OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Alisher Navoiy. Sabʼai Sayyor
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiSab'ai Sayyor
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotToshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991
Hajm358KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Tahrir hay'ati: Aziz Qayumov, Abdulla Oripov, Abduqodir Hayitmetov, Begali Qosimov, Natan Mallayev, Odil Yoqubov, Omoy Matjon, Suyima Gʻaniyeva

Nasriy bayon mualliflari: Inoyat Maxsum, Saidbek Hasanov
Nashrga tayyorlovchi: Saidbek Hasanov

Mas'ul muharrir: Botirbek Hasanov



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sab'ai Sayyor
Alisher Navoiy

Soʻzboshi Oʻrnida

Alisher Navoiy - Sab'ai Sayyor - 001.jpg

Navoiyning «Sabʼai sayyor» deb atalgan Bahromnoma boshqa Bahromnomalardan oʻzining ikki jihati bilan farq qiladi. Bularning biri, Bahrom obrazining podsho sifatida ideallashtirilmagani va ikkinchisi, xurofiy elementlarning kamaytirilganligidir. Bunga qanoat hosil qilish uchun dastavval Bahrom shaxsiyatini, soʻngra sayyoralar haqidagi fikrlarning pegizini aniqlash, undan keyin etti raqami bilan bogʻliq va mashhur boʻlgan tasavvurlar bilan tanishish kerak. Bu hakdagi maʼlumotlarni Navoiyning «Xamsa»si va «Mahbub-ul-kulub» dagi munajjimlarga Soʻlgan munosabati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish lozim. Shunda Navoiyning xurofotga, adolatsizlikka qarshi va hakiqat uchun olib borgan kurashi yanada ravshanroq boʻladi. Sharq xalqlari oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maishiy aloqalar zaminida paydo boʻlgan turli rivoyat va afsonaviy ertaklarning kurtaklari uzoq qadimiyatga borib taqaladi. Ularda hokim sinflarning ijtimoiy mavqei, mehnatkash xalqning ogʻir hayoti, urf-odati va xalq qahramonlarining haqiqat, adolat oʻrnatish yoʻlida zolim hukmdorlarga qarshi olib borgan matonatli kurashlari oʻz aksini topgan. Shuning uchun xalq ogʻzaki ijodi va badiiy adabiyotida bu mavzuga doir juda koʻp asarlar yaratilgan. Ularda jamiyat va davlatni qar tomondan shakllangan ideal shaxs boshqarishi lozimligi uqdiriladi. Mana shunday temalardan biri Bahrom Goʻr obrazi bilan chambarchas bogʻliqdir.

Bahrom Goʻrning harbiy yurishlari, ishqiy sarguzashtlari va gayritabiiy tarzda gʻoyib boʻlishi ogʻizdan-ogʻizga koʻchib doston boʻlib kelgan. Shu boisdan ham turli xalqlar folʼklori va adabiyotida Bahrom Goʻr obrazi bilan bogʻliq afsona, hikoya va dostonlar juda keng tarqalgan.

Bahromning hayoti haqidagi maʼlumotlar Eron shohlari tarixiga bagʻishlangan «Siyaru muluk il-furs», «Tarixi Tabariy», «Tarixi muluki ajam» asarlarida batafsil keltirilgan. Ularning qisqacha mazmuni shunday:

Eron shohi Yazdigird I mamlakatni zulm bilan boshqaradi. Dushmanlaridan qoʻrqqan podsho oʻgʻli Bahromning tarbiyasini Yaman podshosi Nuʼmonga topshiradi. U Bahrom uchun Havarnaq kasrini qurdiradi. Nuʼmon Bahromni dov-yurak va shijoatli qilib tarbiyalaydi. Bahrom ov qilish, chavandozlik, harb va boshqa qator fanlarni puxta oʻzlashtiradi. Bahromning ovdagi sarguzashtlarini rassomlar Havarnaq devorlarida aks ettiradilar. Yazdigird vafotidan soʻng undan bezor boʻlgan xalq taxtga Xusravni oʻtqazadi. Taxt vorisi boʻlgan Bahrom bu xabardan voqif boʻlgach, Nuʼmon yordamida Eronga koʻshin tortadi. Eron xalqi oldida Vatanni adolat bilan boshqarishga vaʼda berib, uni taxtga oʻtqazishlarini iltimos qiladi. Xalq shart qoʻyadi. Bahrom ikki dahshatli sherni oʻldirib, ular oʻrgasiga qoʻyilgan davlat tojini oladi, shu bilan shartni bajaradi va toju taxtga erishadi. Bahrom dastlab mamlakatni tartibga soladi, adolat va tadbirkorlik bilan ish olib boradi. Lekin keyinchalik aysh-ishrat va ovga berilish natijasida u davlat ishlarini unutib qoʻyadi. Bundan foydalangan dushmanlar mamlakatga hujum qiladilar. Bahrom turk qabilalari bilan jang qilib, ularni engadi. Vizantiya bilan boʻlgan jangda esa magʻlubiyatga uchraydi. Ozarbayjon, Xorazm, Balx, Yamanga yurish qiladi. Sudanni bosib olish orzusida boʻladi.

Baqromning vafoti toʻgʻrisida tarixiy manbalarda ikki xil fikr mavjud. Birida Bahrom qulonlarni ov qilib yurgap vaqtda quduqqa tushib ketadi. Ikkinchi talqin boʻyicha Bahrom jangda yaralanib, halok boʻladi.

Navoiy oʻzining «Sabʼai sayyor»ida dostonning badiiy va tarbiyaviy jihatlarini yana ham kuchaytirgan va uni gʻayritabiiy elementlardan xoli qilgan. Buni Navoiyning oʻzi asar muqaddimasida aytadi. U oʻz salaflariga juda yuksak baho bergani holda kamtarinlik bilan ular ulugʻ ustozlarga xos beparvolik natijasida yoʻl qoʻygan kamchiliklarni ham aytib oʻtadi. Bu kamchiliklarning biri tarixiylikning ortiq boʻlib, ruhiy kechinmalarning kamligidir:

Biri bukim, yoʻq anda moyayi dard,
Qildilar ishq soʻzidin ani fard...
Boʻlsa tarix alargʻa gar matlub,
Anda soʻz bogʻlamoq emastur xoʻb.

Yana biri, podsho qizlarining afsona aytishidir. Nizomiy va Dehlaviyning dostonlarida etti afsonani unga xotin boʻlib tushgan qizlar aytadi. Bahrom kun boʻyi mayxoʻrlik qilib, kechasi uxlash uchun ularga afsona aytishni buyuradi. Navoiy buni gayritabiiy deb biladi:

Bu ajabkim, alar dagʻi dedilar,
Qissaxon qizlari magar edilar.

Navoiy maʼkul topmagan yana bir ish maishatparast, shafqatsiz va nodon Bahromning ortiqcha madh etilishidir:

Buyla nodon uchui yozib avsof,
Aiga qilgaylar oʻzlarin vassof.
Madhini behisob yozgaylar,
Balki mavzun kitob ezgʻaylar.

Endi etti raqami, etti sayyora va ular bilan bogʻliq kosmogonik tushunchalarga kelsak, ularning kurtagi qadimgi Bobilga borib taqaladi. Qadimgi Bobilda sayyoralarga ilohiy kuch sifatida qaralgan. Astrologiya bilan chambarchas aloqada boʻlgan Bobil astronomiyasining shuhrat qozonishi ham shu bilan bogʻlikdir. Bu sohada bobilliklarga hech kim teng kelolmagan. Zikkurat deb nomlangan ibodatxonalar observatoriya vazifasini oʻtagan. Bobilliklar oddiy koʻz bilan samodagi yorugʻ jismlarni kuzatib, sayyoralarni yulduzlardai ajrata bilganlar.

Shunday qilib, etti raqami muqaddas raqam sifatida shakllanib etgan. Bu etti samoviy jismning taʼsir kuchini biz Bobil ibodatxonalarining arxitekturasida qam yaqqol koʻrishimiz mumkin. Bobilliklar oʻz zikkuratlarini kvadrat formadagi etti zinapoya shaklida ustma-ust kurib, uning devorlarini ham etti rangga boʻyaganlar. Yevropa kalendarlaridagi hozirgacha saqlanib kelgan hafta kunlarining etti sayyora va ularning ranglari bilan bogʻliqligi haqidagi tushunchalar ham Bobil astrologlarining taʼlimotiga borib taqaladi.

Bobilning ilohiy xilxonasndagi stti tangrining har biri, yuqorida bayon etilganidek, bir sayyorada mujassamlashgan va haftaning bir kuni, bir shahar va bir ibodatxonaga xos boʻlgan. Shunday qilib Bobilda astronomiya va boshqa fanlarning taraqqiy etishi bilan birga astrologik kabi xurofiy tushunchalar ham rivojlangan.

Nizomiyning «Haft paykar»ida etti sayyora, etti rang, haftaning etti kuni saqlangan, lekin ularning koʻp jihatlari badiiy vositaga aylantirilgan. Dehlaviyda bu rivojlantirilgan. Navoiyda esa yana ham kuchaytirilgan. «Haft paykar»da Bahrom yoshligidayoq oʻzi uylanadigan podsho qizlarining suratini unga atab qurilgan Havarnaq qasrida koʻradi, xaʼto nomlarini ham biladi. Bu suratlar Bahromning surati bilan birgalikda mazkur qasrdagi bir bino devoriga munajjimlarning bashorati bilan solingan boʻladi. Ammo Bahromga aytilgan afsonalarning birida munajjimlarning bashoratp noaniq holda qoladi «Hasht be hisht»da mazkur bashoratlar yoʻq. Navoiy munajjimlarga boʻlgan salbiy munosabatini oʻzining «Mahbub-ul-qulub» asarida ochiq aytadi. U «Munajjimki savobitu sayyor nazoratidan hukm surar, rammoldekdurkim, nuqtalari hisobi bila lof urar, deydi. Shuning uchun uning «Sabʼai sayyor»ida astrologik hukmlarga oʻrin berilmagan. Ularning oʻrnini ilmiy fantastika egallagan. Yakshanba kuni, sariq qasrda (ikkinchi iqlimdan kelgan musofirning hikoyasida), mohir, lekin qallob zargar Zayd oʻz shohiga avtomatik ravishda harakatga ksladigan gʻildirakli taxt yasab beradi. Uning zinalari eskalator singari oʻzi tushib-oʻzi koʻtariladi va avtomobilga oʻxshab taxtda oʻtirgan kishi ishora qilgan tomonga yuradi.

...Shunday qilib, ulugʻ soʻz sanʼatkorlari xalqni xurofot girdobidan haqiqat soqiliga chiqarish yoʻlida katta xizmat koʻrsatganlar. Bu olijanob va xayrli ishga bobokalon shoiri-miz Alisher Navoiy ham salmoqli hissa koʻshgan.

Saidbek Hasanov filologiya fanlari doktori

I

Ey siposing demakda el tili lol,
Elga til sendin oʻldi tilga maqol.
Sendin insongʻa toru pudu jasad,
Jasad ichra koʻngul-koʻngulda xirad.
Sen qilib farq uyida pinhoniy,
Korgohi dimogʻi insoniy.
Koʻk topib sayru er sukun sendin,
Biri sarkash, biri nigun sendin.
Tund sendin sipehr Bahromi,
Changzan Zuhraning Diloromi.
Chektang etganda dahr bunyodin,
Yetti gunbad sipehri minodin.
Sunʼung etti bu etti koxi rafiʼ,
Najm gavharyaari bila tarsiʼ,
Yetti kox ichra etti farzona,
Degali hikmatingdin afsona.
Yetti afsona barchasi dilband,
Ikkisi bir-biriga yoʻq monand.
Yetti gunbad agarchi minorang,
Yetti afsona lek rango-rang.
Sen chekib murtafiʼ eti aflok,
Munhat aylab bu tiyra markazi xok.
Yetti gardun demayki etti lagan,
Har biri pari shamʼ nur afgan.
Har lagan durji kavkab afruzi,
Kavkabi gavhari shab afruzi.
Har birisinda oʻzga xosiyat,
Oʻzgacha rangu oʻzga mohiyat.
Arz jirmin qilib eti taqsim,
Aylading har birini bir iqlim.
Ul eti kavkabi jahon paymo,
Ne jahon, balki osmon paymo.
Kim eti koʻkta keldilar soyir,
Suvda andoqki, siymgun toyir.
Har biri solibon qilurda zuhur
Yetti iqlimdin biri uza nur.
Rahmatingdin ziyo tutub har shamʼ,
Bir shabistonni yorutub har shamʼ.
Shamʼ yoʻq, etti luʼbati raqqos,
Haftaniig har kuni birisiga xos.
Borcha kunduz guli iuhufta kibi,
Kecha lekin mahn du hafta kibi.
Haftavu oyu yilni tez etting,
Umr ila ishlarin sitez etting.
Bogʻ ochilmoq alar mururidin,
Gul sochilmoq alar yururidin,
Tunu kun adhamiyu ashhabini,
Charxi tavsanning ikki markabini,
Kscha kunduz shitob aro solding,
Tunu kun iztirob aro solding,
Kim qilib boʻyla poʻnu novard,
Yetkurub koʻkka dahr elidin gard.
Koʻkka tufrogʻini eturgaylar,
Tufrogʻ ichra tanin iturgaylar.
Yoʻq edi odamiki bor etting,
Kishilik birla eʼtibor etting.
Yoʻq ham etsang ani-oʻq etgungdur,
Bor qilgʻungduru yoʻq etgungdur.
Adam erkanda aylamak mavjud,
Boʻlsa mavjud qilmogʻing nobud.
Ne uchun erkanin kishi bilmas,
Kishi har neki haq ishi bilmas.
Aqlgʻa garchi besabab koʻrunub,
Yasabon buzmogʻi ajab koʻrunub.
Lek chun aql rostkish zrmas,
Ish anga bir dalil, besh ermas.
Bu ish oʻlmoq qabul yo rad anga,
Aqli boʻlgʻon bilurki, yoʻq had anga.
Aqlning bor ishi tabohi oʻlub,
Andakim, hikmati ilohiy oʻlub.
Chun koʻrub aql royi muxtalifi,
Koʻzini koʻr etib qazo alifi.
Koʻr bilmas yorugʻ ekanni quyosh,
Kunduz uchmogʻ gʻarib erur xuffosh.
Makmanidinki, kunduz uchqay bum,
Uchushidin amo erur maʼlum.
Bum zulmoniy oʻldi pinhoniy,
Koʻr etar oni mehri nuroniy.
Sen-sen ul mehri beadilu badal
Kim, sanga matlaʼ oʻldi subhi azal.
Chunki ul subh nurung etti zuhur,
Oʻylakim, tiyra shom jabhai hur.
Harnekim katmi adamda erdi nihon,
Xoh ahli jahonu xoh jahon.
Borisi kiydilar libosi vujud,
Bud xayligʻa kirdi har nobud.
Zohir etti adam shabistoni,
Yuz ming ozod sarvi boʻstoni.
Topti rangi vujud lolavu gul,
Ham oʻshul rang turrai sunbul.
Nargis ul nur birla ochti basar,
Adam uyqusidin koʻzinda asar.
Bogʻi ruxsori topti sabzai xat,
Donai birla ul xat ichra nuqat.
Sabza atrofida nasimi bahor,
Sumanu sunbul ochti laylu nahor.
Harakat birla ul xujasta nasim,
Sochti gul boshigʻa sumandin siym.
Turrasigʻa toʻkub binafsha abir,
Atri etti dimogʻigʻa taʼsir.
Jola jismin urub nigun qildi,
Kim tanin zarbi nilgun qildi.
Suv yoqosigʻakim yogʻib muldur,
Bu yoqo tugmasi boʻlub ul dur.
Qilgali jilva gulruxi boʻston,
Sunʼ mashshotasi yasab daston.
Yasadi beqiyosu andoza,
Sabzadin vusma, loladin gʻoza.
Ravshan aylab zuloldin koʻzgu,
Tutti gul chehrasin anga oʻtru.
Gulga chun berdi tob husnu jamol,
Anga bulbulni qildi sheftai hol.
Anga har necha obu tob ortib,
Munga ishqida iztirob ortib.
Bu figʻondin solib chu rustoxez,
Aylabon ul jamoli oʻtin tez.
Ul qilib jilva, bu boʻlub shaydo,
Ishq boʻldi jahon aro paydo.
Boʻldi oshiq biri, biri maʼshuq,
Yoʻqki, ul otashinu bu mahruq.
Ham anga oʻrtamak buyurgʻan ishq,
Ham munung jonigʻa oʻt oʻrgʻan ishq.
Bulbul gul bahonadur barisi,
Balki sendin fasonadur barisi.
Keldi bu ikki sarbasar nobud,
Senki mavjud, balki ayni vujud.
Ishq sen-sen dogʻiyu oshiq sen,
Yana maʼshuqluqqa loyiqsen.
Ayni maʼshuqluqda jilvai zot,
Oʻzini koʻrgali tilab mirʼot.
Husnunga har dam oʻzga surat oʻlub,
Koʻzgu takrori ham zarurat oʻlub.
Necha husn ichra jilva zohir anga,
Koʻzguluk aylabon mazohir anga.
Husnung aylab oʻqush sifot ichra,
Har zamon jilva koinot ichra.
Balki mazhar libosida yoshunub,
Oʻz jamoli zuhurigʻa ovunub.
Oʻzunga oʻzni dardnok aylab,
Oʻzni oʻz husnunga-oʻq halok aylab.
Barqi husnung chu har nafas choqnlib,
Gʻayr oʻshul barq oʻtigʻa yoqilib.
Kulin aylab fano eli maʼdum,
Kim asar andin oʻlmayin maʼlum.
Sen-senu sendin oʻzga xud nima yoʻq,
Gar koʻrunsa sen oʻlgung ul nima yoʻq.
Hech nima yoʻq sen eding mavjud,
Ham sen oʻlgʻung bori boʻlub nobud.
Vasfi zotingda sabt harfi qidam,
Yoʻq vujudung yuziga gardi adam.

II

Munojoti boriy ul bobdakim oʻzi ayni vujud durur va andin oʻzga borcha nobud, balki nomavjud va hojot izhori ul maʼnidakim nobudlar gunohigʻa aning bahri rahmati qoshida ne vujud boʻlgʻay va bevujudlar xatosi aning daryoyi vujudi ollida ne mavjudyu.

Ey xudovandlar xudovandi,
Yoʻq, xudoliqda kimsa monandi,
Azamat bobida gumondin uluq,
Nekim, andin uluq yoʻq andin uluq,
Jabarutung havosida xurshid,
Zarradek boʻlmayin nazarda padid.
Ofarinshqa tortqanda alam,
Mahchasi lavh oʻlub sutuni qalam.
Qalamingga kecha sipehr aro,
Lojuvardiy davot ichinda qaro.
Lavhunga boʻlmayin raqam maʼlum,
Harne maʼlum emas anga marqum.
Qudrating ollida falakka hisob,
Sarsar esganda olti-etti hubob.
Neki maxluq ichiga qagʻilgʻan,
Sen yaratgan — alar yarotilgʻan.
Dahr xalqigʻa sen kelib xalloq,
Xalq aro xoliqi alal-itloq.
Kimnikim, but qoshida past aylab,
Sajda qilmoqqa butparast aylab.
Berib oʻz husnunga but ichra zuhur,
Aylab ul husn ila ani magʻrur.
Har kishikim, quyoshqa obid oʻlub,
Anga har subhu shom sojid oʻlub.
Ham sening talʼating ziyosinda,
Zarradek charx urub havosiida.
Shuʼlalargʻa solib yuzung chu ukus,
Kuydurub oʻzni oʻt qoshinda majus.
Mazhari husn chun qilib gulni,
Oʻrtabon shuʼlasigʻa bulbulni.
Shamʼ oʻtigʻa kuyarda parvona,
Ham sening ishqing ichra devona.
Ham ibodat eliga sen maʼbud,
Ham taashshuq eliga sen maqsud.
Kim parastish qilur xudosen anga,
Kim taalluq sotar balosen anga.
Har suvar ichra jilvagar ham sen,
Jilvagar demayin suvar ham sen.
To ne etgay angaki, oʻzga iloh,
El degay! Loiloha illalloh,
Jalla olohu ne hayyi qadim,
Amma naʼmouhu ne fardi azim.
Qodiro, ul zaifi osiymen,
Ki boshimdin-ayoq maosiymen.
Ulki, sendek boshimda xoliqdur,
Men demaklik ne behayolikdur.
Oyogʻ ostida past tufrogʻi,
Lek garduncha ushtulum chogʻi.
Toat aylarda moʻri xasta bzrin,
Lek isyon mahalli sheri arin.
Nimjon pashsha koʻnglum ayla gumon,
Zoʻri nafsim nechukki pili damon.
Men boʻlub boʻyla pil ayogʻigʻa past,
Poymol aylab ul meni payvast.
Moʻri majruhgʻa ne ish etgay,
Kim ani pil poymol etgay.
Meni gar ojiz etti feʼli tabah,
Xosting bu edi manga ne gunah.
Nafsi ammoraga gar oʻldum asir,
Men netay gar budur sanga takdir.
Mening egriligim esa sanga xost,
Men ne yangligʻ oʻzumni aylay rost.
Ne guzar yaxshiliqqa bor manga,
Ne yomonliqda ixtiyor manga.
Sen smon aylasang meni ne had,
Aylamak sendin oʻlgʻan amrni rad.
Yaxshilik qilki, notavoning men,
Yomon oʻlsam, sening yomoning men.
Bu yomoningga koʻrguzub ehson,
Yaxshi qilmoq erur sanga oson.
Manga ne had demak sangaki, ne qil,
Neki, boʻlgʻay sanga rizo ani qil.
Lekin ehsoninga chu gʻoyat yoʻq,
Lutfu inʼominga nihoyat yoʻq.
Karaming ganji yuz jahon chogʻliq.
Bahri fazling ming osmon chogʻliq.
Yetishib men gadoyi mazlumi,
Har ne matlubi boʻlsa maxrumi.
Lek muʼtiy atosi bepoyon,
Yoʻq berurdin xazoyinigʻa ziyon.
Tilamak xud gado shioridur,
Lek bu erda iztiroriydur.
Ne talab qilsam ixtiyorim yoʻq,
Chun demas oni kirdigorim yoʻq.
Yo rab, oshuftamen figʻonima et,
Karam aylab xatolarim afv et.
Garchi bordur jahon-jahon gunahim,
Ham sen — oʻqsen nihon-nihon panahim.
Yuz jahon jurmum oʻlsa ham ne bok,
Bahri afnung qoshindadur xoshok.
To bu olamgʻadur asir tanim,
Ruh toʻtisigʻa qafas badanim.
Ul sori moyil et xayolimni,
Kim sanga teguray maolimni.
Nega moyilki, bu gadong oʻlgʻay,
Anga tutkim, sening rizong oʻlgʻay.
Xasta koʻnglum ishiga somon et,
Talabing dardin anga darmon et.
Nafasim moyai hayot ayla,
Raqamimni xati najot ayla.
Ushbu jannatki, ayladim maʼmur,
Ham qusur anda, ham qusur aro hur.
Yetti qasr anda barchasi dilkash,
Yetti hur ul qusur aro mahvash.
Qasrlarni 'nazarda margʻub et,
Hurlarni koʻngulga mahbub et.
Shuhratin olam ichra paydo qil,
Olam ahlin alarga shaydo qil.
Oʻqur el koʻngliga safo etkur,
Oʻqugʻandin manga duo etkur.
Jon qushi jismdin havo qilsa,
Sidra soyi uza navo qilsa.
Unsur ajzosi boʻlsa xok nishin,
Tufrogʻu oʻtu suvu elga qarin.
Arolarida hajr oʻlub voqiʼ,
Har bir boʻlsa asligʻa rojiʼ.
Ul zamon lutf birla qoʻlda qoʻlum,
Dogʻi oʻz jonibinggʻa yoʻlda yoʻlum.
Harne jurmumki, boʻlsa ham mavjud,
Qil habibing tufaylidin nobud.

III

Ul shohi risolatpanoh paʼtikim, «lavloka» livoyi bila «apa afsahu» alifi aning sipohi davlatiga livo keldi; «va mo tagʻo» to va gʻayni bila «asro» rosi aning misoli subutigʻa tugʻro va ul misolda ikki olam saltanati mubayyan va ul misol yuzi mexri nubuvvat bila muzayyan.

Yo rasulalloh, alfa-alfa salom,
Bika min zil-jaloli val-ikrom.
Kurashiy asl, Abtahiy mahmil,
Hoshimiy kish, Yasribiy manzil.
Ul quyoshkim, arabqa berding zayn,
Ul eifatkim arab boshi uza ayn.
Lek chunkim, quyoshing etti zuhur,
Qilding ikki jahonni gʻarqai nur.
Bu jahondin ketardi chun zulumot,
Ul jahon ahligʻa eturdi hayot.
Olloh-olloh, ne nuri volo bu,
Yoʻq edi ofarinash, illo bu.
Asru katmi adam qaronqu edi,
Ravshan etgan charogʻ ani bu edi.
Ne ajab mehri osmon poya
Kim, jahondin yoʻq aylasa soya.
Chun seni tengri bebadal qildi,
Har latofat aro masal qildi.
Soyani andin etti qadding rad,
Kim gahi boʻlmagʻay sanga hamqad.
Soyadin chun qadinggʻa or oʻldi,
Soya er uzra xoksor oʻldi.
Koʻlakang topsa erdi jirmi turob,
Anga gardundin oʻtgay erdi janob.
Ham janobing rafiʼ kayvondin,
Ham matofing bu toʻquz ayvondin.
Ul kechakim, sanga valodat oʻlub,
Matlai axtari saodat oʻlub.
Tun yopib chun jahonga tiyra niqob,
Tugʻubon oftobi olamtob.
Makka yorub bu nuri aʼlodin,
Tur ul navʼkim, tajallodin.
Koʻrunub etti koʻk ravoqi ham,
Bal Madoyin manoru toqi ham.
Oʻylzkim, tugʻsa mehri raxshanda,
Toq lavhi boʻlur daraxshanda.
Lotu uzzogʻa pur shikast boʻlub
Kim, bori tiyra erga past boʻlub.
Sarnigunluq alargʻa zotingdin,
Bosh quyiliq etib uyotingdin.
Chun ulugʻroq boʻlub shubonligʻ etib,
Qoʻy guruhigʻa mehribonlig etib.
Koʻzigʻa mehr koʻrguzub jondin
Kim, nabiygʻa guzir zmas ondin.
Koʻrguzub anda chun yadi bayzo,
Qoʻyubon pushti dast yuz Muso.
Bu tanazzul sharaf qilib sanga fosh,
Hamal ayvonida nechukki, kuyosh.
Chun shubonligʻ aro boʻlub soiy,
Boʻlubon olam ahligʻa roiy.
Olam ahli raiyating boʻlubon.
Borigʻa din vasiyating boʻlubon.
Bu raiyatqa rahmat aylab iloh
Kim, berib boshlarigʻa sen kibi shoh.
Huyi jabhang alargʻa moi main,
Tori zulfung alargʻa habli matin.
Huy demay, qatra zuloli hayot,
Tor yoʻq, rishtai kamandi najot.
Dema gisuki, topting ikki kamand,
Qilgʻali ikki dahr saydini band.
Ochib ul chehr dilkushoy ichra,
Laylatul-qadr iki bir oy ichra.
Yo iki afʼiyi muanbar de,
Ganji zotinggʻa iki ajdar de.
Yo Muhammad xurufi chun ochilib,
Iki mimi etaklari osilib.
Kufr elining savodi motami ul,
Din elining savodi aʼzami ul.
Gar savoding yoʻq ersa ne gʻamdur,
Bu savoding chu andin aʼzamdur.
Gar qalam tutmading qoʻlunggʻa ne gʻam,
Azbar etting chu sirri lavhu qalam.
Bu azodin qalam boʻlub gʻamnok,
Yuzin aylab qaro yoqosini chok.
Xoma tutmay vale surarda maqol,
Nukta elin qilib qalam kibi lol.
«Ana afsah» chu aylabon daʼvi,
Fusaho oʻzda topmayin maʼni.
Bu xabardin bulub nishotsh deh,
Sirri faʼtu busuratin mislih,
Chunki laʼling bu navʼ boʻlub dur fosh,
Toshdin bas nedur durunggʻa xarosh.
Durru laʼlinggʻa chun shikast qilib,
Laʼli mahlul oqib durar sochilib.
Yaʼni ogʻzinggʻa-oʻq musallamdur,
Buki ham laʼl sochqayu ham dur.
Durri zotinggʻa etti bahr sadaf,
Bir oʻgʻuldin eti atogʻa sharaf.
Qaysi etti atoki, etmish ato,
Seni bori oʻziga etmish ato.
Balki odam oʻgʻullugʻungdin shod,
Valadinggʻa jahon edi avlod.
Anga zohir taqaddumi oti,
Sanga lekin taqaddumi zoti.
Sen muqaddam demayki, odamdin,
Qaysi odamki, borcha olamdin.
Anbiyo xaylikim kelib mursal,
Ham sen oxir alargʻa, ham avval.
Barchaning farqi uzra boʻlmoq toj,
Sanga fosh etti laylatul-meʼroj.

IV

Ul musofiri bavodiy naymo, balki ul rokibi samovot paymo meʼroji kechasining taʼrifikim, buroqi barq gomliq va payki buroq xiromliq qildi va ul raxsh bila payk xayol etmas ergacha chopti va ul chopmoq bila hakimi xirad fahmi bovar etmas iimalar topti.

Ul kechakim edn abir sirisht,
Qadr aro gʻayrati savodi bihisht.
Hur gisularin jahonga ochib,
Anbaru mushkin osmsnga sochib.
Gisuyi mushkboʻ jahonna tutub,
Mushkining atri osmonni tutub.
Halqai zulfdin ruxi anvar,
Haryon ul tunda koʻrguzub axtar.
Yoʻqki, havro yoyib jahon uza dom,
Yuz sori halqa moʻyi mushkinfom.
Suvdek ul dom ichinda chehra ochib,
Qatra xuylardin anda dona sochib.
Kim chu davlat qushi buyon etgay,
Bu suvu dona birla sayd ztggy.
Yo tuman ming charogʻi bayzogun,
Hayatu tabʼ ichinda gunogun.
Shom zebolari qilib zohir,
Tup shabistonida boʻlub soyir.
Ochibon har charogi kofuriy,
Dud ila bir iiqobi zanburiy.
Dud yoʻq, udu mushk bila buxur,
Tun dimogi isn bila masrur.
Charx mijmar yoyib bu dud uzra,
Atri mushku buxur ud uzra.
Charxi atlaski, bu rnyoh topib,
Atlasip boʻyla mijmar uzra yopib.
Yer yuziga malak boʻlub iozil,
Charx abvobi fath oʻlub hosil.
Yuz tuman sabzpoʻshi ruhoniy,
Zohir aylab falak shabistoni.
Boʻyla tun ul mahi muniri jahon,
Ummahoniy uyida erdi nihon.
Dahr shoʻru paridin osuda,
Koʻngli uygʻogu koʻzi uyquda.
Kim, etib qosidi jahon paymo,
Ilgida raxshi osmon paymo.
Chun alar etti, xoja ochti koʻz,
Yer oʻpub qosid ayta boshladi soʻz.
Haq salomin chu topti mahbubi,
Boʻldi oshiq visoli matlubi.
Qosid otlandurub ani qoʻldab,
Yondi kelgan yoʻli sori yoʻldab.
Surdi chun rokibi humoyun fol,
Ostida markabi humoyun bol.
Tufrogʻu suv yuzidin aylab xez,
Oʻtti oʻt, eldin oʻtu eldek tez.
Markabi urdi oy yuziga tuvogʻ,
Oʻylakim, qoldi jabhasi uza dogʻ.
Chun Utoridqa barqdek surdi,
Xorai sum xomasini sindurdi.
Qildi chun Zuhra sori ohangin,
Zuhra yoshurdi vahmidin changin.
Mehr xud kavkabi jalolatidin,
Yerga kirmish edi xijolatidin.
Savlatigʻa chu soldi koʻz Bahrom,
Tigʻiga berdi qin aro orom.
Mushtariy tushti minbaridin tez,
Yuzni gardidin etti nur omiz.
Zuhal asbobni ayladi bir-bir,
Hinduyidekki, boʻlsa maʼrakagir.
Qaysi bir kishvar ichrakim etti,
Savlati bila ehtisob etti.
Sekizinchi falakka surdi chu raxsh,
Nuridin sobitot oldi daraxsh.
Gavhariga falak chu boʻlmadi durj,
Qoldi har goʻshasi aro bir burj.
Hamalu Savr qoldi nola qilib,
Toʻshaliqqa oʻzin havola qilib.
Boʻldi Javzogʻa toʻrt koʻz hayron.
Besh ayogʻ birla raxsh etib saraton.
Asad oʻzni sagi shikori etib,
Sunbula donasin nisori etib.
Adldin rostliq topib mizon,
Nush Aqrab samumidin rezon.
Qavs boʻ'ldi yoʻlida chilla nishin,
Jady nazzorasida qulla guzin.
Dalv yoʻlida suv urub gohi,
Hut onsiz suvdin yiroq mohi.
Charxi aʼzam xamigʻa surgach ot,
Yodin oʻq yangligʻ andin oʻtti bot.
Qoldi Kursiyu Arshu Lavhu Qalam,
Borining avji uzra urdi alam.
Raxshin andoq chu tez pay qildi,
Vodiyi Lomakonni tay qildi.
Oʻtti Rafraf maqomidin chun tuz,
Tez hamrohi boʻldi uzr angez.
Hamrahi dogʻi oʻzidin bordi,
Rahravi dogʻi poʻyadin hordi.
Qoldilar chun yoʻl uzra payk ila ot,
Yolgʻuz ul yoʻlgʻa qoʻydi yuz hayhot.
Oʻzidin oʻzlugi dogʻi itti,
Oʻzdin oʻzluk xayolin oritti.
Topmayin oʻzda xojai safariy,
Oʻtu tufrogʻu elu suv asari.
Oʻzlugidin dogʻi asar topmay,
Balki oʻzdin dogʻi xabar topmay.
Ne havosida bir ne xomis ham,
Ne jihotida bir ne sodis ham.
Qolmayin toʻrt javhar, olti araz,
Oltiyu toʻrtdin bir anga gʻaraz.
Qoʻpti hadsiz hijobi pinhoniy,
Koʻpi zulmoniy, ozi nuroniy.
Chun bori boʻldi murtafiʼ filhol,
Jilva qildi ayon harimi visol.
Ul harim ichra dogʻi urdi qadam,
Haramu parda borcha boʻldi adam.
Toptilar vasl oshiqu maʼshuq,
Borcha xoliq aroda yoʻq maxluq.
Yor mavjudu anda yoʻq agʻyor,
Yordin oʻzga balki yoʻq dayyor.
Chun karam bahri mavjzan etti,
Mehmon arzi iltimos etti.
Hech hojatda nukta topmay tul,
Istamasdin burun boʻlub maqbul.
Hojat avval anga ijobat oʻlub,
Soʻngra izhori arzi hojat oʻlub.
Istabon ummati gunohlarin,
Oq tilab nomai siyohlarin.
<center>Alisher Navoiy - Sab'ai Sayyor - 002.jpg
</center>
Boʻlmay ul hojatida sharmanda,
Karam aylab borini baxshanda.
Charx javfin tutub sarosar saf,
Yuz tuman ming malak kelib har saf.
Chun ne istab borin topib bir-bir,
Yonmogin oshkor etib taqdir.
Xojai komyobi arsh janob,
Boʻlubon bahri vasldin serob.
Qaytabon ming bu lahza borgʻoncha,
Demayin mingki, yuz tuman oncha.
Markabi birla hamrahigʻa etib,
Yuzidin ikisin musharraf etib
Iki horgʻon malak yoʻlida qoʻpub,
Biri ilgin, biri ayogʻin oʻpub.
Toniy olmay hamul kishi ekanin,
Boʻyla surʼat aning ishn ekanin.
Ul yana markabigʻa sekrib tez,
Chiqqanidek qilib inarga sitez.
Markabi orqasini aylab xam,
Kim, anga yuklanib iki olam.
Bahr sora bulut borib xoli,
Toʻlub ammo guhar bila holi.
Barurida nechukki, sarvi ravon,
Lek yongʻanda tubiyi rizvon.
Xar falak tushmagiga bir poya,
Yuzidin ul falakka piroya.
Malakut ahli ichra joʻsh tushub,
Tahniyat aylayu xurush tushub.
Yuz tuman ming malak nechukkim, hur,
Qoʻllarida tabaq, vale toʻla nur.
Barcha xurramliq, oshkor aylab,
Dam-badam boshigʻa nisor aylab.
Girdida har taraf sipoh kibi,
Ul munungdek sipahda shoh kibi.
Har saf ul ergacha boʻlub hamroh,
Ki quyi amr qilmay andin iloh.
Barcha ul yuzdin oʻzin shod aylab,
Xam qilib qadni, xayrbod aylab.
Chunki har saf tutub yoʻlida taraf,
Anga qoyim maqom oʻlub yana saf.
Qilibon boʻyla sayri shohona,
Tushti er qiblagohigʻa yona.
Qaydakim, boʻldi sayri afloki,
Hamrah erdi anga tani xoki.
Kim, anga jism agarchi xok erdi,
Lekin ul xok nuri pok erdi.
Angakim, jismi xoki oʻlgʻay nur,
Ruhini yoʻq demak manga maqdur.
Jismi birla borib yonib keldi,
Doʻst vaslini qazgʻanib keldi.
Bormogʻu kelmagi boʻlub iki dam,
Qaysi dam burni erkani mubham.
Ey qarogʻinggʻa surmai «mozogʻ»,
«Motagʻo» markabinggʻa qoʻymay dogʻ.
Anbiyogʻa itoatinggʻa jovid,
Borcha bogʻlab shafoatinggʻa umid,
Anbiyo demayinki, jinsi bashar,
Ishlari xoh xayru xohi sharr.
Iltifotinggʻa sarbasar muhtoj,
Sendin olmay nazarmi har muhtoj.
Har kishikim, jahoi aro mavjud,
Borchaning baxshishi sanga mavʼud.
Sen bulargʻa oʻkush tafaqqud etib,
Harne isyonlarin taahhud etib.
Boʻlsa jinsi bashargʻa boʻyla karam,
Shak emas andadur Navoiy ham.

V

Soʻz taʼrifida bir necha soʻz surmak va soʻz ahligʻa andin necha soʻz tegurmak va koinotqa taqaddumining sifoti, mumkinotqa taaxxurining isboti va oning pardasidin boshqa maoniy bikri jilvadin oriy va koʻpgul kunjida mutavoriy erkanining izhori.


Andakim, ne jahongʻa erdi vujud,
Ne jahon ahli erdilar mavjud.
Istadi ustodi naqsh tiroz,
Muncha naqshi gʻarib qilmoq soz.
Tortmoq etti koʻkni boʻyla baland,
Birin ul birga aylamak payvand.
Aylamak past jirmi gʻabroni,
Undur etmak sipehri xazroni.
Chunki mavjud boʻldi nuktayi «kun»,
Boʻldi mavjud toza, yoʻqsa kuhun.
Sunʼ kilki varaq nigor oʻldi,
Yuz ajab naqsh oshkor oʻldi.
Bu sifat nuktaniki, boʻldi ayon,
Soʻz demak xud boʻlur kim etsa bayon.
Soʻzga bas vasf budurur mujmal,
Kim, nekim avval ul anga avval.
Soʻz kelib avvalu jahon soʻngra,
Ne jahoi, kavn ila makop soʻngra.
Elga topib taqaddumi zoti,
Emdi aylay taaxxur isboti.
Har kishi dahr aro hayot topib, .
Soʻngqi dam soʻz bila najot topib.
Angla ul soʻzni nuktayi tavhid,
Vaxdat ahlida yoʻq munga tardid.
Bas seni avval ul qilib zohir,
Sangʻa ham avval oʻldi ham oxir.
Avvalu oxiringgʻa solgʻil koʻz,
Bil ham avval soʻzu ham oxir soʻz.
Topmadi koxi oliy andoza,
Bir aningdek harifi roʻ toza.
Shohidi boshidin-ayoq dilkash,
Husn bozori ichra Yusufvash.
Ochilib chun niqobi debosi,
Boʻlubon xalq hushi yagʻmosi.
Demagil oʻzu yot aro gʻavgʻo
Kim, solib koinot aro gʻavgʻo.
Ham nubuvvat uyida shoʻr andin,
Ham nabiygʻa dalir moʻr andin.
Haqki, insonni qildi mahrami roz,
Hayvondin ul ayladi mumtoz.
Shahd erur ul, valek bas shirin,
Laʼl erur ul, valek bas rangin.
Ne latofat duruki, gohi bayon,
Koʻzga pynhon durur, quloqqa ayon.
Muncha husnu jamolu zeb bila,
Muncha dilkashligu firib bila.
«Naqshi zarkash libos», de oni,
Bu libos ichra shohidi maʼni.
Maʼni ul shoʻxi siymbar boʻldi,
Kim bu kisvatda jilvagar boʻldi.
Shohidi maʼni onsizin uryon,
Jilvagar boʻla olmayin har yon,
Hujrayi kalb ichinda bosh sigʻurub,
Oʻzni ul hujra kunjida yashurub.
Chunki andin bilinmayin asare,
Elga maʼnidin oʻlmayin xabare.
Bilik ahligʻa sirri nomaʼlum,
Fayzidin ahli dark oʻlub mahrum.
Komile chunki muddao qilsa,
Kim duri maʼnini ado qilsa,
Soʻz libosidin etmayin oro,
Xoʻblar oʻylakim, xazu xoro.
Chiqa olmay ogʻiz darichasidin,
Nafʼ topmay birov natijasidin.
Chun kiyib soʻz hariru debosin,
Dilkash aylab jamoli zebosin.
Bodadin yuzni laʼlfom aylab,
Koʻngul ayvonida xirom aylab.
Chiqsa tashqari tan saroyidin,
Balki hulqum tangnayidin.
Solur andogʻ jahonda gʻavgʻoe,
Koinot ichra bir aloloe,
Kim, xaloyiqni darki lol aylar,
Lol yoʻq, balki xushmaqol aylar.
Bu biri soʻzda koʻrguzur muʼjiz
Kim, qilur elni nuktasi ojiz.
Berur ul bir oʻlukka jon soʻzidin,
Tan aro kirguzur ravon soʻzidin.
Muni derlar Muhammadi arabiy
Ul birining Masih erur laqabi.
Olloh-olloh, ne soʻzdurur bu soʻz,
Mundin ortuq yana boʻlurmu soʻz.
Jism boʻstonigʻa shajar soʻzdur,
Ruh ashjorigʻa samar soʻzdur.
Gulshane keldi jismi insoniy,
Nutq oning bulbuli xush alhoni,
Boʻyla bulbul navosi soʻzduru bas,
Nagʻmayi jonfizosi soʻzduru bas.
Boʻlmasa soʻz ajab balo boʻlgʻay,
Bulbuli nutq benavo boʻlgʻay.
Yo rab! Ushbu hadiqayi purgul,
Kim anga nutq aylading bulbul.
Buyla bulbulni benavo tutma,
Benavoligʻ anga ravo tutma!
Xossa soʻz bulbuli Navoiy zor,
Kim, anga nukta bogʻidur gulzor.
Bogʻigʻa barg, anga navo bergil,
Barg ila bogʻini tuta bergil!
Ayla gulzori gullarin toza,
Bulbulin qil baland ovoza.
Gulining shamʼini munavvar qil,
Atridin dahrni muattar qil.
Bulbuligʻa baland ayla xurush,
Sol xurushi bila ulus ara jush.
Bogʻi atrini sudmand ayla,
Qushi lahnini dilpisand ayla.
Lahnin el koʻngli ichra maqbul et,
Harne maqbul ish oni mashgʻul et!

VI

Soʻz nasridin nazmi xushroq va parokandasidin jamʼi dilkashroq erkanin daʼvo qilmoq va bu jamiyatni besh ganj jomin Nizomiy va hind shakarrezi, balki shirin kalomiga musallam tutmaq va ul bahraynga qatra nishon va ul nayyiraynga zarrason oʻzin etkurmak


Soʻzki, jon gulshanida keldi nasim,
Bal koʻngul bahri ichra durri yatim.
Ulki soʻz nakdigʻa mubassirdur,
Vasfi ichra tili muqassirdur.
Boʻyla soʻz fannida chiqargʻan ism,
Qildi uslubini aning iki qism.
Har kishi qilmoq istasa maʼlum,
Biri mansur erur, biri manzum.
Nasru nazmi angaki, mudrakdur,
Nazmining poyasi biyikrakdur.
Negakim yaxshi soʻzki, zohir erur,
Lafz taʼdodidin javohir erur.
Xud javohir nechaki, dilkashroq,
Nazm silkiga cheksalar xushroq.
Iki sori duri samin yaxshi,
Orada laʼli otashin yaxshi.
Koʻrunur yaxshi durri ummoniy,
Boʻlsa feruza yonida koni.
Javhari bu sifat berib tartib,
Aylasa rishtani anga tarkib.
Javhari his angaki, qoyimdur,
Muni anglarki, bas muloyimdur.
Kim, javohirni oligʻa toʻksa,
Talli gʻaflat kibi ani oʻksa.
Ham yomon xud koʻrunmagay lekin,
Lutfi avvalgʻicha emas mumkin.
Bas munung oncha ziynati yoʻkdur,
Bir-birisiga nisbati yoʻqdur.
Nazmu nasr ichra ham bu nisbat bil,
Ikisin bu ikiga nisbat qil.
Nasr aro elga xud maqolat bor,
Lek nazm ichra oʻzga holat bor.
Nazmkim topti bu sifat tarjih,
Kim, emas anda hojati tavzih.
Boʻyla nazm ichra ham erur necha shaq,
Fahm etar ul kishiki, boʻlsa mudaq.
Lekin ul barchadin dagʻi xubi,
Bor durur masnaviyning uslubi.
Oʻzgalarni gar etmadim mazkur,
Bok emas, chun bori erur mashhur.
Masnaviykim burun dedim oni,
Soʻzda keldi vasiʼ maydoni.
Vusʼatida yuz oʻlsa maʼraka gir,
Koʻrguzur sanʼatin bori bir-bir.
Boʻyla maydonda chustu choloki,
Raxsh javlon berurda be boki.
Shahsuvoriki, raxshi aylasa xez,
Aylagay koʻk samandi birla sitez.
Qilibon tez ekanda javloni,
Oy uzorini dogʻ chavgoni.
Qoyili xush kalomi zebogoʻy,
Ki, bu maydon elidin elitti goʻy.
Ganja ahligʻa bazla sanj erdi,
Dahr vayronasida ganj erdi.
Kilki nugini — naqsh etarda varaq,
Nukta aylab chuchukligidan shak.
Shaqidin nukta yoʻq, shakar toʻkulub,
Qora oʻrnigʻa mushki tar toʻkulub.
Safhani mushk ila shakar toʻkari,
Goh mushkin qilib, gahy shakari.
Shakaridin koʻnulgʻa shirin kom,
Jongʻa osuda mushki birla mashom.
Boʻyla mushku shakarga hamdaston,
Ne topib mulki Chin, ne Hinduston.
Kilki nugidagi ravon duda,
Shakar oludu mushk anduda.
Nuktasi diqqat ichra rishtayi jon,
Rishtagʻa choshni sirishtayi jon.
Nazmi avroqi pardayi jondin.
Ham siyohisi obi hayvondin.
Obi hayvongʻa hamnishonligʻini,
Fahm etib koʻrgan el ravonligʻini.
Qilibon xomasi nechukki, jahon,
Obi hayvon siyohi ichra nihon.
Elga jon bergali davoti aning,
Kelibon chashmayi hayoti aning.
Kilki xizrin atash qilib betob,
Hardam ul chashmadin boʻlub serob.
Ahli nazm afsahulkalomi ul,
«Xamsa»ning nozimi Nizomiy ul.
Xamsa yoʻq, panj ganji Qoruniy,
Yeyibon elga Ganja madfuni.
Lek harkim boʻlub javohir sanj,
Topib ul ganjlarda yuz ming ganj.
Har samin durri mamlakatga xiroj,
Anga loyiqki, boʻlgʻay ustida toj.
Soʻz yoʻlin oʻyla qatʼ etib cholok,
Kim ipakda yugursa gavhari pok.
Bu yugurmakda boʻlmayin payrav,
Anga har rahravi magar Xusrav
Dema Xusravki, Hinduyi jodu,
Aylabon elni nazmiga hindu.
Dema Hindu, qaro balo de oni,
Ne balo, ofati xudo de oni
Har qachon xoma ilkiga olibon,
Nazmidin olam ichra oʻt solibon.
Oʻtki, olamni oʻrtabon asari,
Kelibon koʻngli oʻtining sharari.
Ishq otashgahishshg axgari ul,
Balkn ul shuʼlaning samandari ul.
Nazmi rifʼat aro sipehri barin,
Nuktalar anjumi sipehr nnshin.
Har varaq nazmi dilkushosinda,
Bir jahone sipehr arosinda.
Ne jahonkim, jahoni. maʼni ul,
Lafz jismida joni maʼni ul.
Ham binosi falak nihodi kib»,
Ham savodi jahon savodi kibn.
Ne savod ul, visolning shomi,
Balki dildor zulfining domi.
Chun s.avodi bu navʼ qayd oʻlgʻay,
Anda maʼni tuyuri sayd oʻlgay.
Ne bino solsa burnagʻi meʼmor,
Ul qilib zebu ziynatin zarkor.
Ul ochib yuz guli riyozi Eram,
Gullar uzra bu yogʻdurub shabnam.
Kelturub ul nigori ru toza,
Anga surtub bu vusmavu gʻoza.
Yoʻqki, har sarv nozkim ul ekib,
Yana bir zod sarv ham bu chekib.
Ul ne gulruxki, jilvagar aylab,
Yana birni bu pardadar aylab.
Muni koʻrgan kishi hamon saginib,
Ikisin balki tavʼamon saginib.
Oʻzga har roqimi hunar pisha,
Nozuk andeshu, chobuk andisha.
Koʻp urub soʻz demakda tob ila pech,
Sigʻa olmay bular arosigʻa hech.
Garchi bir nuktagoʻy Ashraf oʻlub,
Oʻzi makdurigʻa musharraf oʻlub.
Yaxshi yoxud yomon dedi gʻam emas,
Yaxshi gar boʻlmasa, yomon ham emas.
Meni davona sor bechora,
Oʻzum oʻz jonima sitamkora.
Qatra ichguncha dastras manga yoʻq,
Gʻayri daryo chekar havas manga yoʻq.
Yoʻq iligimda bir ovuch tufroq,
Yasamaq kom gunbazi nuh toq.
Noma nolicha tobu ranj manga,
Ajdahodek xayoli ganj manga.
Kim ul ikki arosigʻa tushubon,
Yuz ming el mojarosiga tushubon.
Soʻzni aylab alar soʻziga adil,
Balki tagʻyir etib, berib tabdil.
Tabʼi beboki noharosondin,
Tortib andoq sipah Xurosondin.
Ki, qilib zohir ul sipah bila zoʻr,
Rumu Hindustongʻa solib shoʻr.
Tutubon Rumu Hind kishvarini,
Hind royiyu Rum qaysarini.
Yoʻq-yoʻq, ushbu gʻaribu lof durur,
Lof yoʻq, sar-basar gazof durur.
Cheksa shatranj iki saf oqu qaro,
Xas ne qilgay chu tushsa arsa aro.
Oʻzni topqay bisot aro payvast,
Ot ila pil ayogʻi ostida past.
Rum elining samandi oshubi,
Hind eli pilining lagad kubi.
Ham magar moʻri ranj parvardi,
Topib andoq sipohdin gardi.
Koʻrubon oʻz haqiru pastligʻin,
Qora tufroqqa hamnishastligʻim.
Pastliqdin balandliq topqay,
Zoʻrdin bahramandliq topqay.
Solgʻay oshub sheri gʻurrongʻa,
Noyib etgay oʻzin Sulaymongʻa.
Ne ajab gar Navoiyi bedil,
Qilsa bu navʼ komi dil hosil.
Kim tutubtur aning sari himmat,
Qutb tamkinu osmon rifʼat.

VII

Janobi sipehr makon xizmatkorligi va sahobi gavhar afshon havodorligʻi, yaʼni hazrat shayxul-islomi mavlono Iuriddin Abdurrahmon Jomiy madda zilluhul-oliy madhida xoma nayining shakar borligʻi va koʻngul sadafiniig gavhar visorligʻi


Fazl koniyu ilm daryosi,
Bahru kon sirrining shinososi.
Ilmi daryosigʻa xubob sipehr,
Yoʻqki, ul bahr ichinda gavhar mehr.
Kashfi hikmat ishi kamohi anga
Ham tabiiyu ham ilohi anga.
Xud riyozida fikri gardunrav,
Ayirib charx mazrani jav-jav.
Arabiyatda dars aning virdi,
Ibni Hojib kamina shogirdi.
Ibni Hojib demayki, Jorulloh,
Oncha tafsir ishinda yoʻq ogoh.
Tili zikri kalomi rabboniy,
Harf bar harf zabt etib oki.
Nuktai bo «bism» uchun tafsir
Yuz mujallad qila olib tahrir.
Ham hadis ichra sarbaland shajar
Kim, etishmay anga yuz Ibn Hajar.
«Arbain» iki aylabon tartib,
Arabiy birla forsiy tarkib.
Arbain ahli darkidin ojiz,
Koʻrmayin boʻyla «Arbain» hargiz.
Faqr ichinda imomi olam ul,
Qaysi olam, imoni Aʼzam ul.
Soʻzidin fiqh eliga zebu baho,
Masʼala desa hayratul-fuqaho.
Farʼ edikim, deyildi bu necha fasl,
Ilmi faqru fano boʻlub anga asl.
Oncha aylab fanoda nafyi vujud,
Ki boʻlub mujibi baqovu shuhud.
Oʻz vujudin shuhud aro yopibon
Haq vujudi aro baqo topibon.
Oʻyla haq zoti ichra mustagʻraq
Ki, asar qolmayin anga juz haq.
Chun tasavvuf kelib sifot anga,
Bu fan ichra musannafot anga.
Kim qayu birga kimki, topsa vuquf,
Barcha maqsud anga boʻlub makshuf.
Soldi sharhi Ruboiyot andin,
Rubʼi maskun aro hayot andin.
Kilkidin chun Lavomiʼ etti zuhur,
Soldi ofoq ichinda lamʼayi nur.
Tabʼidin chun Lavoyih oʻldi padid,
Jilva qildi lavoyihi tavhid.
Zohir etgach Ashiʼatul-lamaot,
Lamʼa qildi ayon ashiʼayi zot.
Tovu Mimiyagʻaki chekti raqam,
Ibni Foriz ravoni dediki tam.
Chun Shavohidgʻa boʻldi nukta tiroz,
Qildi yuz shohid anda jilvayi noz.
Nafahot ichrakim futuh andin,
Nafhayi uns topti ruh andin.
Chun raqam qildi «Tuhfatul-ahror»,
Sochti olamgʻa «Maxzanul-asror».
Subha iqdigʻa berdi chun tavzih,
Soldi xayli malak aro tasbih.
Chunki tahrik topti Silsilasi,
Telbalik boʻldi aql masʼalasi.
Chun raqam qildi Oshiqu maʼshuq,
Boʻldi ishq ahli oʻtidin mahruq.
Chun Qasoyidgʻa qasd etib royi,
Dur sochib tabʼi gavhar oroyi.
Gʻazaliyoti oʻt jahongʻa solib,
Shuʼlasi yuz sharora jongʻa solib.
Oʻzga har fandakim, rasoyil anga,
Borcha haq vasligʻa vasoyil anga.
Gar borii bir-bir aylasam tafsil,
Zohir aylar kalom aro tatvil.
Ham taaddudda nafʼ chandon yoʻq,
Kim, demakdin tuganmak imkoi yoʻq.
Gar tugansun dagʻi kutub oti,
Andin ortuq aning kamoloti.
Ki, agar muncha yuz kalom oʻlgʻay,
Vasfi zoti aning tamom oʻlgʻay.
Poyasii har kishi desa aflok,
Boʻlgʻay aflokni demak xoshok.
Royi pokin demakki, mehri munir,
Demak oʻlgʻay quyoshni qursi qir.
Ilmin oning tengizga qilsa xitob,
Mutlaq oʻlgʻay demak tengizni sarob.
Ne kamolot aro nihoyat anga,
Ne marotibda haddu gʻoyat anga.
To kamol ahlidin maqol oʻlgʻay,
Odami ziynati kamol oʻlgʻay.
Ham malak dona chini domi aning,
Ham xirad jurʼa xoʻri jomi aning.
Bahravar andin odam avlodi,
Olam ahligʻa villi irshodi,
Mayi hush ahli jonfizoyi ham,
Jomidin bahravar Navoiy ham.

