OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNasoim ul-Muhabbat (III- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm309KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Nasoim ul-Muhabbat (III- qism)
Alisher Navoiy

Nasoyim ul-Muhabbat (davom)

521. Mavlono Zaynuddin Abubakr Toybodiy q. s.

Mavlono Nizomuddin Hiraviyning shogirdidur. Ammo shariat mutobaati varzishi bilan botin ulumi abvobi ham aning yuziga ochilibdur va bilhaqiqat Uvaysiy ermish. Va tarbiyat Hazrat Shayx ul-islom Ahmad Jom ruhidin topibdur va derlarki, Mavlono muddatlar riyozot va mujohidot bila oʻtkargandin soʻngra Hazrat Shayx Mavlonogʻa zohir boʻlib, debdurlarki, sening dardingning davosini Haq taolo bizning shifoxonada quyubdur. Andin soʻngra Mavlono yetti yilgacha yoyogʻ, koʻprak ayogʻ yalang Toyboddin Jomgʻa borur ermish va Qur’on tilovatigʻa mashgʻul boʻlur ermishlar. Oʻttiz yildin soʻngraki, bu tariyq bila suluk qilibdur. Ming Qur’on xatmidin soʻngra Hazrat Shayx ruhoniyatidin ishorat anga boʻlubdurki, Mashhad ziyorati salomullohi alo man halla fihi ihromi bogʻladi va ul ravza ostonboʻsligʻigʻa musharraf boʻlgʻondin soʻngra xil’atlar va navozishlar topti. Andin Tus mazoroti tavofigʻa mutavajjih boʻldi. Kecha Shayx Abunasr Sarroj mazori boshigʻaki, Tus-ning qirogʻidadur ihyo qildi va Hazrat Risolat s. a. v. gʻa musharraf boʻldi va hukm toptikim, tongla Tusqa kirsang, Uryon darveshe senga yoʻluqgʻusidur. Yaxshi ta’zim qil, ammo sujud qilma! Tong Tusgʻa kirgoch, Bobo Mahmud Tusiyki, majzub erdi, Hazrat buyurgʻon yoʻsun bila keladur erdi, yoʻluqdi, chun Mavlononi koʻrdi va oʻzin tufroqqa soldi va boshin kiziga tortti va Mavlononing qoshigʻa keldi. Bir zamon ayogʻ ustida turdi. Bir zamondin soʻngra oyogʻin kizdin chiqardi va qoʻpti va oʻz-oʻzi bila der erdiki, ey odobsiz, birovni ta’zim qilmassenki, kecha Hazrat Risolat s. a. v. Abu Nasr Sarroj mazori boshida oning bila muloqot qildi va oni senga nishon berdi va osmon farishtalari ondin uyolurlar. Mavlono Bobogʻa salom qildi va Bobo javob berdi va buyurdiki, borgʻilki, Roʻdbor avliyo va mashoyixi senga muntazirdurlar va Xoja Muhammad Porso q. s. xizmttlari soʻnggi qatla hajgʻa borurda Mavlono q.s. mazorigʻa kelgan ekandurlar. Der ermishki, avval qatla xojai buzurgvor Hazrat Xoja Bahouddin bila Makkaga borduq. Buxorodin Marvgʻa yetgonda qofila ikqi fariq boʻldilar va ba’zi Mashhadi muqaddas ravzi sori mayl qildilar va ba’zi Hirot sori moʻtavajjih boʻldilar. Bu buljar bilaki, Nishoburda bir-biriga qoʻshulgʻoylar. Hazrat Xojai buzurgvor Hiriy sori moyil boʻldilar va buyurdilarki, tilarbizki, Mavlono Zaynuddin Abubakir Toybodiy suhbatigʻa yetgaybiz. Men yigit erdim va Mavlono ahvolidin xabarim yoʻq erdi va Mashhad sori bordim va Xoja Muhammad bu ma’ni-din taassuf yer, nadomat izhori qilur ermishlar. Debdurlarki, chun Hazrat Xojai buzurgvor Toibodgʻa yetti va saboh namozin Mavlono bila qildilar va namozdin forigʻ boʻlgʻondin soʻngra burungʻi safda muroqabagʻa oʻz tariqlari bila mashgʻul boʻldilar va Mavlono avrodni tugatgandin soʻngra alar qoshigʻa kelib, koʻrushubdur va otlarin soʻrubdur. Alar debdurlarki, Bahouddin. Mavlono debdurki, bizing uchun bir naqsh bogʻlang! Alar debdurlarki, kelibbizki naqshe eltgaybiz. Va Mavlono hazratlari alarni uylarigʻa eltibdurlar va ikki-uch kun suhbat tutubdurlar va hayrbod qilib, Nishoburda qofilagʻa qoʻshubdurlar. Mavlono yetti yuz toʻqson birda muharram oyining salxida panjshanba kuni nisf un-nahorda olamdin oʻtubdurlar va Malik Imomuddin Zavzaniy alar vafoti tarixida debdurki, sana

qit’a:

[Tarix yetti yuz toʻqson bir sana boʻlib, muharram oyining oxiri payshanba kuni tush payti Mavlononing pok ruhi jannatga ravona boʻldi. Farishtalarning bari jondan «xush kelibsiz» dedilar](1).

522. Mavlono Jaloluddin Mahmud Zohid Murgʻobiy q. s.

Ul, dogʻi zohir ulumida Mavlono Nizomuddin Hiraviyning shogirdidur. Va sunnatu shariat varzishu mutobaati jnhatidin bu toifa tariqidin hazzi tamom topibdur va taqvoyu vara’da mubolagʻasi bor ekandur. Va debdurlarki, aning barzagari va dehqonligʻ olotidin biri bilaki vaqf ekandur, aning ziroatida ish qilgʻan ekandur. Ul voqif boʻlgʻach, ul ziroat mahsuligʻa daxl qilmaydur. Va barchasin fuqaro va masokingʻa tasadduq qilibdur. Hirot maliki bir surra yormoq yuboribdur, qabul qilmaydur. Kelturgon kishi debdurki, malik qoshigʻa eltsam, malul boʻlur, olib madrasangizda fuqaro va shogirdlaringizgʻa qismat qiling! Debdurki, oʻzung qismat qil, ammo aytqilki, qaydindur? Ul kishi bordi, qismat qilgʻali. Chun kayfiyatni aytti, hech kim qabul qilmadi. Yetti yuz yetmish sakkizda zulhijja oyi dunyodin oʻtubdur va qabri Hirot Murgʻobidadur.

523. Mavlono Jaloluddinch Abuyazid Puroniy q. s.

Shar’iy ulumni takmil qilib erdi. Va aning rioyati va sunnat mutobaati jihatidin oliya marotibgʻa yetib erdi. Aksar avqoti musulmonlar muhimmoti kayfiyatigʻa mashruf boʻlur erdi. Har soʻzki mavoiz va nasoyihdin mazkur qilsa erdi, mustami’largʻa azim asar qilur erdi. Zohir yuzidin birav irodatigʻa mansub emas, hamonoki Uvaysiy ekandur. Der ermishki, har qachon manga bir ishda mushkule voqe’ boʻlsa, Hazrat Risolat s. a. v. ruhoniyatigʻa tavajjuh qilgʻanimdin ul mushkul raf’ boʻlur. Bir qatla bir murididin bir tarogʻ tilabdur. Va debdurki, Hazrat Risolat s. a. v. manga dedilarki, Boyazid, gohi saqolingni taragʻil! Uyi mehmondin oz xole boʻlur ermish va alar buyurgʻon taomlarni muhayyo qilib, oʻzi sufra koʻtarib, mehmon ikromigʻa ishtigʻol koʻrguzur ermish. Va Mavlono Zahiruddin Xilvatiy suhbatigʻa yetar ermish. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da bitibdurlarki, bir qatla bir jamoat bila aning ziyoratigʻa borduk Ul jam’din birovning xotirigʻa kechmish boʻlgʻayki, agar Mavlononing karomati bor, bizing uchun kishmish kelturgayki, zalla qilgʻaybiz. Ul jamoat koʻpqondin soʻngra Mavlono ul kishii tiladi va uyga kirib, bir tabaqda quruq uzum chiqarib, anga berdi. Va dediki, ma’zur tutki, bizing bogʻda kishmish yoʻqdur. Mavlono sakkiz yuz oltmish ikkida Zulqa’da oyinda dushanba kechasi dunyodin oʻtti va qabri Purondadur. Sultoni zamon oliy imorat qabri boshida yasabdurki, darveshlargʻa maskan va ma’baddur.

524. Mavlono Zahiruddin Xilvatiy q. s.

Zohir va botin ulumigʻa jome’ ermish. Va Mavlono Zaynuddin Abubakr Toybodiy q. s. der ermishki, falak tosi ostida Zahiruddindek kishi bilmasmen. Va ul Shayx Sayfuddin Xilvatiyning murididur. Oʻn besh yil aning suhbati va xidmatida, boʻlubdur. Va Shayx Sayfuddin yetti yuz sakson uchda dunyodin oʻtubdur va qabri Xilvatiylar goʻristonidadur. Gozurgoh koʻpruki boshida Jahonoroy bogʻining yonidadur. Va Shayx Say-fuddin, Shayx Muhammad Xilvatiyning murididur. Va derlarki, ul Xorazmda jahr zikri aytur erdi. Va uni toʻrt yigʻochda eshitilur erdi. Va Pahlavon Mahmud Pakkayor muosiri erdi, aning bila suhbat tutar erdi. Va bu ikki bayt Pahlavondin manqul va mashhurdurki.

Nazm:

[Bir Allohga iymon keltir! Besh vaqt namoz oʻqi, oʻttiz kun roʻza tut, zakot ber! Imkon boʻlsa, yoʻl tepib haj qil! Bas, bizning qoʻlimiz sening etagingda, gunoh qilmoq bandadan, kechirmoq Xudodandir](1).

Shayx Zahiruddin bir qatla arba’ingʻa oʻlturgʻondur. Toʻrt qatla iftor qilibdur. Qaynatqan bugʻdoy suyi, har oʻn kunda bir qatla. Har qachon Gozurgohga Shayx ul-islom q. s. ziyoratigʻa borsa ermish, koʻprikdin oʻtkach kafshin chiqarurki, avliyoullohdin uyalurmenki, ayogʻni na’layn bila alarning yuzigʻa qoʻygʻaymen. Sakkiz yuzda dunyodin oʻtubdur va qabri Xilvatiylar goʻristonida, shayxning yonindadur, r.

525. Shayx Bahouddin Zakariyo Multoniy q. s.

Ulumi zohiriy tahsili va takmili qilgʻandur. Oʻn besh yildin soʻngraki, dars va ifodagʻa mashgʻul boʻlubdur va har kun yetmish kishi ulamodin va fuzalodin aning darsi majlisida istifoda qilurlar erdi. Haj. azimati qildi va hajdin qaytqanda Bagʻdodda Hazrat Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. xonaqohida tushti va murid boʻldi. Va buyuk manzilat ul ostona xidmatidin topti. Va Shayx Faxruddzn Iroqiy va Amir Husayniy aning muridlaridurlar. Va ul olamdin oʻtkandin soʻngra farzandi Shayx Sadruddin aning qoyim-maqomi irshod masnadigʻa oʻlturdi va Amir Husayniy «Kanz ur-rumuz» kitobida otasi bila oʻgʻlini bu nav’ mazkur qilibdurki,

qit’a:

[Yetti iqlimning shayxi, avliyolar qutbi, Allohga yetishgan, ulugʻ dargohning mahrami, millatning faxri, shariat va din bahosi, pok joni sadoqat va ishonchning manbai. Doʻstlar davrasida va uning borligi sharofatidan Hindiston jannat ul-ma’vo edi. Men yaxshi yomondan yuzimni burib, bu baxtni uning huzuridan topdim. Jon humosi oʻz oshyonidan parvoz qilib, borliq matoini oʻrtadan olib ketdi. Ovozasi baland olampanoh, ulugʻ martabaga loyiq asrning peshvosidir. Haqning aziz bandasi, din va davlat boshligʻi, toʻqqiz falak uning saxovat dasturxonidan bir tovoqdek edi](1).

526. Shayx Nizomuddin Dehlaviy Xolidiy ma’ruf Shayx Nizomuddin Avliyo q. s.

Hind mashoyixining mashohiridindur. Ilm tahsili va takmilidin soʻngra Dehli jome’ida basar eltur erdi. Bir kecha sahar vaqti muazzin minora ustiga chiqib, bu oyatni oʻqidikim, [Iymon kelgirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil boʻlgan Haq– Qur’onga moyil boʻlish vaqti-kelmadimi?](1). Ani eshitgach, holi mutagʻayyir boʻldi va har jonibdin anga anvor boʻla kirishti. Chun tong otdi, zodu rahlasiz yuz Hazrat Shayx Fariduddin Shakkarganj xidmatigʻa qoʻydi. Va murid boʻldi va kamol martabasigʻa yetti. Hazrat Shayx anga toliblar takmili ijozati berib, Dehligʻa uzatti. Anda irodat ahli tarbiyat va takmiligʻa mashgʻul boʻldi. Va Xusrav Dehlaviy va Hasan Dehlaviy aning muridlaridurlar. Va Shayx Fariduddingʻa Xoja Qutbuddin Baxtiyor Kokiydin xirqa yetibdur va anga Xoja Mu’iynuddin Hasan Sanjariydin va anga Xoja Usmon Horuniydin va anga Xoja Hojiy Sharif Rindoniydin va anga Shayx ul-islom Xoja Qutbuddin Mavdud Chishtiy rahimahullohdin. Biravning bir barotiki, mablagʻi kasir bitiglik edi, itti. Shayx Nizomuddin Q. s. qoshigʻa kelib, arzi hol qildi. Shayx anga bir diram berdiki, halvo olib, Shayx Farid ruhi uchun darveshlargʻa ulash. Chun ul kishi diramni halvogarga berdi, halvogar bir pora halvo bir pora kogʻazgʻa chirmab aning ilgiga berdi. Boqsa, ul qogʻaz aning itgan baroti erdi. Derlarki, bir tojirning molin Multonda oʻgʻrilar talab erdilar. Shayx Bahouddin Zakariyo oʻgʻli Shayx Sadruddin qoshigʻa boribki, irshod va sajjoda sohib masnadi erdi, siporish iltimosi qildi, Shayx Nizomuddingʻa. Shayx Sadruddin ul siporishni bitidi. Chun ul tojir Dehlida Shayx Nizomuddin xidmatigʻa yetti va ruq’ani berdi. Shayx xodimni tiladi va dediki, tongli sabohdin choshtqacha har futuheki yetsa, bu azizgʻa taslim qil! Xodim bu dastur bila amal qildi. Un ikki ming diram tojirgʻa vosil boʻldi. Bir qatla Sulton Muhammad Shoh Xalajiy bir yormoq va javohir toʻla nazr razmi bila Shayx xidmatigʻa yubordi. Qalandare Shayx oʻtrusida oʻlturub erdi. Ilgari kelib dediki, [ey shayx, hadyalar hammanikidir](2). Shayx dediki, [lekin, bir kishiniki boʻlsa, yaxshiroqdir](3). Qalandar xijil qaytti. Shayx dediki, kelkim: [bir kishiniki yaxshiroq](4) sening nisbatingga deyildi. Qalandar koʻtara ol-madi. Shayxning xodimi madad qildi, to koʻtardi.

527. Shayx Farid Shakkarganj q. s. a.

Hindiston mulkining shayx ul-mashoyixi erdi. Zohiriyu botiniy ulum takmilin qilib erdi. Va shayxqa xirqa Xoja Qutbuddin Baxtiyor Kokiydin yetibdur va anga Xoja Mu’iynuddin Hasan Sanjariydin va anga Xoja Usmon Horuniydin va anga Xoja Hojiy Sharif Rindoniydin va anga Shayx ul-islom Qutbuddin Mavdud Chishtiy r. din. Ashobidin biri Shayxning holotu maqomotin bitibdur. Va ul bir uluq mujalladdur va anda gʻarib ahvol mazkur. Ul jumladin biri bukim, bir kun bir qari xotun Shayx xidmatigʻa kelib, tazallum qilib yigʻlab dedikim, bir yolgʻuz oʻgʻlum bor. Koʻp muddatdurkim, safargʻa boribdur va oʻluk-tirigidin xabarim yoʻqdur va ishtiyoqidin betoqatmen. Shayx ul zaifa holigʻa rahm qildi va muroqabagʻa borib, bir zamondin soʻngra bosh koʻtarib dediki, oʻyungga bor, Tengri oʻgʻlungni sanga yetkurgay! Ul zaifa oʻyugʻa bordi. Lahzaye oʻtmadiki, birav eshik qoqdi. Chiqib eshik ochkach oʻgʻli erdi. Rasmiy qalaqu iztirobni koʻrguzgandin soʻngra oʻgʻlining holin soʻrdi ersa, ul dediki, bu zamon falon mulkda erdimki, bu yerdin besh yuz yigʻochdur. Daryo qirogʻida vatan yodidin va sening firoqingdinki, onam-sen, yigʻlaydur erdimki, bir nuroniy qari kishi paydo boʻldi. Va ani ta’rifki qildi, barcha Shayxqa sodiq kelur erdi. Iligimni tutti va dedi: koʻzungni yum, emdiki yumdum, dedi: och! Chun ochtim, oʻzumni bu eshikda qoʻrdum. Yana bir qatla bir joʻgi Shayx xidmatida hozir boʻldi. Va koʻnglida da’vo erdiki, Shayxqa oʻz tariqidin gʻarib nimalar koʻrguzgay. Shayxning muborak nazari anga tushkach, yuz tuban yiqildi va yuzin tufroqqa yopushturdi. Bir zamondin soʻngra Shayx dedikim, bosh koʻtar! Boshin koʻtardi. Shayx soʻrduki, ne kishisen va qaydin kelursen? Joʻgi javob beraolmadi. Muqarrar soʻrgandin soʻngra dediki, Shayx haybatidin tilimga takallum quvvati qolmaydur. Shayx dedikim, oʻz tariqingda tortqan riyozatlar natijasi ne hosil qilibsen? Joʻgi dedi: falak qamar javfida tayron dast beribdur. Shayx buyurdikim, hosil qilgʻoningni koʻrguz! Joʻgi havo tutub uchti. Shayx kafshin olib, aning kenicha tashladi. Har yonki, ul joʻgi uchar erdi, ul kafsh aning boshi ustida erdi va muttasil aning boshigʻa tegar erdi. Oqibat aning ozoridin Shayx xidmatigʻa tushti va musulmon boʻldi va Shayx xidmatin ixtiyor qildi. Va Shayxning bu nav’ holotu karomoti bagʻoyat koʻpdur. Va Shayx suluk va sayohat zamonida Xuroson va Iroq mashoyixining koʻpi suhbatigʻa, misli Shayx Shihobuddin Suhravardiy va Shayxi olam Shayx Sayfuddin Boxarziy va Sariyi Saqatiy va Shayx Avhaduddin Kirmoniy va Hind mashoyixidin Shayx Bahouddin Zakariyo Multoniy q. s. suhbatlarigʻa yetibdur.

528. Mavlono Faxruddin Zohid q. t. s.

Hind mashoyixining mashohiridindur. Mustajob ud-da’vo ermish. Va Dehli shahrida sokin ermish. Bir yil Sulton Shamsuddin Iltutmish zamonida ul mulkda xushksol boʻlub, azim qaht voqe’ boʻldi. Va shahr akobiru ashrofi ittifoq bila Mavlono xidmatidin istisqo duosi iltimos qildilar. Mavlono shahrning iydgohigʻa borib, istiqso duosi qildi va minbar boshiga chiqib, bu oyatnikim, [aniqqi, to biron qavm oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini oʻzgartirmas](1) oʻqudi, shahr xalqi azim gʻavgʻo qilib erdilar. Bu holatda Sulton Shamsuddin dagʻi Mavlono suhbatigʻa hozir boʻldi. Mavlono sultongʻa dedikim, saltanat tojini boshingdin ol va izomat kamarin belingdin yeshib yerga sol va podshohlar podshohi xidmatida bosh yalang tazarru’ qilib, yogʻin tila! Sulton ma’mur boʻlgan dastur bila amal qildi. Andin soʻngra Mavlono Faxruddin toʻnining yengidin bir zarf chiqarib yuqori boqib, dedikim, bor Xudoyo, bu zarfni yogʻmur suyi bila toʻldurmassen, iftor qilmogʻimdur. Bu soʻz bayonida erdikim, bulutlar paydo boʻlub, bir-biriga tutashib, yogʻin tutti va Mavlono iftor qilgʻudek yogʻa boshladi. Andoq kim, sulton uchun pil hozir qildilarkim, minib uyiga bordi, vallohu a’lam.

529. Alouddin Kirmoniy q. s.

Zamonining zuhhodidin erdi va Dehli, balki Hindiston mulkining qarilarining afzali. Mavlono Vahiduddinkim, Dehlining muttaqiylaridindur, marviydurkim, debdurki, bir jum’a kechasi Mavlono Alouddin Kirmoniyning hazirasida ihyo qilur erdim. Nogoh koʻrdumki, qubur ochila boshladi va ul qabrlardin amvot chiqib, Mavlononing munavvar marqadi tegrasiga yigʻilurlar erdi. Chun anda xotirgʻa kullin jam’iyat dast berdi, Mavlononing ham qabri ochildi va Mavlono qabrdin bosh chiqardi va «Kalomulloh» tilovati bunyod qildi. Va ul ahli qubur ham anga muvofaqat bila tilovatqa mashgʻul erdilar subh tulu’igacha. Chun subh boʻldi, qubur ahli barcha oʻz oromgohlarigʻa kirdilar. Va Mavlono ham asliy maskanigʻa mayl qildi va ochilgan qubur yana barcha bitti va muttasil boʻldi. Va Mavlononing maqbarasi Dehli namozgohining jivoridadur.

530. Xoja Imod Xalaj r. r.

Mabodiy holida Sulton Shamsuddin Iltutmishning mulozimi erdi, ammo ul ishdin malul va mutanaffir erdi. Va doyim Haq s. t. xidmatida yolborib, ul ishdin maxlas tilar erdi. Oqibat, Tengri inoyatidin: ul maqsudi hosil boʻlub, oʻttuz yil Haq yoʻlida toat va ibodatqa ishtigʻol koʻrguzdi. Bir qatla sultongʻa sa’b marazi oriz boʻldi, Sulton, Malik Nosiruddin Timroniygʻakim, xavosidin erdi, buyurdikim, har nav’ bilakim qilaolsang, Xoja Imoduddinni mening boshimgʻa yetkur, boʻlgʻayki, sharif maqdami barakatidin bu marazim sihhatqa mubaddal boʻlgʻay. Malik Nosiruddin Sulton buyurgʻon bila Xojani tilay bordi. Chun ani topti, dedikim, ey maxdum, maraze iyodati ibodatdindur va Sulton amri itoati toatdin. Xoja Malik soʻzni ijobat qilib, Sulton boshigʻa bordi. Iyotdatdin soʻngra tiliga oʻttikim, bu maraz sihhatqa mubaddal boʻlur. Andin soʻngra ul uyda bir qovun koʻrundi, ani tilab kelib, bir miqdor andin Sultongʻa yedurdi, yemak hamon erdi va sihhat topmoq hamon. Ul xaloyiq orasida bu soʻz sihhatqa yetibdurkim, har kishiga rishta zahmati boʻlsakim, Turklar ani «iplik» derlar chun bir rishta Xojaning qabrigʻa bogʻlasa, taxallufsiz ul maraz daf’ boʻlur, v. a.

531. Xoja Mahmud Moʻydoʻz r. t.

Dard va soʻzluq darvesh erdi. Bir qatla koʻchaning oxir tarafidaki, hanuz oʻrnidin qoʻpmaydur erdikim, bir darvesh bu baytni oʻqidikim,

Bayt:

[Yor diydorini istasang darhol toʻxta va qonli yosh toʻkkin,
zero u oy yuzli oʻzini koʻrsatmogʻi dushvor](1).

Eshitgach anga holate yuzlandikim, qichqirib oʻrnidin qoʻpti va oʻzin tufrogʻlargʻa urdi va azim qalqu iztirob anga yuzlandi va suluk ixtiyor qildi. Va andin soʻngra hargiz ostiga nima solib yotmadi. Derlarki, Dehlida goʻyandaye bor ermish, Mahmud Kabir otligʻ. Va ul shart qilib erdiki, har naqshu amal tasnif qilsa, ani Qoziy Hamiduddin qabrigʻa borib, niyozmandligʻ bila aytqay va andin soʻngra elga arz qilgʻay va suhbat bergay. Bir kun bir ish tasnif qilib, mashrut dastur bila Qozi hazirasigʻa bordi ittifoqan Xoja Mahmud ul hazira tavofida erdi. Chun tavajjuhdin oʻz holiga keldi, koʻrdikim, birav turubdur va ul Mahmud Kabir mugʻanniy erdi. Xoja Mahmud anga mutavajjih boʻlub, dedikim, Qozi aytadurki, yasagʻon ishingni ayt! Ul tavajjuh yuzidin aytti va elga xushvaqtlik yuzlandi.

532. Amir Olim Dalvolijiy r. t.

Zohir va botin ulumi bila orosta erdi. Va Hind mashoyixidin karomotu maqomot iyasidur. Debdurlarki, Mavlono Dovud Hosurgʻakim, zuhhoddin erdi, besh yuz tanga burj voqe’ boʻldi va Mavlono xotiri bu jihatdin doyim mutaraddid erdi. Bir kun Amir Olim Mavlono Dovud eshikidin oʻtub, biyik un bila qichqirib dediki, ey Dovud, xotiringni jam’ tutki, burjung yaqinda ado boʻldi! Chun lahzaye bu holdin oʻtti, birav bir koʻza su olib keldi. Mavlono qoshigʻakim, Haybatxonning oʻgʻligʻa azim qursogʻ ogʻrigʻi boʻlubdur va halok marazidadur. Mavlono bu sugʻa duoyi oʻqub, hoʻrub yubor salarki, ul ichsa, shoyad muborak nafaslari barakatidin anga shifoye yetkay. Mavlono «Fotiha ul-kitob» bila «Ixlos» surasin oʻqub, ul suvgʻa hoʻrub yubordi. Haybatxon oʻgʻli andin ichgach, ul marazi daf boʻldi. Bu jihatdin besh yuz tanga niyoz yuzidin Mavlono xidmatigʻa yubordi. Mavlono dagʻi ani dayn adosigʻa yetkurdi. Va Amir Olimning bu nav’ karomoti koʻpdur. Ul jumladin, bir qatla bozordin oʻtub boradur erdi. Qassob doʻkonida bir maslux osigʻligʻ erdi. Ani buyurdikim, oldilar. Va ayttikim, yerda bir goʻr qazib, dafn qildilar. Qassob bu holni koʻrgach, yugurub kelib, aning ayogʻigʻa tushti va tavba qildi. Va dedikim, tunokun qoʻy murdor oʻlub erdi. Meni badbaxtligʻ va shayton munga tuttikim, chun hech kishi bu ishga muttale’ emas, ani sotqaymen. Bihamdullohkim, alarning qadami yumnidin bu xiyonatdin qutuldum.

533. Qozi Sharafuddin Buhayro r. t.

Ilmu amal bila orosta erdi. Ani otasi avval bazzozligʻ hirfasigʻa topshurdi, to kasb qilgʻay. Bir kun birav bir toʻnluq aning ustodi bazzozgʻa kelturdi, to sotqay. Bazzoz ul toʻnluqqa boqib, bisyor ayblar chiqardi va juzviy baho bila ani oldi va doʻkon ichigʻa soldi. Yana bir kun ul toʻnluqni koʻp ta’riflar qilib, biravga bagʻoyat ogʻir bahogʻa sotti. Ul ustodi bazzozgʻa ayttiki, tilarmenki, bu kecha bu doʻkon ichinda boʻlgʻa men. Ustod bu tavaqqufning sababini soʻrdi esa, dediki, yaramas toʻnlugʻ bir kecha bu doʻkonda boʻlgʻon bila barcha uyubi hunargʻa mubaddal boʻldi, shoyadki, odamiygʻa ham bu doʻkonda boʻlmoq bu xosiyat bergʻay! Ustod bu soʻzdin mutaassir boʻlub, Qozini otasi qoshigʻa eltib, dediki, bu oʻgʻulni oʻzga foydaligʻ ishga topshurki, aning martabasi andin biyikrakdurki, bazzozligʻqa bosh indurgay. Otasi ani ilm tahsiligʻa dalolat qildi. Oz fursatda roʻzgor ulamosining saromadi boʻldi.

534. Qozi Shafiuddin Buhayro r. t.

Qozi Sharafuddinning qardoshidur. Va zuhdu karomat bila mashhur va valoyatu maqomot bila ma’ruf. Mavlono Alouddin Amnoiyki, Dehlining qozisi va muta’abbid kishi erdi, bir kecha Hazrat Risolat s. a. v. ni voqe’da koʻrdikim, ul Hazrat buyurdilarki, falon kitobni Qozi Shafiuddin qoshida oʻqi va bizing tilimizdin anga aytki, ul ikki rak’at namozki, har kecha oʻqursen va bizing ruhimiz tuhfasi qilursen, bizga yetar. Qozining bir shogirdi andin bir kitob tiladi. Olgʻondin soʻngra necha kun paydo boʻlmadi. Va qozi ul kitobqa muhtoj boʻldi. Va aning oʻyin kishi bilmas erdi. Bir kecha shogird tushda koʻrdiki, Qozi ul kitobni andin tilaydur. Tong erta kitobni olib, Qozi xidmatigʻa yetkurdi. Qozi anga boqib dediki, to taqozo qilmaduk, kitobni kelturmading! Bu ikki azizning qabrlari Dehli shahrida Sulton havzining qoshidadur.

535. Amir Sharafuddin Ashraf q. s.

Siyodat sharafi va zuhdu taqvo saodati bila musharraf erdi. Ul zamon akobiridin bir buzurg Hazrat Risolat s. a. v. ni voqe’da koʻrub, Mir Ashraf ahvolidin savol qilibdur. Ul Hazrat mundoq javob beribdurlarki, mening farzandimdur va mening monandim.

536. Qozi Rais r. t.

Ilm hilyasi bila va nafs tazkiyasi bila muzayyan va muqarrar erdi. Bir qatla bir zaifani aning mahkamasiga kelturdilarki, ikki abushqasi bor. Ul tiladiki, bu ish subutqa yetkandin soʻngra ani sangsor qilmak hukm qilgʻay. Dor ul-qazo vakili ul makkoradin rishvate olib, anga oʻrgattikim, aytqayki, men sogʻindimki, andoqki eranlarga toʻrt xotun olmoq ravodur, xotinlargʻa dagʻi toʻrt abushqagʻa tegmak joyizdur! Qozi chun bu qoziyani soʻrdi va makkoradin bu javobni eshitti, dediki, boʻyni sinsun ul kishiningkim, sanga bu soʻzni oʻrgatibdur. Vakil chun Dor ul-qazodin chiqdi, bir yerdin yiqildi va boʻyni sindi va halok boʻldi.

537. Mavlono Raziyuddin Nabiy q. s.

Zohiriyu botiniy ulum bila orosta erdi. Aning bir shogirdi bor erdi, pisandida avsof bila mavsuf va zuhdu taqvo sifati bila ma’ruf. Mavlono Raziyuddin olamdin oʻtgandin soʻngra bu shogirdigʻa har mas’alada ishkole yo ishtibohe voqe’ boʻlsa erdi, Mavlononing mutahhar marqadigʻa borib, aning pok ruhigʻa mutavajjih boʻlsa erdi, ul mas’ala halligʻa foyiz boʻlur erdi. Bir kun mas’ala mushkul boʻlgʻonda ma’hud dasturi byala pir mazorigʻa borib, mutavajjih boʻldi. Ul tavajjuhda ani uyqu eltti. Uygʻongʻandin soʻngra hamul kitob hoshiyasidakim, ul mas’ala mushkul boʻlub erdi, aning halli va javobini Mavlono xati bila bitiklik koʻrdi.

538. Mavlono Majduddin Hoji q. s.

Koʻprak zohir ulumigʻa olimu maxsus va ma’qul fununigʻa mohir erdi. Ahvoli mabdayida Lahovardda boʻlur erdi. Chun Dehli taxtigʻa mutavajjih boʻlub yaqin yetti, Sulton Shamsuddin arkoni davlatin anga istiqbol rasmi bila yubordi. Bu asnoda munkir va xabise Sulton arzigʻa yetkurdikim, mubtade’ keladur, anga muncha e’zoz hojat emas. Mavlononi bir mahalda Sulton majlisigʻa yetkurdilarki, shilon tortib erdilar. Sulton ta’zimu tabjil sharti bejo kelturdi va oʻz oldidin biryon kabutar Mavlono xidmatigʻa yubordi. Mavlono soʻzga qirib, kabutar a’zosidin har uzvining xosiyatin bayon qilur erdi. Oncha gʻarib maoniyu dilpazir alfoz ado qildikim, Sulton beixtiyor murid boʻlub, ul beadabligʻ yuzidin habosat qilgʻan kishigʻa baligʻ adab buyurdi.

539. Xoja Rohat q. r.

Dehli mashoyixining akobiridindur va kashfu karomot iyasi. Bir kecha qozi Kamoluddin Ja’fariy Hazrat Haq s t. ni voqe’ada koʻrdikim. Haq jalla va alo anga amr qildikim, ey Kamol, borib xidmatigʻa yet! Qozi bu tushni azgʻosu ahlomgʻa haml qilib yana takya qildi, yana bu voqe’ani koʻrdi. Zaruratan saboh Xoja Rohat xidmatigʻa mutavajjih boʻldi. Koʻrdiki, Xoja Rohat vase’u nafis toʻnlar kiyib, samo’gʻa mashgʻuldur. Mundin dagʻi Qozi koʻngligʻa inkor yuzlandi. Xoja Rohat samo’ asnosida yuz Qozi sari qilib ayttiki, ey Kamol, oʻtgan kecha ikki qatla Hazrat Zuljalol seni bizing xidmatimizgʻa amr qildi va sen hanuz munkirsen. Qozi Xojaning ayogʻigʻa tushub, ul inkori raf’ boʻlub murid boʻldi.

540. Mavlono Rashiduddin Na’ziy q. s.

Oliy maqomu buzurg. Bir kecha purholu purzavq erdi va amri ma’ruf va nahyi munkar bayonida soʻz aytur erdi. Soʻz asnosida tahorat qasdikim, tajdidi vuzu’ qilgʻay, nogoh betaqrib ul azimat tarkkn tutti. Hozir ashobdin biri savol qildikim, vuzu’ tajdidi azimatidin soʻngra aning tarkin tutmoqda sir ne erdi? Dedikim, negaki koʻz tushadur. Olloh ismi bitiklik koʻrinadur. Bu moni’i vuzu’ boʻldi.

541. Xoja Abubakr Jom q. s.

Oliy maqomu buzurg, zavil ehtirom shayx erdi. Bir kun masjid eshigida oʻlturub erdi. Zamon podshohi oʻtub borur erdi. Xojani koʻrgach otdin tushub, Xojaning xidmatigʻa keldi va nnyozmandligʻlar qilgʻandin soʻngra iltimos koʻrguzdikim, Xoja anga bir xidmat buyurgʻay. Xoja dedikim, biz hojatimizni Qoziyul hojotdin oʻzga kishidin tilamasbiz. Podshoh ilhoh qilgʻondin soʻngra Xoja buyurdikim, bir dasta sabzi degilki, keltursunlar Podshoh mulozimlarni har sari ta’jil bila yubordikim, sabzi kelturgaylar. Sabzifurushlar doʻkonlarida mutlaqo sabzi yoʻq erdi. Podshoh mulozimlari aning sababin soʻrdilar ersa, sabzifurushlar dedilarki, bir lahza burunroq sabzpoʻshlar paydo boʻlub, barcha sabzilarni olib, yuqori chiqdilar. Podshoh mulozimlari chun ul maqsuddin noumid boʻldilar, podshohgʻa kelib, ul holni arz qildilar. Xoja podshohgʻa dedikim, podshohi zohiriykim, bir dasta sabzigʻa dastras topmagʻay, har oyinakim, kishi har ne tilasa podshohi haqiqiydin tilagan avlodur! Zamon podshohi oʻz ajzigʻa mu’tarif boʻlub quloq tutti va gustoxligʻidin pushaymon boʻldi.

542. Shayx Ziyouddin Rumiy q. r.

Akobir avliyosidin va kummal urafosidin erdi. Va hamisha sayohatqa mashgʻul erdi. Bir kun vaqti xush boʻlub qoʻpti va qasamyod qildikim, to iligimni gʻayb eranlaridin qirq kishi iligiga yetkurmagaymen, ayogʻdin oʻlturmagʻaymen. Uch kun bu muddao va talab bila yurur erdi, to ulki bir bodiyada bir azim masjidqa yetishti. Chun ul masjidqa kirdi, qirq kishi gʻaybdin paydo boʻldilar. Biri azon aytti va qomat tushurdi va yana biri ilgari borib imomat qildi va oʻzgalari anga iqtido qildilar. Ul dagʻi bu jamoat bila namoz qildi. Namozdin forigʻ boʻlgʻondin soʻngra ul qirq gʻayb eranlari birin-birin aning bila dastboʻs qilib dedilarki, marhabo, ey gʻayb eranlari tolibi! Bu buzurgvorning qabri Sulton Muhammad Shah b. Toʻgʻlot Shohning qabri yaqinidadur.

543. Shayx Najibuddin Mutavakkil q. s.

Payvasta tavakkul bila roʻzgor oʻtkarur erdi. Va Xizr alayhissalom bila musohabat qilur erdi. Bir kun aning harami ahli aning bila mojarovu jadal bunyod qildi va roʻzgor faqru foqasidin shikoyat boshladi. Va Shayx tahammul qilur erdi. Nogoh Xizr alayhissalom kirdi va tahiyyot shartin bajo kelturdi va dedi: har kishi tahammul va burdborligʻni oʻz shiori qilsa, Tengri ani bizing suhbatimizgʻa yetkurgay! Bu asnoda shahr ulugʻi qoshidin azim xonu moyida bila kullin vajh nazr kelturdilar. Zaifa chun muni koʻrdi, qiladurgʻon mojarosidin uyatligʻ boʻldi va iztirobidin anga pushaymonligʻ yuzlandi. Shayx Najibuddinning munavvar marqadi Dehli shahrida Pil darvozasining tashidadur.

544. Qirq Abdol q. s.

Bu qirq barguzida banda sayohat va musofarat bila tavakkul qadami urub yururlar erdi. Chun Dehli shahrigʻa yetishtilar. Havzi Shamsiy ustida nuzul qildilar va sokin boʻldilar. Va umrlari oxirigʻacha anda boʻlurlar erdi. Va alarning sarxayli Shayx Mahmud Matharadoʻz erdi. Ul mulkda mundoq muqarrardurkim, har kim har murod bila bu qirq kishining mutabarrik mazoroti tavofigʻa musharraf boʻlsa, murodi hosil boʻlur.

545. Mavlono Karimuddin Mav’idiy q. s.

Roʻzgorin tavakkulu tajrid bila oʻtkarur erdi va avqotin toatu tafrid bila sarf qilur erdi. Aning bir doʻsti bor erdikim, doim safarlarda anga musohib erdi. Chun Dehli shahrigʻa ikav yetishdilar, aning ul doʻsti dedikim, sen namozgoh yonida bir zamon tavaqquf qil! Mening juzviy ishim bor, ani saranjom qilib kelguncha. Mavlono qabul qildi va ul degan yerda tavaqquf qildi. Va ul doʻsti andoq bordiki, roʻzgor havodisi ani yonib, va’dasigʻa vafo qilgʻali qoʻymadi. Va Mavlono qirq yil ul yerdin tebranmadi, to olamdin oʻtti. Munavvar marqadi Dehli namozgohining yonidadur.

546. Shayx Muhyiddin Ali Chishtiy q. s.

Ul dagʻi Hind mashoyixidindur. Karomot va valoyat iyasi erdi. Biravki anga e’tiqodi yoʻq erdi va inkor qilur erdi, har qachon aning mazori tarafidin oʻtsa erdi, bir tosh ul qabr sari otar erdi. Har necha ani bu harakatdin man’ qilurlar erdi, mumtane’ boʻlmas erdi. Bir qatla otligʻ ul yondin oʻtarda ham ul dastur bila tosh otti va bu asnoda oti ram qildi va ul otdin yiqildi va hamul tosh otar iligi sindi. Ul buzurgning ruhi bu nav’ bila aning iligini oʻzi sari tosh otardin qisqa qildi.

547. Darvesh Bashir q. s.

Majzub va sohibi karomotu maqomot erdi. Bir kun Dehli shahridin jamoate gashtga chiqdilar. Va quyosh botquncha tashqari qoldilar va qorongʻu boʻldi. Yonib shahrgʻa kelurda yoʻlni iturdilar. Nogoh yiroqdin bir nure koʻrundikim, daraxtdin partav koʻrguzadur. Ul sari mutavajjih boʻldilar. Emdikim, yettilar, koʻrdilarki, Darvesh Bashir oʻlturubdur va bu yorugʻlugʻ andin zohir boʻladur. Bildilarki, ul yorugʻlugʻ aning sharif vujudi barakotidindur. Ul yorugʻlugʻ bila yoʻlni toptilar va har qaysi oʻz uylariga bordilar. Bir qatla bir jamoate Darvesh xidmatigʻa keldilar, har qaysigʻa munosib ish buyurdi. Biri oʻz koʻngliga kechurdikim, muncha aqlki bu kishidadur, ne uchun oʻzin telbalikka solib erkan? Darvesh aning sari boqib oʻqidikim,

Bayt:

[Doʻst talabida mardona boʻldim,
ilk qadamda oʻzimdan begona boʻldim.
U ilm tinglamasdi – ogʻzimni yopdim.
U aql xaridori emasdi – devona boʻldim](1).

Mozori Sanguladadur.

548. Mavlono Sarroj Hofiz r. t.

Qumustegin avlodidindurki, ul Amir Sabuktegining qardoshi erdi. Debdurlarki, ul yuzkim, xalqdin evurub erdi va Xoliqqa kelturub erdi, bir masjid ichiga kirib va eshikni ichkaridin bogʻlar erdi va andin chiqmas erdi. Va doim «Kalomulloh» tilovatigʻa mashgʻul erdi. Birav eshik darzidin ehtiyot bila mulohaza qildi, koʻrdiki, aning qoshida bir nuroniy pir oʻlturubdurki, olam ahligʻa oʻxshamas. Chun ul masjiddin chiqdi, koʻrgan kishi Mavlono xidmatigʻa borib, ul kishini soʻrdi. Mavlono hech nima demadi. Chun mubolagʻa qildi, dediki, Xizr alayhissalomdurki, kelib, laduniy ilmini manga dars aytur. Hind mulkida muqarrardurki, dushanba kuni bu buzurgvor ziyoratigʻa xaloyiq musharraf boʻlurlar.

549. Sayyid Jamol Surx a. r.

Qaromot va xavoriqi odot iyasi erdi. Bir kun tarso Sayyid qoshida Iso a. s. ni Hazrat Risolat s. a. v. gʻa tarjih qildi. Sayyid soʻrdiki, mujibi tarjih nedur? Ul dediki, Iso osmondadur va Muhammad yerda. Bu soʻzni tarso aytti va havogʻa parvoz qildi. Sayyid qoʻynidin «Mushaf» chiqardi va yuqori boqib dediki, bor Xudoyo, bu «Kalomulloh» haqqiki, rostligʻ bila Hazrat Risolat s. a. v. gʻa yiboribsenki, bu tarsoni tushkali qoʻyma! Tarso havoda qoldi va tusha olmadi, faryod qila boshladi. Xaloyiqqa bu hol mushohadasidin gʻavgʻo tushti. Va tarso Sayyid xidmatigʻa qichqirib, darxost qildiki, duo qilingki, quyi tushaolsam, musulmon boʻlurmen! Sayyid duo qildi va tarso havodin tushub, Sayyid qoshida imon qabul qilib, musulmon boʻldi. Sayyidning madfani Gʻazni darvozasidadur.

550. Hoji Karimuddin Nimgoʻr q. s.

Orif va purshoʻr kishi erdi. Va ani Nimgoʻr aning uchun derlarki, doyim der erdiki, menda orzu budurki, mening qabrim soyir el qabridek baland boʻlmasa, balki hamvor boʻlsa. Chun dunyodin oʻtti, qabrini yasadilar, tongla koʻrdilarki, yarmi buzulubdur va yarimi bor. Yana yasadilar, yana tongla buzuq toptilar. Har nechaki, yasarlar erdi yana yarimini buzuq toparlar erdi, to yasamogʻdin ilig torttilar. Va Nimgoʻr laqabi bila mashhur boʻldi.

551. Mavlono Hisomuddin Gʻolbek q. s.

Din mujohidlaridin va yaqin masoliklaridin erdi. Va Sulton Shamsuddin zamonida Lakhnutiy hukumati anda erdi, bovujudi sipohiylik. Haqiqat yoʻlida dagʻi riyozat va suluki bor erdi. Debdurlarki, zohir jihod maydonida yuz ming mushrik qonin toʻkub, jahannamgʻa yibordi va botin jihodida dagʻi nafsi mushrikin Haq yoʻligʻa rosix qildi.

552. Mir Buzurg va Mir Xoʻrd Ma’ruf bis-Sodoti Nuhqa q. s.

Bu ikki ogʻa-ini sahih un-nasab sodotdin erdilar. Ahvollari mabda’ida Lahovardda basar elturlar erdi. Bir kecha ul ikavdin har biri uch qatla Hazrat Risolat s. a. v. ni tush koʻrdilarki, har qatla ul Hazrat alargʻa amr qildiki, bu shahrdin chiqing! Tong erta ogʻa-ini voqealari kayfiyatin bir-biriga aytib, amr boʻlgan yoʻsun bila Lahovarddin chiqib, Dehligʻa azimat qildilar. Chun ul shahrgʻa kirdilar, bir xojasaro alargʻa yoʻliqib soʻrdiki, siz Lahovarddin kelasiz? Dedilarkim, bale! Alar dedilarki, sen qaydin bizing Lahovarddin keladurganimizni bilding? Ul xojasaro dediki, ul kishiki, sizni ul yerdin chiqargʻa amr qildi, manga ham ul xabar qildi. Bu soʻzdin soʻngra ul xojasaro ikkalasin uyiga olib bordi va mehmonlik qildi. Chun ul xojasaroning uyidin chiqdilar, bir masjidqa kirib, ibodatgʻa mashgʻul boʻldilar. Nogoh masjid saqfidin bir hamyon yormoq alar olligʻa tushdi. Ikkalasi mashvaratdin soʻngra ra’yni anga qaror berdilarkim, ul vajhga bir mavze’ sotqun olgʻaylar, to ibodatu toat qilurda mo yuhtoj uchun kishiga muhtoj boʻlmagʻaylar. Andoq qildilar va alarning toatu ibodati barakatidil ul mutaayyin yer boʻldi. Va holo ul yer ikki azizning avlodu atbo’i tasarrufidadur va mashhur muqarrar yerdur.

553. Mavlono Kamoluddin Zohid q. s.

Zuhdu taqvo bila orosta va fiqhu hadis ilmida dono erdi. Shayx Nizomuddin q. s. «Mashoriq» kitobin aning qoshida oʻqub erdi. Mavlononing muxlis va mu’taqidlaridin biriga farzande mutavvallid boʻldi. Ul kishi Mavlono xidmatigʻa kelib, farzandi tavalludidin ani xabardor qildi. Va koʻnglida kechurdikim, ne xub boʻlgʻay, agar Mavlono xidmatlari toʻnlaridin bir qit’a inoyat qilsalarki, farzandimni anga chirmasam. Mavlono yenglaridin bir dastorcha chiqarib anga berdi. Ul xushdil boʻlub, yana koʻngliga kechurdikim, agar amomasidin ham bir parcha inoyat qilsalarkim, oʻgʻlum boshiga chirmasam. Mavlono dedikim, ul dastorchanikim sanga berduk, eski amomamizdin yasabbiz. Bu buzurgvorning qabri Faridxon masjidining yaqinidadur.

554. Shayx Rashn Avliyo q. t. s.

Hind mulkining kibor mashoyixidin va mashohiri avliyosidindur. Zohiriy ilmda komil va botiniy irfonu nukotda mukammal. Munavvar hazirasi avliyo atqiyoning chilla oʻlturur xilvatlari mavzeidadur.

555. Shayx Mahmud Bihoriy r. t.

Karomotu xavoriqi odot andin koʻp zohir boʻlur erdi va bazl zotida gʻolib erdi. Chun xilvatdin chiqib, koʻyubozorgʻa yetar erdi, yosh oʻgʻlonlar va savol ahli muhtojlar ilayin tutub va keynicha yugurub, nima tilarlar erdi. Va ul ogʻzidin diramlar chiqarib, alargʻa berur erdi. Va ul diramlar birdek emas erdi, ba’zi kumush, ba’zi mis. Har kishining toleiga koʻra nasib boʻlur erdi. Debdurlarki, Hind mulkida bir tabbox bor erdiki, har kun bir zarf taom yasab, oʻz oʻgʻlidin Shayx uchun yuborur erdi. Ittifoqan ul oʻgʻlon mariz boʻldi va favt boʻldi. Bu asnoda Shayxning xotirigʻa ul tifl jonibidin bir nima keldi. Betavaqquf qoʻpti va ul tabbox uyiga bordi. Bildiki, ul farzandi tabboxning oʻlubdur va madfangʻa eltibdurlar. Shayx ham bordi, koʻrdiki, goʻrga kiyurub, tufroqqa topshirdilar. Shayx ul goʻrga kirdi va mayyit egnidin koʻtardi va yuqori boqib dediki, bor xudoyo, bu oʻgʻlonginani tirguz! Haq subhonahu va taolo ul oʻgʻlonginagʻa jon bagʻishladi. Va qoʻpti va Shayxning ayogʻigʻa tushti. Shayx Mahmud Bihoriyning qabri Kilukuharidadur va duo mustajob boʻlurning mahalidur.

556. Shayx Abubakr Tusiy va Shayx Malikyor Parron q. s.

Bu ikki buzurgvor Hind mashoyixi kiboridindurlar. Va Jun daryosi yaqosida ikkalasining xonaqohlari bor erdi. Va doim bir-biri bila musobih erdilar. Bir kun namoz digarga yaqin ikkalasi daryo yaqosida oʻlturub erdilar. Shayx Abubakr Tusiy Shayx Malikyor Parrongʻa dedikim, kel, to suning ul yuziga borib namozdigarni ado qilali! Shayx Malikyor dediki, menga xud bu da’vo yarasi yoʻqdur, ammo sizga chun bu doiya bor, siz boring, to men soʻngunguzdin kelayin. Shayx Abubakr tayron qildi va daryoning nari qirogʻida namozdigar adosigʻa ihrom bogʻladi. Shayx Malikyor soʻngradin azimat qildi. Jun daryo vosi’ erdi, oʻrta yerga yetkuncha gʻurub boʻlib, namoz bevaqt boʻlgʻudek erdi, daryo yuziga musallosin solib, namoz adosigʻa mashgʻul boʻldi. Va Shayx Abubakr boqib turub erdi. Chun namozdin forigʻ boʻldi, uchub, Shayx Abubakr qoshigʻa bordi. Hind mashoyixi tarixida bitibdurlarki, jinlar Shayx Malikyor Parron qoshida saboq oʻqurlar ermish. Bu ikki buzurgvorning qabrlari Jun daryosi qirogʻidadur.

