OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiTarixi anbiyo va hukamo
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm199KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/09
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tarixi anbiyo va hukamo
Alisher Navoiy

Tarixi Anbiyo va Hukamo

Bismillohir-Rahmonir-Rahim

Odam salavotulloh alayh xilqati Odamning kuniyati Bulbashardur va laqabi Safiyullohdur. Chun irodatulloh aning xilqatigʻa muqtaziy boʻldi, Jabrailgʻa amr boʻldikim, bir miqdor tufrogʻ aning tiynati taxammuri uchun ul yerdinki, holo Makka aning oʻrnidadur, keltursun. Jabrail alayhis-salom bu amrgʻa ishtigʻol koʻrguzdi, birhol tili bila anga ont berdikim, tufrogʻni mendin olmakim, boʻlmagʻaykim, bu maxluqdin noshoyist amr vujudqa kelgaykim, ul sababdin men haq taoloning mujibi saxtu xitobi boʻlgʻaymen. Jabrail a. s. qaytib aning soʻzin arz qildi ersa, Mikoyilgʻa hukm boʻldi. Ul dagʻi yerdin ham andoq ont eshitib qaytdi, ersa, Isrofilgʻa hukm boʻldi. Ul ham ul ikining uzri bila qaytqondin soʻngra Azroilgʻa buyruq boʻldikim, yerdin tufroq keturgay. Yer Azroilgʻa ont bergandin soʻngra Azroil ayttikim, haq subhona va taoloning amri saning ontingdin yuqoriroqdur. Bir ovuch tufroq yer yuzidin olib, haq taoloning amri bila bihishtga kelturub, Hazrati Muhammad sallallohu alayhi vasalamning tiynatin tasnim suyi bila yugʻurub, borcha maloikka arz qildilarkim, maqsudi olam va odam ofarinishidin munung xilqatidurkim, oxiruz-zamon paygʻambari boʻlgʻusidur. Andin soʻngra Odam a. s. tufrogʻigʻa qirq kun rahmat yomgʻuri yogʻdurub, oʻz qudrat ilki bila taxmir qildikim, «xammartu tiynati odama biyadayya arabina sabohan»1 andin xabar berur. Chun inson kisvatin odamgʻa kiydurdilar haq subhonahu va taolo asmoi husnini anga oʻrgattikim va allama odamaal asmoa kullaho2 va maloyikayi muqarrab aning ilmigʻa mu’tarif boʻldilar va tangri taolo hukmi bila anga sajda qildilar. Iblisdin oʻzgakim, ul jindin erdi fasajadal maloikatu kulluhoʻm ajmaunillo iblisa3. Va iblis koʻp toat qilgʻondin soʻng maloika martabasigʻa yetib erdi. Chun tangri taolo amridin boʻyun toʻlgʻodi, shaqovat va la’nati jovid tavqi aning boʻynigʻa tushtikim, «Va inna alaykal-la’nati ilo yavmiddin»4. Odam va Havo bihishtda sokin boʻlsun deb amr boʻldikim, «yo Odamu, uskun anta va zavjuka al-jannata»5. Va Havo Odam a. s.ning soʻl yonidin yaratildi. Va ba’zi rivoyatda andoqdurkim, Havo dunyoda yaratilib erdi. Har taqdir bila Odamgʻa bugʻdoy yemakdin nahy boʻldi. Ba’zi uzum, ba’zi anjir debdurlar. Iblis Odam jihatidin la’nati abadiyagʻa shoyista boʻlub erdi. Bu xusumatdin yilon vositasi bila bihishtga kirib, Odam a. s. bugʻdoy yemak vasvasasin qilib, chun irodatulloh munga joriy boʻlub erdikim, olam yuzin Odam avlodi tutqay. Odam va Havoni bihishtdin chiqardilar. Va Hindiston mulkida bir-biridin ayru tushtilar. Odam a. s. Makkaga kelib, Arafot yonida Havogʻa uchradi. Andin Arafot ul yerga laqab qoldi. Andin soʻngra Odam a. s. Ka’ba uyin yasadi. Dagʻi Hindiston sori azimat qildilar. Va Jabrail a. s. hububot kelturub, Odamgʻa qoʻsh surub, ekin ekmak qoidasin oʻrgatti. Va Havo Odamdin xar qachon homila boʻlib erdi, iki farzand kelturur erdi: bir oʻgʻul, bir qiz. Bu oʻgʻulgʻa yana bir qornidin kelgan qizni berurlar erdi va bu qizni yana bir qorindin kelgan oʻgʻulgʻa berurlar erdikim, orada farq boʻlgʻay. Qobil bila tuqgʻon qizni oti Iqlimo debdurlar. Tiladikim, Hobilgʻa bergʻay. Qobil oʻz singlining husni jihatidin anga moyil erdi, unomadikim Hobilgʻa bergaylar. Odam ikisiga qurbon buyurdikim, har qaysining qurboni qabul tushsa, anga bergay. Hobilning qurboni qabul tushub, Odam a. s. Iqlimoni anga berdi. Qobil xusumat jihatidin Hobildek qarindoshikim, saburi jamol va ma’naviy kamol bila orosta erdi va Odam a. s. ani bagʻoyat sevar erdi, halok qilib, Odamni aning firoqida mubtalo qildi. Avval kishikim, nohaq qon qildi Qobil erdi. Chun andin burun hech kishi oʻlukni koʻrmaydur erdi. Qobil mutahayyir boʻlub, Hobilni koʻtarib yurur erdi. Bori taolo hukmi munga mutaalliq boʻldikim, odamizod mayitning tadfinin bilgay. Iki malakni iki qargʻa surati bila Qobil qoshigʻa yibordikim, bir-biri bila urushub, biri yana birin oʻlturdi va qotil qargʻa yerni tirnab, minqori bila qozib, maqtulni dafn qildi. Qobil dagʻi bu ta’limni olgʻoch, Hobilni goʻr qazib, dafn qildikim, bori taolo Qobil tilidinkim, «A’-jaztu an akuna misli hazal gʻurobi»6 karimasin ado qilur. Va qurbon qilmoq bu erdikim, qoʻy oʻlturub, togʻ ustida qoʻyarlar erdi. Osmondin oʻt tushub, qaysini kuydursa erdi, qabul nishonasi ul erdi. Chun Qobilning qurboni kuymadi, shayton anga bu nav’ bozi berdikim, oʻt sendin ranja boʻlubdurkim, qurboningni kuydurmadi. Oʻtqa sajda qilsang, sendin xushnud boʻlur. Qobil dagʻi oʻtqa sajda qilib, otashparastlik rasmi bunyod boʻldi. Chun Odam a. s. Hobil firoqida koʻb betoqatlik qilur erdi, haq taolo Shis a. s. ni Odamgʻa karomat qildi. Va Shis a. s. muhabbati Odamning Hobil motamida iztirobin kam qildi, Iqlimoni anga nikoh qilib, oʻz oʻrnida valiahd qildi va hayot vadi’atin arvoh qobizigʻa topshurdi. Va umrin ba’zi ming yil va ba’zi toʻquz yuz oʻtuz yil debdurlar. Va Odam a. s. soʻngra ba’zi uch, ba’zi yeti kundin soʻngra Havogʻa ajal yetti. Madfanlarida ham ixtilof bor. Ammo mavlono sharaful milla vaddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» muqaddimasida aytibdurkim, Odam a. s. ni Shis gʻusl berib, namoz qildi va Hindistonda dafn qildi. Havo ham Odam a. s. yonida madfun boʻldi. Ammo Nuh a. s. zamonidakim toʻfon boʻldi, Nuh alarning muborak jasadlarin kemada asrab, toʻfondin soʻngra Abul Qays togʻida va ba’zi debdurlarkim, Baytul-muqaddasda dafn qildi. Va Odam a. s.ning Hobilgʻa marsiyasi bor.

Ruboiy:

Odamniki, haq lutf ila mavjud etti,
Majmu’i mulk xayligʻa masjud etti.
Oxir tanidin ruhni manqud etti,
Ul nav’ki, nobud edi, nobud etti.

Shis a. s. – Odamdin soʻngra aning oʻrnida oʻlturub, aning avlodigʻa muhofazat boshladi. Va bori taolo Shisgʻa nubuvvat karomat qildi va anga sahifa nozil boʻldi. Va Ka’ba binosin tosh va gach bila Shis a. s. imorat qildi. Va Qobil avlodikim, kufr va inod ahli boʻlub, otashparastliqqa mashgʻul erdilar, qolin boʻlub, Odam avlodigʻa zararlar tegar erdi. Shis a. s. chun bagʻoyat dalir va shujo’ erdi, alar ustiga sipoh tortib, fasodlarin daf’ qilib, alar berk togʻlarda maskan qilib, musta’sal va parishon boʻldilar. Va Shis a. s. Bobilda Sus shahrin bino qildi. Va yeti oʻgʻli bor erdi. Chun nubuvvatidin qirq besh yil oʻtti, oʻgʻlonlarigʻa Qobil avlodining harb va daf’in vasiyat qildi. Anushkim, ulugʻroq erdi, oʻz oʻrnida valiahd qilib, olamgʻa vido’ etti. Va ani Odam a. s. yonida dafn qildilar. Va yoshi toʻquz yuz oʻn iki yilgʻa yetti.

Ruboiy:

Gar Shis va gar Qobil erur, gar Hobil,
Yoshlari agar yuz yil erur, gar ming yil,
Bir necha kun etsalar jahonda ta’til,
Oxir borigʻa ajal buyurur ta’jil.

Anush paygʻambar emas erdi, ammo valoyatdin nasibi bor erdi. Va odil va saxiy kishi erdi. Atbo’ va avlodin Odam diniga da’vat qildi va avval kishikim, xurmo yigʻochi ekti, ul erdi. Va avval kishikim, sadaqa rasmi paydo qildi, ul erdi. Ul sababdinkim, aning zamonida rafoxiyyat koʻp boʻldi. Va oncha qoʻy va oʻy va soyir bahonim paydo boʻldikim, hech hisobin bilmas erdi. Ul buyurdikim, chun haq taolo hisobdin ortuq mol karomat qilibdur, har mingdin birin ayirib, muhtojlargʻa bering.

Va tarixi Ja’fariyda bitibdurkim, aning zamonida Suvod mulkida bir ajdaho paydo boʻlub, xaloyiqqa koʻb nuqsonlar yetkurdi. Anush borib, ul ajdahoni Odam a. s. bihishtdin chiqargʻon aso bila oʻlturdi. Dedilarkim, Muso a. s.gʻa tekkon hamul asodur. Aning zamonida jin xayli odamizod orasigʻa kirib, zarar yetkurur erdi. Va aning oʻn iki farzandi bor erdi. Qinon ulugʻroq erdi, ani valiahd qilib, vafot qildi. Ani otalari yonida dafn qildilar. Va umrida ixtilofdur. Ja’fariyda uch yuz yil debdurlar, ammo oʻzga tavorixda toʻquz yuz oltmish besh yil debdurlar.

Bayt:

Ming yil dogʻi sursa eri davronni Anush,
Ham aylagusi edi ajal jomini noʻsh.

Qinon binni Anush chun otasi oʻrnigʻa oʻlturdi, ba’zi Susni, ba’zi Bobilni debdurlarkim, ul imorat qildi, vale muttafiqdurlarkim, xalqdin yuzar-yuzar kishi ayirib buyurdikim, kentlar, hisorlar yasadilar. Chun Qinonning yoshi toʻquz yuz yilgʻa yetti, Mahloyilkim, ulugʻroq oʻgʻli erdi, valiahd qilib, olamdin oʻtti.

Mahloyil binni Qinon otalari dorul-mulkidin Rum mulkiga bordi va Shis a. s. avlodini oʻzi bila eltti va soyir atbo’in olam mulkida parokanda qildi. Aning zamonida koʻp yerda el zohir boʻldilar. Umri sekiz yuz oltmish beshga yetkondin soʻng, Yazidni valiahd qilib, olamdin oʻtti.

Yazid binni Mahloyil. Derlarkim, Yazid bagʻoyat zeboroʻy va pisandidaxoʻy erdi. Qushlar eti va boligʻ eti yemakka ul muxtari’ boʻldi. Va arigʻlar qozib, suv chiqordi va koʻp nikoh qilur erdi. Anga qirq oʻgʻul paydo boʻldi. Boridin kichikroq Axnux erdiki, ani Idris debdurlar. Umri toʻquz yuz oltmish ikiga yetkonda, Idris a. s. ni valiahd qilib, oxirat safarigʻa ozim boʻldi va ajdodi yonida dafn qildilar.

Idris a. s. suryoniy paygʻambardur. Otasi Yazid zamonida butparastliq shoy’e boʻldi. Anga vahy keldikim, ul elga butparastliqdin man’ qilgʻay. Cherik tortib, koʻp jihod qilib, Qobil avlodinkim, butparastliq qilur erdilar, qatl va asir qilib, gʻazv va jihod qoidasin ul arogʻa kiyurdi. Va ani xalq musallasun-na’ma deydilarkim, uchunchi paygʻambar va uchunchi hakim va uchunchi podshoh erdi. Yunon ahli aqidasi budurkim, Hurmis hakim uldur. Xat va nujum ilmini ul paydo qildi va kiymak va yemak andin qoldi. Haq taolo aning uchun oʻtuz sahifa nozil qildi. Va aning zamonidin Nuh a.s. zamonigʻacha toʻrt yuz oʻtuz toʻrt yildur. Oltmish besh yoshida Matushlax mutavallid boʻldi. Va Idris a. s.ning mavtin kishi koʻrmaydur. Ham shar’ ahli qoshida, ham tarix ahli olida aqida budurkim, ul tirikdur va bihishtdadurkim, kalomi olihi ondin xabar berurkim, «varafa’nohu ma-konan aliyyan»7. Va bu qissaning sharhin mabsutroq kutubdin ma’lum qilsa boʻlur. Va ani yanbu’ul-hayot debdurlar. Umri uch yuz oltmish beshga yetkonda ani maloika osmongʻa raf’ qildilar. Va borurda oʻgʻli Matushlaxni valiahd qildi. Va ani Idris dars koʻp ayturdin debdurlarkim, nihoyatdin koʻprak shogirdi bor erdi. Va aning zamonida mazkur boʻlgʻon ulum shoye’ boʻldi.

Chu Idris olamda boʻldi muqim,
Rasul erdiyu, podshohu hakim.
Agarchi anga boʻldi uchmoq makon,
Jahon ichra xud qolmadi jovidon.


Matushlax binni Axnux. Aning avlodi qolin boʻldi. Va derlarkim, ot aning davrida koʻp boʻldi. Dono kishi erdi. Doim avlodigʻa cherik boshlatib, Qobil avlodi ustiga yiborur erdi va alarni maktum qilur erdi. Sobe’ aning oʻgʻli erdikim, holo bir mashhur muzahhiblari bor. Yoshi toʻquz yuz seksongʻa yetti. Ba’zi mingdin ham ortuq debdurlar. Oqibat Malik Mulkokim oʻgʻli erdi, valiahd qildi. Ammo Malik Matushlaxdin burunroq oʻtti va Malik yuz yetmish yashagʻonda olamgʻa vido’ qildi. Va Matushlax andin soʻngra oʻgʻli keyniga azimat qildi.

Gar Matushlax va gar Malik oʻlsun var Nuh,
Ichmak kerak albatta fano jomidin sabuh.

Nuh binni Malik binni Matushlax binni Idris paygʻambari mursaldur va Baxiyulloh aning laqabidur. Ba’zi qirq yoshtin soʻngra, ba’zi ellik yoshtin soʻngra debdurlarki, anga vahy nozil boʻldi. Va aning zamonida olam xaloyiqi butparast boʻlub erdilar Toʻquz yuz ellik yil elni oʻz dinigʻa da’vat qildi. Sekson kishidin ortuq qabul qilmadilar. Kuffordin anga izolar tegar erdi. Ul soʻz aytsa, eshitmoli deb qulogʻlarin tutar erdilar. Haddin oʻtkondin soʻng, Nuh duo qildi: «Rabbi lotazarni alal arzi minal kafirina dayyoro»8 duosi mustajob boʻldi. Jabrail a. s. bir dona kelturub buyurdikim, ani Nuh a. s. ekti va ul yetkoch yigʻochi boʻldi. Necha yildin soʻngra ul yigʻoch ulgʻoydi. Amr boʻldikim, ani kesib, kema yasagʻay. Ul kemaning tuli uch yuz qari va arzi va umqi anga koʻra. Debdurlarkim, kema tugangondin soʻngra, haq taolo toʻfon oshkor qildi. Andoqkim, ham osmondin yogʻar erdi, ham yerdin suv qaynab chiqar erdi. Rivoyat mundoqdurkim, suv avval Nuh a. s. tanuridin qaynab chiqti. Alqissa, olti oygʻacha hol bu erdi, to tamom olamni suv tutti. Va Nuh avval imon kelturgon sekson kishi bila kemaga kirib, uch oʻgʻli dagʻi kemaga kirib, chun kema uch tabaqa erdi, bir tabaqada vuhush yuz bahoyim va sibo’ kirib, yana bir tabaqada bashar kirib, kema yerdin koʻtarilib, andoq boʻldikim, suv togʻlardin qirq qari oʻtti. Derlarki, Nuh a. s. kemasi haq taolo amri bila iki qotla mashriqdin magʻribqa va yana bir qotla magʻribdin mashriqqa bordi. Chun tamom olamda kema ichidagi maxluqotdin oʻzga hech maxluq qolmadi, borcha halok boʻldilar. Toʻfon taskin topti va suv ozola boshladi. Va Nuh a. s. kemasi Moʻsulda Judi togʻi ustida qaror tutti. Va Nuh a. s. muharram oyining oʻnida kemadin chiqib, hamul yerda taskin tutub, ul el bila bir kent yasadilar. Va Nuh a. s. umri ming olti yuz yil boʻlgʻondin soʻng olamdin oʻtti. Va rivoyat budurkim, Odam zamonidin Nuh a. s. zamonigʻacha iki ming besh yuz yildur va Nuh davridin Ibrohim Xalil salavoturrahmon alayh davrigʻacha ming besh yuz yil va - Ibrohim a. s. ahdidin Muso a. s. ahdigʻacha toʻrt yuz oltmish yil va Muso a. s. chogʻidin Iso a. s. chogʻigacha ming toʻquz yuz oʻtuz yil va Iso a. s. ayyomidin Hazrat Risolat s. a. v. farxunda ayyomigʻacha yuz sekson yil voqe’dur. Olam ahli aksari Nuh naslidindur. Bu jihatdin ani ikinchi Odam debdurlar. Va aning toʻrt oʻgʻli bor erdi: Yofas va Som va Hom va Kan’on. Va bu Qan’on kofir erdikim, Nuh a. s.ga imon kelturmadi va toʻfonda halok boʻldikim, «innahu laysa min ahlika»9 aning sha’nida nozil boʻldi. Rivoyat budurkim, Nuh a. s. kemadin chiqqondin soʻng, ul sekson kishi andoq halok boʻldilarkim, alar naslidin kishi qolmadi. Nuh a. s. Turon va Xoʻtanni Yofasqa berdi va Eronni Somgʻa va Hindistonni Homgʻa. Bu mazkur boʻlgʻon mamolik ahli bu uch kishining naslidindurlar. Bu jihatdin Yofasni Abut-Turk va Somni Abul-Ajam va Homni Abul-Hind debdurlar. Va Homning rangi qaro erdikim, hind ahli qaro voqe’durlar. Va aning jihati bu erdi. Debdurlarkim, Nuh a. s. oʻyub erdi va avrat uzvi ochilib erdi, Hom koʻrub kuldi. Va Yofas va Som man’ qilib yoptilar. Nuh a. s. uygʻonib ma’lum qilib, Homni yomon duo qildi. Ul jihatdin rangi qaro boʻlub, paygʻambarliq aning naslidin munqati’ boʻldi. Va Nuh a. s. kemaga kirarda, Odam a. s. soʻngokin madfanidin chiqorib, kemagʻa kiyurub erdi, kemadin chiqqonda, ba’zi debdurlar Madyan yerida, ba’zi derlar Najafda dafn qildi.

Yofasni paygʻambari mursal debdurlar. Va ani yeti oʻgʻli bor erdi: Buka, Xizr, Suqlob, Rus, Bik, Chin, Kamo. Ba’zi sekiz oʻgʻul debdurlar va sekizinchi Torax debdurlar. Va Iskandar Zulqarnayn Yofasning toʻrtinchi oʻgʻlidur Rus naslidin.

Chun Yofas Xito mulkida mutamakkin boʻldi, bu oʻgʻlonlarigʻa har yerniki berdi, ul yerni ul oʻgʻli oti bila atadilar. Chun bu tarixki bitiladur, xotirda andoqdurkim, Sultoni sohibqiron holot va ansobi mazkur boʻlgʻay, insho alloh taolo ul Yofas tarixigʻa mavqufdur. Chun boʻlgʻusidur muncha bila ixtisor qilildi.

Somni ham ba’zmi paygʻambari mursal debdurlar va koʻprak anbiyo. Va Eron muluki aning naslidindurlar.

Va aning olti oʻgʻli bor erdi. Ba’zi toʻquz oʻgʻul ham debdurlar. Kayumarsni ham aning avlodidin tutubdurlar. Arfaxshad aning naslidindur. Toʻrtinchi, Basti Qahiton Qole’gʻa yetishurkim, ibri Qole’ naslidindur. Arabning koʻpi Qahiton naslidindurlar. Qahitondin uchunchi pusht Sibogʻa yetarkim, a’robdin Xamandiy va Vaxmiy va O’miriy va Qazo’iy va Ash’ariy va Ozdiy va Toiy Sibo naslidindur. Va Somning ikinchi oʻgʻli Olimdurkim, Xuroson va Misol aning oʻgʻlonlaridurlar. Iroq Xuroson oʻgʻlidur. Va Kirmon va Makron Misol oʻgʻlonlari. Va uchunchi oʻgʻli Asva-durkim, Ahvoz va Pahlu aning oʻgʻlonlaridur. Va Fors Pahluning oʻgʻlidur. Va toʻrtinchi oʻgʻli Budazdurkim, Ozarbayjon va Aron va Arman va Far’on aning oʻgʻlonlaridurlar. Va beshinchi oʻgʻli Ovadurkim, Od va Samud qavmi aning naslidindurlar. Va oltinchi oʻgʻli Sagʻrdurkim, Shom va Rum aning oʻgʻlonlaridurlar.

Homni ham ba’zi paygʻambar debdurlar. Ammo chun Nuh a. s. anga Hind mamolikin muqarrar qilib, ul navohiygʻa yubordi, Homning avlodi ul vasi’ mulkda yoyildilar. Va aning toʻquz oʻgʻli bor erdi: Hind, Sind, Nuba, Kan’on, Kush, Qibt, Barbar, Rih, Habash. Va bu toʻquz kishining avlodi koʻp boʻldi va arolarida oʻn sekiz lugʻat paydo boʻldikim, biri yana birining lugʻatin yaxshi anglamaslar erdi. Ba’zi debdurlarkim, bu jihatdin har lugʻat ahli bir mulkka mutafarriq boʻldilar. Ammo asli budurkim, Hom avlodigʻa ul iqlimdagʻi mamolikni berib uzatti, anda alarning taba’i koʻp boʻldi, Alfozlari mutanavve’ boʻlub, Buxtunnasr va Namrud ikalasin derlarkim, Homning Kush otligʻ oʻgʻli naslidindurlar. Bu tarixni mutolaa kilur maxodim arzigʻa yetkurulurkim, tavorixiki bitibdurlar, bu mavzu’din parishonroq yer yoʻqtur. Asru koʻp muxtalif aqvol bu yerda mazkurdurkim, bitmoki oʻhur elga mujibi taraddud boʻlur. Ul jihatdin ba’zi mu’tabar kutubdin ushmuncha soʻz bila ixtisor qi-lildi.

Hud a. s. Tarix ahli ba’zi debdurlarkim, Nuh zamonidan Ibrohim salavottulloh alayh zamonigʻachakim ming iki yuz yil boʻlgʻay, Hud bila Solih a. s. din oʻzga paygʻambari mab’us boʻlmadi. Va Hud a.s.ning nisbatin mundoq debdularkim, ul Abdulloh binni Ramoh binni Horis binni Horut binni Avaz binni Eram binni Som binni Nuhning oʻgʻlidur. Va aksar kutubda ani Obir binni Solih binni Arfahshod binni Som binni Nuh debdurlar. Oni Haq subhona va taolo Od qavmigʻa yibordi. Va ul qavm bagʻoyat biyik boʻylugʻ va azim kuchluk xalq erdilar va alarning oyini butparastligʻ erdi. Ishlari koʻp nima yemak va fisq erdi. Hud a. s. ellik yil alarni imongʻa da’vat qildi. Alar gʻaflat va jabborligʻdin aning soʻzin eslamadilar, oʻz nohamvorligʻlaridin tajovuz qildilar, magar qalilkim, iymon sharafigʻa musharraf boʻlub, iymonlarin ul qavm vahmidin maxfiy tutarlar erdi. Hud a. s. alar ishidin ojiz boʻlub, balki navmid boʻlgʻondin soʻngra, alar bobida yomon duo qildi. Va ul duo mustajob boʻldi, Tengri taolo alarni qahat balosigʻa mubtalo qildi. Ul nav’kim yeti yil yogʻin yogʻmadi. Dogʻi rudxona va bulogʻlar qurudi. Ul chogʻda ma’hud bu erdikim, yomgʻur yogʻmasa, Makka haramigʻa borib, qurbon qilib, haq taolodin yogʻin istid’o qilur erdilar. Luqmon binni Odni necha kishi bila ul qavm yomgʻur duosi uchun Makkaga yubordilar. Va Luqmon ham yoshurun iymon kelturub erdi, ammo arolarida ba’zi kofir erdi. Alar duo qilgʻoch, uch pora bulut paydo boʻldi: birining rangi oq va birining rangi qizil, birining rangi qaro. Dogʻi osmondin un keldikim, Od qavmigʻa qoysi bulut kerak? Luqmonning ul rafiqikim kofir erdi, bu tama’ bilakim, qaro bulut suvluq boʻlur, qaro bulutni qavmi uchun tiladi. Tengri taolo aning istid’osi bila murodin berdi. Va ul sarsari erdikim, ani rihul aqim debdurlar, Od qavmigʻa yetti kecha va sekiz kun esti. Andoqkim, imoratlarin yiqti va yigʻochlarni qoʻngʻordi. Ul qavmkim oʻz kuchlarigʻa magʻrur erdilar, xoshokdek sovurub, togʻ va toshgʻa urub, borisin halok qildi. Va bu hol shavvol oyida bardul-ajuz vaqtida erdi.

Hud a. s.ning umrida ixtilofdur. Ammo «Sohibi guzida» – kuffor daf’idin soʻngra, ellik yil tirik boʻlubdur, yuz ellik yashagʻondin soʻngra, olamgʻa vido’ qildi. Ibriy til bila oni Obir debdurlar. Ibriy Obirdin mushtaqdur. Arab Hud dedi. Ya’ni, Baniyul-lohdir. Mu’jizoti koʻptur. Ul jumladin biri Od kavmining daf’i erdi.

Ruboiy:

Ul qavmi azim dedilar oni Od,
Sardorlari Shadid yoxud Shaddod.
Bir dam yelidin oqibat ul ahli inod,
Xoshok kabi borchasi boʻldi barbod.

Solih a. s. Oni haq subhona va taolo Hud a. s. din soʻngra Samud qavmigʻa mab’us qilib yibordi va Samud qavmi Odiylardin burun Hijardakim, Hijoz va Shomning orasidadur, muqim erdilar va Od qavmining zavolidin soʻngra Samud qavmi alarning mulkigʻa borib, buzulgʻon imoratlarin yasab, saltanat masnadida oʻlturdilar. Va Tengri taolo alargʻa oncha mol va johu farogʻat nasib qildikim, haddu hasrdin oʻtti. Bu jihatdin gʻurur dimogʻlarigʻa yoʻl topib, jahl va gʻaflatdin gumroh boʻlub, haq taolo amr va nahyidin boʻyun toʻlgʻob, butparastlik ixtiyor qildilar. Va azim fisqu fujurgʻa ishtigʻol koʻrguzdilar. Alarning hidoyat tanbehi uchun Solih a. s. mab’us boʻldi. Ul qavmni tuz yoʻlgʻa dalolat qilib, hech kim qabul qilmadi. Koʻp muddat ul hazrat nasoyih va mavoiz va va’du va’id koʻrguzdi. Oz kishi alardin aning dinigʻa mayl qildilar. Ammo Solih a. s. tangri taolo hukmi bila alar da’vatidin ilik tortmas erdi. Alar ojiz boʻlgʻondin soʻngra, Solihdin gʻarib mu’jiza tiladilarkim, xora toshdin duo qilib, bir boʻtaligʻ teva chiqorgʻil. Solih a. s. duo qilib, haq taolo ul toshni shaq qilib, teva boʻtasi bila tosh arosidin chiqti. Bovujudi mundoq hol ul gumrohlar nubuvvatigʻa mu’tarif boʻlmadilar va Solih a. s. tevasi oʻtuz yilgʻacha mavjud erdi. Oqibat Samud qavmi ul tevani necha kishi yiborib oʻlturttilar va boʻtasi qochib togʻ sori yuzlandi. Solih a. s. ul qavmgʻa ayttikim, bu beboklikkim sizdin voqe’ boʻldi, haq taolodin muning intiqomi sizga bu boʻlgʻusidurkim, uch kungacha bir kun yuzlaringiz sorigʻ boʻlgʻusidur, ikinchi kun tiyralikka moyil boʻlub, uchunchi kun tamom qorargʻusidur, deb uyiga yuzlondi. Noqani oʻlturgon badbaxtlar Solih a. s.ni dogʻi oʻlturur qasdi qilib, Solih a. s.ning ummati ayttilarkim, ul bir soʻz aytadurkim, aning mav’idi yiroq ermas, tonglagʻacha tahammul qiling, osori zohir boʻlsa, harne qilsangiz bilursiz. Bu soʻz alargʻa ma’qul koʻrunub qoyttilar. Ammo Solih a. s. degan yoʻsun bila uch kunda uch alomat zohir boʻlur. Va ul qavmgʻa holate zohir boʻldikim, oʻzlarin iztirob birla yerga urarlar erdi, nogoh Malakut olamidin bir mahobatliq un keldikim, borchalari halok boʻldilar. Ba’zi kutubda mundoq debdurlarkim, bir zaifakim, oti Vazi’a erdi va ayogʻ-ilki mafluk va Solih a. s.gʻa doim til tekurur erdi, oʻlmay qoldi va tani durust boʻlub, ul diyordin vodiyul-qariyagʻa keldi va xaloyiqqa haq subhona va taoloning qahhorligʻ bahri mavjgʻa tushub, Samud qavmini fasod va makoni egrimida gʻarqa qilgʻon yerga yetib, suv tilab ichkondin soʻngra, hamul girdobqa choʻmdi. Rivoyatdurki, ul qavmdin Abuzu’ol otligʻ bir kishi Makka haramida tirik qoldi. Haramdin chiqgʻoch, oʻldi va aning bir shox oltuni bor erdi, hamul oltun bila dafn qildilar. Necha ming yildin soʻngra hazrat Risolat a. s. zamonida ul hazrat ul yerdin oʻtar erdikim, ashobqa ayttikim, bu yer Abuzu’olning madfanidur. Va Solih nabiy va Samud qavmin qissasini aytti va ul shox oltundin ham xabar berdi. Ashob ul yerni shaq qilib, oltun mavjud edi, oldilar. Solih a. s.ning umri iki yuz sekson yilgʻa yetti. Shariati Nuh a. s. shariati erdi. Va madfani haram yaqinida Dorun-nadvada, ba’zi Rukn bila Maqom orasida ham debdurlar.

Ruboiy:

Solih keldi Samudning qavmi chogʻi,
Tolih edilar bu qavm boshtin ayogʻi.
Bu turfaki, charx zolining oʻynamogʻi,
Tolihni dogʻi qoʻymadi, Solihni dogʻi.

