OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiNavodir ush-Shabob (III- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm152KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/15
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Navodir ush-Shabob (III- qism)
Alisher Navoiy

He Harfining Humoyunvashlarining Haloqangizligʻlari «Navodir»din

521

Yusuf ermas chu malohatda jamolinggʻa shabih,
Husnungga ani malih oʻlmagʻay etsam tashbih.
Odam asrorining ijmolini qilding tafsil,
Mundin erkinki deding alvaladu sirru abih.
Chun berur bogʻ gulu shoʻra tikon, sen ochibon,
Lutfdin gul nechakim xori jafo ursa safih.
Vosil oʻldi nafasing ruhini anglab orif,
Shar’ tuzdi, chu aning zohirini bildi faqih.
Andakim sen chekibon izzu nazohat etagin,
Yoʻq janobingda maloyikka mahalli tanzih.
Ham qamar shaqqnn ishorat bila aylab zohir,
Ham shajar mashshin irodat bila aylab tanbih.
Kimki sendin evurub chehra qora topib vajh
Kim, hadisinggʻa qilib ta’n debon betavjih.
Oy tulu’ etsa boʻlur mehri jamoling zohir
Kim, boʻlur fahm jamil olligʻakim keldi karih.
Gar Navoiy sari mahsharda nazar aylamasang,
Saqaru nordek oʻlgʻay anga xuldu mofih.

522

Tikmagaymen tigʻi zaxmin oʻlsam ul ozor ila,
Boʻlsa Iso ignasi Maryam igirgan tor ila.
Dogʻlar shaklin kishi koʻksumda koʻrsa fahm etar
Kim, baloni anda tikmishlar magar mismor ila,
Koʻk ravoqinda quyosh vasfini qilmang, chunki men
Koʻyida xursand oʻlubmen soyai devor ila.
Yuzu zulfi ishqida kofir, moʻmin yo ahli din,
Buylakim muzhaf hamoyil qilmisham zunnor ila.
Sabzai xat yorutubtur orazing mir’otin, oh,
Koʻzguga bu nav’kim bermish jilo zangor ila.
Sogʻinurlar qon ila boʻlmish munaqqash kisvatim,
Har yon etsam azm bu uryon tani afgor ila.
Davr ayogʻin, soqiyo, xush tut, damekim yoʻqturur,
Xushlugʻum davr ahli, balkim gunbadi davvor ila.
Boru yoʻqning mehnatin chekmas bu davlat basdurud
Har kishi olamda qoni’ boʻlsa yoʻqu bor ila.
Koʻkka yetkay boshi qoʻygʻan lahza shoh ollida bosh,
Gar Navoiy ichsa may shohi falak miqdor ila.

523

Ingali koʻktin balolar zinadur qilsang nigoh,
Hajr oʻtidin tortsam tobu shikanlik dudi oh.
Zulfining har halqasida bir shikandur uylakim,
Xafs zanjirida har tav’ ichra bir ahli gunoh.
Buki ohim tiyr boroni borur gardun sari,
Gʻam sipohi ingali koʻnglumga uldur shohroh.
Tigʻ surmay netsun ul qotilki turmay ikki koʻz,
Qonima doril-qasosi ishq aro boʻldi guvoh.
Buki urdung boshima har tuk hisobi tigʻi javr,
Boʻlsa boʻlmas har sari moʻ boʻlsa bir til uzrxoh.
Dayr aro jon ber Masihi dam bila, ey mugʻbacha
Kim, xumor oʻlturgudek holimni aylabtur taboh.
Qirpigingdin qochti yuz sari Navoiy tong emas,
Xordin gar qilsa gul qolqonini bulbul panoh.

524

Gulgun yeng ichra ilgin ul mushkboʻ gʻazola,
Yo rang qildi mushkin yo qoʻlgʻa tutti lola.
Oshufta sochin ul gul yigʻdiyu tishlab oʻrdi
Garchi qilur parishon sunbulgʻa yetsa jola.
Sanchilmamish gajakkim jonu koʻngul chekargʻa,
Oyirdi ikki qullob ul anbarin kulola.
Yuz davrida qirondur yo anjum injusidin,
Gardun terib mudavvar qildi qamargʻa hola.
Yogʻliq ilikda tah-tahkim naqshi xat yozilmish,
Javru jafo fanida yozding magar risola.
Razzoq haqni angla har vaqtu har makonda,
Har kimga roʻzi oʻlsa har xonda, har navola.
Faryodinga ul oy chun yetmaydur, ey Navoiy,
Nedur falakka har dam yetkurmak ohu nola.

525

Gar durdii xum boʻlsun agar sof piyola,
Ichkum chu azaldin, manga bu boʻldi havola.
Tan shishasida umr mayi oʻksusa gʻam yoʻq,
Ey soqiyi gulchehra, toʻla ayla piyola.
Sen may ichibu rost qilib soz ila ohang,
Men qon yutubu tortibon afgʻon bila nola.
Yuz taqviyu zuhd ahlin etar mastu parishon,
Ul nargisi sarmastu ul oshufta kulola.
Gulgashti chaman xushtur agar soqiyu mutrib,
Bu kelsa tuta-tutavu ul bir chola-chola.
La’ling mayidin bizga jigarxorliq oʻlmish,
Yoʻq chora nasib oʻlsa kishiga bu navola.
Ul zulfmudur ikki koʻzung avjida yoxud
Gulzor ichida mushk sochar ikki gʻazola.
Holoki muyassar boʻlur ul may bila xushhol,
Nevchunki raqam qilmadilar umrgʻa hola.
Dayr ichra Navoiygʻa qilur mugʻbachalar zulm,
Gar piri xarobot tutar jomi adola.

526

Men netib ishqida oqil boʻlayu farzona
Kim, parivashlar erur hasratidin devona.
Choklik koʻksum aro telba koʻngul turmas hech,
Garchi Majnungʻa vatan loyiq erur vayrona.
Sham’ girdida magar soyasi rashkidin erur,
Aylanib buki qanotin evurur parvona.
Oshno aylamak ul oyni ne mumkinki, sipehr
Mehr oyinndin aylabtur ani begona.
Dostonimni demang yorgʻa, nevchunki gahe
Yigʻlatur, garchi gohe kuldurur ul afsona.
Gʻarqi may boʻlsam aningdek bu fano dayri aro
Ki, xubob uyidin-oʻq boʻlsa manga mayxona.
Bir qadah birla Navoiyni bu dam tnrguzsang,
Netti, ey mugʻbacha, toʻlgʻuncha anga paymona.

527

Zihi gul ichra kular chogʻ etib ayon gʻuncha,
Chu yopilib qila olmay kishi gumon gʻuncha.
Kularga xoʻblar ogʻzidin ogʻzing oʻldi qarib
Ki, qilmpsham ochilurgʻa yaqin nishon gʻuncha.
Agarchi gʻuncha aro gul nihon erur doim,
Vale yuzung guli ichra erur nihon gʻuncha.
Koʻp oʻldn huqqai la’lingda xurdai ma’ni,
Qayu chamanda boʻlur muncha xurdadon gʻuncha.
Boʻlurmu ogʻzing ila tengki rishtai duri bor,
Nechaki jolagʻa qilsun oʻzin makon gʻuncha.
Varaq-varaq emas ogʻzida bargikim, ogʻzing
Chu nukta surdi yutar laxt-laxt qon gʻuncha.
May ich bahor, xususanki la’lgun mayliq,
Surohi oʻrtagʻa kelturdi har qayon gʻuncha.
Zamona bogʻida koʻnglum ajab tutulmish, lek
Ajab emasturur ochilsa nogahon gʻuncha.
Navoiy oʻlmaki mumkin emas, agar ichsa
Hayotbaxsh labing bodasini qongʻuncha.

528

Sipehr saqfigʻa oltun sutun boʻlur, ey moh,
Dameki charxqa cheksam gʻamingda shu’lai oh.
Dedimki: oʻlturasen ishq aro nedur gunahim,
Dediki: ishqdin ortuq yana boʻlurmu gunoh.
Demaki toza tugonlar guvohi ishqing erur,
Yuzi qoraligʻi yolgʻon boʻlurdin oʻldi guvoh.
Koʻzumga kirdi xayoling sirishk kasratidin,
Qachon yogʻinda qilibtur kishi bulutni panoh.
Chu kuydi gʻayr xayoli koʻngulga tushti xating
Ki, sabza xush koʻkarur dasht aro, chu kuysa giyoh.
Fano yoʻlidin agar yonsa rohrav ne ajab
Ki, yoʻl maxufdurur anda yoʻqturur hamroh.
Navoiy ar dedi, juz haq vujudi yoʻq, ey shayx,
Ne yozgʻurursen ani loiloha illalloh.

529

Qilmagʻil borgʻali shitob yana,
Solma koʻnglumga iztirob yana.
Keldingu kulbam oʻldi qasri bihisht,
Qilma ani chiqib xarob yana.
Har dam ohim yeli chu eltur ani,
Solma ruxsor uza niqob yana.
Labi la’linggʻa oʻxshamas yoqut,
Yana dur toshu la’linob yana.
Soqiyo, tut qadahki, ranji xumor
Qiladur jonima azob yana.
Maykada bogʻliq erdi toʻktum ashk,
Onchakim boʻldi fathi bob yana.
Ich Navoiy, qadahki tuzdi navo,
Bazm aro ud ila rubob yana.

530

Yorab, ul yuzni dame koʻzumga pinhon aylama,
Yo koʻzumni andin oʻzga yuzga hayron aylama.
Chehrasiga mizbon oʻlsun koʻzum, ul chehrani
Koʻzlarim uyidin oʻzga uyga mehmon aylama.
Ochmayin zulfi parishon koʻngluma chekturma oh,
Yetmayin ohim yeli zulfin parishon aylama.
Jonima la’lidin oʻzga la’ldin berma hayot,
La’ligʻa jonimdin oʻzga jonni qurbon aylama.
Boshima koʻyidin oʻzga koʻyni qilma vatan,
Koʻyida boshimdin oʻzga boshni gʻalton aylama.
Ey koʻngul, davr ahlidin ming yilchilik yoʻl goʻsha tut,
Yo alardin yetsa yuz ming gʻussa afgʻon aylama.
Istasang, ey gul, Navoiydek hush ilhon bulbule,
Gʻunchadek koʻnglun malomat xoridin qon aylama.

531

Ochib koʻksum shigofin ayladim koʻnglumni nazzora,
Erur yuz poravu gʻam tigʻidin ming yora har pora.
Ne tosh uryon tanimgʻa urdi koʻksum chokiga soldim,
Meni bedil koʻngul kasb ettim, aning koʻnglidek xora
Tanim chun ishq asiri aylading, man’ etma ohimni,
Chu qil oʻt uzra tushti, dud qilmoqtin emas chora.
Oʻtarsen oʻynay-oʻynay, men gadoyi xasta yoʻl uzra,
Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.
Ulumdin hajr dushvor oʻlmasa dard ahligʻa nevchun,
Ajal Majnunni asrab aylagay Laylini ovora?
Kishi may yutsa, koʻnglum ani qon yutqon gumon aylar,
Su ichkanni may ichkan sogʻinurkim, boʻlsa mayxora.
Qoʻngul sargashtalikdin boʻldi yoʻq ogʻzing kebi, goʻyo
Ani charx aylagandur gʻuncha yoʻnmoqliqqa inkora.
Malak taslimi shayton kibridekdur buki, aql oʻzin
Qilib ma’muri amr istar amorat nafsi ammora.
Navoiy koʻksini chok etti hajr andoqki fahm etkay,
Taxayyul hay’atin koʻngul aro kim qilsa nazzora.

532

Yana zulfung buzugʻluq soldi koʻnglum xonumoninda,
Yilon andoqki solgʻay qoʻzgʻolon qush oshyoninda.
Ne qotildur koʻzungkim, toʻksa qon Bahrom shaklidur,
Taammul qilsalar maqtulning har qatra qoninda.
Bihamdillah, koʻzu koʻnglumda sen yoʻq ersa topilmas,
Seningdek gavhari pokiza olam bahru koninda.
Jahon ahligʻa jon har nechakim topmas omon sendin,
Sen, ey jonu jahon, yo rabki, boʻlgʻil haq omoninda.
Yuzungkim boʻldi maydin la’lgun, oʻlmish iki zulfung
Ul iki lomdekkim la’ling bor ikki yoninda.
Nachuk sirrin dey ogʻzingningki tanda gʻunchadek koʻnglum
Erur pinhon ul pinhon aning sirri nihoninda.
Yozilgʻon jon aningdekkim alifsiz, nuqtasiz boʻlmas,
Erur xolu qading naqshi bu zoru xasta joninda.
Zamoni husngʻa chun boʻlmadi rasmi vafo hargiz,
Vafo rasmin gʻanimat anglagʻil husnung zamoninda.
Ne husnung nisficha Shirinu Layli husnida mumkin,
Ne ishqim juzvicha Farhodu Majnun dostoninda.
Muruvat rangiyu insof isi koʻz tutmagʻil eldin,
Bu rangu boʻyluq gul yoʻq chu olam gulsitoninda.
Qilur koʻyida it qatli Navoiy telmurur mahrum,
Nedinkim ermas ul yor ollida bu hayl soninda.

533

Manga may oʻlmadi roʻziy tarab ayogʻinda,
Tarabdurur icha olsam iting yalogʻinda.
Koʻp ogʻzin ochqilu may tobidin mulohaza qil,
Hayot suyi nachukkim Xizr bulogʻinda.
Firoq kunjida topsam qadah, boʻlay bexud,
Nedinki koʻnglum ochilmas farogʻ bogʻinda.
Tagʻorliq may erur havzi kavsar, ey zohid,
Chibinlar oʻldi maloyik aning qirogʻinda.
Buyurdi tavba yigitlikda ishqu maydin shayx,
Kishi chekarmu riyozat nishot chogʻinda.
Vafo nasimi tama’ qilma guldin, ey bulbul
Ki, yoʻq Masih dami eski dahr bogʻinda.
Navoiy oʻlmagʻusi xonaqah sari moyil,
Nedinki maykada atri durur dimogʻinda.

534

Hudhud eltur dardligʻ paygʻomim ul oy qoshigʻa,
Sanchibon xudrang ruq’am payk yangligʻ boshigʻa.
Bas munosibdur sen oʻrganmak uchun, ey navhagar,
Baytlarkim yozdilar dard ahli qabrim toshigʻa.
Holini chekkan munajjim hukmin aylar qon aro,
Kimki koʻrgay aksini boqsa koʻzumning yoshigʻa.
Yuz ajab suvrat koʻrar koʻrgan yuzungning suvratin,
Chehra ochmoq xatm boʻlmish suvrating naqqoshigʻa.
Har tun aqshom pardai jondin qilay dermen qanot,
Boshigʻa evrulmak uchun koʻyining xaffoshigʻa.
Shayxqa tasbihining har donasi bir qayd erur,
Xatmdur ozodaligʻ guyi fano qalloshigʻa.
Mehmon boʻlsang Navoiygʻa nisor aylar uchun,
Obroʻ boʻlgʻay koʻzining mardumi durposhigʻa.

535

Figʻonki, umrum oʻtar tunu kun xayol bila,
Xayol orasida yuz muvahhish ehtimol bila.
Ul oy xayoli bila telba boʻlmisham kechalar,
Javob birga eshitmon tuman savol bila.
Chu topmon ul gul isin subhu shom boʻlmishmen,
Gahi sabo bila vahshatda, goh shamol bila.
Misoli mumkin emas tortmoq musavviri aql,
Yoʻq ersa qoni’ oʻlur erdim ul misol bila.
Xayol ila dogʻi gustoxliqqa zahram yoʻq,
Menu firoq, manga, vah, ne ish visol bila.
May ichki, umri abad topsang arzimas angakim,
Dame zamona aro boʻlgʻasen malol bila.
Chu ishqu may meni holimgʻa qoʻymas, ey nosih,
Netib salo tariqin tutay bu hol bila.
Chu boʻldi dayri fanoning gadoyi ayb etmang,
Agar may ichsa Navoiy sinuq safol bila.

536

Nomai shavqum kishi arz aylay olmas yorgʻa,
Bas gʻalat boʻlgʻay javob etmak tama’ men zorgʻa.
Rashkdin dermenki, panjamni solib toshlay chekib,
Koʻyida har necha shakli cheksalar devorgʻa.
Istaram har halqasi boʻlgʻay mening boʻynumgʻa tavq,
Gar tushar yuz halqa bandi zulfidin har torgʻa.
Zarnishon tigʻi kerak boʻynumgʻa osmang zinhor,
Za’faron birla qilich shakli chekib tumorgʻa.
Orazu zulfung gʻamidin kofiri ishq oʻlgʻali,
Butqa bosh indurmanu sunmon boʻyun zunnorgʻa.
Gʻam xumoridin base badhol oʻlubmen, ey rafiq,
Chek meni har hol birla kulbai xammorgʻa.
Muncha xorij nagʻmakim davri muxolif koʻrguzur,
Ey Navoiy, topmadim birin boqib advorgʻa.

537

La’li serobingdin ul yangligʻ kelur jon ogʻzima
Kim, agar xud tomizurlar su totir qon ogʻzima.
Novakingdin koʻnglum andoq toʻldikim chekkanda oh,
Zor koʻnglumdin kelur har lahza paykon ogʻzima.
Bodai hajr andoq achchigʻdurki, ani ichkali
Zahr oʻlur gar xud yetishsa obi hayvon ogʻzima.
Vasl noʻshin chunki totmay men mazoqim tonimas,
Lek anglarmen yetishkach zahr hijron ogʻzima.
Garchi koʻp qon yutmisham aylar talofi barcha umr,
Umr oʻtub bir yetsa ul gulbargi xandon ogʻzima.
Jon berib ul za’fni topmanki jonbaxsh ernidin,
Kasbi quvvat sharbate yetkursa jonon ogʻzima.
Davr ayogʻin, soqiyo, tutgʻonda la’ling qil gazak
Kim, mayi yetkurmamish juz zahri davron ogʻzima
Bagʻrimu koʻnglum aro mundoqki soldi la’ling oʻt
Dam yeriga gʻayri oʻt kelmak ne imkon ogʻzima.
Ey Navoiy, ishq dardi koʻrgan el jonin olur,
Oʻz oʻlar dardim demakta kelsa afgʻon ogʻzima.

538

Chiqti paykoning koʻnguldin ohi dard olud ila,
Shu’la oʻttin ayrilib andoqki chiqqay dud ila.
Yuz qoʻyub tufroqqa gard olud etar yuz ahli din,
Har qayon yuz qoʻysang ul ruxsori gard olud ila.
Zulfi savdosi meni sudu ziyondin qildi fard,
Menu ul savdo, ishim yoʻqtur ziyonu sud ila.
Aysh ravshan subhi vasl ahligʻa boʻlsun, chunki men
Mehnat ichra oʻrganibmen shomi qiyrandud ila.
Gʻussa gardidin yetar el jonigʻa farsudaligʻ,
Har qayon mayl aylasam bu jismi gʻamfarsud ila.
Bud ila nobud chun huznu tarabqa arzimas,
Shod boʻlma bud ila, gʻam ham yema nobud ila.
Maygʻa ohang et, Navoiykim, mugʻanniy har zamon
Aysh tahrisin ayon aylar lisoni ud ila.

539

Mushkin xating ul yuz kebi gulgun varaq ichra,
Tun anbari goʻyoki sochildi shafaq ichra.
Jon sabzai xattinggʻa fidokim koʻrunur xush,
Zangor ila xat hay’ati gulgun varaq ichra.
Bogʻ ichra kelursen deb erur muntazir iynak,
Gullar solibon naqdini har yon tabaq ichra.
Hijlatda ne terlarki kavokibdin oqizdi,
Oy koʻrdi chu xurshidi jamoling araq ichra.
Oldi sabaqi ishq yuzung lavhida koʻnglum,
Har kun oʻqugʻon nuktasi yoʻq mosabaq ichra.
Ummidiki haq etkay aning sa’yini botil,
Har kimki nihon ayladi botilni haq ichra.
Ishq oʻtida gar aqlni xas dedi Navoiy,
Yoʻq kimsaga soʻz mas’alai muttafaq ichra.

540

Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshigʻa,
Ollida tufrogʻ oʻlub evrulsam aning boshigʻa.
Xora uzra lola butkondek erur har yerda qon,
Boqsalar jismimga otqan har malomat toshigʻa.
Koʻzlaridin yosh oqizgʻan, balki qon beixtiyor,
Har kishikim solsa koʻz giryon koʻzum qon yoshigʻa.
Ishq dashti zogʻining minqoridur yoqutrang
Goʻyiyo tushkan durur la’ling haloki loshigʻa.
Koʻzlarim qilsun hadaf, kirpiklarim etsun qalam,
Boʻlsa dur boisti zebo suvrating naqqoshigʻa.
Koʻp tajammul sotmagʻil, ey charxkim, har kavkabing
Bir diramcha yoʻqturu dayri fano qalloshigʻa.
Har guharkim vasfida sochti Navoiy nazmidin,
Ul pari devona deb bir tosh otar podoshigʻa.

541

Firoq soldi bir oʻt jismi notavonimgʻa
Ki, oʻrtanur kishi soʻrmoqqa kelsa yonimgʻa.
Ne ayb zor tanim kuysa dogʻi xas yangligʻ,
Bu shu’lalarki aning hajri soldi jonimgʻa.
Tahayyul ayladi Farhodu Vomiqu Majnun,
Chu boqtilar alamangez dostonimgʻa.
Aning tufayli sanamlar yuzun koʻrarmen, lek
Muni kim ayta olur shoʻxi badgumonimgʻa.
Koʻngul shikoyatidin yuz risola yozmishmen
Kim, aylagay bu risolatni dilsitonimgʻa.
Ichurdi mugʻbacha dayr ichra obi otashrang
Ki, shu’lasi aning oʻt soldi xonumonimgʻa.
Ne sud elni kar etsa Navoiy afgʻoni,
Chu yor solmadi hargiz quloq figʻonimgʻa.

542

Hargiz ermas husn ul mehri jahon oroycha,
Mehr aning ollinda, mehr ollinda boʻlgʻay oycha.
Bir-biri uzra necha yo koʻrguzur qavsi quzah,
Boshqa-boshqa ermas ul ikki muanbar yoycha.
Ogʻzigʻa yetkach shakar su boʻldi ne nav’, ey koʻngul,
Bas boʻla olgʻay shakar ul la’li shakkarxoycha.
Gar mufarrih oʻlsa yoquti labing jonbaxsh erur,
Ul boʻla olgʻaymu yoquti mufarrihzoycha.
Layliyu Shirin sitam aylarda oʻz ushshoqigʻa
Hargiz ermas erdilar ul shoʻxi beparvoycha.
Gar farogʻat mulki istarsen may ichkim, boʻlmadi
Gʻamsiz oʻlmoqliqda shah rindi qadahpaymoycha.
Oʻkma bulbulniki, ul gul hajrida har kechalik
Nolasi ermas Navoiy tortqan bir voycha.

543

Koʻnglumda dogʻ sham’i jamoling xayolida,
Andoqki hol har sori parvona bolida.
Yilda besh-oʻn kun oʻldi nihol uzra gul, valek
Gul keldi toʻrt faslida qadding niholida.
Sharbatdurur labingki chuchuk jon ezildn koʻp,
Serob oʻlurda chashmai noʻshung zilolida.
Hijron marizidur koʻngul, ey rahmsiz ajal,
Bir dogʻi yetmading boshigʻa, bu malolida.
Oʻt uzra tushti nuqtai anbarki chiqti dud,
Tuk kim zuhur qildi yuzi uzra xolida.
Davron falakka cheksa seni emin oʻlmagʻil
Kim, yetkurur zavol quyoshning kamolida.
Taqvoyi zohirigʻa, Navoiy, ne e’tibor,
Hayrondurur chu aqli, kul aning maolida.

544

Ey sabo, holimni arz et gul ruxi tannozima,
Egma qaddimning salomin ayt sarvinozima.
Ayt: koʻptin koʻpu ozdin oz ashkim sharhini,
Dardu sabrim naqdi sadqang boqma koʻpu ozima.
Chunki oʻlgum yoshurun ishqim bayon qil shammaye,
Voqif etma lek ishq ahlin bu maxfiy rozima.
Novakandozimki elni yiqti koʻp andozadin,
Vahki, emdi tortmish novak mening andozima.
Ul kabutargʻa fido jonimki, shavqum nomasin
Qilsa taslim eltibon shoʻxi kabutarbozima.
Changdek gʻam bazmida qaddim xam oʻldi, ey rafiq,
Ashk har toridin ortar nolaye bu sozima.
Ey Navoiy, ishq aro qochma balodan zinhor,
Chunki oshiqqa balokashlik kelibtur lozima.

