OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiQaro koʻzum (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotТошкент, Ғафур Ғулом номидаги, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988
Hajm225KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/9
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Ўзбекистон Фанлар Академияси Тил ва Адабиёт Институти
Ҳамид Сулаймонов номидаги Қўлёзмалар Институти

Таҳрир ҳайъати:Азиз Қаюмов, Абдулла Орипов, Абдуқодир Ҳайитметов, Бегали Қосимов, Жамол Камол, Натан Маллаев, Одил Ёқубов, Омон Матжон, Суйима Ғаниева
Тузувчи: Марям Раҳматуллаева
Масъул муҳаррир: Ваҳоб Раҳмонов



Annotatsiya
«Ўзбек адабиёти бўстони»нинг ушбу жилдига буюк Алишер Навоийнинг «Хазойинул-маоний» китобига кирган ғазаллардан саралаб олинди.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Qaro koʻzum (I- qism)
Alisher Navoiy

Gʻazallar

Ey yuzung gulbargiga oshuftau hayron sabo,
Telbalardek gulshani koʻyungda sargardon sabo.
Qoʻpmogʻi mumkin emastur, balki tebranmakligi,
Topmasa jonbaxsh la’ling nuktasidan jon sabo.
Sunbuli zulfin agar oshufta qilmaydur, nedur,
Kim, shabistongʻa esar har dam abirafshon sabo.
Pora-pora jism aro ohim netib qolgʻay nihon.
Boʻlmoq imkon yoʻq xasu xoshok aro pinhon sabo.
Yordin keldi sabo kech kelmakin aylarga fosh,
Koʻnglum ichra tez qildi shu’lai hijron sabo.
Notavonlar ohi ul gul koʻyida har subhidam,
Oʻyladurkim, gulsiton ichra esar har yon sabo.
Subh chun esti sabo, ichkil qadahkim, boʻlmogʻung
Senu koʻp esturgusi bu bogʻ aro davron sabo.
Lolaruxlar ahdining mahkamligi mumkin emas,
Sobit oʻlmoq lahzai bir yerda ne imkon sabo.
Tong emas, solsa Navoiy ohi koʻyungda girev,
Chun guliston sayrida zohir qilur afgʻon sabo,
* * *
La’ling ul oʻtki, koʻngul mijmar ango,
Yo koʻngul durju labing gavhar ango.
Gʻamidin oyru emonkim, tutmish
Uns bu xotiri gʻamparvar ango.
Zordur telba koʻngulkim, koʻrunur
Har dam ul huri pari paykar ango.
Qon koʻnguldin ne ajab turmasakim,
Kirpiking har dam urar nishtar ango,
Hajr oʻtidin tanim ul nav’ kuyar,
Kim erur ostida kul bistar ango.
Hajridin holim erur andoqkim,
Boʻlmogʻoy koʻrmagucha bovar ango.
Dahr xush gulshan erur, paylaykim,
Yoʻq vafo gullaridin zevar ango.
Jon olurda gami hajr, ey soqiy,
Choradur boda bila sogʻar ango.
Yuzi vasfiga Navoiy tushmish,
Bargi guldin yasangiz daftar ango.
* * *
Ul parivashkim, boʻlubmen zoru sargardon ango,
Ishqidin olam menga hayronu men hayron ango.
Oʻqlaringdin dam-badam taskin topar koʻnglum oʻti,
Bordurur bir qatra suv goʻyoki har paykon ango.
Bir dilovardur koʻngulkim gʻam sipohi qalbida,
Ohi novak toza dogʻidur qizil qalqon ango.
Novakining parru paykonida rangin tuz erur,
Yoki koʻnglumdin chu parron oʻtti yuqmish qon ango.
Nomai shavqum ne nav’ ul oyga stgay chunki, men
El otin oʻqur hasaddin yozmadim unvon ango.
Xizr xattingning ajab yoʻq sabzu xurram boʻlmogʻi,
Lab-balab chunkim berur suv chashmai hayvon ango.
Ey xusho, mugʻ koʻyikim rif’at bila ziynatda bor,
Mehr anga bir shamsau koʻk toqidur anvon ango.
Istamish buloul vafo guldin magarkim joladin,
Bagʻri qotmish gunchaning baskim erur xandon ango».
Qilmamish jonin fido jononga yetmas der emish,
Ey Navoiy, ushbu soʻz birla fido yuz jon ango.
* * *
Menmudurmenkim sening vasling muyassardur mango.
Baxti gumrahdin qachon bu qissa bovardur mango.
Haq tonuqturkim, tiriklikdin manga sensan murod,
Yoʻqsa olamning yoʻqi-bori barobardur mango.
Ey koʻngul, gʻavvosi bahri vasl oʻlubmei, ne ajab,
Gar nasib emdi oʻshul pokiza gavhardur mango.
Ne uchun bazmi visol ichinda ichmay bodakim,
Koʻziyu ogʻzi bukun bodomu shakkardur mango.
Oyu xurshidingni yigʻ, ey charxi gardun kim bu dam,
Hamdam ul oy chehralik xurshid paykardur mango.
Sarvni oʻrtab, sumanni yelga ber, ey bogʻbon,
Kim bukun hamsuhbat ul sarvi sumanbardur mango.
Qoʻrqaram hirmon sahobin yopmagʻay fahm etsa charx
Kim shabiston mehr sham’idin munavvardur mango.
Ey Navoiy, hech bilmonkim, topibmen vaslini,
Yo magarkim jumlai olam musaxxardur mango.
* * *
Bordi rahm aylamay ul kofiri xudroy mango,
Gar tarahhum qilibon qaytmasa, voy mango.
Nechuk oʻlmayki, borur vaqtda ul umri aziz,
Borcha bila koʻrushib qilmadi parvoy mango.
Tiyradurmenki, parishon boʻlubon vasl kunin,
Shomi hajr ayladi ul zulfi sumansoy mango,
Mastu ovora koʻngul ittiyu rahm etmadi ul,
Bodapaymoy demay, bodiya paymoy mango,
Yoʻq soʻzim charx ila, vah, qildi chu shabgir baland,
Roʻzgʻor etti qaro hajridin ul oy mango,
Soqiyo, sofi tarab ahli visol ichsunlar,
Hajr zindonida tutsangʻ bas erur loy mango,
Hur zohidqa, Navoiy, ikki dunyodau ul
Buti xudroyi demay, shoʻxi xudoroy mango.
* * *
Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur mango,
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne gamdur mango.
Pand eshitmay, koʻrub oii, yuz baloga uchradim,
Koʻzlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur mango.
Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ne sud,
Kim anga irsol uchui semurgʻ mahramdur mango.
Yorkim mundoq nihondur koʻadpiu men telbamen,
Kim degaykim, pashsha boʻlgʻop nasli odamdur mango.
Qora chirmab, yosh toʻkub, afgʻon qilurmen xomadek,
Etkali nolon koʻngul bu nav’i motamdur mango.
Oʻzga yuzga boqma deb, bir-bir koʻzumgʻa bosti muhr,
Iynak-iynak har qaro bir naqpga xotamdur mango.
Dahr aro tushkon havodis oʻtidin mone’ emas,
Koʻz yoshimdin garchi koʻz tushkuncha bir namdur mango.
Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay,
Kim koʻp psh bu korgah vaz’ida mubhamdur mango.
Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,
Ei Navoiy, ishq atvori musallamdur mango.
* * *
Har gadokim boʻryoyi faqr erur kisvat anga,
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga.
Kim fano tufrogʻigʻa yotib qoʻyar tosh uzra bosh,
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.
Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar,
Ham oʻzung insof bergilkim, bu ne nisbat anga.
Har ne shah maqsudidur — darveshning mardudidur,
Koʻr, nedur himmat munga, ne nav’ erur holat anga.
Faqr koʻyi tufrogʻin shah mulkiga bermas faqir,
Mulk, koʻrkim, teng emas tufrogʻ ila qiymat anga,
Shah sipah cheksa, faqir ahvoligʻa yetmas futur,
Bu vale chekkach nafas, barbod oʻlur hashmat anga,
Shoh emastur bir nafas osuda doʻzax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.
Shahgʻa sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur,
Mehrdekkim subh anfosi ochar tal’at anga.
Shohgʻa shahligʻ musallamdur, agar boʻlgʻay mudom,
Shohligʻ tarkin qilib, darvesh oʻlur niyat anga.
Mumkin ermas shahlar ichra boʻyla niyatligʻ, magar
Shohi Gʻoziykim, muyassar boʻldi bu davlat anga.
Shohlar darveshsho darveshlar shohikp, bor
Shohligʻ surat anga, darveshlik siyrat anga,
To shahu darvesh boʻlgʻay aylagil, yo rab, ayop,
Shohdin xizmat anga, darveshdin himmat anga.
Gar Navoiy soʻz uzatti faqrdin ermas demang,
Boʻlmagʻuncha hukm shahdin qayda bu jur’at anga?
* * *
To seningdek qotili xunxoraye bordur manga,
Billah, ar oʻlmakdin oʻzga choraye bordur manga!
Noʻshi jon har bodakim ahbob ila noʻsh aylading,
Garchi hargiz demading ovoraye bordur manga.
Vasling iqboliyu men, hayhot, basdur bu sharaf,
Kim yiroqdin davlati nazzoraye bordur manga.
Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir oʻq,
Shukr erurkim, har sari moʻ yoraye bordur manga.
Bordi ul xurshidu ashkim oqti, vah, tole’ koʻrung,
Kim ne yangligʻ axtari sayyoraye bordur manga.
Sabr soldim koʻnglima vasling tilab, vah, bot kelib
Turfa koʻrkim, shisha ichra xoraye bordur manga.
Dema koʻp, ey nafskim, dunyo arusin aqd qil,
Uyda ba’zidek sogʻin makkoraye bordur manga.
Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan,
Yova der, bukim pariruxsoraye bordur manga.
En Navoiy, kuymagimni qilmagʻaysan man’, agar
Jon aro bilsang ne otashporaye bordur manga.
* * *
Necha koʻnglum pora boʻlsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bagʻrim toʻlsa qon, boqmas dame dildor anga,
Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh,
Kim yiqilib, sanchilibtur har tarafdin xor anga,
Nomam eltur qush agar mazmunin aytib qilsa sharh,
Sochqay oʻt qaqnus kibi ming chok oʻlub minqor anga.
La’ling ollida chekar el jonini olgʻach koʻzung,
Bah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bomor ango.
Aql evi sori inonin boshlamoq, nosih ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzuq devor anga.
Tortasen isyon yukin, xam qil qadnng toatgʻakim,
Yuk ogʻir boʻlsa, ruku’ ul dam boʻlur nochor anga.
Umr gʻaflat uyqusi birla tilarsen kechsa, oh, -
Koʻz yumub-ochquncha kimning e’timodi bor anga?
Men xud oʻldum, ey sabo, koʻnglumni koʻrmang koʻyida,
Chiqma andin, deb nasihat qilgʻasen zinhor anga.
Zor jismim tushgali hajr oʻtidin gʻam changgiga,
Ey Navoiy, oʻxshashur ham ud anga, ham tor anga.
* * *
Guloʻ gulzor sening bogʻi jamolinggʻa fido,
Saryoʻ shamshod dogʻi toza niholinggʻa fido.
Butubon mehrigiyah donasi ham sochilsa,
Orazint goʻlgnani ichra xatu xolinggʻa fido.
Yoʻq mening, balki Xizr birla Masiho joni,
Chashmai noʻsh aro jonbaxsh zulolinggʻa fido.
Yangi oy, balki toʻlun oy demayin, balki quyosh,
Toʻlin oyu quyoshing uzra hilolinggʻa fido.
Ey koʻngul, vasli xayolini qilursen doim,
Ki mening jonu jahonim bu xayolinggʻa fido.
Tutqung, ey rindi xarobot, manga sogʻarkim,
Ruh bodinggʻau eski safolingga fido.
Ey Navoiy, labidin nukta soʻrarsen, yuz jon
Boʻyla shirin soʻzu jonbaxsh maqolingga fido.
* * *
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas toʻti takallum shakkaristondin judo.
Ul quyosh hajrinda, qoʻrqarmen, falakni oʻrtagay
Har sharorekim boʻlur bu oʻtlugʻ afgʻondin judo.
Dema, hijronimda chekmaysen figʻonu nola koʻp,
Jism aylarmu figʻon, boʻlgon nafas jondin judo?
Boʻlsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmagʻil
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Hajr oʻlimdin talx emish, mundin soʻng, ey gardun, meni
Aylagil jondin judo, qilgʻuncha jonondin judo.
Vasl aro parvona oʻrtandi, hamono bildikim,
Qilgʻudekdur subh ani sham’i shabistondin judo.
Bir iyosiz it boʻlub erdi Navoiy yorsiz,
Boʻlmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.
* * *
Behi rangidek oʻlmish dardi hajringdin manga siymo,
Dimogʻim ichra har bir tuxmi yangligʻ donai savdo.
Mazallat tufrogʻi sorigʻ yuzumda bordur andoqkim,
Behida gard oʻlturgon masalli tuk boʻlur paydo.
Oqartib ishq boshimni, nihon boʻldi sarir chehram,
Momugʻ ichra behini chirmogʻon yangligʻ kishi ando,
Yuzumda tiygʻi hajring zaxmi har sori erur bevajh,
Behini tiygʻ ilan chun qat’ qilmoq rasm emas qat'o.
Yuzum tufroqdadur har dam qurugʻon jism ranjidin,
Behiga sarnigunlik shoxi za’fidin boʻlur goʻyo.
Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yangligʻ,
Kiyib pashmina, toatqa qadin xam asramoq avlo.
Navoiy gar quyosh noranjidin behrak koʻrar, tong yoʻq,
Bohikim lutf qilmish mahdi ul'yo ismatud dunyo.
* * *
Zor jismimgʻa xadanging zaxmidin ortar navo,
Sozdekkim, teshsalar oni fuzun aylar sado.
Qaddi hajrinda gʻamim sham’ini har devorga
Kim tayabmen sarv andomi bila boʻlmish qaro.
Gʻunchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdigʻa
Yetkurur hardam adam daryosidin mavji fano.
Orzuyi vaslidin ranjur erur munglugʻ koʻngul,
Qut uchun tazvir ila bemor boʻlgondek gado.
Nega yigʻlab anbarin zulfin kesar hijron tuni,
Oʻlmagimni anglabon gar sham’ tutmaydur azo.
Hajr dardin koʻnglima kam qildi xoling oqibat,
Dogʻ emish dardi shaloyin xastagʻa oxir davo.
Ruhparvardur Navoiy ohi ul yuz shavqidin,
Ul sifatkim lolau gul yuzidin kelgay sabo.
* * *
Ey, sanga qomati diljoʻ ra’no,
Tavru tarzing dogʻi asru ra’no.
Paykaru qaddinga volihmenkim,
Ul biri nozuk erur, bu ra’no.
Ul pari uchqusi ra’noliqdin,
Odami muncha boʻlurmu ra’no.
Qomating nozuku toʻbi nozuk,
Sarv ra’nou torongʻu ra’no.
Ey musulmonlar, oʻlarmenkim, erur
Asru ul sarvi sumanboʻ ra’no.
Bevafodur bu chaman, koʻp boʻlmang,
Ey sapidor ila noju, ra’no.
Bil, Navoiyki, gʻizolingcha emas
Chin gulistonida ohu ra’no.
* * *
Telba koʻnglum yorasi hadsiz tani uryon aro,
Oʻyladurkim yer tutar devonaye vayron aro.
Buki la’ling nuktasi har dam oʻlukni tirguzur,
Kirdi Ruhulloh, magar, ul chashmai hayvon aro.
La’l yozilgʻon kibidur la’l aro qilsang nazar,
Koʻzki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro.
Qatra suv ichra, degaykim, bargi gulning aksidur,
Qatra qonim rangini kim koʻrsa ul paykon aro.
Qomating yodida koʻnglum ichra har keskon alif,
Rost boʻlmish ul alifdekki, yozilgʻay jon aro.
Jon fidong oʻlsun habibimkim, hamono bor edi
Qasdi maxluqot aro insonu sen inson aro.
Ey Navoiy, istasangkim oʻlmagay el darddin,
Dardi holingni dema nazm aylabon afgʻon aro.
* * *
Xil’atin aylabmudur ul shoʻxi siyminbar qaro
Tun savodi birla kiygandek mahn anvar qaro.
Ul pari hindusi men, med telbakim, uryon tanim,
Tifllar toshidin, iynak, boʻldi sartosar qaro.
Ashkdek oqti qaro suv koʻzdarimdin hajrida,
Tong yoʻq idborim chu boʻlmishdur manga axtar qaro.
Qosh oʻyub yoqsang qaro boʻlgʻon koʻzumning mardumin
Xoli maygunungni qilgʻuncha qoʻyub anbar qaro.
Ishq raf’ oʻlgʻoch koʻngulga yoʻqturur juz tiyralik,
Ul sifatkim shu’lasi oʻchkach boʻlur axgar qaro.
Gʻayrdin qilgʻil zamiring safhasin pok, ey faqih,
Tobakay qilmoq firibu makr ila daftar qaro.
Dudi ohidin qaro ermas Navoiy kulbasi,
Kim qilibtur xonumoim bir pari paykar qaro.
* * *
Qilur ishq yuz ming balo oshkoro,
Vale borin aylar sango oshkoro»
Balo, koʻrki, agʻyorga koʻrguzur yor
Nihon mehru, bizga jafo oshkoro.
Dedim ishqni oshkor etmay, ammo
Yoshurdum men, etti qazo oshkoro.
Netib men nihon asrayin, ayting oxir,
Tilar boʻlsa dardim xudo oshkoro.
Jununum bu boʻlsa, gʻamim boʻlgʻusidur
Nechakim yoshursam, yono oshkoro.
Qilur yuz jafo oshkorou bir ham
Vafo qilmas ul bevafo oshkoro.
Yedim tiyrboroni hajringda ming zaxm
Ki, boʻldi ne oʻqu ne yo oshkoro.
Necha boda maxfiy, chu fosh oʻldi ishqim,
Tut emdi qadah, soqiyo, oshkoro.
Ki to mast oʻlub ishq ramzida, tortay,
Navoiy kibi bir navo oshkoro.
* * *
Sorigʻ ogʻriq boʻldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo.
Yuzu jismimdur sorigʻ barge qurugʻon shox uza,
Shoxu bargkim qurub sargʻarsa, kim koʻrmish davo?
Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin
Boʻldi sorigʻ lola koʻzum oqiyu dogʻi qaro.
Sud emish koʻz tushsa asfar jinsi sori, vah, qani
Sarvinozimkim, sorigʻ gulbargidin kiymish qabo.
Sorgʻorib qoldim havodis kojigʻa hijron kuni,
Bir sorigʻ qushdekki, kunduz qolgʻay ol qushlar aro.
Shom ila subh ar sorigʻ ogʻrigʻ emaslar, bas nedur,
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo?
Dard tufroqqa nihon qildi Navoiy jismini,
Tolibon bir shusha oltun, dafn qilgʻondek gado.
* * *
Vahki, rasvomen yana dovonavu oqil aro,
Bulajab holim erur afsona har mahfil aro.
Muztar erdim hajridin, yor etgay ermish tarki mehr
Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkil aro.
Aqlu sabru hush itib, koʻnglumda qoldi dogʻlar,
Korvon koʻchsa qolur oʻtlar yeri maizil aro.
Oʻqlaring mujgon kibi giryon koʻzum atrofida,
Rost bordur ul qamishliqkim boʻlur sohil aro.
Kirpiging tushkap koʻngul ichra xayoling, ey pari,
Goʻiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.
Kullugʻung dogidin oʻlsam, istamon ozodlik,
Kim bu tamgʻodur nishone mudbiru muqbil aro.
Koʻyung-oʻq istar Navoiy, nasya jannat — ahli zuhd,
Muncha-oʻq boʻlgʻay tafovut olimu johil aro.
* * *
Bas ajabdur gar manga ul dilrabo qilgʻoy vafo,
Kimga umr etti vafokim, ul manga qilgʻoy vafo.
Chun vafosizdur qaro koʻzlar sanga ham, ey koʻngul,
Mumkin ermasturki ul koʻzi qaro qilgʻoy vafo.
Men jafo tortargʻa xoʻy ettimki, yoʻq imkonikim,
Ul jafojoʻ to qila olgʻay jafo, qilgʻoy vafo.
Chun mening dardim parivashlar jafosidin durur,
Ushbu dardimgʻa magarkim ham davo qilgʻoy vafo.
Qil vafo ushshoqingga, ey shoʻxkim, nogoh agar
Bir pari ishqigʻa zor oʻlsang, sango qilgʻoy vafo.
Davrning iflosidin may ichki, joh ahliga ham
Aylamon bovarki, bu dayri davo qilgʻoy vafo.
Aytsa boʻlgʻay zamon nodoni, jono, onikim,
Jon berib ahli zamondin muddao qilgʻoy vafo.
Oʻzga oylardin vafo naql etsalar man’ aylamon,
Lek inonmoq onikim, ul bevafo qilgʻoy vafo.
Ey Navoiy, koʻp vafodin dema soʻzkim, aybi bor,
Faxr ishq ichra agar bir benavo qilgʻoy vafo.
* * *
Ne xush boʻlgʻay ikovlon mast boʻlsoq vasl bogʻinda,
Qoʻlum boʻlsa aning boʻynidau ogʻzim qulogʻinda.
Dami vasl ichra volihligʻ bila ruxsorim egnida,
Yana bir dam niyozu ajz ila boshim ayogʻinda.
Tutub gohi zanaxdonin mukarrar aylasam bot-bot,
Koʻrub gullar ochilgʻon bodadin ruxsori bogʻinda.
Shimib yutsam gahi hayvon suyidek zavqdin koʻrgach,
Tarashshux bodadin gul yafrogʻi yangligʻ dudogʻinda.
Gahi koʻz surtarimda, yoʻqsa haryon shodligʻ ashkim,
Gul uzra qatra shabnamlar kibi siymin saqogʻinda.
Gʻahi bexudlugʻumdin seskanib tutsam adab rasmi,
Belida chirmashurda shavqning ifroti chogʻinda.
Ne kelsa tongla kelsun, bir tun usruk yotsa ham xushtur,
Kishi gul chogʻi bir gul xirmanin tortib quchogʻinda.
Qachon davron manga bir boʻyla ishratni ravo koʻrgay,
Ki oʻrganmish meni oʻrtarga hijron dardu dogʻinda.
Navoiy, sen kimu, ishrat mayi, bilmasmusen kim, it
Agar qon ichsa ham boshi keraktur oʻz yalogʻinda.
* * *
Gul kerakmastur menga, majlisda sahbo boʻlmasa,
Naylayin sahboni bir gul majlisoro boʻlmasa.
Bazm aro xushtur qadah kavkab, vale ermas tamom,
Mutribi xush lahjai xurshid siymo boʻlmasa.
Mehru, mohu, Mushtariyu, Zuhra chun qildi tulu’,
Hech nahs axtar tulu’i anda qat’o boʻlmasa.
Muncha boʻlsa ham muyassar jam’ emas xotir hanuz,
Toki mugʻ koʻyida bir mahfuz ma’vo boʻlmasa.
Chun bu yerda ichkaridin rust bogʻlandi eshik,
Odam ermas ul kishikim, bodapaymo boʻlmasa.
Xushturur bu nav’ amniyat, vale aqshomgʻacha
Gar falakdin bir xiyonat oshkoro boʻlmasa.
Har kishiga umrida bu nav’ bir kun bersa dast,
To abad gʻam yoʻq agar boʻlsa yana yo boʻlmasa.
Umr bazmida nishot asbobi dilkashdur base,
Gar havodis shahnasidin anda yagʻmo boʻlmasa.
Ey Navoiy, gar nasibingdur abad umri, kerak
Xotiringda yordin oʻzga tamanno boʻlmasa.
* * *
Kosidekim yordin bir soʻz rivoyat aylasa,
Istaram soʻrgon soyi boshtin hikoyat aylasa.
Telbalar yangligʻ gah oʻz holimdadurmen, goh yoʻq,
Ul naridin har kishi bir soʻz rivoyat aylasa.
Ey koʻngul, ohingni dersenkim suv aylar toishi»
Chin erur, gar koʻngliga oning siroyat aylasa.
Jongʻa basdur har nafas bir dogʻ, nevchun boʻlmasun,
Qoni’ ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa.
Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon,
Kim oʻlar har kim, fasonamni bidoyat aylasa.
Gʻam sipah qasdimgʻa tortibtur, ne boʻldi piri dayr,
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa.
Ey Navoiy, faqrdin bebahradur, yuz gʻam yetib,
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa.
* * *
Koʻnglum oʻrtansun agar gʻayringgʻa parvo aylasa,
Har koʻngul hamkim, sening shavqungni paydo aylasa.
Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid oʻlay,
Har kishi hamkim, seiing vasling tamanno aylasa.
Oʻzgalar husnin tamosho aylasam chiqsun koʻzum,
Oʻzga bir koʻz hamki, husnungni tamosho aylasa.
Gʻayr zikrin oshkoro qilsa, lol oʻlsun tilim,
Qaysi bir til hamki, zikring oshkoro aylasa.
Rashkdin jonimgʻa har nargis koʻzi bir shu’ladur,
Bogʻ aro nogah xirom ul sarvi ra’no aylasa.
Yoʻq, ogʻizdin nukta aytur mahzashimdek boʻlmagʻay,
Gar Quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.
Ofiyat joningʻa yetti, ey xusho, mugʻkim msni
Gar qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.
Kelturung daf’i jununumga parixon, yoʻq tabib,
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.
Subhdek bir damda gardui qoʻymagʻay osorini,
Nogah ahli sidq koʻngli mehrin ifsho aylasa.
Dahr shoʻxpgʻa, Navoiy, sayd boʻlma, nechakim
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.
* * *
Munisi jon deganim ofati jon boʻldilo,
Jonima bedodidin sheva figʻon boʻldilo.
Dedi koʻzung qoniii vaslim ila turguzay,
Voyki, bagʻrim dogʻi hajrida qon boʻldilo.
Gar yuzi may tobidin gul-gul erur qon yoshim,
Yuz uza tim-tim tomib, lolasiton boʻldilo.
Koʻzu koʻngul qonini yoshuray eldin dedim,
Har biridin yuz sari yuzda nishon boʻldilo.
Zuhd aro har mushkilimkim bor edi, ey faqih,
Jomgʻa may quygʻoch-oʻq, barcha ayon boʻldilo.
Kimki zamon ahlidin aylamadi ijtinob,
Bir kun ani ham degung ahli zamon boʻldilo.
Yaxshilar ichra vatan tutsa Navoiy, ne tong,
Kimki yomonlar bila boʻldi, yomon boʻldilo.
* * *
Yor dardim soʻrmayip koʻnglumni mahzun qildilo,
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo.
Bermayin zaxmin jigar qoniga taskin gunaye,
La’li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo.
Daf’i savdo istadim la’li mayidin, bir yoʻli
Ul pari savdozada koʻnglumni majnun qildilo.
Ey koʻngulkim, sabr togʻin maskan etting oqibat,
Tund sayli ishq ul togʻingni homun qildilo.
Besutungʻakim sutun Farhod boʻldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidagʻi «nun» qildilo.
Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo.
Qatra xayliq orazing vasfin Navoiy qilgali,
Lutfi tab’ abyoti nazmin durri maknun qildilo.
* * *
Oʻrtasa ishq meni, soʻrma sabab:
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab.
Choklik jon qolur oʻtu suv aro,
Chun mayoluda boʻlur ul iki lab.
Ayogʻing tufrogʻin oʻnsam basdur,
Bor ayogʻingni desam — tarki adab.
Uyla, dardu gʻaminga oʻrgandim,
Kim unut boʻldi manga ayshu tarab.
Zulfida zor koʻngul ranji ne tong,
Xastaga koʻproq oʻlur necha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qoʻpqay.
Tufrogʻi ustiga sursang markab.
* * *
Borur ul mast yana noz aylab,
Xalq ila arbada ogʻoz aylab.
Qatl uchun gʻamzani jallod qilib,
Zulm uchun koʻzni fusunsoz aylab.
Har qachonkim turubon boda ichib,
Shur’asin xonabarandoz aylab.
Javr uchun ahli vafokim ayirib,
Barchasidin meni mumtoz aylab.
Turfaroq bukim, aning keynicha-oʻq,
Jonu koʻnglum qushi parvoz aylab.
Ne gunah koʻpga nazardinki, qazo
To ochib oni nazarboz aylab.
Garchi holimni Navoiy yoshurub,
Ishq anga ashkni gʻammoz aylab,
* * *
Bogʻingga yetmasun oshub xazondin, yo rab,
Gul bila sarvunga oseb zamondin, yo rab.
Oldi jon la’lingu elga labi jon berguchilar
Barcha kul boʻlsun oning ollida jondin, yo rab.
Dardini baski nihon tuttum — oʻlarmen pinhon,
Voqif etgil oni bu dardi nihondin, yo rab.
Yomon ahvolima koʻz solmadi ul oy yaxshi,
Yaxshi ogoh qil oni bu yamondin, yo rab.
Yuz jahon zulm jahon ahli manga qildi, meni
Forigʻ et ahdi jahon birla jahondin, yo rab.
Beribon koʻngluma jam’iyati xotir qutqar,
Har nekim andin erur tafriqa, ondin, yo rab.
Koʻyida hajr figʻoninki Navoiy tortar,
Ham meni, ham oni qutqar bu figʻondin, yo rab.
* * *
Jamolin ayla ulus koʻzidin nihon, yo rab,
Nihon oʻtumni aning koʻngligʻa ayon, yo rab.
Ayogʻi chunki yetar ostoni tufrogʻigʻa,
Boshimni aylagil ul xoki oston, yo rab.
Agarchi emin emon bir zamon jafosidin,
Chekardin oni manga bermagil amon, yo rab.
Demonki lutfini, javrini dogʻi mendin oʻgun
Birov xayoligʻa oʻtkarma nogahon yo rab.
Zamon-zamon chekibon ishq oʻti shu’lasini,
Yorugʻ koʻngulni ul oʻt birla har zamon, yo rab.
Agarchi aylamasang yaxshi, yaxshi koʻrguzgil
Meni anga nechakim bor esam yomon, yo rab.
Navoiy ohini yetkur anga, vale qoʻyma
Aning jamolida bu duddin nishon, yo rab.
* * *
Kezarmen koʻyida yillar nazar holimga solgʻay deb,
Agar oʻltursa qonim rangi tufrogʻida qolgʻay deb,
Koʻngulga yuz tuman nesh ursa hijron aylamon nola,
Visoling poʻshidin ul zaxmlar bir kun oʻngolgʻay deb.
Koʻngulga novaking to kirdi behad hifzin aylarmen,
Ki bu shisha ichinda ul dagʻi nogah usholgʻay deb.
Koʻngulni koʻyida yuz ranj ila mehnatqa topshurdum,
Ki gar koʻrsa bu surat birla shoyad koʻnglum olgʻay deb.
Sirishkim qoni qildi koʻyining tufrogʻin ogʻushta,
Itiga shoyad ul balchigʻ bila bir uy yasolgʻay deb.
Haram vaslin tilarsen poʻya ur mardona, ey solik,
Qadam ohista chekma bagʻring ul yelmakda tolgʻay deb.
Navoiy benavoligʻ birla doim may ichar, bir kun
Navo naqshini davron mutribi bazmida cholgʻay deb.
* * *
Sen labing soʻrgʻon soyi men qon yutarmen, ey habib,
Sen may ichgilkim, manga xuni jigar boʻlmish nasib.
Dedilar, ahbob, dardigʻa habib aylar davo,
Vahki, men kuydum, muhabbatdin emas vokif habib.
Koʻyungga kirgach koʻngul qoshinggʻa mayl aylar, bale,
Goʻshai mehrob etar payvasta manzilgah gʻarib.
Chehra sorgʻorgʻon soyi otar koʻngulning nolasi,
Bor ajab voqi’ xazon faslida nolon andalib.
Hoshalillah sharbatimni zahri qotil birla ez,
Chun ish ondin oʻttikim, kelgay Masihim, ey tabib.
Necha ul oy mehridin shaydo koʻngulni ovutay,
Telbaga yolgʻon hikoyat birla bergandek firib.
Mayga rahn oʻlmay fano dayrida tasbihu rido,
Niri dayr etmas havola elga zunnoru salib.
Nafsing etsa shoʻxlugʻ charx emgagidin qil adab,
Tiflni andoqki zajr aylar falaq birla adib.
Ey Navoiy, zulmidin dermanki, ishqin tark etay,
To nazardin gʻoyib oʻldi, yoʻq yana sabru shikib.
* * *
Dam-badam jomi tarab gʻayr ila ul moh chekib,
Men yiroqtin boqibon, qon yutubu oh chekib.
Ne gʻamim it kibi oʻlmakdin agar eltur esa,
Boʻynuma in solibon koʻyiga ul moh chekib.
Gʻarazim buki unutturmogʻamen oʻzni anga,
Koʻyiga kirmagim afgʻon gahu begoh chekib.
Koʻngluma hajr agar dard oʻqi yogʻdursa ne tong,
Gar chiqorur esa paykonini dilxoh chekib.
Men adam yoʻliga bormon, meni lekin elitur,
Ogʻzi shavqida koʻngul oʻziga hamroh chekib.
Mapi asfarki toʻkulmish quyubon yuz ichsam,
Kahraboni koʻrunguz jilva qilur koh chekib.
Jur’asin bersa Navoiyga erur oʻlgucha bas,
Bazmi aysh ichra tarab sogʻarni ul shoh chekib.
* * *
Buzdi koʻnglum kishvarin hijron gʻami tugʻyon qilib,
Ohu ashkimdin birin sarsar, birin toʻfon qilib.
Dard uyin qildi bino ishqing buzub koʻnglum uyin,
Kimsa yangligʻkim, bir uy tuzgay, birin vayron qilib.
Tanda ohing shu’lasin, derlar, nihon tut, ohkim,
Bir ovuch xoshok aro boʻlmas chaqin pinhon qilib...
Hajr koʻyida yalang jismimni koʻrgan sogʻinur,
Kim meni oʻlturgali eltur junun, uryon qilib.
Xorlar koʻnglumdadur sendinki, gardun tuzmagay,
Har birin otsam, bir ohim oʻqigʻa paykon qilib.
Soʻrma nevchun bedil oʻldung deb, oʻzung chun hajr aro
Koʻzdin oqizding koʻngulni, qatra-qatra qon qilnb.
Shukrini ne deb ado aylayki, aylar jilva yor,
Elni holimgʻa, meni oʻz husnigʻa hayron qilib.
Dahr elidin juz jafo mumkin emas topmoq kishi,
Lek har birga vafolar onchakim imkon qilib.
Yor koʻp qilsa jafo, kam qil, Navoiy, nolakim,
Gulga bulbul oʻrgata olmas vafo, afgʻon qilib.
* * *
Chobukum raxsh uza hijron yoʻlida poʻya qilib,
Men aning keynicha gohi yugurub, gah yiqilib.
Yiqilib yona qoʻpub, chunki urub yoʻlgʻa qadam.
Vahki, yuz nishtari hijron ayogʻimgʻa tikilib.
Tobonim dardu balo xoralaridin oʻyulub,
Yuragim ranju ano xorlaridin teshilib.
Turfa koʻrgilki, inon tortmay ul shoʻx dame
Soʻngicha boʻyla qotiqliq bila holimni bilib.
Ishq dardigʻa juz oʻlmak yoʻq emish hech iloj,
Bosh qoʻyub olligʻa oningki bu ma’niyni bilib.
Istaram oʻzni xarobot ichida loya’qil,
Hush chun boisi ranj oʻldi netarmen osilib.
Gar Navoiygʻa yogʻin ashk ediyu ra’d — figʻon.
Hajr chun koj urubon koʻzlariga oʻt choqilib.
* * *
Yuz toʻshoʻkluk koʻnglum oʻrtarsen jafodin qon qilib
Xalq kuydurgan kibi zanbur evin vayron qilib.
Javhari ishqing yoshurgʻach oʻrtadim koʻnglumgʻa dogʻ,
Oʻylakim qoʻygʻay nishon el naqdini pinhon qilib.
Koʻhi ohandek gʻaming koʻnglumdin olgʻon ne osigʻ,
Kim yana jonimgʻa otding barchasin paykon qilib.
