OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNavodir un-Nihoya (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm225KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Navodir un-Nihoya (II- qism)
Alisher Navoiy

Gʻazallar (davom)

305

Qoʻymadi shomi xumorim tiyralikdin aqlu xush,
May quyoshin kup sipehridin chiqar, ey mayfurush.
Istamon xudxush lekin yoʻqki xush olgʻan xumor,
May toʻla tutgʻilki, aylay mastligʻdin tarki xush.
Jom noʻsho-noʻsh xushtur ul sifatkim, dayr aro
Boda olib mugʻbacha noʻsh aylabon qildursa noʻsh.
Un chekib may tut der ersam dayri toqigʻa sado,
Demakim ham ushbu ma’nini nido aylar surush.
Arbadamdin gar toriqting, soqiyo, tut bodakim,
Boʻlmagʻumdur boʻlmagʻuncha masti loyaqil xamush.
Muxtasib ta’zir etar vaqti tanam qildi yalang,
Dayr pirining qulidurmenkim, uldur aybpoʻsh.
Gar Navoiy bir ayogʻ gohi ichar gʻam daf’igʻa,
Zohid andin oʻzni gʻamgin tutsa iching emdi qoʻsh.

306

Shomkim tun pardasidin istadi ixfo quyosh,
Parda olib yuzdin ul oy ayladi ifsho quyosh.
Yoʻqki chun kirdi shabiston ichra zulfi shomidin,
Orazi chun boʻldi paydo, boʻldi nopaydo quyosh.
Bazm chun tuzdi jamoli lam’asidin yoʻqki sham’,
Balki zohir ayladi bir sogʻari sahbo quyosh.
Subhgʻa tegru yuzidin ravshan erdi bazmu aysh,
Uylakim el xotirigʻa kelmadi aslo quyosh.
Lam’ai ruxsoridin qasrinda har ayvon aro,
Zarvaraqdin shamsalar erdimu bilmon yo quyosh?!
Mast oʻlub orazni chun maydon aro qildi nihon,
Sargʻarib titrab chiqardi pardadin siymo quyosh.
Ohkim, bir rub’i maskundin chiqib koʻp boʻlgʻusi
Jilvagar toʻrtunchi toramdin masihoso quyosh.
Qilma, ey gʻavvos, koʻp ishq ahlining ashkini man’
Kim, senu gʻalton guhar andishasi ushshoqu yosh.
Bil, Navoiykim, tafovutdur quyoshdin oygʻacha
Aylasang nazzora ul oy orazidin to quyosh.

307

Xusn bogʻi ichra qadding sarv boʻlmogʻliqqa tush,
Har havo qilgʻan koʻngul ul qad sari sarv uzra qush.
Umrlar gum boʻlgʻan ovorang yetishmish ollinga,
Marhabosigʻa ilik sun, dey xud olmasmen quchush.
Koʻksuma gʻam togʻida ishqing balo mismorini
Berkiturda ayladi Farhod metinin choʻkush.
La’li shahdngʻa havo qilgʻanda, ey jonim qushi,
Gar desangkim, topmayin maxlas, chibin yanglngʻ yopush.
Koʻyidin bizni chiqarmoqqa, raqibo, yigʻma xayl,
Husni qavmoqqa nasimi bas, emas hojat urush.
Ishrat etkim, charx ollinda tafovut yoʻqturur,
Xoh bazm ichra simo’ et, xohi kunj ichra tumush.
Dema hajrimdin Navoiy gʻamsiz ermas bir zamon,
Istasang kim gʻamdin ayrilgʻan, annng birla qovush.

308

Ul parivash odamivashligʻlar aylab qildi xash,
Har sari kim, bir malakvash bor edn devonavash.
Aytmon jom ogʻzinga yetgach, mennng ogʻzimgʻa quy,
Umri jovid istasam basdurki, boʻlsam jur’a xash.
La’li hijronida koʻnglum behud oʻlsa aybi yoʻq,
Kim jarohatdin chu qon ayrilsa tong yoʻq boʻlsa gʻash.
Yor chun jonimda mahfiydur, tavofut yoʻqturur,
Jilva qilsa zohiran gar ming yigʻoch, gar bir arash.
Chun malohat jon olur husn ichra oni istagil,
Xohi dilbar kishvari boʻlsun Xoʻtan xohi Xabash,
Soqiyi davron chu oxir toʻldurur paymonamiz,
Emdidin varzishqa oʻzni aylali paymonakash.
Ey Navoiy, muhtasib dayr ichra kirdi, bermasang
Rahnu may pologʻa bas loyiqdur ul dastoru fash.

309

Yorkim, yogʻligʻ bila koʻksum yarosin bogʻlamish,
Anda oʻt tushmish koʻnguldin qon tarashshuh qilmamish.
Bukn pora-poradur kuygan bagʻir birla koʻngul,
Itlari ollida ul kofir hamono toʻgʻramish.
Rishtai zulfungdakim, tutmish girihlar behisob,
Goʻyiyo qatl aylagan elning hisobin asramish.
Bir kishi savdoyi oʻlmay qolmagʻay bu nav’ kim,
Olam ichra sunbuli zulfung nasimi butramish.
Boshima tigʻ urdi koʻksum choku bagʻrim qildi zaxm,
Masti bebokim dedim qahr etmish ul xoh oʻynamish.
Harsari bir zaxmligʻ uzvum uzulgan topmish el,
Notavon jismimnikim, koʻyida itlar sudramish.
Olam ahli ichra bildik mugʻtanam har kimsakim,
Har vafogʻa ming jafo aylar kishiga uchramish.
Qoʻzgʻama bulbulni koʻp, ey gulki, davron bogʻida
Qolmamish qoʻzgʻalmayin ulkim, birovni qoʻzgʻamish.
Iztirobidin Navoiy koʻngli bir dam toʻqtamas,
Sensizin sogʻinmakim gʻurbatda koʻngli toʻqtamish.

310

Mehr emas, gardun yuzung hijronidin dogʻ oʻrtamish,
Oy emas, marham uchun momuq mudavvar aylamish.
Koʻnglum andoq chok-chok oʻlmishki, goʻyo toʻ’ma deb,
Hajr tigʻi itlaringga bir-bir oni toʻgʻramish.
Bismil etmish zor koʻnglum saydini qilgʻach shikor,
Ul shikorafgan xazin koʻnglum bu yangligʻ ovlamish.
Lola roʻyum asramay koʻnglumni gar azm ayladi,
Yodgor andin tugonlar chok koʻnglum asramish.
Yer yuzin tutqan bahor ayyomi ermas, lolazor
Kim, yuzung hijronidin giryon koʻzum qon yigʻlamish.
Dema soqiy ilkidin sofiymu xushtur, yoʻqsa durd,
Har ne andin keldi ul xushturkim, oni tolgʻamish.
Gar Navoiy yoridek yoʻq olam ichra, ne ajab
Kim, kezib olamni mahvashlardin oni tanlamish.

311

Ishq ichinda juz oʻlum mushkilki boʻlgʻay bizga ish,
Kim boʻlubtur jon bila gʻamzang aro borish-kelish.
Qon oqar har yon tanimdinkim, firoq anduhida
Qoʻymadim uzmay taabdin har qayon urgʻanda tish.
Koʻyida mash’al yurutgandek koʻrundi tonggʻacha,
Ul xud oʻtlugʻ zor sargardon mening koʻnglum emish.
Kecha oy davrida ikki sa’di kavkab koʻrmagan,
Koʻr yuzu ikki qulogʻi durlarin kiyganda kish.
Za’fliq sargashta jismimdin ajab yoʻq chiqsa oʻt,
Chunki oʻt zohir qilur koʻp davr tobqondin qamish.
Dahr issigʻ-sovugʻidin gar farogʻat istasang,
Obi otash rangini qoʻyma ilikdin yozu qish.
Ey Navoiy, chobukungning istasang poboʻsini
Boʻynungga ip taqmoq ummedi bila itdek irish.

312

Zulfigʻa har yon girih tushgan erur bas turfa ish,
Necha yerda telba koʻnglum qasdigʻa bel bogʻlamish.
Ravshan aylar shoʻ’la ustidin koʻrungan dudni,
Mahvashim engnida oltoyi bila boshida kish.
Yor jonim qasdigʻa har damki tishlar la’lini,
Mahkam aylarman figʻon qilmay debon ogʻzimgʻa tish.
Zor jismimgʻa ne tong sargashtaliktin tushsa oʻt,
Oʻt ayon aylar ilikda davr koʻp topqon qamish.
La’lidin jon olgʻali bording kelibsan jon berib,
Ey koʻngul, mardona bording, ul borishqa bu kelshd.
Gʻurrai husn oʻldung, ey gul, bilmading bu bogʻ aro
Har bahori kelsa andin soʻng xazoni bor emish.
Qon isi keldi Navoiy nazmidin, ermas ajab
Kim, bagʻir qoni bila koʻnglida topmish parvarish.

313

Koʻngluma kelmas xazoni bogʻ aro noranj xash
Kim, xazoni hajr aro boʻldi yuzum noranjvash.
Chehrai noranju men noranj yangligʻ talx kom,
Qayda kelgay kimsaga bu xol aro noranj xash.
Shoʻxi noranji libosi hajri koʻnglum oʻrtadi,
Sharbati noranj eta olmas menga man’i atash.
Boʻlmasa oltun piyola boʻlmasun kel, ey rafiq.
Jom etib noranj nisfidin boʻloli jur’akash.
Ul pari ishqida ittim boʻldi Majnunluqqa fosh
Andin ortuqkim, burun mundin menga erdi adash.
Shayx dastorin chu may vajhi yoʻq erdi bermadim,
Maygʻa marhun qilgʻali ul yaxshi may suzmakka fash.
Ey Navoiy, naylay el tarxon bila barlosini
Kim, berur koʻnglumga xolo molish ul shoʻxi malash.

314

Sabzai xat orazing bogʻini xazro aylamish,
Gulshani ruxsoring oʻzga rang paydo aylamish.
Har dam oʻlmish xattu la’lingdin yuz oncha oshkor,
Har ne ishkim umrida Xizru Masiho aylamish.
Vah, ne shaydovash yigitdurkim chiqib oliftavor,
Yuz tuman oliftani ishqida shaydo aylamish.
Qomatim yo, yuz uza ashkimdin etmish novlar,
Ulki aning kirpigin novak, qoshin yo aylamish.
Ne tamoshodurki yuz ming xalq oʻlmish, har qachon
Kim oni el, yoʻqsa, ul elnn tamosho aylamish.
Boʻlmamish paydo meningdek zoru sendek rahmsiz,
Tengri to mehru muhabbat rahmi paydo aylamish.
Ey salomat ahli, butrangkim meni bir mugʻbacha
Dayrdin usruk chiqib bu nav’ rasvo aylamish.
Fard boʻlkim ul kishi dunyoda boʻlmish ahli tark,
Kim fono yoʻlida tarki ahli dunyo aylamish.
Qoʻp Navoiyning musallou ridosin soʻrmakim,
Birni rahna boda, birni bodapolo aylamish.

315

Orazin koʻrdum nihon, ashk ayladi, sirrimni fosh,
Yoshurun qolmas oʻgʻurluq uy arokim boʻlsa yosh.
Zulfi sarkashlik qilur har nechakim, ul cheksa qad,
Soya garchi qisqarur doim biyik boʻlgʻach quyosh.
Har sari moʻ ul pari hijronida bir yoradur,
Baski atfoli junun boshim uza yogʻdurdi tosh.
Aylagil nolam xaroshidin hazar, ey siymbar,
Kim bu suhon birla nogah topmagʻay siyming xarosh.
Qa’badur koʻnglum uyi, aylang tavof, ey dardu ishq,
Anda mehrob oʻrnigʻa yer tutqali ul egma qosh.
Dahr bogʻi ichra chun bir gulga yoʻq boʻyi vafo,
Qilmagʻay erdi havo koʻnglum qushi ul gulga kosh.
Ey Navoiy, dayr aro tutsa ayogʻ ul mugʻbacha,
Noʻsh etib olma ayogʻidin aning oʻlguncha bosh.

316

Husn devoni uza matla’dur ul payvasta qosh,
Kotibi taqdir aning misralarin yozgʻan tutosh.
Jolai ofat kibi ul oy bahori husnida
Charxi anjum javharidin yogʻdurur boshimgʻa tosh.
Oʻtluq ohimdin boʻgʻuz ogʻzimgʻacha majruh erur,
Ayb qilma, ey koʻngul, nolamda fahm oʻlsa xarosh.
To sirishkim qongʻa evruldi dame tinmay oqar,
Muztarib boʻlmoq ajab yoʻq boʻlsa xun oluda yosh.
Yoshurun erdi gʻamim mufrit qadah oʻtgan kecha,
Yigʻlatib beixtiyor etgan emish el ichra fosh.
Xilvat etgan ixtiyor ilgida bir ibriqi may,
Tong emas gar qilsa bir bodom ila har kun maosh.
Ey Navoiy, keldi yoru bordi koʻnglungni olib,
Yana bir qatla kelib joningni dogʻi olsa kosh.

317

Donai xoli labing koʻnglum qushin rom aylamish,
Kim ani tutqanda jonim rishtasin dom aylamish.
Anbarin xattinggʻakim, andin kelur boʻyi vafo,
Jon fido garchi umidim subhini shom aylamish.
Lablaringdin ruxparvar nutq zohirdur, magar
Ruh qudsi obihayvon ichra orom aylamish.
Humrat etmish oshkor ul usruku xunxora koʻz,
Qon ila mamzuj may goʻyoki oshom aylamish.
Sarvu gulga bogʻ aro dermenki, jon aylay fido,
Toki jonim qasdi bir sarvi gulandom aylamish.
Chiqti, vah, usruk yana ul kofiri bebokkim,
Har qachon chiqqanda qatli ahli islom aylamish.
Dayrni qilmish koʻzumga guliston, en mugʻbacha,
Ul mayi gulgunki, ruxsoringni gulfom aylamish.
Kom vaqti tarkidunyo aylagan topmish hayot,
Yoʻqsa yetganda ajal xudkomu nokom aylamish.
Qani rasvoye Navoiydek, agarchi oni ishq
Neknom eldindurur deb oni badnom aylamish.

318

Labing bu xastagʻa nevchun takallum etmadi ish,
Ki bir soʻkunch birla hosil etsa yuz olqish.
Otar hamisha qosh yosi birla gʻamza oʻqin,
Agarchi boʻlmas oʻq otmoq, yoʻq ersa yoda kerish.
Boshoqlaringmu ekin bagʻrim ichra yoqildi,
Iting chu toʻ’ma uchun anda mahkam ayladi tish.
Tariqi ishq aro komildurur koʻngul, ne ajab,
Kamol topmoq etib ishni ishq ila varzish.
Zaif jismimni to tigʻi yordi – nolonmen,
Nechaki chiqmas uni, chunki chok boʻldi qamish.
Chekar gul ollida bulbul figʻon magar bildi
Ki oʻtsa vasl bahori xazoni furqat emish.
Navoiy, asra nihon ish nuktasin zinhor,
Ki ishq piri menga yoshurun nulta demish.

319

Yozuqsiz, jurmsiz bedod etar fosh,
Menga ul surmasiz koʻz, oʻsmasiz qosh.
Figʻonkim, bu taraf boqmay oʻtarsen,
Nechakim koʻzlarim yummay, toʻkar yosh.
Sirishkim sayli har yon uyla surdi,
Ki topmon koʻksuma urmoq uchun tosh.
Iliking oʻpgali ochmish ogʻizlar,
Qilichingdin sarosar zaxmliq bosh.
Hamono qolmas oʻz rangida xoli
Sizarda suvratingni koʻrsa naqqosh.
Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Qaram qil, mayki bor, biz asru qallosh.
Demish, kelsam Navoiy qatli aylay,
Qelib ne koʻngli istar, aylagay kosh.

320

Ul gulekim, bazmida zogʻu zagʻan qilgʻay xurush,
Avlo ulkim, bulbul uchqay uchmasa boʻlgʻay xamush.
Gar Sulaymon majmaida boʻlmagʻay juz Ahraman
Kimga ul majma’ aro, yorab, nido qilgʻay surush.
Yorgʻa agʻyor xayli boʻldi matbu’, ey koʻngul,
Emdi gʻam hamxonasida ya’s jomin ayla noʻsh.
Shoh bazmidur dogʻi mahkumlugʻ, vah, dayr aro
Hokim aylar bir qadah birla gadoni mayfurush.
Xushmand el sari bu dayr ichra boqmas mugʻbacha,
Bir qadah lutf etsa piri dayr, etarmen tarki xush.
Saxtkush elga dema oxir falakdur saxtgir,
Arzimasdur ancha hech ish xud boʻlurgʻa saxtkush.
Ikki dunyodin agar kechsa Navoiy, ayb emas
Har qachonkim, ul buti xummor alidin ichsa qoʻsh.

321

Surohi to mayi la’ling visoli orzu qilmish,
Ani bu mastligʻ devonai joʻlidamoʻ qilmish.
Chibinlar shakkari la’lingda yoʻq, jon qushlaridurkim,
Su ichmaklikka hayvon chashmasi uzra gʻulu qilmish.
Adamdur ul ogʻizkim, xurdabini aql topmaydur,
Vujudin garchi ul qatlim ishida guftu-goʻ qilmish.
Gʻaming jon pardasin chok aylasa gardun na yogʻligʻkim,
Labing oritting oning rishtasi birla rufu qilmish.
Koʻngulkim tashnai la’li labingdur, vahki, sud etmas
Anga garchi visoling va’dasi bagʻrimni su qilmish.
Labi yetgan qadah taryoqidin yetkurgil, ey soqiy.
Ki hajr achchigʻligʻi jomim aro mayni ogʻu qilmish.
Visoling noʻshi birla oʻzgalarga quti jon boʻlkim,
Navoiy joni muhlik hajr neshi birla xoʻ qilmish.

322

Ne xam qoshlardururkim, hasrati qaddimni yo qilmish,
Ne kipriklar oʻqikim, roʻzgorimni qaro qilmish.
Ne pechu tobi xadsiz domi zulf erkinki, ochilgʻach,
Demay koʻnglum qushikim, uyla yuzni mubtalo qilmish.
Ne koʻzlardurki, olmish koʻz yumub ochquncha koʻnglumni,
Qilib bir goʻshada bemor qismi yuz balo qilmish.
Ne oraz lolasidurkim, koʻngulni qon etib dardi,
Tugon qoʻymoq bila daf’igʻa ul qonning davo qilmish.
Ne nozik xoʻy erurkim, aylamish oʻtruda yuz dashnom,
Gadoikim aning zulfu koʻzu qaddin duo qilmish.
Birovkim jannatu doʻzax soʻzin sharh aylamish goʻyo,
Kinoyat vajhi birla vaslu hijronni ado qilmish.
Ajab koʻr ishq arokim, moʻr etarga ajdaholarni
Fusundin moʻrixatlar qaydi zulfin ajdaho qilmish.
Qazodindur menga ishq oʻynamoq, ey nosihi nodon,
Koʻrubsenmu kishi hargizki, tagʻyiri qazo qilmish.
Navoiydek xalosim yoʻq edi ul gʻamza kufridin,
Xususan zulfi zunnori dogʻi boʻynumgʻa toqilmish.

323

Xil’atinmu qilmish ul gulroʻyi siyminbar binafsh,
Yo binafsha aylamish gulshanni sar-tosar binafsh.
Argʻuvongun yuz binafsha rangi xat jonim olur,
Xil’ati boʻlsun aning gar argʻuvoni gar binafsh.
Yoʻqkim, ul sanchar binafsha dastasin dastorigʻa,
Egnida xil’atlarin dogʻi qilur aksar binafsh.
Savsani boʻrkung yopar kechkangni, ey mir’oti husn,
Koʻzgu yangligʻkim oʻchasen qildi ohangar binafsh.
Xayli ruhoni hamonokim binafsh aylar libos,
Kim xaririn aylar ul xuri pari paykar binafsh.
Burqa’ olgʻach kiydi moviy xil’at uzra savsani,
Mehridin qilgʻan kibi moviyni nilufar binafsh.
Ne binafshadur ne noparmon guli ne savsani
Toʻnikim, ul kiygali loyiq emastur har binafsh.
Gul kibi jismingga, ey soqiy, binafsh oyin toʻning
Uyladurkim, bodai gulrang uchun sogʻar binafsh.
Gar Navoiy, ahli mabhut oʻlsa qilmang aybkim,
Xoshiya zarbaft etib, diklay kiyar dilbar binafsh.

324

Shabistonimda jom ichra yuzung aksi charogʻ oʻlmish,
Charogʻimgʻa valekin jom zarfu boda yogʻ oʻlmish.
Diram uzra diram tuggan kibi pinhon xirad ahli,
Girihlik koʻnglum ichra ishqdin dogʻ uzra dogʻ oʻlmish.
Iloj aylay desang, qoʻy islaynn sebi zanaxdoning,
Mengakim sunbulung savdosidin za’fi dimogʻ oʻlmish.
Koʻzung nargis, uzoring gul, qading sarvu soching sunbul,
Buzugʻ koʻnglum xayolidin bularning turfa bogʻ oʻlmish.
Ne qilsang emdi qil koʻnglumgakim, toroji ishqingdin
Shikibu ilmu, aqlu, zuhdu taqvodin farogʻ oʻlmish.
Ajab Farhod erur Shirin labnng shavqida koʻnglumkim,
Anga paykonlaring metinu ishqing Qofi togʻ oʻlmish.
Toʻla quy jomi gardunvashqa may, ey soqiyi mahvash,
Ki gʻam haylini gʻarq aylar tengiz bu nav’ ayogʻ oʻlmish.
May ichkim, dardu gʻam bir lahza sogʻ oʻlmoqqa qoʻymaydur,
Anikim, bu koʻhan mayxonada bir lahza sogʻ oʻlmish.
Navoiy tiyra shomin kavkabi ashki qilur ravshan,
Bu yulduzlar anga goʻyoki durri shabcharogʻ oʻlmish.

325

Latofatda yuzung ham gul emish, ham guliston ermish,
Halovatda labing ham jonu ham oromi jon ermish.
Bu ma’nidinki doim chun nihondur ul pari koʻzdin,
Ishi- jonu koʻngulga oʻrtamak dogʻi nihon ermish.
Iti bagʻrimni yer chogʻda ayogʻi qongʻa bulgʻandi,
Koʻzum bogʻida gul oning tobonidin nishon ermish.
Shararlar birla ohim dudini sahroyi ishq ichra
Kishi koʻrsa gumon qilgʻay ming oʻtlugʻ korvon ermish.
Chamanda har sari qildim guli ra’no gumon ul xud
Sarngʻ gul jomida gulgun sirishkim birla qon ermish
Sogʻindim koʻyida har kecha itlar nolasi lekin
Nechukkim, telba it ushshoq koʻnglidin figʻon ermnsh.
Toʻkub may muhtasib, men yigʻladim, lekin ul usrukk
Su kelturmak hamonu koʻza sindurmoq hamon ermish.
Fano dayriki gardun hasnidin mahkamdurur bildim
Ki, gardun zulmidin faqr ahligʻa dorilamon ermish.
Navoiyni dedim ishq ichra somoni topib erkin
Vale koʻrdum hamon devonayi bexonumon ermish.

326

Qilgʻali kiygan libosin ul buti zebo binafsh,
Vahki, yoqmas xotirimgʻa hech rang illo binafsh.
Sarvi ra’no hullamu kiymish binafsha bargidin,
Yo libosin aylamish ul chobuki ra’no bnnafsh.
Xushturur gar xil’ating boʻlsa qaro, yo savsani
Kim, quyosh mushkin bulutdin xush koʻrunur, yo binafsh.
Ezdi jannat gullaridin rangi naqqoshi qazo,
Sen kiyardek chunki boʻlmas dahr aro paydo binafsh.
To binafsh etmnsh toʻnin ul gul, borurmen hushdin,
Bogʻ aro har gulnikim koʻrsam meni shaydo binafsh.
Bul binafshazor aro tushgan kibi ul shoʻxning
Koʻnglagi volo binafshu toʻni ham kimxo binafsh.
Sabzada savsan yarashqandek muloyimdur base,
Shoʻx sabzoranglarning rangiga debo binafsh.
Juz binafsha bogʻ aro gul ekmagil, ey bogʻbon,
Kim libosi rangini istar bizing mirzo binafsh.
Buylakim soqiy toʻnin qilmshn binafsh, ermas ajab
Aksidin boʻlsa billurin sogʻari sahbo binafsh.
Charx rangomez erur koʻrma tafovut zinhor,
Ranglarkim koʻrguzur koʻku yashildin yo binafsh.
Ey Navoiy, ul binafshapoʻsh gulning vasfida
Boʻlmasun har ne yozarsen kogʻaze illo binafsh.

327

Dedim ul paykonni la’l etgan yurak qoni emish,
Gʻunchang armonida ul xud la’li paykoni emish.
Pardai jon ichra tim-tim qon sarosar loladek,
Furqatingdnn toza-toza dogʻi pinhoni emish.
Lablaring tuzluq takallum birla fahm ettim soʻrub
La’lidin xoni jamolining namakdoni emish.
Bir jaza’ solmish maloyik xayli ichra rustaxez,
Emdikim fahm aylamishlar koʻnglum afgʻoni emish.
Gʻam tuni dedim bulutning pardasidin chiqti oy,
Zulfdin chiqqan jamoling mehri rahshoni emish.
Davr ayogʻin, soqiyo, qoʻyma yigit joning uchun
Kim, yigitlik roʻzgori ayshi davroni emish.
Ey Navoiy, chok boʻlgʻan koʻnglungga qildim nazar,
Yor boqiy, anda boqiy oʻzgalar foniy emish.

328

Necha oh ursam oʻlur koʻzdin bagʻir xunobi fosh,
Istamak bu ersa koʻzda ne ajab ul nav’ yosh.
Ey pari, atfol toshi dema bu majnungʻakim,
Charx zulmi yogʻdurur boshim uza har lahza tosh.
Suda andoqkim quyosh aksi tushar, goʻyo erur
Obgun charx ichra ul ruxsorning aksi quyosh.
Gar kabutardek emas tutmoq uchun koʻnglum qushin,
Ne uchun ochmish qulochin har taraf ul ikki qosh.
Tund erur ul butki qoʻymishmen boshimni olligʻa,
Qiblagʻa bosh indururga menda yoʻqtur ikki bosh.
Boʻlma kun qursin tilab aflokdek sargashtakim,
Bir fatiri xom ila oson oʻtar har kun maosh.
Olgʻali koʻnglin Navoiyning taloshur xoʻblar,
Shohlar andoqki, mulk ustida qilgʻaylar talosh.

329

Menga emdi sarv ila gul muddaosi qolmamish,
Sarv boʻylugʻ guljabinlarning havosi qolmamish.
Uyla tutmish mehnatu gʻam xayli koʻnglum kishvarin,
Kim nishot anda sigʻingʻuncha fizosi qolmamish.
Men baliyat ichramen, el shod goʻyo charxning
Emdi dard ahligʻa yetkuncha balosi qolmamish.
Yorkim qilmas jafou javr ermas, rahmdin
Kim, menga koʻrguzmagan javru jafosi qolmamish.
Baski har torin balo atfoli uzdilar chekib,
Vahki, uryon jism uza mehnat palosi qolmamish.
Gul chogʻi bogʻinggʻa kim, yoʻl bermading, ey bogʻbon,
Chinmudur day boʻlgʻali, derlar safosi qolmamish.
Ey Navoiy, gar vafosi qolmamish oning senga,
Gʻam yemakim, anga husnining vafosi qolmamish.

330

Orazing hijronida kelmas menga gulzor xush,
Goʻlsiz andoqkim emas gulbunda yuz mnng xor xush.
Xastadur koʻnglum koʻzungdin uyla kim, mumkin emas,
Lablaringdin sharbat olmay boʻlgʻay ul bemor xush.
Koʻyida vayronai topib yiqildimkim, erur
Qasri jannatdin menga ul soyayi devor xush.
Koʻyidin man’ aylar erdim chun oʻlarmen, ey koʻngul,
Emdi berdim ruxsating, har qayda borsang bor xush.
Har kishi maqsadgʻa bir sarrishta aylar, ey faqih,
Subha gar xushdur sanga, bordur manga zunnor xush.
Xirqau zuhdu riyo ahligʻa xushtur xonaqah,
Lek aning rahnigʻa keldi kulbai xammor xush.
Ey Navoiy, may bila xush tut oʻzungnikim, emas
Bu fano dayri aro boʻlmoq dame hushyor xush.

331

Hushi yoʻq koʻnglum junun dashtida bir shaydo emish,
Kim aning qoshida Majnun asru koʻp dono emish.
Tutti sorigʻ lolalar ruxsori ashkim birla rang,
Dema, ey ra’noyi gulruxkim, guli ra’no emish.
Har bir ohim dudining haddu savodin koʻrgan el
Zulfi hajridin sogʻingaylarki bir yaldo emish.
Telba koʻnglum holini bilmak tamanno ayladim,
Yillar ermishkim junun dashtida nopaydo emish.
Dedim, islay anbarin zulfungni, ol boshim evaz,
Dedikim, sen telba boshida ajab savdo emish.
Ey gʻaniy, ushshoqdin mustagʻniy oʻldung, bilmading
Kim, fano ahligʻa sultonligʻdin istigʻno emish.
Anglamas erdim Navoiy holin ul oy koʻyida,
Har kecha to subh ishi faryodu vovaylo emish.

332

Mayki la’lidin tomizdi ul nigori bodanoʻsh,
Goʻyiyo jon topqanidin tushti tufrogʻ ichra joʻsh.
Ishva birla betahammul qilmasa ul mugʻbacha,
Ne uchun dayr ahlidin bir lahza kam boʻlmas xurush.
Raz qizi beboklikdin qilsa uryon xalqni,
Dayr piri zayli ehson birla keldi pardapoʻsh.
La’li mayning javhari ruh oʻldi chun har qatrasi
Goʻyi i’jozi Masiho zohir aylar mayfurush.
Mastligʻdin elga yuz soʻzdin vale men soʻz desam,
Koʻz yumub ham mastligʻ birla oʻzin aylar xamush.
Turmadi shayxi riyoyi chun yetishti piri dayr,
Qochmayin iblis netsun chun nuzul etti Surush.
Ey Navoiy, demakim jonu, koʻngulni naylayin,
Ikkisin aylay fido chun boda noʻshum tutti qoʻsh.

333

Meni ishq ichra degan oqilu farzona emish,
Degay ulkim, soʻzin eshitsaki, devona emish.
Yopsa yuz har kecha koʻnglum qushidin tong yoʻqkim,
Malak ul sham’i jahontobigʻa parvona emish.
Qasri ul husn shohining emish andoq olny
Kim, falak kungurasi qasrigʻa dandona emish.
Koʻzlarim andin emish qonu ramad aynidakim,
Durd hamkosa munga, hajr anga hamxona emish.
Zaxmi koʻp tanda jununluq koʻngul oromidin,
Telbalar maskani fahm oʻldiki, vayrona emish.
Jannatu kavsar umidi bila oʻldung, ey shayx,
Bilki, naqd ushbu fano dayrida mayxona emish.
Zuhd ila, eyki Navoiyni oʻkarsen koʻrduk,
Ishi usrukluk emish, hamdami paymona emish.

334

Tuzmagay erdi qazo bu jismi vayronimni kosh,
Chunki tuzdi, solmagʻay erdi anga jonimni kosh.
Tan uyigʻa jonni solgʻach qilmagʻay erdi muqim,
Ul uy ichra koʻngul otlugʻ zori hayronimni kosh.
Boʻldi chun jonu koʻngul bori nazar sham’i bila,
Qilmagʻay erdi munavvar chashmi giryonimni kosh,
Chun adam sahrosidin keldim vujud ayvonigʻa,
Buzgʻay erdi marg selobi ul ayvonimni kosh.
Chun tuzaldi ishq uyi qovgʻay edi andin ravon,
Yoʻq koʻngul devonayi rasvoyi nodonimni kosh.
Chun ani ham qovmadi koʻr etsa erdi tigʻ ila
Koʻz degan qon yosh ila oluda domonimni kosh.
Chun bu dogʻi boʻlmadi, qilmasa erdi jonima
Muncha zebou malihu shoʻxi jononimni kosh.
Chun bu yangligʻ boʻldi jono qoʻysa erdi marhami,
Gah-gahi koʻrgach koʻngulda dogʻi hijronimni kosh.
Ishq ichinda chora oʻlmaktur Navoiy dema haq,
Roʻzi etgay la’li jonbaxsh obi hayvonimni kosh.

335

La’li ishq ahlidin oncha gʻorati jon aylamish
Kim, oʻlukka jon berur oyinin oson aylamish.
Koʻyida atfoli ushshoq oʻlturur bedor ila
Shah magar shahr ichra it qatligʻa farmon aylamish.
Subh ayshim istamish gʻam shomigʻa boʻlmoq badal,
Yoʻqsa nevchun yuz uza zulfin parishon aylamish.
Yorab, ul tunni yorutma mehr birla to abad,
Kim, gʻaribi mehribon yorini mehmon aylamish.
Ahli davron koʻnglum oshubin netib man’ aylagay
Kim, ani oshufta bir oshubi davron aylamish.
Gul kibi soch xurdakim yel yirtibon toroj etar,
Gʻunchaknm oʻz naqdini ogʻzida pinhon aylamish.
Ey Navoiy, demakim bagʻrim eritmish ishq oʻti
Kim, oni hijron kunining anduhi qon aylamish.

336

Oshiq oʻldum bilmadim, yor oʻzgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundogʻ balolar bor emish.
Qaddigʻa el mayli boʻlgʻandin koʻngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Elga novak urdi, men oʻldum, erur bas turfakim,
Jonim etgan resh el bagʻrigʻa kirgan xor emish.
Rishtakim muhlik yaram ogʻzini tikti angladim,
Kim kafan jinsi qirogʻidin suvurgʻan tor emish.
Qoʻyi devoridin ogʻrigʻ tangʻa tushkan soyadek
Seli gʻamdin emdi soya oʻrnigʻa devor emish.
Jonga tahvif ayladim tigʻi halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul oʻlguncha minnatdor emish.
Ey Navoiy, xoʻblarni koʻrma osonligʻ bila,
Kim, birovkim soldi koʻz uzmak koʻngul dushvor emish.

337

Javza koʻyidin dogʻi ul chehra jamil ermish,
Yaldo tunidin dogʻi ul zulf tavil ermish.
Har qatra koʻngul qoni jon berdi oʻluk tangʻa,
Xosiyatini soʻrduq la’linggʻa qatil ermish.
Gulzor aro nilufar ochildi gumon ettim,
Xol oʻrnigʻa ul yuzda bir nuqtai nil ermish.
Hijron tunn daf’ oʻlgʻach bildimki, yuz ochibsen,
Hurshid vujudigʻa tong nuri dalil ermish.
Ovora koʻngul istab jon tandin olur ishqing
Ul telbagakim itmish goʻyo bu kafil ermish.
Oyini qanoat tut izzat tilar ersangkim,
Ermish tama’ ahlidin har kimki zalil ermish.
Koʻnglini Navoiyning olsang nazar aylab koʻr
Kim, dard ila dogʻ ichra holi ne qabil ermish.

338

Bizing shaydo koʻngul bechora boʻlmish,
Malomat dashtida ovora boʻlmish.
Anga baskim yogʻar tosh ustida tosh,
Tanida yora uzra yora boʻlmish.
Urardin dam-badam xorogʻa boshin,
Soʻngaklar anda pora-pora boʻlmish.
Balo togʻi aro yotqanda bemor
Xazu sinjobi xoru xora boʻlmish.
Qaro qildi nechukkim roʻzgorim,
Oning ham xonumoni qora boʻlmish.
Qadah xurshidi qonikim, gʻamidin
Sirishkim kavkabi sayyora boʻlmish.
Navoiy choradin koʻp dema soʻzkim,
Gʻaminggʻa chorasizliq chora boʻlmish.

339

Har kun aqshomgʻa hajringda menga zorligʻ ish,
Kecha tong otgʻucha anduh ila bedodligʻ ish.
Ish vafo qilmoq erur gar qila olsangki, emas
Ey vafosiz, bu jahon ichra jafokorligʻ ish.
Ishq aro qoch^ma koʻngul xoru zabunlugʻdinkim,
Oshiq oʻlgʻangʻa zabunlugʻ boʻluru xorligʻ ish.
Lutfu diljoʻligʻ erur xoʻb parivashlargʻa,
Ey pari, bilki, emas javru dilozorligʻ ish.
Taqvi ahligʻa bilinsa edi charx avzoi,
Aylagaylar edi bu dayrda xammorligʻ ish.
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,
Yor oʻlung bir-birnngizga kim, erur yorligʻ ish.
Xasta koʻnglini Navoiyning olib asraki, bor
Senga dildorligʻ ish, bizga dilafkorligʻ ish.

