yuz yigirma toʻrtta, sha’bon oyi dunyodin oʻtti.

367. Shayx Abu Ali Daqqoq r. t.

Oti Hasan b. Muhammad Daqqoqdur. Lison ul vaqt edi va bu fanda vaqtning imomi erdi. Sarih bayoni va fasih lisoni bor erdi. Koʻp mashoyixii koʻrub erdi. Nasrobodiyning murididur. Toʻrt yuz beshda Zulqa’da oyi, Nishoburda dunyodin oʻtti. Ustod Abulqosim Qushayriy aning kuyovi majlislarin jam’ qilib erdi. Ul debdurki, chun muddai koʻrsangiz etakin berk tutungki, ma’noliqlar va muhaqqiqlar ketibdurlar. Bu toifadin birav debdurki, bir kun aning majlisigʻa kirdim, bu niyat bilaki, tavakkuldin bir nnma soʻrgʻayman. Bagʻoyat origʻ va ulugʻ dastor chirmab erdi. Koʻnglum anga moyil boʻldi. Chun tavakkuldin savolni soʻrdum, dediki, tavakkul uldurki, elning dastorigʻa tama’ qilmagʻaysen, dedi va dastorni mening sarn tashladi. Ham ul debdurki, har kimni rad qilsalar, andoq borsaki, yana kelmasa, maydon xoli qolgʻay. Shayx ul-islom dediki, [rad emas, nozdir. Yana kelki, qissa uzundir](1). Ham ul debdurki, xudroʻy daraxtkim ani parvarda qilmamish boʻlgʻaylar, barg chiqargʻay, vale bor bermagay, bersa dagʻi mazasi boʻlmagʻay. Va dedi: men bu tariyqni Nasrobodiydin ta’lim olibman va ul Shibliydin va ul Junayddin q. a. Hargiz Nasrobodiy nazarigʻa bormadim, to gʻusl qilmadim. Bir muridi bor erdi, bozurgon, bemor boʻldi. Shayx aning iyodatigʻa bordi va soʻrdikim, sanga ne boʻldi? Ul dediki, kecha vuzu’ hilurgʻa qoʻptum, uchamgʻa tobe tushti va qattigʻ ogʻriq tutti va isitmagʻa tortti. Shayx dedi: sening bu fuzullugʻ bila ne ishing borki, kecha namoz qilgʻaysen, sanga dunyo murdorin oʻzungdin aritmoq kerak. Birovningki, boshi ogʻrisa, ul tillo ayogʻigʻa bogʻlasa, hargiz yaxshi boʻlmagʻusi va iligi najas boʻlgan yengin yusa, hargiz iligi arimas. Derlarki, oxir umrida ancha dard ustodgʻa mustavle boʻlub erdikim, har kun oqshom qarin tomgʻa chiqar erdi va kunas sari boqib aytur erdi: mulk sargardoni, bu kun nechuk erding va nechuk oʻtkarding, hech yerda bu hadisning anduhginigʻa partav soldingmu va hech yerda bu ishning zeru zabar boʻlgʻanlaridin xabar oldingmu? Bu nav’ soʻzlar aytur erdi, to kunas botar erdi. Va debdurlarki, oxir umrida soʻzi andoq boʻldiki, el idrokidin ojiz erdilar va eshitur kishiga toqat yoʻq erdi. Majlisida oʻn yetti, oʻn sakkiz kishi yigʻilurlar erdi. Shayx ul-islom debdurki, Abu Ali Daqqoqqa chun soʻz oliy boʻldi, majlisi xaloyiqdin xoliy boʻldi.

368. Abu Ali Shabbuyi Marvaziy q. s.

Oti Muhammad b. Muhammad b. Umar Shabbuyidur. [Uz nohiyasining eng donishmandi va benaziri edi](1) Abulabbos Sayyoriyning ashobidindur. Shayx Abu Said Abulxayr q. s. debdurki, ustod Abu Ali Daqqoq pir Shabbuyi qoshiga keldi. Va biz Marvda erdik. Va «Sahihi Buxoriy» pir Shabbuyining yodida erdi va biz «Sahihi Buxoriy»ni andin samo’ qilibbiz va pirgʻa bu ma’nidin ogohliq erdi. Ustod Abu Ali Daqqoqni bu soʻzga ul kelturdi. Ul Abu Ali Daqqoqgʻa dediki, bu soʻzdin bizga nafase ur! Ustod Abu Ali dediki, bu soʻz bizga bogʻligʻdur, ochuq emas. Pir dedi: ravo boʻlgʻay. Biz niyozimizni hozir qiloli. To sanga bizning niyozimizgʻa soʻz ochulgʻay. Ul ma’no oʻtdur va niyoz qav! Ustod Abu Ali qabul qildi va majlis qoʻydi va minbargʻa chiqti va hech soʻz anga ochilmas erdiki, el aning ahli emas erdilar. Pir Shabbuyi masjid eshigidin kirib keldi va ustodning koʻzi anga tushti. Filhol soʻzi ochildi. Chun majlis oxir boʻldi. Pir dedikim, sen ul edingki, borsen va biz bu eduk niyoz kerak. Xudovand taologʻa hech yoʻl niyozdin yaqinroq yoʻqdur. Agar chora toshqa tushsa, ondin chashmaligʻ suv ochar. Bir kun yozki, havo issigʻ va gard erdi. Abu Ali Shabbuyini koʻrdilarki, borur erdi, soʻrdilarki, ayuxash shayx, qayon borursiz? Dediki, falon darveshlar xonaqohigʻaki, men yetibmenki, har kun osmondin darveshlarga yuz yigirma rahmat yogʻar. Bataxsis qaylula vaqti boradurmenki, onda qaylula qilgʻoymen. Shoyadki ul rahmatlardin manga ham nasibe boʻlgʻay. Ulugʻlar debdurlarki, oʻzungni alar orasida sigʻur va oʻzungni alardin va alarning doʻstlaridin koʻrguz. Agarchi bilgaysenki ne nav’ rasvosen oʻzni oshiq koʻrguz. Agarchi boʻlmasang to tongla soʻrsalarki, kim sen? Degaysenki, alarning doʻstlaridinmen va soʻzlarin eshitsang, agarchi ma’nosin bilmasang, bosh tebrat, to tongla degaysenki, alarning bosh tebratguchilaridinmen. Degaylar, kelki, senga haqqidur. Magar oning bila qutulgʻaysen.

Ishq ahli birla oʻltur va oshiqliq et guzin,
Har kimki, oshiq ermas onga boʻlmagin qarin.

369. Shayx Abulqosim Bishr yosin r. t.

Mashoyix ulamosi va avliyo kiboridindur. Jahnada boʻlur erdi. Uch yuz saksonda dunyodin oʻtubdur. Shayx Abu Said Abulxayr q. s. debdurki, odina kuni otamiz bila masjidi jome’gʻa boradur erdik va men yosh er-dim va. Qur’on oʻqur erdim. Yoʻlda Shayx Abulqosim Bishr Yosin yoʻluqdi va dedi: Ey Abulxayr, bu tifl kimningdur? Otam dedi: Bizning. Ulturdi va meni tiladi va yuzin yuzumga qoʻydi va koʻzin yashartti va dedi: ey Abulxayr, biz jahondin bora olmaduqki, yer xoli qolur erdi va darveshlar zoye’ boʻlur erdi. Emdiki, saning oʻgʻlungni koʻrduk, emin boʻlduqki, valoyatlardin bu tiflgʻa nasib boʻlgʻusidur. Otamgʻa dediki namozdin forigʻ boʻlsang, oni bizning; qoshimizgʻa keltur! Chun masjiddin chiqduq. Otamiz bizni pir Abulqosim qoshiga eltti. Chun savma’agʻa kirib, qoshigʻa oʻlturduq. Bir biyik toqcha erdi. Pir otamgʻa ayttikim, bu Saidni egninga koʻtar. Ul toqda bir nondur. Tushursun! Otamiz bizni koʻtardi. Ul nonni tushurduk. Arfa oʻtmagi erdi issiq. Shayx Abulqosim ul oʻtmakni oldi va koʻzin yashartti va ikki sindurdi. Yarimin bizga berdiki, yegil va yarimin oʻzi yedi. Otamiz dediki, bizga hech bu nondin nasib boʻlmasmu? Shayx dedi: Ey Abulxayr, oʻttiz yildurki, bu nonni bu toqda qoʻyulubdur va bizga va’da qilibdurlarki, bu qurs ul kishi ilikidakim isigay, olame aning bila tirilgusidur va bu hadisning xatmi anga boʻlgʻusidur. Emdi bu mujda senga basdurki, ul kishi saning oʻgʻlungdur. Shayx Abu Said q. s. debdurki, bir kun Shayx Abulqosim Bishr Yosin qoshida erduk. Dedi: ey oʻgʻul, tilarsenki, Tengri bila soʻz degaysen? Dedim: Bale, nevchun tilamagaymen? Dedi: har qachon xilvatda boʻlsang, muni oʻqu va mundin oʻzga oʻquma!

Ruboiy:

[Jonon, sensiz qarorim yoʻqdur,
Sening ehsonlaringning sanogʻiga yetolmayman.
Tanamdagi har bir tuk tilga aylanganda ham,
Ming shukringdan birini ado qilaolmayman](1).

370. Shayx Luqmon Saraxsiy q. s.

Aning ibtidoda koʻp mujohada va riyozati bor ermish va muomala va toati ehtiyot bila erkondur. Nogoh anga kashfe voqe’ boʻlubdurki, aqli zoyil boʻlubdur. Soʻrubdurlarki, ul ne erdi va bu nedur? Debdurki, qullugʻni har necha koʻprak qildim, andin koʻprak kerak erdi. Ojiz boʻldim, dedim: Ilohi, podshohlarning bandasi qarisa, oni ozod qilurlar. Podshohlar podshohi-sen, bandaligʻingda qaridim. Meni ozod qil! Nidoye eshitdimki, ey Luqmon, seni ozod qilduq! Ozodligʻ ni-shonasi bu erdikim, aqlni andin koʻtardilar va ul majoninning uqalosidin erdi. Shayx Abu Said Abulxayr koʻp aytur ermishki, Luqmon Tengrining ozodkardasidur amru nahyidin. Shayx q. s. debdurki, bir kecha xonaqoh eshigi bogʻligʻ erdi va darveshlar yotib erdilar. Biz Shayx Abulfazl Hasan bila suffa qirogʻida oʻlturub erduk va maorifda soʻz oʻtadur erdi. Bir mas’ala mushkul boʻldi. Luqmonni koʻrdukki, xonaqoh tomidin uchub, bizning qoshimizgʻa tushti va ul mas’alani aytdi. Andoqkim, ishkol raf’ boʻldi. Yana uchub, xonaqoh chiqdi. Shoyad bu balandparvozligʻlar jihatidin Shayx Luqmongʻa parrandaligʻ ismi qoʻyilib erdi ekin.

Shayx Abu Saiddin soʻrdilarki, Saraxsda zarif kimdur? Dediki, Luqmon! Dedilar: Subhonolloh, bu shahrda xud andin joʻlidaroq va shoʻxginroq yoʻqdur. Shayx dedi: Gʻalat qilibsiz. Zarif pokiza boʻlur va pokiza uldurki, hech nima bila payvandi boʻlmagʻoy va hech kimni ondin payvandsizroq va pokizaroq koʻrmasmenki, borcha olamda hechnima bila payvandi yoʻqdur: ne dunyo bila, ne oxirat bila, ne nafs bila. Ham Shayx Abu Said debdurki, Pir Abulfazl Hasan suhbatida erdukki, birov kelib dediki, Shayx Luqmongʻa bemorligʻe tori boʻlubdur va bir buzuq rabotda yiqilibdur va uch kundurki, hech kishi bila soʻzlashmaydur. Bu kun debdurki, Shayx Abulfazlgʻa aytingki, Luqmon boradur. Shayx chun bu soʻzni eshitti. Dedikim, boroli! Jamoat bila bordilar. Chun shayx Luqmon oni koʻrdi. Tabassum qildi va shayx Abulfazl Hasan Shayx Luq-monning boshi sari oʻlturdi. Ul Pir sari boqar erdi va issiq nafaslar tortar erdi va hech soʻz demas erdi. Jam’din birov dedi: «Lo iloha illolloh»(1). Shayx Luqmon tabassum qilib dediki, biz xirojimizni beribmiz va barotimizni olibbiz. Boqimiz tavhid biladur. Ul darvesh dediki, oxir oʻzni sogʻindurmoq kerak. Shayx Luqmon dediki, bizga Haq dargohida arbada buyurursen. Pir Abulfazl Hasangʻa bu soʻz bagʻoyat xush keldi va dedi: mundoqdurki, ul aytti. Soate bor ediki, nafas munqate’ boʻldi.

371. Shayx Muhammad Qassob Omuliy q. s.

Ul Damagʻonda boʻlur erkandur. Abulabbos Qassobning shogirdidur. Shayx ul-islom debdurkim, agar ul va Xaraqoniy tirik boʻlsalar erdi, men sizni anga yuborur erdim, yoʻq Xaraqoniygʻaki, ul sizga sudmandroq erdi Xaraqoniydin, ya’ni Xaraqoniy muntahiy erdi, murid andin bahra oz topar erdi. Ham Shayx ul-islom dediki, Muhammad Qassob manga dediki, Hiraviylar sifatidur, ya’ni rahmatu avfu karamgʻa aylangʻaylar va sifatdin ortiq koʻrmagaylar. Va bu toifaning muomalasi zot biladur, mute’ biladurlar, yoʻq ato bila. Va har ne andin oʻzgadur, hijobdur.

372.Shayx Abulhasan Xaraqoniy r. t.

Oti Ali b. Ja’fardur. Oʻz roʻzgorining yagona va gʻavsi erdi. Vaqtning qiblasiki, zamonida rihlat anga erdi. Shayx Abulabbos Qassob aytib erdiki, [bizning bu bozorchamiz Xaraqoniyga oʻtadi](1). Rihlat va ziyorat aning vafotidan soʻngra Xaraqoningʻa evruldi, andoqki, ul deb erdi. Ul tasavvuf intisobida sulton ul-orifin Shayx Abu Yazid Bistomiygʻa yetar va oning tarbiyati sulukda sulton ul-orifin ruhoniyatidin. Shayx Abulhasanning valodati Shayx Boyazid Bistomiyning favtidin muddate soʻngradur va Shayx Abulhasan toʻrt yuz yigirma beshda ashuroda seshanba kechasi dunyodin oʻtubdur.

Bir kun ashobidin soʻrdikim, ne nimadurki, bori nimadin yaxshiroq boʻlgʻay? Dedilarki, shayx aytsunlar! Dediki, ul koʻngulki, oning yodidin oʻzga onda nima boʻlmagʻay! Andin soʻrdilarki, soʻfiy kimdur? Dedi: kishi muraqqa’ va sajjoda bila soʻfi boʻlmagʻoy va rusum va odot bila soʻfiy boʻlmagʻoy. Soʻfiy uldurki, boʻlmagʻoy. Hamul debdurki, soʻfiy bir kundurki, kunasgʻa ehtiyoji boʻlmagʻoy va bir kechadurki, oygʻa ehtiyoji boʻlmagʻoy va bir yoʻqdurki, borliqqa hojati boʻlmagʻoy. Ondin soʻrdilarki, kishi nedin bilgayki, uygʻoqdur? Dedi: Ondinki, chun Haqni yod qilsa, farqidin qadamigʻacha xabardor boʻlgʻay va soʻrdilarki, sidq nedur? Dedi: sidq uldurki, koʻngul soʻz aytgʻoy, ya’ni oni degayki, koʻnglida boʻlgʻay. Va soʻrdilarki, ixlos nedur? Dediki, har ne Tengri uchun qilsang ixlosdur va har ne xalq uchun qilsang, riyodur va soʻrdilarki, fano va baqoda soʻz aytmoq kimga tegar? Dedi: ul kishigaki, oni osmondin bir tor ipak bila osmish boʻlgʻaylar va yele esadurmish boʻlgʻayki, binolarni va yigʻochlarni qoʻngʻaradurmish boʻlgʻay va daryolarni anboshta qiladurmish boʻlgʻay va oni oʻrnidin tebrata olmagʻay. Debdurki, birov bila suhbat tutmangizki, siz Haq degaysiz va ul oʻzga nima degay va debdurki, anduh tilang, to koʻz suyi hosil boʻlgʻayki, Tengri yigʻlogʻuvchilarni suyar. Debdurki, kishi surud etsa va Haqni tilasa yaxshiroqdurki, Qur’on oʻqusa va gʻayrni tilasa! Va debdurki, Rasul s. a. v. vorisi uldurki, oning fe’ligʻa iqtido qilgʻay. Ul kishi emaski, kogʻaz yuzin qaro qilgʻay. Shibliy debdurki, tilarmenki, tilamagaymen. Ul debdurki, bu ham tilamakdur. Va debdurki, qirq yildurki, bir vaqtda men va Tengri koʻnglumga boqar va oʻzidin oʻzga koʻrmas. [Haqdin boshqaga vujudimda biror zarra, siynamda biror joy qolmadi](2). Va debdurki qirq yildirki, nafsim bir ichgucha sovuq suv va achchiq dugʻ tilar. Hanuz anga bermaydurmen va debdurki, ulamoyu ibod dunyoda koʻpdur. Sen andin boʻlmoq keraksenki, kunduzni kechaga kechani kunduzga kelturgaysen. Andoqki, begangay. Debdurki, yorugʻroq koʻngul uldurki, anda xalq boʻlmagʻay va ishingning yaxshirogʻi uldurki, anda maxluq andishasi boʻlmagʻay va halolroq ne’mat uldurki, kasbing bila boʻlgʻay va rafiqlaring yaxshirogʻi uldurki, zindagonligi Haq bila boʻlgʻay.

373. Shayx Abu Abdulloh Dostoniy q. s.

Oti Muhammad b. Ali Dostoniydur. Laqabi Shayx ul-mashoyix erkandur. Anvo’i ulumda Haq dargohining muhtashamlaridin ermish. Shayx Abulhasan aqronidindur va irodatining nisbati uch vosita bila Shayx Amiy Bistomiygʻa yetarki, Shayx Abu Yazidning birodarzodasidur, aning murididur. Toʻrt yuz yigirma yettida Rajab oyida dunyodin oʻtubdur va umri ellik ikki yil ekandur.

374. Shayx Abu Said Abulxayr q. s.

Oti Fazlullohdur. Sultoni vaqt va ahli tariqat jamoli erdi va qulub musharrifi. Va aning zamonida barcha mashoyix anga musaxxar erdilar. Odobi tariqatda piri Pir Abulfazl Hasan Saraxsiydur.

Shayx Abu Said debdurki, bir kun keladur erdim, Saraxsning shoristoni eshigida bir tepa erdi kuldin. Shayx Luqmon ul tepa ustida oʻlturub, poʻstinin yamaydur erdi. Ul biyik ustiga chiqdim va anga nazzora qilur erdim. Va andoq turub erdimki, koʻlagam Shayx Luqmonning poʻstinigʻa tushub erdi. Shayx Luqmon boqib dedi: Yo Abu Said, seni bir pora teri bila bu poʻstingʻa tikdik. Andin qoʻpti va iligimni tutub, Pir Abulfazl Hasan xonaqohigʻa eltti va ani chorladi. Pir kelgach, iligimniki tutub erdi, Pirga topshurdi. Va dediki, muni asrangki, sizingdur! Pir bizing iligimizni tutti. Xonaqohgʻa eltti va sufada oʻlturdi va bir juzv iligiga tutti. Va anda nazar qilur erdi an-doqki, donishmandlar odatidur. Talabe koʻksumizda paydo boʻldiki, ul juzvda ne ekin? Pir bildi va dediki, yo Abu Said, yuz yigirma toʻrt ming paygʻambarki olamgʻa yubordilar, dedilarki, xalqqa dengki, «Alloh!». Alar ul kishilarga bu kalimani dedilar, bu kalimada mustagʻraq boʻldilar. Shayx debdurki, bu soʻz ul kecha bizni uyugʻali qoʻymadi. Tong erta Pirdin dastur tilab, tafsir darsigʻa Abu Ali Faqih qoshigʻa bordik. Xoja Abu Aligʻa avval dars bu oyat erdiki, [«Alloh» deb javob qiling! Soʻngra ularni notoʻgʻri yoʻllarida adashgan hollarida tark eting!](1).

Ul soat bizing koʻksumizga eshike ochdilar, bu kalima samo’ida bizi bizdin oldilar. Va Xoja Abu Ali ul tagʻayyurni koʻrub soʻrdikim, kecha qayda erding? Deduk: Pir Abulfazl Hasan xidmatida. Dedi: Qoʻp, dagʻi anda-oʻq borki, haromdur sanga, ul ma’nodin munga kelmak. Biz qoʻpub, Pir xidmatigʻa borduk, volihu mutahayyir va barcha bu kalima boʻlgʻan. Chun Pir Abulfazl bizda ul hol koʻrdi, dedi: Yo Abu Said!

Bayt:

[Qattiq mast boʻlibsan, baland-pastni bilmaysan.
Hushyor boʻl! Oʻz aslingni yoʻqotma!)(2).

Dedim: Ey Shayx, ne buyurursen? Dedi: Kir va oʻltur va bu kalimaga mashgʻul boʻlki, bu kalimaning sening bila ishlari bor. Chun Pir Tengri rahmatigʻa vosil boʻldi, bizga suluk tariqida vaqoye’ ashkolin qilur kishi qolmadi. Chun Shayx Abulabbos xidmatigʻa Omulgʻa borduq va bir yil Shayx xidmatida boʻlduq. Debdurlarki, Shayx Abulabbosning xonaqohida soʻfiylar jamoatxonasi mavzei bor erdiki, Shayx qirq bir yil anda boʻlgʻondur. Agar darveshlar orasida biri kecha namoz qilsa, Shayx der erdiki, ey oʻgʻul, sen uyuki, bu qari xar ne qilur, sizing uchun qilurki, aning hech nimaga ehtiyoji yoʻq turur. Va hargiz ul bir yilda Shayx Abu Saidgʻa demadiki, sen yotqil, yo namoz qilmagʻil! Va anga oʻz xilvatining oʻtrusida uygʻina berib erdi. Bir kecha Shayx Abulabbos uyidin chiqdi, magar fasd qilib erdi va raginin boshi ochilib erdi. Va Shayx Abu Saidning bu holdin xabari bor erdi, qoʻpti va bot hujrasidin chiqdi va Shayx qoshigʻa keldi va Shayxning xirqasin yudi va oʻz xirqasin chiqarib Shayxga tutaberdi va Shayx olib kiydi. Va Shayxning xirqasin namozi qilib, ham-ul oqshom-oʻq qurutub Shayx nazariga kelturdi. Shayx xirqani Shayx Abu Saidga-oʻq ishorat qildikim, kiygʻil! Shayx Abu Said kiyib, oʻz zoviyasigʻa bordi. Tong ertakim, jamoat qoʻptilar va hozir boʻldilar, Shayxning xirqasin Shayx Abu Said egnida koʻrdilar va Shayx Abu Said xirqasin Shayx egnida, taassub qildilar. Shayx dedikim, bale, oʻtgan oqshom nisorlar bor erdi va barcha bu Mehnaliq yngitning nasibi boʻldi, muborak boʻlsun anga! Ustoz Abu Solihki, Shayxning muqrisi erdi, bemor boʻldi. Xazrat Shayx Abubakr Muaddabgʻaki, farzandlarining adibi erdi, dedikim, davot va qalam keltur va kogʻazki, Abu Solih uchun bir nima bitayli! Ul hozir qilgʻach, bu ruboiyni buyurdikim, bitidi.

Ruboiy:

[Hurlar nigorimni koʻrish uchun saf tortdilar.
Rizvon taajjublanib, qarsak chalib yubordi. U
qoraxol yuzlarga parda tortti. Abdol qoʻrqqanidan
«Qur’on»ga changal urdi](3).

Va Abubakr Muaddabgʻa dedikim, eltib, Abu Solihgʻa bogʻladi. Filhol sihhat topti va hamul kun chiqdi. Hamul dastur bila bu ruboiyni soyir marazigʻa oʻqurlar va naf’ yetkururlar. Va ba’zi akobir sharhlar bitibdurlar. Shayxdin soʻrdilarki, tasavvuf nedur? Dediki, [miyangdagi borini chiqarib tashla! Qoʻlingdagi borini ehson qil! Boshintga nima kelsa, xotirjam. qarshi ol!](4) Va ham Shayx debdurki, [Alloh basdur, qolgani havasdur, tiyilmogʻi shart boʻlgani – nafs-dur](5). Shayx juma kechasi xufton namozi vaqti toʻrt yuz qirqda Sha’bon oyi dunyodin oʻtti. Va umrlari ming oy erdi. Alarning zikrida qalam ojizdur, bitilgandin mabsutroq tilagan «Nafahot ul-uns»da koʻrsun. Va barcha holatlari maqomotlaridakim, niyozmandlardin ba’zi bitibdurlar, bordur. Va ul el orasida koʻpdur – magar andin bahra vofiy topqaylar.

375. Shayx Abulqosim Gurgoniy q. t. s.

Oti Alidur. Oʻz zamonida benazir ermish va oʻz fanida bebadal. Aning nisbati uch vosita bilaki, Shayx Abu Usmon Magʻribiydur va Shayx Abu Ali Kotib va Shayx Abu Ali Rudboriydur, sayyid ut-toifa Junayd q. s.ga yetar. Anga qaviy hol erkandur andoqki, asrida barchaning yuzi aning ostonigʻa erkandur. Va muridlar voqeasi kashfida oyati erkandur. Va «Kashf ul-mahjub» kitobining sohibi debdurki, bir qatla voqeaye tushti, hallining tariqi manga mushkil erdi. Shayx Abulqosim xidmatigʻa yuzlandim. Ani uyining eshigidagi masjidda toptimki, manga tushgan voqeani masjidning bir sutunigʻa aytadur erdi. Soʻrmay javobimni toptim. Va dedim: Ayuhash-shayx, bu mening voqeamdurki, sendin hallin soʻrgʻali kelib erdim. Shayx dedi: Ey oʻgʻul, bu sutunni bu zamon Haq taolo notiq qilib erdiki, mendin bu voqea savolin qildi.

Bir kun Tusda Shayx Abulqosim Gurgoniy bila Shayx Abu Said Abulxayr oʻlturub erdilar bir taxtda. Va darveshlar ilaylarida turub erdilar. Bir darveshning koʻngliga kechtikim, ayo bu ikki buzurgning manzalati ne erkin? Shayx Abu Said ul darvesh sari boqib dediki, har kim tilasaki, ikki podshohni bir yerda bir vaqtda bir taxtda koʻrgay, koʻrsun! Darvesh chun ul ikki buzurgga boqdi, Haq taolo hijobni aning koʻzi ollidin oldi, to Shayxning soʻzining sidqi anga ma’lum boʻldi. Yana koʻngliga oʻttiki, ayo bu kun yer yuzida Haq taoloning bu ikki buzurgvordek hech bandasi bormu erkin? Yana Shayx Abu Said aning sari boqib dediki, muxtasar mulke boʻlgʻayki, anda har kun Abu Said va Abulqosimdek yetmish ming kelmagay va yetmish ming ketmagay.

376. Xoja Muzaffar Ahmad b. Hamdon q. t. s.

Kuniyati Abu Ahmaddur. Haq taolo anga rayosat masnadida bu eshikni ochdi va karomat tojin aning boshigʻa qoʻydi. Oning yaxshi bayonni va oliy iborati bor erdi fano va baqoda. Shayx Abu Said Abulxayr q. s. debdurki, bizni bu dargohda bandaliq yoʻlidin kelturdilar va ani xudovandlik yoʻlidin, ya’ni biz mujohada bila mushohada toptuq va ul mushohadadin mujohadagʻa keldi. Bir kun Xoja Muzaffar Nuqonda ay-tur erdiki, bir paymona tarigʻdin bir dona Shayx Abu Said Abulxayrdur, boqi barchasi men. Shayxning bir muridi hozir erdi, sargarm boʻlib, hazrat shayxqa kelib, bu soʻzni aytdi. Shayx dediki, ul bir dona ham alardurlar. Biz hech nima emasmiz!

377. Xoja Muhammad Ma’shuq Tusiy q. t. s.

Oti Muhammaddur. Majonin uqalosidindur. Azim buzurgvor va sohibhol ermish. Tusda boʻlur ermish va qabri ham anda-oʻqdur. Ul vaqtki, Shayx Abusaid Abulhayr Mehnadin Nishobur azimati qilibdur, bir kentgaki, Tus navohisida boʻlgʻay, yetganda bir darveshni yiboribdurki, Xoja Muhammad Ma’shuq Tusiydin ijozat tilagilki, oning shahr va viloyatigʻa kirolimu, yoʻqmu? Ul darvesh borgʻoch, shayx darveshlar bila otlandi va ul darveshning keynicha Tusgʻa mutavajjeh boʻldilar. Ul darvesh Xoja xizmatigʻa yetib, risolat izhori qildi va Xoja buyurdikim, bor, aytki, kirsun! Chun bir yigʻochqa yetkanda, Shayxning oti yurumadi va ilgari qadam qoʻymadi. Chun ul darvesh xabar kelturdi. Shayx yaksar Xoja Muhammad Ma’shuq xizmatigʻa bordi. Ul istiqbol qilib, shayxni quchub dedi: Forigʻ boʻlki, bu navbatki, munda uradurlar, bir necha kundin soʻngra saning dargohingda chalilgusidur! Va bu Muhammad Ma’shuq qabopoʻsh turk erdi. Bir kun Tusning jome’ida Shayx Abu Said majlis etadur erdi. Ul yetib, toʻnining bir bogʻin bogʻladi. Shayx xomush boʻldi va tili soʻzga uyurulmadi. Chun lahzaye oʻtdi. Shayx dedi: Ey asr sultoni va ey vujud sarvari, toʻning bogʻin yeshki, yetti koʻk va yerni ul band bila bogʻlading! Ul bogʻni yeshgach, Shayxgʻa takallum. yoʻli ochildi.

378. Amir Aliyi Abu q. t. r.

Ayn ul-quzot ba’zi maktubotida aning bayonidakim, gʻayb va huzur hech nav’ bila yakson boʻlmas, balki koʻngul bovujudi qurb ul-qulub qurb ul-abdon taqozosi ham qilur. Debdurki, Mir Ali Abu buzurg pire erdi. Bir muridi bor erdi, oti Muhammad Shahrobodiy. Bir kun ul muridni bozorga yubordi, bir nima kelturgali. Ul bozorga bordi, hamono ul nimani olur vajh hozir yoʻq erdi, filhol oʻzin sotti va Pir tilagan nimani olib yubordi. Chun necha kun bu savdodin oʻtti, ul kishiki, ul muridni sotqun olib erdi, aning qilgʻan ishiga muttale’ boʻldi, ani ozod qildi, to Pir qoshigʻa keldi. Amir Ali anga dedikim, ey javonmard, necha ming yil bizing jonimiz gʻaybda sening ofarinishing ishqida kuyar erdi, ul bas ermas erdiki, bu zohir firoqi ham kerak erdi, bir hafta zohir qurbi ham kerak.

379.Shayx Abu Abdurrahmon Sulamiy Nishoburiy q. t. s.

Oti Muhammad b. Husayn b. Muhammad b. Muso Sulamiydur. «Haqoyiq» sohibi tafsiri va mashoyix tabaqotining sohibi. Va bulardin boshqa dagʻi tasnifoti bor. Va Shayx Abulqosim Nasrobodiyning murididur va xirqa aning iligidin kiyibdur. Va Nasrobodiy Shibliy murididur va Shayx Abu Said Abulxayr Pir Abulfazl Hasan favtidin soʻngra aning suhbatigʻa yetibdur va aning iligidin xirqa kiyibdur. Va Shayx Abu Abdurrahmon Shayx Abu Said q. s. uchun tazkira, oʻz xatti bila bitibdur. Va ul bu ekandur: [Bobom Abu Amr b. Nujayd Sulamiyning shunday deganini eshitdim: Abulqosim Junayd b. Muhammad Bagʻdodiy debdur: tasavvuf xulqdir. Kimki sendan xulqda ustun boʻlsa, tasavvufda ustundir. Xulq haqida aytilgan eng chiroyli gap – Shayx ul-islom Abusahl Sulukiyning gapidir. «Xulq – e’tirozdan voz kechishdir»](1).

Va ham ul debdurki, [Soʻfiy uchun ikki narsa shart: ahvolda sodiqlik va muomalada odob](2). Va Yofe’iy tarixidadurkim, Shayx Sulamiy toʻrt yuz yigirma ikkida dunyodin oʻtubdur.

380. Husayn b. Muhammad Musa Sulamiy q. s.

Shayx Abu Abdurrahmonning otasidur. Mashoyixi kibordindur. Shayx Abdulloh Muborak va shayx Abu Ali Saqafiy bila suhbat tutubdur va Shibliyni koʻrubdur va doimiy mujohadasi bor ermish va ulum va muomalotda komil ermish. Chun shayx Abu Abdurrahmon mutavallid boʻlubdur, har mulkiki bor ekandur, sotib sadaqa beribdur. Anga debdurlarki, sanga oʻgʻul farzand boʻldi. Oning uchun hech nima asramading. Debdurki, agar solih boʻlsa [u solih bandalarga yor boʻlur](1) va agar mufsid boʻlsa, men bori anga fasod olati bermamish boʻlgʻaymen. Ul uch yuz qirq va bir nimada dunyodin oʻtubdur.

381. Abusahl Su’lukiy r. a.

Oti Muhammad b. Sulaymon Su’lukiydur. [U shariat ilmida oʻz davrining imomi, doʻstu dushman uning peshvoligiga hamfikr edilar. Shibliy, Murta’ish, Abu Ali Saqafiy bilan hamsuhbat boʻlgan. Abu Hasan Fumanjiy, Abu Nasr Safforiy Nishoburiy bilan doʻst boʻlgan. Yaxshi samo’ qilardi, xushvaqtlari bor edi](1). Shayx Sulamiy debdurki, Abusahl Su’lukiydin samo’ni soʻrdilar. Dediki, [samo’ – haqiqat ahli uchun mustahab, olimlar uchun muboh, fosiq va fojirlar uchun makruhdir](2). Ul debdurki, hargiz ilig jaybimgʻa solmayman va biriima toʻkmagaymen va manga quflu kalide yoʻq erkandur. Va ham ul debdurki, [zahmat tortgan kishiga martabada oʻzini tenglashtirgan – haddan oshganidir](3). Shayx Abu Abdurrahmon Xoʻtaniy debdurki, ne uchun mundoq Demaydurki, [zahmat tortgan kishiga martabada oʻzini tenglashtirgan xato qilibdi](4). Shayx ul-islom debdurki, bu yaxshiroqdur. Hech kishi men degandek demaydurki, ani tilamak bila topsa boʻlmas, ammo tilagan topar. Va ham Sahl Su’lukiy debdurki, [kimki vaqtidan oldin maqom-mavqega yetsa, xorlikka yuz tutadi](5). Bir kun Shayx Su’lukiy darsda dediki, barcha Qur’onda manga bu ajab kelurki, Allohu taolo Musogʻa ayttiki, [men oʻzimga seni tanladim](6). Shayx ul-islom debdurki, manga hasaddurki, bu soʻzgaki, ul aytibdur. Shayx Abusahl Su’lukiy Nishoburiy uch yuz oltmish toʻqqizda dunyodin oʻtti va oʻgʻli Abu Tayyib toʻrt yuz toʻrtta Rajab oyi oʻtti.

382. Shayx Abulqosim Qushayriy r. t.

Oti Abdulkari b. Havozin Qushayriydur. «Latoif ul-ishrat» tafsirining sohibidur. Va anga harfanda rasoyil va har ilmda tasonif bor. Abu Ali Daqqoqning murididur va Abu Ali Formadiyning ustodi. Toʻrt yuz oltmish beshda dunyodin oʻtubdur. «Qashf ul-maxjub» sohibi debdurki, ul debdurki, [Soʻfiy zotiljam kabidir: avvali alahsirash, oxiri: jimlik! Agar mustahkam boʻlsang, jim boʻlasan](1). Va ham ul debdurki, [tavhid – «Alloh» ismi zohir boʻlganda rasm va tabiat asarining zavol topishi, tajalliy nurlari porlaganda, begona narsalarning foniy boʻlishi, ilohiy haqiqatlar oshkor boʻlganda maxluqotlarning arzimasligi, zikri ulugʻ Jabborga yaqinlik mavjud boʻlganda agʻyorlarning koʻrinmasligidir](2).

383. Shayx Abulqosim Shaqoniy q. s.

Oti Ahmad b. Muhammaddurur: Usulu furu’, funun va ulumida imom erdi, koʻp mashoyix diydoridin bahramand. «Kashf oʻl-mahjub» sohibining ustodidur. Ul debdurki, hech kishi koʻrmaydurmenki, shar’ni ul ta’zim qilgʻancha qilmish boʻlgʻay. Dunyoyu uqbodin payvasta nafir erdi. Ul debdurki, [bir yoʻqlik istaymanki unga qaytish boʻlmasin!](1). Va gʻayri arabiy der erdiki, har kishiga bir muholni tilamak bor, manga bir muholni tilamakdurki, yaqin boʻlmagʻay. Va ul budurki, tilarmanki, Haq taolo meni bir adamgʻa eltkayki, hargiz ul adamgʻa vujud boʻlmagʻay, ne uchunki maqomotu karomotdin har neki bor, barcha hijobu balodur. Va odame ul hijobu balogʻa oshiq. Ioʻqlugʻ diydorda yaxshiroqki, orom hijobda. Chun Haq taolo boriydurki, anga adam ravo ermas. Ne ziyon qilgʻayki, aning mulkida men yoʻqe boʻlsamki, hargiz ul yoʻqqa borligʻ boʻlmasa. Ham «Kashf ul-mahjub» sohibi debdurki, bir kun aning qoshigʻa kirdim, oʻqiydur erdikim, [Alloh bundoq bir misol keltirur: hech narsaga kuchi yetmaydigan birovga qaram qul...](2) va yigʻlaydur erdi va qichqiradur erdi. Sogʻindimki, oxir boʻlgʻusidur. Dedim: ayyuhash-shayx, ne holdur? Dedi: oʻn bir yildur, to dardim bu yerga yetibdur va mundin oʻta olman. Bir kun Shayx Abusaid Abulxayr Nishoburda oʻz xonaqohida oʻlturub erdi. Sayyid Ajalki, Nishoburning ulugʻi erdi, Shayx yonida oʻlturub erdi. Shayx Abulabbos Shaqoniy keldi. Shayx ani Sayyid Ajaldin yuqoriroq oʻlturtti. Sayyid andin ranja boʻldi va koʻngliga dovarligʻ kirdi. Shayx Sayyid sari boqib dediki, siz bu toifani Mustafo s. a. v. uchun sevarsiz va biz bu toifani Haq s. t. uchun sevarmiz. Shayx Abulabbos debdurki, bir kun uyimda kirdim, bir sarigʻ itgina yotib erdi. Ani quvlay dedim, yugurdi va etakim ostigʻa kirdi va gʻoyib boʻldi.

384. Abulfazl Hasan Hatliy r. t.

Bayt ul-Jinda vafot topubdurki, Dimishqning yaqinidur. «Qashf ul-mahjub» sohibi debdurki, tariqatda mening iqtidom angadur. Tafsir va rivoyat ilmida olim erdi. Husriyning muridi va sohibi sirri, Abuamr Qazviniy va Abulhusayn Solbih aqroni. Oltmish yil uzlatda eldin qochar erdi va otin eldin itirur erdi va koʻprak Lugʻom togʻida basar eltur erdi. Uzun umr topti va yaxshi oyotu karomot iyasi boʻldi, Va mutasavvifa libosida emas erdi, rusum ahli siyratida boʻlur erdi. Men andin muhibrok koʻrmaydurmen. Ul debdurki, [dunyo bir kundir, unda bizning vazifamiz roʻzadir](1).

385. Ali b. Usmon b. Abi Ali Jullob Gʻaznaviy q. s.

Kuniyati Abulhasandur. Olim va orif erdi va Shayx Abulfazl b. Hasan Xatliyning murididur. Qoʻp mashoyix suhbatigʻa ham yetibdur. «Kashf ul-mahjub» kitobining sohibidurki, bu fanda mashhur va moʻ’tabar kitobdur. Ul debdurki, Shayx ul-mashoyix Abulqosim Gurgoniy q. s.din soʻrdumki, darveshga noguzir nima nedurki, faqir otin anga itloq qilsa, boʻlgʻay? Dedi: Uch nima: biri ulki, tuz yurun tika olgʻay; yana ulki, chin soʻz ayta va eshita olgʻay; yana ulki, oyogʻin tuz yerga ura olgʻay. Jam’e darveshlar hozir erdilar. Dedukki, keling, har qaysimiz bu soʻz ma’nisida taammul qilib, bir soʻz deyli! Har biri bir soʻz dedilar. Navbat manga yetganda dedimki, yurunni tuz tikmak ul boʻlgʻay: Faqr yuzidin tikkay, yoʻqki ziynat yuzidin. Agar ruq’ani xirqagʻa faqr bila tiksang, egri tiksang dogʻi tuzdur va chin soʻz ul boʻlgʻayki, kishi oni hol yuzidin aytgʻay va eshitgay. Yoʻqki, minnat yuzidin va haq vajd bila onda tasarruf qilgʻay. Yoʻqki, hazl bila va zindagonligʻ yuzidin ani anglagʻay, yoʻqki, aql bila. Va oyogʻin tuz yerga urmoq ul boʻlgʻayki, vajd bila yerga urulgʻay, yoʻqki lahv bila. Va bu soʻzni biaynihi Shayx hazratida naql qildilar, dediki, (Ali rost soʻzladi. Alloh unga yordam bersin!](1).

386. Xoja Ahmad Hammod Saraxsiy r. t.

«Kashf ul-mahjub» sohibi debdurki, ul muboriz uli-bod erdi va muddate maning rafiqim erdi va oning holotidin koʻp ajoyiblar bilurmen. Bir kun ondin soʻrdumki, saning bu ishga kirgoning ibtidosi ne erdi? Va dediki, men bir qatla Saraxsdin chiqib, biyobongʻa bordim va tevalarim bor erdi. Alarning muhofazatin qilur erdim va och boʻlmogʻni sevar erdim. Va har ne ilkimga tushsa, yana birovga berur erdim va koʻnglumga Tengri taoloning bu qavli toza boʻlur erdiki, [ular hijrat qilib kelganlarni suyurlar](1). Va bu toifagʻa e’tiqodim bor erdi. Bir kun biyobonda bir arslon paydo boʻldi. Bir tevani bosdi va saqat qildi va biyikka chiqib, bir goʻkradi. Ul tegradagi sibo’ va boʻri va tulku va shaqol yoʻsunlugʻ jonvorlar jam’ boʻldilar va arslon tevani alar ilayiga qoʻyub, oʻzi biyik boyirgʻa chiqib oʻlturdi, to alar barcha toʻydilar. Arslon biyikdin indiki, oʻzi ham andin tu’ma qilgʻay. Koʻrdi, bir oqsoq tulku keladur, yana yondi va oʻlturdi. Ul ham oʻz voyasin hosil qilgʻondin soʻngra indi va andin tu’ma qildi va men nazzora qilur erdim. Chun yemakdin forigʻ boʻldi. Maning sori boqib, fasih til bila dediki, yo Ahmad, luqma iysori itlar ishidur. Eranlar iysori jondur. Chun men bu burhonni andin koʻrdum. Holim mutagʻayyir boʻldi va olamning barcha ishidin ilik tortib, bu ishga mashgʻul boʻldum va ishimning ibtidosi bu erdi.

387. Adib Kumandiy r. t.

Ul «Qashf ul-mahjub» sohibining Muosirlaridandir. Debdurlarki, yigirma yil koʻprak avqot ayogʻ ustiga turub yerdi, magar tashahhud vaqtiki, oʻlturur erdi. Andin soʻrdilarki, ne uchun oʻlturmassen? Dediki, manga hanuz ul daraja yoʻqdurki, Haq s. t.ning mushohadasida oʻlturgʻaymen.

388. Abulhasan Musanno r. t.

Oti Ali b. Musannodur. Shayx Abusaid Abulxayr q. s. debdurki, yigitligim chogʻida Astrobodda Abulhasan Musanno qoshigʻa bordim. Va ul shukuhliq pir erdi. Va Shibliy bila suhbat tutub erdi va oralarida niqorlar oʻtub erdi. Darvishe manga ayttiki, aytqilki, bizga Shibliydin hadise aytsun! Men iltimos qildimki, ayyuhash-shayx, bizga Shibliydin hadise ayt! Dediki, ne uchun burun Rasul s.a.v. din soʻz tilamading? Dedim: ikkalasidin ayt! Dedi: Rasul s.a.v. debdurki, agar mening otimga «Al-Kahf»din oʻzga sura inmasa erdi, ham kofiy erdi. Ham shayx Abusaid q. s. debdurki, Shayx Abulhasan Musanno dedikim, Bagʻdod jome’ida Shibliyning majlisi qirogʻida turub erdim. Birav bu toifa kisvatida Shibliydin savol qildikim, [ey shayx, vasl nima?](1). Shibliy anga boqib dedikim, [Ey vasl haqida soʻrovchi, ikki tarafdan kechsang visolga yetasan](2). Soyil dedikim, [ikki taraf ni-ma?](3). Shibliy dedikim, [sizlarni roʻparangizdagi Allohdan toʻsib turgan choʻqqi](4). Soyil dedikim, [u choʻqqi nima?](5). Shibliy dedikim, [dunyo va oxirat! Chunonchi rabbimiz aytadi: orangizda dunyo istaganlar ham, oxirat istaganlar ham bor edi](6). [Xoʻsh, Xudoni istovchi qayerda?](7). Andin soʻngra Shibliy aytdikim, [agar Alloh desang, U Allohdir. Agar jim tursang ham u Allohdir; yo Alloh, yo Alloh U! Va hech kim bilmaydiki, U nima? U pokdir, U pokdir, U yakka yagonadir, uning tengi yoʻq](8). Andin soʻngra gʻashe qildi va bexush yiqildi, ani koʻtarib uyiga elttilar.