Yuz oʻluk tirguzdi la’lingga yetishkan jomi may,
Goʻiyo berding oiing har qatrasin bir jon qilib.
Aqlu din naqdin oʻgʻurlar goʻyi ul ayyorvash,
Buki behuga aylar elpi husnigʻa hayron qilib.
Boʻlubon har sham’ga parvona kuyma, ey koʻngul,
Ishq oʻtlugʻ zulmatida oʻzni sargardon qilib.
Ey Navoiy, dema la’lin tishlar el qatligʻa yor,
Balki elga jon bagʻishlar, bizga qasdi jon qilib.
* * *
Vah, ne qotildur kelur oyini zulmu kin solib,
Oshiq oʻlturmak uchun har qoshigʻa yuz chin solib.
Chun oʻtub ishq ahlidin oshubu sabru fahm oʻlub,
Chun yetib zuhd ahligʻa toroji aqlu din solib.
Har tarafkim, gom urub — yuz porso yoʻlin urub,
Har qayonkim, koʻz solib — yagʻmovu qatl oyin solib.
El sorikim yuzlanib — qindin chiqarib tiygʻi kin,
Chun manga markab surub — boshimgʻa tiygʻi kin solib,
Bu sorigʻ ruxeora birla qon yoshimdin yod qil,
Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib.
Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,
Borma har dam bizni mundoq bedilu gʻamgin solib.
Bogʻi husnungkim gul ochti rang-rang, ey mugʻbacha,
Goʻyo ichting maygʻa bargi lolavu nasrin solib.
Shar’siz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,
Koʻkka chiqsang jaybing ichra subhayi Parvin solib.
Dardu gʻam qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,
Hajr elindin xonumonin bordi ul miskin solib.
* * *
Ishq oʻti ichra har dam kul boʻlurmen oʻrtanib.
Gah-gahi ham telba itlardek chiqarmen churkanib.
Tobligʻ gesusiga chirmar meni sargashtani.
Koʻrmaduk ikki quyun bir tor birla chirmanib.
Mast boʻlsam ostoning bas manga bosh qoʻygali,
Ne hadimkim, takya qilgaymen tizingni yostanib.
Ishqdin koʻp ma’rifat xarj ayladi Majnun manga,
Boʻlmasa majnun, qilurmu xarj, mendin oʻrganib.
Men kimu gustox oʻnmak ilging, ey sultoni husn,
Itlaringning chun kafi noyin oʻparmen aylanib.
Yordin boʻlmas judo, jonga balo boʻlgʻay koʻngul,
Qush balosidekki, ayrilmas kichikdin oʻrganib.
Hajr aro sargashtamen andoqki, to tutqum qaror
Ish siqilmoqdur, bori olam boshimga aylanib.
Bevafodur chun jahon gulzori, ey koʻnglum qushi,
Boʻlma bir gul volehi, bulbulgʻa pogoh oʻtkanib.
Yoriga borsa yuz ish boʻlsa, Navoiy tark etib,
Lek qaytur vaqti har soat bir ishga kuymanib.
* * *
Soʻzi hajring ichra har dam za’fligʻ jismim yonib,
Oʻtqa tushgan qil masallik oʻrtanurmon toʻlgʻonib.
Ochqil oʻtlugʻ orazing, ey sham’kim, parvonadek
Oʻrtanay boshing uza bir necha qatla aylonib.
Solgʻasen olamgʻa oʻt, gar gul sovugʻi tobidin
Gʻupchadek gulshanga chiqsang hullalarga chirmovib.
Biym erurkim ofarinishdin chiqargaysen damor,
Bazmdin usruk chiqib maydonga chopsang otlonib.
Yor ila xoʻy aylagan koʻnglum erur ul nay qush,
Kim kishidin ayrpla olmas kichikdin oʻrgonib.
Qabrim uzra qoʻygʻasiz tosheki, za’f ayyomida
Ul pari koʻyida yotmishmen boshimgʻa yastonib.
Moldin umrungga osoyish agar yetmas, ne sud,
Nuh umri hosil etsang, ganji Qorun qozgʻonib.
Ey, Navoiy, tushta gar koʻrmak ani mumkin esa,
Barcha gar xud soʻnggi uyqudur, netarsen uygʻonib?
* * *
Ichsangiz may suyidin ishrat uyin obod etib,
Jur’aye ham quygʻasiz tufroqqa bizni yod etib.
Soz eting avval gʻamimdin nagʻmakim, barasl erur,
Uy imorat aylamak xoro bila bunyod etib.
To havoyimen ul oy hajrida andoqkim bulut,
Toqqa har dam yuzlanurmen yosh toʻkub, faryod etib.
Va’dayi vasl etsa ul Shirin sanam, gʻam togʻini
Qozgʻamen tirnogʻlarimni teshayi Farhod etib.
Ul quyundurmen fano dashtidakim, boʻldum adam,
Har ne borimni boshimdin chuyurib, ozod etib.
Har zamon koʻnglum qotiq ermas dema, ey siymbar,
Yoshurun qolmas bulur ichra nihon foʻlod etib.
Voqif oʻlkim, dahr dehqoni sening qasdingdadur,
Ismin oning gul qilib, otin munung shamshod etib.
Mayga targʻib etmaging kofiydurur, ey piri dayr,
Mundin oʻzga ishni naylarsen manga irshod etib.
Istama la’lin, Navoiykim, marazda emganur
Tab’ini sihhatligʻ el sharbat bila mu’tod etib.
* * *
Xorlar bir gul gʻamidinkim koʻngulga butrashib,
Har biri mujgonining bir zaxmi ichra oʻrnashib.
Yo rab, andin sa’broq holat boʻla olgʻaymukim,
Ikki hamdam bir-biridin ayrilurda yigʻlashib.
Bu uqubatqa talofiy hajr daf’ oʻlgʻoch budur
Kim, quchushqoylar alar, bir-birga nogah uchrashib.
Istagʻaymu huri jannat yonida kavsar suyin
Kimki yori birla bir kun boda ichti yondashib.
Sarv qaddim ishqidin koʻp toʻlgʻanib men koʻrgali,
Bogʻ arokim chiqti sarvu ishqnechon chirmashib.
Oʻlsa oʻldummu degay, ulkim sevar yori bila
Qolsalar xilvat aro, agʻyor har yon tarqashib.
Soqiyo, may birla sol jonimgʻa andoq shu’lakim,
Ranju mehnat dudi chiqqaylar boshimdan toʻlgʻashib.
Gʻam xazonida toʻkarmen ashklar, tortib girev,
Navbahor andoqki yogʻqoylar bulutlar kukrashib.
Ey Navoiy, bevafo davr ahligʻa indurma bosh
Kim, alar qoshida bosh indurgan el boʻynun qashib.
* * *
Xushturtur bir tiyra shomi hajr iki yor uchrashib.
Topishib, bir-birlarin mahkam quchushub, yigʻlashib.
Hajr dardiyu firoq, anduhigʻa taskin boʻla,
Oʻlturub ulfat bila, bir-birlariga yondashib.
Furqat ayyomida har birning boshiga kelganin,
Yuz tuman hamdardligʻlar birla har dam soʻzlashib.
Goh vasl iqbolining ishratlaridin shukr deb,
Gah firoq idborining shiddatlaridin mungrashib.
Goh ikki rishta yangligʻkim topar bir-birga tob,
Ikkilik fahm oʻlmogʻudek bir-biriga chirmashib.
Gah bu chirmonmogʻ ochilgʻonda ham ikki rishtadek,
Tob ochilsa qaytara ham bir-biriga toʻlgʻashib.
Ikki yondin qoʻl hamoyil berk-berk andoq chekib,
Kim yana bir-birdin ayrilmas masalliq oʻrmashib.
Ayni vasl ichra ishi oʻtsa shikoyat moʻjibi,
Ikki yondin raf’ etib, bir-birlarini aldashib.
Ey Navoiy, bu mahol andishagʻa chirmashma koʻn,
Jur’at aylab betahoshi soʻzlaring haddin oshib.
* * *
Bir oy firoqida har tun boshimgʻa oʻt tutoshib,
Quyoshgʻa shu’la yetib, dudi yetti koʻkdin oshib.
Chu eltib ikki tarafdin boshin qulogʻigʻa zulf,
Magarki qatlima har bir sening bila kengoshib.
Oʻzini hechcha fahm aylabon uyotqa qolib,
Ajal firoqing ila oʻlturur uchun oʻchoshib.
Quyosh damin ola olmay, kirib qaro yerga,
Yiqildi, husnda goʻyo yuzung bila taloshib.
Chamanda sarvgʻa noz aylamay yarashmay koʻp,
Valek har ne qilib sarvnozima yaroshib.
Firoq aro ne tiriklikdurur, xusho oʻlgan,
Visoli torigʻa ummed rishtasi uloshib.
Navoiy ulcha qazodin erur, boʻyin sungʻil,
Kim ulki bosh chekibon, soʻngra kechgasen qoshib.
* * *
Ikki oʻtlugʻ nargisingkim qildilar bagʻrim kabob,
Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob.
Tiygʻ tortib, dam olay-olmay yetishting boshima
Goʻiyo xurshid yangligʻ yoʻlda koʻrguzding shitob.
Ofarinish baski ahvolimgʻa yigʻlar har kecha,
Ashk daryosi erur gardunu kavkablar — hubob.
Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la’lini
Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob.
Ranju za’fim boʻlmish andoqqim, soʻra kelgan ulus
Holim aylarlar, savol, ammo eshitmaslar javob.
Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim,
Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob?
Gar karam daryosining mavji budurkim, chogʻladim,
Qoni oʻz boʻynigʻa, kim ishratdin etsa ijtinob.
Ich, Navoiy, mayki fahm ettuk tabibi ishqdin,
Gʻussavu gʻam zahriga taryok emish yoquti nob.
Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila
Elga tutgay xusravi anjumsipohi Jamjanob.
* * *
Labingdin xasta jonkim boʻldi betob,
Emas betob, anga erur shakarxob.
Yoshimdin obroʻyum bordi, bildim,
Ki ravnaqsiz qilur oltunni siymob.
Doshing hajrida har na’leki kessam,
Kelur payvasta, jono, shakli mehrob.
Qilich bogʻi beling quchqon hasaddin,
Koʻzumga ajdaredur shakli qullob.
Koʻzum ollindadur la’ling xayoli,
Emas kirpiklarim ustida xunob.
Firoq ilgi, figʻon, jon rishtasidin,
Chiqorur tordin andoqki mizrob.
Falak boshingga qoplab it terisin,
Sen oni jahldin deb kishu sinjob.
Ajab yoʻq, odamiyliqni unutsang,
Oʻzungni boʻyla it charmida asrob.
Navoiy, ranj koʻrma ogʻzin istab,
Kim ul bir javharedur — asru noyob.
* * *
Havo xush erdiyu ilkimda bir qadah mayi nob,
Ichar edim vale gʻamdin qadah-qadah xunob.
Ki hozir erdi oʻshul sarvi nargisi maxmur,
Valek ragʻmima qilmas edi qadahgʻa shitob.
Manga ne zahrai ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichgali may, ne qaroru toqatu tob.
Bu gʻussa birla ichim qon boʻlub nechukki qadah,
Koʻzumga har nafas ashk evrulur misoli hubob.
Chu angladiki borur ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kibi lutf ayladiyu qoʻydi itob.
Qadahni ichtiyu yuz loba birla tutti manga,
Ki oning ichgani-oʻq qildi meni mastu xarob.
Chu soqiy etti qadah koʻzgusida jilvai husn,
Ne ayb, oshiqi mayxora koʻngli boʻlsa yabob?
Navoiy vasl bihishtida shukr qil bu nafas,
Ki yona chekmagasen hajr doʻzaxida azob.
* * *
Doshu yuzungni munajjim chunki koʻrdi beniqob,
Dedi: koʻrkim, qavs burjidin tugʻubtur oftob.
Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi,
Emdikim bildi, arolarida bordur shakkarob.
Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur,
Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob.
Gul kibi yuzungda ter fard etti hushumdin meni,
Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob.
Kim sirishkim koʻrdi, ma’lum etti ishqim hosilin,
Dona birla oʻylakim el naqdini aylar hisob.
Garchi ishq oʻtida koʻnglumni oʻqungga shishlading,
Garm boʻlmakim, hanuz ne six kuymish, ne kabob.
Ne chamandur buki hasrat suyiyu dard oʻtidin
Parvarish topmish qayu bir guldakim bor obu tob.
Gar Navoiyning kuyuk bagʻrida qondur, ne ajab,
Xomsoʻz oʻlur yolin uzra tushub kuygan kabob.
* * *
Bahor elga ayshu manga iztirob,
Kulub holima barqu yigʻlab sahob.
Solib tufrogʻ ustida bir gul gʻami,
Origʻliq sudek jismima pechu tob.
Ketib gʻunchadek dogʻi nargis kibi,
Ogʻiz birla koʻzdin manga xoʻrdu xob.
Esib xalq sori nasimi visol,
Menga hajr oʻtidin yetib iltihob.
Guli vasl agar dahr bogʻida yoʻq,
Yetar qatlima hajr xori azob.
Koʻhan dayr bedodu zulmi bila,
Darigʻoki, oʻtdi zamoni shabob.
Chu yoʻq vasl, bexudlugʻ avlodurur,
Qadah davrigʻa ayla soqiy shitob.
Ki oʻzni qilay necha sogʻar chekib,
Bu dayri xarob ichra masti xarob.
Navoiy, desangkim zamone tinay,
Zamon ahlidin aylagil ijtinob.
* * *
Qoni sening kibi olamda dilrabo mahbub,
Koʻz ila qotilu lab birla jonfizo mahbub,
Ne zulm aylasang ahbobqa, xudo yoring,
Chu xalq anlamamish sen kibi xudo mahbub.
Xumori dardi bila hajr mehnatida mango,
Iloj bodadur, oy hamdamu davo — mahbub.
Niyoz ishq sori nozi husn jonibidur,
Agarchi shoh muhib boʻlsau gado — mahbub.
Meni gadoga ne hol oʻlgʻay, ey musulmonlar,
Ki soldi ishq boshim uzra podsho mahbub.
Rafiqlar oʻtungiz dayr koʻyidinki, meni
Xarob ayladi man dogʻi mubtalo mahbub.
Gar oʻlsa ahli muhabbat Navoiy, ey hamdam,
Vafo kerak anga, qilgʻon soyi jafo mahbub.
* * *
Qon yoshim yoʻlungda tommaydur koʻzum giryon boʻlub,
Kim ayogʻingga tushubtur koʻz qarosi qon boʻlub.
Gʻunchadek koʻnglum chekar un gʻarq oʻlub xunob aro,
Soʻz deganda ogʻzing ikki la’l aro pinhon boʻlub.
Soʻrsa Majnun ishq dashtida meni, ayt, ey rafiq,
Kim quyundek itti bu vodiyda sargardon boʻlub.
Hajri koʻnglumni buzub, gʻam seli hamvor etti, poy,
Kim asar ham yoʻqtur ul ma’muradin vayron boʻlub.
Tigʻi xud oʻtti, suubat koʻrki, muhlik yorasi,
Bu zamon boshimga qolibtur baloyi jon boʻlub.
Har zamon ogʻzing xayoli sanchilur koʻnglum aro,
Goʻiyo bu gʻuncha oni zaxm etar paykon boʻlub.
Charx ushshoq ohi oʻqidin magar vahm ettikim,
Qubba qildi mehrini oʻz hay’ati qolqon boʻlub.
Hashr xurshidiga moni’ fikr qilmassen, ne sud,
Atlasi gardunsaro pardanggʻa shodurvon boʻlub.
Ey Navoiy, foniy oʻl yor istasangkim, xoʻb emas—
Jonni sevmaklik bahona oʻrtada jonon boʻlub.
* * *
Qotil koʻzungki oʻlturur elni boqib turub,
Boqmas manga, koʻzum nechakim tursa telmurub.
Har qatla it kibi tusharam oʻzga raxnadin,
Har lahzakim meni chiqarur koʻyidin surub.
Singʻon qadah kibiki, oqar har taraf mayi,
Qonlar oqib, chu gʻam toshi boshimni sindurub.
Har bir boʻlub bir axtari pahsi chu shomi hajr,
Chun dudi ohim uchqunini koʻkka yetkurub.
Ishqing bosh ursa zor tanimdin, emas ajab,
Hoshok ichinda shu’lani boʻlgʻaymu yoshurub.
Andoq latifdur tanikim, ichsa jomi may,
Borur tanida qursogʻiga tegru bilgurub.
Bulbul parini gulki sovurdi bu bogʻ aro,
Day sarsari aning dogʻi bargini sovurub.
Davron eliga kimki vafo noʻshi arz etib,
Ul ham muqobilida jafo neshi yetkurub.
Bukim qovar jafo bila, ey kosh, koʻyida
Itlarga toʻ’ma qilsa, Navoiyni oʻlturub.
* * *
Sahldur toʻbi demak, ra’no niholingni koʻrub,
Yoki jannat bogʻi gulzori jamolingni koʻrub.
Ravzada kavsar qirogʻinda xayol ettim Bilol,
Yuz aro lab, lab uza shabrang xolingni koʻrub.
Sogʻinur oshiqligʻingga roʻbaroʻ kelmish quyosh,
Koʻzguda mashshota har soat misolingnn koʻrub.
Sarvdin bulbul, ne tong, ram qilsa toʻbidin malak,
Jilvai qad holatida e’tidolingni koʻrub.
Nargising afsunu gulbarging takallum ayladi,
Aqli kul topti firib, ul makru olingni koʻrub.
Elga ishratdur yangi oy koʻrsalar, lekin manga
Yuzlanur oshuftaligʻ, mushkin hilolingni koʻrub.
Oʻlturur hijron tuni, oʻlsam ham armon qolmagay,
Tushta ham boʻlsa bir ayyomi visolingni koʻrub.
Netting, ey soqiyki, oʻzdin bordim andoqkim, zulol
Olib ichmasdin burun, jomi zulolingni koʻrub.
Sudra ul yon, ey Navoiy, oʻzni muhlik za’f ila,
Shoyad etgay rahm ul qotil bu holingni koʻrub.
* * *
Xasta jonim za’fin angla, koʻnglum afgʻonin koʻrub,
Soʻrma koʻnglum yorasin, fahm et koʻzum qonin koʻrub,
Vaslida la’li uza xolin koʻrub kuygan kibi,
Oʻrtanurmen jonda emdi dogʻi hijronin koʻrub.
Vodiyi sabrim dogʻi xoru xasak qildim gumon,
Koʻnglum atrofida har yon noʻki paykonin koʻrub.
Angladim qilmish koʻzi olgʻon koʻngul saydigʻa qasd,
Har tarafdin charga tuzgan xayli mujgonin koʻrub,
Yeru koʻkta istabon naydo emas Xizru Masih,
Qochtilar goʻyo dudogʻing obi hayvonin koʻrub;
Jism bogʻida ravon shakle tasavvur qildi aql,
Boʻstoni husn aro sarvi xiromonin koʻrub.
Shabnam ermas nargis ashkidur, nedin qon yigʻlamas,
Koʻz yumub ochquncha gulshan umri poyonin koʻrub.
Charxdin sidq ahli motam ichradur, fahm aylagil,
Har sahargah subhning choki giribonin koʻrub.
Nomasin, vah kim, ochib solmoq nazar mumkin emas,
Chun Navoiy hushi zoyil boʻldi unvonin koʻrub.
* * *
Un chekarmen ishq aro, bir nargisi jodu koʻrub,
Bogʻlagʻon itdekki, faryod aylagay, ohu koʻrub.
Vah, netib mashshotani ollinda koʻrgaymenki, yor
Aksidin gʻayrat qilurmen, ollida koʻzgu koʻrub.
Orazu xoling xayol etkach, yetishti novaking,
Qildi ul qush mayl, goʻyo dona birla suv koʻrub.
Chekti bosh xatting labu xoling qoshida, vah, ne tong,
Gar muloyim boʻlsa toʻti shakkaru hindu koʻrub.
Lablari xandon boʻlur, koʻrgach koʻzumda yigʻlamoq,
Koʻzlarim yigʻlar, labi jonbaxshida kulgu koʻrub.
Nosiho, ne nav’ mayi jomini ogʻzimdin olay
Kim, icharmen, mayda soqiy orazin oʻtru koʻrub.
Gar Navoiy mufrit afgʻon etsa, jono, qilma ayb,
Sen halok etgan koʻngul soʻgida yigʻlar oʻkurub.
* * *
Xoki poyi boʻldi joni xoksorim qon yutub,
Kim chiqib la’lini oʻpgay rishtai zulfin tutub.
Zulfin ochqonda zanax chohiga tushgay ming koʻngul,
Qoʻymasa ul choh uza ruxsori sham’in yorutub.
Ishq muhriq dashtini qat’ aylamak dushvor erur,
Kirmasam ohim yeli birla havosin sovutub.
Kuygali rozimenu hajriga yoʻq, vahkim, meni
Ayladi rozi isitmoqqa oʻlumdin qoʻrqutub.
Der emish, bir kun kelib koʻngli yarosin butkaray,
Kelsa butgil, ey koʻngul, bu soʻzga xud boʻlmas butub.
Dahr boʻstonida qilmoq sayr aylab hoyu hoʻy
Harza kezmakdur hayoting qushlarini hurkutub.
Jomi vaslindinki, elni tirguzursen, bil yaqin,
Kim Navoiy oʻlgʻusi xunobai hijron yutub.
* * *
Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub,
Hech ogʻzining soʻrogʻin la’lidin topmon soʻrub.
Joiki, qat-qat qon boʻlubtur dogʻi ishqing ketmagay,
Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub.
Novaking koʻnglumda qilmish xona, bovar qilmasang,
Koʻksuma ilgingni kelturkim, turubtur bilgurub.
Ishqidur jon pardasida ravshan ettim, doʻstlar,
Necha kuygaymen harir ichinda oʻtni yoshurub.
Barqdek poʻyamni ayb etmang, salomat ahlikim,
Mundoq oʻtekim tutoshibdur manga, boʻlmas turub.
Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima,
Shukr qilmay naylay olursen qazoni yozgʻurub?
Chun Navoiy jonigʻa marham erur paykonlaring,
Kosh, yoqsa marhami oʻqung yonimga oʻlturub.
* * *
Kuydi koʻnglum shu’la oʻtlugʻ dostonidin tushub,
Rost ul qushdekki, kuygay oʻt figʻonidin tushub.
Boruram uryon tushub tan zaxmidin, nolon koʻngul
Ul qalandardekki qolgʻay, zang yonidin tushub.
Koʻyidin tushgay yiroq koʻnglum erur ovoraye,
Kim erur devona, ayru xonumonidin tushub.
Tiygʻi bedoding bila borgʻon shahidi ishqning
Rustaxezi dahr aro har qatra qonidin tushub.
Gʻunchasi rangin boʻlub la’li mayidin, oʻydakim,
Oʻt tutashqay oshiqi koʻngliga, jonidin tushub.
Ruhi isyon tufrogʻidin avj topmas, oʻylakim,
Bir malak jurm aylabon oliy makonidin tushub.
Xoli hajridin Navoiy koʻngli ogʻrir, negakim,
Ogʻrigʻay elning qaro dogʻi nihonidin tushub.
* * *
Ul pari ishqida yoʻqkim meni devona kuyub,
Yasagʻonlar ham oʻzin oqilu farzona kuyub.
Ishq oʻtidin kishi bir qatla kuyub boʻlsa xalos,
Chun yana qaytibon ul shu’la sari, yona kuyub.
Ishq koʻksumga chu oʻt soldi, koʻngul ham kuydi,
Chugʻz ham oʻrtanib, ul oʻtqaki vayrona kuyub.
Yuzidin oʻrtanibon talpinur ollida koʻngul,
Sham’ ayogʻida urungʻon kibi, parvona kuyub.
Oyki soʻrdungki, qachon kuydi buzugʻ koʻnglum uyi,
Orazing barqi chaqilgʻonda, bu koshona kuyub.
Oʻrtanib aqlu koʻngul, ishq chu aylab tugʻyon,
Andakim barq tushub, oqilu farzona kuyub.
Chun Navoiy chekib ul oy gʻamidin shu’lai oh,
Oshno kul boʻlub ul oʻtdinu begona kuyub.
* * *
El pariyu hurni degay gumon qilgʻoncha xoʻb,
Lek erur huri parizodim mening yuz oncha xoʻb.
Davr ichinda fitna ham koʻp, xoʻb ham behad, valek
Boʻlmagay mingdin bir ul sarfitnai davroncha xoʻb.
Kun bila tun yuz bila xattingcha xoʻb ermas yaqin,
Boʻlsa bu gulshanda boʻlgʻaylar gulu rayhoncha xoʻb,
Husniga ushshoq agar mencha halok ermas ne ayb,
Kim, kishi ul yuzni koʻrmabdur meni hayroncha xoʻb.
Husnidin toʻnmogʻ emas mumkinki, behad xoʻb erur,
Koʻygʻoy erdim, boʻlsa erdi Yusufi Kan’oncha xoʻb.
Ey koʻngul, Farhod Majnun boʻlgʻay erdi bizcha zor
Boʻlsa erdi Layliyu Shirin bizing jononcha xoʻb.
Buki tarki ishq etarlar va’da yolgʻon qilsa yor,
Qilsa boʻlmas, boʻlsa yor ul va’dasi yolgʻoncha xoʻb.
Ey koʻngul, huru pari vasfin eshittim, goʻiyo
Hech qaysi odamiligʻda emas insoncha xoʻb.
Ey Navoiy, koʻyining xori koʻzumga gulcha bor,
Kim, erur ollimda koʻyi ravzai rizvoncha xoʻb.
* * *
Ulki boshtin to qadam bor onchakim imkoni xoʻb,
Sad’yaki boʻlgʻay birikim, xalq derlar oni xoʻb.
Toʻksa qon ul kofir, oʻzga xoʻbni sevgil demong,
Ey musulmonlar, jahonda bir aningdek qoni xoʻb.
Huri jannat shaklidin ham dilrabo husnung latif,
Xuldi rizvondii dogʻi koʻyung saroboʻstoni xoʻb.
Jonni jonon istasa, qilmoq taallud xoʻb emas,
Naylasun jon, ulki, boʻlgʻay sen kibi jononi xoʻb.
Husn ofatdin emas xoli, bu damkim xoʻb sen,
Sa’y qil, jonoki, oʻtsun xoʻbluq davroni xoʻb.
Koʻz gunohi koʻrmaking erdiki, toʻktung qon yoshin,
Xoʻb emas, jono, toʻkulmak begunahlar qoni xoʻb.
Ey Navoiy, gʻayr rashkidin visoli bazmida
Oʻyladurmenkim, koʻrunubtur manga hijroni xoʻb.
* * *
Ey, sanga yuz xoʻbu lab xoʻbu labingdin kulgu xoʻb,
Har nekim voqi’ boʻlur sendin koʻzumga asru xoʻb.
Deding ul oy vasfin, ey roviy, yana soʻz demagil,
Xoʻblardinkim soʻzung erdu bu yerga tegru xoʻb.
Xoʻblar qul boʻldilar, lekin parilar qochtilar,
Olam ichra odamiy bir sencha bor erkinmu xoʻb.
Xoʻblarni arz qildim qilmadi koʻnglum pisand,
Oni koʻrgach ixtiyori qolmayin dedi bu xoʻb.
Vaslida jonimgʻa hajridin ne kelganni demon,
Kim farah bazmida zikr etmak emastur qaygʻu xoʻb.
Javru lutfu kibru noz andin koʻngulga xoʻb erur,
Haq azalda zotini aning yarotibdur chu xoʻb.
Sof qil xotirki, solgʻay aksi ul yuz yaxshikim,
Koʻrguzur yuzni qachonkim ravshan oʻldi koʻzgu xoʻb.
Ey koʻngul, borsang ul oy nazzorasigʻa zinhor
Ashk birla koʻzlaringdin gʻayrining naqshin yuv xoʻb.
Xoʻblarni koʻrmasa sensiz Navoiy qilma ayb
Kim, koʻrunmaydur koʻziga kimsa sendin ayru xoʻb.
* * *
Ohkim ul oning begona boʻldi oqibat,
Hajridin bexudlugʻum afsona boʻldi oqibat.
Aqlu donish lofini urgʻon koʻngul yigʻlay yuruy,
Ul parivash hajrida devona boʻldi oqibat.
Qatra-qatra shodligʻ ashkinki sochtim vaslida,
Barcha hijron qushlarigʻa dona boʻldi oqibat.
Borgoli ul husn ganji gʻam buzugʻ koʻnglumdadur,
Ajdaho uyi bizing vayrona boʻldi oqibat.
Soqiyo, may tutki, hajr anduhidin men telbani
Forigʻ etgan sogʻaru paymona boʻldi oqibat.
Chekma un ohim koʻr, ey Majnunki, Layli koʻp figʻon
Chekti, oʻrtangan vale parvona boʻldi oqibat.
Butqa gar bosh qoʻymadim koʻrgilki dinim tuhfasi,
Dayr piri ollida jurmona boʻldi oqibat.
Deding avvalkim Navoiy, seni gah-gah tirguzay,
Hech bilmonkim sanga, jono, na boʻldi oqibat.
* * *
Bahor el gulga moyil, bagʻrima yuz xor har soat,
Yetib har xoridin koʻnglumga ming ozor har soat.
Bu aqshom notavon koʻnglumdin, ey ahbob, oʻlung voqif
Ki, holidin borur za’f aylab ul bemor har soat.
Boʻlurmen oʻylakim, koʻrgan zamon vayron boʻlub koʻngli,
Boshimda yigʻlagʻay ham yoru ham agʻyor har soat.
Emas vayronada har dam oʻlardek holatim, vahkim,
Turubtur boshima yemrulgali devor har soat.
Damo-dam za’fim andindurki, mujgoning xayolidin
Jarohatligʻ koʻngulga sonchilur bir xor har soat.
Jununum har dam afzun boʻlsa, ey hush ahli, tong yoʻqkim,
Koʻzumga jilva aylar ul pari ruxsor har soat.
Mayi la’linggʻa ne kayfiyat erdikim, nasimidin
Boʻlurlar mastu bexud yuz tuman hushyor har soat.
Bu bazm ichra ne amnu ayshkim, har davr ayogʻinda
Yiqar bir notavonni gumbazi davvor har soat.
Fano dayrida gar may vajhi yoʻq, bas xirqau daftar,
Meni manxonadin sudratma, ey xammor, har soat.
Agar boshimgʻa yogʻsa tosh gardundin, tong ermaskim
Borurmen ul nari koʻyiga majnunvor har soat.
Navoiy, to jahon ahligʻa sen vobasta, koʻngronma,
Alar javridin oʻlsa xotiring afgor har soat.
* * *
Tanimgʻa berdi jol ul naxl qomat,
Dema qomat ani, degil qiyomat.
Vafogʻa mayl qilmas naxli qadding,
Ki, topmish javr aro koʻp istiqomat.
Yuz ochma, garchi tutqon koʻrsa ma’zur,
Meni ishqingda arbobi malomat.
Ne gʻam gar yuz meningdek oʻlsa, yo rab
Ki, boʻlsun ul masihodam salomat.
Abad umricha bor ollida oʻlmak,
Buyurma, ey pasihatgoʻ, nadomat.
Nedur, ey shayx, ushatmoq sogʻarimni,
Butun qil, bor esang ahli karomat.
Navoiyni, deding koʻyumdin oʻtma,
Salomat boʻl, desang aylay iqomat.
* * *
Tiyra kulbamga kirib, jono, oʻlumdin ber najot,
Zulmat ichra Xizrgʻa ul nav’kim obi hayot.
Soda koʻnglum ichra la’lingning xayoli tushgali,
Shishayedurkim aning ichiga solmishlar nabot.
Orazing mehrida ogʻzingdur gadoligʻ qilgʻonim,
Haq seni xurshid qilmish, zarraye bergil zakot.
To koʻnguldin bosh chiqarmish har taraf paykonlaring,
Qush bolasidek boʻlubturkim, boʻlur temurqanot.
Vasl umidiga tilarmen umr, lekin, voykim,
Sensizin koʻrsam tirikmen, oʻlturur meni uyot.
Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga qilgʻay tulu’,
Ey koʻngul, gʻam seli yetgach togʻdek tutqil sabot.
Ishqing oʻtin gar, Navoiy, desakim aylay raqam,
Soʻzidin kuyar qalam, qurur qaro, erir davot.
* * *
Jahdim andoqdur yetishgaymenmu deb vaslingga bot,
Kim qabul etmon ogʻir deb chiqsa egnimdin qanot.
Sabr togʻi birla qilmoq poʻya boʻlmas, ey koʻngul,
Tashla ul yukni yetishmak istasang vasliga bot.
Shahsuvorimning buroqi poʻyasidin qoldi barq,
Kim aning fe’li shitob ermish, munung rasmi sabot.
Koʻp Masihodin dam urma, qil hayotingni tufayl —
Angakim topmish Masih oning tufaylidin hayot.
Mehr yuz koʻrmay oʻchashti pardadin chiqqach yuzung,
Olgʻali qoʻymas sorigʻ yuzin qaro yordin uyot.
Chun yudi koʻzlar savodin ashk, yorut yuz ochib,
Kim diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot.
Ey Navoiy, xoki poyi vasfida shirin soʻzung
Bor biaynih toʻtiyo ichinda solgʻondek nabot.
* * *
Ey koʻngul, yor oʻzgalar domiga boʻldi poybast,
Senga mushkul holatu bizga qatiq ish berdi dast.
Vasl torin chekti ul, men dogʻi chektim, ohkim,
Rishtani uzdiyu boʻldum ajz tufrogʻiga past.
Necha bosh qoʻydum yoʻligʻa, vahki, qildi poymol,
Za’fliq jismimgʻa zulfi toridek solib shikast.
Zahra yoʻq, mujib soʻrargʻa boʻlmasun, yo rab, kishi
Muflisu oshiq, sevar dildori — mustagʻniyu mast.
Soqiyo, bu ishga bexudlugʻdin oʻzga yoʻq iloj,
Mujda mugʻ koʻyigʻa yetkurgilki, boʻldum mayparast.
Gʻarq oʻlay may bahri ichra rost ul gʻoyatqacha,
Kim solib boʻzgʻum aro chekkay ajal qullobi shast.
Ey Navoiy, jurm uzri dashtida qil poʻyakim,
Yaxshi ermas zuhd zanjirigʻa boʻlmogʻ poybast.
* * *
Yor boʻlmoq tong emas men zori rasvo birla doʻst,
Kim pari gohi boʻlur majnuni shaydo birla doʻst.
La’lini sevdum, koʻzining qatlidin qaygʻurmogʻum,
Ne gʻam oʻlmaktin, kishi boʻlsa Masiho birla doʻst.
Bodapaymo zohid oʻlsa dushman, ermastur gʻamim,
Menki boʻldum bir harifi bodapaymo birla doʻst.
Zulfi savdosi bu savdoi boshinda koʻpturur,
Boʻlsa savdo ahli, tong yoʻq, ahli savdo birla doʻst.
Sarv qadliq guljabinlik doʻstning ayvonida
Boʻlmogʻum ne gul bila, ne sarvi ra’no birla doʻst.
Hajrdin olam qorongʻudur vale, gʻam yoʻq, gahe
Jilva qilsa ul jamoli olamoro birla doʻst.
Xizr yuz mehr ila tutqon jomi Jamdin yaxshiroq,
Titsa may durdini yuz toroju yagʻmo birla doʻst.
Boʻlma dunyodoʻst, gar istar esang osudalik,
Lek har ne qilsalar, boʻl ahli dunyo birla doʻst.
Ey Navoiy, necha dushman boʻlsa, yopma doʻstdin,
Chun sanga boʻlmishtur ul yuz ming tamanno birla doʻst.
* * *
Voykim, dushmandek oʻldi ahdidin begona doʻst,
Dushmanim oʻltursa ahd ettimki tutmay yona doʻst.
Sogʻarimda zahru sahro uzra poʻyam shiddatin
Bilmas ulkim, bor anga hamkosau hamxona doʻst.
Jon qushi oʻrtandi sevgach yorning oʻtlugʻ yuzin,
Naylagay kuymay, chu boʻlgʻay sham’ ila parvona doʻst.