VIII

Bu etti gulshani jannat oso va etti qasri sipehr farso tarrohligʻining jihati va meʼmorligining kayfiyati va bisotin tarhini tagʻyirlar bila xushroq va qusur binosin tabdillar bila dilkashroq qilmaq va gustoxliklar uzrin demak va bebokliqlar maʼziratin aytmaq


Bu kechakim, sipehri shuʼbadaboz,
Olam ahligʻa boʻldi shuʼbadasoz.
Nilgun arsagʻa fazo berdi,
Bulʼajab muhra anda koʻp terdi.
Muhralar xosiyatda guno-gun,
Ham talavvun ichinda buqalamun.
Har biri tabʼi ichra yuz nayrang,
Bulʼajabliqqa aylabon ohang.
Muni paydo, ani nihon aylab,
Har birin fitnayi jahon aylab.
Biriga nahsliqni odat etib,
Birisin mashʼali saodat etib.
Qaysi birning ne boʻlsa taqdiri,
Yoyilib olam ichra taʼsiri.
Demayin muhrabozi shuʼbada fan,
Balki luʼbat namoyi luʼb afkan.
Yuz tuman luʼbati siymin paykar,
Yoʻqki, siymin niqobu siyminbar.
Barcha yuz noz birla jilvanamoy,
Jilvayi husn birla hush raboy.
Pardada qay biri boʻlub mastur,
Parda yuzinda yona birga zuxur.
Bu taajjub xiradin lol aylab,
Har nafas oʻzga bir xayol aylab.
Manga gah vahmu goh fikrat oʻlub,
Dam-badam hayrat uzra hayrat oʻlub.
Koʻnglum uyinda yoʻq xiradgʻa subut,
Ham xirad, ham koʻngul boʻlub mabhut.
Fahm qilmay bular haqiqatini,
Topmayin fikr ila vasiqatini.
Gʻolib oʻlgʻach koʻngul aro qaygʻu,
Koʻz uyin tiyra ayladi uyqu.
Zohir etti xayoli suratgar,
Fikrat uyida guna-guna suvar.
Koʻrdum oʻzni ajab maqom ichra,
Bir fazo tavfida xirom ichra.
Ul fazo har taraf nazargʻa vasiʼ,
Yetti gunbad bori matinu rafiʼ.
Topibon har biri ichida maqom,
Lek birdam biriga yoʻq orom.
Borcha koʻk gunbadi kibi doyir,
Bir-biri davrigʻa boʻlub soyir.
Lavn aro oʻzga navʼ har gunbad,
Oʻzga navʼ elga har biri maʼbad.
Yetti gunbaddakim, xirom aylab,
Yetti nodir sifat maqom aylab.
Har biriga bir ish sari ohang,
Toʻni oʻz gunbadi bila hamrang.
Rangi avvalgʻining qaro erdi,
Yuzi ham boʻyla rang aro erdi.
Yana bir xilʼate kiyib zarkash,
Zardvash uy ichra rohi asfarkash.
Yana birning makomi xazro rang,
Toʻni axzar, uzori sabzo rang.
Yana birga libos oʻlub gulfom,
Ham bu rang uy aro anga orom.
Biri azraq libosu ahli xirad,
Boʻlub oromgohi kuk gunbad.
Birining toʻni sandali oyin,
Sandali uy aro topib tamkin.
Yana birning libosi kofuri
Ham bu rang ichra bayti maʼmuri.
Haftaning har kuni birisiga xos,
Boʻlub ul kun qadahkashu raqqos.
Har biri hukmi ichra bir iqlim,
Xoh ummid anda, xohi biym.
Men chu bu xayl aro guzar qildim,
Borigʻa etti kun safar qildim.
Har bir uyning muqimi farzona,
Manga qildi bayon bir afsona.
Kim oʻz iqlimi ichra voqiʼ edi,
Oʻzi koʻrgan ajab mavoqiʼ edi.
Har bir afsonada gʻaroyib koʻp,
Har gʻarib ish aro ajoyib koʻp.
Men bu afsonalarni tutgum yod,
Ayladim jon sahifasida savod.
Chunki qildim, bu navʼ tahriri,
Keldi olimgʻa xizrvash piri.
Dedi: «Ey, soyiri falak paymoy!
Charx gunbadlarida jilva namoy!
Yetti uyda sangaki, mayl erdi,
Angladingmu bular ne xayl erdi?
Yetti gunbadda nomukarrar lavn,
Lutf aro oʻzga navʼ oʻlub har lavn.
Anda etti yagonaga maskan,
Har birikim, qilib bir uyda vatan.
Lahzai boʻlmayin biriga darang,
Toʻnlari birla uylari hamrang.
Yetti afsonakim, sanga dedilar,
Yod tutgung borini to dedilar.
Senki mundoq ajab safar qilding,
Bu gʻaroyib sari nazar qilding.
Kayfiyat neni aylading mafhum,
Boʻldimu bu ish haqiqati maʼlum».
Soʻrgʻuchigʻa dedim niyoz bila,
Savlatidin yuz ehtiroz bila:
«K-ey humoyun ruhu hujasta jamol,
Aqli kul shaxsidin yuzung timsol.
Men bu gʻurbat aroki, soyirmen,
Emdi etgan hazin musofirmen.
Bilmadim har ne boʻldi jilva namo
Ki, demishlar, «gʻaribun kal-aʼmo».
Sanga maʼlum esa ayon ayla,
Sirrini shammayi bayon ayla».
Dedi farrux surush ruhoni:
«K-ey nasibing bu sirri pinhoni!
Mujdakim charxi lojuvard andud,
Axtari baxting ayladi masʼud.
Ganji ganjurikim, chekib koʻp ranj,
Qoʻymish erdi jahon aro besh ganj,
Kim qilib Hind sohiri kina,
Ul dagʻi qoʻydi oncha ganjina.
Ki, erur oncha garchi oncha emas,
Yaxshidur, lek ul degancha emas.
Kim chekib sen dagʻi iki yil ranj,
Hosil aylab eding iki-uch ganj.
Vaqt boʻldiki, tortibon xoma,
Emdi toʻrtunchi yozgʻasen noma.
Toʻrt gavharga bergasen tartib,
Toʻrt unsurni qilgʻasen tarkib.
Boʻlubon baxtu davlat iqboli,
Rubʼi maskungʻa boʻlgʻasen voli.
«Haft paykar» ki, keldi mushk sirisht.
Yana oning yonida «Hasht bihisht».
Sen dagʻi topibon fazoyi vasiʼ,
Oʻtruda solgʻasen binoyi rafiʼ.
Neki koʻrguzdilar sanga bir-bir,
Aylay oni birin-birin taʼbir:
«Har biridin sanga bashoratdur,
Ushbu soʻz shugʻligʻa ishoratdur.
Yetti gunbadki, anglading oliy,
Yetti ayvon aro eti voli.
Bu eti gunbadi sipehr erdi,
Ichida etti mehr chehr erdi.
Sanga budur bu qissa isnodi,
Ki solib etti qasr bunyodi,
Chun tugatgaysen ul rafiʼ qusur,
Solgʻasen etti qasr aro eti hur,
Ul sifatkim, alar kelib hamrang,
Topqay ul navʼ ila bular ham rang.
Yetti afsona koʻrganin yona,
Degasen etti turfa afsona,
Kim, latofatdin elga jon bergay,
Tan aro ruxdin nishon bergay,
Aql ogʻzigʻa kelturub kulgu,
Koʻziga ruhning solib uyqu.
Har biri zoti yuz gʻaroyib ila,
Jilva qilgʻay oʻkush ajoyib ila.
Sen bu daʼvida xurram oʻlgʻaysen,
Nukta derda musallam oʻlgʻaysen!»
Soʻz tugatgach, qoshida er oʻptum,
Boʻlubon shod, seskanib qoʻptum.
Borchani xotirimda tutmish edkm,
Piru taʼbirini unutmish edim,
Tushuma chunki yoʻq edi taʼbir,
Yuzlanib xotirimgʻa koʻp tagʻyir.
Talab etgim muabbiri komil,
Bori taʼbir ishi anga shomil.
Toptim ul navʼ komili ofoq,
Sharh qildim tushumni boshtin-oyoq.
Neki, xotirda erdi topti bayon,
Gʻayri ulkim topib edi nisyon.
Nukta pardoz eshitti chun rozim,
Boʻldi filhol nukta pardozim.
Borini oʻyla ayladi taʼbir,
Kim, tun oqshom tushumga kirgan pir.
Rozi bois boʻlub kushodimgʻa,
Tushdagi pir kirdi yodimgʻa.
Soʻzi ham kim, boʻlub edi masmuʼ,
Jilva qildi xayolima majmuʼ.
Ikkisi nuktasi muvofiq edi,
Bu ham andoq soʻzida sodiq edi...
Nuktakim surush qildi xurush,
Bu ham etti xurush misli surush,
Menki, toptim bu navʼ iki dalil.
Soʻz demak sori ayladim taʼjil.
Jazm qildimki, xoliqi azaliy,
Kim, aning hukmi keldi lamyazaliy.
Manga bu mulkin nasib etmish,
Fath qilmoqni ham qarib etmish.
Ulki haqdin birovga roʻzidur,
Dahrning sozi, yoʻq soʻzidur.
Necha uzr oʻlsa oshkora anga,
Juz shuruʼ aylamak ne chora anga,
Tabʼ ham garchi asru rogʻib edi,
Lek koʻp ehtiyot vojib edi.
Kim, alarkim, burun chekib xoma,
Sayʼ ila naqsh qildilar noma.
Nuktalar borcha sar-basar rangin
Har biri bir nigorxonayi Chin.
Dahr eligʻa qabul erur, rad yoʻq,
Vasf qilmoqlari manga had yoʻq.
Durji maʼnini chun ochibdurlar.
Olam ahligʻa dur sochibdurlar.
Durjdin kim desunki, bahr ila kon,
Nakdini sochib onchakim, imkon.
Lek gavhar socharda ahli karam,
Bir sori koʻp tushar, yana sori kam.
Har taraf dur sachilmagʻi yakson,
Ehtiyot aylamay emas oson.
Koʻp kishi erga ob posh oʻldi,
Koʻpdan ozi gulob posh oʻldi.
Durni suft aylamak aro hakkok,
Koʻp qilur saxv — bor esa bebok.
Koʻprak ustodi chobuk andesha,
Qildi beboklik fanin pesha.
Kim mahorat ani qilib magʻrur,
Voqif oʻlmay tushar ishiga qusur.
Lek shogird erur ishida vahim,
Koʻnglida sahv aylamakdin biym.
Tunu kun ehtiyot qilmoq ishi,
Sahv ozroq topar ishida kishi.
Ul ikov ustodi mohir edi,
Kim, mahorat alarda zohir edi.
Chun tuzub bu bisot oʻtmishlar,
Qilmayin ehtiyot oʻtmishlar.
Men de olmanki, sahvlar tushmish,
Bexabar tushmish, ul agar tushmish,
Kim, bu daftarki, berdilar ming zeb,
Boshtin to oyogʻ fusunu fireb.
Yasagʻanda bu turfa afsona,
Hazmdin aylab oʻzni begona.
Necha navʼ ishni qildilar taqsir,
Gar tutarsen quloq, qilay taqrir:
Biri bukim, yoʻq, anda moyayi dard,
Qildilar ishq soʻzidin ani fard.
Kim birov mehrdin bari boʻlgʻay,
Boqma, gar mehri xovariy boʻlgʻai!
Boʻlsa tarix alargʻa gar matlub
Anda soʻz bagʻlamaq emastur xoʻb.
Soʻz yasardin chu topti piroya,
Ishqdin xushtur anda sarmoya,
Kim, koʻngulga oʻti asar qilgʻay.
Jonga koʻydurmagi xabar qilgʻai.
Yoʻqsa yolgʻon demakdakim, bazadur,
Chun uzoq chekti asru bemazadur.
Ishkdin soʻzi boʻlsa bok ermas,
Oʻrtar oniki, soʻznok ermas.
Yana bir buki anda baʼzi ish,
Zohiran nomunosabat tushmish.
Boʻyla tuhmatki, aysh uchun Bahrom
Yasadi etti qasr surgali kom.
Yetti iqlim shohidin eti qiz,
Har biri lutfu husni gʻoyatsiz.
Yetti qasri ichiga kelturdi,
Kom har kun biri bila surdi.
Turfa bukim, chu boʻldi boda parast,
Qildi oqshomgʻa tegru oʻzni mast.
Uyqu komni olurgʻa mastona
Shoʻxlargʻa buyurdi afsona.
Bu ajabkim, alar dagʻi dedilar.
Qissaxon qizlari magar edilar?
Tongdin oqshomgʻa tegru pay-darpay,
Ulki, ichgay qadah toʻla-toʻla may,
Anga xud gʻaflat oʻldi daʼbu sifat,
Uyqusigʻa fasona ne hojat?
Boʻlsa ham aql manʼ qilmasmu?
Qissa aytur kishi topilmasmu?
Kim, necha nozanin haramlarini,
Jon harimida muhtaramlarini
Ki, alar gʻamzasi qilib jodu,
Yuz tuman koʻzdan eltigay uyqu.
Lablari qatl uchun sharob olud,
Koʻzlari ishva birla xob olud.
Hukm qilgʻayki, siz fasona dengiz!
Demangiz, uzru, bebahona dengiz!
Boʻlung uygʻoqlik ichra farsuda,
Men boʻlay uyqu birla osuda.
Boʻyla taklif kimsa qilgʻaymu?
Odamidin bu soʻz ochilgʻaymu?
Boʻldi, farzan, bu navʼ bulʼajab ish,
Bulʼajabroq yana bu ish boʻlmish.
Kim munungdek iki vahidi zamon,
Har bir oʻz vaqtida faridi zamon.
Boʻyla nodon uchun yozib avsof,
Anga qilgʻaylar oʻzlarin vassof.
Madhini behisob yozgʻaylar,
Balki mavzun kitob yozgʻaylar.
Har bir ul nazmida koʻrub koʻp ranj,
Qilgʻay oʻz «Panj ganj» din bir ganj.
Olloh, olloh! ne ganj boʻlgʻay bu!
Sarbasar elga ranj boʻlgʻay bu!
Boʻla olmas bu ish magar bu tavr,
Ki, desang ul iki yagonayi davr.
Baski, ustod edilaru komil,
Boʻldilar gʻarraligʻ bila gʻofil.
Kimki, bir ishta boʻlsa mustagʻni.
Yoshunur koʻnglidin base maʼni.
Meniki, shogirdi bebizoat men,
Ul ikovga mutii toat men.
Vahmdin kim, tushub xato nogah.
Yetmagay kulfate manga nogah.
Ishim oʻlmishdur ehtiyot etmak,
Nuktaning toru pudigʻa etmak.
Munda dagʻi ishimgʻa etsa kushod,
Ham alar ruhidindur ul imdod.
Tabʼ bu shugʻl aroki ozim edi,
Chunki koʻp ehtiyot lozim edi.
Bu sababdin bu xush fasona aro,
Balki bu xush navo tarona aro
Yoʻq edi hech choravu tadbir,
Kim, birir erda boʻlmagʻay tagʻyir.
Aytmaq munda hojat oʻlmagʻusi,
Kimki, ul erga etsa, anglagʻusi.
Yo rab, ish mushkilu bu xasta zaif!
Pashshagʻa pil ishi erur taklif!
Charx tomigʻa nardbon yasamaq,
Mehr shamʼigʻa shamʼdon yasamaq.
Qilibon ankabut ipini kamand,
Aylamak ajdaho aning bila band,
Keldi dushvordin dagʻi dushvor,
Lek men telba mastu behushvor,
Kim, bu ishga ilik netib urdum,
Lutfunga eʼtimod etib urdum.
Necha ish ranji beadad boʻlsa,
Sendin ar lutf ila madad boʻlsa,
Zarrada mehrni nihon aylay,
Bahrgʻa qatrani makon aylay!
Xoma nugi safirni aylab tez,
Salayin olam ichra rustoxez!
Kilkni chun varaq nigor etayin
Oncha aʼjuba oshkor etayin!
Kim solay olam ichra ofatlar!
Balki zohir qilay qiyomatlar!
Ham ul avloki bu sifat eʼjoz,
Shoh madhidin etgamen ogʻoz.
Chun deyilgusi shohlar qavli,
Shoh madhin burun demak avli.

IX

Saltanat bahrining durri nobi va xilofat maʼdanining laʼli serobi, ofarinish tojigʻa javhari zoti zeb ila zayn, muizzus-saltanati vad-dunyo vad-din Sulton Husayn Bahodirxon xallada mulkahu va sultonahu midhati koʻsin oʻrmaq va bu bahona bila zarrani quyoshqa sagindurmaq


Soʻz demakka qilur havo koʻnglum,
Kilk unidin tilar navo koʻnglum.
Kelu hujram supurgil, ey iqbol,
Gird bolisht ravzan oligʻa sol.
Chovushi baxt eshikda hozir boʻl,
Kim kirar mayli boʻlsa, uzrni qoʻl.
Ey falak, xizmat oshkoro qil,
Mehrning safhasin muhayyo qil.
Qil davotimin, ey Zuhal, mamlu,
Hayi ruxsoradin solib qora suv.
Mushtariy, yirtqil amoma uchin,
Men aritmaqqa anda xoma uchin.
Qingʻa salgʻil qiyaichni, ey Bahrom,
Fitna xayligʻa ber dame orom.
Mehri safhang yuzin daraxshon et,
Zarvaraqdin ani zarafshon et.
Zuhra, bir lahza chalma soz oxir,
Chekmagil lahni dilnavoz oxir.
Ey Oʻtorid, oʻp ostonimni,
Qoʻygil olimgʻa juzvdonimni.
Ey Qamar, sen qalam taroshim yigʻ,
Qil hilalingning uchidan anga tig,
Bir gah xomam uchini aylab tez,
Qilayin safha uzra gavhar rez.
Dur kibi pok nuktaronligʻ etay,
Shoh madhida durfishonligʻ etay.
Qay shah ulkim, azaldin etti iloh,
Ani ofoq shahlari uza shoh.
Din livosi, alam tirozi ul,
Ahli din ichra Shohi Gʻoziy ul.
Shoh Sulton, Husayn bin Mansur,
Kim berib nusrati jahongʻa surur.
Xonlar uzra etib atasi aning,
Xon bin xon ata atasi aning.
Ham ata xonu ham anga ana xon,
Yoʻq jahonda aning kibi yana xon.
Anga Chingiz ulugʻ ata kelgan,
Anasi xud Alanquva kelgan.
Faxr yoʻq aiga saltanat oti,
Ul boʻlub saltanat mubohoti.
Shohlar qullugʻin koʻrub margʻub,
Anga darvishlik boʻlub matlub.
Garchi shahlarni zirdast aylab,
Oʻzni darvishlarga past aylab.
Ajdaho zoʻr vaqti ilgida moʻr,
Qila olmay valek moʻrgʻa zoʻr.
Pili gardun qoshinda pajmurda,
Pashsha lek oʻlmay andin ozurda.
Tufrogʻ aylab falakni kin chogʻi,
Lekin ahli niyoz tufrogʻi.
Razm aro barqi tigʻi olamsoʻz,
Bazm aro shamʼi royi mehr afroʻz.
Tabʼi sohib kamol har fanda,
Ahli fannu kamol anga banda.
Adlidin oncha elga baxshoyish,
Kim raiyatqa yoʻq juz osoyish.
Anda kim, dahr aro tushub oshub,
Sarsari kin boʻlub salomatrub.
Olam ahli aro tushub parxosh,
Olam ichra qiyomat oʻlgʻay fosh.
Jongʻa tan ichra iztirob oʻlgʻay,
Tan fano selidin xarob oʻlgʻay.
Iki saf boʻlgʻay iki koʻhi balo,
Qullalar anda raxshlar masalo.
Rahsh uza har xadivi tigʻ afgan,
Rustamu Koʻha birla Ruyintan.
Fitna dahr ichra karru far solibon,
Charx javfida shuru shar solibon.
Bodpo sarsari jahon paymo,
Ustida rokibi sahobnamo.
Yoʻq sahob ayt qatra afshon migʻ,
Qatra paykonu barq lamʼayi tygʻ.
Barq ajal chobuki a markabi tez,
Solibon ruh xayli ichra gurez.
Jon botib jism zaxmidin qonda,
Tan boʻlub joni birla darmonda.
Tigʻlar kavkabi xirom aylab,
Gardi olamni tiyra shom aylab.
Sei bu zulmat ichinda mehr kibi,
Barqrav ashhabing sipehr kibi.
Tortibon tigʻ oʻylakim, Bahrom,
Qahr ila aylasang ne erga xirom.
Tigʻ ila qonni qilgʻasen Jayhun,
Gurz ila togʻni etgasen homun.
Titragay charx aylabon shivan,
Bir bulutdekki, boʻlsa nola fikan.
Ul bulutdin bu larz ila nola,
Kavkabin sochqay oʻylakim, jola.
Yaʼni ul navʼ fath qilsang fosh,
Charx boʻlgʻay boshinggʻa gavharposh.
Tigʻ selobidin berib bas kin,
Kin oʻti iltihobigʻa taskin.
Qoʻymayin olam ahlida biyme,
Fath etib bir dam ichra iqlime.
Razm maydonidin yonib shodon,
Qasri davlatni qilsang obodon,
Silkibon tiyra gard maydonni,
Boda birla yorutsang ayvonni,
Maskaning boʻlsa masnadi Jamshid,
Qadahing boʻlsa sogʻari xurshid,
Davrayi bavming ichra turgʻan el,
Shohlar qullugʻungga bagʻlab bel,
Ishlari erga koʻz tikib turmaq,
Kimga had demaguncha oʻlturmaq.
Chun boʻlub hukm oʻlturub bori,
Yerlik oʻz eriga iki sori.
Tutubon soqiyi parivash may,
Gulda shabnam kibi uzorida hay,
Ilgidin may chu bodanoʻsh olibon,
May bila ul gulobi xush olibon.
Lek majlis shukuhidin ne had
Koʻzni erdin olurgʻa ahli xirad.
Tushgach ahli navo chalib derga
3uhrani koʻktin indurub erga.
Iki yondin mugʻanniy iki xayl,
Jongʻa tandin chiqarga salib mayl.
Oʻngda turkinavoz urub daston,
Qoʻzgʻolib har navoda Turkiston.
Tartqan turk nagʻmasida surud,
Aqizib xalq koʻzlaridin rud.
Soʻl sori forsi surudu nagʻam,
Fitnayi Fors, bal Iroqu Ajam.
Kavkabi jom aksi lamʼafigan,
Tob aro uylakim, Suhayli Yaman.
Tob ila ul Suhayl rangi rahiq,
Chehra rangin yasab nechukii, aqiq,
Noʻsh etarda bu rohi rayhoniy,
Yuz gul ochib yuzung gulistoni.
Bazmni bu bihishtvash boʻston
Aylabon har zamon bahoriston.
Ham kulub sen bahori xandondek,
Ham toʻkub ashk abri naysondek.
Har surudki istimo aylab,
Bevafo dahrgʻa vido aylab.
Boʻlubon jisming oʻyla ruhoniy,
Kim koʻrub dahr bazmini foniy.
Saltanatdin havasin bas aylab,
Faqr sultonligʻin havas aylab.
Ne havas, mahzi soʻzu dard boʻlub,
Benavoligʻ yoʻlida gard boʻlub.
Oncha haryon toʻkub niyoz ashkin,
Shamʼdek soʻz ila gudoz ashkin,
Kim qayonkim, urub yuz ul selob,
Aylabon mastligʻ uyini xarob.
Chun jahon bevafoligʻiga boqib,
Kulub ammo koʻzungdin ashki oqib,
Kulubon lek yosh toʻkub durdek,
Guli xandon yuzida muldurdek.
Andakim, tigʻi xunfishon olibon,
Tigʻ zarbi bila jahon olibon.
Bu nafas kimki, bir tarona chekib,
Dard ila ohi bexudona chekib.
Munga borin ani nisor aylab,
Balki qilmay pisandu or aylab.
May ichib behisobu mast oʻlmay,
Nafs hukmigʻa zeri dast oʻlmay.
May sanga mujibi fano boʻlubon,
Sarbasar nur ila safo boʻlubon.
Ne ajab boʻlsa boda nuru safo,
Kim, erur har qadahda istigʻno.
Boda mohiyatin tabah bilmak,
Ichmagin dam-badam gunah bilmak.
Barcha mazhabda fosiqi ranjur
Yaxshirokdurkim, zohidi magʻrur.
Boʻyla may nush etibki, surdum soʻz,
Mastligʻ uyqusida yumsang koʻz.
Tunqoʻtar onda baxti bedoring,
Subhgʻa tegrukim xudo yoring.
Tartqach subh muazzini yo hay,
Oʻchubon koʻzdin uyqu, boshtin may.
Oqizib uzr koʻzlaridin suv,
Aylasang ul suv birla pok vuzu.
Qiblagah sori roy keltursang,
Tengri amrin bajoy keltursang,
Chun nekim tengri amri boʻldi tamom,
Aylasang adl taxti sori xirom.
Qoʻyubon boshinggʻa Kayoniy toj,
Hukm qilsangki, soʻz desun muhtoj.
Eshitib hukm har taraf mazlum,
Bori ominggʻa aylaganda hujum,
Anda shirin kalomu xandon yuz
Birlakim, xalkdin soʻrarsen soʻz.
Dafʼ etib xalq boshidin bedod,
Beribon dodkim, qilursen shod.
Birning aylab qilurgʻa chorasini,
Boshidin dafʼ sarshumorasini.
Birisidin «alafbaho» koʻtarib,
Sabzayi umri ayshdin koʻkarib.
Xar birining nekim boʻlub komi,
Birdam ichra boʻlub saranjomi.
Kim, ynarlar oʻkush murod bila,
Uqdaligʻ ishlari kushod bila.
Anda Nushirvon kerak baqqay,
Boshini irgʻatib avuch qaqqay.
Chun qilib yod oʻz adolatidin,
Mutagʻayyir boʻlub xijolatidin.
Adldin toki, boʻlgʻay ovoza,
Har kun oʻlsun adolating toza.
Shohliq xilʼati qading bila jub,
Shohlar qaddi xam ayogʻingga koʻp.
Dodu adling bila jahon obod,
Kim, bu boʻlgʻay jahonda adl ila dod.
Mulkunga arshdin kelib bu nido:
«Xalladallohu mulkahu abado».

X

Ismat bahoristonning shukufta bogʻi va iffat shabistonining gavhari shabcharogʻi, roʻpoʻshligʻ Qofining asmon parisi, mahjubligʻ sipehrining mehri xovariysi, axloqi hamida va avsofi pisandidasidin shammayi izhor qilmaq


Chunki naqqoshi sunʼ etarga raqam,
Ofarinashgʻa chekti iugi qalam.
Ne uchun keldi gunbadi minu,
Gʻunchadek necha parda tu bar tu.
Chun tamom oʻldi bu rafiʼ ayvon,
Nega tortildi necha shodurvon.
3ah batah pardalar aro parda,
Bir-bir ichra toʻquz saroparda.
Pardalar bir-biriga aylangʻan,
Duri anjumdin inju turlangʻan.
Malak ushbu rafiʼ parda aro,
Evrulub ul sifatki, xojasaro.
Pardalar davrida muhofiz oʻlub,
Tashqi xodim kibi mulohiz oʻlub.
Esmay ul tegraga nasimi shamol,
Qilmay ul yon xirom payki xayol.
Aql bu fikr aro edi madhush,
Kim nido ayladi xujasta surush:
Kim, erur bu toʻquz niqobi baland,
Kim, chekilmish parand uzra parand.
Bir harimiki, anda yoʻq mahram,
Demayinki, pari, maloyik ham.
Anda masnad nishin falak johe,
Falaki ismat avjida mohe.
Ham Sulaymoni ahdgʻa hamdam,
Hamdamu hamnishinu munis ham.
Chun Sulaymongʻa yor erur ne ajab,
Anga Bilqisi soniy oʻlsa laqab.
Qaysi Bilqis, Sorayi Uzmo,
Qaysi Sora, Xadichayi Kubro.
Pok zotiki, koʻrmayin aflok,
Dahr bahrida oʻyla gavhari pok.
Suyi gavharining abri naysondin,
Gavhari oning obi hayvondin.
Bu jihatdin hadisidur jonbaxsh,
Kafining bahri durri Ummon baxsh.
Girdbolishtida quyosh koʻzgu,
Kela olmay jamoligʻa oʻtru.
Qoʻzgu yoʻq, ev qizi durur jovid,
Mehr deb goh otin, gahi xurshid.
Ul chu tutmay yuzini pinhoniy,
Xizmati silkidin qovub oniy.
Chun bu navʼ ani oʻzidin ayirib,
Titrab ul sargʻaribu erga kirib.
Barcha xodimlari pari yangligʻ,
Yoshurun kunduz axtari yangligʻ.
Pari uy qizligʻida xizmatkoʻsh,
Ne uchunkim, erur pari roʻpoʻsh.
Ismati bogʻidin qochib bulbul,
Yoshunub gʻuncha gunbadi aro gul.
Tutmasa oʻzni pardada pinhon,
Qoʻrqutub oni sunbulu rayhon.
Vahmdin qilsa ham nazora havas,
Koʻzni erdin koʻtarmayin nargas.
Iffati zabtidin jahon ichra,
El ayoli kirib amon ichra.
Oy tun aqsham chu chiqti olam aro,
Dedikim, qildilar yuzini qaro.
Iffati zabti andoq aylar jid,
Kim de olmas koʻhni el shohid.
Itlarining tanobidin har tor,
Uzulub charx sori qilsa guzor,
Charx ani rishtayi mador etgay,
Malak oʻz subhasigʻa tor etgay.
Ey hariming sipehri izzu jalol,
Anda yoʻq oʻtgali malakka majol.
Oyu kun yoʻq agarchi monanding,
Ikki saʼd axtar ikki farzanding.
Fazl aro nodiri jahon birisi,
Lutf birla jahongʻa jon birisi.
Birisi taxti maʼdalat shohi,
Birisi avji saltanat mohi.
Tong emas boʻlsalar Masiho dam,
Kim alarning anasidur Marʼyam.
To jahon boʻlgʻay ul ikov boʻlsun,
Qoʻllarida jahon garav boʻlsun.
Sen durisenki, shahgʻa ruzisen,
Shohning durri shab furuzisen.
Ikn yoningda otashin gavhar,
Dur iki yonida samin gavhar.
Baxtgʻa toji torak oʻlgʻaysiz,
Shahgʻa har kun muborak oʻlgʻaysiz.
Chatri iqbolingiz qilib oliy,
Shohi ofoq zilli iqboliy,
Chun azaldin shahi jahon siz-siz.
Boʻlmasun bir nafas jahon siz-siz.

XI

Shoh Bahrom dostonigʻa shuruʼ qilurdin burun bir necha soʻzga murtakib boʻlmak, va ul dostonda tagyir va tabdil voqiʼ boʻlgʻanning uzrin qoʻlmaq va har ganjgʻa bir uy makon boʻlgʻandek har dostonni bir baytda nihon qilmaq


Soʻz tilismidin ulki, ochti ganj,
Boʻldi mezon tabʼi gavhar sanj.
Bu javohirgʻa tuzdi chun mezon,
Buyla qildy javohirin rezon,
Kim, tugʻatti chu sunʼ meʼmori,
Tarh etib koinot bozori.
Yer tutub el boshida savdolar,
Tushti bozor ichinda gʻavgʻolar.
Aql sarrofi bu gʻulu ichra,
Ochti doʻkonni chorsu ichra:
Terdi haryon qafasda gavhari pok,
Bir taraf toʻkti laʼli otashnok,
Chun javohir haqoyiqin bildi,
Sirridin bu sifat xabar qildi:
Kim jahon bajri ichra har luʼlu,
Ki, erib obutobidin mamlu.
Kishi fahm etsa asl ila budin,
Anglar ul durni qatrayi suvdin.
Yana yoqutu laʼli tobanda,
Borcha xorodin oʻldi zoyanda.
Qaysi javharki, yoʻq bahosi aning
Kon ana, togʻ erur atasi aning.
Necha xorogʻa shiddat oʻlsa ayon,
Andin oʻlmas javohirigʻa ziyon.
Odami hamki, keldi javqari pok,
To bilur kimki, aylasa idrok.
Ota dunu oʻgʻul sharif oʻlmoq,
Bu latif oʻlmoq, ul kasif oʻlmoq.
Kim Xalilullo Ozar oʻgʻlidur,
Butshikan koʻrki, butgar oʻgʻlidur.
Bu sifat keldi nisbat ichra tamom,
Tavr aro Yazdajurd ila Bahrom.
Ul kelib tiyra ru sadaf monand,
Tong yoʻq, oʻlmaq sadafgʻa dur farzand.
Har ne ul buzdi, bu borin tuzdi,
Bu borin tuzdi, har ns ul buzdi.
Kimni oʻlturdi ul qilib majruh,
Bu qoʻyub marham, oʻldi jismigʻa rux.
Shomi dayjur zulmati ketti,
Tiyra tundin quyosh tuluʼ etti.
Bu quyosh oʻyla boʻldi nur afgan,
Ki, jahon mulkin ayladi ravshan.
Oʻylakim, mehr tigʻu, jom bila,
Tutti olam yuzini kom bila.
Saltanat taxti uzra topti nishast,
Kimda koʻrdi biyiklik etti past.
Garchi sarkashni zarbi past etti,
Pastlarii falak nishast etti.
Kim quyundek edi gʻubor angiz.
Ani tufroqqa past ayladi tiz.
Ayogʻ ostida chun guhar koʻrdi,
To avjigʻa oni tegurdi.
Mulk bogʻin bahori adl bila,
Suvarib juybori adl bila.
Oʻyla sarsabz qildiyu toza,
Kim jahon boʻldi jannat ovoza.
Har ne vayron qilib edi bedod,
Dod ila qildi barchasin obod.
Ulcha ul qildi komronligʻidin,
Shohlar ichra pahlavonligʻidin.
Hech tarix aro topilmas naql,
Boʻlsa ham naql, bovar etmas aql.
Roqimikim, burun qalam chekti,
Nomasigʻa aning raqam chekti,
Qildi tarixini chu elga ayon,
Ishlarin etti sharh birla bayon.
Qildi tatvil ila chu ul takmil,
Men ne takmilgʻa beray tatvil.
Bir deganni iki demak xush emas,
Soʻz chu takror topti dilkash emas.
Aytmaqqa agarchi qalgʻum yoʻq,
Ki, ul aytgʻancha ayta algʻum yoʻq.
Lek ham oʻtsam aylamay mazkur,
Meni tabʼ ahli tutmagʻay maʼzur.
Bas bu avlo dururki, avvali hol
Soʻz jamoligʻa bergamen ijmol:
Har ne bir dostongʻa soldi sado,
Munda bir bayt birla tapqay ado.
Mujmal oning soʻzin qilib takmil,
Oʻz hadisimgʻa bergamen tafsil:
Shoh Bahrom aning kibi shah edi,
Kim sipehr anga xokim dargah edi.
Avval oʻlgʻach Suhayldek toliʼ,
Boʻldi mulki Yaman uza lomiʼ.
Chun Yaman boʻldi nuri ichra gʻariq,
Tufrogʻi mushku toshi boʻldi aqiq.
Shoh Nuʼmon atabek oʻldi anga,
Shafqat ichra atadek oʻldi anga.
Boʻldi Munzir rafiqu damsozi,
Hamnishinu nadimu hamrozi.
Arab ichra tutub maqom avval,
Kaʼbada misli Ahmadi mursal.
Ham Ajamdip qplib Arabda maqom,
Ham Arabdpn etib Ajamgʻa xirom.
Ishratidnn Yamangʻa ravnaq oʻlub,
Qasri ayshi aning Xavarnaq oʻlub.
Boʻyla qasrii yasar zamoi meʼmor,
Charx meʼmoridsk kelpb Sinmor.
Ishi ov ovlomoqta chekmak jom,
Tortibon jom, qilmaq ovgʻa xirom.
Ov aro komi borcha bodavd rud,
Bodavd rud aro nishotu surud.
Garchi juz jom dam-badam chekmay,
Adl qonunidin qadam chekmay.
Ovdakim. sher qildi goʻrgʻa zoʻr,
Zoʻr ila sher uyini ayladi goʻr.
Iki sher olidin chu toj oldi,
Otasi mulkidin xiroj oldi.
Sherlar olidin chu oldi kuloh,
Shervashlarni ayladi ruboh.
Ajdar oʻlturdi chunki tortib ranj,
Topti ul ranj dast muzdi ganj.
Kishvaridin ketardi chun toroj,
Yetti yillik maof tutti xiroj.
Kim eti yil ketarsa eldin ranj,
Ne ajab etsa tengridin anga ganj,
Xayli gardun sifatligʻ ayladilar,
Xasmigʻa yakjnhatligʻ ayladilar.
Kishvarin oldi, oʻlgʻach ul pinhon,
Necha yuz ming cherik bila xoqon.
Necha yuz kimsa birla gohi sitez,
Bir shabi xun chu ayladi angez.
Oʻyla xoqoshsh torumor etti,
Kim sipehr olidin firor etti.
Asare qolmadi bu toʻfondin,
Ne sipohidinu ne xoqondin,
Boʻlmadi boʻyla fath damsozi
Gʻayri Bahromu xusravi gʻozi.
Topti chun xasmidin bu navʼ kushod,
Oncha olam eliga ayladi dod.
Kim navo topti baski, nozu naim,
Sekiz uchmoq kibi eti iqlim.
Dostonlarki, aytgim mujmal,
Manga yoʻq hech anda bahsu jadal.
De olurmenki, borcha rost durur,
Oʻyladurkim, koʻngulga xost durur.
Nimak-im, rostdur demish ul ikov.
Bulʼajab rostgoʻy emish ul ikov.
Nimakim, anda ishtiboh oʻlgʻay,
Solib oʻtsam, manga gunoh oʻlgʻay.
Lojaram anda aylagum pechish,
Aybligʻ boʻlmasun debon hech ish.
Soʻzda tarix ixtilofi bor,
Ahli tarixning xilofi bor.
Buki men aylagum durur mastur,
Boʻlmadi erkin ul zamon manzur.
Bu tavorix kim manga tushmish,
Ilgima ulcha muddao tushmish.
Kosh alargʻa ham oʻlgʻay erdi nasib,
Kim, fasona degaylar erdi gʻarib,
Chun bu daftar emish manga roʻzi,
Yetti boʻstoni majlis afroʻzi.
Avli ulkim, navo keturgaymen,
Tengri shukrin bajo keturgaymen.
Istabon tengridin soʻzumgʻa kushod,
Doston tarhin etgamen bunyod.
Chun bu maʼni koʻngulga kom oʻldi,
Soʻzga bu erda ixtitom oʻldi.
E Navoiy, ne boʻlsa guftoring,
Ayla bunyodkim, xudo yoring.

XII

Doston ogozi va shoh Bahromning saydga parvozi va Moniyi suratgardek gʻarib qushni sayd qilgʻini, balki anga sayd boʻlgʻini, va Moniy falaki naqshbozdin ajab surat yuz koʻrguzgandek Diloromning dilrabo suratin koʻrguzgani va Bahromning rishtayi toqatin ul suratdin uzgani

Muʼbadikim varaqqa chekti raqam,
Kim, ne navʼ oʻttilar muluki Ajam.
Shoh Bahrom ishin qilib ogʻoz,
Qildi tarix safhasigʻa tiroz.
Boʻyla yozdiki: chun sipehri baland,
Qildi johin aning falak payvand.
Saltanat surdi moh to mohi,
Moh to mohi el shahanshohi.
Rumu Chin boʻldilar anga mahkum,
Balki xoqoni Chinu, qaysari Rum.
Shamʼi davlat falak yorutti anga
Rubʼi maskun qaror tutti anga.
Sarkash el qildi sarfigandaligʻin.
Yetti iqlim shohi bandaligʻin.
Tojvarlargʻa boj etib taʼyin,
Shohlargʻa xiroj etib taʼyin.
Mulk aro qoʻydi bu sifat dastur,
Ki, «agar royi hind, agar fagʻfur.
Har nekim, qildilar qabuli xiroj,
Kimsa bormoqqa boʻlmayin muhtoj,
Har yil oni xizona qilgʻaylar,
Taxt sori ravona qilgʻaylar».
Jongʻa minnat koʻyub bu ishda muluk.
Tutubok bu tariqni masluk.
Neki dastur edi bilurlar edi.
Har yil oni ado qilurlar edi.
Yana har tuhfayi garon moya,
Kim, boʻlur shohlargʻa piroya.
Qaysi mulk ichra ne boʻlur hosil,
Boʻlur erdi xizonagʻa vosil.
Ozu koʻp harne boʻlsa qiymat aro
Tutulur erdi moldin mojaro.
Shahgʻakim, ishrati mudom ordk,
Soz birla surud kom erdi.
Koʻp edi xizmatida rud ahli,
Bazmida jonfizo surud ahli.
Har taraf hamki, boʻlsa erdi bu xayl,
Hozir etmakka aylar erdi mayl.
Shavqida ixtiyori yoʻq erdi,
Koʻrmay oni qarori yoʻq erdi.
Saydsiz boʻlmas erdi oromi,
Anda rudu surud edi komi.
Oʻqi har sayd sori topsa kushod,
Zaxmidin sayd emas edi ozod.
Toʻkubon sayd qoni pay-darpay,
Anga hamrang tortar erdi may.
Sayd aylab oʻtar zamon nogoh,
Boʻlsa sarmanzile anga dilxox.
Tushubon topib anda komu srarah,
Aysh etib tortar erdi necha qadah.
Lahni chaigu rubob edi haryon,
Sayd etidyn kabob edi biryon.
Bir kun ushbu sifat shikor aylab,
Bir biyik pushtagʻa guzor aylab.
Topibon jonfizo havosin aning,
Koʻrubon dilkusho fazosin aning.
Bazm asbobin aylab omoda,
Tushub anda ichar edi boda.
Ham mugʻanniy chekib falakka xurush,
Ham etib koʻkka bongi nusho-nush.
Shahni may ul bisoti xurram aro,
Solibon hardam oʻzga olam aro.
Koʻrubon olam ichra shoh oʻzin,
Olam ahligʻa qiblagoh oʻzin.
Ham dimogʻini boda aylab xush,
Ham qulogʻida nagʻmayi dilkush.
Chun taammul qilib bu johu jalol,
Koʻngliga har dam oʻtkarib bu xayol:
«Kim, bu shukronagʻakim, qildi iloh,
Meni bu navʼ olam ahligʻa shoh,
Elni shod aylamak kerakdurmen,
Adlu dod aylamak kerakdurmen.
Komsiz komin aylamak hosil,
Benavolarni aylamak xushdil».
Ishni mundogʻ shumora aylar edi,
Lek har yon nazora aylar edi.
Boʻyla ishlar tutar edi oʻziga,
Dasht aro uchradi birov koʻziga,
Kim, borur erdi yoʻlgʻa solib xez,
Lahza-lahza xiromin aylab tez.
Shah xayol ettikim erur iokom.
Yayaq etmak bu navʼ .yoʻlga xirom.
Koʻngli mayl ayladi bagoyat aiga,
Aylamak istadi rioyat anga.
Bir mulozimgʻa hukm, qildiki: «Bot
Minib otinggʻa elt yana bir ot.
Ul musofirni otgʻa mindurgil,
Chopturub xizmatimgʻa etkurgil».
Qosid ulyon chu markabin surdi,
Shah buyurgandek oni kedturdi.
Shoh chun soʻrdi lutf etib oni,
Oʻpti er soyiri biyoboniy.
Qoʻptiyu surdi soʻz fasohat ila,
Soʻzida choshni malohat ila.
Boʻlubon soʻz demakka afsun soz,
Qildi andoq sanovu madh ogʻoz.
Kim, eshitganlar ofarin dedilar,
Pok lafzin duri samin dedilar.
Koʻrmadi shah munosib ul turmoq,
Yaqinida buyurdi oʻlturmoq.
Qoʻyub oligʻa guna-guna taom,
Yegach-oʻq tuttilar toʻla-toʻla jom.
Chun musofir boshigʻa chiqti may,
Shah soʻrar erdi nukta lay-darpay.
Neki shaxdin boʻlub xitobi aning,
Shah pisandi tushub javobi aning.
Bildi shahkim, harifi dasht navard
Bor emish kordonu olam gard.
Soʻzda chun koʻp gʻarobatin koʻrdi,
Yana ondin gʻarib soʻz soʻrdi:
«K-ey jahon mulkiga qadam urgʻan,
Pushti po bal jahongʻa ham urgʻan,
Uyla maʼlum oʻlur kalomingdin,
Yana sarsar kibi xiromingdin.
Kim sanga koʻp ulum erur maʼlum,
Ham urubsen base makongʻa qudum.
Ham oʻz ahvoling et ayon bizga,
Ham ani aylagil bayon bizga.
Kim chu urdung musofiratgʻa qadam
Shahr qatʼ ettingu, biyobon ham.
Shak emaskim, base gʻarib umur,
Sanga boʻlmish safar aro manzur.
Neki andin gʻarib koʻrmaysen,
Turfa andoq ajib koʻrmaysen,
Oʻzunga bizni sohib asror et,
Ul nihon nuktadin xabardor et.
Senki, borsen zamon elida gʻarib,
Sanga boʻlgʻon jahon ichinda ajib.
Iki bas turfa hol boʻlgʻusidur,
Ish alardek mahol boʻlgʻusidur.
Ikisin deki barxabar boʻlali,
Iki nodirgʻa bahravar boʻlali».
Yer oʻpub rahravi jahon paymo,
Dedi: «K-ey komroni lutfnamo,
Garchi bu soʻz demakda ojizmen,
Demas erdim bu soʻzni hargiz men.
Kim nihoni rivoyatim bordur,
Bas ajoyib hikoyatim bordur;
Menki, bu dasht rahnavardimen,
Oʻz ishimda zamona fardimen.
Boʻlmadi kimsa yoru damsozpm,
Demadim ham knshiga oʻz rozim.
Asradim ham oʻzumni pinhoni,
Ham bu rozeki, aytqum oni.
Gʻarazim bu ediki, poʻya urub,
Dashtlar qatʼ ayladim yugurub,
Shoh Bahromkim, jahon shahidur,
Charx aning gʻubori dargahidur,
Dargahiga oʻzumni etkursam,
Tufrogʻigʻa koʻzumni etkursam.
Ham anga aytibon nishonimni,
Ham desam nuktayi nihonimni.
Anga etmay bu soʻzni soʻrduig een,
Bulʼajab ish manga buyurdung sen.
Demasam, sendin asru mamnunmen,
Desam, oʻz maqsadimga magʻbunmen.
Garchi sen ham azim shon kishisen,
Olam ahlida shah nishon kishisen.
Anga oʻxsharki, boʻlmasang Bahrom,
Sanga ham bas baland keldi maqom.
Shibhisen, gar yoʻq ehtimoli aning,
Misli sen, garchi yoʻq misoli aning.
Baski, mardumlugʻung manga etti,
Men kibi turfa qushni sayd etti.
Lek maqsudum oʻzga hol erdi,
Aning olinda qiylu qol erdi.
Koʻngluma qoʻydung iki gʻam dogʻi,
Demasam ham yomon, desam dogʻi».
Shah bu soʻzdin ochildi bogʻ kibi,
Til chekib shuʼlayi charogʻ kibi.
Dedi: «K-ey, dasht aro shitobanda,
Bilki juyanda, keldi yobanda.
Baxt komingni aylamish hosil,
Kim topibsen murod, sen gʻofil.
Tashna lab boʻlma, bahr yoninda,
Qilma shevan, tarab makoninda.
Nukta surgʻilki, hosil oʻlmish kom,
Kim topibsen, gar istading Bahrom».
Bildi rahravki, garchi chekmish rakj,
Roʻzi oʻlmish anga ne yangligʻ ganj.
Sajdayi shukr aylabon toza,
Deb duo beqiyosu andoza.
Yer oʻpub, oʻlturub adab birla,
Qildi ogʻoz soʻz tarab birla:
«Kim, shah iki hadis qildi savol,
Bir bu erdiki: «Ayt oʻzungdin hol».
Mustamiʼ boʻlsa arz etay oni,
Meni derlar jahon eli Moniy.
Koʻp bilik birla xotirim maʼmur,
Lek tasvir ila boʻlub mashhur».
Shah xud erkan durur anga tolib,
Shavqi vasliga asru koʻp rogʻib.
Koʻnglini oʻyla shodmon topti,
Degasen oʻlmish erdi jon topti.
Quchub etti koʻp iltifot anga,
Yangi boshtin berib hayot anga.
Lutfu ehson ila koʻp etti karam,
Soʻrdi lekin ikinchi soʻzni ham.
Berdi rovi fasonagʻa taqsim,
Dedi: «Sayr ayladim eti iqlim.
Har ne ofoq aro gʻarib erdi,
Oni koʻrmak manga nasib erdi.
Oncha ermas edi bular bori,
Kim chu qildim guzar Xito sori.
Tojire etti moli haddin koʻp,
Moli koʻp tojire adaddin koʻp.
Dur ila laʼli bahru kon chogʻliq.
Qadri yuz xojayi jahon chogʻliq.
Naqdi yuz ming tumandin ortugʻraq,
Jins anga xud degandin ortugʻraq.
Har sifat tuhfasi nihoyatsiz,
Bebaho laʼlu durri gʻoyatsiz.
Lek bir dur boʻlub anga roʻzi,
Qaysi dur, mohi majlis afroʻzi.
Mahvashi luʼbati xitoyi zod,
Koʻrub andin Xitovu Chin bedod,
Husnicha odami nishon bermay,
Kishi koʻrmay aniki, jon bermay.
Koʻrgan oʻlmakka qilmasa ohang,
Voy ul damki, olsa ilgiga chang.
Changi chun jonfizo sado cheksa,
Oʻzi ul savt ila navo cheksa.
Koʻrsa yoxud eshitsa kim oni:
Qolmagʻay bir, gar oʻlsa ming joni.
Men kibi kimsa cheksa yuz ming til,
Boʻlmagʻay vasfi sharhi yuz ming yil.
<center>Alisher Navoiy - Sab'ai Sayyor - 003.jpg
</center>
Xoja zebin aning izofa yasab,
Sandalu uddin mahofa yasab.
Poʻshi debofi chin, vale nscha rang,
Kim anga atlasi falak hamrang.
Laʼlu durdin mukallal ul debo,
Ichida moh paykari zebo.
Udu sandal bila yasab anga chang,
Zuhravash chalmagʻ aylabon ohang.
Xoja bayʼin tilab parivashning,
Zuxra bir, mushtari vale yuz ming.
Boʻlub ahli gʻino javohir sanj,
Haddin ortugʻ toʻkub javohiru gaij.
Ganju gavhar anga baho boʻlmay,
Mushtari hojati ravo boʻlmay.
Vasliga elning ehtiyoji boʻlub,
Anga qiymat Xito xiroji boʻlub.
Mayl qildi burun Xito xoni,
Bayʼ qilmoq berib baho oni.
Boʻlmay arkoni davlati xushnud,
Dedilarkim: «Bu ishda yoʻqtur sud.
Kim chu sen bu xiroj anga berding,
Boʻlgʻoningni anga baho berding.
Oʻzung oʻldung sipoh mahjuri,
Shah xud istar xiroj dasturi.
Yagʻi oʻlsang anga sipohing yoʻq.
Boʻlsa ham razmu dastgohing yoʻq.
Nafs komigʻa iztirob etma,
Oʻzniyu mulkin xarob etma».
Shah bu soʻzni eshitgach, oʻldi xamush,
Xalq bemoya xoja sayr furush.
Menki, bor erdi xizmating komim,
Yor oʻlub baxti niku farjomim.
Qullugʻung sori chun murur oʻldi, .
Tuhfai tapmagʻim zarur oʻldi.
Rang hayvon suvigʻa zam qildim.
Ul pari suratin raqam qildim.
Gar biaynih ul oʻlmasa bori,
Shak emaskim erur namudori»,-
Deb chiqardi harir chini soz,
Kim yueinda raqam edi bu tiroz,
Koʻzi birla aritti gardiv agashg,
Qoʻpti filhol ochib navardin aningʻ.
Qoʻydi shah xizmatida farzona.
Shah pari koʻrgach, oʻldi devona.
Mavh oʻlub kimsa birla demadi soʻz,
Andin aqshamgʻacha koʻtarmadi koʻz.
Tinmayin aylar erdi nazzora,
Shohin qildi ishq bechora.
Jonigʻa surati balo tushti,
Bulʼajab surate anga tushti.
Koʻrdi Moniy chu holida tagʻyir,
Dedi: «Shoho ishinggʻa qil tadbir,
Kim falak hodisotidin nogoh,
Boʻlmagʻay amre oʻlgʻucha ogoh.
Gar ilikdin oʻshul pari ketgay,,
Anga uldam iloj kim etgay?»
Dedi shzh: «K-ey bu gʻamda darmonim,
Rohati jonu ofati jonim!
Meni bu surat ayladi shaydo,
Aql shaydogʻa, boʻlmagʻay paydo.
Ham sen-oʻq mehnatimga parvo qil,
Dardmand aylading, mudovo qil!
Aytkim, naylamak kerakdur bot,
Kim visoligʻa etgamen hayhot!»
Dedi Moni: «Yibarayin kishilar,
Chobuk andeshu xurdabin kishilar.
Anga har kimning ixtiyojidur,
Bayʼi oning Xito xirojidur.
Gar sanga ul pari visoli kerak,
Nazaring olida jamoli kerak.
Qiymati chun topibdurur taʼyim,
Bera olursen oʻtunga taskin.
Yoki bir yil Xitoy molidin oʻt,
Yo Xito luʼbati xayolidin oʻt».
Dedi shah: «Gar budur koʻngul holi,
Ne Xito molikim, jahon moli.
Bergamen qiymat oʻlsa jonongʻa,
Minnatin dagʻi qoʻygʻamen jongʻa»,—
Debon amr ayladiki, yuzcha kishi,
Donishu poklik alarning ishi,
Necha xojasaroy birla kaniz,
Tutqali sarv siymbarni aziz.
Bot Xito kishvarigʻa barsunlar,
Oyni ul uqdadin chiqarsunlar.
Noma xoqongʻa dagi topti vuquʼ
Anga boʻldi baho husuli rujuʼ.
Bilib ul xayl azm ishin lozim,
Boʻldilar aytqan taraf ozim.
Qoldi Bahromu notavon joni,
Ilgida surat, olida Moniy.

XIII

Diloromning diloro husni kamolinda soʻz surmak va ani Bahromi bedilgʻa etkurmak va vasl shamʼin ishrat shabistonida ravshan qilmaqlari va hajr xazonidip sutulub, visol bahorida gʻunchadek koʻngullarining gul-gul achilmagʻlari


Chun ul el urdilar Xito sori gom,
Oʻylakim hukm etib edi Bahrom.
Manzil oʻlgʻoch alargʻa ul kishpar,
Azm etib ul guruhi donishvar.
Koʻrubon xonni berdilar noma,
Tuzdilar ul soʻz uzra hangoma.
Xon ilik koʻzga qoʻydi minnat ila,
Yuz mubohot etib bu xizmat ila.
Yiborib xojani talab qildi,
Soʻzda izhori yuz tarab qildi,
Ayladi bayʼ zavqu holatidin,
Sarv gulruxni shah vakolatidin.
Jonni yormoqqa sotti xojayi xas,
Kim bu savdoni tojir etgayu, bas.
Chun bahosi xiroji mulk erdi,
Ham qabul etti, ham borin berdi.
Aylab ul elga dagʻi koʻp inʼom,
Sarvgʻa ravza sari berdi xirom.
Yondi ul xayl ham qilib taʼjil,
Qatʼ oʻlur erdi dasht mil-bamil.
Shahki hijrondin oh tortar edi,
Nolayi umrkoh tortar edi.
Zaʼf etib erdi jismini qilcha,
Har kun erdi koʻziga bir yilcha.
Tunu kun afgʻoni zor chekmak ila,
Mexnati intizor chekmak ila.
Koʻngildin sabr chun kanora qilib,
Yana surat sori nazora qilib,
Koʻrubon chun habib suratini,
Rafʼ etib hajrining kuduratini,
Quchmogʻigʻa ochar zdi ogʻush,
Goh behushu goh koʻnglida hush.
Uyda bir soat oʻltura olmay,
Qasr yo bogʻ aro tura olmay.
Qasr uza bazm oshkora etib,
Oʻlturub yoʻl sari nazora etib.
Koʻrunub gard yo qaro koʻziga,
Bir nafas kelmay el aro oʻziga,
Zaʼfdan titramak tanin yiqibon,
Zilzila eski maskanin yiqibon.
Oʻziga chun kelib tani zori,
Kimsalar ozim aylab ul sori,
Chunki topmay nishona jonondin,
Yana oʻtlugʻ figʻon chekib jondin
Tura olmay nishotxonasigʻa,
Boʻlubon rokib ov bahonasigʻa.
Lekin aylab Xito yoʻli sari azm,
Xabare yordin topay deb jazm.
Koʻziga har sifat koʻrunsa kishi,
Xabarin soʻrmoq oʻlub oning ishi,
Dilbari mulkidin fasona soʻrub,
Necha topsa javob yana soʻrub.
Moniy oshufta shoh holatidin
Mutahiyyir boʻlub malolatidin.
Har zamon oʻzga nukta soz aylab,
Yana bir naqshni tiroz aylab.
Berib afsonalar adosida tul,
Shoh koʻnglin qilay debon mashgʻul.
Yordin oʻzga har ne deb Moniy,
Eshitib, lek anglamay oni.
Kimki, ishq ichra mubtalo boʻlgʻay,
Har ne juz vasl, anga balo boʻlgʻay.
Hajr oʻti necha qoʻysa jonigʻa dogʻ,
Sabr qilmoq erur ul oʻt uza yogʻ.
Hajr qilmas nechaki, zor aylar,
Ulcha oshiqqa intizor aylar.
Hosilan necha vaqt chun Bahram,
Ishq dardidin oʻldi beorom.
Yetti nogah ravanda qosid anga,
Hosil aylab bori maqosid anga.
Shahgʻa etkurdi mujdayi maqsud,
Ki madad qildi toliʼi masʼud.
Ul quyoshdin kim, erdi shah mahjur,
Solgʻusi tiyra shomi hajrigʻa nur.
Shoh jismigʻa iztirob oʻldi,
Koʻnglining hola xud xarob oʻldi.
Oshiqi xastagʻa malol chogʻi,
Hajr muhlik durur, visol chogʻi.
Qildi alqissa sarv siymin tan,
Shohning shomi hajrini ravshan.
Yettilar ul guruhkim, bori,
Azm etib erdilar Xito sori,
Kelibon baxtdin kushod bila,
Koʻrdilar shohni murod bila.
Qildilar arz xon maqolotin,
Har nechuk tuhfa birla savgʻotin.
Oni hamkim, xiroj qildi qabul,
To sumanbar bahosi topti vusul.
Oni hamkim, parivashi gulchehr,
Bayʼigʻa mushtari aning yuz mehr.
Keldi boʻlmay safardin ozurda,
Guli issiq havoda pajmurda.
Shoh alargʻa koʻp aylab ehsonlar,
Oncha yuz kim, gumon etib onlar.
Hukm qildiki: «Sarv raʼnoni,
Olam ahligʻa shoʻru yagʻmoni
Harami xos aro tushursunlar.
Hujrayi xos aro kiyursunlar».
Uylakim, shoh hukmi qildi zuhur,
Ravza ichra maqom tutti hur.
Hur chun ravzani maqom etti,
Xusrav oning sari xirom etti.
Qasri zarringʻa zohir etti shitob,
Jismi betob, lek koʻnglida tob.
Ishqdin mastu, bodadin sarxush,
Kirdi ul uygakim, buti mahvash.
Topti jannatda qasri pur ziynat,
Qasr ichinda vale yana jannat.
Qaysi jainatki, huri ruhoniy,
Demagil hur, mehri nuroniy.
Farqidin to qadam fusunu firib,
Boshidin to ayogʻi ziynatu zeb.
Yuzi yonida gisuyi mushkin,
Kelturub korvon nofayi chin.
Yoʻqki, ul korvoni mushk sirisht,
Manzil aylab fazoyi bogʻi bihisht.
Zulf yoʻq, laylkim, ochib iki dom,
Lek har domi layldin bir lom.
Domi ostida lolavu nasrin,
Tushub anda iki gʻazolayi chin.
Koʻzi jayran, qarosi mushki xoʻtan,
Tomizib xoli mushkin ul jayran.
Nuktayi xoli rangi shomi visol,
Yuzining subhi nuqtasi ul xol.
Yuzi gulzoru iki lab anda,
Iki gulbargi bulʼajab anda.
Har biri toʻla shirayi jondii,
Ezilib shira obi hayvondin.
Kimki, oni shakarfishon topibon,
Nechakim, oʻlgan ersa, jon topibon.
Lablari ichra ogʻzi oʻyla nuhuft,
Kim degaysen, bu laʼl topmadi suft.
Turfaroq buki, soʻzga chun ochilib,
Nukta oʻrnigʻa borcha dur sochilib.
Laʼl kim koʻrdi durfishon mundoq,
Gulda jon shirasi nihon mundoq.
Laʼlni qoʻyki, jon boʻlub lab anga,
Jongʻa nun davri tavqi gʻabgʻab anga.
Jon yozar chogʻda kotibi takdir,
Nuni sigʻmay, quyi qilib tahrir.
Zaqani davri nun boʻlub ne ajab,
Nukta koʻrguzsa ul chahi gʻabgʻab.
Tishlari laʼl ichinda rishtayi dur,
Yoki hayvon suyi aro moʻldur.
Qoshlari dayr toqidek payvast,
Toqlar ichra ikki kofiri mast.
Toqni qoʻyki, anbarin mehrob,
Ustida xoli anbarina zubob.
Har qulogʻida durri raxshanda,
Ikki kavkab kibi duraxshanda.
Mexr atrofida makon aylab,
Fitna qilmoq uchun qiron aylab.
Dema qad, nozanin niholi bihisht,
Ruh sarmoyasidin anga sirisht.
Jilva qilmoqtakim, ravon koʻrunub,
Ruhdin goʻyiyo nishon koʻrunub.
Belikim, rishtayi xayol kelib,
Topmoq ul rishtani mahol kelib,
Torkim, yoʻq kelib nazir ichra,
Yashurub hullavu harir ichra.
Kelib ulkim, harir gulnori,
Hulla oning yuzida zangori.
Bu gulu sabzakim, kelib zebo,
Toʻni lekin bunafshagun debo.
Ani tarsiʼ etib javodir ila.
Javhari ruhgʻa mazohir ila.
Toʻni rangi xiraddin olib hush,
Ruh javharlarigʻa halqa bagoʻsh.
Hur yoʻq, yoʻq, ne hur, balki pari,
Ne pari, balki ofati bashari.
Labi soʻz derda eldin olib jon,
Lablarin chun koʻrub uyalib jon.
Ham labidin hayot noʻshi oqib,
Ham koʻzidin ajab xadangi yogʻib.
Munchavu muncha yuz jamol bila,
Yana yuz gʻanju yuz dalol bila
Shahni chun koʻrdi, qoʻpti sarv sihi,
Shahigʻa banda, banda anga shahi.
Upti er yuz tuman liyoz bila,
Har niyozi sirishta noz bila.
Shah chu koʻrdi nigori zeboni,
Ondin oʻz koʻngli noshikiboni.
Surati qildi koʻnglini behol,
Oncha yuzkim, varaqdagʻi timsol.
Ulki, qogʻazda surati bejon
Ne qoʻyub erdi jism anga, ne jon.
Asl suratga boqa olgʻaymu,
Boqsa dogʻi oʻzida qolgʻaymu.
Hosilan shoh topti chun komin,
Demagil komkim, Diloromin.
Xilvat erdi nechukki, matlubi,
Yana mahkumi amri mahbubi.
Ne de oʻzga, ne qildi pinhoni
Ki, topar ulki, fikr etar oni.
Naylayinkim, ne boʻldi uldam hol,
Yetmadi anda chun nasimu shamol.
Yor mahvash harif oshiqu shah
Qilganin bilmagan erur ablah.
Elga soʻz der mahal bu er oʻqdur
Manga lek ul salohiyat yoʻqdur.

XIV

Mohi Zuhra jabinning nagʻmasi shahni zor silgʻani va koʻngli qushi aning changi rishtalarigʻa giriftor boʻlgʻani va changdek koʻnglin aning gʻayridin xoli silib jon rishtalaridin figʻon tortqani va aning zaxmasi ilgidin, balki ilgi zaxmasidin joni rishtalarining figʻoni dam-badam artqani


Chun shahi komyobu kom ravo,
Topti ul navʼ vasl birla navo.
Anga ish oʻzga jomu rud erdi,
Bodayi nob ila surud erdi.
Goh jannat misol gulshan aro,
Qasri jannat namuna maskan aro.
Soz etar erdi bazmi shohona,
Ravza ul hurdin parixona.
Sarvi gulrux jamoligʻa shaydo,
Dam-badam hushu aqli nopaydo.
Sarv qad olsa erdi maydin kom,
Nastaranni chu aylabon gulfom.
Chang olib torini tuzar erdi,
Lek jon rishtasin uzar erdi.
Demagil chang, soliki xam qad,
Chang qadlar bila boʻlub hamqad.
Boʻlubon ul sulukdin muxbir,
Bosh quyiliqda boʻlmogʻi zokir.
Yerdin olmay qadam, yurugali yoʻl,
Lek oʻlub soyiri maqomot ul.
Chun ibodatga qomatin xam etib,
Iki-uch erda belni mahkam etib.
Dema solik, degil xarobotiy,
Savtidin dayr eli mubohoti.
Koʻrguzub dayr sori yoʻl elga,
Necha zunnor bogʻlabon belga. .
Har qachon un chekib, tarona tuzub,
Bazm aro nagʻmayi mugʻoma tuzub.
Har qayon ul mugʻona nagʻma borib,
Elni yoʻq dinki, aqldin chiqorib,
Yoʻqni, qaqnus durur namudori,
Kosasidin ajuba minqori.
Suqba minqori ichra sar-tosar,
Ki boʻlub anda torlargʻa guzar.
Tor ila nagʻma beadad boʻlubon,
Tor yoʻq, nagʻmalargʻa mad boʻlubon.
Chunki har suqbadin chiqib bir lahn,
Boʻlubon pur sado etinchi sahn.
Chunki qaqnusliq aylabon izhor,
Oʻt solib olam ichra qaqnusvor.
Suqbadin lahni zorlar bilinib,
Sekribon oʻtki, torlar bilinib.
Buyla qaqnusqa bu sifat tovus,
Hamnavoligʻ aro boʻlub maʼnus.
Garchi tovusdek jamoli aning,
Bulbul alhon ila maqoli aning.
Bulbul oso chekib chu ming daston,
Boʻlubon qaqnus anga hamdaston.
Ul navolardin oʻrtanib olam,
Xossakim bulbul oʻlsa, gulrux ham.
Shoh Bahrom oʻyla zori aning,
Ki yoʻq onsiz dami qarori aning.
Koʻzni olmay liqosidin bir dam,
Qulogʻin ham navosidin bir dam.
Koʻz yuzida, kuloq navosinda,
Jon gʻamida, koʻngul havosinda,
Boʻlubon jonsiz, oʻlmayin onsiz,
Onsiz oʻlgʻon zamon, boʻlub jonsiz.
Tunu kun lahni birla boda yutub,
Yuzidin bazmi ayshini yorutub.
Koʻrmasa oni qolmayin joni,
Kiribon joni koʻrgach-oʻq oni.
May ichardip gʻaraz navosi aning,
Jilvayi husni jonfizosi aning.
Goh boʻstoni dilkusho ichra,
Qasru ayvoni jonfizo ichra.
Shah tuzub bazm ul pari birla,
Charx xurshidi xovari biryaa.
Ul navo cheksa, bu figʻon tortib,
Ul chu ruxsor ochib, bu jon tortib.
Goh sahro navardu, dasht xirom,
Ichibon saydning nishotigʻa jom.
Onda ham hajrin ittifoq etmay,
Oni oʻzdin dame yiroq etmay.
Aslida ul gʻazolayi mushkin
Chin fazosida erdi hajla nishin.
Ham Xoʻtan dashtida maqom etgan,
Ham gulu sabzada xirom etgai.
Dasht uzra gʻazoli mushkin boʻ,
Lolavu sabza uzra qilgʻon xoʻ.
Chun anga bu sifat shamoyil edi,
Dasht sayrigʻa asru moyil edi.
Shahgʻa xud dasht sori ish chopmoq,
Sayd qilmoq bila farah topmoq.
Ikisi tabʼigʻa muloyim sayr,
Bu jihatdin alargʻa doim sayr.
Sayr aro shahga sayd edi oyin,
Hamrohi mohroʻyi mahdnishin.
Nechakim, shoh sayd etar erdi,
Shahni ul moh sayd etar erdi.
Qaysi bir saydkim, shah etsa halok,
Nagʻmae tortib ul buti cholok
Shoʻru gʻavgʻo jahongʻa solur edi,
Bal shahi komrongʻa solur edi.
Shavq oʻti ichra shohi ozoda
Mahvashidin tilar edi boda,
Ki oʻtin bu suv birla past etgay,
Shuʼla ul suv bila nishast etgay.
May boʻlur erdi xud sharar angiz,
Shavqining shuʼlasin qilur edi tiz.
Nagʻmadin oʻti dam topar erdi,
Bod.adin yogʻ ham topar erdi.
Chunki bu oʻt zabona tortar edi,
Nolayi bexudona tortar edi.
Manzile topibon tutub orom,
Dillari vaslidin topar edi kom.
Ne uchun hosil oʻlmagʻay komi,
Kimki, hamrohidur Diloromi.
Nechakim komyob oʻlub afzun,
Kungliga iztirob oʻlub afzun.
Vasl aro koʻngli iztirob aylab,
Furqati xud ani xarob aylab.
Boʻyla mashʼuf anga shahi oliy,
Vaslu hajrida bu edi holi.
Ut solib jonigʻa visoli oning,
Hajri yodin ne ehtimoli aning.
Yori ul erdiyu anisi ham ul,
Hamrahi ul erdiyu jalisi ham ul.
Uyla xoʻy etti oy jamoli bila,
Boʻldi mashʼuf aning visoli bila,
Ki dame onsizin halok erdi,
Yoqa oʻrnigʻa koʻksi chok erdi.
Ish anga ettikim, bu yangligʻ shoh,
Mulk ishidin emas edi ogoh,
Baqmayin mulk ila sipoh sori,
Qilmayin mayl dodxoh sori.
Oʻtti uch-toʻrt yil bu holat ila,
Holatidin ulus malolat ila,
El bu ishdin shikoyat aylar edi,
Har kishi bir hikoyat aylar edi.
Ishq ila kimki, oshno boʻldi,
Ofiyat mulkidin jalo boʻldi.
Ishq xayli chu turktoz etgay,
Farq shohu gadoda oz etgay.
Sarsari ishq chun etar bebok,
Tengdur uchmogʻda togʻ ila xoshok.
Ishq seli yiqarda koshona,
Tengdur obod birla vayrona.
Moʻr etar topsa ajdaho yangligʻ
Shohin zor etar gado yangligʻ.
Hosil ul navʼ shohi olamgir,
Ishq xayligʻa uyla boʻldi asir,
Kim chiqib dudlar nihodidin,
Chiqti mulku sipoh yodidin.
Ishi ul oy bila xirom etmak,
Har zamon oʻzga er maqom etmak.
Sayd etib aylamak ani dilxush,
Toki ul cheksa nagʻmayi dilkash.
Sabab oʻlgʻay tarabgʻa omoda,
Ichgay ul husnu un bila boda.
Bodakim olsa ixtiyor eldin,
Ne ajab chiqsa har ne bor eldin.
Ishq ham maygʻa aylasa imdod,
Tong emas borsa boru yoʻq barbod.

