OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNavodir ush-Shabob (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm220KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/15
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Navodir ush-Shabob (I- qism)
Alisher Navoiy

Xazoyin ul-Maoniy: Turtinchi Devon

Alif Harfining Ofatlarining Ibtidosi «Navodir»din

1

Zihe zuhuri jamoling quyosh kebi paydo,
Yuzung quyoshigʻa zarroti kavn oʻlub shaydo.
Yuzung ziyosidin ar subh ayni ichra bayoz,
Sochnng qorasidin ar shom boshida savdo,
Zuhuri husnung uchun aylabon mazohirni,
Bu kuzgularda ani jilvagar qilib amdo.
Chu jilva ayladi ul husn istabon oshiq,
Saloyi ishqin etib ofarinish ichra nido.
Pariy qabul eta olmay ani, magarkim men
Qilib otimni zalumu jahul birla ado.
Demayki men oʻzi ma’shuq oʻlub, oʻzi oshiq
Ki, tigʻ gʻayrat oʻlub anga naqshi gʻayrzudo.
Navoiy oʻlmadi tavhid guftugoʻ bila fahm,
Magarki aylagasen tilni qat’u jonni fido.

2

Ilohiy amringa ma’mur yetti torami a’lo,
Ne yetti torami a’lo, toʻquz sipehri muallo.
Jamilzikrlig oʻlgʻan jamoling etti tamanno,
Vusulfikrlig elga visoling oʻldi tavallo.
Xayol bikrlarin jilvagarlik etkali har yon,
Sen aylading hulali durri nazm birla muhallo.
Ibodatinggʻa yangi oy boʻlub xam oʻldi musalliy,
Sipehr atlasidin solibon havogʻa musallo.
Chu sendin oʻldi quyosh panjasi arosida oltun,
Sochargʻa dogʻi sen etting anga karam yadi tulo.
Demakka zikring erur xonaqoh ichinda hayo huy,
Saloyi ishqing ila ahli dayr ichra alolo.
Navoiy, ahli junun zumrasigʻa kirdi ilohiy,
Chu aylading ani Majnun, oʻzungni qil anga Laylo.

3

Yuzung koʻzgusidin olamda yuz nuru safo paydo,
Quyosh andin aningdekkim quyoshdin zarra nopaydo.
Sening koʻyung nasimigʻa oʻzin soldegki jon toptin,
Masih anfosidin gar xastagʻa boʻlmas davo paydo.
Azaldin to abad sathi vujudung zarfi toʻlmaskim,
Anga ne ibtido paydodurur, ne intiho paydo.
Sen etting sham’u gulda jilvakim, parvonavu bulbul
Biri kuydi, biriga boʻldi yuz dardu balo paydo.
Sening nash’ang edi Shirin ila Laylodakim, Farhod Oʻlub,
Majnungʻa boʻldi yuz tuman ranju ano paydo.
Mazohir istabon asmogʻa ishqu husn koʻrguzdung
Ki, paydo xirmani ajz oʻldiyu barqi jafo paydo.
Birov yettp sangakim oʻzlugi dashtini tay qildi,
Baqo istar kishi avval kerak qilsa fano paydo.
Sanga koʻnglumdagi hojatni ne hojat yoʻqki arz etsam,
Ulus koʻnglida pinhonlar erur chunkim sango paydo.
Navoiy gulshani vaqtigʻa ehson yamgʻurun yogʻdur
Ki, anda gul bila bulbulgʻa yoʻq bargu navo paydo.

4

Zihe el nihoni sanga oshkoro,
Nihon dardima oshkor et mudoro.
Ne dardingni koʻnglumda asrargʻa toqat,
Ne sirringnn ogʻzimgʻa olmaqqa yoro.
Xayolnngda savdo pishirgʻanda, aylab
Dimogʻimni oshufta ul zulfi soro.
Firoqing aro jon talashurda yogʻib
Hamul gʻam togʻidin boshim uzra xoro.
Tarahhum, tarahhum, tarahhum, tarahhum,
Buto, chobuko, mahvasho, gul’uzoro.
Qorangʻudurur olam ohim tunidin,
Quyosh yangligʻ och orazi olamoro.
Navoiygʻa jon oshkoru nihon sen,
Zihe el nihoni sanga oshkoro.

5

Yo rab, ul soatki tushkay hajr jismu jon aro,
Solgʻung oyini firoq ul ganju bu vayron aro.
Sarsaroyin har quyun qilgʻay badan tufrogʻining
Juzv-juzvin bir-bir ushbu gunbadi gardon aro.
Uyla sovrulgʻan anosir har tarafkim, topmagʻay
Bir-birisidin nishon, bu vodiyi hirmon aro.
Jism tarkibi parishon boʻlgʻay ul yangligʻki, aql
Soʻngra jam’ oʻlmoqqa ruxsat bermagay imkon aro.
Jism ila jon ichra garchi tushkay oshubi firoq,
Solma furqat ibtilosi jon bila iymon aro.
Juzv-juzv ayrilsa bir-birdin ne gʻam, gar qoʻymasang
Lutf etib yolgʻuz meni ul vodiyi hijron aro.
Har necha toʻfoni isyonim chekar gardungʻa mavj,
Kimsaga Nuh oʻlsa kashtiybon ne gʻam toʻfon aro.
Ul habibingni shafi’im qilki, boʻlgʻay yuz tuman
Nuh muhtoji aning bu bahri bepoyon aro.
Ey Navoiy, jonni tufroq aylagil faqr ahligʻa
Istasang manshurluq ul xayli oliyshon aro.

6

Zihe buroqing izi mehru sayri barqoso,
Bu barq sayri bila poʻyasi falakfarso.
Burun qadam bu makondin chu lomakon qoʻydung,
Ne nav’ deyki, aning gomi erdi gardunso.
Visol subhi deyin, yoʻq uruj oqshomikim,
Sabohdek edi ul barq nuri birla maso.
Qoʻlin bu barq yorutti, damin bu yel ochdi,
Agar sipehr uza Muso edi va gar Iyso.
Chu qoldi sayrida ruhu-l-amin, ne tong, ul ham
Gar oʻlmadi safaringning nihoyatigʻa raso.
Maloyik oʻlmadilar ul haram aro mahram,
Rijol xilvati davridin ul sifatki niso.
Navoiy asru buzulmish, boqib inoyat ila
Aning buzugʻlugʻini bir koʻz uchi birla yaso.

7

Bediling xayli rusul, sensen alargʻa dilrabo,
Yo nabiy, ruhiy fidoka ahlan va sahlan marhabo.
Goh davlatliq boshingdin ketmayin chatri sahob,
Gah falakrav markabinggʻa yetmayin payki sabo.
Shomi vasling topmagʻangʻa subhi sodiq har sahar,
Panjayi xurshid ila pirohanin aylar qabo.
Tufrogʻ oʻlmish, men qoʻyay deb ostonboʻsunggʻa yuz,
Holima rahm aylabon qilma bu ranjimni habo.
Sheri gardun ul kishiga boʻyni bogʻligʻ boʻlgʻay it
Kim, eshiging itlarin topqay oʻziga aqrabo.
Boʻlmagʻay erdi muyassar «Xamsa», ya’ni panj ganj,
Qilmasa erdi madad holimgʻa besh oli abo.
Ey Navoiy, chorayi dardingni qilgʻay ulki bor
Ham rasulu ham amin, ham mustafo, ham mujtabo.

8

Kimki, yetkay ishq dardu dogʻidin ofat anga,
Dogʻ mehri saltanatdur, dard erur sihhat anga.
Ishq koʻyi tufrogʻi bir kimiyodurkim, erur
Yuz quyosh iksiricha, balkim fuzun qiymat anga.
Ishq dayri bazmining singʻan safoli ichra may
Kim ichar, Jamshid jomin tanlamas himmat anga.
Har chuboʻlgʻan toridur aflok qasrigʻa kamand,
Ulki boʻlsa ishq eski sholidin kisvat anga.
Chun tushar oshiq tanigʻa ishq oʻtining shu’lasi,
Uyla shahdurkim, erur zarbaftdin xil’at anga.
Har sharar ul shu’ladin bir barq erurkim, kul qilur
Lam’adin yuz shoh taxtu tojini hirqat anga.
Ishq oʻti boshigʻa tushkankim, ul oʻtdin chiqsa dud,
Shoh zarrin toj ila chatrigʻa ne hojat anga.
Toj davlat bersa ishq oʻtidin, olib bir sharar
Buki oʻrtar oʻzlugin, yetmasmu bu davlat anga.
Soqiyo, bir boda tut, doʻzax oʻtidek hirqati,
Lek jannat kavsaridek lavn ila safvat anga.
To ichib doʻzaxqa ham kirsam sirishkim saylidin,
Qolmagʻay xalq oʻrtamoqda shiddatu hiddat anga.
Ey Navoiy, nazming asru soda erdi qoʻydi yuz,
Shoh islohidin oncha zeb ila ziynat anga.

9

Ul pariypaykarki, hayron boʻlmish insu jon anga
Kimki, hayroni emas, men telbamen hayron anga.
Ne ajab parvonadek kuysam yuzi sham’igʻakim,
Koʻp boʻlubmen vasl ummidi birla sargardon anga.
Toiri hajring buzugʻ koʻnglumnikim qilmish vatan
Chugʻzdekdurkim, nishiman keldi bir vayron anga.
Hajrida tah-tah koʻngul qon bogʻlagʻandindur nishon,
Nomai shavqumki tim-tim tomdi koʻzdin qon anga.
Tiyrboroni gʻaming koʻnglumgakim yogʻdi erur,
Har tarafdin barqi ofat lam’aiy paykon anga.
Otashin gul chunki bulbul kuydurur yuz vajh ila,
Ne osigʻ faryodu afgʻon birla ming daston anga.
Ey Navoiy, koʻngluma amr etma tarki ishqkim.
Ul samandardur, emas oʻt furqati imkon anga.

10

Chin kiyigi desam koʻzin, vah, nedurur itob anga,
Chunki qorasi koʻrguzur har sari mushki nob anga.
La’li labingda ter boʻlub obi hayot qatrasi,
Yoki Xizr suyi labing, qatra boʻlib hubob anga.
Yopmadi koʻzni ashkkim, boqmasun oʻzga yuzga deb,
Har sari ayni rashkdin yopti gʻaming niqob anga.
Jismim agar kuyar, koʻngul tolpinuri ajab emas,
Kimki uyiga tushsa oʻt, yoʻq ajab iztirob anga.
Oqmadi xoʻy uzoridin la’ligʻakim, hakimi sun’
Ezdi hayot sharbatin, emdi urar gulob anga.
Zulfi xayolidin koʻngul har yon etar havo, valek
Saydgʻa ne xalos chun bogʻligʻ erur tanob anga.
Oʻzlugining hijobidin kimki oʻzin xalos etar,
Oʻzga qayonki solsa koʻz, mumkin emas hijob anga.
Ahli mazallat ohining novakidin sipehr agar
Qochmadi muncha, bas, nedur ham boʻlubon shitob anga.
Va’dayi vasl etib edi, tushta ayogʻin oʻpmisham,
Dema, Navoiy, ul pariy aylamasun hisob anga.

11

Vahki, hol oshufta qildi anbarin xoli manga,
Qoʻydi yuz bir xol shavqidin ajab hole manga.
Ishq koʻyida gadomen siymgun ashkim bila,
Budurur ishq ichra boʻlsa joh ila mole manga.
Qayda imkoni hayotim, ey koʻngul, chun dam-badam
Sogʻari furqat tutar bir hajri qattole manga.
Ne gʻanimat suvrat oʻlgʻay gar musavvir jon olib,
Oʻxshash ul mahvashqa yozib bersa timsole manga.
Bulbulu parvona ishq oshubidin parvoz etib,
Boʻldilar gʻoyib, netaykim, yoʻq paru bole manga.
Ahli aysh oltun ayoq sofin ichib, kiydig harir
Kim, safoli faqr durdi basdurur shole manga.
Yor jon olsa Navoiydin erur topshurmagʻi,
Ul gar ahmol aylamas, xud yoʻqtur ehmole manga.

12

Bukim qolibdur ul oy hajrida hayot manga,
Hayot qolmamish azbaski bor uyot manga.
Ulusni oʻlturur ul shoʻx iltifot aylab,
Oʻlarmen ushbuki hech etmas iltifot manga.
Meni xud ayladi qatl, ushbudur vasiyatkim,
Koʻngulni ham karam aylab yetursa bot manga.
Qush oʻlmisham, yogʻibon hajr oʻqi, vale ne osigʻ
Ki, boʻlmas ul taraf uchmoqqa bu qanot manga.
Tuganmagay yozilib mehnatim, agar boʻlsa
Firoq shomi qoravu falak davot manga.
Chu yor aylar emish barcha yerda jilvayi husn,
Teng oʻldi Ka’ba bila dayri Soʻmnot manga.
Navoiyo, chu emas nasya naqd birlan teng,
Behisht voizi purgoʻgʻavu Hirot manga.

13

Kelmay ul qotili zamona manga,
Boʻldi hajr oʻlgali bahona manga.
Oʻqi zaxm aylab oʻtti koʻksumdin,
Yara qoldi vale nishona manga.
Hajr aro navha aylaramki, erur
Nagʻmayi aysh bu tarona manga.
Ishq koʻyida hamnafas boʻlmish,
Har nafas ohi oshiqona manga.
Ey koʻngul, ishq oʻtidin yonma,
Boru tashvish berma yona manga.
Hajr aro ashk tuxmini sochtim,
To ne bergay samar bu dona manga.
Tavbadin soʻz, Navoiyo, demakim,
Hech yoqmaydur ul fasona manga.

14

Nechakim kuyar hajr aro jon manga,
Emas tarkini qilmoq imkon manga.
Agar boʻlsa yuz jon fido qilgʻamen,
Nasib oʻlgʻudek boʻlsa jonon manga.
Necha boʻlsa agʻyor hamsuhbati,
Erur bazmini koʻrmoq armon manga.
Agar rashkidin sa’b boʻlsa hayot,
Xud ul dam erur oʻlmak oson manga.
Qiliptur guli otashin gʻunchasi,
Koʻngulni oʻkush soʻzi hijron manga.
Ne kom olgʻamen, soqiyo, bodadin
Ki, davron tutar dam-badam qon manga.
Navoiy ketib, xilvat et uynikim,
Boʻlur bu kecha yor mehmon manga.

15

Bordi rahm aylamay ul kofiri xudroy manga,
Gar tarahhum qilibon qaytmasa, voy manga.
Nechuk oʻlmayki, borur vaqtda ul umri aziz,
Barcha birla koʻrushib, qilmadi parvoy manga.
Tiyradurmenki, parishon boʻlubon vasl kunin
Shomi hajr ayladi ul zulfi sumansoy manga.
Mastu ovora koʻngul ittiyu rahm etmadi ul,
Bodapaymoy demay, bodiyapaymoy manga.
Yoʻq soʻzum charx ila, vah, qildi chu shabgir baland,
Roʻzgor etti qora hajridin ul oy manga.
Soqiyo, sofi tarab ahli visol ichsunlar,
Hajr zindonida tutsang bas erur loy manga.
Hur zohidqa, Navoiy, ikki dunyodayu ul
Buti xudroy demay, shoʻxi xudoroy manga.

16

Ey koʻngul, telbarading emdi ne tadbir sanga,
Ul pariy zulfini gar qilmasa zanjir sanga.
Yuz balo kelsa chek emdi, chu bu ish man’i uchun,
Nechakim pand dedim, qilmadi ta’sir sanga.
Ixtiyore sanga ham yoʻq edi, ne yozgʻurayin,
Buyla chun yozgʻan emish xomayi taqdir sanga.
Sen chu ishq oʻtigʻa kuydung, sanga emdi ne osigʻ,
Aylamak maxlas uchun hiylavu tazvir sanga.
Meni kuydurdung esa, sen dagʻi kuydung, netayin
Emdi yuklab bu ish oyinida taqsir sanga.
Bihil et sen dagʻi men xastagʻa, lekin deb edim
Har nekim keldi sening ollingga bir-bir sanga.
Buzdi koʻnglung uyini xonabarandozi firogʻ,
Ey Navoiy, ne osigʻ pand ila ta’mir sanga.

17

Iydi ruxsoring koʻrub, boʻldi ulus hayron sanga,
Ey ulus, iydi yuzung, jonim mening qurbon sanga.
Sham’ emas yerdin, kavokib charxdin bayram tuni
Kim, erur yer, koʻk tuman ming koʻz bilan hayron sanga.
Iydgahda gard emas, balkim yetishkach maqdaming,
Qoʻpti yerdin sadqa boʻlmoq istabon maydon sanga.
Xusravi anjum degaykim, sekritur koʻk tavsanin,
Iydgahda kimki koʻrsa raxsh ila javlon sanga.
Chatr shaklidin samoviy barcha ofat daf’igʻa
Tengri aylaptur nasib oʻz hifzidin qalqon sanga.
Notavon jismimgʻa bayramliq bila ber sihhate
Kim, koʻngul ummidvoru muntazirdur jon sanga.
Necha bayramlarda kiygan jandasin faqr ahlining
Xor koʻrma, eyki xil’atdur necha alvon sanga.
Iydgah ahlin dame qilma parishon, ey sipehr
Kim, erur bu jam’ bir-ikki zamon mehmon sanga.
Ey Navoiy, durri nazming xutbadek topqay sharaf,
Lutf ila qilsa nazar bayram kuni sulton sanga.

18

Tushkali qadding havosi boshima avbosh aro
Bosh aro kestim alif yozgʻan alifdek bosh aro.
Mevayedurkim nazar bogʻida ba’zi tutti rang,
Qatra-qatra la’lgun bu dona-dona yosh aro.
Mehr qattiq koʻnglung ichra qayda boʻlsun, boʻlsa ham
Filmasal bor ul giyah yangligʻki butkay tosh aro.
Bir-biriga boshlarin payvasta nevchun qildilar,
Fitnaangize agar yoʻqtur ul ikki qosh aro.
Kom topgʻan chogʻda vasling xonidin hajr ogʻusi
Talx erur andoqki el sogʻar icharlar osh aro.
Xayli zulmat ranjigʻa tushkan safo ahli erur
Uylakim, tong tuygʻuni qolgʻay surug xuffosh aro.
Gar Navoiy ohidin tan oʻrtanur, yuz churkanur,
Yetti ham hummo haroratdin boʻlur ham moshiro.

19

Kirsa ul gul xirmani agʻyor ila gulzor aro,
Men hamono tolpinurmen xirman etkan xor aro.
Jonni anglarmen balolar ichra oʻlsam ne ajab,
Ul zamonekim koʻrarmen yorni agʻyor aro.
Lojuvardu voʻsma birlan zeb bergan qoshlaring
Jilvagar boʻlgʻan iki tovus erur gulzor aro.
Zulfida sarrishtayi iymon badaldur kufr ila,
Ne tafovut tushsa Maryam rishtasi zunnor aro.
Za’fligʻ jismimda bilgurgan tuganlar hay’atin,
Angla yondashqan tugunlarning shabihi tor aro.
Tushti yel kayfiyatidin sugʻa gul yafrogʻlari,
Yoʻqsa maydin zohir oʻldi gullar ul ruxsor aro.
Masjid ichrakim meni taxqir qilding, ey faqih.
Koʻrgasen johimni kirsang kulbayi xammor aro.
May xubobi gunbadin bazm ichra ul dam doyir et
Kim, shafaq may zohir etkay gunbadi davvor aro.
Ey Navoiy, elga, bilgil, benavoligʻ boisi,
Har navokim zohir aylarsen figʻoni zor aro.

20

Jonda qoʻydum chirmagʻan maktubini hijron aro,
Bilman ul maktubdur yoxud alifdur jon aro.
Noma ermas erdikim, bor erdi ul hirzul-amon
Kim, gʻamim aysh etti, yetkach kulbayi ahzon aro.
Rishtayi oliki, chirmab erdi, ochib asradim
Xunfishon koʻz raglaridek diydayi giryon aro.
Notavon jismim koʻrundi za’fdin ul rishtadek,
Baski toʻlgʻandi iki koʻzumdin oqqan qon aro.
Garchi jonondin aziz ermas, erur jondin aziz
Kim, vasila boʻldi mahzun jon bila jonon aro.
Ruq’ayi ehsondin, ey mun’im, gado komini ber
Kim, bu yangligʻ ganj topmas kimsa bu vayron aro.
Ey Navoiy, nomayi maqsud yetti xushdil oʻl
Kim, xati ozodligʻ budir gʻami hijron aro.

21

Nuqtayi mushkdur bu yo xoli aning jabin aro,
Kufr savodini ne xush sizdi bayozi din aro.
Xotami la’l ogʻzidur, lek hadisi jon olur,
Zahr nihon qilibdurur la’li magar nigin aro.
Sajdadadur yuzum vale jon aro ul sanam gʻami,
Boʻynuma subhadur vale butdurur ostin aro.
Jonu koʻngul necha dedi asrali oʻzni, kelgach ul,
Vah, yana qoʻzgʻalishdilar koʻrgach ani ichin aro.
La’li hadisida demangkim sifat ila kirpigin,
Ogʻzima chunki sanchilur nesh bu angabin aro.
Aqlu havos erur adam, jonu koʻngulga yoʻq vujud,
Tafriqa tushkali menu ul buti nozanin aro.
Esdi magar xazon yelikim xam oʻlub vido uchun.
Voqiayi firoq erur sunbulu yosamin aro.
Bu chaman ichra har gulekim ochilur, figʻonki bor
Hodisa tifli muntazir uzmak uchun kamin aro.
Belingu inju tishlaring hasratidin Navoiyning
Jismida ashki bordurur rishta duri samin aro.

22

Ey, gʻaming gavhari jonu tan aro,
Ikki dur yangligʻ iki mahzan aro.
Bogʻ aro kirki, qiyomat solsun
Qomating sarv bila savsan aro.
Gul sari boqmadi bulbul, chunkim
Koʻrdi gulgasht etasen gulshan aro.
Dilraboliq fanida mohirsen,
Dahrda sen kebi yoʻq bu fan aro.
Soqiyo, bodaki nazzora qilay,
Yor aksini mayi ravshan aro.
Istasang dushmaning oʻlgʻay sanga doʻst,
Kirmagil doʻst bila dushman aro.
Ishq oʻti ichra Navoiy kim ekin,
Bir gadokim kuyadur gulxan aro.

23

Qosidekim yordin bir soʻz rivoyat aylasa,
Istaram soʻrgan soni boshtin hikoyat aylasa.
Telbalar yangligʻ gah oʻz holimdadurmen, goh yoʻq,
Ul pariydin har kishi bir soʻz rivoyat aylasa.
Ey koʻngul, ohingni dersenkim su aylar toshni,
Chin erur, gar koʻngliga aning siroyat aylasa.
Jongʻa basdur har nafas bir dogʻi nevchun boʻlmasun,
Qoni’ ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa.
Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon
Kim, oʻlar har kim fasonamni bidoyat aylasa.
Gʻam sipah qasdimgʻa tortibdur, ne boʻldi piri dayr
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa.
Ey Navoiy, faqrdin bebahradur yuz gʻam yetib,
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa.

24

Yashil toʻn birla oltun tugmalardin zebu far anda
Qading noranji ra’no naxlidur butkan samar anda.
Bu xil’atkim qiliptur xoʻy chakon ruxsorani pinhon,
Erur gulbunki, pinhon butti bir gulbargi tar anda.
Taolalloh ne qaddur, qad emas, jannat niholidur,
Ochilgʻan gul yoshungʻan bargi gul butkan shakar anda.
Yuzung ravshan zuloledur, gʻazabdin chin aning mavji
Ki, niliy xoldin har yon ochilmish nilufar anda.
Ajab-gulshan erur koʻyungki, jannat bogʻida yoʻqtur
Niholekim, gulu sunbul ayon qilgʻay magar anda.
Necha ovora koʻnglumni soʻrogʻ ettim kishi bilmas,
Magar koʻyiga yoʻl topsam, topilgʻay bir xabar anda.
Toriqtim xonaqahda dayr sari yuzlanay emdi
Ki, munda necha zulmatdur, safodur sarbasar anda.
Qadah sofiyu piri dayr sofiy, mugʻbacha sofiy,
Ne koʻrgay juz safo bir kimsakim, tutqan maqar anda.
Navoiy nazmi ranginu ravon ersa ajab ermas
Ki, maxlut oʻldi koʻz yoshi bila xuni jigar anda.

25

Jamoling jilva kildi, bor edi ogʻzing nihon anda,
Quyosh chiqqach ne mumkin, zarra boʻlmogʻliq ayon anda.
Qading hajrida yuz devor uza qoʻydum chu za’fimdin,
Chekildi bir alif har qatra ashkimdin nishon anda.
Sabo zulfin ochib tarqatmagil majnun koʻngullarni
Ki, maskan aylamishlar bir surug behonumon anda.
Aning koʻyiga borgʻan bilki menmen har qachon koʻrsang,
Oʻlim holida yotqan bir gʻaribi notovon anda.
Magar yel hojib oʻlmish gulshani koʻyiga ul gulning
Ki, moni’dur borurgʻa xasta bulbuldin figʻon anda.
Balo dashtidagʻi ovoralar sonin talab qilding,
Bu yangligʻ xonumonidin jalolargʻa ne son anda.
Chamanda yaxshi yoronlar bila sarmast emish, vahkim.
Emas mumkin sola olmoq oʻzumni men yomon anda.
Riyoyiy xonaqahda gar safo kasb etmading bir dam,
Fano dayrigʻa kirkim, yoʻq kudurat bir zamon anda.
Koʻngul jomi jahonbindur toʻla qil sof may birla
Ki, solgʻay aks nekim boʻlsa ahvoli jahon anda.
Jahon ahli nifoqidin qayon borsam emon emnn,
Tilarmen ul jahonni, topqamen shoyad amon anda.
Navoiy ming jarohat birla tun ul koʻy aro kirmish
Ki, oqmish, yerga yuqmish tomgʻa har sari qon anda.

26

Yer tutqali ul kofiri xudkom koʻngulda,
Yoʻq menda koʻngul uylaki orom koʻngulda.
Ham gul isi, ham sarv boʻyi koʻngluma yoqmas,
To evrulur ul sarvi gulandom koʻngulda.
Siymin zaqanu shu’lai ruxsorni yopkim,
Oʻtlar yoqadur ul tama’i xom koʻngulda.
To gʻunchadek ogʻzinggʻa tutub zulfni ochding,
Qoʻzgʻatdn xirad xaylini har shom koʻngulda.
Koʻnglumga dema zuhddin, ey shayxki, har kun
Kofir bachaye may qilur oshom koʻngulda.
Koʻnglumni bu dam jom ila bore tutayin xush,
Chun zohir emas suvrati anjom koʻngulda.
Mugʻ dayrida qildim vatan andoqki Navoiy
Kim, mugʻbachalar vaslidurur kom koʻngulda.

27

Budu nobudum agar teng boʻldi jonon ollida,
Zarra yoʻqu bori tengdur mehri raxshon ollida.
Koʻzlarimning chashmasi ollida ummon hajr aro
Koʻr biaynih uyladurkim chashma ummon ollida.
Vasl ichinda doʻzax oʻti birla qoʻygʻan toza dogʻ
Otashin guldek gumon qil dogʻi hijron ollida.
Ey musulmonlar, ne holatdurki, ishq etmish zabun,
Yuz musulmon xanlnni bir nomusulmon ollida.
Ulki majnun deydilar, chindurki har dam koʻrguzur
Chok boʻlgʻan koʻnglagin bu jismi uryon ollida.
Faqr ila shod oʻlki, har kim boʻlsa ahli ma’rifat,
Dahr tufrogʻ birla teng boʻlmoq ne imkon ollida.
Ey Navoiy, jon sabo ollida, qilgʻaymen nisor,
Bu gado holin desa yetkanda sulton ollida.

28

Yigitligimda edim mubtalo yigitlarga,
Qarib ham oʻzni tilarmen fido yigitlarga.
Yuzi sarigʻ, boshi oq bir qari gar oʻlsa, ne hayf,
Engi qizil, koʻzi, qoshi qaro yigitlarga.
Desang qarib boʻlayin zuhdu ofiyat birla,
Magarki boʻlmagʻasen oshno yngitlarga.
Tilar esang qariliq izzu rutbasini, magar
Koʻngulni bermagasen dilrabo yigitlarga.
Nechaki boʻlsa yigitlikda shoʻxliq matlub,
Vale adab bila xushtur hayo yigitlarga.
Qarigʻa har necha boʻlsa sitam yigitlardin,
Ne boʻlgʻusi qaridin juz duo yigitlarga.
Ne nav’ zuhd ila taqvoni asrayin mahfuz
Ki, uchradim qarilikda balo yigitlarga.
Yetar azob qarib, noxalaf oʻgʻullardin,
Nechaki tutsam oʻzumni ato yigitlarga.
Chu husn boʻldi, vafo istamang yigitlardin
Ki, tengri bermadi husni vafo yigitlarga.
Nechaki mast yigitlarni ahli ishq tilar,
Valek ishqdurur porso yigitlarga.
Navoiyo, qarisang ham jahonda bir necha kun
Rafiq boʻl, tilar ersang navo yigitlarga.

29

Xattu zulfu qoshlaring, ey dilbari chobuk, balo,
Ul ne yuzdurkim, erur davrinda yuz turlug balo.
Oshiq oʻlturmakka ul koʻzdek baloye koʻrmaduk,
Yoʻqsa oshiq boʻlgʻali olamda koʻp koʻrduk balo.
Ul ne koʻzdurkim, erur nozu karashma jomidin
Boʻlsa maxmur — ofat, ammo boʻlmogʻi usruk — balo.
Ishq dashtida oʻlumdin qochmogʻilkim, anda bor
Ming balokim, bu balodur barchadin oʻksuk balo.
Ishq aro koʻrduk nihoyatsiz baliyyat, ey koʻngul,
Hajrdin dushvor lekin koʻrmamish erduk balo.
Ul balolarkim, chiqargʻay ofiyatdin kimsani,
Ishq erur qotil va lekin may erur kuchlug balo.
Ey Navoiy, tashlab oʻzlukni fano yoʻligʻa kir
Kim, erur ul yoʻlda egningga bu ogʻir yuk balo.

30

Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora,
Boʻldi savdogʻa savodi a’zam andin har qora.
Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil,
Toshdin angla tanimni: gar koʻk oʻlmish, gar qora
Dema koʻnglung lavhigʻa yozgʻil xirad oyinini,
Baski, qoʻydung dogʻi ishq ul safhadur aksar qora.
Panjayi xurshidni goʻyo qora etmish kusuf,
To qiliptur ilgin ul huri pariypaykar qora.
Dudi ohimdin demaykim zor jismim soʻzidin,
Kulki boʻlmish oʻt tushub kuygan kebi bistar qora.
Umr yoʻq juz tiyralik isyondakim, hayvon suyi
Istamakdin roʻzgorgi topti Iskandar qora.
Chun Navoiy ishq aro komilligʻin sabt ettilar,
Boʻldi baskim, ahli ishq ot yozdilar mahzar qora.

31

Koʻzungga tani notavonim fido,
Ravonbaxsh la’linggʻa jonim fido.
Labing rangi ollida qonim sabil,
Qading jilvasigʻa ravonim fido.
Belu ogʻzing oldi tanu jonnikim,
Anga oshkoru nihonim fido.
Bagʻir la’li, koʻz durri ollingda sarf
Demaykim, sanga bahru konim fido.
Junun birla aqlim gʻaming sadqasi
Ki, ollingda yaxshi-yomonim fido.
Fano dashtida qani ovoralik
Kim, ul sayrgʻa xonumonim fido.
Navoiydin olding koʻngul, jonni ham
Sanga aylay, ey dilsitonim, fido.

32

Chu ishq dardu baloni jahongʻa urdi salo,
Naxustroq meni bexonumongʻa urdi salo.
Men oldim oʻn ulushidin toʻquz yarim ulushin,
Yarimki qoldi, ani insu jongʻa urdi salo.
Aning dagʻi yarmini oldi ofarinish eli,
Yarimini yona bu notavongʻa urdi salo.
Bu notavon ani ham jon bila qabul etti,
Chu qochtilar ani ham har qayongʻa urdi salo.
Koʻngul chu dardu balo tolibidurur, gardun,
Agar yetishti ming ofat ham angʻa urdi salo.
Figʻonki, elga tutub boda soqiyi davron,
Chu davr yetti manga, barcha qongʻa urdi salo.
Navoiyo, sanga har yaxshiliqki mumkindur
Ki, yor mehnat oʻtin men yomongʻa urdi salo.

33

Har jafo qilsang toʻzarmen, qilmasang dagʻi vafo,
Oʻzgalarga ne vafo qilsang toʻzarmen, ne jafo.
Elga gar va’da vafo qilding, jafo men xastagʻa,
Elni bilman, qil manga har va’dakim qilding, vafo.
Va’dalar qatlimgʻakim qilding, tanimdin ketti za’f,
Goʻyiy alfozing edi dardimgʻa oyoti shifo.
Orazing xurshididin tushmish qadingning soyasi,
Yoki yerga sudralib mushkin soching qolmish qafo.
Xurdadonlar aylamaslar fahm ogʻzing ramzini,
Ne uchunkim, bordurur ul nuktada behad xafo.
Tiyralikdur dahr ishi, sofiy fano jomiyu bas,
Ayyuha-s-soqiy lano da’ mo kadar xuz mo safo.
Ey Navoiy, joning olgʻumdur desa qaygʻurmagʻil,
Jonga minnat tut, munung birla gar etsa iktifo.

34

Koʻzumdin ashk tugandiyu boʻldi qon paydo,
Bagʻirdin anda boʻlur poralar nishon paydo.
Jununum oʻlsa damo-dam taajjub etmangkim,
Koʻzumga ul pariy oʻlur zamon-zamon paydo.
Nujumi husndurur xoʻblar vah ul soat
Ki, boʻlsa ul yuzi xurshid nogahon paydo.
Munajjim axtari baxtimni qoʻyki, ohimdin,
Bu kun erur ne nujumu ne osmon paydo.
Ne za’fdurki, soʻrar elga fahm oʻlur nola,
Valek koʻzga emastur bu notavon paydo.
Ne yoʻl ekin buki har necha korvon bordi,
Birisidin ne asar boʻldi, ne nishon paydo.
Navoiy oʻldi aning dargahida andoq gard
Ki, tufroq ichra emastur ul oston paydo.

35

Sharora xatlari sogʻinma dudi ohim aro
Ki, yirtibon yuzini kiydi motamimgʻa qaro.
Temur koʻngullug ulus qirmogʻigʻa suhondur
Kayu xaroshki, zohir boʻlur figʻonim aro.
Chamanda barcha gul oʻrniga solgʻay oʻt, bulbul
Mening figʻonim ila bir kun oʻlsa nagʻmasaro.
Munosib oʻldi chu yondoshsalar kumush oltunu
Yuzumni koʻksungga qoʻysang ne boʻldi, siymbaro!
Tanimni zaxm qilib ishq ahligʻa yarading,
Tarahhum et qani bu notavongʻa dagʻi yaro.
Qilur gadoligʻ ul oy xoni husnidin ushshoq,
Nechukki shohi jahon bazmi ayshidin fuqaro.
Navoiy ohi navosozi shoh Abulgʻoziy
Sipehr martaba Sulton Husayn Boyqaro.

36

Labinggʻa aylamish ul xoli anbarin gʻavgʻo,
Nechukki shakkar uza aylagay chibin gʻavgʻo.
Bu nav’ kelmagay islom nahbigʻa kuffor
Ki, kufri zulfigʻa aylaptur ahli din gʻavgʻo.
Desam qiyomat aning koʻyini ne aybki, bor
Qiyomat ahlicha ul koʻyda kamin gʻavgʻo.
Xusho jununki, chu yuzlansam ul pariy sari,
Qilur boshimgʻa yuz atfoli mahjabin gʻavgʻo.
Ne ayb qoʻzgʻasa davronni buylakim, har tun
Ichib qadah solur ul shoʻxi nozanin gʻavgʻo.
Chu ishq nuktasi dermen, hujum etar ushshoq,
Nechukki dars der elga boʻlur qarin gʻavgʻo.
Navoiy uzra gʻamu dard qoʻzgʻalur ne ekin,
Bu xastagʻaki qilur yoru hamnishin gʻavgʻo?

