OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Alisher Navoiy. Tarixi muluki ajam
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiTarixi muluki ajam
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm112KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/09
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tarixi muluki ajam
Alisher Navoiy

Bismillohir-Rahmonir-Rahim

Burungʻi Tabaqa Peshdodiylardur

Ajam tarixida fors salotinini toʻrt tabaqa qilibdurlar. Burungʻi tabaqa peshdodiylardur va alar oʻn bir kishidurlarkim, saltanat qilibdurlar. Tarix ulamosi ittifoqi bila birovkim avval saltanat qildi, Kayumars erdi. Ammo aning nisbati bobida ixtilof koʻpturkim, mugʻ debdurkim, Odam alayhis-salom uldur va ba’zi Ajamdin debdurlarkim, Odam alay-his-salomning nabirasidurur va ba’zi fursdin ani Nuh alayhis-salomning avlodidin debdurlar. Yana dogʻi soʻz koʻp bor, ammo siqatdin yiroqroq uchun bitilmadi. Odam deganlar qavli bila ani gilshoh debdur-lar, bu ma’ni bilakim, bolchigʻdin yaratildi. Ya’ni kishi pushtidnn emas erdi. Uzga qavllar bilakim Kayumars debdurlar. Ma’nisi hayyi notiqdur, ya’ni tirigikim soʻz aytqay. Ammo «Nizom ut-tavorix» va «Jo-me ut-tavorixi Jaloliy» va Banokatiyda dagʻi ittifoq bila hujjat ul-islom imom Muhammad Gʻazzoliy quddisa sirrihu «Nasnhat ul-muluk»da ann Shis alayhis-salomning qardoshidur deganni ta’n qilibdurlar, nedinkim Shis alayhns-salom Zahhoki alavvoni zamonidadur. Va tarix ahli ittifoqi bila Kayumars zamonidin Zahhok zamonigʻacha ming yilgʻa yaqin bor. Har taqdir bila podshohlik qondasi andin burun yoʻq erdi. Bu qoidani ul tuzdi. Dagʻi avval kishikim shahr bino qildi ul erdi. Damovandni bino qildi, ammo anda gohi boʻlur erdi. Dagʻi Istaxrni bino qildi, ammo koʻprak avqot anda boʻlur erdi. Ming yashadi va lekin umrining oxirida qirq nil saltanat qildi. Dagʻi Siyomak oʻgʻli Hushangnikim nabirasi erdi, valiahd qilib, vafosiz jahongʻa vido’ etti.

She’r:

Burunroq kishikim tuzub rudu jom,
Jahondorliq taxtin etti maqom.
Kayumars edi, lek davroni dun,
Anga berdi bozi boridin burun.

Hushang xiradmand va odil va olim podshoh erdi va «Jovidon xirad» otligʻ kitobni amali hikmatida ul tasnif qildikim, Ma’mun xalifa vaziri Hasan Sahl andin biror nima topib, arab tiliga tarjima qilibdur. Va shayx Bu Ali Miskavayh «Odob ul-arab va al-furs» otligʻ kitobida ani zikr qilurkim, aning mutolaasi musannifining fazlu kamoligʻa dalildurur. Va ajam ani paygʻambar debdur. Va dod va adl jihatidin ani peshdod dedilar. Va temirni toshdin ul chiqordi. Va Tabariy debdururkim, yigʻochdin taxta ul kesib, uylarga eshik yasadi va aksar konlarni ul chiqordi va barsni va itni ul kiyik olgʻuvchi qildi va otqa egar ul yasadi va tevani yukka ul kiyurdi va otqa eshakni turgʻuzub, xachir xiyolin ul qildi va ariglar qozib, suv solib, obodonliq ul qildi. Yerga farsh ul soldi va tulku va os va toyin ternsin ul kiyarga qobil qildi. Umri bobida ixtilof bor. Ammo podshohligʻi qirq yil erdi. Va tajarrud va taqvo tariqi bila oʻtkardi. Doim togʻlarda ibodat qilur erdi. Tavorixda mundoq musbatdurkim, devlar ani sajdada topib, tosh bila boshin yanchib oʻlturdilar. Va Tahmuras devband oʻgʻli erdi, atosi holidin voqif boʻlub, devlarni atosi qasosigʻa halok qildi. Dagʻi ul mavzuda shahr bino qilib, otin Balx qoʻydi. Va Sus bila Bobil shahrini Hushang yasadi. Va ba’zi Kufani ham anga mansub qilibdurlar.

She’r:

Yoʻq erdi jahondori anjumsipoh,
Jaqon ichra andoqki Hushang shoh.
Malaksheva shohe edi beadil,
Falak devga qildi ani qatil.

Tahmuras atosi Hushangning chun valiahdi erdi, animg oʻrnida saltanat taxtigʻa oʻlturdi va xaloyiq rioyatigʻa va mamolik himoyatigʻa jidd bila mashgʻul boʻldi. Va aning zambnida azim qahat voqe’ boʻldi. Gʻaniylargʻa buyurdikim, chosht taomi bila oʻtkargaylar va shom taomini masokinga bergaylar. Va roʻza tutmoq ondin sunnat qoldi. Va ul bino qilgʻon shahrlar Marvda Quhandiz va Xurosonda Nishopur va Isfahonda Mahriz va Soriyya. Va Tabariy debdurkim, Omil va Tabaristonni dagʻi ul bino qildi. Va forsiy kitob bitmak va boʻz toʻqumoqni ul ixtiro’ qildi. Va aning zamonida qattiq vabo boʻldi. Har kimning bir sevar kishisi bor ersa erdi, aning suratin yasab, aning bila xursand boʻlur erdilar, to butparastliqqa mun-jar boʻldi. Va Tahmuras oʻtuz ikki yil mulk surdi.

She’r:

Shahe erdi Tahmuras ofoq aro-
Ki, adl etti charxi koʻhan toq aro.
Necha devband erdi, ul arjumand,
Ajal devi oxir ani qildi band.

Jamshid. Ba’zn ani Tahmurasning qardoshi debdurlar va ba’zi qardoshining oʻgʻli. Chun saltanatqa oʻlturdi, jahon mulkin adl va dod bila tuzdi. Va husnu jamolda dilpazir va fazlu kamolda benazir erdi. Gʻarib nxtiro’lar qildi. Va ul jumladin sipohiylik aslihasidurkim, paydo qildikim, ondin burun tosh va yigʻoch erdi. Sinon va harba va pichoq, ba’zi habba ham debdurlar, qalqon ham debdurlarkim, ul yasadi. Va hammom bino qildi va gʻavvosligʻ xayol qildi. Va ipak va qazz va koʻprak toʻqur nimalarni va ranglarni va ishlarni arogʻa kiyurdikim, andin burun kishi arosida yoʻq erdi. Va shahrdin shahrgʻacha dehlar buyurdi va xeyla ishga qonun va qonda qoʻydi. Va Istaxr shahrin ulgʻaytti, andoqki tuli Xufrakdin Romjarradqa yettikim, oʻn iki yigʻoch boʻlgʻay va arzi oʻn yigʻochqa yetti. Va anda uluq binoye soldikim, holo osori va nishonalari borkim, odamnzod andoq yasamoq mahol koʻrunurkim, kishi koʻrmaguncha bovar qilmas. Va ani chihil minor derlar. Chun bu imorat tugandi, olam salotin va ashrof va akobirin yigʻib, anda azim jashn qildi.

Ul vaqtkim quyosh nuqtan e’tidoli rub’igʻa tahvil qilib erdi, ul binoda taxt ustiga oʻlturub, adolat siyt va sadosin olamgʻa muntashir qildi va ul kunning otin Navroʻz qoʻydi. Va saltanatining zamoni yeti yuz yilgʻacha boʻldi. Oqibat mufrit joh va gʻururi va azim davlat takabburi dimogʻigʻa fosid xayol solib olamni oʻz ibodatngʻa amr qilib, oʻz surati bila butlar yasab, aqolim va kishvarlargʻa yiborib, elga oʻzining parastishin buyurdi. Har oyina gʻayrati ilohi muqtaziy ul boʻldikim, anga jazo yetgay, Shaddod Odqa taqdir boʻldiki, qardoshi oʻgʻli Zahhoki alavonini sipoh bila yibordi, to ani tutub, arra bila iki boʻlub, jismin pora-pora qildi. Tabariyda aning qatli Byurosbqa mansubdur, ammo oʻzga tavorixda yoʻqdur.

She’r:

Chu Jamshid taxt uzra tutti maqom,
Dimogʻigʻa yoʻl topti savdoyi xom.
Ani qildi haq makri aylab sitez,
Siyosat qilichi bila rez-rez.

Shaddod Va Shadid. Eramki, Arfahshadning qardoshi erdi, aning yeti oʻgʻli bor erdi: Od, Samud, Sahor, Tam, Hadis, Hosim, Mora. Od Yamangʻa bordi, Samud Hijozda sokin boʻldi, Sahor Tayda, Tam Ummonda va Bahrayida, Hadis Yamomada, Hosim Haram va Sinvon orasida, Mora ondakim, ani aning oti bila ayturlar. Ammo bulardin Od avlodi qalin boʻlub istilo toptilar va alariing oʻgʻli Arshadi Umliq binni Od erdi. Chun ul oʻtti, oʻgʻlonlari Shadid va Shaddod podshoh boʻldilar va Zahhoknikim, alargʻa nisbati yuqori oʻtti, Jamshid ustiga yibordilar. Ul Jamshidni daf qilib, oʻzi saltanat taxtigʻa oʻlturdi.

She’r:

Falak buylakim javr qnldi padid,
Ne Shaddod qolgʻusidur, ne Shadid.

Zahhok Binni Marodis chun Jamshid qatlidin soʻng Pors taxtin oldi, zulmu sitam ogʻoz qildi Tengri taolo Hud alayhis-salomni yibordi. Aning da’vatin Shaddod qabul qilmadi. Tengri taolo ani, va qavmini ranjul-aqim bila halok qildi va Shaddod oʻgʻli Mazid podshoh boʻldi. Va Ibrohim alayhis-salom aning zamonida erdi. Va Yusuf alayhis-salom ham anda mutavallid boʻldi va Hud alayhis-salom dinigʻa kirdi. Va Hazramutda erdilar, to oʻttilar. Ammo Zahhok saltanatn va zulmi uzoqgʻa tortti, andoqkim el aning zulmidii ojiz boʻldilarkim, aning iki egnidin andoq maraz paydo boʻlub erdikim, ogʻrigʻigʻa odamizod magʻzidin oʻzga hech nima taskin bermas erdi. Ba’zn muarrixlar aning iki egnidin nilonlar chiqib, gʻizolari kishi magʻzi erdi ham debdurlar. Har taqdir bila ul har kun bu jihatdin iki kishi oʻlturur erdi. Gunahlik kishi boʻlmasa, chek solib, soyir xalqdin qatl qilur erdi. Sipohonda Kova ohangarning bir-oʻgʻli bor erdi, bu jihatdni qatl boʻlub erdi, yana bir oʻgʻligʻa dagʻi chek tushti. Ul betahammul boʻlub, qichqirib, elga koʻp ta’nlar qilib, Zahhokni soʻkti. El dagi anga muttafiq boʻlub, xuruj qildilar. Dagʻi Sipohon volisiii oʻlturub, Zahhok ustigʻa yurudilar. Bagoyat qalin el jam’ boʻlub, Faridunnikim, ba’zi Jamshid nabirasi debdurlar, ba’zi Obidin oʻgʻligʻakim Tahmuras naslidin boʻlgʻay, nisbat qilibdurlar. Ul chogʻda Zahhok vahmidin qoʻychilar orasida yoshurun boʻlur erdi, tonib, koʻtorib, Kova ohangar sipohsolor boʻlub, temurchilar beliga bogʻlar saxtiyonnn yigʻoch boshigʻa bogʻlab, alam qilib yurub, Zahhokdin chui el ayurulub erdilar, turolmay qochti. Ammo uni qovub ilpklab, Faridun ani jazosigʻa yetkurdi. Zahhok saltanati ming yil erdi.

She’r:

Falak to erur zulm qilmoqqa xos,
Emas zolimu odil andin xalos.
Qilib qatl Zahhokni toʻymadi,
Faridunni dagʻi quruq qoʻymadi.

Faridun yaxshi axloqliq, olim va odil podshoh erdi. Olam ahlin adolat bila xushhol qilib, Zahhok javridin topqon zahmlarigʻa adl bila marham qoʻidi va qolgʻon ummolqakim, o’diylar erdilar, daf qildi va Kova ohangarni uluq tarbiyat qilib, tayammun uchun aning yigʻochqa bogʻlab, alam qilgʻon saxtiyonini murassa’ qildikim, darafshi koviyoni oni derlar. Va olam-ning aksar bilodin oldi. Aning uch oʻgʻli bor erdi ulugʻi Salm, oʻrtonchisi Tur, kichiki Eraj. Mamolikin uchovga qismat qildi. Rum va Magʻribdin Yaman hududigʻacha Salmga berdi, Turkiston va Chin hududin Turgʻa berdi. Fors va Iroq va Xurosonni Erajgʻa berdikim, oʻzining dorul-mulki va taxti erdi. Chun Eraj bagʻoyat oqil va xaliq erdi, iki ogʻolaridin ani koʻprak sevar erdi. Alarda bu hasad doim bor erdi. Chun taxti anga mufavvaz boʻldi, alar hasaddin ittifoq qilib, Erajni oʻlturdilar.

Faridun ulgoyib erdi, alardin intiqom tortardin ojiz erdi. Bu voqeadin ahvoli bagʻoyat xarob boʻlub, Eraj nisbatidin Manuchehrkim, nabirasi erdi, taqviyat va tarbiyat qildikim, Jaddining qonini Salm va Turdin tilab, alarni qatl qildi va Faridunning armoni qolmadi. Olamdin oʻtub, Manuchehrni valiahd qildi. Va Faridunning podshohligʻi besh yuz yil erdi. Va Muso alayhis-salom va Qorun aning zamonida er-dilar.

She’r:

Faridunkim olamda yoydi bisot,
Base olam ahligʻa yetti nishot.
Ani ham falak chekti tufroq sari,
Ne zolim, ne odil ketarlar bari.

Manuchehr Erajning qizining oʻgʻli erdi. Ba’zi debdurlarkim, oʻgʻlining oʻgʻli. Va ul odil podshoh erdi. Firot origʻin ul qozdi va Iroqqa suv eltti va bogʻlar, boʻstonlar tarh soldi va ashjor va gul va raihon bogʻlarda ekti. Va koʻprak dehqonlik ziynatu zebin ul arogʻa keturdi. Va zamonidin oltmish yil oʻtkondin soʻngra Tur oʻgʻli Afrosiyob sipoh tortib aning ustiga yurudi. Ul Tabariston sori tortib, urushmoy, Amu suyidin norini anga musallam tutub, yarash boʻlub, Afrosiyob qoytti. Va haq taolo aning zamonida Muso va Xorun alayhumus-salomni Fir’avngʻakim, oti Valid binni Mus’ab erdi yibordi. Va ul Dovud bin-ni Som avlodidindurkim Shaddod ani Misr hukumatigʻa yiborib erdi. Va Shuayb binni Madyan binni Ismoil alanhis-salom aning zamonida mab’us boʻldi. Va sipohsolori Som binni Narimon erdi. Va Zolkim, Rustamning atosidur, aning zamonida mutavallid boʻldi. Va Manuchehr yuz yigirmi yil podshohliq qildi.

She’r:

Manuchehrkim, boʻldi olamga shoh,
Ango boʻldilar borcha shahlar sipoh.
Ango ham vafosizliq etti jahon,
Kishiga jahon qolmadi jovidon.

Navdar Manuchehrning oʻgʻlidur. Atosidin soʻngra mulk anga yetti. Ammo ul ayyosh va beparvo kishi erdi. Manuchehr qoʻygʻon qoida va rusumni tuzaolmadi va mulk va sipohigʻa xalal yoʻl topti. Afrosiyob cherik tortib kelib, ani tutub oʻlturdi. Va oʻn iki nil Eron mulkida turub, buzugʻluq qildi. Va ul nav’kim, oz yerda obodonliq qoldi. Ba’zi tavorixda Navdarin Sihri Narimon debdurlar. Va podshohligʻin ba’zi olti yil va ba’zi iki yil bitibdurlar.

She’r:

Chu Navdargʻa tushti jahon kishvari,
Xaloyiq farogʻatdin oʻldi bari.
Angokim jahondin vafo yetmadi,
Jahon ichra tinmadi, to ketmadi.

Afrosiyob. Oni ba’zi debdurlarkim, Pushang binni Tur binni Faridun oʻgʻlidur. Va ba’zi aning nisbatin Kayumarsgʻa yetkurubdurlar. Ammo burungʻi durustroqdur. Chun Navdarni oʻlturdi, Eron mulkini andoq buzdiki, oz yerda ma’murluq qoldi, yigʻochlarni kesti va imoratlarni yiqti va korizlar bila bulogʻlarni koʻmdi. Va ul fursatda Som Narimon oʻtub, oʻgʻli Zol Rustam atosi aning ta’ziyatigʻa mashgʻul erdi, ba’zi debdurlarkim, Zol oʻz kuchi bila sipoh orosta qilib, oni Eron mulkidin chiqordi. Ba’zi debdurlarkim, Zob binni Tahmosbkim, Manuchehr nabiralaridindur xuruj qilib, ul aning bila urushur yarogʻin topmay, yuz uyurub oʻz mulkiga azimat qildi. Afrosiyob podshohligʻi oʻn iki yil erdi.

She’r:

Chu Afrosiyob oʻldi olam shahi,
Emas erdi ish sirrining ogahi.
Jahon mulkin oʻz mulki qildi gumon,
Ani ham chiqardi arodin jahon.


Zob Binni Tahmosbni Zav ham debdurlar. Nasabi yuqori oʻtti. Odil podshoh erdi. Koʻp vaqt Eronda Afrosiyob buzgʻon yerlarning islohigʻa mashgʻul boʻldi, yuz obodonliqqa qoʻydi. Derlarkim, yeti yil raiyyatdin xiroj olmadi. Va ba’zi xazoyinkim, Manuchehr va Navdardin qolib erdikim, Afrosiyob qiloi hasonatidin iliklay olmadi. Ul xazoyin bila yeti yil Zob Tahmosb saltanat asbobin tuzub, maosh oʻtkardi. Va Zol binni Som anga xidmatlar qildi va buzugʻ mamolikni tuzarda madadlar berdi. Va Zob ikki rudxonakim, Zobin derlar, Iroq mulkida chiqardi. Va ba’zi Diyori Bakrda debdurlar. Va oʻz hayoti zamonida saltanatni Girshosbqa musallam tutti. Aning podshohliqin Banokatiy besh yil debdur. Uzga tavorixda oʻtuz yildur.