545

Koʻzlarida ishqdin su erdi uyqu oʻrnida
Turfa koʻrkim hajrdin qon boʻldi ul su oʻrnida.
Kimgakim kirpik oʻqin yogʻdursa ul gul rashkdin,
Jismim ichra bir tikondur har sari moʻ oʻrnida.
Gʻayr naqshidin qilibmen pok koʻnglum safhasin,
Tut ul oy ollida, ey mashshota, koʻzgu oʻrnida.
Shahsuvorimning ayogʻin oʻpkali rozidurur,
Oy bila kun har birisi bir tepingu oʻrnida.
Iztirob etsa qoshing koʻrgach ne tong shaydo koʻngul,
Telbakim koʻrdi yangi oy oʻltururmu oʻrnida.
Dahr boʻstoni aro barqu bulutdin angladim,
Yigʻlamoq yuz qatladur bir qatla kulgu oʻrnida,
Ey Navoiy, dersen: ul qomatni koʻnglungdin chiqar,
Ne nihol oʻlturtayin ul sarvi diljoʻ oʻrnida.

546

Yordin yaxshi emas aylamagi yor gila,
Yoʻqsa ul yordin erdi manga bisyor gila.
Buki agʻyorgʻa mendin gila izhor etti,
Har necha aylasam izhor yana bor gila.
Koʻrubon gʻayrigʻa lutfungni agar dam urmon,
Dema, yoʻqtur gilalik, aylamon izhor gila.
Koʻp jafosidin agar oʻlsam erur turfa bukim,
Yana mendin qilur ul shoʻxi jafokor gila.
Xirqa koʻydurdi xumor oʻtigʻa qilma, ey shayx,
Ani qilsam garavi kulbai xammor gila.
Chun azal qismatidin hech nima xorij emas,
Aylamas foqasidin voqifi asror gila.
Ey Navoiy, desang oyini rizo hosil etay,
Yordin har ne kelur aylama zinhor gila.

547

Iltifot etti bukun men qulgʻa ul shoh oʻzgacha,
Oʻzgacha anglabmen oʻz holimni billah oʻzgacha.
Goh oʻzumdamen, gahi beholmenkim, ul pari
Goh yaxshidur meni majnun bila, gah oʻzgacha.
Holim oʻlsa oʻzgacha Farhodu Majnundin ne tong
Kim, erur Shirinu Laylodin bu dilxoh oʻzgacha.
Gar damnmdin chiqsa oʻt demangki, tortar har dam oh,
Kuygay ohimdin falak, dam oʻzgadur, oh oʻzgacha.
Ne ajab gar oʻzgacha sayr etsa hayratdin sipehr,
Yuzni may ta’siridin qilgʻonda ul moh oʻzgacha.
Vasli holimgʻa berur tagʻ’yir andoqkim boʻlur,
Bu zamonda ulki topqay davlatu joh oʻzgacha.
Mehr zohir aylasa, aylar Navoiy vahmkim,
Charx davri qilmagʻay ul oyni nogoh oʻzgacha.

548

Vahki, umrum barcha zoyi’ boʻldi el komi bila,
Bodai nob oʻrnida xunoba oshomi bila.
Kimsa yuz yil komronliq qilsa bilkim arzimas,
Dahr aro bir lahza boʻlmogʻliq birov komi bila.
Zahrni oʻz komi birla ichsa andin yaxshikim,
Ichsa hayvon sharbatin nokomligʻ jomi bila.
Yuz dilorom aylagandin ravza habsi, yaxshiroq
Boʻlmoq oʻz vayroni ichra koʻngli oromi bila.
Ey koʻngul, el subhi ayshi sari boqma, xoʻy qil
Fardliq vayronida mehnat qora shomi bila.
Qushqa yung maskan aro xushroq durur ozodligʻ,
Boʻlgʻanidan band aro sayyodi ipak domi bila.
Boʻlmoq itlar mun’imi tan tu’ma aylab yaxshiroq,
Tanni qilgʻuncha samin nokaslar in’omi bila.
Johu markab birla, ey kim, bormading maqsad yoʻlin,
Qat’ oʻlur betoʻshaligʻ zodi fano komi bila.
Ey Navoiy, huzn ila oʻtkar qariligʻ mehnatin,
Chun yigitlik bordi ayshu ishrat ayyomi bila.

549

Mehrida men xastaning har lahza holi oʻzgacha,
Lek ul badmehrning har dam xayoli oʻzgacha.
Gulbun oʻldi past vard asru biyik, billahki, bor,
Sarvi gul roʻyim qadining e’tidoli oʻzgacha.
Bogʻ naxlining qadingdek boshida gul butmamish,
Husn bogʻining boʻlur ermish niholi oʻzgacha.
Har zamon la’ling mayi yodi koʻngulni mast etar,
Ani har dam aylar ul fikri muholi oʻzgacha.
Ey musavvir, aylasang taqlid jonon suvratin,
Chekmagil jonkim erur aning misoli oʻzgacha.
Gar guli ra’no qizil, sarigʻ koʻrunur vajhi bor,
Har dam aylar ani chehrang infioli oʻzgacha.
Taqvi ahlidek borib mugʻ dayrida yoʻl topmaduq,
Soqiyo, may tutki bu qatla borali oʻzgacha,
Xonaqah ahligʻa, ey zohid, meni oʻxshatmakim,
Zuhd eli bor oʻzgacha, rind louboli oʻzgacha.
Ikki dunyodin kechib yor istagan topmish visol,
Ey Navoiy, kelki yoʻqtur ehtimoli oʻzgacha.

550

Solib qon oncha qoʻydung dogʻ bu jismi figor ichra
Ki, oncha dogʻ ila qon boʻlmagʻay bir lolazor ichra.
Qushekim tushsa, ohim girdbodidin chiqa olmas,
Birov yangligʻki qolgʻay eshiki bogʻliq manor ichra.
Iki ruxsori ikki zulf yopqondin nihon ermas,
Nachukkim shu’la dud ichra quyosh yoxud gʻubor ichra.
Yuzung shavqida ashkim koʻzlar ichra jola bogʻlanmish,
Yogʻin ul nav’kimdur bogʻlagʻay abri bahor ichra.
Qolibtur anbarin zulfung ichinda bogʻlanib koʻnglum,
Kiyikdin qatra qon qolgʻon kebi mushki totor ichra.
Qiziq koʻnglumdagi paykonlari dardin ne fahm etkay,
Angakim qatralar xaydindurur oʻtluq uzor ichra.
Chu oʻldum hasratidin shoyad oʻlgan chogʻda koʻrgaymen,
Meni sudrang gadolar koʻyida bir rahguzor ichra.
Gar ul shah bazmida bir jur’a may topmon ajab ermas
Ki, may shoʻxi kiriptur shiradin muhkam hisor ichra.
Menikim aylamish ul mugʻbacha ishqi mayi maxmur,
Magar ham dayr piri chora qnlgʻay bu xumor ichra,
Vafo aylarda elga roʻzgoring aylama zoye’
Ki, ulkim sen tilarsen yoʻqtur ahli roʻzgor ichra.
Navoiy, gar falak davri sanga yetkurmas ul oyni,
Ne chora chun sipehr ermas kishiga ixtiyor ichra.

551

Va’da aylab vasl jismi notavonim oʻrtama,
Kelmagungdur, intizor oʻtigʻa jonim oʻrtama.
Ishq oʻting oʻrtadi basdur yana jonim aro,
Dogʻi hijron har dam, ey nomehribonim, oʻrtama.
Jonni olding, solma oxir notavon jismimgʻa oʻt,
Nakdi jon yagʻmogʻa bordi, xonumonim oʻrtama.
Novakingning kasratidinkim, nayistondur koʻngul,
Oʻt olib kirma qamishqa, naysitonim oʻrtama.
Jonima oʻt soldi ishqing, bal jahonim oʻrtadi,
Rahm etib mundin nari jonu jahonim oʻrtama.
Har nafas kundurma bir oʻt birla, ey gardun, meni
Kuydururga har dam aylab imtihonim oʻrtama.
Qilma nisbat xoʻblar birla Navoiy deb meni,
Tuhmat aylab har zamon, ey badgumonim, oʻrtama.

552

Vahki, kelturdung firoqingdin balolar boshima,
Ul balolardinki qochtim, keldi alar boshima.
Zaxm agar boʻlsa boshimning har tuki soyi ne tong,
Muncha toshkim yogʻdururlar dilrabolar boshima.
Sarv qadlarning tamannosi boshimdin chiqmagʻay,
Qahr etib, ey shayx, sindursang asolar boshima.
Koʻrmayin koʻzlar qachon keldi boshimgʻa yuz balo,
Koʻr, nelar kelturdi bu yuzi qorolar boshima.
Ishq aro gah-gahki el pandigʻa bosh indurmadim,
Keldi turluk-turluk andin mojarolar boshima.
Muddaolar boshima tushkuncha har dam aqldin,
Kelsa xushroq ishq tigʻidin yarolar boshima.
Koʻyida oʻldi Navoiy, qochti andin itlari,
Yoʻq edi oʻlganda yoru oshnolar boshima.

553

Men oʻlsam aylamang ul tiflgʻa xabar nogah
Ki, vahm oʻluktin anga qilmagʻay asar nogah.
Tutay firoq tuni gʻayridin nihon oʻzni,
Netay chiqar esa oh oʻtidin sharar nogah.
Netayki, bagʻrim erur pora-pora, vah, naylay,
Yugursa ashk ila pargolai jigar nogah.
Dediki, shom kelay koʻnglum ichra oʻtdurkim,
Bahona qilmagʻay ul sham’i siymbar nogah.
Jahonni kuydurur ohim oʻti balo boʻlgʻay,
Bu oʻtdin etmasa majnunvashim hazar nogah.
Zamona bogʻida ekting niholi mehr valek,
Netarsen oʻlsa nadomat sanga samar nogah.
Navoiy, ulcha kerak aylading ne qilgʻaysen,
Ishingni adl bila soʻrsa yor agar nogah.

554

Dayr aro to aylading koʻnglumni zor, ey mugʻbacha,
Kufr ila zunnor qildim ixtiyor, ey mugʻbacha.
Demakim, gar istasang koʻnglumni, butgʻa sajda qil,
Sen borinda butqa xud, ne e’tibor, ey mugʻbacha,
Dayr pirining muridimen, sening ham oshiqing,
Yoʻqsa din ahligʻa dayr ichra ne bor, ey mugʻbacha.
Ahli islom ichra nogah chiqma sarxush dayrdin,
Yuz xalal din ichra qilma oshkor, ey mugʻbacha.
Kecha sham’u may bila qoshinggʻa kelgumdur deding,
Subh boʻldi necha tortay intizor, ey mugʻbacha.
Turrani oshufta etma ochibon margʻulasin,
Qilma koʻnglumni parishon roʻzgʻor, ey mugʻbacha.
Hashr subhigacha mast oʻlgʻum gar etsam bir sahar,
Bodai la’ling bila daf’i xumor, ey mugʻbacha.
Dayr piri savlati man’ etmasa har dam qoʻpub,
Boshingga evrulgamen devonavor, ey mugʻbacha.
Mast agar oʻlsam asogʻa bogʻlabon zunnorni,
Qil alam koʻying aro aylab mazor, ey mugʻbacha.
Buzma koʻnglum kishvarin bedod birlakim, emas
Husn mulkining binosi poydor, ey mugʻbacha.
Asru gʻamgindur Navoiy may tila, ey piri dayr,
Boʻl anga soqiyliq aylab gʻamgusor, ey mugʻbacha.

555

Qoshining yoyi chekilmish zulfi chavgonigʻacha,
Zulfi chavgoni dogʻi goʻyi zanaxdonigʻacha.
Demangiz mushkin bulutkim boʻldi koʻk toqi qora,
Baski ohim dudi bordi charx ayvonigʻacha.
Ichkali soʻzon koʻngul qonin oʻqung ochti ogʻiz,
Oʻt tushub suforidin kul boʻldi paykonigʻacha.
Koʻp yoshurdim holim, oxir chok etib koʻksumni ishq,
Oshkor etti koʻngulning dogʻi pinhonigʻacha.
Boʻlmasun darde itinggakim bagʻirni tashlagʻach,
Yedi har yondin uzub yerdin yalab qonigʻacha.
Tushti goʻyo bulbul afgʻoni muassir gulgakim,
Chok-chok etti giribonini domonigʻacha.
Boʻlgʻaningda mehmon oʻlsa Navoiy, ne ajab,
Chekti chunki ollinga boru yoʻqin jonigʻacha.

556

Guli ruxsoring aro boʻlgʻali pinhon gʻuncha,
Rashkdin bogʻda pinhon yutadur qon gʻuncha.
Gʻuncha serob boʻlur, lek ogʻizu la’lingdin,
Oshkor ayladi sarchashma hayvon gʻuncha.
Topmay ogʻzingni ovunmoq tilasam gulshan aro,
Sanchilur koʻngluma ul nav’ki paykon gʻuncha.
Koʻz yoshimdin agar ogʻzingda erur kulgu ne tong,
Chun boʻlur necha bulut yigʻlasa xandon gʻuncha.
Gul yuzi vasli ila koʻnglum ochilmas, garchi
Dard bogʻida ani ayladi hijron gʻuncha.
Ochmadi juz guli dard onchaki bedil bulbul,
Qildi koʻksida koʻngul oʻrnida pinhon gʻuncha.
Doʻstlar vasl oʻtin istarga Navoiy bormish,
Fosh qilmang bu hadisini aning yongʻuncha.

557

Topib hayoti zuloli xating qorasinda,
Yozildi oyati rahmat yuzung safosinda.
Iki labing yopishurlar, gar obi hayvondin
Rutubat oʻlmasa ul ikkining orasinda.
Ne nutq ila ne ado topti ruhbaxsh labing
Ki, ruhi notiqa ojizdurur adosinda.
Firoq biymi durur choklik koʻngulda ne tong,
Gar oʻlsa ulki qilich zaxmidur yarosinda.
Koʻzung otib manga novak xato qilur amdo,
Tirikligimga xatodur aning xatosinda.
Dedimki, umr vafo qilsa dahr ham qilgʻay,
Valek bahsdur ul ikkining vafosinda.
Navo ming aylasa bulbul Navoiy ortuq emish
Ki, munglar oʻldi adadsiz munung navosinda.

558

Gar necha chavgongʻa birdur goʻy el maydonida,
Necha goʻy oʻlmish tugundin har soching chavgonida.
Uyla ablaq tund surdikim, kira olmas quyosh,
Tun bila kundin qilib markab aning maydonida.
Har taraf boqsangki koʻnglum qoni qaynar gʻussadin,
Bu harorat rashk oʻtidin tushti koʻnglum qonida.
Sarsaru bahr ohu ashkimdin taajjub aylamang
Kim, yoʻluqmaysiz hanuz ul ikkining tugʻyonida.
Hajr aro gʻamgin esam tong yoʻqki, vaslida aning
Necha toptim shodligʻkim, topqamen hijronida.
Koʻzu koʻnglumdin oʻqin chekkan qora topsang bashoq,
Koʻz savodiyu koʻngul dudidurur paykonida.
Eyki, dersenkim falakdin koʻrmayin sargashtalik,
Davr ayogʻin solma ilgingdin aning davronida.
Bevafoligʻ tong emas eldinki dehqoni azal,
Ekmadi aslo vafo naxli jahon boʻstonida.
Ey Navoiy, tut butun bu ahd aro paymonani,
Chun butunluk yoʻqturur el ahd ila paymonida.

559

Boʻlsam ul qotil shahidi hasratu hirmon bila,
Bir qilich torting mazorim lavhi uzra qon bila.
Bir fatila anglagʻil marham bila ul shoʻxdin,
Jongʻa har momuqki chirmangʻon kelur paykon bila.
Cheksalar tandin oʻqin chun ul chiqar, jon ham chiqar,
Uydin el chiqqan kebi ta’zim uchun mehmon bila.
Qoshi gar koʻnglumda kuymak boisidur, ayb emas,
Yoy agar boʻlsa boʻlur oʻt bargi ham qurbon bila.
Ishq dashtining sumumidin degay boʻlmish quyun,
Hajr oʻtin boshtin ayoq koʻrgan bu sargardon bila.
Doʻzax ahli gʻam yemangkim, doʻst rahmi kelgudek,
Qelgum ul yon ohu ashkimdin ajab toʻfon bila.
Ey Navoiy, itlariga tu’madur bois oʻlub,
Yor agar istar koʻngul taslim qilgʻil jon bila.

560

Ey niholi qomating sarsabz jon boʻstonida,
Jilvasidin vola oʻlmoq sarvu toʻbi shonida.
Qoshlaringdur goʻyi ikki hinduiy otashparast,
Mayl qilgʻon sajdagʻa oʻtluq uzoring yonida.
Oʻlsam olmang ul parivash toshlarinkim tutti yer
Kim, erur jonlar bu majnunning tani uryonida.
Qolqigʻay har sari gardun bir mujavvaf goʻydek,
Hajr shomi tushsa ashkim saylining tugʻyonida.
La’li hajrinda bagʻir pargolasidur istasang,
Koʻz yoshimning la’lgun har qatra tomgʻan qonida.
Chun falak davronigʻa yoʻq e’timode, ey quyosh,
Mehr koʻrguzmakni xoʻy et hoʻbliq davronida.
Bazl ilgin yuqori soyil qoʻlin koʻrgil quyi,
Teng boʻlurmu termaku sochmak xirad mezonida.
Shomi hajr ermas hamonokim, chu zolimdur sipehr,
Tushti mazlum ohi aning kulbai ehzonida.
Ul Masih anfosqa yoqmas Navoiy, ne osigʻ,
Nagʻmai Dovud agar zohir qilur afgʻonida.

561

Dogʻi qonin koʻrguzur Majnun mazallat sholida,
Holidin humrat kebi parvonaning har bolida.
Za’f koʻrgilkim qalamda nollar siqqan kebi
Necha mendek ham sigʻoolur aning har nolida.
Suvratin kogʻazda koʻrgach, bordim oʻzdin, vah, oʻzin
Koʻrgach oʻlgum, chunki bexudmen aning timsolida.
Har dam oʻzga shakl birla jilva aylar, vah, ne tong,
Bor esa koʻnglum gahi beholu gah oʻz holida.
Va’dai qatl ettiyu ehmol etar oʻlturdi fikr
Kim, tarahhum yoxud istigʻnomudur ehmolida.
Subhidam kirdim xarobot ichra chiqti piri dayr,
Bor edi yuz fayz aning ruxsori farrux folida.
Ey Navoiy, ul yigit oyu quyoshtin tugʻdimu,
Kim anga loyiq bu voliddur dagʻi ul volida.

562

Savodi xoli aning xatti mushkbor ichra,
Magarki zogʻ yoshunmish binafshazor ichra.
Degayki, gulshani jannatda ochilibdur gul,
Kishiki may gulini koʻrsa ul uzor ichra.
Jamoli koʻzgusi ichra sarigʻ yuzum aksi
Ajab xazone ayon aylamish bahor ichra.
Qoshing xayolini xoki tanimda anglamas el,
Hilol ru’yati mushkuldurur gʻubor ichra.
Labingda jismi zaifim soʻzi erur ul nav’,
Kirishta oʻtkarilur la’li obdor ichra.
Fidosi mugʻbachaning naqdi dinu imonim,
Mayi mugʻona manga tutsa bu xumor ichra.
Demak ne sud Navoiygʻa oʻrtagum dogʻi,
Chu kuydi joni aning dogʻi intizor ichra.

563

Roʻzgorim chun qorordi shomi hijroni bila,
El koʻzin yorutsa naylay mehri raxshoni bila.
Ne labidin kom erur mumkin, ne andin kechmakim,
Kimsa mendek boʻlmasun darmonda oʻz joni bila.
Yuzga solsa koʻnglum ahvolin manga yoʻqtur gunoh,
Koʻz yoshimkim bulgʻoshib chiqsa bagʻir qoni bila.
Rahm koʻrguzgay azob aylar malak, gar oshiqing
Kirsa doʻzaxqa yaroligʻ jismi uryoni bila.
Olti oyliq Nuh toʻfonicha buzgʻay dahrni,
Olti kun qolsa koʻzum yoshi bu tugʻyoni bila,
Husn bogʻinda koʻrub zulfu qadingni bogʻbon,
Chekti xijlat sunbulu sarvi xiromoni bila.
Ey Navoiy, umri boqiy istasang haq birla boʻl,
Boqiy oʻlkim vola oʻlma olami foniy bila.

564

Ul uchugʻ ermas qabargʻan la’li ruhafzosigʻa,
Shishada hayvon yeuyi solmish ulus ehyosigʻa.
Ne uchun sham’ ollida sargashtadur parvona, gar
Sadqa qilmas oʻzni aning qomati ra’nosigʻa.
Oncha ul oy koʻz qarortibtur mening qonimgʻakim,.
Surma chekmak hojat ermas nargisi shahlosigʻa.
Boqmas istigʻnodin elga, vah, ne erkim ishqidin,
Yuz tuman xayli balo har dam koʻngul yagʻmosigʻa.
Topmasa la’li mayigʻa bodapaymoligʻ koʻngul,
Xushturur nazzora ham la’li qadahpaymosigʻa.
Husn aro magʻlub anga Shirinu Laylo uylakim,
Ishq aro Farhodu Majnun ham aning shaydosigʻa
Ohu vovaylodin oʻldum, ohu vovaylo agar
Boqmasa ul shoʻx koʻnglum ohu vovaylosigʻa.
Soʻfi ibn-ul vaqtdur gar istasang osudaligʻ,
Ey koʻngul, koʻp iltifot etma zamon abnosigʻa.
Bogʻladim zunnor, ammo qilmadim ma’lumkim,
Iso aylar iqtido bu dayrning tarsosigʻa.
Gar Navoiy oʻldi ishqi tigʻidin zinhorkim,
Qoʻygʻasiz tufroqqa yuz holin debon mirzosigʻa.
Ulki toʻqqiz charx ayvoni oʻzun koʻp koʻrdi past,
Chun nazar soldi biyik dargohining kiryosigʻa.

565

Nildin behol xoling la’li serob ustina,
Tuxmi rayhon tushti goʻyo sharbati nob ustina.
Soch ila qoshing aro jabhangni koʻrgan sogʻinur
Kim, toʻkulmish qadr shomi nuri mehrob ustina.
Ul quyosh hajrinda za’fim uyladurkim oʻlgamen
Soya tushsa nogahon bu jismi betob ustina.
Qon yutar erdim gʻamingdin, hajr anga qilding fuzun,
Naylay oʻlmay zahri chun qoʻydung bu xunob ustina.
Koʻnglum ichra yoralar chun butti qoʻydi dogʻi ishq,
Xozin ul yangligʻki bosqay muhr abvob ustina.
Xattu xolingdin yuzung mohiyati ravshan boʻlur,
Safhadekkim, nuqta birla boʻlgʻay e’rob ustina.
Itlaring gʻavgʻosi tong yoʻq, chun Navoiy berdi jon,
Kimki oʻldi jam’, oʻlurlar xayli ahbob ustina.

566

Yuz balo toshi agar yogʻdursa dilbar boshima,
Shod oʻlurmen barchasi gar teksa yaksar boshima.
Mazrai jonimda tuxmi shavq ila mehr ekmisham,
Yoʻq ajab gar qoʻnsalar xayli kabutar boshima.
Hajr tigʻi qildi gar yuz pora bu majnungʻa bosh,
Turfa koʻrkim ul pari savdosidur bir boshima.
Har tuki soyi boshimning bir oʻqi paykonidur,
Gʻam tuni monand boʻldi charxu axtar boshima.
Ikki boshim boʻlmasa ikki koʻngulluk yorni,
Sevmagaymenkim balo ursun mukarrar boshima.
Chun oʻzum sevdim seni dardu gʻamingdin shodmen,
Gar koʻzu koʻnglumgadur, gar jonima, gar boshima.
Sabzai xattinggʻa boʻldum sadqa ushbu vajhdin,
Goʻyiyokim evrulur bu charxi axzar boshima.
May tagʻorin sipqarib daf’igʻa qolqon aylayin,
Fitnalarkim yogʻdurur charxi sitamgar boshima.
Gʻam quyoshidin kuyub erdim Navoiy, solmasa
Zilli ra’fat shahriyori dodgustar boshima.

567

Xolin oʻpsam ne uchun man’ qilur jonona,
Kim koʻrubtur kishi moʻr ogʻzidin olmoq dona.
Tiyr boroni gʻaming yiqti buzugʻ koʻnglumni,
Yorga mayl etti yogʻin kasratidin vayrona.
Qaddi hajrindaki koʻksumda aliflar kestim,
Boʻldi anduhu balo kulbasigʻa dandona.
Jannatu hurni zuhd ahligʻa kechmay netayin,
Basdurur chunki manga mugʻbachavu mayxona.
Ey pari, telbamen andoqkim oʻzumni toniman,
Oʻz-oʻzidin chu meni qildi gʻaming begona.
Keldi zeb ahligʻa ra’noligʻu ushshoqqa soʻz,
Ul biri chun koʻpalakdur, bu biri parvona.
Zulfi savdosi Navoiyni chiqardi eldin,
Telba ettiyu ayogʻida aning zavlona.