37

Koʻz yuzidin olgʻanimgʻa ashkdin qondur sazo,
Vasl aro shukr etmaganga dogʻi hijrondur sazo.
Telba koʻnglum bilmagan boʻlsa visoling qadrini,
Hajr anga yetkurdi inak ulcha imkondur sazo.
Gulshani vasling vatan erkanda gar shukr etmadim,
Dasht uza boʻlmoq aloxonu alomondur sazo.
Oshkoro lutfu xulqungdin agar toptim gʻurur,
Furqat ichra emdi dogʻu dardi pinhondur sazo.
Hajr ila berma sazo gar vasl aro gustox edim,
Tigʻi kin birla siyosat qilki osondur sazo.
Oshiq ar qilsa gunah qilmoq sazo hijron emas,
Qatl tigʻi surki qilmoq gʻorati jondur sazo.
Vasl bazmida navo qadrin, Navoiy, bilmading,
Furqat ichra kecha tong otquncha afgʻondur sazo.

38

Sen kebi bir gul topilmas kezsa yuz gulshan aro,
Qomatingdek naxli tar ming sarv ila savsan aro.
Sen qilursen nozu oʻlturgʻan tamosho qilgʻali
Ruh shaxsidur, emas koʻz mardumi ravzan aro.
Jonim ichra boʻlmasa, ey siymtan, mehring sening,
Mehribonliq rasmida jonim kerakmas tan aro.
Qilmasa ravshan jamoling lam’asi koʻz mardumin,
Qoʻyman ul yuzi qorani diydayi ravshan aro.
Ganji husnung ichra muhlik gʻamza, ey sultoni husn,
Shohlargʻa zahr boʻlgʻandekdurur maxzan aro.
Muddaiylar ichrakim qatlimgʻa dushmanvor doʻst
Tigʻ surdi, doʻstkom etti meni dushman aro.
Layliyu Shirinu Azro noz sendin kasb etar,
Zufununlar koʻrki, shogirdingdurur bu fan aro.
Aql ranjidin omon istab tutubmen maykada,
Ey xirad, qoʻykim, tinay bir lahza bu ma’man aro.
Koʻksum ichra yoʻq esa koʻnglum ajab yoʻq, ey xirad,
Ne ajab devonani gar topsang maskan aro.

39

Bas ajabdur gar manga ul dilrabo qilgʻay vafo,
Kimga umr etti vafokim, ul mango qilgʻay vafo.
Chun vafosizdur qora koʻzlar sanga ham, ey koʻngul,
Mumkin ermasturki, ul koʻzi qoro qilgʻay vafo.
Men jafo tortargʻa xoʻy ettimki, yoʻq imkonikim,
Ul jafojoʻ to qila olgʻay jafo, qilgʻay vafo.
Chun mening dardim pariyvashlar jafosindindurur,
Ushbu dardimgʻa magarkim ham davo qilgʻay vafo.
Kil vafo, ushshoqingga, ey shoʻxkim, nogoh agar
Bir pariy ishqigʻa zor oʻlsang, sango qilgʻay vafo.
Davrning iflosidin may ichki, joh ahligʻa ham
Aylamon bovarki, bu dayri dagʻo qilgʻay vafo.
Aytsa boʻlgʻay zamon nodoni, jono, anikim,
Jon berib ahli zamondin muddao qilgʻay vafo.
Oʻzga oylardin vafo naql etsalar man’ aylaman,
Lek inonman anikim ul bevafo qilgʻay vafo.
Ey Navoiy, koʻp vafodin dema soʻzkim, aybi bor,
Faxr ishq ichra agar bir benavo qilgʻay vafo.

Be Harfining Balolarining Bidoyati «Navodir»din

40

Dahr bogʻi aro koʻp istamagil ayshu tarab
Kim, guli shu’layi gʻam, gʻunchasidur xori taab.
Sunbuli rishtalarin rishtayi maqsud dema
Kim, koʻngullar qushi domigʻa erur barcha sabab.
Arigʻi ichra ushoq toshi agar inju erur,
Toyiri umrung uchun donavu su topti laqab.
Angla ziyrak qush anikim koʻrubon mundoq dom,
Boʻlmagʻay tegrasida obxoʻru dona talab.
Dona yeb, hosil etib fazla, najas aylamagay
Bogʻ sahnini, rioyat qilibon tarki adab.
Yo boʻlub domgʻa muhkam topa olmay maxlas,
Urunub, tolpinibon aylamagay shoʻru shagʻab.
Chun Navoiy koʻzi bogʻliq qush erur olam aro,
Bu chamandin anga uchmogʻni nasib et, yo rab.

41

Topmish ul yuz qatra-qatra xoʻydin oʻzga obu tob,
Qayda, vah-vah, muncha kavkab zohir aylar oftob.
Chiqma toʻqquz parda keynidinki, olam kuymasun,
Olsang olti-etti burqa’ qoʻygʻil ikki-uch niqob.
Bir dam ul yuz naqshi giryon koʻz aro topmas qaror,
Su aro xurshid aksidekki qilgʻay iztirob.
To koʻngul devona boʻldi ul pariy la’lin koʻrub,
Hifz uchun qaydigʻa qildim rishtayi jondin tanob.
Dardi ishqimdin suvol etti ul oy, faryodkim,
Yuz javobim boru yoʻq hushum demakka bir javob.
Bu chamanda gʻuncha ermas, angla, bulbul koʻnglikim,
Shishladi ishq aylamakka otashin guldin kabob.
Ey Navoiy, gar desangkim gʻussa barbod etmagay,
Bosh koʻtarma bodadin zinhor andoqkim hubob.

42

Yetti hajr ayomi, qatlimgʻa nedur har dam itob,
Men xud oʻlgumdur yaqin, ey umr, koʻp qilma shitob.
Elga mehringdin kuyarmen, menga qahring sahl erur,
Doʻzax ahligʻa erur jannatni koʻrmaklik azob.
Oʻlturur chun hajr, beparvoligʻing ortuqsidur,
Dard muhlikdur, ne hojat sharbat ichra zahri nob.
Nevchun eldek yoʻq menga mehringki, sarvu gul uza
Tushsa xoru xasni ham mahrum qoʻymas oftob.
Bodpoying yoʻlida xoki tanim gard ayladim,
Vahkim, ul gard-oʻq murodim yuziga boʻldi hijob.
Ashk suyidin qading sarvini qildim sarbaland,
Vahki, hamul sudin ummidim uyin qilding xarob.
Ul quyosh hajri meni oʻlturgali bas, ey sipehr,
Sen quyesh tigʻin chekib qilmoq ne hojat iztnrob.
Bu chamanda su masallik pokroʻni charxdin
Koʻrmadikkim, koʻngli sinmay qoldi andoqkim hubob.
Chun Navoiydin uzuldung yor, savob oʻlmoq anga,
Jonidin mahjur oʻlar vallohu a’lam bissavob.

43

El pariyu hurni degay gumon qilgʻancha xoʻb,
Lek erur huri pariyzodim mening yuz oncha xoʻb.
Davr ichinda fitna ham koʻp, xoʻb ham behad, valek
Boʻlmagʻay mingdin bir ul sarfitnai davroncha xoʻb.
Kun bila tun yuz bila xattingcha xoʻb ermas yaqin,
Boʻlsa bu gulshanda boʻlgʻaylar gulu rayhoncha xoʻb.
Husnigʻa ushshoq agar mencha halok ermas ne ayb
Kim, kishi ul yuzni koʻrmaydur meni hayroncha xoʻb.
Husnidin toʻymogʻ emas mumkinki, behad xoʻb erur,
Toʻygʻay erdim, boʻlsa erdi Yusufi Kan’oncha xoʻb.
Ey koʻngul, Farhodu Majnun boʻlgʻay erdi bizcha zor,
Boʻlsa erdi Laylnyu Shirin bizing jononcha xoʻb.
Buki tarki ishq etarlar va’da yolgʻon qilsa yor,
Qilsa boʻlmas, boʻlsa yor ul va’dasi yolgʻoncha xoʻb.
Ey koʻngul, huru pariy vasfin eshittim, goʻyiyo
Hech qaysi odamiyligʻda emas insoncha xoʻb.
Ey Navoiy, koʻyinnng xori koʻzumga gulcha bor
Kim, erur ollimda koʻyi ravzai rizvoncha xoʻb.

44

Ajab yoʻq oʻlsa qora zulf orazinggʻa niqob,
Quyoshqa tongmudurur boʻlsa shomi tiyra hijob.
Koʻzumga oʻt chaqilib koji gʻamdin, ashkim oqar,
Nechukki soiqa tushkach toʻkar yogʻinni sahob.
Magarki masjid ekandurki, boʻldi butxona,
Yuzungki, ikki qoshingdin toʻridadur mehrob.
Sochingʻ xayoli koʻzum bahri ichradur, yo ishq
Koʻngul siyosatin istab, su ichra soldi tanob.
Yuzungki ayni haroratdin oʻldi gʻarqi araq,
De ani chashmayi xurshid yo guli serob.
Xumor gʻolibu mayxona eshigi bogʻliq,
Tarahhum ayla manga yo mufattih-al-abvob.
Navoiyo, kelibon piri dayr ochsa eshik,
Koʻtarma bosh oyogʻidin boshing gar oʻlsa turob.

45

Yor ogʻiz ochmasqa dardim soʻrgʻali toptim sabab,
Koʻp chuchukliktin yopushmishlar magar ul ikki lab.
Chayqalib goʻyo tushar hayvon zuloli ichra mavj,
Iztirob ichra yuzungga solsa chin nogah gʻazab.
Koʻhi dard ichra meni Farhod agar qilding xitob,
Chun seni dermen chuchuk jonim erur Shirin laqab.
Buki koʻnglumni iting tishlarda ogʻzin qochirur,
Yo oʻti, yoxud aning islangʻani erkin sabab.
Ishqi komil elni yo Farhod, yo Majnun qilur,
Gar erur ma’shuq yoxud armaniy, yoxud arab.
Eyki, faqr ichra qadam qoʻydung talab vodiysigʻa,
Boʻlmasa tolib sanga matlub, sud etmas talab.
Shah harimida, Navoiy, necha topsang ehtirom,
Bilgil oʻz haddingniyu behad rioyat qil adab.

46

Soching qorongʻu tun, ey sarvqaddi shirinlab,
Yuzung tun oʻrtasida jilva aylagan kavkab.
Yuzungda lab su aro oʻt erur, bu asru gʻarib,
Labingda xoʻy oʻt aro su erur bu asru ajab.
Gʻamingda «yo rab»-«yo rab»ni koʻkka yetkurdim
Qabul qurbini topqaymu, «yo rab», ul «yo rab».
Xayoli xasta koʻngul ichrayu manga qaygʻu
Ki, bu latifu yoʻq ul yerda gʻayri ranju taab.
Yesun iting jigarimni uzub-uzub, negakim
Kesib-kesib qoshigʻa tashlamogʻliq ermas adab.
Ne kelsa charxdin ich bodakim tafovuti yoʻq,
Agar inoyat etarsen anga, yoʻq ersa gʻazab.
Navoiy, oʻlmaki, matlubung oʻlmasa tolib,
Sening ichingga nedin soldi muncha dardi talab.

47

Ul oyning gulshani husnin xazondin asragʻil, yo rab,
Gulu shamshodin osebi zamondin asragʻil, yo rab.
Baloyi ishq nogah uchrar, ushbu telbadin oʻzga
Ulusni bu baloyi nogahondin asragʻil, yo rab.
Ul oy har yonki aylar mayl, ishq ahli hujum aylar,
Manga soʻz buki: ani barcha yondin asragʻil, yo rab.
Nihoniy dardi aning muhlik ermish zahri qotildek,
Jahon ahlini ul zahri nihondin asragil, yo rab.
Manga nomehribonliq birla ul but qasdi din qildi,
Bari elni buti nomehribondin asragʻil, yo rab.
Xaloyiq dini torojigʻa chiqti mast ul kofir,
Qayon mayl etsa islom ahlin andin asragʻil, yo rab.
Chiqarmen telba itdek ofiyat koʻyidin oʻt sochib,
Jami’i yaxshilarni men yomondin asragʻil, yo rab.
Jahon ahligʻa qildim jon fidoyu qasdi jon koʻrdum,
Ne mahzun jonki bor, ahli jahondin asragʻil, yo rab.
Navoiyning figʻoni oʻti kuydurdi jahon ahlin,
Maloyik xaylin ul oʻtlugʻ figʻondin asragʻil, yo rab.

48

Xating ham xoʻbdur asruyu xoling ham bagʻoyat xoʻb,
Labing ham xoʻb erur, la’lingda nutqung benihoyat xoʻb.
Boshingda ham binafsha, yuzda ham ul xollar xushtur
Ki, mushaf safhasi uzra koʻrunur ushru oyat xoʻb.
Chu soʻz rangindurur, xushtur sanamlar la’lidin xushrok
Ki, lab rangin esa andin kelur rangin hikoyat xoʻb.
Yuzung may nash’asidin xoʻb erurkim, oqcha yuzlarni
Nazargʻa koʻrguzur, chunkim yetar oʻtdin siroyat xoʻb.
Degach sendin birov afsonaye bas shod oʻlurmenkim,
Koʻngul ichra nashotangiz erur boʻlsa hikoyat xoʻb.
Kishiga dardi dil qilmon, koʻngulga tigʻlar ursang
Ki, ermas xoʻblardin notavonlargʻa shikoyat xoʻb.
Qadah gar bermasang, ey dayr piri, ne osigʻ ranjim
Suluk etmas asar, gar pirdin yetmas hidoyat xoʻb.
Ulub erdim firoq oshubidin, lekin menga soqiy
Bir-ikki-uch labolab jom ila qildi himoyat xoʻb.
Tushub gul husnidin bulbulgʻa mushkil lol edi, qilding
Navoiy halligʻa ul oy jamolidin rivoyat xoʻb.

49

Qaysi bir tuhmatki bizga qilmadi nisbat raqib,
Qaysi birnikim eshitqach qilmadi bovar habib?
Chun raqibimgʻa raqib erdi habib, erdim tirik,
Naylay oʻlmaykim, habibimgʻa habib oʻlmish raqib.
Oʻz diyorinda gʻarib eldin yetar chun javru zulm,
El diyorinda gʻarib oʻlmogʻligʻim ermas gʻarib.
Jon fido aylab dedim, vasling nasib oʻlgʻay manga,
Boʻlsa jonim qasdi qilgʻanlar nasibi, yo nasib.
Gar mening ishqimgʻa husnungdin vafoye yetmadi,
Yoʻq sening husnung mening ishqim nishoni anqarib.
Gulda chun rangi vafodin rangu boʻe yoʻq emish,
Oʻtmagay erding bu gulshan sari kosh, ey andalib.
Ey Navoiy, uddek har dam koʻrarsen goʻshmol,
Goʻyiyo sen tifl rah, charxi muholifdur adib.

50

Nabotdin gazak etsang icharda bodayi nob,
Labinggʻa yetkach, oʻlur ul nabot la’li xushob.
Uchuqmudur buki, maygun labingda zohirdur,
Yoʻq ersa may yuzida zohir oʻldi reza hubob.
Firoq yetmas edikim, raqib suhbati ham
Tamugʻ bas ermas edikim, izofa boʻldi azob.
Sirishk oqar talabinggʻa yugursa payki nazar,
Nechukki tez borur el sayr vaqti qilsa shitob.
Qoshinda yer oʻpa olman qoshigʻa tushsa girih
Ki, sajda rost emas, egri chun boʻlur mehrob.
Ne tongki, olami arvoh aro junun tushkay
Ki, ruh boʻynigʻa ul zulf soldi yuz qullob.
Sipehr zulmini aylar zamon musoviydur,
Agar sen etsang anga xoh lutfu xoh itob.
Zamona kimga vafo qildikim, manga qilgʻay,
Zamone ayla vafo, soqiyo, ketur mayi nob!
Navoiy aylasa mugʻ dayrini vatan ne ajab
Kim, ul eshik anga ochmish mufattih-ul-abvob.

51

Ogʻzi ramzin bilmasam, ey xurdadon, koʻp qilma ayb,
Xurda tutmoq rasm emas fahm etmaganga sirri gʻayb.
Jonmu yo la’ling chuchukdur desam, achchigʻlanmagʻil,
Nukta mubham boʻlsa, ey jonu jahon, soʻrmoq ne ayb?
Subh goʻyokim yuzung gulzoridin keldi nasim
Qim, toʻluptur atridin gulga etak, nasringʻa jayb.
Orazing uzra iki zulfungni ochmoq ne edi
Kim, yaqin xurshidigʻa yopting sahobi shakku rayb.
Rostligʻ irshodi bu yoʻlda qilur tolibgʻa pir,
Rost ul yangligʻki, Musogʻa aso berdi Shuayb.
Chun habibim chehra ochdi, shavq oʻtigʻa kuydilar,
Buzar oʻlsun yoki Salmon, yo Anas, yoxud Suhayb.
Ey Navoiy qariding, chiqqil yigitlar bazmidin
Dim, shabob ayyomigʻa nisbat emas davroni shayb.

52

Gul chogʻi har gulga bir bulbul tarannum koʻrguzub,
Toza qonligʻ dogʻ ila koʻnglum qushi afgʻon tuzub.
Boʻldi bir gul hajridin jismim ochilgʻan gulbune,
Juzv-juzvin baski tishlab-tishlab olmishmen uzub.
Hajring ohi ham koʻngulni buzdiyu ham qoʻzgʻadi,
Yel aningdekkim sovurgʻay gʻuncha ajzosin buzub.
Za’fdin bukim yiqilmishmen qilurmen poybus,
Sarvdek ollimda qaddingning xayolin turgʻuzub.
Multafit bulbulgʻa sen, ey gul, tikanga yondashib,
Vah, necha oʻlturgasen har lahza ani tirguzub.
Dayr piri ilgidin may durdi istarmen, valek
Roziy erman ichkali zohid ridosidin suzub.
Ey Navoiy, umr oʻtar yeldek, oʻzungni shod tut,
Yelga yetmak mumkin ermastur chu sur’at koʻrguzub,

53

Shomi gʻam yogʻdirdimu ohim shafaqni su qilib?
Yo falak qon yigʻlar ul oy ollida holim bilib.
Poʻya hangomi samanding na’li uchqan turfadur
Kim, sharar koʻrdiki chiqqay barq oʻtidin ayrilib.
Tan uyida koʻnglum andoqkim buzugʻda xorpusht,
Baski atrofida paykoning turuptur sanchilib.
Gʻunchadek koʻnglum bir ochilgʻuncha sensiz qon yutar,
Tah-batah a’zosi qon bogʻlab yoqasi yirtilib.
Har dam ul gulchehradin ashkim boʻlur abri bahor,
Koʻzlarimga ishq ilgi kojidin oʻt chaqilib.
Yoʻq sening zuhdung mening jurmumgʻa tagʻyir, ey faqih,
Chun quruptur xomayi qudrat yozilgʻan yozilib.
Nomavu qosid bila topmas Navoiy dardi sharh,
Chun tuganmas mehnati ne yozilib, ne aytilib.

54

Rahm etar kofir koʻzung ul zulfu yuzda chirmalib,
Goʻyiyo boʻlmish musulmon oʻtgʻa zunnorin solib.
Xirmani sabrimni qoʻzgʻab, koʻz yoshimni sochti hajr,
Uylakim har yon sochilgʻay dona, xirman qoʻzgʻalib.
Zulfungga majnun koʻngul bogʻlandi, xotir jam’ qil,
Telba qayda borgʻusi, zanjiri yerga sudralib.
Qatl chun qilding koʻngulni bu kafan tikmak ekin,
Oʻqlaringkim qoldilar jon pardasigʻa tevralib.
Gar oʻyub olding koʻzumni, sendin olmoq istaman,
Husn agar budur, kishi boʻlmas koʻzin sendin olib.
Qomating bordi sazardin aylabon koʻnglumni resh,
Rost ul oʻqdekki oʻtkay, lek zaxm andin qolib.
Soqiyo, hajr oʻlturur, may tutqil anda zahr ezib!
Mutribo, holimgʻa yigʻla navha ohangin chalib.
Qaddi shovqidin havo qilmoq tilar koʻnglum qushi,
Necha tan zindonida mahbus qolgʻay qiynalib.
Ey Navoiy, gʻam tuni ermas shafaqkim, charxni
Qildi gulgun qon yoshing daryosi har dam chayqalib.

55

Gulruhi ra’noqadim chun bogʻ tavf aylar borib,
Infiolidin guli ra’no qizarib, sargʻarib.
Yuz shikof etting tanim, yoʻq erdi koʻnglumdin nishon,
Uylakim oʻt topmagʻaylar kulni har yon axtarib.
Sovugʻ ohimdin yorugʻluq oz, vale koʻp tiyralik,
Qishda ul yangligʻki, tun boʻlgʻay uzun, kun qisqarib.
Za’f vaqti koʻyidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.
Tutmadim boʻgʻzim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.
Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, koʻk jomi toʻla
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqarib.
Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding, jonni andin ani jondin qutqarib.

56

Chun kular yoni soʻkulgan jismi zorimni koʻrub,
Yigʻlagʻaymu yoni yemrulgan mazorimni koʻrub.
Uyla gʻam dashtida tufroq oʻlmishamkim, ul taraf
Kelmagay Farhod ila Majnun gʻuborimni koʻrub.
Hajr oʻti to oʻrtadi koʻnglumni aqlu hushu sabr,
Ittilar har yon qorargʻan roʻzgorimni koʻrub.
Gʻurbat ichra men oʻlar holatda demang zinhor,
Kelsa nogohon birov yoru diyorimni koʻrub.
Uyla majruh oʻlmishamkim, qilmadilar tu’ma ham,
Aylab itlarga asar jismi figorimni koʻrub.
Soqiyo, ikki labolab jom ila tirguz meni,
Dahr eli anduhidin muhlik xumorimni koʻrub.
Ey Navoiy, dahr boʻstonigʻa moyil boʻlma koʻp,
Gʻam xazonigʻa badal boʻlgʻan bahorimni koʻrub.

57

Dudi ohim kecha-kunduz chu falak sari borib,
Subhgʻa dam tutulub, shomgʻa oraz qorarib.
Ishq bogʻida firoq ilgi umidim naxlini,
Yoʻqki shoxin ushatib, balki tubin ham qoʻparib.
Seni istarga nazar payki yugurdi oncha
Kim, emastur yoshidin qatra ayogʻi qabarib.
Chirmashiptur oʻqigʻa pay kebi jon rishtalari,
Ey koʻngul, emdi boʻlurmu ani tortib chiqarib,
Toshkim, yogʻdi yalang jismima gʻam xaylidin,
Lolalar ochdi bu tufroq yogʻinidin koʻkarib.
Oʻqining teshmagi koʻnglumni bas ermas edikim,
Boshoq istarga dogʻi tigʻ ila har sori yorib.
Sargaron qildi meni uyla xumor, ey zohid
Kim, uyatdin boqaolman yuzunga bosh koʻtarib.
Mayli dunyoki, solur kimsani tinmaslikka,
Tinibon koʻngli aning kimki, koʻnguldin chiqarib.
Yorumoq istar esang avval arit koʻngulni,
Ey Navoiy, koʻzi yorub kishikim, koʻngli arib.

58

Tigʻ ila xoki tanimni har taraf yording kelib,
Naqdi jon olmoqqa bu tufrogʻni axtarding kelib.
Keldingu koʻnglumni yuz chok etmaguncha bormading,
Ba’d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib.
Jon senga qurbonki, olib jon, koʻngul afgʻonidin
Ham oʻzungni, ham meni, ham elni qutqarding kelib.
Qatl bas erdi, tanim ul koʻydin sudramaking,
Ortuq erdi, ey jafojoʻ, haddin oʻtkarding kelib.
Ey koʻngul, ozdur senga bu hamki, ul oy koʻyidin,
Man’lar qildim vale yuz qatla yolbording kelib.
Soqiyo, yetkurmish erdi jonni ogʻzimgʻa xumor,
Jon fidong oʻlsunki, bir may birla qutqarding kelib
Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mugʻbacha,
Tengri yoringkim, fano dayrigʻa boshqarding kelib.

59

Tuganmas mehri yoʻq hajrim tuni sharhin savod aylab,
Varaq aflok oʻlub, ul tun savodin-oʻq midod aylab.
Ulusni oqizur ashkim, falakni kuydurur ohim,
Chekib un yigʻlasam gʻam shomi ul mahvashni yod aylab.
Murodi nomurod oʻlmoqdin ortugʻroq emas mumkin,
Murodin gar topar ul shoʻx, bizni nomurod aylab
Inonib vasligʻa hajrin unuttung, ey koʻngul, lekin
Dutulgʻaymu oʻlumdin, umrigʻa el e’timod aylab.
Meni xud ul pariy hajri qilib sahroda sargardon,
Chekib bechora Laylo ohu Majnun e’tiqod aylab.
Sovurgʻil aql uyin, gardun, meni majnun agar oʻlsam,
Tanim tufrogʻiyu ohim yelidin girdbod aylab.
Oyogʻ yolang borib qilding imorat Ka’bani goʻyo,
Oyogʻing oʻpmagi birla buzugʻ koʻnglumni shod aylab.
Boshim ham zuhd uyotidin quyi tushmish ham andinkim,
Borurmen dayr sari xonaqahgʻa xayrbod aylab.
Navoiy koʻnglini koʻp mehr ila oldi ul oy andoq
Ki, olgʻay mushtariy qalloshlar molin muzod aylab.

60

Ey koʻngul, mast oʻlali azmi xarobot aylab,
Dayr koʻyida gadoliqqa mubohot aylab.
Boda tutkim, bu ulugʻ korgah ahvolindin,
Hech fahm oʻlmadi har necha xayolot aylab.
Xush maqom angla fano dayrinikim buyla maqom
Topmadi ahli vara’ qat’i maqomot aylab.
Rindi mayxora qadah tuttiki, zohid hargiz,
Qilmadi buyla karam arzi karomot aylab.
Qoʻygʻil oʻzlukni gar odam esang, inak shayton
Kibr ila nayladi koʻr, oncha ibodot aylab.
Ganj ummidi bila tufroqqa el kirdi base,
Umr zoyi’ qilibon fikri mahobot aylab.
Chekma koʻp ranj, Navoiyki, kishi topmaydu.
Oʻzidin xalqni xushnud muroot aylab.

61

Bahor elga ayshu manga iztirob,
Kulub holima barqu yigʻlab sahob.
Solib tufrogʻ ustida bir gul gʻami,
Origʻliq sudek jismima pechu tob.
Ketib gʻunchadek dagʻi nargis kebi,
Ogʻiz birla koʻzdin manga xoʻrdu xob.
Esib xalq sari nasimi visol,
Menga hajr oʻtidin yetib iltihob.
Guli vasl agar dahr bogʻida yoʻq,
Yetar qatlima hajr xori azob.
Koʻhan dayr bedodu zulmi bila,
Darigʻoki, oʻtdi zamoni shabob.
Chu yoʻq vasl, bexudlugʻ ovlodurur,
Qadah davrigʻa ayla, soqiy, shitob
Ki, oʻzni qilay necha sogʻar chekib,
Bu dayri xarob ichra masti xarob.
Navoiy, desangkim zamone tinay,
Zamon ahlidin aylagil ijtinob.

62

Koʻzungdin ham koʻngul, ham jonda oshub,
Demay jonu koʻngul davronda oshub.
Nechakim solsa oshub elga hayrat,
Uluscha yuz meni hayronda oshub.
Chamanga bormish ul gulrux emas yel
Ki, ohimdin durur boʻstonda oshub.
Hazin jonu koʻngulda koʻzlaringdin
Tushuptur munda ofat, anda oshub.
Koʻzum bulgʻandi mavji ashkdin, voy,
Koʻrung koʻlakidin ummonda oshub.
Boʻlay sadqang, meni koʻp qilma muztar,
Necha boʻlgʻay bu sargardonda oshub.
Qadah tut, soqiyokim, asru tushmish,
Buzugʻ koʻnglum oro hijronda oshub.
Iligdin solma bir dam davr ayogʻin,
Falakdin chun tushar davronda oshub.
Solur koʻnglum, Navoiy, ne ekankim,
Yana koʻptur bu besomonda oshub.

63

Koʻzum yoshimu oqib, ul quyosh sari.chu boqib,
Yoʻq ersa tobidin aning koʻzumga termu oqib.
Ne koʻzdur ulki, itiga solurda bagʻrimni,
Qiyib-qiyib olib, andin qiyo-qiyo chu boqib.
Uzuldi tori hayotim mening, magar ul umr,
Uzunroq etkay ani zulfi rishtasini taqib.
Yetishsa koji firoq koʻzumga oʻt chaqilib,
Koʻngulni oʻrtagali ham falak bu oʻtni chaqib.
Toʻpamni sarzannsh ilgi teng etti yer birla
Ki, har kishiki, yetib, koʻyida boshimgʻa qoqib.
Chu ishq oʻtin yoraliq koʻnglum ichra yoqti ul oy,
Oʻngoldi zaxmi bu marham jarohatimgʻa yoqib.
Yashurmoq istamagil mayni mendin, ey soqiy
Ki, tiyra aylamagay ayshim ul quyosh uyoqib.
Jahonni bir kesak angla, havosi — gardi balo,
Bu garddin qutulub har kishi ani yiroqib.
Navoiyo, chu sipah chekti ishq koʻnglumga,
Salohu zuhd ila taqvo buzuldilar uloqib.

64

Bu kecha bazmim aro turfalar ifsho aylab,
Oʻrtadi ishq ikki ofat manga paydo aylab.
Biri dastorida gulrang oʻtagʻa sanchib,
Qon xayoli boshida erkanin imo aylab.
Birining boshi uza titraguch ul yangligʻkim,
Titrabon ruh chu ul sari tamosho aylab.
Birisi sarxushu qoshida girih, ilgida tigʻ,
Yuz ming imonu xirad mulkini yagʻmo aylab
Birisi gul uza oshufta qilib sunbulini,
Yuz tuman jonu koʻngul xaylini shaydo aylab.
Ishq gohi urubon jonima hayrat barqi,
Chun aning jilvayi husnini tamosho aylab.
Nafs gohi solibon koʻngluma ishrat havasi,
Chun munung davlati vaslini tamanno aylab.
Agar ul husn tamoshosigʻa boʻlsam moyil,
Ruhni volih etib, aqlni shaydo aylab.
Yoʻqsa bu vasl tamannosigʻa boʻlsam rogʻib,
Komi fikri meni ofoqda rasvo aylab.
Manga ne ul boʻlib alqissa muyassar ne bu,
Goh ani zohir etib, gah muni ixfo aylab.
Ey Navoiy, dema koʻp, harzavu qil istigʻfor,
Tengridin ofiyatu tavba tavallo aylab.

65

Gʻozavu surmagʻa chun koʻngli borib,
Gul qizarib, dagʻi nargis qorarib.
Qoldi deb gʻamzam oʻqi koʻnglung aro,
Istayu har sari koʻksumni yorib.
Ne quyoshdurki, xayol ichra yuzi,
Nazarimgʻa chu kelib koʻz yosharib.
Ishq naxlini koʻngulda ektim,
Barchaning mayli niholin qungarib.
Talabingda yugurib payki nazar,
Onchakim boshtin ayogʻi qabarib.
Yor aksining oʻlub jilvagahi,
Kishikim xotiri mir’oti arib.
Dayr piri qulimenkim may ila
Gʻayr naqshini koʻnguldin ketarib.
Shu’layi oraz ila mugʻbachalar,
Dayr aro dud boshimdin chiqarib.
Koʻksini qildi Navoiy chu shiyor,
Tuhmi mehringni bu mazra’da tarib.

66

Yor ul vaqt jafo rasmi tutub
Kim, vafo da’bu tariqin unutub.
Xalqni gʻofil etib qatl qilur,
Koʻz ochar fitnagʻa elni uyutub.
Yuzu ogʻzing gʻamidin koʻz yoshim
Chun oqib, gul ochilib, gʻuncha butub.
Boʻlubon xayli malak parvona,
Chun qazo sham’i jamoling yorutub.
Furqating doʻzaxigʻa xotirni,
Bogʻi jannat aro boʻlmas ovutub.
Bu fano dayrida ulkim ichmay,
Baski davron aro xunoba yutub.
Zahri gʻam tutti Navoiygʻa firoq,
La’ling ummididin ogʻzin chuchutub.

Pe Harfining Pariyvashlarining Parvozi «Navodir»din

67

Ul pariyning chu bu majnundin erur vahshati koʻp,
Manga andin neki, ahbob ila bor ulfati koʻp.
Tushsa kuygan tanima soiqayi ishqi ne tong
Kim, sharar birla boʻlur soʻxtaning nisbati koʻp.
Koʻngluma vasl zuloli bila bergil taskin
Kim, ani kuyduradur ishq oʻtining hirqati koʻp.
Kuymagim daf’i uchun doʻzax oʻtin istarmen,
Negakim jonima yetti sharari furqati koʻp.
Jonni ul nav’ki tan orzu etkay behad,
Ruhbaxsh erninga jonimning erur hasrati koʻp.
Holatim sa’b esa ul pok gʻamidin ne ajab,
Ishqning shiddati koʻp, husnning ar iffati koʻp.
Dayr piri chu karam birla talofiy aylar,
Gʻam emas gar yetishur mugʻbachalar shiddati koʻp.
Bodayi sof bila daf’i kudurat qilsun,
Anikim tiyra qilur davr elining zahmati koʻp.
Ey Navoiy, chu oʻtar yaxshi-yomon, gʻam yemadeg,
Ulki davronda erur ishrati kam, mehnati koʻp.

68

Avval ista manzili amnu harifi soda top.
Chunki bu ikki muyassar boʻldi, nuqlu boda top.
Iktifo qilma bulargʻa, istar ersang lahzaye,
Nukta surmak bir harifi foniyi ozoda top.
Kim koʻngul sayd etsa, loʻliy boʻlsakim tut mugʻtanim,
Aytman arlot yo barlosdin mirzoda top.
Ey pariyruh, ishq kelmas taxt ila toj ahlidin,
Istasang oshiq meningdek bedili uftoda top.
Necha ishq ahlini aylab imtihon, rad qilgʻasen,
Har jafo aylarga koʻnglum istavu omoda top.
Ey koʻngul, gar shayx ishqing man’ qildi, qilma ayb,
Olam ichra bore avval bir aningdek loda top.
Ey Navoiy, umrung oʻtti necha but zikrin demak,
Goʻshaye tut emdi, bir tasbih ila sajjoda top.

Te Harfining Torojgarlarining Tamoshosi «Navodir»din

69

Chun qoʻyub ketkung jahon mulkin musaxxar boʻldi, tut,
Chun yotib oʻlgung falak taxti muyassar boʻldi, tut.
Bir ovuch su topmayin oʻlsang kerak chun tashnalab,
Bahr ila bar fathida oʻzni Sikandar boʻldi, tut.
Chun xumogʻa tu’madur oxir boshingda har soʻngak,
Ul xumo boshinggʻa besh kun soyagustar boʻldi, tut.
Afsaringni shomi tufroqqa urar chun davri charx,
Subh zarrin tojini boshinggʻa afsar boʻldi, tut.
Ne Faridundin asar chun qoldi, ne Jamshiddin,
Hashamating Jamshidu Afridungʻa hambar boʻldi, tut.
Ul gul aylar roʻzgoring tiyra, oʻrtar bu sharar,
Bas muti’i hukmu ra’ying charxu axtar boʻldi, tut.
Ul bagʻir qoni, bu koʻz yoshi durur chun ofiyat,
Durru la’ling qon ila daryogʻa munjar boʻldi, tut.
Chun lagadkoʻb qazo past etkusi tavsanligʻing,
Tavsani gardun rikobinggʻa takovar boʻldi, tut.
Ey Navoiy, ich fano jomin, yoʻq ersa tengdurur,
Davri dun ra’ying bila gar boʻlmadi, gar boʻldi, tut.

