OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNavodir ush-Shabob (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm189KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/15
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Navodir ush-Shabob (II- qism)
Alisher Navoiy

Ze Harfining Zariflarining Zuhuri «Navodir»din

284

Ne nutqi dilkash erur, vah, ne dilrabo alfoz,
Masih nutqida yoʻq buyla jonfizo alfoz.
Erur xujasta soʻzung fayz mavjining tengizi,
Tengizda har sarigʻi durri bebaho alfoz.
Soʻzungda lafzin eshitkach arab fasihlari,
Birisi qilmadilar soʻzga ibtido alfoz.
Soʻzungda piri xirad topmayin gʻalat ahkom,
Tilingga sahv ila ham oʻtmayin xato alfoz.
Sanga nadim oʻlubon Jabrail ham keturub,
Bir oshno qoshidin barcha oshno alfoz.
Sipehr javfida daryo vujudung ichra soʻzung,
Bu bahr ichinda javohir soʻzung aro alfoz.
Navoiy ayladi na’tingni, vird boʻlsa, ne tong,
Anga kalomi ravonbaxshu muntaho alfoz.

285

Labingdin boʻldi bu mahjur mahzuz,
Aningdekkim, shakardin moʻr mahzuz.
Soʻzungdin topsa haz koʻnglum ajab yoʻq
Ki, sharbatdin boʻlur ranjur mahzuz.
Emas hajring kuyuk koʻksum iloji
Ki, boʻlmas shu’ladin mahrur mahzuz.
Sochingdin orazing koʻrguzki, elni
Qorongʻu tunda aylar nur mahzuz.
Labinggʻa jon fidokim, qildi jonni
Bu aqshom asru nomaqdur mahzuz.
Xumor oʻlturdi, soqiy, tut qadahkim,
May oʻlmay boʻlmadi maxmur mahzuz.
Navoiy koʻnglini buzdung, qil emdi,
Etib vasling bila ma’mur mahzuz.

286

Necha yolgʻon soʻzu muzhik harakot, ey voiz,
Majlis ahli yuzidin yoʻqmu uyot, ey voiz.
Dedilar: pand ila tavsanligʻin elning oʻksut
Kim, dedi: tepkilu minbarni ushot, zy voiz.
Huru jannatni koʻp oʻqdung magar ul yon, elni,
Yuborurga qilasen qat’i hayot, ey voiz.
Yoshurun dardima dur ashku emas nutqingning —
Asaridin yuzum uzra qatarot, ey voiz.
Kecha ichmak mayu kunduz demak ichmang ani,
Hikmat ichra bu erur yaxshi sifat, ey voiz.
Oʻzgacha boʻlmoqu oʻzgacha oʻzin koʻrsatmoq,
Koʻz tut oʻz holinga tafzihni bot, ey voiz.
Dayr piri qulidurmenkim, agarchi may ichar
Bori bor oʻz ishida anga sabot, ey voiz.
Elni chun zarq namozi soʻziga jam’ etting,
Tortgʻil tafriqagʻa emdn salot, ey voiz.

257

Chekti bulbul kebi ming lahn ila doston hofiz,
Yoʻq aningdek yana bu davrda xushxon hofiz.
Davr oʻqir chogʻda ajab fitnalar aylar izhor,
Yoʻq aningdek yana sarfitnai davron hofiz.
Hofiz etkan kebi haq lutfi ani qur’onda,
Boʻldik aning dogʻi har holida qur’on hofiz.
Jon olur na’masi ul ruh gʻizosi birla,
Xalq jonin qilur oʻz bazmida mehmon hofiz.
Gar unung jon olur ani desa boʻlgʻaymu darigʻ
Kim, fido boshtin ayogʻinggʻa sening jon hofiz.
Sendadur na’mai Dovud ila anfosi Masih,
Bordurur yoʻq esa davronda farovon hofiz.
Ey Navoiy, dema lahnigʻa nedin boʻldung sayd,
Halq saydigʻa qoni uyla xush alhon hofiz.

Ayn Harfining Iyorlarining Alomati «Navodir»din

288

Izzat tama’ kim aylasa tark etmayin tama’,
Ul xorliqqa mujib erur azza man qana’.
Tuxmi tama’ki xorliq oʻlmish aning bari,
Sen buyla xor tuxmin ekib qilma gul tama’,
Nafsing halokin istayu topsang ani halok,
Zinhor motam ahli kebi qilmagʻil jaza’.
Nevchunki to tirikdurur ul zolimi lain,
Koʻnglunggadur halokatu joninggʻadur vaja’.
Ruhunggʻa sihhat oʻlsa maloyik boʻlur sipoh,
Nafsinggʻa quvvat oʻlsa shayotin boʻlur taba’.
Tark etma uzru ajzgʻa koʻnglungni solsa fisq,
Qoʻygʻil riyovu ujbgʻa gar bosh chekar vara’.
Joh ahli, faqr ichra Navoiygʻa iqtido —
Aylangki, bu tariqa anga keldn muxtara’.

289

Mehr ila gar keldi charx ayvoni rif’atdin mani’,
Jom qoʻygʻon dayr toqin anglagʻil andin rafi’.
Dayr jannatdur, koʻr anda jilvagar har mugʻbacha,
Shaklikim zohir qiliptur huru gʻilmondin badi’.
Soqiyo, chun davr aro solding hiloliy jomni,
Bilkim, ul sayr ichra bor oʻzga kavokibdin sari’.
Gar chiqib masjiddin oʻldum but qoshida gʻam yemon,
Shoyad ul jurmumgʻa ushbu toatim boʻlgʻay shafi’.
Menki dayr oʻldi, manga taqviyu toat buq’asi,
Oʻlganimda kufr goʻristonin aylarmen baqi’.
Boʻldi soqiyning gul ruxsori gul-gul bodadin,
Tut gʻanimatkim yigitlik faslidur fasli rabi’.
Xonaqahdin kim Navoiydek borur mayxonagʻa,
Anda-oʻq qoʻydik riyovu ujbdek fe’li shani’.

290

Qildi uqor oʻtogʻasin ul qotili shijo’.
Xurshid orazigʻa hamono xati shio’.
Ul minmayin hanuz takovargʻa, voykim,
Mendin qaroru sabru koʻngul qildilar vido’.
Maydongʻa chopti tavsanin ul nav’kim, degil
Kim, charx shahsuvori bila qilgʻusi nizo’.
Yuz fitna soldi gʻayri mukarrarki, aylamish
Bedodu zulm tavrida yuz nav’ ixtiro’.
Jonni oti ayogigʻa dedim, nisor etay,
Lek ermas edi koʻzga koʻrunguncha bu mato’.
Sarkashlik etma shu’ladek oʻrtarga elnikim,
Asru bod inhitot topar andoq irtifo’.
Boshtin, Navoiyo, chiqar oʻzluk xayolini,
Gar sarzanish bila der esang koʻrmayin sudo’.

291

Lablaringdin har zamon jonni tilarmen muntafi’
Munqati’ boʻlmay nafas, boʻlmas umidim munqati’.
Koʻz yumub ochquncha, vah, yuz qatl qilmoq yoʻq edi,
Buyla san’atlarda mahvashlargʻa sensen muxtari’.
Koʻktadur ohim quruq tandin itib munglugʻ koʻngul,
Shu’la daf’ oʻlmay oʻtundin dud boʻlmas murtafi’.
Ishqu dardu shavq koʻnglum ichradurlar, ohkim,
To ne qilgʻaylar boʻlub mundoq balolar mujtami’.
Ishq eli gʻavgʻosidin dardim desang, ma’lum emas
Xossakim, ulkim anga dermen xud oʻlmas mustami’.
Istasang dayri fano sirrigʻa topmoq ittilo’,
Mastligʻdin boʻlmagʻil davron ishiga muttali’.
Ey Navoiy, qil fano ilmini yaxshi kasbkim,
Aylagaysen daf’ agar taqvo buyursa mubtadi’.

292

Koʻrub orazing yigʻlasam yoʻq badi’,
Kelur sel boʻlgʻonda fasli rabi’.
Necha ishq aro bor esang tangdil,
Erur ul uy ikki jahondin vasi’
Gumon qilma ishq ahlini xoksor
Ki, himmatlaridur falakdin rafi’.
Damim oʻti koʻkka chiqar uyla tez
Ki, barq inmagay yerga andoq sari’.
Yuzung ollida gul hadisin demon,
Xush ermas latif elga lafzi shani’.
Agar zuhd edi jurmum, ey piri dayr,
Ne gʻam boʻlsa jurmumgʻa lutfung shafi’.
Navoiy agar yor erur bazlagoʻy,
Badi’ eldin ermas badoye’ badi’.

293

Hajr oʻtidin shom agar mendek emas bexob sham’,
Rishtai jonigʻa nevchun soldi pechu tob sham’.
Bir quyosh hajrida gar kuymas nedin bas men kebi,
Kavkabi ashkin toʻkar andoqki durri nob sham’.
Mahvashimdek demakim, boʻlmish libosi la’lgun,
Men kebi qon yoshdin oʻldi gʻarqai xunob sham’.
Kechaikim tiyra kulbamni yorutqay ul quyosh,
Tong emas anjumdek oʻlsa ul kecha noyob sham’.
Gʻam tuni ul oy xayolidin buzugʻ koʻnglum yorur,
Goʻshai vayrongʻa bastur partavi mahtob sham’.
Tiyra shoming fayz nuridin desangkim, yorugʻoy,
Tutqil ul yangligʻki tutmish goʻshai mehrob sham’.
Ey Navoiy, ul quyosh qoʻygʻoch shabistonimgʻa yuz,
Rashkdin siymob ashkidek boʻlur siymob sham’.

294

Torttim ranji xumor aylab mayi ahmar tama’,
Ul kishidekkim, qozar togʻ aylabon gavhar taml’.
Lola jomi durdidek ham dast bersa yaxshidur,
Davrdin gar aylay olmon lolagun sogʻar tama’.
Soqiyo, jomi labingdin el tama’ qilgʻonda noʻsh,
Bizga gʻamzangdin erur bir jonsiton nishtar tama’.
Qatlima andin qila olmon tama’, ber zahri chashm,
Men kimu la’li labidin aylamak shakkar tama?!
Desangizkim, boʻlmagʻaysiz men kebi devonavash,
Odamizod ichra qilmang bir pari paykar tama’.
Piri dayr ollida qoʻydum naqdi jon, ey mugʻbacha
Kim, manga bor erdi sendin la’li jonparvar tama’.
Istadim vaslu vafo, dedi: Navoiy qilmagʻil —
Bu tama’, qil, gar qilursen mundin oʻzga har tama’.

Gʻayn Harfining Gʻizolalarining Gʻavgʻosi «Navodir»din

295

Zihi buroqing izidin qamar uzorida dogʻ,
Muayyan ikki qarogʻinggʻa surmai mozogʻ.
Chu yorutub yuzung oʻti falak shabistonin,
Uyotidin oʻchurub har taraf nujum charogʻ.
Shamimkim sochibon zulfi anbarafshoning,
Boʻlub savomi’ qudsi eliga atri dimogʻ.
Oʻtub chu qaddu uzoring sipehri axzardin
Bu nav’ sarv ila gul topmayin yana ul bogʻ.
Ulusqa zulmati kufr ichra iztirob erdi,
Yuzung quyoshi furugʻidin oʻldi muncha farogʻ.
Kitobing oʻzga kutubdinki bordurur ablagʻ,
Balogʻatinggʻa munosib haq aylamish iblogʻ.
Bu baski ayni inoyat bila koʻzung tushsa,
Tamugʻ oʻtigʻa Navoiyni sudrab eltur chogʻ.

296

Garchi yoʻqtur lolazori ashkima paydo qirogʻ,
Dudan ohim bila qoʻymoq boʻlur borigʻa dogʻ.
Gullar oʻlmish otashin to oʻtlugʻ ohim tortibon,
Aylamishmen orazing hijronidin gulgashti bogʻ.
Zulf aro ul oraz uzra zarvaraq har yon erur,
Shom andoqkim yoqilgʻay suda har jonib charogʻ.
Oshiq oʻldum ul malak siymo pari ruxsorigʻa,
Uylakim, oʻt shu’lasidin elga garm oʻlgʻan dimogʻ.
Gʻamdurur koʻnglumda ul Shirin sanamni koʻrgali,
Togʻ aro Farhod oʻlur kim koʻrdi Farhod ichra togʻ.
Davr ranjidin desangkim, lahzaye sogʻ oʻlgʻasen,
Davr ayogʻi ichmakidin boʻlmagʻil bir lahza sogʻ.
Ey Navoiy, chun koʻngul bir dam ochilmas bodasiz,
Istasang ul uyni ravshan dam-badam tutgʻil ayogʻ.

297

Xazon faslida ul oy jismu ruxsorimni koʻrgan chogʻ,
Degaykim, bir qurugʻ shox uzra qolmish bir sarigʻ yafrogʻ.
Uchamda oy tutulgʻan dogʻdek qoldi asar, goʻyo
Ulugʻ ermish fatila asru chun koʻksumga qoʻydum dogʻ.
Gunahsiz oʻlgan el qoni tutubtur shastini, yoʻqsa
Oʻshul qotil xino birla qizil qilmaydurur barmogʻ.
Guli ra’nodin etti kisvatin sarvi ravon yoxud
Sarigʻ terlik uza ul shoʻxmu kiymish qizil shirdogʻ.
Yuziga mehrdin yoʻqkim, yuzidin mehrga nogah,
Harorat yetmasun derkim, solur har saridin qalpogʻ.
Qoʻzi ul shoʻxning chun boʻldi ham bemoru ham usruk,
Toʻla tut davr ayogʻin, ey koʻngulkim, men ham oʻlmay sogʻ.
Koʻz och, ashki nadomat soch oʻz ahvolinggʻakim, bordur
Tunung tiyra, koʻzung xira, yoʻlung burtogʻ, oting oqsogʻ.
Qadam qoʻyma adabsiz bu xazon koʻrgan chaman ichra
Ki, bir gul rang yuzning safhasidur har sarigʻ yafrogʻ.
Magarkim koʻyida yolang ayogʻ ul oy xirom etmish,
Navoiy koʻzlariga surma boʻlmish ul qora tufrogʻ.

298

Oh oʻti birla yuzung hajrida qilsam gashti bogʻ,
Lola yangligʻ oʻrtagay bir-bir sharar gullarga dogʻ.
Koʻrgach ul orazni yigʻlarmen tushub magʻzimgʻa joʻsh,
Uylakim guldin yoshargʻay koʻz, qiziq boʻlgʻoch dimogʻ.
Yuzgakim sanchib binafsha istading husnunggʻa zeb,
Goʻyi ul koʻkurd birla ravshan aylarsen charogʻ.
Dogʻu qonligʻ chok-chok oʻlgʻon koʻnguldadur gʻaming,
Lola togʻ ichra boʻlur kim koʻrdi lola ichra togʻ.
Ikki gavharkim banogoʻshungdadur anjum kebi,
Husn aro oydek yuzung ollida tutmishlar charogʻ.
Bodadin bir dam farogʻat istama, gar istasang
Davr ahli mehnatidin topqasen bir dam farogʻ.
Yor ayogʻin sugʻa chun soldi, koʻzum toʻldi sirishk,
Ey Navoiy, buyla boligʻqa kerak mundoq bulogʻ.

299

Baski qoʻndung koʻksuma koʻnglumni olgʻon chogʻ dogʻ,
Jismim oʻlmish xirqam ul yangligʻki maydin dogʻ-dogʻ.
Demakim, ne dogʻdur koʻnglungdakim, oʻtlugʻ koʻzung,
Qoʻydi anda koʻrguzub yuz loba birla logʻ-dogʻ.
Dogʻlar qoʻydum, chu mastu oshiq oʻldum nechakim,
Oʻzni asrab qoʻymas erdim bor ekanda sogʻ dogʻ.
Argʻuvoni toʻn bila to jilva qilding, vahki, bor
Hayratingdin argʻuvon shohigʻa har yafrogʻ dogʻ.
Solgʻali oʻt bagʻrimu koʻnglumga hajring bor emish,
Tortmoq koʻnglumdin ohu bagʻrima qoʻymogʻ dogʻ.
Goʻyiyo Farhoddek hamroz uchun barq oʻtidin,
Lola ermas bagʻrigʻa har sari qoʻymish togʻ dogʻ.
Ey Navoiy toʻkma oʻtlugʻ koʻnglung uzra ashkkim,
Oʻrtanur koʻprak kuyar holatda quysang yogʻ dogʻ.

300

Zaif jismim aro bir-birining ustiga dogʻ,
Qurugʻ yogʻoch uzadur yafrogʻ ustiga yafrogʻ.
Evursa har sari, tong yoʻq yuzini ohimdin
Ki, chayqalur yel, agar usruk tund boʻlsa charogʻ.
Chamangʻa gʻamzada koʻnglumni chekma, ey bulbul
Ki, keldi chugʻzgʻa vayrona kunji goʻshai bogʻ.
Yaram fatilasi zaxmimni kuydurur har dam,
Magarki qon anga xosiyat ichra boʻlmish yogʻ.
Kerakki qoʻymasa bir dam piyolani qoʻlidin,
Zamone ulki tilar bu zamona ichra farogʻ.
Yetishti burnigʻa ofatki, tutti burnin el,
Yorugʻlugʻi bila chun sham’ boʻldi kunddimogʻ.
Xayoling etti Navoiy boshinda manzilgah,
Nedinki bir tepada joriy erdi ikki bulogʻ.

301

Onchakim ul gʻamza surdi koʻrguzub bedod tigʻ,
Surmas elga qatli om oʻlgʻanda yuz jallod tigʻ.
Shu’laliq koʻnglum aro koʻr xanjari ishqingnikim,
Buyla otashkorliq qilmaydurur haddod tigʻ.
Qatl etib kund oʻlmadi, vah, ne itikdur tigʻi ishq
Kim, aning qoshinda narm ohincha yoʻq poʻlod tigʻ.
Menmenu koʻhi gʻamimkim togʻ tigʻi basdurur,
Gʻam sipohi harbigʻa istar esa Farhod tigʻ.
Tigʻi ishqing olam ahlin oʻlturub kund oʻlmadi,
Hech qotil olam ichra buyla bermas yod tigʻ.
Tigʻi gʻamzanggʻa ajal suyi magar bermish qazo
Kim, yasay olmas itik ul nav’ hech ustod tigʻ.
Shasti gʻamzang birla bahri ashk aro tutqoch meni,
Kesma boshimkim baligʻqa surmadi sayyod tigʻ.
Yoʻq bu gulshan ichra imkoni farogʻat buylakim,
Bargidin har yon chekibtur savsani ozod tigʻ.
Ey Navoiy, boʻgʻzinga hayvon suyidin yaxshiroq,
Gar surar qatl etkali ul sarvi hurizod tigʻ.

302

Sargʻaribtur lolaroʻyim ranji to boʻlmish qotigʻ,
Lola bu yil gulshani umrumda ochilmish sarigʻ.
Koʻp osigʻ umrum bahori mevasidin istadim,
Mevagʻa yetmay xazon boʻldi bahorim, ne osigʻ.
Sharbat etsam shirai jonim zuloli Xizr ila,
Der achigʻlanibki: ne uldur chuchuk, ne bu origʻ.
Ey Masiho, urma dam ul koʻzda sufrat daf’igʻa,
Kahrabo keltur quyoshtin, Hut burjidin boligʻ.
Vasfi ul koʻzning qoraligʻ birla erdi, voykim,
Emdi sarigʻliqqa mansub etmish ani xastaligʻ.
Derki, safro kasratidin boʻlmish ogʻzim ta’mi talx,
Ne tong, oʻlsamkim bu nav’ oʻlmish chuchuk jonim ochigʻ.
Budur ummidimki, ham haq lutfi boʻlgʻay dastgir,
Nabz tutmoq mayli qilma, ey tabib, ilgingni yigʻ.
Gar quyoshim boʻlsa rokib boʻlgʻudek emganmasun,
Tavsani aflok nevchunkim erur behad choligʻ.
Ey Navoiy, boʻlsa yuz jonim, qilurmen sadqakim,
Boʻldi jonon za’fidin ayshim ochigʻ, holim qotigʻ.

Fe Harfining Fitnalarining Fusuni «Navodir»din

303

Togʻ oshiqliq yukidin xam boʻlurgʻa yoʻq xilof,
Koʻrki, ne nav’ oʻldi xam chun qoldi ishq ostida Qof.
Ishq dashti moʻridin aylar hazimat ajdaho,
Ajdaho birla nechukkim moʻr eta olmas masof.
Yer tutar qottigʻ koʻngulga ishq oʻtining uchquni,
Barq tigʻi togʻni ul nav’kim aylar shikof.
Ulki doʻzax oʻtidin ishq ahlini taxvif etar,
Ishq oʻtin chun koʻrmamish tutmoq boʻlur ani maof.
Ishq tigʻi chun koʻrunmay sanchilur el jonigʻa,
Xoʻblar mujgonidin goʻyo anga keldi gʻilof.
Eyki, oshiqsen birovga kelsa har dam yuz balo,
Shukrdin oʻzga ne soʻzkim aytsang bordur gazof.
Ey Navoiy, bermayin jon ishqdin dam urmakim,
Har nekim der oʻlmayin oshiq erur ul barcha lof.

304

Gʻamzadin koʻp tigʻ urdung aylabon koʻksum shigof,
Naycha yangligʻ tngʻ uchun goʻyoki qilding bir gʻilof.
Ne ajab, tigʻing balo ruxsorigʻa mir’ot esa
Kim, koʻrunur suda yuz aksi qachonkim boʻldi sof.
Vah, ne qotillardurur saf-saf aning mujgonikim,
Har yumub ochquncha koʻz zohir qilurlar bir masof.
Oshiqu majnunlugʻum jurmigʻa oʻlturdung meni,
Garchi bor el ollida Majnun bila oshiq maof.
Ishq vodiysinki oson deb emishsen, ey Masih,
Sen azimat qilki, men ajzimgʻa qildim e’tirof.
Ulmayin ishq ichrakim lof ursa bovar qilmagʻil,
Gar desakim, tarki lof ettim, erur ul dogʻi lof.
Ey Navoiy, zulfu qaddin gar demishsen mushk bid,
Yor afv etsunki, aytibsen xato birla xilof.

305

Orazing xurshidi keldi axtari burji sharaf,
Davrida xat shomi mushkoso yuz urmish har taraf.
Dogʻima otqan oʻqung gar tegmasa jismimdadur,
Oʻqni band aylargadur tufroq uza qoʻygʻan hadaf.
Ulki yub ketmas qoʻlidin baski nohaq toʻkti qon,
Vah, ne hojatkim xino birla yana rang etsa kaf.
Gar ato Yusuf, ano boʻlsa Zulayxo filmasal,
Mumkin ermas, ey habibim, sen kebi kelmak xalaf.
Qamdur, ey gulrux, mugʻanniy husni savting janbida,
Yangi oy birla quyosh jirmidin oʻlsa changu daf.
Ey fano koʻyiga ozim chun tavakkul boʻldi rost,
Har necha bu yoʻl maxuf oʻlsa, qadam ur lotaxaf.
Gar talaf boʻldi Navoiy umri ishq ichra ne gʻam,
Shukr, bore boʻlmadi zuhdu riyo ichra talaf.

306

Ne nav’ koʻnglum oʻlur ishq xayli birla harif
Kim, ul shah asru tavono, bu munglugʻ asru zaif.
Latofating erur ul hadgʻakim, badandin ruh.
Necha latif esa, sen ruhdinsen oncha latif.
Pari nihondurur eldin vale bu devona
Paridin oʻldi nihon, baski boʻldi zoru nahif.
Fido sanga menu yuz mendek oʻlsa za’f bila
Kerakki, sihhat aro boʻlsa ul mizoji sharif.
Seni ne nav’ zarofat bila kishi oʻgsun
Ki, haq boshingdin ayogʻinggʻa tegru qildi zarif.
Yigitlar ichra qari necha xiffat etsa erur,
Saqil avlo erur ulki aylagay taxfif.
Navoiyo, senga ul pok ila ne nisbatkim,
Sen asru bodagʻa oludasen ul asru afif.

307

Novaking tokim erur kuygan koʻngulda mu’takif,
Oʻrtagan yo sabt qilgʻan dogʻ aro boʻlmish alif.
Yoshurun kofir koʻzung din qasdi aylar, vah, ne sud,
Hiyla aylab sheva mehrob ichra boʻlmoq, mu’takif.
Deb emishsen oʻlturay kim desa oshiqmen sanga,
Tigʻ surgilkim men oʻz jurmumgʻa boʻldum mu’tarif.
Egri boqmoq birla ul koʻz qatl etar ushshoqni,
Goʻyiyo bemorliq qilmish mizojin munharif.
Yor vaslin istagan qilsun ibodat, demakim
Munda bir maqsud erur, lekin rivoyat muhtalif.
Shayx aytur bir karomatini har dam oʻzga nav’,
Goʻyiyo nisyon boʻlur gʻolib kishi boʻlsa harif.
Markabi ishqu navo mendek Navoiy zinhor,
Qil inon azmini sen mayxona sari mun’atif.

308

Tong yoʻq, urmoq yuz bu sargardonu mahzun har taraf.
Ne ajab, ursa quyundek poʻya Majnun har taraf.
Koʻzlarim bogʻi guliston boʻlmish ul yuz shavqidin,
Bargi gullardur sochilgʻan ashk gulgun har taraf.
Dasht aro Majnunmen, ammo togʻ aro Farhod edim,
Togʻlar dardim yukidin boʻldi homun har taraf.
Aqlu hushum kishvari gar boʻlsa vayron, yoʻq ajab,
Qoʻz yoshimdinkim oqar andoqki Jayhun har taraf.
Hajri shomi anjum ermasturki ohim oʻtidin,
Qatra terlardurki zohir qildi gardun har taraf.
Ey xusho, mugʻ dayrikim din naqdi toroj etkali,
Zohir etkay jilva bir tarsoyi mavzun har taraf.
Qoʻyiga topmas Navoiy yoʻl raqibi ta’nidin
Goʻyiyo ul it xurubdur aylab afsun har taraf.

Qof Harfining Qiyomatlarining Qironi «Navodir»din

309

Jahon zoli ham makr etar, ham nifoq,
Ani toʻrt mazhabda qil uch taloq.
Nechuk deyki, ruxsoridin olma koʻz
Ki, men aytmankim, aning sari boq.
Sening soʻgungga yoymish oq sochini,
Emastur yuzi mehr nuridin oq.
Qoshi uzra qavsi quzah voʻsmasi
Vafo rangidin keldi, albatta, toq.
Desang qolgʻay obod dining uyi,
Bu bedin bila boʻlmagʻil hamvisoq.
Tajarrud tariqini bil mugʻtanam,
Taqayyud gʻulusidin oʻlgʻil yiroq.
Navoiy, oʻzungni qil ul nav’ fard
Ki, oʻzlukni ham sol oʻzungdin yiroq.

310

Chehra gulgun safhasigʻa qilding afshon zarvaraq,
Yo magar raxshon kavokib zohir aylabtur shafaq.
Gar varaq ziynat topar xatdin vale xat yozmayin,
Turfa suvrat birla olam ofatidur ul varaq.
Gulshan ichra qismat etsa la’lidin jon shirasi,
Sifra gar gul ochsa, gul yafrogʻlaridindur tabaq.
Xoʻydin ar boʻlmish jamoling sham’i ravshanroq, ne tong,
Chun tushar oʻt ichra aylar shu’lani afzun araq.
Ishq abvobin yozargʻa yaxshi jismim xomasi,
Xossakim, tigʻi firoqing ayladi boshimni shaq.
Ishq darsin garmravlar bildi yoʻq afsurdalar
Kim, kishi to oʻrtamas oʻzlukni bilmas bu sabaq.
Bulbulu gul de Navoiy birla dildorinikim,
Ul iki mafhumgʻa yoʻq bu ikkidek mosadaq.

311

Mushkil ishdur uyda bir gʻoyibni har dam yoʻqlamoq,
Lek muhlik yoʻqlagʻandin soʻngra istab topmamoq.
Kimgakim yuzlansa bu shiddat ne tong olam yuzin,
Ohu ashki sarsaru toʻfoni birla qoʻzgʻamoq.
Telba itdek hajr soʻzidin kelurmen oʻt sochib,
Ofiyat ahligʻa avlodur yoʻlumdin tarqamoq.
Ne junundur ul quyoshtin ayru hijron dashtida,
Goh qoʻrqub soyadin qochmoq, gah ani qavlamoq.
Togʻ etakinda gar agʻnarmen junun ifrotidin,
Istaram ul pardani uryon tanimgʻa chirmamoq.
Turfadur togʻ avjida har lahza kulmak barqdin,
Chun boʻlur mufrit mening birla bulutqa yigʻlamoq.
Men chu kechtim ishq aro boshtin malomat qilmangiz
Kim, ajabdur boshsiz elning qulogʻin toʻlgʻamoq.
Soʻzni angla, soqiyo, mast et meni ul nav’kim,
Boʻlmagʻay mumkin manga davr ahli soʻzin anglamoq.
Senda noz oʻldi, Navoiyda niyoz ermas ajab,
Bas sen ani qargʻagʻan soyi, seni ul alqamoq.

312

Vaslinga kechrak yetishsam, lutf etib uzrumgʻa boq
Kim, qadam oʻrnin supurmay koʻz bila qoʻymon oyoq.
Qat’ qilmoq ishq vodiysin erur bas turfa ish,
Xossa majruhki, ham bemor boʻlgʻay, ham yayoq.
Sogʻinurmen yor xaylidur koʻrunsa har qora,
Garchi hayrat sayli ashki koʻzlarimni qildi oq.
Vahki, salmo noqasi ildamdurur, men xastahol,
Lutf etib, ey sorbon, fitrokini boʻynumgʻa toq.
Eyki dersen, hajr dashtigʻa yaroqsiz kirmagil,
Bori degilkim, emas bu dasht aro kirmoq yaroq.
Tashna lablar holi bu vodiyda ne boʻlgʻayki, su
Koʻz yoshidur, dogʻi oʻtluq lolalar jomi ayoq.
Ey Navoiy, bu biyobon qat’in oson aylading,
Ashkdin mundoqki har manzilda chekting yuz buloq.

313

Sipehr bogʻin nujum vardi chu qildi ul nav’ikim Xavarnaq,
Yuzidin ul sham’ anjuman ichra soldi yuz ming safo ravnaq.
Qamar masallik yuzi shabistonimizni andoq yorutti, goʻyo
Ki, charx bogʻi quyoshtin andoq munavvar oʻlmaydur erdi mutlaq.
Uzori mehrigʻa turrai shomini har taraftin qilib mutarro,
Bu turfakim mehr chashmasidin zaqan hubobin osib muallaq.
Xirom vaqtida sur’atidin yuziki terlab boʻlub biaynih,
Gul uzra shabnam yoʻq ersa, xurshid uza sochilgʻan sigʻor ziybaq.
Tilida un loba boʻlsa muzmar yuzida yuz husnu lutf mudgʻam,
Koʻzida yuz gʻamza boʻlsa mamlu, qadigʻa ming nozu jilva mulsaq.
Soʻng ilgida bir safina, lekin bu xasta ash’oridin muhallo,
Soʻng ilgida shisha ichra may, lekin oʻz mani la’lidek muravvaq.
Bu shakl ila kirdi kulbam ichra yonimgʻa keldiyu tutti maskan,
Hasad oʻtidin yaqin edikim erib toʻkulgay sipehri azraq.
Ne xush qoldi manga, ne toqat, ne sabr qoldi manga, ne orom,
Chu koʻrdi oʻlgum, kulub toʻla qildi boda daryosi ichra zavraq.
Ichib manga dogʻi tutti, chun behud erdim ogʻzimgʻa quydi ani,
Oʻlub esam ham tirilsam ul dam yaqin mening jonim erur haq.
Mangaki ishq ichra buyla kom oʻlsa tarkin etmaq erurmu mumkin,
Nechaki taklif qilsalar shayxi loda birla faqihi ahmaq.
Navoiy, ishq tarkin etma, qadahni ham qoʻymagʻil iligdin
Ki, dahr muxtiyda mundin oʻzga erur ne qilsang xatoyi mutlaq.