She’r:

Chu ofoq mulkiga iyuh oʻldi Zob,
Tuzatti nekim buzdi Afrosiyob.
Erur zulmdin yaxshiroq adl ishi,
Chu qolmas na zolim, na odil kishi.

Girshosbning onasi ibni Yamin binni Ya’qub alayhis-salomning qizi erdi va atosi Zob binni Tahmosbning qardoshi erdi. Koʻprak tavorixda Rustami dostonin aning naslidin debdurlar. Ammo faqir qoshida bu qavl yiroqroq koʻrunur, nevchunkim, Zolkim Rustamning atosidur, aning qoshida sipohsolor erdi va Girshosbni «Guzida»da, balki xeyli tavorixda Manuchehr nabiraligʻiga chiqaribdurlar. Va Rustamni Som binni Narimon binni Atrub binni Obtingʻa yetkurubdurlar, vallohu a’lam. Girshosb chogʻida Afrosiyob yana cherik tortib, Erongʻa kelib, Tirshosb bila masof tuzub, razm qildi. Afrosiyob urushida Girshosb favt boʻldi va Zoli Zar Zobilistondin cherik tortib kelib, Afrosiyobni Erondin chiqardi. Va Girshosbning saltanati zamonida ixtilofdur: «Nizomut-tavorix» va Banokatiyda yigirmi yildur, «Guzida» bila «Muntaxab»da olti yil, ba’zida besh yil ham bor, vallohu a’lam.

She’r:

Chu Girshosb boʻldi jahon Xusravi,
Bor ersa yana shohlar payravi.
Chiqordi orodin sipehri dijam,
Nechukkim yana shohlar, oni ham.

Ikkinchi Tabaqa Kayoniylardur

Va alar toʻquz kishi saltanat qildilar. Va ba’zi Iskandarni dogʻi alardin tutubdurlar va oʻn debdurlar. Saltanatlarining zamonida har nav’ debdurlar. Borcha taqdir bila yeti yuz nildin yuqoridur. Va kayo-ninlardin avval kishikim saltanat qildi Kayqubod erdi. Va ani Zob binni Tahmosb oʻgʻli Manuchehr naslidin debdurlar. Koʻprak avqot Jayhun qirogʻinda boʻlub, atrok bila urushub yurur erdi. Ul vaqtqachakim peshdodiylar tugandilar, Afrosiyob yana Turondin Eron qasdigʻa sipoh tortib yurudi. Va Kayqubod Alburzkuhda erdi, Zol Rustamni yibordikim, ani kelturdi va boshigʻa toj qoʻyub, Eron saltanatin anga musallam tutub yurub, Afrosiyobni qaytardilar. Va Rustam ul urushkim, Afrosiyob bila urushti, aning zamonida erdi. Rustamgʻa jahonpahlzvonligʻ laqabin berib, sipohsolor qildi. Va Luqmoni hakim va Ashmuil alayhis-salom va Tolut aning zamonida erdilar. Ba’zn Hazqil va Xizr alayhimus-salom va Ilyos va Alyasa’ni ham debdurlar va Yunus alayhis-salom debdurlar. Va Kayqubod yuz yigirma yil podshohliq qildi.

She’r:

Chu tuzdi jahon bazmini Kayqubod,
Surudi kayoni bila erdi shod.
Vale qildi charxi muxolif siyar,
Aning dagʻi xunyogarin navhagar.

Kaykovuskim, ba’zi Kayqubodning oʻgʻli debdurlar, ba’zi nabirasi debdurlar. Chun aning valiahdi erdi, aning oʻrnigʻa – saltanat taxtigʻa oʻlturdi. Va ul muxtalif mizoj va munqarib roi kishi erdi. Bovujudi azim saltanat necha qotla oʻzin muhlikalarga solib, bandlargʻa tushti va Rustam xalos qildi. Biri Mozandaron qaydidurkim, Rustamni, Firdavsiy «Shahnoma»da debdurkim, Haftxon yoʻli bila borib, oni qutqordi. Yana biri Yamanda Zulazor Himyarikim, Yaman podshohi erdi, aning gʻaflati jihatidin ani jami’ arkoni davlatini tutub, band qildi. Anda ham Rustam borib, Zulazor bila musolihagʻa qaror berib, Sudobakim Zulazorning qizi erdi, Kaykovusqa qulub, ani va elin chiqordi. Bu ishlar shukronasigʻa oʻz xoharzodasinkim, oti Mehrinoz erdi, Rustamgʻa berib, ani sipohsolorligʻdin saltanat poyasigʻa yetkurdi. Va Kaykovusning oʻgʻli bor erdi, Sudobadin oʻzga anodin Siyovush otligʻkim, Yusuf alayhis-salomdin soʻngra aningdek jamil yigit yoʻq erdi. Borcha erdamlarda husnigʻa yarasha erdi. Va ani Rustam asrab erdi, tarbiyat topib erdi, Sudoba oʻtay anosi anga oshiq boʻlub erdi, oidin kom hosil qila olmay, oʻz qoʻrqunchidin Kaykovus qoshida ani oʻzi bila badnom qilib noqti va ul oʻz baroati uchun oʻtqa kirdi. Chui ul tuhmatdin muarro erdi, oʻtdin osiyb topmadi va atosining xato roni va talavvun mizojidin vahm qilib, qochib Turongʻa Afrosiyob qoshigʻa bordi. Afrosiyob anga e’zoz va ikrom qilib, qizin berib, Turkiston viloyatin berdi. Ammo Girsiyuzning hasaddin sioyat qilgʻoni bila tahqiq qilmay, ani begunoh oʻlturdi va oning borasigʻa ajab hayf yuzidin zulm bordi. Aning qatlidin soʻngra Afrosiyob qizidin aning oʻgʻli tugʻdi, Otin Kayxisrav qoʻydilar. Ul bulugʻ haddigʻa yetkondin soʻngra Kayu binni Kudraz Kashvod Isfahondin yoshurun yolgʻuz kelib, Kayxisravni onasi bila olib qochib, Erongʻa eltti va Rustam Snyovush qonin tilab, Tu-rongʻa cherik tortib, nihoyatsiz qatl qildi. Va Afrosiyob andin qochti va Rustam Afrosnyob Eronni buzgʻondek Turonni buzub, yonib keldi. Va Kankovusning fosid xayolotidin biri bu erdikim, sanduqqa kirib, toʻrt goʻshasida qochir yo burgut bogʻlab, osmongʻa borurmen deb havo tutub, qushlar horgʻondin soʻngra ani yerga tushurdilar. Chun qarib erdi, Kayxisravni valiaxd qilib, tirigida ani podshoh qildi. Va paygʻambarlardin Dovud va Sulaymon alayhis-salom va Luqmoni hakim aning zamonida erdilar. Va osoridin rasaddurkim, Bobilda yasabdurkim, holo Talli aqarqun derlar. Siyovush uchun Eron ahli andoq motam tuttilarkim, hargiz hech kishi yod bermas. Tarix ahli mutta-fnqdurlarkim, soch qirqmoq va koʻk va qaro kiymak ul motamdin qoldi. Va Kaykovus yuz ellik yil podshohligʻ qildi.

She’r:

Chu Kovus masnad uza topti zeb,
Necha kun anga charx berdi fireb.
Agarchi falakka yeturdi ani,
Falakdin vale yerga urdi ani.

Kayxisravni chun Kayu Turon zamindin keturdi, Eronda saltanat taxtigʻa oʻlturdi. Va Faromurz bila Tusni Afrosiyob daf’igʻa nibordi va ul anga yoqin urugʻ erdilar, soʻz tutturdikim, Siyovush naslidin Farud Turondadur, anga osiyb va zahmat yetkurmangiz. Farud alar bila nizo’ zohir qildi va ilikka tushti. Tus sa’y bila qatlgʻa tushti. Alar Afrosiyobdin shikast topib, qantib ksldilar. Kayxisrav Tusqa gʻazab qilib xabs buyurub, ul iste’fo qilib, yana Af-rosiyob urushin oʻziga tutub, Kayxisrav ani banddin chiqorib, yana sipoh boshlatib yibordi. Bu qotla ham Afrospyobqa zafar topa olmadi. Oqibat Kayxisrav oʻzi azim cherik tortib yurudi. Afrosiyob turush bermadi, dogʻi yuz qaytardi. Va ul qochar erdi va bu qovar (erdi. Necha qotlakim turub urushti, fath va zafar Kayxisravgʻa erdi.

Xorazmda urushub, Shaydankim, Afrosiyobning oʻgʻli erdi, oʻlturdi. Afrosiyob andin ham azimat qilib, Iroqi Ajam sori mutavajjih boʻldi. Va ul dogn mutaoqib kelur erdp. To Ozarbayjongacha urushub, Afrosiyob Kayxisrav ilikida maqtul boʻldi. Va Rustamning necha qotla masoflari Afrosiyob va Kudraz Kashvodning masoflari Piron va Yassa bila masoflarn va Bijanning Arman zaminga borib, qabonlarni oʻlturub, Manija oni Turongʻa eltib, Afrosiyob bandigʻa tushgoni va Rustam bozurgonlar surati bilan borib, Bijonin banddin xalos qilgʻoni tavorix va «Shahnoma» mazmuni bila Kayxisrav zamonida voqe’dur. Va Kayxisravning xotiri Afrosiyob ifsodidin jam’ boʻlgʻondin soʻngra Luhrosbnikim ham Kayqubod naslidin erdi, podshohliqqa oʻlturtub, oʻzi saltanat tarki tutub, el arosidin gʻonib boʻldi. Ba’zi dsbdurlarkim, ul paygʻambar erdi, ammo oncha yaxshi osor va sifoti bor erdikim, Kayoniylarda andoq podshoh oʻtmadi, Ba’zi debdurlarkim, Sulaymon alaihis-salomdin qochib, Balx nohiyatigʻa borib, anda halok boʻldi, vallohu a’lam. Kayxisravning podshohligi oltmish yil erdi. Aning zamonida anbiyodin Sulaymon alayhis-salom va axbordin Siluni va hukamodin Fishogʻurs erdilar.

She’r:

Yana boʻldi Kayxisravi pok roy,
Jahon kishvaru mulkida kadxudoy.
Va lekin bu Zol ushtulum ayladi,
Jahondin dagʻi ani gum ayladi.


Luhrosb Binni Arund Kankovusning inisining oʻgʻlidur. Dorulmulki Balx erdi. Olamning koʻprak mulkin ochti. Ammo chun atolari saltanat qilmay-dur erdnlar va Qayxisravniig oʻgʻli yoʻq jihatidin mulknin anga bergonda, elga qotigʻ keldi. Chun ul bu ishni angladi, el bila andoq borishtikim, borcha ani tiladilar. Mulk ochmogʻining jihati ul boʻldi. Iki oʻgʻli bor erdi – Gushtosb bila Zarrin. Anga bir sahv tushtikim, oʻz oʻgʻlonlaridin Kaykovus atboigʻa yaxshiroq mamolik berdi. Bu jihatdin Gushtosb, chun bagʻoyat rashid va bahodir kishi erdi, tahammul qila olmay, andin yomonlab Rumgʻa bordi. Anda anga yaxshi ishlar dast berdi. Tavornxda ajdaho va karkidon oʻlturdi debdurlar. Har taqdir bila qaysar ani kuyov qilib, qizin anga berdi. Ul otasidin intiqom tortargʻa Rumdin cherik tortib, jahd qilib, Xurosongʻa yurudi. Otasi oʻz gʻalatin bilib, ani valiahd qilib, podshohligʻin anga berib, oʻzi chunulgʻayiberdi, goʻsha tutub, ibodatqa mashgʻul boʻldi. Va Buxtunnasr binni Kudrazki, olam-ning buzugʻlugʻi derlarki, aning zulmidin erdn, Luhrosbning gumashtasi erdikim, iki qatla Baytul-muqaddasni yer bila tuzatti. Va Doniyol bila Uzayr alay-his-salomni asir qildi. Bu jihatdin debdurlarkim, har xil yo uch xil masx boʻldi. Andin soʻng Doniyol alay-his-salomni qoʻydi. Va Donnyol alanhis-salom cherik tortib Buxtunnasr ustiga yurudi, qochib Xuziston qoʻrgʻonini berkitti. Va Doniyol alayhis-salom qoʻrgʻonni olib, ani halok qildi. Va lekin Buxtunpasr bobida bagʻoyat soʻz koʻp uchun bu muxtasarda mundin ortuq bitilmadi. Chun Luhrosb taxtni Gushtosbqa topshurdi va oʻzi Balxda ibodatqa mashgul erdi, Gushtosb ba’zi bilod fathigʻa mashgul erkanda, Arjosb kelib, Balxni olib, Luhrosbni oʻlturdi. Va Luhrosbning podshohligʻi yuz yigirmi yil erdi. Va aning zamonidagʻi anbiyo Uzayr bila Urmnyo va Doniyol alayhumus-salom erdilar, vassalom.

She’r:

Yana boʻldi Luhrosb sohib sarir,
Ki boʻldi qoʻlida salotin asir.
Ne mulki omon topti Gushtosbdin,
Ne joni xalos oʻldi Jomosbdin.

Gushtosb Halab mulkida taxtqa oʻlturdi va zardoʻsht aning zamonida zuhur qildi. Va ul gabr dinida riyozatlar va mujohadalar tortib erdi, «Zind» kitobin tasnif qilib, elni ul dingʻa da’vat qildi. Chun hakim erdi va riyozat jihatidin elni sayd qilib erdi, Gushtosbni ham firifta qildi. Gushtosb zardoʻsht dinin ixtiyor qilib, elni ham ul millatqa ktyurdi va Rumda qaysargʻa kishi ypborib, ani dagʻi bu dingʻa dalolat qildi. Qaysar Farndun ahdnomasin koʻrguzdikim, Rum qayearlari bir dinda boʻlsalar, kishi tagʻyir bermasun. Ul jaddi farmonin inqiyod qilib, ul taklifdin kechti va oʻzi Istaxr taxtida «Zind» kitobni oʻqurgʻa mashgʻul boʻldi.

Arjosb binni Afrosiyobdurkim, turk podshohi erdi, andoqki zikri oʻtti, viloyatni xoli topib, Balxni olib, Luhrosbni oʻlturub, qizlarnikim, Gushtosbning snngillari boʻlgʻay asir qilib, Balxni buzub, koʻp ganoyim bila mulkigʻa qaytti. Gushtosb eshitib, intiqom uchun Rustamni raqam qildi, Rustam soʻzin inqiyod qilmadi va Zobilistondin kelmadi. Va oʻz oʻgʻli Isfandiyornikim, Durri safid qoʻrgʻonida mahbus qilib erdi, chiqorib, mulk va’dasi qilib, sipoh boshlatib,. Arjosb intiqomigʻa yibordi. Isfandnyor borib, Arjosbni oʻlturub, Turonni Baytatqa degincha olib, singillarin asirlikdin chiqorib, azim gʻanoyim bila keldi, dagʻi saltanat istid’osi qildi. Gushtosb yo Rustam aning hukmin ijobat qilmagʻan jihatdin yo mulk va saltanatdin kecha olmasdin, Isfandiyorshg Rustam urushigʻa yibordikim, aning tarafidin xotirjam’ emas erdi. Bir yoʻli ani daf’ qil, dagʻi farogʻat bila podshohliqqa oʻltur, deb ul kom va nokom Rustam ustiga borib, Rustam muloinmat va uzrxohligʻ bila anga oʻtru kelib, koʻp hurmat va ta’zimlar bila aning bila Gushtosb xidmatigʻa borurni qabul qildi. Va ul gʻoyat gʻurur va pahlavonligʻidin andin urush tiladikim, zoʻr dast bila Rustamni tutqay. Rustam ulgʻayib erdi va anga harif ermas erdi, Zol tadbiri bila, yo debdurlarki, Simurgʻ madadi bila bori har taqdir bila hiyla qilib, Isfandiyorni halok qildi. Chun «Shahnoma»dakim Firdavsiy debdur, ba-gʻoyat mashhurdur, sharhi hojat ermas. Alqissa, Gushtosb bu xabardin voqif boʻlgʻach, bu ishdnn koʻp pushaymon boʻldi. Vale Isfandiyor oʻgʻli Bahmanni valiahd qildi. Va hukamodin Suqrotkim, Fishogʻurs tilmizi erdi va Jomosbkim, zamonning saromadi erdi, Gushtosb zamonida erdilar. Va Gushtosb zamoni osoridin Samarqand qoʻrgʻoni va devorikim, Eron va Turon orasigʻa tortilibdur va Naso shahri va Bayzo shahridurlarkim, base akobir va ashrof andindurlar. Va saltanati yuz yigirmi yil erdi.

She’r:

Chu Gushtosp tuzdi sarir uzra bazm,
Anga ham falak aylady kingʻa azm.
Adam boʻldi qonuni Gushtosbi,
Aningdekki, oyini Luhrosbi.

Bahman podshoh boʻlgʻondin soʻngra adl oyin qildi va avval azimatki qildi, Zobilistongʻa qildikim, atosi Isfandiyor qonin tilagay. Chun Rustam qolmaydur erdi, oʻgʻli Faromurz yo inisi Zuvorani dorga osti va Zolni muqayyad qildi va yana ozod qildi. Va forsiylar ani darozdast debdurlar koʻp mulkka tasarruf ilikin sungʻondin. Buxtunnasr oʻgʻli Nasrni Bobildin azl qildi va Guharshnikim, Jomosb nabiralaridin erdi va anosi bani Isroil naslidin birining qizi aning naslidin yibordi va buyurdikim, bani Isroil elin boshlab, Shom rayosatigʻa yibordi va buyurdikim, Bantul-muqaddasni imorat qildilar.

Bahmanning atosi Tolut naslidin erdi va harami Archion binni Sulaymon alayhis-salom qizidin iki oʻgʻli bor edi: Soson va Dorob. Uch qizi bor erdi: Humon va Farang va Bahmandoʻxt. Soson zohid va muttaqiy kishi erdi. Mulkka parvo qilmadi, goʻsha tutti. Humoynikim, Humonni ham debdurlar. Bahman oʻz aqdigʻa kiyurub erdi. Mavt marazida tojni aning qorniga qoʻydikim, Dorobqa homila erdi. Arkoni davlati ittifoq bila oʻgʻli tuqquncha ani podshoh koʻtardilar. Ba’zi debdurlarkim. Bahman podshohligʻinn yo Humoygʻa berdi, yo tojni andin tugʻar farzandgʻa havola qildi. Har taqdir bila boʻlsa Soson bu jihatdin oshufta boʻldi va ibodat ixtiyor qilib, qiroq tutti, vallohu a’lam. Va aning osoridin Forsda Guvorban-didurkim, amir Sayfiddin Mas’ud degan Bagʻdod yoʻli ustida rabot yasab va yana Baso va Chahrum va Busigʻon ham aning osoridindur. Va podshohligʻnning zamoni yuz oʻn iki yil erdi va aning asridagi hukamo Buqrotis va Buqrot tabib erdi, vassalom.