389. Shayx Ahmad Najjor Astrobodiy q. s.

Shayx ul-islom dediki, ul Xurosonning mashoyixidindur. Shibliy va Murt’ish bila suhbat tutubdur. Bir qatla Shibliy aning shoribaynin olib erdi. Ul debdurki, andin soʻngra hargiz yana olmoqqa ehtiyoj boʻlmadi.

390. Shayx Abu Zur’a Roziy q. s.

Oti Ahmad b. Muhammaddur. Shayx ul-islom debdurki, men uch kishi koʻrubmenki, ani koʻrubdurlar. Shibliyning shogirdi ermish. Munbasit kishi ermish. Anga ta’n qilibdurlarki, doyim tiybat qilursen. Ul debdurki, manga mundin oʻzgaki bir soʻz degaymenki, darveshlar kulgaylar, hech sarmoya yoʻqdur. Shayx ul-islom debdurki, ani dunyodin oʻtgandin soʻngra voqe’ada koʻrubdurlar, holin soʻribdurlar. Debdurki, meni ilayiga tiladi va dediki, sensenki zirih kiyding mening dinimgʻa, mening xalqimgʻa? Dedim, bale(1) Dedi: Ne uchun xalqimni manga qoʻymading va koʻnglung yuzin manga kelturmading?

391. Shayx Abu Zur’a Ardabiliy q. s.

Oti Abdulvahhob b. Muhammad Ayyub Ardabiliydur. Olim va zohid ermish. Koʻp safar qilibdur. Shayx Abu Abdulloh Xafif bila hamroh boʻlubdur. Derlarki, Shayx Abu Abdulloh Xafif Hijoz azimati qildi va Abu Zur’ani koʻrgali bordi. Ul islangʻon yaxna et kelturdi. Abu Abdulloh andin yemadi va safarga azimat qildi. Biyobonda yoʻl ozitib, necha kun yegulik topmadilar. Halok boʻlur chogʻda bir it koʻzlariga yoʻluqdi, zaruratdin ani oʻlturub ulashtilar. Shayxqa aning boshi tegdi. Shayx tanaffurdin ta’ammulda erdiki, oyo yesa boʻlgʻaymu yo yoʻq? Imom Molik mazhabi bila yemakka xotir qaror berdi, ammo boshi sa’b erdi. Ul itning boshi tilga kelib dediki, bu ul kishining sazosiki, Abu Zur’a uyida islangʻan etni yemagay. Shayx safardin qaytti va Shayx Abu Zur’a uyiga borib, istihlol qildi va bihillik tiladi va andin soʻngra safargʻa chiqdi. Debdurlarki, Abu Zur’a umrining oxirida soʻfiya bila muxolafat ustida boʻldi, shoyadki, ba’zi bila erdi ekin. Toʻrt yuz oʻn beshda dunyodin oʻtti.

392. Abu Abdulloh mushtahyr Bobuniy q. s.

Qabri Sherozning mashhur mazorotidindir. Ul ermishki, debdurki, [kurd boʻlib uxladimu arab boʻlib uygʻondim](1). Va bu qissa mundoq ermishki, ul kurdlardin ermish. Bir kun Sherozgʻa kelibdur va madorisdin ba’zigʻa kiribdur va koʻrubdurki, ilm talabasi ulum darsi va mubohasasigʻa mashgʻuldurlar. Alardin savol qilibdur. Barcha kulushubdurlar. Ul debdurki, tilarmen, sizning bu aytishadurgʻon soʻzlaringizdin oʻrganganmen. Ular hazl va istehzo yuzidin debdurlarki, agar tilasangki, donishmand boʻlgʻaysen, bu kecha uyungning saqfidin bir ip bila oyogʻingdin bogʻlab, tong otquncha degilki, «koʻzburah usfurah» [kashnich chumchuq](2)ki, ilm abvobi senga ochilur. Ul bormish, alar degandek qilmish. Chun niyati va husn talabi sidq bila ermish. Tong otgʻoch, Haq s. t.aning koʻngliga laduniy ilm eshikin ochmish. Andoqki, har gʻomiz mas’alada ul fan ahli bila taloshib, alargʻa gʻolib kelur ermish va bu boʻla olmas, juz valoyat osori.

393. Shayx Abu Abdulloh Boku.

Oti Ali b. Muhammad. b. Abdulloh. Ibn Bokugʻa mashhurdur. Shayx Abu Abdulloh Xafifni koʻrubdur. Va Sherozdin Nishoburgʻa safar qilibdur. Shayx Abulqosim Qushayriy va Shayx Abusaid Abulxayr q. s. bila suhbat tutubdur. Va Shayx Abulabbos Nihovandiy bila muddate musohib boʻlubdur. Va oralarida tariqat bobida koʻp soʻzlar oʻtubdur. Va Shayx Abulabbos aning fazlu sabqigʻa e’tirof qilgan ekandur. Aydin soʻngra Sherozgʻa murojaat qildi va bir togʻ magʻorasida munzaviy boʻldi va barcha soʻfiya va ulamo va fuqaro aning suhbatigʻa mulozamat va mudovamat qilurlar erdi. Ul soʻzki, Shayx Abusaid Abulxayr bila voqe’ boʻlubdurki, necha gʻarib, karomotlar Shayxdin koʻrgandin soʻngra Shayxqa debdurki, tilarmenki buki, haftada bir qatlakim, kelursen meni koʻrgali, emdi kelmagaysen. Va Shayx debdurki, koʻp eranlar va mashoyixiing koʻzi sanga tushubdur, ul mashoyixiing nazari tushgan yerni koʻrgali kelurbiz. Va bu soʻzdin majlis huzzorining yigʻlab, oradin mojaro daf’ boʻlgʻonining sharhi «Nafahot ul-uns»da bor. Tilagan kishikim bilgay, anda tilasun. Oʻl toʻrt yuz qirq ikkida dunyodin oʻtubdur.

394.Shayx Moʻmin Sheroziy q. t. s.

Shayx ul-islom debdurki, Ismoil Dabbos dedikim haj niyati qilib borurda Sherozgʻa yetishdim. Bir masjidqa kirdim. Shayx Moʻminni koʻrdumki, oʻlturub, xirqasin yamaydur erdi. Salom qildim va oʻlturdim. Mendin soʻrdikim, ne niyating bor? Dedim: Haj niyatim bor. Dedi: Onang bor? Dedim: bor! Dedi: Yonib onang mulozamatigʻa bor! Bu soʻz menga xush kelmas erdi: Dedi: Ne toʻlgʻanasen? Men ellik haj qilibmen, bosh yalang, oyoq yalang va zodu hamrohsiz. Barchasin senga berdim. Sen onang koʻngli shodligʻin menga ber!

395. Shayx Abu Ishoq Shomiy r. t.

Asru buzurg erdi. Qabri Shom bilodidin Akkadadur. Shayx Alaviy Dinavariyning ashobidindur. Va ul Shayx Hubayrai Basriy ashobidin va ul Shayx Huzayfai Mar’ashiy ashobidin va ul Sulton Ibrohim Adham q. s. ashobidin. Va bu Shayx Abu Ishoq Shomiy Chisht qasabasigʻa yetibdur. Va Xoja Abu Ahmad Abdol suhbatigʻaki, Chisht mashoyixining muqaddamidur, yetibdur va andin tarbiyat topibdur.

396. Shayx Abu Ahmad Abdol Chishtiy r. t.

Sulton Farasnofaning oʻgʻlidur. Hasaniy shurafodin erdi va ul viloyat hokimi erdi va oning bir singli yo egachisi bor erdi. Bagʻoyat soliha. Shayx Abu Ishoq aning uyiga kelur erdi va aning taomidin yer erdi. Bir kun anga dediki, saning qardoshinggʻa bir farzand boʻlgʻusidurkim, azim sha’ni boʻlgʻay. Qardoshingning harami holidin voqif boʻl va muhofazat qilki, haml ayyomida luqmaiki, onda hurmat yo shubhaye boʻlgʻay, yemagay! Ul soliha Shayx Abu Ishoq ishorati bila oʻz iliki bila charx igirib, ipin sotib, qardoshining haramining ma’kulin muhayyo qilur erdi. To ikki yuz yetmish tarixida Mu’tasim billoh xilofati zamonida Xoja Abu Ahmad mutavallid boʻldi va hamul soliha oʻz uyida halol vajh bila onga parvarish berur erdi va shayx Abu Ishoq Shomiy gohi aning uyiga kelur erdi va der erdiki, bu tifldin bir buzurg xonvoda zohir boʻlurning isi keladurki, ondin ahvol va osori gʻariba va ajiba mushohada boʻlgʻay. Yigirma yashar sinnida bir kun otasi bila ovgʻa borib erdi. Otasi va atboidin ayru tushti va ul koʻhistonda bir tosh ustida koʻrdikim, qirq kishi turibdurlar va oning shayxi Shayx Abu Ishoq Shomiy alarning orasida va ul jamoat Rijolulloh erdilar. Bularni koʻrgʻach, onga hol mutagʻayyir boʻldi va otidin tushub aslahayu, malbusotin tashlab, bir pashmina kiyib, alargʻa qoʻshuldi. Otasi bilgandin soʻngra har necha oni ul eldin ayirurgʻa sa’y qildi, foyda bermadi va alardin ayrilmadi. Derlarki, otasining bir xumxonasi bor erdi. Bir kun xilvat topib, ul xumxonani ichkaridin bogʻlab, kuplarni ushata boshladi. Otasigʻa xabar qildilar, ersa tom ustiga kelib, gʻoyat,gʻazabidin bir tosh olib, uy darichasidin anga otti. Ravzana andoq tor boʻldiki, toshni qisti va anga borgʻali qoʻymadi, to tosh yer bila koʻk orasida turdi. Chun otasi bu holni koʻrdi. Aning ilgida tavba qildi va ondin bu nav’ karomot behaddu add koʻrubdurlar. Tafsili uzundur va ul uch yuz ellik beshda dunyodin oʻtdi.

397. Xoja Muhammad b. Abu Ahmad Abdol Chishtiy q. s.

Otasidin soʻngra aning qoyim-maqomi erdi. Va yigirma toʻrt yoshida diniy va yaqiniy ulumu maorif kasb qilib erdi. Zohid va mutavarri’ erdi va dunyo ahlidin mujtanib va mutanaffir erdi. Doyim der ermishki, chun avvalu oxirimiz dunyo tarhidur, oʻzni aning gʻururu firibidin asramoq kerak.

398.Ustod Mardon.

Xavof viloyatida Sinjon qasabasidin. Xojaning muridlaridindur. Yillar aning istinjo kesakin va vuzu’ suyin muhayyo qilur erdi. Anga vatan murojaatigʻa amr qilgʻonda, ul yigʻlabdurki, manga sizing muforaqatingiz toqati qachon bor? Xoja debdurki, har qachonki sanga bizing dindorimiz orzusi boʻlsa, jismoniy hijoblar va makoniy masofatlar murtafe’ boʻlgʻay va bizni ham andin koʻrgaysen. Va ham andoq-oʻq boʻlubdur. Ustod der ermishki, men Sinjondin Chishtni koʻrarmen. Va Xoja toʻrt yuz yigirma birda dunyodin oʻtdi.

399. Xoja Yusuf b. Muhammad Sam’on r. t.

Ul Xoja Muhammad Abu Ahmadning xoharzodasidur. Va andin tarbiyat topibdur. Va Xoja Muhammad oltmish beshgacha kadxudo boʻlmagʻondur. Va bir singli bor erdikim, Xojaning xidmatin qilur erdi. Va xojaning kiymak-emaki aning dastrastidin erdi. Va aning yoshi qirqqa yetib erdi va ogʻasi xidmati va Tengri ibodati ishtigʻoli sababidin tazavvujgʻa mayl qilmaydur erdi. Bir kecha Xoja Muhammad buzurgvor otasi Xoja Abu Ahmadni tushta koʻrdikim, otasi anga dediki, [Shumo falon](1) viloyatida bir kishidur, oti Muhammad b. Sam’on, olim va solih kishidur, singlingni anga nikoh qil! Xoja ani tiladi, gʻoyibdan ishorat boʻlgʻon bila ul solihani Muhammad Sam’ongʻa aqd qildi va ul Chishtda-oʻq mutavattin boʻldi va Xoja Yusuf alardin mutavallid boʻldi. Xoja Muhammadning oʻgʻli yoʻq erdi, Xoja Yusufni farzandliqqa asrar erdi va tarbiyat qilur erdi. Va ulum tahsili va Tengri yoʻli sulukiga dalolat, qilur erdi. Va Xoja Muhammadning vafotidin soʻngra Xoja Yusuf aning qoyim-maqomi boʻldi va anga ellik yoshdin soʻngra inzivo va inqito’ mayli boʻldi. Xoja Hojiyi Makkiy mazori yonidakim, Shayx Abu Ishoq Shomiy ani koʻp ziyorat qilur ermish yerda chillaxona oʻz muborak iligi bila qazib, oʻn ikki yil anda basar eltibdur. Va oncha sukru dahshat va volahu hayrat anga gʻolib ermishki, mumtad zamonlar oʻzidin gʻoyib boʻlub, yana hozir boʻlur ermish. Ul vaqtdakim, Shayx ul-islom Abu Ismoyil Abdulloh Ansoriy q. s. Chisht mazorotida ekandur, aning bila muloqot qilgʻondur. Andin yongʻonda, Hirotda majolisu mahofilda ani sogʻinib, istihson qilur ermish. Va ul sakson toʻrt yashabdur. Va toʻrt yuz ellik toʻqqizda dunyodin oʻtubdur. Va oʻtar vaqtda ulugʻ oʻgʻli Shayx Qutbuddin Mavdudni oʻziga qoyim-maqom qilibdur.

400. Xoja Mavdud Chishtiy r. t.

Ul yetti yoshida tamom Qur’onni vozeh bila hifz qilib erdi va ulum kasbigʻa mashgʻul. Chun yoshi yigirma oltiga yetti, buzurgvor volidi olamdin oʻtti va ani oʻz oʻrnigʻa oʻlturtti va ulhamida hisolgʻa va pisandida af’olgʻa ma’ruf erdi va ul viloyat ahli anga e’tiqod va irodat va muhabbat maqomida erdi va hazrat Shayx ul-islom Shayx Ahmad Jomning suhbati sharafigʻa va tarbiyati davlatigʻa tavfiq topib erdi va oning sharhi «Nafahot ul-uns»da mabsut voqe’dur. Va Shayx ul-islom mazkur ishorati bila Balx va Buxoro sori tahsil takmili uchun bordi va toʻrt yilgʻacha ul viloyatda qolib, zohir ulumigʻa takmil berib keldi va ul viloyatda ondin gʻariba xavoriq va ajiba osor koʻp zohir boʻlubdurki, sharhining tadvili bor. Chun Chishtgʻa keldi, muridlar tarbiyatigʻa mashgʻul boʻldi va atrofdin toliblar oning xizmatigʻa yuzlanib, tarbiyat toparlar erdi. Shoh Sanjonki, laqabi va oti Rukniddin Mas’uddur, Xoja suhbatigʻa yetgan erkondur va necha vaqt oning xizmatida Chishtda boʻlgʻon erkandur. Oni Xoja Sanjon der ermishlar. Xoja Mavdud onga shoh laqab beribdur va ul laqab bila hamisha nozishu mufoxirat qilur yermish. Xoja Mavdud besh yuz yigirma yettida, shoh Sanjon besh yuz toʻqson yettida dunyodin oʻtdilar.

401. Xoja Ahmad b. Mavdud b. Yusuf Chishtiy q. s.

Otasidin soʻngra aning oʻrnigʻa oʻlturdi. Har tavoyifqa maqbul va koffai anomgʻa shafqati tamom va muruvvati om ermish. Debdurlarki, ul bir kecha Hazrat Risolat s. a. v. ni voqe’da koʻrdiki, ul Hazrat buyurdiki, Ahmad, agar sen bizga mushtoq emassen, biz senga mushtoqbiz. Chun uygʻondi, uch muvofiq yor paydo qildi va majhulvor andoqki, el tanimagʻay. Haramayni sharifayn zodahumollohu ta’ziman va takriman ziyoratigʻa mutavajjih boʻldi. Va ul davlatqa musharraf boʻlgʻondin soʻngra olti oy Madinada mujovir boʻldi. Va derlarki, aning anda iqomati Madina ravzasi ahligʻa ogʻir kelib tilar ermishlarki, ani ranjida qilib, uzr qulgʻaylarki, ravzadin un eshitmish boʻlgʻaylarki, ul bizning mushtoqlarimizdindur, ranjida qilmayg! Andin qaytqonda Bagʻdodda Shayx Shihobiddin Suhravardiy xonaqohida tushti va Shayx ani ehtiromu ikrom qildi va Bagʻdod xalifasi aning suhbatin tabarruk qilib, ta’zimlar qildi. Valodati besh yuz yettida erdi va besh yuz yetmish yettida dunyodin oʻtti.

402. Abulvalid Ahmad b. Abi Rajo r. t.

Ozodon qaryasidindurki, Hirotga muttasildir. Ulumi zohiriy va botiniy bila olim erdi.

Imom Ahmad Hanbal r. a. shogirdidur. Va Buxoriy oʻz «Sahih»ida andin hadis rivoyat qilibdur. Avoilda koʻp moli bor ermish. Barchasin hadis talabida va haj va gʻazoda sarf qilibdur va derlarki, oning doʻstlaridin biri toʻrt ming diramgʻa muhtoj boʻldi va oning qoshida zohir qildi. Toʻrt ming diramni naqd qilib, doʻstining uyiga yibordi va oning ul muhimmi kifoyat boʻlgʻondin soʻngra hamul vajhni saronjom qilib, yana oning uyiga yibordi va ul qabul qilmadi. Yana kun ul doʻst oning xizmatigʻa borib, salom qilgʻoch, dedikim, agar salom javobi vojib boʻlmasa erdi, salominggʻa javob bermagoy erdim. Ul muhaqqarning ne qadri boʻlgʻaykim, yana naqd qilib yiborgaysen. Ul ikki yuz ikkida oʻtti va qabri Ozodon qaryasidadur.

403. Abu Ismoil Abdulloh b. Abu Mansur Muhammad Ansoriy Hiraviy q. s.

Laqabi Shayx ul-islomdur va bu kitobda har yerdakim Shayx ul-islom voqe’durur mutlaq murod ondindur va Ul Abu Mansur Mattul Ansoriy farzandlaridandur va Mattul Ansoriy Ayyub Ansoriy farzandidurki, Hazrat Rasul s. a. v. ning sohibi rihli ermish. Ul vaqtkim, Madinagʻa hijrat qilibdurlar va Mattul Ansoriy Amir ul-moʻ’minin Usmon xilofatida Xurosongʻa kelib, Hirotda sokin boʻlubdur. Shayx ul-islom debdurki, maning otam Abu Mansur Balxda Sharif Hamzai Uqayliy bila boʻlur ermish. Bir qatla bir xotun kishi Shayx Sharifgʻa iltimos qilgan ermishki, Abu Mansurgʻa aytingki, mani qoʻlsun! Otam degan ermishki, men hargiz uylanmasman va oning iltimosin rad qilgʻan ermish va Shayx Sharif degan ermishki, oqibat uylangoysen va senga bir oʻgʻul boʻlgʻay va ne oʻgʻul! Chun Hirotgʻa kelibdur, kadxudo boʻlubdur va men mutavallid boʻlubmen. Shayx Sharif Balxda debdurki, bizning Abu Mansurgʻa Hiriyda bir oʻgʻul boʻldi. Ondoq han. Va han lafzidurki, jame’ yaxshiliklar anda darjdur va shayx ul-islom debdurki, men Quhandizda mutavallid boʻlubmen va anda ulgʻayibman va valodatim juma kuni ermish. Kunas gʻurubi vaqti, uch yuz toʻqsonda sha’bon oyining ikki yanggisida. Debdurki, men rabi’idurmenki, bahorda tugʻulibmen. Kunas savrning oʻn yetti darajasida erkanda va bahorni sevarmen. Har qachon kuna sonda yetsa, maning yoshim tugonur. Debdurki, Bu Osim pir mening qarobatimdur. Kichik erkonimda oning uyiga borur erdim. Bir kun oning uyida erkonimdaki, oning xotuni ajuze erdi, muhtasham va sohibi valoyat. Dediki, mening pirim, ya’ni xizr Alayhissalom Abdullohni koʻrdi va soʻrdi: Kimdur? Dedim: falon kishi! Dedi: Mashriqdin magʻribgʻacha andin toʻlgʻay, ya’ni ovozasidin.

Shayx ul-islom debdurki, bu soʻrmoq oning fannidur, bilur va soʻrar. Bonu oliya shukuhligʻ xotun erdi Poʻshangda. Chun shayx ul-islom tugʻubdur. Xizr a. s. anga aytibdurki, ul goʻdakni koʻrdung Hirida tugʻdi va mashriqdin magʻribgʻacha andin toʻlgʻay va ham Xizr a. s. anga debdurki, sizning shahrda bozori zodaidurki, oʻn yetti yoshidadur. Na otasi bilurki, ul kimdur va ne oʻzi. Tamom olamda ondin ulugʻroq kishi boʻlmagʻusidur va Shayx ul-islom debdurki, avval meni bir xotun maktabida topshurdilar. Chun toʻrt yashadim. Moliniy maktabiga topshurdilar. Toʻqquz yoshimda imlo bitidim Qozi Abu Mansurdin va Joruziydin. Va oʻn toʻrt yoshimda majlisqa oʻlturtdilar va men adab dabiristonida kichik erdim va she’r aytur erdim. Andoqki, oʻzgalarga hasad boʻlur erdi va debdurkn, Xoja Yahyo Ammor qarobatlaridin birovning oʻgʻli mening bila dabiristonda erdi va men arabiy she’rlar aytur erdim va har neki, maktab ahli mendin tilasalar erdiki, falon ma’nida she’r ayt, aytur erdim, alarning tilagonidin ortuq. Bir kun ul, oʻgʻlon otasigʻa aytgʻondur bu soʻzni. Otasi fozil kishi erdi. Oʻgʻligʻa debdurki, onga degaysizki, bu forsiy baytniki,

bayt:

[Shodlik bilan oʻtgan kun – kundir
Undan boshqa kun badgumonlar kunidir](1).

Arabiy til bila tarjima qilsun! Ul manga aytqach, men dedimki,

she’r:

[Yigitning kuni shodlik bilan oʻtkazgan kunidir.
Undan boshqasi badbaxtlik va mashaqqatli kunlardir.
Saodatli kunlaringda visoldan bahramand
boʻlginki, firoq ulugʻlar hayotining ostonasidagi dushmandir](2).

Va bu misra’ni iltimos qildilarki, arabiy tarjima qilki, misra’: [Oqqan ariqdan suv oqar](3). Dedimki,

bayt:

[Ariqda suv koʻrdik. «Oqqan ariqdan suv oqar»,
deganlaridek, yana oqishiga umid qildik](4).

va debdurki, bizning masjidda yaxshi chiroyligʻ kishi bor erdi yigit, Abu Ahmad otligʻ. Iltimos qildilarki, oning uchun bir bayt aytgʻil! Muni ayttimki,

bayt:

[Abu Ahmadning yuzi shunday chiroyliki, oy uning
gʻulomi. Va ohu koʻzlarining oʻqlari qalbni teshib oʻtadi](5).

Debdurki, mening olti ming baytdan ortiq arabiy she’rim bor rost vazni bila. El ilkida va ajzom keynida. Va debdurki, arab shuarosining mutaqaddim va mutaaxxirindin yuz ming bayt xotirimda bor va debdurki, tong erta qori qoshigʻa borib, qiroat oʻrganur erdim va qaytgʻonda darsqa mashgʻul boʻlur erdim va olti varaq bitir erdim va azbar qilur erdim. Darsdin forigʻ boʻlsam erdi, adib xizmatigʻa borur erdim. Roʻzgorimni ulashib erdim. Andoqki, roʻzgorimdin hech nima ortmas erdi. Balki hanuz nima darboist erdi. Koʻprak kun namozi xufton oʻtguncha nahor erdim va debdurki, kecha chirogʻ yorugʻida hadis bitir erdimki,non yemak farogʻatim yoʻq erdi. Onam nonni tikka qilib, ogʻzimgʻa solur erdi nima bitirning orosida. Debdurki, Haq s. t. manga hofiza berib erdiki, har ne qalamim taxtigʻa kirsa, yodimdin chiqmas erdi va debdurki, men uch yuz ming hadis yod bilurman, yuz tuman isnod bila. Debdurki, ulcha men Mustafo s. a. v. hadisi talabida tortibmen, kishi tortmaydur. Bir manzil Nishoburdin Dizbodgʻachaki yogʻin yogʻar erdi. Ikki bukanib hadis juzvin koʻksumda tutub, boribmenki, juzv oʻl boʻlmagʻay va debdurki, uch yuz kishidan hadis bitibmenki, bari sunniy ekondurlar va sohibi hadis, yoʻqki, mubtadi’ va sohibroy va bu kishiga muyassar boʻlmaydur va debdurki, bas oliy ustodlarki, bitimaymenki, ul kishi sohibroy ekandur yo kalom ahli. Va debdurki, men tazkira va tafsir ilmida Xoja Yahyo Ammor shogirdimen va debdurki, men toʻrt yoshimda erdimki, Xoja Yahyo Ammor Quhandizligʻlargʻa ayttikim, Abdullohni aziz tutungki, ondin imomligʻ kelur.

404. Xoja Yahyo b. Ammor Shayboniy r. t.

Ul shayx Abu Abdulloh Xafifni koʻrub erdi, Sherozda. Va Shayx ul-islom debdurki, ilm rusumin Hirotqa Xoja Yahyo qelturdi va majlis demak va dinni sunnat bila muvofiq qilmoq toza boʻldi. Aning sababidin Qozi Abu Amr Bistomiy Hiriga keldi va Xoja Yahyoning majlisigʻa bordi. Chun majlis tugandi, Xoja minbardin tushti va Qozi qoshigʻa bordi. Qozi koʻrub ta’zim qildi va dedi: sharqdin gʻarbqa bahru barni kezdim, dinni tozavu tar Hirotda toptim! Nishoburda dagʻi buzurglarga aytqon ekandurki, [sharqu gʻarbni kezib, faqat Hirotda dinni sof holda koʻrdim](1).

Qozi Abu Amr buzurg erdi, jahonning imom va yagonasi. Va shayx ul-islom debdurki, bir qatla Xoja Yahyo bemor boʻldi. Sihhat topqondin soʻngra majlis qildi, kursisi ustida. Ikki qoʻl ikki yonidin qoʻllab, ani minbarga chiqordilar. Dedi: Yahyoyi Ammor oʻzining barcha izzin bu yigʻochdin topibdur, ya’ni minbar va kursi. Va lekin emdi qila olman. Yana dediki, eshittimki, demishlarki, Yahyoyi Ammorning oyogʻin torttilar. Mustafo s. a. v. ning oyogʻin torttilar. Abubakr r.a. aning oʻrnigʻa oʻlturdi. Alo hazo Abi k. v. gʻacha mening oyogʻimni tortsalar, Abdulloh mening oʻrnumgʻa oʻlturgʻay va mulhidlar va mubtade’lar dimogʻigʻa urgʻay, Shayx ul-islom debdurki, ul kun kursi tubida oʻlturub erdim Xoja manga ishorat qildi va dedi: Abdulloh ul goʻdakdur. Va soʻngra Shayx Amu manga dediki, ul Abdulloh sen erding va al-haq andoq erdiki ul dedi. Xoja Yahyoyi Ammor toʻrt yuz ikkida dunyodin oʻtubdur.

405. Shayx Abdulloh Toqiy q. t. s.

Oti Muhammad b. Fazldur, Muso b. Imron Juraftiy murididur. Olim ermish ulumi zohir va ulumi botin bila. Shayx ul-islom debdurki, ul mening pirim va ustodimdur. Va hargiz hech hazrat koʻrmaymen andin haybatliroq. Va men ani nobino koʻrubmen. Va mashoyix ani ta’zim tutarlar erdi. Va ul karomatu valoyat egasi erdi. Va manga deb erdi: Abdulloh Abo Mansur, ul ne nurdurki Tangri sening koʻnglungda qoʻyubdur? Kirq yil oʻtmak kerak erdiki, men bilgaymenki, ul ne nurdur.

406. Shayx Abulhasan Bishr Sijziy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul mening pirlarimdindur. Bu mashoyixdinki, men koʻrubmen, uch kishi uluq edi: Xarakoniy va Toqiy. Va ikkalasi josus ul-qulub erdilar. Va biri Abulhasan Bishriy. Va ul sika erdi rivoyatda, sufiy erdi, mashoyixdin koʻp koʻrub erdi, andoqqi, koʻrmak kerak. Haram mashoyixin koʻrub erdi. Andoqki, Siyravoniy va Serkiy va Abulhasan Jahzam va Abubakr Tarsusiy va Abu Amr Nujayd va Yana mashoyixii ham. Va ul shayx Abu Abdulloh Xafifning murididur va Husriy va Nuriy va Abu Zur’a Tabariyni ham koʻrub erdi.

407. Koko Abulqasr Bustiy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul buzurg kishi erdi va mening ayyomimda erdi. Va men kichik erkanda otam odina kuni meni pirlar va mashoyix qoshigʻa eltar erdiki, ilig boshimgʻa surtarlar erdi. Va Abulqasr qoshigʻa eltmas erdi, nevchunki, ul malomat ahli erdi va otam qurro. Ammo Shayx Abulhasan Tiyshasov va aning inisi Shayx Muhammad Koko Abulqasrning muridlari erdilar. Va roʻshan pirlar erdilar va azim na’ralari bor erdi. Va aning barcha muridlarida azim qichqirmogʻlar bor erdi.

408. Koko Ahmad Sunbul va inisi Muhammad.

Xoja r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Koko Ahmad Sunbul qardoshidin buzurgrak erdi, Muhammad Xojadin. Va bu ikki pir ham Shayx ul-islom zamonida ermishlar va aning holotigʻa yiroq muta’ammil.

409. Abu Mansur Muhammad Ansoriy r. t.

Shayx ul-islomning otasidur va Shayx Sharif Hamzayi Uqayliyning muridi. Va Abulmuzaffar Tirmiziy xidmatin qilib erdi. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Ahmad Kufoniy manga dedi: muncha safarlar qilding va har taraf kezding, oʻz otangdek koʻrmading? Va debdurki, men yetmish yildin ortiq ilm oʻrgandim va bitidim va ranj torttim e’tiqodda. Ul barchani otamdin oʻrganib erdim. Va debdurki, otamning menda bir sirri bor erdi, azim. Manga deb erdiki, Abdulloh, necha degaysen, Fuzayl Iyoz va Ibrohim Adham sendin fozil kelur va Ibrohim Adham. Otam meni bir voqe’da koʻrub erdi va manga aytmas edi. Va der erdiki, har kun ta’bir qilurmen, rost kelur! Va Shayx Abu Mansur toʻrt yuz oʻttizda Balxda dunyodin oʻtti va Sharif Hamzayi Uqayliyki, aning piri erdi, qoshida dafn qildilar.

410. Abu Mansur Suxta r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Abu Mansur Suxta pire erdi Quhandizda. Vaqte oʻzin kuydurmakka berdi, aning uchun kuymadi va anga Suxta ot qoʻydilar. Sodiq kishi erdi va salobatlik.

411. Shayx Ahmad Chishtiy va inisi Xoja Ahmad Ismoyil q. s.

Shayx Ahmad Chishtiy Abu Ahmad Abdoldin boshqadur, nevchunki ul mutaqaddimdur. Va shayx ul-islom ani koʻrmaydur. Va Xoja Ahmad Mavduddin ham boshqadur, nevchunki, bu mutaaxxirdir va Shayx ul-islomni koʻrmaydur. Shayx ul-islom debdurki, men hech kishi koʻrmay-men Ahmad Chishtiydin tamomroq va quvvatliroq, malomat tariqida. Va Chisht mashoyixi barcha mundoq ekandurlar, xalqdin bebok va botinda jahon sodoti. Uch qatla bodiya boshigʻa boribdur va yana qaytibdurki, oʻzidin ul azimatda tamom ixlos topmaydur. Alarning barcha holi ixlos va riyo tarki bila erdi. Hech nav’ shar’da sustlik ravo koʻrmas erdilar, tahovungʻa ne yetkay? Va ul Shayx Ahmad Najjorni koʻrub erdi. Shayx ul-islom debdurki, Ahmad Chishtiy buzurg erdi, meni ta’zim tutar erdi va hurmatki hech kimni tutmas erdi. Ul kishiki oq saqolin mening ayogʻimgʻa surtti ul erdi. Va Shayxul-islom debdurki, hech kishi koʻrmayman diy-dor va farosatda Ahmad Chishtiyning qardoshidek. Ul mening xidmatim qilur erdi. Va aning zikrida nisbat Shayx ul-islomgʻa irodatida koʻp tarix va maorif surubdur. Va Kavoshonligʻ Bishr bobidakim, kabutarxona aning ishorati bila yiqilibdur va Axmad Marjoniydek va Ahmad Kahdistoniydekki, tut yigʻochi shoxi ustida raqs qilur erdi va ul zamon mashoyix va avliyosi bila suhbatlar tutulgʻon va muvofaqotlar qililgʻonni ne nav’ sharhlarki qilibdur, «Nafahotul-uns»da bitiklikdur.

412. Shayx Ahmad Hoji r. t.

Shayx ul-islom deblurki, ul mening pirlarimdindur. Shayx Husrinni koʻrub erdi va Abulhasan Tazariyni dagʻi. Va alardin hikoyat der erdi. Andin soʻrdumki, Husriydin hech nima yod bilursen? Dedi, bale! Mashoyixdin biri bila Husriy qoshigʻa kirduk, yegulik nima yoʻq erdi. Shayx Husriy der erdiki, [biz sening ulovingmiz, ey Xojam, ulovingga ozuqa ber, ey Xojam!] va ovuch bir-biriga urar erdi. Shayx ul-islom dedi: anga boqmaki, alafqa muxtoj ekandur. Ani koʻrki, andin oʻzgaga hojati yoʻq ekandur.

413. Shayx Abu Salama Bovardiy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, Bu Salam Bovardiy xatib, sufiyi sayyoh mening pirlarimdindur. Musin pir erdi va mashoyixdin koʻpini koʻrub erdi va Abu Abdulloh Rudboriydek va Abbos Soyir va Abu Amr Nujayd va Abu Ya’qub Nahrajuriy q. a.

414. Abu Ali Kayyol r. t.

Shayx ul-islom debdurki, men Abu Ali Kayyolni koʻrubmen, ammo kichik erdim, ani tanimaydurmen. Buzurg ermish va Siystonning shayxidur.

Va malomat tariqida ermish. Ani karomot bila sitoyish kilsa boʻlmagʻayki, ul karomotdin ulugʻroq erdi. Ul va Shayx Ahmad Nasr va Abu Said Moliniy uchalasi soʻfilar saroyida boʻlub erdilar va men hozir.

415. Abu Ali Zargar r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Abu Ali Zargar dagʻi mening pirlarimdindur va ulugʻ soʻfiy erdi. Abu Abbos Qassob Omuliyning muridi. Va andin hikoyat aytur erdi.

416. Abu Ali Butagar r. t.

Shayx ul-islom debdurki, ul dagʻi mening pirlarimdindur. Javod kishi erdi. Va Shayx Abulhasan Misriyni koʻrub erdi, andin hikoyat qilur erdi.

417. Shayx Abu Nasr Qabboniy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul yaxshi safarlar qilibdur va koʻp mashoyixii koʻrubdur. Shayx Abu Amr Akkofni koʻrubdur va anga xidmat qilibdur Urdunda. Va Shayx Abu Amr Nujaydni va Shayx Abu Nasr va Abdulloh Monakni koʻrub erdi, Fors Argʻonida. Shibliy shogirdi alardin manga hikoyat qildi.

418. Shayx Ismoil Nasrobodiy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul Shayx Abulqosim Nasrobodiyning ulugʻ oʻgʻlidur. Andin hadisim bor va otasidin ham.

419. Shayx Abu Mansur Gozar q. s.

Shayx ul-islom dediki, ul shukuhlik darvesh erdi va mashoyixdin koʻpini koʻrub erdi. Va Shayx Amudin ulugʻroq erdi va Shayx Ahmad Najjor Astrobodiyni koʻrub erdi va Shayx Abu Nasr Sarrojni dagʻi koʻrub erdi.

420. Shayx Ismoil Dabbos Jiraftiy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, ul mening pirlarimdindur. Va rushan pire erdi. Muhaddis Shayx Mu’min Sheroziyni koʻrub erdi va andin soʻzlari bor erdi va aytur erdi.

421. Shayx Abusaid Muallim r. t.

Shayx ul-islom dediki, Abusaid Muallim ham rushan pire erdi, yaxshi koʻngullik va sodiq oyoq muraqqa’ kiyur erdi. Va Shayx Ibrohim Kayyolni koʻrub erdi.

422.Shayx Muhammad Abu Hafs Kuratiy r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Shayx Muhammad Abu Hafs buzurg erdi va azim vaqt egasi va mening pirlarimdindur. Bir qatla ul bemor boʻldi. Qavm aning qoshigʻa bordilar. Soʻze oʻtar erdi. Birav aning qoshida da’vo qildi. Va ul toqat kelturmadi va gʻayrat anga zoʻr kel-turdi. Sekrib qoʻpti va dedi: Haq, Haq! Chun soate oʻtti, oʻziga keldi va dedi: [astagʻfirulloh, astagʻfirulloh, astagʻfirulloh!](1) Zaif boʻlubmen va uzr qoʻldi.

423.Shayx Amu r. t.

Kuniyati Abu Ismoil va oti Ahmad b. Muhammad. Hamzat us-soʻfiy. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Amu Xuroson xodimi erdi. Mening piri farshovimdur, ya’ni soʻfiya odob va rusumin andin oʻrganibmen. Chun safarda boʻlsa erdi nomalar manga yuborur erdi. Jahon mashoyixin koʻrub erdi. Va Shayx Abulabbos Nihovandin anga Amu ot qoʻyubdur, andoqki oʻtti. Va Shayx Abubakr - Farro’ni Nishopurda koʻrubdur. Va avvalgʻi safarda: Islom hajji Shayx Ahmad Nasriy Tolqonin bila qilibdur. Va Shayx Abubakr Folizbonni koʻrubdur Bu xoroda. Va Shayx Abubakr Mufidni koʻrubdur. Va alar ikkalasi Junayd q. s. ni koʻrubdurlar. Va Shayx Sirvoniy bila suhbat tutubdur. Va ul zamonda Haramning barcha mashoyixi bila andoqki, Shayx Abulhasan Jahzam Hamadoniy va Shayx Abulxayr Habashiy va Muhammad Soxariy va Juvolgar va Shayx Abu Husoma va Shayx Abulhasan Sarakiy va Shayx Abulabbos Nasoyi va Shayx Abulabbos Qassob, va Shayx Abulfaraj Tarsusiy q. a. ni koʻrub erdi va ani navozishlar qilib erdilar. Va ul alargʻa shoyista xidmatlar qilib erdi. Toʻrt yuz qirq birda rajab oyi dunyodin oʻtti va yoshi toʻqson ikkiga yetib erdi.

424.Shayx Ahmad Kufoniy r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Ahmad Kufoniy Shayx Amuning xodimi erdi. Va koʻp mashoyixii koʻrub erdi va yaxshi safarlar qilib erdi. Ul manga dediki, biz sendin bildikki, kimlarni koʻrgan ermishbiz, ya’ni sen alarni tanigan ermishsen, haqiqat bila.

425.Abulhasan Najjor r. t.

Shayx ul-islom debdurki, ul Quhandizda bir duradgor erdi. Shukuhliq kishi erdi va buzurg. Va el ani tanimas erdilar. Bir vaqt ani Makkada koʻrubdurlar, ellik rikvador bila aning muridlaridin. Ul manga hikoyat qildi. Hiloldinki, Husriyning hodimi, erdiki, Husriy dediki, [quyosh faqat mening ijozatim bilan chiqadi]. Bu yerda Hazrat Maxdumiy Hazrat Shayx ul-islom holot va haqoyiq va maorifidin koʻp ado qilibdurlar «Nafohot ul-uns» da. Tilagan kishi ul kitobni koʻrsun.

426.Shayx Abullays Fushanjiy q. s

Shayx ul-islom debdurki, Abullays Fushanjiy buzurg va orif ermish. Ayoq yalang yurur ermish. Fushanjdin Hiriga kelibdur va qolibdur. Sabab bu ermishki, biyobondin oʻtarda bir zaifa bir qabr boshida farzandin tushub mundoq deb yigʻlar ermishki, ey onasining joni, voy onasining yolgʻizi. Anga hole voqe’ boʻlubdur va Hirida qolibdur. Shayx ul-islom debdurki, Abu Voyil Shaqiq b. Salama Kufiy tobeinning akobiridin, navha unin eshitsa, yigʻlar erdi. Bu toifadin biri debdurki, [yigʻidan lazzatlanish-yigʻining qiymatidir](1). Shayx ul-islom debdurki, sendin yiroq tushgan hasrat yigʻisidin lazzat topar, seni topqan ne topqay! Abullaysning qabri Hirining xiyobonidadur va muridlari quburi aning qabri tegrasida.

427.Muhammad b. Abdulloh Gozuriy-Hiraviy q. s.

Bu qavmdindur. Hirotda buzurg ermish. Valoyat va karomot iyasi. Xoja Abu Abdulloh Zahlning anga irodati bor ermish va aning uchun azim ishlar qilibdur Bir qatla anga dediki, bu ishlarni qilasan va oxir bu shahrdin sen meni chiqargʻungdur. Ul dedi: men? Dedi: sen! Ul mutaajjib boʻldi. Muddate chun oʻtti, chun Muhammad Abdulloh Gozuriy–Hiraviy maorif va nasoyihni muassir aytur erdi va dunyo tarhiga dalolat qilur erdi va el koʻngliga asar qilib, dunyo ishidin ilik tortorlar erdi. Xoja Bu Abdulloh ani shahrdin uzr qoʻldiki, sening soʻzing elga ziyon qilur, ya’ni el ishdin ilik tortsa, podshoh uchun oz nima hosil boʻlur va Bu Xoja Abdulloh toʻrt yil Shibliy xizmatini qilib erdi va koʻp nima anga iysor qilib erdi va Shibliy ani Xuroson javodi der erdi va hofiz va siqa erdi.

428.Qurbanj r. t.

Shayx ul-islom debdurki, ul pire erdi, darvesh va valoyat sohibi. Va qabri bizing Gozurgohdadur. Bir kun Xoja Abu Abdulloh Abu Zahlgʻa yetdi. Dediki, ey Abu Zahl oʻgʻli, qachon boʻlgʻayki, seni yuqori oʻlturqaylar va meni quni? Xoja hushyor erdi, bildiki, buzurg kishidur. Dedi: ey Shayx, boʻlaolmagʻayki, seni yuqori oʻlturtqaylar va meni quyi. Shayx dedi: Abu Zahl oʻgʻli ranjur boʻlma, ne mazasi boʻlgʻayki, meni yuqori oʻlturtqaylar va seni quyi? Bir haftakim oʻtti, Xuroson hokimi ani tutub, qoʻrgʻonigʻa yubordiki, bir toqta kivurub eshikni qoʻpordilar, to anda dunyodin oʻtti.

429.Xoja Xayrcha r. t.

Shayx ul-islom debdurki, Xayrcha bir qul erdi. Qabri Gozurgohdadur. Xojasi andin xavoriqi odotu karomot mushohada koʻp qilur erdi. Ani ozod qildi. Gozurgohga keldi va bir uygʻina yasadi va anda muqim boʻldi. Aning munojotidurki, «Xudovando, har kimga dunyo matoindin siymu zar kerak bergil va har kimga yer va qul kerak bergil, Xayrchagʻa sen bassen!». Shayx ul-islom debdurki, ul garro holi mahalli gʻayratdur, ammo Haq ixtiyori bandalargʻa besababu illatdur. Bilolkim, habashe qul erdi, tiladi va Abu Jahl va Utba va Shaybaniki, Makka sodoti erdilar, soʻrdi: ul ne qildi va bular ne qilib erdilar, hech barcha aning inoyat va qismatigʻa vobastadur. Va kishiga anda soʻz yetmas. Shayx ul-islom debdurki, harkim bemor boʻlsa erdi yo bir dardgʻa uchrasa erdi, Xayrchadin fotiha tilar erdi. Ul oʻqigach, filhol shifo topar erdi. Bir qatla bir donishmandning tishi ogʻrib erdi, anga bordi. Ul «Al-hamd» oʻqugʻach hamul dam sihhat topti. Ul donishmand dediki, Xayrcha, «Alhamd»ni rost oʻqumaysen, men sanga oʻrgatay, to tuz oʻqigʻaysen! Ul dediki, sen koʻnglungni tuzat! Shayx ul-islom dedi: men Xaraqoniydin «Al-hamdu lilloh» eshittimki, oʻqidiki, ummiy erdi va «Al-hamd» deyolmas erdi, ammo roʻzgorning sayyid va gʻavsi erdi.

430.Abu Abdulloh Ahmad b. Abdurrahmon Nasr Moliniy q. s.

Ul Hirot mashoyixining ulugʻlaridindur, Shayx Amu aqronidin. Aning bila Islom hajji qilibdur. Va Haram mashoyixin koʻrubdur va suhbat tutubdur. Va zohiru botin ulumi bila orasta ermish va karomotu valoyat iyasi. Aning ashobidin biriga ul debdurki, Makkaga bor, falon kishiga mundoq va mundoq de! Ul biriyecha qadamki urubdur, oʻzin Makkada koʻrubdur va ul kishiga Shayxning paygʻomin yetkurubdur. Va namozdin burun: Shayx qoshigʻa kelibdur. Anda yetkan mahalda tilagandurki, haj guzorlagʻay. Ul kishi debdurki, Shayxning soʻzi xilofin qilmaki, yonsang, bora olmagʻaysen va uch oy yoʻlda qolgʻaysen. Qabri Hirotning Molinidadur. Shayx ul-islom avoyil holda aning ziyoratigʻa koʻp borur ermish.