Xantila binni Safvon Qahr binni Qahiton oʻgʻlidur. Oni Tengri taolo Ashobur-rasqakim, Kalomullohda mazkurdur, yibordi. Va Ras podshohe erdi Samud naslidin. Magʻrib zaminda ul yazdonparast erdi. Oxiratul-umr va vus’at saltanatdin dimogʻigʻa gʻurur yuzlandi, Tengrilik da’vosi qildi. Aning zamonida eronlar livota qilib, bahoyim bila jam’ boʻlur erdi. Va xotunlar charm va teridin olat yasab, oʻzlariga isti’mol qilurlar erdi. Va holo goʻyoki bu nav’ zuafoni ras ham derlar. Va ba’zi oʻzlarini bir-biriga surtub taskin berurlar erdikim, alarni sa’tariy ham derlar. Xantila ul qavmni bu af’oldin man’ qildi va haq taolo ubudiyatigʻa da’vat qildi, qabul qilmadilar. Haddin oʻtkondin soʻngra duo qildikim, alarning suvlarin qurutti va alar Xantila duosidin bilib, aning qasdigʻa cherik tortib, ul dogʻi atboin yigʻib, Tengri taolo hukmi bila Rasqa oʻtru yurudi. Ras cheriki bir oʻqkim Xantila sori ottilar, haq taolo qudratidin ul oʻq yonib, otqan kishiga tegib, ani halok qildi. Chun ul botil sipoh halok boʻldilar, Ras qochib, bir mis va roʻydin yasagʻon koʻrgʻongʻa kirdi, ammo foyda bermadi. «Valav kuntum fi buruvjim mushayyadatin»10 mazmuni bila Azroil ruhin qabz qildi va jahannam sori yibordi. Sohibi guzida bu nav’ bitibdurkim, ammo Mavlono Mirxond «Ravzat us-safo»da Solih a. s. zikridin soʻngra Zulqarnayn Akbar qissasin bitib, mundoq bayon qilibdurkim, aksar ahli tarix Nuh a. s.din soʻngra va Ibrohim salavotur-rahmon alayhdin burun Hud bila Solih a. s.din soʻngra oʻzga paygʻambar boʻlmaydur debdurlar. Ammo saltanatdin ba’zining kalomi munga mash’ardurkim, bu mobaynida Zulqarnayn Akbar nubuvvat martabasigʻa musharraf boʻlubdur. Nevchunki, mujohid Abdullo binni Umar raziyOllohu anhumodni naql qilibdurkim, Zulqarnaynning nubuvvatigʻa bir dalil budurkim, tangri taolo oʻz kalomida «va qulno yo Zulqarnayn»11, deb anbiyo dasturi bila xitob qilib, ba’zi ya’juj daf’i uchun sad bogʻlabdur va ya’juj va ma’juj sifotida dogʻi mubolagʻalar koʻrguzubdur. Bu faqir qalamigʻa ul qobiliyat yoʻqdurkim, ahli tarix bitkondin tahrir qilgʻay. Ul gʻaroyibqa ittilo’ tilagan kishi mabsut tavorixda oʻqub, mahzuz boʻlgʻay. Va lekin Banokatiy tavorixida Nuh bila Ibrohim a. s. orasida oʻn kishi bitibdurkim, saltanat qildilar. Va bu oʻn kishining zamoni iki ming yetmish sekiz yil ortuq yo biror nima oʻksukrak debdurlar. Va alarning asomiysi: Som binni Nuh, Arfaxshad binni Sholih Sinni Folah binni Obir, Ar’avi binni Folah binni Solih binni Obir, Ar’ovi binni Folih binni Solih, Argutoxur binni Sorugʻ, Torax binni Mohava. Goʻyo oʻnunchi kishi Ibrohim a. s. dur. Derlarki, Ibrohim binni Torax bitibdurkim, koʻprak anbiyo va salotinni bular naslidin te’dod qilibdurkim, sharhining tuli bor ham parishonligʻi.

Tarix ahlining ixtilofi koʻptur,
«Shahnoma»ning ul nav’ki lofi koʻptur.
Ba’zi mutaassib el gazofi koʻptur,
Sen yozgʻali ham nuktai vofi koʻptur.

Ibrohim salavotur-rahmon alayh ulul-azm bitibdurlar. Otas Ozar erdikim, ani Torax ham bitibdurlar. Va bu Ozar Kufaning Kavsarmo otligʻ kentidindur va Ibrohim a. s.ning valodati Samud binni Kan’on binni Kush binni Oram binni Som binni Nuh zamonida erdi. Bu Namrud tarix ahlining ittifoqi bila toʻrt kishikim olamda saltanat qildilar, biri uldur. Bu toʻrt kishidin ikisi paygʻambardurlar. Biri Zulqarnayn, biri Sulaymon a. s. Va yana ikisi kofirdurlar – biri Namrud, biri Buxtunnasr. Va ba’zi bulardin oʻzgani ham debdurlar. Namrud zamonining kohin va munajjimlari anga arz qildilarkim, bu yil bir nutfa rahmgʻa boradurkim, ul kishi mutavallid boʻlsa, sening zavolinggʻa boisdur. Ul hukm qildikim, hech kishi ul yil xotuni bila muboshirat qilmasun va borcha xaloyiqni zuafodin oyirib, har oʻnni bir amin kishiga topshurdi. Va nujum ahli bir kunni ta’yin qildilarkim, ul kun ul muborak zot ota pushtidin ona qornigʻa intiqol qilibdur. Namrud oʻzi Bobil shahridinkim poytaxt erdi, chiqib buyurdikim, hsch kishi shahrda qolmasun, borcha xalq aning bila chiqgʻondin soʻngra, shahrda zuafo dogʻi choʻq -choʻq matoflargʻa sayrgʻa mashgʻul boʻldi. Ozar Namrudgʻa mulozim erdi va shahrning bir darvozasigʻa oni qoʻyub erdi, ittifoqo aning zavjasi bu darvozadin sayrgʻa ozim erdikim, Ozar koʻrub anga moyil boʻldi va xilvatqa kiyurub, aning bila jam’ boʻldi. Zaifa homila boʻldi, ammo yoshurur erdilar. Ham Ozar va ham homila to haml vaz’ining vaqti yetti, Ozargʻa jufti ayttikim, manga bu ish suubat bila boʻlgʻusidur. Ulugʻ butxonalargʻa borib, alardin tazallum bila mening uchun duo qilkim, jonim salomat qutulsun. Tifl mutavallid boʻlgʻach, senga xabar qilduroy. Va Namrud kohinlar xabari bilakim, ul tifl bu yoqinda mutavallid boʻlur deb erdilar, hukm qilib erdikim, har tifl mutavallid boʻlgʻoch, oʻltursunlar. Ba’zi yetmish ming, ba’zi yuz ming tiflni debdurlarkim, ul shumning hukmi bila oʻlturdilar.

Chun Ibrohim a. s. mutavallid boʻldi, onasi ani yoshurub, Ozargʻa xabar qildikim, tifl oʻluk tushti va dafn qilduq. Va Ozardin yoshurun naqb ichinda anga parvarish berur erdi. Bir rivoyat ham borkim, onasi Namrud vahmidin ani bir gʻorda asrar erdi. Har taqdir bila chun Ibrohim a. s. boʻlugʻ haddigʻa yetti, onasi anga degnicha andin koʻp gʻarib ahvol mushohada qilur erdi, to ulkim onasidin bir kun soʻrdikim, maning parvardigorim kimdur? Onasi dedikim: – men, Dedikim: – saning parvardigoring kimdur? Dedikim: – otang. Aytti kim: aning parvardigori kimdur? Dedikim: Namrud. Dedi: Namrudning parvardigori kimdur? Aytti: olam ahlining parvardigori. Aytti: Namrudning shakli yaxshiroqdur yo otamning? Dedi: – otangning. Dedi: – otamning husni koʻprakdur yo saning? Dedi: – maning. Dedikim: – saning chiroying yaxshiroqdur yo maning? Dedikim: – saning. Ibrohim a. s. ayttikim, parvardigor oʻzidin yaxshiroqni yaratmoq boʻlmas. Onasi mutaajjib boʻlub, Ozargʻa kayfiyati holdin xabar qildi. Va Ozar ul Namrud hukmi ijrosigʻa – Ibrohim a. s. qatligʻa ozim boʻlub, muborak yuzin koʻrgach, otaligʻ muhabbati ani ul xayoldin oʻtkordi. Va Ibrohim a. s. parvardigori talabida sa’y qildi. Bir kecha bu fikrda erdi, har kavkab tulu’ qilsa, «hozo rabbi»12 ishorati bila xushhol boʻlub, gʻurub qilgʻoch, navmid boʻlur erdi. To quyoshqa navbat yetti, andin dogʻi ma’yus boʻlub, «falammo afalat qola yo qavmi inni bariun mimma tushrikun»13 karimasi bila mutarannim boʻlub, muborak zamiri aivori hidoyat bila borudi. Alqissa, Ibrohim a. s. ul vaqtning butlarin bilib, ihonat qilib, elni Tengri taologʻa da’vat qildi. To xabar Namrudqa yetishti, Namrud mutaraddid boʻlub, aning ihzorigʻa hukm qildi. Ibrohim a. s. Namrud borgohigʻa kirgoch, anga el dasturi bila sajda qilmadi. Namrud mutagʻayyir boʻlub, anga sajdagʻa bosh indurmagonining sababin soʻrdi ersa, Ibrohim a. s. ayttikim, meni birov yaratibdurkim, tirikni oʻluk, oʻlukni tirik qilur. Namrud dedikim, men ham bu ishni qilurmen. Buyurdikim, zindondin iki kishi kelturtub, birin oʻlturdi, birin ozod qildi. Ibrohmoʻmininm a. s. bu nav’ oʻlturmak va tirguzmakni musallam tutmay, dedikim, mening parvardigorim kunni mashriqdin tole’ qilur, sen agar magʻribdin tole’ qilsang, da’vingni musallam tutay. Namrud bu hujjatdin ojiz boʻlub, Ibrohim a. s. ul majlisdin chiqib, xaloyiqni iloyina yuzidin Tengri taologʻa dalolat qilib, da’vatin fosh qildi. Rivoyatdurkim, bir kun kufforning iydi erdikim, borcha iydgohlarigʻa chiqarlar erdi, Ibrohim a. s. bir bahona bila shahrda qoldi. Dogʻi boltu olib, kufforning butlarin dogʻi ushotti, boltuni butlarning ulugrogʻining boʻynidin osib, kuffor kelgondin soʻngra, ul holdin bagʻoyat muztarib boʻlub, tahqiq qildilar. Ibrohim a. s. shahrda qolgʻonni bilib, ani muxotab qildilarkim, bu ishni sen iʻilibsen. Ul aytti: – ulugʻ butkim boltu aning boʻynidadur ul qildi. Dedilarkim, aning joni va harakati yoʻqtur, bu ish qilgʻoli nechuk boʻlgʻay? Ibrohim a. s. ayttikim, bir nimakim aning muncha qudrati boʻlmagʻay nechuk Tengrilikka shoyista boʻlgʻay? Bu soʻzdin dagʻi kufforni ilzom qilib, koʻp kishi aning dinigʻa kirdilar. Chun bu soʻz Namrudgʻa yetishti, bildikim, munajjimlar xabar bergan kishi Ibrohim a. s.dur. Ani mahbus qilib, hukm qildikim, gʻalaba oʻtun yigʻib, oʻt soldilarkim, Ibrohim a.s.ni ul oʻtqa solib oʻrtagaylar. Oʻtning yoqinigʻa kishi bora olmas erdikim, ani oʻtqa solgʻaylar. Oqibat manjaniq bila oʻt ichigʻa ottilar. Naqldurkim, oʻtqa yetmasdin burun Jabrail a. s. kelib soʻrdikim, hojating nedur? Ibrohim a. s. dedikim, sanga hech hojatim yoʻqtur, anga kim hojatim bor. Ul vaqtdur haq taolo maloikaga Ibrohim a. s.ning sidqu tavakkulin koʻrguzub, har oyinakim oʻtni anga guliston qildi, Namrud gumrohgʻa asar qilmay, Ibrohtm a. s.ni Bobil shahridin ixroj qildurdi. Ibrohim a. s. Sora bilaki amuzodasi va jufti erdi, Misrgʻa bordi. Sibon binni A’lvonki Misr podshohi erdi, Soragʻa tama’ qilib, Ibrohim a. s.din oldi. Uzr yuzidin aning sori ilik sungʻoch, iliki tutmas boʻldi. Soragʻa uzr qulub, Hojar otligʻ kanizak berdi. Va ul holda Ibrohim a. s. koʻzidin hijoblar raf’ boʻlub, Soraning pokligiga muttali’ erdi. Chun Sora Ibrohim a. s. qoshigʻa kirdi, Misrdin Falastingʻa bordi. Anda qahat erdi. Qullarin Xalil Misriy otligʻ doʻstigʻa yiborib, quvvat tiladi. Ul betavfiq nima bermay, qullarni mahrum qilib qaytardi. Alar qopni qum bila toʻldurub kelturub, Ibrohim a. s.gʻa kayfnyatni ayttilar. Ibrohim a. s. xijolatdin uyuqlamadi. Haq taolo ul qumni bugʻdoy qildi. Hojar andin yorgʻuchoq bila un qilib, oʻtmak pishurdi va Ibrohim a. s.ni uygʻottikim, taom yegay. Ibrohim a. s. soʻrdikim, oʻtmakni qaydin olding? Hojar dedikim, qoptogʻi undin pishurdum. Ibrohim a. s. bildikim, tangri taolo ul sun’ani koʻrguzubdur va ul bugʻdoydin ba’zisin ekib, tangri taolo oncha barakat berdikim, Ibrohim a. s.gʻa bagʻoyat koʻp mol hosil boʻldi va mehmondorligʻ shi’or qildi. Namrud jahldin bir sanduqning toʻrt poyasigʻa toʻrt qochirni bogʻlab, oʻzi sanduqqa kirib, toʻrt yuqori goʻshasida it bogʻlab, karkaslar it sori mayl qilib havolandilar. Osmon sori oʻq otib, oʻqni haq taolo xunolud aning sanduqigʻa tushurdi. Va ul nodon tangri taoloni oʻqladim deb karkaslarni yuqori yonigʻa bogʻlagʻon itlarni quyi yonigʻa bogʻlab, yerga indi. Va gumrohroq boʻlub, Tengrilik da’vosin koʻprak qildi. Va ba’zi Namrudni Kovis debdurlar. Oqibat Ibrohim a. s. duosi bila Namrudning sipohin pasha xayli halok qildi, yellar azob bila ani dagʻi halok qildi. Rivoyatdurkim, ul pasha Namrudning magʻzigʻa qasd qilsa erdi, aning monglayigʻa aning nima ursalar erdi, taskin topar erdi. Ish bir yerga yettikim, toʻqmoq yasatti. Muttasil aning boshigʻa birov urar erdi va aning havosining yaxshiroq xizmati bu erdikim, ul toʻqmoqni aning boshigʻa bir karak urgʻay, to bu azob bila jahannamgʻa bordi.

Dushmani xoksor johilkim,
Haqqa da’voyn ishtirok etti.
Koʻrki, haq gʻayratin ne nav’ opi,
Sarzanishlar bila halok etti.

Sora Hojarni Ibrohim a. s.gʻa bagʻishladi va Ibrohim a. s.gʻa sekson yoshargʻonda Tengri taolo Ismoil a. s.ni berdi va Sora rashkdin Hojargʻa fitnani vojib qildi. Va Ismoil a. s.chun iki yoshadi, Sora betahammul erdi. Ibrohim a. s. Hojar bila Ismoil a. s.ni eltib, bir biyobondakim, haq taolo oʻz kalomida «Vodin gʻayri zi zar’in»14 debdurki, Makka yeridur, qoʻydi. Alarning maqdami barakatidin anda Zam-zam suyi paydo boʻldi va xaloyiq ul suv jihatidin koʻp yigʻildilar. Va Ismoil a. s anda parvarish topti va jurhum ahli anda yigʻildilar va Ibrohim a. s. Ka’ba uyini anda bino qilgʻusi. Bu qissa bu yerda tursun, biz Lut a. s.ning qissasini sharh qilib, insho alloh yana bu qissa boshigʻa keloli.

Lut a. s. Ibrohim a. s.ning qardoshi Horun oʻgʻli erdi. Tengri taolo anga nubuvvat karomat qilib, Mu’tafikot ahli hidoyat va irshodigʻa yibordi. Va Mu’tafikotni ba’zi besh shahr va ba’zi yeti shahr debdurlar va ba’zi ahli tarix bu shaharlarni Siyston bila Kirmon orasida debdurlarki, holo Lut biyobonigʻa mashhurdir. Va ba’zi Ardi navohiysidakim, Shom mulkida debdurlar. Har taqdir bila Mu’tafikot shahri ahli livota shahvatigʻa mash’uf edilar, butparast ham bor erdilar. Lut a. s. ul mulkka borib, necha vaqt alarni Tengri taolo ibodatigʻa dalolat qildi. Hech kishi qabul qilmadi va ul hazratqa koʻp izo va malolat alardin yetishti. Va ul shumlargʻaki gʻurabo alar mulkiga ubur qilurlar erdi va shani’ amr ishtigʻoligʻa qasd qilurlar erdi va Lut a. s. Ibrohim a. s.dek ziyofat amrigʻa mashgʻul erdi, har kishi anga mehmon boʻlsa erdi, ul palid qavm bu nav’ ishga qasd qilur erdilar. Lut a. s ojiz boʻlub, duo qildi. Maloikani haq taolo mard yigitlar suratida Lut a. s.gʻa mehmon yubordikim, Mu’tafikotni buzgʻaylar. Ul qavm Lut a. sning mehmonlari qasdigʻa mayl qildilar. Lut eshikin bogʻlab, alardin ul kecha muhlat tiladikim, tongla alarni topshuray. Yorim kecha maloika oʻzlarin Lut a. s zohir qilib, buyurdilarkim, qoʻpung va bu shahrdin chiqing. Lut a. s tabai bila shahrdin chiqdilar. Jabrail a. s. ul shahrlarni yerdin qoʻngʻorib, osmongʻa eltib, sarnigun yerga urdi va ul eldin har kishikim, har qayda bor erdi sijjil toshi yogʻib, borisin halok qildi. Hattoki, Lut a. s: ning jufti ul qavmdin erdi, ul toshdin halok boʻldsh Va Lut a. s.ning da’vati muddati yigirma yil va bir nima. Va ba’zi oʻtuz yil debdurlar. Va marqadi Ibrohim a. s yonida boʻldi.

Masnaviy:

Gar Lut va gar livota ahli-
Kim ketgali keldilar jahongʻa.
Koʻrguzmadi bu jahoni gʻaddor,
Ne yaxshigʻa mehr, ne yomongʻa.

Ismoil a. s. paygʻambari mursal. erdi. Haq taolo Ibrohim a. s.gʻa yiborgʻandakim, Ibrohim a. s. Soraning xotiri uchun ani Hojar bila Makka biyobonigʻa eltib qoʻygʻoni mazkur boʻldi. Anda Ismoil a. s. ulgʻoyib, tab’ paydo qildi va doyim ovgʻa mayl qilur erdi. Ibrohim a. s. Shomdin Makkaga kelib, gohi andin xabar tutar erdi. Bir qotla kelganda, Ismoil a. s ovda erdi, aning uyiga borib, ahvolin soʻrdi. Harami Ibrohim a. s.ni ziyofat qilmay, beparvoligʻ bila ani uzotti. Ibrohim a. s. ayttikim, Ismoil kelsa, aytqoysenkim, eshiging poshnasigʻa tagʻyir bergaysen deb. Ismoil a. s. kelganda, zaifasi ayttikim, bu sifat bila birov kelib erdi, sanga bu nav’ soʻz e’lom qildi. Ismoil a. s. bildikim, otasi erkandur. Hamul zamon ul xotunni taloq qildi, yana birovni nikoh qildi. Yana bir yil Ibrohim a. s. Makkaga keldn ham Ismoil a. s. ovda erdi. Ammo bu xotuni Ibrohim a. s.gʻa koʻp ta’zim qilib, ziyofat istid’osi qildi. Ibrohim a. s. ayttikim: Ismoil kelsa, aytgilkim, eshigingning yaxshi poshnasi bor, tagʻyir bermagaysen. Ismoil a. s. kelgach, mahrami bu soʻzni aytti. Ismoil a. s. bildikim, otasi bu zaifadin rozi borib, siporish qilibdur. Ani aziz va muhtaram tutti. To ulki Ibrohim a. s. Makkaga kelib maqom tutti va yuz yashaganda, haq taolo Soradin Ibrohimgʻa Ishoq a. s.ni karomat qildikim, ul oyatki «Alhamdu lillohillazi va habali alal kibari Ismoila va Ishoqa»15 andin xabar berur. Va Ibrohim a. s.gʻa Jabrail bashorat berdikim, ming paygʻambar Ishoq naslidin mutavallid boʻlgʻay. Ibrohim a. s. munojot qilib dedikim, xudoyo, chun Ishoqqa bu nav’ ulugʻ mavhibat karomat qilding, Ismoilni ham bir maxsus inoyat bila bahramand qil. Xitob keldikim, oxiruzzamon paygʻambari sallOllohu alayhi vasallamkim, koinot ofarinishi va mavjudot parvarishigʻa aning sharif zotining xilqati sababdur, Ismoil a. s. naslidin boʻlgʻusidur. Ibrohim a. s. shodmon boʻlub, tangri taolo hazratida shukr qoidasin bajo kelturub va Makkada Ka’ba uyin bino qildi.Va ul uy tamomgʻa yetkondin soʻngra, manquldurkim, shukr qilib, uchasin Ka’ba devorigʻa qoʻyub, tafoxur qildikim, bu uyin tugotdim deb. Xitob keldikim, bir ochnimu toʻygʻoribsen yo bir yalongʻochni butkoribsenkim, mubohat qiladursen!

Andin soʻngra Ibrohim a. s. bilgachkim, bu iki ishning ne miqdor qurbi va fazilati bor ermish, mehmonxona yasab, el ziyofatigʻa mubolagʻa koʻrguzdi va Tengri taolo amri bila qurbongʻa ma’mur boʻldi. Ismoil a. s.nikim, qurratul-ayni erdi, Tengri rizosn uchun Mino togʻi ustida ayogʻ-ilkin bogʻlab, qurbon qilurgʻa pichoq boʻgʻzigʻa surdi. Va haq taolo aning sidqi barakotidin qurbonin qabul qilib, bihishtdin Ismoil a. s. evazi Jabrail a. s.gʻa amr boʻldikim, qoʻchqor kelturub, Ibrohim a. s. ani qurbon qildi. Va Ismoil a. s. Hazarmavt ahligʻa hidoyat uchun ma’mur boʻldi va ul xaloyiqqa ellik yil nasihat qilib, Tengri taolo yoʻlin koʻrguzdi, qabul qilmadilar magar oz kishi. Va Ibrohim a. s.ning umri ixtilofida yuz toʻqson besh yil debdurlar. Va Shom navohiysida Jabrun qariyyasida Tengri taolo rahmatigʻa bordi va ani Sora yonida dafn qildilar. Laqabi Xalilulloh va Xalilul-rahmondur. Va kunyati Abuz-Ziyfon va Abul-An-biyo va Abul-Muhammaddur. San’ati dehqonliq. Va Ibrohim Abu rohimdur, ya’ni rahmliq ota. Anbiyogʻa millat otasidur.

She’r:

Gar Ibrohimu Ismoil boʻlsun
Ki, haq amrin qabul etmak keraktur.
Bu foniy dayrda chun qildi manzil,
Turub bir necha kun ketmak keraktur.

Ishoq a. s. paygʻambari mursaldur. Haq taolo ani Shom ahligʻa yibordi va ul Shom xaloyiqin Tengri taologʻa dalolat qildi. Va aning iki oʻgʻli bor erdi. Rufaqodinki amuzodasi erdi. Birining oti I’ys, birining Ya’qub. Va Shomda Ishoq a. s. koʻzlari nobino boʻldi va farzandlaridin I’ys ovgʻa moyil erdi. Ya’qub a. s. qoʻi asramoqqa va Ishoq a. s.ning muhabbati I’ysgʻa koʻp erdi va rufaqoning Ya’qubqa. Bir kun Ishoq a. s.ning koʻngli biryon mayl qildi. I’ysni tilab, ul orzuni anga zohir qildi. I’ys oʻq va yosin olib, togʻ sori yugurdi. Rufaqo bu holdin voqif boʻlub, Ya’qub a. s.gʻa bu holdin xabar berdi. Filhol bir semiz oʻgʻlogʻni biryon qilib, Ishoq a. s. qoshigʻa kelturdi. Chun anbiyo uyi saodati anga nasib erdi, Ishoq a. s. aning borasida duo qildi va mustajob boʻldi. Soʻngrakim, I’ys ham ul taomni tartib qildi. Ishoq a. s. dedikim, ulcha men senga tiladim, nasib boʻlgʻay. Tengri taolo Ya’qubqa nasib qildi. Anga duo qildikim, salotin syoning naslingdin boʻlgʻay. Va ba’zi debdurlarkim, Sobir paygʻambar sening naslingdin boʻlgʻay deb ham duo qildi. Va Ayyub a. s. I’ys avlodidindur va I’ysgʻa bu mazkur boʻlgʻon jihatdin Ya’qub a. s.gʻa xusumat paydo qildi. Va Ya’qub a. s. andin haroson erdi. Va Ishoq a. s. umri yuz seksonga yetkondin soʻngra Tengri taolo hukmin butkordi va Ibrohim a. s. yonida dafn qildilar. Ushbu yil Yusuf a. s. Misr azizi boʻldi.

Nazm:

Xizrgʻa nasib oʻlsa hayvon ziloli,
Skandarga ichmakka yoʻq ehtimoli.

Ya’qub a. s. paygʻambari mursaldur va koʻprak anbiyo aning naslidindur. Va Isroil ani derlar. Ishoq a. s. anga vasiyat qilib erdi, chun Ya’qub a. s.ning I’ysdin dogʻi azim xavfi bor erdi. Ba’zi debdurlarkim, hamul kechakim Ishoq a. s. baqo olamiga yuzlandi, Ya’qub a. s. Kan’ondin maxfiy chiqib, Shom diyorigʻa azimat qildi. Va bu safarda bir kecha tush koʻrdikim, Tengri taolo anga xitob qilib, ul muqaddas yerda Baytul-muqaddas binosin qilurga bashorat berdi. Va ul yerning obodonligi Ya’qub a. s.ning avlod va zurriyoti hokim boʻlub, nubuvvat va hukumat qilib, xaloyiqni oʻz himoyatlarida muraffahul-hol asrargʻa va’da qildi. Ya’qub a. s. uygʻonib shodmon boʻlub, Ishoq a. s.ning duosi aning borasida mustajob boʻlgʻonin bilib, yoʻlgʻa tushti. Va marohil qat’ qilib, Lubnonning maqomi Fidon degai yerga yetib maskan qildi. Va Ya’qub a. s.ning suhbati Lubnongʻa muloyim tushti. Va Ya’qub a. s. aning Layyo otligʻ qizin qulmoq istid’o-si qildi. Chun hech bu kadxudoligʻ asbobigʻa dastrasn noʻq erdn, yeti yil aning qoʻychiliq amrin bajo kel-turdi. Nikoh vujudin munga qaror berdilar: Mav’id yetkoch, aqd qilgʻon kecha Rohilnikim ulugʻroq qizi er-di, aqd qilib berdi, Ya’qub a. s.gʻa ma’lum boʻlgach,. Lubnonga gila izhori qildi. Ul ayttikim, ulugʻ egachi uyda qolib, kichiki xasm uyiga bormoq nomunosibdur. Va agar koʻnglung tilar Layyogʻa vobasta boʻlmoq, yana yeti yil xndmat ixtiyor qil, to ani ham sanga musallam tutay. Ya’qub a. s. aning muddaosini qabul qilib, yeti yildin soʻng, Layyoni ham anga berdi. Va Layyo iki kanizakkim, biri Faliha va biri Zalifagʻa mavsum erdilar, Ya’qub a. s. uyiga yibordi va ul shar’da iki egachi-singilni bir kishiga nikoh qilmoq ravo erdi. Muso a. s. zamonida mamnu’ boʻldi. Va aksar tavorix ahli ittifoqlari borkim, Ya’qub a. s.gʻa Layyodin olti oʻgʻul boʻldi: Roʻbil, Sham’un, Yahudo, Lovi, Zarbun, Yashxar. Va Rohildin Yusuf a. s. va Ibn-Yamin mutavallid boʻldilar va Falihadin Don va Nafqol va Zalifadin" Kov va Ashira vujudqa keldikim, «Kalomullo»da isbat lafzikim mazkurdur, iborat bu jamoatdindur. Va Ya’qub a. s.gʻa bu farzandlar muyassar boʻlgʻondin soʻngra, qoʻy va sonir mavoshii vanddin koʻb jam’iyat hosil boʻldi. Va Kan’ongʻakim vatan Ma’luf erdi bordi. "Ba’zi debdurlarkim, bir yil: Kan’onda boʻlgʻondin soʻngra, Ibn Yamin mutavallid boʻldi. Va Ya’qub a. s. gʻurbatdin vatangʻa kelgandin soʻngra, I’ys safar ixtiyor qilib, Rum sori mutavaj-jih boʻldi. Va aning Ismoil a. s. qizidinki amuzodasi erdi, besh oʻgʻli bor erdi. Birining oti Rum erdiki, ul mulkni aning oti bila atarlar. Va Rum qaysarlari aning naslidindurlar. Ul kunki I’ys Rumda olamdin oʻtti, Ya’qub a. s. dogʻi Kan’onda olamgʻa vido’ qildi. Va I’ysning soʻngokin Jirungʻa naql qilib, obosi maqobiri javorida qundilar. Va Ya’qub a. s. I’ysning gʻurbati ayyomida Kan’on ahli hidoyatigʻa ma’mur boʻlub, necha vaqt risolat amrigʻa mashgʻul erdi, to dori baqogʻa bordi. Va aning ba’zi holotn Yusuf a. s. qissasida ijmol bila inshoalloh mazkur boʻlgʻay. Inshoallohul-aziz.

She’r:

Ya’qubni ham sipehri purfan,
Berdi necha kun jahonda maskan.
Paymonayi umri chunki toʻldi,
Davron anga dogʻi uzr qoʻldi.

Yusuf a. s. qissasi andin mashhurroqdurkim, ehtiyoj aning tafsilina boʻlgʻay, nevchunki gʻarobat va shirinligi uchun akobir ham nazm va ham nasr aning sharhi asbobin tuzubdurlar va bayonida sehrlar koʻrguzubdurlar. Ul jumladin biri Firdavsiy Tusiy va yana biri hazrat maxdumi Mavlono Nuriddin Abdurahmon al-Jomiy navvarallohu marqadahukim, andoqkim Yusuf a. s.ning husni va jamoli ta’rifdin mustagʻniydur. Alarning dogʻi fazl va kamoligʻa vasf hojat emas. Yana xoja Mas’ud Iroqiy ham nazm qilibdur va balogʻatning dodin beribdur. Yana dogʻi azizlar mushgʻulluq qilibdurlar. Bovujudi bular bu bebizoatki, ham iborat roqimdindur. Komi xotirgʻa bu orzuni kechururkim, inshoolloh umr omon bersa, turk tili bila-oʻq kofurchun varaq uzra xomani mushkin shamomani surgay. Va bu qissa nazmin ibtido qilib, intihosigʻa yetkurgay.

Haq bu tavfiqni nasib etgay,
Yo nasib ulcha tangridin yetgan.

Bas, bu muxtasargʻa qissani ijmol rasmi bila ado qilmoq ansabdur.

