OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNavodir un-Nihoya (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm225KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Navodir un-Nihoya (I- qism)
Alisher Navoiy

Gʻazallar

1

Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo,
Yuzung quyoshigʻa zarroti kavn oʻlub shaydo.
Yuzung ziyosidin ar subh ayni ichra bayoz,
Soching qarosidin ar shom boshida savdo.
Zuhuri husnung uchun aylabon mazohirni,
Bu koʻzgularda ani jilvagar qilib amdo.
Chu jilva ayladi ul husn aylabon oshiq,
Saloyn ishqin etib ofarinish ichra salo.
Biri qabul eta olmay oni magarkim, men
Qilib otimni zulumu jahul birla ado.
Demayki men oʻzi ma’shuq oʻlub, oʻzi oshiq,
Ki tigʻi gʻayrat oʻlub anga naqsh gʻayri zudo.
Navoiy oʻlmadi tavhid guftugoʻ bila fahm,
Magarki aylagasen tilni qat’u jonni fido.

2

Iloho, amringga ma’mur yetti torami a’lo,
Ne yetti torami a’lo, toʻquz sipehri muallo.
Jamil zikrlik oʻlgʻon jamoling etti tamanno,
Vusul fikrlik elga visoling, oʻldi tavallo.
Xayol bikrlarin jilvagarlik etgali har yon
Sen aylading hulli durri nazm birla muhallo.
Ibodatinggʻa yangi oy boʻlub ham oʻldi musalli,
Sipehr atlasidin solibon havogʻa musallo.
Chu sandin oʻldi quyosh panjasi aro oltun,
Sochargʻa dogʻi sen etting anga karam yadi tulo.
Demakka zikring erur, xonaqoh ichinda hayo-xuy,
Saloyi ishqing ila ahl dayr ichra alolo.
Navoiy, ahli junun zumrasigʻa kirdi ilohi,
Chu aylading ani Majnun, oʻzungni qil anga Laylo.

3

Zihi el nihoni sanga oshkoro,
Nihon dardima oshkoro et madoro.
Ne dardingni koʻnglumda asrargʻa toqat,
Ne sirringni ogʻzimgʻa olmoqqa, yoro.
Xayolingda savdo pishurganda aylab,
Dimogʻimni oshufta ul mushksoro.
Firoqing aro jon taloshurda, yo gʻayb,
Ham ul gʻam togʻidin boshim uzra xoro.
Tarahhum, tarahhum, tarahhum, tarahhum,
Buto, chobuko, mahvasho, gul’uzoro.
Qarongʻudurur olam ohim saylidin,
Quyosh yangligʻ och oraz olam aro.
Navoiygʻa jon oshkoru nihonsen,
Zihi el nihoni sanga oshkoro.

4

Zihi buroqing izi hajru sayr barq oso,
Bu barq sayri bila poʻyasi falak farso.
Burun kadam bu makondin chu lomakon qoʻydi,
Ne nav’ deykim aning komi erdi gardunso.
Visol subhidin yoʻq uruj aqshomikim,
Sabohdek edi ul barq nuri birla maso.
Qoʻlin bu barq yorutti, damin bu yel ochdi,
Agar sipehr uza Muso ediyu gar Iso.
Chu qoldi sayrida ruhul amin, ne tong ul ham
Rijol xilvati davrida ul sifatki niso.
Navoiy asru uzulmish, boqib inoyat ila
Aning buzugʻlugʻini bir koʻz uchi birla yaso.

5

Bediling xayli rusuli sensen alargʻa dilrabo,
Yo nabiy ruhiy fidoka ahlan va sahlan marhabo
Gohi davlatligʻ boshingdin ketmayin chatri sahob
Gah falakrav markabinggʻa yetmayin payki sabo.
Shomi vasling topmagʻangʻa subhi soduq har saha
Panjai xurshid ila pirohanin aylar qabo.
Tufroq oʻlmishmen qoʻyay deb ostonboʻsunggʻa yuz,
Holima rahm aylabon qilma bu ranjimni habo.
Sheri gardun ul kishiga boʻyni bogʻligʻ boʻlgʻay it
Kim, eshnging itlarin topqay oʻziga aqrabo.
Boʻlmagʻay erdi muyassar «Xamsa», ya’ni panj ganj
Qilmasa erdi madad holimgʻa besh oliy abo.
Ey Navoiy, chorai dardingni qilgʻay, ulki bor
Ham rasulu, ham amin, ham mustafo, ham mujtabo.

6

Chu dardu baloni jahongʻa urdi salo,
Naxustroq meni bexonumongʻa urdi salo.
Men oldim oʻn ulushidin toʻquz yorim ulushin,
Yarimki qoldi ani insu jongʻa urdi salo.
Aning dogʻi yarimin oldi ofarinish eli,
Yarimini yana bu notavongʻa urdi salo.
Bu notavon ani ham jon bila qabul etti,
Chu qochtilar ani ham har qayongʻa urdi salo.
Koʻngul chu dardu balo tolibi durur gardun,
Agar yetishti ming ofat ham ongʻa urdi salo.
Figʻonki, elga tutub boda soqiyi davron,
Chu davr yetti manga, barcha qongʻa urdi salo.
Navoiyo, senga har yaxshiliqki mumkindur,
Kn yor mehnat oʻtin men yomongʻa urdi salo.

7

Har jafo qilsang toʻzarmen, qilmasang dogʻi vafo
Oʻzgalarga ne vafo qilsang toʻzarmen, ne jafo.
Elga va’da gar vafo qilding, jafo men xastagʻa,
Elni bilman, qil menga har va’dakim qilding vafo.
Va’dalar qatlimgʻakim qilding tanimdin ketti za’f,
Goʻyi alfozing edi dardimgʻa oyoti shifo.
Orazing xurshididin tushmish qadingning soyasi,
Yeki yerga sudralib mushkin soching qolmish qafo.
Xurdadonlar aylamaslar fahm ogʻzing ramzini,
Ne uchunkim bordurur ul nuqtada behad xafo.
Tiyralikdur har ishi sofiy fano jomiyu bas,
Ayyuha-s-soqiy lano da’ mo kadir xuz mo safo.
Ey Navoiy, joning olgʻumdur desa qaygʻurmagʻil,
Jongʻa minnat tut munung birla gar etsang iktifo.

8

Mahvasho, sarvqado, lolaruho, siymtano,
Chorakim qolmadi sabrim gʻami hajringda yano.
Axtari sa’d seningdekki tugʻubtur goʻyyo
Kim, quyosh erdi atoyu toʻlun oy erdi ono.
Gar falak sayridur aylar seni istab taku dav,
Var malak zikrin eshitsang senga der madhu sano.
Uyla ishqing mayi labtashnasimenkim, ichmon
Oz debon bodam uchun boʻlsa falak jomi ino.
Ishq mehnatlari tarkini buyurmang mengakim,
Mujibi sihhatu quvvatdurur ul ranju ano.
Xonaqah ichra erur shayx oʻzin koʻrsatmak,
Ey xusho, mugʻbachalar jilvasiyu dayri fano.
Juz Navoiy borigʻa jomi karomot tutung,
Ayyuha-s-soqiyi min ka’si fano ayla lano.
Lab uza xatti naboti husnu naxli qaddi,
Gulbune anbata olloh nabotan hasano.

9

Yor javlongahidin keldi sabo,
Paykarim tufrogʻini qildi habo.
Yuz samandi ayogʻigʻa qoʻyarim,
Misli kah bargidurur kahrabo.
Buki koʻksumni gʻaming qildi shigof,
Xil’atim koʻnglagini qildi qabo.
Boʻldi bagʻrim yorasi uyla afin,
Ki shamimidin zrur biymi vabo.
Boshima yogʻsa qilich ishqingda.
Boʻlmasun boshim agar qilsam ibo.
Vahki, jonim bila oʻynar ul tifl,
Shoʻxluq lozimasi keldi yeabo.
Necha pashminagʻa urdumki, erur –
Ey Navoiy, panahim oliy abo.

10

Ey jamoling jilvasi mir’oti insu jon aro,
Lek oʻlub ul jilva komil mazhari inson aro.
Topmagʻan boʻlsa labingning sharbatidin choshni,
Bas bu ne jonbaxshliqdur chashmai hayvon aro.
Nega olam oʻrtadi husnung oʻtidnn lam’ai,
Tushmagan boʻlsa jamoli Yusufi Kan’on aro.
Tushmagan boʻlsa quyoshingdin qoʻligʻa partavi,
Bas ne bayzo erdi jaybi Musai Imron aro.
Esmayin lutfung riyozidin chaman sori nasim,
Gulga bulbul qayda vola boʻldi bu boʻston aro.
Fayz agar olmas vujudung gulsitoni atridin,
Shammai naqshi vujud imkon emas imkon aro.
Tortibon solgʻil Navoiyni karam daryosigʻa
Kim, boʻlubtur gʻarqa bahri bodai isyon aro.

11

Yorab, oʻlgʻon chogʻda jonim jismi vayrondin judo,
Ul boʻlub mundin judo, sen boʻlmagʻil ondin judo.
Chun judo boʻlsam meni gʻamnok yoʻqu boridin,
Ne gʻamim sen boʻlmasang men zori hayrondin judo.
Naqdi jon chiqqanda imon gavharin koʻnglumga sol,
Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo.
Xonumondin oyirib qilgʻanda tufroq ichra hibs,
Qilma lutfung men aloxonu alomondin judo.
Hashr gʻavgʻosi aro osiyligʻimgʻa rahm qil,
Lutf ila ilgim tutub qil ahli isyondin judo.
Garchi oʻldum kofiri ishq ahli islom ichra qot,
Ul zamonkim boʻlgʻusi kofir musulmondin judo.
Elga maxlas istasang yetti tomugʻni ayla kul,
Anlabon bir shoʻ’la bu ohi duraxshondin judo.
Jannat istab aylaganlarni ibodat qilmagʻil,
Qavsaru, toʻbiyu qasru, huru, rizvondin judo.
Barchadin ayru Navoiygʻa qilib vasling nasib,
Qilmagʻil, yorab, oni mundin, munn ondin judo.

12

Gul uzra xatti mushkin birla to qilding raqam paydo,
Menga jon safhasida boʻldi yuz xatti alam paydo.
Tugonlar koʻnglum ichra lazzati dardingni bildurdi,
Tanaa’um dast bermas kimsaga boʻlmay diram pando.
Shafaqgun yuz hiloli qosh ila to jilvagar boʻldung,
Koʻzumda boʻldi qon zohir, qadimda boʻldi xam paydo.
Samad qilgʻach zuhur ul nav’kim asnom oʻlur ma’dum,
Boʻlur butlar bari mabhut boʻlgʻach ul sanam paydo.
Chu aylar jilvai husn ul pari ushshoq aro netgay,
Yuzin yoshurmasa boʻlgʻan zamon men telba ham paydo.
Ne muhlik vodiy ermish ishq dashtikim, kishi anda,
Qadam urgʻan dam – oʻq koʻzga boʻlur mulki adam paydo.
Qoʻyung, yigʻlayki, koʻnglumning gʻubori pastroq boʻlsun,
Ki man’i gard etar nogah havoda boʻlsa nam paydo.
Oqizgʻil boda selobidin, ey soqiyki, hijrondin
Koʻngul dashtida boʻlmish korvoni dardu gʻam paydo.
Navoiyni chu soʻrdung, ey pari, bir dam tavaqquf qil
Kim, ul majnun boʻlur sahro yuzidin dam-badam paylo.

13

Koʻzumdin ashk tugandiyu boʻldi qon paydo,
Bagʻirdin anda boʻlur poralar nishon paydo.
Jununum oʻlsa damo-dam taajjub etmangknm,
Koʻzumga ul pari oʻlur zamon-zamon paydo.
Nujumi husndurur xoʻblarda ul soat,
Ki boʻlsa ul yuzi xurshid nogahon paydo.
Munajjim axtari baxtimnn qoʻyki, ohimdin
Bukun erur ne nujumu ne osmon paydo.
Ne za’fdururki, soʻrar elga fahm oʻlur nola,
Valek koʻzga emastur bu notavon paydo.
Ne yoʻl ekin buki har necha korvon bordn,
Birisidin ne asar boʻldi, ne nishon paydo.
Navoiy oʻldi aning dargahida andoqkim,
Ki tufroq ichra emastur ul oston paydo.

14

Gulbarg uza qilmishsen to sabzai tar paydo,
Kun koʻzgusida goʻyo rang etti asar paydo.
La’ling gʻamidin suda gul yofrogʻi kelgandek,
Ashkimda boʻlur har dam parkandi jigar paydo.
Jismimdin oqib qoni paykoni ayon boʻldi,
Shoh uzra boʻlur doim gul ketsa samar paydo.
Jon rishtasidek ermas koʻzlarga beling mar’iyi,
Chobukluk uchun qilding bogʻlargʻa kamar paydo.
Ul zulf savodida oʻldum yuzinn koʻrmay,
Vahkim, yoʻq edi muhlik shomimgʻa sahar paydo.
Davron gʻamidin koʻnglum maqbuz erur, ey soqiy,
Basti uchun etgaysen hum boda magar paydo.
Kilkida Navoiyning jon shirasn muzmardur,
Har nayda qachon boʻlsun bu nav’ shakar paydo.

15

Tushta koʻrdum yorni xandon raqibin oʻtruda,
Rashkdin har lahza tish qirchildaturmen uyquda.
Ul yuzi vasli aro yodimgʻa kelsa furqati,
Telbalar yangligʻ toʻkarmen ashk ayni kulguda.
Koʻzgu jannat ravzanidurkim, tamosho etgali,
Hur kelmish goʻyiyo, aksing emastur koʻzguda.
Yulduz itgandek quyosh yogʻdusigʻa itti quyosh,
Orazing xurshidi chun qildi tulu’ ul yogʻduda.
Soqiyo, bir jur’a tut, shoyadki yuzlangay nishot,
Necha boʻlgʻay hajridin ozurda koʻnglum qaygʻuda.
Oʻzlugumni ashk eltib oʻzdin andoq yotmen
Kim, oʻzumni tonimon aksimni ham koʻrsam suda.
Chun Navoiy yor sori yuzlanur, qaygʻu qolur,
Soya qolgʻandek keyin xurshid boʻlgʻach oʻtruda.

16

Xil’atin aylabtur ul shoʻxi siyminbar qaro,
Tun savodi birla kelgandek mahi anvar qaro.
Ul pari hindusimen men telbakim, uryon tanim
Tifllar toshidin iynak boʻldi sartosar qaro.
Ashkdin indi qaro su koʻzlarimdin hajrida,
Tong yoʻq idborim chu boʻlmishdur menga axtar qaro.
Kosh oʻyub yoqsang qaro boʻlgʻan koʻzunning mardumin,
Xoli maygunungni qilgʻuncha qoʻyub anbar qaro.
Ishq raf’ oʻlgʻach koʻngulga yoʻqturur juz tiyralik,
Ul snfatkim, shoʻ’lasi oʻchgach boʻlur axgar qaro.
Gʻayrdin qilgʻil zamiring safhasin pok, ey faqir,
Tobakay qilmoq firibu makr ila daftar qaro.
Dudi ohidin qaro ermas Navoiy kulbasi
Kim, qilibtur xonumonin bir pari paykar qaro.

17

Tifllar toshiki jismim qildi sartosar qaro,
Boʻldi savdogʻa savodi a’zam andin har qaro.
Yoshdin angla yuzum gar siymgundur, gar qizil,
Toshdin bilgil tanimni gar koʻk oʻlmish, gar qaro.
Dema koʻnglung lavhigʻa yozgʻil xirad oyinikim,
Baski qoʻydum dogʻi ishq, ul safhadur aksar qaro.
Panjai xurshidini goʻyo qaro etmish kusuf,
To qilibtur ilgin ul huri pari paykar qaro.
Dudi ohimdin demaykim, zor jismim soʻzidin,
Koʻrki boʻlmish oʻt tushub kuygan kibi bistar qaro.
Umri yoʻq juz tiyralik isyondakim, hayvon suyi,
Istamakdin roʻzgorin topti Iskandar qaro.
Chun Navoiy ishq aro komilligʻin sabt ettilar,
Boʻldi baskim ahli ishq ot yozdilar mahzar qaro.

18

Xoʻblarda mehr yoʻq, chun mehr yoʻq ul mohda,
Xayli tobi’dur qayu xil’atki boʻlgʻay shohda.
Hech kim yoʻqturki yor ollida yoʻqtur mansabi,
Bizga bemansabligʻ oʻlmish mansab ul dargohda.
Shomi hijron charxu naxs axtarlaridindur nishon,
Tiyra koʻnglum har sharar koʻrguzsa dudi ohda.
Koʻnglung istar boʻlsa yuz ming jonni etgaymen nisor,
Gar bu dilxoh itganin fahm etsam ul dilxohda.
Mujibi anduhdur afgʻonim, nishot etmang tama’,
Jonfizoligʻ kim koʻrubtur nolai jonkohda.
Bilki, yoʻqtur koʻnglida ishqu muhabbatdin asar,
Kimki davron ichra boʻlsa koʻngli molu johda.
Sham’ tavfiq oʻlmayin ravshan qachon yoʻl topqamen.
Kim erur koʻp zulmati hijron meni gumrohda.
Bor umidimkim, yetishgay oqibat ogohligʻ,
Gar yerim boʻlsa gahi bir xotiri ogohda.
Ey Navoiy, elga men xud qilmadim ishqimni fosh,
Turfa koʻrkim har taraf bu soʻz emish afvohda.

19

Telba koʻnglum yorasi hadsiz tani uryon aro,
Uyladurkim, yer tutar devonai vayron aro.
Buki la’ling nuqtasi har dam oʻlukni tirguzur,
Kirdi ruhulloh magar ul chashmai hayvon aro.
Ayn yozilgʻan kibidur la’l aro qilsang nazar,
Koʻzki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro.
Qatra su ichra degaykim bargi gulning aksidur,
Qatra qonim rangini kim koʻrsa ul paykon aro.
Qomating yodida koʻnglum ichra har kesgan alif,
Rost boʻlmish ul alifdekkim yozilgʻan jon aro.
Jon fidong oʻlsun habibimkim, hamono bor edi,
Qasdi mahluqot aro insonu sen inson aro.
Ey Navoiy, istasangkim oʻlmagay el dardidin,
Dardi holingni dema nazm aylabon afgʻon aro.

20

Kirsa ul gul xirmani agʻyor ila gulzor aro,
Men hamono tolpinurmen xirman etgan xor aro,
Jonni anglabmen balolar ichra oʻlsam, ne ajab,
Ul zamonekim koʻrarmen yorni agʻyor aro.
Lojuvardi voʻsma birla zeb bergan qoshlaring
Jilvagar boʻlgʻan iki tovus erur gulzor aro.
Zulfida sarrishtai imon badaldur kufr ila,
Ne tafovut tushsa Mar'yam rishtasi zunnor aro.
Za’fligʻ jismimda bilgurgan tuganlar hay’atin
Angla yondoshqan tugonlarning shabihi tor aro.
Tushti yel kayfiyatidin suvgʻa gul yafrogʻlari,
Yoʻqsa maydin gullar oʻldi zohir ul ruxsor aro.
Masjid ichrakim meni tahqir qilding, ey faqih,
Koʻrgasen johimni kirsang kulbai xammor aro.
May xubobi gunbadin bazm ichra ul dam doir et,
Kim shafaq may zohir etgay gunbadi davvor aro.
Ey Navoiy, elga bilgil benavoligʻ boisi
Har navokim, zohir aylarsen figʻoni zor aro.

21

Sohiredur ul koʻz ammo holi hnndu ostida,
Nuktadur oraz uza yoʻq ersa jodu ostida.
Soi’din koʻrdik zanaxdon ostida fikrat chogʻi,
Kimki koʻrmaydur bilurin dasta koʻzgu ostida.
Shohlar tojigʻa loyiq tugmadur gar bersa dast,
Goʻyikim koʻrguzdi ul chobuk uzangu ostida.
Ichsa may jismi safosidin koʻrunur, to borur
La’l agar tushsa koʻrungandek suzuk su ostida.
Otashin gulning niholisen unut, ey andalib,
Kuldin oʻzga gulxani bistar solurmu ostida.
Jomi minoni ilikdin qoʻymakim, bu shevasiz
Kimsa xushhol boʻlmadi bu toqi minu ostida.
Ey Navoiy, qaygʻu togʻin may bila daf’ aylakim,
Yaxshiroq togʻ ostida qolmoqki, qaygʻu ostida.

22

Soqiyo, naqdi hayotim javharidur jom aro,
Qim, erur jom ichra may, aksing mayn gulfom aro.
Lojuvardi charx jomigʻa shafaqdin quydi may,
Quy shafaqgun bodasin ham lojuvardi jom aro.
Mast oʻlub bir dam shabob ayyomini tut mugʻtanam,
Kim yigitlik dam-badam oʻtmaktadur ayyom aro.
Bir zamon ayrilma ahbobi neku farjomidin,
Kim erur oxir judoligʻ dahri badfarjom aro.
Boʻlmasa ashrofi sofiy, noʻsh bazmi xushturur,
Mastligʻ dayr ichra ham arzol durd oshom aro.
Chun qatiq hangomadur rihlat icharmen tunu kun,
Kim oʻzumnn aylagaymen bexud ul xangom aro.
Dahr noʻshi komigʻa boʻlma Navoiy gʻarrakim,
Tegmasun nokomligʻning neshi andin kom aro.

23

Demaki kirdi oʻqi qatl vaqti qonim aro
Kim, ul alif kibi kirdi oʻlarda jonim aro.
Ulub edim gʻami hajringda oʻlmagʻan boʻlsa,
Labing taxayyuli joni jismi notavonim aro
Gar aylasam vatan ul koʻy aro meni qovmang.
Ki ishqi shoʻ’lasi oʻt soldi xonumonim aro.
Koʻzu koʻngul qurumish, ne toʻkay ayogʻinggʻa,
Ki qolmamish duru la’l ushbu bahru konim aro.
Ajab yoʻq oqsa erib magʻzi ustixonimkim,
Oʻtun soʻngaklar erur shoʻ’lai nihonim aro.
Sabuhi istayu yetgach sahar ochildi eshik,
Bu fath dayrda oʻtmas edi gumonim aro.
Navoiy, istama juz yigʻlamoq unumdinkim,
Nishot zamzamasi yoʻqturur figʻonim aro.

24

Dogʻlarkim oʻrtadim ul oy gʻami ozorida,
Dudi har birning erur dogʻi falak ruxsorida.
Za’fim ichra qasri tomigʻa tayangʻondekdurur.
Har somon koʻrsang yopushqan koʻyining devorida.
Bir musulmongʻa erur din qasdi etgandin hisob,
Har tugunkim koʻrsang ul kofir sochi zunnorida.
Gulshai ichra koʻp binafshangdin dema, ey bogʻbon,
Nil ila koʻr xollar har yon yuzi gulzorida.
Qoʻydi gulgun muhrlar jon rishtasida qon ila,
Vahki, solur muhri, yo gulmu ekin dastorida.
Tangʻa jon kirgan kibi jononni yetkur, ey tabib,
Emdikim jondin ramaq zohir emas bemorida.
Vahki, bir qotilgʻa oshiqmenki, jonning biymi bor,
Ishqining jon ichra ham ihfosi ham izhorida.
Topmasang davr ahlida mehru vafo, ayb etmakim,
Butmamish bu meva davron bogʻining ashjorida.
Ey Navoiy, aqlu din yagʻmo qilur davron meni,
Chiq ravon bu bazmdin filjumla hushung borida.

25

Mir’oti husnung tiyradur bu ohi dard olud aro,
Ravshanligʻi mumkin emas chun sham’ qoldi dud aro.
Butganga oʻxshar degasen har yon qizil tol uzra barg,
Har soridin paykonlaring bu jismi xun olud aro.
Shomi gʻam ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar,
Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qir andud aro.
Hoʻy qatrasida gʻarq erur xoling savodi, vah, netay,
Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas’ud aro.
Ochting chu zulf ul ikki koʻz har yon hadang otmoq ne tong,
Kim qolmish ikki turki Chin hinduyi noma’dud aro.
Ul koʻy qasdi etmisham, ey voiz, oni man’ etib,
Har dam dema jannat soʻzin, soʻz solmagʻil maqsud aro.
Qochsa Navoiy shayxdin piri mugʻon sori, ne ayb,
Kim bor tafovutlar base maqbul ila mardud aro.

26

Jonda qoʻydum chirmagʻon maktubini hijron aro,
Bilmon ul maktubdur yoxud alifdur jon aro.
Rishtai olnyki, chirmab erdi ochib asradim,
Xunfishon koʻz raglaridek diydai giryon aro.
Notavon jismim koʻrundi za’fdin ul rishtadek,
Baskn bulgʻondim ikki koʻzumdin oqqan qon aro.
Noma ermas erdikim, bor erdi ul hirzul amon,
Kim gʻamim aysh etti yetgach kulbai ehzon aro.
Garchi jonondin aziz ermas erur jondin aznz
Kim, vasila boʻldi mahzun jon bila jonon aro.
Ruq’ai ehsondin, ey mun’im, gado komini ber,
Kim bu yangligʻ ganj topmas kimsa bu vayron aro.
Ey Navoiy, nomai maqsud yetti, xushdil oʻl,
Kim xati ozodliq, budur gʻami hijron aro.

27

Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro,
Magarkn murcha nisfi uzuldi shakkar aro.
Koʻngulda nuqtai xoling xayoli tush-tushtin,
Yegʻin asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro.
Yuzungda qatrai xoʻy kasrati arosida xol,
Birisi munhasif oʻlmish bu xayli axtar aro.
Kecha ne nav’ yumay kirpiking xayolida koʻz,
Mengaki igna butar tonggʻa tegru bistar aro.
Bu oʻtki mendadurur, doʻzax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla maxshar aro.
Qadah keturki, falak javridin omon xarzi,
Zamona yozmadi juz davri jomu sogʻar aro.
Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya’nn
Ki chugʻz boʻlma bu vayronai muhaqqar aro.

28

Kilk erur jismimki, til boʻlmish demaktin lol anga,
Ichda pechu tobligʻ nolamni angla nol anga.
Sun’i kilkidin yozildi goʻyi ul goʻyi zaqan,
Nuqtalar yangligʻ zanaxdoninggʻa ikki xol anga
Kokulung elga jahonni tiyra qilgʻan dud erur,
Xar sari zulfung ikki yonida tushgan dol anga.
Koʻyida ovora koʻnglum xasta ermish, ey rafiq,
Lutf etib ma’lum qilsangkim, ne boʻlmish xol anga.
Ey musavvir, topmasang Majnunu Layli chehrasin,
Dilbarimni bil munga oʻxshash, meni imsol anga.
Soqiyo, koʻnglumni davron qildi koʻptin-koʻp malul,
Boʻlgʻali forigʻ kerak bir jomi molo-mol anga.
Ey Navoiy, kimki qildi hajr bedodin qabul,
Rahbari sarmanzili vasl oʻldi bu iqbol anga.

29

Ul pari paykarki hayron boʻlmish insu jon anga,
Kimki hayroni emas, men telbamen hayron anga.
Ne ajab parvonadek kuysam yuzi sham’igʻakim,
Koʻp boʻlubmen vasl umidi birla sargardon anga.
Toyiri hajring buzugʻ koʻnglumnikim qilmish vatan,
Chugʻzdekdurkim, nishiman keldi bu vayron anga.
Hajrida tah-tah koʻngul qon bogʻlagʻandindur nishon,.
Nomai shavqumki koʻzdin tomdi tim-tim qon anga.
Tiyri boroni gʻaming koʻnglumgakim yogʻdi, erur
Har tarafdin barqi ofat lam’ai paykon anga.
Otashin gul chunki bulbul kuydurur yuz vajh ila,
Ne osigʻ faryodu afgʻon birla ming doston anga.
Ey Navoiy, koʻngluma amr etma tarki ishqkim,
Ul samandardur, emas oʻt furqati imkon anga.

30

Ey koʻngul, telbarading emdi ne tadbir senga,
Ul pari zulfini gar qilmasa zanjir senga.
Yuz balo kelsa chek emdi chu bu ish man’i uchun,
Nechakim pand dedim qilmadi ta’sir senga.
Ixtiyore senga ham yoʻq edi, ne yozgʻurayin,
Buyla chun yozgʻan emish xomai taqdir senga.
Sen chu ishq oʻtigʻa kuydung, menga emdi ne osigʻ,
Aylamak maxlas uchun xiylayu tazvir senga.
Meni kuydurdung esa sen dogʻi kuydung, netayin,
Emdi yuklab bu ish oyinida taqsir senga.
Bihl et sen dogʻi men xastani chunkim deb edim,
Har nekim keldi sening olingga bir-bir senga.
Buzdi koʻnglung uyini xona barondozi firoq,
Ey Navoiy, ne osngʻ pand ila ta’mir senga.

31

Bahona qatlimadur ishqdin fasona senga,
Qilurgʻa qatl ne hojatdurur bahona senga.
Oʻqi oʻtunlari ichra sen oʻtsen, ey koʻngul,
Boshogʻlari uchidin har taraf zabona senga.
Quruq tanim oʻq avjidin koʻrunmas, ey chobuk,
Yaqin ketur kerak oʻlsa soʻngak nishona senga.
Ixota aylading, ey bahri ashk, yer kurasin,
Ajab emastur agar yoʻqturur garona senga.
Dam urma mugʻbachalar ishvasidin, ey zohid,
Vujud naqshin oqizmay mayi mugʻona senga.
Zamona tarkini kom aylabon xalos oʻlgʻil,
Desangki solmasa nokomliq zamona senga.
Navoiyo gʻami chun jonu koʻngul oldi, ne sud,
Surudi dilkash ila jonfizo tarona senga.

32

Hajrdin har nechakim boʻldi koʻngul zor menga,
Hech rahm etmadi ul shoʻxi jafokor menga.
Gʻunchadekdurki ocharlar kuch ila barglarin,
Boʻlgʻali hajrida qonligʻ koʻngul afgor menga.
Otashin la’ldek axgar toʻkadurlar har dam,
Base hajrida ikki diydai xunbor menga.
Zulfidin shiddati kufrum erur ul xadgʻachakim,
Subha toricha erur rishtai zunnor menga.
Yaxshiroq ravza savodidin agar dast berur,
Ul quyosh koʻyida bir soyayi devor menga.
Chunki bu qubbai xazro aro juz hodisa yoʻq,
Ey koʻngul, avlo erur kulbai xammor menga.
Ey Navoiy, ne mayu, mutribu, ne husnu, ne ishq,
Xonaqah tarki erur anglaki nochor menga.

33

Bukim qolibdur ul oy hajrida hayot menga,
Hayot qolmamish azbaski bor uyot menga.
Ulusni oʻlturur ul shoʻx iltifot aylab,
Oʻlarmen ushbuki hech etmas iltifot menga.
Meni xud ayladi qatl, ushbudur vasiyatkim,
Koʻngulni ham karam aylab yetursa bot menga.
Qush oʻlmisham yogʻibon hajr oʻti vale ne osigʻ,
Ki boʻlmas ul taraf uchmoqqa bu qanot menga.
Tuganmagay yozilib mehnatim agar boʻlsa,
Firoq shomi qaroyu falak davot menga.
Chu yor aylar emish barcha yerda jilvai husn,
Teng oʻldi Ka’ba bila dayri soʻmanot menga.
Navoiyo, chu emas nasya naqd birlan teng,
Behisht voizi purgoʻgʻavu Hirot menga.

34

Chogʻirgʻa tushgali yoʻqtur qaroru xob menga,
Chu oʻtqa tushtum emas ayb iztirob menga.
Hamisha masti xarob ul sifat yururmenkim,
Koʻrub tahayyur etar olami xarob menga.
Boqib tabassum etar piri dayru mugʻbacha ham,
Bu dayr aro kular alqissa shayxu shob menga.
Chu mast edim menga ta’sir qilmadi garchi,
Malul boʻldilar etmakdin ixtisob menga.
Duoyi subh bila boda tarkin istarmen,
Tilar sabuhi xumor istabon azob menga.
Necha xarobot ichra ayogʻ yolang, yoqo chok,
Icharga durdi qadah har taraf shitob menga.
Ichursa jomi hidoyat navo tuzub jomi,
Navoiy anda magar boʻlgʻay ijtinob menga.

35

Ul malohat ganji hajrida buzugʻ maskan menga,
Uyladurkim, jondin ayru yuz yaroligʻ tan menga.
Mehr ila mah partavidin koʻzni ravshan qilmadim,
Boʻlgʻali mehri ruhung mohiyati ravshan menga.
Boʻldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin koʻngul,
Jon qushi chiqmoqqa bir yoʻl angla har ravzan menga.
Men oʻlarmen gʻamdinu yigʻlab kuyub boshimda sham’,
Dudidin chirmab qaro har tun tutar shevan menga.
Rahm etib holimgʻa dushman doʻst boʻlmoq, vah, ne sud,
Doʻst chun rahm aylamay boʻlmishdurur dushman menga.
Gʻam tuni zulmida xandon boʻlmadi holimgʻa subh,
Subhidek ne tongki boʻlgʻay choki pirohan menga.
Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay,
Elga bu ish gar hunar boʻlsa, boʻlubtur fan menga.

36

Nechakim kuyar ishq aro jon menga,
Emas tarkini qilmoq imkon menga.
Agar boʻlsa yuz jon fido qilgʻamen,
Nasib oʻlgʻudek boʻlsa jonon menga.
Necha boʻlsa agʻyor hamsuhbati,
Erur bazmini koʻrmak armon menga.
Agar rashkdin sa’b boʻlsa hayot,
Xud ul dam erur oʻlmak oson menga.
Qilibdur guli otashin gʻunchasi,
Koʻngulni oʻkush soʻzi hijron menga.
Ne kom olgʻamen, soqiyo bodadin,
Ki davron tutar dam-badam qon menga.
Navoiy, ketib xilvat et uynikim,
Boʻlur bu kecha yor mehmon menga.

37

Davr el sogʻarini qildi mayi nob toʻla,
Juz mening eski safolimni ki xunob toʻla.
Jomi maydek toʻla qon boʻldi ichim bermay dast,
Yor bazmi aro bir jomi mayi nob toʻla.
Vahki, har kirpigi bir nishtar erur zahrolud,
Garchi bor ul iki nargisda shakarxob toʻla.
Jolalar tushtimu gul bargi uza, yoxud erur
Huqqai la’ling ichinda duri serob toʻla.
Orazing aksidurur koʻzdagi yosh evruladur,
Bogʻi jannat gulidin boʻldi bu girdob toʻla.
Menu mugʻ dayri aro mugʻbacha qoshida gʻulu,
Senu zuhd ahli bila masjidu mehrob toʻla.
En Navoiy, necha oz-ozgʻina may madrasada,
Dayr aro kirki, ichar shayx toʻla shob toʻla.

38

Ishq ayladi yuz oqilu farzonani rasvo,
Ne ayb agar qildi bu devonani rasvo.
Rasvoligʻ oʻtigʻa oʻzini oʻrtadi baskim,
Sham’ etti shabiston aro parvonani rasvo.
Olamda ne rasvoligʻ ekin ushbuki hargiz,
Ishq aylamagay men turubon yonani rasvo.
Begonaparast oʻlma sogʻindurdum oʻzumni.
Oʻz turgʻanida aylama begonani rasvo.
Zohid meni rasvo dedi, lekin oʻzi qildi,
May toʻqtamayin koʻngliga mayxonani rasvo.
Afsona dema soqiyu qil marhamat aylab,
Bir may bila bu ishqda afsonani rasvo.
Rasvo esa ishq ichra Navoiy ajab ermas,
Ishq ayladi yuz oqilu farzonani rasvo.

39

Koʻzungga tani notavonim fido,
Ravonbaxsh la’linggʻa jonim fido.
Labing rangi olinda qonim sabil,
Qading jilvasiga ravonim fido.
Belu ogʻzing oldik tanu jonnikim,
An (ga) oshkoru nihonim fido.
Bagʻir la’li, koʻz durri ollingda sarf,
Demaykim senga bahru konim fido.
Junun birla aqlim gʻaming sadqasi,
Ki ollingda yaxshi-yomonim fido.
Fano dashtida qoni ovoraligʻ
Qim, ul sayrgʻa xonumonim fido.
Navoiydin olding koʻngil, jonni ham
Senga boʻlsun, ey dilsitonim, fido.

