OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiQaro koʻzum (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotТошкент, Ғафур Ғулом номидаги, Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988
Hajm226KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/09
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Ўзбекистон Фанлар Академияси Тил ва Адабиёт Институти
Ҳамид Сулаймонов номидаги Қўлёзмалар Институти

Таҳрир ҳайъати:Азиз Қаюмов, Абдулла Орипов, Абдуқодир Ҳайитметов, Бегали Қосимов, Жамол Камол, Натан Маллаев, Одил Ёқубов, Омон Матжон, Суйима Ғаниева
Тузувчи: Марям Раҳматуллаева
Масъул муҳаррир: Ваҳоб Раҳмонов



Annotatsiya
«Ўзбек адабиёти бўстони»нинг ушбу жилдига буюк Алишер Навоийнинг «Хазойинул-маоний» китобига кирган ғазаллардан саралаб олинди.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qaro koʻzum (II- qism)
Alisher Navoiy

Gʻazallar (davom)

Labing bu xastagʻa nevchun takallum etmadi ish
Ki, bir sukunj bila hosil etsa yuz olqish.
Otar hamisha qoshi yosi birla gʻamza oʻqin,
Agarchi boʻlmas oʻq otmoq, yoʻq ersa yoda kerish.
Boshogʻlaringmu ekin bagʻrim ichra yo qoldi
Iting chu tu’ma uchun anda mahkam ayladi tish.
Tariqi ishq aro komildurur koʻngul, ne ajab,
Kamol topmoq etib ishni ishq ila varzish.
Zaif jismni to tigʻi yordi — nolonmen,
Nechaki chiqmas uni, necha chok boʻlsa qamish.
Chekar gul ollida bulbul figʻon, magar bildi
Ki, oʻtsa vasl bahori, xazoni furqat emish.
Navoiy, asra nihon ishq nuktasin zinhor
Ki, ishq piri manga yoshurun bu nukta demish.
* * *
Menga nomehribon yor oʻzgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, agʻyorgʻa oromijon ermish.
Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dogʻimni
Ki, har bir-bir qorargʻan shomi hajrimdin nishon ermish.
Buzulgʻan koʻnglum atrofindagʻi zaxm ichra novaklar
Baliyat qushlariyu zaxm alargʻa oshyon ermish.
Raqibi sindurub koʻnglinu men yigʻlab anga, lekin
Su keltirmak hamonu koʻza sindurmoq hamon ermish.
Baliyat dashtida zore koʻrub Majnun sogʻingʻaylar,
Koʻngul otligʻ bizing ovorai bexonumon ermish.
Xayoling xayli koʻnglum dashtida chun qildilar manzil,
Har oʻt yoqqan yer ul manzilda bir dogʻi nihon ermish.
Zamon oshubidin koʻnglumga yuz shiddat yetar erdi,
Chu fahm ettim — munga bois ul oshubi zamon ermish.
Agarchi men yomonmen, yaxshidurkim mu’tarifdurmen,
Oʻzin yaxshi tasavvur aylagan mendin yomon ermish.
Navoiy nazmini koʻrdum quyosh lavhigʻa sabt etkan,
Buyurgʻan ani oliy qadr shohi xurdadon ermish.
* * *
Javzo kunidin dogʻi ul chehra jamil ermish,
Yaldo tunidin dogʻi ul zulf tavil ermish.
Har qatra koʻngul qoni jon berdi oʻluk tangʻa,
Hosiyatini soʻrduq— la’linggʻa qatil ermish.
Gulzor aro nilufar ochildi, gumon ettim —
Xol oʻrnigʻa har yuzda bir nuqtai nil ermish.
Hijron tuni daf’ oʻlgʻach, bildimki, yuz ochibsen,
Xurshid vujudigʻa tong nuri dalil ermish.
Ovora koʻngul istab jon tandin olur ishqing,
Ul telbagakim itmish goʻyo bu kafil ermish.
Oyini qanoat tut, izzat tilar ersangkim,
Ermish tama’ ahlidin har kimki zalil ermish.
Koʻnglini Navoiyning olsang, nazar aylab koʻr
Kim, dard ila dogʻ ichra joni ne qatil ermish.
* * *
Ul sarv uzori guli serobdek ermish,
La’li labi gul uzra mayi nobdek ermish.
Koʻrdum qoshi aksini koʻngul koʻzgusi ichra,
Bu qiblanamo, ul munga mehrobdek ermish.
Koʻrdum koʻngul ahvolini koʻksum toʻshugidin,
La’ling gʻamidin qatrayi xunobdek ermish.
Husn anjumani ichra yuzin koʻrmamish erdim,
Anjum aro xurshidi jahontobdek ermish.
Devona koʻngul qaydi junundin ne qutulsun
Kim, har xami zulfung anga qullobdek ermish.
Tut faqr etagin, atlasi zarbaft soʻzin qoʻy
Kim, ul dagʻi tan hifzida moshobdek ermish.
Bir yoʻli Navoiyni yiroq solma nazardin
Kim, ul dagʻi bir kun sanga ahbobdek ermish.
* * *
Meni sargashta jismin dogʻ ila qon lolazor etmish,
Quyun yoxud toʻkulgan lolazor ichra gulzor etmish.
Tanimdin qon chiqorgʻan har taraf paykonlaring goʻyo
Erur yomgʻurki, tufrogʻdin chechaklar oshkor etmish.
Koʻngul birla soʻngak manqal aro oʻtu oʻtundekdur,
Malomat toshlarin to ishq tegramda hisor etmish.
Yuzin may gul-gul etkandin xarosh ermas unum, balkim
Koʻngulda xorxori nolam andomin figor etmish.
Labing jonimgʻa solgʻan shu’lalar ichra qazo goʻyo
Ulugʻroq la’ldin axgar, kichikrakdin sharor etmish.
Boʻla olsam ulusqa ul quyoshni koʻrgali moni’,
Ne gʻamdur gar yoʻlida charx jismimni gʻubor etmish.
Halokim bilgay ulkim, bordur ul yangligʻ jafokore
Ki, tavrin husn beparvoligʻi oluftavor etmish.
Kabutar qasr burjida emas shah shastidin emin,
Xusho, ul chugʻzkim vayrona kunjin ixtiyor etmish.
Maof ermish qayon gom ursa rahrav noqayi jismi,
Nafas torin qazo chun burnigʻa aning mihor etmish.
Mugʻanniy nagʻmasi jon bersa bazm ahligʻa tong yoʻqkim,
Navoiy rishtayi jonin eshib changiga tor etmish.
* * *
To koʻz bila koʻnglumni ul gʻamza maqom etmish,
Qonimni halol anglab, uyqumni harom etmish.
Sarv oʻlmadi bogʻ ichra ohim yeli birlan xam,
Boq koʻz uchi birlankim, qaddinggʻa salom etmish.
Hayvon suyidur shudrun, Iso damidur salqin,
Boʻston sari jononim goʻyoki xirom etmish.
Hajr oʻqlari zaxmidin jismim bila ashkimni
Tutmoqqa balo saydin, gʻam donavu dom etmish.
To oshiqu shaydomen qatlim qilur ul koʻzlar,
Majnungʻa kiyiklarni ishq ulfati rom etmish.
Ma’shuq qilur jilva, har kimki aning koʻnglin
Dard oʻti kuli birla ishq oyinafom etmish.
Iskandaru jamliqdur ishqingda Navoiygʻa
Kim, raxshing izu na’lin koʻzgu bila jom etmish.
* * *
Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Uylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
Qut bir bodomu yerim goʻshayi mehrob edi,
Gʻorati din etti nogah bir baloligʻ koʻzu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.
Boʻsaye qilmas muruvvat asru qattiqdur labing
Desam, ogʻzi ichra aytur la’l ham bor nav’i tosh.
Novaking koʻnglumga kirgach jon talashmoq bu ekin
Kim, qilur paykonini koʻnglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard oʻlki, boʻston Xizridur,
Sarvkim, da’b ayladi ozodaligʻ birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qaygʻusidur barcha bosh.
* * *
Qatiq dardim zuloli ashk etar fosh,
Suzuk su ichra qolmas yashurun tosh.
Halokim vasl aro mingdin bir etting
Ki, bergay tengri bir yoshinggʻa ming yosh.
Demakka fitna ta’limin boʻlub xam,
Qulogʻing sari bosh eltiptur ul qosh.
Magar sochingni tiyding fitnadinkim,
Parishonhol ayogʻinggʻa qoʻyar bosh.
Yasar chogʻda labing rangini goʻyo
Eziptur obi hayvon birla naqqosh.
Qadah, ey mugʻki, jon aylay nisoring,
Necha boʻlsam xarobot ichra qallosh.
Navoiy joni sensiz dardisardur,
Borurda ani ham olgʻay eding kosh.
* * *
Zarra-zarra jismim oʻrtandi gʻamingdin, ey quyosh,
Vahki, sendin boʻlmadi mehru vafo bir zarra fosh.
Har necha qilsam vafo, sendin vafodin yoʻq asar,
Tosh ekin bagʻringmu yoxud bogʻlading bagʻringgʻa tosh?
Koʻz yoshim durri yatimi qoʻydilar yoʻlingda yuz,
Vahki, rahming yoʻq ayoq ostinda koʻrub muncha bosh.
Gar kengash boshlar koʻngul saydini qurbon qilgali,
Qoshlaring yosi nedur kelturdilar bir yerga bosh?
Ey Navoiy, jongʻa ul koʻzdin ne yetkay gʻayri zaxm,
Oʻqu yo oldinda qoʻymish xossa ul mujgonu qosh.
* * *
Qaysi ishrat mevasi naxli hayotim qildi fosh
Kim, parivash tifllar yogʻdurgʻay ul yon muncha tosh.
Olam ichra ul quyosh zohir vale mendin nihon,
Ey ibodat ahli, qoʻysam, tong emas, olamgʻa bosh.
Oq uqor oʻtogʻasi chobuksuvorim boshida,
Uylakim, xatti shioi aylagay zohir quyosh.
Gʻam tuni sargashta boshim, ham sipehredurmudir,
Anda kavkab zohir oʻlgʻon yuz uza har qatra yosh.
Koʻz ani koʻrgach, koʻngul sevdi, bu ish boʻlgʻan zamon
Koʻzlarim koʻru koʻngul nobud boʻlgʻay erdi kosh.
Gar desang qattiq balogʻa qolmagʻaysen charxdin,
Olam ahli birla yumshogʻligʻ bila qilgʻil maosh.
Chun Navoiy oʻldi, itlar dardparvar jismini
Toʻ’ma qilmoq yoʻqki, rad aylarda aylarlar talosh.
* * *
Sham’ uchini olmogʻ uchun, ey mahvashi farrosh,
Parvona qanotlaridin et sifrai minqosh.
Yoʻq-yoʻqki, yuzung sham’igʻa parvonadur anjum,
Kim, bir-bir alar shomi visolingda boʻlar fosh.
Oy sham’igʻa minqosh munosib yangi oydur,
Andogʻki, yuzung sham’igʻa minqoshdur ul qosh.
Boshimdur ayogʻinggʻa fido, har ne kerak — qil,
Toʻqmoqqa munosibdur, agar istar esang bosh.
Ul oy agar ilgiga supurgu olur, ey charx,
Xurshid shioi xatidin qilsang ani kosh.
Har tun chu falak borgahi vaz’i nigundur,
Gardun koʻzi goʻyo bu jihatdin toʻkadur yosh.
Koʻngli uyidin sabr mato’ini supurdi
Bechora Navoiykim, erur dilbari farrosh.
* * *
Husni devoni uza matla’dur ul payvasta qosh,
Kotibi taqdir aning misra’larin yozgʻan tutosh.
Jolai ofat kebi ul oy bahori husnida,
Charx anjum javharidin yogʻdurur boshimgʻa tosh.
Oʻtlugʻ ohimdin boʻgʻuz ogʻzimgʻacha majruh erur,
Ayb qilma, ey koʻngul, nolamda fahm oʻlsa xarosh.
To sirishkim qongʻa evruldi dame tinmay oqar,
Muztarib boʻlmoq ajab yoʻq, boʻlsa xun oluda yosh.
Yoshurun erdi gʻamim, mufrit qadah oʻtkan kecha
Yigʻlatib, beixtiyor etkan emish el ichra fosh.
Xilvat etkan ixtiyor ilgida bir ibriqi may,
Tong emas gar qilsa bir bodom ila har kun maosh,
Ey Navoiy, keldi yoru bordi koʻnglungni olib,
Yana bir qatla kelib, joningni dogʻi olsa kosh.
* * *
Garchi atfol otti bir-bir jismi uryonimgʻa tosh,
Koʻrki, xirman-xirman oʻldi jam’ har yonimgʻa tosh.
Kulbam atrofida bedodu malomat toshidur,
Goʻyiyo yogʻmish falakdin baytul-ahzonimgʻa tosh.
Hajr togʻida labi shavqida oqsa qon yoshim,
La’l oʻlur goʻyo boʻyalsa har taraf qonimgʻa tosh.
Doʻstlar, bastur mazorimgʻa malomat toshlari,
Chekmangiz mehnat qoʻyargʻa qabri vayronimgʻa tosh.
Bas qiling atfol tosh otmoqki, qon boʻlmish ichim,
Tegdi goʻyo toza qoʻygʻan dogʻi pinhonimgʻa tosh.
Garchi toshing tutti yer jismimda, lekin zulm edi,
Buki oʻtti zaxm aro chun tegdi paykonimgʻa tosh.
Chun toʻyubtur notavon jismim baliyat toshidin,
Berma, ey gardun, gʻizo yangligʻ yana jonimgʻa tosh.
Vazn uchun paymonani qilgʻil ulugʻ, ey mayfurush
Kim, emas tortar uchun hojat bu mezonimgʻa tosh.
Jomni chekmakta gʻam daf’igʻa qolqon ayladim,
Ey Navoiy, charxdin yogʻdi bu qolqonimgʻa tosh.
* * *
Shukrkim, sochtim esa gʻam tuni anjum kebi yosh,
Vasli subhida tulu’ ayladi ollimgʻa quyosh.
Zaxmlar ustida marhamgʻa momugʻluq qiladur,
Gʻam sahobi necha yogʻdurdi sinuq boshima tosh.
Tutosh erdi gʻam aro navhalarim bir-biriga,
Ayshdin kulgularim bir-biriga oʻldi tutosh.
Hajr xunobi mayi vasli manga berdi samar,
Zahr boʻlgʻay edi ogʻushta bu xunobigʻa kosh.
Ahli ishq, oʻlmangiz ozurda firoq oʻtlaridin,
Ul tomugʻqa bore vasl uchmogʻi ermish podosh.
Ishq aro vaslni kom ahli nachukkim, talashur,
Hajrni zumrai nokom kerak qilsa talosh.
Kim firoq oʻtigʻa sabr etsa Navoiy yangligʻ,
Otashin gullar anga boʻlgʻusi ul oʻttin fosh.
* * *
Dardi ishqing uyla zor etmish meni, ey bagʻri tosh
Kim, qoʻyarmen yigʻlabon har notavon ollida bosh.
Koʻngluma koʻzdin kirib, gʻayri xayolin qoʻzgʻadi,
Zarra xayli qoʻzgʻalur, chun kirdi ravzandin quyosh.
Chun meni qildi balo togʻi junun, tosh otmangiz,
Negakim yerdin olib otmas kishi togʻ uzra tosh.
Reshdur boʻgʻzum balo zahri ichardin, yoʻq ajab,
Holima yigʻlarda andin oʻtkan un topmoq xirosh.
Oʻqi yetkachkim, boʻlub jon birla koʻnglum muztarib,
Iztirob ermas, boshoq ustida aylarlar talosh.
Durdi joming ham gʻizo, ham bodadur, ey mugʻbacha,
Piri dayr iqbolidin shahlargʻa yoʻq mendek maosh.
Eyki, koʻrmaysen Navoiy ohi oʻqi hay’atin,
Bir stundek shu’la koʻk sahfigʻacha, koʻrgil, tutosh.
* * *
Yozuqsiz, jurmsnz bedod etar fosh
Manga ul surmasiz koʻz, voʻsmasiz qosh.
Figʻonkim, bu taraf boqmay oʻtarsen,
Nechakim, koʻzlarim yummay toʻkar yosh.
Sirishkim sayli har yon uyla surdi
Ki, topmon koʻksuma urmoq uchun tosh.
Iliging oʻpkali ochmish ogʻizlar,
Qilichingdin sarosar zaxmligʻ bosh.
Hamono qolmas oʻz holida rangi,
Sizarda suratnngni koʻfsa naqqosh.
Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Karam qil mayki, borbiz asru qallosh.
Demish: kelsam Navoiy qatlin aylay,
Kelib, ne koʻngli istar, aylagay kosh.
* * *
Husn bogʻi ichra qadding sarvi boʻlmogʻliqqa tush,
Har havo qilgʻan koʻngul ul qad uza sarv uzra qush.
Umrlarkim boʻlgʻan ovorang yetishmish ollinga,
Marhabosigʻa ilik sun xud dey olmonkim quchush.
Koʻksuma gʻam togʻida ishqing balo mismorini
Berkiturda ayladi Farhod metinin choʻkush.
La’li shahdigʻa havo qilgʻanda, ey jonim qushi,
Gar desangkim topmayin maxlas chibin yangligʻ yopush
Koʻyidin bizni chiqarmoqqa, raqibo, yigʻma xayl,
Xasni qavmoqqa nasime bas, emas hojat urush.
Ishrat etkim, charx ollinda tafovut yoʻqturur,
Xoh bazm ichra simo’ et, xoh kunj ichra tumush.
Dema hajrimdin Navoiy gʻamsiz ermas bir zamon,
Istasangkim gʻamdin ayrilgʻay aning birla qovush.
* * *
Nekim qilur, koʻrunur ul buti sitamgar xush,
Chu nozu ishza bila bazmdin chiqar sarxush.
Yuzungda xush koʻrunur jomi la’ling, ul yangligʻ
Ki, toza gulshan aro la’lrang sogʻar xush.
Qamarning ikki yonida Suhaylu Zuhra kebi.
Koʻrundi iki qulogʻinda durru gavhar xush.
Koʻzungki oraz uza yotti — xush koʻrundiki, bor
Gʻazola yotmoq uchun lola bargi bistar xush.
Ne nav’ jinsi bashar suhbatini xush koʻrgay,
Biravga boʻlsa parizodi hur paykar xush.
Menu jamolin aning bir koʻrarga bermak jon,
Agar bu noxush erur ahli davr aro, gar xush.
Navoiyo, sanga gar yordin gʻarazdur, yor
Jafovu lutfini koʻrsang kerak barobar xush.
* * *
Manga bor ul sanami ra’no xush,
Koʻrunur oʻzga sanamlar noxush.
Yolgʻuz ani sevaramkim, manga bor
Ul xush, oʻzga kishi yoʻq aslo xush.
Xalq noxushligʻidin qayda gʻamim,
Bor esa ul sanami zebo xush.
Yuzungga yuz qoʻyayin xat orakim,
Sabzada keldi guli ra’no xush.
Kecha hijronida may tortar edim,
Kirdi gul gulruxi mah siymo xush.
Menda yuz biymki, tutqach olibon,
Chekti ul shoʻxi qadahpaymo xush.
Dayr aro oʻzni, Navoiy, xush tut,
Chun kelibtur sanga ul tarso xush.
* * *
Orazing hijronidin kelmas manga gulzor xush,
Gulsiz andoqkim emas gulbunda yuz ming xor xush.
Xastadur koʻnglum koʻzungdin uylakim mumkin emas,
Lablaringdin sharbat olmay boʻlgʻay ul bemor xush.
Koʻyida vayronaye topib yiqildimkim, kelur
Qasri jannatdin menga ul soyai devor xush.
Koʻyidin man’ aylar erdim chun oʻlarmen, ey koʻngul,
Emdi berdim ruxsating, har qayda borsang, bor xush.
Har kishi maqsadgʻa bir sarrishta istar, ey faqih,
Subha gar xushtur sanga, bordur manga zunnor xush.
Hirqavu zuhdu riyo ahligʻa xushtur xonaqah,
Lek aning ragʻmigʻa keldi kulbai xammor xush.
Ey Navoiy, may bila xush tut oʻzungnikim, emas
Bu fano dayri aro boʻlmoq dame hushyor xush.
* * *
Ham xati xazrosi xushtur, ham labi goʻyosi xush,
Ham Xizr xush, ham aning ayni hayotafzosi xush.
Ey mugʻanniy, hajr za’fidin hazinmen uylakim,
Lahnda dudi bila kelmas Masih anfosi xush.
Bir ishorat birla oʻlturdiyu xushmenkim, kelur
Barcha gar xud qatl uchundur, yorning imosi xush.
Uylakim tojir boʻlur, xush yaxshi savdo bersa dast,
Meni savdoyini asrar zulfining savdosi xush.
Ruh xayli oldorab, oʻz holigʻa topmas shuur,
Chun xirom etsa, ravonoso qadi ra’nosi xush.
Vah, nedin ajzu niyozim noxush erkin ollida,
Nechakim, koʻnglumga kelsa nozu istigʻnosi xush.
Ey xirad ahli, senu aqlu vara’ mulkida qayd
Kim, erur ishq ahli ollinda junun sahrosi xush.
Ichkali eski safol ichra gadoligʻ durdini,
Bizga oʻzga kelmadi juz sogʻaru sahbosi xush.
Ey Navoiy, qullugʻin nazm ichra arz etmak ne sud,
Ulki qilmas nazm birla qullugʻin mirzosi xush.
* * *
Porsovash dilsitonim boʻlgʻan ermish bodanoʻsh,
To boshim boʻlgʻay ayogʻing boʻlgʻusi, ey mayfurush.
Ichganin koʻrgan zamon-oʻq mast boʻlgʻungdur, demang
Kim, eshitgan lahza mendin zoyil oʻlmish aqlu xush.
Bazmi vaslidin yiroq ogʻzimda xumdek muhr erur,
Tong emas qonimgʻa maydek shavq oʻtidin tushsa joʻsh.
Jonu koʻnglum qon yutub afgʻon chekarlar hajridin,
Ishrat ahli may ichib bazmida qilgʻondek xurush.
Chok koʻnglak birla to usruk chiqibsen, ohkim,
Kisvatin mayxona rahni aylamish yuz xirqapoʻsh.
Subhidam ul but sabuhi bazmin ettim orzu,
Chiqmagʻil dayfi fanodin deb nido qildi surush.
Ey Navoiy, qoru ermas boʻlsa yuz ming jon fido,
Gar qadahnoʻshum iki la’li mayidin tutsa qoʻsh.
* * *
Ey, koʻngul gulzori vasling subhida nolanda qush,
Yoʻqki, atfoli firoqing ilgidin parkanda qush.
Qasri uzra qushmu timsol ettilar ul shahning,
Yo boshigʻa chatrdek ochti qanot farxunda qush.
Nutqi toʻti, jilvasi tovusu raftori tazarv,
Husn gulzorida yoʻqtur bir anga monanda qush.
Nomai shavqumni chun elturga ojiz boʻldilar,
Yel koʻrunmas koʻzga dam urmas boʻlub sharmanda qush.
Qush boʻlur, boshimgʻa qoʻngʻach, dudi ohimdin qora,
Koʻr junun jazbinki, anda qoʻnsa, boʻlgʻay banda qush.
Faqr tut, gar istasang uchmoqki, bu ummid ila,
Boʻynigʻa tasbih osib, yungdin kiyibtur janda qush.
Ey Navoiy, ishqdin qochma, boqib bulbul sari,
Koʻrki, maxlas topmadi bu banddin parranda qush.
* * *
Ey musavvir, lutf etib sizgʻil meni jonongʻa toʻsh,
Uylakim, tushkay yuzi bu diydai hayrongʻa toʻsh.
Yuzi boʻlsun yuzuma toʻsh, qaddi ham toʻsh qaddima,
Lek jonparvar labi la’lini tarh et jongʻa toʻsh.
Roʻbaroʻ har uzvi har uzvumgʻa toʻshdek tushmagay,
Yuzi koʻzgusi vale bu dudligʻ afgʻongʻa toʻsh.
Koʻksini koʻksumga toʻsh sizgʻil demonkim, tushmagay
Nozanin jismi aning bagʻrimdagʻi paykongʻa toʻsh.
Olloh-Olloh, telbalik soldi xayoloti muhol
Koʻngluma, yoʻqsa ne loyikdur gado sultongʻa toʻsh.
Qaysi yonkim itlarin tarh aylagungdur bazm aro,
Siz meni tufroqqa yuz qoʻygʻon vale ul yongʻa toʻsh.
Chekti chun har kimsani bir ishga toʻsh kilki qazo,
Ohkim, bu telbani qildi raqam hijronga toʻsh.
Aysh jomin tutmang, ey davri tarab soqiylari,
Bizgakim, charx etti bizni mehnati davrongʻa toʻsh.
Ey Navoiy, telba koʻnglum zor tangʻa kelmadi,
Toki el majnunni bir koʻrsatsalar vayrongʻa toʻsh.
* * *
Ey jamolingnnng xayoli xotiri vayronda naqsh,
Shamsadin qolgʻan asar yangligʻ buzugʻ ayvonda naqsh.
Tegdi bir novakki, sahmidin oʻlub erdim, valek
Yangi jon toptim aning otin koʻrub pankonda naqsh.
Kecha ul gul furqatidin, kunduz atfol ilgidin
Xoru xora zahmini koʻr bu tani uryonda naqsh.
Orazing naqshiki chiqmas tiyra koʻnglumdin dame,
Qildilar goʻyoki Yusuf suvratin zindonda naqsh.
Ey musavvir, sizmagʻil Majnunu Layli suvratin,
Bas menu yorim hadisi safhai davronda naqsh.
Naqsh sudin chun boʻlur zoyil, ajabdurkim, erur
Yigʻlagʻan soyi xayoling diydai giryonda naqsh.
Dahr elidin gar vafo Qilding tama’, ey soddadil,
Istading amreki, tutmas, haynizi imkonda naqsh.
Qildi koʻp devonni el naqshi nigor, ammo emas
Uylakim, qildim nigorim vasfini devonda naqsh.
Bogʻlamas naqsh ulki boʻlgʻay sendin oʻzga yor uchun,
Bazmi dard ichra Navoiy bogʻlasa hijronda naqsh.
* * *
Jismi vaslin qildim ul zulfi sumansodin tama’,
Ul kishi yangligʻki, qilgʻay siym savdodin tama’.
La’lidin tirguzmak etsam orzu ayb etmangiz
Kim, kishi oʻlturmak etmaydur Masihodin tama’.
Zarrani xurshidcha ravshan tama’ qilgʻancha bor,
Zarracha mehr etmak ul xurshidsiymodin tama’.
Ne ajab qilsam tama’ ovora koʻnglumdin junun,
Qilsa boʻlmas aql xud Majnuni shaydodin tama’.
Dogʻ etib koʻnglum tavaqqu’ qildi sabrim naqdini,
Ahli zulm andoqki qilgʻay naqd tamgʻodin tama’.
Gulxaniydin gulxan olotin tama’ qilmoqdurur,
Har kishi dunyolik etsa ahli dunyodin tama’.
Sarvi guldin koʻp demang soʻzkim, Navoiy aylamish,
Bargi guldin xil’at etgan sarvi ozodin tama’.
* * *
Ul pariy har dam qilur majnunlarin shod oʻzga nav’,
Lek etar men telbaga har lahza bedod oʻzga nav’.
Yorni men koʻrmay oʻldum, ul koʻrub ham oʻlmadi,
Ishq aro men bormen oʻzga nav’u Farhod oʻzga nav’.
Zikr etar bazm ichra lutfu mehr ila oshiqlarin,
Lek men badroʻz rasvoni qilur yod oʻzga nav’.
Ishq aro oʻzni manga oʻxshatma, ey bulbulki, bor
Lahnu ohang oʻzga nav’u ohu faryod oʻzga nav’.
Shayxu talqini riyokim, soliki dayri fano
Bizga qilmish dardu ishq oyinin irshod oʻzga nav’.
Siz cheking noʻshi visol, ey ahli ayshu nozkim,
Biz boʻlubbiz zahri hajr ichmakka mu’tod oʻzga nav’.
Koʻnglidek soʻrma Navoiyniki, qilmagʻligʻ erur
Qushni ozod oʻzga nav’u qulni ozod oʻzga nav’.
* * *
Chun shabiston ichra qildi orazin jonona sham’,
Mash’ali mehr oʻlsakim, koʻzga koʻrunmas yona sham’.
Band ayogʻida nedindur boshida savdo oʻti,
Ey pariy, ishqingda gar xud boʻlmamish devona sham’?
Yigʻlaru oʻrtar oʻzin to subh goʻyo har kecha,
Hajr aro boʻldi meni mahzun bila hamxona sham’.
Dema kuymak savtikim, uyqu yoʻqigʻa rahm etib,
Der zabona shaklidin til tortibon afsona sham’.
Ekkali parvonalar koʻnglida goʻyo tuxmi mehr,
Ashkdin atrofida ham su sochar, ham dona sham’.
Yo muhabbat oʻtidin parvonani kuydurgali,
Yorutur oraz oʻtin har lahza mahbubona sham’.
Qoʻymadi parvonani fonus aro men zordin,
Ul mahi xirgahnishin boʻlgʻan kebi begona sham’.
Balki oshiq doʻstlardin dururkim oʻrtanur,
Toki shavqi oʻti ichra oʻrtanur parvona sham’.
Ey Navoiy, bot oʻchur ohing yelidin sham’ni,
Topti chun ul yuz furugʻidin bizing vayrona sham’.
* * *
Hajr oʻtidin shom agar mendek emas bexob sham’,
Rishtai jonigʻa nevchun soldi pechu tob sham’.
Bir quyosh hajrida gar kuymas nedin bas men kebi,
Kavkabi ashkin toʻkar andoqki durri nob sham’.
Mahvashimdek demakim, boʻlmish libosi la’lgun,
Men kebi qon yoshdin oʻldi gʻarqai xunob sham’.
Kechaikim tiyra kulbamni yorutqay ul quyosh,
Tong emas anjumdek oʻlsa ul kecha noyob sham’.
Gʻam tuni ul oy xayolidin buzugʻ koʻnglum yorur,
Goʻshai vayrongʻa bastur partavi mahtob sham’.
Tiyra shoming fayz nuridin desangkim, yorugʻoy,
Tutqil ul yangligʻki tutmish goʻshai mehrob sham’.
Ey Navoiy, ul quyosh qoʻygʻoch shabistonimgʻa yuz,
Rashkdin siymob ashkidek boʻlur siymob sham’.
* * *
Garchi men hajringdin oʻldum tortibon koʻp zorligʻ
Sen hayotingdin top, ey badmehr, barxoʻrdorligʻ.
Xasta erdim koʻzidin yetkurdi la’lin ogʻzima,
Tengri jon berdi, vale chektim base bemorligʻ.
Kechayekim tushka kirgay ul saodat axtari,
Bermagil, yo rab, manga ul uyqudin bedorligʻ.
Bodayi la’ling bila mundoqki usrukmen mudom,
Kofiri ishq oʻlgʻamen, gar istasam hushyorligʻ.
Bu koʻngul ozoridin bezormen bor muddate
Boʻlgʻali bizlar aro ozorligʻ, bezorligʻ.
Ne bino erkin bukim, bir pora koshi tushmadi,
Qilgʻali bu toqni sun’ ilgi miynokorligʻ.
Ey Navoiy, suhbatingdin qilsa or ul koʻrkaboy,
Yoʻq ajab nevchunki sensen bir gado, ul borligʻ.
* * *
Soqiyo, hajr ilgidin koʻp tortadurmen zorligʻ,
May keturkim, maslahat ermas manga hushyorligʻ.
Qasdim etmish hajru bexudlugʻ ilojimdur dame,
Maygʻa afyun yor qil gar aylar ersang yorligʻ.
Mast qil andoqki, bosh qoʻysam magar boʻlgʻay manga
Mahshar ahli yo rabu gʻavgʻosidin bedorligʻ.
Chorasi yo bodadur, yo vasl, yo marg, ey tabib,
Har kishikim topsa hijron dardidin bemorligʻ.
Bar yegil, yo rab, hayoting bogʻidin, ey mugʻbacha
Kim, mayli la’lingdin oʻldi bizga barxurdorligʻ.
Zuhd, ey soqiy, balo ermish, xush ul manxorakim,
Ichkali jomi balo boʻlmish ishi xammorligʻ.
En Navoiy, zuhddin yuz qatla ortuq darbadar
Bir safol ilgimda mugʻ koʻyida qilsam zorligʻ.
* * *
Koʻzungki, kufr ila yuz dingʻa soldi vayronligʻ,
Xudoy uchun tiy ani — yoʻqmudur musulmonligʻ.
Qadingki jilva uza jilva koʻrguzur har dam,
Ajab emas manga hayronligʻ uzra hayronligʻ.
Labingni soʻrsam, emas tongki, toʻkti qonimni,
Soʻrarlar aniki, boʻlgʻay birav bila qonligʻ.
Demishsen oʻlturayin ishq ahlin aylab jam’,
Magar bilibsen alar ichra koʻp parishonligʻ.
Ne hukm aylar esang, ayla husn mulkidakim,
Sanga musallam erur xoʻblargʻa sultonligʻ.
Jununni tark etibon oqil oʻl, dedi zohid,
Boʻlur emish bani odamgʻa muncha nodonligʻ.
Deding, Navoiy agar vasl topsa, oʻlturayin,
Firoqing ichra gumon aylading ani jonligʻ.
* * *
Ey labing xosiyati chashmai hayvon yangligʻ,
Quyiyu yuqorigʻi xoli bila jon yangligʻ.
Ayogʻimning qalami za’fdin andoqki qalam,
Qotaqolgʻan teri davrida qalamdon yangligʻ.
Nuni tanvin kebi xam hajrida nobud tanim,
Dogʻi pinhonim anga nuqtai pinhon yangligʻ.
Qaddi javshan aro koʻnglumda aningdekkim oʻq,
Charkasi dulugʻa ul oʻq uza paykon yangligʻ.
Odam oʻrnigʻa pariy oshiqi boʻldumkim, ul
Odamisizligʻ aro boʻlmagʻay inson yangligʻ.
Yuzi nazzorasi hayronligʻi oʻlturdi meni,
Bir nazardin kim oʻlubtur meni hayron yangligʻ.
Qoʻyma bu manzilu maskanga koʻngulkim zinhor,
Angla yoʻl oʻtkuchidek oʻzniyu mehmon yangligʻ.
Johning zebigʻakim husn tilab, bildikkim,
Ziynati kelmadi joh ahligʻa ehson yangligʻ.
Shayx der ishqni tark et, sanga aql oʻrgatayin,
Ey Navoiy, kishi boʻlgʻaymu bu nodon yangligʻ!
* * *
Zahri hijroning chu ayshim komini qildi ochigʻ,
Noʻshi vasling elga yetkandip manga yoʻqtur osigʻ.
Tosh yogʻdurgʻandin atfol oʻlmadim, oʻlturdi hajr
Kim, suubatda bular andoq emas erdi qotigʻ.
Ashk aro oʻldum, yigʻishtur emdi zulfung shastini
Kim, su uzra kelgusi daryo aro oʻlgan boligʻ.
Qatra-qatra qon yoshimdin chehram oʻlmish uylakim,
Tim-tim etgaylar qizil kogʻaznikim, boʻlgʻay sorigʻ.
Yuzda hajringdinki tirnogʻ oʻrni xatlar boʻldi qon,
Har biriga ashkdin su ochibon qildim origʻ.
Olgʻali dunyo arusin, eyki, sotting naqdi din,
Umr sotib, marg olmoq angla, bu sotigʻ-oligʻ.
Istaram, la’ligʻa qilgʻaymen chuchuk jonim fido,
Ey Navoiy, anga dermen kelmagay nogah ochigʻ.
* * *
Otashin la’ling oʻti ayladi koʻnglumni nsigʻ,
Boʻldi bagʻrim dogʻi koʻnglum isigʻi birla qizigʻ.
Yaraqon ot qoʻyadurlar manga hikmat ahli
Kim, harorat yuzu koʻzumni dogʻi qildi sarigʻ.
Men anga oshiqu koʻz ham yuziga oshiqdur,
Ishq ahlining erur rangi sarigʻ, ashki arigʻ.
Men agar yigʻlar esam talx chuchuk la’ling uchun,
Koʻzlarim dogʻi toʻkar ashkni achchigʻ-achchigʻ.
Ani chun koʻrdum, aning koʻyida qoldim mung ila,
Doʻstlar, siz oʻtung, ish tushti manga osru qotigʻ.
Husni davrigʻa vafo yoʻq, bu quyosh bot uyoqur,
Xoʻblardin xush erur yaxshiligʻu yaxshi qiligʻ.
Qon toʻkar koʻngli Navoiyningu ashk ikki koʻzi,
Ulgusi ishq gʻamin gar yemasa issigʻ-iligʻ.