Yusuf a. s. bani odam jinsining jamilrogʻidur. Bir kun oʻz yuzin koʻzguda koʻrub, andoqkn husn istigʻnoyu gʻururgʻa muqtazodur, koʻngliga kechtikim, oyo agar men qul boʻlsam erdi, mening bahomni kim bera olgʻay erdi. Chun bu xiyol dalolat bemisllikka qilur, ulkim «laysa kamislihi shay’un va huvas-sami’ul-basir»,16 aning sha’nidadur. Haq taolo gʻayrat koʻrguzub, andoq qildikim, ogʻolari Yusufni oʻn yeti qalb diramgʻa sottilar. Va muning kayfiyati bu erdikim, Yusuf a. s. tush koʻrub erdikim, gunashu oy va oʻn bir kavkab anga sajda qildilar. Bu tushni Ya’qub a. s.gʻa ayttikim. «Vaizqola Yusufu liabihi yo abati inni raaytu ahada ashara kavkaban vash-shamsa valqamara raaytuhum li sojidina»17 andin xabar berur. Ya’qub a. s. ayttikim, bu tushungni qardoshlaringdin yoshurkim, alardin senga osib tegmagaykim, bu tushning ta’biri budurkim, otayu ona va qardoshlaring senga muhtoj boʻlgʻaylar. Chun taqdiri olihi Yusuf a. s.ning mehnatlarigʻa mutaalliq boʻlub erdi, qardoshlari ul tushni va otalari ta’birin eshitib, mutagʻayyir boʻlub, Yusuf a. s. qasdigʻa bel bogʻladilar. Va oʻzlarin Yusuf alayhis-salomgʻa mushfiq koʻrguzub, Ya’qub a. s.din ani gashtka elturbiz deb yozigʻa borib, ani chohgʻa solib, koʻnglokin qoʻy qonigʻa bulgʻab, Yusufni boʻri yedi deb, qonligʻ koʻnglokin Ya’qub a. s. qoshigʻa kelturdilar. Va Ya’qub a. s.ni muhlik motamgʻa va oʻchmas oʻtqa soldilar. Va hamul uchurda ul choh boshinda bir karvon tushub, chohgʻa dalv solib, anda birov bor ekanin bilib, Yusuf a. s.ni chohdin chiqardilar. Va qardoshlari xabar topib, ul karvongʻa borib Yusuf a. s.ni bizing qulumizdur debkim qochib edi deb, ul qofilaning ulugʻi bilakim, oti Molik binni Zi’ar Xazoiy erdi, oʻn yeti yo yigirmi diramgʻa sottilar. Va Molik bu savdodin masrur erdikim, Misrda aning bahosidin sud mutasavvar erdi. Yusuf a. s.da za’f va shikastaliq ul martabada erdikim, Molikning ul soʻzin eshitib, oʻz-oʻzi bila aytur erdikim, bu musulmonkim mening bahomdin oʻzin xurram qilibdur, bu hol bilakim men-men iki oqchagʻa olgʻoylarkin ul olibdur. To ish anga yettikim, Misrda aning vazni bila yeti qotla mushk vazn qilib, Malik Rayonning xozinnkim, Misrning azizi erdi, Yusuf a. s.ni sotqun oldi. Va azizning Zulayxo otligʻ xotuni bor erdi, Yusuf a. s.gʻa oshiq boʻldi. Har necha oʻzin zabt qilur erdikim, ani xadq ma’lum qilmagʻay. Ammo betoqatligʻ inon-ixtiyorin ilikdin chiqarur erdi, to ulki Yusuf a. s. gʻa ishqin izhor qilib, qalb visol qildi. Yusuf a. s. ul matlubin imtino’ qilib, Zulayxogʻa Tengri taolodin tasvif qildi va mavoiz va nasoyih izhor qildi. Va bu holatda Yusuf a. s. oʻn yeti yoshida erdi. Chun Zulayxo Yusuf a. s.ni ul ishdin bagʻoyat mujtanib koʻrdi, vahmdinkim azizgʻa izhor qilgʻay. Uzi aziz qoshida Yusuf a. s.din shikoyat qildikim, Yusuf manga izhori taalluq qilib, visol orzusi izhorin qildi. Aziz tafahhuye qilgʻondin soʻngra ma’lum qildikim, Zulayxo oʻz qilgʻonin Yusuf a. s.gʻa tuhmat qilibdur. Bu ish Misr ahli orasida ishtihor topti. Va Misrning ashrofining zuafosi Zulayxogʻa ta’n tili uzottilarkim, falon kan’oni qulgʻa oshiq boʻlub, oʻzin xalq tiliga solibdur. Zulayxo ul ishda muhiq erkanin sobit qilur uchun toin va tannozlarni ziyofat qilur uchun istid’o qilib, alar huzurida Yusuf a. s.ni majlisda kiyurgach va ul jamoat olida turunj va turunj kesarga iliklarida bichoqlar erdi. Yusuf a. s.ni koʻrgach, «Mo hozo basharo»18 deb aning jamoli mayidin andoq loya’qil boʻldilarkim, turunj oʻrnigʻa iliklarin kestilar. Yusuf a. s. chiqgʻoch, oʻz hollaridin voqif boʻlub, Zulayxoni ma’zur tuttilar. Va Zulayxo el mazannasi daf’i uchun azizgʻa iltimos qildikim, Yusufni zindonda mahbus qilib va bu hibsda Tengri taolo Yusuf a. s.gʻa ta’bir ilmin karomat qildi. Zindon ahli tush koʻrub, bir-biriga aytsalar erdi, ta’bir qilur erdi va hech taxalluf qilmogʻondin zindon ahli mutaajjib boʻlur erdilar. Malik Rayon suvchisn birla bakovuli anga zahr berur tavahhumidin yozgurub, zindongʻa yibordi. Alar Yusuf a. s. el tushiga ta’bir qilurin koʻrub, ittifoq bila har biri yolgʻon tush yasab, Yusuf a. s.gʻa arz qildilar. Suvchi tushini mundogʻ dedikim, bir bogʻda uch xoʻsha uzum koʻrdum, ul uzumni siqsam, filhol chogʻir boʻldi va ani malikka tuttum, ichib manga iltifot va tahsin qildi. Bakovul tushini mundoq aydikim, Malik matbaxidin uch xonda non boshim ustida koʻrdum va osmondin qushlar boshimgʻa qoʻnub, ul nonlarni yedilar. Chun Yusuf a. s. ul ikovnung gʻaybdin ogʻizlarigʻa kelgon soʻzlarning birini ne’mat va birini baliyyatqa dol koʻrdi, dedidim: «lo ya’tikumo taomun turzaqonihi illo nabba’tukumo bita’vilihi»19, ya’ni sizga ulcha koʻrubsiz yetmagay. Magar ulki xabar berurmen sizga. Uch kundin soʻngra suvchini malik Rayon chiqorib, rioyat va tarbiyat qilur. Va bakovulning bu uzridin osor alar ayttilarkim, biz bu tushni koʻrmaydur erdik, balki yasab erduk. Yusuf a. s. ayttikim, tangri taolo taqdiri mening taqririm bila muvofiq tushubdur, boqi siz bilursiz. Va suvchigʻa ayttikim, malik Rayongʻa borib e’tibor topsang, meni sogʻundurgaysen. Chun Yusuf a. s. muxallisi uchun Tengri taologʻa iltijo qilmay, maxluqni vasila qildi. Haq taolo gʻayratdin yana yillar ani zindonda asradi va hamul uch kunda malik Rayon bakovul qatligʻa hukm qildi va soqiyni tarbiyat qildi. Va ul soqiy yeti yilgʻacha Yusuf a. s.ni sogʻinmadi. Bir kecha malik Rayon tush koʻrdikim, yeti semiz oʻyini yeti oruq oʻy yedilar va yeti toza koʻkargan xoʻshani yeti quruq xoʻsha chirmoshib, betarovat qildi. Va bu tush ta’biridin muabbirlar bila kohinlar ojiz boʻldilar. Soqiyning yodigʻa Yusuf a. s. kelib, malik arzigʻa yetkurdi va malik amri bila borib, Yusuf a. s.din bu tush ta’birin soʻrdi. Yusuf a. s. ayttikim, semiz oʻylar, toza xoʻshalar toʻqluq va ziroatligʻ yilgʻa dalildur va orugʻ oʻylar bila quruq xoʻshalar qahatliqqa dol. Yeti yil qutluq boʻlub, yana yeti yil qahatligʻ boʻlgʻusidur. Burungʻi yillarda oshligʻingizni yaxshi asrangkim, soʻnggʻi yillarda yaragʻay. Soqiy bu ta’birni malikka aytti ersa, haqiqati anga ma’lum boʻlub, Yusuf a. s.ni tiladi. Yusuf a. s. bormay z’lom qildikim, turunj bila ilikin keskan zuafodin istifsor qilgʻil. Malik tafahhusqa mashgʻul boʻlub, azizni va Zulayxoni va ul zuafoni tiladi. Va Zulayxo ul jamoat bila Yusuf a. s. ning pokligiga tonugʻluq. berib va aziz infioldin Zulayxoni taloq qildi va Yusuf a. s.ni zindondin chiqorib, malik qoshiga kelturdilar. Malik e’zoz qilib munosib yerda oʻlturtub, dedikim, bu tushum ta’birin manga saning oʻz taqriringdin eshitur xotirim bor. Yusuf a. s. burun aning tushin ayttikim, koʻp nima malik unutub erdikim, yodigʻa kelmadi. Bagʻoyat mutaajjib boʻlub, Yusuf a.s. din ta’birin ham tiladi. Yusuf a. s. ta’birin yuqori oʻtgan dastur bila ayttikim, Malik azizni azl qilib, azizligʻni Yusuf a. s.gʻa berdi. Va mulk va xazoinning amini va sohibi ixtiyori qildi. Yusuf a. s. viloyat ma’mur yillarda oshligʻini yaxshi muhofazat qilib, qahat boʻlgʻon yillarda xaloyiqqa sababi rizq boʻldi. Va qahat shiddati bir yerga yettikim, xaloyiq boru yoʻqin, balki oʻz nafslarin yegulikka sottilar. Rivoyat budurkim, Yusuf a. s. jami’ Misr elin sotqun olib, qahatdin chiqqondin soʻngra ozod qildi va Zulayxoni oʻz nikohi aqdiga kiyurdi. Va bu vaqtda Yusuf a. s. oʻtuz iki yoshar erdi va Zulayxo oʻtuz va bikr erdi. Nevchunki, aziz aynayn erdi. Va Yusuf a. s. ga Zuloyxodin iki oʻgʻul boʻldi. Naqldurkim, qahat shiddati sa’b boʻlgʻandakim, atrofdin xalq rizq uchun Yusuf a. s.gʻa yuz qoʻyub erdilar, Kan’on eli ham ul jumladin erdi. Va Ya’qub a. s. Yusuf a. ye. firoqida xalqdin ulfat uzub va farzandlarin unsi munqati’ qilib, goʻsha tutub, Baytul-ahzon maqomi boʻlub erdi. Farzandlari aning ruxsati bila Misrgʻa oʻzi uchun mutavajjih boʻlub, Ibni Yaminni Ya’qub a. s. oʻz qoshida asradikim, andin Yusuf a. s. isi topar erdi. Chun oʻn ogʻo-ini Yusuf a. s. xizmatigʻa yetishtilar, bizoatlarin arz qilib, roʻzi tiladilar. Yusuf a. s. alardin nasablarini soʻrub, otalarining holin tafahhus qilib, tirik erkonin bilib, Ibni Yamin holin ma’lum qilib, ehtirom etib, oshligʻ berib, bizoatlarin dogʻi oshligʻ ichiga yoshurun solib uzotti va ayttikim, yana kelsangiz, qolgʻoi ishingizni olib kelingkim, bu qotlogʻidin koʻprak rioyat qilay. Alar Kai’ongʻa kelgʻondin soʻng, kayfiyatni Ya’qub a. s. qoshida arz qilib, yana qotla Ibni Yaminni, agarchi Ya’qub a. s. rozi ermas erdi, oʻzlari bila olib Misrgʻa Yusuf a. s. mulozimatigʻa borgʻaylar va Ya’qub a. s. xizmatida oʻtkan holotni taqrir qildilar. Va iltimos etdilarki, Ibni Yaminni bir qotla alar bila aziz qoshigʻa yiborgʻay. Anga agarchi ul yea’b koʻrundi, ammo zaruratdin Ibni Yaminni yibordi va bir ruq’a bitdi. Ibrohim a. s.ning dastorinki, irs rasmi bila Ya’qub a. s.gʻa qolib erdi, Ibni Yamindin hadiyya dasturi bila aziz xizmatigʻa irsol qildi. Va alargʻa vasiyat qildikim, Misrgʻa bir darvozadin kirmang. «Lo tadxulu min bobin vohidin vadxulu min abvobin mutafarriqa»20.

Alar Ya’qub a. s. buyurgʻon dastur bila amal qilib, aziz eshikiga hozir boʻldilar. Azizgʻa xabar boʻlgʻoch, alarni tilab ta’zim bila oʻlturtub, Ibni Yamin ruq’a bila dastorni Yusuf a. s.gʻa taslim qildi. Yusuf a. s.gʻa mufrit nishot yuzlanib buyurdikim, alar ilayigʻa xon torttilar va har ikov ilayida bir tabaq qoʻydurdi. Va Ibni Yamin yolgʻuz qoldi. Alardin ani oʻz qoshigʻa tilab hamtabaq qildi. Chun Yusuf a. s. burqa’ bila erdi, alar tonimas erdilar. Yusuf a. s. ning toqati qolmadi, qorindoshigʻa oʻzin nozukluk bila izhor qilib, mutagʻayyir boʻlmay, dagʻi ul jamoatqa keturgan ulogʻlarigʻa koʻra oshligʻ berib va oltun kaylkim, javohir bila tarsi’ qilib erdilar, Ibni Yamin yukida yoshurtti. Alar Kan’onga mutavajjih boʻlgʻondin soʻng, kishi yiborib, yuklarin axtartib so’ni Ibni Yamin yukida toptilar va Ibni Yamiini olib aziz qoshiga keltirdilar. Va qardoshlari ham aning bila qoytib keldilar. Bu yerda ixtilof koʻptur. Har taqdir bila Yusuf a. s. Ibni Yaminni olib qolib, qardoshlari yana Kan’ongʻa borib, Ya’qub a. s.gʻa Ibni Yaminning oʻgʻurluq qilib, aziz ani asragonin ayttilar. Ya’qub a. s. ning mehnati oʻtti va furqati shu’lasi birga ming boʻlub, bir yoʻli oyogʻdin tushti. Oqibat azizgʻa bir ruq’a bitib, Yahudo oʻgʻli Forizdin yibordi va oʻz holinikim, Yusuf otligʻ oʻgʻli firoqidin ne suubatqa qolib erdi va Ibni Yamin furqatidin ne shiddatqa musaxxar boʻldi deb arz qildi. Yusuf a. s. aning javobida ul nav’ nasihatomiz ruq’a yibordikim, Ya’qub a. s.gʻa yetkach, oʻqutub ayttikim, bu maktubdin anbiyo kalomi va rusul paygʻomi holoti koʻngulga yetishadur.

Yana oʻgʻlonlarigʻa Misrgʻa borurni taklif qilib, alar bizoati muzjot bila keldilar. Va bu qotla Yusuf a. s. oʻzin alargʻa zohir qilib, koʻp altof koʻrguzdi. Alarni oʻz qilgʻonlarining xijolati va Yusuf a.s.ning lutfu karami lol qilib, Ya’qub a. s.ning koʻzi koʻrmasin arz qildilar. Yusuf a. s. oʻz koʻnglokin Yahudodin Ya’qub a. s.gʻa yibordi. Yahudo Misrdin chiqqoch, Ya’qub a. s. ul koʻnglok isin Kan’onda topib, huzzorgʻa zohir qildi. Alarning dimogʻi xiffatigʻa haml qilib, to Yahudo eshitib, Yusuf a.s.ning hayoti xabarin va salomatligʻin Ya’qub a. s.gʻa yetkurub, koʻnglokni aning yuziga soldi, hamul zamon basir boʻlgʻon koʻzi bino boʻlub, shukrlar qildi. Va Yahudo borcha hol kayfiyatin anga arz qilib, Misrgʻa borur soʻzida erdikim, Yusuf ’. s.ning rasullarin azim yarogʻlar bila yetib va zurriyotin Misrgʻa eltib, Yusuf a. s.gʻa xabar yetkoch, istiqbol qilib va Malik Rayon dogʻi ul davlatni gʻanimat bila muvofiqat qildi.

Yusuf a. s.gʻa yaqinloshqoch, Ya’qub a. s. mahmildin chiqib, Yusuf a. s. aning ayogʻiga tushub koʻrushtilar. Va Misrgʻa kelib, Yusuf a. s. otasi, onasini taxt ustida oʻlturtub, oʻzi alar yonida oʻlturub, qardoshlarigʻa ulcha qoidai ikrom edi, bajo kelturdi. Va alar borcha anga sajdai tahiyyat qildilar. Va Yusuf a. s. Ya’qub a. s.gʻa ayttikim, «yo abati hozo ta’vilu ru’koya min qablu»21. Bir rivoyat bila oʻn yeti yildin soʻngra, bir rivoyat bila yigirmi toʻrt yildin soʻngra Ya’qub a. s. Tengri taolo rahmatigʻa bordi va Yusuf a. s.ni vasiy qilib erdi va aning vasiyati bila Quddusda Ibrohim va Ishoq a. s. javorida qoʻydilar. Va oz fursatdin soʻngra malik Rayon ham olamdin chiqdi. Va aning bea’mamidin Qobus otligʻ kofir maqhur Misr taxtida saltanatqa oʻlturdi. Yusuf a. s. bir necha yil ani islomgʻa dalolat qildi, bir tutmas erdi. Ammo Yusuf a, s.ni ta’zim qilur erdi. Yusuf a. s. aning da’vatidin ma’yus boʻlub, balki oʻz avqotidin ham havl, haq taolodin munojotda obou ajdodi suhbatin tiladi. Va ul duo mustajob boʻldi, bani Isroilgʻa islom rusuxigʻa vasiyyat qilib, Fir’avn bila Muso a. s.din xabar berib, ul qavmning valiysi Yahudoni qilib, oʻzining madfanini Nil rudida Misrdin bir yigʻoch yiroq muqarrar qildi va dorulfanodin gulshani baqogʻa xirom qildi. Bani Isroil Ya’qub a. s. zurriyotidur va isbot oʻn bir oʻgʻli.

She’r:

Bordi Yusuf, qolmasdi Qobus ham boʻlmay adam,
Ichtilar jomi fano siddiq ham, zindiq ham.

Xizr a. s. ni mursal debdurlar. Va ul Arfaxshad binni Somning oʻgʻlonlaridindur va Zulqarnayn zamonida aning mulozimi erdi. Zulqarnayi hayvon suyi xiyoli bila zulumotqa kirgonda Xizr a. s. ani boshlab kirdi. Va derlarkim, Ilyos a. s. dogʻi bila erdi. Umidkim, quyiroq zikr boʻlgʻay.

Ul suvni Tengri taolo bu ikovga nasib qildi va Zulqarnayn mahrum yondin.

Va ba’zi debdurlarkim, haq taolo Xizr a. s.gʻa ilmi ladunni nasib qildi va hayvon suyi iborat ondindur. Ahli islom mu’taqidi uldurkim, Xizr a. s. umri jovid topibdur. Va Xoja Muhammad Porso q. s. ba’zi nusxada mundoq bitilibdurkim, Xizr a. s. Sabzavorning Kavk otligʻ kentidindur va holo Hazrat Risolat sallallohu alayhi vasallam dinidadur va imom Shofe’i rahmatullohi mazhabidadur, vallohu taolo a’lam.

She’r:

Xizr umrin tilarlar ahli xirad,
Yer vaslidurur, hayoti abad.

Ayyub Sabur a. s. onasi Lut a. s. qizidur. Otasini I’ys binni Ishoq a. s. avlodidindurur debdurlar: Vale ba’zi muxolafat qilibdurlar. Mavludi Rumdur, ammo Shomda muqim erdi. Har nav’ mol va manoli koʻp erdi va oʻn oʻgʻli bor erdn. Gʻanimat juftidin hech nima yoʻq erdikim, haq taolo ibodati va tasbihi va tahliliga ul nav’ mashgʻul va mash’uf erdikim, hech nimaga iltifot qilmas erdi. Ul martabadakim, haq taolo maloikagʻa aning holotini jilva berdikim, maning ibodatimdin oʻzga hech nimaga parvo qilmas. Maloika ayttilarkim, xudoyo, hech nav’ jam’iyatdin yoʻqturkim, anga nasib qilmaysen. Nevchun saning ibodatingdin oʻzga ish qilgʻay.

Tengri taolo maloikagʻa xitob qildikim, bu zohir jamiyatlari parishonligʻ asbobidur. Vale sizing mazannangiz bu boʻlsakim, bu jihatlardinkim, aning koʻngli jam’ uchun ibodatqa mash’ufdur, andoq qiloyki, sizlar bilgaysizkim, boʻlar-boʻlmasa ham aning ishi toatdur. Bu mukolimadin soʻngra Tengri taolo Ayyub a. s. sori balolar mutavajjih qildi. Avval mavoshiysigʻa andoq ofat tushtikim, biri qolmadi. Anga ayttilar ersa, iltifot qilmadi. Mazruotigʻa andoq balo yuzlandikim, yoʻq hisobi tutti. Munga ham multafit boʻlmadi. Har jihotiki, anga ne itloq qilsa boʻlur, beniyozliq yeriga bordi, parvo qilmadi, hamul haq taolo ibodatigʻa mashgʻul erdi. Uy yiqilib oʻn oʻgʻli tom ostida qoldilar va halok boʻldilar. Ul dedikim, manga Tengri taolo basdur, alar boʻlmasa. boʻlmasun! Bulardin soʻngra hech nimasi, balki hech kishisi qolmadi, muborak jismiga bemorligʻlar va balolar yuzlandn. Dogʻi jarohatlar boʻlub, qurtlar tushti, dogʻi ul jarohatlar islanib, ul navohiy xalqi andin mutanaffir boʻlub, arolaridin ani ixroj qilib, bir nomunosib yerga soldilar va tegrasida hech kishi qolmadi. Haramidinkim, otini Rahima binti Ya’qub a. s. debdurlar va binti Ibrohim binni Yusuf a. s. ham debdurlar. Va Rahima yo muzdurluq, yo gadoyliq qilib, Ayyub a. s.gʻa qut kelturur erdi. Va Ayyub. a. s. ul baliyyatqa sabr qilib, Tengri taolo toatidin xotirigʻa oʻzga nima kechmay, derlarki, sharif badanidin bir qurt agar tushsa erdi, yana olib oʻrnigʻa qoʻyar erdikim, sizga haq bu nasib qilgʻon roʻzidin mahrum boʻlmang. Va shaytoni la’in Rahimagʻa har nav’ igʻvolar qilur erdikim, muhofazati Ayyub a. s.gʻa yetmagay. Tengri taolo ani shayton mutobaatidin asrar erdi. To ulkim, bir kun bir zaifa surati birla Rahimagʻa uchradi. Va Rahima ul kun hech nima topmaydur erdikim, Ayyub a. s.gʻa kelturgay. Shayton anga ayttikim, mening sochim bagʻoyat qisqadur. Agar gisularingni kesib, manga bersangkim sochimgʻa ulasam, muncha bahosin berurman. Rahima dedikim, Ayyub a. s. qoshigʻa bu kun qut topmaydur, manga gisu boʻlmasa boʻlmasun. Oʻz gisularin kesib, anga berib, olgʻon vajhqa qut olib, Ayyub a. s. qoshigʻa yetmasdin burun ul la’in Ayyub a. s. qoshigʻa Rahimaning sochin kelturub, nomunosib soʻzlar dedi. Rahima qut keturgach, Ayyub a. s. aning sochin koʻrmadi. Mashhurdurkim, ahd qildikim Rahimani yuz yigʻoch urgʻay. Chun haq subhona va taolo Ayyubning baliyyatini nihoyatqa yetkurdi. Va ul hamul sabr va shukr qilur erdi. Malakut olamigʻa shoʻr tushti va gʻavgʻo. Va maloika aning fazl va saburluqin e’tirof qilib, oʻz soʻzlaridin nodim boʻldilar. Tengri taolo inoyat qilib anga sihat yiborib, Jabrail a. s. keldi va ilikin tutub qoʻpordi. Va tamom qurtlar tanidin tushti. Va iki jonibidin iki bulogʻ paydo boʻldi va Jabrail a. s.ning muborak jismini ul suvlargʻa gʻusl berib, borcha jarohatlari butti. Va Rahimaning pokligiga tanugʻlugʻ berib, mashhurdirkim, yuz supurgu yigʻochni bir-biriga bogʻlab, Rahima uchasigʻa urub, uhd-uhdasidii chiqti. Va Ayyub a. s.gʻa Tengri taolo zoye’ boʻlgʻon amvolidin ortugʻroq yana karomat qildi. Ba’zi debdurlarkim, avlodin ham turguzdi, ba’zi barondurkim, yana avlod berdi va aning eviga ba’zi debdurlarkim, oltun chugurtka yogʻdi. Va ba’zi aning manzilin Shomdadur va ba’zi Xuroson viloyatida Roz Mashhadda debdurlar. Va muddati nubuvvatida uch kishi anga iymon kelturdilar va baliyyatida murtad boʻldilar, sihotdin soʻngra Rumgʻa bordi. Hoʻmilki, ulugʻroq oʻgʻli erdi, vasiy qilib, olamdin oʻtti. Umri bobida ixtilof koʻp uchun bitilmadi.

She’r:

Besabr ulus garchi jahondin ketti,
Ayyub sabur dogʻi ketmay netti.

Shu’ayb a. s. Ani xatibul-anbiyo debdurlar. Ibrohim yo Solih a. s. avlodidin ekanda ixtilof bor. Va onasi Lut a. s. qizi erdi, oti Miko. Va haq taolo ani ashobi Madyan va ashobi Ayka hidoyatigʻa mab’us qildi va ba’zi Madyan va Ayka ashobidin bir qavm debdurlar. Va alar kayl va vazn ishida qalbligʻ qilur erdilar. Va tanga va pul soyir maskukotin nima qotib be ayor yasar erdilar. Va oʻgʻriliq va qaroqchiliq qilur erdilar. Va Shu’ayb a. s. mulozimatigʻa kelur elning yoʻlin tutub, man’ va izo etarlar erdi. Va millatlari butparastliq erdi. Shu’ayb a. s. alarni tuz yoʻlga dalolat qilib, Tengri taolo azobidin qoʻrqutur erdi. Alar muqobalasida istihzo va safohat qplur erdilar. Chun bu muddat tatvil topti, ul qavm jaholatlaridin Shu’ayb a. s. taxvifin yolgʻon xiyol qilib, tamasxur yuzidin azob va’dasigʻa taqozo koʻrguzdilar. Shu’ayb a. s. munojot qilib, «Rabbana fatx baynano va bayna qavmino bilhaqqi va antaxayr-ul-fotihin»22 takallumi bila tazarru’ qildi. Tengri taolo yeti kun havoning haroratin ul martabada qildikim, ul qavm betoqat boʻlub, ayol va atfollari bila shahrlaridin chiqib, besha va daraxtistongʻa yuzlandilar. Va Ibni Abbos raziyallohu anhudin manquldurkim qazoi ilohi doʻzax oʻtidin shu’la yiborib, borchasin oʻrtadi. Va tarix ahli ani ham samum yeliga isnod qilibdurlar. Har taqdir bila Shu’ayb a. s. Ibrohim a. s. shariatigʻa da’vat qilur erdi va da’vati muddatida ming yetmish kishi da’vatigʻa kirdilar va ul qavm halokidin soʻngra, haq taolo amri bila hamul yerda sokin boʻldi, to Muso a. s. anga qoʻshuldi. Va Muso a. s. ayrilgʻondin soʻngra, yeti yil va toʻrt oy hayotda erdi. Umri ikki yuz yigirmaga yetkondin soʻngra oxirat olamigʻa yuzlandi va Makkada ruknu va maqom orasida madfundur. Va ashobi ras zikrikim oʻtti, ba’zi Shu’ayb a.s. zamonida debdurlar. Va Shu’ayb a. s.ni suryonny tili bila Shirub debdurlar. Va mu’jizotidin biri ulkim, kuffor toshni mis qilmoq tiladilar, aning duosi bila borcha toshlar mis boʻldi. Chun aqida qilmadilar, yana avval holiga bordi.

She’r:

Shu’ayb ayladi chun jahondin xirom,
Zuhur etti Muso alayhis-salom.

Muso va Horun a. s. Muso a. s. ulul-azmdur va laqabi Kalimullohdur. Va Ya’qub a. s. avlodidindur. Va bu qissaning ibtidosi budurkim, Yusuf a. s. ki, Rayon binni Validdin soʻngra Qobus zamonida rihlat qildi. Qobus bani Isroilni zabun qilib, azim anif takliflar qilur erdi. Va borchasin oʻz ubudiyyatigʻa mansub qilib, qibtilargʻakim oʻz qavmi erdi, ojiz va zeridast qilib erdi.

Chun ul Fir’avn jahannamgʻa bordi, qardoshi Valid binni Mus’abki mashhurdirkim, Fir’avn uldur. Misr saltanatida oʻlturdi va koʻp yil xalqni butparastliqqa taklif qildi. Chun saltanati zamoni imtidod topti, mabhut dimogʻigʻa fosid xiyol boʻlub, «Ana rabbukum-ul a’lo»23 da’vosi bila elni oʻz ibodatigʻa taklif qildi, chun saltanati zamoni imtidod topti va uluhiyyat muddaosi bila jabbor sifatligʻ bunyod qildi. Va bani Isroilgʻa jafo va sitamni haddin oʻtkordi. Va andoqki, sharhi koʻprak tavorixda masturdur va xalq orasida mashhur. Va qibtilargʻa rioyat qildi.

Va ul mal’un bir kecha tush koʻrdikim, Shom soridin bir oʻt paydo boʻlub, misriylarning bogʻ va saroylarin kuydurdi. Va kent va shaharlaridin asar qoʻymadi. Vahm bila uygʻonib, kohinlarni tilab, bu tushning ta’birin tiladi. Alar dedilarkim, ul soridin birov mutavallid boʻlgʻaykim, saning davlating va millating zavoliga say’ qilgʻay va bani Isroildin boʻlgʻay. Va qibtilar zavoli ondin boʻlgʻay. Fir’avn zuafo tayin qildikim, bani Isroildin har oʻgʻul mutavallid boʻlsa, oʻlturgaylar. Besh yildin soʻngra bani Isroilgʻa toun zahmati voqe boʻlub, koʻp xalq zone’ boʻldi. Qibtilar Firavngʻa ayttilarkim, bu toifaning atfolin sen oʻlturasen, ulugʻlarin toun. Oz vaqtda tugonurlar. Bizing xizmat va paykorimizni kim qilur?

Fir’avn nodonligʻidin buyurdikim, atfolni bir yil oʻltursunlar, bir yil qoʻysunlar.

Baxshish yili Horun a. s. mutavallid boʻldi va gʻayri baxshish yil Muso a. s. mutavallid boʻldi. Tafsili budurkim, kohinlar dedilar, Fir’avngakim, ul mavlud falon kecha Iskandariyada ota pushtidin rahmgʻa borur. Fir’avn Iskandariyagʻa borib, ul kecha jami’ bani Isroilni zuafodin ayirdi va oʻzi esa Osiya birlakim harami erdi, xilvat ixtiyor qildi. Va Imron Muso a. s.ning otasikim, muqarrib kishisi erdi, bogʻ eshikida qoʻydi. Zuafo sayrda erdilarki, bogʻ eshikiga yettilar, Imron xotunin koʻrub mayl qildi.

Alqissa, Muso a. s.ni onasi homila boʻldi va Muso a. s. ning bir mu’jizi bukim, onasining homila erkani oʻzga zuafodek ma’lum boʻlmas erdi. Va muakkalalargʻa vuquf hosil ermas erdi. Chun Muso a. s. mutavallid boʻldi, onasi ani bir tobutqa momuqlar orasida ta’biya qilib, darzlarin qir bila tutub, Nil rudigʻa solib, Tengri taologʻa topshurdi. Va Fir’avnning bir qizi bor erdikim, anga baras illati bor erdi. Va ilojidin atibbo navmid boʻlub erdilar. Kohinlar ushbu tarixda deb erdilar, bir zulhayot daryodin chiqqoykim, aning ogʻzi luobidin ul maraz daf’ boʻlgʻay. Qiz onasi bila hamul va’da kuni Nil qirogʻinda oʻlturub erdilarkim, ul tobut yetib, bir daraxtqa band boʻldi. Kanizaklar ul sanduqni kelturdilar, Osiya ochti, tifli koʻrdikim, bormogʻin emadur erdi. Yana Muso a. s.ning moʻ’jizi bukim, ogʻzi suyi bila ul baras filhol daf’ boʻldi va Osiya anga Muso ot qoʻydiki, ibriy tili bila ma’nisi sarv daraxtidur. Ona va qiz Muso a. s.ni Fir’avn qoshigʻa kelturdilar. Va Fir’avnning koʻzi aning yuziga tushkoch, Tengri taolo Muso a. s. muhabbatini aning koʻngliga solib, xalqi ayttilarkim, bu hamul tifldurkim tilar erding, qatlida ta’xir qilma. Ammo Osiya ayttikim, «Qudratu aynen li valaka lo taqtuluhu asoyan yanfaano avnattihizahu valado»24.

Fir’avn aning qatlin Osiyagʻa bagʻishlab, Osiya aning muhofazati uchun sutluk zuafo kelturdi. Hech qoysining sutin ichmay, ittifoqo onasini ham kelturub erdilar, onasining sutin icha kirishti va onasi suti bila parvarish topti. Bir yoshogʻondin soʻngra Osiya Fir’avn qoshigʻa kelturdi. Fir’avn qoʻynigʻa olgʻoch, ilik urub, aning saqolin tutub, tortib necha qilin uzub, Fir’avn gʻazab qildi, dogʻi Muso a. s.ning qatligʻa hukm qildi. Osiya mone’ boʻldikim, atfolni bu nav’ harakotqa muxotab qilsa boʻlmaskim, alargʻa shuur va gʻaraz boʻlmas. Imtihon uchun buyurdikim, bir tabaqda oʻt va bir tabaqda yoquti ahmar kelturdilar. Muso a. s. ilayiga qoʻydilar. Muso a. s. ilik yoqut tabaqigʻa uzotti. Ammo Jabrail a. s. ilikin oʻt tabaqi sori moyil qildi. Va Muso a. s. bir choʻgʻni olib, ogʻzigʻa soldi, tili kuydi. Derlarki, muborak tilida laknat voqe’ boʻldikim, sin harfin yaxshi aytaolmas erdi. Andoqki, munojotida «Vahlul uqdatan min lisoni»25 andin xabar berur. Fir’avn bu ishni koʻrgach, munbasit boʻlub, Muso a. s.ni Osiya aning qoshidin eltib, tarbiyat qilur erdi, to oʻn yoshigʻa yetti. Va ani salotin avlodi va dasturi bila gʻoyat zeb va tajammulda asrar erdi. Oʻtuz yoshigʻa yetkach, qibtilarning ashrofidin birining qizin aning nikohiga kiyurdi. Va ul toʻyda muluk dasturi bila oyinlar bogʻlatti. Va Muso a. s.gʻa iki farzand boʻldi. Va ul munosibat asli bila bani Isroilgʻa qibtilar zulm qilgʻanda rahm qilur erdi. Bir kun sayrda koʻrdikim, bir bani isroiliygʻa Qonun otligʻ qibti zulm qilgʻonda shiddat bila izo qiladur. Ul nasihat yuzidin man’ qildi. Va ul mumtone’ boʻlmadi va izoni ortturdi. Va chun ul beqondaligʻi haddin oʻtti, Muso a. s.ning gʻazabi oʻti mushtail boʻlub, ul qibtini urgʻoch, yiqilib oʻldi. Fir’avn eshitkoch, Muso a. s. qatlini koʻngliga jazm qilib, aning izhorigʻa hukm qildi. Hamul najjorkim, aning onasi ani suvgʻa solurda sanduq yoʻnub erdi, kufrdin yonib, din qabul qilib erdi, Muso a. s.gʻa ul holdin xabar berdi. Muso a. s.gʻa chun hanuz nubuvvat rutbasi yetmaydur erdi, vahmdin yayogʻ Misrdin qochib, yeti kecha-kunduz koʻp riyozat bila yoʻl qat’ qilib, bir choh boshigʻa yetishtikim, Madoyin navohiysida erdi.

Va anda bir daraxt soyasida sokin boʻldi. Bir lahzadin soʻngra el gala qarosin ul choh boshigʻa suvorgʻali kelturub, choh ustida yopqon toshni olib, qolin qoʻy va mavoshiygʻa suv berdilar. Dogʻi chohgʻa toshni yopib, galalarin surub kettilar. Iki zaifa bir necha qoʻyni qiroqga asrab erdilar, el ketkondin soʻngra, qoʻylarin suvorub, el mavoshiysidin qolgʻon suvni oʻz qoʻylarigʻa berdilar. Muso a. s. ul ishtin mutaajjib boʻlub, ul zuaffoning kayfiyati holin soʻrub, alar dedilarkim, biz Shu’ayb paygʻambar qizlaribiz. Kuffor qoʻylarin suvorgʻondin soʻngra, ul galadin qolgʻon tufayli suvdurkim, biz ham suvlab borurbiz. Muso a. s. alarning qoʻylarigʻa suv tortib serob qilib yibordi.