314

Gar qoʻyosh orazigʻa sa’bdurur koʻz solmoq
Ul quyosh orazidin mushkil erur koʻz olmoq.
Ne quyoshtur buki, chun chiqti koʻngullar xayli,
Boʻlsa yuz ming ishidur zarra kebi qoʻzgʻalmoq.
Sarsari ohdin ashkimga taharruk ne ajab,
Yel chu tez oʻldi, boʻlur bahr ishi chayqalmoq.
Ey visol ahli, figʻonim eshitib kulmangkim,
Hajr zindoni aro mushkil erur qiynalmoq.
Soqiyo, dema tugatkilki, emastur mumkin,
Hajr lab tashnasi jomida tarashshuh qolmoq.
Ey mugʻanniy, qadahu sham’u bu behud sari boq,
Bu boʻlur muzhiku mubkiyu munavvim cholmoq.
Sola olmaydur aning sari Navoiy oʻzini,
Ey koʻngul, fonda yoʻq, boʻlmas oʻzungni solmoq.

315

Ul pari paykarki boʻlmish insu jondin xoʻbroq,
Bor aningdek xoʻbkim, mumkin yoʻq andin xoʻbroq.
Gulshan ichra orazu qadinggʻa moyilmenki bor,
Bu guli ra’nodin ul sarvi ravondin xoʻbroq.
Ishq jurmigʻa gar oʻlturgung birovni bil yaqin
Kim, bu ishga yoʻq kishi men notavondin xoʻbroq.
Hajr vodiysinda ulkim bir musofir yori bor,
Yoʻq ani istarga tarki xonumondin xoʻbroq.
Xoʻblugʻdin jon olib oʻzni yiroq tutmaqqa yoʻq
Xoʻblar xaylida, billahkim, falondin xoʻbroq.
Xoʻb edi koʻnglumni istar boʻlsa andin oʻzga xoʻb,
Xoʻbroq budurki, yoʻq ul dilsitondin xoʻbroq.
Koʻp jafo chektim koʻnguldin, yetkuray desam jazo,
Topmagʻumdur kimsa ul nomehribondin xoʻbroq.
Bir zamon vasl oʻlsa yo hijron zamona ahlidin,
Tut gʻanimatkim, zamon yoʻq ul zamondin xoʻbroq.
Gʻar junun dashtida hajr anduhi kam boʻlsun desang,
Ey Navoiy, topmagʻung ohu figʻondin xoʻbroq.

316

Ulki kofur boʻlub mushki qilur ra’noliq,
Oq soqoligʻa kular xalq, zihi rasvoliq.
Chun soqolsizliq erur lozima ra’noliqqa,
Qirqmoq lozim erur ani zihi ra’noliq.
Umr ellikka chu yetti yana ellikdin emas,
Yogʻiliq tengrigavu amrigʻa noparvoliq.
Kim yigitlikda qilur tovba, yigitlik uldur
Qari bulgʻor soqolin qilsa qadah paymoliq.
Tengridin qoʻrqmay ulkim, qaribon boda ichar,
Yaxshiroqdur bu musulmonligʻdin tarsoliq.
Budur insofki, chun boʻldi quvo za’f pazir,
Yoʻqturur hech mufarrihda nashot afzoliq.
Qila olmas qori debo kiyib oʻzni zebo,
Shol ham kiysa yigitka yarashur zeboliq.
Qariliqda iki ishtin kishi bor elga aziz,
Biri zuhdu birisi xalq aro nopaydoliq.
Ey Navoiy, qariding goʻsha tutub, toat qil,
Boʻlmayin xor desang aylama bazm oroliq.

317

Sanga ne gʻam men kebi majnuni shaydodin yiroq,
Ish mangadur sen parivash hur siymodin yiroq.
Hajr dashtida quyundek har taraf sargashtamen,
To tushubmen ul xiromon sarvi ra’nodin yiroq.
Oy jamolin istamonkim, koʻrgamen olam aro,
Bir dam oʻlsam ul jamoli olamorodin yiroq.
Degasen: shomi ajal umrum quyoshin yoshurur,
Gar zamone boʻlsam ul zulfi sumansodin yiroq.
Gar meni rasvo oʻlarmen sensiz, ey oromi ruh,
Ham yiroq ermas agar boʻlsang bu rasvodin yiroq.
Qilma koʻp, ey shayx, aybim xonaqahgʻa yetmasam
Kim, xarobot ahli xushroq ahli taqvodin yiroq.
To yiroq tushmish Navoiy yor agar yod etmadi,
Qilma koʻnglidin muning, yo rab, aning yodin yiroq.

318

Hajr aro rahming kebi boʻlmas manga kam ishtiyoq,
Balki husnungdin boʻlur afzun damo-dam ishtiyoq.
Ishtiyoqing bahridin olamgʻa tomsa qatraye,
Jongʻa yetkaylar chekardin ahli olam ishtiyoq,
Garchi boʻldum dard togʻi, lek qaddim za’fdin
Ayladi ostigʻa qolgʻan qofdek xam ishtiyoq.
Hajridin yolgʻuz emas kuymakligimkim, onsizin,
Oʻrtagan jonimni ham hijron erur, ham ishtiyoq.
Ishtiyoqim xirqatigʻa choraye qil, ey rafiq
Kim, xarob aylabturur holimni muhkam ishtiyoq.
Dilrabolar otashin la’lidadur andoqki oʻt,
Furqat ahlining qotiq jonigʻa mubham ishtiyoq.
Oh dudidin qora ermas Navoiy kisvati
Kim, aning olligʻa solmish boʻyla motam ishtiyoq.

319

Ashkdin boʻldi qorargʻan kulbai vayronam oq,
Kulbai vayron demaykim, didai giryonim oq.
Ishq oʻtining dudidin hindu boʻlubmen yorgʻa,
Ashk yugʻondin nechuk boʻlgʻay tani uryonim oq.
Baski koʻz bogʻiga berdi orazing hijroni su,
Har sari gullar ochibtur bu iki boʻstonim oq.
Sabr tifli maktabimen oʻrgana olmon sabaq,
Yigʻlamaqdin chun boʻlur lavhi dabiristonim oq.
Vah, ne kun boʻlgʻayki nogah ul quyosh aylab tulu’,
Yuzidin boʻlgʻay qorargʻan hujrau ayvonim oq.
Shomi hajrim qilsa, tong yoʻq, nogahon gar subhdek,
Jilvagar boʻlsa libosin aylabon jononim oq.
Chun oqizding zor jismimni bahori sayldek,
Yor koʻyi jonibi, ey ashk boʻlgʻon qonim, oq.
Roʻzgorim dayr aro qildi qora chun mugʻbacha,
Qolmagʻan boʻlsa tong ermas chehrai imonim oq.
Ey Navoiy, xalqni baskim oʻqurda yigʻlatur,
Ashk saylidin boʻlur boʻlgʻon soyi devonim oq.

320

Yuzung quyoshigʻa bu nav’ esa ayon boʻlmoq,
Parigʻa mumkin emas xalqdin nihon boʻlmoq.
Tasavvur aylasam egnimda nuqtai mavhum,
Belim sinargʻa yetar ongla, notavon boʻlmoq.
Magar bu hiyla bila poyboʻsung aylagamen,
Yoʻlungda komim erur xoki oston boʻlmoq.
Jahonda har kishi ovora maqsadi ul koʻy,
Hasaddin istaram ovorai jahon boʻlmoq.
Netib qoshinda koʻray devlarki, bordur ishim
Maloyik oʻtsa aning sari badgumon boʻlmoq.
Vafo chu gulda yoʻq, ey bulbul, ayt gʻuncha kebi,
Koʻngul qachongʻa senga laxt-laxt qon boʻlmoq.
Chu xonaqahdin oʻttung, Navoiy, oʻtkarma
Mahalni, dayr sari istasang ravon boʻlmoq.

321

Ochibon koʻksumni yorgʻil qilmasam dogʻi yozuq,
Aylagil bori xayoling manzilin ochuq yoruq.
Bulajabliqlardurur ishq ichrakim aql anglamas,
Yoʻq esa issigʻ koʻngul ohi nedin boʻlgʻay sovuq.
Qatra-qatra qonki sensiz yuttum, aylarman bihil,
Yoribon koʻksum itingga bersalar qoshuq-qoshuq.
Zaxmigʻa yer koʻrsaturmen chiqsa ul badmastkim,
Manglay uzra barmogʻimni eltib aylarmen topuq.
Kulsa ogʻzing, boʻlsa ham yorugʻ uzoring yaxshikim,
Gʻuncha xandon turfaroq, gul dogʻi xushroqdur ochuq.
Zavraqi maydin meni mast etti piri dayrkim,
Charx jungidur tagʻoru bodasi uzra qayuq.
Bir dam ermaskim visoling istamasmen tengridin,
Bu hadisim qilmasang bovar erur tengri tonuq.
Kimki vosil boʻldi, raf’ oʻldi arodin qurbu bu’d,
Ka’ba sukkonigʻa noʻl xohi yiroq, xohi yovuq.
Ey Navoiy, kir fano dashtigʻavu tin barchadin
Kim, yayoqliq anda markab, toʻshasizliqdur ozuq.

Kof Harfining Kofirlarining Kamoli «Navodir»din

322

Sanovu zoting ichra topib ajz, ahli idrok,
Gahi louhsn aytib, zamope mo arafnok.
Ne yangligʻ ahli idrokki chun gardungʻa surdi,
Koʻziga surma qildi gʻuborin xayli aflok.
Zuloli sun’ung ichra sipehru sidra shohi,
Tengizda ul hubobe, bu ham andoqki xoshok.
Kamoli qudratingda xirad ul nav’ oʻlub lol
Ki, hayratdin hamisha qilib isba’ni misvok.
Firoqing soʻgi ichra kecha koʻzdin sochib ashk,
Visolnng hasratidin yaqosin subh etib chok.
Yarimchuq pashsha nishi bila ojiz qilursen,
Nechakim pil yangligʻ qaviydur xasmi bebok.
Chu tuzdung husn bogʻin uzoru qadin qilding
Birin gulbargi ra’no, birisin sarvi cholok.
Visoling koʻzgusiga jilo berding kulidin,
Aningkim ishq oʻtidin vujudin oʻrtading pok.
Navoiy hamding aytur ajab yoʻq gar tiliga,
Inoyat lujjasidin ketursang gavhari pok.

323

Qolibmen za’fin baskim ul oy otti manga novak,
Teri birla soʻngak, lekin soʻngak oʻqlar, teri koʻnglak.
Chidarmen har necha zaxm ursa ul qotil, vale boʻlmas
Chidamoq, gar birin oʻz uzvida, qilsa birov oʻlchak.
Maloyik domi zulfidin qutulmas, vah, qutulgʻaymu,
Hazin koʻnglum qushigʻa aylasa ul halqadin ilmak.
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim boʻlgʻay
Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur choʻpchak.
Men oʻldum noladin, noz uyqusidin yor ochmas koʻz,
Ne sud andinki, hijron shomi boʻlgʻay koʻzlarim sergak.
Qora qaygʻu meni eltib qora zulfung uchun har tun,
Qora boshni tutub ovuch qora yerga kirib tirsak.
Yeman gʻam telba koʻnglum ranjidin muhlik jafong ichra
Ki, men oʻlgay edim oʻlsa kishi chekmak bila emgak.
Agar husn oʻlsa qotil zor ne darveshu ne sulton,
Vagar ishq oʻlsa komil, yor ne hinduvu ne oʻzbak.
Erur ahbob ishqining qusuri husn nuqsidin,
Jamolu noz to koʻprak, niyozu shavq ham koʻprak.
Desang ogah boʻlan mandin oʻzungni hech bilmas qil
Ki, gʻaflatdur fano tavrida oʻzni bir nima bilmak.
Navoiy ul yuzu lab shavqidin nogah navo cheksa,
Dam urmas bulbulu toʻti, ki budur kachcha ul piltak.

324

Hajrkim har dam meni bevahmu bok aylar halok,
Gar munga rozidur ul xunrezi bebokim ne bok.
Qaddi shavqidin dedim koʻksumga tortay bir alif,
Ishq tigʻi tez edi, koʻksum sarosar boʻldi chok.
Tiyrboroni firoqingdin tanimni istamon
Kim, koʻzumga uchragʻaykim boʻlmish asru dardnok.
Husn mir’otin ochar kuygan koʻngul xokistari,
Nechakim ul boʻlsa nuri pok, bu bir tiyra xok.
Ishq oʻti ta’sir etar el necha nohamvor esa,
Barq sayrigʻa ne gʻam yer gar biyikdur, gar magʻok.
Poki husnung qadrin usruk koʻnglum anglar, nevchun
Kim, balo soqiylaridin ishq jomin ichti pok.
Dema kim, erkin Navoiy xasta koʻngliga talab,
Ey koʻngul, zaxmigʻa marham, oyn matlubiy sivok.

325

Telba kim koʻrdi meni shaydodek,
Parin ul huri malak siymodek.
Istasam sen kebi pokiza guhar,
Boʻlmay oʻlgʻaymu koʻzum daryodek.
Boʻston sarvi gar oʻlsun toʻbi,
Emas ul naxl qadi ra’nodek.
Xoʻblugʻ mulkida yuz shoh oʻlsa,
Biri boʻlgʻaymu bizing mirzodek.
Tengri ishq ahli shikastigʻa magar,
Xoʻblar koʻnglin etar xorodek.
Ishq Majnunni koʻp etti rasvo,
Qilmadi lek meni rasvodek.
Ey Navoiy, tilagan zuhdu saloh,
Qoʻziyu koʻnglini ham asradek.

326

Koʻkragimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam toʻkulgan sabzadin namnokrok.
Bu koʻngul gʻamnokidin to shodmon koʻrdum seni,
Istaram har damki, boʻlgʻay xotirim gʻamnokrok.
Layli andin qoʻydi Majnun koʻnglida raxti gʻamin
Kim, yoʻq erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.
Uyla mujgon xanjarigʻa yopishibdur durri ashk
Kim, magar andin yatime yoʻqturur bebokrok.
Lablaringdnn jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yoʻq bandadin cholokrok.
Odamiliq tufrogʻin bersa fano yeliga charx,
Ohkim, yoʻqtur kishi ahli vafodin xokrok.
Necha oʻqlasang Navoiy koʻngli zaxminroq boʻlur,
Koʻrmaduk zaxmeki tekkan soyi boʻlgʻay chokrok.

327

Ne hush ummidekim uryon nigun qad birla ursam tak,
Parilargʻa junun tumoridur boʻynumda silkinchak.
Teri jismimda haryon toza dogʻu qon ila goʻyo,
Qazo majnungʻa tikmish lolalar yafrogʻidin koʻnglak.
Yara koʻzlar boʻlub tanda chu boʻldi xira ul yuzdin,
Yasabmen har taraf eski tugonlar shaklidin aynak.
Yulub par jon qushidin, oh paykonin yigʻib koʻnglum,
Oʻqung singʻonlarin goʻyo yasar afgʻon uchun novak.
Nazar solsa yuzungdin oʻzga yuzga koʻzni koʻr aylay,
Qilibon tigʻ ila mardumni aning nuqtasidek hak.
Havo qilgʻanda zulfung halqa domidin koʻngul, bildim,
Bu qushning ham ayogʻ, ham boʻynida muhkam emish ilmak.
Izin yerdin ketar deb asradim raglar kebi koʻzda,
Olib jon rishtasi birla ayogʻi oʻrnidin oʻlchak.
Falak zarfin toʻlo berdi qazo ul oy mayi ishqin,
Bu maydin bizga, vahkim, tegmadi bir qatradin koʻprak.
Liqo mumkin esa uchmoq tomugʻdin qochmakim boʻlmas,
Kishiga hech maqsude muyassar chekmayin emgak.
Chu boʻldum ishqida foniy, hadisin soʻrmangiz mendin
Ki, qolmas zikri zokir boʻlsa mazkurinda mustahlak.
Tilarsen oʻzlukungning juzu juzdin munfak etkaysen,
Navoiy nazmining juzvini qilgʻil juzvi loyanfak.

328

Yuzung ochib ne ajab yuz xonumonni oʻrtamak
Kim, boʻlur bir sham’ oʻti birla jahonni oʻrtamak.
Chun koʻngul sayd aylading, jismimgʻa oʻt solmoq nedur,
Rasm boʻlmas qushni olib oshiyonni oʻrtamak.
Za’fliq jismimni oʻrtab boʻlma ohimdin malul,
Xosiyat juz dud ne boʻlgʻay somonni oʻrtamak.
Bil shafaq oʻtiyu anjum uchqunidin gʻam tuni
Kim, qilibtur mayl ohim somonni oʻrtamak.
Oʻrtadi koʻnglum tan ichra oʻqlaringni uylakim,
Tushsa oʻt ul nav’i boʻlmas naysitonni oʻrtamak.
Xalq oʻlub oshiq sanga men oʻrtanurmen, vah, necha,
Elga solgʻan oʻt bila men notovonni oʻrtamak.
Charx ohim oʻqidin yuz ming tushukdur, ey koʻngul,
Oʻrtamak ani ham uldur parniyonni oʻrtamak.
Nevchun gul boʻldi oʻt, ashjor oʻtun, sunbul tutun,
Istamaydur gar falak bu boʻstonni oʻrtamak.
Solma oʻt ushshoq jonigʻa Navoiy borida,
Nevchunkim yaxshidur avval yamonni oʻrtamak.

329

Xalq koʻngli boʻlmagʻan ul shoʻxi kofir koʻnglidek,
Uylakim kufr ahlida kuffori Xaybar koʻnglidek.
Gulbuni mehnat aro qonligʻ koʻngullar gʻunchadur,
Tandadur har sari paykoning aning har koʻnglidek.
Garchi ul qad sarvdek ra’nodurur, lekin erur,
Anda bagʻlangʻan koʻngul xanli sanovbar koʻnglidek.
Lola qonligʻ yafrogʻiyu toza dogʻin koʻrki bor,
Bu sifat birla shahiding koʻnglaki gar koʻnglidek.
Zaxmliq koʻnglum labing shavqida boʻlmish qon aro,
La’li rummoni bila yoquti ahmar koʻnglidek.
Gʻarmrav ravshanravish el koʻnglidin fayz istagil
Kim, yorutur dahrni xurshidi anvar koʻnglidek.
Soqiyo, tutgʻil Navoiygʻa labolab jomkim,
Bagʻri dogʻi zaxmlar boʻlmish sarosar koʻnglidek.

330

Shikof emas buki koʻksumga soldi tigʻi halok
Ki, joni xasta gʻamingdin yaqosin ayladi chok.
Ulusqa oʻt solur ersang meni burun oʻrta,
Nedinki oʻtni tutashturgʻoli kerak xoshok.
Nekim boshimda edi, uchti, yetkaz ul chobuk
Yonigʻa bogʻlasa bori uzilmagay fitrok.
Gʻamingni elga berib yoʻqki bizni shod etting
Ki, elni shod etibon bizni aylading gʻamnok.
Gʻamingdin ohim oʻqi yetti charxdin oʻtti,
Nishon erur yeti kavkabki, koʻrguzur aflok.
Koʻngul oʻti bila zaxmin koʻrub ne rahm etkay,
Oʻzin chu dogʻu alifdin ayamas ul bebok.
Tikanda gul ochilur andalib yangligʻ anga
Ki, ishqi oʻlsa tabiat xiyonatidin pok.
Ich ul behisht suyin mugʻ safolidinkim, aql
Tomugʻ oʻtidin aning rangin etmagay idrok.
Navoiy ichti mayu forigʻ oʻldi oʻzlukidin,
Koʻrung ne zahrni daf’ ayladi ichib taryok.

331

Tangʻa toshu qoʻlgʻa tish zaxmiki soldi telbalik,
Fosh qildi elga koʻnglaksiz badan, yengsiz ilik.
Gah junundin bandu gohi pand ila soʻhon anga,
Bor emish savdoi ishq ichra base qottigʻ irik.
Har eshiqdin azm qilsam koʻyiga bogʻliqdurur,
Boshimu ul ostondur to ochilgʻay bir eshik.
Rokib oʻlgʻach qildi shabrangini har yon jilvagar,
Soya garchi koʻp zuhur etmas, quyosh boʻlgʻach biyik.
Dardi hajrimni ne bilgay chun yur ashkim safhani,
Ul musofir sari gohikim raqam qilsam bitik.
Lolagun maydin qizarmish koʻzlaring ul nav’kim,
Lolazor ustida har yon agʻnamish boʻlgʻoy kiyik.
Soqiyo mahzun men asru qilmagʻil gardunni zarf
Kim, boʻlur kechrak nashot oʻlgʻan zamon sogʻar kichik
Olam ahligʻa oʻlumdin chora chun imkoni yoʻq,
Oʻlma olam fikridin bu lahzakim borsen tirik.
Ey Navoiy, ul Masihodam quyosh chun urdi zaxm,
Ani Iso ignasiyu mehr tori birla tik.

332

Qoching ul koʻzdin, angakim ul labi xandon kerak,
Ehtiroz etkay balodin gar kishiga jon kerak.
Zaxmliq koʻnglumni aylar chok-chok ul qoshi yo,
Axtarur goʻyoki gʻoyib aylagan paykon kerak.
Charxi kajrav uzra surma barqraftoringni kim,
Rostlar koʻngli fazosidin anga maydon kerak.
Ul pari ishqida ermastur malak ham mahramim
Kimki ishqi pok erur sirri aning pinhon kerak.
Za’fdin chiqmas damim netib ogʻirlay itlarin
Kim, qoʻlargʻa uzri mardumlugʻ bagʻrdin qon kerak.
Dayri pirin xonaqah kunjiga, ey shayx, istama
Kim, aning bazmigʻa gardun toqidek ayvon kerak.
Ey Navoiy, ul pari oʻltursa ham ozdur seni,
Kimki insondur, aning mahbubi ham inson kerak.

333

Necha boʻlgʻay zaxmliq koʻnglumni mahzun aylamak,
Zaxmi qonidin koʻzum yoshin jigargun aylamak.
Necha la’ling hajridin qonligʻ qadah ichkan soyi
Sogʻarimni ashk xunobidin afzun aylamak.
Necha pinhon aylabon orazni andoqkim pari,
Bizni rasvoi jahon andoqki majnun aylamak.
Necha bir oy ishqidin, ey dard, men sargashtani
Kecha-kunduz beqaror andoqki gardun aylamak.
Berdi muhlik dard ishqu qoʻydi minnat jonima,
Muncha boʻlgʻay javr ila oshiqni mamnun aylamak.
Kimki dunyo ahli dunlardin tilar boʻlgʻay xalos,
Shart erur avval vido’y dunyoyi dun aylamak.
Ey Navoiy, chun gʻubori hajr oʻlturmas ne sud,
Bir koʻzungni Dajla qilmoq, birni Jayhun aylamak.

334

Ul parivash erur andoq nozuk
Kim, quyosh partavidur jismigʻa yuk.
Garchi qotil koʻzidin oʻlsa tirik,
Tirilur noʻshi labidin ham oʻluk.
Koʻngluma oʻq uzra oʻq otti koʻzung,
Ne ajab boʻlsa teshuk uzra teshuk.
Qotmangiz la’li uza obi hayot,
Garchi bu sharbat erur asru chuchuk.
Shavq oʻtin gʻayr ila yorutti chu yor,
Koʻngluma tushti mening asru kuyuk.
Hullai ravza sanga loyiq emas
Kim, boʻlur jins chu eskirdi churuk.
Soqiyo, boda labingdek tutqil,
Kayfiyatligʻ dogʻi gulrangu suzuk.
To ichib ani dame behud oʻlay
Kim, ichimda gʻam erur yuz turluk.
Tashlab oʻzlukni, Navoiy, qadam ur
Qim, yiroq yoʻlduru bu ogʻir yuk.

335

Chamanda sarvinozim jilva qilmoq aylamas ohang,
Jahon boʻstonidin, billah, boʻlubmen gʻunchadek diltang.
Mizojikim tilar xilvat, xudoyo, boʻlmasun ofat,
Bihilmen gar qilib ishrat, ichar maxfiy mayi gulrang.
Yashil yafrogʻliq ashjor emas hajringda, ey dildor
Ki, ohim taffidin gulzor mir’oti tutuptur zang.
Solibtur chorbolish gul, tutuptur chorgah bulbul,
Ne sud ul shah ichay deb mul, musharraf aylamas avrang.
Malolat boʻlsa jononda tikoncha bordurur jonda,
Agar har gul gulistonda koʻrinsa bir harifi shang.
Bu gulshanda guli ra’no toʻkulmak vahmidin goʻyo,
Jamolin kech qilur paydo dema bulbuldin aylar nang,
Navoiy koʻrmayin ani yetibtur ogʻzigʻa joni,
Magarkim qilgʻay afgʻoni gahi ul gul sari ohang.

336

Chamanda sabza manga xanjar oʻldi sarvi-xadant,
Koʻngulni olgʻali ul sarv qaddi sabzorang.
Agar gul islamas ul koʻrkaboy hayrat emas,
Gʻanidurur toʻni yuz pora eldin aylar nang.
Koʻtarsa mahmili husnungni charx buxtiysig
Iki yonida munosibdur oyu kundin zang,
Nafas-nafas qadah ichmasni jazm etarmen, lek
Netayki, ishva qilur lahza-lahza soqiyi shang.
Sinuq safol ila vayron aro gado Jam erur,
Ul anga jomu bu Jamshid bagʻlagʻan avrang.
Bu bazm ichinda navo ul toparki xidmatda,
Qadi xam oʻlsa dogʻi koʻngli xoli uylaki chang.
Badan anosirining chorgohin et xorij,
Navoiyo, desang aylay falak sari ohang.

337

Yoʻq dahrda garchi yor sendek,
Dushman dogʻi qayda bor sendek.
Ey xasta koʻngul, sanga kerak vasl,
Yoʻq hajrda chunki zor sendek.
Ne ishq aro xoksor mendek,
Ne husn aro shahsuvor sendek.
Gulgun toʻn uza qora chavuk naqsh,
Ochilmadi lolazor sendek.
Gar dayri fanoda jom cheksang,
Yoʻq shohi Jam iqtidor sendek.
Ey gul, toʻkasen xumordin qon,
Ul nargisi purxumor sendek.
Yoʻq zulfigʻa tushkali, Navoiy,
Oshuftai roʻzgor sendek.

338

Qoʻyung, tigʻi koʻksum shigofini yirdeg,
Firokida jonim arosigʻa kirdeg.
Demang hajr oʻti sharhini noma yozkim,
Kuyar safhavu xoma ermas bitirdeg.
Quvonurmen ul oyni har necha koʻrsam,
Meni garchi ul necha koʻrsa yigirdeg.
Buyurgʻilki mashshota xoling qoʻyargʻa,
Koʻzum mardumin tigʻ uchi birla qirdeg.
Yuzumda yurak koni durdingki, keldik,
Ajal ilgi ul qonni andin siyirdeg.
Yuzung birla jono quyoshdek bir oʻlgʻay,
Quyosh birla zarra agar boʻlsa birdeg.
Ayirmon soching band-bandin koʻnguldin,
Agar band-bandimni davron ayirdeg.
Qoshingning xayoligʻa jon rishtasin koʻr
Ki, yopishti yoy uzra muhkam singirdeg.
Navoiygʻa hajringda motam surudi,
Boʻlubtur nashot ahli bazmida yirdeg.

339

Ne xayol edi yanakim koʻngul qushi saydini havas aylading,
Badanimgʻa har saridin xadang otibon anga qafas aylading.
Koʻngul ichra shu’lai nshqkim yetadur falakka zabonasi,
Tanimu soʻngaklarim ul oʻtingni yoqargʻa xoru xas aylading.
Koʻz ichindakim toʻla qon edi, ogʻiz ichra dagʻi tutundek oh,
Ani dam-badam qilibon fuzun, muni ham nafas-nafas ayladiig.
Yetib erdim oʻlgalikim tirildim aning jafosi hadisiding
Nega uyqudin burun ul fasonani, ey rafiq, bas aylading.
Manga ishq aro oʻlum erdi choraye hajrda bu ne ranjkim,
Ani daf’ etarga firoq dardu gʻamimni choraras aylading.
Chu gum oʻldi choku hazin koʻngul gʻami hajr dashtida, ey falak,
Yoʻl ozarga ahli salomat ul koʻngul unini jaras aylading.
Chu firoq shiddati, ey koʻngul, gʻami ishq lozimasi emish,
Ne yetishsa chek chu burun oʻzung bu baloni multamas aylading.
Tunu kun sabu chekib, egninga sol oʻzungni xalqai dayr aro,
Chu belingga mugʻbachalar kamandi xayolini maras aylading.
Chu zamona ahli aro vafo tilading chek emdi, Navoiyo,
Alamu balo, ne uchunki el ora yoʻq nima havas aylading.

340

Koʻrdum ogʻzingni manga qahr ila chun soʻz qotting,
Koʻrmaganni bu gʻazab ichra manga koʻrsatting.
Ishq paykonlarini yogʻdurubon buyla manga,
Su sepib zuhdu saloh uyqusidin uygʻotting.
Bul ajab hol ila bilmonki junun dashti aro,
Meni majnungʻamu yo ani manga oʻxshatting.
Ofiyat qushlarining jamiyati qolgʻaymu,
Muncha men telbagakim tafriqa toshin otting.
Dogʻlar demaki qoqturmoq ila koʻksuma tosh,
Ishq mismorlarin koʻnglum aro oʻrnatting.
Sotqun oldim gʻami ishqingni berib jon naqdin,
Meni olamgʻa bu savdo bila oxir sotting.
Koʻrubon koʻyung aro zorligʻim tund boʻlub,
Soʻrgali tashqari itlarga meni sudratting.
Bir zamon doʻstqa oʻrganki, budur hosili umr
Kim, zamon ahligʻa koʻnglungni base oʻrgatting.
Ey Navoiy, magar ilgingni tutub chekkay pir
Kim, yigitlik xumining durdigʻa muhkam botting.

341

Ey koʻngullar zulf zanjirida qayd etmak faning,
Barchadin anda muqayyadroq vale koʻnglum maning.
Su aro kun aksi yo koʻk pardasinda mehrdek,
Bilgurur moviy katon koʻnglak aro nozuk taning.
Bodadin ul yuz ne gullar ochti koʻr, ey bogʻbon,
Ichma kavsar suyi mundoq gullar ochmas gulshaning.
Vajhi yoʻqtur tiyra boʻlmoq, ey koʻngul, to ul quyosh,
Yuz chiqargʻach boʻlgʻusi koʻzlardin ikki ravzaning.
Oʻrtabon parvonani, ey sham’, soʻngra ne osigʻ,
Yigʻlamoq chirmab qora motamliq eldek shevaning.
Bilki emin sen riyoiy zuhd ujbi xavfidin,
Eyki dayr ichra fano mayxonasidur ma’maning.
Yorni koʻrgach Navoiy oʻldi, ishq atvorini
Vomiqu Farhodu Majnun bori andin oʻrganing.