431. Abu Nasr b. Abu Ja’far b. Abu Ishoq Hiraviy Xonchabodiy q. s.

[Abu Nasr Muhammad b. Ahmad b. Ja’far deb ham ataydilar](1). Zohiru botin ulumigʻa olim va roʻzgor faqihi. Va asli Kirmonligʻdur. Va tavbasining sababi bu ermishki, bir kun birav bir fatvo kelturdiki, ne buyurgʻaylar, Islom aimmasi bu mas’aladakim, biraz yigitlikda gʻazab yuzidin bir necha yigʻoch bir eshakka urubdur. Ul eshak yuz kiyn qilibdurki, ey Xoja, sening bu zulmung ham mazlumgʻa oʻtkay, ammo tongla bu gʻazab surmakning uhdasidin nechuk chiqqungdur? Yigirma yildurki, ul kishi yigʻlaydur va holo koʻzining suyi qongʻa mubaddal boʻlubdur, oyo aning tahorat va namozining hukmi nechuk boʻlgʻay? Chun Abu Nasr bu fatvoni oʻqudi, bu soʻz haybatidin behush boʻldi. Chun hushigʻa keldi, ul kishi suhbati ihrome bogʻladi. Chun aning manziligʻa yetdi, ul kishi ul yigʻlamoq va anduhdin oʻlub erdi. Bir qari kishi koʻrdi: nuroniy va qon koʻzidin oqib, yuzida bogʻlab erdi, ammo ul kishi kular erdi. Abu Nasr ul kulgudin taassub qilib, ul kishi takfinu tajhizin qilib, yigʻlab borur erdi. Bir qari kishi anga yoʻliqib dedi: ey yigit, nega yigʻlaysen? Magar Kitob ullohdin oyate sanga yetibdurki, aning bila amal qilmagʻaysen. Bu yigʻlamogʻing etagi kulganlar yigʻlamogʻigʻa oʻxshar, yoʻqki koʻngul qoʻyganlar yigʻlamogʻigʻa.

Chun ul pir bu soʻzni aytib oʻtti: Abu Nasrga dard ustiga dard va soʻz ustiga soʻz ortti. Va har nedakim erdi, barchadin chiqti va safar va sayohat ixtiyor qildi. Va derlarki, uch yuz pir suhbatigʻa yetib, barchagʻa xidmat qildi. Va Xizr a. s. suhbatigʻa musharraf boʻldi. Va Makka va Madina haramida Bayt ul-Muqaddasda riyozat tortti va ibodat qildi va oxir Hirotqa murojaat qildi. Va umri yuz yigirma toʻrtga yetti va besh yuzda dunyodin oʻtti va qabri Xonchaboddadur, yuzoru va yutabarraku bihi.

432. Sulton Majduddin Tolba r. t.

Debdurlarki, cherikchi va sipohiy ermish. Va tarku tajridu tavakkulda yagona ermish. Darvesh Muhammad Churgarki, abdoldin ermish va masjidi Jome’da boʻlur ermish, bir kun ibriqidin suv toʻkulgon ermish va oʻzi yotqon ermish. Masjid xodimi ul suvni koʻrub sogʻinib-durqi, darvesh bavl qilibdur. Ani andoq urubdurki, a’zosi majruh boʻlubdur. Darvesh bir oh urubdur va ketibdur. Bir oʻt paydo boʻlubdur va masjidqa, chun yiqochdin ekandur, tutashibdur va andin ul bozorgʻa tu-shubdurki, ani «jumlafurushlar bozori» der ermishlar. Sulton Majduddin Tolbagʻa bu xabarni beribdurlar, darvesh keyincha boribdur. Chun anga yetibdur, debdurki, musulmonlarning shahrin ne uchun kuydurursen? Darvesh yonibdur va koʻzi ashkidin necha qatra ul oʻtka toʻkubdur, ul ut oʻchubdur. Bu ruboiyni debdurki,

ruboiy:

[Kechagi olov yonishni qalbimdan oʻrgangan edi,
agar koʻz yoshlarim yordamga kelmaganda,
Hirotning barcha sotuvchilari kuyib ketardi](1).

Derlarki bir qatla azim sel keldi, andoqki, yaqin erdiki, Hirot shahrin suv eltkay. Sulton Majduddin Todbogʻa ayttilar. Dedi: mening xirqamni sel ilayiga qoʻyun! Andoqki qildilar, sel filhol qaytti. Imom Faxruddin Roziy aning zamonida ermish, aning suhbatigʻa taqarrubu tabarruk tilar erdi. Mazori Hiriy shahrida Xushk va Feruzobod darbi orasidadur.

Va Shayx Mahmud Ushnuviy rahimahullohki, «Gʻoyat ul - imkon va ma’rifat uz-zamon val makon» risolasining musannifidur, aning gunbadida madfundur. Va bu Shayx Mahmud Mavlono Shamsuddin Muhammad b. Abdulmalik Daylamiyning ashob va shogirdlaridindurki, muhaqqiqlarning akobir va mashoyixidindur. Va haqiqatda koʻp mufid musannafoti bor.

433. Abu Abdulloh Muxtor b. Muhammad b. Ahmad Hiraviy q. s.

Hirot mashoyixining akobiridindur. Zohir ulumi va botin ulumigʻa jome’. Valoyat va karomot iyasi. Derlarki, qabri lavhida mundoq bitilgan topibdurlarki, ul ikki yuz yetmish yettida dunyodin oʻtubdur. Ul debdurki, taomni andoq yegilki, sen oni yegaysen, yoʻqki ul seni! Agar sen oni yesang, barcha nur boʻlgʻay va agar ul seni yesa, barcha dard boʻlgʻay va toʻnni andoq kiyki, ruunat va faxr va xayloni sening nihodingda kuydurgay. Yoʻqki, ul illatlar oʻti shu’lasin yorutgʻoy. Debdurki, har ishda boʻlsang andoq boʻlki, Azroil boshinggʻa kelsa, ul ishdin oʻzga ishga borgʻuliq boʻlmagʻoysen va bori holating sening bila boʻlgʻay. Agarchi taom yemak boʻlgʻay, yo muboh amal qilmoq kerak. Botining xolisanlilloh boʻlgʻay va niyating ul amalda Haq s. t. ning rizosi boʻlgʻay va shar’ rioyati. Debdurki, Ubudiyat asli uldurki, zohirda andoq boʻlgʻaysenki, sendin barcha shar’ zohir boʻlgʻay va botinda andoq boʻlgʻaysenki, anda gʻayr yodining sigʻmogʻi boʻlmagʻay va anga murid va ashobki, karomat va valoyat iyasi boʻlgʻay koʻp erdi. Abu Ali Muxtor Alaniy Husayniy r. a. dek. Va ul sayyid imomgʻa mashhurdur va pirining oyogʻi sari madfundur va faqih Abu Usmon Margʻaziydekki, gʻoyat shavq va soʻxtaliydin Shavqsoʻxtagʻa mashhurdur va anga gʻaroib holot va ajib vaqoye’ ermish va Xonchabod goʻristonida Abduvohid b. Muslimning ayogʻi sari madfundur.

434. Shayx Abu Zar Buzjoniy q. s.

Shayx ul-islom debdurki, men bir kishi koʻrubmenki, ani koʻrubdur. Sayyode erdi Buzjonda, qulun tutquchi. Base sa’y qildimki, ani toptim va koʻrdum. Abu Zar zohir karomoti iyasi erdi. Buzjonda bir madrasa bor erdiki, Shayx Abu Zar aning sokinlarin avliyo der erdi. Shayx bir kun ul madrasa eshigida yotib erdi. Madrasa xodimi keldi. Shayx soʻrdikim, avliyo ne ishda? Xodim dediki, bu kun yeguluk topmaydurlar. Ul madrasada bir tut yigʻochi bor erdi. Xodimga dediki, chiqib ul yigʻochni silk! Xodimki, chiqib silkdi, yafrogʻlarki tushti, xolis oltun erdi. Shayx qoshigʻa kelturdi. Shayx buyurdiki, yoronlar uchun taom ol! Va aning ash’oridindur.

Bayt:

[Bizni oʻz jinsmizdan boʻlganlar taniydi,
ammo qolganlar inkor qiladilar](1).

Va ham aning nazmlaridindur:

[Sen azal ilmi bilan aybimni koʻrdingu sotib ochding.
Sen ilmda oʻsha-oʻshasan, men ham aybdorlikda oʻshaman.
Endi oʻzing tanlaganingni oʻzing rad etma!](2).

435. Shayx ul-islom Ahmad Nomaqiy Jomiy q. s.

Kuniyati Abu Nasr Ahmad. b. Abulhasandur va Jarir b. Abdulloh Jabaliy farzandlaridindur raziyollohu anhuki, Rasul s. a. v. vafot qilgan yil musulmon boʻldi. [Alloh undan rozi boʻlsin, dedi: Islomni qabul qilganimdan beri Rasululloh s. a. v. ziyoratidan mahrum qilmadi va doimo menga tabassum bilan boqardi](1)

Va ul baland qadu bisyor jamil erdi. Amir ul-mu’minin Umar r. a. anga bu ummatning Yusufi ot qoʻyub erdi. Hazrat Shayxqa Hazrati Haq s. t. qirq ikki fyarzand berib erdi, oʻttuz toʻqquzi oʻgʻul va uchi qiz. Shayx-ning vafotidin soʻngra oʻn toʻrt oʻgʻul va uch qiz boqiy erdi. Va bu oʻn toʻrt oʻgʻul barisi olim va omil va komil va sohibi tasnif va sohibi karomot va valoyat. Va xalqning muqtadosi-yu peshvosi erdilar. Va oʻzi ummiy erdi va yigirma ikki yoshida tavba tavfiqi topti va togʻqa chiqdi. Va oʻn sakkiz yil riyozatlar tortqondin soʻngra qirq yoshida ani xalq ichiga yuboribdurlar va ladunniy ilm eshiklarin yuziga ochibdurlar. Va uch yuz toy qogʻazdin ortuqdurki, tavhidu ma’rifat ilmida va sirru hikmat ma’rifatida va tariqat ravishida va haqiqat bayonida tasnif qilibdurki, hech olim va hakim anga e’tiroz qilmaydur va qila olmaydur. Bu tasnifot barcha oyoti Qur’oniy va Rasul s. a. v. axbor va ahodisi bila muqayyad va muayyaddur. Hazrat Shayx q.s. «Siroj us-soirin» otligʻ kitobida kelturubdurki, qirq yoshimdan beriki, meni xalq orasigʻa yuboribdurlar, bu kungachakim, oltmish ikki yoshimdamen va bu kitobni farmon bila jam’ qiladurmen, yuz sakson ming kishidurki, bizing ilgimizda tavba qilibdur. Va andin soʻngra dagʻi koʻp yil Hirotda ermishlar. Shayx Zahiriddin Isoki, Shayxning farzandlaridin biridur, «Rumuz ul-haqoyiq» kitobida kelturubdur. Bizing Shayx iligida umrlarining oxirigʻacha olti yuz ming kishi tavba qilibdurlar, ma’siyat yoʻlidin toat tariqigʻa kiribdurlar. Va Shayxning Xirqa piri Hazrat Shayx Abu Said Abulxayr q. r. dur. Va aning sharhi budurkim, Hazrat Shayx Abu Saidqa bir xirqa bor erdikim, anda toat qilur erdi.

Mundoq debdurlarki, ul xirqa Amir ul-moʻminin Abobakr Siddiq r. a. din meros qolib erdi mashoyixqa. To navbat alargʻa yetib erdi, alarga koʻrguzdilar va amr qildilarki, ul xirqani Ahmadqa taslim qil! Shayx Abu Tohirgʻakim, alarning farzandi erdi, vasiyat qildilarkim, mening vafotimdin necha yildin soʻngra bir, navxat buyuk buyluq, azraq koʻzlugʻ Ahmad otligʻ yigit sening xonaqohingdin kirgay va sen ashob orasida mening oʻrnumda oʻlturmish boʻlgʻansen, zinhorkim, bu xirqani anga taslim qilgʻaysen. Alarning umri chun oxir damgʻa yetti, Shayx Abu Tohirgʻa bu orzu boʻlur erdiki, valoyateki alardadur, Shayx Abu Tohirgʻa topshirgʻaylar. Alar koʻz ochib dedilarki, ul valoyateki, siz tama’ qilib erdingiz, ani yana biravga topshirdilar va bizing shayxligʻimiz alamin bir xarobote eshikiga urdilar va isheki bizda erdi, anga taslim qildilar. Va soʻzlarki, el bilmadiki, hol nedur, to ulki, alar vafotidin necha yildin soʻngra bir kecha Shayx Abu Tohir voqe’ada koʻrdikim, buzurgvor otalari jam’i ashob bila musta’jal boradurlar. Ul soʻrdikim, yo Shayx, ne ta’jildur? Alar dedilarki, sen dagʻi kelki, Qutbi-avliyo keladur. Ul tiladiki, borgʻay, uygʻondi. Yana bir kun Shayx Abu Tohir xonaqohida oʻlturub erdikim, bir yigit kirdi, ham-ul sifat bilaki, Hazrati Shayx vasiyat qilib erdi. Shayx Abu Tohir filhol bildi va e’zozu ikrom qildi, ammo andoqki, bashariyat muqtazosidur. Mutaammil boʻldiki, andoq buzurgvor ota xirqasin nechuk iligidin chiqaray? Ul yigit dedi: Xoja, amonatqa xiyonat ravo ermas. Shayx Abu Tohir xushvaqt boʻldi va borib ul yerdinki xirqani Hazrat Shayx oʻz muborak iligi bila qozuqdin osib erdilar, olib kelturub, ul yigitning egniga soldi. Va debdurlarki, ul xirqani mashoyixdin yigirma ikki kishi kiyib erdi, oxir Shayx ul-islom Ahmad Jomgʻa havola boʻldi. Andin soʻngra kishi bilmadiki, ul xirqa qayon bordi? Shayx ul-islom Ahmaddin soʻrubdurlarki, mashoyix maqomotin eshitibbiz va kutublarin koʻrubbiz, hech qaysidin bu nav’ holotki, sizdin zohir boʻlur, boʻlmaydur. Dediki, biz riyozat vaqtida har riyozatki eshittik avliyoulloh tortibdurlar, torttik va anga nima mazid ham qilduk. Haq s. t. oʻz fazlu karami bila har ne parokanda alargʻa berib erdi, bir yoʻla Ahmadqa berdi. Har toʻrt yuz yilda Ahmaddek birav paydo boʻlgʻay, izzu taoloning inoyati osori anga bu boʻlgʻayki, xalq koʻrgaylar. [Bu rabbimning fazlu karamidandir](2). Hazrat Shayx karomotu maqomotining sharhi andin koʻprokdurki, bu muxtasarda ado topqan, ne uchunki, bovujudiulki, alar maqomotining jam’ini ellik-oltmish juzv bitibdur, ulcha bor, sharh qilaolmaydur va ul maqomot mashhuridur. Agar holotigʻa yaxshi muttale’ boʻlay degan kishi ul kitobni oʻqimoq kerak. Shayxning valodati toʻrt yuz qirq birda ermish va besh yuz oʻttiz oltida dunyodin oʻtubdur.

436. Abu Tohir Kurd r. t.

Ul Xizr a.s. bila suhbat tutar ermish va Shayx ul-islom Ahmadqa aning bila muvonasat bor ermish. Shayx ul-islom debdurki, bir kun mendin nafs zardolu tiladi. Dedim: bir yil roʻza tutqil, sanga zardolu beray! Bir yildin soʻngra nafs taqozo qildiki, men va’dagʻa vafo qildim, sen ham qil! Ul bogʻ sari bordimki, otamdin meros qolib erdi, koʻrdumki bir zardoluni shagʻol yebdur va butun tashlabdur. Oldimki, va’dagʻa vafo qilgʻaymen, nafs far’yod qildiki, ne ish qilgʻungdur, manga hech zardolu kerakmas! Emdiki, nafs andin tamom kechti, bir necha zardolu yedim va bir nechani koʻtardim va Shayx Abu Tohir qoshigʻaki mening piri suh-batim erdi va ollida qoʻydum. Shayx oʻruk sari boqdi va dediki, Ahmad, bizing uchun vaqf oʻrugi kelturubsen! Dedim: ey Shayx, vaqf emas va mening otam mulkida oʻzi tikkan va manga meros yetgan daraxtdindur va men oʻz iligim bila uzubmen. Shayx musallam tutmadi va oʻgʻliya ayttiki, bizing qoʻylardin bir qoʻy olib kel va oʻltur va shurboye pishirki, ochligʻ safrosi Ahmadning dimogʻi va boshigʻa urubdur, bilmavdurki, ne deydur va ne qiladur. Men dam urmadim, to ul taomni kelturdilar. Koʻnglumgʻa yetkurdilarki, bu taomdin yemaki, vajhdin emas. Men xayol qilur erdim va nondin ilig urub yer erdim. Ilhoq qildiki, chun aytki, ne uchun yemaysen? Ulcha koʻnglumga solib erdilar, ayttim. Oʻgʻlin tiladi va ul et kayfiyatin soʻrdi. Oʻgʻli ayttiki, qoʻylar yiroq borib erdilar, falon qassobdin oldim. Ul qassobni tilab, et kayfiyatin soʻrdi. Dedi: ul bir qoʻy eti erdiki, shihna zulm bila biravdin olib erdi, manga berdiki, oʻltur, yarimin shihna eltti, yarimi qolib erdiki, shayxzoda olib keldi. Shayx Abu Tohir boshin quyi soldi. Va yigʻlamoq manga zoʻr kelturdi va qoʻptum. Bir savma’aki, ul yaqinda erdi, kirdim, yigʻlamogʻimni tiya olmay yigʻlar erdimki, Shayx Abu Tohir kirdi va oʻlturdi. Va men koʻnglumda munojot qilur erdimki, Xudoyo, andoqki, qoʻy ishini anga ma’lum qildurdung, oʻruk ishin ham zohir qil! Bu asnoda Xizr a. s. kirib keldi va dedi: yo Abo Tohir, Ahmadning mulkiga vaqf ot qoʻydung va shubhaliq taomingʻa halol ot qoʻydung, muni kimdin oʻrganibsen? Sening Ahmadqa hech boz-xosting yoʻqdurki, ul buyuk poyadin borur.

437. Shayx Abu Ali Formadiy q. s.

Oti Fazl b. Ahmaddur. Xurosonning Shayx ush-shuyuxi erdi. Tazkiru mav’izatda ustod imom Abulqosim Qushayriyning shogirdidur va tasavvufda intisobi ikki jonibdadur. Biri Shayxi buzurgvor Shayx Abulqosim Gurgoniy q. s. gʻa va yana biri Shayx ul-mashoyix Abulhasan Xaraqoniy r. gʻaki, oʻz zamonining qutbi erdi. Shayx Abu Ali debdurki, yigitligim ibtidosida Nishoburda ilm tahsiligʻa mashgʻul erdim, eshittimki, Shayx Abu Said Abulxayr Mehnadin kelib, majlis aytadur. Men bordim, to ani koʻrgaymen. Koʻzumki oning muborakja-moligʻa tushti, vola va oshiq boʻldim va bu toifaning muhabbati koʻnglumda koʻprak boʻldi.

Bir kun madrasada, oʻz hujramda oʻlturub erdim. Shayxning diydorining orzusi koʻnglumga tushti va ul vaqt emas erdiki, Shayx chiqqay. Sabr qila olmadim. Qoʻpdum dagʻi chiqtim. Chun chorsugʻa yettim. Shayxni koʻrdumki, qolin el bila borur erdi. Men dogʻi alarni erishaborur erdim, behud. Va shayx bir yerga kirdi va ashob dogʻi kirdilar, men dogʻi kirdim va bir goʻshada oʻlturdum. Ondoqki, shayx meni koʻrmas erdi. Chun samo’gʻa mashgʻul boʻldilar. Shayxqa vaqt xush boʻldi va vajd anga zohir boʻldi va toʻnin chok qildi. Chun samo’din forigʻ boʻldilar. Shayx toʻnin soldi va ashob yirtib ulashadur erdilar. Shayx bir yeng bila bir ungurin olib chorladiki, ey Bu Ali Tusiy, qaydasen? Kel! Men javob bermadim va dedimki, meni koʻrmaydurur va bilmas. Shoyad ashob orosida Abu Ali otligʻ birov bor ekin! Yana mening otimni tutub chorladi. Uchunchi qatlada menga zarurat boʻldi. Javob berib qoʻptim va qoshigʻa bordim. Shayx ul yeng bila ul ungurni menga berdi va dedi: Sen bizga bu yeng bila ungurdeksen. Ani olib bir arigʻ yerda qoʻydum va doim shayx xizmatigʻa borur erdim va shayx xizmatidin menga koʻp foyda va yorugʻliqlar yetishti. Chun shayx Nishoburdin bordi. Men ustod Abulqosim Qushayriy xizmatigʻa borur erdim va har voqea va holat yuz koʻrguzsa, anga aytur erdim va ul meni ilm kasbigʻa targʻib qilur erdi. Yana ikki-uch yil jidd bila tahsilgʻa mashgʻul boʻldum. Bir kun qalamni mihbaradin chiqordim. Oq chiqdi. Ani ustod imomgʻa arz qildim. Ustod dediki, chun ilm sendin ilik tortti. Sen dogʻi ondin ilik tort va ishga mashgʻul boʻl! Madrasadin chiqdim va xonaqohda sokin boʻldim va ustod Imom xizmatida suluk qilur erdim va yuzlangan holni anga arz qilur erdim va javob topar erdim. Bir kun menga bir hol das berdiki, ul holda gum boʻldim. Chun ustod Imomgʻa ayttim. Javob berdiki, ey Abu Ali, mening ravishim mundin yuqori emas. Ul vaqtda Hazrat shayx Abulqosim Gurgoniyning shuhrati Tusdin yetishti. Men Tusqa, oning xizmatigʻa bordim. Masjidida ashob bila oʻlturub erdi, ikki rakaat tahiyati masjid qilgʻondin soʻngra qoshigʻa bordim. Bosh koʻtardi va dedi: Kel, ey Buali! Ne niyating bor? Ayt! Men voqealarimni arz qildim. Ersa, dedikim, qutlugʻ boʻlsun, ishingning ib-tidosi yamon ermas! Tarbiyat topsang, biyik darajaga yetarsen. Men oʻz koʻnglumda dedimkim, mening pirim bu kishidur. Oning xizmatida maqom qildim. Ondin soʻngraki, menga qattiq riyozatlar va mujohadatlar buyurub erdi. Iqbol qildi va majlis aqdi buyurdi va oʻz farzandin mening hukmimda qildi va ham shayx Bu Ali debdurki, mundin burun Shayx Abu Said Abulxayr Meh-nadin Tusgʻa kelib erdi va chun xizmatigʻa bordim. Deb erdiki, ey Abu Ali, bot boʻlgʻayki, toʻtidek seni soʻzga kiyurgaylar. Oz vaqtdin soʻngra Shayx Abulqosim Gurgoniy menga majlis aqdi buyurdi va soʻz eshigi koʻnglumda ochildi.

438. Shayx Abubakr b. Abdulloh Tusiy Nassoj. q. s.

Ul ham Shayx Abulqosim Gurgoniyning muridlaridindur. Va Abubakr Dinavariy bila suhbat tutubdur. Andin soʻrdilarki, matlub diydorin ne bila koʻrsa boʻlur? Dediki, sidq koʻzi bila koʻrsa boʻlur, talab koʻzgusida! Va ham ul debdurki, suv tasavvuri suvsizligʻni daf’ qilmas va oʻt fikrati harorat bagʻishlamas va talab da’vosi matlubgʻa yetkurmas. Va ham ul debdurki, to mavhum vujudni fano oʻti kul qilmagʻay va koʻngul gʻayrat ignasi bila aning gʻayridin tikilmagay, jon xilvatxonasi jonon sham’i jamoli tajallilari bila yorumagʻay, ne uchunki, ekkan yerda tuxum ekmaslar va munaqqash qogʻazgʻa naqsh chekmaslar. Debdurlarki, holi bidoyatida mujohada koʻp chekti va ul mujohadasi mu-shohadagʻa ulanmadi. Xudovandi taolo dargohida nola qildi, sirrigʻa yetkurdilarki, Nassoj, talab dardigʻa qone’ boʻl, sanga topmoq bila ne ish! Ham ul debdurki, tavakkul uldurki, man’u atoni Tengri taolodin oʻzgadin koʻrmagaysen. Ayn ul-quzot Hamadoniy oʻz musannafotida kelturubdurki, Shayx Ahmad Gʻazzoliyki, Abubakr Nassoj aning piridur, munojotida dediki, [Iloho, mening yaralishimdan hikmat ne?](1) javob keldiki, [Sening yaralishingdan hikmat – jamolimni ruhing koʻzgusida koʻrmoq, muhabbatimni qalbingga solmoq](2).

439. Hujjat ul-islom Muhammad b. Muhammad Gʻazzoliy Tusiy q. s.

Kuniyati Abu Homiddur va laqabi Zaynuddin. Tasavvufda intisobi Shayx Abu Ali Formadiydur. Ul debdur: [Shayxim imom Ali Formadiy hazratlarining shayxi Abulqosim Gurgoniy hazratlaridan shunday naql qilganini eshitdim: «Solik hanuz vosil boʻlmagan boʻlsa ham, Allohu Taoloning toʻqson toʻqqiz ismi uning sifatlariga aylanadi»](1).

Imom Muhammad holining ibtidosi Tusda va Nishoburda ulum tahsiligʻa va oning takmiligʻa ishtigʻol koʻrguzdi. Ondin soʻngra Nizom ul-mulk bila muloqot qildi. Jamoati fuzalo bilaki, oning suhbatida boʻlur erdilar, mutaaddid majolisda munozara va mujodala qildi va alargʻa gʻolib boʻldi. Va Bagʻdodda Nizomiya madrasasi tadrisin anga tafviz qildilar. Toʻrt yuz oʻttiz toʻrtda Bagʻdodgʻa borib, dars aytdi va Iroq ahli barcha anga shefta va firifta boʻldilar. Baland qadr arjumand poya topti. Soʻngra borisin ihtiyori bila tark qildi va zuhdu inqito’ tariqin ilgari tutdi va haj azimati qildi va toʻrt yuz sakson sakkizda hajgʻa musharraf boʻlub, Shomgʻa murojaat qildi va muddate anda erdi va andin Bayt ul-Muqaddasgʻa bordi va andin Misrgʻa keldi va muddate Iskandariyada erdi va andin Shomgʻa kelib, necha vaqt turdi va andin soʻngra vatan azimati qildi va oʻz holigʻa mashgʻul boʻldi va xalqdin xilvat ixtiyor qildi va mufid kitoblar tasnif qildi.

«Ih’yo ul-ulum»dek va «Javohir ul-Qur’on» va «Yoqut ut-ta’vil» tafsiridekki, qirq mujalladdur va «Mishqot ul-anvor» dekki, barcha mashhur kutublardur va bu barchadin soʻngra Nishoburga avd qildi va soʻfiya uchun xonaqohe bino qildi. Va ilm talabasi uchun madrasa ham ihdos qildi va avqotin xayr vazoifi tavze’ etti, Qur’on xatmidin, arbobi qulub suhbatidin va ulum tadrisidin ul zamongachaki, besh yuz beshda jumodul oxir oyining oʻn toʻrtida Tengri taolo jivori rahmatigʻa vosil boʻldi. Shayx Abulhasan Shozali q. s. ki, oʻz za-monining qutbi erdi, oʻzi koʻrgan voqeadin mundoq xabar beribdurki, Hazrat Risolat s. a. v. Muso va Iso a. s. gʻa mubohot va mufoxirat qilibdur Gʻazzoliy r. t. bila. [Alloh undan rozi boʻlsin, ba’zi doʻstlariga yozgan maktublaridagi hikmatlaridan](2). Ruh hastii nestnamoydurki, kishi anga yoʻl topmas va sultoni qohir va mutasarrif uldur. Qolib aning asiru bechorasidur. Har ne koʻrsalar Qolibdin koʻrarlar va Qolib andin bexabar; barcha olamgʻa olam qayyumi bila ushbu misoldurki, olam qayyumi «hasti nestnamon-dur»ki, olam zarrotidin hech zarragʻa vujud va qivom oʻzi bila emas. Balki oning qayyumlugʻi biladur. Va har nimaning qayyumi zaruratki, ul nima biladur, vujudi haqiqiy angadur va muqavvim vujudi andin oriyat vajhi bila [Sizlar qayerda boʻlsangiz, u sizlar bilan birgadir](3) budur va lekin, birovkim maiyyatni bilmagay, illo jism maiyyatini jism bila yo araz maiyyatini araz bila yo araz, maiyyatin jism bila va bu uchalasi olam qayyumigʻa maholdur. Bu maiyyatni fahm qilaolmagʻay va qayyumiyat maiyyati toʻrtunchi qismdur. Balki maiyyat haqiqat yuzidin budur va bu dagʻi hasti nestnamoydur. Alarki, bu maiyyatni bilmagaylar, qayyumni tilaganlar va topmagʻoylar [va yana unga tegishli](4) Girdbodki, sofi havoda yerdin qoʻpar. Bir minora surati bila mustatil va oʻziga chirmanur. Qishi anga boqsa sogʻinurki, tufrogʻ oʻzin chirmaydur va tebranadur va andoq emasdur. Balkn ul tufrogʻdin har zarra bila havodurki, oning muharrikidur. Ammo havoni koʻrsa boʻlmas va tufrogʻni koʻrsa boʻlur. Bas, tufrogʻ muharrikligʻda nesti hastnamoydur va havo hasti nestnamoy. Tufroqqa harakatda musaxxarligʻdin oʻzga yoʻqdur havo ilkida. Va saltanat barcha havogʻadur va havoning saltanati nopaydo.

440. Shayx Ahmad Gʻazzoliy r. t.

Shayx Abubakr Nassojning murididur. Va moʻ’tabar tasnifoti va ta’lifoti bor. Va alardin biri «Savonih» kitobidurkim, Shayx Faxruddin Iroqiy «Lama’ot»ni aning sunnati bila tartib beribdur. Andoqki, debochasida ayturki, [Ammo ba’d: ishq martabalari haqidagi bir qancha soʻzlar «Savonih» uslubida yozildi](1). Va «Savonih» fuzulidin biri budurkim, ma’shuq barcha holi bilan ma’shuqdur, bas istigʻno aning sifatidur. Va oshiq barcha holi bilan oshiqdur, bas iftiqor aning sifatidur. Oshiqqa hamisha ma’shuq keraklik, bas iftiqor aning sifatidur. Va ma’shuqqa hech nima darboist emas, chun oʻzi oʻziningdur, lojaram istigʻno aning sifati boʻlgʻay.

Ruboiy:

[Doim koʻngil olasanu uzring bor, Hech gʻam
chekmaysanu uzring bor.
Men sensiz ming kecha qon yutdim, Sen bir oqshom
oʻylamaysan, uzring bor](2).

Bir kun aning majlisida qori bu oyatni oʻqudiki, [Ey oʻz jonigʻa jinoyat qilgan bandalarim](3). Ul dedi: [Alloh «bandalarim» deb, oʻziga nisbat berish bilan ularni ulugʻlamoqda. Soʻngra oʻqidi: Ishq yoʻlida malomat oson kechdi, dushmanlarimning ta’nalari men uchun e’tiborsiz. Oʻz nomim bilan chaqirsalar, karga aylanaman va agar Allohning bandasi deb xitob qilsalar, albatta, eshituvchiman](4). Bu toifadin birida Imom Ahmad soʻzlaridin bir juzv edi, ani hujjat ul-islom Imom Muhammad olib taammul qildi va dedi: subhonolloh, biz tiladuk va ul topti, ya’ni Imom Ahmad.

Besh yuz oʻn yettida dunyodin oʻtubdur va qabri Qazvindadur.

441. Xoja Yusuf Hamadoniy q. t. s.

Kuniyati Abu Ya’qubdur. [Imom, olim, orifi rabboniy, goʻzal hollari, koʻp ehsonlari, yuksak karamot va maqomotlari bor edi](1). Ibtidoda Bagʻdodqa bordi va Shayx Abu Ishoq Sheroziy majlisida mulozamat qildi va ishi yuqori boʻldi va oʻz aqronigʻa fiqh ilmida va oʻzga ulumda, xususan nazar ilmida foiq boʻldi va Shayx Abu Ishoq ani kichik yoshligʻ ekanida koʻp ulugʻ poyaligʻ ashobigʻa taqdim qilur erdi va koʻp ulamodin Bagʻdod va Isfahon va Samarqandda hadis istimo’ qildi. Soʻngra barchani tark qildi va riyozatu mujohadat tariqin ilgari tutdi va mashhur andoqdurki, tasavvufda intisobi Shayx Abu Ali Formadiygʻadur va debdurlarki, Shayx Abdulloh Juvayniygʻa. Va Shayx Hasan Simnoniy bila suhbat tutubdur. Marvda sokin boʻldi va andin Hiriga keldi va bir necha vaqt iqomat qildi. Yana Marv ahli andin murojaat iltimos qildilar va Marvgʻa bordi. Yana Hiriga keldi va andin soʻngra Marv azimatigʻa murojaat qilgʻanda, yoʻlda besh yuz oʻttuz beshda favt boʻldi va ham andaki, favt boʻldi, dafn qildilar va nscha vaqtdin soʻngra Marvgʻa naql qildnlar va mazori Marvdadur mashhur. Shayx Muhyiddin Arabiy q. t. r. oʻz musannafotidin ba’zida aytibdurki, Shayx Avhaduddin Homid Kirmoniy Quniya shahrida mening manzilimda erdi. Dediki, bizning bilodda Xoja Yusuf Hamadoniy q. s. ki, oltmish yildin ortuq shayxligʻ va irshod sajjodasida oʻlturub erdi.

Bir kun oʻz zoviyasida oʻlturub erdiki, koʻnglida tashqari chiqmoq xutur qildi va tariqi jum’a kunidin oʻzga kun chiqmas erdi va bu anga ogʻir keldiki, bilmas erdiki, qayon borgʻay? Oxir bir markabga mindi va jilovin qoʻydi, to qayonki, Tengri taolo eltsa borgʻay. Ul markab shahrdin chiqdi va bodiyagʻa kirdi va borur erdi, to ani bir vayron masjid eshigiga yetkurdi va turdi.

Shayx tushti va ul masjidqa kirdi va koʻrdiki, bir yigʻit boshin muroqabagʻa tortibdur. Bir zamondin soʻngra boshin koʻtardi. Bir hanbatligʻ yigit erdi, dedi: Yo Yusuf, menga mas’ala mushkul boʻlubdur va zikr qildi. Shayx ul mushkulni hal qilgʻondin soʻngra dedi, ey farzand, har qachon senga mas’alaye mushkul boʻlsa, shahrgʻa kel, dogʻi mendin soʻr va meni kelurga ranjga solma. Shayx debdurki, ul yigit menga boqdi va aytti, har qachon mas’alaye menga mushkil boʻlsa, aning halligʻa har tosh manga saningdek bir Yusufdur.

Shayx Ibn Arabiy debdurki, men mundin bildimki, murid tavajjuh sidqi bila Shamxni oʻz jonibigʻa jazb qila olur ermish. Xojaning gʻarib holoti va ajib maqomoti andin koʻprakdurki, sharh qilsa boʻlgʻay. Ashob arosinda xulafosi toʻrt kishi erdilar: Xoja Abdulloh Barqiy va Xoja Hasan Andoqiy va Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy q. t. a. Va Xoja Yusufdin soʻngra bu toʻrt kishidin har biri irshod va da’vat maqomida ermishlar va muridlar aning xizmatida adab bila mulozim. Chun Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston sori azimat qildi. Barcha ashob va irodat ahlini Xoja Abdulxoliq mutobaatigʻa dalolat qildi. Bu nav’ ermish, bu xonadonning ba’zi mutaaxxir mashoyixining risolasida.

442. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy q. t. r;

Ularning ravishi tariqatda hujjatdur. Barcha foruqning maqbulidurlar. Hamisha sidqu safo yoʻlida va Mustafo s. a. v. shar’u sunnati mutobaatida va bid’atu havo muxolafatida qadam urubdurlar va pok ravishlarin agʻ’yor koʻzidin yashurubdurlar. Alargʻa koʻngul zikri. sabaqi yigitlikda Xoja Xizr a. s. din boʻlubdur va ul sabaqqa muvozabat koʻrguzubdurlar va Xoja alardin farzandliq qabul qilibdurlar va buyurubdurlarki, havzlugʻ suvgʻa kirib, gʻoʻta ur va koʻnglungda [«lo iloha illallohu Muhammadur rasulolloh»](1) degil. Alar Xoja buyurgʻondek qilibdurlar va ishga mashgʻul boʻlubdurlar va kushodlar topibdurlar va avvaldin oxirgʻacha alarning roʻzgori barcha xalq qoshida maqbul va mahmud ekandur. Soʻngra shayx ush-shuyux olimu orifi rabboniy Xoja imom Abu Ya’qub Yusuf Hamadoniy q. r. Buxorogʻa kelibdurlar va Xoja Abdulxoliq alar suhbatigʻa yetibdurlar va ma’lum qilibdurlarki, alarda ham koʻngil zikri bor. Alar suhbatida boʻlur ermishlar va ma’lum qilibdurlarki, to alar Buxoroda ermishlar, debdurlarki, Xoja alarning sabaqi va zikri piridurlar va Xoja Yusuf suhbat va xirqalari piri. Xoja Yusufdin soʻngra alar riyozatqa mashgʻul boʻldilar va ahvollarin maxfiy tutar erdilar va alarning valoyati ul yerga yettiki, har vaqt namozda Ka’bagʻa borurlar erdi. Alarning valoyati koʻp erdi va Shomda alargʻa koʻp muridlar paydo boʻldilar va xonaqoh va ostona zohir boʻldi. Ashuro ayyomida jamoati kasir alar xizmatida oʻlturub erdilar va alar ma’rifatda soʻz aytadur erdilar. Nogoh bir yigit kirdi. Zohidlar suratida, egnida xirqa va kiftida sajjoda va bir goʻshada oʻlturdi. Hazrat Xoja anga nazar qildilar. Ul yigit dediki, Hazrat Risolat s. a. v. debdurlarki, [Moʻminning farosatidin qoʻrqing! Chunki u ulugʻ va qudratli Alloh nuri bilan boqadi](2). Bu hadisning sirri nedur? Alar dedilarki, bu hadisning sirri budurki, xirqang ostidagʻi zunnoringni kesib, iymon keturgoysen. Ul yigit filhol zunnorin kesti va iymon kelturdi va Hazrat Xoja ashobgʻa boqib dedilarki, ey yoronlar, kelingki, andoqki zohir zunnorin kesib, bu navahd yigit iymon kelturdi, biz ham botin zunnorinki iborati ujbdindur qat’ qilib, iymon kelturali, to andoqki, ul omurzida boʻldi, biz dogʻi omurzida boʻlali! Ajab holate ashobgʻa zohir boʻldi. Xojaning oyogʻigʻa tusharlar erdi va tavbalarin toza qilurlar erdi.

Bir kun alar xizmatida bir darvesh der erdiki, agar Alloh taolo mani behisht bila doʻzax orasida muxayyar qilsa, men doʻzaxni ixtiyor qilurmen. Nevchunki, hargiz nafsim murodi bila zist qilmaydurmen. Bu holda behisht nafs murodidur va doʻzax haq murodi.

Hazrat Xoja ul soʻzni rad qildilar va dedilarki, bandagʻa ixtiyor bila ne ish, har qayon desa bor, borurbiz va qayon desa boʻl, boʻlurbiz, bandaliq budur! Yoʻq, ulki, sen aytasan. Ul darvesh soʻrdiki, shaytongʻa haq yoʻlining soliklarigʻa dast boʻlgʻay?

Xoja buyurdilarki, har solikki, nafs fanosi sarhadigʻa yetmagan boʻlsa! Chunki anga gʻazab dast bergay. Shayton anga dast topqay. Chun nafs fanosi hosil qilmish boʻlsa, anga gʻazab boʻlmas, gʻayrat boʻlur va shayton gʻayratdin qochar. Bu sifat birovga musallamdurki, yuzi haq yoʻligʻa boʻlgʻay va «Kitobulloh»ni oʻng ilkiga tutqoy va Rasul s. a. v. sunnatin soʻl ilkiga va bu ikki yorugʻluq orosida yoʻl suluki qilgʻay.

Bir niyozmand dediki, Xoja bizga iymon duosi bila madad qilsalar boʻlgʻayki, bu shayton domgohidin salomat jon eltgaybiz. Alar buyurdilarki, va’da andoqdurki, faroyiz adosidin soʻngra duo mustajob boʻlur. Sen ishda boʻl va bizni xayr duosi bila yod qil! Faroyiz adosidin soʻngra biz ham seni yod qilali. Boʻlgʻayki, bu orada ijobat asari zohir boʻlgʻay ham sening haqinggʻa, ham bizing haqimizga!

443. Xoja Orif Revgarviy q. s.

Xoja Abdulxoliqqa uch xalifa ermish: Xoja Ahmad Siddiq va Xoja Orif Revgariy va Xoja Avliyoyi Kalon. Va nisbat silsilasi Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband q. s. gʻa bu jamoatdin Xoja Orifqa yetishur.

444. Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy q. s.

Ul Xoja Orif xulafosidindur.

445. Xoja Ali Romitaniy q. s.

Alar Xoja Mahmud xulafosidindurlar va bu silsilada alarning laqabi Hazrat Azizondur. Va alargʻa oliy maqomot va zohir karomot koʻp erkandur. Va toʻqimoq san’atigʻa mashgʻul boʻlur ermish. Va Hazrat Maxdumkim, «Nafahot ul-uns» kitobining musannifidurlar, mundoq debdurlarki, manga ba’zi akobirdin mundoq istimo’ tushubdurki, ishorat alargʻadur. Ulcha Hazrat Mavlono Jaloliddin Rumiy q. t. r. debdurki, Bayt:

[Hol ilmi qol ilmidan yuksak boʻlmaganda edi,
Buxoro ulugʻlari qachon Xoja Nassojga qulluq
qilgan boʻlardilar] .

Alardin surubdurlarki, iymon nedur? Debdurlarki, qoʻngarmoq va ovlamoq. Va ham alardin soʻrubdurlarkim, masbuq masbuqona qazosigʻa qachon qoʻpqay? Debdurlarki, subhdin burun. Va alardin manquldurki, debdurlarki, agar yer yuzida Xoja Abdulxoliq farzandlaridin biri boʻlsa erdi, Mansur hargiz dor ostiga bormagʻay erdi. Va bu silsila ahli bu ruboiyni

Ruboiy:

[Kim bilan birga oʻtirsangu qalbing bogʻlanmasa,
u bilan suhbating aslo hovushmasa,
zinhor uning suhbatidan qochgin, yoʻqsa,
azizlar ruhi seni kechirmaydi](2).

alargʻa nisbat berurlar. Va alarning qabri Xorazmda mashhurdur.

446. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy r. t.

Hazrat Xoja Azizonning xalifasidur va Hazrat Xoja Bahouddin hazratlarigʻa alardin qabul farzandligʻqa voqe’ boʻlubdur va alardurlarki, Qasri Hinduvondin oʻtarda der ermishlarki, bu tufrogʻdin bir er isi keladur. Boʻlgʻayki, Qasri Hinduvon Qasri Orifon boʻlgʻay. To bir kunki Sayyid Amir Kulol manzilidinki, alarning xulafosidindur, Qasri Orifon sari mutavajjih erdilar. Dedilarki, ul er isiki, bizing dimogʻimizgʻa yetar erdi, ortuqroq boʻlubdur. Hamonoki ul er mutavallid boʻlubdur. Chun nuzul qilibdurlar. Hazrat Xoja Bahouddin valodatidin uch kun ekandur, alarning jaddi bir muomala alarning koʻksigʻa qoʻyib, alarni ixlos va niyoz bila Xoja Muhammad Bobo nazarigʻa kelturubdur. Xoja Muhammad Bobo dedilarki, ul bizing farzandimizdur va biz oni qabul qilduq va ashob sori boqib, debdurlarki, bu ul erdurki, bizga oning isi yetib erdi. Roʻzgorning muqtadosi boʻlgʻay va Amir Sayyid Kulolgʻa buyurdilarki, farzandim Bahouddin haqida tarbiyat va shafqatni darigʻ tutmagʻoysen va senga bihil qilmagʻoymen, agar taqsir qilsng. Amir dedikim, er boʻlmagʻoymen agar, Xoja vasiyatida taqsir qilsam.

Xoja Bahouddin debdurlarki, taqdir hasbi bila mutaammil boʻlurda jaddim buyurdikim, borib, Xoja Muhammad Bobogʻa tashrif huzuri iltimos qilki, alarning qadami barakoti bu manzilgʻa yetgay. Chun alar liqosiga musharraf boʻldum, ajab karomotki, alardin mushohada boʻldi. Bu erdiki, ul menda niyoz va tazarru’ paydo boʻlib erdikim, qoʻptum va masjidqa kirdum va ikki rakaat namoz qildum va boshimni sajdagʻa qoʻyub, niyoz bila ixlos koʻrguzdim va ul oroda tilimga bu keldikim, ilohi, balong yukini tortargʻa quvvat va muhabbating mehnatini tortargʻa tahammul ber! Chun saboh Xoja xizmatigʻa yettim, buyurdilarki, ey farzand, duo mundoq qilmoq kerakki, ilohi, oncha sening rizong andadur, bu zaif bandangni anga tut oʻz fazlu karaming bila! Agar xudovandi taolo har doʻstigʻa baloyi yiborsa, oʻz inoyati bila ul yukni tortargʻa quvvat bergay va aning hikmatin anga zohir, qilgʻay. Ixtiyor bila balo talabi dushvordur. Gustoxliq qilmamoq kerak.

Andin soʻng taom hozir boʻldi. Chun yeyildi. Xoja bir qurs menga berdi. Xayolimgʻa keldikim, ushbu soat toʻq taom yeduk va manzilgʻaki bordilar, anda ham at’ima boʻlgʻusidur, Bu qurs bizing ne vasilamizgʻa yarar.

Chun Xoja ravon boʻldilar. Men alarning jilovida borur erdim va oʻz xotirimni asli tavajjuhgʻa rosix tutub, niyozi tamom bila qadam urar erdim. Agar botinimda tafriqaye paydo boʻlsa erdi, xoja buyururlar erdikim, xotirni yaxshi asramoq kerak, to yoʻlda muhiblarining biri uyiga yettilar. Ul darvesh bashoshat va niyoz bila ilgari keldi va alar chun nuzul qildilar.