Alar xushnud kelib Shu’aybqa ul holdin xabar berdilar. Shu’ayb a. s. Muso a. s.ni uyiga indab, hasab va nasabni ma’lum qilib, Safura otligʻ qizin anga atadi. Shu shart bilakim, sekiz yil Muso a. s. Shu’ayb a. s.ning kutgan mi’od oʻtkach, Muso a. s.ni uylandurub, biror nima molidin berib, oʻn yildin soʻngra odam Safiyulloh bihishtdin chiqargʻon asoni anga berib, ani Misrgʻa uzotti. Va aso bobida soʻz koʻptur. Mabsut kutubdin bilsa boʻlur.

Chun Muso a. s. besh kun yurudi, Turi Sino togʻiga yetishti. Oltinchi kechakim havo sovugʻ boʻlub, bulut olamni tiyra qildi. Safuragʻa tugʻurur dardi paydo boʻlub, oʻtqa ehtiyoj boʻldi va ul togʻ sori mutavajjih boʻldikim, oʻt keturgay. Koʻp yurgondin soʻngra bir yoruglugʻ koʻrundi, yetkoch, ul yorugʻlugʻ bir daraxtda erdi, Muso a. s. yetkoch, daraxtqa chiqti. Va ul yorugʻlugʻ qoshida quyosh nuri tiyra koʻrundi, ammo yigʻochni kuydurmay yafrogʻ va shoxlarin tozaroq qilib erdi. Muso a. s.gʻa hayrat gʻolib boʻlub dedi: Yo rab, bu na hol erkin? «Inni analloh»26 nidosi kelib, Muso a. s.ning davlatmand boshigʻa risolat toji qoʻyuldi va saodatmand egniga nubuvvat xil’ati kiyduruldi va yadi bayzo va aso moʻ’jizasi karomat boʻldi. Va orada oʻtkon mukolama «Toho» surasida ma’lum. Va Muso a. s. oʻz ubudiyyati ajzin zohir qilib, Horun a. s.gʻa ham nubuvvat davlati nasib boʻlub, Fir’avn hidoyatigʻa va bani Isroil istixlosigʻa ma’mur boʻldi. Muso a. s. vodiyi muqaddasdin masrur yonib, manzilga kelib, tonglasi Misr azimati qilib, yotkon kecha onasi uyiga borib, onasi va xalqini oʻz dinigʻa kiyurub, Horun a. s.gʻa nubuvvat bashorati berib, tonglasi Fir’avi qasriga yuzlandi. Va anga nubuvvat farridin elga mahobat dast berib, Fir’avn bila muloqot qilib, ani Tengri taolo ubudiyyatigʻa dalolat qildi. Va oʻz nubuvvatin izhor qilib, oʻz dinigʻa yoʻl koʻrguzdi. Fir’avn moʻ’jiza tiladi ersa, Muso a. s. asoni ilkidan solgʻoch, ajdahoye boʻldikim, haybatidin necha kishi halok boʻldi. Fir’avn vahmdin behush boʻlub, oʻz holigʻa keldi. Soʻngra, iltimos qilib, Muso a. s. asoni olgʻoch, hamul aso boʻldi. Va asoni olurda yadi bayzo koʻrguzdi. Fir’avn dedi: «Sen sohirsen, mening ham sohirlarim bor. Agar alargʻa gʻolib kelsang, sen degondek qilay, yoʻq ersa, seni halok etay». Sohirlarin yigʻib, holni alargʻa aytti. Alar qabul qildilarkim, necha kundin soʻngra biz sehrlar qilolikim, Muso a. s. ning sehrin botil qilgʻay.

Mi’dod kuni alar ip va yigʻochlar bila yilonlar yasab erdilar, ul dashtqa qoʻygʻoch, mutaharrik boʻlub, Muso a. s. asoni tashlagʻoch, ajdaho boʻlub, ul sehrlarni yutti. Va Muso a. s. tutqonda hamul aso boʻlub, ul: sahara bu holni koʻrgoch, Muso a. s.gʻa iymon keturdilar va bani Isroil masrur boʻldilar.

Osiya dagʻi Fir’avn musohabati kuduratda batang boʻldi, haq taologʻa munojat qildikim, «Rabbibni li indaka baytan fil jannati va najjini min Fir’avna va amalihi va najjini minal qavmizzolimin»27. Haq taolo duosin mustajob qildi va Fir’avn bani Isroilning sururin koʻrub, soyir qibtilargʻa buyurdikim, alargʻa burungʻidin koʻprak izo qilgʻaylar. Alar Muso a. s. hazratida tazarru’ va tazallum qildilar ersa, Muso a. s. qibtilar bobida duo qildi va baliyyat alar sori yuzlandi. Ul el uch yil qahat balosigʻa giriftor boʻldilar. Ikkinchi, toʻfon balosi erdikim, ba’zi yogʻin debdurlar, ba’zi toun, oʻzga nimalar ham debdurlar. Bu balo yeti kungacha boʻldi va aksar ashroflari oʻldi. Va uchunchi, chugurtka balosi erdikim, borcha mazruot va jihotlarin nobud qildi. Bu ham yeti kun erdi. Toʻrtinchi, qaml balosi erdikim, a’zolarigʻa, balki quloq va koʻzlarigʻa tushub, koʻpini ma’dum qildi. Anda ixtilof koʻptur. Beshinchi, zafo’ balosi erdi. Chun bular bila ul badbaxtlar tanbih boʻlmadilar. Oltinchi balo ul erdikim, haq taolo alargʻa Nil suyin qon qildi. Bani Isroilgʻa suv erdi, qibtigʻa qon. Bu ham yeti kunga tortti. Yetinchi balo ul edikim, azim yellar va tiyra havolar va ra’du barq alarni halok etti. Va sekizinchi balo ul erdikim, yozi vuhush va sibo’ini haq taolo alargʻa musallat qildikim, azob qildilar. Har balo boʻlgʻonda shart qilur erdilarkim, daf’ boʻlgʻonda, imon keltiroli. Muso a. s. duo bila daf’ qilgʻoch, kufrda muzirroq boʻlub, bani Isroilgʻa zulm koʻprak qilur erdilar. Chun Muso a. s. Fir’avn bila qavmidin noumid boʻldi, oʻz qavmi bani Isroilgʻa haq taolo amri bila buyurdikim, Misrdin chiqib, Nil qirogʻinda tushsunlar. Ul qavm buyurgʻondek qildilar. Oʻtkon baliyot asnosida Fir’avn sarhi mumarradni Homongʻa buyurdikim, osmongʻa chiqib, Muso a. s.ning tengrisi bila urushay, deb koʻp muddat ustodlarni jam’ qilib, ul sarhni yasadikim, «Yo Homonubni li sarhan»28 anga doldur. Va aning irtifo’in ba’zi toʻrt yigʻoch va ba’zi mundin ortuq debdurlar. Fir’avn chun ul qasrgʻa chiqti, osmon anga yerdin koʻrungondek koʻrundi. Munfail tushkondin soʻng, haq taolo amri bila ul qasr nobud boʻldi. Chun Muso a. s. qavmin Nil qirogʻinda ta’biya qildi, Muso a. s. ning tobutin aning vasiyati mujibi bila olib chiqtilar. Va ul maqbara Nil rudi ichinda qolib erdi, Muso a. s. duosi bila suv aning ustidin ketti. To yerni qozib, tobutnikim, ba’zi toshdin, ba’zi shishadin debturlar, chiqordilar. Fir’avn bu holatdin vuquf topgʻoch, cherik tortib, Muso a. s. roʻbaroʻyigʻa chiqti. Ul sipahning adadin hisobdin toshqari debturlar. Muso a. s. bagʻoyat mutavahhim boʻldi, Muso a. s.gʻa nido keldikim, «Izrib biasokal bahra»29.

Muso a. s. haq taolo amrin bajo kelturdi. Nil daryosida oʻn iki yerda suv ayrilib, oʻn iki koʻcha suv paydo boʻldi. Isbot adadi bila muvofiq Muso a. s. har sabt qavmini bir koʻchaga kirarga farmon buyurdi. Alargʻa buyurgʻondek qilib, chun haq taolo amri bila daryo tubi qurub erdi, solim oʻttilar. Fir’avn suv qirgʻogʻigʻa yetkach, ul holni mushohida qilgʻoch, a’zosigʻa ra’sha tushub, suvgʻa kirarda mutaraddid boʻldi va Homon igʻvosi bila otin surdi. Va qibtilar dogʻi kirdilar. Chun tamom cherikdin biri toshqori qolmadi, hanuz biri suvdin chiqmaydurlar erdikim, suvgʻa amr boʻldikim, muttasil boʻlub ravon boʻldi. Qahhorligʻ va muntaqimliq bahri mutalotim boʻldi ersa, bir lahzada Fir’avn bila andoq azim sipohdin osor qolmadi. «Nauzu billohi min gʻazabillohi va nauzu billohi min shururi anfusino va min sayyioti a’molino»30.

Va bu voqea oshuro kunida sodir boʻldi. Va necha kun ul daryo yuzida va iki qirogʻida qibtilardin loshay erdi, nihoyatsiz zeb va tajammulkim, alarning libosida erdi, Muso a. s. qavmigʻa irshod qilur erdikim, bu amvolgʻa tasarruf qilmang. Saodat ahli ma’mur boʻlub, shaqovat ahli ul jihodin ixtiyor qilib jam’ qilur erdilar. To oqibat alargʻa yetishgon quyiroq mazkur boʻlgʻay, inshoallohul-aziz. Va Muso a. s. Yuvsha’ binni Nungʻa qolin sipah qoʻshub, Misrgʻa yibordi. Va ul Misrni fath qilib, qibtilar amvolin va soyir jihotin zabt qilib ham qibtidin bir kishini valiahd qildi, dogʻi Muso a. s.gʻa qoʻshuldi. Va Muso a. s. muharram oyining oʻn ikisida suv yaqosidin koʻchub azimat qildi. Ul yonki Tengri taolo amri erdi, ba’zi Ray shahrigʻa debdurlar. Chun bani Isroil doim Muso a. s.din iltimos qilurlar erdikim, bir alohida shariat bizing uchun Tengri taolodin tilasangkim, ul dastur bila amal qilsak. Ul hazrat munojot qilib, xitob keldikim, Turi Sino togʻigʻa borib, oʻtuz kun roʻza tutub, ulcha tilarsen yetsun.

Muso a. s. qavmning xilofatin Horun a. s.gʻa berib, qavm ashrofidin yetmish kishi ayirib, oʻzi bila olib Turi Sinotogʻigʻa borib, mi’od muqarrar qildikim qachon kelgai. Chun roʻza ayyomi ul muqaddas vodiyda mu’takif boʻldi, Jabrail a. s. kelib, paygʻom kelturdikim, yana oʻn kun dagʻi bu dastur bila oʻtkar. Chui qirq kun oʻtti, Muso a. s. Turgʻa mutavajjih boʻlub, ul jamoat qoldilar. Oralarida bir bulut paydo boʻlub, mone’ boʻldi.

Muso a. s. bila haq subhona va taolo tilsiz takallum qildi va oʻn lavh yibordi. Va anda shariat ahkomi marqum erdi. Va Muso a. s. ru’yat isti’dosi qilib muyassar boʻlmadi. Chun rafiqlari qoshigʻa keldi, ul qavmlari haq taolo kalomin eshiturni istid’o qildilar. Borchani gʻazabi ilohi halok qildi. Yana Muso a. s. qoytib, qavmgʻa mulhaq boʻldi, ul oʻn kun jihatidinkim mav’idgʻa oʻtub erdi, qavm Somiri igʻvosi bila goʻsolaparast boʻlub erdilar, magar oʻn iki ming kishikim isbotdin erdilar.

Muso a. s. bu holdin mutaajjib boʻlub, Horungʻa gʻazab ogoz qildi. Horun a. s. masmu’ uzr etib va Somiri bobida yomon duo qildi va goʻsolani kuydurdi. Va qavm bobida haq taolodin xitob keldikim, ul oʻn iki ming kishikim goʻsola parastish qilmaydurlar, jami’ bani Isroil elini qatl qilsunlar. Gʻarib rustoxez tushti va ajib qatl voqe’ boʻldi. Yana Muso a. s. duosi bila Tengri taolo alarning qolgʻonin bogʻishladi va tigʻ yurumas boʻldi. Muso a. s. buyurdikim, qatldin ilik torttilar. Yana Muso a. s. borib munojot qildi, «Tavrot» nozil boʻldi. Va ul qirq mujallad erdi. Va aning ahkomin qavm eshittilar va qabul qilmadilar va dedilar: «Sami’no va asayno»31. Muso a. s.gʻa yana malolat boʻlub, Jabrail a. s. Tur togʻini yerdin koʻtorib, ul qavm boshi ustiga kelturdikim, Tengri taolo hukmin eshitmasalar, boshlarigʻa urgʻaylar. Zaruratdin sajda qildilar, ammo vahmdin bir yuz bila sajda qilib, bir koʻzlari yuqori togʻ sori erdikim, togʻ tushmagay. Andoqki, yahudgʻa bu dastur boʻldikim, emdi dogʻi bir yuzlari bila sajda qilurlar. Chun qavm din qabul qildilar, yana Muso a. s. duosi bila ul togʻ alar boshi ustidin gʻoyib boʻldi. Va, toʻrt ahkomi olti yuz oʻn uchga qaror tutti. Va Muso a. s. qavmini boshlab, Misrgʻa mutavajjih boʻldi. Va Muso a. s. seksen yashagʻonda Tengri taolo amri bila bir sanduq yasab, javohir bila murassa’ qilib, alvohi samoviyni anda solib, tegrasiga haftrang debodin shodurvon va saroparda tikib, aning muhofazatin Horun a. s. va avlodigʻa muqarrar qildi. Va ani sanduqush-shahoda dedilar. Va ul tavobe’ baytul-muhaddasqa shuhrat tutti. Va bu uchurda bani Isroil Omil otligʻ kishini qardoshining iki oʻgʻli moli uchun oʻlturub, iki qavm orasigʻa soldilar va qotilni topmoq uchun Muso a. s.gʻa ilhoq bunyod qildilar. Muso a. s. ul iki qavmgʻakim, maqtul alarning orasida tolilib erdi, qassomagʻa hukm qildi. Alar qabul qilmadilar va dedilarkim, duo qil, to qotil topilsun. Duo qildi. Tengri taolo hukm buyurdikim, bir oʻyin kelturub oʻlturung va aning bir uzvini maqtulgʻa urung, to aytsunkim, qotili kimdur. Alar oʻy sifatida ilhoh qilib, oʻzlariga ishni dushvor qildilar. To ish anga yettikim, bir oʻykim oʻrta yoshligʻ, rangi sorigʻ, ziroat va yuk zahmatin koʻrmagan boʻlgʻay va nopok yerda oʻtlamamish boʻlgʻay va umrida anga mashaqqat yetmamish boʻlgʻay, topquluq boʻldilar. Andoqkim, Baqara surasida mazkurdur. Va topqondin soʻngra iyosi bahosida mubolagʻa qilib, oʻy terisini yormoq toʻldurub anga berur va’dasi bila oʻyni olib oʻlturdilar. Va etidin oʻlukka urub, oʻluk tirildi. Va Muso a. s. andin qotilin soʻrdi. Ul iki qotilni koʻrguzdi va hamul zamon Tengri hukmin butkardi. Muso a. s. qotillarin qasosqa yetkurdi va ul oʻyni kuydurub, kulin asradilar. Har qachon bu nav’ ish voqe’ boʻlsa, aning kulidin ham bu xosiyat topar erdilar. Va ul moʻ’jiza Horun a. s. avlodida erdi.

Va bu voqeadin soʻngra, bani Isroilgʻa Qurbon farz boʻldi va Qoron joʻyasida Shu’ayb a. s. kelib, Muso a. s. ni koʻrdi. Muso a. s. azim jashn qilib, Shu’ayb a. s. ni znyofat qildi. Va Shu’ayb Muso a. s.gʻa buyurdikim, sibtining rayosatni bir kishigakim, alar orasida aql va kiyosat va shijoat bila orosta boʻlgʻay, muqarrar qildi. Va ul xaloyiqning adadin daftarlarda mastur qildilar. Olti yuz mingdin ortugʻroq erdilarkim, yigirmi yosh bila ellikning orasida erdilar. Shayx va shabobining nihoyati yoʻq erdi. Oʻn iki kishi bulargʻa sardor boʻldilar. Va bu vaqt havoning harorati chogʻi erdi. Haq taolo Muso a. s.ning cheriki ustiga doim bir qaro bulut yiborib erdikim, koʻlanka qilgay.

Nogoh Horun bila Maryamning xiyollarida bu kechtikim, nasab va hasabda biz Musodin kam emasbiz va bashariyat jihatidin bir necha nima Muso a. s. nisbatigʻa. Dedilarkim, ul hazrat ul nimalardin biri erdi. Ul bulutdin bu ish man’igʻa nahiyb un keldikim, ey bani Isroil, sizga ne hadkim, Muso a. s. bila oʻzunguzni teng tutqaysizkim, bu kungacha barcha mursal paygʻambarlarni Jabrail vositasi bila va ilhom bila va roʻyo bila oʻz xitobimizgʻa musharraf qilibmiz. Va anga vositasiz oʻz kalomi majidimizga takallum qilibbiz va anga berilgan moʻ’jizot hech rasulgʻa berilmaydur. Bu un murtafn’ boʻlgʻoch, ul bulut dogʻi gʻoyib boʻlub havo ostida harorat topib, Horun a. s. bila Maryam Muso a. s. hazratida ul gustoxliqdin istigʻfor qildilar va ul afv qildi. Ammo Maryam yuziga baras illati zohir boʻlub, ul ham Muso a. s. duosi bila daf’ boʻldi. Yana Qorun qissasidur. Ul bani Isroilda ilmu fazlda munfarid erdi. Va gʻoyat husn va jamolidin ani munavvar derlar erdi. Va Muso a. s.ning yaqin qarobatidur. Va Muso a. s. aning tarbiyatida mubolagʻa qilur erdi. Va ulumi gʻariba va fununi ajibakim, fayzn ilohidin muborak zamirigʻa munaqqash erdi. Aning fahmi yetkoncha ne anga ta’lim qilur erdi, bu jumladin, kimyo ilmidurkim, Qorun oʻrgonib anga ishtigʻol koʻrguzdi. Va aning molu tajammuli ul yerga yettikim, xazoyinu kunuzlarining kalidlarin qirq xachir koʻtarur erdi. Aksar bani Isroil anga munqod boʻldilar.

Muso a. s. anga amr qildikim, mingdin bir zakot Tengri taolo hukmi bila bergil. Ul betavfiq ibo qildi, bu Baytul-muqaddas va sanduqi shahodat ixtiyoriki Horun a. s.gʻa taalluq erdi, istid’o qildi. Muso a. s. anttikim, ul ishlar haq taolo amri bila anga qaror tutubdur. Andoqki, muncha zohir asbobi sanga mutaalliq boʻlubdur. Qorun Muso a. s.gʻa ihonat va istehzo qilib, bir zaifagʻa koʻp mol berib buyurdikim,, Muso xaloyiqqa va’z va nasihat qilurda, ul zaifa qoʻpub, Muso a. s.gʻa oʻzi bila tuhmat qilgʻay va tavriya hukmi bila Muso a. s.ni bani Isroilgʻa buyurub siyosat qildurgʻay. Ul vaqtni asrab, ul xotun qoʻpub, bu soʻzni ayturda Tengri taolo tiliga rost soʻzlar soldikim, Qorun anga buyurtubdur. Va soʻzi tugagondin soʻng, iymon arz qilib Muso a. s.gʻa uzr quldi. Muso a. s.gʻa Qorun ishida gʻazab mustavliy boʻlub, munojot qilib, Jabrail a. s. kelib, hukm kelturdikim, biz yerni saning farmoningda qilduq, Horun har nega shoyista boʻlsa qil. Muso a. s. xushhol boʻlub qavmgʻa buyurdikim, Tengri taolo meni Qorungʻa muzaffar qildi. Har kim aning tobe’idur, anga qoʻshulsun, maning tobe’im manga qotilsun.

Qavm mutavahhim boʻlub, Muso a. s.ga qoʻshuldilar.. Muso a. s. yerga ayttiki, «Yo arzi xuzihi»32. Yer Qorunni oshugʻigʻacha oʻziga tortti. Horun dedikim, ey Muso yana sehr ogʻoz qilding. Muso a. s. aytti: «Yo arzi xuzyhi». Tizigʻacha yerga botti. Qorun mutaiahhim boʻlub», uzr ogʻoz qildi. Muso a. s. gʻa maqbul tushman yerga amr aytar erdi va yer ani quyiroq tortar erdi, to tamom yerga kirdi va gum boʻldi. Xitob keldiki, yo Muso, Qorun sendin yetmish qotla iymon tiladi va topmadi. Bir qotla bizdin tilasa erdi, qabul qilur erduk. Muso a. s. dedikim, men dogʻi koʻz tutar erdimkim, sandin iymon tilagay. Taqdiring yoʻq erdi, tilamadi. Andin soʻngra qavm arozil va botilga gumon boʻldikim, Muso a. s. Qorunning moli tama’igʻa ani halok qildi. Muso a. s. duo qildikim, aning yigʻilgʻoni majmu’i yerga kirdikim, hech nima qolmadi. Va Muso a. s. gʻa amri ilohi nozil boʻlub erdikim, Shom diyoriga a’moliqa va jabborlar daf’in qilgʻan. Va ul toifa bagʻoyat zaxim va jasim el erdilar. Avj binni Unuqki mashhurdurkim, boshi bulutqa surtulur erdi, ul qavmdin erdi. Muso a. s. oʻn iki naqibnikim, qavmning sardori qilib erdi, yibordikim, Shomga borib, ul qavm ahvolining kayfiyatin bilib, xabar kelturgaylar. Oʻzi qavm bila alar soʻngicha tebradi. Alar Shomgʻa yetib ittifoqo Avj binni Unuqqa yoʻluqtilar va Avj alarni tutub, ba’zi debdurlarkim, etokiga solib, ba’zi debdurlarkim ovuchigʻa olib, podshoh qoshigʻa elttikim, bu toifa keladur ermishki, mulkni bizdin olgʻaylar. Tamasxur qilib, ul jamoatni qoʻydilar. Qoytib shart qildilarkim, koʻrgonlarin Muso a. s.din oʻzga kishiga demagaylar, qavm eshitsalar, tavahhum gʻolib boʻlub, munhazam boʻlmagʻaylar. Ammo qavmgʻa yetkondin soʻngra Yuvsha’ binni Nungʻa Qolab binni Yufnodin oʻzga oʻn rafiq yurub, qavmgʻa ayttilar: Muso a. s. Shom azimatin musammam qilib, bani Isroil dedilarkim, bizga a’moliqa bila urushur quvvat yoʻqtur, urushgʻa bormasbiz. Ey Muso, agar Shom mulki hukumatin tilarsen, «Izhab anta va rabbuka faqotilo»33. Muso a. s. qavmidin ranja boʻlub, sajda qilib ayttikim, «Rabbi inni lo amliku illo nafsi va axi, fafruq baynano va baynal qavmil fosiqin»34. Va Yuvsha’ va Kolut yigʻlab, qavmni yomon duo qildilar. Hamul zamon xitob keldikim, Ey Muso, necha bu qavm bizing voziha oyot va loyiha bayyinotimizni koʻrub, tamarrud va isyon qilgʻaylar. Chun bularni fosiq deding, jazolarin beroli. Bu vai’ddin soʻng, ul oʻn kishikim, ahdlarin sindurub erdilar, jasadlari erib oqti! Va qavm qolib, Muso va Horun va Yuvsha’ va Kolut a. s. Shomgʻa azimat qildilar. Va bani Isroil Misrgʻa yondilar. Va ul kun tongidin oqshomgʻacha yoʻl yurub, oqshom manzilgʻa tushgondin soʻngra koʻrdilarkim, hamul koʻchgon manzil erdi. Hayrat bila tonglasi koʻchub, yana bu holni koʻrdilar. Bildilarkim, ul af’ollari jihatidin Tengri taolo alarni bu balogʻa giriftor qildi, yerdin chiqardin noumid boʻlub, yerlik yeriga tushub, koʻngullarin baloga qoʻndilar.

Muso a. s. chun ashob bila Shomga yettilar, ul kishikim avval alargʻa uchradi, Avj binni Unuq erdi. Debdurlarki, Avj bir togʻ porasin koʻtorib, jami’ kavmning ustiga tashlab, borisin halok qildi, deb keladur erdi. Soni’i korsoz qudrat izhorigʻa hudhudga amr qildikim, ul togʻ ustida oʻlturub choʻqugʻoch, andoq teshildikim, Avjning boʻynigʻa tushub, ani halok qildi. Ba’zi debdurlarkim, Muso a. s. asosi zarbi bila oʻldi.

Va Muso a. s. ashob bila qavm sori keldilarkim, bu kishi halok boʻldi. Alar ul hollarin arz qildilar. Muso a. s. duo qilib, alargʻa karak va taranjabin yogʻar erdi. Va bir toshtin iki bulogʻ joriy boʻlub, alar serob boʻlur erdilar, to haq taolo ul qavmni qirq yil ul bodiyada azob bila halok qildikim, biri qolmadi. Ammo qudrat koʻrguzub, tihada boʻlgʻon avlod va atbo’larin alarning adadi bila muvofiq biyobondin najot berdi va qavmdin hamul toʻrt buzurgvor chiqdilar. Muso a. s.ning fazlu ilm va nubuvvat jihatidin martabasi andin oʻttikim, uqul havsalasigʻa sigʻiqmay, yo tiliga, yo koʻngliga kechtikim, oyo bu kun olam yuzida Tengri taoloning mendin donoroq bandasi bormu ekan? Xitob keldikim, ey Muso, oʻzungdin olimroq bandani koʻrar boʻlsang, majmaul bahrayngʻa bor. Muso va Yuvsha’ a. s. ul mavzi’gʻa bordilar va bir tosh ustida bulogʻ boshida ozuqlarni unuttilar. Va ul qoq boligʻ erdi. Xizr a. s. maqdami barakotidin ul boligʻ tirilib, talpinib oʻzin suvgʻa soldi. Muso a. s. Yuvsha’din ju’ daf’igʻa nima tiladi ersa, Yuvsha’ z. s. aytti, zodni falon tosh ustida unutibmen. Ikov yondilar: «Qola Araayta iz avayno ilassaxrati fainni nasitul huta»35. Chun yonib ul mavzi’gʻa yettilar. Muso a. s. Xizr a. s.gʻa musharraf boʻlub, andin musohabat istid’osi qildi. Xizr a. s. dedikim, shoyad sanga mening musohabatligʻim toqati boʻlmagʻay. Muso a. s. dedikim, «Satajiduni insho allohu sobiran valo a’si laka amro»36 bu shart bila ikov bir kemaga kirdilar va bahr qat’ining asnosida Xizr a. s. ul kemaning tubin teshib, ma’yub qildi. Base zahmat bila yasadilar. Muso a. s. taajjub qilib, sababin soʻrdi. Xizr a. s. ayttikim, «Alam aqul innaka lan tastatia maiya sabran»37. Muso a. s. xomush boʻlub, kemadin chiqqondin soʻng bir shahrgʻa yettilar. Suruk atfol oʻyungʻa mashgʻul erdilar. Xizr a. s. alar orasidin bir tiflni halok qildi. Muso a. s. ni hayrat beixtiyor qilib, yana ul ish kayfiyatidin savol qildi. Yana Xizr a. s. dedikim, «Alam aqul innaka lan tastatia maiya sabran»37. Muso a. s. yana degondin pushaymon boʻlub, azimat qilib, kechqurun bir shahrgʻa yettilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhu debdurkim, ul Antokiya shahri erdi. Kecha anda boʻlub, ul eldin taom tilab, alar ibo qildilar. Ikov andin oʻtub, bir yerga yettilarkim, bir buzuq devor erdikim, oz asari qolib erdi. Xizr a. s. ul devorni imorat qilib, biyik qildi. Muso a. s. yana taajjub qilib, betoqat boʻlub dedikim, bu devorni ne jihatdin imorat qilmoqgʻa bois erkin. Xizr a. s. dediki, bizing oromizda musohabatligʻ ushmuncha boʻlgʻay. «Qola hozo firoqu bayni va baynika»38. Va lekin uch ish hikmatin Muso a. s. soʻrub, Xizr a. s. ayttikim, kema gʻarqigʻa jihat ul erdikim, chiqqon viloyat podshohi Manzar otligʻ zolim kishidur. Elning butun kemasin zulm bila olur erdi va bu kema oʻn faqirning erdikim, maoshlari aning ijarasi bila kechar erdi. Bu kemani aning uchun teshtimki, payvandligʻ koʻrub, ma’yub deb olmagʻay, to ul faqirlar maosh jihatidin ojiz boʻlmagʻaylar. Va ul tiflki oʻlturdum, musulmon elning oʻgʻli erdi va ulgʻoysa, kofir boʻlgʻusi erdi. Aning maslahati bu qatlda erdikim, kufr ahli zumrasigʻa kirmagay va azobi doʻzax mustavjibi boʻlmagʻay. Ammo bu vayrona imoratigʻa sabab bu erdikim, bu shahrda iki yatim tifldurkim, ato-ano solih erkandur. Va ul atfol uchun bu devor orasida ganj madfun qilibdurlar. Alar bulugʻ haddigʻa yetib, muni tasarruf qilurdek boʻlgʻuncha, bu devor munhadim boʻlur erdi. Va alar oʻz haqlarin topmaslar erdi. Bu nishona jihatidin topqusidurlar.. Muso a. s. Xizr a. s.ning ilmigʻa mu’tarif boʻlub, xayrbod qilib, bir-biridin ayrilishtilar. Ba’zi bu voqeani tihadin burun, ba’zi soʻngra debdurlar. Ammo asah uldurkim, tiha baliyyasi ayyomida erkandur. Ba’zi tavorixda Horun a. s.ning voqeasin tiha baliyyasining uchunchi yilida debdurlar va ba’zi ul baliyyaning qirqinchi yilida va aning sharhi budurkim, mazkur-boʻlgʻon tarixda Muso a. s.gʻa vahyi keldikim, Horun a. s.gʻa ajal yetibdur. Aning bila falon mavzi’gʻa bor. Muso a. s. Horun a. s. bila ul sori mutavajjih boʻldilar. Bir yerga yettilarkim, bir mutakallif uyda bir zebo taxt koʻrundi. Horun a. s. Muso a. s. gʻa ayttikim, xotirim orzu qiladurkim, bu taxt ustida orom topsam. Muso a. s. ayttikim, andoq qil. Horun a. s. istid’o qildikim, Muso a. s. dagʻi aning bila yotqay. Muso a. s. qabul qildi. Chun ikov taxt ustida yottilar, Horun a. s. ruh vadi’atin ajal mutaqoziysigʻa topshurdi. Muso a. s. ma’lum qilgʻoch, aning madfanigʻa mashgʻul boʻlgʻoch, ul uy bila taxt gʻoyib boʻldi. Muso a. s. ul qavmgʻa kelib, xabarni aytti ersa, bani Isroil dedilarkim, Muso a. s. bu jihatdinki qavm andin Horun a. s.ni koʻprak sevarlar, ani oʻzi qatl qilibdur. Muso a. s. duo qildi, to haq taolo ul taxtni Horun a. s. bila alargʻa koʻrguzdi. Va Horun a. s. ul taxtdin qavmgʻa man’ qildi. Dogʻi yana ul taxt gʻoyib boʻldi. Va Muso a. s. uy va taxtni koʻrgan yerga oliy imorat yasab, Horun a. s.ning Alfozor otligʻ oʻgʻlin otasi mansabida voliy qildi. Bu holdin soʻngrakim, Muso a. s.ning yoshi yuz yigirmiga yetib erdi, bani Isroilni hozir qilib, alargʻa nasihatlar qildi. Va kotiblar oʻlturtub, «Tavrot»ni mutaaddid bitib va oʻzi birni muborak xati bila bitib, Jabrail a. s. bila tashih qilib, sandiqush-shahodagʻa soldi. Va oʻzgalarni tashih qilgʻondin soʻngra har qavmigʻa birin berdi. Va aning tilovati va ahkomining ijrosigʻa vasiyat qildi. Va oʻz xilofatiii Yuvsha’ a. s.gʻa berib, elni anga topshurdi, eldin vasiqatlar oldi.

Yuvsha’ a. s. xilofatigʻa va borcha qabul qilgʻondin soʻngra Yuvsha’ bila qavm orasidin chiqti va Yuvsha’ a. s.ni quchub, xayrbod qilib, kiygon koʻngloki orasidin gʻoyib boʻldi. Noinsof qavm Yuvsha’ni Muso a. s. qatligʻa muttaham qilib, mahbus qildilar. Kechasi Muso a. s. qavm tushiga kirib, ul ishdin man’ qilib tonglasi ani qoʻydilar. Va Muso a. s. Horundin uch yosh kichik erdi. Va qabri ma’lum ermaskim qoydadur.

Ruboiy:

Musoki, jahongʻa tushti gʻavgʻosi aning,
Horun erdi vaziri donosi aning.
Chun boʻldn bihisht sori ma’vosi aning,
Ne qoldi aso, ne yadi bayzosi aning.