342

Tararda tob urar, turrai parishoning
Ki, obnus tarogʻ uyladurki mujgoning.
Ichimga tushti koʻngul iztirobidin koʻp zaxm
Kim, anda har saridin bosh chiqardi paykoning.
Koʻngulni, vahki, netib daf’a-daf’a sendin uzay
Ki, aql koʻproq erur lahza-lahza hayroning.
Oʻpar taxayyuli daf’igʻadur sinonlarkim,
Shuo’ xatlaridin chekti mehr raxshoning.
Koʻngul ne nav’ dam ursun firoqing ofatidin
Xi, zaxmi ogʻzigʻa muhr oʻldi dogʻi hijroning.
Netib qaror tutay, ey koʻngul, ki qoʻzgʻaydur,
Ichimda sabr uyini har dam ohi pinhoning.
Gʻam etti tiyra meni jomi may evur soqiy
Ki, koʻzlarimni yorutsun bu barqi raxshoning.
Chu subh nargis ochib koʻzni tutti oltun jom,
Sabuh favt oʻladur, nozaninlar, uygʻoning.
Navoiyo, chu gʻanimatdurur yigitlik dami,
Yigitlar ilgidin ich toki boʻlgʻay imkoning.

343

Manga bir lahza vafo aylamading
Ki, hamul lahza jafo aylamading.
Qomatingdin manga kom erdi xirom,
Vahki, komimni ravo aylamading.
Otmoq oʻq elga xatodur, lekin
Manga otqanni xato aylamading.
Elga lutfung manga gar boʻlsa jafo,
Ne jafolarki manga aylamading.
Gardi raxshnnggʻa baho jon tilading,
Ani tufroqcha baho aylamading.
Topmading mulki baqo to oʻzni,
Azimi dashti fano aylamading.
Yuz vafo va’da Navoiygʻa qilib,
Ohkim, birga vafo aylamading.

344

Xizr xatting sabzasi, hayvon suyi noʻshi labing,
Ul su mavjidin boʻlub bir davr tavqi gʻabgʻabing.
Yo jamoling chashmai xurshidu har yon bir hubob,
Har qulogʻing durri, ya’ni ikki raxshon kavkabing.
Rokibi ne vajhdin xurshid erur na’li hilol.
Gar emastur tavsani gardun sabukrav markabing.
Ey koʻngul, bilkim chekarlar goh, yo rabki, figʻon,
To malak xaylini yolqitti figʻonu yo rabing.
To dabiston mayli qilding xalq oʻldi goʻynyo,
Qabr lavhigʻa qilur ash’or lavhi maktabing.
Qayt, ey soʻfiki, piri dayr durdi jomigʻa,
Boʻlmogʻing shorib agar sofpy emastur mashrabing,
Ey Navoiy, bordi koʻngling tanni ham koʻyiga sol
Kim, itiga qalbing oz boʻlsa yetishkay qolabing.

345

Chekib koʻnglumni uzdung, andakim koʻnglum uyin buzdung,
Bu mehnatxonani buzgʻon zamon mendin koʻngul uzdung.
Buzuldi koʻnglum emdi gʻam sipohin chekma koʻp, ey hajr,
Tuzukluk koʻrmagil hargiz, bu yangligʻkim meni buzdung.
Berib gʻam naqdi aylab dilraboligʻ va’da qilding vasl,
Karam qilding, yiqugʻ koʻnglumni olding, lutf koʻrguzdung.
Sogʻinding za’fu ul yuz koʻzgusin yetkurdung ogʻzimgʻa,
Oʻlub erdnm yana bu vajh ila goʻyoki tirguzdung.
Visoling va’dasi birla firoqing dashtigʻa solding,
Yetib mav’id chu qildim avd yitkon yerda turgʻuzdung.
Balo dardin manga tutmoq uchun ayirding, ey soqiy,
Chu davron bazmida ahbob uchun ishrat mayi suzdung.
Navoiy jismini hajr emgakidin, ey ajal, qutqar
Ki, ashki durlariyu jonining naqdidurur muzdung.

346

Jismimgʻa varam hay’ati har tashki urdung,
Ul toshni goʻyoki hamul yerda yoshurdung.
Koʻnglum buzulib sabru xirad bogʻladilar raxt,
Chun mulkni buzdung, elini dogʻi koʻchurdung.
Ey yor iti, uzrumni qabul etki, tanimda
Et topmadingu eski soʻngaklarni koʻmurdung.
Ey telba koʻngul, chiqmading ul zulf xamidin,
Goʻyoki qorongʻu kechada yoʻlni iturdung.
Koʻnglum uyida sensenu yoʻq kimsa hamono,
Kirpiklar ila gʻayr xayolini supurdung.
Sendin yuz evurmak manga mumkin yoʻq, agarchi
Har saridin ollinggʻaki keldim, yuz evurdung.
Matlubni bir dayri fano yoʻlida ista,
Topilmadi chun bodiyada necha yugurdung.
Ey mugʻbacha, dayr ichra meni mast eta koʻrkim,
Jon quti koʻngul quvvatidur sofingu durdung.
Bir koʻrmagu oʻlmak bila, ey xasta Navoiy,
Ishq ahli orasinda yangi rasm kiyurdung.

347

Sarvga ra’no xiroming birla bedod aylading
Kim, qadingning qullugidin ani ozod aylading.
Gul dogʻi husnungga erdi xoʻshachin yuz vajh ila,
Koʻrmanin yuz xirmanin bir damda barbod aylading.
Qoʻyma minnat bizga gʻamgin aylabon ishq ahlini,
Bizni ham shod etmading, gar elni noshod aylading.
Aylading koʻnglum imorat partavi ruxsor ila,
Ka’bani butxona qilmogʻliqqa obod aylading.
Aytmonkim, umr oʻtub, sogʻinmading bir dam meni,
Qatl etarda chun kerak boʻldi kishi yod aylading.
Tslbalik oʻltursa ham boʻynunggʻa qonim, ey koʻngul,
Bor ekach odam nega mayli parizod aylading.
Yigʻlamoqdin koʻr boʻl, ey koʻz, firoq ayyomida,
Ne uchun oʻzni xoʻblar husingʻa mu’tod aylading.
Benasib erding fano oninidin, ey shayxkim,
Doʻst vaslin toatu taqvogʻa nsnod aylading.
Ey Navoiy, oʻldung armon birlakim, faryodingga,
Yetmadi ul noʻshlab har necha faryod aylading.

348

Yorab, ul oyniki el koʻngligʻa margʻub aylading,
Garchi ishqidin xarob etting meni, xoʻb aylading.
Shoh esam ishq ahligʻa tong yoʻqki, ey gardun, meni
Ul shamol ahli shahi ishqigʻa mansub aylading.
Ne ajab boshtin ayogʻim dard boʻlsa, ey qazo
Kim, nigorimni qadam to farq margʻub aylading.
Telbarab ermishsen, ey roqim, hamul kundin beri
Kim, jununumni parizodimgʻa maktub aylading.
Tuhmati zuhd aylabon, ey shayxi kozib, ne uchun
Begunah bizni xarobot ichra ma’yub aylading.
Jon berib boʻlsam ajab yoʻq tolibing, ey ishqkim,
Har ne matlubidur aning bizga matlub aylading.
Ei Navoiy, oʻzni solding itlari xayli aro,
Itni goʻyo odami haylida mahsub aylading.

349

Tiyra qilmish tun kebi ofoqni ohim mening,
To eshittimkim qilur shabgardliq mohim mening.
Tun qorasndek qora pashminadurmu sayrida,
Yo tutubtur ul jafogar shoʻxni ohim mening.
Uchramas har koʻy boshida turup yoʻl asrasam,
Ravshan ermas, vahki, sham’i baxti gumrohim mening.
Yo qochar mendin xaloyiq tanigʻay deb nogahon,
Yorutur chun tunni har dam ohi nogohim mening.
Xidmatida nega yoʻl topmon ekinmen tiyra roʻz,
Shomi mulkin chun musaxxar ayladi shohim mening.
Men dogʻi ahbobdek maqbuli erdim, ohkim,
Johi idbor oʻldi ul iqbol ila johim mening.
Elga har lafzi Navoiy jonigʻa bir dogʻ erur,
Necha qoʻygʻay bagʻrima dogʻ ul yuzi mohim mening.

350

Necha ul koʻy itlariga yetkay ozorim mening,
Kosh itlar tu’masi boʻlgʻay tani zorim mening.
Necha ul bazm ahligʻa boʻlgʻay figʻonimdin malol,
Kosh alar qurboni boʻlgʻay joni bemorim mening.
Necha nozuk koʻngli kelgay yorning mendin batang
Kim, fido koʻngliga jonu jismi afgorim mening.
Necha ashkim yiqqay el sabri binosin koʻyida
Kim, oʻyulgʻay koshki, bu jismi xunborim mening.
Yoʻqu bor eldur jununum shaynidin ozurdadil,
Umr agar budur yoʻqum koʻp yaxshikim, borim mening!
Ey fano tigʻi, vujudum naqshin andoq ayla haq
Kim, zamon avroqidin mahv oʻlsun osorim mening
Soqiyo, tutma Navoiygʻa yana ishrat mayi
Kim, erur badmast ul majnuni xammorim mening.

351

Snngʻoli koʻnglum oqar har lahza xunobi aning,
Shishakim sindi, chiqar turmay mayi nobi aning.
Solma ul koʻy ichra qoshinggʻa girihkim, shubhadur
Toat aylar yerda tushsa egri mehrobi aning.
Bahri ashkim uyla daryodurki davri charxdek,
Boʻlgʻali loyiqdurur har sari girdobi aning.
Uyla zanjire durur zulfung qamar davridakim,
Tushkudek boʻlmish qamar davrigʻa qullobi aning.
Qil kebi jismimki hajring soʻzi ichra toʻlgʻanur
Oʻtqa tushkandin nishondur pech ila tobi aning.
Uyla qurbondur anga koʻnglumki jon aylar fido,
Tigʻ olmastin burun ilgiga qassobi aning.
Piri dayr aylar sabuh, ammo koʻz ochmas mugʻbacha,
Ayshni talx aylamish bizga shakarxobi aning.
Faqr erur bir lafzu sharhi yozilur yuz ming kitob,
Ne uchunkim xush kelur ayturda itnobi aning.
Ey Navoiy, topti mutrib sozidin koʻnglum navo,
Goʻyiyo jon rishtasigʻa tegdi mizrobi aning.

352

Koʻngulki hajr tuni qoʻymadi qarorin aning,
Muning ham ohi qora qildi roʻzgorin aning.
Visol gulshani birla koʻp oʻlmagʻil mash’uf,
Xazoni hajr chu barbod etar bahorin aning.
Tutub nashotu tarab chang zulfin etma surud
Ki, bir-bir uzgusi gʻam changi tor-torin aning.
Qadah nashoti uchun davr ichinda qon yutqan,
Chekarga bilki kiri aylamas xumorin aning.
Sipehr kom ila evrulmasa hazin boʻlma,
Kishiga bermadi chunkim haq ixtiyorin aning.
Agar baqoi abad istasang fano yoʻli tut,
Yorut koʻzungni qilib toʻtiyo gʻuborin aning.
Navoiy, ul kishi topti farogʻ olamdin
Ki, himmati koʻzi teng koʻrdi yoʻqu borin aning.

353

Yor kelsa, doʻstlar, ohangi raftor aylamang,
Infiolimdin nafas urmoqni dushvor aylamang.
Yolgʻuz uyda qayda yoro boqmagʻim ruxsorigʻa,
Holatim tagʻ’yiridin sirrimni izhor aylamang.
Toki koʻnglum iztirobiyu tanim titratmasi,
Sokin oʻlmas, nukta ayturgʻa meni yor aylamang.
Soate chunkim oʻtub bu nav’ kelsam holima,
Soʻz aro oshiqliq alfozini takror aylamang.
Chunki boʻlsa multafit chun yer oʻpub oʻlgumdurur,
Har jafo qilsam oʻzumgʻa man’ zinhor aylamang.
Emdikim oʻldum tanim yor itlariga tashlangiz,
Lek agʻyorin bu ma’nidin xabardor aylamang.
Qaysi oshiqkim Navoiydekdurur, ey ahli zuhd,
Ishq man’in aylabon koʻngliga ozor aylamang.

354

Vahki, oʻtluq chehra ochib xonumonim oʻrtading,
Otashin la’lingdin otib nukta jonim oʻrtading.
Dema ne qildim, ne qildim notavon koʻnglung olib,
Oʻrtading, ey qotili nomehribonim, oʻrtading.
Oʻt uza qil toʻlgʻonib kuygandek ul yuz shavqidin,
Nechakim tob urdi jismi notavonim oʻrtading.
Koʻkda zohirdir shafaqdin shu’la anjumdin sharor
Kim ani, ey shu’laliq, ohu figʻonim oʻrtading.
Bismil etgach saydni andoqki etkaylar kabob,
Zaxm etib koʻnglumni chunkim oqti qonim oʻrtading.
Urgʻali, ey ishqi zolim, barqi ofat jonima,
Har ne oʻzluktinki bor erdi gumonim oʻrtading.
Ey Navoiy, to belu ogʻzi xayoli aylading,
Boru yoʻq, ya’niki paydovu nihonim oʻrtading.

355

Ey koʻzu koʻnglum, sirishku ohdin toʻfon qiling,
Jonu jismimning yiqilgʻur kulbasin vayron qiling.
Qilsa bu ish koʻzu koʻnglum siz dogʻi, ey dardu ishq,
Koʻzni koʻr aylab, koʻngulga dard oʻqin parron qiling.
Har bahona birlakim boʻlsa, hayotim qasrining —
Toqu ayvonin buzub, tufrogʻ ila yakson qiling.
Ya’ni aylab muncha bedodu jafolar shammaye,
Hajr dardi shiddatin men xastagʻa oson qiling.
Zinhor ahbob, oshiq boʻlmangiz, gar sahv etib —
Boʻlmoq istarsiz, burun andishai hijron qiling.
Dermen, ey ahbob, tortay hajrdin bir tiyra oh,
Yer toʻbigʻa oy ila kun koʻzgusin pinhon qiling.
Hajrdin koʻngli toʻla kelmish Navoiy rahm etib,
Ey xarobot ahli, bir mamlu qadah ehson qiling.

356

May bila mayxonaning xishtin tosh uzra hal qiling,
Chun xumoridin sudo’ oʻlsa ani sandal qiling.
Har ne qolsa suda boʻlgʻay xishtdin ta’zim uchun,
Ip toqib har jonibidin boʻynuma haykal qiling.
Ey xarobot ahli, soqiy orazi aksi uchun,
Sof qilmogʻligʻ bila may koʻzgusin sayqal qiling.
Mugʻbacha ollida chun boʻldi sujud etmak ishim,
Maygʻa marhun qilsangiz sajjodani avval qiling.
Sahl erur jon naqdini soqiy uchun qilmoq nisor,
Lek bir paymona toʻldurmoq bila ashal qiling.
Mastu majnun chiqmisham mayxonadin, ey doʻstlar,
Komingiz gar hazl esa iynak meni mahzal qiling.
Koʻyidin qavlang havosu aqlni, ey dardu ishq,
Anda sargardon Navoiyning vale ankal qiling.

357

Bir oʻt esaki manga jurmsiz vafoni kam etting,
Yuz oʻtdur ulki jihatsiz ulusni muhtaram etting,
Boshimgʻa tigʻ urubon naqdi dard koʻngluma solding,
Vafo tariqida taqsir qilmading, karam etting.
Yuzumni naqsh etibon ashk tiyra qonidin, ey ishq,
Toshimda qonligʻ ichim sharhini yona raqam etting.
Fasonai gʻamu mehnat buyurdung aylamak azbar,
Qanoat etmay ulusqa meni fasona ham etting.
Koʻngulda ishqim oʻti chun falakka tortti shu’la,
Balo livosi boshigʻa bu shu’ladin alam etting.
Dedingki, faqr yoʻlinda topildi maqsadi asliy,
Vujud naqshini jon lavhidin magar adam etting.
Magarki yor seni istar, ey shikasta Navoiy
Ki, naqd jonni qilib tuhfa, farqdin qadam etting.

358

Samandi noz uza ul chobuki balogʻa boqing,
Pari boshinda malak parridin oʻtogʻa boqing.
Nachukki qavsi quzah davri mehr aksi erur,
Topib ham egnidin aylangʻan ikki yogʻa boqing.
Sadogʻi jonibikim ilgiga sinon tutmish,
Yuz oʻq yiloniyu bir qotil ajdahogʻa boqing.
Agar bu oʻqu sinon urmogʻin inonmasangiz,
Ochib tanimni adaddin fuzun yarogʻa boqing.
Bu shakl birla jahon buzmogʻi yaqin gar emas,
Ulusta har taraf oshubu ibtilogʻa boqing.
Bu bogʻ gullarini yerga sochmayin qoʻymas,
Xazon yelini koʻrung charxi bevafogʻa boqing.
Navoiy oʻldi jahon ahlidin navo topmay,
Ne boʻldi bir nazar ul zori benavogʻa boqing.

359

Koʻngulkim har yonigʻa na’l kestim boʻlgʻali zoring,
Qushedur tallaning chambarlari ichra giriftoring.
Ulus qatlidin ul koʻz notavonroqdur, ne hol erkin
Ki, jon olgʻan bila mayl aylamas sihhatqa bemoring.
Yuzu zulfung chu din qasdi qilur kofir desam tonma,
Demon yuz uzra zulfung, balki mushaf uzra zunnoring.
Koʻzi ollida, ey bodom, qilding ishva da’vosin,
Magar kirpiklaridindur nishoni jismi afgoring.
Oʻzungni sotmogʻingda husn savdosidin, ey Yusuf,
Habibim yetsa erdi ne ushalgʻoy erdi bozoring.
Yuzung gul-gul boʻlubtur bodadin, vah, koʻzguga boqkim,
Ne yangligʻ toza-toza gullar ochmish bogʻi ruxsoring.
Gʻamim ayturgʻa yore topmagʻandin soqiyo, oʻlgum,
Manga bir jur’a birla yorliq qilsang xudo yoring.
Agar rangin may ichsam, ey qazo naqqoshi, yozgʻurma,
Ihota qilmagʻon ish qoʻymamish, chun davri pargoring.
Navoiyni adam vodiysigʻa soldi fano sayli,
Iturganlar ani ul saylining xoshokin axtaring.

360

Donai holing bila koʻnglum qushin rom aylading,
Gardi yazdiy me’jaringdin qasdigʻa dom aylading.
Sabzau gul istamon to voʻsmavu gulgunadin,
Qoshni aylab sabzagun, orazni gulfom aylading.
Husn bogʻida qading boʻlmish latofat gulbuni,
Toʻnni gulgun, tugmani to gʻuncha andom aylading.
Qomatim dolu yoshim gulrang erur to noz ila,
Dolu gul tekkan niholi uzra orom aylading.
Yuz uza ochting soching zunnorin, ey kofir, magar
Fosh etib kufringni qasdi ahli islom aylading.
Tongla jannat huridin kech, ey koʻngul nokom ila
Gar bu kun dunyo arusi vaslini kom aylading.
Ey Navoiy, zulfigʻa boʻldung parishon oqibat,
Yaxshi jam’iyat bu savdodin saranjom aylading.

361

Ey mugʻanniy, yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong oʻlsun gʻamim sharhidin ogʻoz aylasang.
Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila,
Nagʻmada udung lisonin sehrpardoz aylasang.
Oʻzga olamdin xabar deb bizni tirguzdung ne tong,
Bu risolat birla gar izhori e’joz aylasang.
Rozim ar sozing lisonidin ba’idul fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dogʻi hamroz aylasang.
Otlanib boshimni raxshingning ayogʻi ostigʻa,
Tigʻ birla solgʻudek masti sarandoz aylasang.
Parda yop roz uzrau doxil boʻl ushbu bazm aro
Kim, erur xorij agar beparda ovoz aylasang.
Chekmading lahne Navoiy koʻnglun istab ayb emas
Anglab oʻzungni navo ahligʻa shahnoz aylasang.

362

Vah, ne ruhafzo qadu dilkash xiromi bor aning,
Goʻyiyo jon gulshani ichra maqomi bor aning.
Ulmakimda bor anga goʻyoki ummidi hayot,
Jon bila bu ishda baskim ehtimomi bor aning.
Qoldi koʻnglum gʻam tuniga, subh vasl ahli qachon
Aylagaylar fahmkim, ne tiyra shomi bor aning.
Jonim uzra dogʻlardin vah, qachon topqay xabar,
Ulki, gulbarg uzra xoli mushkfomi bor aning.
Beli birla ogʻzidin koʻnglumga bor ummidi kom,
Ne daqiq ummid ila nobud komi bor aning.
Toptilar ruhi ravonim parvarish har lafzidin,
Olloh-olloh, ne ravon parvar kalomi bor aning.
Sen haram azmi qil, ey zohidki, koʻnglum mast erur,
Xossakim mayxonadek baytul-haromi bor aning.
To koʻngul dayr ixtiyor etti bilibtur mugʻbacha
Kim, aning vasli sari savdoi xomi bor aning.
En Navoiy, davlati zohirni doim topmogʻung,
Faqr iqbolidurur, ulkim davomi bor aning.

363

Ul pari bu telba birla oshno boʻlsa ne tong
Notavon Majnungʻa Laylidin vafo boʻlsa ne tong.
La’li hajridin damodam xasta koʻnglum qon yutar.
Ul marazgʻa buyla sharbat yo gʻizo boʻlsa ne tong.
Dema qotildur labi, oʻzungga qilma qasdi jon,
Buyla qotil ollida jonim fido boʻlsa ne tong.
Charxdin koʻp boʻldi ohim dudigʻa bois raqib,
Yuzi aning roʻzgorindek qora boʻlsa ne tong.
Zulfi zulmat shomiyu davlat tongidur orazi,
Tiyra hajrim shomidin zulmatzudo boʻlsa ne tong.
Qasdi dinu gʻorati imonim etmish mugʻbacha,
Ey musulmonlar, yerim dayri fano boʻlsa ne tong.
Barcha ziyrak qushqa chun ul zulf domi boʻldi qayd,
Ey Navoiy, anda koʻnglum mubtalo boʻlsa ne tong.

Lom Harfining Lu’batlarining Latoifi «Navodir»din

364

Zihi nihoyating oxir kelib abad avval,
Vale xabar bera olmay bidoyatinggʻa azal.
Ne qudrating jabalini qilib tazalzul past,
Ne hikmating quyoshigʻa berib zavol xalal.
Boʻlub sifatingga mazhar jami’ maxluqot,
Alar mufassalu insonni aylading mujmal.
Jamol zevari qosh aylading, magar urdung
Bu ikki misqal ila uyla koʻzguga sayqal.
Firoq shomini oshiqqa aylading tiyra,
Agarchi anjumidin yoqting anda koʻp mash’al.
Bahor moshitasi sa’yi birla kiydurdung
Chaman arusi yuzu qaddigʻa huliyyu hulal.
Sipehr safhasin anjumdin aylabon afshon,
Bu safha ustiga chekting shihobdin jadval.
Yozargʻa matla’i subh uzra nurdin tugʻro
Quyosh tilosidin omoda aylading zarhal.
Navoiy ayladi hamdinggʻa nomalar irsol.
Ani rad aylamagil haqqi Ahmadi Mursal.

365

Qilsa jonon ollida jonim tufayl, oʻlmoqqa mayl,
Qosh yuz jon oʻlsakim, har dam birin qilsam tufayl.
Istasa kuygan koʻngul oʻtluq yuzungni qilma ayb,
Ixtiyori yoʻqtur aylarda samandar oʻtqa mayl.
Yoʻl qilur jismimda ashk, eltur soʻngaklarni uzub,
Yer qozib xoshok oqizgʻandek qayon yuzlansa sayl.
Qatrai sahbo Suhaylidin labing maygun emas
Kim, aqiqedur bukim rang olur andin yuz Suhayl.
Bir muloib hindu oʻlmish har koʻzungning mardumi,
Kirpiging hind ahlidin hangoma tuzgan ikki xayl.
Takya qilma taqviyu toatqa kim naf’ aylamas,
Fazldin yetmay bashorat Bishr boʻlgʻil gar Fuzayl.
Shomi hajr ermas shafaq, balkim Navoiy gʻussadin
Yigʻladi qon anchakim gardungʻa rangin boʻldi zayl.

366

Uyla boʻlmish gul yuzung yodi bila qonligʻ koʻngul
Kim, tushar har qatra qon oʻrnigʻa andin bargi gul.
Dema koʻnglung borkim jism ichra hajring tigʻidin,
Poralar bor qon aro bilman bagʻirdur yo koʻngul.
Sarvdek boʻlsa bu gulshanda ato, guldek ano,
Mumkin ermas tugʻmogʻi sen sarvi gulruxdek oʻgʻul.
Kuydumu kul boʻldum, ammo jonda la’ling shavqidur,
Andoq axgar hifzigʻa behad munosibdur bu kul.
La’ling ollinda sanamlar la’li rang etkan bilur
Kim, ichar xino suyin boʻlgʻan zamon gulrang mul.
Qismdin ortugʻ tilab xor etma oʻzni, ey aziz
Kim, qanoatdin durur izzat, tama’din barcha zul.
Dayr piri birla may ichsang, Navoiy, asra dam
Boʻlsa fahm ibriq unidin garchi qulqul lotaqul.

367

Mening koʻnglumni ishq, ul gul yuzin mul,
Bu qildi dogʻ-dogʻ, ul qildi gulgul.
Boshimgʻa chirmashur savdosidin dud,
Ne tunkim aylasam zulfin taxayyul.
Yuzung davrinda zulfungdin salosul,
Qilibdurlar ayon davri tasalsul.
Uqungdin zor koʻnglum par chiqarmish,
Yuzungdek gulga xushtur buyla bulbul.
Tahammul yaxshi ul oydin yoʻq afgʻon,
Vale afgʻon chu boʻlsam betahammul.
Fano dashtigʻa qoʻyma toʻshasiz yuz,
Vale toʻshang kerak boʻlsa tavakkul.
Qadingning e’tidolidin Navoiy
Chekar gardungʻa oh etsang taodul.

368

Orazing shavqi damikim aylanur qonligʻ koʻngul,
Gʻuncha yangligʻdurkim, anda chirmashibdur bargi gul.
Anglamon gulrang ruxsoringda maygun labmudur,
Yo tomibdur ofarinish bazmida gul uzra mul.
Ayladi koʻnglum gadoliqkim diram yangligʻ tugan —
Qoʻydi ishqing yo zakoti husnung ehson qildi pul.
Telbarab qochqon qulungmenkim, soching af’isidin
Ham ayogʻimda erur zanjiru ham boʻynumda gʻul.
Koʻzlaringkim turki tojik oʻldi koʻnglum mulkida,
Zulm etar ul nav’kim bir kishvar ahligʻa chugʻul.
Ne tafovut sifla eldin xorligʻ yo ehtirom
Kim, bahoyimdin erur teng xohi izzat, xohi zul.
Noma koʻp yozmish Navoiy kimsa yoʻq mahram magar
Kim, alar irsoligʻa ham tengri yetkurgay rusul.

369

Demonkim, meni yod etib shod qil,
Unutgʻanlaringni birar yod qil.
Sanovbar sanga bandadur sarvdek,
Boshingdin erur dogʻi ozod qil.
Vafo yoʻqtur ul shoʻxda, ey koʻngul,
Oʻzungni jafosigʻa mu’tod qil.
Qilur jonima hajr qasd, ey ajal,
Bu ishda anga sen ham imdod qil.
Manga ishq aro oʻlmak oyin erur,
Raqibo, yana san’at irshod qil.
Parishonmen, ey oh, aflokdin
Bu abtar varaqlarni barbod qil.
Chu buzdung koʻngul kishvarin zulm ila,
Sirishkim suyi birla obod qil.
Falak davridin ranjamen, soqiyo,
Kel emdi qadah davri bunyod qil.
Gar ul shoʻx faryodinga yetmasa,
Navoiy, shah ollinda faryod qil.

370

Gar labing ollida da’vo qilmadi izhor la’l,
Boʻyni nevchun bogʻlanib osildi mujrimvor la’l.
Goʻyiyo toʻti xating birla labingdin soʻrdi nutq
Kim, libos oʻldi zumurradgun anga minqor la’l.
Yoʻq labing yangligʻ biri goʻyo demaykim ruh baxsh,
Koʻrmisham borib Badaxshon mulkida bisyor la’l.
La’l ollinda aningdekkim erur beqadr tosh,
Boʻlmish ul yangligʻ labing ollinda bemiqdor la’l.
La’li jonbaxshing takallum vaqti bir-bir sochti dur
Olloh-olloh, kim koʻrubtur buyla gavharbor la’l.
Koʻzlarimdur bahru kon mehmonim oʻlsang bir kecha,
Ham dur etkaylar fido ollingda, ham isor la’l.
Bir qadah may birla boʻldi surxroʻ ahli xumor,
Kup aro goʻyoki mahlul aylamish xammor la’l.
La’lgun may boshida boʻlsa kishining, ey harif,
Naf’i koʻprakkim tikilgay tojida shahvor la’l.
Gar Navoiyning soʻzi shirinu rangindur ne tong
Kim, erur koʻnglida doim ul shakarguftor la’l.

371

Uylakim gulgul qilur husn ahli ruxsorini mul,
Mulgʻa tushsa orazing aksi ochar yuz ancha gul.
Uylakim boʻlmas koʻngul gulbundin uzmak gʻunchani,
Men ham ul naxli malohatdin uza olmon koʻngul.
Goʻyiyo huru malakdin hosil oʻldungkim, emas
Odami xayligʻa mumkin sen parivashdek oʻgʻul.
Lam’ai tigʻidin oʻrtandim, agar qonimdin ul
Zang tutmish yoruturgʻa ham muhayyo boʻldi kul.
Chun raqib ogʻritti koʻnglumni anga dogʻ oʻrtadim,
Bogʻlagʻandek et jarohat aylagan ustiga pul.
Qirq yoshta faqr oyinin agar kasb etmading,
Arbain chekmak bila ul hosil oʻlmoqtin tungul.
Ey Navoiy, huru kavsar tongla taqvo ahligʻa,
Sen gʻanimat tut bu kun gulchehra soqiy birla mul.

372

Ey koʻngul, ul otashin orazgʻa koʻp oʻrganmagil,
Nogah ayrilsa firoqi oʻtigʻa oʻrtanmagil.
Tut oʻzungga fardu bekaslik baloyu emgakin,
Yo birovga oʻrganib ayru tushub emganmagil.
Lozimi ishq oʻldi hijron, boʻlma oshiq kimsaga,
Emdikim boʻlding tahammul aylabon kungranmagil,
Gul chogʻn gulbong ishdur chekmak, ey bulbul, sanga
Oyu yil faryod qilmogʻni manga oʻtkanmagil.
Koʻz yumub ochquncha sol uygʻonmas uyqugʻa meni,
Nolishimdin hajr shomi har zamon seskanmagil.
Istasang ul mugʻbacha boshinggʻa yetkurgay qadam,
Dayr piri yoʻlidin tufrogʻdek tebranmagil.
Ey Navoiy, yor agar derkim oʻzungni oʻtqa sol,
Tan yolong aylarga kuyma jon uchun kuymanmagil.