340

Doʻstlar, koʻnglumni vasl ummidi behol aylamish,
Orzu xayli hazin jonimni pomol aylamish.
Shoh lutfi uzrini qoʻlmoq emas mumkinki, shavq
Hushum etmish zoilu nutqumni ham lol aylamish.
May munosibdur bahori vasl aro koʻz yoshining
Kisvatin qondin xazoni hajrkim ol aylamish.
Zulfi ichra boʻlgʻamen pur pechu xamligʻ tordek,
Za’fliq jismimnikim hijron yuki dol aylamshsh
Har zamon ul yon qilur koʻnglum havokim, qush kibi
Hajr oʻqi paykonlarin har yon parubol aylamish.
Necha kunluk hajri toʻfon aylabon ashkim suyin
Meni ul daryoda kishtibongʻa timsol aylamish.
Hajrida onsiz tiriklikdin uyatligʻmen valek
Menda yoʻq taqsir ajal bu ishda ehmol aylamish.
Ul ikki lab hajrida maykim ilojigʻa hakim
La’l ila yoqutni mahlulu sayyol aylamish.
Ey Navoiy, hajr mushkil boʻlsa gʻam yoʻqturki, haq
Shoh lutfin buyla mushkullarga hallol aylamish.

341

Birovki dayr sori zohir ayladi ixlos,
Burungʻi naf’i bukim xonaqahdin oʻldi xalos.
Xalos istasang andin ayon qil ixlosing,
Ki yoʻq kishiga xalos etmayin ayon ixlos.
Avom zohiridek qilmagʻangʻa zohirini,
Muyassar oʻlmadi botin ishi nechukki havos.
Birovga xos inoyat bu yoʻlda om oʻldi,
Ki om suvrati birla oʻzini ayladi xos.
Samo’ vajd ayla gar boʻlmasa muassir emas,
Ki kulgu boisidur qilsa pil oʻzin raqqos.
Baqo durin tilabon terga gʻarqligʻ ne osigʻ,
Bu dur topargʻa fano bahri ichra boʻl gʻavvos.
Navoiy, aylasa qatling habib sen yana oʻl,
Ki ishq tigʻi shahidigʻa buyla keldi qasos.

342

Husn oyatiki keldi yuzung qissasida nas,
Tong yoʻq desamki shoyandadur axsan-ul kisas.
Mushafni oʻrtadim deding oʻtlugʻ uzor ila,
Koʻnglum qabul qildi kaloming nechukki nas.
Koʻnglum qushini tigʻi gʻaming qildi chok-chok,
Bilmon koʻngulni qushmudurur emdi, yo qafas.
La’ling nigini sharhidadur goʻyiyo, fusus,
Har juzvida nishonai vaqf ayladi bu fas.
Oʻldumki qatlingga nega ushshoq boʻldi xos,
Tirguzdi buki yana meni aylading ahas.
Naqdi ishqi aro chu azimat tilar koʻngul,
Avval kerakki, bir taraf etsang bori ruxas.

343

May meni qildi riyoyi porsoligʻdin xalos,
Porsoliq yoʻqki, ujbu xudnamoliqdin xalos.
Xonaqah ahli yoʻluqsa, mastligʻdin tanimon,
Shukrkim, boʻldum alargʻa oshnoligʻdin xalos.
Ishq xilvat kunjidin chekti meni mayxonagʻa,
Qildi zindon goʻshasida mubtaloliqdin xalos.
Dayr piri jur’asin topmayki, uldur shohliq,
Dayr aro gar orzu qilsam gadoliqdin xalos.
Ey jafogar, bir vafo qilkim, ikovlon boʻlgʻabiz,
Men jafo chekmakdinu sen bevafoliqdin xalos.
Soqiyo, hajru xumor ichra yetibmen jonima,
Bir qadah birla meni qil bu oroliqdin xalos.
Ey Navoiy, ne navo istab seni dildoru sen
Gar navo istarsen oʻlma benavoliqdin xalos.

344

Katl uchun elga chu ta’mim ila berding tanqis,
Oʻlgum erdi meni gar qilmasang erdi taxsis.
Xirsi ul shoʻxning el qatligʻa bordur oncha,
Ki ajal hojat emas aylamak oni taxris.
Hajrdin ishq oʻtida topmadi koʻnglum maxlas,
Garchi oʻt birla boʻlur qalbgʻa bermak taxlis.
Yor hajrigʻa davo guldin emaskim, bermas
Kimsaga Yusuf isi qon aro har pora qamis.
Necha bilsamki xaris oʻldi jahonda mahrum,
Boʻlmamoq mumkin emas yor visoligʻa haris.
Qil fano darsi aro oʻzni mulaxxaski, emas
Sud kashfida bu ma’nining oʻqumoq «Talxis»
Yordin ayru Navoiy oʻziga istar oʻlum,
Ey ajal, joning uchun berma anga koʻp tanqis.

345

Qila olgʻancha riyo ahlidin etgil e’roz,
Yaxshiroq sidq ila osiyki riyoliq murtoz.
Mujrimi sodiq erur uzr bila qobili fayz,
Moʻ’jibi zindiqa boʻlmas mutajalli fayyoz.
Uzlukung salbidin ixlos zamimingni ketar
Kim, ketar musxal ila necha muxolif imroz.
Bosh oqardi, koʻz oqardiyu oqarmas koʻnglung,
Tiyrasen har necha kim tutti savodingni bayoz.
Chek riyozat vale ish oʻrnida tutma anikim,
Bu riyozatdurur ulkim evazi keldi riyoz.
Barcha ish vaqtida haq boʻlsa keraktur gʻaraznng,
Bu gʻarazdin chu boʻlur daf’ kerakmas e’zoz.
Ikki barmoqki tutar siymni miqroz kibi,
Faqr torin dogʻi qat’ etguchidur ul miqroz.
Har ne ollinggʻa kelur, haqdin erur chun oriz,
Bas tahammul qilibon aylama har dam a’roz.
Jahl aybini Navoiy netibon yashurgʻay,
El koʻzi ochuq erur, gar oʻzi etgay egʻmoz.

346

Istasam boʻse labidin jon tilar jonon evaz,
Koʻngli birla desa jonon ozdurur yuz jon evaz.
La’lin ogʻzimgʻa ola olmon ayogʻi oʻpmagin,
Topsa etmon maks agar jon istasa jonon evaz.
Poyboʻsi ham emas haddim ayogʻi tufrogʻnn
Gar muyassar boʻlsa jon bermak boʻlur oson evaz.
Itlarining xoki poyin oʻpgali ham rozimen,
Gar tilar oldik qaroru hushu xonumon evaz.
Vasli gar boʻlsa muyassar, yuz tuman jonu jahon
Gar berilsa oʻtruda boʻlmoq emas imkon evaz.
Soqiyo, tut la’ligun may bahridin zavraq bila
Kim erur bir jur’asigʻa naqdu bahru kon evaz.
Ey Navoiy, yshq tarkin aylagil, nevchunki men,
Vasl uchun jon berdimu boʻldi menga hijron evaz.

347

Orazingdur oftobi olam orodin gʻaraz,
Jon fizo nutqingdur anfosi Masihodin gʻaraz.
Ochmagʻaymen koʻz meni devona husnung boʻlmasa,
Har pari paykar jamoligʻa tamoshodin gʻaraz.
Oʻq tikilsun koʻzlarimga boʻlmasa oʻqdek qading,
Bogʻ aro har dam havoyi sarvi ra’nodin gʻaraz.
Shomi hajrim zulfi mushkiningdin oʻlsun tiyraroq,
Gar emas koʻnglumga zulfung mushksorodin gʻaraz.
Jon berib la’limni istardim gʻaraz nedur dema,
Kim base zohirdurur, jono, bu savdodin gʻaraz.
Dardu mehnat chekmagimdin qasdim aning koʻyidur,
Ka’badur solikka qat’i koʻhu sahrodin gʻaraz.
Ey Navoiy, yorning mehru vafosin istama,
Qilmagʻan boʻlsa koʻngulga zulmu bedoding gʻaraz.

348

Ey, tilab la’ling mayidin ruhuma osor fayz,
Lam’asidin kasb etib koʻnglum uyi anvor fayz.
Olloh-olloh, ne labu nutqu ravon oso ekin
Kim, Masiho birla Xizr andin qilur izhor fayz.
Fayzlarkim yetti ishqingdin menga, ofoqni
Gʻarqa aylar fayz bahri, istasam asror fayz.
Bu jazo munkirga bas ermasmukim, foyiz dedi,
Qobili fayz ermas ulkim, aylagay inkor fayz.
Kir harobot ichrakim, har jur’asidin yetkurur
Fayzni yuz shayxcha bazm ahligʻa xummor fayz.
Dayr piridin yetar yuz fayz der yoʻq shayxdin
Kim, munga yetmish yaqin fayzu anga pindor fayz.
Ey, Navoiy, mugʻtanamdur piri dayru mugʻbacha
Kim, biridin yetmasa, yetar biridin bor fayz.

349

Gar budur qomati ra’no bila zebo oraz,
Sarv boʻy chekmasu ochmas guli ra’no oraz.
Oygʻa gulguna magar surtti mashshotai charx,
Yo sanga maydin erur gul kibi hamro oraz.
Orazim sabzagʻa har gulshan aro surtarmen,
Senga to sabzai tar ayladi paydo oraz.
Toqatim yoʻq ikki oʻt birla meni oʻrtagani
Otashin la’l menga ayla ayon, yo oraz.
Parda yopqilki, xating ayladi behol meni,
Menkim oʻldum qila olmoqqa tamosho oraz.
Orazimni bir ayoq birla qizort, ey soqiy,
Necha surtay ayogʻinggʻa meni rasvo oraz.
Ey Navoiy, tilasang davlati boqiy topmoq,
Olmagʻnl dayri fano yoʻlidin aslo oraz.

350

Desangki faqr tariqini aylayin mazbut,
Kerakki zuhd riyo birla qilmasang maxlut.
Bu yoʻlda shart fanodur agar qadam qoʻysang,
Kerak bajoy ketursang nekim erur mashrut.
Kishiki zohiri oshiftadur, zamirigʻa boq,
Basoki ma’ni erur poku lafz nomarbut.
Koʻngul sahifasidin raf’ qil xavotirni,
Ki safha zoyi’ oʻlur chun hasin qilur manqut.
Desang oʻzumdin etay gʻayr suvratin isqot,
Oʻzungdin ayla burun oʻzlugungni-oʻq masqut.
Fano riyozatida qaddin aylagan chavgon,
Qoshinda goʻycha yoʻqtur bu gunbadi maxrut.
Navoiyo, der esang tongla boʻlmayin maqbuz,
Bu kun jahon eliga oʻzni aylagil mabsut.

351

Qildi botil mehrdin har necha qildi yor shart,
Shart koʻp buzdn nedinkim, ayladi bisyor shart.
Shart mehr aylar bukun andoq unutur tonglakim,
Hargiz etmaydur degaysen ul pari ruxsor shart.
Koʻyida kim poyboʻsi birla izzat istasa,
Bordur anda aylamak tufrogʻdek oʻzni xor shart.
Ayladi sharti vafo lekin qachon bor e’tibor,
Mastligʻda har ne qilsa kofiri xunxor shart.
Ishq tarkida qilib koʻp shart buzdung, ey koʻngul,
Ishki qilmoq mumkin ermas qilmagʻil zinhor shart.
Dayr piri xidmatigʻa, eyki, belni bogʻlading,
Bilkim ushbu bogʻlamoqta bor edi zunnor shart.
To tirikmen, tarki ishq etmay debon shart ayladim,
Shart qilgʻan ayladik bori Navoiyvor shart.

352

Ruxsor ila labingdin etar koʻnglum inbisot
Kim, gul chogʻiyu boda erur mujibi nishot.
Ey oy, sipehr arsasida husn sotma koʻp,
Shohim ruhin unutmaki holi emas bisot.
Qilmang nazzora ogʻzigʻa koʻpkim, topilmagʻay
Xurshid ichinda zarrani koʻp aylab ehtiyot.
Ul shoʻx necha gʻayr bila boʻlsa muxtalit,
Men gʻayri birla mumkin emas qilmoq ixtilot.
Shahlar demaki qullugʻuma boʻldi munxirat,
Gar qullaringning oʻrtasida topsam inxirot.
Qoʻyma koʻngulnn dahrning eski rabotigʻa,
Soyirgʻa chun mahalli iqomat emas rabot.
Oshifta boʻlsa nazm Navoiygʻa, ey pari,
Devonalar soʻzida tama’ qilma irtibot.

353

Xollaring nuqtasidin tobti zeb ul turfa xat,
Garchi xat uzra boʻlur bir nuqtau boʻlmas nuqat.
Yuz uza xattin nazzora aylagil, gar koʻrmading,
Ey koʻngul, kun safhasida tun savodi birla xat.
Hajr shomi oyni ruxsoring sogʻinsam qilma anb,
Kim basar hissi qarongʻu kechada qildi gʻalat.
Sarv chun asru biyik, savsan bagʻoyat past edi,
Qomating xayrul-umur oyinidin tobti vasat.
Sayli ashkim roʻdi ikki boʻldi olam mulkini,
Goʻyiyo olam erur Bagʻdodu ashkim sayli shat.
Tavsani himmat bila qat’ aylagil dashti fano,
Yoʻqsa bu yoʻlda boʻlur yuz tavsani gardun saqat.
Ey Navoiy, may bati qonin oqiz bazm ichrakim,
Gar kabob oʻlmas va lekin elni mast aylar bu bat.

354

Yuzung oyidakim, bosh chekti har yondin muanbar xat,
Gul uzra mushkdin kilki qazo qilmish muharrar xat.
Jamoling safhasida ikki qoshing matlayedurkim,
Yozibdur kotibi sun’ oni husn ahli uchun sarxat.
Guli ruxsoringa koʻp zeb berdi sabzai xatting,
Bagʻoyat xushnamo ermish qizil kogʻazda axzar xat.
Yuzungning tegrasida xatmudur yo sun’ pargori,
Quyoshning davrigʻa tahrir uchun chekti muqarrar xat.
Xating vasfida har nekim savod etmish koʻngul andin,
Erur bir anbarin zanjiri savdo ahligʻa har xat.
Koʻrunur gul kibi orazda mushkin xat base dilkash,
Varaq gar xoʻb emastur xoʻb emas yozmoq muyassar xat.
Yuzungning dogʻi birla anjumungdin ne osigʻ, en oy,
Quyoshdek olam uzra xushturur gar xol erur, gar xat.
Meni maxmurluq ranjidin ozod etsang, ey soqiy,
Yozarman garchi ilgim titramakdin kelsa abtar xat.
Navoiy, berma pandim xosa xat bosh chekti ul yuzdin,
Chiqa olmon xatidin har nechukkim, cheksa dilbar xat.

355

Qilsa boʻlmas ohu afgʻondin meni shaydoni zabt,
Uylakim javru jafodin ul buti zeboni zabt.
Har dam el qonin toʻkar usruk chiqib, bedod etib
Kimdururkim, qilgʻay ul shoʻxi qadah paymoni zabt.
Shoʻxluqdin zulm qilmoqqa erur beixtiyor,
Mumkin ermas qilmoq ul huri malak siymoni zabt.
Zulfi zanjirigʻa ahli ishq koʻnglin tortibon,
Yaxshi qilding bir suruk devonai rasvoni zabt.
Telba koʻnglum dashtini qilsa masohat aybi yoʻq,
Oqil ar Majnundurur qilgʻay magar sahroni zabt.
Gʻunchalar ochilsa, oʻlganlar tirilsa ne ajab
Aylay olmas kulgudin chun la’li ruhafzoni zabt.
Zabt aylay olmas ahli ishq koʻngli kishvarin
Xusravikim, aylay olgʻay sarbasar dunyoni zabt.
Ashk mavjin man’ etarsiz menda ham yoʻq ixtiyor
Kim, qilibtur xosa chaygʻalgʻan zamon daryoni zabt.
Davr eli zulmin xayol etmak bila boʻldum halok,
Tindi ulkim, qildi bir vasvos ila savdoni zabt.
Dayr piri bandasidurmenki, nofiz hukm ila
Aylamish yuz ming juhudu gabr ila tarsoni zabt.
Ey Navoiy, sen dogʻi devonasen, koʻnglung dogʻi,
Gar seni zabt etsalar, kim aylay olgʻan oni zabt.

356

Ne nutqi dilkash erur, vah, ne dilrabo alfoz,
Masih nutqida yoʻq boʻyla jonfizo alfoz.
Erur xujasta soʻzung fayz mavjining tengizi,
Tengizda har sarigʻi durri bebaho alfoz.
Soʻzungda piri xirad topmayin gʻalat ahkom,
Tilingga sahv ila ham oʻtmayin xato alfoz.
Sanga nadim oʻlubon Jabrail kim keturub,
Bir oshno qoshidin barcha oshno alfoz.
Sipehr javfida daryo vujuding ichra soʻzung,
Bu bahr ichinda bu javohir soʻzung aro alfoz.
Soʻzungda lafzing eshitgach arab fasihlari,
Birisi qilmadi soʻz derga ibtido alfoz.
Navoiy ayladi na’tingni, vird boʻlsa ne tong,
Anga kalomi ravonbaxshu muntaho alfoz.

357

Labingdin boʻldi bu mahjur mahzuz,
Aningdekkim, shakardin moʻr mahzuz.
Soʻzungdin topsa xat koʻnglum ajab yoʻq,
Ki sharbatdin boʻlur ranjur mahzuz.
Emas bahring kuyuk koʻnglum iloji,
Ki boʻlmas shoʻ’ladin mahrur mahzuz.
Sochingdin orazing koʻrguzki, aylar
Qarongʻu tunda aylar nur mahzuz.
Labinggʻa jon fidokim, qildi jonnn
Bu aqshom asru nomakdur mahzuz.
Xumor oʻlturdi, soqiy, tut qadahkim,
May oʻlmay boʻlmadi mahmur mahzuz.
Navoiy koʻnglini buzdung, qil emdi,
Etib vasling bila ma’mur mahzuz.

358

Mehr ila gar keldi charx ayvoni rif’atdin mane’
Jom qoʻygʻan dayr toqin anglagʻil andin rafe’.
Dayr jannatdur, gar anda jilvagar har mugʻbacha,
Shakl zohir aylar anda huru gʻilmondin bade’.
Soqiyo, chun davr aro solding hiloli jomni,
Bilkim, ul sayr ichra bor oʻzga kavokibdin sare’.
Gar chiqib masjiddin oʻldum but qoshida gʻam yemon,
Shoyad ul jurmumgʻa ushbu toatim boʻlgʻay shafe’.
Menki dayr oʻldi menga taqviyu toat buq’asi,
Oʻlganimda kufri goʻristonin aylab men baqe’.
Boʻldi soqiyning guli ruxsori gul-gul bodadin,
Tut gʻanimatkim, yigitlik faslidur fasli rabe’.
Xonaqahdinkim, Navoiydek borur mayxonagʻa,
Anda-oʻq qoʻydik riyou ujbdek fe’li shane’.

359

Izzat tama’ kim aylasa tark etmayin tama’,
Ul horliqqa mujib erur, azza man qana’.
Tuhmi tama’ ki xorliq oʻlmish aning bari,
Sen buyla xor tuxmin ekib qilmagil tama’.
Nafsing halokin istau topsang ani halok,
Zinhor motam ahli kibi qilmagʻil jaza’.
Nevchunki to tirikdudur ul zolimi lain,
Koʻnglunggadur halokatu joninggʻadur vaja’.
Ruhunggʻa sihhat oʻlsa maloyik oʻlur sipoh,
Nafsinggʻa quvvat oʻlsa, shayotin boʻlur taba’.
Tark etma uzru ajzgʻa koʻnglungni solsa fisq,
Qoʻygʻil riyoyu ujbgʻa gar bosh chekar vara’.
Joh ahli, faqr ichra Navoiygʻa iqtido,
Aylangki, bu tariqa anga keldi muxtara’.

360

Qizil koʻnglak yengin orazgʻa yopsang vajhi yoʻq voqe’,
Quyosh olinda koʻrmaydur kishi gulgun bulut mone’.
Yuzidek mumkin ermas, ey musavvir, chekma zahmatkim,
Quyosh jurmin qoʻshub hal aylasang rang oʻlgʻusi zoye’.
Labi ham oʻrtadi jonim, ham achchigʻ soʻz dedi, ya’ni,
Chuchukluktin isitqangʻa achigʻ sharbat erur nofe’.
Yuzin ochsa necha qilsam nazar ogʻzini koʻrmasmen,
Nazargʻa garchi kelmas zarra xurshid oʻlmayin tole’.
Jamol ochqan sayi majnunlugʻum oshsa ajab ermas,
Parining jilvasi savdogʻa hargiz boʻlmadi dofe’.
Labing jonimgʻa qilsa mayl, darding xasta koʻnglumga,
Tong ermastur nedinkim, aylar ashyo asligʻa roje’.
Koʻzung fikri bila tan xilvatida notavon koʻnglum,
Riyozat aynidindur kunda bir bodom ila qone’.
Fano yoʻligʻa oʻzluktin shuru’ etganga tor oʻldi,
Gar oʻlsa hodiyi tavfiq ochuqdur behad ul shore’.
Navoiy dayr aro gar butparastu mast esa tong yoʻq,
Ne qilsa piri dayr, ul ham qilur chunkim erur tobe’.

361

Qildi uqor oʻtogʻasin ul qotili shijo’,
Xurshid orazigʻa hamono xati shio’.
Ul minmayin hanuz takovargʻa, voykim,
Mendin qaroru sabru koʻngul qildilar vido’.
Maydongʻa chopti tavsanin ul nav’kim degil,
Kim charx shaxsuvori bila qilgʻusi nizo’.
Yuz fitna soldi gʻayri muqarrarki, aylamish
Bedodu zulm tavrida yuz nav’ ixtiro’.
Jonni dedim otti oyogʻigʻa nisor etay,
Lek ermas erdi koʻzga koʻrunguncha bu mato’.
Sarkashlik etma shoʻ’ladek oʻrtarga elnikim,
Asru bot inhitot topar andoq irtifo’.
Boshtin, Navoiyo, chiqor oʻzluk xayolini,
Gar sarzanish bila der esang koʻrmayin sudo’.

362

Lablaringdin har nafas jonni tilarmen muntafi’,
Munqati’ boʻlmay nafas boʻlmas umidim munqati’.
Koʻz yumub ochquncha, vah, yuz qatl qilmoq yoʻq edi,
Boʻyla san’atlargʻa mahvashlarda sensen muxtari’.
Koʻktadur ohim qurugʻ tandin etib oʻtluq koʻngul,
Shoʻ’la-daf’ oʻlmay, oʻtundin dud boʻlmas murtafi’.
Ishqu dardu shavq koʻnglum ichradurlar, ohkim,
To ne qilgʻaylar boʻlub mundoq balolar mujtami’.
Ishq eli gʻavgʻosidin dardim desam mafhum emas,
Xossakim ulkim anga dermen xud oʻlmas mustami’.
Istasang dayri fano sirigʻa topmoq ittilo’,
Mastligʻdin boʻlmagʻil davron ishiga muttali’.
Ey Navoiy, qil fano ilmini yaxshi kasbkim,
Aylagaysen daf’, agar taqvo buyursa mubtadi’.

363

Koʻrub orazing yigʻlasam yoʻq badi’,
Kelur sayl boʻlgʻanda fasli rabi’.
Necha ishq aro bor esam tangdil,
Erur ul uy ikki jahondin vasi’.
Gumon qilma ishq elini xoksor,
Ki himmatlaridur falakdin rafi’.
Damim oʻti koʻkka chiqar oʻyla tez,
Ki barq inmagay yerga andoq sari’.
Yuzung ollida gul xadisni demon,
Xush ermas latif elga lafzi shani’.
Agar zuhd edi jurmum, ey pnri dayr,
Ne gʻam boʻlsa jurmumgʻa lutfung shafi’.
Navoiy, agar yor erur bazlagoʻy,
Badi’ eldin ermas badoyi’ badi’.

364

Hajr oʻtidin shom agar mendek emas behob sham’,
Rishtai jonigʻa nevchun soldi pechu tob sham’.
Bir quyosh hajrida gar kuymas, nedin bas men kibi
Qavkabi ashkin toʻkar andoqki durri nob sham’.
Mahvashimdek demakim boʻlmish libosi la’lgun,
Men kibi qon yoshdin oʻldi gʻarqai xunob sham’.
Kechaiki tiyra kulbamni yorutgʻay ul quyosh,
Tong emas anjumdek oʻlsa ul kecha noyob sham’.
Gʻam tuni ul oy xayolidin buzugʻ koʻnglum yorur,
Goʻshai vayrongʻa basdur partavi mahtob sham’.
Tiyra shoming fayz nuridin desangkim yorugʻay,
Tutqil ul yangligʻki tutmish goʻshai mehrob sham’.
Ey Navoiy, ul quyosh qoʻygʻach shabistonimgʻa yuz,
Rashkdin siymob ashkidek boʻlub siymob sham’.

365

Ul quyoshtin topti bu oqshom bizing koshona sham’,
Qilmasun bu uyni dudidin qaronqu yona sham’.
Band ayogʻida lagandin, boshida soch dudidin,
Ul pari hajrinda mendekdur magar devona sham’.
Ioʻl shabiston ichra topmas har kecha kelturmasa,
Ul quyosh devoni husnidin necha parvona sham’.
Ista gohi bizni dogʻi, ey mahi xirgahnishin
Kim, boʻlur fonus aro parvonagʻa hamxona sham’.
Nola qilmas til chekib kim uyqu istab, yorgʻa
Sarguzashtidin kecha der goʻyiyo afsona sham’.
Netti bir tun yorusa sendin yiqilgʻan kulbamiz,
Chun topar oy partavidin doimo vayrona sham’.
Tong emastur har biri gar boʻlsa durri shab charogʻ,
Orazing hajrida toʻksa ashkidin har dona sham’.
Bu shabiston ichra keldi farqigʻa tigʻ uzra tigʻ,
Boshi uzra chunki qoʻydi toji zar shohona sham’.
Ey Navoiy, oʻrtagil jonu koʻngul parvonasin
Kim, bu oqshom orazidin ayladi jonona sham’.

366

Torttim ranji xumor aylab mayi ahmar tama’,
Ul kishidekkim qozar togʻ aylabon gavhar tama’.
Lola jomi durdidek ham dast bersa yaxshidur,
Davrdin gar aylay olmon lolagun sogʻar tama’.
Soqiyo, jomi labingdin el tama’ qilgʻanda noʻsh,
Bizga gʻamzangdin erur bir jon siton nashtar tama’.
Qatlima andin qila olmon tama’, ber zahri chashm,
Men kimu la’li labidin aylamak shakkar tama’.
Desangizkim boʻlmagʻaysiz men kibi devonavash,
Odamilar ichra qilmang bir pari paykar tama’.
Piyr dayr ollida qoʻydum naqd jon, ey mugʻbacha
Kim manga bor erdi sendin la’li jonparvar tama’.
Istadim vaslu vafo dedi, Navoiy qilmagʻil
Bu tama’, qil gar qilursen mundin oʻzga har tama’.

367

Istamassen xotiri ushshoq hayroningni jam’,
Noʻqsa nevchun qilmading zulfi parishoningni jam’.
Ishqing oʻtigʻa koʻngul ichra dedim taskin beray,
Buki qildim zori jismim ichra paykoningni jam’.
Asramoqqa yer ikki koʻzdin munosib topmadim,
Oritib koʻzdinki qildim gardi maydoningni jam’.
Yaxshi bording, ey koʻngul, qilsang xud etting ta’nidin
Itlaringga bersalar kosh aylabon qoningni jam’.
Gar tabassum vaqtida koʻrsang labin, ey bogʻbon,
Yelga bergaysen qilib gulbargi xandoningni jam’.
Ul pari majnunlarigʻa sad’yak oʻlgʻay, ey quyosh,
Chunki qilsang zarrai behaddu poyoningni jam’.
Ey Navoiy, nazming el koʻnglin parishon ayladi,
Qilding el koʻngli uchun goʻyoki devoningni jam’.

368

Zihi buroqing izidin qamar uzorida dogʻ,
Muayyan ikki qarogʻinggʻa surmani mazogʻ.
Chu yorutub yuzung oli falak shabistonin,
Uyotidin uchurub har taraf nujum charogʻ.
Sham’kim sochibon zulf anbarafshoning,
Boʻlub savomi’ qudsi eliga atri dimogʻ.
Oʻtub chu qaddu uzoring sipehri ahzardin,
Bu nav’ sarv ila gul topmayin yana ul bogʻ.
Ulusqa zulmati kufr ichra iztirob erdi,
Yuzung quyosh furugʻidin oʻldi muncha farogʻ.
Kitobing oʻzga kutublarki bordurur ablagʻ,
Balogʻatinggʻa munosib haq aylamish iblogʻ.
Bu baski ayni inoyat bila koʻzung tushsa,
Tamugʻ oʻtigʻa Navoiyni sudrab eltur chogʻ.

369

Garchi yoʻqtur lolazori ashkima paydo qarogʻ,
Dudai ohim bila qoʻymoq boʻlur borigʻa dogʻ.
Gullar oʻlmish otashin to oʻtlugʻ ohim tortibon,
Aylamishmen orazing hijronidin gulgasht bogʻ.
Zulf aro ul oraz uzra zarvaraq har yon erur,
Shom andoqkim yoqilgʻay suvda har jonib charogʻ.
Oshiq oʻldum ul malaksiymo pari ruxsorigʻa,
Uylakim oʻt shoʻ’lasidin elga garm oʻlgʻay dimogʻ.
Gʻamdurur koʻnglumda ul shirin sanamni koʻrgali,
Togʻ aro Farhod oʻlur, kim koʻrdi Farhod ichra togʻ.
Davr ranjidin desangkim lahzai sogʻ oʻlgʻasen,
Davr ayogʻi ichmagidin boʻlmagʻil bir lahza sogʻ.
En Navoiy, chun koʻngul bir dam ochilmas bodasiz,
Istasang ul oʻtni ravshan dam-badam quygil bu yogʻ.

370

Oh oʻti birla yuzung hajrida qilsam gashti bogʻ,
Lola yangligʻ oʻrtagay har bir sharar gullarga dogʻ.
Koʻrgach ul orazni yigʻlarmen tushub magʻzimgʻa joʻsh,
Uylakim, guldin yashargʻay koʻz qizigʻ boʻlgach dimogʻ.
Yuzgakim sanchib binafsha istading husnunggʻa zeb,
Goʻyi ul gugurt birla ravshan aylarsen charogʻ.
Dogʻu qonligʻ chok-chok oʻlgʻan koʻnguldadur gʻaming,
Lola togʻ uzra boʻlur, kim lola uzra koʻrdi togʻ.
Ikki gavharkim banogushungdadur anjum kibi,
Husn aro oydek yuzung ollida tutmishlar qulogʻ.
Bodadin bir dam farogʻat istama, gar istasang
Davr ahli mehnatidin topqasen bir dam farogʻ.
Yor ayogʻin suvgʻa chun soldi koʻzum toʻldi sirishk,
Ey Navoiy, buyla boliqqa kerak mundoq bulogʻ.

371

Zaif jismim aro bir-birining ustiga dogʻ,
Qurugʻ yigʻoch uzadur yofrogʻ ustida yofrogʻ.
Evursa har sari tong yoʻq yuznni ohimdin,
Ki chayqalur yel agar asru tund boʻlsa charogʻ.
Chamangʻa gʻamzada koʻnglumni chekma, ey bulbul,
Ki keldi chugʻzgʻa vayrona kunji goʻshai bogʻ.
Yoram fatilasi zaxmimni kuydirur har dam,
Magarki qon anga xosiyat ichra boʻlmish yogʻ.
Kerakki qoʻymasa bir dam piyolani qoʻlidin,
Zamoni ul ki tilar bu zamona ichra farogʻ.
Yetishti burnigʻa ofatki tutti burnini el,
Yorugʻlugʻi bila chun sham’ boʻldi kunda dimogʻ.
Xayoling etti Navoiy boshida manzilgah,
Nedinkn bir tepada jori erdi ikki bulogʻ.

372

Baski qoʻydung koʻksuma koʻnglumni olgʻan chogʻ dogʻ,
Jismim oʻlmish xirqam ul yangligʻki maydin dogʻ-dogʻ.
Demakim ne dogʻdur koʻnglumdakim, oʻtlugʻ koʻzung,
Qoʻydi anda koʻrguzub yuz loba birla logʻ dogʻ.
Dogʻlar qoʻydum chu mastu oshiq oʻldum nechakim,
Oʻzni asrab qoʻymas erdi bor ekanda sogʻ dogʻ.
Argʻuvoni toʻn bila to jilva qilding, vahki, bor
Xasratingdin argʻuvoni shohigʻa yafrogʻ dogʻ.
Solgʻali oʻt bagʻrimu koʻnglumga hajring, bor ishim.
Tortmoq koʻnglumdin ohu bagʻrima qoʻymogʻ dogʻ.
Goʻyiyo Farhoddek hamroz uchun barq oʻtidin,
Lola ermas bagʻrigʻa har sari qoʻymish togʻ dogʻ.
Ey Navoiy, toʻkma oʻtlugʻ koʻnglung uzra ashkkim,
Oʻrtanur koʻkrak kuyar holatda qoʻysang yogʻ dogʻ.

373

Zahri hijroning chu ayshim jomini qildi achigʻ,
Noʻshi vasling elga yetganda menga yoʻqtur isigʻ.
Tosh yogʻdurgʻandin atfol oʻlmadim, oʻlturdi hajr
Kim suubatda bular andogʻ emas erdi qotigʻ.
Ashk aro oʻldum, yigʻishtur emdi zulfung shastini
Kim su uzra kelgusi daryo aro oʻlgan baligʻ.
Qatra-qatra qon yoshimdin chehram oʻlmish uylakim,
Tim-tim etgaylar qizil kogʻaznikim, boʻlgʻay sarigʻ.
Yuzda hajringdinki tirnogʻ oʻrni xatlar erdi qon,
Bir-biriga ashkdin su ochibon qildim arigʻ.
Olgʻali dunyo arusin, eyki sochting naqdi jism,
Umr sotib marg olmogʻ anga bu sotigʻ-oligʻ.
Istaram la’ligʻa qilgʻaymen chuchuk jonim fido,
Ey Navoiy, anga dermen kelmagay nogah achigʻ.

374

Onchakim ul gʻamza surdi koʻrguzub bedod tigʻ,
Surmas elga qatli om oʻlgʻanda yuz jallod tigʻ.
Shoʻ’laliq koʻnglum aro koʻr xanjari ishqingni kim,
Boʻyla otashkorliq qilmaydurur haddod tigʻ.
Qatl etib kund oʻlmadi, vah, ne itikdur tiygʻi ishq,
Kim aning qoshida narm ohancha yoʻq poʻlod tigʻ.
Men menu koʻhi gʻamimkim togʻ tiygʻi basdurur,
Gʻam sipohi harbigʻa istar esa Farhod tigʻ.
Tigʻi ishqing olam ahlin oʻlturub kund oʻlmadi,
Hech qotil olam ichra boʻyla bermas yod tigʻ.
Tiygʻi gʻamzanggʻa ajal suyi magar bermish qazo,
Kim yasay olmas itik ul nav’ hech ustod tigʻ.
Shasti zulfung birla bahri ashk aro tutqoch meni,
Kesma boshimkim, baliqqa surmadi sayyod tigʻ.
Yoʻq bu gulshan ichra imkoni farogʻat boʻylakim,
Bargidin har yon chekibdur savsani ozod tigʻ.
Ey Navoiy, boʻgʻzunga hayvon suyidin yaxshiroq
Gar surar qatl etgali ul sarv hurizod tigʻ.

375

Koʻzungki kufr ila yuz dingʻa soldi vayronligʻ,
Xudoy uchun tiy oni, yoʻqmudur musulmonligʻ.
Qadingki jilva uza jilva koʻrguzur har dam,
Ajab emas anga hayronligʻ uza hayronligʻ.
Labingni soʻrsam emas tongki toʻkti qonimni,
Soʻrarlar oniki boʻlgʻay birov bila qonligʻ.
Demishsen oʻlturayin ishq ahlin aylab jam’,
Magar bilibsen alar ichra koʻp parishonligʻ.
Ne hukm aylar esang husn mulkidakim,
Senga musallam erur xoʻblargʻa sultonlngʻ.
Jununni tark etibon oqil oʻl dedi zohid,
Boʻlur emish bani odamgʻa muncha nodonligʻ.
Deding, Navoiy agar vasl topsa oʻlturayin,
Firoqing ichra gumon aylading ani jonligʻ.