Ba’zi mutafarriq axborki, ul chogʻ voqea boʻldi, Fir’avn qizining bir mashshotasi bor erdi. Bir kun aning sochin tararda tarogʻi ilikdin tushti. «Bismilloh» deb yerdin oldi. Qiz otasigʻa aytti. Otasi ul zaifani temir qozugʻlar bila chormix qilib, oʻtluq qiziq toshni bosh va yuziga qoʻydurdi. Ul mazluma dindin yonmadi. Va uch oyliq tiflni qiziq tanurgʻa soldi. Va ul tifl onasigʻa fasih til bila dedikim, «Isbiri yo ummoh faqad vasalti ilallohi va nilti rizohu va laysal ona baynaki va baynal-jannati illo xatvatan avxatvatayni»39. Bu holdin azim xalq qibtilardin musulmon boʻldilar. Va Osiya binti Mizohum roziyallohu anho aning maqtali mujmalan oʻtti, chun tojurrijol erdi, oncha bila oʻtsa boʻlmas. Nisbati Lut a. s.gʻa yetar va Fir’avnning aqrabosidindur. Ba’zi aning maqtalin debdurlarkim, mashshotani Fir’avn qatl qilurda, ul iztirob qilib, Fir’avngʻa qotiq soʻzlab, dinni izhor qildi. Fir’avn ani ham mashshotagʻa qilgan azob bila qatl qildi. Ammo azobi chogʻida Muso a. s. duosi bila Tengri taolo ul azobdin alam yetkurmay, bihishti jovidongʻa eltti. Va Muso a. s.ning mu’jizoti borcha anbiyodin koʻptur.

Yuvsha’ binni Nun a. s. mursal paygʻambardur. Va Muso a. s.din soʻngra Shom xilofatin yaxshi qildi. Va koʻprak mufassirlar muttafiqdurlar mungakim, haq subhona va taolo ul oyatda debdurkim: «Va iz qola Muso lifatohu lo abrahu hatto ablugʻa majmaal bahrayni av amziya huquban»40 iborat Yuvsha’dindur. Anga amr boʻldikim, Muso a. s.din soʻngra, Shom jabborlari yana istilo toptilar, borib alarni daf’ qilgʻan. Yuvsha’ a. s. bani Isroil bila mutavajjih boʻlub, Ardun rudigʻa yetkonda, suv uluq erdi, Muso duosi bila Nil shaq boʻlub cherik oʻtti. Va Ari shahrikim, matonat va qoʻrgʻoni rif’atda vasfdin toshqoridur, muhosara qildi. Xaloyiq ayttilarkim, bu qal’ani muhosara bila olmoq mumkin ermas. Yuvsha’ a. s. eshitib, duo qildi. Ul qoʻrgʻonning porasi yiqilib, qavm kirib tasarruf qildilar va gʻanoyimni Yuvsha’ a. s. amri ilohi bila buyurdikim, kuydirdilar. Bir kishi bir oltin toshin xiyonat qilib erdi, xoingʻa ham oʻt tushti. Va bu voqeadin soʻngra Yuvsha’ a. s. qavmgʻa amr qildikim, oʻtgan yozugʻlaringiz uzri uchun Tengri hazratida tazarru’ qilib, talabi magʻfirat qiling! Alarkim amr baho kelturdilar, magʻfur boʻldilar. Ba’zi ul soʻzga istehzo qildilar. Osmondin bir oʻt tushub, mustahziy elni oʻrtadi. Va Yuvsha’ a. s. Dori shahrini fath qilib, Balqogʻa mutavajjih boʻldilar. Va Boliq degan anda podshoh erdi. Bal’am Bo’urki, mustajobud-da’va erdi, ul shahrda erdi.

Yuvsha’ a. s. muhosara qilgʻondin soʻngra Boliq istido’sidin duo qildikim, Yuvsha’ a. s. sipohi munhazim boʻldi. Yuvsha’ a. s. munojot qildikim, xitob keldikim, bu shahrda bir banda biznig ismi a’zam bila duo qilur. Bu inhizom aning duosidin boʻldi. Yuvsha’ a. s. dedikim, bori xudoyo, chun gʻayri mavqe’ duo qildi, ul ismni anga unuturgʻil. Tengri taolo Yuvsha’ a. s. istid’osi bila ul ism Bal’am zamiridin mahv boʻldi. Yana Yuvsha’ a. s. sipoh yigʻib, ul shahrni muhosara qildi. Bu qotla xush shakl fohishalarni shahrdin chiqardilarkim, bani Isroildin har kim zino qilsa erdi, Tengri taolo balo yiborur erdi. Birov ul favohishdin biri bila zino qilgʻoch, orolarigʻa toun tushti. Ul kishi bila ul fohishani oʻlturub, xalq tazarru’ qilib, Yuvsha’ a. s. duosi bila Tengri taolo ul baloni daf’ qildi. Andin soʻngra Yuvsha’ a. s. ul shahrni fath qildi va a’moliqa qatligʻa hukm qildi. Va Bal’am ham ul maqtullar orasida, chun islom tarkin qilib erdi, doʻzax azimati qildi, jum’a sabohidin shomigʻacha yoqin qatl erdi. Va a’moliqadin xotirjam’ boʻlmaydur erdi. Bani Isroilgʻa shanba kechasi va kuni ham toatdin oʻzga ishga ruxsat yoʻq erdi.

Yuvsha’ a. s. duosi bila Tengri taolo kunni magʻrib soridin qoytorib, falakda oncha tavaqquf berdikim, qavm dushman ishidin forigʻ boʻlub, oʻz ibodatlarigʻa mashgʻul boʻldilar. Va gunashni Yuvsha’ a. s.din boshqa Tengri taolo Sulaymon a. s. bila amirul-moʻminin Ali karramullohi vajha moʻ’jiza va karomatidin magʻribdin mashriq sori harakat berdi. Har qoysi oʻz yerida kelgay, inshoalloh taolo.

Va Yuvsha’ a. s. bu fathdin soʻngra O’y degan shahrni ham fath qilib, zlidin oʻn iki ming kofirni qatl qildi. Va ul diyorda koʻp xalqni islomgʻa kiyurdi. Va magʻrib zamingʻa azm qilib, koʻp bilod olib, oʻtuz bir podshoh kuffordin oʻlturub qoytti. Va muncha gʻaroyib taqriban yeti yilda boʻldi. Va andin soʻngra, yigirmi yil xalqni «Tavrot» mutolaasigʻa ta’lim qildi. Andin soʻng qazo yetti. Va ba’zi islomgʻa kirganlardin ham murtad boʻldilar debdurlar. Kolut binni Buqyoni oʻz xilofatigʻa musharraf qilib, xalqni anga topshurdi va olamdin vido’ qilib chiqti yoshi ba’zi rivoyatda yuz oʻn va ba’zida yuz yigirmi yetidur. Vallohu a’lam.

She’r:

Yuvsha’ki, solib kufr ahli koʻngliga xarosh,
Muso dinida el bila qildi maosh.
Har necha quyoshda ayladi mu’jiza fosh,
Oxir qaro yerga kirdi andoqki quyosh.

Kolut binni Yufno a. s. koʻprak ulamo qoshida mursaldur. Yuvsha’ a. s.din soʻngra bani Isronlni yaxshi zabt qilib, mulk ochti. Oxirul-amr Salm xayyomigʻa sipoh tortib, malik Boraqni asir qildi. Va ul ko-fire erdnkim, yillar jabbor sifatligʻ bila saltanat qildi. Derlarki, yetmish podiyuh va podshohlin doiya qilgʻonlar aning hibsida erdilarkim, bormogʻlarin kesib erdi. Shom taomi tortilurda alarni hozir qilib, ilaylariga taom qoʻidilar va alar ogʻizlarin yerga kelturub, iЂlardek nima yerlar erdi. Kolut aning bila ham bu muomalani qildi. Chun bu fath dast berdi, Kolut qavmni Misrgʻa olib keldi va koʻp vaqt ham nubuvvat va ham saltanat surdi. Oqibat oʻgʻli Nusho Qavsga saltanatni musallam tutub, valiahd qilib, olamdin oʻtti. Muddati zamoni necha yil erkani ma’dum ermas uchun bitilmadi.

Ruboiy:

Kolutki, Yuvsha’ vasiy etti oni,
Koʻp vaqt erdi olam aro davroni.
Ham shahligʻ va ham nubuvvat erdi shoni,
Gar shohu gar nabiy boʻlurlar foni.

Hizqil a. s. Xaloyiq ani Abula’juz dedilar. Sharhi bukim, atosining iki xotuni bor erdi. Aning anosigʻa farzand boʻlmas erdi. Va yoshi ham ulgʻoyib erdi. Ammo yana bir xotundin oʻn oʻgʻli bor erdi. Va bu xotun andoqki, zuafo rasmidur, ul birga ham oʻgʻulsizliq jihatidin ham ta’n qilur erdi, ham ajuzaligʻ jihatidin shamotat koʻrguzur erdi. Ajuza aning shamotatidin mutaassir boʻlub, bir kecha tong otquncha munojot qilib, Tengri taolodin bu baloning ilojin tiladi. Tengri taolo aning duosin bu nav’ mustajob qilibdurkim, ul oʻn iki yoshtin yigit boʻldi. Va Hizqil a. s.ning atosidin homila boʻlub, Hizqil a. s. vujudqa keldi. Bu jihatdin ani Abulajuz debdurlar. Tafsir ahli qoshida muxolifatdur, bu bobdakim ul paygʻambarkim, qavmini Tengri taolo isyonlari jihatidin halok qildi va ul duo bila borchasin tirguzdi, Yuvsha’dur, yo Ushmul, yo Hizqil a. s. Va debdurlarkim, asah uldurkim, Hizqil a. s. boʻlgʻay. Ul voqea bu nav’durkim, Hizqil a. s.gʻa amr boʻldikim, Ilyo shahrigʻa borib, kufforni dingʻa dalolat qilgʻay. Va ba’zi Doron degan shahrni debdurlar. Hizqil a. s. amrni bu qavmgʻa targʻib qildi. Qabul qilmadilar. Qahri yalohi qavmni toun balosigʻa mubtalo qildi. Qavm ul balo maxlasigʻa jalo ixtiyor qildilar. Chun mulklaridin bir miqdor yoʻl chiqdilar, bir hoyil un osmondin kelib, borchasi halok boʻldilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu alarni toʻrt ming debdur va Hasan sekiz ming va Vahb binni Munabbih sekson ming. Har taqdir bila, chun borcha halok boʻldilar, kishi yoʻq erdikim, alarni dafn qilgʻay. Islonib etlari soʻngaklaridin ayrildi. Hizqil a. s. e’tikofidin chiqib, chun qavmgʻa oʻtub, ul holni koʻrdi, koʻngliga riqqat boʻlub, duo qildikim, Yorab, bu xalqni tirguz! Duosi mustajob boʻldi, Tengri taolo alarni borchasin tirguzdi. Bo vujudi bu gʻarib hol qavm gohi Hizqil a. s. amrigʻa muti’ erdilar, goh emas erdilar. Muborak xotiri alardin malul boʻlub, vatandin hijrat qilib, Bobilgʻa bordi. Va anda muddate boʻlub, Tengri taolo hukmin butkardi. Va muborak marqadin Hilla bila Kufa orasida ham debdurlar.

Ruboiy:

Hizqil erdi rasuli pokiza sifot,
Mursal dedilar nubuvvatin borcha siqot.
Oʻlganlar agarchi damidin topti hayot,
Oʻlmakdin oʻziga boʻlmadi lek najot.

Ilyos a. s. Horun a. s. naslidindur. Ba’zi ani Idris debdurlar, bu man’i bilaki, aning ruhi va haqiqati bu surat bila noqislar takmili uchun zuhur qilmish boʻlgʻay. Ba’zi ham musallam tutmaydurlar.

Rivoyatdurki, Hizqil a. s.din soʻngra bani Isroigʻ orasida millat haysiyyatidin koʻp bulgonchugʻluq voqe’ buldi. Ul nav’ki, Muso a. s. dini arodin chiqti va «Tavrot» ahkomi unut boʻldi va anvo’ butlar yasab, ul qavm butparastligʻqa mashgʻul boʻldilar va fisq va isyonlari haddin oʻtti. Haq taolo Ilyos a. s.ni alarning hidoyati uchun mab’us qildi. Va Ilyos a. s. alarni Tengri taologʻa dalolat qildi. Hech kishi Ilyos a. s. soʻzin qabul qilmadi va aning qatli qasdigʻa mashgʻul boʻldilar. Ilyos a. s. amri ilohi bila alarning arosidik chiqib togʻlar arosida mahfiy maosh oʻtkarur erdi, to ulki Ba’labak podshohi bir azim but yasab, otin Ba’l qoʻydi. Va borcha ishda istionat andin qilur erdi. Va sevar oʻgʻli xasta boʻldi. Har necha aning sihatin istid’o qildi, foyda topmadi. Xotuni makkorai qattola gʻarib erdi. Bani Isroildin yegi podshohgʻa tegib erdi. Har birin bir hiyla bila oʻlturub va yetmish farzand ul salotindin hosil qilib erdi. Va Ilyos a. s.gʻa bagʻoyat dushman erdi va aning qatligʻa koʻp sa’y qilur erdi. Va oʻgʻli shifosigʻa Shom viloyati butlaridin istimdod uchun jamoati kasir yiborib erdi. Ilyos a. s. chun alargʻa uchrab dedikim, ey nodon qavm, bu ja-modlardin hech naf’ va zarar yoʻqdur, nega anga marau bergan xoliqdin shifosin tilamassiz? Qavmgʻa aning soʻzi haybatidin titrotma tushti. Kelib podshohqa ayttilarkim, kishilar yiborib Ilyos a. s.ni keltururgʻa hukm qildi. Ul elga osmondin oʻt tushub kuydilar. Necha qotla bu nav’ voqe’ boʻldi. Oqibat Ilyos a. s. amri ilohi bilan Ba’labakka kelib, Yunus a. s. atosi uyida qaror tutti. Va Yunus a. s. tifl erdi, necha kundin soʻngra yana togʻu dasht azimati qildi. Va ul favrda Yunus a. s. gʻa ajal yetib oxir boʻldi.

Yunus a. s. atosi Ilyos a. s.ni topib iltimos qilib, Ilyos a. s. duosi bilan Yunus a. s. badanigʻa ruh kirib ihyo zumrasigʻa kirdi. Va Ilyos a. s. ajuzalar uylarida maxfiy yurur erdi. Chun qavm nodonligʻidin malul boʻldi, duo qildi, uch yil elga yogʻin yogʻmadi va azim qahat boʻldi. Bu asnoda Alyasa’ a. s. Ilyos a. s.gʻa rafiq, boʻldi. Va ul yigit erdi. Va Ilyos a. s. ulgʻoyib erdi, yana amri ilohi bila qavm arosigʻa kirib dedi, yil-lardurkim bu jamodlarni parastish qiladursiz, bulargʻa shafoat qilingkim, sizga yogʻin yogʻsun. Va illoh, siz iymon kelturung, men Tengri taologʻa munojot qilay to yogʻin yogʻsun. Qabul qildilar. Alar shafoatidin yubusat koʻprak boʻlgʻay. Ilyos a. s. duosidin yogʻin yogʻib, hububot koʻkardi. Kuffor va’dagʻa vafo qilmadilar, Ilyos a. s.gʻa ul gumrohlar ixtilotidin malolat ortqondin soʻngra, Alyasa’ a. s. ni xilofatigʻa ta’yin qilib, xaloyiq koʻzidin maxfiy boʻldi. Va Tengri taolo ani izzat qibobida eldin mastur asrabdur. Bahru bar darmondalarigʻa dastgirliq qilur. Va holo tirikdur. Avdoqki, Hizr a. s. vallohu taolo a’lam. Va muddat va da’vatida bir kishi aning dinigʻa kirdi.

Ruboiy:

Ilyosqa eldin chu koʻb oʻldi tugʻyon,
Elning koʻzidin ruhdek boʻldi nihon.
Har kimni xalos qilsa eldin yazdon,
Ne tong anga umri abadiy boʻlsa nihon.

Alyasa’ a. s. bani Isroil anbiyosidindur. Atosini. Axtub debdurlar. Va aning ishi dehqonliq erdi. Ilyos a. s.gʻa vahy yettikim, ani valiahding qil! Oʻl hazrat aning tarbiyatigʻa mashgʻul boʻldi, ishi elga xilofatqa yetti. Va muddate bani Isroilni haq taologʻa da’vat qildi. Va andin xoriq odot va mu’jizot koʻp voqe’ boʻlubdur. Ul jumladin biri bukim, birov uyiga mehmon boʻldi va ul mezbonigʻa farzand orzusi erdi va boʻlmas erdi. Aning duosi bila Tengri taolo anga farzand berdi. Va ul farzandigʻa necha vaqtdin soʻngra ajal yetti. Yana aning duosi bila ruh badanigʻa kirib, koʻp vaqt tirildi. Bu nav’ mu’jizoti koʻptur. Bovujudi bu nav’ holot bani Isroil gohi anga munqod erdilar, gohi yoʻq. Xotiri ul eldin toriqib, Zul-kiflni oʻz xilofatigʻa ta’nin qildi. Va oʻzi munojot qilib, Tengri taologʻa vosil boʻldi. Va bu murodini Tengri taolo hosil qildi.

Ruboiy:

Ilyos chu Alyasa’ni voliy etti,
Haqdin anga anvori nubuvvat yetti.
Gar ul qochib el malolatidin ketti,
Ul ketgondek bu dogʻi ketmay netti.

Zul-kifl a. s. bobida ixtilof koʻbdur. Ba’zi ani Dizqil debdurlar. Ba’zi debdurlarki, Ayyub a. s.ning oʻgʻlidur, oti Bashar. Va agar bu rivoyatlardin har qoysi rost boʻlsa, Alyasa’ zamonidin yiroq tushar. Ul asah rivoyat bila Alyasa’ binni Axtub a. s.gʻa vasiydur. Va bu laqab bila mulaqqab boʻlgʻanida aqvol koʻptur. Bu muxtasarda iki qavl bila ixtisor qililur. Biri ulkim, Alyasa’ning vasoyasigʻa bani Isroilning Tengri taologʻa dalolat qilmogʻida Muso a. s. dinining rivojida va «Tavrot» ahkomining ijrosida va ta’limida mutakaffil boʻldi. Yana bir qavl ulkim, Tengri taolo bir kofir podshoh da’vatigʻa amr qildikim, oti Kan’on edi. Ul ayttikim, mendin koʻb isyon voqe’ boʻlubdur. Soʻzung bila iymon qabul qilsam, ne bilaykim Tengri taolo qoshida qabul bormu, yo yoʻq? Magar sen haq taolo rahmatigʻa kafil boʻlgʻaysenqim, men koʻngul tinchi bila iymon keturgaymen. Zul-kifl a. s. Kan’ongʻa kafil boʻldi, kafolat xati bitib berdi. Ul iymon qabul qilib, saltanat tarkin tutub, Tengri ibodatigʻa mashgʻul boʻldi. Chun ajal yetti, ul xatni vasiyat qildikim, aning bila dafn qilgʻaylar. Rivoyat budurkim, haq taolo paygʻambari kafolati jihatidin Kan’ongʻa rahmat qilib, bihisht nasib qildi. Va bir malakka amr boʻldikim, ul xat bila elga zohir boʻlub, Kan’on bashoratin yetkurdi. Qavm ul holdin mutaassir boʻlub, iymon qabul qilib, aning risolatigʻa e’ti-rof qildilar. Ba’zi debdurlarkim, e’tirof ahlining iymonlarigʻa ham qabul uchun kafil boʻldi. Chun ishi Tengri taolo rahmatigʻa e’timodidin bu nav’ ishlarga kafolat erdi, bu laqab bila mashhur boʻldi. Va muddat qavmi hidoyatigʻa ishtigʻol koʻrguzub, olami foniygʻa vido’ qildi.

Ruboiy:

Zul-kifl ishikim, haqqa dalolat erdi,
Haq rahmatidin elga kafolat erdi.
Chun qavmning oyini zalolat erdi,
Oʻtti chu zamirigʻa malolat erdi.

Ashmuil a. s. oliy sha’n paygʻambardur. Zul-Kifl oʻtkandin soʻngra, necha qarngʻacha bani Isroil orasida paygʻambar mab’us boʻlmadn. Va O’diy gʻolib boʻlub, alarning ahvoligʻa koʻp futur yuzlandi, va qatl, va asir va toroj koʻrdilar. Va dushmanlar Sakina tobutidin necha paygʻambarzoda va malikzoda bila toroj va asir elttilar. Qavm tazarru’ qilib, oʻzlariga bir peshvo tiladilar ersa, Tengri taolo Ashmuil a. s.ni mab’us qildi. Va aning bi’sati zamonida oliy imom Tengri rahmatigʻa bordikim, qavmning qabz va basti aning ilkida erdi. Qavm Ashmuildin podshoh istid’o qildilar. Ul ilhom mujibi bila Shovakni dediki,. Tolutqa mashhurdur, Tengri taolo sizga podshohliqqa taqdir qilibdur. Qavm or qildilarkim, bu vaqtgʻacha saltanat Yahudo naslida erdi va Shovak Ibni Yamin naslidin erdi. Ashmuil a. s. dedikim, taqdir budurkim, aning saltanati vaqti yetkach, Quddus togʻnki, muddatlardurki taskin topibdur, oʻtsiz qaynay boshlagʻay. Va Sakina tobutikim, qarnlardur gʻoyib boʻlgʻoli, oshkoro boʻlgʻay. Va hol ulkim, bular vuqu’ topti va Ashmuil a. s. Tolutni saltanat amrigʻa mansub qildi, Qavm dogʻi qabul qildilar. Va ul vaqtda Falastin mulki Jolutning istilosidin bani Isroil ul yergʻa yetib erdikim, borcha zulm koʻrarlar erdi. Soʻngra alargʻa jizya ta’yin qilib erdi, Ashmuil a. s. Tolutnis Jolut daf’igʻa amr qildi. Va Tolut sekson ming cherik bila Falastin mulkiga azimat qildi. Va aning sipohi Jolut vahmidin biyobonda suvsizligʻu isigʻ havo shiddatidin mutafarriq boʻlub, uch yuz oʻn kishi bila Jolutqa yetishti. Va Jolut aning olida sipoh tuzatmakka or qilib, yolgʻuz maydongʻa kirdi. Va Tolut Dovud a. s.gʻa qizin berur va’dasin qildi va anga oʻtru yibordi. Dovud a. s. Jolutni halok qildi. Va Jolutni ham Kalbos derlar. Bani Isroil fath topib, Jolut azim cherikining amvolin tasarruf qildilar. Va Ashmuil a. s.ning yoshi ellik ikkiga yetkanda olamdin oʻtti. Va oʻn iki yil qavm orasida nubuvvat qildi. Va marqadin derlarki, Sovadadur, vallohu a’lam.

Ruboiy:

Chun qavmgʻa Ashmuil boʻldi hodi,
Jazm oʻldi anga rasulluq isnodi.
Elga qilibon haq yoʻlining irshodi,
Azm etti, chu yetti umrining mi’odi.

Dovud binni Iysho a. s. Yahudo avlodidindur. Aning zikri ijmoli bila oʻtti. Juzviy tafsil zarurdur. Ashmuil a. s. zikri dogʻi aning zikrida lozim kelur. Va Dovud a. s. ahvolining tafsili bukim„ Iyshoning oʻn uch oʻgʻli bor erdi. Dovud a. s. Borchadin kichikroq erdi va haqir jussaroq erdi va girih manzarroq erdi va Iysho ani shubonliqqa ta’yin qilib erdi va anga ajib holot mushohada boʻlur erdi. Chun Ashmuil a. s. Kalbos urushigʻa Tolutni muqarrar qildi, vahy keldikim, Jolutning qatli Iysho avlodidin ul birining ilikidadurkim, falon zirih aning boʻyigʻa rostdur. Ashmuil a. s. Iyshoning avlodidin tilab, oʻn iki ogʻoinining boʻyigʻa rost kelmadi, Iyshogʻa aytti: yana oʻgʻlung bor esa, keltur! Iysho ayttikim, bir oʻgʻlum borkim, qoʻy kutar. Ammo anga bu ish qobiliyati noʻqtur va ani tilamak befoydadur. Ashmuil a. s. aning soʻrogʻin soʻrub, borib topti. Qoʻyin suvdin oʻtkaradur erdi, suv ulugʻroq jihatidin qoʻylarni ikirar-ikirar koʻtorib oʻtkarur erdi, Ashmuil a. s. koʻrgach, bildikim, nubuvvat shafqatining osoridur. Aning bila muloqot qilib dedikim, sanga oʻz ahvolingdin gʻaribosor hech ma’lum boʻlurmu? Dovud a. s. aytti: boʻlur. Sharhini soʻrdi ersa, koʻp gʻarib osor bayon qildi. Ul jumladin biri bukim, keldikim, bir tosh maning birla takallum qildikim, men ul tosh menkim, maning bila Horun a. s. falon dushmanini halok qildi. Va men ul toshni olib toʻbragʻa soldim. Yana iki tosh ham ushbu dastur bila biri Muso a. s, biri Ibrohim a. s. dushmanini oʻlturubbiz, bizni dagʻi koʻtor, deb ayttilar. Alarni ham toʻbragʻa solib, solgʻondin soʻngra ucholasi tosh bir boʻldi. Ashmuil a. s. Dovud a. s.gʻa nubuvvat va saltanat bashoratin berib, Tolut qoshigʻa kelturdi. Va Tolut kuyovliki va mulk sherkati va’dasi berib, Dovud a. s. Jolut maydonigʻa kirib, ul toshni anga otib, qodir qudrati bila ani halok qilib Jolut bani Isroilgʻa magʻlub boʻldi, Va Dovud a. s. Tolut va’dalarigʻa vafo tiladi. Tolut koʻp xizmat buyurgʻondin soʻngra, qizin anga berdi. Va bani Isroil qoshida Dovud a. s. ning izzu sharafi ortti. Va Tolut vahmdin pushaymon boʻlub, Dovud a. s. qasdigʻa bel bogʻladi. Dovud a. s. andin qochib, maxfiy yurur zrdi. Tolut koʻb kishi aning topmogʻigʻa ta’yin qilur erdikim, oʻlturgay. Bani Isroil ulamo va ahborini qatlgʻa yetkurdikim, bu toifadin hech kishi qolmadi. Va bu ish vuqu’idin soʻngra nodim boʻlub, parishon hol goʻristonlar kezar erdikim, ne qilsam tengrk taolo tavbamni qabul qilgʻay. Bir mustabojud-da’va zaifa qolib erdi, anga tavassul qilnb, holin dedi. Ul Ashmuil a. s. qabri boshigʻa borib, duo qildi. Ashmuil a. s. qabridin chiqib ayttikim, oni jihod qilsangkim, oʻn oʻgʻlung ilayingda shahid boʻlsalar, soʻngra oʻzung shahodat topib, Tengri taolo tavbangni qabul qilgʻay, deb yana qabrigʻa kirdi. Va qabr butti. Va Tolut Ashmuil buyurgʻonini bajoy kelturub, bani Isroil andin xalos boʻldilar. Bu holdin soʻngra, Dovud a. s. nubuvvat baland poyasi bila saltanat piroyasigʻa musharraf boʻldi. Va aning sha’nida bu oyat keldikim, «Yo Dovudu inno jaa’lnoka xalifatan fil arzi fahkum baynannosi bil haqqi»41.

Va derlarki azimati bir yerga yettikim, toʻrt ming kishi kecha anga nigohbonligʻ qilurlar erdi. Va mu’jizotidin biri hasan savtdurkim, Tengri taolo anga nasib qildi. «Zabur»ni anga irsol qildikim, qachon ul savt bila «Zabur»ni oʻqusa erdi, vahshu tayr, jinu ins yigʻilib, behol boʻlurlar erdi. Va ul gohlar oʻzga libos kiyib, ani tonimas eldin istifsor qilur erdikim, Dovud sizing bila nechuk maosh qiladur. Bir kun anga masmu’ boʻldikim, Dovud a. s.ning aybi budurkim, baytul-moldin maosh oʻtkaradur. Mutaassir boʻlub, Tengri taolodin bir san’at istid’o qildikim, vajhi maosh andin hosil qilgʻay. Tengri taolo zirhgarlik. san’atin anga karomat qildi. Yana bir mu’jizasi bu erdikim, zirhgarlikka hojati ifzor yoʻq erdikim„ temur ilikida mumdek yumshar erdi. Yasalgʻondin soʻngra oʻz holigʻa borur erdi. Rivoyatdurkim, har qachon Dovud a. s. tasbih va tahlilgʻa mashgʻul boʻlsa erdi togʻu tosh va davobu ashjor aning muvofaqatigʻa tasbihgʻa ishtigʻol qilurlar erdi. Va ul avqotin toʻrt qism qilib erdi. Bir kun ulamo bila suhbat tutub dars va ta’limgʻa mashgʻul boʻlur erdi. Va yana bir kun quzzo masnadigʻa oʻlturub, xaloyiq qazoyosin bir-birdin oʻtkarur erdi. Yana bir kun oʻz haramlari bila zist qilur erdi. Yana bir kun munojotda der erdikim, yorab, saning hazratingda ne nav’ maosh qilsamkim, sanga mustahsan tushgay? Xitob kelur erdikim meni koʻp yod qil va men sevgailarni sev, xaloyiqqa oʻz nafsinggʻa hukm qilgʻondek qil va gʻoyib qardoshing farroshidin muhtariz boʻl!

Manquldurkim, bani Isroil ulamosi bir kun dedilarkim, oyo, hech bandagʻa bir kun oʻtgaymukim, andin zillati vujudqa kelmagay? Dovud a. s. dedi: shoyad mendin ibodat qilur kun kelmagay. Va bu xiyol bila ibodat kuni ishga mashgʻul boʻldi. Koʻrdikim, bir gʻarib ranglik farishta, kabutar chiroyliq erdi, ravzandin kirib, aning qoshinda qoʻndi. Dovud a. s.gʻa qil-gʻon xiyolin unututturdilar. Ul qushni tutargʻa mayl qilgʻoch, ul qush ravzandin chiqib, tomgʻa qoʻndi. Dovud. a. s. ani tutmoqgʻa tomgʻa chiqti. Haryon koʻz solurdakim, qush qayon bordi ekan, koʻzi savmaasi yonidagʻi bir boʻstongʻa tushtikim, bir jamila gʻusl qiladur erdi. Xotiri bagʻoyat moyil boʻldi. Tafahhus qilgʻondin soʻngra bildikim, Uryoning mankuhasidur. Va Uryo Dovud a. s.ning Savob otligʻ inisi bila Balqo shahrining muhosarasi mashgʻul erdi. Va qavmda mutaayyin kishi erdi. Dovud a. s. Savobqa noma bitib, dushvor ish Uryogʻa ruju’ qildikim, Uryo ul harbda shahid boʻldi.. Va Dovud a. s. ul zaifaning iddati oʻtkondin soʻngra nikoh qilmoq boʻldi. Va hamonoki, Dovud a. s.ning toʻqson toʻquz harami bor erdi. Ul zaifa dedi: bu sharg bila qabul qilurmenkim, mendin oʻgʻlung boʻlsa, valiahding boʻlgʻay. Dovud a. s. qabul qilub, ani quldi. Sulaymon a. s.ning onasi uldurkim, nubuvvat va saltanat Dovud a. s. din soʻngra anga yetti. Va muddate Dovud a. s. ni Tengri taolo qilgʻon xatosigʻa olim; qilmadi, to bir kun xilvatida toatqa mashgʻul erdikim, ilayida necha kishi hozir boʻldi. Va bu ish gʻayri ma’hud erdi. Dovud a. s. soʻrdikim, ne xalqsiz? Alar dedilar, qoʻrqma. «Qolu lo taxaf, xasmoni bagʻo ba’zuno alo ba’zin fahkum baynano bil haqqi valo tushtit vahdino ilo savois-sirot»42.

Dovud a. s. xusumatlaridin soʻrdi. Alardin biri yana biridin shikoyat qildikim, toʻqson toʻquz qoʻyi bor. Va mening bir qoʻyum bor erdi, mendin tama’ qilib, ul qoʻyumni oldi. Dovud a. s. ayttikim, mundoq boʻlsa, sanga zulm qilibdururlar. Alar tabassum boʻlub dedilar: Qazo-ar-rajulu alo nafsihi»43. Va gʻoyib boʻl-dilar. Dovud a. s. bildikim, alar maloyika erdilar. Va Dovud a. s. oʻz qilgʻon ishining qabohatidin xotirigʻa kelib, dud boshigʻa oshti. Va bu xatosi uzrigʻa qirq kun sajdadin bosh koʻtarmadi. Navha bila oʻz holigʻa yigʻlab tazallum qildi. Jabrail a. s. kelib, baxshish bashoratin kelturub dedikim, Uryoning rizosin hosil qil, Tengri taolo karami bila xud guno-hingdin oʻtti.

Dovud a. s. Jabrail ta’limi bila Uryo qabri boshigʻa borib, Uryodin talabi afv qildi. Haq taolo Uryo tanigʻa ruh kiyurub, Dovud a. s. ani qatlgʻa amr qilgʻonin afv qilib, mankuhasin nikoh qilgʻoli jihatidin javob bermadi. Dovud a. s. boshigʻa tufroq sovu-rub, jaza’ bunyod qildi ersa, xitob keldikim, sen xotnringni jam’ tut, biz chun gunohinpsh bogʻishla-duq, qiyomat kuni Uryogʻa oncha javr va qusur karomat qilolikim, ul ham seni buxl qilgʻay. Dovud a. s. koʻngli ul ishtin itmiynon topti. Va bu voqeadin soʻng, oʻtuz yil hayotda erdi. Rivoyatdurkim, Dovud a. s. tazallumi va munojoti chogʻikim, mulk ishidin parvoyi qolmaydur erdi, oʻgʻli Shalum Arozil va Avbosh igʻvosi bila mulk ishiga daxl qilib, istiqlol koʻsi urdi. Chun Dovud a. s. gunohi afv boʻlub, mulk ishiga shuru’ qildi, Shalum vahmdin firor ixtiyor qildi. Va Dovud a. s. Savobni aning daf’igʻa yiborib dedikim, iliklasang, ani qatl qilmagʻaysen. Savob ani tutqoch, oxir qildi. Dovud a. s. ranjida olamdin oʻtdi. Utar chogʻda, Sulaymon a. s.gʻa aning qasosin buyurub, Sulanmon a. s. ul amrni bajo kelturdi. Va bu vaqtda bani Isroil ul nav’ qolin boʻlub erdikim, adadin kishi bilmas erdi. Tengri taolo alarni toun marazi bila kam qildi.