Vodiyi hijronda agʻyorigʻa yor oʻldum ne tong,
Gar boʻlur gʻuli biyoboniy bila devona doʻst.
Doʻstluq jonondin istarmen manga olam eli
Dushmani jon boʻlsa boʻlsun, bor esa jonona doʻst.
Ahli din paymonshikandur, qilsa boʻlmas doʻstluq,
Bas manga mugʻ dayrida ulkim tutar paymona doʻst.
Zulfiga tushsa Navoiy xoli shavqidin ne tong,
Domdin yoʻq chorasi har qushki boʻlgʻay donadoʻst.
* * *
Soqiyo, hijron tunidur, boda tut,
Ul quyosh birla bu shomimni yorut.
Hajridin asru malolatdur manga,
May bila bir lahza koʻnglumni ovut.
Jom davri lam’asin barq aylakim,
Chiqti magʻrib togʻidin mushkin bulut.
Gʻam tuni ham tiyra, ham poyoni yoʻq
Oh oʻtin chek, subhning sham’in yorut.
Ul quyosh hajrida andoqkim shafaq,
Charx tiygʻi zulmidin xunoba yut.
Olam ahlidin yetishmas gʻayri zaxm,
Ey jarohatligʻ koʻngul, bu soʻzga but.
Boʻldi furqatdin Navoiy tiyraroʻz,
Soqiyo, hijron tunidur, boda tut.
* * *
Ey koʻngul, yor firoqida labolab may tut,
Dam-badam la’li xayoli bila xotirni ovut.
Jonu koʻnglumni bir oʻpmoqqa tilarsen unomon,
Ortuq ayla adadin, yoʻqsa bahosin oʻksut.
Koʻzu koʻnglung domayin borgali boʻlmish tiyra,
Vasl sham’i bila ul tiyra vatanlarni yorut.
Vah, necha bizni sogʻinmogʻni unuttung bir ham,
Yo sogʻinmoqni sogʻin yoxud unutmogʻni unut.
Koʻz firoqingda oqardiyu sirishki qurudi,
Yomgʻuri boʻlmas, agar ayni bayoz oʻldi bulut.
Aylasa xotiringgʻa tafriqa qushlari hujum,
Zikr oʻti dogʻi riyozat toshi birla urkut.
Ey Navoiy, meni zor ayladi bir loʻlivash,
Kim ham arlot unut boʻldi manga, ham bilgut.
* * *
Navbahor oʻldiyu men hajrida, soqiy, may tut,
Toki yigʻlay qilibon arbada andoqki bulut.
Hajrdin abri bahori kibidur tiyra koʻzum,
Koʻz yumub ochquncha, ey barqi visol, oni yorut.
Sen sumanbarsenu men lola kibi qon arokim,
Doyai dahr beribtur manga qonu sanga — sut.
Hajr anduhida men, soqiy, ul oydin soʻz deb,
Meni bir-ikki toʻla sogʻari may birla ovut…
Iki la’lingni oʻpay doti baho jon berayip,
Gar baho oʻksuk eoa sen dogʻi iisfip oʻksut.
Boda chun boisi nisyon emish oncha ichayin.
Kim, manga har neki juz yordurur boʻlsun unut.
Ey Navoiy, manga bas ul sanami loʻlivash,
Bekka qipchoqu ogʻar, shahga qiyotu bilgut.
* * *
Tutti koʻk feruzagun jomini shingarfi bulut,
Soqiyo, nilufari jom ichra gulgun boda tut.
Charx davri chun malolat boisidur, necha kun
Charxdek jomu shafaqgun may bila oʻzni ovut.
Tonsa kunduz kun shio’idin zamiring tiyraliq,
Kecha bori may quyoshidin zamiringni yorut.
Chun unutqungdur sen elni, el seni, bori chekib
Aysh jomin, bu unutmogʻlarni bir soat unut.
Nosiho, chun umr oʻtar, qoʻykim, boʻlay ishrat bila,
Aysh tarkin kim buyurdi, oʻktadur bu nav’ oʻgut.
Gar zuloli vasl, ey solik, qilursen orzu,
Xotiringni orzular oʻtidin avval sovut.
Ey Navoiy, chiqti chun rangin bulut, rangin may ich,
Kim, sen oʻlmay, qilgʻusi koʻp jilva bu rangin bulut.
* * *
Vujudum oʻrtadiig, ey ishq, emdi tarkim tut,
Xudoy uchunki, meni qayda koʻrdung, anda unut.
Koʻngulni vasl charogʻi bila, deding, yorutay,
Tutoshti chun bizning uy, emdi oʻzga uyni yorut.
Chu vasl kuymak ila hosil oʻlmadi, ey koʻz,
Tahassur ashki bila shu’laliq koʻngulni sovut.
Jununi daf’igʻa koʻnglumni dogʻ etay debsen,
Bu dogʻ sahldurur, hajr dogʻidin qoʻrqut.
Buxori ohim erur loyiq anglagil, ey ashk,
Bahori husniga nogah keraklik boʻlsa bulut.
Ne voqi’ oʻlsa chu taqdirdin emas xorij,
Bas oʻktadur qiluridin kishiga bermak oʻgut.
Navoiyo, bu oʻtar olam ichra besh kun qil
Oʻzungni may bila mashgʻulu ishqi birla ovut.
* * *
Kelgil, ey qurbon koʻngul, ul qoshi yo mehrin unut,
Chun vafodin tortilur, sen ham borib bir goʻsha tut.
Chunki ul bizni unutmogʻni sogʻindi yaxshi ish,
Sen dogʻi, kel, bir nafas oni sogʻinmogʻni unut.
Ul quyosh har dam boʻlur bir zarra birla garm mehr,
Mehr sham’in sen dogʻi bir oʻzga oy birla yorut.
Hayf erur har shoʻxi ra’no yuziga chun pok ishq,
Shavq oʻtin, kel, sen dogʻi bu ishvagarlardin sovut.
Ey pari, bir telba gar ovora boʻldim gʻam yema,
Odamiyvashlar bila nozuk mijozingni ovut.
Gar koʻzum yoshiga ul gul multafit boʻlmas, ne gʻam
Gul bulutdin tozadur, serob emas guldin bulut.
Dahr bogʻida giyohi mehr hargiz butmadi,
Gar desangkim koʻrmayin bemehrlik, bu soʻzga but.
Shahdi ishqing zahr etar gardun, sen ushbu jomdin,
Xoh komingni ochit, xohi mazoqingni chuchut.
Tark qil, sen ham Navoiydek havosin, ey koʻngul,
Yoki har dam bir taraf maylin koʻrub, xunoba yut.
* * *
Ul malaksiymoki solmish husnidin olamgʻa oʻt,
Qayda qoʻygʻay solmayin jinsi bani odamgʻa oʻt.
Charx uza xurshid emaskim, bir quyosh hijronidin,
Shu’lai ohim solibtur bir biyik toramgʻa oʻt.
Bazm aro qoʻymang meni, ey ishrat ahli, zinhor
Kim, gʻamim barqi solur yuz xotiri xurramgʻa oʻt.
Har damim bir oʻtlugʻ oh oʻlsa, taajjub qilmangiz:
Hajr soʻzidin tutoshibtur bu issigʻ damgʻa oʻt.
Zulfi sohirdurki, oʻtluq orazi uzra tushub,
Solmadi yuz shu’lasi ul turrai purxamgʻa oʻt.
Koʻkta ul shakli mudavvarkim, koʻrubsen, shu’laliq,
Tushmish ul yuz lam’asidin nayyiri a’zamgʻa oʻt.
Zaxmligʻ koʻnglum oʻtigʻa marham etmas naf’ikim
Yoradin momuqqa, momuqdin tushar marhamgʻa oʻt.
Dayr ichinda durd ichar singʻon safolim rashkidin,
Otashin may lam’asidin tushti jomi Jamgʻa oʻt.
Hajr soʻzidin degoy nazming, Navoiy, boʻylakim,
Tutti olamni ajab gar solmagʻay olamga oʻt.
* * *
Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti oʻt,
Yoʻq shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushti oʻt.
Dedilar, el xonumonin oʻrtar ul ruxsor oʻti,
Bu soʻz eshitkach meni bexonumongʻa tushti oʻt.
Orazingning lam’asi kuydurdi sabrim xaylini,
Barqi ofat choqilib ul korvonga tushti oʻt.
Oʻqlaring koʻnglumga tushgach kuydi ham koʻz, ham badan,
Kim kuyar oʻlu qurugʻ chun naysitongʻa tushti oʻt.
Sovurub gul xonumoninmu quyun rangin ekin,
Yo falak bedodidin sarvi ravongʻa tushti oʻt?
Kuydum ul damkim, yuz ochding xalqni kuydurgali,
Elga oʻt solding vale, men notavonga tushti oʻt.
Ey Navoiy, bilki ohi chekmisham beixtiyor,
Desalarkim, beshai Mozandaronga tushti oʻt.
* * *
Ey, sanga qad rost, lekin turrai tarror kaj,
Kim koʻrubtur sarv ila sunbulni bu miqdor kaj?
Rostlargʻa rostligʻdur ish magar, ul mastning
Qomatikim rostdur, lekin anga raftor kaj.
Qiblai din orazingdur, kufr tori sunbulung,
Ne ajab gar qibla tuz boʻlsa, vale zunnor kaj.
Rostlar boshini tufrogʻ aylasa raxshi ne tong,
Ulki qoʻydi mastligʻdin bosh uza dastor kaj.
Ishq aro koʻnglung tuzatkim, rost solgay aksi yor,
Koʻzgu egri boʻlsa, solur aksing ruxsor kaj.
Egridin juz egrilik hargiz asar boʻlmas ayon,
Kim solur albatta soya naxli nohamvor kaj.
Qolibon zulfung aro topti Navoiy jismi tob,
Naylagay boʻlmay tanob ichra uzulgʻon tor kaj.
* * *
Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj,
Kim gadoyingdur, anga yoʻq taxt ila toj ehtiyoj.
Koʻzlaring oz jurm uchun qilsa itob, ermas ajab,
Bor muayyankim, boʻlur bemorlar nozikmizoj.
Gar sanubar tuzmamish sarving xilofin koʻnglida,
Yel chinor ilgi bila nevchun urar yuziga koj?
Eyki, koʻnglumni buzub, dersan, xayolimni chiqor,
Hech kim vayronadin ganj istamas hargiz xiroj.
Sen jafo qilgʻoch, koʻngul jon birla tarkim tuttilar,
Boʻlsa shah zolim, el ichra zulmga ermish rivoj.
Hajrdin dod istadim, deding, sabur oʻl, voykim,
Toza dogʻimga yonar oʻt birla aylarsen iloj.
Chun fano gardi yopar, ne sud, taxtu johingga,
Koʻkning anjumdin mukallal atlasin qilsang duvoj.
To gadoyingdur Navoiy taxt ila toj istamas,
Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj.
* * *
Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,
Sham’ ravshanroq boʻlur torin parishon aylagach.
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?
Tiygʻ ila paykonlaring yetti koʻngul boʻlgʻoch xarob,
Suv quyub tuxm ekting ul kishvarni vayron aylagach.
Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishq maqtulin shahid aylarda uryon aylagach.
Oshkor aylab yuzin koʻzumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi koʻngul koʻzumni hayron aylagach.
Jonda qoʻygʻoch naqdi ishqin qildi koʻnglumni halok,
Oʻlturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.
Ey Navoiy, ishq agar koʻnglungni majruh etmadi,
Bas, nedurkim qon kelur ogʻzingdan afgʻon aylagach?!
* * *
Chiqti jon, qoshima jonon kirgach,
Kim halok oʻlgʻon ekin jon kirgach.
Keluringga yasadim koʻnglum uyin,
Yasalur kulba, chu mehmon kirgach.
Oʻzni asrarmanu koʻnglum chekar oh,
Nogah ul sarvi xiromon kirgach.
Ohdin shu’la yetishkandek erur,
Oʻqidin koʻngluma paykon kirgach.
Yuz junun shu’lasi aylar paydo,
Ul pari koʻngluma pinhon kirgach.
Dahr uyi ichra iqomat tilama,
Chiqmamoq anda ne imkon, kirgach.
Borma koʻyiga, Navoiyki, qochar
Yor sen telbai uryon kirgach.
* * *
Tushkali ul dilraboning turrasi torida pech,
Turra toridek tushubtur koʻnglum atvorida pech.
Zulfi tobidin jununungnung yuz oncha pechi bor,
Kim nazar soldim: jununum daf’i tummorida pech.
Hajr dashtida meni sargashtaning toʻlgʻonmogʻi,
Aylagandektur quyun jismi namudorida pech.
La’lingu zulfung xayolidin meni — dilxastani
Notavon jonida anduhu tani zorida pech.
Soqiyo, ul shoʻxning jomin rioyat aylagil,
Kim buzulmish, may chiqib boshigʻa, dastorida pech.
Vahki, ul kofir asirining ishida kufrdin,
Pechlardur onchakim, yoʻq oncha zunnorida pech.
Olam ahligʻa ne tong sargashtaligʻ nevchunki bor,
Charx pargorida davru, davr pargorida pech.
Rostravlar goʻsha tuttilarki, davron ahlining
Bordur atvorida pech, andoqki guftorida pech.
Chun Navoiy yor zulfi vasfida koʻp chirmashur,
El taajjub qilmasun, koʻp etsa ash’orida pech.
* * *
Jamolin vasf etarmen hamdamim ul gul’uzor oʻlgʻoch,
Quruq shox oʻylakim zohir qilur gullar bahor oʻlgʻoch.
Qoshin koʻrgach hasaddin istaram el koʻzi bogʻlangʻay,
Nechukkim koʻz tutarlar el yangi oy oshkor oʻlgʻoch.
Junun ermas kiyiklar suhbati dermen manga shoyad,
Bir oʻq tekkay gʻalat ul qoshi yo garmi shikor oʻlgʻoch.
Havas ishq aylagan ozoda kechgil bu xayolingdin,
Ki chiqmas bu tikan koʻnglungda nogah ustivor oʻlgʻoch.
Dey olmas dard ila ittim vale bilgilki, chekmishmen,
Bir ohe barcha olam gʻussa dudi birla tor oʻlgʻoch.
Qilib man’i jununum ul pari koʻyiga yuzlangay,
Soʻzi hashv erkanin fahm aylagay beixtiyor oʻlgʻoch.
Qani Hotam, qani Qorun, qani Jamshidu Afridun?
Bas ehson qil sanga gardundin adno e’tibor oʻlgʻoch.
Gʻururi jahl jomi birla mast oʻlmoki, oʻlmakdur,
Maozallah, bu mayga charx davridin xumor oʻlgʻoch.
Navoiy sham’dek yigʻlab kuyub holimni sharh aylay,
Ul oy bazmida bir tup rost oshiqlargʻa bor oʻlgʻoch.
* * *
Toʻlgʻadi sabrim, qoʻlin zohir qilib dildor kuch,
Garchi nozukdur va lekin bor anga bisyor kuch.
Ishq uylarni yiqar, oshiqqa kin qilmoq nodur,
Moʻr xayliga qachon pil aylamish izhor kuch.
Qosh agar budur, sening yoyingni chekmak sa’b erur,
Kimsa ilgida chu maqdur ermas ul miqdor kuch.
Koʻzlaring bedodi jon birla koʻngulga tong emas,
Ne ajab, din ahliga gar koʻrguzur kuffor kuch.
Za’f aro ul koʻydin sudrar qoʻlum tortib raqib,
Banddin oyirgʻudekdur qilsa nohanjor kuch.
Soqiyo, men xastadin badmastligʻ ermas ajab,
Koʻrguzur koʻproq zaif elga mayi xammor kuch.
Ishq aro andoq zabundurmenki, aylarlar manga
Ham gado, ham shoh, kuch, ham yoru ham agʻyor kuch.
Sogʻ ekanda hajr aro kuch birla oʻzni asraram,
Lek may ichkanda aylar yigʻlamoq bisyor kuch.
Kuch bila oʻlturdi ul zolim Navoiy xastani,
Necha torta olgʻay oxir bir zaifi zor kuch.
* * *
Bahor sensiz oʻlubtur manga ajab doʻzax,
Qizil gul anda oʻtu oq shukufalardur yax.
Bahor sensiz agar doʻzax oʻlsa tong ermas,
Behisht ichinda liqo boʻlmasa erur doʻzax.
Xayoli xayli koʻzumga kelurgadur goʻyo,
Yuzumki yoʻl-yoʻl oʻlubtur sirishkdin rax-rax.
Gʻarib kelmadi shirin labingga achchigʻ soʻz,
Emas gʻarib chuchuk meva boʻlsa xastagʻa talx.
Koʻngul fano kuchidin zoʻrbozu istarkim,
Vujud panjasini anglamish bagʻoyat shax.
Navoiy egni yalangdur demangki, bordur anga
Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax.
Magar shah ashhabi ollinda payk boʻldi sipehr,
Ki qilmish oʻn kechalik oyni egnida pochax.
* * *
Meni ishqdin man’ etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim loda shayx.
May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar suv uza solsa sajjoda shayx.
Yorugʻluq emas mumkin andinki, bor
Zalolat tariqida aftoda shayx.
Riyo bahri ichra tama’ zavraqin
Solibtur asodin tutub xoda shayx.
Yoyar domi tazvir el saydigʻa
Qilib subhadin dona omoda shayx.
Gʻazabda sabu’ shahvat ichra bahim,
Agarchi erur odamizoda shayx.
Kirar odami sonigʻa qilcha noʻsh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.
Irodattin oʻlgoy edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.
Eranlardin oʻzni tutar garchi bor,
Oʻkush zebu ziynat bilan moda shayx.
Navoiy tilar soda yuzluk yigit,
Ne gʻam gar oni man’ etar soda shayx.
* * *
Ul parivash hurning men telbadek shaydosi choʻx,
Ne ajab, gar boʻlsa olam mulkida gʻavgʻosi choʻx.
Ey koʻngul, mumkin emastur vasl, nevchunkim, erur
Sabr hushum ozu oning nozu istigʻnosi choʻx.
Men gado naylab sochi mushki xaridori boʻlay,
Kim erur shahlar dimogʻinda aning savdosi choʻx.
Armanidur goʻyiyo ul shoʻx kofir turkmon,
Kim yetar din mulkiga kofir koʻzi yagʻmosi choʻx.
Dilraboligʻning libosi choʻxasidur goʻyiyo,
Kim oni kiygoch, koʻngul olur qadi ra’nosi choʻx.
Qiymati ajnosidin chun shadda bogʻlar haft rang,
Husni bozori aro zohir boʻlur kolosi choʻx.
Sollonib chun jilva aylar, xalqni vola qilur,
Ham qadi ra’nosi, ham andomi ruh afzosi choʻx.
La’lidin kom istaram, ne chora, yetsa koʻngluma
Kirpikining nayzasidin zaxm ila izosi choʻx.
Bas bahodirvash erur, lekin muloib ham erur,
Kim Navoiy koʻngliga tushmish aning vasvosi choʻx.
* * *
Meni havosida devona ayladi ul shoʻx,
Jununu ishq ila afsona ayladi ul shoʻx.
Pari kibi chiqibon hushu aql gʻorat etib,
Nihon oʻlub, meni devona ayladi ul shoʻx.
Ushatti shishau, jomu qadahni bazm ichra,
Oʻyun tariqini tiflona ayladi ul shoʻx.
Quloq solingki, xarobot ichra gʻavgʻodur,
Magar azimati mayxona ayladi ul shoʻx.
Qadahgʻa xirqam etib rahn, vahki, subhamni
Qimor aylagali dona ayladi ul shoʻx.
Chu oldi oʻynogʻoli naqdi hushu sabrimni,
Yana topilmadilar — to na ayladi ul shoʻx.
Qilib Navoiy ovorani jaloyi vatan,
Balou dardgʻa hamxona ayladi ul shoʻx.
* * *
Tong emas, gar boʻlsa har sarvi pariruxsor shoʻx,
Lek erur sarvi pariroʻyum mening bisyor shoʻx.
Gar mening shoʻxi sitamkorim narivod oʻlmasa,
Mumkin ermas odamiy boʻlmogʻligʻ ul miqdor shoʻx.
Turmasa qon bu kecha koʻksum shikofidin, ne tong,
Kim erur koʻnglumga kirgan chobuki ayyor shoʻx.
Vah, ne tong har lahza betoqatligʻimkim, dilbarim
Bovujudi husn ham shirin erur, ham bor shoʻx.
To yetishgay jonni kuydurgan koʻngulga yuz balo,
Shukr etarmenkim, nasib oʻlmish manga dildor shoʻx.
Shoʻxlardin tuz qadam qoʻymoq chu kelmas, voqif oʻl,
Kim sitamgar chobukedur charxi kajraftor shoʻx.
Gar desangkim, jongʻa yetmay har zamon bir javrdin,
Ey Navoiy, nand eshit, yor istama bisyor shoʻx.
* * *
Dilrabolar gar koʻngul olmoqdadurlar asru shoʻx,
Lek dildorim erur bu shoʻxlardin ayru shoʻx.
Shoʻxlardin ba’zi olsa jonu ba’zi bersa jon,
Sen qilursen ikkisin, vah, sen kibi boʻlgʻaymu shoʻx.
Shoʻxluqtin har dam ul tifl aylar oʻzga nav’ noz,
Koʻngli istar ne qilur xoʻbeki, boʻlsa tiflu shoʻx.
Gah kirar koʻzdin koʻngulga, gah koʻnguldin jon aro,
Tutmasa orom, tong yoʻq, nozanin, boʻldi chu shoʻx.
Shoʻxlar ichra biri koʻnglum olibdur, voykim,
Desalar: «De qaysi shoʻx olmish?» Deyolmonkim: «Bu shoʻx!»
Gar namozim sahv boʻlsa har dam, ey zohid, ne tong
Kim, erur mohimki, oning oʻlturubtur oʻtru shoʻx.
Ey Navoiy, bir zamon koʻnglung emas osuda, qosh
Koʻnglung olgʻon boʻlmagʻay erdi bu yangligʻ asru shoʻx.
* * *
Ey jamoling qoshida lol xirad,
Ishqing oshubigʻa pomol xirad.
Andakim sen qilibon jilvai husn,
Hush oʻlub zoyilu badhol xirad.
Ishq masx ayladi, garchi bor edi
Ilm ashkoligʻa hallol xirad.
Chiqmadi tuz yoʻlidin ishq ahli,
Nechakim ayladi izlol xirad.
Ishqqa aql zalil oʻlmasa, koʻr,
Ne qolur, chunki ketar dol xirad.
Ich mayi ishqu Navoiy, mast oʻl,
Kelturur boʻlsa koʻp ashkol xirad.
* * *
Labing la’lu xating, ay jon, zumurrad,
Boʻlurmu la’lgʻa haryon zumurrad.
Erur xatti xayoli koʻnglung ichra,
Nachukkim tosh aro pinhon zumurrad.
Gʻam ermas ne uchunkim husni ortar,
Chiqarsa sabzadin boʻston zumurrad.
Zumurrad tolmoq erdi mushkil, emdi
Ilikka kirgusi oson zumurrad.
Zumurrad qadri bor oz ersa, lekin
Xush ermas behadu poyon zumurrad.
Zumurrad qad yuzung kon boʻldi, ammo
Fido boʻlsun anga yuz kon zumurrad.
Magar yoqut yangligʻdur mufarrih,
Kim aylar xalqni xandon zumurrad.
Falak yuz neshi zahrolud tortar,
Ki qilmas sabzadin tugʻyon zumurrad!
Navoiy, sabza ichra ich mayi la’l,
Ki solmish bogʻ aro davron zumurrad.
* * *
Jilvada husn ahli ichra koʻrmisham bisyor qad,
Qomatingdek zohir etgan koʻrmadim raftor qad.
Koʻyiga borurgʻa yoʻl berdi alifdek fol aro
Chunki men qildim tafa’ul, zohir etti yor qad.
Ne sanubar qoldi oʻz holida, ne gul bogʻ aro,
Gul kibi yuz birla koʻrguzdung sanubarvor qad.
Yuz koʻngul birla sanubar bedil oʻlgʻay qaddiga
Jilva bersa zorlar koʻnglin olib dildor qad.
Sui’ qilki bir alif chekmish qadinkim, oʻxshamas,
Bir anga husn ahli tortib mashq uchun bisyor qad.
Ozimi mayxonamenkim, nogah ul jonib manga
Koʻrguzub qildi nihon ul mahvashi xummor qad.
Ey Navoiy, ul quyosh vaslin gadoligʻ qilgali
Zohir aylabmen sarigʻliq dalqu gardunvor qad.
* * *
Toʻsh-toʻshumdin dushmanu, yoʻq doʻstdin qat’o umid,
Qilma, yo rab, doʻstdin, dushmanni mendek noumid.
Ushbu muhlik varta ichra garchi eldin qolmamish
Hech umidim, qat’ qilmon doʻstdin ammo umid.
Oʻyla girdobi balo ichra tushubturmenki, bor
Necha dersen biym, ammo yoʻqturur paydo umid.
Jon fido qildim — meni navmid qildi vaslidin,
La’lidin jon istar elga yoʻqturur illo umid.
Soqiyo, muhlik gʻamimgʻa shodligʻ imkoni yoʻq,
Ne tutay sendin yana jomi nashotafzo umid.
Yor vaslidin vafo koʻz tutmasam, ayb etmakim,
Umru davlatdin vafo tutmaydurur dono umid.
Ne visolu ne umidi vasl, vah, oʻlmay netay,
Ey Navoiy, koshki yo vasl boʻlsa, yo umid.
* * *
Senu firdavs ichida kavsaru hur, ey zohid,
Menu mayxona aro bodaki tutqay shohid.
Telba koʻnglum yer oʻpar qoshi ollinda,
Maste mehrob aro ul nav’iki boʻlgʻay sojid.
Ey koʻngul, har neki ishq ahlini man’ aylab eduk.
Koʻrgach ul oyni bori bizga-oʻq oʻldi oid.
Menmenu mugʻbachalar dayr ichinda netkay,
Mundin oʻzga kishi butxonada boʻlsa obid.
Men gado mastu xarobot aro ilgimda safol,
Boqsa Jamshid bu iqbolima boʻlgʻoy hosid.
Bilsa Farhod ila Majnun jaza’ etkaylar edi,
Ishq bedodidin ulcha manga boʻldi vorid.
Ey Navoiy, bu chaman ichra vafo istamakim,
Ul mato’ oʻldi bu bozorda behad kosid.
* * *
Domi zulfu donai xolidin etsa yor sayd,
Yoʻq xaloyiqkim, maloyik boʻlgʻusi bisyor sayd.
Ul koʻzi sayyod agar jon qasdi aylar saydgʻa,
Ollida oʻlgʻay boʻlub jon birla minnatdor sayd.
Olloh-olloh, ne balo ul husn erur mardumfirib
Kim, ani koʻrgach boʻlur ham yoru ham agʻyor sayd.
Saydgahda qochmas andin saydkim, jon bergali
Sekrebu oʻynab, nashotu zavq etar izhor sayd.
Saydi gulrang oldi xirman-xirman ul gul xirmani,
Lolazori dahr aro kim koʻrdi bu miqdor sayd.
Xushtur oʻlsam itlariga tu’ma, ne imkoni bor,
Shoh fitrokiga yetmak bir zaifi zor sayd.
Har kishi nafs itligidin aylasa oʻzni xalos,
Vahsh xaylin aylar ul dasht uzra Majnunvor sayd.
Jomi zarrin tutki, boʻlmas mehr koʻrguzmak bila,
Kimsaga zarrin gʻizoli charxi kajraftor sayd.
Ey Navoiy, gar desang ming zulm birla oʻlmayin
Bevafolar makri birla boʻlmagʻil zinhor sayd.
* * *
Orazing mushtoqidur bu koʻzki boʻlmish dardmand,
Garchi bordur dardligʻ koʻzga yorugʻluqtin gazand.
Dard oʻtin yoqti koʻzumga hajr chun koʻrdum yuzin,
Kuydurur albatta har doruki boʻlgʻay sudmand.
Bu qizorgʻon koʻz aro mardum emaskim el koʻzi,
Tegmasun husnunggʻa deb oʻt uzra solibmen sipand.
Toki ul bemor koʻz oshuftasi boʻlmish koʻzum,
Istabon jinsiyat ogʻriq shevasin qilmish pisand.
Koʻzlarim la’ligʻa hamrang oʻldi vah, ne hol ekin,
Kim bu achchigʻ yigʻlagʻon soyi ul aylar noʻshxand.
Koʻzni bir iz tufrogʻidin ravshan etkim sud emas,
Shofi’ kofuriy chekib osmoq anga mushkin parand.
Ul quyosh hajrida bilmonkim, Navoiy koʻziga
Barcha olam tiyradur yo bogʻlamishdur chashmband.
* * *
Jafoda bor ul oy gardungʻa monand,
Atogʻa oʻylakim xislatda farzand.
Tugotdi qon yoshim jism ichra qonni,
Qilichning zaxmi topmas emdi payvand.
Iting koʻp barcha bagʻrimdin tama’kor,
Ne tong qilsam oni parkand-parkand.
Agar men oshiqu devona ersam,
Manga nosih dogʻi ermas xiradmand.
Jahon ahlida mutlaq chun vafo yoʻq,
Xush ulkim, boʻldi bekaslikka xursand!
Manga davron ogʻu berdi, anga noʻsh,
Men etsam zahrxand, aylar shakarxand.
Junun boʻlmish Navoiy, aylang ozod,
Ki majnunlugʻda tortibdur base band.
* * *
Sen oʻz xulqingni tuzgil, boʻlma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz boʻlmadi farzand.
Zamon ahlidin uz payvand, agar desang birov birla
Qilay payvand, bori qilmagil noahl ila payvand.
Koʻngul komini qoʻy, gar xud mening devona koʻnglumni
Toparsen oʻyla yuz parkandu, sol har itga bir parkand.
Eshitmay xalq pandin, turfakim pand elga ham dersen,
Dila olsang eshitgil pand, sen kim, elga bermak pand?
Bu foniy dayr aro gar shohligʻ istar esang, boʻlgil
Gadoligʻ nonigʻa xursandu boʻlma shahgʻa hojatmand.
Boʻlub nafsinggʻa tobi’, band etarsen tushsa dushmanni,
Sanga yoʻq nafsdek dushman, qila olsang ani qil band.
Shakarlablar tabassum qilgʻonin koʻrgach koʻngul berma
Ki bedillarni achchigʻ yigʻlatur oxir bu shakkarxand.
Jahon lazzotini shirin koʻrarsen, lek bandingdur,
Giriftor oʻlma, voqif boʻlki, qaydu qand erur monand.
Koʻnguldin jahl ranji dofi’i gar istasang, bordur
Navoiy bogʻi nazmi shakkaristonida ul gulqand.
* * *
Aylamas har nav’ boʻlsam ul buti ra’no pisand,
Boʻlmagʻon koʻp yaxshiroq olamda mendek nopisand.
Umr oʻtub bir xizmatim ul oy pisandi tushmadi,
Vah, ne umr erur, ne qilsam aylagay, oyo, pisand?!
Yor agar mushkilpisand oʻlmish, koʻrungʻ mushkilki, bor
Menda yuz mushkil ishu, qilmas birin ammo pisand.
Ishqida qildim jahondin qat’u jondin ham, ne sud
Chunki ul jonu jahonim aylamaye qat’o pisand.
Ey koʻngul, kuydur tama’ tuxmin, tamanna mazra’in
Bu ekin nevchunki hargiz aylamas dono pisand.
Davlati faqr istagil, nevchunki, bor ul koʻy aro
Sidq ila kirgach agar a’lovu gar adno pisand.
Chun fano sholini kiydim, atlasing yigʻ, ey sipehr,
Kim bu bozor ichra ermas hargiz ul kolo pisand.
Soqiyo, ber oʻtki, kul qilgʻay vujudim xirmanin,
Aylamon hayvon suyikim, aylagay ihyo pisand.
Bu ne aqlu zuhd boʻlgʻan zohido kim, qilmagʻay, —
Men kibi olamda bir devonayi rasvo pisand.
Kech bu bogʻu gullaridin ham, Navoiykim, emas
Ahli tahqiq ollida dunyovu mofiho pisand.
* * *
Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod,
Bulbul kibi hajringda ishim lolavu faryod.
Sayd oʻldi koʻngul koʻzlaringga, vah, qutulurmu,
Bir qushki, aning qasdida boʻlgʻay iki sayyod?
Ul maktab arokim oʻqudung noz ramuzin,
Goʻyoki vafo ishin unutmish edi ustod.
Ashkimni koʻrub tez boʻlur koʻngli jafogʻa,
Ore, itimas, chunki suyi boʻlmasa foʻlod.
Mingdin bir emas oʻz yuragi zaxmlaridin,
Har nechaki togʻ bagʻrini zaxm ayladi Farhod.
Oʻlukni kishi dafn eta olmas, valo har kun
Yuz tigʻ qilur dafn, koʻzung boʻlgali jallod.
Gul yafrogʻi tirnogʻlar erur bu chaman ichra,
Bulbul paru bolini yulub bergali barbod.
Ne ayb, Navoiy kibi devonaligʻ etsa,
Har odamikim, boʻlsa aning yori parizod.
* * *
Buki har yondin koʻkartibdur yuzumni koji dard,
Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard.
May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man’
Bulbul afgʻoni ne tong, ochildi chun gulshanda vard.
Bul’ajabligʻlardurur ishq ichrakim, zohir qilur,
Mehrdek oʻtluq koʻnguldin day yelidek ohi sard.
Gʻam toshi xoki tanimdin har sori eltur gʻubor
Boshima tufrogʻ sovurmogʻdin emas tegramda gard.
Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim toʻlgʻanib,
Bir quyun bil onikim, davri erur gardunnavard.
Eyki, istarsen, oʻzungni fard ul oy ishqida,
Avval oning gʻayri yodidin oʻzungni ayla fard.
Ey Navoiy dardligʻ nazmingni ahli dard bilur,
Dardsiz, dogʻi boʻlur, oni oʻqugʻoch, ahli dard.
* * *
Koʻngulda yuz bila xatting gar oʻt solur, gar dud
Munavvar oʻt tushar ul uydau muanbar dud.
Firoq kulbasida tortaram damodam oh,
Ne ayb tutsa bu vayronani sarosar dud.
Falak yuzundaki har sori dudi ohimdur,
Firoq ahliga bir shomi hajr erur har dud.
Xating quyosh kibi yuz uzra parvarish topti,
Ajab emastur agar boʻlsa shu’laparvar dud.
Ulus qabuliyu raddi bila ishim yoʻq, lek,
Necha ul oy manga maqbul, men anga mardud.
Zamona bogʻi gulu sunbulini islamakim,
Dimogʻ ofatidur shu’la faraz qil, gar dud.
Navoiy ohidin ul oyni yoshurung zinhor,
Ki xoʻblar tarafi mayl aylar aksar dud.
* * *
Yop ul yuz oyinasin cheksam ohi dard olud,
Bu vajhdinki, qilur mayl xoʻblar sori dud.
Jahonki, ohim ila tiyradur, emas mumkin
Bu shom daf’i yuzung subhi boʻlmayin mavjud.
Yuzungda har soridin egma qosh erur yoxud,
But ollida iki hindugʻa voqi’ oʻldi sujud,
May ichti deb meni yozgʻurmang, ey musulmonlar,
Ki rahmatidin emas noumid gabru juhud.
Qadahki dayrdin istarmen, ushbu koʻzgudin,
Bilingki, mugʻbacha aksi erur manga maqsud.
Qovarlar itlari ul koʻy aro figʻonimdin,
Ne itki koʻp ulusa el aro erur mardud.
Dedimki, sud qilay jon berib visoli uchun,
Navoiyo, chu firoqida umr kechti, ne sud?
* * *
Furqatingdin za’faron uzra toʻkarmen lolalar,
Lolalar ermaski, bagʻrimdin erur pargolalar.
Dur tishingdin donai sabrim qolur bebar desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.
Bargi gul uzra yopishibtur shakar har soridin,
Yo magar la’ling uza qaynabturur tabxolalar?
Tola-tola nay oʻqung koʻksumda goʻyo sindikim,
Tevrulubtur notavon koʻnglumda bir-bir tolalar.