Ul faqirda iztirob asari zohir boʻldi. Alar dedilar: chinin aytki, iztirobinggʻa bois nedur? Ul darvesh dediki, biz taraf sut hozirdur, oʻtmak yoʻqdur. Alar menga boqib dedilarki, ul qursni kelturki, oqibat menga ishga yaradi va menga ul hol mushohadasidin alargʻa yaqin ortugʻroq boʻldi.

447. Sayyid Amir Kulol r. t.

Mazkur boʻlgʻon Xoja Muhammad Boboning xalifasidur. Hazrat Xoja Bahouddingʻa suhbat nisbati tariqat suluki, odobi ta’limi va zikr talqini alardindur. Bir kun azim majma’da Amir Sayyid Kulol Xoja hazratin tilab dediki, ey farzand Bahouddin, Xoja Muhammad Bobo nafasi vasiyatin sizning boringizda tamom bajoy keltirdim deb. Dedilarki, har ne tarbiya bobida bormen, sening haqingda koʻrguzubmen.

Sen farzand Bahouddin bobida koʻrgizgil! Andoq qildim va ishorat oʻz koʻksiga qilib dediki, bu emchakni sizing uchun quruttum va sizing ruhoniyatingiz qushi bashariyat bayzasidin chiqdi. Ammo sizing himmatingiz shahbozi balandparvoz tushubdur. Emdi ijozattur. Har yerda matlubdin ise dimogʻingizda yetsa, tilang va talabda oʻz himmatingiz mujibi bila taqsir qilmayg! Hazrat Xoja debdurlarki, ul soʻzlarki Mir hazratlari aytib, bizga ijozat berdilar, ibtilogʻa vosita boʻldiki, ham alar tarbiyati tahtida boʻlsak erdi, saodat va salomatqa yaqinroq erduk.

Bir kun Mir hazratlari Xojagʻa dedilarki, chun ustod shogirdga tarbiyat qilsa, har oyina tilarki, oʻz tarbiyati asarini andin mushohada qilgʻay, to anga e’timod boʻlgʻayki, oning tarbiyati joygir tushubdur va agar shogird ishida xalale koʻrubdur, ul xalalgʻa isloh qilgʻay. Andin soʻng dediki, Mir Burhon mening farzandimdur va hozir oʻlturubdur va hech pirning tasarruf iligi anga yetmaydur va ma’naviy tarbiyat topmaydur va maning huzurimda oning tarbiyatigʻa mashgʻul boʻlmoq keraksiz, to aning asarini mutolaa qilgʻaymen va sizing san’atingizga tamom e’timod qilgʻaymen. Hazrat Xoja Mirgʻa muroqib oʻlturub erdilar. Gʻoyat adab rioyatidin ul ish imtisolida tavaqquf qiladur erdilar. Mir dedilarki, tavaqquf qilmamoq kerak. Hazrat Xoja alarning amri imtisoli qildilar va Sayyid Burhonning botini va zohirida paydo boʻldi va qaviy Hol anga padid boʻldi va shukri haqiqiy asari zohir boʻldi.

448. Qusam Shayx r. t.

Ul turk mashoyixidindur. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonadonidindur. Xoja Bahouddin ul soʻz mujibiki, Mir Sayyid Kulolalargʻa ijozat berganda deb erdiki har qayondin royihai dimogʻingizgʻa yetsa, talabda taqsir qilmayg! Qusam Shayx xizmatigʻa bordilar. Ul avval muloqotda qovun yeydur erdi. Poʻchogʻin Xoja sori tashladi. Alar gʻoyat talab haroratidin ul poʻchogʻni terisi bilan yedilar. Ul majlisda ikki-uch qatla bu nav’ voqe’ boʻldi ham bu majlisda Shayxning xodimi kirib dediki, uch teva va toʻrt otgʻoyib qilibman. Shayx Xojagʻa ishorat qilib dediki, ani yaxshi tutingiz! Toʻrt kishi andoq xushunat bila Xojagʻa yopushtilarki, goʻs aroda qone voqea boʻlubdur. Hazrat Xoja debdurlarki, turk mashoyixining shinoxti boʻlmasa, alar tariqidin mutanaffir va navmid boʻlur. Xoja muroqib oʻlturdilar. Namozshom adosidin soʻngra xodim yana kirib dediki, gʻoyib boʻlgʻon tevalar va otlar oʻzlari keldilar. Qusam shayx xizmatida Xoja uch oygʻa yaqin boʻldilar. Oxyr ul-amr Shayx Xojagʻa tashrif berdi va dedi: Toʻqquz oʻgʻlum bor. Sen barchasidin ulugʻroq va muqaddamroq. Andin soʻngra har qachon Shayx Naxshabdin Buxorogʻa kelur erdi, Xojagʻa mulozamat qilurlar erdi. Shayx debdurki, bu nav’ talabgorligʻki, senda koʻrub-men, toliblardin hech qaysida koʻrmaymen. Oxir bu Qusam Shayx Xoja inqito’iy va kamoli beta’ayyunlugʻidin Buxoroning timlaridin birida andoq savdo va sotiq qildi va chiqib bir doʻkonchada oʻlturub, ashob va farzandlaridin har kimki, oning bila edilar tiladi va dediki, bizing borur chogʻimiz boʻldi. Tavhid kalimasin alar muvofaqati bila aytti va jon taslim qildi.

449. Xalil Ota q. r.

Xoja Bahouddin hazratlari debdurlarki, bidoyat holda bir kecha Hakim ota r. niki, turk mashoyixining kiboridindur, voqe’ada koʻrdumki, bizni bir darveshga siporish qiladur. Uygʻongʻondin soʻngra ul darveshning surati xotirda erdi va bizga jaddani erdi, soliha otamiz onasi, ul voqe’ani alargʻa ayttuq. Dedilar: ey farzand, senga turk mashoyixidin nasibe boʻlgʻusidur va men doim ul darveshga tolib erdim.

To bir kun Buxoro bozorida ul darveshga yoʻluqdum va tanidum. Otin soʻrdum. Xalil erdi. Ul zamon oning bila mujolasat va mukolama muyassar boʻlmadi. Chuk manzilgʻa bordim va oqshom boʻldi. Ul darvesh qoshidin birov kelib, meni tiladi. Kuz ayyomi erdi. Bir pora meva oldim va ul darvesh xizmatigʻa bordim. Chun tiladimki, ul voqe’ani anga izhor qilgʻaymen. Ayttiki, ulcha saning xotiringdadur, bizga ayondur. Bayon qilmoq hojat emas, mening holim oʻzga boʻldi. Koʻngul mayli oning suhbatigʻa koʻp boʻldi va oning suhbatida shigarf ahvol va gʻarib va ajib nimalar mushohada boʻlur erdi ondin. Va muddatdin soʻngra Movarounnahr mulkining saltanati anga musallam boʻldi va menga oning xizmat va mulozamatin qilmoq zarur erdi va mulozamat ayyomida ham azim ishlar zohir boʻlur erdi va menga shafqat zohir qilur erdi. Gohi lutf va gohi unf bila manga xizmat adosin ta’lim qilur erdi va ul jihatdin koʻp favoid menga yetar erdi va bu yoʻl sayru sulukida koʻp ishga yoror erdi va olti yilgʻacha oning xizmatida bu nav’ boʻlur erdim va xaloda xos suhbatining mahrami erdim va maloda saltanat odobin rioyat qilur erdim va malikdin burunroq ham olti yil oning xizmati va suhbatida boʻlur erdim. Koʻp qatla borgohi xosi qoshida aytur erdikim, har kim Haq taolo rizosi uchun menga xizmat qilur, xalq orasida buzurg boʻlgʻay va menga ma’lum boʻlur erdikim, bu soʻzdin maqsudi kimdur. Bu muddatdin soʻngra, chun majozii mamlakatigʻa zavol boʻldi va har lahzada mulku xidamu hashami haboan mansuran boʻlur erdi va dunyo ishi tamom maning koʻnglumda sovudi. Buxorogʻa keldim. Revartundakim, Buxoro kentlaridindur sokin boʻldum.

450. Xoja Bahouddin Naqshband q. t. s.

Alarning oti Muhammad b. Muhammad Buxoriydur Alargʻa qabul nazari farzandliqqa Xoja Muhammad Boboyi Samosiydindur va odobi tariqat ta’limi zohir yuzidin Amir Sayyid Kuloldindur, andoqki, oʻtti. Ammo haqiqat yuzidin alar Uvaysiydurlar va tarbiyat Hazrat Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy q. s. ruhidin topibdurlar. Andoqki, der ermishlarki, mabodii ahvolda bir kecha gʻalaboti jazabotdin Buxoro mazorotidin uch mozorgʻa yetishdim. Har mazorda bir chirogʻdon koʻrdum yonadurgʻon, yogʻi toʻla va fatilalari yogʻ ichinda. Ammo fatilalargʻa biror nima harakat bermak kerak erdiki, yaxshi tutashqoy va yorugʻoy. Soʻnggi mutabarrak mozorda qiblagʻa mutavajjih oʻlturdum va ul tavajjuhda gʻaybate voqe’ boʻldi. Mushohada qildim. Qibla devori shaq boʻldi va bir ulugʻ taxt paydo boʻldi va yashil parda ul taxt olligʻa tortilgʻon va tegrasida jamoate. Va Xoja Muhammad Boboni alar orasida tanidim. Bildimki, ul xayli gʻoyiblardindurlar. Oralaridin birov menga ayttiki, taxtda Xoja Abdulxoliqdur va ul jamoat alarning xulafosidurlar va bir-birin alarning otin atadi va Xoja Muhammad Bobogʻa yetgonda, dediki, alarni xud hayotlari chogʻida koʻrubsen va sening piringdurlar va senga bir boʻrk beribdurlar va karomat qilibdurlarki, nozil boʻlgʻon balo sening barakatingdin daf’ boʻlgʻay. Andin soʻngra ul jamoat ayttilarki, quloq tut va yaxshi eshitki, ulugʻ Xoja Hazratlari senga soʻzlar aytgʻusidurlarki Haq s. t. yoʻli sulukida senga andin chora yoʻqtur. Ul jamoatdin iltimos qildimkim, Hazrat Xojagʻa salom qilay va muborak Diydorlarigʻa musharraf boʻlay. Pardani ilaylaridin oldilar. Pire koʻrdum – nuroniy. Salom qildim. Javob berdilar va soʻzlarni, suluk mabdayida va vasatida va oxirida keraklikdur, menga bayon qildilar va dedilarki, ul chirogʻlarki, ul kayfiyat bila senga koʻrguzdilar ishoratu bashoratdur senga bu yoʻl qobiliyat va iste’dodidin. Ammo iste’dod fatilasin harakatgʻa kelturmak kerak, to yorugʻan va asror zuhur qilgʻan va yana buyurdilar va mubolagʻa qildilarki, barcha ahvolu aqdomni barcha amru nahiy jodasigʻa qoʻygʻil va azimat bila amal qil va sunnatni bajo kelturgil va ruxsatlar va bid’atlardin yiroq boʻl va doimo Mustafo s. sh. v. ahodisini oʻzingga peshvo qil va Rasul s. a. v. va ashobi kirom r. a. axboru osorigʻa mutafahhis va mutajassis boʻl! Va bu soʻzlardin soʻngra ul jamoat manga ayttilarqi, saning sidqi holingning shohidi uldurki, tongla erta falon yerga borgʻaysen va falon ishni qilgʻaysen va muning tafsili ul Hazratning maqomotida sharh bila bor. Va andin soʻngra dedilarki, Nasafgʻa mutavajjih boʻl. Amir Sayyid Kulol xizmatigʻa! Chun alar buyrugʻi bila. Nasafgʻa bordim va Mir xizmatigʻa yettim. Iltifotlar qildilar va altof koʻrguzdilar va menga zikr talqini qildilar va nafyu isbot tariqi bila zikrga mashgʻul qildilar. Chun voqe’da ma’mur erdimki, amal azimat blla qilgʻoymen. Aloniya zikri bila amal qildim. Biror alardin savol qildikim, darveshlik sizga mavrus yo muqtasab? Alar dedilarki, [Haqning bir jazbasi jinlar va insonlarning barcha amaliga barobardir](1) huqmi bila bu saodatqa musharraf boʻlduq. Yana alardin, soʻrdilarki, sizing tariqingizda zikri jahru xilvat va samo’ boʻlur? Dedilarki, boʻlmas! Yana soʻrdilarki, sizing tariqingiz binosi ne ishgadur? Dedilarki, anjumanda xilvat zohir yuzidin xalq bila va botin tarafidin Haq s t. bila.

Bayt:

[Zohirda begonadek botindan oshno boʻl,
Bunday goʻzal odat dunyodakam topiladi](2).

Ulcha Haq s. t. buyurubdurki, [ularni na tijorat va na oldi-sotdi Alloh zikridan chalgʻitolmaydi](3) ishorat bu maqomgʻadur. Derlarki, alarga hargiz qul va doduk boʻlmas ermish. Ulardin bu ma’noda soʻrubdurlar; Alar debdurlarki, qachon bandaligʻ Xojaligʻ bila rost kelur. Birov alardin soʻrdikim, sizning silsilangiz na yerga yetar? Alar dedilarki, kishi silsilasi bila hech yerga yetmas va der ermishlarki, nafslaringizgʻa tuhmat qilingki, har kim Tengri inoyati bila oʻz nafsining yamonligʻin va kaydu makrin bilgon boʻlsa, agarchi anga sahldur, ammo bu yoʻl soliklaridin koʻp bor ekandurlarki, birov gunohin oʻzlariga tutub, yukin tortibdurlar va der ermishlarki, [ey iymon keltirganlar, Allohga iymon keltiring!)(4) ishorat angadurki, har turfat ul-aynda oʻz vujudi naf’yin va ma’budi haqiqiy isbotin qilgʻay.

Junayd q. s. debdurki, oltmish yildurki, iymon kelturmakdadurmen va lekin, ul ixtiyor tarki va qusuri a’mol mushohadasidin oʻzga nima hosil boʻlmas va der ermishlarki, taalluq mosuvogʻa bu yoʻl solikigʻa ulugʻ hijobdur.

Bayt:

[Haqdan boshqasiga bogʻlanish toʻsiq, samarasizdirki,
agar ularni uzsang, vosil boʻlasan](5).

Haqiqat ahli iymonni mundoq ta’rif qilibdurlar. [Iymon – qalbni Allohdan boshqa oʻziga rom etuvchi foydali va foydasiz narsalardan uzib, Haqqa bogʻlashdir](6). Va der ermishlarki, bizing tariqimiz suhbatdur va xilvatda shuhratdur va shuhratda ofat. Hayriyat jam’iyatdadur va jam’iyat suhbatda bu shart bilaki, bir-biriga nafy boʻlulgʻay va ulcha ul buzurg buyurubdurki, [kel, bir soat iymon keltiraylik!](7), Ishorat angadurki, agar jam’i bu yoʻl soliklari bir-biri bila suhbat tutsalar, anda koʻp xayru barakatdur. Umiddurki, anga mulozamat va mudovamat imoni haqiqiygʻa muntahi boʻlgʻay va der ermishki, bizing tariqimiz [mustahkam tutqichr](8) durur. Ul ilik Paygʻambar s. a. v. mutobaatigʻa urmoqdur va sahobai kirom osorigʻa iqtido qilmoq va bu tariqda oz amal bila koʻp futuh yetishur. Ammo sunnat mutobaati rioyati ulugʻ ishdurki, har kishi bu tariqimizdin yuz uyursa, anga din xataridur va der ermishlar: solik vaqtiki, Tengri doʻstlaridin biri bila suhbat tutsa oʻz holidii voqif boʻlsun va suhbat zamonini oʻzga zamon bila muvozana qilsun. Agar tafovut topsa [etdingki, lozim tut!](9) Va debdurlarki, «lo iloha» tabiat nafyidur va «illalloh» ma’budi barhaq isbotidur va «Muhammadur Rasululloh» oʻzni [menga ergashinglar!](1)0 maqomigʻa kivurmak, maqsud zikridin tavhid kalimasining haqiqiqatigʻa yetmakdur va kalima haqiqati oʻzga kalima aytmoqdin bakulli nafiy boʻlmoqdur. Koʻp aytmoq shart emas. Debdurlarki, Hazrat Xoja Azizon a. r. v. der ermishlarki, yer bu toifaning koʻzida bir sufra-chadur va biz derbizki, tirnogʻ yuzichadur. Hech nima bular «oʻzidin gʻoyib emas va debdurlarki, tavhid sirrigʻa yetsa boʻlur. Ammo ma’rifat sirrigʻa yetmak dushvordur. Alar muborak safar azimati qilurda buzurgzodalardin biriga zikr ta’limin degandurlar. Ul safardin qaytgʻanda alargʻa debdurlarki, ul ta’lim olgʻon zikrga ishtigʻol koʻrsatmaydur va tark qilibdur. Alar andin soʻrubdurlarki, bizni hech tush koʻrdung? Dedi: Hov, koʻrdum! Dedilarki, senga basdur! Mundin ma’lum boʻlurki, har kimgaki oz robita bu azizlar bila boʻlsa, oxir mulhaq boʻlur va ul najot sababi va darajot raf’i jihati boʻlur. Alar hazratida birov dediki, falon kishi bemordur va xotiringiz tavajjuhi daryuza qilur. Alardin dedilarki, [avval xastaning qaytishi, soʻngra koʻngli siniqning tavajjuhi kerak](1)(1). Alardin karomot talabi qildilar. Alar dedilarki, bizning karomotimiz zohirdur. Bovujudi bu nav’ gunoh yuki yer yuzida bora olurbiz. Alar der ermishlarki, Hazrat shayx Abu Said Abulxayr q. s. din soʻrubdurlarki, sizing janozangiz ilayida qaysi oyatni oʻqusunlur? Der ermishki, oyat oʻqumoq ulugʻ ishdur! Bu baytni oʻqusunlarki,

bayt:

[Butun olamda doʻstning doʻstga,
yorning yorga yotishishidan afzal nima bor?](1)(2).

Andin soʻngra alar debdurlarki, bizing janozamiz ilayida bu baytni oʻqusunlarki,

bayt:

[Sening koʻyingda jamolingdan
«shay’anilloh» deb tilovchi gadolarmiz](1)(3).

Mavlono Jaloluddin Xolidin hazratlaridin soʻrubdurlarki, Hazrat Xoja Bahouddinning suluk va tariqining nisbati mutaaxxir mashoyixdin qaysi pirning tariqigʻa munosabati bor? Ul debdurki, soʻz mutaqaddimin mashoyixdin deng va ikki yuz yildin ortuqdurki, bu nav’ osori valoyat zuhuriki, hazrat Xoja Hazratlarigʻa Tengri taolo inoyatidin voqe’ boʻlubdur. Tariqat mashoyixigʻa mutaaxxirlardin hech kimga boʻlmaydur. Alar yetti yuz toʻqson birda rabiul-avval oyining uchida dushanba kechasi olamdin oʻtubdurlar.

451. Xoja Alouddin Attor q. s.

Aning oti Muhammad b. Muhammad Buxoriydur. Hazrat Xoja Bahouddinning kibori ashobidindur. Va Hazrat Xoja oʻz hayotlari zamonida koʻp toliblarning tarbiyatin alargʻa havola qilur ermishlar. Va der ermishlarki, Alouddin bizga xeyli yukin yengil qilibdur, lojaram valoyat anvorining osori [tom va komil suratda](1) alardin zuhurgʻa kelibdur va alar suhbati yumni tarbiyati natijasidin koʻp toliblar bu’du nuqson poygohidin qurbu kamol peshgohigʻa yetibdurlar va takmilu ikmol martabasi topibdurlar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu faqir ba’zi azizlardin eshitibmenki, [haqiqatni aniqlovchi olimlarning rahbari, diqqat bilan tekshiruvchi ulugʻlarning peshvosi, yuksak asarlar va fasohatli tadqiqotlarning muallifi, nasabi ulugʻ Sayyid Jurjoniy, unga Allohning rahmati boʻlsin!](2)ki, inhirot tavfiqi Xoja Alouddin ashobi sulukida topqondur va niyozu ixlos alarning xodimlar va mulozimlarigʻa paydo qilgʻondur. Borlar der ermishlarki, to men Shayx Zaynuddin Aliyi Kulol suhbatigʻa yetmadim, rafzdin qutulmadim va to Xoja Attor majlisigʻa ulanmadim, Tengrini tanimadim. Xoja Attorning qudsi kalimotidinkim suhbat majolisida buyururlar ermish, Hazrat Xoja Muhammad Porso q. s. kitobat qaydigʻa kiyurgondin Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da mazkur qilibdurlar. Anga yetgan kishi ul favoiddin bahramand boʻlur. Alar sakkiz yuz ikkida Rajab oyining yigirmasida chorshanba kechasi xufton namozidin soʻngra olamdin oʻttilar va qabrlari Chagʻoniyondadur.

452. Xoja Muhammad Porso r. t.

Alarning oti Muhammad b. Muhammad b. Mahmud Hofiz Buxoriydur q. s. Ulugʻ Xojaning kibor ashobidindurlar va Hazrat Xoja alar haqida buyurubdurlar va oʻz ashobida, huzurlarida alargʻa xitob qilibdurlarki, haqi va amonatiki, Xojalar xonadoni xulafosidin bu zaifgʻa yetibdur. Va har ne bu yoʻlda kasb qilibdur, borini sizga topshurduq. Andoqki, birodari diniy Mavlono Orif topshurdi, qabul qilmoq kerak va ul amonatni xalqqa tegurmak kerak. Alar tavoze’ koʻrguzub, qabul qildilar va oxiri marazda alar gʻaybatida ashob huzurida alar haqida buyurdilarki, maqsud bizing zuhurimizdin oning vujudidur va anga ikkalasi tariyq bilaki, jazba va suluk boʻlgʻay, tarbiyat qilibman. Agar mashgʻulluq qilsa, olam ondin munavvar boʻlur. Yana. bir mahalda burx sifotin mavhibat nazari bila alargʻa karomat qildilar va Hazrat-Mahdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, burx sifoti «Qut ul-qulub» kitobida mazkurdur va yana bir mahal mavhibat nazari bila alargʻa nafsni bagʻishladilarki, har ne alar desalar ul boʻlgʻay va yana birmahalda dedilarki, harne ul desa Haq taolo oni qilur. Hadisi sahih hukmi bilaki: [Allohning bandalari ichida shundaylari borki, agar Allohga qasam ichsalar, Haq qasamlarini rost keltiradi](1) dermanki, dey, ul demas. Va yana bir mahalda alargʻa xufya zikri buyurdilar va ijozat berdilar amaligʻa ul mujib bilaki, tariqat odobining daqoyiqu haqoyiqidin ulcha bilur va oning ta’limidin, [bulardan tashqari benihoyat iltifotlari bor](2).

Va sakkiz yuz yigirma ikkida Muharram oyining Bayt ul-harom va Nabii ziyorati alayhis salavot vas-salom niyati bila Buxorodin chiqdilar va Nasaf yoʻli bila Chagʻoniyon va Tirmiz va Balx va Hirotqa mazoroti mutabarrikaki, ziyorat qasdi bila azimat qildilar. Barcha yerda sodot va mashoyix va ulamo alarning sharif maqdamlarin mugʻtanam bildilar va tamom e’zoz va ikrom bila talaqqiy qildilar. Va Hazrat Maxdum n. m. n. debdurlarki, xotirgʻa kelurki, chun Jom viloyatidin oʻtar erdilar. Qiyos andoq qilurkim, jumodul-avvAliing oxiri yo jumod ul-oxirning avvallari erdi erkin. Mazkur boʻlgʻon yildinki bu faqirning otasi jame’ kasir niyozmandlar va muxlislar bila alarning ziyorati qasdigʻa chiqib erdilar va maning umrum hanuz besh yilda boʻlmaydur erdi. Otam mutaalliqlaridin biriga ayttikim, mani egniga koʻtarib, alarning mahofasining ilayiga tutdi. Alar iltifot qilib, bir bosh kirmoniy nabot ilgimga berdilar. Bu kun ul ta’rixdin oltmish yildurki, hanuz tal’atlarining safosi maning koʻzumdadur va muborak diydorlarining lazzati mening koʻnglumdadur va hamonoki ixlos va e’tiqod va irodot va muhabbat robitasi bu faqirgʻaki Xojalar q. a. honadonigʻa voqe’dur, ul nazarning barakatidir erkin va umidim uldurki, ushbu robita yumnidin alarning muhiblari va muxlislari zumrasida mahshur bulgʻaymen. Va Jomdin oʻtub chun Nishoburgʻa yetibdurlar; havo harorati va yoʻl xavfi jihatidin ashob orosida soʻz oʻtar ermish va fil-jumla futuri ul azimatqa yoʻl topqon chogʻligʻ ermish. Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. devonin tafo’ul tariqi bila ochibdurlar. Bu ab’yot kelibdur.

Ruboiy:

[Ey Haq oshiqlari, abadiy iqbolgʻa yetish uchun yoʻlga tushing!
Oy kabi saodatli burj tomonga ravona boʻling!
Qaysi shahar, qaysi joy, qaysi dashtni bosib oʻtsangiz,
Allohning tavfiqu amonida yoʻlingiz muborak boʻlsin!](3).

Va andin Buxorogʻa maktub yiboribdurlarki, Haq subhonahu ismi bila bu bitildi, ul kundaki Nishoburdin chiqilib erdi va ul kun ta’rix sakkiz yuz yigirma ikkida jumod ul oxir oyining oʻn birinchi kuni erdiki, sihat va salomat va rafohiyat holida va vusuqi tamom, ilohiy fazl va ikromigʻa va qalb quti va yaqin quvvati nomutanohiy fayz va fazlgʻa bor ekan vaqtda ishorat bobashorat hukmi bilaki, [Rasululloh s. a. v. yaxshi bashorat qilardi, badgumonlik qilmasdi. Rasululloh s. a. v. dedi: mendan keyin paygʻambarlik boʻlmaydi. Faqat bashoratlar boʻladi. Moʻ’min kishi bu bashoratlarni tushida koʻradi yoki unga koʻrsatiladi. Bu hadisning sahihligiga ittifoq qilingan].

Bayt:

[Ey hidoyat paygʻambari, soʻzlaring madadkorim,
tayanchim, eshigingda umid va iltijo qilaman](4).

Va chun sihat va salomatligʻ bila Makkai muhtaramagʻa yetishtilar va haj arkonin tamom ado qildilar. Alargʻa maraze oriz boʻldi. Andogʻki, vido’ tavofin ammori bila qildilar va andin Madinai muborakka mutavajjih boʻldilar. Va yoʻlda ashobin tilab imlo qilibdurlarki, [Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Sakkiz yuz yigirma ikkinchi sana, zul-hijja oyining toʻqqizinchi – shanba kunida Allohu Taolo mukarram va muborak qilgan Makkadan chiqayotganimizda, ertalab kun yorishgan payti sufilar toifasining peshvosi Junayd q. t. s. oldimga keldi. Men oʻsha payt mudroq holatda edim. Alloh undan rozi boʻlsin, Junayd oʻzining ziyorati va bashorati haqida dedi: Bu haj qabuldir. Men bu soʻzni eslab qoldim va uning bashoratidan xursand boʻldim. Keyin mudroqlikdan sergak tortdim. Buning uchun Allohga hamd boʻlsin!)(5)

Andin soʻngra yana kalimot ham arabiy iborat bila imlo qilibdurlarki, tarjimasi bu boʻlurki, bu kalimai vohidaki, Sayyid ut-toifa Junayd q. s. din voqe’ boʻldi, kalimadur jome’ai tomma va bashoratdur shomilai omma bizga va avlodimizga va ashobu ahbobimizgaki hozir yo gʻoyibdurlar. Aning uchunki, bizning qasdimiz bu izomi mashoir va ad’iyaki, har mahalu zdaqomda qilildi, barchaning diniy va dunyoviy masolihi erdi va ul qasd bu bashorat muqtazosi bila maqbul: [ne’matlariga yetkazgan va ziyoda mukofotlagan Allohu subhonahuga pok, muborak hamd boʻlsin!](6) Va oyning yigirma uchida chahorshanba kuni Madinagʻa yetibdurlar va Hazrat Risolat s. a. v. din bashorat topibdurlar va ul imlo musavvadasin tilabdurlarki, anga nima orturgʻoylar? Chun mutolaa qilibdurlar. Debdurlarki, ushbular-oʻqdur va ortugʻroq bitimaydurlar va panjshanba kuni Haqning jivori rahmatigʻa vosil boʻlubdurlar va Mavlono Shamsuddin Fannoriy Rumiy va Madina ahli va qofila alargʻa namoz qilibdurlar va juma kechasi ul muborak manzilda nuzul qilibdurlar. Amir ul-moʻ’minin Abbos r. a. ning muborak marqadining jivorida dafn boʻlubdurlar. Va Shayx Zan-nuddin Xavofiy hazratlari Misrdin bir oq tosh yoʻndurub kelturub, ularning qabrining lavhi qilibdurlar. Oning bila soyir quburning tegrasidin mumtozdur. Siqotdin biriki, alarning farzandi Xoja Burhonuddin Abunasr r. a.ning maxsusi erdi, ulardin mundoq naql qildiki, ul vaqtdaki volidi buzurgvor favt qildi. Men boshlarn ustida hozir emas erdim. Chun hozir boʻldum. Muborak yuzlarin ochtimkim, nazare qilayin. Koʻz ochib tabassum qildilar va mening iztirobim ortuq toʻldi. Oyogʻlari sori «elib, yuzumni tobonlarigʻa surttum. Oyogʻlarin yuqori torttilar. Chun alarning xabariki, Rasul s. a. v. Madinasida naql qilibdurlar. Ajam akobiridin ba’zigʻa yetishti. Bu iborat buyurdikim, «ham anda uzaldiki, andin quvondi». Alarning murid va mu’taqidlaridin birov debdurki, alar Hijoz azimati qilurda vido’ vaqti dedimki, Xoja, siz bordingiz? Dedilarki, borduq. Ularning tayyiba anfosidindurki, ashobdin biriga bitibdurlarki, bu faqirning xotiri doim sizning zohiriy va botiniy ahvolingizgʻa nigoron boʻlur va alad-davom ul birodar nisbatigʻa nazaroti be illati ilohiy shomildur: Sayyid ut-toifa Junayd q. s. debdurki, [karam koʻzi ochilsa, keyin kelganlarni oldin kelganlar bilan bogʻlaydi](7). Bovujud bu kubaroyi din qoshida q. a. moʻ’tabar asl budurkim, debdurlarki, koʻshishdin tortma qoʻl va baxshishga muntazir boʻl! Va debdurlarki, bizning Xoja hazratlaridin soʻrdilarki, tariqatni nima bila topsa boʻlgʻay? Dedilarki, shar’ bila va yana [ovqatlanishda oʻrtacha me’yor saqlansa, ya’ni oʻta toʻq ham, oʻta och ham boʻlmasa!](8). Va manom taqlilida e’tidol tariqi bila koʻshish qilmaq, alal-xusus, [shom va xufton namozi orasidagi vaqtda quyosh chiqmasdan oldin, hech kimga bildirmay turmoq kerak](9). Tavajjuh bila oʻziga furu bormoq va xavotir nafyi alal-xusus tamanniy xotiri hol va moziy va mustaqbal nisbatigʻa yaxshi muassirdir [qalbdan pardalarni koʻtarish uchun](1)0. Va yana: [til behuda gapdan sukut qilsa, qalb Alloh bilan tillashadi. Agar til gapga tushsa, qalb sukut qiladi. Sukut ikki xildir: tilning sukuti va qalbning dunyo andishalaridan sukut qilishi. Qimki, tilida sukut qilsayu qalbda sukut qilmasa, uning gunohi yengil boʻladi. Kimki, tilda ham qalbda ham sukut qilsa, unga sirlar zohir boʻladi, ulugʻ va qudratli Parvardigor unga tajalli qiladi. Kimki, tilida ham, qalbida ham sukut saqlamasa, shaytonning mulki va qoʻgʻirchogʻi boʻladi. Bundan barchamizni Allohning oʻzi asrasin! Kimki, qalbda sukut qilib, tilda sukut qilmasa, behuda gapdan tiyiladi, hikmat tili bilan gapirguvchi boʻladi. Allohu Taolo oʻz fazlu karami ila ulardan bizni nasibador qilsin!] (1)(1).

Abu Nasr Porso q. s. va alardin soʻngra alarning oʻrnida shajarai toyyibalari:

453. Xoja Hofizuddin Abu Nasr Muhammad b. Muhammad b. Muhammad Hofiz Buxoriy r. t.

Erdiki, ulumi shariat va rusumi tariqat poyasin buzurgvor otasigʻa yetku rub erdi va vujud nafni va mavjud bazlida alardin ham oʻtkarub erdi va satri holu talbisda bir masobada erdilarkim, hargiz alardin zohir boʻlmas erdiki, bu yoʻlgʻa qadame urmish boʻlgʻaylar va bu toifa ulumidin, balki soyir ulumdin mas’ala bilmish boʻlgʻaylar va agar alardin savol qilsalar erdi, der erdilarki, kitobgʻa ruju’ qilali! Chun kitob kelturub, ochsalar erdi, to hamul mahalda chiqar erdi. yo maqsud varaqidin bir-ikki varaq yuqori yo qoʻyi. Mundin taxalluf qilmagʻay erdi.

Bir kun alarning majlisida Shayx Muhiddin Arabiy q. t. s. zikri va oning musannafoti oʻtar erdi. Buzurgvor otalaridin rivoyat qildilarki, alar der erdilarki, «Fusus» jondur va «Futuhot» koʻngul. Va dagʻi der erdilarki, har kim «Fusus»ni yaxshi bilsa, anga Hazrat Risolat s. a. v. mutoba’atining doiyasi qaviy boʻlur va alardin bu soʻz noqili Hazrat Maxdumiy n. m. n. dur va bu haqir alar ashobu muridlaridin bir siqa! kishidin eshittimki, alarning husnu xulqi bobida dedikim, bir kun alarning tagʻoyisiki, hofiz va xushxon kishi ermish bataxsis «Qur’on» oʻqimoqda. Bir kun bir mulozimigʻa gʻazab qilib, nafsoniyat yuzidin safohat qilib soʻkadur ermish. Alar yetibdurlar va oning gʻazabi oʻti muntafi’ boʻlmaydur. Alar anga iltimos qilibdurlarki, bizing uchun bir ushr «Qur’on» oʻqung! Bu iltimos hech kimga yoʻq der iltimos ermas, xususan, alardek buzurgvorgʻa. Zaruratan «Qur’on» oʻqumoq bunyod qilibdur. Bu latofat bila nahy munkar hech kishi yod bilmaski, kishini past martabadin ne biyik manzilgʻa dalolat qilgʻaylar va orada kulliy maqsud xud xoʻbroq vajh bila hosil boʻlgʻay va alar sakkiz yuz-etmish beshda dunyodin oʻtdilar va qabrlari Balxdadur.

454. Xoja Hasan Attor r. t.

Alar Xoja Alouddin Attorning farzandidurlar. Qaviy jazbalari bor ermish. Va jazba tariqi bila har qachon har kimga tilasalar erkan, tasarruf qilurlar ermish va ani bu olamgʻa, huzur va shuur maqomidin oʻtkarib, bexudliq va beshuurliq olamigʻa yetkurur emishlar. Va gʻiybat va fano jomiki ba’zi suluk va mujohada ahligʻa ado sabili nadrati voqe’ boʻlur, anga tutar ermishlar. Va oncha Movarounnahr va Xurosonda bu ishning toliblar orasida alarning bu isrofu tasarrufi muqarrar va mashhurdur. Har kim dastboʻsigʻa musharraf boʻlsa ermish, bexud boʻlub yiqulur ermish va haqiqiy sakru fano davlati anga muyassar boʻlur ermish. Va derlarki, bir kun saboh uydin chiqqan ermishlar va gʻolib kayfiyatlari bor ermish. Ul holda har kishiga koʻzlari tushubdur, kayfiyat va bexudlugʻ dast berib yiqilibdur. Alarning darveshlaridin biri muborak safar azimatigʻa Hiriyga kelgan ermish. Koʻcha va bozor-dakim yurur ermish, elga andoq ma’lum boʻlur ermishki, oʻz holida emas va anga botiniy kayfiyat gʻalaba qilibdur. Hazrat Maxdum n. m. n. debdurlarki, bu silsilada azizeki, men alar suhbatigʻa yetar erdim, alardin alarning holin istifsor qildim. Dedilarki, ul darveshning ishi budurki, doyim Xoja Hasanning suratin xotirda asrar va anga muroqib boʻlur, bu ish barakatidin alarning jazbasi anga asar qilib, bu nav’ magʻlubligʻ va bexudligʻ anga dast berur. Va alar andoqki, Xojalar silsilasidagi ba’zi azizlar bemorlar marazi yuki ostigʻa kirib, bemor sihhat topib, alar ul bemorligʻni tortarlar ermish. Hijoz safaridaki, Sherozgʻa yetibdurlar, ul yerning akobiridin biri alar nisbatigʻa irodat va ixlosi tamom koʻrguzub erkandur, anga maraze toriy boʻlgʻondur. Xoja aning iyodatigʻa borib, maekur boʻlgʻon dastur bila aning marazini qabul qilib, ul yuk ostigʻa kiribdurlar va ul aziz sihhat topib dur va Xoja Hasan hazratlari mariz boʻlub, ul maraz bila olamdin oʻtubdurlar; Va alarning bu voqeasi sakkiz yuz yigirma oltida qurbon hayitining dushanba kechasida voqe’ boʻlubdur. Va na’shlarin Sherozdin Chagʻoniyongʻaki, otalarining madfani andadur, naql qilibdurlar.

455. Mavlono Ya’qub Charxiy q. t. s.

Asli Charx degan yerdindurlarki, Gʻazniyning kentlaridindur. Va Xoja Alouddin Attorning ashobidindur, balki Xojayi buzurgvor ashobidin ermish, Ul Hazrat olamdin naql qilgʻondin soʻngra Xoja Alouddin q. s. suhbatigʻa yetibdur. Mavlono der ermishlarkim, avval qatlakim, Hazrat Xojai buzurgvor muborak suhbatlarigʻa yetib, oʻzni topshurduk, alar buyurdilarki, biz oʻzlukumiz bila hech ish qilmasbiz, bu kecha koʻralikim, seni radmu qilurlar, yo qabulmu? Mavlono debdurki, hargiz ul kechadin sa’broq kecha manga oʻtmaydurkim, tong otquncha bagʻrim yuz laxt qon erdikim, yo Rab, bu eshikni manga qabul bila ochqaylar, yo rad qilgʻaylar. Alas-saboh chun Hazrat Xojayi buzurgvor subatlarigʻa bordim, inoyat qilib dedilarki, qabul qildilar, ammo sen Alouddin suhbatida boʻlgʻungdur, debdurlar. Andin soʻngra men Badaxshongʻa tushtum va Xoja Alouddin, Hazrat Xojayi buzurgvor q. s. vafotlaridin soʻngra Chagʻoniyongʻa kelib, mutavattin boʻldilar. Va manga kishi yuborib, Hazrat Xojayi buzurgvor ishorat qilgʻan soʻzni izhor qildiladr. Va men alar xidmatigʻa kelib, to alar hayotda erdilar, alar xidmatida boʻldum. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. Hazrat Xoja Ubaydulloh q. s. din mundoq debdurlarki, alar Hazrat Mavlono suhbatigʻa yetibdurlar va mundoq debdurlarki, Hirotda erdim, manga Hazrat Mavlononing xidmati doiyasi paydo boʻldi. Chagʻoniyon viloyatigʻa mutavajjih boʻldum va koʻp mashaqqat va mehnatdin soʻngra anda yettim. Va hamonoki tamom, yo aksar yoʻlin yayogʻ bormish boʻlgʻaylar. Va debdurlarki, chun alar suhbatigʻa musharraf boʻldum, alarning yuzida bayozeki, tab’gʻa mujibi tanaffur boʻlgʻay, zohir erdi va manga qatigʻ demak siyosat libosida zohir boʻldilar. Va ancha irik soʻzlab, siyosat qildilarki, yaqin erdiki, alardin mening botinim munqate’ boʻlgʻay. Bagʻoyat mahzunu magʻmum boʻldum. Yana bir qatlaki, alar suhbatigʻa yetishtim, manga mahbubliq va jamoliyat suratida zohir boʻldilarki, hargiz ul xoʻblugʻ bila kishi koʻrmaydurmen. Va nihoyatsiz lutf koʻrguzdilar. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu mahaldaki Xoja xidmatlari bu soʻzni deydur erdilar, mening nazarimgʻa bir aziz surati bila koʻrundilarki, manga aning jonibi irodat va robitai tamom bor erdi. Va ul aziz olamdin oʻtub erdi va filhol ul suratni xul’ qildilar va hamonoki ul ish Xoja xidmatlarigʻa ixtiyor va shuur bila voqe’ boʻlub erdi erkin. U ma’no isbotigʻaki, Hazrat Mavlonodin naql qildilar. Va derlarki, Hazrat Mavlono, der ermishlarki, tolibeki bir aziz suhbatigʻa kelur. Xoja Ubaydullohdek kelmoq kerak, charogʻ muhayyo qilgʻon va yogʻ va fatilani tayor yasagan, ham ul gugurd anga tutmak kerak. Xoja Ubaydulloh q. s. der emishlarki, Mavlono xidmatlari Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy xidmatlari bila Mavlono Shihobuddin Sayrafiy qoshinda hamsaboq erkandurlar. Bir kun mendin soʻrdilarki, derlarki, Shayx Zaynuddin vaqoye’ halligʻa va maqomot ta’birigʻa koʻp ishtigʻol koʻrguzurlar. Dedim, bale, andoqdur. Mavlono soate oʻzlaridin gʻoyib boʻlurlar erdi. Chun hozir boʻldilar, bu baytni oʻqidilarki,

bayt:

[Oftobning quliman, oftobdan gapiraman, tun
ham, tunparast ham emasman, uyqudan gapirsam](1).

456. Xoja Alouddin Gʻijduvoniy q. s.

Xoja Ubaydulloh debdurlarki, Xoja Alouddin Gʻijduvoniy buzurgvor Xojaning ashobidin ermish. Va Hazrat Xoja ani Hazrat Xoja Muhammad Porso suhbatlarigʻa amr qilgʻondurlar. Va azim istigʻroqi bor ermish. Va bagʻoyat shirintakallum ermish. Goh boʻlur ermishki, soʻz aytadurgʻonning orasida oʻzdin gʻoyib boʻlur ermish. Xoja Muhammad Porso q. s. muborak safargʻa azimat qilgʻonda ani ham oʻzlari bila eltibdurlar. Samarqand akobiridin biri aytibdurkim, Xoja Albuddin bagʻoyat qari va zaif boʻlubdur, andin hech ish kelmas, agar ani qoʻyub borsangiz boʻlur. Xoja debdurlarki, aning bila hech ishimiz yoʻqdur, mundin oʻzgakim, har qachon ani koʻrsak, Xojalar nisbati xotirgʻa kelur.

457. Mavlono Nizomuddin Xomush q. s.

Xoja Alouddin Attor ashobidindur. Va tahsil avonida Xojai buzurgvorni Buxoro ulamosidin birining majlisida koʻrgan ekandur. Andin soʻngra Xoja Alouddin suhbatigʻa yetibdur. Avoyilda anvo’i riyozotu mujohadotgʻa mashgʻul boʻlur erkandur. Va nafs tazkiyasi va koʻngul tasfiyasigʻa koʻp jidd koʻrguzur erkandur. Va debdurki, avval qatlaki, Xoja Alouddin suhbatigʻa bordim, Xojai buzurgvor ashobidin biri alarning eshikida oʻlturub erdi. Manga dediki, vaqt boʻlmadiki, zuhdu pokizaliklaringdin chiqqaysen? Bu soʻz menga ogʻir keldi, ammo Xoja qoshigʻa kirganda alar ham ushbu soʻzni dedilar, vale manga ogʻir kelmadi. Hazrat Mavlono Sa’duddin Koshgʻariyning alardin koʻp naql-lari bor «Nafohot ul-uns»da. Va ul jumladin biri budurkim, debdurlarki, bir kecha inkor ahlidin biri alar borasida soʻzlar aytadur erdi va men muqobalada javoblar aytadur erdim, andoqki soʻz uzoqqa tortti. Va ul yerdinki, biz erduk, alarning manziligʻacha uzoq yoʻl erdi, andoqki imkon yoʻq erdiki, soʻz eshitilgʻay. Tong erta alar xidmatigʻa chun bordim, dedilarki, kecha sening unung bizni tashvishga soladur erdi. Har kishi har ne desa, javob berma va oʻz ishingga mashgʻul boʻl! Hazrat Maxdumi n. m. n. Hazrat Xoja Ubaydulloh q. s. din naql qilibdurlarkim, alar debdurlarki, bir kun alar xidmatigʻa boradur erdim. Yoʻlda manga oshnolardin biri yoʻliqti va soʻzga tutti, hamonoki, ul kishi chogʻir ichib erdi. Chun alar xidmatigʻa yettim, dedilarki, magar sen icharsen? Dedim: yoʻq. Dedilar: pas sanga ne holdur? Dedim: Yoʻlda bir mast yoʻluqti, meni soʻzga tutti. Dedilar: pas bu aning holidurkim, sanga qolibdur.

458. Xoja Ubaydulloh Imom Isfahoniy q. s.

Ul dagʻi Xoja Alouddin ashobidindur. Ul debdurki, avval qatlaki Xoja majlisigʻa yettim, bu baytni oʻqidilarki,

bayt:

[Oʻzingdan kech, kamol faqat budur,
Mutlaq foniy boʻl, visol faqat budur](1).