557. Mavlono Nizomuddin Kalomiy q. s.

Holining bidoyatida zamon podshohining mulozamatigʻa mashgʻul erdi va musulmonlarning ishi kifoyatigʻa murtakib. Soʻngra ul ishlardin etak tortti va faqr suluki tariqin ixtiyor qildi va azim riyozat boshladi.

Oʻttiz yilgʻa yaqin Dehli shahrining icharigi hisoridin chiqmadi.

Bir aziz andin bir kun iltimos qildikim, bir miqdor chuchukluk gʻizo omoda qilibdurmenki, anga mayl qilgʻaysen? Ul dedi: oʻttiz yildurki, nafsni riyozat achigʻligʻigʻa oʻgratibmen, holo anga chuchukluk bersam, yana anga bas kelmasmen! Bu javob bila ul chuchuklukdin ijtinob qildi.

558. Shayx Mujir r. a.

Oʻz ahdida benazir erdi va doim istigʻroq bila oʻtqarur erdi. Andoqki, juma kuni Dehli jome’igʻa hozir boʻlaolmas erdi. Bir kun Qozi Sa’dkim, Dehli shahrining aqzal-quzoti erdi, Shayx Mujirdin soʻrdikim, masjidi jome’gʻa ne uchun kelmassen? Shayx dedi: bu juma sen kelki, bila masjidqa boroli! Qozi juma kuni keldi. Shayx Mujir Qozining ilgin tutti va dedi: koʻzungni yum! Qozi koʻzin yumdi. Soʻngra dedi: och! Koʻzun ochqoch, oʻzin masjidi Haramda koʻrdi. Shayx bila namoz qildi. Yana ham-ul dastur bila oʻz mulklarigʻa keldilar. Bu holni koʻrgach, Qozi Shayxqa irodat iligi berib, murid boʻldi va faqr tariqigʻa kirdi. Shayx Mujir qabri eski Dehli ichidadur.

559. Shayx Qutbuddin Baxtiyor Qokiy q. s.

Shayx Mu’inuddin Sanjariy q. s.ning murididur. Va Hind mulkining kibor mashoyixidindur.

Bir kecha ahlullohdin jamoate Shayx huzuri istid’osi qildilar. Samo’ vaqti mugʻanniy bu baytni oʻqidiki,

Bayt:

[Taslim xanjari bilan oʻlganlarga
har zamon gʻaybdan boshqa jon keladi](1).

Shayx bu bayt istimo’idin andoq xushhol boʻldikim, behush boʻlub yiqildi. Va muddate oʻz holigʻa kelmadi, andoqkim, muridlar Shayxni koʻtarib, xonaqohgʻa elttilar. Va Shayx toʻrt kecha-kunduz ul zavqu xushvaqtlikdin oʻzida yoʻq erdi, to beshinchi kuni Haq subhonahu va taolo jivori rahmatigʻa vosil boʻldi. Va Dehlida mazori mashhurdur va elning qiblai hojatidur. Bir qatla bir donishmand bir hojat arzi uchun yiroq yoʻldin shahrgʻa kelib erdi. Soʻzni hech nav’ bila zamon podshohi arzigʻa yetkura olmadi va arkoni davlatdin hech kim aning muhimmi kifoyatigʻa parvo qilmadi. Navmid boʻlub qayturda bir aziz anga irshod qildikim, Shayx Qutbuddin mazori boshigʻa borib, oʻz ahvolin bitib, Shayx mazori boshida niyozmandligʻ bila qoʻydi. Ul kecha Shayx q. s. podshohning tushiga haybat bila kirib, ul qogʻozni aning ilgiga berib dediki, bu faqir hojatmandning ishin yasa! Podshoh iztirob bila silkinib qoʻpti. Koʻrdiki, ul qogʻaz ilgidadur, oʻqub, mazmuni bila bitigan kishini tilatib topib, aning ishin koʻngli tilagandek yasab, ani uzatti.

560. Qozi Hamiduddin Noguriy q. s.

Nogur mulkining hokimining oʻgʻlidur. Va kichik yoshdin faqr ahli tariqida suluk qilur erdi va bu toifa suhbatigʻa shefta erdi. Chun shabob ayyomigʻa yetti, Hazrat Shayx Bahouddin Zakariyo q. s. mulozamatida haj azimati qildi chun Madinagʻa yittilar, Shayx Avhaduddin Kirmoniy q. s. suhbatigʻa musharraf boʻldilar. Va muddate aning mulozamatida sulukka mashgʻul boʻldi. Mufid riyozatlar va mujohadalardin soʻngra Makka azimati qildi va ul muborak xittada mashoyix mulozamatigʻa musharraf boʻlub, alardin koʻp fayzlargʻa bahramand boʻlub, alar irshodu ishorati bila Dehligʻa yonib, toliblar irshodigʻa mashgʻul, boʻldi. Va Dehlida Shayx Qutbuddin Baxtiyor q. s. suhbatigʻa musharraf boʻldi. Bir qatla Dehli aholisidin biri Shayx Qutbuddin Baxtiyor va Qozi Hamiduddin q. s. va soyir aizzani uyiga indab, ziyofat qilur erdi. Va shahrning shayx ul-islomi ham hozir erdi va soʻfilarning samo’ qilmogʻigʻa munkir. Alqissa chun mugʻanniylar navo chektilar, Qozi xushvaqt boʻlub, samo’gʻa kirdi va shayx ul-islomni quchub olib uchti va shayx ul-islom mutaajjib, balki mutavahhimki, nogoh Qozi iligidin xato boʻlsa, halokdin oʻzga ish yoʻq erdi. Koʻzi qarorib, esi ozgan mahalda samo’ tugandi va Qozi shayx ul-islomni solim majlisqa tushurdi. Va shayx ul-islom ul hol mushohadasidin Qozigʻa irodat iligi berib murid boʻldi. Bir qatla Dehlida xushksol jihatidin qaht voqe’ boʻldi. Nogur ahlidin birav Qozi xidmatigʻa kelib, ju’ tashvishidin shikoyat qilib, Nogur sari borurgʻa ruxsat tiladikim, anda at’ima ochugʻlugʻ va suhulat bila muyassardur. Qozi ul kishiga dedikim, Nogur Tengrisiga bizdin salom de! Ul kishi dedikim, magar Nogurda yana bir Tengri bor, Dehli Tengrisidin boshqa? Qozi dedikim, agar sanga bu aqida boʻlmasa erdi, roʻzi tilay Dehlidin Nogurga bormagʻay erding. Ul azim mutanabbih boʻlub, azimatini fasx qildi. Ham bu xushksolda Dehli ahlidin akobiru ashraf Qozi xidmatidin istisqo duosi iltimos qildilar. Qozi qabul qilib, dasht azimati qildi. Bozordin oʻtub borurda koʻrdiki, bir sabzifurush sabzisi qurumasun deb, dam-badam sabzilarigʻa ovuch bila suv olib separ erdi. Qozi bu holni koʻrgach boradurgʻon tarafdin qaytti va dediki, bir tarrafurush sabzilari gʻamin yeb, qurumasun deb, anga dam-badam suv separ boʻlsa, hosho Tengri karamidinki bandalari sabzazori hayotin suvsuzluqdin qurugʻali ravo koʻrgay? Hanuz bu soʻz Qozi ogʻzida edikim, bulut paydo boʻlub, bir-biriga tutashib yogʻa kirishdi. Va mulk ahli serob boʻldilar. Hamono andoqki, koʻprak akobirii Xurosonda shayx derlar va Samarqandda xoja va Rumda bob va Hindda qozi derlar. Qozi Hamiduddinning qabri Dehli shahrida Shayx Qutbuddin Baxtiyor q. s.ning oyogʻi saridur.

561. Malik Nasiruddin Mahmud q. s.

Ham Hind mulki mashoyxidindur. Va tab’ida bazl gʻolib erdi. Hamisha ziyofat tariqini masluk tutar erdi va fuqarovu gʻurabo it’omida koʻshish koʻrguzur erdi. Bir kecha muridlaridin biri ani voqe’da koʻrdikim otligʻ boradur erdi va bu murid ham otligʻ aning bila boradur erdi. Nogoh ikkalasining orasida bir tom paydo boʻldi va aning bila Malik orasida hoyil boʻldi. Va ul sarikim, Malik erdi, bir oliy qasr erdi. Malik Mahmud ul qasrgʻa tushub kirdi. Ul muridkim bu voqe’ni koʻrdi chun uyqudin uygʻandi. Malik xidmatigʻa bordikim, voqe’sin aytib, ta’birin tilagay. Ul izhor qilmasdin burun Malik Mahmudning koʻzi anga tushgach ilgari tilab, quchub xayrbod qildi va dediki, bizing rihlatimiz chogʻi yetibdur. Va shahodat barmogʻin qoyim qilib, kalimai shahodat bayoni qildi va jonni jonofaringʻa topshurdi. Va bu voqea juma kuni Jumod ul-oxir oyining oltisinda yetti yuz ellik sakkizda erdi. Va ani Iraj xittasida dafn qildilar va olti oydin soʻngra Dehli shahrigʻa naql koʻrguzdilar.

562. Shayx Shodiy q. r.

Agarchi oʻzi Hind mulkidin, ammo Hirot shahrining bulukotidin ba’zi kentta sokin erdi. Va zohidu mutavarri’ kishi erdi. Va yillar taqvo sajjodasi ustida mutamakkin erdi. Va base xalq anga murid erdilar. Va andin koʻp xavoriqi odot naql qilurlar. Va qabri dagʻi hamonoki, hamul maskan qilgʻan kentdadur.

563. Shayx Abu Abdulloh Savma’iy q. r.

Ul Gilon mashoyixining akobiridindur. Va anga oliy ahvol va zohir karomot bor erdi. Ajam mashoyixining koʻpining xidmatigʻa yetibdur. Va mustajob ud-da’vo erdi. Va har kishiga gʻazabe boʻlsa erdi, Tengri bot ul kishidin aning intiqomin tortar erdi. Jamoate, aning ashobidin, tijorat dasturi bila chiqib erdilar va boradurlar erdikim, Samarqand yaqinida bir boʻluk otligʻlar chiqdilarki, alarni talagʻaylar. Ul jamoat Shayx Abdullohni shafe’ qilib chorladilar. Koʻrdilarki, Shayx alarning orasida turubdur va deydurki, [bizni tarbiyat qiluvchi Allohimiz pokdir, munazzahdir](1), yiroq boring, ey jamoat, bizing oramizdin! Ul jamoat tafarruq boʻldilar, andoqki, hech qaysi otlarining jilovin asrayolmadilar. Va otlari ba’zini olib togʻlargʻa eltti va ba’zini vodiylargʻa soldi va alardin ikkisi bir-biriga yigʻila olmadilar. Ashob alardin xalos boʻlgʻondin soʻngra shayxlarni oralarida tiladilar, topmadilar. Gilongʻa vatanlarigʻa borgʻondin soʻngra Shayx xidmatidagʻi ashobdin soʻrdilar. Alar dedilarki, siz borgʻali Shayx hargiz bizing oramizdin gʻoyib boʻlmadi.

564. Shayx Muhyyddyn Abdulqodir Jiliy q. s.

Kuniyatlari Abu Muhammaddur. Nasabda Alaviy Hasaniy ermishlar. Ona jonibidin Shayx Abu Abdulloh Savma’iygʻa nabira boʻlurlar. Va onalari Ummulxayr Amatuljabbor Fotima binti Abu Abdulloh Debdurki, chun farzandim Abdulqodir mutavallid boʻldi, hargiz Ra-mazon oyida sut ichmadi. Valodatlari toʻrt yuz yetmish birda ermish va vafotlari besh yuz oltmish birda voqe’ boʻlubdur. Alar debdurlarki, kichik erdim, yozigʻa chiqib erdim va bir oʻyning quyrugʻin tutub erdim, hirosat uchun. Ul oʻy manga boqib dediki [buning uchun yaratilmading va amr etilmading](1). Qoʻrqdum va qaytdim. Va kelib uy tomigʻa chiqtim, hojilarni koʻrdumki, Arafotda turub erdilar. Onam qoshigʻa keldim va dedimki, meni Tengri ishiga qil va ijozat berki, Bagʻdodqa boray va ilme kasb qilay va solihlarni ziyorat qilay. Mendin bu doiya sababin soʻrdi, ayttim. Ersa, yigʻladi. Va qoʻpti va saksan oltun kelturdi. Va dediki, menga ota merosidin bu qolibdur. Yarimin qardoshim uchun qoʻydi va yarimin mening toʻnumgʻa tikdi va manga safar izni qildi. Va manga ahd berdiki, barcha ahvolda rostlik qil va mening vido’imgʻa chiqdi. Va dediki, bor, ey farzand, Tengri uchun sendin kesildim va qiyomatqacha seni koʻrmagumdur. Men oz qofila bila Bagʻdodqa tavajjuh qildim. Chun Hamadondin oʻttuk, oltmish otligʻ chiqdilar va qofilani tuttilar va manga ta’arruz qilmadilar. Nogoh birav manga yetti va dediki, neing bor? Dedim: qirq oltin. Dedi: Qani? Dedim: toʻnumda tikiklikdur. Sogʻindiki, istihzo qiladurmen. Meni qoʻydi va oʻtti. Va yana biri yetib ham andoq soʻrdi va hamul javobni eshitti. Ikkalasi ul jamoatning ulugʻlari qoshigʻa borib, bu soʻzni ayttilar. Ul meni tilab, hamul soʻzni soʻrdi. Va men hamul javobni berdim. Bir tepa ustida oʻlturub qofila ahli molin qismat qiladur erdi. Buyurdiki, toʻnumni soʻktilar va ul vajhni chiqardilar va sanadilar. Deganim bila muvofiq chiqdi. Soʻrdiki, sening bu e’tirof qilurgʻa boising ne erdi? Dedimki, onam manga ahd berib erdi – sidqu rostliqqa! Va men aning ahdiga xiyonat qilmam. Pas, ul qavmning ulugʻi yigʻladi va dediki, yillardurki, men parvardigorim ahdigʻa xiyonat qilibmen. Va qiladurgʻon ishidin mening iligimda tavba qildi. Pas, ashobe dedilarki, sen tariyq qat’ida bizing muqtadomiz eding, emdi tavbada dagʻi sanga tatabbu’ qilurbiz. Va barcha mening iligimda tavba qildilar. Va har ne qofila ahlidin olib erdilar, barisin qaytara berdilar. Mening iligimda avval tavba qilgʻanlar alar erdilar. Alar toʻrt yuz saksan sakkizda Bagʻdodqa yettilar, vajd bila tahsilgʻa mashgʻul boʻldilar. Avval Qur’on qiroati va fikh va hadis va ulumi diniyani takmil qildilar. Va aksar ulumni ul akobir qoshidaki, ul zamonda mutaayyin erdilar, bilib abnoyi zamongʻa foyiq boʻldilar. Va besh yuz yigirma birda majlis tutub, xaloyiq nasihatu va’zigʻa mashgʻul boʻldilar. Alarda zohir karomati va ahvoli maqomot holi koʻp ekandur. [Imom Yofiiy r. t.ning tarixida keltiriladi: Shayx Abdulqodir r. a. karomatlari haddan tashqari koʻp edi. Men bilgan ulugʻ imomlardan biri shunday dedi: uning karomotlari tavotur yoki unga yaqin darajada. Va barchaga ma’lumki, jahon shayxlarining boshqa birortasiga bunday karomotlar zohir boʻlmagan.

Shayx Abu Muhammad Abdulqodir b. Abu Solih b. Abdulloh Jiliy, Shayx Abu Sand Muborak Ali Maxzumiy qoʻlidan xirqa kiydi. Va u Shayx Abu Hasan Ali b. Muhammad b. Yusuf Qurashiy Hakkoriydan va u Shayx Abu Faraj Tarsusiydan va u Shayx Abulfazl Abdulvohid b. Abdulaziz Taymimiydan va u Shayx Abubakr Shibliyning qoʻlidan xirqa kiydi. Alloh Taolo ruhlarini muqaddas qilsin!](2).

565. Shayx Hammod Dabbos r. t.

Ul Shayx Abdulqodirning mashoyixidindur. [Besavod edi, lekin unga ma’rifat va sirlar eshigi ochilib, ulugʻ shayxlarning rahbariga aylandi](1). Shayx Abdulqodir yigit erdi va Shayx Hammod suhbatida boʻlur erdi. Bir kun gʻoyat adab bila aning qoshida oʻlturub erdi. Chun qoʻpti va chiqdi. Shayx Hammod dediki, bu ajamiygʻa qadamedurki, oʻz vaqtida barcha avliyoning egnida boʻlgʻusidur. Har oyina ma’mur boʻlgʻay angakim aytqayki, [shu oyoqlarim har bir Alloh valiysining boʻynidadir](2). Barcha avliyo boʻyun qoʻygʻaylar. Va Shayx Hammod besh yuz yigirma beshda Ramazon oyida olamdin oʻtubdur. Shom ulamosidan Abdulloh otligʻ pire debdurki, ilm talabigʻa Bagʻdodqa bordim va Ibn Saqqo mening hamrohim erdi. Va Bagʻdodning Nizomiyasida ibodatqa mashgʻul erduk va sulahoni ziyorat qilur erduk. Ul vaqtda Bagʻdodda azize bor erdiki, derlar erdiki, ul gʻavsdur. Va ham derlar erdiki, har vaqt tilasa, gʻoyib boʻlur va har vaqt tilasa, hozir boʻlur. Pas, men va Ibn Saqqo va Shayx Abdulqodir va ul hanuz yigit erdi, gʻavs ziyoratiga borduq. Yoʻlda Ibn Saqqo dediki, men andin mas’ala soʻrgʻumdurki, javobin bilmagay. Men dedim: mas’ala soʻrgʻumdur, to ne degay? Shayx Abdulqodir dediki, ma’ozalloh, andin nima soʻrgʻaymen, men borurmen va aning barakoti intizorin tortarmen. Chun aning qoshigʻa kirduk, ani oʻrnida koʻrmaduk. Bir zamon oʻlturduk, koʻrdukki oʻz-oʻrnida oʻlturubdur. Pas gʻazab bila Ibn Saqqogʻa boqib dediki, ey Ibn Saqqo, mendin mas’alaye soʻrarsenki, men ma’nosin bilmagʻaymen. Ul mas’ala budur va javobi bu: Men ham koʻradurmenki, kufr oʻti sendin zabone uradur. Andin soʻngra manga boqdi va dediki ey Abdulloh, mendin mas’alaye soʻrarsen va koʻrarsenki, ne dermen. Ul mas’ala budur va javobi bu: Har oyina dunyo seni qulogʻinggʻacha bosa olgʻayki, mening bila beadabligʻ qilding! Andin soʻng Shayx Abdulqodirgʻa boqdi va dediki, Xudoy va Rasulni xushnud qilding, adab jihatidinki, asrading, goʻyoki koʻrar menki, Bagʻdodda minbar qoʻyarsen va chiqib aytursenki [shu oyoqlarim har bir Alloh valiysining boʻynidadir](3). Va koʻradurmenki, vaqt avliyosi barcha boʻyunlarin sanga past qilibdurlar, ijlolu ikromingdin. Va hamul zamon gʻoyib boʻldi. Andin soʻngra ani hargiz koʻrmaduk. Va har ne Shayx Abdulqodir haqida aytti, voqe’ boʻldi. Va Ibn Saqqo ulum takmilidin soʻngra xalifa ani riyozatqa Rumgʻa yubordi. Rum podshohi nasroniy ulamoni aning bila munozara buyurdi. Barchani ilzom qildi va aning nazarida bagʻoyat ulugʻ koʻrundi. Va aning yaxshi, chiroyligʻ qizi bor erdi. Ibn Saqqo anga sheftavu mash’uf boʻldi. Rum podshohi ma’lum qilgʻach anga dedurdiki, qizimni sanga nikoh qilurmen, bu shart bilaki, oʻz diningdin chiqib, nasroniy boʻlgʻaysen. Va ul qabul qildi va nasroniy boʻldi. Va qizni anga berdilar. Va Ibn Saqqo gʻavs soʻzin yod qilib bildiki, anga har ne yetti, oʻzidin yetti. Va men Damashqqa bordim. Va Nuriddin Shahid avqof ishin manga buyurdi va dunyo manga yuz qoʻydi. Va Shayx Abdulqodir bir kun va’z aytadur erdi. Omma mashoyix aning majlisida edilar, Misli Shayx Ali Haytiy: va Shayx Baqo b. Botu va Shayx Abu Sa’d Qilaviy va Shayx Abunnajib Suhravardiy va Shayx Jogir va Shayx Qazib ul-bon Mavsiliy va Shayx Abus-Su’ud va gʻayruhum kibori mashoyixdin. Shayx, soʻz asnosida hamul soʻzni dediki, [shu oyoqlarim har bir Alloh valiysining boʻynidadir](4). Va bu hozir mashoyix barcha boʻyunlarin aning ayogʻigʻa past qildilar. Va «Nafahot»da mundoqdurki, hech valiy qolmadiki, bu soʻzga boʻyun sunmamush boʻlgʻay. Bir vali Ajamda ibo qildi, holi andin mutavoriy boʻldi.

566. Shayx Sadaqa Bagʻdodiy q. s.

Shayx Sadaqa Bagʻdodligʻdur. Bir kun bir soʻz aytadur erdiki, shar’i zohiriy bila anga mulohaza kelur erdi. Xalifagʻa yetkurdilar, buyurdikim, ani hozir qildilar, to ta’zir qilgʻaylar. Chun boshin yalang qildilar, muridi qichqirdikim, [voy, Shayxim!](1). Urargʻa ilig koʻtargan kishining iligi shol boʻldi va buyurgʻan vazirgʻa haybat mustavliy boʻldi. Va xalifagʻa ham bu hol boʻlub buyurdikim, ani qoʻydilar. Shayx Abdulqodir manziligʻa bordi, koʻrdikim, mashoyix va soyir el oʻlturubdurlar, Shayxqa muntazirki, chiqqay va soʻz aytqay. Shayx chiqdi va minbar ustiga bordi va soʻz ham aytmadi va qori ham nima oʻqimadi, ammo elga vajdu xushholliq yuzlandi. Shayx Sadaqa oʻzi bila ayttiki Shayx nima demaydur va qori nima oʻqimaydur, elga bu vajd nedindur? Shayx yuz aning sari qilib dedikim, mening bir muridim. Bayt ul-Muqaddasdin mungacha bir gom bila kelibdur va mening iligimda tavba qilibdur, hozirlar aning ziyofatidadurlar. Shayx Sadaqa yana oʻzi bila dediki, biravki Bayt ul-Muqaddasdin Bagʻdodqa bir gom bila kelgay, anga ne nimadin tavba qilmak kerak va Shayxqa ne hojati bor?

Shayx yuz aning sari qilib dediki, yo hozo, ul tavba andin qildiki, yana havogʻa uchmagʻay va manga hojati uldurkim, ani Haq subhonahu va taolo muhabbatiga yoʻl koʻrguzgaymen.

567. Shayx Sayfuddin Abdulvahhob r. t.

Ul shayx Abdulqodir q. s.ning oʻgʻlidur. Ul debdurki, har oy yangi boʻlsa, avval kelib otamgʻa tahniyat yetkurur erdi va ul oyda yaxshi-yamondin har hol voqe’ boʻlsa erdi, andin xabar berur erdi. Agar ul oyda yaxshilik erdi, yaxshi suratlik kishi shakli bila kelur erdi va agar yamon erdi, yamon chiroyligʻ kishi shakli bila kelur erdi. Otam Ramazon oyida necha kun bemor boʻldi. Dushanba kuni oyning yigirma toʻqqizida jam’i mashoyix hozir erdilar, Misli Shayx Ali Haytiy va Shayx Najibuddin Suhravardiy va gʻayrihumo bir avqar vaqor va baholigʻ kishi kirdi va dediki, [Assalomu alayk, ey Alloh valiysi!](1). Men Ramazoi oyidurmen, kelibmenki, i’tizor qilgʻaymen, ul umurdinki, menda sanga muqaddar boʻlub erdi va sanga vado’ qilgʻaymenki, bu oxir ijtimo’dur, sening bila mening oramda, dedi va qaytti. Rabi ul-oxir oyida Shayx dunyodin oʻtti va yana bir Ramazonni musharraf qilmadi. Bir kun Shayx majlis aytadur erdi. Va Shayx Ali Haytiy Shayxning oʻtrusida oʻlturub erdi va ani uyqu eltti. Shayx majlis ahlini tik turgʻuzdi va minbar ustidin tushub kelib, Shayx Ali Haytiy qoshida adab bila turdi. Chun Shayx Ali uygʻondi. Shayx anga dediki, Hazrat Risolat s. a. v. ni tush koʻrdung? Dedi: bale! Elga dediki, men bu ish uchun adab bila turub erdim. Hazrat sanga ne nimaga vasiyat qildi? Dediki, sening mulozamatinggʻa! Shayx Alidin majlis huzzori bu ma’nodin soʻrdilar. Ul dediki, ulcha men uyquda koʻradur erdim, ul uygʻogʻligʻda koʻradur erdi. Va bu Shayx Ali q. s. [Batoih shayxlaridan edi. Karomatlaridan ba’zisi shuki, kimki sher hamla qilganda, uni eslasa, sher qaytib ketardi. Kimki serpashsha joyda uni eslasa, pashshalar uzoqlashardi](2).

568. Shayx Abu Muhammad Abdurrahmon Tafsunajiy r. t.

Tafsunaj Bagʻdod tavobi’idin bir kentdur. Ul bir kun anda minbar ustida dediki, [Men valiylar orasida goʻyo qushlar ichidagi boʻyni uzun kurkadekmen](1). Shayx Abulhasan Ali b. Ahmadki, Shayx Abdulqodir q. s.ning ashobidindur, Jannat degan kentdin, anda hozir erdi, qoʻpti va dalqni boshidin chiqardi va dedi: meni qoʻyki, sening bila kurashay! Shayx Abdurrahmon tik turdi va ashobigʻa dediki, bir qil uchi Tengri inoyatidin anda xole emas. Buyurdikim, dalqini kiygay. Ul dediki, bir nimaki, andin chiqdim, yana anga kirmasmen. Va kenti sari boqdi va zavjasigʻa biyik un bila xitob qildiki, toʻn kelturki, kiyay! Ul Jannat kentidin eshitib, aning uchun toʻn kelturdiki, ul kiydi.

569. Shayx Abu Amr Sarifiniy q. t. r.

Ul debdurki, mening ishimning bidoyati uldurki, bir kecha Sarifinda orqam bila yiqilib yotib erdim. Koʻrdumki, havoda besh kabutar uchub oʻtub borurlar. Biri ayturki, [pokdir Alloh! Har bir narsaning asli manbai uning huzuridadir. U ularni aniq oʻlchov bilan bizlarga tushiradi](1). Yana biri der erdiki, [pokdir Alloh! U barcha narsaga oʻz xilqatini – shaklini ato etib, soʻngra uni toʻgʻri yoʻlga solgan zotdir](2).

Yana biri der erdiki, [pokdir Alloh! U paygʻambarin xalqqa hujjat qilib yubordi. Muhammad s. a. v.ni ularning afzali qildi](3). Biri der erdiki, [Alloh va rasuli uchun boʻlmasa, dunyodagi barcha narsa botildur](4). Yana biri der erdikim, [ey xojasidan gʻofil qolganlar, behisob mukofotlar berib, katta gunohlaringizni ham magʻfirat qiluvchi sahovatli zot – Parvardigoringizga qayting, shoshiling!](5). Chun men bularni eshittim va koʻrdum, behud boʻldum. Chun oʻzumga keldim, dunyoyu mofihoning muhabbati koʻnglumdin chiqib erdi. Tong erta boʻlgʻach, Tengri bila ahd qildimki, oʻzumni bir pirga taslim qilay, to manga Tengri yoʻlin koʻrguzsun! Va tebradim va bilmas erdimki, qayon borurmen. Bir pir yoʻliqdi, yaxshi yuzlugʻ, haybatliq va viqorliq. Va dedi: Assalomu alayka, yo Abu Amr! Salomigʻa javob berdim. Va ont berdimki, sen kimsenki, mening otimni bilding va men seni tanimasmen? Dedi: men Xizrmen! Va Shayx Abdulqodir qoshida erdim, dedi, yo Abulabbos! Bu kecha biravga Sarifinda jazba yetibdur va qabul topibdur va yettinchi koʻkdin anga nido yetibdurki: [Xush kelding, ey bandam!](6): Tengri bila ahd qilibdurki, oʻzin bir Shayx taslimi qilgʻay, aning sari bor va ani manga yetkur. [Ey Abu Amr, Abdulqodir bu davr oriflarining sayyidi, keyingilarning qiblasidir. Uning xizmatida boʻlish, hurmat va ulugʻlash senga lozimdur](7). Men chun oʻz holimgʻa hozir boʻldum va oʻzumni Bagʻdodda koʻrdum. Va Xizr a. s. gʻoyib boʻldiki, yetti yilgʻacha ani koʻrmadim. Chun Shayx Abdulqodir xidmatigʻa kirdim, dediki, [Marhabo, ey xojasi qush tili bilan dargohiga chaqirgan va barcha yaxshiliklarni uning uchun jam qilgan](8). Ey Abu Amr, bot boʻlgʻayki, Tengri taolo sanga muride bergay, oti Abdulgʻani b. Noʻqtaki, martabasi koʻp avliyoullohdin biyikrak boʻlgʻay. Tengri taolo aning bila maloyikaga mufoxarat qilgʻay. Andin soʻngra bir boʻrk mening boshimgʻa qoʻydi. Va aning xushlugʻi va sovugʻlugʻi dimogʻimgʻa yetti va dimogʻdin koʻngulga. Malakut manga kashf boʻldi. Eshittimki, olam va har ne andadur, Haq subhonahu va taolo tasbehin muxtalifa til bila aytadurlar, anvo’i taqdis bila. Yaqin erdiki, aqlim zoyil boʻlgʻay. Shayxning ilgida bir pora momuq erdi, manga urdi, aqlim oʻz holigʻa keldi. Andin soʻngra meni necha xilvatqa oʻlturtti, vallohki, menga hech zohir boʻlmagʻay erdiki, burunroq manga xabar bermagay erdi. Har holgʻa va maqomgʻa va mukoshafayu mushohadagʻaki yettim, andin burunroq meni voqif qildi va meni ishlardin ogoh qildiki, ul degandin soʻngra oʻttiz yilgʻa yaqin surat tutti. Va ul manga xirqa kiydurgan bila men Ibn Noʻqtagʻa xirqa kiydurganning orasidaki aytib erdi, yigirma besh yil boʻldi. Va har neki, Ibn Noʻqta bobida dedi, taxallufsiz voqe’ boʻldi. Va ul Hazrat valoyat maobning xoriq odoti va xaqoyiqu maorifi andin koʻprakdurki, qalam tili bila sharh qilsa boʻlgʻay. Alardin ba’zini Hazrat Maxdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da zikr qilibdurlarki, tilagan kishi, anda tilasa topar, vassalom.

570. Shayx Baqo b. Battu r. t.

Bu toifadin uluq va azim ush-sha’n kishidur. Va Shayx Abdulqodir Giloniy q. s. xidmatigʻa yetibdur Va alardin gʻarib holot naql qilurlar. Va Shayx Ali Haytiy va Shayx Abu Sa’d Qilaviy va Shayx Abun-Najib Suhravardiy va Shayx Jogir va Shayx Qazib ul-bon Mavsiliy va Shayx Abus-Su’ud boshligʻ uluq mashoyixii koʻrubdur va alarning suhbatigʻa yetibdur. Va ba’zi bila safarda rafiq boʻlubdur va yana ba’zi bila hazarda yoru musobih boʻlubdur. [Bu Allohning fazlu marhamati boʻlib, oʻzi istaganiga berur](1).

571. Qazib ul-bon Mavsiliy q. s.

Kuniyati Abu Abdullohdur. Hazrat Maxdum n. m. n. «Nafahot ul-uns»da kelturubdurlarki, Shayx Muhyiddin Arabiy ba’zi rasoyilda debdurki, bu toifadin biz ba’zini koʻrubbizki, alarning ruhoniyat suratlari mutajassid va mutamassil boʻlur, jismoniyat suratlarigʻa va ul mutajassida suratlarigʻa af’olu ahvol oʻtkarurlar, koʻrganlar sogʻinurlarki, ul ahvol alarning jismoniya suvarigʻa oʻtadur. Va derlarki, falon kishini koʻrduk, mundoq dedi va andoq qildi. Va biz bu holni bu toifadin mushohada qilibbiz va muoyana koʻrubbiz va hol mundoqdur. Abu Abdulloh Mavsiliyki, Qazib ul-bongʻa mashhurdur, kerakki, inkor qilmasangki, Haq taoloning asrori olam afrodida uluq va koʻpdurki, aql quvvati bila aning gʻurining idrokin qilsa boʻlmas. Shayx Abdulloh Yofi’iy r. debdurki, ilm ahlidin biri manga xabar berdiki, fuqarodin birini koʻrmas erdilarki, namoz qilur boʻlgʻay.

Bir kun namoz iqomati qildilar va ul oʻlturub erdi. Bir faqih inkor yuzidin anga dediki, qoʻp va jamoat bila namoz qil! Qoʻpti va ul jamoat bila namoz takbiri bogʻladi, avval rak’atni qildi va munkir faqih aning yonida erdi. Chun ikkinchi rak’atqa qoʻptilar, faqih anga nazar soldi, oʻzga kishi koʻrdi va andin mutaajjib boʻldi. Uchunchi rak’atda yana bir kishi koʻrdi, avvalgʻi ikkidin oʻzga. Toʻrtunchi rak’atda ul uch kishidin oʻzga kishi koʻrdi. Chun salom berdilar, hamul faqirni koʻrdi. Ul faqir anga boqib, tabassum qilib dediki, ey Shayx, bu toʻrt kishidin qaysi biri sizing bila namoz qildilar? Shayx Abdulloh Yofi’iy debdurki, Qazib ul-bon Mavsiliydin bu nav’ ish voqe’ boʻlubdur. Mavsiliyning ba’zi fuqahosining anga inkori bor erdi. Bir kun ul faqih koʻrdiki bir koʻchadin aning oʻtrusidin kelur. Oʻzi bila dediki, ani tutmoq kerak va qissasin hokim qoshigʻa raf’ qilmoq kerak, to ani siyosatqa yetkurgay. Nogoh koʻrdiki, bir kurd suratigʻa aylandi. Yaqinroq kelgach, ani bir a’robiy surati bila koʻrdi. Yana yaqinroq kelgach, ani fuqahodin biri surati bila koʻrdi. Chun Qozigʻa yetti, dedi: ey Qozi qaysi Qozib ul-bonni hokimgʻa eltib, siyosatqa yetkurursen? Qozi inkoridin tavba qildi va murid boʻldi. Shayx Abdulqodir q. s. qoshida dedilarki, Qazib ul-bon namoz qilmas! Dedi: demangki aning boshi doyim Ka’ba uyi eshikida sujuddadur.

572. Muhammad Avoniy Ibn ul-Qoid q. s.

Shayx Muhyiddin Abdulqodirning ashobidindur. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da Hazrat-Shayx Muhyiddin Arabiy q. s.din mundoq naql qilibdurlarki, «Futuhoti Makkiya»da bitibdurki, Shayx Abdulqodir ani Mufrad ul-hazrat der ermish va debdurki, Muhammad b. Qoid min al-mufradin. Ham «Futuhot» sohibidin naql qilibdurlarki, mufradun jamoatidurlar, qutb doyirasidin xorij. Xizr a. s. alardindur va Rasul s. a. v. bi’satdin burunroq alardin ermishlar. Ibn Qoid debdurki, barcha nimani keyin soldim va yuz Hazratqa kelturdum. Nogoh yuzum ollida bir ayogʻ nishoni koʻrdum, manga hayrat voqe’ boʻldi. Dedim: bu kimning ayogʻining nishoni erkinkim, hech kishini oʻzumdin sobiq e’tiqod qilmas erdim. Dedilarki, sening Paygʻambaring s. a. v.ning ayogʻi nishonidur. Koʻnglum taskin topti.

573. Abus-Su’ud b. Shabl r. t.

Ul ham Shayx Abdulqodirning ashobidindur. «Futuhot»da mazkurdurki, sodiqu siqa kishidin eshittimki, Shayx Abus-Su’uddinki, vaqtining imomi erdi, naql qildiki, dedi: Bagʻdodda Dajla qirogʻidin oʻtar erdim. Koʻnglumga kechdiki, oyo suv ichinda andoq el boʻlgʻaymu erkinki, Tengri ibodatigʻa mashgʻul boʻlgʻay? Bu xotir koʻnglumga kirgach koʻrdumki, Dajla suyi shaq boʻldi va birav bosh chiqardi va dedi: yo Abus-Su’ud, bale, suv ichinda eranlar borki, Tengri qullugʻigʻa mashgʻuldurlar va men alardinmen. Hazrat Maxdum n. m. n. «Fusus»din naql qilibdurlarki, Shayx Abus-Su’ud muridlarigʻa dediki, oʻn besh yildurki, Tengri manga mulkda tasarruf beribdur, ammo men tasarruf qilmaymen. Ibn Qoid bir kun andin soʻrubdurki, ne uchun tasarruf qilmaysen? Debdurki, men tasarrufni oʻziga qoʻyibmen, nechukki tilar, qilsun! Shayx Ruknuddin Alouddavla debdurki, goʻriston bila oʻtub borur erdim. Bir vayrona gunbaddin ishorate zohir boʻldikim, bizing ziyoratimizga kel! Emdiki bordim, manga vaqt xush boʻldi. Ul azizning ruhidin bu fayz yettikim, harne Tengridin sanga yetsa, qabul qil! Dedimki, qilgʻuluq boʻlsa qilay. Dedi: bore bu kun bir nima yetar, qabul qil! Dedim: andoq qilay! Chun shahrgʻa keldim, bu holni Shayx Nuruddin Abdurrahmon xidmatida arz qildim. Dedilar: anda Shayx Abus-Su’uddir. Va aning tariqi bu ermishki, har ne Haqdin kelsa, qabul qilur ermish va rad qilmas ermish. Va mutakallif libos kiyar ermish va mutakallif gʻizo yer ermish. Va hech kishidin nima tilamas ermish. Bir kun birav aning qoshigʻa kiribdur. Koʻrubdurki, boshida bir dastordurki, ikki yuz diramgʻa arzir. Koʻngligʻa kechibdurki, ajab isrofdurki, dastoriki aning bahosigʻa necha darveshning libosi hosil boʻlgʻay, bir darvesh ani boshigʻa chirmagʻay. Shayx debdurki, biz muni oʻzlukumiz bila boshimizgʻa chirmamaydurbiz. Dastorni ul kishi olligʻa solibdurki, agar sen tilarsen, bor va sot va harne olursen darveshlarga ol! Ul borib, sotib kelibdur va dastorni Shayxning boshida koʻrubdur va mutaajjib boʻlubdur. Shayx debdur, taajjub qilma va falon xojadin soʻrki, bu dastorni qaydin kelturubdur? Soʻrgʻandin soʻngra ul xoja debdurki, bultur kemada erdim, muxolif yel qoʻpti, nazr qildimki, salomat daryodin chiqsam, bir xub dastor Shayxqa had’ya kelturgaymen. Olti oydurki, Bagʻdodda koʻnglum tilagandek dastor tilar erdim, bu kun koʻzumga yoʻluqdi, oldim va nazrimgʻa vafo qilib, Shayx xidmatigʻa kelturdum. Shayx ul kishiga dediki, bilding, xudki bu nav’ dastorni yana birav bizing boshimizgʻa bogʻlar. Va Shayx Abus-Su’uddin bu nav’ holot koʻp manquldur.

574. Shayx Abu Madyan Magʻribiy q. t. s.

Oti Shu’ayb b. Hasan, yo Husayndur. Bu toifaning akobiridindur. Va mashoyixdin koʻp aning suhbatu xidmatida tarbiyat topibdurlar. Va alardin biri Hazrat Shayx Muhyiddin Arabiydur. Va musannafotida aning zikrin koʻp qilur va haqoyiqu maorifin koʻp kelturur. Va Imom Yofi’iy debdurki, Yamanning aksar shuyuxining Shayx Abdulqodirgʻa nisbatlari bor va ba’zining Shayx Abu Madyangʻa nisbatlari bor. Bu biri Magʻrib shayxidur va ul biri, ya’ni Shayx Abdulqodir, Mashriq shayxi r. a. va n. b. Hazrat Maxdum n. m. n. «Futuhot»din naql qilibdurlarki, sohibe debdurki, avliyoning biridin eshittimki, dediki, bu toifadin biri shaytonni tush koʻrub, soʻrubdurki, sening holing Shayx Abu Madyan bilaki, tavhidu tavakkulda imomdur, nechukdur? Dediki, qachon tilasamki, aning koʻngliga bir nima solgʻaymen, anga oʻxsharki, birav muhit daryosigʻa bavl qilgʻayki, ul nopok boʻlgʻay. Ham «Futuhot»dadurki, xaloyiq iliglarin Shayx Abu Madyangʻa surtub, tabarruk tayammum jihatidin yuzlariga surtarlar erdi. Shayxdin soʻrdilarki, bu jihatdin oʻz nafsingda hech asar toparsen? Dedi: buki, Hajar ul-asvadni xaloyiq tabarruk jihatidin oʻparlar, ul oʻzida ne miqdor asar toparki, ani hajariyatdin chiqargʻay, ulki ani avliyoyu anbiyo oʻparlar, men dagʻi oʻshancha asar oʻz nafsimda toparmen va menda ham ul hukm bor.

Bir kun Shayx Abu Madyan Magʻrib diyoridin boʻynini past qildi va anttikim, [ey Allohim, men eshitganim va itoat qilganimga seni va farishtalaringni guvoh qilamang](1). Ashobe soʻrdilarki, bu soʻzning sababi ne erdi? Dediki, Shayx Abdulqodir bu kun Bagʻdodda dediki, [bu oyoqlarim har bir Alloh valiysining boʻynidadir](2).

Andin soʻngra, ba’zi ashobi Shayx Abdulqodirning Bagʻdoddii keldilar va xabar berdilar. Shayx ul soʻzni ham ul kun Bagʻdodda dedi. Har qachon Shayx Abu Madyan bu oyatni eshitsa erdiki, [Sizlarga juda oz ilm berilgandir](3), der erdiki, bu oz ilmki, Haq taolo bizga beribdur, bizing emasdur, balki oriyatdur bizda. Va andin koʻpiga yetishmaydurbiz. Pas, biz johillarbiz, alad-davom.

Bir qatla Shayx Abu Madyan daryo qirogʻida borur erdi. Jamoate kuffordin ani asir qildilar va kemalarigʻa kivurdilarki, anda jamoate musulmonlarni asir qilib kivurur erdilar. Va bodbonlar torttilarkim, mulklarigʻa azimat qilgʻaylar. Kema yeridin qipranmadi, bovujude ulki, azim yel dagʻi borur erdi. Har necha jahd qildilar, foyda qilmadi. Dedilarki, hamono bu musulmon jihatidindurki, hali asir qilibbiz, shoyad sohibi botin kishi erkin. Shayxqa ijozat berdilarki, chiq va bor! Shayx dedi: to barcha musulmonlarni qoʻymassiz, men ham chiqmasmep! Hech chora topmadilar barchani qoʻymoqdin oʻzga va barini Shayxning muborak himmati barakotidin asirlikdin ozod qildilar, filhol kemalari ravon boʻldi. Ul debdurki, [Haq oshkor boʻlgan vaqtda undan boshqasi qolmaydi](4). Va ham aning soʻzidurkim, [koʻngilning faqat bir qiblasi bordir. Har bir qiblaga yuzlanaversa, boshqasidan quruq qoladi](5). Va ham ul debdurki, [kimning nafsidan bir miqdor qolgan boʻlsa ham haqiqiy hurriyatga erisholmaydi](6).

She’r:

[Oʻz ra’yingcha botilni inkor ztma, chunki u ham Haq zuhurotlaridan.
Xudoning isbotini toʻla anglash uchun botilni oʻz andozasida tani!](7).

Besh yuz toʻqsonda olamdin oʻtubdur.

575. Abulabbos b. Arif, Sanhojiy Andalusiy r. t.

Oti Ahmad b. Muhammaddur. Olim erdi ulumgʻa va orif erdi qiroat vujuhigʻa va jame’ rivoyatda mutanohiy. Va muridlar va muxlislar koʻp xidmatida yigʻildilar. Zamon podshohigʻa andin xavfe paydo boʻldi, ani tilatti. Yoʻlda favt boʻldi, besh yuz oʻttiz oltida. «Futuhoti Makkiy» sohibi oʻz shayxi Abu Abdulloh Gʻazzoliydin, naql qilibdurki, ul debdurki, bir kun oʻz Shayxim Ibn Arif qoshidin chiqdim va yozida sayr qilur erdim. Har daraxt va giyohgʻaki yetar erdim, manga aytur erdiki, mendin olki, falon illatqa nofe’durmen va falon zarargʻa dofe’. Va manga ul holdin hayrate yuzlandi. Shayx xidmatigʻa yondim, dagʻi bu voqeani arz qildim; Shayx dedilarki, biz aning uchun seni tarbiyat qilmaydur erduk. [Vaqteki, daraxtlar sanga foyda va zarar keltirishlarini soʻyladilar, sen nega haqiqiy foyda va zarar yetkaruvchi Haqni unutding?](1). Shayx dedi: Tengri taolo seni imtihon qilib sinabdur, yoʻq ersa, biz seni Tengri taologʻa rahnamunluq qilduq, yoʻq aning gʻayrigʻa. Sening tavbangning sidqi alomati uldurki, hamul mavzegʻa qaytib borgʻay sen va ul daraxtu giyohlar sanga ul soʻzni demagaylar. Shayx Abu Abdulloh qaytib ul mavzegʻa bordi va ul ashyodin ul soʻzlarni eshitmadi va qaytib shayxigʻa aytti. Shayx dediki, [seni oʻzingga oʻxshagan bir maxluqqa muhtoj qilmasdan oʻzi uchun tanlagan Allohga hamd boʻlsin!](2). Vafot etgan sanasi besh yuz oʻttiz oltinchi yil.

576. Aburrabi’ Kafif Molaqiy r. t.

Abulabbos b. Arifning ashobidindur. Bir kun bir ashobiga dediki, masalan, agar ikki kishi boʻlsa va har qaysida oʻn diram boʻlsa, alardin biri bir diram sadaqa qilsa va toʻqquz diramni asrasa va yana biri toʻqquz diramnn sadaqa qilsa va bir diramni asrasa, qaysi fozilroqdur? Dedilarki, ulki, toʻqquz diramni sadaqa qilgʻay; Shayx dediki, ne uchun bu fozilroqdur? Ashob dedilarki, aning uchunki, koʻproq tasadduq qilibdur. Shayx dedi: ulcha dedingiz, yaxshidur! Ammo mas’alaning ruhini bilmadingiz va sizga maxfiy qoldi. Dedilarki, ul qaysidur? Dedi: ulki biz ikkalasini teng bergan farz qilduk, ulki koʻprak berdi, aning faqrgʻa kirgani burunroqdur, andinki, ozroq veribdur, pas, aning faqrgʻa nisbati ortigʻroq boʻlgʻay, bu jihatdin ul afzal boʻlgʻay. Hadis voriddur bu ma’nogʻakim, yetmish ming qatla «Lo iloha illalloh». demakka aytquchining najotigʻa yo har kishiki, aning niyatigʻa oʻqilmish boʻlgʻay, tamom asari bor.

Shayx Aburrabi’ Molaqiy debdurki, men bu zikrni der erdim va lekin ne oʻzumgʻa va ne kishiga muayyan qilmaydur erdim, to bir kun biravning moida taomigʻa hozir boʻldum; bir jamoat bila. Va alar orasida tifle erdi sohibi kashf. Ilig taomgʻa kim eltti yigʻlamoqqa tushdi. Sababin soʻrdilar, dediki, doʻzax manga mushohiddur, anda onamni koʻradurmenki, azob qiladurlar. Shayx Aburrabi’ debdurkim, botinimda dedimki, Xudovando, sen voqifsenkn, yetmish ming qatla «Lo iloha illalloh» zikrin aytibmen, ani bu tiflning onasi doʻzax oʻtidin xalos boʻlurgʻa muayyan qildim. Chun bu niyatni koʻnglumda qildim, koʻrdumki, tifl kulaboshladi va shodmonligʻ qildi. Yana sababin soʻrdilar, dediki, onamni-koʻradurmenki, doʻzax oʻtidin xalos boʻldi, alhamdulillah! Pas, taom yemakka mashgʻul boʻldi. Shayx Aburrabi’ derkim, manga bu hadis sihhati ul tifl kashfidin va ul goʻdak kashfi sihhati nabaviy, hadisidin ma’lum boʻldi.

577. Adiy b. Musofir Shomiy summa Hakkoriy q. s.

Shayx Uqayliy Manbijiy va Shayx Hammod Dabbos bila suhbat tutubdur. Anga koʻp xaloyiq jam’ boʻldilar. Hakkoriya togʻidaki, Mavsil tavobindindur, xalqdin munqati’ boʻldi va anda zoviyaye bino qildi. Va ul diyor ahli murid va mu’taqid boʻldilar. Va anga oyotu karomot va xoriqi odot asru koʻpdur. Besh yuz ellik yettida dunyodin oʻtubdur. Va qabri ham ul diyorda mutabarrik mozordindur, yuzoru va yutabarraku bihi.

577. Saydiy Ahmad b. Abulhasan Rifo’iy q. s.

Imom Muso Qozim r. a.ning buzurgvor avlodidindur. Va xirqada nisbati besh vosita bila Shayx Shibliy q. s.gʻa yetar. Aning ta’rifidin qalam tili ojizdur. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da ba’zi holotidin shammaye zikr qilibdurlar, tilagan kishi anda boqsun. Ba’zi holotidin juzve munda zikr qililur. Agar alardin kishi ta’viz tilasa erdi, kogʻaz keltursa erdi va siyohe kelturmasa erdi, ul kogʻazni olib, siyohisiz anga ta’vizni raqam qilurlar erdi. Bir qatla birav uchun ushbu mazkur boʻlgʻon dastur bila siyohsiz bitib erdilar.