568

Buki men mahrumu el mahramdurur jononima,
Mungranib bekasligimdin oʻt tutoshur jonima.
Garchi vayron etti aqlu hush ila sabrim uyin,
Kosh bir qatla yetishsa kulbai vayronima.
Ey baliyat novaki, ul fitna koʻzdin ayrilib
Kim, havoiysen kelib, sen dogʻi oʻltur yonima.
Qatlim istab qonligʻ ashkim saylidin oʻtti raqib,
Ne uchun, yo rab, kirar erkin gunahsiz qonima.
Qolgʻali hayron sanga, yopilmadi hayron koʻzum,
Uyqudur bir xayli hayronlardin ul hayronima.
Koʻngluma kirgach gʻaming toʻksam bagʻir xunobini,
Ne ajab, gulrang may matlub erur mehmonima.
Kufr ila boʻldi badal dinim magar, ey mugʻbacha,
Rishtai zunnor payvand aylading imonima.
Ishq dashtida balo gardi manga chun parda bas,
Atlasi gardunni yopmasmen tani uryonima.
Ey Navoiy, to seni tanibmen afgʻondur ishim,
Jonima rahm et, meni sen bori emdi tonima.

569

Yoqar oʻlsang iting ilgiga hino qonim ila,
Qoʻyki avval supuray gardini mujgonim ila.
Ashk oʻlturdi meni hashr eliga, voy, agar
Cheksalar arsai mahshargʻa bu toʻfonim ila.
Baytul-ahzon bila Ya’qubni Yusuf gʻamida
Koʻrmagan hajrida koʻrdeg meni vayronim ila.
Dasht aro gar yovumas koʻngluma gardun, ne ajab,
Boʻla olmas bu aloxonu alomonim ila.
Panahim gʻayri quyun boʻlmagʻayu togʻ etagi,
Meni sargashtani koʻrgan tani uryonim ila.
Sarv oyogʻiki botibdur sugʻa naylab qilgʻay,
Jilvainoz mening sarvi xiromonim ila.
Jonda pinhon durur ul oyu eshitmas netayin,
Necha yolborsa koʻngul nolai pinhonim ila.
Tiyramen dudi gunah birla magarkim oʻlsam,
Doʻzax oʻti yorugʻay shu’lai isyonim ila.
Ey Navoiy, meni jon olgʻali jonon tilamish,
Aylaram azm aning koʻyi sari jonim ila.

570

Yana ishq ilgidin holim ulandi zorligʻlargʻa,
Firoq oshubidin qoldi ishim dushvorligʻlargʻa.
Koʻzidin juz balo paykoni yetmas garchi qolmishmen,
Ogʻizgʻa qatra su tomuzgʻudek bemorligʻlargʻa.
Hurar it kecha tong boshi, uyur mendek qachon tushmish,
Kecha tong otqucha faryod ila bedorligʻlargʻa.
Jafoni chunki nohamvor etar ul qotili bebok,
Tanimda zaxmlar dol oʻldi nohamvorligʻlargʻa.
Aningdek zuhdu taqvo yoʻlini urdung chiqib usruk
Ki, tushti yuz meningdek porso xammorligʻlargʻa.
Koʻzu zulfungdin andoq kufr shoyi’durki yer hasrat,
Belin taqvigʻa qilgʻon mahkam el zunnorligʻlargʻa.
Birov oʻzni falak ozoridin ozod qildikim,
Fano tufrogʻi ichra tushti beozorligʻlargʻa.
Desangkim, har zamon bir yorning dushmanligʻin koʻrmay,
Zamon ahli bila yuz mayl koʻrguz yorligʻlargʻa.
Navoiy ashk durru la’lidin ne vasl topqaykim
Bu davlat yetmadi Qorun masallik borligʻlargʻa.

571

Mast otlandi ul oy qilmay xabar ahbobqa,
Gʻarqa maylik shisha yangligʻdur koʻngul xunobqa.
Bir taraf goʻyo oʻzin solmoq xayoli bor edi,
Yoʻqsa nevchun soldi yuz fosid xayol ahbobqa.
Ne erishmoqlikka haddim, ne turargʻa toqatim,
Yoʻq manga yolgʻuz bu shiddatkim bori ashobqa.
Har biri badhol bir yon tarqashib tushti va lek,
Notavon jismim qorongʻu uyda pechu tobqa.
Ul kecha to subh ne deykim ne oʻtti hajridin,
Paykari beholgʻa yo didai bexobqa.
Soqiyo, gʻam shomida oʻldum sabuhiy boda tut,
To dame mashgʻul etay oʻzni rahiqi nobqa.
Ey Navoiy, andin oʻlsa maxlasim bermay koʻngul,
Hech bandi zulfi dilkash turrasi qullobqa.

572

Ey koʻngul, hajrim balosin arz qildim shohima,
Va’da qildikim, meni qoʻshqay parivash mohima.
To payopay boʻlgʻay, ul aftodalargʻa dastgir,
Umru davlat, yo rab, afzun qil damodam shohima.
Dema hijron biymi chun ketti nedur oʻtluq daming,
Vasl umididin yorugʻlugʻlar yetibdur ohima.
Zulmati hijronda itmish koʻnglum, ey barqi visol,
Lam’a solib gah-gahi yoʻl koʻrguz ul gumrohima.
Koʻnglum istar erdi ul oyni, beray yuz mujdakim,
Yetkurur yangligʻdurur gardun meni dilxohima.
Istaram ishqin nihon boʻlgʻay el ichra kirgali,
E’timodim yoʻq netay bu nolai nogohima.
Vasli yuzidin manga jomi jahonbindur koʻngul,
Davri jomi yetsa tong yoʻq xotiri ogohima.
Buki vasl iqbolida mumkindur osebi firoq,
Vasl yetmay koʻngluma solur taraddud vohima.
Ey Navoiy, aytqil ul shahgʻa shayallohkim,
Vasl mulkin ayladi in’om shayallohima.

Lom Alifning Lolaruxlarining Lobasi «Navodir»din

573

Labing fikri bagʻrimni qon qildilo,
Chu qon qildn, koʻzdin ravon qildilo.
Yuzumni demaykim, bari yer yuzin,
Hamul qon nchinda nihon qildilo.
Dedi koʻnglung ettim nishon vasl uchun,
Firoqi oʻqigʻa nishon qildilo.
Koʻngulkim buzuldi tilab ganji vasl,
Ani chugʻzi hajr oshyon qildilo.
Koʻngul birla koʻz sirrini, ey rafiq,
Yana ohu ashkim ayon qildilo.
Vafo ahlini charx bekom etib,
Jafo xaylini komron qildilo.
Navoiygʻa gar tavba yaxshi edi,
Yana tarkini ul yomon qildilo.

574

Oshno yorim yana begonaligʻ fan qildilo,
Oʻzni oʻz yorigʻa har fan birla dushman qildilo.
Va’dai hamxonaligʻ aylar edi ul, boʻlmadi,
Xonavayronlar sari koʻyini maskan qildilo.
Dedi, la’limdin qilay joning iloji, qilmadi
Gʻamzasin jonimgʻa, oxir novakafkan qildilo.
Gulshani vaslin manga zindoni hijron aylabon,
Muddaigʻa hajr zindonini gulshan qildilo.
Ishq oʻti oʻrtab menu parvonani hijron tuni,
Bulbul ul motam aro to subh shevan qildilo.
Ey koʻngul, ul turfa qush moyil bizing sori boʻlub,
Gʻayri bogʻu gulshanin oxir nishiman qildilo.
Kuyganin aytib Navoiy, bovar etmas erdi xalq,
Yorutub hajr oʻtin ul da’voni ravshan qildilo.

Yo Harfining Yagʻmoylarining Yuz Koʻrguzmaklari «Navodir»din

575

Zihi tajalliy husnung kelib jahonoroy,
Jamillar sanga oyinai jamolnamoy.
Jamol birla jaloliyatingdin oʻldi bu nav’,
Sahar uzori uza shomy zulfi anbarsoy.
Bu tiyra dahrni gar oshiq etmasang boʻlmas,
Arusi mehri falak mazharida jilvanamoy.
Basati olamoro gar sen oʻlmasang bosit,
Koʻngulga qayda boʻlur Zuhra lahni bastfizoy.
Chaman aroyisi zebigʻa boʻldi husnungdin,
Zulol oyinadoru nasim nofakushoy.
Sening xayoling ila xonaqahda hoy ila xoʻy,
Sennng visoling uchun dayr ichinda nolayu voy.
Navoiy oʻldi guli hamdu shukrunga bulbul,
Ani bu bogʻ aro lutf aylab ayla nagʻmasaroy.

576

Topmadim ahli zamon ichra bir andoq hamdame
Kim, zamon osibidin bir-birga aytishsoq gʻame.
Kimki davron sogʻaridin dam-badam xunob ichar,
Gʻam yoʻq ar har dam gʻamin ayturgʻa topsa hamdame.
Charx uzukning xalqasidur, lek har kavkab anga,
Qatl uchun ostida qilgʻon zahr pinhon xotame.
Yoʻq farogʻat dahr arokim, shomdin sochin yoyib,
Yogʻdurub ashkin tutar holinggʻa har tun motame.
Gar budur olam, kishiga mumkin ermas anda kom,
Haq magarkim kom uchun boshtin yorotqoy olame.
Yoʻq vafo jinsi bani odamda, boʻl novmidkim,
Sen vafo koʻrmak uchun xalq oʻlgʻusi yoʻq odame.
Nukta nozuk boʻldi asru boʻlgʻay erdi koshki,
Shammaye bu ramzdin zohir qilurgʻa mahrame.
Dardi zaxm oʻlmish ichu toshim, qadah quy ogʻzima,
Soqiyo, koʻksuma loyidin dogʻi yoq marhame.
Davr aro suhbat bu yangligʻdur Navoiy tong emas,
Nolayu faryodi birla gar tuzar zeru bame.

577

Ne bir subh ul quyoshning ilgidin ichtim toʻla jome,
Ne yottim mast ruxsorim ayogʻigʻa qoʻyub shome.
Ne bir qush hargiz ul gulshan sari yetkurdi paygʻomim.
Ne bir yel hargiz ul guldin manga yetkurdi paygʻome.
Oʻqungdin ming toʻshukluk koʻnglak ichra tolpinur koʻnglum,
Hamul qush mislikim ani muqayyad aylagay dome.
Nachukkim tutmading, ey umr, vayronim aro orom,
Gʻamingdin tutmadi jon ham buzugʻ jismimda orome,
Hamul kundin sarigʻ chehramda gulgun ashkdur, ey shayx
Ki, bir zarbafti gulfomiy kiyib chiqti gulandome.
Yugurdung Ka’bai maqsad tilab koʻp, lek tinmaysen,
Chiqarsang oʻzlukungning dayridin oʻzni erur kome.
Navoiy, tongla huru sofiy kavsardin ortugʻdur,
Bukun ul mugʻbacha ishqida boʻlsang durdi oshome.

578

Chehra koʻrsatgilki jon bermoq tariqin koʻrsatay,
Ishq atvorini da’vo qilgʻan elga oʻrgatay.
Koʻrsatib yuzkim, deding: qilma koʻngulni muztarib,
Garjavob istarsen oncha turki, ani toʻxtatay.
Baxtim uygʻonmas bu nafxi surdek faryod ila,
Menki marg uyqusi bosqonlarni dermen uygʻatay.
Mehr ila vasling kuni bir subhdek kuldur meni,
Necha hajring tunlari koʻzni falakdek yigʻlatay.
Rishtai ashkim kerishdur egma qaddim yosigʻa,
Oh oʻqin gʻam shomi baxtim kavkabi chiqqach otay.
Koʻngluma xoling xayoli kirsa mardumluq qilib,
Koʻz uyida ani mardumlar ichinda asratay.
Kelki gʻamzang ignasigʻa toqibon jon rishtasin,
Koʻnglakim choki kebi koʻnglum shikofin tevratay.
Bir qadah may birla tirguzgil meni, ey mugʻbacha,
Dayr eshikinda necha maxmur, oʻluk yangligʻ yotay.
Ey Navoiy, sharbati la’li erur jonbaxsh, lek
Za’fdin oʻlsam, ne hadkim degamen ani totay.

579

Yor tandin jonnm ayrilgʻuncha zulmin qilmogʻi,
Ermas oncha sa’bkim, mendin oʻzi ayrilmogʻi.
Gar tutulmoq istamas koʻnglum qushin, bas negadur,
Donai xol uzra zulfi domining ochilmogʻi.
Bogʻlayin dermen koʻngul toatqa qoʻymas, naylayin,
Har nafas koʻnglumgʻa ul but gʻamzasi sonchilmogʻi.
Kirpiki yonmish koʻngullar ilgʻali qullobdek,
Buyladur ul shoʻxning koʻnglumni koʻzga ilmogʻi.
Vaslidin, vah, ne soʻz aytaykim, emas mumkin, valek,
Xoli az ayshe ham ermas har zamon aytilmogʻi.
Har kishikim dayr ichinda gʻoyib etti naqdi din,
Ey musulmonlar, aning mumkin emas topilmogʻi.
Chok etib koʻksin Navoiyning, koʻrub koʻnglida oʻt,
Dedi: bevajh ermas ermish muncha afgʻon qilmogʻi.

580

Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire,
Kufr eliga homiye din ahligʻa yagʻmogare.
Chobuke, noʻshin labe, ra’no qade, xoro dile,
Mahvashe, Shirin uzore, gulruxe, siyminbare.
Jon berurda la’lidin Iso sifat jononaye,
Koʻngul olurda yuzidin Yusuf oyin dilbare.
Zulfi koʻzlarni qora qilmoqqa shomi furqati,
Shom furqat daf’igʻa ruxsori mehri anvare.
Ham guliston sayrn ichra sarv qomatligʻ gule,
Ham shabiston bazmi ehyosida sham’i anvare.
Olloh-olloh, buyla ofatning giriftori boʻlub,
Naylagay bir men kebi zori zaifi abtare.
Ne qaroru sabru ne tobu tavon, ne toqate,
Ne koʻngul, ne jonu ne ruhu ravon, ne paykare.
Soqiyo, dildorim ul yangligʻ meni bedil bu nav’,
Rahm etib tutqil manga aylab labolab sogʻare.
To boʻlub bexud Navoiydek qilay devonaligʻ
Kim, tarahhum qilmasa, qilgʻay tamosho ul pari.

581

Ne ajab giryon koʻzum gar boʻlmas uyqu manzili
Kim, yetshimas bahrning bir yerga ikki sohili.
Eyki koʻrdung jonima furqat kuni yuz ming balo,
Bilki ermastur bular hajrim tunining doxili.
Demang ul orazda burqa’dur va yoxud yoʻqturur,
Yo emastur gʻoyati ravshanligʻidin hoyili.
Dafn etar chogʻda ichimdin chekmangiz paykonlarin
Kim, bu javharlardurur naqdi hayotim hosili.
Har taraf chun tigʻ chekti rashkdin boʻldum halok,
Elga jon berdi va lekin boʻldi jonim qotili.
Ishq mayli chunki hijron sari ermish, xush ul
Kim, burundin boʻlmadi koʻngli biravning moyili.
Gar junun ahli aro aytur Navoiy darsi ishq,
Ne ajabkim uldurur devonalarning oqili.

582

Bas ajabdur, ikki la’lin koʻrsangu ogʻzin dogʻi,
Gʻuncha boʻlmoq bir-biri uzra iki gul yafrogʻi.
Mil agar boʻlsa oʻqungdin yoʻq ajab, ey qoshi yo,
Chun koʻzumni surmadon etmish ayogʻing tufrogʻi.
Gʻarqi ashk oʻldum koʻngulda gavhari ishq uylakim,
Bahr aro dur maskani boʻlgʻay boligʻning qursogʻi.
Yoʻqki tigʻing toʻkti qonim, balki chekti dam bila,
Ul iki ajdarki koʻrsatmish qiliching bolchogʻi.
Chiqti qon toʻkmakka ul kofir shafoat qilmangiz,
Ey musulmonlarki, mumkin yoʻq tarahhum qilmogʻi.
Bodayu ishqu shabob ayyomiyu, fasli bahor,
Pand netsunkim erur oshuftaligʻlarning chogʻi.
Voiz aylar vasfi jannat ichra kavsar bodasin,
Boʻl Navoiy mast, xohi mundogʻi, xoh andogʻi.

583

Jismi ul gulning qizil toʻndinmudur gul xirmani,
Yo solib ruxsori bir xirmangʻa oʻt oʻrtar mani.
Otashin gul jismida andoqki su muzmardurur,
Oʻyladur gulgun toʻn ichra obi hayvondek tani.
Goʻyiyo gul ichra savsan bargi aylabtur nihon,
Yoʻqsa gulgun toʻn ichinda koʻnglakidur savsani.
Qatl uchun ol ayladi toʻn, yoʻqsa ul qattolvash,
Gʻarqa boʻlmish qongʻa, baskim boʻldi qon toʻkmak fani.
Otashin gulmu ekin, gulbunda har yon yo magar,
Ishq soʻzidin tushub oʻt, kuydi bulbul maskani.
Gul sochib yuz yil agar gulrang may noʻsh aylasang,
Arzimas bir kun tikon neshigʻa davron gulshani.
Gul erur yuz xurdasi birla gadoyi jandapoʻsh,
Ey Navoiy, muflisi qoni’ni bil shohi gʻani.

584

Koʻngulning chokidin gar boʻlsa jonning vahmiyu boki,
Ne tong, ey gulki, koʻnglak choki ermastur koʻngul choki.
Oʻluk ushshoq bahri ishq atrofida tong ermas,
Erur xaslarki surmish har taraf bu bahr koʻloki.
Balo sahrosida, ey oy, tanim oʻrtarga sa’y etma
Ki, bahr ichra choqin tushsa kuyar bu dasht xoshoki.
Boshim avval iti olligʻa sol, ey charxkim, toʻysun
Ki, qonim birla rangin boʻlmasun ul shoʻx fitroki.
Bukim ul shoʻx elni oʻlturur bu rashkdin oyo,
Bilur erkinmukim ermas tirik bu zori gʻamnoki.
Boʻlur husn ichra bir aniki ahli ishq dark aylar,
Yoʻq ersa zohidi beishqning yoʻq muncha idroki.
Nachuk har zarra bu doir falakdin mehr koʻz tutqay
Kim, aning davridin sargashta boʻlmish mehr afloki.
Tirildim bodadin qaygʻum ketib, ey bogʻbon, goʻyo
Ki, hayvon suyidin shodob boʻlgʻondur aning toki.
Navoiy nazm aro tigʻi zabonin uyla surdikim
Pichoq topmas uyatdin oʻzni oʻlturmakka Sakkokiy.

585

Kosh sanchilsa iki koʻzuma koʻyung tikani,
Kirpiking ignasi birla chiqarur boʻlsa ani.
Chiqmagʻay tufrogʻi boʻlgʻuncha gadolargʻa vatan,
Har gadokim eshiking tufrogʻi boʻlmish vatani.
Zaxmdur lola kebi dogʻlarning dudidin,
Xanjari ishq shahidi uza qonligʻ kafani.
Purshikan zulfung aro tushtikim, ey ahdshikan,
Yuz shikan soldi koʻngullarga aning har shikani.
Tunu kun zulfu yuzung shavqidadurmen, negakim,
Gulshani husnning ul sunbulidur, bu sumani.
Boda qon, nagʻma figʻon, suri azo, aysh balo,
Koʻrgasen jilva agar aylasa ishq anjumani.
Husnidin boʻlsa Navoiygʻa gadoligʻ, ne ajab
Ki, budur asru faqir, ul dogʻi bor asru gʻani.

586

Orazing hajrida zor erdim quyosh botqon chogʻi
Kim, sabo payki manga yetkurdi bir gul yafrogʻi.
Toʻldi shavqing gavharidin bahri ishq ichra koʻngul,
Goʻyiyo boʻlmish mening koʻnglum sadafning qursogʻi.
Yerga tomgʻoch ashki hayvon chashmasi boʻlmoq ne tong,
Qaysi koʻz ichraki yer tutsa ayogʻing tufrogʻi.
Surtsam mujgon kafi poyinggʻa koʻp vahm etmakim,
Qilmadi afgor gul bargini bulbul tirnogʻi.
Netib asray oʻznikim holimnn ul chiqqon zamon,
Anglatur yonimgʻa oʻlturgʻangʻa koʻnglum solmogʻi.
Yoshim ellik boʻldi yuz hasrat yesamkim sudi yoʻq,
Oʻzni maydin hush tutay chun oʻtti umrum xushrogʻi.
Ey Navoiy, Vomiqu Farhodu Majnun bordilar,
Boʻlma gʻofil, dam-badam qilgʻung azimat sen dogʻi.

587

Necha yilda qilmadi koʻnglumga ishqi shiddati,
Ulcha qildi xasta jongʻa necha kunluk furqati.
Hajr bedodi aro har kun yaqindur oʻlgamen,
Doʻstlar behad qotiq ermish yirogʻliq mehnati.
Bogʻni qoʻykim koʻngulning ul qadu yuz hajrida,
Sarv ila ham unsi yoʻq gul birla dogʻi ulfati.
Sen bilu jismim necha dogʻ oʻrtar ersang, ey sipehr
Kim, koʻngulga basdur ul badmehr dogʻi furqati.
Ey koʻngul, davron eliga chunki yoʻq husni vafo,
Qayda bas husn ahligʻa boʻlgʻay vafoning nisbati,
Istasam jomi mugʻona tutsa gohi mugʻbacha,
To tirikmen aylagumdur dayr piri xidmati.
Ey Navoiy, charx zolining firibin yemagum,
Yor agar boʻlsa mening birla eranlar himmati.

588

Uyla hijron tiyradurkim, zulm ekoch ul oy fani,
Yoqibon kunduz charogʻ istab topa olmon ani.
La’ling ummidida munglugʻ jonim oʻlmish bir gado
Kim, munung yirtuq toʻnidekdur aning zaxmin tani.
Ul koʻz ollida mukahhal koʻzlari husn ahlining,
Kulga bulgʻongʻon suruk devonalardur gulxani.
Ogʻzi jon qasdi qilur, jongʻa tavahhum yoʻq ajab,
Xavfi koʻproqdur aningkim, maxfiy oʻlsa dushmani.
Kelsa tong yoʻq goh piri dayru gahi mugʻbacha,
Rindkim kunji xarobot oʻlgʻoy aning maskani.
Yaxshiroqdur koʻrmagan olamda husn ahli yuzin
Kim, sanamlar ishqining bu keldi vajhi ahsani.
Ey Navoiy, kom topmay gar men oʻldum ishq aro,
Kimki topsa kom anga gohi sogʻindurgʻil mani.

589

Chun soʻz aytursen labing titrar gʻazab qilgʻon chogʻi,
Rost andoqkim sabo tahrikidin gul yafrogʻi.
Kimki koʻrdi suvrating kogʻazdagʻi suvrat kebi,
To qiyomat ogʻzi ichra qoldi hayrat barmogʻi.
Baski koʻz oqu qarosin surtmishmen, shavqdin,
Ham qora, ham oq oʻlubtur bodpoying tuynogʻi.
Ne ajab qon toʻksa tigʻing kim, aning oshomigʻa,
Ogʻzin ochqon ikki ajdar zohir etmish bolchogʻi.
Boshima tufrogʻ sovurgʻondinmu chehram gard ekin,
Yo falak yogʻdurmish ustimga mazallat tufrogʻi.
Dedi, la’limni soʻrarsenmuki, topqaysen hayot,
Bir hayoti toza xud yetkurdi aning soʻrmogʻi.
Dayr piri xidmatigʻa ulki der, bel bogʻladim,
Chin degay ul vaqtkim, zunnor boʻlgʻoy belbogʻi.
Menki ellik yil chekib gʻam, topmadim xushvaqtliq,
Topqamenmu umrning emdiki oʻtmish xushrogʻi.
Ey Navoiy, olam ahlidin vafo qilding tama’,
Men edim sening kebi, men yangligʻ oʻlgʻung sen dogʻi.

590

Kim ekin ul koʻy aro deb, kelsa andin it uni,
It uni vazni bila koʻnglum solur hijron tuni.
Demangizkim, shomi hajringning nechuk poyoni yoʻq,
Subhi sham’in tiyra anlar gʻam tunining shudruni.
Shomi hajrimni qora qilmoq ne hojat, ey sipehr,
Roʻzgorimdin qoraraqdur chu hajrimning tuni.
Ishq iqbolidin andoq kimiyoedur yuzum,
Kim qilur kasbi iyor andin quyoshning oltuni.
Dard koʻrgim istasa kelmak gʻamim soʻrmoqqa yor,
Rozi ermonkim, sirishkim saylining bor oʻz kuni.
Dahr boʻstonigʻa ziyrak qush, ne qilsun maylkim,
Gʻuncha juz qonligʻ koʻngul ochmas bu gulshan gulbuni.
Gʻam Navoiyning koʻzin qilmish bulutkim za’fdin,
Istar ogʻzigʻa tomizgʻaylar momugʻ birla suni.

