OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Alisher Navoiy. Vaqfiya
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiVaqfiya
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm66KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/9
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Vaqfiya
Alisher Navoiy

Vaqfiya

Bismillohir-Rahmonir-Rahim

Ulum haqoyiqi, balki haqoyiq ulumining fasih kalomlik va sahih hadislik mudarrislari kashshof tab’, mutoleidin maoniy tavoleini bayon lavome’i bila rub’i maskun ma’murasining murabba’ hujralaridagʻi mavzun adoligʻ va matbu’ alqoligʻ talabasining zamirlari mushkulotigʻa va xayollari misbohigʻa izoh qila olmoqliklarining boisi ul boʻla olgʻaykim, hidoyatoro avroqlari bidoyatin va diroyatoso saboqlari nixoyatin ul olam kimyoi hamdi va javohir shukri bila mulaxxas va munavvar qilurlarkim, odamni «Salotulloxi alayhi va laqad karramno bani odam»(1) ikromi bila mukarram qilib va ilmi adam ul-asmo’ tashrifi birla musharraf etib, malakut olamnning muqarnas tokliq va muqaddas ravoqlik madrasasida karrubiylar(2) ifoda va istifodasi uchun ijlos qildi. «Subxonaka lo a’lamin lino illo mo allamatina innaka anta-l-alim ul hakimi»(3).

Nazm:

Anga hamdkim ilmlari tayb erur
Va shul ilm ila olam ul-gʻayb erur.
Alimiki, bir zarra ilmida fosh
Bidoyat spehrida yuz ming quyosh.
Hakimeki, bir qatrai xikmati
Tuzatti muhitu falak hay’ati.
Va boʻstoni faslida koʻygʻach koʻngul
Oʻzin tifla maktab koʻrib aqli kull.
Shabistoni ilmida jinnu malak
Oʻchub gungu lol, uylakim shabparak.
Na umme-ki, surgach sharaf xomasi,
Qilib oni kavnayi allomasi
Ne olimki, ilmigʻa magʻrur etib
Qabul ahlidin oni mahjur etib.
Jahon madrusin toʻrt toq aylabon
Anga koʻkni toʻqquz ravoq aylabon.
Toshida moʻxandis Zuhal paykari
Ichida mudarris boʻlub Mushtariy.
Taoli-lilloh ud qodiri zuljalol
Ki, ham lam yazal keldi ham lo yazal.
Ayon ulcha mavjudu ma’dum anga
Azal to abad ilmi ma’lum anga

«Jalli subhanahu va azumu sha’nuhu va ilayhi gʻayrihu»(4) funun daqoyiki, balki daqoyiq fununining mutavvil maoniy ayonliq va muxtasar bayonliq muhaddislari nihodi zehn badri mashorikidin ahodis masobihini ifoda shamoyili bila sipehr madrasasining toqi ostidagʻi va har xonaqohi suffasi ustidagi «Utubul ilma va lav bachinni»(5) amri bilan sa’y qadamin talab bodiyasigʻa qoʻyub, umid ajzosin faqr juzvdonigʻa solib, tajarrud kutubin tahammul orasigʻa koʻtarib har kun bir manzil va har oy bir shahr marohilin qat’ qilgʻan mubtadiylar, «Al ulamou varasatu al-anbiyo»(6) oliy marotibi umidi bila mashaqqat tunlari aftoda tirsaklarin falokat boʻryosigʻa qoʻyib, sabr qoʻllarin shikastaliq engagiga sutun etib, za’f dimogʻin savdo chirogʻi dudi bila mushavvash etib, jahl koʻzin amal varaqlariga yitqan muntahiylar tafhim va ta’limigʻa muvaffaq boʻlur uchun sabab bu boʻlgʻaykim, balogʻat javohiri bila murassa’ lugʻotlarin va fasohat zavohiri bila mukallal nukotlarin ul mahbub oqibat Mahmud(7) na’ti bila muzayyan va mujallo qilurlarkim, uluvvi darajotdin «Ulamou ummatiy k-anbiyo bani Isroila»(8) taronasi bila tarannum tuzdi va samuvvi rif’atdin «fazlu olimi alal obidi k-afzalu alo adnokum»(9) fasonasi bila takallum koʻrguzdi.

Nazm:

Liy ma’a Ollohning sarfarozi,
Qoba qavsayn mahrami rozi(10).
Taxti ostida farshi u adno
Toji ustida durrimo avho.
Sochi tobida laylat ul-me’roj
Shomi me’roji charx boshigʻa toj.
Ul shahi jin, ins xayli aning
Balki kavnayn oʻlub tufayli aning.
Qaysi til birla, yo baniy ulloh,
Seni ta’rif etay mene gumroh
Madhi zotingda haq debon lavlok
Lam yakun zolika-l-ulluvvi sivok
Ham magar ushbu tavr xiyla bila,
Madhi zotingni der vasila bila.
Ayta ham olmasam sifotingni,
Qilgʻamen zikr tilgʻa otingni.
To najotimgʻa ul madad boʻlgʻay,
Ne madadkim, ulugʻ pisand boʻlgʻay.
Yorab, ul hodiyi sabul haqqi,
Yorab, ul xotami rasul haqqi.
Kim seni zoru bebizoatni
Oʻrtagʻan jurm oʻtigʻa toatni.
Etma mahrum aning itoatidin
Qilma navmed aning shafoatidin.

«Va sallolohu alayxi va alo olihit tayyibiyn va ashobuh ut-tohiriyn va min tob’ihum ajmaiyn ilo yavmiddin(11).

Ammo hamdu sano vazoyifi va na’tu duo sharoitidin soʻngra jon mazraasin va koʻngul hadiqasin ulum talabigʻa vaqf etgan voqiflar hazratida va bu mazraa va hadiqa muhsulin funun kasbida sarf etgan soriflar xizmatida ma’ruz va marfu’ ulkim, azali azaldakim, mavjudot ra’nolari adam shabistonidin vujud gulistonigʻa jilvasoz boʻlmaydur erdilar va mahluqot zebolari yoʻqluq xilvatidin borluq sahrosida arbada ogʻoz qilmaydur erdilar.

Nazm:

Adam shomida yoʻqluq xilvatida
Aning uyqu masti erdi Odam
Ki, oyini hayoti kirmas erdi
Tushiga, bal anga yoʻq erdi tush ham.

Kunning xoʻtani gʻaddor sipohi tunning zangi shior cheriki shabixunidin forigʻ va shomning mushkbuy sipoh jardalari subhning moʻgʻiljabin chobuksuvori turktozidin emin, na falak binafshazorigʻa kavokib jolalari jilvasoz va na kavokib jololarigʻa quyosh oʻti haroratidin gudoz, na bulbulning gʻunchadek qonligʻ koʻnglida gul ishqi xorxoridin asar va na parvonaning oʻtlugʻ jonida sham’ shavqi sharoridin xabar.

Nazm:

Na koʻk ediyu na koʻk ichra yor, na yer uzra mulk,
Na mulk ichida diyoru na ul diyorda yor.

«Konallohu va lam yakun maahushay’an»(12). Chun Haq subhono va taoloning hikmati boligʻa va qudrat shayi’asi «Annamo amarahu izo iroda shay’an an yaqullahu kun fayakun»(13)ishorati bila jame’ mahluqotni gʻayb shodirvoni keynidin shahodat maydoni fazosigʻa surdi «kuntu kanazon maxfiyyan faajabtu an a’rafa fa xalafat ul haqqu» bashorati birla andogʻ zohir boʻldikim, bu mavjudot qobiliyati qadigʻa vujud kisvatin solmoqdin maqsud inson vujudi erdikim, «ham-martu tiynatu odama biyadiy ba arbaina sabohan»(14) bu ma’nigʻa mash’ardur. «Inna arazno al-amonata alo-s-samovati valarzi val jabola faabayna an yaxmalinaho»(15) da’viygʻa shohid, ammo nechukki vahhobligʻi taqozosi bu nav’ mavhibat va jamoliyat qildi.

Qahhorligʻi dogʻi bularning aksi muqtazo - qahr va jaloliyat boʻldi. Har oyinakim, «Hallaqul insona min tafovutin»(16) amri lozim keldi. Andogʻki, Muso salavotul-lahu alayhi-r-rahmon(17) ilkidagi quyosh oʻtrusida fir’avn tiyraligʻi zuhurgʻa keldi. Hazrati «Muhammad arabiy sallollohu alayhi vassallam»(18) ilmi aynul hayotining muqobilasida bu jahl zulmati jilva va zuhur qildi.

Ruboiy:

Dehqoni azalki, tuzdi bu turfa chaman,
Qilmadi aning barcha nabotini hasan.
Bir sari agar ekti gulu sarvu suman
Oʻzga sari tikti xasu xoshoku tikan.

Ammo korxona vasi’atidin matnu’ xaloyiq gʻoyatsiz va xalq kasiratidin muxtalif firqa nihoyatsiz va firq ixtilofidin shun’a mazohib bisyor va mazohib shun’asidin kabiha af’ol beshumor, mutasavvar uchun hikmati ilohiy va inoyati nomutanohiy jaholat zulmatigʻa tushgan gumrohlar ilayigʻa hidoyat sham’in tutub, tuz yoʻlgʻa rahnamoligʻ qilmoq uchun zalolat kuduratida qolgʻon nomasiyohlar oldigʻa inoyat mash’alin yorutib, siroti mustaqim koʻrguzmak uchun ba’zi mas’ud fotihalik saodatpayvandlar va Mahmud xotimaliq davlatmandlarning farxunda farqlarigʻa nubuvvat tojin qoʻyub, sharif egnilariga hidoyat xil’atin solib, muborak bellariga risolat kamarin bogʻlab, bu xaloyiq orasida sarafroz va moʻ’jizapardoz qildikim, «Haqqi jalli subhona»(19) ado amrin «Jannot tajarri min taxtiho l-anhori»(20) va’dasi umidi bila, navohisin «Ano jaalno fi a’nokuhum a’lolan»(21) vaydi biymi bila alargʻa irsol qilgʻonlar. Har kim taslim yuzin qabul tufrogʻiga qoʻyub, ularning amri nahyigʻa iymon kelturub, toatlarigʻa amal qilsa, «An allazina ominu va amal us-solihoti fa lahum adri gʻayri mamnunin»(22) hidoyo va niamidin barxoʻrdor boʻlgʻay va har kim shaytoni vasovis va nafsoniy havohis gʻalabasidin dalil tilamakka zalil va burhon istamakka alil boʻlsa, ular kunsdin ravshanroq moʻ’jiza bobida yadi bayzo koʻrgoʻzgaylar va yasixus sukut(23) e’jozi zuhurida oyate boʻlgʻaylar.

Bayt:

Ne oyat, ne kalomki, ahlu fazlu kamol
Erur aning kibi bir harfning adosida lol.