Ul kishi muddate madid gʻoyib boʻldi va muddatdin soʻngra hamul oq kogʻazni imtihon uchun kelturdiki, ey Shayx, mening uchun ta’viz biti! Chun ul kogʻazgʻa boqtilar, dedilar, ey farzand, bu kogʻaz bitilgandir va anga berdilar. Bir kun alarning ashobidin ikki kishi yozida erdilar. Biri yana biridin soʻrdiki, bu muddatdaki alar mulozamatidasen, ne hosil qilibsen? Ul dedi: matlubing nedur? Dedi: buki, osmondin doʻzax oʻtidin xalosligʻ barotim tushgay. Bu soʻz aytur vaqtda osmondin bir oq varaq tushti. Olib alar qoshigʻa kelturdilar. Oʻtgan holdin Shayx nima demadi, alargʻa berdilar. Alar ul varaqqa boqqach sajda qildilar. Chun bosh sajdadin koʻtardilar, dedilarki, [oxirat boʻlmasdan, shu dunyoning oʻzida ashobimni oʻtdan xalos etib, menga koʻrsatgan Allohga hamd boʻlsin!](1). Dedilar, yo Saydiy, bu oq varaqdur! Alar dedilarki, qudrat iligi siyohi bila bitilmas, bu nur bila bitilibdur. [Alloh undan rozi boʻlsin! Besh yuz yetmish sakkiz sana jumodul avval oyining payshanba kunida vafot etdi](2).

579. Hayot b. Qays Harroniy r. t.

Ul toʻrt kishidin biridurkim, Shayx Abulhasan Furaysiy debdurkim, mashoyixdin bular oʻz qabrlarigʻa tasarruf qilurlar, andoqki, ihyo qilurlar. Biri Shayx Ma’ruf Karxiydur va biri Shayx Abdulqodir Giloniy va biri Shayx Uqayliy Manbijiy, biri Shayx Hayot Harroniy q. t. a. Sulahodin biri debdurkim, Yamandin kemaga oʻlturduk. Chun Hind daryosigʻa yettuk, muxolif yel qoʻpti va kemani ushatti. Va men bir taxta poraga qoldim va bir jaziragʻa chiqdim. Hech kishi yoʻq erdi va koʻp xarobalar erdi. Nogoh bir masjidqa yettim, kirdim. Toʻrt kishi oʻlturub erdilar. Salom, dedim. Javob berdilar, holimni soʻrdilar, ayttim. Oqshomgʻacha alar bila erdim. Chun oqshom boʻldi, Shayx Hayot Harroniy keldi. Ul jamoat yugurub, salom qildilar. Ilgari brrdi, xufton namozin jamoat bila qildilar. Va fajr tulu’ikacha namozda erdilar. Va Shayx Hayot munojotqa turdi va dedi: [Ey tavba qiluvchilarning mahbubi va ey oriflarning sururi va ey obidlarning koʻz nuri va ey yolgʻizlarning munisi va ey panoh tilovchilarning panohi va ey chorasizlar koʻmakchisi va ey sodiqlar qalbi unga tikilgan, ey muhiblar koʻngliga munis boʻlgan va qoʻrqadiganlarning himmati unga bogʻlangan zot!](1).

Andin soʻngra yigʻlay boshladi. Koʻrdumki, anvor zohir boʻta kirishti, dagʻi Shayx Hayot masjiddin chiqdi. Ul jamoat manga dedilarki, Shayx keynicha bor. Men Shayx keynicha erishtim. Koʻrdumki, biyobon va togʻ va daryo oyogʻi ostida nurdiyda boʻladur. Bildimki, tayyi arzdur. Har gomda der erdiki, [Yorab, Hayotga hayot ber!](2). Oz zamonda Harrongʻa yettuk. Va Shayx Hayot Harronda sokin ermish. Anda dunyodin besh yuz sakson birda oʻtubdur.

580. Shayx Jogir q. t. r.

Shayx Abulvafo anga sano debdur va oʻz boʻrkin Shayx Aliy Haytiydin anga yuboribdur va anga tilamak taklifi qilmaydur. Va debdurki, men Tengridin tiladimki, Jogir mening muridlarimdin boʻlgʻay. Tengri ani manga bagʻishladn. Va Shayx Jogir aslan kurdlardin erdi. Iroq vodiylaridin birida Somarraning bir kunchilikida mutavattin boʻldi va anda besh yuz toʻqsonda dunyodin oʻtti. Va ul debdurki, [kimki ulugʻ va aziz Allohni sirrida mushohada qilsa, borliq uning qalbidan soqit boʻladi](1).

581. Shayx Abu Abdulloh Muhammad b. Ibrohim Qurashiy Hoshimiy q. s.

[Oriflar imomi, soliklar rahnamosi, faxrli ahvol va zohir karomotlar sohibi](1). Ul debdurki, bir kun Minoda erdim va suvsiz boʻldum, hech yerda suv topmadim. Va menda hech nima yoʻq erdiki, suv olgʻaymen. Borur erdim, to bir choh topib, andin suv tortqaymen. Chohe toptimki, Ajam ahli anda yigʻilib erdilar. Alardin biriga dedimki, bir miqdor suv bu rikvaga sol! Meni urdi va iligimdin rikvani olib tashladi. Va men shikasta xotir bordimki, rikvani olgʻaymen. Koʻrdumki, bir boʻrkada chuchuk sudur. Ul sudin oldim va ichdim va rikvagʻa su toʻldurub, ashob qoshigʻa kelturdum. Borcha andin ichdilar. Va ul holni alargʻa ayttim. Anda bordilar, to su olgʻaylar. Ne su toptilar va ne andin asar. Bildimki, inoyate erkandur, ilohiy.

582. Abulhasan Ali b. Humayd Sa’idiy q. s.

Baland holot va arjumand karomot sohibi erdi. Otasi boʻyoqchi erdi. Tilar erdiki, ul ham sabbogʻligʻim oʻrgangay. Anga ogʻir kelur erdiki, ul darveshlar suhbatigʻa borur erdi. Va alar tariqasin varzish qilur erdi. Va ul ishdin qolur erdi. Bir kun otasi buyurgʻon toʻnlugʻlarni boʻyamaydur erdi.

Otasi achigʻlandi. Va doʻkonda togʻoralar erdi, har birida oʻzga rang. Toʻnlugʻlarni borchasin bir zarfqa soldi otasining gʻazabi ortti va dediki, koʻrdungki, ne ish qilding? Bularning iyalari har birin oʻzga rang buyurub erdilar. Ul ilig ul zarfqa urub barchani chiqardi va har qaysini neki buyurub erdilar, hamul rang olib, otasi iligiga berdi. Chun otasi ul gʻarib holni koʻrdi, ani Tengri yoʻli sulukida qoʻydi. Va ul sulukda martabasini derlarki, ul yerga yettiki, murid va ashobi bagʻoyat koʻp boʻldi. Ammo har kishi otiniki Lavhi Mahfuzda koʻrmas erdi, muridliqqa qabul qilmas erdi. Va ul olti yuz oʻn ikkida dunyodin oʻtubdur.

583. Abu Ishoq b. Zarif q. s.

Hazrat Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. mashoyixidindur. Shayx «Futuhot»da debdur, ul buzurgroq mashoyixdindurki, men koʻrubmen. Ul debdurki, alarki meni tanirlar avliyoullohdurlar. Dedilar, nechuk, yo Abo Ishoq? Dedi: aning uchunki, alar ikki holdin tashqari emaslar, yo uldurki, mening haqqimda xayr va yaxshilik derlar, yo aning gʻayri. Agar xayr va yaxshilik ayturlar, manga sifat demaslar, magar ul nimakn alargʻa sifat boʻlmish boʻlgʻay. Agar alar ul sifat mahali boʻlmagʻan boʻlsalar erdi, meni andoq sifat qilmagʻaylar erdi. Pas, bular mening qoshimda avliyoullohdindurlar. Va agar mening haqqimda yomonligʻ va shar ayturlar, alar farosatu kashf sohibidurlarki, Xudoyi taolo alargʻa, mening holatimgʻa ittilo’ beribdur, pas, alar ham avliyoullohdindurlar.

584. Ibnul-Foriz Hamaviy Misriy q. s.

Kuniyatlari Abu Hafsdur va otlari Umar. Va baniy Sa’d qabilasidindurlarki, Halima r. a. Hazrat Risolat s. a. v.ning murzi’asn andindur. Hamaviyul-asl ermish va Misriyul-mavlid. Otasi Misr ulamosining akobiridin erdi. Va aning farzandi Sayyid Ka-moluddin Muhammad debdurki, ul debdurki, avvalkim, sayohat va tajridqa otamdin ijozat olur erdim va Misr tegrasida togʻlar va vodiylarda kezar erdim va aning qoshigʻa kelur erdim va aning xotiri murooti uchun bir kecha-kunduzga yaqin aning qoshida boʻlur erdim va yana ham ul sayru sulukka borur erdim. Chun otam Tengri hukmin butkardi, bilkulliya oʻzumnn Tengri yoʻli sulukiga bogʻladim, ammo bu tariqdin hech nima fath boʻlmas erdi.

Bir kun Misr madorisidin birida kezar erdim, koʻrdumki, madrasa eshikida bir qari baqqol erdi. Vuzu’ qiladur erdi va mashru’ tartibi bila qilmaydur erdi. Avval iliglarin yudi va andin soʻngra ayogʻlarin, andin soʻngra boshigʻa mash tortti va andin soʻngra yuznni yudi. Men oʻzumga dedimki, ajabdur bu qaridinki, bu kibari sinda va Islom diyorida ulamo orasida madrasa eshikida vuzu’ qiladur va mashru’ tartibi bila emas. Ul mening sari boqib dediki, ey Umar, sanga Misrda hech fathe boʻlmas, fatheki sanga boʻlur, Makka va Hijoz tarafidin boʻlgʻusidur. Ul yon qasd qilki, sening fathing vaqti yetibdur. Bildimki, ul avliyoullohdindur va murodi ul nav’ vuzu’dii talbisu jahl izhori va oʻz holining satridur. Qoshida oʻlturdum va dedim yo sayyidi, men qayda va Makka qayda? Haj mavsumi emas va hech hamrohu rafiq yoʻq. Iligi bila ishorat qildi va dedi iynak Ka’ba koʻzung ilayida! Chun nazar qildim, Makkani koʻrdum. Ani qoʻydum, dagʻi yuz Makkaga qoʻydum va Makka koʻzumdin yana gʻoyib boʻlmadi. Va anda sulukka mashgʻul boʻldum. Futuh abvobi yuzumga ochildi va osori mutarodif boʻldi. Va Makkaning togʻ va vodiylarida sayohat qilur erdim, to ulki bir vodiyda muqim boʻldumki, andin Makka oʻn kupchalik yoʻl erdi. Saloti xamsaqa; jamoatqa hozir boʻlur erdim. Bu nav’ bila oʻn besh yil oʻtkandin soʻngra nogoh bir kun ul qari baqqolning uni manga keldikim, [ey Umar, Qohiraga kel, vafotimga hozir boʻl!](1). Ta’jil bila anga keldim, koʻrdumki, muhtazardur. Salom qildim, ul ham salom qildi. Va bir necha diram manga berdiki, munung bila mening takfin va tajhizimni qil! Va tobutum hammollarigʻa har qaysigʻa birar diram bergil va Qirofadin falon mavze’gʻa itkil! Derlarki, hamul mav-ze’durki, Shayx Ibn Foriz holo anda madfundur. Pas, dedi: mening tobutnmni anda qoʻy va muntazir boʻlki, birav togʻdin tushub kelgay, aning bila namoz qil va muntazir boʻlki, Tengridin ne kelgay? Ul vafot qildi: va aning vasiyati bila amal qildim. Va tobutni ul yerdaki deb erdi, qoʻydum. Koʻrdumki, birav togʻdin inib keldi qushdek ta’jil bila. Va dedi: ey Umar, ilgari borki, namoz qilali! Ilgari bordim, namoz qilurda koʻrdum, bizing bila osmon orasida yashil va oq qushlar namoz qiladurlar. Chun namozdin forigʻ boʻlduk, bir-azimulxilqa yashil qush ul qushlar orasidii indi va tobut qoshida oʻlturdi va tobutnn yutti va uchub oʻzga qushlargʻa qoʻshuldi. Va tasbih oʻquy borurlar erdi, to nazardin gʻoyib boʻldilar. Men mutaajjib boʻldum. Ul kishi dedi: [Ey Umar, eshitmaganmisan, shahidlar ruhi jannatning xohlagan yerida sayr qiladigan yashil qushlar ichida boʻladi. Bular qilichdan shahid boʻlganlar. Ammo muhabbat shahidlarining jasadlari ham, ruhlari ham yashil qushlar ichida boʻladi. Bu kishi ulardandir, ey Umar!](2). Men ham alardin erdim va mendin zillate vujudqa keldi va meni alarning orasidin surdilar va holo bozorlarda manga silliy urarlar va ul zillat uchun ta’dib qilurlar. Va Shayx ibn Forizgʻa devoni she’rdur arabiy tili bilaki, mushtamildur, maorif uyunigʻa va latoyif fununigʻa. Va bir qasida andin «Toiyya»durki, yetti yuz ellik bayt kami besh boʻlgʻayki, [bu qasida soʻfiy mashoyixlari, ulardan tashqari fozillar, olimlar va haqiqat ahli oʻrtasida ham shuhrat tutdi](3). Sayru sulukdin soʻngra ulumi dunyoyi haqoyiqi va maorifi yaqiniya daqoyiqidin oʻz zavqu kummali avliyoyu akobir va mashoyix muhaqqiqlari ravvahallohu taolo arvohahum ajma’in azvoqidin jam’ qilibdur. Va bu nav’ nazm royiqu foyiq kishiga muyassar boʻlmaydur. Va hech kishiga fazlu hunar ahlidin maysur, balki koʻprak nav’i bashargʻa maqdur emas. Va Shayxning fazoyilu kamoloti ulumu maorifi a’lo marotibidin, balki karomotu valoyati a’lo darajasida shar’din tashqaridur va ta’rifdin mustagʻniydur. Andin biror nima voqif boʻlmak tilagan Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul uns»in ochib, mutolaa qilsun. [Alloh undan rozi boʻlsin, olti yuz oʻttiz ikkinchi yil jumodul-avval oyining ikkinchisida vafot etdi](4).

585. Ibrohim b. Mi’sor Ja’bariy q. s.

Kuniyati Abu Ishoqdur. Oyoti zohira va maqomoti foxira sohibidur. Mazhabi mahvi kulli va nafy vujud va iflosu nodosht emish. Shayx Abdulqodir Giloniy q. s. debdur: [Men daraxt shoxlarida xursandchilik qiluvchi poloponlar bulbuliman va samolarda oq lochinman](1). Shayx Ibrohim aning muqobalasida debdurki, [Men gʻuslxona oʻrasini anqitadigan qushman va sahrodagi qoʻtir itman](2).

Bir kun aning shogirdlaridin biri kirdi va dedi ikki bayt eshitibmen va manga asru xush kelibdur. Shayx soʻrdiki, qaysi ikki baytdur? Ul oʻqidi.

She’r:

[Bir nasihatgoʻy menga aytdi:
Nozu kibrini haddan oshirib yuboradigan mahbuba uchun umringni behuda isrof qilibsen.
Unga aytdim: malomatim bas qil!
Men unga shu qadar mashgʻulmanki, hijronu visoldan forigʻman](3).

Shayx Ibrohim anga dediki, bu sening maqoming ham emas, sening piringning ham. Debdurlarki, chun ajal yetti, oʻz qabrining mavze’igʻa keldi va dediki, [ey, qabrgina, Zubayr senga keldi](4). Va anda muqim «boʻldi, onsizki, anga za’fe va maraze boʻlgʻay va anqarib Tengri jivori rahmatigʻa vosil boʻldi. [Olti yuz toʻqson yettida vafot etdi](5).

586. Shayx Muhyiddin Muhammad b. Ali b. Arabiy h. s.

Vahdati vujud qoyillarining qudvasidur. Zohir fuqaho va ulamosidin koʻp anga ta’n qilibdurlar. Fuqahodin oz va soʻfiydin jamoate ani buzurg tutubturlar. [Uni yuksak ehtirom bilan ulugʻladilar, soʻzlarini maqtab, madh etdilar, baland martabasini sifatladilar, behisob karomotlaridan xabar berdilar. Imom Yofi’iy r. oʻz tarixida shunday zikr qilgan](1). Alargʻa ash’ori latif, gʻarib va axbori nodir ajib bor. Va musannafotlari koʻp bordur. Bagʻdod mashoyixidin birisi alar manoqibida kitobe jam qilibdur. Va anda kelturubdurki, alarning musainafoti besh yuzdin ortlqroqdur va Hazrat Shayxning ba’zi ashobining iltimosi bila oʻz musannafoti fihrastida risola bitibdurlar. Anda ikki yuz ellikdin ortiqning otin mazkur qilibdurlar, koʻpraki tasavvufda.

Va ul risolaning xutbasida debdurlarki, mening qasdim bu kutub tasnifida soyir musanniflardek tasnifu ta’lif emas erdi, balki ba’zigʻa sabab bu erdikim, manga Haq subhonahudin amre vorid boʻlur erdikim, yaqin boʻlur erdikim, meni kuydurgay. Uzumni alardin ba’zining bayonigʻa mashgʻul qilur erdim. Va ba’zigʻa sabab ul erdikim, yo voqe’da, yo mukoshafada haq subhonahu va taolo qoshidin anga ma’mur boʻlur edim. Va Imom Yofi’iy tarixida mazkurdurkim, alar bila Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s.gʻa muloqot ittifoqi voqe’ boʻlubdur. Va ba’zi akobir dedilarki, ul muloqot Haram tarafida ekandur. Har biri alardin yana biriga nazra qilib oʻtushubdurlar, onsizki oralarida kalome voqe’ boʻlgʻay. Andin soʻngra Shayx Shihobuddin holini alardin soʻrubdurlar. Alar debdurlarki, [u boshdan oyogʻiga qadar sunnat bilan toʻladir](2). Shayx Shihobuddindin alarning holini soʻrubdurlar. Debdurki, [u haqiqatlar dengizidir!](3). Ba’zi buzurgvordin andoq eshitildiki, Haram soyasida suhbat tutubdurlar. Va Shayx Shihobuddin ul Hazratdin necha savol qilibdurlar. Ba’zigʻa javob beribdurlar va ba’zigʻa debdurlarki, Tubo daraxti soyasida javob bergumizdur. Bu soʻz bila bir-biridin ayrilishibdurlar. Va alarning xirqalari nisbati bir voskta bila Hazrat Shayx Abdulqodir Giloniy q. s.gʻa yetar. Va yana bir nisbatlari bir vosita bila Xizr a. s.gʻa yetar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-unoda bu nav’ debdurlarki, to’inlarning ulugʻroq ta’ni alargʻa «Fusus ul-hikam» kitobidur. Va hamonoki, alarning ta’nining maysha’i yo taassubdur, yo ittilo’lari adami, alarning mustalahotigʻa yo maoniy yo haqoyiq rumuziki tasniflarida darj qilibdurlar, bataxsis «Fusus»da va «Futuhot»da. Va bu ma’no ul martabadadurkim, bu toifadin hech qaysmning hech kitobida topilmas. Ham ul Hazrat debdurlarki, bu faqir Xoja Burhonuddin Abu Nasr Porss q. r. din bu nav’ istimo’ qilibmenki, der erdilarki, bizing volidimiz buyururlar erdiki, [«Fusus» – jondir, «Futuhot» – dil](4). Har yerdaki alarning buzurgvor volidlari «Fasl ul-xitob» kitobida [oriflarning ba’zi ulugʻlari](5) debdurlar, murodlari alardur. Hazrat Maxdumiy n. m. n. alarning musannafotidin «Fusus»ni sharh qilibdurlar. Andoqki, aning ta’rifini qilmoq bu faqirdek bebizoatlarning haddi emas. Va «Futuhot»ni doim mutolaa qilurlar va oʻz musannafotlarida «Futuhot»din koʻp kelturubdurlar. Va Hazrat Shayx ta’rifida «Nafahot ul uns»da koʻp soʻzlar debdurlar. Tilagan kishi anda topar. [Shayx r. besh yuz oltmishinchi yil Ramazonning oʻn yettisi dushanba kechasi Andalusning Mursiya degan shahrida tugʻildi. Olti yuz oʻttiz sakkizinchi yil Rabi ul-oxir oyining yigirma ikkisi juma kechasi Damashqda vafot etdi. U shahar tashqarisidagi Qosyun togʻ etagida dafn qilindi](6). Va holo ul mavze’ Solihiyagʻa mashhurdur.

587. Shayx Sadruddin Muhammad b. Ishoq b. Qoʻnyaviy q. r.

Kuniyati Abulmaoliydur. Zohir ulumi va botin ulumi orasida jome’ ermish va aqliyu naqliy ulumda. Aning bila Xoja Nosiruddin Tusiy orasida as’ilavu ajviba voqe’ boʻlubdur. Va Mavlono Qutbuddin Allomai Sheroziy hadis ilmida aning shogirdidur. «Jomi’ ul-usul» oʻz xatti bila bitib, aning qoshida oʻqubdur va iftixor qilur erkandur. Va bu toifadin Shayx Mu’ayyaduddin Jandiy va Mavlono Shamsuddin Egiy va Shayx Faxruddin Iroqiy va Shayx Sa’iduddin Fargʻoniy q. a. va gʻayrihi akobirdin koʻp buzurglar aning tarbiyati huzurida ermishlar. Va Shayx Sa’iduddin Hammuyi bila koʻp suhbat tutubdur va andin savollar qilibdur; Va uluq Shayx r. alul vaqtki, Magʻrib bilodidin Rumgʻa mutavajjih erdi va ba’zi mushohidi aning valodati chogʻi aning iste’dodi va ulumi va tajalliyot va ahvolu maqomot va har ne umr muddatida va muforaqatdin, soʻngra barzaxda va barzaxdin soʻngra anga oʻtubdur va oʻtkuzibdur va barchagʻa mukoshif boʻldi va Qoʻnyagʻa yetti. Aning valodatidin soʻngra va otasining vafotidin soʻngra onasini Shayx oʻz nikohi aqdigʻa kiyurdi. Va ul Shayxning xidmatu suhbatida tarbiyat topti. Ul Shayx kalomining naqqodidindur. Va Shayxning maqsudi vujud mas’alasi vahdatida bir vaj bilaki, aqlu shar’ muvofiqi boʻlgʻay, aning tahqiqoti tatabbu’idin ayru fahm boʻlmoq muyassar emas Va aning musannafoti bor «Tafsiri Fotiha» va «Miftoh ul-gʻayb»dek va «Nusus» va «Fukuk» va hadis sharhi, «Nafahoti ilohiya» kitobiki, oʻziga voqe’ boʻlgʻon voridotdin koʻp anda zikr qilibdur. Va har kishi tilasaki, bu tariqda aning kamolotidin ittilo’ topqay, ani mutolaa qilsun. Shayx Sadruddin bila Mavlono Jaloluddii Rumiy q. s. bila suhbat ixtisosi va muhabbat koʻp ermish. Bir kun azim majlis ermish va Qoʻnya akobiri jam’ va Shayx Sadruddin suffa sadrida sajjoda ustida oʻlturub ermishki, Mavlono Jaloluddin kirar. Shayx sajjodadin qoʻpub, oʻz oʻrnin Mavlonogʻa qoʻyar. Va Mavlono oʻlturmas va derki, qiyomatda ne javob berayki, Shayxning sajjodasida nevchun oʻlturdum. Shayx derki, bir goʻshada siz oʻlturung, bir goʻshada biz. Ham Mavlono oʻlturmadi. Shayx dediki, sajjodayiki sizing oʻltururungizgʻa yaramas, bizing dagʻi oʻltururumizgʻa yaramas va arodin koʻtartti. Mavlono Shayxdin burun olamdin oʻtubdur. Va Mavlono vasiyati mujibi bila alargʻa namoz qilibdur. Debdurlarki, Shayx Sharafuddin Qoʻnyaviy Shayx Sadruddin q. s.din soʻrubdurki, [qayerdan qayoqqa borasiz va oʻrtada nima hosil boʻladi?](1). Shayx javob berdiki, [ilmdan aslga boramiz. Oʻrtada hosil boʻlgani dunyoviylik va ilohiylik hukmi bilan zohir boʻlgan ikki tarafni birlashtiruvchi nisbatni yangilashdir](2).

588. Shayx Mu’ayyaduddin Jandiy q. s.

Shayx Sadruddin Qoʻnyaviyning shogirdlaridindur. Jomi’ erkandur zohir ulumi bila botin ulumigʻa. Va Shayxi buzurgvor Shayx Muhyiddin q. r.ning kutubidin «Fusus ul-hikam» va «Mavoqi’ un-nujum»ga sharh bitibdur. Va barcha shorihlar sharhining ma’xazi aning sharhidur. Ul debdurki, oʻz shayxim Sadruddindin eshittimki, ulugʻ Shayx hazratlari, ya’ni Shayx Muhyiddin q. s.gʻa Xizr a. s. bila muloqat voqe’ boʻldi. Xizr a. s. dediki, Muso b. Imron s. r. a. uchun valodati kunidin aning bila ijtimo’ kunigacha ming mas’ala aning uchun muhayyo qilib erdim. Ul alardin uch mas’alagʻa sabr qila olmadi. Va ishorat bu ma’nogʻadur, ulki Hazrat Risolat s. a. v. buyurubdurki, [koshki, birodarim Muso sukut qilsa ediyu, Haq bizga ikovlari haqida hikoyat qilsa edi](1). Va anga Ibn Foriz r. tariqi bila haqoyiqu maorif bayonida latif arabiy ash’ordur. Va ul jumladin Shayx Faxruddin Iroqiy q. s. bu ikki baytni «Lama’ot»da kelturubdur. Va ul budurki,

She’r:

[Bu daryo oʻsha qadim daryodirkim, hodisalar uning mavjlari va irmoqlaridir.
Uning pardasidak koʻrinadigan zohiriy suratlar seni aslo toʻsib qoʻymasin!](2).

589. Shayx Sa’iduddin Fargʻoniy r. t.

Ul irfon arbobining mukammali va zavqu vijdon ashobining akobiridindur. Shayx Ibn Foriz q. s.ning «Toiya» qasidasigʻa sharhi bor. Hech kim haqiqat ilmi bayonin andoq marbut va mazbut bayon qilmaydurki, qasida debochasida ul oni forsin iborat bila bitibdur va oʻz shayxi Shayx Sadruddin Qoʻnyaviygʻa arz qilibdur va shayx koʻp istihson qilib, ul bobda bir nima bitibdur va Shayx Sa’id shayxning bitkonin biaynihi tabarruk va tayammum jihatidin sharhining debochasida kelturubdur va soniyan fonda ta’mimu tatmimi uchun arabiy iboratqa naql qilibdur. Oʻzga favoyid ham anga mazid qilibdur. [Allohu taolo uni toliblarning eng yaxshi mukofoti bilan siylasin!](1).

«Manohij ul-ibod ilal mi’od» otligʻ kitobida kelturubdurki, muridlar intisobi mashoyixqa uch tariyq biladur: biri xirqa bila, ikkinchi zikr talqini bila va uchunchi xizmat va suhbat va aning odobi bila. Va xirqa nisbati ikkidur: biri irodat xirqasi va ani bir-shayxdin oʻzgadin olmoq ravo emas va yana biri tabarruk xirqasi. Va ani koʻp mashoyixdin tabarruk uchun olmoq ravodur va oʻz irodati xirqasi bayonida dsbdurki, Shayx Najibuddin Ali Buzgʻush Sheroziydii olibtur va ul Shayx ush-shuyux Shihobuddin Suhravadiydin va ul oʻz tagʻoyisi qozi Vajihuddindin va ul oʻz otasidin Abu Muhammad Ammuya va Axiy Faraj Zanjoniydin. Va har biri ilgi anga xirqa kiydururda, yana birining ilgi mushorikidur. Ammo Abu Muhammad Ahmad Asvad Dinavariydin xirqa kiyibdur va ul Mumshod Dinavariydin va ul Abulqosim Junayd q. s.din, ammo Axiy Faraj Abulabbos Nihovandiydin va ul Abu Abdulloh Hafif Sheroziydin va ul Abu Muhammad Ruvaym Bagʻdodiydin va ul Sayyid ut-toifa Abulqosim Joʻnayddin. Va Shayx Shihobuddin Suhravardiy r. a. xirqa nisbatin Abulqosim Junayddin oʻtkarmaydur va Junayddin Mustafo s. a. v.gʻacha suhbat bila nisbat beribdur, yoʻqki, xirqa bila, Ammo Shayx Majduddin Bagʻdodiy q. s. «Tuhfat ul-bararah otligʻ kitobida kelturubdurki, xirqalar nisbati muttasildur. Hazrat paygʻambar s. a. v.gʻa Hadis durust muttasil mu’an’an bila. Va debdurki, Mustafo s. a. v. kiydurdi xirqa Amir ul-moʻminin Ali k. v.gʻa va Amir ul-moʻ’minin Ali Hasan Basriy va Kumayl b. Ziyodgʻa; Va Kumayl b. Ziyod Abdulvohid b. Zaydqa va ul Abu Ya’qub Nahrajuriygʻa va ul Amr b. Usmon Makkiygʻa va ul Abu Ya’qub Tabariygʻa va ul Abulqosim Ramazongʻa va ul Abulabbos b. Idrisqa va ul Dovud Xodimgʻa va ul Muhammad b. Monkilgʻa va ul Ismoil Qasriygʻa va ul Shayx Najmuddin Kubroga va ul bu faqirgʻa, ya’ni Majduddin Bagʻdodiygʻa. Fa’alo hazo xirqalar nisbati Mustafo s. a. v.gʻa muttasil boʻlur Ammo Shayx Abu Said debdurki, bu faqirning zikrining talqin nisbati oʻz xirqam shayxi Shayx Najibuddin Alidin va apga Shayx ush-shuyux Shihobuddin Suhravardiy r. a.din va anga oʻz tagʻoyisi Shayx Najibuddin Suhravardnydin va anga Shayx Ahmad Gʻazzoliyi va anga Abubakr Nassojdin va anga Shayx Abulqosim Gurgoniydin va anga Abu Usmon Magʻribiydin va anga Abu Ali Kotibdin va anga Abu Ali Rudboriydin va anga Sayyid ut-toifa Junayd q. s. dindur.

Yana debdurki irodat xirqasi nisbatin va zikr talqini nisbatin ikki Shayxdin olmoq mahmuddir. Ammo suhbat nisbatida mahmuddur. Ammo burungʻi shayx nisbati sharti bila yo favti vuqu’i bila; Andoqki, bu zaif Shayx Najibuddin Suhravardiy q; s. xizmati muforaqatidin soʻngra Mavlono va shayxuno va sayyiduno sadrul haq vad-din vorisi ulum Sayyid ul-mursalin sulton ul-muhaqqiqin Muhammad b. Ishoq Qoʻnyaviy q. s. sharafi xizmatu suhbatdin va saodati talqinu irshodidin tarbiyat topti va muntafe’ boʻldi. Har necha xizmat va suhbatlarining sharoiti huquq rioyati uhdasidin chiqaolmadim va lekin alar oʻz karamlari bila bu bechoraga husni qabul bila irshod tariqidin furuguzosht qilmadilar.

590. Shayx Muso Sadroniy q. t. s.

Ul Shayx Abu Madyan Magʻribiy q. s. ning akobir ashobidindur. Shayx Sa’iduddxinn Fargʻoniy «Qasidai Toiya» sharhida kelturubdurki, Shayx Mu’tabar Talha b. Abdulloh Talha Tustariy Iroqiy q. s.din olti yuz oltmish beshda eshittimkim, ul rivoyat qildiki, Shayx Imoduddin Muhammad b. Shayx ush-shuyux Shihobuddin Suhravardiy q. s. dediki, hajjotdin birida otam bila erdim. Ka’ba uyini tavof qiladurgʻonda, nogoh koʻrdumki, Shayx Magʻribiy tavof qiladur erdi. Va xalq tabarruku tayammun jihatidin ani ziyorat qiladur erdilar. Meni aning qoshida ta’rif qildilarki, Shayx Shihobuddin Suhravardiyning oʻgʻlidur. Manga marhabo dedi va boshimni oʻpti va xayr duosi qildi. Va men ani tanimas erdim. Pas men soʻrdumki, bu kimdur? Dedilarki, Shayx Muso derlar. Chun tavofdin forigʻ boʻldum otam qoshiga keldim. Alargʻa deb ermishlarki, men Shayx Musogʻa musharraf boʻlubmen va mening boramda xayr duosi qilgʻan ermish. Alar bu ma’nodin bagʻoyat masrur boʻldilar. Andin soʻng hozirlar Shayxning manoqibi zikrida dedilarki, virdidurki, kechalik kunduzlikta yetmish ming qatla «Kalomulloh»ni xatm qilur. Otam xomush erdi. Nogoh alarning kibori ashobidin biri qasamyod qildi va dediki, rostdur har neki andin derlar. Men bu soʻzni andin eshitib erdim va xotirimda filjumla inkore bor erdi, to ul vaqtqachakim, bir kecha Shayx Musoni tavofda koʻrdum, aning keynicha borur erdim. Koʻrdumki, Hajar ul-asvad taqbili qildi va Fotihadin tilovat bunyod qildi. Xalq dasturi bila borur erdi, kamo besh-toʻrt qadam borgʻuncha bir xatm qildiki harf-baharf fahm boʻldi. Otam va barcha ashob tasdiq qildilar. Va bu ma’noda otamdin savol qildilar. Alar dedilarki, basti zamon qobilidurki, avliyoullohgʻa voqe’ boʻlur va munung istishhodigʻa Shayx Ibn Sukaynah va aning soyigʻ muridi hikoyatini dedilarki, basti zamon qobilidindur va gʻarib hikoyatlardindur. Va «Nafahot ul-uns»da Shayx Muso hikoyati zimnida mazkurdur. Va andin soʻngra «Futuhoti Makkiy» sohibining javharidin naql qilgʻan soʻzi dagʻiki, anga yaqin ahvoldurki, ikkalasi ul kitobda bor. Tilagan kishi topar, vassalom.

591. Shayx Iso Hattor Yamaniy q. t. s.

Imom Yofi’iy debdurki, ul bir kun bir fohishagʻa oʻtti. Va anga dediki, bu kecha xuftondin soʻngra sanga kelgumdur. Fohisha xurram boʻldi va yasandi. Degan chogʻda keldi va aning uyiga kirb, ikki rak’at namoz qilib chiqdi va ketti. Ul zaifagʻa hol mutagʻayyir boʻldi va tavba qildi va har nedaki bor erdi, boridin chiqdi. Va Shayx ani oʻz darveshlaridin biriga nikoh qildi. Va taome buyurdi va dediki, yogʻ olmang. Sohibi shavkateki, ul xotunning rafiqi erdi, anga bu holni dedilar. Va aning tavbasidin mutaajjib boʻldi va dedki, sur uchun taom pishiribdurlar va yogʻi yoʻqdur. Ul gʻaniy istihzo yuzidin bir shisha xamr yubordi va dediki, Shayxqa dengki, shod boʻlduk, bu yogʻni taomingizga qoʻshung! Shayx dedi: kech ketturdung. Oʻz ilgiga oldi va ul taomgʻa quydi. Va dedi: oʻltur, nima yegil. Ul kishi chun oʻlturdi va ul taomdin yeya kirishdi, andoq xoʻb yogʻ erdiki, andin yaxshiroq boʻla olmagʻay. Chun borib, ul holate maxdumigʻa arz qildi, ul dagʻi Shayx xidmatigʻa kelib tavba qildi.

592. Shayx Abulgʻays Jamil Yamaniy q. s.

Oliya maqomot Va soniya holotu karomot egasidur. Avoyil holda qutto’ ut-tariqdin ermish. Bir kun bir qofila intizorida koʻz tikib oʻlturub ermish. Eshitibdurki hotife aytadur: [Ey koʻz tikuvchi, senga ham koʻz tikuvchi bor)(1) Ya’ni, eyki, qofilagʻa koʻz tikibsen, yana biravniig koʻzi sendadur. Bu soʻz anga azim asar qildi va qiladurgʻon ishdin chiqdi va tavba qildi va Tengriga yondi va Shayx ibn Aflah Yamaniy xidmatu suhbatigʻa qoʻshuldi, Yaxshi suluklar qildi, biyik marotib hosil qildi va qoʻp xavoriqi odot andin zuhurgʻa keldi. Bir kun ahli bayti andin miqdore atr tiladilar. Va bozorgʻa bordi va attordin tiladiki, sotqun olgʻay. Attor dedi: doʻkonimda atr yoʻqdur. Ul dediki, doʻkoningda atr boʻlmagʻusidur! Filhol har atrki, ul doʻkonda erdi mun’adim boʻldi. Attor Shayx Ibn Aflah xidmatigʻa borib, andin shikoyat qildi. Shayx ani tiladi va bu jihatdinki, karomot izhori qilib erdi, siyosat qildi va dedi: ikki qilich bir qinda boʻla olmas, bizing suhbatimizdin yiroq boʻl! Har necha Abulgʻays tazallum va tazarru’ koʻrguzdi, qabul tushmadi va aning suhbatidin ibo qildi. Va ul mahrum boʻlub, yana bir shayx talabigʻa tushti, to ulki, Shayxi Kabir Ali Ahdal xidmatigʻa yetishti va irodat izhori qildi. Shayx qabul qildi. Shayx Abulgʻays debdurki, chun anga yettim, qatraye erdimki, daryogʻa qoʻshuldum. Bir kun fuqaro dedilarki, bizga et orzusi bor. Shayx dedi: falon kunki, bozor kunidur, et yegunguz-dur.

Chun ul kun boʻldi, xabar keldiki, qutto’ ut-tariq bir qofilani talabdur. Bir lahzadin soʻngra qutto’ ut-tariqdin biri keldi va shayx uchun bir oʻy kelturdi. Shayx fuqarogʻa dediki, oʻyni oʻlturung, ammo boshini solim asrang! Andin soʻngra yana birov bir xarvor bugʻdoy kelturdn. Shayx buyurdiki, un tortnng va noi pishurung! Fuqaro shayx degandek qildilar. Andin soʻngra buyurdi darveshlargakim, siz yengizki, fuqaho harom yemaslar. Jam’i fuqaho hozir erdilar, ul sufra boshigʻa kelmadilar. Chun fuqaro taomdin forigʻ boʻldilar, nogoh birav Shayx qoshigʻa keldi va dedi: ayyuhash-shayx, bir oʻy fuqaro nazri qilib erdim, haromiylar taladilar. Shayx dediki, agar oʻyungning boshin koʻrsang tanigʻaysen? Dedi: bale Shayx dedikim, oʻyning boshin hozir qildilar. Dedi: bu ham ul mening oʻyumdur. Shayx dedi: sen mutaraddid boʻlmaki, fuqaro nazri fuqarogʻa yetishti. Yana birav Shayx xidmatigʻa kelib dediki, bir xarvor bugʻdoy fuqaro nazri qilib erdim, haromiylar elttilar. Shayx anga dagʻi oʻy iyasigʻa aytqan javobin aytti. Fuqaho bularni ma’lum qilib, sharmandayu pushaymon boʻldilar. [Alloh undan rovi boʻlsin! Olti yuz ellik birinchi yilda vafot etdi](2).

593. Shayx Abulhasan Magʻribiy Shoziliy q. s.

Oti Ali b. Abdullohdur. Nasabda sharif, Hasaniy. Iskandariyada sokin ermish. Va fuqarodin koʻp aning suhbatigʻa anda qoʻshulubdurlar. Kibori avliyoullohdindur. Ul debdurki, sayohatda erdim. Bir kecha bir tepa ustida erdim va sibo’ tegramda evrulurlar erdi. Tong otquncha hargiz uns ul kechaki unscha topmadim. Chun tong otti, xayolimgʻa keldiki, manga Tengri taolo unse maqomidin bir nima Hosil boʻldi, ul tepadin bir rudxonagʻa tushtum. Qalin kekliklar koʻrdumki, hargiz oncha qalin keklik koʻrmaydur erdim. Chun mening ayogʻim unini eshittilar, barcha bir yoʻli hurkdilar, andoqki, aning vahmidin manga xafaqon paydo boʻldi. Bir un eshittimki, manga ayturlarki, ey ulki, oqshom sibo’ bila uns tutub erding, sanga ne boʻldiki, bu kekliklar uchqanidin qoʻrqubsen? Va lekin, sen oqshom bizing bila erdiig va bu soat nafsing bilasen. Hamul debdurki, bir qatla sakson kun och erdim. Xotirimgʻa keldiki, sanga bu ishdin nasibe hosid boʻldi. Nogoh bir zaifa koʻrdumki, bir magʻoradin chiqti, bagʻoyat jamila. Va der erdiki, manhuse sakson kun ochlik tortti va turdi va Tengriga noz qiladur bu ishi uchun. Va olti oy manga oʻtubdurki, taom topmaydurmen. Va ham ul debdurki, Rasul s. a. v.ni tush koʻrdum. Manga dedi: origʻ qil toʻnlaringni kirdin, to bahramand boʻlgʻaysen Tengri taoloning madadi va ta’yidi bila har nafas. Dedim: yo Rasulalloh, mening toʻnlarim qaysidur? Dedi: Tengri taolo sanga besh xil’at kiydurubdur: muhabbat xil’ati va ma’rifat xil’ati va tavhid xil’ati va imon xil’ati va islom xil’ati. Har kim Tengrini sevsa, anga oson boʻlgʻay har ish. Va har kim Tengrini tanisa, koʻziga kichik koʻrungan har nima. Va har kim Tengrini birlik bila bilsa, anga sherik kelturmagay hech nimani. Va har kim, Tengriga imon keltursa, emin boʻlgʻay barcha nimadin. Va har kim, islom bila muttasif boʻlsa, Tengriga osiy boʻlmagʻay. Va agar osiy boʻlsa, e’tizor qilgʻay. Va chun e’tizor qilgʻay, qabul tushkay. Shayx Abulhasan debdur: [Alloh aytdi: libosingni toza tut!](1) ma’nosin mundin fahm qildim. Olti yuz ellik toʻrtda dunyodin oʻtubdur. Makka tavajjuhi vaqtida bir bodiyadaki, suyi shoʻr ekandur. Chun ani anda dafn qilibdurlar, aning vujudi barakatidin ul suv chuchuk boʻlubdur.

594. Shayx Yosin Magʻribiy Hajjom ul-Asvad q. s.

Ul valoyat arbobidin va karomot ashobidin erdi. Ammo, bu holni hajjomlik suratida yashurur erdi. Imom Navaviy r. a. aning muridlaridin va mu’taqidlaridin ermish. Aning ziyoratigʻa borur ermish va aning muhabbati va xidmatigʻa tabarruk tilar ermish. Va anga irodat maqomida ermish. Va harne ul ishorat qilsa, ul ishorat mujibi ila amal qilur ermish. Bir kun anga dediki, kitoblarki senda oriyatdur egalariga bergil va oʻz diyoringga murojaat qil va ahlingni ziyorat qil! Aning soʻzin qabul qildi. Chun oʻz diyorngʻa yetti va ahlin koʻrdi, bemor boʻldi va dunyodin oʻtti. [Shayx Yosin Magʻribiy olti yuz sakson sakkizinchi yil Rabi ul-avval oyida vafot etdi. Sakson yil umr koʻrdi.

Imom Muhiddii Navaviy esa, olti yuz yetmish oltinchi yil Rajab oyining yigirma toʻrtida vafot etdi](1).

595. Shayx Abulabbos Mursiy q. r.

Shayx Abulhasan Shoziliyning shogirdidur, maqomoti oliya va karomoti zohira iyasi. Bir kun birav oni uyiga ziyofatqa indadi, imtihon uchun. Taomeki anda shubhaye erdi, Shayx ilayiga qoʻydi. Shayx dediki, agar Horis Muhosibiyning ilgida bir tomur erdiki, shubhalik taom ilayiga qoʻysalar erdi, harakatqa kelur erdi. Mening iligimda oltmish tomurdurki, andoq harakatqa kelur. Mezbon istigʻfor qilib, uzr qoʻldi. Imom Yofi’iy debdurki, manga mundoq yetishibdurki, salotindin biri imtihon uchun sohibi kashf darveshlardin birini ziyofat qilib, halol va harom etdin pishurtti. Ul darvesh taom tortar vaqtda dediki, bu kun biz xodimlik qilurbiz. Barcha halol etlarni darveshlarigʻa ulashti va bori harom etlarni ayirdiki, podshohning sipohilarigʻa munosibdur. Va muni oʻqidiki, [pokiza pok uchun, nopok nopok uchundir](1). Sultongʻa zohir boʻldi va ul imtihondin istigʻfor qildi. Debdurlarki, Ya’qubki, Magʻribning volisi erdi, mulk gʻayratidin qardoshin oʻlturdi va pushaymon boʻlub, ul shane’ harakat anga asar qilib, tavba qilib, Shayx Abulabbos xidmati istid’osi qildi. Va Shayx ham aning qabuligʻa Haqdin ma’mur boʻldi. Bir kun Shayx Ya’qub uyida sufrasigʻa hozir boʻldi. Ya’qub buyurub erdiki, bir xoʻrus joʻjani oʻlturub erdilar va birin jifah qilib erdilar. Ikkalasin pishurub, Shayx ilayiga qoʻydilar. Shayx xodimgʻa ishorat qildiki, bu birii koʻtarki, murdordur va birin yeya kirishti. Ya’qubki, muni koʻrdi, mulkni oʻgʻligʻa berdi va oʻzin bidkulliya Shayxqa taslim qildi. Va Shayxning husni tarbiyati bila koʻshoyish topti va valoyat martabasida sobitqadam boʻldi. Andoqki, bir yil qurugʻluq jihatidin el yogʻingʻa muhtoj boʻldilar. Xalq Shayxqa duo istid’osi qildilar. Shayx yozigʻa chiqib, Ya’qubqa ishorat qildiki, namoz qilgʻay va duo qilgʻay. Pas, Ya’qub namoz qildi va yomgʻur talabigʻa duo qildi, fil-favr ijobat asari zohir boʻldi va yogʻin tutashti.

596. Shayx Sa’d Haddod va aning muridi Shayx Javhar r.

Shayx Sa’d Haddod Adanda buzurg shayx erdi. Va Shayx Javhar avoyilda biravning bandasi erdi. Chun ozod boʻldi, bozorda sotiq-savdo qilur erdi. Va fuqaro majolisigʻa hozir boʻlur erdi. Va alargʻa ixlosu e’tiqodi koʻp erdi. Chun Shayx buzurgvor Shayx Sa’d Haddodning vafoti vaqti yettiki, holo Adanda madfundur, xulafosi ayttilarki, Shayx oʻz oʻrnigʻa kimni ishorat qilurki, oʻlturgay? Shayx dediki, mening vafotimdin uch kundin soʻngraki, fuqaro jam’ boʻlgʻaylar, bir yashil qush kelgay, har kimning boshigʻa oʻltursa, ani mening oʻrnumgʻa oʻlturtunguz! Shayx vafotidin uch kundin soʻngra fuqaro jam’ ekanda, ul yashil qush kelib, Javhar boshigʻa oʻlturdi. Va bu ma’no hargiz aning koʻngliga kechmaydur erdi va fuqarodin ham hech kimning xotirigʻa xutur qilmaydur erdi. Pas, fuqaro yigʻildilarki, ani Shayxning zoviyasigʻa eltkaylar va aning oʻrnigʻa oʻlturtqaylar, ul yigʻladi va dedi: men ne salohiyat bila bu ishni qilurmenki, bir bozoriy kishiman, ummiy va fuqaro tariqin va alarning odobin bilmasman. Va elning menda huquqi bor va mening el bila muomalotim bor. Dedilarki, bu amredur osmoniyki, sanga havola boʻlubdur va sanga muni qilurdin oʻzga chora yoʻqdur! Tengri taolo sanga ta’yidu ta’limda boʻlgʻay. Chun chora yoʻq erdi, bozorgʻa bordi va elning huquqin boʻynidin ado qildi. Va Shayxning zoviyasigʻa kelib, fuqaro suhbatin lozim tutti. [Oʻz ismiga oʻxshab, javharga aylandi. Fazilat va kamolotlari borki, aytilsa, gap choʻzilib ketadi. Va pokdir karim va ne’mat berguvchi. «Bu Allohning fazlu marhamati boʻlib, uni oʻzi xohlagan kishilarga ato etur. Alloh ulugʻ fazlu marhamat sohibidur»](1).

597. Ahmad b. Ja’d va Shayx Sa’iydki, kuniyati Abu Isodur q. s.

Imom Yofi’iy debdurki, Yaman bilodida ikki shayx erdilar. Biri shayxi kabir Ahmad b. Ja’d, yana biri Shayxi orif Shayx Sa’iyd. Har qaysigʻa murid va ashob bor erdi. Bir kun Shayx Ahmad ashob bila mazorot tavofigʻa borur erdi. Shayx Sa’iydqa yoʻluqdi. Ul ham muvofaqat qildi. Chun bir miqdor yoʻl bordilar, Shayx Sa’iyd pushaymon boʻldi va qantti. Va Shayx Ahmad bordi va tavof qildi va qaptti. Necha kundin soʻngra Shayx Sa’iyd ashobi bila chiqdi hamul mazorot tavofigʻa. Va yoʻlda Shayx Ahmad anga yoʻluqdi va muloqot qilishdilar. Shayx Ahmad Shayx Sa’iydqa dedikim, fuqaroning bir haqqi sanga utavajjih boʻlubdurki, ul kun alar muvofaqatidin yonding. Shayx Sa’iyd dedikim, manga hech haqqe mutavajjih boʻlmaydur. Shayx Ahmad dedi, qoʻpqil va insof bergil! Shayx Sa’iyd dedi: har kishi bizni qoʻporsa, biz ani oʻlturtali. Shayx Ahmad dedi: har kishi bizni oʻlturtsa, biz ani mubtalo qilali. Pas, ul ikki buzurgdin har qaysi har nekim yana birisi bobida deb erdi, ham andoq oʻq boʻldi. Shayx Ahmad «muq’ad» boʻldi va oʻrnida qoldi, ul vaqtqachakim, Tengri rahmatigʻa vosil boʻldi. Va Shayx Sa’iyd mubtalo boʻldi, angaki, oʻz tanidin uzar erdi va kesar erdi, angachaki olamdin oʻtti. Imom Yofi’iy r. debdurki, fuqaro ahvoli kesagan qilichlardin itikrakdur. Chun ahvol ashobi bir biri bila teng boʻlsalar, alarning holi bir-biriga siroyat qilur. Va agar teng boʻlmasalar, qaviy holi zaifqa siroyat qilur. Va goh borki, sobiq holi siroyat qilur. [Masbuqning holi emas. Va bu hukm aniqroq. Alloh haqiqiy ahvolni biluvchidir](1).