70

Bir maqomi amn top, anda burun orom tut,
Soʻngra tuz bazmu dilorominggʻa har dam jom tut.
Garchi kunduz mehr tobidin yorugʻroqdur jahon,
Buyla jomi ayshni, albatta, lekin shom tut.
Yori gulrux la’li serobiyu sogʻar qonidin,
Ham mayi gulrang noʻsh et, ham mayi gulfom tut.
Bir nafas mutrib surudi dilkashidin boda tot,
Bir zamon soqiy aqiqi begʻashidin kom tut.
Boʻlma bot usruk, gʻanimat tut bu yangligʻ kechani,
Jomiy may tun avvalidin to saharhangom tut.
Boʻlsa boʻgʻay elga bu davlat muyassar, ey koʻngul,
Bizga lekin dast bermakni xayoli xom tut.
Gar Navoiy voliyingdur, qovmagʻil, ey mugʻbacha,
Ani ham bu dayr aro bir rindi durdoshom tut.

71

Navbahor oʻldiyu men hajrida, soqiy, may tut,
Toki yigʻlay qilibon arbada andoqki bulut.
Hajrdin abri bahoriy kebidur tiyra koʻzum,
Koʻz yumub ochqucha, ey barqi visol, ani yorut.
Sen sumanbarsenu men lola kebi qon arokim,
Doyaiy dahr beriptur manga qonu sanga sut.
Hajr anduhidamen, soqiy, ul oydin soʻz deb,
Meni bir-ikki toʻla sogʻari may birla ovut.
Ikkn la’lingni oʻpay, dagʻi baho jon berayin,
Gar baho oʻksuk esa, sen dagʻi nisfin oʻksut.
Boda chun boisi nisyon emish oncha ichayin
Kim, manga har neki juz yordurur boʻlsun unut.
Ey Navoiy, manga bas ul sanami loʻliyvash,
Bekka qipchoqu ogʻar, shahgʻa qiyotu bilgut.

72

Yoshurun dardimni zohir qildi afgʻon oqibat,
Asragʻan rozimni yoydi sayli mujgon oqibat.
Yoshurub erdim bagʻir chokini, vahkim, qildi fosh
Har taraf koʻzdin tarashshuh aylagan qon oqibat.
Tigʻi hajringdin nihon koʻksum shigofin, ohkim,
Elga ravshan ayladi choki giribon oqibat.
Voykim, koʻksum shikofidin ulusqa boʻldi fahm,
Ishq oʻti bagʻrimgʻa qoʻygʻan dogʻi pinhon oqibat.
Shavqidin dam urmayin bedodigʻa xursand edim,
Vahki, boʻldum hajridin rasvoyi davron oqibat.
Gar budur kofir koʻzu zunnori zulfi, ey faqih,
Boʻlgʻudek men dayr aro mastu parishon oqibat.
Ishq koʻyida jununumni munodiy ayladi,
Hajr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat.
Dahr boʻstoni aro sarkash nihole koʻrmaduk,
Soya yangligʻ boʻlmagʻan yer birla yakson oqibat.
Ey Navoiy, davlati boqiy tilarsen vaslidin,
Ani kasb etmak fano boʻlmay ne imkon oqibat.

73

La’lidin chunki takallumda tomar obi hayot,
Sovugʻ ohimdin oʻlur bogʻlasa muz habbi nabot.
Ul pariy koʻzdin uchar, koʻz dagʻi shavqidin uchar,
Vahki, men uchqali ham yoʻqturur egnimda qanot.
Zulfung ollida binafsha suda koʻrgach aksin,
Qoʻymadi yona boshin yuqori qilmoqqa uyot.
Boribon har necha bot kelsa, koʻrunur menga kech,
Kelibon har necha kech borsa, koʻrunur manga bot.
Sirri ishqingni dey olman, yoza ham olmankim,
Tili ikki qalamu koʻngli qora keldi davot.
Men tilab husn, vale shoh tilab aslu nasab,
Menga loʻliy bila hindu, anga qoʻngʻirotu qiyot.
Soqiyo, hush kerakmas manga hijron damida,
Boda tut, doruyi behush vale bodagʻa qot.
Tiladim yor, hayot aylay anga sarf dedim,
Vahki, ul dagʻi vafo qilmadi andoqki hayot.
Ey Navoiy, tilasang sayli fanodin maxlas,
Faqr dashtida kerak togʻdek oromu sabot.

74

La’l emas shirin labingkim, jon topar andin hayot
Kim, soʻrub bildim ul ermish la’lgun qilgʻan nabot.
Lek ul yangligʻ nabotekim quyar chogʻda ani,
Shirasi jon shirasi ermish, suyi obi hayot.
Oqsa ruxsorida xay, ne tong koʻngul toʻqtatmasam,
Togʻ boʻlsa topmas ul sayr ichra imkoni sabot.
Hajr dudidin qora boʻlgʻan koʻngul ichra oʻqung,
Sharhi holim yozgʻali boʻlmish qalam birla davot.
Xoʻblar xayli aro har sari tushmish rustaxez,
Goʻyiyo maydon ichiga chobukum sekritti ot.
Boqma ey zohid, haqorat birla ashyo sarikim,
Boʻlmagʻan aning sifoti mazhari yoʻq hech zot.
Ey, Navoyi, koʻrgali ani uchar har dam koʻzum,
Lek ne sud uchmoq ul qushkim anga yoʻqtur qanot.

75

Shoʻx ikki gʻizolingni noz uyqusidin uygʻat,
To uyqulari ketsun, gulzor ichida oʻynat.
Tishlabki, soching oʻrdung, ochqanda parishon qil,
Ofoq savodinda jon royihasin butrat.
Kulbamgʻa xoʻy afshon kel, zulfung qilib oshufta,
Anjum sipahin sindur, ofoq ulusin qoʻzgʻat.
Oraz quyoshin ochib ashki qurugʻan koʻzni
Koʻp hajrda yigʻlatding, bir vaslda ham yigʻlat.
Bir oh ila kul boʻldum, ey charx, tilab topib,
Farhod ila Majnungʻa oshiqliq ishin oʻrgat.
Xoro tubiga yotqung, yoʻq sud agar yuz yil,
Koʻk atlasi ustida jismingni yotib agʻnat.
Bazm ichra Navoiy koʻp yigʻlar esa, ey soqiy,
Hush eltkuchi doru jomigʻa aning chayqat.

76

Menga begonadurur ul butu men ishqida mast,
Oshno boʻlmayin etti meni begonaparast.
Labidin jon isi keldiyu men oʻldum behud,
Vah, ne maydurki isi yetkach, etar xalqni mast.
Sabzxatlar boʻyi qisqardi boʻyung jilvasidin,
Sarvning tegrasida sabza koʻrungandek past.
Tobgʻa tushti quyosh panjasi husnung qoʻlidin,
Sidra gar hamqading oʻlsa, quyosh oʻlgʻay hamdast.
Soʻrma dayr ichra shikastimniki, bir mugʻbachaning
Zulfi zunnoridin oʻldi menga bu nav’ shikast.
Tunu kun mast esam, ey shayx, meni yozgʻurma,
Sogʻ oʻlurmu kishikim, ichti mayi jomi alast.
Ey Navoiy, seni chun qildi qazo kofiri ishq,
Forigʻ oʻl but qoshigʻa sajda qil emdi payvast.

77

Bodayi ishqing koʻrub topti buzugʻ koʻnglum shikast,
Sayl yetmasdin burun vayronim oʻldi yerga past.
Goh gʻaltondur, gahe uyqudadur usruk koʻzung,
Yoʻq taajjub, goh gʻalton boʻlsa, gah uyquda mast.
Ul sanamgʻa sajda qilsam, zohidi xudbin, ne ayb,
Butparast oʻlmoq koʻp ortugʻroqki boʻlmoq xudparast.
Soqiy ilgin berdikim, oʻptum dagʻi ichtim qadah,
Naylasun ichmay qadah har kimga mundoq bersa dast.
Koʻksuma na’lu alif shakli imorat tarhidur,
Tashqari ham yetti ishqing mulkiga devori past.
Zohid ayturkim, may ichma, vah, aning hukmi bila
Sogʻ oʻla olgʻaymu masti bodayi jomi alast.
Ey Navoiy, ishq ila koʻnglum xayol etti masof,
Roʻbaroʻ boʻlgʻach mening qalbim sari tushti shikast.

78

Ey koʻngul, dedimki, aylab azm jononimgʻa yet,
Demadimkim, turgʻilu afgʻon bila jonimgʻa yet.
Boshing ol ket, lek chun ham bekasu ham xastamen,
Holatim soʻrmoqqa gohe bayt-ul-ahzonimgʻa yet.
Chunki koʻrdungkim oʻlubmen, tutma motam, qayt bot,
Ul dami jonbaxshu la’li obi hayvonimgʻa yet.
Oʻlganimni arz etib yigʻlab degilkim, ey Masih,
Aylabon lutf ul qatili tigʻi hijronimgʻa yet.
Kelmak oʻlsa itlari jismim tugatmasdin burun
Boshlabon ul kofiri qotilni vayronimgʻa yet.
Yetkach-oʻq chun tirguzur, qoʻpsam boʻlay deb sadqasi,
Zinhor ul dam madad aylar uchun yonimgʻa yet.
Deb eding, yetkum Navoiygʻa qatigʻroq tushsa ish,
Ushbu damkim, hajr qasd aylab turur qonimgʻa yet.

79

Tiyravu afsurdabiz, ey ishq tarqatqan bulut,
Bir balo barqi bila ham oʻrta bizni, ham yorut.
Koʻz necha boʻlgʻay quruq zuhd ashkidin ul zarq ila.
Shu’la tortib, ey balo ohi oʻti, ani qurut.
To qachon qilgʻay koʻngulni ma’siyat dudi qora,
Bir charogʻi husn ila, ey ishq, ul uyni yorut.
Aylabon barbod zuhdu ilmni, ey piri dayr,
Tifli rahdek emdi bizga ishq alifbesin oʻqut.
Husn itibdur, ey musavvir, tortibon bir turfa shakl,
Qaygʻuluq koʻnglumni ul suvrat bila gohe ovut.
Hosili umr, ey koʻngul, chun ishq emish oʻrgan ani,
Oʻzga umrungda nekim hosil qiliptursen unut.
Ey Navoiy, bersa bir loʻliyvashe savdosi dast,
Zinhor ikki jahon sarmoyasi tarkini tut.

80

Kim ekin maydonda, yo rab, ul toʻni gulgun yigit
Kim, gʻamidin tosh urar koʻksiga yuz mahzun yigit.
Ne ajab xam qad bila sargʻarsa ruxsorimki, bor
Dilbarim bir qomati ra’no, yuzi gulgun yigit.
Men chekarga ranju mehnat gʻam tuni ojiz qari,
Koʻnglum olgʻan zulmu bedod ichra roʻzafzun yigit.
Ey yigit, husnung zakoti soʻr qarilar koʻnglini,
Kimsani qoʻymas hamisha chun bu dahri dun yigit.
Men xarif boʻlgʻan qarigʻa qayda mayl etgay birov
Kim, erur shaydosi gʻam dastida yuz majnun yigit.
Naylayin toʻrtunchi gardunning qari mehrinikim,
Koʻrmamish olamda mohimdek toʻquz gardun yigit.
Men soʻzi kavn ahligʻa afsonaligʻ qilgʻan qari,
Sen koʻzi Kashmir eliga oʻrgatur afsun yigit.
Chun qaridnng, chiq yigitlar bazmidinkim, qarining
Kelmagidin yoʻq, boruridin durur mamnun yigit.
Ey Navoiy chun qari boʻldung ibodat kunji tut,
Elga xor aylab oʻzingni boʻlmagʻingdur chun yigit

81

Ohkim, oldi qarigʻan chogʻda koʻnglum bir yigit
Kim, agar jon bersam, istigʻnodin oʻlmas multafit.
Qasdima ul novak aylab tezu men sudrab aso,
Koʻyida har yon yeshilgan oʻylakim gʻanchiliq it.
Men kimu islom kim, sajjoda birla xirqani
Ayladi ul butning atfol xayoli titu pit.
Ashk hajrinda koʻzum oq etdi andoqkim mamuq,
Jolayi ashk ul momugʻdin yogʻdi andoqkim chigit.
Bir nasihat bordurur, lekin qulogʻinggʻa degum,
Yuz yaqin tut bu qaridin, ey yigit, bir pand eshit.
Qad chu xam boʻldi emas hech ish munosib juz ruku’,
Sajda oʻrnin oh ila, xoshak ila xasdin arit.
Ey Navoiy, chun seni kuydurdi charx, emdi ne sud,
Oh oʻtidin sen ani xohiy qizit, xohiy erit.

82

Habib gʻayr ila may ichti, en koʻngul, qon yut,
El ichsa vasl mayin, boqu zahri hijron yut.
Chu hajr muhlik erur, boda ermas anga iloj
Tutayki, jomi may oʻrniga shirai jon yut.
Mengaki doʻst kerak, ey Xizr, yutarmen qon,
Sengaki umrdurur kom, obi hayvon yut.
Oʻqidin, ey koʻngul, ich sharbat oʻrnigʻa xunob,
Ushoq muz oʻrnida ul sharbat ichra paykon yut.
Visol noʻshini to mumkin boʻlgʻay istar esang,
Firoq zahrini, bas, ulcha boʻlgʻay imkon yut.
Ichingda sirri haqiqatni yoshuray der esang,
Ulustin ul guhari bebahoni pinhon yut.
Navoiy, ayla aning ishqi tarkini, yoʻq esa
Chu gʻayr ila may ichar, boqu zahri hirmon yut.

83

Chobukekim qatl uchun surdi yana maydongʻa ot,
Odamiy qolmas tirig solgʻan zamon javlongʻa ot.
Budurur ma’noki, shoyad qolgʻan erkin bir kishi,
To aning jonin ham olgʻaykim, surar har yongʻa ot.
Har kishini qatlkim aylar, oʻlarmen rashkidin,
Vahki, bir ham yongilib surmas meni hayrongʻa ot.
Ne balo qattigʻ koʻnguldurkim qatl el qonigʻa
Ot surar surgan masallik lolavu rayhongʻa ot.
Uylakim buzgʻay quyunni oʻzga bir toʻfon kelib,
Ul sifat nobud etar surgach bu sargardongʻa ot.
Kimni oʻlturmakka otsang oʻq, mening jonim chiqar,
Bir dagʻi tirguzgali men bedili bejongʻa ot.
Davrdin koʻp ranjamen, usruk chiqib mayxonadin,
Raxshi himmat uzra solmoq istaram davrongʻa ot.
Shomi tufroqqa kirardin chora yoʻqtur, garchi subh
Kimki, sekritkay quyoshdek bu binik ayvongʻa ot.
Qoʻs uni tuttn Navoiy nazmidek ofoqni,
Goʻyiyokim sayr etarga chektilar sultongʻa ot.

84

Yetilmish, olloh-olloh, ne qomat, ul qomat
Ki, olam ahligʻa soldi qiyomat ul qomat.
Qoʻngargʻay asramayin bogʻbon nihollarin,
Chamanda sarvdek etsa iqomat ul qomat.
Chu qildi jilva, vafo sari hech qilmadi mayl,
Jafoda topqan uchun istiqomat ul qomat.
Xirom vaqti xaloyiqqa fitna yogʻdurdi
Ki, borcha fitnadin oʻlsun salomat ul qomat.
Boshimgʻa yettiyu oʻlgan tanim ravon topdi,
Bu ishni rostiy etti karomat ul qomat.
Chu noz jilvasini sarvdek qilur bilingiz
Ki, qatl etardin erur benadomat ul qomat.
Navoiy, emdi oʻzungdin ilig yuvkim, oʻlgung
Ki, zohir ayladi shaqqi qiyomat ul qomat.

85

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimgʻa ayt,
Yigʻlarimning shiddatin gulbargi xandonimgʻa ayt.
Buki aning ahdu paymonida men oʻlsam dagʻi
Yaxshi fursat topsang, ul bad’ahdu paymonimgʻa ayt.
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili
Kufr ila boʻlmish mubaddal nomusulmonimgʻa ayt.
Buki qilmishmen jahonu jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jonu jahondin yaxshi jononimgʻa ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon boʻlmagʻum,
Vasligʻa bir va’da qilgʻandin pushaymonimgʻa ayt.
Buki yuz ming fitnakoʻzlug boʻlsa paydo onsizin,
Qilmagʻum nazzora hargiz koʻzi fattonimgʻa ayt.
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdigʻa,
Men oʻlib el jon topar, bebok nodonimgʻa ayt.
Dahr bogʻi gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, koʻyi gulistonimgʻa ayt.
Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo
Bulbuli yoʻq erkanin shohi suxandonimgʻa ayt.

86

Ishq soldi xonumonim ichra oʻt,
La’li otashnoki jonim ichra oʻt.
Nega yetkan yerga oʻrtar xalqni
Boʻlmasa ohu figʻonim ichra oʻt.
Qoʻnglum ermas tandakim, hajring aro
Tushti jismi notavonim ichra oʻt.
Oʻqlaringning kasratidin chektim oh,
Tushti andin naysitonim ichra oʻt.
Hajrdin kuydi soʻngaklar, vahki, ishq
Soldi xoshoki nihonim ichra oʻt.
Soqiyo, maydin su urkim, soldi davr
Joni benomu nishonim ichra oʻt.
Ey Navoiy, chun chaqildi barqn ishq,
Tushti andin xonumonim ichra oʻt.

87

Qildi dushman rahm, baskim qildi javr izhor doʻst,
Ey koʻngul, dushman top emdi, tutmagʻil zinhor doʻst.
Har zamon dushmanlarim ozurdadur, ey doʻstlar,
Baski, har dam yetkurur men zorgʻa ozor doʻst.
Dushman ar jonimni afgor aylasa, qildi bihil,
Javr tigʻidin chu koʻnglum aylamish afgor doʻst.
Kecha dushmanlargʻakim, nolamdin uyqu kelmadi,
Ranjamen mundin dagʻikim, boʻlmadi bedor doʻst.
Men oʻlar holatda, dushmanlar koʻrunub doʻstvash,
Nevchun oʻlmaykim, kelur boshimgʻa dushmanvor doʻst.
Kulsa dushman ayb emaskim, koʻrmadim oz ham vafo,
Garchi qozgʻandim qilib jonim fido bisyor doʻst.
Charxning mehriga magʻrur oʻlmagʻilkim, gʻadri bor,
Hargiz oʻlmas kimsaga ul dushmani gʻaddor doʻst.
Soqiyo, qil doʻstluq, tut bodakim yoʻqtur gʻami,
Boʻlsa olam dushmani har kimga sendek bor doʻst.
Itlaring gʻavgʻo qilur goʻyo Navoiy oʻldikim,
Boshi uzra jam’ oʻlub afgʻon qilurlar yoru doʻst.

88

Eyki, fayz istarsen, oʻzni sarvdek ozoda et,
Har parishon naqshdin safhangni guldek soda et.
Gar fano dashtigʻa kirgungdur su xud koʻz yoshi bas,
Lekin avval zodsizliq zodini omoda et.
Tayyi arz etsang chokindek bir shararcha koʻrmagil,
Barqdek oʻzni fano tufrogʻida uftoda et.
Bir fano ohi yelidin sarbasar barbod oʻlur,
Gar havo uzra bulut ajromini sajjoda et.
Oʻzni rasvoliqqa qilmoqdur alam gar tugʻunga,
Koʻk livosin shuqqa dagʻi sidra shoxin xoda et.
Koʻmgan oʻlgʻaysen boshingni bir ovuch tosh ostida,
Tojingga ziynat agar la’lu duru bijoda et.
Er ersang, boʻl sulbkim, ne moda boʻlgʻungdur, ne nar
Oʻzni gar yuz qatla olam ahlidek narmoda et.
Ofiyat kunjida erdimkim, dedi «ey mugʻbacha,
Dinu islomim uyin buzmoqqa mayli boda et».
Naqd jannatdur Navoiy kavsaroso may ichib,
Oʻzni zoru volihi bir sarvi huriyzoda et.

Se Harfining Samin Gavharlarining Samarasi «Navodir»din

89

Zamona erur chun mahalli havodis,
Zamone kerak boʻlmasang anda mokis.
Amal qasrini aylama anda ihdos
Ki, har lahza boʻlgʻay oʻkush fitna hodis.
Chiqargʻa bu vayronadin chora yoʻqtur,
Gar Odam vagar Nuhu gar Somu Yofas.
Boʻlur tiyra koʻzgung, toʻlar zahrai joming
Tutaykim, boʻl Iskandaru Jamgʻa solis.
Jahon shugʻli sari talab qilma mujib,
Aning tarkini tutqali ista bois.
Fano xonaqohi aro somit oʻlgʻil,
Yoʻq ulkim baqo darsgohida bohis.
Navoiy, amal xirmani ichra oʻt sol
Ki, boʻlmoq kerakmas bu mazra’da horis.

90

Falak havodisidin boʻlsa har balo hodis,
Ul oy vasilasidindur burun manga hodis.
Agarchi dard hudusidur ulcha mumkin erur,
Valek boʻlmadi bir dardima davo hodis.
Netib haramgʻa qilay azm, dayr ichinda manga
Ki, boʻldi mugʻbachalardin yuz ibtilo hodis.
Baliyyat ahlini ozod aylamish gardun,
Nedinki barcha balosi boʻlur manga hodis.
Sipehrdin ne shikoyat erur chu qismi azal,
Agar vafo yetishur, gar boʻlub jafo hodis.
Sipehr fitna toʻkar yerga, lek ul oydin,
Erur ne fitnaki boʻlgʻay jahon aro hodis.
Hudus topmadi erkan Navoiy emgagicha,
Jahonda ishq baliyyoti boʻldi to hodis.

91

Mening rasvoligʻimgʻa bodayi gulgun erur bois,
Mayi gulgun icharga soqiyi mavzun erur bois.
Pariyvashlar jafosigʻa gunah bil telba koʻnglumdin,
Bukim tosh yogʻdurur atfol, anga majnun erur bois.
Falak bejurm erur, gʻam kelsa bu mahzun sarikim, huzn
Topib oʻz jinsini kelmakka bu mahzun erur bois.
Sovursam koʻkka tufroq, dard vodiysida tong yoʻqkim,
Quyundek buylakim sargashtamen, gardun erur bois.
Ne tong bu telba ogʻzida soʻzi doim ul oyningkim,
Pariy vasligʻa aksar el aro afsun erur bois.
Labing jonbaxsh, ayogʻdin boshinga qotil, ne ayb oʻlsam,
Tirilmaklikdin oʻlmaklikka chun afzun erur bois.
Raqibinggʻa desam la’nat, yeri borkim senga nohaq,
Mening qonimni toʻkturmakka ul mal’un erur bois.
Rido dayr ichra rahn etkanga chun qnlding gʻazab, ey shayx,
Yana yozgʻurma borsam ul sari marhun erur bois.
Navoiy boda ichmas, lek chun soqiy qadah quydi,
Ul ofatshakl erur mujib, bu dilkash un erur bois.

Jim Harfining Jamilalarining Jilvasi «Navodir»din

92

Zihe boshing uza va-sh-shams zevaridin toj,
Soching savodida tafsiri laylat-ul-me’roj.
Nujum javharidin toji johinga tarsi’,
Sipehr atlasidin taxti rif’atinggʻa duvoj.
Sahar yashil alamidin livong uza shuqqa,
Malak qalin hasharidin sipohingga afvoj.
Behisht sori kishi tiyra goʻrdin bormas,
Shafoating alifi tutmayin yoʻligʻa siroj.
Hidoyating qoʻlidin sharbati shifo topibon,
Aniki illati kufr aylabon zaifmizoj.
Saloti xamsani adyongʻa aylading nosih,
Bu panja birla malakning yuziga urdung koj.
Navoiy oʻldi chu muhtojing, ayla rahm angakim,
Gʻaniy karim esa ibromgʻa emas muxtoj.

93

Ey gadoying ollida muhtoj ahli taxtu toj,
Ahli toj ollida andoqkim gadogʻa ehtiyoj.
Kim gadoyingdur bosh indurmas dagʻi tortar ayoq,
Charxi a’lo boʻlsa taxtu mehri anvar boʻlsa toj.
La’li serobing beriptur otashin rangi bila
Ofati jonim uchun oʻt birla sugʻa imtizoj.
Dardi hajrimgʻa buyurdi, sabr dardi yoʻq tabib,
Zahri qotil birla muhlik ranjima aylar iloj.
Oy yuzung birla talashdi buki koʻktur orazi,
Panjasi birla quyosh goʻyo yuziga urdi koj.
Eyki, berding ishq sultonigʻa koʻnglung kishvarin,
Anglagʻilkim jonu aqlu din erur avval xiroj.
Xoʻblar oʻrgansalar, tong yoʻq, Navoiy nazmini
Kim, alarning husni aning ishqidin topmish rivoj.

94

Mayi la’lingga goʻyokim hayoti jon erur mamzuj
Ki, ul ermas zuloli chashmayi hayvon erur mamzuj.
Agar bagʻrim sudur, oʻlmay netaykim anda gʻamzangdin
Su bergan zahr birla qatraiy paykon erur mamzuj.
Koʻrung gʻam bazmida xunobalar yutmoqki jomimgʻa
Bagʻirdin kelganu, koʻzdin toʻkulgan qon erur mamzuj.
Labingdin barcha hijron va’dasidur, koʻrmaduk noʻshe
Ki, zahr ul noʻsh aro tokim erur imkon, erur mamzuj.
Visol ichra mayi aysh oʻlsa qisming, boʻlma koʻp emin
Ki, jomi vasl ila xunobaiy hijron erur mamzuj.
Shafaqgun may, hiloliy jom agar koʻrsang haris boʻlma
Ki, sofi hirs birla durdiyi hirmon erur mamzuj.
Navoiy ashkiga dersen ne yangligʻ mazj topmish qon,
Bagʻir chok oʻlsa, ul qon bu sugʻa oson erur mamzuj.

95

Koʻnglumga ayla la’li shakarxand ila iloj,
Kilgʻan kebi zaifqa gulqand ila iloj.
Koʻp ishq tarkidin dema soʻz qoʻygʻil, ey tabib,
Muhlik marazgʻa qilmadi el pand ila iloj.
Onsiz oʻlarmen, ollima huru pariy ne sud,
Topmas aning gʻami anga monand ila iloj.
Qayd et koʻngulga silsilayi zulfin, ey hakim
Kim, telbaga munosib erur band ila iloj.
Ul koʻydin iti chu meni qovmaq istadi,
Bagʻrimdin ayladim necha parkand ila iloj.
Davron jafosi daf’igʻa majnunu mast boʻl
Kim, yoʻq ul ishka ra’yi xiradmand ila iloj.
Muhlik emish firoq Navoiy, magar sipehr
Qilgʻay bu qat’i dardini payvand ila iloj.

Chim Harfining Chobuklarining Chehrakushoyligʻi «Navodir»din

96

Nargis ul koʻzdek emas, ey bogʻbon, boqib koʻz och,
Ne uchunkim ul pariy qiymoch erur, bu bir taloch.
Ayladi oshufta savdoyiy dimogʻim raglarin,
Tong yelidin andakim butrashti ul oshufta soch.
Zulfi egniga yetar gar sochi yerga sudralur,
Tengdurur qaydim uchun gar bir qarich, gar yuz quloch.
Kuydi jismu yigʻlabon koʻnglumda xatting shavqidur,
Garchi mumkin yoʻq koʻkarmak su bila kuygan yogʻoch.
Ishq olamsoʻz keldi, qoʻy fusunung, ey xirad,
Yetti chun yer-koʻkni yirtib arslon, ey tulku, qoch.
Sarvnozim gul chogʻi gulshangʻa kirdi, ey nasim,
Ham ani yelpiyu ham gul yafrogʻin boshigʻa soch.
Qoʻyki, ul yuz xonigʻa nazzora aylay toʻygʻucha
Kim, koʻzum boʻlmish bu qahti husn ayyomida och.
Doʻst zikru fikrini qilgʻil gʻizokim yaxshiroq,
Hush ila tufroqkim gʻaflat bila kandiy kuloch.
Ey Navoiy, koʻnglunga yetmas riyozatsiz safo,
Kulba ravshan istasang hasrat suyidin roʻza och.

97

Qoʻydi yuz shomi ajal zulfin parishon aylagach,
Umr xurshidi uyoqti chehra, pinhon aylagach.
Surdi koʻnglumni buzub xokiy tanim uzra samand,
Yelga berdi tufrogʻin, bu uyni vayron aylagach.
La’li hajri qildi qon bagʻrimni gʻamdin laxt-laxt,
Qatra-qatra toʻkti koʻzlar yoʻlidin qon aylagach.
Ohkim, baxtim ogʻir uyqusidin uygʻonmadi,
Garchi yuz ming fitna uygʻondi men afgʻon aylagach.
Qilmayin sarhush hanuz, en mugʻbacha, qoʻymoq nedur,
Ollima zunnorni dayr ichra mehmon aylagach.
Oshiq etkach shuhrayi shahr etti ul kofir meni,
Shahr kezdurgan kebi kofir musulmon aylagach.
Chekmadi bulbul Navoiydek figʻonkim, yonmasun
Sayr uchun ul sarvi gulrux azmi boʻston aylagach.

98

Girih-girih chu tugarsen yetar oyogʻinga soch,
Girihlarin chu ocharsen tushar quloch-quloch.
Koʻngulni qiydi aning gʻamzasiyu qilmadi rahm,
Qiyo-qiyo boqibon ul iki koʻzi qiymoch.
Chamanda kecha yotib mast orazin yopmish,
Koʻp emdi tong yeli ul gulni lutf birlan och.
Qading chamanda koʻrub bogʻbon agar sarvin
Koʻziga ilsa hamono keraktur anga yogʻoch.
Junungʻa tushti sanavbar qadingdin, uylaki su
Boʻlub ayogʻiga zanjir uzaldi boshida soch.
Sipehr la’l koʻrub koʻksum uzra mehrobi
Balo oʻqigʻa hamonoki ayladi omoch.
Navoiyo, der esang koʻrmayin vafosizliq,
Tavaqquf etmayu dahr ahlidin vafo kebi qoch.

99

Koʻrub dardim tarahhum qilmading hech,
Toʻkub ashkim tabassum qilmading hech.
Firoqing oʻti ichra necha yigʻlab,
Figʻon chektim, tarahhum qilmading hech.
Jahongʻa ohu ashkim soldi oshub,
Bu toʻfondin tavahhum qilmading hech.
Soʻzung shavqidin erdim xasta umre,
Soʻrargʻa bir takallum qilmading hech.
Musallam ishq, ey koʻnglum, sengakim,
Koʻrub zulmin tazallum qilmading hech.
Muhabbat ahli qismin nevchun, ey charx,
Qilib mehnat, tana’’um qilmading hech.
Navoiy sari, ey davri muxolif,
Navo savtin tarannum qilmading hech.

100

Ul turki xitoning erur andoqki koʻzi qiymoch
Kim, nozdin oʻlmas demak ollindaki, koʻz och.
Bagʻrimni qiyo boqmoq ila qiymogʻidindur,
Yo ayni takabburdin erur koʻzlari qiymoch.
Ochliqdin ul oyning magar oʻldi koʻzi bemor,
Qon ichkali moyil nega boʻlmish gar emas och.
Oʻzbak, moʻgʻul oʻlgʻay aning ollida musulmon,
Bilman ani qalmoqmudur, yoʻq esa tagʻmoch.
Turmas ajal ul gʻamzai xunrez oʻqidin,
Joning kerak ersa senga, ey xasta koʻngul, qoch!
Oʻpmakka yuzi xoʻbdurur, gʻabgʻabi ham xoʻb,
Chun ogʻzi topilmasliq aro olmoq uchun boj.
Keynicha koʻngulsizdur erishmakka Navoiy,
Ul shoʻx chu oʻz mulkiga bordi koʻngul olgʻoch.

He Harfining Haramiylarining Husnoroyligʻi «Navodir»din

101

Bu chamankim, toʻkilur shom gul, ochilsa saboh,
Bodasiz shomu sabo oʻlmoq emas bizga saloh.
Davri ayyomgʻa yoʻq chunki vafo, ey soqiy,
Sen vafo aylayu bas, aylama davri aqdoh.
Bekaron ra’fat erur dahrda elga ofat,
Rohati behad agar istar esang topqil roh.
Piri xammor eshigi bogʻliq erur, men maxmur,
Rahm etib och bu eshikni yuzuma, yo fattoh.
Qilmagʻil qasd kishi qoniyu naqdigʻa valek
Aysh naqdini qadah qoni bila angla muboh.
Hasmkush keldi falak zoli bil, ey shayxu manga
Raz qizi borida ul koloni qilma nikoh.
Ey Navoiy, tilasang gʻam tengiziga sohil,
Kashtii boda burun topqilu boʻlgʻil malloh.

102

Jonima yetkurdi ul la’li ravonoso farah,
Elga yetkurgan masallik la’lgun sahbo farah.
La’li yoquti mufarrihdur magar bilxosiya
Kim, xayolidin manga yoʻqtur nasib illo farah.
Qon yoshimdin demangiz soʻz kim mukaddar boʻlmasun,
Bodadin topqan zamon ul shoʻxi mahsiymo farah.
La’li hijronida, ey soqiy, yana may tutmakim,
Tortsam kavsar mayi yetmas manga aslo farah.
Boisi gʻamdur labi hajrida la’li obdor,
May debon rangin su ichkan aylamas paydo farah.
Gar farah istar esang, mayxona azmi aylakim,
Andin oʻzga yerdin olmish gunbadi xazro farah.
Ey Navoiy, dayr piri tutsa, may lojur’a ich,
Fikr qilmakim, sanga yetkay malolat yo farah.

103

Boʻlsa boʻlgʻay sarv qadlar ichra har gulroʻ malih,
Sarvi gulroʻyum mening lekin erur asru malih.
Xol erurmu yoʻqsa tuz solgʻan siyohiy nuqtasi
Kim, erur vasf aylagandin ortuq ul hindu malih.
Lablaring kulgach, toʻkar tuz birla shakkar tung-tung,
Olloh-olloh, boʻlur ermish muncha ham kulgu malih.
Koʻp malohat bobida Shirindin aytur Koʻhkan,
Sabzshirinimcha ul bor erdi erkinmu malih.
Eyki Yusuf birla soʻrmishsen habibim husnidin,
Ul sabih oʻldi latofat ichra, ammo bu malih.
Orazing koʻrgach, koʻzum shoʻroba toʻkkach, angladim
Kim, erursen sen malohat ahlidin ayru malih.
Ey Navoiy, achchigʻ-achchigʻ yigʻlarimni qilma ayb
Kim, erur koʻnglumni olgʻan kofiri badxoʻ malih.

104

Axtarin ashk ettiyu sovugʻ nafasni oh subh,
Boʻldi goʻyo shomi hajrim holidin ogoh subh.
Gʻam tuni muhlik gʻamim anglab yoqa chok ayladi,
Tong yelidin har nafas holimgʻa tortib oh subh.
Tiyra hijrondin chu yoʻqtur farq subhu shomima,
Xoh shom oʻlsun qorargʻan roʻzgorim, xoh subh.
Dudi ohimdin qorargʻay hajr shomidin batar,
Boʻlsa hijron qat’ida bir kun manga hamroh subh.
Tiyra shomim daf’ qildi mehr zohir aylabon,
Yaxshi bordi mehribonligʻlarda shay’-uloh subh
Xushturur jomi sabuh, ey shayx, sen ham ichkasen,
Tutsa may soqiy boʻlub bir mehr yuzlug moh subh.
Gʻam tuni koʻh balosidin magar boʻlmish xalos
Kim, meningdek koʻrguzur ruxsore chun koh subh
Subhdam bedoru giryon boʻl, agar fayz istasang
Kim, sening uyqunggʻa xandon boʻlmasun nogoh subh.
Ey Navoiy, ul quyoshning mujdayi vaslin berib,
Qilsa netkay, shomi hajrim mehnatin koʻtoh subh.

105

Hajrdin asru hazinmen, soqiyo, tutqil qadah,
Har necha sogʻar ulugʻ boʻlsa toʻla tutqil qadah.
Gar aning noʻsh aylaridin ojiz oʻlsa ahli bazm,
Jam’ etib borini bir yoʻli manga tutqil qadah.
Qoni’ erman bir qadah birlaki, dardim sa’b erur,
Har kecha lojur’a noʻsh etsam, yana tutqil qadah.
Bir nafas mast oʻlmasam hijron gʻami aylar halok,
Jonima rahm aylabon bahri xudo tutqil qadah.
Gar muyassar boʻlsa bazmi vasl, lutf aylar esang,
Quy meni nazzoragʻa koʻprak anga tutqil qadah.
Ulu men chun mast boʻlduq ixtiyoring bordur,
Xilvat aylab ber ijozat, elga yo tutqil qadah.
Chun xarobot ichra tushtung chiqmogʻing dushvor erur,
Ixtiyoring yoʻq ichib, ey porso, tutqil qadah.
Xirqayi zuhdin Navoiy qildi rahn, ey mayfurush,
Qoʻyma hush ilgida ani benavo tutqil qadah.