XV

Bahromning ishq toʻfoni tugʻyonidin bexirad va may oʻti harorati gʻalayonidin bexud boʻlgʻani va oʻz gʻazoli sher afganiga gazol atqanida tahsin silmagʻandan ohugirlik bashlagʻani va domgʻa berkigan kiyikdek ani oʻz kamandigʻa berkitib, kiyiklar kunomida tashlagʻani


Shahgakim boʻlmish erdi oshiqu mast,
Bulʼajab iki ish berib edi dast.
Shah chu ul lahv ila boʻlub mashʼuf,
Ishidan topmas erdi hech vuquf.
Mulk ishi zabtu rabtsiz boʻldi,
Saltanat amri zabtsiz boʻldi.
Qilmadi shah chu dodxohni yod,
El ilik sundi qilgʻali bedod.
Mulk chun shoh adlidin qoldi,
Qildi har kim nekim qila oldi.
Ham qalamzan tushub havola aro,
Boʻlubon xalq roʻzgori qaro.
Ham qaroqchi uzotti har sori qoʻl,
Band boʻldi alar qoʻlidin yoʻl.
Chek ti gʻavgʻo baland bodaparast,
Boʻldi muʼzin bila imom uni past.
Soʻfi ibriqigʻa xalal boʻldi,
Boda tungi bila badal boʻldi.
Qurtdek boʻri birla toʻldi yobon,
Dema qoʻy, balki tuʼma boʻldi shubon.
Bir necha mahrami tilab xilvat,
Qildilar arz shahgʻa bu holat,
Ki xaloyiqda qiylu qol nedur.
Mulk birla ulusqa hol pedur.
Shah chu bildi, taammul etti base,
Ishga chora taxayyul etti base.
Lek oshiq ishiga ne chora,
Ishq etar ul elni bechora.
Ne ul oysiz anga qaror erdi,
Ne iliginda ixtiyor erdi.
Bildikim mulk ishi xarob oʻlmish,
Mulk eli holi iztirob oʻlmish.
Ishqdin garchi xasta hol erdi,
Lek koʻnglnda bu xayol erdi,
Ki ne navʼ ishga aylagay tadbir,
Ki bu tavrigʻa aylagay tagʻyir
Mulkdin yoʻq guzir anga hosil,
Yordin xud guzir erur mushkil.
Lek koʻngli chu behuzur erdi,
Anda har lahza bu xutur erdi.
Ki: «Agar boʻlsa shohligʻ boqi,
Topilur buyla mohvash soqi.
Buki vaslini topmisham payvast,
Shahligʻ oʻlmasa bermas erdi dast.
Mulk eli boʻlmasa ne ul bordur,
Ne tiriklik uyiga yoʻl bordur.
Lek to boʻlgʻusidur ul mavjud,
Ne aning gʻayridur erur nobud.
Ikisini kim desa qiloyin jamʼ,
Shusha muzdin degay yasaymen shamʼ.
Koʻngli chun mulk ila xizona tilab,
Ishq tark etgali bahona tilab.
Ishq ila shohligʻ muvofiq emas,
Ishq lofida shoh sodiq emas.
Ishq uchun bedili kerak foni,
Oʻrtagan shavq shuʼlasi oni.
Kun aro navbati fano urgʻan,
Iki olamgʻa pushti po urgʻan.
Jon berib yori muddaosi uchun,
Balki yuz jon aning rizosi uchun.
Vaqf etib dilbarigʻa jon mulkin,
Sadqa aylab iki jahon mulkin.
Shohkim mulk ocharni qilsa nasaq,
Yuz tuman qon toʻkar bari nohaq.
Oshiq oʻlgʻonki, kechmagay jondin,
Ishq behad yiroq durur ondin.
Shoh alqissa bu taxayyul ila,
Aysh aylar edi taammul ila.
Ishi doim shikor birla edi,
Chapmagʻi oʻz qarori birla edi,
Ichibon yor ilgidin mayi nob,
Saltanat fikridin vale xunob.
Bir kun ov ichra shoh edi sarxush,
Yonida erdi ul buti mahvash.
Koʻrdi raʼno gʻazoli chobuk xez,
Surʼati koʻk gʻazoli yangligʻ tez.
Shah oʻq atmaqqa uyla qodir edi,
Sayd urmaqqa uyla mohir edi,
Kim ne navʼ oʻlsa elga ragʻbatu tavʼ,
Oʻlturur erdi saydni ul navʼ.
Qay tukin saydning nishona qilib,
Oʻqi ul erni oshyona qilib.
Dedi gulruxqa: «K-ey pari talʼat,
Bu gʻazoliki, koʻrguzur surʼat,
Ne eriga desang xadang urayin,
Ul sifatkim, buyursang oʻlturayin».
Shoʻxning tabʼida chu diqqat edi,
Ramz ila nuktayi daqiq dedi
Ki: «Burun sol iki qoʻligʻa shikol,
Oʻylakim turgʻay oʻz erida gʻazol.
Soʻngra otmoqqa yaxshi koʻzla ani,
Ham yiroqtin turub boʻgʻuzla ani».
Shah chu bildi sanam tamannosin,
Topti filhol aning muammosin.
Demadi nozanin hadisini yoʻq,
Chekti ul sadoqdin inichka oʻq.
Sayd sori chekib darang bila,
Tikti iki qoʻlin xadang bila,
Kim ul oʻq oʻtmadi yarosidin,
Teri birla soʻngak arosidin.
Chunki boʻldi gʻazol qoʻllari band,
Yoyigʻa kaybur ayladi payvand.
Urdi ul navʼ boʻgʻzigʻa oni,
Ki kesildiyu oqti ham qoni.
Ne xayoliki, aylab erdi moh,
Borisini bajo keturdi shoh.
Qildi bir ishki kimsa bermas yod,
Kimsa yoʻqkim, sipehri koʻhna nihod.
Shah chu koʻrguzdi ishda bu oyin.
Tamaʼ etti nigoridin tahsin.
Anga chun husndin bor erdi gʻino,
Keldi husn iqtizosi istigʻno:
Shah duosigʻa chekmadi tilini,
Oʻpmadi shohi komron elini.
Dedi: «Har kim bir ishni varzish etar,
Ish kamolini koʻr, ne erga etar!»
Demadi shohniki: «etting xoʻb»,
Ishni idmongʻa ayladi mansub.
Shoʻx bu nukta aylagach taqrir,
Shah mizojigʻa topti yoʻl tagʻyir.
Qoshining yosi uzra soldi girih
Kim pari chehradip eshitmadi zih.
Shoʻx koʻrdiki shah itob etti,
Dedi isloh etay, xarob etti.
Dedikim: «Shahgʻa ne itob durur,
Kim bu soʻzkim dedim savob durur.
Menki bir nagʻma soz qilsam chang,
Ruh chiqmoq sari qilur ohang,
Yoʻq edi bu muloyamat birla,
Munga etti mudovamat birla.
Shohkim bir kiyikka urdi xadang
Desam idmonni ishga keldi batang».
Shahkim ismoi bu maqol etti,
Gʻazabi oʻti ishtiol etti.
Iki qattiq hadis eshitti ajab,
Ixtiyorin ilikdin oldi gʻazab.
Shohkim qahri oʻldi mustavli,
Ul diyor ichra boʻlmamoq avli.
Saltanat gʻayrati chu zoʻr etti,
Lutfu ehson koʻzini koʻr etti.
Istadi qatl aylamak oni,
Kesmak ozod sarvi raʼnoni.
Dedi baʼzi: «Bu navʼ dilkash emas,
Zuafo katli tigʻ ila xush emas».
Dedikim necha xorij andisha,
Qatl alargʻa hunar nekim pesha,
Maxddin oyin chiqirdilar,
Bir biyobongʻa elta bordilar.
Har giyohi aning nechukkim oʻk
Davrida necha kunchilik suv yoʻq.
Jonivar umrini qilurgʻa taboh
Butmay anda bagayri zahr giyoh.
Iki gisusidin kamand aylab,
Tashladilar gʻulula band aylab.
Gisusikim, ulusqa erdi kamand,
Oqibat boʻldi oʻz halokiga band.
Yonibon surdilar vatan sorn.
Keldilar shohi javr fan sori.
Shahki bu dahshat ayladi ul dam,
Behud erdi mayu gʻazabdin ham.
Ul kun oqshomga tegru ichti may.
Gʻazabi ortar erdi pay-darpay.
Shomkim bodadin xarob oʻldi.
Masti may, balki masti xob oʻldi.
Subh roh istab etti mayli sabuh,
Yonidin gʻoyib erdi rohati ruh.
Soʻrdikim: «Mohvash qayon ketmish?»
Bexabarkim ne shoh kor etmish.
Dedilar qilganin necha mahram,
Tiyra boʻldi anga yorugʻ olam.
Quyi solib boshini fikr etti,
Qilgani borcha koʻngliga etti.
Bildikim qahr sarsari esmish,
Oʻz qoʻli birla oʻz boshin kesmish.
Dedi: «Ushbu zamon oʻzum borayin,
Ul biyobonni bir-bir axtariyin.
Qayda boʻlsa topay nigorimni,
Qilayin sadqa joni zorimni.
Tirik oʻlsa boʻlay fidosi aning,
Beribon jon topay rizosi aning.
Oʻlgan oʻlsa oʻzumgʻa tigʻ urayin,
Diyatigʻa oʻzumni oʻlturayin».
Qoʻymadi toju taxt nomusi,
Aylamakka oʻluk zamni boʻsi.
Topmas erdi xirad dalolati ham,
Moniʼ erdi ulus xijolati ham.
Chun mumayyiz xirad qilur erdi,
Xirad ul ishni rad qilur erdi.
Xotiri topmayin xiradqa rusuh,
Ishq aylar edi ani mansux.
Joni iki balo arosinda,
Moʻr iki ajdaho arosinda.
Ne oʻluk erdi, ne tirik soni,
Boʻlmas erdi tirik demak onn.

XVI

Bahromning gʻazab mastligʻidin huchiyor va gʻaflat uyqusidin bedor boʻlub, ul oshufta tushlardin parishon, balki uygʻoqliqda qilgʻanlaridin pushmon boʻlgʻani va mushkboʻ gʻazolin istay biyobongʻa oʻzi ketib, ani topmay, oʻzidin kgtgani

Qildi Bahrom chun bu angligʻ ish,
Yigʻlagʻu yoʻqki, kulgu yangligʻ ish.
Oʻzida iki kungacha yoʻq edi,
Koʻnglida shuʼla, jonida oʻq edi.
Keldi holigʻa chun uchunchi kun,
Koʻrdi umri yorugʻ kunin qora tun.
Ishq xaylu sipohi aylab zoʻr,
Koʻngli mulkiga soldi gʻorati gʻur.
Tamaʼ oʻz mulkin ayladi obod,
Koʻngli mulkin ham ayladi barbod.
Bahr aro tojir istar erdi sud,
Gʻarq oʻlub boʻldi moya ham nobud.
Bogʻbon meva koʻp qilib edi kom,
Jola shoxin dogʻi ushatti tamom.
Tushti oning ichiga andoq barq,
Kim vujudin oʻt ichra ayladi gʻarq.
Tojigʻa laʼl shavqi oʻlturdi,
Charx boshigʻa xora yogʻdurdi.
Mulki hifzigʻa chekti tigʻi halok,
Koʻksin ul tigʻ birla ayladi chok.
Istadi surma aylabon taʼjil,
Surmayi charx chekti koʻziga mil.
Chunki nazzora qildi oʻz ishiga,
Koʻrdi holiki, boʻlmasun kishiga.
Zor jismida yuz shikan tushti,
Xasta koʻngliga ming tikan tushti.
Joni tandin toʻyub, tani jondin,
Koʻngli ranjur mundinu ondin.
Zol charxi kibi tani buzulub.
Rishtayi joni toridek uzulub.
Charx ajzosidek figʻon qilibon,
Soʻngagi bir-biridin ayrilibon,
Hajrdin jon chu ogʻzigʻa etti,
Qoʻpti beixtiyoru azm etti.
Ul navohigʻa tegru qildi shitob,
Ki sumanbargʻa qilmish erdi itob.
Kim bor ersa hayoti imkoni,
Boʻlgʻay ul ruhgʻa fido joni.
Oʻlukni topsa motamin tutqay,
Un chekib navhayi gʻamin tutqay.
Koʻtarib zod sarvi cholokin,
Solibon mahd aro tani pokin.
Navhadin koʻnglin aylasa xoli,
Oʻzin oʻlturgay ustiga holi.
Yori xilvatgahigʻa xos oʻlgʻay,
Furqatidin oʻlub xalos oʻlgʻay.
Har necha kezdi dashtu sahroni;
Topmadi zod sarvi raʼnoni.
Sarvgʻa jilvagah gulistondur,
Xossa sarviki, nor pistondur.
Ne tilar sarv dashtu vodi aro,
Sarv oʻlur boʻston savodi aro.
Ani topmoqdin oʻldi chun maʼyus,
Yuzga urdi taponcha, uylaki koʻs.
Chekti navʼi gʻariv ila faryod,
Kim chu Shirinni topmagʻay Farhod.
Tushti erga marizi bedildek,
Tolpinib saydi nim bismildek,
Oncha qon yoshini ravon qildi
Ki, falakning ichini qon qildi.
Dedi: «Oʻz jonima ne qildim, voy!.
Boʻlurni buyla ish ne bildim, voy!
Kim oʻzi koʻksin oʻzi chok etgay,
Oʻzi jonin oʻzi halok etgay!
Ulcha men qildim aylagaymu kishi,
Bu ish ermas edi kishining ishi!
Kimsa boʻgʻzigʻa tigʻ surgʻaymu?
Umri shamʼin pulab oʻchurgʻaymu?
Jon uchun jismi notavongʻa evaz,
Aylasam jism oʻlurmu jongʻa evaz?
Qilmasam ham tanimni yuz pora,
Uladurmen ne navʼ etay chora!
Oʻzni oʻlturmasam oʻlarmen lo!
Kimga tushti jahonda buyla balo!
Manga ne qilding, ey sipehr, oxir,
Yoʻq emish senda zarra mehr, oxir!
Mehrsizlik ishim aro qilding,
Roʻzgorim yuzin qaro qilding.
Mehrdin eenda boʻlsa erdi nishon,
Koʻzum oʻlmas edi sitora fishon.
Senda chun mehr yoʻq edi mavjud,
Mehr chehrimni aylading nobud.
Ashkim anjum masallik oqturdung,
Davlatim mehrini uyoqturdung.
Mehri iqbolim oʻldi erga nihon,
Jonim olgʻilki, er quyi bu jahon.
Naylayin bu jahonni jonsiz men,
Bal jahon birla jonnp onsiz men.
Jonni olgʻilki, toʻymisham billoh!
Koʻngul oʻlmakka qoʻymisham billoh!
Jonni naylay jahonda jononsiz!
Jonim onsiz tane durur jonsiz!
Tanki jonsiz durur netay oni,
Yer quyi tanki, boʻLmagʻay joni!»
Dasht aro buyla erdi oshubi,
Joni gʻam xaylining lagad kubi.
Taxt ila mulk yodidin ketti,
Vahshdek dasht aro maqom etti.
Yoʻq edi shahru mulkdin ogoh,
Bodiya ichra etti manzilgoh.
Ul biyobon ichinda afgʻonda,
Balki bir shahr eli biyobonda.
Koʻrgach elkim anga taab tushti,
Tushti ish, lek bas ajab tushti.
Qoʻydilar borcha vodiyu maskan,
Shohdek dasht alargʻa boʻldn vatan.
Yuz yoshurgʻoch quyosh diloromi,
Sochti ashkin sipehr bahromi.
Tiyralikdip falak topi-5 ozor,
Xajr shomi nechukki, oshiqi zor
Shoh Bahromgʻa tun ayladi zoʻr,
Koʻziga olam oʻldi oʻylaki, goʻr,
Qaro qaygu bila qolib gʻam aro,
Koʻrdi oʻzni gʻarib olam aro.
Dema olam, firoq zulmoti,
Shomi xijron kelib aning oti.
Bari olam yuzin tutub zulmot,
Lek mumkin yoʻq anda obi hayot.
Ming Xizr anda gar makon aylab,
Borisigʻa haloki jon aylab.
Boʻlubon charx javfi kiyr andud,
Elga aylab nafas yoʻlin masdud.
Dam yoʻli chun tutuldi qiyr ila pok,
Ne ajab anda Xizr boʻlsa halok.
Balki zulmat emas edi ul tun,
Hajr oʻtidin tutub jahonni tutun.
Furqat oʻti chu jon aro boʻlgʻay,
Dudi birla jahon qaro boʻlgʻay.
Hajr oʻtigʻa chu istasang hiyma,
Zor tanlardin oʻzga yoʻq nima.
Oʻtki oshiq tani erur oʻtuni,
Tong yoʻq ar oshiq oʻlturur tutuni,
Ne ajab oʻtki, tanni kuydurgay,
Dudi bogʻlab nafasni oʻlturgay.
Hajr aro ul chu mubtalo boʻldi,
Buyla tun jonigʻa balo boʻldi.
Garchi tun boʻldi xalq aro parda,
Tiktilar oq uyu saro parda.
Surdilar tegradin ulusni yiroq,
Xosiyat buyla berdi shomi firoq
Mutahayyir boʻlub ulus bori,
Har biri goʻsha tutti bir sori.
Borcha maxsuslar koʻzi toʻla yosh,
Soyir el fikr ila solib quyi bosh.
Ul dedi: «Dev aning yoʻlin urmish»,
Bu debonkim: «Paridin oʻldi bu ish».
Har biri aytibon bir afsona,
Bulub ul oʻrta erda devona.
Oqibat zohir etti bu qaygʻu,
Qaygʻulugʻlar koʻzi aro uyqu.
Qoldi Bahrom pechu tob ichra,
Furqat oʻtidin iztirob ichra.

XVII

Hajr shomi tulining imtidodi va savodining bedodi va ul shomda Bahrom joniga anduh xaylining shabixunlari etmak va ul shabixun ahlining jon va koʻnglin asir etmak va ul asirona navha bila oʻzidin ketmak va arkoni davlati balo dashtidan ani davo shahri sori eltganlari


Shoh Bahrom qildi chun ul shom
Goʻrlar jilvagohi ichra maqom,
Goʻrdek tiyra erdi dayri kuhun,
Charx ul tiyraklikda besaru bun.
Shahgʻa hajr oʻti ul sifat tutoshib,
Kim aning dudi etti koʻktin oshib.
Charxdek tiyra, dogʻi sargashta,
Qon yoshigʻa shafakdin ogʻushta.
Zohir aylab sirishki sayli halok,
Koʻzidin eltib uyqu xaylin pok,
Jonidin hajr oʻti zabona urub,
Necha ashki oʻchursa yona urub.
Ishq oʻtikim koʻnguldin oldi farogʻ,
Ashk ul oʻtqadur suv oʻrnigʻa yogʻ.
Anga ul oʻt ham erdi xayli balo,
Ham koʻzi yogʻi erdi sayli balo.
Koʻngʻli mulkiga gʻam hujum etti,
Balki toroji marzu bum etti.
Nechakim oshti beqarorligʻi,
Yetmadi hech kimsa yorligʻi.
Yor hajri chu tiyra qilsa mijoz,
Hech yor aylamas ul ishga iloj.
Kirdi bir xilvat uyga pinhoni,,
Kim malul erdi xalqdin joni:
Ichkaridin eshikni bogʻladi tez,
Yondiyu zohir etti rustoxez.
Oncha chekti figʻonu vovaylo
Kim, jahon ichra tushti shayni balo.
Urub avval yaqosin ayladi chok,
Tangʻa urdi taponchayi bebok.
Bori uzvigʻa zulm koʻrguzdi,
Qaysi uzvinki, tishladi uzdi.
Oncha erlarga urdi boshini rust,
Kim sari moʻ yoʻq erdi anda durust.
Boshini baski, ayladi pora,
Har tuki soyu boʻldi bir yora.
Dard xoki tanini gard etti,
Gardin qoʻyki, koʻhi dard etti.
Tanidin baski, uzdi pargola,
Dard bogʻida ochti yuz lola.
Tun yorimigʻa tegru bu edi ish,
Uzar erdi urub tani uza tish.
Ul qadar chekti nolavu faryod,
Oʻziga oncha ayladi bedod.
Kim tani sustayib, qoʻli toldi,
Hajr jismigʻa sustlugʻ soldi.
Talpinurdin chu boʻldi oromi,
Soldi jonigʻa oʻt Diloromi.
Dard ila navha ayladi ogʻoz,
Yor edi bila boʻlub hamroz.
Boshigʻa solyb ul qaro gisu,
Har tuki soyu bir qaro qaygʻu.
Ul xayol ichra pechu tob urubon,
Charx jismigʻa yuz tanob urubon.
Qoshining shavqidin qadi xam oʻlub,
Zaʼf ichinda hiloldin kam oʻlub.
Tanin aylab hilodek xasta,
Aning iki hiloli payvasta.
Koʻzining jayranin nazarda koʻrub,
Koʻngli dashtida yuz qulon yugurub.
Ul kiyikdin chu qolmayin joni,
Charx Bahromi Goʻr deyib oni.
Kiryaiki yoʻqkim, ul sifat hindu,
Sonchibon bagʻri ichra yuz moʻndu.
Har biri chunki yuz yara aylab,
Dudi ohi yuzin qara aylab.
Orazi yodidin chu tortib voy,
Oʻrtanib koʻkda ham quyosh, ham oy.
Oqizib koʻzdin oncha gulgun yosh,
Kim shafaq ichra qolib oyu quyosh.
Xoli boʻlgʻan uchun nazardin gum,
Qolmayin koʻzlari aro mardum.
Ul chibin chun koʻzini aylab koʻr,
Koʻnglining zaxmi ichra solib shoʻr.
Lablari shavqidin chiqib joni,
Laʼl etib dashtni koʻzi qoni.
Laʼl yoʻqkim, aqiqu marjon ham,
Koʻngul ondin topib zarar, jon ham.
Ogʻzidin zarra aylamay maʼlum,
Koʻzga andoqki, nuktayi mavhum.
Hech yoʻq erda yuz tavahhum etib,
Adam ichra vujudini gum etib.
Tishi naqshiki, keldi rishtayi dur,
Koʻzidin durdek oqizib moʻldur.
Umri boshigʻa egʻdurub bu tagarg,
Moʻldur oʻrnigʻa borcha jolayi marg.
Aylabon chun tarannumi yodin,
Chekib andoq figʻonu faryodin,
Ki unin har kim istimoʼ qilib,
Ollo, ollo! oʻlub yana tirilib.
Sogʻinib chun chahi zanaxdonin,
Chekibon borcha rishtayi jonin,
Kim erur koʻngli iztirob bila,
Tortqan oni bu tanob bila.
Qadi fikrida chunki poʻya urub,
Oh oʻtidin niholi umri qurub,
Unutib sarvi boʻstonni dagʻi,
Sarv yoʻq, ruh ila ravonni dagʻi.
Beli torini chun xayol qilib,
Jismini ul xayol nol qilib.
Badani noldek boʻlub bejon,
Koʻziga nol afʼiyi pechon.
Solibon sim jismi koʻngliga tob,
Siymgun ashkini qilib siymob.
Siymdek ashk koʻzi fosh aylab,
Bori olamgʻa siymposh aylab.
Changining hayʼatin sogʻingan dam,
Egri qaddin figʻoni aylab xam.
Dilkash istab bu egri afgʻoni,
Tor oʻlub anda rishtayi joni.
Har zamon koʻngli bir havo qilibon,
Changdek oʻzga bir navo qilibon.
Lek oʻz holigʻa navo topmay,
Dard topib, vale davo topmay.
Zaʼfi ortib hadu gumondin ham,
Dardi ishqi fuzunroq ondin ham.
Koʻzi qon toʻkmak ichra qonmay hech,
Oʻzi holin oʻzi inonmay hech.
Debki: «Yo, rab, ne holat erkin bu!
Ne tuganmas malolat erkin bu!
Menmudurmenki, chunki qildim zoʻr,
Ajdaho savlatimdin oʻldi moʻr.
Emdi ishq ajdahosi zoʻr etti,
Ajdahokush tanimni moʻr etti.
Menmudurmenki, zohir etkach kin,
Ojizim boʻldi iki sheri arin!
Dard ila hajr qilgʻach arislonlik,
Mush oʻlubmen, vale yarim jonlik.
Menmudurmenki, razm chun tuzdum,
Chin sipohini yolgʻuzun buzdum.
Ishq chun razmu kin shior etti,
Xayli sabrimni toru mor etti.
Menda bor erdi aql ham, din ham,
Gʻamda toqat, baloda tamkin ham.
Ne balo ishq boshima soldi,
Kim sarosar bu xayl qoʻzgʻoldi
Oh oʻtidin tutunnimu aytay!
Yoʻqsa bu tiyra tunnimu aytay!
Kim koʻrubtur kecha bu yangligʻ uzun,
Gʻam kunidin qaroligʻ ichra fuzun.
Ham qaro, ham uzunu, ham dilband,
Mahvashim sochidin kelib monand.
Munda men, anda notavon koʻnglum,
Munda men zoru anda qon koʻnglum.
Men dagʻi garchi qonda boʻlgʻay edim,
Kosh koʻnglumdek onda boʻlgʻay edim!
Meni bu kecha muztar aylabdur,
Zor koʻnglumni abtar aylabdur.
Goʻrdek tun erur qarongʻu manga,
Boʻlsa ne erdi soʻnggʻi uyqu manga.
Charx qatlimgʻa tigʻi kin oldi,
Goʻr ichiga tiriklay-oʻq soldi.
Kosh, tigʻin bishimgʻa sursa edi,
Boshni tandin urub tushursa edi.
Qavmu xayliki, bandam erdinglar,
Ne desam sarfigandam erdinglar.
Borchagʻa neʼmatim haqi bordur,
Bu sufat yuz haqim taqi bordur.
Xizmatim ichra lof urar edingiz,
Lofi razmu masof urar edingiz!
Qilichingiz usholdimu oxir!
Ilginiga toshqa qoldimu oxir!
Meni yuz ming balo aro koʻrmang,
Har zamon oʻlmagim ravo koʻrmang.
Tigʻ ila koʻkragimni chok aylang,
Bir-iki zarb ila halok aylang.
Qutqoring joni notavonimni,
Bihil ettim borigʻa qonimni.
Demayinkim, bihil durur qonim,
Muzd bergaymen oʻlsa yuz jonim.
Yorliq qayda ketti, yoronlar!
Yoʻq musulmonliq, ey musulmonlar!
Oʻlturub gʻavrima eting oxir!
Ming oʻlumdin xalos eting oxir!»
Ishi to subh navha qilmoq edi,
Qonu tuproq aro yiqilmoq edi.
Tong qushi chun sahar koʻtardi xuru!
Zaʼf qildiyu ketti andin hush.
Eltti oʻzidan oʻyla zaʼf oni,
Ki gumon etki, yoʻq turur joni.
Charx chun qildi buyla ish angez,
Tushti haryon el ichra rustoxez.
Shohlarkim, anga mulozim edi,
Qullugʻi borchasigʻa lozim edi.
Yana beklar nekim kichiku uluq,
Bori boshi yalang, saqoli yuluq.
Qildilar beqarorliq behad
Har biri soʻgvorliq behad.
Koʻrdilarkim, jazaʼda yoʻqtur sud.
Mundin ish chorasi emas mavjud.
Oqibat majmaʼi tuzattilar,
Soʻzni har nuktada uzattilar.
Roy oxir bu ishga tutti qaror,
Kim davo birla past oʻlur bu sharor.
Ul davo dasht aro munosib emas,
Hukamo bu havoni xoʻb demas.
Boʻldilar chun bu navʼ nukta saro,
Soldilar shohni mahofz aro.
Dashtdin shahr sori surdilar,
Shahni gulshan aro tushurdilar.
Shomgʻa tegur yoʻq edi hushi.
Koʻnglida oʻti, jismida joʻshi.
Taxt chun boʻldi shohdin xoli,
Fitnadin xoli oʻlmas el holi.

XVIII

Bahromning oʻz parivashi hajridin devona boʻlgʻani va hukamo aning oshufta dimogi tanqiyasigʻa ishtigʻol koʻrguzub, zamonlar muolaja asbobin tuzub, koʻp zahmatlar bila aning oz nima oʻziga kelgani va savdosi dafʼigʻa tamosho uchun etti iqlim salotinining etti qasr bino qilganlari


Shoh chun taxti uzra topti maqom
Xiradu hushi yoʻq edi to shom.
Jismin aylab edi oʻlukdek saxt,
Taxta yangligʻ boʻlub edi anga taxt.
Kimki taxt uzra ayladi maʼman,
Taxtadur oqibat anga maskan.
Chunkim ul kunga shom boʻldi qarin,
Yoydi tun xayli pardayi mushkin.
Mushk isi soldi shoh magʻzigʻa hush,
Koʻzin ochtiyu bir dam erdi xamush.
Yana chun keldi yodigʻa yori,
Yetti gardungʻa nolavu zori.
Yana bunyod qildi shoʻru shagʻab,
Oshurub koʻktin oh ila yo rab.
Charx toqi aro figʻon soldi.
Xayli anjumgʻa qoʻzgʻolon soldi.
Chekti gardungʻa nolayi jonkoh,
Tikti anjum koʻziga novaki oh.
Burnogʻi tuncha yuz xarobligʻi,
Mehnat oʻti uza kabobligʻi.
Ohi eligʻa charx sovrulubon,
Oʻzi hijron oʻtigʻa qovrulubon.
Tonggʻacha bu edi anga ahvol,
Tong eli qildi jismini behol.
Yana to shom hushi zoyil edi.
Jismi har dam oʻlarga moyil edi.
Necha kun chun bu navʼ erdi xarob.
Qoʻymadi iztirob — jismida tob.
Ishq muhlik, firoq edi zolim,
Jism ila aqli qolmadi solim.
Sihhat oning mizojidin ketti,
Tori jismi uzulgali etti.
Soldi savdo dimogʻi ichra xalal,
Aqlu hushi junungʻa boʻldi badal.
Bir zamon oʻzda, oʻn zamon bexud,
Ne salomat mizojida, ne xirad.
Qolmadi chun tan ichra tobi aning,
Bordi oshubu iztirobi aning.
Zoʻri afgʻon qilurgʻa etmas edi,
Unini balki el eshitmas edi.
Gah-gahi cheksa erdi nolayi zor,
Jismi zori topar edi ozor.
Soʻzi ichra yoʻq erdi hush asari,
Yoʻq edi oʻz deganidin xabari.
Xaylida kimda kim bor erdi bilik,
Borcha yigʻlab yuvdilar ondin ilik.
Qilibon ul balogʻa chora tamaʼ,
Aylab arkoni davlati majmaʼ.
Hukamo borcha ilm aro mohir,
Ulcha taxtida erdilar hozir.
Toʻrt yuz erdi borchasigʻa adad,
Har biri ojizi hakimi xirad.
Borini hozir ettilar bir-bir,
Soʻzni bu navʼ qildilar taqrir,
Kim: «Shahi komron necha yil erur
Kim boringizgʻa ulcha kom berur.
Barcha mamnuni minnatidursiz,
Tarbiyat yobi neʼmatidursiz.
Bu navozishlaru inoyatlar,
Borchangizgʻa oʻkush rivoyatlar.
Oning uchun ediki nogohi,
Charxdin etsa dard jonkohi,
Dafʼi ranji mizoj qilgʻaysiz,
Marazigʻa iloj qilgʻaysiz.
Emdi ul kun etibdurur bilingiz,
Ne qila olur ersangiz qilingiz.
Muncha elgaki, shoh etar shafqat,
Bordurur har biriga bir xizmat.
Qilsa erdi adusi tugʻyonlar,
Biz fido aylagay eduk jonlar.
Razmu kin oshkor qilgʻay eduk,
Jonimizni nisor qilgʻay eduk.
Oʻzni ul ishda to erur maqdur,
Shammai tutmagʻay eduk maʼzur.
Lek mundogʻ marazki, voqedur,
Sizga oning iloji rojedur».
Hikmat ahligʻa boʻldi chun bu xitob,
Dedilar fikr birla boʻyla javob.
Kim: «Bu soʻzlarki, dedingiz chindur,
Borchasigʻa mahalli tahsindur.
Lek ishq ichra zaʼf topsa kishi
Dafʼi oning emas hakim ishi.
Ishq oʻti kimni aylasa mahrur,
Aylamas dafʼ xirfa, bal kofur.
Har koʻngul ichra solsa ishq oʻti tob,
Kerak ul bahri vasldin serob,
Boʻlsa tabʼ ichra xiltdin illat,
Moddiy boʻlsa har nechuk zahmat.
Bizga ishdur anga iloj etmak,
Tib ila sihhati mizoj etmak.
Lek bu zaʼf ishqdindur bas,
Ishq oʻtdur, bizing muolaja xas,
Necha bu navʼ boʻlsa saʼy etali,
Choraning toru pudigʻa etali.
Ulcha imkoni bor etib tadbir,
Qilmali jiddu jahd aro taqsir.
Bori maqsud erur bukim, maʼbud
Bergay oning mizojigʻa behbud.
Xiradigʻa etib salomat ham.
Tabʼigʻa kirgay istiqomat ham».
Hukamo chun qilib bu navʼ qabul,
Boʻldilar shah ilojigʻa mashgʻul.
Chora topmoqqa jozim erdilar,
Kecha-kunduz mulozim erdilar,
Yuz kishiga ibodat oʻldi rujuʼ,
Tun ila kun niyoz birla xushuʼ.
Sihhati zotigʻa duo qilmoq,
Sadqavu nazrlar ado qilmoq.
Yuz kishi qildilar yana ohang
Aylamakka fusun ila nayrang.
Solibon dafʼi jin qilurgʻa navid,
Oʻqubon ruqya, yozibon taʼvid.
Yuz kishi safhagʻa nazar aylab,
Tajriba sori ham guzar aylab.
Ham tavajjuh, ham ijtihod qilib,
Aylab oning ilojin ulcha bilib,
Yana yuz ud eoʻzu laxlaxa soz,
Aqlu shoʻrb ichra ulcha boʻlsa niyoz.
Ne iloj ichrakim, kerak asbob,
Aylab oning tahiyasigʻa shitob.
Bu sifat toʻrt yuz hujasta zamir,
Rubʼi maskunda yoʻq biriga nazir.
Iki yil tarki xoʻrdu xob aylab
Ish saranjomigʻa shitob aylab.
Qildilar onchakim, shahi bedil,
Juzvi sihhat ayladi hosil.
Qildilar koʻp iloji ichra fusun,
Kim anga kamrak oʻldi zaʼfu junun.
Jismiga ham gʻizodin oʻldi madad,
Ham dimogʻigʻa kirdi nuri xirad.
Topti chun bu qadar shifo ranjur,
Hukamo buyla qildilar mazkur.
Kim: «Kerak qilmoq uyla ish paydo,
Kim ul ish boʻlsa dofiʼi savdo:
Biri ul jumladin imorat erur,
Ki tamoshosi koʻp natija berur.
Tarh qilsa muhandisi mohir,
Har zamon oʻzga shakl etar zohir.
Har kishi gʻolib oʻlsa savdosi
Dafʼi savdo qilur tamoshosi,
Aylab arkani davlat ishga shitob
Boʻldi omoda ne kerak asbob,
Yetti iqlim xonu xoqoni
Anglabon shahda zaʼfi jismoniy,
Chun bor erdilar anga tobiʼ xayl,
Borcha aylab mulozamat sori mayl.
Qoʻymish erdilar ostonigʻa yuz,
Aylabon qullugʻin kecha-kunduz.
Angakim saʼb boʻlsa kelmak ishi,
Evazigʻa yibormish erdi kishi.
Ini yangligʻ va yo oʻgʻul yangligʻ,
Shahgʻa xizmat qilurgʻa qul yangligʻ.
Buyla etti shahi rafiʼ makon
Qullugʻin aylab onchakim imkon.
Bori jondin tilab davosin aning,
Istabon tunu kun shifosin aning.
Har biri istar erdi bir xizmat,
Kim agar shahgʻa qoʻysa yuz sihhat
Ishida elga guftugoʻy oʻlgʻay,
Anga ul ishdin obroʻy oʻlgay.
Chun imorat hadisi topti tul,
Yer oʻpub etti shoh qildi qabul,
Ki qilib har biri bino bir qasr
Har biri zeb ichinda ziynati asr.
Tunu kun ehtimom qilgʻaylar,
Saʼy birla tamom qilgʻaylar.
Har kun ul ishki, qilsa bannosi,
Shah kelib aylagay tamoshosi.
Shahgʻa arz aylabon topib ruxsat
Har biri jonigʻa qoʻyub minnat.
Shohning taxtidin eti shahroh,
Olam ahligʻa gohu begah roh.
Bor edikim, ulus yurur erdi,
Elga yoʻllar uza murur erdi.
Shohlar azm etib, ul ishga bori,
Yoʻl uzakim, borur diyori sori.
Soldilar etti qasrp charx nihod,
Boʻldi ish qilmoq ul sifat bunyod.
Kim sado tushti charx toqi aro,
El iafiri falak ravoqi aro.
Charx etkurdi oyu kundin xisht,
Yasalur deb er uzra etti bihisht.
Har zamon oʻzga shakl etib paydo,
Shah tamoshosigʻa boʻlub shaydo.

XIX

Yetti falakdek etti qasrning tugangani va Moniyi musavvir har qasrni oʻzga bir rang bila naqshband liq qilgʻani, dagʻi etti iqlimsalotinining qizlarin ul etti qasrda Bahrom bilan aqd qilgʻanlari va haftanipg har kuni Bahrom bir qasrda suhbat tutqani


Chun muhandislar zhtimom etti,
Har bir oʻz qasrini tamom etti.
Lek topquncha qasralar itmom,
Topti har lahza nafʼlar Bahrom.
Har zamon bir ajabgʻa nazzora,
Boʻldi savdosigʻa base chora.
Garchi har qasr edi falak payvand.
Rifʼatu, vusʼati falak monand.
Bir falak qadr chun edi Moniy
Saʼy birla tugattilar oni.
Xastaning boqi erdi savdosi,
Xasta koʻnglida ishq vasvosi,
Kim tamom oʻldi ul eti pargor,
Shoh qoldi nazoradin bekor.
Hukamo boʻldilar chu kom ravo:.
Dedilarkim: «Bu ishtur emdi davo,.
Kim necha naqshbandi rang omez,
Boʻlgʻay ul qasrlarda sanʼat rez,
Koʻrguzub sanʼat ichra yuz nayrang,
Aylagaylar bu qasrlarni rang.
Qilsa ne rang ichni naqqoshi,
Toshi ham boʻlgʻay ul sifat koshi».
Borcha Moniyni qildilar hozir,
Dedilar: «K-ey funun aro mohir.
Chun sen erding burun ul ish sababi,
Kim boʻlub erdi shohning tarabi.
Sihhatigʻa yana sabab boʻlgʻil.
Tabʼiga boisi tarab boʻlgʻil.
Qasrlar ziynatigʻa ohang et,
Bu eti qasrni eti rang et.
Naqshini ulcha sen bilursen, qil,
Neki koʻnglung tilar qilursen, qil.
Sanga, ne navʼ qil, demak soʻz emas,
Har kishi soʻz bilur, bu soʻzni demas».
Ajz koʻrgach bu navʼ chora sigol,
Koʻziga qoʻydi barmogʻin filhol.
Dedi: «Siz istaganni kelturunguz,
Ne masolih keraksa etkurunguz».
Ul deganni bular qabul etti,
Ul ishi boshigʻa qoʻpub ketti.
Mulk aro har ne bor edi naqqosh,
Borchagʻa ish buyurmoq ayladi fosh:
Qalam ahlin qilib eti sarkor,
Yo degil naqshband, yo zarkor.
Oʻzi ish tarhu rasmini tuzatib,
Har zamoni bir ish boshigʻa etib.
Sayr etar erdi subhdin to shom
Bir imoratgʻa har zamon Bahrom.
Har nafas koʻrgach oʻzga bir timsol
Anga mashʼuf oʻlub, ul ishda xayol.
Koʻngli har yon chu koʻp boʻlub moyil,
Mayl savdosin aylabon zoyil:
Naqshlar jonibin xayoli tutub,
Oʻz xayoloti naqshini unutub
Ham bu yangligʻ chu oʻtti oz fursat,
Qasrlar topti zeb ila ziynat.
Har birin oʻzga navʼ etti rang,
Boʻldi ul eti qasr etti rang.
Shah mizojida ishq oʻtigʻa gudoz
Garchi qolib edi, va lekin oz.
Hukamo koʻp qilib yana tadbir,
Koʻp urub royu aylabon taʼbir,
Dedilar: «Emdi quvvatigʻa sabab,
Zaʼfi rafʼiyu sihhatigʻa sabab
Bu dururkim, chu butti boʻyla qusur,
Boʻlgʻay ul etti qasr aro eti hur.
Shohlar ichra hurvash farzand,
Kimda bor ersa loyiqi payvand,
Mutaaddid anga nikoh kerak,
Qasrlar ichra rudu roh kerak».
Chun tafahhusgʻa boʻldilar mashgʻul,
Hosilan borcha kom topti husul:
Bor edi etti shahda etti pari,
Parda kenida aql pardadari.
Har biri aqlu jongʻa ofat oʻlub,
Aqlu jon yoʻq, jahongʻa ofat oʻlub.
Poklik pardasida mehri sipehr,
Pardada oʻylakim, sipehrda mehr.
Husn burjida ravshan axtarlar,
Lutf durjida pok gavharlar.
Axtar, ammo bulut ichinda nuhuft,
Gavhar, ammo anga etishmay suft.
Har biri vasfida bayon qosir,
Ne bayon, kilki nuktaron qosir.
Husn aro mohu mehrgʻa foyiq,
Shoh aqdigʻa har biri loyiq.
Yetti iqlim hukmronlarigʻa,
Yetti soʻz oʻtmagan gumonlarigʻa —
Parda ichra hadisi pinhoni,
Oʻylakim fahm qildilar oni.
Borcha er oʻptilarki:, «Bizga ne had,
Aylamak yo qabul, yoxud rad.
Neki shah royi olam oroyi,
Muttafiq anga borchamiz royi.
Zarralarni quyoshqa etkuradur,
Qatralarni tengizdin oshuradur».
Chun bu soʻz oʻtti, toptilar dastur,
Shohlar rasmi birla qilmoq sur.
Sur dasturi topti chun tarvij,
Shoh ila topti mohlar tazvij.
Har biri bir taraf xirom etti,
Otaoi qasrini maqom etti.
Hukamo boʻldilar chu vaqtshunos,
Buyla soat ishiga boʻldi qiyos,
Kim shahi komgori komravo,
Haram ahligʻa aylamak parvo,
Koʻnglini moyili haram qilmoq,
Haram ahlini muhtaram qilmoq.
Tongla shanba kuii munosibdur,
Kim kaeokib sharafgʻa kosibdur,
Qasri mushkin aro tuzub avrang,
Mushkboʻ mayga aylamak ohang.

XX

Shanba kuni Bahromning mushkfom liboslar kiyib, gunbadi mushkinga xirom qilib, gazoli mushkboʻ bila bvdayi mushkin ichgani va bu mashgʻulluq bila hijron oʻtining dudi qaro qilgʻan kunni shomga etkurgani


Subhi shanbaki, shomi dayjuriy
Yuziga hulla yopti kofuriy.
Qasri mushkinga qoʻydi yuz Bahrom
Ichgali mushkboʻ gʻazol ila jom.
Luʼbati hindzodu chiniyvash
Laʼli jonbaxshu sunbuli dilkash.
Hullasin oydek aylabon shabgun,
Durlar ul hulla uzra kavkabgun.
Taxtu raxtini aylabon mushkin
Mushk uza er tutub gʻazolayi chin,
Tutubon uyni mushkdin zulmot,
Mahvash ul zulmat ichra obi hayot.
Shah dagʻi hulla mushkfom aylab,
Kirdi mahvash sari xirom aylab.
Taxt uza chiqti vorisi Jamshid,
Anga yondoshti gʻayrati xurshid.
Ichilur erdi mushkboʻ boda,
Mushku anbar buxuri omoda.
Anga tegrukn mushk sochib shom.
Qildi olam yuzini anbarfom.
Elga erdi tarabfizo shanba,
Shahgʻa erdi, vale azo shanba.
Hukamo aylab amri boʻsu kanor,
Oʻzga ishdin buyurmish erdi kanor.
Muni mahvash dagʻi bilur erdi,
Oʻzni shahdin yiroq qilur erdi.
Shahgʻa kunduz iloj erdi nishot,
Kecha uyqugʻa aylamak ifrot.
Soldi gʻam shomi koʻngliga qaygʻu,
Oʻylakim oʻchti koʻzidin uyqu.
Mahvash oʻz pardasida boʻldi nihon,
Shahgʻa hijron qorongʻu etti jahon.
Toʻlgʻanur erdi tiyra holi bila,
Dilbari zulfining xayoli bila.
Koʻrdi gʻam shomi koʻp azob aylar,
Uyqusizliq ani xarob aylar.
Hukm qildiki bir-iki xodim
Boʻlubon ushbu yoʻl sori ozim,
Kim erur ushbu qasr ul sori,
Aylabon saʼyu jaxd izhori.
Kim yoʻluqsa manga ketursunlar,
Baytul-ihzonima etursunlar.
Kim necha nukta oshkor desun,
Sarguzashtin fasonavor desun.
Shoyad uyqu koʻzumga mayl etgay,
Andin osoyishi manga etgay.
Bargʻach-oʻq toptilar jahongarde,
Sayr qilmoqta charxi novardi.
Parda keyniga keldi chun soyir,
Boʻldi hukmi julus anga zohir.
Yer oʻpub chun musofir oʻlturdi,
Shah anga qissa hukmini surdi.
Soyir oʻldi chu qissadin ogoh,
Topti har ne, anga ldi dilxoh.
Shohni koʻp qilib duo bila yod
Ki: «Boʻl anduhu qaygʻudin ozod».