40

Ul oy bu xasta bila yormu ekin oyo?
Zamiri ichra gʻamim bormu ekin oyo?
Bu kim firoqi oʻzumdin xabarsiz etti meni,
Oʻzi birorta xabardormu ekin oyo?
Koʻzum tobonigʻakim shomi vasl surtarmen,
Uyubmu erkinu, bedormu ekin oyo?
Men ul taraf bora olmon, koʻngul kela olmas,
Meningdek ul dogʻi bemormu ekin oyo?
Kamandi zulfiki ochilgʻach uchti imonim,
Rasanmu rishtai zunnormu ekin oyo?
Bu xirqa bodagʻa rahn oʻldi boʻlmisham sargum,
Garovga navbati dastormu ekin oyo?
Navoiy oʻzlukidin kechti, dogʻi qoʻydi qadam,
Bu yoʻlda emdi sabukbormu ekin oyo?

41

Dardi hajrimgʻa ul iki la’li xandondur davo,
Kim oʻlar Iso damiyu obihayvondur davo.
Ne davo Iso damin fahm ayla, ne hayvon suyin,
Hajr jonnn olgʻan elga vasli jonondur davo.
Ishq aro za’fim davosi sharbat ermas, ey hakim,
Sharbati vasl etmayin hosil ne imkondur davo.
Hajr aro dardim davosin yor mushkil deb emish,
Rahm agar qilsa aning ollida osondur davo.
Darddin gʻamgin koʻngulda xona qilmish yuz mavod,
Ey qaro koʻz, daf’igʻa bir neshi mujgondur davo.
Zulfi zunnorigʻa bogʻlangʻan uzorin ochti yor,
Zulmati kufr ichra elga nuri imondur davo.
Gar mening bedilligʻim dardi davosin istasang,
Ey Navoiy, bu marazgʻa koʻnglum olgʻandur davo.

42

Figʻonki, hajrdin anglab ukush alam bizga,
Tarahhum etmadi ul mehri ioʻq sanam bizga.
Fidoyi jonu koʻngul ayladuk, valek vafo
Qilib ulusqa, ravo koʻrdi dardu gʻam bizga.
Gʻamidin oʻlduku ul Iso dam aylamadi,
Iyodat aylagali ranja bir qadam bizga.
Bitidi har,sari ushshoqigʻa vafo taskin,
Magar usholdi yetishgan zamon qalam bizga.
May el bila ichibon bizni xoki roh aylab,
Figʻonki, toʻkmadi durdi piyola ham bizga.
Fano mayini agar piri dayrdin topsaq,
Sinuq safole, koʻp ortuqki jomi Jom bizga.
Navoiy usruk esa subhu shom, tonglamakim,
Azalda kilki qazo chekti bu raqam bizga.

43

Kimsa hargiz koʻrmadi chun ahli davrondin vafo,
Ulki davron ofatidur ne tama’ andin vafo.
Jonimu umrumdur ul oy bevafo boʻlsa ne tong,
Qayda koʻrmish kimsa hargiz umr ila jondin vafo
Gar vafo qilsang erur andinki, bordursen pari,
Yoʻqsa kim olamda koʻrmish nav’i insondin vafo.
Vahki, davron ahlidin juz bevafoligʻ koʻrmadi,
Har nechakim koʻrdilar men zori hayrondin vafo.
Chun vafo gulbargi davron bogʻida ochilmadi,
Bejihatdur kimki istar bu gulistondin vafo.
Kimsa koʻnglin kimsadin istab vafo oldurmasun
Kim, menga xud yetmadi ul koʻnglum olgʻandin vafo.
Ey Navoiy, gar vafosiz chiqti ul sultoni husn,
Topting eldinkim, tilarsen emdi sultondin vafo.

44

Oʻtga solgʻil sarvini ul qaddi mavzun boʻlmasa,
Yelga bergil gulni ul ruxsori gulgun boʻlmasa.
Sarsari ohim esar gʻam shomi hijron togʻigʻa
Yaxshidur tong otqucha bu togʻi homun boʻlmasa.
Telbalikdin, vahki,har dam dardim afzundur, agar
Ul pari ishqida har dam dardim afzun boʻlmasa.
Gar koʻngul qatl istabon, sen va’da qilding, tongla deb,
Ushbu dam oʻltur, bu ehson birla mamnun boʻlmasa.
Hirqa jinsin rahn uchun, ey shayx, olmas piri dayr,
Boda bermas toki oʻzluk jinsi marhum boʻlmasa.
Foniy oʻl vasl istar oʻlsang, benavoligʻdin ne gʻam,
Boʻlmasun hargiz matoi dunyoyi dun boʻlmasa.
Ey Navoiy, tonma gar der ul pari majnun seni,
Oshiq oʻlgʻaymu parigʻa ulki majnun boʻlmasa.

45

Dahr bogʻi aro koʻp istamagil ayshu tarab,
Kim guli shoʻ’lai gʻam, gʻunchasidur xori taab.
Sunbuli rishtalarin rishtai maqsud dema,
Kim koʻngul qushlari domigʻa erur barcha sabab.
Arigʻi ichra ushoq toshi agar inju erur,
Toyiri umrung uchun donau su topti laqab.
Angla ziyrak qush anikim koʻrubon mundoq dom,
Boʻlmagʻay tegrasida obxoʻru dona talab.
Dona yeb, hosil etib, fazla najas anlamagay
Bogʻ sahnini rioyat qilibon shart adab.
Yo boʻlub domgʻa mahkam topa olmay maxlas,
Urunub, talpinibon aylamagay shoʻru shagʻab.
Chun Navoiy koʻzi bogʻliq qush erur olam aro,
Bu chamandin anga uchmogʻni nasib et, yo rab.

46

Yor ogʻnz ochmasqa dardim soʻrgʻali toptim sabab,
Koʻp chuchukliktin yopishmishlar magar ul ikki lab.
Chayqalib goʻyo tushar hayvon ziloli uzra mavj,
Iztirob ichra yuzungga solsa chin nogah gʻazab.
Koʻhi dard ichra meni Farhod agar qilding xitob,
Chun seni dermen chuchuk jonim erur Shirin laqab.
Buki koʻnglumni iting tishlarda ogʻzin qochurur,
Yo oʻti, yoxud aning islangʻani erkin sabab.
Ishq komil elni yo Farhod, yo Majnun qilur,
Gar erur ma’shuqi yoxud armani, yoxud arab.
Eyki, faqr ichra qadam qoʻydung talab vodisigʻa,
Boʻlmasa tolib sanga matlub, sud etmas talab.
Shah xarimida necha topsang Navoiy ehtirom,
Bilgil oʻz haddingniyu behad rioyat qil adab.

47

Shahd ila oshifta gul bargidurur ul ikki lab,
Har soʻz andinkim chiqar shirin esa yoʻqtur ajab.
Jonim ichra kirpigi neshi teshuk qilgʻan kibi,
Bilgurur ogʻzi tabassum aylagach ul ikki lab.
Ishqini jon rishtasi birla muqayyad ayladim,
Ey xirad, ketkim, seni qayd etgali yoʻqtur sabab.
Xoksorin ul quyosh yuzluk pari majnun demish,
Tangri bizga osmondin nozil etti bu laqab.
Koʻyida maqbul ulus hajrida bilmas kuymagim,
Doʻzax ahlidin ne ogah ravzada ahli tarab.
Topti Layli noqasi Majnun figʻonidin hade,
Mumkin ermas poʻyadin taskini oning, ey arab.
Dayr aro har yon yiqilma vajd etib, ey shayxkim,
Piri dayr ollida mustahsan emas har beadab.
Koʻp achigʻlanma agar boʻlsang ulustin talx kom,
Ulcha qismingdur qazodin kimga aylarsan gʻazab.
Ey Navoiy, olma yor ollida yuz tufrogʻdin
Kim, bu shar’ ichra muhabbat sajdasidur mustajab.

48

Ey firoqnngdin menga gʻam roʻziyu mehnat nasib,
Ohkim, hajringda oʻz shahrimda boʻlmishmen gʻarib,
To gʻarib erdim nasibim gʻam yemak erdiyu bas,
Shahrim ichra dogʻi gʻam boʻlsa nasibim, yo nasib.
Gʻurbat ichra yigʻlar erdim istabon yoru diyor,
Chunki toptim istamak gʻurbat erur behad gʻarib.
Oʻz diyorimda buzugʻ koʻnglum ne yangligʻ toʻqtasun,
Kim erur begona ham ahbob mendin ham habib.
Kim raqibim boʻlsa baskim yor aylar iltifot,
Olam ahlin sogʻinurmenkim menga boʻlmish raqib.
Dahr aro, ey kim, deding aylab vafo koʻrdum jafo,
Kim vafo ahlidurur bu soʻz anga bordur gʻarib.
Ey Navoiy, yor vaslin topmasang yoʻqtur ajab,
Noʻsh yoʻq lekin koʻrar yuz nesh guldin, andalib.

49

Nechakim koʻnglumda bor ul dilraboning yodi koʻb,
Bor aning yod etmagi ozroq, vale bedodi koʻb.
Topmagʻay nahli qadingdek bir niholi xush xirom,
Garchi boʻlgʻay bogʻbonning sarv ila shamshodi koʻb.
Telba koʻnglumdin emon roziki, har tun koʻyida
Itlarining ogʻritur boshin annng faryodi koʻb.
Layliyu Shirinvashimning ishqi dashtu togʻda,
Mencha bir yoʻq, garchi bor Majnun ila Farhodi koʻb.
Xoʻblar vodiysida topilmas el koʻngli qushi,
Ne uchunkim bordurur bu beshaning sayyodi koʻb.
Kirpigingga qatl ta’limin ajal bermish, valek
Oʻzidin ustodroq etmish aning ustodi koʻb.
Shayx ila ahli riyou dayri piri birla rind
Kim, fano ichra keraktur pirning irshodi koʻb.
Umr qasrin necha kun tutgʻil gʻanimatkim, darigʻ,
Xush binodur – poydor ermas vale bunyodi koʻb.
Davr, ayogʻidur iloji, kimki davron ahlining
Javridin ozurda boʻlmish xotiri noshodi koʻb.
Tarqang, en ushshoqkim, sayd etti bizni mugʻbacha,
Dayr aro siz ham kiring, kufr ahlining avlodi koʻb.
Tifllar oʻynar Navoiy birla Majnun deb magar,
Tifl ekanda ul dogʻi bu qavm ila oʻynodi koʻb.

50

Subhi davlat yuzung, ey tavsani gardun, senga ashhab,
Boshing ustidagi dur oʻylaki tong boshida kavkab.
Poymol etgan uchun markabi javlonda boshimni,
Uzr uchun qildim aning na’lini yuz birla muzahhab.
Mehr tarkin qilibon past falak raxshidin oʻtti,
Olloh-olloh, bu ne rokibdur, vah-vah, bu ne markab.
Ne qatigʻ holki hajring kechasi tingʻali qoʻymas,
Yer elin ashk ila anduh, koʻk elin na’rayu yo rab.
Aytti mehmonligʻ uchun, emdi boʻlur qoʻysa qadamkim,
Koʻngul uy qildi muhayyoyu bagʻir toʻ’ma murattab.
Har kishi boʻldi qulung ul kishidur olam aro shah,
Qullaring qurbini kim topsa erur shahgʻa muqarrab.
Yuzi madhida kerak safha vale lavhai xurshid,
Sochi vasfini yozar vaqtda tun dudi murakkab.
Yor chun barcha zamon nozir erur holingga, boʻlgʻil
Born holatda mashohid, bori el birla muvaddab.
Telbarab koʻngli Navoiyning agar arbada aylar,
Daf’igʻa silsilai zulf ila basdur chahi gʻabgʻab.

51

Soching qarongʻu tun, ey sarvqadi shirin lab,
Yuzung tun oʻrtasida jilva aylagan kavkab.
Yuzungda lab su aro oʻt erur, bu asru gʻarib,
Labingda xoʻy oʻt aro su erur, bu asru ajab.
Gʻamingda yo rabu yo rabni koʻkka yetkurdum,
Qabul quribini topqaymu, yo rab, ul yo rab.
Xayoli xasta koʻngul ichrau manga qaygʻu,
Ki bu latifu yoʻq ul uyda gʻayri ranju taab.
Yesun iting jigarimni uzub-uzub, negakim,
Kesib-kesib qoshigʻa tashlamogʻligʻ ermas adab.
Ne kelsa charxdin, ich bodakim, tafovuti yoʻq,
Agar inoyat etarsen, anga yoʻq ersa gʻazab.
Navoiy, oʻlmaki matlubung oʻlmasa tolib
Sening ichingga nedin soldi muncha dardi talab.

52

Kimsa yori birla xushtur gʻam deyishib mungrashib,
Yetsa gohi chirmashib, oʻltursa gohi yondashib.
Zulfi el koʻnglin parishon aylamakka jam’ oʻlub,
Turfaroq bukim, koʻngullarni yigʻargʻa torqashib.
Mumkin ermas tortmoq paykonlarinkim, jism aro
Har biri maskan tutubturlar soʻngakka oʻrnashib.
Chiqti zulfin solgʻach ul chohi zanahdondin koʻngul,
Ankabut ul nav’kim, torigʻa chiqqay yormashib.
Hajr xayli koʻnglum ichra moʻrdek aylab hujum,
Garchi vasl ummidn yetganda chibindek butrashib.
Kuydumu ul zulfi tori rishtai jismimdadur,
Sham’ toridekki koʻp boʻlgʻanda turmish chirmashib.
Soqiyo, qilsang himoyat gʻolib oʻlgʻum boʻylakim,
Gʻam bila koʻnglum taloshurlar ikovlon qormashib.
Qil havola durdkashlar jonibi, ey mayfurush,
May chu har soat toʻkulgay joʻsh urub, koʻpdin toshib.
Oshurub haddin Navoiy ham niyozu ajzini,
Yor istigʻnou nozi har necha haddin oshib.

53

Boʻlmayin husn koʻngul topmadi ishq ichra tarab,
Anga haqdin talabi husndurur husn talab.
Dahr boʻstonida bir husn guli ochilmas,
Bulbuli ishq agar boʻlsa navosiz ne ajab.
Otashin yuzga yetib qayda koʻngul oʻrtangay,
Boʻlmasa zulfi kamandi anga bu ishta sabab.
Talxliq birla berurmu kishi shirin jonin,
Noz ila talxi xadis aylamasa shirin lab:
Bir quyosh mash’alidin jonima ur ishq oʻti,
Ioʻq esa sham’i hayotimni oʻchurgil, yo rab.
Soqiyo, ishq oʻti gar yoʻq may oʻtin ravshan qil
Ki, kul oʻlsun nafasi xoru xasu ranju taab.
Koʻrgach-oʻq axtari husn oʻlsa Navoiy tong yoʻq
Kim, oʻtub umr, tulu’ etti, bu farruh kavqab.

54

Qachon maqtabqa ul mohi muaddab.
Borur, oʻzdin borurlar ahli maktab.
Boʻlur lavhi zabarjad ahli hayron,
Chu olur ilgiga lavhi muzahhab.
Degach abjad boshigʻa evrulurlar
Qamar birla quyosh, ya’ni jadu ab.
Nechukkim, maktab atfoli xurushi,
Gʻamidin xalq aro faryodu yorab.
Muallim qullugʻigʻa xat berurmen,
Gar ozod oʻlsa ul sarvi shakarlab.
Dabistoni fanoda shurb darsin,
Ravon qilmay emassen ahli mashrab.
Navoiy ashkidin to shomi anjum,
Toʻkar, chiqqaymu deb ul sa’d kavkab.

55

Oʻrtanurmen, koʻngliga andin asar boʻlgʻaymu deb,
Boʻlsa ta’sir, anga holimdin asar boʻlgʻaymu deb.
Telmururmen mungrayib ul bevafogʻa muttasil,
Bir ham andin dardi holimgʻa nazar boʻlgʻaymu deb.
Oʻrtanur, ey voiz, ohimning sharoridin sipehr,
Ne soʻray, doʻzaxqa mundoq bir sharar boʻlgʻaymu deb.
Sursa maydon ichra har chobuk yugurmoqdur ishim,
Keynicha ul chobuki zarrin kamar boʻlgʻaymu deb.
Telbalik koʻrkim, qucharmen bogʻ aro har sarvni,
Birisi ul sarvi qaddi siymbar boʻlgʻaymu deb.
Dahr boʻstoni aro soʻr bogʻbondin, ey rafiq,
Juz baliyyat mehri nahligʻa samar boʻlgʻaymu deb.
Ey Navoiy, nechakim qildim gadoligʻ, soʻrmadi,
Ye rab, ul Majnuni zori darbadar boʻlgʻaymu deb.

56

Oʻrtasa ishq meni soʻrma sabab,
Kuysa xoshok yolindin ne ajab.
Choklik jon qolur oʻtu su aro,
Chun may oluda boʻlur ul iki lab.
Ayogʻin tufrogʻin oʻpsam basdur,
Bor ayogʻingni desam tarki adab.
Uyla dardu gʻamingga oʻrgandim
Kim, unut boʻldi menga ayshu tarab.
Zulfida zor koʻngul ranji ne tong,
Xastagʻa koʻprak oʻlur kecha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qoʻpqay
Tufrogʻi ustiga sursang markab.

57

Yor gulgun toʻn yenginmu yuzga aylabtur hijob,
Yo yoshurmishtur quyosh ruxsorini gulgun sahob.
Yoʻqki ishq ahligʻa olamni qarongʻu qilgʻali,
Ul shafaqdin yopti xurshid uzra gulfomi niqob.
To qizil toʻn ichra boʻldi jilvagar mohim mening,
Mehr etar har tun shafaq xunobi ichra iztirob.
Qon yoshim aksimu ol etmish falak mir’otini
Qim, boʻlubtur la’ligun atlasda soyir oftob.
Toʻn kiyib gulrang olamni guliston aylading,
Bizga qism aylab xazoni hajr aro xori azob.
Soqiyi gulchehra, gulgun boda beandoza tut
Kim, bu gulshan ichradur xori malolat behisob.
Ikki olamda Navoiy surxroʻluq istasang,
Ham nabiy, ham oliy xubbigʻa durust et intisob.

58

Rahm etar kofir koʻzung ul zulf yuzda chirmalib,
Goʻyiyo boʻlmish musulmon oʻtgʻa zunnorin solib.
Hirmani sabrimni qoʻzgʻab koʻz-yoshimni sochti hajr,
Oʻylakim har yon sochilgʻay dona xirman qoʻzgʻolib.
Zulfungga majnun koʻngul bogʻlandi xotir jam’ qil,
Telba qayda borgʻusi, zanjiri yerga sudralib.
Qatl chun qildi koʻngulni bu kafan tikmak ekan,
Oʻqlaringkim qoldilar jon pardasigʻa tevralib.
Gar oʻyub olding koʻzumni, sendin olmoq istamon,
Husn agar budur kishi boʻlmas koʻzin sendin olib.
Qomating bordi nazardin aylabon koʻnglumni resh,
Rost ul oʻqdekki oʻtkay, lek zaxm andin qolib.
Soqiyo, hajr oʻlturur, may tutqil anda zahr ezib,
Mutribo, holimgʻa yigʻla navha ohangi chalib.
Qaddi shavqidin havo qilmoq tilar koʻnglum qushi,
Necha tan zindonida mahbus qolgʻay qiynalib.
Ey Navoiy, gʻam tuni ermas shafaqkim, charxni
Qildi gulgun qon yoshing daryosi har dam chayqalib.

59

Topmish ul yuz qatra-qatra xaydin oʻzga obu tob,
Qayda, vah-vah, muncha kavkab zohir aylar oftob.
Chiqma toʻqquz parda keynidinki, olam kuymasun,
Olsang olti-yotti burqa’, qoʻygʻil ikki-uch niqob.
Bir dam ul yuz naqshi giryon koʻz aro topmas qaror,
Su aro xurshid aksidekki qilgʻay iztirob.
To koʻngul devona boʻldi ul pari la’lin koʻrub,
Xifz uchun qaydigʻa qildim rishtai jondin tanob.
Dardi ishqimdin savol etti ul oy, faryodkim,
Yuz javobim boru yoʻq hushum demakka bir javob.
Bu chamanda gʻuncha ermas, angla bulbul koʻnglikim,
Shishladi ishq aylamakka otashin guldin kabob.
Ey Navoiy, gar desangkim gʻussa barbod etmagay,
Bosh koʻtarma bodadin zinhor andoqkim xubob.

60

Ajab yoʻq oʻlsa qaro zulf orazingga niqob,
Quyoshqa tongmudurur boʻlsa shomi tiyra hijob.
Koʻzumga oʻt choqilib, koji gʻamdin ashkim oqar,
Qachonki soiqa tushgach, toʻkar yogʻinni sahob.
Magarki masjid ekandurki, boʻldi mayxona,
Yuzungki ikki qoshingdin toʻridadur mehrob.
Soching xayoli koʻzum bahri ichradur, yo ishq,
Koʻngul siyosatin istab, su ichra soldi tanob.
Yuzungki ayni haroratdin oʻldi gʻarqi araq,
Dey oni chashmai xurshid, yo guli serob.
Xumor gʻolibu mayxona eshigi bogʻligʻ,
Tarahhum ayla menga, yo mufattihil abvob.
Navoiyo, kelibon piri dayr ochsa eshik,
Koʻtarma bosh oyogʻidin, boshing gar oʻldi turob.

61

Paridek ulki erur shoʻxlar aro mahjub,
Hijobsizu men, uldur bu telbaga matlub.
Hayosi birla hijobida garchi volamen vola,
Qilibdurur meni ollinda noladin mahjub.
Muhabbat ahligʻa noz etguchidin ermish sa’b,
Tariqi hilmu adab zohir etguchi mahbub.
Chu ishq gʻolib erur ehtiyoj emas Laylo,
Qilurgʻa ishvaki Majnunni aylagay magʻlub.
Kishiki da’viyi ishq ichra oʻzdin oldi hisob,
Bu muddaoda agar oʻlmagay emas mahsub.
Fano yoʻlinda sabukbor istasang oʻzni,
Oʻzungdin ayla burun oʻzlukung yukin maslub.
Navoiy, asru muaddabdur ul mahi maktab,
Adab tariqi bila yozgʻasen anga maktub.

62

Gulruhi ra’no qadim chun bogʻ tavf aylar borib,
Infiolidin guli ra’no qizorib sorgʻarib.
Yuz shigof etting tanim yoʻq erdi koʻnglumdin nishon,
Uylakim oʻt topmagʻaylar kulni har yon axtarib.
Sovugʻ ohimdin yorugʻluq oz vale koʻp tiyralik,
Qishda ul yangligʻki tun boʻlgʻay uzun kun qisqarib.
Za’f vaqti koʻyidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen xorib.
Tutmadim boʻgʻzum sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.
Soqiyo, labtashnamen, andoqki koʻk jomi toʻla
Boda tutsang sarnigun aylarmen oni sipqorib.
Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding jonni andin, oni jondin qutqorib.

63

Ogʻzining sirri menga ma’lum agar ermas ne ayb,
Hech kimga zarrai chun bermamish haq ilmi gʻayb.
Oshiqu shaydoligʻimni man’ etar zohid, koʻrung
Kim, hunar ham bor emish nodon kishi ollinda ayb.
Yoshurun qolgʻaymu koʻksum jaybidek chok oʻlgʻani,
Xosakim hajr ilgidin koʻksum kibi chok erdi jayb.
Koʻzlaring birla labing mundoqki urdi din yoʻlin,
Ne balolardin Bilol oʻtgay, ne Sahbodin Suhayb.
Zarragʻa sadyak esa ogʻzing menga yoʻq hech shak,
Chehrang oʻlgʻandek quyoshning dah sadi yoʻq hech rayb.
Pirsiz kezma bu vodiy ichrakim topmas kalim,
Tiyra shomin ravshan amr etmay anga xizmat Shuayb.
Ey Navoiy, sendek etgan zoyi’ ayyomi shabob,
Sudi yoʻq anjum kibi ashki nadomat shomi shayb.

64

Kuysalar Farhodu Majnun ishqdin afsona deb,
Zohir etmaslar menga ul nuktani devona deb.
Ishq ichinda munglarim deb, eyki, yigʻlatting meni,
Jon fidong aylay, yana bir lahza yigʻlat, yona deb.
Bir yoʻli ishq ahli orimenki, qoʻymaslar meni
Jam’ aro bir yoʻli aqlu xushdin begona deb.
Soʻnggʻi uyqu shiddatin naql etma, roviy, zinhor,
Keltirur boʻlsang anga uyqu kecha afsona deb.
Men ham ul menkim qovar majnun deb emdi tifllar,
Kim, tilar erdi ulugʻlar oqilu farzona deb.
Tushti zulfi domigʻa koʻnglum qushi mayl aylagach,
Ul taraf ruxsori koʻzgusin su, xolin dona deb.
Tongla barcha yaxshilar boʻlgʻusi kavsar davrida,
Men yomonni mahrum etmang sokini mayxona deb.
Naylab ul tovusi paykarni tilay kulbamgʻakim
Chugʻz qoʻnmas dam-badam yemrulgudek vayrona deb.
Shohligʻdin or etar chunkim Navoiy kirsa mast,
Dayr koʻyiga surudu nagʻmayi mastona deb.

65

Ikki ruxsoring erur hoʻbu xating ham margʻub,
Xoʻblardin neki, bosh ursa erur beshak xoʻb.
Toki sevdum seni javrungni dogʻi sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.
Rishtai jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.
Xasta dnllargʻa ne jon olgʻuchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi koʻrgach ani ahli qulub.
To labing, volahi boʻldum tilamon obi hayot,
Suni naylar kishikim bodagʻa boʻlgʻay magʻlub.
Ahli ishq ichra menga yoqma vara’ tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahligʻa bizni ma’yub.
Istasang mulki baqo salb qil oʻzlukni burun,
Kim, suluk ichra fano ahligʻa budur uslub.
Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga bizga ham uldur matlub.

66

Haq oʻzin qildi muhib sen oyni mahbub, ey habib,
Ul muhibqa sen kibi mahbub erur xoʻb, ey habib.
Rogʻib oʻldung ul muhib vasligʻa chun shomi uruj,
Topting ulkim xotiringgʻa erdi margʻub, ey habib.
Bir sari moʻ olam ahli boʻgʻzidin parvoyi yoʻq,
Aylagan oʻzni sening husnunggʻa mansub, ey habib.
Boʻlsalar ahli muhabbat har kishining tolibi,
Bizga sendursen iki olamda matlub, ey habib.
Har kishi ahbobing ichraknm oʻzin aylar hisob,
Bermayin jon ul muhabbat qayda mahsub, ey habib.
Chun shafoat daftari sendin tutarmen koʻz ne gʻam,
Har qoʻlumgʻa bersalar mahsharda maktub, ey habib.
Chun muhabbat ahligʻa toat hunardur, rahm qil,
Kim Navoiy, keldi ul xayl ichra ma’yub, ey habib.

67

Chobukim raxsh uza hijron yoʻlida koʻya qilib,
Men aning keynicha gohi yugurub; gah yiqilib.
Yiqilib yona qoʻpub, chunki urub yoʻlgʻa qadam,
Vahki, yuz nishtari hijron ayogʻimgʻa tikilib.
Tobonim dardu balo xoralaridin oʻyulub,
Yuragim ranju ano xoralaridin teshilib.
Turfa koʻrgilki inon tortmay ul shoʻx dame,
Soʻngicha buyla qotiqliq bila holimni bilib.
Ishq dardigʻa juz oʻlmak yoʻq emish hech iloj,
Bosh qoʻyub olligʻa oningki bu ma’nni bilib.
Istaram oʻzni xarobot ichida loya’qil,
Xush chun boisi ranj oʻldi netarmen osilib.
Gar Navoiygʻa yogʻin ashk ediyu ra’d figʻon,
Hajr chun koj urubon koʻzlariga oʻt choqilib.

68

Tun oqshom keldi kulbam sari ul gulruh shitob aylab,
Xiromi sur’atidin gul uza xoʻydin gulob aylab.
Qilib mujgonni shabroʻlar kibi jon qasdigʻa xanjar,
Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.
Quyoshdek chehra birla tiyra kulbam aylagach ravshan,
Menga titratma tushti zarra yangligʻ iztirob aylab.
Kulub oʻltirdiyu ilgim chekib yoninda yer berdi,
Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.
Ki: ey zori jafokash oshiqim mensiz nechuktursen, –
Men oʻldum lolu ayta olmayin mayli javob aylab.
Chiqardi shishayi may dogʻi bir sogʻar toʻla quydi,
Ichib tutti menga yuz nav’ noz oso itob aylab.
«Ki ey Majnun, pari koʻrdung magarkim tarki xush etting,
Takallum qil bu sogʻarni ichib raf’i hijob aylab».
Ichib, faryod etib tushtum ayogʻigʻa borib oʻzdin,
Meni yoʻq bodakim, lutfi aning masti xarob aylab.
Anikim eltgay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab.

69

Tigʻ ila xoki tanimni har taraf yording kelib,
Naqdi jon olmoqqa bu tufrogʻni axtording kelib.
Keldingu koʻnglumni yuz chok etmaguncha bormading,
Ba’d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib.
Jon sanga qurbonki, olib jon koʻngul afgʻonidin,
Ham oʻzungni, ham meni, ham elni qutqording kelib.
Qatli bas erdi, tanim ul koʻydin sudratmaging
Ortugʻ erdi, ey jafojoʻ, haddin oʻtkording kelib.
Ey koʻngul, ozdur senga bu hamki ul oy koʻyidin
Man’lar qildim vale yuz qatla yolbording kelib.
Soqiyo, yetkurmish erdi jonni ogʻzimgʻa xumor,
Jon fidong oʻlsunki bir may birla qaytording kelib.
Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mugʻbacha,
Tengri yoringkim, fano dayrigʻa boshqording kelib.

70

Gul chogʻi har gulga bir bulbul tarannum koʻrguzub,
Toza qonligʻ dogʻ ila koʻnglum qushi afgʻon tuzub.
Boʻldi bir gul hajridin jismim ochilgʻon gulbuni,
Juzvi-juzvin balki tishlab-tishlab olmishmen uzub.
Hajring ohi ham koʻngulni buzdiyu ham qoʻzgʻadi,
Yel aningdekkim sovurgʻay gʻuncha ajzosin buzub.
Za’fdin bu kim yiqilmishmen, qilarmen poyibus,
Sarvdek ollimda qaddingning xayolin turgʻuzub.
Multafit bulbulgʻa sen, ey gul, tikanga yondoshib,
Vah, necha oʻlturgasen har lahza oni tirguzub.
Dayri piri ilgidin may durdi istarmen valek,
Rozi ermon ichkamen zohid ridosidin suzub.
Ey Navoiy, umr oʻtar yeldek, oʻzingni shod tut,
Yelga yetmak mumkin ermastur chu sur’at koʻrguzu.

71

Dam-badam jomi tarab gʻayr ila ul moh chekib,
Men yiroqtin boqibon qon yutubu oh chekib.
Ne gʻamim it kibi oʻlmaktin agar eltur esa,
Boʻynuma ip solibon koʻyiga ul moh chekib.
Gʻarazim buki unutturmogʻamen oʻzni anga,
Qoʻyida kezmakim afgʻon gahu begoh chekib.
Koʻngluma hajr agar dard oʻqi yogʻdursa ne gʻam,
Gar chiqorur esa paykonini dilxoh chekib.
Men adam yoʻligʻa borman, meni lekin eltur.
Ogʻzi shavqida koʻngul oʻziga hamroh chekib.
Mayi asfarki toʻkilmish quyubon yuz ochsam,
Kahraboni koʻrunguz jilva qilur koh chekib.
Jur’asin bersa Navoiygʻa erur oʻlgucha bas,
Bazmi aysh ichra tarab sogʻarin ul shox chekib.

72

Chun bagʻir zaxmlari butmadi payvand qilib,
Itlaring olligʻa tashlay necha parkand qilib.
Koʻnglum ochilmadi harguz gʻami ishq ichra magar
Ochqasen bir ani gʻunchangda shakarxand qilib.
Ishqida men kibi Majnun yasadn kilki qazo,
Layli ashkolini dildorima monand qilib.
Xoli shavqi biladur tanda koʻngul qoʻymishmen,
Moʻrni dona xayoli bila xursand qilib.
Elga oshiqlngʻim izhor eta olmon, vahkim,
Qoʻydi olamda meni ishqi zaboni band qilib.
Soqiyo, boda keturgilki agar davr budur,
Nosihi shahri netar bizni xiradmand qilib.
Ich, Navoiyki, bu tun raz qizini bermak emish,
Pir mayxonasini oʻziga farzand qilib.

73

Chun kular yoni soʻkilgan jismi zorimnn koʻrub,
Yigʻlagʻaymu yoni yemrulgan mazorimni koʻrub.
Uyla gʻam dashtida tufrogʻ oʻlmishamkim, ul taraf
Kelmagay Farhod ila Majnun gʻuborimni koʻrub.
Hajr oʻti to oʻrtadi koʻnglumni aqlu, xushu, sabr
Ittilar har yon qarorgʻon roʻzgorimni koʻrub.
Gʻurbat ichra men oʻlar holatda demang zinhor,
Kelsa nogahon birov yoru diyorimni koʻrub.
Uyla majruh oʻlmishamkim qilmadilar toʻ’ma ham,
Aylab itlarga asar jismi figorimni koʻrub.
Soqiyo, ikki labolab jom ila tirguz meni,
Dahr eli anduhidin muhlik humorimni koʻrub.
Ey Navoiy, dahr boʻstoniga moyil boʻlma koʻp,
Gʻam xazonigʻa badal boʻlgʻon bahorimni koʻrub.

74

Ul pari koʻnglum qushin sayd etti zulfin dom etib,
Yuzi birla xoli suvu donasidin rom etib.
Soldi oʻt koʻnglumgayu orom tutti gʻayr ila,
Shoʻ’la yangligʻ soʻzluq koʻnglumni beorom etib.
Kofirikim dinim oldi dogʻi kirdi qasr aro,
Qal’ai Xaybargʻa kirdi gʻorati islom etib.
Bazm aro men oʻlsam ul jon topsa tong yoʻqkim, menga
Tutti zahri hajr, oʻzi noʻshi tarab oshom etib.
Ey kabutar, chun damim oʻrtar malak bolu parin,
Sendin oʻlmas ishqim oʻtin yorgʻa paygʻom etib.
Ul quyosh hajrinda, ey soqiy, shafaqgun may menga
Tut labolab lek davri charx zarfin jom etib.
Yaxshi ot badnomligʻ birla chiqargʻil oʻlgucha,
Ey Navoiy, oʻzni yaxshi ot bila badnom etib.

75

Un chekarmen ishq aro bir nargisi jodu koʻrub,
Bogʻlagʻan itdekki faryod aylagay ohu koʻrub.
Vah, netib mashshotani ollida koʻrgaymenki, men
Aksidin gʻayrat qilurmen ilgida koʻzgu koʻrub.
Orazu xoling xayol etgach yetishti novaking,
Qildi ul qush mayl goʻyo dona birla su koʻrub.
Chekti bosh xatting labu xoling qoshida, vah, ne tong,
Gar muloyim boʻlsa toʻti shakkaru hindu koʻrub.
Lablari xandon boʻlur koʻrgach koʻzumda yigʻlamoq,
Koʻzlarim yigʻlar labi jon baxshida kulgu koʻrub.
Nosiho, ne nav’ may jomini ogʻzimdin olay
Kim, icharmen mayda soqiy orazin oʻtru koʻrub.
Gar Navoiy mufrit afgʻon etsa, jono, qilma ayb,
Sen halok etgan koʻngul soʻngida yigʻlar oʻkurub.

76

Ne maxlasim bor aning ishqidin kanora qilib,
Ne toʻymogʻim bor aning husnigʻa nazzora qilib.
Oʻcharga ishqing oʻti chora qil deding, ey shayx,
Boʻlurmu qismatim oʻlgʻan balogʻa chora qilib.
Boshimda tigʻi yarosin necha debon soʻrmang,
Qishi boʻlurmu boshining tukin shumora qilib.
Koʻngulki, itti qilib tiyra xonumonimni,
Qovay agar yana kelsa yuzini qora qilib.
Koʻngulni pora qilib ulki tikti koʻksumni,
Yoqamni tikmak erur koʻkrakimni yora qilib.
Dedimki maykadadin xonaqah yoʻli tutayin,
Netayki ul sari yoʻl bermas istixora qilib.
Navoiy etti nihon ishqin, ey figʻon bila ashk,
Aning bu aybini naylarsiz oshkora qilib.

77

Bordi koʻnglum hushi ishqing oʻtidin axgar topib,
Bir gado yangligʻki oʻlgay qiymati gavhar topib.
Sabzai xatting erur shirin labing atrofida,
Hayli toʻtikim xujum aylab turur shakar topib.
Ul pari uchti koʻzumdin koʻnglum aylar orzu
Kim, aning sari havo qilgʻay oʻqidin par topib.
Boshima qush oshyonidur dogʻi ostimda togʻ,
Shohmen ishq ichra mundogʻ taxt ila afsar topib.
Ishq sahrosi aro oqil eturganlar meni,
Boʻldilar navmid bir devonai abtar topib.
Yorni garchi talab qilmoq bila topmas kishi,
Ham talab aylab valekin oni tolib gar topib.
Shoyad ul mayxora bosh kulbangga suqqay bir kecha,
Ey Navoiy, muntazir boʻl, bodau sogʻar topib.