* * *
Yaraqondin manga gar bor esa ruxsor sarigʻ,
Turfa koʻngilki, erur diydai xunbor sarigʻ.
Koʻzki, qon yosh oqibon boʻlmasa sarigʻligʻi daf’,
Rangi goʻyoki sarigʻ lola kebi bor sarigʻ.
Xil’atin dema sarigʻ rangki, ruxsoru koʻzum
Ayladi oyinagun toʻnida izhor sarigʻ.
Yaraqon daf’i sarigʻ jins qilur, turfa koʻrung
Kim, boʻlur tegsa yuzum toʻnigʻa bisyor sarigʻ.
Oʻzga sufrat manga yuz qoʻydi, yoʻq ersa tong emas,
Za’faron rangicha oʻn bor esa bemor sarigʻ.
Men kebi subhu quyosh oshiqing oʻlmish, negakim
Sidqu mehr ahli yuzi qildi namudor sarigʻ.
Xas kebi boʻlsa Navoiygʻa sarigʻ yuz, kulma,
Koʻrguzur gulni dogʻi bogʻda gulzor sarigʻ.
* * *
Lolagun boʻlmish surarda qatlima dildor tiygʻ,
Yo balo togʻidin etmish lolazor izhor tiygʻ.
Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro,
Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.
Tiygʻ tortib yetkach-oʻq qildim fidosi jonnikim,
Boʻlmagʻay ozurda qotil, koʻrmagay ozor tiygʻ.
Jism paykoning bila toʻldiyu jondur gʻamdakim,
Aylasang qatlimgʻa ragʻbat boʻlmagʻay nokor tiygʻ.
Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur,
Ya’ni ul sahro giyohi bor emish xunbor tiygʻ.
Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu,
Yuzdin ol burqa’ni, qindin chekmagil zinhor tiygʻ.
Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim,
Cheksa olamni olur shohi falak miqdor tiygʻ.
* * *
Baski qoʻndung koʻksuma koʻnglumni olgʻon chogʻ dogʻ,
Jismim oʻlmish xirqam ul yangligʻki maydin dogʻ-dogʻ.
Demakim, ne dogʻdur koʻnglungdakim, oʻtlugʻ koʻzung,
Qoʻydi anda koʻrguzub yuz loba birla logʻ-dogʻ.
Dogʻlar qoʻydum, chu mastu oshiq oʻldum nechakim,
Oʻzni asrab qoʻymas erdim bor ekanda sogʻ dogʻ.
Argʻuvoni toʻn bila to jilva qilding, vahki, bor
Hayratingdin argʻuvon shohigʻa har yafrogʻ dogʻ.
Solgʻali oʻt bagʻrimu koʻnglumga hajring bor emish,
Tortmoq koʻnglumdin ohu bagʻrima qoʻymogʻ dogʻ.
Goʻyiyo Farhoddek hamroz uchun barq oʻtidin,
Lola ermas bagʻrigʻa har sari qoʻymish togʻ dogʻ.
Ey Navoiy toʻkma oʻtlugʻ koʻnglung uzra ashkkim,
Oʻrtanur koʻprak kuyar holatda quysang yogʻ dogʻ.
* * *
Agar kelmasa, intizorim qoʻyar dogʻ,
Valek iztirob oʻrtar, ul oy kelur chogʻ.
Manga bogʻu gulzor aning orazidur,
Gar ul boʻlmasa, baytul-ahzon erur bogʻ.
Dema shavq oʻtigʻa taskin berur may,
Yonar, shu’lam oʻtigʻa koʻp quymagʻil yogʻ.
Men ar mastu bemorligʻ birla oʻldum,
Hamisha jahon ichra sen boʻlgʻasen sogʻ.
Dedingkim, ololmasun dilrabolar
Ki, koʻnglumga qoʻydung ogʻir hajrdin togʻ.
Bahori jamolingda nolamni xush tut
Ki, tengdur, bahor oʻtsa, bulbul bila zogʻ.
Navoiy firoqingda ul nav’ itti
Ki, gardi topilmas, gʻaming solsa tufrogʻ.
* * *
Shoʻxi charogʻchi yoqibon husnidin charogʻ,
Mash’al fatilasi bila koʻksumga qoʻydi dogʻ.
Bazm ahlin oʻrtamakka yoqar kecha zulm oʻtin,
El bazmini yorutgʻali ermastur ul charogʻ.
Koʻnglumdurur fatila emas mash’al ichrakim,
Ul shoʻx oʻt solib, quyar aning oʻtigʻa yogʻ.
Boʻldi quruq yogʻoch kebi jismu boshimda oʻt,
To boʻlgʻay anga mash’alaning xarjidin farogʻ.
Mash’alni kosh tutmasa, oʻtluq yuzi yetar,
Gar sayr etarga qoʻysa shabiston sari ayogʻ.
Ne tong, koʻzinki sham’i hidoyat yorutmasa,
Xabt oʻlgʻan elga mash’ala dudi bila dimogʻ.
Ushshoq bazmi mash’ali bas oh shu’lasi,
Gʻam shomi qilma mash’alachi har sari soʻrogʻ.
* * *
Koʻrguzur hijron hurufi nuqtasin jon har taraf,
Sensizin ya’niki qoʻymish dagʻi hijron har taraf.
Uyla shiddat birla charx aylar meni sargashtakim
Zaxm koʻp tandin yogʻar shudrun kebi qon har taraf.
Koʻnglum ahvolin ne deykim, sharhigʻa bir tildurur
Koʻkragimdin bosh chiqargʻan noʻgi paykon har taraf.
Tashladim yetkach junun xayli tuganlar taxtasin,
Ya’ni ochtim mehmonlar ollida xon har taraf.
Ashk qonligʻ koʻzni eltur uylakim, su lolani,
Boʻlmasa yoʻlinda moni’ xori mujgon har taraf.
Rashkdin koʻp muztaribroqdur koʻngul ul goʻydin
Kim, kesib boshimni ul shoʻx ursa chavgon har taraf.
Qoʻy basharni, gar maloyik domi ermas yaxshidur,
Ul pariy mundoqki, zulf etmish parishon har taraf.
Netib oʻlmaykim, yana ul shoʻx usruk otlanib,
Ter sui markab yelidin soldi toʻfon har taraf.
Koʻr, ne hayratdur mangakim, bordurur bu dayr aro
Donishi yuz menchalar, yuz mencha hayron har taraf.
Shishadek koʻnglumni paydo oʻrtadi soqiy valek
Dogʻin etti may hubob ostida pinhon har taraf.
Ey Navoiy, navhayi hijron tuzub un chekma koʻp
Kim, kishi qolmas tirig yetkach bu afgʻon har taraf.
* * *
Gar tanimda zohir oʻlmish dogʻi hijron har taraf,
Jonda xud yuz oncha bordur dogʻi pinhon har taraf.
Ishq sahrosida menmen soyir andoqkim quyun,
Dema sargardon kezar Majnuni hayron har taraf.
Koʻyiga pinhon borib, zaxmim ne yangligʻ yoshuray
Kim, qayon borsam yaralardin borur qon har taraf.
Koʻksum ichra tushti bir xori xasak, ya’ni koʻngul
Toki andin chiqqali bir noʻgi paykon har taraf.
Hinduyedur bul-ajab bozigar ul koʻz davrida,
Hind eli ahli tamosho xayli mujgon har taraf.
Toza boʻlsun ul bahori husnkim, onsiz koʻzum
Durfishon oʻlmish nachukkim abri nayson har taraf.
Har taraf maydon aro yuz fitna tushti, rahm etib,
Tavsaningni chopmagʻil qilgʻanda javlon har taraf.
Dayr ichinda netti tirguzsang meni, ey mugʻbacha,
Jomi davringdin tomar chun obi hayvon har taraf.
Chun Navoiydek havoiy boʻldum ul oy hajridin,
Ne ajab, yeldek yuz ursam, tortib afgʻon har taraf.
* * *
Ishq tobidin oʻlubmen meni bemor zaif,
Tob koʻp koʻrsa aningdekki boʻlur tor zaif.
Vaslida evrulubon boshigʻa dermenki oʻlay,
Vahki, boʻlmishmen annng hajrida bisyor zaif.
Za’f aro zorligʻ ozurda qilur koʻnglumni,
Topar ozor, bale, chunki boʻlur zor zaif.
Xastaligʻ tortsa yillar kishi, ma’lum ermas,
Men kebi koʻrguza olgʻaymu namudor zaif.
Boʻlmish oʻn yilgʻi oʻluktin manga za’f afzunroq,
Vahki, jonliq kishi kim koʻrdi bu miqdor zaif.
Za’fdin shayx qutulgʻung dedi, tark etsang ishq,
Piri dayr ollida bu qavli aning bor zaif.
Za’f aro qilma Navoiygʻa sitam, ey oykim,
Buyla aylabtur ani charxi sitamkor zaif.
* * *
Boda xushtur gar harifim boʻlsa bir yori zarif,
May harifi gar zarif ermas, anga erman harif.
Ul sifat zoting latofat aynidin jonbaxshdur
Kim, hamono ani mazhar qildi ism-ul-latif.
Za’fdin gar dardi ishqingdin shikoyat ayladim,
Ishq shar’i ichra ermas mu’tabar qavli zaif.
Xoki poningni maloyik qildilar toji sharaf,
Olloh-Olloh, kim koʻruptur bu sifat zoti sharif.
Za’fim andoqdurki dam ursam erur biymi halok,
Ne uchunkim ul taharrukdur anga behad anif.
Davr ranjidin tilarmen maygʻa tushmak uylakim,
Maygʻa tushgan qil kebi gʻarq oʻlsa bu jismi nahif.
Ey Navoiy, qilgʻali tab’ ahli jinsi she’r nazm,
Nazming oʻldi barchasigʻa qofiya, balkim radif.
* * *
Kechti umrum naqdi gʻaflat birla nodonligʻda hayf,
Qolgʻani sarf oʻldi anduhu pushaymonligʻda hayf.
Jongʻa bir dushvorligʻ qoʻymay riyozat ranjidin,
Sarf boʻldi naqdi avqotim tan osonligʻda hayf.
Bogʻladim paymonadin paymon, figʻonkim, aqlu din
Boʻldi bu paymonavu ul sustpaymonligʻda hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, boʻldi umrum hosili
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonligʻda hayf.
Hayfkim, naf’ aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam oʻz ahvolima bu nav’ hayronligʻda hayf.
Andoq ish qilkim, pushaymon boʻlmagʻaysenkim, emas
Hech osigʻ chun ish xato boʻldi pushaymonligʻda hayf.
Har ne oʻtkan soʻzlarim chindur desam yolgʻon erur,
Chin budurkim, degamen umr oʻtti yolgʻonligʻda hayf.
Chun yengilrakdur hisob oʻlgʻanda sultondin gado,
Hayfkim, boʻlgʻay gado avqoti sultonligʻda hayf.
Ey Navoiy, voqif erman xalqdin, bori mening
Kechti umrum naqdi gʻaflat birla nodonligʻda hayf.
* * *
Har kishikim gʻayri ishqing harfi yozgʻay bir varaq,
Ilgini aylab qalam, boshin qalamdek ayla shaq.
Parda yopqach yuzga, tutti qon yoshim ofoqni,
Mehr uyoqqanda, ufuq sari yoyilgʻandek shafaq.
Goʻyiyo xurshid har sari yugurtur kavkabe,
Chunki sur’at vaqti ul yuzdin tomar har yon araq.
Vahki, ashkim jolasidin topti ofat bir necha,
Sabr tuxmin mazra’i jon ichrakim qildim nasaq.
Bir-bir ustida qoʻyubmen furqatingdin necha dogʻ
Ishq xoni ichra qoʻygʻandek tabaq uzra tabaq.
Noʻsh etarmen boda to la’ling xayoli birla men
Qon yutarmen, toki boʻlgʻay tanda jonimdin ramaq,
Shayx kavsar sharbati — men talx may madhin dedim,
Ochchigʻi kelsa ne tong, nevchunki ochchigʻ keldi haq.
Boda vasfin dars agar der ersa piri mayfurush,
Jomi xatti davridin olmoq munosibdur sabaq.
Istama kavsar, Navoiy, top farogʻat bodadin
Kim, erur ul muxtalif, lekin bu birdur muttafiq.
* * *
Yor kelsa bas mahaldurkim, ichim qon etti shavq,
Sabru oromim berib barbod, tugʻyon etti shavq.
Ozu koʻp har ne dedi qosid visoling mujdasin,
Sabrim ozu iztirobimni farovon etti shavq.
Shavq hijrondin batar oshub soldi koʻngluma,
Koʻnglum oshubini qoʻykim, gʻorati jon etti shavq.
Ne ajab kechrak muyassar boʻlsa — oʻlsam, ey rafiq,
Buylakim, ummidvori vasli jonon etti shavq.
Hajr boʻlsun yo visol ummidi chun muhlikdurur,
Bas hayotu qatlini koʻksumga yakson etti shavq.
Gar jununumning hadu poyoni yoʻqtur, yoʻq ajab
Kim koʻngul bexudlugʻin behaddu poyon etti shavq.
Ey Navoiy, hajr zulmin yod qilsam, qilma ayb
Kim, manga bedodi nomaqduru imkon etti shavq.
* * *
Chiqsa jonim, ayb qilma, jismi bemorimgʻa boq,
Kuysa jonim, hayrat etma, nolayi zorimgʻa boq.
Hajr dashtining guli gar lola boʻlsa, sayli qon,
Qilmagʻil, ey gul, taajjub chashmi xunborimgʻa boq.
Eyki, koʻrmaysen quruq shoxe bezalgan gul bila,
Hajr toshidin sarosar jismi afgorimgʻa boq.
Zulfin ochti ul sanam, ey shayx, bovar qilmasang
Kim, asiri kufrmen but birla zunnorimgʻa boq.
Yer bila teng qildi xoki tan uyin ashkim suyi,
Ishq saylidin yiqilgʻan eski devorimgʻa boq.
Qilmasang tavbamni sindurgʻanni bovar, ey faqih,
Xirqayi chokimni koʻr, oshufta dastorimgʻa boq.
Bosh koʻtarmay maydin ektim jurm tuxmi barcha umr,
Ey Navoiy, umr etib zoyi’ saru korimgʻa boq.
* * *
Hajr aro rahming kebi boʻlmas manga kam ishtiyoq,
Balki husnungdin boʻlur afzun damo-dam ishtiyoq.
Ishtiyoqing bahridin olamgʻa tomsa qatraye,
Jongʻa yetkaylar chekardin ahli olam ishtiyoq,
Garchi boʻldum dard togʻi, lek qaddim za’fdin
Ayladi ostigʻa qolgʻan qofdek xam ishtiyoq.
Hajridin yolgʻuz emas kuymakligimkim, onsizin,
Oʻrtagan jonimni ham hijron erur, ham ishtiyoq.
Ishtiyoqim xirqatigʻa choraye qil, ey rafiq
Kim, xarob aylabturur holimni muhkam ishtiyoq.
Dilrabolar otashin la’lidadur andoqki oʻt,
Furqat ahlining qotiq jonigʻa mubham ishtiyoq.
Oh dudidin qora ermas Navoiy kisvati
Kim, aning olligʻa solmish boʻyla motam ishtiyoq.
* * *
Demangiz ahbobkim, qilmasmusen bas yigʻlamoq
Kim, manga tengri nasib etmish tuganmas yigʻlamoq.
Asray olmon oʻzni, ashkim tutti dashtu togʻni,
Nechakim Farhodu Majnun dedilar, bas yigʻlamoq.
Mastu oshiqmen dagʻi koʻnglumda ayrilgʻan kishim,
Ey musulmonlar, ne tong men zori bekas yigʻlamoq.
Tong emas jismim oqizgʻuncha koʻzum gar toʻkti ashk,
Ne ajab abri bahoriy oqqucha xas yigʻlamoq.
Tiyra hajring shomida gar jon talashman tonggʻacha,
Boshima sham’u surohiy nedurur bas yigʻlamoq.
Dahr bogʻidin vafosizligʻ agar fahm etmadi,
Nega shabnam ashkidin fan qildi nargis yigʻlamoq?!
Ey Navoiy, toqini men dagʻi ashkimdin yiqay,
Chun manga qism etti bu charxi muqavvas yigʻlamoq.
* * *
Sanga ish javlon qilib maydonda chavgon oʻynamoq,
Manga ollingda boshimni goʻy etib jon oʻynamoq.
Bosh ovuchlab egma qomat birla qolman raxshidin,
To tilar chobuksuvorim koʻngli chavgon oʻynamoq.
Koʻz qarosin oʻynatur har lahza ul mardumni koʻr,
Hinduyedekkim erur oyini qolqon oʻynamoq.
Oʻynay-oʻynay aylading kufr ila dinimni badal,
Olloh-Olloh, bumudur, ey nomusulmon, oʻynamoq.
Javr toshin ul pariy oʻynab otay der el sari,
Vahki, bu devonagʻa yetkach ne imkon oʻynamoq.
Har sari ashkim yugurmoq ne ajabkim, ayb emas,
Tiyra uydin chiqqach-oʻq yoshlargʻa har yon oʻynamoq.
Charx oʻyun birla olur din naqdin eldin, voqif oʻl,
Bu musha’bid birla boʻlmas ahli irfon oʻynamoq.
Va’da koʻp qilding Navoiygʻa va lekin oʻynabon,
Muncha boʻlgʻay el bila, ey ahdi yolgʻon, oʻynamoq.
* * *
Ey, kalomi jon fizoying naqdi jondin yaxshiroq,
La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq.
Garchi hajringdin yomon holatda men, lekin manga
Kimki andin yaxshiroq yoʻq, sensen andin yaxshiroq.
Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun,
Gar tilarsen, topmagʻung men notavondin yaxshiroq.
Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad
Kim, bu nav’ ovoraligʻ yuz xonumondin yaxshiroq.
Istasang, ey ishq, Majnun oʻrnigʻa sargashtaye,
Bilki, topqung yoʻq bu rasvoi jahondin yaxshiroq.
Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qoʻysam, ne tong,
Kimki yoʻq andin yomonroq, men yomondin yaxshiroq.
Ey Navoiy, xurdai nazminggʻa isloh istasang,
Kimsa qilmas ani shohi xurdadondin yaxshiroq.
* * *
To meni mehnat tuniga mubtalo qildi firoq,
Roʻzgorimni savodidin qoro qildi firoq.
Qon yoshim oqmogʻligʻ erdi, dard ila gʻam hojati,
Hojatin oʻz qavmu xaylining ravo qildi firoq.
Oqibat to naylagay nozuk koʻngulga dardni,
Koʻp suubat birla holo ibtido qildi firoq.
Jonu koʻnglum har biri yigʻlarlar oʻz ahvoligʻa,
Goʻyiyo koʻksum uyin motamsaro qildi firoq.
Vasliga shukr etmagan boʻlsam, mahalli ta’n emas.
Chun yuz onchakim kerak erdi sazo, qildi firoq.
Davr koʻrkim, ulki ichti bir qadah noʻshi visol,
Soʻngi qatla zahr ila jomin toʻlo qildi firoq.
Har dam onsiz yuz oʻlum erdi Navoiy jonigʻa,
Bir oʻlum birla bu dardigʻa davo qildi firoq.
* * *
Yor chun istarki, boʻlgʻaymen mudom andin yiroq,
Ul jihatdin barcha vasl istar, meni mahzun firoq.
Yaxshilargʻa bas yomondur holkim, yor ollida
Tengdurur yaxshi-yomon, balkim yomonroq yaxshiroq.
Shah yonin farzin kebi kajlar maqom etmish, ne tong,
Rostravlar arsadin gar tutsalar ruhdek qiroq.
Toza har yon dogʻ emas jismimda ul yuz ishqidin
Kim, bu kavkablargʻa boʻlmish ul quyoshdin ehtiroq.
Bu yiroqliqdin yaqindur oʻlgamen, vah, yorning
Istabon royin boʻlupturmen qinliqdin yiroq.
Mahjabinlardin siyahdillik ne tong, oykim aning
Botinin koʻrsang qoradur, gar koʻrunur zohir oq.
Koʻp Hijoz ohangi tuzma yor ila boʻl barcha vaqt,
Ey Navoiy, gar Ajam boʻlsun maqoming, gar Iroq.
* * *
Qon yoshim sarigʻ yuz uzra oshkor etti firoq,
Za’faronzorimni gʻamdin lolazor etti firoq.
To firoq uyiga kirdim, vahki, ashkimdin edi,
Garchi yuz gavhar, ayogʻimgʻa nisor etti firoq.
Dam-badam ohim chekarga sabr ila toqatni aql
Ixtiyor etti, vale beixtiyor etti firoq.
Jon talashur elni marg andoqki aylar muztarib
Lablaring istar koʻngulni beqaror etti firoq.
Deb eduk ishq anduhidin har dam afgʻon qilmali,
Vahki, bu da’voda bizni sharmsor etti firoq.
Ket farahkim, gʻamni, mehnat toshin olib, koʻngluma
Yuz tuman mismor birla ustuvor etti firoq.
Ey Navoiy, vasl aro boʻlgʻayki, boqib kulgamen
Dogʻlarnikim koʻngulga yodgor etti firoq.
Demangiz netti firoq oxirki boʻldung dushmani,
Man’i vasli xusravi Jam iqtidor etti firoq.
* * *
Ul pari paykarki boʻlmish insu jondin xoʻbroq,
Bor aningdek xoʻbkim, mumkin yoʻq andin xoʻbroq.
Gulshan ichra orazu qadinggʻa moyilmenki bor,
Bu guli ra’nodin ul sarvi ravondin xoʻbroq.
Ishq jurmigʻa gar oʻlturgung birovni bil yaqin
Kim, bu ishga yoʻq kishi men notavondin xoʻbroq.
Hajr vodiysinda ulkim bir musofir yori bor,
Yoʻq ani istarga tarki xonumondin xoʻbroq.
Xoʻblugʻdin jon olib oʻzni yiroq tutmaqqa yoʻq
Xoʻblar xaylida, billahkim, falondin xoʻbroq.
Xoʻb edi koʻnglumni istar boʻlsa andin oʻzga xoʻb,
Xoʻbroq budurki, yoʻq ul dilsitondin xoʻbroq.
Koʻp jafo chektim koʻnguldin, yetkuray desam jazo,
Topmagʻumdur kimsa ul nomehribondin xoʻbroq.
Bir zamon vasl oʻlsa yo hijron zamona ahlidin,
Tut gʻanimatkim, zamon yoʻq ul zamondin xoʻbroq.
Gʻar junun dashtida hajr anduhi kam boʻlsun desang,
Ey Navoiy, topmagʻung ohu figʻondin xoʻbroq.
* * *
Ey aql, qilmagʻil koʻp tavsanligʻu harunluq
Kim, ishq bizga soldi ojizligʻu zabunluq.
Men yoʻqki, charxi a’zam to bir quyosh mehrin,
Ishq ichra qilgʻali fosh, oʻldi anga nigunluq.
Kim hajr zulmatida itsa ne tongki qilgʻay,
Aynul hayot vaslin ham Xizr rahnamunluq.
To ishq shiddatida tavshalmas odamizod,
Noodamiyliq andin ketmas yiroqu dunluq.
Gar ishq zaxmigʻa vasl marham desangki qoʻysun,
Xijronda osru qilma besabru besukunluq.
Har nechakim yuz oʻlsa hijronda za’faroni,
Gʻam yoʻq berur chu qon yosh ul yuzga lolagunluq.
Bir jom ul pariyvash to tutti, kimki koʻrdi
Aytur meni: erur bu yo mast, yo jununluq.
Bu ishqi pok birla xirqamni huru rizvon
Yirtishlar, qilurgʻa hullalarin yurunluq.
Vasl istading, Navoiy, ofat boshinggʻa yogʻdi,
Boshingda qayda tushti bu tole ozmunluq.
* * *
Solsa partav tom uza chiqqanda ruxsori ochuq,
Bir quyoshdur, tushsa har uy ichra tunglukdin yoruq.
Sovugʻ ohekim chekarmen, garm oʻlur oqmoqqa ashk,
Chashmalarda su boʻlur issigʻ, havo boʻlgʻach sovuq.
Tengri ollinda tonuqdemaki oʻtkar kimsani,
Mencha sevmassen, bu ishga xud erur tengri tonuq.
Lablaringkim uchuq tutmish hamul hay’at bila,
Ogʻzing andoq gʻunchadurkim, tushmamish andin qobuq.
Dogʻ oʻrtarga chaponim ichu toshi qolmadi,
Bogʻladim marham chapondin, qoldi gar eski momuq.
Gar yozuqsiz oʻlturursen, gʻam yemon, lekin gʻamim
Munchadurkim, boʻlmagʻay nogah sanga andin yozuq.
Yor dilxohin chu topting, tengdurur vaslu firoq,
Haq rizosin chunki qozgʻanding, ne uchmoq, ne tomuq.
Soqiyo, may tutqali qoʻpmoq base taklif erur,
Qoʻy takallufniyu qoʻp, lekin manga oʻltur yovuq.
Za’fi koʻpluktin Navoiyning kam oʻlmas nolasi,
Ne munofidur figʻon bulbulgʻa boʻlmogʻliq oruq.
* * *
Seningdek pariy xayli odamda yoʻq,
Demay xayli odamki, olamda yoʻq.
Parishon chu zulfung xamin qildi yel,
Parishon koʻngul yoʻqki, har xamda yoʻq.
Bu lazzatki, zaxmingda topti koʻngul,
Yaqin bildikim, hech marhamda yoʻq.
Daming xijlatidin nachuk qochmasun,
Bu dam chunki Isoi Mar'yamda yoʻq.
Koʻzung qatlidin dahr eli qolmadi,
Agar qoldi, bu yoʻqki, motamda yoʻq.
Gʻamingdnn manga ancha ayshu tarab
Ki, yuz xotiri shodu xurramda yoʻq.
Mugʻanniy, Navoiy figʻonin eshit
Ki, sozing aro zer ila bamda yoʻq.
* * *
Yordin ayru koʻngul mulkedurur sultoni yoʻq,
Mulkkim sultoni yoʻq, jismedururkim, joni yoʻq.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qora tufrogʻdekdurkim, gulu rayhoni yoʻq.
Bir qora tufrogʻkim, yoʻqtur gulu rayhon anga,
Ul qorongʻu kechadekdurkim, mahi toboni yoʻq.
Ul qorongʻu kechakim yoʻqtur mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmai hayvoni yoʻq.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni aning boʻlmagʻay
Doʻzaxedurkim, yonida ravzai rizvoni yoʻq.
Doʻzaxekim ravzayi rizvondin oʻlgʻay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastligʻ imkoni yoʻq.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardiyu lekin vasldin darmoni yoʻq.
* * *
Ashkdin jismim binosin qoʻymadi obod ishq,
Ohdin berdi vujudim tufrogʻin barbod ishq.
Hajr aro gʻurbat yana bemorligʻ birla junun,
Qildi jonim qismati bu nav’ yuz bedod ishq.
Shu’lasidin tushti oʻt olamda ul yuz hajrida,
Har qachon koʻnglumni qildi oʻrtamak bunyod ishq.
Hajru dardu sabrsizligʻ keldilar qotil bari,
Lek bu fan ichra bordur barchagʻa ustod ishq.
Yuz fasonam bor ani koʻrgan zamon arz etgali,
Jilva qilgʻach, voykim, bermas birin ham yod ishq.
Qatlini ishq ahli topmas jon berib, to ayladi
Gʻamza tigʻi birla mahvashlar koʻzin jallod ishq.
Sendin oʻrgangan kebi Layliyu Shirin zulmu kin,
Mendin oʻrganmak kerak Majnun bilan Farhod ishq.
Vasl tahsili uchun, ey shayx, taqvo qilma amr
Kim, fano oyinin aylabtur manga irshod ishq.
Ey Navoiy, ofiyat koʻyida sen boʻl shodu xush,
Kim meni dardu balogʻa aylamish mu’tod ishq.
* * *
Mayda boʻlsa manga ul la’li shakarxand gazak,
Zahr boʻlsun, tilar oʻlsam shakkaru qand gazak.
Dayr piri keragu mugʻbachai bodafurush
Ki, ato quysa qadah ogʻzima, farzand gazak.
Iki la’linggʻa ajab holat erurkim, yoʻqtur
Ne aning oʻxshashi may, ne munga monand gazak.
Rangi la’li boʻlur ikki labinga yetsa nabot,
Tashla andin bu sari bir-iki parkand gazak.
Yopishur la’linga chun yetsa gazak, vah, ne ajab,
Soʻrsam anikim, erur jonima payvand gazak.
Davrkim, bodasiningdur gazagi zahr olud,
Oqil andin tilamas boda, xiradmand gazak.
Ey Navoiy, may agar zahrdurur, ichsa boʻlur,
Kimsaga gar boʻlur ul la’li shakarxand gazak.
* * *
Kimki oshiq boʻlsa zoru xastahol oʻlmoq kerak,
Rashkdin olam eliga badxayol oʻlmoq kerak.
Vasl topmogʻligʻki ishq ahligʻa amredur mahol,
Kechavu kunduz ishi fikri muhol oʻlmoq kerak.
Shavq aro gah moʻyadin boʻlmoq kerak, andoqki moʻy
Hajr aro gah noladin andoqki nol oʻlmoq kerak.
Vasl mumkin yoʻq, vale hijronda har dam yuz balo
Mundoq ofat mubtalosi mohu sol oʻlmoq kerak.
Ishq koʻyida zuloli vasl ichmaydur kishi,
Dayr sari tolibi jomi zulol oʻlmoq kerak.
Zulm koʻrkim charx etib ikki sipahni kiynavar,
Moʻrlar xayli aroda poymol oʻlmoq kerak.
Ey Navoiy, istasang maxlas kuduratdin sanga
Xonaqahdin dayr sari intiqol oʻlmoq kerak.
* * *
Dayr aro mugʻbachadin sogʻari mastona kerak,
Nechakim tutsa ani toʻldurubon, yona kerak.
Menki bir sogʻar ichib, charxnn barham ursam,
Bu koʻhan dayri fanocha manga mayxona kerak.
Yetti daryo suyi may boʻlsa bu mayxona aro,
Loaqal xud birisi sigʻqucha paymona kerak.
Dayr piri bu xarobotnipg ayvoninda
Aqli kulga saboq oʻrgatgucha farzona kerak.
Davrida mugʻbachalar har biri jon olmoqda,
Yuz Masihogʻa sitam qilgʻuncha jonona kerak.
Buyla bazm ichra alar har birikim tutsa qadah,
Naqdi din bergali bir men kebi devona kerak.
Kim Navoiy kebi bu dayr aro tutsa vatan,
Hushu zuhdu xiradu din ila begona kerak.
* * *
Kimga bir majlisda ohu dard ila soʻze kerak,
Mundogʻ oʻt yoqmoqqa avval majlisafroʻze kerak.
Majlisafroʻze agar ham boʻlsa majlis ahlining
Bagʻrini kuydurgali ohi jigarsoʻze kerak.
Subhi vasling ichra tirguz xayli ushshoqingnikim,
Shomi hajr oʻlturgali mendek siyahroʻze kerak.
Koʻyungga har kun borib har dam koʻray dermen seni,
Menga har kun bayramu har lahza navroʻze kerak.
Yaxshi asra gʻam tuni ohim oʻqin, ey charxkim,
Sen evaz otmoqqa ham chun tiyri dildoʻze kerak.
Bir xizrvash himmatin berma iligdin, negakim
Dashti hirmon qat’iga oxir qulovuze kerak.
Ishq ta’limin Navoiydin olurlar ahli dard,
Uyla dars ahligʻa mundoq donishomuze kerak.
* * *
Yuzung ochib ne ajab yuz xonumonni oʻrtamak
Kim, boʻlur bir sham’ oʻti birla jahonni oʻrtamak.
Chun koʻngul sayd aylading, jismimgʻa oʻt solmoq nedur,
Rasm boʻlmas qushni olib oshiyonni oʻrtamak.
Za’fliq jismimni oʻrtab boʻlma ohimdin malul,
Xosiyat juz dud ne boʻlgʻay somonni oʻrtamak.
Bil shafaq oʻtiyu anjum uchqunidin gʻam tuni
Kim, qilibtur mayl ohim somonni oʻrtamak.
Oʻrtadi koʻnglum tan ichra oʻqlaringni uylakim,
Tushsa oʻt ul nav’i boʻlmas naysitonni oʻrtamak.
Xalq oʻlub oshiq sanga men oʻrtanurmen, vah, necha,
Elga solgʻan oʻt bila men notovonni oʻrtamak.
Charx ohim oʻqidin yuz ming tushukdur, ey koʻngul,
Oʻrtamak ani ham uldur parniyonni oʻrtamak.
Nevchun gul boʻldi oʻt, ashjor oʻtun, sunbul tutun,
Istamaydur gar falak bu boʻstonni oʻrtamak.
Solma oʻt ushshoq jonigʻa Navoiy borida,
Nevchunkim yaxshidur avval yamonni oʻrtamak.
* * *
Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak,
Bizga yetkach oʻzga yon ohangi maydon aylamak.
Zulfdin chavgon chekib el boshini goʻy etkali,
Koʻz yoshimni goʻydek har sari gʻalton aylamak.
Qon aro jismim boʻyab, dersenki, ishqim tarkin et,
Bu ekin olamda kofirni musulmon aylamak.
Tan gʻuborinda yoshurdum dogʻi ishqinkim, emas
Ayb muflisdin diram tufroqqa pinhon aylamak.
Koʻkta gar anjum emas ohim oʻqining yarasi
Shomlar nedur shafaqdin koʻnglakin qon aylamak.
Charx sidq ahlin gʻamin istarki, boʻlmish subh ishi
Ashkdin kavkab sochib choki giribon aylamak.
Gar Navoiy jismini ishq istamas toshdin figor,
Bas nedur ani junun koʻyida uryon aylamak.
* * *
Oʻz tilim chun istamas rozimni ixfo aylamak,
Oʻzga tildin ne taajjub boʻlgʻay ifsho aylamak.
Menki oʻz sirrimni pinhon asray olmon, turfadur
El aning tutmogʻini maxfiy tamanno aylamak.
Telba sirrin elga gar aytur junundindur valek
Hazl erur har dam ani el oshkoro aylamak.
Nuktakim Majnun degay ermas ajab atfoldin,
Aylamak takror ul soʻzniyu gʻavgʻo aylamak.
Koʻnglida yuz qatla pinhon aylamak soʻzni ne sud,
Tilni bir qatla aning sharhida goʻyo aylamak.
Koʻz manga bas, tilni kesmak istaramkim, xoʻb emas
Roz ifsho aylamak, basdur tamosho aylamak.
Kosh oʻyulsa koʻz dogʻikim bir tamosho aylabon,
Andin oʻldi ming balo jonimgʻa paydo aylamak.
Bu balolardin zamone forigʻ aylar dayr aro,
Oʻzni bir dam kimsa masti jomi sahbo aylamak.
Muncha kuymak ishqdindur, ey Navoiy, ashkdin
Su urub tarkin, kerak haqdin tavallo aylamak.
* * *
Koʻnglaking bargi gulu ustida gulrang yelak
Gul kebi jisming uza uylaki gulgun koʻnglak.
Qalagʻay sahfada ruq’angni koʻrub oqti yoshim,
Tifldekkim yugurur koʻrsa mulavvan koʻpalak.
Koʻyining tufrogʻidin qoʻpmas esam tong ermas,
Gʻam toshidin chu butun qolmadi jismimda soʻngak.
Bukun ul nav’ki mendin bosh erur, sendin tiygʻ,
Tongla ham boʻlgʻusidur mendin ilig, sendin etak.
Yuragim itlaring andoq yedilar tishlashibon
Kim, yana yoʻqtur alar olligʻa bormoqqa yurak.
Meni bir mugʻbacha oshuftavu volih qilmish,
Naylay islom aro gar koʻp esa mirzovu mirak.
Tishlabon, dayr ichida jomi hiloliy cheksam,
Qursi limusi kavokibning agar boʻlsa gazak.
Saltanat xil’atidin ortuq erur dayrda mast,
Sudrasam boda gadoligʻida yirtuq kapanak.
Oʻzlugung qaydini kesmakka Navoiy bilkim,
Yoʻqturur dahr irikliklaridin yaxshi egak.
* * *
Koʻzda yoshim evrulur sargashta Majnun yoshidek,
Aylanur boshim dogʻi qon ichra har dam boshidek.
Qoʻrqaramkim, tashlagʻay ul shoʻx koʻyidin yiroq
Kim, boshim aylandurur davron faloxun toshidek.
Bir-biri ichraki yolar koʻrguzur qavsi quzah,
Boʻlmagay payvasta ul ikki muqavvas qoshidek.
Koʻp diloro shakllarkim, chekti Chin suratgari,
Ochmadi bir chehra hargiz surating naqqoshidek.