XXI

Avvalgʻi iqlim yoʻlidin keturgan musofirning fasona demagi

Boru yoʻq chui duoki, bildi dedi,
Dedi: Bir bor ediyu bir yoʻq edi,
Hind mulkida bor edi shohi
Shohligʻ ishlaridin ogohi.
Cherikiga kanora yoʻq paydo,
Maxzanigʻa shumora yoʻq paydo.
Tigʻi hindiy chiqarsa kishvargir,
Olibon to Xitoy, bal Kashmir.
Ham falak par humoyi baxti aning,
Ham Sarandib poytaxti aning,
Laqabi Xon edi, oti Jasrat,
Mulkidin shohlarga yuz hasrat,
Jumlayi olam ichra hashmatron,
El ani derlar erdi Jasratxon.
Bor edi bir hujasta farzandi,
Koʻngli qutiyu bagʻri payvandi.
Barcha donish.aro yagona kelib,.,
Husn aro nodiri zamona kelib,
Otasi koʻngliga surur andin,
Hind elining koʻziga nur andin.
Lutf ila xulqi haddu gʻoyatsiz,
Fahmu idroki xud nihoyatsiz.
Bori ilmu kamol aro mohir,
Zotidin yuz kamol oʻlub zohir.
Borcha bir soriyu bu bir sori,
Kim kishiga etishmay ozori.
Zuhdu taqvo kelib shiori aning,
Boʻlubon poklik hisori aning.
Oti Farrux jamoli farxunda,
Xulqi olam elin qilib banda.
Otasi qirq yil surib xonliq,
Qilmish erdi ulusqa sultonliq.
Yoshi seksangʻa tegru etmish edi,
Koʻnglidin umr zavqi ketmish edi.
Istar erdi tirikligida oʻzi
Yorumoq oʻz charogʻi birla koʻzi.
Oʻgʻligʻa mulku taxtu tojin ham,
Hind molin, Xito xirojin ham,
Beribon yuz tafoxur aylar edi,
Lek Farrux tanaffur aylar edi.
Faqr etib erdi koʻnglini mashgʻul,
Aylamas erdi saltanatni qabul.
Ham kelib shohliq ishida batang,
Ham taahhul ishida erdi lang.
Shahgʻa bu iki ish edi maqsud,
Ikisi shohzodagʻa mardud.
Otasigʻa bu justjoʻy erdi,
Anga manʼida guftugoʻy erdi.
Bir kecha bor edi ibodat aro
Nurdin matlayi saodat aro.
Subh chun sajdayi niyoz etti,
Koʻziga uyqu turktoz etti.
Jilva qilgʻach xayoli ruhoniy,
Ming suvar zohir oʻldi pinhoniy:
Oʻzini koʻrdi bir biyobonda,
Kim ulus behisob edi anda.
Borcha koʻch ahliyu safar xayli,
Bir taraf lek borchaning mayli.
Bor edi ul aroda bir mahmil,
Buxtiyi charx oʻlub anga homil.
Mahmil ustida mahmali mushkin,
Mushk sochib nechukki nofayi Chin.
Mutaharrik boʻlub nasimi sabo,
Chunki mahmildin oʻldi parda rabo.
Ul amorida xud pari erdi,
Ne pari, mehri xovari erdi.
Ul quyosh lamʼasi kul ayladi pok
Notavon jismin uylakim xoshok.
Boqti Farrux chu ul taraf betob,
Toʻlui oyni yoshurdi tiyra saHob.
Ulcha etti quloqqa xalq deri,
Bu edikim: «Erur bu Quds eri».
Farrux uygʻondi sekrib uyqudin,
Koʻzidin uyqu oʻchti qaygudin.
Har zamon pechu tobi ortar edi,
Koʻnglining iztirobi ortar edi.
Koʻrdikim fikri etmasa nofiʼ,
Ishq zulmi ani qilur zoyiʼ:
Koʻngliga ayladi safarni jazm,
Aylamak Quds dashti sori azm.
Yo ne matlub erur anga etmak,
Yo talab ichra tarki jon etmak.
Tong eli chunki surdi tun dudin,
Yigʻdi koʻk chatri anbar oludin.
Ochti farxunda talʼatin kunduz,
Qoʻydi Farrux atasi taxtigʻa yuz:
Supurub er jabin bila bisyor,
Ayladi muddaosini izhor:
«Kim jahongardligʻ erur havasim,
Yoʻq ani manʼ etarga dast rasim.
Xiradim qildi bu havas bexud,
Chun havas gʻolib oʻldi ketti xirad.
Bu azimatda ixtiyorim yoʻq,
Azm to qilmogʻum qarorim yoʻq.
Boʻyla ishkim manga tavallodur,
Shohdin ruxsat oʻlsa avlodur.
Boʻlmasa ruxsat, oʻlgʻucha ogah.
Ketgudekmen boshim olib nogah».
Shoh eshitti chu bu sifat padrud,
Kuydi andoqki, chiqti boshigʻa dud.
Chekti pargola bagʻridin lola,
Dedikim: «Ey bagʻirgʻa pargola,
Furqating birla urma bagʻrima oʻq,
Har ne soʻz der esang degil, muni yoʻq!
Kim bukun tonglaliq boʻlubdurmen,
Umru jon uzrini qoʻlubdurmen.
Xanjari hajr koʻngluma urma,
Men xud oʻlgum, burunroq oʻlturma!»
Koʻp figʻon chekti borcha dard olud,
Ishq chun gʻolib erdi qilmadi sud.
Koʻrdikim oʻgʻli soʻzi oshibdur,
Anga bir navʼ oʻt tutoshibdur,
Kim ata ashki oni past etmas,
Koʻngli topmas qaror, to ketmas.
Koʻzi yoshin oshurdi toʻfondin,
Yudi nokomdin ilik jondin.
Cherikidin yorimin oyirdi,
Ganj nisfini ham anga berdi.
Munga loyiq asosi shohona,
Har gʻaroyibi, ham kerak yona.
Yasadi ul sifat asosin aning
Ki xirad topmagay qiyosin aning.
Beribon ruxsat oni shod etti,
Joi bila jismi xayrbod etti.
Yopdp Jasrat qoʻyub balo sori rux,
Koʻch bar koʻch tebradi Farrux.
Yurumak erdi tunu kun komi,
Yoʻq edi hech erda oromi.
Shahr bar shahr edi xiromi aning,
Yetgucha maqsadigʻa gomi aning.
Ul zamon kimki, qilsa azmi tavof,
Kaʼba oʻrnida Quddus erdi matof.
Ham etib erdi vaqtu yuz ming xayl
Aylab erdi tavof sori mayl.
Farrux ul pok erga chun etti,
Pok koʻngli bila tavof etti.
Qoʻydi tufroqqayu niyoz bila,
Shamʼdek yigʻladi gudoz bila.
Istadi hojatinki, xoliqi dahr
Anga matlubidin eturgʻay bahr.
Koʻziga uchragʻay diloromi,
Hosil oʻlgʻay visolidin komi.
Necha kun chun bu navʼ edi anga hol,
Zohir ermas edi ishiga maol.
Tavf ahli yanargʻa bogʻlab bel,
Ketti toʻshliq toʻshiga kelgan zl.
Ul kecha gʻamdin asru bedil edi
Tushta biri anga bu nukta dedi:
«Kim agar aylasang murod talab,
Turmayin, tongla ayla azmi Halab».
Uygʻonib sabru toqati ketti,
Qoʻpti dogʻi Halabgʻa azm etti.
Halab ahli koʻp erdi gʻoyatsiz,
Yoʻlda suv oz edi nihoyatsiz.
Cherikin qaytarib ijozat ila,
Yoʻlgʻa kelturdi yuz irodat ila.
Boʻldi chun qaytmoq sipoh ishi,
Bila qoldi yuz-iki yuzcha kishi.
Kim mahol erdi qaytmagʻligʻ alar,
Shahlari tarkin etmagʻliq alar.
Munga loyiq yarogʻ birla tamom,
Ayladi Farrux ul yoʻl uzra xirom.
El Xalab ozimi koʻp erdi base,
Vatani sori borchaning havasi.
Shohzoda alar bila hamroh,
Lek hamrozi dardu munisi oh,
Bordilar goh-gohu tushtilar:
To Halab mulkiga yovushtilar.
Shahr eli dogʻi chiqmish erdi gʻulu,
Koʻyu dasht erdi xalqdin mamlu.
Farrux ul qissa iztirorida,
Koʻzi har lahza bir amorida '
Ki, koʻrundi koʻziga bir mahmil,
Noqasi shahr sori mustaʼjil.
Tushta koʻrgan kibi yopugʻi qaro,
Iztirob oʻti tushti joni aro
Buyla holatda tund etti shamol,
Ochti mahmnl kaporasip filhol.
Chun ochildi bulut, koʻrundi quesh,
Tushta koʻrgap quyoshi boʻldi fosh.
Istaganpp bu lahzakim, topti,
Yana xurshidni bulut yopti.
Kunpi chun tiyra abr qildn nihon,
Boʻldi Farrux koʻzmga tiyra jahon.
Chunki ul nur qolmadi koʻzida,
Koʻngli bir lahza yoʻq edi oʻzida.
Oʻzpga kelgach, ochti koʻz holi,
Dasht oʻlub erdi xalqdin xoli.
Shahr aro kirmish erdn ahli safar,
Vatani boʻlmish erdi elga maqar.
Gʻayri Farrux dagʻi necha xodim,
Kim aning birla erdilar ozim.
Koʻrdi Farruxki, ish qatiq tushti,
Zahr hnjroni bas achiq tushti.
Nechakim, kuydi notavon joni,
Elidin asradi nihon oni.
Jahd ila ayladi shikeboliq.
Boʻlmasun deb ishida rasvoliq.
Eli, holida anglabon tagʻnir,
Bir-biriga soʻz aytibon bnr-bir.
Chun aning holiga tagʻayyur oʻlub.
Bilmayin xayliga tahayyur oʻlub,
Bori bir navʼ hol ila nokom,
Manzili toptilar qilurgʻa maqom.
Lek shahzoda bor edi behol,
Eltibon hardam oni oʻzga xayol.
<center>Alisher Navoiy - Sab'ai Sayyor - 004.jpg
</center>
Qilmayin fahm guftugoʻ chogʻi,
El soʻzpp dogʻi, oʻz soʻzpn dogʻp.
Ochtn tup xayli chup qaro parda,
Yo qaro rapglpk saroparda.
Anglabon shohzodaip gʻamgin,
Boʻlubon qavmu xayli borcha hazpn,
Elni anglab asir qaygʻugʻa,
Soldi shahzoda oʻzin uyqugʻa.
Oni uyqu aro koʻrub xayli,
Borcha qpldilar uyquning mayli.
Koʻzlarnn yumgʻoch ul suruk maxzun,
Borchasin uyqu xapli etti zabun.
Elni shahzoda masti xob koʻrub,
Ishq oʻtidin ichinda tob koʻrub,
Qoʻptiyu oldi kogʻazu xoma,
Yozdi xayligʻa bu sifat noma:
«Kim havodis eri durur olam,
Ondin ozod omas bani odam.
Har ne el olpga yozibdur haq.
Chora yoʻq oni koʻrmayii mutlaq.
Manga ovoraliq emish taqdir,
Ishqu bechoraliq emish takdir,
Gʻurbat ichra boʻlurgʻa ovora,
Manga taqdpr boʻlsa ne chora.
Tushti olimga unla qattigʻ hol.
Ki bayonnda keldi notiqa lol.
Gar manga buyla saʼb suratdur,
Chunki taqdir erur zaruratdur.
Siz bu gʻurbatda turmangiz zinhor,
Msnp istab yugurmangiz zinhor.
Kim tilab munda topqungiz yoʻqtur,
Topishur erimiz vatan-oʻqdur.
Men baliyatda jondir ar toʻygʻum.
Tirik oʻlsam vatangʻa yuz qoʻygʻum.
Agar oʻlsam bihil qiling oxir,
Meni oʻzdin bihil biling oxir!
Tutmangiz bu diyor ichinda maqom,
Qaytingiz, vassalomu val-ikrom».
Ruqʼaning kogʻazigʻa berdi navard,
Oʻrnida qoʻydi ul sahifayi dard.
Egnidin soldi shohvor libos,
Kiydi oʻrnigʻa shom rang polos.
Qoʻptiyu chiqti uydin ohista,
Aylar erdi xirom payvasta.
Shahr aro poʻya urdi kuy-bakuy,
Telba yangligʻ yugurdi suy-basuy.
Oqibat kunji gulxani topti,
Yotib oʻzga palosini yopti.
Garchi gulxan kuli makoni aning,
Lek doʻzax oʻtida joni aning.
Anga bu hol soldi kofir ishq,
To ne qilgʻay ishini oxir ishq.
Subh chun tuzdi koʻravu damni,
Mehr oʻtidin yorutti olamni.
Qoʻpub ul xayl beshnkibu tavon,
Boʻldilar shohzoda sori ravon.
Oni oʻrnida koʻrmayin mavjud,
Chektilar borcha ohi dard olud.
Urdilar poʻya birla har sori yuz,
Istab oni iki kecha-kunduz,
Topmadilar nishonai andin,
Toʻydilar ul firoq aro jondip.
Ruqʼaikim yozib edi, nogah
Topib, ishidin oʻldilar ogah.
Bildilar bedavo erur bu alam,
Tutubon holigʻa.aning motam.
Gʻurbatidin debon koʻp afsona,
Navha koʻp chektilar gʻaribona.
Sudspz erdi chunki ul oshub,
Ham vatan sori boʻldnlar rahkoʻb.
Bu taraf shohzodayi bedil,
Chun vuquf oncha ayladi hosil,
Kim zli oni topa olmay jazm,
Yigʻlayu qildilar vatan sori azm.
Koʻngli oʻz holigʻa buzuldi base,
Kuydi gʻam oʻtigʻa nechukki xase,
Shohliqdin tushub gadoliqqa,
Yuz balo ichra mubtaloliqqa.
Qoʻzgʻabon har dam oni bekaslik,
Ishiga hech chora bilmaslik.
Yuz tuman mungda joni afgori
Borcha bir soriyu bu bir sori,
Kim anga muncha ranj oʻlub roʻzi,
Kuydurub koʻkni ohi jonsoʻzi.
Muncha ish boisi nihon erdi,
Ne nihon, balki benishon erdi.
Boʻlmay ul shahrgʻa kanora padid,
Ne mahallotigʻa shumora padid.
Anda yuz yil kishi boʻlub soyir,
Yetmagi barcha erga yoʻq zohir.
Uyi sahro qumi hisobigʻa joʻb,
Eli xud iecha onchadin ham koʻp.
Farruxi notavon necha kun edi,
Ki ne suv ichti, ne taom edi,
Kimsakim topmagʻay taom ila bahr,
Noʻsh qilgʻay taom oʻrnigʻa zahr.
Ishqdin jonda boʻlgʻay ozori,
Tani gʻurbat oʻti giriftori.
Hajrdin ham anga malol oʻlgʻay,—
Fikr qilkim, anga ne hol oʻlgʻay.
Anga bor erdi muncha gʻam bori,
Shohligʻ tarki, lek bir sori.
Xasta joniga yuz taab tushti,
Koʻrki ish tushtiyu — ajab tushti.
Dedi: «Bu ajz birla butmas ishim,
Bordurur tengrim, ar yoʻq ersa kishim.
Nechuk oʻlsa oyoq uza turayin,
Yotnb oʻlguncha dastu po oʻrayin».
Qoʻptpyu qildi shahr ichiga xnrom,
Har taraf solur erdi bnlmay gom.
Bir-iki kui navʼ urdi qadam,
Zaʼf aning vujudip ettp adam.
Ishq chui tuʼmadin qilib edn fard,
Quvatu quti erdi ishq ila dard.
Jismkim topmadn gʻizo bnla qut,
Boʻldi suvdsn yiroq tushgai hut.
Gʻurbat ichra yurur edi bekas,
Kishisi dardi ishq erdiyu bas.
Iki-uch kun chu buyla kezdi yabob
Ne anga sabru hush, ne xoʻru xob.
Koʻrdi behad erur balo asru,
Bordurur dardi bedavo asru.
Harakatdin qolur tani zori,
Oʻzini chekti bir buzugʻ sori.
Qoʻydp boshining ostigʻa bir tosh,
Dedi: «Bosh oʻlmagʻay edi manga kosh!»
Sundi tufraq uza tani zorin,
Boshqa chekti palosi idborin.
Koʻngli ardoq hayotdin toʻydi,
Jon berurga yaqin koʻngul qoʻydi.
Xojai bor edi Halabda gʻaniy,
Mehmondorliq shioru fani.
Eʼtibori koʻp el aro behad,
Johu moligʻa yoʻq hisobu adad.
Anga uy erdi mehmonxona,
Anda koʻp oshnovu begona,
Koʻngli behad rahimu tabʼi saxiy,
Shahr xalqi ichinda oti Axiy.
Sayr aylar edi gahu begoh,
Surubon markabin rahu beroh.
Goh yoʻl boshlari sari boribon,
Goh vayronalarni axtaribon
Qayda topsa gʻaribi mazlume,
Xastavu nomurodu marhume
Boʻlubon bir nafas anga hamdam,
Yoqibon koʻngli zaxmigʻa marham.
Negakim boʻlsa muqtazi zoti,
Aylabon ul qadar murooti.
Shahr eli andin erdi sharmanda,
Karami borchani qilib banda.
Goʻyi ul kun Axiyi sohib xayr
Shahr atrofini qilur edi sayr,
Kim buzugʻni vatan qilib Farrux,
Qoʻydi idbor tufrogʻi uza rux,
Xojakim ul buzuqqa yovushti,
Koʻzi ul notavon sori tushti.
Surub ul yon Axiyi davlatmand,
Tushtiyu berdi qullarigʻa samand.
Kelib oligʻa dedi: «Ey marhum,
Kimsen, ahvoling et manga maʼlum!»
Notavon yuz ochib salom etti,
Oʻlturub behad ehtirom etti,
Dedi: «Ey xojai xujasta jamol,
Bor yoʻlung birla, soʻrma mendin hol.
Yuqmagʻay koʻnglunga gʻamim asari,
Tushmagay joniga oʻtum sharari».
Xoja chun koʻrdi ul ruxi mahvash,
Soʻngra bu navʼ posuxi dilkash.
Ham yuzi oni beqaror etti,
Ham soʻzi oni ashkbor etti.
Ne koʻrub erdi uyla turfa jamol,
Ne bu yangligʻ eshitmish erdi maqol.
Bildikim bas aziz paykardur,
Angladikim sharif gavhardur.
Saʼy ila markab uzra mindurdi,
Xizmat aylab uyiga etkurdi.
Chun tushurdi aziz mehmonni,
Yuzidin ravshan etti ayvonni.
Chekti avval taom ila sharbat,
Mehmon qildi ul sori ragʻbat.
Ulcha mumkni Axiyn ravshan roy,
Mezboplpq pshin keturdi bajoy.
Har tarafdinki, soʻz suol ettp,
Posuxp oni gupgu lol etti.
Gavhar afshon javobidnn sonpl,
Boʻla olmay savolga moyil.
Hujrae xilvat ayladi tartib,
Kecha boʻlmoqqa mehmoni gʻarib.
Kechalar mehmon tutub xilpat,
Munisn zrdp anduhu gurbat.
Ishqdin tortibon hazin nola,
Zaʼfarop uzr yogdurub jola.
Kunduz oʻlgʻoch xamush oʻlub yoia,
Maskapi ordi mehmonxona.
Yorutub koʻz Axiy aping yuzndin,
Topibon bahra dur fpshoi soʻzidin.
Arz etar erdi guna-guna libos,
Mehmon qilmas ordp, tarki palos.
Xotiri chun bor erdi asru sharif,
Mszbon qilmas erdi koʻp taklpf.
Necha kun chuiki anda tutti maqom
Kecha xilvatqa aylar erdi xprom.
Xoja taʼyin etib muloznmlar,
Girdida qoʻymish erdi xrdimlar.
Boʻldilar bir kecha alar nogah
Yoshurun ohu ashkidin ogah,
Xojaga arz qildilar oni,
Xoja ham kecha keldi pinhoni:
Yoshurun borcha xalq yotqon chogʻ
Xilvati ravzanigʻa qoʻydi quloq.
Bildikim ranji haddin, oshibdur,
Bulʼajab oʻt anga tutoshibdur.
Oʻrtanur ohi umrkoh bila,
Qizitur uyni oʻtlugʻ oh bnla.
Nadba oʻz holigʻa qilur payvast,
Lek el vahmidin bagʻoyat past.
Xoja dagʻi bor erdi gʻam. koʻrgan,
Ishq bedodidin sitam koʻrgan.
Koʻnglini buzdi mehmon dardi,
Nolavu ohi dard parvardi.
Toʻla aylab sirishk birla koʻzin,
Koʻp quloq tutti anglamoqqa soʻzin.
Gah surar erdi nukta dilbaridin,
Gah der erdi sipohu kishvaridin.
Garchi fahm aylab erdi parzona,
Kim erur tavru tarzi shohona.
Emdi jazm ayladiki, shoxdur ul,
Saltanat avji uzra mohdur ul.
Lek bir ish ani nizor etmish,
Gʻurbat ichra asiru zor etmish.
Qoʻptsho tark qildi nazzora,
Kim ne qilgʻay bu ish uchun chora.
Dedi: «Bu dard angaki, pinhondur,
Anglamoq oni xud ne imkondur,
Kim erur dardu ishq tavrida chust,
Demak imkon emas gʻamini durust.
Magar el oni mayparast etgay,
Rozini anglagʻay, chu mast etgay».
Subhkim kiydi hullayi kofur,
Qoʻydi boshi uza amomayi nur:
Urdi mehmonsarogʻa xoja qadam,
Keldi chun xoja, keldi mehmon ham.
Tushqa tegru tasmu suhbat edi.
Yeguluklarda zebu ziynat edi.
Ham quyosh ayladi zavolgʻa mayl,
Ham havo qildi eʼtidolgʻa mayl.
Xoja majlisda hozir ayladi may,
Chiqti savti rubobu nagʻmayi nay.
Oncha bazm ichra qildi ziynatu zeb,
Ki ichar eldin oldi sabru shikeb.
Koʻraka oligʻa qoʻpub bordi,
Yukunub bir qadahni sipqordi.
Yana qoʻl sundi jomi bodagʻa ham,
Yukunub tutti shohzodagʻa ham.
Mehmon andin erdi koʻp mamnun,
Yoʻq, debon qilmadi ani mahzun.
Oldiyu lutf birla ayladi nush,
Ul ichib boda oldi eldin hush.
Davrni chun tugatti soqiyi bazm,
Oʻzga soqi qadahgʻa ayladi azm.
Chun necha davr oʻtti pay-darpay,
Majlis ahli boshigʻa chiqti may.
Ham tarannumgar oʻldi nagʻmasaro,
Ham takallum uzaldi nagʻma aro.
Koʻkka ettn sadoyi nusho-nush,
Muttasil boʻldi bazm eliga xurush.
Jomi may chun ilikdin oldi zimom,
Boʻldi el guftuguyi beandom.
Xoja gʻavgʻodin aylab oʻzni xalos,
Tutti shahzoda birla majlisi xos:
Bu tutub andin oʻzni sharmanda,
Ul oʻpub tufroq oʻylakpm banda.
Chun hijob oldn aqldnp boda,
Boʻldi beixtiyor shaxzoda.
Yodigʻa kirdi mulku maʼvosn,
Boʻlmoq imkonn yoʻq tamannosi.
Toʻla aylab sirishk birlan koʻz,
Ayta boshladi holatidin soʻz.
Xoja maydin rioyat anlab edi,
Ehtiyotin bagoyat aylab edi.
Soʻz demakda mudovamat birla,
Yuz fusunu muloyamat birla.
Mutaoqib suolu posuxdin,
Chekar erdi hadis, Farruxdin.
To nasab birla gavharin bildi,
Gʻurbatu mulku kishvarip bildi.
Hashmatu ganjn beqiyosnn xam,
Jasratxon kibi atasin ham.
Tushta ishqip ham ayladi mafhum,
Yeoʻldi maʼshuqi ham anga maʼlum.
Ki Halab mulkida emish beshak,
Andin oʻlmish anga bu navʼ emgak.
Chuk nishoiin surargʻa tushti harif.
Ayta boshladi notavonu zaif.
Xoja jismigʻa tob tushtp base,
Koʻaglpga iztirob tushti base,
Ki bu yangligʻ nishonalarki dedi,
Harami iffatiga sodiq edp.
Bor emish buyla oʻrtagan oni
Xojaning mashʼali shabistoni.
Jazm qildi Axiyi daryo dil
Qaydin oʻlgʻanni xasta shapdo dil.
Dedi, fikr aylabon muruvvat ila,
Topti bu nuktani futuvvat ila,
Kim: Bu yanglig gʻaribu ham oshiq,
Ishq tavrida bu sifat sodiq
Ki, bu gʻurbatni ixtiyor etgan,
Tark olamda harne bor etgan.
Ishq aro kirmayin jahon koʻznga,
Tutmish oʻlgʻay oʻlumni ham oʻziga.
Emgakidek kishida emgak yoʻq,
Hajr aro oʻlgusidurur shak yoʻq.
Menki oning gʻamigʻa qyulurmen,
Dardigʻa chora aylay olurmen.
Qilmasam, oʻlsa ul muruvvat emas,
Oni yaxshi muruvvat ahli demas.
Kishi bu ishga chora qilmasmu,
Manga ahli haram tapilmasmu.
Lutf ila dedi xojayi dono:
«Gʻam ema, ey musofiri barno!
Sanga bu gʻamki, ofati jondur,
Manga tadbiri behad osondur.
Seni qilgʻan bu navʼ bechora,
Xonumoningdin etgan ovora,
Garchi joninggʻa husni ofat erur,
Bizning eldur, manga qarobat erur.
Seni kominggʻa etkururmen, bil!
Lek har neki dermen andoq qil!»
Oqizib xasta shodligʻdin yosh,
Qoʻydi filhol Axiy ayagʻigʻa bosh.
Kim: «Ne soʻzkim desang manga ne had
Aylamaklik eshitmayin oni rad.
Dardima gar qilur esang darmon,
Qilayip harne aylasang farmon».
Chun bu navʼ oʻtti soʻzlari payvast.
Tun kech erdn, uyudilar iki mast.
Chun sahar xutbasini chekti xurus,
Jilvagar boʻldi kun, nechukki arus.
Uyqudan qoʻpti iki ozoda,
Qoʻydi yuz xoja sori shahzoda,
Kim: «Agar vaʼdani unutmaysen,
Deganingdin kanora tutmaysen.
Meni ham nega aylasang maʼmur,
Oʻzni ul ishda tutmayin maʼzur».
Xoja hammomgʻa yibardi ani,
Chirki hijrondin arimaqqa tani.
Chiqqach ondin xud erdi omoda,
Tah-batah toʻn kiyarga shahzoda.
Boʻldn shabgup palosidin ozod,
Kindi shohona toʻn mahi navshod.
Ham chekpldi samandi shohona,
Otlanib bordi uy sori yona.
Uy dema, qasri zar nigor erdi,
Anda shahzodagʻa qaror erdi.
Qoʻyubon oni yuz navo ichra,
Xoja kirdi haramsaro ichra. . .
Qoʻpti Gulchehra yuz niyoz bila,
Demayinkim niyoz, noz bila.
Axiy oʻlturdi, ul ham oʻlturdi,
Xoja yuz nukta sori kelturdi.
Ki: «Nekim tengri aylamnsh taqdmr,
Aylay olmas kishi anga tadbir.
Sangavu bizga vasl davroni,
Muncha yozmish qazoyi yazdoni.
Vasl ayyomi ichra erduk shod,
Shukr etib qaygʻudin eduk ozod.
Emdi boʻldi muforaqat chogʻi,
Shukr vojibdurur bu dam dogʻi.
Har nekim yozdi kirdigor mznga,
Aylamakda ne ixtiyor manga.
Senki umre manga anis erding,
Yori hamxobavu jalis erding.
Har ne sendin boʻlubturur mavjud.
Neki men, bal xudoy ham xushnud».
Xoja surmak aro bu navʼ maqol,
Aylabon sarv qadni hayrat lol.
Chun bu erga fasonasi ett'i,
Sarv gulchehrani taloq etti.
Chekti gulrux nafir ila faryod,
Ki: «Nedin mundogʻ aylading bedod.
Ne koʻrub manga bu sitam qilding,
Qismatim to abad alam qilding!»
Oncha surdi Axiy fusun ila dam,
Oncha koʻrguzdi mehribonlik ham.
Diramu mol beadad berdi,
Laʼlu dur beqiyosu had berdi.
Dedi: «Bu erdi ulcha olding naqd,
Bir kishi birla aylagum seni aqd.
Kim erur avji saltanat mohi,
Dahr uza taxti makramat shohi!»
Husnini dagʻi qildi koʻp taʼrif,
Tigʻ birla ham etti koʻp taxvif.
Qildi har navʼkim edi mumkin
Sarv gulchehra shaynini sokin.
Har ne mahvashqa roʻzi etti qazo,
Topmadi hech chora gʻayri rizo.
Ish payigʻa Axiy qoʻpub ketti,
Har nechukksm, kerak yarogʻ etti.
Maxzanu ganj quflini ochti,
Naqd oncha yarogʻ uchun sochti,
Kim bori ish yosoldi shohona,
Sarv ila gulni qildi hamxona.
Aqd uchun kedturub bir ahli saloh,
Qildi ul vaqt rasmi birla nikoh.
Yoʻl yarogʻin qilib edi tayyor,
Iki kavkabni qilgʻali sayyor.
Yuz adad banda: turku, rumiyu zang
Yoʻlda qulluqqa qilgʻali ohang.
Xachiru teva borchasi zebo,
Borchaning raxti atlasu debo,
Uy ila borgohu shamiyona,
Angla loyiq gilimi ham yona.
Mutakallif mahofa dogʻi rakib,
Ulcha mumkin qilib edi tartib,—
Borchasin Farrux oligʻa surdi,
Xizmati ahli birla topshurdi.
Hamrah oʻldi alargʻa bir manzil,
Andin oʻlgʻach yana ravon mahmil.
Mijadin qon yoshin kushod etti,
Mehmvn, birla xayrbod etti.
Dedi: «Yetgil diyoru kishvaringa,
Iya boʻl mulku taxtu afsaringa».
Yodgor istadi palosin.aning,
Tilab oldi qaro libosin aning.
Yondi yigʻlab Axiyi ozoda,
Yigʻlago yoʻlgʻa tushti shahzoda.
Oncha erdi Axiy uchun bad hol,
Ham aning ishlari xayolinda lol,
Kim parivashqa boʻlgʻali moyil
Ul gʻamu iztirob edi hoyil,
Hajr oʻtining chu boʻldi soʻzi past
Qildi Farrux visol uyiga nishast.
Ayladi mayl gulruxi sori,
Koʻrdi ashkin yuzida gulnori,
Yuzni tirnoq ila figor etgan,
Bargi nasrinni lolazor ztgan.
Yana hayratqa qoldi bulbuli zor,
Gulga boʻlgʻondin ul sifat ozor.
Dedi: «Ey mahvashi paripaykar,
Sen kibi elga baxt oʻlub yovar,
Boʻlsa akdu iikah amrida sur,
Yetishur yuz nishot birla surur.
Sendakim bu gʻamu taab koʻrunur,
Hikmatin deki, bas ajab koʻrunur»,
Dedi mahvashki: «Ey ulus ara toq!
Xushdil aylar nikox, yoʻqki, talok!»
Dedi Farruxki: «Ey parivash hur!
Uyla dekim, topay soʻzungga shuur!
Soʻzda lafzi taloq — ne yaʼni
Vasl ichinda firoq — ne yaʼii».
Mahvash aylab ravon koʻzidin yosh,
Shahgʻa oʻz sarguzashtin ayladi fosh.
Farrux anglab soʻzdin boʻlub gʻamnok,
Yaqin erdi oʻzin qilurgʻa halok.
Masxu mabhut oʻlub tagʻayyuridin.
Lol qolib Axiy tahayyuridin.
Dedi mahvashqa: «K-ey hamida xisol,
Koʻrmagan aql euratinggʻa misol!
Garchi ishqingda chekkanim bedod
Uyladurkim, sipehr bermas yod».
Ul dogʻi sarguzashtini bir-bir
Qildi boshtin oyoqqacha taqrir.
Dedi: «Dardimgʻa gar davo koʻrmon,
Buyla zulmi sanga ravo koʻrmon.
Aylabon lutf behisob asru,
Qildi bizni Axiy xarob asru.
Moli bazligʻa bizda erdi pech,
Bu ishi oni ayladi xud hech.
Gar anga bu qadar muruvvat bor,
Bizda ham shammayi futuvvat bor.
Shukrkim etti lutfi yazdoniy,
Qolmadi zulmi nafsi zulmoniy.
Sen ham endi shukufta dil boʻlgʻil!
Manga iki jahon singil boʻlgʻil» —
Dediyu qoʻpti olidin shodon,
Koʻngli mahvashninr oʻlda obodon.
Singil erdi haram saro ichra,
Lekin el oʻzga mojaro ichra.
Yoʻl borurlar edi tunu kun ham,
Qoʻygʻucha Hind kishvarigʻa qaDam.
Shoh Jasrat.boʻlub edi foniy,
Deb valiaxd oʻziga oni.
Xalq anglabki, qoʻydi yuz iqbol,
Chiqtilar borcha aylab istiqbol.
Tengriga shukrlar ado aylab,
Joni shirin anga fido aylab.
Mulk eli koʻzlarin yorutti anga,
Ata taxti qaror tutti anga.
Saʼy etib shohi komron Farrux,
Kim malul oʻlmagʻay buti gulrux,
Oʻz diyorida qasr ila bogʻi,
Toqu dahlizu hujrasi dogʻi
Shoh yodida erdi moʻy-bamoʻy,
Balki boʻstonu bogʻ joʻy-bajoʻy.
Tarh qildi shahi muhandisvash,
Andagʻi vaʼzidan dagʻi dilkash.
Dedikim: «Yuz hunarvari mohir
Aylabon oʻz hunarlarin zohir,
Ish qilurgʻa ilik uzatsunlar,
Qasr ila bogʻni tugatsunlar».
Neki hukm etti shohi charx maqom,
Toptn oz chogʻda borchasi itmom.
Zebuziynat ichinda ul parkor,
Topti har neki bor edi darkor.
Uyla monandkim, sogʻingʻay aql,
Ki Halab Hind sori qilmish naql.
Hukm boʻldiki, mohi zuhra jabin
Topsun oʻz manzili aro taskin,.
Mahvash ul uyga chunki soldi koʻzin,
Uyidin chiqmagʻan sagʻindi oʻzin.
Shohgʻa singlidek aziz erdi,
Yuz sumanbar anga kaniz erdi.
Nozu neʼmatqa har nekim asbob,
Onchakim aql topmay anga hisob.
Hind aro buyla qildi shohi saxiy,
Endi koʻrkim, netar Halabda Axiy.
Koʻngul uldamki, uzdi gulruxdin,
Ayrilib yondi shoh Farruxdin.
Burjidin borgʻan iki saʼd axtar,
Kavkabi toliʼigʻa etti zarar.
Ekini dogʻi ofat etti ayon,
Borcha savdosi dagʻi topti ziyon,
Har nekim roy qildi — kelmadi tuz,
Qoʻydi ahvoligʻa tazalzul yuz.
Bilgach aʼdosi bu ishin nogoh,
Shahr shohini qildilar ogoh
Ki: «Axiy mamlakat qilurgʻa xarob,
Yana bir shohgʻa yasab asbob,
Shohning shahridin uzatibdur,
Oʻzni dushmanlar ichra qatibdur».
Ushbu soʻz birla shohi davlatmand
Gʻazab aylab Axiyni ayladi band.
Oldi har neki bor edi moli,
Oʻlturur erga etti ahvoli.
Qoyid anglab ishi ne navʼ ekani,_
Rahm etib Qayddin qochurdi ani.
Tutmagaylar deb el, qilib tadbir,
Berdi oʻz vazʼu tavrigʻa Tagʻyir.
Avr oʻlub, gulxan etti koshona,
Qul aro oʻzni qildi devona.
Shoh Farrux palosini topti,
Ul yopingʻondek oʻziga yopti.
Topmay oʻ.z mulki ichra yaxshi maqar,
Qildi Farrux diyori sori safar.
Muddate togʻu dasht qatʼ etti,
To Sarandib taxtiga etti.
Joni qolmaydur erdn mehnatdin,
Yoʻl aro har zamon bir ofatdln.
Oq oʻqin koʻk hisorngʻa otti,
Bir buzulgʻan hisor aro yottp.
Uyquda xastavu asirona,
Yeri ul yoʻl boshida vayrona.
Shoh to kelmish erdi gʻurbatdin,
Yod etib gʻurbat ichra mehnatdin.
Axiy ishin shior aylab edi,
Tavrini ixtiyor aylab edi.
Mehmonxonai yasab oliy,
Gʻurabo andin oʻlmayin xoli.
Goh oʻlur erdi otlanib soyir,
Shahrning davrngʻa boʻlub doyir.
Ushbu kunkim, Axiygʻa erdi bu hol,
Sayr aro erdi shohi farruxfol.
Ul buzuq sori chunki soldi nazar,
Qildi oʻz holi xotirigʻa guzar.
Surdi ulyonki: «Ne gʻarib erkin,
Ki bu mehnat anga nasib erkin».
Oʻz palosini oshno koʻrdi,
Notavone palos aro koʻrdi.
Dedi: «Qoʻp, zy gʻaribi tiyramaosh!
Axip uygʻondiyu koʻtardi bosh.
Shahni ul tanidiyu oni shoh:
Otidin tushti shoh — tortib oh.
Shoh tushagan zamon Axiy qoʻpti,
Ul munn quchtiyu bu er oʻpti.
Zor yiglab quchushtilar laxte,
Bir-birisin soʻrushtilar laxte.
Gʻayri maʼhud ishki, aylab shoh,
Qolibon hayrat ichra xaylu siggoh.
Ikisi shukrlar bajo keturub,
Shoh ani qasru bog aro keturub.
Avval andogki, ul qilib nkrom,
Shohgʻa amr etib edi hammom.
Hukm qildi shahi xujasta jamol,
Kirdi hammom aro Axiy filhol.
Tani yoʻl gardidin chu pok oʻldi,
Chiqibon xoja zavqnok oʻldi.
Turfa xilʼatlar erdi omoda,
Kiydi borin Axiyi ozoda.
Oncha xodim edi murassaʼ poʻsh,
Ki edilar Axiygʻa xizmatkoʻsh,
Kim Axiy fahmi lol edi har dam
Tabʼi oshufta hol edi har dam.
Shah qoshiga keturdilar opi,
Shah dagʻi tuzdi bazmi mehmoni.
Necha kun qildilar farogʻu nishot,
Har tamannoda bor edi ifrot.
Hajr oʻti savrati chu boʻldi past,
Jashn tuzdi shahi nishot parast.
Taxt uza chiqti bori omm etti,
Xojagʻa hadsiz ehtirom etti.
Tilab oligʻa davlat arkonin,
Qildi ogʻoz xoja dastonin:
Neki ul qilmish erdi gʻurbat aro,
Boʻldi majnungʻa fasona saro.
Eshitib el shahi zamona soʻzin,
Shoxdii xojayi yagona soʻzin.
Mahz hayrat bila borisi qoʻpub,
Ofarinlar debon ayogʻpn oʻpub.
Shah dedpkim: «Agarchi shoh boʻlay,
Xojaning uzrini ne navʼ qoʻlay.
Menga bordur qarobat ahlida fosh,
Pardayi ismat ichra qiz qardosh.
Oni dermen qilay munung bila juft,
El aro oshkor, yoʻqki nuhuft.
Ulki juftidin oʻ.zni aylab toq,
Manga juft aylamakka qildi taloq.
Guli davlat topib shukuft anga,
Ne ajab singlim oʻlsa juft anga!»
Soʻzni shah chun bu erga band etti,
Shah soʻzip borcha el pisand etti.
Ul snfat surkp, qildi shah bunyod,
Kn kuhan dayr bermas andoq yod.
Tarbiyatlar Axiyha soz aylab,
Bori olamda beniyoz aylab.
Topshurub har ne yoʻqu borin anga,
Berdi oʻz mulki ixtiyorin anga.
Yod etib haddi yoʻq muruvatini,
Jongʻa chekti xati uxuvatini.
Boʻlub ikisi Musoyu Horun,
Ganj ila lek ani qilib Qorun.
Xutba amrini iftitoh etti,
Xojagʻa singlini nikoh etti.
Xojani boshladilar ul sori
Ki nihon erdi moh ruxsori.
Xoja andinkn, burnogʻi darband,
Toki, ul qasrn osmon payvand.
Har qayon boqtn oshno koʻrdi,
Hayrat oʻz xotiri aro koʻrdi.
Toki ul hujla boʻldi jilvagahi,
Kim nihon erdi anda sarv sihi.
Xoja ul uyga chunki qoʻydi ayoq,
Bashlagʻan xalq bori chiqti yiroq.
Bir-birin koʻrgach ul iki mahjur,
Oncha hayrat gʻulusi qildn zuhur,
Kim chekib koʻkka bsxudona xurush,
Yiqilib bordi ikisidin hush.
Chun kelib oʻzga yosh toʻkub koʻzdan,
Yiqilib borur erdilar oʻzdin.
Topti hajr iztirobi chun taskin,
Shoʻxdin soʻrdi xojayi miskin:
«Ki bayon aylakim, ne holatdur,
Ki manga hayrat uzra hayratdur.
Holatimgʻa nazora qil oxir,
Hayrat oʻlturdi, chora qil oxir».
Laʼlp quflidin ochtp gulrux band,
Nuktadin zohir ayladi gulqand.
Xojadin toki, ayrnlib erdi,
Boshigʻa har nekpm kelib erdi.
Shohping iffatu muruvvatini,
Pokravligʻ fannda quvvatini,—
Ayladi borchasin Axiygʻa ado,
Kim yana hushi boʻldi nopaydo.
Necha kun holin anglamas erdi,
Goh oʻzinda, gahe emas erdn.
Oqibat hushi topti chui orom,
Munisi boʻldi sarvi siym andom.
Oʻz uyi erdi, oʻz gulandomi,
Degasen bor Halabda oromi.
Garchi zarbaft xilʼat ichra mudom
Shah yonida tutar edi orom.
Uyga kirgach, qaro palosi edi,
Ki safarda aning libosi edi.
Tengri shukridakim, tili edi lol,
Toat aylar edi kiyib qara shol:
«Ki palos ichra etti chun debo,
Tashlasam oni boʻlmagʻay zebo».
Qora tun qaddin ettn sajdagʻa dol,
Onchakim toliʼ oʻldi subhi visol.
Yetti boʻlgʻonda tiyravu ranjur
Koʻngliga gayb olamidin nur.
Qora shol ichra oʻylakim, zulmot,
Xizrdek noʻsh qildi obihayot.
Boʻlubon buyla holidin ogoh,
Kisvatigʻa tatabbuʼ ayladi shoh,
Chunki shah xilʼati qaro boʻldi,
Qora kiymak ulus aro boʻldi.
Qora rapg elga toji torakdur,
Kim bu rang ichradur muborakdur,
Shsyai hijrongʻa qolmagʻay jovid,
Qayda subhi visol tutqay umid.
Shahni xushhol etib bu afsona,
Dedi: «Ey nuktagoʻy farzona!
Kim senu, qay diyordin sen ayt!
Kimga xeshu tabordin sen ayt!»
Dedi ravoiyki:, «Hind erur vatanim,
Axiy avlodidin yaqin ekanim.
Beri keldim koʻngul balosi bila,
Shohning qullugʻi havosi bila».
Shoh ani foqadin xalos ettn,
Oʻz qoshinda nadimi xos etti.
Boʻlubon shod ul hikoyat ila,
Uyqugʻa bordi xush farogat ila.

XXII

Yakshanba kuni Bahromning quyoshdek zarbaft libos kiyib, sunbadi zarnigorga azm qilib, sarigʻ xullaligʻ hur bila bizmi aysh tuzub, oltun sogarda asfar may ichgani, yoʻq-kim quyoshning sarigʻ guli ochilgʻani chogʻdip oftob zardigacha anga bir yilcha kechgani


Chunki yakshanba urdi mehr alam,
Kiydi zarbaft hulla koʻq toram.
Koʻk arusi toʻnin qilib zarkash,
Chiqti andoqki, gulruxi mahvash.
Shah dagi mehrdek qadam to farq
Ayladi oʻzni oltun ichra gʻarq.
Sochib oltun quyosh kibi behad,
Boʻldi manzilgahi sarigʻ gunbad.
Jilva qildi nigori rumiy chehr,
Sarigʻ altun aro nechukkim, mehr.
Jomi zar ichra bodayi asfar,
Ozar ichra edi yana ozar.
Lamtʼa har sori uydin dshqandek,
Shuʼla gunbal aro tutashqandek.
Shoh ul shuʼlada samandarvash,
Ne samandarki, mehri anvarvash.
Mayi asfargʻa hamnabard oʻldi,
Onchakim oftob zard oʻldi.
Kunduz etti qaro, sarigʻ toʻnini,
Kun siyahtob qildi altunini.
Mohi rumiy najod ayladi fosh
Pardagʻa kirmagin nechukki, kuyosh.
Xobgah boʻldi shahgʻa zarrin taxt,
Uyqusi kelmas erdi uylaki, baxt.
Yana hukm ayladiki: «Har safari
Kim bu yoʻldin erur aning guzari,
Keturungkim, boʻlub fasona tiroz,
Bilganidin soʻz aylasun ogʻoz».
Borgʻach ul kimsakim, yoʻluqti naxust,
Rahnavarde edi bagʻoyat chust,
Shah qoshigʻa keturdilar filhol,
Hukm ila rahravi fasona sigol.
Nukta ogʻoz etib duo birla,
Deb duo dilpazir ado birla.

XXIII

Ikkinchi iqlim yoʻlidin keturgan musofir hikoyati


Iztirob aylamay bayoninda,
Dedi: Jamshidning zamoninda.
Rum aro zargare edi mohir,
Ishi elga kuyosh kibi zohir.
Dam anga subh, koʻra jirmi sipehr,
Har bir altun kulicha davrayi mehr.
Rum shohi qoshida joh anga,
Johi xoʻrdida korgoh anga.
Shahrda sohib iyor ham ul,
Shah qoshida xazinador ham ul.
Necha kondin nekpm chiqib zaru spm,
Boʻlur erdi bori anga taslim.
Zoti ahli hunar mubohoti,
Zayd Zahhob oʻlub aning oti.
Ham hakim erdi ham muhandisvash,
Goh zarposh ediyu gah zarkash.
Tunu kun shohning nadimi ham ul,
Poytaxti aro hakimi ham ul.
Boshidii to oyoq hunar edi pok,
Ayb anga buki, erdi koʻp bebok.
Aysh birla oʻtub mahu soli,
Bor edi shoh moli — uz mol,i.
Chun amonatda bediyonat edi,
Ishi shah moligʻa xiyonat edi.
Chun hunarmand edi nihoyatsiz,
Anga shah lutfi erdi gʻoyatsiz.
Hunari vasfi erdi shoh ishi,
Aybini ayta olmas erdi kishi.
Boʻlsa ham aybi oshkor anga,
Qilmas erdi shah eʼtibor anga.
Qilsa ham eʼtibor filhol ul,
Sanʼati jonibi uzatib qoʻl,
Turfae oshkor aylar edi,
Shahni beixtiyor aylar edi.
Yuz fusun birla aylar erdi firib,
Ki angʻa onsiz oʻlmas erdi shikib.
Dedi bir kunki: «Shohi olamgir,
Kim boʻlubtur aning makoni sarir.
Shoh chun keldi shohlardin fard,
Taxti dogʻi anga kerak darxoʻrd.
Oʻzgalarga yigʻachdindur taxt
Loyiq uldurki, shohi farrux baxt
Tutqay oltun sarir uza maskan,
Koʻzni ul maskan aylagay ravshan.
Ganj aro behisob erur altun,
Yana afzoʻn dagʻi boʻlur har kun.
Anda turmaqda hech foida yoʻq,
Munda erur tamom foida-oʻq.
Ham boʻlur shahga oʻzga farru jamol.
Ham muhayyo erur oʻz oʻrnida mol».
Shahgʻa keldi bu nukta mustahsan,
Dedi: «Ey borcha fan aro yakfan!
Bu xayoliiggʻa yaxshi kelmishdur,
Bot ilik urki, dnlpazir ishdur».
Iki ming botmon altun etti talab,
Butgali ul maqomi ayshu tarab.
Hukm boʻldiki: «Olsunu ketsun,.
Taxt butmakka jiddu jaxd etsun!»
Nakdin oldi faylasufi jahon,
Boʻldi oʻz korxonasida nihon.
Tunu kun ehtimom aylar edi,
Saʼyu jahdi tamom aylar edi.
Toki bir yilda topibon tartib,
Topti ajzosi borchasi tarkib.
Vazʼi uya taxtning musamman oʻloʻb,
Rubʼi maskun shahigʻa maskan oʻlub.
Ham sekiz burj davrida payvast,
Toʻrti oning balandu toʻrti past.
Pastida toʻrt toʻtiyi maʼnus,
Biyiki uzra toʻrt oʻlub tavus.
Davrida durru laʼl piyroya,
Zinasida dagʻi sekiz poya.
Lek ul navʼ koʻrguzub sanʼat,
Ki chiqar boʻlsa shohi Jam rifʼat.
Poyalar maqdamida boʻlgʻay past,
Aylagay bir-biri yuziga nyashast.
Chun sekiz poya qatʼ boʻldi tamom.
Aylagach shoh oʻz erida maqom
Yana ul poyalar baland oʻlgʻay,
Taxtidin shoh bahramand oʻlgʻay.
Chunki oʻlturdi taxt uza dilxush
Toʻrt toʻti navo chekib dilkash.
Aytqaylarki: «Shahgʻa kom oʻlsun,
Anga bu taxt mustadom oʻlsun».
Toʻrt tovus ham ochib paru bol,
Shoh boshi uza humoy misol,
Topibon har biri biyik poya,
Aylagaylar qanot ila soya.
Poya oʻrnida sekiz anga sutun,
Ostida berkitib sekiz gardun,
Kim qayon shah boʻlur nishot angez,
Oz ishorat bila yugurgay tez.
Bermagay el chekarga tabu tavon,
Bu ekin olam ichra «taxti ravon».
Bu sifat taxti osmon tazyin
Koʻrmagan uyla hech taxt nishin.
Chunki topti tamom oroyish,
Ustida shah topargʻa osoyish.
Kelturub shoh bazmida tuzdi,
Tuzari ichra sehr koʻrguzdi.
Topti chun shoh taht uza taskin,
Hadsiz ehson bila qilib tahsin,
Dastgohin balandroq qildi,
Qoshida arjumandroq qildi.
Anga bor erdi necha hampesha,
Sanʼat oroyu chobuk andesha.
Jazm edilarki, taxti gardunvash
Oydur, ammo kunash bila roʻkash.
Vazn aro tengdur ulcha nakd olmish,
Lek altun aro kumush solmish.
Fikri bukim, bu sanʼatu oyin
Birlakim bermisham anga tazyin,
Mumkin ermistur ani buzmoq shoh,
Toki boʻlgʻay bu rozdin ogoh.
Urdilar roy borchasi yigʻilib,
Ul ish ifshosigʻa hujum qilib.
Zayd vahmi va lek gʻolib edi,
Kim anga shoh asru tolib edi.
Chora bu navʼ qildilar oxir
Ul nihon ishni qilgʻali zohir,
Ki topib iki toʻtiyi dnlqush,
Ikisin notiq aylagʻaylar xush.
Biri degayki: «Taxt roʻkashdur»,
Biri degay: «Musannifi gʻashdur».
Toptilar iki; toʻti^i mavzun,
Rang ichinda sipehri axzargun.
Aylab ul iki nukta ichra fasih„
Zaydni aylamoq uchun tafzih.
Taxt asrar kishini yor aylab,
Nakya ayogʻigʻa koʻp nisor aylab,
Rozi aylabki, shohi taxtoroy
Subh taxt uzra boʻlsa jilva namoy.
Maxfiy oʻlub iki dagʻopardoz,
Tutqay oʻrnida er iki gʻammoz.
Iki toʻtini hech qilmay biym,
Siym algʻangʻa qildilar taslim.
Ul ham andagʻki, maslahat bildi,
Ikini ikkiga evaz qildi.
Subhkim shoh qildi mayli sarir,
Iki.toʻti chekib falakka safir,
Dedilar shahgʻa beshkastu qusur
Soʻznikim boʻldi yuqori mazkur.
Shahni aylab ul ishda hayrat lol,
Ul gʻarobatdin etti istidlol:
«Ki bu ish qilgʻan ul kishi boʻlgʻay,
Kim aning Zayd ila ishi boʻlgʻay.
Vahm etib andin aylamish nokom
Aybini qush tili bila eʼlom.
Ul agar Zayddin harosondur,
Bizga tahqiqi behad osondur».
Boʻldi bir poyasi chu suhon sud,
Oshkor oʻldi qalbi roʻy andud.
Bu xiyonatki, Zayd koʻrguzdi,
Shahgʻa ozarm rishtasin uzdi.
Boru yoʻq molin etti devoniy,
Soldilar chahgʻa band etib oni,
Kya aning ogʻzi tor edi, tubi keng,
Ogʻzi ravzancha, tubi uy bila teng.
Yasab erdilar onikim, nogoh
Anda mahbus boʻlsa ahli gunoh.
Boʻlsa ul chaxda necha kim sokin,
Qochmogʻi boʻlmagʻay anga mumkin.
Tnyraliqda firoq shomi kibi,
Qayd qilmoqda hajr domi kibi.
Zaydgʻa rotibaki, boʻldi daqiq,
Nop iki qurs edn, su bir ibriq.
Angakim uyla qalbliq ish edi,
Uyla kunpi oʻziga tutmish edi:
Xapjare asrar erdi pinhoniy,
Yoshurun ham bor erdi suhoni.
Xanjari koʻpglak ichra erdi nihon,
Xanjar ichra nihon edi suqon.
Dedi har nechakim, ogʻirdur bapd,
Yoki muhlik bu gʻussagohi gazand.
Garchi boʻlgʻay fitodalik chekmak.
Choradin boʻlmagʻay ilik chekmak.
Xar kun ul nonu suvki, olur edi,
Nonni bir goʻsha ichra solur edi.
Xanjari birla qaziban tufrogʻ,
Balchpg aylar edn su olgʻan chogʻ.
Choh ogʻzn toʻshi tilab voya,
Balchigʻidin yosor edi poya.
Kesmish erdi ayoqlaridin band,
Non isi birla bor edi xursand.
Har kun afgʻonu zor tortar edi,
Suv uchup intizor tortar edi.
Suvyi kelgach yana yasab balchigʻ,
Ibtido aylar erdi bannoligʻ.
Zaʼf anga gar gazand oʻlur erdi,
Poya har kun baland oʻlur erdi.
Necha oy mundogʻ aflabon kina,
Yetti ravzanning ogʻziga zina,
Ravzan ogʻzida erdi ogʻir tosh,
Chiqibon zina uzra sanʼat fosh.
Xanjari nugi chun anga etti,
Toshni bir yonidin shigof etti.
Naqbkanlik fanini fosh aylab.
Yerni xanjar bila xarosh aplab,
Saʼy ila ul qadar toʻshuk ochti,
Kim oʻshul chohdin chiqib qochti.
Bildi shah topsa oʻlturur ani jazm,
Turmay etti farang sari azm.
Qochqanidin chu boʻldilar ogoh,
Xalqdin ul xabarni angladi shoh.
Fahm etibkim, ne choralar etmish,
Kim oʻshul chohdin chiqib ketmish.
Oncha makru firibu navʼi bilik,
Tishlatib shahgʻa lahza-lahza ilik.
Bu taraf Zayd oʻlub, zamin paymoy,
Jonni qutqargʻali qadam farsoy.
Yoʻlda har lahza topib oʻzgacha ranj,
Boʻlgʻucha jiyavagohi mulki faranj.
Chunki boʻldi makoni ul iqlim.
Yoʻl qilur erdi qatʼ qilmay biym.
Necha kun qatʼ etib necha mahfil,
Qildp Qustantaniyani manzil.
Chun anga boʻldi muntahi ul sayr,
Shahr tashida bor edi bir dayr,
Yoʻl ani qilmish erdi farsuda,
Boʻldi ul dayr ichinda osuda.
Dayr erdn binosi besaru bun,
Oʻplakim bu rafiʼ dayri kuhun
Toʻrida bir vasiʼ koshona,
Dema koshona, balki butxona.
Saqfu atrofin aylabon zarkor,
Altunu lojuvard birla nigor.
Borcha yashmu samogʻ izora,
Lek farshi ruxom yakpora.
Toqlar bogʻlabon nihoyatsiz,
Zeb har toqi ichra gʻoyatsnch.
Lek har toq aro bir altun but,
El parastish qilurgʻa har kun but.
Chun takalluf nihoyatigʻa etib,
Koʻp javohir bila murassaʼ etib.
Iki poʻlod eshik falak payvand,
Rang ila sayr aro falak monand.
Qufli altun, valek rahbonlar,
Mahkam aylab nechukki, darbonlar.
Subh ila shom ul eshik ochilib,
El parastish ishiga mayl qilib.
Tarqatgʻach borcha el barahman chust,
Ul eshikni muqaffal aylab rust.
Koʻrdi chun faylasuf ul sarukor,
Anda aylandi uylakim pargor.
Dedi: «Bu erda muncha oltun muft,
Men qilurmen shah oltunini nuhuft?
Keldiyu oʻzni butparast etti,
Dayr dargohida nishast etti.
Kufr ahligʻa har ne erdi rusum,
Qildi oz chogʻda borchasin maʼlum.
Kecha-kunduz ibodat aylar edi,
Har dam oni ziyorat aylar edi.
Koʻrguzub har sanamgʻa bir ixlos,
Ki samad sajdasida bandayi xos.
Makru rev oncha ayladi paydo,
Ki ul el boʻldilar anga shaydo:
Bori arzi irodat ayladilar,
Amrp birla ibodat ayladilar.
To parastishdin ul baland maqom
Dayrning ixtiyorin oldi tamom:
Anda butxonaning kalidi dagʻi
Butgaru butparast umidi dagʻi.
Ishni chunkim, bu erga etkurdp,
But shikanlikka raxshini surdi.
Kecha el aylaganda uykugʻa mayl,
Yuz urar erdi har yon oʻylaki, sayl.
Bahrning sohplida koʻhsore,
Topti ul koʻhsor aro gʻore.
Ahli dindip anga bir-iki rafiq
Bor edi qatʼ etar mahalda tariq.
Johu davlat zamoni xodim anga,
Ranju mehnatda ham mulozim anga.
Lek ul butparast boʻlgan chogʻ
Tushuboi jonlariga dard ila dogʻ.
Andin ushbu ajib suratdin
Ayrilib erdilar zaruratdin.
Topib ul ikini talab birla,
Arzihol ayladi tarab birla.
Ul ikav ham tarab shior etti,
Bu ul ikini yori gʻor etti.
Chun amin erdilar anga payvast,
Gʻor sahni aro buyurdi nishast.
Dedi: «Zargarlik ichra ne asbob,
Ki boʻlur aylangiz toparda shitob.
Neki omoda qilsangiz oni,
Kelturung gʻor ichiga pinhoni».
Alar aylab nekim kerak tayyor,
Xoja har tun alar sori sayyor.
Elning olida savmnot parast,
Tongdin oqshomgʻa tegru Log parast.
Koʻzda chun uyqu xayli jo qildi.
Xoja ul dayrdin havo qildi.
Gʻorni korgoh aylab edi,
El koʻzidin panoh aylab edi.
Yasar erdi bute temurdin chust,
Dayrning har buti shabihi durust.
Juzvi altun bila qilib roʻkash,
Ki koʻrungay nazargʻa zarrinvash.
Ham javohirgʻa dastkor farang,
Aylab omoda shisha rango-rang.
Uzv-uzvigʻa andoq aylab band,
Ki boʻlub mutlaqo anga monand.
Rost boʻlgʻach, muhandisi komil
Ul ikavni qilur edi homil.
Yoshurub yaxshiyu yomon eldin,
Dayrgʻa etkurub nihon eldin.
Aylabon fath bobi butxona,
Ochib eshikni hushmandona.
Qaysi butkim, anga nazir yasab,
Oʻxshamagʻliqda dilpazir yasab.
Uydagi butni bemahal qilibon,
Yasagʻan but bila badal qilibon.
Butni eltib ul iki gʻor ichra,
Bu qolib dayri zar nigor ichra.
Bagʻlab achqan eshikni ohista,
Asrab ul maxfiy ishni sarbasta.
Muddate buyla erdi oning ishi,
Ishiga voqif ermas erdi kishi.
Toki kuffor ilohidin bir iloh
Qolmadi Loiloha illolloh.
Balki altun lagan bila qandil
Borcha topti temur bila tabdil.
Chun ne but qoldigo ne tashtu lagan,
Xoja arz etti xorxori vatan.
Ul chu qildi bu maʼni izhori,
Boʻldi kufr ahli tangdil bori,
«Kim bu dayr ichra elga murshidsen,
Kufr aro muttaqiyu zohidsen.
Nega hijron navosini tuzdung?
Tengrilardin netib koʻngul uzding?»
Dedi: «Uzmak koʻngul ne soʻz boʻlgʻay?
Hajr uzrin kishi netib qoʻlgʻay?
Ham alar amridin bu azm oʻlmish,
Safar etmak xayoli jazm oʻlmish.
Meni bu navʼ voqif ayladi lot,
Ki tugangan emish anamgʻa hayot.
Voqiʼ oʻlgʻan zamon bu ish hodis,
Naqd koʻp, mendin oʻzga yoʻq voris.
Boribon ul nuqudni egalay.
Yana Lotu Manot sori kelay.
Nazr etibmen nekim boʻlur hosil,
Dayr xarjigʻa qilgʻamen vosil.
Molu neʼmat murodim ermastur,
Kim manga dayr neʼmati basdur.
Hajr aro garchi gʻam bila toʻlgʻum,
Qanda boʻlsam alar bila boʻlgʻum».
Kufr ahli malolat aylab fosh,
Bori koʻyub aning ayogʻiga bosh.
Dedilar sar-basar boʻlub gamnok:
«Kim musallam sanga aqidayi pok.
Dininga kufrdin vabol oʻlsun,
Kofir oʻlmaq sanga halol oʻlsun.
Furqatingdin xarob erur bu el,
Sagʻ bargʻil dagʻi salomat kel.
Lek sen kufrni chu fan qilding,
Muddate dayr aro vatan qilding,
Chun tilarsen diyoringa ketmak,
Bizga vojibdurur yarogʻ etmak».
Hojat ermas debon bu qildi xurush
Asru taklif boʻlgʻach, oʻldi xamush.
Yigʻilib dayr aro sharifu vaziʼ
Oʻlturub borcha qildilar tavziʼ,
Koʻrguzub jiddu jahd gʻoyatsiz,
Mol jamʼ ettilar nihoyatsiz.
Anga borin takalluf ayladilar,
Xoja borin tasarruf ayladilar.
Garchi bor erdi borgʻali mashʼuf,
Boʻldi ulkun yarogʻ uchun mavquf.
Harne butkim, bor erdi gʻor ichra,
Ikisin soldi bir qaror ichra.
Toki ellik qaror but toʻldi,
Har qaror ichra iki but boʻldi.
Tiqibop puxta qildi mahkamvor,
Zarflarning aralarin hamvor.
Togʻ etaginda erdi chun sohil,
Kelib ul erga ayladi manzil.
Bu qadar chunki voya tutmish edi,
Turfa junge kiroya tutmish edi.
Gʻor aro harne erdi pinhoni
Jung aro toshitib edi oni.
Har jihotiki, soʻngra berdilar,
Suv yaqasigʻa tashib erdilar.
Xoja soldi alarni ham kemaga,
Ehtimol aylabon bori nimaga.
Borchadin chun koʻngulni shod etti,
Yorlar birla «xayrbod» etti.
Furqat oʻtigʻa tushtilar borcha,
Zor yigʻlab quchushtilar borcha.
Xoja ashob aro alam qoʻydi,
Yurubon kemaga qadam qoʻydi.
Dedi: «Bir ruqʼae bitibdurmen,
Dayr ichinda nihon etibdurmen,
Tilabon ul hujasta inshoni,
Lot olida topqunguz oni.
Oʻqunguzkim, base favoyid erur,
Kim sizing holingizgʻa oid erur».
Kemani surdi bu urub xoda,
Yondi ul dayrgʻa suruk loda.
Ruqʼasin oldilar figʻon aylab,
Surtubon koʻzga hirzi jon aylab.
Oʻqugach ul suruk asiri firoq,
Qilgʻanin yozmish erdi boshtin-oyoq.
Qoldilar ul fasonadin bori dang,
Kishidekkim egay xumor uza bang.
Chun tafahhusla qildilar tadqiq,
Yozgʻani chiqti borchasi tahqiq.
Tushti kuffor ichinda toʻfonlar,
Aqlu donish koʻrung, musulmonlar.
Bu taraf hiyla sozi daryogard
Necha kun eldek erdi bahr navard.
Shurtasida chu bor edi quvvat,
Shurta elida ham ajab surʼat.
Saraton birla xut manzilidin
Oʻtubon chiqti Rum sohilidin.
Rum shohida bor edi bir ranj,
Ki solur erdi paykariga shikanj.
Boʻlgʻach ul zaʼfdin shikasta mizoj,
Faylasuf anga aylab erdi iloj.
Chunki boʻldi hakim mutavoriy,
Ul maraz boʻldi shohgʻa toriy.
Shahgʻakim ul maraz muzohim edi,
Tabʼiga umr nomuloyim edi.
Hech kim aylabon mudorosin,
Qila olmas edi mudovosin.
Qilgʻanidin topib parishonliq,
Sud qilmay vale pushaymonliq.
Koʻrubon jismi notavon oni
Yod koʻp aylar erdi dogʻyuni.
Chunki chiqti hakim daryodin,
Qildi bas turfa qissa bunyodin.
Garchi bori ishi ajib erdi,
Lek bu borchadin gʻarib erdi.
Eliga qoʻydi borcha ashyoni,
Urdi yuz shahr ichiga pinhoni.
Ayagʻigʻa solib ham ul bandin,
Ki kesib ketmish erdi payvandin,
Tutti pinhon ham ul chah ichra qaror,
Ki chiqib andin etmish erdi firor.
Chunki zindon muakkili bildi,
Yugurib shohgʻa xabar qildi.
Shahki bu qissadin nishon topti,
Goʻyiyo oʻlmish erdi, jon topti.
Chun yoʻq erdi tanigʻa tobu tavon,
Dedikim: «Kelturungʻ qoshimgʻa ravon».
Lutfu ehson bekarona qilib.
Xossa xilʼatlarin ravona qilib.
Balki ul navʼ lutflar chogʻi,
Yibarib xossa markabin dogʻi.
Xojagʻa chun keturdilar paygʻom,
Chiqmayin shahgʻa ayladi eʼlom:
«Ki chu men shohdin gʻazab koʻrdum,
Choh aro ranj ila taab koʻrdum.
Ne xiyonatki, ayladim, bilannp.
Biriga oʻn evaz ado qilayin.
Yana bir arzim ushbu nuktaki, shoh
Tortibon har yil ikki qatla sppoh,
Rum molini aylabon barbod,
Aylar ahli farang birla jihod,
Ki alar butlarini sindurgʻay,
Koʻnglini din ishida tindurgʻay,
Lekin ul yon chekib xusom hanuz,
Dast bermay durur bu kom hanuz.
Men alar butlarin tamom ushatay,
Altunin shah xazinasiga qotay.
Shah boshigʻa sochay javohirini,
Zohir aylay nihonu zohirini.
Yana shah komini ravo aylay,
Har nekim, dardi bor davo aylay,
Lek vaqtiki, shohi olamgir,
Solib aʼdom ayagʻigʻa zanjir.
Borchasin olima ravon qilgʻay,
Meni sarsabzu komron qilgʻay.
Men etib shah sori xiromimni,
Asragʻaylar alar maqomimni.
Tashqari boʻlmadi erim xoli,
Chahda ham xoli oʻlmagay holi.
Manga gar bu murod bermasa dast,
Choh qaʼrindadur erim paypast».
Ayladi chunki nukta itmomin,
Shahgʻa etkurdilar bu paygʻomin.
Shah alardin koʻrub jinoyat koʻp,
Ham boʻlub erdi beinoyat koʻp.
Munsiz istar ediki, band etgay,
Chohu zindongʻa mustamand etgay.
Jpsmi mulkin chu zaʼf tutmish edi,
Bu jihatdin ani unutmish edi.
Emdikim bu fasona boʻldi anga,
Bas munosib bahona boʻldi anga.
Dedikim, qildilar, borin mahbus,
Choh qaʼri aro buyurdi julus,
Xoja uyni alargʻa topshurdi,
Uyidin tashqari qadam urdi.
Qilmayin band tashlamaqqa darang,
Kiydi shah toʻnlarini rango-rang,
Otlanib shah sori xirom etti,
Upubon dargah ehtirom etti.
Chunki shah xilvatigʻa qoʻydi ayagʻ,
Yer uza tushti aylakim tufragʻ.
Shoh tufrogʻdin koʻtardi ani,
Quchqali taxt uza chiqardi ani.
Quchubon borcha holini soʻrdi,
Ilgin oning qoʻligʻa topshurdi.
Oʻpti shoh ilgin ul nechukki, rusum,
Ayladi nabzi holatni maʼlum,
Nabzidin ranji dafʼini bildi,
Toʻrt-besh kunda-oʻq davo qildi.
Chunki shah tabʼi ichra qolmadi ranj,
Olida toʻkti ul keturgan ganj.
Shohni hayrat ayladi bexud,
Kim ul ishni inonmas erdi xirad.
Dedi: «Sharh ayla bu hikoyatni.
Bulʼajabliqda benihoyatni».
Dedi borin muhaydisi mohir,
Shahgʻa nxfosin ayladp zohnr.
Shoh tabʼigʻa aylab ul qavli,
Ajzini lahza-lahza mustavli.
Borcha ishni chu arz qildi hakim,
Ganj xozingʻa ayladp taslim.
Shah anga oncha ayladi ehson,
Ki emas sharhin aylamak oson.
Surdi butlargʻa hukm yakbora,
Qildilar har birini yuz pora.
Ganji Qorunni hech qilmay biym,
Etti din ahligʻa borin taqsim.
Xukm qildiki, toʻnin aqu qara,
Qildilar gʻarq sarigʻ altun ara.
Chunki zarbaft har bisot oʻldi,
Har bisoti yuz inbisot oʻldi.
Altun ul elni kuldurub chandoi,
Zaʼfaron uylakim qilur xandon.
Nechadin soʻng boʻlub ishorati xos,
Chohu zindon eli ham oʻldi xalos.
Elga har dam qilib nazora chogʻi,
Chehradin altun ul guruh dogʻi.
Elga bu dogʻi kulgu kelturubon —
Bagʻri qatgʻuncha balki kuldurubon.
Kahrabo rangi gar mufarrih emas,
Ne uchun ul chekar somonniyu bas.
Kimki, ishq etsa rangini kohi,
Bot koʻngulga asar qilur ohi.
Boʻlmayin subh zaʼfaroniy chehr,
Charx koʻrguzmas anga hargiz mehr.
Shohi Bahrom chun eshitti tamom,
Shod oʻlub soʻrdi: «K-ey xujasta kalom!
Seniki bu safha aylading tahrir,
Oʻz hadisingni dogʻi qil taqrir.
Borcha holingdin et xabar bizga,
Kim daming qildi koʻp asar bizga.
Dedikim: «Rum mulkidur vatanim,
Tibbu hikmat durur shioru fanim,
Bu muhandiski, ayladim yodi,
Manga obodur oning avlodi.
Gʻarazim boʻlgʻali bu yon ozim,
Boʻlmoq erdi sanga kamin xodim.
Shukr lillah iekim murod ettim,
Davlatingdin murodima ettim».
Shah chu fahm etti bu tamashyuni,
Nudamosidin ayladi oni.
Surmogʻi mujdasin chu bermish edi,
Uyqu shahning koʻziga kirmish edi.
Oʻyla uyqugʻa soldi oni bu soʻz,
Kim quyosh chiqmagʻuncha achmadi koʻz.

XXIV

Dushanba kuni Bahromning iavbahor monand axzar libos bila gunbadi axzargʻa yuz qoʻygʻani va sariy sabzorang sabz hulla bila jomi zumurrad fom ichiida zuloli hayot noʻgi qi nani va ul chashmayi zindagonidin Xizr hayoti kasb etgani


Chun dushanba sipehri zangori
Zangdin qildi koʻzgusin ori.
Qildi yuz revu rang ila gardun,
Subh chodirshabin zumurrad gun.
Chashmask birla mehri olamtob
Qildi koʻk sabzazornni serob.
Shah qilib xilʼatini rayhoniy,
Rost andoqki, sarvi boʻstopsh"1:
Sabzazor ustiga xnrom ettn,
Yashil ayvon aro maqom ettp,
Jilvagar boʻldp sarvp sabzorang,
Aylabon xilʼatinn mino rang.
Oʻzi sabzu tabassumn shakarin,
Xush turur sabz, gar erur shirin.
Noz birla nigori yagmoyi,
Shohgʻa tutti jomi minoyi.
Olibon dam-badam ichib Bahrom
Oydin ul sogʻari zumurrad fom,
Angachakim, zumurradin gardun —
Boʻldi tun xayli dudidin shabgun.
Solda shah koʻngliga xayol gazand.
Koʻzi uyqugʻa boʻldi qojatmand.
Yana andoqki, bor edi maʼhud,
Boʻldi qullar ravon nechukkim, dud
Topibon rahravi biyoboniy,
Shah qoshigʻa keturdilar oni.
Dedi shah: «Parda tashida filhol
Oʻlturub boʻlsun ul fasona sigol».
Hukm birla musofir ohista,
Ayladi nuktasini payvasta.
Soʻzni boshlab burun sano birla,
Shahgʻa madh ayladi duo birla.