Ba’zi risolasida Aloiya toifasining tavajjuhi tariqin zikr qilibdurki, alarning botiniy nisbatlarnning parvarishi andoqdurki, har qachon tilasalarqi, anga ishtigʻol koʻrguzgaylar, avval ul kishining suratinki, bu nisbatni andin topibdurlar, xayol qilgʻaylar, ul zamongʻachakim, ma’hudi harorat va kayfiyatlari asari paydo boʻlgʻay. Andin soʻngra ul xayolni nafy qilmagʻaylar, balki asragʻaylar. Va koʻz va quloq va barcha quvo bila ul xayol bila koʻngulda mutavajjih boʻlgʻaylarki, haqiqati jomi’ai insoniy iborat andindurki, majmu’ koinoti ulvi va suflidin aning mufassalidur. Agarchi ul ajsomgʻa hululdin munazzahdur, ammo chun aning bila bu qit’ai lahmi sanavbari orasida nisbati bor. Koʻz va xayol va barcha quvoni anga kelturmak kerak va aning hoziri boʻlmoq va koʻngul eshikida oʻlturmoq. Bizga shak yoʻqturki, bu holatda gʻiybat kayfiyati va bexudligʻi yuz koʻrguzaboshlar. Ul kayfiyatni bir yoʻl farz qilmoq kerak va aning keynicha bormoq kerak. Va har fikrki kirsa, qalb haqiqatigʻa mutavajjih boʻlub, ul fikrni nafyi qilmoq kerak. Va ul nimaga mashgʻul boʻlmoq kerak va ul mujmalgʻa kulliy qochmoq kerak. Va to ul nafyi boʻlgʻuncha, ul shaxs suratigʻa iltijo qilmoq kerak. Va ani lahzaye asramoq kerak, to yana ul nisbat paydo boʻlgʻay. Ul zamon xud ul surat nafy boʻlur, ammo kerakki, shaxs ul surati mutavajjihin nafy qilmagʻay. Va ham ul kalimai tayyiba ma’nosida debdurki, nafyi ashyo kasrat va suvarin ul ayni vohidgʻaki, barcha soliklarning maqsudu matlubndur, roji’ qilmoqdin iboratdur. Va isbot barcha suvarni ul ayni vohidda mushohada qilmoq va bularni aning ayni koʻrmakdin iboratdur. Pas «Lo iloha», ya’ni bu suvari muta-vahhima gʻayriyati manfiydur va roji’ ham ul bir aslgʻadur. Va «Illalloh», ya’ni bu vohid ma’nodurkn, bu suvar bila koʻrunur, vallohu a’lam.

459. Mavlono Sa’duddin Koshgʻariy q. s.

Avoyili holda ulum tahsiligʻa mashgʻoʻl ermishlar va mutadovila kutubni koʻrgon ekandurlar va suvari jamiyatlari ham bor ekandur. Chun bu tariq doiyasi paydo qilibdurlr tark va tajrid qilib, Mavlono Nizomuddin suhbatlarigʻa ulanibdurlar. Der ermishlarki, necha yildin soʻngraki, alar xizmatida erdim, menga Makka safari dagʻdagʻasi paydo boʻldi. Chun alardin ijozat tiladim. Alar dedilarki, har necha boqadurmen, bu yil seni hojilar qofilasida koʻrmaymen va mundin burun voqealar koʻrub erdimki, andin koʻp mutavahhim erdim. Alar deb erdilarki, koʻrqma, chun borursen, ul voqealaringni Mavlono Zaynuddingʻa aytki, mutasharre’ kishidur va sunnat joddasida sobit. Va murodlarn bu soʻzdin Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy ermishki, ul kun Xurosonda shayxuxat va irshod masnadida mutaayyin ermishlar. Mavlono debdurlarki, chun Xurosongʻa keldim va hajgʻa bormoq, andoq Mavlono Nizomuddin q. s. deb erdi. Necha vaqt tavaqqufgʻa qoldi va koʻp yildin soʻngra muyassar boʻldi. Chun Shayx xizmatigʻa yetishtim. Ul voqealarni arz qildim. Dedilarki, bizning bila ban’at qil va bizing irodatimiz qaydigʻa qil! Men dedim: Azizeki, men bu tariqni andin qabul qilibmen, hanuz hayot qaydidadur. Siz amin va murshidsizki, bu toifa tariqida bu joyizdur. Andoq qilai. Shayx dediki, istixora qil! Men dedimki, istixoramgʻa e’timodim yoʻqtur. Siz istixora qiling! Shayx dediki, ham biz istixora qiloli, ham sen istixora qil! Chun kecha boʻldi, istixora qildim. Koʻrdimki, xojalar tabaqasi Hiriy ziyoratgohigʻaki, ul vaqt shayx anda ermishlar kiribdurlar, daraxtlarni qoʻngʻoradurlar va tomlarni yiqadurlar va qahru gʻazab osori alarda zohirdur. Bildimki, ishorat ul ish man’igʻadur. Xotirim jam’ boʻldi va osudaligʻ bila oyogʻimni uzotib, uyqugʻa bordim. Chun tonglasi Shayx majlisigʻa keldim. Ondin burunki, men voqeamni arz qilgʻaymen, Shayx dediki, tariq birdur va barcha birga-oʻq qayturlar. Hamul oʻz tariqing bila ishga mashgʻul boʻl! Agar voqea yo mushkile ollingʻa kelsa, bizgʻa aytgʻil, qilaolgʻoncha madad qiloli! Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, Mavlonogʻa ul ma’noki anga mashgʻul bulurlar gʻalaba va istilosi zohir erdi. Oz tavajjuh bila gʻaybat osori va bexudlugʻ kayfiyati yuz koʻrguzur erdi. Kishikim, ul holdin voqif ermas erdi, sogʻinur erdiki, alarning uyqusi keladur. Avoildakim, alar suhbatigʻa yettim. Masjidi Jome’da alar xizmatida oʻlturub erdim. Alargʻa hamul gʻaybat holi yuzlandi. Men gumon qildimki, alargʻa uyqu keladur. Dedimki, bir soat istirohatgʻa ishtigʻol koʻrguzulsa yiroq emas. Alar tabassum qilib dedilarki, magar aqidang yoʻqdurki, bizga uyqudin oʻzga amre bor. Bir kun ayturlar erdi: darveshlardin ba’zi derlarki uyqu bila uygʻogʻliq orasida farq mundin oʻzga yoʻqdurki, oʻzda xiffateki, uyqudin soʻngra boʻlur toporlar. Yoʻq ersa, alarning mashgʻulluqlarining kayfiyati uyquda va uygʻogʻliqda bir tariqa biladur. Balki uyqudakim, ba’zi mavone’ murtafe’ boʻlur sofiyroq va qaviyroq boʻlur va menga gumon andoqdurki, ulcha ayturlar erdi, ishorat oʻz hollarigʻa erdi, vallohu a’lam. Darveshlardin biriki, alar suhbatigʻa yetar erdi, mundoq hikoyat qildiki, menga va’z majlisidaki, darveshlar maoriflari oʻtar erdilar. Koʻp tagʻayyur voqe’ boʻlub, koʻp sayha va faryod qilur erdim va andin asru mahjub boʻlur erdim. Bir kun bu holni alargʻa dedim. Ayttilarki, har qachon senga ul tagʻayyur voqe’ boʻlsa, bizni yodinggʻa keltur! Ul vaqtki, alar Hijoz safarigʻa borib erdilar. Manga madrasalardin biridaki, bir aziz anda va’z aytur erdi, tagʻayyur boʻlmoq ogʻozi boʻldi. Alargʻa tavajjuh qildim. Koʻrdumki, madrasa eshigidin kirdilar va mening qoshimgʻa yettilar. Ikki iliklarni egnimga qoʻydilar. Men oʻzumdin bordim va behush yiqildim. Ul vaqtki oʻz holimga kelib erdim, va’z majlisi tugonib erdi va ul xalq tarqab erdilar va kunas mening ustumga yetib erdi va ul kun ramazonning soʻnggi panjshanbasi erdi. Oni koʻnglumda asradimki, alar Makkadin kelsalar, alargʻa aytqaymen. Chun alar Makkadin tashrif kelturdilar va alar xizmatigʻa musharraf boʻldum. Jame’ alar xizmatida erdilarki, bu soʻzni alargʻa ayturdin mone’ erdilar ayta olmadim. Alar mening sori boqib dedilarki, panjshanbaye erdiki, oning bila iyd orosida yana panjshanba yoʻq erdi. Alar sakkiz yuz oltmishda jumad ul-oxir oyining yettisida chorshanba kuni dunyodin oʻttilar.

460. Xoja Ubaydulloh q. s.

Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»ni bitirda zamon mashoyixu akobirdinki hayot qaydida erdilar Hazrat Xoja Nosiruddin Ubaydullohdin oʻzga kishi ul tabarruk kitobda zikr qilmadilar va alar zikru manoqibida aytilgʻonning tarjimasi budurkim, oyot mazhari va karomot va valoyot majmai Xojalar tabaqasigʻa iltiyom robitasi va intizom silsilasi ul sharif qavmgʻa q. t. a. Hazrat Xoja va alarning muxlislari va niyozmandlaridurlar. Umid uldurkim, alarning sharif vujudlari barakatidin bu sharif silsilaning iltiyom va intizomi ilo yavmil qiyom imtidod topqay. Har necha bu faqirdin bu nav’ soʻzlar amsoli goʻstoxliq surati topar, ammo har necha oʻzum bila andisha qildim. Uzumdin oni topa olmadimkim, xotir anga qaror bera olmagʻaymenki, bu majmu’aki, munung jam’idin maqsud bu toifaning maorifining zikri va manoqibining nashridur, alarning zikridin xoli boʻlgʻay. Lojaram bu sharif silsilaning manoqibi sharhin va ahvolin alarning ba’zi qudsiya kalimotlari bilaki, maorif nigorxonalarining raqamzadasi boʻlubdur, miskiyat ul-xitom qilildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. kim alar vasfida bu nav’ nukta surubdurlar, alarning maorifidin ba’zi soʻz kelturubdurlar. Chun soʻz bagʻoyat daqiqu biyik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir. Alarning ba’zi holotiki, bu haqirgʻa mavhum va yaqin erdi anga shuru’ qilildi. Alarning mavlidi Toshkandur va otalari darvesh kishi ermish va ona tarafidin hamonoki, Shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anta yetarlar va oʻzlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit boʻlgʻondin soʻngrakim, sayohatgʻa qadam qoʻyubdurlar. Koʻp mashoyix va avliyo xizmatigʻa yetib, suhbatlarigʻa musharraf boʻlubdurlar, Xuroson mashoyyxidin Hazrat Mirsayid Qosim Anvor q. s. xizmatlarigʻa yetibdurlar va Shayx Bahouddin Umar r. t. mulozamatigʻa musharraf boʻlibdurlar va Shayx Zaynuddin Xavofiy suhbatigʻa yetibdurlar va Mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa’duddin Koshgʻariy bila suhbat tutubdurlar va Movarounnahr mashoyixidin Xoja Muhammad Porso mulozamatigʻa yetibdurlar va Xoja Abu Nasr suhbatigʻa yetibdurlar va Mavlono Nizomuddin Xomush bila suhbat tutubdurlar. Mavlono Ya’qub Charxiy q. s. din irshodlar va tarbiyatlar topibdurlar va soʻngralar Hazrat Xojagʻa oncha muknat dast berdiki, ma’lum emaski, mashoyixdin hech kimga ul dast beribdur yo yoʻq. Mulkka ajab istilo va salotin va mulukka gʻarib isrofu hukm, Movarounnahr salotini oʻzlarin alarning muridzodalari va. mahkumi hukmi tutorlar erdi. Yoʻqki, yolgʻuz Movarounnahr salotini, balki Xuroson va Iroq va Ozarbayjon, hattoki bir soridin Rum va Misrgʻacha va bir soridin Xito va Hindgʻacha barcha muluk va salotin oʻzlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma’muri farmoni tutarlar erdi va ruq’alari bu salotingʻa oncha muassir erdikim, alarning ahkomi oʻz xuddomigʻa boʻlmagʻay va Hazrat Xojaga zohir jam’iyati barcha abnoi zamondin koʻprak voqe’ erdi. Andoqki, botin jam’iyatidagʻi barcha abnoi zamondin balki koʻp, moziy mashoyixdin dogʻi hamonoki ortugʻroq erdi va bu haqir bila iltifotlari koʻp bor uchun vahyi osor ruq’alari bila musharraf qilib, ishlarga ma’mur qilurlar erdi.

Ul ruq’alarni muraqqa’ yasab, mujallad qilib, jadval va takallufot bila tabarruk yoʻsuni bila asrabmen. Umidim ulki, alarning barakotidin bu ishning zavqi va talabi nasib boʻlgʻay. Alarning yoshi toʻqsondin olti oy oʻksuk erdi. Sakkiz yuz toʻqson toʻrtda dunyodin oʻttilar. Alarning ashobidin irshod va talqingʻa musharraf boʻlgʻonlardin Mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali va Mavlono Mir Husayn va Mavlono Mir Muhammad va Mir Abdulavval va Mavlono Burhonuddin va Mavlono Lutfulloh va Mavlono Husayn Turk va darvesh Ahmad Jomiy erdi va yana dogʻi darveshlar bor erdilar va muxtasarda munchasi sobit boʻldi.

461. Mavlono Qosim q. s.

Hazrat Xoja Ubaydullohning kibor ashobidindur. Anjumanda hamdam va xilvatda mahram. Asli Farkat navohisidindur. Ellik yilgʻa yaqin ul Hazrat xizmatin andoq qildikim, hargiz alarning muborak xotirlarigʻa andin gʻayri muhabbat va iltifot voqe’ boʻlmadi va Mavlono Qosimni salotin xizmatigʻa ba’zi arbobi hojot muhimmoti uchun yiborur erdilar va salotin istiqbol qilib, ta’zim bila oʻlturtub, har ne alar ul Hazratdin risolat qilsalar erdi, minnat tutub, hamul nav’ e’zoz bila uzoturlar erdi va Mavlono ul nav’ foniy va maqbul kishi erdikim, oni koʻrgon kishi giriftor boʻlur erdi.Ul jumladin, biri buhaqirdurkim, alarni ul Hazrat musulmonlar maslahati uchun Movarounnahrdin Hurosongʻa risolat rasmi bila yiborib erdilar va bu faqir hamul kelganlarida koʻrub, alarning volihi boʻlib erdi. Ul ishni yasab, azim e’zoz va ikromlar topib bordilar. Alarning yoshi yetmishdin oʻtub erdi. Olamdin oʻtganlari bu nav’ erdikim, Hazrat Xojaning azim za’flari bor erdi va soʻl yonlarida bir sanchiq emishki, barcha atibbo va xalq hayotlaridin tama’ munqati’ qilgʻan ermishlar. Mavlono ul holni koʻrub, andoqki Xojalar xonavodasi ahli ba’zi dilxoh elning marazining yuki ostigʻa kirib ul yukni qoʻtorib, mariz sihhat topar va ul kishi ul marazni tortar. Mavlono Qosim dogʻi Xojaning boshigʻa evrulub, ul marazni qabul qilib, ogʻriq yuki ostiga kirib, ul yukni koʻtarib, Hazrat Xoja hamul vaqtda sihhat topib, Mavlononing hamul soʻl yonigʻa hamul sanchigʻ turub, bir hafta hamul marazgʻa giriftor boʻlub, jonlarin Xojalarigʻa fido qildilar.

Bir kun bu haqir Hazrat Maxdum n. m. n. xizmatlarida erdim va Xojai buzurgvor ashobidin soʻz oʻtadur erdi. Haqir ul Hazratdin savol qildimkim, alarning ashobidin bu tariqda alarning irshodi bila mu vofiq suluk qilib, faqr tariqida martaba hosil qilgʻon va fano rasmida yorugʻluq topib, oʻzluk zulmatidin xalos boʻlgʻan ulki, sizing muborak xotiringizgʻa zohirdur, kimlar erkin? Alar dedilarkim, barcha bu tariqda yaxshi suluk va ravishlar qilibdurlar. Ammo biz Mavlono Qosimni bagʻoyat vorasta kishi topibbiz. Haq s. t. bu tabaqaning ahli irshodidin toliblargʻa barchani oʻz fazlu karami bila daryoyi rahmatigʻa gʻariq va oʻz bavoriqi qurbigʻa hariq qilgʻay. Omin, yo Rabbal-olamin.

462. Abulhasan Bustiy r. t.

Ul Xoja Yusuf Hamadoniydek Shayx Abu Ali Formadiyning ashobidindur. Va bu mushkil va mashhur ruboiy andoqki, Ayn ul-quzot Hamadoniy rasoyilidin ma’lumdur, aning dururkim,

Ruboiy:

[Dunyoning pinhonlariyu jahonning asliii koʻrdik va illatu ordan oson kechdik.
U qora nur, gunohning qora nuqtasi emas, undanda kechdik. Unisi ham bunisi ham qolmadi](1).

463. Shayx Hasan Sakkok Simnoniy q. s.

Ul shayx Abulhasan Bustiining ashobidindur. Va Sakkokiya xonaqohiki, Simnondadur va Hazrat Abulmakorim Shayx Ruknuddin Alouddavla q. t. s. kim, avoyilda anda boʻlur erkandur va arba’inot anda chiqaribdur va ba’zi amlokin anga vaqf qilibdur, anga mansubdur. «Nafahot»da mundoqdur.

464. Muhammad Hammuya Juvayniy q. t. s.

Kuniyati Abu Abdullohdur. Ul ham Shayx Abulhasan Bustiyning ashobidindur. Va zohiriyyu botiniy ulumi bila orosta erkandur. Ayn ul-quzot maktubotidin birida debdurki, oz kishi bu toifadin zohiriy ulum bilgʻay, Xoja Imom Abu Homid Gʻazzoliy va qardoshi Shayx Ahmad Gʻazzoliy bu jumladindur. Va Xoja Imom Muhammad Hammuya dogʻn Guyonda bu jumladindur, ne bilayki ilm bilgay va buzurglardindur. Va anga bu toifa sulukida tasavvufda «Salovat ut-tolibii» otligʻ tasnifdurki, anda bu tariqdin koʻp haqoyiq va daqoyiq darj qilibdur.

465. Ayn ul-quzot Hamadonyy q. s.

Kuniyati va oti Abulfazoyil Abdulloh b. Muhammad b. Mayonajiydur. Ayn ul-quzot laqabidur. Shayx Muhammad Hammuya bila suhbat tutubdur. Va Shayx Imom Ahmad Gʻazzoliy q. s. ning murididurur va suvariy va ma’naviy fazoyili musannafotidin ma’lumdur. Ne arabiy va ne forsiy onchakim, haqoyiqu daqoyiq kashfi va sharhi ul qilibdur, bu toifadin oz kishi qilmish boʻlgʻay. Va ondin xavoriqi odot ihyoyu amvotqacha zuhurgʻa kelibdurlar. Va aning bila Shayx Imom Ahmad Gʻazzoliy q. s. orasida koʻp mukotabot va murosalot bor. Ul jumladin biri «Ayniyya» risolasidurkim, Hazrat Maxdumi n. m. n. debdurki, imom anga bitibdurki, ravonligʻ va salosatda aytsa boʻlurki, naziri yoʻqdur. Va Ayn ul-quzot «Zubdat ul-haqoyiq» kitobida bitibdurki, andin soʻngra rasmiy ulum guftu goʻyidin malul boʻldum. Hujjat ul-islom musannafoti mutolaasigʻa mashgʻul boʻldum va toʻrt yilgʻacha ishtigʻolim munga erdi. Chun maqsudumni andin hosil qildim, sogʻindimki, asli maqsudnmgʻa yetdim.

Bayt:

[Zaynab va Rubob manziliga tush va joylashib olki,
u yer yoru doʻstlarning istiqomat joyidur](1).

Va yaqin erdiki, talabni tark qilgʻaymen va ma’lum qilgʻonimgʻa iktifo koʻrguzgaymen. Bir yil bu maqomda qoldim. Nogoh Sayyidiy va mavloyi shayxul-islom sulton ut-tariqa Ahmad bin Muhammad Gʻazzoliy r. t.

Hamadongʻakim, mening asli vatanimdur, keldi va aning suhbatida yigirma kunda manga bir nima zohir boʻldiki, mendin va talabimdin oʻzga hech nima boqiy qoʻymadi, illo moshoalloh. Va manga emdi hech ish yoʻqdur, fano talabidin oʻzga ul nimada. Va agar Nuh umri topsam va bu talabda fano qilsam, hech ish qilmamish boʻlgʻaymen. Va ul nima olamni ihota qilibdur. Koʻzum hech nimaga tushmagayki, aning yuzin anda koʻrmagaymen. Har nafaski, istigʻroqim anda ortmagʻay manga muborak boʻlmasun.

466. Shayx Baraka r. t.

Ayn ul-quzot r. oʻz musannafotida andin hikoyat aytur. Bir yerda debdurki, Baraka fotiha va bir necha suradin oʻzga Qur’ondin bilmas va ani ham qoida sharti bila oʻqiy olmas. Va «qola yaqulu» oʻqimaydur va bilmas. Va Hamadoniy til bila mavzun soʻz ayta olmas: Va men bilurmenki, Qur’on ul bilur durust va men bilman, magar ba’zini. Ba ul ba’zini ham tafsir va aning gʻayridin bilmanmen, aning xidmati yoʻlidin bilurmen. Va yana bir yerda debdurki, Hazrat Xoja Imom Shayx Ahmad Gʻazzoliy q. s. din eshittimki, dediki, Hazrat Shayx Abulqosim Gurgoniy r. t. hargiz iblis demas erdi. Har qachon aning oti mazkur boʻlsa erdi, Xojai xojagon va Sari mahjuron der erdi. Shayx Baraka chun eshitti, dediki, Sari mahjuron degani yana bir fiqra yaxshiroqdur.

Yana bir yerda debdurki, Baraka r. a. dediki, birovning bir farzandi bor erdi. Andin soʻrdiki, ey farzand, hargiz rishgov boʻlubsen? Ul dediki, rishgov kimdur? Dedi uldurki, har saboh uyidin chiqsa, ayturki, bu kun bir ganj topsam! Debdurki, ey ota, to men bor ekanmen, rishgov ekanmen.

467. Shayx Fatha r. t.

Ayn ul-quzot q. s. musannafotida Shayx Fathadii hiqoyat qilur! Bir yerda debdurki, Fatha ayttiki, Haq s. t. din shar yetmas. Va yana bir yerdakim, Baraka q. s. din eshittimki, Fatha der erdiki, Iblis dediki, mendin siyoh gilimroq Fathadur. Va bu soʻzdin soʻngra yigʻladi. Va yana bir yerda debdurki, chun murshidlar va pirlar komil boʻlsalar, bilurlarki, har murid qaysi maqomgʻacha yetaolur, andoqki Fatha aytur erdi. Va andin koʻp eshitib erdiki, falon falonning qadamigʻa yetkusidur va falon falonning, vallohu taolo a’lam.

468. Shayx Ziyouddin Abunnajib Abdulqohir Suhravardiy q. s.

Zohir va botin ulumida komil ekandur. Koʻp tasnif va ta’lifi bor. Nisbati oʻn ikki vosita bila amir ul-moʻ’minin Abubakr Siddiq r. a. ga yetur. Va tasavvufda nisbati Shayx Imom Ahmad Gʻazzoliy q. s. dur.

Ul «Adab ul-muridin» kitobida kelturubdurki, [agar faqirlik koʻngul rizosi bilan bogʻliq boʻlsa, boylikdan afzalligiga ittifoq qilishgan. Bir kishi «Beruvchi qoʻl oluvchi qoʻldan yaxshiroqdir» – deb, paygʻambar a. s. soʻzini dalil keltirsa, unga aytiladi: «Beruvchi qoʻl oʻzida borini berish bilan fazilatga ega boʻladi. Oluvchi qoʻl borini hosil qilish bilan nuqson topadi».

Ammo saxovat va ehsonning afzalligi faqirlikning fazilatiga dalildir. Kimki, boylik, infoq-ehsonni faqirlikdan afzal desa, goʻyo tavba sharofatidan gunohni toatdan afzal bilgan odamga oʻxshaydi](1). Va Imom Yofi’iy tarixida debdurki, Shayx Abunnajib q. s. ashobidin biri dediki, bir kun Hazrat Shayx bila Bagʻdod bozoridin oʻtar erduk. Bir qassob doʻkonigʻa yettuk, bir qoʻy osigʻliq erdi. Shayx koʻzi ul qoʻy sari tushgach dediki, bu qoʻy aytadurki, meni oʻlturmaydurlar, oʻzum oʻlubmen. Qassob bu soʻzdin bexud yiqildi. Oʻziga kelgach, Shayxning qavli sidqigʻa iqror qildi va toyib boʻldi. Va Shayx Abunnajib Suhravardiy besh yuz oltmish uchda bu olamdin oʻtubdur.

469. Shayx Ammor Yosir q. r.

Shayx Abunnajib Suhravardiyning ashobidindur, Noqislar takmilida va muridlar tarbiyatida va alarning vaqoye’ kashfida bagʻoyat komil ermish. Shayx Najmuddin Kubro q. s. «Favotih ul-jamol» otligʻ kitobida kelturubdurkim, chun Shayx Ammor Yosir xidmatigʻa yettim va aning izni bila xilvatqa kirdim, xotirgʻa keldikim, chun ulumi zohiriy iktisobin qilibmen, gʻaybi futuhot dast bergandin soʻngra ani minbarlar ustida Haq subhonahu toliblarigʻa yetkurgaymen. Chun bu niyat bila xilvatqa kirdim, xilvat tamom muyassar boʻlmadi va chiqdim. Shayx dedikim, avval niyating tashihin qil, andin soʻngra xilvatqa kir! Aning botinining nurining partavi koʻnglumga tushdi, kitoblarimni vaqf qildim va liboslarimni fuqarogʻa ulashdim, bir jubbadin oʻzgakim kiyib erdim: Va dedimkim, bu xilvatxona mening qabrimdur va bu jubba kafanim, manga yana tashqari chiqmoqning imkoni yoʻqdur. Va azm qildimkim, agar manga chiqmoq doiyasi gʻolib boʻlsa, kiyganimni yirtayin, to sotiri avrat qolmagʻay va to istihyo xuruj man’i boʻlgʻay. Shayx manga boqdi va dediki, kirgil, niyatni durust qilding. Chun kirdim, xnlvat itmomi dast berdi. Shayxning himmati yumnidin futuhot eshiklari yuzumga ochildi.

470. Shayx Roʻzbexoni Kabir Misriy r. t.

Goziruniyul-asldur, ammo Misrda boʻlubdur. Shayx Abunnajib Suhravardiy q. s. muridlaridindur. Aksar avqot istigʻroqda boʻlur ermish. Va Shayx Najmuddin Kubro aning suhbatigʻa yetibdur va anda riyozatqa mashgʻul boʻlubdur va xilvat oʻlturubdur. Va Shayx Roʻz-bexoni Kabir alarni quyavliqqa qabul qilib, alargʻa Shayxning qizidin ikki oʻgʻul boʻlubdur. [Majduddin Bagʻdodiyning «Tuhfat ul-bararah» kitobida yozilgan: «Shayximiz Abuljanobdan eshitdim. U kishi Misrda Roʻzbexonning shunday deganini eshitdim, deydi: «Menga bir necha marotaba «namozni tark qil, sen bunga muhtoj emassan»,– deyildi. Men: Ey Rabbim, bunga toqat qilolmayman, menga boshqa narsani taklif qil”,– dedim](1).

471. Shayx Ismoil Qasriy q. s.

Ul ham Shayx Abunnajib Suhravardiy ashobidindur. Va Shayx Najmuddin Kubro q. s. aning suhbatigʻa yetibdur va aning iligidin xirqa kiyibdur. Va ul Muhammad Monkildin va ul Muhammad b. Dovud al-ma’ruf bi-Nodim ul-fuqarodin va ul Abulabbos Idrisdin va ul Abulqosim Ramazondin va ul Abu Ya’qub Tabariydin va ul Abu Abdulloh b. Usmondin va ul Abu Ya’qub Nahrajuriydin va ul Abu Ya’qub Susiydin va ul Abdulvohid b. Zayddin va ul Kumayl b. Ziyoddin q. t. a. va ul amir ul-moʻ’minin Ali b. Abu Tolib r. t.din va alar Hazrat Risolat s. a. v. din. [Ba’zi asarlarida Shayx Ruknuddin Alouddavla Simnoniy, Alloh ruhini muqaddas qilsin, shunday zikr qilgan](1).

472. Shayx Najmiddin Kubro q. t. r.

Kuniyatlari Abuljanobdur va otlari Ahmad b.

Umar Xevaqiy va laqablari Kubrodur. Va debdurlarki, alargʻa Kubro andin laqab boʻldiki, yigitlik avonidakim, zohir ulumi tahsiligʻa mashgʻul ermishlar, har kim bilakim, munozara va mubohasa qilsalar er-mish – ul kishiga gʻolib boʻlurlar ermish. [Shuning uchun unga «Tommat ul-kubro» laqabini berdilar. U ancha vaqtgacha shu laqab bilan atalib keldi. Keyinroq «tomma» soʻzini qoldirib, «Kubro» deb atay bosh-ladilar. Mana shu vajh toʻgʻriroqdir. Buni uning rostgoʻy, ishonchli ashoblari naql qilgan](1). Va alarni Shayx Valitarosh ham debdurlar. Oning uchunki, vajdu hol gʻalabotida muborak nazarlari har kimga tushsa, valoyat martabasigʻa yetar ermish.

Bir kun bir tojir tafarruj rasmi bila Hazrat Shayx xonaqosi eshigiga borgʻon ermish va ul Hazratqa qaviy holate ermish, muborak nazarlari ul bozirgongʻa tushmish. Filhol valoyat martabasi anga hosil boʻlmish. Shayx anga irshodu talqin ijozati bitib, oʻzi mulkiga uzatmishlar, to ul mulkda xaloyiqni Tengriga irshod qilgʻay. Bir kun ul Hazrat majlisida Ashobi kahf ahvolianing taqriri va tahqiqi oʻtar erdi. Shayx Sa’diddin Hamaviy q. s.ki, Hazrat Shayxning ashobidindur, xotirigʻa oʻttikim, oyo bu ummatda andoq kishi oʻlgʻaymukim, suhbati itga asar qilgʻay? Hazrat Shayx karomot nuri bila ma’lum qildilar va qoʻpub xonaqoh eshigiga borib turdilar. Nogoh bir it yetishdi va quyrugʻin tebratadur erdi. Alarning mubarak nazarlari ul it sori tushdi. Filhol baxshish topib, mutahayyir va bexud boʻlub, shahrdin yuz evurdi va goʻristongʻa mutavajjih boʻldi va boshin yerga surtar erdi. Debdurlarki, har yon borsa, kelsa erdi, ellik-oltmishqa yaqin it oni erishib, ondin ayrilmaslar erdi va qayda sokin boʻlsa, tegrasida halqa urub, iliklarin ilik ustiga qoʻyib, un chiqarmaslar erdi va nima yemaslar erdi va hurmat bila turarlar erdi. Oqibat ul yaqinda oʻldi. Ul Hazrat buyurdilarki, oni dafn qildilar va qabri boshida imorate yasadilar. Hazrat Shayx Tabrizda «Muhyis sunna»ning shogirdlaridin biri qoshidaki, oliy sanadi bor ermish «Sharh us-sunna» kitobi oʻqur erdi. Chun oxirlarigʻa yetti. Bir kun ustod huzurida jam’i aimma bila oʻlturub «Sharh us-sunna» oʻqur erdi. Darveshe kirdiki, tanimaslar erdi. Ammo aning mushohadasidin Shayxqa tagʻayyur yoʻl topdi. Andoqki qiroat majoli qolmadi. Soʻrdilarkim, bu na kishidur? Dedilarki, Bobo Faraj Tabriziydurki Haq taoloning majzublari va mahbublaridindur. Shayx ul kecha beqaror erdi. Saboh ustod xizmatigʻa kelib dediki, Bobo Faraj xizmatigʻa borali va iltimos koʻrguzdi. Ustod ashob bila muvofaqat koʻrguzdilar. Bobo xonaqosi eshigida xodime erdi, Bobo Shodon otligʻ, chun alarni koʻrdi, ichkari borib, Bobodin ijozat tiladi. Bobo dedikim, agar andoqki Tengri dargohigʻa borurlar, kela olsalar, kir, denglar! Shayx debdurkim, chun Boboning nazaridin bahramand boʻlub erdim. Soʻzining ma’nisini bildim. Har ne kiyib erdim, chiqardim va ilikimni koʻksumga qoʻydum. Ustod va ashob ham muvofaqat qildilar. Bobo qoshigʻa kirduk va oʻlturduq. Bir zamondin soʻngra Boboning holi mutagʻayyir boʻldi va suratida azimate paydo boʻldi va quyosh qursidek duraxshon boʻldi va liboskim kiyib erdi, anga sigʻa olmay, shikof boʻldi. Chun bir zamondin soʻngra oʻz holigʻa keldi, qoʻpti va ul libosini menga kiydurdi va dedikim, senga daftar oʻqur chogʻ emas, vaqtdurki, olamning sardaftari boʻlgʻaysen. Mening holim mutagʻayyir boʻldi va botinim har nedin Haq gʻayridur munqati’ boʻldi. Chun andin chiqtuq. Ustod ayttikim «Sharh us-sunna»din oz qolibdur. Bir-ikki kunda oni oʻqi! Oʻzga oʻzung bil! Chun sabaq boshigʻa bordim. Bobo Farajni koʻrdumki, kirdi va dedi: Tuno kun manzili «ilm ul-yaqin»din oʻttung. Bu kun yana ilm boshigʻa borursen. Men dars tarkin tuttim va riyozat va xilvatqa mashgʻul boʻldum. Ulumi laduniy va voridoti gʻaybiy koʻrina boshladi. Dedim: hayf boʻlgʻayki, ul favt boʻlgʻay! Oni bitir erdim. Boboni koʻrdumki, kirdi va dedi: shayton senga vasvasa beradur. Bu soʻzlarni bitima! Davot va qalamni tashladim va koʻngul barchadin jam’ qilib, qulluq boshladim. Amir Iqbol Siyistoniy Shayx Alouddavla q. s.dinki oning piridur va oning soʻzlaridin bir kitob jam’ qilibdur. Mundoq naql qilibdurki, Shayx Najmuddin Kubro Hamadongʻa borib, Hadis ijozati hosil qildi va eshittiki, Iskandariyada muhaddise iorki, oliy sanadi bor. Onda ham borib, ijozat hosil qildi. Qaytib kelurda, Hazrat Risolat s. a. v.ni voqeada koʻrdi va iltimos qildiki, Hazrat anga kuniyate bagʻishlagʻay. Abuljanob kuniyatn Hazratdin anga inoyat boʻldi. Soʻrdiki, Abuljanob muxaffa? Buyurdiki, lo, mushaddada. Chun voqeadin uygʻondi. Bu kuniyatdin anga bu ma’ni yuzlandiki, dunyodin ijtinob qilmoq kerak! Darhol tajrid qildi va piri murshid talabigʻa musofir boʻldi. Har kishiga irodati durust boʻlmas erdiki, donishmand erdi va boshi har kimga inmas erdi. Chun Xuziston mulkiga yetti va Dizpul degan yerda bemor boʻldi. Oʻzin har nav’ bila boʻlsa, shayx Ismoil Qasrii xonaqosigʻa yetkurdi va anda ranjurligʻi uzoqqa tortti va shayx ul soʻfilarning samo’i unidin zahmatda erdiki, samo’gʻa munkir erdi. Bir kecha darveshlar samo’da erdilarkim, Shayx Ismoil Hazrat Shayx Najmuddinning boshi ustiga kelib ikki ilkin shayx qoʻltuqlarigʻa solib koʻtarib, samo’gʻa kiyurub, necha davr aylandurub, tomgʻa tayab qoʻydi. Shayxdin tamom ranj zoyil boʻlib erdi. Oʻzin sahih topti va irodat hosil boʻldi va Shayx Ismoilgʻa irodat ilki berib, sulukka mashgʻul boʻldi. Va debdurki, chun menga botin ahvolidin xabar boʻldi va zohir ulumin xud vofir kasb qilib erdim. Bir kecha xayolimgʻa keldiki, botin ilmidin xabardor boʻldung va zohir ilming Shayx ilmidin koʻprakdur. Saboh shayx meni tiladi va dedikim, qoʻp, safar qilki, senga Ammor Yosir qoshigʻa bormoq kerak. Men bildimki, kechagi xotirimdin Shayx voqif boʻldi, ammo hech nima demadim va shayx Ammor xidmatigʻa bordim va suluk bunyod qildim. Anda ham bir kecha hamul da’vo koʻnglumga xutur qildi. Saboh Shayx Ammor buyurdikim, Najmuddin, qoʻp va Misrgʻa bor! Shayx Roʻzbehon qoshigʻakim, bu inoniyatni silliy bila sening boshingdin chiqargʻoy! Misrgʻa bordim. Chun Shayx Roʻzbehon xonaqosigʻa kirdim. Shayx hozir ermas erdi. Dedilarki, Shayx vuzu’ qilgʻali tashqari chiqibdur. Keynicha chiqdim. Shayx Roʻzbehonni koʻrdumki, andok oz suv bila vuzu’ qiladurkim, shar’an joGshz emas Yana koʻnglumga nnkore keldi. Chun shayx vuzu’ni tamom qilib, qoʻpti. Ikki oʻl ilkin yuzumga sochti. Ul suv yeggach menga bexudlugʻ asari zohir boʻldi. Shayx chun xonaqogʻa kirdi. Men dogʻi kirdim va shayx shukri vu-zu’gʻa mashgʻul boʻldi va men ham anda turnb, oʻzumdpn gʻoyib boʻldum. Koʻrdumki, qiyomat-qoyim boʻlubdur va doʻzax zohir, elni tutub, oʻtgʻa soladurlar va bu yerda bir tepadur, birov oʻlturubdur. Har kishi desakim, anga mutaallaqdurmen, oni oʻtgʻa solmay qoʻyadurlar. Nogoh meni tuttilar. Men dedimkim, men oning mutaallaqlaridinmen. Oʻtqa solmadilar. Ul tepaga chiqdim. Koʻrdumki, Shayx Roʻzbehondur. Yugurub oyogʻigʻa tushdum. Ul ilikin koʻtarib, bir qattiq silliy boʻy-numgʻa urdi. Andoqki, yuz tuban yiqildim va dediki, mundin ortiq Haq ahligʻa inkor qilma! Chun yiqildim. Ul gʻaybdin hozir boʻldim. Shayx namozning salomin berdi. Hamul dastur bila yugurub oyogʻigʻa tushdum. Shayx hamul voqeadagʻidek mahkam silliy urub, hamul soʻzni aytti. Ul mastligʻ ranjurlugʻi tamom xotirimdin raf’ boʻldi. Andin soʻngra amr qildiki, qayt va shayx Ammor, Yosir qoshigʻa bor! Va anga bir maktub bitib, mundoq zikr qildikim, har necha miskim toparsen, yiborgilki, xolisoltin qilib yuboray! Andin yana Shayx Ammor xizmatigʻa keldim. Va Shayx chun Shayx Ammor xizmatigʻa kelibdur. Muddate anda boʻlubdur. Chun su-luk anga tamom boʻlubdur, Shayx Ammor amr qilibdur-ki, Xorazmgʻa bor! Har necha shayx uzr aytibdurlar, foyda qilmaydur va Xorazmgʻa kelibdurlar va bu tariqni muntashir qilibdur va bu tariqnikim, zohir qilibdurlar, xaloyiq koʻp murid boʻlibdurlar va irshodqa mashgʻul boʻlibdurlar. Chun totor kuffori Xorazmgʻa yetibdurlar. Hazrat Shayx ashobini yigʻib, amr qilibdurlarki, viloyatlaringizgʻa boring! Alar ul Hazratning amri bila oʻz vnloyatlarnga boribdurlar. Ashobdin ba’ziki, Hazrat Shayxqa dogʻi chiqar ilti-mos qilibdurlar. Shayx debdurlarki, biz bu kuffor ilkida shahid boʻlurbiz. Ashob tarqagʻondin soʻngra kim, kuffor Xorazmgʻa kiribdurlar. Hazrat Shayx qolgan ashob bila chiqib, gʻazvgʻa mashgʻul boʻlubdurlar. To shahodat sharbatin totibdurlar. Derlarki, shahodat vaqtida bir kofurning parchamin tutqon ermishlar. Andoqki, shahodatdin soʻngra oʻn kishi ayira olmaydur va ul parchamni kesib ayirdilar. Va ba’zi debdurlarki, Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. gʻazaliyotida ishorat bu qissagʻa va oʻz intisobini Hazrat Shayxqa qilib debdurki,

Ruboiy:

[Biz qoʻlga qadah oluvchn ulugʻvor kishilarmiz.
Oriq echkisi bilan qolgan qashshoqlardan emasmiz.
Bir qoʻlda iymonning xolis sharobin icharlar,
bir qoʻlda kofirning kokilin mahkam tutarlar](2).

Hazrat Shayxqa muridlar koʻp erdilar, ammo alardin nechasi jahonda yagona va zamonda muqtado va far-zona erdilar. Andoqki, Shayx Majduddin Bagʻdodiy va Shayx Sa’duddin Humuyiy va Bobo Kamol, Jandiy va Shayx Rozuddin Ali Lolo va Shayx Sayfuddin Boxarziy va Shayx Najmuddin Roziy va Shayx Jamoluddin Giliy r. t. Va ba’zi debdurlarki, Mavlono Bahouddin valadki, Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s.ning volidi boʻlgʻay, ham alardindur. [Uning, Alloh sirrini muqaddas qilsin, shahid boʻlgan sanasi – yetti yuz oʻn yettinchi yil](3).

473. Shayx Majduddin Bagʻdodiy q. s.

Kuniyati Abu Saiddur va oti Majduddin Sharaf b. Muayyad b. Abulfath Bagʻdodiy r. Asli Bagʻdoddindur. Xorazmshoh Bagʻdod xalifasidin tabibe tiladi. Aning otasin yubordi. Va ba’zi debdurlarki, Bagʻdodedindurki, Xorazm kentlaridindur. Va ul sultonning muqarriblaridin erdi. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. buyurubdurki, ulki derlar amrad ermish, Hazrat Shayx xidmatigʻa yetibdur, xilof voqe’dur. Yoshga yetgan uluq yigit erdi, ammo latif surati va hay’ati bor erdi. Hazrat Shayx ani avval mutavazzo xidmatyagʻa amr qildi. Volidasi eshitti va ul tabibaye erdi va Hazrat Shayx ham tabib erdilar, aytib yubordikim, farvand Majdudduigʻa xidmate buyurgʻan ermishsiz va ul nozuk kishidur, agar murod ul xidmatdur, men oʻn turk qul yuborayin, to ul xidmatni bajo kelturgaylar va anga oʻzga xizmate buyuring! Shayx dedilarki, anga aytingki, men eshitibmenki, tib ilmin bilursen, sendin bu soʻz ajabdur. Agar sening oʻgʻlunggʻa safroviy isitma tashvish bersa, men doru ul qullargʻa bersam, ul sihhat toparmu? Ul javob topmadi. Bu nav’ tarbiyatkim, Hazrat Shayx q. s. Shayx Majduddingʻa bunyod qildilar. Bir necha vaqtdin soʻngrakim, riyozatlar tortib suluklar qildi, oliy marotib hosil qilib, buyuk maqomlargʻa qadam qoʻydi. Derlarki, Shayx Majduddin bir kun darveshlar bila oʻlturub erdi. Anga sakre gʻolib boʻldi. Dedi: biz oʻrdak bayzasi erduk daryo qirogʻida va Shayx qushe erdiki, qanoti ostida bizni parvarish berib tarbiyat qildi, to ul bayzadin chiqtuq. Chun oʻrdak bolasi erduk, daryogʻa kirduk va Shayx qiroqqa qoldi. Va Hazrat Shayx karomat nuri bila ul soʻzga voqif boʻldilar va muborak tillarigʻa keldiki daryoda oʻlgay. Shayx Majduddin bu soʻzni eshitib qoʻrqdi va Shayx Sa’duddin Hummuyiy qoshigʻa kelib koʻp tazarru’ qildikim, bir kunki Hazrat Shayxning vaqtlarin xush topsang, manga xabar qil, to hazratlarigʻa kelib uzr qilay! Bir kunki, Shayx hazratlari samo’da xushhol boʻlub erdilar. Shayx Sa’duddin Shayx Majduddingʻa xabar qildi. Ul ayogʻ yalang keldi va bir tashtda oʻt toʻldurub, boshigʻa koʻtarib, kashfgohda turdi. Chun Shayx Hazratlarining muborak nazari anga tushti, dedilarki, chun darveshlar tariqi bila parishon soʻzung uzrin qilasen. Imon va din salomat eltting, ammo boshing borgʻay va daryoda oʻlgʻaysen va biz ham sening boshinggʻa borgʻaybiz va sardorlar boshi va Xorazm maliki sening boshingda borgʻay va olam xarob boʻlgʻay. Shayx Majduddin, Shayx hazratlarining muborak oyogʻlarigʻa tushti. Va oz fursatda Hazrat Shayxning muborak nafasi zohir boʻldi. Shayx Majduddin Xorazmda va’z aytur erdi va Xorazmshohning onasi va’zigʻa borur erdi. Va jamila zaifa erdi. Dushmanlar fursat asradilar va Xorazmshoh mast ekanda, anga ayttilarki, onang Imom Abu Hanifa mazhabi bila Shayx Majduddinning nikohigʻa kiribdur. Sulton bagʻoyat mutyagʻayyir boʻldi va buyurdikim, Shayx Majduddinni Jayhun suyigʻa soldilar. Har ne Xorazmshoh va Xorazm axli va oʻzi bobida va olamning xarob boʻluri sababida Hazrat Shayx, deb erdi, barcha vujud tutti. Chun Shayx Majduddinni olti yuz yettida, yo olti yuz oʻn oltida shahid qildilar, xotuni Nishoburdin erdi, ani Nishoburgʻa naql qiddi va andin sakkiz yuz uchda Isfaroingʻa naql qildilar.