591

Yuzi davrinda qironmu zohir etmish ul pari,
Yo quyosh birla qiron aylabturur yuz Mushtari.
Yoʻqsa anjum halqa urdilar tamosho qilgʻali,
Jilvai husn aylaganda oftobi xovari.
Bu bahona birla ruxsorigʻa yetkaymenmu deb,
Rishtan jonim aro tortildi ashkim gavhari.
Gul uza shabnam emas ul yuzda dur monandikim,
Infiolidin botibtur terga gul bargi tari.
Jolalarning lolazor ichra yoʻq oncha zebikim,
Lolagun ruxsoring atrofida durlar zevari.
Dur bila faxr etmakim, ul besh emas bir qatra su,
Pand durrigʻa quloq sol, ey sanamlar sarvari.
Yuzi vasfida Navoiy dogʻi aylabtur qiron,
Nazm silkigaki chekmish durri ma’ni har sari.

592

Nasli odam boʻlmadi hargiz muhabbat mazhari,
Ul nimakim bilmagay odam, qachon bilsun pari.
Xoʻblar husnin qazo mashshotasi koʻp qildi zeb,
Anda yuz ming hayfkim, yoʻqtur vafoning zevari.
Men kebi aylab vafo, koʻrgan jafo topilmagʻay,
Axtarilsa sarbasar ahli muhabbat daftari.
Ey koʻngul, jinsi bashardin sen vafo koʻz tutmakim,
Yoʻqturur bu xayl zotida muhabbat javhari.
Eyki dersen, mehr sham’i birla kulbangni yorut,
Ham magar ani yorutqay sham’i mehri xovari.
Gʻussadinkim jon olib parvoyim etmas mugʻbacha,
Bexud oʻlmoq istab oʻldum dayr piri chokari.
Ey Navoiy, gar desang koʻrmay jafo boʻlmoq kerak
— Xoʻblardin, balki mutlaq nasli odamdin bari.

593

Qon aylading koʻnglumni nihoni,
Koʻrgil iki koʻzumda nishoni.
Tushti figʻongʻa koʻnglum ul oydin,
Tong yoʻq yetishsa koʻkka figʻoni.
Hajring tuniga tushkali koʻnglum,
Boʻlmish koʻziga tiyra jahoni.
Hasrat guli hamul dam ochilgʻoy
Bagʻrimning tomsa koʻyida qoni.
Har kimsaga ne tuhmat etaykim,
Itkan koʻngulni oldi faloni.
Aylarda ishqing sharhini tahrir,
Sigʻmas qalam tiliga bayoni.
Xusrav, Navoiyyo, seni koʻrsa,
Shahni degay, Malikshahi soniy.

594

Koʻngulga itkali andin topilmadi xabare,
Topilsa ham anga mendin topilmagʻay asare.
Qadingki naxli balodur sitam yogʻar andin,
Ne boʻlgʻusi samari, boʻlsa ul sifat shajare.
Ne shomi furqat ekin, vahki, umr oʻtub andogʻ,
Tulu’ qilmadi xurshidi vaslidin sahare.
Guzarda koʻrmak uchun za’fdin yiqilmishmen,
Gadoiy xastadek ul koʻy aro tutub guzare.
Itingki bor anga ushshoq bagʻridin toʻ’ma,
Qilay deganga ani mehmon kerak jigare.
Oqar qadahgʻa, tomar yerga bodang, ey soqiy,
Xumor ahligʻa tegmasmu hech oqar-tomari.
Firoq oʻtida Navoiyni, eyki, kuydurasen,
Chu ishqing ayladi xascha anga ne bas sharare.

595

It kebi necha samanding soʻngicha poʻya uray,
Nogah oʻtsam boqibon sen yana oʻtkuncha turay.
Chunki yetting koʻrub ul chehrani behol boʻlub,
Oʻzga kelgach yana ul raxsh soʻngincha yuguray.
Toʻrt ayogʻlanib iting xayli aro men majnun,
Gar kesak otsang oʻpay, gar soʻngak otsang koʻmuray.
Oʻyqunga moni’ agar boʻlmasa ul koʻy ichra,
Yugurub itlar ila kecha tong otquncha huray.
Subhidamkim uyur itlar manga chun yoʻq uyqu,
Posini mehr ila olam yorugʻuncha yeturay.
Ishq koʻyida agar sheri jayondur itdur,
Tong yoʻq ar faxru mubohot ila bu nukta suray.
Netti itlikka Navoiy kebi qoyil boʻlsam,
Elga koʻz yoʻqmudurur garchi ani men yoshuray.

596

Xunfishon koʻzni yubon oq etti ashkim kasrati,
Garchi ketmas lolaning sudan savodu humrati.
Shusha oltunlar erur durri visolinggʻa baho,
Kohi a’zom uzra eskirgan aliflar hay’ati.
Tushta vaslin koʻrgali, vahkim, ajal uyqusigʻa,
Bordimu koʻnglum aro qoldi ul uyqu hasrati.
Garchi ollimdin oʻtarsen har zamon maydonda, voy
Kim, erur moni’ yuzung koʻrmakka raxshing sur’ati.
Tigʻi zulmingdin emastur zaxmlar koʻnglumdakim,
Choklar qildi bu uyning hajr oʻtining shiddati.
Buki hokim johilu mahkum erur olam anga,
To hakimi sun’ining ne erdi erkin hikmati.
Ey Navoiy, koʻzga koʻnglumdin aduvroqmenki, bor
Manga koʻnglum mehnati, koʻnglumga koʻzning ofati.

597

Gul yopishturdingmu yuzga shoʻxliqtin har sari.
Yoxud ochilmish uzoring bogʻida may gullari.
Kelgach ul yuz ollima, qolur qora qaygʻu keyin,
Soch tushkandek keyin xurshid boʻlgʻoch ilgari.
Boʻlmish ul oy hajrida ranjim falak javfi toʻla,
Oʻzga ranj oʻlsa, magar boʻlgʻay falakdin tashqari.
Dema mendin boʻl yiroqkim, tushmisham andoq yiroq
Kim, emas mumkin yana boʻlmogʻligʻim mundin nari.
Tong emas payvasta qoshlar orazing ustidakim,
Yoyni payvasta mushaftin qoʻyarlar yuqari.
Zulm ila bedodidin maxlas ne mumkin, ey koʻngul,
Chunki quvvatligʻ yigitdur yoru men ojiz qari.
Ey Navoiy, hajr aro bilmon sening holing nedur,
Yordin ayru hayotimdin toʻyubon men bari.

598

Soʻz vafodin demakim, ul ermas ahli husn ishi,
Javr kam qilkim, vafo sendin tama’ tutmas kishi.
Ishq aro taskin tavaqqu’ tutma koʻnglum soʻzigʻa
Kim, harorat daf’ini qilmoq emastur oʻt ishi.
Chekti saf kirpiklaring koʻnglum sipohi olligʻa,
Sindurur yuz qalbni lekin alarning sonchishi.
Sovugʻ oh oʻtlugʻ koʻnguldinkim chekarmen turfa koʻr
Kim, havoiy ishning mamzuj emish yozu qishi.
Termagaysen jolani gulbargi ichra, ey bahor,
Zohir oʻlsa yor la’li durjidin durdek tishi.
Nuri botin ichra, ey solik, tilar boʻlsang kamol,
Qil quyosh yangligʻ manozil qat’i qilmoq varzishi.
Chekti ollinggʻa Navoiy aql ila hushu xirad,
Turk cheksun jism aro gar xasta jondur qolmishi.

599

Togʻ aro Farhodu har yon surma qilgʻan toshni,
Koʻzga chekkan ne ajab yuz mil oqizmaq yoshni.
Ahli ishq ul koʻy aro sargashtadur jodularing,
Sehr ila goʻyo bu nav’ aylandururlar boshni.
Koʻkta har oy bir hilol, ul mashqdurkim kilki sun’,
Aylamish sizgʻonda ul ikki muqavvas qoshni.
Ey sabo, ushshoq naqdi jonlarin yetkur yigʻib,
Qayda topsang ul muqomir shevai qalloshni.
Keldi Chin naqqoshi ul yuz naqshini qilmoqqa tarh,
Chehra ochib naqshi devor aylading naqqoshni.
Kimni mendek xonaqahdin surdilar ahli saloh,
Mugʻtanam tutdik fano dayri aro avboshni.
La’lini kavsar mayigʻa garchi tashbih aylading,
Ey Navoiy, bordurur bu mayda oʻzga choshni.

600

Xayol oʻlgʻon kishi ishq ichra fahm aylar xayolimni,
Bilur hijron aro behol boʻlgʻan sa’b holimni.
Koʻngul bogʻi arodur naxli qaddi, lek qoʻrqarmen
Kim, ul issigʻ havo soʻldurmagʻay navras niholimni.
Erur hijron tuni bas tiyra, ey gardun, duraxshon qil,
Saodat matlaidin axtari farxunda folimni.
Ne za’f oʻlgʻayki bir qil gar qalamdin ustiga tushkay,
Nihon qilgʻay musavvir tortgʻon qildek misolimni.
Koʻrub xandon labin ogʻzim ochildi buki oʻlmaymen,
Qilurmen daf’ kulmak birla goʻyo infiolimni.
Haqorat birla boqma shayxu mugʻ dayri sari yuz qoʻy,
Boq ul koʻy itlari silki aro johu jalolimni.
Navoiydek agar nafs itligidin qilmagʻaymen ram,
Qachon gardun manga rom aylagay ra’no gʻazolimni.

601

Necha tigʻ urdung koʻngulga tiyra ohi itmadi,
Kimsa oʻttin dud chirkin su bila oritmadi.
Bosh qoʻyarmen shukrdinkim qilmayin boshimni goʻy,
Chobukum maydongʻa hargiz raxshini sekritmadi.
Xohi tigʻi javr yo tigʻi zabon birla raqib,
Iltifote qilmadi koʻnglumgakim ogʻritmadi.
Ayladi yuz qatla su, bir qatla qon koʻnglumnikim,
Urmadi bir tigʻ ani yuz qatla to injitmadi.
Qilmadi mahbus koʻnglum kulbasida gʻamni ishq,
Raxnalarni to malomat toshidin berkitmadi.
Ey xush, ul qushkim tegib jismigʻa har bir tikan,
El qulogʻin noladin bulbul kebi yolqitmadi.
Bahri ashk ichra Navoiy sobit erdi togʻdek
Kim, esib bir yel tanining taxtasin qolqitmadi.

602

Sarsari ohimdin ul oy furqatida gʻam tuni,
Oʻyqugʻa qoʻymas xaloyiqni eshiklarning uni.
Ishq oʻtin Farhodu Majnun ruhi bilgay charx uza,
Har biriga yetsa ohim oʻtining bir uchquni.
Buki derlar kimiyodur ishq, bovar qilmasang,
Qilgʻusi yuz vajh ila sobit uzorim oltuni.
Orazi gulgul boʻlub maydin oqizdi qon yoshim,
Koʻr, ne gullar ochti ul boʻstoni ofat gulbuni.
Eyki, doʻzax oʻtinu mahshar kunin sharh aylading,
Uchramaydur joningga ishq oʻtiyu hijron tuni.
Shohidi maqsud husni jilvagohing jom emish,
Istasang maqsud ilikdin qoʻymagʻil ul koʻzguni.
Chun Navoiygʻa iki la’li mayidin tutsa qoʻsh,
Qorivor jon istasakim, jon berib topti muni.

603

Menmudurmenkim, koʻnguldin ayrumen jondin dogʻi,
Olloh-olloh ne koʻngul, ne jonki jonondin dogʻi.
Ul pari zunnori zulfin bogʻlamay devonamen,
Boʻlmisham begona, ya’ni aqlu imondin dogʻi.
Xonumondin ham tushubturmen meni bedil yiroq,
Koʻngul otligʻ ham aloxonu alomondin dogʻi.
Har zamon kirsa buzugʻ koʻnglum aro yoru diyor,
Olam ahli siqtaturmen ohu afgʻondin dogʻi.
Ey ajal, jon birla minnatdormen qilsang xalos,
Intizori vaslidin ham dardi hijrondin dogʻi.
Koʻzlarim bogʻi socharda ashk gulgun oshtilar,
Bu biri aynul hayot, ul bir gulafshondin dogʻi.
Kimki istar jonigʻa davron jafosi yetmagay,
Koʻnglini davrondin uzsin, ahli davrondin dogʻi.
Dahr chun buzdi meni men ham mukofot ayladim,
Oʻtkarib ohimni barq, ashkimni toʻfondin dogʻi.
Ey Navoiy, koʻnglung ar itti ani yozgʻurma koʻp,
Bu emish taqdir, emas sendin dogʻi, andin dogʻi.

604

Dasht uza sargashta majnunnung taku poʻy urmagʻi,
Yoʻq ajab, chun mumkin ermastur quyunning turmagʻi.
Yozgʻurur har dam meni ul qotil oʻlturgum debon,
Ulturur har dam meni balkim aning yozgʻurmagʻi.
Koʻkni ohim oʻqlari gar qilmamish yuz ming teshuk,
Nedur aning shu’lasin bas charxdin oshurmagʻi.
Ul pari lutf aylabon devonalar koʻnglin olur,
Ne ajab ushshoqi bedilning koʻngul oldurmagʻi.
Soqiyi davroigʻa mayli qatl agar yoʻqtur, nedur,
Har zamon ahbobning paymonasin toʻldurmagʻi.
Bogʻboni dahr har naxlki payvand ayladi,
Xoʻb edi gar boʻlmasa erdi yana sindurmagʻi.
Demangiz ishqin Navoiy xalqdin tutsun nihon,
Olam ahli bildi emdi ne osigʻ yoshurmagʻi.

605

Necha nihoni ishorat raqiblar sari,
Koʻz uchidin nazare ham gʻariblar sari.
Tikanlar ichra boʻlur gul ne tong, gar ul gulrux
Ham etsa mayl hamisha raqiblar sari.
Bu vajhdinki davo dardmanlarga yetar,
Nasibi vasl kerak benasiblar sari.
Yuzum sening sari boʻlgʻusidur, bihamdillah,
Muhabbat ahli borurda habiblar sari.
Ne ayb telba koʻngulni qochursa nosihlar,
Boʻlurmu tiflgʻa ragʻbat adiblar sari.
Chu husn davri vafosizdur, ey guli ra’no,
Qil iltifot gahi andaliblar sari.
Navony, chu erur hajr dardidin alaming,
Tazallum etma, gar oʻlsang tabiblar sari.

606

Sahar xovar shahi charx uzrakim, xaylu xasham chekti,
Shioi xat bila koʻhsor uza oltun alam chekti.
Qazo farroshi chekti subhning siymin supurgusin,
Muzahhab parlarin andoqki, tovusi haram chekti.
Kitoba sun’i kilki surai vash-shams tafsirin,
Falak toqi havoshisida zarhaldin raqam chekti.
Muazzin Ka’ba toqi uzra gulbongi samad urdi,
Barahman dayr ayvonida ohangi sanam chekti.
Yoqa chok etti gohi subh ul motamgʻakim oshiq,
Bu muhlik shomi hijron ichra yuz xunobi gʻam chekti.
Zamone kuldi ul gʻofilgʻakim davron sitam tigʻin,
Anga urmogʻni anglab oʻzgaga tigʻi sitam chekti.
Xusho, ulkim munungdek chogʻ vafosiz umrni anglab,
Sabuhi jomini ahbob birla dambadam chekti.
Maoniy ahli gohi nukta uzra qilu qol etti,
Tagʻanniy xayli nagʻma ichra gohi zeru bam chekti.
Agar koʻnglida bir gul hajridin xori firoq oʻlsa,
Bahona yigʻlamoqqa bir necha jomi alam chekti.
Vagar xud vasli iqboli muyassar boʻlsa bir soat,
Faridun taxti uzra bazm tuzdi, jomi Jam chekti.
Boʻlub matlub ruxsorigʻa mahvu jomdin sarxush
Yuzin tufroqqa qoʻydi boshini olligʻa xam chekti.
Ne davlatdurki, bu holatda andoq bordi oʻzdinkim,
Baqo iqlimidin raxtini to mulki Adan chekti.
Navoiy shoyad ul rahravgʻa bu maqsad nasib oʻlgʻay
Kim, ul dashti fano qat’ etkali yillar qadam chekti.

607

Charx agar solsa yiroq yuz yil visolingdin meni,
Oyira olgʻaymu bir soat xayolingdin meni.
Belu ogʻzing zikru fikri birla boʻlsam ne ajab,
Shavq bir dam gʻofil etmas qilu qolingdin meni.
Yangi oydur mujibi savdoyu men devonamen,
To falak soldi judo mushkin hilolingdin meni.
Elga yuz ochib qorongʻu qilma olamni manga,
Tiyra qilmagʻligʻ nedur sham’i jamolingdin meni.
Jon bagʻishlab elga la’lingdin, men oʻldum tashna lab,
Vahki, qilding qatl jonparvar zulolingdin meni.
Bastai zunnor qil bir rishtagʻa, ey piri dayr,
Har sari tori chubulgʻon eski sholingdin meni.
Ey Navoiy, yona ishq aylab taxayyul zinhor,
Qilma har dam ranja bu fosid xayolingdin meni.

608

Yoʻq vafo ahlida bir zori parishon men kebi,
Bevafovashlarni sevmakdin pushaymon men kebi.
Jon berib bu xayl uchun birdin vafoye koʻrmagan,
Barchadin navmid oʻz holigʻa hayron men kebi.
Xonumonidin kechib Majnunki tutmish erdi dasht,
Qayda bor erdi aloxonu olomon men kebi.
Tuttilar ahli junun vayronalik ul jam’din
Kim, parishonligʻlar ichra boʻldi vayron men kebi.
Hazlu zavq aylarga tuttung dasht, bir soʻz qot manga
Kim, tilab topmas kishi gʻuli biyobon meni kebi.
Bilmayin husn ahlidin qildim tama’ rasmi vafo,
Yoʻq alardek bevafo, andoqki nodon men kebi.
Ey Navoiy, sen dogʻi qilsang tama’ sayri Hijoz
Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kebi.

609

Kishi ketursa manga sarvi guluzorimni,
Anga fido qilayin joni xoksorimni.
Yoshurgʻay ahli baqo oraziki gardi fano,
Chu yel sovursa adam koʻyida gʻuborimni.
Yoʻl uzra onsiz emaskim buzulmagʻay koʻnglung,
Nazzora qilsang oʻtarda buzuq mazorimni.
Chu zulfung erdi koʻngul roʻzgori, vahki, sipehr
Qorartib ayladi oshufta roʻzgorimni.
Raqiblar toshi yo itlaring tishidin erur,
Oʻluk yoʻl ustida koʻrsang tani figorimni.
Meni chu maykadadin va’z jashnigʻa tilading,
Tahammul ayla damekim yozay xumorimni.
Dema Navoiygʻakim berma ixtiyor eldin,
Muni dekim manga kim berdi ixtiyorimni.

610

Gulshan ichra maxfiy ichsang bodai gulfomni,
Chirma nargis gʻunchasidek pardalargʻa jomni.
Yor zulfida nihon aysh aylagan yangligʻ koʻngul,
Sen dogʻi ishrat uchun tutqil gʻanimat shomni.
Qil shabiston tunlarin maydin yorugʻ, andoqki charx,
Mehrdin maxmurluq birla oʻtar ayyomni.
Gar tariqi e’tidol oson emastur, xushturur,
Dayr aro tark aylamak oyini nangu nomni.
Mast chok aylab yaqo, yigʻlab zamon bedodidin,
Bir qadah maygʻa sotib davroni nofarjomni.
Chun xarobot ichra kirding mast boʻlkim, mugʻbacha,
Mahrami bazm aylamas juz rindi durdoshomni.
Zuhdunga magʻrur oʻlub koʻp qilma is’yonimni ta’n.
Ne uchun, ey shayxkim, bilmas kishi anjomni.
Men — menu dayri fano, soʻfiyu kunji xonaqah
Kim, tilar ul kavsaru men bodai gulfomni.
Ey Navoiy, dahrdin koʻz tutma juz nokomliq,
Kom kim topmishki, sen topqaysen andin komni.

611

Chun ayon qildi labing aksini jom, ey soqiy,
Bodadin jon isi kasb etti mashom, ey soqiy.
Mastliqdur manga ham maydinu ham aksingdin,
Nelar aylar qaydahi oyinafom, ey soqiy.
Kayfiyatdin emas el boshi quyikim, qiladur
Husninga bazm elining ishqi salom, ey soqiy.
Garchi biz qon yutadurmiz labinga yetsa qadah,
Sanga boʻlsun tarabu aysh mudom, ey soqiy.
Qoʻyma uy azmigʻakim, endi boʻlibsen sarxush,
Qilma bazm ahligʻa ishratni harom, ey soqiy.
Labing oʻpmakka ne haddim, gazak etkan qanding
Ogʻzima yetsa bu basdur manga kom, ey soqiy.
Va’da qilding chu sabuhigʻavu mast oʻlmishsen,
Uyusang netti bizing birla, bu shom ey soqiy.
Bilgali kufrdurur niyating aylabdurmen,
Xonaqahdin chiqibon dayr maqom, ey soqiy.
Gar Navoiy desa ichmanki, qilibmen tavba,
Yiqibon boʻgʻzigʻa qoʻy bir toʻla jom, ey soqiy.

612

Lahza-lahza chunki ortar ul pari zeboligʻi,
Dam-badam afzun boʻlur majnun koʻngul shaydoligʻi.
Xalq koʻp parvosidin jon topqoninmu aytayin,
Yo anikim ne qilur jonimgʻa beparvoligʻi.
Itti shahlar koʻnglini ogʻzi oʻgʻurlab oqibat,
Ayladi paydo bu shahkorini nopaydoligʻi.
Garchi rasvo erdi Majnun, chun mening rasvoligʻim
Boʻldi afzun, emdi koʻrunmas aning rasvoligʻi.
Mayda soqiy zulfu yuzi gar koʻrunmas, bas nedur,
Dayr pirining kecha-kunduz qadahpaymoligʻi.
Jannatu doʻzaxga chekmas, lutfu qahring boʻlmasa,
Gar munung moʻminligʻidur, gar aning tarsoligʻi.
Layli mayni to mayi la’ligʻa tashbih aylading,
Ey Navoiy, andin oʻldi bu nishotafzoligʻi.

613

Ogʻiz ichra tilingdek gʻunchada gul bargi tar boʻlgʻay,
Vale bu shart ilakim, bargi gul ichra shakar boʻlgʻay.
Qadinggʻa sarvi ra’no oʻxshagʻay, lek ul zamonkim sarv
Xiromon boʻlgʻayu gul bergay, ul guldin samar boʻlgʻay.
Yuzung davrigʻa oy davrini tashbih etkamen, vaqte
Ki, anda xol ila xat fitnai davri qamar boʻlgʻay.
Koʻzunga oʻxshagʻay nargis, agar qiymoch oʻlub oqi,
Mudavvar asfari ichra, qoraligʻdin asar boʻlgʻay.
Xatinggʻa qadr shomi oʻxshagʻay bu shart birlankim,
Tajalli nuridin ul shom arosinda sahar boʻlgʻay.
Chu minsang ashhabing ul dam, quyosh boʻlgʻay sanga monand
Ki, bersa koʻkboʻzin javlon jahon zeru zabar boʻlgʻay.
Manga ishqingda Majnun birla Farhod oʻxshagʻay ul chogʻ
Ki, bu boʻlgʻay jahon rasvosi, ul mundin batar boʻlgʻay.
Xabardor ani bilgil, ey koʻngul, bu davr javridin
Kim, ul tun-kun xarobot ichra mastu bexabar boʻlgʻay.
Dedim, nazm ahlining sarxayli kim boʻlgʻay, dedi hotif,
Navoiy boʻlgay, ulkim sen tilaydursan agar boʻlgʻay.

614

Koʻngul oʻt berki, bir gul hajridin koʻksumga dogʻ oʻrtay,
Fatila chirmab, oy davricha solib, anda yogʻ oʻrtay.
Emas mumkin gʻazolim multafit men uylakim lola,
Necha bagʻrimni qon aylay, necha koʻnglumga dogʻ oʻrtay.
Aningdek tiyradur shomi gʻamimkim boʻlmagʻay ravshan,
Agar xurshid sham’i yangligʻ anda yuz charogʻ oʻrtay.
Chiqing Farhodu Majnun, ishq oʻti lofidin urmay dam
Ki, hijron soʻzidin bir oh tortib, dashtu togʻ oʻrtay.
Emas kulbamni hargiz ul quyosh yorutqudek, ey charx,
Oʻzumni sham’dek har tun necha boshdin ayogʻ oʻrtay.
Meni doʻzax sari boshlangki, tashlab sarnigun oʻzni,
Bu yangligʻ hajr oʻti bedodidin istab farogʻ oʻrtay.
Necha ul shoʻx elga noʻshxandu loba qilmoqdin,
Yogʻimni hoy-hoy aylay, ichimni logʻ-logʻ oʻrtay.
Bu gulshan gullarida chunki yoʻq boʻyi vafo, nevchun
Tilab ani tamanno oʻtidin har dam dimogʻ oʻrtay.
Zamon ahlin vafosiz debki, qildim dostonlar sabt,
Navoiy bir kishida gar vafo topsang soʻrogʻ oʻrtay.