Manquldurkim, uch kecha-kunduzda yuz yetmish ming kishi alardin Tengri taolo hukmin butkordilar. Bu holatda Dovud a. s. va qavm, ulamo va ahbori Baytul-muqaddasning sahrosi ustiga kelib, boshlarin yalong qilib tazarru’ qildilar. Haq taolo ul baloni daf’ qilgʻoch, Dovud a. s. qavmning qolgʻonigʻa buyurdikim, bu yerda Tengri taolo shukrigʻa bir ma’bad bino qi-lingkim, hamisha shukr adosigʻa ibodat qilgʻaysiz. Va qavm aning buyrugʻi bila masjidi Aqso imoratin bino qildilar. Yorimigʻa yetkondin soʻng, Dovud a. s. bir rivoyat bila, yuz yigirmi yashab erdi, Tengri taolo rah-matigʻa bordi. Va xilofat va valiahdi Sulaymon a. s. erdi, oʻz saltanati zamonida ul binoni tugotti.

Ruboiy:

Dovudki, shoh erdi va paygʻambari pok,
Johi qoshida past edi avji aflok.
Jonigʻa ajal urarda tigʻi be bok,
Naf’ etmadi shahligʻu nubuvvat xoshok.

Sulaymon binni Dovud a. s. andin mashhurroqdurkim, ahvoli koʻb sharhqa ehtiyoj boʻlgʻan, ammo juzviy tafsildin chora yoʻqdur. Ul duo qildikim, «rabb igʻfirli va habali mulkan lo yanbagʻi li ahadin min ba’di»44. Har oyina duosi mustajob boʻlub, bovujudi nubuvvat, ba’zi debdurlarkim bo vujudi ulkim, rub’i maskun saltanatini Tengri taolo anga nasib qildi, bovujudi bu saltanat jinu ins va vahshu tuyurni aning mahkumi amri qildi. Va yelni farmonigʻa kiyurdi va ismi a’zam yozilgʻan xotam karomat qildikim, mazkur boʻlgʻonlar aning barakotidin. Ul buyur-gʻonni qildilar. Va ul bir bisot yasattikim, jami’ xalq sipohi aning ustida sigʻar erdi. Qayon borsa, elga amr qilur erdikim, bu bisot bila xalqini aning bila eltur erdi. Va mashhurdurkim, saboh Shomdin azimat qilib, choshtni Istaxrda yer erdi. Andin azimat qilib, shom taomin Qobulda ixtiyor qilur erdikim, «valisulaymonar-riha gʻuduvvuho shahrun va ravohuho shahrun»45 aning sha’nida nozil boʻlubdur.

Dovud a. s.din soʻngrakim, masjidi Aqso binosili Sulaymon a. s. tugatti va aning asnosida Baytul muqaddas shahrini ham yasadi. Va shahri azamatida va masjid zebida ahli tarix gʻarib mubolagʻalar qilibdurlar. Ul jumladin biri bukim, shahrgʻa oʻn iki qoʻrgʻon biri-birining davrigʻa yoʻngʻon toshtin yasatti. Yana biri bukim, masjidni yeti rang toshdin tugotib, qiymati javohir bila murassa’ qildi. Va ushoq tosh oʻrnigʻa hamul javohirdin toʻkturdi. Va ul uyda amr qildikim, hargiz ibodatdin va ulamo ilmi ta’limidin xoli boʻlmagʻay. Va Baytul-muqaddas va masjidi Aqso koʻb qarilar bu dastur bila ma’mur erdi. Vayronligʻi Buxtun-nasrdin erdi, shoyadki oʻz yerida kelgay.

Va Sulaymon a. s. vahshu tayr tilin Tengri taolo inoyatidin bildi. Bir maydoni murabba’kim har zal’i-oʻq iki yigʻoch boʻlgʻay, farsh tushotib erdikim, xishtining biri oltun, biri koʻmush erdi. Bir jonib taxtinkim, javohir bila murassa’ erdi qoʻyarlar erdi. Toʻrt ming oltun kursi taxtining iki yonida qoʻyarlar erdikim, bani Isroil ulamo va ahborin oʻltururlar erdi. Va taxtqa yoqin Osifi Burxiyoki vaziri erdi, aning kursisin qoʻyarlar erdi. Va Sulaymon a. s. tulu’din gʻurubqacha «mo xalaqa illo»46 qoziyasin surub, hukmin qilur erdi. Va devu pari va vahshu tayr xizmatida turarlar erdi. Va isigʻ havoda tuyur boshi ustida soya qilurlar erdi. Va oqshom uyiga azimat qilgʻoch, zanbalbofligʻdin hosil qilgʻon nima bila roʻza ochar erdi. Bir kun aning hukmi bila yel mazkur boʻlgʻon bisotni va farshni eltib boradur erdi. Vodiyun-Namlgʻa yettikim, ba’zi ani Toyifi Hadido debdurlar. Va moʻr xaylining shohi sipohigʻa amr qil-dikim, Sulaymon sipohi bila oʻtadur. Maskaningizga kiringkim, sizga ul sipohdin zarare yetmagay. Sulaymon a. s. ul amrdin voqif boʻlub, anda tavaqquf qilib, ul moʻrni ovuchigʻa olib, aning bila mukolama qildi. Biri muni soʻrdikim, xaylingni bizing ostimizdin tanbih qilding, bilmassenmukin, bizing oyogʻimiz ostida moʻr ozurda boʻlmas. Moʻr dedikim, yo nabiyulloh, sendin xotirjam’durman, ammo shoyad saning shuurung boʻlmagay, xanlingdin osib yetkay, deb tanbih voqe’ boʻldi. Va rayosat sharti nomar’iy qolmadi. Sulaymon a. s. dedikim, mandin azimush-sha’nroq maxluq bilurmusen? Dedikim, sendin azimush-sha’nroq mendurmen. Sening taxting bir jamoddur. Mening taxtim saning muborak ilkingdur. Sulaymon a. s. dedi: saning sipohing koʻprak ekan yo maning? Moʻr dedn: Maning. Sulaymon a. s. dedi: Maning sipohim adadin kishi bilmas. Moʻr amr qildi, yetmish ming moʻr xayli chiqtilarkim, bir xaylning adadin kishi bilmas erdi. Sulaymon a. s. ul ishtin ibrat olib, moʻr Sulaymon a. s.ni chekurtka ayogʻi bila ziyofat qilib, Sulaymon a. s. moʻrgʻa navozishlar qilib, ul yerdin oʻtti. Manquldurkim, Sulaymon a. s.ning hashamati nihoyatqa yetkondin soʻngra, muddao qildikim, har maxluqnikim haq taolo aning mahkumi qilibdur, borchasin ziyofat qilgʻay. Munojot qilib ruxsat ham topti. Bir biyoboni vasi’ azim toptikim, bir tarafi daryo erdi. Devlarga buyurdikim, iki ming yeti yuz qozon yasadilarkim, har qaysisining davrasining qutri ming qari erdi.

Banokatiy tarixida debdurkim, yigirmi iki ming oʻy zibh boʻldi. Uzga borcha ashyoni mundin qiyos qilsa boʻlgʻay. Bu ma’kulot necha vaqtdin soʻngkim tugandi. Ul dashtda yoydilar va borcha maxluqotqa salo urdi. Va bu asnoda Tengri taolo bahr davobbidin bir dobbani suvdin chiqordi. Va ul dobba Sulaymon a. s.gʻa dedikim, sen maxluqotni ziyofat qiladur emishsen, bu kun rizqimni haq taolo saning xoningga havola qi-libdur. Sulaymon a. s. dedi, bu taomlardnnkim yoyilibdur, ulcha sanga kofiydur, yegil. Ul dobba ul muddatda pishkon taomni tamom yeb toʻymay, Sulaymon a. s.din nima tiladi. Sulaymon a. s. ojiz boʻldi. Dobba dedikim, saboh bir rizqimdin sulsi yeyildi, yana iki sulsi qolibdur. Sulaymon a. s. dedi: Magar sen Tengri taolo xon arzoqidin toʻygʻaysen. Dobba dedikim; yo Sulaymon, sen muni bilmasmu erdingkim, Tengri taolo maxluqotin magar oʻz xoni karamidnn toʻygʻozgʻay, bu nav’knm meni koʻrdung. Bu bahrda Tengri taolo andoq jonivorlar yaratibdurkim, har biriga iki mendekni tu’ma qilibdur. Sulaymon a. s. Tengri taolo sun’ngʻa ofarinlar qilib, oʻz qilgʻonidin munfail boʻlub, haq taolo qoshida ajzigʻa e’tirof qildi, afvu ma’rifat tiladi. Tengri taolo aning matlubini anga yetkurdi. Ul tanbih boʻldi. Manquldurkim, Sulaymon a. s. tuyurdin har birini bir ishga ta’yin qilur erdi. Hudhudni suv topmoq amrigʻa muqarrar etib erdikim, taxti yiliga biyobonlargʻa guzar qilurda suv darboyist boʻlur erdi. Bir kun suvgʻa ehtnyoj boʻlub, Hudhud topilmadi. Sulaymon a. s. suvgʻa buyurdikim, ani hozir qilgʻay. Ul hozir qilgʻoch, Sulaymon a. s. xitob qildi, gʻazab bilakim, qayon borib erding? Va hol ul-ki, Hudhud bir zamon mulozimatdin forigʻ topib, sayr uchun tayron qilib, bir shahrgʻa koʻzi tushub erdikim, oti Sabo erdi va podshohi Bilqis otligʻ xotun erdi. Va aning ahvolining kayfiyatin mashruh bilib kelib erdi, Sulaymon a. s. soʻrgʻoch, arz qildikim, bu nav’ shahrgʻa yettim va bu nav’ podshohi bor. Gʻoyat husnu jamol va nihoyati husnu kamol va salotindin munfarid va millati oftobparastligʻ. Otasi Sharohil Ya’rib binni Qahiton naslidin va onasi Rayona jinikim, jin shohining qizi boʻlgʻay. Va muning asnosida oncha ta’rif qildikim, Sulaymon a. s.gʻa aning muloqoti mayli boʻlub, maktub bitdikim, islom davlatigʻa musharraf boʻlsunki, «Innahu min Sulaymona va innahu bismillohir-rahmon-ar-rahimi allo ta’lu alayya va’tuni muslimina»47 andin muxbirdur. Va bu nomani Hudhudqa berib, Sabo shahrigʻa yibordi. Va noma Bilqisqa yetkondin soʻngra, Bilqis taammul bila toʻrt kirpich ikisi oltun, ikisi kumush, dogʻi bir muhrlik durj va yuz qiz va oʻgʻul – barisin borchasigʻa eranlar libosi kiydurulgan orasta qilib, Manzar binni Umarkim, aql va kayosatligʻ kishi erdi, bu nimalar bila Sulaymon a. s. hazratigʻa yibordi. Dogʻi dedikim, agar xishtlarni qabul qilur va sening bila istigʻno yuzidin muloqot qilur, paygʻambar emas va agar aks qilur, paygʻambardur. Andin soʻngra oʻgʻlonlarni qizlardin ayirsun, dogʻi huqqada ne nima erkanni desun va degondin soʻngra yetishmokin ham aytsun. Manzar mutavajjih boʻlub, Sulaymon a. s.gʻa Jabrail a. s. kelib, ul ishlardin xabar berdi. Sulaymon a. s. mazkur boʻlgʻon ul oʻn iki yigʻoch oltun, koʻmush, xisht toʻshagon yerda sipohini orasta qilib, Manzarning yoʻlida toʻrt xisht oʻrnini ochuq qildilar. Manzar bu hashamatni koʻrub, hayron qolib, oʻz kelturgon tuhfasidin sharmanda boʻlub, hamul ochuq qolgʻon toʻrt xisht oʻrnigʻa qoʻyub, Sulaymon a. s. hazratigʻa keldi. Ochuq yuz bila e’zozu ikrom qilib buyurdnkim, tuhfakim kelturub erding, ne uchun tashlading? Ani qabul qilmasbiz, qoytib Bilqisa aytkim, iymon qabul qilsun. Va inosni zukurdin ayirdi va durj ichinda dedikim, yoquti nosuftadur. Ani chiqorib buyurdikim, olmos bila sufta qilsunlar. Chun Manzar Bilqis xizmatigʻa koʻrgonlarin arz qildi, Bilqis Sulaymon a. s. xizmatigʻa mutavajjih boʻldi. Bir yigʻoch yoqin yetkonda Sulaymon a. s.gʻa xabar boʻldi. Va mazolim devonida oʻlturub, dedikim, boʻlgʻayki Bilqisning taxtin Sabo shahridin bot kelturgay. «Qola ifritun minal jinni ana otika bihi qabla an taquma min maqomika va inni alayhi laqaviyyun amin»48. Sulaymon a. s. dedikim, mundin botroq kerak. Yana bir jin dedikim, koʻz yumub – ochquncha kelturay. Sulaymon a. s. qilgʻon da’viysi bila hozir qildi. Va ul taxtni Bilqis yeti oʻtlosh uy ichinda qoʻyub, borchasin muqaffal qilib erdi, Sulaymon a. s. buyurdikim, oʻz taxti ustida qoʻydilar. Bilqisqa bor boʻldi va oʻz taxti goʻshasida yer berib, iltifotlar qildi. Bilqis oʻz taxtini koʻrub, mutaajjib boʻlub, Sulaymon a. s.ning nubuvvatigʻa shaki qolmadi. Va Sulaymon a. s. Bilqisni oʻz qiz-qardoshi qoshida tushurdi. Necha kunluk musohabatdin soʻngra, mezbon mehmonning xasoyili hamidasin ta’rif qilib, Sulaymon a. s. Bilqisni oʻz nikohigʻa tortti. Va aning muborak ayogʻida tuk bor erdn. Aning jihatidin devlar hammom binosin qilib, toʻra tarkibi bila ul ishning iloji qildilar. Va ul sohibi davlat jihatidin necha ming yildurkim, xaloyiq hammom osoyishigʻa musharrafdurlar, ta’rifdin mustagʻniydur. Sulaymon a. s. fitnasi «Qolallohu taolo: va laqad fatanno Sulaymona va alqayno alo kursiyyihi jasadan summa anoba»49. Sulaymon a. s. fitnasi sharhida muxtalif rivoyat bor. Ammo ulcha bu muxtasargʻa munosibdur yozilur. Ba’zi debdurlarki, bovujudi yeti yuz haram va uch yuz surriyat Tengri taolo Sulaymon a. s.gʻa bir oʻgʻul berdikim, bir koʻzi koʻr va bir iliki va bir oyogʻi yoʻq erdi. Sulaymon a. s. va Bilqis va Osaf insof yuzidin oʻzlarining uyubigʻa mu’tarif boʻlub, duo qilgʻoch ul tiflni haq taolo tandurust qildi va aning muhofazati uchun Sulaymon a. s. jinlarni ta’yin qildi. Tengri taolo aning oʻz oʻgʻlini soyir atfoldin mumtoz qilib, pisandida tushmay, Azroilgʻa amr boʻldnkim, ruhin qabz qilib, jasadin Sulaymon a. s.ning taxti ustida tashladilarkim, «Va alqayno alo kursiyyihi jasadan»50 maqsud mundin boʻlgʻay. Va Vahb binni Munabbih bila ibni Abbos Raziyallohu anhumo debdurlarkim, Sulaymon a. s.ning fitnasi intizoi erdi. Va jasad iborati Sixrbord otligʻ devdin erdikim, aning taxti ustiga aning surati bila qirq kun mutamassil boʻldi. Va bu ish kayfiyati bu erdikim, Sulaymon a. s. kim, Jazira mulukidin birinkim, otin Saydun debdurlar va butparast erdi oʻlturdi. Qizinkim malohat zevari bila orosta erdi qoʻldi. Ul qiz otasi firoqida betoqat erdi, Sulaymon a. s. aning davosin tilab topmas erdi. Ul qiz shayton igʻvosn bila Sulaymon a. s.gʻa iltimos qildikim, devlar otam shakli bila bir surat yasab keltursalarkim, gohi ani koʻrub koʻnglumga tasalli boʻlsa, aning muddaosi maqbul tushub, bu ish surat tutti.

Chun qiz burun butparast erdi, bu suratni parastish qila boshladi. Sulaymon.a. s. gʻofil va bu ish Osafgʻa yetti. Osaf Sulaymon a. s. majlisida anbiyoyi sobiqning na’tin qilurda, Sulaymon a. s.ning otasi zamonigʻacha tufuliyyat anyomi maoshining ta’rifin qildi. Sulaymon a. s.gʻa bu dushvor keldikim, muncha gʻarib inoyatlarkim, anga Tengri taolo saltanati ayyomida nasib qildi. Osaf alardin nechuk nima demadi. Osafdin istifsor qilgʻoch, ayttikim, birovningkim qirq kun uyida butparastligʻ boʻlgʻay, anbiyo zumrasida ne nav’ ta’rif qilsa boʻlgʻay. Sulaymon a. s. soʻrub bilgandin soʻngra, ul butni ushotib, oʻzi tazarru’gʻa tushti. Bu asnoda mustarohgʻa kirarda ma’hud tariqi bila xotamni Jaroda otligʻ kanizakka topshurdi. Mazkur boʻlgʻon dev Sulaymon a. s. surati bila kelib, kanizakdin xotamni olib, Sulaymon a. s. taxti ustiga chiqib, hukm qila boshladi. Sulaymon a. s. chiqib xotamni tilagach, shaklin ham Tengri taolo mutagʻayyir qilib erdi, kanizak ani tanimadn. Dedikim, xotamni Sulaymon oldi, sen ne kishisen? Sulaymon a. s. oʻz surati bilan birovni taxtida koʻrgach, bildikim, hol nedur. Shahrdin chiqib, shahrda sargardon yurur erdi. Qayon borsa, ne kishisen? – deb soʻrsalar erdi, men Sulaymonman, der erdi. Ani telba deb, tosh otib, boshigʻa tufroq sochib, iyzo qilurlar erdi. Va devi la’in taxt ustida noma’qul va nomashru’ hukilar qilur erdi. Mutaajjib va mutagʻayyir boʻlgʻondin soʻng, dev bildikim, qiladurgʻon ish aning ishi emas. Ul xotamni daryoga tashlab, gʻoyib boʻldi.

Va Sulaymon a. s. roʻzi jihatidin daryo qirogʻinda boligʻchilargʻa muzdurluq qilur erdi. Ul xotamni bir boligʻ yutub, alarning domigʻa tushub, Sulaymon a. s. muzdigʻa berdilar. Sulaymon a. s. boligʻ ichidin xo-tamni olib, yana saltanat taxtigʻa bordi.

Va bu voqea hamul butparastligʻ ayyomi bila muvofiq qirq kun va Jasadni ba’zi mufassirlar. bu devdin ta’bir qilibdurlar. Va aning gʻaroyib e’jozin bir gunash raddidurkim, mujmalan oʻtti. Va sharhi budurkim, osorini koʻrarga mashgʻul erdikim, gunash botti va muborak xotirigʻa asr namozi favt boʻlgʻon uchun iztirobgʻa tushti. Tengri taolo gunashni qaytarib, ul hazrat namozin qilgʻuncha oʻz yerida turgʻuzdi. To namoz tugondi, yana gʻurub qildi. Tarix ahli debdurlarkim, Sulaymon a. s.ning savmaasining eshikida har kun gʻaybdin bir daraxt paydo boʻlur erdi va xosiyatin Sulaymon a. s. soʻrar erdi. Bir kun bir daraxt paydo boʻldi va xosiyatin soʻrgʻoch, javob berdikim, xosiyatim sening mulkungga vayronligʻdur. Sulaymon a. s. bildikim, vaqt yetibdur. Vasiyatlar kitobat qildi va Tengri taolodin iltimos qildikim, aning favtin dev va paridin necha vaqt maxfiy tutqay. Va shishadin bir uyi bor erdikim, anda toat qilur erdi. Ul uyga kirib, asosigʻa tayonib olamdin oʻtti. Va xaloiq koʻrar erdikim, Sulaymon a. s. asosigʻa tayonib turubdur. To muddatlardin soʻngra, asosin qurt yeb usholdi. Va ul hazrat yiqilgʻondin el favtin bildilar va aning mavtidin ixfosi iltimosida soʻzlar debdurlar. Yaxshiroq budurkim, Baytulmuqaddas tuganmoki hamoncha fursat maqsud erdikim, aso butun erdi, tugagondin soʻngra aso sindi va devlar ul ishni tugotib erdilar. Vallohu a’lam.

Ruboiy:

Olamni Sulaymongʻa haq etmish ma’mur,
Hukmi soldi jinu bashar xayligʻa shoʻr.
Oxir chu ajal anga maqom ayladi goʻr,
Tufroq ichida qildi vatan uylaki moʻr.

Luqmoni hakim. Tarix ahlidin ba’zi ani hukamo silkida mazkur qilibdurlar. Va koʻprak el ani paygʻambar debdurlar. Va ba’zi rivoyatda mundoqdurki, Tengri taolo nubuvvat va hikmat orasida muxbir qildi. Har taqdir bila «Va laqad otayno luqmonal-hikmata»51 aning sha’nidadur. Boʻla olurki, bovujudi nubuvvat hikmat dagʻi anga nasib boʻlmish boʻlgʻay. Rangi qaro erkandur. Dovud a. s. suhbatigʻa musharraf boʻlur erdi. Va andin koʻb gʻaroyib vujud tutar erdi. Ba’zi debdurlarki, qul erdi va ozod boʻlgʻonida muxtalif rivoyat bor. Biri bukim, xojasi bir rud qirogʻindi birov bila nard oʻynadi, bu shart bilakim, magʻlub boʻlgʻon bu rud suyin tamom ichgay yo molin bergay. Va Luqmonning xojasi utkuzdi. Harif rudxona suyin tamom ichmak taklif qildi. Va ul mutahayyir boʻldi. Luqmon dedikim, shart qiladurgʻon vaqtdagʻi suvni hozir qil yo gʻarazing bu hozir suv boʻlgʻon boʻlsa, rudning bu qirogʻindagʻn suvni ichkuncha nori qiro-gʻindagʻi suvni turgʻuz. Harif bu ishdin ojiz boʻldi. Xojasi xalos topib, Luqmonni ozod qildi. Yana biri bukim, xojasi anga buyurdikim, qoʻy oʻlturub, yaxshiroq: uzvini pishurub keltur. Ul yurokini tili bila pishurub kelturdi. Yana bir qotla dedikim, qoʻy oʻlturub, yomonroq uzvini pishurub keltur. Hamul iki uzvdin kelturdi. Xoja nuktasin soʻrdi ersa, dedikim, koʻngul: noshoyista af’oldin va til noboyista aqvoldin biri boʻlsa, alardin yaxshiroq uzv yoʻqtur va agar boʻlmasa, alardin yomonroq yoʻq. Yana biri bu kim, xoja anga buyurdikim, kunjid ek! Ul arpa ekti. Xoja soʻrdikim, arpa ekib, kunjid nechuk toparsen? Dedikim, chun sen noshoyist ish qilib, nechuk Tengri taolodin rahmat va jannat tama’ qilursen, men ham dedim: arpa eksam, kunjud shoyad bar topqaymen. Xoja mutanabbih boʻlub, ani ozod qildi. Duo qilib, uch ming yil umr topibdur. Ba’zi yeti Kargas umri debdurlarki, har biri besh yuz yildur, aning soʻzlaridindurkim, toʻrt ming soʻz. bitibdurlar va toʻrt soʻz bila ixtisor qilibdurlar. Ikisini doyim yod qilmoq kerak va ikisini unutmoq kerak. Burungʻi ikidin biri oʻzi qilgʻon yaxshilikdur va biri gʻayri qilgʻon yomonligʻ.

Luqmonning gʻarib holoti va nofi’ maqoloti koʻptur. Bu muxtasarda muncha bila qanoat qilildi.

Ruboiy:

Luqmonniki ba’zi dedilar paygʻambar,
Ba’zi dedilar hakimi pokiza siyar.
Uch ming yashabon bu dayrni qildi maqar,
Ming muncha ham oʻlsa, qilgʻuluqdur bu safar.

Yunus binni Mato a. s. otasi oti bila mashhurdur. Otasi Dovi binni Ya’qub a. s. naslidindur, mursal. paygʻambardurkim, «qolallohu taolo va inna Yunusa laminal mursalin»52. Agarchi Sulaymon a. s. zamoni-din anga degincha, balki Sulaymon a. s. avlodidin erdi, ammo chun hech tarixda marbut topilmadi. Yunus a. s. chun Sulaymon a. s.din soʻngra, mursal paygʻambar erdi, andin boshlandi. Ani Tengri taolo mab’us qilib, Suy eliga yibordi. Va Suy eli ani nubuvvatga takzib qilib, Yunus a. s. gʻazab qildi va xalqigʻa yomon duo qildi. Va ruxsati ilohi boʻlmay, ahlu ayoli bila xalqning orasidin chiqib, alardin andoq maxfiy boʻldikim, agar Tengri taolodin qavmigʻa balo kelsa, ani duo qilurgʻa topmagʻaylar. Tengri taolo xotimal-anbiyo salavotullohi alayhi va alo olihigʻa sabr qilmoqqa amr qilib, Yunus a. s. qilgʻonidin nahy qilurkim, «Fasbir lihukmirabbika va lo takun kasohibin huti»53 Chun Yunus a. s. eldin chiqti, qavmigʻa Tengri taolo bir bulut yibordikim, andin oʻt yogʻar erdi. Qavm muni koʻrgach, Yunus a. s.ni tilay boshladilarkim, iymon keturgaylar. Chun bildilarkim, Yunus a. s. alar topqudek bormaydur, dedilarkim, Yunus a. s. boʻlmasa Yunus a. s. Tengrisi hozirdur. Borchalari oʻgʻul-ushoqlari bila boshlarin yalong qilib, tazarru’gʻa mashgʻul boʻldilar va tavba va inobat qila boshladilar. Chun tavbalarida sodiq erdilar, Tengri taolo qabul qilib, ul baloni alardin daf’ qildi. Ammo Yunus a. s. alardin ayrilgʻonda kemaga kirib, bahr yuzinda bir azim boligʻ ogʻzin ochib, kema ahligʻa qasd qildi. Borcha ittifoq qildilarkim, bir kishini anga tu’ma bergaylar. Necha qotla qur’a soldilar. Yunus a. s.gʻa qur’a tushub, Yunus a. s. bildikim, magʻzub boʻlubdur. Uznni boligʻ ogʻzigʻa tashladi. Va boligʻ Yunus a. s.ni yutub, Tengri taolo boligʻning qursogʻida ani asradi. Va Yunus a. s. qirq kun boligʻ ichinda erdi va bu tasbihni vird qilib erdikim, «Lo iloha illo anta subhonaka inni kuntu minazzolimin»54. Qirq kundin soʻngra, Tengri taolo Yunus a. s. xatosidin kechib, ani uch qarongʻuluqdin qutqordikim, biri kema va biri suv va biri boligʻ qursogʻi boʻlgʻay. Va boligʻ daryo qirogʻigʻa kelib, ani yoqogʻa soldi. Va ul yanglo tuqqan yoshdek boʻlub erdi, bir sutluk kiyikka amr boʻldikim, har kun kelib, anga sut berur erdi va bir yigʻoch anga soya qilur erdi. Qirq kundin soʻngra, oʻz holigʻa kelib, amri ilohi bila qavm orasigʻa kirdi, qavm aning hidoyati bila inmon sharafigʻa musharraf boʻldilar. Va koʻb vaqt boʻlub, Tengri taolo hukmin butkardi. Va derlarki, Kufada madfundur.

Ruboiy:

Yunuski nubuvvat koʻzini yorutti,
Tanzib ila qavm koʻnglini oʻrgotti.
Boligʻ ichida agarchi maskan tutti,
Ham oxir ajal boligʻi ani yutti.

Omus va Muso va Ma’. Sohibi «Guzida» Hamdulloh Almustavfi bu uch kishini ahli tarixdin naql qilibdurki, mursal erdilar. Va bani Isroilni Muso a. s. dinigʻa da’vat qildilar.

Sodiq va Sidduq va Salum – bu uch kishiga Tengri taolo nubuvvat berib, Antokiyya xalqigʻa yibordikim, alar havlidin borcha halok boʻldilar. Gʻayri atfolkim, bulugʻ haddigʻa yetkaydur erdilar va ul atfol nymon davlatigʻa musharraf boʻldilar.

Fanjar Muso va Momal-qavsi va Javfarf va San’o Kusi va Uryo – bu besh kishini ahli tarix paygʻambar debdurlar. Bani Isroilda Muso a. s. dinigʻa da’vat qildilar va Zul-kifl ahdigʻa yoqin erdilar. Ba’zi Zul-kifl a. s.ni bulardin soʻngra aytibdurlar.

Favoyil va Hikoy. Ba’zi muarrixlar bu ikovni ham paygʻambar debdurlar. Zul-kifl zamonida Muso a. s. dinigʻa da’vat qildilar.

Zijurmo va Madohi. Ba’zi qavl bila paygʻambardurlar. Zul-kifl a. s.din soʻngra va da’vatlari Muso a. s. dinigʻa erdi.

Va Shu’yo paygʻambar erdi. Va ba’zi debdurlarki, Yunus a. s. oʻzidin soʻng ani bani Isroilgʻa valiy qildi. Va ani ba’zi debdurlarkim, ul Yunus a. s.din burunroq erdi. Vallohu a’lam. Buxtun-nasrning buzugʻligʻi va Baytul-muqaddasni vayron qilib, javohirikim Sulaymon a. s. yasagʻondin beri bor erdi, ul borchasni eltgoni va azim qatllar qilgʻoni koʻprak ahli tarix ittifoqi bila bu anbiyo zamonidadur. Va ba’zi debdurlarkim, Doniyol a. s.ni Buxtun-nasr Baytul-muqaddasdin eltib, muddati zamonida asrab, bir tush koʻrub, unutqondin soʻngra, Doniyol a. s. ham tushin, ham ta’birin aytib, ul banddin xalos boʻldi.

Uzayr a. s. anbiyo avlodidindur. Buxtun-nasr Baytul-muqaddasni buzgʻonda, ani abnoyi jinsi bila asir qilib, Bobilgʻa eltti. Andin xalos topib kelurda, bir kentda tushti va eshokini bogʻlab, uchasin bir daraxtqa qoʻydi. Va ilayida anjir erdi va bir zarfda uzum shirasi. Va bu mahalda xayoligʻa Tengri taolo amvotni ihyo qilurigʻa fikrga tushti. Va ul kentning buzugʻlarida odamizodning quruq soʻngoklari bor erdi. Alarni koʻrub, hayrati orttikim, bu churuk soʻngoklarni tirguzmokta gʻayri hayratki, aqlgʻa mustavliy boʻlgʻay, oʻzga nima noʻqdur. Haq taolo qudrati iqtizosi ul qildikim, Uzaarning hayrati daf’ boʻlub, bu hol anga aynal-yaqin boʻlgʻay. Lojaram, amr boʻldikim, ruhin muborak jasadidin chiqordilar va markabin dogʻi ruhsiz qildilar. Va Tengri taolo Uzayr a. s. jismin el koʻzidin pinhon asradi, bu holgʻa yuz yil oʻtti.

Bu muddatdin soʻngra Tengri taolo Uzayr a. s.nig tirguzdi. Bir malak andin soʻrdikim, «Kam labista?» Javob berdikim, «Yavman av ba’za yavmen». Ul malak did, «Ballabista miata omin fanzur ilo taomika vsh sharobika lam yatasannah. Vanzur ilo himorika al-mayiti»55. Chun muni Uzayr a. s. mulohaza qildi, koʻrdikim, anjir oʻz oʻrnida va uzum shirasi hamul zarfda toza erdi. Va markabining churugan soʻngaklariga boqti. Koʻrdikim, bir-biriga muttasil boʻlub, ustiga ig oʻrlandi va aning ustiga teri tortildi, dogʻi ruh badanigʻa kirib tirildi.