373

Koʻngul ichraki har dam qon toʻkar ul kofiri qotil,
Musulmon boʻlmasun gar boʻlsa ruhullo sari moyil.
Samandar qush boʻlub anqocha zoʻri boʻlsa jazm ermas,
Boʻla olmogʻligʻi soʻzu gʻamim maktubigʻa homil.
Dedikim, javrdin soʻng vasl erur, yuz tigʻi kin urdi,
Visolin istagach, dedi bu ermas javrgʻa dohil.
Bagʻir pargolasi rangi ne tong gar ashkdin ketmas,
Qachon gul bargining rangin qilur yamgʻur suyi zoyil.
Degankim topti majnunluqqa Laylo oshiqi shuhrat,
Meni ishqingda koʻrgach, bildi Majnun yor emish oqil.
Agar ul qoshi yo oʻq otsa chekmon oh ollinda
Qi, ohim dudi chogʻliq ham oʻqiga boʻlmagʻan hoyil.
Chu ushshoq ichra dermen darsi ishqin mehri tong ermas
Ki, derlar: ilm bahs aylar zamon rahmat boʻlur nozil.
Qabul ahli qoshinda istasang maqbul boʻlgaysen,
Fano iqboli birla avval oʻzni aylagil qobil.
Gadoligʻ aylaram, ey mugʻbacha, jomi mayi la’ling,
Agarchi rasm boʻlmas javhari jon nstamak, soyil.
Ajal gar soʻnggʻi dam boʻlsa bu dam koming Xizr umri,
Bu noma’lum mav’idqa bino qoʻygʻon zihi gʻofil.
Navoiy bir nafasda hajr zulmidin xalos oʻlgʻay,
Agar ahvolidin bir nukta soʻrsa xusravi odil.

374

Ey koʻngul, har makr ila qochsang ulustin shukr qil,
Har vafogʻa ming jafo tortib qutulsang muft bil.
El tildin koʻrdum ancha gʻussakim, mingdin birin
Aytmoq boʻlmas tanimda har sari moʻ boʻlsa til.
Nechakim olamda bedod oʻlsa olam ahligʻa,
Gar muyassar boʻlsa yuz oncha tasavvur aylagil.
Joninga bilkim jafodin oʻzga yetmas yilu oy,
Jon fido qilsang vafosinda alarning oyu yil.
Davr jomi zahridindur dogʻi tigʻi qonidin,
Sarvu gul bu bogʻ arokim boʻldilar yoshil, qizil.
Faqr vodiysigʻa kirgan tashlasun oʻzluk yukin
Kim, qilur yoʻl qat’in osonroq nscha boʻlgʻon yengil.
Ey Navoiy umr oʻtub ham mastu ham uyqudasen,
Hech bilmonkim seni uygʻon deyin, yoxud oyil.

375

Ul zaqanni upayu gulgunadin nazzora qil
Kim, erur bir olmakim rangi erur oqu qizil.
Ojiz oʻlgʻay zulfining savdolari taqriridin,
Gar qurugʻ jismim tarogʻ yangligʻ sarosar cheksa til.
Necha oʻzni yoshurub chin yuzga solib gʻunchadek,
Tangdillarga boqib, xandon boʻlub bir ham ochil.
Sochida shabnam burunchak, ey koʻngul, ermas ajab,
Sunbul uzra gar tushar shabnam taajjub qilmagʻil.
To kiyib sinjobi toʻn, gulgun oʻtuk qilding xirom,
Yoʻq seningdek kabki ra’no husn sahrosida bil.
Raz qizi hamdamligʻidin oyu yil mast oʻlmagʻing,
Necha boʻlgʻay oʻtti umr ar oʻlmagan boʻlsang oyil.
Koʻrmagan boʻlsang, Navoiy, sarv uza gul, qil nazar
Kim, ul oy gulguna surtub, xil’atin qilmish yashil

376

Qurudi chekkali qondin koʻzum niqob qizil,
Bale, yogʻinsiz oʻlur chun boʻlur sahob qizil.
Koʻzumda loladek ul yuz gʻarib erur qon yosh
Ki, boʻlsa gul qizil, oʻlmas anga gulob qizil.
Boshim sipehrdek evruldiyu qon yoshim sari boq
Ki, har zamon yugurur anda bir shihob qizil.
Koʻzum qizardi, qizil ashk rangidin garchi
Qizil boʻlur, suyu, boʻlmas anga hubob qizil.
Koʻngulni churkadi ishqing valek erur toʻla qon,
Yolinda kuymishu kessang erur kabob qizil.
Bu qonki vodiyi ishq ichra oqti boʻlsa ne tong,
Samum rangidek ul dasht aro sarob qizil.
Ne jilva erdi qizil toʻn bilaki qon yoshdin,
Libosin ayladi ishqingda shayxu shob qizil.
Labing gʻamida Navoiy oʻzin tilar behud,
Ne tong may ichsa aningdekki la’li nob qizil.

377

Qasdi jonim qildi hajr, ey qotili xunxor, kel,
Qon toʻkub jonimni olmoq istasang zinhor kel.
Ashk durrin koʻzda, jon naqdin ovuchta asradim
Kim, qachon kelsang, yoʻlingda qilgʻamen isor kel.
Ruhum ayrilmish badandin gar tilarsen, ey habib,
Aylamak Isoyi ruhulloh damin izhor kel.
Aytmon kelgil dogʻi qilgʻil tavaqquf lahzaye,
Kelgach-oʻq borgʻil, vale jonimni olgʻoch, bor, kel.
Jon yetibtur ogʻzima, dermen labinggʻa topshiray,
Lutf etib qilgʻil meni jon birla minnatdor kel.
Dayr aro may ichkali kelgum desam, der mugʻbacha,
But qoshida bosh qoʻyib bogʻlar esang zunnor, kel.
Jon Navoiyni, Navoiy jonni sensiz istamas,
Ani jonning, jonni aning ranjidin qutqor, kel.

378

Sarvdek xazro libosing birla, ey nozuk nihol,
Toʻtiyesen jilvagar, shakkar sanga shirin maqol.
Ogʻzingu beling hadisu ramzini bilmay yaqin,
El aro paydoyu pinhon muncha tushti qilu qol.
Bilgurur yuzung tahidin turfa xatti mushkboʻ,
Sabzadekkim boʻlgʻay aning ustida ravshan zulol.
Ish aro topsam malolat sabrdin yoʻq hayrati,
Darddin bemorgʻa parhez erur koʻproq malol.
Ey koʻngul, gar tori jismimda navo yoʻq ne ajab,
Nola qilmas garchi pechu tob urar sargashta nol.
Hasrat ohidin falakka oʻt solurmen har nafas,
Ne ekin hikmat bukim topmas asosi ixtilol.
Begunah toʻksang Navoiy qonini yoʻqtur gʻami
Kim, seni koʻrgan dami qonin sanga qilmish halol.

379

Ey jamoling ravzasi firdavs bogʻidek jamil,
Lablaringning kavsari aynan tusammo salsabil.
Istamas boʻlsa muhabbat ahli yoshin Dajladek,
Nevchun chekti qazo mashshotasi ollinggʻa nil.
Koʻzuma yulungda tufrogʻliq tikankim sanchilur,
Bor biaynih surma ul tufrogʻ, tikan andoqki mil.
Bargi guldek hulla jismingda sabo tahrikidin,
Titrar andoqkim kumush ustida bir muflis baxil.
Ey kabutar, vosil oʻldum, noma kelturmakni qoʻy
Kim, harimi lomakonda mahram ermas Jabrail.
Orazing oyina, yuz mahvash safodin ursa dam,
Koʻzgu olkim, koʻrguzur yuz vajhdin ravshan dalil.
Ey Navoiy, boda ol ich xossa bu shukronagʻa
Kim, salomatdur asolat gavhari sayyidi asil.

380

Gulshaningdin yeldek, ey ra’no nihol,
Men yomon bordim, vale sen yaxshi qol.
Men-menu bekasligu ayyomi hajr,
Sen boʻlu ahbobu davroni visol.
Soʻrma holimning sabodin gah-gahi,
Koʻnglunga oʻlturmasun gardi malol
Gar buzuq koʻnglumni mardud aylading,
Bok emastur oʻzgalarning koʻnglin ol.
Sigʻmayin koʻyungda gar qovdung meni,
Asru keng sahrodurur dashti xayol.
Olam ahlida vafo mavjud emas,
Har nekim yoʻqtur, erur topmaq muhol.
Ey Navoiy, xushturur ozodaliq,
Qayd aro hushluqqa yoʻqtur ehtimol.

381

Beling solur dimogʻimgʻa taxayyul,
Berur zulfung hadisimgʻa tasalsul.
Buyursa garchi ishqing tarkini aql,
Ul ishni men qila olmon taaqqul.
Yuzung hajrida koʻnglum muztaribdur,
Ne nav’ etkay baligʻ susiz tahammul.
Ne tong sensiz yutub qon, gʻam yesamkim
Kerak ul bodagʻa mundogʻ tanaqqul.
Qading titratti xokiy paykarimni,
Qiyomat yerga solgʻandek tazalzul.
Emas moni’ fano yoʻligʻa foqa,
Kerak rahravgʻa zodi rah tavakkul.
Navoiy bulbulu yori gul oʻlgʻay,
Agar yuz poya qilgʻaylar tanazzul.

382

La’li jonbaxshingda bir gavhar agar topmish xalal,
Javhari jonim qabul etsang anga aylay badal.
Qayda boʻlgʻoy javhari jon ham badal ul durgʻakim,
Obi hayvondin chiqarmish ani gʻavvosi azal.
Ul ne gavhardurki, jon mulki xiroji topqasen,
Aql sarrofi agar qilsa bahosin filmasal.
Boʻldi gar bir gavhar oʻrni xoliy, ammo koʻrki bor,
Nuktadin yuz durgʻa har soat musharraf ul mahal.
Lafzi durboring soliptur raxna gavhar silkiga,
Gar inonmaslar desang bir lafz oʻlur bu nukta hal.
Charh sarrofi qoshinda birdurur dur birla tosh,
Toshdek soʻz kelsa, durdek lafz ila qilma badal.
Ey Navoiy, silkidin tushkan yiroq dur bobida,
Durri ma’ni buyla nazm etmak emastur muhtamal.

383

Qasdi jon aylar damodamkim anga yuz jon tufayl,
Tifl uchun goʻyo qilur har dam chuchuklik sari mayl.
Gul yuzungdin kelsa ashking lolagun yoʻqtur ajab
Kim, bahor ayyomida rangin kelur, albatta, sayl.
Tushta koʻz surtar edim yuzunga goʻyo xat emas,
Boʻldi mujgondin tikan birla toʻla husnungga zayl.
Barqdin bir lam’au xoshoku xasdin koʻh-koʻh,
Ishq yolgʻuz zuhdu taqvo chirikidin xayl-xayl.
Ul saodat axtarin koʻrgach sirishkim qon boʻlur,
Chun aqiqekim ani rangin qilur tobi Suhayl.
Mazrai ishq ichra sochmoq qobiliyat donasin,
Ayladi koʻk tosidin goʻyo qazo dehqoni kayl.
Zulfu yuzi furqati ayyomidin soʻrmang hisob
Kim, Navoiy koʻziga birdek boʻlubtur yovmu layl.

384

Gar yetar agʻyordin yuz ming jarohat, ey, koʻngul,
Chunki bordur yor uchun bor ayshu rohat, ey koʻngul.
Ka’ba istarsen mugʻilon cheksa tnl qaygʻurmagʻil,
Bemalomat topmadi kimsa salomat, ey koʻngul.
Menmenu ul oy gʻami sen ham agar mardonasen,
Dardu gʻam chek, istama komu farogʻat, ey koʻngul.
Kimga yetkay vasl iqboli agar hijron aro,
Senda boʻlsa gʻam chekarga sabru toqat, ey koʻngul.
Xurdai rozingni asra gʻuncha yangligʻ qon yutub,
Har necha qilsa jafo ul sarvqomat, ey koʻngul.
Dema ishqi soʻzi kam boʻlgʻay boshnmgʻa ursa tigʻ
Kim, bu sudin sokin oʻlmas ul harorat, ey koʻngul.
Oʻrtading oxir Navoiyni sharori oh ila,
Aiga nevchun muncha koʻrguzdung sharorat, ey koʻngul.

385

Anglading yo yoʻqmukim aylar safar yor, ey koʻngul,
Vahki, boʻlduq yona hajri ilgida zor, ey koʻngul.
Ul xud aylar azmu men ham xastadurmen, ham gʻarib,
’Goh-gohi boʻlgʻasen mendin xabardor, ey koʻngul.
Ne borurgʻa quvvatim bor, ne turargʻa toqatim,
Bizni bu holatqa sen qilding giriftor, ey koʻngul.
Bora xud olmon turub ham chun tirilgum noʻqturur,
Bas vido’ing qildim andin qolma zinhor, ey koʻngul.
Mahrami gar boʻlmasang hushtur bu hamkim, boʻlgʻasen,
Itlariga hamnishinu sohib asror, ey koʻngul.
Gar boʻlubon nogahon toli’ musoid baxtiyor,
Topsang ul oy birla soʻzlashguncha miqdor, ey koʻngul
Iltimosim budururkim, barcha eldin yoshurun
Qilgʻasen miskin Navoiy dardin izhor, ey koʻngul.
Boʻlsa senlik vasl yoʻqtur har necha qilsang talab,
Boʻlmasa matlub erur ul dam talabgor, ey koʻngul.

386

Ey latofat kasbida husnunggʻa hojatmand gul,
Yuz guliston ichra yoʻq husnunggʻa bir monand gul.
Xil’ati xazro bila ul qomatu ruxsor erur,
Rost bir sarveki qilgʻaylar anga payvand gul.
Yuzu gʻamzangdin, mujamdin qon yosh ar zoyandadur,
Yoʻq ajab chun bor tikanga doimo farzand gul.
Jolalar ermas guli sadbarg uzakim aylamish,
Jismini tishlar bila hajringda yuz parkand gul.
Qaysi vajh ila yuzunga da’vo etkay chun erur,
Ganji husnungdin muhaqqar vajh ila xursand gul.
Sarv sen, ey gul’uzor, ar boʻlsa xushraftor sarv,
Gul sen, ey sarvi ravon, gar qilsa shakkarxand gul.
Ey Navoiy, gar soʻzungni yor eshitmas ayb emas,
Turgʻoni birla quloqdur, lek eshitmas pand gul.

387

Ey manga sensiz bahoru bogʻu boʻstondin malol,
Qaysi boʻstonu bahoru bogʻkim, jondin malol.
Sensizin koʻnglum tong ermas boʻlsa jannatdin malul,
Ne ajab bulbulgʻa guldin ayru boʻstondin malol.
Boʻlmasa kofir koʻzung shaydosi majnun koʻngluma,
Aqlu donishdin tanaffur dinu imondin malol.
Ishq tugʻyonida yuz koʻrsatsa gulruxlar ne sud
Kim, topar muhriq isitqan mehri raxshondin malol
Kuydururlar dogʻi daf’ oʻlsun maloli hajr deb,
Voy angaknm, voqi’ oʻlgʻan dogʻi hijrondin malol.
Kasrati paykonidin koʻnglum toriqmas, garchi bor,
E’tidolidinki oʻtkach obi hayvondin malol.
Bazm aro har dam qadah koʻngli toʻla xunob erur,
Men kebi goʻyo anga ham yetti davrondin malol.
Qiblai maqsad tilarsen dard oʻqidin gʻam yema,
Istagan tavfi haram koʻrmas mugʻilondin malol.
Charx anjumdin quloqqa paxtalar tiqti magar,
Gʻam tuni topmish Navoiy chekkan afgʻondin malol.

388

Kecha ul oy birla erdim, vah, bu tushdur yo hayol,
Tush emas, chun yoʻqturur uyqu xayoledur muhol.
Ishq izhor aylabon vaslin tilar munglugʻ koʻngul,
Bir gado yangligʻki, aybin koʻrguzub aylar savol.
Oraz uzra ayn yangligʻdur uzoring uzra koʻz,
Nargis uzra nuqta yangligʻdur koʻzung ustida xol.
Egma qaddim za’fi haddin oshti ul yuz qoshida,
Notavon boʻlgʻan kebi xurshid vaslidin hilol.
Yigʻlabon ul sarvning yoʻligʻa tushsam noz etar,
Su bila tufrogʻdin bosh tortqan yangligʻ nihol.
Hajr tigʻidin quruq jismim qalamdek boʻldi shaq,
Lek bejon nolalar koʻnglumdadur andoqki nol.
Kom erur jonimgʻa ul oludaligʻdin pok lab,
Ey Navoiy, oʻlsam ichmon Xizr noʻsh etkon zulol.

389

Demakim, mastligʻdin, qaddi boʻlmish har qayon moyil
Ki, ohim yelidin har yondur ul sarvi ravon moyil.
Yuzi ollida bosh sojid, chuchuk nutqigʻa til zokir,
Xati sabzigʻa koʻz rogʻib, labi la’ligʻa jon moyil.
Quyundek poʻya birla koʻyin istarmen ajab ermas,
Vatangʻa boʻlsa bir sargashtai bexonumon moyil.
Isitsam hajridin muhriq ul oʻtluq yuzni istarmen,
Nekim za’fin fuzun aylar, angadur notavon moyil.
Qiliching mayli tong yoʻq boʻlsa joni xoksorimgʻa,
Ne yerkim pastroq, su ul yon oʻlgʻay begumon moyil.
Maxol umid ila kulbamda doim muntazirdurmen
Ki, shoyad ul pari bu jonib oʻlgʻay nogahon moyil.
Agar masjidda kirdim halqai zikring aro, ey shayx,
Vale mayxonayu mutrib sari men har zamon moyil.
Necha gumrahgʻa isyon boʻlsa, lekin koʻptur ummidi,
Agar tuz yoʻlgʻa koʻngli goh-goh oʻlsa nihon moyil,
Navoiyning buzugʻ koʻnglini manzil qildi gʻam xayli,
Nechukkim tushkali vayrongʻa boʻlgʻay korvon moyil.

390

Ancha boʻldi tan oʻqungdin ichkari, tashqari yoʻl
Kim, ajal kirmakka, jon chiqmoqqadur har sari yoʻl.
Doira atrofidin markazga chekkandek xutut,
Tiyr boroni falak koʻnglumga topmish bori yoʻl.
Oʻqlaring zaxm aylagandin tanda xayli gʻam kirib,
Uyla yerga yettilarkim, yoʻqtur andin nori yoʻl.
Koʻksuma hajr ichra tirnogʻlarki chekti shohroh,
Bu taraf solgʻay dedim ul shahsuvor ilgʻori yoʻl.
Rishtai la’ling xayoli koʻz sari kelmakkadur,
Buki har yon chekti ashkim qatrai qonlari yoʻl.
Qani mugʻ koʻyiki, piri dayr birla mugʻbacha,
Uyladurlarkim topar ul yon yigitu qori yoʻl.
Gar Navoiy koʻksi chokin tikti budur qasdikim,
Topmagʻay darding ichidin chiqqali toshqori yoʻl.

391

Ayladi koʻnglum qushi ul shom gisu sari mayl,
Shapparak yangligʻkim ul qilgʻay qorongʻu sari mayl.
La’li hijronida ruxsorin tilarmen uylakim,
Bodadin maxmur boʻlgʻon, aylagay su sari mayl.
Ishqima ushshoq shirkat qilmagʻaylar deb erur,
Koʻngluma bir qotili bebok badxoʻ sari mayl.
Gʻayrdin koʻnglumni sof ettim yuzung aksi uchun,
Garchi xudbinsen sanga boʻlmas bu koʻzgu sari mayl.
Eshitib aqshom koʻngul afsonasin ushshoqdin,
Qildi men bedilgʻa navbat yetkach uyqu sari mayl.
Bu chamanda ne vafo boʻlgʻayki, har yon gʻunchasi
Zohir etmish bulbul ahvoligʻa kulgu sari mayl.
Har taraf moyildur ul shoʻxu Navoiy muntazir,
Kulbasi ichraki shoyad aylagay bu sari mayl.

392

Ne ajab mayl aylasam yoʻqluqqa har dam, ey koʻngul
Kim, yoʻq oʻlsam yoʻqturur yoʻqlar kishim ham, ey koʻngul.
Fikr etib bilman ne nav’ erkin koʻngul xurramligʻi,
Koʻrmadim hargiz seni bir dam chu xurram, ey koʻngul.
Olam ahligʻa vafo koʻp qildimu koʻrdum jafo,
Ulfating bu xayldin sen bori qil kam, ey koʻngul.
Gar takalluf qilmasang sendin edi har nechakim,
Jonima yuzlandi dardu mehnatu gʻam, ey koʻngul.
Qaydakim husn ahlidin olamgʻa tushti ofate,
Ishqidin qilding meni rasvoi olam, zy koʻngul.
Koʻzlarim shoʻrobasin, vahkim, oqizding yuz sari,
Bir malohat ahli toʻkkach gulga shabnam, ey koʻngul.
Har parikim ochti bir devonaning qasdigʻa zulf,
Aylading zanjirini boʻynumgʻa mahkam, ey koʻngul.
Oʻtkan oʻtti bori, emdi ayla bu pandim qabul
Kim, yana qilma havoi jinsi odam, ey koʻngul.
Chun yana sevsang birovni chun qorib tark etti ishq,
Bas, Navoiy uzrini tutqil musallam, ey koʻngul.

Mim Harfining Mahbublarining Malohati «Navodir»din

393

Zihi mulkungnung oʻn sekkiz mingdin biri kelib olam.
Bir uyluk qul sanga olam aro Havvo bila Odam.
Berib chun ofarinish mahvashigʻa hikmating jilva,
Boʻlub ruxsori niliy bu mudavvar nilgun toram.
Gul ahmar, savsan azraq bu chaman ichra boʻlub andin
Ki, yeldin tarbiyat kojin alargʻa yetkurub muhkam.
Nuhud folin koʻrub anjumdin avvalgʻi uchi mezon,
Chu amring charx zolin aylabon makkorai qadxam.
Chamangʻa otashin guldin chu qoʻydung toza qonligʻ dogʻ,
Momuq oq guldin etting dogʻi uzra qoʻygʻali marham.
Chu yozding subhigʻa yorliq bosargʻa ol tamgʻasin,
Shafaqdin hal qilib shingarf qilding, mehrdin xotam.
Kusuf ichra quyoshni tobiqun — na’l etting oy birla,
Xirad vahm ettikim, ham jins ikki harf erur mudgʻam.
Chu bogʻlab bir-biriga hikmating bu korgah vasfin,
Xiradparvar muhandislargʻa sirrin aylabon mubham.
Itingdur shohlar, yoʻqtur Navoiy itcha ollingda,
Alar ittin koʻpu bu it ayogʻi tufrogʻidan kam.

394

Men gado maxmuru piri dayr elinda jomi Jam,
Aylasam ibrom, mendin kamligu andin karam.
Ey xusho, mugʻ dayrikim bordur aning atrofida,
Har sinuq soyil Jamu singʻan safoli jomi Jam.
Yaxshiroq Jamshid boʻlmoqin gadoligʻ dayr aro,
Oʻzga qilmoq yaxshiroqkim, oʻzgaga qilmoq sitam.
Qaygʻu gar jon qasdi aylar jomi may daf’in qilur,
Gʻam nechakim muhlik oʻlsun bor esa dofi’ ne gʻam.
Ey xarobot ahli, dunlardin muruvvat istamang,
Dogʻi hirmon jonda xushroqkim, arozildin diram.
Shayx gʻaflatdin samad zikrin qilurdin yaxshiroq,
Mugʻki dayr ichra degay ogohlik birla sanam.
Bir qadam nafs uzra qoʻygʻil birni maqsadgʻa dedim,
Yoʻl uzun deb yema gʻamkim, asl erur avval qadam.
Da’vii faqr etsang, ey zohid, gum oʻl mayxonadin
Kim, bu yoʻlda kimsaga boʻlmas vujud oʻlmay adam.
Buki yor istar emish ishqu junun ahligʻa qatl,
Ey Navoiy, shukrkim oshiq menu devona ham.

395

Ham subhi orazingdur vardiyatun-nasoyim,
Ham shomi sunbulingdur miskiyatush-shamoyim.
Vah, ul ne xoʻbluqturkim, qahr chogʻi sursa,
Yuz harfi nomuloyim, andin kelur muloyim.
Bir kecha tushta koʻrdum ul zulf birla yuzni,
Baxtim kebi tilarmen, boʻlsam hamisha noyim.
Dar kun xayolu doim budur murod hamkim,
Boʻlsam qoshida har kun, boqsam yuziga doim.
Koʻnglumdin oldi ul koʻz oromu sabr naqdin,
Bir turkdekki olgʻay toroj ila gʻanoyim.
Sufiy koʻzu koʻngulni pok etmasa ne osigʻ,
Oʻtkarsa tunni qoyim yo boʻlsa kunda soyim.
Yuz oh, ey Navoiy, kim ul quyoshqa yetmas,
Garchi yetar gʻamidin gardungʻa ohu voyim.

396

Ne itni ul buti begonavash itiki sogʻindim,
It oshnogʻa yolingʻon kebi ul itka yolindim.
Yuzi nazorasi daf’ ayladi sovugʻ nafasimni,
Yolang gadoy kebi oftobroʻda isindim.
Junun yoʻlida bu rasvogʻa yopma pardai ismat
Ki, yoʻl qolur agar andogʻ ogʻir libos yopindim.
Chu tigʻ chekti manga boʻldi qatl davlati roʻzi
Ki, el qochib, anga-oʻq men za’fu xasta sigʻindim.
Oʻchurdi shu’lai ohimni tigʻi shukrki bori —
Gudozu soʻzdin andoqki sham’ gʻam tuni tindim.
Burungʻi kom ajab yoʻq gar oʻlsa Ka’bai maqsad,
Talab yoʻlinda bu damkim fano samandigʻa mindim.
Sochi koʻchgul qushining har birigʻa bogʻladi tore,
Navoiy, emdi sen oʻtkilki men bu nav’ ilindim.

397

Oʻrtanur el furqatingdin navha bunyod aylasam,
Qoʻzgʻalur olam oʻkurmak birla faryod aylasam.
Yemrulur boshimgʻa goʻyokim falak gʻamxonasi,
Ul quyosh hamxonam erkanni qachon yod aylasam.
Hajr biymi chun yetar gʻamgin qilur beixtiyor,
Vasl umidi birla koʻnglumni necha shod aylasam.
Charxu anjumdin kuyubmen ayb emas gar oh ila,
Bu necha ahgar bila ul kulni barbod aylasam.
Daf’ etay dermen jahondin ashk ila gʻam tufrogʻin,
Bu buzugʻni sayl ila istarmen obod aylasam.
Saltanatdin boda ortuqdur manga yuz qatlakim,
Xushroq el bedodidin oʻzumga bedod aylasam.
Ey Navoiy, hajr aro yetti ajal qilgʻaymu sabr,
Ul Masiho va’dai vaslini miod aylasam.

398

Bu kun ahli jahondin xasta xotirmen jahondin ham
Demon ahli jahon birla jahon, billahki, jondin ham.
Meni jonu jahondin hajr vaqtikim malul etkay,
Vatan yo mulkdin xudkim desun, bal xonumondin ham.
Koʻnguldin jongʻa yettim, ey ajal, netkay xalos etsang,
Meni ul telbadin, ul telbani men notavondin ham.
Ne ayrilmoq dururkim, yor to ayrildi, ayrilmish
Koʻngul mendin, figʻon koʻnglumdinu oʻtlar figʻondin ham.
Manga jononsiz oʻlmoq yaxshiroq, ey Xizr, yuz qatla,
Ketursang mujda oʻlmoq birla umri jovidondin ham.
Nafas qat’ oʻldi ul yuz furqatidin, koʻzgu kelturmang
Ki, men emdi qutuldim ibtilosiz imtihondin ham.
Yomon yaxshigʻa koʻp zulm etmagilkim, gar budur davron,
Qutulgʻung, kimki andin yaxshiroq yoʻq, men yomondin ham.
Itiga tu’ma, darbonigʻa boʻlsun muttako oʻlsam,
Tanim ul koʻydin olmang, boshim ul ostondin ham.
Faqihu—Ka’ba, rindu — maykada, xushdur Navoiykim,
Sening yoding bila mundin erur ozodu andin ham.

399

Loladek yuzung xayolidin toʻla qondur koʻzum,
Balki lola jomidek qon ichra pinhondur koʻzum.
Ichida su tegrasida yosh qobargʻan shakl ila,
Sensizin bir toza qoʻygʻan dogʻi hijrondur koʻzum.
Yel xam etkan sham’ oʻti andomi birla oʻrtanur,
Yoʻq ajab gar kecha tong otquncha giryondur koʻzum.
Shoxi marjondur qizil raglar, duri gʻalton sirishk,
Bu zarofatdin biaynih bahri Ummondur koʻzum.
Har yoram jismimda bir hayron koʻz oʻlmish holima,
Turfa koʻrkim, muncha hayron koʻzga hayrondur koʻzum.
To toʻkar jonbaxsh la’lingning xayolidin sirishk,
Bahri ashk ermaski, ayni obi hayvondur koʻzum.
Koʻz nazar yoʻlin tilar tutqay vido’ ashkin toʻkub,
Koʻz yumub ochquncha yuz koʻrguzki, mehmondur koʻzum.

400

Qadinggʻa toʻbi oʻlubtur mutiyu chokar ham,
Bu ishga adl tonuq sarv erur sanoʻbar ham.
Bir uchigʻaki momuq chirmalibdurur boshogʻing,
Koʻngul yarosigʻa boʻlmish fatilaliq marham.
Koʻngulki, ohi tigʻidin qorardi paykoning,
Meni ul etti siyah roʻzu tiyra axtar ham.
Yopishti qonima hajring palosi, uylaki bor
Shahidliqda kafan, xastaliqda bistar ham.
Ishimni mugʻbachalar ishqi ichra soʻrsa faqih,
Dengizki, bogʻladi zunnoru chekti sogʻar ham.
Koʻngulga sham’i jamoling solibdurur bir oʻt
Ki, toʻzmagay anga parvona, bal samandar ham.
Xumor za’fida may bahri ichra gar tushsam,
Gʻariq mumkin erur boʻlmogʻim shinovar ham.
Gadoyi vasling erur bulbul, ayla rahm, ey gul
Ki, bir qaror ila qolmas gado tavongar ham.
Navoiy aytsa gah yova, goh lol oʻlsa,
Ne tongki, muztarib aylabsen ani muztar ham.