615

Necha kilki taxayyul birla bir suvrat nigor aylay,
Anga oshiq yasab, koʻnglumni umdo beqaror aylay.
Necha chirmashturub bir zulf savdosin dimogʻimgʻa,
Uzumni ahli savdodek parishonroʻzgor aylay.
Necha bir sarvdek qomat havosi birla har soat,
Jahonda ohu afgʻondin qiyomat oshkor aylay.
Necha bir lolarux dogʻi gʻamin istab tanim uzra,
Quyub yuz dogʻ ani qonligʻ yoshimdin lolazor aylay.
Erur bas tiyra shomi ishq, yo rab, husn sham’in yoq
Ki, jon birla koʻngul oʻrtanmagin parvonavor aylay.
Necha gʻam dashti ichra bir pari mehrida soyamni,
Junundin bir zamon qovub, gahi andin firor aylay.
Necha anjum bila charx ofatidin charxu anjumdek,
Havoni ohim oʻtidin toʻla dudi sharor aylay.
Chu hech ish ixtiyori kimsada yoʻqtur, qoʻy ey zohid
Ki, tarki ixtiyor etmakni men ham ixtiyor aylay.
Navoiy, boda bahri begaronigʻa meni solgʻil
Ki, gardun bahrining mavji balosidin kanor aylay.

616

Necha koʻrguzsam niyoz, ul shoʻx noz aylar, netay?
Javr koʻptin-koʻp, tarahhum ozdin-oz aylar, netay?
Men niyoz aylarda istigʻnodin etmas noz ham,
Noz ham hayf elga izhori niyoz aylar, netay?
El bilakim la’lidin jon istar, aylar ixtilot,
Jon berib la’ligʻa mendin ehtiroz aylar, netay?
Vasli shomi boda yangligʻ mast etib ahbobin,
Sham’dek to subh ishim soʻzu gudoz aylar, netay?
Javrini chekmakta men mumtozmen ahbobdin,
Lutf vaqti ul tarafni imtiyoz aylar, netay?
To haqiqiy ishq mastimen koʻngulni qovmusham,
Anikim andishai husni majoz aylar, netay?
Men husayniy mazhab ar hamroh emasmen, yoʻq ajab
Chun Navoiy har dam ohangi Hijoz aylar, netay?

617

Roʻza boʻldiyu manga ichmak-emak kam boʻlmadi,
Ichmakim juz qon, yemak juz gʻussavu gʻam boʻlmadi.
Elni serob ayladi ishrat zuloli shomi aysh,
Gʻayri koʻz selobidin ernim mening nam boʻlmadi
El yangi oy koʻrdiyu men koʻrmadim qoshing xamin,
Elga bayram boʻldi, ammo bizga bayram boʻlmadi.
Olam oshubi uchun maydongʻa kirding sekretib,
Ul zamon kim qoldikim rasvoi olam boʻlmadi.
Yangi oy boʻlgʻach ayon tutqil hiloli jomkim,
Juz bu ish imosigʻa qaddi aning xam boʻlmadi.
Hajr zindonidin ozod et menikim, yoʻq bukun
Hech zindoniyki maxlas birla xurram boʻlmadi.
Ey Navoiy, iyd oʻlub el ichtilar may dam-badam,
Bizga juz xuni jigar jomi damo-dam boʻlmadi.

618

Koʻz yoshim gʻalton borur ul orazi diljoʻ sari,
Tifldekkim agʻnabon mayl aylagay koʻzgu sari.
Ul buti zebo gar istar ashkim oqsa aybi yoʻq,
Zinnat ahli mayl etarlar doimo inju sari.
Xol shirinligʻni la’lingdin magar kasb aylamish
Kim, erur koʻnglum bagʻoyat moyil ul hindu sari.
Hajr dashtida koʻzi sori borur shaydo koʻngul,
Telba sahro sayrida borgʻan kebi ohu sari.
Har sari mayl etkaningdindur hasaddin oʻlmakim,
Yolgʻuz andin yoʻqki koʻnglum moyil oʻlgʻay bu sari.
Obi hayvondek chuchuk la’ling muyassar chun emas,
Hajridin har lahza koʻnglum tortar achchigʻ su sari
Ul mahi hirgahnishinning ostonin mendin oʻp,
Ey Navoiy, har qachon mayl aylasang oʻrdu sari.

619

Notavon nargisidek ayladi bemor meni,
Sunbuli domi aro qildi giriftor meni.
Yor koʻyida gar oʻlsam gʻam emas oʻlturadur,
Koʻyidin buki qovar har nafas agʻyor meni.
Dard togʻiyu balo dashtida koʻrkim, qilmish
Ishq Farhod ila Majnungʻa namudor meni.
Tongdin oqshomgʻacha noz uyqusi ichra ul koʻz
Vahki, qilmish kecha tong otqucha bedor meni.
Kuydurub har sari dudumni parishon qildi,
Duddek zulf ila ul oʻt kebi ruxsor meni.
Kufr zulfi rasaninkim belima bogʻladi rust,
Tortti dayrgʻa ul halqai zunnor meni.
Xonaqah ahlidin asru mutanaffirdur tab’,
Piri dayr aylagali voqifi asror meni.
Chun fano dayrida oʻzluktin ogʻirroq yuk yoʻq,
Shukrkim ishq oʻti qildi sabukbor meni.
Dema, ey shayx, Navoiygʻaki, chiq maykadadin,
Chiqayin qoʻysa gar ul dilbari xammor meni.

620

Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,
Ravshan aylab jumlai olamni, kuydurdung meni.
Kuydurub, ey ishq oʻti, gardungʻa sovurdung kulum,
Poyada oxir bu yangligʻ koʻkka yetkurdung meni.
Hajr oʻti tobi yana behol qildi nechakim,
Ey nasimi vasl, oʻz holimgʻa kelturdung meni.
Ishq man’ida soʻzung chun hashv edi boʻldum xamush,
Qilma, ey voiz, gumonkim yoʻldin ozgʻurdung meni.
Nayladim, ey ishqim, boʻldum oʻlum mustavjibi,
Kim, bu yangligʻ hajr jallodigʻa topshurdung meni.
Vasling etting va’da, ammo hajringa qilding asir,
Koʻkka chekting, lek yerga oqibat urdung meni.
Ey Navoiy, vasl agar roʻzi emastur chora yoʻq,
Qilmading deb sa’yi bas, ne ishga yozgʻurdung meni.

621

Bor edi ul hamki bir chogʻ bizga yore bor edi,
Kulliy ar yor oʻlmasa filjumla bore yor edi.
Vasldin butqormasa taskin berur erdi soʻrub,
Xasta koʻnglum dardinikim hajrdin afgor edi.
Men agar mahrum edim, mahram ham ermas erdi ul,
Koʻnglum ar ozurda erdi, lek minnatdor edi.
Sham’ agar yorutmasa kuydurmasa ham yaxshidur,
Ne ulusqa ulfat andin, ne manga ozor edi.
Goʻyiyo shukr etmadimkim, onsiz oʻlmishmen bu dam,
Ul quyoshimni yoshurgʻan charxi kajraftor edi.
Charx bilmonkim manga bu uzrni tutti ravo,
Yoʻqsa mehr ahligʻa ul to bor edi, gʻaddor edi.
Yorsiz demang Navoiy mast emish, ey ahli hush
Kim, anga to hajr bor erdi, qachon hush yor edi.

622

Yana la’ling gʻami ashkimni jigargun qildi,
Ham jigargun ani, ham bizni jigarxun qildi.
Mazhari husnu jamol oʻldi yuzung andoqkim,
Shod etib olam elin, tek meni mahzun qildi.
Soching af’ilaridin yoʻq koʻzunga hech gazand,
Sehr ila to bu yilonlargʻa ne afsun qildi.
Husni Shirin bila Laylidin agar ortugʻ emas,
Nega yuz xastani Farhod ila Majnun qildi.
Sayli ashkim gʻamida sarsari ohim birla,
Dashtni bahr etibon, togʻni homun qildi.
Quli boʻldim negakim, mugʻbachai bodafurush
Meni maxmurni bir jom ila mamnun qildi.
Ey Navoiy, demakim qilmasun ul oy oshiq,
Hozir ul emdi netay, hozir oʻlub chun qildi.

623

Yoʻqtur anduhu malolat oʻtigʻa xas men kebi,
Bedilu bechoravu bemoru bekas men kebi.
Eyki Majnun vasfin etting, oʻlmadi yor ollida,
Men qilib yuz jon fido ul boʻlmagʻay, bas, men kebi.
Dema parvona kuyar mendekki soʻz sham’ uzradur,
Ne uchunkim ul dogʻi gʻam shomi kuymas men kebi.
Turki anjumgʻa dedim husn ichra sen, yo ul fuzun,
Dedi, kim boʻlgʻay anga yuz banda charkas men kebi?
Qoshlaring yoyigʻa qurbon qilgʻali yillar tilab,
Topmagʻay bir bu koʻhan toqi muqavvas men kebi.
Eyki dahr ahli, vafosi yoʻq debon ozurdasen,
Oshnoligʻni alardin sen ham et bas men kebi.
Ey Navoiy, ishqni har kim yorutmoq istasa,
Yer yuzinda topmagʻay tutruq uchun xas men kebi.

624

Chok bulgʻoch koʻnglum oldi shoʻxlar filhol ani,
Gʻunchadekkim avval ochilgʻach uzar atfol ani.
Hajr aro ogʻriq koʻngul qolmish iki zulfung aro,
Darddekkim qopsamish har saridin bir dol ani.
Bogʻi ruxsoringdadur koʻnglum qushikim qildi sayd,
Dom birla dona yangligʻ zulf birla xol ani.
Tushkali koʻyungga koʻnglum aylading tufroqqa past,
Tushsa oʻt bir yerga, el qilgʻan kebi pomol ani.
Suvratingdin aql majnun boʻlgʻali bir tifl erur
Kim, qilibdur muztarib kogʻazda bir timsol ani.
Dahri dunni ayla rad nevchunki qilmaydur qabul,
Ulki dahr ahligʻa muqbil aylamish iqbol ani.
Gar Navoiy davr aro behol erur soqiy, ne gʻam,
Kelturur oʻz holigʻa bir jomi molomol ani.

625

Ochmagʻay erding jamoli olam oro koshki,
Solmagʻay erding bori olamda gʻavgʻo koshki.
Chun jamoling jilvasi olamgʻa soldi rustahez,
Qilmagʻay erdi koʻzum ani tamosho koshki.
Boʻlmagʻay erdi koʻzum oʻtlugʻ yuzung koʻrgan zamon
Ishqing oʻti shu’lasi koʻnglumda paydo koshki.
Aylagach ishqing balosi zor koʻnglumni hazin,
Qilmagʻay erding meni maxzungʻa parvo koshki
Tushmagay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon koʻnglumga vaslingdin tamanno koshki.
Lutf ila koʻnglumni vaslingdin talabgor aylabon,
Qilmagʻay erding yana zulm oshkoro koshki.
Bevafoligʻ anglagʻach ishqingni koʻnglum tark etib,
Qilmagʻay erdi oʻzin olamda rasvo koshki.
Emdikim devonayu rasvoi olam boʻlmisham,
Vasl uchun mumkin yoʻq oʻlturgay bu savdo koshki.
Ey Navoiy, bevafodur yor, bas ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki.

626

Yordin ayrilsa qotilmagʻligʻin bilmas kishi,
Bilsakim, chun ayrilur, qotilmas, ayrilmas kishi.
Kimsa oʻlsa yoridin ayrilmagʻay, yuz voykim,
Ayrilurda buyla hijron shiddatin bilmas kishi.
Vasl qadrin bilmayin oʻldum gʻami hajrida, voy
Kim, visol ayyomi hajr andishasin qilmas kishi.
Hajr biymidin oʻlubmen, soqiyo, tut jomkim,
Koʻzga mast oʻlgʻan zamon Jamshidni ilmas kishi.
Mendin ermas, hajrdindur har taraf bagʻrimda chok,
Yoʻqsa tigʻi qatl ila oʻz bagʻrini tilmas kishi.
Yoshurun dardimni qilmay oshkor oʻlgumdurur,
Ohkim, olamda ahli dard topilmas kishi.
Toʻydi jonidin Navoiy hajr aro tut, ey ajal,
Uyla maykim chun ichar to hashr oyilmas kishi.

627

Baski koʻnglumni falak majruhu vayron istagay,
Istaram oʻlmakni andoqkim, oʻluk jon istagay.
Furqating oshubidin istar koʻngul qoʻymoq tugan,
Kimsa andoqkim yara man’igʻa qolqon istagay.
Hajrkim jonim tilar har dam azob aylab erur,
Zolimekim qiynab eldin naqdi pinhon istagay.
Boʻlmasun oshiq meningdekkim, koʻrub dildorini,
Oʻzgalarga multafit har lahfa hijron istagay,
Vah, necha mehnat toshi atfoldin yogʻdurgʻali,
Ishq shahru koʻy aro jismimni uryon istagay.
Ul pari ushshoqigʻa rahm etsa etsun ushbu bas
Kim, meni devonavu rasvoi davron istagay.
Oʻqlaringdin oʻlganimdin soʻngra topqay qatl uchun,
Tufrogʻimdin charx agar yuz qari paykon istagay.
Qilsun oson oʻzlukidin boʻlsa bir dushvorligʻ,
Har kishi davron gʻami dushvorin oson istagay.
Ey Navoiy, sen kebi mahrum qolgʻay, kimki ul
Olam ahlidin vafoyi ahdu paymon istagay.

628

Firoq ashkidin, ey koʻz, dame ochil bore,
Boshimgʻakim qadam urmish nazora qil bore.
Kelibdur ul pari, ey be shuur telba koʻngul,
Kelib oʻzungga ne deydurmen anglagʻil bore.
Jahon xaloyiqi javrungdin oʻldi, ey badmast,
Bular tafarrujigʻa bir nafas oyil bore.
Iyodatimgʻa mening, ey Masih, chun kelding,
Dam urmay oʻlma ravon nuktaye degil bore.
Bukim jahon aro rasvomen aylamon tahsin,
Sening gʻamingdin oʻlubmen bu nav’ bil bore.
Necha ulusqa mayu bizga zahr soqiydur,
Dedingki mastmen, ar chin deding, yongil bore.
Navoiy oʻlgʻusidur iltifoting ozligʻidin
Chu koʻrmagung yana bir qatla koʻzga il bore.

629

Gul emas har yon yuzung davrida oro qilgali,
Halqa urmishlar jamolinggʻa tamosho qilgʻali.
Orazing Chin naqshi zulfung mushku haryon xol erur,
Hind elikim Chingʻa kelmish mushk savdo qilgʻali.
Yuz uza ogʻzing oʻgʻurlab naqdi din boʻldi nihon,
Chekti xatting xayli saf oʻgʻrini paydo qilgʻali.
Qilgʻali ishqingni pinhon aylading koʻksumni chok,
Dema pinhon qilgʻalikim oshkoro qilgʻali.
Eyki, soʻrdungkim qachondin sen junun oshubida,
Ul pari xayli gʻami koʻnglumda gʻavgʻo qilgʻali.
Bodagʻa rahm aylaganda ofiyat dastorini,
Yirttim bir goʻshasidin bodapolo qilgʻali.
Yoʻl chiqarmon tiyra shomimdin Navoiydek, vale
Muntazirdurmen hidoyat barqi bir choqilgʻali.

630

Ey koʻngul, vaslidin ul oy bizni navmid etmagay,
Jonimizgʻa furqat anduhini jovid etmagay.
Qasdi jon aylarda la’ligʻa tatabbu’ qilmagʻay,
Kungul oʻrtar chogʻda ruxsorigʻa taqlid etmagay.
Vasl ummidi bila ushshoqini qilgʻanda shod,
Gʻussaligʻ koʻnglumni hajri birla tahdid etmagay.
Tushta koʻrdum orazin koʻnglumni barqi ishq ila,
Ul qadar garm ettikim, tush vaqti xurshid etmagay.
Itlaring singʻan safoli tushkach ilgimga, koʻngul
Oncha faxr ettiki, jomi birla Jamshid etmagay.
Durri vahdat topmagʻay hargiz fano girdobidin,
Solikekim oʻzni gʻarqi bahri tajrid etmagay.
Oncha faryod etti mutriblar Navoiy nazmidin
Kim, Utorid she’ridin charx uzra Nohid etmagay.

631

Soʻrmangiz ashkim suyinkim muttasilmu kelgusi,
To koʻngul ishq oʻtidin kuygusi ul su kelgusi.
Zulfunga yetkach koʻngul bexud yiqildi atridin,
Bilmadim ul shomgʻa kirganga uyqu kelgusi.
Tiyra boʻldi lam’ai paykoning oʻtkandin koʻngul,
Chun quyosh borgʻusi, olamgʻa qorongʻu kelgusi.
Haddin oʻtti orazim, koʻrgach labing xandonligʻi,
Bilmadim bu za’farondin muncha kulgu kelgusi.
Chiqti koʻnglumdin havosu aql ishqing olligʻa,
Qoʻysa yuz mulkiga shohi xalq oʻtru kelgusi.
Soqiyo, tut mayki oʻzluk naqshidin boʻlgʻum xalos,
Har qachon ilgimga ul raxshanda koʻzgu kelgusi.
Ey Navoiy, oʻlma har dam ul musofir oy uchun,
Gʻam yema shah yongʻusidur tongla urdu kelgusi.

632

Ahli dil ollida dildor iltifoti kamligʻi,
Oncha sa’b ermaski, har noahl ila hamdamligʻi.
Gar oʻgʻurluq istamas la’ling dogʻi jon naqdidin,
Bas nedur oʻgʻri kebi payvasta qoshing xamligʻi.
Zulfi torin torta olmas kimsa koʻnglumdinki bor,
Berkroq jon rishtasidin ham aning mahkamligʻi.
Uylakim tun dudini ohim parishon ayladi,
Tong yelidindur muanbar sunbulung darhamligʻi.
Har ne el koʻngluga xurramligʻ, mening koʻnglumgʻa gʻam
Kim, gʻamingdin boʻlmish ul devonaning xurramligʻi.
Soqiyo, may berki, dardim zohir aylay mast oʻlub
Kim, ichim qon ayladi ish sirrining mubhamligʻi.
Gar Navoiy ayladi badmastligʻ, ey piri dayr,
Sen karam kam qilmagʻilkim, koʻptur aning kamligʻi.

633

Bormagʻil qahr bila bagʻrim etib qon emdi,
Yo bu bedil sari, yo lutf sari yon emdi.
Oʻqlaringdin koʻz aro koʻp tikon erdi qochting,
Kelki, qon yoshim ani qildi guliston emdi.
Dedi, hijron aro faryodinga yetkum bir kun,
Za’fdin, ohki, mumknn emas afgʻon emdi.


Qatldin koʻp meni qoʻrqutmagʻil, ey muhlik ishq
Kim, ani hajr qilibtur menga oson emdi.
Bildi maxmurlugʻum tutti qadah soqiyi davr,
Shah meni dengki, erur komima davron emdi.
Bodadin kom, labing bodasidin jon toptim,
Soqiyo, yoʻqturur oʻlsam dogʻi armon emdi.
Ey Navoiy, dema tark aylaki koʻptur gʻami ishq,
Menki chektim gʻamini, tark ne imkon emdi.

634

Necha men mehnat chekib, ul oy tana’um aylagay,
Oshkoro yigʻlasam, pinhon tabassum aylagay.
Javridin ul nav’ xushmenkim oʻlum holi boʻlub,
Vahm etarmenkim, koʻrub nogah tarahhum aylagay.
Nukta surgach la’li oʻlgonlar topar umri abad,
Umrida Iso qachon mundogʻ takallum aylagay.
Tigʻi zulmi tegmagʻidin aylasa el koʻngli bim,
Tegmasun gʻayrigʻa deb, koʻnglum tavahhum aylagay.
Dema zulmum koʻp yetib koʻnglung tazallum aylamish
Kim, agar oz yetsa shoyadkim tazallum aylagay.
Ey koʻngul, bir lahza hijron shiddatigʻa arzimas,
Gar visol ichra kishi yuz yil tana’um aylagay.
Yor bazmigʻa chu yoʻl topmas Navoiy ne osigʻ,
Dilxarosh afgʻonu gar dilkash tarannum aylagay.

635

Istadim yoreki koʻnglum dam-badam shod aylagay,
Bilmadim jonimgʻa bedod uzra bedod aylagay.
La’li anfosidin ochilgʻay hayotim gʻunchasi,
Yoʻqki umrim xirmanin bir damda barbod aylagay.
Vasl ila yiqqay koʻnguldin dardu gʻam bunyodini,
Yoʻqki, har dam oʻzga hijron tarhi bunyod aylagay.
Sham’i ruxsori yorutqay tiyra koʻnglum kulbasin,
Yoʻqki, zulfi dudi ani mehnatobod aylagay.
Rishtai jonimdin ochqay noʻgi mujgoni girih,
Har birin qatlimgʻa yoʻqkim neshi poʻlod aylagay.
Hech gulga boʻlmasun moyil birovkim sarvdek,
Desakim oʻzni xazon davridin ozod aylagay.
Koʻp Navoiy nolasin man’ aylamangkim, toki ul
Yorini yod aylagan, albatta, faryod aylagay.

636

Gulshani koʻyungdin ayru bogʻi rizvonni netay,
Boshima gar gul sochar, sensiz gulafshonni netay.
Naxli qadding chun emas giryon koʻzumda jilvagar,
Joʻybor atrofida sarvi xiromonni netay.
Ul itingga boʻlmasa tu’ma, bu ollingda fido,
Za’fliq paykarni naylay, notavon jonni netay.
La’lgun ashkim labi hijronida ayb etmangiz,
Koʻz yoʻlidin toʻkmayin bagʻrimdagʻi qonni netay.
Zulmati hajrida chashming vasfin etma, ey Xizr,
Menki umrimdin toʻyubmen, obi hayvonni netay.
Dogʻima marhamni koʻp taklif qilmay, ey rafiq,
Tuttum ul dogʻim oʻngardi, dogʻi hijronni netay.
Yordin ayru buzugʻ koʻnglumga qildim xayrbod,
Ey Navoiy, uyla ganj oʻlmay bu vayronni netay.

637

Chu qoʻydum ishq, uyat har bedilu devonadin dogʻi,
Demay Farhodu Majnun bulbulu parvonadin dogʻi.
Chu men begona boʻldum ishq birla oshnoligʻdin,
Bu ishga oshnolardin uyat begonadin dogʻi.
Bu ishnikim men aylabmen, meni qilmoq boʻlur ixroj,
Vatan ma’murasidin ham, buzugʻ koshonadin dogʻi.
Chu zuhd ettim havas, yoʻq ayb piri dayr agar derkim,
Qovung ani fano dayridinu mayxonadin dogʻi.
Mening jonimgʻa oʻtkanlarni sharh etsam ulus oʻlgay
Ki, jon qotillaridin kechtimu jononadin dogʻi.
Manga zulm oncha oʻtti ishqdinkim, tarkini tuttum,
Ogʻiz muhr ayladim ul bobda afsonadin dogʻi.
Tazarv oyinlar etsa jilva gulshan ichra yoʻq ulkim,
Nazar solmayki, chiqmay chugʻzdek vayronadin dogʻi.
Falak jomidin oncha zahr noʻsh aylabmen, ey hamdam
Ki, maydin elni yubmen, sogʻaru paymonadin dogʻi.
Navoiy, tarki ishq ettim desa butmangki butmaslar,
Kishi har soʻz eshitsa usrugu devonadin dogʻi.

638

Charxkim oyu quyoshi boru yuz ming anjumi,
Poymolu tiyra tufrogʻ emgagidin ne gʻami.
Bogʻbon gulshanda yuz ming gul bilakim aysh etar,
Ne gʻami gul hajridin bulbulning oʻlsa motami.
Shahgʻa shavkat olamiyu bandadur yuz mohchehr,
Hajr aro bilmas gadoning bor ne muhlik olami.
Ey rafiq, olgʻil yaram momuqlarin, boʻlgʻil bihil,
Oʻlgudekmenkim, tikondur zaxmlargʻa marhami.
Men bashar jinsigʻa jon oʻynab vafoye koʻrmadim,
Qochmay odam xaylidin har kimki boʻlsa odami.
Men chu zohir qilmadim ne nav’ ulusqa boʻldi fosh,
Ishq aro oshufta koʻnglumning bu sirri mubhami.
Ey Navoiy, ishq sirrin hech mahramgʻa dema
Kim, buning ham mahrami boʻlgʻay, aning ham mahrami.

639

Agar ishq ayladi bechora bizni
Va lekin qildi hajr ovora bizni.
Ne ishqu hajr balkim rashk tigʻi,
Damodam qildi pora-pora bizni.
Bu ishdur turfakim har kimga bir tigʻ
Ki, urdi ayladi yuz yora bizni.
Menu Farhoddin Majnun uzulmas,
Nedinkim topti ul hamkora bizni.
Vafo qil bagʻri toshimkim, haq etmish,
Jafo tortarda sangi xora bizni.
Jahon shoʻxin taloq etsang ne tongkim,
Chiqardi eldin ul makkora bizni.
Navoiydek yuzung bir koʻrduk, itti
Jahon rasvosi bir nazzora bizni.