She’r:

Chu Bahmangʻa yetti vafosiz jahon,
Aning uzri koʻnglidin oʻldi nihon.
Yoyilgon zamon shavkati Bahmani,
Ravon qildi Bahman yelidek ani.

Humoy roy va xiradligʻ xotun erdi. Bahmandin sungra taxtqa oʻlturdi. Chun homila erdi, vaz’ haml qildi va saltanat hubbi qoʻimadikim, oʻgʻlini podshohliqqa mansub qilib, oʻzi anga muhofazat qilgʻay. Ani bir sanduqqa solib, qiyr bila mahkam qilib, daryogʻa soldi. Debdurlarkim, bir gozur ilikigʻa tushub, ani farzandchilay asrab, tarbiyat qildi. Bulugʻ haddigʻa yetkandin soʻngra, saltanat gavhari oʻz ishin qilib, gozurluq ishin makruh tutub, ilmu fazl va adab kasbin qilib, silohshoʻrluq oʻrganib, sipohinliq qoidasin xoʻb bildi. Gozur ani suvda topqan uchun Dorob ot qoʻyuberdi. Chun oʻz himmatin ul ishdin biyikrak mu-lohaza qildi. Gozurdin oʻz holi kaifnyatini savol qildikim, men oʻzumni sening oʻgʻlung gumon qilmaydurmen, manga oʻz najodimdin xabar ber! Gozur munkir boʻldi. Koʻp soʻz orada oʻtkandin soʻng gozur bildikim, yoshuraolmas. Ayttikim, seni sanduq bila suv ichida topib, tarbiyat qildim. Va sanduq ichinda nuqud va javohir ham bor erdi, ba’zikim qolib erdi, Dorobqa taslim qildi. Va ul fursatda Humoy Eron cherikini yasab, Rum fathigʻa yiboradur erdi, Dorob ul sarmoya bila oʻz yarogʻin qilib, sipahsolorgʻa mulozim boʻlub, ul yurushga bordi. Yoʻlda andin gʻarib mar-donaligʻlar va pahlavonligʻlar zohir boʻldi. Andoqki, shuhrat tutub, Humoygʻa bntib yibordilarkim, bu nav’ nodir yngit paydo boʻlub, podshoh davlatxohligʻigʻa mundoq ishlar qiladur va Humoy koʻngliga aning mehri yer tutub, anga inoyat va’dalari bitib yibordi. To ittifoqi hasanadin ba’zi tavorixda bitibdurlarkim, Rum urushida qaysarni ul tutti. Bu qatla xud elga angushtnamo boʻlub, yana Humongʻa oni bitidilarkim, cherik qaytqandin soʻngra Humoy cherikiga oʻtru bir manzil kelib, fath kayfiyatin tahqiq qilur erdi, Dorobni koʻrguzdilar. Koʻzi anga tushkach, koʻngliga iztirob tushub, emchokiga sut keldi. Tahayyur va taajjub bila gavhar va najodin tafahhus qildi ersa, Dorob andoqkim, bor erdi arz qildi. Humoy jazm bildikim, aning oʻgʻlidur. Arkoni davlatqa kayfiyat-ni bildirub, Dorobning yuzun oʻpub, shodmonligʻlar bila tojni aning boshigʻa qoʻyub, taxtni anga musallam tutti va oʻzi parda kenniga kirib, podshohliqqa oʻgʻlini oʻlturtti. Va Humoyning saltanatining muddati oʻtuz iki yil erdi va osori Istaxrda Hazorsutun erdikim, ani Iskandar buzdi. Va ba’zi Chihil minorni ham anga mansub qilibdurlar. Va Samara shahrikim, Jarbodqon derlar ham, ul bino qildi.

She’r:

Yana birnecha kun Humoy oldi mulk,
Eronlar borib nchiga qoldi mulk.
Tugandi aning mulku davroni ham,
Falak Zoli qat’ ayladi oni ham.

Dorob chun Humoy oʻrnigʻa taxtqa oʻlturdi, adl va dbd pesha qildi. Va ul xiradmand va pahlavon va xoʻbsurat podshoh erdi. Koʻprak mulk salotini anga inqiyod qildilar. Va Rum qaysarikim, ul zamonda Faylaqus erdi, sarkashlik qildi ersa, sipoh tortib Rumgʻa yurub, qaysarni tutti va band qildi. Chun Rumni qayosiradin oʻzga kishi zabt qilmoq dushvor erdi ham ani oʻq tarbiyat qilib, ming bayza oltunkim, har biri vazngʻa qirq misqol boʻlgʻay, xiroj tayin qilib, qay-sarning qizin qulub, Rumdin yondi. Ul qizdin noxush is fahm qilib, tab’i mutanaffir boʻlub, atosi qoshigʻa qaytarib yibordi. Ba’zi debdurlarkim, ul qiz Iyeqandargʻa homila erdi. Qaysar oʻz qizin aqdigʻa kiyurub, oʻgʻli mutavallid boʻlgʻondin soʻngra Dorob oʻgʻlidur demakka nomuslanib, oʻz oʻgʻlimdur deb Iskandarni oʻgʻulchilai asrab, valiahd qildi va elchi yibor-mak uchun Yem oti bogʻlomogʻni Dorob qildi. Va Rashitan otligʻ vaziri bor erdi, kofiy va oqil kishi erdi. Dorobjurd shahrin ul yasab, Dorob otigʻa ul tasmiyya qildi. Va Dorob maosiri paygʻambarlardin Jirjis alayhis-salom erdi va hukamodin Aflotun olihi. Va aning saltanatini ba’zi oltmish yil, ba’zi ellik iki yil dedilar.

She’r:

Chu taxt uzra Dorobi ravshan zamir,
Humoy oʻrnigʻa boʻldi oromgʻir,
Aning dogʻi stti falak poyasnn,
Boshidin anprdi humo soyasin.

Doro Binni DOROBni atosi Dorob chun valiahd qilib erdi, atosi oʻrnigʻa podshoh boʻldi. Chun zolim tab’ kishi erdi, zulmidin ulugʻ el ozurda boʻldilar. Rashitashshkim, Dorob dasturi bila dastur yasab erdi, Bayrn otligʻ inisi sioyati bila tiladikim, azl qilgʻay. Ba’zi debdurlarkim, ul Iskandargʻa kishi yiborib, ma’hudi xiroj bermakdin ani pushaymon qildi. Chun Iskandar xiroj yibormadi, Doro kishi yiborib, ming oltun bayzani tilatti. Iskandar javob berdikim, ul yumurtqalarni qoʻyar qush uchti, Doro dagʻi koʻnglidin bu tama’ni chiqarsun. Dorogʻa bu soʻzdin gʻazab mustavliy boʻlub, ustiga cherik tortib, masofaning iki safi tuzalganda, Doroning iki noibi kim, aning zulmidin toriqib erdilar, ani halok qildilar. Ba’zi debdurlarkim, iki hamadonligʻ kishi fidoyiligʻ dasturi bila bu ishni qildilar. Ba’zi debdurlarkim, alarni Iskandar yiborib erdi, bu ishni buyurdi. Avvalgʻi qavl sahihroqdur. Chun ul sipoh orasida yiqildi, Iskandar kelib, aning boshin oʻz tizzi ustiga qoʻyub, ont ichtikim, bu ish mening qoshimdin emas erdi. Va Doro Iskandargʻa uch vasiyat qildi. Bir ulkim, Ravshanaknikim, aning qizi erdi, qulgʻay. Bir ulkim, aning qotillarin oʻlturgay. Bir ulkim, aning atboikim, Furs muluki naslidin erdilar, qatl qilmagʻan, dagʻi rioyat qilgʻay. Iskandar barchani qabul qilgʻoch, Doro oxir damda Iskandardek mustavlny adusidin xushnud oʻtti. Va bu dostonni faqir «Saddi Iskandariy»dakim, «Xamsa»ning beshinchi kitobidur, mashruh ado qilibdurmen. Va Doroning podshohligʻi oʻn toʻrt yil erdi.

She’r:

Yana birnecha vaqt Doroyi dahr,
Ichib noʻsh davron anga berdi zahr.
Falak zahr agar berdi Dorogʻa bot,
Skandarga ham berman obi hayot.

Iskandar nisbatida ixtilof koʻptur. Ba’zi aii Dorob oʻgʻli debdurlar, andoqki Dorob zikrida oʻtti. Va Banokatiyda va «Devonun-nasab» kitobidin mundoq naql qilibdurkim, Iskandar Xurmusi Rumny oʻgʻlidurkim, Xurmus otasi Lafti binnn Yunon binni Torax binni Yefas binni Nuhdur. Va aning umrini ming olti yuz yil debdurlar va Zulqarnaynkim, aning laqabidur, vajhi tasmiyasin mundoq debdurlarkim, ul zamonda ming yilni bir qari der ermishlar. Yana ham Banokatiydadurkim, aning atosi Bozur binin Albon erdi Iskandariya podshohi va anosi Afliyun binni Nuqo qizi erdi. Va Bozur va Afliyun orasida doim adovat erdi. Mulk maslahati uchun yarashtilar va ul musolihaning ta’kidi uchun Afliyunning qizin quldi va oʻz mulkiga eltti. Bozurning eli bir qayd bila andoq qildilarkim, Bozur ul qizni koʻzdin solib, atosigʻa yibordi va qiz Bozurdin homila erdi, yoʻlda andoq havodis yuzlandikim, ul qiz bir atka bir enaga, bir xojasaroy bila qoldi. Ittifoqo bir choh boshida vaz’ haml qildikim, maxuf manzil erdi. Va anda qaroqchi koʻp elni halok qilur erdi. Bu holda yiroqtin qalin qaro paydo boʻldi. Alar vahmdin ul tiflni bir qiymati nimaga chirmab, ul choh boshida qoʻyub, qochtilar. Koʻringan qaro xud dasht bahoyimi ermish. Bori taolo bir suruk qoʻydin bir sutluk oʻchku oyirib, amr qildikim, har kun kelib, ul tiflgʻa sut berur erdi. Va ul tifl Iskandar erdi. Va ul oʻchku bir qari xotunnung erdi. Bir kun oʻchkusi gʻoyib boʻlgʻon jihatdin ani tilay, ul choh boshigʻa kelib, ul gʻarib holgʻa muttali’ boʻldi. Tahayyur yuzidin Iskandarni olib, oʻgʻulchilay ulgʻaytib, podshoh oʻgʻli dabi-ristonigʻa dabirga topshurdi. Iskandar oz vaqtda jami’ fazoyil va kamolotni kasb qilib, sipohiylik rusumi va bahodirluq fununida ham yagona boʻldi. Bir kun ul podshoh dabirga gʻazab qilib, hisobgʻa tiladi. Chun podshoh zolim va nodon erdi, Iskandarga aql va hikmat anda turmoqni ruxsat bermay, ul diyordin hazimat qildi. Yoʻlda chokari ot va silohni ani uyuqlatib, olib qochti. Ul yayogʻ bir shahargʻacha bordikim, ittifoqo Afliyunning shahri erdi. Anosi qasr tomida dasht sori tamosho qiladur erdikim, Iskandarning qarosin koʻrub, mehri harakatqa kelib, emchokiga sut keldi. Tahayyur qilib ani tilab, ahvolni tafahhus qilgʻondin soʻng, oʻgʻli erkonin bildi. Afliyungʻa izhor qilgʻoch, aningʻ oʻgʻli yoʻq erdi va ulgʻaynb erdi mulkni nabirasi Iskandarga topshurub, oʻzi ibodatqa mashgʻul boʻldi. Iskandar cherik tortib, otasi mulkini oldi va maknati azim boʻlub, Dorogʻa xuruj qilib, ani ham yuqori oʻtkandek arodin koʻtorib, jahon mulkin oldi. Aksar tavorixda aning umrin oʻtuz oltn yil va salo-tinni oʻn uch yil bitibdurlar. Ammo maholdurkim, oʻn uch yilda ul qilgʻan ishcha qilsa boʻlgʻay. Amir Xisrav Dehlaviy «Oyinayi Iskandariy»da aning saltanati zamonin besh yuz yildin ortuq debdur. Ammo Hazrat shayx Nizomiy quddisa sirrihu «Iskandarnoma»da iki qari ma’hud debdur va tahqiq yuzidin ixtilofi rivoyotni rad qilib, ani Faylaqus oʻgʻli debdur. Va faqir «Saddi Iskandariy»da ul iki buzurgvor qavlini soyir muarrixlar aqvoligʻa tarjih qilib, nazm adosigʻa qaror beribmen. Har taqdir bila Iskandar podshohe erdikim, andin burungʻi va soʻnggʻi salotin bu kungacha ul qilgʻon ishni qilmadilar. Ham hakim erdi, ham vali. Ba’zi anga nubuvvat ustodi ham qildilar. Toʻrt yuz hakim xizmatida erdilar. Aflotuni olihi boshligʻ va Arastudek vaziri bor erdi. Sekiz ming shoh va shahzoda xidmatini qilur erdilar. Olamning bahru barin olib, hayvon suyi tamannosi bila zulumotqa kirdi. Aning bila kirgan mulozimlardin biri Xizr, biri Ilyos alayhumus-salom erdilar. Ul suv alargʻa nasib boʻlub, Skandar mahrum yondi va ba’zi Shahrizurda va ba’zi Bobilda derlarkim, vafot topti va Iskandariyaga naql qildilar. Mashhurdurkim, vasiyat qildikim, yalon ilikin tobutdin toshqori chiqorsunlarkim, olam ahligʻa mujibi tanbih, balki ibrat boʻlgʻaykim, olamdin ilik torta tutqaylar. Va aning osoridin Ya’juj saddidur va Marv va Hirotva Samarqand va Isfahonni ham debdurlarkim, ul bino qildi. Va ul oʻtkondin soʻng oʻgʻli Iskandarus mulkni qabul qilmay, ibodatqa mashgʻul boʻldi. Va Rumda Batlimusni qaysar qildilar, vallohu a’lam. Va muluki tavoyifni Eron zaminda ul tayin qildi. Uch yuz oltmish yilgʻacha alar ichin aro nizo’ qilib, Rumgʻa hech qaysining zarari yetmadi.

Masnaviy:

Skandarki fath ayladi bahru bar,
Kirib taxti farmonigʻa xushku tar.
Yetishti zuhal avjigʻa rif’ati,
Chalindi falak toqigʻa navbati.
Valoyat bila hikmatu shohligʻ,
Nubuvvat ishidin ham ogohligʻ.
Gahi Saddi Ya’juj qism aylabon,
Gahi yuz ajoyib tilism aylabon,
Bu hashmat berib, izidi pok anga,
Ne zulm etti, koʻr, charxi bebok anga.
Ki xoli qoʻlin benavolar kibi,
Uzotib borurda gadolar kibi.
Chiqardi jahon mulkidin voyasiz,
Qoʻli komdin, naqdidin moyasiz.
Yanalarga, koʻr, charx netkusidur,
Sanga yo manga xud ne yetkusidur.


Uchinchi Tabaqa Ashkoniylar Va Muluki Tavoyif Erdilar

Tarix ahli orasida bu tabaqa dagʻi salotin tartibida bagʻoyat muxolifat koʻptur. Ammo bir soʻzda borcha muttafiqdurlar. Biz ul soʻznikim, muttafaqun alayhdur, ado qiloli. Soʻngra ul soʻzlarnikim, muxtalafun fihdur, zikr qilib, har nimagakim oʻxshashi koʻprakdur, qaror beroli. Ulcha muttafaqun alayhdur bu soʻzdurkim, Iskandar chun Eron mulki bila Forsni fath qildi, bu mamolikni bilgan salotinni va avlodni yigʻdi va alar bobida ne qilmoqqa royin bir-biriga qaror bera olman, ojiz boʻldi. Aristotoliskim, aning vaziri erdi, hozir ermas erdi. Anga bitib yuborib, andin roy tiladi. Va ul javob bitib yibbrdikim, bu jamiyatni qatl qilmoq shar’an va aqlan munosib ermas va qoʻymogʻligʻlari mulkka mujibi fasod va xotirga mujibi taradduddur. Chun sen bular mamlakatin har qoysini zaruratan birovga bergungdur, avval oʻzlariga oʻq berib, oʻz qoshingdin bularni mulkka nasib qilib qoʻngʻaysenkim, oʻtar dunyoda muncha salotinning bejihat qonin toʻkmamish boʻlgʻaysen. Va alarni mamnuni minnat qilib, oʻzungga yaxshi ot qozgʻonmish boʻlgʻay sen. Dagʻi ul kun soʻngraki sen boʻlmasang bular ichin aro munozaat qilib, sening dorul-mulkungkim Rumdur, taarruz kechrak qilgʻaylar. Iskandargʻa Arastuning royi dilpazir tushub, ul jamoatni Arastu koʻrgan roy bila nasb qildikim, muluki tavokif alarni debdurlar. Va ulcha bu tabaqada ahli tarix soʻzida ixtilofdur. Bu jamoatning oti va adadida va saltanatlarining muddati va taqdim va ta’xiridadur va bu xiloflargʻa tavfiq bermak va tatbiq qilmoq soʻzni parokanda qilib, oʻqugʻuchini yolqitib, havosin parishon qilur. Zaruratan ijmol bila andin oʻtmak munosib-roq koʻrundi. Iskandar muluki tavonifni mamolikka nasb qilgʻanda, Dajli yaqosidin beri Iroq va Ray va Xurosongʻacha Abtahshi Rumiigʻa berdi va ul toʻrt yil mulk surdi. Va Ashkkim, Doroning oʻgʻli erdi va Iskandar zamonida vahmdin yoshurun yurur erdi, anga xuruj qilib, ani oʻlturdi va taxt bildi.

Ashq Binni Doro. Chun Abtahshi Rumiyni oradin chiqardi va Eron mulkin Rum ahli kuduratidin sofi qilib, soyir muluki tavoyif bila muvofaqat qildi. Va alar ani bagʻoyat hurmat tuttilar va mundoq muqarrar qildilarkim, nishonlarida oʻz otlaridin burun aning otin bitgaylar va bot yogʻi arogʻa kirsa, bir-biriga madad yetkurgaylar va uluq-kichiklik orada boʻlgʻay. Mundin ortuq taklif aroda boʻlmagʻay. Aning zamoni uch yil erdi.

Shopur Binni Ashk. Ba’zi debdurlarkim, Iso alayhis-salom aning zamonida mab’us boʻldi va Yahyo va Zikriyo va Jirjis alayhumus-salomni ham ba’zi debdurlarkim, aning zamonida erdilar. Va Agʻustus qaysar anga muosir erdi. Va Shopur mulki yigirmi yil erdi.

Bahrom Binni Shopur. Atosining vasiyati bila ato taxtini bildi. Aning podshohligʻi oʻn bir yil erdi.

Yalosh Binni Bahrom. Ul dagʻi atosigʻa valiahd erdi va podshoxligʻi oʻn besh yil erdi.