Fitnalik toʻqquz falak gardingda, jono, turfadur,
Kim koʻrubtur bir quyosh davrinda mundoq holalar?
Bordilar ahbobu men yigʻlarmen oʻz ahvolima,
Korvondin qolgʻon it yangligʻki, qilgʻay nolalar.
Koʻhi gʻam boʻldi Navoiy, lolalar gulgun sirishk,
Togʻ agar budur, bale, ashk oʻlgʻusidur lolalar.
* * *
Ey sabo, sharh ayla avval dilsitonimdin xabar,
Soʻngra degil koʻngul otligʻ notavonimdin xabar.
Chun manga berding xabar, lutf aylab ul yon dogʻi elt
Xotiri majruh ila ozurda jonimdin xabar.
Gar bular koʻngliga ta’sir aylamasdek boʻlsa, ayt
Yer yuzin gʻarq aylagan ashki ravonimdin xabar.
Va-r munga ham qilmasa parvo, degil aflok elin,
Kecha-kunduz jonga yetkurgan figʻonimdin xabar.
Qilsa istigʻno kerakkim, aylagay albatta rahm,
Gar desang jonim aro dogʻi nihonimdin xabar.
Aytkim, tutqil xabar mendin yoʻq ersa, topmagung
Olam ichra istabon nomu nishonimdin xabar.
Arz qil tadrij ilakim shodligʻidin oʻlmayin,
Ey Navoiy, kelsa nogah dilsitonimdin xabar.
* * *
Qayda topqay telba koʻnglum ul qaro koʻzdin xabar,
Chun junun ichra qarorib, topmas ul oʻzdin xabar.
Dayr toqi ichra usruk bil xabarsiz kofire,
Eyki bilmak istading ul qosh ila koʻzdin xabar.
Koʻyida koʻnglumda voqi’ boʻlgʻon ishni, ey rafiq,
Ham magar fahm aylagaysen el aro soʻzdin xabar.
Fahm etarmen ashkdin hijron tariqin oʻylakim,
Kecha ozgʻon topsa yoʻl holini yulduzdin xabar.
Ishqi dashti ichra jismim tufrogʻin sovurdi oh,
Hech kim borib vale tutmodi ul tuzdin xabar.
Vodiiyi hijron aro men bekas ittim, soʻrmadi
Hech yore ul taraf borib, bu yolgʻuzdin xabar.
Topmadim burqa’da ul yuzdin xabar, gar pardada,
Ey Navoiy, yor topti men kibi yuzdin xabar.
* * *
Ikki zulfung telba koʻnglumga qorongʻu kechalar,
Za’fdin bexudlugʻum uyqu ango bu kechalar.
To giriftor oʻldi zulfung domigʻa koʻnglum qushi,
Toʻlgʻanib jismim, koʻzumdin oʻchmish uyqu kechalar.
Qayda boʻlsun uyqukim, oqizmish uyqu xaylini,
Tinmayin oqqon sirishkim qonidin suv kechalar.
Har ne nav’ boʻlsa oʻtar kunduz ishi, lekin boʻlur
Hajr dardidin xarob ahvolim asru kechalar.
Tiyra shomim shiddatin koʻrgilki, charxu subhdin
Holima gah yigʻlagʻudur, goh kulgu kechalar.
Subhdek sof istasang koʻnglungni, andin charxdek
Tiyralik chirkini siymin ashk ila yuv kechalar.
Ey Navoiy, hashr yangligʻ istar oʻlsang subhi vasl,
Tonggʻacha ashk axtarin toʻkmay boʻlurmu kechalar.
* * *
Bargi gul yuzinda la’ling rashkidin xunoblar,
Gʻuncha koʻngli ichra ogʻzing hasratidin toblar.
Safhayedur orazim debocha ishq avroqigʻa,
Qon yoshimning xatlari shingarf birla boblar.
Ashkim ortilgʻon uchun xam boʻlmamish kirpiklarim,
Kim yasabdur koʻz xayolin chekkali qulloblar.
Hajridin koʻzlargakim ashk evrulur, ul ashk emas,
Kim erur dardu balo daryosigʻa girdoblar.
Aybim etmang bosh koʻtarmaydur debon xumxonadin,
Qilmayinmu sajda topsam bu sifat mehroblar?
Hajr aro ikki koʻzum ichra belingning naqshidur,
Oʻtkarur tunni xayol aylab kecha bexoblar.
Roʻzgorin qildi mazlum ohining dudi qaro,
Koʻrma zolim xilvatining koʻrgasin sinjoblar.
Terga botqon garmroʻlardin magar daf’ aylamish,
Oʻzluki chirkin taharrukdin irik moshoblar.
Doʻstlar, miskin Navoiy tiyra shomin yod eting,
Yor ila jomi hiloliy cheksangiz mahtoblar.
* * *
Ne loʻlivashdur ul qotilki, qon toʻkmakkadur yaksar,
Qiyo boqmoqlari — poki, itik mujgonlari — nishtar.
Yuzidinkim xijildur gul, parishon har taraf kokul,
Sochib gulbarg uza sunbul, toʻkub kofur uza anbar.
Yugurmaklikda har gunbad, ki sekrer ul mahi gulxad,
Guli mehr oldorir behad, uyolur gunbazi axzar.
Chu la’b asbobini tuzdi, salomat rishtasin uzdi,
Qamardek hola koʻrguzdi uzori davridin chambar.
Libosi nozi chaspondur, gahi tuz qaddi chavgondur,
Zamone goʻyi gʻaltondur, zihi chobuk, zihi dilbar.
Boshigʻa siym oʻlub parron, tushub girdigʻa anjumson,
Tulu’ etkan kibi har yon qamar atrofida axtar.
Toʻkub qon neshi gʻam birla, ochib maydon sitam birla,
Olib tablu alam birla koʻngullar kishvarin yaksar.
Junun sham’in qilib ravshan, koʻngulga telbalikdur fan,
Paridek boʻlgʻali parranda ul shoʻxi pari paykar.
Navoiy boʻldi loʻlivashki, kelmish anga loʻli xush,
Qani bir jomi loʻlikashki, loʻli tutsa bir sogʻar.
Tama’ qilma falakdin komkim, xanjar qilur oshom
Yaigi oy shaklidin har shom ul loʻliyi bozigar.
* * *
Yoʻlida kosh meni pora-pora qilgʻaylar,
Ki xalq holima bir-bir nazora qilgʻaylar.
Bu holatimni koʻrub bori ishq asirlari,
Vafosiz elni sevardin kanora qilgʻaylar.
Vasiyatim buki, koʻnglumni koʻrgach-oʻq ahbob,
Tutub yuzini hamul lahza qora qilgaylar.
Bu dard ilaki oʻlarmen, maraz chu zohir emas,
Tabiblar bu balogʻa ne chora qilgʻaylar?
Tamugʻni ravza sogʻingʻaylar ahli hashr ul kun,
Ki telba koʻnglum oʻtin oshkora qilgʻaylar.
May ichki, anglamagʻaylar bu dayrdin ramze,
Gar ahli zuhd yuz il istixora qilgʻaylar.
Sabo, degilki, Navoiygʻa tortsunlar xat,
Alarki ahli vafoni shumora qilgʻaylar.
* * *
Yo rab, bu ne guldurkim, boshiga chechak sanchar,
Gah egri qoʻyar boʻrkin, gah belga etak sanchar.
Koʻnglumga chekib novak, oj ayladi payvandin,
Har zahmki, ul teshdi el anga soʻngak sanchar.
Boshimgʻa havas la’ling, olamni vido’ ettim,
Chiqsa kishi majlisdin, boshigʻa gazak sanchar.
Gʻam kulbasida, jono, ul xastagʻa rahm etkim,
Tebransa bagʻir ogʻrir, dam ursa yurak sanchar.
Qullobi muhbbattur sargashta koʻngul ichra,
Chun qush solib ul chobuk, boshigʻa gajak sanchar.
Har kavkab uchin gardun nish etti shu onidin,
Gʻam shomi vafo aqlin har nav kerak sanchar.
Sanchilgʻon ajal xori, ishq uchrasa bilgaysen
Kim jonga balo nishin hajr oʻzgacharoq sanchar.
Jismin chu Navoiyning paykoni temur qildi,
Bilmonki, sinon emdi bagʻrigʻa netak sanchar?
* * *
Chorai kor istabon bechoraliq koʻnglum tilar,
Xonumon tarkin qilib, ovoraliq koʻnglum tilar.
Istaram ollingda qilsam sajdavu oʻpsam labing,
But parasting aylabon, mayxoraliq koʻnglum tilar.
Bagʻrimu koʻksum bila koʻnglumni qilding yoraliq,
Jonni ham bu hol birla yoraliq koʻnglum tilar.
Oshiq: ishi chun savodul-vajhi fid-dorayn erur
Bu malomat koʻyida yuz qoraliq koʻnglum tilar.
Qasdima har yondin ul koʻy itlarin qoʻy, ey raqib,
Kim salomat pardasin yuz poraliq koʻnglum tilar.
Tan gʻuborin jon yuzidin raf’ qil, ey dardkim,
Koʻzni ul yon gah-gahi nazzoraliq koʻnglum tilar.
Ey Navoiy, keyaayakim koʻnglumga tushgan dard uchun
Chora istarmen, vale bechoraliq koʻnglum tilar.
* * *
Telbarab itgan koʻngul yodimgʻa kelsa gohlar,
Yigʻlab, el koʻngli buzulgʻudek chekarmen ohlar.
Oʻtti xoʻblar oy kibi, yoʻqtur aroda ul quyosh,
Vahki, ul badmehrni koʻrmon oʻtadur mohlar.
Xoʻblar zulfu zanaxdonigʻa bording, ey koʻngul,
Hozir oʻl, tundur qarongʻu, yoʻlda bordur chohlar.
Gar musavvir sizsa devor uzra ul gul xirmanin,
Jav-bajav mendin nishon bergusi bir-bir kohlar.
Ey koʻngul, Farhod ila Vomiq dogʻi Majnun qani?
Boʻlmagʻil gʻofilki, bir-bir bordilar hamrohlar.
Toʻkti qon gulgun libosin kiygach ul xoʻblar shahi,
Qon toʻkar ermish qizil toʻn kiysa, beshak, shohlar.
Ey bahori husn, eshitsang Navoiy ohini
Kerak, albatta, xazon yelin sogʻinsang gohlar.
* * *
Oncha koʻnglumni jununu ishq yagʻmo qildilar,
Kim meni devonani olamga rasvo qildilar.
Xalq ba’zi kuldi, ba’zi ibrat olib yigʻladi,
Har qachon mufrit jununumni tamosho qildilar.
Gʻamzasi har damki qon toʻkmakka xuni istadi,
Koʻzlari men qoni toʻlgʻon sori imo qildilar.
Men gado kim, vasli kim?! Chun koʻrdilar yuz tiygʻ qatl,
Shahlar oni kim xayol ichra tamanno qildilar.
Koʻyiga kirgach meni munglugʻ, hujum etti raqib,
Oʻylakim, itlar gado koʻrganda gʻavgʻo qildilar.
Men chu asrayolmadim sirrimni, naylab ayb etay,
Dushmanoyin doʻstlar gar oshkoro qildilar.
Vah, ne zulm erdiki oʻzga sori solding tiygʻi zulm,
Har nechakim jon bila koʻnglum tavallo qildilar.
Boda ichkim, gʻussadin fard oʻldilar ul xaylkim,
Bu koʻhan dayr ichra mayli jomi sahbo qildilar.
Ey Navoiy, bergil oʻzluk naqdinu kasb et fano,
Kim alar sud ayladilarkim, bu savdo qildilar.
* * *
Bizga jahon bogʻidin ul sarvi gul andom yetar,
Ul chu yetar soyai sarvu mayi gulfom yetar.
Bazm bu nav’ oʻldi osa naqli hadisin demakim,
Gʻuncha bila iargisidin shakkaru bodom yetar.
Din ulusi qatli uchun kufr eli hojat emas,
Ey falak, ish gar budur ul ofati islom yetar.
Har nafas, ey ishq, oning dardi oʻtin koʻngluma yoq,
Boʻlsa bu marham chu oning ranjiga orom yetar.
Noʻshi visoling bila ahbobni qil komravo
Kim, monga darding mayi xunobasidin kom yetar.
Togʻ kibi tort qanoat etagi ichra ayogʻ,
Davri falakdin senga bir qurs agar shom yetar.
Oʻtti koʻp ayyom, Navoiygʻa ishing fitna edi,
Muncha-oʻq, oʻlgʻay sitam, ey fitnai ayyom, yetar.
* * *
Koʻk binafshazorini anjum chu nargiszor etar,
Nargising birla binafshang hajri koʻnglum zor etar.
Chun Zuhal toli’ boʻlur xoling xayoli fitnadin,
Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar.
Jilva qilgʻoch Mushtari koʻzni uzoring yodidin,
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar.
Chun chiqar Bahromi qotil koʻzlaring andishasi,
Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar.
Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham,
Bu musibat koʻzuma yorugʻ jahonni tor etar.
Zuhra holimga surudin navhagʻa aylab badal,
Changining sochin yoyib, durri sirishk izhor etar.
Oʻlmakim anglab Utorid holima deb marsiya,
Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar.
Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro,
Orazin sayli bila ahli azo kirdor etar.
Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini,
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar.
Rostligʻ uldurki yetkach ul quyosh rahm aylagay,
Ulcha ahvolimgʻa har tun charxi kajraftor etar.
Ey Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim,
Joningga javru jafosin har nechakim bor etar.
* * *
Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey doʻstlar.
Necha tortay hajr, chun yoʻq menda yor, ey doʻstlar.
Yor ishqin asragʻil pinhon debon sa’y etmangiz,
Vah, ne nav’ etgum yoʻq ishni oshkor, ey doʻstlar.
Ishq birla gar birav lofi vafou ahd urar,
Ishvagarlar ahdigʻa yoʻq e’tibor, ey doʻstlar.
Aylamang bekasligimni ta’n, bir kun bor edi
Menda ham bir nozanin chobuksuvor, ey doʻstlar.
Yorsiz vayronda qon yigʻlarmen oxir, siz qiling
Yor birla gashti bogʻu lolazor, ey doʻstlar.
Yorsiz ifrot ila gar yigʻlasam, ayb etmangiz,
Kim erur bu ish manga beixtiyor, ey doʻstlar.
Doʻstluq aylab tutung gah-gah labolab jomkim,
Qasdi jon qilmish manga dardi xumor, ey doʻstlar.
May ichingkim, dahr eli ichra koʻp istab topmaduq
Ahdu paymonida boʻlgʻon ustivor, ey doʻstlar.
Yoringiz vaslin gʻanimat anglabon shukr aylangiz
Kim, Navoiy oʻldi bekaslikda zor, ey doʻstlar.
* * *
Visol ahli, sizu, jomi murodu komronligʻlar,
Bizu, gʻam kunjiyu, xunobi hajru notavonligʻlar.
Tanimda har taraf qonligʻ yaro, goʻyoki qildi ishq
Qasosim hukminikim, tuttilar tegramni qonligʻlar.
Erur Farhodu Majnun xonumoni togʻ ila vodiy,
Xalos etmish meni ul qayddin bexonumonligʻlar.
Base diqqat edi koʻnglumda qilgʻoch ul pari jilva,
Junun birla mubaddal boʻldi barcha xurdadonligʻlar.
Asar yoʻq koʻnglida ul shoʻxning nomu nishonimdin,
Natija aks berdi bizga benomu nishonligʻlar.
Men oʻldum mehridin, yuz mendek oʻlsa, yoʻq aning rahmi,
Boʻlur ermish biravga muncha ham nomehribonligʻlar.
Koʻhan pire yoʻlungda oʻldi, bir ham boqmading, yo rab
Ki, oʻtkay xayr birla gʻururu navjuvonligʻlar.
Yana zuhdum tariqin afv qil, ey piri dayr, oxir
Ki sendin yaxshiliqdur, necha biz qilsak yomonligʻlar.
Navoiyni deb ermishsenki, mendin oʻzgani sevmish,
Kam oʻlmas, olloh-olloh, sendin ushbu badgumonligʻlar.
* * *
Ulki solgay shu’la a’zosiga oʻtlugʻ ohlar,
Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.
Bagʻridin qon tomgʻuchi ushshoq zaxmin bilmagay
Tiygʻidin qon tomgʻuchi berahm oliy johlar.
Shiddatin Farhod qilgay fahm yoʻq Parvezkim,
Dardni xokilar anglar, yoʻq falak dargohlar.
Jonu koʻnglum kirdilar gʻam dashtiga gum boʻlgʻali,
Men ham ettim azm, chun azm ettilar hamrohlar.
Boʻlsalar ogahki, bir gʻamginni hijron oʻlturur,
Fikr etar holiga hijron dardidin ogohlar.
Vah, ne bilgay hajr zanjirida dilxohim nedur,
Halqa urgʻon bazm ayshi davrida dilxohlar.
Ey Navoiy, shohlarga chun gadolar fikri yoʻq,
Eltkil ham tengri dargohigʻa shayallohlar.
* * *
Tilab yuzungni koʻngul hajrdin farogʻ istar,
Qorongʻu tunda nachukkim kishi charogʻ istar.
Bihisht borida doʻzax sori qilur ohang,
Habib koʻyi turub, ulki gashti bogʻ istar.
Saloh koʻnglakini yirtib, oh oʻtin yorutub,
Koʻngul firoqim aro koʻksum uzra dogʻ istar.
Sochingni islabon oshuftamen, zihi savdo,
Biravki mushkdin osoyishi dimogʻ istar.
Hayot bodasidii nash’a dogʻi hayf anga,
Ki lablaring mayi davrida oʻzni sogʻ istar.
Bu naqd jannat arodur, biravki dayr ichida
May ichsa, mugʻbachalar ilgidin ayogʻ istar.
Qoʻyung Navoiy bedilni, qilsa koʻyiga azm
Ki, koʻngli itmish oning — aylamak soʻrogʻ istar.
* * *
Orazing koʻzgusida xat sabzadurkim suda bor,
Yo magar zangor su ta’siridin koʻzguda bor.
Oʻqlaring paykon bila har yon quruq jismimdadur,
Shoxlar uzra koʻngullardekki ul nojuda bor.
Zahri hajrin qildi daf’ ul koʻz qarosi, vah, bu nav
Qayda bergay xosiyat pozahrkim ohuda bor.
Bordurur mehrob turgʻoch butgʻa qilgʻondek sujud,
Sajda qilsam qiblagʻa to qoshlaring qorshuda bor.
Zulf aro xoling agar din qasdi aylar, ne ajab,
Muncha kofirligʻ ragi, vah, qaysi bir hinduda bor?
Ishq vodiysin xatardur ilm ila qat’ aylamak,
Solik ersang tashla ma’lumingniyu osuda bor.
Yuzin istarsan, Navoiy, qochma zulfi fikridin,
Kim sen istar ayshning ummidi bu qaygʻuda bor.
* * *
Har niyozu ajzkim bu joni noshodimda bor,
Vahki, yuz ming oncha noz ul sarvi ozodimda bor.
Va’dai mehru vafogʻa munkir oʻlma, ey pari,
Kim necha majnunu vola men, vale yodimda bor.
Oʻqidin Majnunning, ey rovi, ne hayrat qilgʻamen,
Menki yuz parvona andoq mehnatobodimda bor.
Koʻngluma koʻhi gʻamu mujgonlaring kirmish valek,
Ne gʻam ul togʻdin, bu metinlarki Farhodimda bor.
Keskali hushu xirad naxlini bilgil arraye;
Har xaroshekim junun sharhida faryodimda bor.
Dayr piri oʻzlukum qaydin ketardi, vah, ne tong,
Gar duosi har sabuhi vaqti avrodimda bor.
Ey Navoiy, telbaratmishdur meni ifrot ila,
Baski mufrit odamiligʻlar parizodimda bor.
* * *
Bordi ulkim, sendin ayrilgʻay koʻngul to joni bor,
Javrungga qoʻydum koʻngul, qil onchakim, imkoni bor.
Ey Masihim, men qatili ishqmen, tirguz meni,
Bir nafas, dedim, qabul etkim, nafasning joni bor.
Novaking yetgach, iki nov ochti ashkim suyidin,
Goʻyi ul novakning ikki novliq paykoni bor.
Xozini jannat senu uchmogʻ gulikim bas manga,
Buki har yon tiygʻining jismimda tomgʻon qoni bor.
Yorsa koʻksumni, figʻon zohir qilur jon rishtasi,
Koʻnglak oʻlsa chok, uzulgan torning afgʻoni bor.
Jon qushi uchqon, tuz etti jism uyin seli fano,
Ey humoyunfol, oʻshul chugʻzeki, bir vayroni bor.
Shayxu bir bodomu qon yutmoqki, piri dayrning
Nuql ila maydin fano ahligʻa koʻp ehsoni bor.
Dahr shoʻxi makrigʻa berma koʻngul, yoʻl bargin et,
Sen kibi har goʻshada nevchunki yuz mehmoni bor.
La’li hajrida Navoiy qoni qaynar demangiz,
Yangi maydek ruhidurkim, nolai pinhoni bor.
* * *
Ulki, yuz mendek jahonda volavu shaydosi bor,
Nechakim bordur niyozim oning istigʻnosi bor.
Dam-badam koʻnglum berib jon naqdi istar vaslini,
Olloh-olloh, telba koʻnglumning ajab savdosi bor.
Koʻnglakim qonliq tuganlar oʻrnidin oy-oy erur —
Ul katondekkim, yuzida har taraf tamgʻosi bor.
To oʻqung yomgʻir kibi keldi, koʻzum boʻlmish sadaf
Bovujudi ulki durdin yuz sari daryosi bor.
Jon berib, dardin olib koʻksumda asrarmen, ne ayb,
Asrasa sanduq aro ulkim samin kolosi bor.
Soʻlma emin charxdin bir dam muraqqa’poʻsh deb,
Kim quyoshdin bu muraqqa’ ichra oʻtlugʻ tosi bor.
Itlaring boʻlmish Navoiy koʻngli uchun mehmon,
Bu kecha ul koʻy aro, koʻrkim, ajab gʻavgʻosi bor.
* * *
Barcha xoʻblarning qadu ruxsoru xattu xoli bor,
Lek ulkim, bizni behol aylar, oʻzga holi bor.
Yuzum oltindekdurur, bu vajhdinkim holiyo
Siymbarlar ul kishiningdurkim, oning moli bor.
Kirgali koʻnglum aro bir-bir oʻqung boʻlmish tanim
Ul qalamdekkim, oning ichida tuz-tuz noli bor.
Sunbulung tushsa oyogʻing ostida, ne aybkim,
Gul bila xurshidning ostida «lom»u «dol»i bor.
Ul sababdin, zohido, mashgʻul emasmen zuhd ila,
Kim koʻngulning mutribu may birla koʻp ashgʻoli bor.
Odam oʻlmishmenki, ishq ahli manga avlod erur,
Yoʻqsa, yoshdin mencha kimning yuz sari atfoli bor?
Gavhari maqsud chun vobastai tavfiq erur,
Desa boʻlmaskim, muning sa’yi, oning ihmoli bor.
Ey Navoiy, topmasang kome labi jonbaxshidin,
Sening uchun boʻlsun oning gʻamzai qattoli bor.
* * *
Xolu xatting xayolidin, ey sarvi gul’uzor,
Gohi koʻzumga xol tushubtur, gahi gʻubor.
Yuzungda xol safhada tomgʻon kibi qaro,
Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor.
Jonimni oʻrtagan yuzu xolingni bilmasang,
Oʻt shu’lasida ayla gumon bir oʻchuk sharor.
Bilmon, koʻngulda xollaringning xayolidur,
Yo kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor.
Har dam koʻngul haloku koʻzum tiyra boʻlmogʻin
Bilgay birovki, yori erur shoʻxu xoldor.
Mashshotayi qazo bezamish xolu xattini,
Beixtiyorlikda manga bormu ixtiyor?
Miskin Navoiy xoli labing koʻrsa jon berur,
Boqsang ne boʻldi surati holiga, ey nigor?
* * *
Kirdi siymobiy libos ichra yana ul gul’uzor,
Ul quyoshdekkim, anga moni’ boʻlur abri bahor.
Ul bulut yangligʻ libos uzra sizilgʻon xatlari
Bor aningdekkim, yogʻin tushgay bulutdin tor-tor.
Bu libosi siymgun ichra sening nozik taning
Ul kumushdekdurkim, ul siymob aro tutqay qaror.
Mehri ruxsoring libosi siymgundin mutlaqo
Ul quyoshdurkim, qilur koʻzguda aksin oshkor.
Boʻldi siymobiy libosing rangi, baskim ayladim
Koʻz sahobidin boshinggʻa ashk siymobin nisor.
Tanni chun siymob etar bu charxi axzar oqibat,
Toʻn agar siymobiy oʻlsun, gar yashil bir hukmi bor.
Ey Navoiy, kisvati gar obgundur, ne ajab,
Bu yaqindurkim, boʻlur suv ichra durri shohvor.
* * *
Parim boʻlsa uchub qochsam ulustin to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmogʻdin, yugursam to hastim bor.
Chiqib bu dayrdin Isogʻa nevchun hamnafas boʻlmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.
Xaloyiq suhbatidin ming gʻamim bordurki, muft oʻlgʻay
Agar ming jon berib bilsamki, bir gʻamdin najotim bor.
Chekib agʻyordin yuz javru tortib yordin ming gʻam,
Ne oʻzga xalqdin gʻayrat, ne oʻzumdin uyotim bor.
Kechib koʻzdin ozay bir xatki, dahr ahliga koʻz solma,
Bu damkim koʻz savodidin qaro, koʻzdin davotim bor.
Tilar koʻnglum qushi anqodin oʻtsa nori yuz vodiy,
Munungdek sayr etarga Qofdin ortuq sabotim bor.
Navoiy, bilki, shah koʻngli manga qayd oʻlmasa, billah,
Agar kavnayngʻa xoshok chogʻligʻ iltifotim bor.
* * *
Vahki, maydon azmigʻa sekretti ul chobuksuvor,
Kimdururkim, asragay emdi inoni ixtiyor.
Qoshu yuzungdin agar ortar jununum, ne ajab,
Telbalikka ham yangi oydur madad, ham navbahor.
Chok eting koʻksumki, chiqsun oʻtlugʻ ohim shu’lasi,
Bir nafas boʻlgʻayki bu anduh oʻti topqay qaror.
Aqlu fahm oshuftahol oʻldi yigit joning uchun,
Kim yana uydin munungdek chiqmagil oliftavor.
Soqiyo, chun ichkumizdur oqibat shomi ajal,
Boda tut andin burunkim, bizni oʻlturgay xumor.
Bir zamonligʻ hajr chun ming yilcha bor, oʻlsam ne tong,
Chunki boʻlmas hech kishining umri ming yil poydor.
Ey Navoiy, shukrkim, maydongʻa ul shah qoʻydi yuz,
Kim yoʻlida qolmadi navmid joni xoksor.
* * *
To boʻldi koʻngul ul koʻzi usrukka giriftor,
El koʻziga sogʻmen, vale oʻz-oʻzuma bemor.
Tongdin tanim oqshomgʻacha tosh zaxmi bila resh,
Tundin badanim tonggacha tish zaxmidin afgor.
Kulbamning emas xishtlari darziki, ochmish
Holimga figʻon qilgʻali ogʻzin daru devor.
Xalq ichra koʻngul ishqini fosh ayladi ohim,
Uy ichida oʻt bor ekanin dud etar izhor.
Ul but gʻamidin kofiri ishq oʻlgʻali koʻnglum
Jon rishtalarin jam’ qilib bogʻladi zunnor.
Xush gulshan erur dahr, budur aybiki, onda
Payvasta xazon yelidin ozurdadur ashjor.
Yor ollida gar bor-yoʻq ersa ajab ermas,
Agʻyor chu bor anda, Navoiy sanga ne bor.
* * *
Ichkali gulrang may nargis masallik jomi bor,
Savsani toʻn birla ulkim sarzdek andomi bor.
Gulshan ichra sarvi ra’nodek qilib har yon xirom,
Mavzu’i dilkash aro may ichkali oromi bor.
Bodai sofi chekib ahbob ila gʻofil valek,
Kim yiroqtin dogʻi bir mahrumi xunoshomi bor.
Bu jafo ahli vafoni qildi maydek talxkom,
Kim qoshinda kirsa har noahli maydin komi bor.
Men yutub xunoba yillar, el chekarlar jomi aysh,
Chora yoʻq ulkim, azaldin baxti nofarjomi bor.
Chun vafo ahligʻa davron tutmadi jomi murod,
Kim murod andin tama’ aylar, xayoli xomi bor.
Ey Navoiy, gar fano dayri sari qilsang guzar,
Dayr pirining yamon-yaxshiga lutfi omi bor.
* * *
Bukim, koʻngulning ul oysiz ne sa’b holati bor,
Ul anglagayki, birav hajridin malolati bor.
Quyiki tushmish aning zulmi tiygʻidin boshim,
Hanuz tiygʻi yuzidin magar xijolati bor.
Quloq duriyu yuzi ikki axtar etti qiron,
Ki olam ichra base fitnagʻa dalolati bor.
Sabo debon xabar ul guldin, elni tirguzdi,
Masihcha desa boʻlgʻay aning risolati bor.
Koʻngulni zulm ila buzdung, bale boʻlur ma’mur,
Shaheki, mulkida ehson bilan adolati bor.
Qadah quyoshi bila ravshan ayla xotirni,
Chu anglasangki, falak zulmidin zalolati bor.
Navoiy istamas el ishqin anglagʻay, bukim,
Oʻz-oʻzi birla junun ahlidek maqolati bor.
* * *
Kofirekim, sen kibi ruxsori otashnoki bor,
Oʻt solurdin lashkari islom aro ne boki bor.
Ishq oʻtin koʻnglum yorutmoq istasa, yoʻqtur ajib
Kim, churuk boʻlgʻon soʻngaklardin quruq xoshoki bor.
Koʻnglakim chokin tikarga mayl qilding, ey rafiq,
Bilmading goʻyoki, koʻnglak ichra koʻksum choki bor.
Eyki, dersen pok husnumdek jamol ahlida yoʻq,
Men kibi ishq ahlining ham qayda ishqi poki bor.
Qatra-qatra ashku daf’a-daf’a ohim dudidin
Ishq mulkining ajoyib anjumu afloki bor.
Sol yangi oy zavraqigʻa atlasing, ey charxkim,
Ohdin bu shom ashkim bahrining koʻloki bor.
Ey Navoiy, qoʻyma boshim shoʻxlar goʻy etkali
Kim, ani osmoqqa boʻlsun chobukim fitroki bor.
* * *
Kimki olam bogʻida bir sarvi gulruxsori bor,
Bogʻ sayridin farogʻi, sarvu guldin ori bor.
Gul bila mayni netar devonayekim, koʻnglida
Bir parivash la’lidin may, husnidin gulzori bor.
Gul nasimu atridin mumkin emas topmoq iloj,
Kimki bir gulchehra xori hajridin ozori bor.
Jon yetib ogʻzimgʻa oʻlgum, bir nafas tengri uchun,
'Ey Masihim, kel beri, ey muddai, sen nori bor.
Koʻzlaringga xori mehnatdur gul, ulkim gul chogʻi
Guljabinlar koʻzlari yangligʻ iki bemori bor.
Dema bulbul zulmigʻa gul bogʻlamish bel, goʻyiyo
Charx zulmidin aning ham bogʻlagon zunnori bor.
Qoldi xurramlik falakdin tashqari, koʻr, ey rafiq
Kim, qazo naqqoshining ne gardishi pargori bor.
Faqr yoʻlinda ogʻirroq yuk erur vobastaliq,
Ey koʻngul, tarki taalluq aylabon ul sori bor.
Ey Navoiy, oʻzni maqbul istasang, tufroq boʻl
Kim, erur mardud, ulkim boshida pindori bor.
* * *
Doʻstlar, men telba ahvoligʻa yigʻlang zor-zor,
Kim solodur gah-gah oʻt koʻnglumga tushkan xorxor.
Istamas boʻlsa sabo bir-bir koʻngul jam’ aylamak,
Nega zulfungni parishonligʻdin aylar tor-tor.
Sen quyosh birla munosibsen oʻyunda, xoʻblar
Ikki-ikki chunki kirgaylar, otoshib yor-yor.
Qoʻrqaramkim, boʻlmagai ozurda nozuk qomating,
Egninga xush-xushqi solmish ja’di anbarbor bor.
Halqa-halqa boʻynuma solmish tanobi zulfini,
Jurmi ishqimgʻa magar hukm ayladi dildor dor.
Ishq erur andoq murabbiykim, qilur yetkach asar,
Bulbul oʻlgʻay, ochsa yuz bir sarvi gulruxsor — sor.
Ey Navoiy, boʻldi ul but kofiri otashparast,
Ne ajab, vah vah, gar ursa joninga zunnor nor.
* * *
Necha tortay vasl uchun men zori mahzun intizor,
Vahki, koʻzdin toʻkti selobi jigargun intizor.
Demakim, ul oygʻa koʻp mushtoqsen yo muntazir,
Ishtiyoqim benihoyat, andin afzun intizor.
El mushavvashdur seni koʻzlarda andoqkim vuhush,
Dasht aro tortar zamon Layligʻa Majnun intizor.
Yo quyoshimni yetur boshimgʻa yoxud jonim ol,
Koʻp manga yetkurma, ey bemehr gardun, intizor.
Ey sahobi hajr, qilma subhi umrum tiyrakim,
Ul quyoshtin ayru tortibmen uzun tun intizor.
Boshima bir qatla yet, gar xud erur oʻlturgali,
Oʻldi tortardin chu bu zori jigarxun intizor.
Ishq shahri muntazirdurlar Navoiy qatligʻa,
Ul ikiga tortqondek togʻu homun intizor.
* * *
Gʻunchai xandon bila husnung guli xurram bahor,
Xatting andoq sabzakim, boʻlgʻay anga hamdam bahor.
Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong,
Sabzaga boisdurur chun boʻldi ersa nam bahor.
Shodligʻdin gulshani vaslingda yigʻlab, cheksam oh,
Yopma yuzkim, gulga boʻlmas yel-yogʻindin gʻam bahor.
Orazim aksi yuzung oyina tushgan turfadur,—
Kim koʻrubtur ham xazon bir oyda boʻlgʻay ham bahor.
Voykim, bir gul xazonga soldi ayshim gulbunin,
Ushbu fasl ichraki topmish jumlai olam bahor.
Barqu sel ermas, figʻonu ashk erur, bukim, har el
Gul yuzung koʻrgach tutar oʻz holigʻa motam bahor.
Qasdi bulbul koʻngli qaydi boʻlmasa, nevchun solur
Bogʻ shoʻxi sunbuli zulfigʻa pechu ham bahor?
Gul emas, bu bogʻ torojigʻa iynak la’ldin
Ayladi oviza mehri davrigʻa xotam bahor.
Ey Navoiy, chin bahor erkin bu, yoxud koʻrguzur
Bogʻi xulqidin ulusgʻa dovari a’zam bahor.
* * *
Voyu yuz ming voykim, tarki muhabbat qildi yor
Bilmayin qoldim menu qilmay xabar ayrildi yor.
Bordi oʻqdek tezu yodek qomatim yod etmadi,
Ishq aro goʻyo mening egriligimni bildi yor.
Chun gadolar birla shahlar qilmas ermish yorliq,
Men gadoni koʻzga, bas, nevchun burundin ildi yor?
Pand eshitib, doʻstlar, hech kim bila yor oʻlmangiz,
Kim mening bagʻrimni tigʻi hajr birla tildi yor.
Mendin uyrilgʻon balovu dard uchunmu yigʻlayin,
Yo angakim boribon agʻyor ila qotildi yor?!
Yigʻlashib gʻam shomn zohir aylasunlar dard oʻtin,
Kimgakim baytul-hazanda sham’dek tonildi yor.
Ey Navony, yor uchun tortar eding gʻurbatda ranj,
Yoʻlga tush, emdi ravonroqkim, azimat qildi yor.
* * *
Ul malohat sham’idin mundoqki jismim yonadur,
Har bir uchqun gʻam shabistonida bir parvonadur.