78

Ul oy qasdima tigʻi parron chekib,
Men ollida shukronagʻa jon chekib.
Masihim chu faryodima yetmadi,
Necha oʻlturay oʻzni afgʻon chekib.
Hamono yomon koʻzga mayl aylading,
Alif nil ila yuzga har yon chekib.
Labing noʻsh dorusidin ne osigʻ,
Men oʻldum chu xunobi hijron chekib.
Ketur, soqiyo, davr ayogʻin toʻla,
Ki jon qolmadi ranji davron chekib.
Agar vasli boqiy kerak, istagil
Fano koʻynga rahti xirmon chekib.
Navoiy berib jon oʻqi shavqidin,
Aning zaxmidin yor paykon chekib.

79

Avval ista manzili amnu harifi soda top,
Chunki bu ikki muyassar boʻldi nuqlu boda top.
Iktifo qilma bulargʻa istar ersang laxzai,
Nukta surmak, bir harifi foniyi ozoda top.
Kim koʻngul sayd etsa loʻli boʻlsakim tut mugʻtanam,
Aytmon arlot yo barlosdin mirzoda top.
Ey pari rux, ishq kelmas taxt ila toj ahlidin,
Istasang oshiq, meningdek bedili aftoda top.
Necha ishq ahlini aylab imtihon rad qilgʻasen,
Har jafo istarga koʻnglum istayu omoda top.
Ey koʻngul, gar shayx ishqing man’ qildi, yoʻq ajab,
Olam ichra bore avval bir aningdek loda top.
Ey Navoiy, umrung oʻtti necha but zikrin demak,
Goʻshaye tut emdi bir tasbeh ila sajjoda top.

80

Zulfu yuzu sunbulungni gul uza tarqatma koʻp,
Dahr bogʻida gulu sunbul isin butratma koʻp.
Koʻzlaringkim masti xob olud erur koʻp ovlama,
Har sari uyqugʻa borgʻan fitnani uygʻotma koʻp.
Zulfigʻa, ey mushk, istarsen qorimchi bandaliq,
Yoʻq hading kechknl bu savdodin, oʻzungni sotma koʻp.
Oʻynay-oʻynay oʻlturur bir-bir ulusni koʻzlaring,
Shoʻxi qotillarni jonlar qasdigʻa oʻynatma koʻp.
Tiyradur Majnunki mendek debsen oni, ey xirad,
Aqlu xush ahlini bir devonagʻa oʻxshatma koʻp.
Eyki, mujgondin yasol tuzdung koʻngullar qasdigʻa,
Koʻz yumub ochquncha ushbu xaylni qoʻzgʻotma koʻp.
El bila har dam qadah yangligʻ kulub, ey mugʻbacha,
Qon yoshim sochib surohidek meni yigʻlatma koʻp.
Safhai xotirda, ey orif, keraktur yoru bas,
Sofiyi vahdatqa xoshoki xavotir qotma koʻp.
Chun Navoiy qismati jomi may oʻlmish, ey faqih,
Sarzanish aylab anga sangi malomat otma koʻp.

81

Jahon arusi bila suhbat aylama ragʻbat,
Nedinki, ragʻbat ila tutmas el bila suhbat.
Ki boʻlsa rogʻibi suhbat ani sevar eldin,
Yuz ilda yetmas mingdin biriga ham navbat.
Ajab fusungar erurkim chu qildi sayd seni,
Qarin sogʻindingu ul xud qilibdurur gʻiybat.
Quyosh niginining ostida zahridin xal etar,
Kishiga mehr bila kim ezib berur sharbat.
Taloq ber onikim dahr aro musofirsen,
Gʻarib bir elga emas uylanur yeri gʻurbat.
Agar ikingiz arosinda voqe’ oʻlmas bu’d,
Yaqinki maqsad asligʻa topmogʻung qurbat.
Navoiy, uyla fano boʻl visol uchunki, senga
Chah joyi oʻzgaki, oʻzlukka qolmagʻay nnsbat.

82

Qaydi zulfini chu yor ayladi zanjiri irodat,
Tushti har xalqasidin boʻynuma bir tavqi saodat.
Xastaliq davlatidin surgʻali kelding boshim uzra,
Za’f uchun bon beruram gar sen esang ahli iyodat.
Chobukum raxshini maydongʻa yana surdi choqindek,
Shaxsuvori falak urgan kelib oyini jalodat.
Kirpiging oʻqi shahid etti meni, gar tonar oʻlsang
Iki xunxor koʻzung bas menga isboti shahodat.
Har zamon ul sanam ollida bu kim sajda qilurmen,
Qayda zohidgʻa berur dast bu shoyista ibodat.
Istasang qilmagʻasen joningga mehnatni ziyodat,
Boʻlgʻil oʻz qisminga xursandu tama’ qilma ziyodat.
Jurmsiz yor agar oʻltursa, Navoiy, farah etkim,
Husni xayligʻa budur shevanu ishq ahligʻa odat.

83

Shoʻx iki gʻizolingni noz uyqusidin uygʻot,
To uyqulari ketsun gulzor ichida oʻynot.
Tishlabki soching oʻrdung, ochqanda parishon qil,
Ofoq savodinda jon royihasin butrot.
Kulbamga xoʻy afshon kel zulfung qilib oshifta,
Anjum sipahin yigʻdur, ofoq ulusin qoʻzgʻot.
Oraz quyoshin ochib ashki qurugʻan koʻzni
Koʻp hajrida yigʻlatting, bir vaslida ham yigʻlat.
Bir oh ila kul boʻldum ey charx tilab topib,
Farhod ila Majnungʻa oshiqliq ishin oʻrgot.
Xoro tubiga yotqung, yoʻq sud agar yuz ynl
Koʻk atlasi ustida jismingni yotib agʻnot.
Bazm ichra Navoiy koʻp yigʻlar esa, ey soqiy,
Xush eltguchi doru jomgʻa aning chayqot.

84

La’l emas shirin labingkim jon topar andin hayot,
Kim soʻrub bildim ul ermish la’lgun qilgʻan nabot.
Lek ul yangligʻ nabotekim qoʻyar chogʻda ani
Shirasi jon shirasi ermish suyi obi hayot.
Oqsa ruxsorida xay tong yoʻq koʻngul toʻqtatmasam,
Togʻ boʻlsa topmas ul sayl ichra imkoni sabot.
Hajr dudidin qaro boʻlgʻan koʻngul ichra oʻqung,
Sharhi holim yozgʻali boʻlmish qalam birla davot.
Xoʻblar xayli aro har sori tutmish rustahez,
Goʻyiyo maydon ichiga chobukim sekretti ot.
Boqma, ey zohid, haqorat birla ashyo sarikim,
Boʻlmagʻan oning sifoti mazhari yoʻq hech zot.
Ey Navoiy, koʻrgali oni uchar har dam koʻzum,
Lek ne sud uchmoq ul qushkim anga yoʻqtur qanot.

85

Boshim chu gardu koʻzum koʻr sensiz oʻlmadi bot,
Qoshingda bosh koʻtarib koʻz ochargʻa qoʻymas uyot.
Erur maloyikayi rahmat oʻqlaring jongʻa,
Malak tanida ajab yoʻq agar uch oʻlsa qanot.
Xizr suyiki erur zulmat ichra tengmu boʻlur,
Labing bilaki quyoshtin chiqardi obi hayot.
Chiqib ishqi aro bukim oʻlmading, ey Xizr,
Ichib hayot suyi zoyi’ aylading avqot.
Quyoshqa kimki yuzung borida qilur sajda,
Parastish aylamak angla iloh ollida lot.
Kirib quyosh kibi qoʻyma vujud gʻayrgʻa hech,
Qi koʻnglum ichra xavotirdur uylakim zarrot.
Navoiy oʻldi oʻqung xasratidin, ey chobuk,
Inoyat ayla bir oʻq sekretib, aning sari ot.

86

Tiyrayu afsurda biz, ey ishq tarqatgʻon bulut,
Bir balo barqi bila ham oʻrta bizni, ham yorut.
Koʻz necha boʻlgʻay quruq zuhd ashkidin ul zavq ila,
Shoʻ’la tortib, ey balo, ohi oʻti oni qurut.
To qachon qilgʻay koʻngulni ma’siyat dudi qaro,
Bir charogʻi husn ila, ey ishq, ul uyni yorut.
Aylabon barbod zuhdu ilmni, ey piri dayr,
Tifli rahdek emdi bizga ishq alifbosin oʻqut.
Husn etibtur, ey musavvir, tortibon bir turfa shakl,
Qaygʻulugʻ koʻnglumni ul surat bila gohi ovut.
Hosili umr, ey koʻngul, chun ishq emish oʻrgan ani,
Oʻzga umrungda nekim hosil qilibtursan unut.
Ey Navoiy, bersa bir loʻlivashe savdosi dast,
Zinhor ikki jahon sarmoyasi tarkini tut.

87

Qildi dushman rahm baskim, qildi javr izhor doʻst,
Ey koʻngul, dushman top emdi, tutmagʻil zinhor doʻst.
Har zamon dushmanlarim ozurdadur, ey doʻstlar,
Baski har dam yetkurur men zorgʻa ozor doʻst.
Dushman ar jonimni ham afgor etar qildim bihil,
Javr tigʻidin chu koʻnglum aylamish afgor doʻst.
Kecha dushmanlargʻakim nolamdin uyqu kelmadi,
Ranjamen mundin dogʻikim, boʻlmadi bedor doʻst.
Men oʻlar holatda, dushmanlar koʻrunur doʻstvash,
Nevchun oʻlmaykim, kelur boshimgʻa dushmanvor doʻst.
Kulsa dushman ayb emaskim, koʻrmadim oz ham vafo,
Garchi qozgʻondim qilib jonim fido bisyor doʻst.
Charxning mehriga magʻrur oʻlmagilkim gʻadri bor,
Hargiz oʻlmas kimsaga ul dushmani gʻaddor doʻst.
Soqiyo, qil doʻstluq tut bodakim, yoʻqtur gʻami,
Boʻlsa olam dushmani har kimga mendek bor doʻst.
Itlaring gʻavgʻo qilur goʻyo Navoiy oʻldikim,
Boshi uzra jam oʻlub afgʻon qilurlar yor-doʻst.

88

Tutti koʻk firuzagun jomini shingarfi bulut,
Soqiyo, nilufari jom ichra gulgun boda tut.
Charx davri chun malolat boisidur, necha kun
Charxdek jomu shafaqgun may bila oʻzni ovut.
Topsa kunduz kun shioiydin zamiring tiyralik,
Kecha bori may quyoshidin zamiringni yorut.
Chun unutqungdur sen elni, el seni bori chekib,
Aysh jomin bu unutmogʻlarni bir soat unut.
Nosiho, chun umr oʻtar qoʻykim, boʻlay ishrat bila,
Aysh tarkikim buyurdung oʻktadur bu nav’ oʻgut,
Gar ziloli vasli, ey solik, qilursen orzu,
Xotiringni orzular oʻtidin avval sovut.
Ey Navoiy, chiqti chun rangin bulut, rangin may ich
Kim, sen oʻlmay qilgʻusi koʻp jilva bu rangin bulut.

89

Bodayu ishqing koʻrub topti buzugʻ koʻnglum shikast,
Sayl yetmasdin burun vayronim oʻldi yerga past.
Gohi gʻaltondur, gahi uyqudadur usruk koʻzung,
Yoʻq taajjub gohi gʻalton boʻlsa goh uyquda mast.
Ul sanamgʻa sajda qilsam, zohidi xudbin, ne ayb,
Butparast oʻlmoq koʻp ortugʻroqki, boʻlmoq xudparast.
Soqiy ilgin berdikim, oʻptum dogʻi ichtim qadah,
Naylasun ichmay qadah har kimga mundoq bersa dast.
Koʻksuma na’lu alif tarxi imorat shaklidur,
Tashqari ham yetti ishqing mulkiga devor bast.
Zohid ayturkim, may ichma, vah, aning hukmi bila
Sogʻ oʻla olgʻaymu masti bodayi jomi alast.
Ey Navoiy, ishq ila koʻnglum xayol etti masof,
Roʻbaroʻ boʻlgʻach mening qalbim sari tushti shikast.

90

Yana soldi hajr ham, tan ham, koʻngul ham jongʻa oʻt,
Soldi oʻt hijron menga, yo rabki, sol hijrongʻa oʻt.
Aytqay kiymish junun mulki shahi zarkash libos,
Koʻrgan el bu nav’kim, tushmish meni uryongʻa oʻt.
Goʻyiyo boʻlmish quyun gʻam dashtida esgan samum,
Yoʻqsa tushti men kibi Majnuni sargardongʻa oʻt.
Manziling erdi koʻzu koʻnglum, vale sen borgʻali,
Muni su qildi xarobu tushti ul vayrongʻa oʻt.
Men dogʻi kuymay qutulmon, ey koʻngul, mumkin emas,
Buylakim soldi damim gʻam dashtida har yongʻa oʻt.
Ne uchun ashjordin yigʻmish oʻtun, ey bogʻbon,
Otashin guldin agar urmas falak boʻstongʻa oʻt.
Dudi ohim dosh dudidekmu ravzandin chiqar,
Yo solibtur furqating bu kulbai ahzongʻa oʻt.
Gar menga oʻt soldi davron hajridin bas, ayb emas,
Men dagʻi solsam damo-dam oh ila davrongʻa oʻt.
Ey Navoiy, tan qolib jonimni olib bordi yor,
Soldi ul borgʻangʻa oʻt, hajri vale qolgʻongʻa oʻt.

91

Ohkim, oldi qarigʻan chogʻda koʻnglum bir yigit
Kim, agar jon bersam istigʻnodin oʻlmas multafit.
Qasdima ul novak aylab tezu men sudrab aso,
Koʻyida har yon yeshilgan oʻylakim gʻanjiliq it.
Men kimu islom kim, sajjoda birla xirqani
Ayladi ul butning atfol xayoli titu pit.
Ashk hajrinda koʻzum oq etti andoqkim momuq,
Jolai ashk ul momugʻdin yogʻdi andoqkim chigit.
Bir nasihat bordurur, lekin qulogʻinggʻa degum,
Yuz yaqin tut bu qaridin, ey yigit, bir pand eshit.
Qad chu xam boʻldi emas hech ish munosib harzagoʻ,
Sajda oʻrnin oh ila xoshok ila xasdin arit.
Ey Navoiy, chun seni kuydurdi charx emdi, ne sud,
Oh oʻtidin sen ani xohi qizit, xohi erit.

92

Jon farah topti labing javhari boʻlgʻach anga qut,
Olloh-olloh, ne mufarrih boʻlur ermish yoqut.
Nola man’in qilasen, xotami la’l ogʻzima quy,
Bu nigin naqshi bila qoʻygʻil anga muhri sukut.
Mayi la’ling ne ajab bodaki kayfiyyatidin,
Ruhi loyaqilu andin xirad oʻlmish mabhut.
Xanjaring tigʻida yuz koʻrdumu ashkim yogʻdi,
Yomgʻur ermas ajab oʻlgʻanda qamar manzili hut.
Husn mulki uza oyo ne pari erkinsen,
Ki boʻlur sadka senga charx uza xayli malakut.
Oʻzluki, boqiyu zohid uradur lofi vusul,
Foniy oʻlmay kishi topqaymu bu da’viygʻa subut.
Jon halok oʻldi Navoiygʻayu tan zoru nahif,
Ul oʻlukka yasamish ushbu soʻngaktin tobut.

93

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimgʻa ayt,
Yigʻlarimning shiddatin gulbargi xandonimgʻa ayt.
Buki oning ahdu paymonida men oʻlsam dogʻi,
Yaxshi fursat topsang ul badahdu paymonimgʻa ayt.
Buki oning zulfi zunnorida dinim hosili,
Kufr ila boʻlmish mubaddal, nomusulmonimgʻa ayt.
Buki qilmishmen jahonu jonni oning sadqasi,
Yuz tuman jonu jahondin yaxshi jononimgʻa ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon boʻlmagʻum,
Vasligʻa bir va’da qilgʻandin pushaymonimgʻa ayt.
Buki yuz ming fitna koʻzluk boʻlsa paydo onsizin,
Qilmagʻum nazzora onsiz koʻzi fattonimgʻa ayt.
Buki chok aylab yaqo usruk chiqar el qasdigʻa,
Men oʻlub, el jon topar bebok nodonimgʻa ayt.
Dahr bogʻi gullari husni vafosiz erkanin
Yuzi gul, jismi suman, koʻyi gulistonimgʻa ayt.
Ey Navoiy, hech gulshanning seshshgdek xush navo-
Bulbuli yoʻq erkanin shohi suhandonimgʻa ayt.

94

Tanimgʻa berdi jon ul nahli qomat,
Dema qomat ani degil qiyomat.
Vafogʻa mayl qilmas naxli qadding,
Ki topmish javr aro koʻp istiqomat.
Yuz ochma garchi tutqay koʻrsa ma’zur,
Meni ishqingda arbobi malomat.
Ne gʻam gar yuz meningdek boʻlsa, yo rab,
Ki boʻlsun ul masihodam salomat.
Abad umricha bor ollida oʻlmak,
Buyurma, ey nasihatgoʻ, nadomat.
Nedur, ey shayx, ushatmoq sogʻarimni,
Butun qil bor esang ahli karomat.
Navoiyni deding qoʻyumdin oʻtma,
Salomat boʻl desang aylay iqomat.

95

Gʻaming qattigʻligʻin qilsam hikoyat,
Eshitsa tosh anga aylar siroyat.
Koʻngul gʻam jomidin chiqmoqqa boʻldi
Boshogʻligʻ novaking sham’i hidoyat.
Ne nav’ ollingda shavqumni qilay sharh,
Ki xusnungdek anga yoʻqtur nihoyat.
Xayoling koʻnglum ichra muztaribdur
Kim, ul vayrona issigʻdur bagʻoyat.
Koʻzung qonimni ichmakka ne xaddim,
Erur oni iting ichsa kifoyat.
Dema bir yoʻldurur ishq ichra, ey shayx,
Ki munda muxtalif keldi rivoyat.
Navoiy qonin ul koʻz birla toʻktung,
Tirik boʻlkim, budur ayni inoyat.

96

Chun qoʻyub ketgung jahon mulkin, musahhar boʻldi, tut,
Chun yotib oʻlgung falak taxti muyassar boʻldi, tut.
Bir ovuch su topmayin oʻlmak kerak chun tashna lab,
Bahr ila bar fathida oʻzni Skandar boʻldi, tut.
Chun xumogʻa toʻ’madur oxir boshingda har soʻngak,
Ul xumo boshinggʻa besh kun soya gustar boʻldi, tut.
Afsaringni shomi tufroqqa urar chun davri charx,
Subh zarrin tojini boshinggʻa afsar boʻldi, tut.
Ne Faridundin asar chun qoldi, ne Jamshiddin,
Xashmating Jamshidu Afridungʻa hambar boʻldi, tut.
Ul kul aylab roʻzgoring tiyra, oʻrtar bu sharar,
Bas muti’yi hukmu roying charxu axtar boʻldi tut.
Ul bagʻir qoni, bu koʻz yoshidurur chun oqibat,
Durru la’ling kon ila daryogʻa munjar boʻldi, tut.
Chun lakadkoʻbi qazo past etgusi tavsanligʻing,
Tavsani gardun rikobingda takovar boʻldi, tut.
Ey Navoiy, ich fano jomin, yoʻq ersa tengdurur,
Davri dun roying bila gar boʻlmadi, gar boʻldi, tut.

97

Soqiyo, hijron tunidur boda tut,
Ul quyosh birla bu shomimni yorut.
Hajridin asru malolatdur menga,
May bila bir lahza koʻnglumni ovut.
Jomi davri lam’asin barq aylakim,
Chiqti magʻrib yogʻidin mushkin bulut.
Gʻam tuni ham tiyra, ham poyoni yoʻq,
Oh oʻtin chek, subhning sham’in yorut.
Ul quyosh hajrida andoqkim shafaq,
Charx tigʻi zulmidin xunoba yut.
Olam ahlidin yetishmas gʻayri zaxm,
Ey jarohatligʻ koʻngul, bu soʻzga but.
Boʻldi furqatdin Navoiy tiyra roʻz,
Soqiyo, hijron tunidur boda tut.

98

Bir maqomi amni top, anda burun orom tut,
Soʻngra tuz bazmu dilorominggʻa har dam jom tut.
Garchi kunduz mehr tobidin yorugʻroqdur jahon,
Buyla jomi ayshni, albatta, lekin shom tut.
Yor gulruh la’li serobiyu sogʻar qonidin
Ham mayi gulrang noʻsh et, ham mayi gulfom tut.
Bir nafas mutrib surudi dilkashedin bahra top,
Bir zamon soqiy aqiqi begʻashidin kom tut.


Boʻlma bot usruk, gʻanimat tut bu yangligʻ kechani,
Jomi may tut, avvalidin to sahar hangom tut.
Boʻlsa boʻlgʻay elga bu davlat muyassar, ey koʻngul,
Bizga lekin dast bermakni xayoli xom tut.
Gar Navoiy volahingdur qovmagʻil, ey mugʻbacha,
Oni bu ham dayr aro bir rind durd oshom tut.

99

Za’f koʻrgilkim tanimni eltibon aylarga qut,
Moʻr sudrar tori birla rust bogʻlab ankabut.
Dardim ayturda demassen yuz soʻzumga bir javob,
Goʻyiyo xoli lab oʻldi ogʻzingga muhri sukut.
Oshiq oʻlturgum desang yuz qatla bu ma’no menga,
Ishqning dorul-qasosi ichra topmishtur subut.
Ul koʻzu lab oʻlturub tirguzsalar ne aybkim,
Birni qotil, birni jonbaxsh etti hayyi loyamut.
Xanjari tigʻida koʻrgach orazin, oqizdi qon,
Sayl oqqandek quyoshning manzili boʻlgʻanda hut.
Xoksor ulkim burutin yelga berdi zoli charx,
Ul kishilarniki koʻp koʻrguzdilar bodi burut.
Ey Navoiy, ayladi loʻlivashe koʻnglumni qayd,
Xalqni atrok asir etti, vale bizni jubut.

100

Vahki, la’ling qildn bagʻrim tah-batah qon oqibat,
Qatra-qatra koʻzdin ul qon boʻldi gʻalton oqibat.
Bordingu ogʻzimgʻa qoʻydung muhr, afgʻon chekma deb,
Bu ishingning muhri boʻldi dogʻi hijron oqibat.
Furqating tigʻi buzugʻ koʻnglumni yiqti, ohkim,
Sayli ofat birla yemruldi bu vayron oqibat.
Koʻngluma qoshing xayoli boʻldi tanvin «nun»idek,
Uyla «nun»ga nuqta boʻldi dogʻi pinhon oqibat.
Oʻlmish erdim gʻam tuni, la’ling xayoli berdi jon,
Zulmatida boʻldi paydo obi hayvon oqibat.
Soqiyo, jom ayla doirkim, gʻanimatdur hayot,
Tutqusidur chun ajal kosini davron oqibat.
Ey Navoiy, yor vasli garchi bas dushvor edi,
Foni oʻlgʻach buyla dushvor oʻldi oson oqibat.

101

Gʻam yukidin changdek qaddim xam etting oqibat.
Rishtai jon nolasin zeru bam etting oqibat.
Yaxshi erdi safhai aflok dardim yozgʻali,
Bahri ashkim mavjidin borin nam etting oqibat.
Oʻtkarib toʻqquz falak boshidin ohim dudini,
Ul muvallidlargʻa oni purjam etting oqibat.
Gʻurbatu, ishqu, baloyi hajru, za’fu xastaligʻ
Yetmas erdikim, meni majnun ham etting oqibat.
Oh gardun, ashk anjum, nola ra’du poʻya barq,
Xilqatimdin bir ajoyib olam etting oqibat.
Bu koʻhan dayr ichra jon boʻlsun fidong, ey mugʻbacha,
Kim jahondin bizni mastu begʻam etting oqibat.
Ey Navoiy, ishq aro vasl istaduk, kuldung base,
Bizni ushbu muddaoda mulzam etting oqibat.

102

Habib gʻayr ila may ichti, ey koʻngul, qon yut;
El ichsa vasl mayin boqu zahri hijron yut.
Chu hajr muhlik erur, boda ermas anga iloj,
Tutayki jomi man oʻrnngʻa shirai jon, yut.
Mengaki doʻst kerak, ey Xizr, yutarmen qon,
Sengaki umrdurur kom, obi hayvon yut.
Oʻqidin, ey koʻngul, ich sharbat oʻrnigʻa xunob,
Ushoq muz oʻrnigʻa ul sharbat ichra paykon yut.
Visol noʻshini to mumkin oʻlgʻay istar esang,
Firoq zahrini bas ulcha boʻlgʻay imkon yut.
Ichingda sirri haqiqatni yoshuray der esang,
Ulustin ul guhari bebahoni pinhon yut.
Navoiy, ayla aning ishqi tarkini, yoʻq esa,
Chu gʻayr ila may ichar boqu dam-badam qon yut.

103

Ey koʻngul, dedimki, aylab azm jononimgʻa yet,
Demadimkim, turgʻilu afgʻon bila jonimgʻa yet.
Boshing ol ket, lek chun ham bekasu ham xastamen,
Holatim soʻrmoqgʻa gohi baytul ahzonimgʻa yet.
Chunki koʻrdingkim, oʻlubmen tutma motam qayt bot,
Ul dami jonbaxshu la’li obihayvonimgʻa yet.
Oʻlganimni arz etib yigʻlab degilkim, ey Masih,.
Aylabon lutf ul qatili tigʻi hijronimgʻa yet.
Qelmak oʻlsa itlari jismim tuganmastin burun,
Boshlabon ul qotili kofirni vayronimgʻa yet.
Yetgach oʻq chun tirguzur qoʻpsam boʻlay deb sadqasi,
Zinhor ul dam madad aylar uchun yonimgʻa yet.
Deb eding yetgum Navoiygʻa qotigʻroq tushsa ish,
Ushbu damkim, hajr qasd aylabturur, qonimgʻa yet.

104

Ey nasimi subh, ahvolim diloromimgʻa ayt,
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandomimgʻa
Buki la’li hasratidin qon yutarmen dam-badam,
Bazmi ansh ichra labo-lab boda oshomimgʻa ayt.
Kom talxu, boda zahru, ashk rangin boʻlgʻanin
La’li shirin, lafzi rangin, shoʻxi xudkomimgʻa ayt.
Shomi hijron roʻzgoring tiyra nevchun qildi, deb
Soʻrmagʻil mendin bu soʻzni, subhi yoʻq shomimgʻa ayt.
Ul pari ishqida nangu nomkim tark ayladim,
Koʻngul otligʻ hajr vodiysinda badnomimgʻa ayt.
Ey karomatgoʻy, ishim ogʻozi xud isyon edi,
Sham’i rahmat partavi yetgaymu anjomimgʻa ayt.
Yoʻq Navoiy bedil oromi gʻam ichra, ey rafiq,
Holini zinhorkim koʻrsang diloromimgʻa ayt.

105

Yetilmish, olloh-olloh, ne qomat ul qomat,
Ki olam ahligʻa soldi qiyomat ul qomat.
Qunqargʻay asramayin bogʻbon nihollarin,
Chamanda sarvdek etsa iqomat ul qomat.
Chu jilva qildi, vafo sari hech qilmadi mayl,
Jafoda topqan uchun istiqomat ul qomat.
Xirom vaqti xaloyiqqa fitna yogʻdurdi,
Ki barcha fitnadin oʻlsun salomat ul qomat.
Boshimgʻa yettiyu oʻlgan tanim ravon topti,
Bu ishni rosti etti karomat ul qomat.
Chu noz jilvasini sarvdek qilur bilingiz,
Ki qatl etardin erur benadomat ul qomat.
Navoiy, emdi oʻzungdin ilik yuvkim, oʻlgung,
Ki zohir ayladi shaqi qiyomat ul qomat.

106

Ishqi soldi xonumonim ichra oʻt,
La’li otashnoki jonim ichra oʻt.
Nega yetgan yerda oʻrtar xalqni,
Boʻlmasa ohu figʻonim ichra oʻt.
Koʻnglim ermas tandakim hajring aro,
Tushdi jismi notavonim ichra oʻt.
Oʻqlaringning kasratidin chektim oh,
Tushti andin naysitonim ichra oʻt.
Hajrdin kuydi soʻngaklar, vahki, ishq
Soldi xoshoki nihonim ichra oʻt.
Soqiyo maydin su urkim, urdi davr
Joni benomu nishonim ichra oʻt.
Ey Navoiy, chun chaqildi barqi ishq,
Tushdi andin xonumonim ichra oʻt.

107

Zamona erur chun mahalli havodis,
Zamone kerak boʻlmasang anda mokis.
Amal qasrini aylama anda ihdos,
Ki har lahza boʻlgʻay oʻkush fitna hodis.
Chiqargʻa bu vayronadin chora yoʻqtur,
Gar Odam va gar Nuhu, gar Somu Yofas.
Boʻlur tiyra koʻzgung, toʻlar zahri joming
Tutaykim, boʻl Skandaru Jamgʻa solis.
Jahon shugʻli sori talab qilma mujib,
Aning tarkini tutqali ista bois.
Fano xonaqohi aro somit oʻlgʻil,
Yoʻq ulkim baqo dargohida bohis.
Navoiy, amal xirqasi ichra oʻt sol,
Ki boʻlmoq kerakmas bu mazra’da horis.

108

Qoʻngulda zulm bila qilma yuz bino ihdos,
Chu qilding, ushbu yetar qilmagʻil yano ixdos.
Jafo binosini buzgʻil, nedinki, muxdis erur,
Xilof shar’i vafo qilding ul bino ixdos.
Gar elga qasr tarab tuzdi ishq me’mori,
Netayki qildi menga kulbai ano ixdos.
Figʻonki, ul buti bino base jafo tarhin
Koʻngulda qildi hanuz, oʻlmay oshno ixdos.
Meni chu buzdi, ne osigʻki xalq uchun qilgʻay
Visol ganji uchun maxzani gʻino ixdos.
Chu yor vasli tilarsen, vujud uyini buzub,
Koʻngul xarimida qil xilvati fano ixdos.
Navoiyo, dema ixdos qilgʻil oʻzluk uyin,
Men aytgan oʻlsam ani, tavba rabbano ixdos.

109

Mening majnunlugʻumgʻa ishqu savdo gar erur bois,
Valekin bu ikiga bir pari paykar erur bois.
Dema bois nedurkim tolpinursen har kecha to subh,
Tikilgan kirpykingdin jongʻa yuz nishtar erur bois.
Koʻngulda otashin la’ling gʻami ayb- etma kuysamkim,
Tutashmaqqa tanym xoshoki ul axgar erur bois.
Oʻqungdin par chiqardim koʻyungga qilsam havo tong yoʻq,
Ki uchmoq mayli qilmoqqa bu bolu par erur bois.
Firoqing biymidin yuz qatla jon bergay edim, lekin
Hayotimgʻa umidi vayeli jonparvar erur bois.
Chu mendin yuz uyurdung, tong emas boshinggʻa evrulsam,
Bu sargardonligʻimgʻa gardishi axtar erur bois.
Agar rahn oʻldi tasbihu rido mayxonada, ey shayx,
Icharga dayri piri ilgidin sogʻar erur bois.
Fano bahrigʻa choʻmmoqdin gʻaraz tolibgʻa vasl oʻldi,
Ki gʻavvos oʻlmakiga gʻarq oʻlub gavhar erur bois.
Navoiy jismining za’figʻa bois boʻldi bedilliq,
Vale bedilligʻin soʻrsang, anga dilbar erur bois.

110

Va’dai vaslidin etsa ul soʻzi shirin hadis,
Garchi yolgʻon aytur, ani sogʻinurmen chin hadis.
Istasam vaslini der gʻam togʻi qaz tirnogʻ ila,
Buyla hargiz qilmadi Farhod ila Shirin hadis.
Chunki har bir nukta dersyon sochylur yoqutoʻ la’l,
Olloh-olloh, kim deb erkin bu sifat rangin hadis.
Bazmi ayshida hadisimni demang, ey doʻstlar,
Kim erur gʻam mujibi nekim qiloʻr gʻamgin hadis.
Gar takallumdin oʻlukni tirguzurlar xoʻblar,
Barchasigʻa mahvashim goʻyo qilur talqin hadis.
Ishq sirrin sharh qilmoqtin chu qosirdur bayon,
Bas kerak oshiq demakni qilmasa oyin hadis.
Darsi ishqingni Navoiy uyla der ushshoq aro
Kim, degay ilm ahligʻa Sayid Jamoliddin hadis.

111

Zihi boshing uza va sh-shams zevaridin toj,
Soching savodida tafsiri laylatul-me’roj.
Nujum gavharidin toji johingga tarsi’,
Sipehr atlasidin taxti rif’atinggʻa davoj.
Sahar yashil alamidin livong uza shafaqqa
Malak qolin hashridin siposingga afvoj.
Bihisht sori kishi tiyra goʻrdin bormay,
Shafoating alifi tutmayin yoʻligʻa siroj.
Hidoyating qoʻlidin sharbati shifo topibon,
Aniki illati kufr aylabon zaif mizoj,
Saloti xamsani adyongʻa aylading nosih
Bu panja birla milalning yuziga urdung koj.
Navoiy oʻldi chu muxtojing ayla rahm angakim,
Gʻaniy karim esa ibromgʻa emas muhtoj.

112

Ey gadoying ollida muhtoj ahli taxtu toj,
Ahli toj ollida andoqkim gadogʻa ixtiyoj.
Kim gadoyingdur bosh indurmas dogʻi tortar oyogʻ,
Charx a’lo boʻlsa taxtu mehri anvor boʻlsa toj.
La’li serobing beribtur otashin rangin bila,
Ofati jonim uchun oʻt birla sugʻa imtizoj.
Dardi hajrimgʻa buyurdi sabr dardi yoʻq tabib,
Zahri qotil birla muhlik ranjima aylar iloj.
Oy yuzung birla taloshti, buki koʻktur orazi,
Panjasi birla quyosh goʻyo yuzungga urdi koj.
Eyki, berding ishq sultonigʻa koʻnglung kishvaring,
Anglagʻilkim, jonu aqlu din erur avval xiroj.
Xoʻblar oʻrgansalar tong yoʻq Navoiy nazmini,
Kim alarning husni oning ishqidin topmish rivoj.

113

Charx izing gardiga qildi kavkabi sayyor xarj.
Javhar olmoqqa gʻani qilgʻan kibi dinor xarj.
Soyiru sobit nisoring qilsa tong yoʻqkim boʻlur,
Qechqurun shoh oʻlsa mehmon kimsaga bisyor xarj.
Naqdi rahmat hajring etsa haq ne tong, ulkim topar
Sen kibi mahbubi vaslin aylagay nochor xarj.
Fosh etib naqdi shafoat qilding ummatni xalos,
Aylagandek naqdini topqan qizigʻ bozor xarj.
Bahri rahmatdinki, topting xalq uza bir qatra bas,
Garchi teng avlodur etmak daxl ila izhor xarj.
Magʻfirat tanji senga tamlik erur moni’ emas
Aylasang isyoni koʻp ummatqa har miqdor xarj.
Sen kimu na’ting demak, til asragʻil har nuktadin,
Ey Navoiy, ma’rifatni qilma har ne bor xarj.

114

Mayi la’linggʻa goʻyokim hayoti jon erur mamzuj,
Gar ul ermas zuloli chashmai hayvon erur mamzuj.
Agar bagʻrim sudur oʻlmay netaykim anda gʻamzangdin
Su bergan zahr birla qatrai paykon erur mamzuj.
Labingdin barcha hijron va’dasidur, koʻrmaduk noʻshe,
Ki zahr ul noʻshdin tokim erur, imkon erur mamzuj.
Koʻrung gʻam bazmida xunobalar yutmoqki, jonimgʻa
Bagʻirdin kelganu koʻzdin toʻkilgan qon erur mamzuj.
Visol ichra mayi aysh oʻlsa qisming boʻlma koʻp emin,
Ki jomi vasl ila xunobai hijron erur mamzuj.
Shafaqgun may hiloli jom agar koʻrsang haris oʻlma,
Ki sofi xirsi birla durdi may xirmon erur mamzuj.
Navoiy ashkiga dersen ne yangligʻ mazj topmish qoq,
Bagʻir chok oʻlsa ul qon bu sugʻa oson erur mamzuj.