401

Chu yopsa na’shim uza mugʻ palosi idborim,
Belin tongorgʻa palos uzra yaxshi zunnorim.
Chekib may ahli xarobotu xirqa chok aylab,
Koʻtarsalar yigʻilib na’sh ila tani zorim.
Mugʻona navha bila dayr sari azm aylab,
Chekib surudi fano yor, balki agʻyorim.
Yasarda dayri fano dargahida qabrimni,
Borisigʻa budurur iltimosu zinhorim
Ki, dayr pirining ollida bosh qoʻyub, yer oʻpub,
Niyozlar bila arz etsalar bu guftorim:
Ki, men xud anglamay ish sirridin xabar oʻttim,
Ish ul dururki, gahi boʻlmasang xabardorim.
Qadam agar lahadim uzra qoʻysang ermas tong
Ki, boʻlsa ravzai jannat bu kulbai torim.
Umidim oxir erur dayr pirining karami,
Gar emdi mugʻbachalar birladur saru korim.
Navoiyo, boqibon fazl bahri mavji sari,
Xudoy uchun tilama tavba birla ozorim.

402

Koʻngluma yor istabon mehnat kelurni bilmadim,
Jongʻa yetmay ul hanuz ofat kelurni bilmadim.
Suvratin koʻrmak tamanno aylabon koʻrmay hanuz,
Ollima yuz ming ajab suvrat kelurni bilmadim.
Men yuzin koʻrmay hanuz el vasl etar ermish tama’,
Koʻngluma mundoq qotiq holat kelurni bilmadim.
Koʻrmay oxir tarkin ettim, vahki, munglugʻ jonima
Vasl yetmay jovidon furqat kelurni bilmadim.
Ishq koʻyida balo koʻp koʻrmagin bildim valek,
Yor tarkin tutqucha gʻayrat kelurni bilmadim.
Resh etib koʻnglumni ulkim, dedi: marham kelturay,
Marham andin nishtari hasrat kelurni bilmadim.
Ul rafiqekim anga dedimki, jon aylay tufayl,
Muncha andin jonima vahshat kelurni bilmadim.
Koʻngluma ashob zulmi janbida, vo hasrato,
Charx neshin marhami rohat kelurni bilmadim.
Ishq shahrohigʻa kirmakni xayol etmak bila,
Ollima yuz vodiyi hayrat kelurni bilmadim.
Ey Navoiy, qilmagʻuncha mosivolloh tarkini,
Komim ichra jur’ai vahdat kelurni bilmadim.

403

Zulmati hijron qilur qat’i hayotim dam-badam,
Ey Masihi, Xizr pay boshimgʻa yetkur bir qadam.
Novaking koʻnglum aro singʻay debon payvand uchun,
Koʻz qorasi obnoʻsu qon yoshim boʻlmish baqam.
Boshda tigʻing jon aro novaklaringning sharhini,
Yozaram doimki bor bu ishda hamdardim qalam.
Yor kelmish qabrima, har yon sogʻinmang lolakim,
Gʻayrini oʻrtarga gʻayrat oʻtlari urmish alam.
Ruh uchar har yon, vale oʻrtar parki hijron oʻti,
Oh, agar ul toiri davlat bu oʻttin qilsa ram.
Eyki, shohid, koʻzu zulfu ogʻzigʻa oshuftasen,
Bir taammul aylakim, bordur bu maqsuding adam.
Gar Navoiy ishqi ortar ohidin sen vahm qil,
Kim oʻchurur sham’ni garchi yorutur oʻtni dam.

404

La’lingki, sogʻindim ani jon rozigʻa mahram,
Bilmonki nedin xat chiqarur qonima har dam.
Terlab gul uza sabzang oʻlubtur taru toza,
Xat garchi hamisha buzulur boʻlsa varaq nam.
Bosh sajdagʻa rogʻibdur, koʻz surmagʻa tolib,
Yoʻlungda ajab ermas agar boʻlsa qadim xam.
El pand berur koʻngluma, sen novak otarsen,
Netkay edim ul zaxmgʻa boʻlmasa bu marham.
Bilgilki, koʻngul shu’lasin izhor qilibmen,
Ul kunki, tutashqay gʻam oʻtidin bori olam.
Gar oqibat ahvoligʻa men voqif emasmen,
Kimdurkim anga qolmadi bu mas’ala mubham.
Gar itti esa xasta koʻngul gʻam yema, ey aql,
Gʻam yegali bordur, chu Navoiy, sanga ne gʻam.

405

Hajridin koʻksumni dermen uyla afgor aylasam
Kim, ichim holini toshimdin namudor aylasam.
Chun meni majnun shajar yafrogʻidin qildim libos,
Avlo uldurkim giyahdin emdi dastor aylasam.
Istaramkim, ruq’asin gʻamgin koʻngul oromigʻa,
Rishtai jonimgʻa cheksam, dogʻi tumor aylasam.
Har sari moʻ bir til oʻlmish ishqim iqrorigʻa, voy,
Kim inongʻay emdi yuz til birla inkor aylasam.
Telba koʻnglum bexudu yor ul taraf yuzlandi, oh,
Dark qilmas neshlar sanchib xabardor aylasam.
Hajr selobi buzar gar ashku jismim tufrogʻin,
Har nechakim sabr uyi tarhigʻa devor aylasam.
Hajrdin koʻksum erur ozurda sogʻar loyidin,
Surtubon marham tilarmen daf’i ozor aylasam.
Ne qazodin kelsa taslim oʻlmoq avlo chunki yoʻq
Sudi gar qilsam sitez, ar oʻzni koʻp zor aylasam.
Ey Navoiy, mayni to tark ettim ortibdur gʻamim,
Istaramkim emdi azmi koʻyi hammor aylasam.

406

Bordi yoru toʻzmon el bormoqqa ham, turmoqqa ham,
Chin desam, rashk oʻlturur tangriga topshurmoqqa ham.
Koʻrsam ul yuz koʻzgusin tagʻ’yir vahmidin emas,
Qattiq oh urmoqqa had, sokin nafas urmoqqa ham.
Ul paridin lutf agar zulm oʻlsa andoq telbamen
Kim, shuurim yoʻq sevunmaklikka, qaygʻurmoqqa ham.
Oʻlturub yonigʻa men kimmen yuzin oʻpmoqqakim,
Yoʻq hadim koʻyida yer oʻpmakka, oʻlturmoqqa ham.
Notavon jismimda yuz novak firoqing xaylidin
Kim, kuchim yetmas birin tortargʻa, sindurmoqqa ham.
Demagil ishqin nihon tutqil meni uryongʻakim,
Tigʻi zaxmin yoʻq nimam bogʻlargʻa, yoshurmoqqa ham.
Tut Navoiy, ishqi zulmin xush chu yoʻqtur ixtiyor,
Ul koʻngul olmoqqa ham, sen koʻnglung oldurmoqqa ham.

407

Ul quyosh yuzlukni har tun yod qilmoqdur ishim,
Oʻz-oʻzumga to sahar bedod qilmoqdur ishim.
Baski, faryod aylamaktin har dam oʻzdin boribon,
Holima kelgach, yana faryod qilmoqdur ishim.
Telbalardek har dam aytib ul pari afsonasin,
Topmayin maqta’ yana bun’yod qilmoqdur ishim.
Ashk etib sabrim uyin vayronu har dam oh ila,
Ul buzugʻning tufrogʻin barbod qilmoqdur ishim.
Naxli qaddin chun xayol aylab qoʻyub tufroqqa bosh,
Sajdai ul sarvi hurizod qilmoqdur ishim.
Hajru shavqu charxi muhlik zulmi ichra har nafas,
Oʻzni yuz bedod ila mu’tod qilmoqdur ishim.
Gʻamdin oʻlmaslikka boisdur muhol andishakim,
Vasl umidi birla oʻzni shod qilmoqdur ishim.
Vahki, yer tutmas necha har lahza shaydo koʻngluma,
Sabru toqat shevasin irshod qilmoqdur ishim.
Yigʻlasam taskin topar koʻnglum, Navoiy voykim,
Ul buzugʻni sayl ila obod qilmoqdur ishim.

408

Gar aning vasligʻa haddim yoʻq, erur xush yodi ham,
Ul meni yod etmasa, basdur aning bedodi ham.
Bogʻ aro ruxsoru qadding jilvasin to koʻrdilar,
Boʻldi obu tobsiz gulbargi ham, shamshodi ham.
Layliyu Shirin boʻlub sendin xijil, mendin dogʻi,
Ham aning Majnunidur hayron, munung Farhodi ham.
Olloh-olloh, ne balodurkim, labu mujgon bila,
Yolgʻuz el tirguzguchi yoʻqkim erur, jallodi ham.
Qatl uchun koʻnglumga kirdi qoʻrqamkim oʻtidin,
Toshdek koʻngli su boʻlgʻoy, xanjari poʻlodi ham.
Ne balo berahmdur ul oyki, koʻnglumning anga
Yoshurun ohi asar qilmas, biyik faryodi ham.
Bandayu ozodgʻa bedod etar bu bogʻning —
Sunbulining hindusi ham, savsani ozodi ham.
Qilma zohir davlatiyu mehnatigʻa e’tibor
Kim, aning dogʻi vafosi yoʻq, munung bunyodi ham.
Biymi hajridin, Navoiy, gar yoʻq emin margdek,
Shukrkim ermas muayyan margdek miodi ham.

409

Kimsani dard ahli deb sirrimgʻa mahram ayladim,
Oʻz-oʻzumni kuch bila rasvoi olam ayladim.
Ahli roz el ollida odam desa boʻlmas meni,
Menki oʻz rozimgʻa mahram jinsi odam ayladim.
Bul’ajab sirrimni maxfiy asramoq dushvor edi,
Barcha gar Farhod ila Majnunni hamdam ayladim.
Oʻz gʻamim ifshosidin olamnikim qildim qora,
Ish oʻzumga demakim, olamgʻa motam ayladim.
Ayladim jonimgʻa yuz bedod, lekin oʻlmagi,
Sirrim ifshosi bila erdi, ani ham ayladim.
Elga rasvo boʻlmogʻi boʻldum ne sud emdi, agar
Yuz tuman mismor ila ogʻzimni muhkam ayladim.
Kofiri ishq oʻlmoq ermish fosh qilmoq sirri ishq,
Nomusulmonliqni koʻnglumga musallam ayladim.
Shodmen ahli zamon birla zamondinkim, oʻzum
Ayladim oʻz qismatim anduh agar gʻam ayladim.
Ey Navoiy, dema sirring kimsaga mundoqki, men
Kimsani dard ahli deb, sirrimgʻa mahram ayladim.

410

Dam-badam har kun ul oy bedodini yod aylaram,
Kecha turluk-turluk oʻz jonimgʻa bedod aylaram.
Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram.
Zulfu yuzi hajridin gʻam shomi anjum gullarin,
Tund bodi ohdin har lahza barbod aylaram.
Oʻzni qatl ummidiyu agʻyor qatli biymidin,
Lahzaye shod aylasam, yuz lahza noshod aylaram.
Qomatu ruxsoridin boʻe toparmen, ey rafiq,
Buki har dam gulshan ichra mayli shamshod aylaram
Soʻrmang, ey ushshoq, mendin nukta piri ishq deb,
Negakim kuymak bila oʻlmakni irshod aylaram.
Ey Navoiy, har jafo kelsa ul oydin elga ham,
Rashkdin majmu’in oʻz jonimgʻa isnod aylaram.

411

Eyki avval qomating vasfini shamshod ayladim,
Sarvi jannat boʻlki, emdi seni ozod ayladim.
Oʻzgalarni davlati vaslingda xush tut, chunki men
Xasta koʻnglumni gʻami hijron bila shod ayladim.
Xoh sen yor oʻl manga, xoh oʻzgalarning yori boʻl,
Chun men oʻz ta’bimni bekaslikka mu’tod ayladim.
Mujda ber, ey shayxkim, tortib nadomat ohini,
Bulhavasliq juzvi avroqini barbod ayladim.
Necha men mahrum oʻlub boʻlgʻay anga mahram raqib,
Shukrkim, gʻayrat tariqin oqibat yod ayladim.
Ul vafosiz ishqini tark etmaguncha tinmadim.
Ne yomon soatda bu shum ishni bunyod ayladim.
Ey Navoiy, hech bilmonkim, unogʻoymu koʻngul,
Anga muncha ajnabiy soʻzlarki irshod ayladim.

412

Yetti soʻzi hajru chektim ohi dardolud ham,
Xasta jonim kuydiyu boshimgʻa chiqti dud ham.
Kim vafo ahlin sinuqtursa bilurmen onchakim,
Koʻp ziyon qilmasa bore qilmagʻay koʻp sud ham.
Istagan Majnun mazorin, kelki andin kam emas,
Telba koʻnglumni yoshurgʻon jismi gʻamfarsud ham.
Anjum ermas gʻam tunikim, ishrat abvobin sipehr
Mixdoʻz aylab, sarosar qildi qiyrandud ham.
Muddai koʻp kulma idborigʻakim, yor ollida,
Sen kebi maqbul edim bir choq meni mardud ham.
Koʻp toriqma, ey koʻngul, ul shoʻx hijroni aro,
Shoyad ushbu ishda-oʻq erdi ekin behbud ham.
Ey Navoiy, boʻlmasa yore firoqingdin malul,
Ayrilurda yaxshiroqkim qilmasang padrud ham.

413

Yana firoq oʻtigʻa tushti tobligʻ koʻnglum,
Tarahhmeki qiladur xarobligʻ koʻnglum.
Sogʻinsa gʻunchang uchun qongʻa evrulur har dam,
Bu yuz jarohat ila pechu tobligʻ koʻnglum.
Firoqu dard qachon tuzsa bazm kulbam aro,
Berur koʻzum mayi la’lu kabobligʻ koʻnglum.
Erur sharoraki xurshid sari borgʻay tez,
Yuzung visoligʻa jahdu shitobligʻ koʻnglum.
Yuzungni koʻrdum esa su bila baligʻdek oʻlur,
Qarorsiz tanimu iztirobligʻ koʻnglum.
Fano yeli qanikim ochsa chehrai maqsud
Ki, tan gʻuborida boʻlmish hijobligʻ koʻnglum.
Navoiy gʻam yediyu oʻldi dogʻi topti visol,
Ne topmasun bu sifat xoʻrdu xobligʻ koʻnglum.

414

Kecha kuydurdi falakni shu’lai tobi tabim,
Kunduz ul oygʻa yeta olgʻaymu, yo rab-yo rabim.
Yetkurur jonimgʻa ofatlar uzori uzra xol,
Rost andoqkim, qorarib sugʻa tushkay kavkabim.
Aytdim boshimni fitroqingga cheq, ey shahsuvor,
Dedi: bosh asrardek ermas tezlikdin markabim.
Tufrogʻ oʻldum, ishq, agar qilsang imorat yaxshidur,
Xisht qoʻymoqqa fano mayxonasida qolabim.
Dahr bozorida umre ishq tavrin kasb etib,
Aqlu din naqdinki oldurdum bu erdi maksabim.
Mast agar sajdang qilurmen yopma yuz, ey mugʻbacha,
Ne uchunkim dayr piri mazhabidur mashrabim.
Ey Navoiy, toza jon toptim hamono ogʻzimgʻa
Durd jomidin tomizdi soqiyi noʻshin labim.

415

Hajri mundoqki, uzar bir-biridin payvandim,
Koʻrgay el har itining ogʻzida bir parkandim.
Tori umrum ajal ilgidin uzulsa gʻam emas,
Tori zulfunggʻa agar muhkam erur payvandim.
Qomating hojat erur jongʻa ravo qil anikim,
Noumid oʻlmasun ollingda bu hojatmandim.
Koʻzga desam, nega yoshingni nazardin solding,
Derki, gʻammozdurur garchi erur farzandim.
Soqiyo, oʻt kebi bodang bila kulbamni yorut
Kim, xumor ichra ul oʻt hasratidin oʻrtandim.
Aylayolmon safari dashti fano oʻzluk ila,
Ey Navoiy, negakim asru ogʻirdur bandim.
Nosiho, oshiqu devonamenu masti xarob,
Sanga ne ot qoʻyar el, buki degaysen pandim.

416

Noʻshi labini har necha soʻrdum, oʻsanmadim,
Ichmak bila hayot zulolini qonmadim.
Zohid dediki, rahn etibon xirqa dayr aro,
Qilmishsen anda butqa dogʻi sajda, tonmadim.
Mugʻ piri may berib, tiladi jonni mugʻbacha,
Har neki dedilar qiluridin tojonmadim.
Sarxayl edim bu kecha xarobot ahligʻa,
Ul saltanatni lek oʻzumga inonmadim.
Aql etti man’ mugʻbachayu dayrdin base,
Koʻp oʻgdi huru ravzani, lekin beganmadim.
Shukr, ey koʻngulkn, boʻlmadim aflok javridin,
Oshufta holu johigʻa dogʻi quvonmadim.
Azm ettim, ey Navoiy, ul oy sari bu kecha,
Mahvashlar ochti shu’lai ruxsoru yonmadim.

417

Baqo dashti nechuk qat’ oʻlmasun aylab murur ayyom
Ki, har manzil anga bir kunduru, har dam anga bir gom.
Boʻlur manzilda turmoq muddate gom urmamoq koʻp vaqt,
Bu manzil qat’iyu bu gomdin boʻlmas dame orom.
Ajoyib qat’i bir manzilda gomidurki, oʻrnidin,
Kishi tebranmayin ham qat’ oʻlur, ham solilur nokom.
Bu yangligʻ manzilu gomi zaruriy chun erur voqi’,
Ham avlo Ka’bai maqsud sari bogʻlamoq ehrom.
Suluku sayrkim koʻrmishki gar chillanishin qori
Va yoxud chilla ichra tifl tengdur anda subhu shom.
Erur bu turfakim mundoq suluku sayr aro solik,
Emas oʻz ixtiyori birla ne ogʻozu ne anjom.
Bu andin turfaroqkim, yetmayin maqsadqa mingdin bir,
Bu yoʻl qat’ida tufrogʻ oʻldilar noʻl topmayin itmom.
Musofirkim bu yoʻl olligʻa tushkan tarfatul-ayni,
Agar oʻz holidin gʻofil boʻlur, boʻlgʻay bagʻoyat xom.
Ilohiy, yoʻl erur behad qotiq, manzil yiroq asru,
Navoiy birla sen boʻlsang, yetar manzilgʻa avval gom.

418

Tishlarimdin iki dandonaki charx ayladi kam,
Raxnalar boʻldi ajal kirgali jon chiqqali ham.
Har bino raxnasini tutsa boʻlur turfa bukim,
Mumkin ermas bu iki raxnani qilmoq muhkam.
Turfaroq buki necha qilsa rioyat toʻkulur,
Bu fano raxnasining ikki yonidin har dam.
Demakim, boʻldi ajal kirmak uchun raxnavu bas,
Angacha yoʻl budurur kirgali ming turluk gʻam.
Yuz sitamdur manga tish raxnalaridin, goʻyo,
Tishni sinkim dedilar, bor emish ul sini sitam.
Yoʻqki tish sini sitam boʻldiyu bas, koʻzda dogʻi
Qolmadi nuri ani dogʻi degil ayni adam.
Tish iki raxnasidin hasratu gʻam dudi chiqib,
Tutti goʻyo koʻz iki koʻzgusini zangi zulam.
Tiyralik birla shikastiki tishu koʻz yoʻlidin,
Manga yuzlandi, demak boʻlmas ani koʻrmak ham.
Boʻl, Navoiy, safar ohangiga omodavu chust
Kim, bular barcha ajal peshravidur fafham.

419

Menki har dam, doʻstlar, bedod etardin zor esam,
Doʻstlar ayb etmasunlar dushmanimgʻa yor esam.
Jon fido qilsam, qilurlar doʻstlar dushmanligʻim
Ne ajab gar doʻstluq oyinidin bezor esam.
Doʻstlargʻa qilmangiz taklif, ey dushmanlarim,
Za’fdin ogʻzimgʻa su tomizgʻudek bemor esam.
Yogʻdururlar tosh qotiq soʻzlar bila, vah ne ajab,
Sangsor oʻlgʻon kebi boshtin ayogʻ afgor esam.
Dushmanim jon olsa xushtur, doʻst minnat qoʻysa yoʻq.
Ne ajab dushmandin ar jon birla minnatdor esam.
Forigʻ aylar bu balolardin dame behushluq,
Bas, tong ermas sokini sarmanzili xammor esam.
Davr ayogʻidin meni tirguz damodam, soqiyo
Kim, oʻlarmen davr zulmidin dame hushyor esam.
Dilbarim Layli sifatdur anglangiz, ey ahli ishq,
Bu sababdindur agar hajrida Majnunvor esam.
Eyki, aytursen Navoiy xalqdin ozurdadur.
Yuz tuman ozor koʻrdum, bor ekin men bor esam.

420

Qayu manzilki anda hosil oʻlgʻoy lahzaye komim,
Bu hasrat oʻltururkim, ne uchun yoʻqtur diloromim.
Qachon gul birla sarv andomigʻa boqsam chaman ichra,
Buzar koʻnglumni yodimgʻa kirib sarvi gulandomim.
Taharruk topqali la’ling bila gʻunchang takallumda,
Ne jonim ichradur taskinu ne koʻnglumda oromim.
Firoqing zulmidekdur shomi hajrim muddati, ya’ni
Davosiz dardim ul yangligʻdururkim, subhi yoʻq shomim.
Koʻngul oldurmasunlar husn bogʻi gullarin koʻrgach,
Sabo lutf aylabon ishq ahliga yetkur bu paygʻomim.
Xarobot ichra ishqu mastligʻdur holim ogʻozi,
Ne boʻlgʻay bilman, ey piri xarobot, anda anjomim.
Riyoyi xonaqahgʻa kelmasam, ey shayx, tut ma’zur
Ki, gom urgʻon soyi ul yon keyinrak sirilur gomim.
Sizu noʻshi visol, ey doʻstlarkim, soqiyi davron
Firoqu dard zahridin toʻla qilmish mening jomim.
Navoiy, men kimu sofiy tarab manlu tamannosi,
Muqayyad chun emas mundoqqa masti durdiyoshomim.

421

May uchun dayrdadur oromim,
Dayrning eski safoli jomim.
Dayr piri qoʻlidin bir sogʻar
Gar yetar, umrdin uldur komim.
Yoqa choku yalangʻoch boshu ayoq,
Bul’ajab hol ila subhu shomim.
Oʻynatib mugʻbachalar mastu malang,
Kufr pomoli boʻlub islomim.
Jomi rasvoliq ila har dam oʻlub,
Olam ahligʻa saloyi omim.
Menmen oʻzluk yukidin emdi xalos,
Negakim qolmadi nangu nomim.
Ey Navoiy, kiringiz dayrgʻa deb,
Taqvo ahligʻa yetur paygʻomim.

422

Ne yangligʻ dey qoshinda arzi holim
Ki, qolmas ani koʻrgach der majolim.
Xayolim vasldur gar topmasam ham,
Tutar hushhol doim bu xayolim.
Koʻngulni koʻp malul etkanda hijron,
Visoling yodidur daf’i malolim.
Topib jon soya goʻyo qolmas andin,
Xirom etkanda ul ra’no niholim.
Qolibmen gʻam yuki ostida ul nav’
Ki, tebranmaklik ermas ehtimolim.
Falak zulmin desang koʻrmay, may ichkil
Ki, bas mazlumkushtur charxi zolim.
Oʻzin gar oʻlturur gʻamdin Navoiy,
Dema mufritkim, uldur e’tidolim.

423

Oʻtub sanamlar aro bir-biriga koʻz soldim,
Sening jamolingga yetkach koʻzum, boqib qoldim.
Ne tigʻ solmoq erur chun yuzungga koʻz solgʻoch,
Boshimni dagʻi burunroq ayogʻingga soldim.
Ne oʻtdurur buki yetmish ekoch erib oqti,
Urargʻa koʻksuma yerdin ne toshkim oldim.
Sarigʻ uzoru quruq jismima firoq yeli
Yetib somonni sovurgʻon misoli qoʻzgʻoldim.
Qadam yana talabingda boshimdin itkumdur,
Nedinki poʻya urarda qadam bila toldim.
Ne boʻldi qofilasolor oʻzlukum yukidin
Xalos qilsaki, bu yoʻlda asru tovsholdim.
Navoiyo, dema jismingda muncha zaxm nedur,
Firoq xayli qitolida buyla toʻgʻroldim.

424

Zihi bihishti jamoling kelib mening chamanim,
Xatu yuzung bu bihisht ichra sabzavu sumanim.
Xating vafosida oʻldum, ne tongki hashr kuni,
Vafo xati bila naqsh oʻlsa sarbasar kafanim.
Ne nav’ moʻr kebi sudray oʻzni koʻyung aro
Ki, moʻr sudragudek boʻldi za’fdin badanim.
Gʻaming nechukki koʻngul kunjini vatan qilmish,
Gʻamingda goʻshai vayronayedurur vatanim.
Gar oʻlmasam iting ul zulf tobidin nedurur,
Yer uzra sudraladurgʻon boʻyundagʻi rasanim.
Qadahgʻa sadqa boʻlub boda sham’idin kuysam,
Emas gʻaribki, parvonamen, erur bu fanim.
Navoiyo, manga vasli mahol erur baskim,
Muyassar oʻlsa yiroqtin nazzora anlaganim.

425

Yoʻq dema, gar ogʻzingni desam nuqtai mavhum
Kim, ancha dogʻn boʻlmadi aql ollida mafhum.
Ruxsoring uza xatmu ekin yo qalami sun’,
Kun safhasigʻa tun raqamin ayladi marqum.
Jonimgʻa koʻzung zulmi emas zulm, budur zulm
Kim, men turaturgʻoch tilagaysen yana mazlum.
Tong yoʻq agar ul yuz yoritur tiyra uyumni,
Mehr oʻldi chu mavjud qilur soyani ma’dum.
Hush ahli seni bilmasu men telba bilurmen
Kim, keldi pari shevasi devonagʻa ma’lum.
May vajhi ber, ey shayx, manga chun diraming bor
Kim, buxl erur barcha milal ollida mazmum.
La’ling mayi yodidin erur mast Navoiy,
Yoʻq davrda andoq yana bir fosiqi mahrum.

426

Qarogʻ ermaski, qilmishmen koʻzum sayli yoʻlin muhkam,
Sirishk ermaski, ul yoʻl berkimay qilmish tarashshux nam.
Itining gar ayogʻi kuydi oʻtgan chogʻda qabrimdin,
Soʻngaklar tufrogʻimdin kuydurub aylang anga marham.
Koʻnguldur ul paridin, ishq mulkining Sulaymoni
Ki, ham bor ohidin yel hukmida, ham dogʻidin xotam.
Quyoshning qurbidin oykim hilol oʻlgʻay erur andoq
Ki, bir mahvash sanga yetkach, yer oʻpmaklikka boʻlgʻay xam.
Parivash tifllardin har zamon ortar jununumkim,
Berurlar hushu aqlim qushlarigʻa tosh otardin ram.
Ulustin chiqtimu har dam qocharmen soyadin ham, vah
Ki, nogah ul quyosh sirrin desam ul ham emas mahram.
Shikof ermas qalamdakim firoqim sharhi yozgʻondin,
Yoqa chok aylabon chirmab qora boʻlmish anga motam.
Bu ersa mayki kuydurdi vujudum kishvarin atri,
Yaqin bil, soqiyokim, jom sirrin bilmay oʻtmish Jam.
May ich dahr ichrakim ish sirridin anglay desang ramze,
Erur har zarraning mohiyati xurshiddin mubham.
Sahar kun ashhabigʻa chun keraktur poymol oʻlmoq,
Falak maydonigʻa har tun qamardek surdi tut adham.
Navoiy dardi holidin dam ochmas boʻlsa, ayb etmang,
Ne dam ochsun birovkim, topmadi olamda bir hamdam.

427

Sarvi ozodimni bogʻ ichra xiromon istaram,
Sabzasin sarsabzu gulbargini xandon istaram.
Dard jononimda, balkim yuz alam jonimdadur,
Yoʻqki, jononimgʻa, bal jonimgʻa darmon istaram.
Tiyradur vayronim onsiz, vah, yana bir qatla ham
Ul quyoshni baytul-ehzonimda mehmon istaram.
Naf’ etar boʻlsa xino yangligʻ kafi poyinggʻa qon,
Chok etib koʻksum ani bagʻrimda pinhon istaram.
Ey Xizr, hayvon suyi tut dam-badamkim yor uchun,
Sadqa qilmoqliq uchun har lahza bir jon istaram.
Mujdaye bergil mizoji sihhatidin, ey tabib
Kim, bu paygʻoming uchun jonimni qurbon istaram.
Oʻq kebi qaddin koʻrub aftoda chun koʻr oʻlmading,
Ey Navoiy, koʻzlaringda noʻgi paykon istaram.

428

Chu berdim jonni, qilma zulm rasmu qatl oyin ham,
Qatiling boʻldum, urma novaki gʻam, xanjari kin ham.
Labing shavqida bir devonai bandiy naboti Misr,
Soching savdosida bir poʻstpoʻshe nofai Chin ham.
Yuzung vasfin deb oʻtkan tun duri ashkim toʻkar erdim,
Tutub togʻ keynin oy kirdi, qaro tufroqqa Parvin ham.
Labing hushum olib qon yosh yuzumga toʻksa, ayb ermas,
Mukayyif la’l maydin mast oʻlur el chehra rangin ham.
Chu sen sarxush chiqib koʻnglakcha raxshinggʻa berib javlon,
Boʻlub shaydo koʻngul behol aqli maslahatbin ham.
Koʻngul soʻzin qiliching qildi kam, ne ayb oh ursam,
Su urgʻoch oʻtqa ortar dud topsa shu’la taskin ham
Jamolnnggʻa nihoyat yoʻqlugʻi ishqim kebidurkim,
Emas mumkin demak miqdorin etmak, balki taxmin ham.
Necha nasrinbaru gulrux esang qilgʻil vafo mayli
Ki, gul ham bevafoligʻ koʻrdi bu gulshanda, nasrin ham.
Navoiy mast butqa sajda qilsa ne ajab, ey shayx
Ki, chun dayr ichra kirdi aql uchti boshidin, din ham.

429

Yana ishq aro zordurmen, hazin ham,
Borib ishq torojigʻa aqlu din ham.
Badan darddin ranjavu xasta dogʻi,
Koʻngul hajrdin zoru anduhgin ham.
Yuzungdin chamanda su borib oʻzidin,
Qizarmish uyatdin guli otashin ham.
Gʻaming toshidin yoʻqki, zaxm oʻldi boshim,
Yoʻlung tufrogʻidin yopilmish jabin ham.
Koʻzung Chin gʻazoliyu ostida xoli,
Aning nofasidin topib mushki Chin ham.
Boʻlub sojid ul butqa shirk ahli yoʻq-yoʻq,
Demon shirk ahliki ahli yaqin ham.
Navoiy jahondin ne naf’ olsa boʻlgʻoy
Ki, zindone erur marg aylab kamin ham.

430

Toqibon jon rishtasin ruq’angni tumor ayladim,
Zaxmliq koʻksumga andnn daf’i ozor ayladim.
Koʻnglakim yopnshti qonligʻ tangʻa andoqkim teri,
Baski toshlar zaxmidin jismimni afgor ayladim.
Orazing hajrida qonligʻ koʻnglum oʻldi loladek,
Dogʻidin savdoi ishqingni namudor ayladim.
Joning olgʻum deb eding, muhlikdurur dardi firoq,
Qolmasun koʻnglung sening avval xabardor ayladim.
Xirqavu daftarni keltur, maygʻa rahn et, ey rafiq,
Xonaqahdin men chu azmi koʻyi xammor ayladim.
Dazlati faqru fano vobastai tavfiq emish,
Boʻlmadi har necha jiddu jahd izhor ayladim.
Ey Nazoiy, faqr yoʻlinda uro oldim qadam,
To solib oʻzluk yukin, oʻzni sabukbor ayladim.