598. Shayx Najmuddin Abdulloh b. Isfaxoniy q. s.

Shayx Abulabbos Mursiyning shogirdidur. Manoqibi behaddur va karomoti beadd. Va koʻp yillar Makkada mujovir erdi. Yaman ulamosidin biri debdurki, men hajga bordim va otam bemor qoldi. Chun Makkaga yettim va haj qildim, xotirim otam saridin bagʻoyat mutaraddid erdiki, holi ne boʻlgʻonni bilmas erdim. Shayx Najmuddingʻa ayttimki, ne boʻlgʻayki, ba’zi mukoshafotingdin xotir anga keltursangki, mening otam holidin muttale’ boʻlub, manga dagʻi xabar bersang! Filhol, aning sari boqti va dediki, otang bemorligʻidin sihhat topib, firosh ustida oʻlturubdur va kitoblarni tegrasida teribdur hilyasi mundoq va mundoq. Barcha nishonlarni rost aytti. Va ani hargiz koʻrmaydur erdi. Bir kun avliyoullohdin birining janozasi bila chiqib erdi. Chun mulaqqinki, fuqaho kiboridin erdi, qabri boshigʻa oʻlturdi talqin qilgali. Shayx Najmuddin kuldi. Birav kulgu sababin soʻrdi, Shayx zajr qildi, soʻngra ayttiki, mulaqqin talqin ogʻoz qilgʻanda, qabr sohibi dedi: hech taajjub qilmassizki, oʻluk tirikka talqin qilur. Andin soʻrdilarki, hargiz xotun olibmusiz? Dedi: hargiz xotun olmaymen va alar pishurgan taomdin ham yemaydurmen. Aning Shayxi Ajam bilodida, anga deb erdiki, bot boʻlgʻayki, Misr bilodida qutb bila muloqot qilgʻaysen. Qutb talabigʻa chiqti. Va yoʻlda haromilar dedilar: josusdur va bogʻlab asradilar. Va debdurki, nogoh koʻrdumki, bir pir mening ustumga tushti, andoqki, qarchigʻay bir sayd ustiga. Va meni bandlardin ochib, xalos qildi. Va dedi: qoʻp, ey Abdullohki, sening matlubung mendurmen. Pas, Misrgʻacha bordim, hech matlubumni tanimadim va bilmadimki, qaydadur, to ulki bir kun dedilarki, Shayx Abulabbos Mursiy kelibdur. Jam’i fuqaro dedilarki, keling, borali va anga salom qilali! Chun koʻzum anga tushti, tanidimki, ham ul pirdurki, meni yeshib erdi. Va ul ham ramz bila nishonalar ayttiki, hozirlar fahm qilmadilar. Va men aning xidmatu suhbatin lozim tuttum, ul vaqtqachaki, dunyodin oʻtti. Chun Shayx vafot qildi, Makkaga mutavajjih boʻldi, yoʻlda Shayxning shayxi Shayx Abulhasan Shoziliy q. s. qabrigʻa yetishti. Ul qabridin aning bila soʻzlashib, anga dediki, Makkaga bor va oʻltur! Chun Makkaga yetti, eshittiki, hotife ayturki, [odamlari yomon eng yaxshi shaharga kelding](1) va Makkada mujovir boʻldi, to yetti yuz yigirma birda dunyoding oʻtti. Va Shayx Fuzayl Ayoz q. s. qabrigʻa yaqin qoʻydilar. Xuroson akobiridin birining xatti bila topibdurlarki, yetti yuz uchda Makka ziyoratigʻa musharraf boʻldum. Va ul vaqt Haram shayxi Shayx Najmuddin Isfahoniy erdi. Aning xidmatigʻa yetishur erdim. Bir kun mendin soʻrdiki, bu hadis sanga yetibmudurki, [Ummatimning abdollari qirqtadir. Oʻn ikkitasi Iroqda, yigirma sakkiztasi Shomda](2). Dedim: yetibdur. Ammo bu mushkuldurki, nechuk bu toifa Shom va Iroqda-oʻqdurlar. Shayx dediki, Hazrat Risolat s. a. v. barcha odamni ikki qismat qilibdur Nisfi gʻarbiy, nas, Iroq va gʻayrihi, Xuroson va Hinduston va Turkistondek. Soyir sharqi bilod, Iroqqa doxil va Shom va gʻayrihi va Misr va Magʻrib barcha Shomgʻa doxildur. Noqil bitibdurki, bu vaqtda xotirimgʻa keldiki, Xoja Qutbuddin Yah’yo Jomiy Nishoburiy holidin savol qilgʻaymen. Soʻrmayin dediki, Xoja Qutbuddin Yah’yo ul oʻn ikkidin biridurki, Iroqdadurlar.

599. Xoja Qutbiddin Yah’yo Nishoburiy q. s.

Kuniyati Abulfazldur. Jomiyul-asl, Nishoburiyulmavlid. Zohiriy va botinin ulumgʻa ma’rufu mavsuf ermish. Va Shayx Ruknuddin Alouddavla va Shayx Sadruddin Ardabiliy va Shayx Sharafuddin Darguziyniy suhbatigʻa yetibdur. Va yetti qatla haj guzarlabdur. Bir kun oʻz qay va kolosi boshigʻa yozigʻa borgʻondur. Andin Makka doiyasi koʻngliga tushub ham andin azimat qilibdur. Va ruq’a ashobqa bitibdurki, [oʻtgan kun bir guruh kishilar bilan dam olish va xursandchilik qilish niyatida sahroga yoʻl olindi.

Ruboiy:

Mahbubim bilan boʻstonga yoʻl oldim, nogahon bir gulga nazar soldim,
dildor ta’na bilan: uyat senga, ruxsorim turganda gulga boqasanmi?

– dedi

Nogahon Allohning gʻayrati «Alloh bilan birga boshqa biron «iloh»ga iltijo qilmayg» pinhon joyidan tashqariga chiqdi va «Haq jazbalaridan bir jazba» sirtmogʻini imtihon qilinuvchining boʻyniga soldi.

Misra:

Yaxshilik bilan kelmasa, sochidan sudrab keltiring.

Vatanga bormasdan, koʻrmasdan, tafakkur ham qilmasdan «Odamlarni hajga da’vat qil, ular yayov holatda senga kelurlar»... ishorati bilan yuksak va sharafli Ka’baga ravona boʻldi.

Bayt:

Boʻynida tuzogʻi bor bechora kiyik ovchining ketidan qanday ergashmasin?

Hidoyat yoʻlidagi kishilarga salom boʻlsin! Yetti yuz qirqinchi yil jumod ul-oxir oyining yigirma birinchi: kuni payshanba kechasi vafot etdi](1). Va qabri Hiriyda Feruzobod darvozasining toshidadur.

600. Mir Gʻiyos q. r.

Asli Isfahondindur, ammo mavlud va manshai ishoburdindur. Va Nishoburda anga jazbaye yetti, andoqki, magʻlub boʻldi va hushidin asar qolmadi. Oʻz holiga kelganda, oʻzin Hiriy shahrida Iroq darvozasida topti. Bozor bila ravon boʻldi. «Xush» bozorigʻa yetganda, Mirning xaylidin biravning ul bozorda halvogarlik doʻkoni bor erdi, Mirni tanib doʻkongʻa kiyurdi. Shayx Axiy Muhammad Jomiy Mirning pisar vaqtigʻa yetib, aning tarbiyatigʻa mashgʻul boʻldi va riyozatlar buyurdi. Koʻp riyozatdin soʻngra Iroq safarigʻa ishorat qildi. Mir chun Mashhadqa yetti, bir kecha Imom Ali alayhit-tahiyatu vas-salomu ravzasida ihyo qilur erdikim, bir joʻlida moʻy kishi zohir boʻlub, anga dedikim, ulcha aning talabidasen, ul bnzdadur, deb oʻtti. Mir ani erishib borib, sahar Tusqa yettilar. Va Bobo Mahmud Tusiy q. s.gʻa yoʻliqdilar. Bobo Mirga boqib dediki, senga Iroq safari havola emas. Mirning koʻngliga kechdiki, men pirim irshodi bila bu safar azimati qilib erdim, nechuk yonay? Bobo ayogʻin uzatib, dedikim, bor, koʻray, nechuk borursen? Hirot Bodgʻisining kelidin sanga beribdurlar, yonib oʻz ishingga bor! Mir yonib, Shayx Axiy Muhammad qoshigʻa kelib, oʻtgan voqeani aytti. Shayx aytti: ajab choʻgʻ boʻynunga qoʻyubdurlar. Shayx favtidan soʻngra Mir Bodgʻisqa kelib, bu yerdaki, holo langaridur va ul er barakatidin uluq qasaba boʻlubdurki, har ne uluq shahrlarda muyassardur, anda muyassardur, ul vaqt biyobon erdi, sokin boʻldi. Bir kecha Ibrohim Xalil bila Hazrat Risolat s. a. v.ni voqe’da koʻrdiki, kelurlar va Amir ul-moʻ’minin Ali r. a. ham alar biladur. Bir anboida toʻla oʻtmakdur. Mirga havola qilib, dediki, ulash, zakotsiz va tamannosiz. Shayx ul-islom Ahmad Jom Amir ishorati bila Mirgʻa charogʻ havola qildi. Mir ul yerda ishga mashgʻul boʻldi va langar noni ul vaqtdin beri oʻksumaydur va charogʻi oʻchmaydur. Va kundin kunga ortigʻroq va ravshanroq boʻlubdur. Mirning hayoti muddati toʻqson uch yil boʻldi. Va bu umrda mashhurdurki, gʻoyati riyozatdin oʻn ratldin ortuq taom yemaydur.

601. Abu Muhammad Abdulloh Marjoniy Magʻribiy q. s.

Mashoyix buzurglaridin va soʻfiya akobiridindur. Ulumi ilohi va maorifi rabboniy abvobi yuziga ochilgandur. Anga dedilarki, falon dediki, shayx soʻz aytur erdi, koʻrdumki, osmondin bir nuri amudiy shayxning ogʻzigʻa muttasil erdi. Chun Shayx soʻzni bas qildi, ul nur munqati’ boʻldi. Shayx tabassum qildi va dediki, ul bilmaydur: nur munqati’ boʻlgʻondin soʻngra men soʻzni bas qildim, ya’ni ul nurdin amud osmondin ilohiy madadining surati erdi. Chun ul madad munqati’ boʻldi, soʻz qat’ topti. Yetti yuz toʻqson toʻqquzda Tunisda dunyodin oʻtti.

602. Abu Abdulloh Ma’ruf bi-Ibn ul-Mutarrif Andalusiy.

Makkada mujovir erdi. Har kecha-kunduz iltizom qilib erdiki, ellik usbu’ tavof qilgʻay. Yetti yuz yettida dunyodin oʻtubdur va Makka podshohi gʻoyat e’tiqodidin na’shin egniga koʻtaribdur. Shayx Aboʻ Muhammadqa chun Rasul s. a. v. ravzasi ziyoratigʻa azm boʻldi, Shayx Abdulloh b. Mutarrif vado’igʻa keldi. Shayx Abu Abdulloh dediki, eshitibmenki, falon manzilda su yoʻqdur. Anda koʻp qatigʻligʻ sizga yetkusidur, ammo oqibat yomgʻur yogʻib, serob boʻlgʻunguzdur. Shayx Abu Muhammad debdurki, biz toʻrt kishi erdik. Chun ul manzilgʻa yettuk, su yoʻq erdi. Zaruratdin yoʻlgʻa kirduk, havo bagʻoyat issigʻ erdi. Otash bizga gʻalaba qildi. Va bizda ozroq su bor erdi. Ashobdin biri tiladiki, ani ichgay. Shayx Abu Muhammad dediki, barchasin ichmaki, agar ichsang, oʻlarsen, boʻgʻzungni hoʻl qil! Ushbu dastur bila boʻgʻuz oʻlutur erdilar. Ish issigʻdin va susizligʻdin chun halokka yovushti. Shayx Abu Muhammad soʻrdiki, Shayx Abu Abdulloh Mutarrif ne deb erdi? Biri dediki, deb erdiki, koʻp qatigʻligʻ sizga yetkusidur! Shayx Abu Muhammad dediki, qatigʻligʻ mundin oʻtmaski, holo mundabiz. Yana ne soʻz deb erdi? Yana biri dediki, deb erdiki, yamgʻur yogʻib, serob boʻlgʻunguzdur! Shayx dediki, yomgʻur sizga mujda boʻlsunki, bayak nogoh bulut paydo boʻldi va muntashir boʻldi va yogʻa kirishdi. Oncha yogʻdiki, serob boʻlduq. Va sel keldi va vuzu’ qilduq va gʻusl qilduq va su koʻtarduk va yoʻlga tushduk. Oz yoʻlki borduk, ul bulut va yogʻindin hech asar koʻrmaduk.

603. Shayx Sulaymon Turkman Muvallih q. s.

Ul Dimishqda boʻlur erdi. Egnida eski shol va oʻrnidin oz qoʻpar erdi va soʻz oz aytur erdi. Zohir ulamosidin ba’zi oʻz jalolat va buzurglugi bila aning ollida niyozmandlik qilurlar ermish. Debdurlarki, ramazonda nima yer ermish va namoz qilmas ermish, ammo mugʻayyibotqa mukoshif va muttali’ ermish va ondin axbor qilur ermish. Imom Yofi’iy debdurlarki, boʻla olurki, ul hol anga oʻz ahvolining satru kitmoni uchun talbis qabilidin boʻlgʻay. Har vaqt namoz qilur ermish boʻlgʻay va ogʻzigʻa nima solib chaynab yutmas ermish boʻlgʻay. Koʻp mundoq bu toifadin mushohada qilibdurlar. Andoqki, Shayx Qozi Mavsiliydin va Shayx Rayhondin va alardin oʻzgadin dogʻi manquldur va Shayx Sulaymon yetti yuz oʻn toʻrtda dunyodin oʻtti.

604. Shayx Ali Kurdiy q. t. r.

Ul uqaloyi majonindin ermish. Va andin anvo’iy karomot va xavoriqi odot zohir boʻlur ermish. Dimishq ahli anga murid va mu’taqid ermishlar. Har hukm qilsa, mamluk molik hukmin eshitgandek eshitur ermishlar.

Bir kun Dimishq buzurglaridin biriga buyurubdurki, darveshlar uchun bir da’vat va samo’ fikre qil! Ul qabul qilib, da’vat tartibi qilib, qavvollarni yigʻib, mashhur darveshlarni jam’ qilib indabdur. Chun majlis muhayyo boʻlubdur. Shayx Ali Kurdiy dagʻi hozir boʻlubdur. Ul uyda shakarni qand qoʻygʻan qoliblar ermish. Mulk iyasigʻa debdurki, bu qoliblarnn havzgʻa sol! Birisin havzgʻa solibdur Darveshlar sharbat icharlar ermish va samo’ qilurlar ermish oqshomgʻacha. Chun oqshom boʻlub, majlis ahli tarqamishlar, Shayx Ali Kurdiy ev iyasigʻa demishki, bu qoliblarni sudin chiqar! Sudin chiqargʻandin soʻngra ul shakarlardin hech miqdor erimagan ermish va qolibgʻa nuqson yetmagan ermish. Pas un iyasigʻa buyurubdurki, uyii mening ustumga qufl qil va mening Qoshimgʻa kelma uch kungacha! Ul degandek, eshikni bogʻlab ketibdur. Ikkinchi kuni bir yoʻlda Shayx Ali Kurdiygʻa yetibdur va salom qilib oʻtub, uyga boribdur, eshikni ham andoq bogʻligʻ koʻrubdur. Qulfni ochib kiribdur, koʻrubdurki, Shayx uyda va uy farshining ruxomlarin qoʻngʻaribdur. Andin soʻrubdurki, yo sayyidiy, uyiing farshi ruxomin nega buzdung? Debdurki, ravo boʻlgʻayki, sen yaxshi kishi boʻlgʻaysen va harom ruxomlar farshi ustida darveshlargʻa ziyofat qilgʻaysen? Ul debdurki, bu uy va farsh manga ota merosdur. Shayx mutagʻayyir boʻlub chiqibdur. «Va ul shaxs chun Shayxning mukoshafotin bilur ermish, ta’ammuldin soʻngra xayoligʻa kelibdurki, bir qatla bu uyiing farshin buzgʻon ekandur va isloh qilgʻandur. Ul ustodqi, aii yasagʻon ekandur, topib yaxshi mubolagʻa bila istifsor qilgʻandin soʻngra ma’lum qilibdurki, aning ruxomin sotib, bir masjidning farshi ruxomin aning oʻrnigʻa solgʻon ekandur. Shayx Ali Kurdiy avoyilda masjidi jome’da boʻlur ermish. Nogoh yana bir majzubki, ani Yoqut der ermishlar, paydo boʻlubdur va Dimishq shahrigʻa kiribdur. Shayx Ali Kurdiy shahrdin chiqib, sahroda sokin boʻlubdur. Andin soʻng shahrgʻa kirmaydur, to vafot qilibdur. Va Yoqut shahrda hokim ekandur.

605. Shayx Mufarrij r. t.

Ul Misrning Sa’iydiy ahlidindur. Koʻp jalil ul-qadr va kabir ush-sha’n ekandur. Bandiy ermish, habashiy. Anga jazba yetibdurki, qaviyki, olti on yemak-ichmakdin ozod boʻlubdur. Sogʻinibdurlarki, telbarabdur. Har necha tayogʻlabdurlar, sud qilmaydur. Band qilibdurlar, chun kelibdurlar, koʻrubdurlarki, ul oʻzga yerdadur va band oʻzga yerda. Zindongʻa qavabdurlar, zindonning tashida topibdurlar. Chun bu karomotlarni andin koʻrubdurlar, necha tovugʻ biryon qilib, oldigʻa kelturubdurlar. Boqib, tovugʻlargʻa debdurki, uchungiz! Tirilib, ucha boshlabdurlar, biiznillohi taolo. Aning ashobidin biri arafa kuni Arafotda ani koʻrdi. Yana biri hamul kun oqshomgʻacha aning unida aning bila erdi. Chun ul ikki kishi bir-biriga yettilar, har qaysisi oʻzi koʻrganin ul yana biriga aytti. Va bu bobda alar orasida nizo tushti. Va har qaysi oʻz soʻzi sidqigʻa taloqdin ont ichdi. Va bu bahsu xusumat bila shayx Mufarrij qoshigʻa bordilar. Va har qaysi oʻz muddaosini izhor qildilar. Shayx dedi: ikkalangiz chun aytibsiz va hech qaysingizning xotuni taloq tushmaydur. Akobirdin biri debdurki, men Shayx Mufarrijdin soʻrdumki, har birining soʻzining sidqi yana birining hanasi mujibidur, nechuk hech qaysi honis boʻlmamish boʻlgʻay. Va ul majlisdaki, men bu soʻzni soʻrdum, jamoati ulamo ham hozir erdilar. Shayx ishorat barchagʻa qildikim, bu mas’alada soʻz ayting! Har qaysi bir soʻz dedi, ammo hech qaysi sofiy javob aytmadi. Va bu asnoda aning javobi mening xotirimgʻa yetti. Shayx ishorat manga qildiki, sen ayt! Men dedimki, chun valiy viloyatda mutahaqqiq boʻlgʻay va ul ma’nodaki, aning ruhoniyati yana bir surat bila musavvar boʻlgʻay, mutamakkin boʻlgʻay. Boʻla olurki, bir vaqtda muxtalif jihodda oʻzin muta’addid suvar bila zohir qilgʻay, andoqki tilagan. Pas, agar birav ani ul suvardin ba’zida Arafotda koʻrdum desa, chin demish boʻlgʻay. Va yana birav ul suvardin ba’zi bila uyda koʻrmish boʻlsa ham chin demish boʻlgʻan. Va hech qaysining onti honis boʻlmamish boʻlgʻay. Shayx Mufarrij dediki, sahih javob budurki, sen aytting.

606. Shayx Abulabbos Damanhuriy q. s.

Damanhur mavzeidur Misrda. Bir tojir hikoyat qilibdurki, safarda erdim va barcha matoim bir ulogʻ ustida erdi. Chun Misrgʻa yettim va xalqqa qoʻshuldum va bu ulogʻim yetti. Har necha tiladim, topmadim. Ba’zi sohibi vuquf el ayttilarki, Shayx Abulabbos xidmatigʻa borib, tazallum qilsang, shoyad duoyi qilgʻayki, gʻoyibing hozir boʻlgʻay. Va men mundin burun ani tanir erdim. Aning qoshigʻa bordim va salom qildim va holimni ayttim. Soʻzumgʻa quloq solmadi, ammo ayttiki, bizga mehmonlar yetibdurlar. Alarning ziyofati uchun muncha un kerak va muncha et va soyir masolihni te’dod qildi. Qoshidin behuzur chiqib, kelgandin pushaymon boʻlub dedim: yana hargiz aning qoshigʻa bormayin. Bu niyat bila borur erdim, birov yoʻliqdiki, aning qoshida biror nima vajh oʻntunchum bor erdi. Tuttum va ul oʻntuchdin oltmish oltin iligimga kirdi. Dedim: yo bu ham borgʻay Tengri yoʻlida yo iturganim iligimga bergay. Alqissa, bozorgʻa bordim va har ne Shayx deb erdi sotqun oldim. Necha diram ortti, aning bila halvo murattab qildim va Shayx xidmatigʻa azimat qildim. Chun Shayxning zoviyasigʻa yaqin yettim, koʻrdumki, ulogʻim yuki bila zoviya eshikida turubdur. Inonmadimki, mening ulogʻim boʻlgʻay. Yaxshi ehtiyot qildim, hamul yer va barcha ustidagi matoyi mavjud. Shayx qoshigʻa kirdim va tilagan nimalarniki kelturub erdim, arz qildim. Chun halvoni koʻrdi, dedi: bu nedur? Dedim: iligimga tushgan vajhdin bir nima ortib erdi, muni oldim. Shayx dedi: bu shartda doxil emas. Men ham nima orttururmen. Koʻp, bozorgʻa bor va qumoshlaringni sot va har ne sotarsen, bahosin filhol ol! Va andin qoʻrqmaki, oʻzga tujjor kelib sening matoingning bahosi singʻayki, daryo mening oʻng iligimdadur va biyobon soʻl iligimda. Chun bozorga bordim va qumoshlarimni sottim, ma’hud bahosidinki, tama’im bor erdi, koʻp ortigʻroqqa. Va matlubum hosil boʻldi. Va chun ul ishdin forigʻ boʻldum, tujjor baru bahrdin toʻkuldilar, andoqki, goʻyo bandda erdilarki alarni ozod qildilar.

607. Shayx Rayhon q. s.

Adanda boʻlur ermish. Axyordin birav debdurki, birav Adan daryosidin kechrak chiqib, shahrgʻa kira olmadi. Darvozani bogʻlagʻondin soʻngra tashqari qolibdur va yegulik hech nima topmaydur. Nogoh koʻrubdurki, Shayx Rayhon paydo boʻldi va aning qoshigʻa keldi. Ul kishi debdur: yo Shayx, darvoza bogʻligʻdur va ochmen va hech yegulik yoʻqdur. Tilarmen, manga harisa bersang! Shayx debdurki, muni koʻrung, mendin shomligʻ tilar va harisadin oʻzga narsa tilamas. Magar men harisapazmen? Ul debdurki, albatta bu muddaodin oʻtman. Bu soʻz orasida kurubdurki, bir ayogʻ issigʻ harisa hozir boʻld, ammo yogʻi yoʻq erdi. Ul kishi debdur: Yo Shayx yogʻ kerak! Shayx debdurki, muni koʻrung, harisani yogʻsiz yeya olmas, mendin yogʻ tilar. Magar men yogʻ sotquchimen? Debdur, yo sayyidiy, muni yogʻsiz yemagumdur. Debdurki, bu rikvani olib, daryodin su solib kel, to vuzu’ qilay! Boribdur va daryodin su kelturubdur. Shayx aning iligidin rikvani olib, ul sudin harisa ustiga quyubdur, latif mazaligʻ yogʻ ekandur. Yana birav naql qilibdurki, Ramazon oyi baynal-ishoayn bozorgʻa bordim, to ahlim uchun nima sotqun olgʻaymen. Nogoh Shayx Rayhon meni koʻrdi va oʻzi sari tortti va yuqori havogʻa eltti. Chun koʻp buyuk boʻldum, koʻzum qarordi, yigʻlay kirishdim. Va mubolagʻa qildimki, meni yerga qoʻygay. Qaytardi va yerga qoʻydi. Va dedi: tilar erdim, tafarruje qilgʻaysen, ammo tilamading. Imom Yofi’iy debdurki, hamonoki bu tafarrujdin samovot malakutining ajoyib mutolaasin debdur.

608. Shayx Alouddin Xorazmiy q. s.

Bu toifada buzurg ermish. Imom Yofi’iy r. debdurki, oʻn ikki kun bir vuzu’ bila namoz qildi va oʻn besh yil yonin yerga qoʻymadi. Va necha kun oʻtar erdiki, taom emas erdi, magar ozroq va xashin. Mening bila Minoda erdi. Dedilarki, necha yildurki, munkirot jihatidinki koʻrar, ixtiyorsiz hajga kelurki, anga buyurubdurlar. Ham Imom Yofi’iy debdurki, Shayx Alouddin dediki, Rum daryosining sohillaridin ba’zida goʻsha tutub erdim. Chun fitr bayrami boʻldi, musulmonlar kentlaridin biriga namoz uchun bordim. Qaytib maskanimga keldim, bir odameni koʻrdumki, mening hujramda namoz qiladur va hujram eshikidagi qumda hech ayogʻ izi yoʻqdur. Taajjub qildimki, qaydin kirib erkin. Namozdin soʻngra zor yigʻladi. Men fikrga bordimki, aning uchun ne kelturayki, iyddur. Iltifot qilmadi va dediki, fikr qilmaki, gʻaybdadur, ulcha sen bilmassen va lekin agar su boʻlsa, manga keltur! Ibriq sari bordimki, olib kelgaymen. Ibriq qoshida ikki uluq qurs koʻrdum, issigʻ va koʻp bodom magʻzi. Alarni koʻtardim va aning qoshigʻa elttim. Qursni ushatti va bodom magʻizlarin mening ilayimga toʻkdi. Va dediki, yegil! Va ul bodom magʻizlaridin manga berur erdi va men yer erdim. Va ul yemadi, bir magʻizdin oʻzga yo ikkidin oʻzga. Va men ul taomda gʻarib huzur topar erdim. Dedi: muni gʻarib koʻrmaki, Tengri taologʻa bandalar borki, har qayda boʻlsalar va har ne tilasalar, toparlar. Mening taajjubum ortugʻroq boʻldi. Oʻzumga dedimki, andin mu’oxot talabi qilay. Dedi: oshiqmaki, yana sanga kelgumdur, inshoollohi taolo. Va gʻoyib boʻldi. Va bilmadimki, qayon bordi. Shavvolning yettinchi kechasi keldi va mening bila mu’oxot ahdi bogʻladi, raziyollohu anhumo.

609. Imom Abdulloh Yofi’iy Yamaniy q. s.

[U Abussaodat Afifiddin Abdulloh b. As’ad Yofi’iy Yamaniy, ulugʻ Makka-Madinaning mehmoni – Alloh har ikkalasini sharofatli qilsin va Alloh undan rozi boʻlsin!](1). Vaqtning kibor mashoyixidin ermish. Zohir va botiniy ulumgʻa olim ermish. Va aning tasnifoti bor va ul jumladin «Mir’ot ul-jinon» va «Ibrat ul-yaqzon fi ma’rifati havodis iz-zamon» tarixidur va «Ravz ur-rayohin fi hikoyot issolihin» kitobidur va «Durr un-nazim fi fazoil il-Qur’on il-azim» kitobidur. Va bulardin oʻzga dagʻi mufid musannafoti bor. Va xub ash’or ham aytibdur. Ul debdurki, Shayx Alouddin Xorazmiy r. t. der erdiki, Shom bilodida bir kecha xuftondin soʻngra oʻz xilvatimda uygʻogʻ oʻlturub erdim. Va eshik ichkaridin bogʻligʻ erdi. Ikki kishi oʻzum bila xilvatda koʻrdum. Bilmadimki, qaydin kiribdurlar. Bir soat mening bila soʻzlashdilar. Va bir-birimiz bila fuqaro ahvolini yod qilduq. Alar bir kishiniki, Shomdadur, yod qildilar va anga sano dedilar. Va dedilarki, yaxshi kishidur, agar bilsa erdiki, qayondin yir. Andin soʻngra dedilarki, bizing salomimizni oʻz yoring Abdulloh Yofi’iygʻa yetkur! Dedim: ani qayondin tanirsiz? Va ul Hijozdadur. Dedilar: bizga yashurun emas. Va qoʻptilar va ilgari bordilar mehrob sari. Sogʻindimki, namoz qilgʻusilardur, devordin chiqdilar. Va ham ul debdurki, holimning avoyilida mutaraddid erdimki, ilm talabiga mashgʻul boʻlayki, mujibi fazilatu kamoldur yo ibodatqamu ishtigʻol koʻrguzayki, musmiri halovatu dofe’i qilu qoldur. Bu kashokashu iztirobda ne uyqum: qoldi va ne qarorim. Bir kitobim bor erdiki, doim mutolaa qilur erdim. Bu taraddudda ani ochtim. Anda bir varaq koʻrdumki, hargiz koʻrmaydur erdim. Va anda necha bayt bitiklik erdiki, hech kishidin eshitmaydur erdim. Va ul abyot budurki,

She’r:

[Oʻz tadbiringdan yuz oʻgir va ishlarni Allohning taqdirigʻa havola qil!
Koʻp tor va qiyinchilik keng va oson boʻlishi mumkin.
Koʻp kenglik esa, Allohning hukmi bilan tor boʻladi.
Zahmatli ishlarning oqibati senga rizolik keltiradi.
Alloh xohlaganini qiladi, amriga boʻysun va rahmatidan bahramand boʻl!](2).

Chun bu abyotni oʻqudum, goʻyoki oʻtungʻa su urdilar va iztirobu qalaqim shiddatin daf’ qildilar. Va ishga mashgʻul boʻldum.

610. Shayx Shihobuddin Suhravardiy Maqtul q. r.

Oti Yahyo b. Habashdur. Mashsho’iylar va Ishroqiylar hikmatida mutabahhir ekandur va alardin har qaysida tasnifoti bor. Va ba’zi ani simiyogʻa mansub qilibdurlar. Va Halab ahli aning sha’nida muxtalif erdilar. Va ba’zi ani ilhod va zindiqagʻa nisbat qilur erdilar. Va ba’zining anga karomotu maqomotqa e’tiqodlari bor erdi. Va derlar erdiki, aning qatlidin soʻngra koʻp shavohid aning karomotigʻa zohir boʻldi. Va Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da debdurlarki, bu jamoatning soʻzi muv,ofiq koʻrunur angaki, Shayx Shamsuddin Tabriziy q. s. debdurki, Dimishq shahrida Shayx Shihobuddin Maqtulni oshkoro-kofir dyorlar erdi. Dedim: hoshoki, kofir boʻlgʻay. Chun sidqi tamom bila Shamsuddin xidmatigʻa kirdi, badri komil boʻldi. Men niyozmandlargʻa koʻp mutavoze’ boʻlgʻaymen, ammo qatiq naxvat bila boʻlgʻaymen mutakabbirlargʻa. Shihobuddinning ilmi aqligʻa gʻolib erdi. Aql kerakki, ilmgʻa gʻolib boʻlsa va dimogʻi hokimeki, aql mahalidur, zaif boʻlib erdi. Toyifa arvoh olamida zavq toptilar, tushtilar va muqim boʻldilar. Va rabboniy olamdin soʻz ayturlar, ammo ham ul arvoh olamidurki, rabboniy sogʻinurlar, magar fazli ilohiy kirgay, yo jazabotdin jazbaye yetishgay, yo bir komileki, ani quchogʻigʻa olgʻay va arvoh olamidin rabboniy sari tortqay.

611. Xoja Ahmad Yassaviy q. t. s.

Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomoti oliy va mashhur, karomoti mutavoli va nomahsur ermish. Muridu ashobi gʻoyatsiz va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniy q. s. ning ashobidindur. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy bila q. s. suhbat tutubdur va Xoja Abdulloh Barraqiy va Xoja Hasan Andoqiy q. r. bilaki, ham Imom Yusuf Hamadoniy r. t. muridlaridurlar, Imom qaysi biyik marotibgʻa yetibdurlar, musohib boʻlubdur va roʻzgor mashoyixidin koʻp buzurgvorlar aning tarbiyatin topibdurlar va Shayx Raziyuddin Ali Lolo q. s. Shayxi buzurgvor Shayx Najmuddin Kubro r. xizmatigʻa yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy q. r. xizmatida boʻlub erdi va aning xonaqohida aning irshodi bila suluk qilibdur va aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur voqe’ boʻlubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur.

612. Qutbuddin Haydar q. s.

Mashhur andoqdurki, Turkiston podshohining oʻgʻlidur va Xoja Ahmad Yassaviy r. t. ning murididur. Kichik yoshida anga jazbaye yetibdurki, Hazrat Xoja Ahmad Yassaviy r. t. suhbatidin shikiboligʻi yoʻq erkondur. Har necha otasi iltimos va taklif bila uyiga yetkurur erkondur, yana beixtiyor Xoja mulozamatigʻa borur erkondur. To ulki zajr bila eltib, ani kadxudoligʻqa targʻib qilibdurlar. Ul oʻz nafsigʻa andoq zulm qilibdurki, mashhurdur. Ota-onasi chun koʻrubdurlarki, alarning sa’y va ehtimomi bila boʻlmas. Tengri bandasin tengriga topshurubdurlar va andin ilik tortibdurlar. Chun Hazrat Xoja Yassaviy q. s. koʻrubdurki, ota-onasi taklifotidin qutuldi, anga koʻp nazarlar qilib, Xuroson viloyatigʻa havola qilibdur. Xuroson mulkigʻa kelgandin soʻngra Turbat va Zova viloyatida sokin boʻlubdur. Anda azim riyozatlar bila suluk qilibdur va ul maqomgʻa yetibdurkim, ul mulk eli qoshida Qutbi olamgʻa mashhurdur va Haydariy, qavmi oʻzlarin anga nisbat berurlar va turbati hamul Turbat degan yerdadur. Goʻyoki ul yerning oti aning turbati onda erkan jihatdin Turbat boʻlubdur.

613. Hakim ato r. t.

Oti Sulaymondur va Xoja Ahmad Yassaviy q. s. ning murididur. Hamonoki bir kun Xoja tabxe buyurgʻondurlarki, mutbixe oʻtun yetmaydur, deb kelgandur. Alar ashobgʻa degandurlarki, yozidin oʻtun terib kelturung! Va ul zamon yogʻin yogʻadur ekandur. Ashobkim oʻtun teribdurlar, alar xizmatigʻa kelguncha yogʻin jihatidin oʻtunlar xoʻl boʻlgʻondur. Hakim ato tergan oʻtinlarni toʻnigʻa chirmab, quruq kelturgandur. Xoja Hazratlari degandurlarki, ey farzand, hakimona ish qilding va alargʻa bu laqab ondin qolgʻondur va Hakim atogʻa hikmat tili goʻyo boʻlubdur. Andoqki, oning favoidi atrok orosida mashhurdur. Ul jumladin biri budurkim:

Tiki turgʻon butadur,
Borgonlarni yutadur.
Borgʻonlar kelmas boʻldi,
Magar manzil andadur.

614. Ismoil ato a. r.

Zohiran Xoja Ahmad Yassaviy q. s. ning Ibrohim ato otligʻ inisining oʻgʻlidur va Xojaning muridi va nazar qilgʻonidur va anga muridu ashob boʻlubdur. Va karomotu maqomot va xavoriqi odot benihoyat va yoshi yuzga yaqin. Va avlodi oʻn yetti, yo oʻn sakkiz bor erdi va olamdin oʻtarda avlodi orasidin Ishoq atoni oʻz qoyim maqomi qilib olamdin oʻtubdur.

615. Ishoq ato a. r.

Chun atosigʻa xalafu xalifa va qoimi maqom erdi. Muridu ashobqa peshvoliq qilib, atosi zikru avrodigʻa qavm koʻrguzubdur va oʻz zamonida muqtado ermish.

616. Xoja Bahouddin a. r.

Ismoil atoga nabiradur. Bu xonavodada alardin oliyhimmatroq va muazzamroq oʻtmandur. Doim qush solmoqqa va ovlamoqqa tablu alam bila ishgʻol koʻrguzurlar ermish. Zamon podshohi alargʻa elning irodatu hujumidin yamon eltib, mulkdin ixroj buyurubdurlar. Kashmirgʻa borib, ul xalq alargʻa murid boʻlgʻondurlar.

617. Xoja Boyazid a. r.

Atoning yaqin avlodidindur. Temurbek oning suhbatigʻa kelibdur va kelurda koʻnglida kechurubdurki, bu erning ma’no olamidin xabari boʻlsa, bizga issiq halvo tortqoy. Ul muridlargʻa halvoni xud buyurgʻon ekandur. Bek bila salomlashib koʻrishgondin soʻngra debdurki [avval salom, oʻrtasi taom va oxiri kalom!](1). Filhol halvoni tortturubdur. Bekka bu hol zohir boʻlgʻach, murid boʻlib langar yasab, koʻp avqof qilibdur.

618. Xoja Xalil r. t.

Ham ato avlodidindur, Atoning xirqa va sajjodasi «abo an jad» anga tegibdur va ato avlodi orasida naqib ekandur. Koʻp axloqi hamida andin marziydurur.

619. Qoʻrqut ato a. r.

Turk ulusi arosida shuhrati andin ortugʻroqdurki, shuhratqa ehtiyoji boʻlgʻay. Mashhur mundoqdurki, necha yil oʻzidin burunqini, necha yil oʻzidin soʻnggi kelurni debdurlar. Koʻp mav’izaomiz magʻizliq soʻzlari aroda bor.

620. Ali ato a. r.

Kumushkentliqdur va ilmi va charogʻi darveshlarida shoye’dur. Necha yillardurki, oʻzi yondurgʻon chirogʻi oʻchmaydur deb mashhurdur. Turk xaloyiqi nazru niyat anga berurlar.

621. Qilich ato a. r.

Azim qurbatligʻ kishi ekandur va sayyoflik san’atigʻa mashgʻul ekandur.

622. Sadr ato r. t.

Mavlidi Turkiston viloyatidindur, oʻz zamonida murshid ekandur.

623. Hubbi Xoja a. r.

Mavlidi Xorazm viloyati va navohisidindur. Aning avsofi turk va oʻzbak xaloyiqi orasida andin koʻprak va mashhurroqdurki, sharhgʻa ehtiyoji boʻlmagʻoy. Yigitlikda oʻtubdur yigitlar sarvari Hubbi Xoja derlar.

624. Yigit Ahmad a. r.

Karomot va maqomotligʻ aziz, erkondur. Yigitlik ayyomidin qarilardek toatu ibodat va suluku riyozatqa mashgʻul boʻlubdur. Shuhrati turk eli orosida bagʻoyat koʻpdur.

625. Koʻk Shayxa.r.

Karomotu maqomot iyasi ekandur va koʻp ajibu gʻarib holot andin manquldur. Singli nomunosib kishi nikohigʻa kirgondur va oralarida ul kishining nohamvor maoshi jihatidin doim mojaro boʻlur erkandur. Andoqki, mojarolari Shayxqa dagʻi yetibdur. Ul kuyov beandomligʻidin noxush soʻz koʻp aytib, Shayxni malul qilibdur. Shayxning gʻazabi yuzidin tiliga oʻtubdurki, «koʻr boʻl, shariat yukini chek!» Ul kishi hamuldam nobino boʻlibdur, al-ilmu indalloh.

626. Temurchi ato r.

Gʻoliban mazkur boʻlgʻan san’atqa mashgʻul boʻlur ermish. Bir kun qiziq temurni iligi bila bir olat yasab debdurki, Haq s. t. barcha oʻtlarni manga harom qilibdur.

627. Zuhhodxon r.

Hamonoki Xitoy mulkidindur. Andin Buxoro viloyatigʻa ilm kasbi uchun kelgandur. Andin Xorazmgʻa borib, Hazrat Shayx Najmuddin Kubro q. s. xidmatigʻa tushgandur. Va anda anga koʻp yorugʻluq nasib boʻlub, Hazrat Shayx ishorati bila Xuroson mulkiga kelibdur va qabri Chechaktu Qisor viloyatidadur.

628. Shayx Abulhasan Ishqiy q. s.

Xorazmdindur. Shayx Boyazid Ishqiy q. s. kim silsilasi sulton ul-orifin sulton Boyazid Bistomiy r. gʻa yetar, anga tarbiyat qilgʻandur. Oʻz zamonida faqr ahlining muqtadosi ermish, balki mashoyixining peshvosi Murid va ashobi bagʻoyat koʻp va karomotu maqomoti andin koʻprak.

629. Mahmud Shayxzoda q. s. ,

Shayx Abulhasan Ishqiyning xalafidur. Aning dagʻi muridu ashobi koʻp. Muomalayu riyozati mustahsan va karomotu maqomoti benihoyat ermish.

630. Xudoyquli Shayx q. s.

Shayx Abulhasan Ishqiyning sohibi sajjodasi va qoyimi maqomi va zamonining shayx ul-mashoyixi ekandur. Ishqiya silsilasida Shayx Abulhasandin soʻngra goʻyo andin ulugʻroq kishi yoʻq erkandur. Va xavoriqi odotu karomoti koʻp manquldur.

631. Muhammad Shayx r. t.

Xudoyquli Shayx q. s. ning oʻgʻlidur. Oʻz zamonida xaloyiq murshidi ermish. Sultonlar anga muridlik haysiyatidin irodat kelturubdurlar. Aning suhbatida olime anga bir qatla taarruz qilgʻandur. Shayxning ollida obxoʻra koʻza turgʻan ekandur. Bir toshni olib, ul koʻza ogʻzigʻa qoʻyubdur. Ul olim har ilmki kasb qilgʻon ekandur, barcha xotirdin chiqib, oʻzin omiyu johil topibdur. Boʻynigʻa foʻta solib, istigʻfor qilib, Shayx qoshigʻa tazallum qilibdur. Shayx ul toshni koʻza boshidin olgʻach, yana oʻzin burungi holida topib, Shayxqa murid boʻlubdur.

632. Ilyos Shayx r. t.

Muhammad Shayx r. a. ning oʻgʻlidur. Zohir ulumida bu silsilada andin olimroq yoʻq ermish. Va haj davlatigʻa musharraf boʻlubdur. Arabiyatda mohir ermish. Va ul til bila soʻzlashur ermish va nazm dagʻi aytur ermish. Va Samarqandda Qum togʻida sokin ermish. Muborak marqadi goʻyo ham anda-oʻqdur.

633. Shayxzoda Abulhasan q. s.

Ilyos Shayxning oʻgʻlidur. Kichik yoshidin riyozatu mujohada bila oʻtkaribdur. Mundoq manquldurkim, Tengri taolo qoʻrqunchidin ancha yigʻlagʻondurki, koʻzlariga tiyralik yuzlangandur. Ilyos Shayxdin soʻngra bu silsila ahli barcha anga bay’at qilib, irodat toza qilibdurlar. Va Makka safarigʻa borurda mizojigʻa za’f boʻlub, Bistomda Sulton ul-orifin q. s. avlodi anga xirqayu toj havola qilib qaytib, Hirim shahrigʻa yetganda Hazrat Maxdumiy n. m. n. sharafi majlisigʻa musharraf boʻlub, alardin iltifotlar topib, alar oʻz musannafotlaridin bir kitob va joyinamoz va bir roʻpok anga bergandurlar. Xoriqi odot andin koʻp naql qilibdurlar.

634. Shayx Muhammad Sufiy q. s.

Ishqiya silsilasidindur va Xudoyquli Shayxdin tarbiyat topibdur. Andin soʻng Muhammad Shayx suhbatigʻa yetibdur. Va Ilyos Shayx suhbatigʻa ham musharraf boʻlubdur. Nafasi muassir aziz erkandur. Va muridlari orasida soʻz bu nav’durkim, Xizr a. s. bila suhbat tutar. Va andin xoriqi odot koʻp manquldur.

635. Abu Muso Shayx q. t. s.

Ham Ishqiya silsilasidindur va Xudoyquli Shayxning ahfodidindur. Bu silsila ahlidin ul azizlar tariqini faqru fano tavrida kishi ancha rioyat qilmagʻondur. Va xavoriq andiq koʻp manquldur.

636. Shayx Sulton Sufiy k. s.

Ul dagʻi ulugʻ Muhammad Shayxning tarbiyatin topibdur va koʻp mashoyix xidmatigʻa musharraf boʻlgʻandur. Va oʻzi salimu halim kishi erkandur. Qoʻprak vaht soyimu somit erkandur. Va karomotu maqomoti zohir erkandur.

637. Keshligʻ ato a. r.

Samarqandning Kesh otligʻ mavze’idindur. Hamono anga yasoq nisbati bor ekandur. Ul taklifdin xotiri malul boʻlub, Turkistonda Xoja Ahmad Yassaviy mazorigʻa borib, riyozatlar tortib, ishiga kushodlar yetgandur. Andin Chin mulkiga tushub, ul xalq muridi boʻlib, anda elga peshvo boʻlubdur va mazori hamul mulkdadur va imorat va mujovirlar mutaayyindur.

638. Umar ato r. t.

Keshligʻ atoning inisidur. Ul ham faqr tariqigʻa kirib, koʻp safoyi botin kasb qilgʻandur. Va zamon podshohidin elning yasogʻin bagʻishlar istid’osi qilgʻandur. Ul podshoh ta’n yuzidin degandurki, sen elni muridligʻing uchun tilaysen. Sen yaxshi boʻlakoʻr, murid ham boʻlmagʻusidur. Avval men murid boʻlay. Ul ham ogʻasi borgʻon mulk sari boribdur va riyozatlar tortib, martaba hosil qilibdur. Qabri ham ul mulkda-oʻqdur.

639. Sayyid ato a. r.

Xoja Ahmad Yassaviyning qarobatidur. Riyozat bila mujohadalar tortibdur. Ishi ul yerga yetgan ekandurki, debdurki, men va Ahmad tengashtuk, men biyikrak erdim. Ani ba’zi ham siyodatqa mansub qilibdurlar. Va turk ulusida «Ato» derlar. Va shuhrati bagʻoyat koʻpdur va da’voomiz soʻzi ham koʻp.

640. Bobi mo Husayn a. r.

Kibori mashoyixdindur. Debdurlarki, Xoja Ahmad Yassaviy q. r. gʻa kichik erkanida tarbiyat qilgʻandur. Va aning xonavodasin buzurglukka Movarounnahr eli musallam tutubdurlar.

641. Zangi ato a. r.

Turkiston mashoyixidindur va koʻp mashoyix xidmatu suhbatigʻa yetibdur. Va turk ulusida mashohirlardindur. Aning bobida ham koʻp soʻzlar manquldur.

642. Husayn Shayx a. r.

Ismoil ato farzandlaridindur. Mustahsan muomalaliq kishi ermish. Xalq aning atvorigʻa firifta boʻlubdurlar. Dunyo asbobi sori mayl qilmaydur. Va bovujudi faqr oʻzin ul nav’ gʻaniy koʻrguzur ermishki, xalq rioyat yoʻlin topmaslar ermish. Olamdin oʻtgan zamonida manquldurki, eldin gʻoyib boʻlgʻondur. Hozir boʻlgʻach boshi ustida bir qush qoʻngʻon ermishki, hech kim ul-naqshu ranglik qush koʻrmagan ermish. Elni koʻrgach uchubdur, vallohu a’lam.

643. Yusuf Shayx a. r.

Sadr ato q. s. avlodidindur. Maskani Qoʻxi Sof erkandur. Andin ham koʻp xoriqi odotu karomot manquldur. Umri yuz yigirmaga yetgandur va mozori ham ul-navohidadur.

644. Hoji Shayx a. r.

Yusuf atoning oʻgʻlidur. Ishin atosidin koʻp oʻtkaribdur. Oʻz zamonining uluq ulusi oʻzin anga muridu ashob tutar erkandurlar. Arlot ulusi va Tarxon elining uluq kichiki ani muqtadoliqqa qabul qilibdurlar. Xoriqi odot koʻp andin zohir boʻlur ermish. Bir kun muridlari bila otlanib borur ermish, bir yerda tushmishlar, oʻtqa ehtiyoj boʻlmish. Har taraf tilamishlar, topilmamish. Shayx demishki, men sizga oʻt topsam, nechuk boʻlgʻay? Demishlarki, lutf boʻlgʻay! Yogʻligʻi ichida bir tugun ermish. Ul tugunni yeshmish, andin bir pora choʻgʻ chiqmish. Ul choʻgʻni ul oʻtqa muhtoj elga bermishki, alarning ham suhbatlari qizimish va ham koʻzlari yorumish. Vallohu taolo a’lam.

645. Adib Ahmad r. t.

Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida gʻarib nimalar manquldur. Derlarki, koʻzlari butov ermishki, aslo zohir ermas ermish. Basir boʻlub, oʻzga basirlardek andoq emas ermishki, koʻz boʻlgʻay va koʻrmas boʻlgʻay. Ammo bagʻoyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy kishi ermish. Haq s. t. agarchi zohir koʻzin yopuq yaratqandur, ammo koʻngli koʻzin bagʻoyat yoruq qilgʻondur: lubyogʻa ilik surtubdur va debdurki, qoʻy bukragiga oʻxshaydur va naxudni barmogʻi bila silab, debdurki, itolgʻu boshigʻa oʻxshar. Maskani Bagʻdoddin necha yigʻoch, ba’zi debdurlar, toʻrt yigʻoch yoʻl erkan. Bir kun imom A’zam q. r. darsigʻa hozir boʻlur erkandur va bir mas’ala oʻrganib, bu yoʻlni yayogʻ borur erkandur. Darsda yeri saffi ni’ol erkandur. Naqledurki, Hazrat Imomdin soʻrubdurlarki, shogirdlaringiz arosida qaysidin andoqki koʻnglunguz tilar, rozisiz? Bovujudi Imom Muhammad va imom Abu Yusuf r. va alarning abnoyi jinsi va hamsabaqlari. Imom q. s. debdurki bori yaxshidurlar. Ammo ul koʻr turkki, saffi ni’olda oʻlturur va bir mas’alani mazbut qilib, toʻrt yigʻoch yoʻl yayogʻ kelib borur, andoqki kerak ul tahsil qilur. Va aning tili turk alfozi bila mavoizu nasoyihqa goʻyo ermish. Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmatu nuktalari shoye’dur. Nazm tariqi bila aytur ermish, aning favoydidindur.

Ulugʻlar ne bersa yemasman dema,
Ilik soʻn, ogʻiz ur, yemasang yema!

Va ham aningdurkim:

Soʻngakka ilikdur, eranga bilik,
Biliksiz eran-ul soʻngaksiz ilik.

Al-ilmullohi taolo.

646. Mavlono Kalon Ziyoratgohiy q. s.

Aziz kishi ermish, zuhdu taqvo bila ma’ruf va salohu sadod bila mashhurdur. Ziyoratgohdin shahrgʻa masjidi jome’gʻa kelur boʻlsa, uy minib kelur ermish. Buzurglugi zamon ahli qoshida muharrar ermish. Zamon podshohi suhbatigʻa orzumand ermish, vale ul ibo qilur ermish. Andoqki, bir kun gʻoyat ishtiyoqdin otlanib, Ziyoratgohgʻa aning ziyorati qasdigʻa azimat qilibdur. Yoʻlda otdin yiqilibdur, dagʻi yonibdurki, Hazrat Mavlono chun bizing mulozamatimizni qabul qilmaydur, tashvish bermagan avlodur. Va qabri Ziyoratgoh dashtidadur.