115

Nargis ul koʻzdin emas, ey, bogʻbon, boqib koʻz och,
Ne uchunqim ul pari qiymoch erur, bu bir taloch,
Ayladi oshifta savdoi dimogʻim raglarin,
Tong yelidin andakim, butrashti ul oshifta soch.
Zulfi egniga yetar gar sochi yerga sudralur,
Tengdurur qaydim uchun gar bir- qarish, gar yuz quloch.
Kuydi jismu yigʻlabon koʻnglumda xatting shavqidur,
Garchi mumkin yoʻq koʻkargan su bila kuygan yigʻoch.
Ishq olamsoʻz keldi, qoʻy fusunung, ey xirad,
Yetti chun yer-koʻkni yirtib arslon, ey tulku, qoch.
Sarvinozim gul chogʻi gulshangʻa kirdi, ey nasim,
Ham ani yelliyu ham gul yaprogʻin boshigʻa.soch.
Qoʻyki ul yuz xonigʻa nazzora aylay toʻygʻucha
Kim, koʻzum boʻlmish bu qaxti husni ayyomida och.
Doʻst zikru fikrini qilgʻil gʻizokim yaxshiroq
Hush ila tufrogʻkim gʻaflat bila qandi kuloch,
Ey Navoiy, koʻnglungga-etmas riyozatsiz safo,
Kulba ravshan istasang hasrat suyidin roʻza och.

116

Qoʻnglumga ayla la’li shakarxand ila iloj,
Qilgʻan kibi zaifqa gulqand ila iloj.
Qoʻp ishq tarkidin dema soʻz, qoʻygʻil, ey tabib,
Muhlik marazgʻa qilmadi el pand ila iloj.
Onsiz oʻlarmen, ollima huroʻ pari ne sud,
Topmas aning gʻami anga monand ila iloj.
Qayd et koʻngulga-silsilai zulfin, ey hakim,
Kim telbaga munosib erur band ila iloj.
Ul koʻydin iti chun meni qovmoq istadi,
Bagʻrimni ayladim necha parkand ila iloj.
Davron jafosi daf’igʻa Majnunu mast boʻl,
Kim yoʻq ishiga royi xiradmand ila iloj.
Muxlik emish firoq, Navoiy, magar sipehr
Qilgʻay bu qat’ dardini payvand ila iloj.

117

Girih-girih chu tugarsen yetar ayogʻingga soch,
Girihlarin chu ocharsen tushar quloch-quloch.
Koʻngulni qiydi aning gʻamzasiyu qilmadi rahm,
Qiyo-qiyo boqibon ul ikki koʻzi qiymoch.
Chamanda kecha yotib mast orazin yopmish,
Koʻp emdi tong yeli, ul gulni lutf birlan och.
Qading chamanda koʻrub bogʻbon agar sarvin
Koʻziga ilsa hamono keraktur anga yigʻoch.
Junungʻa tushti sanubar qadingdin uylaki su,
Boʻlub ayogʻigʻa zanjir uzoldi boshida soch.
Sipehr na’li koʻrub koʻksum uza mehrobi,
Balo oʻqigʻa hamonoki ayladi omoch.
Navoiyo, der esang koʻrmayin vafosizliq,
Tavaqquf etma, zamon ahlidin, vafo kibi qoch.

118

Qoʻydi yuz shomi ajal zulfin parishon aylagach,
Umr xurshidi uyoqti chehra pinhon aylagach.
Surdi koʻnglumni buzub xoki tanim uzra samand,
Yelga berdi tufrogʻin bu uyni vayron aylagach.
La’li hajri qildi qon bagʻrimni gʻamdin laxt-laxt,
Qatra-qatra toʻkti koʻzlar yoʻlidin qon aylagach.
Ohkim, baxtim ogʻir uyqusidin uygʻonmadi,
Garchi yuz ming fitna uygʻondi men afgʻon aylagach.
Oshiq etgach shuhrai shahr etti ul kofir meni,
Shahr kezdurgan kibi kofir musulmon aylagach.
Qilmayin sarxush hanuz, ey mugʻbacha, qoʻymoq ne sud,
Ollima zunnorni dayr ichra mehmon aylagach.
Chekma, ey bulbul, Navoiydek figʻonkim, yonmasun,
Sayr uchun ul sarvi gulrux azmi boʻston aylagach.

119

Yetishsa ishq aro yuz mehnatu balo qadah ich,
Nafas-nafas quyubon may toʻlo-toʻlo qadah ich.
Mukaddar oʻlsa zamiring zamona mehnatidin,
Agar desang beray ul koʻzguga jilo qadah ich.
Nishot bazmida soqiyi mahvashi sarxush.
Bosh ursa, dogʻi oyoq tutsa qoʻl solo, qadah ich.
Jahon ishida boqib xalq ibtilosigʻa,
Alardek istamasang oʻzni mubtalo, qadah ich.
Desang xalou maloda boʻlay nishot bila,
Agarchi malo qadah ichgil vagar xalo, qadah ich.
Riyo ichinda nekim hosil etting, ey zohid,
Desang xalos oʻlay, et rahnu hosilo, qadah ich.
Sengaki dayr elining shohisen, Navoiy, agar
Yoʻluqsa dayrda maxmur urub salo, qadah ich.

120

Koʻrub dardim tarahhum qilmading hech,
Toʻkub ashkim, tabassum qilmading hech.
Firoqing oʻti ichra necha yigʻlab
Figʻon chektim, tarahhum qilmading hech.
Jahongʻa ohu ashkim soldi oshub,
Bu toʻfondin tavahhum qilmading hech.
Soʻzung shavqidin erdim xasta umre,
Soʻrargʻa bir takallum qilmading hech.
Musallam ishq, ey koʻnglum, sengakim,
Koʻrub zulmin tazallum qilmading hech.
Muhabbat ahli qismin nevchun, ey charx,
Qilib mehnat, tana’um qilmading hech.
Navoiy sori, ey davri muxolif,
Navo savtin tarannum qilmading hech.

121

Bu chamankim, toʻkulur shom gul ochilsa saboh,
Bodasiz shomu saboh oʻlmoq emas bizga saloh.
Davr ayyomigʻa yoʻq chunki vafo, ey soqiy,
Sen vafo aylayu bas aylama davri aqdoh.
Begaron ra’fat erur dahrda elga ofat,
Rohati behad agar istar esang topqil ro.
Qilmagʻil qasdi kishi qoniyu naqdigʻa valek,
Aysh naqdini qadah qoni bila angla muboh.
Xasmkush keldi falak zoli bil, ey shayxu, menga
Raz qizi borida ul kolmani qilma nikoh.
Piri xammor eshigi bogʻligʻ erur, men maxmur,
Rahm etib och bu eshikni yuzuma, yo fattoh.
Ey Navoiy, tilasang gʻam tengiziga sohil,
Qishtiyi boda burun topqilu boʻlgʻil malloh.

122

Subh dayr ichra mugʻanniy uyla tuzdi shaddi ruh
Kim, unidin boʻldi ruhillohgʻa ohangi sabuh.
Toza boʻldi ruhlar ul nav’ shaddi ruhdin
Qim, lisoni holi ruhullohgʻa qildi toza ruh.
Yoʻqki yolgʻuz shaydidin tushti qulub ichra kushod,
Har girifti dogʻi arvoh ichra soldi yuz futuh.
Dayr piri oncha tutti elga jomi fayzbaxsh,
Kim qadah buyla ushatqay tavba boʻlsa yuz nasuh.
Ruhi qudsiy erdi alfozi zuhur etguncha fajr,
Vahy, yuho erdi anfosi tulu’ etguncha yuh.
Yoʻqki may kishtisi gʻam toʻfonidin aylar xalos,
Ki topor andin, kishi bir qatra ichsa umri Nuh.
Sirri vahdat nukta(si)dur bas daqiq, ey porso,
May quyoshi lam’asi birla magar topqay vuzuh.
Ey mudarris, ishq sirri daftari bir nuktadur,
Garchi mingdin bir deyilmaydur yozib yuz ming shuruh.
Vaslsiz boʻlmas, Navoiy, koʻzu koʻngliga iloj,
Kim juruh uzra juruh oʻlmish, quruh uzra quruh.

123

Jonima yetkurdi ul la’li ravon oso farah,
Elga yetkurgan masallik la’ligun sahbo farah.
La’li yoquti muvarrihdur magar bil hosiyat
Kim, xayolidin menga yoʻqtur nasib illo farah.
Qon yoshimdin demangiz soʻzkim mukaddar boʻlmasun,
Bodadin topqan zamon ul shoʻxi mahsiymo farah.
La’li hijronida, ey soqiy, yana may tutmakim,
Tortsam kavsar mayi yetmas menga aslo farah.
Boisi gʻamdur labi hajrida la’li obdor,
May debon rangin su ichgan aylamas paydo farah.
Gar farah istar esang mayxona azmi aylakim,
Andin oʻzga yerdin olmish gunbadi xazro farah.
Ey Navoiy, dayr piri tutsa may lojur’a ich,
Fikr qilmakim senga yetgay malolat, yo farah.

124

Boʻlsa boʻlgʻay sarvqadlar ichra bir gulroʻ malih,
Sarvigulroʻyum mening lekin erur asru malih.
Xol erurmu yoʻqsa tuz solgʻan siyohi nuqtasi,
Kim, erur vasf aylagandin ortuq ul hindu malih.
Lablaring kulgach toʻkar tuz birla shakkar tang-tang,
Ollo-olloh, boʻlur ermish kulgu ham muncha malih.
Koʻp malohat bobida Shirindin aytur koʻhkan,
Sabzi shirinimcha al bor erdi erkinmu malih.
Eyki Yusuf birla soʻrmishsen habibim husnidin,
Ul sabih oʻldi latofat ichra ammo bu malih.
Orazing koʻrgach koʻzum shoʻroba toʻkkach angladim
Qim, erur sensen malohat ahlidin ayru malih.
Ey Navoiy, achchigʻ-achchigʻ yigʻlarimni qilma ayb
Qim, erur koʻnglumni olgʻan kofiri badxoʻ malih.

125

Fano tariqida har kimki hosil etti rusux,
Riyoyu zuhd aning ollida erur mansux.
Ne nav’ oʻzluki mansux boʻlmagʻay qoshida,
Birovki doʻst shuhudigʻa hosil etsa rusux.
Chu ishqsiz edi zuhd ahli keldi noboligʻ,
Erurlar atfol el garchi derlar oni shuyul.
Demakta voqea yolgʻonu chin taxayyul etib,
Qishi ekanlarin andoqki yod qilsa musux.
Jahon xoki erur bir kesak, vale nopok
Etak yetkurmamak avlo mulavvas oʻlsa kulux.
Arit sirishk bila zohiringda bor esa chirk,
Yuv tavba suyi bila boʻlsa botining aro shux.
Navoiy, ahli fano ista, qoʻy riyo ahlin,
Ki nayshakar borida tuhfa qilmadi kishi lux.

126

Firoq oʻtiki balo ogʻzidur anga manfax,
Misoli doʻzaxu jannatdurur ulu doʻzax.
Ne tong yoshunsa kecha zulfida quyosh goʻyi,
Agar bu nav’ esa chavgoni zulfu goʻyi zanax.
Erur kirarga koʻngul xayli ul taraf bir-bir,
Tarogʻ sochingda yoʻllar yasabtur rax-rax.
Quyosh hamono koʻk atlasin libos etmish,
Vayo kiyibdur ul oy nilgun nasij ila nax.
Gahiki koʻrguzasen zahri chashm, tong ermas,
Boʻlur chu donasi bodomning birorta talx.
Yuz ochsa aqlim eli toʻlgʻanurindinkim, bor
Chinor panjasi shal, oftob panjasi shax.
Navoiy ohini zohid kam etmadi soʻz ila,
Nedinki dud oʻlur afzun qotilsa oʻt bila yax.

127

Xating sipohi chu chiqti nechukki moʻru malax,
Demaki qochmasun arbobi ishq urma zanax.
Qurudi mazra’i shavqum chu zohir etting xat
Ki, dona ofatidur mazra’ ichra moʻru malax,
Yuzung oʻtiki bor erdi koʻzumga ravza guli,
Tutun kibi xating ul oʻtni ayladi doʻzax.
Niqob aro yuzung erdi gʻilof aro koʻzgu,
Ne xatdururki oni qildingiz ichindagi nax.
Xatiki xat-xat osilmishdur emdi ul raxdin,
Ne rux deyin yuzinikim, boʻlubtur ul rax-rax.
Tasavvur etmaki el oʻpmak orzu qilgʻay,
Magarki moʻchina ogʻzi labingdin olgʻay max.
Jamol zohir uchun, ey Navoiy, oʻldung zor,
Chu yopti orazini xat, uyalding erkin, vax.

128

Xujasta tongki ochib ul buti gulrux,
Bahor husni kibi subhum ayladi farrux.
Senga mushobahati boʻlgʻay erdi, boʻlsa edi
Bu gulshan ichra pariy sarvi qomatu gulrux.
Soʻz aytsa ham oʻlibu ham tirilmakim, ne ajab,
Kim oʻlsa talx takallum erur, shakar posux,
Soching qarosida yuz ming tubutu totor,
Qading havosida ming sarvi Oʻjjau Xallux.
Ichimda la’ling erur uylakim badan aro jon,
Oʻqungda jonim erur uylakim soʻngak aro mux.
Chu fayz erur mutafovit topilmagʻay ma’ruf,
Agarchi karx kibi keldi surat ichra karux.
Koʻrub yuzungni Navoiygʻa hush ketsa ne tong,
Qi mot oʻlur bori shahlar qachon sen ochsang rux.

129

Sadqang boʻlubon urmoq bu gunbazi axzar charx,
Qasringgʻa davr urgʻandek bir sabzi kabutar charx.
Sen sham’ vale gardun fonusi xayol erdi,
Urgʻanda malak xayli tegrangda sarosar charx.
Chun yuqori mayl etti nuru azming boʻldi,
Ham nurda charx axtar, ham azmda axtar charx.
Sham’inggʻa lagan boʻlgʻach aflok maloyikdin,
Parvonalar urdilar tegrangda mukarrar charx.
Koʻk hullasidin yoyib atlas yoʻlungga anjum,
Anjum duridin sochib boshing uza gavhar charx.
Yoʻlung izidin oʻzni ravshan qilibon kavkab,
Raxshing nuridin koʻzni har dam qilib anvar charx.
Qoʻyungda Navoiygʻa charx urmoq agar yetsa,
Bir doirai maqsud oʻlgʻusi anga har charx.

130

Meni havosida devona ayladi ul shoʻx,
Jununu ishq ila fasona ayladi ul shoʻx.
Pari kibi chiqibon xushu aql gʻorat etib,
Nihon boʻlub, meni devona ayladi ul shoʻx.
Ushatti shishau jomu qadahni bazm ichra,
Oʻyun tariqini tiflona ayladi ul shoʻx.
Quloq solingki xarobot ichra gʻavgʻodur,
Magar azimati mayxona ayladi ul shoʻx.
Qadahqa xirqam etib raxn, vahki, subhamni
Qimor oʻynagʻali dona ayladi ul shoʻx.
Chu oldi oʻynagʻali naqdi hushu sabrimni,
Yana topilmadilar to ne ayladi ul shoʻx.
Qilib Navoiyi ovorani jaloyi vatan,
Baloyu dardgʻa hamxona ayladi ul shoʻx.

131

Sochingki yuvur chogʻida bordi bir taraf har shox,
Su ichra sunbuli tardur anga mukarrar shox.
Demay sunbuli tarkim suda erur aksi,
Ki suda sunbuli tar koʻrguzar muanbar shox.
Magarki sunbulungga chirmashur taxayyuli bor,
Qi zohir etti tarogʻ sandali sarosar shox.
Chamanda qilgʻusi gulgasht goʻyiyo ul sarv,
Qi ochti soya uchun har taraf sanubar shox.
Yashil yenginki sarigʻ dikladin koʻrundi ne tong,
Xazon daraxti boʻlur ham birorta axzar shox.
Karam qil, el panahing ichra kirsa kim, xushtur
Chamanda meva dogʻi bersa soya gustar shox.
Navoiy, angla yaqinkim hayot rishtasidur,
Qoʻlunggʻa kirsa aning iqdi zulfidin har shox.

132

Ey jamoling mehridin ravshan azaldin to abad,
Zarra yangligʻ ul yorugʻluq ichra sargardon xirad.
Kunhi zotingdin xirad gar boʻlsa a’mo ne ajab,
Zarragʻa yuz ming quyosh mohiyatin bilmak ne xad.
Ham xirad nuri topib husnung quyoshidin dimogʻ,
Ham vara’ zoʻri olib zikring gʻizosidin jasad.
Senga tolib kimki azmi Ka’ba aylar yoʻqsa dayr,
Sen murodi kimki zikr ichra sanam der yo samad.
Xalq raddi ne ziyon topqangʻa lutfungdin qabul,
El qabulidin ne sud oniki qahring qilsa rad.
Boʻlmagʻay mumkin zalolat chohidin chiqmoq kishi,
Lutfung ilgi rishtai tavfiq ila qilmay madad.
Quvvatingning ojizi gar pili tan, gar sheri zoʻr,
San’atingning shoʻ’basi gar guljabin, gar sarvqad.
Ham munojot ahlining koʻnglida biyming behisob,
Ham xarobat ahli joninda umiding beadad.
Jurmu isyon chohidin chiqmoq Navoiy iltimos
Sendin aylar, negakim, yoʻqtur senga kufvan ahad.

133

Chu solik aylar esa azmi vodiyi tavhid,
Kerakki minsa bu sayr ichra markabi tajrid.
Bu markabu, bu safar kimsaga muyassar emas,
Ki hosil aylamagay olam ahlidin tafrid.
Bu hamki oʻzni kishi boru yoʻqdin etgay fard,
Emastur oʻzlukidin mumkin oʻlmayin ta’id.
Chu doʻst lutfigʻa barcha boʻldi vobasta,
Nedin kerak kishiga vasl ba’didin tardid.
Azalda chun ne nasib etti oʻzga boʻlmadi ul,
Sa’idni ne shaqi qildi ne shaqini sa’id.
Ketur qadahki, dame oʻzni xush tutay, ey mugʻ,
Toʻla quyarda emas hojat aylamak ta’kid.
Navoiy istamas oʻzni dame bu dayr aro sogʻ,
Hamisha kiftigʻa aning bering tajdid.

134

Sitam ermas edikim, aylading koʻnglumni yuz parkand,
Sitam budurki tikmak birla istarsen anga payvand.
Ham ip kul boʻlgʻayu ham igna su boʻlgʻay tikar boʻlsang
Nedinkim, bor alardin axgari soʻzanda har parkand.
Jamolinggʻa quyosh oʻxshar va lekin oncha koʻp ham yoʻq,
Anga boʻlgʻancha oy monand ul boʻlgʻay senga monand.
Pari roʻyumdin ayru, ey hakim, och qaydu bandimni,
Ki men dev oʻlmisham, devona ermonknm solursen band.
Habibim istayu gulshan aro har dam gul islarmen,
Meni Yusufdin agfu qildi qonligʻ koʻnglagi xursand.
Koʻzumning mardumi odamdurur goʻyo qaro boʻlgʻan
Bu yoshlarkim boʻlur zoyanda andin barchasi farzand.
Labing noʻshi zakotin hojat ahligʻa berur boʻlsang
Oʻlubmen hasratidin jongʻa yoʻq oʻlgancha hojatmand.
Deding gulqand, ey tarso, hakimi anglabon za’fim,
Vale daf’ oʻldi qilgʻach mugʻbacha dayr ichra shakarxand.
Alam yetgach Navoiy, dahrdin may bil aning daf’i.
Qabul etgan kishiga basdurur olamda bu bir pand.

135

Gar koʻngulni aylasa ul qotili xunxora sayd,
Qatl uchun qoni toʻkulmay naylagay bechora sayd.
Ey koʻngul, ul shoʻx zaxm ursa davogʻa qilma sa’y,
Rasm boʻlmas istamak marham chu topti yora sayd.
Zulf aro sayd aylamak istar koʻngullarni koʻzung,
Shab shikor ul nav’ikim qilgʻay kelibon qora sayd.
Qatl qilmay kesti toʻsh-toʻshtin koʻngulni shoʻxlar,
Bismil oʻlmasdin burunroq boʻldi pora-pora sayd.
Bilgay ul kofir anga telmurmagimni bilsakim
Ne tazallum birla qotilni qilur nazzora sayd.
Murshidi jozib tilab topmay gum oʻldi, voykim,
Boʻldi bu sahroda sayyod istayu ovora sayd.
Telba qushdektur Navoiy koʻngli savdo dashtida,
Oni to sen aylamishsen, ey pari ruxsora, sayd.

136

Mendin el har soʻz desa bovar qilur ul sarv qad,
Yoʻq menga soʻz derga had, har ne desam ham barcha rad.
Chun desa maqbullar koʻp nukta men mardudmen,
Menki qavlum barcha rad, soʻz derga topqaymenmu had.
Bevafo ahbobdin bir ham menga boʻlmay mumid,
Turfa koʻrkim barcha aylab muddai sori madad.
Turfaroq budurki ulkim, jon anga qildim fido,
Bovar aylab holima har neki deb axli hasad.
Dahr elidin goʻsha tutmoq boʻldi avlo uylakim,
Tutmagʻay ul qavm otin tutsa kishi umri abad,
Soqiyo, behush doru ez, dogʻi tut bodakim,
Andin oʻlsun hushi nobud, uylakim zoyil xirad.
Rindlar sarxaylimendurmen, bukun dayr ahligʻa,
Maykada tufrogʻidin masnad menga basdur sanad.
Ishq vodiysinda maqsad ichradur avval qadam,
Oʻzlukung koʻhi balosi boʻlmasa ollingga sad.
Ey Navoiy, qil fano hosilki istar chogʻda doʻst,
Belga rust aylab etak tebrarga boʻlgʻaysen muad.

137

Qayda qilgay soyadek men telbai xokini band,
Kim quyosh boʻynigʻa solmish sunbulung mushkin kamand.
Qatlim ermaslar gʻamu darding vale tahqirdin
Mur qatlin ajdahokushlar qachon aylar pisand.
La’lidin choqilmas oʻt balkim shararlar ayrilur,
Har taraf mandon arokim oʻt kibi sursang samand.
Tong yoʻq ohim ul quyoshning burqa’in raf’ etmasa,
Kim bulutqa dud yetmas har necha chiqsun baland.
Gʻoʻtamu urmish koʻzumning mardumi qon yosh aro,
Yo yoshurmish ul qaro koʻz orazin gulgun parand.
Istaguncha, ey koʻngul, har dam davo dard istagil,
Kim davo topmoq emastur mumkin oʻlmay dardmand.
Boʻlgʻali xunob hijrondin Navoiy talxi kom
Gohi yigʻlar achchigʻ-achchigʻ, gohi aylar zahrixand.

138

Ey yuzung sham’iyu zulfung dudidin tarki xirad,
Koʻngluma subhi azaldin qismi to shomi abad.
Dema to joning jasadda boʻlgʻusi qilgʻum jafo,
Qayda jon qolmish menga chun za’fdin yoʻqtur jasad.
Menu koʻyung qaydakim, devona, balkim devmen
Kim, malak xayligʻa yoʻq gustoh aning tavfigʻa had.
Gar bori ishq ahlin oʻz koʻnglung uchun qilding qabul,
Men necha mardud esam tengri uchunkim, qilma rad.
Xastaligʻ koʻrkim, boʻlur har dam hayotim munqate’,
Gar nafasqa dam-badam chiqmoqqa jon qilmas madad,
Istasang olam eli maqsudi boʻlmoq zinhor,
Yema yuz olamcha elga tangri bergandin hasad.
Ey Navoiy, kasbi oyini fano qil uylakim,
Umrning mi’odi yetganda kerak boʻlsang muad.

139

Boʻldi koʻnglum shod topqach tigʻidin koʻksum kushod,
Yoʻq ajab har kimga kim yetgach kushodi boʻlsa shod.
Xatting el koʻnglini koʻprak oldi goʻyo xat emas
Yuz uza qilding koʻngul olmogʻligʻ afsunun savod.
Ul pari ishqida men devona ermon devmen,
Ishq vodisinda har ohim erur bir devbod.
Dema qochtim javridinkim baski tosh yogʻdurdi hajr,
Gard oʻlub barbod boʻldi bu tani xoki nihod.
Nomurod oʻlsam ne tongkim ixtiyor etganda ishq,
Ulki avval tarkin' ettim ermas erdi juz murod.
Yordin gar istasangkim koʻrmagaysen gʻayri vasl
Gʻayri vaslin mutlaqo yod aylamaknn qilma yod.
Ey Navoiy, moʻ’taqidmen qayda koʻrsam pok yuz,
Yuz kishida yoʻq ekan bir sen kibi pok e’tiqod.

140

Buki har yondin koʻkartibdur yuzumnn koji dard,
Jism oʻti toqini oltun uzra qildim lojuvard.
May yuzungda gullar ochti qilma faryodimni man’,
Bulbul afgʻoni ne tong gulshanda chun ochildi vard.
Bul ajabliqlardurur ishq ichrakim, zohir qilur
Mehrdek oʻtluq koʻnguldin day yelidek ohi sard.
Gʻam toshi hoki tanimdin har sari eltur gʻubor,
Boshima tufroq sovurmoqtin emas tegramda gard.
Ul quyosh zulfi hamidin chiqsa ohim toʻlgʻonib,
Bir quyun bil onikim, davri erur gardun navard.
Eyki, istarsen oʻzungni fard ul oy ishqida,
Avval oning gʻayri yodidin oʻzungni ayla fard.
Ey Navoiy, dardligʻ nazmingni dard ahln bilur,
Dardsiz dogʻi boʻlur oni oʻqugʻach ahli dard.

141

Yor vaslidin uzub erdim meni shaydo umid,
Shoh lutfi qoʻymadi shaydo koʻngulni noumid.
Oʻrtar zrdi hajri navmid erkanimda, voykim,
Shavq oʻti kul qilgʻudektur boʻlgʻali paydo umid.
Bir nazardin gar boʻlur jonim gahi osuda bas,
Mundin ortuq vaslidin yoʻqtur menga qat’o umid.
Hayrat aylarlar mening holim koʻrub ahli junun,
Aqldin, vah, qayda tutgʻaymen meni rasvo umid.
Yoʻq ajab, gar odamiliqdin chiqib devonamen,
Chun menga bor ul pari paykar malaksiymo umid.
Hajr navmid erkanimda ortar ummidimda shavq,
Vahki, yo navmidligʻ aylar halokim, yo umid.
Ham jafo, ham javr umidim bordur, ham lutfu mehr,
Har jihatdin yoʻqturur and(in) menga illo umid.
Hajr dardigʻa davo behudlugʻ ermish, soqiyo,
Bu balo ichra tutarmen sogʻari sahbo umid.
Ey Navoiy, gʻarqi bahri rahmat oʻlsam, ne ajab,
Menki koʻz daryosidin tuttum duri yakto umid.

142

Yoʻq menga yuz yilda ul mahvashqa bir soʻz derga had,
Boʻlsa bir soʻz derga had, ul ham boʻlur yuz qatla rad.
Mehri xud yoʻq lek amdo zohir aylar iltifot
Kim, xaloyiq jonima qasd aylagaylar yeb hasad.
Turfaroq bukim qilib olamni jonim dushmani,
Doʻstluq izhori har majlisda aylar beadad.
Shak emaskim, boʻlgʻusidur yorlar bee’timod,
Har qachon yor ollida agʻyor boʻlsa mu’tamad.
Umr yangligʻ bevafodur xalq goʻyo, ey Xizr,
Chekti Zulqarnayn Ya’juji vafo olligʻa sad.
Ey xush ulkim, goʻsha tutqay, uylakim topilmagʻay
Axtarib davronni davr ahli azaldin to abad.
Soqiyo, abnoyi davron javrining poyoni yoʻq,
Uyla sogʻar tutki, zoyil aylagay xushu xirad.
To boʻlay ul nav’ loyaqilki, kelmay holima,
Qilsa yuz Farhod ila Majnun nasihatdin madad.
Ey Navoiy, olam ahli javr etarda tengdurur,
Xohi shohi charhi qadru xohi mohi sarvi qad.

143

Vahki, ham xushumni afzun qilmadi afsunu pand,
Ham jununimni kam aylay olmadi zanjiru band.
Bilki sendindur bari dardimni fikring holima,
Dardmand el holin ul bilgayki boʻlgʻay dardmand.
Zaxmlarkim soldi zahr olud tigʻing jismima,
Ogʻzin ochib har biri holimgʻa aylar zahrixand.
Boʻynungga mushkin ipakdin, eyki, tumor osmasang,
Qayda holim bilgasen chun boʻynuma taqding kamand.
To koʻngul xoling xayolidin boshinggʻa uyrulur,
Yoʻq senga hojat yomon koʻz daf’igʻa oʻtu sipand.
Chun falak toqidek oxir boʻlgʻusidur sarnigun,
Rif’ating toqin, ne sud, etmak falakcha sarbaland.
Ey Navoiy, obi hayvondek labidin uz umid
Kim, soching zulmotidin yopti anga mushkin parand.

144

Vahki,har soat boʻlurmen vaslidin yetgach navid,
Yordin ummidvor, ammo oʻzumdin noumid.
Dedi mehmoning boʻlub, yuz javr ila aylay halok,
Vahki, bor ul shoʻxning har va’dasida yuz vaid.
Qatlim etting, aylasunlar eltibon koʻyungda dafn
Kim, borur jannatqa zulmung tigʻidin boʻlgʻan shahid.
Tikti koʻksum chokinu tigʻin tanimda qildi gum,
El eshikni qufl etib tufroqqa koʻmgandek kalid.
Istaram koʻyung itining panjasin ne ishgakim,
Oncha osoyish dimogʻimgʻa yeturmas mushkbid.
Doʻst chun jon ichradur qoʻy «naxnu aqrab» ishqini,
Tut boʻyun baskim, yaqinroq keldi «min hablil varid».
Ey Navoiy, shah xayolin asra koʻz mulki aro
Kim, erur ham Bogʻizogʻon anda, ham Bogʻisapid.

145

Nolonmen ochar boʻlsa yuz ul huri parizod,
Bulbulgʻa ne tong gul ochilur faslda faryod.
Gulgun toʻn aro qomatimu jilvagar oʻldi,
Gul bargidamu boʻldi nihon savsani ozod.
Ashkim suyining mavjini koʻnglungga kechurkim,
Javhar bila xushroq koʻrunur el aro poʻlod.
Koʻnglum zaqaning ichra koʻrub yoyding anga zulf,
Choh uzra kabutargʻa yoyar domini sayyod.
Bulbulni gʻaming qoʻzgʻasa shod oʻlmagʻil, ey gul,
Kim oʻt ham oʻchar kulni falak aylasa barbod.
Gʻamzang meni bir tigʻ bila aylamadi qatl,
Bu fe’l qilur kimga gʻazab aylasa jallod.
Koʻngling Navoiyni oʻqung kasrati buzdi,
Bu kulba yogʻin kasratidin qolmadi obod.

146

Chekar un koʻnglum ursang tigʻi bedod,
Ne tong su quygʻach etmak shoʻ’la faryod.
Koʻngul sensiz topar gʻam shodligʻdin,
Gʻaming yetgach vale aylar ani shod.
Ne tong majnunlugʻumkim, jilva aylar
Koʻzumga lahza-lahza bir parizod.
Koʻngulni, soqiyo, maydin qilib xush,
Buzugʻni sayl ila aylarsen obod.
Meni shod aylagil bir jur’a birla
Ki, gʻamdin jongʻa yetti joni noshod.
Sanam ollida maydin bosh koʻtarmon,
Ki qildi dayr piri mundoq irshod.
Sening yoding bila oʻldi Navoiy,
Tirik boʻl, garchi ani qilmading yod.

147

Koʻngul haroratin anglatti ohi dardolud,
Uy ichra oʻt ekanin elga zohir aylar dud.
Vujudum etti adam oqibat bu hayratkim,
Adamdek ogʻzi aro soʻz ne nav’ topti vujud.
Koʻzung shamoyilini nargis ar koʻra olmas,
Senga ne fikr, koʻzi chiqsun ulki boʻldi hasud.
Dame haram nafasi dayr qasdi aylarmen,
Ne yerda yuz qoʻyar oʻlsam yuzungdurur maqsud.
Koʻngulni yorgʻa bogʻlayu raf’ qil agʻyor,
Ki bordur ulki aning gʻayridur sarobu namud.
Malul oʻlubmen oʻzumdin, fano mayi tutkim,
Ki rangu atri vujudumni aylagay nobud.
Vagar sumursa Navoiygʻa yetgay andoq sukr,
Ki farq topmagʻay ollida shohidu mashhud.

148

Qading deb sarvni jon boʻlsa xursand,
Ajab yolgʻondur ammo rost monand.
Shakar chun qildi shirinlikni da’vo,
Eshitgach lablaring qildi shakarxand.
Koʻngul jonimgʻa yetmish erdi, yuz shukr,
Ki qildi itlaring parkand-parkand.
Iti bagʻrim yegandin oʻlsa, aylang
Kesib bagʻrin kesuk bagʻrimgʻa payvand.
Bu nav’ ar zulfi savdosi olur xush,
Erur sa’b, ey hakim, oʻlmoq xiradmand.
Talab dashtida avval foni oʻlgʻil,
Qi yoʻq bu yoʻlda oʻzlukdin ogʻir band.
Navoiygʻa yana koʻp pand berma,
Kel, ey nosih, eshit sen dogʻi bir pand.

149

Toʻsh-toʻshumdin dushmanu yoʻq doʻstdin qat’o umid,
Qilma, yo rab, doʻstdin dushman meningdek noumid.
Ushbu muhlik varta ichra garchi eldin qolmamish
Hech umidim, qat’i qilmoq doʻstdin ammo umid.
Uyla girdobi balo ichra tushubturmenki, bor
Necha dersen biym, ammo yoʻqturur paydo umid.
Jon fido qildim meni, navmid qildi vaslidin
La’lidin jon istar elga yoʻqturur illo umid,
Soqiyo, muhlik gʻamimgʻa shodliq imkoni yoʻq,
Ne tutay sendin yana jomi nishotafzo umid.
Yoru vaslidin vafo koʻz tutmasam, ne aybkim,
Umru davlatdin vafo tutmaydurur dono umid.
Ne visolu ne umidi vasl, vah, oʻlmay netay,
Ey Navoiy, koshki yo vasl boʻlsa, yo umid.

150

Garchi yor etmadi hargiz meki noshodni yod,
Lek aning yodi bnla har dam erur koʻnglum shod.
Zulfidin soʻrdi koʻngullarni koʻzi arbadasi,
Domdin koʻrmadi el saydni qovmoq sayyod.
Qomating bandasidur sarv vale xidmat aro
Koʻrubon rostligʻin oni qilibsen ozod.
Qatlima chiqti etak belga urub, tigʻ chekib,
Qon tegardin ayab erkin etagin ul jallod.
Chunki Shirin koʻzi behad qarodur, bas necha mil
Toshni surma nedin ayladi oyo Farhod.
Oʻzgalarga ichur, ey soqiyi davron, mayi vasl
Kim, menga zahri firoq ichmak oʻlubtur moʻ’tod.
Muncha faryod Navoiydin emas, hajr tuni
Kim qilur har kecha faryodidin el ham faryod.

151

Unutmagʻilki to hajr etti bedod,
Meni bir noma birla qilmading yod.
Koʻngul yod etmasingdin boʻlsa gʻamgin,
Vale ruhum erur yoding bila shod.
Buzugʻ jismim uyin yiqti firoqing,
Bu uyda koʻp buzugʻluq qildi bunyod.
Qul oʻldi sarv to gulgasht etarga,
Qading bazmi tarabdin qoʻpti ozod.
Meni gah dashtu gah togʻ uzra koʻrgan
Tirilmish, sogʻinur Majnunu Farhod.
Koʻngulni may bila ma’mur qilkim,
Xumori davr oki qoʻymas ozod.
Navoiy telba boʻlgʻan chogʻda koʻrdi,
Pari birla ani sogʻindi hamzod.

152

Yoʻlida jon berdim, oʻtti koʻrmayin jonon, ne sud,
Koʻrsa ham koʻrmasga solib zoyi’ oʻldi jon ne sud.
Sud koʻz tuttum qarargʻan koʻzga ul yuz mehridin
Anglagʻach mehri jamolin ayladi pinhon, ne sud.
Bir tabassumgʻa labidin jonni berdim sud uchun,
Jonim olib la’li oning boʻlmadi xandon, ne sud.
Zulfi savdosigʻa naqdi umr berdim, ohkim,
Yetmadi jonimgʻa bu savdoda juz nuqson, ne sud.
Oʻqlaridin chunki har paykon koʻngulga sud edi.
Har nekim yetti yetishgach, oʻttilar parron, ne sud.
Foniy oʻl, aylab jahon sudu ziyonin tarkkim,
Ne ziyondur moʻ’tabar olamda, ey nodon, ne sud.
Ey Navoiy, dema jon ber vaslidin sud istasang,
Yuz tuman jon bersa chunkim vasl emas imkon, ne sud.