Andogʻki, kalimdai «faatou bi suratin min mislihi»(24) andin xabar berur va agar jahllari bemorligʻi bu nav’ shofi’ muolijalari birla shifo topsa va savdolari muddaosi bu tavr kofiy muomalalari bila kifoyat boʻlsa, biz-zarura ularning qiblai iqbol va ka’bai ammoldek risolatlari dargohigʻa boqqaylar va iltijo ilkin najot xalqasigʻa urub, maqsud eshigin qoqqaylar. Umidki, «Man qarai boban lojju va laj-ju»(25) hukmi bila yuzlarigʻa maqsud eshigi ochilgʻay va boshlarigʻa murod gavhari sochilgʻay va har kim xilqat nopokligʻidin va tiynat illatnokligʻidin bovujudi bu nav’ sodiqi rasul va sidqi rasoyil va mustaqimi sabil va rosti daloyil risolat ganji muharramlarining rozi va nubuvvat sirri hamdamlarining e’jozi abo sahbosidin sarxushroq, istibkor havosidin sarkashroq boʻlub, Rasul havoriqin sahargʻa tushursa va anbiyo moʻ’jizotin irodat birla sha’badagʻa indursa, «Ash shaqiyyu min shaqiyyun fibatni ummiyhu»(26) dalili birla dunyoda shaqovati muxallad va uqboda azobi muabbad boʻlgʻay «fa ulaika un nori -hum fiho xoliduvna»(27).

Nazm:

Xudoyki sun’ oshkor ayladi
Ki, yoʻqdin xaloyiqni bor ayladi.
Chu tiynatlarin qildi taxmir oʻzi
Yomon yaxshisi dogʻi taqdir oʻzi.
Bu bir gar savob etti, ul bir taboh
Aroda bulargʻa ne erkin gunoh?
Kim ul birni oʻrtar jaloliyati.
Bu birni sevargay jamoliyati.
Kishi buyla nogoh savol etmayin,
Savolin muvajjah xayol etmayin.
Ki, sirri ilohiy ne bilmas kishi
Kishi fahmidin tosh erur haq ishi.
Kerak buyla soʻzni xifo aylamak
Bu ma’ni bila ixtifo aylamak
Ki, tengriga chun mavj urub bahri xud
Jome’i xaloyiqgʻa berdi vujud.
Gʻazab haminon qildi, rahmat dagʻi.
Yaratti tomugʻ, dogʻi jannat dagʻi.
Gʻazab rahm uchmoq tomugʻ xilqati
Qilurdin bu erdi ikin hikmati.
Ki, qahr ila rahmat yoyib el aro
Toʻlo aylagʻay iki mehmonsaro.
Navoiy, soʻzungdin malul oʻldi el
Uzun soʻzki qoʻy, harf boshigʻa kel.

Va ayzan bo vujudi «Inna ollohu alo kulli shay’i muhit»(28)ki hech zarrai zarrotdin va hech shayyi ashyodin emaskim, Haqqi subhona bir lahza, balki bir turfat ul-ayni ularning sirri aloyinasidin voqif boʻlmagʻay. Ibrohim(29) salovot ur-rahmoni alayhining vujudi gulbunigʻa yonar oʻtni gulzor, balki gulnor qildi(30) va Yunus(31) alayhissalomning zoti gavharigʻa daryo qa’rin, balki baliq qursogʻin sadaf etti. Namrud(32)ning diloso dimogʻidin jabborlik fosid moddasi daf’igʻa pashsha nishin etitti va Od qavminipg sham’i jaholatin uchurgali, balki xirmani hayotin sovurgʻali yel xaylin tebratti. Bu nav’ adl va intikom boʻlaturgʻach bovujudi anbiyo rahnamoligʻi yana olamnizomi va xaloyiq oromi uchun oliyjoh salotin va anjumsipoh havoqinni olamda qahramon va xaloyikgʻa hukmron etti. «Atiy’u ollohu va atiy’u-r-Rasul va uluvval-l amri minkum amriy»(33), bila uluhiyat aa nubuvvat marotibidin soʻngra saltanat martabasiga tartib berdi. Har qaysi oʻz zamoni paygʻambarining dini rivoji va oʻz ahli nasibasining shar’i taqviyatida say’i tamom va ehtimom mo lo kalom koʻrguzgay ar va jihod kamarin ijtihod beligʻa bogʻlab, ud shar’ kufrasi va-ul islom fijrasi daf’igʻa kushesh qilgʻaylar va adl suyi bila mulk boʻstonigʻa nusrat bergaylar va siyosat qilichi bila kishvar harimidin fitna va oshub shaxsining boʻynin yugʻay, to soyir rioyo amnu omon maxodida muraffatul hol va qofai baroyo lutfu exson va aftonida forigʻulbol boʻlgʻaylar.

Nazm:

Alminnatu-llohi taborak va taolo(34)
Kim biza yetishti bu sifat mansabi volo.
Kim, tengrilikka ul holiqni parastish qilurbizkim, har zamon eli har nenikim, tengri dedilar misli kunas va oʻt va but va boʻzov va gʻayri barcha aning mahluqidurlar va anbiyodin ul nabi dinidadururmizkim, barcha anbiyo shariatigʻa qalam tutmagʻan ilki bila Batlon(35) raqami chekti va kitoblarigʻa nasx xati tortti. Salotindin ul sultoni sultonnishon zamonida, balki oliy ostonida qulluqgʻa mashgʻulmizkim,

Nazm:

Bari shohlar ichra zoti aning,
Shahanshohlar ichra sifoti aning.
Maloik aro keldi ruh ul-amin
Rasul xaylida sayyid ul-mursalin.

Sultonikim, «Assultonu zalla l-lohu fil arzain»(36) javohiri bilan man’, ilki humoyunfol chatri hoshiyasin murassa’ qildi; hoqonikim, abvob ul-muluk qiblat ul-hojot(37) koshisining buyla qadr me’mori holi oliy dargohi kitobasin muzayyan etti; sohibqironeki, zafar paykar livosini «ana fatahno laka fathan mubayyanan»(38) gulistonidin esgan nasimdin oʻzga nima mutaharrik qila olmas; kishvaristoneki, fath javohir qilichini va «yansuruka ollohu nasran azizan»(39) zoʻrxonasida varzesh tobkon qoʻldin oʻzga qoʻl cheka bilmas; toji naxshabiki, oliyqadr taxtin hikmati najjori «asliho sobitun va far’iho fi-s samo’in»(40) shajarasidin tarkib bogʻladi va taxtgirekim, humoyun fol tojin sun’ zardoʻzi va ash-shamsi va sahiho zar rishtasi bila tartib berdi: xilofatpanoxike, «Inni joilun fil arzi xalifatu»(41) oyinidurur, aning sha’nida nozil va adolat shiorike, «adlun soaten yoʻ voziyu amala saqlayna»(42) mujdaidurur, aning bobida xosil; sipehrqadrekim, xutbai minbarin «Inna ollohu ya’muru bil adli val ehson»(43) rivoji birla mushtariyning olti poyaligʻ minbarigʻa yetkurdi; anjumsipohike, shikkai axtarin «va ammo s-soila falo tanxoʻra»(44) ravnaqi bila savobitning toʻqquz pardaliq manzaridin oshurdi.

Nazm:

Shahi shahriyoron jahon xusravi,
Falak rif’ati Mushtariy partavi.
Mamolikda Jamshidi(45)farxundai,
Ne Jamshid, xurshidi raxshandai.
Falak sham’i ra’yi muniri aning,
Maloyik chirogʻi zamiri aning.
Soʻzi mahzani roz ganjinasi,
Yuzi jilvai zot oyinasi.
Jamolida shams uz-zuho jilvagar,
Hadisida ruh ul-qudsdin asar.
Jabinida anvori shohanshahi
Kalomida ahyoi ruxullahi.
Biyik kasrigʻa toʻqquzunchi falak
Ul atlaski, yoygʻaylar el farshdak.
Urub kunguri muhrdek toblar,
Malak xayligʻa turfa mehroblar.
Falak bogʻi johida nilufare,
Boʻlub anda har jola bir axtare.
Chu oltin sochib ilki andogʻki, barq
Hayodin bulutlar boʻlub terga gʻarq.
Favokih chekar tosi nilin qadah
Kuruha otar yosi qavsi, quzax(46).
Hilol eshiki xalqasigʻa nishon,
Vale anda zanjir oʻlub kahkashon.
Magar barqi kom ashhabidur sipehr
Anga oyna koʻzgusi raxshanda mehr.
Falakdin itikrak xiromi aning,
Qilib barqni tiyra komi aning.
Egarmakda yoʻq charxi davvordek
Ki, bir nuqta davrida parkordek.
Yugurmoqda chunkim boʻlub poʻyasanj
Nazar payki qolib, tutub oni ranj.
Borishda ne dey sun’idin sarguzasht,
Falak tavsanidin chiqib dasht dasht.
Oʻzi devu devonavash paykari,
Nazarda pari chehra, balki pari.
Bu devu pari uzra sulton malak,
Ne sultonki, alhaq, Sulaymon(47) malak.
Chu u ilkining bahri andogʻ amiq
Ki, yuz Hotami Toiy(48) anda gʻariq.
Yoruq ra’yining mehri andoq munir
Ki, oldida xurshid bir kursi fatir.
Falakqadrlarning niyozi anga,
Falakdin laqab shohi Gʻoziy anga.
Dema ayni insonkn, insoni ayn
Ham insonu ham aynu Sulton Husayn.
Zihi taxti johingga bir poya charx,
Na poyakim ul poyaga soya charx.
Ha, ey toji qadringgʻa gavhar quyosh,
Ne gavhar sadafdin muhaqqar quyosh.
Falak bahru sen durri maknun anga,
Jahon lafzidin turfa mazmun anga.
Alo to jahon hujra, koʻk saqf erur,
Ulus naqdi umri anga vaqf erur.
Taning hujrasi jon qushigʻa panoh
Tanu joninga voqif oʻlsun iloh.

Bu muqaddimotdin soʻngra haqoyiq ahligʻa ravshan va daqoyiq hayligʻa mubarhan erkinkim, haqqi subhona va taolo bo vujudi ulkim olam nizomi va bani odam intizomi va ammadqa darband va muvoingʻa hojatmand ermas erdi. Hikmati ilohiykim, sirridin hech muhaqqiq jonigʻa asar va hech mudaqqiq koʻngliga xabar yoʻqtur, muqtazi ul boʻldikim, olam ahli va bani odam hayligʻa olin miqdor xulafo hukmron va xilofotshior salotin nofizi farmon boʻlgʻaylar. Bulargʻa xud diyonatligʻ madadkordin ne chora va kifoyatligʻ vazirdin ne guzir boʻla olgʻay erdi. Har oyinakim saltanat korxonasidagʻi manosibdin har muchaga loyiq farosatoyin xushmandlarni va har chargaga muvofiq kiyosat tazyin xiradpayvandlarni saltanat umurigʻa mutaalliq ishlar kifoyati uchun soyiri nosdin tanlab ommai xaloyiqdin sechib, amorot navroʻzi bila sarafroz va vazorat zayluchasi uzra muomalapardoz qildilar va bu amrning juzviy va kulliy ishiga kulliy va juzviy kishini ta’yin ettilar.