647. Mavlono Nizomuddin Ahmad q. s.

Mavlono Kalonning xalaf farzandidur. Donishmandu muttaqiy kishi ermish. Ravishi pok, suluki inchka. Hazrat Mavlono Sa’duddin Qoshgʻariy q. r. aning bila musohib boʻlub erkandur. Va degandurki, otasin ulugʻ kishikim derlar, agar oʻgʻlining oʻn ulushidin biri boʻlsa ham uluq kishi ekandur. Aning soʻzidurkim, uch nimadurki ozi koʻpdur. Shirkat va shirk va oʻt. Qabri ham Ziyoratgohda, otasi yonidadur.

648. Bobo Sungu q. s.

Zamon majzublaridin ermish. Andxud qasabasida boʻdur ermish. Sohibi botin kishi ermish. Ramzlarin bilganlar natija topar ermish. Temurbek Xuroson mulki azimatigʻa yuruganda Andxudqa yetganda mashhurdurki, Bobo xidmatigʻa borgʻandur. Oʻlturgʻondin soʻngra Bobo ilamida bir sufrada yaxna et erkandur. Qoʻyning yaxna toʻshin olib, Temurbek sari otibdur. Temurbek gʻoyati aqlu zakosidin debdurki, Xurosonni yer yuzining koʻksi debdurlar. Ani Bobo bizga havola qildi, deb bu bashorat bila yurub, Xuroson mulkini olibdur. Va Bobo Sunguning qabri ham Andxud qasabasidadur, yuzoru va yutabarraku bihi. Va Bobojon Bobo aning xalifasi ermish. Va Bobo Ibrohim Bobojon Boboning muridi va xalifasi. Ikkalasining qabrlari ham Bobo Sungu jivorida, Andxuddadur. Va holo darveshlar takyani ma’mur yasarlar.

649. Shayx Abu Mansur Moturudiy q. s.

Oʻz zamonining a’lami ulamosidin ermish. Ul vaqt ulamosi alarni Sulton al-muizzin der ermishlar. Zohir va botin ulumi birla orosta. Alardin gʻarib holog manquldur: bir kun oʻz havlilarida bir ayvonda oʻlturub, hamono ilaylarida tafsir emish boʻlgʻay. Ikki mast razilvash eldin alarning eshiklariga kelib, biri tashqari turub, biri ichkari kirib, alarning sharif avqotlarigʻa beadabona harakat va soʻz bila mushavvish boʻlur ermish. Alargʻa gʻayratu gʻazab mustavli boʻlub, qoʻpub, bir mahkam choʻbdasti turgʻon ermish, olib, ul beadabning boshigʻa andoq urarlarkim, magʻzi parishon boʻlub yiqilur. Oyogʻidin sudrab, bir chuqur ermish, anga solurlar. Dagʻi kelib, huzur bila qiladurgʻon ishlarigʻa mashgʻul boʻlurlar. Yana bir hamrohi bir zamon turar. Bu kirgan hamrohi chiqmas. Oni tilay ul dagʻi kirar. Hamul nav’ be adabona soʻz ayta kirishurki, mening hamrohim bu uyga kirdi va chiqmadi. Qayon bordi? Ayt! – deb. Shayx ayturlarki, munda hech kishi kirmadi. Bir it kirdi, telbalik qilur erdi, urub oʻlturdum, dagʻi ana u chuqurda tashlabmen, deb chuqurni koʻrguzdilar. Ul mast ul chuqur ustiga borib, mulohaza qilsa, koʻrarki, bir itdur, magʻzi parishon boʻlub, oʻlub yotur. Ul mastligʻdin sogʻolib, Hazrat Shayx qoshida tavba qilur va tuz yoʻlgʻa kirar.

Shayxning muborak qabrlari Samarqandning Chokardiza goʻristonidadur va zamon podshohi ul mozor boshida mutakallif masjid yasabdur.

650. Shayx Burhonuddin Sogʻarchi q. s.

Sogʻarch – Samarqandning toʻrt yigʻochida bir kentdur. Shayx andin ekandur. Va oʻz vaqtida bagʻoyat buzurg ekandur. Koʻp xaloyiqning irodat va ixlosi anga bor ekandur. Va qabri ham Samarqandda, mazkur boʻlgʻon Chokardizadin kirgach, oʻng qoʻldadur.

651. Sayyid Ne’matulloh q. r.

Kirmon viloyatining Mohon degan kentida sokin erkandurlar. Zohiriyu botinin ulumida komil va zuhdu taqvo bila orosta. Zamonning salotini, xususan Hinduston mulkining maliklari anga muridu muxlis ermishlar. Va tuhfa va nazri benihoyat ul mulkdin Kirmongʻa Mir xidmatigʻa yuborurlar ermish. Mir nazmga dagʻi mashgʻul boʻlur ermishlar. Va devonlari dagʻi bor. Va bu abyot alarningdur.

Bayt:

[Biz Xudoni xalqqa tanitmoq uchun dunyoga keldik](1).
Qabri hamonoki ham ul kentdadur.

652. Shayx Jamol Nuqoniy q. s.

Uz vaqtida buzurg ermish. Zohir ibodoti va sofiy vaqti bor ermish. Mashhadi muqaddasaning yonida Nuqon Otligʻ kentidin ermish. Nuqondin haj azimati qilib, tavakkul qadami bila tebrabdur. Bagʻdodqa yetganda chun zodu rahlasi yoʻq erkandur, muzdurliqqa boribdur. Bir muridi bila ekandur, alargʻa balchigʻ ishi buyurubdurlar. Nova tashiydur ermishlar. Murid balchigʻ novagʻa solib, Shayx koʻtarib yeriga eltur ermish, chun namoz vaqti boʻdubdur. Shayx debdur muridgʻakim, bu novagʻa sen dastur bila balchigʻ solatur, men namoz qilib kelguncha. Murid ul balchigʻni dastur bila solur ermish va nova eltur yerga yetkurur ermish. Uy iyasi munga muttali’ boʻlub, taajjub qilibdur. Shayxni tilasa, namozgʻa mashgʻul topibdur, ayogʻigʻa tushub, murid boʻlub barcha molu jihotin arz qilibdur. Shayx qabul qilmay Makka azimati qilibdur. Ul dagʻi Shayx xidmatigʻa boribdur. Makkadin qaytqanda koʻp iltimos bila Shayxning Bagʻdoddin yoʻl yarogʻin qilib, Nuqongʻa uzatibdur. Va holo Nuqonda Shayxning xonaqohining asari mavjuddur. Va mozori Dastjardi Xushangur degan kentdadur.

653. Shayx Abdulloh Barnishobodiy q. s.

Xoja Ishoq Shahid murididur. Xonaqohi va muridlari bor erdi. Va zamon xaloyiqining anga koʻp irodati bor erdi. Sofiy avqotligʻ va avrodligʻ kishi erdi. Podshohi zamonning ham koʻp ixlosu niyozi bor erdi. Qabri ham ul Barnishobod degan kentida-oʻqdur.

654. Shayx Rashid Bidvoziy q. s.

Shayx Abdullohning ashobidindur. Aning dagʻi muridlari va ashobi bor erdi. Va oʻz xaylining muqtadosi erdi. Va xalqning irodat va ruju’i anga koʻp erdi. Va qabri oʻz kenti Bidvoz degan yerdadur.

655. Shayx Shohi Bidvoziy q. s.

Ul Shayx Rashidning murididur. Zohir ulumidin oris erdi, ammo oʻz ixlosu irodat va zuhdu vara’u toatidin botin olamidin anga qaviy kushodlar yetib erdi. Va xalq anga shefta boʻlub erdilar. Fano tariqida komil va soʻzi bagʻoyat muassir erdi, andoqki, bovujudi omiylik. Ulamodin koʻp el anga muridu munqod boʻlub erdilar. Va xoriqi odotu af’ol ham naql qilurlar. Va holo ham aning muridlaridin koʻp darveshlar oradadurlarki, sulukka, balki irshod va talqingʻa mashgʻuldurlar. Va tegralarida fuqarodin toliblar alardin bahramanddurlar. Va Shayxning mozori oʻz kentidadur.

656. Shayx San’on.

Oning buzurgligin Hazrat Shayx Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» otligʻ kitobini oʻqugʻon kishi bilur. Ishq va muhabbat bahrining gavhari va shavqu malomat otashkadasining samandari erkandur va Shayx Nozim q. s. aning bobida mundoq debdurki,

masnaviy:

[Oʻz davrida yashagan Shayx San’onning fazilati haqida har qancha yozsam oz.
U kamolga yetgan toʻrt yuzta muridi bilan Haramda ellik yil yashadi](1).

Bovujud bu biyik marotib ulcha ishq oshubidin va muhabbat lagadkubidin Shayx boshigʻa tushubdur, aning abnoyi jinsigʻa yoʻqkim, hech bani odamga tushmaganini har kishi «Mantiq ut-tayr» kitobini oʻqusa, ma’lum qilur.

657. Mir Koriz r. t.

Ham Shayx Fariduddin Attor ba’zi kitobida aning zikrin qilibdur va adosidin base buzurglik fahm boʻlur. Derlarki, mujarrad ermish. Zamonining ahli ta’ahhul taklifi qilibdurlarki, hayf boʻlgʻayki, andin natijaye qolmagʻay.

Ul debdurki, bizing bila basar eltmak dushvordur. Alar debdurlarki, biz biravni topaliki, sizning musohabatingiz va xidmatingizni bekulfat qabul qilgʻay. Ul rozi boʻlgʻondin soʻngra alar anda bir uluq kishining qizini anga nikoh qilibdurlar. Ul bir qorongʻu xilvatda bir kub ichinda suluk qilur ermish. El tarqagʻandin soʻngra ul kubga kiribdur. Va mankuhasigʻa debdurki, sen ham kir! Ul ibo qilibdur. Ilhoh qilgach, debdurki, manga bu taklifni qilsang, taloqimni ayt! Ul taloq qilgʻandin soʻngra mahru kobin tilabdur. Mir Koriz ilig urub, ul kub ogʻzidin bir miqdor ushatib anga beribdur. Tashqari chiqarib koʻrsa, qizil oltun ekandur. Pushaymonlik sud qilmaydur. Aning mozori Mashhad navohiysidadur. Va niyozmndlaridin ba’zi hazira yasabdurlar, yuzoru va yutabarraku bihi.

658. Shayx Shoh Ziyoratgohiy q. s.

Valodati Farohda ermish. Kichik yoshda otasi anig Farohdin Ziyoratgohgʻa kelturubdur Mavlono Kalon qoshigʻa. Va Mullo Kalon aning otasining muridi ermish. Aning takmilini anga havola qilibdur. Bulugʻ haddigʻacha Mullo Kalon ani muhofazat qilib, saboq oʻqubdur. Yigit boʻlgʻondin soʻngra Ziyoratgohning qadim madrasasida sokin boʻlub, zohiriy ulum takmilin qilibdur. Va Mavlono ham ul dastur bila andin xabardor ermish. Muddatdin soʻngra shahrgʻa kelib, madrasasida sokin boʻlub, mufrit taqvo yuzidin sulukka mashgʻul boʻlubdur. Zotida zuhd kichik yoshidin mutamakkin ermish, andoqki, tahsil chogʻida hech tolibi ilm uyidin sham’ yorutmaydur. Chun inzivosi gʻoyati quvvat va niyati takmilu tatmimgʻa yetibdur, gʻaybdin abvobu kushod va anvo’i fayzu irshod alargʻa yetibdur Ziyoratgohgʻa avd qilib, mavrusi manziligʻa kirib sokin boʻlubdur. Soyir avqotda hech kim bila ixtilot qilmas erdi. Akobir va ashrof, balki zamon podshohlari Shayx ziyoratigʻa borurlar erdi, ammo adabu ta’zim yuzidin rasm yoʻq erdiki, eshik qoqqaylar, xoʻshada tushub oʻltururlar erdi. Birav uydin chiqsa, kirib xabar eltur erdi. Shayx tilamaguncha kishi kirmas erdi. Har kishi suhbatigʻa yetsa erdi, mahobatidin dalir soʻz ayta olmas erdi. Va haqoyiqu maorifi muassir erdi. Va podshoh va gadogʻa nasihatu pandi alassaviya erdi. Podshohga bir kun bu nav’ nasihat qilgʻandurki, harne oʻzungga ravo koʻrmassan, Tengrining hech bandasigʻa ravo koʻrma! Bu soʻz muassir tushub, chandin musulmonlargʻa naf’ yetib, podshoh bu soʻzni mazkur qilur erdi. Va bu haqir bila koʻp iltifoti bor erdi. Koʻp qatla xayr duosi qilib erdi. Umid ulki mustajob boʻlmish boʻlgʻay. Yoshlari yetmish ikkiga yetganda Ziyoratgohda dunyodin oʻttilar. Va Hirot shahrida Shayx Bahouddin Umar q. s. hazirasigʻa naql qildilar.

659. Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s.

Alar Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s. ning kibor xulafosidindur. Zohiriy va botiniy ulumda komil. Qirq yilgʻa yaqin irshod sajjodasi ustida istiqlol bila mutamakkin erdilar. Hazrat Shayx Tabodgoniy qaryasigʻa yetganda alar kichik yoshda ermishlar. Shayx suhbatining sheftasi boʻlubdurlar. Shayx azimat qilgʻanda tilabdurlarki, xizmatida borgʻanlar. Shayx debdurlarki, holo, saning ish qilur vaqting emas. Tahsilgʻa amr qilibdurlar. Hirot shahrigʻa kelib, Feruzobod bozorida madrasai Sabzda necha vaqt zohir ulumi kasbigʻa mashgʻul boʻlubdurlar. Ammo doim xayollarida bu toifaning suluki dagʻdagʻasi bor ekandur. Bir kun hujralarida mutolaagʻa mashgʻul ekandurlar, janoza saloti uni kelur. Qoʻporlarki, ul namozgʻa yetgaylar. Tashqari chiqib, ehtiyot qilurlar. Janoza va salot tortqon kishi koʻrunmas. Taajjub bila hujragʻa kirib, yana mutolaagʻa mashgʻul boʻlurlar. Yana ul un kelur. Yana chiqarlar va ehtiyot va tafahhus qilurlar va har kishidan soʻrarlaru ne ul janozadin va undin asar bor ermish va ne hech kishiga andin vuquf. Alar oʻzlariga derlarki, goʻyo bu un [oʻlmasdan burun oʻlinglar](1) hadisi hukmi ishorat angadurki, oʻlumning tahniyasida boʻlgʻay, chun vaqt yetgan erkandur. Chiqib, Hazrat Shayx xizmatigʻa kelib, jidd bila sulukka ishtigʻol koʻrguzurlar va oz fursatda alargʻa koʻp rushd zohir boʻlur. Shayx der ermishlarki, Mavlono Shamsuddin Muhammad sarigʻ oltun erdi. Biz ani sikkazada qilduq va har kimga maktube yo ruq’a bitsalar ermish, alargʻa buyururlar ermish va istihson qilib der ermishlarki, bizing mofizzamirimizni bitirsen. Mavlonodin manquldurki, bir ramazon oyida Shayxning masjidining imomi gʻoyib ermish. Alargʻa havola boʻlubdurki, tarovihda imomat qilgʻaylar. Dastur bu emishki, Shayx masjidida tarovihda si pora Qur’onni bir xatm qilur ermishlar. Alar har kun bir se porani yod tutub, tarovihda imomat qilib, ul ramazon ma’hud dastur bila Qur’on xatm boʻlubdur va Shayxdin soʻngra istehqoqu istiqlol bila murshid alar boʻldilar va xosu omning ruju’i alar xizmatida voqe’ erdi va xonaqohlarida muridlarni arba’in va xilvatqa oʻlturtmoq va alar takmiligʻa ishtigʻol koʻrguzmak alar zamonida alarning xonaqohida oʻq erdi va xotirlari mayli yaxshi un bila samo’gʻa koʻp moil erdi va Mavlono sozu xonandaligʻdin bot muassir boʻlib, samo’gʻa qoʻporlar erdi va behol boʻlur erdi va majlis huzzorigʻa gʻarib asar qilur erdi. Andoqki, betahammul boʻlub erdilar va alarning tasnifoti bor, misli «Asmbulloh sharhi» va «Manozil us-soyirin» va «Qasidai burda muhammasi» va «Tazkirat ul-habib» va «Vasoyo» tarjimasi va bir «Arba’in» tarjimasi «zikr» bobida. Va yana bir «Arba’in» tarjimasi «faqr suluki» bobida. Va bu faqirgʻa iltifotlari koʻp erdi. Bu hadisni alardin istimoim borki, [iymon ikki boʻlakdan iborat: yarmi sabr, yarmi shukr](2). Yoshlari sakson sakkizga yetti va sakkiz yuz toʻqson birda Chilgaziy mahallasida olamdin oʻttilar va Xiyobonda madfundurlar. Muxlislaridin ba’zi qabrlari boshida xonaqoh va masjid imorati qilibdur va darveshlari farzandlari xizmatida sulukka mashgʻuldurlar va [«qutbi zamon biraft»](3), alarning favtining tarixidur.

660. Xoja Abdulaziz Jomiy q. s.

Hazrat Shayx ul-islom Shayx Ahmad Jomiy q. s. ning yaqin avlodidindur. Kichik yoshdin zuhdu taqvogʻa orosta ermishlar. Hiriy shahrida zohir ulumi takmili qilibdurlar va Mavlono Sa’duddin Qoshgʻariy q. s. irshodi bila xojalar q. a. tariqida sulukka mashgʻul boʻlubdurlar va taqvolari mufrit erdi, soyim ud-dahr erdilar va samo’ majlisida azim sayhalar urub, bexud boʻlur erdilar. Ulugʻ yoshlarida haramayni sharifayn ziyortigʻa borib, musharraf boʻldilar va vajdu shavq mizojlarida gʻolib erdi va koʻprak avqot «Futuhoti Makkiya»ni mutolaa qilur erdilar. Alar vaqtida Shayx ul-islom q. s. avlodida bu tariqda alar erdilar. Va xaloyiq va soyir avlod alargʻa muxlisu munqod erdilar. Va bu haqir borasida iltifotlari koʻp erdi va koʻp qatla fotiha bila duoi xayr qilibdurlar. Umid ulki, mustajob boʻlmish boʻlgʻay. Sakson ikki yoshlarida toʻqquz yuz ikkida Jom viloyatida olamdin oʻttilar. Shayx ul-islomning xonaqohida madfundurlar.

661. Mavlono Alouddin q. s.

Aning asli Koʻhistondindur. Shahrgʻa tahsil uchun kelib, Mavlono Sa’duddin Qoshgʻariy q. s. suhbatigʻa musharraf boʻlubdur. Va sulukka mashgʻul boʻlubdur. Va Hazrat Mavlono irshodi bila anga koʻp rushd hosil boʻlubdur. Va’zu samo’ majlisida xushhol boʻlub, sayhalar tortar ermish. Base toliblargʻa faqr tariqi talqini qilur ermish. Ikki haj tashrifigʻa musharraf boʻlub, anda Shayx Abdulkabir degan buzurg suhbatigʻa yetib, koʻp favoyid topibdur. Yoshi yetmish uchga yetib, sakkiz yuz toʻqson ikkida olamdin oʻtti. Va qabri oʻzining piri Mavlono Sa’duddin q. s. taxti ustidadur. Favtining tarixi [«Pir raft»](1) alfozidin topibdurlar.

662. Mavlono Abulxayr q. s.

Oti Ahmaddur. Hofiz Shamsuddin Saraxsiyki derlar, sohibi vaqt kishi ermish, aning oʻgʻlidur. Va kichik yoshda Qur’onni hifz qilib erdi. Va Shayx Zaynuddin Xavofiy r. t. silsilasida suluk qilur erdi. Yaxshi tab’i va. yaxshi ixtiloti bor erdi. Bu faqir Hazrat Maxdumiy n. m. n. jamoatida aning keynida namoz qilibmen. Qur’onni xoʻb va muassir oʻqub erdi. Yoshi yetmishga yetganda sakkiz yuz sakson yettida olamdin oʻtti. Va qabri Hirot shahrining sharqiy haddida Shoh Abulgʻays goʻristonida durur.

663. Mavlono Shihobuddin q. s.

Oti Muhammaddur. Mavlono Abulxayrning ogʻasi erdi. Ul dagʻi kichik yoshida Qur’on hifzi qilib erdi. Darveshlik va faqr tariqi sulukida biyik holatu voqe’otqa yetib erdi yoshi saksonga yetganda sakkiz yuz toʻqson toʻqquzda dunyodin oʻtti. Qabri inisi yonida, Shoh Abulgʻaysdadur.

664. Mavlono Xojiy r. t.

Yigitlikda tamavvul va moli bor ermish. Barchasin darveshlarga va faqr ahligʻa sarf qilibdur. Va suluki chogʻida sakkiz haj davlatigʻa musharraf boʻlubdur yillar Makkada mujovir erkandur. Qirq yilgʻa yaqin hazrat Maxdumii n. m. n. xidmatigʻa musharraf erdi. Va ul Hazratning aning bila koʻp inbisotu iltifotlari bor erdi, andoqki, alarning kutubu musavvadalarin muhofazat qilur erdi. Va yoshi yetmish toʻrtga yetganda sakkiz yuz toʻqson toʻqquzda olamdin oʻtubdur. Va mozori Hazrat Maxdumiyning suffasi ustidadur.

665. Mavlono Sa’duddin r. t.

Bahrobodning Ravniz otligʻ kentidin erdilar Donishmand va muttaqiy erdilar. Kichik yoshidin taqvoyu zuhd bila oʻtkarib erdilar. Hirot shahrida Hazrat Maxdumii n. m. n. bila koʻp suhbat tutubdurlar. Va tahsil ayomida bila hamsaboq oʻqubdurlar. Va Mir Izzuddin Tohir Nishoburiynng shogirdi erdilar. Va Shayx Sa’duddin Hummuyi r. ning avrodin oʻqur erdilar. Va qirq yilgʻa yaqin Mashhadi muqaddasai rizaviyada sokin erdilar Va hayotlari muddatida «Faroyiz» adosidin soʻngra «Tafsir» bila «Hadioqa mashgʻul boʻlurlar erdi Va el bila ixtilot qilmas erdilar. Va dunyo soʻzi alar majlisida oʻtmas erdi. Alar suhbatigʻa yetib, soʻzlarin eshitgan kishiga Hazrat Rasul s. a. v. va buzurgvor ashobining tariqi yod boʻlur erdi. Ba’zi muxtalif mozohib ahliki, alar tavrida taassub gʻolib boʻlur, Mavlononing buzurglukida hech soʻzlari yoʻq erdi. Bu haqir borasida koʻp xayr duolari qilibdurlarki, aning bila bagʻoyat umidvormen. Sharif sinlari toʻqson yettiga yetti, toʻqquz yuzda dunyodin oʻttilar. Va qabrlari Mashhadning bozasida Ali Zaynuddinning xonaqohi ollidadur.

666. Mavlono Muhyi q. t. s.

Imom, Rofi’iy Gʻaznaviy q. s. farzandlaridindur. Valodatlari Andxudda erkandur. Kichik yoshida bozordin otasi bila oʻtub borurda, Bobo Sungu a. r. ki, zamonning majzublaridin ermish, iligin tutub, halvonaz doʻkonigʻa tortib, uch tika halvo ogʻzigʻa solibdur. Oʻz davrida Haq taolo anga goʻyoligʻ beribdur. Donim der ermishki, ul halvoning halovati jonim mazoqidin chiqmas. Va ul Samarqandda tahsil qilibdur. Va xonaqohi va muridlari bor ermish. Va muassir va’z aytur ermish. Libosi yo kapanak, yo poʻstin ermish. Koʻnglak oʻrnigʻa bir chodiri shab egniga solur ermish. Mashhur mundoqdurki, har kun «Kalomulloh»ni bir xatm qilur ermish. Ishi toʻqson yettiga yetib, sakkiz yuz oltmish beshda dunyodin oʻtubdur.

667. Muqriy Mahmud q. s.

Xorazmliqdur, husni savti a’lo darajada erdi. Va bagʻoyat darvesh va pokiza roʻzgor kishi erdi. Mavlono Muhyi a. r. ning muridi erdi. Va oʻzining ham koʻp muridlari bor erdi. Va Hiriy shahrining masjidi Jome’ida yetmish yil azon davdati anga muyassar boʻldi. Va yoshi yuz toʻrtga yetti va sakkiz yuz saksonda dunyodin oʻtti. Va qabri Mavlono Sa’duddin Qoshgʻariy q. s. ning hazirasidadur.

668. Mavlono Vajihuddin r. t.

Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy r. t. ning ashobidindur. Tavbasining bidoyati bu erdikim, burun tolibi ilm kishi erdi. Vazifasining barotin bir kentga bitib erdilar, ani bitkarurga borurda darveshlik dagʻdagʻasi koʻngliga tushub, ham andin madrasadagʻi kutubni va hujrani muqfal quyub, Mavlono Sirojiddin Olim suhbatigʻa borib, inobat qilib, bir yil alar bila boʻlubdur. Va andin Makka azimati qilibdur. Va Mashhadda Hazrat Mavlonoyi mazkur xidmatigʻa yetibdur. Va alar ani asrabdurlar va koʻp ish buyurub, irshod ijozati beribdurlar. Yoshi yetmish sakkizga yetganda sakkiz yuz toʻqson toʻrtda dunyodin oʻtubdurlar.

669. Mavlono Muhammad Amin r. t.

Bagʻoyat buzurgvor kishi erdilar, donishmand va muttaqiy. Va majolislarida tafsir va hadisdin oʻzga soʻz oz oʻtar erdi. Va aksar, Haq s.t. ning lutfu ehsoni va bandalargʻa rahmu rahmatidin va mujrim bandalarning Tengri taolo avfidin umidvorligʻi bobida oyotu ahodis oʻqurlar erdi. Har necha foriqu fojir va noumid kishi alar suhbatigʻa yetsa erdi, umidvor chiqar erdi. Muborak sinlari yuzdin tajovuz qildi. Bu ruboiy bu faqir xotirigʻa alarning muborak tilidin qolibdurki,

ruboiy:

[Shamol esdiyu jonon zulfining hidini keltirdi, bizning eski xarob ishqimizni yangiladi.
Ey shamol, u bilan oshnoligʻing bor, zinhor biror begona atrofida aylanma](1).

Shayx Shoh Ziyoratgohiy va ul asrda koʻprak mashoyix bila suhbat tutub erdilar. Balki mashoyix alar suhbatigʻa tabarruk tilar erdilar. Qabrlari Ziyoratgoh dashtidadur.

670. Darvesh Muhammad Bihra r. t.

Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s. majlisigʻa yetib erdi. Va Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. xidmatida koʻp suluk qilgan kishi erdi. Hirot shahrining Bihra otligʻ kentida boʻlur erdi. Va muridlari bor erdi. Va elga nasihatu pand ayturda betahoshiy erdi. Va qabri ham ul Bihra yonida bir buyuk tepa ustidadur.

671. Darvesh Mansur q. t. s.

Pokrav solik erdilar. Va Shayx Hasan Juriy muridlaridin erdilar. Aksar avqot soyim erdilar. Va zohir ulumini Mavlono Yahyo Sebak qoshida tahsil qilib erdilar, Va zamon podshohi bu haqir kichik erkanda aruzu sanoye’ oʻqumoqqa alargʻa siporish qilib erdilar. Ammo bu toifaning chun istilohotin ham xoʻb bilur erdilar. Mundin ham koʻprak alardin eshitilur erdi. Bu toifada alardek xush tab’u daqiq oz kishi voqe’ boʻlmish boʻlgʻay. Alar favoyididin bir-ikki ruboiy sabt qililur.

Ruboiy:

[Oʻz zotiga qoyim Haq har bir zarrada zuhur etadi.
Ammo gʻofillar koʻzidan pinhon.
Daraxtdan «analloh» sadosi chiqdi.
Mansur «analhaq» desa, ajab emas…
* * *
Har bir zarra oʻzicha mavjud emas,
bu haqda turli gaplar aytmaslik kerak.
Yaratish istaksiz boʻlmas.
U istaganni esa, rad etib boʻlmas)(1).

Olamdin soyim oʻttilar. Va qabrlari Xoja Toq goʻristonidadur.

672. Darvesh Hasan Shahroshub q. s.

Astrobodda boʻlur erdi. Mashoyixiing koʻpining suhbatigʻa yetib erdi. Va xaloyiqdin e’roz qilib, goʻshaye tutub erdi. Va hech kimdin hech nima qabul qilmas erdi. Va «Mushaf» kitobi bila maosh oʻtkarur erdi, ammo qogʻazu siyohi va oʻzining kitobatigʻa yarar muzddin ortiq nima rioyat jihatidin bersalar erdi, qabul qilmas erdi.

Bagʻoyat zohidu muttaqiy kishi erdi. Qabri Astrobodda oʻz maskanidadur.

673. Darvesh Muhammad Gozurgohiy q. s.

Ul sipohiy yigit erdi. Oti Maqsud Ali. Ammo nomurod uva darveshvash yigit erdi va darveshlikka moyil. Oqibat sipohiligʻni tark qilib, Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. mulozamatigʻa musharraf boʻlub, alarning ilkida tavba qilib, alar irshodi bila sulukka mashgʻul boʻldi. Va andoq mustahsan muomalagʻa muvaffaq boʻldiki, oz fursatda Mavlono hazratlarining kibor ashobi ani musallam tutarlar erdi. Va gʻolibliqqa pisand qilurlar erdi va Mavlononing ham inoyat nazari muridlaridin anga koʻprak erdi. Faqr tariqida koʻp yorugʻluqlar topib, maqosid hosil qilgʻondin soʻng oʻzgalardek olamdin oʻtdi. Hamonoki qabri Gozurgohdadur.

674. Mavlono Muhammad Xurosoniy a. r.

Avoilda louboli va lavand va oshuftaroʻzgor va xammor kishi erdi. Haq s. t. hodiyi tavfiqni aning sarvaqtigʻa yetkurdi va koʻngliga darde tushdi va ul voshoyist ishlarni tark qildi va Mavlono Muhammad Tabodgoniy r. xizmatigʻa kelib, tavba qildi va sulukka mashgʻul boʻldi va shoyista maosh ilgari tutdi va yaxshi arba’inlar chiqardi va Makka azimati qildi. Va tavakkul qadami bila ul yoʻlni bordi va Haramayni sharifayn ziyoratigʻa musharraf boʻldi. Va necha yil anda mujovirliq qildi va andagʻi xalqning koʻpi murid boʻldilar. Chun Makkadin yonib keldi. El orosigʻa kirmadi. Koʻprak avqot Pay rabotida ibodatqa mashgʻul erdi. Bu haqir bir-ikki qatla suhbatigʻa ul mutabarrik manzilda musharraf boʻldi. Va ich ogʻrigʻi marazi bila olamdin oʻtdi va qabri Hazrat Mavlonoi mutabarrak mozori jivoridadur.

675. Darvesh Sayyid Hasan q. s.

Xuroson viloyatining ashrofidin erdilar. Sipohiligʻ suratida oʻtkarur erdilar. Salotin iltifot qilurlar erdi. Ammo doim mayllari darvesh sari erdi va darveshlar xizmatigʻa yetar erdilar va darveshlar soʻzin va rasoyilin oʻqur erdilar. To oqibat bu jonibi ul jonibgʻa gʻolib keldi va ulugʻ manosibi zohiriyni va podshohning taqarrub va xususiyatini tark qilib, Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. xizmatigʻa borib, olamning barcha ishidin ilik tortib, ul ilikni faqr etagiga urub sulukka mashgʻul boʻldilar. Necha yil gʻarib arba’inlar chiqarib, darveshlar orasida mutaayyin va faqr tariqida Hazrat Mavlononing ixtiyori xulafosidin boʻldilar. Xoja Burhonuddin Abunasr Porso q. s. va Shayx Bahouddin Umar r. Mavlono Boyazid Puroniy a. r. va Shayx Shoh Ziyoratgohiy q. r. va ul zamonning mashoyixining koʻpining suhbatigʻa yetib erdilar va bu haqirni farzandliqqa maxsus qilur erdi. Bu haqir faqr tariqida va fano joddasida alardek tamom kishi oz koʻrubmen. Oxir hayotlarida Samarqandgʻa borib, Xoja Nosiruddin Ubaydulloh q. s. xizmatigʻa musharraf boʻlub, suhbatlar tutub, nazarlar topib, qaytib kelib, sakkiz yuz toʻqson toʻrtda olamdin oʻttilar va alarning favtining ta’rixi mundoq voqe’ boʻlubdurki,

She’r:

[Fano ahlining boshligʻi Sayyid Hasan ketdi, uning joyi abadiy jannat boʻlsin!
U pokiza zot vafotiga ta’rix axtardilar. Ayttim: «Jannati pokash makon bod»](1).

Hirot shahrining Shimol haddida, togʻ etagida azizlar hazirasida qoʻyildi.

676. Xoja Avhad Mustavfiy q. s.

Donishvar kishi erdi. Derlarki, ulumi arabiyadin voqifdur. Ammo xaloyiqdin e’rozi bor erdi va Sabzavor viloyatida furukash qilib erdi. Hukkom aning xizmatigʻa borurlar erdi va maorifidin bahramand boʻlurlar erdi. Ammo oʻzining faqr istigʻnosi oncha bor erdiki, ul elning kelgan kelmagani himmati nazarida alassaviya erdi. Bu haqir borasida koʻp qatla fotihalar oʻqub, xayr-duosi qilibdurlar. Umid uldurki, ijobat asari zohir boʻlgʻay. Xojaning haqoyiqu maorifi koʻp bor. She’r devoni dogʻi bor. Qabri Sabzavor viloyatidadur.

677. Bobo Aliy Xushmardon r. t.

Ham Sabzavor shahrida shayxe erdi. Xonaqoh va muridlari bor erdi, pokiza avqotligʻ, biyik maqomotligʻ buzurg erdi. Suhbatigʻa xavosu avom yetarlar erdi.. Va andin elga yaxshi nasoyih va muassir mavo’iz zohir boʻlur erdi. Qabri hamul shahrdadur.

678. Shayx Nuruddin Muhammad q. s.

Shayx Bahovuddin Umar r. t.ning farzandidur. Aning qoshida suluk qilibdur. Derlarki, ulum takmilini ham otasi qoshida qilibdur. Hiriy shahrida ham oʻz otasi maskanida sokin erdi va toatu ibodatgʻa mashgʻul. Va mulk podshohi aning suhbatigʻa yetar erdi, oʻzga xavosu avom mulozamatini mar’i tutarlar erdi. Qabri ham otasi hazirasidadur.

679. Mirhaydar Faxrboyi q. s.

Sayyid erdi, donishmandu shirintakallum. Xaloyiq anga shefta va aloqa ahli, suhbatigʻa firefta. Bayak nogoh jazbaye yuzlandiki, aql takliflaridin va uqalo tashvishlaridin qutuldi. Ulamo va xavos suhbatlarigʻa kelurlar erdi. Gohi oʻz holigʻa kelsa erdi, har ulumdin soʻz aytsa erdi, bagʻoyat xoʻb soʻzlar andin bosh urur erdi. Andoqki, barcha ta’rif qilurlar erdi. Bu soʻzning arosida yana takallumi parishon boʻlur erdi. Ammo koʻp xoriq ishlar andin manquldur. Qabri Darvozai Xush tashida, Mir Faxrboyidadur.

680. Mavlono Muhammad Arab q» s.

Majzub kishi erdi. Avval olim va donishmand erdi, soʻngralar mutolaa kasratidin hamonoki dimogʻi oshufta boʻldi va parishon soʻzlar ayta boshladi. Ul jumladin, bu nav’ soʻz ham andin bosh urar ermishki, saltanatqa dalolat qilgʻay. Bu jihatdin zamon podshohi anga shahrdin uzr qoʻldi. Va ul Siyiston mulkigʻa borib, sokin boʻldi. Anda murid va muxlis koʻp paydo boʻldi. Pokrav kishi erdi. Ham anda olamdin oʻtti. Qabri ham andadur.

681. Shayx Sa’dulloh Zangula r. a.

Hiriy shahrida bir shayx erdiki, xonaqohi bor erdi va muridlari ham bor erdi. Miknat ahlidin ba’zi anga muxlis va murid erdilar. Va avrodu avqoti darveshona erdi. Irodat ahli koʻp nimalar derlar. Boʻla olgʻayki, chin boʻlgʻay, al-ilmu indalloh.

682. Shayx Sadruddin Ravvosiy a. r.

Shayx Zaynuddin Xavofiy r. a. ning xulofosidindur. Zohir ulumida Xoja Fazlulloh Abullaysiy r. a. kim, Samarqand Dor ul-ilmining olimi ulamosi erdi, zuhdu taqvoda naziri yoʻq erdi va fikhda Abu Hanifai soniy derlar erdikim, bu haqir ham alar shogirdligʻi sharafiga musharraf boʻlubmen. Va alad – davom toliblar irshodigʻa mashgʻul erdi. Va suluk ahli hamesha aning xonaqohida xilvat va uzlat tariqini mar’i tutarlar erdi. Va voqeot hallida mahorati bor erdi. Ba’zi majlisida akobir, balki zamon podshohi hozir boʻlur erdi. Va samo’i xaloyiqqa bagʻoyat moʻ’tabar va muhtaram erdi. Va bu toifa kutubu risolasidin faqr ahligʻa dars aytur erds. Sakson yoshigʻa yaqinda dunyodin oʻtti, ich ogʻrigʻi bila. Qabri oʻz viloyati Shagʻondadur.

683. Mavlono Mirzayn q. s.

Marv viloyatida buzurg erdi. Yigitlikda zohir ilmin goʻyoki qilgʻandur. Avrodu avqot va xonaqohu muridlari bor edi. Ul viloyat ahligʻa irshod huzurida erdi. Mulkning xaloyiqi ulugʻ-kichikdin barcha anga muxlis va mu’taqid erdilar. Hukkom bovujudi ulki, uyi necha yogʻoch shahrdin yiroq erdi, ziyoratigʻa borurlar erdi. Qabri oʻzi boʻlur kentda-oʻqdur.

684. Xoja Muayyad Mehna q. s.

Shayx Abusaid Abulxayr q. s.ning avlodidindurlar. Zohir ulumin takmil qilib erdilar. Yillar buzurgvor jaddlari mazori boshida shayx ul-islom erdilar, va’zda nafaslari bagʻoyat mu’assir, samr’da harakotlari asru muriq. Zamon salotini va akobiru ashrofi irodatu ixlos yuzidin alargʻa ta’zimu ehtirom qilurlar erdi. Bu haqirni farzandliq lafzi bila sarafroz qilib, xayr-duosi koʻp etib, boramda fotihalar oʻqub erdilar. Umid ulki, biri mustajob boʻlgʻay. Qabrlari ham Hazrat Shayxning munavvar gunbazlaridadur.

685. Xoja Ruknuddin Mehna q. s.

Alar ham Hazrat Shayx Abu Said Abulxayr q. r. ning avlodidurlar. Donishmand va muttaqqiy erdilar. Fanovu faqr tariqlarida gʻolib voqe’ boʻlub erdi. Xoja Muayyad olamdin oʻtgandin soʻngra mazori boshining shayx-ul islomligʻin alargʻa taklif qildilar. Alar dagʻi bir necha yil oʻshal ishni qilib, olamdin oʻttilar.

686. Mavlono Tojuddin Ahmad Shijaniy q. s.

Shijan degan Boxarz viloyatining a’molidindur. Alar Mavlono Sa’duddin Qoshgʻariy q. s. murididurlar. Avval shayx Zaynuddin Xavofiy r. t. silsilasida suluk qilur ermishlar. Alarga jahr zikridin dagʻdagʻa yuzlanibdur. Boxarzdii shahr sari yuzlanibdurlar. Shahrgʻa yetkandin soʻngra mashoyix tabaqotida suluk qilur murshidlardin tafahhusgʻa mashgʻul boʻlubdurlar. Hazrat Mavlono Sa’duddin Qoshgʻariyni debdurlarki, xojalar silsilasidaki, «Silsilat uz-zahob» iborat andindur, toliblargʻa talqinu irshod sajjodasidadurlar. Alarning maskanin soʻrab masjidi jome’ mahallasigʻa borurlar. Alarning uylarin topib, bir lahza eshiklarida oʻlturgʻondin soʻngra alar chiqarlar va ba’zi ashob bila uylari eshikida oʻltururlar. Mavlonogʻa ham iltifot qilib, soʻrub oʻltururlar. Soʻz asnosida Mavlono sari boqib derlarki, bu shahr podshohinki, Bobur derlar, podshohi zohirdur. Mulozimlardin biriki anga koʻp ixlosi boʻlgʻay, har saboh aning sari boqib, otin toʻstoxona tutub, Bobur, Bobur deb koʻp mazkur qilsa, oyo anga xush kelgaymu deb savol qilurlar. Mavlononing koʻnglidaki dagʻdagʻasi raf’ boʻlur va alarning silsilasida murid boʻlub, sulukka mashgʻul boʻlurlar. Ul zamon mashoyixidin koʻlining suhbatigʻa yetibdurlar. «Kimyoyi saodat» kitobin qoʻp mutolaa va kitobat qilibdurlar. Jami’i mashoyixu firoqning Mavlono tariqida istehsoni bor. Mufrit taqvovu zuhd bila boʻlur ermishlar. Qabrlari oʻz viloyatlarida-oʻqdur, yuzoru va yutabarraku bihi.

687. Mavlono Muhammad Chohu r. t.

Mujallidligʻ san’atigʻa mashgʻul erdi va Piri Sisadsola langarida sokin erdi. Bagʻoyat darvesh kishi erdi. Koʻb darveshlar suhbat va xidmatigʻa yetib erdi. Sakson yoshdin yuqori boʻlub erdi, ammo tavajjuhi va istimdodi Hazrat Shayx ul-islom ruhiyatigʻa gʻolib erdi, andoqki, har panjshanba sabohi, albatta, oʻzin ul ostongʻa yetkurur erdi. Qabri ham ul takiyadadur.

688. Xoja Mahmud Faranhodiy r. t.

Mazkur boʻlgʻon mavze’dindur. Yillar Xuroson mulkida salotin xidmatida vazorat qildiki, andin bir ra’iyat ozurda boʻlgʻani eshntilmadn. Yetmish yoshdin tajovuz qilgʻan umrida iltimoslar bila podshohdin istigʻno qildi. Ul muyassar boʻlgʻondin soʻngra xalq bila ixtilot eshikin bogʻlab, ibodatgʻa mashgʻul boʻldi. Sakson yoshida Hajji muborak safarigʻa muvaffaq boʻldi. Va ul muyassar boʻlub kelganidin, soʻngra ham uzlat tariqida ibodat qilur erdi, to sakson olti yoshida olamdin oʻtti. Qabri oʻzi yasagʻon goʻrxonasidadir.

689. Darvesh Bahlul a. r.

Mavlono Yah’yo q. s. muridlaridin erdi. Yana dagʻi mashoyix xizmatigʻa yetib erdi. Purhol va purzavqu shavq kishi erdi. Va’z majlisida xonandalik va goʻyandalik va samo’ suhbatida betahammullugʻlar qilib, azim sayhalar va sa’qalar tortar erdi. Qabri Hiriy shahrining shimol haddida togʻ etakidadur.

690. Xoja Pir Ahmad Naqqosh q. s.

Murtoz va gʻayratligʻ kishi erdi. Avoyilda salotin xidmatigʻa mashgʻul erdi, soʻngralar goʻsha tutub, ibodat va iyollar maoshi uchun kasbgʻa mashgʻul erdi. Mavt marazida atibbo tovugʻ joʻjasi buyurub erdilar. Ma’lum qilildi, yemas erdi. Nasihat yuzidin deyildi esa, dedikim: men ulgʻayibmen va borur vaqtdur. Uz sihhatimgʻa boʻlgʻon boʻlsa, onsiz dagʻi sihhat topgʻumdur. Yoʻq ersa ul ham sud qilmagʻusidur. Hamul marazda bordi. Qabri Xoja Toq goʻristonidadur. Bu faqir borasida xayr duosi koʻp qilur erdi. Umid ulki, mustajob boʻlmish boʻlgʻay!

691. Shayx Yah’yo q. t. s.

Shayx Zaynuddin Xavofiy q. s.ning oʻgʻlidur. Mufrit zuhdu taqvosi bor erdi. Haj yoʻlidin kelganda, aning suhbatigʻa musharraf boʻluldi. Oz soʻz aytur erdi. Soʻz ayturida mone’ hamonoki davomi tavajjuhda istigʻroq boʻlmish boʻlgʻay. Muridlar va toliblar talqinu irshodigʻa mashgʻul boʻlmadi, bu ham boʻla olurki, hamul holigʻa dalolat qilgʻay. Qabri otasining qabri ayogʻi saridur.

692. Mavlono Shamsuddin Ma’dobodiy q. s.

Soyim ud-dahr va qoyim ul-layl erdilar. Ma’dobodda oʻttuz yil erdiki, bir masjidqa kirib erdilarki, andin chiqmaydur erdilar, magar vuzu’ qilgʻali. Ostida bir eski boʻriyo va boshi ostida bir eski xishtdin oʻzga nima yoʻq erdi. Hazrati Risolat s. a. v. muborak tishi muvofaqatigʻa oʻttuz ikki tishini ushatib erdi. Aning kenti, ya’ni Ma’dobodni zamon podshohi Shayxi Sherozgʻa suyurgʻol berib erdi. Shayx suyurgʻoligʻa borgʻonda alargʻa za’fe torin boʻlgʻondur. Shayx iyodatigʻa borib, marazlarin tashxis qildim deb, sharbat va gʻizo buyurub, oʻzlari hozir qilibdurlar. Mundoq javob beribdurlarki, umridurki, Haq s. t.ning rizosi talabnda zahmat tortibbiz va ma’lum emaski, ul davlatni hargiz topibmiz, yo yoʻq. Holoki ma’lum qilduqki, aning rizosi bizing za’fimizdur, biz sihhat tilasak, aning rizosidin boʻyin toʻlgʻab, anga rozi boʻlmamish boʻlgʻaybiz. Tengri uchun bu davlatdin bizni mahrum qilmang deb, ul muolaja va gʻizovu sharbatni qabul qilmaydurlar. Oʻz zamonida balki buncha qurunlarda alardek solik murtoz kishi yod bermas. Qabrlari ham ul kentda-oʻqdur.

693. Mir Muflisiy q. s.

Mashhad sodotidin erdi. Ul tolib ul-ilmliq qilib, soyir xaloyiqdek ermish. Tab’i nazm ayturgʻa muloyim ekandur. Bayaknogoh anga jazbaye yetti va aqlu hush hulyasidin bebahra boʻldi. Ammo koʻp xavoriqi odot andin naql qilurlar va oʻzin koʻp riyozat va mehnat bila tutar erdi. Qabri Mashhaddadur.

694. Bobo Xokiy q. s.

Turk elidindur. Sipohi ermish. Timurbek bila Rum va Shom cherikiga borgʻondur. Ondin qaytib kelganda, sipohiligʻ mashaqqatidin, chun toriqqon erkandur, tark qilib, faqr ixtiyor qilibdur. Dogʻi Gitu togʻining shimol haddida sokin boʻlibdurki, holo Boboning takyasi va mazori va darveshlari andadur. Va bagʻoyat tariqi riyozatligʻ kishi erdi. Zamon podshohi roʻzgor havodisidin shikaste voqe’ boʻlub, buzulub Foryob va Maymana haddigʻa borgʻondakim, mulkini dushman olib erdi. Andin yanib, yana taxt talashib, dushman ustiga kelganda, Bobo takyasigʻa tushdilar. Bobo himmatlar tutub, nasoyih aytib, yuz oʻn yoshigʻa yaqin erkanda otlanib, podshoh bila Gitu togʻigʻa chiqib, shahr soriki dushman makoni erdi boqib, suron solib, mulkni havola qildi. Ul ishorat bila podshoh yurub, hamul kecha mulkni olib yogʻini daf’ qildi. Bu uchurda bu faqir Boboni gʻarib tushe koʻrdumki, oning valoyatigʻa dalolat qilur. Yuz yigirma yoshigʻa yaqin yetganda dunyodin oʻtti va qabri mazkur boʻlgʻon yerdadur.

695. Bobo Hasan Qandahoriy q. s.

Majzub ermish. Ul mulk eli Gʻazniy va Kobulgʻacha anga muriddurlar. Va andin havoriqi odot koʻp naql qilurlar. Qabri Qandahorda-oʻqdur.

696. Bobo Qoʻkiy q. s.

Bobo Koʻkiy ham majzub erdi. Bu faqirning otasining faqr ahligʻa koʻp irodatu ixlosi bor erdi. Andok naql qilurlar erdiki, zamon podshohi hukmi bila bir ish uchun Astrobod viloyatigʻa borur erdim. Yoʻlda bir majnunsifat majzub yigit yoʻluqdi. Andoqki irodat ahlining odatidur, niyoz bila bir diram anga tuta berdim, olmadi va men bir kurta jubba kiyib erdim. Dedi: kurta jubbani oluram. Havo sovuq erdi. Men ani shaydu zarqqa haml qilib, otni surub oʻttum. Manzilgʻa yetganda, Bobo Koʻkiy meni koʻrgach, yana dediki, kurta jubbani oluram. To necha kundin soʻngrakim, Astrobod dahanasidin kirduk, bir darvesh yalang erdi. Ul kurta jubbani ul darveshga berdim. Bir lahzadin soʻngra hamul yigit yetishti va menga boqib dediki, durta jubbani oldim. Bori bu soʻzdin menga hayrat va taajjub yuzlandi. Astrobodda xiyla vaqt boʻloʻldi. Hirot shahridin Bobo Koʻkiy ovozasi kelur erdiki, ajab majzube paydo boʻlubdur. Men Hiriyga kelgandin soʻngra bordimki, anga musharraf boʻlgʻaymen. Koʻrdum, hamul yigit erdiki, Astrobod yoʻlida bizning bila yoʻldosh erdi. Qabri Hiriy shahri xiyobonidadur.