431

Sodavash yorim bagʻoyat purfan ermish angladim,
Oshkoro doʻst, pinhon dushman ermish angladim.
Men muqayyad hajr zindonidayu ahbob ila
Har kun ul gulruxqa azmi gulshan ermish angladim.
Menki bu hijron tunida oʻldumu boʻlmas sahar,
Sham’i mehr ohim oʻtidin ravshan ermish angladim.
Dam-badam ohim oʻtikim chiqti koʻnglum zaxmidin,
Uqidin bu kulba ravzan-ravzan ermish angladim.
La’lidin el jon tilab, men jon berib mardudmen,
Xotirigʻa qaysi ish mustahsan ermish angladim.
Bu chamanda koʻnglakin gul chok aylardin ishi,
Bulbul ahvoligʻa har kun shevan ermish angladim.
Ey Navoiy, buki koʻnglumni birav sayd aylamish,
Gʻam yema, ul chobuki saydafkan ermish angladim.

432

Yor ma’lum aylamish oshiqligʻu shaydoligʻim,
Vahki, zohir boʻldi rasvoliq uza rasvoligʻim.
Ul paridin ayru bas devonaligʻdin devmen,
Za’fu qovmogʻligʻ emas koʻyida nopaydoligʻim.
Tufrogʻ oʻldum, ul quyosh hajrindavu sud etmadi,
Charxi soyirdek ani istan jahonpaymoligʻim.
Garchi tushti sham’dek boshimgʻa oʻt, boʻynumgʻa tigʻ,
Boʻlmadi kam shomi hijroningda pobarjoligʻim.
Husn aro chun uyla fard oʻldungki, yoʻq hamto sanga,
Ishqing ichra xush kelur dahr ahlidin yaktoligʻim.
Soqiyo, may berki bu dayri kuhan avzoida
Boʻldi oʻz nodonligʻimni anglamoq donoligʻim.
Ey Navoiy, koʻp nihon tutqum va lekin oqibat,
Yor ma’lum aylamish oshiqliqu shaydoligʻim.

433

Nega qon yoshim oqizdi dilsitonim bilmadim,
Ne gunoh aylab edimkim, toʻkti qonim bilmadim.
Ozdi koʻnglum sayr etib chiqquncha ul oy koʻyini,
Qayda qoldi ul zaifi notavonim bilmadim.
Demadingmu, dema, rashkimniki boqting gʻayrima,
Bilmadim, ey kofiri nomehribonim, bilmadim.
Soʻrgʻali kelganda za’fimdin oʻzumdin bormisham,
Chun soʻrub qoʻpti, ne yangligʻ chiqti jonim bilmadim.
Ul pari to jilva qildi bordi koʻnglum, vah, qayon
Boʻldi ul ovvorai bexonumonim bilmadim.
Doʻstdin bildim nishon, to topmadim oʻzdin nishon
Lek oʻzdin toki bor erdi nishonim bilmadim.
Ey Navoiy, yor koʻngli mehrmu qildi ayon
Yo asar qildi anga oʻtluq figʻonim, bilmadim.

434

Qon yutub umre jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimgakim jonim fido aylab, sogʻindim, yor erur,
Ermas erdi yorligʻda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yoʻqturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoʻqtur sogʻinib bor istadim.
Ulki topilmas bashar jinsida, vah, gʻaflat koʻrung
Kim, pari xaylida men devonai zor istadim.
Sirri ishqimni, koʻngul, koʻz birla fosh etmak ne tong
Qalbi tardomanni chun men sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorugʻluq topmadim,
Dayr piri xizmatigʻa koʻyi xammor istadim.
Ey Navony, chun rafiqe topmadim, bu gʻussadin,
Oʻzni bekaslik balosigʻa giriftor istadim.

435

Lola roʻyum bordiyu ishqin nihoniy asradim,
Koʻzda qon koʻnglum aro dogʻin nishoniy asradim.
Ayladi bir oh dudi birla elga oshkor,
Ishq oʻtin nechaki koʻnglumda nihoniy asradim.
Har zamon koʻnglum halok oʻlsa ne gʻam, chun jon aro,
Lablari shavqidin obi zindagoniy asradim.
Zoyil ermas ishq bir soat koʻnguldin, voykim,
Ani jonimgʻa baloyi jovidoniy asradim.
Boʻlsa mehmonim iti, koʻnglumni qilsa tu’ma ham
Ayb emas nevchunki, mundoq kunga ani asradim.
Naqdi jonimni berib may kelturung, ey doʻstlar
Kim, ani ichmak uchun bir doʻstgoni asradim.
Xonumonim gar qora boʻldi, Navoiy, ne ajab,
Men chu bir tun ul koʻzi, qoshi qorani asradim.

436

Chun oʻlarmen bir nafas ul dilraboni koʻrmasam,
Ne hayot imkoni boʻlgʻay bir kun ani koʻrmasam.
Koʻnglum ichra topilur gʻam novakidin yuz nishon.
Oʻqidin har kun tanimda yuz nishoni koʻrmasam.
Koʻngul itti, koʻzni dogʻi istaram ashk etsa koʻr
Kim, tilarmen hargiz ul yuzi qoroni koʻrmasam.
Sogʻinurmen kufri zulfi mojarosidin base,
Gar dame ul shoʻxi kofir mojaroni koʻrmasam.
Kim vafo gul chehralardin koʻrdikim, men koʻrgamen,
Boʻlmas ushbu ayb ila ul dilraboni koʻrmasam.
Har biri yuz minnat aylarlar, erur bu ham jafo,
Olam ahlidin ne kunkim, yuz jafoni koʻrmasam.
Ey Navoiy, ne balodurkim, oʻlarmen qaygʻudin,
Gar dame ollimda ul shoʻx baloni koʻrmasam.

437

La’licha emas ogʻzi qilur vaqt takallum,
Goʻyoki qiliptur bu xijolatdin oʻzin gum.
Hayvon suyining gʻulgʻuliyu rashhasi yangligʻ,
La’linggʻa gahi qah-qahadur, goh tabassum.
Ishq ichra nechukkim menga yoʻq sabru tahammul,
Husn ahlida yoʻq sen kebi bemehru tarahhum.
Qaytarma, inon zulm etib, ey shoʻxki, qoʻymish
Yoʻlung aro tufrogʻ uza yuz ahli tazallum.
Maydonda birovni, dedi, oʻlturgum urub tigʻ,
Yetkuncha mening boshima oʻlturdi tavahhum.
Chun boda yiqor davrda ne sofu ne durdiy,
Chun davr oʻtar xoh alamu xoh tana’um.
Bulbullar olur nolani ta’lim, agar etsa
Bogʻ ichra Navoiy oʻz-oʻzi birla tarannum.

Nun Harfining Nozaninlarining Nozi «Navodir»din

438

Ey koʻngul, aylama dahr eski rabotin maskan
Kim, rabot oʻlmadi hargiz safar ahligʻa vatan.
Navsafarsen senu maqsad yiroqu markab — lang,
Yoʻl maxuf, aylama zinhor ora yerda maskan.
Yoʻl bilur qofiladin tushmagil ayrukim, bor
Bu biyobon aro ham gʻul koʻpu ham rahzan.
Yoʻl erur jodai shar’ dogʻi toʻshau su,
Sanga oyini ubudiyat, anga farzu sunan.
Yoʻl bilur qofila ul nav’ki dilbar vaslin,
Tilabon qildi bori oʻziga yoʻl qat’ini fan.
Ey xush, ul rohravi garmki, bu yoʻl qat’in,
Barqi hotifdek etar dahrni aylab ravshan.
Ishq vodiysi ajab vodiy erurkim, har moʻr
Anda sherafkanu har pashsha erur pilafkan.
Soqiyo, oʻzluk ila mushkil erur qat’i aning,
Dermen oʻzdin borayin jomima quy durdiydan.
Uyla oʻtkim, kishi ichkach boshidin chiqqay dud,
Kuygay andin xiradu donishu bal jon bila tan.
Gʻayr naqshidin etib lavhi zamirin sofiy,
Yor qolgʻay dogʻi ul balki biri sirru alan.
Ey Navoiy, tilasang faqr yoʻlining qat’i,
Urma ul sari qadam foniyi mahz oʻlmas ekan.

439

Onchakim Shirinu Laylidin sening husnung fuzun,
Menda ham Farhodu Majnundin fuzun ishqu junun.
Gʻam emas chun xoki rohidin toparmen jon isi,
Garchi muhlik gʻam yuki qaddimni aylabtur nigun.
Zulfung ollida fusungar koʻzlaring har goʻshadin,
Goʻyi ul mushkin yilon qaydigʻa aylarlar fusun.
Yogʻdurub novak buzugʻ koʻnglum imorat aylading,
Goʻyiyo pilpoʻsh etib qoʻydung anga har yon sutun.
Lablaring hajrinda giryon koʻzlarimning qonlari,
Qatraye gar tomsa bir daryoni aylar la’lgun.
Husn ayyomida xush tut zarralarni, ey quyosh
Kim, bu kunlarni bagʻoyat qisqa aylar charxi dun.
Boshim uzra furqating toshini koʻrsang bilgasen,
Nuqta zohir aylamish goʻyo Navoiy uzra nun.

440

Benavomen ayru xayli hamdamu hamrozdin,
Za’fligʻ ul tor yangligʻkim, uzulgay sozdin.
Qoldimu noz uyqusinda tunu kun kofir koʻzung,
Yo ochilmas notavonlar sari ayni nozdin.
Soʻz demay jon baxsh la’lingkim oʻlukni tirguzur,
Koʻrsa Ruhullah ani dam urmagʻay e’jozdin.
Hech jonib koʻyidin koʻnglum qila olmas havo,
Oʻyla qush yangligʻki qolmish boʻlgʻay ul parvozdin.
Novak andoz oʻlgʻali kofir koʻzung, ey qoshi yo,
Kimsaga jon qolmagʻay fahm ayladim andozdin.
To sirishkim qildi sirrim fosh koʻzdin solmisham,
Ehtiroz, ey doʻstlar, vojibdurur gʻammozdin.
Charx oʻrtangay quyosh oʻtigʻa koʻrganni desam,
Ul quyosh bedodiyu charxi jafoparvozdin.
Qoʻrqutub elni tamugʻ, lekin meni qismi azal,
Elga vahm anjomdin, ammo manga ogʻozdin.
Dahr aro ne koʻpka chun topqung baqoni ozgʻa,
Ey Navoiy, ozu koʻp soʻz dema koʻpu ozdin.

441

Ulcha koʻnglum koʻrdi, ojizmen ani izhordin,
Ul quyosh raftoridin yo charxi kajraftordin.
Sarsari hijron esar, vahkim, soching savdosida,
Notavon koʻnglum osilgʻondek durur bir tordin.
Toʻkti zaxmimdin bagʻir qonini hijron nolishi,
Uylakim siqmoq bila el su oqizgʻay nordin.
Rost ul yangligʻki soʻrgan yerdin urgʻay sabza bosh,
Chiqti paykoning uchi har yon tani afgordin.
Menda biymi hajr, derlar naylali chorang degil,
Xalq soʻrgʻondek vasiyat naql etar bemordin.
Kofiri maste yoʻlum urmishki, dayr oʻlmish yerim,
Dayr, aro ham balki chiqmon kulbai hammordin.
Chun men oʻldum kofiri ishq, ey musulmonlar, dengiz
Kim, ne choram boʻlgʻay emdi but bila zunnordin?
Shayx imonin mening kufrum bila teng tutmasun
Kim, yaqindur kufrdin ham kechkamen bu ordin.
Ey Navoiy, bilki boʻlmas chehrai maqsudni
Pardadin koʻrmak, xususan pardai pindordin.

442

Garchi toʻkti qon koʻzum sensiz hamon koʻnglum hamon,
Ne koʻnguldin bir zamon chiqting, ne koʻzdin bir zamon.
Chun tanimni hajr oʻti kuydurdi, oh ursam ne tong,
Dud qilmai naylagay ahgar uza tushkan somon.
Hajr oʻtining dudi koʻz ochmoqqa qoʻymas, ohkim,
Koʻz yumub ochquncha hijron zulmidin topmon omon.
Dahr aro yaxshi-yomon ichra base qildim nazar,
Dilbarimdin yaxshi yoʻq, andoqki yoʻq mendin yomon.
Vahshatim dasht uzra zohirdur junundin onchakim,
Vahshkim Majnungʻa rom erdi, erur mendin ramon.
Soqiyo, hijrondin oʻldum, aylagil bexud meni.
Quy toʻlakim, boda yoxud zahr ekanni tolgʻamon.
EY Navoiy, bir zamon gar vasl topsang aysh qil
Kim, zamongʻa mumkin ermas hech kim boʻlmoq zimon.

443

La’li shavqindaki bogʻlandi koʻzum ustida qon,
Angadur suqbai pinhon, mungadur dogʻi nihon.
Za’fim andoqki buzuq ichra hanuz oʻlmay moʻr,
Uyiga sudrabu yoʻq menda qutilmoq imkon.
Ne ajab koʻnglum uyin buzsa sirishkim yugurub,
Gʻunchaning gunbazini yoshlar etarlar vayron.
Gʻussadin changdek ar nola qilurmen ne ajab,
Egri qadim aro har goʻsha erur bir paykon.
Yoʻq ajab, yetmasa faryodimakim, koʻyi aro,
Yuz figʻon ichra netib anga yetishkay bu figʻon.
Otashin gul bila bulbul day oʻlub ketsa netong,
Buyla koʻp oʻt bila kul yod bilur bu boʻston.
Gar Navoiy dedi hajr oʻtida ishqing gilasin,
Aylama aybki, der, muxriq isitqon hazayon.

444

Qomatingdek bogʻi husn ichra yoʻq sarvi ravon,
Orazingdek xud qoni sarf uzra argʻuvon.
Siymi soid koʻrguzub koʻnglum oldi ul quyosh,
Kuchluk aning panjasiyu men bagʻoyat notavon.
Gʻam yukidin men kebi qaddi xam boʻlmoq ne tong,
Har qorikim dilbari boʻlgʻay aning navjavon.
To qaroqchi koʻzlaring din yoʻlini urdilar,
Zuhdu taqvo mulkidin kelmadi bir korvon.
Naqdi jon istab meni qiynasa kofir koʻzung,
Netkamen bermaykim ul turk mastedur avon.
Dahr elidin zinhorkim vafo qilmon tama’
Kim, tama’din kimsaga yuzlanur doim havon.
Ey Navoiy, goʻyiyo kelgusidur yorkim,
Oʻtrusigʻa koʻz yoshing turmayin boʻldi ravon.

445

Koʻyi tufrogʻigʻa dafn aylang tanim qilmay kafan,
Tokim ul tufrogʻ birla topsun omizish bu tan.
Choklik koʻnglum aro xatting xayoli ne ajab,
Moʻr xayli yer shikofida qilur koʻprak vatan.
Yuzu zulfi hajridin gul oʻtduru sunbul tutun,
Aytqil, ey bogʻbon, ne nav’ gasht aylay chaman?
Kofiri ishq oʻldi deb shar’ aylasa qatlimgʻa hukm,
Dayr dargohida zunnorimni-oʻq aylang rasan.
Ishq jurmigʻa agar doʻzax nasibimdur ne tong,
Hajr oʻtigʻa kuymak oʻlmish chun manga olamda fan.
Xonaqahda taqvi ibriqigʻa may soldim nihon,
Ayladim baytul-nashot, uykim edi baytul-hazan.
Ey Navoiy, may xumigʻa sol meni mayxonada,
To farogʻat birla ul xplvatda tortay durddan.

446

Qurugʻ jismim oʻtundekdur balo dashtida qaqshalgʻan,
Anga oʻtkanda hijron korvoni ahli oʻt solgʻan.
Emas gʻam shomi bu yangligʻ qorongʻu, bilki subhi gʻam
Kulumdur, balki hijron tundbodi birla qoʻzgʻalgʻan.
Koʻngul birla qaroru sabru hushu aqlim olmishsen,
Chu yetting, jonni taslim aylayinkim budurur qolgʻan.
Balo daryosi ermastur jahonni buzgʻudek mavji,
Erur ashkim suyi ohim yeli eskanda chayqalgʻan.
Firoqnng ranjidin boʻlgʻach xalos oʻlsam ajab ermas,
Ogʻir uyqugʻa borgʻondek qatiq emgakda tavsholgʻan.
Ayirma bir-biridin jon bila koʻnglumni rahm aylab,
Berurmen jonni ham olgʻil, chu sendursen koʻngul olgʻan.
Fano dayrida gar din naqdi barbod oʻldi, topqum yoʻq
Ki, jam’ oʻlmaydurur hargiz xarobot ichra soygʻolgʻan.
Qil oʻzluk dashtini tay istasang maqsadda osoyish,
Ne tong tinsa haram ichra biyobon qat’ida tolgʻan.
Karomotin dedi shayxu Navoiy tarki ishq etti,
Aning dogʻi soʻzi koʻp chin emas, gar men dedim yolgʻan.

447

Qilmagʻay gardun quyoshqa mujtami’ har kavkabin,
Koʻrsa ul oy orazi davrida tavqi gʻabgʻabin.
Labgʻa maydin rangu mayga la’ldin jonbaxshliq,
Bermasa gulrang maydin ne uchun olmas labin.
Uyla maydon ichra kirmish tund ul chobuksuvor
Kim, degaysen charx uza sekretkusidur ashhabin.
Ishqkim yozdi hurufi dard koʻksum lavhida,
Oshkor etti balo atfoli lavhi maktabin.
Kechalar ul but labolab may ichar gʻavgʻo bila
Gar eshitmas ne ajab dard ahli yo rab-yo rabin.
Ne tafovut shurb qilsa durd yoxud sofni,
Durdkashkim ishq aro sofi qilibtur mashrabin.
Boribon jonon vafosinda Navoiy boʻldi gard,
Ruh ayrilgʻon zamon tufroq qildi qolabin.

448

Donai xoling terarga qoʻyma koʻnglum bulbulin —
Kim tilarkim oʻpsa bu tazvir ila husnung gulin.
Gʻofil ul sayyodkim, koʻnglum qushin sayd aylamish,
Orazu xol uzra yoymish halqa-halqa kokulin.
Demasa sunbul qorarib, gul qizarsun ne uchun,
Tarqatur jannat guli uzra muanbar sunbulin.
Necha kuysam yorur ul yuz, goʻyiyokim qildi ishq
Sham’i mir’oti uchun parvona jismining kulin.
Yoʻq ajab men qon yutub el ichsa sogʻarkim, alar
Mul tilarlar la’lidek bazm ichra men la’ling mulin.
Demakim, dayr ichra ne oshub edi sharhin degil,
Rindlar gʻavgʻosin aytay yo surohiy gʻulgʻulin.
Umr oʻtub, bir dam Navoiy topsa vaslingni ne tong,
Yilda bir oy vasl ila gul xushdil aylar bulbulin.

449

Gul emaskim qon etib aflok baxtim axtarin,
Qildi tigʻi zulm ila yuz pora aning paykarin.
Bulbul ermas, chiqti koʻksum chokidin koʻnglum qushi
Hajr oʻqi paykonlari birla yasab bolu parin.
Sabzadin el ravshan aylab koʻzu lekin men koʻrub,
Koʻzda hijron xayli zahrolud qilgʻon nishtarin.
Ul sochib sariq, qizil gul yafrogʻin boʻston aro,
Oh ila men yorutub hijron sharoru axgarin.
Ne bahor oʻlgʻayki, el gulgun qadahdin mastu men
Bir toʻla nargis kebi koʻrmay nishotin sogʻarin.
Husnung avroqigʻa, ey gulshan, quvonma asrukim,
To xabar topqung sovurmish tong yeli gul daftarin.
Ey Navoiy, maydin osoyish erur bu vajh ila
Kim, baho bermak kerak sen aqlu donish gavharin.

450

Koʻzumga hajrda birdek qorongʻudur tunu kun,
Manga firoq tuni xoh qisqa, xoh uzun.
Netib koʻngulda xayolingni yoshurayki, emas
Bu uyni har sorikim aylasam nazora butun.
Unungni bir eshitibmen valek yillardur
Ki, yoʻq dameki qulogʻimgʻa kelmagay ul un.
Tamom yuz ochibon furqatimni vasl etting,
Kecha tong otqucha ravshan boʻlur oy oʻlsa toʻlun.
Yaralarimda momugʻlar emaski, hajr ilgi,
Bu vaslalar bila tan xirqasigʻa tikti yurun.
Bu arsada qayu mansuba daf’ini qilayin,
Solur sipehri muloyib chu har dam oʻzga oʻyun.
Navoiy oʻldi firoqingda ul sifat rasvo
Ki, qayda tursa ulus jam’ oʻlur nazora uchun.

451

La’li oq uy ugʻlari qonligʻ mujam boʻlmish yaqin,
Anda mardumluq qilib kir, ey mahi xirgahnishin.
Xirmani husnungda zulfung sunbuli yonida xol,
Mehr tobidin qororgʻon loʻliyedur xoʻshachin.
Chun nigin ichra hamisha xat yozilmoq rasm erur,
Sabzada gʻunchang kebi xat ichra kim koʻrmish nigin.
La’ligʻa ruhum uchar, lekin oʻlarmen rashkdin
Kim, aning sari sanga ruhul-amin ermas amin.
Zulfining har chinida yuz fitnadur din ahligʻa,
Argʻadol ichra qaroqchi aylagan yangligʻ kamin.
Faqr aro andoq daqoyiqdurki, ishq anglar ani
Kim, aning darkida a’mo keldi aqli xurdabin.
Ey Navoiy, baytul-ahzon keldi, har baytimki bor,
Nazm etarda ham oʻzum mahzunu ham nolam hazin.

452

Oʻyuy olsam eshiking tufrogʻini yostanibon,
Saltanat taxtigʻa chiqmoq tilamon uygʻonibon.
It kebi har necha qavsang urubon toshu kesak,
Yona kelgum eshiking tufrogʻini yostanibon,
Vaslinga xoʻy berib qovma eshikdin menikim,
Koʻngul uzmaklik ishi sa’bdurur oʻrganibon.
Nomai hajrim anga yetmadikim, eltur qush
Yiqilur yerga havodin qanoti churkanibon.
Vasl ila uyla sabukborki, hajring yukini,
Tortmishmen meni dilxasta base emganibon.
Har ne haq amridurur shukr ila qilkim, qilmoq
Bandadin yaxshi emas xoʻja ishi koʻngranibon.
Tong qushi tortar esa kecha tong otqucha navo,
Ey Navoiy, qilur ul ishni sanga oʻtkanibon.

453

Xatingkim mehr uza chekti savodin,
Hamono mushkdin qilmish midodin.
Sochingda chun girihdin oʻzga yoʻqtur,
Ne nav’ andin tilay koʻnglum kushodin.
Ajaldin yoʻq malolim mundin oʻzga
Ki, qobil qoʻymagʻay qilmoqqa yodin.
Boʻlur koʻnglum uyidin xayr barbod,
Qachonkim fikr qilsam xayrbodin.
Murodi gar emas dilbar murodi,
Ilohiy bermagil oshiq murodin.
Salohin gar koʻrar zuhd ichra zohid,
Riyovu ujbdinkoʻrmas fasodin.
Navoiy topmasa yuz qatla oʻlgay.
Ising bir qatla har soat sabodin.

454

Qildi ayshim subhini ul shoʻx la’bi tiyra tun,
Tifl oʻynab oʻt oʻchurgondin soʻng oʻlgʻondek tutun.
Boshin aylandurgʻay elning qilsalar nazzorasi,
Qoʻpsa men sargashtaning tufrogʻidin nogah quyun.
Zulf aro soldi girih uzra girih oʻlmay netay
Kim, hayotin torigʻa tushti tugun uzra tugun.
Hajr jismimda soʻngaklarni ushotib kuydurur,
Ya’ni oʻt botroq yonar, koʻprak ushotilsa oʻtun.
Naxli qadding kiydi sarigʻ hulla andin soʻng yashil,
Norbundekkim xazon qilgʻay koʻkarmastin burun.
Soqiyo, tongla xumor oʻlturmogʻi imkoni bor,
Ruh topmoq rohdin bore gʻanimatdur bukun.
Dema koʻnglung mazra’ida ishq tuxmin ek nihon,
Emdikim xirmangʻa oʻt tushti qolurmu yoshurun.
Har yurunda bir diram tikmish muraqqa’ ahli zuhd,
Har tugun uzra mening xirqamda tushmish bir yurun.
Ey Navoiy, zulfining ta’rnfigʻa tushtung magar
Kim, soʻzungnung tori ham boʻldi parishon, ham uzun.

455

Tamugʻ oʻtigʻa unab, hajring oʻtigʻa unaman,
Boshim borurgʻa chidarmen, firoqinga chidaman.
Balo boshimgʻa base keldi, qoʻymadim ishqing,
Kes emdi ani, yoʻq ersa bular bilan kesaman.
Ayogʻnnga buki qilmon nisor jon naqdin,
Haqoratidin uyolurmen, ey begim, ayaman.
Bu vahmdinki, boʻlur zaxm bas latofatdin,
Xayol birla dogʻi lablaringgʻa tish qadaman.
Koʻrub zaif meni tuhmat etma javrunggakim,
Yodotti hajr meni yoʻqsa javrdin yodaman.
Tugandim uyla firoqingdakim chekarga firoq,
Demonki vasl nishotin koʻrarga ham yaraman.
Labing javobidakim, va’da qildi mongsizmen,
Yoʻq ersa umri abad mujdasida oldaraman.
Meni kishi demasa el malul nevchun oʻlay,
Kishi hisobida men ham oʻzumni chun sanaman.
Navoiyo, sanga koʻrmon ravo aning vaslin
Kim, asru yaxshidur ul dilrabo, san asru yoman.

456

Ne tong boʻlsam siyahroʻz ul quyoshdin ayru, ey gardun
Ki, hajrim shomi qish aqshomlaridek boʻldi roʻzafzun.
Sirishkim qonidin har sabzakim butmish, qizil butmish,
Ulus boshigʻa par sanchar masallikkim boʻlur gulgun.
Gadolar zarq uchun bir telba mahbus aylagan yangligʻ.
Meni olib yururlar Vomiqu Farhod ila Majnun.
Qizil toʻn birla yotmish mastu bir misra’ masallikdur
Ki, yozmishlar durur shingarf ila ul qomati mavzun.
Yilon afsun qilurdin band oʻlur zulfung, ne voqi’dur
Ki, qilmish yuz koʻngulni band zohir aylamay afsun.
Yangi oyni qoshing goʻyo qulum debtur hilol otliq,
Qadi ta’zim uchun hamdur, boʻlub bu nuktadin mamnun.
Qizil kogʻaz aro ruq’amki sorigʻ rishta chirmabmen,
Ne ochmoqdur sirishku za’f sharxi anglagʻil mazmun.
Riyoiy shayxdurkim shaytanatdin tavqi la’natdek,
Solur oʻz boʻynigʻa tasbihni har lahza ul mal’un.
Zakoti husn uchun, ey mugʻbacha, lutf ayla bir sogʻar
Ki, dunyo birla dinim yoʻqlugʻidin boʻlmisham mahzun.
Fano sholi chuboʻlgʻon rishtasin tutqil gʻanimatkim,
Erur oʻt rishtai zar birla butkan atlasu oʻksun.
Navoiy xirqasin ta’n etma, ey rindi xarobotiy
Ki, maxmur oʻlsa, uldur vajh maygʻa qilgʻoli marhun.

457

Gar oʻlsam zarra-zarra ul quyosh tigʻi jafosidin,
Tajovuz qilmagʻaymen zarraye aning vafosidin.
Xadanging toki qonligʻ koʻz qorasi ichra yer tutti,
Erur miliki chiqmish lolaning dogʻi arosidin.
Yorur xoling xayolidin oqargʻan koʻzlarim goʻyo,
Qoʻyubtur kilki sun’ ul nuqtani koʻzlar qorasidin.
Teshilgay teshadek Farhodning bagʻri, anga yetsa,
Unikim chirmanur togʻ ichra afgʻonim sadosidin.
Baloyedur qora zulfung yoyilgʻon dahr aro andoq
Ki, yer ostida el ozod emas aning balosidin.
Qazo oncha quyosh keltursakim, toʻlsa falak javfi,
Emas yuzdin biri Yusuf uzorimning bahosidin.
Tanimgʻa tiyriboroningni shikoyat aylamon yuz deb,
Nasibim muncha-oʻq erkandur aning qoshi yosidin.
Agar tigʻ ursa ul qotil, boʻyunsunmay netay oxir,
Ne yangligʻ kimsa boʻynin toʻlgʻagʻay haqning qazosidin.
Safolim ichra boʻlsa durd, olamni bagʻishlarmen,
Salotin oʻrganing shavkat fano dayri gadosidin.
Navony benavoliq birla jon bersa ajab ermas
Kim, ul oromijon ogoh emas bu benavosidin.
Gar ul ogoh emas boʻlsa kerak ogoh shohekim,
Quyosh keldi bir oltun xisht dargohi asosidin.

458

Vahki, vahshu tayr uyumaslar gʻamim bedodidin,
Kecha it afgʻonidin bnl, subh qush faryodidin.
Chiqsa toʻbidin quyosh koʻrguzmagay bu lutfkim,
Angladim yuz jilva qilgʻan qomating shamshodidin.
Garchi har damkim sogʻinsam. shavqidin jonim chiqar,
Istamon jonimni gʻofil bir dam aning yodidin.
Gʻam sahobidin yogʻar Majnungʻa mehnat yomgʻuri,
Dudi ohi chiqti goʻyo xotiri noshodidin.
Deb eding, hajrimdin oʻlsang tirguzay bir tigʻ ila,
Orzu oʻlturdi, vah, oʻtkarmagil miodidin.
Rostliq ozodalar oyinidur fahm aylagil,
Bu chamanning sarvi birla savsani ozodidin.
Shayx agar masjidqa, men mayxonagʻa borsam ne tong,
Ey Navoiy, har kishiga chora yoʻq mu’todidin.

459

Oʻtda qil yangligʻ tanimni hajr oʻtining tobidin,
Bilmasang fahm et gul uzra sunbulung qullobidin.
Qalb erur koʻnglumga bogʻlabtur soching zunnorini,
Turfa bukim bir nafas qochmas qoshing mehrobidin.
Xasta koʻnglum gar labing unnobini istar ne tong,
Nega ayrilgʻan jihatsiz xasta oʻz unnobidin.
Orazingning mushafi tafsiri bas dushvor edi,
Ravshan oʻldi xolu xatting nuqtavu e’robidin.
Sokin oʻldum dayr aro, to boda ichkan mugʻbacha
Jonima oʻt soldi otashnok la’li nobidin.
Shomi hijronim visol ahligʻa behad qisqadur,
Ani soʻrdiklar Navoiy didai bexobidin.