To bu farxunda zamon va xujasta davronkim, bu jamshedi sohibqiron saltanat taxtin oldilar va bu xurshedi javohirfishon olam ahli boshigʻa soyai marhamatin soldi - yuqorroq mazkur va burunroq mazkur boʻlgʻondek kulliy manosibning kulliyotidin juz’iy umrning juz’iyotigʻa deganicha mutaammin va mutakaffil boʻlurdek el vojib va lozim boʻldi. Chun zamonning azimushshon sodot va fuzalosi va davronning karimulxulq quzot va ulamosi va temuriynajod shahzodalar va «barlosiy»(49) nihod ozodalar va «arlotiy» ismlik sadrnishinlar va «tarxoniy» rasmlik ayshguzinlar va «qiyot» nasablik mutaayyinlar va «qoʻngʻirot» hasablik mutamakkinlar va «uygʻuriy» sifot baxshilar va «uygʻur»chargalik yaxshilar va «choʻli»lik biyobonida jonsiporli qilgʻon jondorlar va boyrilik ayyomida xizmatkorlik qilgʻon jonsiporlar va «jaloyir» gʻavgʻosi va «qavchin» alolasi mavjud erdi va har mavjudqa bir maqsud va podshohona inoyat va har qaysigʻa bir munosib mansab bilan sarbaland va xusravona tarbiyat, har birisini muvofiq amal shugʻligʻa payvand qildilar.

Masnaviy:

Biri sandalini maqom ayladi
Biyik masnad uzra xirom ayladi.
Biri turk ayvonida osti muhr,
Biri sort devonida bosti muhr.
Biri rasmi boʻldi sadorat maob,
Biri ismi boʻldi vazorat iyob.
Biri komyob oʻldi muhronadin,
Biri komjoʻy oʻldi parvonadin.
Birisi qoʻshun sori chekti raqam
Birisi tuman sori urdi alam.
Biri topti dorugʻaliq ishratin,
Biri urdi sarhad sori navbatin.
Qiniqti biri rishvati shum ila,
Biri iktifo qildi marsum ila.
Agar xud zalil erdi, gar arjumand,
Bori boʻldi oʻzkomigʻa bahramand.

Agarchi bu xoksorniig ota-bobosi ul hazratning obo va ajdodi xizmatlaridakim, har biri saltanat konining gavhari va shujoat beshasining gʻazanfari erdilar - ulugʻ marotibqa sazovor va biyik manosibqa komgor boʻlgʻon erdilar.

Ammo bu haqir hech nav’ xizmatqa oʻz qobiliyatimni chenamagan jihatdin va hech gurluk mashaqqatqa oʻz quvvatimni anglamogʻon sababdin borcha tamanno eshigin yuzumgʻa madrus va jam’ muddaolar abvobin ilayimga masdud qilib erdim. Xayolim bukim, chun olamning xiyonati va olam ahlining diyonati ravshan va jahonning ishvanamo ajuzasining vafosizligʻi va hayotning ruhafzo mahbubasining baqosizligʻi muayyan-dur.

Hamul avloki daf’ aylab alamni,
Tajarrud koʻpida qoʻysam qadamni.
Fano kunjini mujgondin supursam,
Hamul mujgon sirishkidin suv ursam.
Qilib masnad qanoat bur’yosin,
Kiyib debo kibi uzlat palosin.
Ne koʻkka, ne quyoshqa insa boshim,
Buzuq uy boʻlsa - koʻk, ravzan-quyoshim.
Agar nafs etsa mayli lolau bogʻ,
Yuzin «nun» nuqtasidin aylasam dogʻ.
Agar koʻz qilsa mardum ashkini ol,
Tilab kofurgun yuz anbarin xol.
Suvosam oni koʻrmay deb balosin,
Gaju ohaq qilib oqu qarosin.
Quloqqa boʻlsa gardon xalq uchun fikr
Eshittursam sadoyi xalqai zikr.
Ogʻiz shoxi shakar istarni bilsam,
Ani misvok ila xursand qilsam.
Dimogʻim za’figʻa ashk etsa hosil,
Yuzum uzra fano gardini kahgil.
Tarab sinjobidin tan istasa kom,
Anga mehnat qoʻlida bersam orom.
Ayoqqa aylasam zanjir monand,
Musallo davrining zanjirasin band.
Havogʻa jism tufrogʻin sovursam
Koʻngul mulkida davlat taxtin ursam.
Gahi qilsam tavofi gulshani quds
Gahi boʻlsam muqimi ravzai uns.
Xaloyiqdek tilab zohir huzurin,
Jahonning chekmasam jomi gʻururin,
Tutub har shugʻuldin dunyoda goʻsha,
Muhayyo aylasam uqbogʻa toʻsha.
Ajal payki qachonkim yetsa filhol
Vadiatni-degach-topshur. - Desam: - ol.

Ruboiy:

Sen jon varaqida buyla aylab tahrir,
Ul safhada bu naqshni aylab tasvir.
Tagʻyir etar ermish oni kilki taqdir,
Taqdir ishiga, rafiqlar ne tadbir.

Kim, nogoh saltanat gulshanidin inoyat nasimi esa kirishti va xilofot borgohidin hidoyat qosidi yetishti va davlat manshurin ilgimga berdi va ul manshur mazmuni bu erdi:

K-ey fazl jahonining sipehri,
Yoʻq, yoʻqki, oʻshul sipehr mehri.
Tab’inggʻa dami boʻlur ne vorid,
Yuz yil biti olmatyin Atorid.
Sen garchi guhar doʻkoni ochting,
Lekin bu guharni elga sochting.
Fikring chamanida koʻp rayohin,
Lekin boʻlub anda xalq gulchin.
Nazming gulidinki dahr toʻldi,
Degilki sanga ne bahra boʻldi.
Lafzingdin ulusqa vajdu holat,
Yetmay sanga bahra, juz malolat.
Sen qon yutub, el boʻlub qadahkash,
Eldin sanga yetmayin dami xush,
Sen el boshigʻa boʻlub guharposh,
Bir pok guhar demayki, shobosh.
Emdiki, tarab zamoni yetti,
Davrondin alam nishoni ketti.
Oldi qoʻlumiz jahon diyorin,
Ochdi kuchumiz falak hisorin.
Oy-kunni naqora qildi davlat,
Choldi bizning otimizga navbat.
Olamni bizing quyosh yorutti,
Haq markazida qaror tutti.
Bu damki, tarabqa qolmadi soʻz,
Baxtinggʻa ochildi uyqudin koʻz.
Ham subhi umiding oʻldi tole’,
Ham mehri muroding oʻldi lome’.
Chun soqiyi davr jomi ishrat
Tutti, yana chekma zahri mehnat.
Tavqi’ yetishgach ayla lozim,
Kim, jon bila boʻlgʻasen mulozim.
To lutf tengiziga tushub mavj,
Tutqay bori ishing ul sifat avj.
Kim, oy uza qoʻygʻasei qadamni,
Kun lavhiga chekkasen raqamni
Mehr oltunidin qazo qilib hal
Ul safhani aylagay mujadval.
Har baytini mehri gavharafshon,
Anjum bila aylagay zarafshon.
Necha biyik aylasang soʻzungni.
Ondin biyik etgabiz oʻzungni.
Yoʻqtur sanga vaqt goʻsha tutmoq,
Ishrat gulin oh ila qurutmoq.
Chun hukmni anglading dam urma
Balkim dam urargʻa dagʻi turma.
Qulluqqa koʻngulni chust bogʻla,
Xizmatqa belingni rust bogʻla.
Har necha bu soʻz demak kerakmas,
Chun rostdurur kerak kerakmas.
Tushtum mane notavon arogʻa
Yuz ranju balou ibtilogʻa.
Chun xost bu nav’ edi qazo ham
Men xastai zori benavo ham.
Qullargʻa oʻzumni hamdam ettim,
Qulluqqa belimni mahkam ettim.

Agarchi daryogʻa qatra madadkorligʻidin sude va yadi bayzogʻa zarra havodorligʻidin maqsude mumkin va mutasavvar ermas, ammo ul qadar xizmatdakim, xastagʻa quvvat erdi va ul miqdor mulozamatdakim, bu shikastagʻa tengri toqat berdi, jonsiporlik rasmin unutmadim va ehmol va tasohul ravo tutmadim. Chun niyatim gulistonida zarq va riyo xoshoki noyob erdi va xizmatim boʻstoni sidq va safo sahobidin serob. Har oyinakim, har soat roʻzgorim dimogʻi oʻzga nav’ nasim fayzidin muattar va har lahza umidim chirogʻi oʻzgacha tarbiyat mash’ali nuridin munaavar boʻla boshladi to oz fursatda ul xazratning vahyasarlik soʻzi va ilhom xosiyatlik va’dasidek soʻzumga pok maoniy gavhari toj va oʻzumga pok gavharlik ahli maoniy muhtoj boʻldi. Xizmatimda ozodalar ishi bandalik izhori va ilayimda sarafrozlar da’bi sarafkandalik atvori.

Ruboiy:

Iqbol mutiu baxt yovar boʻldi,
Xurshed rahiyu sipehr chokar boʻldi.
Olam elidin kimga muqarrar boʻldi
Bu martabakim, manga muyassar boʻldi.

Bu inoyatlar muqobilasida xizmate topay deb, dastu po urmoq mushkil va bedastu polardek boqib turmoq andin mushkilroq.

Misra:

Mushkiledur ishqdin har dam manga mushkil aro

Bu tahayyurdin mutafakkir va bu tafakkurda mutahayyir erdimki, xirad piri badholligʻim bildi va xushhollik yuzidin ogʻoz qildikim,

Masnaviy:

Navoiy, ne balo anduh erur bu,
Oʻzungni solmogʻing mundoq boʻlurmu?
Angakim aqlu himmat yor boʻlgʻay,
Bu nav’ ishlar qachon dushvor boʻlgay?
Quyoshdin tarbiyat gar topsa xoro,
Qilur yoqut ila la’l oshkoro.
Bulutdinkim, boʻlur serob tufroq,
Mulavvay gul berur minoyi yafroq
Kishilikdin nechuk urgʻay kishi dam,
Boʻlub tufroq birla xorodin kam.
Shahekim, axtar oʻlsa durri toji,
Duo durrigʻa koʻptur ehtiyoji.
Rasulekim, rusulning sarvaridur,
Sipehri ofarinish axtaridur.
Agar siddiq boʻldi yori gʻori,
Ham oʻldi ankabuti pardori.
Kulekim, tiyra boʻlmish gulxan andin,
Erur koʻzgu jamoli ravshan andin.
Necha izhor ajzu notovonliq,
Gumon qilding bu ishni nuktadonlik.
Qoʻyub bekorlik farzona boʻlgil,
Ilik ur ishgavu mardona boʻlgʻil.