697. Bobo Ali Mast Nisoyi q. s.

Jazbasining avvalida Mir Darziy aning sarvaqtigʻa yetar, koʻrarki, bir goʻsha boshida ayogʻ uzatib yotibdur. Bir arra chiqarib, aning poshnasigʻa qoʻyub torta kirishur. Andoqki, etin kesib soʻngakka yetar, ul ayogʻin tutmas. Mir Darziy derlarki, [«Alayka mast ast»](1) laqabigʻa jihat muni derlar. Shoh Abulgʻoziy avval saltanat doiyasida Bobo nazarigʻa yetibdurlar, iltifot nazari topibdurlar va Astrobod azimatidakim, Sa’dlu Husayn ustiga yurubdurlar, Bobodin ruxsat tilay kelibdurlar. Bobo debdurki, «boru bor» va umidvorligʻ bila boribdurlar. Astrobodgʻa yetib, dushanba kuni Zilhijja oyining oʻn ikkisida urush boʻlub, a’dogʻa: gʻolib boʻlubdurlar. Hamul kun Bobo Nisoda takyadin chiqib, Nisoning eski qoʻrgʻoni yoʻlida turub, har kishi kelsa, tosh otib iztirob qilur ermish kun tushgacha, andin soʻngra munbasit boʻlub, kulub yonib takyaga kiribdur. Ul soat va ul kunni hisob qilibdurlar, podshoh dushmanigʻa zafar topqan bila muvofiq erkandur. Astrobodda vabo boʻlub, Xurosongʻa dagʻi yuzlanibdur. Bir oqshom Bobo takyadin gʻoyib boʻlubdur. Kechqurunroq paydo boʻlubdur, bosh va yuzi zaxmliq, qongʻa boʻlgʻongʻon. Debdurki, yogʻiy keladur, urdi, urushtuk, yogʻiy bizni bosdi, ammo Xushkeldi oʻz gʻanimnn bosti. Bu uchurda Nisoda vabo boʻlubdur va Bobo ul vaboda olamdin oʻtubdur. Va qabri Nisodadur.

698. Bobo Xushkeldi q. r.

Nisoning kentlaridin birida boʻlur ermish. Majzub va magʻlub kishi ermish. Hamul nav’ki, Bobo Ali Mast debduri, balo bila urushtuk, balo bizni bosti, ammo Xushkeldi oʻz gʻanimin bosti. Chun vabo balosi ul viloyatqa kiribdur, barcha kentlarga yoyilibdur va koʻp xaloyiq ul zahmat bila boribdurlar, ammo Bobo Xushkeldi boʻlur kentda dorimaydur.

699. Sayyid Muhammad Madaniy q. r.

Madinadan bu mulkka kelib qolibdur. Jazbi gʻolib ermish va bazlu ziyofat tariqi zotida mustavliy. Shoh Abulgʻoziy gohi alar xidmatigʻa musharraf boʻlur ermishlar. Ul avqotda bir tarafdin bir dushman Shoh Abulgʻoziy qasdigʻa Nisogʻa mutavajjih ermish. Alar Niso tegrasinki, berk yerdur va suvlari bor, berkitur xayol qilib Misr otligʻ mulozimlarigʻa buyurgʻan ermishlarki, chapar va tura uchun eshiklar yigʻishturgʻay. Ul eshiklar yigʻishtururda Mir eshikigʻa borib, beadabona soʻzlar aytibdur. Va Mirgʻa gʻazab mustavliy boʻlub debdurki, men bu harosning ishin yasamasam er boʻlmagʻayman. Shoh Abulgʻoziy bu soʻzni eshitib, Mir xidmatigʻa borib, avval oʻzlarining soʻngra ul Misrning gunohin darxost qilibdurlar. Javob beribdurki, sening gunohingni bagʻishladim, ammo aning gunohini bagʻishlamasmen. Navmid chiqib, yana bir mulozimni darxost ta’kidigʻa yiboribdurlar. Mir debdurki, oʻqiki yoydin chiqdi, ani qaytarsa boʻlmas. Chun Shoh otlanib azimat qilibdurlar, oz yoʻl bormaydur ermishlarki, Misr otdin yiqilibdur. Va ul ranjdin qoʻpmaydur va oz kunda ham ul tashvish bila boribdur. Va ul viloyatda mazkur boʻlgʻan vabo asru tugʻyon qilibdur. Mirdin duo iltimose qilibdurlar. Mir debdurki, biz borurbiz va bu baloni oʻzimiz bila elturbiz. Va hamul uchurda Mir bu balo marazi bila oʻtubdur va ul vabo taskin topib, daf’ boʻlubdur. Va mazori ul viloyatdadur.

700. Bobo Bahlul q. s.

Kichik yoshidin anga jazba yetgan erkandur va azim jazbasi bor ekandur. Va Shoh Abulgʻoziy bila koʻp muloyamati bir zrkandur. Ham bu mazkur boʻlgʻon vaboda Shohgʻa aytibdurki, sening baloingni men qabul qildim va yiqilibdur va ul maraz bila olamdin boribdur. Qabri ham ul viloyatdadur.

701. Bobo Ali Poyi Hisoriy q. s.

Majzub erdi va aslo kishi bila soʻzlashmas erdi. Sayyidzoda Balyoniy, Shohrux Mirzo chogʻidakim, taassub va inod ahli mazhab tuhmatigʻa qatl fatvosi bitib, Poyi Hisorda shahid qilgʻandurlar va kecha qatl qilgʻan yerdin koʻtarmagan ekandurlar. Ul yerning huzzorn va sukkonidin ba’zi voqif ermishlarki, yarim kecha Bobo oʻz yeridin qoʻpub, maqtul qoshigʻa kelib, koʻp yigʻlab, nudbalar qilib degandurki, Tengri sening jazongni bergayki, behaqiqat el sanga zulm qildilar, ammo doyim ahli tahqiqqa juhhoddin bu nav’ ishlar voqe’ boʻlgʻondur. Va anga magʻfirat duosi qilib, ham ul yarim kecha oʻz oʻrnigʻa kelib, ham ul sukut ixtiyor qilibdur. Qabri Poyi Hisorda, oʻzi sokin erkan yerdadir.

702. Bobo Tilanchi q. r.

Marv yoʻlida Charkas bandida sokin erdi. Majzub erdi. Ilayida qish va yoz oʻt yoqarlar erdi. Bir siqa kishi bu toyifadinki, soʻzida shoyibai kizb yoʻq erdi, dedikim, Xorazm tarafidin kelurda aning takyasigʻa yettim va aning bila muloqot qildim. Va ul yoʻlda manga asru koʻp mashaqqat yetib erdi. Bobo ramzu imo bila mening boshimgʻa ne kim oʻtub erdi va ollimgʻa ne kim kelib erdi, barchasin manga zohir qildi. Va yana nimalarki, mustaqbal zamongʻa dalolat qilur erdi, dedikim, barcha ilayimga keldi, vallohu taolo a’lam! Qabri ham ul mavze’dadur.

703. Bobo Piriy q. t. s.

Majzub erdi. Qirq yilga yaqin, bir mahaldakim yiqilib erdi, andin tebranmadi. Jazbi mufrit erdi. Hech vaqt andin kavni fasod olamigʻa shuur zohir boʻlmadi.

Xoriqi odot andin naql qilurlar. Va xalqni koʻp safohatomiz soʻkar erdi. Bu haqir aning ilayidin oʻtmas erdim. Va hol ulki, maskani om yoʻli ustida erdi. Bir kun bir hamroh soʻrdiki, bu yerga yetganda, doyim yoʻlni evurub, Bobo ilayidin oʻtmassen, sabab nedur, ayt?! Dedimki, bu jihatdinki, fahsh soʻkar, manga xush kelmaski, aning fahshin eshitgaymen.

Ul hamroh dediki, Boboni derlarki, karomati bor, kel, ilayidin oʻt. Agar karomati boʻlsa, seni soʻkmagay. Agarchi imtihon erdi, ammo ul degandek ilayidin oʻttum, soʻkmadi. Odatining xilofi – duo qildi. Qabri Hiriy shahrida.

704. Bobo Hasan Turk q. t. s.

Majzub va sohibi botin ermishlar. Xaloyiqki, alar suhbatigʻa kelsa, koʻnglidagi xavotirni zohir qilur ermishlar. Bir qish kechasi qor yogʻgan ermish va bagʻoyat sovuq ermish. Boboga jazb gʻolib boʻlibdur yalangʻoch takyadin chiqib, lo alat-ta’yin mastu bexud kezib yurur ermish. Tongga yaqin jazblari taskin topibdur va sovuq asar qilibdur. Bir hammom gulxanidin oʻt yorugʻi koʻrinibdur. Bobo beixtiyor tabiat koʻshishi bilan oʻt sari boribdur. Gulxantob gulxanga kafcha uradur ermish, yoʻl bermaydur. Bobo anga aytibdurki, qoʻp! Qoʻpmaydur. Qizigʻ kafchani iligidin olibdur va boshigʻa urubdurki, magʻzi chiqibdur, ayogʻidin sudrab, gulxandin tashqari chiqarib tashlabdur. Va oʻzi gulxanga kafcha ura boshlabdur. Saboh oʻtar el ul oʻlukni koʻrub yigʻilibdurlar. Gulxanga kirsalar, koʻrubdurlarki, bir yalangʻoch telba gulxantobliqqa mashgʻuldur. Andin soʻrubdurlarki, bu kishini kim oʻldurdi? Debdurki, men oʻldurdum. Tanir el bilibdurlarki, Bobo Hasandur. Uzlari hech nima deya olmaydurlar, ammo.ul oʻlukning vorisi Boboni Shohrux Mirzo qoshigʻa eltibdurlar va kayfiyatni arz qilibdurlar. Shohrux Mirzo soʻrubdurki, Bobo, seni deydurlarki, biravni oʻldurubsen? Andoqmudur? Debdurki, hov, andoqdur. Mirzo soʻrubdurki, neuchun oʻldurdung? Debdurki, munchani sen oʻldurdung, biravni dagʻi men oʻldurdum. Mirzogʻa yana soʻz aytmoq sarfe qilmaydur.

Maqtulning varasasini diyat bila rozi qilib, Bobogʻa ijozat beribdurlar. Qabri Hirot Xiyobonidadur.

705. Bobo Jalil q. t. s.

Majzub erdi, kavni fasod olamidin bebahru beshuur kishi erdi. Bagʻoyat mahobatligʻ shakli bor erdikim, koʻrgan kishiga andin vahm gʻolib boʻlur erdi. Ammo ul gʻoyatda beozoru mazlum erdiki, bir yosh oʻgʻlongina boshlab, har qayon koʻngli tilasa, eltur erdi. Va yemak-ichmakdin parvoyi yoʻq erdi. Ne bersalar yer erdi, yoʻq esa tilamakni bilmas erdi. Qabri Hirot shahrining Xiyobonidadur.

706. Bobo Shihob q. r.

Buluj elidin erdi. Tagʻoyisi qizigʻa mutaalliq boʻlub telbarar edi. Va ul oshuftaligʻda anga jazbaye yetib erdi. Xavoriqi odot andin zohir boʻlur erdi. Atfol tosh otib izo qilurlar erdi. Bu haqir bila ulfati bor erdi, qoshimgʻa kelur erdi. Bir kun bagʻoyat chirkin libos bila yuqori chiqib oʻlturdi, nafsqa makruh keldi. Bu xayol yuzlangach, masmu’ boʻldiki, bu baytni oʻqur erdi.

Bayt:

[Men oʻz oʻrnimga emas, xohlagan joyimga oʻtiraman](1).

El koʻzidin gʻoyib boʻldi, oʻluk-tirigi ne boʻlgani ma’lum boʻlmadi.

707. Bobo Sarigʻ Poʻlod q. s.

Asli Rumdin erdi va nasabida siyodat sharafi bor erdi. Foniyi mahz, balki fanoyi mutlaq erdi. Kiymak jinsidin bir kapanakdin oʻzga nima hargiz qabul qilmadi va yemak jinsidin hargiz hech kimdan hech nima tilamadi. Koʻp mubolagʻa qilsalar, juzvi yemakka mayl qilur erdi. Libos xosiyatidin podshohi zamon vz arkoni davlatdin anga maxsus kishilarki, alar bila koʻp ulfati bor erdi, har necha darxost va iltimos qilurlar erdi, hamul bir kapanakdin oʻzga limaga iltifot qilmadi. Makka yoʻlida oʻtqa kuygan jihatdin qabri ma’lum boʻlmadi. Bu faqir bila koʻp ulfati bor erdi.

708. Shayx Ilyos a. r.

Nur togʻida Mavarounnahr mulkida boʻlur erdi va donishmandu solik kishi erdi. Silsilasi Sulton Boyazid Bistomiygʻa tortar. Atrof va javonibdin ham ilm oʻqugʻoli, ham faqr tariqida suluk qilgʻali toliblar aning xidmatigʻa borur erdilar. Muridlari soʻzi xud budurki, andoqki, anjumanda xaloyiqqa sabaq aytur va xilvatda jin xayligʻa dagʻi sabaq aytur, al-ilmu indalloh. Barn buzurgluki ul gʻoyatgʻacha bor erdiki, aning ekini boshigʻa Xoja Nosiruddin Ubaydulloh q. r. yetibdur, koʻrubdurki, xirmanni dehqonlar sovuradurlar. Otdan tushub, chorshoxni dehqon iligidin olnb, tabarruk xosiyatidin ul xirmanni sovurubdur. Chun Shayxqa aytnbdurlar, koʻp tafovut qilmaydur. Qabri goʻyoki ham ul Nur togʻida-oʻqdur.

709. Mavlono Mir Imom q. s.

Samarqandda boʻlur erdi, valoyat osori hay’atidin zohir erdi. Zamon podshohi va arkoni davlat koʻp hurmat tutub ta’zim qilurlar erdi. Har dardmondaning podshoh qoshida, yo aning arkoni davlati qoshida muhimmi boʻlsa erdi, anga iltijo qilur erdi. Ul bekulfat qoʻpub, bavujudi kibari sinn, podshoh qoshigʻa borur erdi va taxtining ollida turub, ul dardmondaning soʻzin aytib, ishin butkarib yopar erdi, arkoni davlat qoshida dagʻi munga koʻra. Samarqandda balchigʻ azim boʻlur, aning ishi musulmonlar ishi taraddudigʻa mone’ emas erdi. Hamonoki, qabri Samarqandda-oʻqdur.

710. Mavlono Sharafiddin Yazdiy q. s.

Yazd shahrining Taft otligʻ kentidindur. Donishmand va sohibkamol kishi erdi. Oʻz zamonida adili va naziri yoʻq erdi. Tasavvufda derlarki, Xoja Shoyinuddini Turk shogirdidur. Ammo soyir ulumda va tasavvufning ham ilmida otin a’lam tutarlar va Mavlononing mufid musannafoti bor: «Qasidai burda» sharhida va «Asmoulloh» sharhida, «muammo» fannida «Hulal va manozir», agarchi asl ishga daxli yoʻqdur, ammo «Hulal»ning muqaddimotida bu toifaning istilohotini ramzu imo tili bila andoq darj qilibdurki, bu toifaning kummali kerakki, anglagʻay. Dagʻi Mavlono uz zamoni salotini qoshida mu’azzaz va soyir ashrof qoshida mukarram erdilar va Taftda xonaqoh va shogirdlari va muridlari bor erdi. Bu haqir sigʻari sinda ul buq’ada alar xizmatlarigʻa musharraf boʻlub, mening boramda fotihalar oʻqudilar. Qabrlari anda-oʻqdur.

711. Mavlono Humoduddin Kalobodiy q. s.

Sherozning Qalobod otligʻ kentidindur. Shahrda boʻlur erdilar. Mufrit zuhdu taqvo bila zist qilur erdilar. Hukkom va ashrof alar suhbatigʻa yetarlar erdi. Mavlononing zohir va botin ulumi azhar min ash-shams erdi. Bu haqir sigʻari sinda alar xidmatigʻa musharraf boʻlubmen. Mening boramda fotiha oʻqub, bir qasab yogʻligʻ inoyat qilibdurlar. Qabrlari hamonoki Sherozdadur.

712. Shayx Avhaduddin Homid Kirmoniy q. t. s.

Ul shayx Ruknuddin Sinjoniyning murididur va ul Shayx Qutbuddin Abhariyning va ul Shayx Abunnajib Suhravardiyning q. a. Bagʻoyat buzurg ermish. Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. suhbatigʻa yetibdur va Shayx andin «Futuhot» va ba’zi kutub va rasoyilida soʻz aytibdur. «Iqboliya» risolasida mazkurdurki, Shayx Ruknuddin Alouddavla q. s. debdurki, bir kunki, qofila Minoda erdilar. Shayx Shihobuddin Suhravardiy q. s. muridlaridin biri anda erdi. Oning ziyoratigʻa borduq. Alhaq bas aziz kishi erdi. Soate oʻlturduq va har nav’ soʻz oʻtar erdi. Ondin soʻrduqki, eshitibbizki, sizing shayx, q. s. Avhaduddin Kirmoniyni mubtadi’ debdur va oʻz qoshida qoʻymaydur. Bu soʻz rostmudur? Ul aziz dedi: bale. Va men ul majma’da Shayx xizmatida hozir erdimki, birav aning zikrin qiladur erdi. Alar buyurdilarki, oning otin mening qoshimda tutmangizki, ul mubtadi’dur, ammo yana bir kun ham Shayx xizmatida erdimki, dedilarki, Shayxning bu soʻzin Shayx Avhaduddin eshitdi va dedi: agarchi Shayx meni mutbadi’ debdur, ammo menga ushbu mufoxirat basdurki, otim shayxning tiliga oʻtubdur va bu ma’noda arabiy bayt ham aytibdur. Ul bayt budur.

Bayt:

[Meni yomonlik bilan eslaganing meni xafa qilmaydi,
balki sening xayolingdan oʻtganim uchun xursand boʻlaman](1).

Boʻla olurki, shayx Shahobuddinning murodi aning ibtido’idin ul boʻlgʻayki, derlarki, ul haqiqat shuhudida mazohir suratigʻa tavassul qilgʻon ekondur va mutlaq jamolin muqayyadot suvarida mushohada qilur ermish. Andoqki, oʻttiki, shayx Shamsuddin Tabriziy q. s. andin soʻrubdurki, ne ishdasen? Debdurki, oy aksin suvliq tashtda koʻradurmen. Shayx dediki, agar boʻynunggʻa chibqon chiqmaydur, nega oyni koʻkda koʻrmaysen? Va Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. qoshida birov degandurki, ul shohidbozdur, ammo pokbozdur. Alar aning javobida debdurlarki, kosh ne tilasa qilgʻay erdi va oʻtgay erdi va bu ruboiy ham bu ma’nogʻa dalolat qilurkim,

Ruboiy:

[Suratda ma’no asari bor uchun unga koʻzim bilan boqaman.
Bu olam suratdir, biz suratlardamiz, ma’noni faqat suratda koʻrish mumkin](2)

va Shayx Avhaduddinning q. s. latif ash’ori bor, masnaviydin va aning gʻayridin. «Misboh ul-arvoh» kitobining oxirida ayturki,

masnaviy:

[To qoʻl qimirlar ekan, ilojsiz, soya harakatga keladi. Soya qoʻldan paydo boʻldi, aslida oʻzi yoʻq narsa. Borligʻi oʻzi bilan qoyim boʻlmagan narsaning borligini e’tirof etish aqldan emas. Hakimlar fikricha, Haqdan boshqaning borligi mutlaq borliq emas. Haq bilan qoyim boʻlgan borliq asli yoʻq narsa, lekin nomi bor. Naqqoshning fitnasi oʻz naqshida, oʻrtada bir kishi yoʻq, xotirjam boʻl! Vujud haqiqati haqida oʻzi gapirdi, oʻzi eshitdi, shu sababdan oʻzi koʻrsatdi, oʻzi koʻrdi. Allohga qasamki, Allohdan boshqa haqiqat mavjud emasligiga ishonish lozim](3).

Ruboiy:

[Avhad, yurak eshigin qoqasan, yurak qani?
Bir umr yoʻl yurasan, manzil qani?
Bu vafosiz, pastkash dunyoda ellik
ikki chilla oʻtirding, hosil qani?](4).

713. Amir Sayid Qosim Tabriziy q. s.

Avoilda Shayx Sadruddin Ardabiliygʻa irodatlari bor ekandur. Andin soʻngra Shayx Sadruddin Ali Yamaniy suhbatigʻaki, Shayx Avhaduddin Kirmoniy ashobidindur, yetishibdurlar. Roʻzgor ahli alarning qabul va shikorigʻa ikki fariqdurlar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da alardin koʻp soʻz bitibdurlarki, ul jumladin biri budurki, debdurlarki, azizlardin ba’zi der erdilarki, alar Samarqandda erkanda alar bila muloqot qilduq. Maorif asnosida, der erdilarki, Siddiq Akbardin koʻp soʻz rivoyat qilib, riqqat qilurlar erdi va koʻzlaridin ulugʻ oq qatarot tushar erdi va muridlari der erdilarki, alar. holo Abobakriy maqomidadurlar. Hazrat Xoja Ubaydullohdin naql qilibdurlarki, alar debdurlarki, Hazrat Mir, Hazrat Xojai buzurgvor Xoja Bahouddin Naqshband q. r. a.ni Abivard navohisida koʻrgan ekandurlar va suhbat tutgan ekandurlar va alarning tariqasigʻa mu’taqid ekandurlar va alardin fahm boʻlur ekandurki, oʻzlarin ul tariqagʻa tutar ekandurlar va ham Xoja Ubaydulloh debdurlarki, Mir hazratlari buyurubdurlarki, har yerga yetsam erdi, majzublardin soʻrar erdim va oʻzumni alar suhbatigʻa yetkurur erdim. Chun Rumgʻa yettim va ma’hud dastur bila soʻrdum. Dedilar: munda majzube bor, oti Mavlono Joniy. Oning qoshigʻaki bordim, oni tonidimki, tahsil avonida Tabrizda koʻrub erdim. Onda holining kayfiyatin soʻrdum. Rum tili bila dediki, har saboh qoʻpar erdim. Bir kishi erdim, tafriqagʻa tushgan. Birav bu yondin tortar erdi va birov ul yondin. Bir saboh qoʻptum. Bir hole meni bosa oldi. Magʻlub qildiki, borchadin xalos boʻldum. Debdurki, bu soʻzni necha qatla alardin eshitdim. Har qachonki, derlar erdi, mutagʻayyir boʻlurlar erdi va koʻzlaridin yosh toʻkilur erdi. Ma’lum boʻlur erdiki, bu soʻzni ul aziz aytqonda alargʻa koʻp ta’sir qilgʻondur va ba’zi rasoillarinda kelturub durlarki, yetti yuz oltmish toʻqqizda Hirot shahrida xonaqoh jaddida Mavlono Zahiruddin Xilvatiy hazratlarining jivorida sokin erdim. Bir sahar vaqti nogoh Mavlono oʻz xilvatidin yigʻlab chiqib, mening xilvatim eshigiga kelib, faryod qildiki, Tangri uchun oyatni ayturki, [biz insonga uning jon tomiridan ham yaqinmiz](1).

Oltmish yil yugurturlar va hanuz yetmaymen. Fuqaro arbobidin azize hozir erdi, aytti, bu hamul Movarounnahr devonasi ishidurki, elning evlariga borur erdi va har iyecha nima yesa erdi, chiqqandin soʻngra soʻrsalar erdiki, nima yedingmu? Tashni’ qilur erdiki, yegulik nima qayda erdiki, yegaymen.

Bir kun bir ulugʻ kishi oni uyiga eltti va mulavvan at’ima koʻp ilayiga yoydi. Yeyolgʻanchakim yedi. Andin soʻngra mezbon qilich torttiki, barchani yemak kerak. Jon havlidin yana bir miqdorkim yedi. Oʻzga dedi – oʻltursang ham oʻlturki, yeyaolmasmen. Chun devona ul holdin xalos topib chiqdi, soʻrdilarki, hech nima yedingmu? Dediki, ne’mat xud koʻp erdi. Ammo qilich qoʻrqunchidin kim nima yeya olur erdi? Sakkiz yuz oʻttizda Hirot jome’ida bir fidoyi zamon podshohigʻa zaxme urdi. Andoq ma’lum qildilarki, ul kishining Hazrat Mir langarida muqfal uyi bor. Koʻtahnazarlar bu tavahhumdinki, alarning vuqufi bila boʻlmish boʻlgʻay, alargʻa shahrdin uzr qoʻldilar. Va alar Balxqa bordilar va xaloyiq gʻavgʻosi ham alar xizmatigʻa bois bor erdi. Alarning haqoyiq va maorifidin holo el orasida devonlari bor va yaxshi masnaviy risolalari. va yana rasoyil ham bitibdurlar va tarje’lari devonda bor va tarje’ bayti budurki,

Bayt:

[Af’ol, sifot va zot bilan barcha pinhon va oshkor narsalarning asli sensan](2).

Va Balxdin Samarqandgʻa bordilar va andin yana Xurosongʻa qaytdilar va Xarjard qasabasida sokin boʻldilar va sakkiz yuz oʻttuz yettida dunyodin oʻttilar va muborak marqadlari ham andadur va niyozmandlaridin ba’zi qabrlari ustida gunbaz va ayvon imorat qilibdur, yuzoru va yutabarraku bihi.

714. X.akim Sanoyi Gʻaznaviy r. t.

Kuniyati va oti Abdulmajid b. Odamdur va ul Shayx Raziyuddin Ali Lolo otasi bila abnoyi amm ekandurlar. Soʻfiya tariqining shuarosining kubarosidindur va mashoyix aning nazmlaridin istishhodgʻa oʻz rasoyilidin kelturubdurlar va «Hadiqat ul-haqiqa» kitobi aning she’rida azvoqu mavojidigʻa va tavhid arbobi ma’rifati adosida kamoligʻa qat’iy dalildur. Xoja Yusuf Hamadoniy q. s. muridlaridindur va tavbasining sababi bu ermishki, Sulton Mahmud Sabuktegin qish faslida Gʻazniydin kuffor diyorining ba’zini olurgʻa chiqqan ekandur va Sanoyn aning madhida qasidaye aytqon ekandurki, oning arzigʻa yetkurgo. Bir gulxan eshigiga yetarki, bir majzub anda boʻlur ermishki, oni Loyxoʻr der emishlar, bu jihatdinkn, doim Chogʻir loyi ichar ermish. Aning unin eshiturki, soqiysigʻa aytur ermishki, bir ayogʻ toʻla qilib berki, Gʻaznaviy Mahmudgʻinaning koʻrlukiga ichay! Soqiy demish boʻlgʻayki, Mahmud podshohi islomdur va gʻoziy kishidur. Nechuk mundoq degaysen? Ul demish boʻlgʻayki, noxushnud mardakdurki, har ne aning ilikigʻa tushubdur, ani zabt qilmay boribdurki, yana mulk olgʻay, debdur va ayogʻni ichibdur. Andin soʻngra debdurki, yana bir ayogʻ tutki, Sanoyi degan shoirgʻinaning koʻrlukiga ichay! Soqiysi debdurki, Sanoyi fozil va latiftab’ kishi. Nechuk bu nav’ degaysen? Ul debdurki, agar ul latiftab’ boʻlsa erdi, bir ishga mashgʻul boʻlgʻay erdiki, aning bir ishiga yaragʻoy erdi! Bir necha gazofni bir qogʻazgʻa bitibdurki, aning hech ishiga yaramas va bilmaski, ani ne ish uchun yaratibdurlar. Sanoyi ul soʻzni eshitti, holi mutagʻayyir boʻldi va ul Loyxoʻr tanbihi bila gʻaflat mastliqidin ayildi va qadam yoʻlgʻa qoʻyib, sulukka mashgʻul boʻldi. Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. soʻzlarida mazkurdurki, Xoja Hakim Sanoyi ul vaqtki, muhtazar erdi, oʻz-oʻzi bila ogʻzida bir nima deydur ermish. Quloq solganlarga ma’lum boʻlubdurki, bu baytni oʻqiydur ermishki,

Bayt:

[Soʻzida ma’noyu ma’nosida soʻz boʻlmagan aytganlarimdan qaytdim](1).

Azize bu soʻzni eshitib, debdurki, ajabdurkn, soʻz demakdin qaytqon mahalda ham soʻzga mashgʻul ermish. Aning ash’oridindur.

She’r:

[Bu jahon ming-ming odamlar boʻlsa-da, oʻlaksaga oʻxshaydi.
Bunisi unisiga changal soladi,
unisi bunisini tumshugʻi bilan choʻqiydi.
Oqibat hammasi oʻtadi, oʻlaksa esa hammasidan qoladi](2).

Bu qit’a ham aning latoifidindur.

Qit’a:

[Jahon xalqining koʻpi gumrohu ozi najot topuvchilardir.
Sen shunday yashaginki, oʻlsang najot top, ammo boshqalar sendan najot topmasin-lar](3).

Bu ruboiy ham aningdur.

Ruboiy:

[Ey ishq, ruh senga muqaddas manzil, aql-savdolaring ortilgan mahmil.
Ma’rifat dunyosining sayyohi bu – dil. Gʻaming dastidan qoʻl boshdayu, oyogʻ loyda](4).

Va aning «Hadiqa»sidin boshqa hamul vazn bila uch kitobi bor va «Hadiqa»ning itmomigʻa andoqki, oʻzi nazm qilibdur – besh yuz yigirma besh ermish. Ba’zi oʻzining ham favtin ushbu tarixda debdurlar.

715. Shayx Fariduddin Attor Nishoburiy q. s.

Alar shayx Majduddin Bagʻdodiy q. s. ning murididurlar va «Tazkirat ul-avliyo» kitobikim, alarning musannafotidindur. Aning debochasida oʻzlarining Shayx Majduddingʻa irodatlarni zohir qilibdurlar va ba’zi debdurlarki, Uvaysiy ekandurlar va Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. soʻzlarida mazkurdurki, Shayx Mansur Halloj nuri yuz ellik yildin soʻngra Shayx Fariduddin Attor ruhigʻa tajalli qildi va oning murabbiysi boʻlubdur. Debdurlarki, alar andoqki otlari mashhurdur, attor ekandurlar. Tavbalarigʻa «abab bu boʻlgʻondurki, bir kun attorligʻ doʻkonida muomalagʻa mashgʻul va mash’uf emishlar. Darveshe doʻkon eshigiga yetar va necha qatla [Alloh uchun biror narsa ber!](1) der. Anga parvo qilmaslar. Ul darvesh derki, ey Xoja, ne nav’ oʻlgungdur? Alar debdurlarki, andoqki sen oʻlgungdur! Darvesh debdurki, sen mendek oʻlaolmassen! Alar debdurlarki: Nechuk? Darvesh debdurki, mundoq! Yagʻoch ayogʻin boshin ostiga qoʻyubdur «valloh», debdur va jonni haqqa taslim qilibdur. Alarning holi mutagʻayyir boʻlubdur va doʻkon va anda lagʻn har ne bor ekandur, barham urubdurlar va bu tariqqa kiribdurlar.

Dyobdurlarki, Mavlono Jaloluddin Rumiy Balxdin Makkaga borurda, Nishoburda alar suhbatigʻa yetibdur va Shayx kibari sinda ermishlar. «Asrornoma» kitobini Mavlonogʻa beribdurlar va Mavlono doim ul kitobni oʻzidin ayirmay, oʻzi bila asrar ermish va haqoyiqu maorif adosida iqtidosi alargʻadur, andoqki debdurki,

Bayt:

[Mavlono Attor atrofidan yurdi,
Shams qoʻlidagi sharbatdan ichdi](2).

Va yana bir yerda debdurki,

Nazm:

[Attor ruh ediyu Sanoyi uning ikki koʻzi.
Biz Sanoiyu Attor izidan keldik](3).

Va onchaki tavhid asrori va azvoqu mavojid haqoyiqining adosi va guftu guzoriki, alarning masnaviy va gʻazaliyot va soyir nazmlarida indiroj topibdur» Hazrat Maxdumiy n. m. n. debdurlarki, bu toifaning hech qaysining soʻzlarida topilmas. [Alloh subhonahu mushtoq toliblarning eng yaxshi mukofoti bilan uni siylasin! Qutlugʻ nafasidan namunalar].

Nazm:

[Ey yuzini berkitib, bozorga kelgan,
xalq bu tilsimga mubtalo boʻlib qoldi](4).

Va bu qasidadur, yigirma baytdin ortuqroq va aholidin ba’zi anga sharh bitibdur. Va murod bu mubham adodin ul Hazratqa janobi maorifpanoh Xoja Hofiz Ali Jomiydur q. s.ki, koʻprak ulumda bataxsis, tasavsuf nlmida zamonining yagonasi erdi va oʻtgan matla’ sharhida bu nav’ bitibdurlarki, ey ulki, oʻz yuzinki zohir vujud nuridur, ta’ayyunot va suvar burqa’i bila yoshurub, yoshirun zuhur bozorigʻa kelib, xalqe bu suvar tilismidinki, bu maxfiy ganj yuziga tortibsen, ta’ayyunoti muxtalifa kasrati va osori mutaboniya vositasidin bu’du hijron va gʻaflatu pindor va gʻayrat giriftori boʻlubdurlar. Yoxud ul yuz jamoli partavi siroyati vositasidinki, mazohir va suvari jamila pardalaridin ishq balosi va muhabbat mehnatigʻa giriftor boʻlubdurlar. Ba’zi ma’nogʻa oshiq va ba’zi suratqa.

Bayt:

[Sen – ma’no, sendan boshqasi ismdir,
sen – xazina, barcha olam tilsimdir](5).

Va surat oshiqlari oʻz vahmlari bila ma’shuqdin yiroq tushubdurlar va bilmaslarki, kimning oshiqidurlar va alarning koʻnglin olgʻon kimdur?

She’r:

[Seni tanisalar ham, tanimasalar
ham barcha olam xalqining mayli sengadir](6)

va bu dastur bila bu qasidani tamom sharh qilibdur va ixtisor jihatidin bu bir baytni irod qilildi va bu zaifi nomurod Hazrat Shorih q. s.ning xizmatigʻa musharraf boʻlib erdim va ba’zi ulumda alardin sabaq eshitib erdim va Hazrat Shayx buzurgvorning nazmu nasrkdin musannafoti behad koʻpdur. Ulcha ul orasida holo mavjud bor. Nazmlari yuz yigirma ming bayt taxminan boʻlgʻay va soʻzi anga oʻxsharki, bu bantlarigʻa xatm qilmish boʻlgʻaylar.

She’r:

[Kofirning kufriyu dindorning dini
Attor qalbida bir zarra darddir](7).

Va ul Hazrat olti yuz yigirma yettida kuffor ilkida shahodat sharbati totibdurlar va derlarki, muborak sinni yuz oʻn toʻrt yoshida ermish va mutahhar mozorlari Nishoburdadur va maxlis niyozmandlardin ba’zi muravvah imorat yasabdurlar, yuzaru va yutabarraku bihi.

716. Shayx Mushrifuddin Muslih b. Abdulloh Sa’diy Sheroziy q. s.

Soʻfiyaning afozilidin ermish va Shayx Abu Abdulloh Xafif q. s.ning sharif buq’asining mujovirlaridindur va ulumdin tamom bahrasi bor ermish va odobdin komil nasibi. Koʻp safar qilibdur va aqolimni kezibdur va necha qatla hajgʻa yayoq boribdur. Suminot butxonasigʻa kiribdur va alarning ulugʻroq, butin ushatibdur. Va kibor mashoyixdin koʻpining xizmatigʻa yetibdur. Shayx Shahobuddin suhbatigʻa musharraf boʻlubdur va alar bila bir kemada daryo safari qilibdur va debdurlarki, muddati madid Bayt ul-muqaddasda va Shom bilodida saqqolik qilib, elga suv berur erdi. To Xizr a. s.ga yetishti va ani in’om zuloli va afzoli obi hayotidin serob qildi. Bir qatla anga sodoti akobiru ashrofidin biri bila guftugoʻy voqe’ boʻldi.

Ul sharif kecha Hazrat Risolat s. a. v. tushda koʻrdikim, ul Hazrat anga itob qildi. Ul sharif uygʻondi. Shayx xizmatigʻa borib, uzrxohliq koʻrguzub, istirzoi xotiri qildi. Mashoyixdin biri alargʻa munkir ermish. Bir kecha voqeada andoq koʻrdiki, osmonning eshiklari ochildi va maloika nur tabaqlari bila nozil boʻldilar. Ul soʻrdikim, bu ne nurdur? Dedilarki, Sa’diy Sheroziy uchundurki, bir bayt aytibdur va ul bayt Haq s. t: hazratida qabul tushubdur va ul bayt budurki,

Bayt:

[Hushyor kishi nazarida yashil daraxtlarning har bir yaprogʻi
Yaratuvchi ma’rifatining bir daftaridir](1).

Ul aziz chun ul voqeadin uygʻondi. Hamul aqshom shayxning zoviyasi eshigiga bordikim, anga mujda yetkurgoy. Koʻrdiki, chirogʻe yoqibdur va zamzama qiladur. Chun quloq soldi, ushbu bayt erdiki, oʻqur erdi. Shayxning ash’ori devoni va «Boʻston» masnaviysi va «Guliston» kitobi va soyir kutubi va rasoyili andin mashhurroqdurki, andin biror nima irod qilgʻay. Gʻazalgoʻy akobiru shuaro oldida mundoq muqarrardurki, gʻazal tavrigʻa Shayx muxtari’durlar, jonsoʻxtalar va, ishqibozlargʻa va dilafroʻxtalargʻa va jongudozlargʻa filvoqe’ gʻarib haqqe sobit qilibdurlar. Shayx olti yuz toʻqson birda shavvol oyi jum’a tuni dunyodin oʻtubdurlar.

717. Shayx Faxruddin Ibrohim Iroqiy q. s.

«Lamaot» kitobiningʻ sohibidur va she’r devoni bor va mashhurdur va kichik yoshida Qur’on hifzi qilib erdi va asru xoʻb oʻqur erdi. Hamadondindur. Barcha Hamadon ahli aning sheftasi erdilar. Andin soʻng ulum tahsiligʻa ishtigʻol koʻrguzubdur. Un yetti yoshida Hamadonning ba’zi madorisida ifodagʻa mashgʻul boʻlubdur. Bir kun bir jamoat qalandarlar Hamadongʻa yetibdurlar va alar bila bir sohibjamol yigit ermish va anga ishq mashrabi gʻolib. Ani koʻrgach, anga giriftor boʻlubdur. Ul musofir qalandarlar to Hamadonda erdilar, alar bila erdi. Chun alar Hamadondin safar qildilar. Necha kunki oʻtdi, firoq su’ubatidin betoqat boʻlub, alarni erisha borib, alargʻa yetti va ishq iqtizosi bilaki, ma’shuqqa hamranglik taqozosi qilur. Qalandarliq kisvati ixtiyor qildi va alar bila Hindustongʻa tushti va Multon shahrida Shayx Bahouddin Zikriyo suhbatigʻa yetishti va murid boʻldi. Derlarki, chun Shayx ani xilvatqa oʻlturtti va oning chillasidik bir dah oʻtti. Anga vajde yetishtiki, holi mustavli boʻldi va bu gʻazalni dediki,

Bayt:

[Vaqteki, qadahga sharob quydilar,
avvalo, mastsoqiy koʻzidan qarz oldilar](1).

Va muni biyik un bila oʻqur erdi va yigʻlar erdi. Chun xonaqoh ahli bu holni koʻrdilar va darveshlar tariqining xilofi toptilarki, Shayx tariqi xilvatda zikru muroqaba ishtigʻolidin oʻzga ish boʻlmas erdi.

Ani inkor suratida Shayx arzigʻa yetkurdilar. Shayx dediki, sizlarga bulardin man’dur. Anga man’ yoʻqdur. Necha kun mundin oʻtti, Shayxning muqarriblaridin birining guzari xarobotqa tushti. Eshittiki, ul gʻazalni xarobotiylar changu chagʻona bila oʻqur erdilar. Shayx qoshigʻa keldi va surati holni aytti va dediki, boqiy Shayx hokimdur. Shayx dedi: Ne eshitting, ado qil! Bu gʻazal adosida tafahhusqa chun yettikim,

bayt:

[Oʻz sirlarini oʻzlari fosh etib,
Iroqiyni nega badnom qildilar?](2).

Shayx dediki, aning ishi tamom boʻldi va qoʻpti va Iroqiyning xilvati eshigiga kelib dediki, Iroqiy, xarobotda munojot qilasen, tashqari chiq! Tashqari chiqdi va boshini Shayxning ayogʻigʻa qoʻydi. Shayx muborak ilki bila boshini tufrogʻdin koʻtardi va yana oni xilvatqa kirgoli qoʻymadi va xirqani oʻz muborak tanidin chiqarib, anga kiydurdi va oʻz farzandin aning nikohi aqdigʻa kiyurdi va anga ul nikohdin farzande boʻldi va anga Kabiruddin laqab qoʻydilar. Yigirma besh yil Shayx xizmatida erdi. Shayx oʻz vafotigʻa yaqin ann oʻz oʻrnigʻa xalifa ta’yin qildi va Tengri rahmatigʻa bordi. Chun riyoyi soʻfilar Shayxning iltifotin bu martabada aning jonibi koʻrdilar. Hasad irqlari harakatgʻa kelib, vaqt podshohngʻa yetkurdilarki, aning aksar avqoti she’r bila oʻtar va sohibjamol yigitlar bila suhbat tutar. Anga shayx xilofati istihqoqi yoʻqdur. Chun shayx Iroqiygʻa bu ma’lum boʻldi. Haramayni sharifayn safari ixtiyor qilib, ul davlatqa musharraf boʻlgʻondin soʻngra Rum sori tushti va Shayx Sadruddin Qunyaviy suhbatigʻa yetib, tarbiyatlar topti va jame’ki Shayx xizmatida «Fusus» oʻqiydur erdilar, istimo’ qildilar va aning istimo’i asnosida «Lamaot»ni bitidi va shayx nazarigʻa kelturdi. Shayx pisand qilib, qabul raqamni ul sharif risolagʻa tortti va bu avqotda Hazrat Maxdumiy n. m. n. «bu xokisor iltimosi bila ul kitob sharhida «Ash’na»ni bitidilarki, mutolaa qilib, maonisidin fayz olgʻaylar va oning nafosatin bu ilmda bilgaylar va Shayx Faxruddin Iroqiy Rumdin Misrgʻa va Misrdin Shomgʻa kelib, Dimishqda sokin boʻldilar va olti oydin soʻngra farzandi Kabiruddin Multondin keldi va muddate otasi xizmatida boʻldi. Oqibat shayxqa oriza toriy boʻldi va vafot kuni ashobni va oʻgʻlini tiladi va vasiyatlar qildi va bu ruboiyni aytti.

Ruboiy:

[Oʻtmishda olam nizomiga qaror qilganda, unga odam hohishicha tartib bermadilar.
Oʻsha kungi qoidayu qarorga binoan biror kishiga oz ham, koʻp ham va’da bermadilar](3).

Yetti yuz sakson sakkizda zulqa’da oyining oltisida olamdin oʻttilar va Dimishqning Solihiyasida Shayx Muhyiddin Arabiy qabrining yonida keyinroq dafn qildilar. Oʻgʻli Kabiruddinni otasi yonida r.a.

718. Amir Husayniy q. t. r.

Oti Husayniy b. Olim b. Abulhusayndur. Aslida Kizivdindurki, bir kentdur, Gʻur navohiysidin. Zohiriy va botiniy ulumgʻa olim ermish va nazmu nasr kutub musannafoti bor. Nazmdin misli «Kanz ur-rumuz» va «Zod ul-musofirin» va «Si noma» va gʻazal devoni va nasrdin misli «Nuzhat ul-arvoh» va «Sirot ul-mustaqim». Va «Kanz ur-rumuz» kitobidin andoq ma’lum boʻlurki, Shayx Zakariyoyi Moʻltoniyning vositasiz murididur. Ammo ba’zi kitobida andoq bitiklikdurki, ul shayx Ruknuddin Abulfath muridi boʻlgʻay va ul otasi Shayx Sadruddin va ul otasi Shayx Bahouddin Zakariyoyi Moʻltoniyning q. t. a. Aning tavbasigʻa sabab ul ermishki, ov ovlab yurur ermishki, bir kiyik olligʻa kelur. Uq tortar, ani urgʻoli. Ul kiyik aning sori boqib ayturki, ey Husayniy, bizga ne oʻq otarsenki, Tengri seni bandaligʻiga va ma’rifatigʻa yaratibdur, yoʻq bu ish uchun? Va gʻoyib boʻldi. Anga hol mutagʻayyir boʻlub, talab oʻti nihodidin shu’la torta boshladi. Har nesiki bor erdi, barham urdi va bir suruk javoliqilar bila qoʻshulub, Moʻlton sori tushti va, Shayx Ruknuddin xonaqohigʻa yetishdilar. Shayx ul jamoatni ziyofat qildi. Ersa oqshom Hazrat Risalat s. a. v. voqe’da Shayxqa amr qildiki, mening bir farzandim bu jamoat orosida bordur. Chiqarib ishiga mashgʻul qil! Tonglasi Shayx Ruknuddin ul jamoatdin tafahhus qildi. Ersa oni koʻrguzdilar. Hamul oliy ishorat bila ani alar orasidin chiqarib, tarbiyatigʻa; mashgʻul boʻldi, to oliy maqomgʻa yetti. Andin soʻngra Xuroson viloyati sori ruxsat berdi. Amir Husayniy Hiriy shahrigʻa keldi va Hirot xalqi muridu muxlis erdilar. Yetti yuz oʻnda Shavvol oyining oltisida olamdin oʻtti va Masraxda Abdulloh b. Ja’far Tayyorning gunbazi qoshida dafn qildilar, r. a.

719. Shayx Mahmud Chabushtariy q. t. s.

Bu toifaning kummalidindur. Zohiriy va botiniy ulum sohibkamoli. Bu fan ahli qoshida muqarrar va kalomu maqoli bu toyifa tariqi adosida mustahsan. Tasnifotu kutubi bor. Ul jumladin «Haq ul-yaqin»durki, ulcha imkoni bor, bu qavm holoti va ta’rifida ham daqiq va xam mufid voqe’ boʻlubdur. Yana «Shohid»durki, ul ham ishorat ahli tili bila maorif bayon qilibdur, ul dagʻi ta’rifdin mustagʻniydur. Va mabdavu maod bobida yana bir kitobi borki, bu tariqda suluq ahligʻa koʻp mufidu muntij voqe’dur. Yana «Gulshani roz»durkim, ham zohir ahlining ranginu purkor masnaviylari va ham haqiqat ahlining shirinu fayzosor soʻzlarida andin ravonroq va purchoshniyroq va shoʻrangizroq va shavqomizroq nazm aytsa boʻlgʻayki yoʻqdur! Va ul bu nav’ erkandurki, Mir Husayniy bu toifa istiloh va tili bila necha savol bitib, Iroq mashoyixi afoziligʻa yiboribdur, ul savolotqa javob umidi bila va ul mushkilot halli tama’i bila. Agarchi savolot oʻttuzcha ortuq, yo oʻksuk bor ammo oʻn yetti baytda nazm libosigʻa kiribdur. Alar nazarigʻa yetkach ul mushkilot halli uchun ul savolot javobigʻa mashgʻul boʻlubdurlar va ul masnaviyni aytibdurlar. Va abyotining adadi ming bir voqe’ boʻlubdur. Asmoulloh adadi bila muvofiq. Va anga «Gulshani roz» tasmiya qilibdurlar. Va Shayxning muborak marqadi Chabushtardadurki,Tabriz navohiysidadur.

720. Shayx Avhaduddin q. s.

Andoq istimo’ tushubdurki, ul shayx Avhaduddin Kirmoniyning ashobidindur va otida bu nisbat ma’nisi andindur va anga she’r devoni bor, gʻoyat latofatda bir tarjeoti bor mushtamil haqoyiqu maorifqa va «Jomi jam» otligʻ, masnaviysi bor Shayx Sanoyining «Hadiqa»si uslub va vazni bila. Va anda koʻp latoif darj qilibdur va bu ab’yot ul masnaviydindur.

masnaviy:

[Bir oqshom goʻzal yorning chehrasidan baxtiyor boʻlish uchun Avhadiy oltmish yil mashaqqat chekdi.
Soʻzimiz siri majoziy emas, koʻzingni och, bu oʻyin bilan boʻlar ish emas!
Yillar falakdek saranjom kezdim va falakdek sohibnazar boʻldim.
Oyoqda chilla oʻtirdim, ammo oziq-ovqat toʻplash uchun oʻtirganimiz yoʻq!
Tashqaridan bozor oʻrtasidaman, ichkaridan yorim bilan xilvatdamen.
Hech kim xursandchiligim jamolini koʻrmaydi va xilvatimga yoʻl topa olmaydi.
Toki qalbim doʻstimga bogʻliq ekan, boshimdan shodliklar sochadi](1).

Va shayx Sanoyining «Roiya» qasidasigʻa yaxshi javob aytibdur va abyotining adadi yuz oltmish boʻlgʻusidur. Oning muftatahi bu abyotdurkim,

masnaviy:

[Bogʻliqligimiz yorga bogʻlanmasa, baxtdan qanday bahramand boʻlish mumkin?
Butun shaharda ishimiz bir zotga bogʻliq, lekin ishimizga u hech tan bermas.
Hamdam yoʻq, sirimni kimga aytay? Mahram yoʻqki, zorlansam!
U ma’shuq ulugʻligidan faryodu figʻondaman, u nay ovozidan samo’ qilaman](2).

Va «Jomi Jam» kitobining itmomi tarixida bitibdurki,

Nazm:

[Tarixni hisobladim: yetti yuzu oʻttiz uch edi.
Men bu qutlugʻ nomani rahbarimizga bagʻishladim.
Bir yil toʻldi, «laylat ul-qadr»da eshigida tugatdim](3).

Qabri Tabrizning Marogʻasidadur va anda favtining tarixi yetti yuz oʻttuz sakkizda bitilibdur, r. t.

721. Afzaluddin Badil Haqoyiq Xoqoniy q. s.

Agarchi Falakiy shoirning shogirdidur va she’rgʻa shuhrati bor. Ammo derlarki, anga she’r tavridin boshqa tavre bor ermishki, she’r aning janbida gum ermish va soʻzlari bu ma’ni shohididur. Andoqki debdur.

She’r:

[Mening barcha suratimu, barcha sifatim ham – u.
Men nochor kishiman, hech kim soʻzimni eshitmaydi.
Astoydil «U kim?» – demaydigan boʻlsalar,
biror eshikni qattiq qoqmayman, deydigan boʻlsalar,
men qanday esam, shunday desinlar!](1).

Va yana bir yerda debdurki,

She’r:

[Ishq ulugʻlik kigiziga oyogʻini tirab oldi, avvalo bizdan bizning borligʻimizni ketkazdi.
Sizu bizga naqd bexudlik munosibdur, chunki sizu bizning zahmatlarimiz unga sigʻmaydi](2).

Va oning bu nav’ soʻzlari koʻpdur va mundin bu ish kelurki, anga soʻfilar soʻfiy mashrabidin tamom shurbe boʻlmish boʻlgʻay va ul dogʻi Shayx Sanoyining «Roiya» qasidasigʻa javob aytibdur va onda uch matla’ debdurki, avvalgʻisi budur.

She’r:

[Tong otdi, tong otdi. Ish vaqti yetdi, boringizni soching, boringizni soching!
Chunki yor keldi. Ishqkim, koʻz suvidek ravshan, yorkim, bahor yelidek vaqti chogʻ.
Charx tong payti ishimiz uchun turfa xil jismlarni koʻzimizga jilvalantiradi](3).