Koʻzlaring qonimni qut aylarda sihhat toptilar
Kim, qilibturlar gʻizo bemor parhez oshidek.
Rind boʻlgʻay ikki olam oʻynagʻay bir dav ila,
Boʻlmagʻay lekin xaroboti fano qalloshidek.
Siymgun qushlar tong otquncha falakda, ey Masih,
Bor ekinmu biri ul mugʻ dayrining xaffoshidek.
Qonu toza dogʻ ila koʻnglum aningdek boʻldikim,
Ul qadah toshu ichidur lola ichu toshidek.
Gar zarafshon qilsa tazhib ahdi noʻgi xomasin,
Durfishon ermas Navoiy kilki gavharposhidek.
* * *
Turfa ruxsoringki, husn ichra erur gulzordek,
Turfaroq budurki, gulzor ermas ul ruxsordek.
Sarvnozim boshida turna parin koʻrkim, erur
Sham’ning boshida kul boʻlgʻan parishon tordek.
Bir tun ul oy hajridin kuydum, ulus koʻrdi meni
Tonglasi bir yil takassur tortqan bemordek.
Toshlarkim urdi ul shoʻx, ipga bogʻlab osmisham
Boʻynuma koʻnglum gʻami taskiniga tumordek.
Za’fdin koʻyida qoʻydum boshim ostigʻa kesak,
Soya ham gar istasam yoʻqtur buzugʻ devordek.
Ul quyosh mast oʻldi, goʻyokim qilib egri xirom
Yuz jafo jonimgʻa aylar charxi kajraftordek.
Telba koʻnglungni, Navoiy, zabt aylay olmading,
Emdi chek andin ilig har sori borsa bordeg.
* * *
Rahmsiz boʻlgʻay koʻngul kuffori Xaybar koʻnglidek,
Mumkin ermas boʻlmoq ul shoʻxi sitamgar koʻnglidek.
Kesti atfol gʻaming koʻnglum uza na’l uzra na’l,
Onchakim boʻldi hazin koʻnglum sanubar koʻnglidek.
Koʻnglum ul xat shavqidin yuz zaxmliq jism ichra bor
Oʻt ichinda anbar etkan dudi mijmar koʻnglidek.
Necha zaxm etsang qiziq koʻnglumni, oʻtdur — qon emas,
Humratikim anda zohir boʻlsa axgar koʻnglidek.
Garchi Layli mahmilidin nola koʻp chekkay daroy,
Savti muhlik boʻlmagʻay Majnuni muztar koʻnglidek
Mujda dayr ahliki, soqiy aksi ermish jilvagar,
Har kishi bersa safo koʻngliga sogʻar koʻnglidek.
Hajr tigʻidin Navoiy qonu zaxmin koʻrki, bor
Koʻngli mamlu jismidek, jismi sarosar koʻnglidek.
* * *
Bu kecha ohim erur davronni barham urgʻudek,
Charx gulzoridin anjum gullarin sovurgʻudek.
Soʻrgʻali keldi evurung boshigʻa qoʻldob meni
Kim, emastur lahzaye boshim uza oʻlturgʻudek.
Ey koʻngul, dersenki, yoshu ishqini, ne yoshuray
Kim, erur jismim fano tufrogʻida yoshurgʻudek.
Sinsa koʻnglum, ne ajabkim, sangi boroni firoq
Boʻldi xamliq jism uyin har saridin sindurgʻudek.
Hajr zulmigʻa chidarmen, oʻlgali yoʻq, anglasam
Kim, erur qatlimgʻa ul jonu jahon qaygʻurgʻudek.
Aysh vaqtini bil gʻanimatkim, erur dam ushbu dam,
Charx ermas favt boʻlgʻan vaqtni yondurgʻudek.
Sen koʻngul bersang Navoiygʻa gahe ming javr ila,
Ermas ul har dilrabogʻa koʻnglini oldurgʻudek.
* * *
Tangʻa toshu qoʻlgʻa tish zaxmiki soldi telbalik,
Fosh qildi elga koʻnglaksiz badan, yengsiz ilik.
Gah junundin bandu gohi pand ila soʻhon anga,
Bor emish savdoi ishq ichra base qottigʻ irik.
Har eshiqdin azm qilsam koʻyiga bogʻliqdurur,
Boshimu ul ostondur to ochilgʻay bir eshik.
Rokib oʻlgʻach qildi shabrangini har yon jilvagar,
Soya garchi koʻp zuhur etmas, quyosh boʻlgʻach biyik.
Dardi hajrimni ne bilgay chun yur ashkim safhani,
Ul musofir sari gohikim raqam qilsam bitik.
Lolagun maydin qizarmish koʻzlaring ul nav’kim,
Lolazor ustida har yon agʻnamish boʻlgʻoy kiyik.
Soqiyo mahzun men asru qilmagʻil gardunni zarf
Kim, boʻlur kechrak nashot oʻlgʻan zamon sogʻar kichik
Olam ahligʻa oʻlumdin chora chun imkoni yoʻq,
Oʻlma olam fikridin bu lahzakim borsen tirik.
Ey Navoiy, ul Masihodam quyosh chun urdi zaxm,
Ani Iso ignasiyu mehr tori birla tik.
* * *
Menki chektim la’li shavqi birla jonondin ilig,
Goʻyiyo hayvon suyi birla yudum jondin ilig.
Chun meni hayron anga zoru oqar ashkim ne tong
Ul pariypaykar yusa men zori hayrondin ilig.
Ilgi hinnodinmu rangindurki, men qurbon anga,
Yo qilurda qatl, anga rang oʻldi qurbondin ilig.
Lutf ishida koʻrguzur har dam yadi bayzo ul oy
Ne ajab gar eltsa Musoyi Imrondin ilig.
Jon chiqar holatda bas topsam itidin poyboʻs
Ne hadim oʻpmak uchun istarga jonondin ilig.
Dayr aro chun mugʻbacha el yori boʻldi, ey koʻngul,
Yu mugʻona may bila ul nomusulmondin ilig.
Rahm etib holimgʻa solsa koʻz yoshimgʻa bir nazar,
Vah, yumay netkaymen ul dam aqlu iymondin ilig.
Bersa yuz oshub davrondin ilig men xastagʻa
Chekmagungdur hargiz ul oshubi davrondin ilig.
Sayddek oʻqtin qatil oʻldi Navoiy koʻnglikim
Sundi oylar tiygʻ ila kesmakka har yondin ilig.
* * *
Oʻzga oylardnn hayotim nash’asi bermas ilik,
Mumkin ermas oʻzgalar joni bila boʻlmoq tirik.
Gʻuncha ogʻziga agar tobi’dur ogʻzing, yoʻq ajab,
Hurmat asrar, ne uchunkim ul ulugʻdur, bu kichpk.
Sabzxatlar yoʻq yigit sonida ul yuz tobidin,
Sabzani oq etti goʻyo ul quyosh boʻlgʻach itik.
Kirgali koʻnglumga ul oy gar koʻzumni tutti qon,
Bir eshik bogʻlansa ne gʻam, ochti tigʻi yuz eshik.
Ayni za’f ichra koʻzungga shoʻxlugʻ onin erur,
Uylakim bemorlar ichra boʻlur ba’zi tetik.
Yuz yoshurdung, lek zulfung torini yoydn sabo,
Shu’la past oʻlgʻanda andoqkim tutun boʻlgʻay biyik.
Yorugʻ istarsen koʻngul, mufrit riyozat qil qabul,
Qayda koʻzgu ravshan oʻlgʻay, boʻlmasa suhon irik.
Dayr aro behushmenkim, boda tutqach mugʻbacha,
Oʻzni bilmak rasm emastur, kimda-kim boʻlgʻay bilik.
Chehra chun ochting Navoiygʻa, tong ermas iztirob
Kim, pariy koʻrgach junun ahli, qilurlar telbalik.
* * *
Mahvashimda za’fu men bu gʻussadin har dam halok
Kim, ne ya’ni men tirig boʻlgʻaymenu ul dardnok.
Nogah, ey ahbob, davron qilmagʻay beboklik,
Yoʻqsa bizdek yuz tuman jonon uchun oʻlsak, ne bok.
Pok jonin, yo rab, olma poklar koʻngli uchun,
Boʻlmasa ma’shuqi, pok, oxir ne osigʻ, ishqi pok.
Koʻnglakin chok aylamish anduhdin gul, chun yoqa
Chok qilsa naylasun bulbulning oʻlmay koʻksi chok.
Gar boʻlur yuz joni pok aning fidosi ozdurur,
Men ne had birla boʻlay, chunkim erurmen tiyra xok.
Chun ajal jomin sumurmay chiqmas el bu bogʻdin,
Xurram ulkim, bosh koʻtarmas bodadin andoqki tok.
Ey Navoiy, yor dardi ne balo muhlik emish
Kim, arang za’f etkani ushshoqni aylar halok.
* * *
Oʻt urdi jonima, chun ochti la’li otashnok,
Hayot chashmasidin, vahki, jonim oʻldi halok.
Zaif jismim oʻtidin jahonni kuydurdung,
Ulugʻ oʻt urmoq uchun oʻrtading magar xoshok.
Deding — koʻngul oʻti dudin chiqarma oh bila,
Agar chin ersa soʻzung, nega koʻksum etting chok!
Nazzora hoilidur dudi ohu qatrai ashk,
Figʻonki, moni’ komimdur anjumu aflok.
Koʻngul shikofi dema, anda sabr dafni uchun
Ki, hajr qotili oʻlturdi, qozdi ishqi magʻok.
Chu mast oʻldum esa, may bila yungiz badanim,
Tonging usholgʻan na’shim beliga rishtai tok.
Navoiy istasa loʻlivashe, ajab ermas,
Bu vajh ilaki, vafo tarki ettilar atrok.
* * *
Koʻkragimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam toʻkulgan sabzadin namnokrok.
Bu koʻngul gʻamnokidin to shodmon koʻrdum seni,
Istaram har damki, boʻlgʻay xotirim gʻamnokrok.
Layli andin qoʻydi Majnun koʻnglida raxti gʻamin
Kim, yoʻq erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.
Uyla mujgon xanjarigʻa yopishibdur durri ashk
Kim, magar andin yatime yoʻqturur bebokrok.
Lablaringdnn jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yoʻq bandadin cholokrok.
Odamiliq tufrogʻin bersa fano yeliga charx,
Ohkim, yoʻqtur kishi ahli vafodin xokrok.
Necha oʻqlasang Navoiy koʻngli zaxminroq boʻlur,
Koʻrmaduk zaxmeki tekkan soyi boʻlgʻay chokrok.
* * *
Baski, koʻksum choki tikkan ignadin boʻldi teshuk,
Koʻnglakim chokidek oʻlmishdur vale andin churuk.
Jonfizo la’ling bnla qotil koʻzung hijronida,
Uyla holim borkim, bilmon, tirikmen yo oʻluk.
Xotami la’ling agar ogʻzimgʻa yetkach, tishlagum,
Muhr etarda moʻm yopishqon kebi bosqach uzuk.
Furqatingdin loladekdur chok-chok oʻlgʻan koʻngul,
Negakim, ham qon aro boʻlmish boʻyogʻliq, ham kuyuk.
Otashin la’ling agar jonimni oʻrtar, tong emas
Kim, erur asru isigʻ, nekim erur asru chuchuk.
Dema, dashti ishq aro ming xayli ishq ahli qoni
Itti bu poyoni yoʻq sahroda har yon bir suruk.
Ey Navoiy, faqr yoʻlida burun oʻzlukni sol
Kim, bu yoʻlda poʻyagʻa mone’dur ul ortuqsi yuk.
* * *
Doʻstlar, gulshan aro sarvi ravonimni tilang,
Topibon keltursangiz, muzdigʻa jonimni tilang.
Buki bedilligʻdin oʻlgumdir, ilojimni tilab,
Chunki topmaysiz, boshimgʻa dilsitonnmni tilang.
Boʻlgucha nomehribonim furqatida mehribon,
Mehribonligʻ aylabon nomehribonimni tilang.
Ne tilarsiz telbarab itkan koʻngulni bogʻ aro,
Qoʻyida devonai bexonumonimni tilang.
Qatlim istar dushmanim hijronidur, gar bilsangiz
Oʻlganimni hajridin, zinhor qonimni tilang.
Ogʻzi hajridin agar boʻlsam adam, ziphorkim,
Benishonligʻ kishvari sari nishonimnn tilang.
Ey xarobot ahli, yetmaydur qadahdin nash’aye,
Ul xarobotiy harifi nuktadonimni tilang.
Sovusa Farhodu Majnun qissasidin koʻnglunguz,
Bas, mening ishq ichra oʻtluq dostonimni tinlang.
Chun Navoiy oʻldi gʻamdin, ey sitamgarlar, ne sud,
Joni zorim yoʻqsa, jismi notavonimni tilang.
* * *
Ey mugʻanniy, yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong oʻlsun gʻamim sharhidin ogʻoz aylasang.
Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila,
Nagʻmada udung lisonin sehrpardoz aylasang.
Oʻzga olamdin xabar deb bizni tirguzdung ne tong,
Bu risolat birla gar izhori e’joz aylasang.
Rozim ar sozing lisonidin ba’idul fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dogʻi hamroz aylasang.
Otlanib boshimni raxshingning ayogʻi ostigʻa,
Tigʻ birla solgʻudek masti sarandoz aylasang.
Parda yop roz uzrau doxil boʻl ushbu bazm aro
Kim, erur xorij agar beparda ovoz aylasang.
Chekmading lahne Navoiy koʻnglun istab ayb emas
Anglab oʻzungni navo ahligʻa shahnoz aylasang.
* * *
Xarob qilmadi oncha menin mayi gulrang
Ki, qildi orazi gulrang birla soqiyi shang.
Ne soqiy ulki, aning ishvasigʻa boqsa, boʻlur
Havos lolu, xirad masxu ruhi notiqa dang.
Halok neshi aning gʻamzasiga yoʻq hamto,
Hayot javhari la’li labigʻa yoʻq hamnang.
Qiyo-qiyo boqishi yetkurub bagʻrigʻa qilich,
Qora-qora mujasi yetkurub koʻngulga xadang.
Savodi a’zami kufr ila zulchi zunnorin
Ki, topilib shikanu halqasida chinu farang.
Bu nav’ mugʻbacha may tutsa dayr aro kishiga,
Kishi emas, gar anga qolsa donishu farhang.
Navoiy oʻldi chu bu soqiy ilgidin sarxush,
Ne ayb, dayrgʻa masjiddin aylasa ohang.
* * *
Ne boʻldi dardima, ey bevafo, davo qilsang,
Vafogʻa va’da qilib, va’dagʻa vafo qilsang.
Tanimni qurb fizosida xoki rah etting,
Boshimni vasl eshikiga oshno qilsang.
Sunub qoʻlumni yuzungga, murod etib hosil,
Ochib yuzungni, koʻzum hojatin ravo qilsang.
Visol avji biyik, ey koʻngul qushi, sen past,
Yetishmak anda ne mumkin, agar havo qilsang.
Jahon gʻamin chu olur, ber qadahni, ey soqiy,
Olurmen, ikki jahon mulkiga baho qilsang.
Zamona ahli jafosin tagʻoful aylarsen,
Alar tagʻoful etib, kosh sen jafo qilsang.
Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas,
Navoiyo, necha bulbul kebi navo qilsang.
* * *
Boʻlur gahikn gʻamim shu’lasin ayon qilsang,
Shararni shu’la uza nuqtalar gumon qilsang.
Koʻzum yorugʻ tilar ersang, yoshurma xolingni
Ki, koʻr oʻlur koʻz, agar nuqtasin nihon qilsang,
Xadangi ohim ila, ey falak, xato qilmay,
Qorongʻu tunda ne kavkabnikim nishon qilsang.
Iloj qilmaki, botroq kuyarga ansab erur,
Tanim chinin necha hajringda notavon qilsang.
Koʻz ichra halqa urubtur sirishk oʻlur, ey ishq,
Koʻzum qorasini ul yoshlar ichra xon qilsang.
Chu javring oʻrtadi parvonani ne sud, ey sham’,
Kesib sochingni, azosi uchun figʻoi qilsang.
Koʻzungni koʻngluma andoqki mizbon qilding,
Yuzungni koʻzuma ham, kosh, mehmon qilsang.
Bu bogʻ gullari bargida topmas, ey bulbul,
Dimogʻi mehr isi, yuz qatla imtihon qilsang.
Navoiy, aylagasen vasl kishvarini vatan,
Fano yoʻligʻa kirib, tarki xonumon qilsang.
* * *
Chamanda sarvinozim jilva qilmoq aylamas ohang,
Jahon boʻstonidin, billah, boʻlubmen gʻunchadek diltang.
Mizojikim tilar xilvat, xudoyo, boʻlmasun ofat,
Bihilmen gar qilib ishrat, ichar maxfiy mayi gulrang.
Yashil yafrogʻliq ashjor emas hajringda, ey dildor
Ki, ohim taffidin gulzor mir’oti tutuptur zang.
Solibtur chorbolish gul, tutuptur chorgah bulbul,
Ne sud ul shah ichay deb mul, musharraf aylamas avrang.
Malolat boʻlsa jononda tikoncha bordurur jonda,
Agar har gul gulistonda koʻrinsa bir harifi shang.
Bu gulshanda guli ra’no toʻkulmak vahmidin goʻyo,
Jamolin kech qilur paydo dema bulbuldin aylar nang,
Navoiy koʻrmayin ani yetibtur ogʻzigʻa joni,
Magarkim qilgʻay afgʻoni gahi ul gul sari ohang.
* * *
Subhi iqbolu saodat keldi ul farxunda eng,
Tong boshida muhtariq kavkabdek ul eng uzra meng
Sarvkim, teng tutmas oʻz qaddi bila har naxlni,
E’tidol ichra emastur sarvi qadding birla teng.
To meni sargashta chiqtim, dashtdin har yon quyun
Poʻya aylar tinmayin, nevchunki topmish yerni keng.
Koʻnglak oʻrpigʻa yelak kiyding hamono, ey quyosh
Kim, yadi bayzogʻa mone’ boʻlmagʻay har sari yeng.
Gʻorati islomu din yolgʻuz qilursen goʻyiyo,
Buyla yagʻmolarda yoʻq hojatki, boʻlgʻay kimsa heng.
Boda istab zuhd tarki ayladim, olgʻaymusiz,
Xirqavu sajjoda rahn etsam, xarobot ahli deng.
Dogʻu qon birla Navoiy koʻngli boʻldi lolakim,
Bu taqozo aylar ul mushkin mengu gulrang eng.
* * *
Chun latofat koʻzgusi boʻlmish safo ichra ul eng,
Yo rab, ohim dudi zohir qilmasun ul engda meng.
Ilgim oʻtin daf’ etar yeng suyi, baskim, elturam
Oh man’igʻa ilik yo ashkning daf’igʻa yeng.
Qomating birla latofatda oʻzin teng tutsa sarv,
Bordur ul yangligʻki, boʻlgʻay sarv birla soya teng.
Men balo chohidavu Majnun farogʻat dashtida
Lofi ishq ursa, ajab yoʻqkim, topibdur yerni keng.
Sudrabon eltur qazo ilgi meni mayxonagʻa,
Mast boʻlmay chora bormu, ey nasihat ahli, deng.
Turktoz aylab koʻngul olding ajaldin burna jon,
Hissa oyirma anga, nevchunki ermas erdi cheng.
Ey Navoiy, gar koʻngul ketti, malolat koʻrma koʻp,
Sen chu bedillikka qoyilsen, erur ul telba teng.
* * *
Mutribo, gʻam bazmida to navha ohang aylading,
Za’fligʻ jismimni toru qomatim chang aylading.
Boʻldi boʻstoni uzoring bodadin afruxta,
Mayni goʻyo boʻstonafroʻz ila rang aylading.
Chok etib el koʻnglin etting gʻunchadek koʻnglum girih
Ochting el koʻnglin agarchi bizni diltang aylading.
Buki tashbih etting, ey koʻz, xoki poyin surmagʻa,
Bilki javharni qaro tufroqqa hamsang aylading.
Ishq sirri mahmilin koʻk pili chekmas, ey qazo,
Gar hilolidin gajak, xurshididin rang aylading.
Ne qatiq vodiy ekin, yo rab, sanga ey ishqkim,
Aql sarkash tavsanin qoʻygʻach qadam lang aylading.
Qil Navoiyni vujudi nangidin, yo rab, xalos,
Chun vujudin barcha olam ahligʻa nang aylading.
* * *
Gʻam toshin jismimda paykoning bila band aylading,
Ul samarni bu yigʻochqa bargpayvand aylading.
Chun shakar shirinlik izhor etti la’ling ollida,
Demayin, qilding tabassumkim, shakarxand aylading.
Elga ishrat bodasi tuttung yoyib xoni visol,
Vahki, bizni qon yutub, gʻam yerga xursand aylading.
Istamas boʻlsang meni, bulbul kebi shaydo, nedin.
Yuzni gulgun boda birla gulga monand aylading.
Qilding ul yuz jannatidin ayru bu koʻz mardumin
Odamu har sari yoshin anga farzand aylading.
Dahr bogʻining gulida yoʻqturur boʻyi vafo,
Oʻzni, ey bulbul, agar parkand-parkand aylading.
Ey pariy, debsen Navoiy bor emish Majnun kebi,
Bir yoʻli ul telbani qaydin xiradmand aylading.
* * *
Sarvga ra’no xiroming birla bedod aylading
Kim, qadingning qullugidin ani ozod aylading.
Gul dogʻi husnungga erdi xoʻshachin yuz vajh ila,
Koʻrmanin yuz xirmanin bir damda barbod aylading.
Qoʻyma minnat bizga gʻamgin aylabon ishq ahlini,
Bizni ham shod etmading, gar elni noshod aylading.
Aylading koʻnglum imorat partavi ruxsor ila,
Ka’bani butxona qilmogʻliqqa obod aylading.
Aytmonkim, umr oʻtub, sogʻinmading bir dam meni,
Qatl etarda chun kerak boʻldi kishi yod aylading.
Tslbalik oʻltursa ham boʻynunggʻa qonim, ey koʻngul,
Bor ekach odam nega mayli parizod aylading.
Yigʻlamoqdin koʻr boʻl, ey koʻz, firoq ayyomida,
Ne uchun oʻzni xoʻblar husingʻa mu’tod aylading.
Benasib erding fano oninidin, ey shayxkim,
Doʻst vaslin toatu taqvogʻa nsnod aylading.
Ey Navoiy, oʻldung armon birlakim, faryodingga,
Yetmadi ul noʻshlab har necha faryod aylading.
* * *
Yuzung oq, ey gʻamki, ashkim rangini ol aylading,
Jon fidong, ey dardkim, jismimni pomol aylading.
Holatim xalq anglamas, yo rab, sen-oʻq rahm aylagil,
Chun gʻame berdingki, ayturdin tilim lol aylading.
Sen tarahhum qil, xudoyo, bu qotigʻ holatdakim,
Meni zoru dilbarimni forigʻulbol aylading.
Safhai ruxsor uza xatkim chiqarding — fitnadur,
Fitna uzra nuqtalardurkim, otin xol aylading.
Sharhi ishqing yozgʻali jismim quruttung xomadek,
Har taraf jon rishtasin ul xomagʻa nol aylading.
Vah, ne hol erdiki, majlis ichra la’ling jomidin
Elni xushhol etting, ammo bizni behol aylading.
Elga javlon ichra solding tigʻ, yuz ming voykim,
Har qachon yetting Navoiy sari, ihmol ayladnng.
* * *
Donai holing bila koʻnglum qushin rom aylading,
Gardi yazdiy me’jaringdin qasdigʻa dom aylading.
Sabzau gul istamon to voʻsmavu gulgunadin,
Qoshni aylab sabzagun, orazni gulfom aylading.
Husn bogʻida qading boʻlmish latofat gulbuni,
Toʻnni gulgun, tugmani to gʻuncha andom aylading.
Qomatim dolu yoshim gulrang erur to noz ila,
Dolu gul tekkan niholi uzra orom aylading.
Yuz uza ochting soching zunnorin, ey kofir, magar
Fosh etib kufringni qasdi ahli islom aylading.
Tongla jannat huridin kech, ey koʻngul nokom ila
Gar bu kun dunyo arusi vaslini kom aylading.
Ey Navoiy, zulfigʻa boʻldung parishon oqibat,
Yaxshi jam’iyat bu savdodin saranjom aylading.
* * *
Nil tortib, orazing oroyishin fan aylading,
Shu’lai koʻkurd birla sham’ ravshan aylading.
Sarvdin zohir yoʻq erdi juz niyoz, ey sarvnoz,
To xiromon jilva birla azmi gulshan aylading.
Hazl birla doʻstluq izhori aylab, ohkim,
Jumlai olam elin jonimgʻa dushman aylading.
Dud solmish boshima hajr, ey balo toshi, magar
Jism unining gunbadi boshini ravzan aylading.
Juz sharar ne dona hosil aylagaymen, chunki sen
Mazrai jonim aro oʻt birla hirman anlading.
Chun qadah berding labi xandon bila, ey mugʻbacha,
Jongʻa la’li otashinni shu’laafkan aylading.
Ey Navoiy, xirqa zaylidin aritting durdi xum,
Bizni bu dayri fanoda pokdoman aylading.
* * *
Yo qoshinggʻa qatl uchun ziynat farovon aylading
Kim, ham etting lojuvardi, ham zarafshon aylading.
Buyla ikki yo uchun soz aylabon kirpikdin oʻq,
Gʻamzalar neshidin ul oʻqlargʻa paykon aylading.
Naqdi sabrim gʻunchadek ogʻzingda qilgʻandek nihon,
Xurdai ishqingni koʻnglum ichra pinhon aylading.
Olloh-olloh, to ne fikr ettingki, la’lu gʻamzadin,
Birni jonbaxshu birini ofati jon aylading.
Gul toʻkuldi, sarv ham yeldin taharruk qilmadi,
Bogʻ aro to yuz ochib, qadni xiromon aylading.
Ne ajab, ey gul, iching qon etsa gardun laxt-laxt,
Baski, bulbul koʻnglini gʻunchang kebi qon aylading.
Ey Navoiy, yor agar qovdurdi andin, anglakim,
Koʻyida oʻtgan kecha haddin koʻp afgʻon aylading.
* * *
Hajrdin koʻzumga olamni qorongʻu aylading,
Umrdin koʻz yumgʻanim ul tunda uyqu aylading.
Jonu koʻnglum muddate sargashtadur koʻyung aro,
Boshlarin aylandururgʻa buyla jodu aylading.
Holima qolur taajjubdin el ogʻzi ochilib,
Yoʻqsa ahvolim jahon ahligʻa kulgu aylading.
Ashk siymobimudur hajringda, yo koʻz oqini
Hal qilib, koʻzdin ravon ul nav’kim su ayladnng.
Qoldi mahmizingdin oy yuzinda, ey chobuk, nishon,
Goʻyiyo javlon kuni ani tepingu aylading.
Shohidi davrongʻa goʻyo, ey tarab mashshotasi,
Bodadin gulgunavu sogʻarni koʻzgu aylading.
Buki aytursen zamon ahlngʻa yoʻq ermish vafo,
Ani ma’lum, ey Navoiy, bu zamonmu aylading.
* * *
Base dard berdingu davo qilmading.
Gʻamu ranjim anglab, shifo qilmading.
Base va’da berding, qilay deb vafo,
Hamin va’da qilding, vafo qilmading.
Gunahsizki, hajr oʻqi otting menga,
Xato erdi, ammo xato qilmading.
Visolingda koʻnglumni tindurmading,
Firoqingda to mubtalo qilmading.
Koʻngul birla jonni ham etting asir,
Bu shiddatni yolgiz mango qilmading.
Yaqin istamak dast agar bermadi,
Yiroqtin dogʻi marhabo qilmading.
Navo birla garchi hech kimsani
Navoiy kibi benavo qilmading.
* * *
Kogʻaz uza qalamni fusunsoz qilmading,
Bir ruq’a birla bizni sarafroz qilmading.
Jonsiz tanim hayoti uchun noma yozmading,
Kilking uchini moʻ’jizapardoz qilmading.
Vasling kuniyu shomi firoqing bayonida
Kofur birla mushkni hamroz qilmading.
Bir mehr nomasi bila sargashta zarrani
Kundek jahonda mujibi e’zoz qilmading.
To roʻzgorim aylamading duddek qora,
Bir nomaning savodini ogʻoz qilmading.
Ey koʻk dabiri, kimsaga bir noma yozmading
Kim, xoma yangligʻ ani sarandoz qilmading.
Rahmat, Navoiyo, sangakim yor har necha
Zulmin koʻp etti, mehru vafo oz qilmading.
* * *
Qaysi anduh oʻtikim, kuygan tanimgʻa urmading,
Ne balo toshiki, singʻan boshima yogʻdurmading.
Ne yomon umr erdikim, kelding chu za’fim soʻrgʻali,
Aylaguncha jon nisori maqdaming ham turmading.
Jon kebi kelding va lekin iztirobidin koʻngul,
Oʻlturushquncha dogʻi boshim uza oʻlturmading.
Har sari moʻyum zaboni hol ila yolbordilar,
Moʻ-bamoʻ anglab oʻzungni, bizga ham kelturmading.
Chunki chiqting — chiqti jonim, ne iyodat erdi bu,
Qatlim etting, xasta jonimgʻa davo yetkurmading.
Bogʻ aro, ey sarv, ham sarsabzsen, ham sarfaroz
Kim, nechukkim, nastaran bir xasqa bosh indurmading.
Ey Navoiy, qilmading xoli koʻngulni gʻussadin,
To qadahni uylakim koʻnglung tilar toʻldurmading.
* * *
Kulmading, to koʻzlarimni kavkabafshon qilmading,
Toʻkmading qonimni, to bagʻrim toʻla qon qilmading.
Tifldekkim, gʻuncha ochqay, qilmading, ey bagʻri tosh,
Xotiringni jam’ to koʻnglum parishon qilmading.
Elga aytur zahra yoʻq, vah, yoʻqsa qay bir turktoz
Ayladingkim yuz koʻngul mulkini vayron qilmading.
To quyoshdek jilva qilding, qoʻymading bir zarrakim,
Ofarinish ichra ruxsoringgʻa hayron qilmading.
Yuz balo toshini ishq atfolidin yogʻdurmading,
To junun torojidin jismimni uryon qilmading.
Ey falak, qaysi quyosh yuzlugni bir kun charx uza
Jilvagar qildingki, oqshom yerga pinhon qilmading.
Demakim, qoʻydum Navoiy jonigʻa dogʻi ajal,
Shukri boriy mubtaloyi dogʻi hijron qilmading.
* * *
Yana, ey ishq, guli ruxsorin oshubi chaman qilding,
Hazin bulbul tanigʻa har biridin bir tikan qilding.
Koʻngulni telba aylab qaydigʻa har yon oqar sudin,
Chaman zanjiri gesusinda yuz chinu shikan qilding.
Sahob atfoli jola toshlarin yogʻdurgʻali, ey gul,
Pariy yangligʻ zuhur aylab, junun bulbulgʻa fan qilding.
Rayohin xaylini chekmakka yer zindonidin goʻyo,
Bulut ayyoridin har qatra torin bir rasan qilding.
Niholi gul nishiman gulshan etting goʻyi, ey bulbul,
Firoq ichra tikandin bistaru xasdin vatan qilding.
Yuzung sham’ida shabnam, yoʻqsa terdur, soqiyo, vahkim,
Ul anjumdin shabiston ichra qatli anjuman qilding.
Chamanda mast yeldin, vahki, har yon xam boʻlur guldek,
Zamone jilva aylab, bizni rasvoyi zaman qilding.
Oʻluk deb ujbdin zohid anga xilvatni goʻr aylab,
Hamono pardai pindorin, ey gardun, kafan qilding.
Navoiy, qayda gʻam sayli yana koʻnglung uyin buzgʻay
Ki, aylarda imorat anda balchiqi durddan qilding.
* * *
Jon olurda jism zor erkanni bilmasmu eding!
Qon toʻkarda jon figor erkanni bilmasmu eding!
Nola jurmi birlakim, jonimni olding, nolishim
Sensizin beixtiyor erkanin bilmasmu ednng!
Qilding el mehrin sanad qatlimga, yoʻqsa jon aro,
Sirri ishqing ustivor erkanni bilmasmu eding!
Tuhmati bemehrligʻ qildingki, bilgach oʻlgamen,
Yoʻqsa, mehring jongʻa yor erkanin bilmasmu eding!
Vaslinga yetkurmagan zulm erdi, vah, yoʻqsa koʻngul
Furqatingdin beqaror erkanni bilmasmu eding!
Oshiq oʻldung, ey koʻngul, qilma figʻon bedodidin,
Ishq aro yuz muncha bor erkanni bilmasmu eding!
Ey Navoiy, gar koʻngul ishqingni yoydi, tong emas,
Nuktasi devonavor erkanni bilmasmu eding!
* * *
Otashin ruxsora ochib, xonumonim oʻrtading,
Xonumonim xud ne boʻlgʻay, jismu jonim oʻrtading.
Dema, ne qildim, ne qildim, jonu koʻnglungni olib,
Oʻrtading, ey qotili nomehribonim, oʻrtading!
Dilraboliq birla chun yoqting jamoling shu’lasin,
Xasta koʻnglum olgʻach-oʻq, ey dilsitonim, oʻrtading.
Toʻlgʻanib kuysam, ajab yoʻq, oʻtqa tushkan rishtadek,
Chun firoq oʻtigʻa jismi notavonim oʻrtading.
Oʻtqa soldnng sabru aqlu jonu koʻnglum barchasin,
Yoʻqu borim kuydurub, yaxshi-yomonim oʻrtading.
Sogʻaring jonu jahondin ortugʻ ermish, soqiyo,
Lekin ul oʻt birla-oʻq jonu jahonim oʻrtading.
To Navoiydek belu ogʻzing xayoli birlamen,
Ushbu yoʻq savdoda paydovu nihonim oʻrtading.
* * *
Tilagim sening huzurung, talabim sening jamoling,
Necha kun tirikligimdin gʻarazim sening visoling.
Chiday olmasam firoqing, oʻpa olmasam ayoqing,
Koʻra olmasam naziring, topa olmasam misoling.
Manga dashtdin farah yoʻq, manga boshdin tarab yoʻq
Farahim sening hadising, tarabim sening xayoling,
Ajal ushbu damki, koʻyungdamen olsa jonim, bore
Boshim oʻlsa xoki poying, tanim oʻlsa poymoling.
Yuzida urubsen, ey mehr, kamoli husndin dam,
Manga ravshan oʻldi bu damki yetibturur zavoling,
Nega tarking etmay, ey charxki, shomu axtarimdin,
Qarodur yuzung va lekin oq erur yuzungda xoling.
Mayi ishq chun Navoiyni jahonda qildi rasvo,
Bu qadahni, doʻstlar, emdi oning qoshidin oling.
* * *
Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yoʻq aning,
Bir nafas yoʻqkim, koʻngulda yuz balosi yoʻq aning.
Xoli hijronida tim-tim yerga tomgan qon yoshim,
Har biri bir lolasdurkim, qorosi yoʻq aning.
Koʻnglum andoq toʻldi qon birlaki, chiqmas nolasi,
Boda toʻlgʻan jom yangligʻkim, sadosi yoʻq aning.
Zohir etti xasta koʻnglum yorasi ogʻzida qon,
Kim bagʻir xunobidin ayru gʻizosi yoʻq aning.
Qullugʻung dogʻin qoʻyub, koʻnglumni gʻamdin sotqun ol
Kim, bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yoʻq aning.
Ganji ishratdur arusi dahr vasli, ohkim,
Anbarin zulfidin oʻzga ajdahosi yoʻq aning.
Hajr oʻqi zaxmin Navoiy bogʻlamish boshtin ayoq,
Yoʻq esa jismin yopar chogʻliq lnbosi yoʻq aning.
* * *
Shoh boʻldi ishq ichinda sohibasrorim mening,
Ishq manshurida tugʻrodur bu shahkorim mening
La’li yodidin tirigmen, yoʻqsa oʻlgum za’fdin,
Qonki har yondin toʻkar bu jismi afgorim mening.
Men junun sahrosida yittim, gar anda har kishi
Koʻrsa Majnunni erur, bildeg, namudorim mening.
Ogʻzidin andoq adam koʻyida foniy boʻlmisham
Kim, vujud iqlimida topmaslar osorim mening.
Bulajab holim junun ichra gar elni kuldurur,
Vahki, yigʻlatur yuz oncha nolayu zorim mening.
Koʻnglum oʻz holida yoʻq, voqif boʻlung, ahbobkim,
Hajr dardidin erur hol uzra bemorim mening.
Kofiri ishq oʻldum ul but ollida, vah, yaxshidur
Dayr aro bogʻlanmasa boʻynumgʻa zunnorim mening.