Chun xirad bulbuli bu navolar tuzdi va tavfiq toʻtisi bu nagʻmalar koʻrguzdi - men haqiri notavon dagʻi aql girihkushoyligʻi va tavfiq rahnamoyligʻi bila ul hazratning qullugʻida necha nav’ xizmatkim, dunyo sudi andin paydo va oxirat behbudi andin huvaydo boʻlgʻay, oʻzumga lozim tuttum va necha nav’ ishkim, xaloyiq duosigʻa bois va holiq rizosigʻa sabab boʻla olgʻay, qoshimda muqarrar qildim. Va tengri inoyatidin bu ishlar borcha muyassar boʻldi.

Avval bu erdikim, koʻngul kishvaridin ul hazratning gʻayrining xayolin azl etib, balki ixroj qilib, sidq bulutidin safo yogʻini bila kishvarini gʻayr gardidin yub, sulton xayolin bu taxtgohda saltanat masnadiga oʻlturtub, humoyun oti va roʻzafzun alqobigʻa duoyi xayridin xutba oʻqub va muhabbat dogʻlaridin sekka muzayyan qilib, bu iqlimni aning sultoni xayoligʻa musallam tuttum.

Ruboiy:

Har kimki birov ishqiga boʻlsa dilband,
Jon rishtasidin qilsa keraktur payvand.
Gar gʻayr xayoli tushsa koʻngulga pisand.
Qilmoq kerak ul koʻngulni yuz ming parkand.

Yana ul erdimkim, ul hazratniig davlatidin bovujudi ulkim, jamin tana’umoti jismoiy va murodoti nafsoniygʻaki, dastrasim balki havasim bor erdi, ammo aning kishvari gulistonining harimi atrofida va mulki boʻstonining chamani aknofida koʻrmas nimadin koʻzumni nargis koʻzidek koʻr va eshitmas nimadin qulogʻimni binafsha qulogʻidek kar va tutmas nimadin ilgimni chinor ilgidek shal va bormas yerdin ayogʻimni sarv ayogʻidek lang va aytmas soʻzdin, bataxsis maxfiy asrorekim, gul xurdasi masallik gʻunchadek koʻnglumda amonat topshurdi - ifshosidin tilimni savsan tilidek gung qildim.

Ruboiy:

Shah xizmatigʻa birovki boʻlgʻay moyil,
Koʻru karu langu shal keraktur hosil.
Asrorining ifshosida gung aylasa til,
Bu mushkil erur, barchasidin bu mushkil.

Yana ul erdikim, ul hazratning qullugʻin irtikob qilurda hech nav’ oʻz gʻaraz va maslahatim mutasavvar ermas erdi, balki xos tengrilik uchun, dagʻi oʻzining muborak xotiri uchun, dagʻi musulmonlar, maslahati uchun erdi. Bu jihatdin xirad hokimi odil hukmi bila rostlik siyosatgohida gʻaraz oʻgʻrisini fano dorigʻa osib, insof dor ul-qasosida hirs qaroqchisi boʻynin qanoat qilichi bila urub, vujud shahrida muddao qasrini riyozat yomgʻuri bila yiqib, nafsoniyat bogʻida orzu niholin intiqo’ iligi bila qoʻngarib, amal mazraida tavaqqu’ xirmanin faqr oʻti bila kuydurub, ul xirman kullarini fano yeliga sovurdim.

Ruboiy:

To hirsu havas xirmani barbod oʻlmas:
To nafsu havo qasri baraftod oʻlmas.
To zulmu sitam jonigʻa bedod oʻlmas,
El shod oʻlmas, mamlakat obod oʻlmas.

Yana ul erdikim, agarchi ul hazratning ravshan zamiri koʻzgusi mazhari tajalliyoti ilohiy va xumoyun xotirining quyoshi matrahi, ta’yidoti nomutanohiydur. Pok xayolidin taqviyatigʻa sodiq va sof zihni va shar’i mubin tamshiyotigʻa muvofiqdur. Gʻoyati rioyati va nihoyati ehtiyoti bu hukmga muqtazi boʻldikim, nauzu billohki, agar bashariyat tagʻofulidin sharif roʻzgori havosida zulm bulutlari adl quyoshi yuzin yopardek boʻlsa, bu qul zurvai arzgʻa yerkurgay, to ul bulutlarni nadomat ohi sarsari bila olamdin chiqorgʻay va pokiza avqoti shabistonida agar bid’at nasimi shariat sham’igʻa zarar yetkurgudek boʻlsa, bu notavon parvona boʻlgʻay, to ul sham’ni muhofazat hullalaridin fonusqa kiyurgay. Bihamdillahki, ul tavr amre hodis va bu nav’ ishe voqe’ boʻlmadi, ammo boʻldi ersa, dagʻi hukmdin tajovuz qilmadim va oʻzumni aroda koʻrmayin, ul ishni arogʻa soldim.

Ruboiy:

Taqririm agar yaxshi edi, yoʻqsa taboh,
Alfozim agar yamon edi, gar dilhoh.
Arz etmagini chu hukm aylab edi shoh
Shoh anglamasa, bu xizmatim netgamen, oh!

Yana ul erdikim, mamolik chun hargiz zulm yeli mazlum charogʻigʻa mushavvish boʻlmoqdin va taaddin oʻti osoyish xirmanigʻa zarar yetkurmakdin xoli boʻlmaydur. Har zolimekim, jabborligʻ togʻida bedodiy qoplonining har holidin bir koʻz tikarkim, mazlum farogʻati kiyigin qayda koʻrgan va har changolidin necha sitam qullobi muhayyo qilurkim, ani nechuk sayd qilgʻay va har tishidin bir neshi zahrolud itirurkim, aning jon eltmagi mumkin boʻlgʻay, to ul nomurod kiyik a’zo va ahshosidin nafsi ammora sabuigʻa kom va sabuiyat ishtihosigʻa orom bergay. Va bu muqaddima zolim bila mazlum holidin kinoyat va bedodgar bila dodhoh ahvolidin hikoyatdurur.

Iligimdan kelgancha zulm tigʻin ushotib, mazlum jarohatigʻa intixol marhamin qoʻydim. Va iligimdin kelmaganni ul hazrat arzigʻa yetkurdim. To zulm palangi terisidin kiyik sur’atlik bodpolar gʻoshiyasigʻa ziynat berdi va mazlum joni kiyigi koʻziga amniyat margʻzorida qoplon dogʻlar oʻrniga lola dogʻlari koʻrguzdi.

Ruboiy:

Shah adli uyini aylayin deb ma’mur,
Sa’y ayladim ul qadarkim, erdi maqdur.
Har nechaki tengridin yetar sham’gʻa nur,
Parvona erur joni kuyardin ma’zur.

Yana ul erdikim, ulus aro akobiri izomdin soyir avomgʻacha va sipohi aro amorat masnadida bazm tuzggondin mazallat kapanagida ajz koʻrguzgongʻacha va raoyo aro tavongarlik joʻybor va dashtini sipehr mazraasidek koʻkortib, tamavvul mahsullarin hosil qilgʻondin sipehrdek ikki bukilib xoʻsha termakta oqshomgʻacha, roʻzgori kafofigʻa parvindek bir ovuch dona tergongacha na yasogʻliq aro boyliq margʻzori ichra har suruk qoʻydin yilda hamaldek ming qoʻzigʻa qone’ boʻlmagʻondii yoʻqsizlik shiromlarida qoʻy kutib, yilda jadydek, besh oʻchku muzd olgʻonni gʻanimat bilgongacha kishi oz topilgʻaykim, bu notavon bila ishi tushmamish boʻlgʻay. Bu ishlar muqobalasida muzd tilab minnat qilmadim, balki muzdparvargʻa minnat dagʻi tuttilar qabul etmadim.

Ruboiy:

Eldin manga garchi gʻayri zahmat yoʻq edi,
Ayb ermas, agar muzd ila minnat yoʻq edi.
El berdilar, ammo manga ragʻbat yoʻq edi,
Shah davlatidin bulargʻa hojat yoʻq edi.

Yana ul erdikim, chun ul hazrat xukmi jihatidin va taklifi sababidin maosh mazrasi yobis qolmasun deb, biror nima ziroatqa ishtigʻol koʻrguzdim. Chun ul nigimda qila olgʻuncha shariat jonibi mar’i va insof tarafi malhuz erdi, tengri inoyatidin koʻp mahsullar xosil va gʻanimatlar vosil boʻla kirishti. Bu jumladin oʻz maoshimgʻa soyir avomdin birining maoshi oʻtguncha issiq-sovuq daf’i uchun bir turma toʻn dagʻi mungʻa munosib yemakka qone’ boʻlub, qolgʻonning ba’zisin ul hazratning mulozamati maslahati uchun, kelish-borishgʻa va navkar va mutaallaqlar ulufasigʻa va cherik yarogʻigʻa sarf qildim va ba’zini aning saboti davlati uchun duo, davomi saltanati uchun toat qilur mustahiqlargʻakim, shomdin sahargʻacha sipehrdek ruku’da xam boʻlub, anjum kibi tasbih evururlar va tongdin oqshomgʻacha olamdek yaxshi-yomonnnng nomuloyimligʻin koʻrub, quyoshdek bir qurs bila maosh oʻtkarurlar - yetkurdum. Va ba’zinikim, jami’ maunot va borcha taklifotdin ortti, biqoi xayr bino qildim va bu mazkur jami’ xayrot va mubarrotning hasana va savobini ul hazratning nisori va tufayli qildim va aning xujasta avqoti va humoyun roʻzgʻorigʻa kechtim va bu da’vo ta’nisigʻa qoziyal-hojot hazrati va qazo va qadar mahkamasida anbiyoi mursalin va maloyikai muqarrabini tonugʻ tuttum.

Ruboiy:

Maqsud chu shohi dinpapoh oʻldi manga,
Uqbo sori har ne zodi roh oʻldi manga,
Majmuini qildim oning olliga nisor,
Bu hujjat uchun tengri guvoh oʻldi manga.