153

Ey soching zanjirining savdosigʻa majnun xirad,
Dam-badam koʻprak paridek husnungga maftun xirad.
Aqlim uchti ayladim to kasb ishqing ilmini,
Garchi elga ilm kasbidin boʻlur afzun xirad.
Ey hakam, etma jununum aybkim, koʻrgach ani
Toʻqtata olmas dimogʻi ichra Aflotun xirad.
Ey xiradmand, anglamassen holatin ushshoqning,
Ne uchunkim ishq tavrida erur Majnun xirad.
Ohkim, yetgach aning ishqi tamomin qildi mahv,
Garchi qildi pand ila koʻnglumga yuz afsun xirad.
Garmroʻ oshiqqa mardud oʻlsa, nosih, qilma ayb
Qim, kelibdur ahli ishq ollida doim dun xirad.
Ey Navoiy, ishq ayogʻining nisori aylakim,
Sochsa har soat nasihatdin duri maknun xirad.

154

Uyla hijron toshlari yogʻdurdi charxi tez gard
Kim, sipehr avjigʻacha xoli tanimdin chiqti gard.
Yor ila ahbob mendin ayriyu men barchadin,
Yoʻq ajab gar barchaning dardicha menda boʻlsa dard.
Hajr toshidin koʻkardi paykarim, yoxud bu rang
Ayladi uryon tanimni, baski chektim oh sard.
Qahkashondek chekma za’f anjum sipohin shomi hajr,
Men oʻlubmen, ey falak, hojat emas qilmoq nabard.
Ashku ohimdin natija boʻldi qonligʻ toza dogʻ,
Goʻyi ul suvu havodin ochilur bu nav’ vard.
Ey koʻngul, gar xud xazon fasli emas hijron kuni,
Nega bogʻ ahligʻadur titratmayu ruxsori zard.
Xalqining qaydi Navoiyni parishon aylamish,
Kimki jam’iyat tilar, qilmoq keraktur oʻzni fard.

155

Qazo ne hukmki aylar jahongʻa dur nofiz,
Jahonu bas demakim, insu jongʻadur nofiz.
Jahon aro bani odam netib xalos oʻlgʻay,
Kim ul maloyikai osmongʻadur nofiz.
Nifozi hukm shahi komrondin elga boʻlur,
Ne hukm ul yetsa shahi komrongʻadur nofiz.
Agar yomonu vagar yaxshi kimsa yoʻq ozod,
Nedinki buyrugʻi yaxshi-yomongʻadur nofiz.
Buzugʻ jahongʻa aning hukmi nofiz oʻlgʻandek,
Habib hukmi meni notavongʻadur nofiz.
Boʻyun qoʻyubmen agar tigʻi qatl surgungdur,
Ki buyrugʻung meni behonumongʻadur nofiz.
Navoiy aylasa har yon azimat andin erur,
Ki amri dilbarining har qayongʻadur nofiz.

156

Koʻnglum erur ul gʻunchai serob ila multaz,
Ul nav’ki mast oʻlsa mayi nob ila multaz.
Lazzat topar ul shoʻx chuchuk jonim olurdnn,
Atfoldek oʻlgʻan kibi jullob ila multaz.
Rangin labing ozurda koʻngul komidur archi,
Bemor emas sharbati unnob ila multaz.
Koʻnglum yuzu la’lingdin oʻzin istadi behush,
Kim subh boʻlur xalq shakar xob ila multaz.
Sen bazmi nishot ichra mayi nob ich, ey shoʻx,
Kim bizni firoq ayladi xunob ila multaz.
Soqiy qadahi tutqilu, ey turfa mugʻanniy
Bazm ahlini qil bir necha mizrob ila multaz.
Koʻp ravza bila hurni koʻrguzma, yuz ochqil
Kim, xasta Navoiy emas asbob ila multaz.

157

Zihi mazohir aro mehri orazingdin nur,
Quyoshtin uylaki zarroti xayli ichra zuhur.
Vujudung ayladi kavnu makon vujudin fosh,
Hamul sifatki quyosh qildi zarrani mashhur.
Xirad gar a’mo esa gunoh zoting ichra ne tong,
Quyoshni koʻrmasa xuffosh bordurur ma’zur.
Sening jamolingga gul koʻzgusida bulbul mast,
Sening zuhurung ila gul jamoligʻa magʻrur.
Yoʻq ersa gʻunchai xatting nechukkn parda arus,
Arusn pardanishin yangligʻ oʻlmagʻay mastur.
Seni tilab tunu kun baski aylabon taku poʻy,
Nafaslarini ola olmayin sabou dabur.
Boqib sujud aro qoshinggʻa gabr agar moʻmin,
Tilab qadah aro aksingni mast agar maxmur.
May ichra aksing uyla sof chashngʻa ayshu nashot,
Qadahda nash’ang ila durdkashgʻa zavqu surur.
Chu sensiz oʻldi haram ichra porso, ne osigʻ,
Navoiy oʻlsa sening birla dayr aro, ne qusur,

158

Sarigʻ kogʻazmudurkim soʻzi hajrim ayladim tahrir,
Va yoxud shoʻ’la tushti safhagʻa ul soʻz etib taqrir.
Magar huro sochin qildi qalam kun, safhasin kogʻaz,
Qilurda sun’i naqqoshi nigorim suvratin tasvir.
Boqib dermen shikoyat aylayin, koʻrgach ani qolmas
Koʻzumga tobi nazzora, tilimga quvvati taqsir.
Meni hajr ofatidin qutqaru qatlimgʻa ta’jil et,
Nedinkim biymi ofat keldi ishta aylamak ta’xir.
Deding vasl ichra ta’xir etmayin ishqim qabul etsang,
Chu boʻldung, oshiq etting hajr asiri qilmading taqsir.
Junun xatti muhiti ichra markaz boʻlmogʻim ne sud,
Ki bu xat birla boʻlmas ul parini aylamak tashir.
Soching kufri xud imonimni oldi, vah, ne aysh oʻlgʻay,
Gar ul zunnorni boʻynumgʻa bogʻlab qilsalar takfir.
Meni gar mugʻbacha dayri fano ichra asir etti,
Bu taqdir ersa, ey shayxi haram, ne qilgʻamen tadbir.
Navoiygʻa ne mumkin vaslkim, har tun bu fikr ichra
Ne tadbir etsa oxir ishqdin bori topar tagʻyir.

159

Tiyra shomim ichrakim barqi balolar choqilur,
Har nafas ishq ajdahosi ogʻzidin oʻt sochilur.
Hajr dashtin, vah, netib qat’ aylayin kim, har tikon
Bosh chiqorur orqasidin chun kafimgʻa sonchilur.
Ishq aro band etmagim ne sud, ey ahbobkim,
Har figʻonda bandi-bandim bir-biridin ayrilur.
Chun ilojnm soʻrgʻali holim soʻrarsen, ey tabib,
Bu hikoyatni birovdin soʻrki oʻz holin bilur.
Togʻu vodiy ichra andogʻ sa’b holim borkim,
Koʻrsa gar Farhod, agar Majnunki yuz hayrat qilur.
Ne qarodur shomi hajrimkim yorumas shammai,
Muncha oʻtkim charxi toqida damimdin yoqilur.
Nomadin mumkin emas ul shoʻx holim anglamoq,
Urtanur kogʻaz firoqim sharxi chunkim yozilur.
Soqiyo, qissa uzatmay emdi tutqil bodakim,
Dostoni hajr qisqarmas nechakim aytilur.
Ey Navoiy, azmi dayr etgil tilar ersang farogʻ
Kim, bu yangligʻ gavhar andoq kon ichinda topilur.

160

Kechakim zulfung xayoli koʻnglum ichra aylanur,
Tonggʻa tegru za’fliq jismim yilondek toʻlgʻanur.
Dargahingda bir zaif it birla men har kechakim,
Gah tanin boshim, gahi boshi tanimni yostanur.
Ey pari, majnun koʻngul soʻzidin oʻzni asrakim,
Barqi ohidin maloyikning qanoti churganur.
Men kimu uyquki hijron shomi ohim suridin,
Desa boʻlgʻay soʻnggʻi uyqu eltgan el uygʻanur.
Gar zabun boʻlsam ajab ermaski tushsa ishq aro,
Ajdaholar xoksor oʻlmoq tariqin oʻrganur.
Otashin ruxsor ila kuydurma asru elnikim,
Sham’ yuz parvonani oʻrtar, oʻzi ham oʻrtanur.
Sarvqadlar jilvasi, tong yoʻq, Navoiy ohidin
Doimo ashjor yel taxriki birla tebranur.

161

Vaslidin chun multafit koʻprak boʻlur furqatda yor,
Tarki vasl aylab qiling, ahbob, furqat ixtiyor.
Dema koʻnglung boʻldimu tark aylamoq yoru vatan,
Ne koʻngulni tark qilmoq, ne vatan, vah, qaysi yor.
Soʻzu yoru yordin soʻrmangki, hijron dashtida
Qolgʻaln beqas unut boʻlmish menga yoru diyor.
Topmadim bir nechakim mehru vafo tufrogʻida
Dona sochtim ashkdin kiprik bila aylab shiyor.
Siymgun ashk emas oltundek yuz uzra, ne osigʻ,
Jism hijron koʻrasida boʻlmayin sohib iyor.
Kimki olam ahli birla oshnoligʻ qilmadi,
Oni de farhunda baxtu oni bilgil baxtiyor.
Holini naylab nihon tutsun Navoiy xastakim,
Tiysa ashkin oh urar, yigʻlar agar ohin tiyor.

162

Za’fliq jismim qachon nozik taningga chirmanur,
Zulfung ikki tori goʻyo bir-biriga toʻlgʻanur.
Qomatinggʻa sarv taqlid aylabon soldi shikast,
Bu sazodur gar giyah sarvi sihigʻa' oʻtkanur.
Zulfungga hamsarliq etmak oʻzda topmas nechakim,
Sunbuli mushkin quyundek oʻz-oʻziga aylanur.
Voqif erkin ishq oʻtining soʻzidin husn ahlikim,
Sham’ agar parvonani oʻrtar, oʻzi ham oʻrtanur.
Oʻynamoq birla solur davrongʻa raxshi qoʻzgʻolon,
Har qachonkim bazmdin ul shoʻx usruk otlanur.
Bu chamanda tortibon bulbul tong otquncha figʻon,
Ishq darsin goʻyiyo gul daftaridin oʻrganur.
Dema sargʻordi Navoiyning yuzikim ishq aro,
Buyla oltunni qilurgʻa poymoling qazgʻanur.

163

To buzugʻ koʻnglum aro zulfung xayoli aylanur,
Ajdahoyidurki bir vayrona ichra toʻlgʻanur.
Ahli dard ohu figʻonidur, emas koʻsu nafir,
Sayr uchun ul xoʻblar shohi qachonkim otlanur.
Gar tanimda dogʻlardur, vah, ne tong boshida dogʻ
Notavonikim, ichi hijron oʻtidin oʻrtanur.
Har shararkim oʻtlugʻ ohimdin borur gardun sari,
Ahli ishq arvohi oʻrtanmakni andin oʻrganur. .
Ravshan etmas bazmni husn ahli sendekkim, etar
Dahr yorutmogʻni gar anjum quyoshqa oʻtkanur.
Chun bu gulshan bevafodur, jom davrigʻa toʻkar
Necha pora siymkim umrida nargis qozgʻanur.
Andogʻ uyqugʻa Navoiy bordi hijron shomikim,
Yaxshidur gar hashri gʻavgʻosida dogʻi uygʻonur.

164

Ey koʻngul, dushmanlar ancha makr ila fan qildilar
Kim, vafoligʻ doʻstni jonimgʻa dushman qildilar.
Dud boshimgʻa chiqar, goʻyoki hijron toshidin
Yogʻdurub har yon bu gunbad uzra ravzan qildilar.
Boshima joʻlida soch ermaski zogʻ aylab gʻuluv,
Zaxmlardin toʻ’ma istargʻa nashiman qildilar.
Hajri shomidin osib gardun qaro kiz boʻynigʻa,
Subh chok aylab yaqo, holimgʻa shevan qildilar.
Uchmish erdi ishq oʻti xasdek tannmdin dardu shavq,
Kuydurub goʻyo bu tutruq birla ravshan qildilar.
Boda tutkim, hikmat ahli charx bemehr erkanin
Jom davri xatlari birla mubarxan qildilar.
Ey Navoiy, Ka’ba tut, yo dayrkim, ahli jahon
Jurmu gʻamdin bu ikki manzilni ma’man qildilar.

165

Toʻrt rangi muxtalifdin hullakim jonon kiyar,
Toʻrt unsur kisvatidur goʻyiyokim jon kiyar.
Oʻzbeki gulnori toʻndin kuydum, ammo oʻlturur
Lemuyi terlik aning ostidakim jonon kiyar.
Ikki yonimni shigof aylabturur bu rashkkim,
Ikki yonidin shigofin bogʻlamay qapton kiyar.
Gul bila savsan katon yangligʻ boʻlur mahtob aro,
Koʻnglaki gulgun bila chun savsani katton kiyar.
Oraz uzra shoʻxlugʻdinmu yoyar sinjobini,
Yoʻqsa sinjobi bulutturkim mahi tobon kiyar.
Har chubulgʻan toridur sarrishtai izzu sharaf,
Eski sholikim, fano koʻyida bir uryon kiyar.
Gar Navoiy jandasin shoh oldi, tong yoʻq, chunki ishq
Poku begʻashdur, gadoning kisvatin sulton kiyar.

166

Kimki oning bir malak siymo parivash yori bor,
Odami ersa pari birla malakdin ori bor.
Kecha ulkim chirmanur bir gul bila ne tong agar,
Gʻunchadek har subh oʻlub xandonnishot izhori bor.
Yoʻq ajab bulbulgʻa gul shavqidin oʻlmoq zorkim,
Pardin oʻq jismigʻa sanchilgʻan adadsiz xori bor.
Belingu la’ling xayoloti bila koʻnglum erur
Ankabutekim, aning jon rishtasidin tori bor.
Sunbuli zulfi agar oshiftadur ayb etmakim,
Gul yuzunda yotqon ikki nozanin bemori bor.
Aylab oʻzni mastu behud chiqmasun mayxonadin,
Kimki mendek davr elidin koʻnglida ozori bor.
Ey Navoiy, yor uzar boʻlsa muhabbat rishtasin,
Kelmas oʻlsa ul aning sori, sen oning sori bor.

167

Xolu xattidinki har birning bir oʻzga holi bor,
Xat yuzinda nuqtadek mushkin xat uzra xoli bor.
Charx uza zarrin gʻizol oʻldi shafaqdin jilvagar,
Yo mening mushkin gʻizolimning hariri oli bor.
Xajri ashkim ichrakim topmas zarar koʻz mardumi,
Goʻyiyo kirpik nayistonidin oning soli bor.
Garchi hindu boʻlsa maskan aylagay xurshid uza,
Xoldek ulkim jamolingdin humoyun xoli bor.
Ne uchun oʻlmayki, el qatligʻa aylab ehtimom,
Qotilimning chun menga navbat yetar ihmoli bor.
Kon ila daryo matoin naylasun ul kimsakim,
Dayr aro la’li ravondin jomi molo-moli bor.
Oʻzni mast istar xarobot ichra vajdu hol ila,
Gar Navoiyning bu dam dars ichra qilu qoli bor.

168

Ikki gul vaqti dogʻi ikki quyosh davronidur,
Kim koʻngulda ul iki oraz gʻami hijronidur.
To latofatdin labing shavqi tushubtur jon aro
Goʻyiyokim, ul mungʻa tandur, bu oning jonidur.
Qoʻzda har sari qizil raglar demaknm, mardumin
Gʻamzang urdi zaxmlar har yon yugurgan qonidur.
Multafit boʻl holatim sharhigʻakim, bu doston
Shahr aro har koʻyining boshida el dostonidur.
Har quyun gʻam dashti ichra koʻrsa Layli sogʻinur
Qim, xasu tufrogʻ aro Majnuni sargardonidur.
Ulki to mumkindurur koʻrmish falakdin e’tibor,
Bas mazallat ham kerak koʻz tutsa to imkonidur.
Asrangiz oʻzni Navoiy shoʻ’lai afgʻonidin
Qim, bu oqshom furqati oshubining tugʻyonidur.

169

Qofirekim sen kibi ruxsori otashnoki bor,
Ut solurdin kishvari islom aro ne boki bor.
Ishq oʻti koʻnglum yorutmoq istasa yoʻqtur ajab
Qim, churuk boʻlgʻan soʻngaklardin quruq xoshoki bor.
Qoʻnglakim chokin tikarga mayl qilding, ey rafiq,
Bilmading goʻyoki koʻnglak ichra koʻksum choki bor.
Eyki dersen pok husnumdek jahon ahlida yoʻq,
Men kibi ishq ahlining ham qayda ishqi poki bor.
Qatra-qatra ashku daf’a-daf’a ohim dudidin
Ishq mulkining ajoyib anjumu afloki bor.
Sol yangi oy zavraqigʻa atlasing, ey charxkim,
Ohdin bu shom ashkim bahrining koʻloki bor.
Ey Navoiy, qoʻyma boshim shoʻxlar goʻy etgali
Kim, ani osmoqqa boʻlsun chobukum fitroki bor.

170

Ichgali gulrang may nargis masallik jomi bor,
Savsani toʻn birla ulkim sarvdek andomi bor.
Gulshan ichra sarvi ra’nodek qilib har yon xirom,
Mavzu’i dilkash aro may ichgali oromi bor.
Bodai sofiy chekib ahbob ila gʻofil valek
Kim, firoqin dogʻi bir mahrumi xun oshomi bor.
Bu jafo ahli vafoni qildi maydek talxi kom
Kim, qoshida kirsa har noahl maydin komi bor.
Men yutub xunoba yillar, el chekarlar jomi aysh,
Chora yoʻq ulkim azaldin baxti nofarjomi bor.
Chun vafo ahligʻa davron tutmadi jomi murod,
Kim murod andin tama’ aylar xayoli xomi bor.
Ey Navoiy, gar fano dayri sari qilsang guzar,
Dayri pirining yomon-yaxshigʻa lutfi omi bor.

171

Sarvdin gul butmasa, qad uzra ruxsori nedur?!
Jon agar shirin desa, la’li shakar bori nedur?!
Nomai hajrim kabutar parlarin gar oʻrtamas,
Ul qaro xatlar qanoti uzra har sori nedur?!
Orazu zulfungda koʻnglum kofiri ishq oʻlmasa,
Bas aning bir sari but, bir sari zunnori nedur?!
Rishtai zulfigʻa bogʻligʻdur koʻngul, ul shoʻxning
Tifl qush sudrar kibi har sori raftori nedur?!
Ishq dashtida koʻrungan yerga tushmish erdi oʻt,
Bildim anda oʻtdur, andin bilmadim nori nedur?!
Sabzi xatlar vasli holo mugʻtanamdur, ey koʻngul,
Kim bilurkim, iqtizoyi charxi zangori nedur?!
Gar iting debtur Navoiy qilmadi mehmonligʻim,
Kecha tishlab-tishlab olgʻay jismi afgori nedur?!

172

Har gadoyekim jahonda bir muvofiq yori bor,
Xizr umriyu Skandar hashmatidin ori bor.
Kimki ul bir koʻngli sevgan naxli qaddin bar yedi,
Olloh-olloh, umridin ne baxti barxurdori bor.
Bilsa koʻnglum holatin shoyadki-kelgay soʻrgʻali,
Ulki koʻngli ichra bir badxoʻyidin ozori bor.
Koʻzlaridin kecha tong otquncha uyqum yoʻq turur,
Kecha naylar anda uyqukim, iki bemori bor.
Shoʻ’laliq yuz pora koʻnglum xayli mujgoning aro
Otashin guldurki, atrofida hadsiz xori bor.
Istasang davron jafosidin qutulmoq, ey koʻngul,
Xonaqah tarkin qilib mayxona koʻyi sori bor.
Subh yangligʻ topmasang dayr ichra may olmoqqa vajh,
Rahn uchun boʻlsun Navoiy xirqau dastori bor.

173

Har kishikim bir soʻz ul badmehrdin tahriri bor,
Holatimning tokim ul taqrir etar tagʻyiri bor.
Muhtariz boʻl shoʻ’lai ohimdin, ey gul xirmani,
Kim, chaqin xirmangʻa tushganning ajab ta’siri bor.
Koʻngluma yoʻq chora oʻrtanmakdin oʻzga ishq aro,
Gʻayri kuymak moʻrning oʻt ichra ne tadbiri bor.
Hindui zulfikim ul yuz taxti farmonidadur,
Joduyidurkim anga goʻyo pari tasxiri bor.
Sabzai xatting erur har sari zulfung toridin,
Xatti zangoriki mushki nob ila tahriri bor.
Faqr dashti ne qatigʻ yoʻldurki, solik bir necha
Qilsa diqqat birla haq amrin ado taqsiri bor.
Gar Navoiy jon berib, ul zulfning bir torini
Olsa ayb etmangki, bu savdo aro tavfirn bor.

174

Qaysi bir koʻkning yuzungdek mehri olam tobi bor?
Qaysi gulshanning jamolingdek guli serobi bor?
Zulfidin, ey zaxmligʻ koʻnglim, qutulgʻung yoʻq turug
Kim, sennng har halqai zulfungda bir qullobi bor,
Zulfu yuzidin dam urmang, tui bila kun chashmasi
Kim, bu sunbul birla gulning oʻzga obu tobi bor.
Ne uchun har dam sarigʻrogʻdur yuzumning oltuni,
Bovujudekim yuzumda ashkdin simobi bor!
Sajda gar aylar malak, ne tongkim ul oy qasrining
Kungiri shaklidin atrofida koʻp mehrobi bor.
Davlati zohirki mahbub aylading, tark aylakim,
Qaydingga zulfini «dol»u «lom»idin asbobi bor.
Yuzu la’lingdin Navoiy behud oʻlsa soʻrmagʻil,
Bir itingdurkim, sahar vaqtida shakkar xobi bor.

175

Xasta koʻnglumningki zulfung shomida oromi bor,
Boʻlsa beorom, tong ermaski muhlik shomi bor.
Roʻzgori mendek oʻlsa tiyra subh ermas ajab,
Bir quyosh hijronidin ulkim qarongʻu shomi bor.
Ul pari tong yoʻq maloyik qushlarin sayd aylamak,
Yel havogʻa buylakim oshifta qilgan domi bor.
Qaddu andomim ushaldi jilvasidin, doʻstlar,
Vah, ne dilkash qomatu ne dilfirib andomi bor.
Har kishikim nomu benang oʻlsa kirsun dayr aro,
Xonaqah tutsun gʻanimat ulki nangu nomi bor.
Ogʻzigʻa ilmas tahuro sharbatin, ey mugʻbacha,
Har kishikim bodai la’li labingdin komi bor.
Telba deb qovma yalang koʻrsang Navoiy jismini,
Ne uchunkim Ka’bai koʻyung sari ihromi bor.

176

Bukim koʻngulning ul oysiz ne sa’b holati bor,
Ul anglagʻayki birov hajridin malolati bor.
Quyiki tushmish aning zulmi tigʻidin boshim,
Hanuz tigʻi yuzidin magar xijolati bor.
Quloq duriyu yuzi iki axtar etti qiron
Ki, olam ichra base fitnagʻa dalolati bor.
Sabo debon xabar ul guldin elni tirguzdi,
Masihcha desa boʻlgʻay aning risolati bor.
Koʻngulni zulm ila buzding, bale boʻlur ma’mur
Shaheki mulkida ehson ila adolati bor.
Qadah quyoshi bila ravshan ayla xotirni,
Chu anglasangki falak zulmidin zalolati bor.
Navoiy istamas el ishqing, anglagʻay bukim
Oʻz-oʻzi birla junun ahlidin maqolati bor.

177

Kufrdin zunnorlar gar turrasi tobinda bor,
Kirpikidin dogʻi saflar qoshi mehrobinda bor.
Bir gajakdur tortibon jam etgali el koʻnglini,
Qaysi purhamkim, parishon zulfi qullobinda bor.
Terda ul yuz tobidin lol oʻlsa, tong yoʻq, bogʻbon,
Qayda mundoq oʻt aning gulbargi serobinda bor.
Dema la’li oʻlturub tirguzmas elni, ey Masih,
Kim bu kayfiyat ham aning bodayi nobinda bor.
Nechakim jonbaxshligʻ la’ling shakarxandidadur,
Oncha jon olmogʻ dogʻi ul koʻz shakarxobinda bor.
Ishq mulkida tilarsen naqdi jon zulm aylabon,
Sogʻinursenkim magar ul ishq arbobinda bor.
Ey Navoiy, gar lisoni hol eshitmaysen, eshit
Kim, ajab holat bizning sozanda mizrobinda bor.

178

Rangsiz xoling jamoling xonida, ey siymbar,
Bir adasdurkim, yopishmish bir adas chogʻligʻ shakar.
Koʻrgach ohimni, gʻazabdinmu qizardi ul uzor,
Yoʻqsa ul humrat bu oʻtning tobidin boʻldi asir.
Novaking jismimgʻa sogʻingʻach yetishdi yuz balo,
Shoh uza payvand qilgʻach munchakim topmish samar.
Men ul oygʻa mahv qolgʻan tan aro paykonlaring
Chekkan ermish xalqu hayratdin menga boʻlmay xabar.
Ikki gavhardur qulogʻingda vayo qilmish sipehr,
Oyning atrofida ikki sa’d kavkab jilvagar.
Charx zulmidin ne tong suqum sabuhiy vaqtikim
Subh ham bu gussadin yirtar yaqosin har sahar.
Ey Navoiy, hajr oʻtlugʻ dashti ichra angladim,
Onikim derlar sahardin qit’aiy ermish safar.

179

Oshkoro yuz tugon garchi tani zorimda bor,
Oncha yuz dogʻi nihoni joni bemorimda bor.
Istading koʻnglumni aylay deb ilojin, ey tabib,
Menda yoʻq ulkim tilarsen lek dildorimda bor.
Novaki gʻamzanggʻa paykon istasang, ey qoshi yo,
Kelki, andin benihoyat jismi afgorimda bor.
Yuz boʻgʻun ermas soʻngaktin rishtai jismim aro,
Iqdi zulfungdin tugunlardurki bu torimda bor.
Javrlarkim, qildi ul kofir unutmaydur koʻngul
Kim, hisobidin girihlardurki zunnorimda bor.
Hirqau sajjodani may rahni qilsam ne ajab
Kim, asar maxmurliqdin shoʻx xummorimda bor.
Gar Navoiyni qilib rad, nazmin istar shukrkim,
Menda gar yoʻqtur qabul, oshifta guftorimda bor.

180

Gul yuzung hajrinda chiqsa oʻtluq ohim gohlar,
Koʻkta gulnori bulutlardek kezar ul ohlar.
Ul buti zarrin kamar ishqida to bel bogʻladim,
Za’f aro mendin qamishlardur nishon bal kohlar.
Ul yuz ollida quyosh yuzluklar oʻlmish husn aro,
Uylakim, boʻlgay quyosh boʻlgʻanda tole’ mohlar.
Nola tortarmen qachon otlansa ul sultoni husn,
Yoʻq ajab chekmak nafir oʻlgʻanda rokib shohlar.
Koʻyi sari bordi koʻnglum balki ohu ashk ham,
Vahki, men qolib, azimat qildilar hamrohlar.
Istasang uygʻonmoq ul bedorlar hamsuhbati,
Kim, bu gʻaflatlarni daf’ etgay magar ogohlar,
Ey Navoiy, pora-pora boʻlsa koʻnglung, yaxshidur
Kim, taraddudsiz olishqaylar ani dilxohlar.

181

Koʻk binafshazorini anjum chu nargiszor etar,
Nargising birla binafshang hajri koʻnglum zor etar.
Chun Zuhal tole’ boʻlur xoling xayoli fitnadin
Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar.
Jilva qilgʻach Mushtari koʻzni uzoring yodidin
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar.
Chun chiqar Bahromi qotil koʻzlaring andishasi,
Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar.
Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham
Bu musibat koʻzuma yorugʻ jahonni tor etar.
Zuhra holimgʻa surudin navhagʻa aylab badal,
Changining sochiq topib durri sirishk izhor etar.
Oʻlmagim anglab Utorud holima deb marsiya,
Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar.
Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro,
Orazi sayli bila ahli azo kirdor etar.
Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini ,
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar.
Rostligʻ uldurki bilgach ul quyosh rahm aylagay,
Ulcha ahvolimgʻa har tun charxi kajraftor etar.
Ey Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim,
Joningga javru jafosin har nechakim bor etar.

182

Ikki zulfung xasta koʻnglumga qorongʻu kechalar,
Za’fdin behudlugʻum uyqu anga bu kechalar.
To giriftor oʻldi zulfung domigʻa koʻnglum qushi,
Toʻlgʻonib jismim koʻzumdnn uchmish uyqu kechalar.
Qayda boʻlsun uyqukim oqizmish uyqu xaylini
Tinmayin afgʻon sirishkim saylidin su kechalar.
Har ne nav’ oʻlsa oʻtar kunduz ishi, lekin boʻlur
Hajri dardidin xarob ahvolim asru kechalar.
Tiyra shomim shiddatin koʻrgilki, charxu subhdin
Holima gah yigʻlagʻudur, gohi kulgu kechalar.
Subhdek sof istasang koʻnglungni andin, charxdek
Tiyralik chirkini siymin ashk ila yuv kechalar.
Ey Navoiy, charx yangligʻ istar ersang subhi vasl,
Tonggʻacha ashk axtarin toʻkmay boʻlurmu kechalar.

183

Ne ajab, har yon meni Majnun boshida yoralar,
Baski yogʻdi ustiga atfol elidin xoralar.
Orazing atrofida guldur koʻrungan, ey pari,
Yo qamar davrida saf tortib durur sayyoralar.
Har quyun goʻyoki bir sargashta oshiq gardidur,
Baski tufrogʻ oʻldi ishqing dashtida" ovoralar.
Anglakim, ahbobini kulbamda mehmon etmisham,
Itlari ogʻzida gar koʻrsang bagʻirdan poralar.
Anda Majnunmen, bu yon Layli sen etgach ijtimo’,
Bir taraf devonalar, bir yon pari ruxsoralar.
Xonaqah vaqfi suyin ichmaslar, ey shayx, anglagʻil
Gar xumor oʻlsa fano dayridagʻi mayxoralar.
Ey Navoiy, ishq aro oʻlmaktin oʻzga chora yoʻq,
Bas gʻalat boʻlgʻay demak ushshoqni bechoralar.

184

Xattu yuzung hajrida koʻzkim bulut monandidur,
Chashmai sabz ul biri, bu bir guliston bandidur.
Qildi yuz parkand hajring tigʻidin bagʻrimni ishq,
Itlaringning har biri ogʻzida bir parkandidur.
Javr qilsang qil meni bor eshikdin surmagil
Kim, koʻngulga vasl had yoʻq mehnating xursandidur.
Ishq ila paykonlari ichra balokash koʻngluma
Ioʻq tafovutkim shararlar shoʻ’laning farzandidur.
Oʻqlaringga yuqti bagʻrim qonimu, ey qoshi yo,
Yoʻqsa anda zeb uchun har yon baqam payvandidur.
Charxkim, har subh el qatligʻa aylar zahrxand,
Bu aning shirin tabassum birla shakkarxandidur.
Ey Navoiy, demakim koʻnglungga qilmish qasdi jon
Kim, mening koʻnglum annng jon birla hojatmandidur.

185

Osilmamish qulogʻingdin yuz uzra gavharlar,
Ki ayrilibdur ul oʻt shu’lasidin axgarlar.
Iting oyogʻini oʻpmakka na’lu mix ermas,
Sipehr raxshidin inmish hilolu axtarlar.
Yuzungda xoʻy emas, obi hayot qatrasidin
Quyosh jamoligʻa sun’i ilki taqti zevarlar.
Boshogʻlaring uchi ermaski, chiqti jismimdin
Chiqarmisham uchubon yetgali senga parlar.
Uzor safhasida xoʻblar xati demakim,
Tuz etti ishq meni oʻltururgʻa maxzarlar.
Bahor faslida maxmur boʻlma, dashtqa chiq,
Ki lola tutti base la’li rang sogʻarlar.
Navoiy oldurubon koʻnglini agar topmas,
Birovdururki qulidur jahonda dilbarlar.

186

Boshimgʻa koʻyida har dam gʻuluv qilur itlar,
Gar oʻlmasam bu gʻuluvni nogʻuluv qilur itlar.
Magarki gʻurbat aro zor oʻlmagimdindur,
Figʻonki, bir-biriga roʻ-baroʻ qilur itlar.
Osib boʻyunlarigʻa kiz azo uchun juldin,
Tong otqucha boshima navhamu qilur itlar.
Tutargʻa motamim, ayo, yigʻildilar yoxud
Qilurgʻa toʻ’ma tanam orzu qilur itlar.
Kuyub dimogʻlari gʻingshibon qochar har yon,
Yemakka jismim etin chunki boʻ qilur itlar.
Fano noʻli kiyikin ayla sayd sher ersang
Ki dahr jiyfasini justujoʻ qilur itlar.
Navoiy uzra hujum aylasa raqiblaring
Ne tong, gadogʻa hamisha gʻuluv qilur itlar.

187

Kecha badmast oʻlgʻanimdin infi’olim bordur,
Mayni emdi ogʻzima olmas xayolim bordur.
Ulki der may ich, uyatdin bilmagay oʻz holini,
Bilsa kim bazm ahli ollinda ne holim bordur.
Demakim may daf’ etar gar yetsa har dam yuz malol,
Kim ichardin oni har dam yuz malolim bordur.
Yor tavbam bilsa garchi may berur, bermay majol,
Yolborib uzr aytqumdur to majolim bordur.
Rindlar tavbamni sindurmoqqa bu taqrib emas,
Boda naf’idinki har dam qilu qolim bordur.
Zuhdu istigʻnomu yaxshi, yoʻqsa isyonu niyoz?
Shahr shayxidin bu yangligʻ bir savolim bordur.
Ey Navoiy, men xud ettim tavba, lekin netgamen
Kim, ajab mayxorai bee’tidolim bordur.

188

Qatlima tigʻ oʻlgʻalikim charx ishi ozordur,
Mavji ashkim aksidin poʻlod javhardordur.
Koʻk tegirmon toshi aylandurmoq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur.
Ishq dashtida quyun ermaski, men devonagʻa
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur.
Dard togʻida chaqinlar demadi oʻtluq kamand
Kim, solurda boʻynuma charx ilgidin takrordur.
Rahm qnl gardunki, bir dilxastamen, maqdur emas
Chekmagi gar mehnatu bedodi bu miqdordur.
Muncha dardu gʻussadin maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki ul yer kulbai xammordur.
Ey xusho, xumxonakim, qilgʻanning anda tarki xush
Koʻk xumidin har nekim kelgay farogʻi bordur.

189

Tovushkim uy toshidin kelsa dermen bagʻri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sogʻinurmenkim quyoshimdur.
Ichida togʻning qon, toshida yuz ming balo toshi,
Aning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur.
Sirishkimni jigar pargolasi bil dogʻi koʻz nuri,
Koʻngul sirrini, vahkim, zohir etgan ushbu yoshimdur.
Demay past oʻldi afgʻonim yelidin naxli ayshimkim,
Bu naxlim arrasi muhlik figʻon ichra xaroshimdur.
Emastur gardu goʻy ul shoʻx maydonida goʻyokim,
Biri farsuda jismimdur, biri sargashta boshimdur,
Urarmen yerga boshimni gʻamingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul urushum, bu taloshimdur.
Yomon holimgʻa hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun snz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur.
Falak qasri bila kun muttakosidin demang soʻzkim,
Fano dayri makonim, faqr tufrogʻi firoshimdur.
Dedimkim tushta mehrob ichra koʻrdum kofiri masti,
Dedi koʻrgil, Navoiy, koʻz ochibkim, koʻzu qoshimdur.