Hurmuz Binni Yalosh. Atosigʻa qoim maqom boʻldi va podshohligʻi oʻn toʻquz yil erdi.

Anush Binni Yalosh. Aning podshohligʻi oʻn yil erdi. Ba’zi debdurlarkim, Iroq va Forsda Ashk farzandlaridin Uygʻur otligʻ bir podshoh erdi. Shopurdin ellik yildin soʻngra va Yahyo alayhis-salom aning zamonida shahid boʻldi. Va ul saltanatni oʻgʻli Gudarzgʻa musallam tutti.

Gudarz Binni Uygʻur. Ulugʻ podshoh boʻldi va adl va insof tariqidin chiqti va bani Isroilgʻa cherik tortib, azim qatllar qildi. Derlarkim, Buxtunnasr qilgʻondek. Bani Isroil bila maosh qildi. Bir kun ovda ajal shikorisining saydi boʻldi. Va aning podshohligʻi ellik yeti yil erdi.

Eron Binni Yalosh. Gudarzning qardoshi oʻgʻli erdi. Olim va odil erdi. Gudarz zamonida aning zulm va tlhattukidin xazoyik xoli va mulki buzugʻ erdi. Ul rioyat va lutf bila, raiyyatni ma’mur va mulkni obodon va xazinani mamlu qildi. Va aning saltanati qirq yil erdi.

Narsi Binni Gudarz. Otasining valiahdi erdi. Chun podshohliqqa oʻlturdi. Shom viloyatigʻa borib, Yahyo alayhis-salom qatli intiqomigʻa juhudlarni qirdi va qolgʻonidin ba’zini ovora va ba’zisini zalil qildi va andin soʻngra bani Isroil qavmidin munqati’ boʻldi. Va ul vaqtda bani Isroil qavmidin podshohi Matnnyo erdi, Sulaymop alayhis-salom avlo-didinkim, ba’zi debdurlarki, Buxtun-nasr ani halok qildi va Gudarzning podshoxligʻi oʻtuz ynl erdi.

Hurmuz Binni Yalosh. Ba’zi debdurlarkim, ul Eron oʻgli erdiki, Gudarzning qardoshi boʻlgʻay. Chun podshoh boʻldi, yaxshi qavoid va rusum paydo qildi va otasining zulm va taaddisin oradin chiqordi. Va toʻrt harami bor erdi. Alardin biri anga zahr berib, halok qildi. Va saltanati zamoni toʻquz yil erdi.

Firuz Binni Hurmuz. Aning oʻrnida taxtqa oʻlturdi va ul dagʻi dod va adl qoidasin tuzdn. Ammo ayyosh kishi erdi va ovni sevar erdi. Ovda ruhi gʻizoli ajal oʻqigʻa qatil boʻldi. Va saltanati zamoni yeti yil erdi.

Xusrav Binni Firuz andin soʻngra podshohligʻ qildi va aning saltanati zamoni oʻtuz yil erdi.

Yalosh Binni Firuz aning qoim maqomi boʻldi va ul hunarparvar podshoh erdi. Hunar ahlin sevar erdi va aning zamonida hunar ahli aziz boʻldilar va hunarlar takmil topti. Oqibat ul dagʻi oʻzgalar azimat qilgʻondek ozim boʻldi. Va aning podshohligʻi qirq yil erdi.

Yalosh Binni Yalosh aning taxtini egalladi va ul Xusravning qardoshi erdi. Oqibat ul dagʻi qardoshi ichkan sharbatni ichti va aning podshohligʻi besh yil erdi.

Arduvon Binni Yalosh ashkoniylarning soʻnggʻi podshohi erdi, azamat va tajammuli va mulkining vus’ati ul tabaqadagʻi salotindin ortti. Va muluki tavoyifdin koʻpii ul maqhur qilib, mulkin oldi va oʻziga munqod qildi. Va oxirul-amr Ardasher Bobak ani oradin chiqorib, mulk ashkoniylardin sosoniylargʻa intiqol topti. Va ashkoniylar bu muxtasarda oʻn besh kishi bitildi va «Nizomut-tavornx»da oʻn kishn bitilibdur va Banokatinda oʻn toʻrt kishi bitilibdur va «Jomeut-tavorix»i Jaloliyda yigirma kishi va «Guzida»da Hamdullohul-mustavfi uch firqa qilib, yigirmi bir podshoh bitibdur va ani muluki tavoyifdin tutubdur. Goʻyoki bu xud gʻalatdurkim, alar muluki tavoyif boʻlgʻaylar. Nevchunkim oʻzi oʻq tanoquz kelturubdurkim, muluki tavoyifdin ba’zini Ashk binni Doro oʻlturdi va ashkoniylarni bu Ashk binni Doro nasli debdur. Va saltanatlarining zamonin ham muxtalif bitibdur. Bu faqir ulcha imkon ixtiyot bor erdi qildimkim, oʻzlarni sabt qildim. Ammo muddatlarin e’timod qilgʻudek naql topmadim, bitilmadi. Ammo har qoysining zikrida tafzil qilibdur. Hisob qilgʻon kishi topar va muluki tavoyifni ba’zi toʻqson kishi debdurlar va ba’zi ellik kishi va ba’zi ham bulardin ortuq oʻksuk debdurlar, val-ilmu indallohi.

She’r:

Skandar boʻlurda jahondin nihon,
Muluki tavoyifqa berdi jahon.
Alar ham berib taxtu tojigʻa zeb,
Jahondin yedilar necha kun fireb.
Tagʻofullarin chunki fahm ettilar,
Talofiy qilurdin burun kettilar.
Jahon mulkin ashkoniy oldi tamom,
Alargʻa bular boʻldi qoim maqom.
Qayu birning oʻlgʻach ayon navbati,
Sogʻindiki, jovid erur mulkati.
Necha kun dimogʻigʻa soldi gʻurur,
Chu vaqt oʻldi ketmaklik erdi zarur.
Kahondin ketib, kom ola olmadi,
Kishiga jahon jovidon qolmadi.
Alardek yana yuz ming oʻlsa padid,
Ham alardek oʻq boʻlgʻusi nopadid.
Bu ketmak emas barcha shahlargʻa xos,
Gadolar dagʻi topmas andin xalos.
Jahonkim, vafo keldi andin yiroq,
Yiroq oʻlsa, andin kishi yaxshiroq.


Toʻrtinchi Tabaqa Sosoniylardur

Kim alarni akobira debdurlar. Bularning dagʻi adadlarin muxtalif bitibdurlar. Ba’zi oʻtuz iki va ba’zi oʻtuz bir va ba’zi yigirmi sekiz va saltanatlarining muddatlarini ham muvofiq bitmaydurlar. Sohibi «Guzida» besh yuz yigirmi yeti yil bitibdur va Banokatiy besh yuz oʻtuz bir yil bitibdur va Qozn Bayzoviy toʻrt yuz oʻtuz yil debdur. Har taqdir bila Ardasher Bobak Sosoniylarning avvalgʻi podshohidur. Va ul Soson binni Bahman nabirasidur. Va aning sharhi budurkim, chun Bahman Humoyni valiahd qildi, Sosonkim oʻgʻli erdn, goʻsha tutti, andoqkim, mazkur boʻldi. Va davlat ul tabaqadin ashkoniylargʻa muntaqil boʻlgʻanda, Sosondin bir oʻgʻul qolib erdi, aning oti ham Soson erdi, mutavoriy va maktum yurur erdi. To roʻzgor havodisi iqtizosidin Bobak qoshidakim, Arduvonning Fors viloyatida bu gumashtasi erdi, oʻzin tobe’ tutar erdi. Va Bobak ul navohiyda koʻp maknat va shavkat paydo qilib erdi, chun Sosonning barcha atvorigʻa mulohaza qilur erdi, andin osori rayosat va xiradmandligʻ zohir boʻlur erdi. Bir kecha tush koʻrdikim, quyosh Sosonning manglayidin tulu’ qiladur.

Aning ahvolini mubolagʻa bila taftish qildi ersa, ma’lum qildikim, hol nedur. Ehtirom va e’zoz qilib, ani kuyov qildi. Va Ardasher Bobakning qizidin mutavallid boʻldi. Chun Soson oradin chiqib erdi, ani Bobak oti bila atadilar. Chun Ardasher bulugʻ haddigʻa yetti, barcha bilik bila erdamda yagona boʻlub shuhrat tutti. Arduvon eshitib, ani Bobakdin tilab, oʻz oʻgʻlonlari bila tarbiyat qilur erdi, bir kun alar ovgʻa borib erdilar, Arduvon yoshurun libos tagʻyir qilib, alarning ovda zabt va rabt bila otish-tutushlarin bilay deb bordi. Barcha nav’da Ardasherni oʻz oʻgʻ-lonlaridin ortuq topti. Rashk bila hasaddin gʻazab qildikim, ul bir navkar oʻgʻli anga saltanat oyinining iktisobini munosibdur deb oʻz miroxoʻrlugʻini buyurdi. Ardasher zarurat va vahmdin ul xidmatqa mashgʻul erdi. Ittifoqo bir kun tavila boshida oʻlturub erdikim, Arduvonning haramidin necha kanizak oʻtub boradurlar erdi. Biri Ardasherni koʻrub, koʻngil oldurub, alqissa alarning orasida muloqot va xususiyat voqe’ boʻldi va Arduvonning maxfiy ahvoli va maqolidin ul kanizak Ardasherga xabar berur erdi. Bu uchurda Bobakning vafoti xabari keldi. Ardasher muddao izhor qildikim, Arduvon aning atosi mansabin anga berib yiborgan. Maqbul tushmadi. Ul hukumatqa oʻa oʻgʻlin muqarrar qilib yibordn. Chup Ardasher ul ishdin navmid boʻldi, vahmi gʻolib boʻldi. Bu favrda ul kanizak anga xabar berdikim, Arduvon bir mudhish tush koʻrub, bilur eldin ta’birin soʻrub, mundoq debdurlarkim, mulk sendin nitiqol topib, birovga muntaqil boʻlgʻusidurkim, bu hafta sening dargohingdin ketar. Va Arduvon bu soʻzdin mutavahhish boʻlub, bu ishning tafahhusidadurkim, ul kishini topib, daf’ qilgʻay. Bu soʻzdin Ardasherning dagʻdagʻasn koʻprak boʻlub, ham aning oʻq tavilasidin e’timodi otlar qushlab qochti. Va kanizak ham aning bila muttafiq erdi. Chun Ardasher Istaxr shahriga yetti, atosining atboidin ba’zi anga yigʻildilar. Koʻp el ma’lum qilib, anga muttafiq boʻlub, Arduvonning oʻgʻligʻa xuruj qilib, ani oradin koʻtardilar. Va Arduvon eshitib, oʻzi aning daf’in qilmoqdin oʻzga chora topmay, sipoh tortib kelib, Ardasher bila urushub, bosildi va qatdgʻa yetti. Va qolgʻan muluki tavoyifni ham maqhur qilib, mamolik fathigʻa yuz qoʻydi. Va Arduvon qizini nikohigʻa kiyurdi. Va Arduvonning toʻrt oʻtli bor erdi. Ikisi talaf boʻlub, iknsi qochib Hindistongʻa bordilar va anda har nav’ boʻlsa, oʻtkarur erdilar. Singillari bila xabarlashib, anga zahr yibordilarkim, Ardasherga berib halok qilgʻay. Shoyad bu vasila bila mulk alargʻa tushkay. Ardasher bir kun ovdin kelib, sharbat tilagach, ul qiz sharbatni zahrolud qilib, muhaye asrab erdi, filhol tutaberdi. Ardasher davlat rahnamuni amri bila sharbatni olurda taammul zohir qildi ersa, sharbat berguvchi mutagʻayyir boʻlub, yalki titrab, sharbatdin yorimi toʻkuldi. Ardasher batoyat xiradmand erdi. Qolgʻanigʻa non toʻgʻrab, itka berdi zrsa, halok boʻldi. Tafahhus qilgʻoch, ul ish kayfiyati ma’lum boʻldi va qizni vazirgʻa topshurub, bu-yurdikim, halok qilgʻay. Vazir oqibatandish kishi erdi, oʻltururda qiz ayttikim, podshohdin homilamen. Ani asrab, oʻzin xasiy qilib, bir necha kun ilojidin soʻngra keskin uzvni bir huqqagʻa solib, muhr qilib, Ardasher huzurida xozingʻa topshirdikim, men bu amonatni tilasam bergaysen. Bu holdin oz vaqt oʻtkach, homila oʻgʻul tugʻuldi va vazir anga Shohpur ot qoʻydi. Va ihtimom bila tarbiyat qilur erdi, to oʻn yoshigʻa yet-kanda, husnu jamol va rushdu kamolda nodir boʻlub erdi. Bir kun vazir Ardasher qoshigʻa kirib, ani bagʻoyat malul topti, jihatin soʻrdi. Chun Ardasherning oʻgʻli yoʻq erdi, dedikim, nechuk malolat boʻlmagʻaykim, olam mulkin oldim va umr oxirgʻa yetti, zaruratan oʻlmak kerak va mulkni yot kishiga qoʻyub bormoq kerak. Vazir aytti: podshoh gʻam yemasunkim, andoq oʻgʻli bor kim, ma’lum emaski, hech podshohda boʻlmish boʻlgʻay. Ardasher hayrat qilib, kayfiyatni yaxshi ma’lum qildi ersa, vazir amonat huqqani tilab, ul rozni oshkoro qildikim, men bu kunning fikrin qilib erdim. Homilani oʻlturmay, tuhmat daf’i uchun oʻzumgʻa bu holli ravo koʻrdum. Va podshohzoda tugʻdi va oʻn yashabdur va oti Shohpur qoʻyulubdur. Ardasher shodmon boʻlub buyurdikim, ani aning yoshi atfol bila yasab, aning hoshigʻa kelturdilar. Bir-bir oʻtkarib, ul yetkach, ota-igʻ mehri harakatqa kelib, ani qoʻynigʻa olib oʻpub, Tengri taologʻa shukrlar qilib, onasini haramgʻa yibordi. Vazirgʻa koʻp inoyatlar qildi. Va aning oti Shopurgʻa qaror topti, oʻz valiahdi qildi. Va aning osoridin Forsda Arusi koʻrasi derlarkim, aning sharhi uzundur. Tavorixda bor, bilay degan kishi oʻqub bilgay. Yana Ardasherki, ani Gavosher derlar, Kirmonda va Ahvoz va Xuzistonda va Moʻsul, Jaziradin, xittayi Bahrayndin. Va podshohligʻi muddati oʻtuz yil erdi va oʻn toʻrt yil hukmi olam mamolikiga nofiz boʻldi. Ajal yetkoch, jahon anga ham oʻzga jahondorlargʻa qilgʻonni qildi.

She’r:

Jahon mulkini oldi chun Ardasher,
Tavonou dono shah erdi daler.
Ularda ne naf’ etti donoligʻi,
Ne daf’ aylay oldi tavonoligʻi.

Shopur Binni Ardasher. Chun atosi oʻrnida taxtqa oʻlturdi, ato rasm va qonunin tagʻyir bermadi va ul tayin qilgʻan elni viloyatlardin va manosibdin azl qilmadi. Va oqil va odil podshoh erdi. Va anga arz qildilarkim, Qustantaniyada Rum qaysari oʻz haddidin tajovuz qilibdur. Shopur Nasibin shahrin muhosara bila oldi va qaysarning xazoyinini tasarruf qildi. Qaysar oʻz haddini bilib, shafi’lar vosita qilib, xiroj qabul qildi. Shopur fath va nusrat bila qaytti. Va aning osoridin Xurosonda Nishopurdurkim, ani Tahmuras bunyod qilib erdi, tuganmasdin burun yuz buzugʻluqqa qoʻydi. Ammo Shopur ani yangi boshtin shatranj bisoti vaz’i bila obodon qildi. Va ayturlarkim, akosira bu ixtiro’ni qilib erdilarkim, shahrlar bnno qilsalar, jonivorlar shakli bila tarh qilurlar erdi. Andoqkim, Savsanni yilon shakli bila va Sushtarni ot shakli bila. Yana ul yasagʻan yerlardin biri Jandshopur, Xuzistonda Shodshopurdur. Qazvin yo Siystonda Moniy musavviri zindiq aning zamonida paydo boʻldi. Va podshohligʻi oʻtuz yil erdi.

She’r:

Chu Shopur boʻldi jahon xusravi,
Adolatda boʻldi ato payravi.
Vale oxirul-amr charxi dijam,
Ani ham otasidek etti adam.

Hurmuz Binni Shopur. Ani Hurmuzi qati’ dedilar. Bu jihatdinkim, otasi Shopur ani Xuroson viloyatining ayolatigʻa yiborib erdi va Shopur johdoʻst va badgumon kishi zrdi. Hurmuz Xurosonni tuzdi va azim cherik yigʻib, mustaid qildi. Hosidlar Shopurgʻa yomon koʻrguzdilar. Shopur aning boshida istiqlol xiyol qilib, yomon eltib kelurigʻa hukm qildi. Hurmuz fahm qildikim, qasd qilgʻusidur, bir ilikni kesib, Shopur xidmatigʻa yibordi. Va ul zamonda rasm erdikim, noqis kishini podshoh qilmaslar erdi. Shopur aning begunohligin bilib, toinlarin maqhur qilib, koʻngli aning uchun buzulub, ani valiahd qildi. Va ul Moniy musavvirni va atboin hujjat bila takfir qilib, jazolarigʻa yetkurdi. Aning osori Xuzistonda Rom Hurmuz va Bagʻdod navohiysida dastgirdur. Va saltanati zamonida ixtilof bor. Ba’zi iki ba’zi' uch, ba’zi oʻtuz yil debdurlar.

She’r:

Chu Hurmuzni baxt etti masnadnishin,
Adolat bila tuzdi olam ishin.
Agarchi qoʻlin qisqa qildi bilik,
Falak qilmadi qisqa andin ilik.

Bahrom Binni Hurmuz atosi Hurmuz vasiyatig bila podshoh boʻldi va Moyush naqqoshning, millatikim, zindiqa erdi, aning zamonida shoyi’ boʻldi. Va koʻp xaloyiq anga firifta boʻldidar va aning dinigʻa kirdilar. Atboi qolin va bu Bahrom xudoparast erdi va xiradmand podshoh erdi. Tiladikim, Moniyning millatin daf’ qilgʻay. Avval ani umidvorligʻlar bila musohib va mulozim qildi va atboin oʻzidin vahmsiz qildi, to barcha zohir boʻldilar. Andin soʻngra ulamoni yigʻib, aning bila bahsqa soldi va ulamo ani yaknafar qilib, kufrni anga sobit qildilar. Bu hujjat bila Moniyning terisin soʻydurub, somon tiqtirdi va atboin qatl qildi. Ba’zi debdurlarki, Moniy elga bu soʻz birla firib berur erdiki, ruh inson ba-danida zindondadur va aning yeri oʻzga olamdur. Ruhqa tasnif hosil qilmoq kerak va botroq bu zindondin xalos etmak kerakki, tufroq kuduratidin xalos boʻlub, oʻz maqomigʻa yetkay. Chun Bahrom ani tiladi, de-dikim, aytur soʻzlaringni ayt. Moniy bu soʻzlarni aytgi. Bahrom dedikim, chun sening ruhung badan zindonidadur, azob bila biz sening oʻq qavlung bila amal qilib, ruhungni azobdin qutqorurbiz deb buyurdikim, ani qatl qildilar. Va Bahromning zamoni va muddati uch yil va uch oy erdi.