376

Parini kim desa ul mehri xovari yangligʻ,
Erur nechukki, degaylar devni pari yangligʻ.
Boshimki hajr yoʻlida falakdek aylandi,
Koʻzum yoshi erur ul charxi axtari yangligʻ.
Firoq shoʻ’lasida pora-pora bagʻrim erur,
Demay kabobki ul oʻtning axsari yangligʻ.
Koʻzung fusungar, aning oʻti otashin la’ling,
Labingda xol itig oʻt uzra anbari yangligʻ.
Junun eln shahimen, togʻ avji taxtimdek,
Qush oshiyonlari boshimning afsari yangligʻ.
Gʻanimat angla vafo bulbulunggʻa, ey gulkim,
Xazon yeli yetishur hajri sarsari yangligʻ.
Navoiy, oʻzga shahu oʻzga kishvar etma havas,
Ki topmagʻung shahi Gʻoziy bila Hiriy yangligʻ.

377

Togʻ oshiqliq yukidin xam boʻlurgʻa yoʻq xilof,
Koʻrki ne nav’ oʻldi xam chun qoldi ishq ollinda Qof.
Ishq dashti moʻridin aylar xazimat ajdaho,
Ajdaho birla nechukkim, moʻr eta olmas masof.
Yor tutar qotigʻ koʻngulga ishq oʻtining uchquni,
Barq tiygʻi togʻini ul nav’ kim aylar shigof.
Ulki doʻzax oʻtidin ishq ahlini taxvif etar,
Ishq oʻtin chun koʻrmamish tutmoq boʻlur ani maof.
Ishq tiygʻikim, koʻrunmay sanchilur el jonigʻa,
Xoʻblar mujgonidin goʻyo anga keldi gʻilof.
Eyki oshiqsen birovga kelsa har dam yuz balo,
Shukrdin oʻzga ne soʻzkim aytsang bordur gazof.
Ey Navoiy, bermayin jon ishqdin dam urmakim,
Har nekim der oʻlmayin oshiqqadur ul barcha lof.

378

Gʻamzadin koʻp tiygʻ urdung aylabon koʻksum shigof,
Panja yangligʻ tiygʻ uchun goʻyoki qilding bir gʻilof.
Ne ajab tiygʻing balo ruxsorigʻa mir’ot esa
Kim, koʻrunur suvda yuz aksi qachonkim boʻldi sof.
Vah, ne qotillardurur saf-saf itik mujgonikim,
Har yumub ochquncha koʻz zohir qilurlar bir masof.
Oshiqu Majnunlugʻum jurmigʻa oʻlturdung meni,
Garchi bor el ollida Majnun bila oshiq maof.
Ishq vodisinki oson deb emishsen, ey koʻngul,
Sen azimat qilki, men ajzimgʻa qildim e’tirof.
Ulmayin ishq ichra kim lof ursa bozar qilmagʻil,
Gar desaki tarki lof ettim erur ul dogʻi lof.
Ey Navoiy, zulfu qaddin gar demishsen mushk bid,
Yor avf etsunki, aytibsen xato birla xilof.

379

Orazing xurshidi keldi axtari burji sharaf,
Davrida xat shomi mushk oso yuz urmish har taraf.
Dogʻima otqan oʻqung gar tegmasa jismimdadur,
Oʻqni band aylargadur tufroq uza qoʻygʻan hadaf.
Ulki yub ketmas qoʻlidin baski nohaq toʻkti qon,
Vah, ne hojatkim xino birla yana rang etsa kaf.
Gar ota Yusuf, ona boʻlsa Zulayxo filmasal,
Mumkin ermas kim habibim sen kibi kelmak xalaf.
Kimdur, ey gulrux ma’ni husni savtung janbida,
Yangi oy birla quyosh jirmidin oʻlsa changu daf.
Ey fano koʻyiga ozim chun tavakkul boʻldi rost,
Har necha bu yoʻl maxuf oʻlsa qadam ur lo taxaf.
Gar talaf boʻldi Navoiy umri ishq ichra ne gʻam,
Shukr bore boʻlmadi zuhdu riyo ichra talaf.

380

Boda xushtur gar harifim boʻlsa bir yori zarif,
May harifn gar zarif ermas anga ermas harif.
Ul sifat zoting teng latofat aynidin jonbaxshdur
Kim, hamono oni mazhar qildi ismi-l-latif.
Za’fdin gar dardi ishqingdin shikoyat ayladim,
Ishq shar’i ichra ermas moʻ’tabar qulli zaif.
Xoki poyingni maloyik qildilar toji sharaf,
Olloh-olloh, kim koʻrubtur sen kibi zoti sharif.
Za’fim andoqdurki, dam ursam erur bimi halok,
Ne uchunkim ul taxarrukdur menga behad anif.
Davr ranjidin tilarmen maygʻa tushmak uylakim,
Maygʻa tushgan qil kibi gʻarq oʻlsa bu jismi nahif.
Ey Navoiy, qilgʻali tab’ ahli jinsi she’r nazm,
Nazming oʻldi barchasigʻa qofiya, balkim radif.

381

Novaking tokim erur kuygan koʻngulga moʻ’takif,
Oʻrtagan yo sabt qilgʻan dogʻ aro oʻlmish alif.
Yoshurun kofur koʻzungdin qasd aylar, vah, ne sud,
Xiyla aylab sheva mehrob ichra boʻlmoq moʻ’takif.
Deb emishsen oʻlturay kim desa oshiqmen senga,
Tiygʻ surgilkim men oʻz jurmumgʻa boʻldum moʻ’tarif.
Egri boqmoq birla ul koʻz qatl etar ushshoqni,
Goʻyiyo bemorligʻ etmish mizojin munharif.
Yor vaslin istagan qilsun ibodat demakim,
Munda bir maqsud erur lekin rivoyat muxtalif.
Shayx aytur pir karomotini har dam oʻzga nav’,
Goʻyiyo nayson boʻlur gʻolib kishi boʻlsa harif.
Markabu ishqu fano mendek, Navoiy, zinhor
Qil inon azmini sen mayxona sari mun’atif.

382

Qotil koʻzung atrofida mujgon chekibdur uyla saf
Kim, qatl etar hangomada qilgʻay hujum el har taraf.
Oy, kun ota birla ona farzandi sen boʻlsang ne tong,
Kim sen samindursen valek ul ikki andoqkim sadaf.
Gʻam zulmatida istayu la’li labing oʻldum valek
Hayvon suyi topsam ne gʻam gar boʻlsa ham umrum talaf.
Vaslinggʻa muhlik hajridin dedim musharraf boʻlgʻamen,
Lekin sening ishqing aro oʻlsam erur ul ham sharaf.
Jon naqdini ovuchlabon kelmish edim vasling tilay,
Muhlik firoq ul naqdni oldi urub ilgimga kaf.
Gar besabrliq aynidin nargis koʻzungdin lof urar,
Ahli nazar anglarkim ul ham koʻr erur, ham badalaf.
Ey mutribi zuhra jabin, bu nagʻmakim chekting hazin,
Kamdur jalojil gar nujum oʻlsa senga xurshid daf.
Boʻlmas niqob ochsang dagʻi chun hall sirri lav kashaf,
Tolibgʻa avlo aylamak tahsil ganji man’araf.
Ul novak afkan qilmasa koʻksin Navoiyning nishon,
Tong yoʻq chu aylabtur anga xurshidni gardun hadaf.

383

Chok koʻnglumnn olib dardini qilding taz’if,
Meni bedilgʻa ani bermas esang qil tansif.
Kufri zulfini qoʻyub kim desa, islomgʻa kir,
Bordur islom elini kufrgʻa qilmoq taklif.
Yuzung ollida quyosh vasfini qilmoligʻ erur,
Sham’ nurini quyosh ollida qilmoq ta’rif.
Husn sinfida yuzung vasfida mingdin bir emas,
Oshiqing yuz ming esa har biriga ming taz’if.
Dardu ranjing bila borini qilibmen mamlu,
Oʻqlaring zaxmiki, koʻnglum aro solmish tajvif.
Hajr oʻti ichra menga ishq beribtur varzish,
Voizo, doʻzax oʻtidin yana qilma taxvif.
Necha masjidda Navoiyni tilarsen, ey shayx,
Tilasang ani, ketur maykada sari tashrif.

384

Bazm aro gar yoʻq may bila daf,
Ham yomon ermas un bila kaf.
Soqiyi gulrux, boda ketur
Kim, menga haddin oshti shaaf.
Davr ila dayrda may chekali,
Chekmak necha masjid aro saf.
Bodagʻa bersam jon naqdi,
Boʻlmoq uchundur naqdi talaf.
Kel berikim yoʻq senga vubol,
Lekin erur koʻp bizga sharaf.
Shayx riyoyi foniy emas,
Ul taraf oʻlsun, yo bu taraf.
Oʻqung uchun xasta Navoiy
Koʻzi qarosin qildi hadaf.

385

Tong yoʻq urmoq yuz bu sargardoni mahzun har taraf,
Ne ajab ursa quyundek poʻya Majnun har taraf.
Koʻzlarim bogʻi guliston boʻlmysh ul yuz shavqidin,
Bargi gullardur sochilgan ashki gulgun har taraf.
Dasht aro Majnunmen ammo togʻ aro Farhod edim,
Togʻlar dardim yukidin boʻldi homun har taraf.
Aqlu hushum kishvari, gar boʻlsa vayroi, yoʻq ajab,
Koʻz yoshimdin kim oqar andoqki Jayxun har taraf.
Hajr shomi anjum ermasturki ohim oʻtidin,
Qatra terlardurki zohir qildi gardun har taraf.
Ey xusho, mugʻ dayrikim din naqdi toroj etkali,
Zohir etgay jilva bir tarsoi mavzun har taraf.
Koʻyiga topmas Navoiy yoʻl raqibi ta’nidin,
Goʻyiyo ul it hurubdur aylab afsun har taraf.

386

Gar tanimda zohir oʻlmish dogʻi hijron har taraf,
Jonda xud yuz ancha bordur dogʻi pinhon har taraf.
Ishq sahrosida menmen soyir andoqkim quyun,
Dema sargardon kezar Majnuni hayron har taraf.
Koʻyiga pinhon borib jismim ne yangligʻ yoshuray
Kim, qayon borsam yaralardin borur qon har taraf.
Koʻnglum ichra tushti bir xori xasak, ya’ni koʻngul,
Toki andin chiqqali bir noʻgi paykon har taraf.
Hinduidur bul ajab nozi magar yuz davrida,
Hind eli ahli tamosho xayli mujgon har taraf.
Toza boʻlsun ul bahori husnkim, onsiz koʻzum
Durfishon oʻlmish nechukkim, abri nayson har taraf.
Har taraf olam aro yuz fitna tushti, rahm etib,
Tavsaningni solmagʻil qilgʻanda javlon har taraf.
Dayr ichinda netti tirguzsang meni, ey mugʻbacha,
Jomi davrungdin tomar chun obihayvon har taraf.
Chun Navoiydek havoyi boʻldum ul oy hajridin,
Ne ajab yeldek yuz ursam tortib afgʻon har taraf.

387

Jonim ichra za’fdur yuzlangali jonimgʻa za’f,
Boʻlmasun jononima za’f oʻlsa, oʻlsun jongʻa za’f.
Orazida tobu yoʻq ogʻzida kulgu, goʻyiyo
Mehri tobidin erur ul gʻunchai xandongʻa za’f.
Evrurulda boshida za’f ayladnm goʻyo asar,
Qildi oning za’fidin bu zori sargardongʻa za’f.
Hayratim za’figʻa mundoq aylamish behud meni,
Za’figʻa hayron qolib boʻlmish meni hayrongʻa za’f.
Bistari gulgun uza ul nav’ uzalmish za’fdin,
Kim uzori uzra boʻlsa nargisi fattongʻa za’f.
Soqiyo, bir jur’a birla quvvatimgʻa bois oʻl,
Kim base gʻolibdurur bu xastai hijrongʻa za’f.
Ey Navoiy, yor za’fi buzdi koʻnglum uylakim,
Mamlakat boʻlgʻay xarob oʻlgʻan zamon sultongʻa za’f.

388

Jahon zoli ham makr etar, ham nifoq,
Ani toʻrt mazhabda qil uch taloq.
Nechuk deyki ruxsoridin olma koʻz
Ki, men aytmonkim aning sari boq.
Saning soʻngungga yoymish oq sochini,
Emasdur yuzi mehr yuzidin oq.
Qoshi uzra qavsi quzah voʻsmasi
Vafo rangidin keldi, albatta, toq.
Desang qolgʻay obod dinning uyi,
Bu bedin bila boʻlmagʻil hamvisoq.
Tajarrud tariqini bil mugʻtanam,
Taqayyud gʻalvasidin oʻlgʻil yiroq.
Navoiy, oʻzungni qil ul nav’ fard,
Ki oʻzluknn ham sol oʻzungdin qiroq.

389

Sipehr bogʻin nujum vardi qildi ul nav’kim havarnaq,
Yuzidin ul sham’ anjuman ichra soldi yuz ming safogo ravnaq.
Qamar masallik shabistonimizni andoq yorutti goʻyo,
Ki charx bogʻi quyoshtin andoq munavvar oʻlmaydur erdi mutlaq.
Uzori mehrigʻa turrai shomini har tarafdin qilib mutarro,
Bu turfakim mehr chashmasidin zaqan hubobnn osib muallaq.
Xirom vaqtida sur’atidin yuziki terlab boʻlub biaynih,
Gul uzra shabnam, yoʻq ersa xurshid uza sochilgʻan sigʻor zibaq.
Tilida oʻn loba boʻlsa muzmar yuz husnu lutf mudgʻam,
Joʻzida yuz gʻamza boʻlsa mamlu, qadigʻa ming nozu jilva mulsaq,
Oʻng iligida bir safina, lekin bu xasta ash’oridin muhallo,
Soʻng ilgida shisha ichra may, lek la’lidek muravvaq.
Bu mushkul ila kirdi kulbam ichra yonimgʻa keldiyu tutti maskan,
Hasad oʻtidin yaqin edikim erib toʻkulgay sipehri azraq.
Ne xush qoldi menga, ne toqat, ne sabr qoldi menga, ne orom,
Chu koʻrdi oʻlgum, kulub toʻla qildi boda daryosi ichra zavraq.
Ichib menga dogʻi tutti chun behud erdim ogʻzimgʻa quydi ani,
Oʻlub esam ham tirilsam ul dam yaqin jonim erur mening haq.
Mengaki ishq ichra buyla kom oʻlsa tarkin etmak erurmu mumkin,
Nechukki taklif qilsalar loda shayx birla faqihi ahmaq.
Navoiyo, ishq tarkin etma, qadahni ham qoʻyma ilikdin,
Ki dahr muhitida mundin oʻzga erur ne qilsang xatoyi mutlaq.

390

Meni aylabturur bir qotili paymonshikan oshiq,
Ki tigʻi zulmidin oʻlmish meningdek yuz tuman oshiq.
Soʻrarkim, oshiqim senmu, muqir boʻlsam halok aylar,
Erur bu turfakim yolgʻon dey olmonkim, eman oshiq.
Agar ishq etgi vayron xonumonim pok emas nevchun,
Ki chun ozim fano koʻyigadur, naylar vatan oshiq.
Gar oʻlsang ishq togʻi tigʻi zaxmidin yalang gʻam yoʻq,
Ki bas ham lolalardin aylasa qonligʻ kafan oshiq.
Qazib gʻam togʻi tosh ostida oʻlmak ne edi mendek,
Gar ermas erdi bir shirin sanamgʻa koʻhikan oshiq.
Visol imkon emas to boʻlsa oʻzluktin sari moʻe,
Bas oʻlgʻay farzkim qilgʻay fano tavrini fan oshiq.
Navoiy, shodsenkim, oʻlturur ushshoqin, ammo koʻr,
Ki sendeklarni dermu bore ul siymin badan oshiq.

391

Bir qatla boʻlsa erdi ul gul’uzor oshiq,
Boʻlgʻaymu erdi muncha ollinda xor oshiq.
Ishq ichra kuysa erdi bir tun, qilur edi rahm
Gʻam shomi oh oʻtidin chekkach sharor oshiq.
Xoro ayogʻin afgor etmay ne fikri boʻlgʻay,
Gar qilsa xora birla koʻksin figor oshiq.
Jonni fidosi qilsam ta’n etmangizki, bordur
Yor ollida oʻlarga beixtiyor oshiq.
Sham’i jamolin ochqach oʻrtanmagim ne tongkim,
Kuymak aro keraktur parvonavor oshiq.
Ishq ichra ixtiyoring gar yoʻq, bu moʻ’tabardur,
Boʻlsa kerak fanodin bee’tibor oshiq.
Oshiq esang, Navoiy, koʻp za’fdin toriqma,
Ne boʻlgʻusidur oʻlmay zoru nizor oshiq.

392

Ashkdin jismim binosin qoʻymadi obod ishq,
Ohdin berdi vujudum tufrogʻin barbod ishq.
Hajr aro gʻurbat yana bemorliq birla junun
Qildi jonim qismati bu nav’ yuz bedod ishq.
Shoʻ’lasidin tushti oʻt olamgʻa ul yuz hajrida
Har qachon koʻnglumni qildi oʻrtamak bunyod ishq.
Hajru dardu sabrsizliq keldilar qotil bari,
Lek bu fan ichra bordur barchagʻa ustod ishq.
Yuz fasonam bor ani koʻrgan zamon arz etgali
Jilva qilgʻach, voykim, bermas biri ham yod ishq.
Qatlini ishq ahli topmas jon berib, to ayladi
Gʻamza tigʻi birla mahvashlar koʻzin jallod ishq.
Sendin oʻrgangan kibi Laylou Shirin zulmu kin,
Mendin oʻrganmak kerak Majnun bila Farhod ishq.
Vasl tahsili uchun, ey shayx, taqvo qilma amr
Kim, fano oyinin aylabtur menga irshod ishq!
Ey Navoiy, oqibat koʻyida sen boʻl shodu xush
Kim, meni dardu balogʻa aylamish moʻ’tod ishq.

393

Senga ne gʻam men kibi majnuni shaydodin yiroq,
Ish mengadur sen parivash hurisiymodin yiroq.
Hajr dashtida quyundek har taraf sargashtamen,
To tushubmen ul xiromon sarvi ra’nodin yiroq.
Oy jamolin istamonkim, koʻrgamen olam aro,
Bir dam oʻlsam ul jamoli olamorodin yiroq.
Degasen shomi ajal umrum quyoshin yoshirur,
Gar zamone boʻlsam ul zulfi sumansodin yiroq.
Gar meni rasvo oʻlarmen sensiz, ey oromi ruh,
Ham yiroq ermas agar boʻlsang bu rasvodin yiroq.
Qilma koʻp, ey shayx, aybim xonaqahgʻa yetmasam,
Kim xarobot ahli xushroq ahli taqvodin yiroq.
To yiroq tushmish Navoiy yor agar yod etmadi,
Qilma koʻnglidin munung, yorab, aning yodin yiroq.

394

Chehra gulgun safhasigʻa qilding afshon zarvaraq,
Yo magar raxshon kavokib zohir aylabtur shafaq.
Gar varaq ziynat topar xatdin vale xat yozmayin,
Turfa suvrat birla olam ofatidur ul varaq.
Gulshan ichra qismat etting la’lidin jon shirasi,
Sifra gar gul ochsa, gul yafrogʻlaridindur tabaq.
Xaydin ar boʻlmish jamoling sham’i ravshanroq ne tong,
Chun tushar oʻt ichra aylar shoʻ’lani afzun araq.
Ishq abvobin yozargʻa yaxshi jismim xomasi,
Xosakim tigʻi firoqing ayladi boshimni shaq.
Ishq darsin garmroʻlar bildi yoʻq afsurdalar
Kim, kishi to oʻrtamas oʻzlukni bilmas bu sabaq.
Bulbulu guldek Navoiy birla diydori nekim,
Ul iki mafhumgʻa yoʻq bu ikkidek mo sadaq.

395

To meni mehnat tuniga mubtalo qildi firoq,
Roʻzgorimni savodidin qaro qildi firoq.
Qon yoshim oqmogʻligʻ erdi dard ila gʻam hojati,
Hojatin oʻz qavmu xaylini ravo qildi firoq.
Oqibat to naylagay bori koʻngulga dardni,
Koʻp su’ubat birla xolo ibtido qildi firoq.
Jonu koʻnglum bir-biri yigʻlarlar oʻz ahvoligʻa,
Goʻyiyo koʻksum uyin motamsaro qildi firoq.
Vasligʻa shukr etmagan boʻlsam maxalli ta’n emas,
Chun yuz onchakim kerak erdi sazo qildi firoq.
Davr koʻrkim, ulki ichti bir qadah noʻshi visol,
Soʻnggʻi qatla zahr ila jomin toʻla qildi firoq.
Har dam onsiz yuz oʻlum erdi, Navoiy jonigʻa,
Bir oʻlum birla bu dardigʻa davo qildi firoq.

396

Hajr aro zaxming kibi boʻlmas menga kam ishtiyoq,
Balki husnungdin boʻlur afzun damodam ishtiyoq.
Ishtiyoqim bahridin olamgʻa tomsa qatrai,
Jongʻa yetgaylar chekardin ahli olam ishtiyoq.
Garchi boʻldum dard togʻi, lek qaddim za’fdin
Ayladi ostigʻa qolgʻan qofdek xam ishtiyoq.
Hajrdin yolgʻuz emas kuymakligim kim onsizin,
Oʻrtagan jonimni ham hijron erur, ham ishtiyoq.
Ishtiyoqim furqatigʻa chora qilgʻil, ey rafiq,
Kim xarob aylabturur holimni mahkam ishtiyoq.
Dilrabolar otashin la’lidadur andoqki oʻt,
Furqat ahlining qatigʻ jonida mubham ishtiyoq.
Oh dudidin qaro ermas Navoiy qisvati
Kim, aning olligʻa solmish buyla motam ishtiyoq.

397

Solsa partav tom uza chiqqanda ruxsori ochuq,
Bir quyoshtur tushsa har uy ichra tunglukdin yoruq.
Sovugʻ ohikim chekarmen gar oʻlur oqmoqda ashk,
Chashmalarda su boʻlur issigʻ, havo boʻlgach sovuq.
Tengri ollida tonugʻ oʻtkar demakim, kimsani
Mencha sevmassen bu ishga xud erur tengri tonuq.
Lablaringnikim uchuq tutmish hamul hay’at bila,
Ogʻzing andoq gʻunchadurkim tushmamish andin chobuq.
Dogʻi oʻrtarga chaponim ichu toshi qolmadi,
Bogʻladim marham chapondin qoldi gar eski momuq.
Gar yozuqsiz oʻlturursen gʻam yomon, lekin gʻamim
Munchadurkim boʻlmagʻay nogah senga andin yozuq.
Yori dilxohing chu topting, tengdurur vaslu firoq,
Haq rizosin chunki qazgʻonding ne uchmoq ne tomuq.
Soqiyo, may tutgʻali qoʻpmoq base taklif erur,
Qoʻy takallufniyu qoʻp, lekin menga oʻltur yovuq.
Za’fi koʻplukdin Navoiyning kam oʻlmas nolasi,
Ne munofidur figʻon bulbulgʻa boʻlmogʻliq oruq.

398

Ey kalomi jonfizoing la’li jondin yaxshiroq,
La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq.
Garchi hajringdin yomon holatdamen, lekin menga
Kimki andin yaxshiroq yoʻq, sensen andin yaxshiroq.
Xalq tarki ishqing aylarga birovni qatl uchun
Gar tilarsen, topmagʻung men notavondin yaxshiroq.
Ishq sahrosida yod etmang vatandin, ey xirad,
Qim bu nav’ ovoraliq yuz xonumondin yaxshiroq.
Istasang, ey ishq, Majnun oʻrnigʻa sargashtaye
Bilki, topqung yoʻq bu rasvoyi jahondin yaxshiroq.
Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qoʻysam ne tong,
Qimki yoʻq andin yomonroq, men yomondin yaxshiroq.
Ey Navoiy, xurdai nazminggʻa isloh istasang,
Kimsa qilmas oni shohi xurdadondin yaxshiroq.

399

Ashkdin boʻldi qarorgʻan kulbayi vayronim oq,
Kulbai vayron demakim diydai giryonim oq.
Ishq oʻtining dudidin hindu boʻlubmen yorgʻa,
Ashk yugʻandin nechuk boʻlgʻay tani uryonim oq.
Baski koʻz bogʻigʻa berdi orazing hijroni su,
Har sari gullar ochibdur bu iki boʻstonim oq.
Sabiy tifli maktabimen, oʻrgana olmon sabaq,
Yigʻlamoqtnn chun boʻlur lavhi dabiristonim oq.
Vah, ne kun boʻlgʻayki nogah ul quyosh aylab tulu’,
Yuzidin boʻlgʻay- qarorgʻan hujrau ayvonim oq.
Shomi hajrim etsa, tong yoʻq, nogahon gar subhidek,
Jilvagar boʻlsa libosin aylabon jononim oq.
Chun oqizding zori jismimni bahori saylidek,
Yor koʻyi jonibi, ey ashk, boʻlgʻan qonim oq.
Roʻzgorim dayr aro qildi qaro chun mugʻbacha,
Qolmagʻan boʻlsa tong ermas chehrai imonim oq.
Ey Navoiy, xalqni baskim oʻqurda yigʻlatur,
Ashk saylidin boʻlur borgʻan sari devonim oq.

400

Mushkil ishtur uyda bir gʻoyibni har dam yoʻqlamoq,
Lek muhlik yoʻqlagʻandin soʻngra istab topmamoq.
Kimga kim yuzlansa bu shiddat, ne tong olam yuzin
Ohu ashki sarsaru toʻfoni birla qoʻzgʻamoq.
Telba itdek hajr soʻzidin kelurmen oʻt sochib,
Ofiyat ahligʻa avlodur yoʻlumdin tarqamoq.
Ne junundur ul quyoshtin ayru hijron dashtida
Goh qoʻrqub soyadin qochmoq, gah oni quvlamoq.
Togʻ etaginda gar agʻnarmen junun ifrotidin,
Istaram ul pardani uryon tanimgʻa chirmamoq.
Turfadur togʻ avjida har lahza kulmak barqdin,
Chun boʻlur mufrit mening birla bulutqa yigʻlamoq.
Men chu kechtim ishq aro boshtin, malomat qilmangiz,
Kim ajabtur boshsiz elning qulogʻin toʻlgʻamoq.
Soʻzni angla, soqiyo, mast et meni ul nav’kim,
Boʻlmagʻay mumkin menga davr ahli soʻzin anglamoq.
Senda noz oʻldi, Navoiyda nnyoz, ermas ajab,
Kim sen oni qargʻagʻan sayi, seni ul alqamoq.

401

Ul parivash muddaiygʻa mehribondur, bizga yoʻq,
Filmasal ollida aning itga sondur bizga yoʻq.
Koʻyida itlarga maskandur vale qovlar meni,
Vahki, hamdamlargʻa anda xonumondur, bizga yoʻq.
Elni har dam oʻlturur, bizni bu gʻam oʻlturdikim,
Lutfi oning oʻzgalarga har zamondur, bizga yoʻq.
Tong emas gar oh xoki tanni barbod aylasa,
Gardgʻa chun ostonida makondur, bizga yoʻq.
Itlari mehmon boʻlurgʻa yoʻq hadim, ne nav’ dey,
Kim ul oy maxsuslargʻa mehmondur, bizga yoʻq.
Hay, deguncha chun oʻtar ham ayshu ham gʻam, bas ne gʻam,
Gar falakdin elga ayshi begarondur, bizga yoʻq.
Qismat ar dilxoh ila ermas, Navoiy, shukrkim,
Elga bu ish mujibi ohu figʻondur, bizga yoʻq.

402

Demangiz ahbobkim qilmasmusen bas yigʻlamoq,
Kim menga tengri nasib etmish tuganmas yigʻlamoq.
Asran olmay oʻzni ashkim tutti dashtu togʻni,
Nechakim Farhodu Majnun dedilar bas yigʻlamoq.
Mastu ushshoqmen dogʻi koʻnglumda ayrilgʻan kishi,
Ey musulmonlar, ne tong men zori bekas yigʻlamoq.
Tong emas jismim oqizgʻuncha koʻzum gar toʻkti ashk,
Ne ajab abri bahori oqqucha xas yigʻlamoq.
Tiyra hajring shomida gar jon talashmoq, tonggʻacha,
Boshima sham’u surohi nedurur bas yigʻlamoq.
Dahr bogʻidin vafosizligʻ agar fahm etmadi,
Nega shabnam ashkidin fan qildi nargis yigʻlamoq.
Ey Navoiy, toqini men dogʻi ashkimdin yiqay,
Chun menga qism etti bu charxi muqarnas yigʻlamoq.

403

Koʻnglum boʻlur gʻaming tuni har lahza qaygʻuluq,
Chun shom boʻldi har nafas ortar qarongʻuluq.
Ul koʻzki olam ahlidin olmishtur uyquni,
Baxtim kibi ne ayb agar boʻlsa uyquluq.
Sabru qaroru hushni olmogʻligʻing nedur,
Ey jonlar ofati, senga jonimdur olgʻuluq.
Dashti firoq ichra tirik yoʻq chu vahshu tayr,
Goʻyo yeli samumu giyohidur ogʻuluq.
Mugʻ dayri azmidin meni man’ etma, ey rafiq,
Bu yoʻl erur chu ahli malomatqa borgʻuluq.
Andin falakni ilmas ekin koʻzga piri dayr,
Kim bu erur haqiru janobi aning uluq.
To gʻamdadur Navoiy anga dahr tiyradur,
Shod anglamas ulusni birov boʻlsa qaygʻuluq.

404

Birov jismigʻa otsa ul siymtan oʻq,
Mening jonimgʻa sanchilur yuz tuman oʻq.
Budur turfakim, boʻyla holimni anglab,
Menga etmas ul shoʻxi novakfikan oʻq.
Boshoqdin yogʻar obihayvon ulusqa,
Chu yogʻdursa ul qotili safshikan oʻq.
Koʻp oʻq otmakim, gul yuzung furqatida
Erur xasta koʻnglumda har bir tikan oʻq.
Qoshingdin tushibmen yiroq, yodin oʻqdek,
Menga za’fdin boʻldi goʻyo badan oʻq.
Qadah qolgʻanin istakim charx oʻqidek
Bas yogʻdirur charxi bedod fan oʻq.
Navoiyu gulshanki bir guldin ayru,
Manga basdurur kunji baytul xazan-oʻq.

405

Kimki vasli ichra yoqsang sham’ ulfat, ey rafiq,
Koʻz tut ul sham’ oʻtidin-oʻq dogʻi furqat, ey rafiq.
Vasl sofi mumkin ermas, chunki bedardi firoq
Zinhor ul boda sori qilma ragʻbat, ey rafiq.
Vasl noʻqkim ishq lafzin tilga mazkur etmagil,
Har nafas koʻrmay desang yuz nav’ shiddat, ey rafiq.
Kuyma har ne mehr oʻtigʻa, gar desang har dam seni
Qilmagʻay kul shoʻ’lai anduhu gʻayrat, ey rafiq.
Shoʻx chobuklar gʻubori tavsanigʻa solma koʻz,
Yuzda istar boʻlmasang gardi mazallat, ey rafiq.
Boqma guldek yuz uza xoʻy shabnaminkim, buzmasun
Aql ila sabring binosin seli ofat, ey rafiq.
Gar solib yuz mnng balogʻa mendek oʻzni boʻlmasa
Ishqsiz bir dam senga ham sabru toqat, ey rafiq.
Toki mumkindur kezib bir mehribon yor istasang,
Bagʻri toshlarni sevarga qilma jur’at, ey rafiq.
Gar Navoiydek boshinggʻa tushsa bir qotil gʻami,
Anda dogʻi koʻrgasen ne boʻlsa qismat, ey rafiq.

406

Sanoyi zoting ichra topib ajz ahli idrok,
Gahi lo tuhsiy antib zamone mo arafnok.
Ne yanglig ahli idrokki chun gardungʻa surdi,
Koʻziga surma qildi gʻuborin xayli aflok.
Ziloli sun’ung ichra sipehru sadra shoxi,
Tengizda ul hubobi, bu ham andoqki xoshok.
Kamoli qudratingdin xirad ul nav’ boʻlub lol,
Ki hayratdin hamisha qilib isba’ni misvok.
Firoqing soʻgi ichra kecha koʻzdin sochibon ashk,
Visoling hasratidin yaqosin subh etib chok.
Yorimchuq pashsha neshi bila ojiz qilursen,
Nechakim til yangligʻ qavidur xasmi bebok.
Chu tuzdung husi bogʻin uzoru qadni qilding
Birin gulbargi ra’no, birisin sarvi cholok.
Visoling koʻzgusiga jilo berding kulidin,
Aningkim ishq oʻtidin vujudin oʻrtading pok.
Navoiy hamding aytur, ajab yoʻq gar tiliga
Inoyat lujjasidin ketursang gavhari pok.

407

Qolibmen za’fdin baskim, ul oy otti menga novak,
Teri birla soʻngak, lekin soʻngak oʻqlar teri koʻnglak.
Chidarmen har necha zaxm ursa ul qotil, vale boʻlmas
Chidamoq gar birin oʻz uzvida qilsa birov oʻlchak.
Maloyik domi zulfidin qutulmas, vah, qutulgʻaymu
Xazin koʻnglum qushigʻa aylasa ul halqadin ilmak.
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim, boʻlgʻay
Qoshida qissai Yusuf bir uyqu kelturur choʻpchak.
Men oʻldum noladin, noz uyqusidin yor ochmas koʻz,
Ne sud andinki hijron shomi boʻlgʻay koʻzlarim sergak.
Qaro qaygʻu meni eltib qaro zulfung uchun har tun,
Qaro boshni tutub ovuch qaro yerga kirib tirsak.
Yema gʻam telba koʻnglum ranjidin muhlik jafong ichra
Ki, men oʻlgay edim oʻlsa kishi chekmak bila emgak.
Agar husn oʻlsa qotil, zor ne darveshu ne sulton,
Vagar ishq oʻlsa komil, yor ne hinduvu ne oʻzbak.
Erur ahbob ishqining qusuri husni nuhsidin,
Jamolu noz to koʻprak, niyozu shavqi ham koʻprak.
Desang ogah boʻlay, maydin oʻzungni hech bilmas qil,
Qi gʻaflatdur fano tavrida oʻzni bir nima bilmak.
Navoiy ul yuzu lab shavqidin nogah navo cheksa,
Dam urmas bulbulu toʻtiki, budur kajja, ul biltak.

408

Hajrkim har dam meni bevahmu bok aylar halok,
Gar munga rozidur ul xunrez bebokim ne bok.
Qaddi shavqidin dedim koʻksumga tortay bir alif,
Ishq tiygʻi tez edi koʻksum sarosar boʻldi chok.
Tiyri boroni firoqingdin tanimni istamon,
Kim koʻzungga uchragʻaykim boʻlmish asru sahmnok.
Husn mir’oti ochar kuygan koʻngul xokistari,
Nechakim ul boʻlsa nuri poku bu bir tiyra xok.
Ishq oʻti ta’sir etar el necha nohamvor esa,
Barq sayrigʻa ne gʻam yer gar biyikdur, gar magʻok.
Pok husnung qadrin usruk koʻnglum anglari uchun
Kim balo soqiylaridin ishq jomin ichti pok.
Dema, kim erkin Navoiy xasta koʻngliga talab,
Ey koʻngul, zaxmigʻa marham ayni matlubi sivok.

409

Tigʻi ishqingdin koʻngul har yon ogʻizdek boʻldi chok,
Bu ogʻizlardin ne tong cheksam figʻoni dardnok.
Sharbati hijron bila qatl aylading ahbobni,
Kimsa hargiz doʻstlarni zahr ila qilmas halok.
Jon qushi oʻrtanmasun deb yopma oʻtlugʻ chehrakim,
Sham’ oʻti koʻrgach kuyardin aylamas parvona bok.
Mehrdek yor evrulur boshigʻa har sargashtakim,
Zarradek qilsa havoyi ishqi ichra oʻzni pok.
Orazingdin yoʻq ajab tushsa koʻngul zaxmigʻa oʻt,
Mehrdin koʻprak boʻlur mahrur har yerkim magʻok.
Istasang yetgach fano yeli senga boʻlgʻay uruj,
Faqr koʻynda burun qilmoq kerak sen oʻzni chok.
Ey Navoiy, yor agar koʻnglumga kirmak istadi,
Zaxmima marhamcha bordur qilgani koʻksumni chok.

410

Yor boʻlmish oʻrtada hijron tariqin solgʻudek,
Aqlu, hushu, jonu, koʻnglum xayli ham qoʻzgʻolgʻudek.
Yor borib aqlu, xushu, jonu, koʻnglum qoʻzgʻasa,
Tan yetib koʻz bul ajab holimgʻa boqib qolgʻudek.
Boshni holokim erur fursat soloyin ollida,
Tundlugʻdin garchi ermas oni yerdin olgʻudek.
Soqiyo, may tut, mugʻanniy, navha ohangini chal,
Kim sipohi umrum oʻlmish kavsi rihlat cholgʻudek.
Hajr aro, ey Hizri farrux pay, qoʻlum tutkim erur
Poʻya urmogʻdin bu vodiy ichra bagʻrim tolgʻudek.
Hulla gulbargidin etting, pardai jonimdin et,
Boʻlsa oning ustida nozik taning tovsholgʻudek.
Ey koʻngul, naqdi hayoting qil fano yoʻlida sarf,
Hayf erur, gar boʻlsa umri Nuh uchun saygʻolgʻudek.
Bir zamondur umri azmi dasht etib osuda boʻl,
Boʻlsang abnoyi zamon bedodidin qiynolgʻudek.
Ey Navoiy, zavraqi jisming ne tong boʻlsa gʻariq,
Bahri ashk oʻlmish chu har dam ohdin chayqolgʻudek.