460

Koʻngullardin koʻrub zulfung aro oʻtluq asar har yon,
Tunu anjum dema bilgil tutun ichra sharar har yon.
Gʻaraz uldurki, ishqnngdin gʻalatqa solgʻamen elni,
Bukim istab sumanbarlarni solurmen nazar har yon.
Pari ruxsoralar toshi meni devona davrinda,
Sochilgʻondek durur naxli malomatdin samar har yon.
Dema koʻyidin el ketsunki band etmish chibin yangligʻ.
Ulusni soʻzda la’ling noʻshidin oqqon shakar har yon.
Ulus qonini tufroqqa toʻkarni soʻrma, koʻz solkim,
Ular qon birla tufrogʻ ichra bir xunin jigar har yon.
Buzuq qabrimni koʻrgan oʻqchi doʻkonigʻa oʻxshatqay,
Firoqing oʻqidin anda koʻrub paykonu par har yon.
Ul oy husnigʻa ishqingni yoshurgʻil dema, ey nosix
Ki, tutmish olam ahli ichra shuhrat bu xabar har yon.
Mayu ma’shuq uchun poʻyamgʻa kulmang, ey saloh ahli,
Yugurmay netkamen, cheksa qazo birla qadar har yon.
Seni istarda mumkin yoʻq, Navoiy, multafit boʻlmoq.
Nechakim jilva qilsa noz ila bir siymbar har yon.

461

Vah, ne xushtur shahsuvorim kelsa maydon soridin.
Kirpikim birla oritsam gardni ruxsoridin.
Uylakim yetmish falak toqigʻa qoʻysam toq uza,
Dudi ohimdek qora parni olib dastoridin.
Yoshibon zarrin kamar nozuk belin qilsam xalos,
Tortibon gulgun qabo sarvi sahi raftoridin.
Har ayogʻidin oʻtuk tortib, aritsam yuz bila,
Ter gulobin ul xino yoqqan kafi gulnoridin.
Necha sogʻar birla sarxush boʻlsa, lekin jur’aye,
Lutf etib ham hush zoyil aylasa bu zoridin.
Mast oʻlub el yotsayu men yuz ayogʻigʻa qoʻyub,
Oʻzni qutqarsam zamone Xizr umri oridin.
Dahri foniy, ey Navoiy, tushturur yoxud xayol,
Davlati boqiy umiding boʻlsa kechgil boridin.

462

Mohiyon havzida yoru hajrida men qaygʻudin,
Muztaribdurmen yiroq tushkan kebi baliq sudin.
Koʻz yoʻlida telmurub koʻnglum sogʻinur, kim meni,
Istamoqqa kelgusi har kimki chiqsa oʻtrudin.
Gar jahonoro emastur jannatu kavsar bu havz,
Bas ushoq toshi nedindur la’l birla injudin.
Turfa baligʻlar su ichra har taraf chirmashqani,
Mavj zohir boʻldi poʻlod uzra goʻyo koʻzgudin.
Origʻida su uni kulmak sadosidur, magar
Kim, su oʻzidin borur aylab farah ul kulgudin.
Suyi zahru baligʻi chun xanjar oʻldi dahrning.
Ne hayot ummidi bu xanjar bila ul ogʻudin.
Chun Navoiy qildi koʻzdin havzu kirpikdin baligʻ,
Koʻz tutar ul yon kelib qutqorsang ani qaygʻudin.

463

Yoʻqturur bir damki oʻlmon furqating bedodidin,
Oh agar jon topmasam har lahza vasling yodidin.
Sarv titrab yerga qoʻydi yuzni savsan, goʻyiyo,
Bir nasim esdi chaman sari qading shamshodidin.
Ey koʻngul, ul gʻamza ollinda hazin nolang ne sud,
Qush qutilmas dardligʻ afgʻon chekib sayyodidin.
Qatlni ul koʻz ajaldin oʻrganib erdi, valek,
Yuz marotib emdi oʻtkarmish ishin ustodidin.
Qaygʻuliq boʻlsang toʻla ichkil qadahnikim bu sayl,
Dardu gʻam qasrin yiqar ichkach ani bunyodidin.
Topmagʻung bu bogʻ aro yakrang birla yakzabon,
Ne guli ra’nosidin, ne savsani ozodidin.
Gar Navoiy koʻrguzur oʻzni takalluf birla shod,
Betakalluf jongʻa yetmish xotiri noshodidin.

464

Ul sababdin tiyradur koʻnglum uyi hijronidin
Kim, emas tobon koʻzum sham’i aning tobonidin.
Boshigʻa desamki evrulub oʻpay tobonini,
Voykim, har dam ayogʻ tortar bu sargardonidin.
Chun tikondin ayru ermas doyimo gul yafrogʻi,
Ne uchun olur kafi poyin koʻzum mujgonidin.
Kirpigimdin zaxm oʻlub goʻyoki yoqibdur xino,
Yo qizoribtur kafi poyi sirishkim qonidin.
Qilmamish tirnogʻlarin ranginki paydodur asar,
Koʻz qorasi har biriga sajdalar qilgʻonidin.
Chehrai maqsud koʻrdi ulki qildi toʻtiyo,
Garmrav sohib nazarlar sohati maydonidin.
Kelmasa ravshan zulol, albatta, boʻlur chashma koʻr,
Bas ayoq chekma Navoiy didai giryonidin.

465

Aqlu, jonu, koʻnglum ul oy furqati ozoridin,
Bori bir-birdin malul oʻlmishlaru men boridin.
Shomi hajrim toru bepoyonligʻin anglay desang,
Fahm oʻlur yaldo tuni yangligʻ soching har toridin.
Bordur andoqkim buzugʻ koʻnglumda har yon qonu dogʻ.
Lolalarkim, chiqti vayron maskanim devoridin.
Ul pari koʻnglum qushi qonin oqizgʻan fahm oʻlur,
Ochsalar boʻynumdagʻi daf’i junun tumoridin.
Gʻunchai vaslim ochar sham’i firoqim tindurur,
Har nasimekim kelur gulrux bahorim saridin.
Dahr bogʻi lola birla sabzasidin kechki, yoʻq —
Gʻayri qonu zahr bu shingarf ila zangoridin.
Ey Navoiy, nuqtai aysh istasang mayxonada,
Bosh koʻtarma may tagʻori davrai pargoridin.

466

Menki har soat chekarmen yuz jafo agʻyordin,
Ne ajab gar yuz balo har lahza koʻrsam yordin.
Kimki yor istar, ne tong agʻyordin koʻrmak sitam,
Gulbun ichra gul terar el neshlar yer xordin.
Kimki yuz ming zorligʻlar tortibon topmish visol,
Tufrogʻ oʻp ollida men hijronda oʻlgan zordin.
Oshiqi sodiq vafo birla jafoni tolgʻamas,
Xush kelur koʻngliga har nekim kelur dildordin.
Charx davrin uyla pargor urdi me’mori qazo
Kim, qadam chiqmoq emas mumkin xati pargordin.
Gar desang maxmurliq dardisaridin oʻlmayin,
To tiriksen bosh chiqarma kulbai xammordin.
Ey Navoiy, gar tilarsen yor vaslin topqasen,
Kech iki olamdinu qoʻl tort yoʻqu bordin.

467

Mehr emas mash’al yorutqon qal’ai aflokdin
Kim, falakka soldi oʻt ruxsori otashnokdin.
Ishqdin kuydi tanimda har churuk boʻlgʻon soʻngak,
Kim koʻrubtur mundoq avj olmoq choqin xoshokdin.
Bas munosibdur tikar holatda koʻksum chokini,
Ip suvurmoq koʻnglakim jaybigʻa qilgʻan chokdin.
Sargaronmen ishqdin chopsang boshimni bogʻla berk
Kim, choparda raxsh uzulub qolmagʻay fitrokdin.
Gar gʻazab vaqti qoʻligʻa tushtumu tigʻi yalang,
Bok emas olmang meni ul qotili bebokdin.
Mast agar mayxonada oʻldum meni, ey doʻstlar,
May bila yub bogʻlangiz na’shim belini tokdin.
Dema poko-pok kech mendin, Navoiy, negakim
Poklikdin boʻlmagʻay kechmak seningdek pokdin.

468

Bir parivashkim koʻngul devonadur savdosidin,
Gar erur bandangki ozod oʻlmang istigʻnosidin.
Oshiq oʻlsa shohu ma’shuqi gado, bilkim chekar,
Ishq gʻavgʻosi ani xaylu sipah gʻavgʻosidin.
Oshiq oʻlgʻon ajdaho boʻlsa zabun oʻlmoq kerak,
Javr tortib ishq koʻyi moʻrining izosidin.
Ne havoyedur havoi ishqkim har pashshasi,
Tu’ma aylar aqlu taqvo Qofining anqosidin.
Ishq aro shohu gado tengdur, gado balkim fuzun,
Gar gadoligʻ aylar oʻlsa ishqning yagʻmosidin.
Kimkn ra’noliq bila oshiq boʻlub istar visol,
Tortingiz otigʻa xat ishq ahlining asnosidin.
Ishq atvori Navoiyga musallamdur, kim ul,
Yuz balo chekti dogʻi oʻldi aning ixfosidin.

469

Men kimmenu qilmoq havas ul shoʻx libosin,
It bilsa kerak mugʻtanam idbor palosin.
Gul jilva qilib bazm aro bulbul ichi qondur,
Oʻz holing ila qilma koʻngul holi qiyosin.
Majnunvashim ilgida qadah, jabhasida xay,
Bu aql uyin buzdiyu ul zuhd asosin.
La’ling gʻami koʻnglumni daler etti kuyarga,
May ayladi zoyil ichidin shu’la hirosin.
Gʻam mazra’ida koʻnglumu ul qosh xayoli,
Dehqonki mudom asragʻay oʻzi bila dosin.
Oʻz boshing ila qoʻyma qadam faqr yoʻligʻa,
Topmagʻucha bu marhalaning rohshunosin.
Shohidni qoʻyib, istama zohidni, Navoiy
Kim, bu saridur husn xat, ul sori mahosin.

470

Tirik qolsam gar oʻzni bazmi vasling ichra solgʻaymen,
Firoqing shiddatin de olmasam xud nigʻlay olgʻaymen.
Qabo bir qatla vasli xilvatida meni, ey gardun,
Necha hijroni zindonida ul oyning qabalgʻaymen.
Junun toshi boshinggʻa yogʻdi deb ta’n etma, ey nosih,
Tasavvur qilmakim, bu sarzanishlardin uyolgʻaymen.
Nigoring gar borur, bot kelgusidur, yema gʻam dersiz,
Hamono sogʻinursizkim, men ul kelguncha qolgʻaymen.
Meni davron buzubtur, siz yasay olmassiz, ey ahbob,
Menga ne jurm azalda chun buzuq mundoq yasalgʻaymen.
Agar ahbob te’dodin qilursiz boʻlmogʻum sonda,
Manga bas bu sharafkim, itlari ichra sanalgʻaymen.
Sabuhi vasl aro tut bir qadah, ey soqiyi davron,
Necha hijron tuni maxmurliq birla qinolgʻaymen.
Ularmen yo yetarmen maqsadimgʻa yonmoq imkon yoʻq,
Badan za’fi bila yoʻl shiddatidin garchi tolgʻaymen.
Koʻngul uzdum, Navoiy, koʻyi tavfidin ne tong, emdi,
Erishsa itlari ul koʻy aro koʻnglumni solgʻaymen.

471

Yor ila agʻyor ozoridin andoq zormen
Kim, tani zorim kebi boshtin ayoq ozormen.
Yor zulmi tigʻidin koʻnglum kebi majruhmen,
El jafosi toshidin bagʻrim kebi afgormen.
Yor holim anglamoq ummididin navmidmen,
Xalqning yuz mehnatu paykoridin nokormen.
Gʻam yemak boʻlmish ishim, yoʻqtur vale gʻam yer kishim,
Turfa ishkim, garchi begʻamxormen gʻamxormen.
Jon taloshurmen ne dardim bilgurur, ne sihhatim,
Ne oʻlukmen, ne tirik, ne sogʻ, ne bemormen.
Gar boshim olib jahondin chiqsam ermastur ajab
Kim, malul ahli jahondin ulcha dersan bormen.
Ey Navoiy, umr agar budur ajal rahm aylabon,
Kelsa jonim olgʻali jon birla minnatdormen.

472

Tufrogʻimdin ahli ishq etsa tanure shodmen
Kim, ichimda ishq oʻti yonmoq bila mu’todmen.
Odamiligʻdin meni shod istamang, ey doʻstlar
Kim, meni majnun pari hijronidin noshodmen.
Ishq aro qozdim balo togʻini tirnogʻim bila,
Uyla sogʻinmangki Shirin oshiqi Farhodmen.
Shomi hajr ul koʻy aro, ey sarsari hajr, esmakim,
Uyla tufrogʻmenki subh anfosidin barbodmen.
Zulmu bedodingdin elga ohu afgʻon solma koʻp,
Zulm agar sen aylagung men qobili bedodmen.
Gar berib qulluqqa xat bir sogʻar ichtim dayr aro,
Qilmangiz aybimki olam fikridin ozodmen.
Ey Navoiy, ishq aro gardungʻa sunmasmen boʻyin,
Lekin ul xurshid agar tigʻ ursa ham munqodmen.

473

Tushta la’lin koʻrdum uygʻonmay debon qaygʻudamen,
Urma dam, ey subhkim, bir dam chuchuk uyqudamen.
Koʻzguda to koʻrdum ani qilmagʻil aksim gumon
Kim, kirib qilmoqqa vaslin justujoʻ koʻzgudamen.
Nogah ul qotil nishon aylab bir oʻq otqoymu deb,
Koʻyida yillar soʻngakdek jism ila oʻtrudamen.
Ishq bahrining nahangi desa boʻlgʻay negakim,
Ashk daryosin chekib gardungʻa men ul sudamen.
Holima kulmakka har zaxmim bir ochilgʻan ogʻiz,
Turfakim men ham alar kulgusidin kulgudamen.
Har baliyat oʻqikim charxi muqavvasdin kelur,
Goʻyiyo menmenki olam ahlidin qobudamen.
Ey Navoiy, ul pari ishqida mahram yoʻqidin,
Telbalar yangligʻ oʻz-oʻzum birla guftugoʻdamen.

474

Ul oy firoq ila qismim gʻam etsa naylagamen,.
Visoli gʻayri ichin xurram etsa naylagamen.
Mangaki tori vafo sust ayladi, oʻldum,
Raqib birla ani mahkam etsa naylagamen.
Xazinu oshiqu zor etti nayladim oxir
Ki, ishq tigʻi qatili ham etsa naylagamen.
Meniki hamdam edim, qovdi, naylay oldimkim,
Raqibni oʻziga hamdam etsa naylagamen.
Chu mahrami men edim, qildi zulm ila mahrum,
Visoli mahrumin mahram etsa naylagamen.
Sipehr mehrin agar mendin etti kam, ne iloj,
Taxayyul uylaki mundin kam etsa naylagamen.
Demangki ista ijozat borurgʻa koʻyidin,
Debon, zamini siyah, mulzam etsa naylagamen.

475

Orazingni tush koʻrub to subh tindim uyqudin,
Chun koʻz ochtim uyqudin kun chiqmish erdi oʻtrudin.
Suda boʻlgʻon jilvagar oyo quyosh aksimudur,
Yoxud ul oy zohir aylabtur jamolin koʻzgudin.
Kecha baskim holima gah kuldimu gah yigʻladim,
Tun asardur yigʻlamoqdin, subh dogʻi kulgudin.
Soʻrmang, ey vasl ahli, mendin shodligʻkim hajr aro,
Oʻzni hargiz koʻrmadim bir dam qutulgʻan qaygʻudin.
Chunki urdung tigʻ oʻq ham yogʻdur emdi har necha
Kim, yogʻin naf’ aylamas, ulkim halok oʻlgʻay sudin
Xalqai dars ichra gʻavgʻodin dimogʻim topti za’f,
May tutub soqiy dame qutqor meni bu yorgʻudin.
Ey Navoiy, jon olib dedi beray koming valek
Dam ura olmon anga holi bu olgʻu bergudin.

476

Zarvaraqtin yo kebi qoshingda zevarmu ekin?
Yo magar mushkin hilol ustida axtarmu ekin?
Yel uchurgʻon parniyon har yon burunchak azmidin,
Ul pari uchmoqqa egni ustida parmu ekin?
Titraguch gavharlari boshingda erkin, yo magar
Oy boshinda hay’ati Parvin musavvarmu ekin?
Koʻzgu ichra orazing aksimu erkin jilvagar,
Yo zulol ichra koʻrungan mehri anvarmu ekin?
Sochbogʻing oʻrgʻonmudur siymin taning davrida pech,
Yoʻqsa husnung ganjigʻa chirmashqan ajdarmu ekin?.
Bu chaman gulbunlarida xor ekanmu yo magar,
Zor bulbul jonining qasdigʻa nishtarmu ekin?
Ey Navoiy, men xud ul oy vaslidin novmidmen,
Bilmon oʻzgalarga bu davlat muyassarmu ekin?

477

Ne bahor oʻlgʻayki bir gul hajridin badholmen,
Uylakim bulbul xazon faslida gungu lolmen.
Tifl toshidin yiqilgʻon qush kebi hajr ilgida,
Koʻz yumub, boshim solib, ogʻzim ochib beholmen.
Gul kebi yuz pora xunolud boʻlgʻan jism ila,
Dard ila mehnat hujumi bazmida pomolmen.
Ul mahi gulgun qabo birla tilab hamranglik,
Gʻoʻta yeb gulrang ashkim bahri ichra olmen.
Yogʻdururlar tosh meni majnunni qavlab koʻbakoʻy,
Bir parivash hajridin bozichai atfolmen.
Berma pand, ey shayxkim, ishqida foniy boʻlgʻali,
Jurmu toat fikridin ozodu forigʻbolmen.
Ey Navoiy, hajrdin ermaski to yor ollida
Muddai ahvoli xushtur, men harob ahvolmen.

478

Moviyi behol koʻnglak, vah, ne farruxfol ekin
Kim, taninggʻa surtulur bu vajhdin behol ekin.
Sunbulung oshuftayu savdoyi oʻlmish men kebi,
Chun meningdek bosh ayogʻinggʻa qoʻyar pomol ekin.
Mushki zulfung atridur shamshod boshi uzra sham,
Qadding ostida xami shamshod tarfi dol ekin.
Donaye tushmish iki tovus aro ulkim dedim,
Voʻsmalik ikki qoshingning oʻrtasida xol ekin.
Kaffadur garduni xam hajrim yukini cheksalar,
Arz jirmi ul tarozu ichra bir misqol ekin.
Ulki ma’nidin xabar topti yana dam urmadi,
Anglamon ahli jadal ichra ne qilu qol ekin.
Suvratin Layliyu Majnunning dedi koʻrgach xirad
Kim, Navoiy birla yori shaklidin timsol ekin.

479

Chok-chok etting koʻngul komini hosil qilmayin,
Keskulotting notavon saydingni bismil qilmayin.
Hajr oʻqining manzili boʻlmoq koʻngul ne sudkim,
Yetkach-oʻq oʻtti hadanging anda manzil qilmayin.
Tushmasun har koʻz yuzungga, elga ham oʻt tushmasun,
Chiqma uydin parda oʻtlugʻ yuzga hoyil qilmayin.
Garchi hajri roʻzgorim tiyra qilmish, ey sipehr,
Mahfilim yorutma ani sham’i mahfil qilmayin.
Ul pari majnunidur koʻnglumni zinhor, ey hakim,
Band qilma zulfi qaydidin salosil qilmayin.


Dahr ishi oludaligʻdur, ey xusho, ul pokrav
Kim, oʻtar bu jifagʻa koʻnglini moyil qilmayin.
Ey Navoiy, shart qildimkim qutilsam hajrdin,
Necha koʻnglum desakim ishq orzu qil, qilmayin.

480

Oshiq oʻldum, necha javr ahli zamondin tortayin.
Ulkim oshubi zamondur bori andin tortayin.
Yor ila agʻyor zulmi haddin oʻtti, vah, necha
Vasl uchun javru jafo yaxshi yomondin tortayin.
Hajr girdobidadur koʻnglum kamandi vasl ber,
Kim solib ani bu bahri bekarondin tortayin.
Sen tana’um gulbunidin uz farogʻat gʻunchasi,
Men balo paykoni jismi notavondin tortayin.
Borgʻali koʻyiga engimdin chiqar goʻyo qanot,
Javridin desam ayoq ul ostondin tortayin.
Mehmonim boʻlsang ollingda havodis tuhfasi,
Nesh tandin-oʻq koʻnguldin, nola jondin tortayin.
Ey Navoiy, necha qilgʻaylar etakdek poymol,
Men dogʻi emdi etak ahli zamondin tortayin.

481

Chehra yopting xasta jonimni anga zor aylabon,
Zulf yigʻding telba koʻnglumni giriftor aylabon.
Gar muroding qatl esa jon topshuray, olgʻil ravon,
Rahm etib oʻlturma yillar hajringga zor aylabon.


Dema javrimdin agar ul qochsa kimga javr etay
Kim, qocharda azm qilgʻumdur xabardor aylabon.
Soʻzki la’lingdin eshitsam uylakim obi hayot,
Qonmon, ey jon, to tirikmen ani takror aylabon.
Dema majnun ul pari ishqida menmen dasht uza,
Nola chekkan tosh ila koʻksumni afgor aylabon.
Faqr koʻyida gadoligʻ garchi faxrimdur valek,
Saltanat arz etsalar mayl aylamon or aylabon.
Koʻyi azmida Navoiygʻa navo yetsa ne tong
Kim, qilur bulbul navo ohangi gulzor aylabon.

482

Shomi hijron zulmatida obi hayvon istaman,
Ne uchunkim sensiz, ey umrum xushi, jon istaman.
Chun tilar koʻnglum samandingning izidin topsa na’l,
Gʻayri koʻnglum sohati raxshinggʻa javlon istaman.
Chun oʻqungdin har boshoqdur qatra su, ey qoshi yo,
Sendin oʻtluq koʻngluma juz tiyr boron istaman.
Istasam la’ling mayin har dam berur xunob charx,
Men xud oʻz komim bila may oʻrnigʻa qon istaman.
Ul parivash tifl toshi tayada dermen tutsa yer,
Yoʻqsa koʻp devonaligʻdin oʻzni uryon istaman.
Yor koʻnglum buzmoq istar, men ham istarmen buzuq,
El yoshursun ganj deb bu uyni vayron istaman.
Ey Navoiy, koʻrgach el hayronligʻin oʻlsam, ne tong,
Menki gʻayratdin anga oʻzumni hayron istaman.

483

Qoshi yosinmu deyin, koʻzi qorosinmu deyin,
Koʻngluma har birining dardu balosinmu deyin?
Koʻzi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmu deyin?
Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?
Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana birning adosinmu deyin?
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy koʻnglak uza gulrang qabosinmu deyin?
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?
Ey Navoiy, dema qoshu koʻzining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, koʻzi qorosinmu deyin?

484

Koʻz ohim oʻti sori shoyadki solmagʻaysen,
Solsang tamugʻ oʻtini ogʻzinggʻa olmagʻaysen.
Dashti visol qadrin Majnundek angla, tokim
Zindoni furqat ichra mendek qabalmagʻaysen.
Dedi, sahar kelurmen, gʻam shomi behud oʻldum,
Chiqquncha mehr, ey koʻz, uyqugʻa qolmagʻaysen.
Ey tong nasimi, ul yon bormay daming tutuldi,
Holim demakka borsang nogoh tolmagʻaysen.
Ey koʻz, sugʻoldi ashking sa’y aylagilki nogah,
Sen ham ul oy jamolin koʻrmay sugʻolmagʻaysen.
Mugʻ dayri, ey mugʻanniy, xushtur valek ichmon,
To nagʻmai mugʻona bazm ichra cholmagʻaysen.
Gar desang, ey Navoiy, faqr ichra yoʻlni ozmay,
Koʻzni tikib yoʻlunggʻa har sori solmagʻaysen.

485

Kimsa mendek ishq aro besabru orom oʻlmasun,
Yor anga bir sen kebi badmehru xudkom oʻlmasun?
Garchi hijron shomi oʻtkach subhi vasl ummidi bor,
Shomi hajrimdek kishiga subhsiz shom oʻlmasun.
Dema, ashking nega gulrangu koʻzung gulfom erur,
Hech kimning yori gulroʻyu gulandom oʻlmasun.
Ishq aro Farhodu Majnunni manga oʻxshatmangiz
Kim, alar ham men kebi rasvoi badnom oʻlmasun.
Xonaqahdin tashnalab yettim, karam qil piri dayr
Kim, tagʻor oʻlsun ichar zarfim mening, jom oʻlmasun.
Bogʻlasam dayr ichra zunnor, ey musulmonlar, ne tong,
Kofir ul yangligʻki holo ahli islom oʻlmasun.
Gar fano boʻstonigʻa aylar havo koʻnglung qushi,
Ey Navoiy, olam asbobi anga dom oʻlmasun.

486

Lablaring sharbatini chashmai hayvonmu deyin?
Demasam chashmai hayvon, ne deyin, jonmu deyin
Tun kunumkim yorugʻ ul yuzdin erur, vahki, ani
Mohi anvarmu deyin, mehri duraxshonmu deyin.
Kulubon jilva qilur chogʻda qadu ogʻzin aning,
Sarvi ra’nomu deyin, gʻunchai xandonmu deyin?
Gʻamzai qotil ila kofiri xunrez koʻzin
Dushmani jonmu atay, ofati imonmu deyin?
Ishq dardini desam sa’b meni ayb etmang,
Ishqi ming mushkil erur zimnida osonmu deyin?
Aql agar ishq oʻtidin qochsa, nechuk man’ qilay,
Shu’ladin sa’i qilib qochsa birov, yonmu deyin?
Ichmagim zohid agar bildi, Navoiy, naylay,
Soʻrsa soʻz uyla kishi ollida yolgʻonmu deyin?

487

Necha ul chehrani koʻz lavhida tasvir etayin,
Ani koʻrmakka bu suvrat bila tadbir etayin.
Necha tun tonggʻacha koʻrmakka quyoshdek yuzini,
Yuz taxayyul qilibon, borigʻa tagʻyir etayin.
Necha uyqu yoʻqu vaslin yasagʻon tush koʻrubon,
Boring oʻz koʻnglum uchun topqali ta’bir etayin.
Necha yoʻq yerda xayolingni taaqqul qilibon,
Furqating sharhi gʻamin ollida taqrir etayin.
Necha had sizgʻali yoʻq yerda sanga holimni,
Nomalar kilki taxayyul bila tahrir etayin.
May ber, ey barahman, ar mugʻbacha ishqida koʻngul
Boʻlsa badmast firoqi bila ta’zir etayin.
Ey Navoiy, dema jon bergilu ilgin oʻpgil,
Mundoq iqbol ilik bersa ne taqsir etayin.

488

Ishq aro men kebi yoʻq besarusomon boʻlgʻan,
Xonumon buzgʻan aloxonu alomon boʻlgʻan.
Oh dudi bila ishq oʻtini zohir qilgʻan,
Lek ul dud aro axgar kebi pinhon boʻlgʻan.
Tiyr boroni balo ishq anga yogʻdurgʻan,
Tanida har sari moʻy oʻrnida paykon boʻlgʻan.
Sarsari ohi bila nahl umidi singʻan,
Sayli ashki bila sabri uyi vayron boʻlgʻan.
Pora-pora jigari dard oʻtidin oʻrtangan,
Qatra-qatra yuragi hajr oʻtidin qon boʻlgʻan.
Ishq daryosi ani mardumi obi etkan,
Hajr sahrosi aro gʻuli biyobon boʻlgʻan.
Tong yoʻq oʻldum esa ishq ichra jahon rasvosi,
Kimdurur oshiq oʻlub oqili davron boʻlgʻan.
Soqiyo, bodaki yo vasli keraktur, yo may,
Maxlas istar esa pobastai hijron boʻlgʻan.
Mizbonligʻda Navoiy ne ajab jon bersa
Kim, oʻluk tirguzur ermish anga mehmon boʻlgʻan.

489

Boʻldi ayogʻing qora ziynatu peroyadin,
Uylaki boʻlgʻay qora sham’ tubi soyadin.
Zulfunga tovus pari xolinga oltun varaq,
Mushafingga boʻldi zeb ushr bila oyadin.
Layliyu Shiringʻa ham ayla gahi iltifot,
Bekaga chun yoʻq guzir uy qizila doyadin.
Koʻzidin el oʻrtamak kasb etar ul turfa qosh,
Uylaki oʻt olgʻay el yoqqali hamsoyadin.
Vaslgʻa yoʻl bermasang, ishqni tark et dema,
Sud chu yoʻq noumid aylama sarmoyadin.
Izzu sharaf poyasi uzra vnsol istagan,
Topmagʻay oʻtkarmayin oʻzini bu poyadin.
Vasl tama’ aylasang hajr bila biym etar,
Voy Navoiy sanga, oʻtmasang ul voyadin.

490

Koʻrguzur agʻyor yuz tuhmat nihoni naylayin,
Yorkim soʻrmay inonur, bu baloni naylayin?
Yuz jafo eldin chekib bukim jafogarlikka ot,
El aro pando qilibmen bu jafoni naylayin?
Kimki dardi boʻlsa yor aylar davo, men yorsiz
Dard aro oʻldum, bu dardi bedavoni naylayin?
Dam-badam qonimgʻa tonugʻluq berur koʻz, ey koʻngul,
Bilmon ul tardomani yuzi qorani naylayin?
Yuz vafo aylab xaloyiqqa, koʻrubmen ming jafo,
Aylamay xoliqqa emdi iltijoni naylayin?
Ey Navoiy, chun vatanda bir dami xush urmogʻim
— Mumkin ermas, ixtiyor etmay jaloni naylayin?

491

Balo dashti aro Majnun meningdek koʻrmamish davron,
Quyundek har zamon bir koʻrmagan vodiyda sargardon.
Ne anduhu malolimgʻa baliyat dashtidek gʻoyat,
Ne savdoyu jununumgʻa malomat bahridek poyon.
Tunum dayjur, oʻzum ranjur, ichim gʻamnoku bagʻrim chok,
Tilim lolu tanim behol, ishim afgʻon, sirishkim qon.
Zaifi dardi gʻam pesha, nahifi mehnat andisha,
Zalili besaru somon, qatili xanjari hijron.
Figʻonimdin falak gʻamgin, sirishkimdin jahon rangin,
Na dardim oʻtigʻa taskin, na hajrim dardigʻa darmon.
Boshim gʻam toshidin yora, tanim hajr oʻqidin pora,
Koʻngul bu yoragʻa chora topargʻa topmayin imkon.
Koʻzum namliq, boʻyum xamliq, ichim anduhu motamliq,
Ne hamdamliq, ne marhamliq topib bu mehnati pinhon.
Manga ne yoru ne hamdam, manga ne doʻst, ne mahram,
Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru, ne somon.
Ham ahvoli tabohimdin, ham ohi umr kohimdin,
Ham oʻtluq dudi ohimdin qorarib kulbai ahzon.
Falak rahzan, zamon dushman, badan ravzan uza ravzan,
Qolib jon xisravidin tan, chiqib tan kishvaridin jon.
Navoiy boʻlsa mehnat koʻp, ichakoʻr jomi ishrat koʻp,
Necha boʻlsa suubat koʻp, qilur vahdat mayi oson.