She’r:

Chu Bahrom davri zamoni edi,
Zamonida mashhuri Moniy edi.
Ani dagʻi nobud qildi falak,
Bu birning dagʻi naqshini qildi haq.

Bahrom Binni Bahrom. Ani salaf dedyalar. Takallufi koʻp erdi va takabburi va tahayyuri behad. Oz sahvgʻa koʻp itob qilur erdi, juzviy gunahgʻa nomaqdur siyosat koʻrguzur erdi. Xaloyiq aning badxoʻylugʻidin ojiz boʻlub, mu’badlar va hakimlargʻa istigʻosa koʻrguzub, istionat qildilar. Alar taammullar qilib munga qaror berdilarkim, tongla sabohdin hech kishin anga yovumagʻanlar. Tonglasi jami’ ulus bu ishni qildilar. Har kishini tiladi, topmadi. El ojiz boʻlgʻondek ul dagʻi ojiz va mutahayyir qoldi. Mu’badlar kelib, nasihat qildilarkim, podshoh ulus va el bila podshohdur. El boʻlmasa, saltanat mumkin emas. Sen elni mizojing tundlugʻidin oʻzungdin ramida qilding. Lojaram sendin yiroqlik tiladilar.

Bahrom alardin taahhud qildikim, men mutanabbih boʻldum, kelsunlar. Istid’o qilib mu’badlar yana elni aning qoshigʻa kelturdilar. Va ul tundxoʻylugʻni tark qilib, adolat va muroso va afv pesha qildi. Va saltanatining zamoni yigirmi yil erdi.

She’r:

Necha erdi Bahrom, Bahromi tez,
Ishi charx Bahromi yangligʻ sitez.
Yetib vaqt tushti ajal domigʻa,
Borur bahs aflok bahromigʻa.

Bahrom Binni Bahrom Binni BAHROM. Ato va abuka otin anga qoʻydilar va lekin ani Shahanshoh dedilar. Bu laqab bila shuhrat tutti va avval kishikim, bu laqab topti ul erdi. Sha’ni arjumand va axloqi dilpisand podshoh erdi, axloqi elga margʻub va atvori ulusqa matlub. Zulm binosin buzdi va adl asosin tuzdi. Ammo davroni umridek bevafo erdi va umri davronidek bebaqo. Va ul toʻrt oy mulk surdi va borur mulkni oʻzgalarga topshurdi.

She’r:

Shahanshoh chun surdi olamgʻa raxsh,
Quyoshdek ediyu, dahr uza nurbaxsh.
Necha mehrdek topti avji kamol,
Falak davridin topti oxir zavol.

Narsi Binni Bahrom. Atosi oʻrnida saltanat taxtigʻa oʻlturdi va ul dagʻi atosidek komkor va oliy miqdor va xiradmand va hushyor podshoh erdi. Koʻp kishvar va mulk oldi va oxir rihlat koʻsin chaldi. Va mulkining muddati toʻquz yil erdi.

She’r:

Chu Narsi boʻlub mulk ila komjoʻy,
Ato taxtida boʻldi oromjoʻy.
Ne qoʻydn falak ham aning komini,
Ne ajdodi taxtida oromini.

Hurmuz Binni Narsi. Ul bagʻoyat mutajabbir va mutavahhim kishi erdi. Saltanatidin burun bu sifotin el bilib, andin xaroson edilar. Emdikim, mulk olib, ato oʻrnigʻa podshoh boʻldi, xaloyiq mutavahhim boʻldilar. Va ul bovujudi bu nav’ maosh oʻz atvorigʻa bagʻoyat mu’taqid erdi. Bir kun gʻoyat xudpisandligʻidin bir hakimdin soʻrdikim, maning af’ol va sifotimgʻa ne nima keraklikdur? Gʻarazi bukim, ul tahsinlar qilgʻaykim, hech nima keraklik ermas. Hakim mundoq javob berdikim, xaloyiqqa hokim va sohibi ixtiyor boʻlgʻondek oʻz nafsinggʻa ham hokim va sohibi ixtiyor boʻlmoq sanga keraklikdur. Ul bu soʻzdin, chun zoti javhari bor erdi, gʻaflat uyqusidin seskonib, oʻz qiligʻi tegrasiga uyurulub, mustahsan atvor tutub, marzi axloq pesha qildi. Chun vafot qildi, oʻgʻli yoʻq erdi, ammo harami homila erdi. Tojni aning boshi ustida osnb, anga podshohliq buyururlar erdi, to Shopur tugʻdi. Va Hurmuzning zamoni yeti yil yo toʻquz yil erdi.

She’r:

Chu Hurmuzgʻa tushti bu dahri dani,
Necha vaqt ham qildi magʻrur ani.
Va lekin ajal aylagach turktoz,
Ne qoldi gʻurur ul zamon ne niyoz.

Shopuri Zul Aqtof Xiradmand podshoh erdi, ammo qohir erdi. Ba’zi ani debdurlarkim, ona qornida qoldi va tugʻquncha tojni onasi boshi ustidin osarlar erdi. Avval kishikim, tufuliyatda yaxshi roy xo-tirigʻa keldi ul erdi. Va aning sharhi budurkim, olti yoshida Shahrdi degan vaziri aning qoshida edikim, shom vaqtida naqora uni keldi. Shopur vazirdin soʻrdikim, ne naqoradur? Ul dedikim, jamoatiki daryodin koʻpruk bila nori yuzga oʻtubdurlar, chun koʻpruk birdur, alarni qaytarurgʻa har kechqurun xabar qilur uchun naqora qoqarlarkim, kechrak qolsalar koʻpruk ustiga gʻavgʻo boʻlub, suvgʻa yiqilur imkoni bor. Shopur ayttikim, yana bir koʻpruk dagʻi yasasunlar, to el farogʻat bila oʻtgaylar. Va ani hukmi bila koʻpruk yasadilar. Aning tufuliyat zamonida mulkda arab istilosidin koʻp shoʻrish paydo boʻlub, gʻassoniylardin podshohiki oti Toyir erdi, Tayqunnikim, Soson taxtgohi erdi, chopib, Hurmuzning egachisini tutubkim, Shopurgʻa xola boʻlgʻay, asir qilib, nikohigʻa kiyurub, mulkni buzub qaytdi. Va Toyirgʻa Pushardin bir qiz boʻldikim, nazokat va jamolda naziri yoʻq erdi. Otin Malika qoʻydilar. Shopur yigit boʻlgʻondin soʻngra cherik tortib, Toyir ustiga borib, Toyir qoʻrgʻonini berkitti. Va ul muhosara qilib, Malika ichkaridin Shopur bila muttafiq boʻlub, qoʻrgʻonni Shopurgʻa berdi va Shopur Toyirni oʻlturub, Malikani quldi. Debdur-larkim, bir kecha Shopur tushaknda Malika nola qilib, uyuy olmas erdi. Yaxshi ehtiyot qildilar. Bir murud bargi toʻshak ostida qolgʻon jihatdin ermish. Shopur soʻrdikim, seni ne nav’ tarbiyat qilibdurlarkim, muncha nozuk boʻlubsen? Malika ayttikim, otam manga gʻizo soʻngak magʻzidin oʻzgakim nabotni un qilib, anga sepmish boʻlgʻaylar berdurmas erdi. Shopur dedikim, andoq parvarish bergan otagʻa ne vafo qildingkim, manga qilgʻaysen, deb ani siyosat qildi va bu buzugʻluq qilgʻon a’rob qasdigʻa buyurdi va koʻp ta’ziyat bila oʻlturtur erdi. Mashhur mundoqdurkim, eginlarin yorib, bagʻrinlarin soʻkturub toshlatur erdi, alar bu azob bila oʻlarlar erdi. Bu jihatdin ani zul-aktof dedilar.

Va Rasul sallallohu alayhi vasallamning ajdodidin Molik binni Nasrkim, a’robning buzurgvori erdi, aning zamonida erdi. Andin soʻrdikim, arabqa muncha ta’zib va qatlning jihati nedur? Shopur ayt-tikim, manga munajjimlar xabar beribdurlarkim, Muhammad otligʻ paygʻambari sallalolhu alayhi vasallam bu qavmdin paydo boʻlub, taxtni mening avlodimdin olib, alarnn tugatqusidur. Bu jihatdin avvaldin intiqom tortadurmen. Molik aytti: avvalan qoydinkim munajjimlar chin aytmish boʻlgʻaylar, ikinchi ulkim, bar taqdirkim soʻzlari chin boʻlsa, sen bu bedodni bu qavmgʻa qilmagʻoning yaxshiroqkim, agar ul sohibi davlat paydo boʻlsa, sening bu af’olingdin istimo’ qilsa, avlodinggʻa koʻprak nuqson yetkurgay. Bu soʻzdin Shopur ul ishni tark qildi. Rahmatan lilolamin. Demak, bu sohibi davlat sha’nidadurkim, ming yilgʻa yaqin oʻz valodatidin burunroq mazlumlarni zolimlardin qutqarur. Humoyun ismi mazkur boʻlgʻon bila soyir nos oʻlumdin va podshohni gunahsiz oʻlturmakdin va shaqovatdin ozod qilur, sallallohu alayi va alo olihi va avlodihi va ashobihi va sallam. Alqissa Shopurgʻa Gushtasb qilgʻan xatodek xatoyi voqe’ boʻldikim, musofarat tariqi bila Rumgʻa bordi. Va soʻz muxtasar, ani Rumda tanidilar va qaysar ani tutub yalangochlab, oʻy xomigʻa tikib, mahbus qilib, sipoh tortib yurub, aning mulkin olib, koʻp buzugʻluq qaldi. Shopurni asrar kishining qizi oshiq boʻlub, ul hibsdin qutqarib, ikov qochib, Qazvingʻa keldilar. Sohibi «Guzida» kim, Qazvinliqdur, mundoq debdur-kim, Qazvinda bir bogʻqa kirdikim, bir zohid kishining erdikim, holo ul yerni Shopuron derlarkim. Shopur imorat qilibdur. Andogʻi eldin tahqiq qaldi. Dedilarkim, Shopurning vaziri Rudbordadur va sipahsolori Shahriyorda. Va oʻzga barcha yerni qaysar oldi. Shopur yoshurun kishilar yiborib, ul ikovni tilab, yana cherik tortib, qaysar bila masof qilib, qaysarni tutti va har xarobliqkim aning mulkida qilib erdi, buyurdikim, obodon qilgʻay. Ammo ustod va muzdur Rumdin kelturgay. Va ul saranjom qildi. Va debdurlarkim, burnin teshib, ip taqib, iki qulogʻin kesib yugurtti. Va bu xoksor ba’zi tavorixda koʻrubmenkim, qaysar Shopurni oʻzi bila keturub, Bagʻdodni Shopurning kishilari muhosara qilib erdilar. Va Bagʻdod havosi bagʻoyat isigʻ boʻlur. Anda oʻy xomigʻa yetkurub, kunasga soldi. Va bir kun azim jashn qilib erdikim, majmu’ eli usuruk erdi. Chun mamolikni talamoq shoyi’ erdi. Shopurni asrar kishilarning eli ba’zi eshaklik faqirlarni talab kelturub erdi-lar va yuklar yogʻ erdi. Asirlardin biri Shopur holidin voqif boʻlub, ul yogʻlardin qurugʻon xomgʻa quyub, xom yumshagʻondin soʻngra ani xalos qildi. Va ul oʻzini shahrigʻa solib, sipoh yasab, filhol chiqib, qaysarni va borcha elni mast dastgir qildi va yuqorigʻi oʻtkan ishlarni andin soʻngra qildi, vallohu a’lam. Va ba’zi Moniy musavvirni bu Shopur zamonida debdurlar. Va paygʻambarligʻi da’visida mu’jizasi pargorsiz doira va qalam jadvalsiz mustaqim xat izhor qilibdur. Va bu hamkim, bir yumurtqacha kurrada olam suratin tortib va jami’ aqolim va bilod va jibol va bihorni mashruh yasab, kentlar va rudxonalargʻacha koʻrguzub erdikim, Shopur hujjat bila ani siyosat qilib, mardud millatin daf’ qildi. Aning osoridin Qazvinning shahristonidur va Madoyin shah-rining tajdidi va Shustarda Shodruvon va Firuz Shopur va Siystonda ba’zi yer va Hindustonda necha shahr. Va saltanatining muddati yetmish yil erdi va ba’zi yetmish iki debdurlar.

She’r:

Chu Shopur olib qof to qofni,
Chiqorur edi behad aktofin.
Chiqordi ani gardishi muxtalif,
Aningdekki, ul el tanidin katif.

Ardasher Binni Hurmuz Shopur Zul-aktofning inisi erdi. Vafot qilurda chun Shopur oʻgʻli kichik erdi, saltanatni inisiga berdikim, oʻgʻli ulgʻaysa, anga bergay. «Guzida»da mundoq bitibdurkim, Ardasher bagʻoyat xiradmand va dono kishi erdi. Oriyati davlatqa koʻngul bogʻlamay, el bila baski yaxshiliq qildi, anga Nekukor laqab qoʻydilar. Chun Shopur oʻgʻ-li ulgʻaydi, mulkni anga musallam tutub, oʻzi oradin chiqti. Saltanati zamoni oʻn yil erdi. Ammo Banokatiy muning aksi bitibdurkim, ul bagʻoyat zolim va jobir erdi. El aning bedodidin batang kelib, ittifoq bila ani saltanatdin xal’ qilib, mulkni Shopurgʻa berdilar. Vallohu a’lam.

She’r:

Chu Shopur oʻtub, Ardasher oldi mulk,
Base bimu umid aro qoldi mulk.
Nekim olam ahligʻa qildi pisand,
Anga oni yetkurdi charxi baland.

Shopur Binni Shopur chun taxtqa oʻlturdi, bagʻoyat atvori, husn va axloqi mustahsan podshoh erdi-Gʻoyat yaxshiligʻidin Rum podshohini oʻziga muti’ qilib erdi, aidoqki qaysar vafoti chogʻida, chun oʻgʻli kichik erdi, Shopurgʻa kishi yiborib, istid’o qildikim, men qaribmen, dagʻi umrumgʻa e’timodim yoʻqtur va oʻgʻlum: kichikdur, bir kishigakim, sening e’timoding bor, yiborkim, Rumda saltanat qilsun. Ugʻlum ulgʻaysa, mulk-ni anga topshurgʻay. Shopur Shervinni yibordi. Qaysar vafot qilgʻach, Shervin Rumda hukumat qildi. Chun mulk vorisi ulgʻaydi, Shervin takalluf qilmay, mulkni anga topshurdi. Bu ish agar voqe’ ersa, gʻaroyibdindurur. Va Shervinni qaysar qoʻymadi Rumdin borgʻali. Bahrom Goʻr zamonigʻacha Rumda erdi va Shopur chodir ichinda erdikim, qottiq yel qoʻpub, chodirni aning boshigʻa yiqti va sutun boshigʻa tegib, halok boʻldi. Va saltanati besh yil va bir nima erdi.

She’r:

Chu Shopuri Shopur tuzdi bisot,
Jahon mulkida zohir aylab nishot.
Sutun boshigʻa otib, etti zabun,
Ani dagʻi bu gunbadi besutun.

Bahrom Binni Shopur atosi Shopur oʻrnigʻa taxtqa oʻlturdi va aning siyratin ba’zi muarrixlar yaxshi debdurlar va ba’zi yomon. Va ani Qirmonshoh derlar. Ba’zi debdurlarkim Kirmon shahrin ul bino qildi. Ba’zi debdurlarkim, atosi zamonida Kirmonda hukumat qilgʻon jihatdin aning sifotida ulcha el pisand qilmaydurlarkim, gunohkorni hech kimning shafoati bila ozod qilmas erdi. Va aning oʻgʻli Bahromni ba’zi atosi oʻrnigʻa ondin soʻngra oʻlturub, bir yil podshohlik qildi debdurlar va ba’zi e’tibor qilmaydurlar. Va Banokatiy debdurkim, aning zulmidin el anga gʻavgʻo qildilar va ul gʻavgʻoda halok boʻldi. Va saltanatini oʻgʻligʻa berdilar va ul oʻn iki yil mulk surdi.

She’r:

Jahon mulki chun qoldi Bahromgʻa,
Xaloyiq ishi tushti nokomgʻa.
Ani dagʻi garduni ne vahmu bok,
Chekib komu nokom qildi halok.

Yazdijird Binni Bahrom chun mamlakat egasi boʻldi, goʻyoki mulk egasiz qoldikim, ul zolim va nodon kishi erdi. Ardasher Bobokondin biri sosoniynajod salotindin xaloyiqqa harnecha shafqat va adolat yet-ti. Ul barchaning evazi taaddi va bedod yetkurdi va mamolikka harnecha ma’murluq va orostaliq yuzlandi, ul barchaning podoshi va buzugʻluq va parishonliqni haddin oshurdi. Sekiz yildin soʻngra anga bir oʻgʻul boʻldi. Otin Bahrom qoʻydi. Va Nu’mon binni Munzarki, arab podshohi erdi, anga topshurdikim, Hiyara shahridakim, Kufaga yaqindur va havosi dilkushoy va fazosi ruhafzoy yerdur, anga parvarish berib, tarbiyat qilgʻay. Va Yazdijirdni Tus viloyatidagʻi Chashman sabz navohiysida ot yiqib oʻlturdi. Ba’zi suv oti debdurlar, ba’zi debdurlarkim, farishta ot surati bila kelib, ani el boshidin vo qildi. Ba’zi debdurlarki, dev erdi. Bori voqei ot ham boʻlsa, hamul devdur. Har taqdir bilan bir otekim, tundlugʻidin kishi yoviy olmadi. Ul nodonligʻidin ani tutti va oʻzi egarladi va qoʻshqun solurda, tepib oxir qildi. Va aning iyzo va azobi elga yigirmi yilgʻa tortti.

She’r:

Makon tutti chun taxt uzra Yazdijird,
Taaddiyu zulm ayladi elga vird.
Necha kun saqoligʻakim, kuldi charx,
Ajal ilkidin barchasin yuldi charx.