XXV

Uchinchi iqlim yoʻlidan keturgan musofir aytqin afsona


Chun duoni oshurdi gardundin
Dedikim: «Muddati burun mundin
Misrda xojai bor erdi gʻani,
Eshigi hojat ahlining vatani.
Moligʻa gʻoyatu nihoyat yoʻq,
Xoni bazligʻa haddu gʻoyat yoʻq.
Bor edi bir xujasta farzandi,
Ki yoʻq erdi jahonda monandi.
Borcha fazlu hunar aro mohir,
Yuzidin hushmandligʻ zohir.
Misr shohicha naqdu mol ichra,
Yusufi Misrcha jamol ichra.
Ota moligʻa ixtiyori aning,
Otasining yoʻqiyu borp aning.
Zohir ahli jahon ulumi anga,
Ilmu fazl ahlining hujumi anga.
Oti Saʼd erdi, kavkabi masʼud,
Otagʻa ul hayotidin maqsud.
Yasabon turfa mehmonxona.
Yoʻl topib anda xeshu begona.
Safar ahligʻa bori om berib,
Har musofirki, etsa kom berib. .
Mehribonliq bila soʻrub oni,
Aylab ulcha rioyat imkoni.
Chun uyotliq qilib rioyatdin,
Lutfu ehsoni benihoyatdin,
Soʻrubon bilganiyu koʻrganini,
Ne bilik kasbida yugurganini.
Chun bilib borcha rozi pinhoni,
Ne kiromand oʻrganib oni.
Chun bu ishni shior qilmish edi,
Koʻp ulumi gʻariba bilmish edi.
Oʻrganib erdi kasb etar chogʻi,
Sehru nayrangu kimiyo dogʻi.
Yetti bir kun qazodin iki gʻarib,
Bu taraf solibon alarni nasib.
Ikisi jismida nekim asvob,
Bor edi sarbasar yashil moshob.
Saʼd ochti rioyat abvobin,
Tuzdi haryon ziyofat asbobin.
Oʻylakim bor edi shiori aniig,
Anda yoʻq erdi ixtiyori aning.
Oncha mardumliq oshkor etti,
Kim ul ikini zeri bor etti.
Lutfu xulqidin iki axzar push,
Lolliqdin bor erdilar xomush,
Bir kun istab alargʻa osoyish,
Suhbati qilmish erdi oroyish.
Har nekim tabʼ istabon holi,
Bazm andin emas edi xoli.
Boda aylab edi dimogʻini garm,
Murtafiʼ boʻlmish erdi pardayi sharm.
Saʼd diljoʻluq aylabon behad
Aylar erdi ul ikini bexud.
Lutf ila koʻp chu qiylu qol etti.
Burna kpshvarlarni savol etti:
«Ki qayu mulk sizga boʻldp maqar?
Nedpi oʻldi libospngiz axzar?»
Dedidar: «Kishvari durur dilkash,
Oti ham Shahrisabz erur ham Kash.
Xizr monand sabzadpn rangi
Sabzasi suyi koʻzgusi rangi.
Shahrisabz oʻldi bizga chun' mulkat,
Yoʻq ajab gar yashil durur kisvat».
Dedikim: «Emdi har gʻarib umur,
Aylangiz koʻr.mish oʻlsaigiz mazkur».
Biri dediki: «Ul diyor sori,
Ravza monand sabzazor sori,
Bor durur togʻ ichinda bir kishvar.
Kishvar ahli otin debon Kitvar,
Anda butxonai durur oliy,
Rifʼat ichra sipehr timsoli,
Yetibon koʻkka toqining boshi,
Tosh ila ham ichiyu ham toshi.
Ichiyu toshi sarbasar tasvir,
Jonvar shakli tortilib bir-bir
Har kishi anda aylasa manzil,
Budur anda gʻarib ish hosil,
Ki anga dahr soziyu soʻzi,
Har nekim tengri aylamish roʻzi.
Kiribon ul savodi minugʻa,
Kechakim koʻzi borsa uyqugʻa
Tush koʻrar hech shaksizin ul shom,
Ki iki surati gʻarib andom
Kelib oning qoshigʻa derlar soʻz,
Tikib oning yuziga har biri koʻz,
Har biri bir hadis anga aytur,
Kelgachu degach oʻrniga qaytur.
Biri bir yaxshiliqki, koʻrgusi ul,
Bir tanaʼum soriki topqusi yoʻl.
Biri der ranjkim, koʻyar anga yuz;
Tolii solibon sugʻa yulduz.
Bu iki ishdin oʻlgʻoch ul ogah
Uyqudin seskanib qoʻpar nogah.
Yaxshiroq ish sori shitob aylar,
Ne yomon boʻlsa, ijtinob aylar».
Bir musofir chu nuktasin surdi,
Yana bir dogʻi nukta kelturdi:
«Kim ham ul dayr ichinda piridur,
Anga kundek yorug zamiridur.
Kimki dayr ichra koʻrdi ul tushni,
Toptn oʻzida ayshu qoʻrqushni.
Tushtagi komi sori topmasa yoʻl,
Yo mashaqqatgʻa chora topmasa ul,
Holidin gar xabar topar ul pir,
Anga aylar ham ul zamon tadbir.
Shart budurki, ulki, tush koʻrgay,
Oʻzni ul iki ishga toʻsh koʻrgay.
Boribon piri kordon qoshigʻa,
Holini aylagay ayon qoshigʻa.
Qaysi bir ishga qilsa ul irshod,
Qilsa ul navʼ justujuy murod».
Saʼdkim bu fasona goʻsh etti,
Orzusida tarki hush etti.
Ul kun alqissa kom yo nokom,
Tutti suhbat alar bila to shom.
Kecha ul gʻamda boʻldi savdoyi,
Jazm qildi musofirat royi
Koʻngliga dayr solibon qaygʻu,
Koʻzidin ul tush eltibon uyqu,
Subhidam kim, sipehri mino gun
Yerni bayzodin etti bayzo gun.
Ul shaaf koʻnglidin qarorin olib,
Havas ilgidin ixtiyorin olib.
Otasi xizmatigʻa qildi xirom,
Arz qildi nekim, anga edi kom.
Xoja manʼida qildi koʻp tadbir,
Qilmadi koʻngliga aning taʼsir.
Chun havas qildi elni bechora,
Gʻayri taslim oʻzga ne chora
Xoja koʻrdiki, manʼi mumkin emas,
Suv bila azmi oʻti sokin emas.
Garchi yigʻlab gʻamida oh urdi,
Lek tengriga oni topshurdi.
Olida arz qildi molu manol,
Dedi: «Onchaki, koʻnglung istasa ol!»
Apladi amr Saʼdi ozoda
Safar asbobin etmak omoda.
Ishchilar oʻn kun etti jahdu shitob,
Toki boʻldi murattab ul asbob
Neki andoq topilmagʻay yona,
Komgorona, balki shohona.
Buxtiyi simkash qator-qator,
Yuki ichra diram hazor-hazor.
Toʻrt yuz qul kamar bazar bori,
Laʼlu durdin bezab kamar bori.
Har nekim, odami xayol etgay,
Yo nekim el gumonigʻa etgay.
Balki vahm etmagan iroda dagʻi,
Borcha mavjud edi ziyoda dagʻi.
Ayladi koʻp rioyat aylab fosh,
Ul iki sabzpoʻshni yoʻldosh.
Oqizib iki koʻzidin iki rud,
Otasi birla ayladi padrud.
Ota oʻlmak oʻziga jazm etti,
Tutubon motam, oʻgʻli azm etti.
Oʻyla surmakda erdi mustaʼjil,
Kim bir aylar edi iki manzil.
Ul iki rahravi zumurradpush,
Rahnamoyi aning, nechukki surush.
Gah munga, ul qarinu goh anga,
Xud bu ikisi Xizri roh anga.
Muddati aylabon biyobon tay,
Qoʻydilar istagan diyorgʻa pay.
Boshladi yoʻlni ul iki hamsayr
Anga tegruki, bor edi ul dayr.
Tushubon anda toptilar orom,
Oldilar sharbatu taom ila kom.
Dayr axligʻa koʻp rioyat etib,
Lutfu diljoʻyluq bagʻoyat etib.
Saʼdning gʻolib oʻldi savdosi
Qilgʻali dayrning tamoshosi.
Qoʻptiyu dayr ichiga qildi xirom,
Iki hamrohi birla gom-bagom.
Sayr aylab nazar solur erdi,
Lek hayrat aro qolur erdi.
Chunki mehrin yoshurdi dayri sipehr,
Tun ham oʻldi sipehrdek bemehr:
Saʼd ul dayr ichiga qildi mayl,
Boʻlgʻach ogoh dayr girdida xayl.
Kelibon berdilar nasihatu pand,
Kim koʻp oʻlmish bu ishdin elga gazand.
Havas etmish edi ani magʻlub,
Tushmadi pand koʻngliga margʻub.
Kiribon dayrni panoh etti,
Bir qirogʻinda xobgoh etti.
Bogʻladi barhaman eshikni chust,
Hisni Xaybar eshigi yangligʻ rust.
Dayr davrida Saʼd eli noshod,
Qilgʻanidin oʻziga ul bedod.
Anga xud vahm ul sifat gʻolib,
Ki boʻlub chiqmagʻiga koʻp tolib.
Juz nadomat xayoligʻa etmay,
Ul nadomat valek sud etmay,
Mutaazzir koʻziga uyqu ishi,
Boʻlmayin uyqu tush koʻrarmu kishi?
Tongga tegru ichiga vahmu haros,
Har zamon koʻngli ichra yuz vasvos.
Borcha tun ogʻzi ichra uyqu soʻzi,
Subhdam uyqudin qiziqti koʻzi.
Tushiga kirdi ham bu oliy dayr,
Kim qilur erdi anda har sori sayr.
Koʻrdikim ikki surati dilkash,
Qush kibi, lek rangi axzarvash.
Mutaharrik boʻlub, navo aylab,
Dayrdin uchtilar havo aylab.
Uchubon evrulub aning boshigʻa,
Qoʻndilar ikisi kelib qoshigʻa.
Birisi chekti mujda birla xurush,
Qildi mundogʻ nido nechukki surush:
«Kim nasibing sening pari boʻlmish,
Ki yuzi mehri xovariy boʻlmish!»
Yana bir biym birla qildi nido,
Etti maqsudini bu yangligʻ ado:
«Kim seni dev qilgʻusidur asir,
Solib iki ayogʻinga zanjir».
Qilibon hayrat ul gʻarobatdin,
Seskanib qoʻpti bu mahobatdin.
Har sori soldi koʻz, chekib afgʻon,
Subhdin yorub erdi dayri mugʻon.
Qoʻpubon chun eshik sori qochti,
Keliboi barhaman eshik ochti.
Chiqgʻach oshuftaroy savdoyi,
Ayladi ul tush oni shaydoyi.
Kechaga tegru beqaror erdi,
Ishi har dam figʻonu zor erdi.
Qavmu xayligʻa iztirob tushub,
Har birining ichiga tob tushub
Qoʻydilar iki kordon sori yuz;
«Ki biringiz soʻzi xud oʻldi tuz,
Telba boʻlmish gʻarib ovora,
Chora vaqtidur, etsangiz chora».
Yana bir kordoni komil aql,
Ki ikkinchi soʻz etmish erdi naql.
Keldi Saʼd oligʻa niyoz bila,
Ogʻzi ichra nuhufta roz bila:
«Ki soʻzikim, men ayladim taqrir,
Ki bu dardingga chora aylar pir.
Qoʻpki oning sori qoʻyoli qadam,
Shoyad oʻlgʻay gum ushbu hardu nadam».
Saʼd boʻldi alar bila hamroh,
Boshladilar, yoʻl iki kor ogoh.
Qildilar azm koʻhsor sori,
Togʻ aro bir qarangʻu gʻor sori.
Gʻor aro kirdilar haros bila,
Rahravi iki rahshunos bila.
Koʻrdilar gʻor ichinda ayvoni,
Koʻhkan teshasi qozib oni.
Goʻshada muʼtakif deyilgan pir,
Xalkdin gʻor ichinda uzlatgir.
Javhari jismi tiyra kon ichra,
Olami muxtasar makon ichra.
Jismi oshufta sochi ichra nihon,
Oʻylakim tun savodi ichra jahon.
Koʻngli ichra ulum pinhoni,
Kon ichinda javohiri koni.
Fosh hikmat shukuhi zotidin,
Yetti yuz yil oʻtub hayotidin.
Ne jahondin anga umid, ne biym,
Deb otin xalq Paylaqus hakim.
Koʻrgach-oʻq hayrat ettilar turubon,
Koʻksiga qoʻllarin qovushturubon.
Voqif erdi hakimi ravshan roy,
Ochibon sochin oʻldi chehra kushoy.
Yuzi nuri yorutti ayvonni,
Oʻylakim mehr nuri davronni.
Mezbonliq xayoli bot etti,
Mehmonlargʻa iltifot etti.
Koʻrubon ul shukuh ila tamkin,
Qoʻydilar tiyra tufrogʻ uzra jabin.
Saʼdgʻa dedi: «Ki ey saodatmand,
Zotinga bermasun zamona gazand.
Chunki koʻrdi koʻzum jamolingni,
Ayladim fahm borcha holingni.
Senmu dersen, soʻzungni moʻy-bamoʻ,
Yoʻq esa moʻ-bamoʻ men aytaymu?»
Yer oʻpub dedi dardmandi zamon,
«Hikmat ayturgʻa yaxshiroq Luqmon».
Soldi dono boshin tabassum ila,
Boshladi dilkusho takallum ila.
Avvali holidin fasona dedi,
Har ishidin necha nishona dedi,
Shahru mulku ata-anasidin,
Bazl ila mehmon sarosidin.
Kasbi ilm aylamak, hunar dogʻi,
Tutmoq el holidin xabar dogʻi.
Safar ahligʻa mol etib maqsum,
Aylamak turfa qissalar maʼlum.
Bu ikov qissasigʻa boʻlmoq asir,
Boʻlmayin mehnati iloj pazir.
Tarki ul kishvaru diyor etmak,
Bu taraf gʻurbat ixtiyor etmak.
Uyubon dayr ichinda koʻrmak tush,
Nuktalarkim, debon anga iki qush.
Borigʻa boʻldi ul sifat qoyil,
Kim alar hushin ayladi zoyil.
Saʼdi bedilgʻa koʻp koʻngul berdi:
«Ki yuzung bizga orzu erdi.
Ham tushungga degum durur taʼbir,
Ham husuligʻa aylagum tadbir.
Lek bu ishda uyla suratdur,
Ki sanga ayturi zaruratdur.
Sanga mendin nechukki, bordur sud,
Manga ham sendin oʻlgʻusi maqsud.
Men bu dayr ichra peshvo erdim,
Hikmat ahligʻa muqtado erdim.
Ushbu erdi manga havas doyim,
Kim oʻshul erda boʻlgʻamen noyim.
Yana hikmat boʻlur edi moniʼ,
Boʻlur erdim xayol ila qoniʼ.
Havasim oqibat gʻulu qildi,
Oʻzini aql chorajoʻ bildi.
Kechaga tegru muztarib erdim,
Kecha boʻlgʻach, shuursiz kirdim.
Goʻshai tuttumu yumub koʻzni,
Soldim uyquga kuch bila oʻzni.
Chun koʻzum uyqugʻa niyoz etti,
Uyqu koʻzumga turktoz etti.
Tushuma uyla kirdikim, ul dayr,
Kim aning noimigʻa boʻlsui xayr.
Boʻldi yuz ming misol jilvagahi,
Ki dimogʻim xiraddin oʻldi tihi.
Soʻngra keldi uchub ikn timsol,
Ki sanga ham yaqin ekin bu hol.
Xushnavo iki qush tarannum aro,
Ikisi kirdilar takallum aro.
Dedi bir qushki: «Ey havas payvand,
Tushgusidur iki ayogʻinga band.
Ishrating shamʼi koʻr boʻlgʻusidur,
Vataning tiyra goʻr boʻlgʻusidur».
Yana bir qush dediki: «Qilma taab,
Ki sanga saʼd boʻlgʻusi kavkab,
Egninga chiqqusidur iki qanot,
Qatʼ qilgʻung uchub tariqi najot,
Kim qanotdin anga tarab boʻlgʻay,
Anga uchmaq qachon ajab boʻlgʻay.
Ul iki qush payomi soʻzlardin
Seskanib uyqu oʻchti koʻzlardin.
Koʻngluma tushti iztirob base;
Qildi savdo meni xarob base.
Vahm boʻldi xayolima gʻolib,
Bir muabbirgʻa bor edim tolib,
Ki xayol ulcha ayladi tasvir,
Solgʻay ilgimga mujdayi taʼbir.
Anga taʼbir kimsa bilmas edi,
Tilab erdim, vale topilmas edi.
Jismim oʻldi zaif mehnatdin,
Jonima ettim ul mashaqqatdin.
Koʻngluma har dam ehtizoz erdi,
Tanima har nafas gudoz erdi.
Ne ajab yaxshi soʻzdur ul masalo,
«Ki balo yaxshiroqki, biymi balo».
Jonni mehnatqa ayladim taslim,
Har zamon oʻlturur edi msni biym.
Ish anga etti ranj davrondin.
Ki tamomi ilik yudum jondin.
Gʻayri oʻlmak yoʻq erdi tadbirn,
Yetti boshimgʻa Xnzrvash piri.
Xirqasi axzaru aso axzar,
Goʻyi ul erdi Xizr paygʻambar.
Dedikim: «Ey ramida, qaygʻurma,
Joninga biymu xavf oʻqin urma.
Men tushungni yoʻray, vale sen ham
Shart qilkim, ne aytsam men ham
Uzr demay qabul qilgaysen,
Yoʻqki, oʻzni malul qilgʻaysen».
Yer oʻpub ayttimki:«Gʻavrima et,
Soʻngra ne hukmkim etarsen, et,
Kim qabul ayladim soʻzung jondin
Ne desang qilmayin ibo andin».
Dedi: «Jomospnoma arqomin,
Nazar aylab oʻqugʻil ahkomin:
Kim yozibdur bu qissani bir-bir,
Ki tushungga ne navʼdur taʼbir.
Sanga shartiki, iltimos ettim,
Tut quloqkim, adosigʻa ettim.
Shart budurki, boqmay oʻzga ulum,
Ayla taʼbir ilmini maʼlum.
Sendin ul fanda aylamak koʻshish,
Bizdin oning kushodigʻa baxshish.
Kim bu dayr ichra ulki, zor oʻlgʻay,
Tush qoʻrub boʻyla beqaror oʻlgʻay.
Sen davoyi mizoji qilgʻaysen,
Ul gʻamining iloji qilgʻaysen».
Gʻoyib oʻldi tamom etib soʻzni,
Men izi oʻrnigʻa qoʻyub koʻzni,
Iziga ashk gavharin sochtim,
Soʻngra «Jomospnoma»ni toptim.
Tushti ochqach hamul mahalligʻa koʻz,
Ki yozib erdi holatimdin soʻz.
Deb edikim: «Falon zamonda kishi,
Ki aning ilmu hikmat oʻlsa ishi,
Uyub ul dayr ichinda tush koʻrsa,
Oʻziga dardu gʻussa toʻsh koʻrsa,
Chora budurki, koʻhsor ichra,
Vatan etgay qarangʻu gʻor ichra.
Qoʻymagʻay tashqari oyoq andin,
Yuz yil oʻlgʻuncha qatʼ davrondin.
Ishiga mundaq aylasa tadbir,
Band ila goʻrgʻa budur taʼbir.
Chunki yuz yil oʻtar najot etar,
Jonigʻa mujdayi hayot etar.
Tiyra shomiki, qat oʻlur minbaʼd,
Koʻzini yorutur bir axtari saʼd.
Yaʼni ul lahza bir saodatmand
Ishiga dayr ichiga tushgan band.
Oti Saʼdu jamoli farxunda,
Saʼdi akbar jamoligʻa banda.
Tiyra gʻori aro tuluʼ aylar,
Anga taʼbirini rujuʼ aylar.
Uzlat oyin hakimi gʻor nishin
Anga taʼbirin aylasa talqin,
Yoʻligʻa Saʼd chun xirom etgay,
Jahd ila muddaoyi kom etgay.
Yetgusidur muabbarigʻa murod,
Koʻrgusi ukdaligʻ ishiga kushod.
Boʻlgʻusidur topib koʻp ishga vuquf.
Charx mushkillari anga makshuf.
Fikr ila boʻlgʻusi falak paymoy,
Charx boʻstoni ichra jilvanamoy.
Royi gardungʻa dast topqusidur,
Koʻkni olida past topqusidur.
Ul riyozatki, chekti gʻor ichra,
Nafsini tutti xorxor ichra.
Rafʼ oʻlub borcha qaydi jismoniy,
Boʻlgʻusi zoti uyla ruhoniy,
Ki nekim ahli hikmat ayladi kom
Moniʼ oʻldi havodisi ayyom.
Boʻlgʻusidur bori anga roʻzi,
Royi aflok mashʼal afroʻzi.
Tushining soʻnggʻi qismigʻa taʼbir
Bu dururkim, xabar eturdi pir.
Charx avjigʻa iltifoti aning,
Budur egnidagi qaioti aning.
Men bu soʻzlarga chunkn soldim koʻz,
Yodima keldi Xizr aytgʻan soʻz.
Oncha taʼbnr ishiga chektim ranj,
Ki haq ettp manga nasib ul ganj.
Yuz yil oʻlmishki, bu magora aro
Muʼtakifmen ulusqa chora aro.
Kimki bu dayr aro guzar soldi,
Tushdin oshshg balosigʻa qoldi.
Keldiyu arz qildi ahvolin,
Olidin rafʼ qildim ashkolin,
Koʻz yuzungga umidvor erdi,
Jonda yuz dogʻi intizor erdi,
Ki qachon topqamen visolingni,
Yorugʻay koʻz koʻrub jamolingni.
Shukr yuz ynl nekim murod ettim,
Makdamnngdin murodima ettim.
Bu edi ulcha menda topti vuquʼ,
Qilay emdi sening ishinga shuruʼ.
Tushta qushkim, chekib navoyi gʻarib,
Sanga ulkim, dedi parini nasib.
Ul erur shohi sabzpoʻsh qizi,
Ki quyosh kuhlidur oyogʻi izi.
Shahrsabz oʻldi taxtgohi ashshg,
Yer uza sabzadek sipohi aning.
Anga farzand bir parivashdur,
Ki pari husnidin mushavvashdur.
Qila olmay pari yuziga sitez,
Huri jannat anga kamina kaniz.
Yuzi mashshotasi ajuzi sipehr,
Husni koʻzgusi ul sipehrda mehr.
Balki ul husn olib quyoshdin boj,
Hech koʻzguga boʻlmayin muhtoj.
Husni vasfida nutq gungi maqol,
Yuzi zikrida nafsi notiqa lol.
Labi laʼli zuloli hayvoniy,
Xizr yangligʻ libosi rayhoniy.
Hulla uzra yuziki, jilva qilib,
Sabza uzra guli bihisht ochilib,
Shohning moyayi farogʻi ham ul,
Ne farogʻi, koʻrar qarogʻi ham ul,
Shohgʻa qalʼai durur oliy,
Rifʼat ichra sipehr timsoli.
Bir biyik qulla uzra ul qoʻrgʻan,
Burji koʻk qalʼasigʻa taʼn urgan.
Shoh qoʻrgʻan aro yasab bir qasr,
Anda sokindurur ul ofati asr.
Qasr davrida uch hisor durur,
Burjlar anda charxvor durur.
Har qisorida bir biyik darband,
Rifʼat pchra kelib falak payvand.
Lek darbandlar ochilmay hech,
Haddin ortuq yoʻlida tob ila pech.
Burnagʻi baid aro topib qoʻrgʻon,
Devson zangiyu ot Qatron.
Zoʻri olinda pil uylaki, moʻr,
Har tuki soyyu pil chogʻliq zoʻr.
Razm vaqti qaro balo kelibon,
Tanida har rag ajdaho kelibon.
Qalʼanipg kutvoli ul zangi,
Kutvoli sipehrdek rangi.
Yana darband aro hamisha muqim,
Ochib avroq bir xujasta hakim.
Har sifat ilm aro kelib mohir,
Ilmu taqviy jamolidin zohir.
Ul boʻlub qalʼa vazʼigʻa boni,
Yana bir qalʼaning nigahboni.
Oʻtgach andin kelib yana darband,
Anda zoli fusun bila xursand.
Umrida makru hiyla anlab vird,
Hiylada zoli charx anga shogird.
Qasr davridip ul boʻlub ogah,
Ki nasim ulyon esmagay nogah.
Qush oʻtarda oʻchub hayoti aping,
Chibip uchsa kuyub qanoti aning.
Sehr oʻtin hisn ichinda uyla yoqib,
Ki erib toshu chashma yanglngʻ oqib.
Asl fikratda mohi sapgin dil,
Juft shugʻligʻa boʻlmayin moyil.
Shoxdin istab uyla hisni hasin,
Chiqib eldin, boʻlub hisor nishin.
Husnikim dahr aro solib gʻavgʻo,
Tushuboi har kpshiga ul savdo,
Kim apppg vaslin orzu aylab,
Kelsa ul ishda guftu-goʻ aylab.
Shoh boʻlsun, yoʻq ersa shahzoda,
Yoʻqsa har ishda fardu ozoda.
Shart mundoq qilib buti gulchehr,
Ki anga ulki garm aylab mehr.
Chun hisorigʻa nogahon etsa,
Aqd amrini oshkor etsa,
Kinavu makr tarhini solgʻay,
Uch hisorin ne navʼ etib olgʻay.
Chunki avval etushsa qoʻrgʻongʻa,
Koʻrguzub dast burd Qatrongʻa,
Qoʻllarin aylagay saro-sar band,
To anga fath boʻlgʻay ul darband.
Boʻlsa ikkinchi hisnigʻa moyil,
Boʻlgʻusidur hakim anga soyil.
Neki ul soʻrsa be hijob desa,
Mushkiliga aiing javob desa.
Qilsa soyilni soʻz bila ojiz,
Fath boʻlgʻay anga ikinchi diz.
Yana bir qalʼa sori sursa samand,
Ki fusungarda boʻldi ul darband.
Ilm ila qilsa chora ohangin,
Botil etsa fusunu nayrangin.
Sehrini botil aylagach holi,
Boʻlgʻay uchunchi qalʼagʻa voli.
Uch hisor uzra buyla ursa alam,
Oning oʻlgay buti hisori ham.
Yoʻq esa qaysi birga boʻlsa asir,
Qatligʻa oning aylamay taqsir.
Tigʻi xunrez tortibon bebok,
Aylagaylar ham uldam oni halok.
Itlar oligʻa tashlabon loshin,
Qoʻyubon kungira uza boshin.
Qavmu xaylini aylabon toroj,
Aylagaylar diyordin ixroj.
Har necha kun emaski, bir mazlum,
Boʻlmagʻay umru jonidan mahrum.
Kungira ustida nuchukkim, tosh,
Qoʻyulubtur oʻshul hisor uza bosh.
Lek sen hech navʼ qaygʻurma,
Vahm dashtigʻa markabing surma.
Kim ani haq sanga nasib etmish,
Vasl tapmaqqa vaqt ham etmish.
Har ne qilgʻum sanga taʼlim,
Andogʻ etmak kerak sen etmay biym».—
Dediyu necha lafz qildi savod,
Ki: «Kerakkim bularni tutsang yod».
Muhrai dogʻi jaybida erdi,
Chiqarib oning ilgiga berdi.
Yana bir ruqʼa dagʻi qildi raqam,
Saʼd taslimi ayladi oni ham.
Dedi: «Qoʻp, emdi yoʻlgʻa tushkil bot,
Rahbaring ushbu iki Xizr sifot.
Surubon Shahrisabz jonibi ket,
Turmayin yoʻlda ul diyorgʻa et.
Chun yaqinlashting iki axzarpush
Shahgʻa borib nuchukki, iki surush.
Har nekim, senda boʻlsa surati hol
Aylasunlar shah olida irsol.
Chun xayolingni shoh angladi jazm,
Burna Qatron bila buyurgʻusi razm.
Necha lafziki, yozmisham zinhor,
Ki oni tinmay etgasen takror.
Muhrann dagi agʻzinga.algʻil,
Suyini xasm jonibp salgil.
Berur ul lafzlar sanga shavkat,
Dushmaningdin olur vale quvvat.
Muhradip dogʻi har ne sochsang suv,
Kelturur xasm koʻziga uyqu.
Chupkp zangini aylading magʻlub,
Shod boʻlgʻilki, qoʻydi yuz matlub.
Ham oʻshul devsor fath oʻldi,
Ham burungʻi hisor fath oʻldi.
Qoʻysang ikinchi ukda sori qadam,
Kim erur komili Masiho dam.
Burun ondinki, ul hikoyat der,
Chnqarib ilkiga ruqʼani ber.
Oʻqugach koʻrguzub niyoz sanga,
Mendek oʻlgʻusi chorasoz sanga.
Shod boʻlgʻplki, ul xirad panvand
Menga shogird erur, dagʻi farzand.
Sanga boʻlub shafiqu gʻamxora,
Ul fusungarga qilgʻusn chora.
Sehrlarni chu ayladn botil,
Sanga borcha murod erur hosil».
Muncha soʻzni chu naql qildi durust,
Oʻpti manglayini, quchub oni rust.
Boʻlubon shodmon dedi: «Shod oʻl,
Bizni obod qilding, obod oʻl.
Qoʻpqilu erta kunni aylama kech,
Yoʻl yururda tavaqquf aylama hech»,—-
Dediyu anga xayrbod etti,
Qoldi bu, ul nishot ila ketti.
Tunu kun qatʼ etar edi vodi,
Yoʻlini boshlab ul iki hodi.
Toki boʻldi padid xittayi Kash,
Tufrogʻi rangi charxi axzarvash.
Iki rahbargʻa amri qildi xirom,
Qissasin shahgʻa aylabon eʼlom.
Oʻzi ul marz uza eshib mahmil,
Sabza ustida ayladi manzil.
Ul ikav shah qoshinda bor topib,
Nukta surguncha eʼtibor topib.
Shohgʻa qissalar debon dilxoh,
Saʼd holidin ettilar ogoh.
Vasf koʻp qildilar kamolotin,
Ki shah angladi borcha holotin.
Shah tanur erdi ul ikavni ham,
Erdilar balki xodimu mahram.
Soʻzlari sidqi shahgʻa erdi yaqin,
Bildikim bordur ulcha derlar chin.
Koʻrmayin boʻldi Saʼdgʻa mushfiq,
Chun bu iki bor erdilar sodiq.
Hukm qildiki: «Ul taraf surunguz,
Tongla boshlab yoʻlini kelturunguz!»
Boribon tongla hozir ayladilar,
Shahni osuda xotir apladilar.
Koʻrgach oning hujasta talʼatini
Topti koʻp koʻnglida muhabbatini
Koʻrushub oni sarfaroz etti,
Ul yana er oʻpub niyoz etti,
Koʻp soʻrab qildi sandali taʼyin,
Taxt olida topti ul taskin.
Chun chekidi taomi shohona,
Oldi bahr oshnovu begona.
Shahgʻa aylab edi ul iki xabir
Saʼdning muddaosini taqrir.
Dedikim: «Borib oʻlgʻil osuda,
Yoʻl aro boʻldung ersa farsuda,
Bukun osudaliq gʻanimat bil,
Topgla qoʻrkon sori azimat qil».
Saʼd er oʻpti dogʻi azm etti.
Oʻz visoqida mayli bazm ztti.
Ichibon may koʻngul murodi bila,
Sanami moh chehra yodi bila.
Kechadin chunki oʻtti bir-iki pos,
Ishq ila boda andin oldi haros.
Boshida boda, koʻnglida mahbub,
Yor koʻyini ayladi matlub.
Ahli majlis tamom mast edilar,
Borcha uyqugʻa poybast edilar.
Saʼd chiqti chogʻir xayoli bila,
Koʻngli dildorining visoli bila.
Zohir etti xirom yor sorn,
Qoʻydi mastona yuz hisor sori.
Qavmu xayli bori qolib gʻofil,
Ul qaro tunda mastu loyaʼqil
Urar erdi hisor davrida gom,
Yiqila-qoʻpa tutmayin orom.
Oshiqona chekib surud navo,
Hardam aylab yuqori koʻngli havo.
Ushbu. holatda zangiyi xunxor,
Togʻ aro ul sifatki, tiyra buxor.
Qalʼa davrin kezib tutar edi pos,
Koʻnglida biym yoʻq, ichinda haros.
Yetti nogah qulogʻigʻa bir un,
Gʻazabidin boshigʻa chiqti tutun.
Tushubon bordi un payi bila tez,
Tutub ilgiga dashnayi xunrez.
Koʻrdi mastiki, hush yoʻq anga hech,
Juz figʻonu xurush yoʻq anga hech,
Avval oʻlturmak istadi oni,
Yana qildi xayol pinhoni:
«Ki ani kecha asragʻay mahkam,
Tonglakim yorugay bari olam,
Maʼraka oshkor qilgʻanda,
Saʼd ila kor-zor qilgʻanda,
Avval oʻlturgʻay oni bermay amon,
Toki qilgʻay nazora yaxshi-yomon.
Tushgay andin gʻanimi koʻngliga biym,
Gʻolib oʻlgʻay, chu biym topti gʻanim».
Bu xayoli bila boʻlub xursand,
Saʼd ayogʻigʻa soldi mahkam band.
Qalʼa toshida bor edi gʻore,
Qaro goʻr ogʻzidin namudori.
Soldi gʻor ichra zulm aylab fosh
Qoʻydi gʻor ogʻzida bir ogʻir tosh.
Zangiyi nahs qoʻydi qalʼaga pay,
Saʼdni gʻor ichinda bosti may.
Sagʻalib subhdam chu uygʻondi,
Oʻzining holatigʻa aylandi.
Kirdi, chun koʻngli boʻldi fikratsoz,
Kechagi holi yodigʻa oz-oz.
Toʻshi chup kirdi koʻngliga bir-bir,
Qildi avvalgp qush soʻzin taʼbir.
Ruqʼakpm bermish erdi dono yod,
Oʻqumaglipsh aylagach bunyod.
Oncha quvvat tanigʻa yuz urdi,
Kim chu qaydini chekti, sindurdi.
Gʻor ogzidin oldn toshni ham,
Qoʻydi hinjor ila yoʻligʻa qadam:
Yel kibp borur erdn mustaʼjil,
Toki tutti sukun, topib manznl.
Muztarib koʻrdi xaylini gʻamgin,
Rifq ila berdi borchaga taskin.
Ajz ila xoki rahga yuz koʻydi,
Otlanib vaʼdagahgʻa yuz qoʻydi.
Shoh xud turmish erdi maydonda.
Zangiyi devsor javlonda.
Mohruh burj ustida hozir,
Mehri anvar Zuhal sori nozir.
Yuz tuman elga ul taraf ohang,
Borchasi Saʼd uchun boʻlub diltang.
Dev nozirki, Saʼd chun surgay,
Chiqarib tutqunini oʻlturgay.
Saʼd chun kor-zor aro kirdi,
Zangi ul tiyra gʻor aro kirdi.
Xalq boʻldi bu holdin hayron,
Topmadi band qilgʻanin Qatron.
Anga ul ish koʻrundi asru ajab,
Oʻt nnhodigʻa soldi kinu gʻazab.
Chiqtiyu Saʼd sori azm etti,
Ul dakp otidin tushub etti.
Hirzdin oncha shavkat erdi anga,
Ki harificha quvvat erdi anga.
Ikisi zoʻr kelturub doyim,
Kuchlari erdi goʻyiyo qoyim.
Muhrani Saʼd ogʻziga oldi,
Suyini xasm jonibi soldp.
Ul rutubatki, zohir etti bu suv,
Boʻldi zangiga mujibi uyqu.
Koʻzi chun boʻldi uyquning vatani,
Saʼd andoq qoʻnqardi erdin ani.
Kim chu chiqti boshi uza ul dev,
Yetti ul xalqdin falakka girev.
Boshi ustidin oni aylab paxsh,
Andoq urdiki, erga bogladi paqsh.
Kyla tushti nazora ahligʻa jush,
Ki falak gunbadigʻa tushdi xurush.
Saʼd ani qoʻydi, dagʻi qildi savol,
«Ki yana ne qilay? qiling irsol!'»
Boshladilar yoʻlni hakimgʻa chust,
Qadam urdi borurda boʻlmay sust.
Kirib oʻtti burungʻi qoʻrgʻondin,
Oldi oʻz toramini Qatrondin.
Surdi ikkinchp qalʼa bandiga bot,
Koʻrgach oni hakim qoldi mot.
Saʼd filhol ayladi taslim,
Ruqʼakim ezdi Paylaqus hakpm.
Ochqach ustodining otin koʻrdn,
Oʻpuboi, erga jabha tegurdi.
Oʻqudi, yozmish erdi holotin,
Oʻziyu Saʼdning maqolotin.
Safhada kilk etib nigorishlar,
Opp qilmish edi siporishlar.
Borcha pshdin xabar topib soyil,
Boʻldp tufrogin oʻpgali moyil.
Dedi: «Yoʻqtur manga hadu ero,
Nukta demak boʻlub suxan oro».
Yozmish ardi hakimi daryo dpl,
Aylamak zol sehrini botil.
Ul ikov bu sifat muhokoda.
El yiroqtin turub tamoshoda.
Dedi donoki: «Ulki derlar zol,
Zoldek men yasabmei ul timsol.
Sehrdin tegrasida tor ila pud,
Borcha erur namudu yoʻq mavjud.
Senki ul yon azimat erkungdur,
Chunki darband ichiga etkumgdur.
Zolning koʻksiga urub etasol,
Kiru boʻl mahram, harimi visol».
Chunki boʻldi hakim anga tobiʼ,
Yana Saʼd oʻldi shah sori rojiʼ.
«Ki ne ishga yana shuruʼ qilay,
Qilur ish qaysidur? dengizki, bilay!»
Ojiz aylab edi hakimni ul,
Boshladilar ajuza jonibi yoʻl.
Garchi el kirmagi mahol erdi,
Kirdi darband aroki, zol erdi.
Keynicha shahr xalqi gʻavgʻosi,
Qoʻzgʻab elni ul ish tamoshosi.
Zol davrida koʻp balolar edi,
Shuʼla poshanda ajdaholar edi.
Saʼd bevahm urub qadamni chust,
Tepti zoln xampda koʻksiga rust.
Zol tebrandi chunki oʻz eridin,
Juzv-juzvi toʻkuldi bir-biridin.
Paykari erdy odami monand,
Latta birla sirishdin payvand.
Rishtani ajdaho qilib afsun,
Oʻtlari hulla, poralar gulgun.
Sehrlarni chu botil etti tamom,
Yondiyu shoh sori qildi xirom.
Shah ani quchti, dagʻi oʻpti yuzin,
Ani farzand, ata oʻqudi oʻzin.
Gulshani bor edi jahon oro,
Qoʻyub otini «Ravzayi xazro».
Andan bir qasrgʻa edi boni,
Qasri axzar der erdilar oni.
Aylabon ushbu bogʻu qaerda sur,
Shahrisabz elin aylabon masrur.
Vasl topti farishta birla pari,
Mehr birla sitorayi sahari.
Kechtn oz choqda shohi ozoda
Shoh boʻldi erida shahzoda.
Yashil aylab libosu toju sarir,
Olida ikm sabzpoʻsh vazir.
Gulrux andoqki, sarv boʻstoniy.
Kievat aylab hariri rayhoniy,
To tirik erdi shodu begʻam edi,
Adlidin mulki sabzu xurram edi.
Rangi axzar bahor rangi erur,
Sabzavu margʻzor rangi erur.
Afʼiyi gʻam chu elga ayladi zoʻr,
Ani jomi zumurrad ayladi koʻr.
Shoʻxkim boʻldi sarvdek cholok,
Sabzayi xatti aylar elni halok.
Xizr bu rangdin nishon topti,
Tong yoʻq ar umri jovidon topti...
Chunki rovi tugatti qissa durust,
Dedi Bahrom: «K-ey musofiri chust.
Aslu pudungni aylagil taqrir».
Dedi roviki: «Ey baland sarir,
Shahrisabz ahli zodasidin men,
Saʼdning xona vodasidin men».
Shohgʻa ravshan oʻldi chun holi,
Qildi ul shahr uza ani voli.
Ani osuda qildi qaygʻudin,
Oʻzi osuda boʻldi uyqudin.

XXVI

Seshanba kuni Bahromning gulgun libos bila qasri gulnoriygʻa tavajjuh qilib, shafaqgun hullalik xurshid bila sogʻari yoqutfom ichinda laʼl rang may ichgani va ul yoqut va laʼldin uyqu uchun mufarrih tartib qilib, maydin qizartgʻan koʻzin yumgʻani

Chun seshanba sipehri chobukxez
Toʻkti anjum sharoridin gulrez.
Bogʻladi zoli charx oʻlub raʼno,
Abrp shingarfgun bila hinno.
Shoh Bahrom kiydn gulgun raxt,
Tikti gulgun uy ichra gulgun taxt,
Qasrn gulgun sari qilib ohang,
Istadi ichsa bodayi gulrang.
Sarvi gulchehr qildi istiqbol,
Gul kibi borcha raxti hullayi ol,
Taxti gulrang uza tutub orom,
Jomn laʼl ichra bodai gulfom.
Shoh ila qildi noʻsh gulgun mul,
Mul alar chehrasin qilib gul-gul.
Anga tegruki, mehri gulruxsor
Yuziga yopti pardayi kuhsor.
Shah koʻzi bodadin qizarib edi,
Koʻzidii uyqu lek barib edi,
Ul guruhiki, erdilar maʼmur,
Istabon yoʻlda onchakim, maqdur,
Toptilar rahravi fusunsozn,
Nukta ayturgʻa sehr pardozi.
Kelturub arz qildplar oni,
Boʻldi ijroy hukmi sultoniy:
«Ki boʻlub parda keyinda sokii,
Aylabon ulcha saʼy erur mumkin,
Sayr qilgʻanni koʻhu dasht desun,
Ne anga boʻldi sarguzasht desun».
Rahrav ul navʼ hukm chun bildi,
Soʻz sano birla ibtido qildi:
«Ki shah iqboli hasrdin afzun,
Yuzi pqbol jomidin gulgun.
Oʻzi plgida argʻuvoniy may,
Iti olida xasm qonn may».

XXVII

Toʻrtunchi iqlim yoʻlidin keturgan musofir suxan guzarligʻi

Chun duo birla boʻldi nuktasaro,
Dedikim: Erta chogʻda Dehli aro
Xisrave erdi shohlardin toq,
Taxti hukmida kishvari ofoq.
Maxzanu ganjiga iihoyat yoʻq,
Mulku xayligʻa haddu gʻoyat yoʻq.
Charx yoʻq mulki arsasiga edil,
Oʻzga shahlarning oticha anga pil.
Adlu insof oʻlub sifoti aning,
Shohlar ichra Juna oti aning.
Elga bazlu ato bila mashhur,
Olam ichra saxo bila mashhur.
Elga laklarni bebahona berib,
Gar bahona topib, xizona berib.
Bazlai gar debon suxan sanji,
Silasigʻa ato qilib ganji.
Buyla mashhur erurki, bir muhtoj,
Charx mulkidin aylagan ixroj
Aylabon qagʼ dashtu togʻ ila rud,
Anga kelturdi bir sabad amrud.
Necha kun boʻldi muzdi ichra darang,
Boʻldi allon bar asru koʻp diltang.
Sogʻinib shah dediki: «Toping oni,
Soʻrunguz hojatini pinhoni».
Dedi soʻrgʻan dam ul gado pesha:
«Hojatimdur bir arra, bir tesha».
Shah aning hikmatini qildi savol,
Dedi: «Hikmat bukim, yonib filhol,
Qayda bu mevadin yigʻoch mavjud
Boʻlsa borin kesib qilay nobud».
Shah chu maqsudini aning bildi,
Sila bir mulk molini qildi,
Ki hisob ichra bor edi oʻn lak,
Har laki oʻn tuman kelib beshak.
Vuzaro mayl etib bahona sori,
Boshlabon shahni ul xizona sori,
Ki agar koʻrsa oncha nakd ila mol,
Bor durur bermagi biravga mahol.
Shah bilib chun nazora etti ani,
Ozdurur deb dubora etti ani.
Ishi yoʻq erdi bir aning mundoq,
Bor edi oʻnu yuzu ming mundoq.
Bir kun oʻlturmish erdi suhbat aro,
Charx yangligʻ uluvi himmat aro.
Dur sochar erdi abri ehsoni,
Bor edi bir gʻarib mehmoni.
Tuhfa kelturmish erdi bir koʻzgu,
Kim ani tutsa har kishi oʻtru,
Chin desa aksida safo erdi,
Desa yolgʻon yuzi qaro erdi.
Koʻp kishi qildi ozmoyish anga,
Aytgʻandek edi namoyish anga.
Shoh anga berdi benihoyat mol,
Kim aning ushrin etmas erdi xayol.
Bazl chun oncha naqdu mol etti,
Soʻzning asnosida savol etti:
«Kim chu olam aro guzar solding,
Olam ahligʻa koʻp nazar solding.
Bir meningdek saxiy eshittingmu?
Yo koʻrub xizmatigʻa ettingmu?»
Shohning bu savolidin masʼul
Behad andisha ichra boʻldi malul.
Hov, desa shahgʻa nuqs rojiʼ edi,
Yoʻq, demak xud xilofi voqiʼ edi.
Oqibat zahmdin deyolmay chin,
Yolgon ayturii aylabon oyin
Dedp: «Yer yoʻqki, mep yugurmaymen,
Rov sendek jahonda koʻrmaymen».
Dedi: «Chipdur bu?» — Dedi: «Chindur bu»,
Shah dedi: «Oliga tutung koʻzgu!»
Chunki pazzora qildi koʻzgu aro,
Aksi koʻzgu aro koʻrundi qaro.
Boʻldi xnjlat bpla sarafganda,
Shah dagi andin oʻldi sharmanda.
Dedi: «Ey rahravi xujasta sifot,
Bizdin oʻldn sanga bu navʼ uyot.
Bu qaro boisi chu yolgondur,
Chip degilkim, iloji osopdur».
Dedi: «Koʻrdum».— Dedikp: «Koʻzguga boq!»
Boqtp koʻzguga, bor odi yuzi oq.
Shah dedi: «Aytqilki, pe kishidur,
Ki bu yanglig saxo aiing ishidur?»
Dedi rovnki: «Ey baland sarir,
Aytmoqdpn manga yoʻq emdn guzir.
Bu hnkoyatkn, bas, yiroq boʻlgay.
Boʻlsa xilvatda yaxshiroq boʻlgay»,
Majlis ahlpp qoʻpardilar holi,
Shahu roviyga qoldi uy xoli.
Dedikpm: Hnnd ichipda shahridur,
Ravzldin olam ichra bahridur.
Ham sening mulkunga zrur doxil,
Moli har yil xizopagʻa vosil.
Vasfi bas dilnaziru oti Taroz,
Tarzi dilkash nechukki, ishqi majoz.
Shoyad ul erga etgan erkineel,
Yoʻqsa vaefin eshitgan erkinsen?
Shah dedi: «Qilmamishmen oni tavof,
Lek eldin eshitmisham avsof.
Sen hadisingni ibtido ayla,
Har ne. koʻrgan esapg ado ayla».
Dedi: «Shahridur ul bihisht oso,
Naxli toʻbi misoli gardun so.
Kavsar oso suyi dalili aning,
Har taraf rudi salsabili anshgg.
Ravza yangligʻ havosi jonparvar,
Suyi kavsar kibi ravonparvar,
Eliga bog ziynati — pesha,
Bogdin yaxshiroq apga besha.
Kishi yoʻqknm, yoʻq anga boʻstopi,
Bogpda har taraf gulistopi.
Har kishi oni xurdi hol yasab,
Zeb aro ulcha ehtimol yasab.
Shohping chun adolat oʻldi fani,
Eli ushbu jihatdip asru gani.
Shahru koʻyi bihishtdek maʼmur,
E.t bila uplar apda huru qusur.
Moli zabtigʻa el boʻlub hayron,
Topmayip, ganj qoʻygali vayron.
Navjuvoni bu shahr aro sokin,
Vasfi ming nuktadongʻa noʻq mumkin.
Husn aro mehri osmonpy ul,
Lutf aro obi zindagoniy ul.
Yoshi ozu kamoli koʻp behad,
Zotida mupdarij kamoli xnrad.
Pok tabʼi safoda koʻzgudek,
Sabza uzra oqar suzuk suvdek.
Fahmigʻa nukta boʻlshyin mubham,
Nuktasi ichra nukta koʻp mudgʻam.
Tabʼi har fanda chun muloyim oʻlub,
Anga ahli funun mulozim oʻlub.
Yoʻq saodatliq uyla bir mavjud,
Axtari saʼd oʻlub, oti Masʼud.
Ayamay andin ezidi mutaol
Hech ishda kamol, xossaki mol.
Mayli gulzor aro qilib ohang,
Doyim ichmakka bodayi gulrang,
Toki gul bordurur tuzub majlis,
Gul erur majlisi aro munis.
Sochibon bargi gul qadam to fark,
Farqdin to qadam gul ichra garq.
Chunki gul faslin oʻtkarib gardun,
Aylabon ul harirlar gulgun.
Kesturub bargi gul kibi bir-bir
Singdurub anda atru mushku abir,
Bori kiymaklarin qilib gulfom,
Yana gulfom etib xujasta maqom.
Rahbalarda necha buti gulchehr,
Charx toqi aro nechukkim mehr.
Yuzi gulguna rangidin soda,
Yasagʻan gul separga omoda.
Har qachon ul qilib nishotqa azm,
Tuzsa gulfom qasri sahnida bazm,
Nechakim ayshining guli ochilur,
Yuqoridin boshita gul sochilur,
Kim aning bazmigʻa nazora qilib,
Bogʻi firdavsdin kanora qilib.
Ishlarin gar shikasta basta dedim,
Yuzidin birni jasta-jasta dedim.
Ura alman vale sahosida dam,
Men nekim, gar tirilsa goz Hotam».
Ayladi chun bu erda nuktani bas,
Juna sabru qarorin oldi havas,
Kim bu nodir sori guzar solgʻay,
Borcha ahvoligʻa nazar solgʻay.
Dedi: «Bir hafta istabon orom,
Noʻsh qilgʻum haram saro ara jom.
Xizmat ahlin ham ayladim ozod,
Aysh ila uylarida boʻlsun shod».
Elni chun ayladi parokanda,
Azm jazm etti shohi farxunda.
Haramin xoslargʻa topshurdi,
Nuktalar borchasigʻa tutturdi.
Bor edi bir zamin navardi aning,
Boʻlmayin barq hamnabardi aning.
Deb edi otini «Sarius-sayr»,
Qolibon sayrdin havo uza tayr.
Haftaliq yoʻlni boribon bir kun,
Yana bir onchani yana bir tun.
Beribon tavru vazʼigʻa tagʻyir,
Sekridi markab uzra shohi dalir.
Iki kun saʼy ila xirom etti,
Garchi yoʻl yuz yigʻoch edi — etti.
Koʻrdi shahre nechukki, bogʻi bihisht,
Tufrogʻi atr aro abir sirisht.
Nuktagoʻ vasfin aylagancha edi,
Balki ziynat aro yuz oncha edi.
Surdi Masʼud uyin soʻrogʻ aylab,
Bazmini mayayi farogʻ aylab.
Yettiyu koʻrdi bir biyik kiryos,
Toku ayvon anga sipehr asos.
Sohati ichra xalq gʻavgʻosi,
Orzuxoh ulus alolosi.
Mutaayyin eshikda necha kishi,
Gʻurabo xizmatn alarning ishi.
Junani koʻrdilar gʻarib misol,
Soʻrubon bildilarki, nedur hol.
Boshlabon oligʻa yugurdilar,
Mehmonxonagʻa tushurdilar.
Bogʻlabon markabin tavilagʻa rust,
Boshladilar oʻzini qasrgʻa chust.
Qasrkim erdi mehmonxona,
Farsh ila raxti borcha shohona.
Junagʻa anda berdilar orom,
Tortib oligʻa guna-guna taom.
Mezbon dagi keldi qoshigʻa bot,
Koʻr, ne mehmonu mezbon, hayhot!
Ul ziyofat tariqida mohir,
Oncha mardumliq ayladi zohir,
Kim oʻshul xulq ila kamoli xirad,
Junani ojiz ayladi behad.
Boʻlgʻucha ul kalomdin forigʻ,
Boʻldi mehmon taomdin forigʻ.
Qildi yuz lutf birla istimzoj,
Junadinkim: «Tilarmu boda mizoj?»
Ani rogʻib koʻrib nishot aylab,
Bodadin ziynatn bisot aylab,
Tuzdi bazmiki, charxi koʻhna nihod
Uyla bir toza bazm bermas yod.
Bor edi qasr yonida hammom,
Farshu izora anda yashmu ruxom,
Shisha oʻrnida mehri olamtob,
Havzlar ichra suv erida gulob.
Iltimos ettikim bir-iki zamon,
Kirsa hammom aro burun mehmon.
Yuvsa yoʻl gardidin badanni xub,
Shohga ul bor erdi xud matlub.
Kirdigo topti birdam osoyish,
Koʻrdi oncha asosu oroyish,
Kn aning mulki ichra yoʻq erdi,
Koʻrub insof borchagʻa berdi.
Toslar zarnigoru mehr misol,
Siymun dastadin boshida hilol.
Futalar mushku anbar ogushta,
Tortilib ip erida zar rishta.
Xizmat ahli guli tarip yangligʻ,
Yoʻqki, hammom aro pari yangligʻ
Yuz zarofatda har xujasta harif,
Kullu shayʼin minaz-zarifi zarif.
Bu sifat erda shohi ozoda,
Uzni yoʻl gardidin qilib soda,
Qildi hammomdin chiqargʻa xirom,
Hulla kelturdilar bori gulfom.
Chunki mehmon edi dagʻi maʼmur,
Kiydi gulgun harirlarni zarur.
Boʻldi Maeʼud ila toʻni hamrang.
Qnldilar bezmgah sari ohaig.
Bazm erdi bihisht omada.
Huri soqnyu kavsari boda.
Shahni chui bazm pchmxl etkurdn,
Shahni oʻdturub, oʻzi ul turdn.
Majlis ahli gul jabip born,
Borchasishshg lpbosi gulnori.
Hukm qildiki, eoqiyn mavzun,
Tutti mehmongʻa bodayi gulgun.
Chup necha davr oʻtti pay-darggay,
Ahli majlks boshigʻa chiqti may.
Shoh chun nodiri zamon erdn,
Hikmat oyinu nuktadon erdn.
Majliei koʻrdi ul sifat margʻub,
Boʻlub ul bazm shavqidpn magʻlub.
Sogʻ ekanda rioyat aylar edi,
Hifzi holi bagʻoyat aylar edi,
Boshi chun boʻldi bodadin mahrur,
Xirad oyinigʻa etishti futur.
Jannat ichra oʻzin koʻrub mehmon,
Har taraf boqsa hur ila gilmon.
Koʻngli sabru qarorsiz boʻldi,
Nuktada ixtnyorsiz boʻldi.
Ogʻzining huqqasidin ochti band,
Nukta bir-birga apladi payvand.
Baski fosh ayladi durafshonliq.
Qoʻydi yuz mezbongʻa hayronlik,
Shah savol etti: «K- ey xujasta vujud
Talʼatang ham oting kibi masʼud,
Yoʻqki men Hind ichinda soyirmen.
Balki olam aro musofirmei.
Bu qadar donishu salohiyat,
Muncha jamʼiyatu rafohiyat,
Kn sanga tengri aylamti maqrun,
Ki oni tengri aylaeun afzun,
Kishida koʻrmadim jahop ichra,
Qolmisham fikrati nihon ichra,
Ki ne yangligʻ sanga bu bermish dast.
Deb, meni qoʻyma gʻam aro paypast»,
Dedi Masʼud: «K-e yuzung farrux,
Chunki soʻrdung zarur erur posux.
Muni bilgil atoyi yazdoniy,
Lek soʻrsang sabab eshit oni.
Bizga shohidurur ie yangligʻ shoh,
Olam ahli boshigʻa zilli iloh,
Ki hayotini haq mudom etsun,
Zillu johini mustadom etsun,
Podshohi durur ajab odil,
Adli olam eli aro shomil.
Zulm torini ul sifat uzmish,
Adl sozini ul sifat tuzmish.
Kim aning davlatidin aqli zamon,
Topmamishlar bagʻayri amnu amon.
Mulk aro chunki boʻldi amniyat,
Yuzlanur mulk eliga jamʼiyat.
Andin oʻqdur hunar hisobi ham,
Fazl ila donish iktisobi ham.
Bizga bu shoh daalatidin erur,
Soyayi johu hashmatidin erur.
Bukp eldin manga ziyod oʻlmish.
Manga bu navʼ eʼtpqod oʻlmish,
Ki boʻlurgʻa bu navʼ ish hodis,
Goʻyiyo iki ish durur bois.
Biri haq shukrini ado qilmaq.
Yana, shah jonigʻa duo qilmaq.
Qoldi bu iki ishdin el gʻofil,
Ki alardin is kom erur hosil?
Manki bildim, bu boʻldi pesha manga,
Nafʼi mundoq star hamssha manga».
Shahni bu soʻzlar andoq ayladi shod,
Kp yaqin erdi aplagay farsd.
Uyla koʻnglida mehri er tutti,
Ki yana xulqi mehrin urkutti.
Boʻldi xushhol oʻlub fasona sigol,
Ki fasohatdin egtp xalqni lol.
Koʻrdi Masʼud ul sifat mehmon,
Fazlu donish aro vahidi zamon.
Istadi jon anga fido qilmaq.
Maqdami shukrini ado qilmaq.
Har taraf tojiriki, ketmish edi,
Biri ul kun magarki, qaytmish edi.
Kelturub erdi sondin ortuq sud,
Topti Masʼud andin ortiq sud.
Garchi ul sudkim, xudo berdi,
Onchakim, bir xiroji mulk erdi.
Koʻnglin ul moya birla xush qildi,
Sudpni shahgʻa peshkash qildi.
Shah musofir soʻzini aylab yod,
Ne oʻzin gʻamliq ayladi, ne shod.
Mszbon yona boʻldn baxm oron,
Dedi: «Oʻn hur oʻlub nishot afzoy,
Rahbalarning eshigin ochsunlar,
Gul xaloyiq boshigʻa sochsunlar».
Garchi ul vaqt erdi fasln xazop,
Gul socha boshladp nasimn vazop.
Yasabon gul bori abir sirisht,
Bazmni qildp gulistoni bihpsht.
Har sori gu.t uzorp gulgun poʻsh,
Jomi gulrang anlar erdp poʻsh,
Yuzn gul-gul boʻlub nnnyun ssgez.
Shohning xorxorin aylab tez,
Qildi Masʼud bir taraf imo,
Yeoʻldi bir gul uzor jilva namo.
Kelturub joms uylakim xurshnd,
Koʻrmagan jom aning kibi Jamshid.
Toʻldurub shohga ayaq tuttn,
Knm quyosh yangligʻ uyni yorutti.
Dedi: «Uldur bu jomning holn
Ki chu bir toʻldi — boʻlmagʻay xoli
Oʻng sori davr topsa pay-darpay,
Boʻlmagʻay kam kishi ichardin man
Soʻl sori yonsa nechakim toʻlgʻay,
Oz ichib koʻp, valek kam boʻlgʻay,
Yasagʻanda guruhi hikmat qism
Bagʻlamishlar anga bu navʼ tilism».
Ozmoyish chu ixtnyor oʻldi,
T5u sifat andin oshkor oʻldp.
Shahni ul jom qildi bodaparast,
Ichmayii boda boʻldi andin mast.
Oni ham chekti mezboni saxiy,
Mehmon alida saxo koʻr, axiy!
Shah may andin ichar edi hushdil,
Anga tegruki, boʻldi loyaʼqil.
Ul kun oʻldi bu navʼ ila oqshom,
Uyqudin topti tabʼlar orom.
Subh rindi chu qildi mayli sabuh,
Rohi mehr anga toza ayladi ruh.
Qoʻptilar bodayi sabuh kashon,
Boʻlubon ul sabuh birla xushon.
Yana kunduzga chekti ul majlis,
Qoʻymay ul majlis elga aql ila his.
Yana kundin takalluf oʻldi fuzun,
Guljabinlar tutub mayi gulgun.
Qasri gulgunda gulfishonligʻ etib,
Sokini bazmi gulnishonligʻ etib.
Yana Masʼud ishorati qildi,
Bordi ulkim, ishoratin bildi,
Bazm aro turfa sozi kelturdi,
Soz ila dilnavozi kelturdi.
Sozi ul sarvi guljabinning «chang»,
Guli ustida burqayi gulrang.
Dedi Masʼud: «Sozini alsun,
Burqain olib, oʻlturub chalsun!»
Oʻlturub chunki burqaʼ ochti hur,
Boʻldi el aqlu hushidan mahjur.
Chang torigʻa chun figʻon berdi,
Kimki oʻlturmish erdi — jon berdi.
Bu xud ul navʼ shahni qildi asir,
Ki chekar erdi changi birla nafir.
Muni ham chekti shoh oliga tez,
Boʻlubon lutf birla uzr angiz.
Tuna kun tartqancha molu jihot,
Tartti mehmon oligʻa bot.
Oʻtti bu navʼ ila bu kun dagi,
Uyudi bazm usruku sagʻi.
Yana tongla tuzuldi beozarm,
Majlis oʻldi iki kungidin ham garm.
Yana may ichmak erdi, gul spchmaq,
Yana may chehralarda gul achmaq.
Zebu ziynat fuzun burundin koʻp,
Ayshu ishrat burungʻi kundii koʻp.
Yana amr etti mezboni karim,
Ki birov qoʻpti ul sifatki, nasim.
Olibon keldi barq raftori,
Sayr aro barqdin namudori,
Gomi «Shabdiz» din kelib afzun,
Rangi gulgunu oti ham «Gulgun».
Bir parivash hayuni, dev najod,
Balki devu pari bila hamzod.
Shaklndin aqlu his boʻlub mabhut,
May anga suvu nayshakar anga qut.
Oʻn kelib oʻzga otcha gomi aning,
Tunu kun yuz yigoch xiromi aning.
Ani koʻrgach, xiraddin oʻldi bari,
Kishi andoqnn, koʻrsa devu pari.
Anp ham chekti shoh oligʻa chust,
Uylakim necha tuhfa chekti naxust.
Borchadin shoh oʻlub edi mamnun,
Lek mundin borisidin afzun.
Ul ikn kungicha yana amvol.
Chekti mehmoni oligʻa xushhol.
Yana shom oʻlgʻach, oʻldilar bori mast,
Mundoq oʻlgʻaykim, boʻlsa bodaparast.
Junayi mehr chunuzor achti,
Hinduvi shom askari qochti.
Shoh Juna koʻz ochti xob olud,
Mezbon tolii kibi masʼud.
Keldiyu qildi suhbat angizi,
Qilgʻali gulga boda omizi.
Shah dedi: «Ey rafiqi zebo chehr,
Koʻnglumiz bogʻida koʻp ekkan mehr.
Mehmonliq ham oʻlgʻay ush muncha,
Ki unut boʻlmagay bu oʻlguncha.
Saʼb erur garchn dardi hijroning,
Azm etarbiz gal oʻlsa farmoning.
Garchi kelmak erur irodat ila,
Lek ketmak erur ijozat ila».
Boʻldi hijron hadisi chun mazkur,
Tushti Masʼud xotirigʻa futur.
Dedi: «Ey rahnavardi kor ogoh!
Ne hadis erdikim deding nogoh?
Suhbatipg birla bor eduk xushhol,
Bizga hajring qilur mushavvash hol.
Xizmatingda gar ayladuk taqsir,
Sen karam birla tapmagʻil tagʻyir.
Shod eduk mehrvash jamolingdin,
Mutamattiʼ chuchuk maqolingdin.
Necha kun tursang oʻlgʻabiz masrur,
Yoʻqsa taqsirimizni tut maʼzur!»
Shoh anga uzrlar base qoʻldi,
Xayrbod aylabon rlvon boʻldi.
Boʻldi «Gulgun» uza jahon paymo,
Ursa mahmiz osmon paymo.
Soʻngicha har ne berganin Masʼud,
Zabt etib borchasini budu-nabud,
Oʻzining necha muʼtamadlaridin,
Kim barumand edi xiradlaridin
Uzaturgʻa zamoni otlandi,
Chun uzattp visoqigʻa yondi.
Shah chu «Gulgun»ni qildi dasht xirom,
Tutti Dehlida ul kun-oʻq orom.
Necha kun chunki anda maks etti,
Neki qolmish edi keyin etti,
Ishi Masʼud ishida hayronliq,
Kelturub aqligʻa parishonliq.
Yodi birla toʻnin qilib gulfom.
Ichibon yodi birla gulgun jom.
Birov erdi Taroz uza voli,
Himmati pastu mansabi oliy.
Shahr anga Junpur, oti Jaypur,
Zulm ila Hind mulkida mashhur.
Ham kelib erdi dodxoh andin.
Boʻlub erdi necha gunoh andin.
Ayladi hukm shohi farrux fol:
«Kim bitisunlar ushbu lahza misol.
Ki viloyatda shod oʻlub Masʼud,
Ul etushsun eshikka zudo-zud».
Lek bu nomadin burun bu xabar
Yetibon ayladi ani muztar.
Bildikim bordi saltanat qoʻlidin,
Soʻrgʻusi shoh maʼdalat yoʻlidin.
Ishlari shahgʻa chun ochilgusidur,
Ne sazovori boʻlsa qilgusidur.
Bor edi noibi oti Mallu,
Tabʼida zulmu kina sori gʻulu.
Chun bu yangligʻ ish oʻlmogʻin bildi.
Charlab oni mushovarat qildi:
«Kim ne boʻlgʻay bu qissaga chora?»
Dedi zolimvashi sitamkora:
«Ki bu ishkim, sanga erur hodis,
Anga Masʼud oʻlubturur bois.
Shahgʻa bormish bu navʼ ovoza,
Ki aning bazligʻa yoʻq andoza.
Ham demakdin ziyoda yaxshiligʻi,
Yaxshiroq olam ahlidin qiligʻi.
Ani sendin chu anglamish foyiq,
Anga koʻrmish sening ishing loyiq.
Ul qachon boʻlsa bu arodin gum,
Sangadur yor charx ila anjum.
Favtidin shoh iztiror topar,
Mamlakat ham sanga qaror topar».
Dsdi Jaypur: «Gar budur chora,
Ani ne navʼ etarbiz ovora?»
Dedi Mallu: «Burun ani yor et,
Tavri meqru muhabbat izhor et.
Chorlabon oʻz uyungga suhbat tuz,
Oning uyiga mayl ham koʻrguz.
Chun boʻlur bu musodaqat mavjud,
Men qilay har nekim erur maqsud».
Boʻldi Jaypur koʻngli behad shod.
Soldi Masʼud birla tarhi vidod,
Beribon yuz fusun bila bozi,
Boʻldi oning rafiqu hamrozi.
Chorlabu borib uyiga bexost,
Har kui aylab birisi suhbat rost.
Anga oʻzini yor deb joni,
Oʻzidin emin ayladi oni.
Toki Masʼud uyi aro Jaypur,
Bir kun oʻldi qadah bila masrur.
Shomgʻa tegru ayladi ani mast,
Oʻzi dogʻi anga boʻlub hamdast.
Tund may chunki zoyil etti xirad,
Gulshan ichra yiqildilar bexud.
Boʻldi Masʼud eli dagʻi gʻofil,
Koʻpi bor erdi, balki loyaʼqil.
Istar erdi bu holni dastur,
Bor edi bir kamin aro mastur.
Chiqti bir necha devhush birla,
Kinakash, balki xirakash birla.
Toptilar mezbonni bogʻ ara chust,
Bogʻladilar ilik, ayagʻini rust.
Koʻtarib biri boʻynigʻa oni,
Qildilar yoʻlgʻa azmi pinhoni.
Uyigʻa bordi ul qarongʻu kecha,
Kim qaro koʻrdi oʻylakim bu kecha?
Tiyra choh ichra soldi tutqunni,
Tengri bir aylagan tunu kunni.
Munda choh ichra bexudu mazlum,
Qavmu xayli ishini qil maʼlum!
Chupki tun quzgʻupi havo qiyadn,
Toig qushi navha ibtido qildi.
Koʻz ochib uyqudii aning xayli,
Qildilar barcha xizmati mayli.
Boʻldilar hozir uylakim maʼhud,
Chunki Masʼud goyib erdi ne sud?
Barcha gʻamnok oʻlub, qilib yoqa chok,
Lek Jaypur barchadin gʻamnok.
Dam-badam iztirob anga ortib.
Qavmu xayli bila figon tortib.
Koʻz necha kup gamida yopmadplar,
Tiladilar, valek topmadilar.
Yolqibop oqibat bu suratdin,
Motamni tuttilar zaruratdin.
Tushti elga qilib borin ojiz,
Motamikim, tuganmagay hargiz.
Qpldn voliyi xorij andisha,
Necha kup gam ebon azo pesha.
Qavmu xayli chu berdilar koʻp pand,
Boʻldn Masʼud hajriga xursand.
Yetti oshin berib takalluf pla,
UGshga bordi koʻp taassuf pla.
Chunki u.t kecha gadr etib Mallu,
El ichin qpldi dard pla mamlu.
Mehr chun sharq chohidin chiqti.
Yer tubi xobgohidin chiqti.
Ochtn Masʼud koʻz malolat aro,
Koʻrdi oʻzni gʻarib holat aro.
Ayagʻi ilgi boglanib mahkam,
Koʻzpga tiyra jumlayi olam.
Jismining nisfi balchigʻu su aro,
Yorimi qiyrdek qorongʻu aro.
Dedi: «Yo rabki, bu ne hol erkin?
Tushmu erkin va yo xayol erkin?»
Nechakim ayladi gumoni qiyos.
Holatin aylay olmadi ihsos.
Ochti mundakda chah boshini birav.
Choh aro tushti shamʼdin partav.
Ani ul chohdin azob bila,
Bogʻlabon chektilar tanob bila.
Soldilar uy ichinda zoru asir,
Koʻrdi nogahki, tund kirdi vazir,
Ogʻzigʻa har ne kelganin soʻkti,
Bir kishi bir quchoq yigʻoch toʻkti.
Hukm qildiki, ochingiz rasanin,
Yalangʻochlang, azob etarga tanin.
Dedikim, chekti oni iki kishi,
Yigʻoch urmoq yana ikining ishi.
Necha kim zorligʻ bila Masʼud
Dedikim: «Aytingiz, nedur maqsud?
Gʻaraz ar mol erur emas ul kam,
Jon esa yoʻq turur muzoyaqa ham».
Qilmadi istimoʼ zolimi xas:
«Yigʻoch urmoqni, — dedi, — qilmang bas».
Bargi guldek tanin topib yalangʻach,
Iki zolim urarlar erdi yigʻach.
Necha faryod etibki, urdi pech,
Kishi faryodigʻa etishmadi hech.
Tokim iki yigʻoch usholdi durust,
Boʻldi iki yigʻoch urgʻuchi sust.
Dedi zolimki: «Bas qiling, urmang,
Bukun oni tayoqlab oʻlturmang.
Qatl qilmasmen iztirob aylab,
Oʻltururmen, vale azob aylab».
Qoʻpti boshu ayogʻidin iki dun,
Boʻldi ul feʼlidin xijil gardun.
Qoʻpub oʻlturdi notavon Masʼud,
Dedi tortib figʻoni dard olud
Ki: «Gunohim nedur, musulmonlar!
Qilmadn buyla zulm yoronlar!
Zulmu bedod rasmidin qayting,
Gunoxi aylagan esam apting.
Olami joyizul-xato boʻlmish,
Bu xato borchagʻa ravo boʻlmish.
Oʻtkaray har ne tarjumon desangiz,
Moldinkim desunki, jon desangiz».
Necha bu navʼ zohir etti navo,
Qilmadi duni sangdil parvo.
Dedikim: «Qoʻymangiz ani soʻzga,
Demasun bu fasonalar oʻzga».
Bogʻlatib soldi chohning tahigʻa,
Yana er tutti Yusuf oʻz chahigʻa.
Necha kun bu edi ishi oning,
Manʼinp qilmayin kishi oning.
Bordi Masʼud holi somondin,
Toʻkubon ashk ilik yudp jondin,
Der edi: «Tigʻi kin surung oxir,
Meni rahm aylab oʻlturung oxir».
Bas jafodin chu zulmgar toʻydi,
Tongla oʻlturgali koʻngul qoʻydi.
Choh boshpdl qoʻydi bir kishini,
Anlabon uhda oʻlturur ishinn.
Bordi Jaypur oligʻa shodon:
«Ki buzuq koʻnglung boʻldi obodon.
Dushmashshg bu sifat erur mahqur,
Oldi oʻlturgalp ani dastur».
Keldsho uyda tuzdi bazmi nishot,
Boda ichmakda ayladi ifrot.
Bir qizi bor edi aning gulruh,
Talx guftor, bal shakar posux.
Husn birla jahon elida gani,
Vasfdin balki husni mustagni.
Ishq umre solib dimogʻigʻa dud,
Oʻtining boisi edi Masʼud.
Husni vasfini chun eshitmish edi,
Ham yiroqtin nazora etmish edi.
Kishiga ayta olmayin oni,
Kuyar erdi valek pinhoni.
Ishqdin chun bor erdi koʻnglida band,
Bandini koʻrsa erdi hojatmand.
Mehnati aylabon siroyat anga,
Aylar erdi base rioyat anga.
Uyda-oʻq aylamish edi maʼlum,
Ki erur band ichinda bir mazlum.
Vahmdin mahvashi humoyun fol,
Ani soʻrmoqqa topmas erdi majol.
Bu kechakim atasin angladi mast,
Qavmu xaylin may etti er bila past.
Chah nigahboni erdi loyaʼqil,
Mastliq uyqusida forigʻ dil.
Ochibon choh boshini mahvash,
Chorladi mehr birla: «K-ey gʻamkash!
Qaysi mazlumsen, ne oting bor?
Bu zamon mavt, yo haeting bor?»
Chu eshitti aning unin majruh,
Jismigʻa mayl qildi ketgan ruh.
Nola aylab dedi: «Otim Masʼud,
Jonima yuz tuman balo mavjud.
Sen de, odam va yo farishtamusen?
Rahmati haq bila sirishtamusen?
Ki unungdin tanimgʻa jon keldi,
Jismima mujdayi ravon keldi.
Qila olsang ishimga fikri qil!
Yoʻqsa boru meni oʻluk bilgil!»
Chun eshitti otin buti cholok,
Ishqdin tushti koʻngliga topok.
Qon base hajridin yutub erdi,
Necha kun motamin tutub erdi.
Gʻoyib oʻlmogʻligʻi boʻlib edi chin,
Oʻlgani lekin ermas erdi yaqin.
Otasin ham bilur edi gulroʻy.
Kim erur dev feʼlu vojun xoʻy.
Nozapin koʻngli ichra tushti gumon,
Dedi: «Yo rab, ki boʻlmagʻay bu hamon!»
Chunki soʻrmoqqa ayladi tadqiq,
Bildi Masʼud erkanin tahqiq.
Dedi: «Ey jisminga fido jonim!
Joninga sadqa jismi pazmonim!
Seni koʻrguncha mundoq oʻlsam ne?
Xasta joning fidosi boʻlsam ne?
Koʻrdikim bu fasonadin yoʻq sud,
Qilgʻali chora qoʻpti gʻam farsud.
Iki mahram kaniz edilar anga,
Joni yangligʻ aziz edilar anga.
Kim anga uldam erdilar hamrah.
Nozanin ishqi oʻtidin ogah.
Aylabon ulcha saʼy imkoni,
Chektilar choh qaʼridin oni.
Chiqti bir kolbadki, jon yoʻq anga,
Tan aro ruhdin nishon yoʻq anga.
Oyaq-ilgini eshtilar filhol,
Ruhsiz jismdin edi timsol.
Gʻamidin shoʻx oʻlargʻa yovushti,
Zor yigʻlab ayogʻigʻa tushti.
Koʻrdi holin soʻrar mahal ermas,
Anda turmoq natijai bermas.
Ul ikavga koʻtartibon oni,
Andoq evga kiyurdi pinhoni,
Kim necha tursa notavon anda,
Hech kim qilmagʻay gumon anda,
Ket yuzida toʻshak solib necha qot,
Anda etkurdi zori xastani bot.
Goh sharvat, gahe taʼom berib,
Yuzidin oʻz koʻziga kom berib.
Xizmatin aylabon shafiqona,
Bor edi tegrasida parvona.
Ul kechakim ani chiqardi ul oy,
Subh boʻlgʻach vaziri xorij roy,
Boʻldi Masʼud qatligʻa jozim,
Qoʻptiyu boʻldi chah sori ozim.
Koʻrdi: zindonu choh boshi ochuq.
Posbon masti xobu bandi yoʻq.
Posbonni ham uldam etti halok,
Boʻldi oʻz joni vahmidin gʻamnok.
Cholibon bordi voli oligʻa chust,
Voqiʼ oʻlgʻanni sharh qildi durust:
Ikisi qoldilar ajab gʻam aro,
Oʻzlari holatigʻa motam aro.
Oqibat ul iki sitamkora,
Ishga bu navʼ toptilar chora,
Ki burun shahr aro qilib taʼjil,
Topsalar aylagʻaylar oni qatil.
Shahr aro erdi notavon noyob,
Qildilar togu dasht sori shitob.
Oʻn kun istab fuzunroj, imkondin,
Topmadilar nishona ondin.
Angacha shoʻx mehribonligʻidin
Chiqti Masʼud notavonligʻidii.
Kengashib roy anga topti qaror,
Kim ayon boʻlgʻay ikisiga firor.
Shoʻx iki ot qilib edi tayyor,
Poʻyada misli kavkabi sayyor.
Qaytgach voliyu vaziru sipoh,
Yoʻlda chun hech qolmadi ikroh.
Qochibon yoʻlgʻa tushti iki rafiq,
Kim demishlar: «Rafiqu summa tariq».
Bu kecha qochtilar iki hamroh.
Tonglasi xalq boʻldilar ogoh.
Qavdilar borcha saʼy etib joni,
Jahdning ulcha boʻlgʻay imkoni.
To koʻrundi alar qarolari ham,
Qolmadi bir yigʻach arolari ham.
Iki bechora jonida edi tob,
Chora qildi musabbibul-asbob,
Kim koʻrundi ilaylarida tengiz,
Furzada bir kema, vale yuksiz,
Yetgach-oʻq muzd aylabon taʼyin,
Boʻldilar kema ichra bahr nishin.
Surdilar kemani shitob bila,
Yetti qavgʻunlar i-ztirob bila.
Koʻrubon uyla mehnati jovid,
Ul ikov yondi jonidin navmid.
Yurubon qoʻydilar qiroq sori yuz,
Bu ikav suvda oʻn kecha-kunduz.
Kemadin chiqtilar ikov hushhol,
Mindilar otqa aylab istiʼjol,
Shahrkim tuttplar aning sori yoʻlg
Poytaxt ermish ittifoqiy ul.
Yoʻl yurub kecha subh chogʻigʻacha,
Yettilar shahrning qirogʻigʻacha.
Yoʻlda bir eski qalʼa tomts edi,
Panahida necha haromi edi.
Anda etgach alargʻa surdilar,
Har birin oʻn kishi tushurdilar.
Olibon otu toʻnlarini tamom,.
Qildilar jilvagahlarigʻa xirom.
Iki uryon ichida qaygʻu edi,
Shukr erdiki, tong qarongʻu edi,
Ushbu holatda ettilar xayle,
Qildi Masʼud alar sori mayle.
Chun oʻz ahvolidin xabar qildi,
Dardi ul xaylgʻa asar qildi.
Bir-iki eski kiyguluk tashlab,
Yondilar shahr sori yoʻl boshlab.
Satri avrat qilib iki hamdard,
Kirdilar bir buzuqgʻa gʻamparvard.
Yarugʻach tong sipehr jomidek,
Qochti tun hindusi haromidek.
Ul buzugʻ ichra erdilar bu hol
Angachakim quyoshgʻa boʻldi zavol.
Ochligʻ zaʼfi boʻldi chun gʻolib,
Nafs boʻldi gʻizo sori tolib.
Shoʻxda chun yoʻq erdi tobu tavon,
Boʻldi Masʼud shahr sori ravon,
Kim anga etsa har nechuk roʻzi,
Oni qut aylagay dilafroʻzi.
Qoʻydi bozor ichiga chunki qadam,
Shoh bazmi uchun birov ul dam
Toslar soz etib edi maqbul,
Nechada umna, nechada tanbul.
Der edi: «Har biriga iki diram
Muzd erur har kishiki qoʻysa qadam».
Chunki Masʼud eshitti ul soʻzni,
Toskash ayladi ravon oʻzni.
Ul jamoat aro urar edi gom,
Yoʻl yirogʻu alargʻa yoʻq orom.
Zaʼfliq jismi tobi chun ketti,
Shohning chorbogʻigʻa etti.
Juna gulshan aro ichar edi may,
Bazmida lahni udu nolayi nay.
Chunki Masʼud ishnn eshitmish edi,
Gʻamidin aqlu hushi itmish edi,
Yodidin beqaror yigʻlar edi,
May ichib zor-zor yigʻlar edn.
Bogʻ aro chunki kirdi ul mahzun,
Axtachi ilgida edi «Gulgun».
Chun nazar qildi dasht paymogʻa,
Koʻzi ul lahza tushti tamgʻagʻa.
Angladikim erur hamul markab,
Soldi hayrat hazin ichiga taab.
Dedi: «Ul mehmon buyon surmish,
Shoh oligʻa tuhfa kelturmish».
Yurugach ilgari ayogʻi aning,
Topti gul chehr unin qulogʻi aning,
Kim chekar erdi soz ila nagʻamot,
Lahnida borcha oshno abʼyot.
Tanigʻa pechu tob tushti yana,
Koʻngliga iztirob tushti yana.
Munda dogʻi ichiga tushti gumon,
Ki sanamni sotib ekin mehmon.
Qoʻydi chun shah bisotigʻa gomin,
Koʻraka ichra koʻrdi oʻz jomin.
Jomi maydek ichiga qon tushti,
Koʻzlaridin oqargʻa yovushti.
Munda ham oni dard etib behol,
Ham oʻshul iki yangligʻ etti xayol.
Koʻngliga zaʼf boʻldi mustavli,
Dedi: «Yo rab, ne qilgʻanim avli?»
Shah sori koʻzi tushmak erdi hamon,
Tanidikim erur hamon mehmon.
<center>Alisher Navoiy - Sab'ai Sayyor - 005.jpg
</center>
Oʻzi bergan kibi toʻni gulrang,
Yana gulrang toj ila avrang.
Bera olmadi oʻzi birla qaror,
Ul zamon qilgʻali oʻzin izhor,
«Ki agar zohnr aylasam oʻzni,
Muzduma tikmish oʻlgʻamen koʻzni».
Zohir oʻlmoqtin ushbu boʻldi gʻaraz,
Ki kerak har ne qilgʻanigʻa evaz,
Tosni oldilar chu boshidin,
Koʻzlari boʻldi gʻarq yoshidin.
Tashqari chiqti barmagʻin tishlab,
Mumkin ermas gʻarib ish ishlab.
Istadi bogʻdin chiqarni yurub,
Himmati gomin osmongʻa urub.
Necha xodimki shahgʻa qaytmish edi,
Mehmoni bila uzatmish edi.
Shah eshigida erdilar bori,
Koʻzlari tushti chun aning sork.
Tanidilar borisi mahdumin,
Ul dagʻi koʻrdi xayli mahkumin.
Borcha beixtiyor oʻkurdilar,
Qoʻpub oning sori yugurdilar.
Sar-basar boʻldilar oyogʻigʻa past,
Aylab oʻzni gʻariv ila hamdast,
Ul dagʻi chun alar ishiga boqib.
Ashki beixtiyor koʻzdin oqib,
Tashqari chun bu shoʻru shar boʻldi,
Ichkari shahgʻa ham xabar boʻldi.
Voqif oʻldi soʻrub shitob bila,
Yugurub chiqti iztirob bila,
Koʻrubon yorin uyla holat aro,
Boʻldi yorugʻ jahon koʻziga qaro.
Quchubon boʻynini, toʻkar edi yosh,
Ul qoʻyar erdi shoh ayagʻigʻa bosh.
Ul tarafdin kanizaki chiniy,
Qon toʻlub diydayi jahon bini,
Guli ruxsori gʻarqa qon yoshigʻa,
Evrulur erdi munʼimi boshigʻa.
Topqach ul iztirob oʻti taskin,
Shah necha kimsa ayladi taʼyin.
«Kim isigʻ suvgʻa eltingiz oni»,
Ul kuyub hamrahi uchun joni.
Holidin shammayi bayon etti,
Kim anga charxdin nelar etti.
Shoh chun bildi andoq afsona,
Qildi taʼyin zaifalar yona.
Kiyguluk hullalar bori gulrang,
Mahdi gulgun ila qilib ohang.
Pari gulchehru necha xojasaro,
Toptilar oni ul xaroba aro.
Kiydurub boʻy-boshigʻa hullayi ol,
Mahd ichinda kiyurdilar filhol.
Mahdin bogʻ aro tushurdilar,
Ani bir qasr aro kiyurdilar.
Anda gulchehr birla necha kaniz
Asrabon oni shohvor aziz.
Bu tarafdin isiq sugʻa Masʼud
Kiribon chiqti uylakim maʼhud.
Borcha gulgun libos edi tayyor,
Shahgʻa ul aylagan kibi izhor.
Chunki kiydi libosi shohona.
Istadi oni shohi farzona.
Yana quchtiyu oʻtlidek koʻrdi,
Neki boshigʻa oʻtganin soʻrdi.
Qildi Masʼud sarguzashtini fosh,
Ul der erdiyu shah toʻkar edi yosh.
Qildi oʻzga rafiqu sohib ani,
Tunu kun hamdamu musohib ani.
Beribon koʻp xizonalar bila nakd,
Anga gulruxni dogʻi bogʻladi aqd.
Aning oʻldi Taroz ham Darbast,
Necha kishvar dogʻi anga payvast.
Qasri gulrang aro boʻlub gulposh,
Mayi gulfom birla erdi maosh.
Buyla holatda hukm topti sudur,
Kim topib qatl Malluvu Jaypur,
Boʻldi er qonlari bila gulfom,
Koʻrki gul faslidur ne xush ayyom.
Doʻstlar gʻarq gil aro to farq,
Yana dushman bu navʼ gul ara gʻarq.
Xushdurur bogʻi koinot guli,
Barchadin yaxshiroq hayot guli.
Surdi chun roviy ul daqiq maqol,
Anga ham boʻldi shah mufattishi hol.
Ul ham erdi Taroz kishvaridin,
Balki Masʼud naslu gavharidin.
Oʻziga qildi hamdamu hamroz.
Yaxshiroq buki, naqdu mulki Taroz.
Soldi tutqach bu navʼ amr vujud,
Koʻziga uyqu toliʼi masʼud.