Va qasidaning oxirida debdurki,

She’r:

[Bu qasida yetti qasidaning sakkizinchisi boʻlib, she’rlari gʻaroyibdur.
Ka’ba eshigiga ossalar Ka’ba menga sharaf sochadi.
«Kel, yigʻlaylik» qasidasini ortda qoldiradi va Imrul-Qaysning obroʻyiga putur yetkazadi](4).

722. Shayx Nizomiy q. t. s.

Alarga zohiriy ulumi va rasmiy istiloxotdin bahrai tamom bor ermish. Ammo barchadin ilik tortib Haq s. t. gʻa yuz kelturubdurlar. Andoq debdurlarki,

masnaviy:

[Yulduzlarning barcha daqiqalariyu ilmlarning yashirin sirlarini birin-ketin oʻqidim.
Oʻqidimu har bir varaq sirini axtardim. Seni topgach, varaqlarni yuvdim.
Hammaning yuzini Xudoda koʻrdim va u Xudoni hammadayu senda koʻrdim](1).

Umri garonmoyani avvaldin oxirgʻacha qanoatu taqvo va uzlatu inzivo bila oʻtkaribdurlar va hargiz soyir shuarodek hirsu havo gʻalabasidin dunyo arbobigʻa iltijo qilmaydurlar. Balki roʻzgor salotini alar mulozamatigʻa tabarruk tilarlar erkondur. Andoqki, debdurlarki,

masnaviy:

[Yoshligimdan sening eshigingdan boshqa bir eshikka bormadim.
Hammani eshigimga yubording, men istamasdim, sen berarding.
Endikim, sening dargohingda qaridim, qoʻrqiladigan narsalarda oʻzing panoh ber!](2).

Alarning besh masnaviysiki, «Panj-ganj»gʻa mashhurdur. Koʻpraki salotin istid’osi bila voqe boʻlubdur. Bu umidvorligʻ bilaki, alarning nazm vositasi bila bularning otlari roʻzgor sahifasida qolgʻay, istid’o qilur ermishlar. Va ud nazmlar agar zohir yuzidin afsonadur, ammo haqiqat yuzidin haqoyiq kashfi va maorif bayonigʻa bahonadur. Bir yerda ul ma’ni bayonidaki, soʻfiya debdurlarki, Haqning visoli toliblari va jamoli mushtoqlarigʻa oning vujudi dalili vujuddir va shuhud burhoni ham shuhud. Debdurlarki.

masnaviy:

[Talabgorlaringning oʻz andozalarini senda koʻrganliklari fano boʻlishlariga sabab boʻldi.
Kimki sendan senga nazzora qilsa, behuda varaqlarni yirtadi.
Seni sensiz topib boʻlmaydi, boshqa eshiklardan yuz oʻgirish kerak](3).

Va yana bir yerda ham bu ma’noda debdurki,

masnaviy:

[Aqlning oyogʻi qabarganu yoʻl qorongʻu, goʻyo qildek ingichka.
Agar tavfiqing rahnamo boʻlmasa, bu tugun aql bilan yechilmaydi.
Aql sening eshigingda nurga toʻladi, agar ichkariga oyoq qoʻysa, kuyadi](1).

Yana bir yerda Haq s. t. mosivosining e’rozi targʻibi va tahrisi va aning kibriyosi janobigʻa tavajjuhda debdurki,

masnaviy:

[Qonxoʻr, bu tuzoqdan uchib ketki, halos topish chorasi ziyraklikdir.
Boʻrining tishi tulkinikidan oʻtkirroq, lekin tulki ayyor boʻlgani uchun qutuldi.
Vafo qilishga harakat qil, xudparast emas, xudoparast boʻl!](5).

«Iskandarnoma» tarixiqi, alarning kitoblarining oxiridur. Besh yuz toʻqson ikkida ekandur. Mashhur mundoqdurki, alar suluk ayyomida qirq arba’in chiqaribdurlar va toʻrt arba’inni bir daraxt ustida chiqaribdurlar. Har oyina bu nav’ mufrit riyozatlar tortmagʻuncha bu nav’ besh ganjqi, alargʻa nasib boʻlubdurki, koʻp ab’yoti alfoz jazolatidin va ma’noyu tarkib salosatidin desa boʻlurki, e’joz sarhadiga yetibdur, kishining ilkiga kirmak imkon emas va umrlari oltmishdin oʻtgan ekandur, vallohu a’lam.

723. Xusrav Dehlaviy q. t. r.

Laqabi Yaminuddindur. Otasi Lochin qabilasining ulugʻlaridin ermish. Balx navohisida hamonoki, oni Hindustonda mashhurdurki, turk derlar. Jihat bu erkin. Sulton Muborak Shoh Xalajiy favtidin yeoʻngra Shaih Nizomuddin Avliyo xizmat va mulozamatigʻa qoʻshuldi va riyozatu mujohidat ilgari tutdi. Derlarki, qirq yil dahr roʻzasi tutti va derlarki, Shayx Nizomuddin Avliyo hamrohligʻidaki, aning shayxidur, tayyi arz tariqi bila haj guzorlabdur va besh qatla Hazrat Risrlat s. a. v. ni voqe’da koʻrubdur va Shayxning ishorati bila Hizr a. s. xizmatigʻa yetubdur va andin iltimos qilibdurki, muborak ogʻzi suvin aning dozigʻa solgʻay. Hizr a. s. debdurki, bu davlatni Sa’diy eltti. Xusrav mahzun koʻngul bila Shayx xizmatigʻa kelibdur va surati holni arz qilibdur. Shayx oʻz ogʻzi suvin aning ogʻzigʻa solibdur va aning barakotidindurki, toʻqson toʻqquz kitob tasnif qilibdur. Derlarki, ba’zi musannafotida bitibdurki, mening she’rim ab’yoti adadi besh yuz mingdan ozroqdur va toʻrt yuz mingdin koʻprakdur va derlarki, Shayx Sa’diyning yigitligida koʻrub, xizmatigʻa musharraf boʻlgʻon ekandur va mubohot qilur erkondur. Anga ishqu muhabbat mashrabidin choshni tamom bor emish. Andoqki soʻzlaridin zohirdurki va bagʻoyat vajdu holliq erkandur Shayx der ekandurki, qiyomatda har kishi bir nima bila faxr etgay. Men bu turkning, ya’ni Xusravning koʻksining kuyuki bila faxr qilgʻumdur.

Ul debdurki, bir kun mening xotirimgʻa keldiki, Xusrav ulugʻlar otidur, ne boʻlgʻay edi, agar menda faqr oti boʻlsa erdiki, hashr kuni meni ul otbila atasalar erdi va bu xotirni Hazrat Shayxqa arz qildim. Dediki, solih vaqtda sening uchun ot tilalgay va men bu intizorda boʻldum. Bir kun Shayx dediki, bizga mundoq makshuf boʻldiki, qiyomat kuni seni Muhammad Qosales degaylar. Ul jum’a kechasi yetti yuz yigirma beshda dunyodin oʻtubdur va umri yetmish toʻrtga yetgondur. Shayxning oyogʻi sari dafn qilibdurlar.

724. Hasan Dehlaviy q. t. s.

Laqab va nisbati Najmuddin Hasan b. Alo Sanjariydur. Shayx Nizomuddin Avliyo q. s.ning kotibi va muridi ermish. Yaxshi axloqu avsof bila ma’ruf va mashhur ermish. Hind sohibi tarixi debdurki, majolis latofatu zarofatida va aql istiqomati va soʻfiya tariqida qanoat luzumi va e’tiqod pokligi va tajarrud va tafarrud tavrida va olamda harne kelsa xush boʻlmoq va xush oʻtkarmoq tariqida andoq kishi oz koʻrubmen. Va ham Hind sohibi tarixi debdurki yillar menga Amir Xusrav va Amir Hasan bila muhabbatu mavaddat erdi. Andoqki, alar mensiz va men alarsiz boʻlmas erdim va mening vositam bila alarning orasida andoq doʻstluq istehkom topib erdiki bir-birining uylarida taraddud qilurlar erdi va hamul debdurki, Amir Hasanning kamoli e’tiqodiki, Hazrat Shayx Nizomuddingʻa bor erdi. Majolisda alarning muborak anfosidin har nimakim eshitib erdi bitib erdi va ul necha mujallad boʻlub erdi va anga «Favoyid ul-favoyid» ot qoʻyub erdi va bu roʻzgorda bu diyorda, ya’ni Hindda suluk va tariqat arbobiga dastur boʻlubdur.

Va anga mundin boshqa devon va masnaviy bordur va bu ruboiy aning nazmidindur.

Ruboiy:

[Gʻamgin dilginam bor, kechirginu qilmishimdan soʻrama, panada yuz xil voqealar bor, kechirginu soʻrama!

Agar amalimdan soʻrasang, sharmanda boʻlaman, ey akramul akramin, kechirginu soʻrama!](1).

725. Shayx Kamol Xoʻjandiy q. r.

Bagʻoyat buzurg ermishlar. Alarning ishtigʻoli she’rgʻa va aning nozukluklarigʻa va oʻz hollarining satru talbisi uchun erdi erkin. Andoqki, oʻzlari debdurlarki,

Bayt:

[Mening she’rimdagi bu takalluflarim,
ey Humayrom, menla soʻzlashgin, deganimdadir](1).

Alad-davom riyozat va mujohidotqa mashgʻul ermishlar. Xoja Ubaydulloh q. s. debdurki, necha vaqt Shosh degan yerda boʻlur ermishlarki, alarning otalari anda sokin ermish va ul ayyomda hayvoniy yemas ermishlar. Alarning otasi iltimos qilmish boʻlgʻayki, taomeki, hayvoniygʻa doxil boʻlgʻoy. Alar mayl qilgʻaylar. Shayx tiybat vajhi bila demish boʻlgʻaylarki, agar oʻyungnn oʻlturub, nima pishurursen, mayl qilurbiz va Xojaning otasining bir yaxshi oʻyi bor ermish. Alar ul-oʻyin shayxdin bexabar oʻlturubdurlar va taomni tartib qilibdurlar. Shayx mayl qilibdurlar, Tabrizda ul zoviyadaki, sokin ermishlar, xilvate ermishki, kecha onda boʻlur ermishlarki, oʻzlaridin oʻzga kishi anda yetmas emish. Shayxning vafotidin soʻngra ul hazratniki koʻrubdurlar, bir buryodin oʻzgaki, anda oʻlturur ermish, bir toshdin oʻzgaki boshi ostida yastar ermishlar nima topmaydurlar. Derlarki, ul vaqtki saroyda boʻlur ermishlar mavzi’i ermishki, suv tugʻyoni chogʻda ul yerda koʻp xarobligʻ qilur ermish. Ul qissani Shayxqa aytibdurlar. Shayx debdurki, bizning chodirni ul yerda tiking! Chun shayx buyurgʻondek qilibdurlar. Yana anda suv xarobligʻ qilmaydur. Vafoti sakkiz yuz uchda boʻlubdur va qabri Tabrizdadur va lavhida bu baytni oʻz she’ridin bitibdurlarki,

Bayt:

[Kamol, Ka’badan kechib yor eshigiga ketding,
ming ofarin, mardona ketding!](2).

726. Mavlono Muhammad Shirin, mashhur ba Magʻribiy q. s.

Shayx Ismoil Sisiyning murididur, ul Shayx Abdurrahmon Isfaroyiniy ashobidindur q. s. Va debdurlarki, ba’zi sayohatda Magʻrib daryosigʻa yetib, anda ba’zi mashoyix iligidinki, nisbati Shayxi buzurgvor Shayx Muhyiddin Arabiygʻa yetar, xirqa kiyibdur. Shayx Kamol Xoʻjandiy bila r. muosir ermish. Bir biri bila suhbat tutarlar ermish. Ul vaqtki, Shayx bu matla’ni aytqan ekandur,

Bayt:

[Koʻz agar shudir, qosh shudir, nozu ishva shu,
alvido, ey zuhdoʻ taqvo, alfiroq, ey ahlu din!](1).

Mavlono samo’gʻa yetgandur. Mavlono degandurki, Shayx bisyor buzurgdur, ajabdur alardin andoq bayt aytmoqqi, zohir ma’nosidin oʻzga muhmala boʻlmagʻay. Shayx ani eshitib, suhbat istid’osi qilibdur: Va oʻzi Balxqa qiyom koʻrguzubdur va Mavlono ham ul xidmatda muvofaqat qilibdur. Ul asnoda Shayx ul matla’ni oʻqubdur va debdurki, koʻz ayndur va boʻla olurki, ishorat tili bila ayni qadimdinki, zotdur ta’bir qililgʻay. Va qosh hojibdur, pas, boʻla olurki, andin ishorat sifatqa qililgʻayki, zotning hijobidur. Mavlonogʻa ul hol ma’lum boʻlub, tavozu’ qilib, insof beribdur. Bir qatla, Shayx Ismoil Sisiy darveshlarni arba’ingʻa oʻlturturda Mavlononi ham tilabdur va Mavlono bir gʻazal aytib, oʻtkaribdurki, matla’i budurki,

Bayt:

[Biz sening quyoshingni koʻrdik, zarralardan kechdik,
u zotni izlab, barcha sifatdan kechdik](2)

Oxirgacha tasavvuf voqe’ boʻlubdur. Chun Shayx eshitibdur, vaqti xush boʻlubdur va istehson koʻrguzubdur. Va Mavlono oltmish yoshlarida sekkiz yuz toʻqquzda dunyodin oʻtubdurlar.

727. Sayyid Nosir Xusrav q. s.

Badaxshon Koʻhistonida boʻlur ermish. Bagʻoyat murtoz kishi ermish, Koʻhiston ahli boshtin ayoq oning murididurlar va Shoh Nosir Xusrav bila ta’bir qilurlar. Zohir ulumin xeyli koʻrgan ermish va botin ilmin dagʻi riyozat jihatidin hosil qilgʻondur, ammo bu toifaning aning mazhabida ta’nlari bor va bu ta’n toʻyo «Roʻshnoyinoma»sida mazkur boʻlgʻon ab’yoti jihatidindurki, hukm mazhabi ravishida voqe’ boʻlubdur va mazori Koʻhistondadur, yuzoru va yutabarraku bihi.

728. Shayx Ozariy q. r.

Isfaroyinliqdur. Langari va muridlari bor erdi va mazbut avrod va avqotligʻ kishi erdi. Avoyil holida haq yoʻli suluki koʻngliga mustavli boʻlgʻonda Makka azimati qildi. Ul davlatqa musharraf boʻlgʻondin soʻngra Hind safari ilayiga tushti. Necha yil ul mulkda qoldi va koʻp mashoyix va azizlar suhbatigʻa yetishti va koʻp el anga murid boʻldilar. Andoq manquldurki, Hind salotinidin ba’zining majlisigʻa yetganda andoqki, alarning rasmi ermishki, salotin bila kishi musofaha qilurda yerga boshin qoʻyub koʻrushur ermishlar. Shayx tavridin bu ishni yiroq koʻribdurlar. Ammo majoli tamanno qilib, shayxqa arz qildurubdurlarki,. agar bu rasmni bajo keltursa, bir lakki yuz ming diram boʻlgʻay, niyozmandligʻ qilgʻaylar. Shayx qabul qilmay istib’od qilib, bu baytni debdurki,

Bayt:

[Men turkman, Hinduni Chibolning oʻlaksasi deb ataganman.
Joʻnaning hashamatini bir dona arpaga olmayman](1).

Shayxning mazori Isfaroyindadur, oʻz langarida. Sakkiz yuz oltmish birda oʻtubdur. Bu bayt ham Shayxningdurkim,

b a yt:

[Masihodan qolgan bu oʻyilgan yozuv qadimiydir,
noumid boʻlmaki, oqibat xayrdir](2).

729. Mavlono Lutfiy r. t.

Tahsil ayyomida Mavlono Shihobuddin Xiyobonin xizmatigʻa yetar ekandur va odobi tariqat sulukini andin kasb qilur erkondur. Agarchi shoirliq tariqida ma’ruf va mashhur boʻldi. Ammo darveshlik tariqini dagʻi ilkidin bermadi. Bu faqir borasigʻa koʻp iltifoti bor erdi va fotihalar oʻqur erdi va doim volida mulozamatigʻa va rizoye xotirigʻa targʻib qilur erdi. Toʻqson yoshidin tajovuz qilgʻonda, Hazrat Maxdumi n. m. n. otigʻa radifi «suxan» saj’ qasidaye aytib erdiki, zamon xushgoʻylari barcha xoʻbluqqa musallam tuttilar va ul hazrat dogʻi insof berdilar va oning matlai budurkim,

Bayt:

[Xusho, labingdan chiqqan soʻzlar – ruh ozigʻi, soʻzning jonidir.
Yuzing guli –soʻz boʻstoni chamanlarini bezovchidir](1).

Ul Hazrat shukrguzorlik yuzidin ma’zirat izhori qilib dedilarkim, bu she’rning silasi uhdasidin biz chiqa olmas bizki, magar muqobalada ham qasidaye sizning otingizga aytqaybiz. Mavlono dedilarkim. ani sizga oson qilurbiz. Sizing kiygan eski toʻnunguzni gadoylik qilurbizki, hulla boʻlgʻay. Ul hazrat uzrxohliqlar bila kisvatin Mavlonogʻa kiydurdilar. Mavlono bagʻoyat soʻxta kishi erdi. Toʻqson toʻqquz yoshida olamdin oʻtdi, qabri Dehikanordadurki, oʻz maskani erdi. Bu matla’idin bu toifa mashrabining choshnisi zohirdur:

Ulki husn etti bahona elni shaydo qilgʻali,
Koʻzgudek qildi seni oʻzini paydo qilgʻali.

730. Mavlono Muqimiy a. r.

Xuroson mulkida Tarxon eli orasida boʻlur erdi. Fuqaro ahli mashrabi tavridin zohir erdi v.a bu toifa istilohotidin xabardor, turkcha she’rgʻa mashhur va ma’ruf erdi. Bu toifa istilohi bila turkcha tarje’ aytibdur va koʻp maoniy anda darj qilibdur va tarje’ining bandi bu bayt voqe’ boʻlubdurki:

Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin oʻzga vujudqa ne vujud.

731. Mavlono Ashraf q. s.

Hiriy shahrida boʻlur erdi va soʻfiya tariqi bila suluki bor erdi. Boshigʻa kiyiz boʻrk qoʻyar erdi va nazm ahli akobiri bila suhbat tutub erdi. Koʻpi ani darveshlik jihatidin ta’zim qilurlar erdi. Koʻprak avqotida «Xamsa» nazmigʻa oʻtkarur erdi. Oqibat ul-amr ul mutabarrak kitob itmomigʻa musharraf boʻlurgʻa tavqif topti. Bu baytni goʻyoki matlub visoli vaqti aytmish boʻlgʻaykim,

Bayt:

[Vasling sharafidan Ashraf boʻldik,
Davlatimiz ekan, musharraf boʻldik](1).

732. Sayyid Nasimiy q. r.

Iroq va Rum tarafidagʻi mulkdin erkandur. Rumiy va turkmoniy til bila nazm aytibdur va nazmida hakoyiq va maorif bagʻoyat koʻp mundarijdur. Mazkur boʻlgʻon mulk ahligʻa aning she’ri muqobalasida hamonoki she’r yoʻqdur. Hamono taqlid ahli ani mazhabida qusur tuhmatigʻa muttaham qilib, shahid qildilar. Mashhur mundoqdurki, terisin soʻyar hukm boʻlubdur. Ul holatda bu she’rni debdurki,

Nazm:

Qibladur yuzung nigoro qoshlaring mehroblar,
Surating mushaf vale xolu xating e’roblar.

va bu she’rning taxallusi ushbu muddaogʻa doldurkim,

Nazm:

Ey, Nasimiy, chun muyassar boʻldi iqboli visol,
Qoʻy, teringni soʻysa soʻysun bu palid qassoblar.

733. Shayx Imoduddin Faqih q. t. s.

Agarchi faqohatqa mashhurdur, ammo sohibi vajdu hol ermish. Va xonaqohi va muridlari bor ermish va samo’ suhbatigʻa koʻp moyil ermish. Debdurlarki, Makka azimati qilgʻonda guzari Sherozgʻa tushubdur va anda Bischoqiya degan zoviyada nuzul qilibdur va ul zoviya fuqarosidin soʻrubdurki, bu navohida birovki filjumla uni boʻlgʻay va nima oʻquy olgʻayki, andin dardmande xushhol boʻlaolgʻay bormu erkinki, bir zamon tilasak? Ul darveshlar demish boʻlgʻaylarki, Hofiz Shamsuddin Muhammad otligʻ yigit borki, yaxshi uni bor va oʻzi nazm ham ayta olur. Nazmigʻa ba’zi xalq moyildurlar. Xud bu soʻzdin gʻarazlari Xoja Hofiz ermishki, alarning zuhurining bidoyati ermish. Xoja Imod istid’o qilurki, ul yigitni topib kelturung! Ul jamoat Xoja Hofizni topib, hozir qilurlar va Xoja Imod tilab, musofaha qilib, majlisda oʻlturtqondin soʻngra iltimos qilurki, eshitibbizki, ham yaxshi uning bor va ham nazm aytursen. Bizing uchun oʻzungning bir she’ring oʻqugʻil! Xoja Hofiz bu she’rni yangla aytqon ekandur.

Bayt:

[Tuprogʻni bir nazar bilan kimyo qiluvchilar koshki,
koʻz qiri bilan bizga ham bir nazar qilsalar!](1).

Un tortib bu matla’ni oʻqugʻach, Xoja Imodqa vajd yuzlandi va faryod qilib, samo’gʻa qoʻpor va buyururki, matlani-oʻq mukarrar oʻqugʻay! Shomdin subh chogʻigʻacha Xoja bu matla’ bila faryod qilib, samo’ qilur. Namoz chogʻi muridlari Xojani tutub, taskin berurlar va namozni ado qilurlar va Xoja Hofiz borasida xayr duolari qilur va necha kun anga boʻla ul shahrda tavaqquf qilur. Makkaga borib qaytguncha Xoja Hofiz she’rining shuhrati olamni tutqon ekandur. Xoja Imodning devoni bor. Bu matla’ aningdurki,

bayt:

[Qayerdaki, irodat kamol topib oxiriga yetsa,
jabr har qancha koʻp boʻlsa, muhabbat undan ziyodadir!](2).

734. Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy q. s.

Alar lison ul-gʻayb va tarjumon ul-asrordurlar. Baso asrori gʻaybiya va maoniyi haqiqiyaki, surat kisvatida va majoz libosida ado qilibdurlar. Agarchi ma’lum emaski, alar irodat iliki bir pirga bermish boʻlgʻaylar va tasavvuf tariqida bu toifadin biriga nisbat durust qilmish boʻlgʻaylar. Ammo soʻzlari andoq bu toifa mashrabi bila muvofiq voqe’ boʻlubdurki, hech kishiga andoq ittifoq tushmaydur. Dogʻi alfoz latifligʻi va tarkib pokizaligʻi va ravonligʻi va ado salosati va latofati va ma’no gʻaribligʻi choshnisida xudalarni ta’rif qilmoq hayot suyii jonbaxshliqqa ta’rif qilgʻondek boʻlgʻay. Xojalar q. a. silsilasidin azize debdurki, hech devon Hofiz devonidin yaxshiroq emas, agar kishi soʻfiy boʻlsa. Bu faqirgʻa andoq ma’lum boʻlubdur va mashhur mundoqdurki, Hazrat Mir Qosim q. s. alarning devonini «Qur’oni forsiy» der ermishlarki, Kalomulloh oyoti maonisidin mamlu va asroru nukotidin mashhurdir. Chun alarning ash’ori maorifnigori andin mashhurroqdurki, irodgʻa ehtiyoj boʻlgʻay. Har oyina qalam inoni andin masruf qilildi. Alar yetti yuz toʻqson ikkida olamdin oʻtubdurlar.

735. Shayx ul-islom Mavlono Nuruddin Abdurrahmon Jomiy q. r.

Alar vasfida xoma tili lol va til xomasi shikasta maqoldur. Yillar taqrir qililsa va qarnlar tahrir sur’ati bila bitilsa, ulcha haqqi bor. Vasflarining ado topmogʻi mutaassirdir va ta’riflarnning songʻa kelmagi mutaazzir. Bu bebizoat va qalil ul-istitoatning yaqini munga sodiq va tahqiqi munga muvofiqdurki, bu ummatda alarning kamoli suvari va istikmoli ma’naviylari jome’iyati bila turamamish boʻlgʻay. Chun asr fuzalosidin va zamon ulamosidin kim alarning shogirdligʻigʻa muazzazu mumtoz va musharrafu sarafroz erdilar. Necha kishi alarning siyratu kamoloti sharhida rasoilu kutub bitibdurlar va tasonif sabt etibdurlar, arodadur. Bilay degan kishi ul jam’i ta’lifdin oʻz fahmi xurdida maxsus boʻlur va bahra ola olur. Bu zaif dagʻi ham bu bobda «Xamsat ul-mutahayyirin» risolasi bitibmen. Anda filjumla gustoxligʻ yuzidin alar zikri bila qalamni gavharnisor etibmen. Turk ulusida irodat ahli va ixlos xayli ul parishon avroqdin va parokanda ajzodin ilikka olsalar va koʻz solsalar, biror nima bila olurlar va shuur hosil qila olurlar. Alar zohir yuzidin oʻzlarin qutb ul-muhaqqiqin va gʻavs us-solikin Mavlono Sa’d ul-millati va din Qoshgʻariy q. r. a. muridi koʻrguzurlar erdi. Ammo hamonoki Uvaysiy erdilar va hazrat Xoja Bahouddin Naqshband r. t. ruhoniyatidin tarbiyat topib erdilar va zamon mashoyixidin Xoja Muhammad Porso q. s. muborak nazarlarigʻa yetishib erdilar va Xoja Abu Nasr Porso va Xoja Muhammad Kusaviy va Mavlono Boyazid Puroniy va Mavlono Muhammad Asar va Mavlono Muhammad Tabodgoniy va Shayx Shoh Ziyoratgohiy va Mavlono Muhammad Amin Koʻhistoniy va Mavlono Sa’diddin Jojarmiy q. t. a. va soyir zamon mashoyixi bila suhbat tutub erdilar va ham bu toifa holotu masoilidin barchadin bahra topib erdilar va ham bahra yetkurub erdilar. Sakson bir yoshqa yettilar va sakkiz yuz toʻqson sakkizda jum’a kechasi Hirot xiyoboni boshida oʻz manzillarida Tangri taolo rahmatigʻa vosil boʻldilar va alarning muxlislaridin biri munavvar marqadlari ustida oliy imorat yasab, ba’zi muridlar va shogirdlaridin ul imoratda daqoyiq fununin va haqoyiq ulumin holo dars etib, jamoati kasir toliblardin alar ruhoniyatn barakatidin naf’i shomil va fayzi komil topadurlar va nazmu nasr tasniflaridin ellikka yaqin borki, zamon ahli andin bahramanddurlar. Nazmlaridin uch devondur. Avvalgʻi devon «Fotihat ush-shabob»qa mashhur va ikkinchi «Vositat ul-iqd»qa ma’ruf va uchunchi «Xotimat ul-hayot»qa mavsumki, olam ahli tilida ul nazmlardin oʻzga oz nazm joriy boʻlur va masnaviydin «Haft avrang»dur, yetti daftar tarbiyat topibdurki, «Tuhfat ul-ahror»dur va «Silsilat uz-zahab»dur va «Yusuf va Zulayho»dur va «Layli va Majnun»dir va «Xiradnoman Iskakdariy”dur va «Subhat ul-ahror»dur va «Salomon va Absol»dur va nasrlaridin «Tafsir»dur va «Shavohid un-nubuvvat»dur va «Nafahot ul-uns»dur va «Naqshi Fusus»dur va «Ash’iat ul-lamaot»dur va «Lavoyeh»dur va «Lavome’»dur va sharhi ruboiyotdur. Chun barchasi alarning kulliyotida mastur va mazkurdur, te’dodigʻa hojat emas va alarniig maoniy va nukoti andin mashhurroqdurki, biror nima sabt qilmoqqa hojat boʻlgay. Ul sababdin ixtisor qilildi. Haq s. t. va alar ruhigʻa vusul nuzhatgohida qiyomatqacha orom va niyozmandlargʻa alar asroru maoniysidin komu nashoti tamom nasib qilsun, omin yo Rabb al-olamin!

[Erkaklar martabasiga yetgan orif ayollar zikri]

Shayxi buzurgvor Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. «Futuhoti Makkiy»ning yetmish uchunchi bobida, andin soʻngraki, rijolulloh tabaqotidin ba’zini zikr qilibdur, debdurki, [biz zikr etgan bu toifadagi kishilarning barchasini rijol – erkaklar deb ataymiz. Shuningdek, ular ichida ayollar ham bor, lekin erkaklarning soni koʻp. Ba’zi kishidan soʻradilar: Abdollar necha nafardirlar? Aytti: Qirq kishi. Unga aytdilar: Nega qirqta erkak demaysan? Aytti: Ular ichida ayollar ham boʻladi](1). Shayx Abdurrahmon Sulamiy tabaqoti mashoyixiing sohibi r. t. nisvat un-obidot va niso un-orifot ahvoli zikrida alo haddihi kitobe jam’ qilibdur va alardin koʻpining ahvoli sharhiya bayongʻa keltirubdur.

She’r:

[Agar ayollar biz aytgandek boʻlsalar, erkaklardan afzaldirlar.
Quyoshning muannas ism ekanligi unga ayb emas, oyning muzakkar ism ekanligi unga faxr emas](2).

736. Robiai Adaviya r. t.

Basra ahlidin erdi. Sufyon Savriy r. a. andin masoil soʻrar erdi va aning mav’izotu duosigʻa ragʻbat koʻrguzur erdi. Bir kun Sufyon Robia q. s. qoshigʻa kirdi va ilig koʻtarib dediki, [Allohim, sendan salomatlik soʻrayman](1). Robia yigʻladi. Sufyon soʻrdiki, ne uchun yigʻlading? Robia dediki, sen meni yigʻlatding! Sufyon dedi: Nechuk? Robia dediki, salomat dunyoda aning tarkidadur va sen dunyoga oludasen. Robia soʻzidurki, har nimaga samarayedur va ma’rifat samarasi yuz Tengriga kelturmakdur. Va ham ul debdurki, [oz sidq ila astagʻfirulloh demoqlikdan astagʻfirulloh deyman](2). Sufyon andin soʻrdiki, banda Tengri taologʻa taqarrub tilar nimalardin yaxshirogʻi qaysidur? Ul dedi, uldurki, bilgayki, dunyo va oxiratda andin oʻzgani sevmas. Bir kun Sufyon aning qoshida dediki, [vo alamo!](3). Ul dedi: yolgʻon aytma, agar sen mahzun boʻlsang erdi, tiriklik senga xushguvor boʻlmagʻay erdi. Va ham ul debdurki, anduhum andin emaski, anduhingdurmen. Anduhum andindurki, anduhgin emasmen!

737. Lubobat ul-muta’abbida r.

Bayt ul-muqaddas ahlidindur. Ul debdurki, men Haq s. t. din uyalurmenki, meni gʻayr bila mashgʻul koʻrgay. Birav anga dediki, Hajga boradurmen, anda ne duo qilay? Dediki, Tengridin ani tilaki, sendin xushnud boʻlgʻay va seni oʻzidin xushnudlar maqomigʻa yetkurgay va seni doʻstlari orasida gumnom qilgʻay.

738. Maryam Basriya r. t.

Basra ahlidindur. Robia roʻzgorida ermish va aning suhbatigʻa yetgan ermish va xidmatin qilgʻan ermish. Va Robiadin soʻngra necha vaqt hayot topibdur. Va muhabbatda soʻz aytur ermish. Va muhabbatomiz soʻz eshitsa ermish, behol boʻlub, yiqilur ermish. Va olamdin oʻtmakni mundoq debdurlarki, bir majlisda muhabbat soʻzi oʻtar ermish. Chun soʻz muassirroq tushubdur, yuraki yorilib, jon beribdur. Ul debdurki, hargiz roʻze gʻami yemadim va aning talabigʻa ranj tortmadim, to bu oyatni eshittimki, [Va sizning rizqingiz osmonda va sizga va’da qilingan narsa bordir](1).

739. Rayhonai Voliha r. t.

Basraning mu’ta’abbidotidin ermish. Solih Murriy r. t. ayyomida bu abyotni yoqasi olligʻa bitib erkandur.

She’r:

[Sen munisim, himmatim va sururimsan, qalbim sendan boshqani sevishni istamaydi.
Ey azizim, himmatim va murodim, shavqim ado boʻlmas, qachon diydoringga musharraf boʻlaman?
Maqsadim jannat ne’matlari emas, faqat seni koʻrmoqni orzu qilaman](1).

740. Mu’ozai Adaviya r.

Robiai Adaviyaning aqronidindur va aning bila suhbat tutubdur. Qirq yil yuzin yuqori osmongʻa qilmadi. Va hargiz kunduz nima yemadi va kecha uyuqlamadi. Anga dedilarki, nafsinggʻa koʻp zarar yetkurasen. Dediki, hech zarar yetkurmaydurmen, kecha uyqusun kunduzga solibmen va kunduz yemakin kechaga!

741. Ufayrai Obida r. t.

Ul Basra ahlidindur va Mu’ozah Adaviya bila suhbat tutubdur. Tengri qoʻrqunchidin ancha yigʻladiki, koʻzlari koʻrmas boʻldi. Birav anga dediki, ne baloi qattiqdur koʻrmaslik! Ul dediki: Tengri taolodin mahjubluq andin qattiqroqdur va koʻngul koʻrluki Haq s. t. ning murodi muhimmida aning amrlarida qattiqroq.

742. Sha’vona r. t.

Ul Ajamdin erdi va Ubullada oʻlturur erdi. Va yaxshi uni bor erdi va xoʻb nagʻamot bila va’z aytur erdi. Va zuhhod va ubbod va arbobi qulub aning majlisida hozir boʻlur erdilar. [Mujtahida, qoʻrquvchi, yigʻlovchi, yigʻlatuvchilardan edi](1). Anga dedilarki, qoʻrqarbizki, koʻp yigʻlamogʻdin koʻzung koʻrmas boʻlgʻay. Dediki, dunyoda yigʻlamogʻdin koʻr boʻlmoq yaxshiroqdur, oʻt azobi bilan koʻr boʻlmoqdin. Ul debdurki, ul koʻzki, mahbubi liqosidin yiroq qolgʻay va aning diydorigʻa mushtoq boʻlgʻay, yigʻisiz yaxshi koʻrunmas. Derlar: ancha anduh anga gʻalaba qildiki, namoz va ibodatdin qoldi. Uyquda birov kelib anga dediki,

She’r:

[Agar sen gʻamgin boʻlsang koʻz yoshlar toʻkkin, albatta yigʻi gʻamginlarning qaygʻulariga shifodir.
Tur, harakat qil! Yonib, oʻrtanib, doimo roʻzador boʻl, chunki yonish va oʻrtanish itoatkorlarning fe’lidir](2).

Yana toat bunyod qildi. Va bu abyot bila tarannum qilur erdi va yigʻlar erdi va yigʻlatur erdi. Derlarki, qarigʻanida Fuzayl Iyoz q. s. aning qoshigʻa borib, duo talabe qildi. Ul dedi: Ey Fuzayl, sening bilan Tengri orasida hech nima bormuki, agar duo qilsam, ijobatqa sabab boʻlgʻay? Fuzayl sayhaye urdi va bexud boʻlub yiqildi.

743. Kurdiya r. t.

Basradin yo Ahvozdin erdi. Va Sha’vonaning xidmatin qilur erkandur. Ul debdurki, bir kecha Sha’vona qoshida erdim. Koʻzumkim, uyqugʻa bordi, ayogʻin manga urub dedi: qoʻb, ey Kurdiyyaki, bu yer uyqu yeri emas, uyqu yeri goʻrdur! Anga dedilarki, sanga Sha’vona suhbati barakotidin ne yetti? Dedi: ul vaqtdin beriki, aning xidmatigʻa yettim, dunyoni sevmadim va roʻze gʻamin yemadim va dunyo ahlidin hech kishi koʻzumga uluq koʻrunmadi tama’ jihatidin va musulmonlardin hech qaysini kichik tutmadim.

744. Hafsa binti Sirin r. t.

Muhammad Sirinning qiz qardoshidur. Va zuhdu vara’da qardoshidek erdi. Oyot va karomot iyasi ermish. Derlarki, kecha oʻz uyida chiroq yoqar erdi va namozgʻa turar erdi. Goh boʻlur erdiki, chirogʻi tuganib oʻchar erdi va uy yoruq erdi.

745. Robiai Shomiya r. t.

Ul Ahmad b. Abulhavoriyning zavjasi erdi. Ahmad debdurki, aning ahvoli muxtalif erdi, gohi anga ishqu muhabbat gʻalaba qilur erdi va gohi uns va gohi xavf. Muhabbat gʻalabasi mahalida aytur erdiki,

She’r:

[U shunday mahbubki, tengi yoʻq, qalbimda undan boshqaga nasiba yoʻq.
U mahbub koʻzimdan va oʻzimdan gʻoyib boʻldi, ammo koʻnglimdan gʻoyib boʻlmadi](1).

Va uns holida der erdiki,

she’r:

[Seni qalbimda sirdosh va suhbatdosh qildim, kimki menla ulfatchilikni xohlasa, jismimni topshirdim.
Jismim suhbatdosh bilan, qalbim jononim ila ulfatdir](2).

Va xavf holida der erdiki,

she’r:

[Yoʻl ozigʻim ozdir, manzilimga yetkazolmaydi, ozigʻim ozligiga yigʻlaymi yo yoʻlning uzoqligiga?
Ey orzum intihosi, meni oʻtda kuydirasanmi? Nahot, barcha umidim va qoʻrquvim foyda bermaydi?](3).

Ahmad Abulhavoriy debdurki,

Bayt:

[Seni ayollarni sevgandek emas,
birodarlik muhabbati bilan sevaman](4).

Ahmad b. Abulhavoriy debdurki, bir kun aning oldida bir tasht erdi. Dediki, bu tashtni koʻtaringki, anda bitilgan koʻrarmenki, amir ul-moʻ’minin Horun ar-Rashid oʻtubdur. Chun tafahhus qildilar, ham ul kun Horun ar-Rashid oʻtub erdi.

746. Hakimai Dimishqiya r. t.

Shom nisosining sodotidindur. Robiai Shomiyaning ustodi. Ahmad b. Havoriy debdurki, Robia dediki, Halimai Dimishqiya qoshigʻa kirdim, mushaf Qur’on oʻquydur erdi. Dedi: Ey Robia, eshittimki, abushqang, ya’ni Ahmad b. Abulhavoriy sening ustungga yana xotun oladur ermish. Dedim: bale! Dedi: Ul nechuk begonur oncha aqli bilaki, koʻnglini Tengri taolodin ikki xotungʻa mashgʻul qilgʻan? Magar sanga ul oyat tafsiri yetmaydurkim, [Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina foyda yetar)(1). Dedim: yoʻq! Dedi: bu oyatning tafsiri budurkim, Tengri taologa yetkaysen va koʻnglungda hech nima andin oʻzga boʻlmagʻay. Robia debdurki, aning qoshidin chiqdim va ul soʻz asaridin taammul qila borur erdim. Va eranlardinki, ul yoʻlda yoʻliqur erdilar, uyalar erdimki, meni usruk sogʻingʻaylar.

747. Ummi Hasson r. t.

Kufa ahlining zuhhodidin ermish. Sufyon Savriy aning ziyoratigʻa borur ermish. Va ba’zi debdurlarki, ani xotunluqqa qoʻlubdur. Sufyon debdurki, bir kuk aning uyiga kirdim, bir eski buryodin oʻzga nima yoʻq erdi. Dedim: agar bir ruq’a amakizodalaringgʻa bitilsa, sening holing rioyati qilurlar. Dedi: Ey Sufyon, myoning koʻz va koʻnglumga bundin burun ulugʻroq erding. Men hargiz dunyoni savol qilmon ul kishidinki, anga molikdur va qodirdur va mutasarrif. Nechuk savol qilgʻaymen andinki, anga qodir ermas? En Sufyon, vallohki, men sevmasmenki, manga bir dam oʻtgayki, ul dam Tengridin gʻofil boʻlub, aning gʻayrigʻa mashgʻul boʻlgʻaymen. Sufyon ul soʻzdin yigʻladi.

748. Fotima Nisoburiya r. t.

Xuroson nisosining qudamosidindur va orifot kiboridin. Abu Yazid Bistomiy q. s. anga sano aytibdur va Zunnun Misriy andin savollar qilibdur. Makkada mujovir erkandur. Gohi Bayt ul-Muqaddasgʻa borur erkandur va yana Makkagʻa qaytur erkandur. Bir kun Zunnun uchun nima yibordi. Zunnun qabul qilmadikim, nisvondin nima qabul qilmoq mazallatdur va nuqson. Fotima dediki, dunyoda hech soʻfiy andin yaxshiroq va ulugʻroq emaski, bu sababni aroda koʻrmagay. Abu Yazid q. s. debdurki, umrumda bir er va bir xotun koʻrubmen. Ul xotun Fotimai Nisoburiya erdi, hech maqomdin anga xabar qilmadimki, ul xabar anga ayon emas edi. Mashoyixdin biri Zunnundin soʻrdiki, bu toyifadni kimni ulugʻroq koʻrdung? Dediki, Makkada bir zaifa erdiki, ani Fotimai Nisoburiya der erdilar. Qur’oi maoniysi fahmida soʻzlar aytur erdiki, manga ajib kelur erdi. Umra yoʻlida ikki yuz yigirma uchda dunyodin oʻtti.

749. Zaytuna r. t.

Oti Fotima erdi. Va Abu Hamza va Junayd va Nuriy q. a. gʻa xizmat qilur erdi. Ul debdurki, bir kun qattiq sovuq erdi. Nuriy xizmatigʻa bordim va dedim: hech nima ermusen? Dedi: hov! Dedim: ne? Dedi: non bila sut! Deganini kelturdum. Ollida oʻt yonadur erdi va iligi qora boʻlub erdi. Iligining har yerigaki, sut tegar erdi, qorasi uyulurur erdi. Chun ani koʻrdum, ayttimki, [Ey rabbim, sening doʻstlaring qanday iflosdurlar, ularning ichida biror pokizasi yoʻkdir](1). Va aning qoshidin chiqdim, bir yerga yettim, bir xotun kishi manga yopushtiki, munda bir terma toʻn erdi, sen eltibsen! Va meni hokim qoshigʻa eltti. Nuriy ani eshitti va mening soʻngumcha hokim qoshigʻa keldi va dediki, ani ogʻritmaki, avliyoullohdindur. Hokim dediki, ne chora qilayki, xasm ul toʻnni andin tilaydur? Nogoh bir qora kanizak paydo boʻldi va ul gʻoyib boʻlgan nima anda. Xasm dediki, ani qoʻyungki, men iturganni toptim. Pas, Nuriy mening iligimni tutub, ul yerdin chiqdi va dedi: nechun dedingki, [Sening doʻstlaring qanday vahshiydirlar va iflosdirlar](2). Dedim: tavba qildim andinki, deb erdim.

750. Fotimai Barda’iya r. t.

Ardabilda boʻlur erdi. [Aytadilarki, shathiyot soʻzlovchi oriflardan edi](1). Mashoyixdin ba’zi bu qudsiy hadis bobida soʻz soʻrdiki, [kim meni eslasa, u bilan birgamen](2). Ul soyil bilan soate soʻzlar aytti va soʻngra dediki, [Zikr shudirkim, sen Haqni davomli zikr etganing holda uning zikr etganini mushohada etasan. Sening zikring uning zikrida yoʻq boʻlib ketadi. Faqat uning seni zikr etgani qoladi. Orada makon ham zamon ham boʻlmaydi](3).

751. Ummi Ali Zavjai Ahmad bin Xizravayh r.

Ul akobir avlodidin erdi. Va koʻp moli bor erdi, barchani fuqarogʻa sarf qildi va Ahmad. Hizravayx q. s. bila bu tariqda muvofaqat qildi. Va Boyazidni va Abu Hafsni q. s. koʻrub erdi. Va Boyaziddin savollar qilib erdi. Abu Hafs debdurki, hamisha xotunlar hadisin makruh tutar erdim, to ul vaqtqachaki, Ummi Ali Ahmad bin Xizravayhning zavjasin koʻrdum, andin soʻng bildimki, Haq s. t. oʻz ma’rifatin va shinoxtin har yerdaki, tilar koʻyar. Boyazid. q. s. debdurki, har kim tasavvuf mudovamatida boʻlgʻay, kerakki, bir himmat bila mudovamat qilgʻay Ummi Ali zavjai Ahmad bin Xizravayh himmatidek, yo bir hol bila aning holidek. Ul debdurki, Haq s. t. anvoi lutfu ehson bila xalqni oʻziga tiladi, ijobat qilmadilar, andin soʻngra turlugʻ balolarni alargʻa toʻkdi, to alarni balo bila oʻziga tortqay, aning uchunki, alarni sevar. Ham ul debdurki, hojat favti osonroqdur, andinki, xorliq tortqay aning uchun. Balx ahlidin bir zaifa anga keldi va dediki, kelibmen. Tengri taologʻa taqarrub tilagaymen, sening xidmating vasilasi bila. Anga dedi: nechuk aning xidmati vasilasi bila manga taqarrub bilmassen?

752. Ummi Muhammad volidai Shayx Abu Abdullox Xafif r. t.

Oʻgʻli Abu Abdulloh b. Xafif bila bahr yoʻlidin Hajga bordi. Va anga mukoshafotu mujohadot koʻp ekandur. Derlarki, Shayx Ramazonning soʻnggi ushrida ihyo qilur erdiki, laylat ul-qadrgʻa musharraf boʻlgʻay. Tomgʻa chiqib erdi va namoz qilur erdi. Va onasi Ummi Muhammad uy ichida, Haq s. t. gʻa mutavajjih oʻlturub erdi. Nogoh «Laylat ul-qadr» anvori anga zohir boʻla boshladi. Un chiqardiki, Ey Muhammad, ey farzand, ulcha sen anda tilaysen, mundadur! Shayx tushti va anvorni koʻrdi. Va onasi ayogʻigʻa tushti, andin soʻng Shayx aytur erdiki, ul vaqtdin soʻngra onam qadrin bildim.

753. Fotima binti Abobakr Kattoniy r. t.

Ul Samnun Muhib majlisida vaqtiki muhabbatdin soʻz aytadur erdi, jon berdi. Va eranlardan dagʻi uch kishi aning muvofaqatigʻa oʻldilar.

754. Fizza r. t.

Shayx Aburrabi’ Molaqiy r. debdurki, aning oyatu karomati bagʻoyat zohir va mashhur erdi. Ul jumladin biri budurki, aning bir qoʻyi bor erkandurki, sogʻsalar erkandir ham sut berur erkandur, ham bol! Va bu soʻzning «Nafahot»da tafsili bor, tilagan kishi anda topar.

755. Tilmizai Sariy Saqatiy r. t.

Zaifaye erdi Sariy Saqatiyning shogirdi. Va ul zaifaning bir oʻgʻli bor erdi, muallim qoshida. Muallim ani tegirmonga yibordi. Ul tegirmonning tannurasiga tushti va choʻmdi. Muni Shayxqa ayttilar. Shayx ayttiki, qoʻpung va mening bila keling! Aning onasi qoshigʻa bordi va nasoyihu mavoiz bunyod qildi, barcha sabru rizo bobida. Ul aytti: ey ustod, bu soʻzlardin gʻarazing nedur? Dediki, oʻgʻlung tegirmon suyigʻa tushub, gʻarq boʻlubdur. Dedi: mening oʻgʻlum? Shayx dedi: bale! Ul dediki, tahqiqki, Tengri taolo muni qilmaydur? Shayx yana sabr bobida soʻz bunyod qildi. Ul dedi: qoʻpung, mening bila keling! Qoʻptilar va ul suv yoqasiga bordilar. Choʻmgan yerni xotun soʻrdi, ayttilar. Ul yerda turub oʻgʻlin chorladiki, farzand Muhammad! Ul «labbayk» deb javob berdi. Suvgʻa kirdi va oʻgʻli iligin tutib, suvdan chiqardi va uygʻa eltti. Shayx bu qissani Shayx Junayd q. s. din soʻrdiki, bu nedur? Junayd dediki, bu zaifa rioyat qilur, har neki Tengri vojib qilibdur. Va mundoq kishining hukmi uldurki, hech hodisaye havodisdin anga voqe’ boʻlmagʻayki, avval aning hudusidin anga xabar qilmagʻaylar. Chun anga oʻgʻul favtidin xabar qilmaydur erdilar, bildiki, ul amr boʻlmaydur, lojaram inkor qildi va dediki, Tengri taolo bu ishni qilmaydur.

756. Tuhfa r. t.

Ul nisoning solihoti, balki vosilotidin ermish. Xazrati Mahdumiy n. m. n. «Nafohot ul-uns»da aning zikrida ancha gʻaroyib va aning holotida ancha ajoyib bitibdurlarki, sharhgʻa rost kelmas. Bu muxtasarda mundin ortuqroqning gunjoyishi yoʻq erdi. Ul holotqa ittilo’ tilagan, ul kitobdin tilasun!

757. Ummi Muhammad r; t.

Shayx Abdulqodir Gilonnyninng ammasidur. Derlarki, bir qatla Gilonda qurgʻogʻlnq boʻldi. Xaloyiq istisqogʻa chiqdilar, yogʻin yogʻmadi. Barcha xalq Ummi Muhammadning uni eshikiga keldilar va yomgʻir duosini tiladilar. Ummi Muhammad uyining eshikin supurdi va dedi: Xudoyo, men supurdum, sen suv sep! Oz vaqt oʻtmadi, yogʻin tutti, andoqki degaylarki, meshlarning ogʻzii ochiq qoʻya beribdurlar.

758. Bibiyaki Marviya r. t.

Shayx Abu Sa’id Abulxayr q. s. debdurki, Marvda erdukki, anda bir qari xotun bor erdiki, ani Bibiyak der erdilar, bizing qoshimizgʻa keldi va dedi: Ey Abu Sa’id, tazallumgʻa kelibman. Biz deduk: ayt! Ul dediki, el doim duo qilurlarki, Yo Rab, bizni bir nafas bizga qoʻyma! Oʻttuz yildurki, men duo qilurmenki, Yo Rab, bir turfat ul-ayn meni manga qoʻyki, bilayki men nedurmen, yo bormumen, hanuz ittifoq tushmaydur.