492

Nola nomaqdur tong ermas meni mahjurdin,
Ne uchunkim hajr bedodi oʻtar maqdurdin.
Telbalikda ishqning ma’murimen, ey ofiyat,
Barcha rasvoliqni tut ma’zur bu ma’murdin.
Gar desang huru pari vasligʻa koʻz solmay, valek,
Bogʻlay olmasmen nazarni sen kebi manzurdin.
Oʻlsalar ahli niyoz imkoni yoʻqtur gʻayri noz,
Zohir oʻlmoq shammai ul husnigʻa magʻrurdin.
Fosiqu zohid demakim esti ersa gʻam yeli,
Sovurur gardi fano vayronayu ma’murdin.
Sarnavishting har ne boʻlsa koʻrmakiga chora yoʻq,
Kimsa bosh chekmak ne mumkin olligʻa masturdin.
Ey Navoiy, yorgʻa har kimsakim zokirdurur,
Rozi ermon zikr qilsa gʻayri ul mazkurdin.

493

Yorni derlarki chekmish yuz jafo men zor uchun,
Boʻlsa ming jonim fido aylay jafokash yor uchun.
Yorkim yori uchun cheksa jafo bil ani yor,
Ulsa ozdur kimsa andoq yori mehr osor uchun.
Yorliq koʻrguzdi men jon birla minnatdorliq,
Jonini haq asrasun bu zori minnatdor uchun.
Men ne qilgʻaymen anga loyiq magar ming sarvu gul,
Olib ozod etkamen ul sarvi gulruxsor uchun.
Rostliq birla ravishkim anda bordur, kimda bor,
Xoʻb ekandur oʻlmakim ul qomatu raftor uchun.
Oʻlmakim bemorliqdin sahldur chun tirguzur
Ani, yo rabkim, salomat asra bu bemor uchun.
Ey Navoiy, yoʻq edi olamda oyini vafo,
Haq nasib etti sanga senda bu ma’ni bor uchun.

494

Hamul togʻeki toli’ boʻlmish erdi ul quyosh andin,
Quyosh la’licha bordur boshima har pora tosh andin.
Oti tuynogʻidin mehrobvash iz qaydakim koʻrsam,
Muhol oʻlgʻay agar olsam boshim bor necha bosh andin.
Koʻzumga uyqu gʻam shomi netib kirgayki mardumni,
Yaqindurkim oqizgʻay sayl roʻdi birla yosh andin.
Koʻngul qoni agar tutti koʻzumni ayb ermastur,
Nedinkim boʻldi olam ichra koʻnglum sirri fosh andin.
Kavokib nargisiyu charxning qavsi koʻngul hushin,
Ne olsunlar, chu olmishlar ani bir koʻzu qosh andin.
Junun afgʻonidin togʻ ichradur nolam xaroshida,
Aningdekkim sado faryodigʻa tushmish xarosh andin.
Koʻngul bir oyni istay bordi, jon qoldi oʻlum holi,
Bu ham ayrilmagʻay erdi bu qattiq yoʻlda kosh andin.
Bagʻir pargolasin aylab gʻizo, qonin qilib sharbat,
Tavaqqu’ qilma olam ahlidin oʻtsa maosh andin.
Navoiy muknati qon yosh ila bir yerga yettikim,
Boʻlubtur la’l farsh ofoq aro har yon tutosh andin.

495

Adab siyosati chekti koʻzumga mujgondin,
Sinonki bahra dalirona olmagʻay andin.
Ne koʻzki tengri bilurkim, kechurmadim hargiz
Koʻngulda beadabona xayoli jonondin.
Vale ne sudki, ul shoʻx beadabligʻ ila
Malul etar meni yuz qatla har nafas jondin.
Gʻaraz manga chu aning zotidur tafovut yoʻq,
Guli visol bila toza dogʻi hijrondin.
Parimu yoki malak, yoʻqsa ruhi pokmudur
Ki, zohir oʻlmadi muncha latofat insondin.
Ne tarki ishq uchun afsona dersan, ey nosih,
Koʻngulni men uza olmon, chu koʻnglum olgʻondin.
Navoiyo, sanga bastur xayoli oshiq esang,
Kishi visol tama’ qilmas obi hayvondin.

496

To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen,
Har baliyat kelsa ishq oshubidin bechoramen,
El netib topqay menikim men oʻzumni topmanom,
Buylakim ishqu junun sahrosida ovoramen.
Qaysi zaxmimgʻa qilursen chora chun men, ey rafiq,
Tiyr boroni baliyatdin sarosar yoramen.
Oh dudi ichra bir uchqun kebi koʻrgan meni,
Bildikim hijron tuniga kavkabi sayyora men.
Kecha oʻrtansam, sahar faryod qilsam, ne ajab,
Ishq aro parvonavu bulbulgʻa chun hamkoramen.
Ey xarobot ahli, gar siz mast oʻlub, men boʻlmasam,
Ayb emas, nevchunki siz mayxora, men xunxoramen.
Ey Navoiy, bordi deb ahbob ta’jil etma koʻp,
It kebi men erishib ul korvonni boramen.

497

Ohu vovayloki ishqingdin jahon shaydosimen,
Ham jahon shaydosi, ham ahli jahon rasvosimen.
Koʻrsa hush ahli yuqar mendin junun holimgʻa boq
Kim, xirad ahli ulusning boisi savdosimen.
Kim junun ahli aro nodonroq ul, donoroq ul,
Ishqu dard iqbolidin ul xaylning donosimen.
Olami savdoda tinmay poʻya urmogʻliq bila,
Podshohi ishqning payki jahonpaymosimen.
Koʻrmakimdin aqli kulga yuzlanur savdoi ishq,
Ey koʻngul, shaxsi xiradning moyai vasvosimen.
Dashti savdoda havoi ishqu mehnat gardidin,
Besarupo poʻyalar birla quyun hamposimen.
Ey Navoiy, holima el yigʻlaru ul oy kular,
Shukrkim bir nav’ ila aning nashotafzosimen.

498

Labingkim oʻluk tirguzur jonmu erkin?
Agar jon emas obi hayvonmu erkin?
Yuzung shu’lasi ustida anbarin dud
Ki, jam’ oʻldi zulfi parishonmu erkin?
Balo saylidin ishq dashtida Majnun
Mening telba koʻnglumcha vayronmu erkin?
Qiror kufru din ahlin ul shoʻx, bilmon
Ki, kofurmu erkin, musulmonmu erkin?
Qilur telba mardumligʻi elni oyo,
Parimu ekin, yoxud insonmu erkin?
Vafo ahlini koʻp qilur qatl gardun,
Shafaqmu erkin yo qoʻli qonmu erkin?
Dedilar, birov soldi davrongʻa oshub,
Navoiy ul oshubi davronmu erkin?

499

Chun xayolingda koʻngul behol edi oʻz rashkidin,
To ne hol oʻlgʻay visol ichra anga koʻz rashkidin.
Vaslida chun oʻzni mahram koʻrmay oʻldum, gʻayrni—
Koʻrsa mahram naylagay ulkim oʻlar oʻz rashkidin.
Soʻz degon ermishki bir soʻz deb oʻlukni tirguzay,
Ey koʻngul, men xud dami naqd oʻldum ul soʻz rashkidin.
Gul qizil, sarigʻ emas gulshanda sen koʻrgan zamon,
Oq gul erdikim necha rang oʻldi ul yuz rashkidin.
Mehri tobon rashkdin botti koʻrub chehrangda xoʻy
Kim, quyoshqa koʻrdi muncha tob yulduz rashkidin.
Lutfu qahri sarbasar muhlikdurur ul shoʻxning,
Boʻlmadi oʻlmak meni mahzungʻa yolgʻuz rashkidin.
Ul quyosh chunkim boʻlur kunduz ayon, aqshom nihon,
Kecha hajridin Navoiy oʻldi, kunduz rashkidin.

500

Ey quyosh, yoyding tuman ming zarra bu gʻamnokdin,
Baski otting sarnigun tufrogʻ uza aflokdin
Qushqa oʻtdin ram boʻlur, yuz voykim, koʻnglum qushi
Oʻzni asray olmas ul ruxsori otashnokdin.
Ey musulmonlar, manga chun zulmu javridur murod,
Bok emas ayrilmasam ul kofiri bebokdin.
Pok tengri ishq aro pok aylagan shukronagʻa,
Tortaram yuz tuhmatu ming gʻussa har nopokdin.
Ishq kuydurgan zamon oh urmasam ermas ajab,
Barq oʻrtar chogʻda chiqmas dud ham xoshokdin.
Ulturur chobuksuvorim, men qoʻyarmen yerga bosh
Kim, boshimni qilmagʻay mahrum ul fitrokdin.
Koʻnglakimda qon ne tongkim bagʻrima yuz chokdur
Kim, tarashshux aylamas bal qon oqar har chokdin.
Boda tafrihini yoquti mufarrih bermadi,
Xoʻsha la’lu dur magar yetkurdi dehqon tokdin.
Ey Navoiy, mohvashlardin chu yoʻq toli’ manga,
Bejihat ne shikva aylay anjumu aflokdin.

501

Yuzinda may gulidur yo yuzin koʻrguzdi koʻzgudin,
Vayo jannat guli aksini zohir ayladi sudin.
Yuzungga chun tavajjuh ayladim, qoldi qora qaygʻu,
Keyin tushkan kebi soya koʻrungʻach mehr oʻtrudin.
Tushumda dedikim koʻksungga bir oʻq ursam ilgim oʻp,
Koʻrung toli’kim ul oʻq yetkach-oʻq seskandim uyqudin.
Dema hijron tuni muhlik gʻamimdin subh sargʻardi,
Hamono bul-ajab holim koʻrub za’f etti kulgudin.
Bor erdi husnung afzun gʻam tuni chun chehra koʻrguzdung,
Koʻrunur sham’ ravshanroq zuhur etkach qorongʻudin.
Dema mensiz nechukdurkim seni oʻlturmadi qaygʻu,
Sanga yoʻqtur xabar men xud oʻlubmen ushbu qaygʻudin.
Qadah nazzorasi hushumni zoyil qilsa ayb ermas
Ki, shohid aksi har dam jilva aylar ushbu koʻzgudin.
Bu gulshandinki bulbul zogʻ ila tengdur, firoq avlo,
Netay ul yerdakim yoʻqtur arabgʻa farq hindudin.
Navoiy Ka’ba qasdin aylasun, ey shayx, dey olsang
Ki, imkon yoʻqturur topmoq kishi dayr ichra maqsudi.

502

Choklik koʻksum eshikdur, jism uyi baytul-hazan,
Ul eshikning halqasidur na’lu gulmexi tugan.
Gul yuzung shavqida tigʻi ishq ila boʻlsam shahid,
Boʻlgʻusidur hurlar gulgunasi qonligʻ kafan.
Argʻadol ichra qaroqchi mahfiy oʻlgondekdurur,
Fitna xayligʻa panah zulfung dogʻi chinu shikan.
Chugʻz tashbihin manga, ey husn ganji qilmakim,
Men vatan buzmishmen, ul qilmish buzugʻ ichra vatan.
Sudramang ul koʻyidin yuz zaxm ila men xastani
Kim, yopishmish ostoni farshigʻa qonligʻ badan.
Uyla, ey bulbul, bahor oʻlmish xazon birla qarin
Kim, degaysen bir guli ra’no boʻlubtur bu chaman.
Yuz hiyal qilding Navoiy qatligʻa, faryodkim,
Aylading bir tirguzur uchun yuz oʻlturmakni fan.

503

Xayoling kelsa koʻnglumga boʻlur ozurda mujgondin,
Haramgʻa azm qilgʻan uylakim xori mugʻilondin.
Oʻqung koʻnglumga tegmasdin gʻubore erdi koʻnglumda,
Gʻubori oʻlturishmish to su septing anda paykondin.
Koʻzum xunobi la’ling shavqidin bahr oʻldi tong ermas,
Chiqib gulgun bu daryoning sahobi yogʻsa qon andin.


Xating naqshi buzugʻ koʻnglumda aylar qasdi jon, vahkim,
Boʻlur neshi balo har sabzakim butkay bu vayrondin.
Chaman tufrogʻin, ey ahbob, aritmang zor jismimdin,
Libosin soʻymangiz hazl aylabon majnuni uryondin.
Labing vasfida jonbaxsh oʻlsa anfosim tong ermaskim,
Damim ul dam nasimidurki eskay obi hayvondin.
Soching sarrishtasidin bir girih koʻnglumda jam oʻldi,
Bu jam’iyat erur koʻnglumga ul zulfi parishondin.
Ne gulgun sogʻare mumkin, ne gulrux soqiye mavjud,
Jihat budur: Navoiy gar tilar ketmak Xurosondin.
Buyurdi shayx paymon maydinu mugʻ tutti paymona
Rizo yoʻlida ne paymonadin qochtim, ne paymondin

504

Agar ishqing havosida yogʻar har jola tosh oʻlsun,
Nishona har biriga dermen ushbu xasta bosh oʻlsun.
Yuzungnung mehridin bir zarra sotmon, gar falak javfi,
Toʻla boʻlsun filuriy, har filuriy bir quyosh oʻlsun.
Sitam zangin temurdek koʻnglidin, vahkim, qira olmas,
Nechakim nolai zorimda suhondek xarosh oʻlsun.
Quyoshni boʻlmas, ey gardun, ul oygʻa aylamak tashbih,
Ogʻiz gar zarra, Choʻlpon — koʻz, yangi oy anga qosh oʻlsun.
Agar paykonlaring koʻz istabon topti koʻngul, gʻam yoʻq,
Kelib yigʻlar mahal ul qatra sular koʻzga yosh oʻlsun.
Sipohi husnunga bir mahchasi raxshon alam boʻlgʻay,
Quyosh koʻzgusiga ohim sutuni gar tutosh oʻlsun.
Koʻngulda sirri ishqin asray-asray oʻldum, ey soqiy,
Qadah tutkim, xarobot ahligʻa fosh oʻlsa fosh oʻlsun.
Koʻngulga jon bila bir dogʻing ozdur, qoʻy yana bir ham.
Necha ikki gadogʻa bir diram uzra talosh oʻlsun.
Ularda tengdurur shoh aylasun gulshan gulin mafrash,
Vagar gulxan kuli uzra gado sohibfirosh oʻlsun.
Navoiy ashk durridek tilarkim koʻzda yer bergay,
Agar ishqing havosida yogʻar har jola tosh oʻlsun.

505

Huqqai la’lingda koʻptur xurdai ma’ich nihon,
Ushbu ma’nidin ani goʻyoki derlar xurdadon.
Hush ila sabrim sipohi uylarin kuydurdi ishq,
Har yangi dogʻim ul uylar oʻrnidin qolmish nishon.
Koʻzda ashkim qonidin har sori koʻrgil qatralar,
Nuqtalar yangligʻki qoʻygʻaylar qachon yozilsa qon.
Tigʻ chun boshimgʻa yetkurdung tavaqquf qilmakim,
Su maqom etmas biyik yerdin quyi boʻlmay ravon.
Bir momuq tiqqan quloqdur har yaram marham bila,
Xasta koʻnglum baski oʻqi zaxmidin tortar figʻon.
Jomi durd birla yiq, ey soqiyi davron, meni
Kim, oʻlarmen ishq koʻyida sogʻalsam har zamon.
Ey Navoiy, emin erman zuhd aro mundin nari,
Dayrni ma’man qilay, gar umrdin topsam amon.

Vov Harfining Vilohatafzoylarining Vaqoye’i «Navodir»din

506

Falakdin gar manga har lahza yuz qaygʻu kelur oʻtru,
Agar har qaygʻudin soʻng bir sevinmak bor, emas qaygʻu.
Va gar har tiyralikka bir yorugʻluqni inonmassen,
Yigʻi koʻr charxdin har shom dogʻi subhdin kulgu.
Kamol istar esang sidq ahlidin qilma koʻngul tiyra
Mukaddar aylamas xurshid subh anfosidin koʻzgu.
Safo ahligʻa gulruxlar xayolidin tagʻayyur yoʻq,
Qachon gul aksi tushmaklik bila gulrang boʻlgʻay su.
Tilarsen gʻaflatingni raf’ etib ogohlar naqlin
Ki, gʻofil elga ul afsonalardin kam boʻlur uyqu.
Baqo naqdi hayotinggʻa chu ermas bir zamon ma’lum,
Diram naqdigʻa umrung har zamon sarf etmagil asru.
Junun zanjirida oshiq yonida hiylagar zohid,
Kishi koʻrsa tasavvur aylagay sher ollida tulku.
Koʻngul mir’oti ichra jilvagardur yoru sen gʻofil,
Toriqma hajridin koʻpkim emassen yordin ayru.
Fanoning ham fanosin istagil vasl ersa komingkim,
Bu yoʻlda vosil oʻlmakning tariqi ushbudur ushbu.
Ketur bir boda, ey soqiyki, ichsam qolmagʻay boqiy,
Fanodin bal, baqodin ham zamirim lavhida belgu.
Navoiy dayr aro mast oʻlsa, shohdin panoh andin
Oʻtarda tutqusi, albatta, bir sogʻar chiqib oʻtru.

507

Qayon qilsa havo ul turfa qush uyqum olur qaygʻu,
Vagar kulbamda bir tun qoʻnsa xud koʻzdin uchar uyqu.
Firoqing shomida subhi visoling yodima kirgach,
Kelur har lahza tinmay yigʻlamoq ichra manga kulgu.
Quyoshim sarvdek qad birla har yonkim qilur jilva,
Ayogʻi ostida, vah soyadur yo sunbuli gesu.
Yangi jon topqamen boʻlsa labing obi hayotidin,
Ularda ogʻzima chun tomizurlar paxta birlan su.
Labingning xolidin jon istadim, ul oldi jonimni,
Gunah mendindur, andin yoʻq chu ishni aks etar hindu.
Qul oʻldum xolu zulfu qaddinga gar javrdin qochsam,
Erur koʻksumda har yon dogʻ ila na’lu alif belgu.
Qadah mir’oti ruh, ey soqiyu maxmurluq ranji,
Meni oʻlturdi, bovar qilmasang qoʻy ogʻzima koʻzgu.
Chu davron bevafodur necha sohib joh esang, ey shah,
Gadolar xotirin asrayu magʻrur oʻlmagʻil asru.
Ichar ermish ul oy ushshoq yodi birla sogʻarlar,
Seni ul el tufayli, ey Navoiy, yod qilgʻaymu.

508

Ohu ashkimdin shikoyat aylamish ul tund xoʻ,
Ne dey olgʻaymenki bir ogʻzida oʻtdur, birda su.
Jon fizo vaslin qilurmen kom muhlik hajr aro,
Jon berur el aylagandek umri jovid orzu.
Muddailarning hujumi bul-ajab holimgʻadur,
Nogahon qilgʻan kebi koʻrgach gʻarib itlar gʻulu.
Menu kunlar yuz balo sen kom ila yuz aysh soʻr.
Menu tunlar uyqusizliq, noz ila sen xush uyu.
Soqiyo, chiniy idish birla takalluf qilmakim,
Betakalluflargʻa hushroqdur surohidin sabu,
Huru jannatdin murodim davlati diydor erur,
Yorsiz bogʻu kanizi besh emastur ulu bu.
Ishq dashtigʻa fanodin nori ermish yuz xatar,
Ey Navoiy, yor ishqida berib jon boʻldimu.

509

Koʻnglumu bagʻrimni gʻamzang tigʻi aylar kov-kov,
Yoʻq ajab gar qon oqar ikki koʻzumdin nov-nov.
Xayli xatting chergasi yuz davri uzra goʻyiyo
Kim, iki mushkin gʻazoling sayd etarga boʻldi ov.
Ishqing oʻti shu’lasin mufrit tilar majnun koʻngul,
Uylakim devonalar doim tilar qilmoq olov.
Ishq boshimdin chiqorib oʻzlukumni urdi tigʻ,
Ani boshtin sov etib, boshni tanimdin qildi sov.
Zohido, ishqingni yoshur dersen, andin soʻngrakim,
Holima tashni’ ila solding bari olamgʻa chov.
Qayda mumkindur alifdek chiqmoq eldin xossakim,
Kun aro olti jihatdin qolmisham andoqki vov.
Ey Navoiy, tigʻ tortib, chobukum javlon qilib,
Boshima yetkach, dedim: tark et urushni, dedi: yov.

510

Sipehri oyinagun gar damimdin oʻldi qorongʻu,
Asar yoʻq emdi damimdin qoʻyulsa ogʻzima koʻzgu.
Firoq bazmida ermas surohiy ogʻzida qul-qul
Ki, qildi qah-qaha birla gʻarib holima kulgu.
Sipehr bahrigʻa boqsang yuzungga aks durur mehr,
Koʻrunur ikki quyosh chun boʻlur quyoshqa su oʻtru.
Yuzungda qatrai xoʻy xol nuqtasinmu yoshurdi,
Vayo choʻmub nafas asrar hayot suyida hindu.
Netib habib visolin tama’ qilay meni shaydo
Ki, telba beadabu tund xoʻy erur pari asru.
Yoruq gar oʻlmadi sham’i muroding, aytma koʻp soʻz,
Kishi qazo bila boʻlmas urushmoq aylama yorgʻu.
Navoiy, istar esang yor la’li komini, jon ber,
Oʻzung de elga tirilmaklik oʻlmaguncha boʻlurmu.

511

Qad ermaski, sarvi xiromon erur bu,
Lab ermaski, gulbargi xandon erur bu.
Koʻngul ichra ul oy mengining xayoli,
Gumon qilmakim dogʻi pinhon erur bu.
Bagʻirdinki koʻksumga paykon tiralmish,
Gʻaming oʻqidin noʻgn paykon erur bu.
Koʻzum bahrida qatradin dur topilsa,
Ajab boʻlmagʻay bahri Ummon erur bu,
Buzulgʻan koʻngul mulkiga qilma hayrat
Ki, to sayli gʻam yetti vayron erur bu.
Halok aylasa gʻam tuni jonni har dam,
Ne tong, ey koʻngul, shomi hijron erur bu.
Gʻamim haddin oʻtti ketur, soqiyo, may
Kim, ul muhliku obi hayvon erur bu.
Salomat havaslandi shayhu sogʻindi
Ki, zuhdi riyo yangligʻ oson erur bu.
Zamon ahlida yoʻq vafo, ey Navoiy,
Tilab yoʻqni topmoq ne imkon erur bu.

512

Kofurgun libos aro ul sarvinaz ekinmu?
Yo sham’i hajr daf’igʻa sham’i tiroz ekinmu?
Qatl aylarida dahr eli bosh qoʻydilarmu erkin?
Yo qiblai jamoligʻa el sajdasoz ekinmu?
Yelmu nihollarni chamanda xam etti yoxud
Ul sarvinoz ollida ahli niyoz ekinmu?
Koʻz bahru koni boʻldi nisor anga naqdi jon ham,
Bukim tarahhum etmadi, bilman bu oz ekinmu?
Yagʻmo solurgʻa har taraf otlandi ul sitamgar,
Koʻnglum viloyati sari bu turktoz ekinmu?
Ushshoq ishq bodiyasin qat’ etarda oyo,
Ma’shuq koʻi qasdlari yo hijoz ekinmu?
Koʻnglung, Navoiyo, sochidin kech, yetar yuziga
Aqshom qorangʻu, yoʻlda nishibu faroz ekinmu?

513

Labinggʻa to yetibtur barmogʻim hayratdin erkinmu?
Ki, tishlarmen ani har lahza yo lazzatdin erkinmu?
Chaqilgʻach barqi husnungkim, xaloyiqning koʻzi yorur,
Mening oʻrtanmagim ul shu’la yo gʻayratdin erkinmu?
Soching rangu isidinkim, dimogʻim boʻldi oshufta,
Bu savdodinmu erkin, yoʻqsa ul nakhatdin erkinmu?
Nasime yettikim ruhumni qildi toza, vah, bilmon
Ki, aning koʻyidin yo ravzai jannatdin erkinmu?
Tanimda toshlar zarbi, ichimda neshlar zaxmi,
Junun bedodidin yo ishq aro shiddatdin erkinmu?
Tamugʻ oʻti bu yangligʻ tez ekinmu, ey koʻngul, yoxud
Anga muncha harorat shu’lai furqatdin erkinmu?
Bukim olam aro ishqim soʻzidin oʻzga soʻz yoʻqtur,
Oʻtum ta’siridin erkinmu yo shuhratdin erkinmu?
Ichimda za’fedur, soqiy, qadah ber, garchi bilmonkim,
Xumor osebidin yo davr aro mehnatdin erkinmu?
Fano lofin urub oʻzni ulusqa aylamak muhtoj,
Bu da’vo ichra kizbi mahz yo himmatdin erkinmu?
Menu mugʻ dayrikim, har soyil anda shah sari boqmas,
Degin, ey shayx, himmatdinmu yo shavqatdin erkinmu?
Navoiy koʻngli yonib ishqidin kuymakni bas qilmas,
Nadomatdin anga yo ertagi odatdin erkinmu?

514

Oldi chun ilgiga ul huri sumanbar koʻzgu,
Aksidin qildi ayon ruhi musavvar koʻzgu.
Javhari husnin agar koʻnglida qilmaydur naqsh,
Ne uchun topti javohir bila zevar koʻzgu.
Uylakim oy quyosh olligʻa kelib boʻldi munir,
Roʻbaroʻyungda qilur oʻzni munavvar koʻzgu.
Orazing oyinasi hajrida koʻksum boʻlmish,
Har taraf eski tugon birla sarosar koʻzgu.
Oy sari boqmayu xurshidni mir’ot etkim,
Koʻrguzur egri emas boʻlsa mudavvar koʻzgu.
Tilasang fayz koʻngul ayla xavotirdin pok,
Aylamas aks qabul oʻlsa mukaddar koʻzgu.
Mayda soqiy yuzi, soqiy yuzida may koʻrdum,
Ey Navoiy, bu safo qayda topar har koʻzgu.

515

Yuzung bayozida ul xoli mushkso hindu,
Gʻarib tushti Xoʻtan kishvari aro hindu.
Ne xol erurki koʻngulni rabuda aylab olur,
Kishi bu nav’ qachon koʻrdi dilrabo hindu.
Qora koʻzungki vafo aynidin manga boqmas,
Ajab emastur, agar boʻlsa bevafo hindu.
Tutub quyosh uza maskan solur jahongʻa balo,
Yuz uzra xoling erur voqeai balo hindu.
Koʻngulni olsa malohat bila tafovuti yoʻq,
Xitoiy oʻlsinu yo armani va yo hindu.
Teng oʻldi bulbulu zogʻ ushbu bogʻ aro, ya’ni
Fasohat ichra kachau yuzi qora hindu.
Navoiy etti oʻzin uyla turk hindusi
Ki, ahli Chinu Xito boʻldilar anga hindu.

516

Agar oshiq etsa visol orzu,
Ayon etmish oʻlgʻay mahol orzu.
Anga baski qilgʻay agar bersa dast,
Yiroqtin koʻrarga jamol orzu.
Qurub ogʻzim, istarmen ul chehrani,
Susiz aylagandek zulol orzu.
Sugʻa, yoʻqsa koʻzguga solgʻil nazar,
Gar etsang oʻzungga misol orzu.
Ham oshufta, ham tiyradur boʻlgʻali
Zamirimgʻa ul zulfu xol orzu.
Quyoshdek manozil tay etmak kerak,
Ne rahravki qilgʻay kamol orzu.
Navoiy tilar edi shomi qoshing,
Ulus aylagandek hilol orzu.

517

Koʻzumdin uchti yana yorsiz bu shom uyqu,
Yana tong otqucha boʻldi manga harom uyqu.
Men uyqudin toʻngulubmenki yor ketsa uchar,
Chu keldi xasta koʻnguldin chiqar tamom uyqu.
El uyqusin agar ul shoʻx etmadi toroj,
Iki koʻzinda nedur nozdin mudom uyqu.
Ne qushdururki uchib ishq hoyu-hoʻyidin,
Koʻz oshyonida qilmas yana maqom uyqu.
Koʻzungga sudi uchun naqdi jon beray, gar ul
Koʻzumga koʻz yumub ochquncha bersa vom uyqu.
Tushungga kirgali ul shoʻxi masti xobolud,
Tilarmen aylagamen tunu kun iltizom uyqu.
Birovga davlati bedor yor emas, ey shayx
Ki, sharhi voqea aylarga qildi kom uyqu.
Fasona boisnigʻaflatdur elga voizdin,
Nedinki kelturur afsonavash kalom uyqu.
Navoiy aylasa koʻz toʻtiyosi gardi fano,
Ziyoni yoʻq anga boʻlsa alad-davom uyqu.

518

Ey yoʻlungda podsholargʻa gadoligʻ orzu,
Uylakim boʻlgʻay gadogʻa podsholigʻ orzu.
Oʻqlar urdi zuhdu taqvo jonigʻa usruk koʻzung
Kim, yana boʻlmas kishiga porsoliq orzu.
Topsam ul begonavash bedodidin maxlas yana,
Qilmagʻaymen xoʻblargʻa oshnoliq orzu.
La’lidin kom istadim, jonimgʻa yetti yuz balo,
Lek jonimdin kam oʻlmas bu baloligʻ orzu.
Evrulub ul tiflvash boshigʻa oyu kun qilur,
Ul anoligʻ orzu, bu bir atoligʻ orzu.
Andoq oldi dilrabolar koʻnglini ul dilrabo
Kim, pariga emdi boʻlmas dilraboligʻ orzu.
Koʻyida jonim fidosidur, bu ma’ni birlakim,
Ollida doim qilurmen jon fidoligʻ orzu.
Gar zamon ahli jafosigʻa chidarsen ista yor,
Chun topilmas, istama ani vafoligʻ orzu.
Davr elida chun safo yoʻq bazm davrinda magar,
Jom ichinda may ne qilgʻay sen safoligʻ orzu.
Qaysi gumrah komili rahbar ayogʻi tufrogʻin,
Toʻtiyo qildiki, qilmas rahnamoligʻ orzu.
Ey Navoiy, dahr bogʻida chu yoʻq bargu navo,
Bargi faqr et, istama oʻzni navoligʻ orzu.

519

Firoqing ichra ishim iztirobdur asru,
Tarahhum aylaki, holim xarobdur asru.
Koʻzumdin ashk tugandi, koʻnguldin oʻt oʻchti,
Gʻamingda bu iki beobutobdur asru.
Firoqing oʻtida ranjimgʻa yoʻq hisob, oʻlma
Bilurga ranjaki, ul behisobdur asru.
Jamol davrida ushshoq koʻnglini asra
Ki, husn xayligʻa oyin shitobdur asru.
Birorta shiftai jonu koʻngulga rahm ayla
Ki, bu xarobdur, ul bir yabobdur asru.
Angaki masjid aro yetmadi kushod, ne gʻam,
Yetishsa maykadagʻa fathi bobdur asru.
Navoiy andin erur gʻussa tufrogʻi orast
Ki, koʻnglin olgʻali olijanobdur asru.

520

Qad ermas ravza sarvi nozidur bu,
Kalom ermas, Masih e’jozidur bu.
Dedim: ishqingda oʻlmak toptim anjom,
Kulub derkim, hanuz ogʻozidur bu.
Berur qatlimgʻa ogʻzi va’da pinhon,
Mening birla nihoni rozidur bu.
Qilur qadding havosi koʻnglum, ey sarv,
Biyik himmat qushi parvozidur bu.
Gʻamingda may berur koʻnglumga quvvat
Ki, furqat ahlining damsozidur bu.
Fano dashtigʻa koʻnglum chekti tindim,
Ulustin, vah, ne dilkash yozidur bu.
Yuzung bogʻigʻa bulbuldur Navoiy,
Navo qilsa, aning ovozidur bu.
II- qism