640

Gulbun uzra subhidam har sari gul bargi tari,
Har shajar uzra magar qoʻngʻan durur xayli pari.
Su aro tushmish quyosh aksi yoʻq ersa gʻaybdin
Kirdi gulshanning tamoshosigʻa mehri xovari.
Maktab atfoli kebi bulbullar oʻlmish na’razan,
To nasimi subh elidin ochilur gul daftari.
Gul arusi husn mulkida erur sohibqiron,
To yuzi davrigʻa ziynat berdi shabnam gavhari.
Jola birla nilufar bir nav’ tutmish zebkim,
Sobitu sayyora birla gunbadi nilufari.
Ul kishi umri bahoridin terar gulbargi aysh
Kim, kafida lolagun may birla boʻlgʻay sogʻari.
Doʻstlar birla tutub ishrat bahorin mugʻtanam,
Bir nafas ssuda boʻlgʻay joni mehnatparvari.
Kimgakim bir dam bu kom oʻlsa muyassar yaxshiroq,
Boʻlgʻucha yuz kari aning hukmida olam kishvari.
Ey Navoiy, faqr mulkin tut gʻanim zinhor
Kim, gʻinovu saltanatning koʻpturur dardi sari.

641

Chehra yopib meni kuydurma, axi,
Vajhsiz jonima oʻt urma, axi.
Dame oʻlturmas esang yonimda,
Bore el yonida oʻlturma, axi.
Shishadek koʻnglum aro gar mayi vasl,
Solmas ersang ani sindurma, axi.
Oʻzgalar sari boqib tishlama lab,
Zaxmlar jonima yetkurma, axi.
Zulfi savdosina chirmashma koʻngul,
Yuz balo boshima kelturma, axi.
Ey koʻz, ul shoʻxqa chun xush kelmas,
Koʻp aning jonibi telmurma, axi.
Yozugʻum bor esa qatl ayla oʻzung,
Hajr jallodigʻa topshurma, axi.
Soqiyo, tinmogʻim istar boʻlsang,
May ichardin meni tindurma, axi.
Yuz jafo toshi Navoiygʻa urub,
It deb ollingdan ani surma, axi.

642

Koʻngulning hajr aro jondin maloli
Ki, yoʻq sensiz tiriklik ehtimoli.
Qadidin sarvigʻa yetti xijolat
Ki, tuzlukda yoʻq erdi e’tidoli
Xayoli bas chu yoʻq vasligʻa haddim,
Visoli boʻlmasa bori xayoli.
Niholedur qadi toʻbidin ortuq,
Agarchi yoʻqturur toʻbi niholi.
Yangi oy shomgʻa mayl aylagandek,
Ulanmish zulfigʻa mushkin hiloli.
Labi jonbaxsh soʻz ayturda qolmas
Masihoning dam urmoqqa majoli.
Ne gʻam, soqiy, agar xud jomi Jam yoʻq,
Yetar mayxonaning singʻon safoli.
Meni behol qil bir may bilankim,
Koʻngulning oʻzgadur har lahza holi.
Navoiy, sen chu hijron loyiqisen,
Pishurma vasl savdoi muholi.

643

Soqiyo, yoʻq gʻamu dardima hadde,
Vaqt erur may bila qilsang madade.
Mehnatim togʻicha yoʻqtur Uhudi,
Ani tortargʻa meningdek ahade.
Tut manga bodai jomi azali
Ki, berur qatrasi umri abadi.
Buyla dardimni magar andoq may,
Daf’ qilgʻayki anga umr fadi.
Bodakim ani chun noʻsh etsam.
Har zamon Xizrgʻa boʻlgʻay hasadi
Ki qiyomat kuni kavsar mayini
Ichkali ham bu may oʻlgʻay sanadi.
Ajab ish qildi Navoiyki, bu nav’
May, ichib bizga salo aylamadi.

644

Koʻnglum olgʻon dilbarim dildorligʻ bilmas, netay,
Bilsa gʻamgin aylamak gʻamxorliq bilmas, netay?
Husnigʻa boqtim koʻzumning mardumigʻa urdi nesh,
Mahvashim oyini mardumdorligʻ bilmas, netay?
Dema usrukdur koʻzum, qilma tazallum ollida,
Koʻz yumub ochquncha ul hushyorligʻ bilmas, netay?
Ul pari paykargʻa yoqmas zorligʻ birla figʻon,
Telba koʻnglum yuz figʻonu zorligʻ bilmas, netay?
Odamivashliq pari ruxsorlardin xoʻb erur,
Chun bu ishni ul pari ruxsorligʻ bilmas, netay?
Eyki dersen dayr pirigʻa nedin boʻldung murid,
Shayxi hiylat pesha juz makkorligʻ bilmas, netay?
Mastu behush oʻlmogʻim tun-kun, Navoiy, soʻrmagʻil,
Charxi javrandisha juz gʻaddorligʻ bilmas, netay?

645

Yona nihon qilasen bizga qasdu kin bore,
Raqib ila boʻlasen yoru hamnishin bore.
Dedingki, ishqim ichinda tariqi taqvo tut,
Bu soʻzni deb olasen yona naqdi din bore.
Bu va’da birlaki ishq ahli huznin oʻksutayin,
Alar orasida qilding meni hazin bore.
Dedingki, kel sanga ehson qilay, chu men keldim,
Qoshingdadur girihu manglayingda chin bore.
Jamol gulshanida elga sen guli xandon,
Bu xasni oʻrtagali boʻldung otashin bore.
Shior aylamasang naqshband oyinin,
Riyovu zuhd bila boʻlma naqshbin bore.
Fano yoʻligʻa chu kirding, Navoiy, urma nafas,
Bu dasht tufrogʻigʻa surtmay jabin bore.

646

Ishq aro holimgʻa bir hamdam tarahhum qilmadi
Yor holim bilmadi, gar bildi, koʻzga ilmadi.
To ul oy agʻyor ila noʻsh ayladi jomi visol,
Qaysi hijron neshikim bagʻrim aro sanchilmadi.
Ne ajab gar bilmasam holimni bu gʻamdinki, yor
Oʻlgali yettim gʻami ishqida holim bilmadi.
Qon yoshimning sarguzashtin kim yoshursun emdikim,
Qolmadi yerkim, bu rangin mojaro aytilmadi.
Husn bogʻidin vafo vardi tavaqqu’ qilmangiz
Kim, bu gulshan gulbunida buyla gul ochilmadi.
Ishqim ixfosini, vahkim, qilmadim hargiz xayol,
To ul oyning husnidek olam aro yoyilmadi.
Ey Navoiy, sendin oʻtu su arodur xalqkim,
Yogʻmadi ashking suyi to oh oʻti choqilmadi.

647

Sen zuloli vasl ichib, men zaxri hijron ichkuchi,
Ogʻu ichkondin ne voqif obi hayvon ichkuchi.
Ul yuzin gulrang etib men ashk xunobin toʻkub,
Kim erur ul bodai gulgunu men qon ichkuchi.
Ichsa gulgun boda olamdur guliston yuzidin,
Buyla yoʻq olam gulistonida imkon ichkuchi.
Davr ayogʻin ichmayin davrongʻa solding rustaxez,
Koʻrmadi davr ichra sendek ahli davron ichkuchi.
Oshiq oʻlmay sizki dersiz tavba qil, ey ahli zuhd,
Netsun ichmay joni mahjur oʻlsa jonon ichkuchi.
Boda shoʻxidin agar nolon boʻlubmen ayb emas
Kim, erur koʻnglumni olgʻon shoʻxi nodon ichkuchi.
Ey Navoiy, yor mehmon boʻlsa, may tutqach, sumur,
Mizbon zohid xush ermas, boʻlsa mehmon ichkuchi.

648

Yoʻq manga had vasl alfozin tilima surgali,
Tengri xalq etmish meni hijron gʻami oʻlturgali.
Ishq oʻtigʻa istasang tutruq yetar xasdek tanim,
Shu’la yoqmoq istasang ushshoqni kuydurgali.
Tun qorongʻu mast otlandi, koʻngulning shu’lasin
Aylabon mash’al borurmen uyiga yetkurgali.
Telba koʻnglumni soʻro keldiyu ul itkan emish,
Ani men xud bormogʻim, billah, topib kelturgali.
Yoshurun erdi gʻamim, vahkim, balo toshi yogʻar,
Boshima ishqi nihonin el aro bilgurgali.
Begunah qonimni toʻkti ishq emdi ne osigʻ,
Qelsalar Farhod ila Majnun anga bildurgali.
Gar Navoiy tutsa togʻ avjin junundin, ey sipehr,
Sang boron hojat ermastur ani indurgali.

649

Necha hajringda chekib un yigʻlay,
Har kecha yigʻlayu har kun yigʻlay.
Kecha faryodima yetkay deb ul oy,
Osmondin oshirib un yigʻlay.
Har taraf zohir etib kavkabi ashk,
Kun tulu’ etkucha har tun yigʻlay.
Ashkdin kirpik uza ul xat uchun
Yogʻdurub sabzagʻa shudrun yigʻlay.
Charxu anjum sari ohim oʻtidin,
Yuborib dud ila uchqun, yigʻlay.
Charx bedodidin ul mushfiq yor,
Bir zamone meni qoʻysun, yigʻlay.
Dema vaslimda Navoiy yigʻlar,
Vasl mumkin esa nevchun yigʻlay.

650

Labing Masihu aning nutqi nuktapardozi
Ki, ruhi qudsiy erur bu Masih e’jozi.
Xatingni Xizr demonkim, bu sabza har giyahi
— Xizrdurur labing obi hayot damsozi.
Havoi ishqida koʻnglumda hush qolmadikim,
Bu telba qushning erur ul havoda parvozi.
Qadah bu dayrda andozasiz tutungkim, bor
Boshimda mugʻbachalar shoʻri ishqi andozi.
Ne sogʻ oʻlayki, chu borgʻumdur oʻlmayin ma’lum —
Bu korxonaning anjomi birla ogʻozi.
Navoiy istadi behush oʻzinki ahli xirad,
Falakning oʻlmadi bu ishda mahrami rozi.
Anga bu baski jahon mulkin oldi soʻz birla,
Chekib sipohi maoniy dami fusunsozi.
Bu vajh birlaki Sohibqiron debon laqabin,
Atadi xusravi Sohibqiron Abulgʻoziy.
Yanaki nutq ilayu ruh ila yeturdi anga
Fuyuz orifi Jomiyu rindi Sheroziy.

Mustazod

Din ofati bir mugʻbachai mohyuliqodur,
mayxoravu bebok
Kim ishqidin aning vatanim dayri fanodur,
sarmastu yoqom chok.
Ham turrasining dudi vara’ beliga zunnor
men kofiri ishqi.
Ham yuzi majus oʻti kebi shu’lafizodur,
men oʻrtanibon pok.
Ul chehra furugʻi tushubon zor tanimgʻa
bir nav’ kuyarkim.
Har kimsa ani koʻrdi sogʻindiki yonodur
oʻt ichida xoshok.
Hayvon suyi jonimni olur la’lidin ayru
ul jur’ai maykim,
Tegmish anga maygun labi jonimgʻa davodur
ne zahru, ne taryok.
Bu nav’ki aylar, mayi vasli havasidin
maxmur boʻlubmen.
Mushkilki yozilgʻay bu xumoriki mangadur
sogʻar boʻlub aflok.
Soyilmenu maqsudum erur naqdi visoling
buxl aylama, jono,
Kim barcha mazohibdaki ishq ahli arodur,
mazmum erur imsok.
Hajringda yuzi sargʻoribon dam ura olmas,
bechora Navoiy.
Goʻyoki xazon faslida bebargu navodur
ul bulbuli gʻamnok.

Muxammaslar

1

Masnadi husn uzra tokim koʻrmisham ul shohni,
Tiyra aylabmen figʻondin nilgun xirgohni,
Ey sabo, arz ayla nogah koʻrsang ul dilxohni,
Koʻktadur har dam figʻonim koʻrgali sen mohni.
Da’vii mehringga tonuq tortadurmen ohni.
Ey gʻubori markabing kun koʻzgusining sayqali,
Nechakim men bir gado, sen podshohdursen bale,
Yoʻq ajab sen husn shohin mayl qilsam sevgali,
Sen kebi sultonni sevmak haddim ermastur, vale
Bu baloligʻ ishq farq etmas gadovu shohni.
Xirmani vasling toʻla senda, ey xalq ahsani,
Sabzai xatting tomoshosinda, ey koʻz ravshani,
Sunbuli zulfung xayolotida, ey jon gulshani,
Donai xoling tamannosinda, ey gul xirmani,
Rahm qilkim, chehrai zardim yoshurdi kohni.
Zulfu yuzung koʻrdiyu kuydi koʻngul hasrat bila,
Vasling ummidigʻa jon qildi fido ragʻbat bila,
Senda yoʻq ermish vafoyu men kuyub mehnat bila,
Zulfungu yuzung firoqinda tuman hasrat bila,
Hayfkim zoye’ kechurdum muncha solu mohni.
Eyki, yoʻqtur husn iqlimida sendek podsho,
Oshiqingning necha tutqaysen munungdek benavo,
Nechakim boʻldi eshikingda Navoiydek gado,
Qavma Lutfini eshiktin, ber zakoti husn ango,
Qayda etsun sen gʻani borinda shay lillohni.

2

Ohkim, volih men ul sarvi xiromondin judo,
Koʻzlarim giryondur ul gul bargi xandondin judo,
Benavodur jon dagʻi ul huri rizvondin judo,
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas toʻti takallum shakkaristondin judo.
Vah, necha ishq oʻti jismimda soʻngakni oʻrtagay,
Koʻnglakim jaybigʻa oʻt solgʻay etakni oʻrtagay,
Telbalik ohim samodin to samakni oʻrtagay,
Ul quyosh hajrida qoʻrqarmen falakni oʻrtagay,
Har sharorekim boʻlur bu oʻtlugʻ afgʻondin judo.
Vahki, bagʻrim toʻkti koʻzlar yoʻlidin pargola koʻp,
Koʻz ham ul gul hajridin yogʻdurdi gulgun jola koʻp,
Za’f etibmen qonligʻ ashkim baski toʻkti lola koʻp,
Dema hijronimda chekmaysen figʻonu nola koʻp,
Jism aylarmu figʻon boʻlgʻan nafas jondin judo.
Qilgʻali mahrum jomi vaslidin jonon meni,
Talxkom etmish tiriklik bodasidin jon meni,
Har zamoni oʻlturur gʻam zahridin hijron meni,
Hajr oʻlumdin talx emish mundin soʻng, ey davron, meni
Aylagil jondin judo qilgʻuncha jonondin judo.
Bagʻrima, ey xori hijron, har zamon sanchilmagʻil,
Ey koʻngul, yuz javr yetsa koʻzga gʻayrin ilmagʻil,
Ming balo yuzlansa, ey jon, yordin ayrilmagʻil,
Boʻlsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmagʻil,.
Yorni mendin judo yoxud meni andin judo.
Jonni andoq husnung oʻti shu’lasi kul qildikim,
Jism aningdek lam’ai ruxsoringa yoqildikim,
Sharhi holigʻa alarning bu raqam yozildikim,
Vasl aro parvona oʻrtandi hamono bildikim,
Qilgʻudekdur subh ani sham’i shabistondin judo.
Oshiqekim boʻlgʻay ul bir shoʻxi gulruxsorsiz,
Uyla bulbuldurki qolmishdur gulu gulzorsiz,
Voy ul bedilgʻakim, qolgʻay tirik dildorsiz,
Bir iyosiz it boʻlub erdi Navoiy yorsiz,
Boʻlmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.

3

Boʻlmagʻay erdi jamoling muncha zebo koshki,
Boʻlsa ham qilgʻay eding koʻzlardin ixfo koshki,
Qilmagʻay erding ulus qatlin tamanno koshki,
Ochmagʻay erding jamoli olamoro koshki,
Solmagʻay erding bori olamgʻa gʻavgʻo koshki.
Emdikim ochting jamolu xalq ila qilding sitez,
Koʻrgach ani xayli ishqing tortibon yuz tigʻi tez,
Qildilar koʻnglumni hijron xanjaridin rez-rez,
Chun jamoling jilvasi olamgʻa soldi rustaxez,
Qilmagʻay erdi koʻzum ani tamosho koshki.
Ochgʻoch ul yuz shu’lasin mahzun koʻngul topmay omon,
Bor edi ul shu’lani koʻrmak hamon, kuymak hamon,
Sahv edi sendin vafo qilmoq tamanno men hamon,
Boʻlmagʻay erdi koʻzum oʻtlugʻ yuzung koʻrgan zamon,
Ishqing oʻti shu’lasi koʻnglumda paydo koshki.
Chun sening ishqing menga boʻldi baloyi aqlu din,
Va’dai vasl aylading yuz lutf ila, ey mahjabin.
Emdikim boʻldum giriftoring qilursen qatlu kin,
Aylagach zulfung balosi zor koʻnglumni hazin,
Qilmagay erding meni mahzungʻa parvo koshki.
Koʻnglum olgʻanda deding, sendin dame ayrilmayin,
Jon nisorim aylasa ishq ahli koʻzga ilmayin,
Dam-badam lutfungni ermas erdi bovar qilmayin,
Tushmagay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon koʻnglumga vaslingdin tamanno koshki.
Koʻnglum olding chehra burqa’din namudor aylabon,
Soʻngra javrung ne edi jonimni afgor aylabon,
Ey quyosh, avval vafovu mehr izhor aylabon,
Lutf ila koʻnglumni vaslingdin tama’gor aylabon,
Qilmagʻay erding yana zulm oshkoro koshki.
Ey qoshi yo, ishqing oʻqin koʻnglum ichra berkitib,
Der eding qilgʻum vafo sarvaqtinga gohi yetib,
Telbaratkach zulm qilding, va’da yodingdin ketib,
Bevafoligʻ anglagʻoch ishqingni koʻnglum tark etib,
Qilmagʻay erdi oʻzin olamda rasvo koshki.
Vasli savdosida menkim bastan gʻam boʻlmisham,
Oʻylakim Majnun balo xayligʻa hamdam boʻlmisham,
Vahki, rasvoliqqa olamda musallam boʻlmisham,
Emdikim devonayu rasvoyi olam boʻlmisham,
Vasl chun mumkin yoʻq oʻlturgay bu savdo koshki.
Dema koʻnglum kosh itsa zulfi anbar soyida,
Yo agar jon mahv boʻlsa la’li shakkarxoyida,
Yo magar boshim emasmu raxshi xoki poyida,
Ey Navoiy, bevofodur yor, bas, ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar, yo koshki.

Musaddas

Dahr aro chun qaygʻusiz yoʻq hech ishrat, ey rafiq,
Aysh subhin istama beshomi ofat, ey rafiq,
Kim emas bir-birdin ayru nuru zulmat, ey rafiq,
Shu’lai ishrat qani bedudi mehnat, ey rafiq,
Kimki vasli ichra yoqsang sham’i ulfat, ey rafiq,
Koʻz tut ul sham’ oʻtidin-oʻq dogʻi furqat, ey rafiq.
Bevafodur bu qadimiy davr uza bu eski toq,
Koʻrsang anda noʻshi ishrat neshi gʻam zimnida boq,
Kim icharga vasli jomin zohir etti ishtiyoq
Kim, anga talx etmadi dardi firoq oxir mazoq,
Vasl sofiy mumkin ermas, chunki bedardi firoq,
Zinhor ul boda sari qilma ragʻbat, ey rafiq.
Ofiyat sarmanzilidin oʻzni mahjur etmagil,
Xoʻblar koʻyi sari mayl ulcha maqdur etmagil,
Aylasang ul oy gʻamidin oʻzni ranjur etmagil,
Vasli ummidi bila koʻnglungni masrur etmagil,
Vasl yoʻqkim, ishq lafzin tilga mazkur etmagil,
Har nafas koʻrmay desang yuz nav’ shiddat, ey rafiq.
Gar salomat koʻyining asbobin istarsen toʻkuz,
Xonaqah sahni ichinda zikr ohangini tuz,
Masjid aylarga imorat dayr devorini buz,
Ishq koʻyi tufrogʻigʻa har zamon yetkurma yuz,
Shoʻxi chobuklar gʻubori tavsanigʻa solma koʻz,
Yuzda istar boʻlmasang gardi mazallat, ey rafiq.
Bir quyosh ishqigʻa gardun aylabon mahram seni,
Zarra yangligʻ aylasa sargashtai olam seni,
Qochma ul oʻtdin necha kul qilsa ham har dam seni,
Ofiyat fikriga solsa zuhdu taqvo ham seni,
Kuyma har bemehr oʻtigʻa, gar desang har dam seni,
Qilmagʻay kul shu’lai anduhu furqat, ey rafiq.
Tori ishqingni desangkim charx davri uzmasun,
Xasta koʻngling juz navoiy dardu mehnat tuzmasun,
Jon uyida gʻayri jonon ishq oʻlturgʻuzmasun,
Charx umrung qasrigʻa desang halal koʻrguzmasun,
Boqma guldek yuz uza xay shabnaminkim buzmasun,
Aql ila sabring binosin sayli ofat, ey rafiq.
Ofiyat bazmida garchi jomi vasling toʻlmasa,
Zuhd bedodi boshingdin bir nafas oʻksulmasa,
Shayx aylab yuz jafo, bir qatla uzrung qoʻlmasa,
Buyla oʻtlardin kerak bargi umiding soʻlmasa,
Gar solib yuz ming balogʻa mendek oʻzni, boʻlmasa
Ishqsiz bir dam sanga ham sabru toqat, ey rafiq.
Aytmon bir sarv qaddu mohi ruxsor istagil,
Aysh sozi, qotili shoʻxi sitamkor istagil,
Tosh bagʻirliq rahmsiz xunrezi ayyor istagil,
Lek dermen, dahr aro yori vafodor istagil,
Toki mumkindur kezib bir mehribon yor istagil,
Bagʻri toshlarni sevarga qilma jur’at, ey rafiq.
Arzimas fikr aylamakka dahri behosil gʻami,
Xulladek xil’at soʻzi yo ravzadek manzil gʻami,
Boda ich desangki ketkay davri musta’jil gʻami,
Istabon qatlingni nogah ishqning mushkil gʻami,
Gar Navoiydek boshinggʻa tushsa bir qotil gʻami,
Anda dogʻi koʻrgasen ne boʻlsa qismat, ey rafiq.