106

Subh dayr ichra mugʻanniy uyla tuzdi shaddi ruh
Kim, unidin boʻldi ruhullohga ohangi sabuh.
Toza boʻldi ruhlar ul nav’ shaddi ruhdin,
Kim lisoni holi ruhullohgʻa qildi toza ruh.
Yoʻqki, yolgʻuz shaddidin tushti qulub ichra kushod,
Har girifti dogʻi arvoh ichra soldi yuz futuh.
Dayr piri oncha tutti elga jomi ruhbaxsh,
Kim yaqindurkim ushatqay tovba boʻlsa yuz nasuh.
Ruhi qudsiy erdi alfozi zuhur etkuncha fajr,
Vahy yuho erdi anfosi tulu’ etkuncha yuh.
Yoʻqki, may kashtiysi gʻam toʻfonidin aylar xalos
Kim, topar andin kishi bir qatra ichsa umri Nuh.
Sirri vahdat nuktasidur bas daqiq, ey porso,
May quyoshi lam’asi birla magar topqay vuzuh.
Ey mudarris, ishq sirri daftari bir nuktadur,
Garchi mingdin bir yozilmaydur yozib yuz ming shuruh.
Vaslsiz boʻlmas Navoiy koʻzu koʻngliga iloj
Kim, juruh uzra juruh oʻlmish, quruh uzra quruh.

Xe Harfining Xoʻblarining Xiromi «Navodir»din

107

Fano tariqida har kimki hosil etti rusux,
Riyovu zuhd aning ollida erur mansux.
Ne nav’ oʻzlugi mansux boʻlmagʻay qoshida,
Birovki, doʻst shuhudigʻa hosil etti rusux.
Chu ishqsiz edi zuhd ahli keldi noboligʻ,
Erurlar atfol, el garchi der alarni shuyux.
Demakta voqi’a yolgʻonu chin taxayyul etib,
Kishi ekanlarin andoqki yod qilsa musux.
Jahoni xokiy erur bir kesak, vale nopok,
Etak yeturmomak avlo mulavvas oʻlsa kulux.
Arit sirishk bila botiningda bor esa chirk,
Yu tavba suyi bila boʻlsa botining aro shux.
Navoiy ahli fano ista, qoʻy riyo ahlin
Ki, nayshakar borida tuhfa qilmadi kishi lux.

108

Firoq oʻtiki, balo ogʻzidur anga manfax,
Misoli doʻzaxu jannatdurur ul doʻzax.
Ne tong yoshunsa kecha zulfida quyosh koʻyi
Agar bu nav’ esa chavgani zulfu goʻyi zanax.
Erur kirarga koʻngul xayli ul taraf bir-bir,
Tarogʻ sochingdaki yoʻllar yasab turur rax-rax.
Quyosh hamono koʻk atlasin libos etmish
Va yo kiyiptur ul oy nilgun nasij ila nax.
Gaheki koʻrguzasen zahri chashm tong ermas,
Boʻlur chu bodomning donasi birarda talx.
Yuz ochsa aqlim eli toʻlgʻanur, nedinkim bor
Chinor panjasi shal, oftob panjasi shax.
Navoiy ohini zohid kam etmadi soʻz ila,
Nedinki, dud oʻlur afzun, qotilsa oʻt ila yax.

109

Shoʻx koʻp yoʻq birisi, uylaki, ayyor ul shoʻx,
Shoʻxluq birla qilur elni giriftor ul shoʻx.
Boqib agʻyorgʻa tishlar labini ishva bila
Yetkurur qatl uchun jonima ozor ul shoʻx.
Gul qizaripturu sunbul qoraripdur, goʻyo
Bogʻ aro qildi ayon zulf ila ruxsor ul shoʻx.
Xoʻblar butrashibon qoʻzgʻalishur ishq ahli
Mastu bebok magar boʻldi padidor ul shoʻx.
Kimnikim zor koʻrar oʻlturur ul shoʻxi balo
Ne balo turfa ish oʻlmish buki, men zor ul shoʻx.
Dayr aro mugʻbachayi shoʻx ushatti tavbam,
Mast boʻlman netayin bor chu xammor ul shoʻx.
Shoʻxliqdin ne desa chun unutur emin eman,
Garchi xud va’dayi vasl aylasa izhor ul shoʻx.
Ey koʻngul, dinu xirad naqlini asraki, erur
Zulf aro xoli kebi shabravu tarror ul shoʻx.
Gar Navoiydin erur bexabar ul shoʻx, ne tong,
Mastligʻdin emas oʻzdin chu xabardor ul shoʻx.

110

Ey koʻngul, chunki erur yor mayi furqati talx,
Kimki, bu mayni ichar boʻlsa, ne tong riqqati talx.
Sharbati sabr der ich nosihu yuz voyki bor,
Obi hayvon bila hal aylasa bu sharbati talx.
Oʻzgalar birla icharsen mayu men zorgʻa ul
Bodayedurki, erur ta’mi achigʻ, lazzati talx.
Soqiyi bazm, yana tutma manga jomi firoq
Kim, bu sogʻarning erur choshniyi shiddati talx.
Talxkom oʻldum aning koʻyida bekaslikdin,
Ishq koʻyining erur chun qadahi gʻurbati talx.
Xoʻblar la’li xayoligʻa chu churkanmaki, bor
Oʻzi har necha chuchuk, hajri aro mehnati talx.
Emdikim vasl arodur qoʻyki, Navoiy, oʻldeg,
Ey koʻngul, chunki erur yor mayi furqati talx.

111

Erur barot ila bayram ul oygʻa zulf ila rux.
Xush ulki tun-kuni boʻlgʻay bu ikkidin farrux.
Birin-birin netayin oyu sarv ila gulni,
Meningki mohim erur sarvqomatu gulrux.
Hadisi oʻlturubon tirguzurki, soʻz soʻrsam,
Agar achigʻlanur, ammo chuchuk berur posux.
Malohat oʻlsa olur jonni loʻliyu hindu,
Gar oʻlmasa qochurur mohi oʻqchavu Xallux.
Yozar qalam kebi vodiy hajr aro qalamim.
Soʻngakdururki, aning javfida quruptur mux.
Fano tariqida birdek emas bori ma’ruf,
Biriga Qarxdurur jilvagah, biriga kurux.
Navoiyo, erur ul shoʻxi turkman bas tund,
Navo tilar esang andin yugurma ordicha choʻx.

112

Meni ishqdin man’ etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim loda shayx.
May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar su uza solsa sajjoda shayx.
Yorugʻluq emas mumkin andinki, bor
Zalolat tariqida uftoda shayx.
Riyo bahri ichra tama’ zavraqin
Soliptur asodin tutub xoda shayx.
Yeyar domi tazvir el saydigʻa
Qilib subhadnn dona omoda shayx.
Gʻazabda sabu’, shahvat ichra bahim,
Agarchi erur odamiyzoda shayx.
Kirar odamiy sonigʻa qilsa noʻsh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.
Irodattin oʻlgʻay edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.
Eranlardin oʻzni tutar, garchi bor
Oʻkush zebu ziynat bila moda shayx.
Navoiy tilar soda yuzlug yigit,
Ne gʻam gar ani man’ etar soda shayx.

113

Xating sipohi chu chiqti nechukki moʻru malax,
Demaki, qochmasun arbobi ishqu urma zanax.
Qurudi mazra’i shavqum, chu zohir etting xat
Ki, dona ofatidur mazra’ ichra moʻru malax.
Yuzung oʻtiki bor erdi koʻzumga ravza guli,
Tutun kebi xating ul oʻtni ayladi doʻzax.
Niqob aro yuzung erdi gʻilof aro koʻzgu,
Ne xatdurki, ani qildi kiyiz ichindagi yax.
Xatiki, xat-xat osilmishtur emdi ul ruxdin,
Ne rux deyin yuzinikim, boʻluptur ul rax-rax.
Tasavvur etmaki, el oʻpmak orzu qilgʻay,
Magarki moʻchina ogʻzi labingdin olgʻay max.
Jamoli zohir uchun oʻldung, ey Navoiy, zor,
Chu yopti orazini xat, uyolding erkin, vax.

Dol Harfining Diloromlarining Davroni «Navodir»din

114

Ey jamoling mehridin ravshan azaldin to abad,
Zarra yangligʻ ul yorugʻluq ichra sargardon xirad.
Kunhi zotingdin xirad gar boʻlsa a’mo ne ajab,
Zarragʻa yuz ming quyosh mohiyatin bilmak ne had.
Ham xirad nuri topib husnung quyoshidin dimogʻ,
Ham vara’ zoʻri olib zikring gʻizosidin jasad.
Senga tolib, kimki azmi Ka’ba aylar, yoʻqsa dayr,
Sen murodi, kimki dayr ichra sanam der yo samad.
Xalq raddidin ne gʻam, topgʻangʻa lutfungdin qabul,
El qabulidin ne sud aniki qahring qilsa rad.
Boʻlmagʻay mumkin zalolat chohidin chiqmoq kishi,
Lutfung ilgi rishtayi tavfiq ila qilmay madad.
Quvvatingning ojizi gar piltan, gar sheri zoʻr,
Minnatingning shokiri gar guljabin, gar sarvqad.
Ham munojot ahlining koʻnglida biyming behisob,
Ham xarobot ahli joninda umiding beadad.
Jurmu isyon chohidin chiqmoq Navoiy iltimos
Sendin aylar, negakim yoʻqtur sanga kufvan ahad.

115

Sitam ermas edikim, aylading koʻnglumni yuz parkand,
Sitam budurki, tikmak birla istarsen anga payvand.
Ham ip kul boʻlgʻayu, ham igna su boʻlgʻay tikar boʻlsang
Nedinkim bor alardin ahgari soʻzanda har parkand.
Jamolinggʻa quyosh oʻxshar valekin oncha ham koʻp yoʻq,
Anga boʻlgʻancha oy monand, ul boʻlgʻay sanga monand.
Pariyroʻyimdin ayru, ey hakim, och qaydu bandimni
Ki, men dev oʻlmisham, devona ermankim, solursan band.
Habibim istayu gulshan aro har dam gul islarmen,
Meni Yusufdin ayru qildi qonligʻ koʻnglagi xursand.
Koʻzumning mardumi odamdurur goʻyo qora boʻlgʻan,
Bu yoshlarkim, boʻlur zoyanda andin barchasi farzand.
Labing noʻshi zakotin hojat ahligʻa berur boʻlsang,
Oʻlubmen hasratidin jongʻa yoʻq oʻlgancha hojatmand.
Deding gulqand, ey tarso hakimi, anglabon za’fim,
Vale daf’ oʻldi qilgʻach mugʻbacha dayr ichra shakkarxand.
Alam yetkach, Navoiy, dahrdin, may bil aning daf’i,
Qabul etkan kishiga basdurur olamda bu bir pand.

116

Qayda qilgʻay soyadek men telbayi xokiyni band
Kim, quyosh boʻynigʻa solmish sunbulung pechon kamand.
Qatlim etmaslar gʻamu darding vale taxqirdin
Moʻr qatlin ajdahokushlar qachon aylar pisand.
Na’lidin chaqilmas oʻt, balkim shararlar ayrilur,
Har taraf maydon arokim oʻt kebi sursang samand.
Tong yoʻq ohim ul quyoshning burqa’in raf’ etmasa
Kim, bulutqa dud yetmas nechakim chiqsun baland.
Gʻoʻtamu urmish koʻzumning mardumi qon yosh aro,
Yo yoshurmish ul qora koʻz orazin gulgun parand.
Istaguncha, ey koʻngul, har dam davo dard istagil
Kim, davo topmoq emastur mumkin oʻlmay dardmand
Boʻlgʻali xunobi hijrondin Navoiy talxkom
Gohe yigʻlar achchigʻ-achchigʻ, goh aylar zahrxand.

117

Nolonmen ochar boʻlsa yuz ul huri pariyzod,
Bulbulgʻa ne tong gul ochilur faslda faryod.
Gulgun toʻn aro qomatimu jilvagar oʻldi,
Gul bargidamu boʻldi nihon savsani ozod?
Ashkim suyining mavjini koʻnglungga kechurkim,
Javhar bila xushroq koʻrunur el aro poʻlod.
Koʻnglum zaqaning ichra koʻrub yoyding anga zulf,
Choh uzra kabutargʻa yoyar domini sayyod.
Bulbulni gʻaming qoʻzgʻasa shod oʻlmagʻil, ey gul
Kim, oʻt ham oʻchar, kulni falak aylasa barbod.
Gʻamzang meni bir tigʻ bila aylamadi qatl,
Bu fe’l qilur kimga azob aylasa jallod.
Koʻnglini Navoiyning oʻqung kasrati buzdi,
Bu kulba yogʻin kasratidin qolmadi obod.

118

Boʻldi koʻnglum shod topqach tigʻdin koʻksum kushod,
Yoʻq ajab har kimgakim yetkach kushode boʻlsa shod.
Xatting el koʻnglini koʻprak oldi, goʻyo xat emas
Yuz uza qilding koʻngul olmogʻliq afsunin savod.
Ul pariy ishqida men devona erman, devmen,
Ishq vodiysinda har ohim erur bir devbod.
Dema qochdim javrdinkim, baski tosh yogʻdurdi hajr,
Gard oʻlub barbod boʻldi bu tani xokiynihod.
Nomurod oʻlsam ne tongkim ixtiyor etkanda ishq,
Ulki avval tarkin ettim, ermas erdi juz murod.
Yordin gar istasangkim koʻrmagaysen gʻayri vasl,
Gʻayr vaslin mutlaqo yod aylamakni qilma yod.
Ey Navoiy, mu’taqidsen qayda koʻrsang pok yuz,
Yuz kishida yoʻq ekan bir sen kebi pok e’tiqod.

119

Gar koʻngulni aylasa ul qotili xunxora sayd.
Qatl uchun qoni toʻkulmay naylagay bechora sayd.
Ey koʻngul, ul shoʻx zaxm ursa davogʻa qilma sa’y,
Rasm boʻlmas istamak marham, chu topti yora sayd.
Zulf aro sayd aylamak istar koʻngullarni koʻzung,
Shabshikor ul nav’kim qilgʻay kiyibon qora sayd.
Qatl qilmay kesti toʻsh-toʻshtin koʻngulni shoʻxlar,
Bismil oʻlmasdin burunroq boʻldi pora-pora sayd.
Bilgay ul kofir anga telmurmagimni, bilsakim
Ne tazallum birla qotilni qilur nazzora sayd.
Murshidi jozib tilab topmay gum oʻldum, voykim,
Boʻldi bu sahroda sayyod istayu ovora sayd.
Telba qushdeqdur Navoiy koʻngli savdo dashtida,
Ani to sen aylamishsen, ey pariy ruxsora, sayd.

120

Dudi oh ermas koʻngul uyin qora qilgʻanda dard
Chun yiqildi ishq zulmidin havogʻa chiqti gard.
Har taraf azm etmaging koʻp dardlar darmonidur,
Kelki asru dardi dil izhor etarlar ahli dard.
Qaydakim tushsa nazar payki sirishkim saylidur,
Kim koʻruptur su uza bu nav’ payki rahnavard.
Lola yangligʻ boʻldi gulgun bodadin ul yuz guli,
Vah, ne rangin ochilur ermish qizil su ichsa vard.
Uyla chiqting sekritib shabrangu tortib tigʻkim,
Shahsuvori charx yuz qaytardi boʻlmay hamnabard.
Tez evur davrungda, ey soqiy, sipehroso qadah,
Barham urmasdin burun majlisni charxi tezgard.
Basdurur ul oyni koʻrgandin koʻngul titratmasi,
Ey Navoiy, chekmagil sen dagʻi har dam ohi sard.

121

Ey, yuzung ollida behol xirad,
Vasfin aylarda boʻlub lol xirad.
Chunki sen sekritibon tavsani husn,
Boʻlubon yoʻlida pomol xirad.
Vahki, sen tifldin oʻldi mabhut,
Uylakim piri kuhan sol xirad.
Ehtimom etti jununum sari ishq,
Nechakim ayladi ehmol xirad.
Ishq koʻyida mazallat cheksun,
Tilasa davlatu iqbol xirad.
Soqiyo, mayki meni vasvasadin,
Ayladi sheftaahvol xirad.
To fano saylida boʻlgʻay nobud,
Koʻrub ul javhari sayyol xirad.
Dayr piri mangavu mugʻbachalar
Necha ursa yuziga zomo xirad.
Yo rab, et ishq Navoiygʻa nasib,
Koʻnglidin lek burun ol xirad.

122

Koʻngul haroratin anglatdi ohi dardolud,
Uy ichra oʻt ekanin elga zohir ayladi dud.
Vujudum etti adam oqibat bu hayratkim,
Adamdek ogʻzi aro soʻz ne nav’ topti vujud.
Koʻzung shamoyilini nargis ar koʻra olmas,
Sanga ne fikr koʻzi chiqsun ulki, boʻldi hasud.
Dame haram nafasi, dayr qasdi aylarmen,
Ne yerda yuz qoʻyar oʻlsam yuzungdurur maqsud.
Koʻngulni yorgʻa bogʻlavu raf’ qil agʻyor
Ki, bordur ulki aning gʻayridur sarobu namud.
Malul oʻlubmen oʻzumdin, fano mayi tutqil
Ki, rangu atri vujudumni aylagay nobud.
Vagar sumursa Navoiygʻa yetkay andoq sukr
Ki, farq topmagʻay ollinda shohidu mashhud.

123

Zihe hajringda aylab bizni gʻam shod.
Xayoling xotiri gʻamginni ham shod.
Gʻamingni lahza-lahza yetkurursen,
Qilursen xotirimni dam-badam shod.
Qilur munglugʻ koʻngulni dogʻi ishqing
Gadodekkim, boʻlur topqach diram shod.
Agarchi bogʻ aro ozodadurlar,
Qadinggʻa bandadurlar sarvu shamshod.
Icharmen jomi may hijronda, garchi
Ki, boʻlmas may bila ahli alam shod.
Safoli dayr durdidin sevundum,
Ne tong qilsa gadoni jomi Jam shod.
Navoiy savti ishq ahlin qilur xush,
Tong ermas qilsa dard ahlin nagʻam shod.

124

Ishq aro rasvoligʻim elga berur Majnunni yod,
Uylakim aylar ani koʻrgan meni mahzunni yod.
Gʻam tunida mehnati hijroni afzundur manga,
Har qachonkim aylasam ul husni roʻzafzunni yod.
Qatra-qatra qon tomar ikki koʻzumdin shavqida,
Dam-badamkim qilsam ul ikki labi maygunni yod.
Lutfi yoʻqtin koʻngluma bevazn erur shamshodu sarv,
Oh tortib aylasam ul qomati mavzunni yod.
La’li jonbaxshing degan soʻzni eshitkan qilmagʻay
Obi hayvon birla bogʻlangʻan duri maknunni yod.
Har kishi noʻshi mayi la’lingdin ichsa jur’aye,
Qayda qilgʻay oʻzga neshi gardishi gardunni yod.
Chun azalda sarnavisht oʻlgʻanni koʻrmay chora yoʻq,
Har zamon aylab shikoyat qilma dahri dunni yod.
Azmi Bagʻdodu Buxoro aylagan ahbob uchun
Bersa tong yoʻq elga ashkim Dajlavu Jayhunni yod.
To Navoiyni junun dashtigʻa soldi ul pariy,
Hazl uchun ham qilmadi bir qatla ul majnunni yod.

125

Koʻngulda yuz bila xatting gar oʻt solur, gar dud,
Munavvar oʻt tushar ul uydavu muanbar dud.
Firoq kulbasida tortaram damodam oh,
Ne ayb tutsa bu vayronani sarosar dud.
Falak yuzundaki har sari dudi ohimdur,
Firoq ahligʻa bir shomi hajr erur har dud.
Xating quyosh kebi yuz uzra parvarish topti,
Ajab emastur agar boʻlsa shu’laparvar dud.
Ulus qabuliyu raddi bila ishim yoʻq, lek
Necha ul oy manga maqbul, men anga mardud.
Zamona bogʻi gulu sunbulini islamakim,
Dimogʻ ofatidur shu’la farz qil, gar dud.
Navoiy ohidin ul oyni yoshurung zinhor
Ki, xoʻblar tarafi mayl aylar aksar dud.

126

Zikring aylarda chekarmen har dam oh, ey sarvqad,
Uylakim, Qur’ongʻa notiq tortgʻay har lahza mad.
Vasli iqbolin xayol etkanda sen qayt, ey koʻngul
Kim, taxayyul birla qilgʻan ishka hojat yoʻq madad.
Yor hajru vaslini ne qilsa boʻlgʻay juz qabul,
Tengri bergan aysh yo mehnatni boʻlmas qilsa rad.
Husn gulzorida bir-bir jola yoqqan lutfi bor,
Qatra-qatra dur kebi xoʻy birla ul gulfom xad.
Qolmisham zulfu yuzung shavqida subhu shom, lek
Ul biri subhi azaldur, bu biri shomi abad.
Ne xirad, ne hush bizdin istangiz, ey ahli zuhd,
Ishq lol etkan kishida qaysi hushu ne xirad.
Ey Navoiy, vasl aro oʻltursam oʻzni, qilma ayb
Kim, emish muhlik kishi koʻrmak oʻz-oʻzindin hasad.

127

Senu firdavs ichida kavsaru hur, ey zohid,
Menu mayxona aro bodaki tutqay shohid.
Telba kenglum yer oʻpar yor qoshi ollinda,
Masti mehrob aro ul nav’ki boʻlgʻay sojid.
Ey koʻngul, har neki ishq ahlini man’ aylab eduk,
Koʻrgach ul oyni bori bizga-oʻq oʻldi oid.
Menmenu mugʻbachalar dayr ichinda vah netkay
Mundin oʻzga kishi butxonada boʻlsa obid.
Men gado mastu xarobot aro ilgimda safol,
Boqsa Jamshid bu iqbolima boʻlgʻay hosid.
Bilsa Farhod ila Majnun jaza’ etkaylar edi,
Ishq bedodidin ulcha manga boʻldi vorid.
Ey Navoiy, bu chaman ichra vafo istamakim,
Ul mato’ oʻldi bu bozorda behad kosid.

128

Ey, soching zanjirining savdosida majnun xirad,
Dam badam koʻprak pariydek husnungga maftun xirad.
Aqlim uchdi ayladim to kasb ishqing ilmini,
Garchi elga ilm kasbidin boʻlur afzun xirad.
Ey hakim, etma jununum aybkim, koʻrgach ani,
Toʻxtata olmas dimogʻi ichra Aflotun xirad.
Ey xiradmand, anglamassen holatin ushshoqning,
Ne uchunkim ishq tavrida erur Majnun xirad.
Ohkim, yetkach aning ishqi tamomin qildi mahv,
Garchi qildi pand ila koʻnglumni yuz afsun xirad.
Garmrav oshiqqa mardud oʻlsa, nosih, qilma ayb
Kim, keliptur ahli ishq ollida doim dun xirad.
Ey Navoiy, ishq ayogʻining nisori aylagum,
Sochsa har soat nasihatdin durri maknun xirad.

Zol Harfining Zulhayotlarining Zufununligʻi «Navodir»din

129

Qazo ne hukmki aylar jahongadur nofiz,
Jahonu bas demakim, insu jongʻadur nofiz.
Jahon aro baniy Odam netib xalos oʻlgʻay
Kim, ul maloyikayi osmongʻadur nofiz.
Nafozi hukm shahi komrondin elga boʻlur,
Ne hukm ul etsa, shahi komrongʻadur nofiz.
Agar yomonu agar yaxshi kimsa yoʻq ozod
Nedinki, buyrugʻi yaxshi-yomongʻadur nofiz.
Buzugʻ jahongʻa aning hukmi nofiz oʻlgʻandek,
Habib hukmi meni notavongʻadur nofiz.
Boʻyin qoʻyubmen agar tigʻi qatl surgungdur
Ki, amri dilbarining har qayongʻadur nofiz.
Navoiy aylasa har yon azimat andin erur
Ki, buyrugʻung meni bexonumongʻadur nofiz.

130

Qoʻnglum erur ul gʻunchayi serob ila multaz,
Ul nav’ki mast oʻlsa mayi nob ila multaz.
Lazzat topar ul shoʻx chuchuk jonim olurdin,
Atfoldek oʻlgʻan kebi jullob ila multaz.
Rangin labing ozurda koʻngul komidur, archi
Bemor emas sharbati unnob ila multaz.
Koʻnglum yuzu la’lingdin oʻzin ayladi behush
Kim, subh boʻlur xalq shakarxob ila multaz.
Sen bazmi nishot ichra mayi nob ich, ey shoʻx
Kim, bizni firoq ayladi xunob ila multaz.
Soqiy, qadahe tutqilu, ey turfa mugʻanniy,
Bazm ahlini qil bir necha mizrob ila multaz.
Koʻp ravza bila hurni koʻrguzma, yuz ochqil
Kim, xasta Navoiy emas asbob ila multaz.

131

Ey lablaring halovatidin jongʻa iltizoz,
Topqay yetishsa chashmayi hayvongʻa iltizoz.
Jon chunki lazzat aylar aning la’li yodidin,
Bersa ne tong halovati jonongʻa iltizoz.
La’lingni qilsa yaxshi-yomon orzu, ne tong,
Jondin boʻlur chu oqilu nodongʻa iltizoz.
Davron eliga lazzat agar boʻlsa, ne ajab,
Maydin chu bor ul ofati davrongʻa iltizoz.
Nutqung halovatini ne bilsun raqibkim,
Shirin hadisdin yetar insongʻa iltizoz.
La’ling himoyat etmasa ul yuz nazorasi,
Muhlik beripturur meni hayrongʻa iltizoz.
Singʻan safol ichinda Navoiygʻa bodadin,
Onchaki jomi Jam bila sultongʻa iltizoz.

Re Harfining Ra’nolarining Rustaxezi «Navodir»din

132

Zihe mazohir aro mehri orazingdin nur,
Quyoshtin uylaki zarrot xayli ichra zuhur.
Vujudung ayladi kavnu makon vujudin fosh,
Hamul sifatki quyosh qildi zarrani mashhur.
Xirad gar a’mo esa kunhi zoting ichra ne tong,
Quyoshni koʻrmasa xuffosh bordurur ma’zur.
Sening jamolingga gul koʻzgusida bulbul mast,
Sening zuhuring ila gul jamoligʻa magʻrur.
Yoʻq ersa gʻunchagʻa hifzing nechukki parda arus,
Arusi pardanishin yangligʻ oʻlmagʻay mastur.
Seni tnlab tunu kun baski aylabon taku poʻy,
Nafaslarini ola olmayin sabovu dabur.
Boqib sujud aro qoshinggʻa gabr, agar mu’min,
Tilab qadah aro aksingni mast, agar maxmur.
May ichra aksing aro sofchashgʻa ayshu nashot,
Qadahda nash’ang ila durdkashgʻa zavqu surur.
Chu sensiz oʻldi haram ichra porso, ne osigʻ,
Navoiy oʻlsa sening birla dayr aro, ne qusur.

133

Sarigʻ kogʻazmudurkim soʻzi hajrim ayladim tahrir
Va yoxud shu’la tushti safhagʻa ul soʻz etib ta’sir.
Magar havro sochin qildi qalamgun safhasin kogʻaz,
Qilurda sun’ naqqoshi nigorim suvratin tasvir.
Boqib dermen: shikoyat aylayin koʻrgach ani, qolmas
Koʻzumga tobi nazzora, tilimga quvvati taqrir.
Meni hajr ofatidin qutqaru qatlimgʻa ta’jil et,
Nedinkim, biymi ofat keldi ishta aylamak ta’xir.
Deding: vasl ichra taqsir etmayin ishqim qabul etsang,
Chu boʻldum oshiq, etting hajr asiri qilmading taqsir.
Junun xatti muhiti ichra markaz boʻlmagʻim ne sud
Ki, bu xat birla boʻlmas ul pariyni aylamak tasxir.
Soching kufri xud imonimni oldi, vah, ne aysh oʻlgʻay
Ki, ul zunnorni boʻynumgʻa bogʻlab qilsalar takfir.
Meni gar mugʻbacha dayri fano ichra asir etti,
Chu taqdir ersa, ey shayx, haramni qilgʻamen tagʻyir.
Navoiygʻa ne mumkin vaslikim, har tun bu fikr ichra
Ne tadbir etsa oxir ishqdin bori topar tagʻyir.

134

Koʻngul ichra gʻam kamligi asru gʻamdur,
Alam yoʻqlugʻi dagʻi qattiq alamdur.
Yema dardu anduhdin gʻamki, istab
Topilmas bu davr boʻlsa bu mugʻtanamdur.
Xush ul dardkim, yuzlanur lahza-lahza,
Xush ul gʻamki, xotir aro dam-badamdur.
Jahon ichra hamdard kam boʻlsa tong yoʻq
Ki, bedard koʻp, lek dard ahli kamdur.
Manga ishq dardi emas muhliku bas
Zamon dardi, ahli zamon dardi hamdur.
Xarobot aro, ey xush, ul rindi sarmast
Ki, ollinda olam vujudi adamdur.
Maqom etsa tufroq uza — taxti Jamshid,
Safoliki ul may ichar jomi Jamdur.
Qadah vajhi gar shayxdin hosil ermas,
Ne gʻam dayr piri chu sohibkaramdur.
Navoiy ichar boda ul shoʻx tutqach,
Necha garchi taqvo bila muttahamdur.

135

Rangsiz xoling jamoling xonida, ey siymbar,
Yo adasdur, yo yopushmish bir adas chogʻligʻ shakar.
Koʻrgach ohimni, gʻazabdinmu qizardi ul uzor,
Yoʻqsa ul humrat bu oʻtning tobidin boʻldi asar
Novaking jismimgʻa sonchilgʻach yetishti yuz balo,
Shox uza payvand qilgʻach munchakim topmish samar.
Men ul oygʻa mahv qolgʻach, tan aro paykonlarin
Chekkan ermish xalqu hayratdin manga boʻlmay xabar.
Ikki gavhardur qulogʻingda vayo qilmish sipehr
Oyning atrofida ikki sa’d kavkab jilvagar.
Charx zulmidin ne tong soʻgum sabuhiy vaqtikim,
Subh ham bu gʻussadin ynrtar yoqasin har sahar.
Ey Navoiy, hajr oʻtlugʻ dashti ichra angladim,
Anikim derlar saqardin qit’aye ermish safar.

136

Sening husnung mening ishqim ajoyib uns tutmishlar,
Magar bu shu’lani ul sham’ tobidin yorutmishlar.
Borib erdi iki kofir koʻzung qatlim uchun va’da,
Hamono ayni usruklukdin ul ishni unutmishlar.
Menu dardu balo, ey shodliq, borgʻilki, hajrinda
Meni gʻam tunlari bekasligim vaqti ovutmishlar.
Koʻngulda yaralarkim butmadi har nav’ marhamdin,
Labing noʻshi havosin istimo’ etkanda butmishlar.
Tama’ uzmak iki shirin labingdin mumkin ermaskim
Ki, to ul shahddin totmishmen ogʻzimni chuchutmishlar.
Sirishkim sayli ichra ishqu dardingdin zaif oʻldi,
Bu su ichra ul oʻtlar goʻyiyo jismim qurutmishlar.
Chu men bezormen itkan koʻnguldin demangiz, kelmish
Nega ul telbai rasvoni bu jonib yovutmishlar.
May ichkil, dagʻiy tutkil bevafovu mehrlar tarki,
Aningdekkim, alar mehru vafoning tarki tutmishlar.
Navoiy, may bila koʻnglumga oʻt solkim, zamon ahli
Sovugʻluq oncha qilmishlarki, koʻnglumni sovutmishlar.

137

Ham koʻzum tortar, hamul mezon bila koʻnglum solur,
Yo rab, ul kelgaymukim koʻz yorutub koʻnglum olur.
Tortsam koʻnglum futuri shiddatidin qattigʻ oh,
Dahr bogʻi sovrulub, aflok dagʻi qoʻzgʻalur.
Vahki, zaxmining isidin mayl ham qilmas iting,
Gʻussa tigʻidin nechakim zor jismim toʻgʻralur.
Toqatim gar qolmadi tortargʻa mehnat togʻini,
Ne ajab bu yukni gar aflok cheksa tavshalur.
Soʻzi hajring daf’i ham boʻlsa koʻngulda dogʻi bor,
Oʻt oʻchar, lekin asar yongʻan makon ichra qolur.
Bas toʻladur joming, ey soqiy, ilig titratmakim,
Men ichay andinki, toʻkkungdur ani gar chayqalur.
Ey Navoiy, ishq oʻtin koʻz yoshidin past aylaram,
Lek har dam ul quyosh yodi ichimga oʻt solur.

138

Tiyra shomim ichrakim barqi balolar chaqilur,
Har nafas ishq ajdahosi ogʻzidin oʻt sochilur.
Hajr dashtin, vah, netib qat’ aylayinkim, har tikav
Bosh chiqarur orqasidin chun kafimgʻa sanchilur.
Ishq aro pand etmakim ne sud, ey ahbobkim,
Har figʻonda band-bandim bir-biridin ayrilur.
Chun ilojim qilgʻali holim soʻrarsen, ey tabib,
Bu hikoyatni birovdin soʻrki oʻz holin bilur.
Togʻu vodiy ichra andoq sa’b holim borkim,
Koʻrsa gar Farhod, agar Majnunki yuz hayrat qilur.
Ne qoradur shomi hajrimkim yorumas shammaye,
Muncha oʻtkim, charx toqida damimdin chaqilur.
Nomadin mumkin emas, ey shoʻx, holim anglamoq,
Oʻrtanur kogʻaz, firoqim sharhi chunki yozilur.
Soqiyo, soʻzni uzatmay emdi tutkil bodakim,
Dostoni hajr qisqarmas nechakim aytilur.
Ey Navoiy, azmi dayr etkil tilar boʻlsang farogʻ
Kim, bu yangligʻ gavhar andoq kon ichinda topilur.

139

Kechakim zulfung xayoli koʻnglum ichra aylanur,
Tonggʻa tegru za’fliq jismim yilondek toʻlgʻanur.
Dargahingda bir zaif it birla men har kechakim
Gah tanin boshim, gahi boshi tanimni yastanur.
Ey pariy, majnun koʻngul soʻzidin oʻzni asrakim,
Barqi ohidin maloyikning qanoti churkanur.
Men kimu uyquki hijron shomi ohim suridin,
Desa boʻlgʻan soʻnggʻi uyqu eltkan el uygʻanur.
Gar zabun boʻlsam ajab ermaskn, tushsa ishq aro,
Ajdaholar xoksor oʻlmoq tariqin oʻrganur.
Otashin ruxsor ila kuydurma elni asrukim,
Sham’ yuz parvonani oʻrtar, oʻzi ham oʻrtanur.
Sarvqadlar jilvasi tong yoʻq Navoiy ohidin,
Doimo ashjor yel tahriki birla tebranur.

140

Firoq isitmasi andoq tanimdin oʻt chiqarur
Ki, gar tabib iligim tutsa, barmogʻi qabarur.
Emas bu chashmayi xurshidkim, ul oy gʻamida
Koʻrub sipehr yomon holatin koʻzi yosharur.
Sirishk kasratidin gar koʻzum oqarsa ne gʻam,
Gʻaming tunida chu yuz qatla har zamon qorarur.
Chekarmen ohim oʻtin hajr dardidin har shom,
Sipehr soriki, muncha nujum sham’i yorur.
Desangki, hajr yukin tortqil, ne choram bor
Ki, Qof togʻini xas uzra qoʻysalar koʻtarur.
Iqomat istama bu manzil ichrakim, har kun
Musofir anda nechakim kelur yuz oncha borur.
Navoiy ohki, topmas visoldin xabare,
Xayol elchisini garchi yuz sari yuborur.