Shomi hajrim sharhin el afsona qildi, ohkim,
Uyquga solgʻon qaro baxtimni bu afsonadur.
Gʻayrkim, mahv oʻldigo sensen buzugʻ koʻnglum aro,
Chugʻz itib, tovus yer tutmish, ajab vayronadur.
Koʻksum ichrakim, gʻamingdin nordek boʻldi shikof,
Goʻyiyo har bir bagʻir pargolasi bir donadur.
Koʻyida soʻrsang koʻngullarni unutma, ey sabo,
Mening ovoramnikim, ham xasta, ham devonadur.
Charx shabgardiga goʻyo naqdi umringdur gʻaraz,
Tegrangga har tunki ikki bukrayib aylonadur.
Soʻrma hajringda Navoiy yorinu sarmanzilin,
Yor anga darding, vatan bir kunji mehnatxonadur.
* * *
Yana gʻarib gule jonima jafo qiladur,
Yana ajab tikane koʻnglum ichra sanchiladur.
Yana bir oʻzgacha ishq ikki ilgi zoʻridin
Bagʻir bila yuragim bir-biridin ayriladur.
Qaladi, vahki, oʻtundek soʻngaklarimii sipehr,
Bu yangi oʻtqaki tan kulbasida yoqiladur.
Firoq kojlari birla, vahki, ne oʻtlar
Bulutdek ashkfishon koʻzlarimga choqiladur.
Sirishk ayladi xokiy tanimni andogʻkim,
Qadam qoʻyay desa, uyqu koʻzumga yoyiladur.
Qochar bu telba koʻngul, yana voqif oʻl, ey aql
Ki tolpinur koʻpu koʻksum shikofi ochiladur.
Gʻarib qissa erur ishqkim, tuganmadi hech,
Agarchi boʻlgʻali olam binosi aytiladur.
Navoiy, ahli junun qaydi yor zulfi emish,
Xirad tanobini uz, band agar bu silsiladur.
* * *
Xoli hijronida koʻnglum dardi beandozadur,
Dogʻdin borgach qaro tashvishi aning tozadur.
Tushta Yusuf hay’atin koʻrdum habibim yodidin,
Goʻyi ul qolab, bu ruhi mahz uchun andozadur.
Zaxmim ogʻzi butmasidin uyqum oʻchmish, ey rafiq,
Goʻyiyo bu oʻzga uyqu keltirur xamyozadur.
Gʻamzasi jallodida holin koʻngulning bilmadim,
Ey sabo, tengri uchun koʻyida ne ovozadur?
La’li vasfin yozmisham jon safhasidin daftare,
Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur.
Zaxmidin qon koʻp oqib yoxud junundindur, bukim,
Ul pari koʻyida har dam telba koʻnglum ozadur.
Itlari qut etsun oʻlturgach Navoiy qonini,
Barcha gar har qatra bir jannat guligʻa gʻozadur.
Voqif oʻlkim, beshayi jahl ichra jisming hujrasi,
Nafs sayyodi havo saydin tutarga kozadur.
* * *
Qoshing avji malohatning yangi tuqqan hilolidur,
Qading naxli latofat bogʻining navras niholidur.
Fido jonim qading naxligʻakim, garchi erur navras,
Bale andomu ra’nolikda haddi e’tidolidur.
Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi,
Oning tab’ida muzmar gʻuncha yoʻq ogʻzing misolidur.
Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdagʻi nutqi,
Beling jonbaxshliqta koʻngliga kirgan xayolidur.
Ne tong, koʻnglum agar majruh oʻlub, qon borsa zaxmidin
Ki uzgan gʻunchadek bir tiflvashning poymolidur.
Yuru, ey Xizrkim, hayvon suyidur zahr agar ichsam,
Bu damkim, jonim ul shoʻx itlari singon safolidur.
Xalo mavjud emas suv zarfidin chiqqach havo toʻldi,
Havoi ishqdin mamludur oʻzdin kimki xolidur.
Navoiy ashkidek ul shoʻx agar tipmas, ajab ermas,
Qilurlar poʻya yoshlar to yugurmak ehtimolidur.
Fano dayrin tilarmen men, vale uchmogʻni zohidkim,
Mening komim — qadah durdi, aning kavsar zulolidur.
* * *
Orazing koʻzgusimu ter kasratidin sudadur?
Yoxud ul oraz suyining aksimu koʻzgudadur?
Dema ayni nozdin ul koʻz ochilmaydurki, bor
Kofirekim, mastliq ifrotidin uyqudadur.
Topmogʻim oʻzni mahol oʻlmish firoqing shomikim,
Tab arodur xasta jismu tob ul gisudadur.
Sen urarsen novaku koʻksum shikofidin koʻngul
Koʻrgali kelmish, xato qilmaki, xush qopudadur.
Sajda qilmoq ne tafovut Ka’ba yoxud butgakim,
Qoshi mehrobi qayon qilsam sujud oʻtrudadur.
Oʻlmagimdin zulfungga goʻyo parishonligʻ yetib,
Motam ahlidek quyi solib boshin qaygʻudadur.
Nuh umriyu Sulaymon mulkiga yoʻqtur baqo,
Ich, Navoiy, bodakim, olam gʻami behudadur.
* * *
Otashin gul bargidin xil’atki jononimdadur,
Xil’at ermas, ul bir oʻtdurkim, mening jonimdadur.
Otashin la’ledururkim, anda muzmar boʻldi jon,
Otashin gul bargidin xil’atki jononimdadur.
Jon qushi xunobidin tutmish malohat naxli rang,
Yo libosi lolagun sarvi xiromonimdadur.
Qatl biymidur, tarahhumning dogʻi ummedi bor,
Bu libosi olkim ul nomusulmonimdadur.
Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmagay,
Bu shafaqgun hullakim, sham’i shabistonimdadur.
Tutmasun gul suhbatidin sarv oʻzin koʻp sarfaroz,
Ey sabokim, ul toʻni gulgun mening yonimdadur.
Soqiyo, gulrang may solib, ketur paymonakim,
Zuhd biymidin xalal faqr ichra paymonimdadur.
Ey Navoiy, istama jon bulbulin har guldakim,
Ul toʻni gulgun, labi gulbargi xandonimdadur.
* * *
Yuz tuman mehnat oʻti anduhligʻ jonimdadur,
To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur.
Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilgʻasen,
Notavon jonimgʻa har zahmatki jononimdadur.
Dard menda sendin ortuq boʻlsa, jono, ne ajab,
Kim sening jismingdadur, zaxmat mening jonimdadur.
Soʻrdum ogʻzi ta’mi talx ermish, ajab yoʻq, oʻlmagim,
Menki bu yangligʻ achigʻ ta’m obi hayvonimdadur.
Ey Masiho, subhi ayshim tiyra boʻlmish, goʻyiyo,
Zarraye betobligʻ xurshidi tobonimdadur.
Dahr bogʻi ichra barbod oʻlmagon gul chiqmadi,
Yoʻq ajab, gar yeldin osibe gulistonimdadur.
Ey Navoiy, soʻrmading dersen malul oʻlgʻanda yor,
Sogʻinursen goʻyiyokim baxt farmonimdadur.
* * *
Loʻlivashimdin ayruki, qabrimda loladur,
Ul oʻynagʻon kibi yogʻoch uzra piyoladur.
Gulzor aromu loʻli etar la’b toʻlgʻanib,
Yo gul kibi uzorida mushkin kuloladur?
Ul turfa chehra doiraning chambari aro,
Xurshid davrasida aningdekki holadur.
Tablu nafir ma’rakasi ichra demangiz
Kim, ishqida ulus ishi faryodu noladur.
Bormu oʻyun haroratidin chehrasida ter,
Ye ravza gulistonida har sori joladur.
Gulshanda gʻupchadur demakim, charx chirmagʻon,
Bulbul gʻizosi har sori qonligʻ iavoladur.
Pinhonu oshkor Navoiydin oʻlmogʻi
Gohe jafo qilib, yana gohe uyoladur.
* * *
Oʻn sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim oʻn sakiz yoshindadur.
Desa boʻlgʻaykim, yana ham oʻn sakkiz yil husni bor,
Oʻn sakkiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.
Oʻn sakkiz yil dema, yuz sakson yil oʻlsa, oʻldurur
Husn shohi, ul balolarkim koʻzu qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’i naqqoshindadur.
Tan anga siymu ichinda tosh muzmar koʻnglidin,
Aqlgʻa yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.
May ketur, ey mugʻki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul’ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy toʻkti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
* * *
Shon berur elga agarchi labidin qon tomadur,
Vah, dema qon tomadur, balki chuchuk jon tomadur.
Noz oʻqi birla koʻzum mardumin etding manfuh,
Ashki gulgun dema zaxmidin aning qon tomadur.
Vah, yaram ichra ne qondur buki, devona koʻngul
Tonsa taskin turadur, aylasa afgʻon tomadur.
Goʻiyo fitna sahobidin erur seli balo,
Raxshidin qatraki, javlon aro har yon tomadur.
Tomchidek ashkim emas, koʻnglum oʻti daf’i uchun
Gah badan kulbasini qilgali vayron tomadur.
Vahki, gul sham’in oʻchurmaklik uchundur gar xud
Qatra oʻrnigʻa bulutdin durri gʻalton tomadur.
La’li vasfida Navoiy soʻzidin obi hayot
Qilsa paydo oqadur, aylasa pinhon tomadur.
* * *
To dayr ichinda mugʻbachalardin nishonadur,
Ey piri dayr, boshimu — bu ostonadur.
Oʻzdin borib figʻonim emas tongki, dayr aro,
Har sori boqsa zamzamai bexudonadur.
Gah piri dayr bois erur, goh mugʻbacha,
Yoʻq-yoʻqki, boda komimu ul — bahonadur.
Dayr ichra yoʻq safol ila oltun qadahda farq,
Shohu gado teng oʻldi ajab korxonadur.
Asrori vahdat ista xarobot piridin
Kim, shayx va’zu pandi fusunu fasonadur.
Gar koʻnglum ichra soqiyu may oʻrt solmamish,
Har lahza ohidin bu ne oʻtluq zabonadur.
Ul umr bir zamonligʻ erur istama vafo,
Afgʻonki ul ham uylaki ahli zamonadur.
Koʻzdin sochildi ashku koʻngul oʻti berdi bar,
Ul nav’ oʻt chiqardi ajab tavr donadur.
Otashgah etti kufr eli, koʻnglum uyini, magar,
Kim umr oʻtti oʻchmay ul oʻt anda yonadur.
Istar Navoiy oʻzni mayu ishqdin xalos,
Moni’ valek soqiyu jomi mugʻonadur.
* * *
Voyki, bagʻrim yana hajr oʻqidin yoradur,
Har nafas ul yoradin jon oʻzidin boradur.
Jonima ofat labi, hajri balo, ohkim,
Baxtima bir hukmi bor la’lu gar xoradur.
Dard sipehri tanim toʻzgʻanu oʻtgan oʻqung,
Lam’ai paykon bila sobitu sayyoradur.
Koʻyida topmoq seni mumkin emas, ey koʻngul,
Anda chu sen telbadek yuz tuman ovoradur.
Charx arusigʻa yoʻq gʻayri yamonliq shior,
Aqdigʻa mayl etmakim, shohidi badkoradur.
Voʻsmasi qavsi quzah, gʻozasi gulgun shafaq,
Zulfu yuzi tunu kun, koʻrki, ne makkoradur.
Ishq ajab dard emish, dardgadur chora sabr,
Vahki, Navoiy base oshiqi bechoradur.
* * *
Ul quyoshkim, koʻnglum ichra hajrining ozoridur,
Jonim olsa ham, koʻngul jon birla minnatdoridur.
Naylab ul qotildin oʻlgʻaymen xalos, ey ishqkim,
Jonim afgori, tanim bemori, koʻnglum zoridur.
Hajr oʻqi paykoni zaxmin men kibi bilmas kishi
Kim, ichim boshtin-ayoq ul neshning afgoridur.
Hajr aro joning olay der, koʻr ne boʻlgʻay javrikim,
Bu manga ul shoʻxdin mehru vafo izhoridur.
Qof agar yuzdur adadda, Qof togʻi mehnatin
Shiddati a’dodining yuzdin biri miqdoridur.
Telba koʻnglum istasa Farhodu Majnun sihhatin,
Oqil el ragmi anga hushu xirad osoridur.
Kir xarobot ichra, ey zohid, tilar boʻlsang bihisht
Kim, mayi kavsar zuloli kulbai xammoridur.
Ne ajab gulshan erur davronki, dudi ohdin
Sunbuliyu ashk qoni saylidin gulzoridur.
Gar Navoiydek soʻzung fahm etmadim, ey porso,
Afv qil, bir dam xayolim bodanoʻshum soridur.
* * *
Labki xandon qilibon qoshu koʻzin oʻynotadur,
Oʻynay-oʻynay meni bechorani qon yigʻlotadur.
Koʻrgach ul oyni, yaqindurki figʻonlar qilgʻay,
Lek bexudlugʻ ila koʻnglum oʻzin toʻxtotadur.
Tortmoq mumkin emas oʻqini koʻnglumdinkim,
Yana oʻq har nafas oning yoniga oʻrnotadur.
Baxtim uygʻonmas, agarchi faza’im dard ahlin
Oʻlum uyqusigʻa borgonlar esa uygʻotadur.
Koʻzum ashkin bu jihatdin desa boʻlgʻay xunob
Kim, bu suv oqsa, bogʻir ham anga qonin qotadur.
Sabru orom sipohin nechakim yigʻsam, ishq
Gah ani sindiradur, goh muni butrotadur.
Gʻarazi buki, habibimgʻa qul oʻlgʻay Yusuf,
Husn bozorida har nechaki oʻzin sotadur.
Oʻxshamaydur mening ollimda, agarchi dehqon
Sarvi gulroʻyuma sarvu gulini oʻxshotadur.
Ishq oni keltiradur xasta Navoiy tarafi,
Novaki gʻamzani ul shoʻx qayonkim otadur.
* * *
Ul oʻtlugʻ chehraga zarbaft xil’at ne yaroshibdur
Magar xil’atqa ul yuz lam’asidin oʻt tutoshibdur.
Falakning borgohigʻa koʻmoch oʻlmish quyosh jirmi,
Anga ohim sutundek dudi mundoqkim uloshibdur.
Maloyik qushlari gʻam shomi qoʻzgʻolmoq tong ermaskim,
Yetibdur koʻkka yuz ohim xadangi, balki oshibdur.
Balo dashti aro yuz ming oʻluktur onda qotil ishq,
Xirad magʻlub xayli birla goʻyokim savoshibdur.
Labingdin jon topay deb, koʻp talashti hajr aro koʻnglum,
Oʻlar holatda ul bemordekkim jon taloshibdur.
Qadahqa boda taryoqini quy toshquncha, ey soqiy,
Kim gʻam zahri bila jomim toʻlubtur, balki toshibdur.
Navoiy gar labi yodi bila qon yutdi, jon tutdi,
Tabibo bilki, bu sharbat anga behad yaroshibdur.
* * *
Ul malaksiymo parikim, xalq aning hayronidur,
Jonlar oshubi, vale oshufta jonim jonidur.
Tifl avroq ichra bir-bir bargi gul tergon kibi,
Nomai hijron aro tim-tim sirishkim qonidir.
Koʻrsa jon zaxmida qonligʻ marhamin aylar gumon,
Kim buzulgʻon koʻnglum oʻtidin qiziq paykonidur.
Yuzungga may gullari yuz fitna qildi goʻiyo,
Fitna har gulkim ochar yuzung aning boʻstonidur.
Bormudur koʻnglumda kesgan ham alif ham na’lu dogʻ,
Yo bu mir’ot ichra solgʻon aksi husnung onidur.
Dahr toroji qilur uryon chaman ra’nolarin,
Yeldin un chekmas yigʻochlarkim, chaman afgʻonidur.
Ey Navoiy, bilki tong otquncha yigʻlar har kecha,
Charxdek har kimki bir badmehr sargardonidur.
* * *
Gulni naylay, xotir ul ruxsori gulgun soridur,
Qoʻy gul afshonni, koʻngul bogʻi humoyun soridur.
Chekti qatlim tiygʻini gardunu men ham oh oʻqin,
Ohkim, qatlimga ohim dogʻi gardun soridur.
Koʻzlaring devona koʻnglim jonibin tutti, ne tong,
Ishq dashtida kiyiklar xayli Majnun soridur.
Momasin koʻrgoch nedin koʻzu koʻngulga boʻldi rashk,
Kim agar ul boʻlsa xat sori, bu mazmun soridur.
El qading zikrin qilurda oqsa yoshim tong emas,
Tifli sofiy tab’ mayli soʻzda mavzun soridur.
Podshohekim, qanoat maxzanin istar, erur
Bir gadodekkim, xayoli ganji Qorun soridur.
Ey Navoiy, ista ma’ni olamikim, keldi dun,
Har kishikim mayli ushbu dunyoi dun soridur.
* * *
Aytmon koʻzu koʻngul matlubi koʻyung bogʻidur,
Bu biriga xori, ul birga gʻaraz tufrogʻidur.
Qoshi hajrinda yangi oy shaklidin furqat tuni,
Koʻnglum afgor etkali goʻyo falak tirnogʻidur.
Sarviga tortib qabo, choʻkkon quyoshqa soyabon,
Chobukum boʻyida shirdogʻ, boshida qalpogʻidur.
Demakim, boʻldung qariyu, oʻtti davri ishqkim,
To tirikturmen manga ishqu muhabbat chogʻidur.
Pilgurur parvonaning bolida humrat birla xol,
Oʻylakim koʻnglumda hasrat qoni, furqat dogʻidur.
Dahr gulzori aro hasrat yelidin har taraf
Tomdi bulbul koʻngli qoni, dema gul yafrogʻidur.
Ey Navoiy, koʻnglum olib itlariga tashlasa
Koʻngul oning barcha maqsudum koʻngul olmogʻidur.
* * *
Kema ogʻzi demakim, ishqingda koʻksum chokidur,
Bahr mavji yoʻqki, ashkim selining koʻlokidur.
Suvda ermas mehr aksi, balki daryo jonigʻa
Solgʻon oʻtlar xasta jonim ohi otashnokidur.
Xas omas girdob arokim, boshinga evrulgali
Suv uza sargashta oshiq jismining xoshokidur.
Vahki, ul kishtida daryokash, manga xud yoʻq hayot
El degandinkim falonning kofiri bebokidur.
Ul baligʻ tutmoqqa solib shastu, oning rashkidin
Suvdin ayrilgʻon baligʻ yangligʻ koʻngul todokidur.
Koʻrma faqr ahli sirishki bahrida har yon hubob,
Kim fano kavkablari, balkim balo aflokidur.
Ey Navoiy, kema tiyri koʻksum ichra hajr oʻqi,
Kema ogʻzi goʻiyo ishqida koʻksum chokidur.
* * *
Jonda ishqing boʻlgʻusi, to tanda jon boʻlgʻusidur,
Tanda jondek jon aro ishqing nihon boʻlgʻusidur.
To tirikdurmen ichiga jola tushkan gʻunchadek,
Xasta koʻnglum durri ishqinggʻa makon boʻlgʻusidur.
Dardu ishqing dogʻi ul soatki oʻlsam, jon aro
Jonning ikki nuqtasi yangligʻ nishon boʻlgʻusidur.
Qildi ashkimni shafaqgun hajr bepoyon tuni,
Hullasin chek tongning, ey gardunki, qon boʻlgʻusidur.
Ul Masih anfosi jonbaxshu labi hayvon suyi,
Olloh-olloh, necha jonim notavon boʻlgʻusidur.
Mehr sham’i dudidin qissamni yoz, ey charxkim,
Ziynati avroqing ushbu doston boʻlgʻusidur.
Oʻqidin koʻnglung qachongʻa tegru zaxm oʻlgʻay demaig,
To bu qush boʻlgʻusidur, ul oshyon boʻlgʻusidur.
Gul qulogʻin chun ogʻir qilmish kirib shabnam suyi,
Necha, ey bulbul, ishing doim figʻon boʻlgʻusidur?
Ey Navoiy, koʻkka tegru dardi ohimdin shikanj
Yetkali ul oygʻa goʻyo nardbon boʻlgʻusidur.
* * *
Hayot bogʻida to sarvu lola boʻlgʻusidur,
Mening mumiddi hayotim piyola boʻlgʻusidur.
Surohiy oʻlgʻusidur manga siymtan mahbub,
Boshida qil anga mushkin kulola boʻlgʻusidur.
Hayot gulshani mugʻ kulbasiyu mugʻbachaning
Yuziyu qaddi manga sarvu lola boʻlgʻusidur.
Ne ayb, bazmim ichinda hazin figʻonki, surud,
Angaki qon yutar, albatta, nola boʻlgʻusidur.
Qadahki holima qon yigʻlar, emdi ohimdin
Sirishki qatrasi gulrang jola boʻlgʻusidur.
Deding, fano nedurur, muxtasar deyin oʻlmak
Ki sharhini tilasang, yuz risola boʻlgʻusidur.
Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy,
Piyola davri oʻshul oygʻa hola boʻlgʻusidur.
Navoiy, istama kavsar mayini zuhd bila,
Ki boda ichkuchi elga havola boʻlgʻusidur.
* * *
Vu tiyrai qotilki, oti hajr tunidur,
Ohim tutunidur dema, dogʻim tutunidur.
Jism ichra yuzung hajrida ming dard xadangi,
Goʻyoki koʻngul otashkadasining oʻtunidur.
Soʻngakdin emas rishtai jismimda boʻgʻunlar,
Ul torda ranjim adadining tugunidur.
Ul shoʻx simo’ ichra uchurmoqqa koʻnguldin
Hushu, xiradu sabrni ofat quyunidur.
Uyqu keturur suv uni, lek uyquni olgʻon
Elning koʻzidin sayli sirishkimning unidur.
Oʻnnay-oʻynay toʻksa ul oy qonim, emas tong
Kim, barcha bular charxi muloib oʻyunidur.
Yuz pora boshimni iti rad qildi, Navoiy
Bilmaski, soʻngaklarda borining butunidur.
* * *
Yuzi gulchehra soqiyning tarab hukmigʻa tugʻrodur,
Yuzinda may guli ul yorligʻ uzra oli tamgʻodur.
Labi la’li halokimen, agarchi jonfizoligʻda
Masiho birla ul goʻyo oʻluk birla Masihodur.
Damim dudi xirad ahlin qilur har lahza savdoyi,
Dimogʻimda, koʻrung, ul zulf mushkidin ne savdodur.
Sinonin koʻksuma to tikti ul chobuk, bu xam qaddim
Hamono gʻam sipohi qalbida ul oʻq uchun yodur.
Labing aksi koʻzum shoʻrobasi bahrida goʻyokim
Chuchuk suvdurki, atrofida oning talx daryodur.
Jahonni chun koʻzumga hajr shomi aylamish tiyra,
Ne sud andin mangakim, vasl subhi olamorodur.
Boshim qush oshiyoni, tan junun torojidin uryon,
Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur.
Fidosi naqdi islomimki, mugʻ dayridagi soqiy,
Ulus qonin toʻkardin vahm qilmas, garchi tarsodur.
Navoiy dayr piri goʻyiskim shahr shayxiga
Fano jomi ichurdikim, xarobot ichra gʻavgʻodur.
* * *
Harorat jonima ul otashin la’l axgarindindur,
Aiga taskin ham ul yuz ravzasining kavsarindindur.
Sochingning tiyra shomidin yuzung subhida yoʻl topmoq
Banogoʻshungdagʻi durri shabafroʻz axtarindindur.
Tahuro bodasi derlar erur jonbaxshu ruh afzo,
Magarkim choshni ul maygʻa la’ling sogʻarindindur.
Shabiston subhi davlatdin yorugʻroq boʻlsa tong ermas,
Ki partav anda ul ruxsor sham’i anvarindindur.
Yuzung ochqoch shamimi lutfi olam ichra butrotding,
Magar bu atr ul oʻt uzra xoling anbarindindur.
Bahor ayyomini besh kun gʻapimat angla, ey bulbul,
Kim uncha soʻzu tobing otashin gul majmarindindur.
Navoiy, qilmagʻil bas nazm birla durfishonligʻkim,
Maoniy bikriga zevar hadising gavharindindur.
* * *
La’ling oyo ne ajab rangindur,
Soʻzi oning ne balo shirindur.
Xam qoshing taqviyu toatqa balo,
Ham koʻzung ofati aqlu dindur.
Hulla ichra badaningkim koʻrinur,
Goʻiyo gulbarg aro nasrindur.
Qatlu tirguzmoq erur oyining,
Olloh-olloh, sanga ne oyindur.
Soqiyo, hajrida tutqil manga may,
Kim, bu suvdin oʻtuma taskindur.
Mayu vasl ahliki bu davr ichra,
Bizga xunobi jigar ta’yindur.
Hajring ayyomi Navoiy tinmas,
Bir koʻrunub anga koʻnglin tindur.
* * *
La’li shavqidin koʻzu koʻnglumda ashku ohdur,
Yo zuloli xizr ila anfosi Ruhullohdur.
Koʻp shararliq dudi ohim birla chiqqon jonga boq,
Kim ming oʻtlugʻ korvonga bir gado hamrohdur.
Baski boshni yerga urgʻon un bila uygʻondilar,
Sarguzashtimdin kecha hamsoyalar ogohdur.
Ul zaqanda boʻlsa har bir qatra xay kavkab ne tong,
Kim quyoshning chashmasi yonida boʻlgʻon chohdur.
Doʻstlar, mumkin emas boʻlmoq muyassar vaslikim,
Men oncha dilxoz, emon, ulkim manga dilxohdur.
To tirikdur, shahgʻa koʻproqtur gadodin dardi sar,
Chun oʻlum vaqti yetar — tengdur gado, gar shohdur.
Dayr piri ollida qilsam gadoligʻ, ayb emas,
Ey Navoiy, bilki fayz ahliga shayallohdur.
* * *
Parvona qanoti arokim dogʻ ila qondur,
Hajr oʻtiyu gʻam yorasidin ikki nishondur.
Sorigʻ, qizil alvon bila xil’atlaring, ey gul,
Ra’noligʻ erur, ulki libosingda ayondur.
Ul koʻz qarosi hay’ati majruh koʻngulda,
Hijron oʻtidin iki yangi dogʻi nihondur.
Koʻnglumniki pargolalar etti gʻami hajring,
Lola varaqidek borida dogʻ ila qondur.
La’lingdin agar qatrai qon qilsa tarashshux,
Tufroqqa tomizmaki, oning tufrogʻi jondur.
Bu gulshan aro boʻyi vafo yetmadi guldin
Bulbulgʻaki, ming navha bila da’b figʻondur.
Shavq oʻtigʻa yonmoqqa oʻzin urdi Navoiy,
Qovdung kelu lutf aylabon ul telbani yondur.
* * *
Yuzung ravshan, enging ham ravshan, ey hur,
Alarning sha’nidin nuran alo nur.
Iki qotil koʻzung bemorimenkim,
Erurlar ayni usruklukda maxmur.
Chu boʻldi javri may miqdor, derlar:
Kech andin, vah, manga bu ish ne maqdur.
Aning husnicha ishqim tutti shuhrat,
Ki boʻldi sham’icha parvona mashhur.
Netong biym oʻlsa ishqingdin koʻngulga,
Ki bor oʻtdin haroson tab’i mahrur.
Xiradqa bizni targʻib etma, ey shayx,
Bu ishdin tut junun ahlini ma’zur.
Visol et elga qism, ey charx, baskim,
Navoiy mahvashidin boʻldi mahjur.
* * *
Tovushkim uy toshidin kelsa, dermen bagʻri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sogʻinurmenkim quyoshimdur.
Ichinda togʻning qon toshida yuz ming balo toshi,
Oning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur.
Emastur gardu goʻn ul shoʻx maydonida, goʻyokim
Biri farsuda jismimdur, bir sargashta boshimdur.
Sirishkimni jigar pargolasi bil dogʻi koʻz nuri,
Koʻngul sirrini, vahkim, zohir etgan ushbu yoshimdur.
Demay past oʻldi afgʻonim yelidin naxli ayshimkim,
Bu naxlim arrayei muhlik figʻon ichra xaroshimdur.
Urarmen yerga boshimni gʻamingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul urushum, bu taloshimdur.
Yomon holimga hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun siz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur.
Falak qasri bilan kun muttaqosidin demang soʻzkim,
Fano dayri makonim, faqr tufrogʻi firoshimdur.
Dedimkim: «Tushta mehrob ichra koʻrdum kofiri maste»,
Dedi: «Koʻrgil Navoiy, koʻz ochibkim, koʻzu qoshimdur».
* * *
Kecha badmast oʻlgʻonimdin infiolim bordur,
Mayni emdi ogʻzima olmas xayolim bordur.
Ulki der may ich uyattin bilmagay oʻz holini,
Bilsakim bazm ahli ollinda ne holim bordur.
Demakim may daf’ etar, gar yetsa har dam yuz malol,
Kim icharda oni har dam yuz malolim bordur.
Yor tavbam bilsa garchi may berur, bermay majol,
Yolborib uzr aytqumdur, to majolim bordur.
Rindlar tavbamni sindirmoqqa bu taqrib omas,
Boda naf’idinki har dam qilu qolim bordur.
Zuhdu istigʻnomu yaxshi, yoʻqsa isyonu nioz?
Shahr shayxidin bu yangligʻ bir savolim bordur.
Ey Navoiy, men xud ottim tavba, lekin, netgamen,
Kim ajab mayxorai bei’tidolim bordur.
* * *
Qatlima tiygʻ oʻlgalikim charx ishi ozordur,
Mavji ashkim aksidin poʻlodi javhardordur.
Koʻk tegirmon toshi aylandurmoq istar boshima
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur.
Ishq dashtida quyun ermaski, men devonaga
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur.
Dard togʻida choqinlar dema, de oʻtlugʻ kamand,
Kim solurda boʻynuma charx ilgidin takrordur.
Rahm qil, gardunki, bir dilxastadin maqdur emas,
Chekmagi gar mehnatu bedod bu miqdordur.
Muncha dardu gʻussadin maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbayi xammordur.
Ey xusho xumxonakim, qilgʻonni anda tarki hush,
Koʻk xumidin har nekim kelgay, farogʻi bordur.
* * *
Sarigʻ libos aro ul noʻshlabki xandondur,
Erur Masihki, xurshid ichinda pinhondur.
Libosu jism ila ul gul’uzor koʻrguzdi
Xazon ichida bahoreki, aql hayrondur.
Libosi oʻt kibi asfar, tani hayot suyi,
Ajoyib oʻtki, arosinda obi hayvondur.
Oʻshul dur orzusidinki, zarvaraq kiymish,
Yuzumning oltunida durri ashk gʻaltondur.
Firoq dashtidagi lolalar sarigʻ butmish,
Magarki dogʻlari barcha dogʻi hijrondur.
Yuz ul etakdin agar olmasam, ne tongki, somon
Chu kahrabogʻa yetar, qoʻymogʻi ne imkondur?
Sarigʻ yuzumdek etib subh oʻzin sogʻindikim,
Sovugʻ nafas bila mehrin yoshurmoq osondur.
Navoiyga berur el pandu, ul muni derkim,
Sarigʻ libosi falon shoʻxning ne chaspondur?
* * *
Bargi nay toʻn ichida nol kibi beli nihondur,
Qalami foʻta qamish bandidek ustida ayondur.
Ayladim tarh vafo kasrini koʻksum uza, koʻrkim,
Na’llar tarhida ayvonlaridin yerda nishondur.
Zulfi hijronida mundogʻki tanim har sori sanchar,
Raglarim jism aro qatlimgʻa magar necha yilondur.
Chugʻz vayrona aro angladi goʻyoki oʻlarmen,
Motamimga ishi har lahza garibona figʻondur.
Oʻqung ogʻzida qizil tus emas, koʻnglum arokim,
Tong emas, ogʻzi qizil boʻlsa, qizo chun anga qondur.
Hullai toat etar doʻzax oʻtin daf’, yoʻq ersa,
Ul haroratqa ne daf’, kafaning garchi katondur.
Voizekim, oʻzi qilmas amalu elga berur pand,
Gar emas uyquda, bas, munchaki der, ne hazayondur.
Xas kibi tushti Navoiy may uza, gʻam neta olgʻay,
Xossakim, anga hubob uyi kibi dorilamondur.
* * *
Lojuvardiy qoshing uzra zarvaraq toboimudur,
Yo magar koʻk toqi uzra anjumi raxshonmudur.
Zulfimu ohim yelidin sovurur olamgʻa mushk,
Yo sabo tahrikidin sunbul abirafshonmudur.
Xaychakon orazmudur, yo husni bandi zulf aro,
Yuz asir oʻlgʻon koʻngullar holigʻa giryonmudur.
Zarvaraqdin shu’lalardur har taraf ruxsorigʻa,
Yo ul oʻtlugʻ yuzda haryon bir koʻngul soʻzonmudur.
Hajr zolim shomi kavkabdinmu girsidur manga
Yo aning subhi gʻarib ahvolima xandonmudur.
Eyki mayli jannat etmassen mening koʻnglum kibi,
Notavon koʻnglung birov koʻyida sargardonmudur.
Boʻldi qaddi yo Navoiyning yuzi chun zarvaraq,
Lojuvardiy qoshing uzra zarvaraq tobonmudur.
* * *
Sochbogʻingdin chiqqon, oyo, sunbuli purchinmudur?
Yo terisin solgʻon ikki af’iyi mushkinmudur?
Iffatingdindurmukim me’jar yuziga tushti chin.
Yoxud anda zeb uchun mashshota solgʻon chinmudur?
Noʻshxand etganda la’lingdin koʻrunmishmu tishing,
Anglamon, yoxud asal ichra yozilgʻon «sin»mudur?
Sunbulin koʻrgach, koʻzum boʻldi qarongʻu, ey sabo,
Sochi mundogʻ tiyra yoxud sochbogʻi epkinmudur?
Chiqsa aqlingdin arusi dahr, bergil naqdi jon,
Demagilkim, xunbahodur ushbu yo kobinmudur?
Dahr zolin gar desam Farhodkush, ayb etmangiz,
Gar emas Farhodkush, oxir dengiz, Shirinmudur?
Shavq oʻti topqoch sukun dersenki, ishqi tarkin et,
Ey Navoiy, bir nafas bu shu’laga taskinmudur?
* * *
Gʻaming oʻqiki koʻngullar uyin nishona qilur,
Mening chu xoki tanim ichra yetti, xona qilur.
Labing bahonasiz el qonini toʻkar har dam,
Manga chu yetti ish, albatta bir bahona qilur.
Koʻngul berurda fusunlugʻ koʻziga bilmas edim,
Ki el ichinda meni oqibat fasona qilur.
Koʻngulda javhari paykoniniki yigʻmish jon,
Ajab emaski, bu vayronani xazona qilur.
Desaki mehr giyohin koʻkartayin, gardun
Zamona ahli vafo koʻz yoshini dona qilur.
Halok domi yoyar subhxez qushlar uchun,
Sahar yeliki chaman sunbulini shona qilur.
Nasib bulbul uchun xori gʻamdurur, ul ham
Navoiy nagʻmasi birla magar tarona qilur.
* * *
Jonim oromi uchun qosidki, jonondin kelur,
Goʻyi jonparvar nasime obihayvondin kelur.
Noma qosid ilgidin, qosid habibim ollidin,
Mujdai jon yeldinu yel mohi Kan’ondin kelur.
Va’dai vasliki jonondin kelur hijron kuni,
Tindurur koʻnglumni soʻz yangligʻkim ul jondin kelur.
Gavharidekdurki chiqmish xomasining noʻkidin,
Noma uzra shodligʻ ashkimki mujgondin kelur.
Shodligʻdin jon nisor etsam ne tongkim, bu xabar
Ham koʻnguldin, filmasal, ham koʻnglum olgʻondin kelur.
Vahki, mazmunidur ahli dard sargardonligi,
Har balo maktubikim, bu charxi gardondin kelur.
Deb emish nomamgʻa qilmaydur Navoiy jon nisor,
Anda jon boʻlsa qachon bu nav’ ish ondin kelur.
* * *
Shahsuvorim har qachon javlon qilur,
Mahv oʻlub bilmon oʻzumni haq bilur.