Tarji’band

Jahon qasrigʻadur su uzra bunyod
Chu yoʻq bunyodi andin boʻlmogʻil shod.
Ne shod oʻlgʻay kishi bir qasrdinkim,
Ani tengri yaratmish mehnatobod.
Emastur qasr balkim qosiredur
Ki, taqsir aylamas aylarga bedod.
Tiriklik qushlarigʻa yoyibon dom,
Tengiz amvojidin andoqki sayyod.
Kiyib qatl aylamakka loladin toʻn,
Qiyodin tigʻ tortib misli jallod.
Emas qotil parivash dilbaredur
Ki, javridin qutilmas odamizod.
Fununu lobasi andoq muassir
Ki, mum aylar koʻngul gar boʻlsa poʻlod.
Vale ne ishvasigʻa e’timode,
Ne aning va’dai vasligʻa bunyod.
Visoli koʻz yumub ochquncha oxir,
Firoqi koʻz ochib yumgʻuncha barbod.
Koʻngul qoʻyma angakim boqi ermas,
Inonmas boʻlsalar aylay qasamyod.
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.
Jahon shoʻxidin olmish haq vafoni,
Ne olmaqkim anga bermaydur oni.
Bukim yoʻqtur vafosi bas emastur
Ki, dardu mehnatidur jovidoni.
Bu mehnatlar bila istar ani xalq,
Fahoʻm loya’rifu xozal-maoniy.
Tikondin gulga har dam yetkurub nesh
Ki, aylar la’lgun jismini qoni.
Sabo kojin urub savsangʻa andoq
Ki, qolib koʻklugi andin nishoni.
Choqin tigʻidin aylab pora-pora,
Chamanda gʻunchaning koʻnglin nihoni.
Yogʻinning yigʻlabon andin nafiri,
Bulutning titrabon andin figʻoni.
Gʻalat qildim bu tuhmatdin baridur,
Jahon ra’no arusi dilsitoni.
Ki, haq taqdiridindur olam ichra,
Yomonu yaxshining yaxshi yomoni.
Jahon fonindurur, ey xoja, zinhor
Ki, sen boqiy tasavvur qilma ani.
Koʻngul berma oʻshul ra’nogʻakim, haq
Erur boqiyu, boqiy barcha foniy.
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.
Jahonkim zohir aylar lolavu bogʻ,
Erur ul bogʻ zindon lolasi dogʻ.
Arusidur fusunsoz ul diloshub,
Ishi koʻrguzmak elga lobavu logʻ.
Kishikim sandi domi boʻldi, bordur
Aning ollida ming bulbulcha bir zogʻ.
Yoqibon otashin gul jonigʻa oʻt,
Quyar yomgʻirdin ul oʻt ustiga yogʻ.
Koʻrub nargisni savsan gʻunchasidin,
Chekar aning koʻzi qasdigʻa bormogʻ,
Xazon bedodidin yel sa’yi birla
Sochar shamshodu gul boshigʻa tufrogʻ.
Taaddi birla nasrin yafrogʻidin
Yasar gulchehrasin yirtargʻa tirnogʻ.
Jafosi yosidin yogʻdurdi paykon,
Gumon qilma shajar jismida yafrogʻ.
Nachukkim boʻstonning yoʻq vafosi,
Xususankim xazon yeli esar chogʻ.
Aning ham nisbatin gar istar ersang,
Aningdekkim xazon ayyomida bogʻ.
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.
Jahon ra’nosidin boʻlgʻil mujarrad
Ki, qilmishlar qabul ahli ani rad.
Nachuk maqbulung oʻlgʻay ulki, boʻlgʻay
Anga mardudlugʻ asbobi behad.
Agar hikmatda ul, miqdor bulkim
Oʻqusin Bu Ali ollingda abjad.
Vagar boʻlsang fasohat ichra nav’e
Ki, nazming aylagay Hassonni bexud.
Tamavvul kasratidin boʻlsang andogʻ
Ki, Qorun dargahingda aylagay kad.
Shijoat dashtida raxshinggʻa boʻlsa,
Rikob oʻpmak uchun Rustam nigun qad.
Skandar yangligʻ olib bahru barni,
Balo ya’juji uchun bogʻlasang sad.
Aningdek boʻlsa taxting rif’atikim,
Guharliq aylasa tojinggʻa farqad.
Jahongʻa chun baqo yoʻqtur bu barcha
Necha kundur vale ermas muhallad.
Tamanno aylasang bir nav’ iqbol
Qi, boʻlgʻay ham muxallad, ham muabbad.
Demon yolgʻuz jahondin ayla tajrid,
Nekim haq gʻayridur boʻlgʻil mujarrad.
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.
Jahon ra’nosi birla qilma payvand,
Er oʻlsang boʻl aning hajrigʻa xursand.
Erur olam uyi rahravgʻa zindon,
Aning har qaydi yoʻl man’igʻa bir band.
Ushotmoq istasang bu bandlarni,
Muqayyad boʻlma anda ushbudur pand.
Jahon noʻshi aro qilmish nihon zahr,
Sen ani noʻsh etarsen, uylakim qand.
Topib lazzatkim aylarsen tabassum,
Erur ul zahrxand, ermas shakarxand.
Gʻaraz irfon ekindurkim adamdin,
Seni mavjud aylabtur xudovand.
Qoʻyub koʻngling aro naqdi amonat,
Malak boʻlmay sanga bu ishda monand.
Seni gʻofil qilib asli ishingdin,
Sarovu bogʻu rogʻu zavju farzand.
Oʻzungga kelsang ozdur, gar oʻzungni
Bu gʻamdin aylasang parkand-parkand.
Jahon johilgʻa mahbub oʻldi, lekin
Aning ollinda kim boʻlgʻan xiradmand?
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.
Jahon jomi toʻladur zahri qotil,
Anga mayl aylamas kim boʻlsa oqil.
Ajab ishdurki mundoq zahr icharga,
Jahon ahli erur jon birla moyil.
Ajabroq buki ichkan soyu boʻlmas,
Bu zahr ichkanga ichmak hirsi zoyil.
Gʻarobat koʻrki, gar yuz mingni har kun,
Qilur ul zahr oʻlgan elga doxil.
Yana yuz ming durur ichmakka mashgʻul,
Yana yuz ming ani istarga shogʻil.
Magar bu zahrdin qutqargʻay elni
Fano taryoki birla piri komil.
Vale Qof ustida ul kimyogar,
Ani koʻrmakka Anqo parri hoyil.
Jihatsiz, ey koʻngul, sevdung jahonni,
Mening pandimdin aylab oʻzni otil.
Chu berding barcha sarmoyangni barbod,
Pushaymon boʻlmogʻing emdi ne hosil.
Magar yodingda yoʻqturkim, sanga men
Dedim yuz qatla k-ey majnuni gʻofil.
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.
Jahon ayyorasidin tut kanora
Ki, makru fannigʻa yoʻqtur shumora.
Ayogʻ ilgidagi zarrinasi oʻt,
Toʻni zar basmasi andin sharora.
Boʻlubon ruh toʻtisigʻa sayyod,
Ishi qilmoq ani qasdigʻa chora.
Bu ishga gurdi Yazdiy me’jari dom,
Ichinda dona inju goʻshvora.
Nazar maqsud ruxsorigʻa solmoq
Tilar boʻlsang anga qilma nazora.
Chekibon kun shioidin sinonlar,
Qilayin deb ulus bagʻrini yora.
Anga xino shafaq rangidin aylab,
Kecha nushodiridin ani qora.
Yiroq boʻl, ey koʻngul, bu dilrabodin
Ki, sensen shisha, aning koʻngli xora.
Borib xush-xush anga sayd oʻlgʻaningdin,
Qilay dermen yoqamni pora-pora.
Deding kechmoq nachuk boʻlgʻay jahondin,
Ne hojat xayr ishiga istixora.
Demon yolgʻuz jahondin tut kanore
Ki, tutqil mosivallohdin kanora.
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.
Jahon shoʻxin aruse qilgʻil ixsos
Ki, kiymish tun bila kundin kishu os.
Bu rangomezligʻdin ganji Qorun,
Kishida boʻlsa tutqay ganj iflos.
Tiriklik mazrai qasdigʻa har oy,
Ayon aylab yangi oy shaklidin dos.
Falak birla shafaq ermaski, qilmish
Muhayyo dam-badam qon toʻkkali tos.
Emas qon bodadurkim bexud aylab,
Yiqargʻa elni qilmish charxdin kos.
Sogʻinma bodai la’l anikim, bor
Ulus qonigʻa rangin boʻlgʻan olmos.
Bu qon toʻkmak bila kimdurki yoʻqtur,
Aning savdosidin koʻnglida vasvos.
Bu pandimni eshit sen dogʻi, ey doʻst,
Irodat yuzidin tut posi anfos.
Jafolarkim men onglabmen jahondin,
Vafo sendin manga gʻolibdurur yos.
Valavhozal maoniy anta qultum,
Taqulu i’lamu yo ayyuhannos.
Baqosizdur jahon ra’nosi valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim mosivalloh.

Tarkibband

Dahr bogʻiki jafo shoriidur har chamani,
Juz vafo ahligʻa sonchilmadi aning tikani.
Kimdakim dogʻi vafo koʻrsa shahid aylamasa,
Lolasining ne uchun qongʻa boʻyalmish kafani.
Poymol etmasa andinki kelur mehr isi,
Oyogʻ ostida nedin qoldi giyohi damani.
Safhai xotiri pok oʻlmasa barbod andin,
Bas, ne sovrulmoq erurkim koʻrar aning samani.
Rostlar boʻlsa aning arsasida barxoʻrdor,
Javrdin, bas, nega bebarlik erur sarvi fani.
Gar yaqin ahlini Mansur kebi qatl etmas,
Bas nedindur shajaru sunbuli doru rasani.
V-ar kamol ahli jaloyi vatan ermas andin,
Nega tufrogʻdur ul akmali davron vatani.
Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok,
Yetti durji aro bir koʻrmadi andoq duri pok.
Zoli gardun kishiga mayli vafo aylamadi,
Kimda-kim koʻrdi vafo, gʻayri jafo aylamadi.
Qaysi bir vasl kunin mehr ila qildi ravshan
Kim, yana hajr tuni birla qora aylamadi.
Qaysi davlat quyoshin chekti kamol avji uza
Kim, yana yer toʻbida maskan anga aylamadi.
Qaysi labtashnagʻa tutti qadahi sof nishot
Kim, yana qismi aning durdi ano aylamadi.
Qaysi dilxastagʻa yetkurdi farogʻat noʻshe
Kim, nasibi yana yuz neshi balo aylamadi.
Har dil ozurdagʻakim novaki zulm etti kushod,
Garchi bor erdi xato, lek xato aylamadi.
Chekti bu zulmin aning barcha xaloyiq, lekin
Chora bu dardgʻa juz ahli fano aylamadi.
Xossa ul foni davronki, boʻlub vosili haq,
Qoʻymadi koʻngli aro gʻayri xayolin mutlaq.
Garchi ul ravzai rizvon sari raftor etti,
Hajridin umrni ahbobqa dushvor etti.
Garchi huro yuzi sham’i bila yorutti koʻzin,
Motami bizga yorugʻ dahr yuzin tor etti.
Garchi uchmogʻ sari azm etti, vale olamni,
Vahki, tomugʻ oʻtidin elga namudor etti.
Garchi ul bordi baqo mulkiga, lekin yuz alam
Soʻgidin charxi fano ahligʻa izhor etti.
Halqai zikr dema faqr eliga shomu sahar
Ki, azosida bu el navha padidor etti.
Faqr xurshidi fano shomi uyoqti ne ajab
Ki, quyoshini falak dogʻi nigunsor etti.
Uchti ul sham’i valoyatki, falak motamida,
Qora kiydiyu duri ashkini iysor etti.
Garchi faqr ahligʻa bu nav’ azo kam tushti,
Meni savdozadagʻa oʻzgacha motam tushti.
Ey falak, aytkim ul soliki atvor qani,
Faqri atvori aro koshifi asror qani?
Tashlab oʻzlukni fano bodiyasin qat’ etkan,
Ushbu yoʻl holidin ogohu xabardor qani?
Faqr manzillarining rahravi bal rahbari,
Hodiyi ahli fano murshidi ahror qani?
Shar’ qonunini diqqat bila mar’i tutqon,
Soliki jodai Ahmadi, Muxtor qani?
Qurb ayvonigʻa taqvo yoʻlidin gom urgʻon,
Vosili borgahi Qodiru Gʻaffor qani?
Bu qadar manzilatu qurbu buyuk poya bila,
Oʻzini tutquchi tufrogʻ ila hamvor qani?
Meni motamzadagʻa ham ota, ham murshidu pir,
Balki ham gʻamxoʻru ham yovaru ham yor qani?
Sensizin dahr elidin asru malolim bordur,
Koshki kelsangu koʻrsangki, ne holim bordur.
Sangakim, ravzai rizvonda farogʻat boʻlgʻay,
Dahr vayron chamani ichra ne ulfat boʻlgʻay.
Senki, kavsar suyidin qilgʻasen oʻzin serob,
Bu sarob ichra sanga qayda iqomat boʻlgʻay.
Sengakim, xayli malak boʻlsa musohib munda,
Devvash xalq qachon qobili suhbat boʻlgʻay.
Faqr tutqonda deb erding sanga ham yetkurayin,
Manga har fayzki bu koʻyda qismat boʻlgʻay.
Boʻlubon koshifi asrori ilohiy bording,
Meni mahrumgʻa jahl ichra ne holat boʻlgʻay.
Bor umidimki madad ruhung ila qilgʻaysen,
Har qachon ollima davron aro shiddat boʻlgʻay.
Hargiz etkaymu edim davlati vaslingni tama’,
Bilsam erdiki soʻngi anduhi furqat boʻlgʻay.
Doʻstlar, bir-biriigizdin tilamang jomi visol,
Desangiz ichmali hijron qadahin molomol boʻlgʻay.
Manga zulm oʻldi falakdinki chu boʻldung bemor,
Kerak erdiki men oʻlsam boshing uzra gʻamxor.
Sharbating ezsam edi shirai jonim qoʻshubon,
Ichururga qilibon jahd nekim mumkin bor.
Ham gʻizo men kerak erdiki tutub ollingda,
Ragʻbat aylarga desam erdi muloyim guftor.
Gah boshingni tuzatib, goh ayogʻingni yopib,
Evrulub boshinga farzandligʻ aylab izhor.
Gar qazo yetsa qilib hoʻy ila olamni qora,
Yoqa yirtib etibon tosh ila koʻksumni figor.
Navhalar tortibu na’shing koʻtarib egnimga,
Bosh yalang aylabu bexudlugʻ etib majnunvor.
Tark etib olam ishin qabring uza sokin oʻlub,
Koʻrsatib elgaki ne nav’ kerak ermish yor.
Chora yoʻqtur chu bu nav’ ermas ekandur taqdir,
Mumkin ermas kishi taqdirgʻa bermok tagʻ’yir.
Doʻstlar, dahr vafosini xayol aylamangiz,
Burju koxigʻa tama’ gʻayri zavol aylamangiz.
Turfa mahbubdurur umru vafosi yoʻq aning,
Andin istarga vafo fikri mahol aylamangiz.
Har kishi komil erur, bas anga haq bandaligʻi,
Mundin oʻzga tama’i kasbi kamol aylamangiz.
Yoʻq jamol ichra vafo husnigʻa dogʻi bunyod,
Gʻarroi husn boʻlub arzi jamol aylamangiz.
Olami foniy uchun ranju mashaqqat chekmang,
Mol uchun gʻam yemangiz, fikri manol aylamangiz.
Ishq dardigʻa Navoiy kebi magʻrur oʻlmang,
Oʻzni har mahvash uchun shifta hol aylamangiz.
Turk piri kebi olamdin etakni silking,
Doʻstdin gʻayri tamannoi vnsol aylamangiz.
To salomat bu xatar manzilidin solib kom,
Ma’mani vaslgʻa boʻlgʻay tuta olmoq orom.

Qit’alar

1

Haq taolo xoni in’omiyu karami omi borida oʻzgadin nima tilagonning tama’i xomiyu zoti nofarjomi

Tengri xonin ochuq aqida qilib,
Xalqdin roʻziy istagan gumroh.
Uyladurkim tengiz qirogʻinda,
Roʻza ochmoqqa kimsa qozgʻoy choh.

2

Muhammadni tengri taolo ayni muhabbatdin yaratqongʻa daloyil tuzmak va shavohid kurguzmak

Muhammadni yaratti, chunki haq ayni muhabbatdin,
Kishi vaznin muvofiq, chunki da’vo etsa sodiqdur,
Burungʻi ikki harfi har birining dogʻi bir keldi,
Talaffuz holatida ulki sobiq, yoʻqsa lohiqdur.
Uchinchi ikki harfi birla toʻrtinchi iki harfi,
Taammul aylagan maxraj ham anglarkim muvofiqdur.

3

Hukamo qavli tarjimasi shohning daryogʻa mushobahatida va naf’u zararida

Hikmat ahli shohni daryogʻa tashbih ettilar
Kim, ham andin koʻp ziyonlar elga, ham koʻp sud erur.
Gah topar gʻavvos bir soatda yuz durri samin,
Gah nahang ogʻzida yuz hasrat bila nobud erur.

4

Fahmsiz mulozimlar gʻaflatida va alar bila maosh oʻtkarmak mehnatida

Yoʻldin ozdi har mulozimdinki, gʻaflat aylading,
Budur oyin gar gadoligʻdur ishing, gar shohligʻ.
Urkudar eldekki chiqti kecha yoʻldin markabi,
Koʻz yumub ochquncha chunkim qilmadi ogohligʻ.
Olam ahlida mulozimlar erur hayvon kebi,
Qaysi gʻaflat anglagʻoch zohir qilur berohligʻ.

5

Mutakabbir manzurning husni chogʻidakim istigʻnosi dardnok qilur va husni ketkanda muloyimati halok

Xoʻb ekan chogʻdaki mustagʻniy eding, kelmas eding,
Oʻtti chun xoʻblugʻung javr manga yetkurma,
Koʻp kelur vaqtda oz kelmaking emgatti meni,
Oz kelur vaqtda koʻp kelmak ila oʻlturma.

6

Majoziy mahbub ishqi tarqidakim xoʻblugʻi mujibi yigʻlamokdur va saqol chiqarmogʻi mujibi kulmak

Chu husni vaqtida ul oygʻa zor oshiq edim,
Koʻrub jahon eli yigʻlarlar erdi holimgʻa,
Saqol chiqargʻonida tark qilmasam ishqin,
Ulus kular ham aning, ham menin saqolimgʻa.

7

Oltun, kumushga hirs man’ikim tutmogʻi ilikni qora qilur va muhabbati koʻngulni

Koʻp oltun, kumush sari qoʻl soʻnmogʻil
Ki, tutsang kafingni qora zang etar,
Koʻngulda dogʻi maylini asrama
Ki, koʻnglungni dogʻi hamul rang etar.

8

Ma’ni ahlidin gadoligʻ bashorati va suvrat ahlidin shohligʻ ishorati

Ahli ma’ni guruhida zinhor,
Hech or aylama gadoligʻdin
Kim, bulargʻa gadoligʻ ortugʻdur,
Ahli suvratqa podsholigʻdin.

9

Pokrav niso ta’rifidakim inson onsiz xolidur va oludavash rijolkim nursizliqdin dajjoli bemisoldur

Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq
Pok xotunlar ayogʻining izi,
Lut oʻgʻlin koʻrki soldi tiyralik
Dingʻa nafs ilgida tab’i ojizi.
Dahr aro yoqti siyodat mash’alin,
Pokravliqtin rasululloh qizi.

10

Bizning shoh xongʻa la’lgun ayogʻ berganda aytilibdur va xavodin siymisuda yogʻarda raqam qilibdur

Falak sochti xon boshigʻa siymi nob,
Bizing shoh ayogʻigʻa la’li muzob.
Falak birla shah qadru johi aro,
Tafovut nisoridin etgil hisob.

11

Buynigʻa yashm osilgʻonni debdurkim shifo uchun emas, balki falakdin mutaaddid jafo uchundur

Boʻynuma yashm osilgʻondin emas,
Buki za’fimgʻa davo boʻlgʻay fosh,
Ip bila bogʻladi boʻynumni falak,
Har qadam urmoq uchun koʻksuma tosh.

12

Rum tuhfalarining ulashingonni debturur, balki shoh poyandozidek talashqonni aytibdurur

Tuhfalarkim yubordi qaysari Rum,
Bursa jinsi farang debosi,
Turfa koʻrgilki zumrai islom,
Anga soldi farang yagʻmosi.

13

Oʻz nazmidin koʻrgan malolatlar shikoyati va koʻngul oʻtidin jonsoʻz hikoyati

Ne nazmiki oʻtlugʻ koʻnguldin chiqardim,
Dedimkim, mening xotirimgʻa yorangʻay,
Manga oncha oʻt soldi har baytkim, tab’,
Gar obi hayot oʻlsa andin oʻsongʻay.
Tilarmen ani men dogʻi oʻtqa solsam
Ki, qaydinki keldi hamul sari yongʻay.

14

Husn ahlining koʻngli nisyoni va vafo ahli anda unutulurining bayoni

Jon base qildim fido ul husn mir’oti uchun,
Oh koʻp chektim vafosida aping shomu sahar.
Har nafaskim xizmatidan gʻoyib oʻldum uyla bil
Kim, meni umrida ul badmehr koʻrmaydur magar.
Oʻz-oʻzum birla der erdimkim nedin bu nav’ ekin,
Aylabon ogah xirad dedi menga, ey bexabar,
Munda ramzedur daqiq, ammo qilay ravshan sanga
Kim, latofatda safo koʻzgusidur ul siymbar.
Anglakim to koʻzguning ollida sen, koʻnglida sen,
Chunki bording ollidin, yoʻq koʻnglida sendin asar.

15

Devonda muhr bosqondin nafsigʻa shikast yetmagan uchun muhrgʻa shikast bergani

Chun manga lutf etti shah devonda muhr,
Bu edi eldin quyi muhr urmogʻim
Kim, gʻururi nafsi sarkash man’igʻa,
Barchadin boʻlgʻay quyi oʻlturmogʻim,
Chun shikasti nafs hosil boʻlmadi,
Mundin oʻldi muhrni sindurmogʻim.

16

Xilvatda falak jafosining ozori va anjumanda ulus bedodining izhori

Baytul hazangʻa kirsam ulustin qochib dame,
Atrofdin gʻubori malolat manga yogʻar,
Silkay deb ul gʻuborni chiqtim chu kulbadin,
El javru zulmidin boshima yuz balo yogʻar.

17

Xublar husni sharhidakim mashshota sa’yi bila afzun boʻlur va oroyish bila safosi gunogun

Ne tong oʻlsa fuzun jamolu safo,
Xoʻblar qirqon zamon boshlar,
Sham’ nuri yorugʻroq oʻlgʻondek,
Uchni kimsa chun ola boshlar.
Sartarosh aniyu muni farrosh
Bir-biridek olib-olib toshlar.

18

Birovga vobasta emas kishi madxidakim ul bepayvandligʻ mujibi saodatmandligʻdur

Dahr aro ani degil davlatmand
Kim, birov sari emas dilbasta.
Xasta boʻlmas chiroyin koʻrsa chituq,
Joni chiqmas ani koʻrgach xasta.
Ming balodin desa vorasta boʻlay,
Kimsa qildik oʻzini vorasta.

19

Xayrobod bandi xayolidin xalos boʻlgʻoni va oʻzluk bandi malolidin xalosligʻ tilagoni

Chu Xayrobod bandin oʻzlugum birla yasab erdim,
Meni andin xalos etti inoyat aylabon shohe,
Ne boʻlgʻay oʻzlukumning bandidin dogʻi xalos etsa,
Haqiqat kishvari sari hidoyat aylab ogohe.

20

Orif koʻnglin daryogʻa nisbat berurki, anda har ne tushsa singurur balki itirur

Erur orifqa ganji fayz yetsa,
Ishi dam urmayin ani yoshurmoq,
Quyosh aksi tushub daryo ichinda,
Ne mumkindur aning suyin toshurmoq.

21

Shohni ajdahogʻa nisbat qilibtururkim ganj umidi ham andin boru ranj biymi ham

Jahon ganjigʻa shoh erur ajdaho
Ki, oʻtlar sochar qahri hangomida.
Aning komi birla tirilmak erur,
Maosh aylamak ajdaho komida.

22

Faqr ta’rifidakim rifq bila muvofiqdurur va faqir hurufi rafiq bila mutobiq

Ayni rifq ayla gumon, faqrni aning birdur,
Harf ham ikkisigʻa yaxshi gar etsang tahqiq,
Jam’i ham birdurur inak fuqarovu rufaqo,
Siygʻai mufradi ham ayni faqir oʻldi rafiq.
Bor ishorat angakim rifqu mavosodur ishi
Har muxolif el ila faqrgʻa topqon tavfiq.
Poya mundin biyik oʻlmaski risolat xatmi,
Faqrning nisbatida faxrgʻa qildi tasdiq.

23

Uy kitobasigʻa soʻz bitmak va izorasigʻa nima bogʻlamoq

Uy ichra ham kitoba ham izora
Zaruratdur tugangan chogʻda qilmogʻ.
Yoʻq ersa ul uy oʻxshar bir kishiga
Ki, anda boʻlmagʻay ishtonu belbogʻ.

24

Vafo bozorining qosidligʻida va vafojoʻylar xayolining fosidligʻida

Kimgakim qildim vafo, vahkim, jafo podosh edi,
Olam ahlida vafo mavjud emas beishtiboh.
Orzu qildim vafo ahlin koʻray deb, topmadim,
Xoh zohid, xoh fosiq, xoh soyil, xoh shoh.
Topmogʻidin noumid oʻlgʻonda aqli xurdabin,
Istabon xudbin meni koʻzguga qildi roʻbaroh.
Bevafolar orazi yangligʻ topib koʻzgu anga,
Har nechakim ehtiyotu sa’y ila qildim nigoh.
Koʻrmadim nevchunki tiyra erdi koʻzgu, negakim
Ham vafosizlar gʻamidin baski tortib erdim oh.

25

Ul mazmundakim andoqki qoziy riyoziy kerakmas, riyoziy ham qozi kerakmas

Riyoziy boʻlsa qoziy, bas, ajabdur,
Kerakkim fiqh ilmin bilsa qoziy.
Anga chun fiqhdin aslo xabar yoʻq,
Ne yangligʻ bas boʻlur qozi Riyoziy.

26

Imorat toqi kitobasidakim koshikorligʻ kitobgʻa sarlavh boʻlgʻondek munosabati bor

Har imoratkim tugandi garchi shoʻxedur jamil,
Boʻlsa koshikorligʻ aylar jamolin birga oʻn.
Bu yaqindurkim jamol ahli yolongliqdin base,
Yaxshiroqdur boʻlsa koshi naqshliq egnida toʻn.

27

Ikki manorning mushobahatidakim shar’ boʻstonida ikki sarvedururlar hamqad va ikki alifdururlar ham adad

Bizning imorat ichinda tuzolgan ikki manor
Ki, qubbalardin erurlar sipehr sonida.
Iki agʻo-inndur tav’amon gumon qilgʻil
Ki, farq yoʻq orada boʻlsalar namoyanda.
Zamona zolini koʻrkim ne nav’ bikr oʻlgʻay
Ki, mundoq, ikki oʻgʻil andin oʻldi zoyanda.