411

Ogʻzikim soʻzda Masihodek qilur elni tirik,
Bas uluq soʻzlukdurur garchi erur asru kichik.
Qaddi qoʻpqach sarv agar tushsa ayogʻin oʻpgali,
Yoʻq ajabkim, past oʻlur soya quyosh boʻlgʻach biyik.
Ham oʻshul tufrogʻdin sochib qurutung nomani,
Yozsangiz ul oygʻa jismim tufrogʻ oʻlgʻandin bitik.
Tigʻi zaxmin bogʻlasa ahbob gʻam yoʻq, ey koʻngul,
Bir eshik bogʻlansa ishq ichra, ochilgʻay yuz eshik.
Hajr toshin boshima, mehnat balosin jismima
Qanda bilgay ishq anga koʻrguzmagan qotigʻ irik.
Uchqil, ey bulbul, bu gulshandin nedinkim, har necha
Gul vafoda kund erur, javr ichradur xori itik.
Gar Navoiy qatligʻa kelmaydur ul usruk, nega
Bas etak sanchib, qilich tortib, shimolibdur ilik.

412

Buki koʻksum choki tikkan ignadin boʻldi toʻshuk,
Koʻnglakim chokidek oʻlmishtur vale andin churuk.
Jonfizo la’ling balo qotil koʻzung hijronida
Uyla holim borkim, bilmon tirikmen yo oʻluk.
Xotami la’ling agar ogʻzima yetgach, tishlagum
Muhr etarda mum yopushqan kibi bosqach uzuk.
Furqatingdin loladekdur chok-chok oʻlgʻan koʻngul,
Negakim ham qon aro boʻlmish boʻyogʻligʻ, ham kuyuk.
Otashin la’ling agar jonimni oʻrtar, tong emas
Kim, erur asru isigʻ, nekim erur asru chuchuk.
Dema dashti ishq aro miskinki ishq ahli qani,
Itti bu poyoni yoʻq sahroda har yon bir suruk.
Ey Navoiy, faqr yoʻlinda burun oʻzlukni sol
Kim, bu yoʻlda poʻyagʻa mone’dur ul ortuqsi yuk.

413

Ey tani xoki xadangingga nishon boʻlgʻon kesak,
Ham bu ma’nigʻa quruq boshim kesak uzra soʻngak.
Bir yoqoni qoʻymading qilmay etakka tegru chok,
Raxsh to surdung yoqangni sindirub, sanchib etak.
Zohir aylarsen yadi bayzo qilurda elni qatl,
Tigʻ urarda yeng shimolib kim ayon etsang bilak.
Gul bila nomardum el andoqki uzgay gʻunchani,
Yigʻib iting yuz pora bagʻrimni, jam’ qilding yurak.
Rishtai jon yangligʻ asray tushsa ilgimga dami,
Kim xilol oʻrnigʻa shirin la’lingga yetgay ipak.
Hajr shomi dardu gʻamni boshima yogʻdurgʻali
Boʻldi anjum birla charxi chanbari goʻyo elak.
Ul pari ishqida chun oʻldi Navoiy, anglangiz
Kim, mujannindur isi qabrigʻa butsa har chechak.

414

Xoni vaslnngdin agar boʻlmas muyassar bar yemak,
Ham gʻanimatdur talashmoq itlaring birla soʻngak.
Ne libosi ofiyat kinmak meni Majnungʻa kim,
Anglamon gar boʻynuma tushsa yaqo yanglngʻ etak.
Ishq naqdi kissasining havzigʻa bodoma muhr,
Gar tilar boʻlsang munosibdur bu chok oʻlgʻan yurak.
Zulfdur yoxud uzori oʻtigʻa chirmashti dud,
Yo binogoʻshigʻa toʻsh, boʻrkiga sanchibtur gajak.
Surtgandek koʻzini sarpanjasi naqshigʻa yel,
Koʻz yorutsam ilgidin panjamda boʻlsa ul bilak.
Ishq agar boʻlsa havoyi nafsdin pok, ey koʻngul,
Yoʻq tafovut dilbaring gar beka boʻlsun, gar mnrak.
Qoshi mehrobida vaslin istab aylarmen duo,
Ey Navoiy, tong yoʻq andoq, qiblada mundoq tilak.

415

To yelak savsani aylabsenu gulgun terlik,
Oʻzidin savsanu gul ter aro yubturlar ilik.
Soldi boshigʻa uluq fitnalar el qatli uchun,
Garchi shoʻxona sipechin koʻrunur asru kichik.
Limui boʻrking erur shoʻ’laki, sindurdung uchin,
Kuydirur xalqni ul shoʻ’la agar boʻlsa biyik.
Qon qilib rishtai jonlarniki, qilding tak band,
Bogʻlading belni magar qoʻymagʻali elni tirik.
Sen bu oshubu qiyomat bila aylab jilva,
Men netay, aylamayin telbaligu sheftalik.
Garchi Ka’ba eshigin topmadi mingdin bir ochuq,
Kir fano yoʻligʻakim, anda, yopuq boʻlmas eshik.
Oqsa na’sh ichra, Navoiy, yorasining qoni,
Chekib, ey ishq, kafan torin oning zaxmini tik.

416

Sud qilmas etagingni iligimdin chekmak,
Kim qiyomatqa degincha bu ilikdur, ul etak.
Qonima qoʻl shimolu tigʻini chekmaki, qilur
Qatl poʻlod qilichdin burun ul siym bilak.
Qayd qilmangki junun silsilasi qaydidamen
Kim, kesa olmas ani qilsalar olmos egak.
Tirguzurda nafasing yuzni qochirmoq ne edi,
Mayl qilmas xud oʻluk kimsadin olmoqqa muchak.
Ishqdin maxlasima aylabon ahbob duo,
Mustajob oʻlmasi oning meni mahzungʻa tilak.
Janda birla kishi emas agar boʻlsa fano,
Tengdurur xoh palos oʻlsa toʻnung, xoh ipak.
Koʻyida oʻldi Navoiy bu sifatkim bor edi,
Takya xorovu hasiri yoni ostida toʻshak.

417

Oshiq oʻldum pand bermang, choram asbobin tuzung,
Ishq zor etganga zulm etmang, tarahhum koʻrguzung.
Eyki dersiz ishq aro sabring uyin obod qil,
Mundoq etguncha hayotim qasri bunyodin tuzung.
Sarvinozim gar borur koʻz bogʻidin, qilmon qabul,
Gar aning oʻrnida toʻbi nahlini oʻlturgʻuzung.
Onsizin, ey doʻstlar, ne zahru ne obihayot,
Kim musovidur menga gar oʻlturung, gar tirguzung.
Gar ajal turgʻuzmadi jismimni ul oy koʻyida,
Doʻstlar, na’shimni bori anda bir dam turgʻuzung.
Durd kelturdung debon yozgʻurmanguz, ey ahli ishq,
Bok yoʻq zuhdum ridosi kunjiga solib suzung.
Chun Navoiy koʻnglini qildi gnrih bir tori zulf,
Doʻstlar, sarrishtai ummidini andin uzung.

418

Oʻt urdi jonima chun ochti la’li otashnok,
Hayot chashmasidin, vahki, jonim oʻldi halok.
Zaif jismim oʻtidin jahonni kuydurdung,
Ulugʻ oʻt urmogʻ uchun oʻrtading burun xoshok.
Deding koʻngul oʻti dudin chiqarma oh bila,
Agar chin erur soʻzum, nega koʻksum etding chok.
Nazzora hoyilidur dudi ohu qatrai ashk,
Figʻonki, moni’i komimdur anjumu aflok.
Koʻngul shigofi dema, anda sabr dafni uchun
Ki hajr qotili oʻlturdi, qozdi ishq magʻok.
Chu mast oʻldum esa may bila yuvungiz badanim,
Tonging ushalgʻan na’shim beliga rishtai tok.
Navoiy istasa loʻlivashe ajab ermas,
Bu vajh ilaki vafo tarki ettilar atrok.

419

Labing xayolidakim, chok erur menga koʻnglak,
Tikar edim ani jon rishtasidin oʻlsa ipak.
Itingga ozroq esa toʻ’ma pora-pora bagʻir,
Uzub solay yana bir luqma oʻrni toʻlatsa yurak.
Xating gʻamidin ushalgʻan qalam kibi badanim,
Ichinda nol kibi har taraf zaif soʻngak.
Binafsha yafrogʻidin chu libos etibdur gul,
Yoʻq ersa gul kibi jismingdadur binafsh yelak.
Yuzungga obila zaxmidin oʻzga holatdur,
Nechukki bogʻ topar zeb chun ochildi chechak.
Libos ziynatiyu ishq lofi keldi yiroq,
Ki kuymas ar necha parvonadek uchar koʻpalak.
Navoiy aylay olurmu nihon bagʻri tugonin,
Ki lola yangligʻ ochar pora-pora qonligʻ etak.

420

Gulshan ichra yoʻqtur oromim, diloromim kerak,
Sarvu gulni naylayin sarvi gulandomim kerak.
Gar parilar qush kibi ram qilsalar men telbadin,
Gʻam yoʻq ul shoʻxi pari paykar mening romim kerak.
Ofiyat koʻyida mahvashlargʻa yoʻqtur nisbatim,
Ul muqomir sheva shoʻxi boda oshomim kerak.
Ka’bada nokom ila din ahlida yoʻq juz nifoq,
Dayr ichinda kofiri beboki xud komim kerak.
Gul bila sunbul kerakmastur menga, ey bogʻbon,
Zulfi sunbul atriligʻ ruxsori gulfomim kerak.
Ey xarobot ahli, rasvo koʻnglum etmish bir taraf,
Kelmisham topib soʻrogʻ ul rindi badnomim kerak.
Ey Navoiy, xonaqahda topmadim juz tafriqa,
Xum kibi mayxonaning kunjida oromim kerak.

421

Kimga bir majlisda ohu dard ila soʻze kerak,
Mundoq oʻt yoqmoqqa avval majlis afroʻze kerak.
Majlis afroʻzi agar ham boʻlsa majlis ahlining
Bagʻrini kuydurgali ohi jigar soʻze kerak.
Subhn vasling ichra tirguz xayli ushshoqingnikim,
Shomi hajr oʻlturgali mendek siyah roʻze kerak.
Koʻyungga har kun borib har dam koʻray dermen seni,
Menga har kun bayramu har lahza navroʻze kerak.
Yaxshi asra gʻam tuni ohim oʻqin, ey charxkim,
Sen ivaz etmoqqa ham chun tiri dildoʻze kerak.
Bir Xiziri hamnishin berma ilikdin negakim,
Dashti xirmon qat’ida oxir qulovuze kerak.
Ishq ta’limin Navoiydin olurlar ahli dard,
Uyla dars ahligʻa mundoq donishomuze kerak.

422

Qoching ul koʻzdin angakim, ul labi xandon kerak,
Ehtiroz etgay balodin gar kishiga jon kerak.
Zaxmliq koʻnglumni aylar chok-chok ul qoshi yo,
Axtarur goʻyoki gʻoyib aylagan paykon kerak.
Charx kajrav uzra surma barq raftoringni kim,
Rostlar koʻngln fazosidin anga maydon kerak.
Ul pari ishqida ermasdur maloyik mahramim,
Kimki ishqi pok erur sirri aning pinhon kerak.
Za’fdin chiqmas damim netib ogʻirlay itlarin,
Kim qavlargʻa uzri mardumlugʻ bagʻirdin qon kerak.
Dayri piri xonaqah kunjiga, ey shayx, istama
Kim, aning bazmigʻa gardun toqidek ayvon kerak.
Ey Navoiy, ul pari oʻltursa ham ozdur seni,
Kimki insondur, aning mahbubi ham inson kerak.

423

Xastadur jonim mening, to bordi jononim mening,
Boʻlmasun tar borsa jononim mening jonim mening.
Gul toʻkilmish sugʻa, bormish sarv oʻzidin goʻyiyo,
Chehra ochmish bogʻ aro sarvi xiromonim mening.
Daf’a-daf’a qon aro jismimdadur bir-bir tugon,
Lolalar ostidadur har dogʻi pinhonim mening.
Tilga olmish telba koʻnglumni yana xayli raqib,
Qolmish itlar ogʻzida Majnuni uryonim mening.
Men anga hayronu el ming zaxm ursa bexabar,
Bexabar zaxm urgʻuchilar dogʻi hayronim mening.
Xalqdin pinhon meni mast ayla shoyad, ey rafiq,
Sokin oʻlgʻay shammaye bu dardi pinhonim mennng.
Ey Navoiy, boʻlmasa bir piri komil himmati,
Ul yigit bedodidin maxlas yoʻq imkonim mening.

424

Ichmading may, to burunroq bizni rasvo qilmading,
Chunki rasvo qilding, andin soʻngra parvo qilmading.
Mayni zahri hajri sogʻinding magarkim, totqali
Bir fidoyi men kibidur anda paydo qilmading.
May ichardin qasding ermish bizni rasvo aylamak,
Aysh fikrin mundin oʻzga ishga goʻyo qilmading.
Shahr badnomi meni aylab, oʻzung ishrat aro,
Vahki, bu badnomni bir yodi qat’o qilmading.
Shoh bazmi ichra chun loyiq emas ermish gado,
Ey xirad, nevchun burunroq bizga imo qilmading.
Ey koʻngul, rahmat sengakim har necha koʻrdung jafo,
Olam ahlidin vafo hargiz tamanno qilmading.
Ey Navoiy, shukrkim, garchi seni shahr ichra yor
Shuhra qildi, sen aning sirrinn ifsho qilmading.

425

Necha boʻlgʻay zaxmliq koʻnglumni mahzun aylamak,
Zaxmi qonidin koʻzum yoshin jigargun aylamak.
Necha la’ling hajridin qonligʻ qadah ichgan sayi,
Sogʻarimni ashk xunobidin afzun aylamak.
Necha pinhon aylabon orazin andoqkim pari,
Bizni rasvoyi jahon andoqki, majnun aylamak.
Necha bir oy ishqidin, ey dard, men sargashtani
Kecha-kunduz beqaror andoqki gardun aylamak.
Berdi muhlik dard ishqu qoʻydi minnat jonima,
Muncha boʻlgʻay jud ila muflisni Qorun aylamak.
Kimki dunyo ahli dunlardin tilar boʻlgʻay xalos,
Shart erur avval vidoi dunyoi dun aylamak.
Ey Navoiy, chun gʻubori bahr oʻlturmas ne sud,
Bir koʻzungni Dajla qilmoq, birin Jayhun aylamak.

426

Aytmonkim la’li jonbaxshing erur jondin chuchuk
Kim, erur har neki yoʻq ondin chuchuk, ondin chuchuk.
Nechakim boʻlsun chuchuk shirin takallum soʻzlari,
Lekin ermas ul kalomi shakkar afshondin chuchuk.
Noʻshi la’lingdin menga chun zahri hajr oʻldi nasib,
Ne osigʻ gar boʻlsa ortugʻroq imkondin chuchuk.
Ne oʻqung behad chuchukdur jongʻa goʻyo chiqmamish,
Bir qamish mundoq shakar butgan nayistondin chuchuk.
Novaking uzra boshoq goʻyo erur habbi nabot
Kim, koʻngul komi boʻlur ul shakli paykondin chuchuk.
Soqiyo, jomimda ezgil zahrkim, har necha ul
Boʻlsa achchigʻ, boʻlgʻusidur zahri hijrondin chuchuk.
Ey Navoiy, jonfizo nazming base vasfida bor
Shirai jondin ezilgan obihayvondin chuchuk.

427

Ne osigʻ ohim oʻti ravshan zuloling kunidek,
Tiyra dudn chun meni oʻlturdi hajring tunidek.
Garchi boʻlsa har sharar doʻzax oʻtidin misli barq,
Mumkin ermas koʻnglum otashgohining uchqunidek,
Eyki, zarhal qilmoq istarsen samandi na’lnni,
Topmagʻungdur anga surtarga yuzum oltunidek.
Hublar lutf aylab ul qatlimgʻa garchi hukm etar,
Hech un kelmas qulogʻimgʻa ul oyning unidek.
Vah, ne boʻlgʻay yetsa yuzu xattinga giryon koʻzum,
Ashkim oʻlsa ul gulu bu sabzaning shudrunidek.
Bil vafo rasmin gʻanimat, ey gul, andin burnakim,
Day sipohi yetgay ohu koʻz yoshim chopqunidek.
Vasli koʻyidin Navoiy koʻngli ozdi, ey rafiq,
Koʻrmaduk hargiz ul ahli ishqning ozgʻunidek.

428

Tili gavharkashdurur har yon sahobi pilrang,
Boshida changak hilolu yonida xurshidi zang.
Asru izhori tajammul qildi sultoni bahor
Kim, bu yangligʻ pil yuz ming jilva aylar bedarang.
Ayladi nayson zuloli yer yuzin oyinagun,
Anjumu koʻk aksidur anda rayohinu oʻlang.
Daf’a-daf’a bir-biri uzra bulut ofoq uza
Goʻyiyokim tojire terdi ruxutin tang-tang.
Chang uni birla may ich koʻrguzdi chun qavsi quzax,
Davr ila andomi changu lavn aro avtori chang.
Buyla mavsumda keraktur ayshi bazmin tuzgali
Ham zummuradrang yer, ham bodai yoqutrang.
Bu bori bir yonu ul bir yonki ichmak boisi
Soqiyi boʻlgʻay bu davr ichra bagʻoyat shoʻxu shang.
Ham yigitlik, ham bahor ayyomini tut mugʻtanam,
Bodayu soqiy uchun qilmoqqa tarki nomu nang.
Ey Navoiy, dam bu damdur, tut gʻanimat, boda ich.
Oʻzga bir damgʻa yetar yetmasga chun voqif emang.

429

Ayladi mugʻbacha dayr ichra meni masti malang,
Ushatay sogʻari nomus bila shishai nang.
Ey xush ulkim, qilibon zuhd toʻnidin uryon,
Dayr aro tifllar oʻynatsa meni masti yalang.
Aysh bazmigʻa yetib bormagʻamen, chunki meni
Tortadur ul sari yuz tor bila nagʻmai chang.
Menga, zohid, yana may tarkini qil deb taklif
Qilmagʻaysen, koʻzunga uchrasa ul soqiyi shang.
Sof may lam’asiyu soqiyi mahvash husni
Tiyra zohidgʻa asar qilmadikim, bor edi dang.
Ishqi bebok uza kim zuhd xayolin qilsa
Erur andoqki, yegay bodai nob ustida bang.
Maykada ahligʻa yuz toqu tarab, ey soʻfi,
Xonaqahda boʻla olgʻaymu Navoiygʻa darang.

430

Ul sarigʻ toʻnlugʻ erur turgʻanda ta’zimgʻa tik,
Shoʻ’lakim xoshokni kuydurgali boʻlgʻay biyik.
Koʻngluma sanchargʻa, ey gul, qilma mujtoningni tez
Kim, tikanning ignasin hojat emas qilmoq itik.
Qilmadi holimgʻa gʻamzang birla la’ling iltifot,
Bor aningdek holatimkim, ne oʻlukmen, ne tirik.
Koʻz savodidin qaro jon safhasin qildim varaq,
Bu ikining rashkidindur, gar senga yozmon bitik.
Xol ekinmu ul koʻz ostida, yoʻq ersa nofadin
Mushk tar boʻlgʻach gul uzra qatra tomizdi kiyik.
Hajr toshi birla mehnat shomini qildim qabul,
Ey koʻngul, ishq ichra boʻlmas koʻrmayin qottiq irik,
Xonaqahni bogʻlading, ey shayxu, qildim azmi dayr,
Yuz eshik ochildi, gar bogʻlandi ersa bir eshik.
Uyla foni boʻlki domangiring imkon boʻlmagʻay
Kim, etak mavjud agar yoʻqtur, neni tutqay ilik.
Ey Navoiy, chun parivashlargʻa mumkin yoʻq vafo,
Qilma mundin nari, gar bor esa aqling telbalik.

431

Xarob qilmadi oncha meni mayi gulrang,
Ki qildi orazi gulrang birla soqiyi shang.
Ne soqiy ulki, aning ishvasigʻa boqsa boʻlur,
Xavos lolu xirad masxu ruh notiqa dang.
Xaloki neshi aning gʻamzasigʻa yoʻq hampo,
Hayot javhari la’li labigʻa yoʻq hamsang.
Qiyo-qiyo boqishi yetkurub bagʻirgʻa qilich,
Qaro-qaro mijasi yetkurub koʻngulga xadang.
Savodi a’zami kufr ila zulfi zunnori
Ki, topilib shikanu halqasida chinu farang.
Bu nav’ mugʻbacha may tutsa dayr aro kishiga,
Kishi emaye gar anga qolsa donishu farhang.
Navoiy oʻldi chu bu soqiy ilkidin sarxush,
Ne ayb dayrgʻa masjiddin aylasa ohang.

432

Ishq keltursa ishim dayri fano azmida oʻng,
Xonaqah kunji havas aylamayin andin soʻng.
Rostlar ma’manidur dayr, tuz ur ul sari gom,
Qimkn ul egri qadam urdi ishi kelmadi oʻng.
Himmat ahli bila har tiyragʻa tegmas parvoz,
Nasri toyir bila ne nav’ havo qilgʻay qoʻng.
Borkashlarga fano ma’ni qachon qilgʻay joh?
Tevaning koʻngli kichikdur, gar erur paykari choʻn
Ohu ashkidin erur oʻtu su ichra oshiq,
Zohido, ne gʻam anga, gar qizigʻ oʻlgʻil, gar toʻng.
Zoʻru bozu kishiga dahr chu qoʻymas jovid,
Sa’y etib qoʻlda birovni chu yetar emdi qoʻlung.
Garmin ista Navoiyki kishi toat etib,
Noma ma’lum emas soʻl qoʻlidin yo oʻng.

433

Chun latofat koʻzgusi boʻlmish safo ichra ul eng,
Yo rab, ohim dudi zohir qilmasun ul engda meng.
Ilgim oʻtin daf’ etar meng suyi, baskim elturam
Oh ma’nigʻa ilik yo ashkning daf’igʻa yeng.
Qomating birla latofatda oʻzin teng tutsa sarv,
Bordur ul yangligʻki, boʻlgʻay sarv birla soya teng.
Men balo chohidayu Majnun farogʻat dashtida,
Lofi ishq ursa ajab yoʻqkim, topibtur yerni keng.
Sudrabon eltur qazo ilgi meni mayxonagʻa,
Mast boʻlmay chora bormu, ey nasihat ahli, deng.
Turktoz aylab koʻngul olding ajaldin burna jon,
Hissa oyirma anga nevchunki ermas erdi cheng.
Ey Navoiy, gar koʻngul ketti malolat koʻrma koʻp,
Sen chu bedillikga qoyilsen boʻlur ul telba teng.

434

Ul pari bu telba birla oshno boʻlsa ne tong,
Notavon Majnungʻa Laylidin vafo boʻlsa ne tong.
La’li hajridin damodam xasta koʻnglum qon yutar,
Ul marazgʻa buyla sharbat, yo gʻizo boʻlsa ne tong.
Dema qotildur labi qilma oʻzungga qasdi jon,
Boʻyla qotil ollida jonim fido boʻlsa ne tong.
Charxdek koʻp boʻldi ohim dudigʻa bois raqib,
Yuzi oning roʻzgorimdek qaro boʻlsa ne tong.
Zulfi zulmat shomiyu davlat tongidur orazi,
Tiyra hajrim shomidin zulmat zudo boʻlsa ne tong.
Qasdi dinu gʻorat imonimni etmish mugʻbacha,
Ey musulmonlar, yerim dayri fano boʻlsa ne tong.
Barcha ziyrak qushqa chun ul zulf domi keldi qayd,
Ey Navoiy, anda koʻnglum mubtalo boʻlsa ne tong.

435

Subhi iqbolu saodat keldi ul farxuida eng,
Tong boshida muhtariq kavkab kibi eng uzra meng.
Sarvkim teng tutmas oʻz qaddi bila bir naxlni,
E’tidol ichra emastur naxli qadding birla teng.
To meni sargashta jismim dashtdin har yon quyun,
Poʻya aylar tinmayin nevchunki topmish yerni keng.
Koʻnglak oʻrnigʻa yelak kiyding hamono, ey quyosh,
Kim yadi bayzogʻa moni’ boʻlmagʻay har sari yeng.
Gʻorati islomu din yolgʻuz qilursen goʻyiyo,
Buyla yagʻmolarda yoʻq hojatki boʻlgʻay kimsa xeng.
Boda istab zuhd tarki ayladim, olgʻaymusiz,
Xirqau sajjoda rahn etsam xarobot ahli, deng.
Dogʻu qon birla Navoiy koʻngli boʻldi lolakim,
Bu taqozo aylar ul mushkin mengu gulrang eng.

436

Hajri tobi ichra kim koʻrdi bu jismi zordek,
Kim topibtur barq shakli oʻtqa tushgan tordek.
Ey kabutar, tavq paydo aylagung qumri kibi,
Soʻzlugʻ nomamni ossam boʻynungga tumordek.
Boʻldi yuz ming pora jismimda soʻngak, qon qolmadi,
Molishi hajringdin oʻlmishmen siqilgʻan nordek.
Ey koʻngul, dayr ichra ul kofirni sevdung, bilki yoʻq
Rishtai oʻzni anga bogʻlar uchun zunnordek.
Yor agar hampoyu po barjo esa bu davrida,
Boshigʻa har lahza evrulmak boʻlur pargordek.
Har soʻngak yonimda boʻlmish bir teshuk gʻam bazmida
Har biriga oʻzga yangligʻ nola musiqordek.
Boda ichmakka maqome istar ersang, ey rafiq,
Manzile bu ishga boʻlmas kulbai xammordek.
Har dam ul oy hajrida ovoraligʻ istar koʻngul,
Ey Navoiy, qoʻy oni har qayda borsa bordek.

437

Quyundek vasli dashtidin gar, ey Layli, meni surdung,
Degach, sargashta Majnunum, boshimni koʻkka yetkurdung.
Sotarlar dasht uza men telbani kim tutsa hindu deb,
Tanimni hajri dudu shoʻ’lasigʻa baski kuydurdung.
Tegib tufroqqa andin sekrigan toshlar halok etti,
Necha boshimgʻa qalqon tuttung ar gʻam toshi yogʻdurdung.
Xazin koʻnglum qushining parlari churkandi ul kunkim,
Buzugʻ tan oshiyonin shoʻ’lai hajringgʻa kuydurdung.
Netib nahli umidimdin guli vasl orzu aylay,
Ki hajring ilgidin qutqarding oni yoʻqki sindurdung.
Boshimgʻa keldi gʻam tigʻi, balo toshi ajal zaxmi,
Koʻr, ey hijroni zolimkim, nelar boshimgʻa kelturdung.
Yasa ey dayri piri, bodakim, kelgum kaforatqa,
Eshittimkim, meni aylabturur deb, tavba yozgʻurdung.
Bu gulshan gullarining chun vafosi yoʻqtur, ey bulbul,
Ne ochilgʻay tutaykim, sen figʻoning koʻktin oshurdung.
Navoiy, yoʻl yiroq, maqsud nopaydo, qadam urgʻil
Ki qolding korvondin, gar yetargʻa bir nafas turdung.

438

Zihi quti hayotim hajri muhlik dardida yoding,
Agar lutfunggʻa loyiq boʻlmasam yoʻqturmu bedoding.
Menga lazzat sening zikring, menga quvvat sening fikring,
Menga ishrat sening vasling, menga toat sening yoding.
Agar xurshidi raxshon orzu etsam guli roʻyung,
Vagar toʻbin rizvon mayli etsam sarvi ozoding.
Bagʻir qonin labolab aylagan oshom iki la’ling,
Koʻngul saydin damodam bismil etgan ikki sayyoding.
Ulusni tirguzur qatl aylamaktin obihayvoning
Va lekin oʻlturur qatl aylamastin bizni jalloding,
Muhiqdur, ey koʻngul, bu kim ul oy faryodinga yetmas
Ki yolqibdur nedinkim, yetti koʻp ul oygʻa faryoding.
Demon devona balkim, dev oʻlubmen ul pari ruxdin,
Ne tong, ey shayx, etsam aks tahayyul barcha irshoding.
Ulusqa sofii ishrat tutub, ey soqiyi davron,
Hamono zahri mehnatni mening jomimgʻa asroding,
Navoiy, Ka’bai maqsudi sari gar qadam qoʻysang,
Tajarrud basdurur hamrohingu betoʻshaligʻ zoding.

439

Jon olurda jismi zor erkanni bilmasmu eding?
Qon toʻkarga jon figor erkanni bilmasmu eding?
Nola jurmi birlakim, jonimni olding, nolishim,
Sensizin beixtiyor erkanni bilmasmu eding?
Qilding el mehrni sanad qatlimgʻa, yoʻqsa jon aro
Sirri ishqing ustivor erkanni bilmasmu eding?
Tuhmati bemehrligʻ qildingki bilgach oʻlganin,
Yoʻqsa mehring jongʻa bor erkanni bilmasmu eding?
Vaslingga yetkurmagan zulm erdi, vah, yoʻqsa koʻngul
Furqatingdin beqaror erkanin bilmasmu eding?
Oshiq oʻldung, ey koʻngul, qilma figʻon bedodidin,
Ishq aro yuz muncha bor erkanni bilmasmu eding?
Ey Navoiy, gar koʻngul ishqingni topdi tong emas,
Nuktasi devonavor erkanni bilmasmu eding?!

440

Bogʻ ichra chu garm boʻldi bozoring,
Yuz vajh ila boʻldi gul xaridoring.
To gul chu xayol qildi bigʻingni,
Gʻayrat anga oʻt urdi ruxsoring,
Qadding bila sarv qilsa sarkashlik,
Tushgay quyi boshi koʻrsa raftoring.
Zulfungkim erur tugun-tugun goʻyo,
El boʻldi bir-bir giriftoring.
Nargis kibi sargʻarib azo tutqon
Koʻptur qaro koʻzlar ichra bemoring.
Qil boru yoʻqung fidosi, ey koʻnglum,
Garchi teng erur anga yoʻqung-boring.
Dednng seni oʻlturay, xud oʻlturdi,
Yoʻq biymi halok lutfi guftoring.
Ey mugʻbacha, kufr tarki jurmumgʻa,
Boʻynumgʻa taqargʻa yaxshi zunnoring.
Gar qaytmasa Navoiy oʻlturkim,
Dayr eshigi chor choʻpidur doring.

441

Xizr xatting sabzasi, hayvon sui noʻshi labing,
Ul su mavjidin boʻlub bir davri tavqi gʻabgʻabing.
Yo jamoling chashmai xurshidu har yon bir hubob,
Har qulogʻing durri, ya’ni ikki raxshon kavkabing.
Rokibi ne vajhdin xurshid erur na’li hilol,
Gar emastur tavsani gardun sabukrav markabing.
Ey koʻngul, bilkim chekarlar goh, yorabki, figʻon,
To malak xaylini yolqitti figʻonu yorabing.
To dabiston mayli qilding xalq oʻldi goʻiiyo,
Qabr lavhigʻa qilur ash’or lavhi maktabing.
Qayt, ey soʻfiki, piri dayr durdi jomigʻa
Boʻlmagʻung shorib, agar sofi emastur mashrabing.
Ey Navoiy, bordi koʻnglung, tanni ham koʻyiga sol
Kim, itiga qalbing ar boʻlsa yetishgay qolabing.

442

Tangʻa toshu qoʻlgʻa tish zaxmiki soldi telbalik,
Fosh qildi elga koʻnglaksiz badan, yengsiz ilik.
Gah junundin bandu gohi band ila soʻhon anga,
Bor emish savdoyu ishq ichra base qattiq irik.
Har eshikdin azm qilsam kuyiga bogʻligʻdurur,
Boshimu ul ostondur to ochilgʻay bir eshik.
Rokib oʻlgʻoch qildi shabrangini har yon jilvagar,
Soya garchi koʻp zuhur etmas quyosh boʻlgʻach biyik.
Dardi hajrimni ne bilgay chun yur ashkim safhani,
Ul musofir sori gohikim raqam qilsam bitik.
Lolagun maydin qizarmish koʻzlaring ul nav’kim,
Lolazor ustida har yon agʻnamish boʻlgʻay kiyik.
Soqiyo, mahzunmen asru qilmagʻil gardunni zarf
Kim, boʻlur kechrak nishot oʻlgʻan zamon sogʻar kichik.
Olam ahligʻa oʻlumdin chora chun imkoni yoʻq,
Oʻlma olam fikridin bir lahzakim borsen tirik.
Ey Navoiy, ul Masihodam quyosh chun urdi zaxm,
Oni Iso ignasiyu mehri tori birla tik.

443

Rahm etib, ey doʻstlar, majruh koʻnglumni yoring,
Qoʻl yalang aylab solib har yon ichimni oxtoring.
Uchrasa yuzi qaro koʻnglum tutub, tortib, uzub
Oʻtqa solib oʻrtabon jonimni andin qutqoring.
Ketgan ersa, choklik koʻksum tikib, voqif boʻlub,
Kelsa bu jonib sinonlar birla sanchib qoytoring.
Chun oʻlarmen, yorni istang, boshimgʻa kelmasa,
Bosh yalang aylab qoʻyub tufrogʻ uza yuz yolboring.
Kelsa ayturda oshiqmongkim farahdin oʻlmayin,
Nuktadonligʻ birla ul soʻzni qoshimda oʻtkoring.
Boshima yetsa chu oʻlgumdur necha faryod etib,
Bir nafas tengri uchun har qaysingiz bir yon boring.
Gar muyassar boʻlmasa bu ish, Navoiy xastani
Qoʻldabon yo sudrabon mayxona sari boshqoring.

444

Qaysi anduh oʻtikim kuygan tanimgʻa urmading,
Ne balo toshiki singan boshima yogʻdurmading.
Ne yomon umr erdikim, qilding chu za’fim soʻrgʻali
Aylaguncha jon nisori maqdaming ham turmading.
Jon kibi kelding va lekin iztirobidin koʻngul
Oʻlturushquncha dogʻi boshim uza oʻlturmading.
Har sari moʻyum zaboni hol ila yolbordilar,
Moʻ-bamoʻ anglab oʻzungni bizga ham kelturmading.
Chunki chekting, chiqti jonim ne iyodat erdi bu,
Qatlim etting, xasta jismimgʻa davo yetkurmading.
Bogʻ aro, ey sarv, ham sarsabzsen ham sarfaroz
Kim, nechukkim nastarin bir xasqa bosh indurmading.
Ey Navoiy, qilmading xoli koʻngulni gʻussadin,
To qadahni uylakim, koʻnglung tilar toʻldurmading.

445

Ne xayol edi yanakim koʻngul qushi saydini havas aylading,
Badanimgʻa har saridin xadang urubon anga qafas aylading.
Koʻngul ichra shoʻ’lai ishqkim yetadur falakka zabonasi,
Tanamu soʻngaklarim ul oʻtungni yoqargʻa xoru xas aylading.
Koʻz ichindakim toʻla qon edi, ogʻiz ichra dogʻi tutundek oh.
Oni dam-badam qilibon fuzun muni ham nafas-nafas aylading.
Yetib erdim oʻlgali kim tirildim oning jafosi xadisidin,
Nega uyqudin burun ul fasonani, ey rafiq, bas aylading.
Manga ishq aro oʻlum edi chorai hajrda, vah, bu ne ranjkim,
Ani daf etarga firoqu dardu gʻamin choraras aylading.
Chu kam oʻldi choku xazin koʻngul gʻami hajri dashtida, ey falak,
Yoʻl ozargʻa ahli salomat ul koʻngul uyini jaras aylading.
Chu firoq shiddati, ey koʻngul, gʻami ishq lozimasi emish,
Ne yetishsa cheku chu oʻzung burun bu baloni multamas aylading.
Chu zamona ahli aro vafo tilading chek emdi, Navoiyo,
Alamu balo ne uchunki el aro yoʻq nima havas aylading.

446

Hajrdin koʻzumga olamni qarongʻu aylading,
Umrdin koʻz yumgʻanim ul tunda uyqu aylading.
Jonu koʻnglum muddate sargashtadur koʻyung aro,
Boshlarin aylandururgʻa buyla jodu aylading.
Holima qolur taajjubdin el ogʻzi ochilib,
Yoʻqsa ahvolim jahon ahligʻa kulgu aylading.
Ashk siymobimudur hajringda, yo koʻz oqini
Hal qilib koʻzdin ravon ul nav’kim su aylading.
Qoldi mahmizingdin oy yuzinda, ey chobuk, nishon,
Goʻyiyo javlon kuni oni tepingu aylading.
Shohid davrongʻa goʻyo, ey tarab mashshotasi,
Bodani gulgunau sogʻarni koʻzgu aylading.
Eyki, aytursan zamon ahligʻa yoʻq ermish vafo,
Oni ma’lum, ey Navoiy, bu zamonmu aylading.