Anga har koʻzkim tushar, kirpiklari
Xasta koʻnglumda tikandek sanchilur.
Ochilur koʻnglum samandi sayradin,
Gʻuncha yangligʻkim sabodin ochilur.
Ayrilur goʻyo quyoshdin bir shihob,
Oti na’lidin har oʻtkim ayrilur.
Oh tortarda magar jon pech urur,
Oʻq otarda har qachonkim qayrilur.
Tavsani gardunni markab qilmakim,
Yer bila rokibni oxir teng qilur.
Tez etar tiygʻing Navoiy ishqini,
Garchi oʻt oʻchar, agar suv sochilur.
* * *
Koʻk gʻazoli chunki kofur uzra mushkafshon boʻlur,
Kavkabafshon koʻzlarimdin ul quyosh pinhon boʻlur.
Mungrayib andoq sinuq koʻnglum buzulurkim, sipehr
Bul’ajab holimga yuz ming koʻz bila hayron boʻlur.
Gah yurub, gah oʻlturub, bir lahza tutmasmen qaror,
Gʻussa bandidin bari olam manga zindon boʻlur.
Gah koʻngul oʻti urar koʻksum shigofidin alam,
Gah bagʻir pargolasi koʻz yoʻlidin gʻalton boʻlur.
Oʻltirur uy saqfigʻa ohim tafidin qatralar,
Yo mening holimgadurkim tomu tosh giryon boʻlur.
Eyki, istarsen salomat ishq koʻyin soʻrmagil,
Kim bu yoʻlga har kishikim tushti sargardon boʻlur.
Istaganga doʻst komin istabon kuymak ne tong,
Gar tutun sunbul, oʻtun ashjoru oʻt rayhon boʻlur.
Ichni uryon qilki, toshing zebi man’i faqr emas,
Faqr emastur gar iching mamlu, toshing uryon boʻlur.
Ey Navoiy, ishq man’in elga irshod aylading,
Olloh-olloh, bu ne makru hiylau daston boʻlur.
* * *
Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur,
Mavjluq daryo kibi oshufta koʻnglum qoʻzgʻolur.
Yigʻlama, ey koʻz, nedin sohilgʻa chiqmas kema deb,
Kim yoshing daryosidur har sorikim el koʻz solur.
Titrabon siymobdek koʻnglum, yetar jon ogʻzima,
Tund yel tahrikidin har damki daryo chayqolur.
Sabr koʻnglumda, koʻngul ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borub, telmurub koʻz, mungrayib jonim qolur.
Dam tutulgʻondin oʻlar eldek yetibmen oʻlgali,
Surmasun deb kemasin baskim nafaslar asrolur.
Kirma savdo bahrida olamdin istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siygʻolur.
Gʻarq etar bahri fano gʻam zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur.
* * *
Jafo qilur bari gulchehralar, vafo qilakoʻr,
Vafo har elga qilursen, vale manga qilakoʻr.
Ne telbaniki muqayyad tilarsen, ey gardun,
Aning salosili zulfigʻa mubtalo qilakoʻr.
Desang hijobni olganlar, ey koʻz ollingdan,
Ne gard oning yoʻlidin qoʻpsa, toʻtiyo qilakoʻr.
Tajallo istasang ul yuzdin oʻrtabon jisming,
Kuli bila koʻngul oyinasin jilo qilakoʻr.
Umidi vasl ila koʻyungga bordi xasta koʻngul,
Yigitliging haqqi, ul hojatin ravo qilakoʻr.
Biyik nishiman erur, ey koʻngul, visol avji,
Talab qanoti bila ul taraf havo qilakoʻr.
Navoiyo, chu alamsiz murod mumkin emas,
Desangki, vasl topay, hajr oʻtigʻa yoqilakoʻr.
* * *
Furqat ichra sharbati la’ling visoli kam boʻlur,
Garchi derlar talx daryoda chuchuk suv ham boʻlur.
Zulfu ruxsoring gʻami ne tong buzugʻ koʻnglum aro,
Ajdaho gar boʻlsa vayron ichra, maxzan ham boʻlur.
Koʻksuma otsang bir oʻq, ot yona bir yonindakim
Ul dagʻi koʻnglumni shod aylar, bu ham mahkam boʻlur,
Ul pari ishqin maloyikdin yoshursam ne ajab,
Dardi yoʻqlar dard ahligʻa qachon mahram boʻlur?
Ohu ashkimdin shikoyat koʻp qilur hamson kim,
Dud ravzandin kirar uyning binosi nam boʻlur.
Gar egilsa qomatim ishqing yukidin, qilma ayb,
Kim, sipehr uzra bu ogʻir yukni qoʻysang xam boʻlur.
Olam ahlidin kim ul oyni Navoiy tanladi,
Bilmadikim ishqidin ovorai olam boʻlur.
* * *
Kecha kuymak rasmini parvona mendin oʻrganur,
Sham’ kuydurmak ishida mahvashimgʻa oʻtkanur.
Ul pari hajrinda men devona cheksam oʻtluq oh,
Ey malak, gar boʻlmasang voqif, qanoting churkanur.
Anjum ermas, qatralar koʻk saqfida aylar ayon,
Dudi ohimkim, falak toqigʻa har tun chirmanur.
Saltanat taxti uza yotqon uyumas rashkdin,
Koʻrsa boshimniki, har tun ostoning yastanur.
Baxtim uyqudin koʻz ochmas, yoʻqsa chun cheksam figʻon,
Soʻnggi uyqu masti boʻlgʻonlar ul undin uygʻonur.
Oʻz-oʻzumga toʻlgʻanurmen, qaddu zulfin yod etib,
Sarvgʻa gulshanda sunbul shoxi chunkim toʻlgʻanur.
Devvashlardin qochib tutti Navoiy bodiya
Bu jihatdin tegrasiga dasht vahshi aylanur.
* * *
Xating ichra labi xandon koʻrunur,
Xizr ila chashmai hayvon koʻrunur,
Ishq dashti aro gʻamzang oʻqidin
Koʻz yetar yergacha chopkon koʻrunur,
Bil junun bodiyasida menmen,
Qayda bir telbai uryon koʻrunur.
Lola butkon kibi qon yoshimdin,
Togʻu vodiy bori yakson koʻrunur.
Garchi ishq ichra base mushkil bor,
Vasl ummedidin oson koʻrunur.
Koʻzum oʻldi yana goʻyo oshiq,
Baski bir chehragʻa hayron koʻrunur.
Lofi zuhd urma, Navoiy, har dam,
Ki aning aksari yalgʻon koʻrunur.
* * *
Koʻzum yoshiki, yurak qoniga tutosh koʻrunur,
Berur qonimgʻa tonutluq, agarchi yosh koʻrunur.
Labini soʻrgʻali aqlim junungʻa boʻldi badal,
May ichsa tez oʻlur el, sogʻda gar yovosh koʻrunur.
Shikasta koʻngluma oz gʻam boʻlubturur kulliy,—
Kesak qanoti sinuq qush koʻziga tosh koʻrunur.
Ne kunki yuzini koʻrsam, tushumga kirsa, ne tong —
Quyoshqa boqsayu koʻz yumsa ham quyosh koʻrunur.
Ne rud oqizding ulus qonidinki, tegrangda
Nazargʻa soy totidek necha boqsa, bosh koʻrunur.
Mugʻ eshigin turradek yop yuzinggʻakim, gardun,
Quyosh sinoni chekib tavrida savosh koʻrunur.
Navoiyning bu namozi ne nav’ ekin, yo rab,
Ki sajda vaqti koʻziga ul egma qosh koʻrunur.
* * *
Savsaniy toʻn birla ul qad savsani ozod erur,
Yo binafsha bargidii zeb aylagai shamshod erur.
Olloh-olloh, bilmon ul qadnnki, savsan bargidin
Zeblik shamshod erur yo savsani ozod erur?
Vah, ne sarvedurki, to xil’at kiyibtur savsaniy,
Chok oʻlub gul xil’ati, bulbul ishi faryod erur.
Savsanu sarve agar yoʻqtur, damimdin bogʻ aro
Oʻrtanibon sarvu savsan hullasi barbod erur.
Ayni iffatdin oʻshul pokiza gavhar jismida,
Xil’at ermaskim, binafsh etgan kibi poʻlod erur.
Shomi gʻam koʻnglum uzoru hullasin yod aylabon,
Mehr oʻti har yon binafsh etgan bulutdin shod erur.
Qozgali gʻam Besutun togʻin Navriy ilgida,
Vahki, savsan bargi ermas, teshai Farhod erur.
Yuz tili boʻlsa, dam urmoq shart emas ozodadin,
Ey koʻngul, savsan tilidin bizga bu irshod erur.
* * *
Markab ermaskim sabo maydonda gard angez erur,
Rokib ermas, bargi guldurkim sabodin tez erur.
Tashladi haryon ulus jonini sargardon qilib
Girdbodi fntna goʻyokim gʻuborangez erur.
Na’l emas ravshan hiloli el koʻzin yorutgʻali,
Poʻyada har sori shabrangiga dastovez erur.
Rokibu markab yuzu a’zosidin termu oqar,
Yo bulut durbor oʻlub xurshid anjumrez erur.
Bodai gulgun keturkim, shomi hijron men kibi,
Yuz tuman Farhodni past aylagan Shabdez zrur.
Oshiqib terlab ilojimgʻa yetishting, ey Masih,
Ne ajab gar sharbati la’ling gulobomez erur.
Gar yana mast otlonib koʻnglakcha javlon qilmadi,
Bas quloq sol shahr sorikim ne rustoxez erur.
Hiyla ojizligʻdin aylar oshiq, angla, ey koʻngul,
Kim, zabunroq ishq aro Farhoddin Parvez erur.
Ey Navoiy, yor agar mayxoradur yuz qatla shukr
Kim, emassen porsou xasta, ne parhez erur.
* * *
Lolagun toʻn ichra, yo rab, ul gʻazoli Chin erur
Yo koʻzumnung mardumi qon yosh ila rangin erur.
Bilmon, oyokim, shafaq ichra erur zarrin gʻazol,
Lolagun toʻn ichra yoxud ul gʻazoli Chin erur.
Aylamish guldasta bandi sun’ toʻnu jismini,
San’atikim, argʻuvon bargi aro nasrin erur.
Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozgon alif,
Belmu yo toreki, la’l pchra anga taskin erur.
Koʻnglum ichra soldi ul toʻn aks yoxud boʻldi qon,
Xalq koʻnglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur?
Bir qadah gulgun may, ey soqiy, toʻla tutkim, koʻngul
Ul buti gulgun qabo bedodidin gʻamgin erur.
Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil toʻn kiydi yor,
Basdur ul toʻn rangi, ne muhtoji qatlu kin erur.
Dema togʻu lola dahr ichra — ajal qoploni bil,
Kim kiyiklar qonidin boshdin ayogʻ rangin erur.
* * *
Beliyu ogʻzi koʻrar-koʻrmasta chun pinhon erur,
Bas muni quchmoq, oni oʻpmoq qachon imkon erur.
Men dogʻi dey belinu ogʻzinki koʻrdum, koʻrmadtim
Yoʻq, tamannolarni topqon-topmogʻon yakson erur.
Bevafolar qaddu mujgonini koʻp qilmang xayol,
Kim biri yuz oʻqdurur, bu bir itik paykon erur.
Ishvagarlar lablari qasdigʻa jondin ketmangiz,
Negakim oʻz qasdi joni qilgʻon el nodon erur.
Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin,
Kim bu bir domi balo, ul shu’lai hijron erur.
Noʻsh emastur dahr bazmida, gazakkim peshdur,
May demakim, sogʻari hijron ichinda qon erur.
Ey Navoiy, bu gʻarib ishlarga taklif aylading,
Bizgadur bisyor mushkul, gar sanga oson erur.
* * *
Orazing husnin fuzun qilgʻon hiloliy qosh erur,
Yoxud ul oy sham’ini yorutgʻali minqosh erur.
Koʻz yoshim durri yatimin mahrami ishq aylamon,
Har nechakim pok gavhardur va lekin yosh erur.
Oncha yogʻdurdi balo toship tanimgʻa ishqkim,
Yuz ming el ishq ahli gar koʻksiga ursa tosh erur
Xoʻblar la’li xayolotin bishirmaktur ishim,
Shu’laliq koʻntlum bu sogʻarlarga goʻyo dosh erur.
Qoldi avval togʻ aro Farhodu Majnun dasht aro,
Ishq yoʻlinda manga ikki ajab yoʻldosh erur.
Ul Masih anfos tarso saydidur koʻnglum qushi
Kim, malak dayri ravoqi kunjida xuffosh erur.
Chun ogʻiz ochti Navoiy koʻngli har yon zaxmidin,
Ne ajab gar yoshurun dardi el ichra fosh erur.
* * *
Boshtin-ayogʻ yalang tanim uzrakim, toza dogʻ erur,
Husnunggʻa qilgʻali nazar har biri bir qarogʻ erur.
Ishq gadolari degay koʻnglak erur muraqqa’yim,
Toza tugap nishonidin har sori baski dogʻ erur.
Zaxmlarim fatilasi jon oʻtidin tutashqali
Tiyra koʻngulgʻa dardu gʻam bazmi uchun charogʻ erur.
Koʻhi balodurur tanim, chashmasi koʻzki, qon toʻkar,
Tong yoʻq agar bu togʻ uza qon oqizur bulogʻ erur.
Xurdasidin ichinda oʻt gʻuncha emaski bogʻ aro,
Har sori ishqing oʻtidin bir qizigʻon dumogʻ erur.
Zohidu uchmogʻu tomugʻ biymi bila ummidikim,
Ahli fanogʻa mosivalloh gʻamidin farogʻ erur.
Dayrda koʻr Navoiyni mugʻbachalar gʻamidakim,
Egnida chok xirqavu ilgida bir ayogʻ erur.
* * *
Kunduz ul xurshidi raxshondin koʻzumda yosh erur,
Kecha holim zulfi savdosi bila chirmosh erur.
Olmagʻon din naqdi birla yiqmagʻon mehrob yoʻq,
Ey musulmonlar, ne kofir koʻz, mufattin qosh erur?!
Chok koʻksumdin ichimga solib ul oy koʻnglidek,
Asraramkim, ham ul-oʻq boshimgʻa urgʻon tosh erur.
Rahm emas, berahmliqdur surmasaig boshimgʻa raxsh,
Kim bu koʻp qatla oning pomoli boʻlgʻon bosh erur.
Ishqi sirrin necha koʻnglum ichra pinhon asrasam,
Ham koʻngul oʻti zabona chekkach elga fosh erur.
Qaysi gul bazmiki suvgʻa, yoʻqsa yelgʻa bermadi,
Bu chamanda to bulut saqqo, sabo farrosh erur.
Masjid ichra istamang zuhdu riyo ahli aro,
Kim Navoiy dayr ichinda doxili avbosh erur.
* * *
Har qayon boqsam koʻzumga ul quyoshdin nur erur,
Har sori qilsam nazar ul oy manga manzur erur.
Chun masal boʻldi soching zulm ichra, yoshurmoq, ne sud,
Mushk isin yoshursa boʻlmas, bu masal mashhur erur.
Telbararmen to ani koʻrmon, ajoyibdur bukim,
Ul pari devona koʻzidin dogʻi mastur erur.
Chun mudom irning mayi qoshindadur kofur koʻzung,
Nedin erkinkim, dame usrun, dame maxmur erur.
Dilrabolar dogʻi joniga safhasida goʻyiyo
Dard eli ishqim uchun muhr aylagon manshur erur.
Par urub boshingga tutma avjkim, har necha moʻr, —
Kim qanotlangay, qachon uchmoq anga maqdur erur?
Gar Navoiy siymbarlar vaslni istab koʻrsa ranj,
Yoʻq ajab, nevchunki xom etgan tama’ ranjur erur.
* * *
Har labing oʻlganni tirguzmakda, jono, jon erur,
Bu jihatdin bir-birisi birla jonojon erur.
Jonim andoq toʻldi jonondinki, boʻlmas fahmkim,
Jon erur jonon emas, yo jon emas, jonon erur.
Boʻlsa jonon, bordurur jon ham, chu jonon qildi azm
Jon ketib jonon bila, jondin manga hijron erur.
Jon manga jonon uchundur, yoʻqki, jonon jon uchun,
Umr jononsiz qotiq, jonsiz vale oson erur.
Borsa jon, jonon yitar, gar borsa jonon, jon ketar,
Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur?
Xushturur jonu jahon jonon bila, jonon agar —
Boʻlmasa, jon oʻylakim, oʻlmak jahon zindon erur.
Jonim ol, ey hajru, jononsiz manga ranj istama,
Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur.
* * *
Yoʻq ajab, la’lingdin ar bexudlugʻum oyin erur,
Chunki usrukrak boʻlur har mayki, lab shirin erur.
Raz qizi to pardadorlik aylagay talbis uchun,
Shisha me’jardur angavu mavji oning chin erur.
Qon yoshim ta’siridin sorigʻ yuzumning safhasi
Kogʻazedurkim, hino suyi bilan rangin erur.
Muhlik oʻtumni damingdin tez qilma, ey Masih,
Kim bu oʻtqa motam ashki suyidin taskin erur.
Ul pari ishqida ashkim lahv tuxmidur demang,
Kim malak tasbihiga bu donadin tazyin erur.
Olmayin yerdin qadam sayri maqomot aylamak,
Chang piridin bu bazm ahligʻa xush talqin erur.
Sizu vasl, ey ishq ahlikim, Navoiy jonigʻa
Anduhi hijron azal devonidin ta’yin erur.
* * *
To xayoling gah koʻngul, gah koʻz aro mehmon erur,
Koʻz bila koʻnglum arosinda hasaddin qon erur.
Koʻngluma paykonlaringdin qatra-qatra suv emas,
Holima koʻzdek biaynih ul dogʻi giryon erur.
Gʻarqamen ashk ichrakim, ishqing tanimni oʻrtamas,
Yoʻqsa oʻt kim koʻrdikim, xoshok aro pinhon erur?
Hajr oʻqidinkim erur bagʻrim aro yuz ming toʻshuk,
Har toʻshuk bir koʻzdururkim, holima hayron erur.
Husn maydonida ul koʻz chobukedurkim, anga
Xoli mushkin goʻyu zulfuig anbarin chavgon erur.
Dahr boʻstonida bosh chekkan nihol atrofida
Shox emas, novak degil, yafrogʻ emas, paykon erur.
Tiygʻ ila dushvor aylabsen Navoiy qatlini,
Chehradin burqa’ni olgʻilkim, base oson erur.
* * *
Ul pari koʻngli uchun ruhim asiru zor erur,
Bul’ajab toshi qanotsiz qushgʻa badraftor erur.
Har kecha qon birla jismim safhayi taqvimdek,
Goʻyi anjum tirnogʻidin sarbasar afgor erur.
Kofiri mastedur ul koʻzkim, kamandi zulf anga
Yeshibon yonida qoʻygʻon rishtai zunnor erur.
Baxti uyqusidin afgʻonlar chekardi goʻiyo
Har kecha koʻz yummay anjum to sahar bedor erur.
Yangla koʻnglum vasl TOPTI, rahm qil, ey oy, kim,
Tund yeldin yangi butgan yoragʻa ozor erur.
Qatlima ul koʻz savodi hay’atidin bagʻrigʻa
Bir qaro tosh bogʻlagʻon qon qilgʻuchi xunxor erur.
Oʻqusam nomangni nechu tobligʻ bexud tanim
Goʻiyokim nomani chirmab yuborgan tor erur.
Chun quyoshdek yerga kirgung, ne asigʻ, gar yuz quyosh
Masnading toqida har yon shamsayi devor erur.
Tirguzub, debsen Navoiy jonigʻa minnat qoʻyay,
Gar sen oʻltursangki, ul jon birla minnatdor erur.
* * *
Bogʻ atri chu nasimi gulu shamdod berur,
Yerning gul yuzu shamshod qadin yod berur.
Borsa Parvez bori hashmati yelga ne ajab,
Joni shirinni chekib ohki, Farhod berur.
Jilva qildi qaddingu nargisu gul boʻldi tonuq,
Anga qulluq xatikim savsani ozod berur.
Koʻrmagʻon boʻlsa yuzung mushafini tifli chaman,
Nega gul daftari avroqini barbod berur.
Ey ajal, sun boʻyun ul gʻamzagʻakim, bosh chekmas
Har ne ta’limki shogirdgʻa ustod berur.
Qilma bedod burunroqqi keturgaylar yuz,
Angakim zulmkash el cheksa figʻon dod berur.
Tiygʻi devona Navoiyni ne gʻam qatl etsa,
Chun anga jon yana ul huri parizod berur.
* * *
Telba koʻnglum, vahki, har soat birov sori borur,
Man’ qildim ersa bagʻrim ogʻrigudek yolborur.
Qoʻydum ersa kelturur munglugʻ boshimgʻa yuz balo,
Qoʻymasam jongʻa zarar yetgudek oʻzidin borur.
Qoʻymasam bu, qoʻysam ul, boʻlsa yuz jonim fido.
Ul kishigakim hazin jonimni andin qutqorur.
Aql vasvosini qoʻysam avlo ulkim, men dogʻi
Boshim olib ketgamen har sorikim, ul boshqorur.
Soqiyo, bir nav’ men labtashna, yoʻqkim ogʻzima,
Har yaram ogʻzigʻa quysang bir qadahni sipqorur.
Ikki yuzluk boʻlmakim, bu bogʻning ra’no guli
Gar qizorur bir yuzi, lekin yana bir sorgʻorur.
Qoʻlda pinhon oʻt kibi topmas Navoiy koʻnglini,
Har nechakim ishq kul qilgʻon vujudin axtarur.
* * *
Xasta koʻnglum azm etar ul sorikim jonon borur,
Dam-badam jonim chiqar, goʻyo bu ham ul yon borur.
Koʻnglum ichra toʻqtamas la’ling xayoli bir zamon,
Ne ajab oʻlsam, bu zaxmimdin chu har dam qon borur.
Ondakim sensiz yetar beshak figʻonim, ey quyosh,
Men bora olmon, netay ul yerdakim afgʻon borur.
Qomating jon qasdi etsa, kirpigingdur rahnamoy,
Har qayon oʻq borsa, oning ollida paykon borur.
Yod etarlar vodiyi ishq ahli Majnun sayrini,
Bexabar har yon quyundekkim bu sargardon borur.
Yoʻldin oxir surma, sultonmen debon darveshni,
Yod et ul yoʻldinki, ham darveshu ham sulton borur,
Hajridin andoq zaif oʻlmish Navoiy, ey pari,
Kim qayonkim borsa sendek xalqdin pinhon borur.
* * *
Xasta koʻnglum oʻrtanur goʻyo sevar jonim borur,
Yigʻlagʻum kelur, magar gulbargi xandonim borur.
Ul quyosh hajrindakim jonimni oʻrtar gʻam tuni,
Sham’ yangligʻ, ne ajab, gar durri gʻaltonim borur.
Nil ila har yon alif koʻksumga qozgʻon, vah, ne sud,
Kim alifdek qad bila sarvi xiromonim borur.
Evrulub boshigʻa, ruxsoridin oʻrtan, ey koʻngul,
Kuygucha hajrinda chun sham’i shabistonim borur.
Men xud oʻlgum, shukrim, ul ham bora olgusi yoʻq,
Tigʻi hajri zaxmidin bu nav’kim qonim borur.
Gʻoziy oʻldumkim, ajal boʻgʻzumni buqqaykim, nedin,
Men qolib mahjur, anga har lahza afgʻonim borur?
Ne namoz oʻlgʻayki, oʻzni koʻrguzub jam’ ichra jam’,
Yuz parishonligʻ sari tab’i parishonim borur.
Ey Navoiy, shu’laliq joning ovuchlab, boshla yoʻl,
Kechqurun chun otlanib ul mast mehmonim borur.
* * *
Ohim gʻamingda gumbazi axzarni kuydurur,
Har uchquni falakda bir axtarni kuydurur.
Otashkada oʻtida samandar topar hayot,
Koʻnglum oʻti valek samandarni kuydurur.
To qomatinggʻa ne uchun oʻxshatti bogʻbon,
Ohim samumi sarvu sanavbarni kuydurur.
Bir oʻtdurur tanimdakim, aning harorati
Koʻnglakni kul qilur, dogʻi bistarni kuydurur.
Derlarki, ogʻiz oʻt desa kuymas, vale bu oh
Chun sabt boʻlsa, xomau daftarni kuydurur.
La’ling xayoli koʻngluma oʻt soldi, vah, koʻrung,
Ne tez erur bu bodaki, sogʻarni kuydurur.
Soqiy, gʻam ichra oʻldi Navoiy — piyola tut
Kim, gʻussalardin ushbu oʻt aksarni kuydurur.
* * *
Tirguzur har dam raqiblarniyu meni oʻlturur,
Oʻt yoqib el jonigʻa mening ichimni kuydurur.
Koʻnglum ahvolin sabodin soʻrdum ersa dedikim:
«Telbalardek bir pari koʻyida sargardon yurur».
Ul quyosh yuziga boqqon soyi ortar koʻz yoshim,
Mehr tobidin agarchi har nekim, oʻldur qurur.
Qon yoshim rangi yoshurdi xotami la’l ogʻzini,
Oʻynamoqda yoshlar andoqkim uzukni yoshurur.
Senki yoʻqsen mohruxlar jilva aylarlar valek,
Kecha ishnor qurt nuri mshr chiqqoch bilgurur.
Ul quyosh hijronida har tun iki munglugʻ koʻzum
Tonggʻa tegru subhidam yoʻligʻa boqib telmurur.
Tuzluk aylab sham’dek vah bilmadimkim bu ne hol
Mehnat oʻti gul ochar, yosh qatrasi bar kelturur.
Bul’ajabligʻlar bahori ishq aro koʻrkim, meni
Gah bulutdek yigʻlatur, gohi choqindek kuldurur.
Zuhd ohangin Navoiy har nechakim soz etar,
Bir navo birla mugʻanniy yona yoʻldin ozgʻurur.
* * *
Hureki, mening jonima ofat stilibtur,
Toʻbo kibi qad birla qiyomat yetilibtur.
Ushshoq koʻzidin duru gavhar oqizurga
Bir bahri jafo, koni malohat yetilibtur.
La’ling mayikim, soʻrgʻali devona boʻlubmen,
Shirin koʻrinur, lek bagʻoyat yetilibtur.
Ishqing chamanida ne tarab shoxiki ektim,
Har birisi bir paxli nadomat yetilibtur.
Yuz zarracha sargashtaligim boʻlsa, ne tongkim,
Yuz mehrdin ul shoʻx ziyodat yetilibtur.
Bu bogʻ aro qolmaydur ajal yelidin ozod
Har gulgaki, savsan kibi qomat yetilibtur.
Hijron gʻamidin vahm etu shukr ayla, Navoiy,
Bu lahzaki vasligʻa salomat yetilibtur.
* * *
Yor bordiyu koʻnglumda aning nozi qolibtur,
Andogʻki qulogʻim toʻla ovozi qolibtur.
Koʻz xonasini qildi barandoxta bu ashk,
Koʻz bordi, vale xonabarandozi qolibtur..
Koʻnglum qushi to sunbulunguz domigʻa tushti,
Bulbul kibi har gul sori parvozi qolibtur.
Ul qush safar aylab, ne tarab gulbunin ochqay,
Kim bogʻ aro bir sarvi sarafrozi qolibtur.
Men ishq ramuzin demay oʻldum, nazar etkim,
Farhod ila Majnunning oʻkush, rozi qolibtur.
Taqlid qilib koʻngluma ishq ahli chekar, oh,
Ul ittiyu el ichra sarovozi qolibtur.
Hijronu visolin koʻpu oz dema Navoiy,
Yuz shukr dekim, koʻpi borib, ozi qolibtur.
* * *
Koʻzung ne balo qaro boʻluptur,
Kim jonga qaro balo boʻluptur.
Majmu’i davoni dard qildi,
Dardingki, manga davo boʻluptur.
Ishq ichra aning fidosi yuz jon,
Har jonki sanga fido boʻluptur.
Begona boʻluptur oshnodin,
Begonaga oshno boʻluptur.
To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sori anga havo boʻluptur.
Baqo topar ulki, boʻldi foniy,
Rahravga baqo fano boʻluptur.
To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo boʻluptur.
* * *
Yana hamdamim shu’lai gʻam boʻlubtur,
Gʻamim shu’lasi jongʻa hamdam boʻlubtur.
Koʻngul pardasi ustida dogʻi ishqing,
Bu tugʻro uza naqshi xotam boʻlubtur.
Qilib xoki koʻyungni balchiq sirishkim,
Tutashqon yalang tangʻa marham boʻlubtur.
Netib kuymayinkim gʻaming kovkovi
Yetibtur, koʻngul uyi barham boʻlubtur.
Toʻlibtur koʻngul ishqing oʻtidin andoq,
Ki koʻp oʻq dogʻi oʻqqa mahkam boʻlubtur.
Tutub bir qadah anglat, ey dayri piri,
Ki bu korgah sirri mubham boʻlubtur.
Navoiygʻa rahm aylagil, ey parivash
Kim, ul telba rasvoi olam boʻlubtur.
* * *
Istasam boʻsa labidin, jon tilar jonon evaz,
Koʻngli birla desa jonon ozdurur yuz jon evaz.
La’lin ogʻzimgʻa olo olmon, ayogi tufrogʻin,
Topsam etmon maks agar jon istasa jonon evaz.
Poyboʻsi ham emas haddim, ayogʻi tufrogʻi,
Gar muyassar boʻlsa jon bermoq boʻlur oson evaz.
Itlarining xoki poyin koʻrgali ham rozimen,
Gar tilar oldik qaroru hushu xonumon evaz.
Vasl gar boʻlmas muyassar, yuz tuman jonu jahon,
Gar berilsa oʻtruda bermoq emas imkon evaz.
Soqiyo, tut la’lgun may bahridin zavraq bila
Kim erur bir jur’asigʻa naqdi bahru kon evaz.
Ey Navoiy, ishq tarkin aylagil, nevchunki men
Vasl uchun jon berdimu boʻldi manga hijron evaz.
* * *
Ey quyosh vasfin demaktin mohi ruxsoring gʻaraz,
Obi hayvon zikridin la’di shakarboring gʻaraz.
Ulki, debturlar badan boʻstonida ruhi ravon,
Ahli ma’ni ollida qad birla raftoring gʻaraz.
Jilvagar kavsar zulolida quyoshning lam’asi,
Koʻzgu ichra chehra aksidin namudoring gʻaraz..
Sayl mavjidin raqibi xonapardozing murod,
Abr sayridin sadandi barqkirdoring gʻaraz.
Ey koʻngul, Farhed togʻi birla metin zaxmidin,
Dardu mehnat shiddatidin jismi afgoring gʻaraz.
Ul quyoshqa, ey falak, har zarrani zor etmashim,
Zarrai maqsud yoʻq juz bizga ozoring gʻaraz.
Ey Navoiy, umr bobida vafosizlik soʻzi
Kim boʻlur mazkur, erur shoʻxi jafokoring gʻaraz.
* * *
Ichib ul shoʻx gulgul qildi la’li nob ila oraz.
Meni mahzun nechukkim dam-badam xunob ila oraz.
Magar simobi ashkim qilgali shingarfgun ul shoʻx
Kilur shingarfdin gulguna yub simob ila oraz.
Ham ul kun mehri iqbolimni shomi gʻam nihon qildi,
Kim ul gul qildi pinhon sunbuli serob ila oraz.
Quyoshning partavi birla agar ul yuzni teng tutsa,
Erur andoqki teng tutqay quyosh mahtob ila oraz.
Magar zanjiri zulfung shomida motam nasibimdur,
Ki har soat xarosh aylarmen ul qullob ila oraz.
Qoshi birla ishorat sajdaga aylar xush ul davlat,
Ki aylab sajda ravshan qilsam ul mehrob ila oraz.
Dema qish sovugʻ ohimdin dururkim chekti ul chobuk
Qoshi ustida kpsh boʻrkin yopib sinjob ila oraz.
Talab yoʻlinda yuz qoʻy har eshik tufrogʻiga, ya’ni
Bir ahli dil oyogʻiga yetur har bob ila oraz.
Navoiy orazi sorgʻordi gʻam yeb bexud oʻlmogʻdin,
Nechuk sorgʻormagay bu nav’ xoʻrdu xob ila oraz.
* * *
Ey, latofatda sanga lolau nasrin oraz,
Bizga oning gʻamidin qon bila rangin oraz.
Meni ul koʻyida bexud koʻrub el der: oʻlmish
Qoʻyibon ollida tufroqqa miskin oraz.
Naylayin ul qaddu oraz gʻamidin bogʻnikim,
Anda yoʻq sarv sifat qaddu gul oyin oraz...
Har biri tavrida ul orazu labi oʻlturadur,
Kim base tuzluq erur ul labu shirin — oraz.
Yangi gulbarglari hoshiyasidin boʻlmish,
Orazing ollida zoli anga purchin oraz.
Demakim, bogʻda yeldin toʻkulubtur gulkim,
Xoʻblar qoʻydi ul oy yoʻlida chandin oraz.
Chun Navoiy koʻrubon yor yuzin, jon berdi,
Gʻamza ta’riz etibon, ayladi tahsin oraz.
* * *
Gar budur qomati ra’no bila zebo oraz,
Sarv boʻy chekmasu ochmas guli ra’no oraz.
Orazin sabzaga har gulshan aro surtormen,
Sango to sabzai tar ayladi paydo oraz.
Toqatim yoʻq iki oʻt birla meni oʻrtarga,
Otashin la’l manga ayla ayon yo oraz.
Parda yopqilki xating ayladi behol meni,
Men xud oʻldum qila olmasqa tamosho oraz.
Orazimni bir ayoq birla qizort, ey soqiy,
Necha surtay ayogʻingga meni rasvo oraz.
Oyga gulgucha magar surtti mashshotai charx,
Yo sanga maydin erur gul kibi humro oraz.
Ey Navoiy, tilasang davlati boqiy topmoq,
Olmagin dayri fano yoʻlidin aslo oraz.
* * *
Emas gʻamimni yozar xatqa zarfishon kogʻaz,
Ki shu’la chekti tamimdin bitir zamon kogʻaz.
Sipehr davri bu sartashta ohidin boʻlmish,
Magar bu oh tutun boʻlmish, osmon — kogʻaz.
Tirilmisham bitigingdin qilurda muhr magar,
Labingga tegdiyu kelturdi tuhfa jon kogʻaz.
Uzoru la’li labing vasfini qachon yozdim,
Okib koʻzum yoshi gulrang boʻldi qon kogʻaz.
Ochildi xasta koʻngul ruq’asin yaramgʻa yopib,
Yorugʻ boʻlur emish uy boʻlsa tobadon kogʻaz.
Yozar farishta quyosh safhasigʻa vasfingni,
Magarkim, ul falaki topmas obdon kogʻaz.
Koʻngul shitofiga kogʻaz aro erur marham,
Gʻamim soʻrarga raqam qilsa dilsiton kogʻaz.
Koʻngul sahifasin asra xutur bahridin,
Ki suvga zoyi’ oʻlur tushsa nogahon kogʻaz.
Xumor daf’igʻa qulluq xatin tilar soqiy,
Navoiyo, dema hujjat ketur ravon kogʻaz.
* * *
Yuzung firoqida har oh oʻtinki chektim tez,
Ul oʻt sharoralari boʻldi har taraf gulrez,
Qazo musavviri guyo hal etti la’li rang,
Labing aqiqini aylar' mahalda rangomez.
Labing malohati gʻavgʻo qoʻpordi olamdin,
Shakarni boʻyla kishi qayda koʻrdi shoʻrangez.
Itingki, sherzabundur, anga topa olmon
Desam, koʻray ani boshimdin oʻzga dastovez.
Chu keldi xastaligʻim soʻrgʻali qadah noʻshum,
Ketur piyolaki, oʻlsam ham aylamon parhez.
Desang zamona sitezini har zamon koʻrmay,
Zamonni xush tut-u qilma zamona birla sitez.
Guli saboh yuzin koʻrmagaysen, ey bulbul,
Bu gulshan ichra Naveiydek oʻlmasang shabxez.
* * *
Shahsuvorim tavsani aylarmu oyo poʻya tez,
Yo quyosh turki falak raxshin qilibtur garmxez.