Sen dagʻi koʻrguzma makru shoʻxluq, ey zoli charx
Kim, bilur sendin koʻp ortuq shoʻxi makkorim mening.
Xotirim, ham davru ham davr ahlidin ozurdadur,
Ey Navoiy, istama pand aytib ozorim mening.
* * *
Tong nasimin soyir etkan gul uzorimdur mening,
Sekritib maydongʻa kirgan shahsuvorimdur mening.
Gard emas, gardinda balkim koʻrmasun deb el koʻzi,
Volihu sargashta joni xoksorimdur mening.
Markabining na’lidin har dam choqilgʻan oʻt emas
Kim, koʻngul otligʻ zaifi beqarorimdur mening.
Baski, telmurdi koʻzum kirgaymu deb maydon aro,
Koʻz qarosi yoʻqki, dogʻi intizorimdur mening.
Ul bahori husn mingan qatraafshon bodpoy
Gulshani aysh ochqali abri bahorimdur mening.
Chobuki mehr oʻldi bemehru harun koʻk tavsani,
Tutmang otinkim, eshitmak ani orimdur mening.
Yoʻlida aylay fido koʻz gavharin, jon javharin,
Ey Navoiy, yetsa ul chobuk, nisorimdur mening.
* * *
Ne ajab, sarvi sihiga inmasa boshing sening
Kim, emastur qaddu ra’noliqda boʻydoshing sening.
Gar nihoni fitna ta’lim aylamas, bas ne uchun
Boshini chekmish banogoʻshunggʻacha qoshing sening?
Sangboroni gʻamingdin bosh ne yangligʻ yoshuray
Kim, saodat gavharidur boshima toshing sening.
Obi hayvon birla goʻyo qildi la’li rang hal,
Suvrat ichra chun labinggʻa yetti naqqoshing sening.
Oʻta olmas xonaqaxi quds eli, ey mugʻbacha,
Dayr eshikinda chu tuzgay bazm avboshing sening.
Dema, ey nosihki, qilmaysen soʻzum birla amal,
Xotirimda qayda qolmish muncha qolmoshing sening.
Ey Navoiy, boʻldi qonligʻ dushmaningkim, yoshurur
Yordin sarigʻ yuzung rangini qon yoshing sening.
* * *
Ishqim ortar xatti zohir boʻlgʻali jononaning,
Sham’ dudi shu’lasin afzun qilur parvonaning.
Har dam ashkim kelturur yuz ta’n majnun koʻngluma,
Qismi yoshlardin hamesha tosh erur devonaning.
Orazingning naqshidin butxonadur koʻnglum uyi,
Ishq boʻlmish barhaman ichinda ul butxonaning.
Shomi hajrim sharhi elni bexud etsa ne ajab
Uyqu kelturmakdurur xosiyyati afsonaning.
Sudurur bagʻrimki, paykoni koʻnguldin chekti bosh
Nam havoda sabza chiqqandek uchidin donaning.
Yiqmadi koʻk gunbadin yogʻib havodis yomgʻuri
Kim, suvar erkin chiqib tomini bu koshonaning.
Oʻqlaring chok ettilar har yon Navoiy koʻnglini,
Yoʻllar etgandek yogʻin devorini vayronaning.
* * *
Gar jafo qil, gar vafokim, dilistonim sen mening,
Gar meni oʻltur vagar tirguzki, jonim sen mening.
Xohi ra’no qad bila borgil yonimdin jilvagar,
Xohi kel qoshimgakim, sarvi ravonim sen mening
Koʻnglum ichra sensenu ishqing ne dey holim senga,
Chun bu yangligʻ mahrami rozi nihonim sen mening.
Jilva aylab har zamon, afgʻonu ohim qilma ayb,
Ham sen-oʻq chun boisi ohu figʻonim sen mening.
La’lidin bir-ikki soʻz mazkur qil, ey xasta jon,
Bori bu bir-ikki damkim, mehmonim sen mening.
Telbalardin garchi rad qilding meni, lek anglagʻil
Kim, pariy ruxsoralardin tanlagʻonim sen mening.
Oʻldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,
Ertagi nozuk mizoji badgumonim sen mennng.
* * *
Koʻngullar quti shirin dostoning,
Bagʻirlar qoni la’li durfishoning.
Nihonu oshkoro men sanga yor,
Sening agʻyor ila rozi nihoning.
Muhiblar birla har tun, bizdin ayru
Qadahlarkim, chekarsen, noʻshi joning.
Vale vahm ayla andinkim chekib voy
Damodam qon yutar bir notavoning.
Ajab la’lesen, ey ashki jigargun,
Ajab yoʻqkim, erur gʻam togʻi koning.
Kular, ey bogʻbon, har gʻuncha goʻyo
Ki, gʻofildur xazondin gulsitoning.
Navoiy ishq vodiysigʻa kirdi,
Xatarliq yoʻldur, ey ahbob, yoning!
* * *
Samandi noz uza ul chobuki balogʻa boqing,
Pari boshinda malak parridin oʻtogʻa boqing.
Nachukki qavsi quzah davri mehr aksi erur,
Topib ham egnidin aylangʻan ikki yogʻa boqing.
Sadogʻi jonibikim ilgiga sinon tutmish,
Yuz oʻq yiloniyu bir qotil ajdahogʻa boqing.
Agar bu oʻqu sinon urmogʻin inonmasangiz,
Ochib tanimni adaddin fuzun yarogʻa boqing.
Bu shakl birla jahon buzmogʻi yaqin gar emas,
Ulusta har taraf oshubu ibtilogʻa boqing.
Bu bogʻ gullarini yerga sochmayin qoʻymas,
Xazon yelini koʻrung charxi bevafogʻa boqing.
Navoiy oʻldi jahon ahlidin navo topmay,
Ne boʻldi bir nazar ul zori benavogʻa boqing.
* * *
Ey, mening jonim olib yaxshiligʻing,
Beribon jon yana yaxshi qiligʻing.
Qahr ila bodaki, tuttung oʻldum,
Zahrdek oʻlturur elni achigʻing.
Husndin mehr gʻarazdur, ey ishq,
Bu masaldur: siligʻingdin iligʻing.
Asradim seni koʻz ichra, ey yosh,
Qonima erdi tanugʻlugʻ osigʻing.
Mast ul kofiri bebok kelur,
Aqlu din ahli, oʻzunguzni yigʻing.
Gʻayr gardi borur ul pok sari,
Qani, ey koʻz, bu mahalda arigʻing.
Ey Navoiy, necha solgʻay oshub,
Ul pariy koʻyida devonaligʻing.
* * *
Qora-qora muja xanjarlarin ititmak ishing,
Hayot naxlini keskan qiyo-qiyo boqishing.
Ishing bu erdiki, jonimni olgʻasen, tanni
Ki, sudraturmen eshiktin magar tugondi ishing.
Zuloli Xizr labing ul zulol qatralari
Ki, jola boʻldi uzoring bahori ichra tishing.
Ne gʻunchasen koʻngul oxirki yelu su yeriga,
Boʻlubtur ohu bagʻir qoni birla parvarishing.
Koʻzumga qoʻydn qadam, vah, oʻtar xayol aylab,
Olay desa ayogʻ, ey koʻz qoralari, yoshing.
Erur chu dahr buzugʻ gulxan, ushbu avlokim,
Buzugʻda kechsa yozing, gulxan ichra oʻtsa qishing.
Navoiy, istama eldin junun ilojinkim,
Bu telbalik aro yoʻq ul pariydin oʻzga kishing.
* * *
Oshiq oʻldum, pand bermang — choram asbobin tuzung,
Ishq zor etganga zulm etmang — tarahhum koʻrguzung.
Eyki, dersiz ishq aro sabring uyin obod qil,
Mundoq etguncha hayotim qasri bunyodin buzung.
Sarvinozimkim borur koʻz bogʻidin, qilmon qabul,
Gar aning oʻrnida toʻbi naxlini oʻlturgʻuzung.
Onsizin, ey doʻstlar, ne zahru ne obi hayot
Kim, musovidur manga gar oʻlturung, gar tirguzung.
Gar ajal turgʻuzmadi jismimni ul oy koʻyida,
Doʻstlar, na’shimni bore anda bir dam turgʻuzung.
Durd kelturdung debon yozgʻurmangiz, ey ahli ishq,
Bok yoʻq, zuhdum ridosi kunjiga solib suzung.
Chun Navoiy koʻnglini qildi girih bir tori zulf,
Doʻstlar, sarrishtai ummidni andin uzung.
* * *
Toza dogʻ atrofida jismimda tim-tim qon koʻrung,
Dardu gʻam togʻida, vah-vah, lolai nu’mon koʻrung.
Nafy kilgʻanlar qurugʻ jismim haloku za’fini,
Tangʻa koʻnglumdin tiralgan har taraf paykon koʻrung.
Xalq yigʻlab tufrogʻim boshida yuz hasrat bila,
Oʻqlarni har yen tanym omochida xandon koʻrung.
Gʻam tuni yummas koʻzum davrinda kirpik xaylini
Saf chekib, koʻzning qorargan holigʻa hayron koʻrung.
Ishqin etkanlar havas, iynak bu tuhmatdin meni,
Bogʻlanib boʻynum fano bozorida, uryon koʻrung.
Charx bahri naqdini qnlgan tamanno zarralar,
Mehr gʻavvosin bu igrim ichra sargardon koʻrung.
Oʻqlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni,
Gullar nynak toza qonligʻ dogʻidin har yon koʻrung.
* * *
Qoshlaringdinkim erur qonligʻ koʻngul ichra xayol,
Ul qizil kogʻazda nundur, bu shafaq ichra hilol.
Tutmayin koʻnglumda taskin qaddi vaslin istamon,
Qayda payvand etsalar, tutqay oʻzi, tutmay nihol.
Sarvning seni kebi boshinda dastor uzra chin,
Nargis uzra nuqta monandi koʻzung ustida xol.
Za’fligʻ jismimdadur har yon boʻgʻinlardin girih,
Nol torigʻa erur garchi tugun tugmak mahol.
Lolagun may tobidin ul oy qizarmish yo magar
Shoʻxluqtin lolazor ustida agʻnaptur gʻizol.
Davr elida gar vafo yoʻq, sen vafo qilgʻil, valek
Kimni xushhol etsang, andin tut oʻzungga yuz malol.
To Navoiy zulfi yangligʻ poyboʻsin istadi,
Gah parishonhol erur ul zulfdek, gah poymol.
* * *
Bogʻ aro erdingmukim, bu kecha gulbez esti yel,
Boda ichtingmuki, behad ishratangez esti yel.
Yuz uza zulfungni qildingmu parishon noz ila
Kim, gahi gulboru, gohi anbaromez esti yel.
Yuzu qadding shavqidin oʻldum, hamono bogʻdin
Ochilib gul, jilva aylab, sarvi navxez esti yel.
Yelga ruxsoru taning ochib, magar berding hayot
Kim, umid ahligʻa gulposhu samanbez esti yel.
Gʻunchalar shavqungda goʻyo bogʻlagʻanlardur koʻngul
Kim, nechakim, esti ul yondin, dilovez esti yel.
Bu chamanda boʻlsa yel sokin, oʻchar sham’i hayot,
Yorutur anduhu gʻam oʻtin, agar tez esti yel.
Ey Navoiy, ranj ila xush boʻlki, Farhod ohidin
Bilki, qoʻpti tashlamoqqa toji Parvez, esti yel.
* * *
Kecha ul oy birla erdim, vah, bu tushdur yo hayol,
Tush emas, chun yoʻqturur uyqu xayoledur muhol.
Ishq izhor aylabon vaslin tilar munglugʻ koʻngul,
Bir gado yangligʻki, aybin koʻrguzub aylar savol.
Oraz uzra ayn yangligʻdur uzoring uzra koʻz,
Nargis uzra nuqta yangligʻdur koʻzung ustida xol.
Egma qaddim za’fi haddin oshti ul yuz qoshida,
Notavon boʻlgʻan kebi xurshid vaslidin hilol.
Yigʻlabon ul sarvning yoʻligʻa tushsam noz etar,
Su bila tufrogʻdin bosh tortqan yangligʻ nihol.
Hajr tigʻidin quruq jismim qalamdek boʻldi shaq,
Lek bejon nolalar koʻnglumdadur andoqki nol.
Kom erur jonimgʻa ul oludaligʻdin pok lab,
Ey Navoiy, oʻlsam ichmon Xizr noʻsh etkon zulol.
* * *
Qasdi jonim qildi hajr, ey qotili xunxor, kel,
Qon toʻkub jonimni olmoq istasang zinhor kel.
Ashk durrin koʻzda, jon naqdin ovuchta asradim
Kim, qachon kelsang, yoʻlingda qilgʻamen isor kel.
Ruhum ayrilmish badandin gar tilarsen, ey habib,
Aylamak Isoyi ruhulloh damin izhor kel.
Aytmon kelgil dogʻi qilgʻil tavaqquf lahzaye,
Kelgach-oʻq borgʻil, vale jonimni olgʻoch, bor, kel.
Jon yetibtur ogʻzima, dermen labinggʻa topshiray,
Lutf etib qilgʻil meni jon birla minnatdor kel.
Dayr aro may ichkali kelgum desam, der mugʻbacha,
But qoshida bosh qoʻyib bogʻlar esang zunnor, kel.
Jon Navoiyni, Navoiy jonni sensiz istamas,
Ani jonning, jonni aning ranjidin qutqor, kel.
* * *
Vahki, bu bedil gʻamingdin oʻldi, ey dilxoh, kel,
Ey koʻngul, sen dogʻn ul dilxoh ila hamroh kel.
Mumkin ermas ogʻzim ichra kel demakdin oʻzga soʻz,
Garchi yor ollida tengdur xohi tur de, xoh kel.
Garchi dardimgʻa davo qilgʻung yoʻq, ammo hajr aro,
Asru qattiq holatimdin boʻlgʻali ogoh kel.
Uylakim tom raxnasidin oy tushar vayronagʻa,
Chok koʻksumdin buzugʻ koʻnglum aro, ey moh, kel.
Oh oʻtin dedingki past aylay ziloli vasl ila,
Bu nafaskim shu’lasin gardungʻa chekmish, oh, kel.
Bir qadah bersang, qoʻyarmen butqa yuz, ey piri dayr,
Ikkisin olib, boshimgʻa hasbatahullohu, kel.
Garchi kelmay-kelmay oʻlturdung Navoiyni valek,
Ey Masih, aning mazori boshigʻa gah-goh kel.
* * *
Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.
Toʻsh-toʻshumdin baski rasvoligʻ oʻti lov-lov yonar,
Har taraf yoʻldin chiqarlar oʻtsalar yonimdin el.
Baxtim uyqusigʻa goʻyokim surudedur hazin,
Koʻyida bukim uyumas har tun afgʻonimdin el.
Tanimaslar bir-birin yogʻqan mazallat gardidin,
Soʻrgʻali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.
Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,
Har taraf koʻnglumda qonligʻ dogʻi pinhonimdin el.
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka’bayi koʻyin xabar topquncha borgʻanimdin el.
Ey Navoiy, qilmagʻaylar ayb agar devonamen,
Ul pariy vasfin oʻqugʻan soyi devonimdin el.
* * *
Tigʻi hijroning bila koʻnglumni yuz parkand bil,
Har birin yuz yoraliq bagʻrimgʻa bir payvand bil.
Dema har torida zulfining nedindur yuz girih,
Har birin ul torlardin yuz koʻngulga band bil.
Oyu kun gar volidayi oʻlsa ul afzun husn aro,
Ayb emas, ikki sadafqa dur kebi farzand bil.
Yolgʻon ahli ishq yangligʻ qatlim etma, chehra och,
Bir koʻrub ishq ichra oʻlmakka meni xursand bil.
Husnigʻa oʻxshatting, ey gardun, quyoshingni, valek
On anga monanddek, ani munga monand bil.
Eyki shahsen, lek qilmaysen ravo el hojatin,
Oʻzni ham oʻzdin ulugʻroq shahgʻa hojatmand bil.
Ey Navoiy, pand eshitmay telba koʻnglung boʻldi gum,
Desang andoq boʻlmay, ahvolin oʻzungga pand bil.
* * *
Ey koʻngul, men tarki ishq ettim vale fosh etmagil,
Men senga sirrim dedim, sen elni sirdosh etmagil.
Ey koʻz, emdi ayladim har chehradin qat’i nazar,
Qil tahammul dogʻi atrofimni qon yosh etmagil.
Soqiyo, qoʻydum ayogʻinggʻa sirishkim la’lini,
Lutf etib, bu maygʻa jomi hajr podosh etmagil.
Rishtai mehr uzdum, ey mashshota, zulfi qissasin
Koʻp uzatib, notavon koʻnglumga chirmosh etmagil.
Gar desang qadding boʻlub xam, qolmagʻaysan fitnagʻa,
Koʻz solib husnigʻa, mayli ul koʻzu qosh etmagil.
Hajr toshin yogʻdurubkim qavdi, oʻlsam, ey rafiq,
Qabrim ustida toʻkar toshing juz ul tosh etmagil.
Ey Navoiy, faqr yoʻlinda yer oʻpkil har qadam,
Ya’ni ul yoʻlda qadam sayr ichra juz bosh egmagil.
* * *
Yuzungni koʻrdum emdi koʻzlarimni bogʻla, ey qotil
Ki, nogah boʻlmagʻaylar oʻzga yuzni koʻrgali moyil.
Kitob avroqidek boʻlgʻay musattah qolmayin davri
Gʻamim toshigʻa boʻlsa bir nafas toʻquz falak homil.
Meni bedilning ohin oʻgmakim, olamni kuydurdi,
Hanuz ermas koʻngulning shu’lasi bu oʻt aro doxil.
Tanimda gul emas gulxan nishoni telbalikdinkim
Kul oʻldum oʻrtanib ishqing oʻtidin, lek sen gʻofil.
Labing shavqi koʻnguldin xalq ta’n aylab qachon ketsun,
Sabodin gʻunchaning hargiz boʻlurmu humrati zoyil.
Nedur oy safhasi boʻlgʻan qoradin dogʻligʻ, goʻyo
Jamoling daftarin yozgʻanda boʻlmish bir varaq botil.
Mening jurm ichra uzrum shayxning zuhd ichra ujbidin
Batardur doʻst lutfi holima gar boʻlmasa shomil.
Figʻoni oʻqidin bulbulning, ey gulbun, hazar qilkim,
Tikan paykonigʻa gul javshani hargiz emas hoyil.
Navoiy qullugʻin faqr ahlining piri qabul etsa,
Erur bir banda ozod aylagan yangligʻ shahi odil.
* * *
Tarki ishqin qilgʻali jon boʻldi jonondin xijil,
Koʻz koʻnguldin, bal koʻngul ham koʻnglum olgʻandin xijil.
Novaking yetkach oʻluk jismimga, toptim infiol,
Naqdsiz andoqki topqay oʻzni mehmondin xijil.
Dinu imonimni toroj etti ammo bormen,
Ey musulmonlar, hanuz ul nomusulmondin xijil.
Hajrida koʻr oʻlmagʻan koʻzni qizartur qon yoshim.
Ne qizormoqturki, ermas dardi hijrondin xijil.
Ne uchun Farhodu Majnun togʻu dasht aylar vatan,
Gar emaslar men aloxonu alomondin xijil?!
Doʻst lutfi boʻlmasa, doʻzax manga yuz qatla hayf,
Buylakim mahshargʻa kirgum jurmu isyondin xijil.
Kunduz ul koʻy ichra topilmas Navoiykim, erur,
Kecha tong otquncha chekkan ohu afgʻondin xijil.
* * *
Qurudi chekkali qondin koʻzum niqob qizil,
Bale, yogʻinsiz oʻlur chun boʻlur sahob qizil.
Koʻzumda loladek ul yuz gʻarib erur qon yosh
Ki, boʻlsa gul qizil, oʻlmas anga gulob qizil.
Boshim sipehrdek evruldiyu qon yoshim sari boq
Ki, har zamon yugurur anda bir shihob qizil.
Koʻzum qizardi, qizil ashk rangidin garchi
Qizil boʻlur, suyu, boʻlmas anga hubob qizil.
Koʻngulni churkadi ishqing valek erur toʻla qon,
Yolinda kuymishu kessang erur kabob qizil.
Bu qonki vodiyi ishq ichra oqti boʻlsa ne tong,
Samum rangidek ul dasht aro sarob qizil.
Ne jilva erdi qizil toʻn bilaki qon yoshdin,
Libosin ayladi ishqingda shayxu shob qizil.
Labing gʻamida Navoiy oʻzin tilar behud,
Ne tong may ichsa aningdekki la’li nob qizil.
* * *
Qilgʻali xil’atin ul sarvi gulandom qizil,
Qildi qon toʻkmak ila dahrni gulfom qizil.
La’li shavqi bila gar boʻlsa koʻngul qon ne ajab
Kim, qizil may bila toʻlsa koʻrunur jom qizil.
Charx agar holima qon yigʻlamadi hajr tuni,
Nega bas boʻldi shafaqdin yuzi ul shom qizil.
Qildi qonligʻ koʻngul ul zulf xayolin rangin,
Raqam etkan kebi shingarf bila lom qizil.
Gul sevarmenki, bu rang etkali xil’at ul shoʻx
Ranglar ichra berur koʻngluma orom qizil.
Husn sotma shafaqing rangidin, ey zoli sipehr
Kim, ani qoʻymagʻusi gardishi ayyom qizil.
Komi dil garchi Navoiygʻa mayi la’ling erur,
Boʻlgʻusi chehrasi xunob ila nokom qizil.
* * *
Ul guli ra’nogʻa nomam xoʻb emas yakson qizil,
Safhasi boʻlsa kerak bir yon sarigʻ, bir yon qizil.
Hajr oʻtidin qoni koʻnglumning qurubtur, gar ul oʻt
Zor koʻnglumni qizitmaydur, nedur paykon qizil.
Sarvgʻa gulnor bargidin libos etkan kebi,
Chekti gulgun hulla naxli qaddigʻa jonon qizil.
Besutun Farhod qabridur qizargʻan loladin,
Yo aning qonidin oʻlmish tufrogʻi har yon qizil.
Orimas ashkim bila koʻzning qizargʻan raglari,
Bahr mavjidin oqargʻudek emas marjon qizil.
Qon yoshim serob qildi bogʻni, mundin nari
Anda tong ermas koʻkarmak sabzavu rayhon qizil.
Gar koʻzung zaxmin koʻngullar qonin etmaydur gʻizo,
Bas, nedin qon toʻkkali boʻlmish nachukkim qon qizil.
Charx bahridin bu yangligʻ boʻlsa qon yutmoq mudom,
Yoʻq ajab, emdi sadaf bermak durri gʻalton qizil.
La’li shavqidin sarosar lolagundur koʻz yoshim,
Ey Navoiy, kim koʻrubtur bahri bepoyon qizil.
* * *
Azm oʻlsa xayolinggʻa, koʻnguldur anga mahmil,
Osoyish agar istasa, koʻz chashmasi manzil.
Ey ishq, netib ul qora koʻzni koʻrayinkim,
Koʻzning qorasin hajrida ashk ayladi zoyil.
To boʻldi sening husnunga oshiq uza oshiq,
Ish boʻldi mening koʻngluma mashkil uza mushkil.
Ul koʻz olur el jonin oʻgʻurluq bila, vahkim,
Boqmas bu taraf, tutsam oʻzumni necha gʻofil.
Yodi bila behushlugʻum daf’ini qilmang,
Devoridin ul koʻyning ar boʻlmasa kahgil.
Ey mugʻbacha, oshiqmenu durdikash, etib rahm,
Ne yuzunga, ne jomgʻa qil pardani hoyil.
Oʻzlukni fano oʻtigʻa kuydurdi Navoiy
Kim, savmaadin xorij erur dayrgʻa doxil.
* * *
Ey pariy, yuz yoraliq koʻnglum sari nazzora
Qil, Yorasiz har qaydakim topsang, ani ham yora qil.
Pora-pora aylagach bir-bir aning ajzosini,
Yuzlarin borining ohim dudi birla qora qil.
Xayli hindudekki, dushman ilgida boʻlgʻay asir,
Har birisin olam ichra bir taraf ovora qil.
Chun alar ovora boʻldi, koʻzlarimni ham oʻyub,
Oʻtqa tashlab, uylarin ham tosh bila yuz pora qil.
Ul ikavdin boshima kelgan balovu gʻussani
Aylabon mundoq uqubatlar zamone chora qil.
Koʻzu koʻnglum boʻlmasa netkung agarchi, ey sipehr,
Xoʻblargʻa sarvdin qad, mehrdin ruxsora qil.
Ey Navoiy, oʻynagʻung yoʻq ishq to yuz koʻrmagung,
Uzr aytib, yer oʻpu soʻz tarkini yakbora qil.
* * *
Qon yoshim ichra tanim toʻlgʻangʻanin nazzora qil,
Lolazor ichra yilon gar koʻrmading, oʻt uzra qil.
Bodadinmu erkin, usruk koʻzlaringning humrati,
Yo uzoring oʻti tobidin boʻlubturlar qizil.
Koʻnglum ichra har yara ogʻzida paykoning uchi,
Keldi darding lazzatining shukrini ayturgʻa til.
To tushubmen ul uzoru ikki gesu hajrigʻa,
Ey quyosh, rahm aylakim, boʻlmish, bir oyu ikki yil.
Dogʻima andoza marhamliq momugʻdin istagan,
Koʻnglum ichra buyla har yon dogʻi beandoza bil.
Dahr boʻstonida chun yoʻqtur vafoye, ey koʻngul,
Loladek gulgun qadah tut, gʻunchadek bir dam ochil.
Iltifoting ozidin itti Navoiy telbarib,
Ey pariy, bir ham bu Majnungʻa parvo aylagil.
* * *
Yogʻligin eykim, tikarsen, igna mujgonimni qil,
Naqsh etarda tori aning rishtai jonimni qil.
Istasang torin qizil yoxud qora qilmoqqa rang,
Koʻz qorasin hal qilib, koʻzdin oqar qonimni qil.
Gar desang har yon qizil gullar qilay nusxat anga,
Koʻksim ochib, toza qonligʻ dogʻi hijronimni qil.
Gʻunchalar gul yonida tikmak tahayyul aylasang,
Anga nusxat koʻngul otligʻ zori hayronimni qil.
Gar desang har yon pariy shakli namudor aylayin,
Vah, ne nav’ aytay, vale manzur jononimni qil.
Qilsang ul yogʻligʻ aro bir she’r ham yozmoq havas,
Anda har yon naqsh bu nazmi parishonimni qil.
Ey Navoiy, kimki bu yogʻliqni tiksa yor uchun,
Muzdi jonim javhariyu naqdi imonimni qil.
* * *
Hajr oʻqidin, ey koʻngul, har yon qanotlar soz qil,
Ul pariy vasli havosin istabon parvoz qil.
Istasang bir qissa, ey roviyki, el koʻp yigʻlagʻay,
Ishq aro koʻrganlarimning sharhidin ogʻoz qil.
Biz niyoz ahliyu sen noz ahlisen, rahm et gahe,
Qoʻy niyoz etmakka bizni goh, oʻzung ham noz qil.
Gar desang qatlim soʻzinkim yoʻq degum yoʻq, ey Masih,
Oʻlgum armon birla, bir dam ham meni hamroz qil.
Rahm ozu javr koʻp qilmoq sanamlar da’bidur,
Gar qila olsang ani koʻprak, bu birni oz qil.
Berma, ey zohid, taayundin oʻzungga imtiyoz,
Oʻzni eldin betaayunluq bila mumtoz qil.
Gar begonamassen Navoiyning nihoniy dardini,
Yona, ey ishq, ohi birla ashkini gʻammoz qil.
* * *
Uygʻonib subh uyqusidin mehr sham’in tor qil,
Koʻz ochib harggoʻshadin bir fitnani bedor qil!
Koʻzni afsunsoz etib jonbaxsh labdin nukta ayt,
Somiriy sihrin, Masiho mu’jizin izhor qil!
Koʻz toʻla uyqu ogʻirliq solmoq uchun qoʻl ochib,
Ul muhol ummid birla bizni minnatdor qil!
Sep qora yer uzra xob olud koʻzga su urub,
Koʻz yetarcha yerni ul su birla nargiszor qil!
Uyqudin ul gulni koʻrmak gar murodim boʻlmasa,
Koʻzuma, yo rabki, har bir kiprigin bir xor qil!
Doʻst matlub ersa gʻaflat uyqusidin koʻz ochib
Uchmoq ummidi, tomugʻ biymidin istigʻfor qil!
Ey Navoiy, tushta ul oy dedikim, vasl istama!
Aks erur tush, sen talabni ulcha mumkin bor qil!
* * *
Qaro koʻzum kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil,
Koʻzum qarosida mardum kebi vatan qilgʻil.
Yuzung guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
Takovaringgʻa bagʻir qonidin hino bogʻla,
Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.
Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx,
Xamir etib yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.
Yuzung visoligʻa yetsun, desang, koʻngullarni,
Sochingni boshtin-ayogʻ chin ila shikan qilgʻil.
Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon, emas moni’,
Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.
Yuzida terni koʻrub oʻlsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgʻil.
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshogʻligʻ oʻqin sham’i anjuman qilgʻil.
* * *
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sarigʻ, yashil,
Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sarigʻ, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sarigʻ, yashil.
Shishadek koʻnglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sarigʻ, yashil.
Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Koʻzlarimning oldida davron qizil, sarigʻ, yashil.
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yoʻq imkon qizil, sarigʻ, yashil.
Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sarigʻ, yashil.
Ey Navoiy, oltinu, shingarfu zantor istama,
Boʻldi nazming rangidiy devon qizil, sarigʻ, yashil.
* * *
Ey manga sensiz bahoru bogʻu boʻstondin malol,
Qaysi boʻstonu bahoru bogʻkim, jondin malol.
Sensizin koʻnglum tong ermas boʻlsa jannatdin malul,
Ne ajab bulbulgʻa guldin ayru boʻstondin malol.
Boʻlmasa kofir koʻzung shaydosi majnun koʻngluma,
Aqlu donishdin tanaffur dinu imondin malol.
Ishq tugʻyonida yuz koʻrsatsa gulruxlar ne sud
Kim, topar muhriq isitqan mehri raxshondin malol
Kuydururlar dogʻi daf’ oʻlsun maloli hajr deb,
Voy angaknm, voqi’ oʻlgʻan dogʻi hijrondin malol.
Kasrati paykonidin koʻnglum toriqmas, garchi bor,
E’tidolidinki oʻtkach obi hayvondin malol.
Bazm aro har dam qadah koʻngli toʻla xunob erur,
Men kebi goʻyo anga ham yetti davrondin malol.
Qiblai maqsad tilarsen dard oʻqidin gʻam yema,
Istagan tavfi haram koʻrmas mugʻilondin malol.
Charx anjumdin quloqqa paxtalar tiqti magar,
Gʻam tuni topmish Navoiy chekkan afgʻondin malol.
* * *
Sarvnozim, yoʻq ajab, gar roʻzadin topmish malol
Kim, su ichmasdan topar pajmurdaligʻ nozuk nihol.
Yillar ogʻzimkim qurutmishsen zuloli vasl uchun,
Bilding erkin shammayekim, sa’b erkandur bu hol
Kun tush oʻlmay roʻzavu issigʻdin ul oy qildi za’f,
Ne haroratdur quyosh, yo rabki, topqaysen zavol.
Roʻza za’fidinki chiqmas uydin oʻlmish mohi nav,
Za’f koʻrgilkim, toʻlun oyimni aylaptur hilol.
Roʻza muhri sogʻinib dermenki, olsam tishlabon
Har qachon koʻrsam aning shirin dudogʻi uzra xol.
Sharbatin dermen ezay jon shirasidin qil madad,
Zulmatingdin tiyralik, ey Xizru chashmangdin zulol.
Elga shom oʻlmish, Navoiygʻa yuzungdin subh erur
Kim, sogʻinsun roʻza shomin, bor egach subhi visol.
* * *
Qomatinggʻa har zamon yuz jilva, ey zebo nihol,
Notavon koʻnglumga har bir jilvasidin oʻzga hol.
Evrulur koʻnglumda ul chobuk xayoli har kecha,
Shu’laliq koʻnglumni qildi charx fonusi xayol.
Bosh qoʻyay dedim oyogʻi tufrogʻigʻa dedi: qoʻy
Boʻsa istab la’li rangin soʻrdum ersa, dedi: ol.
Gʻunchayi xandonki, derlar munfaildur ogʻzidin,
Lek kulmak birla istar qilsa daf’i infiol.
Xattu xoli hasratidin oncha ashkim oqtikim,
Bir koʻzum tutti gʻuboru bir koʻzumga tushti xol.
Davr xam qildi qadingni, goʻshaye tut, yoʻq aso,
Negakim, dard-oʻq boʻlur zohir alif yondashsa dol.
Ey koʻz, onsiz oʻzga yuz koʻrmakni qilmishsen havas,
Hajr tiygʻidin oʻyul, yoxud Navoiydin uyol.
* * *
Kirdi tufroqqa hilol, ochti toʻlun oygʻa jamol,
Oʻn toʻlun oyning qirogʻidin chu olding oʻn hilol.
Su bila sham’ uchini har lahza olding — yorudi,
Shu’lani garchi su birla ravshan etmakdur mahol.
Yelni tez aylabki, oʻtdin su chiqarding — turfadur,
Lek tufrogʻi aning koʻzlarga berdi iktihol.
Yoʻqdin etting bor har dam yuz Masihi ruhbaxsh,
Lek unsurdin mujarrad barchasi javharmisol.
Turfadurkim, oʻt aro ekting niholu kuymadi,
Turfaroqkim, ochti gul, garchi hadang erdn nihol.
Koʻz alam toʻlgandakim, koʻz tutmak oʻlmas juz alam,
Ani tutqilkim, alam xaylini aylar poymol.
Bu gʻazalning maqta’in matla’ xayol etgan kishi,
Ey Navoiy, shoyad etkay fahm sen qilgʻan xayol.
* * *
Ey latofat kasbida husnunggʻa hojatmand gul,
Yuz guliston ichra yoʻq husnunggʻa bir monand gul.
Xil’ati xazro bila ul qomatu ruxsor erur,
Rost bir sarveki qilgʻaylar anga payvand gul.
Yuzu gʻamzangdin, mujamdin qon yosh ar zoyandadur,
Yoʻq ajab chun bor tikanga doimo farzand gul.
Jolalar ermas guli sadbarg uzakim aylamish,
Jismini tishlar bila hajringda yuz parkand gul.
Qaysi vajh ila yuzunga da’vo etkay chun erur,
Ganji husnungdin muhaqqar vajh ila xursand gul.
Sarv sen, ey gul’uzor, ar boʻlsa xushraftor sarv,
Gul sen, ey sarvi ravon, gar qilsa shakkarxand gul.
Ey Navoiy, gar soʻzungni yor eshitmas ayb emas,
Turgʻoni birla quloqdur, lek eshitmas pand gul.
* * *
Orazingni bogʻ aro chun koʻrdi, hayron boʻldi gul,
Bargsiz qoldi, nedinkim, bas parishon boʻldi gul.
Bodadin gul-gul koʻrub ul yuzni, aning hajridin,
Chok-chok oʻlgʻan koʻnguldek tah-batah qon boʻldi gul.
Guluzorim kishvari husn ichra boʻldi podshoh,
Rost andoqkim, chaman mulkida sulton boʻldi gul.
Sayri bogʻ aylarda davron chashmi zaxmi daf’igʻa,
Har taraftin chobukum davrida qalqon boʻldi gul.
La’li komimdur, qoshimda kelsa ul gul xirmani,
May tilar koʻnglum, chu bazmimda farovon boʻldi gul.
Kecha-kunduz qilma gulbongingni bas, ey andalib
Kim, sanga besh kun bu gulshan ichra mehmon boʻldi gul.
Gul chogʻi yori safar aylab, Navoiy jonigʻa
Har biri bir toza qonligʻ dogʻi hijron boʻldi gul.
* * *
Hajr oʻtigʻa istasang yoqilmagʻaysen, ey koʻngul,
Yordin zinhorkim, ayrilmagʻaysen, ey koʻngul.
Vah, ne toli’durki topmay umre istab yorni,
Chun seni yor istagay topilmagʻaysen, en koʻngul.
Buki qon boʻldung desangkim, oshkoro boʻlmasun
Mayl etib yoshlar sari qotilmagʻaysen, ey koʻngul.
Desalar: Laylomu ortuq husn aro yo ul pariy?
Garchi Majnunsen kerak yongʻilmagʻaysen, ey koʻngul.
Qildi chun soqiy labi yetkan qadah hushungni mahv.
To abad zinhorkim, oyilmagʻaysen, ey koʻngul.
Gʻunchasen gʻamdin, vale soqiy bahori orazin
Ochsa bilmankim, nedin ochilmagʻaysen, ey koʻngul.