190

Kimki olam bogʻida bir sarvigulruxsori bor,
Bogʻ sayridin farogʻi, sarvu guldin ori bor.
Gul bila mayni netar devonayekim, koʻnglida
Bir parivash la’lidin may, husnidin gulzori bor.
Gul nasimu atridin mumkin emas topmoq iloj,
Kimki bir gulchehra xori hajridin ozori bor.
Jon yetib ogʻzima oʻlgum, bir nafas tangri uchun,
Ey Masihim, kel beri, ey muddai, sen nori bor.
Koʻzlariga xori mehnatdur gul ulkim, gul chogʻi
Guljabinlar koʻzlari yangligʻ iki bemori bor.
Dema bulbul zulmigʻa gul bogʻlamish bel, goʻyiyo
Charx zulmidin aning ham bogʻlagan zunnori bor.
Qoldi xurramliq falakdin tashqari, koʻr, ey koʻngul,
Kim qazo naqqoshining ne gardishi pargori bor.
Faqr yoʻlinda ogʻirroq yuk erur vobastaliq,
Ey koʻngul, tarki taalluq aylabon ul sori bor.
Ey Navoiy, oʻzni maqbul istasang, tufroq boʻl
Kim, erur mardud ulkim boshida pindori bor.

191

Suda yuzungmu aksi yo chashma aro pariymudur,
Chashmai mehr ichinda yo lam’ayi mushtariymudur.
Koʻyi behishti jovidon oʻzi behisht ichinda hur,
Qomatu la’lin anglamon toʻbiyu kavsarimudur.
Jismim aro yangi tugon har sorimu koʻrundi yo,
Har biri ishqi avjining muxtariq axtarimudur.
Uyga hanuz kirmayin dinima tushti yuz halal,
Buki kelur koʻr, ey koʻngul, ul buti ozariymudur.
Kuygan ichimda bodadin ishq oʻti boʻldi shoʻ’lazan,
Poralari bagʻirning ul shoʻ’laning axgarimudur.
Jomi jahonnamoyini vasf koʻp etting, ey rafiq,
Mehri muniri jomi yo maykada sogʻarimudur.
Eyki Navoiy ulfate ravzada yoʻqturur deding,
Asru taajjub aylama har gʻinaye Hirimudur.

192

Turrangki tobi yuzda oʻtumgʻa vasiladur,
Ul sham’ shoʻ’lasi aro mushkin fatiladur.
Olsa koʻzung hiyal bila koʻnglumni, ayb emas,
Bor ul fusungareki ishi makru hiyladur.
Ashhablaringki rishtagʻa tortildi dahr aro,
Solmoqqa sitez ajoyib taviladur.
Layli qabilasi oʻti qaydin koʻrunsa shom,
Majnunni kuydurur, bu ne oʻtluq qabiladur.
Kirsang fano tariqigʻa devonavor kir,
Ul vajhdinki, aql bu yoʻlda aqiladur.
Eykim jahon salitasini aylading nikoh,
Bilgilki, xasmkushdur, agarchi jamiladur.
La’linggʻa jonin etsa Navoiy fido ne bok,
Andin olurgʻa kom bu ishlar vasiladur.

193

Qaysi toʻbi jilvasi sarvi xiromoningcha bor,
Qaysi kavsarning znloli obihayvoningcha bor.
Gʻunchada gulbargdek til, joladek tish dogʻi yoʻq,
Desa boʻlgʻaymu onikim la’li xandoningcha bor.
Qayda sunbuldin nasim esgach kirar jism ichra rux
Kim, degaysen onikim zulfi parishoningcha bor.
Aylamas koʻz mardumi har koʻz quyosh ichra vatan,
Ani dey olmonki xoki anbarafshoningcha bor.
Novak ochmas gar toʻshar jon rishtasi ichra girih,
Demak oni boʻlmagʻaykim noʻgi mujgonnngcha bor.
Demakim, koʻnglungga qoʻygʻum zulm ila dogʻi ajal,
Sen gumon qilma anikim, dogʻi hijroningcha bor.
Ey koʻngul, qoningni istarsen tobonigʻa xino,
Koʻzlarim xunobi rangi ham sening qoningcha bor.
Urma himmat lofini olingda bu toqi sipehr,
Faqr koʻyida agar oʻz ganji vayroningcha bor.
Ey Navoiy, istasang davr ahli zulmidin xalos,
Ur fano dashtida gomu bora olgʻoningcha bor.

194

Yana sensiz ohim oʻti shoʻ’lazandur,
Ki gardungʻa har uchqun otashfikandur.
Qirib kulbam ichra kulu shoʻ’la koʻrsang,
Bu soʻzon koʻngul ul bir ozrdatandur.
Dema lolau xulla ichra uyubmen,
Ki ishqing shahidigʻa qonligʻ kafandur.
Iting oʻlsa jismigʻa jonimni solgʻil
Kim, ul jismgʻa bu munosib badandur.
Qayon boʻlsa koʻnglum uyin darding istar,
Nedinkim musofirgʻa mayli vatandur.
Falak shoʻxidin mehr koʻz tutma nevchun
Ki javr anga sheva, jafo anga fandur.
Navoiy xazin boʻlsa bogʻ ichra tong yoʻq
Ki sensiz bu mahzungʻa baytul xazandur.

195

To turrasi torida har sori tugunlardur,
Za’f ichra soʻngaklardin jismimda boʻgʻunlardur.
Daryou bulut ermas kim, ox ila ashkimdin
Ham yer yuzida koʻllar, ham koʻkta tutunlardur.
Shak ioʻqki yorutqaysen kulbamdagʻi zulmatni,
Hajringda menga, ey on, bilsangki ne tunlardur.
Ovorayu sargardon ishq ahligʻa boq har yon
Kim, vodiyi dard ichra ne nav’ quyunlardur.
Boʻrk oʻrnnda bosh eltur, naqd oʻrnida olur jon,
Atfoli gʻaming ichra bas turfa oʻyunlardur.
Jismimda tugonlarni ayb aylama, ey zohid,
Ki sabr ilngi tikkan xirqamda yurunlardur.
Ichganda Navoiy may dayr ahliga sud oʻlmish,
Solgʻil quloq, ey nosih, ul yonki ne unlardur.

196

Koʻz qonidin dema etagim lolavordur
Kim, koʻhi darding etagi lolazordur.
Har lolasi bir axgar erur lek sinasoʻz,
Qay koʻhi dard aro bu sifat lola bordur.
Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila
Yuz za’far ani ichra koʻzum lolakordur.
El poymol etarlar uzub dashtu togʻ aro,
Baskim yuzung guli qoshida lola xordur.
Qon ichra gʻarqu bagʻrim aro dogʻu dasht uza,
Bekasligim chogʻida menga lola yordur.
Soqiy, ketur sabuhn aro lolagun qadah,
Xossa bu damki subh yeli lolabordur.
Tegramda oh oʻtidin erur, ey Navoiy, oʻt
Koʻz qonidin dema etagim lolavordur.

197

Harorat jonima ul otashin la’l axgarindindur,
Anga taskin ham ul yuz ravzasining kavsarindindur.
Sochingning tiyra shomidin yuzung subhigʻa yoʻl topmoq,
Banogoʻshungdagʻi durri shab afroʻz axtarindindur.
Tahuro bodasi derlar yo erur jonbaxshu rux afzo,
Magarkim, choshni ul maygʻa la’ling sogʻarindindur.
Shabiston subhi davlatdin yorugʻroq boʻlsa tong ermas
Ki partav anda ul ruxsori sham’i anvarindindur.
Yuzung ochqach shamimi lutf olam ichra butratting,
Magar bu atr ul oʻt uzra xoling anbarindindur.
Bahor ayyomini besh kun gʻanimat angla, ey bulbul,
Ki muncha soʻzu tobing otashin gul mijmarindindur.
Navoiy, qilmagʻil bas zulm birla durfishonligʻkim
Maoniy bikrigʻa zevar hadising gavharindindur.

198

Bu tiyrai qotilki, oti hajr tunidur,
Ohim tutuni demaki, dogʻim tutunidur.
Jism ichra yuzung hajrida ming dard xadangi
Goʻyo koʻngul otashkadasining oʻtunidur.
Soʻngakdin emas rishtai jismimda boʻgʻunlar,
Ul torda ranjim adadining tugunidur.
Ul shoʻx simo’ ichra uchurmoqqa koʻnguldin
Xushu xiradu sabrni ofat quyunidur.
Uyqu ketirur su oʻti, lek uyquni olgʻan
Elning koʻzidin sayli sirishkimning unidur.
Oʻynay-oʻynay toʻksa ul oy qonim, emas tong
Kim barcha bular charxi muloib oʻyunidur.
Yuz pora boshimni iti rad qildi Navoiy,
Bilmaski soʻngaklarda baridin butunidur.

199

Qilgʻali azmi safar ulkim menga dilxohdur,
Ogah oʻz holimdin ermasmen, xudo ogohdur.
Men chu hajridin chekib yuz mehnat oʻldum, vah, ne sud,
Buki shaydo koʻnglumu jonim anga hamrohdur.
Ey nasimi vasl, esib jismimni jonon sari elt
Kim, firoqi za’fidin andoqki bargi kohdur.
Demang ul oy uzra solmish soya bir mushkin bulut,
Goʻyiyo men tortqon hajrida dudi ohdur.
Har nafas urdu sari ruhum qushi aylar havo
Kim, olib ketgan koʻngulni bir mahi xirgohdur.
Anglagʻil ahbob qadrinkim bular boʻlmay ne naf,
Gar senga aflok avji uzra taxti johdur.
Ey Navoiy, bejihat yor etsa hijron ixtiyor,
Soʻz demak boʻlmas nedinkim, sen gado, ul shohdur.

200

Lojuvardi qoshing uzra zarvaraq tobonmudur,
Yo magar koʻk toqi uzra anjumi raxshonmudur.
Zulfimu ohim yelidin sovurur olamgʻa mushk,
Ye sabo tahrikidin sunbul abir afshonmudur.
Xoʻy chakon orazmudur, yo husni bandi zulf aro
Yuz asir oʻlgʻan koʻngullar holigʻa giryonmudur.
Zarvaraqdin shoʻ’lalardur har taraf ruxsorigʻa,
Ye ul oʻtluq yuzda har yon bir koʻngul soʻzonmudur.
Hajri zolim shomi kavkabdinmu giryondur menga,
Yo aning subhi gʻarib ahvolima xandonmudur.
Eyki mayli jannat etmassen mening koʻnglum kibi
Notavon koʻnglung birov koʻyida sargardonmudur.
Boʻldi qaddi yo Navoiyning yuzi chun zarvaraq,
Lojuvardi qoshing uzra zarvaraq tobonmudur.

201

Ikki koʻzumki, dardu balo joʻyboridur,
Ohim buxori ustida abri bahoridur.
Ushshoq tiyra axtari har yon shafaq aro
Goʻyo sipehr sabzasining lolazoridur.
Bilmay deding uzulmish ekin subhai aqiq,
La’lnng gʻamida qon kibi ashkim qatoridur.
Gʻam gulshanida qaddim erur ul yigʻochkim,
Paykonu bori hajring aning bargu boridur.
Har kimki Yusufum gʻamidin oʻldi dasht aro
Har tun magar boʻri koʻzi sham’i mazoridur.
Bu dasht tufrogʻin dema mushkinki, har ovuch
Bir mushkboʻ gʻazzolai tan xokisoridur.
Bergil tutub piyola Navoiygʻa, ruhkim,
Jonin yeturgan ogʻziga la’ling xumoridur.

202

Jongʻa yoʻq koʻnglumdinu koʻnglumda yoʻq jondin xabar,
Menga ne oʻzdin xabar, ne mundinu ondin xabar.
Uyla masti nozdur ul shoʻxkim bilmas oʻzin,
Ne ajab, gar yoʻq anga men zori hayrondin xabar.
Voizo, doʻzah oʻti dogʻin oʻgarsen, angladim
Kim, senga yoʻqtur hamono dogʻi hijrondin xabar.
Garchi qosid nutqi jonafzo edi, lekin menn
Qildi jondin bexabar, gar berdi jonondin xabar.
Uyla mahvung boʻlgʻan ermishmenki boʻlmaytur menga
Zaxm aro paykonlaringni tortib olgʻandin xabar.
Soqiyo, davr ahli javri sa’b erur, mast et meni
Ul sifatkim, boʻlmagʻay oʻlguncha davrondin xabar.
Ey Navoiy, shoh lutfidin koʻngulni jam’ tut,
Gar parishon kelsa bok ermas Xurosondin xabar.

203

Quyosh yuzida xating sabzasigʻa maskandur,
Bu vajdindur agar rangi sabz ravshandur.
Koʻngulda ancha oʻqungdin oʻkuldi paykonkim,
Bashoq bila bu balo mazrayida xirmandur.
Qilib itobki, dushmanlarimgʻa boʻldung doʻst,
Alarki doʻstlarim erdi; emdi dushmandur.
Uzun firoq tuni barqdin netib kuymay,
Ki ajdaho xasim ustiga shoʻ’la afgandur.
Koʻngul ne nav’ balo toshidin omon topqay,
Figor jismim uyi ravzan uzra ravzandur.
Koʻngulni raz qizining suhbati bila sof et,
Ki dahr zoli ajab hiylasozu purfandur.
Navoiy oʻldn pariroʻylar havosidakim,
Deduk xiradligʻ, ul asru telba erkandur.

204

Shikanj turrasidinkim girih yozilmaydur,
Binafshayedurur, ammo hanuz ochilmaydur.
Koʻzung jafo aro andoqki bor bilmas oʻzin,
Gʻarib usruk erurkim oʻzini bilmaydur.
Chu hur husnun etar vasf hozini jannat,
Sennng jamolingga goʻyo nazora qilmaydur.
Damim bahori bulutida dard kojindin
Koʻzumga hech nafas yoʻqki, oʻt chaqilmaydur.
Erur mulk aro ishqim soʻzi, tutung ma’zur,
Ki bu fasona hanuz el aro yoyilmaydur.
Takabbur aylama, dehqon, dekim, bu gulshanda
Qachon gule ochilibdurki, ul sochilmaydur.
Oʻlar Navoiyi bedilki, xalqning koʻngli
Topildi, lek aning ovorasi topilmaydur.

205

Birov gʻami yana koʻnglumga qoʻzgʻolon soladur,
Birov demayki, bu oshubni falon soladur.
Necha yaqin boʻladur ul ogʻiz yoʻqi, lekin
Takallumi yana koʻnglum aro gumon soladur.
Taajjub aylamangiz daf’a-daf’a faryodim
Ki, shavqi koʻngluma yodin zamon-zamon soladur.
Rafiqlar, bilingizkim, musofirim yodi
Boshimgʻa har nafas tarki xonu mon soladur.
Desam shikib bila oʻzni zabt aylay, ishq
Yana bu shoʻ’lani koʻnglumga nogahon soladur.
Ne nav’ bulbuli zor etmasun figʻonki, sipehr
Bu gulshan ichra bahor oʻlmayin xazon soladur.
Navoiy oʻlsa koʻhan piru kuysa ayb etmang
Ki, mundoq oʻt anga bir shoʻxi navjuvon soladur.

206

Qasrinnng har kunguri uzra balo toshimudur,
Yoʻqsa botil ishq da’vo qilgʻan el boshimudur.
Gʻam tuni bilman shafaqdur, yo falak mir’otida
Aks koʻrguzgan koʻzumning la’ligun yoshimudur.
Kofiremu qatl aylar Ka’ba toqi ichra mast,
Yoʻqsa ul xunrezning usruk koʻzu qoshimudur.
Bir humoyun qush kecha sadqang boʻlur, ey mugʻbacha,
Qof anqosimudur, yo dayr xuffoshimudur.
Bogʻbonkim, sarv uzra aylamish payvand gul,
Sarv boʻyluq gulruxumdur, yoʻqsa boʻydoshimudur.
Ilgida jomu koʻrar may ichra olam holini;
Yorab, ul Jamshid yo mayxona qalloshimudur.
Tonglagʻi kavsaruchun dersen bugun may ichmagil,
Tek tur, ey zohid Navoiy sen kibi noshiymudur.

207

Sham’ ul oy hajrida har tun kuymakim ogohidur,
Dudi ermaskim, mening holimgʻa oʻtlugʻ ohidur.
Chiqti jon rozi emon koʻyungga borgʻay, negakim,
Har qayon azm etsa dardu gʻam aning hamrohidur.
Gar samanding gardidin qolmon, ne tongkim, bordur ul
Kahraboni kim bu xasdek jismi bargi kohidur.
Bir mahi xirgahnishin koʻnglumni olmish, ey rafiq,
Yoʻq ajab gar xasta koʻnglum nolasi xirgohidur.
Yer koʻngli istamish koʻnglumga surmak tigʻi kin,
Har ne dilxohi aning men telbaning dilxohidur.
Misri izzat istagʻan zindoni gʻamdin qochmakim,
Mohi Kan’on taxtigʻa bois mazallat johidur.
Ey Navoiy, men xud asrabmen gʻami ishqin nihon,
Aylagan zohir koʻngulning nolai jonkohidur.

208

Ul oʻtlugʻ chehragʻa zarbaft xil’at ne yaroshibdur,
Magar xil’atqa ul yuz lam’asidin oʻt tutoshibdur.
Falakning borgohigʻa kumoch oʻlmish quyosh jurmi,
Anga ohim sutundek dudi mundoqkim uloshibdur.
Maloyik qushlari gʻam shomi qoʻzgʻalmoq tong ermaskim,
Yetibdur koʻkka yuz ohim xadangi, balki oshibdur.
Balo dashti aro yuz ming oʻluktur, anda qotil ishq,
Xirad magʻlub xayli birla goʻyokim savoshibdur.
Labingdin jon topay deb koʻp talashdi hajr aro koʻnglum,
Oʻlar holatda ul bemordekkim jon taloshibdur.
Qadahqa boda taryokini quy toshquncha, ey soqiy,
Ki gʻam zahri bila jomim toʻlubtur, balki toshibdur.
Navoiy gar labi yodi bila qon yutti, jon tutti,
Tabibo, bilki, bu sharbat anga behad yaroshibdur.

209

La’li shavqidin koʻzu koʻnglumda ashku ohdur,
Yo zuloli Xizr ila anfosi ruhullohdur.
Koʻp shararliq dudi ohim birla chiqqan jongʻa boq,
Kim ming oʻtluq karvongʻa bir gado hamrohdur.
Baski boshni yerga urgʻan un bila uygʻondilar
Sarguzashtimdin kecha hamsoyalar ogohdur.
Ul zaqanda boʻlsa har bir qatra xoʻy kavkab, ne teng
Kim yashinning chashmasi yoninda boʻlgan chohdur.
Doʻstlar, mumkin emas boʻlmoq muyassar vaslikim,
Men anga dilxoh emon, ulkim menga dilxohdur.
To tiriktur shahgʻa koʻpraktur gadodin dardi sar
Chun oʻlum vaqti yetar – tengdur gado, gar shohdur.
Dayr piri ollida qilsam gadoligʻ ayb emas,
Ey Navoiy, bilki fayz ahligʻa shay’allohdur.

210

Dud yangligʻ dema koʻnglum ohi dard oludidur
Kim, koʻngul uzra tugon qoʻygʻon fatilim dudidur.
Abri xasrat yomgʻiriyu tiyri boroni fano,
Kisvati mavtu halokim turfa toru pudidur.
Dardi naqshin qildi har dogʻim uza sultoni ishq,
Ul diramlarning bu goʻyo sukkai behbudidur.
Ishq savdosida jonimgʻa ziyondur demakim,
Har kishi mundoq ziyon ishq ichra qilsa sudidur.
Xoʻblar koʻyida istigʻno yelidin har gʻubor
Kim, qoʻpar bir notavonning jismi gʻam farsudidur.
Javhari jonim olib tut jur’ai, ey mugʻbacha.
Kim bu naqd ahli fanoning budiyu nobudidur.
To Navoiy boʻlsa mugʻ dayrida mastu joma chok,
Kim tiriklikdin bu sultonligʻ aning maqsudidur.

211

Ul quyoshtin anru oʻrtangan ichimda qaygʻudur,
Koʻngul ichra su kibi qon, koʻz aro qondek sudur.
Tishlaringni sogʻinib koʻp yigʻlarimdin koʻz yoshim,
Bir-biri keynicha andoqkim terilgan injudur.
Koʻz yoshim ichra yoruq koʻnglum qarongʻu boʻlgʻali,
Tong emas nevchunkim ul yoshlargʻa tushgan koʻzgudur.
Ul tugonkim telbarab itgan koʻngulga oʻrtadim,
Qay sari borsa ul oyning qullugʻigʻa bilgudur.
Koʻzuma kelmas uchun kelganda ul yuz ollima,
Necha yaxshi anglamas koʻzkim quyoshqa oʻtrudur.
Qaygʻu oʻlturdi meni tutqil, ayoqchi, tustugʻon
Kim, chogʻir qaygʻuni oʻlturmakka achchigʻ ogʻudur.
Deb eding olgʻum Navoiy koʻnglin, olgʻach oʻrtading,
Yaxshilar olmoq yomonlar koʻnglini mundoqmudur.

212

Chiqmasa jonon gʻamu anduhdin jonim chiqar,
Zavqdin ul dam kirar jonimki jononim chiqar.
Maqdamidin bogʻ oʻlur ham dashtu ham koʻy andakim,
Jilva aylab bogʻdin sarvi xiromonim chiqar.
Titrangiz, ey ahli din, islomingiz boshigʻakim,
Gʻorati din etgali ul nomusulmonim chiqar.
Koʻzda ermas furqatidin ashki gulgun qatrasi
Balki koʻzdin ham bagʻir zaxmi kibi qonim chiqar.
Zaxm aro qolgʻan boshoq jonimgʻa yetmish, ey rafiq,
Rahm etib, tengri uchun chek dogʻi paykonim chiqar.
Charx agar afgʻonu faryodimgʻa yetmas ayb emas,
Kim aning bedodidin faryodu afgʻonim chiqar.
Soqiyo, ol bir qadah birla Navoiy koʻnglini,
Kim bugun derlarki sarxush koʻngul olgʻonim chiqar.

213

Koʻzda su, koʻngul aro oʻt, ne koʻrarsen oxir,
Yana ahvolin alarning ne soʻrarsen oxir.
Rishtai vasl ila bir zaxmini tik, rahm aylab,
Hajr tigʻi necha bagʻrimgʻa urarsen oxir.
Ul oy oshiftalarin aylar emish diljoʻluq
Munda, ey shifta koʻnglum, ne tuzarsen oxir.
Tushta hajrini koʻrub men senga sharhin aytay,
Ey hakim, oni agar aksi yurarsen oxir.
Tiyri boronki otar sharhi muqavvas basdur,
Necha qosh yosini qasdimgʻa qurarsen oxir.
Mazrai dahr aro soch, lutf ila ehson tuxmi
Har ne eksang oni-oʻq chunki oʻrarsen oxir.
Gar Navoiygʻa davodur unung, ey yor iti,
Hording erkinki, tong otquncha hurarsen oxir.

214

Furqat ichra sharbati la’ling visoli kam boʻlur,
Garchi derlar talx daryoda chuchuk su kam boʻlur.
Zulfu ruxsoring gʻami, ne tong buzugʻ koʻnglum aro,
Ajdaho gar boʻlsa vayron ichra mahzan ham boʻlur.
Koʻksuma otsang bir oʻq ot, yona bir yoninda kim,
Ul dogʻi koʻnglumni shod aylar, bu ham mahkam boʻlur.
Ul pari ishqin maloyikdin yoshursam, ne ajab,
Dardi yoʻqlar dard ahligʻa qachon mahram boʻlur.
Ohu ashkimdin shikoyat koʻp qilur hamsoyakim
Dudi ravzandin kirar uyning binosi nam boʻlur.
Gar egilsa qomatim yoʻqlugʻ yukidin, qilma ayb,
Kim sipehr uzra bu ogʻir yukin qoʻysang xam boʻlur.
Olam ahlidinkim ul oyni Navoiy tanladi,
Bilmadikim ishqidin ovorai olam boʻlur.

215

Muztarib koʻnglum aro ul yuz xayoli aylanur,
Mavjligʻ suda quyosh aksi nechukkim chayqalur.
To uzori jilvagardur, jilva aylar zulfi ham,
Mehr to aylar taharruk, soya dogʻi tebranur.
To ulusqa ishqi oʻt soldi, ajab yoʻq kuymagim,
Beshaga chun tushti har yon shu’la xas ham oʻrtanur.
Egma qad birla meni sargashtadurmen muntazir,
Toki chavgon azmigʻa bildimki ul shoʻx otlanur.
Shoʻxlugʻ rasmin anga taqlid etarlar xoʻblar,
Sekrimakta uylakim uchqun chaqingʻa oʻtkanur.
Aylay olmas orazingdin oʻzga yon koʻnglum havo,
Qush oʻzin mash’algʻa chun urdi qanoti churkanur.
Soqiyo, ber mayki, gʻam shomi xumori hajrdin,
Bir parishon tush koʻrub bu xasta har dam seskanur.
Kimki jon aylar fido qozgʻona dahr ahligʻa doʻst,
Anglagʻil, ey doʻstkim, ul dushmani jon qozgʻonur.
Ey xush ulkim, boshining ostidadur dilbar qoʻli,
Kim Navoiy kechalar bori oʻz ilgin yostanur.

216

Netib tuz etay qadkim, jismimda shikanlardur,
Naylab tuz uray damkim, bagʻrimda tikanlardur.
Tirnogʻ ila xatlarkim, ruxsorim uza chektim,
Yuz bogʻida gullardin har sori chamanlardur.
Yuz yoptiyu jon oldi, ochqanda ravon oldi,
Oʻlturgali oshiqni bilmon bu ne fanlardur.
Zulfungda tugun ermas, koʻyungda gʻubor ermas,
Aftoda koʻngullardur, farsuda badanlardur.
Yuz ahd ila mahvashlar koʻnglumni olib emdi,
Qatl ayladilar asru bad ahd ekanlardur.
Mayxonada har sori bir mastki bosh qoʻymish,
Kirpiglari goʻyokim jonlargʻa vatanlardur.
Jismida Navoiyning yuz momugʻ ila marham,
Bir necha oʻqung zaxmi bir necha tugonlardur.

217

Yuzungdek qamar yoʻqtur, qadingdek shajar yoʻqtur,
Shajar boʻlsa ham anda labingdek samar yoʻqtur.
Koʻzum ashkinnng roʻdi oqar tundu tez andoq
Ki, gar uyqu koʻz sari kelur hamguzar yoʻqtur.
Otin tutsalar nogah ketar uyla hushumkim,
Badan ichra ruhumdin degaysen asar yoʻqtur.
Koʻngul soʻrgʻali kelding, rafiqo, vale bilkim,
Ul ovoradin sendek menga ham xabar yoʻqtur.
Yoʻlunggʻa nisor ashkim agar oz erur, gar koʻp,
Itingga gʻizo koʻnglum agar bor, agar yoʻqtur.
Bu gulshanda, ey dehqon, necha ozimun etdim,
Vafo nahli ekkanga bahri gʻussabar yoʻqtur.
Navoiy firoqingdin aningdek zaif oʻldi.
Ki, oʻrnida el boqsa degaylar magar yoʻqtur.

218

Koʻzung sarfitnai olam tushubtur,
Qoshingdek bir yangi oy kam tushubtur.
Sepibsanmu gulob ul yuzga yoxud,
Guli surxiy uza shabnam tushubtur.
Koʻngullar zaxmidin solib chekarga
Magar qoshing uchigʻa xam tushubtur.
Labing hajrinda bagʻrimdin borur qon,
Magar ul zaxmdin marham tushubtur.
Emas yeldinki sayri bogʻ etarda
Ayogʻinggʻa suman gul ham tushubtur.
Iting singʻan safolida may ichsam
Ne tong, ilgimga jomi Jam tushubtur.
Navoiyni qovub istar raqibin,
Gado mahrumda, it mahram tushubtur.

219

Yana hamdamim shoʻ’lai gʻam boʻlubtur,
Gʻamim shoʻ’lasi jongʻa hamdam boʻlubtur.
Koʻngul pardasi ustida dogʻi ishqing
Bu tugʻro uza naqshi xotam boʻlubtur.
Qilib xoki koʻyungni balchigʻ sirishkim,
Tutashgʻon yolang tangʻa marham boʻlubtur.
Netib kuymayinkim, gʻaming kov-kovi
Yetibdur, koʻngul oʻti barham boʻlubtur.
Toʻlubtur koʻngul ishqing oʻqidin andoq
Ki, koʻp oʻq dogʻi oʻqqa mahkam boʻlibtur.
Tutub bir qadah anglat ey dayri piri,
Ki, bu korgah sirri mubham boʻlubtur.
Navoiygʻa rahm aylagil, ey parivash
Kim, ul telba rasvoyi olam boʻlubtur.

220

Zulfung ustida gajak qulloblar taqlididur,
Yoʻqsa kilki sun’idin ul tiyraning tashdididur.
Istadim chun vasli zulfu qaddidin koʻrguzdilar,
Jilva takrori magar ul zulfining ta’kididur.
Ul pari ishqida naylab qilgʻamen tarki junun,
Kim, bu ishda boʻynuma tushgan junun ta’vizidur.
Ishq aro Farhodu Majnun qatlini qilmoq bayon,
Yordin goʻyo meni qatl aylamak tahdididur.
Kufri zulfi ichra har soat rusuxum uylakim,
Dam-badam ahli yaqin imonining tajdididur.
Ul quyosh vaslin tilarsen, boʻl mujarrad, negakim
Koʻkka ruhullohni yetkurgan aning tajrididur.
Istasang jon, yo koʻngul qilsam taraddud, qilma ayb
Kim, Navoiyda alarni tanlamoq tardididur.

221

Qachonkim may ichargʻa bodanoʻshim iztirob aylar,
Burunroqkim oʻzin mast aylagay, bizni xarob aylar.
Guli ruxsorini xoʻy shabnami aylab taru toza,
Latofatda quyoshning chashmasin beobu tob aylar.
Meni majnun qayon gom urmagʻim gʻam dashtida soʻrmang,
Quyunni kimsa anglarmuki, qay jonni shitob aylar.
Tilib bagʻrimni ishqing tigʻi hajring oʻqigʻa tevrab,
Gʻaming bazmi uchun koʻnglum uyi ichra kabob aylar.
Har ohim dudikim, koʻk sari azm aylar, ani ishqing
Balo selobi kelturmak uchun mushkin sahob aylar,
Degil umrum quyoshi hajr shomida boʻlur gʻorat,
Qachonkim orazing xurshidi zulfungdin niqob aylar.
Mazohirdin jamoling mehri gar zohirdurur, tong yoʻq,
Qachon zarroti xayli man’i nuri oftob aylar.
Qulimen dayri piriningki, pinhon ishqim anglabtur,
Agarchi mugʻbacha hamdamligʻidin ijtinob aylar.
Navoiy xonaqah doʻzaxcha bordur, shayx anga molik,
Ne tong gar andogʻi elga nasihatdin azob aylar.

222

Har gahki qadah noʻshum mayli mayi nob aylar,
Mujgon oʻqigʻa shishlab, bagʻrimni kabob aylar.
Hajrim tuni bedodin anglar kishikim, har tun
To subh birov yodi jonigʻa azob aylar.
Kech kelmagidin oʻlsam jononning emas tongkim,
Ul umr darang aylar, bu umr shitob aylar.
Betob koʻngullardin qon oqsa ajab ermas,
Mashshota aning zulfin bu nav’ki tob aylar.
Xoʻy qatralari yuzdin la’linggʻa boʻlub moyil,
Jonim uchun ul maygʻa mamzuji gulob aylar.
Bu dayrda ayb etma, gar masti xarob oʻlsam
Kim, har ne imoratdur dahr oni xarob aylar.
Mast ayla Navoiyni anglay der esang komin,
Vasling tama’in hushyor aylarga hijob aylar.

223

Ey sabo, sharh ayla avval dilsitonimdin xabar,
Soʻngra degil koʻngul otligʻ notavonimdin xabar.
Chun menga berding xabar, lutf aylab ul yon dogʻi elt
Xotiri majruh ila ozurda jonimdin, xabar.
Gar bular koʻngliga ta’sir aylamasdek boʻlsa, ayt
Yer yuzin gʻarq aylagan ashki ravonimdin xabar.
Var munga ham qilmasa parvo, degil aflok elin
Kecha-kunduz jongʻa yetkurgan figʻonimdin xabar.
Qilsa istigʻno kerakkim, aylagay albatta rahm,
Gar desang jonim aro dogʻi nihonimdin xabar.
Aytkim, tutqil xabar mendin, yoʻq ersa topmagʻung
Olam ichra istabon nomu nishonimdin xabar.
Arz qil tadrij ilakim, shodligʻdin oʻlmayin,
Ey Navoiy, kelsa nogah dilsitonimdin xabar.

224

Qosidekim yetkurur koʻnglumga jonondin xabar,
Uyladurkim, bergay oʻlgan jismgʻa jondin xabar.
Dema ishqimdin xabarsizmu ekansenkim, menga
Bor edi oʻlmaktin, ammo yoʻq edi andin xabar.
Ne ajab ochnlsa koʻr oʻlgʻan koʻzum Ya’qubdek
Kim, nasimi subh bermay mohi Kan’ondin xabar.
Shodmen goʻyo firoq ayyomi boʻldi murtafi’
Kim, habibim kelmagiga yetti har yondin xabar.
Ohu ashkimdin xabarsiz boʻlmang, ey olam eli,
Kim berurlar ul biri sarsar, bu toʻfondin xabar.
Soqiyo, quy davr ayogʻnn uylakim noʻsh aylasam,
To qiyomat topmagʻoymen ahli davrondin xabar.
Ey Navoiy, tong yoʻq oʻlsamkim, oʻtibtur necha kun
Kim, menga yoʻq ne koʻngul, ne koʻnglum olgʻondin xabar.

225

Kuydi bagʻirki qolmadi ashkda qonidin asar,
Qon demayinki, koʻzda ham ashki ravonidin asar.
Xush asari noʻq erdi gar elga koʻngul figʻonidin,
Ohki, qolmamish aning emdi figʻonidin asar.
Boshigʻa, ey Masih, yet xastangningki, qolmamish
Jonda hayotidin ramaq, jismda jonidin asar,
Yuz quyosh oʻlsa ketmagay yer yuzidin qarongʻuluq,
Kirsa jahon aro koʻngul hajr zamonidin asar.
Boʻlgʻay ulus aro ul oʻt birla qiyomat oshkor,
Boʻlsa bu joni zorning ohi nihonidin asar.
Kam boʻl agar visolning tolibisenki, topmadi
Kimki fano yoʻlindadur nomu nishonidin asar.
Bordi, Navoiyo, aning koʻyiga zorliq koʻngul,
Koʻrgil agar inonmasang yoʻl uza qonidin asar.

226

Hajr aro qolmishmen, ey soqiy, labolab jom ber,
Dam-badam shoʻ’lamgʻa su quymoq bila orom ber.
Yer yuzi gul furqati ashkimni gulgun aylamish,
Sogʻari gulrang ichinda bodai gulfom ber.
Ey salomat ahli, oʻt mayxonadin, yo men kibi
Maygʻa sajjodang garav qoʻy, tarki nangu nom ber.
Dayrdin sarxush chiqib yuz noz ila, ey mugʻbacha,
Ahli taqvo ichra oʻt sol, molishi islom ber.
Torttim yillar xumori hajr aro nokomliq,
Rahm etib bir qatla la’ling bodasidin kom ber.
Telbalikda qilmadim ne arz qildim, ey rasul,
Tangri haqqi ollida ayturda sen andom ber.
Ey Navoiy, sen gadogʻa uyla siym andomdin
Vaslining imkoni yoʻq, tarki xayoli xom ber.

227

Zulfung ochilib orazi diljoʻ bila oʻynar,
Hindu bachaye shoʻxdurur su bila oʻynar.
Ul shoʻx koʻngul lavhin etib tiyra nafasdin,
Bir tifldur, alqissaki koʻzgu bila oʻynar.
Oʻynay-oʻynay, bogʻladi uyqumni fusundin,
To gʻamzasi ul nargisi jodu bila oʻynar.
Tong yoʻqki koʻngul boʻlsa koʻzung birla muloib,
Majnungʻa ajab yoʻq agar ohu bila oʻynar.
Bir loʻliyi bozigar erur chanbar ichinda,
Xolingkim oʻshul halqai gesu bila oʻynar.
Zohid bila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim,
It sayd qilur vaqtida tulku bila oʻynar.
Mugʻ dayrida mast oʻlsa Navoiyni koʻrungkim,
Bir olma kibi gunbadi menu bila oʻynar.

228

Bizga jahon bogʻidin ul sarvi gulandom yetar,
Ul chu yetar soyayi sarvu mayi gulfom yetar.
Bazm bu nav’ oʻldi esa sarv hadisin demakim,
Gʻuncha bila nargisidin shakkaru bodom yetar.
Din ulusi qatli uchun kufr eli hojat emas,
Ey falak, ish gar budur, ul ofati islom yetar.
Har nafas, ey ishq, aning dardi oʻtin koʻngluma yoq,
Boʻlsa bu marham chu oning ranjigʻa orom yetar.
Noʻshi visoling bila ahbobni qil kom ravo
Kim, menga darding mayi xunobasidin kom yetar.
Togʻ kibi tort qanoat etagi ichra ayogʻ,
Davri falakdnn senga bir qurs agar shom yetar.
Oʻtti koʻp ayyomu Navoiygʻa ishing fitna edi,
Muncha-oʻq oʻlgʻay sitam, zy fitnai ayyom yetar.