28

Bashariyat muqtazosidakim qilgʻoni margʻubdur va qilgʻuchining oʻz ollida mahbub

Bashar xayli anga majbul erurlar
Ki, boʻlgʻay har bir oʻz ollinda mahbub,
Ajab yoʻq necha qilsa nomuloyim
Kishiga kelsa oʻz mahbubidin xoʻb.
Va lekin lozim ermas buki boʻlgʻay,
Aning margʻubi dogʻi elga margʻub.
Ham andoqkim kishi farzandi boʻlgʻay,
Necha mankub esa ollinda matlub.
Kishiga ayta olgʻaymuki, boʻlsun
Sanga ham yoru matlub ushbu mankub.
Hunar ahli ani degilki boʻlgʻay,
Oʻzini qilsa oʻz ollida ma’yub.
Chu oʻz aybigʻa voqif boʻldi aybin,
Nachuk qilgʻay hunar oʻrnigʻa mahsub.

29

Fuzul el bobidakim bor ishga daxl qilurlar va har xorij ishga doxil dururlar

Falongʻa ajab hol erurkim xaloyiq
Ne qilsa alar birladur mojarosi,
Sola olmas el oshigʻa bir nuxud, gar
Tuzulmas aning birla ul el arosi.
Qazon yoʻqki ul anda kafliz emastur
Ki, boʻlsun yuziga qazonlar qorasi.

30

Xushksol ta’rifidakim chashmalar ayni qurub shammaye su qolmadi

Xushksol oʻldi bu yil ul nav’kim gard ichra el,
Bir-birin koʻrmas agarchi, oʻltururlar roʻbaroʻ.
Dalugʻa kirmak quyoshning chashmasi ne sudkim,
Tommadi ul dalu ila ul chashmadin bir qatra su.

31

Issigʻ yel vasfidakim baxr suyi andin qurur erdi va su tubining gardin sovurur erdi

Bu yoz oʻrduda yel andoq esarkim,
Samum andin boʻla olgʻay nishona.
Isigʻdin xishti xona elni oʻrtar,
Boʻlubtur xishtxona doshxona.

32

Javshan bobidakim dilovarlar jismining hisoridur va jonsiporlar jonininghisni poydori

Razm maydonidakim ikki tarafdin ahli harb,
Bosh ila jon tarkin aylarlar ajab hangomadur.
Kiynavarlar anda javshan kiysalar tan hifzigʻa,
Jism sanduqi uchun goʻyoki ohanjomadur.

33

Juki shohning qasrida shoh juki maskan tutqon bobda

Dahr joʻkiliklaridin turfa ish,
Chehra koʻrguzdi bizing shah asrida.
Kim fusunu la’b birla tutti yer,
Shoh Joʻki shohi Joʻki qasrida.

34

Sarkash manzurning xatti ham oʻzidek bosh tortqonida vafogʻa targʻib qilmoq

Xatting yoʻq erkanida qochting oncha mendinkim,
Xatting bosh urdi yuzung gulshanida sabza misol,
Muloyimat qilakoʻr, yoʻqsa men dogʻi qochqum,
Oʻtub chu bir necha kun ushbu sabza boʻlsa saqol.

35

Ul xaysiyatdinki mol va jon debturlar. siymfishonliq jonfishonliqcha dushvorligʻi

Siymni sochquchi mingdin birdur,
Oʻzgalarning ishi keldi termak.
Ul jihatdin budurur odatkim,
Yulmoq osonduru mushkil bermak.

36

Safih zolimning mahramliqqa va ablahi nodonning hamdamliqqa yaramasligʻida

Safih zolim ila boʻlma xon uza hamdast,
Munosib oʻlmadi it chunki hamtabaqliqqa.
Oʻzunga ablahi nodonni aylama hamroz
Ki, yaxshi ermas eshak dogʻi hamsabaqliqqa.

37

Muxtasibning tuqkan mayikim yer qoni boʻlubtur va xunxora rindlar ichib mastligʻ qilgʻani

Muhtasib har sari may toʻkmakka borsa shahr aro,
Rindlar ham aylabon payravligʻu hamdastligʻ,
Mayi koʻl oʻlgʻoch, tortibon barcha qirogʻinda choʻkub
Kaf sochib har sari buxtidek qilurlar mastligʻ.

38

Pahlavon motamining sarguzashti va manzur sabzxat firoqining sarnavishti

Pahlavon erdi mening yorimu bir shoʻx anisim
Biri oʻldiyu biri itti, ishim boʻldi taassuf.
Roviyo hajrlaridip manga yoʻqtur kecha uyqu,
Qiseai Hamza degil gohsho gah qissai Yusuf.

39

Ul bobdakim jahon axli bevafodur va alardin vafo koʻz tutmoq xatodur

Agar oqil esang, uzgil jahon ahlidin ulfatkim,
Alardin juz jafo kelmas, agar yuz yil vafo qilsang.
Biriga yuz Xito mulki xirojin aylasang isor,
Xatosiz qasdi joning qilgʻusidur, gar xato qilsang.

40

Yomgʻur duosi qilgʻanlar axvolikim koʻz tutkan yogʻindin ashklardin oʻzga qatraye tommadi

Bordilar yomgʻur duosin qilgʻali ahli riyo,
Men niyoz ahli edim, da’vi kamitin soʻrmadim,
Yomgʻur ikkidur: biri ma’hudu ul bir koʻz yoshim,
Koʻz yoshim yoʻq erdi, to ul oygʻa koʻz oldurmadim.
Tengri yomgʻur bermadikim, soʻzsiz erdi talab,
Manga kulgu keldi, ashkim yomgʻurin yogʻdurmadim.

41

Yuqori oʻlturmoq talashquchilarkim hindui didbon alardin yuqoriroq durur uchar qoʻngʻuz ilgariroq

Yuqori oʻltururni kim tilasa,
Kishilikdin ani yiroq bilgil.
Oʻlturur safda yuqoriliqdin,
Oʻlturur safda yaxshiroq bilgil.

42

Badovoz mukri unidakim jamoatqa parishonligʻdur va jamoatqa kelganlarga mu’jibi pushaymonligʻ

Shayxi muqri salovati vaqtida el
Masjidi jum’ani solib chiqadur.
Elni jam’ etkali emas bu salovat,
Goʻyokim salovati tafriqadur.

43

Nokas kishi boʻlmaslikda va nojins kishi jinsi boʻlmasliqda

Nokasu nojins avlodin kishi boʻlsun debon,
Chekma mehnatkim, latif oʻlmas kasofat olami
Kim, kuchuk birla xoʻdukka necha qilsang tarbiyat,
It boʻlur, dogʻi eshak, boʻlmaslar aslo odami.

44

Oʻzining kufri nihoniysin oshkoro va fisqi pinhoniysin paydo qilgʻani

Fosiq menu kofiri nih oni,
Ka’ba safari erur manga hayf.
Oʻzni buki yaxshi koʻrguzurmen,
Billahki, menga kaliso hayf.

45

Bu yil xuroson rokiblarining jahonpaymo markablari bir poʻya bila jahondin ketkani balki yana jahongʻa yetkani

Bu yil qazodin ajal dashtigʻa xirom etti,
Nekim ulus aro bor erdi hang sayli xirom,
Sipohi el aro chun yaxshi ot qolmadi hech,
Erur bu kun alar andoqki zumrai badnom.

46

Sharbatiyning qulogʻi ogʻirligʻigʻa qit’a demak agarchi bu ham anga ogʻir kelur

Sharbatiy gar boʻldi ersa oqibat,
Zotida lekin karam bordur amin,
Ushbu ikki vajh ila ermas ajab,
Gar aning otin xitob etsam karim.

47

Ziyoratgohning origʻ tufrogʻi ibodat boisi demak bu haysiyatdinki namoz faroizidin biri origʻ yerdur

Qubur tavfi namozu niyoz boisidur,
Bu vajhdinki mazorot oʻlur ibodatgoh
Ajab yoʻq ersa ziyoratgoh ahli obidkim,
Ibodat etkali xush yerdurur ziyoratgoh.

48

Mahmud sayyodning san’at domi va firib donasi bila vahshiy qushlarni sayd qilgʻani

Ishida fard erur Mahmud Sayyod
Ki, koʻp shahbozlargʻa domidur qayd,
Dengiz sayyodlarning shohi ani
Ki, shah koʻngli qushini aylamish sayd.

49

Hukamo qavlining tarjimasi insoniyat bobida

Tavozoʻ’ yaxshi, ammo yaxshiroqdur
Agar da’b etsa ani ahli davlat.
Erur ham afv xoʻbu xoʻbroq ul
Ki, zohir boʻlgʻay el topqanda qudrat.
Ato ham turfa ishdur turfaroq bil,
Agar yoʻqtur aning yonida minnat.
Hakim insoni komil debtur ani
Ki, boʻlgʻay zotida bu necha xislat.

50

Oʻzining e’tiboridin kechkaniga e’tibor qoʻymay ixtiyor tarkini beixtiyorliqqa haml qilgʻani

Qoʻyub amoratu beboklik bihamdillah,
Ki, faqr koʻyi nasib etti kirdikor manga,
Eshikda tark etibon ixtiyoru mulkda ham
Bu nav’ martaba lutf etti shahriyor manga.
Gar ixtiyor ila qoʻydum oʻz ixtiyorimni
Valek yoʻq edi ham munda ixtiyor manga.

Muammolar

Odam

Qon toʻqar yuzdin damodam ashku vahkim, har zamon
Bogʻlanib ohimdin aylar koʻkka mayl ul qatra qon.

Ahmad

Mayda ikki yuz agar koʻrguzmasa ul mahjabin,
Durd dardin istabon jon bermagay ahli yaqin,

Boqiy Va Boqir

Jannat guliyu nasrinigʻa boʻlsang mushtoq,
Gah yor yuziga, gah kafi poyigʻa boq.

Baho

Dayr aro kir, pandni goʻsh aylagil,
Boda beshak sof erur noʻsh aylagil.

Taqiy

Mustaqim erdi koʻngul ishqingda, ey oromi jon,
Oʻrtanur ul mustaqimim emdi gʻamdin har zamon,

Toj

Yuz koʻngul saydin ajal domidin ozod ayladi,
To jamoling tobligʻ zulfini barbod ayladi.

Samud

Tanimda dogʻlar uzra gʻamnngki oʻrtadi dogʻ,
Koʻrindi oʻzgacha ul dogʻdin tanimda farogʻ.

Junayd

Oh oʻqin jondinki cheksam ul parivash yodidin,
Qolmas ul yodimda ham faryod aning bedodidin.

Ja’far

Jonondin ayru topti koʻngul, umrdin malol,
Oʻzdin kechibtur emdiyu aylar vafo xayol.

Hasan

Qoshing goʻshasi chekkali gʻamza dosin,
Yangi oyning ustida koʻrguzdi yosin.

Hamza

Yoshun, ey gulki, ul gulrux jamoli
Erur ham sodavu ham toza xoli.

Xolid

Nuqtai mushkinki ul yuz uzra boʻlmish jilvagar,
To hisobin anglasun el yuz yoshur, ey siymbar.

Xusrav

Ul niholekim qadinggʻa yoʻq shabih, andoq nihol
Boshida koʻrguzsa yuz xurshid oʻlur sendin misol.

Dovud

Oʻt tushti vahm dudi aro furqatidin,
To kuydiyu oʻrtandi koʻngul hirqatidin.

Darvesh

Har ne topsang davr aro, soqiy, ayoqqa sol ani,
Yuz koʻrardin oʻtti ish tut emdi molomol ani.

Zunnun

Vasl sa’yidin emish ishq ahli ichra mojaro,
Zavqdin koʻrkim yuzum oltundek oʻlmish ishq aro.

Rustam

Nechakim yor sitam etkan ila uzdi vafo,
Yodin etkancha oti virdi zabon boʻldi mango.

Rajab

Oyu quyosh ayladi yuzung bila da’vo,
Bizga alardin ajab koʻrindi bu ma’no.

Zayni Va Zayd

Koʻz uchi qoshi yosidur sohir,
Ani yod ol alardin, ey somir.

Zohid

Oy yuzinda xolini koʻrgach, ul oy topti jamol,
Oxir ul yuzdinki yopti, vahki, pinhon boʻldi xol.

Sa’d

Bu gulshan ichraki yoʻqtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot.

Salmon

Qilur esang manga somon ayo rafiq havas,
Aning ayogʻigʻa yetkur mening boshimniyu bas.

Shoh

Jon qushi chu boʻldi donai xoligʻa zor,
Shod oʻldiyu halqa ayladi zulfini yor.

Shukrilloh

Qora erdi koʻzum hajringdin, ey moh,
Yana koʻrdum yuzungni shukrilloh.

Siddiq

Yuzung bila yuzuma kosh boʻlsa uyla visol
Ki, boʻlmasa oralarinda gʻayri ul xatu xol.

Safi Va Safo

Qasdi jonimgʻa chu mujgoning ikki saf tuzdi.
Biri qosh yosi, biri gʻamzang oʻqin koʻrguzdi.

Ziyo

Gul avroqin sabo qildi parishon,
Qabul etti nechakim topti imkon.

Tohir

Girihni turradin to ochti mohim,
Parishon qildi filhol ani ohim!

Tolib

Ogʻiz labigʻa chu qoʻydum yana talab qilayin
Ki, gʻayri naqshi kam oʻlgʻoy yana tarab qilayin.

Zahir

Xalq ichra zuhuri husn ul siyminbar,
Koʻrguzdi vayo boʻldi qiyomat yaksar.
Kim jilvagar erdi gar kichik, yoxud ulugʻ,
Bir-bir harakatin ayladi zeru zabar.

Omir

Jumlai ashyogʻa boʻldum oshiqu oshufta hol,
Olamu odam yuzin chun qildi mir’ot ul jamol.

Odil

Ham qoshi birla orazi xush erur,
Ham koʻzi birla qaddi dilkash erur.

Gʻarib

Chok bagʻrim tarfin aylading ikki parkand,
Birini tashlabon oxir birin etting payvand.

Gʻaybiy

Soʻzgʻa evurdi ikki labingni takallumung,
Yo bargi gulni iki ayirdi tabassumung.

Farhod

Har kecha koʻnglum gʻaming togʻida faryod aylagay,
Uylakim faryod-faryodini Farhod aylagay.

Farrux

Gar yuzungdin husn eln yuzinda bir xol etsa fosh,
Ul aroda besarupo zarradek kirgay quyosh.

Qubod

Soching gʻubori gahi yuz yopar, gahi yuz ochar,
Ne zulfdurki yopar oyni, chunki mushk sochar.

Qosim

Ruxsorasi uzra, ey koʻngul, xol nedur,
Zulfi ayogʻi ostida pomol nedur.
Qani ani koʻrgan seni koʻrsa meni ham,
Kim oyidin ayru elga ahvol nedur.

Kamol

Yuzinkim qatra xay serob qilmish,
Guledurkim su ichkandin ochilmish.

Koko

Jon qilgʻay ikki yuzung guli sori shitob,
Gar boʻlmasa ikki sunbulungdin qullob.

Lolo

Sabodin koʻrdi chun mashshota ikki zulfini darhamu
Aningdek uchlarin kestiki qat’ oʻldi girihlar ham.</div>

Latif

Saf chekti har taraf yuzidin kirpik, ey koʻngul,
Ul shaklnu koʻrub xiradu sabrdin toʻngul.

Muhsin

Majlisda shayx bu kecha koʻp shayn boshladi,
Sindurdi sham’u nuqlni havz ichra tashladi.

Murod

Lutfung yeli chun esti bu mardudqa filhol,
Idbor nihoyatqa yetib keldi yuz iqbol.

Nekipay

Oʻqunggʻa tan, va’danggʻa jon xush qilmish erdi xotirin
Kesti chu paykoning birin, kuydurdi paygʻoming birin.

Nosir

Koʻrunsa koʻzga nogah-nogah ul oy,
Koʻzum hayron qolur yuziga, ey voy.

Vali

Chu ul oygʻa qul oʻldi bu gʻamkash,
Qulidin yuz yoshurdi ul mahvash.

Varqa

Javr ila qahringki haddin oshti bagʻoyat,.
Vahki, ne bor ibtido anga ne nihoyat.

Humom

Ul shoʻx oncha javrda koʻrguzdi ehtimom,
Kim ot chiqardi, balki anga ushbu erdi kom.

Hilol

Koʻnglum halok boʻldi, chu ishqingni boshladi,
Oxir boshinda har neki bor erdi, tashladi.

Yusuf

Sayr ichra qachonkim yuzungga yetti quyosh,
Ter oqib, aning chehrasidin bordi yosh.

Yunus

Zulf ochmaki yuzungdur manga sham’i majlis,
Mahv qil tun raqamin kun yuzidin, ey munis.

Tarixii, Adabiy Va Mifik Shaxslar Nomi Koʻrsatkichi

Ayoz—gʻazal 200, 6.

Anas — gʻazal 51, 6; 223, 3; 234, 1

Anqo— tarji’band 65.

Aflotun — gʻazal 128, 3.

Afridun — gʻazgl 69, 5.

Ahmad— tarkibband 4, 4.

Ahmadi Mursal — gʻazal 364, 9.

Bahrom —gʻazal 532, 2.

Bishr—gʻazal 365, 6.

Bu Ali — tarji’band 38.

Buzar —gʻazal 223, 3; 234, 7.

Vomiq —gʻazal 341, 7; 456, 3; 541, 3; 586, 7.

Gadoiy — gʻazal 400, 8.

Dovud — gʻazal 287, 6; 560, 9.

Yofas —gʻazal 89, 3.

Jamshid (Jam) — gʻazal 8, 3; 69. 5: 89, 4; 123, 6; 127, 5; 131, 7; 134, 7; 168, 6; 225, 1; 238, 7; 336, 4; 337, 5; 394, 1; 2; 3; 4; 426, 8; 605. 8; 630, 5; 642, 7; 650, 9.

Jibril — gʻazal 242, 6; 284, 5; 379, 5.

Joʻki — qit’a 33.

Zol — gʻazal 275, 6.

Zulayxo — gʻazal 303, 4.

Iblis — gʻazal 262, 6.

Iskandar (Skandar) — gʻazal 30,6; 62,2; 89,4; 178,3; tarji’band 42, 69, 2.

Iso (Masix, Ruxullox) — gʻazal 3,2; 6,4; 33,9; 78,4; 141,3; 150, 4; 176, 3; 183, 1; 191, 5; 193, 6; 197, 6; 215, 2; 224, 2; 225, 2; 228, 3; 242, 4; 245, 2; 246, 7; 262, 4; 284, 1; 287, 6; 301, 9; 302, 4; 304, 4; 331, 9; 373, 1; 377, 3; 403, 1; 440, 3; 520, 1; 522, 1; 523, 6; 533, 6; 580, 3; 597, 7; 634, 3.

Karx —gʻazal 111, 6.

Layli (Laylo) — gʻazal 2,7; 3,5; 43,6: 59,5; 238,3; 326,3; ZPZ, 1; 373, 5; 408, 3; 409, 3; 419, 8; 439, 1; 478, 7; 531, 5; 532, 9; 542, 5; 547, 3; 564, 6; 622, 4.

Lutfiy — muxammas 1, 5.

Majnun — gʻazal 2, 7; 3, 5; 23, 5; 38, 7; 43, 6; 45, 5: 56, 2; 59, 5; 75, 5; 91, 2; 124, 1; 127, 6; 128, 4; 138, 5; 192, 4; 197, 5; 238, 5; 254, 6; 304, 4; 308, 1; 3; 325, 6; 326, 3; 341, 7; 363, 1; 373, 5; 408, 3; 409, 3; 419, 8; 439, 1; 442, 5; 456, 3; 458, 4; 478, 7; 485, 4; 498, 3; 526, 2; 531, 5; 532, 9; 541, 3; 542, 5; 561, 1; 564, 6; 586, 7; 602, 2; 603, 3; 612, 4; 613, 7; 619, 3; 622, 4; 623, 2; 639, 4; 648, 6; muxammas 5, 8.

Mansur — tarkibband 1, 6.

Muso — gʻazal 6, 4; 51, 5.

Muxtor — tarkibband 4, 4.

Mar'yam — gʻazal 19, 4; 522, 1.

Muhammad— qit’a 2, 1.

Mahmud — gʻazal 200, 6.

Mahmud Sayyod— qit’a 48, 1.

Nuh —gʻazal 5, 7; 8; 89, 3; 106, 6; 563, 5.

Odam —gʻazal 89, 3; 339, 1; 393, 1.

Parvez —gʻazal 193, 8; 204, 6; 209, 5.

Rustam —gʻazal 275, 6; tarkibband 41.

Riyoziy — qit’a 25, 2.

Sayyid Hasan — tarkibband 1, 8.

Salmon — gʻazal 51, 6.

Sakkokiy — gʻazal 584, 9.

Som — gʻazal 89, 3.

Sulaymon — gʻazal 426, 3.

Sulton Husayn Boyqaro (Abdulgʻoziy, Sohibqiron Abulgʻoziy) gʻazal 35, 7; 238, 7; 650, 8.

Suxayb — gʻazal 51, 6.

Suxayl — gʻazal 383, 5.

Surush — gʻazal 262, 6.

Uzro — gʻazal 38, 7.

Faridun — gʻazal 69, 5; 238, 7; 606, 8.

Farhod —gʻazal 3, 5; 43, 6; 45, 3; 5; 56, 2; 75, 5; 127, 6; 138, 5; 193, 5; 8; 197, 5; 204, 6; 209, 5; 228, 5; 230, 2; 247, 3; 264, 6; 296, 5; 299, 6; 301, 4; 308, 3; 341, 7; 408, 3; 439, 1; 456, 3; 457, 4; 472, 3; 485, 4; 532, 9; 541, 3; 547, 3; 564, 6; 586, 7; 599, 1; 602, 2; 614, 4; 619, 3; 622, 4; 637, 1; 639, 4; 648, 6; muammo 35.

Fuzayl — gʻazal 365, 6.

Xallux — gʻazal 111, 4.

Xizr —gʻazal 10, 2; 82, 3; 178, 3; 225, 1; 245, 2; 373, 10; 388, 7: 398, 5; 403, 1; 427, 5; 461, 6; 533, 2; 636, 5; 643, 5; 650, 2. Xusrav — gʻazal 593, 7.

Shirin —gʻazal 3, 5; 38, 7; 43, 6; 45, 3; 103, 4; 203, 5; 238 3; 408, 3; 439, 1; 472, 3; 489, 3; 532, 9; 547, 3; 564, 6; 580, 2; 622, 4.

Shuayb — gʻazal 51, 1.

Yusuf — gʻazal 43, 5; 103, 5; 115, 5; 190, 5; 209, 5; 273, 4; 305 4 323, 4; 359, 5; 457, 6; 569, 3; 580, 3; qit’a 38, 2.

Yazdiy — tarji’band 73.

Ya’kub —gʻazal 175, 3; 178, 3; 569, 3.

Qodir — tarji’band 4, 5.

Qorun — gʻazal 570, 9; tarji’band 40.

Gʻaffor — tarkibband 4.

Havvo — gʻazal 393, 1.

Hakim — qit’a 49, 4.

Hamza — qit’a 38, 2.

Hasson — tarji’band 39.

Geografik Nomlar Koʻrsatkichi

Adan — gʻazal 606, 10.

Badaxshon — gʻazal 370, 3.

Buxoro — gʻazal 124, 6.

Bagʻdod — gʻazal 124, 6; 283, 5.

Dajla —gʻazal 124, 8; 333, 7.

Jayhun —gʻazal 124, 8; 308, 4; 333, 7.

Iroq — gʻazal 608, 7.

Kan’on — gʻazal 158, 6; 175, 3.

Kashmir — gʻazal 80, 7.

Ka’ba —gʻazal 12,6; 59,7; 114,4; 184,7; 200,4; 32,2; 347,4; 384, 2; 396, 6; 398, 9; 501, 9; 577, 6; 606, 4.

Misr — gʻazal 158, 6; 428, 2.

Rum — qit’a 12.

Ummon — gʻazal 399, 4; 511, 4.

Xavarnaq — gʻazal 313, 1.

Xayrobod — sit’a 19, 1.

Xito —gʻazal 515, 5; 7; qit’a 39, 2.

Xuroson —gʻazal 174, 7; 503, 8; 608, 7.

Xoʻtan — gʻazal 515, 1.

Shat —gʻazal 283, 5.

Sheroz — gʻazal 650, 9.

Chin—gazal 428, 2; 429, 5; 629, 2.

Eram — gʻazal 214, 4.

Qof — gʻazal 140, 5; 303, 1; tarji’band 65.

Hijoz — gʻazal 608, 7; 616, 7.

Hirot — gʻazal 12, 7.

Etnik Nomlar Koʻrsatkichi

Armani — gʻazal 515, 5.

Loʻli —gʻazal 73, 6; 111, 4.

Moʻgʻul — gʻazal 100, 4.

Tojik — gʻazal 368, 5.

Turk —gʻazal 368, 5; 395, 5; 598, 7; 623, 4, Uhudn—gʻazal 643, 2.

Charkas—gʻazal 623, 4.

Qiyot — gʻazal 73, 6.

Oʻzbak—gʻazal 100, 4; 180, 2; 323, 8.

Qoʻngʻirot — gʻazal 73, 6.

Hindu —gʻazal 100, 4; 111, 4; 319, 2; 323, 8; 365, 5; 501, 8; 507, 5; 510, 4; 515, 1; 2, 3; 4; 5; 6; 7;

III- qism
 
Keyingi