Davlati boqiy Navoykdek erur topmoq muhol,
To tamom oʻzlukni foniy qilmagʻaysen, ey koʻngul.
* * *
Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey koʻngul
Kim, erur har satri, bal har lafzi margʻub, ey koʻngul.
Lafz yoʻq, har harfi jon hirzi, dagʻi har nuqtasi
Mardumak yangligʻ biaynih koʻzga matlub, ey koʻngul.
Ayladim tumor agar tumor etar daf’i junun
Bu meni qilmish junun ilgida magʻlub, ey koʻngul.
Safhada ermas muhabbat sharhikim kelmish kiyib,
Hullayi kofurgun bir turfa mahbub, ey koʻngul.
Asru koʻp takror etardin ul pariyvash nomasin,
Boʻlmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey koʻngul.
Gʻayrdin safhangni qilgʻil pok, ya’ni aylama
Xotiring lavhini har xat birla ma’yub, ey koʻngul.
Gʻamdin ozod oʻldi xattidin Navoiy, bermasa
Begiga qulluqqa xat boʻlgʻaymu mahsub, ey koʻngul.
* * *
Gulbuni ishratdin uzgil bargi payvand, ey koʻngul,
Gʻunchadek boʻl qon yutub kulmakka monand, ey koʻngul.
Qilma tark evrulmak ul gul girdigʻa bulbul kibi,
Qilsalar gar gʻunchadek parkand-parkand, ey koʻngul.
Orazu la’li xayoli birla sen to xastasan,
Naf’ etar goʻyoki bu za’finggʻa gulqand, ey koʻngul.
La’li ne kondindurur, nevchun hadis etmas dema,
Ne ato bordur Masihogʻa, ne farzand, ey koʻngul.
Orazing ochqach, demakim, oshiq etma xalqni,
Oʻtqa bermaklik durur kuydurma deb pand, ey koʻngul.
Bismil etti sayd koʻnglidek seni tiygʻi qazo,
Yoxud ul lab shavqidin qilding shakarxand, ey koʻngul?
Ey Navoiy boqma tun-kun xoliyu ruxsorigʻa,
Donavu suv birla sayd oʻlmas xiradmand, ey koʻngul.
* * *
Nomasi qoʻynumda baskim, iztirob aylar koʻngul,
Oʻpgali chiqmoqqa goʻyokim shitob aylar koʻngul.
Toza butmish erdi koʻksum choki, vahkim, tolpinib
Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar koʻngul.
Oʻqi zaxmi yoʻlidin solsam ichimga nomasin,
Bir fatila marham oʻrnigʻa hisob aylar koʻngul.
Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kebi
Koʻrmasun deb gʻayr ani, goʻyo niqob aylar koʻngul.
Gʻunchadek qat-qat boʻlub qon ul musofir shavqidin
Nomasi yangligʻ damo-dam pechu tob aylar koʻngul.
Mubham ermish ruq’asi davronning, asru yovakim,
Jongʻa bu andeshadin har dam azob aylar koʻngul.
Ey Navoiy, ochti koʻksumning tikilgan chokini,
Nomasi qoʻynumda baskim, iztirob aylar koʻngul.
* * *
Nolani har nechakim eldin nihon aylar koʻngul,
Seni sogʻingʻach yana bexud figʻon aylar koʻngul.
Har nechakim yoshururmen rozi ishqing xalq aro,
Bir mahalsiz oh ila borin ayon aylar koʻngul.
May tarashshuh aylagandek chok boʻlgʻan shishadin,
Zaxmidin xunobasin har dam ravon aylar koʻngul.
Qasd etar koʻnglumki, olgʻay lablaringdin komi dil,
Emdi tahqiq ayladimkim, qasdi jon aylar koʻngul.
Koʻz koʻrar yuzungniyu koʻnglum meni rasvo qilur,
Zor etar koʻnglumni koʻz, bagʻrimni qon aylar koʻngul.
Shu’lai koʻkurd koʻrguzdi qazo kuydurgali,
Dardi ishq ahlin bukim gardun gumon aylar koʻngul.
Ey Navoiy, avval ul nomehribongʻa uchratur,
Kimnikim men benavodek notavon aylar koʻngul.
* * *
Gar yetar agʻyordin yuz ming jarohat, ey, koʻngul,
Chunki bordur yor uchun bor ayshu rohat, ey koʻngul.
Ka’ba istarsen mugʻilon cheksa tnl qaygʻurmagʻil,
Bemalomat topmadi kimsa salomat, ey koʻngul.
Menmenu ul oy gʻami sen ham agar mardonasen,
Dardu gʻam chek, istama komu farogʻat, ey koʻngul.
Kimga yetkay vasl iqboli agar hijron aro,
Senda boʻlsa gʻam chekarga sabru toqat, ey koʻngul.
Xurdai rozingni asra gʻuncha yangligʻ qon yutub,
Har necha qilsa jafo ul sarvqomat, ey koʻngul.
Dema ishqi soʻzi kam boʻlgʻay boshnmgʻa ursa tigʻ
Kim, bu sudin sokin oʻlmas ul harorat, ey koʻngul.
Oʻrtading oxir Navoiyni sharori oh ila,
Anga nevchun muncha koʻrguzdung sharorat, ey koʻngul.
* * *
Yuzini koʻrdi badan chokidin xarob koʻngul,
Uzuldi, baski ayon qildi iztirob koʻngul.
Chu boʻldi jilvagar ul ganji husn hasratidin,
Xarobligʻ qiladur har zamon xarob koʻngul.
Magar shikanjai zulfunggʻa qoldikim, urdi
Oʻziga gʻuncha kebi muncha pechu tob koʻngul.
Balodurur gʻami ishqing sening vale yuz voy
Kim, ul balodin eta olmas ijtinob koʻngul.
Sharori oh masallik ul oy havosida koʻr
Ki, pora-pora qilur koʻk sari shitob koʻngul.
Rioyat ayla sudek sof xalq koʻnglinikim,
Sinar nafas bila ul nav’kim hubob koʻngul.
Navoiy oncha labingdin dediki, boʻldi anga
Teshilmaki bila qon ichra la’li nob koʻngul.
* * *
Otashnn gul gʻunchasidur oʻtlugʻu qonliq koʻngul,
Zor bulbul tumshugʻi chokidin afgʻonliq koʻngul.
Boʻstonafroʻz erur har yon nihon tuxmi aning,
Hajr xunobi aro yuz dogʻi pinhonliq koʻngul.
Xasta jonning soʻgida devonayedur motami,
Koʻkragimning zaxmidin choki giribonliq koʻngul.
To boʻlub yuz pora, har bir pora zulfung toridin
Birga bogʻlandi, base topti parishonligʻ koʻngul.
Birki hayron boʻldi ul orazgʻa, koʻrdi xalqdin
Har nafas yuz qatla oʻz holigʻa hayronligʻ koʻngul.
Gʻunchalar ermas tikonlar ichrakim, ushshoqdek
Charxdin koʻrguzdi ul ham necha laykonligʻ koʻngul.
Ey Navoiy, koʻnglung oldurma, yoʻq ersa sen oʻlub,
Ne osigʻ, yuz qatla gar qilsa pushaymonligʻ koʻngul.
* * *
Ey koʻngul, bir nav’ oʻlubmen ahli davrondin malul
Kim, erurmen kimki andii yaxshi yoʻq, andin malul.
Hajr agar budur, netay men jonni, jon netsun meni
Kim, erur har lahza mendin jonu men jondin malul.
Tengri xalq etmish meni goʻyo malolat chekkali
Kim, dame yoʻqkim, emasmen xalqi nodondin malul.
Necha dinim uzra titray dilrabolar koʻyida,
Ey, musulmonlar, boʻlubmen kofiristondin malul.
Istasang maqsad, qadam qoʻy, ta’n toshidin ne bok,
Ka’ba topti boʻlmagʻay xori mugʻilondin malul.
Ey koʻngul, fikringni qilkim, doʻstu dushmanlar yuzun
Koʻrmas erdi, boʻlmasa sen zori hayrondin malul.
Ey mugʻanniy, tut «Iroq» ohangiyu koʻrguz «Hijoz»
Kim, Navoiy xotiri boʻlmish Xurosondin malul.
* * *
Urarmen koʻksuma toshlar, gʻam etkach qasdi jon har dam,
Qoqarmen bu eshiknikim, yetar bir mehmon har dam.
Oʻluk topti buzugʻ ichra meni majnunni, goʻyo chugʻz
Navohi ahlin ogah qilgʻali tortar figʻon har dam.
Hamono tufrogʻimni la’lgun qilmoqqadur bukim,
Kelur bagʻrim shikofidin labing shavqida qon har dam.
Magar majnun koʻngulga har dam aylar ul pariy jilva,
Yoʻq ersa ne uchun oʻzdin borur bu notavon har dam.
Ochar goʻyo sabo ul gul yuzidin har zamon burqa’,
Bukim bir fitna birla qoʻzgʻalur ahli zamon har dam.
Sovugʻ ohim burudat soldi olam ichra, qish ermas,
Bulut yoʻq — dudi ohimdin koʻrunmas osmon har dam.
Kerak har dam qadahkim, may suyi har lahza qaytargay,
Bukim, davron jafosidin yetar ogʻzimga jon har dam.
Bu manzildin manga yoʻl azmigʻa boisdurur bukim,
Yetar bir korvon har dam, oʻtar bir korvon har dam.
Damo-dam javr ila buzdung Navoiy koʻnglin andoqkim,
Buzulgʻay mulki, bir zulm etsa shohi komron har dam.
* * *
Sarvi ozodimni bogʻ ichra xiromon istaram,
Sabzasin sarsabzu gulbargini xandon istaram.
Dard jononimda, balkim yuz alam jonimdadur,
Yoʻqki, jononimgʻa, bal jonimgʻa darmon istaram.
Tiyradur vayronim onsiz, vah, yana bir qatla ham
Ul quyoshni baytul-ehzonimda mehmon istaram.
Naf’ etar boʻlsa xino yangligʻ kafi poyinggʻa qon,
Chok etib koʻksum ani bagʻrimda pinhon istaram.
Ey Xizr, hayvon suyi tut dam-badamkim yor uchun,
Sadqa qilmoqliq uchun har lahza bir jon istaram.
Mujdaye bergil mizoji sihhatidin, ey tabib
Kim, bu paygʻoming uchun jonimni qurbon istaram.
Oʻq kebi qaddin koʻrub aftoda chun koʻr oʻlmading,
Ey Navoiy, koʻzlaringda noʻgi paykon istaram.
* * *
Muvofiq kiydilar, boʻlmish magar navroʻz ila bayram,
Chaman sarvi yoshil xil’at, mening sarvi ravonim ham.
Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.
Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim boʻlub dilbar,
Ani yel aylabon muztar, bu yeldin sekretib adham.
Qoʻnub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidin gʻulgʻul,
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.
Qilib ohim sari parvo, buyon mayl etmading qat’o,
Sabodin, ey qadi ra’no, boʻlur ham sarv gah-gah xam.
Bu bogʻ ichra may, ey soqiyki, bormen asru mushtoqi
Ki, anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.
Navoiy, koʻyin et manzil, yuzu qaddigʻa boʻl moyil
Ki, bogʻ etmas seni xushdil, gulu sarv aylamas xurram.
* * *
Lahza-lahza kunduz aning zulmini yod aylaram,
Kecha oʻz jonimgʻa bedod uzra bedod aylaram.
Aql yod aylab, yana hijronida boʻlsam xamush,
Chun junun tugʻyon qilur, bexost faryod aylaram.
Boʻyni bogʻliq qul qilur, koʻrgach agarchi hajrida,
Oʻzni yuz ta’kid ila ishqidin ozod aylaram.
Ishq sayli chun oʻtar, topmon tilab osorini,
Har necha koʻnglumga tarxi sabr bunyod aylaram.
Qush qochar sayyod domidin, ajab qushmenki, men
Zulfin istab orzui domi sayyod aylaram.
Aqlu xush, avroqu ajzosin junun ohi bila
Devbod oʻtkan kebi borini barbod aylaram.
Soqiyo, muhlikdurur qaygʻum ushul ummid ila
Kim, mayi jonbaxsh tutqung, xotirim shod aylaram.
Faqrdin yuz yilchiliq yoʻl men yiroq, avval dalil
Buki, faqr oyinini oʻzumga isnod aylaram.
Ey Navoiy, zulmkim, nomehribon mohim qilur,
Mehribon shohimni koʻrgach, qichqirib dod aylaram.
* * *
Dam-badam har kun ul oy bedodini yod aylaram,
Kecha turluk-turluk oʻz jonimgʻa bedod aylaram.
Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram.
Zulfu yuzi hajridin gʻam shomi anjum gullarin,
Tund bodi ohdin har lahza barbod aylaram.
Oʻzni qatl ummidiyu agʻyor qatli biymidin,
Lahzaye shod aylasam, yuz lahza noshod aylaram.
Qomatu ruxsoridin boʻe toparmen, ey rafiq,
Buki har dam gulshan ichra mayli shamshod aylaram
Soʻrmang, ey ushshoq, mendin nukta piri ishq deb,
Negakim kuymak bila oʻlmakni irshod aylaram.
Ey Navoiy, har jafo kelsa ul oydin elga ham,
Rashkdin majmu’in oʻz jonimgʻa isnod aylaram.
* * *
Yogʻliging ilgimda, ashkimni ravona aylaram,
Koʻzga surtub, ashk aritmogʻni bahona aylaram.
Ul koʻzumga chun yetib taskin topib giryonligʻi,
Koʻzdin olgʻach, yana ashkimni ravona aylaram.
Yana yetkach, koʻzga ashkim tursa olurmen ani,
Yana borsa, chorasin bu nav’ yana aylaram.
Qoʻzda kirpiklarni tillar aylabon har torigʻa,
Za’fi holim koʻz tili birla fasona aylaram.
Balki har torigʻa jonim rishtasin chirmashturub,
Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram.
Bir qadah bersangki, tutsa mugʻbacha, ey piri dayr,
Naqdi din sarmoyai jomi mugʻona aylaram.
E, Navoiy, toki boʻlmishmen fano dayrida mast,
Aqlu din tashvishidin forigʻ tarona aylaram.
* * *
Ne ul quloqqa yetar, arzi hol ado qilsam,
Ne ul koʻngulga yoqar, naqdi jon fido qilsam.
Koʻngul shikofigʻa ul koʻy tufrogʻi qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam.
Kerak quyosh dirami tanga boʻlsa bay’ona.
Chu Yusufumni iki dahrgʻa baho qilsam.
Figʻonki, ishq chekar bogʻlab ani boʻynumgʻa
Nechaki zuhdu vara’ pardasin rido qilsam.
Koʻzumga dahrni har lahza tiyraroq aylar,
Savodi xolingga har necha koʻz qaro qilsam.
Ishim chu savmaa shayxi bila tuzalmadi, kosh
Ki, emdi maykada pirigʻa iltijo qilsam.
Navoiyo, chu sabo hamnafasdur ul gulga
Ne boʻldi, sarsari ohimni gar sabo qilsam.
* * *
Hajr qonim toʻkkudekdur, buylakim zor oʻlmisham,
Bot qutulgʻum garchi bas qottigʻ giriftor oʻlmisham.
Uylakim, uryon tanimgʻa yogʻdi tosh hijronida,
Ey Masih, asra damingkim, behad afgor oʻlmisham.
Kecha tegrang aylanib, kunduz yuzum devor uza,
Uydagi parvonadin goʻyo namudor oʻlmisham.
Mumkin ermas men qori soyilgʻa koʻyung furqati
Xossakim, ishq ofatidin sa’b bemor oʻlmisham.
Koʻyi devorigʻa orqam yopishib, men volihi
Suvrati nazzorasida naqshi devor oʻlmisham.
Gar koʻrunmas ul pariy, istab anga yakranglik,
Za’fdin men telba ham emdi parivor oʻlmisham.
Ey sabuh ahli, meni bir jom birla tirguzung
Kim, oʻlum holi xumor ilgida bedor oʻlmisham.
To mulozim piri dayr oʻldi, murodim mugʻbacha,
Sokini dayru muqimi koʻyi xammor oʻlmisham.
Ey Navoiy, sarv birla gulni naylay, chunki men
Volai bir gul uzori sarv raftor oʻlmisham.
* * *
Vasl bargin uzki, men hijron gulin boʻy etmisham,
Mehr tarkin tutki, men mehnat bila xoʻy etmisham.
Naxli qaddinggʻaki, berdim koʻz yoshidin parvarish,
Emdi bosh tortarki, yoshdin yuz sari joʻy etmisham.
Har sari javlon qilib yetkach manga chekting, inon
Bu ekin jurmumki, yoʻlungda boshim goʻy etmisham.
Noma ichra chirmashibon sanga yetkaymenmu deb,
Orazim kahbargu jismim rishtasin moʻy etmisham.
May boʻlub ashkim, gʻizo bagʻrim, surud afgʻonlarim,
Keling ahli ishqkim, gʻam xayligʻa toʻy etmisham.
Shayx boqiy boʻlsunu zarq ichra tinmasligʻki, men
Tinmisham tokim fano dayri sari roʻy etmisham.
Topmadim gulchehralardin shammaye boʻyi vafo,
Ey Navoiy, nechakim yeldek taku poʻy etmisham.
* * *
Sendin ayru to asiri dardi hijron qolmisham,
Buki oʻlmay qolmisham, holimgʻa hayron qolmisham.
Xonumonimni gʻaming toroji barbod ayladi,
Xonumon borib aloxonu alomon qolmisham.
Ishq dashtining samumi hullasin aylay panoh,
Xayli gʻam yagʻmosidin mundoqki uryon qolmisham.
Dardu gʻamdin yoshuna olman kamoli za’fdin,
Xurdabinlarning koʻzidin garchi pinhon qolmisham,
Dashtdin Farhodu Majnunni yigʻib mushfiqlari,
Men gʻarib ul nav’kim, gʻuli biyobon qolmisham.
Vasl davri jomidin ahbob sarmast oʻldilar,
Dayr aro tek bir man-oʻq maxmuri davron qolmisham.
Ey Navoiy, uchti bulbullar xazonda bogʻdin,
Men qanotsiz qush masallik aylab afgʻon qolmisham.
* * *
Ul quyoshqa, vah, ne had birla bitik aylay raqam,
Noma eltur qush malak boʻlgʻay, magar had boʻlsa ham.
Tayyi arzing boʻlsa, ey payki sabo, nomamni elt,
Yoʻqsa qat’ oʻlmas bu yoʻl urmoq bila qosid qadam.
Qosido, jon naqdini ham topshururmen, nomagʻa,
Chun ilik sunsa, ayogʻigʻa nisor et jonni ham.
Sen borib kelguncha, ey qosid, oʻzumda boʻlmagʻum,
Jon yetib ogʻzimgʻa shavqung shiddatidin dam-badam.
Anglamonkim, ul haramda bor topqung, yoʻqsa yoʻq,
Bor topsang ham, olib nomang oʻqurmu ul sanam?
Gar oʻqur ham boʻlsa, radmu boʻlgʻusi yoxud qabul,
Ham qabuli tushsa, yozgʻaymu javob, aylab karam?
Ey Navoiy, noma ul yon yozgʻali ne had sanga,
Tut firoq ichra visolining xayolin mugʻtanam.
* * *
Ishq ila boʻldum masal, savdo bila afsona ham,
Shukrlillohkim, yana oshiqmenu devona ham.
To unutdi oshnoligʻ rasmin ul begonavash,
Oshno yigʻlar mening holim koʻrub, begona ham.
Gʻam tuni mendurmen ohu ashkdin sham’im oʻchub,
Boshima yemrulgali turmish buzugʻ koshona ham.
Elga mehring bor, buzuq koʻnglumga ham bir zarra boq
Kim, quyoshning tobidin mahrum emas vayrona ham.
Ey malohat sham’i har soat meni kuydurmakim,
Koʻp yorumas sham’ agarchi oʻrtanur parvona ham.
Yoʻq, bu dayr ichra berur jomi ajal ta’mini may
Kim, erur paymona toʻlmoqdin nishon paymona ham.
Ey Navoiy, gar desang, ul turfa qushni sayd etay,
Rishtayi jismingni dom et, koʻz yoshingni dona ham.
* * *
Koʻnglumu jonim fido ogʻzigʻa, guftorigʻa ham,
Kufrimu dinim dogʻi zulfigʻa, ruxsorigʻa ham.
Itti qonligʻ koʻnglum, uzgil gʻunchalarni, ey sabo
Kim, anga koʻz solmayin, balkim namudorigʻa ham.
Zor koʻnglumga agar boqib ani zor aylading,
Joni bemorimgʻa ham boq, jismi afgorimgʻa xam.
Borgʻach ul sarvi ravon, jismimda jon qolgʻaymukim:
Qaddigʻa jon rishtasi bogʻlandi, raftorigʻa ham.
Men kimu din, ey musulmonlarki, bir kofir koʻrub,
Jon fido qildim chaliposigʻa, zunnorigʻa ham.
Dahr bogʻining guli oʻtdur, biyik ashjori dud,
Yelga ber ul gulni ham, oʻt solgʻil ashjorigʻa ham.
Ey Navoiy, dahr yoʻqu bori tinmasligʻdurur,
Tingʻasen, gar qilmasang parvo yoʻqu borigʻa ham.
* * *
Menki, davron zulmidur koʻnglumga, balkim jongʻa ham,
Naylay olgʻaymen angakim, zulm etar davrongʻa ham.
Koʻr gʻamim afzunlugʻin har damki, ashkim xaylining
Qatrasi bahr oʻldi, emdi aylaniptur qongʻa ham.
Yopmangiz Farhod ila Majnunnikim, mehnat toʻzi
Satr uchun basdur manga ham, ul iki uryongʻa ham.
To topibmen ishqi oʻti birla tiygʻi zahrini,
Iso anfosigʻa boqman, chashmai hayvongʻa ham.
Goh koʻnglum gʻunchasin istar, gahe paykonini
Kim, koʻngul bordur munosib gʻunchagʻa, paykongʻa ham.
Nilufar naqsh aylab ayvoninggʻa magʻrur oʻlmagʻil,
Yoʻq, vafo naqshi chu bu nilufariy ayvongʻa ham.
Muddaiylar chun Navoiy ishqin anglab, jonigʻa
Qasd qilgʻanlar emish, bore dengiz jonongʻa ham.
* * *
Ey, koʻngulga yuz tuman bedod sendin, jongʻa ham,
Muncha birla rashk andin munga, mundin ongʻa ham.
Moviyu gulgun toʻn ermaskim, koʻzu koʻnglum aro,
Sugʻa dogʻi tushmish ul usruk, boʻyalmish qongʻa ham.
Husnigʻa hayronmen ul yangligʻ, meni hayronki el,
Ham aning husnigʻa hayrondur, meni hayrongʻa ham.
El buzugʻ koʻnglin soʻra borgʻan emish ul ganji husn,
Ranja qilgʻaymu qadam, yo rab, bizing vayronga ham.
Lam’ai paykonidinmu koʻnglum ichra tushti oʻt,
Yoʻqsa koʻnglumdin oʻqigʻa tushti oʻt, paykongʻa ham.
Qil gadoyinggʻa vafo, ey xoʻblar sultonikim,
Bevafoligʻdur gadogʻa umr ishi, sultongʻa ham.
Ey Navoiy, davr ayogʻin tut gʻanimat, ushbu dam
Kim, sabote yoʻqturur bu davrgʻa, davrongʻa ham.
* * *
Bordi yoru toʻzmon el bormoqqa ham, turmoqqa ham,
Chin desam, rashk oʻlturur tangriga topshurmoqqa ham.
Koʻrsam ul yuz koʻzgusin tagʻ’yir vahmidin emas,
Qattiq oh urmoqqa had, sokin nafas urmoqqa ham.
Ul paridin lutf agar zulm oʻlsa andoq telbamen
Kim, shuurim yoʻq sevunmaklikka, qaygʻurmoqqa ham.
Oʻlturub yonigʻa men kimmen yuzin oʻpmoqqakim,
Yoʻq hadim koʻyida yer oʻpmakka, oʻlturmoqqa ham.
Notavon jismimda yuz novak firoqing xaylidin
Kim, kuchim yetmas birin tortargʻa, sindurmoqqa ham.
Demagil ishqin nihon tutqil meni uryongʻakim,
Tigʻi zaxmin yoʻq nimam bogʻlargʻa, yoshurmoqqa ham.
Tut Navoiy, ishqi zulmin xush chu yoʻqtur ixtiyor,
Ul koʻngul olmoqqa ham, sen koʻnglung oldurmoqqa ham.
* * *
Aqlu jon qasdida koʻrdum ul koʻzu mujgonni ham,
Chektim ul mujgonu koʻz ollida aqlu jonni ham.
Novaking yetkach qiziq koʻnglum yigʻochin kuydirib
Qatrayi su yangligʻ oshom ayladi paykonni ham.
Koʻz yoshimni qon qilib, bagʻrim su etting ey firoq,
Yoʻqki yolgʻuz suni qon qilding, su qilding qonni ham.
Ishq dashtida quyundek xoksoringmen, gahe,
Istasang ushshoqni, yod et bu sargardonni ham.
Goʻydek boshim necha raxshing ayogʻi zarbidan.
Poʻya qilgʻan, gah-gahe yetkur anga chavgonni ham.
Ey tavongar, nechakim qasringni qilding zarnigor
Asru holiy koʻrma darvesh oʻlturur vayronni ham.
Koʻnglum olib bordingu qolmish manga bir xasta jon,
Har qachon kelsang Navoiy topshurur qolgʻanni ham.
* * *
Bu kun ahli jahondin xasta xotirmen jahondin ham
Demon ahli jahon birla jahon, billahki, jondin ham.
Meni jonu jahondin hajr vaqtikim malul etkay,
Vatan yo mulkdin xudkim desun, bal xonumondin ham.
Koʻnguldin jongʻa yettim, ey ajal, netkay xalos etsang,
Meni ul telbadin, ul telbani men notavondin ham.
Ne ayrilmoq dururkim, yor to ayrildi, ayrilmish
Koʻngul mendin, figʻon koʻnglumdinu oʻtlar figʻondin ham.
Manga jononsiz oʻlmoq yaxshiroq, ey Xizr, yuz qatla,
Ketursang mujda oʻlmoq birla umri jovidondin ham.
Nafas qat’ oʻldi ul yuz furqatidin, koʻzgu kelturmang
Ki, men emdi qutuldim ibtilosiz imtihondin ham.
Yomon yaxshigʻa koʻp zulm etmagilkim, gar budur davron,
Qutulgʻung, kimki andin yaxshiroq yoʻq, men yomondin ham.
Itiga tu’ma, darbonigʻa boʻlsun muttako oʻlsam,
Tanim ul koʻydin olmang, boshim ul ostondin ham.
Faqihu—Ka’ba, rindu — maykada, xushdur Navoiykim,
Sening yoding bila mundin erur ozodu andin ham.
* * *
Chamanda munisim ne sarv erur, ne gul, ne sunbul ham,
Manga sarve kerakkim, sochi sunbuldur, yuzi gul ham.
Ajab yoʻq toʻlgʻanib jismim, qorarsa subhi ayshimkim,
Tushub ul kokul uzra chin, yuziga tushti kokul ham.
Demang ul shoʻx ila ashob bazmin qil tafarrujkim,
Talaffuz aylay olman bu hikoyatni, taxayyul ham.
Yuzung birla quyosh ta’rifida gar davr erur hosil,
Kelur zanjiri zulfung vasfida lozim tasalsul ham.
Yuzu qaddigʻa huru tubiy oʻxshar debsen, ey voiz,
Yiroq ermas soʻz ayturda gahe qilsang taammul ham.
Chekib koʻhi firoqiya sabr qildim, vasligʻa yetkach
Figʻon cheksam ajab yoʻq muncha-oʻq boʻlgʻay tahammul ham.
Yuzung shavqida koʻnglum ohi sham’u gulga oʻt soldi
Ki, kuydi notavon parvonavu kul boʻldi bulbul ham.
Gʻanimat anglasun bulbulni gul yetgachki, boʻstondin
Uchar gul yafrogʻi ham, qolmas uchmay garchi bulbul ham.
Xumor oʻlturmish erdi boʻlmasang mugʻ dayrigʻa ozim,
Bu ishga, ey Navoiy, ayladi tengri seni mulham.
* * *
Vayronayedur maskanim, andin manga bisyor gʻam,
Ohim bila eshikta oʻrt, ashkim bila devor nam.
Noʻshidin elga guftugoʻ, ey hajr icharmen men ogʻu,
Kosh oʻlsumu koʻnglumni bu anduhdin qutqorsam.
Qil ishq dayrida maqar, sukkonigʻa solgʻil nazar
Kim, bor bu majma’ ichra har durdiykashi xammor Jam.
Har yerki anda bir nafas, ishratqa topsam dastras,
Yuz qatla aylarmen havaskim, boʻlsa erdi yor ham.
Soqiy, bugun mayni unut, mendek dame xunoba yut,
Mutrib navoyi navha tut, sozinggʻa bogʻla tori bam.
Desamki, ey badmehr oʻgʻul, yuzung koʻrub oy tutti yoʻl,
Der: yer quyi gar bordi ul, bir shabravi ayyor kam.
Miskin Navoiy bersa jon, ey diyda, har dam toʻkma qon,
Ul har necha qilsa figʻon, sen asragʻil zinhor dam.
* * *
Har kishi yor ollida der chinni ham, yolgʻonni ham,
Vahki, ul bovar qilur voqi’ni ham, boʻhtonni ham.
Jongʻa yettim muxtalif ashobidin, ul dilrabo,
Uylakim koʻnglumni oldi, kosh olsa jonni ham.
Muddailar buyla hamroz oʻlsalar yor ollida,
Oʻzga tutmoq farzdur oʻlmakni, bal hijronni ham.
Soʻz dey olurlar gahu begah, mahallu bemahal,
Bas mahaldur, tark qilsam mulku xonumonni ham.
Chunki bagʻrim qonini koʻz yoʻlidin oqizdilar,
Dam-badamdurkim, surubturlar sarosar qonni ham.
Ey koʻngul, dahr ahligʻa yoʻq va’dayu paymon durust,
Necha kuygung sen dogʻi, uz va’da, buz paymonni ham.
Hoshalillohkim, Navoiy aylagay tarki vafo,
Bevafo kofirlar olsa jonni ham, imonni ham.
* * *
Xoʻblar oshiqlarin noshod etarlar, shod ham,
Vahki, bizga yorimizdin lutf yoʻq, bedod ham.
Turfa koʻrkim, javri birla dogʻi gʻamnok aylamas,
Garchi rahmu iltifoti birla qilmas shod ham.
Yoʻqki, la’li noʻshidin qilmas hayotim fikrini,
Gʻamzai xunrezin etmas jonima jallod ham.
Mahvashidin kimsaga mehr oʻlmasa, xushtur jafo,
Mehr bunyodin yiqib, qilmas jafo bunyod ham.
Jon beribkim, xora yo poʻlod yetmas yordin,
Bu jafoni torta olmas xora bal poʻlod ham.
Soqiyo, bir jom ila bu gʻamni yodimdin chiqar,
Garchi holim shiddatidek charx bermas yod ham.
Iltifot etmay, Navoiyni qilur har dam halok,
Mavt ma’hudigʻa gar ta’yin emas miod ham.
* * *
Yer uzra tim-tim qon yoshim goʻyoki tommas dam-badam
Kim, naqdi vasling bay’igʻa koʻzlar sanar bir-bir diram.
Ishqingda boʻlgʻach xoki rah, boʻldum balokashlargʻa shah,
Gʻam xaylidin tortib sipah, oh oʻtidin chektim alam.
Bir qatla koʻrsang ani, bas, ta’n etmagay erding havas,
Ishqigʻa, eykim, har nafas bizni qilursen muttaham.
Ey sarv qaddi mahliqo, tengri qachon koʻrgay ravo
Mendin vafo uzra vafo, sendin sitam uzra sitam.
Yoʻq fikri bu devonaning, titrar ichi hamxonaning
Kim, saqfi bu vayronaning ashkim suyidin boʻldi nam.
Mutrib, navoye kom tut, mugʻ dayrida orom tut,
Soqiy, labolab jom tutkim, qasdi jonim qildi gʻam.
Berganga gʻam dahri dani mayxona basdur maskani
Kim, boda daf’ aylar ani, yetsa kishiga har alam.
Dayru haramda sar-basar, ul yuzdin istarlar xabar,
Koʻp ham nizo’ etma agar ul der samad, bu der sanam.
Deding topib jonon isi, toptim labidin jon isi,
Kelur bu soʻzdin qon isi, tinma, Navoiy, asra dam.
* * *
Yorgʻa yetkach alam, tutti koʻngul xaylini gʻam,
Shahgʻa chun ranje yetar, ranjur oʻlur mulk ahli ham.
Yor uydin chiqmasa, olam koʻzumga tiyradur,
Chun quyosh chiqmas, jahondin murtafi’ boʻlmas zulam.
Ne haroratdur sangakim, kuydi andin olame,
Uylakim oʻrtar jahonni mehr oʻti urgʻach alam.
Ne araqdurkim, ichinda gʻarqadur nozuk taning,
Bargi guldekkim, gulob ichra choʻmar sar to qadam.
Sarvgʻa bogʻ ichra har yon jilva qilmoq xushturur,
Soyadek nevchun yotibdur sarvi gulzori Eram.
Sensiz ichmak uyladurkim marg jomi ichra zahr,
Obi hayvon birla gar boʻlsa labolab jomi Jam.
Ey Navoiy, sadqasi boʻlgʻil alam daf’i uchun,
Men oʻlub, gar ul salomat boʻlsa, hech ermas alam.
* * *
Jongʻa koʻksum chokidin jononni mehmon ayladim,
Gavhare toptim, ani koʻnglumda pinhon ayladim.
Kavkab ermas, paxtalar tiqmish qulogʻigʻa sipehr,
Ul quyosh hajrida tunlar, baski, afgʻon ayladim.
Jongʻa, ey gul, xori gʻam koʻp urdung, et vahm emdikim,
Har birin bir novaki ohimgʻa paykon ayladim.
Koʻksum uzra har ne marham erdi, ashk oqizdi, voy
Kim, salomat tarhin ul su birla vayron ayladim.
Fitna toshi yo salomat sohili tengdur manga
Kim, hubobi ashkdin boshimgʻa qolqon ayladim.
Boisi maqsud— zohid zuhd qildi, men — fano
Faqr iqbolidin ul mushkulni oson ayladim.
Ey Navoiy, bogʻlab erdi Ka’ba ehromin koʻngul,
Koʻyidin bir nukta sharh aylab, pushaymon ayladim.
* * *
Eyki avval qomating vasfini shamshod ayladim,
Sarvi jannat boʻlki, emdi seni ozod ayladim.
Oʻzgalarni davlati vaslingda xush tut, chunki men
Xasta koʻnglumni gʻami hijron bila shod ayladim.
Xoh sen yor oʻl manga, xoh oʻzgalarning yori boʻl,
Chun men oʻz ta’bimni bekaslikka mu’tod ayladim.
Mujda ber, ey shayxkim, tortib nadomat ohini,
Bulhavasliq juzvi avroqini barbod ayladim.
Necha men mahrum oʻlub boʻlgʻay anga mahram raqib,
Shukrkim, gʻayrat tariqin oqibat yod ayladim.
Ul vafosiz ishqini tark etmaguncha tinmadim.
Ne yomon soatda bu shum ishni bunyod ayladim.
Ey Navoiy, hech bilmonkim, unogʻoymu koʻngul,
Anga muncha ajnabiy soʻzlarki irshod ayladim.
* * *
Harir koʻnglaku koʻksin nazzora aylamadim
Ki, koʻnglak oʻrnigʻa koʻksumni pora aylamadim.
Demaki, koʻksini men muncha pora qilmaymen
Ki, ani men xud oʻzum muncha yora aylamadim.
Firoq shomi oʻzi dogʻi tiyradur yolgʻuz,
Duxoni ohim ila ani qora aylamadim.
Dema necha tuganing bor, bilmon a’dodin,
Agarchi hargiz alarni shumora aylamadim.
Ulusqa ishqim oʻtin koʻksum ohi fosh etti,
Men ani ishqim ila oshkora aylamadim.
El istixora qilur tavbagʻa sahargahu men,
Bajuz sabuhi uchun istixora aylamadim.
Navoiyo, meni ul mast bazmidin surdi,
Yoʻq ersa kom ila andin kanora aylamadim.
* * *
Kecha ul mahvashni yod aylab farovon yigʻladim,
Mehrim oshti subhdek har nechakim qon yigʻladim.
Sham’ avval ohshom-oʻq kuydi figʻonim oʻtidin
Kim, men oʻt sochqon bulutdek tortib afgʻon yigʻladim,
Tun qorongʻu, kulba xilvat, hajrdin koʻnglum toʻla,
Tosh urub koʻksumga to bor erdi imkon yigʻladim.