Uzayr a. s. bildikim, aning yuz yil burungʻi qilgʻon taraddudi jihatidin haq taolo anga bu nav’ qudratin koʻrguzdi. Va aning san’atigʻa ofarin oʻqub, markabin minib, oʻz shahrigʻa tebradi. Ul shahrgʻa yetkondin soʻngra, chun yuz yil oʻtkon jihatidin koʻp tagʻyir topib erdi, hech yerni tonimay, koʻb zahmat bila oʻz saroyini topti. Ammo kishi yoʻq erdi, bir koʻr kanizakdin oʻzga. Soʻngra Uzayr a. s. andin soʻrdikim, bu uy. Uzayrning uyidur? Ul tasdiq qilib dedikim, sen kimsenkim, bu yuz yildakim, mening maxdumum gʻoyib bulubdur. Men ani kam eshitibmen. Ul dedikim, men Uzayrdoʻrmen. Kanizak ayttikim, agar chin aytasen, Uzayr a. s. mustajobud – da’va erdi, duo qilkim, maning koʻzum bino boʻlsun. Uzayr a. s. duo qildi. Haq taolo ul kanizakning koʻzin bino qildi. Uzayr a. s. ning muborak yuzin koʻrgach, tanidikim, anga bu yuz yilda hech tagʻyir voqe’ boʻlmaydur erdi. Faryod qilib ayogʻigʻa tushub, yugurub Uzayr a. s.ning oʻgʻlonlarigʻa mujda yetkurdikim, oʻgʻlonlari biri yuz yoshar erdi, biri yuz oʻn yoshar erdi. Atolarin yigit koʻrub tanimadilarkim, Uzayr a. s.ning bagʻrida bir xol bor erdikim hilol shakli bila. Ul nishonann ochib koʻrub, alar ham muborak qadamigʻa yuz surtub, qavmgʻa xabar boʻldi. Qavm ham inonmay, dedilarkim, «Tavrot»ni hechkim Uzayr a. s.din yaxshiroq bilmas erdi, to ul kitobni Buxtun-nasr eltti oramizda kishi bilmas. Uzayr a. s. «Tavrotoni azbar oʻqudi va alar bildilar. Ba’zi yerlarda yoshurun qolgʻonni muqobala qildilar ersa, bir harf ortuq-oʻksuk emas erdi. Ba’zi bu gʻarib holotdin Uzayr a. s.ni ibnulloh dedilar. «Va qolatil-yahudu uzayr-unubnullohi»56. Va ba’zi muarrixlar Uzayr a. s.ni boʻlgʻon holotini Armiyogʻa isnod qilibdurlar. Va Uzayr a. s.ni Arz otligʻ inisi bila tugʻub bila oʻldilar. Ammo oʻlar vaqtda Uzayr a. s. yuz yoshar va Arz iki yuz yoshar erdi. Mundin gʻaribroq hol tavorixda oz voqe’dur. Va oʻgʻlonlari qari kishilar erdi, yoshqa atolaridan ulugʻroq. Vallohu a’lam.

Zikriyo va Yahyo a. s. va Maryam binti Umron. Alar zaylida Zikriyo a. s.ni Sulaymon a. s. naslidin debdurlar. Va ul Baytul-muqaddasda mujovir erdi. Va Umronkim, Zikriyo a. s.ning amuzodasi erdi, ul dagʻi mujovir erdi. Ikalasining haramlari egochi-singil erdnlar. Imrongʻa farzand koʻp boʻldn va Zikriyo a. s. gʻa boʻlmadn. Imron bu shukronagʻa nazr qildikim, yana farzand boʻlsa, Baytul-muqaddasqa mujovir boʻlgʻan. Va haramiki oti Hifa erdi Maryamgʻa homila erdi. Va tuqqondin soʻngra nazr jihatidin Imron mutahayyir boʻldikim, inosni mujovir qilmaslar erdi.

«Qolallohu taolo inni vaza’tuho unso vallohu a’lamu bimo vaza’at va laysaz-zakari kal unso va inni sammaytuho Maryama va inni u’iyzuho bika vazurriyya tahominash-shaytonir-rajim»57. Bu sharafdin Maryamni bir nimaga chirmab, Hifa Baytul-muqaddasqa eltti. Ulamo va ahboraning qavlin munkiri koʻrdilar.

Zikriyo a. s.gʻa vahy keldikim, bu fahirani oʻgʻulgʻa qabul qilduq «Fataqabbalaho rabbuho biqabulin hasanin»58. Bu jihatdin axbor aning muhofazatigʻa mashgʻul boʻldilar. Zikriyo a. s. dedikim, aning taahhudi manga avlodurki, xolasi maning uyumdadur. Axbor qabul qilmay uch qotla qur’a soldilar. Ucholosida qur’a Zikriyo a. s. otigʻa tushti. Borcha zaruratan musallam tuttilar. Soʻngra Zikrnyo a. s. Maryamni uyiga eltib, Ashbo’kim, Zikriyoning harami va Maryamning xolasi erdi, aning muhofazatigʻa mashgʻul boʻldi, to anga ibodatqa va masjid xizmati qobiliyati paydo boʻldi.. Soʻngra Zikriyo a. s. aning uchun masjidda bir gʻurfa yasattikim, eshiki yoʻq erdi. Zina bila anga chiqor erdi. Va oʻzi gʻoyib boʻlsa, gʻurfa toʻshukin qufl qilur erdi. Va ul jumladin biri bukim, qishda yoz mevasi va aks ham koʻrar erdi. Soʻrgʻondakim, «anno laki hozo. fi gʻayri vaqtihi»59, javob toptikim, «hozo min indillohi yarzuqu man yasho’u bigʻayri hisob»60.

Va bu vaqtda Zikriyo a. s. va harami Qibarsanda erdilar. Zikriyo a. s. dedikim, Xoliqikim Maryamgʻa gʻayr vaqtida bu nav’ favokih nasib qila olur, maning ham hayotim shajarasndin, agarchi gʻayri vaqtdur, bir necha karomat qila olur. Bu orzu koʻngliga oʻtti, Jabrail a. s. anga Yahyo a. s. vujudigʻa bashorat berdi. «Fanodat-hal-maloikatu va huva qoyimun yusalli fil mihrobi»61. Va chun Yahyo a. s. mutavallid boʻldi, oz vaqtdin soʻngra Tengri taolo muborak koʻnglin vahy nuzulidin munavvar qildikim. «Yo Yahyo huzil kitoba biquvvaten va otaynohul-hukma sabiyyan»62. Va Yahyo a. s.ning toati bagʻoyat va yigʻlamogʻi benihoyat erdi. Derlarki, gʻoyat bukodin iki yuzida iki novdondek chuqur xat paydo boʻlub erdi va bu favrda Maryam zuafo gʻadridin gʻusl qilur mahalda Jabrail a. s. ani Iso a. s.gʻa bashorat berdi. Ba’zi debdurlar Iso a. s. toʻquz oydin soʻngra mutavallid boʻldi. Xaloyiq nomunosib soʻzlar dedilar. Ammo Iso a. s. hamul dam takallum qilib, Tengri taoloning bandaligʻi va oʻzining nubuvvatigʻa va onasi pokligʻigʻa tonugʻluq berdi va xotamul-anbiyo vujudi muborakigʻa sallOllohu alayhi vassalam bashorat yetkurdi. Necha vaqtkim, oʻtti, Yahyo a. s. bila musohabat qilur erdi. Ul vaqtkim, Iso a. s. mutavallid boʻldi va axbor anga ta’n hildilar. Bovujudi ulki, Tengri taolo Iso a. s.ni oʻtkan takallum bilaki mutaqallim qildi, bani Isroilning ham yuzi, ham koʻngli qaroladi. Iso a. s.ni ul ish tuhmati bila muazzab tutar erdilar. To ish ul yerga yettikim, Zikriyo a. s. ul nopok el orasidin qochti. Va alar qovlay borib, mashhurdurkim, ul hazrat yigʻoch shikofigʻa kirib, ul shikof butti. Va a’do yetib, etokining uchin yigʻochdin toshqori koʻrub, yigʻoch boshidin arra qoʻyub Zikriyo a. s.ni halok qildilar.

Bu yerda chun soʻz derdin, balki dam urardin xoma tili lol va til xomasi gung maqoldur, avlo ulkim, maqsudqa shuru’ qiloli. Yahyo a. s. qatli bu nav’ erdikim, ul zamonning podshohining yoshqa yetgon harami bor erdi. Bu jihatdinki, chun qaribdur, boʻlmagʻaykim, podshoh yana birovni nikohngʻa kiyurgay va aning mujibi azli boʻlgʻay. Uzga abushqadin jamila qizi bor erdi, podshohgʻa targʻib qildikim, ul qizni olgʻay. Podshoh Yahyo a. s.din soʻrdi ersa, Yahyo a. s. dedikim, sanga aning nikohi ravo ermas. Ul qiz bila onasigʻa Yahyo a. s. adovati paydo boʻldi. Bir kunki podshoh mast erdi, ul qizni onasi orosta qilib, aning qoshigʻa yibordi. Sukr gʻalayoni va shahvat tugʻyonidin anga mayl qildi. Qiz ibo qildikim, agar hojatimni ravo qilursen, bu ish boʻlur. Soʻrdikim, hojating nedur? Ul badbaxt dedikim, hojatim Yahyo a. s. ning qatlidur. Ul zoniy bu zoniya xotiri uchun Yahyo ma’sum qatligʻa rizo berdi. Derlarki, ul hazrat qatl boʻlgʻondin soʻng-ra, ul iki mal’unni yer yutti. Derlarki, bani Isronlning iki fasodidin soʻngʻisi Yahyo a. s. qatlidur. Bu amr vuqu’idin soʻngra, Tengri taolo fors mulukidin Xurvis otligʻni bani Isroilgʻa istilo berdikim, ul iki paygʻambar qoni evazi alarni andoq qatl qildikim, yahuddin kishi oz qoldi. Derlarki, Baytul-muqaddas darvozasidin Xurvis oʻrdusigʻacha rudxonadek qon oqti. Alqissa, Zikriyo a. s. dori fanodin bu nav’ do-ri baqogʻa bordilar.

Ruboiy:

Aylab Zikriyo bila Yahyoni qabul,
Qildi ikisini olam ahligʻa rasul.
Ne qildilar erkin bu ato birla oʻgʻul
Kim, elga yana alarni qildi maqtul.

Iso binni Maryam salavotullohi alayh bir qavl bila uchunchi ulul-azmdur, bir qavl bila beshinchi. Andin burungʻi anbiyodin soʻngra hech qoysigʻa qirq yoshdin burun nubuvvat yetmadi. Va lekin ul modarzod pay-gʻambar erdi. Va aning valodatidin burun Tengri taolo Maryamgʻa aning vujudi bashoratin berdikim, «Iz qolatil-maloikatu yo Maryamu innalloha yubash-shiruki bikalimaten minhu ismihul masihu Isabnu Maryama va jiyhan fit-dunyo val oxirati va minal-muqarrabiyna va yukallimunnosa fil mahdi va kahlan»63.

Masih lafzida soʻz koʻptur. Va Iso a. s. valodatida ham soʻz koʻptur. Tafosir kutubidin ma’lum boʻlur. Chun bu muxtasarda matlub ixtisordur, ya’ni muarrixona ishlarga qone’ boʻluldi. Muqarrardurkim, Iso a. s.ning otasi yoʻqtur. Maryam Jabrail a. s.ning nafasi bila homila boʻldi va tugʻurur vaqtda Baytulliuqaddasdin chiqib, qirogʻroq yerda vaz’ haml qildi. Xalq bu ishni bilib, borib ul holni koʻrub, irik soʻzlar ayta boshladilar. Yuqoriroq bitilibdurknm, Iso a. s. ne nav’ javoblar berdi. Andin soʻng el mutaajjib boʻlub, soʻz ayta olmay qayttilar. Maryamni Habnb Najjorkim, xolazodasi erdi, Iso a. s. bila olib Damashqqa bordi. Iso a. s. oʻn uch yoshagʻuncha anda maosh qildi. Anda ham Iso a. s.ning mu’jizoti koʻb zohir boʻldi.

Chun «Injil» Iso a. s.gʻa nozil boʻldi, uchovda Baytul-muqaddasqa kelib, Iso a. s. amri ilohi bila xalqni Tengri taolo amrigʻa dalolat qildi. Xalq ani takzib qilib, nomunosib soʻzlar dedilar. Ammo havoriyun iymon kelturub, dinini qabul qildilar. Va alar oʻn iki kishi erdilar, peshalari boʻyogʻchiliq erdi. Iso a. s.din mu’jiza tiladilar, borchaning boʻyar raxt-larin olnb, Nil koʻyiga soldi. Alar iztirob qilgʻochkim, bulardan har birini bir rang buyurubdurlar. Iso a. s. Mil koʻyiga ilik urdi. Har birinikim chiqardi, iyosi tilagon rang bila chiqti. Bu mu’jiza ul elga mujibi imon boʻldi. Ul nimakim Yso a. s. eliga amr qildi tavhid erdi. Va xotamun-nubuvvatning risolatiga iqror qildikim, Qolallohu taolo: «va iz qola Isabnu Maryama yo bani isroila inni rasulullohi ilaykum musaddiqan limo bayna yadayya minat-tavroti va mubashshiran birasulin ya’ti min ba’dismuhu Ahmadu»64. Sallallohu alayhi va alo olihi vassalam.

Iso a. s. olam va dunyo asbobidin hech nima qabul qilmadi va alardnn bir pashmina toʻn va boʻrk va bir asosi bor erdi. Bir yerda boʻlmas erdi, doyim sayrda erdi. Roʻzi uchun kasb qilmadi, har ne yetti qone’ boʻldi. Chun havoriyun iltimos qildilarkim, bir markab mingilkim, yayogʻliq mashaqqati kamroq boʻlgʻay. Aning yemak va muhofazati tashvishidin rad qildi. Va iltimos qildilarkim, bir maskan yasoli. Qabul qilmadi. Va zuafo bila ixtiloti yoʻq erdi. Bu jihatlardin mujarradliqqa mashhur boʻldi. Va soyir mu’jizotidin biri xuffoshdurkim, bolchigʻdin ul hay’ot bila yasab, nafasin anga surdi. Va ul nafasdin ruh topib uchti va emdigacha bor. Va biri akmah va biri abras ilojidurkim, Qolallohu taolo, «Anni axluqu lakoʻm minat-tiyni kahiyatut-tayri faanfuxu fihi fayakunu tayran biiznillohi va ubriul-akmaha val-abrasa»65 yana ulkim, duo bila oʻlukni tirguzdik, «va uhyil mavta biiznillohi»66. Va ul oʻlukkim, Iso a. s. tirguzdi ibnal-a’juz erdi. Va sharhi budurkim, sayr asnosida bir ajuzani koʻrdikim, bir qabr boshida muassir navha qiladur, kayfiyatin soʻrdi. Dedikim, oʻgʻlum erdi va firoqidin betoqatmsn. Iso a. s. duo qilib, Tengri taolo ul mayyntqa ruh kiyurdn va oʻluk tirilgach, iltimos qildikim, duo qilgʻayki, burungʻi holigʻa borgʻay va mavt sakaroti boʻlmagay. Ruhulloh duosi bila bu ish ham boʻldi va ruhulloh andin oʻtti. Nasibin viloyatida malike bor erdi; mutakabbir va jabborsifat. Iso a. s. aning da’vatigʻa ma’mur boʻlub, ul yon azimat qildi va havoriyungʻa dedikim, sizdin kim boʻlgʻaykim shu shahrgʻa kirib nido qilgʻaykim, Iso ru-hullohknm, Tengri taoloning rasulidur va kalimasidur kelibdur. Ya’qub va Tumon va Sham’un otligʻ uchov dedilarkim, biz borurbiz. Iso a. s. har qaysi bobida bir soʻz aytti, dagʻi alarni uzotti. Alardin ikisi ilgorirak, Sham’un keyinrak yurub, Ya’qub ul nidoni qildi. El hujum qilgʻoch, yondi. Tumon iqror qildi. Ani podshoh qoshigʻa elttilar. Hamul soʻzni aytti. Ul zolim buyurdikim, Tumonning ilikin, ayogʻin kesib, koʻzlarin ham koʻr qildilar. Ul soʻzidin qaytmadi. Bu mahalda Sham’un yetib, malikdin Tumon ilzomigʻa soʻz istid’osini qildi, ruxsat topti. Dogʻi Tumondin soʻrdikim, bu kishikim, sen aning risolatigʻa iqror qilasen hech hujjati va mu’jizi bormu? Tumon dedikim, bor! Sham’un dedikim, ayt! Ul dedikim, akmah va abrasni iloj qilur. Sham’un dedikim, bu ishta atibbo sharikturlar. Tumon dedikim, kishi oqshom ne yemish boʻlsa va uyida ne nima boʻlsa, aytur. Sham’un dedikim, imkoni sihr borkim, jin tasxiri qilmish boʻlgʻan. Tumon dedikim, bolchigʻdin qush yasab, damini anga hurub, ruh tanigʻa kiyurur. Sham’un dedikim, imkoni sihr bor. Tumon dedikim, oʻlukni tirguzur. Sham’un malik sori boqib aytti: muning imtihoni osondur va imkoni yoʻqturkim, bu ish Tengri taolodin yo paygʻambaridin kelur. Agar hukm qilsangkim, ul kishi hozir boʻlsa, filhol ma’lum boʻlur. Iso a. s.ni hozir qildilar, Tumon aytqon soʻzlarni soʻrdilar. Borchasigʻa iqror qildi. Sham’un dedi: agar bu soʻzlaring chindur, avval rafiqingdin boshla. Iso a. s. Tumonning kesilgan a’zosini oʻrunlarigʻa qoʻyub, duo qildi. Tengri taolo borchasni butkordi. Va xuffosh bobida taqozo qildilar, yasadi. Salmoni forsii rahmatullohi ilayhdin manquldurkim, ul viloyatning jami’ murazosini dedilarkim, sahih qilmoq kerak. Aning duosi bila borcha sihat toptilar. Borchadin, soʻngra oʻlukni tirguzmak iltimos qildilar. Iso a. s. dedikim, har oʻluknikim siz desangiz duo qilay. Ittifoq bila Som binni Nuhni dedilar. Tirguzkim, mavtidin toʻrt ming nil oʻtub erdi, aning qabri boshigʻa borib, Iso a. s. iki rak’at namoz qilib, duo qildi. Qabr shaq boʻlub, bir oq soch-soqolliq kishi chiqti va elga dedikim, Iso ruhulloh paygʻambardur, aning dinagʻa kiring va gʻanimat tutuig. Iso a. s. andin soʻrdikim, sizing zamonda soch oqarmas ermish. Som dedikim, saning duong uni yetkoch, qiyomat boʻlgʻon sogʻinib, vahmu xavfdin bular oqardi. Chun Som elga pandlar dedi, Iso a. s. duosi bila avvalgʻi holigʻa bordi va shaq boʻlgʻon yer bir-biriga qoʻshuldi. Ham Salmoni forsindin manquldurkim, bu mu’jizani koʻrub, ul mulk eli musulmon boʻldilar. Ba’zi safardakim, yemakka tanglik voqe’ erdi. Bani Isroil havoriyungʻa dedilarkim, agar Iso a. s. duo qilsakim, Tengri taolo osmondin moida yiborsakim, taomgʻa muhtoj xaloyiq andin bahra topsalar va Tengri taolo vujudi va Iso a. s. nubuvvatigʻa tainlari boʻlsa, deb havoriyun arz qilgʻoch, Iso a. s. tazarru’ qilib dedikim, «rabbano anzil aylayna moidatan minas-samoi takunu lano i’ydan li avvalina va oxirina va oyatan minka varzuqno va anta xay-rur-roziqin»67.

Chun Iso a. s. munojotdin forigʻ boʻldi, vahy keldikim, biz moida yiborali va lek har kishi kufroni ne’mat qilsa, qottiq azobgʻa giriftor boʻlur. Iso a. s. bu soʻzni aytqoch, borcha dedilarkim, har kishi kufroni ne’mat qilsa, Tengri taolo anga azob nasib qilgʻay. Bu soʻzdin soʻngra Tengri taolo osmondin moida yibordi. Xonning azamat zebu ziynatini aytmoq hojat emaski, Tengri taolo xoni erdi. Ammo moida non va biryon boligʻ erdi. Ta’m va mazasi ham ta’rifdin toshqari erdi. Va anda tuz va sabzalar bor erdi. Bir rivoyat bila uch kun va bir rivoyat bila qirq kun bu moida indi. Qavm har necha yedilar kam boʻlmadi. Jami’ murazo ani yegoch, sihat toptilar. Saboh inar erdi, oqshomgʻacha el andin yerlar erdi. Oqshom yana osmonga borur erdn. Qavmdin ba’zi inkorgʻa til uzottiknm, bu moida osmondin kelmaydur, Iso sihr qiladur.

Har oynakim, Tengri taolo kufroni ne’mat qilgʻonlarni va’da qilgʻon dastur bpla toʻngʻuz shakli bila oʻrunlaridin qoʻpordn. Va ul toʻngʻuzlar mazbalalarda kezib, najosatlarni yerlar erdilar.

Iso a. s. qoshigʻa kirib, koʻzlarndin yosh borib, bosh-larnn yerga qoʻyarlar erdi. To uch kundin soʻngra aqabah vujuh bila adam yoʻlngʻa aznmat qildilar. «Nauzu bil-lohi min shuroʻri anfusino va min sayyioti a’moli-no»68. Va Iso a. s.ning mu’jizoti bagʻoyat gʻarib va koʻptur. Masbutroq kutubdin ma’lum qilsa boʻlur. Va Iso a. s. osmongʻa chpqqanida muxtalif rivoyot koʻptur. Ammo sohibi «Guzida» mundoq debdurkim, ul jamoat 'chhud va masx boʻlgʻondin soʻngra, Iso a. s. yonnb Baytul-muqaddasqa keldi. Va ul gumrohlarining baqinyasi Iso a. s.ning qatligʻa qasd qnldnlar. Va Iso a. s. maxfiy boʻldi. Va Sham’uini tuttilar va ul Iso a. s. ni koʻrguzmadi. Parvis oʻtuz diram rishvat olib, Iso a. s.ni koʻrguzdi. Juhudlar tiladilarkn, Iso a. s.nn tutub oʻlturganlar. Tengri ta.olo alarning koʻzidin ani gʻoyib qilib, osmonga chiqordi. Va Iyshu’nikim, juhudlarning ulugi erdi, Iso a. s.ning shakln bila mutashakkil boʻldn. Juhudlar ani Iso a. s. sogʻinib tuttnlar qatl qilgoli. Ul har necha faryod qildikim, men Iyshu’men, foyda bermadi. Ani bir daraxtqa boʻgʻ-zidin ostilar. Va yeti kecha-kunduz osigʻligʻ qoldi. Maryam ani Iso a. s. sogʻnnib, har kecha kelib azo ras-mi bila yigʻlar erdi. Iso a. s.ni Maryam xotnri it-minoin uchun yetinchi kecha osmondin yerga nozil qnldn-kim, Maryam qoshigʻa keldi. Maryamgʻa ahvoldin xabar-dor qilib, Maryamning xotiri qaror topti. Yahyo a. s, yana yetn kishi havoriyundnn Iso a. s.ni koʻrdilar. Va Iso a. s. alargʻa pandlar va nasihatlar qildi va har qoysini bir ishga ta’yin qildi, tonglasn bu gʻarib ishni oshkoro qildilar ersa, yahud borchani takzib qnlnb zindongʻa mahbus qildilar. Ammo Iyshu’ni yoʻq-lagʻonlar bornb, osnlgʻon knshini koʻrdilar. Iyshu’ erdikim, ani Tengri taolo asli suratigʻa eltib erdi. Bu ishdin koʻb el Iso a. s. dinin ixtiyor qildilar. Va Maryamni ba’zi debdurlarkim, Iso a. s. daf’ndin burun olamdin ketti. Ba’zi debdurlarkim Iso a. s. olti yildin soʻngra, har taqdir bila va’da budurkim, Mahdi zuhur qilgʻondin soʻngra Iso a. s. osmondin ingoy, dogʻi Dajjolni halok qilib, soyir milal ahlin xotamun-nubuvva millatigʻa dalolat qilgʻay. Sallallohu alayhi vassalam, val ilmu indallohu.

Iso a. s.ni debdurlarkim, oʻn yeti yoshida mab’us boʻldi. Oʻtuz uchida osmongʻa chiqti.

Ruboiy:

Isoki, mujarrad ayladi Tengri ani,
Koʻk ravzasi boʻldi jilvagohu chamani.
Yer ahlidin ulki boʻlsa tajrid fani,
Tong ermas, agar koʻk oʻlsa aning vatani.

Ashobi kahf va ba’zi mutafarriq axbor. Ashobi kahf bobida ixtilof koʻptur. Muxtasari budurkim, Yunon mulkida Aqsus shahrida Daqyonus otligʻ maliki jabbor bor ermishkim, ba’zi debdurlarkim, butparast ermish, ba’zi debdurlarkim, uluhiyyat da’vosi qilur ermish. Va bu ashobi kahf, ba’zi rivoyat bila aning mulkiming buzurgzodalari va ba’zi rivoyat bila, navvob va mulozimlari ermishlar va musulmon ekandurlar. Va yoshurun Tengri taolo ibodatin qilur ermishlar. Daqyonus bu holdin voqif boʻlub, alarning qatli fikrida boʻlmish. Alar bu holni ma’lum qilib, ittifoq bila shahrlaridin qochib, el yoʻluqur vahmidin yoʻlsiz biyobongʻa tushub, bir qoʻychigʻa uchrab, qoʻichi dagi alargʻa qoʻshulub, qoʻychining iti ham erishib, Raqim otligʻ gʻorgʻa kirmishlar. Va alarning adadida taraddud bor, nachukkim «Kalomi majid» xabar berurkim, «sayaquluna salosatun robiuhum kalbuhum va yaq.uluna xamsatun sodisuhum kalbuhoʻm rajman bilgʻaybi va yaquluna sab’atun va sominuhum kalbuhum»69. Har taqdir bila gorgʻa kirib, haq taolo uyquni alargʻa mustavliy qilib, alar uch yuz toʻquz yil uyumishlar. «Salosa miatin siniyna vazdodu tis’an»70.

Va muddatda Daqyonus jahannamgʻa borib, necha podshoh gardish boʻlub, bir xudoparast odil podshohgʻa saltanat yetkondakim, ashobi kahf Tengri taolo amri bila uygʻonmishlar. Va Tamlixo degan rafiqlarin shahrgʻa yibormishlar, taom kelturur uchun. Ul rafiq gʻordin chiqib, yoʻllar vaz’in oʻzgacha koʻrub, shahrgʻa yetkoch, shahr avzoin mutagʻayyir topib, xaloyiqni Iso a. s. dinida fahm qilib mutahayyir boʻlmish. Bizzarura taom olurgʻa diram chiqargʻoch, – Daqyonus ganjin topibsen, – deb oni tutmishlar. Koʻb mojarodin soʻngra podshoh qoshigʻa eltmishlar. Ul faqiri mutahayyir oʻzga podshoh, oʻzga xalq koʻrub hayron ermish. Podshoh aning holi kayfiyatin soʻrub, ul faqirki har soʻzki oʻz holidin alargʻa aytur ajab koʻrunub, podshoh ulamoni yigʻib, bu bobda qilu qol qilib, soʻngra alar demishlarkim, Iso a. s. «Injil»da bu holdin xabar beribdurkim, Daqyonus chogʻida bu jamoat gʻorgʻa kirib, uch yuz toʻquz yil oʻtub, saning zamoningda uygʻongʻoylar. Podshoh bu ishdin masrur boʻlub, Tamlixogʻa yoʻl boshlatib, ashobi qahf sihatigʻa musharraf boʻlub, alar taom yeb, Tengri taologʻa sajdoti shukr qilib, yana uyqugʻa bormishlar. Uyuqlagʻoch, ruhlarin qobizi arvoh haq taolo amri bila qabz qilmish. Va ul podshoh gʻor eshikida ulugʻ gunbad yasab, alarni madfun qilib, ul yer xaloniqqa azim ma’bad boʻlmish.

Bu qissa tavorix, balki tafosirda mabsut bor. Va axborning gʻaribidin biri budur. Va Xantalatus-sodiqning hidoyati hozur eligakim, Yaman mulkidindur, ashobi kahfdin soʻngra deyilibdur, ul paygʻambari-durkim, haq taolo dinigʻa ul qavmni da’vat qildilar. Va ul bedinlar alarni takzib qilib, oʻlturdilar. Tengri taolo Bobil podshohin ul elga mustavliy qildikim, barchasin halok qildi. Va Iso a. s.din sekson yilgʻa degincha dinigʻa xalal yoʻq erdi.

Yunus juhud azim riyozatlar bila elni mu’taqid qilib, Iso a. s. qoshidin keladurmen va ba’zi Tengri Isoning oʻgʻlidur debdurlar, ba’zn Iso Tengrining oʻgʻlidur debdurlar va ba’zi sharikdur, deb izlol qildi va oʻzin xilvatda zibh qildi. Va ul nodon qavm uch firqa boʻlub, ul shumning soʻzi bila amal qildilar va koʻb vaqtqa degincha bu botil millat el orasida bor erdi. Va «ixtalafaalzobu baynahoʻm»71 alarning sha’nidadur.

Ruboiy:

Kahf ahligʻa yuzlandi adu qaygʻusi,
Boʻldilar agarchi gʻorning mahbusi.
Chun koʻzlari erdi uyquning mamlusi,
Ham oqibat etti adam ul uyqusi.

Jirjis a. s. – Shom viloyatining Falastin shahrida muqim erdi. Ba’zi debdurlarkim, Iso a. s.ning havoriyunining shogirdi erdi va koʻb mol va gʻanimati bor erdi. Va ul vaqtda mulk podshohi jabbori erdi, butparast. Va bir azim but oltun va javohirdin yasab, otin Afluq qoʻyub erdi va xaloyiqqa ul but ibodatin taklif qilur erdi. Harkim mutobaat qilmasa, halok qilur erdi. Va taxtgohi Moʻsul erdi. Chun aning zamonida zulm va taaddi koʻb erdi, Jirjis a. s. tuhfa va tabriklar murattab qilib bordikim, anga peshkash qilib, aning zilli himoyatigʻa xalqining zulmidin emin boʻlgʻay. Ittifoqo ul yetgan zamon bir ulugʻ oʻt yoqib, xalqni Afluq parastish qilurgʻa taklif qilur erdi, qabul qilmagʻonni ul oʻtka soladur erdi. Jirjis a. s. bu holni koʻrub, hamiyyat va gʻayrati oʻti mush-tail boʻlub, amvolni mustahiqlargʻa uloshib, haq taolo amri bila ul zolimni nasihat boshlab, Tengri taolo ubudiyatigʻa dalolat qildi. Ul zolim dedikim, Afluqqa sajda qilsang, xalossen, yoʻq ersa, azob bila halok qilay. Chun bu amr mutaazzir erdi, buyurdikim, temir torogʻlar bila Jirjis a. s.ning a’zo va rang va payin bir-biridin oyirib, temir qozugʻni oʻtqa solib qizitib, boshigʻa qoqturdi va zindongʻa yiborib, chor-mix qilib, bir sutunni ustiga nasb qildi. Yerim kecha haq taolo bir malakni yiborib, Jirjis a. s. ni ul sutun ostidin chiqorib, badanigʻa ruh kiyurub, ani nubuvvat davlatigʻa musharraf qilib, dedikim, yo Jirjis, haq taolo sanga xntob qildikim, sabur boʻl va gʻam yemakim, seni yeti yil bu kuffor balosigʻa giriftor qilgʻumdur. Sanga andoq mu’jizot nasib qilgʻum-durkim, oʻzga anbiyogʻa qilmamish boʻlgʻaymen. Seni yana uch qotla kuffor ilikida maqtul qilgʻumdur, yana dogʻi jon bergumdur. Andin soʻngra oʻz duong bila bihishti jovidongʻa kiyurgumdur. Jirjis a. s. dedi: Har ne haq taolodindur kelsa, xushtur. Saboh boʻlgʻoch, yana Jirjis a. s. ul malik dargohigʻa bordi. Koʻrub hayron qeldilar. Yana nasihat ogʻoz qildi. Ul badbaxt buyurdikim, Jirjis a. s.ning boshigʻa arra qoʻyub iki boʻldilar. Va soyir jismini pora-pora qilib, sherxonagʻa eltib, sibo’ olligʻa soldilar. Sibo’ aning poralarin hurmat bila asradilar. Haq taolo yana Jirjis a. s.ni tirguzub, yana ul bebok borgohigʻa hozir boʻlub, nasihat bunyod qildi. Ul dedikim, bu kishi sohirdur. Mamlakat sohirlarni hozir qilingkim, anga gʻolib kelsunlar. Sohirlar kelib, iki yilon xaritadin chiqordilarkim, iki uy boʻldilar. Oʻylar bila shiyor qilib, tuxm sochib, hamul zamon aning mahsulidin non pishurdilar. Ul el shod boʻlub, podshoh amr qildikim, agar Jirjisning shaklin it shakli bila qila olsangiz, inoyatlar qilay. Alar bir ayogʻ suvgʻa afsui oʻqub, Jirjis a. s.gʻa ichurdilar. Hech asar qilmadi. Sahara ajzlaridin mu’tarif boʻldilar. Birov dedikim, siz Jirjis a. s.ni sohir dersiz, sohnr hargiz oʻlukni tirguza olurmu? Sahara dedilarkim, yoʻq. Ul dedikim, biz oʻz koʻzumiz bila koʻrdukki, Shom viloyatida bir ajuzaning bir oʻyi oʻlub erdi. Ul ajuza Jirjis a. s.gʻa dardi dil qildi ersa, Jirjis a. s. asosin berib, ta’lim berdi. Ul ajuza asoni eltib, oʻlgon oʻyigʻa urgʻoch, oʻy tirildi. Bu soʻzdin sahara Jirjis a. s.gʻa iymon keturdilar. Va ul gʻaddor borchasin oʻlturdi. Va aning navvobidin biri Jurjis a. s.gʻa dedikim, biz oʻlturur kursilarni andoq qilsangkim, avvalgʻi hollarigʻa borsa, ne desang qiloli. Duo qildi. Hamul quruq yigʻochlar daraxtlar boʻldilarkim, ba’zida gul va ba’zida meva zohir boʻldi. Bir qotla Jirjiye a. s.ni bir temir un javfigʻa solib, nafg va gugurd bila ul javfni mamlu qilib, ul uyni bir uluq oʻtqa soldilarkim eridi. Bu asnoda olamni zulmat tutub, andoq yogʻin va ra’d va barq boʻldikim, kunduzni kechadin farq qilmadilar.

Bir malakka amr boʻldi, bu un suratin olib yerga urdi. Andoq sado keldikim, xalq yiqilib behol boʻldilar.