447

Sarvgʻa ra’no xiroming birla bedod aylading
Kim, qadingning qullugʻidin oni ozod aylading.
Gul dogʻi xusnunggʻa xoʻsha chin erur yuz vajh ila,
Koʻrmayin yuz hirmanin bir damda barbod aylading.
Qoʻyma minnat bizga gʻamgin aylabon ishq ahlini,
Bizni ham shod etmading, gar elni noshod aylading.
Aylading koʻnglum imorat partavi ruxsor ila,
Ka’bani butxona qilmogʻliqqa obod aylading.
Aytmonkim umr oʻtub sogʻinmading lekin meni,
Qatl etarda chun kerak boʻldi kishi, yod aylading.
Telbalik oʻltursa ham boʻynunggʻa qoning, ey koʻngul,
Bor ekach odam nega mayli parizod aylading.
Yigʻlamoqtin koʻr boʻl, ey koʻz, firoq ayyomida,
Nevchun oʻzni xoʻblar husnigʻa moʻ’tod aylading.
Benasib erding fano oyinidin, ey shayxkim,
Doʻst vaslin toatu taqvogʻa isnod aylading.
Ey Navoiy, oʻldung armon birlakim, faryodingga
Yetmadi ul noʻshi lab har necha faryod aylading.

448

Yo qoshinggʻa qatl uchun ziynat farovon aylading,
Kim ham etting lojuvardi ham zarafshon aylading.
Buyla iki yoy uchun soz aylabon kirpikdin oʻq,
Gʻamzalar nishidin ul oʻqlargʻa paykon aylading.
Naqdi jismim gʻunchadek ogʻznngda qilgʻandek nihon,
Hurdai ishqingni koʻnglum ichra pinhon aylading.
Olloh-olloh, to ne fikr ettingki la’lu gʻamzadin
Birni jonbaxshu birini ofati jon aylading.
Gul toʻkuldi, sarv yeldin ham taharruk qilmadi,
Bogʻ aro to yuz ochib qadni xiromon aylading.
Ne ajab, ey gul, iching qon etsa gardun laxt-laxt,
Baski bulbul koʻnglini gʻunchang kibi qon aylading.
Ey Navoiy, yor agar qovdurdi andin, anglakim,
Koʻyida oʻtgan kecha haddin koʻp afgʻon aylading.

449

Yorab, ul oyniki, el koʻngliga margʻub aylading,
Garchi ishqingdin xarob etting meni xoʻb aylading.
Shoh esam ishq ahligʻa tong yoʻqkim, ey gardun, men
Ul jamol ahli shahi ishqigʻa mansub aylading.
Ne ajab boshtin ayogʻim dard boʻlsa, ey qazo,
Kim nigorimni qadam to farq mahbub aylading.
Telbarab ermishsen, ey roqim, ham ul kundin beri.
Qim jununimni parizodimgʻa maktub aylading.
Tuhmati zuhd aylabon, ey shayx, kozib ne uchun,
Begunah bizni xarobot ichra ma’yub aylading.
Jon berib boʻlsam ajab yoʻq tolibing, ey ishqkim.
Har ne matlubidur oning bizga matlub aylading.
Ey Navoiy, oʻzni solding itlari xayli aro,
Itni goʻyo odami xaylida maxsub aylading.

450

Nil tortib orazing oroyishin fan aylading,
Shoʻ’lai gugurd birla sham’ ravshan aylading.
Sarvdin zohir yoʻq erdi juz niyoz, ey sarvnoz,
To xiromon jilva birla azmi gulshan aylading.
Hazl birla doʻstluq izhori aylab, ohkim,
Jumlai olam elin jonimgʻa dushman aylading.
Dud solmish boshima hajr, ey balo shomi, magar
Jism uyining gunbadi ustini ravzan aylading.
Juz shararni dona hosil aylagaymen, chunki sen
Mazrai jonim aro oʻt birla xirman aylading.
Chun qadah berding labi xandon ila,ei mugʻbacha,
Jongʻa la’li otashinni shoʻ’la afkan aylading.
Ey Navoiy, hirqa zaylidin aritting durdi xum,
Bizni bu dayri fanoda pok doman aylading.

451

Tiyra qilmish tun kibi ofoqni ohim mening,
To eshittimkim qilur shabgardlik mohim mening.
Tun libosidek qaro pashminadurmu sayrida,
Yo tutubtur ul jafogar shoʻxni ohim mening.
Uchramas har koʻy boshinda turubu yoʻl asrasam,
Ravshan ermas, vahki, sham’i baxti gumrohim mening.
Yo qochar mendin xaloyiq tanigʻay deb nogahon,
Yoritur chun tutti har dam ohi nogohim mening.
Xidmatida nega yoʻl topmon ekin men tiyra roʻz,
Shomi mulkin chun musaxxar ayladi shohim mening.
Men dogʻi ahbobdek maqbul erdim, ohkim,
Johi idbor oʻldi ul iqbol ila johim mening.
Elga har lutfi Navoiy jonigʻa bir dogʻ erur,
Necha qoʻygʻay bagʻrima dogʻ ul yuzi mohim mening.

452

Ayril, ey za’f, emdi mohi notavonimdin mening,
Kam qil anduh oʻtini ozurda jonimdin mening.
Chok koʻksumdek tiking ogʻzimni ham kim kechalar
Har zamon seskanmagay bexud figʻonimdin mening.
Sadqa vojib boʻlsa, ey koʻzu koʻngul, aylang nisor
Dur bila la’l olligʻa bu bahru konimdin mening.
Ey falak, jilvang uchun aylay ravonimni fido,
Jilvagarlik olmagʻil sarvi ravonimdin mening.
Jism aro har dam harorat fahm qilsang, ey quyosh,
Gʻofil oʻlma jondagʻi soʻzi nihonimdin mening.
Soqiyo, gar la’ligun may tutsa boʻlmas yorgʻa,
Itlarin serob qilgʻil bori qonimdin mening.
Xurdai jonim nisoring, ey Navoiy, gar desang
Sihhat oynn nukta shohi xurdadonimdin mening.

453

Necha ul koʻy itlariga yetgay ozorim mening,
Kosh itlar toʻ’masi boʻlgʻay tani zorim mening.
Necha ul bazm ahligʻa boʻlgʻay figʻonimdin malol,
Kosh alar qurboni boʻlgʻay joni bemorim mening.
Necha nozuk koʻngli kelgay yorning mendin batang,
Kim fido koʻngliga jonu jismi afgorim mening.
Necha ashkim yiqqay el sabri binosin koʻyida,
Kim oʻyulgʻay koshki bu chashmi xunborim mening.
Yoʻqu bor eldur jununum shaynidin ozurda dil,
Umr agar budur yoʻqum koʻp, yaxshi kam, borim mening.
Ey fano tigʻi, vujudim naqshin andoq ayla hak,
Kim zamon avroqidin mahv oʻlsun avtorim mening
Soqiyo, tutma Navoiygʻa yana ishrat mayi,
Kim zrur badmast ul majnuni xammorim mening.

454

Qilsa koʻnglum chok tigʻi zahriparvardi aning,
Qoʻymangiz marhamki, oʻltursun meni dardi aning.
Koʻyi tufrogʻi aro oʻldum, dam urma, ey Masih,
Kim hayot istab yuzumdin oʻchmasun gardi aning.
Gul yuzungdin ayru bogʻidur koʻngulkim, ochilur
Hajr oʻti uchqunlaridin otashin dudi aning.
Ohim andoq dudki, la’ling shavqidin har qatra qon
Toʻksa koʻz yoqutdek bogʻlandurur bardi aning.
Buylakim soldi samandin poʻyagʻa, vah, ne ajab,
Olam ichra solsa oʻt barqi jahon gardi aiing.
Sotma, ey gul, noz koʻp, boqqil xazon bogʻigʻakim,
Bor emish gul rangi bir kun chehrai zardi aning.
Ber Navoiy komini, yo jonin ol, ei umrkim,
Zulmini elga figʻoni haddin oʻtkardi aning.

455

Koʻngulki hajr tuni qoʻymadi qarorin aning,
Munung ham ohi qaro etti roʻzgorin aning.
Visol gulshani birla koʻp oʻlmagʻil mash’uf,
Hazoni hajr chu barbod etar bahornn aning.
Tutub nishotu tarab changi zulfin etma surur,
Ki bir-bir uzgusi gʻam chang tor-torin annig.
Qadah nashoti uchun davr ichinda qon yutqan,
Chekarga bilki kira aylamas xumorin aning.
Sipehr kom ila evrulmasa hazin boʻlma,
Knshiga bermadi chunkim haq ixtiyorin aning.
Agar baqoni abad istasang, fano yoʻli tut,
Yorut koʻzungni qilib toʻtiyo gʻuborin aning.
Navoiy, ul kishi topti farogʻ olamdin,
Ki himmati koʻzi teng koʻrdi yoʻqu borin aning.

456

Ne ajab sarvi sihiga nnmasa boshnng sening,
Kim emastur qaddu ra’noliqda boʻydoshing sening,
Gar nihoni fitna ta’lim aylamas, bas ne uchun
Boshini chekmish banogoʻshigʻacha qoshing sening.
Sangborini gʻamingdnn bosh ne yangligʻ yoshuray,
Kim saodat gavharidur boshima boshing sening.
Obi hayvon birla goʻyo qildi la’li rangi xal,
Suvrat ichra chu labinggʻa yetti naqqoshing sening.
Oʻta olmas xonaqah qudsi eli, ey mugʻbacha,
Dayr eshikinda chu tuzgay bazmi avboshing sennng.
Dema, ey nosnhki, qilmassen soʻzum birla amal,
Xotirimda qayda qolmish muncha qilmoshing sening.
Ey Navoiy, boʻldi qonligʻ dushmaningknm, yoshurur
Yordin sarigʻ yuzung rangini qon yoshing sening.

457

Qilmadi vaslingda bedod uzra bedoding sening,
Ulcha qildi furqatingda dam-badam yoding sening.
Qaysi sohirkim dedikim, sohire shogirdimen,
Dedi gʻamzangkim erur shogirdim ustoding sening.
Angla Shirinkim, ne sen ma’shuqluqqa onchasen,
Ne bor erdi mencha oshiqligʻda Farhoding sening.
Soya ermas, bogʻbonkim, gulruxum qaddin koʻrub,
Ozibon hushi yiqilmish sarvi ozoding sening.
Uyqugʻa itlar uni gar mone’ erdi, ey koʻngul,
Emdi qoʻymas uyqugʻa itlarni faryoding sening.
Chun fano matlub erur solikka bil, ey shayxkim,
Kufr erur zuhdi riyoyi sori irshoding sening.
Ey Navoiy, mehnatu gʻamdin qochar boʻlsang, kerak,
Boʻlsa mayliq toʻngsuyi qursi gazak zoding sening.

458

Yor kelsa, doʻstlar, ohangi raftor aylamang,
Infiolimdin nafasurmoqni dushvor aylamang,
Yolgʻuz uyda qayda, yoro, boqmogʻim ruxsorigʻa,
Holatim tagʻyiridin sirrimni izhor aylamang.
Toki koʻnglum iztnirobiyu tanim titratmasi,
Sokin ermas nukta ayturgʻa, meni yor aylamang.
Soate chunkim oʻtub bu nav’i kelsam holima,
Soʻz aro oshiqliq alfozini takror aylamang.
Chunki boʻlsa multafitkim, yer oʻpub oʻlgumdurur.
Har jafo qilsam oʻzumga man’ zinhor aylamang.
Emdikim oʻldum, tanim yor itlariga tashlangiz,
Lek agʻyorin bu ma’nidin xabardor aylamang.
Qaysi oshiqkim Navoiydekdurur, ey ahli zuhd,
Ishq man’in aylabon koʻngliga ozor aylamang.

459

Shomi hajrin koʻrdung, ammo zulm tarkin tutmading,
Va’dai sham’i visol etting vale yorutmading.
Gavhari vasling ilik bergay deb ashkim boʻldi bahr,
Chunkn ul daryo aro gʻarq oʻldum, ilgim tutmading.
Vasl noʻshidin koʻngulni qilmading bir lahza xush,
Hajr zaxmi biymidin yuz qatla to qoʻrqutmading.
Otashin gul gʻunchasidek oʻrtading koʻnglumni, lek
Ochibon oni nasimi vaslidin sovutmading.
Donayi ashkimgakim rom oʻldi hijron qushlari,
Ey koʻngul, bir kun figʻonimdin birin oʻrkutmading.
Xasta koʻnglumkim gʻamu xunoba qilding, qismati
Bu gʻizoyu sharbat ul bemordin oʻksutmading.
Bodai vaslin gʻanimat tut, Navoiy, zinhor,
Kim ne qonlarkim, bu gulgun suni istab yutmading.

460

Yana ishq oʻtin xasta jonimgʻa urdung,
Balo barqini xonumonimgʻa urdung.
Fano shoʻ’lasin zor koʻnglumga solding,
Sharorin tani notavonimgʻa urdung.
Qizil hoshiya diklayingda emaskim,
Etak qatl etar chogʻda qonimgʻa urdung.
Fatila edi anda paykoni marham,
Qayu oʻqki zaxmi nihonimgʻa urdung.
Yana yonima yetti filholi rohat,
Agar tigʻi bedod yonimgʻa urdung.
Ushalsun debon naxli ummidim, ey ashk,
Ajab jolalar boʻstonimgʻa urdung.
Koʻrub boshta zaxmim dedi, ey Navoiy,
Magar gʻam tuni ostonimgʻa urdung.

461

Ey koʻzu koʻnglum, sirishku ohdin toʻfon qiling,
Jonu jismimning yiqilgʻur kulbasin vayron qiling.
Qilsa bu ish koʻzu koʻnglum siz dogʻi, ey dardu ishq,
Koʻzni koʻr aylab, koʻngulga qatl oʻqin parron qiling.
Har bahona birla kim boʻlsa hayotim qasrining
Toqu ayvonin buzub, tufrogʻ ila yakson qiling.
Ya’ni aylab muncha bedodu jafolar shammayi
Hajr dardi shiddatin men xastagʻa oson qiling.
Zinhor ahbobi oshiq boʻlmangiz, gar sahv etib
Boʻlmoq istarsiz, burun andishayi hijron qiling.
Dermen, ey aflok, tortay hajrdin bir tiyra oh,
Yor tubiga oy ila kun koʻzgusin pinhon qiling.
Hajrdin koʻngli toʻla kelmish Navoiy rahm etib,
Ey xarobot ahli, bir mamlu qadah ehson qiling.

462

Orazing guldur, gul uzra sabzai tar kokulung,
Ollo-olloh, gul yuzung qilmish muanbar kokulung.
Qomatingdur sham’u ruxsoringdur oning shoʻ’lasi,
Shoʻ’laning dudidur, ey sham’i sitamgar, kokulung.
Ochqoningda nega har tori arodur yuz girih,
Gar koʻngullar band qilmaydur sarosar kokulung.
Ne ajab husn ahlining sultoni boʻlsa xosakim,
Mushkdin qoʻydi quyosh boshigʻa afsar kokulung.
Sunbuledurkim sarosar chirmashibtur sarv ila
Naxli qadding birlakim, boʻlmish barobar kokulung.
Istasangkim boʻlmagʻay oshiftayu darham degil,
Qilmasun bizni parishon holu abtar kokulung.
Gar Navoiygʻa dimogʻ oshifta boʻlsa tong emas,
Chun separ har dam yuzung oʻtigʻa anbar kokulung.

463

May bila mayxonaning xishtin tosh uzra hal qiling,
Chun xumoridin sudo’ oʻlsa oni sandal qiling.
Har ne boʻlsa suda boʻlgʻon xishtin ta’zim uchun,
Ip taqib har jonibidin boʻynuma haykal qiling.
Ey xarobot ahli, soqiy orazi aksi uchun
Sof qilmogʻligʻ bila may koʻzgusin sayqal qiling.
Mugʻbacha ollinda chun boʻldi sujud etmak ishim,
Maygʻa marhun qilsangiz sajjodani avval qiling.
Sahl erur jon naqdini soqiy uchun qilmoq nisor,
Lek bir paymona toʻldirmoq bila ashal qiling.
Mastu majnun chiqmisham mayxonadin, ey shoʻxlar,
Komingiz gar hazl esa iynak meni mahzal qiling.
Koʻyidin qovlang havosu aqlni, ey dardu ishq,
Anda sargardon Navoiyni vale ankal qiling.

464

Ishq oʻtidin qismatim dardu balomu qilmading,
Dudi birla xonumonimni qaromu qilmading.
Kuymagimga barqi ofat qilmadingmu ohni,
Oʻlmagimga ashkni seli balomu qilmading.
Zulm tigʻidin tanimni qilmadingmu band-band,
Furqatimdin band-bandimni judomu qilmading.
Dema, ey koʻzkim, ne qildim gar seni koʻr istasam,
Bir boqib yuz ming balogʻa mubtalomu qilmading.
Ey koʻngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,
Qilmadingmu yo bilib yaxshi adomu qilmading.
Shikva qilsaq sendin, ey gardun, ravo ermas dema,
Bizni bekom aylab el komin ravomu qilmading.
Hajri ishq ichra, Navoiy, oshnoligʻ topmading,
To bu bir koʻzni Aras, ul birni Amu qilmading.

465

Bir oʻt esaki manga jurmsiz vafoni kam etting,
Yuz oʻtdur ulki jihatsiz ulusni muhtaram etting.
Boshimgʻa tiygʻ urubon naqdi dard koʻngluma solding,
Vafo tariqida taqsir qilmading, karam etting,
Yuzumni naqsh etibon ashk tiyra qonidin, ey ishq,
Toshimda qonligʻ ichim sharhini raqam etting.
Fasonai gʻamu mehnat buyurdung aylamak azbar,
Qanoat etmay ulusqa meni fasona ham etting.
Koʻngulda ishqim oʻti chun falakka tortti shoʻ’la,
Balo livosi boshigʻa bu shoʻ’ladin alam etting.
Dedingki faqr yoʻlinda topildi maqsadi asli,
Vujudi naqshini jon lavhidin magar adam etting.
Magarki yor seni istar, ey shikasta Navoiy,
Ki naqdi jonni qilib tuhfa farqdin qadam etting.

466

Dudi ohimning quyundek pech ila tobnn koʻrung,
Tiyra hajrim oqshomining bahri girdobin koʻrung.
Qushkim ul oydin keturmish noma, har tirnogʻidin
Choklar boʻlgʻan koʻngul elturgʻa qullobin koʻrung.
Hinduyi sohirdurur davri zanaxdonnda xol,
Tavqi gʻabgʻab shaklidin bir aksi mehrobnn koʻrung.
Ishq oʻti tugʻyonidin jonimki boʻlmish tashnalab,
Daf’igʻa ul oyning ikki la’li serobin koʻrung.
Olmagʻan boʻlsa chuchuk jonim labi birla koʻzi,
Ham shakarxandigʻa boqing, ham shakar xobin koʻrung.
Soliki mahrumkim matlubidin toʻlmish jahon,
Olloh-olloh, jonin oʻrtar dardi noyobin koʻrung.
Yor koʻyin istay oʻzluktin, Navoiy boʻldi fard,
Ka’ba ehromigʻa iste’dodu asbobin koʻrung.

467

Samandi noz uza ul kofiri balogʻa boqing,
Pari boshida malak paridin oʻtogʻa boqing.
Nechukki qavsi quzax davri mehr aksi erur,
Topib ham egniga aylangʻon ikki yogʻa boqing.
Sudogʻi jonibikim ilgiga sinon tutmish,
Yuz oʻq yiloniyu bir qotil ajdahogʻa boqing.
Agar bu oʻqu sinon urmogʻin inonmasangiz,
Ochib tanimni adaddin fuzun yarogʻa boqing.
Bu shakl birla jahon buzmogʻi yaqin gar emas,
Ulusda har taraf oshubu ibtilogʻa boqing.
Bu bogʻ gullarini yerga sochmayin qoʻymas
Xazon yelini qoʻyung, charxi bevafogʻa boqing.
Navoiy oʻldi jamol ahlidin navo topmay,
Ne boʻldi bir nazar, ul zori benavogʻa boqing.

468

Vahki, oʻtluq chehra ochib xonumonim oʻrtading,
Otashin la’lingdin aytib nukta jonim oʻrtading.
Dema ne qildim, ne qildim notavon koʻnglung olib,
Oʻrtading, ey qotili nomehribonim, oʻrtading.
Oʻt aro qil toʻlgʻonib kuygandek ul yuz shavqidin,
Necha kim tob urdi, jismi notavonim oʻrtading.
Koʻkta zohirdur shafaqdin shoʻ’la, anjumdin sharar,
Kim ani, ey shoʻ’laliq, ohu figʻonim oʻrtading.
Bismil etgach saydni andoqki aylarlar kabob,
Zaxm etib koʻnglumni chunkim oqti qonim, oʻrtading.
Urgʻali, ey ishqi zolim, barqi ofat jonima
Har ne oʻzluktinki bor erdi gumonim, oʻrtading.
Ey Navoiy, to belu ogʻzi xayoli aylading,
Boru yoʻq, ya’niki paydoyu nihonim oʻrtading.

469

Otashin ruxsora ochib xonumonim oʻrtading,
Xonumonim xud ne boʻlgʻay jismu jonim oʻrtading.
Dema ne qildim, ne qildim jonu koʻnglungni olib,
Oʻrtading, ey qotili nomehribonim, oʻrtading.
Dilraboliq birla chun yoqting jamolin shoʻ’lasin,
Xasta koʻnglum olgʻach-oʻq, ey dilistonim, oʻrtading.
Toʻlgʻanib kuysam ajab yoʻq oʻtqa tushgan shoʻ’ladek
Chun firoq oʻtida jismi notavonim oʻrtading.
Oʻtqa solding sabru, aqlu, jonu, koʻnglum barchasin
Yoʻqu borim kuydurub yaxshi yomonim oʻrtading.
Sogʻaring oʻti jahonu jondin ortuq, soqiyo
Lekin ul oʻt birla-oʻq jonu jahonim oʻrtading.
To Navoiydek belu ogʻzing xayoli birla men
Ushbu yoʻq savdoda paydoyu nihonim oʻrtading.

470

Zihi nihoyating oxir kelib abad, avval,
Vale xabar bera olmay bidoyatinggʻa azal.
Ne qudrating xayligʻa qilib tazalzul past,
Ne hikmating quyoshigʻa berib zavol halal.
Boʻlub sifotingga mazhar jami’ maxluqot,
Alar mufassalu insonni aylading mujmal.
Jamol zevari qosh aylading, magar urdung
Bu ikki musqil ila koʻzguga sayqal.
Firoq shomini oshiqqa aylading tiyra,
Agarchi anjumidin yoqting anda koʻp mash’al.
Bahor moshitasi sa’yi birla kiyindurdung
Chaman arusi yuz qaddigʻa halli xulal.
Sipehr safhasin anjumidin aylabon afshon,
Bu safha ustiga chekting sen shahobdin jadval.
Yozargʻa matla’i subh uzra yuzdin tugʻro,
Quyosh tillosidin omoda aylading zarhal.
Navoiy ayladi hamdinggʻa nomalar irsol,
Ani rad aylamagil haqqi Ahmadi Mursal.

471

Yor hijronida sarvaqtimgʻa yetting, ey ajal,
Jon fidong etsam hanuzdurki, kelding dar mahal.
Jon talashmogʻliqqa qoʻyma la’li hajridin meni,
Chun erur ta’xir aro ofat koʻp, qilma jadal.
Jonni bot olmoq senga mushkul esa jon chekma koʻp,
Qoʻyki bu mushkulni bot aylar aning hijroni hal.
Hajrdin oʻlmay visoli noʻshidii topsam umid,
Aylagumdur sa’y oʻlmaktin tirilmak filmasal.
Hajr bemorigʻa qotil zahr erur hayvon suyi,
Ey Masih, asra nafas bu nuktada qilma jadal.
Soʻnggʻi kundin xalq tarson, men burun kundin vahim,
Elga gʻam shomi abad keldi menga subhi azal.
Ich, Navoiy, gʻussa taxliligʻa gulgun bodakim,
Bir pnyola la’li mahlul oʻlmadi ondin badal.

472

Yana firoqida har kun menga erur bir yil,
Valek har kechasin necha kundin ortuq bil.
Desangkim, oʻlturayin, ey firoq, jismimni
Chu za’fdin topa olmong oʻluk tasavvur qil.
Men oʻldum, ey koʻngul, ul dilrabodin ayrilma,
Gar andin oʻzga sevar joning oʻlsakim, ayril.
Tanim agarchi gʻaming tigʻi etti yuz pora,
Bu shukr adosida har birni istaram bir til.
Gʻamingda lola kibi chok koʻnglakim boʻlmish
Firoq dudiyu koʻz qonidin qaroyu qizil.
Chu topmagʻung bu chaman gʻunchayu gulida vafo
Toʻkulma gʻuncha kibi, lek gul masallik ochil.
Navoiyo, nega aflok murtafi’ boʻlmish,
Agar gʻamimdin emas, vazn kaffasida yengil?!

473

Gar labing ollida da’vi qilmadi izhor la’l,
Boʻyni nevchun bogʻlanib osildi mujrimvor la’l.
Goʻyiyo toʻti xating birla labingdin soʻrdi nutq,
Kim libos oʻldi zumurradgun anga minqor la’l.
Yoʻq labing yangligʻ biri goʻyo ne goʻyo ruh baxsh,
Koʻrmisham borib badaxshon mulkida bisyor la’l.
La’l ollida aningdekkim erur beqadr tosh,
Boʻlmish ul yangligʻ labing ollida bemiqdor la’l.
La’li jonbaxshing takallum vaqti bir-bir sochti dur,
Olloh-olloh, kim koʻrubtur boʻyla gavharbor la’l.
Koʻzlarimdur bahru kon mehmonim oʻlsang bir kecha,
Ham dur etgaylar fido ollingda, ham isor la’l.
Bir qadah may birla boʻldi surxroʻ ahli xumor,
Koʻp aro goʻyoki mahlul aylamish hammor la’l.
La’lgun may boshida boʻlmas kishining, ey harif,
Naf’i koʻproqkim tikilgay tojida shahvor la’l.
Gar Navoiyning soʻzi shirinu rangindur ne tong,
Kim erur koʻnglida doim ul shakarguftor la’l.

474

Ul zaqanni upau gulgunadin nazzora qil,
Kim erur bir olmakim rangi erur oqu qizil.
Ojiz oʻlgʻay zulfining savdolari taqriridin,
Gar qurugʻ jismim tarogʻ yangligʻ sarosar cheksa til.
Necha oʻzni yoshurub chin yuzga solmoq gʻunchadek,
Tangdillarga boqib xandon boʻlub bir ham ochil.
Sochida shabnam burunchak, ey koʻngul, ermas ajab,
Sunbul uzra gar tushar shabnam taajjub qilmagʻil.
To kiyib sanjobi toʻn, gulgun oʻtuk qilding xirom,
Yoʻq seningdek kabki ra’no husni sahrosida bil.
Raz qizi hamdamligʻidin oyu yil mast oʻlmogʻing
Necha boʻlgʻay, oʻtti umr, ar boʻlmagan boʻlsang oyil.
Koʻrmagan boʻlsang, Navoiy, sarv uza gul, qil nazar,
Kim ul oy gulguna surtub xil’atin qilmish yashil.

475

Bu ne qomat, ne raftoru ne shaklu ne shamoyil,
Kim etar aqlni madhushu dogʻi hushni zoyil.
Yuzi kuydurmagima oʻt, sochi yigʻlatmogʻima dud,
Koʻzi tarojima sa’e, qoshi xunrezima moyil.
Jonfizo husni niqob ichra dogʻi el talashib jon,
Qolmagʻay erdi tirik bir kishi ul boʻlmasa hoyil.
Tigʻi egnimga tushurmakni hamoyil tilay olmon,
Qayda ul baxtiki boʻlgʻay qoʻli boʻynumgʻa hamoyil.
Ey habib, etma Masih ollida izhori fasohat,
Chun erur dam ura olmasqa labing ollida qoyil.
Aqlu xushu, koʻngulu jonni aning yoʻlida qoʻydum,
Topmadim vasli muhayyo qilibon muncha vasoyil.
Chunki ushshoq uni yoqmas emish ul gul qulogʻigʻa,
Ey Navoiy, necha bulbul kibi bu na’rai hoyil.

476

Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorigʻ, yashil,
Shoʻ’lai ohim chiqar har yon qizil, sorigʻ, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi oh ila
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorigʻ, yashil.
Shishadek koʻnglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorigʻ, yashil.
Orazu xil’at bila xatting xayolidin erur
Qoʻzlarimning ollida davron qizil, sorigʻ, yashil.
La’lgun may tutqil oltun jom birla, sabzada
Kim bulardin yaxshi yoʻq imkon qizil, sorigʻ, yashil.
Faqr aro beranglik dushvordur behad valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorigʻ, yashil.
Ey Navoiy, oltunu shingarfu zangor istama,
Boʻldi nazming rangidin devon qizil, sorigʻ, yashil.

477

Uyla toʻlmish gul yuzung yodi bila qonligʻ koʻngul,
Kim tushar har qatra qon oʻrnigʻa andin bargi gul.
Dema koʻnglung borkim jism ichra hajring tigʻidin
Poralar xunob aro bilman bagʻirdur, yo koʻngul.
Sarvdek boʻlsa bu gulshanda ota, guldek ona,
Mumkin ermas tugʻmogʻi sen sarvi gulruxdek oʻgʻul.
Kuydimu kul boʻldum, ammo jonda la’ling shavqidin
Andogʻ axgar hifzigʻa behad munosibdur bu kul.
La’ling ollida sanamlar la’l rang etgan boʻlur,
Kim ichar xuniy suyin boʻlgʻan zamon gulrang mul.
Qismni ortuq tilab xor etma oʻzni, ey aziz,
Kim qanoatdindurur izzat tama’din barcha dil.
Dayr piri birla may ichsang, Navoiy, asra dam
Boʻlsa fahm ibriq unidin garchi qulqul loyaqul.

478

Qilsa jonon ollida jonim tufayl oʻlmoqqa mayl,
Kosh yuz jon boʻlsakim har dam birin qilsam tufayl
Istasa kuygan koʻngul oʻtluq yuzungni qilma ayb,
Ixtiyori yoʻqtur aylarda samandar oʻtqa mayl.
Yoʻl qilur jismimda oʻt eltur soʻngaklarni uzub,
Yer qazib xoshok oqizgʻandek qayon yuzlansa sayl.
Qatrai sahbo suxaylidin labing maygun emas
Kim, aqiqidur labing, rang olur andin yuz suhayl.
Bir muloib hindu oʻlmish har koʻzungnung mardumi
Kirpiking hind ahlidin hangoma tuzgan ikki xayl.
Takya qilma toatu taqvogʻakim, naf’ aylamas
Fazldin yetmay bashorat Bishr boʻlgʻil, gar Fuzayl.
Shomi hajr ermas shafaq bilkim Navoiy gʻussadin
Yigʻladi qon onchakim gardungʻa rangin boʻldi zayl.

479

Qoshlaringdinkim erur qonligʻ koʻngul ichra xayol,
Ul qizil kogʻazda nundur, bu shafaq ichra hilol.
Tutmayin koʻzumda taskin qaddi vaslin istamon,
Qayda payvand etsalar tutqay oʻzi, tutmay nihol.
Sarvning yoʻq sen kibi boshida dastor uzra chin,
Nargis uzra nuqta monandi koʻzung ustida xol.
Za’fliq jismimdadur har yon boʻgʻunlarda girih,
Nol torigʻa erur garchi tugun tugmak mahol.
Lolagun may tobidin ul oy qizarmish goʻyiyo
Shoʻxluqtin lolazor ustida agʻnabtur gʻizol.
Davr elida gar vafo yoʻq, sen vafo qilgʻil valek
Kimni hushxol etsang andin tut oʻzungga yuz malol.
To Navoiy zulfi yangligʻ poyboʻsin istadi,
Gah parishon hol erur ul zulfdin, gah poymol.

480

Doʻstlar, ul naxli qad hajrinda chun boʻldum qatil,
Sarv eking gar qoʻymoq istarsiz mazorim uzra mil.
Koʻhi hajr egnimda istarmen ani sur’at bilan,
Shavqdin xasdek tanimgʻa ermas andoq yuk saqil.
Za’f aro gar sunbuli zulfung dedim tong yoʻqki, bor
Xastagʻa javzo tuni yaldo tuni yangligʻ tavil.
Rashkdin bir-birga qiymas mehrini jonu koʻngul,
Rost andoqkim hasud el moligʻa boʻlgʻay baxil.
Buki hijron tigʻidin koʻnglumni yuz chok aylading,
Yuz dalilim bor, agar har chok boʻlsa bir dalil.
Dayr jannat huri ayndur xoʻbligʻdin mugʻbacha
May ziloli birla koʻp aynan tusammo salsabil.
Gar yuzung istab Navoiy koʻzlaringga xordur,
Ne ajabdin ahli kuffor ollida boʻlmoq zalil.

481

Ey koʻngul, ul otashin orazgʻa koʻp oʻrganmagil,
Nogah ayrilsa firoqi oʻtigʻa oʻrtanmagil.
Tut oʻzungga fardu bekaslik baloyu shiddatin,
To birovga oʻrganib ayru tushub emganmagil.
Lozimi ishq oʻldi hijron, boʻlmo oshiq kimsaga,
Emdikim boʻldung tahammul aylabon kungranmagil.
Gul chogʻi gulbong chekmak ishtur, ey bulbul, senga,
Oyu yil faryod qilmogʻni menga oʻtkanmagil.
Koʻz yumub ochquncha sol uygʻonmas uyqugʻa meni,
Nolishimdin hajr shomi har zamon seskanmagil.
Istasang ul mugʻbacha boshinggʻa yetkurgay qadam,
Dayr piri yoʻlidin tufrogʻdek tebranmagil.
Ey Navoiy, yor agar derkim oʻzungni oʻtqa sol,
Tan yalang aylarga kuyma, jon uchun kuymanmagil.

482

Demonkim meni yod etib shod qil,
Boshingdin uyur dogʻi ozod qil.
Sanavbar senga bandadur sarvdek,
Unutqanlaringni birar yod qil.
Vafo yoʻqtur ul shoʻxda, ey koʻngul,
Oʻzungni jafosigʻa moʻ’tod qil.
Qilur jonima hajr qasd, ey koʻngul,
Bu ishda anga sen ham imdod qil.
Menga ishq aro oʻlmak oyin erur,
Raqibo, yana san’at irshod qil.
Parishonmen, ey oh, aflokdin
Bu abtar varaqlarni barbod qil.
Chu buzdung koʻngul kishvarin zulm ila,
Sirishkim suyi birla obod qil.
Falak davridin ranjamen, soqiyo,
Kel emdi qadah davri bunyod qil.
Gar ul shoʻx faryodingga yetmasa
Navoiy, shah ollinda faryod qil.

483

Azm oʻlsa xayolinggʻa koʻnguldur anga mahmil,
Osoyish agar istasa koʻz chashmasi manzil.
Ey ishq, netib ul qaro koʻzni koʻrayinkim,
Koʻzning qarosin hajrida ashk ayladi zoyil.
To boʻldi sening husnungga oshiq uza oshiq
Ish boʻldi mening koʻngluma mushkil uza mushkil.
Ul koʻz olur el jonin oʻgʻurluq bila, vahkim,
Boqmas bu taraf tutsam oʻzumni necha gʻofil.
Yodi bila behushlugʻum dafi’ni qilmas
Devoridin ul koʻyining ar boʻlmasa kahgil.
Ey mugʻbacha, oshiqmenu durdikash etib rahm
Ne yuzungga, ne jomgʻa qil pardani hoyil.
Oʻzlukni fano otigʻa kuydurdi Navoiy,
Kim savmaadin xorij erur, dayrgʻa doxil.

484

Ul shayxki minbar uza afsungʻa berur tul.
Shaytondur oʻzi, majlisining ahli suruk gʻul.
Gʻaflatdin agar va’z ila uygʻotsalar elni
Ul aylar uyutmoq uchun afsonagʻa mashgʻul.
Boshtin ayogʻi minbarining poyau doston
Ham oʻziyu ham ma’rifati johilu majhul.
Koʻrmay xirad ashobida bir fardni oqil,
Topmay kishi afsunida bir nuktayi ma’qul.
Har neki xadis etti qoʻyub barchasi mavzu’
Naqleki mashoyixdin etib, borisi mahbul.
Yuz pora qilib minbari oʻt yoqqali avlo,
Bu shart ilakim, boʻlsa ul oʻtda oʻzi maqtul.
Iblis sifat el sari mayl etma Navoiy,
To boʻlmagʻasen zarqu riyo qaydida magʻlul.