XXVIII

Chahorshanba kuni Bahromning moviy kisvat Sinla gunbadi nilufariygʻa mayl qilib, xurshebi osmoniy libos bila jomi firuzagun aro kabudon mayidek boda solib noʻsh qilgani va poʻsho-noʻsh unin toqi nilufaridin ashurgʻani

Chorshanbaki toqi nilufariy
Qildi tun korvonini safariy.
Mehr oʻz zarhalin ayon qildi,
Shamt ustiga shustmon qildi.
Koʻk fazosigʻa mehr qildi safar
Boʻlubon roʻbaroʻy nilufar.
Nilufargun libos birlan shoh,
Qasri nilufar etti manzilgoh.
Ilgiga oldi jomi firuza,
Laʼl may andin etti daryuza.
Nilufardek liboslar bila oy
Boʻldi xursheddek jahon oroy.
Uylakim koʻz yorutqali jovid
Chiqti koʻk atlasin kinib xurshid.
Ichti Bahrom jomi nilufariy
Tavnade kim yosolgʻay ul sipariy,
Anga tegruki gunbazi gardun
Ayladi lojuvardini shabagun.
Yuz sadaf zohir etti nili sipehr,
Botti ul Nil ichinda zavraqi mehr.
Shah qilib tark bazmi oroyish,
Uyqudin tolib oʻldi osoyish.
Qildilar jamʼ majlis asbobin,
Istabon shohning shakar xobin.
Pardagʻa kirdi shoʻxi jilvanamo,
Oʻylakim shom boʻlsa, mehri samo.
Xnzmat ahli yana qilyab novard,
Topibon rahnavardi olamgard.
Kelturub rost uylakim har shom,
Berdilar parda ksyinpda orom.
Pardadin buyla zohir oʻldi nido:
«Kim musofir fasona qilsun ado».
Buyla bunyod etib duo roviy
Dedi: «Bu etti pardayi moviy
Qasr johinggʻa pardayi ayvon,
Borgohinggʻa balki shodirvon.
Mehr — tojing uza guhar yangligʻ,
Charx — bogingda kilufar yangligʻ».

XXIX

Beshinchi iklim yoʻlidan kelgan musofirning doston oroligi

Chun anga bu duosi ettikim
Oxir oʻlgʻach ravon ettikim:
Bor ekandur Adanda javr fane,
Javr qilmoq fanida saf shikane.
Bori manzil boʻlub savohil anga,
Sohili bahr oʻlub manozil anga.
Ham tanumondu ham shujou daler,
Ul sifatkim jazira ichraki sher.
Axzi moli harom komi oʻlub,
Buyla kom istabon haromi oʻlub,
Shavkatidin ne yor anga, ne rafiq,
Yalgʻuzun aylar erdi qatʼi tariq.
Korvoni agar oʻnu gar yuz,
Borchasigʻa harif edi yalgʻuz.
Yoʻq savohil ichinda rahzan ul,
Bahr aro ham anga kelib fan ul.
Bir necha zavraq asrabon tayyor,
Yangi oy zavraqi kibi sayyor.
Qaysi zavraqkim ul yasab oni
Asrabon oʻzga erda pinhoni.
Necha rahzan anga mulozim etib,
Hifzini borchasigʻa lozim etib.
Qaydakim zavraqi topib taskin,
Anda bir diydabon qilib taʼyin,
Kim jazoirdakim tutub besha,
Ul kishiga bu ish boʻlub pesha,
Kim chiqib bir biyik shajar uzra
Koʻz solib bahra mavjvar uzra,
Koʻziga kema uchrasa nogah,
Ani filhol etar edi ogah.
Ul minib zavraqi sabuk sayre,
Uylakim suvda sayr etar tayre,
Kema ahligʻa hay deguncha etib,
Borchagʻa har ne koʻngli istar etib.
Talabon molu aylab elni halok,
Yenibon komi dil bila bebok.
Bahr aro ofati nechukki, nahang,
Besha ichra nechukki, sheru palang.
Suv yuzinda sabo kibi obir,
Otini xalq aytibon Jobir.
Dashtu daryoda lek ahli ubur
Jobiri rohzan qilib mashhur.
Bor edi bir jazira maʼman anga,
Xalq molin yigʻargʻa maxzan anga.
Bir yigʻachqa yaqin jaziragʻa davr,
Davrida suvgʻa topmayin kishi gʻavr,
Davrasida koʻrunmayin koʻzga,
Onchakim koʻz tushar sudin oʻzga.
Ichida beadad shajar butubon,
Sabza oʻrnigʻa nilufar butubon.
Chashmai erdi xushguvor anda,
Zahr aro noʻsh oshkor anda.
Ul su birla yasab edi bogʻe
Bogʻ ichinda imorati dogʻi.
Anda dahlizu gunbazu ayvon,
Suyi andoqki, chashmayi hayvon.
Goʻyiyo andagʻi jazoir aro,
Shahri ermish oti «Bihisht saro»,
Anda shohi saxiyu donishvar,
Qabzayi hukmi ichra ul kishvar.
Oti Navdar va lek oʻzi nodir,
Tabʼi har nodir ish aro qodir.
Bor emish goʻyiyo anga bir qiz,
Odami oʻyla koʻrmagan hargiz.
Qadikim naxli sarfaroz kelib,
Husn bogʻida sarvi noz kelib,
Zulfidin sunbul aylabon yuz pech,
Ogʻzidin gʻuncha aytmay soʻz hech.
Orazi mashʼali jahon afroʻz,
Partavi shuʼlasi kelib jonsoʻz.
Sochi aylab komand boʻlmoq fan,
Mehr boʻynigʻa tortar erdi rasan.
Yuziga mehr bandavu oti Mehr,
Uyrulub mehridek boshigʻa sipehr.
Bahrgʻa noz ila chu koʻz solibon,
Dema koʻlok, bahr qoʻzgʻolibon.
Bu sifat mehri olam afruze,
Mehr yoʻq, shuʼlayi jahon soʻze
Bir kun istab tengiz tafarrujini,
Yel xiromiyu suv tamavvujini.
Kiribon zavraq ichra soyir oʻlub,
Ul jazoir toʻshida zoyir oʻlub.
Oʻyla bahri falak misol ichra,
Kavkabi er tutub hilol ichra,
Nogahon esti nomuvofiq el,
Voqif oʻlguncha kemalardagi el,
Kemalarni tengiz aro surdi,
Shiddatin lahza-lahza oshurdi.
Toki tund oʻldi bahr aro koʻlok,
Dedi malloh aylabon yaqo chok:
«Kim inoyat yoʻq ersa yazdondin
El keraktur yumaq ilik jondino.
To bu yangligʻ necha kecha-kunduz
Yel surur erdi kemalarni tuz.
Topqucha el suubati orom,
Kemaga oncha boʻlmish erdi xirom,
Ki kishikim qoʻyub edi Jobir,
Diydabonliqqa har sori nozir,
Suvda chun kemaga nazar qildi.
Koʻrganidin anga xabar qildi.
Kirdi zavraqqa Jobiri xunrez,
Yel kibi qoʻydi yuz alar sori tez.
Yetgach-oʻq boʻldi razmu kin pardoz,
Qildilar kin alar dogʻi ogʻoz.
Har oʻqikim alar sori atti,
Qonlarin bahr suvigʻa qatti.
Qildilar, chun koʻp aydadi bedod.
Qalgani znphor ila faryod.
Oliga solibon borin surdi,
Tokim oʻz maskanigʻa etkurdi.
Kemalarni qiroqgʻa bogʻlab rust,
Xalqu amvolini chiqardi durust.
Shoʻxdin chun emas edi ogoh,
Koʻzi tushti aning sori nogoh.
Yiqilib zoyil oʻldi andin hush,
Bir dam erdi oʻluk kibi xomush.
Hushi kirgach yana nazar ettn,
Koʻrgach-oʻq holidin yana ketti.
Necha qatla chu boʻldi mundoq hol,
Bildikim yoʻq anga boqargʻa majol.
Amr qildiki mohi Zuhra jabin,
Kirdi bogʻ ichra boʻldi qasr nishin.
Qoshigʻa qoʻydi bir-ikki gulxad,
Sarvp gulruxgʻa hamdamu ham qad
Oʻzga nekim bor erdi yaxpsh-yomop,
Beribon jonidin borigʻa amon,
Qildi bir kema borchagʻa taʼyin,
Ul kema ichra tuttilar taskin.
Dedi: «Oʻz mulkunguzga azm etingiz,
Jon keraklik esa ravon ketingiz!»
Vahm etib ul guruh bu soʻzdin,
Bahr aro ittilar ravon koʻzdin.
Mohvash qoldi ul jazira aro,
Mehri iqboli shomi tiyra aro.
Jobir oning xayolidin xushhol,
Koʻngliga kelmayii umidi visol,
Mehr koʻziga shomdek ayyom,
Mehrdek koʻngli oʻrtanib to shom.
Goʻyiyo ham jazirada bir shahr,
Oʻzi firdavsu salsabil anga nahr.
Bor emish ravzadek havosi aning,
Charxi minu kibi fazosi aning.
Anda bir shoh hokimu voliy,
Mulki maʼmuru himmati oliy.
Oti Nuʼmonu mulki oti Yaman,
Adlidin mulki gulistonu chaman.
Anga bir oʻyla nozanin farzand,
Kim bashar ichra yoʻq anga monand,
Yuzidin bargi gul xijil erdi,
Qaddidin sarv munfail erdi.
Borcha fazlu hunarda yoʻq misli,
Koʻzguga boqsa oʻzi-oʻq misli.
Hunar avji sori kelib anga mayl,
Yuzi andoqki mehr, oti Suhayl.
Mehr zulfigʻa koʻngli bogʻligʻ edi,
Bu anga goʻyiyo atogʻligʻ edi.
Oʻylakim Mehrning xarobi Suhayl,
Mehrgʻa ham Suhayl sori mayl.
Maylni qoʻyki, volavu zor ul,
Jon berib vasligʻa xaridor ul.
Boʻylakim hajr qoʻydi bagʻrigʻa dogʻ,
Manzil oʻlmish edi anga ul bogʻ.
Bor edi anda guna-guna shajar,
Gul yoʻq erdi, bagʻayri nilufar.
Nilufarvor soʻgvor erdi,
Nilufar ichra ashkbor erdi.
Ashkidin goʻyiyo berur edi suv,
Oh oʻtidin qururgʻayib qaygʻu.
Yoʻqki hijrom gʻamida zoru zalil,
Nilufar ichra oqizib edi Nil.
Topibon ashki nilufarda mamar,
Yoʻq, ajab bahr ichinda nilufar.
Koʻngli gar nilufargʻa rogʻib edi,
Mehr ila nilufar munosib edi,
Nilufar sori koʻp qilib ohang,
Kiymakin ham qilib edi ul rang.
Nilufargun libos birla sanam
Tutubon yor hajrida motam.
Motamin zohir aylamakka mafar,
Rang aro soʻgvor nilufar.
Mehrni charx etib asiri firoq,
Aylar erdi Suhayl atasi yaraq.
Aqd bazmini qilgʻali obod,
Goʻyiyo bu mahal edi miod.
Yuklabon necha jung aro amvol,
Anda mavjud har ne qilsa xayol.
Yer tutub bir hilol ichinda Suhayl,
Mehr aqdigʻa aylamish edi mayl.
Yoʻl qiroqdin magar yiroq erdi,
Bahrdin borsa yaxshiroq erdi.
Bu jihatdin murod sori murur,
Bahrdin ittifoq tushti zarur.
Andakim Mehr kemasin koʻlok
Surdi bahr ichra oʻylakim xoshok.
Goʻyiyokim esib hamul el tez,
Soldi bu elga dogʻi rusto-xez.
Suvgʻa surdi Suhayl kemasini,
Oyirib borcha xaylu niymasini.
Beribon kemasiga muhliq mavj,
Bir zamoni hazizu gohi avj.
To kema boʻldi ul sori obir,
Kim qoʻyub erdi diydabon Jobir.
Diydabon ul taraf boqib nogoh,
Yana Jobirni ayladi ogoh.
Ul kirib zavraqigʻa ayladi azm,
Boʻlub ul kema ahli qatligʻa jazm.
Chun etib qildi el halokiga mayl
Razmu kin ichra chobuk erdi Suhayl.
Qila boshlab aning bila parxosh,
Ishlari kema ichra boʻldi savosh.
Jobir ar zarb urar edi behad,
Borcha zarbin Suhayl etar rdi rad.
Qilsa ul dogʻi zarb izhori,
Munga ham tushmas erdi ul kori.
Ikisp chunki erdilar cholok,
Bir-biridin alargʻa yoʻq edi bok.
Koʻrdi Jobirki, qoyim oʻldi ishi,
Olida nomuloyim oʻldi ishi.
Gʻolib oʻlmaq aro boʻlub ojiz,
Oʻzin ul navʼi koʻrmayin hargiz.
Ilgiga hiyla shevasin oldi,
Yalangʻachlab oʻzin sugʻa soldi,
Xasmning kemasi tubiga kirib,
Tigʻ ila kemaning tubini yorib.
Taxtani uyla kov-kov etti,
Ki suv yoʻlin nechukki nov etti.
Kemasii chunki nov koʻrdn Suhayl,
Tubidin suv yuqorm etgʻan mayl
Dafʼigʻa necha hiylagar boʻldi,
Qilmadi eudu kema suv toʻldi.
Ul su toʻldiyu bahr erdi amiq,
Kemayu kema ahli boʻldi gariq.
Qoʻlni shahzoda jonidin yudi pok,
Qoʻydi koʻnglin suda boʻlurgʻa halok.
Qildi Jobir alilg sori ohang,
Ul snfatkim boligʻ yutargʻa nahapg.
Boshigʻa etti aylamakka qatil,
Oʻlar elga nechukki Azroil,
Qoʻliga chun aning qoʻlin oldi,
Oʻzining zavraqi aro soldi.
Chiqti dogi eshib kamandini chust,
Bogʻlab oning ilik-ayogʻini rust.
Boʻldi yanmaq ishiga omoda,
Keldi iogoh oʻzpga shahzoda.
Koʻrdn oʻzni garib — band ichra,
Halqa-halqa xami kamand ichra.
Aduv ilgida qatra euvdek tigʻ,
Yedi oʻz potavonligiga darigʻ.
Dedi Jobir, ki: «Ey qoʻlumda asir,
Razmu koʻshishda qilmading taqsir.
Men bu zavraqni suvgʻa to surdum,
Ming seningdekni suvda oʻlturdum.
Birida sencha koʻrmadim jurʼat,
Jurʼating boʻldi maxlasingga jihat,
Kim tengiz ichra boshiiga ettim,
Oʻlaringdin seni xalos ettim.
Qatlinga garchi tabʼ rogʻib emas,
Lek qoʻymaq dagʻi munosib emas,
Kim agar banddin xalos oʻlgʻung,
Bir shahi komrongʻa xos oʻlgʻung.
Boʻlmaq oʻlmas xalos domingdin,
Boʻlmagʻum emin intiqomingdin.
Ish hisobin shumora qilgʻungdur,
Qatlu kinimgʻa chora qilgʻungdur.
Oʻlmaq avlo sanga kamand ichra,
Tirik oʻlmaq valek band ichra».
Necha izhori ajz qildi Suhayl,
Qilmadi kinavar javobigʻa mayl.
Kemasin maskani sori surdi,
Oni oʻz maʼmanigʻa etkurdi.
Qasri kunjida bor edi chohe,
Kimsani band aylasa gohi,
Ul chah ichra qilur edi sokin,
Chiqmaq andin emas edi mumkin.
Aning aʼzosidin rasan oldi.
Band ila choh qaʼrigʻa soldi.
Har kim ul choh aro chu boʻldi gʻariq,
Non ikita edi, su bir ibriq.
Yuqori dilbaru quyi bedil,
Bir-biridin vale ikov gʻofil.
Bu ikovga bu erda mundoq hol,
Qavmu xayligʻa emdi koʻr ahvol.
Andakim Mehrni qilib noshod,
Qavmu xaylini ayladi ozod.
Ul ulus jondin ayru el yangligʻ,
Sayr etib suv yuzida el yangligʻ,
Kunduzu kecha poʻya ettilar,
Toki kishvarlarigʻa ettilar.
Nilufargun libos etib bori,
Qildilar borcha motam izhori.
Shoh xud Mehr ishtiyoqidin,
Bal jigargoʻshasi firoqidin,
Ham bu rang aylab erdi jilʼatni,
Xayli dogʻi bu rang kisvatni,
Chun bular dogʻi keldi motam ila,
Bahri anduhu lujjayi gʻam ila.
Shohkim bagʻrigʻa tegib edi tish,
Ayladi Mehr holini taftish.
Boʻldi ketgan azo yana toza,
Qolmadi dardu gʻamgʻa andoza.
Qildilar ulcha bor edi taqrir,
Ki ne kelturdi oligʻa taqdir.
Yana anduh ila figʻon qildi,
Yana anduhi qasdi jon qildi.
Tiyra boʻldi jahon anga holi,
Goʻyiyo botti mehri iqboli,
Dedi oʻziga yigʻlab achigʻ-achigʻ,
«Ki achigʻ yigʻlamaq manga ne asigʻ.
Tigʻ ila bagʻrim aylasam pora,
Chun jigargoʻsham itti, ne chora?
Chora topmoq kerak mufid emdi,
Yoʻq gʻamu noladin umid emdi».
Olib ilgiga safhayu xoma,
Qissa sharhini yozdi bir noma,
Har ne ish boʻlganin bayon etti,
Shoh Nuʼmon sori ravon etti.
Yozib ul noma ichra pinhoniy:
«Kim bu boʻlmish qazoyi yazdoniy,
Lek haqkim gʻamu balo bermish,
Dard bermish vale davo bermish.
Chora bu ishga iltiqom durur,
Yoʻqsa boʻlmoq tirik harom durur,
Mehr agar erdi jonima payvand,
Sanga dogʻi boʻlub edi farzand,
Boʻlsa ul dushman ilgida mahbus,
Manga nomus erur, sanga nomus.
Mundin oʻzga bu ishga yoʻq tadbir,
Kya ikimiz cherik iigʻib bir-bir.
Senga mulkungda boʻlmaq oʻlsa mayl,
Lek farzandi arjumand Suhayl,
Kim erur pil zoʻru sher shukuh,
Panjasidin kelib bu iki sutuh,
Bal haqiqat aro aningdur Mehr,
Ki bu mansuba zohir etti sipehr.
Boshlabon ul cherikni sohil ila,
Suv yaqosidagi: manozil ila,
Aylabon razmu kiy.na izhori,
Kelsa Jobir jazoyiri sori,
Men dagi tabʼi kiyna xohimni,
Saʼy aylab yigib sipohimni,
Yaroq aylab koʻngul farogi bila,
Ulcha mumkin cherik yarogʻi bila,
Beribon kemalar aro orom,
Yel kibi aylasak suv uzra xirom.
Men sudin aylasam azimat jazm,
Ul qurugʻluq soridin aylab azm,
Uyla tarix aylasak miod,
Ki qachonkim boʻlur bu ish bunyod,
Necha kundin soʻng oʻlgʻay imkoni,
Qabsamaq bu iki cherik oni.
Ham oʻshul navʼkim muqarrar oʻlur,
Saʼy qilsaq bu ish muassar oʻlur,
Ki chekilgay bu intiqom oxir,
Roʻzi oʻlgʻay bu navʼ kom oxir.
Ul zuhalvash jazogʻa xos oʻlgʻay,
Mehr ham uqdadin xalos oʻlgay,
Gar bu yangligʻ emas durur sanga kom.
Oni ham botroq aylagʻil eʼlom,
Ki chu ish tushsa boshima yolgʻuz,
Oʻzga yangligʻ topay salohpgʻa yuz».
Shoh Nuʼmon oʻqugʻoch ul noma,
Bildikim boʻlmish oʻzga hangoma.
Yigʻlabon boʻldi asru koʻp gʻamnok,
Bu sitamdinki, ayladi aflok.
Oni ham bildi shohi ozoda,
Kim musofir chu boʻldi shahzoda,
Maqsadi sori etmagan ermish,
Kema ul sori ketmagan ermish.
Iki muhlik ajab gʻam oʻldi anga,
Motam ustiga motam oʻldi anga.
Bilmadikim ne ish ekin hodis
Kim ul ishga boʻlub ekin bois,
Kim aningdek Suhayli sayyora
Charx zulmidin oʻlgʻay ovora.
Uylakim boʻlmagʻay asar andin,
Demagay hechkim kabar andin.
Koʻp qilib fikr topti raʼyi savob,
Oʻqugʻan nomagʻa bitidi javob:
«Kim hamul nomakim, bitilmish edi,
Mehr holin bayon qililmish edi,
Ul alam garchi soldi boshima dud,
Bildim oʻrtanmagimda yoʻqtur sud.
Sabt edikim, yururga qilsang mayl
Yaxshi, yoʻqsa chekib sipoh Suhayl
Azm aylab cherik yarogʻi bila,
Yurusun bahrning qirogʻi bila.
Nukta qilma Suhayldin iblogʻ,
Qoʻymagʻil dogʻim ustiga yana dogʻ.
Degil avval muniki, qani Suhayl?
Qoni ulkim, der erduk ani Suhayl?
Kim Suhayl etgali sizing sori azm
Olti oydur hisob etib biz jazm.
Kech kelur fikridin eduk gʻamnok,
Yetmagan anda, bizni etti halok.
Sen qurugʻluq bila sipah cheksang,
Charx uza avji borgah cheksapg,
Men boʻlub kema ichra bahr xirom,
Sipahim birla tutmasam orom,
Topqamen shoyad ushbu savdoda,
Gavqarimdin nishona daryoda.
Topsamu topmasam sening sori
Aylagumdur tavajjuh izhori,
Ki nechukkim, kerak qilib koʻshish,
Haq taolodin istabon baxshish,
Ul haromigʻa tigʻi kin sursak,
Keragidek jazogʻa tegursak,
Emdi mavʼid falon kun oʻldi yaqin,
Azm uchun soat ayladuk taʼyin.
Sen dagʻi ushbu soʻzni aylab jazm,
Kerak etsang bu vaʼda birlan azm».
Emdikim yozdi nomagʻa unvon,
Nomaning homilini qildi ravon.
Chunki qosid bitikni etkurdi,
Shoh Navdar qoʻligʻa topshurdi.
Navdar ochtiyu soldi borigʻa koʻz,
Oʻqudi anda har ne bor edi soʻz.
Boʻldi miod vaqtidin ogoh,
Ham oʻshul vaqt birla yigʻdi sipoh.
Ul sari azm qilgʻali Nuʼmon,
Ham muayyan bor erdi vaqtu zamon.
Boʻldilar iki shoh mustaʼjil,
Biri daryo bila, biri sohil.
Necha kun aylabon masofat qatʼ,
Sohilu bahr ichinda ofat qatʼ.
Boʻldi paydo aduv boʻlur besha,
Tushti iki tarafqa andisha.
Qoldi Navdargʻa chunki bir manzil,
Besha ichra murur edi mushkil.
Vahm oldi qarorini shahdin,
Ki aduv chiqmagʻay kamingahdin
Kesturub beshani ochilgʻali yoʻl,
Cherigin eltur erdi ilgari ul.
Goʻyiyo saydlardin ul jangal,
Voqiʼ erdi toʻla bugʻuvu maral,
Shahgʻa koʻp erdi ov ishida vuquf,
Balki bor erdi esru koʻp mashʼuf,
Har tarafdin dorir edi sayde,
Shahga erdn sipoh ishi qaydi,
Sayd etgach koʻzini asrar edi»
Koʻrmayin deb oʻzini asrar edi,
Nogahon bir shikoriyi gulrang
Oʻtgali qildi olidin ohang.
Keynncha ixtiyorsiz chapti,
Oʻq otargʻa qarorsiz chapti.
Sayd jangal ichini qildi talash,
Yoʻli ham tor ediyu ham chnrmash.
Gʻayr oning soʻngicha chopmas edi,
Uq otargʻa majol toggmas edi,
Iztirob aylabon ota tushti,
Bir-iki oʻq, vale xato tushti.
Oʻzga xud boʻldi ul sifat bexud,
Kim dimogʻidin uchti hushu xirad.
Sayd qasdigʻa uyla qoʻydi koʻngul,
Ki aduv chiqti yodidin bilkul.
Sayd ila beshagʻa kirib ketti,
Ki aduv qavmu xayligʻa etti.
Qoʻyub erdi kaminda Jobir nev,
Kinavarlar masof vaqtida dev,
Kim kishi tutsalar keturgaylar,
Xizmatigʻa aning eturgaylar.
Koʻrdilar solur erdi bir bugu xez
Yetti oni qavub bir otligʻ tez.
Poshina raxshlargʻa urdilar,
He deguncha ani tushurdilar.
Chopibon saydgʻa solay dedi qayd,
Oʻzga sayyodlargʻa boʻldi sayd.
Shah tilar boʻlsa shohlik qilmok,
Sipaxidin kerakmas ayrilmoq.
Shahni derlar sipoh birlan shoh,
Shoh emasdur yoʻq ersa anda sipoh.
Shahgʻa xayl oʻlsa fath aning ishidur,
Bir kishi Rustam oʻlsa, bir kishidur.
Shahligʻ oyinin aylabon zanbur
Aylamas besipah sukunu murur.
Uchsa yolgʻuz koʻrarga oqu-qaro,
Ne tafovut ulu yana bir aro.
Borsa shatranj shohining sipahi,
Koʻrki, bormu hisob ichinda shahi.
Chunki Navdar aduvgʻa boʻldi asir,
Soʻydilar har ne kiyganin bir-bir.
Holigʻa chun nazora qildilar,
Navdar erkanni jazm bildilar.
Biri ul xayldin chopib filhol,
Berdi Jobirgʻa mujdayi iqbol.
«Kim bu yangligʻ ish oshkor oʻldi,
Buyla saydi sanga shikor oʻldi».
Ul eshitgach bu navʼ afsona,
Tengriga sajda qildi shukrona.
Dedi: «Mavquf boʻlmayin nimaga,
Koʻzini bogʻlabon soling kemaga.
Eltibon qasr aro qiling mahbus,
Eshigin ustidin eting madrus.
Andogʻ aylang bu ishni pinhoniy,
Kim kishi fahm qilmasun oni.
Uy eshigin falongʻa topshurunguz,
Xabarin manga bot kelturunguz!»
Shahni ul qasrgʻa eturdnlar,
Borcha hukmin bajo keturdilar.
Ne, ne er erkanpni bildi shah,
Ne shah erkandin oʻldi el ogah.
Boʻldi Navdar ishiga surat bu,
Lek Nuʼmongʻa jilvagoh edi suv.
Qoldi chun iki kunchilnk maqsad,
Yana el suvni qoʻzgʻadi behad.
Boʻldi kulok osmon panmoy,
Koʻrunur zrdi kemadsk yangi oy.
Tushti Nuʼmon ishiga asru futur,
Har zamon jonidin edi mahjur.
To safar ahli koʻpi oʻldi talaf,
Tushti har bpr kema bir oʻzga taraf.
Garchi Nuʼmongʻa koʻp etishtk pahib,
Lek toʻfondin oʻlmadi osib,
Kemasi leknn ul taraf ketti,
Ki burun oʻgʻli kemasi etti.
Didabonlar yana qilib maʼlum,
Yana Jobirga dedilar mafqum.
Yapa Jobir etib alar sori bot.
Topmay ul xaylning koʻpida hayot.
Tirigidin soʻrub chu surati hol,
Zohir anglabki, ne durur ahvol.
Ilayigʻa solib, alarni surub,
Sharh k.ilgʻan jaziragʻa keturub,
Chiqarib shohni oʻlum holi,
Kemani moldin qilib xoli.
Shoh jismiga zaʼf topib yoʻl,
Fahm qilmayki, ne kishidur ul.
Shahni bir pardagʻa nihon qildi,
Oʻzga zindon sori ravon qildi.
Har zamon shoh ichinda jondin vahm,
Kimsa lekin ul ishni qilmay fahm.
Yana ul elni soldi kema aro,
Boʻldi bu navʼ alargʻa nukta saro:
«Ki kerak boʻlsa sizga jon, ketingiz!
Qaydakim koʻnglunguz tilar etingiz!
Bu navohida anglasam sizni,
Qoʻymagʻumdur tirik biringizni!
Kettilar boshlarin olib bu guruh,
Koʻz aro ashku jon aro anduh.
Shoh Navdar sipohi ham bori,
Bildilarkim ne ish erur tori
Roy koʻp urdilar tuzub mahfil,
Shahsiz oʻlsa sipoh, yoʻq hosil.
Tapmoyan gʻayri qaytmaq chora,
Buzulub yandilar bayakbora.
Jobiri rohzan boʻlub firuz,
Tunu kun bogʻi ichra bazm afroʻz,
Mehr yodi bila ichib sogʻar,
Sola olmay vale yuziga nazar.
Boqa olmay anga murodi bila,
Qon yutub, yoʻqki bola, yodi bila.
Mehr gul yangligʻ aylabon yaqo chok,
Nilufarzor aro kezib gʻamnok.
Yosh toʻkub bahri mavjvar yangligʻ,
Koʻk libos ichra nilufar yangligʻ.
Yuziga bas taponcha urgʻanidii,
Nilufarlar ochib gulistonidin.
Hajrdin forigʻ oʻlmagʻin istab,
Ul balodin qutulmagʻin istab.
Fikrdin kecha koʻzni yopmas edi,
Chora koʻp istar erdi, topmas edi
Bandini anglab erdi choh ichra,
Gʻamu anduhi umrkoh ichra,
Dedi: «Ul chahdin oni qutqarsam,
Yigʻlabon zor-zor yalbarsam,
Ozim etsam Suhayl uchun oni,
Kim desam hojatimni pinhoni,
Ul magar holatimni anglab jazm,
Maxlasimgʻa bu sori qilgʻay azm».
Yoshurun tiyra uyga ul dilxoh
Kirdi iki kaniz anga hamroh.
Keldi chah boshi uzra gʻamparvard,
Chekti up: «K-ey asiri mehnatu dard.
Mep dogʻi bir faqirmen sendek,
Notavonu asirmen sendek,
Maxlasing nchra saʼy etib jondin,
Seni cheksam bu tiyra zindondin,
Har ne desam qabul etarsenmu?
Qayon etsam ravon ketarsenmu?»
Choh ichinda Suhayl edi betob,
Holpni zaʼf qilmish erdi xarob.
Bor edi oicha mehnati bir yon,
Mehri gulchehr furqati bir yon,
Boʻlgʻach ul navʼ soʻz xitobi aning,
Oshti ul undin iztirobi aning,
Koʻnglini saʼy birla toʻxtatti,
Nozaningʻa bu navʼ soʻz qotti:
«K-ey bashar xilqatu farishta sifot.
Bergap oʻlgan tanimgʻa toza hayot!
Sendin etsa bu navʼ lutf zuhur,
Har nechuk ishga aylasang maʼmur,
Saʼy etay to tanimdadur jonim,
Qilayin toki boʻlgʻay imkonim».
Mehr eshitgach bu soʻzni soldi tanob,
Ne tanob, iki gisuyi partob.
Notavon tutti rishtani mahkam,
Mehr chekti, ul iki mahvash ham
Tiyra uyga chiqardilar oni.
Mehr koʻp qildi lutf pinhoni.
Qildi zanjiru banddin ani fard,
Yer oʻpub dedi zori gʻamparvard:
«Ki ne hukm etgung, ey malak siymo,
Shammai andin aylagil iymo».
Mehr qildi fasonasin bunyod,
Boshigʻa nekim oʻtti-ayladi yod.
Atavu mulku johu hashmatini,
Pardasigʻa Suhayl nisbatini.
Qoʻrganin bahr mavjidin tashvir,
Tushganin anda notavonu asir.
Boʻlgʻan anda zarurdin sokin,
Qalgʻanin Jobir ilgidin emin.
Zaʼf etib notavon aning soʻzidii,
Lahza-lahza borur edi oʻzidin,
Anga etkurdi soʻzni Mehri munir,
«Ki bu yangligʻki, men boʻlubmen asir,
Aylay olmas kishi xalosima mayl,
Koʻshishu kino birla gʻayri Suhayl.
Sanga ey dardmandi ovora,
Soʻz budurkim, gar aylabon chora,
Andoq etsangki, bahrdin qutulub,
Yaman ahli sori ravona boʻlub,
Jahdu surʼat aro tay aylab arz,
Holatim aylasang Suhaylgʻa arz.
Lek bir nukta bor durur yashurun,
Ki seni munda asrasaq necha kun.
Jazm qilsang bu ishni pinhoni,
Ont ichib emin aylasang oni,
Ki chu men bastayi balo boʻldum,
Jobir ilgiga mubtalo boʻldum.
Manga tushmish koʻzi yiroqdinu bas,
Yiqilib erga yotti uylaki xas.
Chun koʻrar fikri qilmaq erdi ishi,
Chunki koʻrdi yiqilmaq erdi ishi.
Munda to zoye oʻlmish avqotim,
Budur oning bila muloqotim».
Muni bilgach Suhayli zoru hazin,
Shammai topti xotiri taskin.
Sidq bildi yaqin aning soʻzini,
Saʼy ila asray olmadi oʻzini.
Ohidin oʻt dimogʻigʻa tushti,
Dilbarining ayagʻigʻa tushti.
Qildi faryodu bordi andin hush,
Mehrni hayrat ayladi madhush.
Chunki holin bilurga ayladi mayl,
Yaxshi tahqiq qilgʻach, erdi Suhayl.
Oʻlgudek nola qildi ul dagʻi,
Hushi borib, yiqildi ul dagʻi.
Yiglabon boshlarida iki kaniz,
Koʻtarib boshlarini mehr omiz.
Kelgach oʻziga Mehri ravshan roy,
Dedikim: «Fitna boʻldi bol kushoy»,
Ayladi oni tiyra uyda nihon,
Anga tegruki, tiyra boʻldi jahon,
Zaʼfi ifrotidin Suhayl dagʻi,
Oʻziga keldi lek uyqu chagʻi.
Boʻldi bir-biriga jism ila jondek,
Yo magar sarvu ishqpechondek.
Necha kun qasr aro nihon erdi,
Sarvi gulruxqa mehmon erdi.
Toki berdi taom ila sharbat,
Zaʼfliq zor jismigʻa quvvat.
Ani ham jazm bildikim Jobir,
Mehrdin hajr ila emish sobir.
Bir kun oʻlgʻonda Jobiri gʻofil
Bogʻni sayr etarga forigʻ dil,
Chiqtn oʻtrusidin Suhayli daler,
Ul sifatkim, qaban masofigʻa sher,
Dedikim: «Pahlavonliq ermas ul,
Kim kishi makr birla urgʻay yoʻl.
Teshib el kemasini hiyla bila,
Gʻarq etib suvgʻa bu vasila bila.
Qalmagʻan chagʻda kimsaning joni,
Toʻtubon band aylagay oni.
Sen agar zohir etging itlikni,
Men sanga koʻrguzay yigitlikni»,
Dediyu xasm sori qildi shitob,
Xasmni hayrat ayladi betob.
Chun talashmaqqa ayladilar mayl,
Koʻtarib erga urdi oni Suhayl.
Bagʻladi qoʻllarin shitob bila,
Muni ul bagʻlagʻan tanob bila.
Soldi filhol ani hamul chah aro,
Bu durur tabʼu fahmi ogah aro:
«Har kishikim birovga qazgʻay choh,
Tushgay ul choh aro oʻzi nogoh».
Chun Suhayl oʻldi ul sifat firuz,
Mehr akdigʻa boʻldi bazm afruz.
Tushti Jobir dafoyini qoʻligʻa.
Balki olam xazoyini qoʻligʻa.
Andagʻi el boʻlub sarafganda,
Shah topib barcha boʻldilar banda.
Emdikim, buzdi bazmi ayshu farah,
Qoʻliga oldi shohvor qadah.
Fikr etib komgoru davlatmand,
Dedi: «Har kimki, Jobir etmish band,
Men bilib borin ayladim ozod,
Kelturungkim, qilay qadah bila shod».
Iki bandi-oʻq erdi bogʻ nchra,
Kelgach ul majlisi farogʻ ichra.
Biri Navdar edi, biri Nuʼmon,
Kimga boʻlgʻay bu navʼ kissa gumon.
Bu mahalni ne navʼ sharh etayin,
El bilur, bilmas oʻlsalar petanin.
Bori iki ata, iki farzand,
Rishtayi vasl ila topib payvand.
Qoʻpubon yiglashib koʻrushtilar,
Ulturub bir-birin soʻrushtilar.
Boʻldi maʼlum chun bori holat,
Shukrlar qildilar etib hayrat.
Iki shah kirdilar xudo yoʻliga,
Mulklarin solib aning qoʻligʻa.
Mulk eli shukr qildilar bori.
Aylabon shodmonligʻ izhori.
Evrulub kom birla davri sipehr.
Vasl topti Suhayl birlan Mehr.
Mehrkim, charx xokrohi edi,
Nilufarzor jilvagohi edi,
Toʻni ul rangu koʻnglaki ul rang,
Yorining dagʻi kiymaki ul rang.
Nilufar rangi keldi tabʼ pazir,
Kim libos etti oni Mehri munir.
Har pari chehraki, mahvash erur,
Movi oʻlsa libosi dilkash erur.
Mehrkim gulruxi samoviydur,
Nilufarvash libosi moviydur.
Chun tugatti fasonani roviy,
Pardador ochti pardayi moviy.
Shoh Bahrom abri ehsoni,
Lutf birla koʻkartti oni.
Qadrigʻa bergach, oning afzoyish,
Koʻziga uyqu soldi osoyish.

XXX

Panjshanba kuni Bahromning sandal oso xilʼat bila gulshani sandalboʻyda orom tutub, sarvi sandal nasim bila bodayi sandal shamim ichmak va ul sandallar laxlaxasidin dimogi muattar boʻlub, koʻzi uyqu mayli qilmaq

Panjshanbaki subh charxi mahal,
Suvadi koʻk jabinigʻa sandal,
Sandal oso nasimi laxlaxa soy
Koʻk dimogʻigʻa boʻldi atrfizoy.
Bu sifat atri sandal osodim,
Tun mizoji qutuldi savdodin.
Sandaliy qildi shoh borcha libos,
Sandal oso uy ichra tuzdi asos.
Sandali qoʻydi osmon soya,
Anga sandal yigʻochidan poya.
Jilvagar boʻldi sarvi sandal boʻ,
Sandaligun libosi toʻ-bartoʻ.
Hulla sandal nasimi turfa sijof,
Sar-basar davrasida sandal bof.
Bazm atrigʻa zohir etti buxur,
Oʻt uza qursi sandalu kofur.
Chun qadah doir oʻldi, qildi vidoʼ,
Kechagi maydin ulcha erdi sudoʼ.
Mayda soqiy magar qilib edi hal,
Dardisar dafʼigʻa qizil sandal.
Chunki xurshidi sandali bogʻi,
Qoʻnub ochti qanot tun zogʻi.
Shom ochib mushkfom chadirishab,
Qursi sandal anga yoyib kavkab.
Sandali yonidin qoʻpub gulchehr,
Yuz yoshurdi nechukki, sandal mehr.
Yana kom etti shohi farzona,
Uyqu mayli qilurgʻa afsona.
Qildilar hozir uyla sayyohe,
Balki soʻz bahri ichra mallohe.
Ki kecha oʻlturub fasona degay,
Gʻoibidin magar nishona degay.
Nuktagu boshladi duo avval,
Berib anfosi nafhayi sandal.
Dedi: «To charx boʻlgʻusi doyir,
Qilgʻusi davra anjumi soyir,
Charxdin masnading rafiʼ oʻlsun,
Najmdin ashhabing sariʼ oʻlsun».