Bahrom Binni Zdijird chun atosidin soʻngra saltanat taxtigʻa oʻlturdi, otasi buzgʻonlarni tuzdi va oning zulmi oʻrnigʻa adolat koʻrguzdi. Va ani Bahrom Goʻr dedilar. Muning jihatin ba’zi dedilarkim, toʻrni sher sayd qilgʻanda, aning oʻqi ikisidin oʻtub, yerga tegdi. Ba’zi debdurlarkim, goʻr ovigʻa koʻp moyil erdi. Chun Yazdijird oʻldi, arkoni davlatikim, ondin zulm koʻrib erdilar, mulk aning oʻgʻligʻa bermakka korih erdilar. Lojaram, Ardasher naslidin Kisro otligʻ kishini taxtqa oʻlturttilar. Lojaram, Bahrom chun muni eshitti, yigit boʻlub erdi, Nu’mon bila otasi taxtigʻa mutavajjih boʻldi. El otasi jafosini izhor qilib dedilarkim, bizga oʻzga kishi holo podshoh boʻlubdur, sen oʻz fikringni qil! Bahrom alargʻa koʻp istimolatlar berib dedikim, mulk manga mavrusiydur. Siz agar Kisroni podshoh qilibsiz, aytmonkim, filhol ani azl qiling. Va lekin chun saltanatqa shijoatdin guzir yoʻqtur, koʻrungkim, qoysi birimiz sizga hodisa dast bersa, daf’igʻa koʻshish qnla olurbiz. Podshohligʻ aning boʻlsun. Oqibat anga qaror top-tikim, saltanat tojin iki och arslon orasida qoʻygʻaylar, har kishi olsa, boshi ul toj bila orosta boʻlgʻay. Chun bu ma’raka tuzuldi, Kisro toj tarkin tutub, bosh salomatligʻin gʻanimat bildi. Ammo Bahrom ars-lonlarni halok qilib, tojni boshigʻa qoʻyub, taxtgʻa ulturdi va adolat bunyod qildi. Andoqkim, xaloyiq muraffah va rozi va mulk ma’mur va obodon boʻldi. Chun koʻngli bu jonibdin tindi, aysh va nashotqa mayl qildi. Va ul bobda mubolagʻani haddin oshurdi. Va chogʻirki, mudovamati mujibi gʻaflat va beparvolikdur, ani mulk ishidin forigʻ qildi. Har oyinakim, har kishi har nekim koʻngli tilasa qila boshladi, to mulkka ravnaq va sipohqa nasaq qolmadi. Bu ishdin xoqoni turk voqif boʻlub, cherik tortib Jayxundin oʻtub, aning viloyatngʻa daxl qildi. Bahrom chun gʻaflat uyqusidin uygʻondi, mulkni vayron va dushmanni mustavli va sipohni parishon topti. Bildikim, masof tuzub, ish qila olmas. Mulkni Narsigʻakim, inisi erdi, topshurdi va oʻzi uch ming kishi bila Ozarbayjon otashkadasigʻa borurmen deb eldin chiqti. Bilmadilarkim, qayon bordi. El gumon qildilarkim, xoqondin qochdi. Zaruratan xoqongʻa peshkashlar bila arzadosht qilib, kishi yibordilarkim, kelsang mulkni topshururbiz deb. Xoqonning xotiri jam’ boʻlub, taskin bila mulk tasarrufigʻa mashgʻul boʻldi. Ammo Bahrom Ozarbayjondin Gurjiston bila Dashti Qifchoqdin chiqib, Xorazm bosturub, Jurjon navohiysida xoqongʻa shabixun urub, oz kishi bila uch yuz ming cherikin buzub, xoqonni dastgir qilib, oʻz ilki bila boshin chopti. Va bu bir ish erdikim, andin burun hech podshoh qilmaydur erdi va andin soʻngra dagʻi hech kishiga dast bermaydur erdi. Magarkim, Abulgʻozi Sulton Husayn Bahodirxok xalladallohu mulkahugʻa muyassar boʻldikim, bu nav’ ish qildi. Va aning mujmali budurkim, ul hazrat Xuroson taxtin olgʻondakim, hanuz mulk toʻqtamaydur erdi, Yodgor Muhammad Mirzokim, mulk vorisi erdi azim cherik bila ul hazratning ustiga yurudi. Va ba’zi koʻtahandish el bevafoligʻ qilib, anga qochib borgʻon jihatdin xaloyiq baddil boʻlub, urush yarogʻin topilmay, ul hazrat mulkni solib, oz kishi bila qiroqqa tortti. Va gʻanim taxtni olib, mulkka mutasarrif boʻlub, farogʻat bila beadad xayl va sipohini mulk buzmoqgʻa qoʻyobergan chogʻdakim xaloyiq figʻon va gʻirevi ul hazratning qulogʻigʻa yetishti. Usru oz nafar bila ul gʻolib aduv ustiga kelib, mulkiga kirib, taxtigʻa yuz qoʻyub, qasr saltanatida ani tutub, daf’ qilib, xalqni aning bedodidin xalos qildi. Va bu faqirning xiyoligʻa andoq kelurkim, ul saharkim bu ish voqe’ boʻldi, harnechakim mulohaza qilildi, yuz kishiga yetmas erdilarkim, ul voqeada hoznr erdilar. Insho Ollohul-azizkim, oʻz mahalida sharh bila bitilgay va naqiru qatirigʻa degincha sharh qililgʻay. Va Bahromning taxtni qoʻyub, musofarat tariqi bila Hindistongʻa borgʻonin ham, chun gʻaroyibi umurdindir, mujmalan bayon qiloli. Andoq debdurlarkim, Bahrom tamosho va tafarruj va nashotqa moyil kishi erdi va xudroy va zabardast va oʻz tavonoligʻigʻa e’timod qilib, bul ajab ishlarga mutasaddi boʻlur erdi. Va alardin biri budurkim, Hindiston mulkining ajubasin eshitib, tafarrujin havas qildi. Va mulkni Narsigʻa topshurub, yoshurun eldin chiqib, Hindistongʻa bordi. Va doim sayd bila kun oʻtkarur erdi. Tegrasidagi el aning ishidin mutahayyir boʻlub, favj-favj ani koʻrgali borurlar erdi va shijoatigʻa hayron qolurlar erdikim, besha saboini-misli qoplon va arslon va soyir darrandalar koʻp oʻlturur erdi. Bir beshadaki, yoʻl qirogʻinda boʻlgʻay, bir azim filkim, andin ulugʻroq boʻlaolmagʻay, quturub yo mast boʻlub, yoʻl boshigʻa kelib, elga zarar yetkura boshladi. Andoqkim, koʻp el halak boʻlub, ul shori’ bogʻlandi. Va podshoh necha qotla qolin el yiborib daf’ qila olmadi. Va Bahromning xabarin podshohqa ayttilar. Ani tilab ajab qoldikim, bagʻoyat xoʻbsurat va qaviy haykal erdi. Ul ishni anga zohir qildi ersa, qabul qilib, yolgʻuz borib, ul pilni oʻlturdi. Podshoh mulozamat istid’osi qildi. Ul rizo berib, onsiz bir ayogʻ ichmas erdi. To ulkim podshohgʻa azim vahme mutavajjih boʻlub. Roy oʻzin anga harif koʻrmay firor yarogʻin qildi, Bahrom oz sipoh bila yurub, ul dushmanning daf’in qildi. Podshoh qizin Bahromgʻa berib, mulkin ham anga atab, valiahd qilmoq boʻldi. Bahrom oʻzin oshkor qildikim, ne kishidur. Roy mutavahhim boʻlub, bilmadikim ne qilgʻay. Bahrom ani oʻzidin emin qilib, Dindistonni yana anga berib, xiroj tayin qilib, Sind qirgʻogʻidin Ajam sorigʻi viloyatlarni olib, Royning qizi bila nihoyatsiz yarogʻ yasab, mulkiga keldi. Va toʻrt ming uyluq sozanda va goʻyanda va raqqos va ahli tarab Hindistondin koʻchurub olib keldiki, holo bu mamolikda loʻlilar alar naslidindur. Va Dilorom jangi va yeti qasr va xavarnaq va soyir holotin bilan degan kishi bu faqir «Xamsa»sida «Sab’ai sayyor»da oʻqub, ma’lum qilsun. Va Bahromning podshohligʻi yetmish yil va oltmish uch yil ham debdurlar.

She’r:

Chu shoh oʻldi olamgʻa Bahrom Goʻr,
Jahonda mayu anshdin soldi shoʻr.
Ajal sharbat ayshini shoʻr etib,
Chiqardi jahondin yerin goʻr etib.

Yazdijird Binni Bahrom. Atosi vasiyati bila saltanat taxtigʻa oʻlturdi. Va ul podshohe erdi bagʻoyat zeboroʻy va xushxoʻy. Adolat va ozarm pesha qildi. Aning zamonida mamolik muraffahulhol va raoyo forigʻulbol boʻldi. Gʻoyat yumshogʻ soʻzlugidin ani Yazdijirdi Narm dedilar Va saltanatining muddatin sohibi «Guzida» bir yil bitibdur va Banokatiy oʻn yil bitibdur va Qozi Bayzoviy oʻn sekiz yil va besh oy bitibdur va «Jome’ut-tavorix»i Jaloliyda oʻn yeti yil bitilibdur. Va ahli tarix aning zamonida ixtilof koʻp qilibdurlar. Chun foydasi yoʻq erdi, taarrz qililmadi.

She’r:

Yana Yazdijird binni Bahrom edi
Ki olamgʻa adlidin orom edi.
Agar xoʻyi yumshogʻ edi gar irik,
Falak qoʻymadi ani dogʻi tirik.

Hurmuz Binni Yazdijird. Yazdijirdning ikis oʻgʻli bor erdi: ulugʻi Firuz va kichiki Hurmuz. Ammo Yazdijird Firuzni Siyston bila Nimruz mulkiga yiborib erdi va ul mamolikni anga musallam tutub erdi. Va Hurmuz kichikroq erdi, valiahd qilib, taxtin anga musallam tutti. Firuz bu gʻadrgʻa tahammul qilmadi. Hiyotila podshohigʻa iltijo qilib, aning madadi bila sipoh tortib, Hurmuz boshigʻa keldi va masof tuzub, ani asir qildi. Va ba’zi derlarkim, ani tutub, qatlgʻa yetkurdi. Va ba’zi muarrixlar ani salotin hisobigʻa qotmaydurlar. Ul sababdin podshohligʻi zamonigʻa taarruz qilmaydurlar, val – ilmu indallohi.

Firuz Binni Yazdijird musulmon va oqil va kordon va odil podshoh erdi. Adolat bila mamolikni obod qildi va rioyat bila raoyoni xushnud va shod etti. Aning saltanati zamonida yeti yil qahat voqe’ boʻldi va raoyodin xirojni soqit qildi. Bu yeti yil hech kishi kishidin hech nima tilamadi va koʻprak muhtojlargʻa xazinasidin vajhi maosh muqarrar qildi. Aning adolati barakotidin haq taolo izz sha’n yeti yildin soʻngrakim yomgʻur berdi. Ul yilda oncha mahsul karam qildikim, yeti yillik qahatning qusurin rost qildi. Aning bila Xushnavoz orasidakim, Hiyotila mulkining podshohi erdi, gʻarib va rivoyat qilibdurlar. Ammo maholgʻa yaqinroq uchun bitil-madi. Bilayin degan kishi mabsutroq kutubda tilab topar. Va Firuz koʻprak mamolikni olgʻondin soʻngra Turkiston mulkiga yurudi. Va Turkiston podshohi aning bir manzilida azim chohlar qazdurub, ustin xas poʻsh qilib erdi, gʻofil anda yetkanda, koʻp eli ul chohlargʻa tushub, oʻzi dagʻi bir chohqa tushub halok boʻldilar. Va aning osoridin Firuzosordur Ray navohiysida va Ravshan Firuzdur Jurjonda va Rom Firuzdur-Hindistonda va Isfahonning yangi shahridur va Shod Firuzdur Ozarbayjonda va Kom Firuzdur Forsda va Xoʻjandda bir devor tortibdur. Ba’zi ellik yigʻoch: debdurlar, iki viloyatning fosili va ba’zi ortuq va oʻksuk ham debdurlar. Va saltanati zamoni yigirmi olti yil erdi.

She’r:

Chu Firuz binni Yazdijird oʻldi shoh,
Anga muftaxir erdi xaylu sipoh.
Anga dagʻi gardun jafo ayladi,
Ajal chohigʻa mubtalo ayladi.

Yalosh Binni Firuz chun saltanat taxtin oldi Suxrokim atosi zamonida vazir va mamlakat masoli hida mushir erdi, ani hamul vuzarot mansabigʻa tayin qildi va mulk ixtiyorin anga topshurdi. Suxro, chun musulmonsheva va xiradmandpesha kishi erdi, mamolikni tuzdi va ulusni gʻaniy qildi. Va Yaloshning inisi Qubod Yaloshdin qochib, Xoqoni turkka bordi va borurda yoʻlda Isfaroyin shahrigʻa yetkanda, bir dehqon uyiga tushti. Agarchi mizboni ani tanimadi, ammo chun bagʻoyat vajih va mutakallim kishi erdi, ziyofat qoidasini yaxshi mar’iy tutti va bildikim, azimush-sha’a kishidur. Dehqonning sohibjamol qizi bor erdi, koʻrub xotiri mayl qilib, nikoh istpd’osi muyassar boʻlub, andin oʻtub xoqongʻa bordi. Ul qiz Quboddnn homila boʻlub, vaqti yetkoch, oʻgʻul tugʻurdi va otin Noʻshiravon qildilar. Qubod toʻrt yil xoqon qoshida turub, xoqon anga qalin cherik berib, ul cherikni boshlab Yalosh ustiga borurda, Isfaroyingʻa yetkach, oʻgʻli Noʻshiravon bila koʻzi yorudi. Hamul kun elchi Yaloshning arkoni davlatidin yetib, Qubodgʻa Yaloshning oʻlgonin xabarin yetkurdi va ain podshohliqqa tilagan arzadoshtlarni topshurdi. Qubod farzandining muloqotin shugun tutub, xoqon cherikin ham andin qaytarib, haram bila oʻgʻlin olib, Madoyingʻa yetib, podshohliqqa oʻlturdi va Suxroni vuzarotdin azl qilmadi. Va Yaloshning podshohligʻnning zamoni besh yildin juzviy oʻksukdur. Va Iroqda Yaloshobod degan shahr aning bino-sidurur.

She’r:

Yalosh binni Firuz ofoq aro,
Ne besh yilki besh kun edi kadxudo.
Va lekin ani dagʻi bu kunda pir
Ajal xayli ilkiga qildi asir.

Qubod Binni Firuz. Podshohliq toji bila sarfaroz boʻlgʻondin soʻngra Suxroni oʻq vazir qildi. Ammo Suxro oʻz haddidin tajovuz qila boshladi. Ani daf’ qilib, Shopur deganni vazir qildi. Ba’zn deb-durlarkim, Buzurjmehr hakim Suxroning farzandidur va ul Qubod xidmatida boʻlur erdi. Va Mazdaki lain Qubod zamonida paydo boʻlub, nubuvvat da’vosi oshkor qildi va elni bir-birining moli va ayoligʻa shariklikka ruxsat berdi. Bu jihatdin avbosh va arzol yigʻilib, gʻavgʻo qildilar. Va aning atboi koʻp boʻldi va Qubodni dagʻi firib va fusun bila oʻz millatigʻa kiyurdi. Va mu’jizasi «Oʻt maning bila takallum qilur», – demak erdi va otashkada yonida naqb urub, birovni ta’yin qilib erdikim, oʻzi oʻtqa na xitob qilsa erdi, ul kishi Mazdak oʻrgatgan javobni biyik un bila aytur erdi. Chun Qubod aning millatini qabul qildi, el mol va ayollari nomahfuzlugidin ojiz boʻlub, ittifoq qilib, Qubodni tutub band qildilar. Va Jomosbnikim, aning inisi erdi, podshoh qildilar. Mazdak qochib Ozarbayjongʻa bordi. Va Qubodning singli ani hiyla bila qochurdi. Va ul Turkistongʻa borib, ba’zi Hiyotila debdurlar, har taqdir bila koʻmak olib, mulk ustiga yurugach, bildilarkim, Jomosb aning bila muqovamat qila olmas. Ani ham band qildilar va Qubodgʻa topshurub, Qubodin yana taxtqa oʻlturttilar. Va aning zamonnda Yaman mulknining mulukidin Shumur zuljanoh xuruj qilib, anga yurudn. Va ul aning bila muqovamatdin oʻzni ojiz koʻrub, yarashti va qolni tuhfa va tabarruk berib, oʻtkardi va Shumur zuljanoh Jaihundin oʻtub, Movarounnahrni oldi. Va Qubodning osoridin Forsda Kozirun va Iroqda Halvon va Moʻsulda Choqut va Tabaristonda necha mavzu’ni debdururlar. Va Avjon va Shahriyori Moniynn va dagʻi anga nisbat berurlar. Va muarrixlar Jomosbni muluk a’dodida tutmaydurlar. Va Qubod bila qaisar orasida nizo’ boʻldi. Qubod Rumga cherik tortib, muzaffar va mansur yondi. Va umrnning oxirida Noʻshiravonni oʻz oʻrnida oʻlturtub, oʻzi goʻsha tutti. Va Qubod saltanatini ba’zi oltmnsh uch va ba’zi oltmish toʻrt yil dedplar.

She’r:

Qubod oʻldi chun mulk uza qahramon,
Xaloyiqqa andin edi bahramon.
Anga dagi charx etti oxir inod,
Budur ish Qubod oʻlsa ar Qayqubod.

Noʻshiravon Ul-Odil Binni Kubod chun saltanat taxtin musharraf qildi va xilofat tojin sarafroz etti, Ardasher Bobokon qoida va rusumin ihyo qildi va aning vaspyatlarin mutolaa qilib, ul dastur bila amal qilurga murtakib boʻldi. Ammo adolat va shafqat qonunin andin dagʻi ortturdi. Adl joʻyboridin mulk bogʻinda farogʻat ashjori shodob boʻldi va insof tarbiyatidin amniyat ashjoridin farogʻat gullari ochildi va osoyish mevalari yetildi. Aning zamonini jami’ salotin zamonigʻa tarjih qilsa boʻlur, nevchunki, chun hazrat paygʻambari oxirazzamon salavotullohi vasallamahu alayh aning farxunda zamonida mutavallid boʻldi.