Va ul biqoi xayr jumlasidin biri budurkim, tarix sekiz yuz sekson birdakim, ul hazrat koʻshki Margʻani yonida bu faqirgʻa saro va havli yasagʻali yer inoyat qildi va bu faqir aning imoratigʻa mashgʻul boʻldum. Va alhaq ul yeredur, Hirot dor us-saltanasining ravzai eram ziynatlik va bayt ul-xaram manzalatlik baldai fohirasining shimol haddidakim, Gozurgohning ushoq toshi la’li koni va gavhari ummoniygʻa tannoz va qaro tufrogʻi mushki azfar va tablai anbargʻa ta’nasoz togʻe voqe’dur, aning etagidakim, janubiy haddi boʻlgʻay, bu togʻ bila ma’murai mazkuraning mobaynida voqe’dur. Ul yerning havosi ruhparvarlikda jannat havosidin nishona aytur va yeli hayotbaxshlikda firdavs nasimidin namuna koʻrgoʻzur. Va togʻ jonubidin joʻyi Navroʻziy oʻtarkim, sadosi gʻulgʻulasidin labtashnalar qulogʻigʻa mujdai obi hayot taronasi yetar va shahr jonibidin Injil suvi oqarkim, «aynan tusammo Salsabil»(50) zulolidek tabiat komigʻa yoqar. Moziy salotindin ul yerda bogʻ yasargʻa amorat siytni solgʻon amirzodalar, balki saltanat koʻsin cholgʻon shahzodalar orzu niholin tikib, maqsud mevasi topilmagʻon va tamanno gulbunin ekib, qabul guli ochilmagʻondur. Hosil bu faqir ul yerda oʻttuz jerib(51) yerni devor tortib saroy imorat qilib, bogʻchasigʻa har turluq ashjor bila safo va nazrat va har chamanigʻa har nav’ rayohin bila zebu-ziynat berdim va aning ta’rifi mundin oʻtmaskim, ul hazratning mavkibi gardunsoyi necha qatla ul manzilni gʻayrati bihishtibarin va maqdami falakfarsoyi necha navbat ul ma’manni rashki nigorxonai Chin qildi. Va umidim budurkim, hamisha ul yer bu davlatka sazovor va mudom bu xoksor ham bu inoyatka barxoʻrdor boʻlgʻaymen. Insholloh taolo.

Va bu Margʻani koʻshki bu havli muhavvatasining haddi janubi bilan haddi gʻarbiysining mobaynida voqe’ erdi va ul imorate erdi - burun chogʻda tarh solgʻon va qadimda yasalgʻon binosi toshdin erdi. Hamonoki, ul toshni mehnat togʻidin tashib erdilar va devori, xom kirpichdin erdi, ul kirpichni anduh tufrogʻi va hasrat suvidin quyub erdilar, tarxi ikki oshom erdi: quyigʻi oshomi tiyralikdin firoq shomi va anda nuhusat bumlari bila zulmat xuffoshlarining oromi, yuqorigʻi oshomi buzugʻlugʻdin firoq ahli koʻngli evi din nishoni va anda navmidlik choʻgʻzlari bilan motamiy libos kabutarlar oshyoni.

Yiqib ayvonini sayli zalolat,
Yoqib devoridin gardi malolat
Qorongʻu sahni andoq shomi dayjur
Ki, xurshed anda kirsa topmagʻay nur.
Boʻlub mutavorilar oromi anda
Fujuru fisq ahli komi anda.
Koʻngulga keldi bukim, gar berur dast,
Ani qilmoq kerak tufroq uza past.
Binoye tarh qilmoqkim hamisha,
El etgay shah duosin anda pesha.

Chun bu muvajjah hayot koʻngulda ustuvor boʻldi va bu maqbul andisha xotirda qaror tutti, ul binoyi dayrpayvandni hamvor qilib, oʻrnida madrasa bino qilildi va ul asosi kaliso monandni buzub, yerida masjide solildi.

Shah davlatidin itti bu dayru kaliso
Oʻrnida boʻldi madrasau masjide bino.

Va madrasadin kirgach masjid aning haddi gʻarbiki, qibla sori boʻlgʻay, voqe boʻldi. Va xushxon imom va xushovoz muqri mukarrar boʻldikim, saloti xamsani mahalla ahli bilan qoim tutub, ul hazrat duosiga mashgʻul boʻlgʻaylar. Va madrasaning toʻridakim, haddi shimoliydur, gunbaze yasaldikim, surai Qur’oniy va oyoti furqoniy adosida qiroat gulshanining Isaviy nafas andalibi xush ilhonlari va tajvid ravzasining Dovudiy nagʻma foxtan shirin adolari har kun xazrati risolatpanoh mutahhar ruhoniyati uchun bir si pora kalom oʻqub, ul hazrat duosi birla xatm qilgʻaylar. Va gunbazni «Dor ul-huffoz» deyildi. Va madrasaning sharqiy va gʻarbiy suffasida ikki mudarriskim, birisi fiqh usuli va furui va birisi hadis furuva usuli(52) aytqoylar va har dars halqasida oʻn bir tolibi ilmkim, muvazzaf boʻlgʻaylar - ta’yin qilildi. Va bu madrasagʻakim, xulusi ixlosdin yasaldi - «Ixlosiya» ot koʻyuldi. Va bu «Ixlosiya» madrasasi janubiy haddining toshidinkim, Injil arigʻi oqar, ul arigʻning janubiy haddikim, qirogʻi boʻlgʻon shoriy omdurkim, ul hazrat bino qilgʻon madrasadinkim, har toqi ulvi rif’atdin sipehri muqarnas ravoqigʻa kungira yetkurubtur va har gunbazi sumuzi manzilatdi falakning koʻk gunbazidan bosh oʻtkaribdur, har mudarrisi qoshida Mushtariykim, oltinchi ayvon donishmandidur - omiy va nodon va har tolibi ilmi olinda Atoridkim, ikkinchi suffa mustaiddidur - tifli abjadxon, xodimlari sufrasida oy girdasi va quyosh qursi ikki fatir va tabboxlari taxtasida kahkashon shakli un sepgan bir zuvola xamir.

Ruboiy:

Bu buq’aki to binosi bunyod oʻldi,
El hojat ila faqrdin ozod oʻldi.
Darveshu gʻani ne’matidin shod oʻldi,
Bu vajhdin oti Ne’matobod oʻldi.

Bu shorii om bu Ne’matobod jonibidin kelib, koʻprak yoʻl Injil arigʻi yoqasi bila Mahdi ulyo va Bilqisi uzmo Gavharshod ogʻo «navvarallohi maraqadha»(53) madrasasi sorikim, koshisi girehkorligʻidin aql me’mori hayron va shamsasi zarnigorligʻidin xirad muhandisi sargardondur - borur.

Va bu «Ixlosiya» madrasasi muqobalasidakim, mazkur boʻlgʻon shori’ning janubiy haddi boʻlgʻay xonaqohe bino qilildikim, ul Hazratning davlati davomi va saltanati saboti uchun quyiroq mashrut boʻlgʻon dastur bila har kun fuqaro masokingʻa taom bergaylar va har yil ehtiyoj ahligʻa kiygʻuluk yetkurgʻaylar. Va bu xonaqoh toʻridakim, ham janubiy tarafi boʻlgʻay - gumbaze bino qilildikim, chun bu mahalla ul Hazrat davlatidin ma’mur va eli dagʻi qalin va masrur boʻlubturlar va bu jamoat bila masjidi jome’lar orasida juzviy masofate bor. Qishda ba’zi sovuq va balchigʻ uzri bila va yozda ba’zi gard va issigʻ baxonasi bila «Ya ayyuha-l-lazina omanu iza nudiya li-s-salavati min yavmi-l-jum’ati fas’u ila zikri-l-lohi va zaru albay’»51 amridin gʻofil va aning savobidin otil erdilar, muqarrar qildimkim, ul xonaqoh bilagun bazda jum’a namozi qilgʻaylar, shoyad ul jamoat har nav’ nomasmu’ uzr bila ul davlatdin mahrum va bu saodatdin bebahra qolmagʻaylar, Dagʻi xatib va muqri va imom va ulcha bu amrda zaruratdur - muayyan boʻldi.

Va «Ixlosiya» madrasasi oʻtrusida bu xonaqohgʻakim, imorati har nav’ riyo va gʻashdin xoli erdi va xotirgʻa koʻp taraddudin xalos berdi: «Xalosiya» ot qoʻydum «La xalasa illa bil ixlosi»(55).

Hirot dorus-saltanasida va tegrasida harne mustagʻal va dakokin va bogʻ va yer va korizkim, ul Hazrat oboni davlatida bu faqirning mulki erdi va alarning bay’ va shirosida shar’ qavoidin koʻp mar’iy tutulub erdi va baholaridin bir diram mavquf qolmaydur edi. Andoqkim, bu ma’nigʻa aimmai islom, balki xavos va avomdin koʻpi voqifdurlar va bu bobda tahsinlar qilib, insoflar berurlar va muddatlar bu faqirning tasarruf qabzasida va tamalluki ilgida erdi - bu biqo’gʻa vaqfi sahihi shar’iy qildimkim, bu ikki buq’aning imorati va sakanasining vazoyifi bila borcha maunati andin hosil boʻlib, shart qilgʻon dastur bila sarf boʻlgʻay.

Yana ul Hazratning falak martaba dargohida va sipehr manzalat borgohida arzadoshtim budurkim, tiriklik boʻstonidinkim, adno nilufarin sipehri axzar bila teng tutsa boʻlmas va hayot gulistonidinkim juzviy sarigʻ gulin xurshedi xovargʻa oʻxshatsa boʻlmas. Gʻaraz yigitlik chamanining gulbuni xujastasi va maqsud shabob gulbunining toza guldastasidur. Bihamdilloh val-minnaki, mening bu hayotim gulbunining gullari ul Hazratning xizmati bahorida ochildi va yigitligim ashjorining shukufalari dagʻi ul Hazrat mulozamati havosida sochildi va ul gullardin koʻp maqsudlar navbovasi hayotim komin bahramand etti.

Emdikim, hayotim gulshanining bahor xazongʻa yetishti va gulshanda ochilgʻon yigitlik gullari toʻkula kirishti. Sabzasi tabiat havosi burudatidin oqardi va lolasi kuhulat sovugʻ nafaslaridin sargʻardi, sunbuli serobi margʻulalaridin tob ketti va niholi sarbalandi, ajal sarsaridin fano tufrogʻiga yiqilurgʻa yetti. Ul Hazratniig muabbad davlatidin va rafe’ himmatidin koʻnglumga kechmagan komlargʻa komgor boʻlubmen va tushumga kirmagan maqosidgʻa iqtidor topibmen. Ikki orzu rishtasidin oʻzgakim, girixi koʻnglum pardasidin yechilmadi, ikki murod gunchasidin oʻzgakim, tuguni jonim gulshanidin ochilmadi.

Ammo umidim uldurkim, bu ikki umidim mevasidin dagʻi barumand va murodim budurkim, bu ikki murodim gavharidin dagʻi sarbaland boʻlgʻaymen va bu orzumandligʻ xorxorining tikani koʻnglumda sinmagʻay va bu murod gavharining yogʻinin qatradek tufroqqa eltmagaymen.