759. Ka’b qizi r. t.

Shayx Abu Sa’d Abulxayr q. r. debdurki, Ka’bning qizi oshiq erdi ul qulgʻa. Ammo ulugʻlar ittifoq qildilarki, bu soʻzki, ul aytur, ul soʻz ermaski, maxluqqa aytsa boʻlgʻay. Anga oʻzga yerga ish tushub erdi. Bir kun ul qul ul qizni nogoh koʻrdi, yengining uchin tutti. Qiz unga nahib bila boqib dediki, sanga muncha bas emasmukim, men iyam bilamen va anda mubtalomen va sanga zohir qilibmen. Shayx Abu Sa’id q. s. debdurki, soʻziki, ul aytibdur, andoq emaski, kishiga maxluqluqda tushmish boʻlgʻay. Ul debdurki,

Nazm:

[Ishqbozlik qilib yana unga bogʻlandim, koʻp harakatlar foyda bermadi.
Ishq sohili koʻrinmaydigan daryodir, ey ishq giriftori, bu yoʻlga shoshilib boʻladimi?
Ishqni poyoniga yetkazmoqchi boʻlsang, nomaqbulni koʻrib, maqbul tasavvur qil!
Xunuk narsani chiroyli hisobla! Zahar ichganda qand deb gumon qil!
Sarkashlik qildim, bilmadimki, tuzogʻni harqancha tortsang, torayib boraveradi](1).

760. Fotima binti Musanno r. t.

Shayx Muhyiddin Arabiy r. a. «Futuhoti Makka»da debdurki, men yillar aning xidmatin qildim. Va ul vaqt yoshi toʻqson beshda bor erdi va yuzining tozaligi va orazining nozuklukidin uyalurdimki, aning sari tik boqqaymenki, kishi gumon qilur erdiki, oʻn toʻrt yoshidadur. Anga Haq s. t. bila ajab hole bor erdi. Barcha eldinki aning xidmatigʻa yetarlar erdi, meni ixtiyor qilib erdi. Der erdiki, men aningdek kishi koʻrmaydurmen. Qachonki, mening qoshimgʻa kelur, oʻzin andoq jam’ qilib kelurki, tashqari hech nima qolmas va chiqarda ham andoq chiqarki, ichkari hech nima qolmas. Va ham debdurki, ul dediki, manga ajab kelur ul kishidinki, ayturki, Haqni sevarmen va aning bila sevunmas. Va hol ulki, Tengri aning shuhudidur va koʻzi anga nozirdur va bir turfat ul-ayn gʻoyib boʻlmas, bu el nechukki aning muhabbati da’vosin qilurlar va ayturlar, ayo uyalmaslar. Muhib qurbi muqarriblardin ortuqdur, pas nega yigʻlarlar. Manga dediki, ey farzand, ne dersen bu soʻzdaki, men dermen? Dedim: Soʻz budurki, sen dersen. Andin soʻngra dediki, valloh, manga taajjub kelur mening habibim «Fotihat ul-kitob»gʻa mening xidmatim buyurubdur, billoh, hargiz «Fotiha» meni andin mashgʻul qilmaydur. Va ham Shayx debdurki, biz aning qoshida oʻlturub erdukki, zanfaye kirdi va dediki, abushqam falon shahrgʻa boribdur va doiyasi bor ekandurki, yana bir xotun olgʻay. Dedimki, tilarsenki, kelgan. Dedi: bale! Yuz aning sari qildim va dedim: Ey ona, eshitursenkn, ne deydur? Dedi sen ne tilarsen? Dedim: aning hojatin ravo qilmoq! Va aning hojati budurki, gʻoyibi kelgay. Dedi: [Jonu dilim bilan](1). Filhol «Fotihat ul-kitob»ni yiborurmenki, aning gʻoyibin olib kelur. Va «Fotiha»ni oʻqiy boshladi va men ham aning bila oʻqudum. Va bildimki, «Fotiha» qiroatidin «Jasadoniy» surati insho qildi va yibordi. Va dedi: Ey «Fotihat ul-kitob», falon shahrga bor va bu zaifaning hojatin top va qoʻymay olib kel! Shayx debdurki, «Fotiha»ni yiborgandin ul kelguncha ul masofat qat’ qilurdin ortuq fursat boʻlmadi.

761. Joriyai Savdo r. t.

Zunnun q. s. debdurki, bir qora kanizak koʻrdumki, atfol anga tosh urarlar erdi va derlar erdiki, bu zindiqa derki, men Tengrini koʻrarmen. Men aning keynicha bordim. Meni chorlab dedi: Ey Zunnun! Dedim: sen meni qaydin taniding? Dedi: Aning doʻstlarining jonlari aning sipohidur va bir-biriga oshnodurlar. Dedim: bu nedurki, bu oʻgʻlonlar aytadurlar? Dedi: ne deydurlar? Dedim: deydurlarki, sen aytur ermishsenki, men Tengrini koʻrarmen! Dedi: chin ayturlar, to ani tanidim, hech mahjub boʻlmaydurmen.

762. Imra’atun Majhula r. t.

Va ham Zunnun q. s. debdurki, tavof qiluraning orasida koʻrdimki, bir nur chaqildiki, ishnagani koʻkka yetti. Mutaajjib boʻldum va tavofdin forigʻ boʻlgandin soʻngra uchamni Ka’baning tomigʻa qoʻyub, aning fikrida erdimki, nogoh bir anduhligʻ un eshittim. Ul un soʻngicha bordim, koʻrdumki, joriyaye Ka’ba astorigʻa osilibdur va aytadur.

She’r:

[Ey mahbubim, bilasanki, mahbubim kimdir, ha, sen bilasan!
Ozgʻinligim, jismim, koʻz yoshlarim sirrimni fosh qildilar.
Ishq sirrini chunon pinhon tutdimki, koʻkrak qafasim torlik qildi](1).

Pir sari bordim va aning dardidin giryon boʻldum. Pas dedi [Allohim, sayyidim, mavlom, menga boʻlgan muhabbating haqqi, meni magʻfirat qil!](2) Dedim: Ey joriya, sanga bu bas emasmuki, [Senga muhabbatim haqi](3) degaysenki, dersen [Menga muhabbating haqi](4). Bilursenki, ul seni sevar. Dediki: Tengrigʻa bandalar borki, alarni sevar, pas alar ani sevarlar. Eshitmaysen qavluhu taoloki dediki, [Alloh boshqa bir qavmni keltirurki, ularni sevadi, ular ham Allohni sevadilar](5). Va aning muhabbati anga bas. Anga dedimki, seni asru zaif va nahif koʻrarman, magar bemorsen? Dediki,

she’r:

[Allohni sevuvchi dunyoda dardmanddir, bemorligi tuzalmaydi, faqat uning davosi – dard.
Yaratuvchining oshigʻi shunday boʻladiki, uni topguncha eslab, muhabbatida yonadi](6).

Manga dediki, keyin boq! Keyin boqdim va hech nima koʻrmadim. Chun aning sari boqdim, ani ham koʻrmadim, bilmadim qayon bordi?

763. Joriyai Majhula r. t.

Ham Zunnun q. s. debdurki, manga bir kanizakni oʻgdilar, mutaabbida. Va aning holidan xabar soʻrdum. Dedilar: bir dayrda xarobdur! Ul dayrgʻa bordim, koʻrdum, asru zaif jismligʻki, uyqusizlik asari anda zohir erdi. Salom qildim. Javob berdi. Dedim: nasoriy maskanida boʻlursen? Dedi: koʻz ochgach, Tengri taolodin oʻzga ikki dunyoda kishi koʻrarsen? Men dedim: hech yolgʻuzluk vahshati topmassen? Dedi: mendin yiroq boʻl, ul mening koʻnglumni hikmatining latoyifidin va muhabbatidin andoq toʻla qilibdur va diydori shavqini manga andoq mustavliy qilibdurki, koʻnglumda hech yer aning gʻayri uchun topmon. Dedim: seni hokima koʻrarmen, meni bu yoʻl torligʻidin chiqar va tuz yoʻlni manga och! Dedi: ey javonmard, taqvoni ozugʻung qil va zuhdni yoʻlung va vara’ni borgiring va qoʻrqunchlugʻlar tariqida suluk qil, to yetkaysen bir eshikkaki, ne hujjob koʻrgaysen anda, ne bavvob. Xozinlarigʻa buyurgʻayki, hech ishta sanga nofarmonligʻ qilmagʻaylar.

764. Imra’atun Misriya r. t.

Imom Yofi’iy tarixida mashoyixinng biridin naql qilurki, Misr navohiysida bir zaifa oʻttuz yil bir yerda iqomat qildiki, issigʻ va sovugʻda andin bormadi. Va oʻttiz yilda hech nima yemadi va ichmadi. Vallohu a’lam.

765. Imra’atun Misriyai Uxro r. t.

Ham Imom Yofi’iy «Ravz ur-rayohin» kitobida kelturubdurki, bu toyifadin biri debdurki, Misr navohiysida bir zaifa koʻrdumki, volahu hayron erdi va oʻttuz yil ayogʻ ustiga turub erdi. Qishda va yozda va kecha kunduzdin va yomgʻurdin anga panoh yoʻq erdi. Va yilonlar va ajdaholar aning tegrasida otlanurlar erdi. Vallohu a’lam.

766. Imra’atun Xorazmiya r. t.

Va ham Imom Yofi’iy oʻz tarixida ulamoning biridin naql qilurkim, debdurki, Xorazm navohiysida bir xotun koʻrdumki, yigirma yildin ortuqroq yegulik va ichgulikdin hech ishtigʻol koʻrguzmaydur erdi. Vallohu a’lam.

767. Joriyai Habashiya r. t.

Shayx Muhyiddin Abdulqodir Giloniy q. t. r. debdurki, avval qatlaki, Bagʻdoddin Haj azimati qildimki, yigit erdim va yolgʻuz borur erdim. Shayx Addiy b. Musofir manga yoʻluqdi. Ul ham yigit erdi. Mendin soʻrdikim, qayon borursen? Dedim: Makkaga. Dedi: musohibqa mayling bor? Dedim: men tajrid qadami bila boradurmen. Dedi: men ham tajrid qadami bilamen. Bila yoʻlgʻa tushduk. Yoʻlda bir kun Joriyai Habashiya paydo boʻldi, yuziga burqa bogʻliq. Va mening yuzumga tez-tez boqdi va soʻrdn: ey yigit, qaydinsan? Dedim: Ajamdin. Dedi: bu kun meni ranjgʻa solding. Dedim: nechuk? Dedi: bu soat Habash bilodidin erdim. Manga mushohada tushdiki, Tengri taolo sening koʻnglungga tajalli qildi va sanga atoye qildiki, bu toyifadin men bilurlardin hech kimga mundoq ato qilmaydur. Tiladimki, seni koʻrgaymen. Va dedi: men bu kun sizing bilaman va sizing bila iftor qilurmen. Va yurudi. Va ul vodiyning bir yonidin va biz yana bir yonidin borur erduk. Chun oqshom boʻldi, koʻkdin bir tabaq indi, anda olti ragʻif sirkavu sabzi bila. Joriyai Habashiya dediki, [Meni va mehmonimni ikrom qilgan Allohga hamd boʻlsin!](1). Har kecha manga ikki ragʻif inar erdi, bu kecha yoʻldoshlardin har biri uchun ikki ragʻif indi. Andin soʻngra uch ibriq suv indiki, chun andin ichduk, lazzatu halovatda dunyoda ichgan suvlargʻa oʻxshamas erdi. Pas ul kecha bizdin ayrildi va ketti. Chun Makkaga yettuk, tavofda Shayx Addiygʻa tajalli voqe’ boʻldiki, bexud boʻlub yiqildi, andoqki ba’zi der erdilarki, ul oʻldi. Nogoh koʻrdumki, ul Joriya aning ustida turubdur va aytadurki, seni tirguzgay ul kishi bu nav’ oʻlturubdur. [Pokdir u Allohki, jalol nurining qarshisida borliqdagi hodisalar faqat uning madadi bilan qoyimdir va sifotining zuhur etishi jihatidan koinot faqat uning kuch-quvvati bilan barqarordir. Balki uning muqaddas pokligi oqillar koʻzlarini koʻr qiladi va xushboʻylarining zeboligi ulugʻlar qalbini rom etadi](2). Andin soʻngra tavofda manga tajalli voqe’ boʻldi. Va botinimdin xitobe eshittim va aning oxirida manga ayttilarki, Ey Abdulqodir, zohir tajridini qoʻy, tavhid tafridini lozim tut va el naf’i uchun oʻlturki, bnzga xos bandalar borki, tilarbizki, alarni sening ilgingda qurbimiz sharafigʻa yetkururbiz. Nogoh ul Joriya dedi: ey yigit, bilmasmen, bu kun ne nishondur sangaki, boshingda nurdin borgoh urubdurlar va osmongʻacha maloik tegrangga aylanibdurlar va barcha avliyoning koʻzi oʻz maqomlaridin sanga xira qolibdur va barcha sanga bergonidikka umidvordurlar. Andin soʻngra ul Joriya bordi va yana ani koʻrmadim.

768. Imra’atun Isfahoniya r. t.

Shayx Abdulqodir Giloniy q. r. muridu ashobidin biri debdurki, bir kun Shayxqa minbar ustida istigʻroqe voqe’ boʻldi, andoqki, amomasidin bir pech ochildi. Va ul voqif emas erdi. Barcha hozirlar Shayx muvofaqotigʻa dasturlarni minbar ayogʻigʻa tashladilar. Chun Shayx oʻz holigʻa keldi va soʻz tugatti va amomasining buzulgʻan pechin yasadi, manga buyurdiki, dastorlarii solgʻan elning iyalarigʻa bergil! Men degandek qildim. Bir xotun kishining isobasi boqiy qoldiki, iyasi paydo emas erdi. Shayx ani oldi va oʻz muborak egnigʻa soldi. Solgʻoch filhol ul isoba Shayxning egnidin gʻoyib boʻldi. Man hayron qoldim. Chun Shayx minbardin tushdi, aning kayfiyatin manga ayttiki, chun majlis ahli bizing muvofaqatimizgʻa dastorlarin minbar ayogʻigʻa soldilar, bizing bir singlimiz bor Isfahonda, ul ham isobasin soldi. Chun biz ani egnimizgʻa solduk, ul Isfahondin ilig uzatib, egnimizdin oldi. Ul Imra’atun Isfahoniydur.

769. Imra’atun Forisiya r. t.

Shayx Najibuddin Aliy Buzgʻush r. t. debdurki, bir qatla bir zaifa Gulpoyagon qasabasidin Sheroz shahrigʻa kelib erdi. Gohlar bizing uyga kelur erdi va boxabar zaifa erdi. Bir necha vaqt bizing uyda boʻlur erdi va manga yoʻqsuzluq dast berib erdi. Va ul bilur erdi ul holni va bizing uyda bir necha zarf bor erdiki, agar bugʻdoy-arpadek nima Tengri bersa erdi, ul zarflargʻa solur erduk. Va ul zarflar boʻshab erdilar va boshlarin yopib erduk, to ariq qolgʻay hojat vaqtigʻacha. Ul xotun sogʻindiki, magar ul zarflarda nima bor? Manga dedi: chun yoʻqsuzliq dast beribdur, ul zaxiradinki, bu zarflardadur, nevchun qut qilmassen? Dedim: alar boʻshdur. Dedi: boʻsh boʻlsa, boshlarin nega berkitibsiz? Dedim: aning uchunki, ariq qolgʻay. Ul qoʻpti va ul zarflarning ogʻizlarin ochti va ochiq qoʻydi. Va dediki: aning uchun boʻshdurki, ogʻizlari bogʻligʻdur. Agar ogʻizlari ochuq boʻlsa biravdek boʻlgʻayki, och boʻlgʻay va ogʻzin ochmish boʻlgʻay. Tengri taolo anga qut yetkurgay. Har nimaning quti anga munosib boʻlgʻay, hojat vaqti. Va bu zuruf oshligʻ zurufidur va bularning quti oshligʻdur, chun qorin ochligʻi, ya’ni boʻshlugʻi zohir boʻlsa, ani oshligʻ va hubub bilatoʻla qilurlar. Chun ul xotun bu tasarrufni qildi, filhol Haq s. t. oncha oshligʻ yetkurdiki, ul zuruf toʻldi. Va ul zaifa avliyoullohdin erdi.

770. Bibichai Munajjima r. t.

Kirmon mulkidindur. Mazkur boʻlgʻon ilmda oʻz zamonining saromadi erdi, ammo mayli darveshlik sari erdi. Zamon podshohi iltifot va ta’zim koʻp qilur erdi va podshoh haramlari uzmo xavotin bagʻoyat hurmat tutarlar erdi. Oqibat barchaning ixtilotin tark qilib, xiyobon boshida oʻz manzili javorida masjidi jome’ yasadi va mulku asbobin anga vaqf qildi, andoqkim, holo ravnaqi bor va kasir xaloyiq anda namoz qilurlar. Va ham anda oʻziga goʻrxona yasadi, yoshida olamdin oʻtti. Va maqbarasi oʻz goʻrxonasidadur.

Ilohi, bu avliyoulloh asrorahumning sharif anfosi barakoti haqqi va bu kitob mutolaasigʻa mashgʻul boʻlgan azizlar dimogʻin mazkur boʻlgan abror muhabbati nasoyimidin muattar va bahramand qilgʻaysen va bu kitob mumorasotigʻa mash’uf boʻlgʻon ahli tamayyuzlar koʻnglin mastur boʻlgʻon axyor futuvvatn shamoyimidin munavvar va arjumand etgaysen. Va alarning tufayli roqimning ham tiyra roʻzgorigʻa safoye va hirmon zulmatidin qororgʻon koʻzlariga hidoyat quyoshidin ziyoe nasib qilgʻaysen. Va podshohi islomkim, iymon ahligʻa mujibi farogʻatu amniyat va zamon xayligʻa boisi rafohiyatu jam’iyatdurki, bular boʻlmasa, bu nav’ nusxa tartibu tasnifi va bu tavr kutub jam’u ta’lifi mutaassir, balki muholu mutaazzirdur, sihhatu umru davlatini muxallad va insofu adolatini muabbad tutqil va a’dosini maqhur va ahibbosini mansur qilgʻil. Omin, yo Rabb al-olamin!

Izohlar

Abo – xirqaga oʻxshash bir kiyim, darveshlikda tavoze va faqirlik maqomiga ishoratdir.

Aloyiq – toliblarni murod va maqsadlardan yiroqlashtiruvchi sabab va munosabatlar.

Aso – hassa, tasavvufda shayxlik nishoni. Ramziy ma’noda solikning valiy va eranlar nafasiga muhtojligini ifodalaydigan bir timsol: «Eranlar nafasin aso etgin sen» (Yunus Emro).

Aqida – biror bir narsaga ishonmoq, nimanidir tasdiq etmoq va uni qabul aylab, unga sodiq qolmoq, Ishonch - e’tiqod tamali.

Ahli qol – hol ahlining teskarisi, ya’ni soʻzlarning ma’no va haqiqatini bilmasdan, oʻz hayoti, qismati va tajribasi bilai bogʻlanmaydigan gaplarni takrorlashdan nari oʻtolmaydigan kimsalar guruhi. Dil emas –til, ma’no emas, da’vo bilan yashash yoʻlini tutgan gumroh, munofiqlar jamoasi.

Vasl – yetishish, erishish, vosil boʻlish. Haq visoliga yetishmoq. Vasl yoki vuslat tasavvufiy hayotdagi yoʻqchilikning nihoyasiga aloqador.

Vatar – orzu, bashariy sifatlar va nafsoniy lazzatlardan yiroqdagi xush bir tuygʻu, ruhoniy istak.

Darvesh – benavo, qashshoq, kambagʻal, faqir, xudojoʻy; tasavvuf tariqatiga mansub kishi. «Gʻiyos ul-lugʻot»da izohlanishicha darvesh soʻzining asl ma’nosi eshiklardan narsa tilovchi boʻlib, darvesh demak. Darveshning qadimgi shakli darovez – eshiklarga osiluvchidirki, keyinchalik u darvesh shaklini ogan. Darvesh uchun murshidlik eshigi bamisoli Ka’badir. U ana shu eshikka osiluvchi va undan najot tilovchidir.

Da’vo – nafsning oʻzsha mansub boʻlmagan biror-bir narsani oʻziga nisbat berishi. Munoqasha va munozara. Sahl bin Abdullohning aytishicha, «Qul bilan Alloh orasidagi eng katta toʻsiq – da’vo, ya’ni iddaodir».

Zavoyid – qalbdagi nurlarning koʻpayishi.

Zikr – soʻzlash, bayon qilish, xotirlash, yod aylash, xotirdagini unutmaslik ma’nolarini anglatadigan arabcha bir kalima. Tasavvufda bu kalima gʻaflat va isyon –esdan chiqarishning ziddi oʻrnida tatbiq etilgan. Zikr tasavvufdagi har bir tariqatda, har bir tasavvuf ahlining nazdida – barcha qoida, usul va odoblarning boshidir. Tariqat pirlari va muridlarning zikr foydalari haqida umumiy qarashlari taxminan bunday boʻlgan: zikr – Shaytonga qarshi eng oʻtkir yarogʻ – quvar; Allohning roziligi va mehriga erishtirar; qalban gʻam, qaygʻu va gʻussalarni haydab, dilga quvonch, farah va kenglik bagʻishlar; tafakkur va ma’rifatning yuksalishini ta’minlar; har turli yomonliklarning ildizinn quritib, xato va gunohlarning oldini olar... «Foydali boʻladigan zikr– davomli va qalb huzuri ila boʻladigan zikr erur. Zikrning nnhoyasida esa uns va muhabbat tugʻilur... Kishi zikr etilajak Alloh ila unsiyat paydo etib, koʻnglida Alloh muhabbati hosil boʻlgunga qadar bir oz zahmat chekar. Soʻngra esa Allohni xotirlamasa tura olmaydigan holga kelar...», deya ta’kidlaganlar Imom Gʻazzoliy.

Zikr – faqat Allohni yod aylash, uning goʻzal ismlarini eslash emas, balki dil, fikr va tuygʻuni Allohga yoʻnaltirish, Alloh ila mukammal bir shuuriy, zehniy aloqa oʻrnatishdurki, bu salohiyat hammaga ham nasib etavermagan, albatta. Shuning uchun tasavvufda zikr ikkiga ajratilgan: biri – «zikri omma», ikkinchisi – «zikri xos». Zikri omma savobni qoʻlga kiritmoq niyati ila amalga oshirilib, unda zohirning tabiatida yomon xislatlar: kibr, gʻurur, riyo, hirs, tama’, gʻazab, makr kabilar batamom, ya’ni tag-tugi ila barham topgan boʻladi. Xoslarning zikri buning aksi: unda nafs batamom magʻlub etiladi va qalb ma’rifat, muhabbat nurlari ila yorishib, tilda ham, dilda ham Alloh ishqidan boshqa hech vaqo qolmaydi. Ammo bunday ulugʻ hol sohibi boʻlmoq uchun qat’iy intizom, sabr va ixlos bilan zikrga berilish talab etilgan.

Zo – Zot– oʻz, javhar, biror narsaning asli. Soʻfiylar a’molicha, Alloh oʻz zotida qoim, koinotda mavjud har qanday borliq Tangri sifatlarining zuhuri, sifatlar esa ul zotning tajallisidan iborat, Zuhd – parhez qilmoq, ya’ni dunyoga iltnfot etmasdan toat-ibodat ila kun kechirmoq. Asl zuhd– Allohga ma’qul narsalarni sevmoq, Tangri taqiqlagan narsalardan hazar etmoq.

Ikki jahon – dunyo va oxirat. Tasavvuf adabiyotida «dunyo va uqbo» shaklida ham ishlatilgan, haq oshiqlari diydor va visol uchun shu ikki jahonni ham tark etishgan.

Intiboh – qalbdagi gʻaflatning barham topishi, bedorlik, ruhiy uygʻonish.

Istiqomat – toʻgʻrilik, toʻgʻri harakat etish, rost yoʻlga yetishish. Qushayriy ta’biriga koʻra «Istiqomat karomatdan ustun erur».

Karomat – ikrom, sharaf, karam, lutf va ehson demak: paygʻambarlik da’vosidan yiroq boʻlgan odamda favqulodda holatning zuhurlanishi yoki ruhiy tajriba bilan bogʻliq hayratlanarli voqea-hodisalarning sodir boʻlishi. Karomat ikkiga boʻlingan: birinchisi – karomati kunniya. Ikkinchisi – karomati ilmiy. Bular «kavniy» va «haqiqiy» deb ham atalgan. Kavniy karomatlar – qisqa fursatlarda roʻy beradigan favqulodda gʻayiritabiiy hodisalar. Masalan, havoda uchmoq, dengizda yurmoq, insonning qush yoki boshqa jonzotga aylanishi, qushga oʻxshab parvoz qilishi shular jumlasidandir. Haqiqiy karomat esa – ilm, irfon, ma’rifat, ibodat, axloq va insonlikdagi ustunlik va shu ustunlikdan yuzaga kelgan turli shakllardagi hodisotlar. Tasav-vuf ahlining e’tiqodiga koʻra, asl karomat –karomati ilmiy hisoblanadi. Shuning uchun aql va ma’rifatning kuchiga ishongan odamlar karomati kunniyaga ishtiboh bilan qaraganlar.

Latifa – sezish, his etish mumkin boʻlgan, ammo soʻzda ifodalab boʻlmaydigan yashirin, sirli va nozik ma’no, ishorat.

Mavt – oʻlim, nafsin tub ildizi ila havoyu havas zaminidan ajratib tashlamoq. Chunki havoyu havas nafsning joni erur. Najmiddin Kubro «Usuli ashara» risolasida bunday oʻlimni besh turga ajratib koʻrsatganlar: 1. Mavti irodiy – insonning borliq va dunyoviy narsalardan tamoman xalos boʻlishi, ya’ni fanoyi kulliyga yetishishi. 2. Mavti ahmar – «qirmizi oʻlim». Bu– nafsning istaklariga qarshi tura olish, chidamda ularni bartaraf eta olish demakdir. 3. Mavti abyaz – «oq oʻlim». Ochlik yoʻli bilai nafs va tama’ni zabun aylash. Shunda koʻngil poklanib, shaffoflik, ya’ni oqlik kasb etadi 4. Mavti axzar – «yashil oʻlim». Yamoqdan kiyim tikmak va klymak. Chunkl yangi va chiroyli kiyim oʻzgalarning diqqatini jalb qilurki, bu –shuhrat nishonasi hisoblanadi. 5. Mavti asvad– «qora oʻlim». Bu – qaygʻu va musibatlarga tahammul etish, xalqu xaloyiqning har qanday jabru jafosiga chidashdir.

Ma’rifat – aqlu doiish, amAliy bilim, tanish, fahm, tasavvufga xos ilm; hol sirlari va ilohiy haqiqatlarga tegishli ilm – irfon. «Kashf ul-mahjub» muallifining aytishicha, fuqaho singari boshqa kishilar ham Alloh haqidagi ilmga «ma’rifat» nomini berganlar. Tariqat shayxlari esa Alloh xususidagi sihatli holni «ma’rifat» deya ataganlar. Va shunga koʻra, «Ma’rifat ilmdan koʻp karra ustundir», deganlar. Imom Gʻazzoliyning ta’kidiga koʻra, «qalbda ma’rifat maydonga kelgach, qalbning holi oʻzgaradi. Qalbing tutumi oʻzgargach, -a’zolarning amallari ham oʻzgaradi. Ya’ni amal holga, hol ilmga, ilm esa tafakkurga bogʻliq boʻlib qoladi.

Maqom – manzil, marhala, ma’navin mavqe, martaba, toʻxtam. Qushayriyning aytishicha, maqom qulning takror asosida sifat holiga yetkazgani odob va axloqdir. Maqomga riyozat, mujohada ila erishilur. Najmiddin Kubroga koʻra, «maqom yoʻlchilik yurgʻinligidan qutulmoq uchun istirohat va qoʻnoqlamakdir. Hol – qushning ikki qanoti, maqom esa uning uyasi yangligʻdir.

Tavba, vara’, zuhd, faqr, sabr, tavakkul, rizo – bular tariqat maqomlari erur. Tavba maqomi talablarini bajarmasdan vara’ maqomiga, erishib boʻlmaydi. Xuddi shuningdek, keyingi maqomlarda ham biridan ikkinchisiga oʻtish ayni shu tartibda davom etadi.

Mujarrad – toqlik, boʻydoqlik. Tasavvufda tajarrud, agʻyor va mosivodan tamoman forigʻ boʻlib, Haqqa tavajjuh etishdir.

Mukavvin – takvin sifatiga sohib boʻlgan zot. Borliq, olamning mukavvini – Allohning oʻzi.

Muroqaba – mushohada, biror narsaga diqqat ila nigoh tashlamoq, xudo fikriga berilib, dunyoga taalluqli xayol, oʻtkinchi mayllardan forigʻ boʻlmoq. Tasavvufda muroqaba ikki xilga ajratilgan: biri avomning muroqabasi boʻlib, bunda Haqqa tolib kishi Allohning amrlarini ado etib, uning ahvolidan ogoh va talabgor ekanini anglab, ayni shu mulohazadan gʻofil qolmasligidir. Ikkinchisi – muroqabai xavos. Bunda solik jazban muhabbat bilan husni mutlaqning siri – ahadiyatini davomli tarzda barcha ashyoda mushohada va mulohaza qiladi hamda shu jarayonida ashyoni tamoman esdan chiqaradi. Bu ayni holatda Alloh taoloning anvariga nazar aylab, asroriga muroqib boʻladi.

Muhabba – Muhabbat– sevgi, mehr, yaqinlik va sadoqat hissi. Ishqning martabalaridan biri, ya’ni yomon fe’llardan poklanib, yaxshi va goʻzal xulqlar va sevgiliga yaqinlashmoq, unga loyiqlik. Muhabbat «hibba» oʻzagidan yaralgan soʻz boʻlib, «ustiga tuproq tortilgan urugʻ» ma’nosini anglatadi. Hayotning asli va asosi ana shu urugʻda boʻlganidek, diniy, ma’naviy va ruhoniy hayotning urugʻi, ildizi va daraxti ham muhabbatdir.

«Mutu qabla an tamutu» – tasavvuf mafkurasining shakllanishi va jadal taraqqiy topishida paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning bir talay hadislari muhim oʻrin tutgan. Soʻfiylik tushunchasining negizini tashkil etgan «mutu qabla an tamutu», ya’ni «Oʻlmasdan burun oʻling» degan hadis soʻfiy, eran, abdol – xullas, Haq oshiqlari uchun ilohiy bir dastur va amaliy hayot nizomiga aylangan. Darhaqiqat, «Oʻlmasdan burun oʻlish» sifati va holini kamolga yetkazmasdan na tasavvufiy hayot va axloqda, na ishqu oshiqlikda oliy maqomlarga yuksalib boʻlmaydi. Shuning uchun ham Imom Rabboniy, «...oʻlmasdan burun oʻlim haqiqatga aylanmaguncha, muqaddas Zotga yetib boʻlmas... Bu fano holi valoyat (valiylik) martabalariga tashlanadigan ilk qadam va ishning ibtidosida hosil boʻladigan bir kamol darajasi erur», deganlar. Shu bois Haq taoloning xos odamlari sayru sulukda ishni «oʻlmasdan burun oʻlish» dan boshlagan va bu muroqaba tarzida amalga oshirilgan boʻlib, uning ijro shaklini Muhammad Nuriy Shamsiddin Naqshbandiy shunday tasvirlagan: «Haq yoʻlchisi – solik muroqaba bilan mashgʻul boʻlib, shaxsiy istaklarndan butunlay kechar, aqliga kelgan narsalarni bir yonga surib, fikrlashdan ham toʻxtar. Shu hol ila vujud a’zolarin jonsiz hisoblab, koʻzlarin ham yumar. Goʻyo shu ahvolda oʻlim hukmi kelganu u bu foniy dunyoni tark qilgan. Shundan soʻng solik oʻzini qabrda tasavvur etgan. Oradan ma’lum fursat oʻtib, jasad va suyaklari ham chirigan. Vujud tuproqqa qorishib ketgan va undan hech nomu nishon qolmagan. Biroq uning ruhi bilan hisob-kitoblar davom etgan... Ana shunday muroqaba eng ozi bilan–bir, oʻrtacha –ikki, koʻpi bilan –uch soat davom etgan. Buning oqibatida esa «Oʻlmasdan burun oʻling» amrining siri ochilgan».

Muhib – haqiqat, ma’no, ya’ni botin ahliga mansub shaxs. Muhiblarning «asli tuproqdandir. Tuproq taslimiyat va rizoni tamsil etar». Shunga koʻra, muhib taslimiyat shavqi va rizo shukuhi ichida kun kechirgan. Muhib «Haqqal yaqin» bosqichida Alloh visoliga vosil boʻlgan.

Nafas – gʻaybdan tugʻilgan latif hollar va qalbning ishq oʻtidan farahlanishi. Abulkarim Qushayriyming ma’lumotiga koʻra, Abu Ali Daqqoq, «Muhib (oshiq) uchun nafas holi boʻlmasa, (mushohadaga) toqati yetmaganidan halok boʻlur», degan ekan.

Obid – ibodat qiluvchi. Ibn Sinoga koʻra, «dunyoning zavq va ne’matlaridan yiroqlashgan kimsaga zohid; nofila ibodatlar, turli duo va boshqa ibodatlarga oʻzini bagʻishlagan kishiga obid» derlar. Obidlarning ibodatlari: namoz oʻqimoq, roʻza tutmoq, hajga bormoq, nafsga daxldor orzu-havaslarni yengib, tarki dunyo qilish orqali oxiratni sevmoqdir. Obidlar bir-birini ranjitib, bir-biriga ozor yetkazgani uchuk ular avom toifasiga nisbat berilgan. Shuningdek, ularning tabiatida kibr, hasad, xusumat, fisq va gʻanimlik singari illatlar ham tez-tez koʻzga tashlanib turgan. Zero, obid shubha va da’vo odami erur, Ibn Hanbal: «Olimning obiddan ustunligi oyning yulduzlardan ustunligi kabidir», demish.

Ogoh – voqif, orif, oshno, xabardor, uygʻoqlik. Tasavvufda holdon, anglagan, toʻgʻri yoʻlga tushgan Haq odami. Qalb koʻzi ochiq valiy, «Haq tajalliysi nogoh kelur, ammo dili ogohga kelur» (Najmiddin Roziy).

Orif – irfon sohibi, anglagan va tanigan. Soʻfiylarning nuqtai nazarida irfon Alloh tuhfasi boʻlgani uchun ilmdan ustun erur. Orif–Allohning shuhud, asmo va sifotlarini idrok etgan, mavhum borligʻidan kechib, Haq borligʻi ila bor boʻlgan kishidir.

Ofoq – ufqlar; insonga nisbatan tashq borliq olami, zo-hiriy olam, jismoniy olam.

Ramz – ma’nosi yashirin, sir tutilgan biror soʻz, ibora yoki tushuncha; belgi, ishorat. Sarrojning ta’riflashicha, «ramz – soʻz zohirining zamirida yashiringan va ahli dildan oʻzga kishi anglay olmaydigan yashirin ma’no». Lugʻaviy ma’nosi – biror bir narsaga toʻla-toʻkis ishonmoq va chin koʻngildan unga bogʻlanmoq. Keng ma’noda esa– biror a’mol, haqiqat yoki axloqiy-diniy ta’limotga aloqadorlik va komil e’tiqod bilan ularga vobasta boʻlish.

Rijol ul gʻayb – tasavvufiy maslakda dunyoni boshqarsh va idora etishlari tan olingan valiylar jamoasi. Ular gʻayb eranlari, rijolulloh, mardoni xudo, mardoni gʻayb, hukumati ma’naviya deb ham yuritilgan. Olamni idora aylovchi ushbu hukumati ma’naviyaning boshida «qutb» turgan. Qutb aslida tegirmon toshining oʻqi demakdir. Tegirmon toshi bir oʻq atrofida aylangani singari olamning mehvarini ham qutb tashkil etadi. Qutbga «gʻavs» (madadkor), «gʻavsul a’zam» (eng buyuk gʻavs), «qutbul aqtob» ham deyilmish.

Rizo – rozilik, xushnudlik, mamnunlik. Tasavvufda Alloh hukmi va irodasiga toʻla taslim boʻlish. Zunnun Misriyga koʻra, « qaygʻu va qadarning achchiqligini qalb sevinchi ila qarshilamoq».

Robita – aloqa; bogʻlanish, zanjir, tartib va qoida. Robita ikki qismdan iborat: «robitai muhabbat» –ishq ila shayxni xotirlash; «robitai talabbus» – muridning oʻzini ba’zan shayxi qiyofasida tasavvur etishi.

Sakr – sahv – sarxushlik va hushyorlik. Gʻaybat va huzur holining oliy shakli. Sakr (yoki sukr) ilohiy ishq mayidan mast boʻlib oʻzini unutgan, oʻzidan kechgan oshiqning holi. Sahv esa buning aksi: oʻzii unutganning oʻziga kelish, hushyor boʻlish, tamkin holati; gʻaybat holining zoil etilishi. Sakr holisiz saha holi ham boʻlmas. Shuning uchun sakri Haq bilan boʻlganning sahvi ham Haq bilan boʻlur. Sakri nafsoniy lazzatlarga qorishganning sahvi ham boshqacha boʻlmas, deyilmish.

Samo’ – eshitish, tinglash; qoʻshiq, musiqa, raqs. Darveshlarning zikr majlislarida davra aylannb, joʻshib raqs tushishlari. Majoziy mazmunda – vajd va soliklar holati.
Abulqosim Bagʻdodiyning tasnifi boʻyicha, samo’ ikki xildir;
1. Soʻz tinglamoq. 2. Kuy tinglamoq. Samo’ning birinchi xilida biror soʻz tinglashib, undan ibrat va saboq olinadi. Lekin bunday samo’ faqat poklik va qalb huzuri bilan erishilmogʻi lozim. Ikkinchi xil samo’ga kelsak, tasavvuf tarixining ilk bosqichlaridayoq musiqa ruhning gʻizosi va rizqi sifatida e’tirof etilgan.

Safo – pok, begʻash, bekudurat boʻlmoq. haqiqiy sodiqlar sifati. Safoning mohiyati qalbni va xayolni begonalardan toʻla-toʻkis poklamoqdir. Ayrim soʻfiylarning hukm etishlaricha, «Safo basharning sifati emas. Zero, bashar qadar va noqislikdan ozod boʻla olmas». talabsiz bir huzur, tama’siz vujud holidir. Bunday holga erishgan odam mutlaq shodlik va poklik bagʻrida yashar.

Tavajjuh – yuzlanish, zehnni diqqat ila bir narsaga qaratish. Tasavvufiy mohiyatda tavajjuh Allohga yuz burmoq, yoʻnalmoq yoki tushunchani husni mutlaqqa toʻliq tobe, aylamoq demak. Tavajjuhda solik oʻzligidan kechmagan boʻlsa-da, shunga harakat qilishi keraq. Tavajjuh vajddan avval yuz beradigan hol sanaladi.

Tavhid – lugʻaviy ma’nosi – biror bir narsani vohid aylash. Ilmiy istilohda esa Allohning yagonaligiga ishonmoqdir. Soʻfiylar e’tiqodida tavhid Allohning azal va abadda sobit vahdoniyatiga ishonchdir. Olimlar tushunchasida tavhid – e’tiqodga taalluqli boʻlsa, soʻfiylar uchun u maqsad, mushohada va ma’rifat hisoblanadi. Birinchisn bilish va tasdiq etishga asoslansa, ikkinchisi zavqiy idrokka suyanadi.

Tavhidning darajalari: tavhidi af’ol – har qanday sifatni Allohdan deb bilish va ularni hol nazari bilan koʻrib, kamolga yetkazish; tavhidi sifot–har qanday sifatni Xudodan deb anglash va uni mukammallashtirish; tavhidi zot – borliqdagi hamma narsani faqat Alloh vujudining natijasi deb bilish.

Talbis – biror bir narsani uning haqiqatiga teskari oʻlaroq tarzda xalqqa koʻrsatish demak. Soʻfiylar oʻzlarining goʻzal xislatlarini yomon xulqlari bilan yashirish yoki muhofaza aylashni «talbis qilish» deganlar.

Talvin – bir rangdan boshqa rangga oʻtish, bir holdan boshqa holga oʻzgarishdir. Talvinning natijasi tamkin hisoblanadi. Tamkin bir manzilda qaror topmoq, vazminlik va ruhiy ulugʻvorlikka erishmoq ma’nosini anglatadi.

Takvin – bor etmoq, ijod qilmoq, biror bir narsani yoʻqlikdan borliqqa chiqarmoq, Allohning xos sifatlarndan biri. Alloh ana shu sifat ila har qanday narsani yoʻqdan bor, bordan yoʻq etadi.

Tariqat – yoʻl. «Shariat» va «tariqat» soʻzlari boshqa-boshqa oʻzakdan yasalganiga qaramasdai, lugʻaviy ma’nosi bir, ya’ni yoʻl demakdir. An’anaga koʻra, tariqat uch asosiy tarkibga ajratilgan:

Tariqi axyor – xayrli insonlar yoʻli. Tariqi arbobi muomalat deb ham ta’riflangan ushbu yoʻlning asosini zuhd, taqvo va ibodat tashkil qilgan. Shu bois unga zohidlar va obidlar yoʻli sifatida ham qaralgan. Bu yoʻl – Haqqa yetishishning uzundan-uzoq yoʻli. Uni tanlaganlar orasida maqsadga erishganlar nihoyatda kam boʻlgan.

Tariqi abro – Tariqi abror– yaxshi insonlar yoʻli boʻlib, tariqi tasfiya va mujohada deb yuritilgan. Bu yoʻl nafs ila kurashish, riyozat ila qalbni yomonlik va chirkinlikdan poklash, axloqiy komillikka yetishish yoʻli hisoblanadi. Xoh Haq bilan boʻlsin, xoh xalq bilan boʻlsin munosabat va aloqada ixlos hamda toʻgʻrilikdan chekinmaslik– ushbu yoʻlning bosh sababidir.

Tariqi shuttor – oshiqlar yoʻli. Uning ikkinchi bir nomi – tariqi soirin. Bu – ishq, muhabbat va jazba bilan maqsadga erishiladigan yoʻl. Uyiga yuz burgan yoki kirgan kishi ishq va jazba maqomiga yuksalguniga qadar juda koʻp maqomlardan oʻtmogʻi shart boʻlgan. Chunki ushbu yoʻlda sayri suluk – asosdir. Xullas, tariqat–insonlarni maxsus ta’lim-tarbiya bilan goʻzal axloq, pokiza qalb va latif ruh sohibi etadigan, oxiroqibatda esa Allohga yaqinlikni ta’minlaydigan oʻziga xos maslak va mafkura yoʻlidir.

Tasfiya – qalbni sof holga keltirmoq, haqiqatni idrok etmoq, mujohada va riyozat pokizaligi.

Tahammul – chuqur va teran mulohazalarga berilish, diqqat ila mushohada yuritish. Ilohiy haqiqatlarni idrok qilishga erishish holati.

Fayz – lugʻaviy ma’nosi – suvning toʻlib, qirgʻoqdan toshishi. Bu soʻz biror narsaning koʻpayishi, xabar tarqalishi, sir saqlash, kenglik ma’nosida ham ishlatilgan. Tasavvuf istilohotida fayz Haq tajallilariga nisbatan qoʻllanilib, asosan «fayzi aqdas», «fayzi ilohiy» tarzida tilga olingan.

Fayz – iste’dod natijasida yuzaga kelguvchi ilohiy hadya. Shu bois «fayzi iste’dod» yoki «fayzi husn» deyilganda zuhur va tajalli nazarda tutilgan.

«Fayzi jovidon» – yorqin, davomli fayz, «fayzi bahor» – evrilish, yangilanish, «fayzi safo» – safo va nash’aning koʻpayishi ma’nosiga ega.

Firor – qochish. Haqdan uzoqlashtiruvchi har qanday narsadan qochmoq. Firor uch qismdir, avomning firori, ya’ni bunda jahldan ilmga, johillardan olimlarga, tanballikdan gʻayratga firor etiladi, havo firori – sirdan shuhudga, rusumdan usulga, nafsoniy lazzatlardan ilohiy najot ma’vosiga qochish anglansa, axasning firori esa mosuvodan Allohga intilish demakdir.

Xilvat – xoli jon, tanholik, hech nimaga bogʻlanmaslik, dunyoning xilma-xil gʻavgʻolaridan forigʻlik demak. Tasavvufda esa bundan holda shayx rahnamoligi va koʻrsatmalariga binoan muridning maxsus bir goʻshada berkinib ibodat va zikr ila Alloh bilan aloqa bogʻlashi anglashiladi. Kamida qirq kun davom qiladigan bu jarayonga «chilla» yoki «arbain chiqarmoq» deyilgan. Xilvat va uzlat toʻgʻrisida bizda hanuzgacha notoʻgʻri va bir yoqlama fikr davom etib keladi. Din va tasavvuf zinhor hayotni batamom. xilvatda oʻtkazishni targʻib etmagan. Uzlat – hayotdai qochish, turmushdan ajralish, odamlardan bezish ehtiyojimas, balki ma’lum muddat «kasbi kamol va sayri jamol» aylagandan soʻng ruhiy kamolot ila yana faoliyatda boʻlmoqdir. Tasavvufda xilvat ikkiga ajratilgan: birinchisi – shariat xilvati, ikkinchisi – tariqat xilvati. Shariat xilvati ayb va nuqson sanalmish barcha gunohu yomonliklardan tavba qilishga asoslanadi. Bu xilvatning shartlari va odob qoidalarini toʻliq ado etmasdan tariqat xilvatiga yuz burib boʻlmaydi. Shahobiddii Suhravardiyning e’tiroficha, tariqat xilvatidan maqsad bir talay gʻaroyibot, ajoyibot yoki kashfiyotlarga shohid boʻlmoq eias, balki zikri ilohiydan oʻzga murodlardan xoli boʻlmoqdir.

Shath, shathiya – harakat, tebranish, toʻlib-toshish. Shath yoxud shathiyaning istilohiy ma’nosi ilohiy ishq behushligi, ya’ni sakr yoki jazba holida xalq tushunmaydigan va qabul qilmaydigan soʻzlarni aytish deganidnr. Abu Nasr Sarrojga koʻra, shath «tilning vajd, shavqu-zavq, hayajon holida aytganlari... iddaoga yaqin bir manbadan chiqqan kalimadir».

Ehson – xayr, hadya. Murshidning muridiga, Allohning quliga ma’naviy lutfu karami.

Havo va havas – orzu, mayl, istak. Tasavvufiy ma’noda har turli sayoz va oʻtkinchi orzularni amalga oshirmoq uchun nafs va hukm oʻtkazuvchi, aqlning ziddi boʻlmish mayli tabiiydir. Havo yolgʻon da’vo boʻlmish mayli tabiiydnr. Havo yolgʻon da’vo ishonchi, kibr va manmanlik manbai va barcha riyokorliklarning sarbonidir, Havo va havasga tobslik Haq va haqiqat ishqining sustligi yoki yoʻqligidan yuzaga chiqadi.

Hayot – tiriklik, sogʻliq, jon, yashash, umr. Tasavvufda qudrat ilmi bilan sifatlanuvchi bir sifat. Hayotning uch darajasi bor. Hayoti ili – qalbning johillik, nodonlik oʻlimidan xalos boʻlib, ilm bilan tirikchilik qilishi. Hayoti jam, bu–qalbning tafriqa halokatidan qutulib, oʻzida hikmatni mujassamlashtiruvchi. Hayoti Haq, bu – vujud hayoti boʻlib, qalbning fanofilloh va baqobilloh maqomlariga yuksalishi.

Hayrat – taajjublanish, hayron qolish. Tasavvufda qulinng fanofilloh holiga yetishuvi uchun egallanishi zarur boʻlgan maqom. Hayrat Allohning qudrat va hikmatidan tugʻiladigan shunday bir tuygʻuki, soʻfiylar nazdida u til bilan bayon etilmaydi.

Haqiqat – chindan mavjud boʻlgan-narsa, asl mohiyat. Allohni bilish, borliq olam sirlarini toʻgʻri va teran idrok aylash. Haqiqat–shariatning botinidir. Shuning uchun haqiqat tasavvuf ma’nosida ham keng qoʻllanilgan. Bu haqda Abu Nasr Sarroj bunday deydi: «Shariat ilmi – xizmat ilmidir. Haqiqat ilmi – mushohada ilmidir... Shariat – bayon ilmi, haqiqat – burhon ilmi. Shariat ilmi muomala uchundir. Haqiqat ilmi muroqaba uchun. Shariat ilmi fe’llarga xos, haqiqat ilmi hollarga maxsus. Shariat ilmi rivoyat uchun, haqiqat ilmi hidoyat uchundir...

Xirqa – shayx, murid va darveshlar kiyadigan maxsus kiyim. Bu soʻzning lugʻaviy ma’nosi yamoq, parcha yoki quroqdan tikilgan kiyim demak. Istilohda esa, shayx bilan murid orasida aloqa oʻrnatish, «muridning nafs bilan oʻzi orasida shayxning hukmronligini qabul aylashi«dir. Tasavvuf arboblariga koʻra, xirqa kiyish odati Ibrohim alayhissalomga borib bogʻlanadi. Ibroxim Xalilulloh olovga tashlangani zamon Alloh hukmi bilan Jabroil jahatdan bir koʻylak keltirib, unga kiydirgan va shu koʻylak sharofatidan ul zot olovda yonib kul boʻlishdan qutulgan. Bu koʻylak dastlab hazrati Ishoqqa, soʻngra Yoqub paygʻambarga meros oʻtgan. Hazrat Yoqub esa, uni maxsus bir qutigʻa solib, oʻgʻli Yusuf alayhissalomning boʻyniga osib qoʻygan. Yusuf paygʻambar yalangʻoch holda quduqqa tashlanganida, Jabroil yetib kelib, qutini ochib, unga koʻylakni kiydirgan ekan... Soʻfiylar xirqada xuddi ana shu koʻylakning sirini koʻrib, unga ma’naviy ma’nolar berganlar. Suhravardiy xirqaning ikki turga– muridlik xirqasi va tabarruk xirqaga ajratilishini aytib, yana bunday degan: «Shayxlarning muridlariga kiydirishnn istaganlari asl xirqa – muridlik xirqasidir. Xirqai tabarruk esa, muridlik xirqasiga oʻxshash bir xirqadir. Muridlik xirqasini haqiqiy muridlar, keyingisini esa murid boʻlmagan, ammo ularga oʻxshashga harakat qiluvchi mutashabbih muridlar kiyurlar».

Hol – ahvol, holat, vaziyat, ichida yashayotganingiz vaqt, zamon, muayyan damda tugʻilib, soʻng oʻtib ketadigan his-tuygʻu, hayajon, ehtiros, shavq, zuhur, vajd, gʻaybat, huzur kabi hollardir. Hol Haq tuhfasi va hadyasi erur. Shuning uchun hol insonning irodasiya va harakatiga tobe emas. Abu Nasr Sarroj holni «lahzada tugʻilib qalbda rizo, tafviz va shunga oʻxshash sifatlarni muqimlashtiradigan ahvoldir», deydi Abdulkarim Qushayriyga koʻra, «hol qulning (Haq oshigʻining – I. H.) qasdi: jalb aylash tashabbusi, erishish istagisiz qalbda paydo etiladigan nash’a–huzun, shodlik–qaygʻu, haybat–hayajon singari ma’nolar erur».

Huquq – hollar, maqomlar, maqsadlar, irodalar; muomalalar va ibodatlar (Abu Nasr Sarroj).

Avvalgi
III- qism