XXXI

Oltinchi iqlim yoʻliyan kelturgan musofir nukta tirozligʻi

Forigʻ oʻlgʻach bu dur nisoridin,
Dedikim: Boxtar diyoridin
Qildilar azmi Xovar iki kishi,
Tunu kun sayr oʻlub alarning ishn.
Birisi Muqbili biyobon gard,
Yana bir Mudbiri bihor navard.
Rahrav ul ikidek bu koʻhna saro
Qilmay ehsos barru bahr aro.
Muqbil ozodayi humoyun fol,
Elga maqbul etib ani iqbol.
Mudbir andoqki, borsa har sori,
Oʻlturub yuzda gardi idbori.
Yoʻlda bir vodi erdi asru maxuf,
Qilmay andin murur ahli vuquf.
Tikanu shoʻra — sabzavu bogʻi,
Naftu goʻgird — suvu tufrogʻi.
Chun buxoru ufun hujum aylab,
Isi anfosini samum aylab.
Yeli oʻtkim, kishi tanigʻa urub,
Chun kul aylab ham oʻzi-oʻq sovurub.
Anda yoʻq jonvarning imkoni,
Qiribon chun oʻzi chiqib joni.
Debon el «Vodiyi Hamim» otin,
Hirqati aylab oni isbotin.
Ul ikov yoʻldin oʻlmayin ogoh,
Buyla vodida boʻldilar hamroh.
Koʻrdilar chunki yoʻl suubatini,
Ul balo dashtining uqubatini.
Ki nechakim, aning kanorasi yoʻk,
Qatʼ qilmaqtin oʻzga chorasi yoʻq.
Har balo qoʻysa yuz tahammul etib,
Kirdilar dasht aro tavakkul etib.
Chun harorat sharora koʻrguzdi,
Mudbiri xas sharoratin tuzdi.
Ki der erdi: «Bu ne havo boʻlgʻay?
Xalq qilmoq bu ne ravo boʻlgʻay?»
Goh der erdi mastu behushvor:
«Suv yaratmoq magar erur dushvor?»
Yoʻq edi mayl qilsa har soʻzga,
Tengriga eʼtirozdin oʻzga.
Chunki ul poyadin tanazzul etib,
Taʼnu tashniʼi hamrahigʻa etib:
«Kim meni notavoni xastagʻa kosh,
Sen kibi boʻlmagʻay edi yoʻldosh!
Seni koʻrmak ne shum kun erdi,
Ki yomon muncha xosiyat berdi».
Muqbil erdi xudoy ila mashgʻul,
Zikru tasbihi tengriga maqbul.
Soʻzi Mudbirgʻa gʻayri pand oʻlmay,
Lek anga pand sudmand oʻlmay,
Chekti Muqbil base azobi alim,
To anga qatʼ boʻldi dashti hamim.
Chunki ul dasht nopadid oʻldi,
Bahri dardu ano padid oʻldi.
Hamrahidin batang edi Muqbil,
Xayrbodigʻa tabʼ etib moyil.
Chun koʻp erdi azob shayni anga,
«Qola hazo firoqu bayni» anga.
Yana Mudbir tilab qilurgʻa safo,
Aylabon qilgʻanidin isteʼfo.
Aylagan tavridin qiroq tutub,
Yer uza bosh qoʻyub quloq tutub.
Boʻlubon tavba birla uzr ovar,
Ki ani Muqbil aylabon bovar.
Javridin xotirini aylab sof,
Unutub har nekim, deb erdi gazof.
Suv qirogʻigʻa boʻldilar ayan,
Kema erdi tengizda bepoyon.
Har taraf sohil ichra gom urubon,
Xovar ahliii toptilar soʻrubon.
Har bir oʻz muzdini qilib taslim,
Kirdilar bahr ichiga qilmay biym.
Berdi malloh alargʻa bir sandal,
Ki bor erdi hamul ikovga mahal.
Taqtilar olib ixtiyorin aning,
Bir uluq kemaga mahorin aning.
Qildilar chunki bahr azmini jazm,
Bir necha kema bir yon ayladi azm.
Xovar ahli ham oʻldilar soyir,
Kema surʼatda uylakim toyir.
Yana Mudbir oʻzin tutub badhol,
Mayl qildi demakka harza maqol,
Yori chun mazhari saodat edi,
Ishi tasbih ila ibodat edi,
Anga ham yovadin boʻlub moniʼ,
Boʻlmayin ul bu manʼ ila koniʼ.
Oncha kufr ayta boshladi far-far
Ki damidin ayon boʻlub sarsar.
Tengiz uzra zuhur etib koʻlok,
Kema ahlini ayladi gʻamnok.
Boʻyla soʻzlar xitobi haqqa mudom,
Buki: «Yoʻq ishlaringda hech andom.
Qumu dashtingda oncha soʻzu gudoz,
Bahru mavjungda bu qadar taku toz.
Anda tafritu munda bu ifrot,
El hissu aqlini qilur isqot».
Shum anfosining shaomatidin,
Bahr chayqaldi mavj ofatidin.
Tushti daryoda ul sifat oshub,
Ki su amvoji boʻldi gardun kub.
Soldi oning riyohi idbori,
Har kishi kemasini bir sori.
Uzdi zavraqchaning mahorini qam,
Tashladi jung raxtu borini ham.
Kemalarning ichinda oncha fariq,
Qoldi baʼziyu, baʼzi oʻldi gʻariq.
Qalgani dagʻi har taraf tushti,
Borchadin amn bir taraf tushti.
Ul ikov zavraqida sayru shitob,
Mudbir ahvoli zavraq ichra xarob.
Muqbil aylab duo tazarruʼ etib,
Tengridin yorligʻ tavaqquʼ etib.
Muncha ofat tengizda bir sori,
Bir sori hamdamnnng idborn.
Ham duosi aning qilib taʼsir,
Topti taskin tengizda ul tashvir.
Yel tinib bahr topti chun orom,
Zavraq aylar edi su uzra xirom,
Qilibon etsa bahr uza yuz biym,
Oʻzni tengri qazosigʻa taslim,
Boʻyla holatda boqti ozoda,
Bir savodi koʻrundi daryoda.
Rangi oning sipehri xazrodek,
Hayʼatu davri charxi minodek,
Esti andoq nasim ul yondin,
Kim xabar berdi nafhasi jondin.
Sandal oso shamimu rih anda,
Yelga borib dami Masih anda.
Bahr isidin dimogʻi farsuda,
Boʻldi Muqbilgʻa bir dam osuda.
Sajdayi shukr aylagach filhol,
Ul taraf surdi zavraqin iqbol.
Chunki iqbol zavraqin surdi,
Tong yoʻq ar bir nafasda etkurdi.
Goʻyi ul bir daraxt edi oliy,
Rangu rifʼatda charx timsoli.
Ul daraxt erdi goʻyiyo sandal,
Bargi koʻzgulari topib sayqal.
Kimki har koʻzguni qilib manzur,
Shohidi baxt aylab anda zuhur.
Rifʼati koʻkka tegurub poya,
Bargidin bahrni yopib soya.
Soyasidip su garchi anbar fom,
Sandal oso tonib psinn mashom.
Oncha tuproq suv yuzini tutub,
Ki fazosida ul daraxt butub.
Tanasi ichra bir azim shigof,
Chashmae javfi ichra behad sof.
Siymi mahluldek suyi tobi,
Joʻshida iztirobi siymobiy.
Gʻulgʻuli bahr eli ishiga kulub,
Gʻulgul aylab tengiz aro toʻkulub.
Yetgach anda iki sitamdida,
Bir dam orom edi pisandida.
Zohir erdi yigʻochqa bir resha,
Chiqibon Muqbili xirad pesha,
Bogʻlabon zavriqi mahorin rust,
Mayl qildi daraxt javfigʻa chust.
Koʻrdi ul chashma boshida bir tosh,
Xatlar etgan aning yuzida xarosh.
Kirdi Mudbir dagʻi shitob qilib,
Suvdin ichmaqka iztirob qilib,
Tosh edi zeb birla qazilgʻan,
Turfa xatlar yuzida yazilgʻan.
Oʻqudi Muqbil, oni Mudbir ham,
Bu hadis erdi ul xujasta raqam:
«Kim bu manzilgʻa ul kishiki etar,
Bu gʻaroyibnikim, tafarruj etar,
Muni bildikki, simiyodur bu!
His qoshida gʻalatnamodur bu!
«Sandali simiyo» munung laqabi,
El xayolotidin fuzun ajabi.
Mundakim etsa sodiqu kozib,
Tabʼi boʻlgʻay suv ichgali jozib.
Suvdin oʻlgʻan zamonda sogʻarkash,
Aylagay manʼi juʼu dafʼp atash.
Sodiq oʻlgʻay bir oygacha xursand
Boʻlmayin er-icharga hojatmand.
Lek kozibqa uch kun oʻlgach kom
Tilagay uch kui oʻtsa, suvu taom.
Bahra bu chashma suyidii algʻap,
Tiliga nogah oʻtsa bir yalgʻan
Qorni ul navʼ chok boʻlgusidur,
Ki hamul dam halok boʻlgʻusidur.
Ichmagining bu navʼ edi jihati,
Kirmaginingdur oʻzga xosiyati:
Kirsa yolgʻonchi kuygay andomm,
Pishgay ul suvda paykari xomya.
Rostgoʻ kirsa boʻlmagʻay anga joʻri,
Suyi bergay havosi chashmayi noʻri
Chunki gusl aylamakka koʻz yumgʻay,
Qulogʻu burnini tutub chumgay.
Bosh chikargʻach ne koʻrsa koʻrgay oʻzi,
Ki demak boʻlmas ul fasona soʻzi.
Lek bir choʻmgʻan ulcha koʻrgay hol,
Yana choʻmmaq erur bu suvga mahol,
Kim kirib gʻoʻta istasa payvast,
Suv boʻlur past, ul oʻlsa gʻoʻtagʻa bast»,
Uqugʻach xatni sodiqu kozib,
Boʻldi kozibqa ul havas jozib,
Ki bir-iki dam ul sudni yutkay,
Kizb ila yova tarkini tutqay.
Garchi mumkin yoʻq erdi ul uslub,
Boʻlmaq oking mizojidin maslub.
Lek juʼu atash haroratidin,
Zohir oʻldi aning iboratidin.
«Buki yolgʻon demakni tark ettim,
Yoʻq esa irtikobi marg ettim»,—
Dedi bu soʻzniyu sudin ichti,
Chashmasor hayotidin kechti.
Sodiq aylab vuzusigʻa tajdid,
Qildi tajdid shukri rabbi majid.
Soʻngra noʻsh etti ul zuloli hayot,
Anga juʼu atashdin oʻldi najot.
Istadi Mudbir ul sugʻa kirmak,
Tiyra jismigʻa shustu shu bermak.
Avr oʻlub suvgʻa chun ilik urdi,
Qaynabon ilgini suv kuydurdi.
Lek sodiq beliga bogʻlab lung,
Suvgʻa kirdi nechukki, bahrgʻa jung.
Suv yaqasida toʻlmurub yoʻldash,
Aksi yangligʻ choʻmurdi ul sugʻa bash,
Bosh chiqargʻach sugʻa chu boqti quyi,
Koʻrdi suv ermas erdi chashma suyi,
Xavzi erdi suyi nechukki, zulol,
Lab-balab havz ichinda molo-mol.
Yoʻnulub toshi sofiyu mavzun,
Yaraqon rang, balki sandal gun.
Davrida gulshane nechuyusi Eram,
Olida manzare nechukki haram,
Chiqqali havzdin chu qoʻydi ayoq,
Koʻrdikim necha sarvi siymin soq.
Yettilar xizmati amrigʻa cholok,
Ochibon qoʻlda foʻtalar bori pok,
Tan qurutmoqqa hulla birla harir,
Borchasi dilkavozu tabʼ pazir.
Xojagʻa bandavor tuttilar,
Surtubon jismiii quruttilar.
Kiydurub xilʼat anga toʻ-bartoʻ,
Borcha sandal nasimu sandal boʻ.
Boshigʻa qoʻydilar amoma dogi,
Anda sandal bila shamoma dogʻi.
Boʻlgʻach orosta tutub qoʻlini
Qasri sandalgʻa boshlabon yoʻlini,
Berib oning nasimi ruhigʻa qut,
Xojani hayrat aylabon mabhut.
Koʻrubon solsa holigʻa koʻzini,
Oʻzga olamda har zamon oʻzini.
Kirdi chun qasr ichiga behushvor,
Hayrat ichra ne mastu ne hushyor.
Koʻrdi qasre ravoqi gardunsoy,
Umr qasri kibi nishot afzoy.
Saqfi sandal, ravoqi ham sandal,
Eshigu farshu toqi ham sandal.
Atrikim solibon xiradgʻa xurush,
Gah berib hushu goh etib behush.
Qasr aro taxti sandali oyin,
Koʻp javohir bila topib tazyin.
Taxt ustida bir ajab timsol,
Jinu ins yachra yoʻq yuziga misol,
Paykari hayʼat ichra ruho.chiy,
Boshidin to ayogʻi nuroniy.
Husnidin olam ahli ruhigʻa qut,
Yuzi xurshidi olami malakut.
Nurdin qaddi ravzaning naxli,
Yoʻq vujudida mou tin daxli.
Jismi boshtin-ayoq latofati mahz,
Boʻlub elga bu holat ofati mahz.
Davrida yuz kavokibi sahariy
Jilva aylab nechukki, huru pari.
Xoja salgʻach koʻz ul dilorogʻa,
Hushi ul navʼ bordi yagʻmogʻa,
Knm qurub qoni rangi sargʻardi,
Yiqilib erga oʻzidin bapdi.
Sarvi gulrux kelib boshigʻa aning,
Lutf ila oʻlturub qoshigʻa aiing,
Keldi gulrux nasimidin hushi.
Boʻldi koʻrgach yana faromushi.
Koʻnglidin mahv oʻlub nishoni xirad,
Goh oʻzida ediyu gah bexud.
Koʻrguzub lutf sarvi hur najod,
Lutfiga ayladi ani muʼtod.
Toki topti ramida koʻngli qaror,
Koʻnglining oʻtidin gum oʻldi sharor.
Yuz tamalluq bila xujasta arus,
Oʻzini qildi xojagʻa maʼnus,
Bemuhobo yanigʻa yandashti,
Shavq oʻti xoja boshidin ashti.
Ayrilib sabr ila qaroridin,
Oʻyla fard oʻldi ixtiyoridin,
Ki yaqin erdi siyna chok oʻlgʻay,
Shavqi tugʻyonidin halok oʻlgʻay.
Mahvash ilgin tutub qoʻpardi ani.
Olibon taxti uzra bardi ani.
Xoja er oʻptikim: «Manga ne had.
Boʻlgʻali takyagohim ul masnad».
Mahvash ul navʼ tutti onn aziz,
Ki degaysen oʻzidur anga kapiz.
Andoq oʻldi ayon maoshi anga,
Kim yana qolmadi tahoshi anga.
Taxt uza tutti er buti gulrux,
Anga yondashti xojayi farrux.
Chektilar sharbatu taom avval,
Ikisidin etushti kom avval.
Atʼima ul sifat latif sirisht,
Kim degaysen erur naimi bihisht.
Chun gʻizodin etushti tabʼigʻa kom,
Bazm aro jilva qildi bodavu jom.
Qoʻydilar turfa shira sandaldin,
Borcha naqshu nigori zarhaldin.
Ustida shisha, yonlarida saboʻ,
Borcha anbar sirishtu sandal boʻ.
Qoʻpti gulchehrayi diloroyi
Atri bazm ichra sandal osoyi,
Ichibon taxt sori qildi xirom,
Tutti mahvashki jomi sandal fom.
Mahvash olib chu bir-iki yutti,
Ogʻzidin oldi xojagʻa tutti.
Xoja xud andoq oʻzidin bardi;
Ki olib bexudona sipqardi.
Uyla evruldi jomi nusho-nush,
Ki tarabdin etushti qoʻkka xurush.
Qildi may xojaning Dimogʻin garm,
Rafʼ boʻldp hnjobu pardayi sharm.
Oncha mardumligʻ aylar erdi pari,
Kim boʻlur erdi xoja parda dari.
Xoja zabt aylay almayin oʻzini,
Sarvi gulruxdin almayin koʻzini,
Boshladi nukta behijobona,
Kim pari qilmish erdi devona.
Soʻz debon har zamon talab angiz,
Harakat aylabon tamaʼ omiz.
Shoʻxi ablah firib manʼ etmay,
Ilgi xoja ilgidan ketmay.
Xojaning qolmadi tahammuli hech,
Soldi shahvat hujumi jismiga pech.
Gʻalayoni quvoyi jismoniy,
Uyla betoqat ayladi oni.
Kim chekib hurvashni behushvor,
Dedi: «Holimni aylading dushvor,
Rahm etib dardima davo ayla!
Vasl ila hojatim ravo ayla!»
Lobalar birla sarvi shakkarxand,
Dedi: «Boʻl munchagʻa bukun xursand,
Ki bukun oncha mayparast oʻlduq,
Kim ketib hushu aql mast oʻlduq,
Tongla boʻlgʻan zamon bir ishga shuur,
Xisravona qilay tahiyayi sur.
Aqd etib surati saloh bila,
Haraminggʻa kiray nikoh bila.
Chun muyassar boʻlur halol navo,
Bu haramda harom koʻrma ravo.
Surubon shahvat etma behuda,
Pardayi ismatimni oluda».
Xojagʻa shahvat erdi mustavli,
Qilmadi sud lobagar qavli.
Yaqin erdiki, yuz figʻon etgay,
Jahd qildiki, komigʻa etgay.
Aylabon shahvat oni nafsoniy,
Qoʻlni bir erga sundi pinhoniy,
Ki ishi uqdasidin ochib band
Oj sandalgʻa aylagay payvand.
Dedi mahvashki: «Saʼy boʻlsa necha,
Ul ish imkoni yoʻqturur bu kecha,
Bera olmas esang oʻzungga sukun,
Deyki bir savr qomati mavzun.
Tonggʻa tegru boʻlub parastoring,
Aylasun oʻzni hamdamu yoring.
Bu oʻtungkim, ayon qilur bas kin,
Topsun oning zulolidin taskin».
Xoja fahm ayladiki, hol nedur,
Arada posuxu savol nedur.
Mutahayyir boʻlub bu suratdin.
Yana dam urmadi zaruratdin.
Buti mahvashkim, oni topti xamush,
Anga bir oyni qildi ham ogʻush.
Iki chovushi erdi mah siymo,
Noz ila andoq ayladi iymo,
Ki ikov xoja sori bardilar,
Loba koʻp koʻrguzub qoʻpardilar.
Xilvat ichra tuzub saru korin,
Hamdami qildilar parastorin.
To sahar xoja mastu uy xilvat,
Ne buyurganni bilmadim shahvat.
Charx chun tun livosin etti nigun.
Boʻldi tun obnusi sandal gun.
Uyqudin anda ochti qoʻzki, sipehr
Yerga yoymish edi chu ashiʼayi mehr.
Kirdi yodigʻa ul qaziya tamom,
Ki boʻlub erdi voqiʼ andin shom.
Topti oʻzni ajab xijolat aro,
Koʻnglin ul holdin malolat aro.
Borcha taqdir ila qoʻpub nokom,
Ayladi havz jonibigʻa xirom.
Kim kirib suvgʻa pok gʻusl etgay.
To janobat kudrati ketgay.
Bogʻlabon belga sandali foʻta,
Urdi chun havz aro kirib gʻoʻta.
Bash chiqargʻay hamul bulagʻ erdi,
Kim yigʻach javfida sugʻa kirdi.
Havldin boʻldi har sari nozir,
Boʻy boshi oʻrnida edi hozir.
Yana bir necha gʻoʻta ayladi fosh,
Ushbu er erdi chun chiqardi bosh.
Charxi tannoz taʼn etib asru,
Der edi ul guzarni eltti suv.
Kavkabin tiyra aylab iqboli,
Chiqti nokomdin oʻlum holi.
Muztaru lol qolib oʻz ishiga,
Holi andoqki, boʻlmasun kishiga.
Bir taraf oncha dardi jon kohi,
Bir taraf noxujasta hamrohi.
Ul uqubat aro urar edi pech,
Holin izhor aylay olmay hech.
Yana ul tosh sori tushti koʻzi,
Ki bitilmish edi bu chashma soʻzi.
Goʻshasida bitilmish erdi bu soʻz,
Ki burun solmamish edi anga koʻz:
«Ki biravkim, bu simiyo koʻrdi,
Kiribon suvgʻa yuz balo koʻrdi.
Chiqqach-oʻq tutmamaq kerak orom,
Aylamaklik kerak suv uzra xirom.
Boʻlsa laxte azimatida darang,
Dev ani oʻlturur, yoʻq ersa nahang».
Dedi: «Turgʻum kechib najotimdin,
Oʻlganim yaxshi bu hayotimdin».
Chunki fikr etti jon aziz erdi,
Ul maqom asru fitna xez erdi.
Bizzarurat azimat ayladi jazm,
Yeshiboi zavraqini qilgʻali azm.
Koʻrubon Mudbir anda koʻp tagʻyir,
Holin anglargʻa qildi koʻp tadbir.
Qilmadi oshkor mutlaq anga,
Boʻldi oromgoh zavraq anga.
Boʻldi Mudbir dogʻi yana yoʻldosh,
Buyla yoʻldosh yoʻlda boʻlmasa kosh.
Surdilar suv yuziga zavraqni,
Oʻzlariga panoh etib haqni.
Muqbili notavon xarob erdi,
Hajr oʻtidin ichinda tob erdi.
Shaynu oshubi erdi hamvora,
Mudbir aylab ishiga nazzora.
Soʻrsa erdi javob bermas edi,
Kim gʻami sharh etardek ermas edi,
Der edi: «Ey rafiqi zeboxoʻy,
Boʻlma mendin bu soʻzga posux joʻy!
Buki holimni sharh qilmasmen,
Ayb emas, chun oʻzumni bilmasmen.
Sanga holimdin gar malolat erur,
Sen muhiq sen, manga xijolat erur.
Qilsa bexudlugʻum seni ranjur,
Ne deyin, chunki borsen maʼzur.
Nafasingni manga dil oso qil,
Lutf ila necha kun muvoso qil.
Baxtdin kom agar boʻlub hosil,
Boʻlsa bir kun maqomimiz sohil,
Hajrima xotiringni shod aylay,
Oʻpub ilgingni xayrbod aylay»,—
Deb bu soʻz oligʻa qoʻyub boshia,
Koʻzidin yummayin toʻkub yoshin,
Zavraq ichra xurush salur edi,
Oʻti daryogʻa jush alur edi.
Mudbir ahvolidin bu navʼ ogah,
Kim anga qoʻydi yuz junun nogah.
Chashma uzra boʻlur chu devu pari,
Urunub boʻldi bu sifat asari.
Koʻrunub bu anga gʻarib nima,
Ki ayon boʻldi bir azim kema,
Chun el oʻz eʼtidolidin ashti,
Zavraq ul kema birla yondashti.
Kemaga qoʻydilar ikovla qadam,
Bulgʻali mavj xavfidin begʻam.
Kema ahli tamom oʻlub edilar,
Jon gʻamidin xalos boʻlub edilar.
Kema ichra yoʻq erdi gʻayri oʻluk,
Anda sandal yigʻochidin toʻla yuk.
Mundoq ermishki, Xusravi xovar,
Ki emish ul taraf jahon dovar,
Bir qizi bor emish pari yangligʻ,
Ne pari, mehri xovariy yangligʻ.
Shoh umrigʻa zeb ila zayn ul,
Shohgʻa balki qurratul-ayn ul.
Voqeʼ ermish sudoʼ doim anga,
Koʻrunub umr nomuloyim anga.
Hukamo aylabon ilojin koʻp,
Kelmay oning mizojigʻa biri xoʻb,
Gʻayri sandal isiki, nofiʼ oʻlub.
Boshining ogʻrigʻigʻa dofiʼ oʻlub.
Bu jihatdin shaxi sipehr mahal.
Kasri oliy bino qilib sandal,
Borcha azjosi sandali payvand,
Rifʼat ichra nechukki, charxi baland.
To tutub mahvash ul uy ichra maqom
Yetgay andin sudoigʻa orom.
Olam ichra tushub bu ovoza
Ruhi tujjorning boʻlub toza,
Anda sandal satargʻa jozim oʻlub,
Hind mulkiga barcha ozim oʻlub,
Toshibon oncha sandali xushboʻ,
Ki butub ul imorati diljoʻ.
Goʻyiyo ul guruhdin nechasi,
Boʻlgʻan ish saʼyi kuiduzi kechasi.
Bu kema ichra topibon orom,
Yuklabon sandal aylamakda xirom,
Kema girdob aro boʻlub doir,
Yillar ul davrada emish soyir,
Tuganib chun alar zaxirasi pok,
Boʻlubon kema ahli borcha halok.
Bu mahal el esib tengiz uza tez,
Zohir aylab tengizda rustoxez,
Bahrni chunki el qilib raqqos,
Charx urardin boʻlub safina xalos.
Kirgach ul kemaga iki hamroh,
Bor edi Muqbil ishi nolayu oh.
Tutubon kunje oʻz figʻoni bila,
Qolibon bahr ichinda joni bila.
Mudbir ul oʻlgan elni sugʻa solib,
Kemavu moli ixtiyorin olib,
Kema amvolini qilib oʻzining,
Kemani balki ham bilib oʻzining.
Ul bu amvol zabtiga mashʼuf,
Yorigʻa yoʻq aning ishida vuquf,
Kim qoʻrundi yiraqtip sohil,
Kema sohilgʻa etti mustaʼjil.
Bu tarafkim, kema shinovar edi,
Goʻyiyokim diyori Xovar edi.
Shah bukun mayl etib tamoshogʻa,
Aylar erdi nazora daryogʻa.
Koʻrgach ul kemani dedi: «Yurunguz,
Elidin bir kishini kelturunguz!
Kema kayfiyatini fahm etayin,
Fahm etib, yanib uy sori ketayin»,
Koʻrdilar iki kimsa erdi qarin
Bu biri shodu ul biri gamgin.
Shah soʻzi ul ikovga chun etti,
Mudbir ul yon ravon xirom etti,
Yer oʻpub aylagach duo filhol,
Shoh aning holatini qildi savol,
Dedi: «Tojirmenu tijorat ishim,
Qolmadi bu safarda hech kishim,
Boʻlubon suv ufunati maqrun,
Oʻldilar borchasi boʻlib toun.
Emdikim boʻldi manzilim sohil,
Men menu bir qulum oti Muqbil»
Ul bu yangligʻ surub fusun bila dam,
Kim boʻla boshladi taniga varam.
Varamidin libosi chok oʻldi,
Koʻksi ham chok oʻlub halok oʻldi.
Shahni hayrat ayladi ojiz,
Boʻyla lish koʻrmagan uchun hargiz.
Muqbili notavonni qildi talab,
Qoʻrgach-oʻq koʻngliga yuz urdi tarab.
Olidin hamrahini yoshurdi,
Soʻrdi ul soʻzki, yoridin soʻrdi.
Muqbil andoqki, bor edi bir-bir,
Qildi andaqki, bor edi taqrir.
Shah dedi, kemavu nekim ihmol,
Borchasi soʻldi ja.mʼ baytulmol.
Har ne Muqbilgʻakim bayon boʻldi,
Chinligi shohga ayon boʻldi.
Dedi: «Ahsanta, muxbiri sodik,
Sidq aro kimgakim, desak foyiq.
Tuzlugung koʻnglumizni sayd etti,
Jonimizni asiri qayd etti.
Ista, bizdin nekim sanga dilxoh»,
Muqbil aylab duo dedi: «K-ey shoh.
Shohning umru johin istarmen,
Charx avjida komin istarmen.
Yana matlub haq ibodatidur,
Kim ulus mujibi saodatidur.
Shoh agar qilsa bandasin ozod,
Tunu kun aylagum duo bila yod».
Chunki Muqbil soʻzi edi dilkash,
Husn xulqiyu husni xilqi xush.
Shah koʻrub ul sifat hamida hisol,
Ki bashar xaylidin erur bu mahol.
Muqbili xush bayonu zebo chehr,
Uyla garm etti shoh koʻnglida mehr,
Ki anga xizmatin rujuʼ ettn,
Shah deganga bu ham shuruʼ etti.
Qildi qullugʻni uyla tabʼ pazir,
Ki shah etti ani qoshida vazir.
Soʻngra xizmatdin oʻtti poya anga
Soldi davlat humoyi soya anga.
Shah boʻlub vuslat amrigʻa mashgʻul,
Oni farzandliqqa qildi qabul.
Garchi ul qildi uzrlar angiz,
Ki oʻti oʻzga barqdip edi tez,
Kim anga qilmish erdi gʻorati hush,
Buti sandal nasimi sandal poʻsh.
Boqmayin shoh eʼtizorigʻa ham,
Qoʻymay oni oʻz ixtiyorigʻa ham,
Xarj etib maxzan oshkoru nuxuft,
Qurratul-aynin ayladi anga juft.
Kiydurub hulla borcha sandal boʻy,
Kim parivash bu ishga qilmish xoʻy.
Qasri sandalgʻa chektilar oni,
Topshururgʻa guli sumansoni.
Chunki boqti hamul gʻaroyib edi,
Ki anga mujibi masoyib edi.
Qasr ul, saqfu ostona ham ul,
Taxt ul, ofati zamona ham ul.
Hayrat oʻti solib dimogʻiga dud,
Aylab ul oʻt vujudini nobud.
Ohu afgʻon chekib yiqildi yana,
Joni chiqmaqqa mayl qildi yana.
Oʻziga gar kelur edi gohi,
Yana borur edi chekib ohi.
Atri sandal topib dimogʻi aning,
Yorubon gar koʻzi charogʻi aning.
Koʻzin achqach yana koʻrub ahvol,
Nola aylab boʻlur edi behol.
Koʻrubon buyla ishqi dilkash anga,
Mehribon boʻlmish erdi maqvash anga,
Toki tadrij ila topib orom,
Topti mahvash visoli birlan kom.
Lek hayratdin erdi doim lol,
Soʻrdi bir kun buti humoyun fol:
«Kim sanga hayrati erur gʻolib,
Bormen oning vuqufigʻa tolib».
Chun anga nukta yoʻq edi juz rost,
Koʻrganin sharh qildi bekamu kost.
Shajaru chashma mojarosipi ham,
Sandalu qasri simiyosini ham,
Mutabassim boʻlub buti mahvash,
Anga afsona boshladi dilkash:
«Kim meni xoʻbliq aro taqdir,
Chun jamol ichra qildi olamgir,
Tushti husnum soʻzi jahon ichra,
Ne jahon, balki insu jon ichra.
Manzarimdin oʻtarda nogohe,
Husnuma vola oʻldi jin shohi.
Qasr uza tushti jin alolosi,
Meni devona qildi savdosi.
Shahgʻa chun qildim oni jilvanamo,
Boshim ustiga kelturub hukamo.
Yana romiyu sohiri hunariy,
Dafʼ etardek ziyoni devu pari.
Qildilar ittifoq ila chora,
Kim alar dafʼ boʻldi yakbora.
Lek gohe qanot sadosi kelur,
Qulogʻimgʻa pari nidosi kelur:
Boʻyla derlarki, jin shahi yana,
Chunki boʻlmush gʻamimda devona.
Bahr uza simiyoyi etmishlar,
Manzari dilkushoyi etmishlar.
Sandaliy qasru davrida bogʻe,
Sandaliy toxt uza meni dogʻi,
Sen nechukkim koʻrub ayon etting,
Manga koʻrgan kibi bayon etting,
Naqsh qilgʻan emishlar anda tamom,
Koʻrubon xasta tapqali orom.
Sen hamonoki anda etmishsen,
Uzni naqshimgʻa vola etmishsen.
Anda vola eding misolimgʻa,
Munda etkurdi haq visolimgʻa».
Rafʼ oʻlub Muqbil olidin mushkil,
Boʻldi gulrux xayolidin xushdil.
Qasri sandalda komron boʻldi,
Toʻni ham sandaliy nishon boʻldi.
Sandal osoyishi ravon angla,
Atri oning hayoti jon angla.
Sandal isinda tek turub boʻlmas,
Mushkni kimsa yoshurub boʻlmas.
Chun bu afsona surdi nukta saro,
Uyudi shah nasimi sandal aro.

XXXII

Odina kuni Bahromning kofuriy asvob bila qasri kofurgun ichinda mushkin zulfi kofuriy libos bila taxti oj uzra jomi billuridin bodayi kofur mizoj oshom kilgʻani va ul kofurkorliqdan hijroni harorati taskin topib, oʻz gʻazoli mushkboʻsidin xabar tapqani

Chunki odina bu rafiʼ ravoq,
Qildi toqin sahar gachidin oq,
Solib erdi mushaʼbidi gardun
Najm donalaridan ogʻzigʻa un,
Subhdin lek oʻyla joʻshkurdi,
Kim damidin ul oʻtni sovurdi;
Subh savbini gozuri aflok
Mehr sobuni surtubon yudi pok,
Shoh aylab libosin oqu harir,
Jilva qildi nechukki, mehri munir,
Qildi, olamni yorutub nuri,
Azmi gunbaz saroyi kofuriy.
Hulla birla haririni buti chin,
Berib erdi bu rang ila oyin.
Taxtp oj uzra shah chu tutti maqom,
Shoʻx ham topti yonida orom.
Yana ishrat uchun tuzuldi asos,
Majlis ahligʻa oq borcha libos.
Yana bir gulruxi parizoda
Tutti chini qadah bila boda,
Chpni erdi valek fagʻfuriy,
Chin bukim rangi erdi kofuriy.
Shoh oqshomgʻa tegru boda ichib,
Lek har kungidnn ziyoda ichib.
Mehr chun dahrdin yoshurdi nur,
Sochtp oy charx tomidin kofur,
Yana uyqu nishoti istadi shoh,
Soldilar oq uy ichra masnadgoh.
Hozir erdi musofiri purdon,
Nuktadin koʻngli huqqayi durdon.
Qildi bogʻishda oʻlturub bunyod,
Shah duosinki: «Charxi koʻhna nihod.
Bu oq uyunga borgoh oʻlsun,
Borgohing jahon panoh oʻlsun!»

XXXIII

Yettiichi itslim yoʻlidin kelturgan musofirning fasona sigolligi

Chun duo qildi dedi farzona,
Ki dey oʻz koʻrganpmdin afsona:
Menki tushmish buyon guzor manga,
Mulki Xorazm erur diyor manga.
Sanʼatim anda soz chalmaq ishi,
Bilmayin men kibi ishimni kishi.
Ilmi advoru fanni musiqiy,
Mendin ul ilm ahli tahqiqiy.
Elga taʼlim etmoq virdim,
Kimki ustodi qavm shogirdim.
Nogahon tushti mundoq ovoza,
El aro boʻldi bu xabar toza,
Kim kelur tojiri xitoyi zod,
Bilasi bir kanizi hur najod.
Xojaning moli bahru kondin koʻp,
Har nekim el gumoni andin koʻp.
Lek tojirgʻa onchakim amvol,
Mohvashgʻa yuz oncha husnu jamol,
Vovujudi jamoli fitna figan,
Bor emish xush navovu «barbat» zan.
Bu xabar elni beqaror etti,
Necha kun oʻtti xoja ham etti,
Qildi Xorazm ahli istiqbol,
Fahm qilmaqqakim, nedur ahvol.
Xoja xud bor edi degancha gʻani,
Zuhdu taqvi aning shioru fani.
Yuzi sajjoda uzra matlaʼi nur,
Mushkining charx aylabon kofur.
Parda ichra mahi falak payvand,
Asli nisbatda xojagʻa farzand.
Xojai bahr kaf bila guhari,
Ul sifatkim, farishta birla pari.
Lek mahvash yuzi niqob ichra,
Mehrdekkim boʻlur sahob ichra.
Ul niqobp — niqobi kofuriy,
Mehr uzra sahobi kofuriy.
Yoʻq niqobiki, har ne kiygani oq,
Ne kiyar boʻlsa istaboi ani oq,
Har kuni iki qatla — subh ila shom:
Tuzubon nagma sarvi siym andom
Parda ichra qilib navozish chang
Unun ul chang ila qilib ohang.
Tuzub ul navʼ rud birla surud,
Ki olib jonlar ul surud ila rud.
Pardadin tashqari ulusqa huju,m,
Pardagi holi lex nomaʼlum.
Pardada hol oshkoro yoʻq,
Kishi koʻrmak tilarga yoro yoʻq.
Subh ila shomkim, tarona tuzub,
Xalq faryodi bexudona tuzub,,
Elni alhoni notavoi aylab,
Notavonlargʻa qasdi jon aylab.
Oʻyla kun oʻtmayinki, bir gʻamnok,
Oʻlmagʻay ohu nola birla halok,
Oʻlubon xalq ul navoga koʻchun,
Jon berib balki, andoq oʻlmak uchun.
Mulk shohika tegurub noma,
«Ki falak boʻyla tuzdi hangoma».
Aylay olmay ani tilarga xitob,
Kim erur xoja ham rafiʼ janob.
Beribon oʻz libosigʻa tagʻyir,
Shohni ishq etib faqiru haqir,
Soyiri xalq ichinda pinhoniy,
Shahni ham vola aylab alhoni.
Solibon parda ichra mahramlar,
Zuafodin sanamgʻa hamdamlar.
Husnin anglab navosidin afzun,
Boʻldi bu qissa benihoyat uzun.
Qilib ul parda ichra kom tamaʼ.
Vaslin pstab shah oʻldi xom tamaʼ.
Aylab ul navʼ bulʼajab havase
Soldi dallolalar aragʻa base.
Istabon mohvash bila payvand,
Aylamak xojagʻa oʻzin farzand.
Hosil oʻlmay bu maqsadi noyob,
Xojadin shahgʻa boʻyla keldi javob:
«Kim bu soʻzlarki, shohi banda navoz,
Qildi bu qulgʻa mujibi eʼzoz.
Tiyra tufrogʻni koʻkka tegurdi,
Zarra qadrin quyoshdin oshurdi.
Manga ne hadki, shohi davlatmand,
Poyim etgay bu erga tegru baland.
Lek mundin ham ortuq aylasa jud,
Manga toliʼ agar yoʻq ersa, ne sud?
Hosilan bu sanamki, mahvashdur,
Juft amridin asru sarkashdur.
Haqki qildi yagonayi ofoq,
Juftidin dogʻi oni ayladi toq».
Dedi ulkim: «Aning shiori bor,
Shoh hokimdur ixtiyori bor».
Shah muni tutmayin musallam hech,
Soʻzda koʻp tushdi tob birlan pech.
Soʻz koʻp ummidu biym birla dedi,
Posuxi xojaning hamul soʻz edi..
Koʻrdikim aylar oni ishq halok,
Oʻzi magʻlubu ishq edi bebok.
Shahvat oni chu beqaror etti,
Gʻazabu zulm oshkor etti,
Hukm qildiki, bordilar xayli,
Shahgʻa andoqki, bor edi mayli,
Yuklabon hurning amorisin,
Xojaning luʼbati hisorisin,
Eltibon shohi tiyra rop sari,
Moyil aylab haramsarop sari.
Qasr ichinda tushurdilar filhol,
Shahnp magʻlub etib xgsln mahol.
Azm qildi sanam sori hushdil,
Chun bu holatni bildi mohi chigil:
Changini qoʻlgʻa olib ayladp soz,
Chang ila nagʻma ayladi ogʻoz,
Nagʻma ul navʼ oshkor etti,
Kim eshitgach shah oʻzidin ksttp.
Yetsa har kimsaning qulogʻigʻa bu,
Yiqilib eltpbon ani uyqu.
Chun ulus borcha masti xob boʻlub,
Shoʻxqa uy sori shitob boʻlub.
Shoh chun uygʻonib sipoh bila,
Hayrat aylab sipahni shoh bila.
Koʻzlaridin yubon chu uyquni,
Kelturub yona shoʻxi joduni,
Yana ul navʼ nagma soz aylab,
Uyqu koʻzlarga turktoz aylab,
Yapa aylab sanam uyiga xirom,
Tutubon pardasi aro orom.
Necha qatla shah etti oʻyla jadal,
Anga mahvash keturdi boʻyla badal.
Oqibat iffati muassir oʻlub,
Shah pshidin ramida xotir oʻlub,
Xoja oligʻa ksldi lutf omiz,
Boshlabon yuz hadisi uzr angiz.
Bazm tartib etib ayoq tutti,
Ota aytib ani quloq tutti.
Oygʻa ham infiol etib izhor,
Qilgʻonidin malol etib izhor.
Parda toshida uzrxoh boʻlub,
Uzr ayturda xokroh boʻlub.
Tutubon chun bu mehr aylab fosh,
Iki dunyoda oni qiz qardosh,
Ota muni, singil debon oni,
Aylab ulcha rioyat imkoni,
Shoʻx chun shohdin boʻlub emin,
Boʻlubon ul diyor aro sokin.
Xoja bogʻi yasab bihisht oso,
Anda bir qasri toqi gardunso.
Yana ul kavkabi saodat uchun,
Yasamish xujrae ibodat uchun.
Moh kofurgun qabo payvast,
Boʻlub ul xujrada xudoy parast.
Bori kiygan hariri subh nishon,
Koʻzi tong otqucha sitorafishon,
Tengriga tunu kun munojoti,
Birov ummidi birla avqoti.
Lek oni kimsaga ayon qilmay.
Chun ayon qilmay ul kishi bilmay.
Subh boʻlgʻach yana surud chekib,
Nagʻma birla navoyi rud chekib,
Ham aning rudi ishtiyoq angiz,
Ham surudi kelib firoq omiz.
Bir nafas chunki elni zor qilib,
Savti tosh koʻngli ichra kor qilib.
Yana toatqa yuz qoʻyub to shom,
Shom aylab ham ul ishnga qiyom.
Parda toshida zlga nolavu oh,
Shah dagʻi anda er tutub gah-goh.
Ul garoyibni istimoʼ aylab,
Hush aning koʻnglidin vidoʼ aylab.
Yasabon hoja xoni mehmoni,
Ulcha boʻlgʻay takalluf imkoni.
Koʻrguzub yuz tuman latofat ila,
Uzatib shohni ziyofat ila,
Xojaning sudu moyasigʻa gazand
Yetkurub iki bulʼajab farzand.
Menki ul shahr nagʻma sozi edim,
Bazmlar doston navozi odim.
Ham kunum lahni rud birla oʻtub,
Ham maoshim surud birla oʻtub,
Chunki ul zohir etti rudu surud,
Ofiyat mendin ayladi padrud.
Topmadim eldin iltifot oʻzga,
Talx boʻldi manga hayot oʻzga.
Chun ishim muxtal oʻldi yakbora,
Apladim oʻz ishimga bir chora:
Ayladim ragʻbat ul qadar kofur,
Kim haroratdin aylagay mahjur,
Rajuliyat chu salb boʻldi tamom,
Xoja dargohi sori urdum gom.
Xoja mahvash harimida edn shod,
Kim yiraqraqtin ayladim faryod.
Istadi xojayi farishta xisol,
Parda ichra nigori hur misol.
Soʻrdilarkim: «Nedur bu faryoding?
Kim senu kimdin oʻldi bu doding?»
Ayttim: «Zulm sizdin oʻldi manga,
Sen atavu bu qizdin oʻldi manga».
Dedilar: «Tuhmat etma, ey mazlum,
Ki emas bizga zulm daʼbu rusum!
Tanimaqta magar yangilmishsen,
Oʻzga el bizni fahm qilmishsen».
Dedim: «Andaq emas, soʻrung bir-bir,
To qilay har ne qildingiz, taqdir.
Qilingiz chora bersangiz insof,
Yoʻqsa torting soʻzumga hukmi gazof».
Dedilar «Ayt».— Ayladim ogʻoz,
Soʻzni avval duodin ettim soz,
Soʻngra holim dedim shitob etmay,
Soʻz adosida iztirob etmay.
Kulubon tuttilar musallam ani,
Xoja qam, sarvi lola rux ham ani.
Toki bu erga etti soʻz oxir,
Ki murodimni ayladim zohir:
«Ki tilarmenki, ulcha boʻlsa hayot
Ushbu dargahda surgamen avqot,
Ki ishim gʻayri lahnu rud ermas,
Oʻzga ish shugʻli dast ham bermas.
Qut bersa farishta ehsoni,
Quti ruh oʻlsa hur ilhoni,
Boʻyla taʼlimkim, erur havasim,
Mingidin birga boʻlsa dastrasim,
Umrum ar Nuxdin kam ermasdur,
Hosili umr ul manga basdur.
Menki bu navʼ koʻrdungiz ojiz,
Yoʻq bu fan ichra men kibi hargiz.
Bu mamolikda kimga bu ish vird,
Borcha bordur manga kamin shogird.
Bor ekandur mening qoshimda zabun:
Arzi musiqiy etsa Aflotun.
Lek bu ishki emdi boʻldi ayon,
Sabtidin ojiz angla kilki bayon,
Kim koʻrubtur chu nagʻmai tuzmak,
Gah qilib qatl, goh tirguzmak.
Lahn kim topti moyayi eʼjoz,
Andin oʻldi mening ishim nosoz».
Koʻrdilar chun bu ajzu xorligʻim,
Asar etti alargʻa zorligʻim.
Lutf ila dilnavozligʻ aylab,
Holima chora sozligʻ aylab,
Dedi xojaki: «Yorimiz boʻlsang,
Soz ila gʻamgusorimiz boʻlsang,
Xud maishat sanga erur hosil,
Lek bir muddao erur mushkil:
Sarvi gulruxgʻa xizmat etmak ham,
Ki yaqin kelmas anda nomahram».
Dedim: «Oʻzumni mahram aylab men,
Sizni ul ishda begʻam aylab men.
Hunar ummididin boʻlub maʼyub,
Rajuliyatni qilmisham maslub,
Oncha kofur ittifoq ettim,
Ki havo maylini yiroq ettim.
Chun erur ushbu parda kofuriy,
Ham bu rang ichra parda masturi.
Manga ham oʻzni qilgʻali hamrang,
Boʻldi kofur jonibi ohang.
Boʻlmasam ushbu pardadin mahjur,
Bir kamin bandamen otim Kofur».
Soʻz dedim chun bu navʼ ado birlan,
Xojavu sarvi mahliqo birlan.
Hayrat aylab, chu qildilar taftish,
Angladilarki voqiʼ erdi ul ish,
Iltifot ettilar nihoyatsiz,
Koʻrguzub xulqu lutf gʻoyatsiz.
Boʻlubon lahzai ishimda malul,
Xizmatim ikisiga tushti qabul.
Xizmat amrida ul sifat boʻldum,
Ki ikisiga multafat boʻldum.
Pardada goh xojagʻa damsoz,
Parda keynida oygʻa ham hamroz.
Chun bor erdi munosabat mavjud,
Asru koʻp iltifot tutti vujud.
Mohrux chun tuzar edi nagʻamot,
Meni bir hayrat aylar erdi mot:
Neki abyoti jonfizosi edi,
Borchasi dardu hajr adosi edp.
Nagʻmaga kirsa har tarona anga,
Nolalar erdi oshiqona anga.
Angladim. xilvat ichra ham oni,
Ki base yigʻlar erdi pinhoni.
Lsru koʻp muztar aylasa edi gam,
Parda keynida men edim mahram.
Har nschuk soʻzki, qilsa erdp xayol,
Mendin ul soʻzni aylar erdi savol.
Bilganpmcha javobin aytur edpm.
Bori soʻzning savobin aytur zdim.
Tunlar uyqudin oʻlsa begopa,
Manga der erdi: «Ayt afsona».
Qapdakim boʻlsa erdi sharhp firoq.
Yigʻlar erdi yagonayi ofoq.
Boʻila phvolidnn taaqqul ila,
Jazm boʻldi manga taammul ila,
Kp parivashki, zoru mahzundur,
Goʻyiyokim birovga majnundur.
Hajr xori ichin chu kovish etar,
Savt ila tashqari tarovish etar.
Chekmasa nagma tupu kun oni
Kuydurur ul sharora pinhoni,
Holi chui mundoq erkanin bildim,
Andin anglarni orzu qildim.
Aptur erdim hadis har soridin,
Soʻz oʻtar erdn xayru shar soridin.
Toki toptim oʻzumga behad rom,
Tavsani tabʼida base orom.
Boʻyla holatda dedim: «Ey mahvash,
Tengri tutsun hamesha koʻnglung xush!
Xotiring qaygʻudin yiroq boʻlsun,
Aysh har lahza yaxshiroq boʻlsun!
Mushkiledur manga qilaymu savol».
— «Qil!» — degach, soʻzni boshladim filhol:
«Kim necha vaqt erurki bandang men,
Mehrdek xoki rahfigandang men.
Koʻzoturmen hamesha holing ne?
Aysh yoxud gʻamu maloling ne?
Har tarafkim, etib durur koʻnglum,
Oʻyla maʼlum etib durur koʻnglum,
Kim sening bir gʻami nihonipg bor,
Xalasidin xaroshi joning bor.
Anga bois birov muhabbatidur,
Balki anduhu dogʻi furqatidur.
Ki chu andin etar alam chekmak,
Daʼb etarsen surudi gʻam chekmak.
Oʻzni mashgʻul etib tarona bila,
Nola aylarsen ul bahona bila.
Chui koʻngul sharhi holi aylarsen.
Xasta koʻnglungni xoli aylarsen.
Manga bu gʻamni oshkor etsang,
Meni bu sirda rozdor etsang.
Toki boʻlgʻay hayotim imkoni.
Kimsa mendin eshitmagay oni.
Lek mumkin durur davo qilurum,
Saʼy etib hojating ravo qilurum».
Chun eshitti soʻzum buti gulrux,
Fikr etib boʻyla aytti posux:
«Ki bu soʻzkim, deding yiroq ermas,
Rostdin iukta yaxshiroq ermas.
Yaxshi boʻlmish ishim sanga maʼlum,
Lek sharhin sen aylamak mafhum.
Xirad olinda nomuvofiq erur.
Soʻrmamaq sendin oni loyiq erur.
Sanga yoʻq sud anglamaq oni,
Manga yuz ming baliyat imkoni.
Ishki tahqiqi bejihat boʻlgʻay,
Soʻrmaq oni ne maslahat boʻlgʻay?
Mundi gar istasang oʻzungga nuzul,
Iki ishdin birini ayla qabul:
Yo bu taftish tarkini etgil,
Yoki bilgach boshing olib ketgil,
Oʻylakim boʻlmagʻil bu vodida,
Balki bu mamlakat savodida».
Garchi ul nuktadin etishti haros,
Lek jon qasdi ayladi vasvos.
Bir necha kun kezar edim gʻamgin,
Topa olmadi xotirim taskin.
Ham zamirimni gʻamkash etti bu fikr,
Ham dimogʻim mushavvash etti bu fikr.
Chunki sabru qarorsiz boʻldum,
Oqibat ixtiyorsiz boʻldum.
Yana xilvat topib duo qildim,
Sudi yoʻq mojaro ado qildim:
«Ki xayolimda fikr oʻlub pesha,
Meni savdoyi etti andesha,
Chunkp hadisingni istimoʼ etayin,
Boshim olib qayon desang ketayin!»
Dsdp mahvash: «Gʻarib erur bu soʻzung,
Ki tilarsen balo oʻzungga oʻzung.
Shahrda turmasinggʻa paymon qil,
Boshing olib ketarga aymon qil».
Xotirigʻa ne tavrkim etti,
Ahd qildim nechukki amr etti.
Koʻnglida vahm qolmagach yona,
Mahvash ogʻoz qildi afsona:
«Ki meni chun gʻamin xayol etting,
Ul gʻamimgʻa jihat savol etting.
Soʻzni avvaldin etmasam marqum,
Yaxshi boʻlmas gamim sanga maʼlum.
Bilki Chin mulkidur diyor manga,
Oʻtubon anda roʻzgor manga,
Iki xon kinu razmidin takdir,
Tifl ekapda biravga qildi asir.
Bayʼima xoja mushtari boʻldi,
Bandasi mehri xovariy boʻldi.
Garchi mundoq azizdurmen anga,
Satqun algʻan kanizdurmen anga.
Chunki yoʻq erdi xojagʻa farzand,
Misli farzand qadrim etti baland.
Chun unum dilkash erdi, lahjam xush,
Chekar erdim taronayi dilkash.
Hukamokim bu fanda mohir edi,
Kim mahorat alarda zohir edi,
Kelturub uyga koʻp rioyat etib,
Judu ikrom benihoyat etib.
Ul qadar saʼy ayladi mahu sol,
Kim manga kasb boʻldi muncha kamol,
Hosilim boʻldi tartmaqqa nagʻam,
Muzhiku mubkiyu munavvim ham.
Unum ovozasi jahon tutti,
Changim ovozi osmon tutti.
Husn xud beqiyosu andoza,
Boʻldn ovoza uzra ovoza.
Eshitib borcha ahli johu tamiz,
Kim bor zrmish birovda boʻyla kaniz.
Boʻldilar nakd sanj bayʼim uchun,
Toʻktilar molu ganj bayʼim uchun,
Har tarafdin chu mol rez etti,
Xoja oʻz farzandini kaniz etti.
Necha koʻprak koʻrub xaridorim,
Tezrak aylar erdi bozorim.
Chinda bu navʼ shoʻr ila gʻavgʻo,
Har kishining boshida bir savdo.
Chinda bor erdi bir ajab naqqosh,
Sunʼ naqqoshidek jahon ara fosh.
Ishya monandsiz, oti Moniy,
Ul yozib suratimni pinhoniy.
Safar etmak uchun oʻzin tuzmish,
Bir shahanshahgʻa oni koʻrguzmish,
Kim jahon mulki ichra har kim shoh,
Bor emysh anga bandayi dargoh.
Shoh suratgʻa mayl etib paydo,
Balki boʻlgʻan emish koʻrub shaydo.
Oʻylakim topibon amin kishilar,
Pok payvandu xurdabin kishilar,
Yibarib Chingʻa shoʻr salmaq uchun,
Bir kanizakni satqun almaq uchun.
Bir xaridor edi Xito xoni.
Hukm birla iyroq etib oni,
Bayʼ etib xojaning mizoji bila,
Necha birla Xito xiroji bila.
Shod oʻlub baxtdin kushod topib,
Yandilar istagan murod topib.
Farz yoʻl qatʼini bilurlar edi,
Iki manzilni bir qilurlar edi.
To meni shohgʻa keturdilar,
Durnn daryo sori eturdilar.
Yettn chun zarra mehri anvargʻa,
Banda sultoni banda parvargʻa.
Shoh ul elni beniyoz etti,
Olam ahlida sarfaroz etti.
Vatan etti manga shabistonin,
Ne shabistonki, ravzayi jonin.
Andoq oʻldiki, mensizin bir dam,
Tiyra erdi anga yorugʻ olam.
Umridin hosili jamolim anga,
Balki umri abad visolim anga.
Ish anga ishratu shikor erdi,
Gashti sahrovu lolazor erdi.
Chopibon koʻhu dasht sori samand,
Goʻr boʻynigʻa solur erdi kamand.
Har qayon chopsa goʻr poʻya sutur,
Oʻlar erdi suturi olida goʻr.
Lolagun goʻrni shikor aylab,
Qonidin erni lolazor aylab,
Lolazor ichra chun ichib mayi nob,
Goʻr eti erdi bazmi ichra kabob.
Xoh shahr ichra, xoh dasht ichra,
Xoh oromu xoh gasht ichra
Mensizin yoʻq edi dame komi,
Kom yoʻq xotirining oromi.
Boʻlmasam hamrah urmay ul bir gom,
Men navo chekmay, ichmay ul bir jom.
Men qayu nagʻmakim ado aylab,
Ul chekib ohu jon fido aylab,
Dasht aro sayr qilsa, yonida men.
Shahr aro xplvatu nihonida men.
Olmayin koʻz dami jamolimdin.
Toʻymayin bir nafas visolimdin.
Oqibat boʻldi ul sifat magʻlub,
Kim men erdim hayotidin matlub.
Yetti ul srga ishki, xaylu sipoh,
Qoʻydi nazmndliqqa yuz nsgoh.
Ki alardin yoʻq erdi shahga vuquf,
Kecha-kunduz manga edi mashʼuf.
Onchakim shah manga edi moyil,
Xasta koʻnglum anga edi moyil.
Vaslin istarga ixtiyorim yoʻq,
Hajrida lahzai qarorim yoʻq,
Shavq oʻti iki yondin andogʻ tez,
Ki boʻlub shuʼyaasi sipehr sitez.
Shohdin iltifoti nomaqdur,
Qilgʻan erkan durur meni magʻrur.
Men kanizi siyohbaxti laim,
Ham spyahbaxtu ham siyoh kalim.
Shahdin ul bandalikki, koʻrgaymen,
Havsala qaydakim, singurgapmen.
Har nekim nutqum aylar oʻlsa bayon,
Bor emish boshidan-ayoq hazyon.
Bir kun ul navʼ voqiʼ oʻldiki shoh
Ovda erdiyu men anga hamroh.
Mast edi ul, erdi bzdaparast,
Lek men xudparastlyutsdii mast.
Shah etib bir kiyik sari ohang,
Chapigʻa yo oʻngigʻa oldi xadang,
Dedi: «Chun raxshim ul taraf surayin.
Ani har navʼ kim desang urayin».
Men dedimki: «Qoʻlin shikil etgil,
Ham yiraqtin-oʻq aylagil bismil».
Bilgach ul soʻzni xotiri poki,,
Tikti iki qoʻlin otib xoki.,
Chunki soldi iki qoʻligʻa shikol,
Kaybur otib boʻguzladi filhol.
Qildi bir ishkiqilgʻoli oni,
Odamizodnpng yoʻq imkoni.
Kerak erdikijon fido qilsam,
Shastining muzdini ado qilsam,
Emdikim mendin istadi insof,
Boshlabon men siyohbaxt gazof,
Aqldin jahl sori qaytibmen,
Ul qadar hashvu harza aytibmen,
Ki agar adl ila qilib chora,
Meni qildursa erdi yuz pora,
Deganimga jazo emas erdi.
Qilgʻanimga sazo emas erdi.
Anda ham qahr tigʻini surmay,
Mendek oʻlturgulukni oʻlturmay,
Boglatib soldi bir biyobonda,
Ki qazo etsa oʻlgamen onda.
Qahr ila mast qoʻydi shahrgʻa yuz,
Toki oʻtti iki kecha-kunduz.
Hojakim deb edi meni farzand,
Lek sotib edi uzub payvand.
Xotiri qolib ishtiyoqimgʻa,
Tuza olmay gʻamu firoqimgʻa,
Meni koʻrmak uchun boʻlub jozim,
Boʻlgʻan ermish Xitoydin ozim,
Manga salgʻanda jahl boʻyla xato,
Iki manzilgʻa etgan ermish ato.
Ul iki kunki men edim magʻzub,
Xojagʻa koʻrmagim boʻlub matlub,
Surar ermish faras qilib shabgir,
Tiyra ermish kecha nechukkim qir.
Urkudab yoʻldin oti chiqqan emish,
Bir iki qul bila aziqqan emish.
Surubon vodiyu biyobongʻa,
Yuz mashaqqat aro etib jongʻa,
Ul qaro tunda baxti bedori,
Salgʻan ermish ani mening sori.
Tiyra tun chun manga yaqin etmish,
Xojagʻa uyqu asru zoʻr etmish,
Tushubon bormish uyqugʻa bir dam,
Chun koʻz ochmish yorub emish olam,
Yonida yuz qadamgʻa yaqin yoʻl,
Ittifoqo nazora aylamish ul.
Dasht aro bir qaro koʻrunmish anga,
Bir qaro dasht aro koʻrinmish anga.
Kishidekkim gʻulula band oʻlgʻay,
Bor boʻyida xami kamand oʻlgʻay.
Aylayin deb haqiqatin maʼlum,
Qilmish ul sori xoja ranja qudum.
Yetsa koʻrmish zaifayi zori,
Har sari moʻ tanida ozori.
Bogʻlanib sochining kamandi bila,
Yetibon dasht uza bu bandi bila,
Rahm etib eshgali uzotmish ilik,
Ki oʻlukmu ekin, bu yoʻq ersa tirik?
Chunki taʼjil ila eshib oni.
Yuzida garchi yoʻq emish qoni,
Boʻyu boshi manga shabih ermish,
Koʻzu qoshi manga shabih ermish,
Ayagʻ ostida zulfi pomoli,
Zaqani xoli laʼlining xoli.
Xoja bilmayki, mast erur, yo sogʻ,
Topmay uyqudadurmu, yo uygʻoq,
Har dam ul hayrat oni lol aylab.
Har zamon oʻzga bir xayol aylab.
Xojaning boʻyla ibtilosi chogʻi,
Koʻrunub korvon qarosi dogʻi.
Yiborib bir qulinki, elni surub,
Kelturub ul maqom aro tushurub,
Necha qiz borcha hamdamu yorim,
Zuafodin necha parastorim.
Yetgali xnzmatimgʻa jon birla,
Kelgan ermish bu korvon birla,
Xoja ul borchani qilib hozir,
Manga qilgan emish borin nozir.
Alar anglab nishonalar birla,
Navha tortib taronalar birla,
Yuzni yirtib yaqani chok aylab,
Darddin navhayi halok aylab,
Xojai kordonu farzona,
Boʻlub ul hayrat ichra devona,
Dard ila navhayi gʻamim tutubon,
Yigʻlabon zoru motamim tutuboi,
Lek fahm aylamayki hol nedur?
Mehri umrumgʻa bu zavol nedur?
Asru ojiz boʻlub bu suratdin.
Ashk ila yub meni zaruratdin,
Kafan aylab harir ila sayfur,
Sepibon ul kafan aro kofur,
Chun meni chirmab ul harir bila,
Onp xushboʻ etib abir bila.
Chun sepilgach abiri nob anda,
Sepilib dam-badam gulob anda.
Tanki oʻlkan kibi emish betob,
Chun topib nafhayi abiru gulob,
Yuzlanib zaʼfliq dimogima hush,
Nafas oʻlmish tanimgʻa ham ogʻoʻsh.
Chun alar fahm etib hayot manga,
Nakdi jon aylabon zakot manga.
Yuzlarin surtubon ayagʻimgʻa,
Yaxshi islar tutub dimogʻimgʻa,
Der emish har bir oʻzga yangligʻ soʻz,
Ki oʻzumga kelib, ochibmen koʻz.
Chun koʻzum tushti notavonlargʻa,
Mehr parvard mehribonlargʻa,
Ayttim: «Munda turmayin yurunguz,
Koʻchubon jahd aylabon surunguz.
Kim bu manzil mahalli ofat erur,
Jon siton vodiyi maxofat erur».
Koʻch oʻlub chunki nola chekti diro,
Manga erboʻldi bir amori aro
Tomizib gohi ogʻzima sharbat,
Gah ravoyih bila berib quvvat.
Yurubon yoʻl iki kecha-kunduz
Qoʻydi sihhat mening mizojima yuz.
Kololar chun horargʻa yavushti,
Xoja bir chashma boshigʻa tushti,
Sabza uzra yasaldi koshona,
Zebligʻ borgohu shamiyona.
Yasabon taxt uza rafiʼ maqom,
Manga berdilar ustida orom.
Kelib olimgʻa xoja oʻlturdi,
Sharhi holimni moʻ-bamoʻ soʻrdi.
Men dogʻi ul sifatki, voqif edim,
Borin andogʻki, voqeʼ erdi dedim.
Xoja bir dam boshii tutub qoldi,
Yana bir dam boshin quyi soldi.
Anga men chunki sharhi hol ettim,
Holin oning dagʻi savol ettim.
Holin ul ham dedi nechukki edi,
Qissasi bor edi nechukki dedi,
Nazar etmay zamona gʻamlarigʻa,
Shukr deb tengrining karamlarigʻa,
Anda chun bir kun oʻldi osoyish,
Soʻz yuziga berildi oroyish.
«Ki chu aytildi har jihat emdi,
Ne durur ishga maslahat emdi?»
Men dedimkim: «Agar kaniziga shoh
Gʻazab etti xudoy erur ogoh,
Bor edim ulcha boʻldi izhori,
Yuz tuman onchaning sazovori.
Chunki shah kinu qahrini surdi,
Tengri asradi gar ul oʻlturdi.
Kishi oʻlganga tigʻa kin surmas,
Bir oʻlukni ikita oʻlturmas,
Bu kafapkim, dibosim aylabsiz,
Xilʼati mavtu yosim ailabsiz.
Kiyibop dargahiga qoʻysam yuz,
Aytsam bu fasona ravshanu tuz:
«Ki gunohiki, men qilib erdim,
Oʻltururdek edim bilib erdim,
Adl ila shoh hukmi qatl etti,
Neki qilmnsh edim — jazo ettn.
Yangi jon manga berdi ersa xudo,
Ani ham kelmisham qilurgʻa fido.
Qatl agar qilsa ham figandasi men.
Afv ham aylar ersa bandasp men.
Jurmum oʻlsa oʻzi panohim erur,
Karamu lutfi uzr xohim erur.
Mundoq etsak bu qissagʻa tadbir,
Hech shak yoʻqki, shohi olamgir,
Afv rasmin rioyat etgusidur,
Karami benihoyat etgusidur».
Men bu soʻzni chu ayladim irod,
Xojavu xalq qildilar faryod:
«Kim xatodur bu raʼykim qilding,
Xiradingdin magarki ayrilding?
Yova de sen! Oʻzungdamu yoʻq sen?
Yoki xoni hayotdin toʻq sen?
Shahki bir soʻz uchun toʻkar qoning,
Yana qilmaq nedur fido joning?
Shoh bir shuʼlayi furuzondur,
Har kpshpga etishsa soʻzondur.
Oʻt aro ixtiyor nla surmak:
Bahra bermas, bagayri kupdurmak.
Shohknm boʻyla tangdil boʻlmish,
Gʻazabi oʻti mushtail boʻlmish.
Qachmaq andin savob erur bu dam,
Necha andin yiroq — ofat kam.
Gʻazabigʻa tugangach andoza,
Har taraf stgusidur ovoza:
Kim bu ishkim, sanga ravo koʻrdi,
Jonigʻa yuz balo davo koʻrdi.
Andin anduh ila nadomati bor,
Yoki aysh ichra istidomati bor.
Nodim oʻlsa iloji osondur,
Boribon qaytmoq ne nuqsondur.
Bor esa qilgʻanida isrori,
Jonni qutqargʻan oʻlgʻabiz born».
Xoja soʻzni tugatmak erdi hamon,
Ki hadisin degandi yaxshi, yamon.
Soʻzga bu navʼ chun qaror oʻldi,
Maslahat bir sari firor oʻldi.
Chun yiroq erdi kishvari Xorazm,
Qildilar ul taraf azimat jazm,
Men chu shahdin bu navʼ ayrildim,
Hajrida qalmagʻum tirik bildim.
Oʻlgan-oʻq ayladim oʻzumni gumon,
Hajr voqeʼ hamonu marg hamon.
Ul kafankim, libosim oʻlmish edi,
Mujibi ehtibosim oʻlmish edi.
Ani kiymak tanimgʻa fan boʻldi,
Ki oʻluk kisvati kafan boʻldi.
Menki boʻldum visoli mahjuri,
Kafanimdur libosi kofuriy.
Bot toʻkulmas uchun tani ranjur,
Sepilibdur kafanda ham kofur.
To bu kishvar hududiga ettuk,
Toki bu shahr aro nuzul ettuk,
Gar yiraqsen yoʻq ersa hamrahsen,
Bori boʻlgʻan pshimdin ogʻahsen.
Bu shah olinda muncha yalgʻanim,
Anga yuz iztirob salgʻanim,
Demagilkim koʻngul havosi edi,
Ki vali neʼmatim vafosi edi.
Chun sanga sirrim oshkor ettim,
Sen dogʻi qil, nekim qaror ettim,
Shartkim aylading — vafo etgil,
Bu diyor ichra turmayin ketgil».
Men simoʼ aylagach bu navʼ surud,
Sarvi gulruxqa ayladim padrud.
Mulk bar mulk tutmayin orom,
Aylabon yoʻlin qatʼ gom-bagom.
Kishiga zohir etmadim bu roz,
Munga tegruki, shohi banda navoz.
Hukm qildiki: «Ayt afsona!»
Mundoq afsona topmadim yona.
Ham koʻrub boʻyla qasri kofuriy,
Yodpma kirdi ul buti huriy.
Kn fproq ichra boʻlgʻali ranjur,
Bu sifat hulla aylamish kofur.
Yoʻqki, kofurgun kafan qilmish,
Anga kofur urarni fan qilmish.
Ulki olam aro ajoyibdur,
Boʻlsa bu qasr aro munosibdur.
Soʻzga berguncha qissagu anjom
Gʻoyibidin nishon topib Bahrom —
Xush yuz qatla tark qilmish edi,
Yuzdin ortuq oʻlub tirilmish edi.
Ushbu afsonadin oʻlub, yona,
Tirguzub oni ushbu afsona,
Noladin asrab oʻznikim nogoh
Boʻlsa roviy figʻonidin ogoh,
Aylasa bir nafas fasonani bas,
Anga bogʻlangʻan oʻzga rohi nafas.
Deguchi chun dedi fasonani pok,
Koʻkka tortib figʻoni otashnok,
Chorlabon nuktaguni chun quchti,
Bulbuli ruhi goʻyiyo uchti.
Aning obi hayotdek soʻzidin
Bordi oʻlgan kishi kibi oʻzidin,
Kimni behush etar bu afsona,
Oʻziga xud kelib netar yona?