Birisi budurkim, chun kishiga abadiy davlat va sarmadi saodat va hayot chashmasining navidi va najot manzilining umidi islomning besh sutunluq zotulumodigʻa kirmaguncha mumkin ermas va bu xams-ul-muborak panjasiga ilik urmogʻuncha hech ish natija bermas. Avval ul kalimai tavhiddur. Shukrkim oni alifdek jonim orasida naqsh etibmen. Ikkinchi salavoti xamsadur. Bihamdillohkim, oni naydek zehn aro sabt qilibmen. Uchunchi ramazonning oʻruz kunining roʻzasidur. Shukrullohkim, oni lomdek qalbimda yoshurubmen. Toʻrtinchi zakotdur. Jonim naqdi ul tengriga zakotkim, koʻnglumga nasabqa yetkuncha mol zaxira qilmagʻaymen, solmadi va nasabqa yetgan mol zakotin ayirgʻuncha ilkimda qolmadi. Beshinchi Hajdurur va ul bay uzri muyassar boʻlmayin hamonoki, islom shaxsi bir kishigʻa oʻxsharkim, onda xos xamsadin toʻrti boru bas. Muqarrardurkim, beshalasi - xoskim boʻlmasa muvajjab nuqsoni boʻlur va bu mazkur boʻlgʻon ikki orzudin biri muborak safardurkim(56), islomim shaxsi besh hisdin birining oʻksuklugi jihatidin noqis boʻlmagʻay va musulmonligʻim panjasi bir barmoq yoʻqligʻidin ma’lul qolmagʻay.

Ul saodatoyin qofilakim, ul bodiya sorikim, shohrohi joʻyborida sarob hay’ati chashmai hayot zuloli va ul zulol atrofida har mugʻaylon butasi gulshani najot niholidur, azimat qilsa, agar qofilasolorlik chatri soyasida yer topmasam, yer yuzida soya kibi jism bandi oʻzluk qaydidin qutulib, ul qofilani erishsam va agar mirhojlik mahmili haramida hukmron boʻla olmasam, jarasdek chok koʻksumda iztiroblik koʻnglumdin figʻon tortib, ul mahmil tufayli maqsadqa yetishsam.

Menikim, bu savdo nizor ayladi,
Havas ilgida beqaror ayladi,
Ne imkonki, topqay qaroru sukun,
Birovkim, bu fikr etgay oni zabun.
Urarmen qadam toki borgʻuncha gom
Ki, boʻlgʻay muyassar menga ushbu kom.
Agar boʻlsa bu yoʻlda umrum talaf
Chu bu yoʻldadur ul ham erur sharaf.
Va agar boʻlsam oʻz komima bahramand
Zihi mulki jovidu baxti baland.

Va bu muqaddimotdin gʻaraz bukim, ul sidrai sipehrtimsol davrida suhokirdor va ul qubbai xurshedminvol davrida zarravor evrulurda firoq zanjirida ishtiyoq silsilasida halqa boʻlgʻon qadimni tuz etib, ul maqsud eshigi halqasigʻa ilgimni qullob qilib, ul Xazratning qiblai iqbol va ka’bai omoldek dargohining sabot va davomi uchun duo qilgaymen.

Va ikkinchi murodim ulkim, ul hazratning gʻoyatsiz inoyatlari va nihoyatsiz shafqatlari muqobalasida yuqori mazkur va sadrda mastur boʻlgʻon xizmatlardin bu faqiri shikasta va bu haqiri dilxastagʻa munosibroq xizmat ul erdikim, zubdai avqotim va xulosai hayotimni ul Hazratning madhi zoti va ta’rifi sifotida sarf qilsam erdi va ul bobda gʻarro qasidalar va rangin gʻazallar va matbu’ masnaviylar va masnu’ insholar, balki har nav’ nazm va nasrdin kitoblar tasnif qilsam erdi va mujalladlar tartib bersam erdi, to ul hazratning farxunda oti bu vasila bila koʻp yillar roʻzgor sahifasida mazkur va humoyun zoti bu vosita bila koʻp qarilar roʻzgor ahli tilida mazkur boʻlsa erdi.

Ammo bu jihatdinkim, ul Hazratning baski iltifoti sahobidin ehtimom yomgʻuri bu xoksor roʻzgorigʻa nozil va ehtimomi boʻstonidin iltifot shamoli bu benavo holigʻa shomildur - elning taraddudi va ulus ixtiloti, arzol tamalluqi va ashrof inbisoti va xavos ikromi va avom gʻavgʻosi, zolim ibromi va mazlum alolasi, raoyo gʻulusi va yasogʻligʻ yorugʻusi, tama’ ahlining nohamvor muloyamati va talab xaylining nohanjor mulozamati, juhhol sitamidin shevasi azo boʻlgʻonlarning soʻgvorligʻi va ammol qalamidin roʻzgori qaro boʻlgʻonlarning beqarorligʻi, burchluq azobigʻa qolgʻonlarning yoʻlum boshida turmogʻligʻi va farzandin garav qoʻygʻonlarning etagimga ilik urmogʻligʻi va iflosoyin talabaning arzadoshti va ruq’asi va falokatshior shuaroning qasida va qit’asi, viloyatdin kelgan darmondalar holinnng taftishi va alarni rizolari bila uzatmoqning tashvishi, sarhad beklari elchisi taklifining zahmati va alarni dilxohlari bila qaytarmoqning mehnati, oʻzga mamlakatdin oz va orzu hamiyonin tikib, tama’ xorligʻin oʻzlariga tutub kelgan azizlar ibtilosi va alarning muxtalif muddaosi bila e’zoz qilib, nomaqdur matlublari bila vatanlarigʻa yubormakning balosi, ozodlarning injulikka kirmak tama’idin tashni’i va bandalarning ozodliqqa chiqar umididin tavaqqun, tush koʻrub kechgan mashoyix e’lomin kelturganlar mubolagʻasi, yiroq yerdin oʻtgan avliyo salomin yetkurganlar muzoyaqasi, toʻkquz xilol taklif bila bergonlarning tama’ tishin berkitgoni, bolchigʻ tasbih zoʻri bila oʻtkarganlarning talab rishtasin uzotqoni, solim jismin xastalikka solib, sharbax vajhi tilagonlar zarqsozligʻi, tirik kishisin oʻlukdek yotquzub, kafan bahosi olgʻonlarning hiylapardozligʻi, vaqfiylar bedodidin gʻarib talabaning ruq’a tilamagi, amal ahli fasodidin zaif raoyoning siporish istamagi va majlisda hamsuhbatligʻimgʻa taaniy koʻrguzgonlarning garonjonligʻi va sayrda hamzonulugʻimga tahattuk zohir etkanlarning sabuk inonligʻi, Madinadin kelibbiz deb, iqomat yukin uyumda tushurganlar ziyofati, Makkaga borurbiz deb, tavaqqu’ markabin eshigimga surganlar rioyati, bu xaylning muddaosidin juzviy oʻksuk muyassar boʻlsa, norozi borib, gila qilgʻonlarning hayrati va muddaolari tamom hosil boʻlgʻonlarning bu rioyatni vazifa qilib yana kelmaklarining fikrati, yana dagʻi mashaqqatlar borkim, aytilsa soʻz rishtasi uzolgʻay va mujibi karh va malolat boʻlgʻaykim, bu notavon bu holat vuquidin sun’ farroshlari subhning siymin supurgisi bila gunbazi lojuvardiy atrofi tun dudasidin qarorgʻonni supurib, qazo naqqoshlari ul lojuvard yuzin zarkorlik qilib quyosh jamshedi ul gunbazda zarnigor taxt uza bazm tuzgan chogʻdin shom kashmirining siyoh jardalarining anbarin zulfin nasimi shabgir pareshon qilib, aning royihasidin tun zangisining savdoyi dimogʻi mushavvash boʻlib, devonalardek falak otashkadasining kulin olamgʻa sovurib, sun’ hakimi ani kahkashon zanjirigʻa tortar mahalgʻa degincha bu shikastaning tiyra roʻzgorligʻim va parishonligʻim kashmiriy sohir koʻzluklarning nasimi shabgir sovurgʻon zulfidin afzunroq va iztirob va bechoraligʻim parivash tifllar shoʻxligʻidin zanjiri junun asiri boʻlub, gulxan oʻtigʻa yiqilgʻon devonadin koʻprakdurur - bir majruhmenkim, bovujudkim, ur’yon jismimgʻa zahrolud neshlik chibin hujumi boʻlgʻoy, qovargʻa ilik dagʻi tebrata olmagʻaymen va bir ur’yonmenkim, bovujudi ulkim, majruh tanimgʻa junun arzolining muhlik toshi yoqqay, qochorgʻa qadam dagʻi koʻtara olmagʻaymen. Agar bulajob holimdin shammai izhor qilsam, ul Hazratning nozuk mizojigʻa mujibi gʻam va muborak xotirigʻa boisi alam boʻlgʻay.

Tuganmas subhi yoʻq shomi gʻamim sharhin savod aylab,

Varaq aflok oʻlub, ul tun qarosin - oʻq midod aylab.

Kishi bu nav’ gʻamnoklik bila ne nishotomez alfozgʻa rabt bergay va bu parishonlik bila ne maoniy gavhari jam’ qilgʻay. Ammo umidim borkim, ul Hazrat davlatidin oncha farogʻat dast bergaykim, kechgan hayotim baqiyasin va oʻtgan avqotim tatimmasin bir ishga sarf qilgʻaymenkim, jahon intihosigʻacha ul Hazratning zikri xayri bodasidin ulus xushhol va yana jahon ibtidosigʻacha aning avsofi hamidasi obi hayotidin xaloyiq komi molomol boʻlgʻay.

Soʻz mutavval va maqsud muattal boʻldi. Avlo ulkim, ham duo sori ruju’ va Vaqfiyaning takmiligʻa shuru qililgʻay.

Ruboiy:

To sokin erur dahru falak musta’jil,
Sursun ikisiga hukm shohi odil.
Andin manga bu murod boʻlsun hosil,
Mendin anga bu bandaligʻ oʻlsun vosil.

Omin, yo rabbil olamin!

Muqaddimot tugandi va keldi mahdudot: vaqf qilgʻon mahdudlarkim, shahr va tavobindadur, mujmalan mazkur boʻlur va tafsili forsi vaqfiyalardakim, mukarrar aytilibdur va quzot sijilloti bila musajjal va soyir xaloyiq podshohdin gadogʻa degincha elning muhr va tonugʻligʻi bila mukammal boʻlubtur va koffai anom huzurida kofagʻa hukm topibtur, mazkur va mabsut voqe’dur, ehtiyot vaqti andin koʻrub ma’lum qilgʻaylar: bu mujmaldin ulcha ma’lum boʻlur ijmol tariyqi biladur.