474. Shayx Sa’duddin Hummuyiy q. S

Oti Muhammad Mu’ayyad b. Abubakr b. Abulhasan b. Muhammad Hummuyiydur, andoqki yuqori oʻtti. Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindur q. s. [Yofi’iy tarixida keltiriladi; u hol va riyozat egasi, doʻst va muridlari, hikmatlari bor edi. Qosyun togʻ etagida bir muddat yashadi, soʻng Xurosonga qaytib, shu yerda vafot etdi](1). Zohiriy va botiniy ulumda yagona ermish, koʻp musannafoti bor. «Mahbub»dek va «Sajanjal ul-arvoh» va bulardin oʻzga dagʻi. Va musannafotida marmuz soʻzlar, mushkil kalimotu arqom va ashkolu davoyir koʻpdurki, aqlu fikr nazari aning kashfu hallidin ojizdur. Va hamonoki, to basirat koʻzi kashf nuri bila munfatih boʻlmagʻay, alarning idroki muta’azzirdur. Ul debdurki, [Alloh subhonahu menga bashorat qilib dedi: Mening zikrim va ta’rifim xususidagi soʻzlaringni kimki e’tiqod ila qabul qilsa va tinglasa, muhaqqaq u kishining xotiriga ilm va ma’rifat urugʻi qadalgaydir. Garchi oʻsha payt mavhum boʻlib qolsa ham, keyinroq unga biror sabab yuzasidan nasiba yetadi](2). Shayx Sadruddin Kunyaviy aning suhbatigʻa yetar ekandur. Debdurki, ul dediki, mavosiq yettidur. [Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?](3) miysoqigʻa munhasir emas. Va muni oʻz piridinki Hazrat Shayx Muhyiddin q. s. boʻlgʻay, soʻrubdur. Shayx debdurki, ul kulliyotni debdur, juz’iyot mundin dogʻi koʻprakdur. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot»da Shayx Mu’ayyaddin Jandiy debdurlarki «Fusus ul-hikam» sharhida bitibdurki, bir kun Shayx Sadruddin samo’ majlisida Shayx Sa’duddin bila hozir erdi. Shayx Sa’duddin samo’ asnosida yuzin bir suffa sariki, ul manzilda erdi, qilib, adab va tavoze’ bila muddate turdi va andin soʻngra koʻzin yumdn va dedi: [Bu Sadruddin qayerda?](4). Chuk Shayx Sadruddin olligʻa keldi, koʻzin aning yuziga ochdi va dediki, Hazrat Risolat s. a. v. bu suffada hozir erdilar, tiladim, koʻziki ul Hazratning jamoli mushohadasigʻa musharraf boʻlubdur, avval sening yuzungga ochqaymen. Va bu ruboiy aningdurki,

she’r:

[Ey qalbim sururi, koʻzimning nuri,
sen bilan qalbim saharda uygʻondi.
Munojot qilib, dilu jon bilan aytdim:
Ey oy yuzligim, vujudim sendadur, sen mening koʻzimda](5).

Bu ruboiy ham aningdur.

Ruboiy:

[Kufr istasang nigorim zulfini koʻr,
iymon tilasang, yorim orazini koʻr!
Yorim azizligiyu, mening muhtojligimni koʻrmoqchi boʻlsang,
kufrga aralashmayu iymonga boqma!](6).

Umri oltmish uchga yetti va olti yuz ellikda Azho iydida dunyodin oʻtti. Va qabri Bahroboddadur.

475. Shayx Sayfuddin Boxarziy q. s.

Shayx Najmuddin Kubroning xulafosidindur. Zohiriy ulum tahsili va takmilidin soʻngra Hazrat Shayx mulozamatigʻa musharraf boʻldi va tarbiyat toptin. Avoilda ani xilvatqa oʻlturtur erdilar. Ikkinchi «Arbain»da aning xilvati eshigiga keldilar va muborak barmogʻin xilvat eshigiga urdilar va chorladilarki, ey Sayfuddin! Va bu baytni oʻqidilar.

Bayt:

[Men oshiqman, dardu gʻam menga yor,
Sen ma’shuqsan, gʻam ila ne ishing bor?](1).

Qoʻp va chiq! Oning ilkin tutub, xilvatdin chiqardilar. Bir qatla Hazrat Shayx uchun Xitoydin bir kanizak kelturub erdilar. Zifof kechasi ashobgʻa buyurdilarki, biz bu kecha mashru’a lazzatqa ishtigʻol koʻrguzurbiz. Sizlar dogʻi bu kecha riyozat tarkin qiling va farogʻat va osudaligʻ bila boʻlung! Chun Shayx Hazratlari bu amrni ashobqa qildilar. Ul kecha Shayx Sayfuddin bir uluq ibriqqa suv toʻldurub, Hazrat Shayxning xilvat eshigida boʻldi. Subh vaqtiki, shayx chiqdilar va oning ul xizmatin bildilar, dedilarki, biz deb erdukki, bu kecha oʻz lazzat va huzurungizgʻa mashgʻul boʻlgʻaysiz. Sen nevchun oʻzungni bu riyozat va ranjgʻa solding? Dedi: Siz buyurdingizki, har kishi oʻz lazzat va huzurigʻa mashgʻul boʻlsun! Menga hech lazzat va huzur mundin oʻzga yoʻqdurki, Hazrat Shayx ostonida xizmatda boʻlgʻaymen. Hazrat Shayx buyurdiki, bashorat boʻlsun sengakim, podshohlar sening rikobingda yugurganlar.

Bir kun salotindin biri Shayx Sayfuddin xizmatigʻa kelib erdi. Borur chogʻda iltimos qildikim, bir ot Shayx nazri kelturubmen. Tilarmenki, oʻzum qoʻldab, shayxni otlandursam. Shayx oning iltimosin qabul qilib, ot qoshigʻa keldi va ul podshoh otning jplovnn tutub, qoʻldab, shayxni otlandururda ot sarkashligʻ qilib va tundluq qilib, inonin olib, toʻylab yugurdi va nodshoh ellik qadamgʻa yaqin otni toʻqtatur uchun jilovin tutib rikobida yugurdi, to toʻqtadi. Shayx ul podshohgʻa ayttikim, bu otning bu tundluq qilgʻonida hikmat bu erdikim, Hazrat shayx q. r. bizni mundoq duo qilib erdilar va oʻtgan hikoyatni tamom aytti. Va bu ruboiy Shayxning anfosidindur.

Ruboiy:

[Harchand gohida ishqdan begonaman.
Ofiyat bilan oshnoyu hamxonaman.
Nogoh bir parichehrani koʻrib qolsam,
Barchasidin kechib, bir devonaman’](2).

Olti yuz ellik sakkizda olamdin oʻtubdur va qabri Buxorodadur. Shayxul olamgʻa mashhurdur.

476. Ayn uz-zamon Jamoluddin Giliy q. s.

Ul dagʻi Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning xulafosidindur. Bagʻoyat donishmand va fozil ermish. Avoyildaki, Hazrat Shayx suhbati azimati qildi, kitobxonagʻa kirdi va ulumi aqliy va naqliy latoyifidi majmuaye intixob qildiki, safarda aning munisi boʻlgʻay va Xorazm azimati qildi. Chun yaqin yetti, bir kecha voqe’ada koʻrdiki, Hazrat Shayx anga ayturki, ey Giliykina, yukingni tashla, dagʻi kel! Chun uygʻondi andisha qildiki, chun men dunyo asbobidin hech nima: koʻtarmayman, yukum ne nima boʻla olgʻay? Yana kecha ham ushbu voqe’ani koʻrdi va uchunchi kecha ham koʻrdi. Tahayyur yuzidin voqe’ada Shayxdin soʻrdikim, yo Shayx, yuk ne nimadur? Ul hazrat dedilarki, ul majmuaki koʻtaribsan. Uygʻongach, ul majmuani Jayhungʻa tashladi. Chun Hazrat Shayx mulozamatigʻa musharraf boʻldi, ul Hazrat dedilarki, agar ul yukni tashlamasang erdi, hech foyda qilmas erdi. Pas anga xirqa kiydurdilar va arba’ingʻa oʻlturttilar. Arba’in itmomidin soʻngraki, ulugʻ marotib hosil boʻldi. Ayn uz-zamon laqabi berdilar. Shayx Ayn uz-zamon Qazvinda boʻlur ermish. Aning sodotidin biri Sherozgʻa borur erdi. Shayx xidmatigʻa keldi va Sheroz podshohigʻa siporish iltimos qildiki, Shayx Ayn uz-zamongʻa koʻp irodati bor erdi. Shayx kogʻaz va davot va qalam tiladi Va bitidiki: Asal va roziyona. Va anga berdiki, muni podshoh iligiga bergansen. Ul sayyid chun Sherozgʻa yetti, podshoh eshikiga bordi. Dedilarki, ichi ogʻriydur va hammomdadur. Musofir xammom boshigʻa bordi va Shayxning ruq’asin andoq qildiki, podshoh iligiga yetti. Podshoh dediki, Shayx karomat nuri bila ma’lum qilibdurki, bizda maraz bor va davo bitibdur. Filhol asal va roziyona tilab yedi va ul ogʻriq daf’ boʻldi. Va ruq’a: kelturgan kishiga koʻp rioyatlar qildi.

477. Bobo Qamol Jandiy q. t. r.

Chun Bobo Kamol Jandiy Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q. .s. xidmatida ikmol va takmil martabasi topti. Hazrat Shayx anga xirqa kiydurdi va Turkiston sari havola qildi. Va dedikim, Turkiston viloyatida Mavlono Shamsuddin Muftiyning farzandiki otin Ahmad Mavlonodur, bizing bu xirqani anga yetkur va tarbiyatni andin darigʻ tutma! Chun Bobo Kamol maqsadgʻa yetti, jamoat atfolni koʻrdikim oʻynaydur erdilar va bir tiflki, Ahmad Mavlono boʻlgʻay, alarning toʻnlarin asrab oʻlturub erdi. Chun Bobo Kamolni Koʻrdi, qoʻpti va istiqbol qilib, salom qildi. Va dediki, necha biz oʻzgalarning toʻnin asragʻaybiz va siz bizing toʻnumuzni asragʻaysiz. Bobo aning bila muso-faha qildi va Muftiy uyigʻa iligin tutub kirdilar. Muftiy dediki, bu farzand majzubdur, shoyad shoyista xidmat qila olmagʻay. Ulugʻ ogʻasi Donishmand Mavlono bagʻoyat ziyrak va muaddabdur. Bobo dediki, anga ham nasib boʻlgʻay, ammo biz Hazrat Shayx havolasi va ishorati bila munung xidmatigʻa kelibbiz. Ahmad Mavlono oz fursatda azim tarbiyatlar topti va koʻp kushodlar anga yuzlandi va aning kamolotining ovozasi mashhur boʻldi va koʻp toliblar aning suhbatida tarbiyat topib, kamolgʻa yettilar. Va alardin biri Shayx Bahouddin Kubrodurki, ogʻasi Donishmand Mavlononingki, oti Muhammad erdi, tarbiyatin anga havola qildi. Va Shayx Bahouddin oʻz farzandining tarbiyatinki, oti Abulfutuh erdi, Donishmand Mavlonogʻa havola qildi. Va hamono Xoja Abulvafo Xorazmiy q. s. xidmatlarigʻa intisob Abulfutuhgʻadur, andoqki, oʻz silsilasi mashoyixining bayonida aytibdur.

Nazm:

[Fayz, irshod Rasululloh s. a. v.dan hazrat Aliga, u kishidan sirlar xazinasi Hasanga, u kishidan Habibga, soʻng Toiyga, soʻng Ma’rufga, soʻng Sariyga, soʻng Junaydga, soʻng ikki Abu Aliga, soʻng yaxshilar sirri-Magʻribiyga, bulardan keyin Abulqosimga, keyin Nassojga, soʻng Imom Ahmadga, soʻng Suhravardiyga, soʻng Ammorga, mazkur ulugʻlardan soʻng yaxshilarning peshvosi, pok kishilarning sarvarin – Shayx Najmuddinga, soʻng Kamolga, soʻng «Din va millat baho»siga, soʻng Muhammadga, soʻng ulugʻlar faxri – Abulfutuhga yetdi](1).

478. Xoja Abulvafoiy Xorazmiy q. s.

Xoja Abulvafo xizmatlarigʻa tavhid arbobi va mavojid va azvoq ashobi soʻfiya mashoribidin shurbi tamom bor ermish. Andoqki alarning rasoil va ash’oridin, bataxsis ruboiyotidin bu ma’ni zohirdur va bu da’vo isbotigʻa necha ruboiy keltirilur.

Ruboiyot:

[Garchi vasfingda ojizu hayronman,
Sen jon hayotiyu jonimsan.
Koʻzimning nuri sensan – koʻraman,
Aqlimning donoligi sensan – bilaman.
* * *
Toki tirik ekanman, sendan judo boʻlmagʻayman,
Bu mening mas’ud toleimga dalildir.
Agar yoʻqolgan boʻlsam, zotingga gʻoyib boʻlganman,
Mavjud esam, nuringda zohir boʻlganman.
* * *
Haqning ba’zi botil zuhurotlari borki,
Kim ularni inkor etsa, johildir.
Butun borliqda haqdan boshqasini koʻrgan –
Haqiqatlar haqiqatidan gʻofildir.
* * *

U pinhonu jahon oshkoradir, irfon ahli buning aksini koʻrdilar. Barcha oshkoru nihon Udirkim, Haq ahdidin boʻlsang hammasini faqat «Bir» deb bil!

* * *

Birdir U, lekin sen bilgan bir emas, ikkinchisi boʻlmagan birdir U. Agar oʻzingdan kechib, uni bilmoqchi boʻlsang, biror dalilu hujjat Uni bildirolmaydi...

* * *

Gunoh qildim, uzrim gunohimdan yomon, bu uzrda uch narsani: vujudni, qudratni, fe’lni da’vo qilish bekordir. Chunki qoʻrquv ham, kuch-quvvat ham Allohdandir](1). Va alarningg vafoti sakkiz yuz oʻttiz beshda ermish, r. t.

479. Pahlavon Mahmud Pakkayor q. s.

Xevaqdindur va laqabi mashhur Puryorgʻa ba’zi Pakkayor debdurlar, ammo Xevaqliq kishidin tahqiq va tashih qilildi, Pakkayorgʻa qaror topti, ya’ni barchagʻa Pakkayor. Yor qassobning oʻgʻlidur. Kurashchilikda saromad boʻlub, azim shuhrat tutubdur. Yashurun suluk va riyozati ham bor ermish, andoqki, fayz olamidin koʻngligʻa choshni yetgan ermish. Tab’i ham xoʻb ermish. Va nazm aytur ermish. Hind mulkidin bir zargar Hind podshohidin misol kelturub, pahlavon ihzorigʻa iltimos yetkurubdur. Pahlavon bu ruboiyni debdurki,

Ruboiy:

[Zargar bola Moʻlton yoʻllaridan gapirdi,
sultonning talabini menga yetkazdi.
Qayerda menu doʻstlarimning himmati boʻlsa,
Hindistonni ham bir arpaga sotib olmayman](1).

Ammo gʻoyibdin anga ishorate yettiki, bormoq kerak: Hinduston azimati qilib bordi. Hind mulki podshohining bir kurashchisi bor erdi, Pahlavonni aning uchuch tilagan ermishki, aning bila kurashga solgay. Bu soʻzni Pahlavon bila muloqot qilgʻondin soʻngra izhor qilib, muqarrar andoq boʻlmishki, tongla xaloyiqny majmu’ qilib kurashganlar. Kechasi Pahlavon oʻz qoidasi bila niyozmandona mazorot tavofigʻa borib, no-murodligʻ bajo kelturadurganda koʻrubdurki, bir buzurg mazorda yarim kecha bir qari zaifa koʻp tazallum va tazarru’ bila Tengriga munojot qilib yolboradurkim, Xudoyo, bu kelgan pahlavon kurashchi ma’rakasidin mening oʻgʻlumni sharmanda chiqarmagʻaysen! Pahlavon bilibdurki, ul kurashchiningg onasidur, oʻzi bila muqarrar qilibdurki, tongla ul kurashchi iligida yiqilgʻay. Tonglasi podshoh ulugʻ ma’raka yasab, Pahlavonni tilab, ul kurashchi bila kurashga solgʻonda, Pahlavon oʻzi bila Muqarrar qilgʻondek, bir-ikki hamla talashgandin, soʻngra harif ilgida yiqilur. Mundoq manquldurki, uchasi yerga tegib, koʻzi koʻkka tushgach, hijoblar murtafe’ boʻlub, malakut olami koʻziga jilvagar boʻlub, ul podshoh ham murodu maqsadigʻa yetar, ammo chun Pahlavonni tilab, taklif bila kelturgan ermish, rioyatu hurmat tutmakda mubolagʻa qilib, musohabat tariqi bila maosh qilur ermish. Bir kun ovgʻa taklif qilib, oʻzi bila eltganda, togʻ ovi ermish, sayd keynicha chopganda, sayd qoyadin uchar, podshoh dogʻi oti jilovin saqlanolmas, ikki oyogʻi kamar qirogʻida qolib, ikki iligi xato boʻlganda, Pahlavon bila ermish, Ilig urub markabni rokib bila koʻtarib, tuz yerga qoʻyar. Podshoh hayrat qilib derki, muncha mufrit kuch bila ajab erdiki, ul kurashchidin yiqilding. Pahlavon anda bu ruboiyni ayturkim,

Ruboiy:

[Oʻz nafsingga hokim boʻlsang, mardsan,
Xotirlab turishdan gapirsang, mardsan,
Yiqilganni tepish mardlik emas,
Yiqilganning qoʻlidai tutsang, mardsan](2).

Podshoh koʻp niyozmandligʻlar koʻrguzub Pahlavon qaytib, Xevaqqa kelur. Mozori Xevaqdadur, Islom qoidasi adosida bu ikki bayt Pahlavonningdur:

[Bir Allohga iymon keltir, besh vaqt namoz oʻqi,
oʻttiz kun roʻza tut, zakot ber, imkoi boʻlsa, yoʻl
tepib haj qil! Bas, bizning qoʻlimiz sening etagingda,
gunoh qilish bandadan, kechirmoq Xudodandir](3).

Pahlavon Mahmuddin soʻngra Pahlavon Muhammad Abusaid ham oʻz zamonining benaziri erdi. Qabri Ne’matoboddadurur.

480. Shayx Najmuddin Roziy al-Ma’ruf bi-Doya q. s.

Ul dagʻi Hazrat Shayx Najmuddin Kubroning ashobidindurki, aning tarbiyatin Shayx Najmuddin Bagʻdodiygʻa havola qilgan ekandur. «Mirsod ul-ibod» va «Bahr ul-haqoyiq» tafsirnning musannifidur. Va Chingizxon voqe’asida Xorazmdin chiqib, Rumgʻa boribdur. Va anga Shayx Sadruddin Qunyaviy va Mavlon» Jaloluddin Rumiy q. s. bila muloqot voqe’ boʻlubdur. Naqldurki, uchalasi bir kun bir majlisda erdilar. Namozi shom qoyim boʻldi, ikki mazkur boʻlgʻoi azizlar imomat iltimosi qildilar. Ul ikkala rak’atda «Fotihat ul-kitob»din soʻngra [«Kofirun»surasini](1) qiroat qildi. Namozdin forigʻ boʻlgʻandin soʻngra Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy Shayx Sadruddingʻa boqib, tiybat yuzidin dedikim, zohiran birini sizing uchun va birini bizing uchun oʻqidi. Vafoti olti yuz ellik toʻrtta voqe’ boʻldi va Bagʻdodning Shuniziyasida qoʻydilar. Va Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, Shayx Sarn Saqatiy va Shayx Junayd Bagʻdodiy q. r. maqbarasidin tashqari qabre erdi, aning qabri deb ayttilar, v. t. a. Va bu ruboiy aning maqulotidindur.

Ruboiy:

(Gar sham’da men kabi judolik dogʻi bor,
yigʻiyu yonish bilan oshnoligi bor.
Sham’ning sarrishtasi oqibatimdan yaxshiroq,
chunki uning boshida yorugʻligi bor](2).

481. Shayx Raziyuddin Ali Lolo Gʻaznaviy q. s.

[U Ali b. Said b. Abdujalil Loloi Gʻaznaviy](1). Va bu Shayx Saidki, Shayx Ali Loloning otasidur. Hakim Sanoiyning ammzodasidur. Haj azimati bila Xurosongʻa kelibdur. Va Abu Ya’qub Imom Yusuf Ha-madoniy suhbatigʻa yetibdur. Va ul vaqtki, Shayx Najmuddin Kubro q. s. hadis talabigʻa Hamadongʻa bordi, Shayx Ali Lolo boʻlur kentning bir yigʻochida tushdi. Ittifoqan Shayx Ali Lolo ham kecha voqe’ada koʻrdiki, bir shotu qoʻyubdurlar, osmongʻacha. Va birav bu shotu boshida turubdur. Va el bir-bir aning qoshngʻa kelurlar va ul bularning iligin tutub, osmongʻacha eltur. Va bu ilig tutub eltgan kishi bu kishining iligin anga berur va ul iligin tutgan kishini osmongʻa eltur. Shayx Ali Lolo ham bordi va aning ham iligin tutub, ul kishi iligiga berdilar va osmongʻa chiqardi. Chun bu voqeani otasigʻa dedi, ul soʻrdiki, ul kishini tanirsen? Dedi: tanirmen va oti ham xotirimdadur. Dedi: talab qilmoq kerakki sening ishing kalidi aning iligidadur. Shayx Ali Lolo aning talabida musofir boʻldi va necha yil olam girdida safar qildi va andin hech nav’ nishon va asar topmas erdi, to ul zamonki, Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q, s. Xorazmgʻa keldi va bu tariqni muntashir qildi. Ul chogʻ Shayx Ali Lolo Turkistonda erdi. Xoja Ahmad Yassaviy q. s. xonaqohida xilvatda oʻlturub erdi. Ittifoqan birov Xorazmdin kelib erdi va Xoja Ahmad Yassaviy q. s. andin soʻradurki, Xorazmda holo hech darveshe bu toifadin bormukim, el bu tariqni andin bilgaylar? Ul dediki, bir yigit paydo boʻlubdur va xalq irshodigʻa mashgʻuldur va koʻp el anga irodat kelturub tegrasigʻa yigʻilibdurlar. Xoja soʻrdilarki, oti nedur? Javob berdiki, Shayx Najmuddin Kubro. Chun Shayx Ali Lolo bu otni eshitti, xilvat ichidin iztirob bila chiqti va safargʻa belin bogʻladn. Xoja soʻrdilarki, ne voqe’dur? Ayttikim, safar qilurmen. Xoja dedilarki, qishdur, tahammul qil yoz boʻlgʻuncha. Shayx Ali Lolo dediki, qilaolmon. Andin musofir boʻlub, Shayx Najmuddin Kubro xidmatlarigʻa keldi va sulukka mashgʻul boʻldi. Andin soʻngra koʻp muddatdin soʻngra Shayx Majduddin Bagʻdodin Hazrat Shayx: mulozamatlarigʻa musharraf boʻldi. Hazrat Shayx oʻttiz besh yoshlarida taxminan sulukka mashgʻul boʻlub-durlar va Shayx Majduddin toʻrt-besh yosh Shayx Ali Lolodin ortugʻ ermish. Ammo Shayx Ali Lolo yigitlikining avvalidan mashgʻul boʻlubdur va alar ul vaqt hanuz sulukka mashgʻul boʻlmagʻon ermishlar. Shayx Ali Lolo mashoyixdin koʻpning suhbatigʻa yetgan ermish. Derlarki yuz yigirma toʻrt shayxi komili mukammaldin xirqa olib ermishlar va vafoti chogʻi yuz oʻn uch xirqa ul jumladin mavjud ermish. Va Hinduston safari qilibdur. Va Aburrizo Ratan suhbatigʻa yetibdur va Rasul s. a. v.ning amonatin andin olibdur. Andoqki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. ani tashih qilibdur va debdurki, [Shayx Raziyuddin Ali Lolo Rasululloh s. a. v. sahobalaridin Aburrizo Ratan b. Nasr r. a. bilan suhbat qilgan va u Rasululloh s. a. v. tarogʻlaridan birini unga bergan](2). Va Shayx Ruknuddin Alouddavla ul tarogʻni bir xirqagʻa chirmab, ul xirqani kogʻazgʻa chirmabdur. Muborak xatti bila ul kogʻazgʻa bitibdurki, [Rasululloh s. a. v. tarogʻlaridan boʻlgan bu tarogʻ va bu xirqa ham uning saqobasi – Aburrizo Ratandan kamina zaifga yetdi](3). Va ham Shayx bitibdurlarki, mundoq derlarki, ul amonat Hazrat Rasul s. a. v.din Shayx Raziyuddin Ali Lologʻa ermish. Va bu ruboiy aning qudsiya anfosidindur.

Ruboiy:

[Jon minglab koʻngullar bilan giriftoringdur,
Koʻngul ham minglab jonlar bilan xaridoringdur.
Diydoring orzusida yurgan talabgorlarning
na uyqusi, na qarori bordir](4).

Hazrat Shayx Raziyuddin Ali Lolo olti yuz kirq ikkida rabiul-avval oyining uchida dunyodin oʻtubdur.

482. Shayx Jamoluddin Ahmad Jurfoniy q. s.

Ul Shayx Raziyuddin Ali Loloning ashobidindur. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. debdurki, Shayx Ahmad ajab zohir kishi erdi, buyuk martabasi bor. Mem gʻaybda aning suluki martabasin Shayx Abulhasan Xaraqoniygʻa munosib toptim va Shayx Ali Lolo suluki martabasin Sulton Boyazid Bistomiygʻa q. s. Shayx Raziyuddin Ali Lolo debdurki, har kim bizing Ahmadning xomushligʻi bila borgʻay, har ne Shibliy g.a Junayddin topibdurlar, andin topqay. Bir kun Shayx Sa’duddin Hummuiy Jurfongʻa yetti. Kishi yubordi va Shayx Ahmadni tiladi. Shayx Ahmad uzlat niyati qilib erdi, kelmadi. Yana kishi yubordiki, kelmak kerakki, manga ishorate yetibdurki, chun sening uchun Shayx Ali ijozat bitibdur, men ham bitigaymen. Shayx Ahmad javob yubordiki, men Haq s. t. ni ijozatnoma bila parastish qilmogʻumdur. Shayx Ruknuddin Alouddavla debdurki, manga bu soʻz andin bagʻoyat xush kelibdur. Bir qatla Shayx Ahmad muridlaridin biriniki muroqabagʻa mashgʻul erdi, kafshin chiqarib, necha kafsh boʻynigʻa muhkam urdi. Ul murid dedi: muroqabadadurmen, Shayx ne uchun ozurda qiladurlar? Shayx dediki, muroqaba biravga yarashurki, bir hafta taom yemamish boʻlgʻay, chun ayogʻ uni eshitkay, xotirgʻa kelmagayki, bu kishi mening uchun taom kelturadur erkin. Shayx Ahmad olti yuz oltmish toʻqquzda rabi ul oxir oyining salxida dunyodin oʻtti.

483. Shayx Nuruddin Abdurrahmon Isfaroyiniy Kasirqiy q. s.

Ul Shayx Ahmad Jurjoniy ashobidindur. Toliblar tasliki va muridlar tarbiyati va alarning vaqos’i kashfida azim shoni bor ermish. Shayx Ruknuddin Alouddavla q. r. debdurki, agar oxir uz-zamonda Shayx Nuruddin Abdurahmon q. s.ning vujudi boʻlmasa erdi, bu toifaning suluki tariqi tamom mahv boʻlur erdi va nishon qolmas erdi. Ammo chun Haq s. t. bu toifaning baraqotin boqiy tilar erdi, aning bila mujaddad qildi. Va ham Shayx Alouddavla debdurki, bir kun jamoatxonada gʻoyib boʻldum. Imom Muhammad Gʻazzoliyni koʻrdumki, oʻlturub erdi va boshin tizi ustiga qoʻyub erdi va qalamni ikki barmogʻi orasida tutub mutahayyir erdi. Soʻrdumki, ne voqe’dur va Imom ne fikrdadur? Dedi: nechuk mutafakkir boʻlmagʻaymenki, men dunyoda simurgʻqa oʻttiz sifat bitibmen va bu soat koʻrarmenki, barcha gʻalatdur. Va bu voqe’ani Shayx Nuruddin Abdurrahmongʻa arz qildim, buyurdiki, ajabdur. Men dagʻi Shaqon kentida erdim va ul vaqt manga soʻz aytmak ma’rifatida koʻp sharah erdi. Gʻaybda koʻrdumki Haq s. t. manga ayturki, sen bilmassanki, har hasratki Imom Gʻazzoliygʻa bor, mundin ortuq yoʻqdurki, sulukni tugatmay bizing xizmatimizgʻa keldi. Andin soʻngraki ul gʻaybdin keldim, oʻz tilimda uqdaye toptim va xomushlik pesha qildim va oʻz ishimga mashgʻul boʻldum. Aning valodati olti yuz oʻttuz toʻqquzda, shavvol oyi ekandur va Bagʻdodda dunyodin oʻtubdur.

484. Shayx Abulmakorim Ruknuddin Alouddavla Simnoniy q. s.

Alar aslda Simnon mulukidindurlar. Oʻn besh yashagʻondin soʻngra vaqt sultoni xidmatigʻa ishtigʻol koʻrguzdilar. Bir urushdaki sultongʻa a’do bila voqe’ erdi, alargʻa jazbaye yetti. Andin soʻngra olti yuz sakson yettida Bagʻdodda Shayx Nuruddin Abdurrahmon Kasirqiy suhbatigʻa yetishtilar, ul vaqtdaki Hijoz safaridin murojaat voqe’ boʻlub erdi. Va olti yuz sakson toʻqqizda irshod izni toptilar. Va yetti yuz yigirmada Sakkokiya xonaqohida oʻn olti yil muddatda yuz qirq arba’in chiqardilar. Derlarki, soyir avqotda yana yuz oʻttuz arba’in ham chiqaribdurlar. Chun yoshlari yetmish yetti yilgʻa yetishti, yetti yuz oʻttuz oltida rajabning ikkisida jum’a kechasi Soʻfiobodning burji ahrorida olamdin oʻttilar. Va Qutbi-zamon Imoduddin Abdulvahhob hazirasida madfun boʻldilar. Bir kun darvishe alardin savol qildikim, chun bu badangʻa tufroqta idrok yoʻqdur va ruh andin muforiq boʻlubdur va arvoh olamida hijob yoʻqdur, ne ihtiyojdur qabr boshigʻa bormoq? Chun har maqomdaki, bir buzurgning ruhigʻa tavajjuh voqe’ boʻlubdur, ham-uldurki kishi qabri boshigʻa boribdur. Shayx dedilarki, koʻp foydasi bor. Biri bukim, birovki bir azizning qabri ziyoratigʻa borur, har necha ul yonki qadam qoʻyar, tavajjuh koʻprak boʻlur. Chun tufrogʻi boshigʻa yetar, hissi dogʻi ul tufrogʻni mushohada qilur va tavajjuhda hissi dogʻi mashgʻul boʻlur va kulliy mutavajjih boʻlur, foyda koʻprak boʻlur. Yana bir buki, har nechaki ruhda hijob yoʻqdur va barcha olam anga birdur, ammo badaneki tamom tiriklik ayyomida aning bila suhbat tutmish boʻlgʻay va aning badan mahshuri ,boʻlgʻayki, hashrdin soʻngra abad ul-abadki, boʻlgʻusidur, aning bila boʻlgʻay, ul mavze’gʻa nazar va taalluqi koʻprak boʻlgʻusidur oʻzga yerdin. Bu soʻzdin soʻngra hikoyat qildiki, bir vaqt Junayd q. s. xilvatida boʻlur erdim. Va anda zavq tamom yuzlanur erdi. Junayd vositasidinki, ul xilvatda boʻlur ermish. Chiqdim, dagʻi aning qabri boshigʻa bordim, xilvatidagʻi zavqni topmadim. Bu ma’noni Shayx q. s. xidmatida arz qildim. Dedilarki, ul zavqni Junayd jihatidin toptingmu? Dedim: bale! Dedilarki, mavze’i ma’lumdurki ul umrida necha qatla anda boʻlmish boʻlgʻay. Har qachon zavq yetsa, badaneki topar ekandur, aning bila musohib ekandur, avvaledurki zavq koʻprak hosil boʻlgʻay, ammo shoyadki tufrogʻi boshida hech mashgʻulligʻidin tavajjuhda taqsire voqe’ boʻlmish boʻlgʻay. Oxir bir xirqayeki ahli dile ani kiymish boʻlgʻay, aning zavqi mushohada boʻlur va badan xirqadin yaqinroqdur. Va ziyoratiing favoyidi koʻpdur. Masalan, birav mundin Hazrat Risolat s. a. v. ruhoniyatigʻa tavajjuh qilsa, fayz topar. Ammo agar Madinagʻa borsa, ul Hazratning mutahhar ruhi aning ul azimatidin va yoʻl ranji tortqondin chun voqifdur va Madinagʻa yetkandin soʻngra dogʻi his bila ul Hazratning ravzasini koʻrsa va zohir va botin bila mutavajjih boʻlsa, munung foydasigʻa aning foydasi bila ne nisbatdur? Va mushohada ahligʻa bu ma’no tahqiqdur. Va alar debdurlarki, anbiyo aning uchun kelibdurlarki, xalqning koʻzlarin oʻz ayblarin koʻrarga ochqaylar, to oʻz ayblarin va Haq taoloning kamolin va oʻz ajzin va aning qudratin va oʻz zulmin va aning adlin va oʻz mazallatin va aning izzatin va oʻz jahlin va aning ilmin va oʻz bandaligʻin va aning xudovandligʻin va oʻz faqrin va aning gʻinosin va oʻz taqsirin va aning ne’matlarin va oʻz fanosin va aning baqosin bilgaylar va botin koʻzlari munga biyno boʻlgʻay. Va ham ushbu qiyos bila shayx ham aning uchundurki, muridlar koʻzin bu ma’nigʻa ochgʻay. Pas, har necha murid oʻz kamoli isbotigʻa koʻprak koʻshish qilgʻay, yo amale qilgʻayki, aning kamoli zohir boʻlgʻay. Shayxqa andin ranj koʻprak yetishgayki, shayx bu ranjlarni aning uchun tortarki, muridning nafsining oʻz kamolin koʻrar koʻzin tikkay va Haqning kamolin koʻrar koʻzin yorutqay. Va ul har lahza oʻz kamolin koʻrarga bir koʻz ochqay, pas, shayxning ranji zoye’ otigʻa koʻshish qilgʻay oʻz haqqida. Darvesh kerakki, oʻz nafsi kaminida boʻlgʻay, to har koʻzki, oʻz kamolin koʻrargʻa ochqay, filhol ani tikkay. Va agar mundoq ( qilmasa, anga xabar boʻlgʻuncha nafs aning har sari moʻyidin oʻz kamolin koʻrarga bir koʻz ochqay va Haqning kamolin koʻrardin koʻr qilgʻayki, nafsning odati budur. Ham alar debdurlarki, Tengri taolo to kishining sirrin el koʻzidin yopmogʻuncha, va ani xalq koʻzidii yashurmogʻuncha, mumkin ermas ul kishi valoyat martabasigʻa yetmak. Va [doʻstlarim qubbalarim ostidadir](1)ning ma’nosi budur. Va bu qabob bashariyat sifatidur va pardaye emas boʻzdin va yo oʻzga jinsdin. Va sifat uldurki, anda aybe zohir qilgʻay, yo bir hunarni andin el koʻziga ayb koʻrguzgay. Va [ularni mendan boshqalar tanimaydilar](2)ning ma’nosi budurki, to irodat nuri bila biravning botinin yorutmagʻay, ul valini tanimagʻay, pas ul nur ani tanimish boʻlgʻay, yoʻq ul kishi. Va ham alar soʻzidurki, darveshlar ki, oʻz ishlarigʻa mashgʻuldurlar, kerakki battolni oʻz oralarida qoʻymasalarki, bir bekor yuz darkor kishini bekor qilur.

She’r:

[Bekorchilarning kasalligi gʻayratlilarga tez oʻtadi.
Sovuq kulni choʻgʻ ustiga tashlasang, oʻchadi](3).

Ham alar debdurlarki, Hakim Tirmiziy va jamoate magʻoribadin debdurlarki, [avliyolikning boshlanishi paygʻambarlikning oxiridir](4). Bir kun Bagʻdodda Shayx xilvatida erduk. Buyurdiki, ul jamoatki debdurlarki, [avliyolikning boshlanishi paygʻambarlikning oxiridir](5). Mungʻa uzre bor. Alar ul soʻzdin muni tilab erkanlarki, [Shariatda avliyolikning boshlanishi anbiyolikning nihoyasidir. Tariqatda avliyolikning nihoyasi anbiyolikning boshlanishidir](6). Nevchun? Hazrat Risolatqa s. a. v. shariat kamoli ishining oxirida tamom boʻldiki, [bugun sizlarga diningizni komil qildim](7). Va vali to shariatni takmil qilmagʻay, valoyatqa qadam qoʻya olmas. Pas, ulcha nabigʻa sharoye’da ishining nihoyatida boʻlsa, valigʻa bidoyatida boʻlgʻai. Nevchunki, agar kishi ul ahkom bilaki, Makkada nozil boʻldi suluk qilsa, ul ahkomgʻakim, oxir umrda Madinada nozil boʻldi, iltifot qilmasa, hargiz valoyatqa yetmagay. Balki agar inkor qilsa kofir boʻlgʻay. Pas, valoyat ibtidosi uldurqi, barcha sharoye’ni kamol bila qabul qilgʻay va mutobaat koʻrguzgay, ammo tariqat uldurki, har necha vali sa’y qilsa va martabasi oliy boʻlsa, aning ruhigʻa ul nav’ me’rojeki nabining jismigʻa boʻlubdur, hosil boʻlmagʻay va maholdurki boʻlgʻay. Chun valoyatning intihosida valining ruhi nabining jismigʻa mushobahat topar, tariqatda nihoyat ul-avliyo bidoyat ul-anbiyo boʻlgʻay. Va ham alar buyurubdurlarki, anbiyo alayhissalom omidan gunah inshosidin ma’sumdurlar va avliyo gunohni xor tutmoqdin mahfuz. Va Mustafo s. a. v. din marvedurki, [agar magʻfirat qilsang, barchani magʻfirat qil! Qaysi bandang borki, gunoh qilmagan?](8). Va bu faqir qoshida hech gunah andin yomonroq emaski, banda oʻzin muqassir va mujrim bilmagay.

485. Axiy Ali Misriy q. s.

Ul Shom mulkida bir shayx erdi va koʻp muridlari bor erdi. Ammo chun munsif kishi erdi. Muridlaridin jam’igʻaki mustaid edilar, dedilarki, agar siz Haq tolibisiz, men dagʻi Haq tolibimen. Va murshide topmaymenkn, aning qoshida suluk qilgʻay edim. Emdi voqe’ada koʻrubmen va shahodatda ham eshitadurmenki, Xurosonda murshide bor, mukammal. Koʻrung borali va anga musharraf boʻlali va ul murshid xidmatida bir necha kun suluk qilali va andinki, xalq bizda gumon elturlar, bir nima hosil qilali! Alqissa, busoʻz bila kelib erdi va Shayx ashobigʻa doxil boʻlub erdi, oʻzining jam’i muridlari bila. Shayx buyurdilarki, alarning irodati mundin soʻngra sanga mening irodatimdur, ammo sening vasotating alargʻa naf’ qilur. Andoqki, mening qoshimda shayx va Mustafo s. a. v. orasida har nechaki xirqa koʻprak, yoʻl yorugʻroq va suluk osonroqdur, hadis xilofiki, anda har necha vosita ozroq boʻlsa, hadis sahihroqdur. Nevchunki, andaki xabardur, har necha vosita koʻprak boʻlsa, tafsir ihtimoli koʻprak boʻlur, ammo mundaki, xirqadur, har necha mashoyix nuri koʻprak boʻlsa, yoʻl yorugʻroq va alarning ruhoniyati madadi koʻprak boʻlur. Bir kun Shayx Mansur Halloj soʻzi oragʻa tushti. Axiy Ali Misriy aning holidin istifsor qildi. Hazrat Shayx andin soʻngraki alar bobida koʻp soʻzlar ayttilar, dedilarki, ul vaqtki, manga hol garm erdi, aning mozorigʻa bordim. Chun muroqaba qildim, aning ruhin illiyyinda toptim, oliy maqomda munojot qildim. Va dedim, Xudovando, bu ne holdurki, Fir’avn [Men sizlarning oliy Parvardigoringizman](1) dedi va Husayn Mansur [«Men Haqman»](2) dedi va ikkalasi uluhiyat da’vosi qildilar. Emdi Husayn Mansurning ruhin illiyninda va Fir’avn ruhi sijjindadur, munda hikmat nedur? Mening sirrimda nido qildilarki, Fir’avn oʻzin koʻrmakka tushti va barcha oʻzin koʻrdi va bizni gum qildi va Husayn Mansur barchamizni koʻrdi va oʻzin gum qildi, koʻrki ne farq boʻlgʻay andin mungacha.

486. Shayx Najmuddin Muhammad Edkoniy q. r.

Ul hazrat Shayx Ruknuddin Alouddavlaning murididur. Va umri saksonga yetgan ekandur. Yetti yuz yetmish yettida dunyodin oʻtubdur va Isfaroyin omolidin bir hisorda madfundur. Ul debdur: Hazrat Rasul s. a. v. qavmidakim, [savodi a’zam– Qur’onni lozim tuting va unga mahkam bogʻlaning!](1).

487. Axiy Ali Dehistoniy r. t.

Shayx debdurlarki, arba’inda panjshanba kecha arba’inning oʻttuz toʻqquzunchi kechasida gʻaybda koʻrdumki, jamoat musofirlar keldilar va oralarida bir yigit erdiki, Haq taoloning aning bila inoyat nazari bor erdi va anga mening tarbiyatimgʻa havoladur. Chun shahodat olamigʻa keldim, xodimgʻa dedimki, hech musofirgʻa borur ijozati berma, men chiqquncha. Qazoro, ham ul zamon musofirlar yetishtilar. Dedimkim, masjidi jome’daki, tongla arba’in tuganmish boʻlgʻay musofirlarni kelturki, koʻrib alargʻa ijozat berali. Tonglaki masjidgʻa bordim, musofir darveshlar keldilar va salom qildilar. Har necha nazar qildim, ul kishiniki men koʻrub erdim, alarning orasida topmadim. Dedim: magar yana bir qavm yetkusidurlar. Namoz qilib, uyga kelduk. Xodim kelib dediki, bu jamoate darveshlardin birisi magar raxtlari qoshida ekandur va masjidqa kelmagandur, darxost qiladurki shayxni koʻrgay. Dedim: kelsun! Eshikdin kirgach tanidimki, uldur. Salom qildi va lahzaye oʻlturdi va qoʻpti va chiqti. Xodimgʻa dedimkim, chiqib bu yigitga aytki, bir necha kun munda bizing bila boʻlsunki, bizing aning bila ishimiz bor. Chun xodim tashqari chiqibdurki, ul qaytib keladur. Xodim andin holni soʻrubdur. Ul debdur: Shayxqa aytki, meni qabul qilsinlarki, darveshlar xidmatigʻa mashgʻul boʻlayin. Xodim debdurki, Shayx meni ushbu ish uchun yuborib erdi. Ani olib kirdi. Musofirlar bordilar va ani xidmatqa mashgʻul qildim. Xidmate qila boshladiki, odamedin andin yaxshiroq mutasavvar boʻlmagʻay. Uch yildin. soʻngra zikrlar aytti va xilvatlar oʻlturdi va yaxshi hollar anga yuz koʻrguzdi. Bir kun safarda erduk va ul bir suffada oʻlturub erdi. Mening nazarim anga tushti, koʻrdumki, oliy voride anga nozil boʻladur va pas shigarf hole anga yuzlanadur. Qoʻptum va aning qoshigʻa bordim, magʻlub va ul holning masti boʻlub erdi. Anga nahib bila dedimki, ne holdasen va ne koʻrdung, ayt! Dedi: aytaolman. Dedim: yoy chaynama, ayt! Va zajr bila soʻrdum, aytti. Va al-haq oliymaqom erdi, ammo chun koʻrdumki, anda ajabe paydo boʻlgʻudekdur. Ani dedim nima emas va nafy qildim, bori ul maqomda oʻzida bir nima paydo qildi; va muddati madid aning dimogʻidin ul bormas erdi, to andin soʻngra necha vaqtdin soʻng samadiyat tajallisi bila mutajalle boʻldi. Va ul maqomedurki solikka andin ihtiyoj yegulikka qolmas. Chun ul maqomda oʻzin koʻrdi, gʻurure anda paydo boʻldi va oʻziga dediki, nima yemamak Haq taolo sifatidur va bu manga holo hosildur va botinida xudoyligʻ da’vosi bosh uraboshladi va yemak tarki qildi. Har nechakim tayogʻlar erdim va tishlari orasigʻa yigʻoch solib ochib, sharbat va gʻizo ogʻzigʻa soldurur erdim, yana ogʻzidin toʻkar, tashlar erdi. Qoʻyduqki, oʻz koʻngli bila yegay! Ham yemadi, to olti yil mundin oʻtti. Va bu dastur bila darveshlar xidmatigʻa qiyom koʻrguzur erdi. Bir uluq saodati bu erdiki, bovujudi da’volar va hollar hargiz oʻzin mendin beniyoz koʻrmadi. Va agar bu boʻlmasa, ham avvallarda oʻq ul vartada zoye’u halok boʻlur erdi. Va oʻttiz yetti yildurki, men Hazrat Shayx irshodi bila toliblar irshodigʻa mashgʻulmen, bu toifadin koʻpni koʻrdum, bu Axiy Alidekki anga dunyo lazzatigʻa va oʻz nafs hazzigʻa mayl boʻlmagʻay, hargiz koʻrmaydurmen. Va yigirma besh yildurki, darveshlar orasidadur, hech kishi andin eshitmaydur erkinki, manga yemakdin va ichmakdin va hech jins nimadin nima kerak demish boʻlgʻay. Va bovujude ulki bemorligʻlar tortibdur, hech kishi ani takya qilgʻon koʻrmaydur va hech kishiga aytmaydur va hech kimdin davo tilamaydur. Alqissa ul maqomdakim gʻizodin forigʻ erdi, olti yilgacha qoldi. Andin soʻngra Ka’bagʻa borur erdim, ani oʻzum bila elttim. Chun Madinagʻa yetishtuk, anga dedimki, agar Hazrat Rasul s. a. v. ummatisen va mening muridimsen, ani qilmoq kerakki, Hazrat Rasul s. a. v. qilnbdurlar va men qilurmen, yoʻq ersa, qoʻp va ketki, mundin ortiq bizing suhbatimizda boʻla olmassen! Ali Doʻstiy hozir erdi, bir luqma aning ogʻzigʻa soldi va ul yedi. Bir kun ta’yin qildimki, uch luqma yegay. To Makkaga yettuk, andin soʻngra buyurdimki, andoqki soyir darveshlar nima yerlar, ul dagʻi yegay! Va ul vartadin xalos boʻldi.