Yor hajridin kishiga ayta olmas gʻussani,
Koʻnglum etti sharhu men mahjuru pajmon yigʻladim.
Charx ham toʻkti quyoshning hajridin kavkab, vale
Yigʻlamoq ul erdikim, men zor giryon yigʻladim.
Subhdek xurshid vaslidin agar kulsam ne tong
Menki, subhi vasl uchun koʻp shomi hijron yigʻladim.
Ey Navoiy, tosh eshitsa navha qilgʻay oshkor,
Yoʻq ajab gar bir tun oʻz holimgʻa pinhon yigʻladim.
* * *
Lola roʻyum bordiyu ishqin nihoniy asradim,
Koʻzda qon koʻnglum aro dogʻin nishoniy asradim.
Ayladi bir oh dudi birla elga oshkor,
Ishq oʻtin nechaki koʻnglumda nihoniy asradim.
Har zamon koʻnglum halok oʻlsa ne gʻam, chun jon aro,
Lablari shavqidin obi zindagoniy asradim.
Zoyil ermas ishq bir soat koʻnguldin, voykim,
Ani jonimgʻa baloyi jovidoniy asradim.
Boʻlsa mehmonim iti, koʻnglumni qilsa tu’ma ham
Ayb emas nevchunki, mundoq kunga ani asradim.
Naqdi jonimni berib may kelturung, ey doʻstlar
Kim, ani ichmak uchun bir doʻstgoni asradim.
Xonumonim gar qora boʻldi, Navoiy, ne ajab,
Men chu bir tun ul koʻzi, qoshi qorani asradim.
* * *
Ishq oʻtidin tanda andoq sa’b oʻlubtur kuymakim
Kim, shararlar toridin goʻyo toʻqilmish koʻnglakim.
Bagʻrimu koʻnglum itiga toʻ’maliq dushvor edi,
Shukrkim, chok oʻldi ishqing tigʻi birla koʻkragim.
Za’fdin koʻyungga bordim surganib atfoldek,
Rahm qilgʻilkim, bu yoʻlda haddin oshdi emgakim.
Dema uyqusiz koʻzung hajrim tuni ochilmadi,
Ne qila olgʻay ajal uyqusi birla sergakim.
Bir qadam vayronima qoʻykim, gʻamingdin tunu kun
Yuzga ilgimdur sutun, tufroqqa botib tirsakim.
Dard koʻrkim, dev siyratlar bilandur ul pariy,
Garchi bor andin malak xayligʻa dogʻi tergakim.
Ey Navoiy, hajridin yillar quyub, ul bevafo
Demadikim, naylar ul ushshoq ichinda ertakim.
* * *
Shomi vaslingni koʻrub, subhi dilafroʻz dedim,
Subhi hajringgʻa yetib, shomi jigarsoʻz dedim.
Teng koʻrundi koʻzuma vasl aro qadu zulfung,
Kecha kunduzni koʻrub teng, ani navroʻz dedim.
Ishqidin tondi koʻngul, soldi qora kunga firoq,
Ajab ermas, gar ani qalbi siyahroʻz dedim.
Chini zulfung gʻami muhlik dedim, oʻlturma meni,
Chin dedim, har neki men zori gʻamandoʻz dedim.
Yangi oʻrgandi koʻngul bulbuli ul gul yuziga,
Tong emastur, agar ul qushni nav’omuz dedim.
Tikti pand ignasidin dahr eli koʻnglum yarasin,
Xalq nishini bu ma’ni bila dildoʻz dedim.
Ey Navoiy, yorudi shomim ul oy partavidin,
Ne taajjub, gar ani mohi shabafroʻz dedim.
* * *
Junundin uyla tufrogʻ oʻldi jismi ranjparvardim
Ki, har tosh ursalar atfol jismimgʻa, chiqar gardim.
Necha hajrinda oʻlsam ohu ashkimdin solib toʻfon,
Vale qoʻymang, koʻrarga kelsa sarvi nozparvardim.
Yoʻlida baski qoʻydum chehra sanchilgʻan xasu xoshok,
Somonlar bilki chekmish kahrabodek chehrai zardim.
Payopay ne ekin abri bahordin choqin tushmak,
Bulut uzra bir uchqun soldi goʻyo shu’lai dardim.
Quyundek gar talab dashtida yoʻq men yetmagan vodiy
Ne gʻam, sargashtalikda uchrasa mohi jahongardim.
Vafo boʻstonin ashkim birla serob ayladim, umre
Erur gʻam novaki-sarvim, bagʻir pargolasi vardim.
Muhiqdur, ey Navoiy, ul pariy mendin malul oʻlmoq,
Nedinkim, koʻyida devonaligʻni haddin oʻtkardim.
* * *
Bahoru bogʻdin ortar malolatu dardim
Ki, yoʻq chaman aro gulbargi nozparvardim.
Meniki, ul yuzu xat dardmand etti, ne tong,
Bahoru sabzani koʻrmakdin ortmoq dardim.
Bahori husn tamannosi ichra bargi xazon,
Sirishk qonlaridin boʻldi chehrai zardim.
Bahor yomgʻuri rahmat sahobidindur agar,
Yogʻarda qoʻymasa chiqmoqqa koʻyidin gardim.
Bihishtning chechagu margʻzoridin ne osigʻ,
Mangaki, ul xatu yuz keldi sabzayu vardim.
Jahon xayolidin andoqkn, fard qildi meni,
Sipehr mehnatini koʻrmasin mahi fardim.
Navoiy ayladi shabzindadorligʻ, netkay
Ki, yetsa boshigʻa bir kecha mohi shabgardim.
* * *
Firoq tigʻi halokidin oncha emgandim
Ki, yetsa dogʻi ajal, oʻlmamakka oʻrgandnm.
Yerim gar oʻlsa tamugʻ, koʻp koʻrunmagay muhriq,
Firoq shu’lasigʻa munchakim, men oʻrtandim.
Halok dashtida itkan koʻngul topilmadi hech,
Quyun kebi nechakim, har yonida aylandim.
Oʻqurda ruq’a hijron uzuldi tori hayot,
Nedinki, toridek azbas oʻzumga toʻlgʻandim.
Emas boshimdin ayoq oh dudi birla qora,
Firoq dashti samumida buyla churkandim.
Demangki, xum kebi dayr ichra sokin oʻlkim, men
Surud uniga magar hol etarda tebrandim.
Navoiyo, oʻtubon umr gʻaflat ichra, darigʻ
Ki, soʻngʻi uyqugʻa koʻz mayl etarda uygʻandnm.
* * *
Koʻngulni bagʻir qonidin lola qildim,
Qoʻyub dogʻ pargola-pargola qildim.
Sovugʻ ohdin qatra paykonlaringni
Yurak gʻunchasi javfida jola qildim.
Koʻzumda ul oy mardum oʻrnini tutti,
Savodin aning davrigʻa hola qildim.
Ne qavmogʻki, uygʻonmadi garchi tunlar
Tong otquncha itlar kebi nola qildim.
Koʻrub obi hayvon yuzinda xubobin,
Tasavvur labing uzra tabxola qildim.
Falak zolining makridin boʻldum emin,
Nedinkim, taloqi bu muhtola qildim.
Navoiy sarigʻ yuzida dogʻi idbor
Chu koʻrdum, gumon sarigʻ lola qildim.
* * *
Visol tuxmini ektim firoq bar toptim,
Vafo niholini tiktim, jafo samar toptim,
Muhabbat oʻtiki, yoqtim visol sham’i uchun
Oʻzumni oqibat ul oʻtdin-oʻq sharar toptim.
Men ashk birla yudum gʻayr naqshini koʻzdin,
Valek gʻayrgʻa-oʻq yordin nazar toptim.
Umid bahrida har necha gʻoʻtakim urdum,
Sadaf koʻzumdinu koʻz yoshidin guhar toptim.
Dedim: bu ramzni anglay, vale xirad pirin
Bu nukta kayfiyati ichra bexabar toptim.
Chu dardi ishq biyobonlarini qildim qat’,
Adam viloyatidin nari yuz xatar toptim.
Navoiyo, kecha-kunduz xatu yuzini tilab,
Shabona navha bila nolai sahar toptim.
* * *
Bitigingdinki, savodini koʻrub jon toptim.
Zulmat ichra masala chashmai hayvon toptim.
Bahrdin qatragʻa ta’zim ila tahsin koʻrdum,
Mehrdin zarragʻa e’zoz ila ehson toptim.
Har alif sarv edi, he gʻunchavu doli sunbul
Demayin nomaki, bir toza guliston toptim.
Anbarin madlarikim mehr edi mazmuni aning,
Har uzun kechada bir mehri daraxshon toptim.
Qatra qonlarki, koʻzum sochti oʻqur holatida
Har shaba ustida bnr la’li Badaxshon toptim.
Ne shaba erdiki, mazmuni bila ashkimdin
Har shaba ustida bir la’li Badaxshon toptim.
Gah-gahe xasta Navoiy tanigʻa jon yetkur
Bitigingdinki, savodin koʻrub jon toptim.
* * *
Jonima dogʻe qoʻyuptur la’ling uzra xolkim,
Koʻngluma oʻt tushmish andin yuzga burqa’ solkim.
Tushmagay el koʻngliga oʻt hamki, aning rashkidin
Biym erur, boʻlgʻaymen andoq ojizu beholkim.
Ashk sayli aylagay koʻyungdin ovora meni,
Bu sifat ovoraligʻdin ayla forigʻbolkim.
Garchi majnunmen sening koʻyungni-oʻq aylab vatan,
Anda-oʻq boʻlsam boʻlay bozichayi atfolkim.
Yogʻsa uryon jismima oʻt anda aylarmen qabul,
Oʻzga yerda gar yogʻar gul, aylaram ehmolkim.
Anda yogʻqan tosh erur jannat gulidin yaxshiroq,
Bu jihatdin anda boʻlmoq istaram pomolkim.
Qatl qilgʻaysen meni bir kun vale aytur koʻngul:
Ey Navoiy, kech bu soʻzdin, sen kim, ul iqbol kim?
* * *
Charxdin gar hardam ermas bir azogʻa kuymakim,
Nega tikkan soyi chok oʻlmoq keraktur koʻnglakim.
Sahl erur koʻnglakki, hijron oʻqiyu gʻam tigʻidin,
Tikmaku chok aylamakka mubtalodur koʻkrakim.
Har zamon koʻzdin yoshim emgaklagan bir yoshdek,
Mayl etar tufroqqa, vah, oʻlturgusi bu emgakim.
Bejigar boʻlsam balo tortargʻa, vah, emdi ne tong,
Bordi koʻzdin chun bagʻir pargolasidin koʻprakim.
Har tong erta cheksa gardun subh tigʻin qatlima,
Tong emaskim, bordur ul dushmanlar ichra ertakim.
Ayshu rohat qushlarnn sayd aylay olmon, garchi bor
Koʻz yoshidin donayu jon rishtasidin ilmakim.
Ey Navoiy, buki gardun evrulur fonusdek,
Koʻngliga kor etti goʻyo sham’ yangligʻ kuymakim.
* * *
Ey qading sarvi ravon, koʻyung bahori gulshanim,
Mehnatu afgʻon sening hajringda koʻrgan-bilganim.
Qabr toshidur bezaklik sarbasar gul bargidin,
Toza-toza dogʻ ila koʻhi balo boʻlgʻan tanim.
Charx mehnat toshidin to ravzan ochti har taraf,
Men malomat bulbuli, goʻyo qafasdur maskanim.
Mehnatu gʻam oʻqlarigʻa, vahki, yuz ming zaxmliq,
Ashki siymandud qilgʻan hay’at oʻldi javshanim.
Tiygʻekim, koʻksum uyin ochti, eshikdekdur anga
Ochilib yopilsa har dam choklig pirohanim.
Doʻstlar, meni koʻngulsiz deb soʻrarsiz, shodmen,
Boʻlmayinmu shodkim, daf’ oʻlmish andoq dushmanim.
Ishq naqdi dogʻi gʻam kirmish Navoiy, koʻngliga,
Vahki, bir dam ajdahodin holiy ermas maxzanim.
* * *
Tirig yururmenu bor mendin ayru jononim,
Bu umr birla yurub oʻlmagan mening jonim.
Bagʻirda yuz xalavu, vah, demakka yoʻq zahram,
Koʻngulda qon toʻlavu yoʻq dam urmoq imkonim.
Ne bir aniski, aritsa lolayi ashkim,
Ne bir rafiqki, anglasa dogʻi pinhonim.
Koʻrub qoshida muhiblarni jam’u men mardud,
Mungayibon buzulur xotiri parishonim.
Koʻngul xud ittiyu jon hamdami boʻla olman
Bir-ikki lahzaki, bor ul zaif mehmonim.
Azimat etkali ul ganji husn andoqdur
Ki, chugʻz or qilur koʻrsa emdi vayronim.
Navoiyo, bu navolarki kecha tortarmen.
Zuhal eshituru xurshid eshitmas afgʻonim.
* * *
Sahar koʻrdum yuzin — aqshomgʻacha kuydi hazin jonim,
Bu erdi subhi vaslim to ne boʻlgʻay shomi hijronim.
Quyosh kulbamgʻa ingandin manga yuz qatla xushroqdur
Qora shomimni ravshan aylagan sham’i shabistonim.
Ne yangligʻ yoshuray hijron gʻaminkim, fosh etar har dam
Ogʻizdin shu’laliq ohim, nazardin ashksiz qonim.
Ajabtur toiri vasl istamak kulbamgʻa qoʻnmoqkim,
Yaqindur nasri voqi’ni uchurgʻay koʻktin afgʻonim.
Qading naxli xayoli koʻzdadur, ey navbahori husn,
Maozolloh, agar ani qoʻngargʻay sayli mujgonim.
Dedim, soʻzon koʻnguldin chekmagil bir dam xadangingni,
Dedikim, qolsa bir dam su boʻlur ul oʻtda paykonim.
Baliyat toshi yogʻdurgʻan kebi vayronima gardun,
Mazallat gardi har dam yogʻdurur boshimgʻa vayronim.
Qadah davrin evur, ey dayr piri, toki mumkindur
Ki, davron ranjini tortargʻa emdi yoʻqtur imkonim.
Dema jomi fano ichra ezilmishtur ajal zahri,
Navoiy, jon berib, ul jomni chekmakdur armonim.
* * *
Tun oqshom boʻldiyu kelmas mening sham’i shabistonim,
Bu anduh oʻtidin har dam kuyar parvonadek jonim.
Ne gʻam koʻrguzsa koʻksum porasin choki giribonim,
Koʻrunmas boʻlsa koʻksum yarasidin dogʻi pinhonim.
Gʻamidin durri maknundek, sirishkim oqti Jayxundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki gʻaltonim.
Falak ham toʻldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmas bu markabdin mening xurshidi raxshonim.
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra oʻlgum, vah,
Manga boʻlsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim.
Dema koʻktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afgʻonim.
Navoiy kebi hijrondin, bu oqshom oʻldum afgʻondin,
Gʻamim yoʻq buyla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.
* * *
Oncha yigʻlatti jafodin doʻstdur deb sevganim
Kim, kular ahvolima har qayda koʻrsa dushmanim.
Doʻstkim qilgʻay meni bedodi dushman kulgusi,
Buyla dushmankomligʻdin yaxshiroqdur oʻlganim.
Doʻst dushmandin manga koʻprak chu tekurdi jafo,
Ne ajab gar emdi dushmandoʻstlugʻ boʻlgʻay fanim.
Ursa dushman zaxm erur marham tavaqqoʻ’ doʻstdin,
Ikkisi zaxm ursa tong yoʻq chok-chok oʻlmoq tanim.
Ta’na birla buzma, ey dushman, koʻngul uyin dagʻi,
Ushbu baskim, doʻst zulmidin buzulmish maskanim.
Doʻstqa jon berdimu dushmandur emdi, vah, ne tong
Oʻrtasa ham doʻst, ham dushmanni ohu shevanim.
Ey Navoiy, doʻst xud yoʻq, vah, ne holatdurki, bor
Boshim uzra dushman ikki diydayn tar domanim.
* * *
Hajr toshining koʻkumtul dogʻidin kuydi tanim,
Ohkim, koʻkurd oʻti birla tutashti xirmanim.
Tiyra kulbam ichra oʻt soldi firoqing, voykim,
Yorudi kuymak oʻti birla qorongʻu maskanim.
Nildin xolu alif yuz uzra to naqsh aylading,
Dogʻ kuydurmak ishim boʻlmish, alif kesmak fanim.
Ishq aro boʻldum gʻaniy, koʻnglum aro paykonidin
Kim, toʻluptur ul javohir birla ushbu maxzanim.
Zarvaraq birla bezabdur gul yuzin, vah, turfa koʻr
Kim, bahor ichra xazon zohir qiliptur gulshanim.
Emin oʻlman xonaqohu xilvat ichra ujbdin,
Zohido, mayxona mulkim, kup ichidur ma’manim.
Ey Navoiy, ul xat etmish roʻzgorimni qora,
Tong emas yirtuq yoqa birla qalamdek shevanim.
* * *
Ayni za’fimdin qoʻlum chun qoʻldading, ey dilbarim,
Qoʻyma ilgimniki, qoʻrqarmen toʻkulgay paykarim.
To junun bemorimen, gulxanning oʻtluq kullari
Boʻldi gulgun rishtadin gullar tiqilgan bistarim.
Sovuq ohimdin zarar topqay edim gʻam bazmida
Jism uyinda boʻlmasa oʻtlugʻ koʻnguldin mijmarim.
Qatra xaylar ichra ul orazni koʻrdum, ey rafiq,
Oʻlmagim ermas ajabkim, sugʻa tushmish axtarim.
Dema, la’lim shavqidin sipqarmading qon bir qadah,
Men icharmen, koʻz toʻkar, netib tugansun sogʻarim.
Gulshani faqr ichra to kirdim, erur balkim emas
Gunbadi nilufariy gulshanda bir nilufarim.
Hajr tigʻi koʻp uchun jismimda har yon chekti bosh
Ey Navoiy, men mazallat toyiri, budur parim.
* * *
Ul pariy nazzorasigʻa, vahki, yoʻqtur toqatim
Kim, qachon qilsam nazar devona aylar hayratim.
Bas, ne nav’ aylay tamannokim, visoli sham’idin
Hajr shomi gah-gahe boʻlgʻay munavvar suhbatim.
Suhbatida bor ham topsam bu toli’ qaydakim,
Bir nafas mahramlari silkida boʻlgʻay xidmatim.
Xidmatigʻa mahram oʻlsam ham qachon imkoni bor
Kim, degay bir lahzaye boʻlgʻil harifi xilvatim.
Boʻlsa ham xilvat muyassar, vahki, hargiz yoʻqturur
Poyboʻsi davlatin zohir qilurgʻa jur’atim.
Gar oyoq sunsa koʻzumga ham koʻngul ne voykim,
Ul zamon koʻz rashkidin kuydurgusidur gʻayratim.
Vasl umidin qoʻy Navoiykim, xayoledur muhol,
Bu muhol ummid ila har lahza berma zahmatim.
* * *
Boʻlmish andoq munqati’ ahli zamondin ulfatim
Kim, oʻzum birla chiqishmas ham zamone suhbatim.
Ey xush ulkim, tutmish erdi vahsh ila sahroda uns,
Muhish ahvole mangakim, bor oʻzumdin vahshatim.
Istaram qochmoq adam vodiysidinkim, kirgali
Vomiqu Farhodu Majnun bas gʻuluvdur xilvatim.
Toʻlgʻanurmen oʻzlugumdin chiqgʻali bukim erur,
Dard vodiysida sargardon quyundek hay’atim.
Ey ajal, tan xirqasin kuydurki, boʻlmish bas ogʻir,
Bu malomat oʻqlari birla tikilgan kisvatim.
Ey falak, anjum ushoq toshin yigʻib boshinggʻa ur,
Chun fano mayxonasi xishtidin oʻldi turbatim.
Yetti koʻkni koʻk varaqlardek sovurgʻay har taraf,
Toqi minoyiy aro chirmalsa ohi hasratim.
Qoʻy duru feruza bahsinkim, nujumu charxni
Nilufar bargi uza shabnamcha koʻrmas himmatim.
La’ldek boshim osilsun gʻarqai xunob oʻlub,
La’l tikkan saltanat tojigʻa boʻlsa ragʻbatim.
Turfa koʻrkim, xalq komi birla umrum boʻldi sarf,
Turfaroq bukim birovga yoqmadi bir xidmatim.
Ey Navoiy, ikki olamdin kechib toptim visol,
Bu iki butxonadin ermish bu yoʻlda ofatim.
* * *
Yetkach ul qotil, erur boʻgʻzumda ikki barmogʻim,
Tigʻi oʻrnin koʻrguzub, surgil debon yolbormogʻim.
Vasl jomining agar mufrit emas kayfiyati,
Sen qachon kelgach, mening nedur oʻzumdin bormogʻim?!
Hajr tirnogʻi bila koʻnglumnikim, qildim figor,
Boʻlmasun gʻayring demakdindur bu nav’ axtarmogʻim.
Baski shavqung gʻolib oʻlmish telbalardek, ey pariy,
Yoʻqturur tun-kun xayoling birla soʻzlab hormogʻim.
Hajr aro yoʻqkim, visol istab, oʻlum istab, erur
Furqatingdin oʻzni bir tadbir ila qutqormogʻim.
Soqiyo, taklif ila ich dema, toʻldur dogʻi koʻr
Kim, ayogʻning naqshini eltur qirib sipqormogʻim.
Ey Navoiy, tortayin dermen koʻnguldin intiqom,
Yoʻqsa yuz gʻamni anga har dam nedur boshqormogʻim.
* * *
Vasling istab oʻqdek etkay erdi sur’at paykarim,
Naylayinkim, hajr oʻqi paykonlaridur langarim.
Otashin la’ling gʻamidin oʻrtanib, qon yigʻlasam,
Goh qondin, goh oʻtdin la’lgundur paykarim.
Koʻzu mujgoningdin ayru uyqu yoʻq men xastagʻa
Kim, momugʻ yangligʻ tnkon birla toʻlodur bistarim.
Ey niholi noz, ohimdin hazar qilkin, bukun
Koʻp koʻhan paykar shajarni yiqqudektur sarsarim.
Ul quyosh aksin may ichra koʻrgali oshuftamen,
Ne ajab oshuftaligʻkim, sugʻa tushmish axtarim.
Men ozibmen yoʻldinu bas tiyradur hijron tuni,
Toli’ oʻl, ey kavkabi iqbolu, boʻlgʻil rahbarim.
Ey Navoiy, ne ajab gar nazmim elni yigʻlatur
Kim, yozilmish hajr oʻtining dudasidin daftarim.
* * *
Bahori vaslda oʻrtandi rashkdin jonim,
Xayol qilki, ne boʻlgʻay xazoni hijronim.
Tanim tugonlariga marham, ey rafiq, ne sud,
Erur koʻngulda chu yuz muncha dogʻi pinhonim.
Ne nav’ deyki, buzugʻ koʻnglum ichra gah-gah kel,
Toʻkar chu gardi fano lahza-lahza vayronim.
Jununum emgagidin gar toriqting, ey nosih,
Salomat oʻl senu shahring, menu biyobonim.
Kamoli za’f koʻrungkim, yetar necha yerda,
Koʻnguldin ogʻzima yetkuncha xayli afgʻonim.
Salomat ahli, tutung dinu ofiyatqa azo
Ki, mastu arbadajoʻ chiqti nomusulmonim.
Qadah quyoshi bila, soqiyo, munavvar qil,
Ki, gʻamdin asru erur tiyra kunji ahzonim.
Zamon elida vafo yoʻq, agarchi jon bersang,
Bas oʻldi ersa vafosiz, ne ayb, jononim.
Deding, firoqida sabr ayla toki mumkindur,
Navoiyo, dema bu soʻznikim, yoʻq imkonim.
* * *
Ne kun kelgayki, kelgay nozaninim,
Ne xush boʻlgʻayki, boʻlgʻay hamnishinim.
Saodat xatlari qilmish huvaydo,
Iting changiga surtulgan jabinim.
Erur ul shoʻx otqan kaj guruha,
Koʻngul ganji aro durri saminim.
Nedin ul koʻz chekar oʻq goʻshalardin,
Gar oʻlturmakka qilmaydur kaminim.
Tekurma otashin la’linggʻa boda
Kim, ul oʻtdin kuyar joni hazinim.
Ketur, ey mugʻbacha, jomi mugʻona,
Erur, olsang, bahosi naqdi dinim.
Navoiy, ne osigʻ, jonongʻa yetmas
Navolarkim chekar joni gʻaminim.
* * *
Tutqali bodai gulgun qadi savsan mohim,
Savsani xonadurur har kecha manzilgohim.
Vahki, vasfida tilim loldurur savsandek,
Savsani toʻn ila to jilvagar oʻlmish mohim.
Koʻrgali qaddini savsan sari tuz boqmaymen,
Ushbu soʻz tuzlugiga tengri erur ogohim.
Manga dilxoh aning qaddu yuzidur, garchi
Savsanu gul sari koʻp mayl qilur dilxohim.
Qomating xijlatidin savsan oʻlubtur necha rang,
Yo bu nav’ etmish ani shu’lavu dudi ohim.
Bu chaman savsanu sarvigʻa baqo chun yoʻqtur,
Boʻlsa gul gashtidin aning, ne ajab, ikrohim.
Ey Navoiy, netayin sarv ila savsanki, erur
Savsani toʻn bila ul sarvi ravon hamrohim.
* * *
Firoq oʻtidin aningdek qizibturur badanim
Kim, ani sokin etar jonni oʻrtagan tuganim.
Gʻamingdin uyla oʻluklar hisobi boʻlmishmen
Ki, hujra madfanu idbor gardidur kafanim.
Sirishk bahri aro uyla xoʻy qilmishmen
Ki, su kishisidek oʻlmish tengiz aro vatanim.
Farishtaligʻ tilamon, istaram iting boʻlsam,
Agar boʻlur esa zulfung kamandidin rasanim.
Agarchi yuz tikan ul gʻamza tikti bagʻrimgʻa,
Yuz ochsang, ochgʻusi yuz gul bagʻirda har tikanim.
Xush ulki, yigʻlar edim zor-zor dayrda mast,
Sanam gʻamidin oʻlub chok-chok pirahanim.
Navoiyo, qani ul fayz xonaqoh ichra
Azimat etki, erur xushroq anda-oʻq ekanim.
* * *
Hajringda qonu gʻussadur ichmak-emaklarim,
Ishrat surudi nolai zor aylamaklarim.
Maxfiy gʻaming yozarda yigʻilgʻan bitikcha bor
Darding nihon tutardin oqargʻan soʻngaklarim.
Jonu koʻngul firoq hujumida ittilar,
Mendin zabunu zorroq ermish koʻmaklarim.
Oʻpmak izingni yoʻq haddim, ammo xayol ila
La’lingni yolqitur mutaoqib muchaklarim.
Gardi balo boshimgʻa yogʻar onchakim, magar
Chambarlaridin ayladi gardun elaklarim.
Yuz pora bagʻrima tish urar men yutarda qon,
Bu boʻlsa may, ne tong, alar oʻlmoq gazaklarim.
Ogʻzing gumoni erdi Navoiyda, shukrkim,
Nutqung yaqingʻa qildi badal barcha shaklarim.
* * *
Emas junundin, agar togʻlarda boʻlsa qarorim
Ki, qoldi bahri sirishkim tubida mulku diyorim.
Jamoling oyinasin xat chu tiyra ayladi — oʻldum,
Ne ayb, qilsa quyosh koʻzgusini tiyra gʻuborim.
Chu itlaring yaladi qonlarimni zaxmlaridin,
Gʻarib marham edi buki topti jismi afgorim.
Sirishk qoni chu naqsh ayladim, nigor yetishti,
Bihisht qildi buzugʻ manzilimni naqshu nigorim.
Halokim ul qadu yuzdin chu boʻldi, tufrogʻim uzra
Boʻlur, chu sarv uza gul egilsa, sham’i mazorim.
Qadah olib labi jon baxshinga, quy ogʻzima, soqiy
Ki, jonni aylagudekdur halok ranji xumorim.
Navoiyo, su agar qilsa toshni, ne osigʻdur,
Nigor koʻngliga qilmas asar chu nolai zorim.
* * *
Subhidam gul yoqti sham’u lola zohir qildi jom,
Ya’ni yoqib sham’, ol jomi sabuhiy birla kom.
Jomi gulgun xushturur bir sarvqad shoʻx ilgidin,
Ul nafaskim, tong yelidin gulga sarv aylar salom.
Subhkim bulbul maqomi «rost» tuzgay sarv uza,
Bazm uchun tut sen dogʻi bir sarv ayogʻinda maqom.
Subh nevchun umrdin may birla kome topmagʻay,
Kimsakim, umrigʻa yoʻqtur e’timod oʻlgʻuncha shom.
Soqiye xushtur sabohatligʻ sabuhi vaqtida,
Lek andin xushroq uldurkim, bu aysh oʻlgʻay mudom.
Gul arusigʻa berur ziynat chaman mashshotasi,
Su bila har subh to boʻlmish zilol oyinafom.
Sen dogʻi bir gul isi birla dimogʻingni qizit,
Vasl savdosin pishur, garchi erur savdoi xom.
Men xud ul sarvi xiromonni dedim, umri aziz,
Vahkim, ul sarvi xiromon bas itik aylar xirom.
Ey Navoiy, umr ishida xud koʻp ihmol aylading,
Qilmasang dunyo ishiga ham boʻlur koʻp ihtimom.
* * *
Oncha kavkab toʻkti shomi gʻam xayolingdin koʻzum
Kim, yorudi oqibat subhi visolingdin koʻzum.
Xoldin koʻz tiyra boʻlmoq rasm erur, bu turfakim,
Yorudi koʻz mardumidek turfa xolingdin koʻzum.
Quy aqiqi may suhayli jom aro, ey mugʻbacha
Kim, yorur ul axtari farxunda folingdin koʻzum.
Vaslinga yettim bihamdillahki, zoni’ boʻlmadi,
Ulki, qon yigʻlar edi har dam xayolingdin koʻzum.
Bu sababdinkim, nedin sensiz qolib koʻr oʻlmadi,
Boqa olmaydur yuzungga infiolingdin koʻzum.
Yangi oy koʻrgach xaloyiq, koʻzni tutmoq rasm erur,
Lekin ochildi koʻrub mushkin hilolingdin koʻzum.
Shukr lillahkim, Navoiydek munavvardur yana
Xoki poyingdin yuzum, sham’i jamolingdin koʻzum.
* * *
Loladek yuzung xayolidin toʻla qondur koʻzum,
Balki lola jomidek qon ichra pinhondur koʻzum.
Ichida su tegrasida yosh qobargʻan shakl ila,
Sensizin bir toza qoʻygʻan dogʻi hijrondur koʻzum.
Yel xam etkan sham’ oʻti andomi birla oʻrtanur,
Yoʻq ajab gar kecha tong otquncha giryondur koʻzum.
Shoxi marjondur qizil raglar, duri gʻalton sirishk,
Bu zarofatdin biaynih bahri Ummondur koʻzum.
Har yoram jismimda bir hayron koʻz oʻlmish holima,
Turfa koʻrkim, muncha hayron koʻzga hayrondur koʻzum.
To toʻkar jonbaxsh la’lingning xayolidin sirishk,
Bahri ashk ermaski, ayni obi hayvondur koʻzum.
Koʻz nazar yoʻlin tilar tutqay vido’ ashkin toʻkub,
Koʻz yumub ochquncha yuz koʻrguzki, mehmondur koʻzum.
* * *
Yuzung gʻamidin erur abri navbahor koʻzum,
Ne ayb, yer yuzini qilsa lolazor koʻzum.
Savodu qoni bila bir gʻarib lola erur
Ki, lolazor base qildi oshkor koʻzum.
Ne qoni lola erur, ne savodi dogʻi aning
Ki, qoʻydi hajr oʻtidin dogʻi intizor koʻzum.
Agarchi qildi meni xoru zor koʻnglumu bas
Valek ayladi koʻnglumni xoru zor koʻzum.
Ne konu bahr ekinkim, labu tishing gʻamidin
Gulu sumangʻa qilur la’lu dur nisor koʻzum.
Bukim qorardi chu tardoman erdiyu gʻammoz
Firoq shomidadur tiyraroʻzgor koʻzum.
Navoiy, ayla nazar tarkini demang, chunkim
Men ixtiyor etibon, qilmas ixtiyor koʻzum.
* * *
Bahor boʻldiyu gul mayli qilmadi koʻnglum,
Ochildi gʻunchavu lekin ochilmadi koʻnglum.
Yuzung xayoli ila vola erdim andoqkim,
Bahor boʻldiyu gul mayli qilmadi koʻnglum.
Gum oʻldi bogʻda ogʻzing xayolidin, yuz vah
Ki, gʻunchalar ora istab, topilmadi koʻnglum.
Koʻzumda jilva qilib, koʻnglum olmoq istadi gul,
Iting izicha ani koʻzga ilmadi koʻnglum.
Yuzung nazorasida mastu mahv edi, ya’ni
Ki, gul chogʻida zamone oyilmadi koʻnglum.
Zamona gulbunida gʻunchadekdur el koʻngli,
Alargʻa shukrki bore qotilmadi koʻnglum.
Navoiy gʻuncha tilab, koʻnglum ogʻzin etti havas.
Agarchi topmadi, lekin yongilmadi koʻnglum.
* * *
Ikki gul kecha kulbamni guliston aylabon,
Oldilar jonimni bedod, ulcha imkon aylabon.
Biri boʻrkin sindurub, jonlar safin sindurgʻali,
Aqlu din mulkin safi mujgoni vayron aylaboi.
Biri bir necha hilolin egri bogʻlab noz ila,
Anjumu aflokni husnigʻa hayron aylabon.
Biri xatti sabzasidin gulga bogʻlab hoshiya,
Bazmin ul sabzayu gul bogʻi rizvon aylabon.
Biri olam ahlining koʻngli qushin sayd etkali,
Sunbuli domini gul uzra parishon aylabon.
Biri qoshu kirpigidek oʻq bila yo ilgida,
Lekin ul yo birla-oʻq jonlarni qurbon aylabon.
Biri voʻsma birla surma rangidin koʻk toqini,
Ofat angizu qora nargisni fatton aylabon.
Biri bogʻlab bargni toʻn uzra minorang qur,
Naxli qaddin gʻayrati sarvi xiromon aylabon.
Biri gulgun toʻngʻa sarigʻ astardin zeb etib,
Sarvi ra’nosin guli ra’noda pinhon aylabon.
Mastligʻdin ul qilib ilgida dogʻin oshkor,
Shoʻxligʻdin jongʻa bu yuz dogʻi pinhon aylabon.
Zulm ila ul oʻlturub, bu lutf birla tirguzub,
Gar bu qilsa zulm, ul ham lutfu ehson aylabon.
Men agar boqsam bu yon, tigʻ urub aning ishvasi,
Boqsam ul yon, gʻamzadin bu tiyr boron aylaboi.
Ey Navoiy, bu fasonang yo tush erkin, yo xayol,
Necha lof urmoq oʻzunga muncha boʻhton aylabon.
* * *
Argʻuvoniy toʻnmudurkim kiymish ul sarvi ravon.
Yo magar sarv ravon qilmish libosin argʻuvon.
Sarvning har bargi bagʻrim qonidin serob erur,
Yoʻqsa boʻlmas argʻuvoniy barglik sarvi ravon.
Sarvdin to topti ziynat argʻuvon yuz shavq ila,
Boshqa sanchar argʻuvon har zod sarvi navjavon.
Argʻuvonu sarv istarmen chamanda, to meni
Argʻuvoniy toʻn bila ul sarv qildi notavon.
Koʻrguzur qaddu libosing shavqidin qonligʻ mija,
Koʻzda har dam argʻuvonu sarvdin bir korvon.
Argʻuvoniy toʻn bila qatl aylamas ul sarvkim,
Qon ila qilmish libosin argʻuvoniy bir avon.
Argʻuvonu sarvdin to dahr bogʻi zebdur,
Boʻlsun ulkim dahr aro ham shoh erur, ham pahlavon.
* * *
Lolaning gʻunchasidek koʻnglum oʻluptur toʻla qon,
Vahki, el gʻofilu kuydurdi meni dogʻi nihon.
Zahri hajr ichkali dermenki, qilay ishqin tark,
Aytqandek kishi muhlik maraz ichra hazayon.
Roʻzgorimki qora boʻldi, erur ishq asari,
Qayda oʻt tushsa, qoraligʻi qolur yerda nishon.
Ishqing oʻtinki, yoshurdum, el aro yoydi raqib,
Kim isitmani nihon tutsa qilur marg ayon.