141

Koʻngul uyida yuzung naqshin aylaman tasvir
Ki, dudi ohim ila rangi topmagʻay tagʻyir.
Bu naz’ doirani ishqing orasida xol,
Magarki hindu erurkim, pariy qilur tasxir.
Magar su obi hayot erdi, yel Masih dami,
Chu tiynatingni qazo ilgi ayladi taxmir.
Ne toshki, otsa, yaram chokidin ichimga solib,
Buzugʻ koʻngulni tilarmanki, aylasam ta’mir.


Chu keldi muhtasib, ey soqiy, aylagil meni mast
Ki, qilmagʻay asar ul damki, aylagay ta’zir.
Ne kelsa ollinga koʻp qilma daf’igʻa koʻshish
Ki, jiddu jahd ila tagʻyir topmadi taqdir.
Navoiy oʻpti yuzungni tushida lutf aylab,
Degilki, ne ekin aning bu tushiga ta’bir.

142

Yetti jon ogʻzimakim chiqmas uyidin ul hur,
Chiqmagʻan jongʻa umid, ushbu masaldur mashhur.
Oy yuzung ayladi burqa’ qasabin yuz pora,
Soldi har porasidin yerga yuzung partavi nur.
Nafasing hashr kuni nashr boʻlur olam aro,
Bir nafasda nega yoʻqsa tirilur ahli qubur?
Ishqning quvvati birla chekaram hijronni,
Yoʻqsa bir moʻrgʻa yoʻq togʻni chekmak maqdur.
Chun azal qismatin el komi bila qilmadilar,
Ishqdin tutsa boʻlur bizni xaloyiq ma’zur.
Tuz koʻngulga basaru nutqi parokanda ne bok,
Tilu koʻz gʻaybatidin gʻoyib emas ahli huzur.
Bir nafas umrgʻa boʻlmas mutaahhid boʻlmoq,
Ey Navoiy, ne balo gʻofil erur ahli gʻurur.

143

Junun salosilida boʻldi jismi zor haqir,
Soʻngak xilolki boʻynigʻa taqdilar zanjir.
Figʻoni zorima rahm etti turfa ishdurkim,
Pariyni ayladi majnun fusun bila tasxir.
Ne tong ketursa manga ishq har dam oʻzgacha hol
Ki, shu’la vaz’i aro dam-badam erur tagʻyir.
Xating savodi aro ojiz oʻldi ahli qalam
Ki, yozdi kilki qazo birla kotibi taqdir.
Gar etsa jonni tama’ uldurur hayoti abad
Qabul qilmasa, oʻlmaktin oʻzga yoʻq tadbir.
Sen oʻzlugung butin avval ushatqil, ey zohid,
Hamisha dayri fano ahlin etkucha takfir.
Navoiy andoq emish mastkim, xabar yoʻq anga
Ki, muhtasib ani koʻy ichra aylamish ta’zir.

144

Chun meni majnun boshin atfol toshi sindurur,
Oh oʻti joʻlida sochimdin anga kiz kundurur.
Ahli dillar chehra ochdi, yor ochmang diydakim,
Har kishi ul yuzga koʻz oldurdi koʻnglin oldurur.
Koʻrgach ul yuzni boshimgʻa urdi yuz tigʻi balo,
Koʻrki, chiqqur koʻz boshimgʻa ne balolar kelturur.
Koʻzda asrabmen bagʻir qonin tilar boʻlsang xino,
Surtsam koʻzni ayogʻinggʻa hamul dam bilgurur.
Bul-ajab yigʻlar jununum ichra koʻrkim, xalqni
Ishq bir dam yigʻlatur holimgʻa, bir dam kuldurur.
Navbahori husndin topma fireb, ey shoʻxkim,
Charx davri navbahor oʻtmay xazonin yetkurur.
Ey Navoiy, hajr anduhida mast oʻl zinhor
Kim, koʻnguldin gʻamni bir dam zoyil etkan maydurur.

145

Qaysi toʻbiy jilvasi sarvi xiromoningcha bor?
Qaysi kavsarning zuloli obi hayvoningcha bor?
Gʻunchada gul bargidek til, joladek tish dogʻi yoʻq,
Desa boʻlgʻaymu anikim la’li xandoningcha bor?
Qayda sunbuldin nasim eskach, kirar jismimgʻa ruh
Kim, degaymen anikim zulfi parishoningcha bor?
Aylamas koʻz mardumi hargiz quyosh ichra vatan,
Ani dey olmanki xoli anbarafshoningcha bor.
Novak ochmas gar tushar jon rishtasi ichra girih,
Demak ani boʻlmagʻaykim noʻgi mujgoningcha bor.
Demakim, koʻnglungga qoʻygʻum zulm ila dogʻi ajal,
Sen gumon qilma anikim dogʻi hijroningcha bor.
Ey koʻngul, qoningni istarsen tobonigʻa xino,
Koʻzlarim xunobi rangi ham sening qoningcha bor.
Urma himmat lofini ollingda bu toqi sipehr,
Faqr koʻyinda agar oʻz kunji vayroningcha bor.
Ey Navoiy, istasang davr ahli zulmidin xalos,
Ul fano dashtigʻa gomu bora olgʻaningcha bor.

146

Suda yuzungmu aksi yo chashma aro pariymudur?
Chashmayi mehr ichinda yo. lam’ayi mushtariymudur?
Koʻyi bihishti jovidon, oʻzi bihisht ichinda hur,
Qomatu la’li anglaman, toʻbiyu kavsariymudur?
Jismim aro yangi tugan har sarimu koʻrindi yo
Har biri ishq avjining muxtariq axtarimudur?
Uyga hanuz kirmayin dinima tushti yuz xalal,
Buki kelur, koʻr, ey koʻngul, ul buti ozariymudur?
Kuygan ichimda bodadin ishq oʻti boʻldi shu’lazan,
Poralari bagʻirning ul shu’laning axgarimudur?
Jomi jahonnamoyini vasf koʻp etting, ey rafiq,
Mehri munir jomi yo maykada sogʻarimudur?
Eyki Navoiy, ulfati ravzagʻa yoʻqturur deding,
Asru taajjub aylama, Mirgʻaniyn Hirimudur?

147

La’ling oyo ne ajab rangindur,
Soʻzi aning ne balo shirindur.
Ham qoshing taqvovu toatqa balo,
Ham koʻzung ofati aqlu dindur.
Hulla ichra badaningkim koʻrunur,
Goʻyo gulbarg aro nasrindur.
Qatlu tirguzmak erur oyining,
Olloh-olloh sanga ne oyindur?!
Soqiyo, hajrida tutqil manga may
Kim, bu sudin oʻtuma taskindur.
Mayu vasl ahliki bu davr ichra,
Bizga xunobi jigar ta’yindur.
Hajring ayyomi Navoiy tinmas,
Bir koʻrunub anga koʻnglin tindur.

148

Dilbaro, sendin bu gʻamkim, menda bordur, kimda bor?
Furqatingdin bu alamkim, menda bordur, kimda bor?
Mazrayi ayshim koʻkarmaydur samumi ohdin,
Yoʻqsa yoshdin muncha namkim, menda bordur, kimda bor?
Qoʻyma minnatkim, yuzumdek pok yuz hech kimda yoʻq,
Buyla ishqi pok hamkim, menda bordur, kimda bor?
Baxt ul oy qasrigʻa qoʻymas, yoʻqsa dudi ohdin
Bu kamandi xam-baxamkim, menda bordur, kimda bor?
Qalbi roʻyandud ila bay’ etsa vaslin, ey koʻngul,
Dogʻdin muncha diramkim, menda bordur, kimda bor?
Bor ekin vobastayi tavfiq yoʻqsa, ey rafiq,
Bu qadar shavqi haramkim menda bordur, kimda bor?
Ey Navoiy, garchi jurmum koʻpturur, leknn bu nav’
Xusravi sohibkaramkim, menda bordur, kimda bor?

149

Gul yuzung hajrida chiqsa oʻtlugʻ ohim gohlar,
Koʻkta gulnorin bulutlardek kezar ul ohlar.
Ul buti zarrinkamar ishqida to bel bogʻladim,
Za’f aro mendin qamishlardur nishon, bal kohlar.
Ul yuz ollida quyosh yuzluglar oʻlmish husn aro
Uylakim boʻlgʻay quyosh boʻlgʻanda toli’ mohlar.
Nola tortarmen qachon otlansa ul sultoni husn,
Yoʻq ajab chekmak nafir oʻlgʻanda rokib shohlar.
Koʻyi sori bordi koʻnglum, balki ashku oh ham,
Vahki, qolib men, azimat qildilar hamrohlar.
Istasang uygʻonmoq ul bedorlar hamsuhbati
Kim, bu gʻaflatni magar daf’ aylagay ogohlar.
Ey Navoiy, pora-pora boʻlsa koʻnglung yaxshidur
Kim, taraddudsiz olishqaylar ani dilxohlar.

150

Kufrdin zunnorlar gar turrasi tobinda bor,
Kirpigidin dagʻi saflar qoshi mehrobinda bor.
Bir kajakdur tortibon jam’ etkali el koʻnglini,
Qaysi purxamkim, parishon zulfi qullobinda bor.
Terda ul yuz tobidin, lol oʻlsa tong yoʻq bogʻbon,
Qayda mundoq oʻt aning gulbargi serobinda bor.
Dema la’li oʻlturur tirguzmas elni, ey Masih
Kim, bu kayfiyat ham aning bodaiy nobinda bor.
Nechakim jonbaxshliq la’ling shakarxandidadur,
Oncha jon olmoq dagʻi ul koʻz shakarxobinda bor.
Ishq mulkida tilarsen naqdi jon zulm aylabon,
Sogʻinursenkim magar ul ishq arbobinda bor.
Ey Navoiy, gar lisoni hol eshitmaysen, eshit
Kim, ajab holat bizing sozanda mizrobinda bor.

151

Oshkoro yuz tugan garchi tani zorimda bor,
Oncha yuz dogʻi nihoniy joni bemorimda bor.
Istading koʻnglum ilojin aylayin deb, ey tabib,
Menda yoʻq ulkim tilarsen, lek dildorimda bor.
Novaki gʻamzanggʻa paykon istasang, ey qoshi yo,
Kelki, andin benihoyat jismi afgorimda bor.
Yuz boʻgʻun ermas soʻngakdin rishtayi jonim aro,
Iqdi zulfungdin tuganlardurki, bu torimda bor.
Javrlarkim qildi ul kofir unutmaydur koʻngul
Kim, hisobidin girihlardurki, zunnorimda bor.
Xirqavu sajjodani may rahni qilsam ne ajab
Kim, asar maxmurlugʻdin shoʻxi xammorimda bor.
Gar Navoiyni qilib rad, nazmin istar shukrkim,
Menda gar yoʻqtur qabul, oshufta guftorimda bor.

152

Xattu yuzung hajrida koʻzkim, bulut monandidur,
Chashmayi sabz ul biri bu bir guliston bandidur.
Qildi yuz parkand hajring tigʻidin bagʻrimni ishq,
Itlaringning har biri ogʻzida bir parkandidur.
Javr qilsang qil, meni bore eshikdin surmagil
Kim, koʻngulga vasl had yoʻq mehnating xursandidur.
Ishq ila paykonlari ichra balokash koʻngluma,
Yoʻq tafovutkim shararlar shu’laning farzandidur.
Oʻqlaringgʻa yuqti bagʻrim qonimu, ey qoshi yo,
Yoʻqsa anda zeb uchun har yon baqam payvandidur.
Charxkim, har subh el qatligʻa aylar zahrxand,
Bu aning shirin tabassum birla shakkarxandidur.
Ey Navoiy, demakim koʻnglungga qilmish qasdi jon
Kim, mening koʻnglum aning jon birla hojatmandidur.

153

Koʻksumni chunki qildi labing hajri yaralar,
Har yara qon kebi oqizur la’lporalar.
Boshtin-oyoq junun ila oʻldum, gar istasang,
Bu yerda xorlar topilur anda xoralar.
Gulrez edi yuzung gʻamidin hajr tunlari
Oh oʻtidinki, har sori sochtim sharoralar.
Usruk koʻzung qoshida emas kirpik oʻqlari,
Bir mast hindu ollida ermish katoralar.
Oʻldi yuzung nazorasidin xalq, voykim,
Oʻlturdi bizni dagʻi el etkan nazoralar.
Yozgʻurma, ey faqihki, yoʻl bermas onchakim,
Chiqmoqqa dayrdin qiluram istixoralar.
Bechoraligʻ tut emdi Navoiyki boʻlmadi,
Dardimgʻa har nechaki tabib etti choralar.

154

Quyosh yuzinda xating sabzasigʻa maskandur,
Bu vajhdindur agar rangi sabz ravshandur.
Koʻngulda oncha oʻqungdin ukuldi paykonkim,
Boshoq bila bu balo mazraida xirmandur.
Qilib itobki, dushmanlarimgʻa boʻldung doʻst,
Alarki doʻstlarim erdi, emdi dushmandur.
Uzun firoq tuni barqidin netib kuymay
Ki, ajdaho xasim ustiga shu’laafkandur.
Koʻngul ne nav’ balo toshidin omon topqay,
Figor jismim uyi ravzan uzra ravzandur.
Koʻngulni raz qizining suhbati bilan sof et
Ki, dahr zoli ajab hiylasozu purfandur.
Navoiy oʻldi pariyroʻylar havosidakim,
Deduk xiradligʻu ul asru telba erkandur.

155

Qilgʻali azmi safar ulkim manga dilxohdur,
Ogah oʻz holimdin ermasmen, xudo ogohdur.
Men chu hajridin chekib yuz mehnat oʻldum, vah, ne sud,
Buki shaydo koʻnglumu jonim anga hamrohdur.
Ey nasimi vasl esib jonimni jonon sari elt
Kim, firoqing za’fidin andoqki bargi kohdur.
Demang, ul oy uzra solmish soya bir mushkin bulut,
Goʻyiyo men torthan hajrida dudi ohdur.
Har nafas oʻrdu sari koʻnglum qushi aylar havo
Kim, olib ketkan koʻngulni bir mahi xirgohdur.
Anglagʻil ahbob qadrinkim bular boʻlmay ne naf’,
Gar senga aflok avji uzra taxtu johdur.
Ey Navoiy, bejihat yor etsa hijron ixtiyor,
Soʻz demak boʻlmas nedinkim sen gado, ul shohdur.

156

Sarv uza gul ochtikim, qad uzra ruxsorim budur,
Jongʻa nutq oʻrgatdikim, la’l ichra guftorim budur.
Yuz jafo, ming shoʻxluq koʻrguzsa haddim qayda bor
Kim, desam bir qatlakim shoʻxi jafokorim budur.
Sabr ila shovqumni aylay arz, mehmon boʻlsa yor,
Ishq iqbolida naylaykim, yoʻqu borim budur.
Garchi men nobud boʻldum, eyki majnun suvratin
Safhada qilding raqam, bilkim namudorim budur.
Piri dayru xonaqah shanxiki yozdi ruq’alar,
Nomayi iqbolim uldur, xatti idborim budur.
Murshidekim, maxlasim kufri tariqatdin tilar,
Oʻzlugumning rishtasin uzdegki, zunnorim budur.
Ey Navoiy, istasam zulfin parishon, qilma ayb,
Naylayin sarmoyayi baxti siyahkorim budur.

157

Chiqmasa jonon gʻamu anduhdin, jonim chiqar,
Zavqdin ul dam kirar jonimki, jononim chiqar.
Maqdamidin bogʻ oʻlur ham dashtu ham koʻy andakim,
Jilva aylab bogʻdin sarvi xiromonim chiqar.
Titrangiz, ey ahli din, islomingiz boshigʻakim,
Gʻorati din etkali ul nomusulmonim chiqar.
Koʻzda ermas furqatidin ashki gulgun qatrasi,
Balki koʻzdin ham bagʻir zaxmi kebi qonim chiqar.
Zaxm aro qolgʻan boshoq jonimgʻa yetmish, ey rafiq,
Rahm etib tengri uchun chek dagʻi paykonim chiqar.
Charx agar faryodu afgʻonimgʻa yetmas, ayb emas
Kim, aning bedodidin faryodu afgʻonim chiqar.
Soqiyo, ol bir qadah birla Navoiy koʻnglini
Kim, bukun derlarki, sarxush koʻnglum olgʻanim chiqar.

158

Sham’ ul oy hajrida tun kuymagim ogohidur,
Dudi ermaskim mening holimgʻa oʻtluq ohidur.
Chiqti jon roziy eman koʻyungga borgʻay, negakim
Har qayon azm etsa, dardu gʻam aning hamrohidur.
Gar samanding gardidin qolman ne tongkim, bordur ul
Kahraboyekim, bu xasdek jism bargi kohedur.
Bir mahi xirgahnishin koʻnglumni olmish, ey rafiq,
Yoʻq ajab gar xasta koʻnglum nolasi xirgohimdur.
Yor koʻngli istamish koʻnglumga surmak tigʻi kin,
Har ne dilxohi aning men telbaning dilxohidur.
Misri izzat istabon zindoni gʻamdin qochmakim,
Mohi Kan’on taxtigʻa bois mazallat chohidur.
Ey Navoiy, men xud asrabmen gʻami ishqin nihon,
Aylabon zohir koʻngulning nolai jonkohidur.

159

Toza sarve bogʻ aro, derlarki, noz ogʻoz etar,
Har dam ani koʻrgali koʻnglum qushi parvoz etar.
Nozining ovozasi oʻlturdi, oh, ul vaqtdin
Kim, ani koʻz birla koʻrsamkim, ne yangligʻ noz etar.
Koʻrmay andoq zormenkim, rashk oʻti aylar halok,
Gar koʻngul jonimni ishqi sirrida hamroz etar.
Ozu koʻp demay gʻidosi ayladim, bilman, hanuz,
Kim jafomu koʻp etar, yoxud vafomu oz etar.
Qilgʻamen damsozligʻ hajrida ming yil jon bila,
Anglasamkim, vaslida bir dam meni damsoz etar.
Koʻz bila jon pardasin koʻnglum muhayyo ayladi,
Goʻyiyo qoʻygʻach qadam kulbamgʻa poyandoz etar.
Charx mehru kiynasidin ne aziz oʻl, ne zalil,
Nechakim gohe seni izlolu gah e’zoz etar.
Dayr pirining muridimenki, har yon qilsa azm,
Rindlardin may koʻtarmakka meni mumtoz etar.
Ey Navoiy, istiqomat yoʻq chu davron tab’ida,
Gʻam yema gar goh mehru, goh sitam ogʻoz etar.

160

Ul oʻtlugʻ chehragʻa zarbaft xil’at ne yarashibdur,
Magar xil’atqa ul yuz lam’asidin oʻt tutashibdur.
Falakning borgohigʻa koʻmoch oʻlmish quyosh jirmi,
Anga ohim sutundek dudi mundoqkim ulashibdur.
Maloyik qushlari gʻam shomi qoʻzgʻalmoq tong ermaskim,
Yetibdur koʻkka yuz ohim xadangi, balki oshibdur.
Balo dashti aro yuz ming oʻluktur onda qotil ishq,
Xirad magʻlub xayli birla goʻyokim savoshibdur.
Labingdin jon topay deb, koʻp talashti hajr aro koʻnglum,
Oʻlar holatda ul bemordekkim jon talashibdur.
Qadahqa boda taryokini quy toshquncha, ey soqiy
Ki, gʻam zahri bila jomim toʻluptur, balki toshibdur.
Navoiy gar labi yodi bila qon yutdi, jon tutdi,
Tabibo, bilki, bu sharbat anga behad yarashibdur.

161

Lojuvardiy qoshing uzra zarvaraq tobonmudur?
Yo magar koʻk toqi uzra anjumi raxshonmudur?
Zulfimu ohim yelidin sovurur olamgʻa mushk,
Yo sabo tahrikidin sunbul abirafshonmudur?
Xoʻy chakon orazmudur, yo husni bandi zulf aro,
Yuz asir oʻlgʻan koʻngullar holigʻa giryonmudur?
Zarvaraqdin shu’lalardur har taraf ruxsorigʻa,
Yo ul oʻtlugʻ yuzda har yon bir koʻngul soʻzonmudur?
Hajri zolim shomi kavkabdinmu giryondur manga
Yo aning subhi gʻarib ahvolima xandonmudur?
Eyki, mayli jannat etmassen mening koʻnglum kebi,
Notavon koʻnglung birov koʻyida sargardonmudur?
Boʻldi qaddi yo Navoiyning, yuzi chun zarvaraq,
Lojuvardiy qoshing uzra zarvaraq tobonmudur?

162

Ul quyoshtin ayru oʻrtangan ichimda qaygʻudur,
Koʻngul ichra su kebi qon koʻz aro qondek sudur.
Tishlaringni sogʻinib koʻp yigʻlarimdin koʻz yoshim
Bir-biri keynicha andoqkim tizilgan injudur.
Koʻz yoshim ichra yorugʻ koʻnglum qorongʻu boʻlgʻali
Tong emas, nevchunki ul yoshlargʻa tushkan koʻzgudur.
Ul tugankim telbarab itkan koʻngulga oʻrtadim,
Qay sari borsa ul oyning qullugʻigʻa bilgurur.
Koʻzuma kelmas ochuq kelganda ul yuz ollima,
Oncha yaxshi anglamas koʻzkim, quyoshqa oʻtrudur.
Qaygʻu oʻlturdi meni, tutqil ayoqchi toʻstagʻon
Kim, chogʻir qaygʻuni oʻlturmakka achchigʻ ogʻudur.
Deb eding, olgʻum Navoiy koʻnglin, olgʻach oʻrtading,
Yaxshilar olmoq yomonlar koʻnglini mundoqmudur.

163

Dud yangligʻ dema, koʻnglum ohi dardoludidur
Kim, koʻngul uzra tugan qoʻygʻan fatilam dudidur.
Abri hasrat yomgʻiriyu tiyriboroni fano,
Kisvati mavtu halokim xirqa toru pudidur.
Dard naqshin qildi har dogʻim uza sultoni ishq,
Ul diramlarning bu goʻyo sikkayi behbudidur.
Ishqning savdosi jonimgʻa ziyondur demakim,
Har kishi mundoq ziyon ishq ichra qilsa sudidur.
Xoʻblar koʻyida istigʻno yelidin har gʻubor
Kim, qoʻpar bir notavonning jismi gʻamfarsudidur.
Javhari jonim olib tut jur’aye, ey mugʻbacha
Kim, bu naqd ahli fanoning budiyu nobudidur.
Der Navoiy boʻlsa mugʻ dayrida mastu jomachok
Kim, tiriglikdin bu sultonligʻ aning maqsudidur.

164

Koʻk binafshazorini anjum chu nargiszor etar,
Nargising birla binafshang hajri koʻnglum zor etar.
Chun Zuhal toli’ boʻlur xoling xayoli fitnadin,
Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar.
Jilva qilgʻach Mushtariy, koʻzni uzoring yodidin
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar.
Chun chiqar Bahromi qotil, koʻzlaring andishasi
Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar.
Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham,
Bu musibat koʻzuma yorugʻ jahonni tor etar.
Zuhra holimgʻa surudin navhagʻa anlab badal,
Changining sochin yonib, durri sirishk izhor etar.
Oʻlmagim anglab Utorid holima deb marsiya,
Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar.
Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro,
Orazin silli bila ahli azokirdor etar.
Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini,
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar.
Rostligʻ uldurki yetkach ul quyosh rahm aylagay,
Ulcha ahvolimgʻa har tun charxi kajraftor etar.
Ey Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim,
Joningga javru jafosin har nechakim bor etar.

165

Netib tuz etay qadkim, jismimda shikanlardur,
Naylab tuz uray damkim, bagʻrimda tikanlardur.
Tirnogʻ ila xatlarkim ruxsorim uza chektim,
Yuz bogʻida gullardin har sari chamanlardur.
Yuz yoptiyu jon oldi, ochqanda ravon oldi,
Oʻlturgali oshiqni bilman bu ne fanlardur.
Zulfungda tugun ermas, koʻyungda gʻubor ermas,
Aftoda koʻngullardur, farsuda badanlardur.
Yuz ahd ila mahvashlar koʻnglumni olib, emdi
Qatl ayladilar asru bad’ahd ekanlardur.
Mayxonada har sari bir mastki, bosh qoʻymish,
Kirpichlari goʻyokim jonlargʻa vatanlardur.
Jismida Navoiyning har momuq ila marham,
Bir necha oʻqung zaxmi bir necha tuganlardur.

166

Yuzungdek qamar yoʻqtur, qadingdek shajar yoʻqtur,
Shajar boʻlsa ham anda, labingdek samar yoʻqtur.
Koʻzum ashkining rudi oqar tezu tund andoq
Ki, gar uyqu koʻz sari kelur ham guzar yoʻqtur.
Otin tutsalar nogoh ketar uyla hushumkim,
Badan ichra ruhumdin, degaysen, asar yoʻqtur.
Koʻngul soʻrgʻali keldi, tabibo, muni bilkim,
Ul ovoradin sendek manga ham xabar yoʻqtur.
Yoʻlungga nisor ashkim, agar oz erur gar koʻp,
Itinggʻa gʻizo koʻnglum, agar bor, agar yoʻqtur.
Bu gulshanda, ey dehqon, necha ozmun ettim,
Vafo naxli ekkanga bajuz gʻussa bar yoʻqtur.
Navoiy firoqingdin aningdek zaif oʻldi
Ki, oʻrnida el boqsa degaylar magar yoʻqtur.

167

Ul savodi xatmudur yo sabzayi jannatmudur?
Yo quyosh uzra yozilgʻan oyati rahmatmudur?
Buki sensiz kuydurur jonimni bilman yaxshikim,
Yuz tomugʻning oʻtimu yo shu’lani furqatmudur?
Eyki dersen lablarimdin hojating nedur, degil
Men — susiz, ul chashmayi hayvon demak hojatmudur?
Demakim ne erkin ul oyning quyoshqa nisbati,
Bir-biriga ikkisin oʻxshatqucha nisbatmudur?
Qaddini koʻrgach ham oʻldum, ham tirildim ollida,
Rost gar dersen qiyomat de ani qomatmudur?
Da’viyi himmat qilib ulkim tilar olamda joh,
Qilmoq oluda najosatqa oʻzin himmatmudur?
Gar Navoiy mehnati hijronda oʻldi ayb emas,
Yuz tuman muhlik balo degil ani mehnatmudur?

168

Koʻzung sarfitnayi olam tushuptur,
Qoshingdek bir yangi oy kam tushuptur.
Sepibsenmu gulob ul yuzga yoxud
Guli suriy uza shabnam tushuptur.
Koʻngullar zaxmidin solib chekarga,
Magar qoshing uchigʻa xam tushuptur.
Labing hajrinda bagʻrimdin borur qon,
Magar ul zaxmdin marham tushuptur.
Emas yeldinki sayri bogʻ etarda
Ayogʻinggʻa suman gul ham tushuptur.
Iting singʻan safolida may ichsam,
Ne tong ilgimga jomi Jam tushuptur.
Navoiyni qovub istar raqibin,
Gado mahrumu it mahram tushuptur.

169

Yana hamdamim shu'layi gʻam boʻluptur,
Gʻamim shu’lasi jongʻa hamdam boʻluptur.
Koʻngul pardasi ustida dogʻi ishqing,
Bu tugʻro uza naqshi xotam boʻluptur.
Qilib xoki koʻyungni balchiq sirishkim,
Tutashqan yalang tangʻa marham boʻluptur.
Netib kuymayinkim gʻaming kovkovi
Yetibtur, koʻngul uyi barham boʻluptur.
Toʻluptur koʻngul ishqing oʻqidin andoq
Ki, koʻp oʻq dagʻi oʻqqa muhkam boʻluptur.
Tutub bir qadah anglat, ey dayr piri
Ki, bu korgah sirri mubham boʻluptur.
Navoiygʻa rahm aylagil, ey pariyvash
Kim, ul telba rasvoyi olam boʻluptur.

170

Furqat ichra sharbati la’ling visoli kam boʻlur,
Garchi derlar: talx daryoda chuchuk su ham boʻlur.
Zulfu ruxsoring gʻami ne tong buzugʻ koʻnglum aro,
Ajdaho gar boʻlsa vayron ichra, mahzan ham boʻlur.
Koʻksuma otsang bir oʻq, ot yona bir yonindakim,
Ul dagʻi koʻnglumni shod aylar, bu ham muhkam boʻlur.
Ul pariy ishqin maloyikdin yoshursam ne ajab,
Dardi yoʻqlar dard ahligʻa qachon mahram boʻlur.
Ohu ashkimdin shikoyat koʻp qilur hamsoyakim,
Dud ravzandin kirar uyning binosi nam boʻlur.
Gar egilsa qomatim ishqing yukidin, qilma ayb
Kim, sipehr uzra bu ogʻir yukni qoʻysang xam boʻlur.
Olam ahlidinkim, ul oyni Navoiy tanladi,
Bilmadikim ishqidin ovorayi olam boʻlur.

171

Oʻtlugʻ yuzidin ul oykim burqain oliptur,
Kofirligʻin koʻrungkim, mushafqa oʻt soliptur.
Gʻam yoʻqki, koʻyi gardin koʻzlardin oh uchurdi
Kim, ashk balchiq etkan bir goʻshada qoliptur.
Sabrim sipohu hayli kirpiklari safidin,
Qoʻrgach koʻzi qorasin, har sari qoʻzgʻaliptur.
Koʻhi gʻamini koʻnglum chekkanda koʻrmadi ranj,
Hajring gʻami yukining ostida tavshaliptur.
Islomu, aqlu dinim naqdini soʻrmangizkim,
May vajhigʻa bu bori dayr ichra saygʻaliptur.
Noyu nafir unidin magʻrur boʻlma, ey shah,
Kim bu navoni tuzgan koʻsi fano chaliptur.
Ul gul payomini yel dey olmas, ey Navoiy,
Yoʻl poʻyasidin aning bagʻri magar toliptur.

172

Qachonkim bodanoʻshum may icharga iztirob aylar,
Burunroqkim, oʻzin mast aylagay, bizni xarob aylar.
Guli ruxsorini may shabnami aylab taru toza,
Latofatda quyoshning chashmasin beobutob aylar.
Meni gʻamgin qayon gom urmogʻim gʻam dashtida soʻrmang,
Quyunni kimsa anglarmuki, qay sari shitob aylar.
Tilib bagʻrimni ishqing tigʻi hajring oʻqigʻa tevrab,
Gʻamim bazmi uchun koʻnglum oʻti ichra kabob aylar.
Har ohim dudikim, koʻk sari azm aylar, ani ishqing
Balo selobi kelturmak uchun mushkin sahob aylar.
Degil umrum quyoshi hajri shomida boʻlur gʻorat,
Qachonkim orazing xurshidi zulfungdin niqob aylar.
Mazohirdin jamoling mehri gar zohirdurur tong yoʻq,
Qachon zarrot xayli man’i nuri oftob aylar.
Qulimen dayr piriningki, pinhon ishqim anglabtur,
Agarchi mugʻbacha hamdamligʻimdin ijtinob aylar.
Navoiy, xonaqah doʻzaxcha bordur, shayx anga molik,
Ne tong gar andagʻi elga nasihatdin azob aylar.

173

Har gahki qadahnoʻshum mayli mayi nob aylar,
Mujgon oʻqigʻa shishlab bagʻrimni kabob aylar.
Hajrim tuni bedodin anglar kishikim, har tun
To subh birov yodi jonigʻa azob aylar.
Kech kelmagidin oʻlsam jononning emas tongkim,
Ul umr darang aylar, bu umr shitob aylar.
Betob koʻngullardin qon oqsa ajab ermas,
Mashshota aning zulfin bu nav’ki tob aylar.
Hay qatralari yuzdin la’linggʻa boʻlub moyil,
Jonim uchun ul maygʻa mamzuj gulob aylar.
Bu dayrda ayb etma, gar masti xarob oʻlsam
Kim, har ne imoratdur, dahr ani xarob aylar.
Mast ayla Navoiyni, anglay der esang komin,
Vasling tama’in hushyor aylarga hijob aylar.

174

Jongʻa yoʻq koʻnglumdinu koʻnglumga yoʻq jondin xabar,
Menga ne oʻzdin xabar, ne koʻnglum olgʻandin xabar.
Uyla masti nozdur ul shoʻxkim bilmas oʻzin,
Ne ajab gar yoʻq anga men zori hayrondin xabar.
Voizo, doʻzax oʻti dogʻin oʻgarsen angladim
Kim, senga yoʻqtur hamono dogʻi hijrondin xabar.
Garchi qosid labzi jonafzo edi, lekin meni
Qildi jondin bexabar, gar qildi jonondin xabar.
Uyla mahvung boʻlgʻan ermishmenki, boʻlmaydur manga
Zaxm aro paykonlaringni tortib olgʻandin xabar.
Soqiyo, davr ahli javri sa’b erur, mast et meni
Ul sufatkim, boʻlmagʻay oʻlguncha davrondin xabar.
Ey Navoiy, shoh lutfidin koʻngulni jam’ tut,
Gar parishon kelsa bok ermas Xurosondin xabar.

175

Qosidekim yetkurur koʻnglumga jonondin xabar,
Uyladurkim bergay oʻlgan jismgʻa jondin xabar.
Dema hajrimdin xabarsizmu ekansenkim, menga
Bor edi oʻlmaktin, ammo yoʻq edi andin xabar.
Ne ajab ochilsa koʻr oʻlgʻan koʻzum Ya’qubdek
Kim, nasimi subh berdi mohi Kan’ondin xabar.
Shodmen goʻyo firoq ayyomi boʻldi murtafi’
Kim, habibim kelmagiga yetti har yondin xabar.
Ohu ashkimdin xabarsiz boʻlmang, ey olam eli
Kim, berurlar ul biri sarsar, bu toʻfondin xabar.
Soqiyo, quy davr ayogʻin, oʻylakim noʻsh aylasam,
To qiyomat topmagʻaymen ahli davrondin xabar.
Ey Navoiy, tong yoʻq oʻlsamkim, oʻtuptur necha kun
Kim, menga yoʻq ne koʻngul, ne koʻnglum olgʻandin xabar.

176

Quydi koʻngulki, qolmadi ashkda qonidin asar,
Qon demayinki, koʻzda ham ashki ravonidin asar.
Hush asari yoʻq erdi gar elga koʻngul figʻonidin,
Ohki, qolmamish aning emdi figʻonidin asar.
Boshigʻa, ey Masih, yet xastangniki qolmamish
Jonda hayotidin ramaq, jismda jonidin asar.
Yuz quyosh oʻlsa ketmagay yer yuzidin qorongʻuluq,
Qirsa jahon aro koʻngul hajri zamonidin asar.
Boʻlgʻay ulus aro ul oʻt birla qiyomat oshkor,
Boʻlsa bu joni zorning ohi nihonidin asar.
Gum boʻl agar visolning tolibisenki, topmagʻay
Kimki fano yoʻlidadur nomu nishonidin asar.
Bordi, Navoiyo, aning koʻyiga yaraligʻ koʻngul,
Koʻrgil agar inonmasang yoʻl uza qonidin asar.

177

Bizga jahon bogʻidin ul sarvi gulandom yetar,
Ul chu yetar soyayi sarvu mayi gulfom yetar.
Bazm bu nav’ oʻldi esa nuqli hadisin demakim,
Gʻuncha bila nargisidin shakkaru bodom yetar.
Din ulusi qatli uchun kufr eli hojat emas,
Ey falak, ish gar budur ul ofati islom yetar.
Har nafas, ey ishq, aning dardi oʻtin koʻngluma yoq,
Boʻlsa bu marham chu aning ranjigʻa orom yetar.
Noʻshi visoling bila ahbobni qil komravo
Kim, menga darding mayi xunobasidin kom yetar.
Togʻ kebi tort qanoat etagi ichra oyogʻ,
Davri falakdin senga bir qurs agar shom yetar.
Oʻtti koʻp ayyomu Navoiygʻa ishing fitna edi,
Muncha-oʻq, oʻlgʻay sitam, ey fitnayi ayyom, yetar.