Va Jirjis a. s. uy ichidin solim chiqnb, yana ul bedavlatlar da’vatigʻa mashgʻul boʻldi. Bu qotla dedilarkim, falon gʻorda salaf mulukidin nechaning maqbarasi bor, duo bila alarni tirguzsangki, bizing bila soʻzlashsunlar, ne desang qiloli. Jirjis a. s duo qilib alarni tirguzdn. Va alar Jirjis a. s.din. duoyi magʻfirat talabin qildilar. Va ul yerga ayogʻ urub ul toshtin bir chashma paydo boʻldi, alargʻa gʻusl buyurdi. Duo qildi. Tengri taolo alargʻa. magʻfirati arzoniy tutti va yana oʻz hollarigʻa bordilar. Bu qotla Jirjis a. s.ni bir ajuza beva uyida band qildilarkim, ochligʻ azobi bila oʻlgʻay. Ul uyda bir sutun bor erdi, bir mevalik azim daraxt boʻldi. Ul mal’un bilib, ul daraxtni kesib va uyni buzub, Jirjis a. s ni kupdurub, kulin uch qism qilib, sulsin bahrgʻa, sulsin toqgʻa, sulsin yelga sovurtti. Haq taolo yelga amr qildikim, ul kullarni yigʻib, bir yerda Jirjis a. s. kul ichidin chiqti.

Va ajuzaning bir oʻgʻli bor erdi koʻr va gung va kar va lang. Jirjis a. s. duosi bila qulogʻi,, koʻzi avval holigʻa bordi. Yana iki uzvi sihatigʻa ajuza iltimos qildi ersa, tonglagʻa va’da berdi. Tonglasi ul Tengri taoloning dushmani paygʻambarni butxonagʻa eltib, hukm qildikim, butqa sajda qilgʻay. Ul hazrat «Zabur»ni biyik oʻqub, ul lang va gungga buyurdikim, borib butlargʻa aytkim, sizlarni Jirjis a. s. tiladi. Ul bordi va bu soʻzni degach, butlar barchasi Jirjis a. s. sori mutavajjih boʻldilar. Paygʻambar ayogʻini yerga urgʻoch, borchasin yer yutti. Va Jnrjis a; s. duo qildikim, xudoyo, yeti yilkim va’da qilib erdiig boʻldi va kuffordin azoblar ham vuqu’ topti. Emdi kufforni halok qil va meni oʻzungga vosil qil. Filhol bir bulut paydo boʻlub, oʻt yogʻdurub jami’ malain oʻrtonib, Jirjis a. s.ni haq taolo oʻziga vosil qildi.

Ruboiy:

Jirjiski, oyini risolat tuzdi,
Kufr ahliga koʻb moʻ’jizalar koʻrguzdi.
Ne sud agar elni dami tirguzdi
Kim, tori hayotin necha qotla uzdi.

Jamoati akbiyoki, gʻayri mursal erdilar, alarning adadi muyayan ermas. Ba’zi yuz yigirmi toʻrt ming va ba’zi sekiz ming debdurlar. Va bulardin uch yuz oʻn uchii mursal debdurlar. Va mursal uldurkim, anga vahy Jabrail vositasi bila kelmish boʻlgʻay. Va gʻayri mursal ulkim, ilhom yo tush bila elga rahnamoyliq qilgʻay. Ululazm uldurkim, bovujudi bu iki shaq anga kitobi osmoniy kelmish boʻlgʻay va boshqa shariati boʻlgʻay. Va xotim ulkim, bovujudi bu iki shaq ondin soʻngra paygʻambar boʻlmagʻaykim, bu sifat hazrati Muhammad arabiy sallallohu alayhi va alo olihi va ashobihi vasallamgʻa musallamdur, bas.

Chun mursal adadi va asomiysi gʻayri mashohir ma’lum ermas, gʻayri mursalgʻa ham ne yetkay. Ammo mursalni mu’tabar kutubdin ulcha mumkindur sa’y va ihtiyot qilib zikr qilildi. Va gʻayri mursal adadi va asomiysining otlarin bitib, aksar, balki borcha kutubda tahqiq boʻlmagʻon jihatidin nuqta ham qoʻymaydurlar va voqoye’ va holotlarini bitmaydurlar. Muborak ismlarin gʻalat bitmak beadabligʻ va ahvollarin sharh qilmoq befoyda koʻrungan uchun, alar zikridin qalam jurdai xush xiromidin inon tortildi. Va ba’zi Jirjis a. s. gʻayri mursal debdurlar, vallohu a’lam.

She’r:

Chun mu’tabar anbiyo soʻzi topti savod,
Ubbod ila hikmat ahlin ettuk bunyod.

Barsisoy Obid. Ibn Abbos raziyallohu anhumodin manquldurkim, Iso a. s. raf’idin soʻngra bani Isroil qavmida Barsisoy Obid yetmish yil ibodat qildi, xalq anga murid va mu’taqid boʻldilar. Shayton ahli saloh suratida aning savmaasigʻa kelib, ibodatgʻa mashgul boʻldi. Va bir yilgʻacha oʻzin andoq toatqa mashgʻul koʻrguzdikim, Barsisoy aning ixtilotigʻa mayl koʻrguzdi. Va guftu shunuftdin oralarida suhbati garm boʻldi. Chun Harif soda kishi erdi va harif muzavvir Obidqa bir ism oʻrgatdikim, bemorlargʻa mujibn shifodur. Necha kishining boʻgʻzini boʻgʻub, Obidqa nishon berdi. Obid mulk podshohining qizigʻa bu hol dast berdi. Ani duosi bila daf’ boʻlub, mujibi shuhrat boʻldi, to ulki, ul Obid savmaasigʻa kelturdilar. Va Obid xilvatigʻa kiyurub, chun kulli e’timodlari bor erdi,yotqurub kettilar.

Obid muolajagʻa mashgʻul boʻlgʻonda koʻrmagan shakl bila koʻrub, shayton vasvasa ogʻoz qildi. Chun xilvat emin yer erdi va jamila behush, Obid masx fursatni tanimat tutti. Matlubi muyassar boʻlgʻondin soʻngra rafiqi hozir boʻlub dedikim, ajab ish qilding. Va ul ham ishi qabohatigʻa voqif boʻlub, iloj tiladi. Dedikim, iloji qatldurkim, bir yerda madfun boʻlgʻan. To aytilgʻoykim, uydin chiqibdur, bilmasbiz qayon boribdur. Rafiq rahnamoyligʻi bila bu ish ham vujud tutti. Andin soʻngra rafiq podshohgʻa bu ishdin xabar berib, voqe’ erkoni zohir boʻlgʻondin soʻngra, Obidni azob bila qatl hukmi qildi. Va ul holda yana rafiqi oʻz shaytanatin zohir qilib dedi: bu balodin seni xalos qilay, agar manga sajda qilsang. Ul nodon bu ishni ham qildi, dagʻi maqtul boʻldi.

She’r:

Boʻlma magʻrur koʻh yoki aso,
Koʻrki, ne ishga qoldi Barsiso.

(Ashobi Uxdud qol Ollohu taolo) qutila ashobul-uxdud»72. Bu qavm Yaman mulkidin erdilar va Zulvos bularning podshohi erdi. Va borcha butparast va gumroh erdilar. Va Zulvosning bir vaziri bor erdi, sohir. Qarigʻon chogʻda bir yigitni tarbiyat qilibkim, qoim maqomi qilgʻay. Va ul yigit bir kun bnr yoʻl bila boradur erdi, bir un eshittiki, birov Tengri taoloning otin tutub tazarru’ qilur. Ul ot koʻngliga xush kelib, mutaassir boʻlub, tilab, ul mutakallimni topti. Bir obid erdi. Yer ostida qavm qoʻrqunchidin ibodat qiladur erdi. Aning xidmatigʻa mashgʻul boʻlub, bot haq taolodin olin marotib topti. Andoqki, bir yoʻlida jam’i bir ajdaho qoʻrqunchidin mutavaqqif erdilar va muztarib. Ul ilgari borib, ajdahoning uchasigʻa ilikin silab ajdaho yoʻldin qiroq chiqib, xalq oʻtti. Va bu nav’ xavoriq andin koʻb zohir boʻldi. Podshohning bir hojibining koʻzi ramad shidda-tidin koʻr boʻlub, hechkim iloj qilaolmaydur erdi, ul duo bila bino qildi. Va hojib din qabul qildi. Podshoh andin koʻzi yorugʻoch, sababin soʻrdi ersa, ulcha voqe’ erdi, dedi. Podshoh ul yigitni va obidni tilab, millatlarin bilgandin soʻngra islom dinndin ruju’ buyurdi. Chun qabul tushmadi, hojib bila obidni oʻlturub, yigitni boliglar tu’masi uchun bahrgʻa yibordi. Tengiz qirogʻinda aning duosi mulozimlarini suvgʻa solib, yigit solmm keldi va podshohni dingʻa dav’at qildi. Bu qotla togʻdin tashlasunlar, deb yibordi ham yel ani eltganlarni togʻdin uchurub, ul solim keldi. Soʻngra ani dorgʻa osib, sangboron va tirboron qildilar, kor qilmadi va dori ostigʻa oʻt yoqtilar, asar qilmadi. Chun yigitga haq taolo visoli ishtiyoqi gʻolib erdi, dedikim, Tengri taolo otin tutub oʻq oting. Alar ul degondek qildilar. Oʻq anga oʻtti va halok boʻldi.

Chun obid yigit oʻldi, haq taolo amri bila ashobi Uxdud ham kuydilar.

She’r:

Magar oh urdi ul dam Obidi pok
Ki, yaksar kuydilar ul qavmi bebok.

Shamsun Obid. Manquldurkim, Iso a. s. bila hazrat Risolat sallallohu alayhi vasallam zamonlarining orasida arab ichra obidi erdikim, kecha ishi ibodat erdi. Tengri taolo anga ancha kuch bernb erdikim, mushriklar necha anga qasd qildilar, zafar topaolmadilar. Oqibat xotunin qavm shohi oʻz nikohi va’dasi bila firib berib, ul bevafo va’da qildikim, ani giriftor qilgʻan.

She’r:

Da’ zikrahunna mimmo lahunna vafou,
Rihussabo vava’di savou73.

Bir kecha obid uyugʻonda gʻaddora aning ilik-ayogʻin berk tanob bila bogʻlab, Shamsun uygʻondi va zoʻr qildi va iplarni uzub, ul ishning qilgʻon sababin soʻrdi ersa, dedikim, saning zoʻrungni imtihon qildim. Ahli sharik muni bilgoch, zanjir yibordilar. Bu qotla zanjir bila bogʻladi. Obid yana uygʻonib, zoʻr qilib, zanjir dogʻi uzuldi. Oqibat makr va fusun bila obid sodadin iqror tortti va ham aning mahosini tukidin bosh bormogʻin bogʻlab, kufforgʻa topshurdi. Alar Shamsunni band qilib, podshoh qoshigʻa elttilar. Podshoh bir manzarada oʻlturub erdikim, ani toʻrt sutun ustiga nasb qildilar. Obidqa qatl hukmi qildilar. Obid duo qildi ersa, bir qushqa amr boʻldikim, ani ul banddin xalos qilib, buyurdikim, ul sutunlarni tortib, ul imoratni yiqti. Va podshoh va xosi halok boʻl-dilar.

Manquldurkim, Shamsun ming oy ibodat qildi. Va ahli Tafsir debdurlarkim, kalomullohda «Laylatul-qadri xayrun min alfi shahr»74 din maqsud ul ming oydur. Obidqa bu maxlas voqe’ boʻlub, xotunin taloq qildi.

She’r:

Uldurur Obidi alal-itloq-
Ki, jahonning ajuzin etti taloq.

Jarih Rohib. Ibn Abbos razinallohu anhudin manquldurkim, Jarih otligʻ ham Iso a. s. Zamonidin soʻngra bir obid yigit paydo boʻldikim, oʻn uch yoshiding ibodatqa mashgʻul boʻldi. Va aning karomat va xavorik odoti koʻb mashhur erdi. Va ahli shirk doim aning iyzosigʻa, balki daf’igʻa makrlar qilur erdi.

Va Jarihning onasi bor erdi-solihan obida. Har kun bir qotla Jarih uchun taom kelturur erdi. Bir kun taom kelturub, savmaa eshikin qoqti. Chun Jarih namozgʻa mashgʻul erdi, eshik ochvrgʻa kechrak kelib, onasi malul boʻlub, duo qildikim, «Arokallohulvu-juhal muvmisot»75. Ya’ni Tengri taolo sanga zoniya xotunlarning yuzin Koʻrguzsun. Va onasining bu duosi mustajob boʻlub, jam’iki aning qasdida erdilar, bir zoniyani mol va’dasi bila firifta qilib, Jarihning savmaasigʻa rahnamoligʻ qildilar. Va ul zoniya Jarihqa oʻz zinosi bila tuhmat qildi. Va ul ashror Jarihning boʻynigʻa ip taqib, maliklari qoshigʻa eltib, malik Jarihqa qatl hukmi qildi. Onasn eshitib, malik suhbatigʻa borib dedikim, oʻgʻlumning , bu tuhmatdin pokligiga guvohim bor, balki maning duom jihatidin bu balogʻa uchrabdur. Malik dedikim, guvohing kimdur? Soliha ul zoniyani tilab, ilik qornigʻa qoʻyub munojotdin soʻngra qorindogʻi tiflni chorlogʻoch, tifl labbayk, deb javob berdi. Soliha soʻrdikim, saning otang kimdur? Tifl dedikim, falon qoʻychi. Uch qotla savol bu erdi va javob bu. Bu ajib holdin borcha mutaajjub boʻlub, Jarihqa uzr qoʻldi.

Delarki, tifl tuqqonda ham ahli fasod bu tuhmatni ogʻoz qildilar. Uch kunluk tifl yana hamul aytqon soʻzin aytti. Va Jarihni haq taolo ul balodin qutqordi.

She’r:

Har kimsaki, pok esa dagʻodin,
Tengri ani asrasun balodin.

Hukamo zikri. Chun Luqmonning hikmati va nubuvvati orasida ixtilofdur. Va aksar el ani nabiy debdurlar. Anbiyo zumrasida bitildi va hukamo orasida ham mazkur qilildi. Va andin bir-iki soʻz bila mazkur qilinur. Ul debdurki, borcha yukni torttim, burchdin ogʻirroq. yuk koʻrmadim va borcha lazzatni tottim, ofiyatdin chuchukrok sharbat totmadim, xushxoʻy yotlargʻa qarobatdur va badxoʻy qarobatlargʻa yot. Andin soʻr-dilarkim, ne nimadurkim, foydasi borcha xaloyiqqa teyar? Dedikim, yomonlarning yoʻqlugʻi. Va aning umri yuqori bitilibdur.

She’r:

Yoshing Luqmondin ar xud boʻlmasa kam,
Chu borgʻungdur borur damdur hamul dam.

Fishogʻurs hakim. Luqmoni hakimning shogirdidur. Ba’zi debdurlar, Gushtosb zamonida erdi. Musiqiy ilmi aning voze’idur. Andin burun bu fanni tadvin qilgʻon kishi ma’lum emas. Va soz ham aning muxtari’idur va kamolda ta’rifdin mustagʻniy. Aning soʻzlaridindurkim, kishi oʻz madhin desa, chin dogʻi boʻlsa, nopisanddur va oʻtkonlar bila ont ichmak yolgʻon nishonasidur va musibatqa sabr qilmoq shamotat qilgʻuchining musibati.

She’r:

Andaki soz safar oʻldi anga,
Sozlari navhagar oʻldi anga.

Jomosb hakim. Gushtasbning qardoshidur va Luqmonning shogirdi erdi. Nujum ilmida gʻarib ahkomi bor. Oʻz zamonidin soʻngra uch ming yilgacha kelur ishlarni hukm qilibdur. Va aning soʻzlaridindurkim, karimning yomonroq xislati oʻz ilmining tarki va laimning yaxshiroq xislati oʻz ilmining tarki. Va aning madfani Fors viloyatidadur.

She’r:

Kishiga boʻlsa koʻkka chiqmoq fan,
Ne asigʻ, koʻrsa oqibat madfan.

Buqrot hakim Fishogʻursning shogirdidur. Va Bahman chogʻida erdi va tibb ilmida mohir erdi va tasonifi bor. Va fusuli Buqrot ul jumladindurkim, atibbo qoshida bagʻoyat mu’tabardur. Ul debdurkim, umr qisqadur, ish uzun. Oqil uldurkim, bu qisqa umrni bir nimaga sarf qilgʻaykim, zaruratroqdur, ya’ni oxirat maslahati va Tengri taolo rizosi.

She’r:

Kishiki qildi amal Tengrining rizosi bila,
Haq etti oxiratin komu muddaosi bila.

Buqrotis hakim. Buqrotis Buqrot shogirdlaridindur. Aning soʻzlaridiidurkim, sharif ilm koʻigulda qaror tutmas, taxsis nimalar koʻnguldin chiqmas. Yaxshi soʻz koʻngulni yorutur va yaxshi xat koʻzning ne’mati arusidurkim, aning mahri shukrdur. Va ozkim poydor boʻlgʻay koʻbdin yaxshiroqni nopoydor boʻlgʻay.

She’r:

Birovkim poydor oʻlgʻay erur haq,
Aning gʻayri erur ma’dumi mutlaq.

Suqrot hakim Buqrotisning shogirdidur va Humoy binti Bahman zamonida erdi. Va aning soʻzlaridindurkim, nodongʻa tavozu’ qilmoq hanzalgʻa suv bermakdurkim, necha koʻp ichsa, talxroq boʻlur. Sa’y ishikim, oʻz yerinda boʻlmagʻay, qilur ishda kohilliddin yomonroqdur va dushman bila mashvarat qilib va dushmanligʻin bilsa boʻlurkim, ne poyadadur.

She’r:

Cheksa dushman sening salohingga til,
Mahzi afsod boʻlgʻusidur bil.

Aflotun hakim Suqrotning shogirdidur. Va Dorob zamonida zuhur qildi va Iskandari Rumiygʻa musohib boʻldi. Va hakimi olihi erdi. Va aning soʻzlaridin-durkim, podshohgʻa chogʻir ichmak haromdur, nevchunkim, ul mulk va raiyyatning nigohbonidur. Nigohbonkim, anga nigohbon kerak boʻlgʻay, yaxshi boʻlmagʻan. Mufliski, oʻzin gʻaniy tutqay dijamdekdurkim oʻzin semiz koʻrguzgay. Jud tilaman bermakdur, nevchunki, tilab bergan tilaganning mukofotidur.

She’r:

Tilamay jud qil saxiy ersang,
Tilamak muzdidur tilab bersang.

Aristotolis hakim Aflotunning shogirdidur, Iskandarning vaziri erdi. Aning soʻzlaridin budurkim, podshoh ulugʻ rudgʻa oʻxshar va atbon arigʻlargʻakim, ul ruddin ayrildilarkim, ul rud sunigʻa har hol boʻlsa, arigʻlargʻa hamul holdur. Ul chuchuk boʻlsa, bular chuchuk; Ul achig boʻlsa, bular achigʻ; Ul sof boʻlsa, bular sof; Ul loy boʻlsa, bular lon. Pas, podshohgʻa vojibdur – goyat hikmat va e’tidol bila maosh qilmoq, to xayl va hashami anga mutobaat qilgaylar.

She’r:

Shoh daryo va xalq erur anhor,
Ikisining suyigʻa bir maza bor.

Balinos hakim Aristotolisning shogirdidur. Iskandariya minorasi tilisminikim, farang ahli qilgʻon, anda koʻrunur erdi, Balinos yasab erdi. Va aning soʻzlaridindurkim, podshoh kerakkim, borcha eldnn nima olgay, ammo e’tidol bila, to mulk barqaror boʻlgʻay. Yoʻqki, borchagʻa nima bergay bee’tidolliq bila, to mulk buzulgʻay.

She’r:

Chu shah oz olsa boʻlgʻay mulk obod,
Chu koʻb berdi, boʻlur yuz mulk barbod,

-ya’ni koʻb bersa, koʻb olmogʻ lozimdur.

Jolinus hakim Balinosning shogirdidur. Va aning soʻzlaridindurkim, anduh jon bemorligʻidur. Bemorkim, nshtahasi boʻlgʻay, ul tandurustdin yaxshiroqdurkim, ishtahasi boʻlmagʻaykim, anga sihat ortar va munga ranj.

She’r:

Bemori mushtahiygʻa salomat nishonidur,
Chun tandurust mushtahiy ermas, ziyonidur.

Batlimus Hakim Jolinus shogirdidur. Va aning soʻzlaridin bukim, qobilning saodati budurkim, fahim boʻlgʻay. Nekbaxt uldurkim, el holidin pand olgʻay va badbaxt ulkim, aning holidin el pand olgʻaylar.

She’r:

Ulus af’olldin sen boʻl barumand,
Yoʻq ulkim, olgʻay af’olingdin el pand.

Sodiq Noʻshiravoni odil zamonida erdi. Va Noʻshiravongʻa nasihatnoma bitibdur. Bu mufrid soʻz aning soʻzlaridindurkim, shoh va gadogʻa foydasi omdur. «Lo t’kul taoman va fi me’datika taomoʻn»76.

She’r:

Zarari borcha elga om oʻlgan,
Kim taom ustida taom oʻlgʻay.

Buzurjmehr Noʻshiravoni odilning vaziri erdi. Aning oʻzlaridindurkim, ustodimdin soʻrdimkim, yigitlikda ne qilmoq yaxshy va qariligʻda ne qilmoq yaxshi? Dedikim, – yigitlikda ilm kasb qilmoq va qariligʻda ani amalgʻa kelturmak yaxshidur.

She’r:

Yigitligʻda yigʻ ilmning maxzani,
Qariligʻ chogʻi xarj qilgʻil ani.


"Tarixi Anbiyo va Hukamo"dagi Qur’oni Karim Oyatlari va Boshqa Arabiy Iboralar Tarjimasi

1. Odamning loyini qirq kun (tong) oʻz qoʻlim bilan qordim.

2. Va u zot Odamga barcha narsalarning ismlarnni oʻrgatdi…
(Qur’oni majid «Baqara» surasi, 31-oyat. Bundan keyin sura nomi va oyatlar raqami beriladi).

3. Barcha-barcha farishtalar unga (ya’ni, Odamga) sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortti («Hijr» – 50).

4. Va albatta to jazo (qiyomat) kunigacha senga (barchaning) la’nati boʻlur («Hijr» – 35).

5. Ey odam, sen esa jufting (Havvo) bilan jannatni maskan tutib... («Hijr» – 19).

6. ... Mana shu qargʻachalik boʻla olmadimmi? («Moida» – 31).

7. Va biz uni yuksak martabaga koʻtardik («Maryam» – 57).

8. Parvardigorim, yer yuzida kofirlardan biron hovli-joy egasini qoldirmagin («Nuh» – 26).

9. ... u sening ahlingdan emas... («Xud» – 46).

10. ... hatto mustahkam qal’alar ichida boʻlsangiz ham.. (oʻlim sizlarni topib oladi («Niso» – 78).

11. Biz: «Ey zulqarnayn, yo ularni azobga duchor qilursan yoki ularga yaxshi muomalada boʻlursan», – dedik («Qahf» – 86).

12. «Mana shu Parvardigorim» («An’om» – 76).

13. U ham botib ketgach: «Ey qavmim, men sizlarning shirkingizdan pokman» («An’om» – 78).

14 .... Ekin oʻsmaydigan bir vodiy... («Ibrohim» – 37).

15. Menga keksalik paytimda Ismoil va Ishoqni hadiya qilgan zot – Ollohga hamdu sanolar boʻlsin («Ibrohim» – 39).

16. Biron narsa U zotga oʻxshash emasdur. U eshitguvchi va koʻrib turguvchidir («Shoʻro» – 11).

17. «Ey ota, men tushimda oʻn bir yulduzni, yana quyosh va oyni koʻribman. Hammalari menga sajda kilayotgan emish» («Yusuf» – 4).

18. ... Bu bashar (farzandi) emas... («Yusuf» – 31).

19. (Aytdi:) «Men sizlarga rizq boʻladigan (har qanday) taom oldingizga kelishidan ilgari uning qanday taom ekanini, ta’vilini aytib bera olaman» («Yusuf» – 37).

20. (Aytdi:) «Ey oʻgʻillarim, (Misrga) bir darvozadan kirmanglar, balki boshqa-boshqa darvozalardan kiringlar!» («Yusuf» – 57).

21. «Ey otajon, mana shu ilgari koʻrgan tushimning ta’biridir» («Yusuf» – 100).

22. «Parvardigoro, biz bilan qavmimiz oʻrtasida haq hukm qilgaysan. Oʻzing hukm qilguvchilarning yaxshirogʻidirsan» («A’rof» – 89).

23. Men sizlarning eng ustun Parvardigoringizman («Zan-najot» – 24).

24. «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham koʻz quvonchidir. Uni oʻldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga naf’i tegsa yoki uni bola qilib olsak...» («Qasos» – 9).

25. Tilimdan tugunni – duduqlikni yechib yuborgin.

26. Mening oʻzim Ollohman («Toha» – 27).

27 «Parvardigorim, oʻzing men uchun huzuringda – jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin...» («Tahrim» – 11).

28. Ey Homon, men uchun bir (baland) qasr qurgin («Gʻofir» -36). 29. «...Asoying bilan» dengizni urgin... («Shuaro» – 63).

30. Ollohdan, uning gʻazabidan panoh tilaymiz va yana panoh tilaymiz. nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan (Duo).

31. ... Eshitdik va boʻyinsunmadik... («Baqara» – 93).

32. Ey yer, tut (yut) buni.

33. ... Bas, borgin, sen oʻzing va Parvardigoring ular bilan urushaveringlar («Moida» – 24).

34. «... Parvardigorim, men faqat oʻzimga va birodarim (Horun)ga egaman, xolos. Bas, oʻzing biz bilan bu itoatsiz qavmning orasini ajratgin...» («Moida» – 25).

35. U (xizmatkor) aytdi, «Buni koʻring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda, men baliqni (unga jon kirib, savatdan tushib ketganini) unutibman» («Qahf» – 63).

36. «... InshoOlloh, sen mening sabr-toqatli ekanimni koʻrursan. Men biron ishda senga osiylik – itoatsizlik qilmasman» («Qahf» – 69).

37. «Aniqki, sen men bilan birga sabr qilishga hargiz toqating yetmas, demaganmidim?!» («Qahf» – 72).

38. Aytdi: «Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir...» («Qahf» – 78).

39. Sabr qiling, ey onajon, Siz Ollohga yaqinlashib, uning rizoligini topdingiz. Siz bilan jannat orasida ikki qadamgina qoldi.

40. Muso (oʻzining xizmatkori) yigitiga: «To ikki dengiz qoʻshiladigan yerga yetmaguncha yoki uzoq zamonlar kezmaguncha yurishdan toʻxtamanman» («Qahf» – 60).

41. Ey Dovud, darhaqiqat, biz seni yerda xalifa qildik. Sen kishilar orasida haqiqat bilan hukm qil! («Sod» – 26).

42. Ular dedilar: «Qoʻrqmagin, (Bizlar) birimiz birimizga zulm qilgan ikki da’volashguvchi (jamoat)dirmiz. Bas, sen bizlarning oʻrtamizda haq bilan hukm qilgin va (bizlardan biror tarafga) jabr qilmagin hamda bizlarni tekis – toʻgʻri yoʻlga boshlagin» («Sod» – 22).

43. Kishi oʻz nafsi tufayli halokatga uchraydi.

44. Dedi: «Parvardigorim, oʻzing meni magʻfirat qilgin va menga oʻzimdan keyin birontasi uchun muyassar boʻlmaydigan bir mulku davlat hadya etgin. Zero, yolgʻiz sening oʻzinggina (barcha yaxshiliklarni) hadya etguvchisan» («Sod» – 35).

45. Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik (masofani bosib oʻtadigan) shamolni (boʻysundirdik) («Saba’» – 12).

46. Axir ular oʻzlaricha Olloh osmon va yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq (qonun) va belgilangan muddat bilan yaratganini (demak oʻsha muddat bitgach, dunyo tugab, oxirat boshlanishini) tafakkur kilib koʻrmadilarmi? Darhaqiqat, bu odamlardan koʻpchilik qayta tirilib, Parvardigorlariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilguvchilardir.

47. Albatta, u Sulaymondir va u (maktubda shundan bitilgandir): «Mehribon va rahmdil Olloh nomi bilan boshlayman. Sizlar menga kibr-havo qilmay, huzurimga boʻysungan holnigizda kelingiz!» («Naml» – 27).

48. (Shunda) jinlardan bir pahlavon aytdi: «Men uni sen oʻrningdan turishingdan ilgari senga keltirurman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidurman» («Naml» – 39).

49. (Olloh dedi:)... «Darhaqiqat, Biz Sulaymonni imtihon qildik» («Sod» – 34).

50. ... Va uning taxti ustiga jonsiz jasadni tashladik («Sod» – 34).

51. «Aniqki, Biz Luqmonga hikmat ato etdik...» («Luqmon» – 12).

52. (Olloh dedi:) «Yunus ham, shubhasiz, paygʻambarlardandir» («Saffon» – 139).

53. «Parvardigoringiz hukmiga sabr qiling va nahang baliq sohibi (Yunus paygʻambar) kabi besabr boʻlmang!» («Qalam» – 48).

54. «... Hech iloh yoʻq, magar oʻzing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (oʻz jonimga) jabr qiluvchilardan boʻlib qoldim...» («Ankabut» – 87).

55. «Qancha muddat (oʻlik holda) turding?» «Bir kun yo yarim kun», – dedi u Olloh dedi: «Yoʻq, yuz yil turding. Taom va ichimligingga qara – buzilgan emas. Endi eshagingni (chirib, suyaklari ajrab ketganini) koʻrgin» («Baqara» – 259).

56. Yahudiylar: «Uzayr Ollohning oʻgʻli», – dedilar («Tavba» -30)

57. «... Parvardigorim, men qiz tugʻdim». Holbuki, Olloh uning nima tuqqanini bilguvchirogʻdir va har qanday oʻgʻil va qiz kabi (bu qizning oʻrnini bosguvchi) emasdir «va men unga Maryam deb ism qoʻydim. Men bu qizga, uning zurriyotiga dargohingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni sendan iltijo qilaman» («Oli Imron» – 33).

58. «Bas, Parvardigori uni (Maryamni) xush qabul aylab, chiroyli parvarish etdi...» («Oli Imron» – 37).

59. Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga hujraga kirganida, uning huzurida bir rizq – nasiba koʻrdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» – deb soʻraganida (Maryam) javob qildi: «Bular Olloh huzuridandir...» («Olv Imron» – 37).

60. «Albatta, Olloh oʻzi xohlagan kishilarga behisob rizq berur» («Oli Imron» – 37).

61. Soʻng mehrobda namoz oʻqib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar... («Oli Imron» – 38).

62. (Biz unga): «E Yahyo, Kitobni (ya’ni Tavrotni) mahkam ushlagin, (dedik) va unga goʻdaklik chogʻidayoq hikmat – ma’rifat ato etdik» («Maryam» – 12).

63. Eslang (Ey Muhammad), farishtalar: «Yo Maryam, albatta, Olloh senga oʻzining soʻzini xushxabar qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iso binni Maryam boʻlib, dunyoyu oxiratda obroʻli va (Ollohning) yaqinlaridap boʻlur hamda odamlarga goʻdaklik paytida ham voyaga yetgan chogʻidagidek gapirur va Solih bandalardan boʻlur...» («Oli Imron» - 46).

64. Eslang, Iso binni Maryam: «Ey Bani Isroil, albatta, men Ollohning sizlarga (yuborgan) paygʻambaridurman. (Men) oʻzimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va oʻzimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir paygʻambar haqida xushxabar berguvchi boʻlgan holda yuborildim...» («Saf» – 6).

65. «Men sizlarga loydan qush timsolini yasab, unga puflasam, u Ollohning izin – irodasi bilan haqiqiy qush boʻladi. Va yana koʻr, pes kasallarini tuzata olaman...» («Oli Imron» – 49).

66. «Va Ollohning izni bilan oʻliklarni tiriltiraman...» («Oli Imron» – 49).

67. «... Ey tangrim, Parvardigor, bizga osmondan bir dasturxon nozil qilgilki, u avvalu oxirimiz uchun bayram va sening oyat – moʻ’jizang boʻlib qoladi. Bizni (shu ne’matdan) bahramand qilgil. Oʻzing eng yaxshi rizq berguvchisan...» («Moida» – 114).

68. Ollohdan panoh tilaymiz nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan (Duo).

69. Hali ular (ya’ni, paygʻanbar (a. s.)ga zamondosh boʻlgan yahudiy va nasorolarning ayrimlari oʻsha Ashobul – Qahfni): «Uchtadir, toʻrtinchilari itlaridir», – deb gaybga tosh oturlar (aniq bilmagan narsalari haqida gap soturlar)... («Qahf» – 22).

70. (Ular Qahf – gʻorlarda) uch yuz yil turdilar va yana toʻqqiz yilni ziyoda ham qildilar («Qahf» – 25).

71. Soʻng (yahudin va nasroniy) firqalar (Iso xususida) oʻzaro ixtilof qildilar... («Maryam» – 37).

72. Choh egalari la’nat qilingaylar («Buruj» – 4).

73. (She’r) Ayollarning vafosi haqida zikr qilishni qoʻy. (Ularning vafosi) tonggi shabada va (yolgʻon) ahdu paymonning oʻzidir.

74. Qadr kechasi mnig ondan yaxshiroqdir («Qahf» – 3).

75. Olloh senga zoniya xotinlarning yuzini koʻrsatsin.