Xating ichinda labingning iki xoli ne ajab
Ikidur nuqta, yozilur esa xat ichinda jon.
Hajr uchun qonim ichar har sari qonligʻ tuganim,
Xon erur ollida, to koʻngluma boʻlmish mehmon.
Charxdin mehr isi topqangʻa takabbur ne ajab,
El dimogʻigʻa chu koʻkurd oʻti aylar nuqson.
Xalq ta’n etsa, Navoiy egilib nola qilur
Igri yangligʻki, qilur yel asari birla figʻon.
* * *
Baski qaddi gʻunchadek el koʻnglin olib qildi qon,
Gulbuni noz oʻlmish el koʻnglidin ul sarvi ravon.
Koʻzlaring xunxorligʻdin doyimo bemor erur,
Boda koʻp ichkandin andohkim, boʻlur el notavon.
Yoshurun husnungda bir onedururkim, jon aro
Ham alif, ham na’l uza dogʻim erur andin nishon.
Yuzidin biynomen archi yuz chiqarmas pardadin,
Nurdin koʻrmakdur, ammo nur erur koʻzdin nihon.
Ishq komil boʻlsa, mehnat oʻqlaridin bok emas,
Ne zarar bulbulgʻakim, boʻlgʻay tikandin oshyon.
Ishq bogʻining suyi qondur, ne tong gar ohu ashk
Anda yoxud otashin gul ochsalar yo argʻuvon.
Subhning har tong erur el gʻaflatidin kulgusi,
Mehr xonidin gumon qilmaki, yebdur za’faron.
Topmadim bu dayr holidin xabar, ey mugʻbacha,
Bexabar qil meni oʻz holimdin emdi bir zamon.
Dard agar budur, Navoiy chiqsa olamdin ne tong,
Mastu uryon koʻkragiga tosh urub, tortib figʻon.
* * *
Jongʻa har dam ishqidin yuz ming balo kam istamon,
Oʻzgaga ming yil oʻtub, yuzdin birin ham istamon.
Yor chun istarki, gʻamnok oʻlgʻamen hijronidin,
Ne ajab gar vaslidin koʻnglumni xurram istamon.
Tigʻi ishqing zaxmidin jonim bir osoyishdadur
Kim, agar yuz qatla oʻlsam, dogʻi marham istamon.
Dev siyratlar bila koʻrsam ne hol oʻlgʻay manga,
Ul pariygʻa chun malak xaylini hamdam istamon.
Ne tahammul, gar yuziga tushsa nomahram koʻzi
Oʻz koʻzumni ayni gʻayratdin chu mahram istamon.
Oncha el javrin koʻrub menkim tilarmen fardliq,
Boʻlsa yore ham vafoliq, jinsi odam istamon.
Ey Navoiy, ishq agar olamgʻa rasvo qilmasa,
Men xud oʻzni kuch bila rasvoyi olam istamon.
* * *
Bogʻladim afgʻongʻa bel naydek, seni koʻrgan zamon,.
Za’fdin qilding meni oxir beli bogʻliq somon.
Emdi ruhung toza et ul otashin ruxsordin
Kim, meni mahjur ani koʻrmak hamon, kuymak hamon.
Koʻz yumulmish hajrdin, ul yuzga ochmoq istaram,
Lek hijron koʻz yumub ochquncha ham bermas omon.
Dasht aro derlar meni Majnun, ani men koʻrgan el,
Charx zoli bizni goʻyokim ketirmish tav’amon.
Yaxshilardin yaxshidur yorim, ne nav’ aylay tama’
Vaslin aning, menki bordurmen yomonlardin yomon.
Qil zuloli vasl ila bulbulni, ey gul, shodkim,
Bu chamanda doimo shodobliq yoʻqtur gumon.
Azm etib ermish Navoiyni soʻrargʻa ul Masih,
Ey ajal, joning uchun jonimgʻa rahm et bir zamon.
* * *
Mahvashekim chehra davrinda qiron etmish ayon,
Davrning mahvashlarida uldurur sohibqiron.
Ne qiyigʻ erkin ul oy toʻnidakim, tikkan chogʻi
Mehr anga zarrishta yetkurmish, farisa osmon.
Tugma gulgun deklayida la’l paykoni emas,
Gulga bogʻlabtur koʻngul bulbullar, ammo barcha qon.
Titraguch ermas murassa’kim, quyosh boshi uza
Xoʻshai parvin shioi xat aro qilgʻil makon.
Voʻsmayu gulgunadin ul orazi zebo erur,
Sabzayu guldin nachukkim zeb topqay boʻston.
Olloh-Olloh, anglamonkim, hursen yoxud pariy,
Odami bu shakl ila hargiz kishi qilmas gumon.
Ey Navoiy, yaxshi ermas erdi ul yon borgʻaning,
Chun borib oʻtluq yuzin qilding tamosho, emdi yon.
* * *
Gʻamingda buzdi koʻngul xonumonini hijron,
Tarahhum aylamading xonumoning obodon.
Koʻngul shikofi emaskim, yaqosin ayladi chok,
Yaqoda tugmalar oʻrnida har taraf paykon.
Ne ayb, ohim oʻti koʻnglung ichra qilsa asar
Ki, barq toshqa ham tegsa, qolur anda nishon.
Qiliching elga tegib, rashkdin men oʻrtandim,
Ne la’b erurki, su ichra qilibsen oʻt pinhon.
Firoq za’fida sihhat manga ne mumkinkim,
Gʻizo yerida bagʻir boʻldi sharbat oʻrnida qon.
May ichki, mugʻbachalar suhbati gʻanimatdur,
Bir-ikki kunki bu dayri fanoda sen mehmon.
Navoiyo, neki olam ishida mushkildur,
Desangki qilgʻasen oson, oʻzungga tut oson.
* * *
Labingda nilgun xolingdur, ey jon,
Nachukkim sharbat ichra tuxmi rayhon.
Qizil raglar koʻzumda hajr oʻtidin
Balo bahrida butkan shohi marjon.
Yuzungkim, maydin oʻlmish gul uza gul,
Koʻngul bogʻlanmish andin qon uza qon.
Seni barmogʻ bila koʻrsatmas elkim,
Bilib oʻlmakni arz aylarlar imon.
Koʻngul saydi koʻzungdin chun qutulmas,
Ne mundu tuzdilar ul xayli mujgon.
Vafo ahli esang, ich davr ayogʻi
Kim, asru bevafodur ahli davron.
Senu gulbong, ey bulbulki, tortar
Navoiy gulruxidin ayru afgʻon.
* * *
Garchi toʻkti qon koʻzum sensiz hamon koʻnglum hamon,
Ne koʻnguldin bir zamon chiqting, ne koʻzdin bir zamon.
Chun tanimni hajr oʻti kuydurdi, oh ursam ne tong,
Dud qilmai naylagay ahgar uza tushkan somon.
Hajr oʻtining dudi koʻz ochmoqqa qoʻymas, ohkim,
Koʻz yumub ochquncha hijron zulmidin topmon omon.
Dahr aro yaxshi-yomon ichra base qildim nazar,
Dilbarimdin yaxshi yoʻq, andoqki yoʻq mendin yomon.
Vahshatim dasht uzra zohirdur junundin onchakim,
Vahshkim Majnungʻa rom erdi, erur mendin ramon.
Soqiyo, hijrondin oʻldum, aylagil bexud meni.
Quy toʻlakim, boda yoxud zahr ekanni tolgʻamon.
EY Navoiy, bir zamon gar vasl topsang aysh qil
Kim, zamongʻa mumkin ermas hech kim boʻlmoq zamon.
* * *
Huqqai la’lingda koʻptur xurdai ma’ich nihon,
Ushbu ma’nidin ani goʻyoki derlar xurdadon.
Hush ila sabrim sipohi uylarin kuydurdi ishq,
Har yangi dogʻim ul uylar oʻrnidin qolmish nishon.
Koʻzda ashkim qonidin har sori koʻrgil qatralar,
Nuqtalar yangligʻki qoʻygʻaylar qachon yozilsa qon.
Tigʻ chun boshimgʻa yetkurdung tavaqquf qilmakim,
Su maqom etmas biyik yerdin quyi boʻlmay ravon.
Bir momuq tiqqan quloqdur har yaram marham bila,
Xasta koʻnglum baski oʻqi zaxmidin tortar figʻon.
Jomi durd birla yiq, ey soqiyi davron, meni
Kim, oʻlarmen ishq koʻyida sogʻalsam har zamon.
Ey Navoiy, emin erman zuhd aro mundin nari,
Dayrni ma’man qilay, gar umrdin topsam amon.
* * *
Koʻngul toshlar qorasin dogʻlarkim, qoʻydi gʻam har yong
Junun ifrotidin devona sochqondek diram har yon.
Men ashk ichra choʻmub, har tun qilib hamsoyalar oshub,
Mening holimgʻa yoʻq oʻtkan uchun uylarga nam har yon.
Erur har sari ushshoq ohidin, mendin emas bukim,
Boʻlur naxli qadigʻa jilva aylar chogʻda xam har yon.
Bulutqa humrat ermas mehrdin, balkim tutoshibdur,
Momuqdek baski chiqti ohim oʻtidin alam har yon.
Boʻlur qon mushki, ishqing mushkini qon ettikim, boʻlmish
Qora shanjarf, holim yozgʻali qoʻysam qalam har yon.
Itibtur telba koʻnglum har taraf, ey ishqu dard, istang,
Soʻrayin ul parivash koʻyida men xasta ham har yon.
Ne vodiy qat’i qilmoqdur, fano dayrida sokin boʻl
Ki, qay ravzangʻa qoʻysang koʻz boʻlur mar’iy haram har yon.
Dame oʻksutmagil, yo rab, xarobot ahli gʻavgʻosin
Ki, ul undin kudurat qushlarigʻa boʻldi ram har yon.
Navoiydek qadam mayxonada berkit sutun yangligʻ,
Desang ollinggʻa yuz gʻam kelmagay, qoʻysang qadamhar yon.
* * *
Choklik koʻksum eshikdur, jism uyi baytul-hazan,
Ul eshikning halqasidur na’lu gulmexi tugan.
Gul yuzung shavqida tigʻi ishq ila boʻlsam shahid,
Boʻlgʻusidur hurlar gulgunasi qonligʻ kafan.
Argʻadol ichra qaroqchi mahfiy oʻlgondekdurur,
Fitna xayligʻa panah zulfung dogʻi chinu shikan.
Chugʻz tashbihin manga, ey husn ganji qilmakim,
Men vatan buzmishmen, ul qilmish buzugʻ ichra vatan.
Sudramang ul koʻyidin yuz zaxm ila men xastani
Kim, yopishmish ostoni farshigʻa qonligʻ badan.
Uyla, ey bulbul, bahor oʻlmish xazon birla qarin
Kim, degaysen bir guli ra’no boʻlubtur bu chaman.
Yuz hiyal qilding Navoiy qatligʻa, faryodkim,
Aylading bir tirguzur uchun yuz oʻlturmakni fan.
* * *
Yuz jafo, tong yoʻq, gar ul nomehribondin koʻrgamen,
Kim vafo koʻrmish biravdinkim, men andin koʻrgamen.
Kimsa abnoyi zamondin koʻrdimu hargiz vafo
Kim, men ul xunrezu oshubi zamondin koʻrgamen.
Qoʻyki, itdek telba koʻnglum necha mehnat, ey rafiq,
Har dam ul ovorayi bexonumondin koʻrgamen.
Oʻzgalar lutfin netaykim, jonima orom erur,
Javru bedodikim, ul oromi jondin koʻrgamen.
Nozaninlar jilvagohi ichra har yon telmurur
Koʻzlarimkim, ul sumanbarni qayondin koʻrgamen.
Yeru koʻknii ashku ohim saylu dudi qildi gum,
Necha ranju mehnat ul ikki yomondin koʻrgamen.
Dema ul oy orazin koʻrsang, urar boshinggʻa tigʻ,
Har balo kelsa boshimgʻa osmondin, koʻrgamen.
Xirqayu sajjodani qilsam fano dayrida rahn,
Ikki olam sudini mundoq ziyondin koʻrgamen.
Ey Navoiy, soʻrmagʻilkim, qilmagʻumdur oshkor,
Yuz nihoniy dardu mehnatkim, falondin koʻrgamen.
* * *
Orazing naqshin koʻngul lavhida tasvir etkamen,
Boʻlmasa taqdir ani koʻrmak, ne tadbir etkamen.
Ey qora koʻz, boʻlmas ul yuz shavqidin yuzdin biri,
Koʻz qorasidin agar yuz noma tahrir etkamen.
Yoshurun qolgʻaymu ishqim, buylakim ul shoʻxdin
Chiqsa bir soʻz bexabar, yuz qatla taqrir etkamen.
Ne junundur buki, har tun ul parivash vasligʻa,
Yuz xayol aylab, yana borigʻa tagʻyir etkamen.
Eyki, dersen vasl koming boʻlsa, jon qilgʻil fido,
Ul muyassar gar boʻlur, men xud ne taqsir etkamen.
Ishq azaldindur nasibim, nosiho, man’ etmagil,
Man’ qilsang ham, netib men man’i taqdir etkamen.
Ey Navoiy, naqdi jon bergil deding savdosigʻa,
Buyla savdo gar muyassar boʻlsa, tavfir etkamen.
* * *
Tufrogʻimdin ahli ishq etsa tanure shodmen
Kim, ichimda ishq oʻti yonmoq bila mu’todmen.
Odamiligʻdin meni shod istamang, ey doʻstlar
Kim, meni majnun pari hijronidin noshodmen.
Ishq aro qozdim balo togʻini tirnogʻim bila,
Uyla sogʻinmangki Shirin oshiqi Farhodmen.
Shomi hajr ul koʻy aro, ey sarsari hajr, esmakim,
Uyla tufrogʻmenki subh anfosidin barbodmen.
Zulmu bedodingdin elga ohu afgʻon solma koʻp,
Zulm agar sen aylagung men qobili bedodmen.
Gar berib qulluqqa xat bir sogʻar ichtim dayr aro,
Qilmangiz aybimki olam fikridin ozodmen.
Ey Navoiy, ishq aro gardungʻa sunmasmen boʻyin,
Lekin ul xurshid agar tigʻ ursa ham munqodmen.
* * *
Yorab, anglabmu ekin ul oykim, aning zorimen,
Kechalar savdosidin andoqki zulfi torimen.
Sihhatim boʻlsa, topibmen la’li yodidin shifo,
Notavon ham boʻlsam, aning koʻzlari bemorimen.
Yoʻqturur haddim demakka yornmen yoxud iti,
Itlariga har kishi yor, ul kishining yorimen.
Xoʻblar ushshoqigʻa jon bersalar, ul qilsa qatl,
Har sari yuzlansa ishq ahli, men aning sorimen.
Istasa el jonini, bilmon berur-bermaslarin,
Boʻlsa yuz jon ham, anga borin berurmen borimen.
Jilva aylab mast, to koʻnglumni oldi mugʻbacha,
Dayr piri itlari silkida xidmatkorimen.
Hajrdin to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey Navoiy, anglakim, jon birla minnatdorimen.
* * *
Dema mehnat togʻining Farhodi sargardonimen,
Toza yuz ming dogʻ ila ul qullaning qaplonimen.
Lam’ai ruxsoridin parvonadek kuysam ne tong
Menki, yillar ul malohat sham’i sargardonimen.
Husnungga hayron esam, kelmas ulus hayronligʻi,
Kimki hayroning emastur, men aning hayronimen.
Men oʻlar holatdavu jon qasdi aylar ul pari,
Odamiyligʻ koʻrgʻuzurkim, bir nafas mehmonimen.
Gar koʻngul buzdi meni, yor erdi bois shukrkim,
Chugʻzning yoʻq bir malohat ganjining vayronimen.
Dayr piri tutsa may, noʻsh etsam ermas aybkim,
Zahr agar ich derkim, aning bandayi farmonimen.
Telbalikdin aql sari istamish zohid meni,
Ey Navoiy, muncha nodon bilmas erdim ani men.
* * *
Ohu vovayloki ishqingdin jahon shaydosimen,
Ham jahon shaydosi, ham ahli jahon rasvosimen.
Koʻrsa hush ahli yuqar mendin junun holimgʻa boq
Kim, xirad ahli ulusning boisi savdosimen.
Kim junun ahli aro nodonroq ul, donoroq ul,
Ishqu dard iqbolidin ul xaylning donosimen.
Olami savdoda tinmay poʻya urmogʻliq bila,
Podshohi ishqning payki jahonpaymosimen.
Koʻrmakimdin aqli kulga yuzlanur savdoi ishq,
Ey koʻngul, shaxsi xiradning moyai vasvosimen.
Dashti savdoda havoi ishqu mehnat gardidin,
Besarupo poʻyalar birla quyun hamposimen.
Ey Navoiy, holima el yigʻlaru ul oy kular,
Shukrkim bir nav’ ila aning nashotafzosimen.
* * *
Yana ne chehragʻa oʻt soldi mayki, hayronmen,
Yana ne turrani yel ochtikim, parishonmen.
Uchurki, ey quyun, ul oy boshigʻa evrulayin,
Bu damki yoʻlida tufroq birla yaksonmen.
Biri fusunu biri simyogʻa haml etarlar el,
Chu za’fdin kelibon koʻzlariga pinhonmen.
Vuhush aro meni dasht ichra koʻrdi chun Majnun,
Tasavvur ettikim, ul xaylgʻa nigahbonmen.
Chu xalqdin qochibon dayr sari yuzlandim,
Rafiqlar, bilingiz, vahshiyi biyobonmen.
Chu bilmay elga vafo ayladim — jafo koʻrdum
Ne sud emdi, agar nechakim pushaymonmen.
Navoiy emdi qilurmen Hijoz ohangi,
Sogʻinmagʻil yanakim azimi Xurosonmen.
* * *
Kelsa bir kun, necha kun kelmasligidin lolmen,
Bir kun oʻz holimda boʻlsam, necha kun beholmen.
Necha kunkim kelmasa, aylar oʻlum holi meni,
Kelsa bir kun oʻlturur, bu ishvalardin lolmen.
Yoʻlida tufrogʻ agar boʻldum, gʻaraz poboʻsidur,
Boʻlsa bu komim ravo, gʻam yoʻq agar pomolmen.
Dilbarim Shirin bila Layligʻa gar aqron esa,
Men dogʻi Majnun birla Farhodgʻa amsolmen.
Hindu oʻldum, hajr etkach roʻzgorimni qora,
Yo balogʻa nuqta, yo anduh yuziga xolmen.
Soqiyo, hijron gʻami tugʻyondadur, lutf aylakim,
Dam-badam oshuftai bir jomi molomolmen.
Ey Navoiy, boshima koʻrkim nelar kelturdi ishq,
Piri aql erdim, bu dam bozichai atfolmen.
* * *
Yana ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.
Za’fdin qaddim alif boʻldi, ul ikki lomi — zulf
Har yonimdin fitnagar, vah ne ajab, gar lolmen.
Itlaringning izidin yuz gul koʻzum bogʻidadur,
Shukr erur bu hamki, ishqing yoʻlida pomolmen.
Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung gʻamidin dolmen.
Itti ul koʻnglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi oʻlgali ishqingda forigʻbolmen.
Ishq oʻti bu nav’kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.
Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun boʻlgʻali bozichayi atfolmen.
* * *
Labing mayi havasidin mudom yigʻlarmen,
Piyoladek boʻlubon talxkom yigʻlarmen.
Gʻaming tunida kuyub sham’dek sahargʻa degin,
Oʻzumga uyquni aylab harom, yigʻlarmen.
Oʻzumni har nimaga kunduz aylaram mashgʻul,
Gʻarib holima, chun boʻldi shom, yigʻlarmen.
Toriqti charx yigʻimdin, magarki bilmas edi
Ki, dardi hajr zamonin tamom, yigʻlarmen.
Xayol ila anga deb, dam-badam salomimni
Berib oʻz-oʻzuma, andin payom yigʻlarmen.
Boʻlub ichim toʻla qon davr eli nifoqidin,
Sarigʻ uzor ila andoqki jom yigʻlarmen.
Navoiyo, yana bir lolarux firoqinda,
Koʻzum yoshin qilibon lolafom, yigʻlarmen.
* * *
Bir yuzi oʻtluq sharori ishqidin mahrurmen,
Doʻstlar, oʻrtansam, etmang aybkim, ma’zurmen.
Ishqini ne sud pinhon tut demaktin, ey rafiq,
Emdikim ishq ichra rasvoliq bila mashhurmen.
Men kimu uyqugʻa koʻz yummoq, chu yoʻqtur toqatim,
Orazidin koʻz yumub ochquncha gar mahjurmen.
Ne ajab Farhodu Majnun zikrikim, boʻlmish unut,
Kim, men el ichra jununu ishq ila mazkurmen.
Obi hayvon ichmagaymen istabon daf’i xumor,
Menkim ul maygun labi jonbaxshdin maxmurmen.
Kimsaga chun yoʻqturur bu korgahda ixtiyor,
Yoʻq manga aybu hunar, gar mast, agar masturmen.
Ey Navoiy, vasl umidin yoqmogʻil toʻhmat manga
Kim, men ul mahvashni bir koʻrmak bila masrurmen.
* * *
Xurshid tulu’ etsa, quyoshing sogʻinurmen,
Koʻrgach yangi oy maylini qoshing sogʻinurmen.
Har gulki jahon gulshanidin jismima, ey shoʻx,
Yetkach, meni savdozada toshing sogʻinurmen.
Ey koʻz, qurudung, lek qayu sayli balokim,
Bir uyni xarob ayladi yoshing sogʻinurmen.
Ey jism, ajal chobuki har goʻykim oʻynar,
Maydoni fano ichida boshing sogʻinurmen.
Nay sharhin eshitkach qilib, ey nola, seni yod,
Koʻz sharhalarin koʻrsa, xaroshing sogʻinurmen.
Ey xasta koʻngul, boʻlgʻali sen ishqda majnun,
Koʻrgach seni sargashta, adashing sogʻinurmen.
Oʻlgan itin, ey xasta Navoiyu raqibin
Chun koʻrsam iti ollida loshing sogʻinurmen.
* * *
Meni bedil sanga jon oʻynamoq birla yaraydurmen,
Bale sen tiflni bu tuhfa birla argʻadaydurmen.
Labing koʻrgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, bolni tutmay«in barmogʻ yalaydurmen.
Dedim: koʻnglumga har yondin xadanging nedurur yora?
Muhabbat oʻtigʻa, dedi, oʻtundurkim, qalaydurmen.
Chu ahli dard uchun payvasta qosh yosini tortibsen,
Manga oʻq novakingni xush kushod etkim, qulaydurmen.
Anga yetkur soʻzum, ey ohkim, ul husn mir’oti
Chu qildi jilva, koʻzgu aksi yangligʻ aldaraydurmen.
Magar eltur pariylar, ey fusungar, telba koʻnglumni
Ki, turmaydur nechakim jismim uyinda qabaydurmen.
Navoiy telbarab to ul pariy koʻyiga yuzlanmish,
Eshiturmen figʻon, lekin hadisin anglamaydurmen.
* * *
Gʻamingda har kecha, ey gul’uzor, yigʻlarmen,
Sahargʻa tegru chekib intizor yigʻlarmen.
Menu qora kecha, yoʻq nisbatim sanga, ey subh
Ki, sen kularsenu men sham’vor yigʻlarmen.
Burungʻi mehru vafo, soʻnggʻi javru zulmingni
Birin-birin sogʻinib zor-zor yigʻlarmen.
Kularlar el manga beixtiyorkim, har dam
Eshitsam otini beixtiyor yigʻlarmen.
Mungaydi koʻnglum aningdekki, hazl nagʻmasidin
Ki, elga kulgu etar oshkor, yigʻlarmen.
Kular sipehri daniy iztirobigʻa koʻnglum,
Vale oʻzumda koʻrub iztirob yigʻlarmen.
Navoiy, ashkim oqizgʻay gʻamim tunin mundoq
Ki, charxdek kecha tutmay qaror, yigʻlarmen.
* * *
Ne tirigmen, ne ulug, ne sogʻ, ne bemormen,
Ayta olmankim, firoqingdin ne yangligʻ zormen.
Nuqtayi ogʻzing gʻamidin tortibon jadvaldek oh,
Ashk saylin oqizib sargashta chun pargormen.
Doʻstlar, koʻnglum hadisin demangiz tengri uchun
Kim, men ul devonayi sargashtadin bezormen.
Koʻnglagingdinkim topar jon dam-badam Yusuf isi,
Ey azizim, men ham ul koʻnglak aro bir tormen.
Bir quyosh hajrinda tundek roʻzgorim tiyradur,
Tong emas gar tun kebi motam tutub yigʻlarmen.
Mayda afyun ezgil, ey mugʻkim, bu eski dayr aro,
Telbararmen gʻussadin gar bir nafas hushyormen.
Nevchun el dushnomu ta’nidin boʻlay oshuftahol,
Ey Navoiy, chun nekim derlar yuz oncha bormen.
* * *
Koʻnglum uyin har nechakim, istasang gʻam topqasen,
Dogʻi hajru gʻussayi besabrligʻ ham topqasen.
Kam emas oshiq sanga, solsang meni koʻzdin, vale
Oshiqekim, sodiq oʻlgʻay men kebi kam topqasen.
Noʻshi vasl, eykim tilarsen, nishi hijron koʻrmayin,
Chun emas bagʻring jarohatligʻ ne marham topqasen.
Ne gʻaming yuz zarra sargardonligʻidin, ey quyosh,
Senki rif’atdin Masiho kebi hamdam topqasen.
Kulma xam qaddimgʻakim, yuklansa ishqing Qof aro,
Ishq ostida yozilgʻan «qof»dek ham topqasen.
Muncha furqat ashki birla boʻlsa doʻzax maskanim,
Koʻzlasang yuz qari oʻtub, xirqam tengin nam topqasen.
Ey nasihatgoʻ, Navoiy yaxshidur deb istading,
Bilmadingkim, buyla bir rasvoyi olam topqasen.
* * *
La’lu gʻamzang birla baskim nuktadon ustodsen,
Bir nafas borsen Masiho, bir zamon jallodsen.
La’li shavqidinki gʻam togʻin qozarsen, ey koʻngul,
Ne balo Shirin havaslik notavon Farhodsen.
Ahli dillar chehrasi oltun, sirishki siym erur,
Toki siymi nob aro qilding nihon poʻlod sen.
Nargisingdin bir nazar qilgʻilki asru bir yoʻli
Qullaring holidin, ey sarvi ravon, ozodsen.
Nayshakardek qaddinga, vah, bargni toʻn demakim,
Ishqpechon bargida boʻlgʻan nihon shamshodsen.
Xurram oʻlmassen sumurmay bir qadah, eykim, mudom
Charxdin koʻnglung boʻlub yuz laxt qon noshodsen.
Ey Navoiy, jisminga paykonlaridin langar et,
Yoʻqsa bu ohing yelidin nogahon barbodsen.
* * *
Koʻngul olurda ajab dilrabo emishtuksen,
Ne dilraboki, baloyi xudo emishtuksen.
Koʻngul berurda sanga bilmas erdim, ey badmehr
Ki, xasta koʻngluma mundoq balo emishtuksen.
Tabib ojiz oʻlub oqibat dedi bildim
Ki, ishq dardi bila mubtalo emishtuksen.
Gadoligʻ ettim esa boʻsaye, achigʻlanibon
Dediki: asru uyatsiz gado emishtuksen.
Koʻngulni kuydurubon jon olursen, ey yangi dogʻ,
Figʻonki, bir yoʻli koʻngli qaro emishtuksen.
Cherig vuhushu senga taxt qulla, ey Majnun,
Fano mamolikida podsho emishtuksen.
Dedim: kamina itingmen, kulub manga aytur:
Navoiy, ne balo xudnamo emishtuksen?
* * *
Gʻunchai xandon uza xolingmudur, ey mahjabin,
Yo magar shahd istay ul gulbarg uza qoʻnmish chibin.
Dasht uza Majnun kebi sargashtadurmen, to erur
Ul musofir mahvashim Layli kebi sahronishin.
Chin-bachin zulfung tushar el boʻynigʻa, yuz voykim,
Bizni chun koʻrdung — tushar qoshing uza chin uzra chin.
Korvoni mushk erur zulfu bapogoʻshingda xol,
Nofai mushk oʻgʻrisi bir goʻshada qilgʻan kamin.
Yuzung uzra zulfu zulfung halqasidin yuz erur,
Kishvari din ichra kufru halqai kufr ichra din.
Yuz oʻtidin oʻrtading bulbul kebi koʻnglumnn, lek
Gar toʻkulmas, xushtur ul gulkim ochilmish otashin.
Uyla mahzundur Navoiy yor hijronidakim,
Gar chekar ishrat surudi xalqni aylar hazin.
* * *
Ey koʻngul, gar quti jon qilmoq tilar boʻlsang labin,
Yoʻqtur imkon solmayin boʻynunggʻa tavqi gʻabgʻabin.
Shomi hijron uyla muhriqdurki, har soat qurur,
Oʻl qilib daryogʻa yopinsam bulut chodirshabin.
Tiyradur ul nav’kim, qilgʻay quyosh nurin qora,
Garchi kunduz charx toli’ qilsa baxtim kavkabin.
Uyla usruk chiqti javlon aylab ul, oykim, qilur
Yer bila teng, koʻk uza sekretsa nogah ashhabin.
La’li jon olmoq tilar, yoʻqsa takallum aylasa,
Ruh ila qilgʻay musharraf yuz Masiho qolibin.
Sofi may ichkim, kuduratdur sarosar, angladim
Ham zamon rasmini, ham ahli zamonnnng mashrabin.
Charx toqidin sado ermas, maloyik zikridur,
Chun Navoiy yetkurur gardungʻa yo rab-yo rabin.
* * *
Koʻz bogʻida gul ekmisham ul yuz xayolidnn,
Vojibdurur koʻzumga su bermak jamolidin.
Oʻptum labin yuz ochqach, erur turfa koʻrmakim,
Gul birla meva bir yoʻli ul qad niholidin.
Ruxsori koʻzgusiga, koʻzum mardumigʻa aks,
Fahm ayladim biaynihi ul yuzda xolidin.
Jonim gadoligʻ etti bir oʻpmak, vale labing
Bersa javob koshki aning savolidin.
Roʻyiyat chogʻi biyik daraja birla yangi oy
Koʻrdi nazzora ahli qoshingning hilolidin.
Zohidki, qildi mastligʻim ayb, ayilmagʻay,
Bir dam su ichsa, maykada singʻan safolidin.
Faryod ila Navoiy aning vaslin istamish,
Faryod, aning bu nav’ xayoli muholidin!
* * *
Necha kundurki xabar topmamisham siymbarimdin,
Ne asardur xabarimdin, na xabardur asarimdin.
Nazarim ollida oysiz kechadin tiyraroq oʻldi,
Hajr kunduzlari, to bordi quyoshim nazarimdin.
Zaxmi qotil ekanin derga erur har biri bir til,
Tigʻi hajri qayu pargolaki, tildi jigarimdin.
Keluram oh nla rasvoligʻ oʻti har sari sochib,
Ofiyat ahli, salomat qoʻpunguz rahguzarimdin.
Buylakim, ul koʻzi ofat yonar oʻt jonima urdi,
Barqi ofat choqilur olam aro har shararimdin.
Ul sifat ishqu junun togʻ ila dashti aro ittim,
Ki,na Farhod nishon topti, na Majnun xabarimdin
Dahr bogʻida vafo naxli ekib, berdi jafo bar,
Bogʻbono, deki, ne bergamen ul samarimdin.
Nosiho, ishqu junundur hunarim, tarki buyurma,
Sanga or oʻlsa, manga faxrdurur bu hunarimdin.
Ey Navoiy, boribon yor, fano dashtigʻa tushtum,
Magar ul qaytsa, men qaytqamen bu safarimdin.
* * *
Xarob erdim agar yori sitamkorim jafosidin,
Oʻlarmen bu zamon yori vafodorim azosidin.
Biri javri qazodur jonima, birga qazo yetti,
Xalos ermas kishi har hol ila tengri qazosidin.
Aning hajri dogʻi muhlik, munung dardi dogʻi qotil,
Nechuk jon eltkaymen buyla ikki ish arosidin.
Jafosidin munung charx etmasun bori meni mahrum,
Agarchi ayladi mahjur ul birning vafosidin.
Munung javru jafosi roʻzgorimni qora qildi,
Bu mahzunni chiqarmay roʻzgor aning qorosidin.
Aning hajri gar oʻlturdi, bu birning vasli tirguzdi,
Tirik boʻlsam chiqa olmon munung shukri adosidin.
Tiriklik jonima bu ikki ishtin bir balo boʻldi,
Ajal, qutqar meni mundoq tiriklikning balosidin.
Kishiga boʻlmasun bu nav’ ikki yorkim, oʻlgay
Birining ishtiyoqidin, birining ibtilosidin.
Navoiy ishqi tavrin ibtido qilgʻandadur yuz hayf
Ki, bir ham qilmading andisha bu ish intihosidin.
* * *
Istaram yuz manzil oʻtkaymen Adam sahrosidin,
To zamone tingʻamen olam eli gʻavgʻosidin.
Umr naqdin sarf etay dermen fano bozorida,
To qutulgʻay xotirim sudu ziyon savdosidin.
Xushturur vayronaye taskin uchun, lekin yiroq
Yuz ming illiq yoʻl falakning gunbadi miynosidin.
Chiqmayin bu dayrdin mumkin emas boʻlmoq xalos
Har kecha yuz ming buti siymin badan yagʻmosidin.
Har soʻngak yonimda qasdi umr etar, vah, xoʻshaye
Bormu imkonkim, qutulgʻay muncha mehnat dosidin
Za’faroniy yuzda gulgun ashk toʻkmak ne osigʻ,
Ishva koʻrgan dahr bogʻining guli ra’nosidin.
Gʻarqa el dafni uchun sardobayedur har hubob,
Ishq vodiysinda ashkim saylining daryosidin.
Ishvagarlar dogʻidin jon pardasin koʻr, ohkim,
Bu harir eskirdi zolim shohlar tamgʻosidin.
Ey Navoiy, dahr bogʻidin qutulmoq istakim,
Bulbul uchqan yaxshiroq zogʻu zagʻan ma’vosidin.
* * *
Yuzu zulfungni sogʻinib kelmisham, ey mahjabin,
Kechani kecha demay, kunduzni kunduz demayin.
Ohu afgʻon chekma deb, ogʻzimgʻa, jono, muhr qoʻy,
Chunki la’ling xotamu yoquti nobingdur nigin.
La’lining har bir hadisi shahddek shirin erur
Ore-ore doyimo gul bargidindur angabin.
La’l uza xat ichra xolingdur nihon yo hinduye,
Sabzada yoshundi shakkar qasdigʻa aylab kamin.
Yangi oy xurshid aro boʻlmoq ayon ma’hud emas,
Vah, nedur aylab gʻazab solmoq jabining uzra chin.
Sham’ni parvona kuydurmakdin, ey gul, qilma ayb,
Bulbul ermasturmu kul, yo sen emassen otashin.
Ey Navoiy, ochmagʻay qonimdin oʻzga lolaye,
Har giyah bu yoʻldakim, qatlimgʻa chekmish tiygʻi kin.
* * *
Har xazon bargi erur zoreki dahr ozoridin
Sargʻarib mendek tushar ayru sihiyqad yoridin.
Har qurugʻan shox majnundurki tufrogʻ uyiga
Topshirur har dam ilig yub nozanin bemoridin.
Bogʻ aro, demang, xazonkim oshiq oʻlmish men kebi,
Bilgurur sovugʻ nafas birla sarigʻ ruxsoridin.
Har oqar suni xazon tiygʻi qilibdur zarfishon,
Keskali mehru vafo naxlin jahon gulzoridin.
Bu sarigʻ yuz birla oʻlsam koʻyida, tobutima
Shoxlar bogʻlang xazoniy ishqpechon toridin.
Koʻyida kuymish koʻngul bukim, xazondur bogʻ aro
Esti bir yel, goʻyiyo kuygan gʻaribim soridin.
Kohi yuz birla oʻlarmen, Isaviydam soqiyo,
Boda tut xurshidi jomi kahrabokirdoridin.
Bodayekim jur’asi tomgʻach, xazon yafrogʻlari
Tok bargidek qizargʻay sarbasar ashjoridin.
* * *
Chiqargʻach ul mahi mahmilnishin oraz niqobidin,
Jarasdek nola aylarmen koʻngulning iztirobidin.
Emas koʻksumda eski dogʻlar, bal suqbalardurkim,
Suvabmen to xayoling chiqmagʻay koʻnglum xarobidin.
Havoyi ishqing asrargʻa erur har yon kumush gunbad
Ki, qilmishmen imorat bahri ashkimning hubobidin.