485

Ikki koʻz manziling, ey mohi mahmil,
Koʻngulga azm qil manzil-bamanzil.
Koʻzung qotildur ammo zahr chashming,
Erur oʻlturmagimga zahri qotil.
Eshikingda yozarmen ohlar, lek,
Boʻlur har oh cheksam borcha zoyil.
Meni Majnun dedi Laylivashim, voy,
Ki bu devonani sogʻindi oqil.
Koʻzung chun nimxob erdi, netong, gar
Koʻngul saydini qildi nim bismil.
Erur bir hol birla mabdai fayz,
Senga gar yetmas oʻzni ayla qobil.
Navoiy, oʻzlukung raf’ etkim ul gard
Erur maqsud ruxsorigʻa hoyil.

486

Ul quyosh ogʻzi uza mushkin xol,
Zarraning nuqtasidin keldi misol.
Gar ravondur ne tong ul qadki erur,
Ruh sarchashmasida toza nihol.
Raxsh har yonki surar ul chobuk
Yugurur tegrasida payki xayol.
Chobukumning otining na’li emas
Tushti shabrangi ayogʻigʻa hilol.
Gʻuncha ogʻziki takallum qilmas
Ul ogʻiz gʻunchasi qilmish ani lol.
Hajrning chorasi behudlugʻ emish,
Soqiyo, jom ketur molo-mol.
To Navoiydek oʻlay ani ichib,
Mastu majnun sifatu shefta hol.

487

Gulshaningdin yeldek, ey zebo nihol,
Men yomon bordim, vale sen yaxshi qol.
Menmenu bekasligu ayyomi hajr
Sen boʻlu ahbobu davroni visol.
Soʻrma holimni sabodin gah-gahi,
Koʻnglunga oʻlturmasun gardi malol.
Gar buzugʻ koʻnglumni mardud aylading,
Bok emastur oʻzgalarning koʻnglin ol.
Sigʻmayin koʻyungda gar qovdung meni,
Osru keng sahrodurur dashti xayol.
Olam ahlida vafo mavjud emas,
Har nekim yoʻqtur, erur topmoq mahol.
Ey Navoiy, xushturur ozodaliq,
Qayd aro xushluqqa yoʻqtur ehtimol.

488

Yoqing oʻt bergali, ey ishq, hayotimgʻa halal,
Dogʻi hajr oʻrtagucha oʻrtasa to dogʻi ajal.
Deb emishsen, ey firoqimdagʻi ushshoq ichra
Nechasin aylagum oxir, meni bori avval.
Nomai hajrim aro safhai taqvim kibi
Ashk qoni bila har sori chekilmish jadval.
Barqi tigʻinki vujudim xasini kuydurdi,
Dudidin tiyra gar oʻlsa, kulidin bir sayqal.
Boshima shoʻ’lai hijron tutashibdur ne osigʻ,
Kim yorutmas qaro hajrim kechasin bu mash’al.
Zohido, boda gunah boʻlsayu lekin ne gunah,
Bizga bu ishni nasib etti chu qassomi azal.
Ishqdin koʻp gila nazm etti Navoiy bilmon,
Naylagay turfa gʻizoligʻa yetishsa bu gʻazal.

489

Ul pari chehra chu koʻrguzsa jamol maqbul,
Koʻrgan ermasturur oʻz aqligʻa qolgʻan ma’qul.
Surtulub yuzga agar yetsa dimogʻimgʻa isi
Meni ul zulfi tanobi bila qilgʻil maqtul.
Istasang dahr aro ming telba koʻngul sargardon,
Halqa-halqa rasani zulfidin ochgʻil margʻul.
Xotirim ikki jahon shugʻlidin oʻlmish forigʻ,
Doʻst yodi bila koʻnglum oʻlubtur mashgʻul.
Bodai la’li labing qonima berdi tahlil,
Qatl emish hosiyati la’liki boʻlgʻay mahlul.
Vahki, maqsudni ma’lum etayin deb umre,
Bir sari moʻ emasturki, emastur majhul.
Gar Navoiy desa but vasfini takfir etmang,
Dayr piridin erur buyla rivoyat manqul.

490

Beling solur dimogʻimgʻa tahayyul,
Berur zulfung xadisimgʻa tasalsul.
Buyursa garchi ishqing tarkini aql,
Ul ishnb men qila olmon taaqqul.
Yuzung hajrida koʻnglum muztaribdur,
Ne nav’ etgay baligʻ susiz tahammul.
Ne tong sensiz yutub qon, gʻam yemaskim
Kerak ul bodagʻa mundoq tanaqqul.
Qading titratti hoki paykarimni
Qiyomat yerga solgʻandek tazalzul.
Emas mone’ fano yoʻligʻa foqa,
Kerak rahravgʻa zodirah tavakkul.
Navoiy bulbulu yori gul oʻlgʻay,
Agar yuz poya qilgʻaylar tanazzul.

491

Yuziga anglamadimkim niqob erur hoyil,
Quyosh jamolbgʻa yoxud sahob erur hoyil.
Uzori ustida kokilmu boʻldi oshifta,
Yoʻq ersa gul yuziga mushki nob erur hoyil.
Oqung koʻrunmas esa pora-pora koʻnglum aro,
Ne tongki six quyarga kabob erur hoyil.
Buzugʻ koʻngul aro ul ganjb husndur, yuz shukr,
Ki el koʻzidin anga bir xarob erur hoyil.
Figʻonki, turfa mugʻanniy uni bila xushmen,
Vale netayki, yuziga kitob erur hoyil.
Koʻrarsen oni gar oʻzluk hijobin etsang raf’
Agarchi koʻrgali yuz ming hijob erur hoyil.
Navoiy, aylama koʻrmak xayol ul gulni,
Ki bargdnn yuziga behisob erur hoyil.

492

Yuzini koʻrdi, badan chokidin xarob koʻngul
Uzuldi, baski ayon qildi iztirob koʻngul.
Chu boʻldi jilvagar ul ganji husn hasratidin
Xarobliq qiladur har zamon xarob koʻngul.
Magar shikanjai zulfunggʻa qoldikim, urdi
Oʻziga gʻuncha kibi muncha pechu tob koʻngul.
Balodurur gʻami ishqing sening vale, yuz voy,
Kim ul balodin eta olmas ijtinob koʻngul.
Sharora oh masallik vale ul oy havosida koʻr,
Ki pora-pora qilur koʻk sari shitob koʻngul.
Rioyat ayla sudek sof xalq koʻnglinikim,
Sinar nafas bila ul nav’kim hubob koʻngul.
Navoiy oncha labingdin dediki, boʻldi anga
Teshmagi bila qon ichra la’li nob koʻngul.

493

Ey musavvir, dilbarimgʻa surate monand qil,
Koʻrmagidin xotirimni gah-gahi xursand qil.
Ul xarir uzraki tarx etgungdur ul timsolni,
Sigʻmasa zayligʻa jonim pardasin payvand qil.
Boʻlmasun bu toʻ’madin mahrum ul koʻy itlari,
Ey ajal, taqsim uchun jonimni yuz parkand qil.
Ul parivash chiqti usruk sekretib koʻnglakcha, voy,
Nosiho, devona boʻldum emdi tarki pand qil.
La’li shirindinki qilding ayshni jonimgʻa talx,
Necha achchigʻ soʻz demak, bir qatla shakarxand qil.
Jomi Jamning rohi Afridun yiloni zahri bil,
Ey koʻngul, oʻzni safoli faqr ila xursand qil.
Hojati budur Navoiyning, xudoyokim, ani
Mugʻbacha husnigʻa mugʻ dayrida hojatmand qil.

494

Yoʻqturur olamda ahli ishqdek bechora el,
Hajr zulmi birla xonumonidin ovora el.
Ishq selobi, jafosi birla hijron tigʻidin
Xotiri vayron jamoat, koʻngli yuz ming pora el.
Chiqsang uydin telba boʻlmoq olam ahli ne ajab,
Koʻrmamish hargiz chu sendek bir pari ruxsora el.
Anglakim ovora boʻlganlardur ul oy ishqidin
Hajr sahrosida kuysang togʻu vodiy ora el.
Chun qazo tagʻyir topmas komi ozligʻdin gila,
Mahz nohamvorliqdur aylamak hamvor el.
Ey Navoiy, fitna yogʻdursa ul oy ishq ahligʻa,
Osmondin har nekim kelsa ne qilgʻay chora el?

495

Damo-dam otashin la’ligʻa olur boda jononim,
Bu yangligʻ oʻtlar ichra naylasun oʻrtanmayin jonim.
Emas, oy, kun ikki pogʻundasin koʻk zoli berkitmish,
Quloqqa baski hajringda ani yolqitti afgʻonim.
Tanimda dogʻlarni ayladim koʻnglak bila pinhon,
Qonab koʻnglakda fosh etti oʻzin har dogʻi pinhonim.
Koʻzumda bogʻlanib qon yosh ne tong gar ochqali qoʻymas,
Chu ul qonimni toʻkti oqibat tutti oni qonim.
Buzugʻ koʻnglum aro mundogʻki paykoningni yogʻdurdung,
Ne tong mundogʻ yogʻindin yer bilan teng boʻlsa vayronim.
Hijolatdin qizarmish, gul taharruk sarvdin ketmish,
Magar bogʻ ichradur gulchehralik sarvi xiromonim.
Tasavvur birla gah maqbulmen ollida gah mardud,
Qayu oqshomki sultoni xayoling boʻlsa mehmonim.
Vujud iqlimidin ovora gar boʻldum umid ul kim
Fano dashti gʻuboridin yasalgʻay jismi uryonim.
Navoiy, demangkim tarki ishq et, to erur mumkin
Ki men oshiqmenu devona mundoq ish ne imkonim.

496

Sahar koʻrdum yuzin oqshomgʻacha kuydi hazin jonim,
Bu erdi subhi vaslim to ne boʻlgʻay shomi hijronim.
Quyosh kulbamga ingandin menga yuz qatla xushroqdur,
Qaro shomimni ravshan aylagan sham’i shabistonim.
Ne yangligʻ yoshuray hijron gʻaminkim, fosh etar har dam,
Ogʻizdin shoʻ’laliq ohim, nazardin ashksiz qonim.
Ajabdur toiri vasl istamak kulbamgʻa qoʻnmoqkim,
Yaqindur nasri voqe’ni uchurgʻay koʻkdin afgʻonim.
Qading nahli xayoli koʻzdadur, ey navbahori husn,
Ma’ozalloh agar oni qoʻngʻargʻay sayli mujgonim.
Dedim soʻzon koʻnguldin chekmagil bir dam xadangingni,
Dedimkim qolsa bir dam su boʻlur ul oʻtda paykonim.
Baliyat toshi yogʻdurgʻan kibi vayronima gardun,
Mazallat gardi har dam yogʻdurur boshimgʻa vayronim.
Qadah davrin evur, ey dayri piri, toki mumkindur,
Ki davron ranjini tortargʻa emdi yoʻqtur imkonim.
Dema jomi fano ichra ezilmishdur ajal zahri,
Navoiy, jon berib ul jomni chekmakdur armonim.

497

Noma yozdim yor uchun, lekin javobe topmadim,
Jismima ul nomadek juz pechu tobe topmadim.
Har kishiga jon berib qildim tama’ mehru vafo,
Bu gunah podoshi juz nozu itobe topmadim.
Dardi keldi qasdima, itmysh edn vayron koʻngul,
Qoʻygali bu ganjni, vahkim, xarobe topmadim.
Chirmadim jon rishtasin novaklaringgʻa pay kibi,
Uyla qushlar qasdina mundoq tanobe topmadim.
Chun xayoling koʻzda mehmon oʻldi may qon yosh oʻlub,
Bogʻlagʻai kirpikda qonlardek kabobe topmadim.
Nechakim matlubi ruxsorin dedim aylay nazar,
Uzlugumdin oʻzga ul yuzga hijobe topmadim.
Ey Navoiy, hajr aro qil ishq birla mashvarat
Kim, men istab aqldin royi savobe topmadim.

498

Bahoru bogʻ sayridnn ne guldur ne sarv komim,
Budur komimki, shoyad uchragʻay sarvi gulandomim.
Oʻqung koʻp zaxmdin dom oʻldi jismim zaxmlar ermas
Chiqargʻa jon qushi yoʻllar yasabdur har taraf domim.
Jamoling koʻzgusi chun elga roʻbaroʻ boʻlur har dam,
Ne tong gar koʻzgu aksidek zamoni yoʻqtur oromim.
Xusho Majnunki, ma’nusi edi boshigʻa qoʻngʻan qush,
Junun toshi yogʻardin boshima ul ham emas romim.
Mangakim hajr za’fidin nafas ma’lum emas kelmak,
Ne imkon bas yetishmak ul Masihodamgʻa paygʻomim.
Firoqim kechasi bas muhlik oʻlmish gar sahar boʻlmas,
Nafas urmoqqa goʻyo subhni qoʻymas qaro shomim.
Aningdek tashnamen, ey mugʻbachakim, qoʻsh tutar boʻlsang,
Falakning huqqasin boʻl ikki, to boʻlsun iki jomim.
Baho bu benavodin gar qabul aylar esang, bordur
Biriga javhari jonim, biriga naqdi islomim.
Harom ettim, Navoiy, dunyoyu uqbo tamannosin,
Nedinkim Qa’bai koʻyi sari bogʻladi ehromim.

499

Suda koʻrmak yuzung dushvor edi, ey husn oromim,
Xususankim anga tahrik bergay sarsari ohim.
Ne yangligʻ ul quyosh koʻyiga yolgʻuz azm qilgʻaymen,
Ki boʻlmoq istamon ul yon borurgʻa soya hamrohim.
Koʻngulni istadiii ul, oni koʻnglum istadi, yuz shukr,
Ki holo dast bermish har nekim bor erdi dilxohim.
Birovni koʻz koʻrub koʻnglum asir oʻlgʻanni yoshursam,
Gah ashkim imtidodi fosh etar, gah ohi nogohim.
Gar oʻlsa itlari hamkosasi, ahbob, ta’n etmang,
Alar ikrohi gar yoʻqtur, mening xud qayda ikrohim.
Necha dogʻ istaram koʻnglum aro tangri uchun oʻrta
Ki, soyilmen bu ikki-uch diramdur shayilillohim.
Mavokib gardi ul yondnn, bu yondin xalq nazzora,
Magar yoʻlinda men oʻlgan tamoshogʻa kelur shohim.
Ajab yoʻq pirlarning nuqtasidin boʻlmogʻim ogah,
Fano yoʻli suluki ichra boʻlsa piri ogohim.
Tanimni, ey Navoiy, har taraf koʻyida oh eltur,
Tilab ul xirmani gulni uchar har yon pari kohim.

500

Toqibon jon rishtasin ruq’angni tumor ayladim,
Zaxmliq koʻksumga andin daf’i ozor ayladim.
Koʻnglakim yopishti qonligʻ tangʻa andoqkim bori,
Baski toshlar zaxmidin jismimni afgor ayladim.
Orazing hajrinda qonligʻ koʻnglum oʻldi loladek,
Dogʻidin savdoyi ishqingni namudor ayladim.
Joning olgʻum deb eding muxlikdur anduhi firoq,
Qolmasun koʻnglung sening avval, xabardor ayladim.
Xirqau daftarni keltur, maygʻa rahm et, ey rafiq,
Xonaqahdin men chu azmi koʻyi xammor ayladim.
Davlati faqru fano vobastai tavfiq emish,
Boʻlmadi har necha jiddu jahd izhor ayladim.
Ey Navoiy, faqr yoʻlinda ura oldim qadam,
To solib oʻzluk yukin oʻzni sabukbor ayladim.

501

Xilvate topib senn jismim aro jon aylasam,
Balki jon xilvat saroyi ichra pinhon aylasam.
Xilvat eldin yoshurun, xilvat aro tan yoshurun,
Tanda jon yangligʻ seni jon ichra pinhon aylasam.
Anda ham jon pardasin har sori osib satr uchun,
Vasling ixfosin nechakim boʻlgʻay imkon aylasam.
Chun bu xilvat ichra ne oʻzluk erur mahram, ne men,
Har ne nomahramdurur oʻzdin parishon aylasam.
Daf’ oʻlub agʻyor, topsam yor ul xilvat aro,
Bezabonlig birla sharhi dardi hijron aylasam.
Umri boqiy topqamen bir lahza ushbu jon aro
Oʻzni behud, koʻzni ruxsoringgʻa hayron aylasam.
Ey Navoiy, dema iqror ayla ishqi tarkini,
Kim inongʻay, gar oʻzumga buyla boʻhton aylasam.

502

Jafo ham qilmading har necha koʻz husnunggʻa oldurdum,
Qiyo ham boqmading har nechakim ollingda telmurdum.
Vasiyat qildi qabri boshida Farhod ila Majnun,
Junun sahrosida ul toshlarkim koʻksuma urdum.
Yarolar anjum oʻldi qon shafaq ul oy firoqida,
Xadangi ohkim oʻtgan kecha gardungʻa yogʻdurdum.
Firoqim shomi andin tiyradurkim, dudi anjumnn
Qaro qilmish tuganlardinki hijroningda kuydurdum.
Labing yodi chekib jon rishtasin soldi yana tangʻa,
Koʻzung bedodidin jonni necha azmigʻa yetkurdum.
Jununum shoʻ’lasin afzunroq etti, ul pari otqan
Ne oʻqkim hajri tugʻyoni aro koʻksumda sindurdum.
Ajal bedodidin xoki tanim yuz shukrkim tindi,
Ki hijron oʻrtagan jonimni jononimgʻa topshurdum.
Qazogʻa, rozi oʻlkim gʻussa vaqti qilmadi sude,
Necha kavkabni mujrim qildimu gardunni yozgʻurdum.
Xumorimdin sadovu sarzanish zuhd ahlidin har dam,
Chiqib mayxonadin muncha balo boshimgʻa kelturdum.
Havolam qilsa piri dayr but, yo mugʻbacha zunnor,
Ne chora chun qoʻyub masjid fano dayrigʻa yuz urdum.
Navoiydek yorugʻluq ul zamon toptimki, oʻzlukni
Fano oʻtigʻa oʻrtab, kulni dogʻi koʻkka sovurdum.

503

Junundin uyla tufrogʻ oʻldi jismi ranjparvardim,
Ki har tosh ursalar atfol jismimgʻa chiqar gardim.
Necha hajrinda oʻlgum ohu ashkimdin solib toʻfon
Vale qoʻymang koʻraga kelsa sarvi nozparvardim.
Yoʻlida baski qoʻydum chehra, sanchilgʻan xasu xoshok,
Somonlar bilki chekmish qahrabodek chehrai zardim.
Payo-pay ne ekin abri bahoridin chaqin toʻkmak,
Bulut ichra bir uchqun soldi goʻyo shoʻ’lai dardim.
Quyundek gar talab dashtida yoʻq men yetmagan vodiy,
Ne gʻam sargashtalikdin uchrasa mohi jahongardim.
Vafo boʻstonin ashkim birla serob ayladim, umri
Erur gʻam novaki sarvim, bagʻir pargolasi vardim.
Muhiqdur, ey Navoiy, ul pari mendin malul oʻlmoq,
Nedinkim koʻyida devonaligʻni haddin oʻtkardim.

504

Necha hijrondin buzugʻ koʻnglumda boʻlgʻay dam-badam,
Gʻam uza gʻam, dard uza dardu, alam uzra alam.
Yor hijroni vatan tarkiyu gʻurbat shiddati,
Charx bedodiyu davron mehnati, el javri ham.
Sabr ozidin azob, anduh koʻpidin iztirob,
Ashkdin sayli balo, oh oʻtidin har dam alam.
Subhu shom emgak koʻpidin koʻngluma yuz ming balo,
Shom to subh uyqu yoʻqdin jonima yuz ming sitam.
Barcha bir sari mengayu yor za’fi bir sari,
Qosh anga sihhat boʻlub, boʻlgʻay menga yuz muncha gʻam.
Sadqa aylarga anga loyiq menga yoʻq tuhfai
Xasta jonim naqdi bordur elt, ey payki haram.
Ey Navoiy, sharhi holimni dedim irsol etay,
Soʻzidin ham safhagʻa oʻt tushti, ham kuydi qalam.

505

Boʻldi ravzan-ravzan ul qotil hadangidin tanim,
Gʻussa charxi bu tanim, dard anjumi ul ravzanim.
Aylamish zulfung xayoli roʻzgorimni qaro,
Oh dudidin qorormaydur maqomu maskanim.
Har taraf ul nav’ yopushmish yarolar qonidin,
Kim qurugʻ jismim uza boʻlmish teri pirohanim.
Dema jon bermak fanin oʻrgan dogʻi vaslini top,
Sen visoling fikrin etgilkim, erur ul xud fanim.
Qotigʻ ahvolimgʻa yigʻlaydurgʻan elni dema doʻst,
Doʻstlar oʻlmish, oʻlum holigʻa yetmish dushmanim.
Dayr eshiginda tanim dafn aylasang, ey mugʻbacha,
Boda loyidin gahi topqay imorat madfanim.
Dasht aro surdi Navoiy jonu koʻnglum saydini
Kim, bukun ov azmi qilmish qotili sayd afkanim.

506

Ishq oʻtidin tanda andoq sa’b oʻlubtur kuymagim,
Qim shararlar toridin goʻyo toʻqulmish koʻnglagim.
Bagʻrimu koʻnglum itingga toʻ’maliq dushvor edi,
Shukrkim chok oʻldi ishqing tigʻi birla koʻkragim.
Za’fdin koʻyungga bordim surganib atfoldek,
Rahm qilgʻilkim, bu yoʻlda xaddin oshti emgagim.
Dema uyqusiz koʻzung hajrim tuni ochilmadi,
Ne qila olgʻay ajal uyqusi birla sergagim.
Bir qadam vayronima qoʻykim, gʻamingdin tunu kun
Yuzga ilgimdur sutun, tufroqqa botib tirsagim.
Dard koʻrkim dev siyratlar biladur ul pari,
Garchi bor andin malak hayligʻa dogʻi tirgagim.
Ey Navoiy, hajridin yillar kuyub, ul bevafo
Demadikim, naylar ul ushshoq ichinda ertagim.

507

Qaygʻudin koʻnglum toriqmishtur, koʻnguldin qaygʻu ham,
Jonigʻa yetmish bu gʻamgindin ulu andin bu ham.
Furqatingdin ne tirikmen, ne oʻluk, vah, ne ajab,
Elga holimdin gah oʻlsa yigʻlamoq, gah kulgu ham.
Vahki, emdi tushga ham kirmas visoling negakim,
Koʻzdin andoqkim oʻchar vasling oʻchubtur uyqu ham.
Uyla ohimdin jahondur tiyrakim, za’fim chogʻi
Ogʻzima qoʻymoqqa topilmas yoruq bir koʻzgu ham.
La’ldur qon yoʻq koʻzimda, ne uchunkim bogʻlamish
Sovugʻ ohim shiddatidin anda qon, balkim su ham.
Intihosi ishqning hijron emish, ey ahli ishq,
Vasli davroni aro magʻrur boʻlmang asru ham.
Ey Navoiy, men kimu ul oy visoli bazmi, lek
Basdur ul davlatki, oʻltursam yiroqtin oʻtru ham.

508

Charxdin gar har dam ermas bir azogʻa kuymagim,
Nega tikkan soyi chok oʻlmoq keraktur koʻnglagim.
Sahl erur koʻnglakki hijron oʻqiyu gʻam tigʻidin,
Tikmagu chok aylamakka mubtalodur koʻkragim.
Har zamon koʻzdin yoshim emgaklagan bir yoshdek,
Mayl etar tufroqqa, vah, oʻlturgusi bu emgagim.
Bejigar boʻlsam balo tortargʻa emdi, vah, ne tong,
Bordi koʻzdin chun bagʻir pargolasidin koʻpragim.
Har tong erta cheksa gardun subh tigʻin qatlima,
Tong emaskim bordur ul dushmanlar ichra ertagim.
Ayshu rohat qushlarin sayd aylay olmon, garchi bor
Koʻz yoshidin donayu jon rishtasidin ilmagim.
Ey Navoiy, buki gardun evrulur fonusdek,
Koʻngliga kor etti goʻyo sham’ yangligʻ kuymagim.

509

Vasling istab oʻqdek etgay erdi sur’at paykarim,
Naylayinkim, hajr oʻqi paykonlaridur langarim.
Otashin la’ling gʻamidin oʻrtanib qon yigʻlasam,
Goh qondin, gohi oʻtdin la’lgundur paykarim.
Koʻzu mujgoningdin ayru uyqu yoʻq men xastagʻa
Kim, momugʻ yangligʻ tikan birla toʻladur bistarim.
Ey niholi noz ohimdin hazar qilkim, bukun
Koʻp koʻhan paykar shajarni yiqqudekdur sarsarim.
Ul quyosh aksin may ichra koʻrgali oshiftamen,
Ne ajab oshiftaliqkim, sugʻa tushmish axtarim.
Men ozibmen yoʻldinu bas tiyradur hijron tuni,
Tole oʻl, ey kavkabi iqbolu boʻlgʻil yovarim.
Ey Navoiy, ne ajab, gar nazmim elni yigʻlatur,
Kim yozilmish hajr oʻtining dudasidin daftarim.

510

Menki, davron zulmidur koʻnglimga, balkim jongʻa ham
Naylay olgʻaymen angakim zulm etar davrongʻa ham.
Koʻr gʻamim afzunlugʻin har damki, ashkim xaylining
Qatrasi bahr oʻldi emdi aylanibtur qaygʻu ham.
Yopmangiz Farhod ila Majnunnikim mehnat toʻzi
Satr uchun basdur menga ham, ul ikki uryongʻa ham.
To topibmen ishq oʻti birla tigʻing zahrini
Iso anfosigʻa boqmon, chashmayi hayvongʻa ham.
Goh koʻnglum gʻunchasin istar, gahi paykonini
Kim, koʻngul borur munosib gʻunchagʻa, paykongʻa ham.
Nilufar naqsh aylab ayvoninggʻa magʻrur oʻlmakim,
Yoʻq vafo naqshi chu bu nilufari ayvongʻa ham.
Muddaiylar chun Navoiy ishqin anglab, jonigʻa,
Qasd qilgʻanlar emish bori dengiz jonongʻa ham.

511

Furqati za’fida qon yosh ichra yotmish paykarim,
Guluzorimdek qizil atlasdin oʻlmish bistarim.
Yuz balo ashkim aritti, yor shod oʻlsa ne tong,
Kim tulu’ etti saodat matla’idin axtarim.
Otashin la’ling gʻami qonligʻ tanamgʻa soldi oʻt,
Uchqunum gulbarg oʻlub, la’l oʻlgʻusidur axgarim.
Oh shoyad koʻyi sori eltgay deb shodmen,
Garchi gard oʻldi yoʻlinda jismi mehnatparvarim.
Uyla hijron birla xoʻy ettimki gar derlar birov
Yori birla vasl topmishdur, emasdur bovarim.
Itlaring singʻan safoli ichra boʻldum durdkash,
Boʻlmasun hargiz tihi ul bodadin bu sogʻarim.
Ey Navoiy, hajr oʻqidin par chiqarmoq ne osigʻ,
Chun pariroʻyumgʻa yetmakka yaramas bu parim.

512

Yetgach ul qotil, erur boʻgʻzumda ikki barmogʻim,
Tigʻi oʻrnin koʻrguzub, surgil debon yolbormogʻim.
Vasli jomining agar mufrit emas kayfiyati,
Bas qachon kelgach, mening nedur oʻzumdin bormogʻim.
Hajr tirnogʻi bila koʻnglumnikim qildim figor,
Boʻlmasun gʻayring demakdindur bu nav’ axtarmogʻim.
Baski shavqung gʻolib oʻlmish telbalardek, ey pari,
Yoʻqturur tun-kun xayoling birla soʻzlab xormogʻim.
Hajr aro yoʻqkim visol, istab oʻlum, istab erur
Furqatingdin oʻzni bir tadbir ila qutqarmogʻim.
Soqiyo, taklif ila ich dema, toʻldur, dogʻi koʻr,
Kim ayogʻning naqshini eltur qarib sipqarmogʻim.
Ey Navoiy, tortayin dermen koʻnguldin intiqom,
Yoʻqsa yuz gʻamin anga har dam nedur boshqarmogʻim.

513

Sendin ayru to asiri dardi hijron qolmisham,
Buki oʻlmay qolmisham, holimgʻa hayron qolmisham.
Xonumonimni gʻaming toroji barbod ayladi,
Xonumon borib alohonu alomon qolmisham.
Ishq dashtining samumi hullasin aylay panoh,
Hayli gʻam yagʻmosidin mundoqki uryon qolmisham.
Dardu gʻamdin yoshuna olmon kamoli za’fdin,
Xurdabinlarning koʻzidin garchi pinhon qolmisham.
Dashtdin Farhodu Majnunni yigʻib mushfiqlari,
Men gʻarib ul nav’kim gʻuli biyobon qolmisham.
Vasli davri jomidin ahbob sarmast oʻldilar,
Dayr aro tik bir men-oʻq maxmuri davron qolmisham.
Ey Navoiy, uchti bulbullar xazonda bogʻdin,
Men qanotsiz qush masallik aylab afgʻon qolmisham.

514

Yor tigʻi qatl urub, men hajri mayli qilmadim,
Koʻnglum olib qovdi, men koʻnglum bila ayrilmadim.
Zulm ila ovora aylar chogʻda oʻlturgil debon
Ne tazallumlarki ul qotil qoshinda qilmadim.
Koʻnglum olurda umidi mehr ila zor ayladi,
Dilrabolar zor etib, bemehr oʻlurni bilmadim.
Oshiq oʻlmang dermen, ey ahbob, pand aylang qabul,
Men nelar koʻrdum chu el pandin koʻzumga ilmadim.
Lahza-lahza hajr oʻti chekti alam uzra alam,
Oʻttimu bir lahzakim ul shoʻ’lagʻa yoqilmadim.
Hajrdin bor ersa ranjing tunu kun boʻl mastkim,
To menga bu nukta kashf oʻldi yana oyilmadim.
Ogʻzi hajridin Navoiydek adam sahrosida
Ittim andoqkim, oʻzum ham istabon topilmadim.

515

Emas junundin agar togʻlarda boʻlsa qarorim
Ki, qoldi bahri sirishkim tubida mulku diyorim.
Jamoling oynasin xat chu tiyra ayladi, oʻldum,
Ne ayb qilsa quyosh koʻzgusini tiyra gʻuborim.
Chu itlaring yaladi qonlarimni zaxmlaridin,
Gʻarib marham edi buki topti jismi figorim.
Sirishk qoni chu naqsh ayladi nigor yetishti,
Bihisht qildi buzugʻ manzilimni naqshu nigorim.
Halokim ul qadu yuzdin chu boʻldi, tufrogʻim uzra
Boʻlur chu sarv uza gul ekilsa sham’i mazorim.
Qadah olib labi jonbaxshinga quy ogʻzima, soqin,
Ki jonni aylagudekdur halok ranji xummorim.
Navoiyo, su agar qilsa toshni, ne osigʻdur,
Nigor koʻngliga qilmas asar chu nolayi zorim.

516

Qaysi taqviy xirmanin ishq oʻtidin kuydurmadim,
Qaysi tavba naxlini nafs ilgidin sindurmadim.
Turmay oqsa koʻzdin ashkim ne ajabkim, tavbadin
Garchi koʻp soʻz dedim, ammo bir soʻzumga turmadim.
Xoʻblar ishqida koʻz birla koʻngul bedodidin
Ne baliyatlarki, munglugʻ boshima kelturmadim.
Jom barqidinmu zuhdum xirmanin kul qilmadim,
Boda saylidinmu aqlim qasrini indurmadim.
Lolaruhlardinmu har dam qilmadim ashkimni qon,
Sarvqadlardinmu gardungʻa figʻon yetkurmadim.
Dayr piri ilgidinkim, bogʻladim zunnorni,
Mugʻbacha ollida mushafni magar kuydurmadim.
Qaysi shoʻxi bodapaymo bazmidin surgach meni
Nangsizlikdin yirogʻroqdin turub telmurmadim.
Masti loya’qil yaqo yirtuq, ayogʻu bosh yalang,
Yigʻlamoqdin kimni oʻz ahvolima kuldurmadim.
Yorab, oʻz tavbamgʻa yoʻqtur e’timode, sen magar
Tavba bergaysenki, men aytib bajo kelturmadim.
Bermading tavfiq, yoʻqsa ne uchun har qatlakim,
Tavba sindurdum, oʻzumni gʻussadin oʻlturmadim.
Ey Navoiy, istasang tinmoq, ishing tangriga sol
Yoʻqsa men sa’y aylabon sendin koʻngul tindurmadim.

517

Itingki bordi qilib toʻ’ma bagʻrimu yuragim,
Oqargʻusidur aning intizoridin soʻngagim.
Firoq oʻti yuragimni su aylab oqizdi,
Chekarga hajr gʻami emdi yoʻqturur yuragim.
Etak-etak guhar ollingda sochsam ermas ayb,
Ki koʻz xazonasidin dam-badam toʻlar etagim.
Mayim firoq aro xunobi gʻamdurur, may emas
Xayol birla labing qandi chun erur gazagim.
Tikan nishonimu guldek kafingdadur yoxud
Yetishgach anda koʻzum qoldi yopushub ninagim.
Sipehr zulmigʻa yoʻq chora zulmdin oʻzga,
Bu ishda aqldin ermas tahammul aylamagim.
Visolin istadim, ochti sahar yadi bayzo.
Navoiyo, ajab ar mustajob erur tilagim.

518

Firoq oʻtidin aningdek qizibdurur badanim
Kim, oni sokin etar jonda oʻrtagan tuganim.
Gʻamingda uyla oʻluklar hisobi boʻlmishmen, .
Ki hujra madfanu idbor gardidur kafanim.
Sirishk bahri aro uyla xoʻy qilmishmen,
Ki su kishisidek oʻlmish tengiz aro vatanim.
Farishtaliq tilamen, istaram iting boʻlsam,
Agar boʻlur esa zulfung kamandidin rasanim.
Agarchi yuz tugon ul gʻamza tegdi bagʻrimgʻa,
Yuz ochsang ochqusi yuz gul bagʻirda har tuganim.
Xush ulki, yigʻlar edim zor-zor dayrda mast,
Sanam gʻamidin oʻlub chok-chok pirahanim.
Navoiyo, qani ul fayz, xonaqah ichra
Azimat etki, erur xushroq anda-oʻq ekanim.

519

Oncha yigʻlatti jafodin doʻstdur deb sevganim,
Kim kular ahvolima har qayda koʻrsa dushmanim.
Doʻstkim qilgʻan meni bedodi dushman kulgusi,
Buyla dushman komliqdin yaxshiroqdur oʻlganim.
Doʻst dushmandin menga koʻprak chu yetkurgay jafo,
Ne ajab gar emdi dushmandoʻstlugʻ boʻlgʻay fanim.
Ursa dushman zaxm erur marham, tavaqqu’ doʻstdin,
Ikkisi zaxm ursa tong yoʻq chok-chok oʻlmoq tanim.
Ta’na birla buzma, ey dushman, koʻngul uyin dogʻi,
Ushbu baskim doʻst zulmidin buzulmish maskanim.
Doʻstgʻa jon berdimu dushmandur emdi vah, ne tong,
Oʻrtasa ham doʻst, ham dushmanni ohu shevanim.
Ey Navoiy, doʻst xud yoʻq, vah, ne holatdurki, bor
Boshim uzra dushman ikki diydayi tardomanim.

520

Firoq tigʻi halokidin oncha emgandim,
Ki yetsa dogʻi ajal oʻlmagimga oʻrgandim.
Yerim gar oʻlsa tomuq, koʻp koʻrunmagay muhriq,
Firoq shoʻ’lasigʻa munchakim men oʻrtandim.
Halok dashtida itgan koʻngul topilmadi hech,
Quyun kibi necha kim har yongʻa aylandim.
Oʻqurda ruq’ayi hajrin uzuldi tori hayot,
Nedinki tordek azbas oʻzumga toʻlgʻondim.
Emas boshimdin ayoq oh dudi birla qaro,
Firoq dashti samumida buyla churgondim.
Demangki xum kibi dayr ichra sokin oʻlkim, mek
Surud uniga magar hol etarda tebrandim.
Navoiyo, oʻtubon umr gʻaflat ichra, darigʻ,
Ki soʻnggʻi uyqugʻa koʻz mayl etarda uygʻondim.