Va ul mahdudotdin avval mahdudedurkim, shahrda Malik bozori ichinda sharqiy haddida mashhur toqiyafurushlar timigʻadur va imorati ikki oshomdur va bozor sori ikki darbandi bor va har darbandida bir darvoza bir ayvon mavjuddir. Va bu tim muttasili janubiy haddida besh doʻkon bir-biriga muttasil. Yana bir doʻkonkim, Xumi obgʻa mashhurdur, timning sharqiy haddida va bir namadfurushluq doʻkoni boloxonasi bila ham bozorning gʻarbisida va bir poʻstinfurushlik doʻkoni ham bor, bozorning gʻarbisida boloxonasi bila. Yana bir timcha va toʻrt doʻkon bir-biriga muttasil. Iroq darvozasi toshida Alikabek hammomigʻa oʻtru. Yana bir timcha amalasi Malik darvozasi toshida ikki oshom imorat va sekiz doʻkon timchagʻa tutosh. Yana bir timcha va ikki doʻkon bir-biriga muttasil Musarrixning Kuhunduzida. Yana ikki doʻkon amalasi Bogʻi Zogʻon koʻchasida voqe’dur.

Va mahdudotkim, shahr tavobi’idadur - Olinjon bulukida Farroshon mavziida yigirmi besh jerib bogʻ, yigirmi uch jerib bir-biriga muttasil, yana bir qat’a bogʻ bila yer oʻn sekiz jeribkim, andin ikki yarim jerib uzum bogʻi Osiyoyi Bodgʻa mashhurdur va bir qit’a yer toʻrtjerib va bir nima Injil bulukidin Bogʻi Murgʻonda toʻrt jerib, Siyovushondin Xoja Shihob mahallasida bogʻot va yuz jerib, Sabgʻur bulukida Sabada Ravon kentida ikki qit’a uzum bogʻi ham bir-biriga tutosh oʻn ikki jerib, yana bir bogʻ toʻrt jerib, Sifliy mahallasida necha bogʻot oltmish jerib taxminan, yana mazkur mahallada yigirmi olti jerib uzum bogʻi va toʻrt jerib yer ila bir qit’a oʻn sekkiz jerib yer dagʻi oʻn ikki jerib bogʻ, yana qit’a oʻn toʻqquz jerib, yana bir daf’a bogʻ bila yer tutosh oʻn jerib, yana bir qit’a tok toʻrt jerib yana bogʻot bila yer raqbasi dafaot bilakim, bir-biriga tutoshdur, yetmish toʻrt jeribkim, andin oʻttiz toʻrt jeribi uzum toki va oʻzgasi yer boʻlgʻay, yana bir qit’a yer va tok tutosh besh yarim jerib, yana bir bogʻ bir jerib va donge yana bir bogʻ toʻrt jerib, yana bir qit’a yer bir jeribu chahordong, yana bir qit’a bogʻ sekiz jerib, yana bir qit’a yer uch jerib, yana necha qit’a yer bir-biriga tutosh oʻn ikki jerib, yana bir qit’a yer toʻrt jerib, yana bir qit’a yer besh jerib, yana bir qit’a bogʻ ikki yarim jerib, yana ikki qit’a bogʻ va yer tutosh sekiz jerib, yana bir qit’a bogʻ toʻrt jerib, yana necha qit’a yer tutosh oʻn toʻrt jerib, yana bir necha qit’a yer bir jeribu chahordong yana bir qit’a yer yigirmi toʻrt jerib, yana bir qit’a yer bir yarim jerib.

Va Bodgʻis viloyatida Tudagi korizi tamom va kamol bila va Gumburoq bulukida Paragach korizi va mukammal va Hirotrud viloyatida Gul kenti jami’ bogʻot va daraxton va saroy bogʻcha soyir arozisi bila.

Bu jami’ mahdudotkim, hududi Vaqfiyalarda mukarrar mazkur boʻlubtur dagʻi bu avroqta mujmal bitildi, yuqori mazkur boʻlgʻon biqo’gʻa vaqfi sahihi shar’iy qilildi.

Arbobi vazoif - ikki olimi muttaqiy mudarris boʻlgʻay: har birining yilliq vazifasi ming ikki yuz oltun naqda, yigirmi toʻrt yuk oshligʻkim, sulsi arpa, sulsoni bugʻdoy boʻlgʻay. Har halqai darsda oʻn bir tolibi ilmkim borisi yigirmi ikki boʻlgʻay, olti a’lo; har biriga oyliq naqda yigirmi toʻrt oltun, yilda bugʻdoy besh yuk; vasat - sekiz; oyligʻ har biriga naqda oʻn olti oltun, bugʻdoy yilliq toʻrt yuk; adno - sekiz: oyligʻ har biriga naqda oʻn ikki oltun, oshligʻ yilliq uch yuk.

Olti xushxon hofizdin musaddirgʻa yilliq naqda besh yuz oltun, munosafa oshligʻ oʻn bosh yuk; soyirdin har biriga yilliq naqda yuz sekson oltun, bugʻdoy toʻrt yuk. Shayxqa yilliq naqda ming oltun, munosafa oshligʻ oʻn yuk. Voizgʻa yilliq naqda besh yuz oltun, bugʻdoy oʻn yuk. Imomgʻa, masjidi jome’da xatib boʻlub, maktab dagʻi tutgʻay, yillik naqda ikki yuz oltun, bugʻdoy oʻn yuk. Muqrigʻa yilliq naqda yuz oltun, bugʻdoy besh yuk. Xonaqoh tabboxining yilligʻi naqda ikki yuz sekson oltun, bugʻdoy besh yuk. Tabaqchigʻa yilliq naqda ikki yuz oltun, bugʻdoy besh yuk. Bir farrosh va ikki xodimdin har biriga ikki yuz oltundin olti yuz oltun, bugʻdoy besh yukdin oʻn besh yuk.

Mutavallikim, ikki obodon navkar asragʻay, viloyot ziroati nasaqi uchun, yillik naqda uch ming oltun, oshligʻ oʻttuz yukkim, bu mablagʻ va miqdordin chahor dongini oʻzi olgʻay, du dongin ul ikkovga yetkurgay. Mushrifqa yilliq naqda besh yuz oltun, oshlik besh yuk, sohib ja’mgʻa yillik naqda besh yuz oltun, oshligʻ besh yuk

Ravotib(57) - roʻza oyida har kecha oʻn besh botmon bugʻdoy, besh botmon poludai dushobdin yo mavizobdin oʻttuz tabaq, masoliq - ulcha ehtiyoj boʻlgʻay. Roʻza iydida oʻtmaq yuz botmon, halvo ellik botmon. Qurbon iydi avval kun oʻy bir son, qoʻy besh son qurbon qilib, madrasa va xonaqohning fuqaro va masokin va soyir suk qonigʻa ulashgʻaylar. Ikkinchi kuni yigirmi botmon et bila yigirmi botmon bugʻdoyni halim qilib, ellik botmon oʻtmak bila qismat qilgʻaylar. Rabi ul-avval oyi-ning oʻn ikkisidakim Rasul xatmidur, besh qoʻy masolihi bila osh pishurub, ellik botmon oʻtmak bila yigirmi botmon halvo tortqaylar. Rajab oyining oʻrtasi - istiftoh kuni yigirmi botmon halvo, ellik botmon oʻtmak; sha’bon oyining oʻrtasidakim, barot boʻlgʻay, chalpak oʻttuz botmon, halvo yigirmi botmon, qishning toʻrt oyidakim, qavs va jadi va dalv va hut boʻlgʻay, har kuni oʻtmak yuz adadkim, yigirmi botmon uch tangalik et bilan murattab kilgʻaylar va agar et topilmasa jijigʻligʻ osh pishurib, fuqarogʻa bergaylar. Yana sekiz oy har kun yigirmi botmon oʻtmak fuqarogʻa ulashgʻaylar.

Sharoit - avval shart andoq qilildikim, mutavalli har yil yuz poʻstin, yuz kapanak, yuz boʻrq, yuz kafsh, yuz koʻnglak, yuz tunbon sotqun olgʻay, dagʻi har qaysini munosib mavsimda ikki Mudarris ittifoqi bila mustahiqlargʻa har qaysigʻa istihqoqigʻa koʻra ulashgay. Va har yil toʻrt yuz oltun xonaqoh va gumbaz dagʻi madrasa va masjid va Dor ul-huffoz farshi uchun kiyiz bila bur’yo va yorugʻlugʻ uchun xarj qilgʻay va har nekim, xonaqoh va matbaxi uchun dasturxon va qozon va ayoq va tabaq va piyola va qoshuq va gʻayri zolika kerak boʻlsa tartib qilib bergay. Va xodim va farroshlar har kecha madrasa masjididagi dolonida, dagʻi «Dor ul-huffoz»da, dagʻi xonaqohning gunbazida va dahlezlarida sham’ yondurgʻaylar.

Yana shart ulkim, madrasa mavolisi madrasada baytutat qilgʻaylarkim, agar oʻzga yerda sokin boʻlub, dars chogʻi hozir boʻlmasalar, muqarrar qilgʻon vazifaning nisfin olgʻaylar va bu madrasa va xonaqohning mudarrisdin yo talaba va mutavalli va shayx huffoz va soyir amalasidin nomashru’ amre sodir boʻlsa, ikki qatlagʻacha shar’an har muvohazagʻa mustavjib boʻlsalar, anga koʻra ta’zir va ihtisob qilsunlar. Uch qatla vujud tutqondin soʻngra ixroj qilsunlar, dagʻi oʻrnigʻa yana kishi nasb qilsunlar.

Yana shart ulkim, qor oriturda muqri va xodimlar va farroshlar va tabaqchilar borcha bir-biriga madad boʻlub, oritqaylar. Va ariq oriturdakim, bolchigʻ bila qumni arigʻ yoqasiga yigʻarlar - mutavalli muzdur tutib koʻtargay.

Madrasa va xonaqoh orasidakim, tosh solibdurlar - qachon buzulurdek boʻlsa, yildin-yilgʻa marammat qilsunkim, musulmonlargʻa oʻtar - borur dushvor boʻlmagʻay. Yana shart ulkim, har oʻttuz yilda mutavalli «Vaqfiya»ni mukarrar yangi bitgan va asl bila muqobila qilgʻondin soʻngra quzot sijillot bila muqobala qilgʻay to ayyom mururi bila churumagay. Yana shart ulkim, hech zamonda sadr gumashtalari va mutavallilar bu sarkorda madxal qilmagʻaylar. Modomiki, sharti voqif bila muvofiq amal qilgʻaylar - bu sarkor amalasidin jam’ va xarj nusxasi tilamagaylar va hech nav’ nima alardin olmagʻaylarkim, alargʻa halol va muboh emas.

Chun bu faqir mazkur boʻlgʻon mahdudotni vaqf erkoniga iqror qilib, bir kishi tasarrufigʻakim, oʻz qibalimdin mutavalli qilib erdim - qoʻydim. Quzoti izom murofa’i shar’i zimnida vaqfiyat hukmi qilib, bu mahdudotni oʻz sijilloti bila muvashshah va oʻz tavqioti bila muvazzah qilib, bu biqo’gʻa muxallad va muabbad vaqf boʻlgʻonini muqarrar va muayyan qildilar.