178

Yori birla boda ichkan noʻshi jondurkim, ichar,
Yorsiz noʻsh ichsa rangin boda qondurkim, ichar.
Har kishikim bazmida soqiy erur noʻshinlabe,
Javridin gar qon ichar, la’li ravondurkim, ichar.
Xizr umriyu Skandar mulki topqan yorsiz,
Obi hayvon ichsa, zahr begumondurkim, ichar.
Hajr aro bexud boʻlay deb koʻnglum istar jomi may,
Demangizkim, soqiy ul nomehribondurkim, ichar.
Ey sabo, gʻavgʻodurur bogʻ ichravu mahrummen,
Goʻyiyo mahramlari birla falondurkim ichar.
Xonaqahda boda ichkan emin ermas shayxdin
Kim, fano dayridadur dorul-omondurkim, ichar.
Ey Navoiy, har dam ar qon ichsa koʻnglum qilma ayb,
Bodayi la’lidin ul oyning nishondurkim, ichar.

179

Koʻngluma hajringda jannat gulshani zindon erur,
Koʻzuma sensiz gulafshon bogʻ xorafshon erur.
Daf’a-daf’a gul sochilmaydur gulafshon bogʻida
Kim, mening gulgun yoshimdin qatra-qatra qon erur.
Bahru togʻ etmang gumonkim, ul biri koʻzumga yosh,
Bu biri koʻnglumga dardu mehnati hijron erur.
Dema bir damda bulut koʻkni ne nav’aylar nihon
Kim, bu mushkil dudi ohim ollida oson erur.
Buki har yon chaqilur barqu gʻirev aylar bulut,
Koʻngluma ul shu’la ohu bu biri afgʻon erur.
Yoʻqki, turmas bir zamon yomgʻurki, bir oy hajridin,
Ashkbor ikki koʻzum selobidin toʻfon erur.
Aqlingiz bor esa qilmang yor hajrin ixtiyor
Kim, bu ishni ulki qildi men kebi nodon erur.
Kim mayi vasl ichtikim, hijron xumorin chekmadi,
Xorsiz gul dahr bogʻi ichra ne imkon erur.
Doʻstlar, qilmang Navoiygʻa nasihatkim bu kun
Hajr dardidin bagʻoyat besaru somon erur.

180

Toʻrt rangi muxtalifdin hullakim, jonon kiyar
Toʻrt unsur kisvatidur goʻyiyokim jon kiyar.
Oʻzbakiy gulnori toʻndin kuydum, ammo oʻlturur,
Lemuyiy terlik aning ostidakim, jonon kiyar.
Ikki yonimni shikof aylapturur bu rashkkim,
Ikki yonidin shikofin bogʻlamay qapton kiyar.
Gul bila savsan katon yangligʻ boʻlur mahtob aro,
Koʻnglaki gulgun yelak chun savsaniy katton kiyar.
Oraz uzra shoʻxluqdinmu yopar sanjobini,
Yoʻqsa sanjobi bulutdurkim mahi tobon kiyar.
Har chubulgʻan toridur sarrishtayi izzu sharaf,
Eski sholekim, fano koʻyida bir uryon kiyar.
Gar Navoiy jandasin shoh oldi, tong yoʻq, chunki ishq,
Poku begʻashdur gadoning kisvatin sulton kiyar.

181

Kimki aning bir malaksiymo pariyvash yori bor,
Odamin boʻlsa, pariy birla malakdin ori bor.
Kecha ulkim chirmanur bir gul bila ne tong, agar
Gʻunchadek har subh oʻlub xandon nashot izhori bor.
Yoʻq ajab bulbulgʻa gul shavqidin oʻlmoq zorkim,
Pardin-oʻq jismigʻa sanchilgʻan adadsiz xori bor.
Belingu la’ling xayoloti bila koʻnglum erur,
Ankabutekim aning jon rishtasidin tori bor.
Sunbuli zulfi agar oshuftadur, ayb etmakim,
Gul yuzida yotqan ikki nozanin bemori bor.
Aylab oʻzni mastu bexud chiqmasun mayxonadin,
Kimki, mendek davr elidin koʻnglida ozori bor.
Ey Navoiy, yor uzar boʻlsa muhabbat rishtasin,
Kelmas oʻlsa ul sening sari, sen aning sari bor.

182

Yuz olman yoʻlidin qatlimgʻa chun tashrif yor eltur,
Namoz ichra oʻlumluk maks etardin roʻzgor eltur.
Qachonkim masti loya’qil chiqar, vahkim, anga berman
Koʻngulni ixtiyorim birla ul beixtiyor eltur.
Itiga tu’ma darboyist boʻlgʻay deb qayon borsa,
Koʻngul saydini fitrokiga anlab ustuvor eltur.
Mening majnunlugʻumni ul pariy ishqida man’ etmang
Ki, aqli kulli savdo dashtigʻa devonavor eltur.
Shabistoningda anjum mahramu kun boʻlgʻali mahrum,
Bu gul-gul ochilib har kecha ul bir xor-xor eltur.
Nasimi subh xayli sunbuli zulfungni tarqatqach,
Savodi tuncha mushki sudadin har yon gʻubor eltur.
Yuzu zulfung tilab bogʻ ichra ohim otashin guldin,
Uzar yafrogʻlar oʻtdin dud andoqkim sharor eltur.
Meni mayxonagʻa bording debon yozgʻurma, ey zohid
Ki, usruk shahnadek ulyon qazo ilgi tutar eltur.
Qazo narrodi koʻk tosinda oy-kun ka’bataynidin,
Dushash naqshi bila el naqdi umrin beshumor eltur.
Navoiy qatligʻa chun va’da qilding, vafo qilkim,
Yoʻlungda telmurub umredururkim intizor eltur.

183

Sarigʻ libos aro ul noʻshlabki, xandondur,
Erur Masihki, xurshid ichinda pinhondur.
Libosu jism ila ul gul’uzor koʻrguzdi,
Xazon ichida bahoreki aql hayrondur.
Libosi oʻt kebi asfar, tani hayot suyi,
Ajoyib oʻtki, arosinda obi hayvondur.
Oʻshul dur orzusidinki, zarvaraq kiymish,
Yuzumnung oltunida durri ashk gʻaltondur.
Firoq dashtidagʻi lolalar sarigʻ butmish,
Magarki dogʻlari barcha dogʻi hijrondur.
Yuz ul etakdin agar olmasam ne tongki, somon
Chu qahrabogʻa yetar, qoʻymogʻi ne imkondur.
Sarigʻ yuzumdek etib subh oʻzin sogʻindikim,
Sovugʻ nafas bila mehrin yoshurmoq osondur.
Navoiygʻa berur el pandu ul muni derkim,
Sarigʻ libosi falon shoʻxning ne chaspondur.

184

Xasta koʻnglumningki, zulfung shomida oromi bor,
Boʻlsa beorom tong ermaski, muhlik shomi bor.
Roʻzgori mendek oʻlsa tiyra, subh ermas ajab,
Bir quyosh hijronidin ulkim qarongʻu shomi bor.
Ul pariy tong yoʻq maloyik qushlarin sayd aylamak,
Yel havogʻa uylakim oshufta qilgʻan domi bor.
Qaddu andomim ushaldi jilvasidin, doʻstlar,
Vah, ne dilkash qomatu ne dilfireb andomi bor.
Har kishikim nomu benang oʻlsa, kirsun dayr aro,
Xonaqah tutsun gʻanimat, ulki nangu nomi bor.
Ogʻzigʻa olmas tahuro sharbatin, ey mugʻbacha,
Har kishikim bodayi la’li labingdin komi bor.
Telba deb qovma yalang koʻrsang Navoiy jismini,
Ne uchunkim Ka’bayi koʻyung sari ehromi bor.

185

Koʻngul koʻzlar yoʻlin tutmoqqa hajringda shitob aylar,
Birin tutquncha birning sayli olamni xarob aylar.
Qazo tashbih etarga orazinggʻa charx bogʻidin,
Agarchi oʻxshamas bir-ikki gulni intixob aylar.
Ul oy hajri shikanjida tanobi zulfi yodidin,
Falak oʻz davri hanjori bila jismimni tob aylar.
Koʻkarturga muhabbat dashtin ashkim yamgʻuri birla,
Har ohim dudidin koʻk bir bahoroyin sahob aylar.
Koʻngulga hajr zaxmikim urub oʻzdin yiroq solding,
Boʻgʻuzlab tashlagʻan qushdek toʻkub qon, iztirob aylar.
Ketur, ey hurvash soqiy, mayi kavsar zulolidek
Ki, doʻzaxdek xumori hajr jonimgʻa azob aylar.
Qulimen dayr piriningki, jurmum behisob oʻlsa,
Hisob etmas, vale ehsonu lutfin behisob aylar.
Erur kosib habibulloh vale qilgʻan fano kasbi,
Yoʻq ul kosibki, dunyo molu johin iktisob aylar.
May ichra gʻarqadurmen to boshimda may havosidur,
Qani rindki may uzra tamoshoyi hubob aylar.
Sanga maqsud agar haqdur, ulustin kechki, bu yoʻlda
Topar maqsudin ulkim mosivodin ijtinob aylar.
Navoiy ul koʻzu labning xarobidur, ajab ermas,
Agar mast oʻlgʻali har dam havoyi la’li nob aylar.

186

To dayr ichinda mugʻbachalardin nishonadur,
Ey piri dayr, boshimu bu ostonadur.
Oʻzdin borib figʻonim emas tongki, dayr aro,
Har sari boqsa zamzamayi bexudonadur.
Gah piri dayr bois erur, goh mugʻbacha,
Yoʻq-yoʻqki, boda komimu ul-bu bahonadur.
Dayr ichra yoʻq safol ila oltun qadahda farq,
Shohu gado teng oʻldi ajab korxonadur.
Asrori vahdat ista xarobot piridin
Kim, shayx va’zu pandi fusunu fasonadur.
Gar koʻnglum ichra soqiyu may oʻrt solmamish,
Har lahza ohidin bu ne oʻtluq zabonadur.
Ul umr bir zamonligʻ erur, istama vafo,
Afgʻonki, ul ham uylaki ahli zamonadur.
Koʻzdin sochildi ashku koʻngul oʻti berdi bar,
Ul nav’ oʻt chiqardi ajab tavr donadur.
Otashgah etti kufr eli koʻnglum uyini magar
Kim, umr oʻtti oʻchmay ul oʻt anda yonadur.
Istar Navoiy oʻzni mayu ishqdin xalos,
Moni’ valek soqnyu jomi mugʻonadur.

187

To turrasi torinda har sari tugunlardur,
Za’f ichra soʻngaklardin har sari boʻgʻunlardur.
Daryovu bulut ermaskim, oh ila ashkimdin,
Ham yer yuzida koʻllar, ham koʻkta tutunlardur.


Shak yoʻqki, yorutqaysen kulbamdagʻi zulmatni,
Hajringda manga, ey on, bilsangki, ne tunlardur.
Ovoravu sargardon ishq ahligʻa boq har yon
Kim, vodiyi dard ichra ne nav’ quyunlardur.
Boʻrk oʻrnida bosh eltur, naqd oʻrnigʻa jon olur,
Atfoli gʻaming ichra bas turfa oʻyunlardur.
Jismimda tuganlarni ayb aylama, ey zohid
Kim, sabr iligi tikkan xirqamda yurunlardur.
Ichkanda Navoiy may dayr ahligʻa sur oʻlmish,
Solgʻil quloq, ey nosih, ul yonki ne unlardur.

188

Koʻz qonidin dema, etagim lolavordur
Kim, koʻhi dardning etagi lolazordur.
Har lola bir axgar erur, lek siynasoʻz,
Qay koʻhi dard aro bu sifat lola bordur.
Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila
Yuz za’faroni ichra koʻzum lolakordur.
Ey poymol etarlar uzub dashtu togʻ aro,
Baskim, yuzung guli qoshida lola xordur.
Qon ichra gʻarq bagʻrim aro dogʻu dasht uza,
Bekasligim chogʻida manga lola yordur.
Soqiy, ketur surohiy ila lolagun qadah,
Xossa bu damki subh yeli lolabordur.
Tegramda ohdinki erur, ey Navoiy, oʻt,
Koʻz qonidin dema, etagim lolavordur.

189

Harorat jonima ul otashin la’li axgarindindur,
Anga taskin ham ul yuz ravzasining kavsarindindur.
Sochingning tiyra shomidin yuzung subhida yoʻl topmoq,
Banogoʻshungdagʻi durri shabafroʻz axtarindindur.
Tahuro bodasi derlar erur jonbaxshu ruhafzo,
Magarkim choshniy ul maygʻa la’ling sogʻarindindur.
Shabiston subhi davlatdin yorugʻroq boʻlsa tong ermas
Ki, partav anda ul ruxsor sham’i anvarindindur.
Yuzung ochqach shamimi lutf olam ichra butratding,
Magar bu atr ul oʻt uzra xoling anbarindindur.
Bahor ayyomini besh kun gʻanimat angla, ey bulbul
Kim, muncha soʻzu tobing otashin gul mijmarindindur,
Navoiy, qilmagʻil bas nazm birla durfishonligʻkim,
Maoniy bikrigʻa zevar hadising gavharindindur.

190

Ikki koʻzumki dardu balo joʻyboridur,
Ohim buxoriy ustida abri bahoriydur.
Ushshoq tiyra axtari har yon shafaq aro,
Goʻyo sipehr sabzasining lolazoridur.
Bilmay deding uzulmish ekan subhayi aqiq,
La’ling gʻamida qon kebi ashkim qatoridur.
Gʻam gulshanida qaddim erur ul yagʻochkim,
Paykonu bori hajring aning bargu boridur.
Har kimki Yusufum gʻamidin oʻldi dasht aro,
Har tun magar boʻri koʻzi sham’i mazoridur.
Bu dasht tufrogʻin dema mushkinki, har ovuch
Bir mushkboʻ gʻizola tani xoksoridur.
Bergil tutub piyola Navoiygʻa ruhkim,
Jonin yeturgan ogʻzigʻa la’ling xumoridur.

191

Jonda ishqing boʻlgʻusi, to tanda jon boʻlgʻusidur.
Tanda jondek jon aro ishqing nihon boʻlgʻusidur.
To tirikturmen ichiga jola tushkan gʻunchadek,
Xasta koʻnglum durri ishqinggʻa makon boʻlgʻusidur
Dardu ishqing dogʻi ul soatki oʻlsam jon aro
Jonning ikki nuqtasi yangligʻ nishon boʻlgʻusidur.
Qildi ashkimni shafaqgun hajr bepoyon tuni,
Xullasin chek tongning, ey gardunki, qon boʻlgʻusidur.
Ul Masih anfosi jonbaxshu labi hayvon suyi,
Olloh-olloh, necha jonim notavon boʻlgʻusidur.
Mehr sham’i dudidin qissamni yoz, ey charxkim,
Ziynati avroqing ushbu doston boʻlgʻusidur.
Oʻqidin koʻnglung qachongʻa tegru zaxm oʻlgʻay demang,
To bu qush boʻlgʻusidur, ul oshyon boʻlgʻusidur.
Gul qulogʻin chun ogʻir qilmish kirib shabnam suyi,
Necha, ey bulbul, ishing doim figʻon boʻlgʻusidur.
Ey Navoiy, koʻkka tegru dardi ohimdin shikanj,
Yetkali ul oygʻa goʻyo nardbon boʻlgʻusidur.

192

Donayi ashkimki, yogʻmogʻligʻ bila afsonadur,
Tuxmi mehrin ekmak uchun ham yogʻin ham donadur.
Ishq komil boʻlsa, ma’shuq argʻuvonhad boʻlmasun,
Qahrabo sham’igʻa harkahbarg bir parvonadur.
Shishadek koʻnglumki, toʻlmish bodayi hajring bila,
Goʻyiyokim oʻlmagim uchun toʻla paymonadur.
Ishq atfoli koʻrub kogʻazda Majnun suvratin,
Qildilar gʻavgʻo, gumon aylabki bu devonadur.
Dahrning begonavash zoligʻa boʻlma oshno
Kim, seni to oshno etti oʻzi begonadur.
Ul sanam koʻyida kunduzgum kecha soyir koʻngul,
Shapparedurkim anga kunduz maqar butxonadur.
Ey Navoiy, mujibi sargashtalik ermish junun,
Ichkali bu mayni har soat boshim aylanadur.

193

Markab ermaskim sabo mandonda gardangiz erur,
Rokib ermas, bargi guldurkim, sabodin tez erur.
Tashladi har yon ulus jonini sargardon qilib,
Girdbodi fitna goʻyokim gʻuborangiz erur.
Na’l emas ravshan hilole el koʻzin yorutqali,
Poʻyada har sari shabrangiga dastovez erur.
Rokibu markab yuzu a’zosidin termu oqar,
Yo bulut durbor oʻlub, xurshid anjumrez erur.
Bodayi gulgun keturkim, shomi hijron men kebi,
Yuz tuman Farhodni past aylagan Shabdez erur.
Oshiqib terlab ilojimgʻa yetishting, ey Masih,
Ne ajab gar sharbati la’ling gulob omez erur.
Gar yana mast otlanib koʻnglakcha javlon qilmadi,
Bas quloq sol shahr sarikim, ne rustoxez erur?
Hiyla ojizligʻdin aylar oshiq, angla, ey koʻngul
Kim, zabunroq ishq aro Farhoddin Parvez erur.
Ey Navoiy, yor agar mayxoradur yuz qatla shukr
Kim, emassen porsovu xasta ne parhez erur.

194

Ne loʻliyvashdur ul qotilki, qon toʻkmakkadur yaksar
Qiyo boqmoqlari poki itik, mujgonlari-nishtar.
Yuzidinkim xijildur gul, parishon har taraf kokul,
Sochib gulbarg uza sunbul, toʻkub kofur uza anbar.
Yugurmaklikda har gunbadi sekrir ul mahi gulxad,
Guli mehr oldarar behad uyolur gunbadi axzar.
Chu la’b asbobini tuzdi, salomat rishtasin uzdi,
Qamardek hola koʻrguzdi, uzori davridin chambar.
Libosi nozi chaspondur, gahe tuz qaddi chavgondur,
Zamone goʻyi gʻaltondur, zihi chobuk, zihe dilbar.
Boshigʻa siym oʻlub parron, tushub girdigʻa anjumson,
Tulu’ etkan kebi har yon, qamar atrofida axtar,
Toʻkub qon nishi gʻam birla, ochib maydon sitam birla,
Olib tablu alam birla, koʻngullar kishvarin yaksar.
Junun sham’in qilib ravshan, koʻngulga telbalikdur fan,
Pariydek boʻlgʻali parranda, ul shoʻxi pariypaykar.
Navoiy boʻldi loʻliyvashki, kelmish anga loʻliy xush,
Qani bir jomi loʻliykashki, loʻliy tutsa bir sogʻar.
Tama’ qilma falakdin komkim, xanjar qilur oshom
Yangi oy shaklidin har shom ul loʻliyi boziygar.

195

Menda bir oʻtdurki, gar dam ursam aflok oʻrtanur,
Asrasam koʻnglumda jonu jismi gʻamnok oʻrtanur.
Mehr emas ohim oʻtidnn koʻkka yetmish bir sharar,
Ayb emastur gar desam, dam ursam aflok oʻrtanur.
Bas tanim oʻrtarga qonligʻ novaking, hijronni qoʻy,
Barq ne hojat, bir uchqun birla xoshok oʻrtanur.
Sham’ oʻti mohiyatin anglay degan parvonadek,
Orazing mehrini fahm aylarda idrok oʻrtanur.
Ishq aro koʻnglum necha tolpinsa, ortar shu’lasi,
Oʻtqa tushkan telba qilgʻan soyi topok oʻrtanur.
Ashk yub jismim kuduratdin, qurutmish oh oʻti,
Lam’aye tushgach uzoring barqidin pok oʻrtanur.
Ey Navoiy, chun rutabdek otashin la’li aro
Xasta koʻnglum tushti, tong yoʻq, gar boʻlub xok oʻrtanur.

196

Bu toza tugankim gʻamidin koʻnglum oradur,
Koʻnglum qushi gʻam dashti aro bagʻri qoradur.
Jismim aro paykoning emas har sari, goʻyo
Har goʻshada yomgʻur suyi gʻam togʻi oradur.
To bogʻi halokimda ne gullarki ochilgʻay,
Zaxmim dogʻi qon su kebi tinmayki boradur.
Jonimni chiqarmoqqa agar yoʻl yasamas ishq,
Gʻam tigʻi nedin har sari koʻksumnn yoradur.
Gʻam shomi demang subhki koʻk sham’in oʻchirgan,
Ashkim suyidur ulki yiroqtin oqaradur.
Kir vodiyi ishq ichra yengilrakki, bu yoʻlda
Oʻzluk yukini tashlamogʻan asru horadur.
Mayxona Navoiygʻayu zohidgʻa iki kavn
Kim, anga gʻaraz ikki sarodin bu sarodur.

197

Orazing husnin fuzun qilgʻan hiloliy qosh erur,
Yoxud ul oy sham’ini yorutqali minqosh erur.
Koʻz yoshim durri yatimin mahrami ishq aylaman,
Har nechakim pok gavhardur valekin yosh erur.
Oncha yogʻdurdi balo toshin tanimgʻa ishqkim,
Yuz ming el ishq ahli gar koʻksiga ursa tosh erur.
Hoʻblar la’li xayolotin pishirmaktur ishim,
Shu’laliq koʻnglum bu sogʻarlargʻa goʻyo dosh erur.
Qoldi avval togʻ aro Farhodu Majnun dasht aro.
Ishq yoʻlinda manga ikki ajab yoʻldosh erur.
Ul Masih anfosi tarso saydidur koʻnglum qushi
Kim, malak dayri ravoqi kunjida xuffosh erur.
Chun ogʻiz ochti Navoiy koʻngli har yon zaxmidin,
Ne ajab gar yoshurun dardi el ichra fosh erur.

198

Telba koʻnglumga xirad ahli maoshi qaydadur,
Telbaga roʻziy bajuz atfol toshi qaydadur.
Subhu shomim sa’b ekanni bilgay ulkim, bilmagay
Kim, kecha oyi qayon, kunduz quyoshi qaydadur.
Ul koʻzu qoshi qoragʻa oyni tashbih aylamang,
Oyning ofatligʻ koʻzi, purfitna qoshi qaydadur.
Betahoshiy jon olur deb koʻp meni qoʻrqutmangiz,
Jon berurda menda ham bori tahoshiy qaydadur.
Gar quyosh hajrida tun yuzinda anjum ashki bor,
Mendek ul gul hajrida gulrang yoshi qaydadur.
Dahr gulzorida gul ishqigʻa bulbulning uni,
Gar biyik boʻlgʻay figʻonimdek xaroshi qaydadur.
Koʻyida itlar uzushtilar Navoiy xastani
Kim, emas zohirki, jismi qayda, boshi qaydadur.

Ze Harfining Zebolarining Ziynati «Navodir»din

199

Ey jalolu rahmatingdin gar zalilu, gar muazzaz,
Safhayi kavnayn oʻlub oting tarozidin mutarraz.
Yuz bu olamcha yaratmoq qudrating ollinda joiz,
Sadyakin ijod qilmoq oʻzgalarga yoʻq mujavvaz.
Muncha xil’at maxzani in’omu tashrifingdin oʻldi.
Charxu togʻu bahrgʻa atlas vagar xoro vagar xaz.
San’ating sabbogʻidin koʻk zoli kiygan hullayi moviy,
Hoshiya boʻlgʻan shafaqdin zayligʻa rangi gul gaz.
Ofarinishni ihota aylabon andoq vujudung
Kim, muhit ul doira koʻk nuqtadekkim boʻlsa markaz.
Bogʻbongʻa chun gʻino aylab nasib ehsoning ilgi,
Xoʻsha-xoʻsha gah zumurad, goh la’li nob osib raz.
Nafs xor etmish Navoiyni, aziz et faqr birla,
Ey jalolu rahmatingdin gar zalilu gar muazzaz.

200

Sarv yangligʻ jilva qilsang noz ila, ey sarvinoz,
Jonlar etkaylar ayogʻinggʻa fido ahli niyoz.
Tanda har na’l ichra bir til shakli zohir ayladim.
Der uchun jismim gʻami ishqingda har til birla roz.
Nuri ruxsoring koʻngulni qildi su, vah, koʻrmaduk,
Sham’ tobi uylakim andin lagan topqay gudoz.
Ul sanamkim, qasri atrofida el bosh qoʻydilar,
Ka’badekdurkim qilurlar barcha saridin namoz.
Yo sipand et yuz oʻtigʻa koʻzlarimning mardumin,
Yo yuzungni yopib ayla el koʻzidin ihtiroz.
Ishq agar komildurur ma’shuqni mahkum etar,
Boʻlmayin Mahmud, boʻlmoq istama yoring Ayoz.
Gar Navoiy yigʻlasa, ishqing majoziydur dema
Kim, nazar pok aylagach, ayni haqiqatdur majoz.

201

Shahsuvorim tavsani aylarmu oyo poʻya tez,
Yo quyosh turki falak raxshin qiliptur garmxez.
Ul shihob ermaski maydoni aro goʻy oʻlgʻali,
Sa’d kavkablar tushar yerga qilib koʻktin gurez.
Gardligʻ chavgon xamida axtar oʻlgʻan uylakim,
Goʻyi gʻabgʻab davrida chavgon zulfi mushkbez.
Markabi ter qatrasi birlaki haryon sochilur,
Bir sahobi durfnshondur yer yuziga qatrarez.
Goʻyi chavgon zarbidin tutmoq bila har dam havo
Biym erurkim shishayi gardunni qilgʻay rez-rez.
Soqiyo, may berki bu davron aro goʻy urdi ul
Kim, falak chavgoni birla qilmadi mardum sitez.
Goʻy uchun indi kavokib gardidin yer tutti avj,
Ey Navoiy, voqif oʻl goʻyoki boʻldi rustaxez.

202

Qush keturdi nomangu, koʻnglumni qildi shu’laxez,
Ayladi goʻyo qanotining yeli bu oʻtni tez.
Zor tandin ming tugan solmish qora, oʻlsam ne tong,
Gulbuni umrumgʻa bu yangligʻki boʻlmish bargrez.
Sarsari hajringki sovurdi kulumni, yoʻqturur —
Ishq ila dard ahligʻa mundoq nasimi mushkbez.
Eyki dersen chiqmamish ul masti kofir qatl uchun,
Bas nedin islom aro bu nav’ tushmish rustaxez.
Gar salomat istasang nekim yetar taslim boʻl
Kim, sitez ahligʻadur andin yetar koʻproq sitez.
Istama mendin damodam boda ichmak, ey rafiq
Kim, nashotim sogʻarin gʻam toshi etmish rez-rez.
Ey Navoiy, chun zaruratdur bu maskandin rahil,
Xoh tutqil goʻshaye, xohiy jahon mulkini kez.

203

Sovugʻ ohimdin oʻlsang betahammul koʻzga keltur yuz
Ki, anda ablaq etmishmen murattab tegrasi qunduz.
Yurak qoni sirishkim birla koʻzdin chiqti gʻam shomi,
Kecha daryoda rahbarlik qilur sohil sari yulduz.
Qachongʻa tegru sarvu nargisu gul jilva qilgʻaylar
Chaman ichra xiromon qad bila koʻz ochu yuz koʻrguz.
Raqibu vasl noʻshi, menu hijron nishi, vah, rahm et,
Ani ham gah-gahe oʻltur, meni ham gah-gahe tirguz.
Qorongʻu chahda Yusufsen, yorugʻ gulshan aro tong yoʻq,
Boʻlurlar jilvagar doim qamar aqshom, quyosh kunduz.
Agar sen hamdamim boʻlsang ikovlik yaxshidur, yoʻqsa
Abad umri agar topsam oʻzumni istaram yolgʻuz.
Girih sarrishtayi vaslinggʻa har dam istamas boʻlsang,
Taalluq rishtasin ahli jahon birla jahondin uz.
Dame bazmim tuzuk, ayshim zulolin istaram sofiy,
Mugʻanniy sen dagʻi tuz rudu soqiy, sen dagʻi may suz.
Navoiy sevdi bir loʻliyni kezdeg rub’i maskunda,
Agar arlot, agar barlos, agar tarxon, agar sulduz.

204

Chu noma chirmadim yozib yuzung shavqida shoʻrangez,
Damimdin oʻt tushib bir boshigʻa qildi ani gulrez.
Oʻtum gar lahza-lahza tezdur ermas ajabkim, bor
Samanding tez ayogʻidinki sekrir shu’la andin tez.
Och ul gulrang orazniki andoq, hech suvratda,
Qazo naqqoshi ne chehrakushoy oʻlmish, ne rangomez.
Chiqib sarxush, chopib abrash kirar maydongʻa ul mahvash,
Ajab ermas agar tushsa bori olamgʻa rustahez.
Malak xayli boʻlur devona koʻrgach ul pariyvashni,
Meni majnungʻa shayxi bexirad talqin qilur parhez.
Erur mazlumu zolim qatli ishq ollida koʻp oson,
Agar Farhod oʻldi, qatl topmay qoldimu Parvez?!
Agar jon pardasi kirpiklaringdin boʻldi parvezan,
Bu ham xushturki, ruxsoring xayolidin erur gulbez.
Meni xilvatdin, ey zuhd ahli, mugʻ dayri sari boshlang
Ki, behad xushhavodur kup terilgan gunbadu dahlez.

205

Bas ettim ashkfishonligʻ chu zohir etting yuz,
Nechukki mehr koʻringach, nihon boʻlur yulduz.
Jafogʻa qoʻptungu tushti oyogʻinga zulfung,
Nechukki, soya zamoneki, mehr turgʻay tuz.
Mugʻanniyo, necha ohangi hajr, vah, bir ham
Visol torish birkit, firoq rishtasin uz.
Gʻarib tiyradurur bazmi aysh, ey soqiy,
Qadah quyoshin olib boda lam’asin koʻrguz.
Falakni sogʻar etib tut, vale bu shart bila
Ki, tomsa toʻqqizu oqsa, ichur menga oʻttuz.
Harif boʻlmasa, zinhor maygʻa soʻnma ilig
Ki, zahrdur, kishikim bodani ichar yolgʻuz.
Navoiy atlasi gardundin etsa maypolo,
Chu dayr durdkashimen demangki, bodani suz.

206

Chun qoʻyarmen ul jahon oroyishi bazmigʻa yuz,
Aysh bazmin, soqiyo, bogʻi Jahonoroda tuz.
Sarvda yoʻq gul kebi ruxsoru gulda koʻzu qosh,
Husn aro, ey gul’uzori, sarvqadsen sen toʻkuz.
Tigʻ agar cheksang surar yerning dagʻi yaqini bor,
Yolgʻuz ermas iltimosi qatl agar cheksam boʻgʻuz.
Telbadur nokas raqibing, qatl erur vojib anga,
Mundin oʻzga yoʻq iloji itkim, ul boʻlgʻay qutuz.
May uchun zuhdum ridosin ol garav, ey piri dayr,
Dema naylay, chun xarobot ahli ichsa boda suz.
Chun yeti qat yerga kirgung oqibat, holo ne sud,
Gar sipehr ajnosidin olinggʻa tortarlar toʻquz.
Vahki, to bir koʻrdi ul yuzni Navoiy, ey rafiq,
Sabri yuzdin birga keldi, shavqi boʻldi birga yuz.

207

Motam oʻz holimgʻadurkim, oʻlturur ul rahmsiz,
Tiyra idborim palosidin koʻrung boʻynumda kiz.
Ul pariy birla ikov qochsaq xaloyiq topmagʻay
Kim, uchar ul, za’fdin paydo emastur menda iz.
Vahki, yuz ochqach ul otash pora ragʻmimgʻa mening,
Elga andoq soldi oʻtkim, chiqti mendin jizu biz.
Koʻz qorasin yusa ashkim bahrining mavji ne tong,
Charxdin anjumni yur koʻlak urgʻach bu tengiz.
Nukta durriyu kamar la’li erur bas turfakim,
Bel anga ma’lum emas, ma’lum erurkim yoʻq ogʻiz.
Chiqti koʻnglum saydi ollidin agarchi yara yeb,
Qovsa nogah ozmasun, ey ishq, aning qonin tomiz.
Qilma raz farzandini koʻp hamdamu damsozkim,
Pardadardur asru bu shohidvashu makkora qiz.
Jism ayvonida xattu naqsh ila zeb istasang,
Chek fano xattiniyu benaqshliq naqshini siz.
Ey Navoiy, topti bedillar xabar oʻz koʻnglidin,
Bu majonin ichra gʻoyibdur bizing ovoramiz.

208

Sarvqadlar agar biru gar yuz,
Yuzdin ermas biri bizning bila tuz.
Gʻarazim ul sanamgʻa sajda durur,
Yer oʻpay deb qoshida qoʻysam yuz.
Yuzidin zulfigʻa koʻngul bormas,
Kimsa shabravlugʻ aylamas kunduz.
Ne birov boʻlsa hamrahing toqat,
Ne tahammulki, kezgasen yolgʻuz.
Har koʻzum ul quyosh firoqi tuni,
Bir falakcha ayon qilur yulduz.
Bormen, ey piri dayr, bas maxmur,
Karam ayla, karomate, koʻrguz.
Qaddi hajrinda tortsang nola,
Rost ohangi, ey Navoiy, tuz.

209

Qilur paykonlaring koʻnglum oʻtin tez,
Agarchi qatra boʻlmas shu’laangez.
Tanimgʻa ul bahori husnidin oʻt
Tushub har dam urarmen barqdek xez.
Erur rul bargi uzra obi hayvon,
Labing ul damki boʻlgʻay bodaomez.
Demang, la’li mayidin ijtinob et,
Ne sud etkay manga oʻlguncha parhez.
Osigʻ yoʻq joni shirin bersa, Farhod,
Chu Shirin la’lidin kom oldi Parvez.
Vafosizdur bahori husn, soqiy,
Mayi gulrang uzra uyla gulrez.
Ul oy vaslin tilar boʻlsang Navoiy,
Ham oʻl shab zindadoru ham saharxez.

210

Koʻrunur otashin la’ling dilafroʻz,
Magar ollida chektim ohi jonsoʻz.
Topilmas nur aro olamda xurshid,
Koʻrungach ul jamoli olamafroʻz.
Visol ayyomi tong yoʻq ochsa ruxsor
Ki, doim ochilur gul boʻlsa navroʻz.
Quyosh ostida gardun sabz xingi —
Koʻrunmas, mahvashim chun minsa koʻkboʻz.
Koʻngulga gʻam toshidin berma ramkim,
Hanuz ul sayd erur murgʻi navomoʻz.
Qadahni davridin tindurma bir dam,
Koʻngulni dahrdin topsang gʻamandoʻz.
Koʻp otting novaki dildoʻz, vahm et,
Navoiy ham chekardin ohi dildoʻz.

211

Deman, ey xoʻblar, vafo qilingiz,
Javr ham qilsangiz, manga qilingiz.
Hojatim qaddingiz xiromidurur,
Qoʻpubon hojatim ravo qilingiz.
Boʻlmasun mendin oʻzgaga bore,
Gar vafo aylang, ar jafo qilingiz.
Yuz tuman dardgʻa davodur vasl,
Netti bir dardima davo qilingiz.
Jon berib vasl topmagʻanlarni —
Desangiz, mendin ibtido qilingiz.
Sanagʻanlar visolu kom ahlin
Bizni ul zumradin sivo qilingiz.
Netti jam’eki oshnolarisiz,
Bizga ham ani oshno qilingiz.
Xonaqah shayxidin ochilmas ish,
Dayr piriga iltijo qilingiz.
Telbarabtur Navoiy, ey ushshoq,
Ul edi garchi burno oqilingiz.

212

Doʻstlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz,
Mehri gardun boʻlsalar koʻz nuridin yorutmangiz.
Gar shah oʻlsin, gar gadokim, solmangiz yuziga koʻz,
Yodini balkim koʻngulga har taraf yovutmangiz.
Zulm ila yuz chok qilgʻan tangʻa gar marham yoqib,
Butqarurbiz, desalar, ul zaxmlarni butmangiz.
El jafosining maloli qilsa har dam qasdi jon,
Koʻnglungizni gʻayri bekaslik bila ovutmangiz.
Oʻksudi el mayli mendin, bir yoʻli, ey dardu gʻam,
Gah-gahe siz bore boshimdin qadam oʻksutmangiz.
Hajr oʻtin jonimgʻa yoqtim koʻrsangiz usruk meni,
Endi, ey pand ahli, doʻzax oʻtidin qoʻrqutmangiz.
Chun Navoiy dasht tutti emdi zinhor, ey vuhush
Kim, bashar jinsini ul majnun sari yoputmangiz.