Ul shihob ermaski maydoni aro goʻy oʻlgali,
Sa’d kavkablar tushar yerga qilib koʻktin gurez.
Gardligʻ chavgon xamida axtar oʻlgʻoy oʻylakim,
Goʻyi gʻabgʻab davrida chavgon zulfi mushkbez.
Markabi ter qatrasi birlaki haryon sochilur,
Bir sahobi durfishondur yer yuziga qatrarez.
Goʻyi chavgon zarbidin tutmoq bila har dam havo
Bim erurkim shishai gardunni qilgʻoy rez-rez.
Soqiyo, may berki, bu davron aro goʻy urdi ul
Kim, falak chavgoni birla qilmadi mardum sitez.
Goʻy uchun indi kavokib gardidin yer tutti avj,
Ey Navoiy, voqif oʻl goʻyoki boʻldi rustaxez.
* * *
Bizga jonon vasli uldurkim, jamolin koʻrgabiz.
Parda ruxsoridin ochib, zulfu xolin koʻrgabiz.
Boʻlsa maydon ozimi, yoʻlida tufrogʻ oʻlgʻabiz,
Qolsa gulgashti chaman, ra’no niholin koʻrgabiz.
Tnyrboroni balo yogʻdursa jonlar qasdiga,
Kovaki mujgon bila mushkin hilolin koʻrgabiz.
Koʻzga barham jilva ber bazmi visolin, ey sipehr,
Vah, necha koʻz ollida xayli xayolin koʻrgabiz.
Koʻzgu ul yuz jilvagohidur debon qildiq nazar,
Yoʻq bu ma’ni birlakim ul yuz misolin koʻrgabiz.
Vasli bazmi ayshi chun elga nasib oʻldi zarur,
Kim baliyat chohining ranju malolin koʻrgabiz.
Yoʻq hazin koʻnglumdin oʻzga yordin bekomu bahr,
Necha ushshoq ichra oning infiolin koʻrgabiz.
Ichsalar kom ahli sofi ayshu biz qolsak tirik,
Dayr aro mayxonaning singon safolin koʻrgabiz.
En Navoiy, zarraga xurshid vaslidin dema,
Muncha baskim jilvada gohi jamolin koʻrgabiz.
* * *
Oʻting, ishrat ahliki, biz zorlarbiz,
Tuman ming balogʻa giriftorlarbiz.
Koʻngulni qilib yuz yara ishq oʻqi,
Tarahhum qilingkim, dilafgorlarbiz.
Tilarbiz shifo bir Masiho nafasdin,
Ki bu koʻhna dayr ichra bemorlarbiz.
Yorutqoy debon koʻzni bir sa’d kavkab,
Har aqshom tong otquncha bedorlarbiz.
Sabukruh soqiy, fano jomi tutqil,
Ki oʻzluk yukidin garonborlarbiz.
Muyassar esa doʻstning vasli bir dam,
Berib ikki olam, xaridorlarbiz.
Navoiy kabi ichgali ishq jomin,
Xarobot koʻyida xummorlarbiz.
* * *
Ey visol ahli, mening holim koʻrub, rahm aylangiz,
Yor zulmi gah-gahi yetsa, shikoyat qilmangiz.
Ey ibodat xayli, pandim bergʻucha tengri uchun,
Yerga rahmu mangʻa sabru tahammul istangiz.
Aqlu, sabru, zuhdu, taqvo, jonima qilmang gʻulu,
Chiqti mast ul shoʻx, turmay emdi har yon butrangiz.
Koʻzu koʻngʻlumdin edi ranjim, oni koʻr ayladim,
Boʻlsa bu devona paydo, solib oʻtqa oʻrtangiz.
Men fano dashtida tufrogʻ oʻlsam, ey ahli niyoz,
Ishlarim dostonlarin olmoqqa talqin asrangiz.
Egma qaddim xam boʻlub turmoq uchun, ey shoʻxlar,
Yaxshidur cholokliklar birla sekrib oʻynangiz.
Bir parivash ishqidin miskin Navoiydur biling,
Dasht aro oshuftau majnunsifatliq koʻrsangiz.
* * *
Ul pari koʻyida men devonani band aylangiz,
Band-bandim zulfi zanjirigʻa payvand aylangiz.
Xalq tarki ishq aylarga meni dilxastani,
Oʻlturub olam eliga mujibi pand aylangiz.
Telba koʻnglum topsangiz, ey yor koʻyi itlari,
Toʻsh-toʻshidin tishlabon, parkand-parkand aylangiz.
Bodai ishq asru mast etmish meni, ey doʻstlar,
Jomima afyun ezib bir dam xiradmand aylangiz.
Yigʻlasam achchigʻ malul oʻlmoq nedur, ey xoʻblar,
Hazl uchun gohi boqib, siz ham shakarxand aylangiz.
Ishq bahrida duri vasl istasang, ey ahli dard,
Koʻnglunguz ul naqd yodi birla xursand aylangiz.
Qilsangiz tasvir Layli husnin ul oydek sizing,
Lek Majnunni Navoiy birla monand aylangiz.
* * *
Nozaninlar, benavolarga tarahhum aylangiz,
Lutf agar yoʻqtur, gʻazab birla takallum aylangiz.
Gah biyik, gah past giryon koʻrsangiz ushshoqni,
Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz.
Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jodu koʻngul,
Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz.
Ey balou dard, oʻtlar xud solibsiz jonima,
Lek siz ham gah-gah ul oʻttin tavahhum aylangiz.
Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,
Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz.
Biz fano tufrogʻi boʻlduq dayr aro, ey ahli zuhd,
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.
Ey mugʻanniylar, Navoiy mast edi — kech uygʻonur.
Oni uygʻotmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.
* * *
Tufrogʻimdin koshki jisme murattab qilsangiz,
Sir it oʻlsa koʻyida ruhigʻa qolab qilsangiz.
Yetmagay chobuksuvorim gardigʻa, ey ahli ishq,
Mehrni rokib qilib, gardunni markab qilsangiz.
Podapoʻshum bazmi gʻavgʻosidin, ey jonu koʻngul,
Sam’iga yetmas necha faryodu «yo rab» qilsangiz.
Olami ishq uzra bas loyiqdurur, ey dardu, shavq,
Dudi ohimni sipehr, ashkimni kavkab qilsangiz.
Markabi na’lin mujallo qilgʻuchilar zeb uchun,
Orazimgʻa surtung ul damkim, muzahhab qilsangiz.
Gʻayri noʻshonoʻsh azal soqiysidin kelmas xitob,
Bizni, bas, may jurmidin boʻlmas muxotab qilsangiz.
To Navoiy, qismat oʻlgʻon mayni ichmas chora yoʻq,
Doʻstlar, avlo bukim jomin labolab qilsangiz.
* * *
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Boʻlsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Yuz alarning ishqicha dardu, balou gʻussaga
Tolib ol boshiga qolgan mojaroda istangiz.
Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayndin,
Boxabar boʻlmoq meni yuzi qaroda istangiz.
Koʻnglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.
Nuqta yangligʻkim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq oʻtining dogʻini ahli vafoda istangiz.
Ogʻzi shavqidin Navoiy itti, oni istar el
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
* * *
Bir parivash volihi boʻldum, meni majnun dengiz,
Shomi hajrim tuli savdosini roʻzafzun dengiz.
Dudi ohimdin shararlar boʻlsa koʻnglum oʻtidin,
Olami ishq ichra oni anjumi gardun dengiz.
Soʻrsa koʻnglum holini ishq ahli lahni nazm ila,
Oni rasvo ayladi bir qomati mavzun dengiz.
Ranji ishqimni dengiz Farhodu Majnun birla teng,
Dard ila hajrim bisotin togʻ ila homun dengiz.
Bir yuzi gulgun gʻamidin yuz tugan koʻnglumdadur,
Xorxorimning iloji bodai gulgun dengiz.
Doʻstlar, ishq ahli gʻavgʻosin tafahhus qilsa yor,
Dardi hajring shiddatidin oʻldi bir mahzun dengiz.
May toʻla aylab Navoiygʻa tutung, ey ahli bazm,
Ichmasa, gʻam yerga arzimas bu dahri dun dengiz.
* * *
Zamone garchi yodim qilmas ul nomehribon hargiz,
Figʻonkim, yodi chiqmas xotirimdin bir zamon hargiz.
Oti ogʻzim aro mazkur oʻlarmen, ohkim, boʻlmay
Otim ogʻzigʻa bir mazkur oʻlurgʻa komron hargiz.
Koʻngul to vodiy ishqigʻa tushti, qilmadi bir ham
Vatanni yod ul ovorai bexonumon hargiz.
Labidinkim koʻzum yoshi jahonni la’lgun qildi,
Bagʻir juzvidin ayru topmadi bir qatra qon hargiz.
Iti faryodini yoqmang mangakim xoʻyidin umre,
Ulugʻroq tinmadim, ne nav’ chekkaymen figʻon hargiz.
Yorib koʻksum junun ta’vizidek jon pardasin ochma,
Ki fosh oʻlmaydur ul qonligʻ necha dogʻi nihon hargiz.
Gʻamu anduh ya’jujigʻa har devor saddedur,
Fano mayxonasidek topmaduq dorul-amon hargiz.
Bu damni tut gʻanimatkim, kelur damdin asar yoʻqtur,
Ne damkim oʻtti, xud andin kishi topmas nishon hargiz.
Qiron qilding, Navoiy, nazm arokim iltifot etmas,
Soʻzungdin oʻzga soʻzga xisravi sohibqiron hargiz.
* * *
Koʻyung borida qilmon jannatgʻa guzar hargiz,
Qadding qoshida solmon toʻbigʻa nazar hargiz.
Oʻqungga koʻngul moyil, mujib nedur, ey qotil,
Kim oʻtganidin boʻlmas koʻnglumga xabar hargiz.
Bu jismi nizor ichra koʻnglumni gumon qilmang,
Shoxeki qurur, anda kim koʻrdi samar hargiz?
La’lingda malohatdin jon komidadur lazzat,
Bu ta’m qachon bergay tuz birla shakar hargiz.
Koʻngligʻa figʻonimdin rahm oʻlmasa, ey bulbul,
Gul gʻunchasigʻa bormu nolangdin asar hargiz.
Nil oʻlsa sening xasming, desangki zarar topmay
Bir nashshagʻa olamda yetkurma zarar hargiz.
Maxlas tilasang gʻamdin dahr ichra Navoiydek,
Qoʻymagasen ilgingdin sogʻarni magar hargiz.
* * *
Ne gʻam xumor qildi esa qasdi jonimiz,
Bordur chu kunji maykada dorul-amonimiz.
Mugʻ kulbasiki, tengri anga bermasun zavol,
Bor xuldu salsabil dame armugʻonimiz.
Kel bir dam, ey harif, xarobot sorikim,
May vajhidur bu xirqa bila jilsonimiz.
Ul shoʻx bizdin ayruki ayshi nihon qilur,
Billah, bu nav’ yoʻq edi andin gumonimiz.
Ey aql, qoʻy fasonaki bir vaqt bor edi,
Har poya minbar uza mulki darsxonimiz.
Tutmaduq ixtiyor ila mayxona shar’in,
Qismat hukmi bila chevurdi inonimiz.
May ichmasang, Navoiy, ziyondur debon, ne sud,
Yoʻqtur oʻz ilgimizda chu sudu ziyonimiz.
* * *
Bormakim, bir dam oʻzumni bila olmon sensiz,
Kelki, bir lahza tahammul qila olmon sensiz.
Chiqma koʻnglumdin, oʻlar vaqtkim ul gʻurbatda,
Jonu tan kishvaridin ayrila olmon sensiz.
Boda bazmida nashotim tilasang, soqiy boʻl
Ki, mayi kavsar ichib, ochila olmon sensiz.
Mayi ishqing bila bexudmen, agar hush manga
Istasang, kel berikim, oyila olmon sensiz.
Gulu bulbuldek otim sensiz emas el tilida,
Shukrkim, soʻzda dogʻi aytila olmon sensiz.
Ne gʻam ovoraligʻim, jonim aro chun sensen,
Istagan elga dogʻi topila olmon sensiz.
Chun Navoiy seni koʻrmay nafase bilmas oʻzin,
Bormakim, bir dam oʻzumni bila olmon sensiz.
* * *
Navbahor ayyomi boʻlmish, men diyoru yorsiz,
Bulbul oʻlgʻondek xazon fasli gulu gulzorsiz.
Goh sarv uzra, gahi gul uzra bulbul nagʻmasoz,
Vahki, menmen gungu lol ul sarvi gulruxsorsiz.
Tong emastur, gar diyoru yorsiz ozurdamen,
Kim emas bulbul gulu gulzorsiz ozorsiz.
Ravza ashjori oʻtundur, gullari jonimgʻa oʻt
Mumkin oʻlsa anda boʻlmogʻligʻ dame dildorsiz.
May chu berding, zulf ila band et meni, ey mugʻbacha,
Kim xush ermas mugʻ bila ichmak qadah zunnorsiz.
Topmaduq gulrang jomi bexumor, ey bogʻbon,
Vahki, bu gulshan aro gul butmas ermish xorsiz.
Ahli zuhd ichra Navoiy topmadi maqsadqa yoʻl,
Vaqtingizni xush tutung, ey jam’kim, xummorsiz.
* * *
Jamoateki, junun man’ini manga qilasiz,
Tosh otibon ne uchun telbalarga qotilasiz?
Keting, koʻngul bila jonkim, vido’ingiz qildim,
Firoq agar budurur erta kunni kech qilasiz.
Firoq kunidur, ey koʻzlar, emdi qon yigʻlang,
Bilurmusizki, bu kun ne kishidin ayrilasiz?
Koʻzum haqini bihil kildim, ey javohiri ashk,
Ki bori ham aning-oʻq maqdamiga sochilasiz.
Firoq peshlari, vahki, yana rahm etmay,
Nafas-nafas nega majruh ichimga sonchilasiz?
Koʻngul fasonalari, sizni, vah, netub yashuray,
Bu nav’kim, yuz uza qop yosh ila yozilasiz.
Navoiy hajrgʻa qoldi, qiling visolda shukr
Jamoateki, sevar yoringiz bila bilasiz.
* * *
Tengri bermish ul pari paykarga andoq tor ogʻiz,
Kim kishi bilmaski, anda yoʻqmudur yo bor ogʻiz.
Ignasi birla Masih ogʻzin tikib, urmas nafas,
Jon berurga ochsa ul shoʻxi shakar guftor ogʻiz.
Gʻunchalar xandon emas gulshandakim, har soridin,
Ochti gulroʻyum duosin qilgʻaln, gulzor ogʻiz.
Turfa koʻrkim, soʻz bila ham oʻlturur, ham tirguzur,
Chun ochar muhlik soʻz ayturgʻa masihovor ogʻiz.
Orazing davri erur xurshid davridin nishon,
Qanda mehr ichra koʻrungay nuqtai pargor ogʻiz.
Ogʻzima yetkur quloq, bilkim, sening zikringdurur,
Ul zamonkim jon berurda tebratur bemor ogʻiz.
Soqiyo, ratli garon birla meni serob qil,
Kim qurubtur tashnalabligʻdin manga bisyor ogʻiz.
Eyki koʻnglung sirrin, istarsenki, pinhon asrasang,
Dahr bogʻi ichra ochma gʻunchadek zinhor ogʻiz.
* * *
Sarv kim koʻrdi oning ustida mohi dilnavoz,
Oy qachon qildi tulu’ — ostida oning sarvinoz.
Ma’ni ahlida bu suvrat zohir oʻldi har qachon
Kim, shabiston ichra qildi jilva ul sham’i tiroz.
Ne gʻarobatlar ekin ul oydakim, har dam qolur
Husnining sar diqqati kashfida hayron ahli roz.
Beadad nozi bila behad niyozim sharhida,
Daftare yozib, otin qoʻymoq boʻlur «Nozu Niyoz».
To xayoling koʻzdadur, koʻz uyi goʻyo Ka’badur,
Kim turub atrofidin kirpiklarim aylar namoz.
Demang ul shoʻxi balo usruk yetishti, qil hazar,
Vah, netaykim, bu balodin aylayolmon ehtiroz.
Ey Navoiy, qalbu jon naqdin magar pok oʻynading,
Ul muqomir shevagʻakim boʻldi oting pokboz.
* * *
Jilvamu qildi sarigʻ boʻrkin kiyib ul sarvinoz,
Yoki chekti shu’la axzar jism ila sham’i tiroz?
Kuysa majnun koʻnglum ul yuz lam’asidin, tong emas,
Ne uchunkim aylamas devona oʻtdin ihtiroz.
Ulki ermas ishqi poku sajda aylar koʻrsa husn,
Oʻyladurkim aylagay fosiq tahoratsiz namoz.
Rozi ishqing derga paykoning erur koʻnglumga til,
Lol til birla qilur ermish takallum ahli roz.
Sekritib chiqti yana maydon sari ul turk mast,
To yana qaysi koʻngul mulkiga qilgay turktoz.
Ishq agar komildurur, oshiq qilur ma’shuqni,
Yoʻqsa, nevchun ayladi Mahmudqa qulluq Ayoz?
Har maqom ichraki boʻlsang oyru boʻlma yordin,
Ey Navoiy, hojat ermas qilmoq ohangi Hijoz.
* * *
Ey sabo, jonim halokin ayla jononimgʻa arz,
Yoʻqki jismi notavon ahvolin et jonimgʻa arz.
Oh dudin, ashk qonin, nola maddin aylagil
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimgʻa arz.
Kufri zulfi, dinu imonimni barbod aylabon,
Qilgʻonin jon qasdi etgil nomusulmonimgʻa arz.
Ba’dai vasligʻa yetmay oʻlganimni, ey rafiq,
Qilgʻasen har yerda koʻrsang ahdi yolgʻonimgʻa arz.
Oshiq oʻlturmakka chiqmish mast, ishqim soʻzin,
Ey raqib, etsang ne ul beboki nodonimgʻa arz.
Vasl shavqi gʻolibu men gungmenkim, aylamak
Hojat ermas koshifi asrori pinhonimgʻa arz.
Ey Navoiy, hajr zindonida jonning xavfi bor,
Qilgʻosen topsang mahal albatta sultonimgʻa arz.
* * *
Oʻzga boʻldi yoru mehri menda boqiydur hanuz,
Notavon koʻnglumda ul oy ishtiyoqidur hanuz.
Garchi oʻzga yor istar xotirim, bordur valek
Jon anga manzil, koʻngul oning visoqidur hanuz.
Gʻayr ishqi koʻnglum evinda nechuk qilgʻay nuzul,
Kim xayoli maskani koʻzum ravoqidur hanuz.
Ishq ila may tarkin, ey nosih, ne nav’ aylay qabul,
Kim koʻngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz.
Furqat oʻti dofin dogʻ oʻrtamakdur demakim,
Oʻrtagan jonim ul oy dogʻi firoqidur hanuz.
Charx yolgʻuz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin toʻkkuchi oning nifoqidur hanuz.
Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
Oʻzga boʻldi yoru mehri menda boqiydur hanuz.
* * *
Gʻamida koʻnglum erur ishq mubtalosi hanuz,
Boshimda bordurur ul sarvqad havosi hanuz.
Yuzung firoqida har bir koʻzum mening bir dogʻ
Quyubturur, vale tushmaydurur qarosi hanuz.
Faqih qildi duo: «Ishqdin qutulgil» deb,
Qabul qurbida ermas emish duosi hanuz.
Nechuk tama’ qilayin mehr ila vafosinkim,
Haqir jonima darxoʻrd emas jafosi hanuz.
Halok oʻqi koʻzung urmish koʻngulga, topmaki, bor,
Yonida kirpigu qoshingdin oʻqu yosi hanuz.
Haloking oʻlgʻali jon koʻz qarordi, vah, yuz ochib,
Qarodin oni chiqargilki, bor azosi hanuz.
Sipehr zulmidin ul nav’ motamiydur subh,
Ki umrlar oʻtubon chok, erur libosi hanuz.
Navoiy jon berur, ul muddaiyni mahram etar,
Bu ishcha yuz ming emastur aning sazosi hanuz.
* * *
Yor etti mehr tarkiyu men bormen hanuz,
Ishqi salosiligʻa giriftormen hanuz.
Hajrim tuniki yilcha edi bu umid ila,
Kim kelgasen, yoʻlung uza bedormen hanuz.
Kelgach, koʻngul yarosi yovushti oʻpgalgali,
Bir lahza bormagʻilki, dilfigormen hanuz.
Bozori husn davrida har necha xayli xat,
Qildi gʻulu valek xaridormen hanuz.
Ey shayxi soda, zuhduma har kun inonmakim,
Tunlar muqimi kulbai xammormen hanuz.
Men oʻlgali koʻp erdiyu itlar figʻonidin,
Qilding gumonki, koʻyung aro bormen hanuz.
Aylab falakni jom sumurdum, Navoiyo,
Noʻsh tut bu bazm ichindaki, hushyormen hanuz,
* * *
Yoʻq hadim qoʻymoqqa aning raxshi tuynogʻigʻa yuz,
Basdurur, gar surta olsam yoʻli tufrogʻigʻa yuz.
Toʻnungga yuz surta gar olmon, chamanda har shajar
Oʻxshasa qaddinggʻa, surtay barcha yafrogʻigʻa yuz.
Raxshining dogʻigʻa mumkin boʻlmasa yuz surtarim,
Surtayin jismimda ishqi oʻtining dogʻigʻa yuz.
Koʻyiga yoʻl topmasam, doʻzax sari borgʻancha bor,
Komu osoyish uchun qoʻymoq Eram bogʻigʻa yuz.
Doʻstlar, qatlimgʻa andoq keldi ul sultoni husn
Kim, salotin qoʻymagʻaylar qatl uchun yogʻigʻa yuz.
Ishqdin Farhod ila Majnuncha men qoʻymoq bila
Gah junun dashtigʻa gomu gah balo togʻigʻa yuz.
Ey Navoiy, vasl oson erdiyu hijron qotigʻ,
Koʻrki, osonliq tilab, qoʻydum qatiqrogʻigʻa yuz.
* * *
Ey, oʻlukni tirguzur chogʻda surub durbor lafz,
Dam-badam zohir qilib lutfung Masih osor lafz,
Qadding ul naxliki, bori gavhari alfoz erur,
Olloh-Olloh, ne qad ra’novu gavharbor lafz.
La’li har lafzida ma’ni koʻpturur, yoʻq tifldek,
Bir adoye ma’ni aylarda degay bisyor lafz.
Orazing vasfida koʻp soʻrsam quyosh lafzin, ne tong,
Ajz esa ma’ni adosida topar takror lafz.
Hajr aro andoq topibdur noladin boʻgʻzum xirosh
Kim, boʻlur dardi dilim aytur zamon afgor lafz.
Bemalohat xoʻbkim debo kiyor bor uylakim,
Ma’ni oʻlgʻay choshnisizlik anga pargor lafz.
Ey Navoiy, koʻnglungga bersang safo, yor ollida
Fosh oʻlur sirring, ne hojat aylamak izhor lafz.
* * *
Koʻnglum oldi yor, chun yuziga boqib turdi koʻz,
Vahki, oldurdi koʻngul, har kimsakim oldurdi koʻz.
Boqgʻach ul qotilgʻa, soldi boshima tigʻ uzra tigʻ,
Olloh-olloh, ne balolar boshima kelturdi koʻz.
Hajr shomi koʻz yoshim boshimdin oshti, uylakim
Su yoʻlin har sari aylab raxnalar, bilgurdi koʻz.
Oh oʻtidin ayladi zohir koʻngul barqi balo,
Nechakim koʻnglumga ofat yomgʻurin yogʻdurdi koʻz.
Koʻhi dard oʻldum menu tegramda sabru xush elin,
Yogʻdurub yoshini, sayli ashk birla surdi koʻz.
Hajr kojidin koʻzumga har zamon oʻt choqilur,
Bu choqinlargʻa tanim xoshokini kuydurdi koʻz.
Oh oʻtidin bori qutqardi bukim ashkim aro,
Su kishisi yangligʻ oʻz mardumlarin yoshurdi koʻz.
Nahs yulduzdek koʻzi chun tushti, barham boʻldi bazm,
Muhtasib mayxona ahli bazmigʻa yetkurdi koʻz.
Ey Navoiy, istama mendin koʻngulkim, yogʻdurub
Jolai ashkin, koʻngulning shishasin sindurdi koʻz.
* * *
Yopilmas gar menga qonligʻ sudin koʻz,
Senga lekin ochilmas uyqudin koʻz.
Yuzung lavhida vajhulloh ayondur,
Ne tong gar olmasam ul koʻzgudin koʻz.
Boqa olman yuzung ollimgʻa kelsa,
Qamashur mehr koʻrgach oʻtrudin koʻz.
Koʻzung el qoni toʻkkandin hasad yeb,
Ne qonlarkim toʻkar ul qaygʻudin koʻz.
Emassen holima xandonu giryon
Qi, yosharmish senga koʻp kulgudin koʻz.
Qadah charxida may mehrini, soqiy,
Solib yorut manga ul yogʻdudin koʻz.
Navoiy mast koʻnglin ashk oqizdi,
Gum etdi oxir aning bexudin koʻz.
* * *
Toʻkti qonimni — mening sari chu ochti yor koʻz,
Toʻkmayin qon naylasun ul qotili xunxor koʻz.
Koʻzu koʻnglumdin balolargʻa yoʻluqtum, koshki
Itsa besomon koʻngul, koʻr oʻlsa yigʻlab zor koʻz.
Hajr tigʻi birla urma onchakim, koʻrsun seni,
Har ne qilsang qil, chu topti davlati diydor koʻz.
Vah, nelar boʻlgʻay yana tushsa koʻzum ul koʻzgakim
Ul biri xunrez koʻzdur, bu biri xunbor koʻz.
Koʻz uchidin va’dai vasl aylab imo oldi jon,
Goʻyiyo bozi berib jon oldi ul ayyor koʻz.
Bir yuz ochib, chok etib koʻnglumni, koʻzung urdi nish,
Boʻldi bu ishtin koʻngul mamnunu minnatdor koʻz.
Istasangkim, surmai maqsud ila koʻz yorugʻay,
Surma kun tunlarda hijron shomi tut bedor koʻz.
Koʻzu koʻnglungga desang ul yetkach ofat yetmasun,
Sa’y etib toʻxtat koʻngulni, asragʻil zinhor koʻz.
Ey Navoiy, toʻtiyoyi vaslgʻa qobil boʻlur,
Gʻam yema, gar boʻlsa hijron xoridin afgor koʻz.
* * *
Ey yuzung bogʻi nasimida havoyi navroʻz,
La’li tojing boʻlub ul bogʻda boʻstonafroʻz.
Zulfu ruxsor ila komimgʻa meni yetkursang,
Har tunung qadr oʻlubon, har kunung oʻlsun navroʻz.
Koʻnglum ul lu’bat iligida giriftor oʻlmish,
Qushni ul nav’iki la’b ahli qilur dastomuz.
Dardi hajringda kuyar koʻnglumu oʻz holimgʻa
Kishisizlikdin oʻzumdurmen oʻzumga dilsoʻz.
Dahr zoligʻa koʻngul bermaki, Rustamlarni
Makr ila ayladi ojiz bu sitamgora ajuz.
Koʻk jafosidin oʻlur xobgahing boʻz tufrogʻ,
Boʻlsa ostingda sipehr ashhabi yanglngʻ koʻk boʻz.
Ey Navoiy, senu Xusrav bila Jomiy tavri
San’atu rangni qoʻy, soʻzda kerak dard ila soʻz.
* * *
Manga ul koʻzi qora dedi chuchuk chandin soʻz,
Ne ajab ani qorakoʻz desamu shirin soʻz.
Labi yuz va’dani andoq manga yolgʻon qildi
Ki, dey olmas kishi yuz yilda bir andoq chin soʻz
Hajring afsonasidin soʻz der esam vasl tuni,
Topmagʻay tonggʻacha tun yilcha esa taskin soʻz.
Beliyu la’li labi ollida lol oʻldi xirad
Kim, erur biri daqiqu biri bas rangin soʻz.
Har fasohatki, labing qildi, Masiho eshitib,
Jon topib, kelmadi ogʻzi aro juz tahsin soʻz.
Husni vasfida soʻzum tutti bari olamni
Murshidi ishq manga aylagali talqin soʻz.
Bazmi aysh ichra Navoiy, ne ajab urmasa dam,
Ayta olmas chu nishot ahli aro gʻamgin soʻz.
* * *
Emdi gʻami yoʻq, soldi chu koʻnglum ar ming soʻz,
Ohim oʻtidin oʻchsa hamul sham’i dilafroʻz.
Koʻnglum yarosin tikti va lekin oʻqi birla,
Jonimgʻa alifdek durur ul novaki dildoʻz.
Vasli aro, koʻrdum, teng emish boʻyiyu sochi,
Tun-kun teng ekan zohir oʻlur boʻldi chu navroʻz.
Ishq ayladi rasvo meni, emdi boshing ol, ket
Yuz xijlat ila, ey, xiradi maslahatomuz.
Jonim evida oncha gʻaming naqdini yigʻdim
Kim, boʻldi koʻngul mahzani bu joni gʻamandoʻz.
Bir subh angakim tole’ oʻlur boda quyoshi,
Xush baxti humoyun bila xush tolei feruz.
Derlarki, Navoiymu ekin dashti fanoda,
Chun sarsari hijron sovurur bir soridin toʻz.
* * *
Kiyik charmi zaif egnimga majnunlugʻ nishoni bas,
Junun toshi sinuq boshim uza qush oshyoni bas
Damingni asra, ey Isoki, ranjim daf’igʻa har kun
Gʻizo ul oy qilichi zaxmining bir qatra qoni bas.
Senu hayvon suyi, ey Xizr, tutqil tarki jonimkim,
Manga yor ollida oʻlmak hayoti jovidoniy bas.
Shahu izzat saririkim, agar budur jahon johi,
Manga idbor koʻyida mazallat xokdoni bas.
Gʻaniyu koʻnglida pinhon diram fikriyu ishq oʻti
Mening koʻnglumda kuydurgan necha dogʻi nihoniy bas
Sanga kavsar suyiyu lahni Dovudiyki, dayr ichra
Mugʻanniy nagʻmasi birla manga jomi mugʻoniy bas.
Havodis daf’igʻa shah koʻk hisori uzra gar chiqsun
Ki, faqr ahli uchun dayri fano dor-ul-amoni bas
Figʻonkim, lutfu qahrigʻa tafovut yoʻqni ham anglab,
Fano ahligʻa javrin qilmadi bu dayri foniy bas.
Navoiydek oʻlar holimda demang huru jannatdin,
Sezing barchaki, bu ovoragʻa bir koʻrmak ani bas.
* * *
Xoʻblargʻa meng ul oyning toza qulluq dogʻi bas,
Koʻzlariga surma koʻyining qaro tufrogʻi bas.
Besutun sayrini naylaykim, manga egnimdagi
Koʻk ravoqigʻa sutun boʻlgʻan malomat togʻi bas.
Chun tanim zogʻu zagʻangʻa tu’ma boʻldi, ey sipehr,
Yuz balo qullobin olgʻilkim, alar tirnogʻi bas.
Shohu toju xil’atikim, men tamosho qilgʻali
Oʻzbagim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.
Goʻshayi mayxonadin gulshangʻa bormankim, manga
Gul uza nasrin — mayi gulrang uza kup yogʻi, bas.
Yoshing ellik boʻldi, yuz qoʻygʻil fano tufrogʻigʻa
Kim, shabob ayyomi ayshu beadabligʻ chogʻi bas.
Gar Navoiy holigʻa ul shoʻx boqmas rahm ila,
Goh ibrat birla ham ul yon nazar solmogʻi bas.
* * *
Bizga olam bogʻidin ul sarvi gulruxsor bas,
Goh andin jilva, gohe davlati diydor bas.
Yogʻligʻin zaxmimgʻa bogʻlargʻa ne haddim istamak,
Qilsa lutf andin muni tikmak uchun bir tor bas.
Men kimu zulfung tamannosi, agar kufr istasam,
Itlaring boʻyni tanobidin manga zunnor bas.
Hajr oʻtidin sindi koʻnglum istaman qasring panoh,
Soya bir koʻngli buzulgʻangʻa buzugʻ devor bas.
Koʻzda bir uyquni koʻrsam, uyquda koʻrsam seni,
To ajal uyqusi ushbu davlati diydor bas.
Voizo, men osiy erman huru jannat loyiqi
Mugʻbacha soqiy, maqomim kulbayi xammor bas.
Oʻzlugungdin oʻzni salb etsang gʻaraz bir gomdur,
Ey Navoiy, qilmagʻil bu shevani zinhor bas.
* * *
Dayr aro bizga vatan sarmanzili xammor bas,
Qibla — but, sarrishtai faqru fano — zunnor bas.
Dam-badam bir mugʻbacha la’li labi hijronidin,
La’lgun sogʻar qadahdek, didai xunbor bas.
Devsiyratlardin, ey gardun, meni ogʻritmakim,
Yuz alarcha ogʻriturgʻa ul pariy ruxsor bas.
Yor zulm etgan sayi agʻyor soʻrmoq zulm erur,
Vahki, shoyad qilmagʻay hargiz jafosin yor bas.
Jomi minoyini soqiy gar bas etmas, bok emas,
Garchi javrin qilmagʻay bu toqi mnnokor bas.
Charxdin ne kelsa, xush boʻlkim, sening koʻnglung uchung
Aylamas davrini hargiz gunbadi davvor bas.
Ey Navoiy, rishtai davrongʻa chekkil durrn nazm
Kim, zamon avroqigʻa sendin soʻz-oʻq osor bas.
* * *
Yoʻq manga had aylamak boshinggʻa evrulmak havas,
Itlariki boshigʻa evrulmak muyassar boʻlsa bas.
Chun haddim yoʻq etkali javru jafosin iltimos,
Qayda mumknn aylamak mehru vafosin multamas.
Ey Masihim, chun oʻlarmen — bir vasiyat aylagum,
Xalqdin maxfiy quloq ogʻzimgʻa qoʻygʻil bir nafas.
Kechalar hajringda faryodim oʻtar aflokdin,
Mahvashim, faryodkim, boʻlmas manga faryodras.
Gulmudur qoʻygʻon qafas ustida, ey bulbul, sanga
Yoxud afgʻoning oʻtidinmu tutashibtur qafas.
Gulshani ishq ila oliyshon erurkim, anda bor
Sidra shoxi birla toʻbi bir-iki xoshoku xas
Gar Navoiy yorning vaslin tamanno qilsa bor,
Uylakim, boʻlgʻay gado koʻnglida shoh oʻlmoq havas.
* * *
Yoʻq damekim, furqati jonimgʻa bedod aylamas,
Gʻayrni shod etkali koʻnglumni noshod aylamas.
Oʻlmakimni bilmayin goʻyo der ermish ul pariy
Kim, necha tundurkim, ul devona faryod aylamas.
Ulcha bagʻrimgʻa qilur gʻam nishidin hijron gʻami,
Togʻning bagʻrigʻa metin birla Farhod aylamas.
Soldi koʻnglum oʻtigʻa paykonlarin hijron, ajab
Kim, maning qatlimgʻa boshtin tigʻi poʻlod aylamas.
Qaysi bir damdurki solmon sabr avroqigʻa koʻz
Kim, borin ohim yeli bir damda barbod aylamas.
Bevafolar ragʻmigʻa sevdim parini, ey koʻngul
Kim, vafo izhori jinsi odamizod aylamas.
Oqibat chun ayruluqdur, ul kishi aylar gʻalat,
Kim visol ichra oʻzin hijrongʻa mu’tod aylamas.
Mugʻbacha qurboni boʻlsak yoʻq ajabkim, piri dayr
Bizga oyini fanodin oʻzga irshod aylamas.
Ey Navoiy, boʻlma aning yodidin gʻofil dame,
Sen kim oʻldung degalikim, ul meni yod aylamas.
* * *
Har niyoz etsam ayon, juz noz oyin aylamas,
Necha achchigʻ yigʻlasam, bir labni shirin aylamas.
Istasa har kimni oʻlturmak uchun jallodi dahr,
Vahki, mendin oʻzgani ul gʻamza ta’yin aylamas.