Ruboiy:

Olam ishidin meni ma’lul et, yo rab,
Faqr emgagi tortargʻa hamul et, yo rab.
Bu ishki, sening rizong uchun qilmishmen,
Ham ayni rizo bila qabul et, yo rab.

Ruboiy:

Yuz shukrki, buq’alar mukammal boʻldi,
Vaqfi bu hududkim, mufassal boʻldi.
Sekkiz yuz ediyu sekson olti ta’rix(58)
Vaqfiyasi ul kunki, musajjal boʻldi.

Ruboiy:

«Vaqfnya»ki tortildi base zahmat anga,
To boʻldi sharoyit xatidin ziynat anga.
Mashrut ila kim kilsa amal rahmat anga,
Ulkim, munga tagʻyir berur, la’nat anga.

Ruboiy:

Bu qoidani kimki tuzar, bor boʻlsun,
Tengri bori holatda anga yor oʻlsun.
Kim buzsa, buzuqluqqa sazovor oʻlsun.
Haq la’natu qahrigʻa giriftor oʻlsun.


"Vaqfiya"ning Izoh va Tarjimalari

1. Tarj. ar.: Unga Ollohning salovatlari boʻlsin va bani odamni mukarram qildik.

2. Karrubiy — farishta.

3. Tarj. ar.: Ulugʻ zot biz uchun boshqa ilm yoʻq, sen haqiqiy ilm va hikmat egasidursen.

4. Tarj. ar.: Uning ne’matlari ulugʻdir, shonu shavkati buyukdur va undan boshqa iloh yoʻqdur.

5. Tarj. ar.: Xitoy — Chinda boʻlsa ham ilm talab qilgin.

6. Tarj. ar.: Olimlar paygʻambarlarning merosxoʻridir.

7. Mahmud — Muhammad paygʻambar laqablaridan biri.

8. Tarj. ar.: Olimlar bani Isroil paygʻambarlari kabi ummatlidir.

9. Tarj. ar.: Olimlarning fazilatlari obidlarga nisbatan va quyidagilarga nisbatan ham afzaldir.

10. Baytning mazmuni: Olloh bilan birgalarning quvonchi nihoyatda yaqin (uning) sirlariga mahram. Baytning ikkinchi misrasidan «Qoba qavsayn»ning ma’nosi «ikki yoy oraligʻi»ni anglatadi va bu ibora eng, gʻoyat yaqin mazmunida ishlatiladi.

11.Tarj. ar.: Unga, uning yaxshi qarindoshlariga, pok sahobalariga va unga ergashganlarning hammasiga Ollohning salovatlari boʻlsin!

12. Tarj. ar.: Ollohdan boʻlgan hech narsa yoʻq edi.

13. Tarj. ar.: Biron narsani xohlaganda, uning «Boʻl»! demaklikdir. Va (u narsa) boʻlur. (Yosin surasi, 82—oyat... ajab bir yashirin sir edim, oʻzni sinash uchun xalqni yaratdim).

14. Tarj. ar.: Odamning loyini oʻz qoʻlim bilan 40 kun qordim.

15. Tarj. ar.: Bu omonatni osmonlarga, yerga va toqqa koʻndalang qoʻygan edik, ular uni koʻtarishdan bosh tortdilar («Ahzob» surasi, 72 oyat).

16. Tarj. ar.: Insonni nutfadan (maniy) yaratadi.

17. Tarj. ar.: U rahmdilga Ollohning salovatlari boʻlsin.

18. Tarj. ar.: Hazrati Muhammadga Ollohning salom va salovatlari boʻlsin.

19. Tarj. ar.: U subhonahuning haqqi!

20. Tarj. ar.: Tagidan ariqlar oquvchi bogʻlar.

21. Tarj ar.: Biz ularning boʻyinlariga tavq qoʻydik.

22. Tarj. ar.: Iymon keltirganlar va xayrli ishlar qilganlar uchun behad ajri savob bordur.

23. Tarj. ar.: Sukunat — oltindir.

24. Tarj. ar.: Suradagi oyat ham shunday. (Ya’ni shu ma’nodagi).

25. Tarj. ar.: Kim bir deb oʻqisa, kim qattiq harakat qilsa, kiradi.

26. Tarj. ar.: Yomon ona qornida ham yomondur.

27. Tarj. ar.: Ular doʻzax oʻtiga loyiq va unda abadiy yonadilar.

28. Tarj. ar.: Haqiqatda Olloh har bir ishga (qodirdir).

29. Tarj. ar.: Ibrohim (salovat ur—rahmoni alayhi) — paygʻambar. Laqabi Xalil, Xalilulloh. Rivoyatlarga koʻra u buttarosh Ozarning oʻgʻli boʻlib, miloddan 2000 yil avval Bobilda dunyoga kelgan. Ibrohim oʻz toifasini yolgʻiz Xudoni tan olishga da’vat etgan. Namrud uni olovga tashlaganda omon qolgan ekan. Ka’bani Ibrohim bunyod qilgan deyiladi. Xudovand Ibrohimga oʻgʻli Ismoil (musulmonlar rivoyatiga koʻra) yoki Ishoq (yahudiylar rivoyatiga koʻra)ni qurbon qilishni buyurganda, uni ijro etish asnosida oʻgʻil oʻrnida bir qoʻy qurbonlikka yuborilgan ekan. Ibrohim 170 yil umr koʻrgan deyiladi. Undan ikki oʻgʻil — Ishoq (onasi Sora) va Ismoil (onasi Hojar) qolgan ekan.

30. Ibrohimning oʻtga tashlanganiga ishora qilinmoqda.

31. Tarj. ar.: Yunus — Isroil avlodlaridan, paygʻambar, laqabi «Zunnun, safarlaridan birida toʻfon koʻtarilib, kemadan daryoga yiqiladi va uni baliq yutadi, uch kundan soʻng qirgʻoqqa chiqarib tashlaydi, deyiladi.

32. Tarj.ar.: Namrud — Bobilning afsonaviy podshohi. Rivoyatlarga koʻra, Bobilni Namrud bunyod etgan ekan. Shijoatli va qoʻrqmas boʻlgan, Ibrohim paygʻambar uning davrida yashagan deyiladi.

33.Tarj. ar.: Ollohga, uning elchisiga va barcha ulugʻlar amriga itoat qilingiz.

34. Tarj. ar.: Muborak yaratuvchi, taolodan minnatdormiz.

35. Tarj. ar.: Butlon raqami chekdi va kitoblariga nasx xati tortdi, aynan: behudaligini qayd qildi va zayil qilishlik xatini tortdi. Bu yerda soʻz Muhammad (a. s.)ning boshqa paygʻambarlardan farqi ustida ketmoqda.

36. Tarj. ar.: Sulton Ollohning yerdagi soyasidir.

37. Tarj. ar.: Saltanat eshiklari, hojatlar qiblasi.

38. Tarj. ar.: Biz senga aniq-ravshan qilib ochdik.

39. Tarj. ar.: Olloh senga aziz gʻalaba beradi.

40. Tarj. ar.: Asli mustahkam, boshi samoda.

41. Tarj. ar.: Xalifalarni yerda men ta’minlayman.

42. Tarj. ar.: Bir soatlik adolat ikki dunyo harakatlariga barobar.

43. Tarj. ar.: Olloh ularga adolat va ehsonni buyurgandir.

44. Tarj. ar.: Ammo tilanchilarni ranjitma.

45. Tarj. ar.: Jamshid — Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurol—aslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashagan, xastalik nima, oʻlim nima bilmagan emish. Keyinchalik kibr—havoga berilib ketgan. Jamshidni jazolash uchun Xudo istilochi Zahhokni yuborgan va u Jamshidni arra bilan ikki boʻlib tashlagan emish. Bu yerda Navoiy asli Husayn Boyqaroni Jamshidga oʻxshatmoqda. Albatta Jamshidning ijobiy faoliyati va bilim, ixtirolarini Navoiy koʻzda tutadi.

46. Sulaymon — Dovud oʻgʻli, podshoh. Yahudiydar paygʻambari sanaladi. Bayt ul-muqaddas — Quddus shahrini bunyod qilgan. U hayvonlar va qushlar tilini bilar, parilar uning xizmatida boʻlar ekan. Navoiy bu yerda Husayn Boyqaroni Sulaymon kabi devu parilarga ham sultondir, deb ta’riflamoqda.

47. Qavs quzah — kamalak demakdir. Baytning mazmuni: Uning mevalar soladigan togʻarasi zangori osmon, otadigan oʻq yoyi —kamalak kabidir.

48. Hotami Toiy — hokimiyat davrida oʻzining saxiyligi bilan dong taratgan «toy» qabilasiga mansub zot. Uning nomi saxovat va karam qilish ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroda shunday fazilat mavjud, deya ta’riflaydi.

49. Navoiy bu yerda Husayn Boyqaro oʻz saltanatini boshqarishda qator qabilalarning vakillariga tayangani va har qaysiga muvofiq amallar bergani haqida yozadi.

50. Tarj. ar.: Salsabil deb nomlangan buloqning oʻzginasi.

51. Jerib — yer oʻlchovi, taxminan 1 tanob. Jeribni, shuningdek, 1 jeribdon ekish mumkin boʻlgan yer boʻlagini ham atashgan. Ye. E. Bertel'sning izohlashicha, turli davrlarda jerib miqdori turlicha belgilangan (100 to 200 m.ga qadar).

52. Fiqh usuli va furui — diniy qoidalar haqidagi huquq ilmining tarmoqlari va unga oid sharhlar.

53. Tarj. ar.: Alloh qabrlarini munavvar qilsin!

54. Tarj. ar.: Ey iymon keltirganlar, jum’a namozi uchun azon aytilsa bas, intilinglar, (Allohning) zikriga boringlar,

savdo—sotiqni tark etgan holda.

Alloh zikri deyilganda jum’a namozidan keyin oʻqiladigan xutba nazarda tutiladi. Savdo—sotiqni tark etgan holda deyilganda, Odatda jum’a kunlari boshqa kunlarga nisbatan savdo—sotiq yaxshi boʻlgan. Ba’zi iymoni zaif kishilar savdoga qiziqib, jum’a namoziga qatnasha olmaganlar (Jum’a surasi, 9—oyat).

55. Tarj. ar.: Xalos ixlosdadir.

56. Muborak Haj safari — Navoiy islom ruknlari (tavhid — iymon keltirib, besh vaqt namoz, roʻza va zakot)ni sidqidildan bajarib kelgan va endi Haj safari orzusida ekanligini bayon etadi.

57. Ravotib — xizmatchilarga vaqti—vaqti bilan berib turiladigan maosh, nafaqa va boshqa moddiy yordamlarni anglatadi.

58. 886/1481 — 82 yil.