521

Hajri mundoqki uzar bir-biridin payvandim,
Koʻrgay el har itining ogʻzida bir parkandim.
Tori umrum ajal ilgidin uzulsa gʻam emas,
Tori zulfunggʻa agar mahkam erur payvandim.
Nosiho, oshiqu devonamenu masti xarob,
Senga ne ot qoʻyar el buki degaysen pandim.
Qomating hojat erur elga ravo qil ani kim,
Navmid oʻlmasun ollingda bu hojatmandim.
Koʻzga desam necha yoshingni nazardin solding,
Derki gʻammozdurur garchi erur farzandim.
Soqiyo, oʻt kibi yoding bila kulbamni yorut,
Kim xumor ichra ul oʻt hasratidin oʻrtandim.
Aylay olmon safari dashti balo oʻzluk ila,
Ey Navoiy, negakim asru ogʻirdur bandim.

522

Har kishi yor ollida der chinni ham, yolgʻonni ham,
Vahkim, ul bovar qilur voqeni ham, boʻhtonni ham.
Jongʻa yettim, muhtalib ashobidin, ul dilrabo
Uylakim koʻnglumni oldi, kosh olsa jonni ham.
Muddaiylar buyla hamroz oʻlsalar yor ollida,
Oʻzga tutmoq farzdur oʻlmakin, bal hijronni ham.
Soʻz dey olurlar gahu begah, mahallu bemahal,
Bas mahaldur tark qilsam mulku xonumonni ham.
Chunki bagʻrim qonini koʻz yoʻlidin oqizdilar,
Dam-badamdurkim, suvabturlar sarosar qonni ham.
Ey koʻngul, dahr ahligʻa yoʻq va’dayu paymon durust,
Necha kuygung sen dogʻi uz va’davu paymonni ham.
Hoshalillohkim, Navoiy aylagay tarki vafo,
Bevafo kofirlar olsa jonni ham imonni ham.

523

Noʻshi labini har necha soʻrdum oʻsonmadim,
Ichmak bila hayot zilolini qonmadim.
Zohid dediki, rahn etibon xirqa dayr aro,
Qilmishsen anda butqa dogʻi sajda, tonmadim.
Mugʻ piri may berib, tiladi jonni mugʻbacha,
Har neki dedilar .qiluridin tojonmadim.
Sarxayl edim bu kecha xarobot ahligʻa
Ul saltanatni lek oʻzumga inonmadim.
Aql etti man’ mugʻbachavu dayrdin base,
Koʻp oʻkdi huru ravzani lekin begonmadim.
Shukr, ey koʻngulki, boʻlmadim aflok javridin,
Oshifta xolu jomi maygʻa dagʻi quvonmadim.
Azm ettim, ey Navoiy, ul oy sari bu kecha,
Mahvashlar ochti shoʻ’layi ruxsoru yonmadim.

524

Oʻtub sanamlar aro har biriga koʻz soldim,
Sening jamolingga yetgach koʻzum boqib qoldim.
Ne tigʻ solmoq erur chun yuzungga koʻz solgʻach
Boshimni dogʻi burunroq ayogʻingga soldim.
Ne oʻtdurur buki yetmas ekach erib oqti,
Urargʻa koʻksuma yerdin ne toshnikim oldim.
Sarigʻ uzoru quruq jismima firoq yeli
Yetib somonni sovurgʻan misoli qoʻzgʻoldim.
Qadam yana talabingda boshimdin itgumdur,
Nedinki poʻya urardin qadam bila toldim.
Ne boʻldi qofila solor oʻzlukum yukidin
Xolos qilsaki, bu yoʻlda asru tovsholdim.
Navoiyo, dema jismingda muncha zaxm nedur,
Firoq changi qitolida boʻyla toʻgʻroldim.

525

Zihi bihishti jamoling kelib mening chamanim,
Xatu yuzung bu behisht ichra sabzayu samanim.
Xating vafosida oʻldum, ne tongki hashr kuni
Vafo xati bila naqsh oʻlsa sarbasar kafanim.
Ne nav’ moʻr kibi sudray oʻzni koʻyung aro,
Ki moʻr sudragudek boʻldi za’fdin badanim.
Gʻaming nechukki koʻngul kunjini vatan qilmish,
Gʻamingda goʻshai vayronaidurur vatanim.
Gar oʻlmasam iting ul zulf tobidin nedurur,
Yor uzra sudraladurgʻan boʻyundagʻi rasanim.
Qadahqa sadqa boʻlub boda sham’idin kuysam,
Emas gʻarnbki parvonamen, erur bu fanim.
Navoiyo, menga vasli mahol erur, basdur,
Muyassar oʻlsa yiroqtin nazzora aylaganim.

526

Ey hush ulkim ofiyat kunji menga erdi maqom,
Surai vash-shamsu vallayl erdi virdi subhu shom.
Subh andin xilvatimda nafhayi ruxul quds,
Shom mundin kunji faqrim ravzasi dorussalom.
Saydi subham donasi birla maloyik qushlari
Anda qoʻymay rishtai zuhdi riyoi birla dom.
Ne birovning qomati ra’nosidin nolam biyik,
Ne kishining gʻamzai jodusidin uyqum harom.
Ne ichimda lolaruxlar ishqidin qonligʻ tugon,
Ne boshimda siymbarlar vaslidin savdoyi xom.
Ham koʻnguldin nozaninlar tal’ati boʻlgʻan unut,
Ham nazardin mahjabinlar suvrati borgʻan tamom.
Shoh bazmida koʻzumga jilva qildi ofati,
Men oʻzumdin bordim, ul bilmon qayon qildi xirom.
Tushmish oʻt jonimgʻa ul damdin beri ul nav’kim,
Jon berib oʻlmakni topmon aylabon yuz ihtimom.
Hush ketti, aql itti, qolmadi jonu koʻngul,
Ishq chekti zuhd ila taqvolarimga intiqom.
Yor gʻoyib, xalq gʻofil, dard muhlik naylayin,
Dodima kim yetgay illo shohi gardun ixtishom.
Ey Navoiy, shohdin darding iloji boʻlmasa,
Bosh olib ketgil urub ovoraligʻ dashtigʻa gom.

527

Yoʻq dema gar ogʻzingni dedim nuqtayi mavhum,
Kim oncha dogʻi boʻlmadi aql ollida ma’lum.
Ruxsoring uza xatmu ekin yo qalami sun’
Kun safhasigʻa tun raqamin ayladi marqum.
Jonimgʻa koʻzung zulmi emas zulm budur zulm,
Kim men turaturgʻach tilagaysen yana mazlum.
Tong yoʻq agar ul yuz yorutur tira uyumni,
Mehr oʻldi chu mavjud qilur soyani ma’dum.
Hush ahli seni bilmasu men telba bilurmen
Kim, keldi pari shevasi devonagʻa ma’lum.
Man vajhi ber, ey shayx, menga chun diraming bor
Kim, buxl erur barcha malul ollida mazmum.
La’ling mayi yodidin erur mast Navoiy,
Yoʻqdurur andoq yana bir fosihi mahrum.

528

Kuyar hajringda jismi notavonim,
Ne jismi notavonkim, xasta jonim.
Gar oʻltursang meni qil tigʻ ila qatl,
Ki boʻlsuk koʻyunga ogʻishta qonim.
Firoqing soʻzidin bir shoʻ’la oʻtmei
Uni ul shoʻ’laning soʻzon figʻonim!
Meni qovma eshikdin chun itingmen,
Ajab yoʻqkim, erur koʻyung makonim.
Yorib koʻksum seni jonimgʻa tortay,
Tarahhum qil koʻrub dogʻi nihonim.
Amon bermas edi davron jafosi,
Xarobot oʻlmasa doril amonim.
Aning koʻyida qabrim qil, Navoiy,
Der ersangkim, yetishsun yerga yonim.

529

Ul quyosh vaslida oʻzni rashkdin gum aylaram,
Soyadin yonimda tebrangach tavahhum aylaram.
Ul pari koʻnglumdadurkim, soʻzlashurmen demakim,
Telbalikdin oʻz-oʻzum birla takallum aylaram.
Shomi hajrim tongsiz oʻlmish, ne ajab gar ajzdin
Shomdek yigʻlamsinib, tongdek tabassum aylaram.
Qatli hukmi aylasang oʻlturtubon ushshoqni,
Ishq aro chunkim men akmalmen taqaddum aylaram.
Elga rahm etmon uqubatlar bila qatl aylasang.
Oʻz-oʻzumga mahzi xirmondin tarahhum aylaram.
Poklik zoti gar ermastur suluk ichra, ne sud,
Bahru barda gar tahorat, gar tayammum aylaram.
Ey Navoiy, to muqarrar qildym ohangi Hijoz,
Gar Iroqu gar Ajam sori tarannum aylaram.

530

Ne kui kelgʻayki, kelgay nozaninim,
Ne xush, boʻlgʻayki, boʻlgʻay hamnishinim.
Saodat xatlari qilmish huvaydo,
Iting changiga surtilgan jabinim.
Erur ul shoʻx otqan kaj guruha
Koʻngul ganji aro durri saminim.
Nedin ul koʻz chekar oʻq goʻshalardin,
Gar oʻlturmakka qilmaydur kaminim.
Tegurma otashin la’linggʻa boda
Kim, ul oʻtdin kuyar joni gʻaminim.
Ketur, ey mugʻbacha, jomi mugʻona,
Erur olsang, bahosi naqdi dinim.
Navoiy, ne osigʻ, jonongʻa yetmas
Navolarkim, chekar joni xazinim.

531

Ne tong gar muhlik oʻlsa dudi ohim imtidodi ham,
Ki bir hijron tunicha bor aning qaddi savodi ham.
Labi birla mengi vasfin yozay desam munosibdur,
Varaq jon safhasi dogʻim qarosidin midodi ham.
Agar bir dam unutsam oni haqdin istaram oʻlmak,
Agarchi oʻlturur har dam meni bedilni yodi ham.
Tutulmish zulfunga lekin yuz ochsang ochilur koʻnglum,
Sening ilgingdadur ul telbaning bandi kushodi ham.
Hayotim naxlini hajringda ashkim sayli chun yiqti,
Madad qildi nigun aylarda ohim tundi-bodi ham.
Uqubatlar bila hajrida oʻltursang meni, ey ishq,
Jahon ahli aro ibrat uchun yetkur munodi ham.
Kerakmas gʻarra boʻlmoq shohidi davlat bosh indursa
Ki, barhamliq erur oning salomi xayrbodi ham.
Meni zuhdi riyoyi sori targʻib etting, ey zohid,
Salohi bor esa, zohirdurur oning fasodi ham.
Navoiy egniga quydung sabu, ichmakka dayr ahli
Bu erdi umrlar, ey mugʻbacha, oning murodi ham.

532

Chu berdim jonni qilma zulm rasmu qatl oyin ham,
Qatiling boʻldum urma novaki gʻam^ xanjari kin ham.
Labing shavqida bir devonai bandi naboti Misr,
Soching savdosida bir poʻstpoʻshi nofai Chin ham.
Yuzung vasfin deb oʻtgan tun duri ashkim toʻkar erdim,
Tutub bogʻ keynin oy kirdi qaro tufroqqa Parvin ham.
Labing hushum olib qon yosh yuzumga toʻksa ayb ermas,
Mukayyif la’li maydin mast oʻlur el, chehra rangin ham.
Chu sen sarxush chiqib, koʻnglakcha raxshinggʻa berib javlon,
Boʻlub shaydo koʻngul behol, aql maslahatbin ham.
Koʻngul soʻzin qiliching qildi gum ne ayb oh ursam,
Su urgʻach oʻtqa ortar dud topsa shoʻ’la taskin ham.
Jamolinggʻa nihoyat yoʻqlugʻi ishqim kibidurkim,
Emas mumkin demak miqdorin etmak, balki taxmin ham.
Necha nasrin bargu gulrux esang qilgʻil vafo mayli,
Ki gul ham bevafoligʻ koʻrdi bu gulshanda, nasrin ham.
Navoiy mast butqa sajda qilsa ne ajab, ey shayx,
Ki chun dayr ichra kirdi aqli uchti boshidin din ham.

533

Tutqali shirin labin shohi shakardur barmogʻim,
Baski soʻrmoqdin oni ayrilgʻudektur tirnogʻim.
Istaram koʻr aylagay nazzora ahlin rashkdin,
Gar sabo tahrikidin koʻyiga borsa tufrogʻim.
Vasli bay’igʻa toʻkub el siymu men yordim yurak,
Qomima mushkilki yetgaymen bu boʻlsa yormogʻim.
Barq emaskim, oʻt chaqarmen dahrni kuydurgali,
Togʻ ila boʻlmish yangi oy chunki toshu chaqmogʻim.
Ishq aro Farhod ila Majnun sherigimdur, valek
Dardu gʻam chekmakta mencha yoʻq bu ikki oʻrtogʻim.
Dema maxmur oʻlsang oʻzni solmagʻil, ey mugʻbacha,
Istaram boʻlgʻay fano dayrida oʻzin solmogʻim.
Ey Navoiy, dema umrung oʻtti, ishqu maydin oʻt,
To tirikmen ermas ushbu ikki ish aylar chogʻim.

534

Ey pari, rahm etki koʻnglum zor erur, bechora ham,
Ishqu savdo dashtida Majnun erur, ovora ham.
Tandagʻi paykonlaru ashkim yorutmas uynikim,
Dudi ohimdin qorormish sobitu sayyora ham.
Zaxmi koʻp bagʻrimni tikmak mumkin ermas, ey rafiq,
Kim erur yuz porayu majruh erur har pora ham.
Vasli iqboliyu men hayhotkim, ruxsorini
Toqatim yoʻqtur yiroqtin qilgʻali nazzora ham.
Uyla su qildi balo koʻxsorini ohim oʻti,
Kim olib koʻksumga urgʻuncha topilmas xora ham.
Charx makru fitnasidin gʻofil oʻlmang zinhor,
Chunki bu shohid base fatton erur makkora ham.
Telbarab ittim Navoiydek junun sahrosida,
Qilmadi yodimni hargiz bir pari ruxsora ham.

535

Yana ishq aro men asiru hazin ham,
Borib hajr torojigʻa aqlu din ham.
Badan dardidin ranjavu xasta dogʻi,
Koʻngul hajridin zoru anduhkin ham.
Yuzungdin chamanda suv borib oʻzidin,
Qizarmish uyotdin guli otashin ham.
Gʻaming toshidin yoʻqki zaxm oʻldi boshim,
Yoʻlung tufrogʻidin yopilmish jabin ham.
Koʻzung Chin gʻizoliyu ostida xoling
Aning nofasidin topib mushki chin ham.
Boʻlub sojid ul butqa shirk ahli yoʻq, yoʻq,
Demon shirk ahliki ahli yaqin ham.
Navoiy jahondin ne naf’ olsa boʻlgʻay,
Ki zindon erur marg aylab kamin ham.

536

Hajr arokim, oʻzni may birla fasona aylaram,
Yigʻlamoqqa boda ichmakni bahona aylaram.
La’lgun har mayki ichtim ul mayi lab hajridin,
Koʻzdin ashki la’lgun yangligʻ ravona aylaram.
To icharmen may qadahdek yigʻlaram behud boʻlub,
Topmasam bir dam figʻone behudona anlaram.
Zavraqi may boʻlmasa, bilkim, oʻlarmen, ey rafiq,
Gʻussa bahridin aning birla garona aylaram.
To toʻla quysun debon soqiy menga yetgach qadah,
Tashqi davri xattini oning nishona aylaram.
Soqiyo, tut bodakim, koʻprak meni mabhut etar
Nechakim andishai bu korxona aylaram.
Ne osigʻ chun yor koʻngli aylamas bu yon kashish,
Ey Navoiy, nechakim dilkash tarona aylaram.

537

Yogʻligʻing ilgimda, ashkimni ravona aylaram,
Koʻzga surtub, ashk aritmogʻni bahona aylaram.
Ul koʻzumga chun yetib taskin topib giryonligʻi,
Koʻzdin olgʻach yana ashkimni ravona aylaram.
Yana yetgach koʻzga ashkim tursa olurmen ani,
Yana borsa chorasi bu nav’ yona aylaram.
Koʻzda kirpiklarni tillar aylabon har torigʻa
Za’f holim koʻz tili birla fasona aylaram.
Balki har torigʻa jonim rishtasin chirmashturub,
Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram.
Bir qadah quysangki, tutsa mugʻbacha, ey piri dayr,
Naqdi din sarmoyayi jomi mugʻona aylaram.
Ey Navoiy, toki boʻlmishmen fano dayrida mast,
Aqlu din tashvishidin forigʻ tarona aylaram.

538

Hirqayi zuhd oʻrtamak koʻnglum shiori ayladim,
Subha torin uzdumu gugurd tori ayladim.
Chun tutashti oʻt, bir ovuch donasin tasbehning
Ustiga sochmoq bila ul oʻt sharori ayladim.
Daftaru sajjodayu na’laynini ham dam-badam
Tashlamoq birla ravon ul shoʻ’la sori ayladim.
Zuhdu taqvo balki chun oʻzluk nishoni qolmadi,
Rasmi sayr aylab fano dayri guzori ayladim.
Ichmayin bir jur’a andoq jilva qildi mugʻbacha
Kim, qoshida sajda qilmoq ixtiyori ayladim.
Muncha davlat kasbikim aylab ekin olam aro
Kim, fano iqbolidin men xasta bori ayladim.
Ey Navoiy, menda bir jon naqdi qolmish erdi bas,
Shukr, oni ham mayu mutrib nisori ayladim.

539

Koʻnglum ichra ishq oʻti yoqmoqni angez ayladim,
Kuydurub oʻzlukni oning shoʻ’lasin tez ayladim.
Ul nari ishqida kuydurdum maloyikdin qanot,
Dudi ohimniki har dam otashangez ayladim.
Qaddu ruxsori uchun ohim oʻtining shoʻ’lasin,
Shomi gʻam gohi havoyi, gohi gulrez ayladim.
Gulbuni qaddigʻa el koʻngli osilmish gʻunchadek,
Mundin ul naxli balo vasfin dilovez ayladim.
Ostoninggʻa bosh urmoqtin agar toptim sado,
Ashku ul tufrogʻdin oni sandalomez ayladnm.
Soqiyo, man tutki, ul ayyomning gʻadrin quvlay
Kim, qadahdin zuhd ranji birla parhez ayladim.
Ey Navoiy, bir parivash turkning majnunimen,
Yoʻq ajab har qayda raxshin surdi men xez ayladim.

540

Sensiz ashkim yomgʻuri saylini toʻfon ayladim,
Kim aning tugʻyonidin olamni vayron ayladim.
Buyla toʻfongʻa koʻzumni abr etib na’ramni ra’d,
Oh oʻti uchqunlarin barqi duraxshon ayladim.
Yoʻqki koʻnglum shoʻ’lasidin dahr aro soldim bir oʻt
Kim, tomugʻni el koʻziga bogʻi rizvon ayladim.
Muncha, bal yuz muncha ham ermas ekin mingdin biri,
Ulcha men ul oydin ayru shomi hijron ayladim.
Sa’b erur hajr oʻlmang, ey ahbob oshiq zinhor
Kim, bu ish tahqiqini men ulcha imkon ayladim.
Sevganim bu ahd aro maydur, qani paymonaye
Kim, kishi sevmakdin emdi ahdu paymon ayladim.
Ey Navoiy, ishq tarkinkim dedim, ma’zur tut
Kim, muhiqdurmen bu ishda garchi tugʻyon ayladim.

541

Sodavash yorim bagʻoyat purfan ermish angladim,
Oshkoro doʻst, pinhon dushman ermish angladim.
Men muqayyad hajr zindondayu ahbob ila
Har kun ul gulruxqa azmi gulshan ermish, angladim.
Men bu hijron tunida zor oʻldimu boʻlmas sahar,
Sham’ har ohim oʻtidin ravshan ermish angladim.
Dam-badam ohim oʻtikim chiqti koʻnglum zaxmidin,
Oʻqidin bu kulba ravzan-razzan ermish, angladim.
La’lidin el jon tilab men jon berib mardudmen,
Xotirigʻa qaysi ish mustahsan ermish, angladim.
Bu chamanda koʻnglakin gul chok aylardin ishi,
Bulbul ahvoligʻa har kun shevan ermish angladim.
Ey Navoiy, buki, koʻnglungni birov sayd aylamish,
Gʻam yema ul chobuki saydafkan ermish, angladim.

542

Husnunga hayratdin oʻldi barcha besomonligʻim,
Men kimu somon chu ortar har nafas hayronligʻim.
Koʻyida tun-kun kezay dermen nihon qolmas valek.
Oh oʻtiyu ashk qoni rangidin pinhonligʻim.
Gʻayr xoshokin agar sovurmas ersam, bas nedur,
Koʻyi davrida quyundek muncha sargardonligʻim.
Ul etak qonim bila koʻrguzdi gulgun hoshiya,
Ne ajab tutsam ani bu dam chu uldur qonligʻim.
Tifllar toshi terimni eltibon qoldi soʻngak,
Ul pari savdosida bordur ajab uryonligʻim.
Dinu dunyo naqdini sochtim, chu kirdim dayr aro,
Bu edi avval qadah ichganda oʻt afshonligʻim.
Dedi zohid ul paridin hur umidi birla kech,
Ey Navoiy, boʻlmagʻay bu hadgʻacha nodonligʻim.

543

Jonima dogʻe qoʻyubtur la’ling uzra xolkim,
Koʻngluma oʻt tushmish andin yuzga burqa’ solkim.
Tushmay el koʻnglida ham oʻtki oning rashkidin
Biym erur, boʻlgʻoymen andoq muztaru beholkim.
Ashk sayli aylagay ovora koʻyungdin meni,
Bu sifat ovoraligʻdin ayla forigʻbolkim.
Garchi Majnunmen sening koʻyungni-oʻq aylab vatan,
Anda-oʻq boʻlsam boʻlay bozichai atfolkim.
Yogʻsa uryon jismima tosh anda aylarmen qabul,
Oʻzga yerda gar yogʻar gul aylaram ixmolkim.
Anda yoqqan tosh erur jannat gulidin yaxshiroq,
Bu jihatdin anda boʻlmoq istaram pomolkim.
Qatl qilgʻaysen meni bir kun vale aytur koʻngul,
Ey Navoiy, kech bu soʻzdin sen kim, ul qattol kim?!

544

Yer ma’lum ayladi oshiqligʻu shaydoligʻim,
Vah, ne zohir boʻldi rasvoligʻ uza rasvoligʻim.
Ul paridin ayru bas devonaligʻdin devmen,
Za’fu qavmogʻdin emas koʻyida nopaydoligʻim.
Tufrogʻ oʻldum ul quyosh hajrindayu sud etmadi,
Charxi soyirdek ani istay jahon paymoligʻim.
Garchi tushti sham’dek boshimda oʻt boʻynumgʻa tigʻ,
Boʻlmadi kam shomi hijroningda pobarjoligʻim.
Husn aro chun uyla fard oʻldungki yoʻq hamto senga,
Ishqing ichra xush kelur xalq ahlidin tanholigʻim.
Soqiyo, may berki, bu dayri koʻxan avzoida
Boʻldi oʻz nodonligʻimni anglamoq donoligʻim.
Ey Navoiy, koʻp nihon tuttum va lekin oqibat
Yor ma’lum ayladi oshiqligʻu shaydoligʻim.

545

To oʻyuldi xanjari hajring bila giryon koʻzum,
Ul tanur oʻldiki, zohir ayladi toʻfon koʻzum.
Vola ul suvratqa, jono, to boʻlubturmen, erur
Suvrati bejon koʻzidek ul taraf hayron koʻzum.
Dedim etgil oraznng birla koʻzung vasfin, dedi:
Orazim davri qamar, sarfitnai davron koʻzum.
Ashkidin yuz sori chun zohir qilur durri samin,
Goʻyiyo koʻz mardumi gʻavvos erur, ummon koʻzum.
Boʻldi bir gulgun boʻyalgʻan sham’ning xam shoʻ’lasi,
Qilgʻali rangin sirishkidin tanimni qon koʻzum.
Chun keraktur pok koʻz manzuri boʻlmoq pok yuz,
To yuzung bor, oʻzga yuz koʻrmak emas imkon koʻzum.
Ey Navoiy, yoʻq hadim ul shoʻxni koʻrmakka, lek
Har qayon azm etsa, asrar gʻayrdin pinhon koʻzum.

546

Nega qon yoshim oqizdi dilsitonim bilmadim,
Ne gunoh aylab edimkim toʻkti qonim bilmadim.
Demading gʻamdin koʻzumga kecha uyqu kelmadi,
Mast edim bukim biyik boʻlmish figʻonim bilmadim
Temang koʻnglung qanikim, hajrdin behush edim
Qay sari borgʻanni ul bexonumonim bilmadim.
Vasldin soʻz deb bu yangligʻ ta’niga xush kelmasin
Bilmadim, ey qotili nomehribonim bilmadim.
Istadim soʻzin labing tishlab meni qilding halok,
... qilmagingni qasdi jonnm bilmadim.
Oʻzlukumdin ranja erdim ichkali jomi fano,
Behud oʻldum uylakim nomu nishonim bilmadim.
Ey Navoiy, oshiq oʻlgʻanda dedim qolgʻay nihon,
Boʻylakim olamni tutqay dostonim bilmadim.

547

Ul quyosh yuzlukni har tun yod qilmoqdur ishim,
Oʻz-oʻzumga to sahar bedod qilmoqdur ishim.
Baski faryod aylamakdin har dam oʻzdin boribon,
Holima kelgach yana faryod qilmoqdur ishim.
Telbalardek har dam aytib ul pari afsonasin,
Topmayin maqta’ yana bunyod qilmoqdur ishim.
Ashk etib sabrim uyin vayronu har dam oh ila,
Ul buzugʻning tufrogʻin barbod qilmoqdur ishim.
Naxli qaddin chun xayol aylab qoʻyub tufroqqa bosh,
Sajdai ul sarvi xurizod qilmoqdur ishim.
Hajru shavqu charx muhlik zulmi ichra har nafas
Oʻzni yuz bedod ila moʻ’tod qilmoqdur ishim.
Gʻamdin oʻlmaslikka boisdur muhol andishakim,
Vasl umidi birla oʻzni shod qilmoqdur ishim.
Vahki, yer tutmas necha har lahza shaydo koʻngluma
Sabru toqat shevasin irshod qilmoqdur ishim.
Yigʻlasam taskin topar koʻnglum, Navoiy, voykim,
Ul buzugʻni sayl ila obod qilmoqdur ishim.

548

Yuzung gʻamidin erur abri navbahor koʻzum,
Ne ayb yer yuzini qilsa lolazor koʻzum.
Savodu qoni bila bir gʻarib lola erur,
Ki lolazor base qildi oshkor koʻzum.
Ne qoni lola erur, ne savodi dogʻi aning
Ki, qoʻydi hajr oʻtidin dogʻi intizor koʻzum.
Agarchi qildi meni xoru zor koʻnglumu bas,
Valek ayladi koʻnglumni xoru zor koʻzum.
Ne konu bahr ekinkim, labu tishing gʻamidin
Gulu sumangʻa qilur la’lu dur nisor koʻzum.
Bukim qorordi chu tar doman erdiyu gʻammoz
Firoq shomidadur tiyra roʻzgor koʻzum.
Navoiy ayla nazar tarkini demang, chunkim
Men ixtiyor etibon, qilmas ixtiyor koʻzum.

549

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor nstadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimgakim jonim fido aylab sogʻindim, yor erur,
Ermas erdi yorligʻda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yoʻqturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoʻqtur sogʻinib bor istadim.
Ulki topilmas bashar jinsida, vah, gʻaflat koʻrung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Sirri ishqimni koʻngul koʻz birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni chun men sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorugʻluq topmadim,
Dayr piri xizmatigʻa koʻyi xammor istadim.
Ey Navoiy, chun rafiqe topmadim bu gʻussadin,
Oʻzni bekaslik balosigʻa giriftor istadim.

550

Javhari paykonlaringning mahzani jon istadim,
Jondin ortuq tuhfani jon ichra pinhon istadim.
Tarki ishq irshod qildim koʻngluma, qatl aylading
Bu edi jurmumki, kofirni musulmon istadim.
Ey sabo, devona koʻnglumdin xabar topqilki, men
Topmadim, chun ul pari koʻyida har yon istadim.
Zulm aro qoshing koʻrungach boʻlmadi zohir hilol,
Shomi iyd oni sipehr uzra farovon istadim.
Vasl aro ahbob ila ul zolim oncha qoʻydi dogʻ
Kim, ul oʻtqa toʻzmagandin dogʻi hijron istadim.
Xonaqah ahli azobidin may ettim orzu,
Zohido, oʻldum deganda obi hayvon istadim.
Ey Navoiy, ishq aro oʻlsang dogʻi vasl istama,
Kim muyassar boʻlmadi men ulcha imkon istadim.

551

Soching savodigʻa hargiz nazora aylamadim,
Ki dudi oh ila olamni qora aylamadim.
Yoʻlungda kimsa boshni koʻrmadimki, gʻayratdin
Boshini yerga urub pora-pora aylamadim.
Bagʻirni choklar etgandin aylama inkor,
Men oni tigʻ ila xud muncha yora aylamadim.
Menga gʻaming aro bechoraligʻdurur chora,
Ne gʻam agar meni bechora chora aylamadim.
Yarang hisobini kasratdin anglamon, ey ishq,
Sanab tuganmadi yoʻqkim shumora aylamadim.
Tavakkul aylayu kir ishq koʻyiga, ey shayx,
Ki men qilurda bu azm istixora aylamadim.
Navoiy ohini ifshoi ishq uchun yozgʻur,
Ki koʻnglung oʻtini men oshkora aylamadim.

552

Lolaroʻyum bordiyu ishqin nihoni asradim,
Koʻzda qon, koʻngul aro dogʻin nihoni asradim.
Ayladi bir oh dudi birla elga oshkor,
Ishqi oʻtin necha koʻnglumda nihoni asradim.
Har zamon koʻnglum halok oʻlsa ne gʻam, chun jon aro.
Lablari shavqidin obi zindagoniy asradim.
Zoyil ermas ishq bir soat koʻnguldin, voykim,
Oni jonimgʻa baloyi jovidoni asradim.
Boʻlsa mehmonim iti, koʻnglumni qilsa toʻ’ma ham,
Ayb emas nevchunki mundoq kunga oni asradim.
Naqdi jonimni berib may kelturung, ey doʻstlar,
Kim ani ichmak uchun bir doʻstgoni asradim.
Xonumonim gar qaro boʻldi, Navoiy, ne ajab,
Men chu bir tun ul koʻzi, qoshi qaroni asradim.

553

Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim bilmadim,
Bu gʻazabkim ayladi mohim, gunohim bilmadim.
Oshiq oʻldum, yordin topqay debon koʻnglum visol,
Hajr bu yangligʻ boʻlurni kiynaxohim bilmadim.
Yor koʻyi ichra itti zor jismim ohdin,
Qayda tushganni bu yeldin bargi kohim bilmadim.
Ishq boʻstonigʻa kirganda havoyi qush kibi,
Sunbuli zulfi boʻlurni domi rohim bilmadi.
Aqlu xushu sabrim itti koʻrgach ul kirpik safin
Bir-bir oʻlmogʻni qaro koʻrgach, sipohim bilmadim.
Qirmaguncha dayr aro tinch oʻlmadim, tut bodakim,
Gʻussadii bu qal’a erkannn panohim bilmadim.
Ey Navoiy, buyla qilgʻan roʻzgorimni qaro
Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim, bilmadim.

554

Koʻngulni bagʻir qonidin lola qildim,
Qoʻyub dogʻ pargola-pargola qildim.
Sovugʻ ohdin qatra paykonlaringni
Yurak gʻunchasi javfida jola qildim.
Koʻzumda har dam ul oy oʻzni tutti,
Savodin aning davrigʻa hola qildim.
Ne qovmogʻki uygʻonmadi, garchi tuz,
Tong otquncha men it kibi nola qildim.
Koʻrub obihayvon yuzinda xubobni,
Tasavvur labing uzra tabxola qildim.
Falak zolining makridin boʻldum emin,
Nedinkim taloqi bu muhtola qildim.
Navoiy, sarigʻ yuzida dogʻi idbor
Chu koʻrdum, gumon sorigʻ lola qildim.

555

Labing hayot suyidin zilol emish bildim,
Zilol nuqtasi ustida xol emish bildim.
Uchuq labingda emas, reza inju la’l uzra,
Ki bargi gul uza bir qatra bol emish, bildim.
Qadimki xam boʻlub ogʻzing xayolidin itti,
Adam ichinda hamonoki, dol emish, bildim.
Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edim,
Bu Qa’ba toqiyu ul pur hilol emish, bildim.
Yuzungni bilmas edim zulf aro chu qildi tulu’,
Gʻarib axtari farxunda fol emish, bildim.
Dani tajammulu ozodaning falokatidin
Zamon tabiati be’etidol emish, bildim.
Firoq shomida soʻrdum Navoiy ahvolin,
Soching xayolida oshifta hol emish, bildim.

556

Ne ul quloqqa yetar arzi hol ado qilsam,
Ne ul koʻngulga yoqar naqdi jon fido qilsam.
Koʻngul shigofigʻa ul koʻy tufrogʻi qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam.
Kerak quyosh dirami tanga boʻlsa bayona,
Chu Yusufumni iki dahrgʻa baho qilsam.
Figʻonki ishq chekar bogʻlab oni boʻynumgʻa,
Nechukki zuhdu vara’ pardasin rido qilsam.
Koʻzumga dahrni har lahza tiyraroq aylar,
Savodi xolingga har necha koʻz qaro qilsam.
Ishim chu savmaa shayxi bila tuzalmadi, kosh,
Ki emdi maykada pirigʻa iltijo qilsam.
Navoiyo, chu sabo hamnafasdur, ul gulga
Ne boʻldi sarsari ohimni gar sabo qilsam.

557

Chun oʻlarmen bir nafas ul dilraboni koʻrmasam,
Ne hayot imkoni boʻlgʻay bir dam oni koʻrmasam.
Koʻnglum ichra topilur gʻam novakidin yuz nishon,
Oʻqidin har kun tanimda yuz nishoni koʻrmasam.
Koʻngul itti koʻzni dogʻi istaram ashk etsa koʻr
Kim, tilarmen hargiz ul yuzi qaroni koʻrmasam.
Sogʻinurmen kufri zulfi mojarosidin base
Gar dame ul shoʻxi kofir mojaroni koʻrmasam.
Kim vafo gulchehralardin koʻrdikim, men koʻrgamen,
Boʻlmas ushbu ayb ila ul bevafoni koʻrmasam.
Har biri yuz minnat aylarlar erur bu ham jafo,
Olam ahlidin ne kun kim yuz jafoni koʻrmasam.
Ey Navoiy, ne balodurkim, oʻlarmen qaygʻudin,
Gar dame ollimda ul shoʻxi baloni koʻrmasam.

558

Ey koʻngul, aylama dahr eski rabotin maskan,
Kim rabot oʻlmadi hargiz safar ahligʻa vatan.
Navsafarsen senu maqsad yiroqu markab lang,
Yoʻl maxuf, aylama zinhor aro yerda maskan.
Yoʻl bilur qofiladin tushmak ayrukim erur,
Bu biyobon aro ham gʻul koʻpu ham rahzan.
Yoʻl erur jodayi shar’ dogʻi toʻshayu su,
Senga oyini ubudiyat, anga farzu sunan.
Yoʻl bilur qofila ul xaylki, dilbar vaslin
Tilabon qoldi bari oʻziga yoʻl qat’ini fan.
Ishq vodiysi ajab vodiy erurkim, har moʻr
Anda sher afkanu har pashsha erur pil afkan.
Ey xush ul rahrav garmki bu yoʻl qat’in
Barqi xotifdek etar dahrni aylab ravshan.
Soqiyo, oʻzluk ila mushkul erur qat’i aning,
Dermen oʻzdin borayin jomima kuy durdi dan.
Gʻayr naqshidin etib lavhi zamirin sofiy,
Yor qolgʻay dogʻi ul balki biri sirru alan.
Ey Navoiy, tilasang faqr yoʻlini qat’iy,
Urma ul sari qadam foniyi maxz oʻlmas ekan.

559

Visolingdin koʻngul navmid esa darding chekarmu chun,
Ki andin dogʻi koʻp navmidroqdur chun misolingdin.
Ikki zulfung koʻngul domi, ne yangligʻ asray ul qushni,
Ani tutmoqqa jidd ma’lum oʻlur chun «jim»u «dol»ingdin.
Nechukkim boʻlsa «dil» lafzigʻa nuqta «zul» boʻlur hosil,
Mazallat ikki ayrilgʻon koʻngulga yetti xolingdin.
Latofat suyi ul yuz «jim» ila «lom» ikki yondin zulf,
Bu soʻzni fahm aylar bahravar boʻlgʻan jamolingdin.
Tama’ eldin vafo qilgʻan sudin oʻt istading chanqoq,
Agar topsang dogʻi kuygung bu savdoyi maholingdin.
Durust mehri zarifida toʻla hayvon suyi ichmak,
Emas ichgancha durd, ey mugʻbacha, singʻon safolingdin.
Navoiy, gar boshing goʻy etsa ul chobuk yomon ermas,
Yomon budurki, ermas voqif ul sargashta holingdin.