Kimgakim bir orazu ruxsoru xattu zulfning
Shavqi boʻlsa, xotiri mayli rayohin aylamas.
Jilvakim qonligʻ koʻngulda aylar ul qad birla yuz,
Sohati gulzor aro shamshodu nasrin aylamas.
Ashk oʻtkuncha yuzumdin qahrabo rangi tutar,
Suni hargiz za’faron bu nav’ rangin aylamas.
Vah, ne holatdurki, ul husn aylasa har kimni shod,
Ishq mendin oʻzgani bu ishda gʻamgin aylamas.
Ey Navoiy, soʻz dekim, davronni gardundek qazo
Juz bu durri kavkab oyin birla tazyin aylamas.
* * *
Har necha kuysam ul oy koʻnglumni paydo aylamas,
Aylasa ham oʻlsam ani oshkoro aylamas,
Ishvasidin iltifot ahvolima zohir boʻlur,
Zorligʻ koʻrguzsam andoq ishva paydo aylamas.
Jongʻa bir kuymoqchadur har kimga parvo qilmogʻi,
Yana yuz oʻlmakchakim qatlimgʻa parvo aylamas.
Shoʻxlugʻlar birla sabrim xirmanigʻa oʻt solur,
Husn ila yolgʻuz meni-bedilni shaydo aylamas.
Qayda yuzlansam junun hangomasidur xalq aro,
Ul chu yetti koʻz uchi birla tamosho aylamas.
Aylamas to husni bir sendekni olam ofati,
Ishq bir mendekni ham olamda rasvo aylamas.
Men ayogʻi tufrogʻigʻa naqdi jon aylay nisor,
Ne ishimkim, ul qabul aylar ani yo aylamas.
Naqdi islomim olib bir jur’a tut, ey mugʻbacha,
Boʻl ravonkim hech kofir buyla savdo aylamas.
Muddatedurkim, Navoiydur ayogʻing tufrogʻi,
Poyboʻsung gar topar, ortuq tamanno aylamas.
* * *
Holima yor tarahhum qilmas,
Yigʻlasam zor, tabassum qilmas.
Koʻngluma vahm erur hijrondin,
Qatldin hech tavahhum qilmas.
Gʻuncha ogʻzing soʻzida qaysi zamon
Kim, hazin koʻnglum oʻzin gum qilmas.
Javrlarkim qilur ul oy manga,
Yetti aflok aro anjum qilmas.
Qaysi bir zulmki qilmas ul shoʻx,
Garchi bu zor tazallum qilmas.
Yuz kalom el bila aytur har dam,
Bizga bir nukta takallum qilmas.
Ey Navoiy, qiya boqti demakim,
Koʻngluma yor tarahhum qilmas.
* * *
Gʻamingdin, ey pariy, devoia boʻlmas,
Kishikim hush topqoch, yona boʻlmas.
Jamoling sham’igʻa koʻnglum qushidek
Maloyik xayli ham parvona boʻlmas.
Anga yoʻq ishq birla oshnoliq
Ki, aqlu hushtin begona boʻlmas.
Kishiga vasl iqboli ne mumkin,
Agar hijron aro mardona boʻlmas.
Kerakmas may, agar xud jon bagʻishlar,
Manga soqiy agar jonona boʻlmas.
Xirad mugʻ dayri sari istamangkim,
Bu yoʻlda oqilu farzona boʻlmas.
Navoiygʻa buzuq, bulbulgʻa gulshan
Ki, huznu aysh eli hamxona boʻlmas.
* * *
Dame ermaski, la’lingdin koʻngul yuz laxt qon ermas,
Dagʻi har laxt qon yoshim bila koʻzdin ravon ermas.
Yuzung mehri ichinda koʻz solib ogʻzingni koʻrmasmen,
Agarchi zarra xurshid ollida koʻzdin nihon ermas.
Ushalgʻan har soʻngak jismimda goʻyo ka’bataynedur,
Nihoniy dagʻi zoid nuqtasidurkim ayon ermas.
Erur dardimgʻa taskin bu kecha lekin toʻshuk koʻksum,
Ajab gar novaki koʻnglumga kirgandin nishon ermas.
Meni oʻlturgali gʻamzang oʻqi umredurur, lekin
Tirig la’ling xayoli birlamen, jismimda jon ermas.
Lahad kunjin vatan aylab tiniptur umridin Majnun,
Ne boʻlsa, men kebi ovorayi bexonumon ermas.
Bu davr ichra qachon jomi farogʻe yetgay, ey soqiy,
Chu bir dam dardu mehnat zahri chekmakdin amon ermas,
Agarchi qon yutar bulbul, vale ne gʻam anga chunkim
Navola gʻunchadin ayruyu guldin oʻzga xon ermas.
Navoiy oʻldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti,
Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yomon ermas.
* * *
Ey koʻngul, holimgʻa ul oy rahm qilgʻudek emas,
Zorligʻ birla ishim andin ochilgʻudek emas.
Ishqida rasvoligʻim ul nav’ boʻldi foshkim,
Zuhdu ismat pardasi birla yopilgʻudek emas.
Jomi ishqidin koʻngul ul nav’ erur masti xarob
Kim, qiyomat bazmigʻa tegru ayirgʻudek emas.
Uyla ishqi dashtida majnun koʻngul ovoradur
Kim, pariylar istagan birla topilgʻudek emas.
Soqiyo, la’ling mayidin gar iloje qilmasang,
Bu xumorim la’li may birla yozilgʻudek emas.
Dard oʻtin qilgʻan havas avval koʻngulni oʻrtadik
Kim, ul oʻt har xom koʻngliga yoqilgʻudek emas.
Ey Navoiy, ul pariyvashdin vafo koʻz tutmagʻil
Kim, junun ahlini aslo koʻzga ilgʻudek emas.
* * *
Labingdin ayru bagʻir laxt-laxt qonmu emas,
Bu qon nazar yoʻlidin dam-badam ravonmu emas.
Yuzungni pardada desam, pariy, tongirgʻomogʻil,
Menimu qilmadi majnun, oʻzi nihonmu emas.
Jahonu jon hazar etsa, ne ayb gʻamzangdin,
Baloyi jonmu emas, ofati jahonmu emas.
Koʻngulga koʻyung aro rahm nevchun aylamading,
Gʻarib telbamu yo zori notavonmu emas.
Ne ayb, la’li labing hasratida jon bersam,
Hayot chashmasi yo umri jovidonmu emas.
Qadahni yaxshi toʻla aylamaysen, ey soqiy,
Xumor mehnatidin holatim yomonmu emas.
Qadam Navoiy mahzun boshigʻa qoʻymas yor,
Gʻubori rahmu emas, xoki ostonmu emas.
* * *
Dam-badam la’ling xayolidin ichim qonmu emas,
Qatra-qatra koʻz yoʻlidin yuzga gʻaltonmu emas?!
Gah oʻlub, gohe tirilsam, tong emas, vah, gʻamzasi
Qotil ermasturmu yo noʻshi labi jonmu emas?!
Ne ajab, ishq ofatidin chiqsa jon tan mulkidin,
Shah na zolimmu emas, yo mulk vayronmu emas?!
Novaki zulm urmogʻingdin tonmagʻil, ey qoshi yo,
Tanda zaxm ermasmu, yo koʻnglumda paykonmu emas?!
Telba koʻnglumni dema koʻp vola ermas ishq aro,
Shuhrayi ofoq, yo rasvoyi davronmu emas?!
Dahr shoʻxigʻa koʻngul gar bermadim, ayb etmangiz,
Ishvasi chinmu emas, yo ahdi yolgʻonmu emas?!
Dasht aro koʻrsang Navoiyni emas majnun dema
Toshmu urmas koʻksiga, yo jismi uryonmu emas?!
* * *
Sunbulin Laylo ochiptur, yel abiroso emas,
Dogʻini Majnun qonatmish, lolayi hamro emas.
Nastaran koʻzgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin koʻrguzupturbiz guli ra’no emas.
Gulni oʻxshatqan uchun yorimgʻa goʻyo bogʻ aro,
Muztarib koʻnglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimogʻ oshuftadur, savdo emas.
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas.
Dema, afgʻonimda bulbul nolasidek yoʻq nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar ul nishotafzo emas.
Gulni sarv uzra xayol ettim koʻngul boʻstonida,
Rost aytay: sarvi gulroʻyum kebi zebo emas.
Boʻlmangiz magʻruri husn, ey shoʻxlarkim, bogʻ aro
Siz kebi bilturgʻi gullardin biri paydo emas
Manga gulrux soqiyu bulbulgʻa gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
* * *
Bizga ishq anduhidin ish zorligʻlarmu emas,
Holi hajr oshubidin dushvorligʻlarmu emas.
Gʻunchadek yuz pora koʻnglum holi bir gul hajridin,
Xorligʻlarmu emas, afgorligʻlarmu emas.
Tong emas hijron sahobin desalar yogʻdurdi qon,
Koʻzlarim da’bi kecha xunborligʻlarmu emas.
Ey ajal, hijronda oʻlmakdin meni qoʻrqitmagʻil,
Ish manga bu soʻzda minnatdorligʻlarmu emas.
Emin oʻlma, mehr koʻrguzgan bila, aflokdin
Kim, bu kajravlar ishi gʻaddorligʻlarmu emas.
Mahvashekim pokrav oshiqni qilgʻay bahravar,
Husnidin oyini barxurdorligʻlarmu emas.
Ey Navoiy, yor koʻyi itlarining holinga
Kecha tutmoq qopmogʻidin yorligʻlarmu emas.
* * *
Kimgakim boʻlsa nasib ul ofati jondek anis,
Bebaho boʻlgʻay qoshinda mohi Kan’ondek anis.
Qayda bu gulshanda uns oʻlgʻay mangakim, istaram
Orazi gul, qomati sarvi xiromondek anis.
Kofirekim naqdi dinim oldiyu yoshurdi yuz,
Topmogʻum yuz sa’y ila ul nomusulmondek anis.
Uns tutqoch, va’dai vasl ettiyu qildi xilof,
Hech kimga boʻlmasun ul ahdi yolgʻondek anis.
Ul pari men telba birla uns agar tutmas, ne tong,
Dasht aro Majnungʻa bas gʻuli biyobondek anis.
Ne ajab davron aro oshub tushmak har zamon,
Menki istar boʻlsam ul oshubi davrondek anis.
Qilgʻay insoniyat ar koʻz mardumigʻa tutsa uns,
Ey Navoiy, yaxshidur insongʻa insondek anis.
* * *
Mening jununuma gar ul pariy erur bois,
Halokima qad ila paykari erur bois.
Dema nedin kuyasenkim, aning yuzu labidin
Bu ishga shu’la bila ahgari erur bois.
Koʻngul qushi tunu kun mulki boxtar sari
Havo qilurgʻa mahi xovariy erur bois.
Mangaki, gʻamzasidin oʻlmisham, hayoti abad
Xayoligʻa labi jonparvari erur bois.
Chamanda bulbul etar shavq nuktasin takror
Ki, gul varaqlarining daftari erur bois.
Ul oy firoqida ashkim oqargʻa shomu sahar,
Tulu’i Zuhra bila Mushtariy erur bois.
Koʻngulni choku bagʻirni shikof istarima
Aning qilichi bila xanjari erur bois.
Hamesha dayr ichida boʻlmogʻimgʻa mugʻbachalar
Karashmasiyu fano sogʻari erur bois.
Navoiy oʻlmasigʻa ozimi Iroqu Hijoz
Magar nazohati mulki Hiriy erur bois.
* * *
Jon yetib ogʻzimgʻa topmon dardi hijrondin xalos,
Jonni hijrondin xalos et yo meni jondin xalos.
Andoq ochti sunbulin gul uzra yelkim, boʻlmagʻay
Bir koʻngul olamda ul zulfi parishondin xalos.
Dema, nolangdin oʻchar har shom eldin uyqukim,
Tunning ul boshida el ermas bu afgʻondin xalos.
Garchi yer topting koʻngulda vahm et ohu ashkdin
Kim, kirib vayrongʻa boʻlmas kimsa toʻfondin xalos.
Yogʻsa majnun koʻnglum uzra shoʻxlar dardi ne tong,
Telba atfol ichra boʻlmas sangborondin xalos.
Istamas bir-birni sensiz jonu tan, tengri uchun
Kim ani mundin xalos etgil, muni andin xalos.
Hajr uyi ichra qobolmish yor hajridin koʻngul,
Vah, qachon boʻlgʻay bizing tutqun bu zindondin xalos.
Jom davridin xalos oʻlmoqni zinhor istama,
Eyki, boʻlmoq istading anduhi davrondin xalos.
Bandi zulfungdin Navoiyni xalos etqil desam,
Derki, boʻlmas, boʻlmagʻuncha hukm sultondin, xalos.
* * *
Gar manga bor ersa ul dildori zebo birla uns,
Ul muhiqdur, tutmasa men zori shaydo birla uns.
Olam ahli muttafiqdurlar meni oʻlturgali,
To tutubmen ul jamoli olamoro birla uns.
La’li ma’nusumdurur, oʻltursa oʻltursun koʻzi,
Ne gʻami jalloddin tutqay Masiho birla uns.
Men kimu ul xoʻblar shohi bila ulfat, magar
Vahsh tutqay dasht aro Majnuni shaydo birla uns.
Toʻlgʻanib zulfung bu majnungʻa ne sarkashlik qilur,
Chunki savdo ahligʻa bor ahli savdo birla uns.
Ey musulmonlar, chu bir kofir asirimen, ne tong,
Bor esa koʻnglumga zunnoru chalipo birla uns.
Sarvi nozim kiygali sariq, qizil boʻlmish manga
Ham guli ra’no bila, ham sarvi zebo birla uns.
Gar desang dunyoda har dam yuz baliyat koʻrmayin,
Ey koʻngul, zinhor tutma ahli dunyo birla uns.
Ey Navoiy, gar desang soqiyligʻ etsun mugʻbacha,
Tut kirib mugʻ dayri ichra jomi sahbo birla uns.
* * *
Ne ajab gar bor esam devonavashligʻ birla xush
Kim, koʻngul olgʻan pariyroʻyum erur devonavash.
Man’ etarsiz hushi yoʻq koʻnglumga la’li bodasin,
Ayting, ey hush ahli, kelgaymu bu soʻz usrukka xush.
Sofi vasli boʻlmasa gar barcha zahri hajridur,
Soqiyo, bir jur’a tutkim, oldi jonimni atash.
Soldi koʻnglumni gʻami hijron gudozi ichra yor,
Goʻyiyokim ishq aro ul qalbda bor erdi gʻash.
Vah, ne yangligʻ sogʻ oʻlay men telba bu holatdakim,
Ul pariy ham bordurur devonavash, ham jur’akash.
Shayx boshigʻa balo erkandurur dastorkim,
Ishq asrorin eshitmaklikka moni’ boʻldi fash.
Demakim, bir yaxshi soʻz birla Navoiy jonini
Olsam, ul boʻlgʻaymu roziy yaxshi soʻzga ne kengash.
* * *
Ohkim, ul shoʻx erur ham mohvash, ham shohvash,
Balki ham quldur anga yuz shohvash, ming mohvash.
Gar quyosh ermas yuzung, nevchun nishotim mazrann
Tobidin aylab quruq, rangimni qildi kohvash.
Koʻnglum olib budurur maqsud angakim oʻrtagay,
Bukim oʻzni dilsitonim koʻrguzur dilxohvash.
Vasl aro oʻzni xayol aylab nishotim bordur,
Soyil andoqkim yasagʻay oʻzni ahli johvash.
Ey quyosh, ohim ne tong olamgʻa solsa rustaxez,
Har damim gardungʻa chunkim shu’la tortar ohvash.
Oʻzdin ogah ermon, ogohe kerak sarvaqtima,
To ul ogah davlatidin boʻlgʻamen ogohvash.
Ey Navoiy, gar hidoyat yetsa yoʻlgʻa kirgamen,
Garchi mugʻ dayrida holo bor esam gumrohvash.
* * *
Tun ham kechu yoʻl dagʻi yiroq, sen dagʻi sarxash,
Oʻlturki dame oʻlturali, ey buti mahvash.
Yillar chekibon hajr dame vaslingga yettuk,
Sen dagʻi dame zorlaring koʻnglini tut xash.
Manzil dagʻi amnu koʻngul ashobdin emin,
May dagʻi erur begʻashu ruh andin yetib gʻash.
Ma’lum emas tongla kim oʻlgʻusiyu kim yoʻq,
Tinsun qadamingda nafasi necha balokash.
Hayhot bu xilvatda kishi boʻlsa oʻlarmen,
Gʻayr oʻtsa xayolimgʻa qilur meni mushavvash.
Bir naqsh bu yangligʻ menga koʻrguzmadi gardun,
Chehramni qilib qon ila yuz nav’ munaqqash.
Qilmadi Navoiygʻa bu iqbolni roʻzi,
Ulkim varaqi qismat uza boʻldi raqamkash.
* * *
Ne abrashdurki, sekritmish yana maydongʻa ul mahvash,
Qizil, oq gul bila yeldin magar xalq oʻldi ul abrash.
Jahon maydonida to shoʻx chobuklar qilur javlon,
Kishi koʻrmaydur andoq abrash uzra ul sifat mahvash.
Emas abrash, sipehredur shafaqdin koʻrguzub anjum,
Quyoshturki anga rokib, tong ermas gar erur sarkash.
Nechuk oʻlmay ul abrash uzra ul mahvashni koʻrgachkim,
Hamul abrash erur sarkash, hamul mahvash erur sarxush.
Meni majnun yiqilsam koʻrgach-oʻq, hayrat yeri ermas
Ki, aqli kulga har soat erur nazzorasidin gʻash.
Pariyvash raxsh uza sarxush pariy javlon qilur, netsun
Junun jomigʻa qilmay bodapolo ahli taqvo fash.
Quyun yangligʻ egarsa abrashin ul shoʻx, dam urman
Navoiydek, nedinkim ushbu soʻz bor asru koʻp chirmash.
* * *
Ulki bizni zoru ani asru zebo aylamish,
Ani noparvoyu bizni noshikebo aylamish.
Ishqida har kimki sodiqroq, jafosi sa’broq,
Ahli husn ichra ul oy xush rasm paydo aylamish.
Dayr aro yuz mugʻbacha ta’lim olurgʻa qoʻydi yuz,
To labing ehyoyi anfosi Masiho aylamish.
Gar itingning poyboʻsin topmasa koʻnglum, ne tong,
Ne uchunkim, haddidin ortuq tamanno aylamish.
Ishq aro oʻlmay netaykim, koʻk meni aylab gado,
Husni iqboli mening mohimni mirzo aylamish.
Togʻ aro Farhodu dasht ichra solib Majnunni ishq,
Kimni mendek jumlai olamda rasvo aylamish.
Yigʻlamish gohi kavokibdin kulub, gah subhdin,
Charxkim, holimni gʻam shomi tamosho aylamish.
Jon berib, davron elidin istamang mehru vafo
Kim, base topmish ziyon, har kim bu savdo aylamish.
Gar Navoiy, koʻngli mulki boʻlsa vayron, ayb emas,
Turktozi ishqi ul kishvarki yagʻmo aylamish.
* * *
Surma bilanmu ul oy koʻzni qora aylamish,
Yoʻqsa Xoʻtan jayrani mushk ichida agʻnamish.
Koʻyida men za’fdin uylaki, har yon meni
It demayin, balki moʻr tu’ma uchun sudramish.
Gʻamzang oʻqi kasrati koʻnglum aromu ekin,
Yoʻqsa bu qush parlarin hajring oʻti churkamish.
Hullayi zarbaftdin qildimu ul oy sepech,
Yoʻqsa shuoiy xatin boshqa quyosh chirmamish.
Olam aro bir kishi telbaramay qolmagʻay,
Buylaki yetkach nasim zulfung aro butramish.
Vodiyi hajr ichrakim boʻldi soʻngak ahli ishq,
Budur oʻtunkim, ani gʻam sipahi oʻrtamish.
Lam’ayi ruxsor ila oʻrtadi ushshoqini,
Gʻayrati husni magar zorlarin tergamish.
Tegmasa bazmingda may, basdurur ul su manga
Kim, sen ichar jomni suchi olib yoyqamish.
Naylagamen bogʻlamay mugʻbacha zunnorini
Kim, bu kuhan dayr aro Iso ani bogʻlamish.
Mehru vafo aybidin pokdur abnoyi dahr,
Pok nazardurkim ul sari nazar solmamish.
Tutti Navoiy aziz koʻyida ul toshnikim,
Goh ani boshigʻa, goh boshin anga yastamish.
* * *
Donai xoli Donai xoli labing koʻnglum qushin rom aylamish
Kim, ani tutqanda jonim rishtasin dom aylamish
Anbarin xattinggʻakim, andin kelur boʻyi vafo,
Jon fido garchi umidim subhini shom aylamish.
Lablaringdin ruhparvar nutq zohirdur magar,
Ruh qudsi obi hayvoi ichra orom aylamish.
Humrat etmish oshkor ul usruku xunxora koʻz,
Qon ila mamzuj may goʻyoki oshom aylamish.
Sarvu gulga bogʻ aro dermenki aylay jon fido,
Toki jonim qasdi bir sarvi gulandom aylamish.
Chiqti, vah, usruk yana ul kofiri bebokkim,
Har qachon chiqqonda qatli ahli islom aylamish.
Dayrni qilmish koʻzumga gulsiton, ey mugʻbacha,
Ul mayi gulgunki ruxsoringni gulfom aylamish.
Kom vaqti tarki dunyo aylagan topmish hayot,
Yoʻqsa yetkanda ajal xudkomu nokom aylamish.
Qani rasvoye Navoiydek agarchi ani ishq,
Neknom eldindurur deb, buyla badnom aylamish.
* * *
Menmudurmenkim quyosh kulbamni ravshan aylamish,
Obi hayvon zulmatobodimni gulshan aylamish.
Yuz falakcha topsa rif’at bayti vayronim, ne tong,
Yuz quyosh chunkim bu vayronimni maskan aylamish.
Koʻz tegurmang, ey parilarkim, koʻzum sarchashmasin,
Ul pariyu huri rizvon rashki ma’man aylamish.
Mundin oʻtmas doʻstluq garduni dushman shevadin
Kim, oʻzin dushmanlarim qasdigʻa dushman aylamish.
Mehrni bilmas edi nomehribonim, shukr erur,
Gar bu fan ta’lim anga davroni purfan aylamish.
Shevan erdi qismatim hijron tunidin goʻyiyo
Kim, qora kiymish mening rashkimga, shevan aylamish,
Ey koʻngul, faryod ila ram berma, gar vayronima,
Chugʻz yangligʻ toyiri davlat nishiman aylamish.
Baxti jovid ushbu boʻlgʻaykim koʻzum surtarga charx,
Itlarining yoʻli tufrogʻin muayyan aylamish.
Ey Navoiy, yoʻq ajab, gar charx oʻz davronida
Mehr birla bir qorargʻon koʻzni ravshan aylamish.
* * *
Nevchun yuzida qahr ila chin zohir aylamish,
Xurshid chashmasida kishi mavj koʻrmamish.
Vasling soʻzin eshitkach etar koʻnglum iztirob,
Sogʻinmagʻil aniki, firoqingda toʻxtamish.
La’lingni istamonki ogʻizdin chiqargʻamen,
Bir xastadekki, jonini ogʻzinda asramish.
Boʻldim halok—chun beliga bogʻladi kamar,
Qatlimgʻa goʻyiyo belin ul shoʻx bogʻlamish.
Bemorligʻda jon itiga qilmisham nisor,
Koʻyi sari kelibki soʻngakimni sudramish.
Soqiy, ketur qadahki, chu gʻam aylamish hujum,
Bu yetmayin koʻnguldin alar barcha butramish.
Yuz pora koʻngliniki Navoiy yigʻib edi,
Ul shoʻx kirmishu yana borini qoʻzgʻamish.
* * *
Mehr emas, gardun yuzung hijronidin dogʻ oʻrtamish,
Oy emas, marham uchun momuq mudavvar aylamish.
Koʻnglum andoq chok-chok oʻlmishki, goʻyo toʻ’ma deb,
Hajr tigʻi itlaringga bir-bir ani toʻgʻramish.
Bismil etmish zori koʻnglum saydini qilgʻoch shikor,
Ul shikor afkan hazin koʻnglum bu yangligʻ ovlamish.
Lola roʻyum asramay koʻnglumni gar azm ayladi,
Yodgor andin tuganlar chok koʻnglum asramish.
Yer yuzin tutqan bahor ayyomi ermas lolazor
Kim, yuzung hijronidin giryon koʻzum qon yigʻlamish.
Dema, soqiy ilgidin sofiymu xushdur yoʻqsa durd?
Har ne andin keldi, ul xushturkim ani tolgʻamish.
Gar Navoiy yoridek yoʻq olam ichra, ne ajab
Kim, kezib olamni mahvashlardin ani tanlamish.
* * *
Menga emdi sarv ila gul muddaosi qolmamish,
Sarv boʻyluq guljabinlarning havosi qolmamish.
Uyla buzmish mehnatu gʻam xayli koʻnglum kishvarin
Kim, nashot anda sigʻingʻuncha fazosi qolmamish.
Men baliyat ichramen, el shod, goʻyo charxning
Emdi dard ahligʻa yetkuncha balosi qolmamish.
Yorkim qilmas jafozu javr ermas rahmdin
Kim, manga koʻrguzmagan javru jafosi qolmamish.
Baski har torin balo atfoli uzdilar chekib,
Vahki, uryon jism uza mehnat palosi qolmamish.
Gul chogʻi bogʻinggʻakim yoʻl bermading, ey bogʻbon,
Chinmudur day boʻlgʻali derlar safosi qolmamish.
Ey Navoiy, gar vafosi qolmamish aning sanga,
Gʻam yemakim, anga ham husni vafosi qolmamish.
* * *
Ilgiga moviy katon ul shoʻx nevchun chirmamish,
Goʻyiyo koʻp tiygʻi zulm urmoqtin ogʻrib bogʻlamish.
Oʻltururda kosh ul yogʻligʻ bilan-oʻq bogʻlasa
Koʻzlarimnikim, ani ilgiga holo chirmamish.
Koʻrguzur erdi yadi bayzo urarda tiygʻi qatl,
Bogʻlamish chun ilgin, el koʻzin qorongʻu aylamish.
Anglagʻuncha koʻngluma yuz dogʻi anduh oʻrtadi,
Ulki koʻrgach panjasin bogʻligʻ, dedim dogʻ oʻrtamish.
Kosh jonim rishtasidin boʻlsa erdi yogʻligʻi
Kim, ul oyning dastboʻsi davlatigʻa uchramish.
Soqiyo, maykim, aning ilgida yogʻligʻ toridek
Dardu gʻam xayli buzulgʻan xotirimni qopsamish.
Oʻlturur ilgida gar tiygʻ oʻlsa aning gar harir,
Hech bilmonkim, Navoiy ne balogʻa uchramish.
* * *
Borgʻoningdin jon talashmoq erdi men mahzungʻa ish,
Keldingu jonimni olding, ul borishqa bu kelish.
Vasl oshiq jonidur men jon talashim hajr aro
Hajr borib vasl yetkach, oʻlmak erur turfa ish.
Tiygʻi to koʻksumni yordi nola qilman za’fdin
Rost andoqkim, qoʻyar afgʻonni chok oʻlgʻan qamish.
Kiymamish ul sarv gulgun toʻnki, tong ermas bu rang,
Naxlkim, koʻz bogʻida qon birla topti parvarish.
E’tidoledur havoyiy ishq arokim, xush kechar
Sovugʻ ohim birla yozu koʻnglum oʻti birla qish.
Jismim uzra bor yangi butgan koʻkumtul dogʻdek
Soʻzi hajringdinki urdum gʻussadin har yerga nesh.
Kishu sinjobin ne tong gar kiysa muziy bozgun
Kim, chiqarmishtur kishilikdin ani sinjobu kish.
Tuz bul oʻqtek gar tilarsen avj, yokim, egridur,
Davr har bir goʻshadin boʻgʻzigʻa soliptur kerish.
Ey Navoiy, har dam ul oy mehri ortar koʻngluma,
Garchi yillardurkim, ul tarki muhabbat aylamish.
* * *
Yuz balo boshimgʻa yogʻdurgʻan dedim aflok emish,
Chunki tahqiq ayladim, ul kofiri bebok emish.
Husn avjida tulu’ aylab yorutgʻan dahrni,
Men quyosh sogʻindim, ul ruxsori otashnok emish.
Notavon jismimni sayli ashk uza qildim qiyos,
Olami ishq ichra daryo uzra bir xoshok emish.
Gʻam tuni bemehr ekandin yoʻqki koʻksum chok erur,
Subhning pirohani dogʻi bu gʻamdin chok emish.
Koʻngulu koʻz qonidin origʻ boʻlur ermish yuzi,
Oshiqekim, har gʻarazdin koʻzu koʻngli pok emish.
Yoʻq shafaq, mazlum qonigʻa qolib erdi sipehr,
Ani yugʻan bahri ashkim mavjidin koʻlok emish.
Yetsa muhlik gʻam, tilarmen bodanoʻshe negakim,
Dofi’i ul zahrning, bildimki, bu taryok emish.
Xurda sochqandin chaman mulkida sulton boʻldi gul,
Gʻuncha qonligʻ koʻngliga solgʻan girih imsok emish.
Eyki dersenkim, mening husnummu ortuq yo quyosh,
Sogʻinursenkim, Navoiy buyla beidrok emish.
* * *
Meni ishq ichra degan oqilu farzona emish,
Degay ulkim, soʻzin eshitsaki, devona emish.
Yopsa yuz har kecha koʻnglum qushidin, tong yoʻqkim,
Malak ul sham’i jahontobqa parvona emish.
Qasri ul husn shahining erur andoq oliy
Ki, falak kungurasi qasrigʻa dandona emish.
Koʻzlarim andin emish qonu ramad aynidakim,
Durd hamkosa munga, hajr anga hamxona emish.
Zaxmi koʻp tanda jununluq koʻngul oromidin
Telbalar maskani fahm oʻldiki, vayrona emish.
Jannatu kavsar umidi bila oʻldung, ey shayx,
Bilki, naqd ushbu fano dayrida mayxona emish.
Zuhd ila eyki Navoiyni oʻkarsen, koʻrduk
Ishi usrukluk emish, hamdami paymona emish.
* * *
Har pariy paykarga bir devonayekim zor emish,
Kunda ming zulm oʻlsa, bir ham rahm gohe bor emish.
Qaysi majnuni balokashga pariy ruxsoridin
To abad zulm uzra zulm, ozor uza ozor emish.
Sen bu oyini jafo solding oragʻa, yoʻqsa xalq
Koʻrsa shiddat lutf birla, yoʻqsa barxurdor emish.
Olloh-olloh. bu ne soʻz boʻlgʻay menu hijron tuni,
Vasl subhi qay qachan beyorlargʻa yor emish.
Hajr shomi shiddatidin ishq tarkin har kecha
Jazm etibmen, lek doim subh istigʻfor emish.
Davr jomi birla taskin topmas ermish, soqiyo,
Kimnikim sargashta qilgʻan bu toʻquz pargor emish.
Deb emishsen: Jonni bergaymu Navoiy istasam,
Bilmagansenkim, bu xud jon birla minnatdor emish.
* * *
Hushi yoʻq koʻnglum junun dashtida bir shaydo emish
Kim, aning qoshida Majnun asru-koʻp dono emish.
Tutti sarigʻ lolalar ruxsori ashkim birla rang,
Dema, ey ra’noi gulruxkim, guli ra’no emish.
Har bir ohim dudining maddu savodin koʻrgan el
Zulfi hajrinda, sogʻingʻaylarki, bir yaldo emish.
Telba koʻnglum holini bilmak tamanno ayladim,
Yillar ermishkim, junun dashtida nopaydo emish.
Dedim: islay anbarin zulfungni ol, boshim evaz,
Dedikim: sen telba boshinda ajab savdo emish.
Ey gʻaniy, ushshoqdin mustagʻniy oʻldung, bilmading
Kim, fano ahligʻa sultonligʻdin istigʻno emish.
Anglamas erdim Navoiy holin ul oy koʻyida,
Har kecha to subh ishi faryodu vovaylo emish.
* * *
Sarvi ra’no qaddidin ra’no qading cholok emish,
Otashin guldin guli ruxsoring otashnok emish.
Ulki aytur koʻnglaking ul gul gʻamidin chok emas,
Anglamaydur begʻami gʻofilki, koʻksum chok emish.
Bazmdin usruk chiqib toʻkti ulusning qonini,
Ahli din, qochingkim, ul kofir ajab bebok emish.
Ishqim oʻtin shoxai toʻbi urub past istagan,
Bilmading, ul shox bu oʻt ollida xoshok emish.
Tushta Majnunni hazinu zor koʻrdum, angladim
Kim, bir oy hajridin ul ham men kebi gʻamnok emish.
Bir quyosh hajri meni holimgʻa qoʻymas zarraye,
Demangiz bu ishga bois anjumu aflok emish.
Voiz aytur hur ummidi birla ul oy tarkin et,
Ey Navoiy, koʻrki, ul purgoʻyi beidrok emish.
* * *
Avji husn uzra yuzung xurshidi farruhbol emish,
Xoling ul hindui muqbil, kavkabi iqbol emish.
Dedim: aytay husni vasfi birla ishqim hirqatin,
Bilmadimkim, til bular vasfin demakta lol emish,
Husn xattin par chiqarib uchmogʻi ermish sazo,
Ishq ila dard ahlidin xoʻbeki forigʻbol emish.
Man’i ishq aylar edim koʻnglumga, koʻrdum holini,
Shiddati shavq iztirobidin base badhol emish.
Koʻz yumub ochquncha yuz qon aylar ermish gʻamzasi,
Men yomon baxtiga yetkanda ishi ihmol emish.
Ul parivash suvratin sizgʻach musavvir, angladim
Kim, xiradni aylagan devona bu timsol emish.
Xonaqah shayxi qoshinda qoldi koʻp mubham ishim,
Buyla mushkillarga piri maykada hallol emish.
Soqiyo, jomi visoling noʻshidin tirguz meni
Kim, xumori sogʻari hijron ajab qattol emish.
Gar Navoiy pirlargʻa murshid erdi, kirgali
Ishqu savdo koʻyiga bozichai atfol emish.
* * *
Seni koʻrgach der edim, bir mehribonim bor emish,
Olloh-Olloh, ne balo botil gumonim bor emish.
Orazing mohiyyatu ogʻzing soʻzin sharh aylaram,
Vah, ne tab’i poku zehni xurdadonim bor emish.
Chok qil koʻksumni, ey badmehr, tokim bilgasen,
Tiygʻi hajringdin ne nav’ ozurda jonim bor emish.
Ne hayot erdi, oʻlar holimdakim, koʻrgach meni,
Noz ila dedi hanuz ul notavonim bor emish.
Javhari ishqin olurgʻa xalq maxfiy naqdidek
Jon ichinda bir necha dogʻi nihonim bor emish.
Yuz gʻamim bor erdi, mugʻ koʻyiga kirgach boʻldi daf’,
Vahki, men gʻofil ajab dor-ul-amonim bor emish.
Derki, yolqibmen Navoiy unidin, vah, yaxshidur
Kim, tiriglikdin nishondek bir figʻonim bor emish.
* * *
Qading niholiki bogʻi hayot tarfini tutmish,
Magarki Xizru Masiho suyu havosida butmish.
Koʻngulnn gavhari ishqingki ravshan ayladi, gardun
Magar bu upni durri shabcharogʻ birla yorutmish.
Koʻngulni qon yoshu gohi yuzum bila ovuturmen.
Sarigʻ-qizil bila andoqki xalq tiflin ovutmish.
Dedingki, hajr aro ber ishq soʻzu tobigʻa taskin,
Kishi tamugʻda qachon koʻnglining oʻtini sovutmish.
Koʻngulga har necha sabru qaror pandi berurmen,
Birini, voyki, bishqarmayin, birini unutmish.
Umnd naxlini ashkim bila ne toza qilaykim,
Samumi hajr ani kul aylamish demanki, qurutmish.
Navoiy, emgak ila dema tarki ishqim etibdur,
Qachon zamiri uyi girdigʻa bu ishni yovutmish.
Avvalgi
I- qism