Va ul hazrat bu ishka e’tibor qoʻyub, oʻz kalomi mu’jiz nizomini mundoq soʻrubdurkim, vulitdu fi zamoni as-sultonul-odil Anushirvon. Debdurlarkim, aning davrida birov yana birovdin bir bogʻ sotqun oldi. Va ul bogʻda kiromand dafina topti. Bogʻning burungʻi egasiga ayttikim, kelib bogʻingdagʻi topilgʻan madfunni olgʻilkim, men sendin bogʻ sotqun olibmen, yoʻqki, oʻzga nima olgʻonim yoʻq. Ul ayttikim, men senga bogʻni har ne bilaki anga doxildur sotibmen. Ba’zi dedilarkim, bu xazina baytul-mvl doxilidur, podshohqa taalluq tutar. Har taqdir bila mojaro Noʻ-shiravongʻa yetishti. Noʻshiravon soʻrdikim, oʻgʻul-qizingiz bormu? Hamonoki bor zrdi buyurdikim, ul birining qizini ul birining oʻgʻligʻa berdilar. Ul dafinani ul iki yangi kadxudo boʻlgʻonlargʻa musallam tuttilar. Bir kun bir yoʻlda tushub, kabob buyurdi. Tuz yoʻq erdi. Yaqinroq bir kent koʻrundi. Birov bordikim tuz keturgay. Noʻshiravon mubolagʻa qildikim, tuzni sot-qun ol! Majlis huzzori ayttilar: bu tuzgʻa ne miqdor baho boʻlgʻanki, sotqun olgʻanlar? Dedikim, muncha bemiqdor nima uchun podshoh nechuk yomon rasm qoʻygʻay, yomon rusum juzviy boʻlsa, har kishi bir nima ortturub, ani kulliy qilurlar. Badnomliq ani bunyod qilgʻanga borur. Dorulmulki Madoyin erdi. Kisro toqin ul yasadi va adl zanjirin ul osti. Va Buzurjmehr hakim aning vaziri erdi. Aning mashvarati bila Mazdakka istimolatlar berib, ilikka kshordi. Va xususiyatlar zohir qilib, atboin mulozim qildi va hujjat bila aning dini botil erkanni anga sobit qildi va ani va jami’ atboin tiriklay chohlargʻa sarniguya koʻmdurdi. Va oʻzin oʻz ilki bila oʻlturdi va olam yuzin aning nopok loshidin pok qildi. Va antsa boʻlurki, borcha adolati bir sori erdi va bu bir sori erdi. Va aning zamonida Rum qaysari aning bila muxolifat izhor qildi. Noʻshyravon sipoh tortib, Rumni musaxar qilib, qaysarni tutub, xiroj boʻynigʻa qoʻyub, muqarrar qilnbkim, har nil bir qatla aning dargohigʻa kelgay. Dagʻi minnat qoʻyub, qaytib Chin mulkiga xoqon ustiga yurudi. Xoqon sulh jonibidyn kirib, Fargʻonadin yerini Noʻshiravongʻa musallam tutub, qizin anga berib uzotti. Va Noʻshiravon ondin qaytib Hiyotila mulkin musaxxar qilib, Hindiston azimati qildi. Royi hind chun oʻzin anga harif koʻrmadi, tazarru’ va tazallum yuzidin kishilar oragʻa solib, ul dagʻi xiroj qabul qildi. Ondin qaytqonda, anga arz qildilarkim, qifchoq Darbandgʻa mustavliy boʻluptur. Ul yoʻlgʻa ubur qilib, Qifchoqni maqhur qilib, Darbandni olib, obodon qilib, yaxshi kishilar tayin qilnb, andoq mazbut qildikim, ul nohiyatdin xotiri jam’ boʻlub, Madoyingʻa azm qildi. Va Darband navohiysidagʻi qifchoq buzgʻan koʻrgʻonlarni imorat qilib, kishilar tayin qildi. Va mamolikida yoʻllarni tuzotib, suvlargʻa koʻpruklar bogʻlab, ahli fasodni yoʻllardin bilkull daf’ qildikim, musofirlar farogʻat bila borish-kelish qilgʻaylar. Va Sayf zi Yazan Himyariki, Yaman podshohi erdi va mulkin Masruk binni Abraha olib, ani Yamandin chiqarib erdi. Noʻshiravon dargohigʻa yuz qoʻyub istimdod qildi va tazallum koʻrguzdi. Va Noʻshiravon imdod qilib, daryo yoʻlidin Yamangʻa niborib, aning koʻmagi madadi bila mulkin oldi. Va Abraha ul kishidurkim, Makkani buzgʻoli azimat qilib erdikim, bori taolo tayri Abobilni yiborib, ani va cherikin halok qildi. Va «Alam tara kayfa» surasi, bizning paygʻambargʻakim, xotimul-anbiyodur sallallohu alayhi vasallam, aning sha’nida nozil boʻldi. Va ul hazrat mutavallid boʻlgʻon kecha otashka-dalarning oʻtikim, necha ming yil oʻchmagan erdi, oʻchti va Sova daryosi yerga singdi, andoqkim suvgasari anda qolmadi va oʻn iki kungra kisro toqidin yiqildi. Va Kisro bu ishlardin mutahayyir boʻlub, Satih kohinni tilab, andin bu alomat kayfiyatni istfsor qildi ersa, ul ayttikim, bu ishlar anga dalolat qilurkim, bu kecha Arabda Quraysh qabilasidin bir kishn mutavallid boʻlmish boʻlgʻaykim, furs muluki davlati aning zamonida oxir boʻlgʻan va ul oxir zamon paygʻambari boʻlgʻay. Noʻshiravon ba’sati qachon boʻlurini soʻrdi.Satih kohin dedi: ynqilgʻon oʻn ikki kungra adadi bila sendin soʻngra oʻn ikki kishi sening nasabingdin saltanat qilgʻaylar. Andin soʻngra ul sohibi davlat borchagʻa mustavliy boʻlgʻay va millati olamni tutqay. Va andoqki ul aytib erdi boʻldi. Va Noʻshiravon borgohida toʻrt oltun kursi doyim qoʻyulur erdi. Birida Buzurjmehr oʻlturur erdi, birida qaysari Rum va birida qifchoq xoni. Va aning soyir salotin uchun vasiyatnomasi borkim, ne dastur bila saltanat qilgʻaylarkim, bu muxtasarda ul kunjoyish yoʻqturkim, borchasin bitilgay, iki-uch kalima bila ixtisor qilildi. Va ul bulardurkim, adl bir qoʻrgʻondurkim, suv solib yiqilmas va oʻt bila kuymas, manjaniq bila buzulmas. Va adl ganjedurkim, koʻprak olgʻon sayin, koʻprak boʻlur va ozroq xarj qilsang, ozroq boʻlur. Va xiradmand uldurkim, maxfny andoq ish qilmagʻaykim, oshkoro ani qila olmagʻan va birov anbida andoq soʻz demagaykim, yuziga dey olmagʻan. Urushda dushman oz deb gʻofil boʻlmamoq kerakkim, koʻp oʻtunni oz oʻt kuydurur. Taxtining toʻrt poyasida toʻrt soʻz bitilib erdikim, harkimda podshohliq yoʻq – komkorliq yoʻq, harkimda xotun noʻq – gʻamgusorliq yoʻq, harkimda farzand yoʻq – doʻstdorliq yoʻq, harkimda bular hech qoysi yoʻq – bemorliq yoʻq. Va aning osoridin Rumiya shahri debdurlarkim, Madoyin yonida Antokiya tarhi bila yasadi. Va saltanati zamonini ba’zi qirq yil va ba’ai qirq yeti yilu yeti oy debdurlar.

She’r:

Anushirvon Xusraviy dodgar,
Ki obod edi adlidin bahru bar.
Anga dagʻi davron vafo qilmadi,
Sanga qilmagʻay, chun anga qilmadi.

Hurmuz Binni Anushirvon Atosi vasiyati bila taxtqa oʻlturdi. Ba’zi ani zolim va jobir debdurlar. Ammo ba’zi adl va insofqa nisbat beribdurlar. Har taqdir bila siyosati gʻolib va intiqomi shadid kishi erdi. Agarchi avvallar Anushirvon qavoid va rusumin mar’iy tutti, ammo oz gunohgʻa koʻp siyosat qilur jihatidin el andin mutavahhim boʻldilar va mujibi tanaffur boʻldi. Chun eldin tanaffur ma’lum qildi, ul jihatdinkim, tab’ida intiqom va siyosat sifati gʻolib erdi. Raoyogʻa xirojni ortturdi va sipohigʻa juzviy jarima uchun qatlni lozim tutti. Chun el bir yoʻli navmid boʻldilar, atrofdin dushmanlar mulki tama’igʻa yuz qoʻydilar. Rumdin qaysar va Arabdin Abbosul-ahvol va magʻribdan Umar Valadraq va Turkistondin xoqoni Chin. Burungʻi uchovni tuhfa va hadoyo bila istirzo qilib qaytardi. Ammo xoqoni Chin boshigʻa Bahromi choʻbinakim, Ajam mulukidin erdi, sipahsolor qilib, Xurosongʻa yibordi. Bahrom xoqon bila urushib, xoqon va oʻgʻli Bahrom ilikida qatlgʻa yettilar. Xoqon cherikidin Bahromgʻa gʻanimat va oʻlja haddin toshqori tushub erdi, ba’zinikim, salotingʻa loyiq boʻlgʻay, Hurmuz xidmatigʻa yibordi. Va koʻp tahsin va ehson tama’ tutti. Hurmuzgʻa badgoʻylar mundoq yetkurdilarkim, Bahrom asru koʻp gʻanimat olibdur, dagʻi sanga oz nima yiboribdur. Hurmuz jihatsiz badfs’lligʻi jihatidin va mol hirsidin Bahromning ishin pisand qilmay, mashhur mundoqdurkim, anga burunchak va charx nibordikim, qilgʻan ishingga loyiq bulardur. Bahromi choʻbin mutagayyir boʻlub anga yogʻiqdi, dagʻi Parviz otigʻa va aning navkarligiga oʻzin mansub qildi. Gʻarazi bu tadbir erdikim, Hurmuz oʻgʻlidin badgumon boʻlub, arodin koʻtargay va Bahrom osonligʻ bila Hurmuzni daf’ qilib, podshohligʻini olgan. Va bu royi muvofiq tushti. Hurmuz Parviz qasdigʻa mashgʻul boʻlib, Parviz vahmdin qochib, Arman viloyatigʻa bordi va Shiringa oshiq boʻldi. Andoqki, sharhi kelgusidur. Insho allo, chun Parviz qochti, Bahromgʻa bormadi. Hurmuz bildikim, Bahrom kayd qilnbdur va oʻgʻli gunahsiz erkandur, sipoh yasab, Bahrom oʻtrusigʻa yibordi. Bahrom aning sipohin urushub bosti. Va Hurmuz saltanati korxonasi mutazalzil boʻlub, chun arkoni davlat andin norozi erdilar, tutub koʻziga miyl tortib, Armangʻa kishi yiborib, Parvizin keltoʻrub podshoh qnldilar. Va aning saltanati oʻn bir yil va biror nima erdi.

She’r:

Yana Hurmuz oʻldi chu kishvar xidev,
Siyosatlari soldi elga gʻirev.
Anga dagi eldin yetib intiqom,
Adam kishvari sari qildi xirom.

Bahromi Chubina. Chun Hurmuzni arkoni davlati koʻr qildilar va Xusrav va Parviz Armandin kelib, atosi taxtigʻa oʻlturdi, Bahromi Choʻbina aning ustiga cherik tortib, ul dagi sipoh yasab, Bahromgʻa oʻtru chiqti. Va Nahragyundin oʻtub, bir-biriga yaqinlashtilar. Parviz koʻrdikim, Bahrom bila muqovamat qilur toqati yoʻqtur. Hurmuzdin istimdod qilib roy tiladi. Hurmuz bitib yibordikim, xazoyin bila oʻgʻul ushogʻingni berk qoʻrgʻonlargʻa mazbut qilib, Rumgʻa borib, qaysardin madad tila! Parviz ul degondek qilib, Bahrom viloyatidin roʻgardon boʻlub, qaysargʻa panoh eltti. Bahrom Parvizgʻa qovgunchi yiborib, oʻzi Madoyingʻa kelib, podiyuhliqqa oʻlturdi. Chun Parviz qaysar imdodi bila aning ustiga kelib, ul dagʻi chiqib urushti. Bosilib, xoqon xidmatigʻa bordi. Anda zahr berib Bahromni oxir qildilar. Va aning saltanati iki inlu bir nima erdi. Va ba’zi tarixda ani muluk adadiga kiyurmaydurlar. Va Shervon salotinini aning naslidin debdurlar va aning najodini ba’zi Karkini milodqa va ba’zi Yazdijird binni Bahromgʻa yetkurubdurlar.

She’r:

Chu Bahromi Choʻbinni baxti baland,
Jahon mulkida ayladi arjumand.
Vale oni Parviz tindurmadi,
Dam urmadi to mulkdin surmadi.

Xusrav Parviz Binni Hurmuz ul vaqtdakim Bahromdin yuz qaytardi, Banduya bila Bastom anga ham tagʻoyi erdilar, ham sipahsolor. Va Hurmuzning koʻziga alar miyl tortib erdilar va Hurmuz intiqomidin emin emas erdilar. Parvizgʻa ayttilarkim, Hurmuz sanga Rum azimati buyurub, Bahromni bizing intiqomimiz jihatidin tilab mulkni bergusidur. Agar ani oradin koʻtarsang, xotir jam’ boʻlur. Parviz javob bermadi. Alar aning tek turgʻonidin ul ishga rizo fahm qilmoq tuhmati bila Hurmuzni halok qilib, oz kishi bila Parvizni Firot suyidin oʻtkorib, Rum azimati qildilar. Yoʻlda bir dayrda tushub erdilarkim, Bahrom sipohi paydo boʻldi. Banduya Parvizni uzotib, oʻzi aning saltanat libosin kiyib qoldi. Sipoh yetkoch, eshikni bogʻlab, dayr tomigʻa chiqti. Ani ul libos bila Parviz gumon qildilar. Dedikim: chun sizga giriftor boʻldum bagʻoyat koʻftadurmen. Bu kun dayr tegrasida oʻlturdung, tongla meni olib yoning. Choʻn bu nav’ iltimos qildi, ul sipoh qabul qilib dayr tegrasida tushtilar. Tonglasi chun ani chiqardilar, qilgʻon tadbiridin voqif boʻldilar. Chora yoʻq erdi. Bahrom qoshigʻa elttilar. Bahrom aning tab’ai koʻp jihatidin oʻltura olmadilar. Chun Parviz Rumga yetti, qaysar aning kamohiy holin bilib, yaxshi diljoʻylik qilib, Maryam otligʻ qnzin anga nikoh qildi va qolin madad berib uzotti. Bahrom ustiga kelib, Bahrom andmi bosilib, qochib xoqon qoshigʻa bordi. Parvnz Madonin taxtiga oʻlturub, koʻp mamolikni hiytai tasarrufiga kiyurdi. Va maknat va shavkati bir yerga yettikim, andin burungʻi salotinga muyassar boʻlmaydur erdi. Va ba’zi muarrixlar anga muyassar boʻlgʻon nimalarni hayrat tariqi bila te’dod qilibdurlar. Ul jumladin biri bir taxtdurkim, ani Toqdis derlar erdi, oltundinkim, irtifoi yuz qarish erdi. Va ani javohir bila murassa’ qilib erdilar va toʻrt poyasida aflok va ajum va aqolimi sab’a suratin xoʻbroq vajh bila tortib erdilarkim, ul anda oʻlturub, saltanat qilur erdi. Yana bir tojkim, vazni oltmish botmon erdi, oltundinkim ming gavhar bila mukallal qilib erdilarkim, har biri chumchuq yumurtqasicha. Va ustida gavhar shabcharogʻkim, mulk xiroji erdi va ul tojni oltun zanjir bila boshi muhoziysigʻa osar erdi. Yana bir farsh edi, debodinkim, vus’ati bir jarib erdikim, ani javohir bila murassa’ qilib erdilar. Yoshil debo va gunogun javohir, sabza va rayohin oʻrnigʻa qabashkim, bu nimalar noʻqtur. Bu farsh ustida majlis tuzar erdi. Yana bir ot edikim, Shabdizgʻa mashhur erdikim, soyir otlardin toʻrt qarish biyikrok erdikim, ul oʻlgʻondin soʻngra suratin ortturub, aning bila xursand boʻlur erdi. Yana bir Borbad otligʻ mugʻanniy erdiki, zamonining yagonasi erdi. Yana Shopur otligʻ naqqosh erdikim, aning naziri ham ul zamonda yoʻq erdi. Yana Buzurg Ummiddek. vaziri bor erdikim, asrining a’lami erdi. Yana ming qiloda pili bor erdi va aning zamonida pil Hindistondin oʻzga yerda bolaladi va ul ham gʻarib amr erdi. Oʻn sekiz ming ot tavilasida parvarish topar erdiki, toʻrt mingi oʻzining janibati erdi. Oʻn iki ming oq tevasi bor erdiki, turkiy derlar. Shodurvonida necha ming sohibjamol kanizak erdikim, alardin necha yuz mugʻanniya erdilar. Ganji bodovard anga nasib boʻldi. Va ul ming kemada oltun va kumush va javohir va nafoyis erdikim, Rumdin necha ming yilda qayosiradin qolgʻon erdikim, biridin yana biriga daryo bila elturda yel ani Madoyingʻa kelturdi va ul tasarruf qildi va ani ganji bodovard dedilar. Otlangʻanda necha yuz saqqo muqarrar erdiki, gard mahalida yoʻlgʻa suv separ erdilar. Va necha yuz xodim ud soʻzlar bila buxurot kuydurub, yel tarafidin atrofida olib yururlar erdi. Va Kisro toqin debdurlarkim, yorimchuq erdi ul tugatti. Va Shirindek mahbubi bor erdikim, olamda aningdek husnu latofat va jamolu malohat hech kimda yoʻq erdi. Va faqir barcha muarrixlar naqizi tarafidin iki soʻz topibmenkim, anga dast berdiki, hech kishiga dast bermaydur, oʻtkon borchadin? kulliyrakdur. Biri ulkim, agarchi Shirindek olamda nodirasi bor erdi, vale Farhoddek ham olam ajubasi raqibi bor erdikim, ishq va niyoz atrofidin bovujudi Xusravdek podshoh koʻngli Farhodqa mayl qilib, iltifot va tarahhum zohir qildi. Va ani bilib Xusrav rashkdin makr bila Farhod qatligʻa bons boʻldikim, andin mashhurroqdurkim, bitmak hojat boʻlgʻay. Yana biri hazrat Risolat sallallohu alayhi vasallam bi’satikim aning zamonida voqe’ boʻldikim, bu oʻtkon barcha tajammul va maknatni bu davlatning ming ulushidin bir ulushi tutsa boʻlmaskim, ul hazrat anga din va islom da’vatigʻa noma bitib kishi yibordi. Va ul bu muzaxrafot gʻururidin ul hazratning muborak nomasin yirtti va itoat qilmadi. Va oʻz mulk va davlatigʻa qasd qildi. Va hazrat mu’jizasidan mulkiga zavol dorib, Sheruyaki aning oʻgʻli erdi ma’mur boʻldi. Mungakim Farhodning begunah qatligʻa atosini qasos qildi. Va bular barcha ijmol bila oʻtti. Umid ulkim, barcha oʻz mahalida tafsil bila dagʻi ado boʻlgʻay. Insho allo va Xusrav Parvizning saltanati oʻtuz yil erdi.