229

Hush chun may bazmi ichra dilsitonimdin ketar,
Tobi jismimdin hayot ozurda jonimdin ketar.
Bazmdin usruk chiqibkim, otlanur oliftavor,
Hush boshimdin, xirad vahmu gumonimdin ketar.
Tund markab uzra jismi har tarafkim boʻlsa xam
Teng boʻlub ham tobi jismi notavonimdin ketar.
Mastligʻdin har kishiga chopsa markab xoʻyfishon
Gʻayratidin ashk jismi xunfishonimdin ketar.
Uyga yetguncha yetar yuz qatla jonim ogʻzima,
Chun uyur ranju alam ruhi ravonimdin ketar.
Sa’b ish ermish ishq, yorab, yo mening jonimni ol,
Yoʻqsa bu beboklik nomehribonimdin ketar.
Ey Navoiy, jonima yettim koʻngul afgʻonidin,
Yonim etgil choku ul Majnunni yonimdin ketar.

230

Tilab yuzungni koʻngul hajrdin farogʻ istar,
Qarongʻu tunda nechukkim kishi charogʻ istar.
Bihisht borida doʻzax sari qilur ohang,
Habib koʻyi turub ulki gashti bogʻ istar.
Saloh koʻnglakini yirtib oh oʻtin yorutub,
Koʻngul firoqim aro koʻksum uzra dogʻ istar.
Sochingni islabon oshiftamen zihi savdo,
Birovki mushkdin osoyishi dimogʻ istar.
Hayot bodasidin nash’ai dogʻi xayf anga,
Ki lablaring mayi davrida oʻzni sogʻ istar.
Bu naqdi jannat arodur birovki, dayr ichra
May ichsa mugʻbachalar ilgidin ayogʻ istar.
Qoʻyung Navoiyi bedilni qilsa koʻyiga azm,
Ki koʻngli itmish aning – aylamak soʻrogʻ istar.

231

Bogʻ atri chu nasimi gulu shamshod berur,
Yorning gul yuzu shamshod qadin yod berur.
Borsa Parvez bari hashmati yelga ne ajab,
Joni Shirinni chekib ohki Farhod berur.
Jilva qildi qadingu nargisu gul boʻldi tonuq,
Anga qulluq xatikim savsani ozod berur.
Koʻrmon boʻlsa yuzung mushafini tifli chaman,
Nega gul daftari avroqini barbod berur.
Ey ajal, sun boʻyun ul gʻamzagʻakim bosh chekmas,
Har ne ta’limki shogirdgʻa ustod berur.
Qilma bedod burunroqki keturgaylar yuz
Angakim, zulmkash el cheksa figʻonu dod berur.
Tigʻi devona Navoiyni ne gʻam qatl etsa,
Chun anga jon yana ul huri parizod berur.

232

Qayu tarafki quyosh yangligʻ ul nigor borur,
Soʻngicha soya masallik bu xoksor borur.
Dema nujumki koʻk terlar ohim oʻtidin,
Ki shomi gʻam anga koʻp shoʻ’lau sharor borur.
Kularda rishtai durdek tishing koʻrub, ashkim
Tizilgan inju masallik tuzub qator borur.
Figʻonni zabt qilurman valek ul qotil
Chu jilva ayladi, ilgimdin ixtiyor borur.
Ichimda yuz boshogʻ, ey gul, ne ayb ingransam,
Alam topar tobonigʻa aningki, xor borur.
Bu guliston aro bulbulgʻa rahm qil, ey gul,
Ki hay, deguncha hazon yuzlanib, bahor borur.
Navoiy oʻlsa yedik koʻyi itlari soʻngakin,
Raqib qilma gumonkim desangki yor borur.

233

Xatti to bosh chekti koʻnglin may bila xushhol etar,
Husnixat istab yuz avroqin hamono ol etar.
Lekin ul oʻtni oyogʻ birla oʻchurgandek bosib,
Xattining xayli yuzining shoʻ’lasin poymol etar.
Par chiqardi ul pari yuziga yoʻqkim, egniga,
Vah, ne pardur buki andin elni forigʻbol etar.
Xat emaskim, qildi husni kishvarin zeru zabar
Kim, bu yangligʻ yuzni mashq avroqidin timsol etar.
Husnixatdin sabzipoʻsh oʻlmoqqa norozi edim,
Koʻr ne hol oʻlgʻayki, ul kisvatni emdi shol etar.
Husni zohirdin ne hosil, ey xush ulkim, har nafas
Shohidi ma’ni yuzidin oʻzni farrux fol etar.
To savodi xattini koʻrmish Navoiy za’fdin,
Jismini kilk anda mehnat oʻqlaridin nol etar.

234

Ohim gʻamingda gunbadi axzarni kuydurur,
Har uchquni falakda bir axtarni kuydurur.
Otashkada oʻtida samandar topar hayot,
Koʻnglum oʻti valek samandarni kuydurur.
To qomatinggʻa ne uchun oʻxshatti bogʻbon,
Ohim samumi sarvi sanubarni kuydurur.
Bir oʻtdurur tanimdaki, aning harorati
Koʻnglakni kul qilur, dogʻi bistarni kuydurur.
Derlarki ogʻiz oʻt desa kuymas vale bu oh
Chun sabt boʻlsa xomau daftarni kuydurur.
La’ling xayoli koʻngluma oʻt soldi, vah, koʻrung
Ne tez erur bu bodaki sogʻarni kuydurur.
Soqiy gʻam ichra oʻldi, Navoiy, piyola tut,
Kim gʻussalardin ushbu oʻt aksarni kuydurur.

235

Koʻnglum oʻtin zohir etsam barcha olam oʻrtanur,
Shoʻ’lasin gar tortsam toʻqquz falak ham oʻrtanur.
Momugʻ uzra bosibon kofuri qoʻymang dogʻima
Kim momugʻ dogʻi tutashur, ham bu marham oʻrtanur.
Gar gʻaming soʻzokidin koʻnglum kuyar, ermas ajab,
Har koʻngul ichraki tushti shoʻ’lai gʻam oʻrtanur.
Ayb emas har lahza ohim shoʻ’la cheksakim, koʻngul
Bir yuzi oʻtluq firoqi ichra har dam oʻrtanur.
Ishqing oʻti uchqunidin jismim andoq kuydikim,
Barq xoshak uzra tushsa bu sifat kam oʻrtanur.
Qaynabon koʻz chashmasidin ashk jismim oʻrtadi,
Yetsa joʻshon su qayu uzv uzra mahkam oʻrtanur.
Ey Navoiy, koʻnglum oʻti uzra su quy bodadin
Kim, koʻngul ul oʻtqa yetmas boʻlsa bu nam oʻrtanur.

236

Kecha har kavkab koʻrungach, yodima oyim kelur,
Oy chu tole’ boʻldi mehri olam oroyim kelur.
Zuhdu taqvo butrashingkim, bu kecha may ichgali
Baytul axzonimgʻa shoʻxi bodapoymoyim kelur.
Bu sarigʻ yuzungni koʻrmaski qilgʻay koʻngli rahm,
Baski yuzga qonligʻ ashki chehra oloyim kelur.
Vah, ne hijrondur bukim, aylay desam zikri visol
Dam-badam ogʻzimgʻa ohi mehnat afzoyim kelur.
Shayx ibriqu, ridosin chun koʻrarmen, yodima
Dayr aro paymona birla bodapoloyim kelur.
Ozimi dashti fano boʻldum kelur Majnun dogʻi
Gar qadam tez urmon andindurki, hampoyim kelur.
Koʻzlaru jonu koʻngulda manzil et orosta,
Ey Navoiykim, bukun mahbubi xudroyim kelur.

237

Kunduz ul xurshidi raxshondin koʻzumda yosh erur,
Kecha holim zulfi savdosi bila chirmosh erur.
Olmagʻandin naqdi birla yiqmagʻan mehrob yoʻq,
Ey musulmonlar, ne kofir koʻz, mufattin qosh erur.
Chok koʻksumdin ichimga solib ul oy koʻnglidek
Asraramkim, ham ul-oʻq boshimgʻa yetgan tosh erur.
Rahm emas berahmliqdur surmasang boshimgʻa raxsh
Kim, bu koʻp qatla aning pomoli boʻlgʻan bosh erur.
Ishq sirrin necha koʻnglum ichra pnnhon asrasam,
Ham koʻngul oʻti zabona chekkach elga fosh erur.
Qaysi gul bazmiki sugʻa, noʻqsa yelga bormadi,
Bu chamanda to bulut saqqo, sabo farrosh erur.
Masjid ichra istasang zuhdu riyo ahli aro
Kim, Navoiy dayr ichinda doxili avbosh erur.

238

Junun salosilidin boʻldi jismi zori haqir,
Soʻngak xalolki boʻynigʻa taqtilar zanjir.
Figʻoni zorima rahm etti turfa ishdurkim,
Parini ayladi majnun fusun bila tasxir.
Ne tong ketursa menga ishq har dam oʻzgacha hol
Ki, shoʻ’la vasfi aro dam-badam erur tagʻyir.
Xating savodi aro ojiz oʻldi ahli qalam,
Ki yozdi kilki qazo birla kotibi taqdir.
Gar etsa jonni tama’ uldurur hayoti abad,
Qabul qilmasa oʻlmaktin oʻzga yoʻq tadbir.
Sen oʻzlukung butin avval ushatqil, ey zohid,
Hamisha dayri fano ahlin etguchi takfir.
Navoiy andoq emish mastkim, xabar yoʻq anga,
Ki muxtasib ani koʻy ichra aylamish ta’zir.

239

Xoʻblar tigʻi yetishmasdin burun bu zor oʻlar,
Chin emishkim, boʻlsa koʻp qassob, qoʻy murdor oʻlar.
Demakim har dam koʻzidin yuz kishi bemor oʻlur,
Kirpikidin koʻz yumub-ochquncha ming bemor oʻlar.
Oʻlmakimdin qilma hayrat, eyki chekting tigʻi kin,
Qotil ar sensen, meningdek notavon bisyor oʻlar.
Dardidin oʻlmon tanimda cheksalar paykonini,
Jonni har kimning tanidin cheksalar nochor oʻlar.
Koʻngluma bir tigʻ ila oʻlmakni oson aylakim,
Furqatingdin ul zaifi notavon dushvor oʻlar.
Ishq bazmi bodasi gar boʻlsa mundoq ruhbaxsh,
Qoni oʻz boʻynigʻakim, bu davr aro xushyor oʻlar.
Benavolar ollida umri abaddin yaxshiroq
Har kishikim faqr yoʻlinda Navoiyvor oʻlar.

240

Gulni naylay, xotir ul ruxsori gulgun soridur,
Qoʻy gulafshonni, koʻngul bogʻi humoyun soridur.
Chekti qatlim tigʻini gardunu men ham oh oʻtin,
Ohkim, qatlimgʻa ohim dogʻi gardun soridur.
Koʻzlaring devona koʻnglum jonibin tutti, ne tong
Ishq dashtida kiyiklar xayli Majnun soridur.
Nomasin koʻrgach nedin koʻzu koʻngulga boʻldi rashk
Kim, agar ul boʻlsa xat sori, bu mazmun soridur.
El qading zikrin qilurda oqsa yoshim tong emas,
Tifli sofiy tab’i mayli soʻzu mavzun soridur.
Podshohekim, qanoat maxzanin istar, erur
Bir gadodekkim, xayoli ganji Qorun soridur.
Ey Navoiy, ista ma’ni olaminkim, keldi dun
Har kishikim, mayli ushbu olami dun soridur.

241

Chun meni majnun boshin atfol toshi sindurur,
Oh oʻti joʻlida sochimdin anga kiyz kuydurur.
Ahli dillar chehra ochti, yor ochmang diyda kim,
Har kishi ul yuzga koʻz oldurdi, koʻnglin oldidur.
Koʻrgach ul yuzni boshimgʻa urdi yuz tigʻi balo,
Koʻrki, chiqqur koʻz boshimgʻa ne balolar keltirur.
Koʻzda asrabmen bagʻir qonin, tilar boʻlsang xino,
Surtsam koʻzni ayogʻinggʻa hamul dam bilgurur.
Bul ajabliqlar jununum ichra koʻrkim, xalqni
Ishq bir dam yigʻlatur holimgʻa, bir dam kuldurur.
Navbahori husn deb topma firib, ey shoʻxkim,
Charx davri navbahor oʻtmay xazonin yetkurur.
Ey Navoiy, hajr anduhida mast oʻl zinhor
Kim, koʻnguldin gʻamni bir dam zoyil etgan maydurur.

242

Belu ogʻzini koʻrar koʻrmasta chun pinhon erur,
Bas muni quchmoq, ani oʻpmak qachon imkon erur.
Men dogʻi belinu ogʻzinki koʻrdum-koʻrmadum,
Yoʻq tamannolarni topqan-topmagʻan yakson erur.
Bevafolar qaddu mujgonini koʻp qilmang xayol
Kim, biri tuz oʻqdurur, bu bir itik paykon erur.
Ishvagarlar lablari qaydigʻa jondin kechmangiz,
Negakim oʻz qasdi joni qilgʻan el nodon erur.
Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin,
Kim bu bir dudi balo, ul shoʻ’lai hijron erur.
Noʻsh emastur dahr bazmida kerakkim, neshdur,
May demakim, sogʻari davron ichinda qon erur.
Ey Navoiy, bu gʻarib ishlarki taklif aylading,
Bizgadur bisyor mushkil gar senga oson erur.

243

Koʻngluma hajringda jannat gulshani zindon erur,
Koʻzuma sensiz guliston bogʻi xor afshon erur.
Daf’a-daf’a gul sochilmaydur gulafshon bogʻida
Kim, mening gulgun yoshimdin qatra-qatra qon erur.
Bahru togʻ etmang gumonkim, ul biri koʻzumga yosh,
Bu biri koʻnglumga dardu mehnati hijron erur.
Dema bir damda bulut koʻkni ne nav’ aylar nihon
Kim, bu mushkil dudi ohim ollida oson erur.
Buki har yon choqilur barqu gʻirev aylar bulut,
Koʻngluma ul shoʻ’la ohu bu biri afgʻon erur.
Yoʻqki turmas bir zamon yomgʻurki bir oy hajridin
Ashkbor ikki koʻzum selobidin toʻfon erur.
Aqlingiz bor ersa qilmang yor hajrin ixtiyor,
Kim bu ishni ulki qildi, men kibi nodon erur.
Kim mayi vasl ichtikim hijron xumorin chekmadi,
Xorsiz gul dahr bogʻi ichra ne imkon erur.
Doʻstlar, qilmang, Navoiygʻa nasihatkim, bukun
Hajr dardidin bagʻoyat besaru somon erur.

244

Dilbaro, sendin bu gʻamkim menda bordur, kimda bor?
Furqatingdin bu alamkim menda bordur, kimda bor?
Mazrai ayshim koʻkarmaydur samumi ohdin,
Yoʻqsa yoshdin muncha namkim menda bordur, kimda bor?
Qalbi roʻy andud ila sa’y etsa vaslin, ey koʻngul,
Dogʻdin muncha diramkim menda bordur, kimda bor?
Bor ekin vobastai tavfiq, yoʻqsa, ey rafiq,
Bu qadar shavqi haramkim menda bordur, kimda bor?
Qoʻyma minnatkim, yuzumdek pok yuz hech kimda yoʻq,
Buyla ishqi pok hamkim menda bordur, kimda bor?
Baxt ul oy qasrigʻa qoʻnmas, yoʻqsa dudi ohdin
Bu kamandi xam-baxamkim menda bordur, kimda bor?
Ey Navoiy, garchi jurmum koʻpturur, lekin bu nav’
Xusravi sohibkaramkim menda bordur, kimda bor?

245

Ul savodi xatmudur yo sabzai jannatmudur,
Yo quyosh uzra yozilgan oyati rahmatmudur?!
Buki sensiz kuydurur jonimni, bilmon yaxshikim,
Yuz tomugʻning oʻtimu, yo shu’lai furqatmudur?!
Eyki dersen lablarimdin hojating nedur degil,
Men suvsiz, ul chashmai hayvon demak hojatmudur?!
Demakim, ne erkin ul oyning quyoshqa nisbati,
Bir-biriga ikkisin oʻxshatqucha nisbatmudur?!
Qaddini koʻrgach ham oʻldum, ham tirildim ollida,
Rost gar dersen qiyomat de aning qomatmudur?!
Da’vii himmat qilib ulkim tilar olamda joh,
Qilmoq oluda najosatqa oʻzin himmatmudur?!
Gar Navoiy mehnati hijronda oʻldi, ayb emas,
Yuz tuman muhlik balo degil ani mehnatmudur?!

246

Yana sensizin munisim gʻam boʻlubtur,
Koʻzumga yurak qoni hamdam boʻlubtur.
Qarorib koʻzum dam-badam zor yigʻlar,
Anga shomi hajringda motam boʻlubtur.
Yaramdin chekarga oʻqin sa’y qilmang
Ki, paykon soʻngak ichra mahkam boʻlubtur.
Ichimdin nechuk tortqaylar oʻqinkim,
Koʻngul qoʻymasu jon madad ham boʻlubtur.
Koʻngulga yoqar kirpikingning xayoli
Mening zaxmima nesh marham boʻlubtur.
Gʻuborin tilab yigʻlarga har dam, ey koʻz,
Ki ashkingdin-oʻq yer yuzi nam boʻlubtur.
Bu gulshan aro barg toʻtilarigʻa
Xazon tifli bas boisi ram boʻlibtur.
Vafo shaxsining farqini charx tigʻi
Iki boʻldi, vahkim, biri kam boʻlibtur.
Emas gʻam yukidinki, qoshingni koʻrgach
Navoiy sujud etgali ham boʻlubtur.

247

Bagʻrimni tigʻi hajr ila pora qildilar,
To yor koʻyidin meni ovora qildilar.
Butgudek erdi vasl ila to koʻnglum jarohati,
Hijron qilichi birla yana yora qildilar.
Mazmuni oʻlmagu oti hijron gʻami degan
Yuz ming jafoni jonima yakpora qildilar.
Turgʻan yoshim oqizdilar ul on firoqida,
Sobitlarimni kavkabi sayyora qildilar.
Voiz uni surud erur ishgʻoli ayshigʻa
Qismat koʻyinda oniki mayxora qildilar.
May tutki, jom davrida-oʻq toptilar iloj
Jam’iki charx davrini nazzora qildilar.
Yo rab, ne dey alarniki, miskin Navoiyni
Behushu, aqlu, bedilu bechora qildilar.

248

Figʻonki, yor vafo ahligʻa sitam qiladur,
Niyozu ajz gunohigʻa muttaham qiladur.
Naimi vasligʻa xoʻy aylagan koʻngullarni
Asiri hajr etibon mubtaloyi gʻam qiladur.
Raqib behuda taqriri birla yuz taqsir,
Zaif gʻamzadalar otigʻa raqam qiladur.
Ne hukm qilsa vafo xayli jurmida gʻam emas,
Bu zulm erurki jafo ahlini hakam qiladur.
Muhabbat ahlini, vo hasrato kuyub oʻrtab,
Alarning ohi oʻtidin haros kam qiladur.
Chu gul vafosiz erur necha asrasa, vahkim,
Koʻngul qushi gulistondin emdi ram qiladur.
Zamona oʻq kibi tuzlarni sindurub yodek,
Alarki egridurur shahgʻa muhtaram qiladur.
Navoiy oʻlgay edi boʻlmasa umidi visol,
Bu qasdlarki, anga hajr dam-badam qiladur.

249

Ey jalolu rahmatingdin gar zalilu gar muazzaz,
Sabhai kavnayn oʻlub oting tirozidin mutarraz.
Yuz bu olamcha yaratmoq qudrating ollida joiz,
Sad’yakin ijod qilmoq oʻzgalarga yoʻq mujavvaz.
Muncha xil’at mahzani in’omu tashrifingdin oʻldi,
Charxu togʻu bahrgʻa atlas vagar xorovu gar xaz.
San’ating sabbogʻidin koʻk zoli kiygan xullai moviy,
Xoshiya boʻlgʻan shafaqdin zilligʻa rangi gul gaz.
Ofarinishni ixota aylabon andoq vujudung.
Kim, muhit ul doira koʻk nuqtadekkim boʻlsa markaz.
Bogʻbonga chun gʻino aylab nasib ehsoning ilgi,
Xoʻsha-xoʻshaki zumurrad, goh la’linob osib raz.
Nafs xor etmish Navoiyni, aziz et faqr birla,
Ey jalolu rahmatingdin gar zalilu gar muazzaz.

250

Sarv yangligʻ jilva qilsang noz ila, ey sarvinoz,
Jonlar etgaylar ayogʻinggʻa fido ahli niyoz.
Tanda har na’l ichra bir til shakli zohir ayladim,
Dayr uchun jismim gʻami ishqinggʻa yuz til birla roz.
Nuri ruxsoring koʻngulni qildi su, vah, koʻrmaduk
Sham’ tobi uylakim andin lagan topqay gudoz.
Ul sanamkim, qasri atrofida el bosh qoʻydilar,
Qa’badekdurkim, qilurlar barcha soridin namoz.
Yo sipand et yuz oʻtigʻa koʻzlarimning mardumin,
Yo yuzungni yopib ayla el koʻzidin ixtiroz.
Ishq agar komildurur ma’shuqin mahkum etar,
Boʻlmayin mahmud boʻlmoq istama yoring ayoz.
Gar Navoiy yigʻlasa ishqing mijozidur demang
Kim, nazar pok aylagach, ayni haqiqatdur majoz.

251

Shahsuvorim tavsani aylarmu oyo poʻya tez,
Yo quyosh tarki falak raxshin qilibdur garmxez.
Ul shihob ermaski, maydoni aro goʻy urgʻali
Sa’di kavkablar tushar yerga qilib koʻktin gurez.
Gardligʻ chavgon hamida axtar oʻlgʻay uylakim,
Goʻyi gʻabgʻab davrida chavgoni zulfi mushkbez.
Markabi ter qatrasi birlaki har yon sochilur,
Bir sahobi durfishondur yer yuziga qatra rez.
Goʻyi chavgon zarbidin tutmoq bila har dam havo,
Erurkim biym shishai gardunni qilgʻay rez-rez.
Soqiyo, may berki bu maydon aro goʻy urdi ul
Kim, falak chavgoni birla qilmadi har dam sitez.
Goʻy uchun indi kavokib gardidin yer tutti avj,
Ey Navoiy, voqif oʻl, goʻyoki boʻldi rustaxez.

252

Chu noma chirmadim yozib yuzung vasfida shavq angez,
Damimdin oʻt tushub bir boshigʻa qildi oni gulrez.
Oʻtum gar lahza-lahza tezdur ermas ajabkim, bor
Samanding tez ayogʻidinki sekrir shoʻ’la andin tez.
Och ul gulrang orazniki, andoq hech suvratda
Qazo naqqoshi ne chehra kushoy oʻlmish, ne rang omez.
Chiqib sarxush, chopib abrash, kirar maydongʻa ul mahvash,
Ajab ermas agar tushsa bori olamgʻa rustoxez.
Malak xayli boʻlur devona koʻrgach ul parivashni,
Meni majnungʻa shayxi bexirad talqin qilur parhez.
Erur mazlumu zolim qatli ishq ollida koʻp oson,
Agar Farhod oʻldi, qatl topmay qoldimu Parvez.
Agar jon pardasi kirpiklaringdin boʻldi parvezan,
Bu ham xushturki ruxsoring xayolidin erur gulbez.
Meni xilvatdin, ey zuhd ahli, mugʻ dayri sori boshlang,
Ki behad xush havodur koʻp terilgan gunbadu daxlez.
Navoiy xonaqahdin dayr sari borsa ayb etmang
Kim, ul asru kudurat zoridur, bu bas nishotangez.

253

Bas ettim ashkfishonligʻ chu zohir etting yuz,
Nechukki mehr koʻrungach nihon boʻlur yulduz.
Jafogʻa qoʻptungu tushti ayogʻinggʻa zulf,
Nechukki soya zamoneki mehr turgʻay tuz.
Mugʻanniyo, necha ohangi hajr, vah, ber, ham
Visol torini berkit, firoq rishtasin uz.
Gʻarib tiyradur bazmi aysh, ey soqiy,
Qadah quyoshin olib, boda lam’asin koʻrguz
Falakni sogʻar etib tut vale bu shart bila,
Qi tomsa toʻqquzu, oqsa ichur menga oʻttuz.
Harif boʻlmasa zinhor maygʻa sunma ilik,
Ki zahrdur kishikim bodani ichar yolgʻuz.
Navoiy atlasi gardundin etsa mayi polo,
Chu dayr durdikashimen demang bodani suz.

254

Sarvqadlar agar biru gar yuz,
Yuzdin ermas biri bizing bila tuz.
Gʻarazim ul sanamgʻa sajda durur,
Yer oʻpay deb qoshida qoʻysam yuz.
Yuzidin zulfigʻa koʻngul bormas,
Kimsa shabravligʻ aylamas kunduz.
Ne birov boʻlsa hamrahing toqat,
Ne tahammulki kirgasen yolgʻuz.
Har koʻzum ul quyosh firoqi tuni
Bir falakcha ayon qilur yulduz.
Bormen, ey piri dayr, bas maxmur
Karam ayla, karomate koʻrguz.
Qadi hajrida tortsam nola,
«Rost» ohangki, ey Navoiy, tuz.

255

Qilur paykonlaring koʻnglum oʻtin tez,
Agarchi qatra boʻlmas shoʻ’la angez.
Tanimgʻa ul bahori husndin oʻt
Tushub, har dam urarmen barqdek xez.
Erur gulbargi uzra obi hayvon,
Labing ul damki boʻlgʻay boda omez.
Demang la’li mayidin ijtinob et,
Ne sud etgay menga oʻlguncha parhez.
Osigʻ yoʻq joni shirin bersa Farhod
Chu Shirin la’lidin kom oldi Parvez.
Vafosizdur bahori umri, soqiy,
Mayi gulrang uzra ayla gulrez.
Ul oy vaslin tilar boʻlsang, Navoiy,
Ham ul shab zindadoru ham saharxez.

256

Koʻrunur otashin la’ling dilafroʻz,
Magar ollingda chektim ohi jon soʻz.
Topilmas nur aro olamda xurshid,
Koʻrungach ul jamoli olam afroʻz.
Visol ayyomi tong yoʻq ochsa ruxsor,
Ki doim ochilur gul boʻlsa navroʻz.
Quyosh ostida gardun sabzi hingi
Koʻrunmas mahvashim chun minsa koʻk boʻz.
Koʻngulga gʻam toshidin berma ramkim,
Hanuz ul sayd erur murgʻi nav omuz.
Koʻp otting novaku, dildoʻz, vahm et,
Navoiy ham chekardin ohi dildoʻz,

257

Ne ayb jon menga behol boʻlsa jononsiz,
Ne holi boʻlgʻay oʻluk jismi zorning jonsiz.
Toʻqquz falakdin oʻtar garchi novaki ohim,
Qilurmen oni ul oygʻa chekarda paykonsiz.
Koʻngul aro biri oʻtmay biri yetar gʻami ishq,
Bu uyda bir nafas ermon aziz mehmonsiz.
Jahonni tutti visolida shodligʻ ashkim,
Bahor sayli kam oʻlmish jahonda tugʻyonsiz.
Ichimda kirpiki, gar nola aylasam tong yoʻq
Koʻngulga nesh tikilsa boʻlurmu afgʻonsiz.
Menga qadahni damodam yeturgil, ey soqiy,
Ki gʻam halok qilur bor esam dame onsiz.
Navoiy oʻlsa demang, xoʻblarki, kimdin edi,
Siz ettingiz yuragin choku bagʻrini qonsiz.

258

Qush keturdi nomangu koʻnglumni qildi shoʻ’laxez,
Ayladi goʻyo qanotining yeli bu oʻtni tez.
Zor tandin ming tugon solmish qaro oʻlsam ne tong
Gulshani umrumgʻa bu yangligʻki boʻlmish bargrez.
Har sari hajringki sovurdi kulumni, yoʻq turur
Ishq ila dard ahligʻa mundoq nasimi mushkbez.
Eyki dersen chiqmamish ul masti kofir qatl uchun,
Bas nedin islom aro bu nav’ tutmish rustaxez.
Gar salomat istasang nekim yetar taslim boʻl,
Kim sitez ahligʻadur andin yetar koʻprak sitez.
Istama mendin damodam boda ichmak, ey rafiq,
Qim nishotim sogʻarin gʻam toshi etmish rez-rez.
Ey Navoiy, chun zaruratdur bu miskindin rahil,
Xohi tutqil goʻshai, xohi jahon mulkini kez,

259

Onsiz oʻlmoq erur oʻlmoq jonsiz,
Boʻlayin jonsizu boʻlmay onsiz.
Qoshi bu chok koʻnguldin ayru
Ne olmish yoyi erur qurbonsiz.
Ohkim, dard yuzidin chiqmas,
Oʻq emas boʻlsa erur paykonsiz.
Ishq daryosigʻa, eykim, kirding,
Bilki, bu bahr erur poyonsiz.
Yorsiz koʻnglum erur oshifta,
Mulk oshub topar sultonsiz.
Suvu oʻt ichrasiz, ey koʻzu koʻngul,
To ul oy orazigʻa hayronsiz.
Gar Navoiy chekar un hajr kuni,
Yoʻq ajab tun emas it afgʻonsiz.

260

Ey shikibu sabr bir kun xud menga yor erdingiz,
Yorligʻ ham boʻlmasa tegramda xud bor erdingiz.
Kelsa erdi har balo ollimgʻa asrab qoʻymayin,
Ohu afgʻon qilgʻali mendin xabardor erdingiz.
To asiri ishq boʻldum, qochtingiz ul nav’kim
Bizga to bor erdingiz goʻyoki agʻyor erdingiz.
Pandingizdin emdi ermasmen malul, ey doʻstlar,
Doimo men xastagʻa mundoq sitamkor erdingiz.
Demang, ey jonu koʻngulkim xorbiz yor ollida
Gar erur ul yor to bor erdingiz xor erdingiz.
Ey xarobot ahli, demangkim nedin gʻamnokbiz,
Mast edingkim gʻam edi har gahki hushyor erdingiz.
Bir yoʻli qovmang Navoiy koʻnglini, ey shoʻxlar,
Kim gahi ul benavoning koʻnglin asror erdingiz.

261

Nozaninlar benavolargʻa tarahhum aylangiz,
Lutf agar yoʻqtur, gʻazab birla takallum aylangiz.
Gah biyik, gah past giryon koʻrsaigiz ushshoqni,
Fosh kulmang, siz nihon bori tabassum aylangiz.
Hajri zulmidin qatigʻ holimni, ey jonu koʻngul,
Bildingiz yor ollida borib tazallum aylangiz.
Ey balou dard oʻtlar xud solibsiz jonima,
Lek siz ham gah-gah ul oʻtdin tavahhum aylangiz.
Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,
Siz mayi la’li bilan bori tana’um aylangiz.
Biz fano tufrogʻi boʻlduq dayr aro, ey ahli zuhd,
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.
Ey mugʻanniylar, Navoiy mast edi, kech uygʻonur,
Oni uygʻatmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.

262

Rozi ermasmen koʻngul chokini payvand etsangiz,
Qolgʻonin ham koshki parkand-parkand etsangiz.
Itlari ollinda solibkim meni ul koʻydin,
Qovmoq istarlar, dame mashgʻulu xursand etsangiz,
Qayd etarda ul pari koʻyida men devonann
Itlari zanjiri, birla koshki band etsangiz.
Soʻrmogʻimga kelsa Majnun netti, ey ahli junun,
Va’zu pand aytib meni bir dam xiradmand etsangiz.
Telba itni demangiz mendek nedinkim, or etar
Aqlu xush ahlini bir Majnungʻa monand etsangiz.
Eyki, debsiz pandingizdin bodani tark etgamen,
Tark etan avval meni shoistai pand etsangiz.
Gar achchigʻ yigʻlar Navoiy daf’igʻa, ey shoʻxlar,
Netti ollinda turub bir dam shakarxand etsangiz.

263

Doʻstlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz,
Mehri gardun boʻlsalar koʻz nuridin yorutmangiz.
Gar shoh oʻlsun, gar gadokim, solmangiz yuziga koʻz,
Yodini balkim koʻngul atrofida yovutmangiz.
Zulm ila yuz chok qilgʻon tangʻa gar marham yoqib
Butkarurbiz desalar ul zaxmlarni butmangiz.
El jafosining maloli qilsa har dam qasdi jon,
Koʻnglungizni gʻayribekaslik bila ovutmangiz.
Oʻksudi el mayli mendin bir yoʻli, ey dardu gʻam,
Gah-gahi siz bori boshimdin qadam oʻksutmangiz.
Hajr oʻtin jonimgʻa yoqtim, koʻrsangiz usruk meni,
Emdi, ey pand ahli, doʻzax oʻtidin qoʻrqutmangiz.
Chun Navoiy dasht tutti, emdn zinhor, ey vuhush,
Kim bashar jinsnni ul Majnun sari yovutmangiz.

264

Meni bir noma birla dilbarim yod etmadi hargiz,
Qulin qaygʻudin ul xat birla ozod etmadi hargiz.
Sirishkim sayli yiqmay qoʻymadi xud sabr bunyodin,
Buzugʻ koʻnglumda tarhi vasl bunyod etmadi hargiz.
Balolar togʻini hajrinda tirnogʻim bila qazdim,
Men etgan ishni oshiqliqda Farhod etmadi hargiz.
Chu naqdi sabr toroj aylading, koʻnglumga oʻt solding,
Bu nav’ oʻz kishvarigʻa shoh bedod etmadi hargiz.
Firoq ayyomida koʻp naf’ yetkurdi bu kim koʻnglum
Oʻzin ul shoʻxning vasligʻa moʻ’tod etmadi hargiz.
Ne tong devona koʻnglum itlaringga ta’n qilmoqkim,
Yebon yuz dardu mehnat toshi, faryod etmadi hargiz.
Erur ishq ollida jonim fido qilsam hanuz ozkim,
Ul oydin oʻzgani qatlimgʻa jallod etmadi hargiz.
Ne tong, ey mugʻbacha, ishqingda mast oʻlsamki, piri dayr
Bu ikki ishdin oʻzga bizga irshod etmadi hargiz.
Agar buzdi Navoiy koʻnglini ul bevafo tong yoʻq,
Vafo ahli uyin chun ishq obod etmadi hargiz.

265

Koʻnglum oldi yor chun yuziga boqib turdi koʻz,
Vahki, oldurdi koʻngul har kimsa kim oldurdi koʻz.
Boqqoch ul qotilgʻa soldi boshima tigʻ uzra tigʻ,
Olloh-olloh, ne balolar boshima kelturdi koʻz.
Hajr shomi koʻz yoshim boshimdin oshti uylakim,
Su yoʻlin har sari aylab, raxnalar bilgurdi koʻz.
Oh oʻtidin ayladi zohir koʻngul barqi balo,
Nechakim koʻnglumga ofat yomgʻuri yogʻdurdi koʻz.
Qoʻhi dard oʻldim menu tegramda xushu sabr elin
Yogʻdurub yoshimni sayli ashk birla surdi koʻz.
Hajr kojidin koʻzumga har zamon oʻt choqilur,
Bu chaqinlargʻa tanim xoshokini kuydurdi koʻz.
Oh oʻtidin bori qutqardi bukin, ashki aro,
Suv kishisi yangligʻ oʻz mardumlarin yoshurdi koʻz.
Nahs yulduzdek koʻzi chun tushti, barham boʻldi bazm,
Muxtasib mayxona ahli ayshigʻa yetkurdi koʻz.
Ey Navoiy, istama mendin koʻngulkim, yogʻdurub
Jolai ashkin, koʻngulning shishasin sindurdi koʻz.

266

Doʻstlar, olam eliga yoru hamdam boʻlmangiz.
Yor ila hamdam demaykim, oshno ham boʻlmangiz.
Oshnoligʻ aylabon oʻz joningizgʻa har zamon,
Boisi yuz ming jafou mehnatu gʻam boʻlmangiz.
Yeb parivashlar firibin soʻngra topmay iltifot.
Men kibi devonau rasvoyi olam boʻlmangiz!
Ey visol ahli, ul oyning dardu hajridin meni
Koʻp koʻrub gʻamnok siz ham asru hurram boʻlmangiz.
Vaslu aysh obod qilsun xalqni, ey dardu gʻam,
Siz buzugʻ koʻnglumdin oʻzga yerga mahram boʻlmangiz.
Ey xarobot ahli, yoʻq insonda imkoni vafo,
Mastligʻdin dev oʻlung zinhoru odam boʻlmangiz.
Gar Navoiy hajr aro boʻldi zalil, ey ahli vasl,
Emdi navbat sizgadur, muncha muazzam boʻlmangiz.