Bagʻirda nishi gʻam oʻlturdiyu koʻnglumda yuz gʻamkim,
Iting qut etmagay nogah quyuk bagʻrim kabobidin.
Tanu jon zavraqin gʻarq etkali girdobi ofatdur
Quyunlarkim, yugurur ishq dashtining sarobidin.
Qoshi mehrobidin yuz qiblagʻa qoʻy dersen, ey nosih,
Muvajjah deb ekinsen, vahki, ojizmen javobidin
Xirad mulkini sabrim kishvaridek buzdung, ey soqiy,
Bu selikim ravon qilding qadahpolo sahobidin.
Bu bazm ahlini bot yiqmoqdin oʻzga soqiyi davron
Ne qildi qasd bu nilin qadah davri shitobidin.
Navoiy rishtayi fikri chekar ma’no sumanboʻyin,
Xush ul tojirki, Yusuf chehra koʻrguzgay tanobidin.
* * *
Sarveki nolishim biyik oʻldi havosidin,
Yuz ming figʻonki, ogah emas mubtalosidin.
Koʻnglumni koʻzlaridin ayirmangki, chiqmagʻay
Majnun nasihat ila kiyiklar arosidin.
Men tiyra uyda bexudu yuz nav’ guftugoʻ
Har koʻ boshinda telbaligim mojarosidin.
Koʻnglumda toza dogʻlaring shaklin istasang,
Fahm ayla oʻtlugʻ ikki koʻzungning horasidin.
Quvvat tutar labing gʻamini yeb hazin koʻngul,
Goʻyoki qon tavallud etar bu gʻizosidin.
Davlat libosi shahgʻaki, yoʻqtur shikoyatim,
Mugʻ dayri tegrasida gadoligʻ palosidin.
Gʻam shomidin Navoiyni netkay xalos etib,
Yorutsang uyini sham’i jamoling ziyosidin.
* * *
Yuz oʻtida yuz qatra su, tong yoʻq, xoʻyi gʻaltonidin,
Koʻnglum oʻtida yoʻqmudur yuz qatra su paykonidin.
Qilgʻanda raxshin garmpoʻy ul shahsuvori tundxoʻy,
Qilgʻay debon ollida goʻy, olmon boshim maydonidin.
Bu dardu gʻamdin lolmen, maydon aro pomolmen
Kim, koʻrgach-oʻq beholmen ul ishvagar javlonidin.
Boshim sari nazzora qil, ey charx, dod, boringni bil,
Dogʻi saodat anglagʻil har zaxm aning chavgonidin.
Maydongʻa ul chobuk surub, boshimgʻa chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub, el poʻyasi har yonidin.
Koʻk mazraidin xoʻshaye kasb aylasang, qil toʻshaye,
Kom istabon tut goʻshaye, goʻyi falak davronidin.
Gardun chekib tigʻin nihon, yuz javr birla toʻkti qon,
Oxir Navoiy topti jon, topqach vafo jononidin.
* * *
Xayoling kelsa koʻnglumga boʻlur ozurda mujgondin,
Haramgʻa azm qilgʻan uylakim xori mugʻilondin.
Oʻqung koʻnglumga tegmasdin gʻubore erdi koʻnglumda,
Gʻubori oʻlturishmish to su septing anda paykondin.
Koʻzum xunobi la’ling shavqidin bahr oʻldi tong ermas,
Chiqib gulgun bu daryoning sahobi yogʻsa qon andin.


Xating naqshi buzugʻ koʻnglumda aylar qasdi jon, vahkim,
Boʻlur neshi balo har sabzakim butkay bu vayrondin.
Chaman tufrogʻin, ey ahbob, aritmang zor jismimdin,
Libosin soʻymangiz hazl aylabon majnuni uryondin.
Labing vasfida jonbaxsh oʻlsa anfosim tong ermaskim,
Damim ul dam nasimidurki eskay obi hayvondin.
Soching sarrishtasidin bir girih koʻnglumda jam oʻldi,
Bu jam’iyat erur koʻnglumga ul zulfi parishondin.
Ne gulgun sogʻare mumkin, ne gulrux soqiye mavjud,
Jihat budur: Navoiy gar tilar ketmak Xurosondin.
Buyurdi shayx paymon maydinu mugʻ tutti paymona
Rizo yoʻlida ne paymonadin qochtim, ne paymondin.
* * *
Tilab jannatni, oʻtmon doʻst koʻyida gadoligʻdii,
Muhaqqar bogʻ uchun kechmak boʻlurmu podsholigʻdin.
Boʻlub bsgona, ul may dogʻi to xirqamdadur bildim
Ki, dogʻi hajr emish oxir natija oshnoligʻdin.
Firoqing ichra qolgʻach, oʻlmakimga qilma hayratkim,
Oʻlumdin oʻzga ish yoʻq, jismgʻa jondin judoligʻdin.
Ajoyib ibtilodur bandi zulfung ichra jonlargʻa
Ki, bor oʻlmakcha bir soat najot ul mubtaloligʻdin.
Jahon shoʻxinki, el mahbubidur, aqd aylading, lekin
Taammul qilki, ne lozim kelur bu kadxudoligʻdin.
Yorut may lam’asidin xilvatimni bir kun, ey mugʻkim,
Yorugʻlugʻ topmadim xilvatda yillar porsoligʻdin.
Koʻzum andoq qorarmish tiyra zuhd ichraki, gar soqiy,
Demon may tutsa, zahr ichkaymen ani koʻz qoroligʻdin.
Bu gulshan gʻunchasida jola ermaskim, tish irjaytib
Kular oshufta bulbul navhasigʻa bevafoligʻdin.
Navoiy, benavoliq shevasin berma ilikdinknm,
Navo har kimki istabtur, topibtur benavoligʻdin.
* * *
Uyga kelmish, deb xabarlar aytibon jononadin,
Mast elturlar bu nav’ aldab meni mayxonadin.
Boʻlmasam loya’qilu mundoq libosot oʻlmasa,
Tushmakim ayru ne mumkin sogʻaru paymonadin.
Istamang Farhodu Majnun tavrini mendinki, xalq
Qilmamish ahli xirad rasmin talab devonadin.
Ishq mulkida ulugʻ hangoma tuzgay ahli dard,
Aylagan bir doston zoxir bizning afsonadin.
Boʻlmish ul begonavash begonalargʻa oshno,
Oshnoligʻlar isi topsam, ne tong, begonadin.
Orazu xoling giriftori esa koʻnglum, ne ayb
Kim, guziri yoʻqtur ul qushning bu obu donadin.
Bu kuhan dayr ichra kim topsa rafiqu sogʻare,
Odam ermas, tashqari qoʻysa qadam vayronadin.
Sarv qadlar sadqasi boʻlgʻangʻa oʻrtanmakdur ish,
Ravshan et bu mojaroni sham’ ila parvonadin.
Xorligʻ gardi aro botib, havodis toshining,
Vahmidin har dam chiqa olmon buzugʻ koshonadin.
Himmating bor esa, dunyo shoʻxidin ozod boʻl,
Shohidi makkora mayli xoʻb emas farzonadin.
Kim Navoiyni qilur gʻoyib, topar mayxonada,
Goh dudi ohu gohi na’rai mastonadin.
* * *
Demangiz kelmish alam sihhat ketib, yor ilgidin
Kim, manga ham yuz alamdur ul jafokor ilgidin.
To ilik boʻynigʻa osti yuz duoyu hirz ila,
Surtubon yuzni musharraf boʻldi, tumor ilgidin.
Zor koʻnglum ilgida, ozor ham ilgidadur,
Bedavo ozorini kasb etti bu zor ilgidin.
Kosh jonimni aning ilgiga qilgʻaymen fido,
Jongʻa har ne boʻlsa boʻlgay, bori dildor ilgidin.
Dardini minnat tutub, jonimga aylarmen qabul,
Anglasamkim, kam boʻlur bir zarra ozor nlgndin.
Boda olgʻach, titratur har subh ilgimni xumor,
Ichmasam ikki labolab jom xammor ilgidin.
Ey Navoiy, koʻnglum ilgidin chekarmen yuz balo,
Tuxmat aylarmenkn, bor ul moh ruxsor ilgidin.
* * *
Shahid oʻlsam libosi lolagun sarvi ravonimdin,
Yasang qabrim uza mile, boʻyang gulrang qonimdin.
Koʻrub tumordek chirmanmogʻim hajrida rahm etmas
Ki, gʻofildur ichimda har taraf dogʻi nihonimdin.
Quruq tandinki, qilding sharha-sharha, nola tortormen,
Ne tong vajd oʻlsa elga dam-badam naydek figʻonimdin.
Alifsiz jon kebi yoʻq ul pariydin oʻzga mavjude,
Hazin jonimda to hijron xadangi chiqti jonimdin.
Koʻrunub zulfining tori, koʻrunmas za’fdin jismim
Nedinkim ul tavonoroqdurur bu notavonimdin.
Koʻngul koʻz oʻtu saylidin kelib holim koʻra olmas,
Maloyik ravzanimdin, bal xaloyiq ostonimdin.
Erur qotildin etmak orzu jonbaxshliq rasmi,
Umidi mehribonligʻ bogʻlamoq nomehribonimdin.
Meni uyqugʻa solmish dahr bogʻining nasimi, vah,
Ne gul tergaymen ushbu tushta koʻrgan boʻstonimdin.
Navoiy, bilki topmishmen nishon maqsuddin beshak,
Oʻshal kunkim, nishone topmasang istab nishonimdin.
* * *
Mehr koʻrsa har kishi oʻz dilbari zebosidin,
Oʻrtanur munglugʻ koʻngul bemehrim istigʻnosidin.
Ey musulmonlar, netib soʻrmoq tamannosin qilay,
Menki bir soʻkmak tilab topman labi goʻyosidin.
Qaddi ra’nosidin elga jilvayi vaslin netay,
Chun menga yoʻq juz duru boʻlmoq guli ra’nosidin.
Yetkurub elga labi jonbaxshidin quti hayot,
Juz oʻlum hukmi manga yoʻq la’li ruhafzosidin.
Tong yeli, tund esma ul yonkim, uyumaydur kecha
Itlari faryodiyu ushshoqining gʻavgʻosidin.
Qon yutarmen durdi sogʻar shavqidin, ey piri dayr
Sogʻare ber, mugʻbacha, la’li qadahpaymosidin.
Ey Navoiy, shukr qil zulm etsa ul sultoni husn
Kim, qayu qul sencha topti tarbiyat mirzosidin.
* * *
Dema gulgundur libosim ashkning xunobidin,
Shu’ladurkim, oʻrtanurmen hajr oʻtining tobidin.
Koʻzlarin kofir desam yoʻq, ey musulmonlar, ajab
Kim, ikovlon yuz evurmishlar qoshi mehrobidin.
Gʻunchai serobi hayvon chashmasidur goʻyiyo,
Anda su inmish oqib har yon guli serobidin.
Qush solib sayd etmagilkim, maxlasi yoʻq berkishib,
Jon qushi boshinggʻa sanchilgʻan gajak qullobidin.
Xoʻblar oshiqlarigʻa mehrin etkan chogʻda arz,
Lofdur, har neki sen dersen muhabbat bobidin.
Bodai sofu, harifi sodayu mushfiq rafiq,
Gar muyassar boʻlsa bas, olamda aysh asbobidin.
Uyqudin koʻz ochmading, goʻyo ani baxtim kebi
Aylading yagʻmo Navoiy didayi bexobidin.
* * *
Koʻzgu har dam sudur ul ruxsori olamsoʻzdin,
Muz aningdekkim erir mehri jahonafroʻzdin.
Yuz ochib, bildirdi qad birla sochi teng erkanin,
Zohir oʻlgʻondek tunu kun tengligi navroʻzdin.
Istasangkim, tikkasen yuz pora koʻnglum chokini,
Yaxshiroq hech igna yoʻq ul novaki dildoʻzdin.
Ishq gard etkan tanimdin hajr oʻti uchqunlari,
Tir har yon lam’a koʻrguzgan kebidur toʻzdin.
Ovlading koʻnglum, chu soid koʻrguzub qovmaq nedur,
Javr ila ketmak chu kelmas saydi dastomuzdin.
Soqiyo, davron gʻamidin ranjamen, koʻnglum aro
Past qil anduh oʻtin jomi nishot anduzdin.
Kech, Navoiy, jonu koʻnglungdinki, yoʻqtur ishq aro
Chora ohi jongudozu nolai dilsoʻzdin.
* * *
Har qatra qonki tomdi koʻngul toza dogʻidin,
Bir toza lola ochti gʻaming hajr togʻidin.
Demon, ichinda xurda nihon qildi gʻunchakim,
La’ling gʻamida oʻt chiqar aning dimogʻidin.
Tengdur shahu gado xatikim, duda birdurur
Shah bazmi sham’idin, dogʻi gulxan charogʻidin.
Ermas uchuq, shakarga yopishti chibin pari,
Ikki labim bila ani olsam dudogʻidin.
Mast uyqu ichra topsamu bir kecha olmasam
Ikki koʻzumni tonggʻacha aning ayogʻidin.
Gulda vafo yoʻqin qayu bir qushki angladi,
Hargiz vafo guli tilamas dahr bogʻidin.
Doim yuzung xayoli Navoiy koʻzindadur,
Gʻoyib emasturur pari aning bulogʻidin.
* * *
Vahki, vahshu tayr uyumaslar gʻamim bedodidin,
Kecha it afgʻonidin bnl, subh qush faryodidin.
Chiqsa toʻbidin quyosh koʻrguzmagay bu lutfkim,
Angladim yuz jilva qilgʻan qomating shamshodidin.
Garchi har damkim sogʻinsam. shavqidin jonim chiqar,
Istamon jonimni gʻofil bir dam aning yodidin.
Gʻam sahobidin yogʻar Majnungʻa mehnat yomgʻuri,
Dudi ohi chiqti goʻyo xotiri noshodidin.
Deb eding, hajrimdin oʻlsang tirguzay bir tigʻ ila,
Orzu oʻlturdi, vah, oʻtkarmagil miodidin.
Rostliq ozodalar oyinidur fahm aylagil,
Bu chamanning sarvi birla savsani ozodidin.
Shayx agar masjidqa, men mayxonagʻa borsam ne tong,
Ey Navoiy, har kishiga chora yoʻq mu’todidin.
* * *
Orazingni tush koʻrub to subh tindim uyqudin,
Chun koʻz ochtim uyqudin kun chiqmish erdi oʻtrudin.
Suda boʻlgʻon jilvagar oyo quyosh aksimudur,
Yoxud ul oy zohir aylabtur jamolin koʻzgudin.
Kecha baskim holima gah kuldimu gah yigʻladim,
Tun asardur yigʻlamoqdin, subh dogʻi kulgudin.
Soʻrmang, ey vasl ahli, mendin shodligʻkim hajr aro,
Oʻzni hargiz koʻrmadim bir dam qutulgʻan qaygʻudin.
Chunki urdung tigʻ oʻq ham yogʻdur emdi har necha
Kim, yogʻin naf’ aylamas, ulkim halok oʻlgʻay sudin
Xalqai dars ichra gʻavgʻodin dimogʻim topti za’f,
May tutub soqiy dame qutqor meni bu yorgʻudin.
Ey Navoiy, jon olib dedi beray koming valek
Dam ura olmon anga holi bu olgʻu bergudin.
* * *
Mehr emas mash’al yorutqon qal’ai aflokdin
Kim, falakka soldi oʻt ruxsori otashnokdin.
Ishqdin kuydi tanimda har churuk boʻlgʻon soʻngak,
Kim koʻrubtur mundoq avj olmoq choqin xoshokdin.
Bas munosibdur tikar holatda koʻksum chokini,
Ip suvurmoq koʻnglakim jaybigʻa qilgʻan chokdin.
Sargaronmen ishqdin chopsang boshimni bogʻla berk
Kim, choparda raxsh uzulub qolmagʻay fitrokdin.
Gar gʻazab vaqti qoʻligʻa tushtumu tigʻi yalang,
Bok emas olmang meni ul qotili bebokdin.
Mast agar mayxonada oʻldum meni, ey doʻstlar,
May bila yub bogʻlangiz na’shim belini tokdin.
Dema poko-pok kech mendin, Navoiy, negakim
Poklikdin boʻlmagʻay kechmak seningdek pokdin.
* * *
Chun xayolingda koʻngul behol edi oʻz rashkidin,
To ne hol oʻlgʻay visol ichra anga koʻz rashkidin.
Vaslida chun oʻzni mahram koʻrmay oʻldum, gʻayrni—
Koʻrsa mahram naylagay ulkim oʻlar oʻz rashkidin.
Soʻz degon ermishki bir soʻz deb oʻlukni tirguzay,
Ey koʻngul, men xud dami naqd oʻldum ul soʻz rashkidin.
Gul qizil, sarigʻ emas gulshanda sen koʻrgan zamon,
Oq gul erdikim necha rang oʻldi ul yuz rashkidin.
Mehri tobon rashkdin botti koʻrub chehrangda xoʻy
Kim, quyoshqa koʻrdi muncha tob yulduz rashkidin.
Lutfu qahri sarbasar muhlikdurur ul shoʻxning,
Boʻlmadi oʻlmak meni mahzungʻa yolgʻuz rashkidin.
Ul quyosh chunkim boʻlur kunduz ayon, aqshom nihon,
Kecha hajridin Navoiy oʻldi, kunduz rashkidin.
* * *
Sirishk qonin oyogʻing uchun xino qilayin,
Qabul tushsa qarogʻim ezib qaro qilayin.
Aqiqi la’linga jon javharin nisor aylay,
Savodi xolinggʻa koʻz mardumin fido qilayin.
Qora menging bila qadding xayoli kelsa, vatan
Munga koʻz ichra yasay, anga jon aro qilayin.
Qadingki soya soliptur, ulay anga, ya’ni
Ki, ishq ilmin alifbedin ibtido qilayin.
Labini qasdima tishlar, yuziga telmursam,
Boqib turub necha oʻz jonima jafo qilayin.
Koʻngul qushikim erur jilvagohi gulshani quds,
Bu domgohda nedin ani mubtalo qilayin.
Navoiyo, gʻamim ahli vara’din oʻlmadi kam,
Qoʻy emdi maykada piriga iltijo qilayin.
* * *
Ahd qildim, ishq lafzin tilga mazkur etmayin,
Til nekim, xomam tilidin dogʻi mastur etmayin.
Barcha elga fitna boʻlgʻan koʻzga maftun boʻlmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.
Ishq kufri birla taqvo xonaqohin buzmayin,
But xayolidnn koʻngul dayrini ma’mur etmayin.
Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,
Har kun aning hajrida koʻnglumni maxmur etmayin.
Gar chiday olmay koʻngul bersam birovga nogahon,
Bori el ichra chiday olgʻancha mashhur etmayin.
Ishqu may anjomi chun hajr oʻldi, qoʻy, ey shayxkim,
Oʻzni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.
Zulm ila el jonigʻa oʻt yoqma, eykim, shohsen,
Gar desang doʻzax oʻtigʻa jonni mahrur etmayin.
Garchi ma’zur oʻldi ma’mur, ey Navoiy, oʻzni men
Doʻst ma’mur aylagan xidmatda ma’zur etmayin.
* * *
Shikeb uyin buzadur benavo koʻngul, netayin,
Xarobligʻ qiladur mubtalo koʻngul, netayin.
Dedinki, asra koʻngulni oʻzungdavu sabr et,
Chu menda turmasu borur sanga koʻngul, netayin.
Koʻngulni qaydi junundin chiqar deding, ey aql,
Ketursa boshingga yuz ming balo koʻngul, netayin
Koʻngulni oʻtqa solib, koʻzni istaram oʻysam,
Baloni koʻz ketirur jongʻa, yo koʻngul, netayin.
Men ul koʻzi qora ishqin qoʻyub edim billah,
Tahammul etmadi, yuzi qora koʻngul, netayin.
Tagʻoful etsam itarsen, oʻlarsen etsam qayd,
Sening bila, degil, ey bevafo koʻngul, netayin.
Navoiyo deb eding: Zuhd tarhi bunyod et,
Shikeb uyin buzadur benavo koʻngul, netayin.
* * *
Gar desa koʻz birla ruxsorin tamosho qilmayin,
Vaslini naylab koʻngul birla tamanno qilmayin,
Gavhari ishqigʻa koʻnglumni netib qilmay sadaf,
Muncha baskim koʻzni ifshosigʻa daryo qilmayin,
Oh oʻtiyu ashk saylidin boʻlur yer-koʻk toʻla,
Necha dermen ishq asrorin huvaydo qilmayin.
Oʻt tushub koʻnglumdavu koʻksumda ravzan zaxmidin,
Dudini aning ne yangligʻ oshkoro qilmayin.
Ul pariy har jilvasida aqli kul shaydo boʻlur,
Telbalikdindur, desam koʻnglumni shaydo qilmayin.
Qilmagʻil, ey shayx, usruklar unidin shikvakim,
Mast oʻlub mayxonada boʻlmas alolo qilmayin.
Soqiyo, andoq toʻla tut bodakim, bexud boʻlay,
Toki davr oshubigʻa bir lahza parvo qilmayin.
Qildi ul koʻz yodidin koʻnglum kiyiklar sari mayl,
Necha men Majnun dedimkim, azmi sahro qilmayin.
Ey Navoiy, olamoro husn nevchun ochti yor,
Boʻlmas emdi oʻzni olam ichra rasvo qilmayin.
* * *
Moviyi behol koʻnglak, vah, ne farruxfol ekin
Kim, taninggʻa surtulur bu vajhdin behol ekin.
Sunbulung oshuftayu savdoyi oʻlmish men kebi,
Chun meningdek bosh ayogʻinggʻa qoʻyar pomol ekin.
Mushki zulfung atridur shamshod boshi uzra sham,
Qadding ostida xami shamshod tarfi dol ekin.
Donaye tushmish iki tovus aro ulkim dedim,
Voʻsmalik ikki qoshingning oʻrtasida xol ekin.
Kaffadur garduni xam hajrim yukini cheksalar,
Arz jirmi ul tarozu ichra bir misqol ekin.
Ulki ma’nidin xabar topti yana dam urmadi,
Anglamon ahli jadal ichra ne qilu qol ekin.
Suvratin Layliyu Majnunning dedi koʻrgach xirad
Kim, Navoiy birla yori shaklidin timsol ekin.
* * *
Hajr shomidin qorongʻuroq tun oʻlgʻaymu ekin,
Yo rab, ul tundin xalos oʻlgʻan kun oʻlgʻaymu ekin?!
Barq yangligʻ olam oʻrtar lam’ai shomi firoq,
Doʻzaxi hijron chiqargʻan uchqun oʻlgʻaymu ekpn?
Koʻyida itlar izi ruxsorima boʻldi baho,
Mundin oyo qimmatiroq oltun oʻlgʻaymu ekin?
Subh furqat bir balo daryosi buzdi xalqni,
Shomi hijronimda yogʻqon shudrun oʻlgʻaymu ekin?
Gul masallik toza qonligʻ dogʻlar birla tanim,
Dard bogʻida ochilgʻan gulbun oʻlgʻaymu ekin?
Tiyr boroni firoq ahbob jonidin oʻtar,
Hech yomgʻur mundin, oyo, oʻtkun oʻlgʻaymu ekin?
Bogʻ aro gullarga oʻt soldi Navoiy nolasi,
Benavo bulbulgʻa, vah, mundoq un oʻlgʻaymu ekin?!
* * *
Buki koʻnglum yarasidin oqadur, qonmu ekin?
Yo qizarib erigan su kebi paykonmu ekin.
Ul xatu labki berur koʻzga safo, jongʻa hayot,
Sabzai jannat aro chashmai hayvonmu ekin?
Husn xoni arokim, yoydi qazo yuzu labing,
Qursi xurshid bila la’li namakdonmu ekin?
Gʻuncha ogʻzigʻamu gulshanda yogʻibtur jola,
Yo jamoling guli ichra labi xandonmu ekin?
Yor der: koʻzni yuzumdin nega bot olmassen,
Doʻstlar, tengri uchun deng: bu ish osonmu ekii?
Yor javriyu ulus zulmi, falak bedodi,
Manga yolgʻuzmu ekin, barchagʻa yaksonmu ekin?
Ey Navoiy, el aro fitnadur ul kofirgʻa,
Azmi maydonmu ekin, mayli xiyobonmu ekin.
* * *
Bulut hayvon zuloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin.
Emastur sabzavu lolaki, jola toshidin gardun
Koʻkartib yer yuzin har sari zohir ayladi qonin.
Irik nevchundurur shox uzra gulbun bargi suhondek,
Ititmas boʻlsa bulbul joni uchun gʻuncha paykonin.
Chaman Laylosidin ayru degaysen lola Majnundur
Ki, gardun jola toshidin qonatmish dogʻi hijronin,
Chaman bahri latofat boʻldi nayson durlari birla,
Qizil toldin muhayyo qildi har yon shoxi marjonin.
Bu fasl ichra malomat toshidin solim birov qolgʻay
Ki, chekkay may sumurmakda yuziga jomi qalqonin.
Mayekim, otashin, chiqgʻay sarigʻ gullar, agar dehqon
Tomizsa qatraye andin suvarur chogʻda boʻstonin.
Birovkim, dahr bogʻining firebin bildi, nargisdek
Qadahdin bosh koʻtarmay surdi ishrat birla davronin.
Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayogʻingdin
Chiqar chekkanda maqsad Ka’basi xori mugʻiylonin.
* * *
Yaramni tikkali boshing uza bichakmu ekin?
Bichakda rishtai jonimmu yo ipakmu ekin?
Koʻz asru tiktim aning oʻymogʻigʻa, bilmankim,
Koʻzum oqimu ekin anda, yo soʻngakmu ekin?
Tun uzra oydinu, oydinda subh erkinmu,
Vayo sochingda burunchak uza lachakmu ekin?
Gul uzra har sori tob urdi sunbulung, yoxud
Yuzungda ziynat uchun sanchqan kajakmu ekin?
Labingdin istadi jonim hayot, bilmasmen
Ki, bir soʻkunchmu yo qasdi bir muchakmu ekin?
Bir usruk elni chiqib qirgʻan ermish, ey lutfe,
Sening begingmu ekin, yo bizing mirakmu ekin?
Navoiy, ushbu parishon hadis ila gʻarazing
Avom xotirini sayd aylamakmu ekin?
* * *
Vahki, mendin ayru yuz jon, yoʻqsa jononmu ekin?
Manga onsiz ming oʻlum yo dardi hijronmu ekin?
Soʻrgʻali za’fimni la’lidinmu erkin bir hadis,
Yo buzugʻ jismimda mamlu yuz tuman jonmu ekin?
Ravzanimni to yoruttung, kulbam ichra har taraf,
Zarralar soyirmu yoxud mehri raxshonmu ekin?
Olam ahligʻa labing zikrimudur ratb-ul-lison,
Yo bori olam labolab obi hayvonmu ekin?
Zulf aro qadding xayolidin koʻzum yorutqali
Anbarin yuz sham’ yoxud xayli mujgonmu ekin?
Koʻngluma ul yuzu lab yodimu erkin gʻam tuni,
Yo shabistonim toʻla gulbargi xandonmu ekin?
Gʻayrigʻa boqgʻan uchun koʻz mardumin qatl ayladim,
Ashki gulgun yoxud aning zaxmidin qonmu ekin?
* * *
Vaslinggʻa yetibon sogʻinurmen xayol ekin,
Holimni anglaman, manga, yo rab, ne hol ekin.
Ushshoq ashkidin su ichib bar jafo berur,
Yo rabki, qomating ne ajoyib nihol ekin.
Zulfungda xol «jim» arosindagʻi nuqtadek,
Yuzungda zulf vard yonindagʻi «dol» ekin.
Har nechakim kuyarmen, aning zarra mehri yoʻq,
Oyoki, toliim kuni koni zavol ekin.
Dersenki: seni qaysi pariy telba aylamish?
Ey bagʻri tosh, bilib yana bu ne savol ekin.
Zanburning evi kebi koʻnglum teshuk-teshuk,
La’ling xayoli har teshuk ichinda bol ekin.
Miskin Navoiy jonigʻa koʻyungda qilma qasd,
Sayd aylamak haram qushin oxir vubol ekin.
* * *
Koʻrubmen kirpiging boshitin-ayogʻ teshkan koʻngul holin,
Qushedurkim, tiriglay yulmish oʻlgʻaylar paru bolin.
Ekib tuxmini andoqkim ochilgʻay boʻstonafroʻz,
Ochar xunoba koʻz bogʻida eksam donayi xolin.
Jamolin va’d agar debmen, koʻp etma, ey arab, hayrat
Yuzi aynin koʻrub har yon nazar qil zulfdin dolin.
Tanimnikim, quruptur xomadek nol oʻqlaringdindur,
Qalam qilsang qil, ammo tashlama har yon chekib nolin.
Bu majnun qatlin ul tifli pariyvash istamas boʻlsa,
Nedin toshlar bila qasdimgʻa soldi shahr atfolin.
Gʻamin koʻrmang balo togʻida la’li shavqidin jonni
Ki, har bir toshidin sotmas abad umrigʻa misqolin.
Chu boʻlmas sham’siz parvonavu gul birladur bulbul,
Firoq oʻrtar koʻngulni chun koʻrar vasl ichra amsolin.
Sabuhiy jom ila xushmen, nechuk xush boʻlmagʻay ulkim,
Munungdek axtari farxunda qilgʻay subh aning folin.
Javod ilgida piri dayrning may zavraqin koʻrsun,
Birovkim, koʻrmamish daryo ichinda jung timsolin.
Shah egnida murassa’ tugmalig xil’atqa bermasmen,
Yigʻochlar birla ollin tevrabon kiygan fano sholin.
Navoiy, istasang koʻyin, itiga oshno boʻlgʻil,
Yalingʻan yangligʻ ul it oshnogʻa, sen anga yolin.
* * *
Koʻrsa ne fikri tanim zaxmiyu koʻnglum kuyganin,
Ulki na’lu dogʻdin hayf etmas oʻz nozuk tanin.
Qayda koʻrsun, koʻrsa ne qilsun yoqam choki asar,
Mastligʻdin ulki har dam chok etar pirohanin.
Xirmani sabrim kuyardin ne gʻam ul kofirgʻakim,
Oʻt solibtur bodadin, koʻrgil jamoli hirmanin.
Garchi ranjim sa’b erur, vah, qayda parvo aylasun,
Qotilekim, koʻrdi tirguzmakcha oʻlturmak fanin.
Anglagʻach qatl aylar erdi, shukrkim, bilmas kishi
Bazmi gʻavgʻosi aro ahli musibat shevanin.
Necha tavsanliq sukun andin burunroq koʻzlakim,
Olmagʻay kome, necha sursang yigitlik tavsanin.
Gulshani ishratqa siz azm aylangiz, ey ahli aysh
Kim, Navoiy bas ogʻir olmish mazallat gulxanin.
* * *
Yelga berdi kuydurub ul gul tanim xokistarin,
Otashin gul hajri sovurgʻan kebi bulbul parin.
Anglaman bulbul qiziq koʻnglimudur, yo atr uchun
Gʻunchasidin gul murattab qildi oʻtlugʻ mijmarin.
Bargi guldur, yoʻqsa bulbulning tutashmish har pari,
Baski, yorutdi sabo gul mijmarining axgarin.
Gul emastur, balki bulbul oshyonin oʻrtagan
Ishq oʻti bil, koʻrsang aning davru lavni ahmarin.
Qoʻy gulu bulbulni, gulgun may toʻla tut bulbula,
To oʻquy bulbul maqolotin ochib gul daftarin.
Dahr bogʻida gulu bulbulgʻa yoʻq bargu navo,
Solmadi bu gʻussadin nargis iligdin sogʻarin.
Soqiyo, hayvon suyin mamzuj qilsang ichmagay,
Gar Navoiy topmasa may ichra la’ling javharin.
* * *
Yetishti bayramu raf’ etti roʻza qaygʻusin,
Hilol musayqali yorutti boda koʻzgusin.
Sipehr jomi hiloligʻa jilva berdi, magar
Ki, boda zabt eta olmas nashot kulgusin.
Magarki, qildi shabistongʻa azm shohidi iyd.
Ki, toʻkti farruh ayogʻigʻa axtar injusin.
Dalil rohi shafaq rangu jomi minoyi,
Shafaq mayini koʻru charx jomi minusin.
Farogʻate tilar ersang, koʻp ogʻzi xishtini ol,
Ushat bu xisht bila zuhd nangu nomusin.
Saharki, xalq musallogʻa yuz qoʻyar, xush tut,
Borurgʻa dayri fano sari tong qorongʻusin.
Navoiy, ich qadahu foniy oʻlki, topti baqo,
Biravki, topmadilar el surogʻu belgusin.
* * *
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin,
Yo koʻngul topti Masih anfosidin jon mujdasin.
Yo falak berdi yigʻi koʻr aylagan Yoqubning
Koʻzlari ochilmoq uchun Mohi Kan’on mujdasin.
Ne guli xandon, ne Isodur, ne Yusuf mujdasi,
Topti bir mahjur oʻlar holatda jonon mujdasin.
Gʻuncha erdim gʻam yelidin toʻngʻa sigʻman gʻunchadek,
To sabo yetkurdi ul sarvi xiromon mujdasin.
Hajr aro, ey payk, agar sen noma yetkursang ne tong.
Tong yeli har kun berur xurshidi tobon mujdasin.
Naqdi jon berdim, musulmonlar, uyatligʻmen hanuz
To eshittim paykdin ul nomusulmon mujdasin.
Ey Navoiy, shomi hijron yigʻlarim daf’ oʻldikim,
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin.
* * *
Furqatingdin kechalar oʻrtar meni baxti zabun,
Goʻyiyo men bir yonar oʻtmen, qorongʻuluq tutun.
Ashk etib gʻammozligʻ koʻnglum buzulsa ne ajab
Kim, topar ozor yoshlardin mudom ahli junun.
Men tilarmen vaslu aning koʻngli har agʻyor ila,
Manga ikki tosh arosinda kerak albatta un.
Qaddingu ernning havosi jondadur, ayb etmagil,
Boʻlsa afgʻonim biyik, sayli sirishkim la’lgun.
Kim kafanni yod etar, andin oʻlug ogohroq,
Gar libosin bilsakim, erur katon yoxud katun.
Sayli ashkimdin falak gʻamxonasi vayron edi,
Qilmasa erdi jafosi dudi ohimdin sutun.
Koʻrmasam qoshing boʻlurmen turgʻanim birla figʻon,
Voyi erur, bas chu boʻlmasa «Navoiy» birla «nun».
* * *
Koʻngulni ayladim yuz chok ishqingdin, meni mahzun
Ki, husnung vasfi yozgʻaymen kitobe kogʻazi gulgun.
Koʻngulning mazraikim novakingdin boʻldi yuz xirman,
Boshoq termak uchun kelgay magar Farhod ila Majnun.
Qabab har tun chekib yuz ming sinon anjum shuoidin,
Magar sabrim sipohigʻa shabixun kelturur gardun.
Labing shavqida koʻnglum har ne borin boshidin qoʻydi,
May istab rindi muflis ayladi dastorini marhun.
Koʻngulda shoʻxlar nozidin ortar har nafas ohim,
Yonar oʻtqa chu atfol evrushurlar, dud oʻlur afzun.
Mayi la’ling uchun bexudlugʻum andoqdur, ey soqiy
Ki, qotsang tong emas, jomimgʻa kasbi hush uchun afyun.
Ilig zulfunggʻa eltur orzudin yova ayturmen
Birovdekkim yilon tutmoq uchun ogʻzidadur afsun.
Toʻkub feruzagun koʻk motaminggʻa gavhari anjum,
Seni feruzavu gavhar xayoli aylabon maftun.
Navoiy, nazm lofin qoʻyki, koʻz bir kunlugi ermas,
Agar yuz yil socharsen tab’ bahridin duri maknun.
* * *
Yetkurub erdim firoqing tunlari gardungʻa un,
Shukrkim, vasling kuni emdi ne ul undur, ne tun.
Yuz yopib, qilding uzun shomi gʻamimni, ey quyosh,
To quyosh magʻribqa moyil, soyasi koʻprak uzun.
Dema: zulfum bandidin bosh chekma, boʻynung toʻlgʻama,
Tigʻ agar sursangki, men bosh qoʻydumu tuttum boʻyun.
Tiyra ohim elga zohir qildi koʻnglum kuymakin,
Garchi oʻt yoshunsa, ani oshkor aylar tutun.
Oʻrtanib jismim, balo dashtida sargardon kezar,
Shu’ladin tarkib topqon buylakim koʻrmish quyun.
Soqiyo, tut jom, solma tonglagʻa may va’dasin,
Tongla chun ma’lum emas, bori gʻanimatdur bukun.
Ey Navoiy, qoʻl surohidek boʻyunni quchqali
Yetmasa, bori surohi boʻynigʻa ilgingni sun.
II- qism