She’r:

Chu Xusrav boʻlub muluk ila sarfaroz,
Muluk ichra topti bu nav’ imtiyoz.
Vale charx aylab sitamsozliq,
Zavolida ham berdi damsozliq.

Sheruya Binni Xusrav. Sheruya atosini oʻlturgondin soʻngra, podshohliq taxtigʻa oʻlturdi. Va atosining oʻlturgonining sharhi uzundur. Ammo mujmali budurkim, Xusravning gʻoyat tajammuli va johidin ul nav’kim yuqori te’dod qilildi, dimogʻida gʻurur va fe’lida futur voqe’ boʻlub erdi va siyosat va gʻazabi elga haddin oshib erdi. Ul jumladin biri bukim, munajjimlar anga deb erdilarkim, sening zavoling oʻz avlodingning ilgida boʻlgʻusidur. Bu hazayon jihatidin oʻn yeti oʻgʻlinn bir hisorgʻa solib, mahbus asrab, qoʻymas erdikim, xotun kishi alar qoshida yovugʻay. Munajjimlar aytqon amr surat bogʻlagʻay, yana oʻz ulusidin, aluhdatu a’larrovi, yigirmi ming kishini zindongʻa solib erdikim, bulardin ming kishi e’tiborluq uluq kishilar erdi. Bir cherikda yaxshi yurumadingiz deb va har kun nechani buyurub erdikim, oʻltururlar erdi. Va Mardonshoh otligʻ sipohsolorinikim, necha mamlakatning sardori erdi, munajjimlar degon bilakim, sanga Zobiliston hokimidin hazarbor tilab, gunohsiz oʻltururidin ijtinob qilib, qoʻlin kesti va soʻngra rioyat qilay dedi. Ul qabul qilmadi va qatl istid’osi qildi ersa, qatl buyurdi. Bu jihatlardin xaloyiq andin jonigʻa yetib erdilar, barcha ittifoq bila Shsruya bilaknm Maryamdnn tugʻub erdi, ittifoq qilib, ani podshoh koʻtarib, Parvizni tutub habs qildilar. Sheruyagʻa ayttilarkim, ul mundoq noshoyist ishlar qilibdur, ani oʻltur, noʻqsa seni oʻlturur. Sheruya dedi: hujjat bilan oʻlturay. Qilgʻon ishlarin aytib yibordi. Har qaysigʻa bir javob aytdi. El gʻavgʻo kilib, yigirmi ming mahbusni chiqordilar. Sheruya koʻrdikim, ish oʻzga boʻldi. Mardonshoh oʻgʻlini yibordikim, Xusravni oʻlturdi. Atosini oʻlturgondin soʻngra aning ham jnsmiga azim ranj tori boʻlub, yeti oydin soʻngra hayot vadnatin ajal mutaqoziysiga topshurdi. Mulk hirsidin oʻn yeti ogʻo-inisini dagʻi oʻlturdi. Muncha shaqovatqa mutasaddiy boʻlgʻondin soʻngra bular natnjasidin Kisro Arelon binni Kisro Qubod binni Firuz bu arodadur.

She’r:

Chu Sheruya dun bargashta baxt,
Bu yangligʻ laqablar bila oldi taxt.
Hanuz aylamay taxt uzra maqom,
Buyurdi falak taxta sori xirom.

Ardasher Binni Sheruya. Chun Sheruya vafot qildi va jami’ mulk tegar ogʻo-inisini oʻlturub erdi, hech kiish akosiradin topmadnlarkim podshoh qplgʻanlar. Shsruyaping yeti yashar oʻgʻli bor erdi Ardasher otligʻ. Zaruratdin ani podshoh qildilar. Va chuk Ardasher kichik erdi, Mehrijisnikim, Parvizning xonsolori erdi va bagʻoyat roy va tadbirga mansub erdi va loknafas va nekandnshlikka mashhur. Ittifoqi bila ani vazir qildilarkim, Ardasher ulgʻayguncha mulk tadbirin qila turgay. Va Rum sagrida Shahrirod degan Parvizning bir uluq kishisi bor erdikim, har kulli ish boʻlsa, aning bila mashvarat qilmay boʻlmas erdi. Va Ardasherni podshoh qilgʻonlar aning bila mashvarat qilmay, ul ishni qildilar. Ul bu ishdin mutagʻayyir boʻlub, Ardasherga xuruj qildi. Va cherik tortib kelib, ham Ardasher, ham Mehrijisni oʻlturub, Madoyin taxtida toj boshigʻa qoʻyub, podshohliqqa oʻlturdi. Va Ardasher bir yil va olti oy podshoh erdi.

She’r:

Yana Ardasher erdi tifle najand,
Ki boʻldi maqomi sariri baland.
Bnynk taxtdin charxi bevahmu bok
Quyn tashlab, ul tifl boʻldi halok.

Shahrirod. Chun podshohliq taxtigʻa oʻlturdi, chun andin ulugroq va tengtoʻshluq el bor erdilar. Alarga aning xidmati qotiq kelur erdi. Va or qilurlarki, anga akosira qoidasi bila mulozamat qilgʻaylar. Va akosiraning qoidasi bu erdikim, sabohkim elga bori om berurlar erdi, xaloyiq yer oʻpub, sajda qilurlar erdi. Ammo anga ba’zi qilsalar erdi, ba’ziga boʻyunyorligʻ bermas erdikim, sajda qilganlar, Akosira otlanur boʻlsalar erdi, rasm erdikim, sipoh yiroqtin halqa urub, otligʻ turarlar erdi. Bir kun Shahrirod otlanganda bu rasm mar’in emas erdi. Ul oshuftaliq qildikim, nega ma’hud qoidasi bila turmaydurlar. Sipoh orasidin birov bir sinon bila bu yonigʻa urdikim, ul yonidin oʻtti. Va parokanda zahmlar bila ani oxir qildilar va asgʻiga ip taqib mahallotqa sudradilarkim, tikmas kishi saltanat xayolin qilsa, sazosi budur. Va aning saltanati qirq kun erdi. Chun akosira naslidin kishi topilmadi, Parvizning Turondoʻxt otligʻ qizini podshoh koʻtarib, taxtqa oʻlturttilar.

She’r:

Chu gʻasp ayladi Shahrirod mulk,
Aning nangidin boʻldi barbod mulk.
Jazosin aning farz bildi sipehr,
Oʻz oʻrnigʻa bu ishni qildi sipehr.

Turonduxt. Chun podshohligʻ taxtigʻa orom tutti, bagʻoyat oqila erdi, bildikim, mulk anga oʻzgalardek vafo qilmagusidur. Dod va adl bunyod qildi va xaloyiqqa koʻp umidvorliglar berdi. Uzidin burungʻi jami’ akosira zamonidin qolgʻon shaltoqlarni jami’ raoyogʻa bagʻishlab, daftarlarni buyurdikim yuvdilar va yaxshi oyinlar oragʻa kiyurdi. Va Parviz zamonida Rumdin Jilsiyo otligʻ butlarkim, Madoyingʻa kelturub erdi, rumlugʻlar tnlar erdilarkim va akosira bermaslar, ani rumiylarga yibordi. Va musolihayi mulk maslahati uchunkim alardin elga osib tegmagay, qaysar minnatdor boʻlub yarashti. Va xaloyiq andin base muraffax va masrur boʻldilar. Va aning zamonida hazrat sayyidul-mursalin sallallohu alayhi vasallam fano tangnoyidin baqo olamigʻa xirom qildilar va xnlofat Abo Bakr Siddpq raziy allohu anhugʻa muqarrar boʻldi. Va Turondoʻxt Shahrirodni oʻlturgon kishinikim, Masruh Xurosoniy derlar erdi, tarbiyat qilib, vuzarot berdi. Va bir yilu toʻrt oy podshohliq qilgʻondin soʻngra mulkka vido’ qildi. Va Parvizning yiroqroq qarobatidin Jashtand otligʻ birovni saltanat taxtigʻa oʻlturttilar. Ul bechora dagʻi bir oygʻacha xayoligʻa saltanatdin koʻp molixuliyo yoʻl berdi. Bir oydin soʻngra olamdin oʻtti.

She’r:

Chu Turon sarir uzra topti sukun,
Anga ham vafo qilmadi charxi dun.
Ul etti vafo, charx qildi sitam,
Anga yoʻqki yolgʻuz yana birga ham.

Ozarmduxt. Chun podshohliqqa oʻlturdi, kishini vazir qoʻymadi va mulk ishin oʻz tadbir va royi bila yasamoq muqarrar qildi. Va ul Turondoʻxt singli erdi va akosira dudmonida andin sohibjamolroq taramay-dur erdi. Va Parvizning Firuz Hurmuz otligʻ sipoh-solori bir erdikim, Xuroson mulkini anga berib er-di. Va ul Rustam otligʻ oʻgʻlin oʻz xilofatigʻa – Xurosongʻa yiborib erdi va Rustam bagʻoyat bahodir kishi erdi. Va bul Rustamdurkim amirul-moʻminin Umar raziy allohu anhu Madoyingʻa Sa’d Vaqqosnn islom cherikin boshlatib yiborganda, Yazdijird bu Rustamni oʻtru yiboribdurkim, insho allo oʻz yerida kelgay. Va Firuz Hurmuz zuafogʻa mash’uf kishi erdi, Ozarmdoʻxt havosida beixtiyor boʻlub, haram jonibin rioyat qilmay, shahvat va nafsoniyatqa magʻlub boʻlub, kishi oragʻa solib taashshuq izhor qildi. Ozarmdoʻxt kechagʻa va’da berib, ul mav’idqa yetkanda, buyurdikim ani oʻldurub, boshin qasr eshigida ostilar. Chun tonglasi xaloyiq muni koʻrdilar, chun uluq kishi erdi, mutagʻayyir boʻldilar. Kayfiyatni ma’lum qilgʻoch, taskin toptilar va Firuz Hurmuzgʻa ta’n qildilar. Rustam eshitib, Xurosondin sipoh tortib Madoyingʻa kelib, Ozarmdoʻxt bila masof qilib, ani tutub ham atosi qilgʻon muddaoni hosil qildi, ham qonigʻa qasos qildi. Va andin soʻngra saltanat qilurgʻa kishi topmadilar. Va aning saltanati zamoni olti oy erdi.

She’r:

Chu Ozarmdoʻxt oʻldi masnad nishin,
Bas oshufta qildi yana mulk ishin.
Qatil oʻldi ul dagʻi topmay darang,
Vale kelturub mulk holigʻa nang.

Kisro Mehrijis. Akosira mulki bu yerga yetkonda, parishonligʻ koʻp yuzlangan uchun, tarixi mazbut emas. Muarrixlar har nav’ nima bitibdurlar. Ammo Tabariyda bu nav’ masturdurkim, Kisro Mexrijis Ahvozda erdi. Ul Ardasher Bobak naslidin erdi. Akosira arkoni davlati ani topib kelturub, taxtqa oʻlturttilar. Va ul birnecha kun podshoh erdi va lekin bu uluq ish uhdasidin chiqa olmadi va ojiz boʻldi.

Ani dagʻi daf’ qildilar. Chun mulk shohsiz boʻla olmas, Nasibin degan birov Xirod Xusrav otligʻ Parviz otligʻ Xusrav oʻgʻlonlaridin toptilarki, Sheruya qardoshlarin qatl qilurda qochib erdi va yoshunub yurur erdi. Ani kelturub, taxtqa oʻlturttilar. Ul dagʻi boshqara olmadi. Ani dagʻi oradin koʻtardilar va ruhsat berdilarkim, kelgan yeringga bor. Chun Parviz oʻgʻli erdi, oʻlturmadilar. Va yana koʻp Noʻshiravon naslidnn Firuz Mehron otligʻ kishini toptilarkim, anosi Mahondoʻxt erdi. Ammo ul kishi majnunvash erdi. Chun taxtqa oʻlturub, toj boshigʻa qoʻyub ilayida turdilar, ul parishon soʻz ayta boshladikim, manga bu taxt va tojdin nang va ordur. Koʻrdilarkim, ul dagʻi bu ish qobili ermas. Ani ham oradin surdilar. Yana kishi tilar erdilar. Magʻrib shaharlaridin birida Farruxzodni toptilar va taxtqa oʻlturttilar. Va ani ham Parviz avlodidin debdurlar. Va ul dagʻi olti oy saltanat qilgʻondin soʻngra qatlgʻa keldi. Andin soʻng mutahayyir boʻldilar. Va ul vaqtda Yazdijird binni Shahriyor Istaxrda erdi, atosi Shahriyor Parviz oʻgʻli erdi va Sheruya ogʻo-inisini oʻltururda, Shirin ani qochurub erdi, ul jihatdinkim oʻzi asrab erdi va ul yoshurun qochib yurur erdi. Va andnn bir oʻgʻul boʻlub, otin Yazdijird qoʻyub erdi. Atosidin soʻngra ham Istaxrda boʻlur erdi. Ani topib, taklif bila taxtqa oʻlturttilar. Va aning zamonida Ajam mulki ishi zaif va mutazalzil boʻldi va har yondin dushmanlar istilo toptilar, bataxsis arab. Va Yazdijird muddate sa’y qilib, ilik-ayogʻ urdi va boʻldura olmadi va amirul-moʻminin Umar raziy allohu anhu cherikiga mulkin oldurub, qochib, mulk arab ilkiga tushti va islom livosi sarafroz boʻlub, kufr alami nigunsor boʻldi. Yazdijird qochib Isfahongʻa borib, andin Kirmongʻa kirib, anda ham tura olmay, Marvgʻa bordi va keyincha qovgʻun kelib, yolgʻuz bir tegirmonda yoshundi. Tegirmon iyosi aning ot-toʻnigʻa koʻz qorortib, ani oʻlturub jihotin iyaladi. Yazdijirdning podshohligʻi yigirmi yil erdi, vassalom.

Masnaviy:

Agar Yazdijird oʻlsun ar Shahriyor,
Vagar Bahman oʻlsun, gar Isfandiyor,
Ki qoʻydi vujud uyiga chun qadam,
Yana anga boʻlmoq keraktur adam.
Skandardek olgʻon yurub bahru bar,
Agar topsa ming yil jahonda maqar,
Yana boʻlsa ma’muri toʻquz sipehr,
Oti na’li boʻlsa yoruq mohu-mehr,
Borurda chu qolmas bulardin biri,
Tamannosin aylarga qilmas kiri.
Birovgaki roʻzi boʻlub shohliq,
Zamirigʻa solsa haq ogohliq,
Ki bilsa jahongʻa vafo yoʻqturur,
Jahon ahligʻa ham baqo yoʻqturur.
Koʻziga jahon hashmatin ilmasa,
Haq amridin oʻzga amal qilmasa,
Adolat uchun istasa mulku joh,
Sitam daf’ aylarga cheksa sipoh,
Har ishkim boʻlur muddaosi anga,
Gʻaraz boʻlsa Tengri rizosi anga.
Boʻlub saltanat taxtida faqrjoʻy,
Shah oʻlsa vale boʻlsa darvishxoʻy,
Muni shohligʻ desa ermas yiroq,
Ki gʻaflatdin ogohliq yaxshiroq.
Vale qilmadi shohlardin kishi,
Ki bu ish erur Shoh Gʻozi ishi.
Demay ayni insonki inson ayn,
Xam insonu ham ayn Sulton Husayn.
Shaho keldi shahligʻ musallam sanga,
Ne shahligʻki darvishligʻ ham sanga.
Desam aylayin vasfing oson emas,
Ki mingdin birii demak imkon emas.
Valekin manga ulcha maqdur edi,
Ul ishlarnikim asru mashhur edi,
Sening vaqting ichra koʻrub za’fu ranj,
Zamoniki nazm ayladim panj ganj.
Ki har ganjida ulcha zohirdurur,
Nisoringgʻa yuz ming javohirdurur,
Ki oni kiyurgon zamon qoshingga,
Borisin nisor ayladim boshingga.
Chu devongʻa debocha qildim raqam,
Sifotingni sharh ayladim anda ham.
Ki har lafzini aqli javharshunos
Koʻrub, javhari fard aylar qiyos.
Chu «Nazmul-javohir» bitib otingga,
Oʻkush vasf darj ayladim zotingga.
Ki anjum durin gar toʻkar charxi kuz,
Emas bir guharning bahosi hanuz.
Yana dagʻi koʻp nazmi guharfishon
Base nasr dagʻi javohirfishon.
Ki chun torttim xoman mushkbiz,
Saning vasfingga ayladim nuktarez.
Bori garchi poku muxayyal edi.
Vale borcha vasfingda mujmal edi.
Kishi nuktani qilsa mujmal ayon,
Yaqinkim aning sharhi topmas bayon,
Vale azmim emdi budurkim xudoy,
Agar boʻlsa umrumgʻa muhlat fizon,
Chekib turfa tarixingga xomani,
Qilib nuktagʻa tez hangomani.
Sifotingni avvaldin oxirgʻacha,
Xayoloti maxfiyu zohirgʻacha
Valodat kunidin tutub to bu dam,
Borin sharh ila aylagaymen raqam.
Burunroq solib turfa bunyod anga.
Berib zikr obou ajdod anga.
Surub nukta sultonlar ahvolidin,
Hikoyat qilib xonlar ahvolidnn.
Debon borchaning mulku davronini,
Muayyan qilib davri poyonini.
Debonkim qayu oldi avval jahon,
Jahon oni ne yangligʻ yetti nihon.
Chu masnaddin etti aning raxtini,
Kim oldi jahondorligʻ taxtini.
Chu ul topti masnad yuzidin firor,
Yana shohliq kimga topti qaror.
Anga tegrukim sen shahi nekbaxt,
Atodin-ato vorisi toju taxt.
Ki xolo chalib saltanat navbatin,
Topibsen jahondorligʻ shavkatin.
Adolat bila xos erur yoʻqsa om,
Jahon ahlini tindurubsen tamom.
Ki haq aylabon mulku johing fuzun,
Hayoting tanobini etsun uzun.
Gʻarazkim bu soʻz yetsa anjomigʻa,
Bu tarix yuz qoʻysa itmomigʻa.
Anga har kishi solsa ochib nazar,
Boʻlub koʻngli mazmundin bahravor.
Yaqin anglagʻay tab’i donishvari,
Ki merosing ermish jahon kishvari,
Saning haqqing ermish jahondorliq.
Jahon xonligʻigʻa sazovorliq.
Navoiy chu arz aylading muddao,
Kelu muddao qilgʻil emdi duo.
Alo, toki shahsiz chu boʻlgʻay jahon,
Zamon ahligʻa boʻlmagʻusi amon.
Sen oʻlgʻil zamon ahligʻa shohu bas,
Sanga adl tarviji dilxohu bas.
Qiyomatqacha hashmating mustadom,
Saloming qilib shohlar vassalom.