267

Menga ul koʻzi qaro dedi chuchuk chindin soʻz,
Ne ajab ani qaro koʻz desamu shirin soʻz.
Labi yuz va’dani andoq manga yolgʻon qildi.
Ki dey olmas kishi yuz yilda bir andoq chin soʻz.
Hajring afsonasidin soʻz der esam hajr tuni
Topmagʻay tonggʻacha tun yil esa taskin soʻz.
Beliyu la’li labi soʻzida lol oʻldi xirad
Kim, erur biri daqiqu biri bas rangin soʻz,
Har fasohatki labing qildi Masiho eshitib,
Jon topib kelmadi ogʻzi aro juz tahsin soʻz.
Husni vasfida soʻzum tutti bari olamni,
Murshidi ishq menga aylagali talqin soʻz.
Bazmi aysh ichra Navoiy ne ajab urmasa dam,
Ayta olmas chu nishot ahli aro gʻamgin soʻz.

268

Boʻldi shomu jongʻa ul oy hajridin qaygʻu hanuz,
Yetti subhu koʻzlarimga kirmamish uyqu hanuz,
Obi hayvoning gʻamidin toki za’fim boʻldi sa’b,
Bermamish bir qatra boʻgʻzum ichra, jono, su hanuz.
Javr oʻqin otting vale biym erdi hijron tigʻidin,
Yetti ul ham boshima, koʻnglumdin oʻtmay bu hanuz.
Novaking umridurur koʻnglumda xandon boʻlgʻali,
Bor aning mufrit jununidin munga kulgu hanuz.
Sehr ila ul koʻz qilib zulfung kamandin ajdaho,
Buzdi olam xilqatinu bas aylamas jodu hanuz.
Shohidi maqsud aksi koʻngluma tushmas demang,
Gʻayri naqshidnn magar pok ermas ul koʻzgu hanuz.
Dedi boʻl foniy visolim istasang, boʻldim fano,
Ey Navoiy, soʻrki mundin ortugʻ istarmu hanuz.

269

Chun qoʻyarmen ul jahon oroyishi bazmigʻa yuz,
Aysh bazmin, soqiyo, Bogʻijahonoroda tuz.
Sarvda yoʻq gul kibi ruxsoru gulda koʻzu qosh,
Husn aro ey gul’uzor sarv qadsen sen toʻkuz.
Tigʻ agar cheksang surar erning dogʻi tigʻini, bor
Yolgʻuz ermas iltimosi qatl agar cheksam boʻgʻuz.
Telbadur nokas raqibing, qatl erur vojib anga,
Mundin oʻzga yoʻq iloji itkim boʻlgʻay qutuz.
May uchun, zuhdum ridosin ol garav, ey piri dayr,
Dema naylay, chun xarobot ahli ichsa boda suz.
Chun yeti qat yerga kirgung oqnbat xolo, ne sud,
Gar sipehr ajnosidin ollinggʻa tortarlar toʻquz.
Vahki, to bir koʻrdi oʻl yuzni Navoiy, ey rafiq,
Sabri yuzdin birga keldi, shavqi boʻldi birga yuz.

270

Ey mugʻanniy, chun nihon rozim bilursen soz tuz,
Tortibon munglugʻ navo sozing bila ovoz tuz.
Navha ohangi tuzub ogʻoz qil mahzun surud,
Ul surud ichra hazin koʻnglumga mahfiy roz tuz.
Tuzma ogʻoz aylabon Farhodu Majnun qissasin,
Desang el kuysun mening dardim qilib ogʻoz tuz.
Istasangkim nagʻmang ichra koʻp xaloyiq oʻlmagay,
Ul ikovdin koʻp vale mendin tarona oz tuz.
Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz,
Dilbarimdin nagʻma soz etsang surudi noz tuz.
Chun bu gulshanda nishiman qilgʻali qoʻymas xazon,
Gul firoqi savtin, ey bulbul, qilib parvoz tuz.
Bazm aro oʻrtar Navoiyni nihon munglugʻ surud,
Ey mugʻanniy, chun nihon rozim bilursen soz tuz.

271

Senga xoʻydin toza boʻlmish obihayvon birla yuz,
Hajridin ogʻushta bizlar ashki gʻalton birla yuz.
Sham’i vasl eykim koʻzung yorutti shod oʻlkim, mening
Roʻzgʻorimgʻa qarordi dardi hijron birla yuz.
Bir sarigʻ kogʻazdurur tim-tim qizil boʻlgʻan manga,
Qatra-qatra ashkdin naqsh aylagan qon birla yuz.
Surtarim tufroqqa yuz hijronda zoye boʻlmagʻay,
Surtar oʻlsaq vasl aro bir-birga jonon birla yuz.
Ey ajal, qoʻykim qoʻyay yuz yorning koʻyigakim,
Qoʻygʻudekdurmen adam koʻyiga armon birla yuz.
Xonaqah ahli nifoqidin qutulmoq istabon
Qoʻymisham aning fano dayrigʻa afgʻon birla yuz.
Ey Navoiy, ul quyosh yodida andoqkim shafaq,
Bizga rangin ayla jomi charxi gardon birla yuz.

272

Ul pari koʻyida men devonani band aylangiz,
Band-bandim zulfi zanjirigʻa payvand aylangiz.
Xalq tarki ishqi aylarga meni dilxastani
Oʻlturub, olam eliga mujibi pand aylangiz.
Telba koʻnglum topsangiz, ey yor koʻyi itlari,
Tush-tushidin tishlabon parkand-parkand aylangiz.
Bodai ishq asru mast etmish meni, ey doʻstlar.
Jomima afyun ezib bir dam xiradmand aylangiz.
Yigʻlasam achchigʻ malul oʻlmoq nedur, ey xoʻblar,
Hazl uchun gohi boqib siz ham shakarxand aylangiz.
Ishq bahrida duri vasl istasang, ey ahli dard,
Koʻnglunguz ul naqd yodi birla xursand aylangiz.
Qilsangiz tasvir Layli husnin ul oydek sizing,
Lek Majnunni Navoiy birla monand aylangiz.

273

Yopilmas gar manga qonligʻ sudin koʻz,
Sanga lekin ochilmas uyqudin koʻz.
Yuzung lavhida vajhulloh ayondur,
Ne tong gar olmasam ul koʻzgudin koʻz.
Boqa olmon yuzung ollimgʻa kelsa,
Qamashur mehr koʻzga oʻtrudin koʻz.
Koʻzung el qoni toʻkkandin hasad yeb,
Ne qonlarkim toʻkar ul qaygʻudin koʻz.
Emassen holima giryonu xandon
Ki, yosharmish senga koʻp kulgudin koʻz.
Qadah charhida may mehrini sohiy,
Solib yorut menga ul yogʻdudin koʻz.
Navoiy mast koʻnglin ashk oqizdi,
Gum etti oxir aning behudin koʻz.

274

Ishq yuki ayladi torami a’loni koʻj,
Ne ajab ar aylasa men kibi shaydoni koʻj.
Tori sirishkim chekib dard qadim qildi xam,
Uylakim el chillani tortib etar yoni koʻj.
Oʻlmadim onsiz uyot boshim etibdur quyi,
Za’f gumon etmakim qildi bu rasvoni koʻj.
Gʻam yukidin za’fliq shaxsim egilsa ne tong
Kim, bu yuk etmish base jismi tavononi koʻj.
Zaxmima kirganda dard doli kibi boʻldi xam
Kimki erur naqbi rav charx qilur oni koʻj.
Egma qaddimgʻa boqib rahm qil, ey sarv kim,
Davr base ayladi qomati ra’noni koʻj.
Qildi Navoiy unin egri kibi tori hajr,
Aylagali noladin changdek a’zoni koʻj.

275

Jud emas koʻp bazl uchun koʻp mol qilmogʻligʻ havas.
Kim erur koʻpdin-koʻp ozdin-oz oni bil judu bas.
Razl taqdim etsa yoʻq ahli safogʻa hech bok,
Sugʻa ne nuqson gar oning ustida yer tutsa xas.
Yor isidur kom keltursun sabo yoxud shamol,
Doʻst tahririgʻa roviy xoh Buzar, xoh Anas.
Tojvarlar oq uyida sokin oʻlsa ahli ishq,
Uyladurkim, bulbuli hudhudgʻa boʻlgʻay bir qafas.
Korvoni dard ila qat’ et muhabbat dashtiin
Kim nidoyi mujdai vasl aylar anda har jaras.
Surma ul shabhez ayogʻi gardin itkim kechalar,
Itcha yoʻq koʻyida gar xud Shahna boʻlsun, gar Asas.
Gʻam tuni boʻlsa ne tong davlat kuni birla badal,
Subhdek ahli safo birla gar ursang bir nafas.
Dayr piri jur’asin gar tutsa bizga mugʻbacha,
Naqd jondin oʻzga oʻtrusida yoʻqdur dastras.
Ey Navoiy, ishq sirrin kim havas qilsa, dema
Kim eshitmakka bu soʻz loyiq emas har bulhavas.

276

Bogʻ aro ne sarv etarmen orzu ne gul havas,
Dahr bogʻida manga ul sarvi gulruxsor bas.
Ul kechakim yor ila yorutqamen sham’i visol,
Zinhor, ey subh, agar boʻlsang Masih urma nafas.
Kuydi ham tan, ham soʻngaklar tushgach ul yuz lam’asi,
Barq oʻtigʻa naylagay bir tor ila bir necha xas.
Naxli qadding uyla oliydurki, termak mevasin
Boʻlsa dogʻi dastras mumkin emastur dastras.
Oncha tiygʻi ishq chokidur tanim atrofida
Kim, ani koʻnglum qushigʻa dard aylabtur qafas.
Ul mahi mahmil nishin havdajda, koʻnglum tashqari,
Ne ajab gar tinmay oqgʻan cheksa andoqkim jaras.
Ey Navoiy, iltimos etma sanamlardin visol,
Gar desang koʻp kuymayin bizdin eshit bu multamas,

277

Jongʻa la’ling mayi jomidur multamas,
Ne Xizr suyi, ne jomi Jamdir havas.
Qotilim tigʻi koʻzgusi zang oʻlmasun,
Ey Masih, oʻlganim koʻrsang asra nafas.
Koʻz tutarmenki, bu su yoʻli berkigay,
Koʻyidin yel uchursa nekim xoru xas.
Koʻnglum ul xol asiri chu boʻlmish, erur
Ankabuteki, sand etmish oni magas.
Ne sharaf otingga boʻlgʻali poymol,
Ne oting poyiboʻsigʻadur dastras.
Kech topardin talab ahli maqsadgʻa yoʻl,
Goʻyiyo tinmayin nola aylar jaras.
Ey Navoiy, taning ichra jon yoʻqsa doʻst,
Kim koʻrubtur ikki bulbulu bir qafas.

278

Koʻyi toshi boshima hayf aylasam uyqu havas,
It uyur boʻlsa ayogʻ, ilgi boshin qoʻymoqqa bas.
Chun dedim, zulfung kamandin boʻynuma solgʻnl, dedi:
Itga boʻlmas Ka’ba qandili tanobidin maras.
Oh oʻti oʻrtarga jismimni ne mone’ koʻz yoshim,
Barq urgʻach oʻrtanur gar boʻlsa daryo uzra xas.
Choklar boʻlgʻan tanim qon la’liyu koʻz durridin
Bulbuli ruhumgʻadur, gavharlar oʻtkargan qafas.
Yoʻqsa mufrit za’f aro ogʻzimgʻa ul yuz koʻzgusin
Urmagʻaymen tiyra boʻlmoq vahmidin oʻlsam nafas.
Dard aro oʻlsang davo ahli zamondin istama
Kim, topilmas dahr aro bechoralargʻa chora ras.
Iltimos etsam labingdin jon topar deb qilma ayb
Kim Navoiygʻa budur oʻlguncha, ey jon, multamasg.

279

Koʻngul har tun farogʻ istab balo toshini yostanmas,
Agar har dam necha qatla ul oy koʻyini aylanmas.
Vale bu turfadurkim, gar figʻoni charxdin oʻtsun,
Ul oy noz uyqusidin chiqmagʻuncha mehr uygʻonmas.
Koʻngulga lofi ishqingdin necha berding oʻlum xavfi,
Bu yangligʻ va’da birla gar soʻrarsan emdi ham tonmas.
Labi la’ling xayoli hajr aro bagʻrimni qon qildi,
Jihat budur hamono qon yutardin gar koʻngul qonmas,
Ajal tigʻi ne boʻlgʻay elni maydon ichra qatl etsa,
Gar el gʻavgʻosidin chobuksuvorim emdi otlanmas.
Nasimi lolaroʻyum mahmiligʻa mayl qilmaskim,
Quyundek rashkdin xoki tanim yuz qatla toʻlgʻonmas.
Aningdek telba koʻnglum ul pari koʻyiga yuzlanmish,
Ki gar zanjirlar birla chekarlar xalqkim yonmas.
Oʻtub ishq ichra umrum, zohido, qoʻy zuhd irshodin,
Kishi mundoq uluq san’atni ulgʻaygʻanda oʻrganmas.
Gadolar silkidin koʻyi xarobot ichra xorijdur,
Birovkim ilkiga tushsa qurugʻ non bodagʻa monmas.
Hujum etti jahon mehnatlari, tut boda, soqiykim,
Qadah chekmay kishi bu xaylning daf’igʻa qotlanmas.
Muhabbat oʻti el birlaki yoqting, oʻrtanur jonn,
Navoiy, yoʻqsa hijroning oʻtidin oncha oʻrtanmas.

280

Menga bir sarvi gulruh boʻldi munis,
Ki hayrondur koʻzi ollinda nargis.
Chu gʻam bazxmida maydek hon yutarmen,
Erur la’ling hadisi nuqli majlis.
Koʻzu, qoshu, yuzu, zulfu, qadingdin
Meni behudgʻa barbod oʻldi besh his.
Falak toqidek etti qomatim xam,
Qoshing mehrobini tuzgan muhandis.
Daqoyiq ishq ilmn ichra koʻpdur,
Ki tafhimida ojizdur mudarris.
Asarsizdir koʻngulda shoʻ’lai rizq,
Boʻlur chun qalb roʻkash aylagan mis.
Navoiy erdiyu jon naqdi olding,
Tirik mumkin emas bu nav’ muflis.

281

Bizga davron bogʻidin bir sarvi gulruhsor bas,
Gohi andin jilva gohi davlati diydor bas.
Xil’atin zaxmimgʻa bogʻlargʻa ne xadkim, istasam,
Qilsa lutf andin muni tikmak uchun bir tor bas.
Men kimu zulfung tamannosi, agar kufr istasam,
Itlaring boʻyni tanobidin menga zunnor bas.
Hajr oʻtidin sindi koʻnglum, istamon qasring panoh,
Soya bir koʻngli buzulgʻangʻa sinuq devor bas.
Koʻzda bir uyquni koʻrsam, uyquda koʻrsam seni,
To ajal uyqusi ushbu davlati bedor bas.
Voizo, men osiy ermon, huru jannat loyiqi,
Mugʻbacha, soqiy, maqomim kulbai hammor bas.
Oʻzlugungdin oʻzni salb etsang evaz bir komdur,
Ey Navoiy, qilmagʻil, bu shevani zinhor bas.

282

Gulgun may ichib sunbuli chun gulga yopilmas,
Ul gulshan aro bizga ne gullarki ochilmas.
Gulzori jamolidaki paydo emas ogʻzi,
Ul nav’ gul ochildiki, bir gʻuncha topilmas.
Anfosi Masiho kibi ul nutqi nasimi,
Esmas birikim jon isi olamgʻa yopilmas.
Ey piri xirad koʻngluma koʻp qilma nasihat,
Nevchunki junun ahligʻa aql ahli qotilmas.
La’ling mayi to ichti koʻngul holini soʻrma,
Kim mastdur andin birikim oʻzini bilmas.
Hushyor ani bilgil, bu fano dayrida, ey shayx,
Kim toʻlgʻucha paymonasi bir lahza ayilmas.
Koʻyi sari bir kechaki azm etsa Navoiy,
Oy sham’in oʻchur charxkim, ul yoʻlni yongilmas.

283

Jongʻa la’lingdin bir oʻpmakdur qiyosa iltimos,
La’linga ham jonni kuydurmak ilohazal qiyos.
Koʻngluma zarbaft xil’at shoʻ’lasidurkim, erur
Tosh aro boʻlmoq nihon Farhodgʻa xoro libos.
Dedi koʻnglum kecha tong yoʻq pos agar tutsa koʻzum,
Vahki uyqu yoʻqturur tundin oʻtubdur necha pos.
Oʻt sochar ishqing koʻngul boʻlsa xaroson yoʻq ajab,
Ajdahodin tong emastur moʻrgʻa boʻlmoq haros.
Koʻnglum ichra mazra’i sabrim urulmay qolmagʻay,
Har soʻngak yonimda chun qat’igʻa oning keldi dos.
Xidmat ettim xonaqah shayxigʻa qadrim bilmadi,
Dayri piri bandasimenkim, erur bas haqshunos.
Ey Navoiy, kisvati faqru fano egniga sol,
Yoʻqsa xirqang tengdurur gar atlas oʻlsun, gar palos.

284

Tong emas gar chin yuzinda qahrdin mavjud emas,
Koʻzguning chunkim koʻrunmak javhari ma’hud emas.
Dasht aro ohim sari etgan musofir yuzlanib,
Fahm qilmaykim erur ohim buxori dud emas.
Koʻksum ochtim har taraf qildi gumon ul tiflkim,
Lolalar birla bezabmen, dogʻi xun olud emas.
Ishq bozorida savdo ahligʻa juz naqdi vasl,
Har nafas bir ganj agar uchrar ziyondur, sud emas.
Vasli ichra demakim ushshoqini rad qildi yor,
Hech kim mendekki hijronidamen, mardud emas.
Mayda aksingdur, koʻz ondin olmasam, soqiy, ne tong,
Toki diydor oʻlsa mandin mastligʻ maqsud emas.
Zarbi ishqidin muzayyandur yuzumning oltuni.
Ey Navoiy, demagilkim sukkai behbud emas.

285

Gar meningdur yor loʻli boʻlsa, shoh etmon havas,
Naylay ul shahniki har loʻligʻa boʻlgʻay hamnafas.
Shikva qilmon gar jafodin boshima yogʻdursa tosh,
Toqatim yoʻq elga qilsa bargi gul urmoq havas.
Yordin har necha bedod oʻlsa aylarmen qabul,
Lek boʻlsa gʻayr birla multafit, maqbul emas.
Jonni qoʻymasmen chibindek la’li uzra rashkdin,
Ul shakar uzra chibin qilsam tahayyul xol bas.
Bu baloni koʻrmasun oshiqki, qilgʻay iltimos,
Vaslin oningkim, birov boʻlgʻay anga ham multamas.
Oʻz nigori mahmilidin qilmasun deb koʻz xato,
Ishq dashti ahligʻa har dam nido aylar jaras.
Ey Navoiy, ishq atvorida budur zulmkim,
Gul maqomi bazm oʻlub, bulbul yeri boʻlgʻay qafas.

286

Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki qatlim, yo hayotimgʻa
Ayon ul zahri chashm aylab, nihon bu noʻshxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Kerak oʻz chobuki qotilvashi majnunshiorimkim,
Buzugʻ koʻnglumdin oʻzga yerda javloni samand etmas.
Koʻngul uz charxi zolidin firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin oʻzga boʻynunggʻa kamand etmas.
Ul oy oʻtlugʻ yuzin ochsa Navoiy tegmasun, deb koʻz
Muhabbat tuxmidin oʻzga ul oʻt uzra sipand etmas.

287

Yoʻq tama’ agʻyordin gar dushman ermas yor bas,
Yordin noʻsh istamon, nesh urmasa agʻyor bas.
Vasli bogʻidin demangkim muddai gul termasun,
Tersa tersun, urmasa bagʻrimgʻa yuz ming xor bas.
Kimga qildim bir vafokim, koʻrmadim yuz ming jafo,
Ey koʻngul, gar xud havasdur ishq bu miqdor bas.
Boʻlmasa ogʻzida may, yoxud koʻz ul guldin qizil,
Ohi otashnoki birla diydai xunbor bas.
Qasdima chekma hiloling tigʻini koʻp, ey sipehr
Kim, ul oyning tigʻ zulmidin bagʻir afgori bas.
Dahr boʻstonida gulgun xona qilsang orzu,
Bodai gulrang quygʻan kulbai xammor bas.
Ey Navoiy, soʻzda ma’ni yoʻqturur, ma’nida soʻz,
Durri ma’ni istar oʻlsang aylagil guftor bas.

288

Ishq aro eykim, firoq oʻtigʻa kuydung, gʻam emas,
Shukr qil yoring agar agʻyor ila hamdam emas.
Ey koʻngul, gar sen xarimi vaslidin mahrumsen,
Jongʻa minnat qoʻy, agar xud muddai mahram emas.
Oʻqunguz Farhodu Majnun dostonin zavq uchun
Kim, mening qissam kibi muhlik muhayyan ham emas.
Gʻurbatu bekasligim dardin ne bilgaykimki, ul
Men kibi sargashtau ovorai olam emas.
Mehri har dam, voykim, koʻnglumda mahkamrak boʻlur,
Garchi ul nomehribon oʻz ahdida mahkam emas.
Anglamoq ramze gar istarsen bu dayr avzoidin
Boda ichkim, dayr piri ollida mubham emas.
Ey Navoiy, xalqdin ranjing koʻp ersa gʻam yema,
Faqrning mun’imligʻi sarbi Maridin kam emas.

289

Zulfidur koʻnglimda har dam, oh chekmak sud emas,
Kim havogʻa mushku anbar gardi butrar, dud emas.
Husni vasfin soʻrmakim, ishqim kibi poyoni yoʻq,
Mehridin ne deykim, ul sabrim kibi mavjud emas.
Yuz vafo ahd aylasang yoʻqtur vafoyi ahdi shayx
Kim, sening ahdinggʻa oyini vafo ma’hud emas.
Lablaring hajrinda jonim qasdigʻa koʻz davrida
Nishlardur la’lgun, mujgoni xun olud emas.
Dogʻi ishqin koʻngluma qoʻydum, qanoat qilmadi,
Qalbi soyildekki, olib bir diram xushnud emas.
Anglagʻil nobudini yuz qatla xushroq budidin,
Solikekim faqr aro budi aning nobud emas.
Shayx agar yopti Navoiygʻa eshik, rasvo debon,
Shukr erurkim, afvu rahmat eshigi masdud emas.

290

Chok etib koʻnglumni ochilsun demak oson emas,
Gʻunchani emdo ochib gul aylamak imkon emas.
Dema zohidkim nedin hayronsen ul ruxsorigʻa,
Olam ichra bir kishi topkim, anga hayron emas.
Qatra suvlardur koʻngul oʻtigʻa taskin bergali
Qim, ul oy yogʻdurdi qoshi qavsidin paykon emas.
Hajri dashtida quyundekmen, vale ul men kibi
Xoksoru bodapaymo dogʻi sargardon emas.
Garchi husnung koʻzgudin kirdi temur qoʻrgʻon aro,
Mehrdek oyinagun aflokdin pinhon emas.
Gul vafosizligʻlaridin sharh etar mnng doston,
El gumon qilgʻan kibi bulbulda ming doston emas.
Ey Navoiy, ul paridin odamiyliq koʻrmasang
Ayb emas, ul hurdur yohud malak, inson emas.

291

Koʻnglum ichra dardu gʻam avvalgʻilargʻa oʻxshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Ne sitamkim qilsa rahmi mahfiy ermas zimnida,
Emdi qilsa har sitam, avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Demangiz Shirinu Layli oncha bor husn ichrakim,
Xoʻbluqda ul sanam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Javridin erdi alamlar emdi tutmish oʻzga yor,
Oʻlmishamkim, bu alam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Ishq aro Farhod ila Majnungʻa oʻxshatmang menn,
Kim bu savdoyi dijam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Koʻyining ehromidin koʻnglumni man’ etmang yana,
Kim anga azmi haram avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Ey Navoiy, qilma Jamshidu Faridun vasfikim,
Shoh Gʻoziygʻa karam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.

292

Har necha kuysam ul oy mehrimni paydo aylamas,
Aylasa ham oʻlsam oni oshkoro aylamas.
Ishvasidin iltifot ahvolima zohir boʻlur,
Zorlugʻ koʻrguzsam andogʻ ishva qat’o aylamas.
Jongʻa bir oʻlmakchadur har kimga parvo qilmogʻi,
Yana yuz oʻlmakchakim qatlimgʻa parvo aylamas.
Shoʻxlugʻlar birla sabrim xirmanigʻa oʻt solur,
Husn ila yolgʻuz meni bedilni shaydo aylamas.
Qayda yuzlansam junun hangomasidur xalq aro,
Ul chu yetti koʻz uchi birla tamosho aylamas.
Aylamas to husn bir sendekni olam ofati,
Ishq bir mendikni ham olamda rasvo aylamas.
Men ayogʻi tufrogʻigʻa naqdi jon aylay nisor,
Ne ishimdurkim, qabul aylar ani, yo aylamas.
Naqdi islomim olib, bir jur’a tut, ey mugʻbacha,
Boʻl ravonkim hech kofir boʻyla savdo aylamas.
Muddatidurkim, Navoiydur ayogʻing tufrogʻi,
Poyiboʻsung gar topar ortugʻ tamanno aylamas.

293

Labingdin ayru bagʻir laxt-laxt qonmu emas,
Bu qon nazar yoʻlidin dam-badam ravonmu emas.
Yuzungni pardada desam nihon tongirgʻamagʻil,
Menimu qilmadi Majnun oʻzi nihonmu emas.
Jahonu jon hazar etsa ne ayb gʻamzangdin,
Baloyi jonmu emas, ofati jahonmu emas.
Koʻngulga koʻyung aro rahm nevchun aylamading,
Gʻaribi telbamu yo zori notavonmu emas.
Ne ayb la’li labing hasratida jon bersam,
Hayot chashmasi yo umri jovidonmu emas.
Qadahni yaxshi toʻla aylamaysen, ey soqiy,
Xumor mehnatidin holatim yomonmu emas.
Qadam Navoiyi mahzun boshigʻa qoʻymas yor,
Gʻubori rahmu emas, hoki ostonmu emas.

294

Gulshani iqboli xori mehnatigʻa arzimas,
Bodai gulgun xumori nakbatigʻa arzimas.
Lolaruhlar vaslida yuz yil kishi qilsa nashot,
Bir zamonligʻ bilki dogʻi furqatigʻa arzimas.
Bahru kon naqdin agar yigʻding, vale yetgach ajal
Barchani solib ketarning shiddatigʻa arzimas.
Har necha tersang yigitlikning bahori gullarin
Bir xazoni shaybi ohi xasratigʻa arzimas.
Taxti izzat uzra nasb etsa birovni davri charx,
Azli koʻyining gʻubori zillatigʻa arzimas.
Har necha davlat sahobi sochsa gavhar boshingga,
Anglakim, bir qatla barqi ofatigʻa arzimas.
Hirqam olib rahn durdi dard ber, ey mayfurush,
Gar xarobot ahli sofiy ishratigʻa arzimas.
Har zamon yore ketar, jonimni olgʻil, ey ajal,
Kim hayot ahbobi dardi furqatigʻa arzimas.
Kimsa birla tutmagʻil ulfat, Navoiy, nega kim,
Ayrilurda menga boʻlgan holatigʻa arzimas.

295

Qilding ofat barqidin jonimgʻa oʻt yoqmoq havas.
Tifl oʻt yoqmoq uchun qilgʻandek oʻt chaqmoq havas.
Telba koʻnglum shoʻ’lai ishqingni istar jon aro,
Uylakim ahli junun aylarlar oʻt yoqmoq havas.
Yo mizojing tund ekandin, yo raqibing vahmidin
Boqa olmon, necha koʻz aylar sanga boqmoq havas.
Ishq jurmin boʻynuma tuttum vale bu jurm uchun
Qilmading zulfung tanobin boʻynuma taqmoq havas.
Sayli ashkim istaram koʻrsang vale koʻyung sari,
Istamon vayron qilur andishadin oqmoq havas.
Bazmi himmat ichra may ichsam qilurmen hazl uchun,
Charxning farqi uza rad ilgini qoqmoq havas.
Necha oʻt yoqmoq havas qilgʻung Navoiy zaxmigʻa
Anda bir qilsa boʻlur marham dogʻi yoqmoq havas.

296

Hoʻblar ming boʻlsalar, men xastagʻa bir yor bas,
Anda mehr atvorining mnngdin biri gar bor bas.
Antmonkim har vafo qilsam jafoye qilmasun,
Har vafogʻa ming jafo, gar aylamas izhor bas.
Har vafogʻa ming jafo ham qilsa qilsun munchakim,
Yor anga mahrumu mahram boʻlmasa agʻyor bas.
Ey visol ahli, sizu izzat harimikim, manga
Hajr koʻyi itlari ollida boʻlmoq xor bas.
Men kimu noʻshi labingdin istamak obi hayot,
Aylasa gʻamzang sinoni qatl bu miqdor bas.
Ey koʻngul, gʻamgin esang kup quysa soqiy ogʻzingga
Zarfini sibqarmagʻuncha qilmagʻil zinhor bas.
Yuz balo kelsa boshinggʻa sabr qilgʻil, ey koʻngul,
Yo xaloyiq ixtilotin qil Navoiyvor bas.

297

Olam ichra menga ul huri malaksiymo bas,
Ul qachon boʻlsa muyassar qadahi sahbo bas.
Gar shabiston ichida hojat esa sham’ ila nuql,
Ham oʻshul mohjabinu labi shakkarxo bas.
Naqdi jon bersamu la’li labidin qut olsam,
Umr bozorida men xastagʻa bu savdo bas.
Kimga bu dast beribdurki senga, bergay dast,
Ayla bu fikri maholotni, ey shaydo, bas.
Gar budur hodisai davr xarobot ichra,
Xirqai choki bila durdi qadah polo bas.
Hashmat ahli xazu xoroda yoshunsunki, menga
Notavon jismi fano gardida nopaydo bas.
Ey Navoiy, yetaring yorgʻa ermas mumkin,
Qilmasang koʻnglung aro gʻayri xayolin to bas.

298

Gʻamzanggʻa kishi nazzora qilmas,
Kim bagʻrini pora-pora qilmas.
Dardimgʻa agarchi yoʻq shumora,
Ishqing muni ham shumora qilmas.
Bechora meni dengiz gʻam ichra
Kim, yor gʻamigʻa chora qilmas.
Qilgʻanni jahongʻa ohu ashkim
Charx aylamasu sitora qilmas.
Ish qildi koʻngoʻlga dardi hajring
Qim, shishaga sangi xora qilmas.
Topmas kishi dahr bazmida kom
Kim, majma’idin kanora qilmas.
Xilvat aro kirgali Navoiy,
Juz maxlasin istixora qilmas.

299

Qilmon ul bebok kesgan na’lni oʻpmak havas,
Kim samandi na’lini oʻpmak muyassar boʻlsa bas.
Olam ahligʻa yetar faryodu ohim har kecha,
Voykim, yoʻqtur manga olamda bir faryodras.
Uyla kuydi hajr aro jismimki yoʻq andin asar,
Qayda topilsun asar chun noʻsh doʻzax ichra xas.
Koʻp sobuh etsam ne tongkim, sofu sodiq xaylidin
Bodadek bir hamdamim yoʻq, subhdek bir hamnafas.
Jam’ etar ovoralarni choklik koʻnglum uni,
Yoʻldin ozgʻanlarni ul yangligʻki afgʻoni jaras.
Gulshani vasl istagan koʻnglum qushigʻa tordur,
Charx yuz ming ravzani birla agar boʻlsa qafas.
Bersa ul guldin xabar xohi sabo, xohi shamol,
Desa paygʻambar xadisin xoh Buzar, xohi Anas.
Hirqa uldurkim, kecha kirsang chubulgʻan torigʻa,
Bogʻlagʻan oʻzni agar hud Shahna boʻlsun, gar Asas.
Ey Navoiy, olam ichra benavoligʻ koʻrmadi,
Ulki hargiz qilmadi olam elin koʻrmak havas.

300

Bizga ul mahvash tiliyu koʻngli birla yor emas,
Koʻngli ichra har nekim, aning tilida bor emas.
Tilga kelgan koʻnglum oʻtinkim, menga ul bagʻri tosh
Til bila gʻam yer, koʻngul birla vale gʻamxor emas.
Qoʻngli oʻzgadur, tili oʻzga, ne chora qilgʻamen,
Koʻngli yuz fikru tili birla biri izhor emas.
Ne tilim, ne koʻnglum ahvolin bilur ul shoʻxkim,
Koʻngli gʻam neshi, tili oh oʻtidin afgor emas.
Yor uldurkim, tiliyu koʻngli oning boʻlsa bir,
Kim tili oʻzgayu koʻngli oʻzgadur ul yor emas.
Kimki koʻnglin istamas gʻamgin tilini asradik,
Kim tilin tiygʻan kishining koʻnglida ozor emas.
Demakim dardingni sharx et, yo koʻngul, yo til bila,
Koʻnglum ermasturmu behud, yo tilim inkor emas.
Qaysi til birla deyin, koʻnglum tilaydur xonaqah,
Kim tilu koʻnglum aro juz kulbai xammor emas.
Shoh madhida Navoiy koʻngli ganju til kalid,
Yoʻqsa koʻngliyu tilida nuktayu guftor emas.

301

Nigorim dardima nazzora qilmas,
Nazora qilsa, dogʻi chora qilmas.
Tilab ogʻzin emas har damki, koʻnglum
Oʻzini gʻunchadek yuz pora qilmas.
Meni gʻam dashti ichra ishq iturdi,
Uzin el kuch bila ovora qilmas.
Koʻngulni aylagandek zaxm gʻamzang
Pichoq, balkim qilich ham yora qilmas.
Meni devona to qilmish koʻngulga
Nelarkim ul pari ruxsora qilmas.
Ne yersen dahr zolining firibin,
Vafo chun elga ul makkora qilmas.
Navoiydek yuzungga kim solur koʻz,
Ki zulfung roʻzgorin qora qilmas.

302

Birov aning labi jonbaxshidin nishon bermas,
Ki har kishiki qilur istimo’i jon bermas.
Adam tariqigʻa tushtum tilab aning ogʻzin,
Soʻrub kishi menga ul rozdin nishon bermas.
Abad hayoti kibi vasligʻa yetguncha
Firoq mahlakasi ichra umr omon bermas.
Labingdin oʻldi tanim rishtau tabibi xirad
Ilojin etgali sharbat bagʻir qon bermas.
Gʻanimat angla koʻzu koʻnglum ashk ila qonin,
Ki muncha injuyu la’li elga bahru kon bermas.
Zamona qildi menigʻgoh mastu goh maxmur
Ki, bir zamon may agar bersa, bir zamon bermas.
Navoiyo, gʻami jonim olurda sa’y etti
Sogʻindikim, tilagach ushbu notavon bermas.

303

Dahrdin mehru vafo qilma havas,
Elidin gʻayri jafo qilma havas.
Yetsa har dam senga yuz muhlik dard
Ulsang oʻl, lek davo qilma havas.
Ey koʻngul, vasl havas qilding oʻl
Zorligʻlar bila yo qilma havas.
Aylagan ishq havas kuch birla
Yuz tuman dardu balo qilma havas.
Koʻyi tufrogʻi erur mushki xito,
Istagan oni xato qilma havas.
Ishq dashtini desang qat’ qilay
Zodi rah gʻayri fano qilma havas.
Benavoligʻda, Navoiy, oʻlsang
Bazmi vasl ichra navo qilma havas.

304

Zihi oting bila maloyik ichra xurush,
Falak senga yangi oy birla na’li halqa bagoʻsh.
Gahiki fikrati zotingni aqli kull aylab,
Burungʻi jomda hayrat ani qilib behush.
Sipehr jomida qahring haroratidin zahr,
Quyosh zamirida mehring haroratidin joʻsh.
Ham etti nofai za’fung qamarni mushki davoj,
Ham etti gulshani lutfung shafaqni gulgun poʻsh.
Ne qahring oʻtidin emin faqiqi soyimi dahr,
Ne rahmatingdin navmid rindiyi durdi noʻsh.
Navoyi hamdingga bulbul tili boʻlub goʻyo,
Valek hayratu vasfingda gʻuncha ogʻzi xamush.
Navoiy oʻzni sotar qullugʻung bila, yuz shukr
Ki xudfurush emastur, yoʻq ersa zuhdfurush.
Avvalgi
I- qism