488. Abulbarakot Taqiyuddin Ali Doʻstiy Simnoniy q. s.

Ul dagʻi Shayx Ruknuddin Alouddavlaning ashobidindur. Bir kun Hazrat Shayx maorif soʻrarda buyurubdurlarki, modomiki solik tajalliy vaqtida surate idrok qilur, ul tajalliy suvari boʻlgʻay va Haq taoloni ul suratdin munazzah tutmak kerak, ammo ani Haq tajalliysi bilmak kerak, andoqki Muso a. s. daraxtdin [albatta men Allohmen](1) eshitti. Har kim desaki, daraxt Tengridur, kofir boʻlgʻay va har kim desa, bu soʻzni Tengri demadi, ham kofir boʻlgʻay. Bu suvare tajalliini bu nav’ e’tiqod qilmoq kerak. Va ul kun Taqiyuddin Ali Doʻstiy hozir erdi. Shayx buyurdilarki, bu yil manga Ali Doʻstning voqeasi bisyor xush keldi. Va darveshlarning e’tiqodi saboti uchun aytay. Haq taolo bu yil anga bir qatla kulliy mavjudot suratida tajalliy qildi. Va ul Haq taolo tasbihu tanzihin suvar lafzi bila andoqki Haq taolo aning tiliga joriy qilur erdi, aytur erdi. Haq s. t. oʻzluki bila andin soʻrdikim, meni koʻrdung? Ul dediki, Bor Xudoyo, koʻrmadim! Haq taolo buyurdikim, bularki koʻrdung, ne edi? Javob berdiki, osoru af’olu sifoting suvari erdi va sen barcha suratdin munazzahsen. Haq s. t. bu soʻzda anga sano aytti va bu ma’noni andin pisandida tutti.

489. Amir Sayyid Ali b. Shihob b. Muhammad Hamadoniy q. s.

Ulumi zohiriyu botinida jome’ ermish. Va ahli botin ulumida musannafoti bor: «Asror un-nuqta» kitobidek va «Asmoulloh» sharhidek va «Fusus ul-hikam» sharhi va «Qasidai xamriyai Foriziya» sharhidek va bulardin oʻzga ham. Alar Shayx Sharafuddin Mahmud b. Abdulloh Mazdaqoniyning murididurlar, ammo odobi tariqat kasbi sohibus-sirr, baynal aqtob Taqiyuddin Ali Doʻstiy q. r. qoshida qilibdurlar. Va chun Shayx Taqiyuddin Ali Doʻstiy dunyodin oʻtubdur, yana ruju’ Shayx Sharafuddin Mahmudqa qilibdurlar. Va debdurlarki, farmon nedur? Shayx tavajjuh qilib debdurki, farmon uldurkim, olamning aqsoyu bilodida kezgaysen. Alar uch qatla rub’i maskunni evrulubdurlar. Va ming toʻrt yuz valiy suhbatigʻa musharraf boʻlupturlar va toʻrt yuzni bir majlisda topibdurlar va yetti yuz sakson oltida zulhijja oyining oltisida Kabru Savod viloyatining yaqinida olamdin oʻtupturlar. Va muborak jismlarin Xuttalongʻa naql qilibdurlar.

490. Shayx Abdulloh Gʻarjistoniy q. s.

Shayx Ruknuddin Alouddavlaning ashobidindur. Gʻarjistonning kentlaridin biridindur. Kichik erkandurki, otasi favt boʻlubdur va onasi yana biravga tegibdur. Bir kun andin amre voqe’ boʻlgʻondurki, oʻgay otasidin qoʻrqubdur va qochib, kentdin chiqibdur. Va ul kent navohisida bir uluq yigʻoch bor ekandur. Ul yigʻochqa chiqib yoshunubdur. Va ul yigʻoch tubida bir chashma ermish. Ittifoqan jam’i darveshlar kelib, ul chashma boshida manzil qilibdurlar. Va ul chashma suyida aning aksin koʻrubdurlar. Ani ul daraxtdin tushurub, oʻzlari bila olib boribdurlar. Va ul safarda guzarlari Simnon viloyatigʻa tushubdur. Hazrat Shayx xidmatigʻa boribdurlar. Ul ham bilalaricha boribdur. Chun Shayxning muborak nazari aning sari tushubdur, farosat nuri bila aning kamoli qobiliyatin bu tariqda ma’lum qilibdurlar. Musofirlar azimat qilgʻondin soʻngra kishilar yuborib, ani qaytaribdurlar. Musofir darveshlar koʻp iztirob qilibdurlar va vaqt sultoni hukmigʻa ruju’ qilibdurlar. Chun Shayxning haqqo niyati barchagʻa zohir ermish, hech foyda qilmaydur. Va Hazrat Shayx aning tarbiyatigʻa mashgʻul boʻlub, Shayxning iltifoti bila ulugʻ maqomlargʻa yetibdur. Va Shayxning muncha ihtimom va iltifotiki, aning borasida bor ekandur, ma’lum emaski, ashobdin hech kimga boʻlmish boʻlgʻay. Chun muridlar irshodi va takmili martabasigʻa yetibdur. Tus viloyatigʻa havola topibdurki, borgʻay. Anda kelgandin, soʻngra toliblar irshodigʻa mashgʻul boʻlubdur. Vaqt podshohi andin istid’o qilibdurki, ba’zi urushqaki aduvsi bila voqe’ boʻlgʻondur, aning bila borgʻay. Borgʻondin soʻngra ul urushta shahodat martabasi topibdur va jasadin Tusqa naql qilibdurlar va qabri andadur.

491. Bobo Mahmud Tusiy q. s.

Shayx Abdulloh muridlaridindur. Bir qatla Shayx jam’i muridlar arba’inda oʻlturub erdi. Bir kecha xonaqoh xodimigʻa dediki, kecha voqif boʻlki, ikki darveshgʻa azim vorid yetkusidur. Nogoh bexudlugʻ qilma-gʻaylar va xilvatdin tashqari chiqmagʻaylar. Xodim hozir boʻlur erdi. Nogoh Bobo Mahmud na’rai urdi va xilvatdin chiqti. Va yana bir darvesh hamkim, oti Hindu Ilyos erdi, ul dagʻi qichqirib, bexudona yugurub chiqib va yuz biyobongʻa qoʻydilar. Xodim keynilaricha yugurub, Hindu Ilyosqa yetti va ani tutti. Va Bobo Mahmud majzub va magʻlub yuz sahrogʻa qoʻyub erdi, kishi yeta olmadi. Va Hindu Ilyos Shayx asari tarbiyatidin filjumla oʻz holigʻa keldi, ammo Bobo Mahmud ishi zabt qilmoqdin oʻtti. Va ani uqaloyi majonin debdurlar. Va karomot va xavoriqi odot koʻp andin zohir boʻlur erdi, andoqki mashhurdur.

492. Axiy Ali Qutluqshoh q. s.

Ul dagʻi Shayx Abdulloh muridlaridindur. Va Shayx tarbiyati asaridin kamolgʻa, balki takmil martabasigʻa yetti. Ul vaqt Shayx Abdullohni zamon podshohi cherik taklifi qildi. Axiy Ali hozir ermas erdi. Shayx vasiyat qilib dediki, biz bu safarda shahodat davlatigʻa musharraf boʻlgʻumizdur, bizing oʻrnumizgʻa Axiy Alini oʻlturtunguz. Va andoq boʻldi va andoq qildilar.

493. Shayx Hofiz Umar Abardihiy q. t. s.

Axiy Alining muridlaridindur. Va kichik yoshida Mavlono Raziyuddin Ali Moyoniy r. t. din Xizr a. s. ning suhbatdori ermish, nazar va tarbiyat, topibdur. Shayx Hofiz debdurki, avoyildaki manga Haq yoʻli suluki doiyasi paydo boʻldi. Nishoburda Mavlono Shamsuddin Xalifa irshodgʻa mashgʻul erdi. Dayron degan kentda Shayx Axiy Ali. Va har viloyatda bir azizning otin tutarlar erdiki, faqr tariqi irshodigʻa mashgʻuldur. Mutaraddid erdimki, qaysi biri xidmatigʻa borayin. Bir kecha voqe’da koʻrdumki, jamoate mashoyixu avliyo bir manzilda hozirdurlar. Bu voqe’alari sharhida tul bor. Hosili budurki, bir haybatliq uluq kishi Shayx Hofizni koʻtarib, majlis huzzori mashoyixdin birining etakiga qoʻyubdur va debdurki, bu tiflgʻa sut ber. Va ul Shayx Axiy Ali ermish. Shayx Hofiz bilibdurki, aning tarbiyati Axiy Aligʻa havola boʻldi. Necha kundin soʻngraki, Shayx Axiy Ali xidmatigʻa boribdur. Shayx Ali anga boqib, tabassum qilib, debdurki, sut ichkali kech kelding. Shayx Hofiz bay’at iligi Shayx Axiy Aligʻa beribdur va tavajjuh qilib, talqin olibdur. Ul debdurki, Makka safaridakim, Bagʻdodqa yettuk, Shayx Nuruddin Abdurrahmon Bagʻdodning shayx ul-islomi erdi, buzurgvor jaddining xalifasi. Vido’ vaqti manga vasiyat qildiki, chun Hazrat Risolat s. a. v. ravzasigʻa musharraf boʻlsang, mening niyozmandligʻimni ul Hazratqa yetkurub, bu iborat bila arz qilgʻaysenki, ummatingning asllaridin Abdurrahmon otligʻ bir qari osiy duo yetkurdi. Chun munga Madinada ul davlat muyassar boʻldi. Shayxning ul soʻzi xotirimgʻa keldi, ham ul iborat bila arz qildim. Hazrat Risolat s. a. v. muborak qoshlarigʻa girih solib dedilarki, sen mundoq demaki, ul gʻoyat tavozu’din mundoq debdur va ul mening ummatimning akobiridindur. Ul safardin qaytqonda, ul xabarni Shayxqa yetkurdum, bagʻoyat xushhol boʻlub, manga xayr duosi qildi.

494. Xoja Abdurrahmon Gahvoragar q. s.

Xoja Abdurrahmon q. s. Haq taoloning mahbublaridin va majzublaridindur. Alarning gʻarib holoti koʻpdur. Shayx Hofiz Umar r. debdurki, bir vaqt bu viloyatda azim vabo boʻldi. Bir kun Mavlono Raziyuddin Ali Moyoniy q. s. oʻz kenti Moyondin Abardihqa tashrif kelturdilar va kentning tashida tushub, meni tiladilar. Va dedilarkn, amr mundoqdurki, mening bila kelib, Isjil degan yerda Shayx Muhammad Xolid r. qabri boshida «Qur’on» xatm qilgʻaysen, shoyad bu balo daf’ boʻlgʻay. Amr imtisoli qildim, ammo bu jihatdinki, ul fursatda Xoja Abdurrahmon Gahvoragar q. s. Isjilda bir tosh ustida oʻlturur erdiki, Shayx Muhammad Xolid qabri boshidadur. Va buyuk soʻzlar aytur erdi va Mavlono Raziyuddin Ali xidmatlari gʻoyat tasharru’da erdilar. Men mutafakkir boʻldimki, boʻlmagʻayki, alar orasida amre voqe’ boʻlgʻayki, ul baliyatdin sa’broq boʻlgʻay. Chun Isjilgʻa yaqin yettuk, birav yoʻluqdi. Aidin Xoja ahvolidin soʻrdum. Dediki, emdigacha tosh ustida oʻlturub erdi, nogoh qoʻpdi va dediki, bir qoj keladurki, men aning bila kalla ura olmasmen. Va ul yaqinda bir haros erdi, anda kirdi va bir chuqurgʻa kirib yashundi. Biz chun kentga yettuk va mazor boshigʻa tushtuk va kent ahli yigʻildilar va gʻavgʻo qoʻpdiki, viloyat hokimi Amir Ali Bek Xoja ziyoratigʻa keladur. Kent ahli Mavlonogʻa dedilarki, Xoja sizing keladurganingiz jihatidin falon harosda bir chuqurgʻa kiribdur. Agar hokim ani topmasa, shoyadki bizga gʻazab qilgʻay! Mavlono xidmatlari ul harosqa mutavajjih boʻlub, ul chuqur ustiga yetib, Xojaga dediki: mehmonni mundoq tutqaylar, Xoja chiqib, ikkalasi quchushub, Xoja Mavlononing qulogʻigʻa bir soʻz ayttiki, Mavlonogʻa yigʻlamoq yuzlandi va yigʻlay boshladi. Va muddate ul yerda turib erdilarki, birav dediki, Amir Ali Bek tashqari intizor tortadur. Mavlono xidmatlari Xojagʻa tanbih qildilar, Xoja chiqib, Alibek bila koʻrushdilar. Va dedilarki, [hoy moʻgʻulgina, ket!](1). Ul azimat qilgach Xoja: [Moʻgʻulgina ketginki, aziz mehmonim. bor!](2) der erdi. Va ul yugurur erdi, to nazardin gʻoyib boʻldi. Andin soʻngra Xoja bila Mavlono ziyorat boshigʻa keldilar va men xatm ogʻoz qildim. Tilovat asnosida Xoja buyuk soʻzlar bunyod qildi. Mavlono hay urdi va Xoja tik turdi va majlis oxirigʻacha hech soʻz oʻtmadi. Va alarning himmati barakotidin Tengri taolo ul baloni daf’ qildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da mundoq bitibdurlar. Ammo bu faqir Xoja Hofiz boridinki darvesh kishi erdi va Shayx Hofiz Umar q. s.ning muxlis muridlaridin erdi, mundoq istimo’im borki, Xoja buyuk soʻz bunyod qilgʻondin soʻngra Mavlono hay urubdur. Xoja andin soʻngra Mavlononing qulogʻigʻa soʻz aytibdurki, Mavlono yigʻlabdur va koʻp niyozmandligʻlar qilibdur. Mavlonodin maxsus muridlari ul kayfiyatni tahqiq qilgʻandin soʻngra mundoq debdurlarki, yigitligimdaki, tahsilgʻa mashgʻul erdim va faqr tariqi suluki doyim koʻnglumga oʻtar erdi va orzum bor erdi. Bir kecha voqe’ada koʻrdumki, ikki kishi meni yotkurdilar va koʻksumni yordilar va koʻnglumni chiqarib, birisi oftoba bila suv quydi va birisi koʻnglumni yudi va yana koʻksumga soldilar va butkardilar. Men ul voqe’a koʻrgali tahsil ishin barham urub faqr tariqi sulukini ixtiyor qildim. Bu zamonki, men Xojaga buyuk soʻz aytqon jihatidin gustoxona hay urdum, ogʻzin qulogʻimgʻa kelturub dediki, muncha yil burunroq falon ta’rixdaki sen tahsilgʻa mashgʻul erding, voqe’ada Xizr bila menkim seni yotqurduq va koʻksungni yorduq va koʻnglungni chiqarib, birimiz su qoʻyub, birimiz yub, yana koʻksungni butkarduk. Va ul ish sanga bois ul boʻldiki, faqr yoʻli sulukiga mashgʻul boʻldung, ul haqguzorligʻdurki, holo bizga hay urarsen. Ul zamon yigʻlamogʻim boisi bu erdi. Muridlar barcha quloq tutub, Xojagʻa oʻzga aqida qildilar. Va Xojaning qabri Mashhad viloyatida Gurmakon degan kentdadur, vallohu taolo a’lam.

495. Mavlono Faxriddin Luristoniy q. s.

Ul ulumi zohiriy tahsiligʻa mashgʻul ermish. Doim xotirgʻa kelur ermishki, Tengri taolo yoʻli sulukigʻa mashgʻul boʻlgʻay. Bir kun mutolaadin kalol topib, xotir tashhisi uchun hujrasidin chiqib, sayr qilurda koʻngliga kelibdurki, sen bir kun xud bu ishdin chiqar xotiring bor, bu kun ul kun boʻlsun. Misrda bir madrasada ermish, yana hujrasigʻa bormaydur va kutub va har neki anda bor ekandur, barini qoʻyub, Shayxi Shayxulloh degan darveshki, ul vaqt Misrda toliblar irshodigʻa mashgʻul ermish aning xidmatigʻa borib, suluk bunyod qilibdur. Chun ul dunyodin oʻtubdur, bir komil murshid talabigʻa safar ixtiyor qilibdur. Necha shayx suhbatigʻa yetibdur va maqsudi hosil boʻlmaydur. Ul vaqt Shayx Hofiz Umar irshodgʻa mashgʻul ekandur, aning ovozasin eshitib, aning xidmatigʻa borib, anga musharraf boʻlubdur. Suhbat tutashibdur va xub suluklar dast beribdur va arba’inlar oʻlturubdur va tarbiyatlar topibdur va kulliy maqosid hosil qilibdur. Shayx Hofiz Umar dunyodin oʻtgandin soʻngra Jom qasabasigʻa kelib, Hazrat shayx ul-islom Ahmad Jom q. s. ravzasi jivorida sokin boʻlubdur. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, Xarjardda alarning otasi saroyigʻa Mavlono kelgan ekandur. Va alar sigʻari sinda ekandurlar, andoqki alarni tizi oldida oʻlturtqon ekandur. Va muborak barmogʻi bila havoda ishorat bila mashhur otlarni, Umar va Alidek bitir erkandur. Va Hazrat Maxdumiy bovujudi tufuliyat oʻqur erkandurlar. Va Mavlono taassub yuzidin tabassum qilib, shafqat va lutf koʻrguzur ekandur. Alar bitibdurlarki, alarning ul iltifot va nazari mening xotirimda bu toifaning muhabbati tuxmi boʻldi va har kun oʻzga nash’u namo topar erdim. Umidim uldurki, bu toifa suhbatida tirilgaymen va bularning xidmatida oʻlgaymen va alarning muhiblari zumrasida mashhur boʻlgʻaymen. [Allohim, meni miskin holda bor qil, miskin holda oʻldir va miskinlar qatorida qayta tiriltir!](1). Sakkiz yuz yigirmadin soʻngra Xurosondin Haramayni sharifayn zodahumallohu sharafan ziyoratigʻa azimat qildi va andin Misrgʻa bordi va anda Tengri jivori rahmatigʻa vosil boʻldi. Va qabri Qarofadadur, Imom Shofi’iy r. a. qabri yaqinida va anda - Sayyid Faxruddingʻa mashhurdur.

496. Shoh Ali Farohiy q. t. s.

Shayx Alouddavla q. s. muridlaridindur. Otasi Faroh viloyatining hokimi erdi, qarib erdi, tiladiki, hukumatdin isti’fo va inzivo ixtiyor qilib, umrining oxirin toatu ibodat bila oʻtkargay. Oʻgʻli Shoh Alini zamon podshohining oʻrdusigʻa yubordiki, hukumat nishonin oʻz otigʻa olgʻay va ul mu’of boʻlgʻay. Guzari Simnon sari erdi. Ul yaqinda quttout-tariq bila alar orasida urush voqe’ boʻldi, andoqki Shoh Alining barcha mutaalliqlari qatlgʻa keldilar, oʻzi qatiq yaralar yeb, oʻluklar orasida oʻlum holi bila yiqildi. Shayx hazratigʻa gʻaybda koʻrguzdilarki, falon mavze’da jamoate oʻluklar orasida bir zaxmligʻning ruhidin ramaqe bor, aning sarvaqtigʻa yetibki, faqr tariqida tamom qobiliyati bor. Shayx ul mavzegʻa bordi va hech qaysini tirik topmadi. Yana qatla hamul amrgʻa ma’mur boʻldi, yana borib, tirik topmadi. Yana borib, ihtiyot bila koʻp tafahhus qilgʻandin soʻngra birida hayot asari tafarrus qildi. Ani koʻtarib, shahrgʻa kelturub, muolajasigʻa mashgʻul boʻldilar, to yaralari oʻngalib, oʻz holigʻa keldi. Shayx anga dedilar: sihhat topting, xoh ishing kifoyati uchun podshoh qoshigʻa bor, xoh otang qoshigʻa bor! Ul dediki, men Shayxning sharif xidmatidin hech qayon borur xotirim yoʻqtur, tilarmenki, irodat iligin Shayx etagiga urgʻayman! Oxir otasi xidmatigʻa bordi va andin ijozat hosil qilib, Shayx hazratigʻa kelib, Shayx Hasan tarbiyati bila oliy maqomotqa qadam qoʻydi.

497. Shayx Muhammad Shoh Farohiy q. t. s.

Zohiriyu botiniy ulum bila orosta erdi. Va ul bir vosita bila Shoh Ali Farohiyning murididur. Hayoti oxirida haj azimati qildi, Hurmuz yoʻli bila. Chun Manujongʻa yetti, bemor boʻldi ham anda vafot qildi. Va qabri ham andadur. Kashfu ilhom sohibi ermish. Derlarki, haj safarida bir shahrgʻa yetibdurki, anda bir xarobote bor ermish. Muroqib oʻlturub ermish. Nogoh bir sayha urmish. Ulamodin biri hozir ermish, soʻrmishkim, ne voqe’ boʻldi? Demishkim, bu shahrning xarobotini manga makshuf qildilar, anda bir jamila zaifa koʻrdum. Dedimki, bor Xudoyo! Bu zaifani bu holdin manga bagʻishla! Sirrimgʻa yetkurdilarki, ne uchun demassenki, seni anga bagʻishlagʻaybiz. Ul xotun ham ul vaqtda tavba tavfiqi topdi.

498. Shayx Bahouddin Umar r. t.

Shayx Muhammad Shohning tagʻoyisidur. Ba’zi akobir debdurlarki, ma’lum emaski, Shayx Ruknuddin Alouddavla ashobi silsilasida aningdek boʻlmish boʻlgʻay.

Kichik yoshdin majzub ekandur va jazba osori anda zohir ekandur. Namoz qilurda ashobidin biravni oʻlturtur ermishki, rakaat adadin anga tanbih qilgʻaykim, oʻzi ani asray olmas ermish. Avoyili holda andoqki, bu toifagʻa gʻoyat shavqu taattush boʻlur maqsudqa hech yetmakdin tagʻoyisi qoshida izhori malol qilur ermish. Tagʻoyisi anga bu baytnn oʻqub ermishki,

Bayt:

[Agar nola qilsa, yori safarda boʻlgan kishi nola qiladi.
Yoring qoʻyningdayu, yana nega nola qilasan?](1).

Odati bu nav’ ermishki chun masjidi jome’da hozir boʻlur ermish, hukkom va alarning xavosi bila musulmonlarning ishi kifoyatida soʻz aytur ermish. Azize savol qilibdur muniki, masjidda muncha el soʻzin soʻzlashmakning sababi ne erkin? Mundoq debdurki, agar oʻzumni ul aytmoq va eshitmakka mashgʻul qilmasam, magʻlub va mustahlak boʻlurmen, havosim ishdin qolur, koʻzum koʻrmas va qulogʻim eshitmas. Va soyimuddahr boʻlur ermish. Hazrat Mavlono Sa’duddin Koshgʻariy q. debdurlarki, Makka safarida anga maraze voqe’ boʻldi. Har necha ashob mubolagʻa qildilar, iftor qilmadi. Bir kun koʻrdum, gʻayb ahlidin jam’i aning mihaffasi sari boradur erdilar. Chun mihaffa eshikiga yettilar, turmadilar va oʻttilar. Men bu qissani oʻzidin soʻrdum. Dedi: bale, qutb erdi. Va ashobiki, iyodatqa kelib erdilar, mihaffa eshikiga yetkanda, men ayogʻimni uzatib erdim, oʻttilar, ayogʻimni yigʻishturgʻandin soʻng qayttilar va mening qoshimgʻa kelib, fotiha oʻqudilar. Mavlono xidmatlari debdurlarki, ham ul kun sihhat osori zohir boʻldi va iftor qilurgʻa ihtiyoj boʻlmadi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, ba’zi fuqarogʻaki, tavajjuh davomi va iqbol maqsudi haqiqiygʻa targʻib qilur erdi, bu baytni oʻqur erdi.

Bayt:

[Oʻz diloromingga koʻngil bogʻla
va jumla olamdin koʻngpl uz!](2).

Sakkiz yuz ellik yettida Rabi ul-avval oyiniig salxnda seshanba kuni dunyodin oʻtubdur. Va zamoi podshohi na’shin egniga koʻtarib, xeyli yoʻl boribdur. Hirotning iydgohining shimoli hadda sari dafn qilibdurlar. Va oliy imorat yasabdurlar. Va mashhur va mutaayyin mazordur, yuzoru va yutabarraku bihi.

499. Mavlono Shamsuddin Muhammad Asad q. s.

Zohir ulumdin tab’ javdatigʻa va fahm hiddatigʻa shuhrati bor ermish. Hazrat Shayx Zaynuddin suluki tariqida mashgʻul ekandur. Bovujud kasbi ulum ul tariqda sulukidin kundin kunga oʻziga zikr ta’siri ma’lum qilgʻandin soʻngra tahsil tarki qilibdur Hazrat Shayx Bahouddin Umar q. s. bila koʻp suhbat tutub, arba’nilar chiqaribdur. Xalqning aqidasi ul ermishki alarning muridi erkin. Ammo oʻzi anga mu’tarif emas ermish va Mavlono Faxruddin Luristoniy suhbatigʻa yetgan ermish. Va Mavlono anga bir toʻnin kiydurgon erkandur va tabarruk haysiyatidin goh kiyar erkandur. Va soʻngralar Hazrat Mavlono Sa’duddin Koshgʻariy bila suhbat tutar ermish va Mavlono ani ta’zim va taqdim qilur ermish. Va Hazrat Maxdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, bir yoʻlda aning bila borur erduk. Bir taqrib bila aning soʻzi anga yettiki, dedi: manga bu necha kunda amre voqe’ boʻldiki, hargiz oʻzumga ul gumon eltmas erdim. Ijmol tariqi bila nshorate anga qildi, ul nav’ki men aning tahqiqidin jam’i maqomni fahm qildim. [Ba’zi oriflar dedi: Agar Alloh subhonahu oʻz zoti bilan biror bandasiga tajalli qilsa, barcha zot, sifot va fe’llarni Haqning zot sifat va fe’llari partavida foniy holda koʻradi. Oʻzini barcha maxluqotlar barobarida goʻyo tadbir etuvchi, maxluqotlarni esa, oʻz a’zolari deb biladi. Maxluqotlarning birortasiga biror narsa roʻy bermaydi, faqat oʻzini ularga eng yaqin deb biladi. Tavhid manbasiga tamoman gʻarq boʻlgani uchun oʻz zotini Haqning yagona zotida, sifatini uning sifatida, fe’lini uning fe’lida koʻradi. Albatta insonga tavhidda bu maqomdan yuksagi yoʻq. Ruh koʻzi zotning jamol mushohadasiga tikilgan zamon, ashyoning orasini ajratuvchi aql nuri qadim zot nuri gʻalabasidan zoyil boʻladi. Va Haq kelishi bilan botilning ketishi sababidan qadim va hodislar orasidagi farq koʻtariladi. Bu holat jam’ deb ataladi](1). Anga hole tamom vavajde azim bor erdi. Samo’ majlisida holi mutagʻayyir boʻlub, aydoq sayhalar va za’qalar urar erdiki, asari majlis ahligʻa siroyat qilur erdi va vaqtlari xush boʻlur erdi. Sakkiz yuz oltmish toʻrtda Ramazon oyining gʻurrasida olamdin oʻtti. Va qabri Gozurgohda Hazrat Shayx ul-islomning ayogʻi saridur.

500. Shayx Bahouddin Valad q. t. s.

Oti Muhammad b. Husayn b. Ahmad Xatib Bukriy. Ba’zi debdurki, Shayx Najmuddin suhbatigʻa yetibdur. Amir ul-mu’minin Abubakr r. a. farzandlaridindur. Onasi Xuroson podshohi Alouddin Muhammad Xorazmshohning qizidur. Hazrat Risolat s. a. v. tushda anga ishorat qildikim, qizingni Husayn Xatibgʻa nikoh qil! Va ul mutavallid boʻldi. Ikki yoshida otasi naql qildi. Chun tamayyuz sinnigʻa yetti, ulum tahsili qildi va dinivu yaqiniydin to kamoli ul yerga yettikim, Hazrat Risolat s. a. v. anga Sulton ul-ulamo laqab berdi. Chun anga koʻp zuhur boʻldi va xavosu avomning marja’i boʻldi. Zohir ulamosidin ahli hasad ani zamon podshohi xurujigʻa muttaham qildilar va Balxdin uzr qoʻldilar. Va ul vaqt Mavlono Jaloluddin kichik yoshlik erdi. Va alar Bagʻdod yoʻli bila Makka azimati qildilar. Chun Bagʻdodgʻa yettilar, jam’i soʻrdilarki, bular ne eldurlar, qaydin kelib, qayon boradurlar? Alar dedilarki, [Allohdan Allohga! Qoʻrquv va quvvat faqat Allohdin boʻlur!](1). Bu soʻzni Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. gʻa yetkurdilar. Dediki, [boshqa kishi emas bu – Bahouddin Balxiydir](2) va istiqbol qildi. Chun anga yetti, xachiridin tushub, Hazrat Mavlononing tizin oʻpdi va xonaqoh sari istid’o qildi. Mavlono dedilarki, mavoliygʻa madrasa ansabdur va Mustansiriya madrasasigʻa nuzul qildilar. Va Shayx oʻz iligi bila alarning oʻtugin tortib, munga munosib xidmatlar qildi. Uchunchi kun Makka azimati qilib, murojaat qilgʻanda Rum sari mutavajjnh boʻldilar. Toʻrt yil Ozarbayjonda sokin oʻldilar va yetti yil Lorandada. Va Mavlono Jaloluddin xidmatlarin oʻn sakkiz yoshida kadxudo qildilar va yetti yuz yigirma uchda Sulton Valad mutavallid boʻldi. Chun ulgʻaydi, har kim alarni tanimasa erdi, buzurgvor otalari bila koʻrsa, ogʻa-ini xayol qilur erdi. Andin soʻngra podshoh alarni Koʻnyagʻa istid’o qildi. Va Hazrat Mavlono anda Haqning jivori rahmatigʻa vosil boʻldi.

501. Sayyid Burhonuddin Muhaqqiq q. s.

Husayniy sayyiddur va Tirmizdin erdi va Shayx Bahouddin Valad q. s. ning ashobi va muridlaridindur. Aning xavotirgʻa ishrofi jihatidin Sayyidi sirdongʻa mashhurdur. Ul kunki Shayx Bahouddin Valad olamdin oʻtti, Sayyid Tirmizda oʻlturub erdi. Dediki, shayxim va ustodim hazratlari dunyodin rihlat qildilar. Va necha kundin soʻngra Mavlono Jaloluddin tarbiyati uchun Koʻnyagʻa mutavajjih boʻldi. Va Mavlono Jaloluddin hazratlari toʻqqiz yilgʻacha alar xidmatlarida boʻlub, irshodlar koʻrub tarbiyat toptilar. Debdurlarki, chun Shayx Shihobuddin Suhravardiy Rumgʻa keldi. Sayyid hazratlarini koʻrgali bordi. Sayyid kul ustiga oʻlturub erdi, oʻrnidin tebranmadi. Shayx yiroqdin ta’zim qildi va oʻlturdi, hech voqe’ boʻlmadi. Muridlar sukut mujibin soʻrdilar. Shayx dediki, hol ahli bila soʻzlashurgʻa hol tili kerak, yoʻqki qol tili! Muridlar soʻrdilarki, Sayyidni nechuk toptingiz? Shayx dedi: daryoe toptuq, mavvoji maoniy duraridin va Muhammad haqoniqidin bagʻoyat oshkor va asru yashurun. Shayx Salohuddin Sayyidning muridlaridindur. Sayyid derlar ermishki, holimni Shayx Salohuddingʻa bagʻishladim va qolimni Mavlonogʻa. Va Sayyidning mutabarrik mazori Qaysariyadadur. [Unga va barcha solih bandalarga Allohning salomi va rahmatn boʻlsin!](1).

502. Mavlono Jaloluddin Muhammad Balxiy Rumiy q. s.

Alarning valodati Balxda ermish, olti yuz toʻrtda, Rabi ul-avval oyining oltisida. Debdurlarki, Mavlono xazratlarigʻa besh yoshidin beri gʻaybe suvar va ruhoniy ashkol, ya’ni maloyika sufrasi va xavos insu jin pardasiki, qibobi izzat masturlaridurlar, zohir va mutamassil boʻlurlar ermish. Buzurgvor otalari xati bila topibdurlarki, Jaloluddin Muhammad Balxda olti yoshida odina kuni kecha atfol bila bizing uylarning tomlarida sayr qilur ermishlar. Alardin biri yana biriga debdurki, keling, bu tomdin yana bir tomgʻa sekreli! Ul debdurki, bu harakat it va mushuk ishidur! Hayf boʻlgʻayki, odame anga murtakib boʻlgʻay. Agar sizing joningizda quvvate boʻlsa, osmon tomiga sekreli! Va bu holatda tomdin havo tutubdur.

Onchaki, alar koʻzidin gʻoyib boʻlubdur. Atfol iztirobdin qichqirishibdurlar va yigʻlabdurlar. Bir lahzadin soʻngra koʻzi mutagʻayyir va rangi oʻzgacha qaytib, hamul tomgʻa tushubdur. Atfolgʻa debdurki, ul soatki, sizga ul soʻzni aytadur erdim, koʻrdumki, yashil kisvatligʻlar meni sizing orangizdin sirmadilar va koʻtarib osmongʻa elttilar va malakut ajoyibin menga koʻrguzdilar. Chun sizlarning figʻon va faryodingiz chiqti, yana bu yerga tushurdilar.

Debdurki, ul sinda har ikki-uch kun iftor qilur erdi. Makkaga borurda Nishoburda shayx Fariduddin Attor q. s. suhbatigʻa yetishtilar. Shayx «Asrornoma» kitobin alargʻa bergan ekandur. Doim oʻzlari bila asrar ekandurlar. Alar der ermishlarki, men bu jism emasmenki, oshiqlar nazarida manzurman, balki ul zavqu xushluqmenki, muridlar botinida maning kalomimdin bosh urar. Alloh, Alloh, chun ul damni topsang va ul zavqni totsang, gʻanimat tut va shukr qilki, men uldurmen: Va debdurki, qushki yerdin yuqori uchqay, agarchi osmongʻa yetmagay, ammo tomdin yiroq boʻlgʻay. Hamul nav’ agar kishi darvesh boʻlsa, agar darveshlik kamolnga yetmasa, ammo muncha boʻlgʻayki, zumrai xalqdin va bozor ahlidin mumtoz boʻlgʻay va dunyoning zahmatlaridin sabukvor boʻlgʻayki, [yuki yengillar qutuldilar, yuki ogʻirlar halok boʻldilar](1). Dunyo ahlidin birov alar xizmatida uzrxohlnq qilur erdiki, xizmatda muqassirmen. Alar dedilar: i’tizor hojat ermas. Onchaki, oʻzgalar sening kelganingdin minnatdordurlar. Biz sening kelmagoningdin minnatdordurbiz. Ashobidin birini malul koʻrdilar va dedilarki, barcha malolat bu olamgʻa koʻngul bogʻlagʻondindur. Har damki bu jahondin ozod boʻlgʻaysen va oʻzungni gʻarib bilgoysen va har rangki, boqsang va har mazaniki totsang, bilsanki, oning bila qolmogʻungdur va oʻzga sori borgʻung va hech malolat yeri qolmagʻay. Va alar debdurlarki, ozodmard uldurki, birov ranjin qilgʻondin ranjida boʻlmagʻoy. Va javonmard uldurki, ranjida qilurgʻa mustavjib boʻlgʻonni ranjida qilmagʻoy. Mavlono Sirojiddin Qunyaviy – ul vaqtning buzurgi er-mish. Ammo alar bila xush emas ermish. Oning qoshida debdurlarki, alar debdurlarki, men yetmish uch mazhab bila birdurman. Tiladiki, alarni ranjida qilgʻay va behurmat etgay. Birovni oʻz yaqinlaridinki, donishmand erdi va safih erdi yibordiki, jam’ orasida Mavlonodin soʻrgʻilki, sen mundoq debsen, agar iqror qilsa, safohat qil va ogʻzingdin kelguncha soʻk va ranjida qil. Ul kishi keldi. Savol qildi, alar dedilarki, aytibmen. Ul kishi muqarrar qilgʻon dastur bila beqoida aytib safohat qila kirishti. Alar tabassum qilib dedilarki, bular bila ham birmen. Ul kishi bagʻoyat xijil boʻldi va qaytti. Shayx Ruknuddin Alouddavla debdurki, menga aning bu soʻzi bagʻoyat xush kelibdur. Alar xodimdin soʻrsalar erdiki, uyda hech nima bor-mu? Agar desa erdiki, yoʻqdur, munbasit boʻlub, shukr qilurlar erdi va derlar erdiki, bu kun bizning uy paygʻambar uyiga oʻxshar va agar desa erdiki, matbax muhayyodur. Munfail boʻlub der erdiki, bu uydin bu kun Fir’avn uyi isi keladur. Bir kun alar majlisida Shayx Avhaduddin Kirmoniy soʻzi oʻtadur erdi. Birov dediki, shohidboz edi, ammo pokboz edi. Alar dedilarki, kosh har ne tilasa qilsa erdi va oʻtsa erdi.

Bayt:

[Benihoyatdur bu manzil, ey rafiq,
Roʻzu shab ketmak kerak uldur tariq](2).

Alar der ermishlarki, rubob uni behisht eshigining sariridur. Agar bizga andin zavqu xushholliq boʻlsa, jihat budur.

Bir munkir eshitib debdurki, biz dogʻi eshiturbiz. Bizga nechuk ul zavqu hol boʻlmas? Alar, debdurlarki, siz ul eshikning yopqanining saririn eshitursiz, biz ochqonining. Sabab budurki, bizga zavqu hol boʻlur va sizga yoʻq.

Alar debdurlarki, birov bir darveshning xilvatigʻa keldi va dediki, nevchun yolgʻuz oʻlturubsen? Ul darvesh dediki, emdi yolgʻuz boʻldumki, sen kelding va menga haqdin mone’ boʻldung. Alar samo’da ermishlar, bir darvesh xotirigʻa kechibdurki, savol qilayki, faqr nedur? Alar samo’ asnosida bu ruboiyni debdurlar.

Ruboiy:

[Faqr – javhardir, faqrdan boshqasi arazdir,
Faqr – shifodir, faqrdan boshqasi bemorlikdir.
Olamning barchasi nayrang va gʻururdir,
Faqr esa, olamdagʻi sir va maqsaddir](3).

Alar debdurlar, suhbat azizdur, [tengqurlardan boshqa bilan suhbatlashmang](4) va debdurlarki, hazrati xudovandim Shayx Shamsuddin Tabriziy q. s. buyurubdurki, qabul topqan muridning alomati uldurki, aslo begona el bila suhbat tuta olmagʻoy va agar nogoh begona suhbatigʻa tushsa, andoq boʻlgʻoyki, munofiq masjidda va goʻdak maktabda va asir zindonda. Va alarning marazida Shayx Sadruddin Quniyaviy iyodatqa keldi va dediki, [Alloh senga tezda shifo bersin!](5) darajot raf’i boʻlgʻay. Umiddurki, sihhat boʻlgʻayki, Mavlono olam ahlining jonidur. Alar dedilarki, mundin soʻngra Sizga boʻlsun! Hamonoki oshiq va ma’shuq orasida she’r koʻnglakdin ortuq qolmaydir. Tilamassizki nur nurga qoʻshulgʻay.

Bayt:

[Men badandan, u xayoldan xoli boʻldi,
Visol soʻngida masrur boʻlaman](6).

Shayx ashob bila yigʻladilar va Mavlono bu gʻazalni dedilarki,

misra’:

[Qaydan bilsanki, botinimda hamsuhbat podshohim bor?](7)

oxirigacha.

Va alar ashob vasiyatida mundoq buyurubdurlarki, [Sizlarga vasiyatim shuki, xoh pinhon, xoh oshkor oz yeb, oz uxlab, oz gapirib gunohlardan saqlanib, doimo roʻza tutib, tunlari bedor boʻlib, hamisha katta orzu-istaklardan kechib, xalq jafosiga sabr qilib, omi va nodon davrasini tark etib, ulugʻlar va solihlar bilan suhbat qurib, Allohga taqvo qiling! Odamlarning yaxshisi – odamlarga foydasi tegadiganidir! Soʻzning yaxshisi – ozi va maqsadga yetkazadiganidir! Va hamd; yolgʻiz Allohgadir!](8).

Savol qildilarki, Mavlaviyning xilofatigʻa kim munosibdur? Dedi: Chalabiy Husomuddin! Uch qatlagʻacha savol qildilar, javob bu erdi. Dedilarki, Sulton Valad nnsbatigʻa ne dersiz? Dediki, ul pahlavondur. Onga vasiyat hojat emas. Soʻrdilarki, sizga namoz kim qilsun? Dediki, Shayx Sadruddin! Va buyurdilarki yoronlar bu sori tortadurlar va Mavlono Shamsuddin ul sori. [Ey qavmimiz, Allohga da’vat qilguvchini qabul qilinglar](9) nochor borgʻuluqdur.

Olti yuz yetmish ikkida jumod ul-oxir oyining beshida gʻurub vaqti Mavlono olamdin oʻttilar. Shayx Muayyaddin Jandiydan soʻrdilarki, Shayx Sadruddin: Mavlono bobida ne der erdi? Dedi, valloh, bir kun xos ashob bila oʻlturub erdi. Misli Shamsuddin Igiy va Faxruddin Iroqiy va Sharofuddin Musiliy va Shayx Sa’iyd Fargʻoniy. Soʻz alarning siyratu sariridin chiqdi. Shayx dediki, Junayd va Boyazid bu ahdda boʻlsalar erdi ul mardimardonaning gʻoshiyasin koʻtargoylar erdi va minnat jonlarigʻa qoʻygʻaylar erdi. Faqri Muhammadiyning xonsolori uldur. Biz aning tufaylidin zavq qilurbiz. Barcha ashob insof berdilar va ofarin qildilar. Bu soʻzlardin soʻngra Shayx Muayyad dediki, men ham ul sultonning niyozmandlaridinmen va bu baytni oʻqidi.

Bayt:

[Agar oramizda ilohiylik ma’nosini anglatuvchi surat paydo boʻlsa,
u sen, buni kinoyasiz, taraddudsiz aytaman](1)0.

503. Mavlono Shamsuddin Muhammad b. Ali b. Malikdod Tabriziy q. s.

Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da mundoq bitibdurlarki, Hazrat Mavlaviy aning alqobida mundoq bitibdurkim, [yaxshilikka chiqiruvchi ulugʻ Mavlono – jonlarning xulosasi, chirogʻ, shisha, chirogʻdonning sirri, din va haqiqat quyoshi, avvalgi va oxirgilarga Allohning nuri](1). Ul debdurkn, hanuz maktabda erdim va murohiq boʻlmaydur erdim. Agar manga qirq kun oʻtsa erdi, siyrati Muhammadiy ishqidin manga taom orzusi boʻlmas erdi. Ul Shayx Abubakr Sallabof Tabriziy murididur. Va ba’zi debdurlarki, Shayx Ruknuddin Sinjosiy muridi ermishki, Shayx Avhaduddin Kirmoniy ham aning murididur. Va ba’zi debdurlarki, Bobo Kamol Jandiy murididur. Boʻla olurki, barchaning xidmatigʻa yetmish boʻlgʻay va tarbiyatlarin topmish boʻlgʻay. Oxir holida doim safar qilur ermish va qora kiyiz kiyar ermish va har mulkka borsa, karvonsaroyda tushar ermish. Derlarki, Bagʻdodqa yetkanda Shayx Avhaduddin Kirmoniyni koʻrdi va dedi: ne ishtasen? Ul dedi: toshligʻ suvda oy aksin koʻradurmen. Ul dedi: agar buyiunggʻa chibon chiqmaylur, oyni ne uchun osmonda koʻrmaysen? Va ul vaqtki, ul Bobo Kamol xidmatigʻa yetar erdi, Shayx Faxruddin Iroqiy ham Shayx Zakariyo Moʻltoniy amri bila anda erdi. Va har fathu kashfeki anga yuzlanur ermish, ani nazm va yo nasr libosida ado qilur va Bobo nazarigʻa yetkurur ermish. Va Shayx Shamsuddin hech nima zohir qilmas ermish. Bir kun Bobo debdurki, farzand Shamsuddin, ul asroru haqoyiqdinki, farzand Faxruddin Iroqiy zohir qilur, sanga hech loyiq boʻlmas? Ul javob beribdurki, andin ortuq mushohada boʻlur, ammo bu jihatdinki, ul ba’zi istilohlardin sohibvuquflur, qilaolurki, alarni yaxshi libosda jilva bergay va manga ul quvvat yoʻqdur. Bobo dedikim, Haq s. t. sanga musohibe bergayki, avvalinu oxirin haqoyiqu maorifin sening otingga izhor qilgʻay. Mavlono Shamsuddin Qoʻnyagʻa yetkanda, Mavlono Jaloluddin madrasadin chiqib, jamoate ulamo aning rikobida boradur erdilar.