560

Yuzung koʻrgach ilik koʻksumga urmon ishq tobidin,
Ki koʻnglumga qoʻyarmen, sekrir oning iztirobidin.
Chiqibdur chun tishing hajrinda ohim abri naysondek,
Ne derlar yogʻsa jola oʻrnigʻa aning sahobidin.
Koʻnguldin poralar ma’lum oʻlurkim istar ul oyni,
Damim oʻti sharorining falak sori shitobidin.
Havoyi ishqdurkim, buzgʻay uylarni hubob oso,
Buzulgʻachkim havo chiqsa koʻzum bahri hubobidin.
Savodi hajr shomicha toʻkulgay mushk har sari,
Parishon aylasa el tob ochib zulfung tanobidin.
Oʻtugin to rikob oʻpti aning rashkidin istarmen,
Ki tishlab-tishlab oʻtuk na’lidek uzsam rikobidin.
Ajab yoʻq totsa har it telbarab ogʻzidin oʻt sochqay,
Junun koʻyida tushgan shoʻ’laliq bagʻrim kabobidin.
Sadodin obihayvon qatrasi sekrirmu har sori,
Vayo soʻz der zamon dur sochilurmu la’li nobidin?
Desang xumoridin hajring xalos oʻlgʻaymen, ey soqiy,
Magar ogʻzimgʻa quygʻaysen labi la’ling sharobidin.
Ne mozidur, ne mustaqbal, aroda sensenu bu dam,
Ne shod oʻlmoqturur har dam uzun umrung hisobidin.
Desang doʻzax azobin chek, Navoiy tortsun ming yil,
Xalos etsang ani borib dami hijron azobidin.

561

Ohu vovayloki, olam ahlining badholimen,
Har nafas bir dardu mehnat xaylining pomolimen.
Koʻzdin oqqan tiyra qonim zori jismimni boʻyab,
Kim qurubtur xoma yangligʻdur men oning nolimen.
Toki koʻnglum ittiyu forigʻ boʻlubmen darddin,
Ishq aro koʻnglin iturgan xalq forigʻ bolimen.
Baski bedoding yukin tortib qadim boʻlmish nigun,
Goʻyo ul bedodning ostida qolgʻan dolimen.
Ruhi Majnunning magar jismim aro qolmish hulul,
Buylakim za’fu junun birla oning timsolimen.
Ishq aro vasl istamay qonimni to qildim halol,
Har nekim ishq ahligʻa mushkuldurur hallolimen.
Yor ila ushshoqu men mahjur holim soʻrmakim,
Ey Navoiy, bu jamoatning gʻarib ahvolimen.

562

Vafo yoʻlinda, eykim, topmading istab asar mendin,
Degaysen bilganing ul bevafo soʻrsa xabar mendin.
Tanimda qaddingu la’ling firoqi tiyri boronin
Kishi koʻrsa, gumon qilgʻayki butmish nayshakar mendin.
Jigargun boʻldi qasring toshi la’ling hajrida baskim,
Sirishk oʻrnigʻa hajr oqizdi qon boʻlgʻon jigar mendin.
Aningdek soldi ishqing shoʻ’la jonim ichrakim shaksiz,
Maloyik oshiq oʻlgʻay koʻkka tushsa bir sharar mendin.
Boʻlubmen ul parivash furqatidin telba it yangligʻ,
Qayon yuzlansam, ey ahli saloh, aylang hazar mendin.
Qiling Farhodu Majnun ishqi oʻtin sharh, ey roviy,
Boʻlub garmi takallum gʻofil oʻlmishsen magar mendin.
Ne tong simob yangligʻ oqsa koʻzdin siymgun ashkim,
Ki simob aylamish xushu xirad bir siymbar mendin.
Amal sarrishtasin qilma, mutavval kelganin xush koʻr,
Tutung ahbobi yod ushbu kalomi muxtasar mendin.
Jahonu jonni tark aylab aning koʻyiga azm ettim,
Navoiy, bas munosib erdi bu yangligʻ safar mendin.

563

Yuz oʻtida yuz qatra su ne tong xoʻyi gʻaltonidin,
Koʻnglum oʻtida yoʻqmudur yuz qatra su paykonidin.
Qilgʻanda raxshin garm poʻy ul shaxsuvori tund xoʻy,
Qilgʻay debon ollinda goʻy olmon boshim maydonidin.
Bu dardu gʻamdin lolmen, maydon aro pomolmen
Kim, kirgach-oʻq beholmen ul ishvagar javlonidin.
Boshim sari nazzora qil, ey charxu, idboringni bil,
Dogʻi saodat anglagʻil har zaxm aning chavgonidin.
Maydongʻa ul chobuk surub, boshimgʻa chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub el poʻyasi har yonidin.
Koʻk mazraidin xoʻshaye kasb aylasang, qil toʻshaye,
Kom istabon tut goʻshaye koʻyi falak davronidin.
Gardun chekib tigʻi nihon yuz javr birla toʻkti qon,
Oxir Navoiy topti jon topqach vafo jononidin.

564

Koʻyida itlar meni goh tirnabon, goh tishlabon,
Za’fdin oʻlganda bir-birdin uzarlar sudrabon.
Men kimu qilmoq havas aning qoʻlidin muttako,
Koʻyida bas yotsam ilgimni boshimgʻa yostabon.
Ne junundur, vah, bukim yirtuq yaqoni chok etib,
Ashkim oqqanda kulub turgʻan zamoni yigʻlabon.
Elni gʻofil aylabon oʻzni solurmen koʻyida,
Har tarafdin ursalar tosh it masallik qavlabon,
Tifli maktabdek qochib yona borur ul oy sari,
Telba koʻnglumni necha topib ketursam aldabon.
Umr oʻtub bir uchrabon holimni soʻrsa, voy kim,
Ayta olmasmen javob oshifta koʻnglum toʻqsabon.
Hazl etar koʻnglum bila ul shoʻx, koʻnglum tortar oh,
Tifldekkim, dud etar oʻt birla har dam oʻynabon.
Aql uchub behudlugʻ aylarmen yoʻluqsang nogahon
Kimsadekkim, telbalik qilgʻay parigʻa uchrabon.
Soqiyo, muhlik xumorim uzrigʻa solma quloq,
Bir qadahni ogʻzima quygʻil qulogʻim toʻlgʻabon.
Umr torin chun kesar davron jafo tigʻi bila,
Jazm bilgilkim, anga boʻlmas koʻngulni bogʻlabon.
Ey Navoiy, chun zamon ahligʻa aslo yoʻq vafo,
Topmagʻung hargiz vafo ahli alarni tanlabon.

565

Aqlu jonu koʻnglum ul oy furqati ozoridin,
Bari bir-birdin malul oʻlmishlaru men boridin.
Shomi hajrim toru bepoyonligʻin anglay desang,
Fahm oʻlur yaldo tuni yangligʻ soching har toridin.
Bordur andogʻkim buzugʻ koʻnglumda har yon qonu dogʻ,
Lolalarkim, chiqti vayron maskanim devoridin.
Ul pari koʻnglum qushi qonin oqizgʻan fahm oʻlur,
Ochsalar boʻynumdagʻi daf’i junun tumoridin.
Gʻunchai vaslim ochar sham’i firoqim soʻndurur,
Har nasimekim kelur gulrux bahorim soridin.
Dahr bogʻi lola birla sabzasidin kechki, yoʻq
Gʻayri qonu zahr bu shingarf ila zangoridin.
Ey Navoiy, nuktai aysh anglasang mayxonada,
Bosh koʻtarma may tagʻori davrai pargoridin.

566

Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,
Shukrkim, gʻofil emasmen bir dam aning yodidin.
Lutf ila gar yod etar, yo zulm ila bedod etar,
Men rizosin istaram yodidinu bedodidin.
Kecha aysh ahli mugʻanniy yodidin xushhol emas,
Onchakim sen tonggʻa tegru itlari faryodidin.
Xotirim sinmoq tilar, koʻnglum tilarmen men dogʻi,
Har ne bu shishamga kelgay xushtur ul poʻlodidin.
Sabr toshidin koʻngulda koʻp bino tarh ayladim,
Koʻz yoshim sayli qunqordi barchani bunyodidin.
Dayr piri dedi maydin bosh koʻtarma, ey rafiq,
Solik uldur chekmagay boshini pir irshodidin.
Soʻrma, ey hamdam, Navoiyning gʻaminkim, olame
Gʻam bila toʻlgʻay dam ursa xotiri noshodidin.

567

Qildi ayshim subhini ul shoʻx la’li tiyra, tun,
Tifl oʻynab oʻt oʻchirgandin soʻng oʻlgʻandek tutun.
Boshin aylandurgʻay elning qilsalar nazzorasi,
Qoʻpsa men sargashtaning tufrogʻidin nogah quyun.
Zulf aro soldi girih uzra girih, oʻlmay netay
Kim, hayotim torigʻa tushti tugun uzra tugun.
Hajri jismimda soʻngaklarni ushotib kuydurur,
Ya’ni oʻt koʻprak yonar botroq ushatilsa oʻtun.
Naxli qadding kiydi sorigʻ xulla andin soʻng yashil,
Norbandekki, xazon kiygan koʻkarmastin burun.
Soqiyo, tongla xumor oʻlturmagi imkoni bor,
Ruh topmoq rohdin bori gʻanimatdur bukun.
Dema koʻnglung mazraida ishq tuxmin ek nihon,
Emdikim xirmangʻa oʻt tushti qolurmu yashurun.
Har yurunda bir diram tikmish muraqqa’ ahli zuhd,
Har tugun uzra mening hirqamgʻa tushmish bir yurun.
Ey Navoiy, zulfining ta’rifida tushtung magar
Kim, soʻzungning tori ham boʻldi parishon, ham uzun.

568

Menki har soat chekarmen yuz jafo agʻyordin,
Ne ajab gar yuz balo har lahza koʻrsam yordin.
Kimki yor istar ne tong agʻyordin koʻrmak sitam,
Gulbun ichra gul terar el nishlar yer xordin.
Kimki yuz ming zorligʻlar tortibon topmish visol,
Tufroq ul ollida men hijronda oʻlgan zordin.
Oshiqi sodiq vafo birla jafoni tolgʻamas,
Xush kelur koʻngliga har ne kim kelur dildordin.
Charx davrin uyla pargor urdi me’mori qazo
Kim, qadam chiqmoq emas mumkin xati pargordin.
Gar desang maxmurluq dardisaridin oʻlmayin,
To tiriksen bosh chiqarma kulbai xammordin.
Ey Navoiy, gar tilarsen yor vaslin topqasen,
Kech ikki olamdinu qoʻl tort yoʻqu bordin.

569

Joʻzgu har dam sudur ul ruxsori olam soʻzdin,
Muz aningdekkim, erur mehri jahon afroʻzdin.
Yuz ochib bildurdi qad birla sochi teng erkanin,
Zohir oʻlgʻondek tunu kun tengligi navroʻzdin.
Istasangkim tikkasen yuz pora koʻnglum chokini,
Yaxshiroq hech igna yoʻq ul novaki dildoʻzdin.
Ishq gard etgan tanimdin hajr oʻti uchqunlari
Tigʻi har yon lam’a koʻrguzgan kibidur yuzdin.
Ovlading koʻnglum chu soid koʻrguzub qovmoq nedur,
Javr ila ketmak chu kelmas sayd dast omuzdin.
Soqiyo davron gʻamidin ranjamen, koʻnglum aro
Past qil anduh oʻtin jomi nishot andoʻzdin.
Kech, Navoiy, jonu koʻnguldinki yoʻqtur ishq aro
Chorai oh jonguzoru nolai dilsoʻzdin.

570

Qatra terlardin yuzinda dur nishoninmu deyin?
Yo takallum vaqti la’li durfishoninmu deyin?
Ogʻzidin jismim adam boʻlmogʻligʻinmu sharh etay,
Gʻuncha yangligʻ tah-batah koʻnglumda qoninmu deyin?
Tan firoqinmu desun jon ishtiyoqinmu desun,
Men xayoli tan gudozin jonsitoninmu deyin?
Eyki dersen nuktai ishqu junun ahlidin ayt,
Oʻz fasonam, yoʻqsa majnun dostoninmu deyin?
Soqiyo, koʻnglumda may hirsin koʻrub soʻrdung sabab,
Hajri dardin yo xumori begaroninmu deyin?
Charxdin qilsam shikoyat soʻrmang, ey xalqi zamon,
Xalqining javrinmu, oshubi zamoninmu deyin?
Qolgʻali shomi firoq ichra, Navoiy, sham’dek
Kuymaginmu aytayin, ashki ravoninmu deyin?

571

Yo rab, ulkim vasl shomi kom olur zebosidin,
Tiyra qilma ayshi koʻzgusini subh anfosidin.
El mayi la’lin netay mamzuj esa obi hayot
Kim, mening jomim erur mamlu firoq olmosidin.
Ul pari ishqi agarchi ayladi majnun meni,
Shukr erur boriki qutqargʻay xirad vasvosidin.
Qoshi mehri tuxmini koʻnglumda ektim koʻr nishon,
Har soʻngak yonimda urmoqqa muhabbat dosidin.
Urmagʻaysen posbonligʻ lofi koʻk qoʻrgʻonida
Voqif oʻlsang, ey Zuhal, hajrim tuni bir posidin.
Qilmagʻil bu korgah vasfigʻa fikru boda ich
Kim, xirad idroki ojizdur aning ihsosidin.
Ey Navoiy, piri soqiyvashqa andoqmen xarob,
Kim unutmishmen jahon tarxon ila barlosidin.

572

Mehr emas mash’al yorutqan qal’ai aflokdin,
Kim falakka solding oʻt ruxsori otashnokdin.
Ishqdin kuydi tanimda har churuk boʻlgʻan soʻngak,
Kim koʻruptur mundoq avj olmoq chaqin xoshokdin.
Bas munosibdur tikar holatda koʻksum chokini,
Ip suvurmoq koʻnglakim jaybigʻa qilgʻan chokdin.
Sargaronmen ishqdin chopsang boshimni bogʻla berk
Kim, choparda raxsh uzulub qolmagʻay fitrokdin.
Gar gʻazab vaqti qoʻligʻa tushtumu tigʻi yolang,
Bok emas olmang meni ul qotili bebokdin.
Mast agar mayxonada oʻldum meni, ey doʻstlar,
May bila yub, bogʻlangiz na’shim belini tokdin.
Dema poko pok kech mendin, Navoiy, negakim,
Poklikdin boʻlmagʻay kechmak seningdek pokdin.

573

Qoshi yosinmu deyin, koʻzi qarosinmu deyin,
Koʻngluma har birining dardi balosnnmu deyin?!
Koʻzi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat ichra ruxsori safosinmu deyin?!
Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dard aro vaslining davosinmu deyin?!
Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaddin, yana birining adosinmu deyin?!
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy koʻnglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?!
Ey Navoiy, dema qoshu koʻzining vasfini, ayt
Qoshi yosinmu deyin, koʻzi qarosinmu deyin?!

574

Ey musulmonlar, figʻon ul kofiri xudkomdin
Kim, chiqardi koʻkka afgʻon kishvari islomdin.
La’li ruxafzosidin bir boʻsa paygʻom ayladi,
Garchi yolgʻon erdi, men jon toptim ul paygʻomdin.
Zulfu ruxsoringdin ayru garchi yoʻq shomimgʻa subh,
Sham’dek har kecha to subh oʻrtanurmen shomdin.
Zulfidin koʻnglumki maxlas topti bor ul telbakim,
Banddin qochmish vayo qushkim qutulmish domdin.
Furqat ayyomidakim yod etmas ul mahvash meni,
Vasli topsam men dogʻi yod etmay ul ayyomdin.
Jomi mayda boʻldi chun ul but jamoli jilvagar,
Qofiri ishq oʻlgʻamen gar bosh koʻtarsam jomdin.
Dayr aro, eykim, Navoiydin tilarsen nomu nang,
Bilki ul bu yerga qochib keldi nangu nomdin.

575

Dema gulgundur libosim ashkining, xunobidin,
Shoʻ’ladurkim, oʻrtanurmen hajr oʻtining tobidin.
Oʻtda qil yangligʻ tanimning hajr oʻtidin tobini
Bilmasang, fahm et gul uzra sunbulung qullobidin.
Qalb erur koʻnglumki bogʻlabtur soching zunnorini,
Turfa bukim bir nafas chiqmas qoshing mehrobidin.
Xasta koʻnglum gar labing unnobini istar, ne tong,
Nega ayrilgʻay jihatsiz xasta oʻz unnobidin.
Orazingning mushafi tafsiri bas dushvor edi,
Ravshan oʻldi xolu xatting nuqtayu e’robidin.
Sokin oʻldum dayr aro, to boda ichgan mugʻbacha,
Jonima. oʻt soldi otashnok la’li nobidin.
Shomi hijronim visol ahligʻa behad qisqadur,
Oni soʻrdiklar Navoiy diydai bexobidin.

576

Oʻlturur koʻyida ishq ahlin alolosi uchun,
Shoh qatl etgan kibi itlarni gʻavgʻosi uchun.
Tiyra zulfidin koʻngul ruxsorin aylar orzu,
Goʻyiyo ravshan su istar daf’i savdosi uchun.
Chun boʻlur har tun shabiston ichra sham’i anjuman,
Xayli anjum evrulur ul oy tamoshosi uchun.
Qaddida gulgun libos ermaski, ustodi azal,
Bargi guldin xulla qilmish sarvi ra’nosi uchun.
Zulfi zanjirigʻa xaddim yoʻq, iti zanjiri ham.
Yaxshidur qayd etsa bu majnuni shaydosi uchun.
To tiriktursen qadah davrin gʻanimat tutki, charx
Evrulur tegrangda naqdi umr yagʻmosi uchun.
Ey Navoiy, tarki dunyo ayla izzat istasang
Kim, mazallat keldi sa’y oning tamannosi uchun.

577

Ey musulmonlar, figʻon ishqi balo angezdin,
Ohu vovaylo baloligʻ furqati xunrezdin.
Qayda faryodim eshitgay ulki goʻyi kam emas,
Xalq afgʻoni bila gʻavgʻoyi rustoxezdin.
Gul yuzida xoʻy tushub la’ligʻa koʻnglum qildi za’f,
Boʻylakim za’f aylamish qandi gulob omezdin.
Koʻnglum ichra gulsitoni husnidur, ey bogʻbon,
Kelki, ohim farqi yoʻqtur nafhai gulbezdin.
Ahli din qasdigʻa mundoq chiqsa mast ul mugʻbacha,
Soqiyo, may berki kechtim taqvoyu parhezdin.
Ishq oʻti mazlumkushdur bilmas oni ahli zulm,
Anglagʻil bu nuktani Farhod ila Parvezdin.
Ey Navoiy, itlarin koʻrmakka borsang bagʻring uz
Kim, gurezing yoʻqturur bu nav’ dastomezdin.

578

Bir parivashkim koʻngul devonadur savdosidin,
Gar erur bandangki, ozod oʻlmon istigʻnosidin.
Oshiq oʻlsa shohu ma’shuqi gado bilkim, chekar
Ishq gʻavgʻosi ani xaylu sipah gʻavgʻosidin.
Oshiq oʻlgʻon ajdaho boʻlsa zabun boʻlmoq kerak,
Javr tortib ishq koʻyi moʻrining iyzosidin.
Ne havoyidur havoyi ishqkim, har pashshasi
Toʻ’ma aylar aqlu taqvo qofining anqosidin.
Ishq aro shohu gado tengdur, gado balkim fuzun,
Gar gadoligʻ aylar oʻlsa ishqning yagʻmosidin.
Kimki ra’noliq bila oshiq boʻlub istar visol,
Tortingiz otigʻa xat ishq ahlining asmosidin.
Ishq atvori Navoiygʻa musallamdurkim, ul
Yuz balo chekti dogʻi oʻldi aning ixfosidin.

579

Vasl etti va’da yor labi jonfizosidin,
Goʻyo bu soʻzni etti jonim arosidin.
Gar koʻrmading shafaq uza xurshid, ey koʻngul,
Ixsos qil ani yuzu gulgun qabosidin.
Munglugʻ koʻngulning ohidin etmas raqib vahm,
Yoʻq itga bok ishq gadoyi asosidin.
Ishq ichra oʻldum, ohki, qutqarmadi meni
Davr ofati ul ofati davron jafosidin.
Olamni hajr zulmati tutqay sovursa yel,
Kuygan fatilani yangi dogʻim qarosidin.
Charxi danida bodai gʻam toʻlmish, ey rafiq,
Juz hajr zahri qilma tama’ davr kosidin.
Sabt oʻlmasa Navoiy oti nazmi zaylida,
Fahm aylar ahli dard kalomi adosidin.

580

Buki vahshu tayr uyutmaslar, gʻamim bedodidin,
Kecha it afgʻonidin bil, subh qush faryodidin.
Chiqsa tubidin quyosh koʻrguzmagay bu lutfkim,
Angladim yuz jilva qilgʻan qomating shamshodidin.
Garchi har damkim sogʻinsam shavqidin jonim chiqar,
Istamon jonimni bir dam gʻofil oning yodidin.
Gʻam sahobidin yogʻar Majnungʻa mehnat yogʻini,
Dudi ohi chiqti goʻyo xotiri noshodidin.
Deb eding hajrimdin oʻlsang tirguzay bir tigʻ ila,
Orzu oʻlturdi, vah, oʻtkarmagil miyodidin.
Rostligʻ ozodalar oyinidur fahm aylagil,
Bu chamanning sarv birla savsani ozodidin.
Shayx agar masjidqa, men mayxonagʻa borsam ne tong,
Ey Navoiy, har kishiga chora yoʻq moʻ’todidin.

581

Dameki ishq oʻtida qolmagʻay asar mendin,
Namuna boʻlgʻusi uchmakta har sharar mendin.
Parivashim gʻamidin telba itdek oʻlmishmen,
Salomat ahli, bukun aylangiz hazar mendin.
Aningdek ashk ila ohim solibdurur toʻfon,
Ki bordurur yeru koʻk vaz’igʻa xatar mendin.
Aningdek oʻldi fano ishq aro vujudumkim,
Adam diyorigʻa ham topmagʻung xabar mendin.
Anga yetarga boshoq saqli man’ etar garchi,
Xadangi kasratidin chiqti bolu par mendin.
Taayunot ichida ishq bir haqiqat erur,
Gar oʻlsa bulbulu parvonadin vagar mendin.
Navoiy, aylama tun kun nishotu ta’lim ol,
Shabona oh bila nolai sahar mendin.

582

Shahru kishvardin ilik yub, xonumondin kechgamen,
Xonumondin kim desun ikki jahondin kechgamen.
Har zamon boshimgʻa yuz tigʻi halok aylab qabul,
Umrdin tortib etak, billahki jondin kechgamen.
Shahru kishvar, xonumon, ikki jahonu umru jon
Xud ne boʻlgʻan, muncha yuz kom oʻlsa ondin kechgamen.
Gar Skandar mulki birla Hizr umri bersalar,
Uyla mulku buyla umri jovidondin kechgamen.
Mumkin ermastur valek, ey mehribonlarkim, dame
Qilsa yuz bedod ul nomehribondin kechgamen.
Voizo, aylab yengillik, nechakim kavsar mayin
Maqtasang xoshoki men ratli garondin kechgamen.
Ey Navoiy, qon yoshim bahr oʻldi bu dam istasam
Kim, yetay oʻz qotilimgʻa, emdi jondin kechgamen.

583

Sebki davri orazim rangi birov hijronidin,
Olmadek boʻlmish qizil bir yoni ashkim qonidin.
Novaki qonligʻ koʻnguldin, eyki, dersen oʻtmamish,
Aylagil bori nazarkim, qon tomar paykonidin.
Men kibi Majnunni ham bosmish mazallat gardikim,
Fahm boʻlmas zaxm ila dogʻi tani uryonidin.
Goʻy urardin yoʻqki ul chobuk qilur bir boshin goʻy,
Buki bir gʻavgʻo chiqar har dam aning maydonidin.
Xoʻblugʻ davrida yod etgil gahi ushshoqni
Kim, base yod aylagungdur xoʻblugʻ davronidin.
Aysh bazmin, ey koʻngul, mayxona ayvonigʻa chek,
Kim balo toshi yogʻur har dam sipehr ayvonidin.
Koʻyida itlar figʻoni andin erkin bir kecha
Kim, uyumaslar Navoiy nolayu afgʻonidin.

584

Qadni ul xurshid ayogʻinda agar dol etgamen,
Jilvasigʻa zulf yangligʻ oʻzni pomol etgamen.
Xoldek yuzum qaro gar toʻygʻamen nazzoradin,
Gar koʻzumning mardumin ruxsorigʻa xol etgamen.
Ul pari paykarga forigʻ bol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid’oi paru bol etgamen.
Har kecha holim xarob oʻlgʻanda yolgʻon tush bila
Va’dai vasl aylab ondin oʻzni xushhol etgamen.
Gar desamkim koʻyi tufrogʻin elay, koʻz xalqasin
Ming toʻshukluk pardai jon birla gʻirbol etgamen.
Bodai boʻgʻzumgʻa quygʻaysen yiqib, ey mugʻbacha,
Gar icharda tavba uzri birla ixmol etgamen.
Rishtai jisming somon sorigʻ yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oygʻa irsol etgamen.

585

Yor ila agʻyor ozoridin andoq zormen,
Kim tani zorim kibi boshtin oyoq ozormen.
Yor zulmi tigʻidin koʻnglum kibi majruhmen,
El jafosi toshidin bagʻrim kibi afgormen.
Yor holim anglamoq ummididin navmidmen,
Xalqning yuz mehnatu begoridin nokormen.
Gʻam yemak boʻlmish ishim, yoʻqtur vale gʻam yer kishim,
Turfa ishkim garchi begʻamxormen gʻamxormen.
Jon taloshurmen ne dardim bilgirur, ne sihhatim,
Ne oʻlukmen, ne tirik, ne sogʻu ne bemormen.
Gar boshim olib jahondin chiqsam ermastur ajab,
Kim malul ahli jahondin ulcha dersen bormen.
Ey Navoiy, umr agar budur, ajal rahm aylabon,
Kelsa jonim olgʻali jon birla minnatdormen.

586

Gʻam tuni la’ling soʻrar hajr darsin zor uchun,
Chun ajal yetti Masiho zahr ezar bemor uchun.
Koʻzki uchqan chogʻda ustigʻa yopishturdum somon,
Nomabar qushturki sorigʻ ruq’a eltur yor uchun.
Orazing shavqidakim ashkim toʻkar koʻz mardumi,
Bogʻbon yangligʻdururkim, su ochar gulzor uchun.
Koʻyi tufrogʻin mening diydamgʻa sol, ey tong yeli,
Kim erur ul surma loyiq diydai bedor uchun.
Chun yiqildi za’fdin jismim uyi naylay aso –
Aylagaymu sarvi pushtibon yiqugʻ devor uchun.
Umri naqdidin imorat aylang, ey dayr ahlikim,
Vaqfi jon mulkin qilibmen kulbai xammor uchun.
Gar Navoiy hajr dashtidin oʻta olmas, ne tong,
Yoʻl yuriy olmas kafi gʻam toshidin afgor uchun.

587

Har tarafkim borur agʻyor ila jonon taloshurmen,
Chun ajal qasd etar oʻlturmakima jon taloshurmen.
Hajr tigʻ ursa talashimni oʻlum havfi sogʻinma,
Kim shahiding boʻloyin deb meni hayron taloshurmen.
Boshoq ustida talashqon kibi mazra’da gadolar,
Dashti ishqing aro ushshoq ila paykon taloshurmen
Ey pari chun kiyik oʻxshar iki koʻzungga biaynih,
Bu jihatdin meni devona biyobon taloshurmen.
Garchi agʻyordin olmogʻligʻ emastur seni mumkin,
Turmogʻumdur boqibon, onchaki imkon taloshurmen.
Ochigʻim kelgali kavsarni ochchigʻ bodagʻa tarjih,
Xirad ahli chu qilurlar meni nodon, taloshurmen.
Qoʻl solib hajr oʻtida ul kishi yangligʻki su urgay,
Ey Navoiy, chu oshar shu’lai hijron taloshurmen.

588

Bilgasen chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo boʻlsang, senga andoqki men.
Ishq dardigʻa davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balogʻa kimsa ermas mubtalo andoqki men.
Uylakim yoʻq sen kibi husn ahli ichra bir pari,
Yoʻqturur bir telba ahli ishq aro andoqki men.
Eyki qoʻymassen tanimni toʻ’ma qilgʻay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men.
Garchi oʻlturdung jafo birla meni, lekin tilab
Topmagʻungdur anda bir ahli vafo andoqki men.
Yoʻqturur davron jafosidin qutulmoq, ey rafiq,
Tutmasang mayxonaning kunjini to andoqki men.
Gar berur husni zakotin, ey Navoiy, yoʻqturur
Xastai zori gʻaribi benavo andoqki men.

589

Benavomen ayru xaylu hamdamu hamrozdin,
Za’fligʻ ul tor yangligʻkim uzulgay sozdin.
Qoldimu noz uyqusinda tunu kun kofir koʻzung,
Yo ochilmas notavonlar sori ayni nozdin.
Soʻz demay jonbaxsh la’lingkim oʻlukni tirgizur,
Koʻrsa ruxullah ani dam urmagʻay e’jozdin.
Hech jonib koʻyidin koʻnglum qila olmas havo,
Uyla qush yangligʻki qolmish boʻlgʻay ul parvozdin.
Novakandoz oʻlgʻali kofir koʻzung, ey qoshi yo,
Kimsaga jon qolmagʻay fahm ayladim andozdin.
To sirishkim qildi sirrim fosh koʻzdin solmisham,
Ehtiroz, ey doʻstlar, vojibdurur gʻammozdin.
Charx oʻrtangay quyosh oʻtigʻa koʻrganni desam,
Ul quyosh bedodiyu charxi jafo pardozdin.
Qoʻrqutub elni tomugʻ lekin meni qismi azal,
Elga vahm anjomdin, lekin menga ogʻozdin.
Dahr aro ne koʻpga chun topqung baqo, ne ozgʻa,
Ey Navoiy, ozu koʻp soʻr dema koʻpu ozdin.

590

Tufrogʻimdin ahli ishq etsa tanure shodmen,
Kim ichimda oʻti to yonmoq bila moʻ’todmen.
Odamiligʻdin meni shod istamang, ey xoʻblar,
Kim meni majnun pari hijronidin noshodmen.
Ishq aro qozdim balo togʻini tirnogʻim bila,
Uyla sogʻinmangki Shirin oshiqi Farhodmen,
Shomi vasl ul koʻy aro, ey sarsari hajr, olmakim
Uyla tufrogʻmenki subh anfosidin barbodmen.
Zulmu bedodingdin elga ohu afgʻon solmakim,
Zulm agar sen aylagung men qotili bedodmen.
Gar berib qulluqqa xat bir sogʻar ichtim dayr aro,
Qilmangiz aybimki olam fikridin ozodmen.
Ey Navoiy, ishq aro gardungʻa sunmasmen boʻyun,
Lekin ul xurshid gar tigʻ ursa ham munqodmen.

591

Orazing naqshin koʻzum lavhida tasvir etgamen,
Boʻlmasa taqdir ani koʻrmak ne tadbir etgamen.
Ey qaro koʻz, boʻlmas ul yuz shavqidin yuzdin biri,
Koʻz qarosidin agar yuz noma tahrir etgamen.
Yoshurun qolgʻaymu ishqim buylakim, ul shoʻxdin,
Chiqsa har soʻz bexabar yuz qatla taqrir etgamen.
Ne junundur buki har tun ul parivash vasligʻa
Yuz xayol aylab yana borigʻa tagʻyir etgamen.
Eyki dersen vasl koming boʻlsa qilgʻil jon fido,
Ul muyassar gar boʻlur men xud ne taqsir etgamen.
Ishq azaldindur nasibim, nosiho, man’ etmagil,
Man’ qilsang ham netib men man’i taqdir etgamen.
Ey Navoiy, naqdi jon bergil deding savdosigʻa,
Buyla savdo gar muyassar boʻlsa tavfir etgamen.

592

Ishq dashtin hech gʻurbatkash musofir koʻrmasun,
Men gʻarib ul dasht aro koʻrganni kofir koʻrmasun.
Yormangiz Farhodu Majnun ollida koʻksumnikim,
Botinimning dardu dogʻin ahli zohir koʻrmasun.
Dahrni qil tiyra, yorabkim, aning ruxsorini
Har ne koʻz mumkin esa boʻlmoqqa nozir koʻrmasun,
Har boqishda qatli om aylar koʻzungkim, dahr eli
Hech kimni sen kibi bu fanda mohir koʻrmasun.
Voizo, koʻp vasf qilding sohirening sehrini,
Hozir oʻlgʻilkim, seni ul koʻzi sohir koʻrmasun.
Qimki oshiqlik asiridur taxayyul birla ham
Ishq koʻyida oʻzin osuda xotir koʻrmasun.
Kim Navoiydek fano vodiysida istar huzur,
Kechsun oʻzdin balki xud oʻzlukni hozir koʻrmasun.

593

Yorab, anglabmu ekin ul oyki oning zorimen,
Kechalar savdosidin andoqki zulfi torimen.
Sihhatim boʻlsa topibmen la’li yodidin shifo,
Notavon ham boʻlsam oning koʻzlari bemorimen.
Yoʻqturur xaddim demakka yorimen yoxud iti,
Itlariga har kishi yor ul kishining yorimen.
Xoʻblar ushshoqigʻa jon bersalar ul qilsa qatl,
Har sori yuzlansa ishq ahli men oning sorimen.
Istasa el jonini bilmon berur bermaslarin,
Boʻlsa yuz jonim anga borin berurmen borimen.
Jilva aylab mast to koʻnglumni oldi mugʻbacha,
Dayri piri itlari silkida xizmatkorimen.
Hajrdin to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey Navoiy, anglakim jon birla minnatdorimen.

594

Tushta la’lin koʻrdum uygʻonmay debon qaygʻudamen,
Urma dam, ey subhkim, bir dam chuchuk uyqudamen.
Koʻzguda to koʻrdum oni qilmagʻil aksim gumon
Kim, kirib qilmoqqa vaslin justijoʻ koʻzgudamen.
Nogah ul qotil nishon aylab bir oʻq otqaymu deb,
Koʻyiga yillar soʻngakdek jism ila oʻtrudamen.
Ishq bahrining nahangi desa boʻlgʻay buylakim,
Ashk daryosin chekib gardungʻa men ul sudamen.
Holima kulmakka har zaxmim bir ochilgʻan ogʻiz,
Turfakim men ham alar kulgusidin kulgudamen.
Har baliyat oʻqikim charxi muqavvasdin kelur,
Goʻyiyo menmenki olam ahlidin qobudamen.
Ey Navoiy, ul pari ishqigʻa mahram yoʻqidin,
Telbalar yangligʻ oʻz-oʻzum birla guftu goʻdamen.

595

Ulcha koʻnglum koʻrdi ojizmen ani izhoridin,
Ul quyosh raftoridin yo charx kajraftoridin.
Sarsari hijron esar, vahkim, soching savdosida,
Notavon koʻnglun osilgʻandekturur bir toridin.
Toʻkti zaxmimdin bagʻir qonimni hijron nolishi,
Uylakim siqmoq bila el su oqizgʻay noridin.
Rost ul yangligʻki surgan yerdin urgʻay sabza bosh,
Chiqti paykoning uchi har yon tani afgoridin.
Menda biymi hajr derlar naylali, chorang degil,
Xalq soʻrgʻandek vasiyat naql etar bemoridin.
Kofiri masti yoʻlum urmishki dayr oʻlmish yerim,
Dayr aro ham balki chiqmon kulbai xammoridin.
Chun men oʻldum kofiri ishq, ey musulmonlar, dengiz
Kim ne choram boʻlgʻay emdi but bila zunnoridin.
Shayx imonin mening kufrum bila teng tutmasun,
Kim yaqindur kufrdin ham kechgamen bu oridin.
Ey Navoiy, bilki boʻlmas chehrai maqsudini
Pardadin koʻrmak, xususan pardai pindoridin.

596

Bazm ichinda andoq ul mahvash xayoli birlamen,
Kim xayol andoq qilurmenkim visoli birlamen.
Soʻzlashurda oʻz-oʻzum birla junun ahli kibi,
Ul parivash belu ogʻzi qilu qoli birlamen.
Gah kulub gohiki yigʻlarmen xayol aylab oni,
Vasli ummidiyu hijroni maloli birla men.
Demagil maydin yuzum rangin, qulogʻimdur qiziq,
Kim, bu yangligʻ hajr koju goʻshimoli birlamen.
Ogʻziyu zulfi gʻamindinkim erur nolamda «mad»,
Buyla «mad» tortarda aning biymu «dol»i birlamen.
Soqiyo, bir jomi may birla meni devona qil,
Kim mushavvash aql savdosi maholi birlamen.
Ey Navoiy aql sori emdi boʻlma rahnamun
Kim, boʻlub devona ishqi louboli birla men.
II- qism