XXXIV

Bahrom gʻoyibidin nishon topib, oʻzdin gʻoyib va benishon boʻlub, Xorazm mulkiga nishon yiborib, xojayi farzona Sinla gavhari yagonani tilatib, alar kelguncha oʻzi dagi oʻtru chiqqani va subh anfosi masihlaridek oʻluk tangʻa ruh kinorgʻani

Chunkiul kecha shohi shoh nishon.
Gʻoyibidin bu navʼ topti nishon,
To sahar beqaroru bedil edi,
Uylakim saydi nim bismil edi.
Shavq oʻtigʻa kuyub nechukki xase,
Betahammulluq aylar erdi base.
Shevasi iztirob qilmagʻliq,
Goh qoʻpmaq, gahe yiqilmagʻliq.
Topsa erdi buzuq mizoji qaror,
Buyurur erdi qissagʻa takror.
Ishi chun qilgʻanini bilmak anga,
Goh oʻlmak, gahi tirilmak anga,
Hajr anduhi chun qilib behol,
Holiga kelturub umidi visol.
Ne deyin hajrdin nelar koʻrdi,
Kim ul aqshamni tanggʻa tegurdi,
Oncha qildi tirilmaku oʻlmak,
Ki padid oʻldi subhgʻa kulmak.
Subhgʻa chunki boʻldi kulgu padid,
Damidin yondn shuʼlayi xurshed.
Shohning itti hosil oromi,
Qildi mayl aidakim Diloromi.
Ul taraf jazm qildi azm etmak,
Toki Xorazm haddigʻa etmak.
Boʻlub arkoni davlati moniʼ,
Necha kun sabr ila qilib qoniʼ.
Dedilar: «Azm qilmamaq avli,
Ki erur shahgʻa zaʼf mustavli.
Garchi muhlik durur firoq asru,
Lek bu yoʻl erur yiroq asru.
Boʻlmagʻay ranj chun shadid oʻlgʻay,
Sihhat asbobi nopadid oʻlgay».
Hukamo ham kelib alar bila rost,
Qildilar shahgʻa er oʻpub darxost:
«Ki necha shahgʻa ishq oyindur,
Lek kuh viqoru tamkindur,
Tor oyini istiqomat oʻlur,
Chun taharruk topar qiyomat oʻlur.
Necha kun koʻnglunga tutub gʻamni,
Tutqil oromu buzma olamnn!»
Kishilar topti oqibat taʼyin,
Charx surʼat valek mehr oyin.
Xojaga noma istimolat ila
Oygʻa ham, lek bas xijolat ila,
«Kim bu yangligʻ xabar eshittuk jazm,
Ki bor ermish makoningiz Xorazm.
Bu xabardin agarchi boʻlduq shod.
Yetti yuz navʼ bandimizgʻa kushod.
Lek holatni anglagʻan hangom,
Tutmangiz anda bir nafas orom.
Kecha-kunduz demay xirom qiling,
Uyquni biz kabi harom qiling».
Shoʻxning nuqʼasida pinhoni
Tamizib ashkdin bagʻir qoni:
«Ki firoqing ichimni qon qilmish,
Ani koʻz yoʻlidin ravon qilmish,
Kelki aylay sanga fido jonim,
Yoʻqsa boʻynungga boʻlgʻusi qonim,
Furqat ichra chiqarma jonimni,
Dashna urmay oqizma qonimni.
Kelki chiqsun qoshingda jonim ham,
Yana oqsui yoʻlungda qonim ham.
Hajr tigʻini jonima surma,
Jop berurdin burunroq oʻlturma.
Sayr aro mehri xovariy yangligʻ,
Manga kelgil uchub pari yangligʻ.
Garchi oʻlturmak aylading manga fan,
Kelu koʻr, boʻynum uzra tigʻu kafan.
Gar qoshinggʻa eturmadim oʻzni,
Orazinggʻa yorutmadim koʻzni,
Aylama haml komronliqgʻa,
Hukm qil oni notavonliqgʻa,
Ki firoqingʻa to asir oʻldum,
Zaʼfdin ul sifat haqir oʻldum,
Ki suv ichmak manga ne imkondur,
Tomizurlar valek ul qondur.
Boʻyla majruhu notavondurmen,
Notavon jismu xasta jondurmen.
Kelu oʻlgʻan tanimga jon boʻlgʻil,
Jismim moyayi ravon boʻlgʻil,
Ki tavaqquf qilurda fahm etgum,
Vahki kelgung valek men ketgum!
Dahr chun aylagay meni nobud,
Sen taassuf emak ne qilgʻay sud?»
Chun raqam ayladi bu ruqʼayi dard.
Ruqʼaning safhasigʻa berdi navard.
Soldi qosidlar oligʻa hayhot,
Dedi: «Turmay eting nigorima bot!»
Yana Xorazm shahigʻa yozdi misol,
«Bu ki Xorazmdin bir illiq mol,
Xojagʻa zodi roh etkursun,
Xoja mahmilni bu taraf sursun».
Shahdin ul ishda mundogʻ anglab mayl,
Yer oʻpub yoʻlgʻa kirdilar ul xayl.
Yel kibi yoʻlda qildilar taʼjil,
Goʻyi bir gom oʻlur edi bir mil.
Chunki mustaʼjil erdilar behad,
Yettilar bot andakim maqsad.
Xoja bogʻin topib nechukki nasim,
Shah misolini qildilar taslim.
Xoja chun olgʻach oni, qildi sujud,
Oygʻa ham etti ruqʼayi maqsud.
Xoja boshi sipehrdin oshti,
Mohvash farqi mehrdin oshti.
Chunki Xorazm shahigʻa etti misol,
Vajh berdi Xizonadin filhol.
Oʻzi dogʻi xizona etkurdi,
Xizmati bekarona etkurdi.
Asru koʻp shodmona boʻldilar,
Taxt sori ravona boʻldilar.
Koʻrguzub yoʻl yururda istiʼjol,
Shoh xud qilgʻan ermish istiqbol.
Chukki qoldi aroda bir manzil,
Shoh etib borcha xalqni gʻofil,
Uyugʻan chogʻda el qilib tadbir,
Ayladi mohrux sari shabgir,
Yel kibi kecha tinmayin ketti,
Sarvi gulruxgʻa subhi dam etti.
Korvon yolqibon urardin gom
Topmish erdi hamul zamon orom.
Goʻyiyo erdi tong qarangʻusi,
Eltibon el koʻzini uyqusi.
Borgah chashma boshida tikilib,
Nargisi gulning uyqu mayli qilib.
Chashma boshida bir rafiʼ chinor,
Ichi kovoki ul sifatkim gor,
Ichini oʻrtagan sharori halok,
Koʻksi oshiq ichidek oʻlgʻan chok.
Shah otin bnr hajargʻa bogʻlab rust,
Ul shajar sori azm aylddi chust.
Kirdi pinhoniy ul chinor ichra
Yori gʻor ul sifatki gʻor ichra.
Anda chun erdi sarvi hur sirisht,
Topar erdi mashomi atri bihisht.
Shohning chun maqomi oʻldi daraxt,
Oyni uygʻatdi uyqusidin baxt,
Qoʻpubon subh oʻylakim maʼhud,
Zohir etti burun tariqi sujud.
Tengriga chun niyoz koʻrguzdi
Olib ilgiga changgini tuzdi.
Takya aylab yigʻochqa boshlab rud,
Qildi ogʻoz oshiqona surud.
Nola shahning firoqidin aylab,
Oh aning ishtyyoqidin aylab,
Chashma sori urub paridek gom,
Tutti sarchashma boshida orom.
Anga loyiq navoyi rud yasab,
Nomasn soʻzlarin surud yasab,
Har soʻzidin chekib figʻon yigʻlab,
Oqizib sayli ashku qon yigʻlab. '
Shoh har nagʻmada borib oʻzidin,
Ashki anduh yogʻdurub koʻzidin.
Toki oy un chekib tarona bila,
Boshladi savt bu fasona bila:
«Ki bu yoʻl ne balo uzogʻ oʻldi,
Tobidin dogʻim uzra doe oʻldi.
Yetti ogʻzimgʻa ranjdin jonim,
Qolmadi gʻam emakka imkonim.
Umrdin noumid boʻldum lo!
Mehnati hajr ichinda oʻldum lo!
Ul kun oʻlgʻaymu, ey sipehri daniy,
Ki solib shoh xizmatigʻa meni:
Qulogʻigʻa soʻzumii etkursang,
Ayogʻigʻa koʻzumni etkursang.
Vasldin hosil oʻlsa darmonim,
Boʻlmagʻay oʻlsam oʻzga armoni!»
Bu surudini chun eshitti shoh,
Yoqasin chok qildi tortib oh.
Yugurub jismi notavon birla
Chiqti yuz nolavu figʻon birla,
Nafasiniig oʻti sharor angez,
Shuʼla chaqqan kibi yigʻachdin tee,
Yor ayogʻigʻa boʻldi andoq past,
Ki quyosh koʻrgay oftobparast.
Qolmadi anda hushning asari,
Oʻyla devonadekki koʻrsa pari.
Chun pari dogʻi koʻrdi andoq hol,
Aylabon hayrat oni bexudu lol.
Shoh oyogʻigʻa dur sochib koʻzidin,
Bordi oʻpgach ayogʻini oʻzidin.
Yer uza chunki ,past boʻldi sipehr,
Yerga tushti sipehr ayogʻigʻa mehr.
Qora tufroqqa tushti zilli iloh,
Soyagʻa tushti mehr ham nogoh.
Shoh bexud er uzra, moh dogʻi,
Moh kelmay oʻziga, shoh dogʻi.
Hajr poyon topib visol koʻrung
Olloh, olloh! gʻarib hol koʻrung!
Hajr shomi xud erdilar behol,
Hol koʻrgil, chu boʻldi subhi visol.
Nafas urgʻuncha subhi abiz poʻsh,
Birida yoʻq edi nafas, bal hush.
Chun sahar ochti maʼdani kofur,
Mehr olamgʻa yoydi hullayi nur.
Korvon ahli aylabon maʼlum,
Qildilar ul ikov boshigʻa hujum.
Xojakim koʻrdi ul gʻarib ahvol,
Bildikim koʻndi toyiri iqbol.
Elni ul tegradin yiroq surdi,
Bir saroparda chust kelturdi.
Koʻrub ul tegraga saro parda,
Tutti kofurgun saroparda.
Kirdi oyu quyosh niqob ichra,
Balki kofurgun sahob ichra.
Oʻziga kelgach ul iki dilxoh,
Ne deyishgandin oʻlmadim ogoh.
Bir shabistonki, el emas mahram,
Qaysi elkim, sahar nasimi ham,
Soʻzki vasfida har namat boʻlgʻay,
Rost boʻlsa, dagʻi gʻalat boʻlgʻay.
Yetti alqissa chun murodigʻa shoh,
Soʻnggʻidin etti borcha xaylu sipox
Shahgʻa chun zavq inbisot topib,
Barcha ul zavqdan nishot topib.
Xojani shah vaziri xos etti,
Sudu savdosidin xalos etti,
Kasb chun el gʻanimat ayladilar,
Shahr sori azimat ayladilar.

XXXV

Bahrom goʻrning ov azmiga charga salgʻani va ajal xayli ovining chargasigʻa qalgʻani va sayd azmigʻa goʻr summining tezraftorligʻi va oʻzining goʻr domigʻa giriftorligʻi va saltanatining anjomi va tarix va fasonasining itmomi va ixtitomi

Shoh chun shahrni maqom etti,
Yana ohangi rudu jom etti.
Zaʼf ketti mizojidin bilkul,
Baski gul atri birla ichti mul.
Oʻzi birla muqarrar etti muni,
Ki oʻtar haftaning chu etti kuni.
Ul eti qasr aro xirom etgay,
Har kuni birda mayli jom etgay,
Mohvashlar bila qilib may.nush,
Tutqay oʻz mahvashi bila ogʻush.
Boʻlsa gulchyoqralar anga mahbub,
Lek mahoubin anglagʻay margʻub.
Boʻlgʻay ul qasr rangi malbusot,
Balki koʻrmakta borcha mahsusot.
Necha yil buyla komlar surdi,
Hoy-huyin falakka etkurdi.
Oqibat he deguncha charxi daniy,
Tiyra goʻr ayladi aning vatani.
Qilma Bahromdin muni hayrat,
Anga xud charx berdi oz fursat.
Kishi yuz qarn podshoh oʻlsa,
Taxtgiru jahon panoh oʻlsa,
Yetti koʻq gunbazida oromi.
Chovushi boʻlsa charx Bahromi,
Ham kerak oqibat vidoʼ etmak,
Borchaning tarknni qilib ketmak.
Shoh Bahromning butub komi,
Mundoq oʻldi ishining apjomi:
Knm ichar erdi etti qasrda may,
Har biriga mururi pay darpay.
Qaysi manzil aroki boʻlsa muqim,
Sarvi gulchehr erdi yoru nadim,
Chang birla tarab fizo dagʻi ul,
Nagʻma birla gazal saro dagn ul.
Boʻlsa devori bast aro dilgir,
Azm etar erdp qplgʻali naxchir.
Anda ham yonida edi mahvash
Chekib ot uzra pagʻmayi dilkash,
Nagʻma pardoz ul erdi, soqi ham,
Boqiyi umru umri boqiy ham,
Yuzidin majlisiga oroyish,
Unidan xotirigʻa osoyish,
Onsizin ermas erdi bir soat,
Xoh aysh aylasup vagar toat.
Bir kun ov solmish erdi behad keng,
Davrasi charx davri birlan teng,
Sayd ul ovda oʻylakim anjum,
Borchasigʻa firor raxnasi gum.
Anda otliqqa had yoʻq erdi padnd,
Saydgʻa ham adad yoʻq erdi padid,
Bir falakvor margʻzor erdi,
Toʻla otligʻ bila shikor erdi.
Otligʻi chargalar tuzub necha saf,
Qoʻshulub bir-biriga iki taraf.
Chun qoʻmargalgʻa etti ul charga,
Xalq berkittilar ayaq erga.
Saydga haddin oshti el javri,
Uch yigʻach erdi charganing davri,
Lek oʻn besh saf erdi toʻ-bartoʻ,
Sayddin charga oʻrtasida gʻuluv.
Zaxm ila sayd baski zor oʻldi,
Margʻzor oʻyla lolazor oʻldi.
Balki qon boʻldi sellar har yon,
Ayladi sel mayllar haryon.
Saydkim erga oqti qoni aning,
Chiqti qon seli birla joni aning.
Shoh Bahrom Goʻri beozarm,
Oʻzni goʻr oʻltururgʻa aylab garm,
Chargada mingcha qodir andoze,
Borchaning sayd urargʻa parvozi.
Sayddinkim kelur chiqarib til
Har birisiga yuz ramida qatil.
Charga aqli otib yagʻindek oʻq,
Har taraf qoʻysa yuz qutulmaq yoʻq,
Oʻlubon necha yuz tuman jonliq,
Har kishi necha sayd ila qonliq
Qon toʻkardaki, yoʻq xaros elga,
Boʻlubon lolagun libos elga,
Qondin ul erda guliston butti,
Goʻyiyokim ul elni qon tutti.
Margʻzorn ki ov edi anda,
Qon yoʻli nov-nov edn apda,
Goʻyiyo oʻyla sr ekandur bu,
Kim bor ermish tubida balchigʻu suv.
Yuzinp gard tah-batah tutmish,
Anda yamgʻur yagʻib giyah butmish,
Chun giyah butmish oʻylakim besha,
Tubini mahkam aylamish resha.
Bir qarigʻa yaqin zaxomat anga,
Resha bandidin istiqomat anga.
Emdikim qondin aqti har yon sayl,
Sel oʻz markazigʻa ayladi mayl,
Singib ul navʼ nam quyi ketti,
Ki bu nam — suv namigʻa ham etti.
Balchigʻ ul navʼ boʻldi ov eliga,
Ki etar erdi kimsaning beliga,
Bodpolarga batmaq oʻldi ish,
Balchigʻ ustida yatmaq oʻldi ish.
Boʻyla holatda mehr chekti niqob,
Parda yopti quyosh yuziga sahob.
Bulut el uzra qatra bor oʻldi.
Nuh toʻfoni oshkor oʻldi.
Quyidin suvu yuqoridin nam,
Yuqoridin namu quyidin ham.
Arada boʻlgʻan oʻlsa tufraq rust,
Asragʻan boʻlsa ajrigʻ oni durust.
Chun yuzin yuz tuman cherik yopqay,
Sayd kenicha har biri chapqay,
Ajab ermas boʻlub taxalxul anga,
Yetsa har soridin tazalzul anga.
Xossakim qondin oqibon yuz arigʻ,
Har arigʻ qilsa er yuzin balchigʻ,
Ot ayogʻi ani xalob etsa,
Yuqoridin yagʻin dagʻi etsa,
Ne yagʻinkim, etib falakka hayo,
Toʻksa olam eli uza daryo,
Umridip el ne ayb koʻz yummaq?
Qayda tebranmak, anda-oʻq choʻmmaq?
Ushbular borcha bor edp mavjud,
Boʻldi bir damda ov eli nobud.
Charga davrikp, xalqdin toʻldi.
Yer yuki ogʻir erdi xam boʻldi.
Uyla yumruldi erga yuz ming xayl,
Qildilar bir noʻlp su qaʼrpgʻa mayl.
Davra bprlaki, choʻmdilar mutlaq,
Boʻldp ul ov hieoriga xandaq.
Suvkp xandaq qiragpdin tashti,
Ne qiragʻkim hpsoridip ashti.
Koʻrgan ul davra ichra mundagʻ hol,
Yerni andagkn, suv uza gʻarbol.
Jopdin ul suv bila ilik yudilar,
Shoh, balkim bori chirnk yudplar.
Topmas erdi choʻmub itardpn amon,
Sapd afgan hamonu sayd hamon.
Sand uchun borchagʻa xirom oʻldi,
Saidgah xud alarga dom oʻldi.
Sher ila jayran ul maqom ichra,
Tushtilar chun bu navʼ dom ichra,
Yuz tuman sheru jayran oʻldi chu gʻarq,
Sheru jayran aro oʻlarda ne farq?
Bildilar oshkoru pinhoniy,
Yoʻq ekanni qutulmaq imkoni,
Saʼy ila bir-birin tutushtilar,
Mugʻtanam anglabon quchushtilar.
Bor edi ul quchushmaq andak rust,
Kim bir oʻldilar iki hamdam chust.
Boʻyla vahdat chu oshkor oʻldi,
Bir-biriga ikav shikor oʻldi.
Koʻrdi shahkim, sipohi dasht navard
Bottp aidakki, yoʻq alardin gard.
Ul sarikim, azimat etti sipoh,
Ham oʻshul yon azimat ayladn shoh.
Moʻrduk tushti ul sipoh aro shoʻr,
Kirdilar erga borcha oʻylaki.moʻr.
Kirdi gar moʻrdek sipohi dajam,
Kirmayin qolmadi Sulaymon ham.
Goʻrdur borcha olam ahligʻa qism,
Anga Bahromi Goʻr edi xud ism.
Ajdahoe durur bu dahri daniy,
Elni yutmaq chekib shioru fani.
Toki yutmaq shiorini tutti,
Yuta algʻancha xalqni yutti.
Lek qonuni erdi yutmagʻining,
Biru yo oʻn, yoʻq ersa yuz yo ming.
Andip elga base taab tushti,
Lek Bahrom ishi ajab tushti,
Ki api oncha izzu joh bila,
Dahr aro sigʻmagʻai sipoh bila,
Bermayin bir dam ichra hech amon,
Oʻyla chekkay bu ajdahayi damon,
Ki birav tapmayin xabar andin,
Dahr aro qalmagʻay asar andin.
Olloh-olloh! ne ajdahodur bu,
Ajdaho demakim, balodur bu.
Kim kishi topsa ajdahodin ranj,
Ham topibdurlar ajdaho bila ganj.
Munda yoʻq ganj, gʻayri vayronliq,
Kimsa andin qutulmayin jonliq.
Toki jondin erur nishon kishiga,
Andin ermas dame amon kishiga,
Jonni algʻan bila dagʻi qoʻymas,
Tanni yutqan bila dagʻi toʻymas,
Jismi xokini xoksor aylar,
Koʻkka ajzosini gʻubor aylar.
Onchakim boʻlgʻay ul gʻubor asari,
Yetar ajzosigʻa aning zarari.
Anga bir damdadur tutulmagʻliq,
Lek yillarda yoʻq qutulmagʻliq.
Bordur andin biravga istigʻno,
Kim shiori erur tariqi fano.
Garchi boʻldi zabuni Afridun,
Bu Farndundek aylar oni zabun.
Ey Navoiy, vujud harfin unut,
Adam oʻlmaq bila fano yoʻlin tut.
Sen chu ursang fano yoʻlida alam.
Yoʻqqa mumkin emas etishmak adam.
Alamin koʻrmayin desang yoʻq boʻl.
Seni yoʻq topsa oʻzga netgay ul?

XXXVI

Dahri muholif norostligʻi xaronasin tuzmak va benavo ushqoqqa andin ijtinob pardasi koʻrguzmak va sipehr zulmidin bexabarlarga taʼp toshi atmaq va gaflat uyqusidii joh magrurlarin nasihat goʻshmoli bila uygʻatmak

Charx mundip dogʻi baqosiz erur,
Yoʻq kesak goʻrdek vafosiz erur.
Ey koʻngul, boqmagʻil jahon ishiga,
Kim jahon qilmadi vafo kishiga.
Bir ulugʻraq kesak erur bu jahon,
Ki erur koʻoragi suv ichra nihon.
Kurayi xok keldi bebunyod.
Suv ichinda kesakka ne buiyod.
Anga oqil ne eʼtibor etgay,
Anda bir dam qachon qaror etgay.
Kim kesakns suvda nazora qilur,
Bir-iki lahza chun oʻtar ezilur.
Bu xesak manzili iqomat emas,
Knmsaga anda istiqomat emas.
Burun andinki, suvda hal boʻlgʻay,
Suv tubiga choʻmar mahal boʻlgʻay.
Sen fano birla kishtie soz et,
Anga raxting solurni ogoz et.
Kimki ul kishti ichra topsa futuh,
Yoʻq ajab boʻlsa kemachi anga Nuh.
Kimgakim Nuh boʻldi kishtibon,
Gʻam yoʻq ar koʻqka mavj. urar toʻfon.
Voqif oʻlgʻilki, aylabon talbis,
Topmagʻay yoʻl bu kemaga iblis.
Dema garchi topar esang yoro,
«Lo tazar kofirina dayyoro».
Koʻrma ul demakda osonliq,
Ki erur soʻngqisi pushaymonliq.
Kurayi xokkim deduk beshak,
Ki erur oʻylakim suv ichra kesak.
Anga boʻlsa suvda kssakcha hisob,
Muni daryo yuzida angla hubob.
Gar hubob oʻlsa oʻylakim gupbad,
Anda qilmas iqomat ahli xirad.
Gunbadekim yiqar nafas oni,
Kishi qilmaq nedur havas oni.
Uyki bir damda boʻlgʻay ul barbod,
Ani ne navʼ el eslagay obod.
Charx toqiki, besutun oʻlgʻay,
Har nafas sayr ila nigun oʻlgʻay.
Goh farsh oʻrnigʻa kelib arshi,
Goh arsh ustiga chiqib farshi.
Kimsa ne navʼ etar bu uyda maqom,
Yo tutar bu maqom aro orom.
Muxtalif keldi charxi zangori,
Andin ortuq nujumi sayyori,
Qaysi sayyor, bal savobit ham,
Mutaharrik demayki, sobit ham.
Har biri luʼbate yasab oʻzini,
Xira aylab oʻziga el koʻzini.
Bir shabistonda jilva aylab soz,
Falak ul laʼblargʻa luʼbatboz.
Luʼbati mahmavashi sumanbar ham,
Shomdin zulfi mushku anbar ham,
Yuz tuman laʼb oshkor aylab,
Olam ahlini beqaror aylab.
Angakim eʼtiboru joh berib,
Falaq avjida jilvagoh berib,
Taxti johi qilib baland sipehr,
Gprd bolishti johi aylab mehr.
Koʻrguzub anda zebu oroyish,
Lsk bir lahza bermay osoyish.
Zulm ila feʼli bozgun bashlab,
Charxdin oni sarnigun tashlab.
Kimki taxtin aning samogʻa chekib,
Yerga urmaq uchun havoga chekib.
Elki bu navʼ alarni qildi band,
Yana tufrogʻ uzra qildi najand.
Sarbalandeki.boʻyla qildi nigun,
Anga haddu qiyosdin afzun.
Elgakim berdi charz uza avrang,
Ne Kayumars qoldi, ne Hushang,
Qani Tahmurasu qani Jamshid,
Bordilar borcha dahrdin navmid.
Qani Zahhoku, qani Afridun,
Ki borin qildi sarnigun gardun.
Qani ajdarni oʻlturur Gushtosp,
Qani ganj elga bazl etar Kurshosp.
Qaydadur Kayqubodu Kaykovus,
Qani Kayxusravu Tahamtanu Tus,
Qani Doro dagʻi qani Bahmap,
Qani Asfandiyori roʻyintan.
Qani Iskandari jahon oro,
Qani Dorobu Ashk bin Doro,
Somkim adl qildi, Vard qani,
Mazxari zulm Yazdjard qani.
Qani Bahromshohi charx sarir,
Ki sarir ayladi sipehri asir.
Yetti iqlim mulkini oldi.
Yetti charx uzra masnadin soldi.
Yetti gunbad nechukki etti sipehr,
Har biri ichra hure oʻylaki mehr,
Birisi birla bir kun oromi,
Lekin oromi dil-Diloromi.
Ayshlar soz ayladi payvast,
Ki salotindin elga bermadi dast.
Muicha kominki, berdi charxi kabud,
Uyla bir damda ayladi nobud,
Ki boʻlub dahr noumid andin,
Asare qolmadi padid andin.
Dedi ul lahza aql oʻlub ojiz,
Goʻyi Bahrom yoʻq edi hargiz.
Shohlarkim jahonpanoh edilar,
Bori olamgʻa podshoh edilar,
Charxning ishvasozi tannozi
Borigʻa berdi bu sifat bozi,
Necha kup chupki reshxand etti,
Marg domigʻa poyband etti,
Qochmadi kimsa bandidin oning,
Chekmadi bosh kamandidin oning.
Senu men xudkim oʻlgʻabiz oxir,
Ki qoʻlidin qutulgʻabiz oxir.
Borchaga chun adam sori yoʻldur,
Korvoi ichra korvon uldur,
Ki burunkim cholinsa koʻsi rahil,
Yoʻl yaragidin aylagay taʼjil.
Oʻzni olamdin aylab ozrda,
Andaq oʻlgʻay safargʻa omoda,
Ki murodi aning xirom boʻlub,
Koʻyi maqsud sori gom boʻlub,
Boʻlubon doʻst yodidin xandon.
Koʻrub oʻziga dahrni zindon,
Ki qachon marg vaʼdasi etgay,
Ul etardin burun bu azm etgay.
Chun azimat qilurga topti nuquf,
Qilmagay oʻzni bu zamon mavquf.
Ey Navoiy, safargʻa tayyor oʻl,
Toki mumkin durur sabukbor oʻl.
Oʻzlugungdek ogʻir yuking yoʻq bil,
Ul ogʻir yukdin oʻzni ayla engil.
Chunki ul gokni oʻzdin etting kam,
Doʻst koʻyida bil burungʻi qadam.
Balki ul yukni chunki salb etting,
Qadaming ranja aylamay etting.
Vatan ichra safar biravki demish,
Anga taʼvil goʻiyo bu emish.

XXXVII

Nozimning bu javohiri samin va bu laoliyi anjum oyin nazm silkiga tartilgʻangʻa kop qazar mashaqqatidin farogʻat tankdni va osoyish uyqusigʻa koʻzin yapqani va Shoh Bahrom xiyoli tushda mutamassil boʻlgʻani va bu tarix nazmi uchun uzrlar qoʻlgʻani

Lillahilhamd kim yana iqbol
Kavkabi baxtim etti farruxfol,
Toliʼi saʼd yorliq qildi,
Qalamim dur nisorliq qildi.
Yolgʻuzun yoʻqki, durri Ummoniy,
Balki turluk javohiri koni,
Ul javohir nujumidin homun
Boʻldi andoqqi, qullayi gardun.
Men necha fikr ayladim oʻzuma,
Ul javohir koʻrunmadi koʻzuma:
Gavhari obdori jolacha ham,
Laʼlu yoquti bargi lolacha ham.
Baski har yon xirom etib edi chust,
Qalamim poʻyadin boʻlub edi sust,
Payk yangligʻki, boʻlsa dasht navard,
Tiyra aylar yuzini ter bila gard,
Daʼviyi rost, gar gazof aplar,
Poʻyada daʼvipi masof aylar.
Qatʼ boʻldi chu dasht paykori,
Aritur orazin havodori.
Men dagi chun bu payki farrux pay
Qildi mundoq vaseʼ dashtni tay,
Xasta xotirni zavqnok ettim,
Yuzidin gardu xayni pok ettim.
Topti chun qilgʻan ishta baxshoyish,
«Necha kun,— dedim, eting osoyish».
Manga ham tifli tabʼ hormnsh edi,
Baski ul payk birla bormish edi,
Ayladim hujra azmi tinmaq uchun,
Koʻzlarim uyqudin isinmaq uchun,
Bir kuhai boʻryo firosh erdn,
Mattako goʻsha uzra tosh erdi.
Boʻlgʻach oromgohim ushbu firosh,
Uyqu istab qoʻyuldi tosh uza bosh.
Uyqu etmay hanuz koʻzga nuzul,
Koʻpgul oʻlmay xayoldin maʼzul,
Jilva qildi nazar fazosinda,
Navmu uygʻagligʻ arosinda,
Shoʻru gʻavgʻoda bir guruhi hasir
Boshlari uzra bir baland sarir,
Vasfi ul taxtning musamman oʻlub,
Oʻrtasida biravga maskan oʻlub,
Boshida toji saltanat zohir,
Yuzida nuri maʼdalat bohir,
Yana ul taxti osmon soya,
Ki anga bor edi sekiz poya,
Poyalar uzra erdi sekkiz burj,
Har biri bir jamol durrigʻa durj,
Durjlarda sekiz samin gavhar,
Burjlarda sekiz munir axtar,
Har birin bir quyosh nishiman etib,
Burjni aksi birla ravshan etib,
Manga ul taxt keldi oʻtruda,
Men ne uygʻaq edim, ne uyquda,
Mutahayyirki, ne misol erkin?
Manga bu tushmu yo xayol erkin?
Ki birav keldi ul tarafdin tez,
Dedi: «K-ey nuktagoʻyi sehr angiz!
Qoʻpu bir lahza ranja ayla qadam,
Ki tilar suhbatingni shah bir dam!»
Yana bir qiz ham ehtimom aylab,
Yetti ham bu zamon xirom aylab,
Surdi bu nukta shoʻxi shiringoʻ:
«Ki saloming dedi sekiz bonu,
Yettisi shohi komrongʻa haram,
Biri mahbubu munisu hamdam.
Nutqini ayladi kalom ovar,
Oʻylakim burnogʻi payom ovar.
Dedim: «Ey iki nukta goʻyi fasih!
Nutqunguzda havosi nutqi Masih!
Manga avval bu shoh otini deng!
Yana sekiz pari sifotini deng!
To bilib ul sari qadam urayin,
Nukta sursam vuquf ila surayin».
Dedilar: «Xusravi baland maqom,
Yetti iqlim shohidur Bahrom.
Haram ahli eti gulandomi,
Borisi dilbaru Diloromi»,
Bilgach ul soʻzni shodmon oʻldum,
Qoʻpubon ul taraf ravon oʻldum.
Chun er oʻptum, shah istadi oʻziga,
Qadam urdum mutiʼ oʻlub soʻziga.
Surtgum taxt payasigʻa jabin,
Oncha koʻrdumki, qoʻpti taxtnishin,
Chekti ogʻushigʻa naxust meni,
Quchti takror birla rust meni,
Shoh birla, quchushquchn birla,
Xoʻblar ham ilik uchi birla,
Qoʻpubon chun koʻrushtilar mahjub,
Turubon erga tikti koʻz har xub.
Shoh tutkach qoʻlumni oʻlturdi,
Zarra qadrip quyoshqa tegurdi.
Necha dedim erim emas bu makon,
Tushgali qoʻymaq oʻlmadi imkon.
Boʻlmadi tushmak pztirob bila,
Sokin oʻldum tuman hijob bila,
Quyosh olida zarradek betob,
Titrabon jismim oʻylakim siymob.
Boʻldi doroyi kordon xomush,
Kirgucha tangʻa tobu magʻzpma hush.
Chun muni bildi shohn farzona,
Nukta ogʻoz qildi shohona:
«K-oy bilik mulkin aylagan tasxir,
Nayzapi kilk birla olamgir!
Chun chekib til saloyi pazm solib,
Dahr mulkin bu tngʻ birla olib,
Nazm knshvar sitoni ham sen-sen!
Balkp sohibqironi ham sen-sen!
Ksldn jonbaxsh nazminga avsof,
Kishn haGshon suyin dsmaklpk sof
Buki tariximiz bayon kplding,
Elga ahvolimiz ayon qildpng,
Til aning vasfidin erur ojiz,
Sshr xud bor, agar emas muʼjiz.
Oʻzgalar ham yoʻnub bu ishga qalam
Ayladilar bu dostonni raqam,
Safhani chun munaqqash ayladilar,
Yozdilar har nekim xush anladilar,
Ne eshittanni aylabon tasdiq,
Qildilar nazm, aylamay tahqiq,
Ki qalamzan qilur zamon tahrir,
Topmish erdi fasona koʻp tagʻyir,
Chipu yalgʻanni qildilar maʼlum,
Noma zimnida qildilar manzum.
Sanga navbat chu etti saʼy etting,
Qissaning harf-harfiga etting.
Sidku kizbida onchakim maqdur,
Saʼy etib noma aylading mastur.
Yana bu kim alar yozarda varaq,
Berdilar chun rakam ishiga nasaq,
Qissa koʻprak ekanni bilmadilar,
Yana istarga saʼy qilmadilar.
Biri nazm ichra har nekim qildi,
Anga etganda oʻzga ham qildi.
Bu jihatdin base garib umur,
Qoldi olam eli aro mastur.
Sen bu ishning payiga chun bording,
Eski daftar base koʻp axtarding.
Lojaram koʻp gʻaroGshb oʻldi ayon,
Ki bu afsona ichra topti bayon.
Yana bu kim alar qilurda raqam,
Forsini magarki erdi qalam,
Ki nekim kilk savti soldi sado
Forsi lafz birla topti ado,
Forsi bilgan ayladi idrok,
Lek mahrum qoldilar atrok,
Sen chu nazmingni turktoz etting,
Forsi tildin ehtiroz etting,
Holiyo chun zamonda sultonlar,
Koʻpargi keldi taxmisa xonlar,
Dahr aro shah chu turk voqiʼdur
El aro turk lafzi shoyiʼdur.
Chun bu maʼnini aylading malhuz,
Turk ulus dogʻi boʻldilar mahzuz,
Men chu qildim vidoyi dori gʻurur,
Iki ming yil qilib sipehr murur,
Aytting muncha doston mendin,
Solding el ichra koʻp nishon mendin.
Otima oʻchmish erdi ovoza,
Ani yang boshtin aylading toza.
Boʻlsa erdi mening chogʻimda bu ish
Ganjlar aylagay edim baxshish.
Toki ,tushti mening qoʻlumgʻa jahon
Qilmadim er tubida ganj nihon.
Har ne ilgimga tushti earf ettim,
Shohi darvesh dahrdin kettim.
Ganj qoʻysam edi Faridundek,
Naqllar koʻmsam erdi Qorundek
Manga rohat etib bu chogʻ andip,
Sanga bergay edim soʻrogʻ andin.
Shohlarkim koʻrub zamonada ranj,
Yer tubida qoʻyarlar ermish ganj.
Anda ham bu sifat jihatlar emish,
Boʻyla poʻshida masdahatlar emish.
Odami boʻlmadi chu olimi gʻayb,
Manga bu ish koʻrunur erdi ayb.
Garchi sendin base xijildurmen,
Shukrung ayturda muifaildurmen.
Koʻnglum er asru bas mushavvashdur,
Iki ishdin vale base xushdur:
Biri bukim, bu navʼ derlar xayl,
Ki sanga yoʻq emish jahon sari mayl,
Daxr ishidii malolating bor emish,
Johidin saʼb holating bor emish.
Yoʻq emish johi sori parvoying,
Molidin mujtanib emish roying.
Har nekim daxr moli topsa vujud,
Koʻzung olida bor emish mardud.
Nimakim xotiringgʻa dilkash emas,
Sanga qilmaq rujuʼ ani xush emas,
Yana bir buki davrayi aflok,
Gar vujudumni qildi toʻdayi xok,
Anga ham etti sarsari bedod,
Oʻyla kim berdi borchasin barbod,
Qolmadi olam ichra osorim,
Tutti yoʻq hukmini — yoʻku-borim,
Lek shohiki shah nishon boʻlgʻay,
Kafi ehsoni dur fishon boʻlgʻay,
Ki jahon ahli sarfarozidur,
Emdi olamda shohi gʻozidur.
Shoh Sulton Husayni charx sarir,
Ki anga yoʻq jahon elinda vazir,
Raʼyi olinda nayyiri aʼzam,
Quyosh olinda zarradin ham kam.
Qadri qoshida gunbazi mino,
Charxi mino qoshida misli Suho,
Sifati vasfidin chu keldi fuzun,
Koʻp deyilsa fasona boʻlgʻay uzun,
Sen angakim bu dam mulozimsen,
Jon bila qullugigʻa jozimsen.
Garchi shohi durur jahon dovar,
Ki anga borcha ishda haq yovar.
Shohlarkim jahon aro edilar,
Dahr mulkiga kadxudo ediyaar.
Misli Jamjid yo Fardun ham,
Yo Skandar, yoʻq ersa Horun ham,
Borchadin bordurur nishon anda,
Koʻrguzub baxt komron anda.
Borigʻa garchi bor mushobahati,
Manga koʻpraq durur munosabati;
Biri ul jumladin shijoatdur,
Shaxgʻa bu ish ulugʻ bizoatdur.
Manga shahlikdz berdi bu ish dast,
Ki qoʻlumni chu qildi hodisa past,
Qildi xoqoni Chin diyorima azm,
Istadim roʻbaroʻy qilmaq razm,
Sipahim bevafoligʻ ayladilar,
Borcha mendin judoligʻ ayladilar,
Mutahayyir boʻlub bu suratdin,
Oʻzni chektim yiroq zaruratdin.
Anga bordi elu sipohim ham,
Qoʻligʻa tushti taxtu johim ham.
Ul bori olam uzra shoh oʻldi,
Manga har er gurizgoh oʻldi.
Oqibag baxtning hidoyatidin,
Baxt yoʻq, tengrining inoyatidin,
Oz kishi birla ustiga surdum,
Anga barvaqt oʻzumni etkurdum.
Ki ul etguncha razm uchun bigʻim,
Uchurib erdi boshini tigʻim.
Yana olam sarosar oʻldi manga,
Rubʼi maskun musaxxar oʻldi manga.
Shohi gʻozigʻa ham bu hol oʻlmish,
Kim chu mulkiga inti-qol oʻlmish.
Charxdin uyqugʻa qolib baxti,
Tushmish aʼdosi ilgiga taxti,
Cheriki ham qoʻyub adusigʻa yuz,
Oʻzi qalgʻanda bekasu yalgʻuz.
Oz kishi birla bir taraf ketmish,
Xasmi boshigʻa ilgʻabon etmish.
Eyalab toju mulku maskanini,
Tapmish oʻz komi birla dushmanini.
Qonidin tigʻin aylabon gulrang,
Lolagun maygʻa aylamish ohang.
Chun bu ish dushmanigʻa koʻrguzmish,
Mening oʻlgan otimni tirguzmish,
Lek insof egar aroda durur,
Mendin oning ishi ziyoda durur,
Ki men ettim ul ish biyobonda,
Lekin ul shahr birla qoʻrgʻonda,
Yana ulkim Xavarnaqi yasadim,
Dahr bogʻigʻa ravnaqi yasadim.
Ne Xavarnaq eram gulistoni.
Ne eram, balki ravza boʻstoni.
Anga dogʻi bu kom boʻldi nasib,
Dahr aro bogʻe ayladi tartib,
Tufrogʻi mushku anbari soro,
Oti olam aro «Jahon oro».
Jannat oso harimu boʻstoni,
Yuz Xavarnaqcha bir gulistoni.
Yana bir buki, ayladim eti qasr.
Har biri oʻz chogʻida ziynati asr.
Chaman osoki, bor anga bir bogʻ.
Ravza bogʻigʻa hasratidin dogʻ.
Anda oʻn qasr, balki ortuq ham,
Yasamish oʻylakim riyozi eram.
Yana ul kim, manga bu berdi dast,
Ki koʻngul saltanat aro payvast.
Mayl etib aysh ila tarona sori,
Boqmadim gaij ila xizona sori.
Ul dagi aysh sori moyildur,
Nagʻmavu savt birla xushdnldur.
Manga boʻlsa xizona gar nobud,
Anga yoʻqtur xizona xud mavjud.
Boʻyla shohiki, muncha holoti,
Turfa vazʼu ajab xayoloti,
Shahlar ichra mapga erur monand.
De olurman: erur manga farzand,
Ki jahon shahlarigʻa shoh oʻlsun,
To qiyomat jahon panoh oʻlsun.
Seiki olinda bir kamin qulsen,
Bogida xushtarona bulbulsen,
Qilmaging ulcha muddaosi erur,
Kecha-kunduz ishiig duosi erur.
Gʻarazing buki, umri oʻlgʻay uzun.
Davlati dogʻi lahza-lahza fuzun.
Garchi har ishta tengridur yori,
Yoʻqki men ham eman xabardori.
Ul chu farzand erur manga, hosil,
Ruhum andin emas durur gʻofil.
Qaysi saʼb ish sariki, yuz keturur,
Anga ruhum base madad eturur.
Sanga chun bor aning murodi — murod,
Men murodigʻa aylasam imdod.
Goʻyiyo boʻyla hukm etar xiradim.
Ki sanga ham etar emish madadim.
Olloh, olloh! bu ne degap boʻlgʻay,
Tengri uzrungni ham magar qoʻlgʻay.
Menki bazlu saxoda otligʻmen.
Boʻlsa yuz muncha ham uyotligʻmen,
Emdi shohinggʻa de salomimni,
Soʻngra mundoq etur payomimni:
Ki jahon kimsaga vafo qilmas,
Shohligʻ tarkiga kiro qilmas,
Shahki ming yil aning hayotidur,
Gʻaraz oʻlganda yaxshi otidur.
Ming yil oʻlsa hayot maddigʻa pech,
Ul zamonkim, oʻlar erur bari hech.
Yaxshilik birla gar qolur oti,
Bu erur mujibi mubohoti.
Senki mustahsan oʻtti avqoting,
Yaxshiliqqa chiqib durur oting.
Ming yil ummid erurki qalgʻaysen,
Yaxshi ot-oʻq jahonga salgʻaysen».
Shoh chun soʻzni mundogʻ etti tamom,
Ul sekiz sarv qaddu siym andom,
Ham qoʻpub hamd ila sano dedilar,
Maxdi ulyogʻa koʻp duo dedilar.
Men qabul aylabon dedim: de soʻz,
Kim ogʻizdin burun achildi koʻz.
Koʻz achib angladim tush ermish bu,
Koʻz yumub istadim yana uyqu.
Jaxd ila garchi topmadim oni,
Lek koʻp etti fayzi ruhoniy.
Dovaro, xisravo, falak joho!
Sarfarozo, shaho, shahanshoho!
Neki erdi nidoyi Bahromiy.
Rahi etti adoyi paygʻomiy,
Sanga ul har ne pand kim berdi,
Demaki,. ihtiyoj emas erdi,
Har nechu.k boʻlsa garchi qatʼ ettim
Balki maqsad harimigʻa ettim.
Ki apga har nekim iroda durur,
Senda yuz onchadin ziyoda durur.
To qilur charx gunbadi davvor,
Aks ,etar sayr sabʼayi sayyor,
Yetti koʻqni haq aylasun pasting,
Yetti kavkabni ham furu dasting.
Falak ustida taxtu johing ham,
Falak etgan bino panohing ham!
Garchi yuzlandi boʻyla multamase,
Xotirimda taraddud erdi base,
Ki necha pazm sust yo soda,
Chun erur kimsa tabʼigʻa zoda.
Zodayn tabʼ elga xush koʻrunur,
Oʻgli zangiga hurvash koʻrunur.
Sheʼr ham chun kishigadur farzand,
Koʻngliga qutu bagʻriga payvand,

XXXVII

Soʻz gʻoyati va nazm nihoyati va gʻoyatsiz xijolat izhori va nihoyatsiz jurʼat eʼtizori va oʻqur elga nasotsixm sanoyix, oʻqumaq va bitir xaylgʻa mavoiz ajzosi bitmak va tarixining tabyini va abyoti adadining taʼyini
Chun manga fayzi fazam rabboniy
Roʻzi etti bu turfa nishoni,
Fayzi kudsidin ihtimom oʻldi,
Ki bu daftargʻa ixtitom oʻldi.
Oʻz ishimda tafakkur erdi manga,
Ne tafakkur, tahayyur erdi manga,
Ki necha safhani qaro qildim,
Bir necha sharhi mojaro qildim,
Surubon rokibi bayon asru,
Kilkim oʻldi sabuk inon asru.
Yoʻl yururga oʻzumni chun tuttum,
Yetti bu navʼ aqbadin oʻttum.
Ne eti aqba, etti manzili biym,
Biymdin esmay ul damangʻa nasim.
Yetti koʻqning balo makoii ul,
Rustami Zol haft xoni ul.
Zisht esa qoyili koʻrar ani xub,
Elga mardud erur anga margʻub.
Bas bu bir necha bikr subhgahi,
Ki manga aybdin koʻrundi tihi.
Chun oʻgʻul aybini ata koʻrmas,
Koʻrsa ham qilgʻanin xato koʻrmas.
Voqian yaxshi yo yamanmu ekin,
Dilrabo, yoʻqsa jon sitonmu ekin
Yaxshilik birla boʻlsa gar shoyiʼ,
Boʻlmagʻay ranju mehnatim zoyiʼ,
Ganj ummididin ulki koʻrgay ranj,
Ranji zoyiʼ emas chu topqay ganj.
Gar yaman boʻlsa muncha pecho-pech,
Ranju mehnatki, chektim oʻlgʻay hech.
Kishidekkim haramgʻa azm etgay,
Umr etib sarf dayr aro etgay.
Gar koʻzumga mening gubori yoʻq,
Bu nazarning koʻp eʼtibori yoʻq.
El oʻkardin koʻngulni shod etman,
Ki xushomadgʻa eʼtimod etman,
Koʻngluma asru xorxor erdi,
Xorxorim hamisha bor erdi,
Meni giryon etib bu surati hol,
Kim kulub kirdi hujrama iqbol,
Dedi: «K-ey dur fishonu gavhar posh!
Durru gavhar kibi nedur sanga yosh?
Bu javohir soʻzung aro basdur,
Koʻz aro ehtiyoj ermasdur.
Sanga bu holkim, erur hodis,
Manga dekim, nedur anga bois?»
Chun koʻrub ul sifat yaman holim,
Soʻrdi holim xujasta iqbolim.
Ul soʻrushtin manga nishot oʻldi,
Xasta koʻnglumga inbisot oʻldi.
Har ne koʻnglumda erdi naqsh pazir,
Ki menga erdi mujibi tagʻyir,
Zohir etmakni ixtiyor ettim,
Borin oldinda oshkor ettim.
Dedikim: «Ey ulusda nodiru fard,
Boʻlmasun xotiring alamparvard.
Oʻzni mehnatqa salgʻan ermishsen,
Bulʼajab gʻamgʻa kalgʻan ermishsen.
Bu ne andishayi xato boʻlgʻay?
Senu mundaq xato ravo boʻlgʻay?
Kim quyosh nurini nihon qildi?
Badrni mis tabaq gumon qildi?
Garchi dahr ahli hiylasoz oʻlgʻay,
Yamani koʻpu yaxshi oz oʻlgʻay.
Lek qunduzni deguchi kechadur,
Bilsa boʻlgʻayki„-dahr aro nechadur?
Shabparak birla bum qilsa buzur,
Yuz tuman turfa qush emas xud koʻr.
Gar zumurraddin oʻlsa koʻr afʼi,
Har zumurrad qilur aning dafʼi.
Gul isi gar jual balosidur,
Ham ul is-oʻq aning vabosidur.
Andin oʻtmish kalominga poya,
Ki degay nukta har furumoya.
Eʼtiroz ulki, ham tavahhum etar,
Ayturida ayagʻ ilik gum etar.
Chun havos olida kiromiydur,
Ne desa gʻam yoʻq, ulki omiydur.
Togʻ ilakim, kesak qilur novard,
Chiqarur urgʻach-oʻq oʻzidin gard.
Xas agar oʻt bila sitez aylar,
Ham oʻzidin ul oʻtni tez aylar.
Asru mashhurdir bu soʻzda bali:
«It urar korvon kechar» masali.
Kelu mundin nari taabni unut,
Oʻzni bu fikrdin muarro tut.
Sen oʻzungni tanimas ermishsen,
Oʻz soʻzungni tanimas ermishsen.
Rud yanligʻ necha figʻonu xurush?
Bahr oʻlub aylagil oʻzungni xamush!»
Chun eshittim bu nukta shod oʻldum,
Bahrdek muhtasham nihod oʻldum.
Tushti bu bahr uzra andoq mavj,
Ki aning mavji tutti charx uza avj.
Tabʼdin munchakim, duri serob,
Borchagʻa mehrdek safo bila tob,
Bahrdnn tashqari berib erdim,
Bu safina ara terib erdim,
Chekib erdim nazm silkiga ham,
Lek xotirda erdi muncha alam,
Ki bu durlarki, ayladim manzum,
Filhaqiqat emas sanga maʼlum,
Ki nechukkim, men ayladim idrok,
Bormudur elga dagʻn sofiyu pok?
Emdikim xotir oʻldi andin jamʼ,
Har biri yaqti tiyra kulbama shamʼ.
Yaniban koʻshishi tamom bila,
Barigʻa baqtim ehtimom bila:
Garchi nazmi topib edi tarkib,
Barcha vazʼida yoʻq edi tartib.
Chun nazar taxtida zuhur etti,
Ne kerak erdi barchagʻa etti,
Ki birar bayt bishu kam boʻldi,
Gar kam oʻldi fuzuda ham boʻldi,
Ki birar lafzgʻa berib tagʻyir,
Biri kam boʻlsa, ortti yana bir,
Boʻlub islohniig raqamzadasi,
Yetti itmomgʻa musavvadasi.
Men demas men ne ayladim marqum,
Kim raqamgʻa baqar qilur maʼlum.
Har kishikim, oʻqurda bu noma,
Tabʼigʻa garm boʻlsa hangoma,
Ne ki men qilmisham nazar etsa,
Yuzidin gar birisiga etsa,
Tabʼi gar sofu zihni pok oʻlgʻay,
Shak emasturki, zavqnok oʻlgʻay.
Anda shoyadki, aylaban tahsin,
Anga qilgʻay duoni dagʻi qarin.
Yo rab, andaq kishiga rahmat qil!
Oxir oromgohi jannat qil!
Tapmagʻan tabʼi poku xotiri sof,
Ki aning daʼbi boʻlmagʻay insof;
Qatracha durdin olmasa bahra,
Desa, firuza koʻrsa, xarmuhra.
Anga oyini daʼbu insof et!
Koʻnglini poku xotirin sof et!
Ulki tahsin etar vale bilmay,
Oʻqugʻan nukta darkini qilmay,
Soʻzi gar yaxshi, gar gazof durur,
Har nekim, ul desa maof durur,
Yana kotibki, tez etib xoma,
Istagʻay naqsh qilsa bu noma,
Neki men yozdim uyla sursa qalam,
Ne raqam qildim oni qilsa raqam,
Baytlarda taxalluf aylamasa,
Lafzlarda tasarruf aylamasa.
Aq oʻlub anga nomayi aʼmol,
Tushsun ilgiga xomayi iqbol.
Kimki yazmaqta muzd qildi havas,
Borcha maqsudi muzd boʻlsayu bas,
Qora pul uzra mojaro qilsa,
Yuzidek safhani qaro qilsa,
Koʻz uza nuqta qoʻymay aylab zoʻr,
Mardumi boʻlmagandek aylasa koʻr.
Gʻaybdin nuqtai yoʻnub amado,
Xat aro ayb aylasa paydo,
Xomasigʻa koʻzi midod oʻlsun,
Ul qarodin anga savod oʻlsun.
Tili shaq boʻlsun uylakim xoma,
Orazi tiyra uylakim noma.
Bu eti zarnigor oliy qasr,
Kim yana yoʻq alar misoli qasr,
Ki bu kishvarda ayladim maʼmur,
Ki eti qasr ichindadur eti hur.
Sayr birla nishot etib Bahrom,
Boʻlunob har birisida bir shom,
Shom chun obnusi aylab oj,
Ul boʻlur erdi uyqugʻa muhtoj,
Bir musofir der erdi afsona,
Tapqali uyqu shohi farzona.
Lutf bu nazm aro bagʻoyatdur,
Gʻaraz ammo eti hikoyatdur.
Chunki qoyil eti musofir edi,
Ki alar sayr ishiga mohir edi,
Boʻldi chun bu raqam ishi tayyor,
Qoʻydum otini «Sabʼai sayyor».
Tartqanda bu turfa savtu maddin,
Bayti besh mingga tortti addin.
Manga ayyomi garchi yod ermas,
Lek toʻrt oydin ziyod ermas.
Boʻlsam oʻzga umurdin emin,
Bor edi toʻrt hafta ham mumkin,
Ki yazilgʻay edi bu nazm ravon,
Balki bu noma boshigʻa unvon.
Chun nihoyatsiz erdi ashgʻolim,
Kasrati shugʻldin yaman holim,
Oʻtub avqotim el gazofi bila,
Chinu yalgʻan soʻz ixtilofi bila,
Yoʻq kunu kecha xoʻrdu xob manga,
Kecha gʻam, kunduz iztirob manga.
El gʻulusi qilib meni mabhut,
Gʻam koʻngulga gizovu jonima qut.
Boʻyla ahvol ila meni mazlum,
Muncha fursatda qilgʻanim manzum
Yaxshi gar boʻlmasa, yaman ham emas,
Yamanin kimki yaxshi boʻlsa demas.
Lek jamʼiki surdilar bu raqam,
Kim haq ursun xatolarigʻa qalam,
Ishlari gʻayri soʻz demak yoʻq edi,
Balki demaklari bu soʻz-oʻq edi.
Manga fursat qilurda bu tahrir,
Yoʻq alar birla tengki, ushri ashir.
Toliim gar muyassar etgay edi,
Ulcha kilkim musavvar etgay edi,
Desa boʻlgʻayki,, charx atboqi
Boʻlsalar erdi nazmim avroqi,
Raqami nazmi dilkash etgay edim.
Nukta birla munaqqash etgay edim.
Muncha mehnat aro bu fursat ila,
Muncha fursat aro bu mehnat ila,
Bu raqamniki, ayladim mastur,
Joyi ul borki, tutsalar maʼzur.
Kel, Navoiy, fasonani qil bas,
Kim emishsen ajab daroz nafas!
Yo rab, ushbu hadisi pecho-pech,
Ki raqam tarttim tariqmay hech,
Soʻzni gar tuz dedim va gar ozdim,
Neki taqdir aylading yazdim.
Kilk oʻlurda varaq nigor manga,
Qayda bor erdi ixtiyor manga?
Har ne kilkim varaqqa yozdi bu kun,
Kilki taqdir yozmish erdn burun.
Yazgʻanim xoʻb, yoʻqsa zisht oʻldi
Manga, naplan, bu sarnavisht oʻldi.
Neki yozding ani raqam qildim,
Shak emasdurki, sahv ham qildim.
Rostqa lutfdin raqam chekkil,
Sahvuma afv ila qalam chekkil.
Deganimni ulusqa margʻub et!
Yazgʻanimni koʻngulga mahbub et!
Tilga lafzini noguzir ayla,
Jongʻa nazmini dilpazir ayla!
Garchi tarixi erdi sekiz yuz
Sskson oʻtmish edi yana toʻquz,
Oyi oning jumodiyussoni,
Panjshanba yazildi unvoni,
Varaqu satrin aylabon taʼyin:
Baytini besh ming ayladim taxmin.
Xalqqa zebi torak ayla ani!
Oʻqugʻangʻa muborak ayla ani!
Yetti aflokipi anga yor et!
Yetti iqlim elin xaridor et!