Mavlono aning inonin tutub dedi: yo Imom ul-muslimin, Boyazid buzurgrakdur, yo Hazrat Risolat s. a v.? Mavlono debdurki, ul soʻzning haybatidin goʻyoki yetti osmon bir-biridin ayrildi va yerga toʻkuldi va mening botinimdin azim oʻte dimogʻimgʻa urdi. Javob berdim-ki, Mustafo s. a. v. olam ahlining buzurgrakidurlar, Boyazid ne boʻlgʻay? Pas dedi: ne ma’nosi borki, Mustafo s. a. v. debdurkn, [seni tanishlik darajasida taniyolmadim](2). Va Boyazid debdurki, [Poko parvardigoro, shonim naqadar yuksak! Men sultonlar sultoniman!](3) ham debdur? Dedim: Boyazid suvsizligʻi bir jur’adin oʻlturushti, serobligʻdin dam urdi, idrokining koʻzasi aning bila toʻldi va ul nur aning uyining ravzanasi xurdida erdi. Ammo Mustafo s. a. v. istisqoye azim va suvsizligʻ ustigʻa suvsizligʻ erdi va muborak koʻksi [biz sening qalbingni keng – munavvar qilib qoʻymadikmi?](4) sharhi bila [Allohning yeri kengdur](5) boʻlub erdi. Lojaram otashdin dam urdi va har kun qurbat ziyodatligʻining istid’osida erdi. Mavlono Shamsuddin faryod urub yiqildi. Va Mavlono markabdin tushub shogirdlarigʻa buyurdikim, ani koʻtarib madrasagʻa elttilar. Chun oʻziga keldi va muborak boshin Mavlono tizi ustiga qoʻyub erdi, andin soʻng aning iligin tutub ravon boʻldi va uch oy muddate bir xilvatda laylan va nahoran visol savmi bila oʻlturdilarki, aslo chiqmadilar. Va kishiga zahra yoʻq erdikim, alarning xilvatigʻa kirgay. Ul xilvatda bir kun Mavlono Shamsuddin Mavlaviy xidmatidin shohide tiladi. Ul oʻz haramining iligin tutub majlisqa kelturdi. Ul dediki, bu mening singlimdur, bir nozanin yigit koʻnglum tilar. Filhol farzandi Sulton Valadni olib keldi. Dedi: bu mening farzandimdur, Holiyo agar bir miqdor chogʻir muyassar boʻlsa, zavqe qilur erduk. Mavlaviy chiqdi va juhudlar mahallasidin bir koʻza chogʻir yetkurdi. Mavlono Shamsuddin buyurdikim, men Mavlononing mutovaati quvvati va mashrabi vus’atin imtihon qiladur erdim. Har nedin desalar, ortigʻroqdur. Va debdurki vaqt mashoyixidin soʻrarbizki, [menda Xudo bilan shunday lahzalar boʻladiki...](6) bu mustamir vaqt boʻlgʻay? Derlarki, yoʻq, mustamir boʻlmagʻay! Va dediki, birav Hazrat Muhammad s. a. v. ummatidin bir darveshga dediki, sanga Tengri jam’iyat bergay. Ul dedi: hay-hay, bu duoni qilma, mundoq duo qilki, Tengri jam’iyatni andin ayir, anga tafriqaye berki, men jam’iyatda ojiz boʻlubmen. Va debdurki, birav derki, siqoyada Tengri otin tutmamak kerak va Qur’on oʻqumamak kerak, magar ohista. Dedimki, munga ne chora qilayki, ani oʻzumdin ayira olmon: shoh otdin tushmas, bechora ot ne qilsun? Va ba’zi debdurlarki, chun Mavlono Shamsuddin Qoʻnyagʻa yetti, Mavlono xidmatlari darsigʻa kirdi. Va Mavlono bir havz qirogʻida oʻlturub erdi va tegrasida kitoblar. Ul soʻrdiki, bu ne kitoblardur? Mavlono dediki, bu qiylu qoldur, sening munung bila ne ishing bor? Mavlono Shamsuddin ilig uzatti va ul kitoblarni suvga soldi. Mavlono tamom taassuf bila dedi: ey darvesh, ne qilding, alardin ba’zi otamning favoyidi erdiki, yana topilmas. Mavlono Shamsuddin ilig suvga urub, birin-birin kitoblarni suvdin chiqardi va suv hech qaysigʻa asar qilmaydur erdi. Va Mavlono xidmatlari ayttilarki, bu ne sirdur? Ul dediki, muni zavqu hol derlar, muning bila sening ne ishing bor? Andin soʻngra ul ikki buzurgvorning suhbatlari tutashti. Bu nav’ naql qilibdurlarki, Mavlono Shamsuddin q. s. shahodat sharafi bila dunyodin oʻtubdur. Va tarix olti yuz qirq besh ekandur. Va oz fursatda qotillarin birin-birin Tengri taolo tafzihlar bila olamdin chiqaribdur. Ul jumladin biri Mavlononing farzandi Alouddin Muhammad ermishki, [Ey Nuh, u sening ahlingdan emas](7) dogʻigʻa muntasib ermish. Va ba’zi debdurlarki, alarning qabri Mavlono Pahlaviy madrasasida Mavlono Badriddinkim, boniy ekandur, aning yonidadur, vallohu taolo a’lam.

504. Shayx Salohuddin b. Faridun Qunyaviy ma’ruf bi-Zarkub q. s.

Ul bidoyate holida Sayyid Burhonuddin Muhaqqiq Tirmiziyning muridi ermish. Mavlono Jaloluddin xidmatlari zarkublar hovlisidin oʻtarda, alarning zarbi unidin alargʻa hol voqe’ boʻlubdur va samo’gʻa kiribdurlar. Shayx Salohuddin ilhom bila doʻkondin sakrab chiqibdur va boshin alarning ayogʻigʻa qoʻyubdur. Va Mavlono hazratlari aning boshin koʻtarib, iltifot va navozish qilib, peshindin namozi digargacha Mavlono hazratlari samo’da ermishlar. Va bu gʻazalni buyurdilarki,

Bayt:

[Bu zargarlik doʻkonida shunday bir xazina paydo boʻldiki,
ajab surat, goʻzal ma’ni, qanday yaxshi, qanday yaxshi!](1).

Shayx Salohuddin buyurdi, to doʻkonni yagʻmo qildilar. Va ikki kavndin ozod boʻldi. Va Mavlono xidmatlarida ravona boʻldi. Mavlono hazratlarigʻa ham – ul ishqibozlikkim, Shayx Shamsuddin Tabriziy bila erdi, aning bila bunyod qildilar. Va ikki yilgʻacha aning bila musohabat va muvonasatlari bor erdi. Bir kun Mavlono hazratidin savol qildilarki, orif kimdur? Dedilarki, orif uldurki, sening sirringdin soʻz aytqay va sen xomush boʻlgʻaysen va andoq kishi Salohuddindur. Va chun Sulton Valad bulugʻ haddigʻa yetti, Mavlono hazratlari Shayx Salohuddinning qizini aning uchui xutba qildilar va Chalabiy Orif ul qizdin mutavallid boʻldi. Va Shayx Salohuddin Qunyada madfundur, Mavlono Bahouddin Valad q. s. jivorida.

505. Shayq Hisomuddin Hasan b. Muhammad b. Husan b. Axiy Turk q. s.

Chun Shayx Salohuddin Haq jivori rahmatigʻa bordi, Mavlono xidmatlarining inoyat va xilofatlari Chalabiy Nizomuddingʻa muntaqal boʻldi va ishqbozligʻ aning bila bunyod qoʻydilar. Va «Masnaviy» nazmining sababi ul erdikim, chun Chalabiy Nizomuddin ashob maylini Hakim Sanoiy «Ilohiynoma»sigʻa va Shayx Fariduddin Attor q. s. «Mantiq ut-tayr» va «Musibatnoma»sigʻa ma’lum qildi, Mavlono xidmatlarngʻa arz qildikim, gʻazaliyot asrori koʻp boʻlubdur, mazkur boʻlgʻon kitoblar tarzi bila agar kitobe mavzun boʻlsaki, doʻstlargʻa yodgore boʻlgʻay, inoyatdur. Mavlono filhol dastorlari boshidin bir kogʻaz Chalabiy Nizomnddin ilgiga berdilar, oʻn sakkiz bet anda bitiklik. «Masnaviy»ning avvalidin, andinki,

masnaviy:

[Tingla, nay andoq hikoyatlar qilur](1) onchakim
[xullas, soʻzni qisqa qilish kerak, vassalom!](2).

Andin soʻngra Mavlono xidmatlari dedilarki, andin burunki sizing zamiringizga bu doiya tushkay, gʻayb olamidin koʻnglumga muni ilqo qilib erdikim, bu nav’ kitobe nazm qililgʻay va ihtimomi kulliy bila «Masnaviy» nazmigʻa shuru’ qildilar. Goh-goh andoq boʻlur erdiki, tunning avvalidin fajr tulu’igʻacha imlo qilurlar erdi va Chalabiy Nizomuddin bitir erdi. Va majmu’ ul bitiganni buyuk un bila Mavlono xidmatigʻa oʻqur erdi. Chun avvalgn daftar tamomgʻa yetti, Chalabiy Nizomiddinning harami favt boʻldi va aroda fatrate tushti. Ikki yildin soʻngra Chalabiy Nizomuddin Mavlono xidmatlarida niyozmandligʻlar bila «Masnaviy»ning tatimmasin istid’o qildi. Andoqki, ikkinchi daftarning avvalida ishorat anga voqe’ boʻlubdurki,

masnaviy:

[Bir muddat bu masnaviy kechiktirildi,
qon sutga aylanguncha vaqt kerak](3).

Andin soʻngra kitobning oxirigacha Mavlono hazratlari ayturlar erdi va Chalabiy Nizomuddin bitir erdi. Bir kun Chalabiy Nizomuddin dedikim, qachonki ashob Maxdumiyning masnaviysin oʻqurlar va huzur ahli aning nurigʻa mustagʻraq boʻlurlar, koʻrarmenki, gʻayb ahlidin jamoate iliglarinda dashnalar va tigʻlar tutub hozir boʻlurlar. Har kim ixlos yuzidin isgʻo qilmasa, imonining tubin va dinining shoxin kesib, ani sudray-sudray saqar mustaqarrigʻa elturlar. Mavlono dedilarki, andoqdurki, koʻrdung.

masnaviy:

[Bu soʻzlarga dushman boʻlganlarning sharmanda boʻlib, doʻzaxga tushgani koʻrsatildi.
Ey, Hisomuddin, sen uning holini koʻrding.
Haq qilmishiga munosib javob berganini senga koʻrsatdi](4).

506. Sulton Valad q. s.

Ul Sayyid Burhonuddin Muhaqqiq bila Shayx Shamsuddin Tabriziy q. s.gʻa shoyista xidmatlar qilib erdi. Va Shayx Salohuddingʻa kulliy irodati bor erdi. Va oʻn bir yil Chalabiy Nizomuddinni buzurgvor-otasi qoyimi maqom va xalifasi tutar erdi. Va koʻp yillar otasi haqoyiqu maorifin fasih til bila taqrir qilur erdi. Va bir masnaviysi bor, Hakim Sanoyi «Hadiqa»si vaznida, base asroru nukta anda darj qilibdur. Borlar Hazrat Mavlono anga bu xitobni qilibdurki, [odamlar orasida menga surat va siyratda eng koʻp oʻxshaydigani sensan](1). Va ani bagʻoyat sevar ermish. Derlarki, jaliy qalam bila oʻz madrasasining devorida bitibdurki: «bizing Bahouddin nekbaxtdur, yaxshi tirildi va yaxshi oʻlgʻay, vallohu a’lam». Va derlarki, bir kun anga navozish qilur ermish. Debdurki, Bahouddin, mening bu olamgʻa kelmakimga sabab sening zuhurung erdi. Va barcha soʻzlar mening qavlumdur va sen fe’limsen. Bir kun Hazrat Mavlono anga dedilarki, Dimashqqa bor, Mavlono Shamsuddin talabigʻa. Va muncha vajhi sim elt va ul sultoni ma’no kafshi ichiga sol va muborak kashfning yuzin Rum sari qil! Chun Dimashqqa yetsang, Solihiyada karvonsaroydur mashhur, yaksar anda borki, ani anda toparsenki, bir farangi sohibjamol yigit bila shatranj oʻynaydur. Chun ul eltsa, yormoq oladur va agar ul yigit eltsa silli uradirgʻon koʻrgungdur. Zinhor inkor qilmaki, ul yigit bu toifadindur va oʻzun tanimas. Va alar tilarki ani oʻziga shinoso qilgʻaylar. Chun Sulton Valad Dimashqqa bordi va Mavlono Shamsuddinni ham ul yerdaki buzurgvor validi nishon berib erdi, toptiki, ul yigit bila shatranj oʻynaydur erdi. Niyozmand hamrohlar bila ilayiga bosh qoʻyub riqqatlar qildilar. Va ul farangi kofir yigit bu holni koʻrub, aning buzurgluqin bildi va oʻz beadabliqlaridin uyalib, bosh yalang qilib, imon kelturdi. Va insof yuzidin turdi va tiladiki, har nesi boʻlsa yagʻmogʻa bergay. Mavlono Shamsuddin qoʻymadi, buyurdiki, Farangistongʻa qayt va ul diyorning azizlarin musharraf qil va ul jamoatning qutbi oʻl! Andin soʻng Sulton Valad kelturgan vajhni amr topqan bila ul maxdumning kafshiga toʻkub, kafsh yuzin Rum sari evurdi. Va Mavlono xidmati va soyir Rum niyozmandlari tilidin alarni istid’o qildi. Alar qabul qilib, ham aning otigʻa minib, azimat qildilar. Va Sulton Valad rikoblarida yayoq tebradi. Va Mavlono Shamsuddin har necha buyurdilarki, farzand Valad, otlan! Ul boshin qoʻyub dediki, shoh otligʻ va banda otligʻ qachon ravo boʻlgʻay? Va Damashqdin Qoʻnyagʻacha alarning rikobida yayoq bordi. Chun Qoʻnyagʻa yettilar, Mavlono Shamsuddin aning xidmatlarin Mavlono Jaloluddingʻa taqrir qilib aytur erdiki, men mundoq dedim, ul mundoq javob aytti va bashomat qilur erdi. Andin soʻngra dedi-larki, manga Haq mavhibatlaridin ikki nimadur: sar va sir. Avvalgʻini ixlos bila Mavlonogʻa fido qildim, ikkinchini Bahouddin Valadgʻa bagʻishladim. Agar Bahouddiigʻa Nuh umri boʻlub, barini bu yoʻlda sarf qila erdi, ul muyassar boʻlmagʻay erdiki, bu yoʻlda mendin anga yetti. Umid ulkim, sizdin ham nasiblar anga yetkay. Chun Mavlono tengrining jivori rahmatigʻa bordi, yetti kundin soʻngra Chalabiy Nizomuddin barcha asbob bila Sulton Valad qoshigʻa keldi va dedi: tilar menki, buzurgvor otang oʻrnigʻa oʻlturgʻaysen va muridlargʻa irshod qilgʻaysen va bizga shayx va muqtado boʻlgʻaysen va men rikobingda gʻoshiyani egnimga qoʻyub bandaligʻ qilgʻaymen. Va bu baytni oʻqidiki,

Bayt:

[Ey jon, koʻngul uyida kim oʻtiribdi,
Shoh taxtida shoh, va shahzodadan boshqa!?](2).

Sulton Valad bosh qoʻydi va koʻp yigʻladi va dediki [Sufiyga xirqa yarashadi, yetimga yonish va kuyish](3). Andoqki, otam hayotida xalifa va buzurgvor erding, bu zamon ham xalifa va buzurgvorimizsen. Ul debdurki, bir kun otam dedikim, agar tilasangki doyim behishti barinda boʻlgʻaysen, barcha bila doʻst boʻl va hech kimning kinasin koʻnglungda asrama! Va bu ruboiyni oʻqidikim,

Ruboiy:

[Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham boʻlu jarohat boʻlma!
Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon soʻzli, fikri buzuq, yomonlikni targʻib qiluvchi boʻlma!](4).

Tamom anbiyo a. s. muni qilibdurlar va bu siyratli suratqa kelturubdurlar, lojaram olam ahli alar xulqlarigʻa magʻlub va lutflarigʻa majzub boʻlibdurlar. Chun doʻstlarni yod qilursen, koʻnglung boʻstoni xushlugʻdin ochilur va gulu rayhondin toʻlar. Va chun dushmanlarni zikr qilursen, iching tikan va yilon bilan toʻlar va xotiring pajmurda boʻlur. Derlarki, vafoti kechasi bu baytni oʻqur ermish.

Bayt:

[Bu tun shunday tunki, shodlik tunidir.
Allohdan ozodlik yetar bir tundir](5).

Yetti yuz oʻn ikkida Rajab oyining oʻnida shanba kechasi dunyodin oʻtti.

507. Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s.

Hazrat Maxdum n. m. Imom Yofi’iydin alar alqobigʻa mundoq naql qilibdurlarkn, [oʻz zamonasining ustozi, davrining yagonasi, nurlar matlai, sirlar manbai, tariqat rahbari, haqiqat tarjimoni, zohir va botin ilmlarda barcha ulugʻ shayxlarning ustozi, oriflar yoʻlboshchisi, soliklar tayanchi, rabboniy olim Shihobuddin Abu Hafs Umar b. Muhammad Bakriy Suhravardiy, Alloh uning sirrini muqaddas qilsin](1). Abu-bakr Siddiq r. a. farzandlaridindur. Tasavvufda intisobi oʻzining ammi Shayx Abunnajib Suhravardiygʻa. Va Shayx Abdulqodir Giloniy r. suhbatigʻa yetibdurlar va alardin oʻzga ham mashoyixdin koʻpning suhbatigʻa musharraf boʻlubdurlar. Va debdurlarki, ba’zi abdol bila muddate Abbodon jazirasida boʻlur ermishlar. Va Xizr a. s. bila suhbat tutubdurlar. Shayx Abdulqodir alar vasfida debdur: [Sen Iroqdagi mashhur kishilarning oxirgisisan](2). Koʻp tasniflari bor. «Avorif»dek va «Rashf un-nasoyih» va «A’lom ut-tuqo»dek. «Avorif»ni Makkada tasnif qilibdurlar. Oʻz vaqtlarida shayx ush-shuyux ermishlar. Bagʻdodda tariqat arbobi yiroq – yaqindan bu qavm masoyili istifosini alardin qilur erdilar: [Ulardan ba’zisi unga yozdi: Ey Xojam, agar amAlii tark etsam, tanballik qilgan boʻlaman. Agar amal qilsam, menda manmanlik paydo boʻlayapti. Javobida yozdi: Amal qil va manmanlikka qarshi Allohdan panoh tila!](3). «Iqboliya» risolasida mazkurdurki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. debdurlarki, Shayx Sa’duddin Hummuyiydin soʻrubdurlarki, Shayx Muhyiddin Arabiyni nechuk topting? Debdurki, [Sohilsiz, shiddatli toʻlqinlanuvchi daryo](4). Va debdurki, Shayx Shihobuddin Suhravardiyni nechuk topting? Debdurki, [Suhravardiy peshonasidagi paygʻambar s. a. v.gʻa tobelik nuri bu boshqa narsadir](5). Valodati besh yuz oʻttuz toʻqquzda Rajab oyida ermish, vafotlari olti yuz oʻttuz ikkida ermish, vallohu taolo a’lam.

508. Shayx Najibuddin Ali b. Buzgʻush Sheroziy q. s.

Olim erdi va orif, sarchashmai ulumu maorif. Otasi gʻaniy va tojir erdi. Va Shomdin Sherozga keldi va mutaahhil boʻldi va mutavattin. Bir kecha amirul-mu’minin Ali k. v.ni tushta koʻrdi va aning qoshigʻa taome kelturub, aning bila yedi va anga bashorat berdiki, Haq s. t. sanga farzande bergusidur, najib va solih. Chun ul oʻgʻul tugʻdi, anga ul hazrat otin qoʻydi: Ali va laqab Najibuddin dedi. Va ul oʻgʻul bidoyat holdin fuqaro muhabbatini koʻnglida asrar erdi va alar bila musohabat qilur erdi. Otasi anga har necha foxir liboslar yasar erdi va laziz taomlar tartib qilur erdi, parvo qilmas erdi. Va der erdikim, men xotunlar libosi kiymasmen va noziklar gʻizosi yemasmen! Va pashmina kiyar erdi va betakallufona taom yer erdi, angachaki ulgʻaydi. Va qavmning muddaoyu talabi koʻngliga gʻolib boʻldi va yolgʻuz uyda basar eltur erdi. Bir kecha tushta koʻrdiki, Shayxi Kabir ravzasidin bir qari chiqdi va aning keynicha yana olti uluq kishilar bir yoʻl bila borur erdilar. Ul burungʻi pir anga boqib tabassum qildi va iligin tutub, soʻnggʻi pirgʻa topshurdi. Va dediki, bu Tengri taolodin vade’atidur sanga. Chun uygʻondi, tushin otasigʻa dedi. Otasi dediki, bu tushni kimsa ta’bir qilaolmas, magar Shayx Ibrohim. Va ul majzub va uqaloyi majonindin erdi. Biravni aning qoshigʻa yubordiki, ul tushni arz qildi. Shayx Ibrohim eshitgach dediki, bu tush Ali Buzgʻushdin oʻzganing tushi emas! Burungʻi pir Shayx Kabirdur va oʻzgalar jam’iki, bu tariqni andin qabul qilibdurlar va soʻnggʻi pir kerakki, tirik erkan, ani tilab topmoq kerakki, munung tarbiyatin anga ruju’ qilibdur, to maqsudqa yetkay. Bu soʻzni eshitgach otadin ijozat hosil qilib, Makka safarigʻa azimat qildi. Chun Shayx Shihobuddin Suhravardiygʻa yetishti, ani tanidiki, tushta koʻrgan kishidur. Shayx ham aning holigʻa muttale’ erdi, aning tushin anga aytti. Va ul Shayx mulozamatin ixtiyor qildi va yillar aning suhbatida basar eltti va Shayx iligidon xirqa kiydi va Shayxning musannafotin va oʻzga nimalar ham bu ilmu tariqda Shayxdin eshitti. Va Shayx izni bila Sherozgʻa murojaat qilib, mutaahhil boʻldi. Va xonaqoh bino qilib, toliblar irshodigʻa mashgʻul boʻldi. Va holotu karomoti xalq orasida ishtihor topti. Va yaxshi soʻzlari va sharif risolalari borki, Shayx soʻzining isi alardin kelur. Bir kun anga dedilarki, tavhid sirrin bir misol bila ravshan qil! Dedi: ikki koʻzgu va bir olma. Asr fuzalosidin biri hozir erdi, bu ma’noni nazm qildi.

Masnaviy:

[Keksa, komil shayx Najibuddin soʻz sahrosida bu yangi gapni aytdi:
Vahdatdan misol keltirmoqchi boʻlsang, bir olmayu ikki oynani tasavvur qil!](1).

Bir kun dedi: ma’shuqning xolin payvasta ta’rif qilurlar, bu ajabki, anda xud xol yoʻqdur. Ham ul fozil hozir erdi, bu ma’noni ham nazm qildi.

Ruboiy:

[Ey ulki, sening husnda timsoling yoʻq,
mening holatim yuzungdagi xoldan ayri emas.
Mening barcha vasf qilganlarim yuzingdagi xoldir,
ajabki, yuzingda xolning oʻzi yoʻq](2).

Olti yuz yetmish sakkizda Sha’bon oyida dunyodin oʻtubdur:

509. Zahiriddin Abdurrahmon b. Ali b. Buzgʻush q. s.

Otasining murididur va xalifasi erdi. Onasi anga homila boʻlgʻonda, Hazrat Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. oʻz muborak xirqasidin bir pora ayirib yuboribdurlarki, ul mutavallid boʻlgʻonda, anga kiydurgaylar. Ul xirqaki hajqa kiyibdur, ul ekandur. Ulgʻaygʻanda, ota xidmatigʻa mashgʻul boʻldi va tarbiyat topti. Va hajgʻa bordi. Arafa kechasi tush koʻrdiki, Hazrat Rasul s. a. v. ravzasigʻa bordi va salom berdi. Javob qildiki, [Senga ham salom boʻlsin, ey Abunajoshiy!](1). Otasi ul holigʻa muttale’ boʻldi va ahlu xayligʻa xabar berdi va bashorat yetkurdiki, murod hosil boʻldi. Andin soʻngra dars aytti va hadis rivoyat qildi va tasonif qildi. Aning tasonifidin biri «Avorif» tarjimasidurki, anda kashfu ilhomdin sodir boʻlgʻon tahqiqoti koʻpdur. Buyuk maqomotqa. yetti va arjumand karomotqa mashhur boʻldi. Va Hazrat Shayxning bu ikki baytin doyim oʻqur ermishki,

She’r:

[Yuksak rizo maqomiga yetganimda ham rozi emas edim,
rizodin yuksakroq maqomdan ham koʻnglimiz zada.
Bizga firoq yuzlanib, maqsaddan yiroqlashgan paytimizda,
menga salomga keluvchi xayoling bilan qanoatlanaman](2).

Yetti yuz oʻn oltida Ramazon oyida dunyodin oʻtti.

510. Shayx Muhammad Yamaniy q. t. r.

Shayx Najibuddin Ali Buzgʻush debdurki, bir kun jam’i ashob bila Hazrat Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. suhbatida oʻlturub erduk. Shayx ashobdin biriga buyurdilarki, xonaqohdin tashqari chiqsun, agar gʻaribe boʻlsa, olib kirsunki, bizing dimogʻimizgʻa bir oshno isi keladur. Birav chiqti va hech kishi topmadi. Shayx yana haybat bila buyurdilarki, bu qatla chiqki toparsan! Ul darvesh bu qatla chiqqandin soʻngra bir qora rangligʻ kishi koʻrdiki, safar va azimat osori ahvolida zohir erdi, olib kirdi. Kirgach, saffi ni’olgʻa mayl qildiki, oʻlturgʻay. Shayx dediki, ey Shayx Muhammad, yaqin kelki, sendin oshno isi keladur. Va ani oʻz yonigʻa tiladilar. Va ul va Shayx bir-biri bila sirda bezabonligʻ tili bila soʻzlar aytishtilar. Andin soʻngra ul Shayxning tizini oʻpti. Va Shayx buyurdilarki, sufra kelturdilar va taom yedilar. Va men roʻza erdim. Shayx buyurdilarki, har kim roʻza tutubdur, oʻz holi bila boʻlsun! Ul sufrada anor erdi. Va Shayx anor yeydur erdilar va donalarni sufraning bir goʻshasida yigʻadur erdilar. Mening xotirimgʻa keldiki, ul donalarni olayki, Shayxning muborak ogʻzi suyi barakati anga yetibdur, aning bila iftor qilay. Chun bu xotir koʻngluma kirdi, ul gʻarib ul donalarni olib, ogʻziga solib yedi va manga boqib tabassum qildi. Bildimki, xayolimni bilibdur. Chun sufra koʻtardilar, Shayx buyurdilarki, Shayx Muhammad hofizi kalomdur, ammo muddate yolgʻuz tilovat qilibdur, emdi tilarki, birav qoshida har kun biror nima «Kalomulloh»din oʻtkargay. Har kim bu muddao qildi, ammo Shayx bu xidmatin manga havola qildilarki, Ali Sheroziy har kun aning darsini quloq tutsun! Ul har kun kelur erdi va bir sipora oʻqub borur erdi. Bu ayyomda andin gʻarib holot mushohada tushti va ajab fayzlar va osoyishlar aning suhbatidin manga yetishti. Oxir Shayx anga xirqa kiydurub, toliblarigʻa xirqa libosi ijozatin berib, oʻz viloyatigʻa uzatti. Va anda mashhur boʻldi va koʻp xalq anga murid boʻldilar.

511. Shayx Ibrohim Majzub q. s.

Ul hamuldurki, zikri Shayx Najibuddin Ali Buzgʻush bayoni holida oʻtti. Va debdurlarki, gohe necha kun oʻtar erdiki, hech taom yemas erdi, gohe necha kunluk taomni bir lahzada yer erdi. Va aning nima yemakining sharhi va Shayx Najibuddin Ali Buzgʻush bila suhbatining bayoni «Nafahot ul-uns»da bor, tilagan kishi topar. Va andin gʻarib holot va ajib karomatlar koʻrubdurlar. Shayx Shihobuddin Suhravardiy va ul tabaqadagʻi mashoyix bila mu’osir ermish.

512. Shayx Jamoluddin Lur q. t. s.

Shayx Najibuddin debdurki, bir qatla manga dedilarki, bu shahrgʻa bir Lur kelibdur, oti Jamoluddin. Va qaviy jazbasi bor va masjidi jome’da boʻlur. Bordim va ani koʻrdum va salom dedim. Javob dedi va ayttiki, mening oqni qora qilgʻuchilar bila ishim yoʻqdur, ya’ni fuqaho va bitiguchilar bila. Birav dediki, ul sufilardindur. Borib qoshida oʻlturdum va ahvolidin savol qildim. Dediki, men ummiy kishidurmen Lurda. Va nima oʻqumaydurmen, manga kalo oʻtlatmoq bila xush erdi. Bir kun poygohda kalo oʻtrusida oʻlturub erdim. Nogoh manga hole makshuf boʻldi va jazba zohir boʻldi va hijobni koʻzum ollidin oldilar. Behush-boʻldum va yiqildim. Va kaloning oyogʻi ostida ilik-ayogʻ urar erdim. Chun oʻz holimgʻa keldim, manga tavhid sirri makshuf boʻlub erdi. Va ul doyim shathiyot aytur erdi. Ulamo va sulaho aning inkorigʻa qoʻptilar va takfir qildilar. Va aning qatligʻa fatvo qilib, Otabek Abubakrki, shahrning podshohi erdi, qoshigʻa elttilar va qatl ijozati tiladilar. Otabek dediki, agar ikki kishi ham sizga muttafiq boʻlsalar, qatl qilay! Biri Shayx Najibuddin Ali Buzgʻush yana biri Shayx Mu’inuddinki, ham Sherozning buzurgi ermish. Ul fatvoni mening qoshimgʻa kelturdilar. Men bitidimki, ul majzubdur va magʻlub, aning qatli joyiz emas. Va Shayx Mu’inuddin ham andoq oʻq bitib erdi. Otabek aning qatligʻa hukm qilmadi. Ham ul debdurki, bir kun vuzu’ qiladur erdim va Jamoluddin manga boqadur erdi. Chun suvni yuzumga yetkurdum, dedimki, [nopoklikni ketkizaman!](1). Ul dedi, hech hadase qolmaydur, aytki [nopokni ketkizaman](2).

513. Shayx Shamsuddin Safiy r. t.

Kibor mashoyixdindur. Vaqte Shayx Najibuddin Hazrat Shayx Shihobuddin Suhravardiy xidmati niyatigʻa Bagʻdod azimati qilibdur, Shayx Shamsuddin rafiq ekandur. Ul Shayx Najibuddin ollida Qur’on oʻqubdur va Shayx Najibuddin aning qoshida fiqhdin bir nima oʻqubdur. Va uluq Shayx xidmatlarida suluk qilib, bir-biri bila suhbat tutar ermishlar. Va Shayx Najibuddin debdurki, chun Sherozgʻa murojaat qilduq, Hazrat Shayx mening uchun xirqa libos ijozati bitidi va Shayx Shamsuddin uchun ham bitidi. Va qirq adad boʻrk bizga berdi, yigirma manga va yigirma anga. Va har boʻrkda Sheroz buzurglaridin birining otin bitidi. Va buyurdiki, chun Sherozgʻa yetarsiz, avval bizing niyatimiz bila bu boʻrklarni alargʻa kiydurungki, alarning otlari bitiklikdur. Andin soʻngra oʻzgalarga xirqa libos qiling.

514. Shayx Nuriddin Abdussamad Natanziy q. s.

Ul Shayx Najibuddin Ali Buzgʻushning murididur. Zohiriyu botiniy ulumgʻa olim ermish. Shayx Izzuddin Mahmud Koshiy va Shayx Kamoluddin Abdurazzoq Koshiy ikkalasi aning muridlaridurlar. Shayx Abdurazzoq «Ta’vilot» tafsirida derkim, [Shayximiz Mavlono Nuriddin Abdussamad q. r. a.dan eshitdim. U otasidan eshitgan ekanki, faqirlardan biri ulugʻ Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. xizmatida boʻlib, vahdat mushohadasi va fano holatlariga yetib, yuksak zavq topgan edi. Ammo nogahon bir kun yigʻiga tushdi va afsuslandi. Shayx undan bu holat haqida soʻradi. Aytdi: Kasrat tufayli vahdatdan toʻsildim va undan uzoqlashdim. Endi oʻz holatimni topolmayapman. Shayx unga bu holat baqo maqomining boshlanishn, oldingi holatdan a’lo va yuksakroq ekanligini anglatdi va uni xotirjam qildi](1).

515. Shayx Izzuddin Mahmud Koshiy r. t.

«Avorif» tarjimasining sohibidur va «To’iyai Foriziya»ning shorihi va pasbaland haqoyiq va arjumand maorif bu ikki kitobda darj qilibdur. Bu ba’zi ruboiy aning maorifidindur.

Ruboiy:

[Qalbim menga aytdi: Ilmi ladunga havasim bor,
imkoning boʻlsa, uni menga oʻrgat! «Alif» dedim.
Boshqasini ham ayt!–dedi. «yoʻq!» – dedim.
Uyda birov boʻlsa, bir harf yetar.

Ey yuzing aksi koʻzimga nur bergan, yuzingga oʻz nuring bilan boqaman. Bizdan boshqaga boqma!– deding. Axir ayt! «Koʻzimga sendan boshqa kim ham koʻrinadi?»

Ey, doʻst, oramizda judolik qachongacha? Men – senman! Senu menlik qachongacha? Sening gʻayratingdan begonalik majoli qolmadi, bas, koʻzlarga begonavashlik qachongacha?](1).

Bu ikki qit’a dagʻi aning maorifidindur: [Kasratga yaxshi nazar solsang, vahdatning ayni oʻzidir! Sen shubhalansang ham, biz shubha qilmaymiz. Har bir narsaga haqiqat yuzidan boqsang – surati boʻlsin, moddasi boʻlsin birdir.

* * *

Oʻrtada sen bor ekansan, vahdat yuzi shubha niqobidan xoli boʻlmaydi. Agar oʻzlik niqobidan kechsang, ishq, oshiq, ma’shuq birdir](2).

516. Shayx Kamoluddin Abdurazzoq Koshiy r. t.

Ul Shayx Nuriddin Abdussamad Natanziyning murididir. Zohir va botin ulumigʻa jome’dur. Va koʻp tasnifoti bor, «Ta’vilot» tafsiridek, «Sufiya istilohoti» va «Fusus ul-hikam» sharhidek va «Manozil us-soirin» sharhidek. Va Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. bila muosirdur. Va oralarida vujud vahdati qavlida muxolafot va mubohasot voqi’dur. Va ul bobda bir-biriga maktublar bitibdurlar. Mir Iqbol Siyistoniy Sultoniya yoʻlida Shayx Kamoluddin Abdurazzoqqa hamroh boʻlgʻandur. Andin bu ma’no istifsori qilib, anga bu bobda gʻuluv koʻrubdur. Mir Iqboldin soʻrubdurki, sening shayxingning Hazrat Shayx Muhiddin Arabiygʻa va aning soʻzlarigʻa ne aqidasi bor? Ul javob debdurki, azim ush-sha’n tutar maorifda. Ammo derki, buki Haqni vujudi mutlaq debdur, gʻalat qilibdur va bu soʻzin begonmas. Ul debdurki, Shayxning barcha maorifining asli xud bu soʻzdadur. Ajabdurki, sening Shayxing bu soʻzga inkor qilur va barcha avliyoyu anbiyoyu a’imma bu mazhabda ermishlar. Mir Iqbol bu soʻzni oʻz Shayxigʻa arz qilgʻan ekandur. Shayx degandurk, jami’ milalu nihalda kishi mun-din rasvoroq soʻz demaydur. Va yaxshi boqsa, Tabiiya va Dahriya mazhabi mundin yaxshiroqdur. Va soʻzning yaqini va butlonida koʻp soʻzlar bitibdur. Va ul javob bitibdur. Va ikkalasini Hazrat Maxdumiy n. m.- n. «Nafahot ul-uns»da Jins bitibdurlar. Tilagan kishi anda tilasunki, topar!

517. Shayx Nuriddin Abdurrahmon Misriy q. s.

Oʻz zamonida buzurg ermish va oʻz vaqtida toliblar qiblasi. Va Misr diyorida tarbiyat va irshodlari muta’ayyin va shayxuxot maqomida mutamakkin. Va irodat avoyilida ul diyor mashoyixidin birining muridi ermishlar, ammo ishlari ul shayx qoshida tuganmaydur. Lekin shayxlari alargʻa aytqon ekandurkim, sening ishing Ajam mashoyixidin biri qoshida tamom boʻlgʻusidur. Ul intizorda boʻlur ermishlar, angachaki, Shayx Jamoluddin Yusuf Kuroniy Misrgʻa yetibdur. Aning suhbatidin yigirma kundin ozroq zamonda ishlari tamom boʻlubdur va Shayx alargʻa irshod ijozati bitibdur. Ijozatnomada birodar unvoni bila zikr qilibdur, aning uchunki, muammar boʻlgʻon ekandurlar. Va Shayx Jamoluddinning nisbati ikki kishigadur, biri Shayx Nizomuddin Shamshiriy yana biri Shayx Najmuddin Mahmud Isfahoniy. Va bu ikkalasi Shayx Nuriddin Abdussamad Natanziy q. r. muridlaridurlar.

518. Shayx Zaynuddin Abubakr Xavofiy q. s.

Alar oʻz zamonlarida Xuroson mulkining shayx ul-mashoyixi erdilar va ulumin zohiriyu botiniy orasida jome’. Va avval hollaridin oxirgʻacha shariat joddasigʻa va sunnat istiqomatigʻa va mutobaatigʻaki bu qavmning muhaqqiqlari qoshida uluqroq karomatdur, tavfiq topibdurlar. Va alarning nisbati tariqatda Shayx Nuriddin Abdurrahmon Misriygʻadur. Va Shayx alarning tarbiyati takmilidin soʻngra alargʻa irshod ijozati akmal vajh bila bitibdur. Alar Shayx ijozati va ishorati bila Xurosongʻa kelurda ijozatnoma-lari Bagʻdodda gʻoyib boʻlgʻon ekandur. Shayx Tengri jivori rahmatigʻa borgʻondin soʻngra Misrgʻa boribdurlar. Va Shayxning xilvatigʻa kirib, ziyorat qilurda oʻz ijozatnomalarining savodini koʻrubdurlarki, bir tokchada ermish olibdurlar va hamul dastur bila toliblar va muridlargʻa tarbiyatgʻa mashgʻul boʻlubdurdar. Va bu mahzi karomot boʻla olur. Shayx Zaynuddin debdurlarki, Misrdin kelurda chun Bagʻdodqa yetushtim, ul boʻrkki, Hazrat Shayx Nuriddin Abdurrahmon q. s. manga berib erdi va koʻp akobir boshigʻa yetib erdi, boshimda erdi. Pirtoji Giloniy bila muloqot voqe’ boʻldi. Ul boʻrkni mendin tiladi, andoqki, faqru darveshlik muqtazosi boʻlgʻay, anga berdim. Kecha voqe’da koʻrdumki, ul boʻrk mening qoshimda istigʻosa qiladur: Va ul buzurglarniki, alarning boshigʻa yetibdur, sanaydur va deydurki, men muncha solihu muttaqiy elning boshigʻa yetibmen, emdi sen meni bir xammor boshigʻa qoʻydungkn, xamr shurbigʻa ishtigʻol koʻrguzur. Tong otgach, ashobdin biri bila ani tilay chiqduq. Eshittukki, xarobotdadur va oʻz ishiga mashgʻuldur. Anda boribki soʻrduk, dedilarki falon uydadur. Chun ul uyga kirduk, mast yiqilib erdi va boʻrk boshida. Hamrohi musohib dediki, siz chiqing, men boʻrkni olib kelay! Men chiqdim va ul boʻrkni aning boshidin olib chiqdi va eshikni aning ustigʻa bogʻladi va boʻrkni mening boshimgʻa kelturdi. Derlarki, oxir hayotda alargʻa voride yuzlandiki, uch kecha-kunduz oʻzlaridin bil-kulliya gʻoyib erdilar. Chun alarni oʻzlariga kelturdilar, bir yilgʻa deguncha xomushlik alargʻa gʻolib boʻldi. Darvesh Ahmad Samarqandiy Shayxning ishin qilgʻan muridla-ridin va xulafosidin erdi, soʻfiya soʻzlarin koʻrub erdi va minbar ustida ani yaxshi bayon qilur erdi. «Fusus» mutolaasi va darsigʻa qiyom koʻrgazur erdi. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, aning oʻz xatti bila «Fusus ul-hikam»ning oxirida koʻrubmenki, bitibdurlarki, xilvatda erdimki, Hazrat Risolat s. a. v. manga «Fusus ul-hikam» darsigʻa ishorat qildi. Va Hazrat Rasul s. a. v.din savolot qilib javoblar topqanini ham «Nafahot»da bitibdurlar. Shayx rahimahullohu sakkiz yuz oʻttuz sakkizda shavvol oynning ikkisida yakshanba kechasi dunyodin oʻtubdurlar. Va alarni avval Molin degan yerda dafn qilibdurlar va andin Darveshobodqa naql qilibdurlar va Darveshoboddin Hirot Dor us-saltanati iydgohi yonigʻa naql qilibdurlar. Va alarning muborak mozori boshida oliy imorate yasabdurlar. Va anda oncha obodonligʻ boʻlubdurki, holo juma namozi qilurlar.

519. Amir Qivomuddin Sinjoniy r. t.

Bidoyat holda Xavof viloyatining Sinjon otligʻ kentida shariku navisand ermish va jam’ va xarj va tarjeh va taxsis nusxasi aning uhdasigʻa ermish. Bu holda anga nogoh jazbaye yetibdur. Har nedinki, mashgʻul ekandur, chiqibdur va suluk bunyod qilibdur. Derlar, iligin Tengri yoʻlida musulmonlargʻa vaqf qilgʻon ermishki, har kishi har ne buyursa, xoh mushaf va gʻayrihi bitigay. Ul buyurgʻan kitobning tarixin bigib, otlarin bila asrar ermishkim, buyurgʻan tarix dasturidan burun, soʻngra boʻlmagʻay. Majolisda maorif koʻp aytur ermish. Der ermishki, Muso a. s. voqe’ada manga bir ayoq sharbat beribdur, bu goʻyoligʻim boisi uldur. Koʻp ash’ori bor va Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s.ning ba’zi gʻazaliyotigʻa tatabbu’ qilibdur. Va kitobe tasnif qilibdurki, otin «Junun ul-majonin» qoʻyubdur. Va anda gʻarib soʻzlar darj qilibdur. Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s. bila muosir ermish. Oralarida mukotabot va murosalot bor. Hazrat Mahdumiy n. m. n. alardin ba’zini «Nafahot ul-uns»da darj qilibdurlar. Va Mavlono Shayx Koʻhistoniy Mirning valodat va vafotlari tarixida bu qit’ani aytibdurlarki,

qit’a:

[Amir dunyoni tark etuvchi, solik,
din va millat homiysi, talabda shoh Ibrohim Adhamdek edi.
Yetti yuz oʻttiz toʻrt sana roʻza oyi chiqib, hayit kuni dunyoga keldi.
Sakkiz yuz yigirma kirishidan besh kun oldin vafot etdi](1).

520. Xoja Shamsuddin Muhammad Kusuyi Jomiy q.s.

Shayx buzurgvor shayx ul-islom Ahmad Jom q. s. ning buzurgvor avlodi va kibor ahfodidindurlar. Va Shayxning xirqasinki, derlarki, Hazrat Shayx ul-mashoyix Shayx Abu Said Abulxayr q. s.din alargʻa yetgan ekandur, Xoja xidmatlarigʻa yetib erdi. Va ul xirqaning yoqasida Hazrat Risolat s. a. v.ning muborak koʻnglaklaridin bir parcha tikilgan mavjuddur. Xoja jomi’ erdilar ulumi zohiriygʻa va botiniygʻa. Shomu subh avrodini Hazrat Shayx Zaynuddin q. s. tariqi bila jahr ayturlar erdi. Va Hazrat Shayx Bahouddin Umar suhbatigʻa koʻp yetarlar erdi. Va azim irodatlari bor erdi. Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. musanna fotin koʻp oʻqur erdilar va mu’taqid erdilar. Va tavhid mas’alasin alargʻa muvofiq taqrir qilurlar ermish. V ani minbar ustida ulamo qoshida andoq bayon qilurlar ermishki, hech kimga e’tiroz va inkor majoli boʻlmas ermish. Va «Qur’on» asrorida va ahodis nukotida va mashoyix maorifi nukotida bagʻoyat tezfahm emishlar. Va oz tavajjuh bila alargʻa andoq maoniy foyiz boʻlur ermishki, oʻzga akobirgʻa koʻp taammullar bila ma’lum boʻlmas ermish. Va Mavlono Sa’duddin Koshgʻariy va Mavlono Muhammad Asad va Mavlono Boyazid Puronny va alardin oʻzga mashoyix va azizlarki alargʻa muosir erdilar, alar majlisida hozir boʻlur erdilar va mutabarrik nafaslaridin mahzuz boʻlur erdilar. Va’z va samo’ majlisining asnosida alargʻa azim vajd yuzlanur erdi va sayhalar tortar erdilarki, majlis ahligʻa siroyat qilur erdi. Bu faqirning otasining alargʻa irodati koʻp erdi. Va safarlarda suhbat va xidmatlarigʻa yetib erdi. Va faqir ham kichik yoshimda alarning muborak nazarigʻa yetib, iltifot topib, fotihalarigʻa musharraf boʻlub men va azim foida andin umidim bor. Umid ulki, noumid boʻlmagʻaymen. Sakkiz yuz oltmish uchda jumod ul-avval oyining yigirma uchida shanba kuni dunyodin oʻttilar. Vafotlari tarixida aytibdurlar va ul budurkim,

Bayt:

[Komil shayx, komillarning peshvosi, surat ahliga ma’no koʻrsatuvchi
Xoja Shamsuddin Muhammadkim, yopiq osmon uning gʻamini yeb, koʻk toʻn boʻladi.
U muqaddas qadamgoh sahnasidan joy oldi.
Imkonsiz yerda chodir qurdi.
Dunyo uning martabasi oldida arzimas edi.
Vafoti tarixini «charxi dun» soʻzidan chiqar!](1).

Va qabrlari Hirotning masjidi jome’i jivorida faqih Abu Yazid Margʻaziy mazori yaqinidadur. Va ba’zi azizlar ul maqbara boshida mutakallif madrasa va gunbad yasabdurlar. Va xaloyiq tabarruk yuzidin ziyorat qilib murod tilarlar va ba’zi topar erkanlar.

II- qism