213

Doʻstlar, olam eliga yoru hamdam boʻlmangiz,
Yor ila hamdam demaykim, oshno ham boʻlmangiz.
Oshnoligʻ aylabon oʻz joningizga har zamon,
Boisi yuz ming balovu mehnatu gʻam boʻlmangiz.
Yeb pariyvashlar firebin, soʻngra topmay iltifot,
Men kebi devonavu rasvoyi olam boʻlmangiz.
Vaslu aysh obod qilsun xalqni, ey dardu gʻam,
Siz buzugʻ koʻnglumdin oʻzga yerga mahram boʻlmangiz,
Ey visol ahli, ul oyning dardi hajridin meni,
Koʻp koʻrub gʻamnok siz ham asru xurram boʻlmangiz.
Ey xarobot ahli, yoʻq insonda imkoni vafo,
Mastligʻdin dev oʻlung, zinhor odam boʻlmangiz.
Gar Navoiy vasl aro boʻldi zalil, ey ahli vasl,
Emdi navbat sizgadur, muncha muazzam boʻlmangiz.

214

Gʻam shomi gar oʻtumgʻa boʻlur sham’ ashkrez,
Parvonalar qanoti yeli aylar ani tez.
Ne shomdurki, mehr anga kofur sepmayin,
Har dam Zuhal uzori boʻlur anda mushkbez.
Mahshar kunidakim jaza’i akbar oʻlgʻusi,
Hajringda keldi koʻngluma yuz oncha rustaxez.
Xatting malohati qoshida sabzayi Eram,
Bil sabzai Eram yonida shu’laliq fariz.
Har gomidin jahon yorusa elga tong emas,
Ul solikeki barq kebi boʻlsa garmxez.
Bu koʻhna dayr ichra desang, ranja boʻlmayin,
Boʻlgʻil rizo maqomidavu qilmagʻil sitez.
Vasl istasang, Navoiy emas shart bodiya,
Boʻl dayr arovu doim aning yodi birla kez.

215

Ne ayb jon manga behol boʻlsa jononsiz,
Ne holi boʻlgʻay oʻlug jismi zorning jonsiz.
Toʻquz falakdin oʻtar garchi novaki ohim,
Qilurmen ani ul oygʻa chekarda paykonsiz.
Koʻngul aro biri oʻtmay, biri yetar gʻamu ishq,
Bu uyda bir nafas erman aziz mehmonsiz.
Jahonni tutti visolida shodligʻ ashkim,
Bahor saylikim, oʻlmish jahonda tugʻyonsiz.
Ichimda kirpigi gar nola aylasam tong yoʻq,
Koʻngulga nish tikilsa, boʻlurmu afgʻonsiz.
Manga qadahni damodam yeturgil, ey soqiy
Ki, gʻam halok qilur bor esam dame onsiz.
Navoiy oʻlsa demang xoʻblarki kimdin edi,
Siz etingiz yuragin choku bagʻrini qonsiz.

216

Onsiz oʻlmoq, erur oʻlmoq jonsiz,
Boʻlayin jonsizu boʻlmay onsiz.
Qoshi bu chok koʻnguldin ayru,
Filmasal yoye erur qurbonsiz.
Ohkim, dard yuzidin chiqmas,
Oʻq emas boʻlsa erur paykonsiz.
Ishq daryosigʻa, eykim, kirding,
Bilki, bu bahr erur poyonsiz.
Yorsiz koʻnglum erur oshufta,
Mulk oshub topar sultonsiz.
Suyu oʻt ichra siz, ey koʻzu koʻngul,
To ul oy orazigʻa hayronsiz.
Gar Navoiy chekar un hajr tuni
Yoʻq ajab tun emas it afgʻonsiz.

217

Ey shikibu sabr, bir kun xud manga yor erdingiz,
Yorligʻ ham boʻlmasa tegramda xud bor erdingaz.
Kelsa erdi har balo ollimgʻa asrab qoʻymayin,
Ohu afgʻon qilgʻali mendin xabardor erdingiz.
To asiri ishq boʻldum, qochdingiz ul nav’kim,
Manga to bor erdingiz, goʻyoki agʻyor erdingnz.
Pandingizdin emdi ermasmen malul, ey doʻstlar,
Doimo men xastagʻa mundoq sitamgor erdingiz.
Demang, ey jonu koʻngulkim, xorbiz yor ollida,
Gar erur ul yor to bor erdingiz, xor erdingiz.
Ey xarobot ahli, demangkim nedin gʻamnokbiz,
Mast oʻlungkim, gʻam edi hargahki hushyor erdingiz.
Bir yoʻli qovmang Navoiy koʻnglini, ey shoʻxlar
Kim, gahi ul benavoning koʻnglin asrar erdingiz.

218

Dedi: koʻzum qichishur, aytdimki: boda tomuz,
Dedi: ne hojat anga boda, mast erur onsiz.
Butar gul ichra gahe gʻuncha, lek ochilmas,
Yuzungda turfadurur kulgusi bila ul ogʻiz.
Koʻzum yoshin aritib gar tuganmasa tong emas,
Ajabdurur sochibon suyini qurusa tengiz.
Yuzung quyoshmu ekin yo quyosh yuzungmu ekin
Ki, qaysi, qaysi ekan farq emas, nechukkn egiz.
Iting iziga koʻzum surtsam gʻarib ermas
Ki, ayn shakli bila naqsh oʻlur ayogʻdin iz.
Halol ona sutidekdur gar oʻzbakim tutsa,
Tobuq qilib yukunub toʻstagʻon ichinda qimiz.
Hamisha mugʻbachavu raz qizi fidosi boʻlay
Ki, dayr pirigʻa arzir bu nav’ oʻgʻil bila qiz.
Chu davri charx erur boisi gʻamu mehnat,
Koʻngul farogʻatini jom davridin olingiz.
Nechuk yiroq boʻlali piri dayru mugʻbachadin,
Navoiyo, chu alarning muridu bandasibiz.

219

Boʻldi shomu jongʻa ul oy hajridin qaygʻu hanuz,
Yetti subhu koʻzlarimga kirmamish uyqu hakuz.
Obi hayvoning gʻamidin toki za’fim boʻldi sa’b,
Bormamish bir qatra boʻgʻzum ichra, jono, su hanuz.
Javr oʻqin otting, vale, biym erdi hijron tigʻidin,
Yetti ul ham boshima koʻnglumdin oʻtmay bu hanuz.
Novaking umredurur koʻnglumda xandon boʻlgʻali,
Bor aning mufrit jununidin munga kulgu hanuz.
Sehr ila ul koʻz qilib zulfung kamandin ajdaho,
Buzdi olam xalqin, bas aylamas jodu hanuz.
Shohidi maqsud aksi koʻngluma tushmas deding,
Gʻayri naqshidin magar pok ermas ul koʻzgu hanuz.
Dedi: boʻl foniy visolim istasang, boʻldum fano,
Ey Navoiy, soʻrki mundin ortuq istarmu hanuz.

220

Boʻlmas qora koʻz eldin tutmoq kishi vafo koʻz,
Sendin netib vafo koʻz tutqaymen, ey qaro koʻz.
Tushti koʻzum koʻzungga, qoldi koʻngul balogʻa,
Afgʻonki, ikki yondin boʻldi manga balo koʻz.
Gul birla sarv ermas hargiz koʻzumga maqbul,
Ey sarv qaddi gulrux, oʻrgangali sango koʻz.
Ey kosh, raxshi gardi olamni tutsa, tokim
Ul koʻzga kirsa har yon solgʻach bu mubtalo koʻz.
Koʻzni oʻyub, koʻngulni oʻrtayki, yor istab,
Soldi koʻngul meni bu darmondaliqqa yo koʻz.
Ul koʻydin kelur yel koʻzlarni ravshan aylab,
Yeldin ne boʻldi tutsam men dagʻi toʻtiyo koʻz.
Maydin koʻzumga tomiz bir qatra to ochilsun
Kim, tiyradur bagʻoyat hajring aro mango koʻz.
Aylar nazar tavaqqu’ koʻyung gadoyidin shah,
Tutqan kebi biaynih shahdin nazar gado koʻz.
Koʻz olmasa Navoiy ermas ajab yoʻlingdin,
Tikmish yoʻlunggʻa chunkim ul zori benavo koʻz.

221

Yopilmas gar menga qonligʻ sudin koʻz,
Senga lekin ochilmas uyqudin koʻz.
Yuzung lavhida vajhulloh ayondur,
Ne tong gar olmasam ul koʻzgudin koʻz.
Boqa olman yuzung ollimgʻa kelsa,
Qamashur mehr koʻrgach oʻtrudin koʻz.
Koʻzung el qoni toʻkkandin hasad yeb,
Ne qonlarkim toʻkar ul qaygʻudin koʻz.
Emassen holima xandonu giryon
Qi, yosharmish senga koʻp kulgudin koʻz.
Qadah charxida may mehrini, soqiy,
Solib yorut manga ul yogʻdudin koʻz.
Navoiy mast koʻnglin ashk oqizdi,
Gum etdi oxir aning bexudin koʻz.

222

Ishq yuki ayladi torami a’loni koʻj,
Ne ajab, ar aylasa men kebi shaydoni koʻj.
Tori sirishkim chekib dard qadim qildi xam,
Uylakim, el chillani tortib etar yoni koʻj.
Oʻlmadim onsiz, oʻyot boshim etibdur quyi,
Za’f gumon etmakim, qildi bu rasvoni koʻj.
Gʻam yukidin za’fligʻ shaxsim egilsa, ne tong
Kim, bu yuk etmish base jismi tavononi koʻj.
Jismima kirganda dard «dol»i kebi boʻldi xam,
Kimki erur naqbrav charx qilur oni koʻj.
Egma qaddimgʻa boqib rahm qil, ey sarvkim,
Davr base ayladi qomati ra’noni koʻj.
Qildi Navoiy unin egri kebi tori hajr,
Aylagali noladin changdek a’zoni koʻj.

Sin Harfining Sumanbarlarining Savdosi «Navodir»din

223

Jud emas koʻp bazl uchun koʻp mol qilmagʻligʻ havas,
Kim berur koʻptin koʻp, ozdin oz ani bil judu bas.
Razl taqdim etsa yoʻq ahli safogʻa hech bok,
Sugʻa ne nuqson, gar aning ustida yer tutsa xas.
Yor isidur kom keltursin sabo yoxud shamol,
Doʻst, taqririgʻa roviy xoh Buzar, xoh Anas.
Tojvarlar oq uyida sokin oʻlsa, ahli ishq
Uyladurkim bulbulu hudhudgʻa boʻlgʻay bir qafas.
Korvoni dard ila qat’ et muhabbat dashtini
Kim nidoye mujdayi vasl aylar anda har jaras.
Surma ul shabxez ayogʻi gardin, etkim kechalar,
Itcha yoʻq koʻyida gar xud shahna boʻlsun, gar asas.
Dayr piri jur’asin gar tutsa bizga mugʻbacha,
Naqdi jondin oʻzga oʻtrusida yoʻqtur dastras.
Ey Navoiy, ishq sirrin kim havas qilsa, dema
Kim, eshitmakka bu soʻz loyiq emas har bulhavas.

224

Bogʻ aro ne sarv etarmen orzu, ne gul havas,
Dahr bogʻidin manga bir sarvi gulruxsor bas.
Ul kechakim yor ila yorutgʻamen sham’i visol,
Zinhor, ey subh, agar boʻlsang Masih, urma nafas.
Kuydi ham tan, ham soʻngaklar tushkach ul yuz lam’asi,
Barq oʻtigʻa naylagay bir tor ila bir necha xas.
Nahli qadding unla oliydurki, termak mevasin,
Boʻlsa dogʻi dastras mumkin emastur dastras.
Oncha tigʻi ishq chokidur tanim atrofida
Kim, ani koʻnglum qushigʻa dard aylaptur qafas.
Ul mahi mahmilnishin havdajda, koʻnglum tashqari
Ne ajab gar tinmay afgʻon cheksa andoqkim jaras.
Ey Navoiy, iltimos etma sanamlardin visol.
Gar desang koʻp kuymanin bizdin eshit bu multamas.

225

Jongʻa la’ling mayi jomidur multamas,
Ne Xizr suyi, ne jomi Jamdur havas.
Qotilim tigʻi koʻzgusi zang oʻlmasun,
Ey Masih, oʻlgʻonim koʻrsang asra nafas.
Koʻz tutarmenki, bu su yoʻli berkitgay,
Koʻyidin yel uchirsa nekim xoru xas.
Koʻnglum ul xol asiri chu boʻlmish erur
Ankabuteki, sayd etmish ani magas.
Ne sharaf otinggʻa boʻlgʻoli poymol,
Ne iting poyboʻsigʻadur dastras.
Kech topardin talab ahli maqsadgʻa yoʻl,
Goʻyiyo tinmayin nola aylar jaras.
Ey Navoiy, taning ichra jon yoʻqsa ajab,
Kim koʻrubtur iki bulbulu bir qafas.

226

Koʻngul har tun farogʻ istab balo togʻini yostanmas,
Agar har dam necha qatla ul oy koʻyini aylanmas.
Vale bu turfadurkim, gar figʻoni charxdin oʻtsun,
Ul oy noz uyqusidin chiqmagʻuncha mehr uygʻonmas.
Koʻngulga loyi ishqingdin necha berding oʻlum xavfi,
Bu yangligʻ va’da birla gar soʻrarsen emdi ham tonmas.
Labi la’ling xayoli hajr aro bagʻrimni qon qildi,
Jihat budur hamono qon yutardin gar koʻngul qonmas.
Ajal tigʻi ne boʻlgʻay elni maydon ichra qatl etsa
Ki, el gʻavgʻosidin chobuksuvorim emdi otlanmas.
Aningdek telba koʻnglum ul pari koʻyiga yuzlanmish
Ki, gar zanjirlar birla chekarlar xalqkim, yonmas.
Nasime lolaroʻyim mahmiliga mayl qilmaskim,
Quyundek rashkdin xoki tanim yuz qatla toʻlgʻonmas.
Oʻtub ishq ichra umrum, zohido, qoʻy zuhd irshodin,
Kishi mundogʻ ulugʻ san’atni ulgʻoygʻanda oʻrganmas.
Gadolar silkidin koʻyi xarobot ichra xorijdur,
Birovkim ilgiga tushsa qurugʻ non bodagʻa monmas.
Hujum etti jahon mehnatlari, tut boda soqiykim,
Qadah chekmay kishi bu xaylning daf’igʻa qotlanmas.
Muhabbat oʻti el birlaki yoqding, oʻrtanur joni,
Navoiy yoʻqsa hijroning oʻtidin oncha oʻrtanmas.

227

Menga bir sarvi gulrux boʻldi munis
Ki, hayrondur koʻzi ollinda nargis.
Chu gʻam bazmida maydek qon yutarmen,
Erur la’ling hadisi nuqli majlis.
Koʻzu zulfu yuzu qadding gʻamidin
Meni bexudqa barbod oʻldi besh his.
Falak toqidek etti qomatim xam,
Qoshing mehrobini tuzgon muhandis.
Daqoyiq ishq ilmi ichra koʻptur
Ki, tafhimida ojizdur mudarris.
Asarsizdur koʻngulda shu’layi zarq
Boʻlur uchun qalb roʻkash aylagan mis.
Navoiy erdiyu jon naqdi olding,
Tirik mumkin emas bu nav’ muflis.

228

Gulgun may ichib sunbuli chun gulga yopilmas
Ul gulshan aro bizga ne gullarki ochnlmas.
Gulzor jamolidaki paydo emas ogʻzi,
Ul nav’ gul ochildiki, bir gʻuncha topilmas.
Anfosi Masiho kebi ul nutq nasimi,
Esmas berikim, jon isi olamgʻa yoyilmas.
Ey piri xirad, koʻngluma koʻp qilma nasihat,
Nevchunki, junun ahligʻa aql ahli qotilmas.
La’ling mayi to ichti, koʻngul holini soʻrma,
Kim mastdur andin berikim oʻzini bilmas.
Hushyor ani bilgil bu fano dayrida ey shayx
Kim, toʻlgʻucha paymonasi bir lahza oyilmas.
Koʻyi sari har kechaki azm etsa Navoiy,
Oy sham’in oʻchur, charxkim ul uyni yongilmas.

229

Bizga ul mahvash tiliyu koʻngli birla yor emas,
Koʻngli ichra har nekim aning tilida bor emas.
Tilga kelmon koʻnglum oʻtinkim, menga ul bagʻri tosh,
Til bila gʻam yer, koʻngul birla vale gʻamxor emas.
Koʻngli oʻzgadur, tili oʻzga ne chora qilgʻamen,
Koʻnglida yuz fikru til birla biri izhor emas.
Ne tilim, ne koʻnglum ahvolin bilur ul shoʻxkim,
Koʻngli gʻam neshi, tili oh oʻtidin afgor emas.
Yor uldurkim, tiliyu koʻngli aning boʻlsa bir
Kim, tili oʻzgayu koʻngli oʻzga, ul yor emas.
Kimki koʻnglin istamas gʻamgin tilini asradeg
Kim, tilni tiygʻan kishining koʻnglida ozor emas.
Demakim dardingni sharh et yo koʻngul, yo til bila,
Koʻnglum ermasturmu bexud yo tilim nokor emas.
Qaysi til birla deyin koʻnglum tilaydur xonaqah
Kim, tilu koʻnglum aro juz kulbai xammor emas.
Shoh madhida Navoiy koʻngli — ganju til — kalid,
Yoʻqsa koʻngliyu tilida nuktavu guftor emas.

230

Jongʻa la’lingdin bir oʻpmakdur qiyosan iltimos,
La’linga ham jonni kuydurmoq alohozal-qiyos.
Koʻngluma zarbaft xil’at shu’lasidurkim, erur,
Tosh aro boʻlmoq nihon Farhodqa xoro libos.
Dedi, koʻnglum kecha tong yoʻq pos agar tutsa koʻzum,
Vahki, uyqum yoʻqturur tundin oʻtuntur necha pos.
Oʻt sochar ishqing haroson boʻlsa koʻnglum, yoʻq ajab,
Ajdahodin tong emastur moʻrgʻa boʻlmoq haros.
Koʻnglum ichra mazrai sabrim oʻrulmay qolmagʻay,
Har soʻngak yonimda chun qat’igʻa aning keldi dos.
Xizmat ettim xonaqah shayxigʻa, qadrim bilmadi,
Dayr piri bandasimenkim, erur bas haqshunos.
Ey Navoiy, kisvati faqru fano sol egninga,
Yoʻqsa xirqang tengdurur gar atlas oʻlsun, gar palos.

231

Gar meningdur yor loʻli boʻlsa shoh etmon havas,
Naylay ul shahniki, har loʻligʻa boʻlgʻay hamnafas.
Shikva qilman gar jafodin boshima yogʻdursa tosh,
Toqatim yoʻq elga qilsa bargi gul urmoq havas.
Yordin har necha bedod oʻlsa aylarmen qabul,
Lek boʻlsa gʻayr birla multafit maqbul emas.
Jonni qoʻymasmen chibindek la’li uzra rashkdin,
Ul shakar uzra chibin qilsam taxayyul xol bas.
Bu baloni koʻrmasun oshiqki qilgʻay iltimos,
Vaslin aningkim birov boʻlgʻoy anga ham multamas.
Oʻz nigori mahmilidin qilmasun deb koʻz xato,
Ishq dashti ahligʻa har dam nido aylar jaras.
Ey Navoiy, ishq atvorida budur zulmkim,
Gul maqomi bogʻ oʻlub, bulbul yeri boʻlgʻay qafas.

232

Koʻyi toshi boshima hayf aylasam uyqu havas,
It uyur boʻlsa, ayogʻ, ilgi, boshin qoʻymoqqa bas.
Chun dedim: zulfung kamandin boʻynuma solgʻil, dedi:
Itka boʻlmas Ka’ba qandili tanobidin maras.
Oh oʻti oʻrtarga jismimni ne moni’ koʻz yoshim,
Barq urgʻoch oʻrtanur gar boʻlsa daryo uzra xas.
Choklar boʻlgʻan tanim qon la’liyu koʻz durridin,
Bulbuli ruhumgʻadur gavharlar oʻtkargan qafas.
Qoʻysa mufrit za’f aro ogʻzimgʻa ul yuz koʻzgusin,
Urmagʻaymen tiyra boʻlmoq vahmidin oʻlsam nafas.
Dard aro oʻlsang davo ahli zamondin istama
Kim, topilmas dahr aro bechoralargʻa choraras.
Iltimos etsam labingdin jon topay deb, qilma ayb
Kim, Navoiygʻa budur oʻlguncha, ey jon, multamas.

233

Manga manzil koʻhan dayri fano bas,
Yonim ostida eski boʻryo bas.
Guli zavq elga bogʻi aysh arokim
Menga gʻam dashtida xori balo bas.
Azaldan chunki qismim rindliqdur,
Qil emdi pandni, ey porso, bas.
Vafo gar qilmasang jonimgʻa bore,
Jafoni qilmagʻil, ey dilrabo, bas.
Koʻngul dogʻigʻa qoʻyman marham, ey ishq,
Anga nevchunki ham dard-oʻq davo bas.
Erur bir nukta ishqu olam ichra.
Deb oʻlmas hargiz andin mojaro bas.
Navo ishq ichra sen top, ey Navoiy
Ki, bizga benavoliqlar navo bas.

234

Qilmon ul bebok kesgan na’lni oʻpmak havas
Kim, samandi na’lini oʻpmak muyassar boʻlsa bas.
Olam ahligʻa yetar faryodu ohim har kecha,
Ohkim, yoʻqtur manga olamda bir faryodras.
Uyla kuydi hajr aro jismimki, yoʻq andin asar,
Qayda topilsun chu tushti doʻzax oʻti ichra xas.
Gar sabuh etsam ne tongkim, sofu sodiq xaylidin,
Bodadek bir hamdamim yoʻq, subhdek bir hamnafas.
Jam’ etar ovoralarni chokligʻ koʻnglum uni,
Yoʻldin ozgʻanlarni ul yangligʻki afgʻoni jaras.
Gulshani vasl istagan koʻnglum qushigʻa tordur,
Charx yuz ming ravzani birla agar boʻlsa qafas.
Bersa ul guldin xabar xohi sabo, xohi shamol,
Desa paygʻambar hadisin xoh Buzar, xoh Anas.
Xirqa uldurkim, kecha kezsang, chu boʻlgʻon torigʻa
Bogʻlagʻaylar oʻzni gar xud shahna boʻlsun, gar asas.
Ey Navoiy, olam ichra benavoligʻ koʻrmadi,
Ulki hargiz qilmadi olam elin koʻrmak havas.

235

Tong emas gar chin yuzinda qahrdin mavjud emas,
Koʻzguning chunkim koʻrunmak javhari ma’hud emas.
Dasht aro ohim sari etkan musofir yuzlanib,
Fahm qilmaskim erur ohim buxori dud emas.
Koʻksum ochtim har taraf qildi gumon ul tiflkim,
Lolalar birla bezabmen, dogʻi xunolud emas.
Ishq bozorida savdo ahligʻa juz naqdi vasl,
Har nafas bir ganj agar uchrar ziyondur, sud emas.
Vasl ichra demakim ushshoqni rad qildi yor,
Hech kim mendekki, hijronida men mardud emas.
Mayda aksindur koʻz andin olmasam, soqin, ne tong,
Toki diydor oʻlsa mandin mastliq maqsud emas.
Zarbi ishqidin muzayyandur yuzumning oltuni,
Ey Navoiy, demagilkim sikkai behbud emas.

236

Ey, firoqingda hayotimdin menga ozoru bas,
Har dam ul ozordin oʻlmak tilab men zoru bas.
Dogʻu qon ham boʻldi ul yuz lolasi hijronidin,
Yoʻqki hajring neshidin koʻnglum erur afgoru bas.
To dedim bir qatla kufri zulfini tark aylagum,
Kufr aytqandek hadisim boʻlmish istigʻforu bas.
Olamedur xush junun ichra taxayyul, ey koʻngul
Kim, anisimdur tunu kun ul pari ruxsoru bas.
Qon toʻkar yuz nav’ ul qotil demangkim boisi,
Xanjari xunrez erur yo gʻamzai xunxoru bas.
Mastkim egri xirom aylar ul oy ham qatl etar,
Qotilim yolgʻuz emastur charxi kajraftoru bas.
Eyki dersen dayri piri xizmatigʻa bogʻla bel,
Uyla xizmatqa maras bilkim, erur zunnoru bas.
Charxdin yoqqon havodis toshlarigʻa har kishi,
Kim panoh istar, erur ul kulban xammoru bas.
Ishq aro rasvoligʻi olamgʻa nevchun boʻldi fosh,
Chun Navoiy ishqini qildi senga izhoru bas.

237

Dahrdin mehru vafo qilma havas,
Elidin gʻayri jafo qilma havas.
Yetsa har dam senga yuz muhlik dard,
Oʻlsang oʻl, lek davo qilma havas.
Ey koʻngul, vasl havas qilding, oʻl
Zorligʻlar bila yo qilma havas.
Aylagan ishq havas kuch birla,
Yuz tuman dardu balo qilma havas.
Koʻyi tufrogʻi erur mushki Xito,
Istagan ani xato qilma havas.
Ishq dashtini desang qat’ qilay,
Zodi rah gʻayri fano qilma havas.
Benavoligʻda, Navoiy, oʻlsang,
Bazmi vasl ichra navo qilma havas.

238

Koʻnglum ichra dardu gʻam avvalgʻilargʻa oʻxshamas
Kim, ul oyning hajri ham avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Ne sitamkim, qilsa rahm maxfiy erdi zimnida,
Emdi qilsa har sitam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Demangiz Shirinu Layli oncha bor husn ichrakim,
Xoʻblikda ul sanam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish oʻzga yor,
Oʻlmishamkim, bu alam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Ishq aro Farhod ila Majnungʻa oʻxshatmang meni
Kim, bu rasvoi dijam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Koʻyining ehromidin koʻnglumni man’ etmang yana
Kim, anga azmi haram avvalgʻilargʻa oʻxshamas.
Ey Navoiy, qilma Jamshidu Faridun vasfikim,
Shoh Gʻoziygʻa karam avvalgʻilargʻa oʻxshamas.

239

Har necha kuysam ul oy koʻnglumni paydo aylamas,
Aylasa ham oʻlsam ani oshkoro aylamas,
Ishvasidin iltifot ahvolima zohir boʻlur,
Zorligʻ koʻrguzsam andoq ishva paydo aylamas.
Jongʻa bir kuymoqchadur har kimga parvo qilmogʻi,
Yana yuz oʻlmakchakim qatlimgʻa parvo aylamas.
Shoʻxlugʻlar birla sabrim xirmanigʻa oʻt solur,
Husn ila yolgʻuz meni-bedilni shaydo aylamas.
Qayda yuzlansam junun hangomasidur xalq aro,
Ul chu yetti koʻz uchi birla tamosho aylamas.
Aylamas to husni bir sendekni olam ofati,
Ishq bir mendekni ham olamda rasvo aylamas.
Men ayogʻi tufrogʻigʻa naqdi jon aylay nisor,
Ne ishimkim, ul qabul aylar ani yo aylamas.
Naqdi islomim olib bir jur’a tut, ey mugʻbacha,
Boʻl ravonkim hech kofir buyla savdo aylamas.
Muddatedurkim, Navoiydur ayogʻing tufrogʻi,
Poyboʻsung gar topar, ortuq tamanno aylamas.

240

Xoʻblar ming boʻlsalar, men xastagʻa bir yor bas,
Anda mehr atvorining mingdin biri gar bor bas.
Aytmonkim, har vafo qilsam, jafoye qilmasun,
Har vafogʻa ming jafo gar aylamas izhor bas.
Har vafogʻa ming jafo ham qilsa qilsun, munchakim,
Yor anga mahrumu mahram boʻlmasa agʻyor bas.
Ey visol ahli, sizu izzat saririkim, menga —
Hajr koʻyi itlari ollida boʻlmoq xor bas.
Men kimu noʻshi labingdin istamak quti hayot,
Aylasa gʻamzang sinoni qatl bu miqdor bas.
Ey koʻngul, gʻamgin esang kup quysa soqiy ogʻzingga
Zarfni, sipqarmagʻuncha qilmagʻil zinhor bas.
Yuz balo kelsa boshinggʻa sabr qilgʻil, ey koʻngul,
Yo xaloyiq ixtilotin qil Navoiyvor bas.

241

Nigorim dardima nazzora qilmas,
Nazora qilsa dagʻi chora qilmas.
Tilab ogʻzin emas bir damki koʻnglum
Oʻzini gʻunchadek yuz pora qilmas.
Meni gʻam dashti ichra ishq iturdi,
Oʻzin el kuch bnla ovora qilmas.
Koʻngulni aylagandek zaxm gʻamzang
Pichoq, balkim qilich ham yora qilmas.
Meni devona to qilmish koʻngulga
Nelarkim ul pari ruxsora qilmas.
Ne yersen dahr zolining firibin,
Vafo chun elga ul makkora qilmas.
Navoiydek yuzungga kim solur koʻz
Ki, zulfung roʻzgorin qora qilmas.

Shin Harfining Shoʻxlarining Shamoyili «Navodir»din

242

Jamoli nurini chekkan tarozu oyu quyosh,
Magar bu birida nur erdi, ul birisida tosh.
Gar oyda tosh emas erdi, quyoshda nurindin
Kudurat ichra qolib oy, munavvar oʻldi quyosh.
Quyoshqa nurki yuqmish hanuz erur ul nur,
Hanuz oy ichra hamul tosh erurki, boʻlmish fosh.
Uruj aqshomi tegrangda oyu kavkablar,
Masih girdida andoqki, bir necha xaffosh.
Yuzi tubon tushubon markabing izigʻa malak,
Yer uzra qursni qilgʻon kebi gadoy talosh.
Chu qurb qofigʻa yetting, yetishmadi Jibril
Ne nav’ hudhud Semurgʻ ila boʻlur yoʻldosh.
Ayogʻigʻa chu maloyik boshin qoʻya olmas,
Navoiyo, qoʻya koʻr itlari ayogʻigʻa bosh.

243

Qoʻymadi shomi xumorim tiyralikdin aqlu hush,
May quyoshin xum sipehridin chiqar, ey mayfurush.
Istamon hud hush, lekin yoʻqki hush olgʻay xumor,
May toʻla quygʻilki, aylay mastligʻdin tarki hush.
Jomi noʻsho-noʻsh xushtur ul sifatkim, dayr aro
Boda olib mugʻbacha, noʻsh aylabon qildursa noʻsh.
Un chekib may tut, deb ersam dayr toqigʻa sado,
Demakim ham ushbu ma’nini nido aylar surush.
Arbadamdin gar toriqting, soqiyo, tut bodakim,
Boʻlmagʻungdur boʻlmagʻuncha masti loyaqil xamush.
Muhtasib ta’zir etar vaqti tanim qildi yalang,
Dayr pirining qulidurmenkim, uldur aybpoʻsh.
Gar Navoiy bir ayogʻ, gohi ichar gʻam daf’igʻa,
Zohid andin oʻzni gʻamgin tutsa ichtek emdi qoʻsh.

244

Doʻstlar, koʻnglumni vasl ummidi behol aylamish,
Orzu xayli hazin jonimni pomol aylamish.
Shoh lutfi uzrini qoʻlmoq emas mumkinki, shavq
Hushum etmish zoyilu nutqumni ham lol aylamish.
Bas munosibdur bahori vasl aro koʻz yoshini,
Kisvatin qondin xazoni hajrkim ol aylamish.
Zulfi ichra boʻlgʻamen pur pechu xamliq tordek,
Za’fliq jismimnikim, hijron yuki dol aylamish.
Har zamon ul yon qilur koʻnglum havokim qush kebi,
Hajr oʻqi paykonlarin har yon paru bol aylamish.
Necha kunluk hajri toʻfon aylabon ashkim suyin,
Meni ul daryoda kishtibongʻa timsol aylamish.
Hajrida onsiz tiriklikdin uyatligʻmen, valek
Menda yoʻq taqsir, ajal bu ishda ehmol aylamish.
Ul iki lab hajrida maykim, ilojigʻa hakim
La’l ila yoqutni mahlulu sayyol aylamish.
Ey Navoiy, hajr mushkil boʻlsa gʻam yoʻqturki, haq
Shoh lutfin boʻyla mushkillarga hallol aylamish.

245

Sabzai xat orazing bogʻini xazro aylamish,
Gulshani ruxsoring oʻzga rang paydo aylamish.
Har dam oʻlmish xattu la’lingdin yuz oncha oshkor,
Har ne ishkim umrida Xizru Masiho aylamish.
Vah, ne shaydovash yigitdurkim chiqib oliftavor,
Yuz tuman oliftani ishqida shaydo aylamish.
Qomatim yo yuz uza ashkimdin etmish novlar,
Ulki aning kirpikin novak, qoshin yo aylamish.
Ne tamoshodurki yuz ming xalq oʻlmish har qachon
Kim, ain el, yoʻqsa ul elni tamosho aylamish.
Boʻlmamish paydo meningdek zoru sendek rahmsiz,
Tengri to mehru muhabbat rasmi paydo aylamish.
Ey salomat ahli, butrongkim, meni bir mugʻbacha
Dayrdin usruk chiqib bu nav’ rasvo aylamish.
Fard boʻlkim ul kishi dunyoda boʻlmish ahli tarx
Kim, fano yoʻlida tarki ahli dunyo aylamish.
Koʻp Navoiyning musallou ridosin soʻrmakim,
Birni rahni boda, birni boda polo aylamish.

246

Shomkim tun pardasinda ayladi ixfo quyosh,
Parda olib yuzdin ul oy ayladi ifsho quyosh.
Yoʻqki chun kirdi shabiston ichra zulfi shomidin,
Orazi chun boʻldi paydo, boʻldi nopaydo quyosh.
Bazm chun tuzdi jamoli lam’asindin yoʻqki sham’,
Balki zohir ayladi bir sogʻari sahbo quyosh.
Subhgʻa tegru yuzidin ravshan erdi bazmi aysh,
Uylakim, el xotirigʻa kelmadi aslo quyosh.
Lam’ai ruxsoridin qasrida har ayvon aro,
Zarvaraqdin shamsalarmu erdu, bilmon, yo quyosh.
Mast oʻlub orazni chun xnlvat aro ildi nihon,
Sargʻarib titrab chiqardi pardadin siymo quyosh.
Ohkim, biz rub’i maskundin chiqib, koʻp boʻlgʻusi
Jilvagar toʻrtunchi toramdin Masih oso quyosh.
Qilma, ey gʻavvos, koʻp ishq ahlining man’ini koʻr
Kim, senu gʻalton guhar andishasi ushshoqu yosh.
Bil, Navoiykim, tafovutdur quyoshtin oygʻacha,
Aylasang nazzora ul oy orazidin to quyosh.

247

Husn bogʻi ichra qadding sarvi boʻlmogʻliqqa tush,
Har havo qilgʻan koʻngul ul qad uza sarv uzra qush.
Umrlarkim boʻlgʻan ovorang yetishmish ollinga,
Marhabosigʻa ilik sun xud dey olmonkim quchush.
Koʻksuma gʻam togʻida ishqing balo mismorini
Berkiturda ayladi Farhod metinin choʻkush.
La’li shahdigʻa havo qilgʻanda, ey jonim qushi,
Gar desangkim topmayin maxlas chibin yangligʻ yopush
Koʻyidin bizni chiqarmoqqa, raqibo, yigʻma xayl,
Xasni qavmoqqa nasime bas, emas hojat urush.
Ishrat etkim, charx ollinda tafovut yoʻqturur,
Xoh bazm ichra simo’ et, xoh kunj ichra tumush.
Dema hajrimdin Navoiy gʻamsiz ermas bir zamon,
Istasangkim gʻamdin ayrilgʻay aning birla qovush.

248

Ul parivash odamivashligʻlar anlab qildi xash,
Har sarikim bir malakvash bor edi devonavash.
Aytmon jom ogʻzinga yetkach, mening ogʻzimgʻa quy,
Umri jovid istasam basdurki, boʻlsam jur’agash.
La’li hijronida koʻnglum bexud oʻlsa qilma ayb
Kim, jarohatdin chu qon ayrilsa tong yoʻq boʻlsa gʻash
Yor chun jonimda maxfiydur tafovut ioʻqturur,
Jilva qilsa zohiran gar ming yogʻoch, har bir arash.
Chun malohat jon olur husn ichra ani istagil,
Xoh dilbar kishvari boʻlsun Xoʻtan, xohi habash.
Soqiyi davron chu oxir toʻldurur paymonamiz,
Emdidin varzishqa oʻzni aylali paymonakash.
Ey Navoiy muhtasib dayr ichra kirdi bermasang,
Rahnu maypologʻa bas loyiqtur ul dastoru fash.

249

Mehr emas, gardun yuzung hijronidin dogʻ oʻrtamish,
Oy emas, marham uchun momuq mudavvar aylamish.
Koʻnglum andoq chok-chok oʻlmishki, goʻyo toʻ’ma deb,
Hajr tigʻi itlaringga bir-bir ani toʻgʻramish.
Bismil etmish zori koʻnglum saydini qilgʻoch shikor,
Ul shikor afkan hazin koʻnglum bu yangligʻ ovlamish.
Lola roʻyum asramay koʻnglumni gar azm ayladi,
Yodgor andin tuganlar chok koʻnglum asramish.
Yer yuzin tutqan bahor ayyomi ermas lolazor
Kim, yuzung hijronidin giryon koʻzum qon yigʻlamish.
Dema, soqiy ilgidin sofiymu xushdur yoʻqsa durd?
Har ne andin keldi, ul xushturkim ani tolgʻamish.
Gar Navoiy yoridek yoʻq olam ichra, ne ajab
Kim, kezib olamni mahvashlardin ani tanlamish.

250

Yuz sihr qilsa kimgaki ellikdin oʻtti yosh,
Atfol sahrasi qilur atfoldek maosh.
Ulkim soqol boʻyar havasi tushti boshigʻa,
Boʻlmoq soqol qora, ne osigʻ, chun oqardi bosh?
Goʻyoki molu jon chin erur negakim qori,
Chun yetti jon talashqali, ul mol etar talosh.
Hojib netar birovki koʻzi boʻldi munzaviy,
Ev goʻshasida dogʻi anga hojib oʻldi kosh.
Yuzdan toʻkar su ulki koʻzi, ogʻzi, burnidin,
El ollida oqar shoʻlakay birla suyu yosh.
Eykim, yuzung quyosh edi, sargʻardi shaybdin,
Bilgilki, sargʻarur uyoqur chogʻida quyosh.
Ollingda bas qattiq yoʻlu qat’igʻa yoʻq guzir,
Gar shoh, gar gado boʻlu gar tundu gar yovosh.
Bilkim, bu yoʻlda zod erur a’moli xayru bas,
Yoʻq ilmu fazlu mansabu molu urugʻ-qayosh.
Yuz biymu oqibat ishi ma’lum emas kishi,
Tugʻmasa erdi yo tugʻubon oʻlsa erdi kosh.

251

Tun ham kechu yoʻl dagʻi yiroq, sen dagʻi sarxash,
Oʻlturki dame oʻlturali, ey buti mahvash.
Yillar chekibon hajr dame vaslingga yettuk,
Sen dagʻi dame zorlaring koʻnglini tut xash.
Manzil dagʻi amnu koʻngul ashobdin emin,
May dagʻi erur begʻashu ruh andin yetib gʻash.
Ma’lum emas tongla kim oʻlgʻusiyu kim yoʻq,
Tinsun qadamingda nafasi necha balokash.
Hayhot bu xilvatda kishi boʻlsa oʻlarmen,
Gʻayr oʻtsa xayolimgʻa qilur meni mushavvash.
Bir naqsh bu yangligʻ menga koʻrguzmadi gardun,
Chehramni qilib qon ila yuz nav’ munaqqash.
Qilmadi Navoiygʻa bu iqbolni roʻzi,
Ulkim varaqi qismat uza boʻldi raqamkash.

252

Donai xoli labing koʻnglum qushin rom aylamish
Kim, ani tutqanda jonim rishtasin dom aylamish
Anbarin xattinggʻakim, andin kelur boʻyi vafo,
Jon fido garchi umidim subhini shom aylamish.
Lablaringdin ruhparvar nutq zohirdur magar,
Ruh qudsi obi hayvoi ichra orom aylamish.
Humrat etmish oshkor ul usruku xunxora koʻz,
Qon ila mamzuj may goʻyoki oshom aylamish.
Sarvu gulga bogʻ aro dermenki aylay jon fido,
Toki jonim qasdi bir sarvi gulandom aylamish.
Chiqti, vah, usruk yana ul kofiri bebokkim,
Har qachon chiqqonda qatli ahli islom aylamish.
Dayrni qilmish koʻzumga gulsiton, ey mugʻbacha,
Ul mayi gulgunki ruxsoringni gulfom aylamish.
Kom vaqti tarki dunyo aylagan topmish hayot,
Yoʻqsa yetkanda ajal xudkomu nokom aylamish.
Qani rasvoye Navoiydek agarchi ani ishq,
Neknom eldindurur deb, buyla badnom aylamish.

253

Goʻyiyo bir-biriga oshiq erur ul ikki qosh
Kim, qoʻyar bir-birisi bir-birining ollida bosh.
Yuzni bir tifl uchun atfolgʻa maydon yasadim,
Yoʻqsa ne vajhdururkim yugurur yuz sori yosh.
Ulki bazm ichra sochar boshigʻa gul ne bilgay,
Holin aningki falak yogʻduradur boshigʻa tosh.
Qoʻzlaring davrida mujgoningga ul nav’i hulsum,
Nedurur qilmasalar fitnaning ustida talosh.
Istabon xush zamon mehnatidin, ey soqiy,
Jomima dorui behush ezib qotsang kosh.
Faqr dashtida fano yoʻligʻa hamrah tilama,
Yoʻl chu ma’lum emas, qayda topilsun yoʻldosh.
Ey Navoiy, yuzidin deki ochiq yorugʻ erur,
Zulfidin demaki ham tiyradurur, ham chirmosh.

254

Soʻz demay ikki shakardek labikim band oʻlmish,
Kula olmastin ishi emdi shakarxand oʻlmish.
Koʻngluma barcha shikoyat yeri yoʻq, andinkim
Tigʻidin chok esa, oʻqi bila payvand oʻlmish.
Guldin olman koʻzu islarmen ani nevchunkim,
Rang ila boʻyi mening yorima monand oʻlmish.
Butun ermas bu koʻngul shishasi ahdingdekkim,
Sinmishu har sinuq andin necha parkand oʻlmish.


Yuzi birla labini koʻrsa qilur koʻnglum za’f,
Gar koʻngul quvvatining mujibi gulqand oʻlmish.
Ul pari to meni devonavu rasvo qildi,
Vahki, Majnun mening ollimda xiradmand oʻlmish.
Ranja boʻlma tilab ortuqki erur osuda,
Ulki haq, har ne nasib ayladi xursand oʻlmish.
Xossa ma’nilarim el qilsa tasarruf qildik,
Kishi farzandi qachon kimsaga farzand oʻlmish?
Qovma, ey shayx, Navoiyni eshitmas deb pand
Kim, sening panding eshitmaslik anga pand oʻlmish.

255

Vafodin cheksa bosh ul sarvi mahvash,
Ajab ermastur oʻlmoq sarvi sarkash.
Zamona ablaqi qolgʻan ravishdin,
Ul oshubi zamon sekretsa abrash.
Kecha zulfungni tush koʻrdum parishon,
Bu kundur xotirim asru mushavvash.
Jahon qoʻzgʻoldi ofat sarsaridin,
Yigit joning uchun otlanma sarxash.
Maqomirvash harife koʻnglum olmish
Ki, gʻash qilgʻon soyi koʻnglum qilur gʻash.
Koʻngul vahdat mayining jomi ermish,
Bu sogʻar soda yaxshi, yoʻq munaqqash.
Navoiyning jununin ayb qilmang
Kim, ani telbaratmish bir parivash.

256

Necha oh ursam boʻlur koʻzdin bagʻir xunobi fosh,
Esnamak bu ersa koʻzda ne ajab ul nav’ yosh.
Ey pariy, atfol toshi dema bu majnungʻakim,
Charx zulmi yogʻdurur boshim uza har lahza tosh.
Suda andoqkim quyosh aksi tushar, goʻyo erur,
Obgun charx ichra ul ruxsorning aksi quyosh.
Gar kabutardek emas tutmoq uchun koʻnglum qushin,
Nevchun ochmish qulochin har taraf ul ikki qosh.
Tund erur ul butki, qoʻymishmen boshimni olligʻa,
Qiblagʻa bosh indururga menda yoʻqtur ikki bosh.
Boʻlma kun qursin tilab aflokdek sargashtakim,
Bir fatiri xom ila oson oʻtar har kun maosh.
Olgʻali koʻnglin Navoiyning taloshur xoʻblar,
Shohlar andoqki bir mulk uzra qilgʻoylar talosh.

257

Ishq ichinda juz oʻlum mushkilkn, boʻlgʻan bizga ish
Kim, boʻlubtur jon bila gʻamzang aro borish-kelish.
Qon oqar har yon tanimdinkim firoq ayyomida,
Qoʻymadim uzmay taabdin har qayon urgʻonda tish.
Koʻyida mash’al yurutkandek koʻrindi tonggʻacha,
Ul xud oʻtlugʻ zor sargardon mennng koʻnglum emish.
Kecha oy davrida ikki sa’d kavkab koʻrmagan,
Koʻr yuzu ikki qulogʻi durlarin kiyganda kish.
Za’fliq sargashta jismimdin ajab yoʻq chiqsa oʻt,
Chunki oʻt zohir qilur koʻp davr topqondin qamish.
Dahr issigʻ-sovugʻidin gar farogʻat istasang,
Obi otash rangni qoʻyma ilikdin yozu qish.
Ey Navoiy, chobukungning istasang poboʻsini,
Boʻynunga ip toqmoq ummidi bila itdek erish.

258

Zulfigʻa har yon girih tushkan erur bas turfa ish,
Necha yerda telba koʻnglum qasdigʻa bel bogʻlamish.
Ravshan aylar shu’la ustidin koʻrungan dudni,
Mahvashim egnida oltoyi bila boshida kish.
Yori jonim qasdigʻa har damki tishlar la’lini,
Mahkam aylarmen, figʻon qilmay debon, bagʻrimgʻa tish.
Zori jismimgʻa, ne tong, sargashtalikdin tushsa oʻt,
Oʻt ayon aylar ilikda davr koʻp topqon qamish.
La’lidin jon olgʻali bording, kelibsen jon berib,
Ey koʻngul, mardona bording ul borishqa bu kelish.
Gʻarrai husn oʻldung, ey gul, bilmading bu bogʻ aro,
Har bahori kelsa andin soʻng xazoni bor emish.
Qon isi keldi Navoiy nazmidin, ermas ajab
Kim, bagʻir qoni bila koʻnglida topmish parvarish.

259

Kuydumu toptim koʻngulni oʻtgʻa solgʻondin bu ish,
Yo koʻnguldindur menga yo koʻnglum olgʻondin bu ish.
Va’dai mehr etting oxir, har ne el qilsa xayol,
Kelgay, ammo kelmagay sen ahdi yolgʻondin bu ish,
Der emish koʻngli toʻla shikvam mayidin boʻlmish oh,
Qayda kelgay men kebi koʻngli usholgʻondin bu ish.
Andin ayru oʻlmayin koʻrganda jon qildim fido,
Qilmangiz tahsinki, qilmishmen uyolgʻondin bu ish.
Telba koʻnglum qochsa savdo dashtigʻa ayb etmangiz,
Qildi gʻam zindoni ichra koʻp qabolgʻondin bu ish.
Garchi muhlik ishq aro tushtum, koʻzumni ham oʻyung
Kim, boshimgʻa keldi koʻz ul sori solgʻondin bu ish.
Gar Navoiy hajr aro oʻlturdi oʻzni yoʻq ajab,
Qildi yori naslidin novmid qolgʻondin bu ish.

260

Menmudurmenkim quyosh kulbamni ravshan aylamish,
Obi hayvon zulmatobodimni gulshan aylamish.
Yuz falakcha topsa rif’at bayti vayronim, ne tong,
Yuz quyosh chunkim bu vayronimni maskan aylamish.
Koʻz tegurmang, ey parilarkim, koʻzum sarchashmasin,
Ul pariyu huri rizvon rashki ma’man aylamish.
Mundin oʻtmas doʻstluq garduni dushman shevadin
Kim, oʻzin dushmanlarim qasdigʻa dushman aylamish.
Mehrni bilmas edi nomehribonim, shukr erur,
Gar bu fan ta’lim anga davroni purfan aylamish.
Shevan erdi qismatim hijron tunidin goʻyiyo
Kim, qora kiymish mening rashkimga, shevan aylamish,
Ey koʻngul, faryod ila ram berma, gar vayronima,
Chugʻz yangligʻ toyiri davlat nishiman aylamish.
Baxti jovid ushbu boʻlgʻaykim koʻzum surtarga charx,
Itlarining yoʻli tufrogʻin muayyan aylamish.
Ey Navoiy, yoʻq ajab, gar charx oʻz davronida
Mehr birla bir qorargʻon koʻzni ravshan aylamish.

261

Labingni soʻrgʻali muhri sukut ogʻzima tushmish
Ki, ul shakkar bila ernim biri biriga yopushmish,
Hayotim andin ekinkim chiqargʻa quvvati yoʻqtur,
Zaif jonki labing hajridin ogʻizgʻa yovushmish.
Yuzung xijolatidin argʻuvongʻa tushti tagʻayyur,
Daraxti rangidin anglar kishiki qoni qurushmish.
Quloq durigʻa xaridor edi yuzung ajab ermas,
Nashot el orakim Zuhra Mushtarigʻa qovushmish,
Hayot mulkidin etmak safar ne mumkin angakim,
Kelib vatangʻa safardin nigori birla quchushmish.
Ne bok pok koʻngul sari charx solsa kudurat,
Zulol koʻzgusini soya tiyra qilsa ne tushmish.
Navoiyo, dema ishqing soʻzin chiqarma ogʻizdin,
Yoshurmogʻim ne osigʻ, chun xaloyiq ogʻzigʻa tushmish.

262

Mayki la’lidin tomizdi ul nigori bodanoʻsh,
Goʻyiyo, jon topqanidin tushti tufroq ichra joʻsh.
Ishva birla betahammul qilmasa ul mugʻbacha,
Nevchun dayr ahlidin bir lahza kam boʻlmas xurush,
Raz qizi beboklikdin qilsa uryon xalqni,
Dayri piri zayli ehson birla keldi pardapoʻsh.
Lali mayning javhari ruh oʻldi, chun har qatrasi,
Goʻyi e’jozi Masiho zohir aylar mayfurush.
Mastligʻdin elga yuz soʻz der, vale bir soʻz desam,
Koʻz yumub ham mastligʻ birla oʻzin aylar xamush.
Turmadi shayxi riyoiy, chun yetishti piri dayr,
Qochmayin Iblis netsun, chun nuzul etti surush.
Ey Navoiy, demakim, jonu koʻngulni naylading,
Ikkisin qildim fido, chun bodanoʻshim tutti qoʻsh.

263

Surohi to mayi la’ling visolin orzu qilmish,
Ani bu orzu devonai joʻlidamoʻ qilmish,
Chibinlar shakkari la’lingda yoʻq jon qushlaridurkim,
Su ichmaklikka hayvon chashmasi uzra gʻulu qilmish.
Adamdur ul ogʻizkim xurdabini aql topmaydur,
Vujudin garchi ul qatlim ishida guftugoʻ qilmish.
Gʻaming jon pardasin chok aylagach, gardun, ne yangligʻkim
Labing oritting aning rishtasi birla rafu qilmish.
Koʻngulkim tashnai la’li labingdur, vahki, su etmas,
Anga garchi visoling va’dasi bagʻrimni su qilmish.
Labing yetkan qadah taryoqidin yetkurgil, ey soqiy
Ki, hajr achchigʻligʻi jomim aro mayni ogʻu qilmish.
Visoling noʻshi birla oʻzgalarga noʻshi jon boʻlkim,
Navoiy joni muhlik hajr neshi birla hoʻ qilmish.

264

Shabistonimda jom ichra yuzung aksi charogʻ oʻlmish,
Charogʻimgʻa va lekin jom zarfu boda yogʻ oʻlmish.
Diram uzra diram toʻkkan kebi pinhon xirad ahli
Girihlik koʻnglum ichra ishqdin dogʻ uzra dogʻ oʻlmish.
Iloj aylay desang, qoʻy islayin sebi zanahdoning,
Mengakim sunbulung savdosidin za’fi dimogʻ oʻlmish.
Koʻzung nargis, uzoring gul, qading sarvu soching sunbul
Buzugʻ koʻnglum xayolidin bularning turfa bogʻ oʻlmish.
Ne qilsang emdi qil koʻnglumgakim, toroji ishqingdin,
Shikibu ilmu aqlu zuhdu taqvodin farogʻ oʻlmish.
Ajab Farhod erur shirin labing shavqida koʻnglumkim
Anga paykonlaring metinu ishqing qofi togʻ oʻlmish.
Toʻla quy jomi gardunvashqa may, ey soqiyi mahvash
Ki, gʻam xaylini gʻarq aylar tengsiz bu nav’ ayogʻ oʻlmish.
May ichkim, dardu gʻam bir lahza sogʻ oʻlmoqqa qoʻymaydur,
Anikim, bu koʻhan mayxonada bir lahza sogʻ, oʻlmish.
Navoiy tiyra shomin kavkabi ashki qilur ravshan,
Bu yulduzlar anga goʻyoki durri shabcharogʻ oʻlmish.

265

Qaysi vodiykim tanimni ashk sayli surmamish,
Qaysi togʻ avjigʻakim mavji boshimni urmamish.
Qaysi hijron shomikim har lahza hijron sarsari,
Bir-bir avroqin falakning har taraf sovurmamish.
Qaysi damkim xotirimgʻa chun oʻtub gulzori vasl,
Gʻunchadek koʻnglumda hijron yuz tikon sindurmamish.
Qaysi hijron dashtikim qasdimgʻa tortib gʻam sipoh,
Ul cherikning oʻtin ohim shu’lasi yondurmamish.
Qaysi bir majliski, may tobiyu oraz barqidin,
Elga oʻtlar solib, ul qotil meni kuydurmamish.
Qaysi birga olam ahlidinki qildim jon fido,
Gʻussa olam-olam oʻtlugʻ jonima yetkurmamish?
Ey koʻngul, dayri fano azmi muborak azm erur,
Qoʻy qadamkim, topqon ul yoʻlni vatanda turmamish.
Dayr pirining qulimenkim, xarobot ahlidin
Necha koʻrmish jurm alarning yuziga kelturmamish.
May tutub koʻnglumni tindur bir zamon, ey mugʻbacha
Kim, zamon bedodi ani lahzai tindurmamish.
Zulf aro asra Navoiy koʻnglin eldin istama,
Telbani band ichra zomingʻa kishi topshurmamish.

266

Telbalik sensiz, ey pari, menga ish,
Koʻksuma tosh urarmen, egnima tish.
Naxli ayshim qoʻngordi uyla gʻaming
Kim, makonida qolmadi qirtish.
Novaking kasrati koʻngul ichida,
Uylakim naysiton ichinda qamish.
Yo qoshing birla qildi chun da’vi,
Qatl uchun boʻgʻzigʻa solildi kerish.
Zulfu jisminggʻa rangu nozukluk,
Koʻrinur ul sifatki, qoqumu kish.
Ne uchun boʻldi la’lgun ashkim,
Gar yurak qoni ermas anda qotish.
May koʻp ichsam ajab yoʻq, ey soqiy,
Qon yutarlarda qilmisham varzish.
Bargi gulkim sochildi koʻyi aro,
Ul mening pora-pora koʻnglum emish.

267

Orazing hijronidin kelmas manga gulzor xush,
Gulsiz andoqkim emas gulbunda yuz ming xor xush.
Xastadur koʻnglum koʻzungdin uylakim mumkin emas,
Lablaringdin sharbat olmay boʻlgʻay ul bemor xush.
Koʻyida vayronaye topib yiqildimkim, kelur
Qasri jannatdin menga ul soyai devor xush.
Koʻyidin man’ aylar erdim chun oʻlarmen, ey koʻngul,
Emdi berdim ruxsating, har qayda borsang, bor xush.
Har kishi maqsadgʻa bir sarrishta istar, ey faqih,
Subha gar xushtur sanga, bordur manga zunnor xush.
Hirqavu zuhdu riyo ahligʻa xushtur xonaqah,
Lek aning ragʻmigʻa keldi kulbai xammor xush.
Ey Navoiy, may bila xush tut oʻzungnikim, emas
Bu fano dayri aro boʻlmoq dame hushyor xush.

268

Oshiq oʻldum, bilmadim, yor oʻzgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.
Qaddigʻa el mayli boʻlgʻondin koʻngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Elga novak urdi, men oʻldum, erur bu turfakim,
Jonim etkan resh el bagʻrigʻa kirgan xor emish.
Rishtakim muhlik yaram ogʻzigʻa tiktim, angladim
Kim, kafan jinsi qirogʻidin suvurgʻon tor emish.
Koʻyi devoridin ogʻriq tangʻa tushkon soyadek,
Seli gʻamdin emdi soya oʻrnigʻa devor emish.
Jongʻa taxvif ayladim tigʻi halokidin aning,
Bilmadim, bu ishtin ul oʻlguncha minnatdor emish.
Ey Navoiy, xoʻblarni koʻrma osonligʻ bila
Kim, birovkim soldi koʻz, uzmak koʻngul dushvor emish

269

Menga emdi sarv ila gul muddaosi qolmamish,
Sarv boʻyluq guljabinlarning havosi qolmamish.
Uyla buzmish mehnatu gʻam xayli koʻnglum kishvarin
Kim, nashot anda sigʻingʻuncha fazosi qolmamish.
Men baliyat ichramen, el shod, goʻyo charxning
Emdi dard ahligʻa yetkuncha balosi qolmamish.
Yorkim qilmas jafozu javr ermas rahmdin
Kim, manga koʻrguzmagan javru jafosi qolmamish.
Baski har torin balo atfoli uzdilar chekib,
Vahki, uryon jism uza mehnat palosi qolmamish.
Gul chogʻi bogʻinggʻakim yoʻl bermading, ey bogʻbon,
Chinmudur day boʻlgʻali derlar safosi qolmamish.
Ey Navoiy, gar vafosi qolmamish aning sanga,
Gʻam yemakim, anga ham husni vafosi qolmamish.

270

Koʻngulni bu kecha bir oy xayoli mubtalo qilmish
Ki, uyqu xaylini koʻzlar savodidin jalo qilmish.
Koʻngulga toza qoʻygʻon dogʻlardinmu savod oʻlmish,
Yoʻq ersa hajr dudidin falak yuzin qaro qilmish.
Vujudim xirmanin oʻrtargʻa bir barqi balo urmish.
Koʻzumga hajr ilgi kojidin har oʻtki choqilmish.
Vafosizliq muhabbat ahli oridur xusho, ulkim,
Hayoti naqdini bir qotil ollinda fido qilmish.
Ayogʻi tufrogʻining qiymatin jonlar degan hayhot,
Hayot iksirini tufrogʻ birla teng baho qilmish.
Gadoligʻ aylamish yillar koʻzum ul xoʻblar shohi,
Qachon bir koʻrguzub oraz, aning komin ravo qilmish.
Visol istar esang qochma baliyatdinki, koʻrguzmish
Niyoz ahli vafo, har necha noz ahli jafo qilmish.
Tarab jomini tutmas dayr piri boʻlmayin foniy,
Birov bu fayz topmishkim yerin dayri fano qilmish.
Navoiy benavo boʻlkim azal qassomi qilgʻonda —
Xaloyiqqa navo taqsim, bizni benavo qilmish.

Sod Harfining Sanamlarining Siyti «Navodir»din

271

Birovki dayr sori zohir ayladi ixlos,
Burungʻi naf’i bukim xonaqahdin oʻldi xalos.
Xalos istasang andin ayon qil ixlosing
Ki, yoʻq kishiga xalos etmayin ayon ixlos.
Avom zohiridek qilmagʻangʻa zohirini
Muyassar oʻlmadi botin ishi nechukki xavos.
Birovga xos inoyat bu yoʻlda om oʻldi
Ki, om suvrati birla oʻzini ayladi xos.
Simo’ vajd ila gar boʻlmasa muassir emas
Ki, kulgu boisidur qilsa fil oʻzin raqqos.
Baqo durin tilabon terga gʻarqaliq ne osigʻ,
Budur topargʻa fano bahri ichra boʻl gʻavvos.
Navoiy, istasa qatling habib, sen yana oʻl
Ki, ishq tigʻi shahidigʻa buyla keldi qasos.

272

Husn oyatiki keldi yuzung qissasida nas,
Tong yoʻq, desamki sha’nidadur ahsan-ul qisas.
Mushafni oʻrtadim deding oʻtluq uzor ila,
Koʻnglum qabul qildi kaloming nachukki nas.
Koʻnglum qushini tigʻi gʻaming qildi chok-chok,
Bilman koʻngulni qushmudurur emdi yo qafas.
La’ling nigini sharhidadur goʻyiyo fusus,
Har juzvida nishonai vaqf ayladi bu fas.
Oʻldumki, qatlinga nega ushshoq boʻldi xos,
Tirguzdi buki yona meni aylading axas.
Taqvii ishq aro chu azimat tilar koʻngul,
Avval kerakki, bir taraf etsang bori ruxas.

273

Qatl uchun elga chu ta’mim ila berding tanqis,
Oʻlgum erdi meni gar qilmasang erdi taxsis.
Hirsi ul shoʻxning el qatligʻa bordur oncha
Ki, ajal hojat emas aylamak ani tahris.
Hajrdin ishq oʻtida topmadi koʻnglum maxlas,
Garchi oʻt birla boʻlur qalbgʻa bermak taxlis.
Yor hajrigʻa davo guldin emaskim, bermas
Kimsaga Yusuf isi qon aro har pora qamis.
Garchi bildimki haris oʻldi jahonda mahrum,
Boʻlmamoq mumkin emas yor visoliga haris.
Qil fano darsi aro oʻzni mulaxxaski, emas
Sud kashfida bu ma’nining oʻqumoq «talxis».
Yordin ayru Navoiy oʻziga istar oʻlum,
Ey ajal, joning uchun berma anga koʻp tanqis.

274

May meni qildi riyoyi porsoliqdin xalos,
Porsoliq yoʻqki, ujbu xudnamoliqdin xalos.
Xonaqah ahli yoʻluqsa mastligʻdin taniman,
Shukrkim, boʻldum alargʻa oshnoligʻdin xalos.
Ishq xilvat kunjidin soldi meni mayxonagʻa,
Qildi zindon goʻshasida mubtaloligʻdin xalos.
Dayr piri jur’asin topmayki, uldur shohliq,
Dayr aro gar orzu qilsam gadoliqdin xalos.
Ey jafogar, bir vafo qilkim ikovlon boʻlgʻabiz,
Men jafo chekmaktinu sen bevafoliqdin xalos.
Soqiyo, hajru xumor ichra yetibmen jonima,
Bir qadah birla meni qil bu oraligʻdin xalos.
Ey Navoiy, benavo istab seni dildoru sen,
Gar navo istarsen, oʻlma benavoligʻdin xalos.

275

Kishiga bersa gʻamu mehnati davron tanqis,
Yaxshiroqkim anga bergay gʻami hijron tanqis.
Bersa tanqis gʻami hajr dogʻi oncha emas
Kim, berur rashk bila gʻayrati jonon tanqis.
Istasam oʻqini koʻksumda budur vahmimkim,
Topmagʻay tiyra koʻngul habsida jonon tanqis.
Men urub poʻya junun dashtida, lekin ne osigʻ
Kim, erur koʻngluma gʻam chohida pinhon tanqis.
Koʻyidin raxti safar bogʻlasa agʻyor ne tong,
Bogʻu gulshanda koʻrar gʻuli biyobon tanqis.
Charxdin za’fim ila boʻlsa malolim ne ajab,
Koʻrar ul Zol bila Rustami doston tanqis.
Ey Navoiy, bas erur telbalik emdi, berma,
Ul parivashqa chekib nolavu afgʻon tanqis.

Zod Harfining Zamiron Buylarining Ziyosi «Navodir»din

276

Qila olgʻoncha riyo ahlidin etkil i’roz,
Yaxshiroq sidq ila osiki, riyoliq murtoz.
Mujrimi sodiq erur uzr bila qobili fayz,
Mu’jibi zuhdqa boʻlmas mutajalli fayyoz.
Oʻzlukung salbidin axloqi zamimingni ketur
Kim, ketar mushil ila necha muxolif amroz.
Bosh oqardi, koʻz oqardiyu oqarmas koʻnglung,
Tiyrasen har nechakim tutti savodingni bayoz.
Chek riyozat vale ish oʻrnida tutma anikim,
Bu riyozatdurur, ulkim evazi keldi riyoz.
Barcha ish vaqtida haq boʻlsa keraktur gʻarazing,
Bu gʻarazdin chu boʻlur daf’ kerakmas agʻroz.
Ikki barmoqqa tutar siymni miqroz kebi,
Faqr torin dogʻi qat’ etkuchidur ul miqroz.
Har ne ollinggʻa kelur haqdin erur chun oriz,
Bas tahammul qilibon aylama har dam i’roz.
Jahl aybini Navoiy netibon yoshurgʻay,
El koʻzi ochiq erur, gar oʻzi etkay igʻmoz.

277

Istasam boʻse labidin, jon tilar jonon evaz,
Koʻngli birla desa jonon ozdurur yuz jon evaz.
La’lin ogʻzimgʻa olo olmon, ayogʻi tufrogʻin,
Topsam etmon maks agar jon istasa jonon evaz.
Poyboʻsi ham emas haddim ayogʻi tufrogʻi,
Gar muyassar boʻlsa jon bermak boʻlur oson evaz.
Itlarining xoki poyin koʻrgali ham rozimen,
Gar tilar oldik qaroru hushu xonumon evaz.
Vasli gar boʻlmas muyassar, yuz tuman jonu jahon,
Gar berilsa oʻtruda bermak emas imkon evaz.
Soqiyo, tut la’lgun may bahridin zavraq bila
Kim, erur bir jur’asigʻa naqti bahru kon evaz.
Ey Navoiy, ishq tarkin aylagil, nevchunki, men
Vasl uchun jon berdimu boʻldi manga hijron evaz.

278

Orazingdur oftobi olamorodin gʻaraz,
Jonfizo nutqingdur anfosi Masihodin gʻaraz.
Ochmagʻaymen koʻz meni devona husnung boʻlmasa,
Har pari paykar jamoligʻa tamoshodin gʻaraz.
Uq tikilsun koʻzlarimga boʻlmasa oʻqdek qading,
Bogʻ aro har dam havoi sarvi ra’nodin gʻaraz.
Shomi hajrim zulfi mushkiningdin oʻlsun tiyraroq,
Gar emas koʻnglumda zulfung mushki sarodin gʻaraz.
Jon berib la’limni istardim, gʻaraz nedur dema
Kim, base zohirdurur, jono, bu savdodin gʻaraz.
Dardu mehnat chekmakimdin qasdim aning koʻyidur,
Ka’badur solikka qat’i koʻhu sahrodin gʻaraz.
Ey Navoiy, yorning mehru vafosin istama,
Qilmagʻan boʻlsang koʻngulga zulmu bedodin gʻaraz.

279

Gar budur qomati ra’no bila zebo oraz,
Sarv boʻy chekmasu ochmas guli ra’no oraz.
Orazin sabzagʻa har gulshan aro surtarmen,
Sanga to sabzai tar ayladi paydo oraz.
Toqatim yoʻq iki oʻt birla meni oʻrtarga,
Otashin la’l manga ayla ayon yo oraz.
Parda yopqilki, xating ayladi behol meni,
Men xud oʻldum qila olmasqa tamosho oraz.
Orazimni bir ayoq birla qizort, ey soqiy,
Necha surtay ayogʻinggʻa meni rasvo oraz?!
Oygʻa gulguna magar surtti mashshotai charx
Yo sanga maydin erur gul kebi hamro oraz.
Ey Navoiy, tilasang davlati boqiy topmoq,
Olmagʻin dayri fano yoʻlidin aslo oraz.

Te Harfining Tannozlarining Tarovati «Navodir»din

280

Desangki, faqr tariqini aylayin mazbut,
Kerakki, zuhd riyo birla qilmasang maxlut.
Bu yoʻlda shart fanodur agar qadam qoʻysang,
Kerak bajoy ketursang nekim erur mashrut.
Qishiki zohiri oshuftadur zamirigʻa boq,
Basoki ma’ni erur poku lafz nomarbut.
Qoʻngul sahifasidin raf’ qil xavotirni
Ki, safha zoyi’ oʻlur chun chibin qilur manqut.
Desang oʻzumdin itay gʻayr suvratin isqot,
Oʻzungdin ayla burun oʻzlukungni-oʻq masqut.
Fano riyozatida qaddin aylagan chavgon,
Qoshida goʻycha yoʻqtur bu gunbadi maxrut.
Navoiyo, der esang tongla boʻlmayin maqbuz,
Bu kun jahon eliga oʻzni aylagil mabsut.

281

Qildi botil mehrdin har necha qildi yor shart,
Shart koʻp buzdi nedinkim ayladi bisyor shart.
Sharti mehr aylar bukun andoq unutur tonglakim,
Hargiz etmaydur degaysen ul pari ruxsor shart.
Koʻyida kim poyboʻsi birla izzat istasa,
Bordur anda aylamak tufrogʻdek oʻzin xor shart.
Ayladi sharti vafo, lekin qachon bor e’tibor,
Mastliqdin har ne qilsa kofiri xunxor shart.
Ishq tarkida qilib koʻp shart buzdung, ey koʻngul,
Ishki qilmoq mumkin ermas, qilmagʻil zinhor shart;
Dayr piri xidmatigʻa, ey koʻngul, bel bogʻlading,
Balkim ushbu bogʻlamoqqa bor edi zunnor shart.
To tirikmen tarki ishq etmay debon shart ayladim.
Shart qilgʻon ayladik bore Navoiyvor shart.

282

Oy yuzung koʻzguvu atrofini tutqan zang xat,
Ne yarashibdur ul oy davrigʻa minorang xat.
Sabzai tardekki sudin bosh chiqargʻay lutfi bor,
Orazingdinkim, chiqarga aylamish ohang xat.
Maydin oʻlsa orazing gulgun, boʻlur xattinggʻa zeb
Kim, topar chun safha gulgun boʻldi oʻzga rang xat.
Uylakim margʻulalar koʻrguzdi ul mehrob uza,
Toʻtiyodur xirmani gul uzra urgʻan chang xat.
To qamar davrida ne ofatlar oʻlgʻay oshkor,
Buylakim, ul yuzda aylar fitnavu nayrang xat.
Chiqqali xat elni qatl aylar chiqarmish, goʻyiyo
Xalqning qonigʻa ul xunrez shoʻxi shang xat.
Husn mulkida shah ul yuz chatr mushkin boʻldi qosh,
Ne ajab, boʻlsa zumurraddin anga avrang xat.
En koʻngul, sof ayla safhangni tilar boʻlsang uruj:
Kim, nabigʻa ordur bilmoq savodu nang — xat.
Sabzavu gul sari mayl etmas Navoiy xotiri,
To chiqarmish yuz uza ul shoʻxi sabzarang xat.

283

Xollarining nuqtasidin topti zeb ul turfa xat,
Garchi xat uzra boʻlur bir nuqtavu boʻlmas nuqat.
Yuz uza xattin nazzora aylagil gar koʻrmading,
Ey koʻngul, kun safhasida tun savodi birla xat.
Hajr shomi oyni ruxsoring sogʻinsam qilma ayb
Kim, basar hissi qorongʻu kechada qildi gʻalat.
Sarv chun asru biyik, savsan bagʻoyat past edi,
Qomating xayrul-umur oyinidin topti vasat.
Sayli ashkim roʻdi ikki boʻldi olam mulkini,
Goʻyiyo olam erur Bagʻdodu ashkim sayli Shat.
Tavsani himmat bila qat’ aylagil dashti fano,
Yoʻqsa bu yoʻlda boʻlubtur tavsani gardun saqat.
Ey Navoiy, may bati qonin oqiz bazm ichrakim,
Gar kabob aylar va lekin elni mast aylar bu bat.
Avvalgi
I- qism