OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAmina Shanlikoʻgʻli
Asar nomiVijdon azobi (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Amina Shanlikoʻgʻli
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm248KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/22
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Vijdon azobi (qissa)
Amina Shanlikoʻgʻli

Biz ham musulmonmiz.

Salon orkestr saslariga toʻlgan, gumbur - gumbur, jaz-juz ovozlar quloqni qomatga keltirar, hamma raqs tushayotganlarni kuzatar edi. Qizlar eng soʻnggi urfda kiyinishgan. Boʻyalgan kipriklar,lablar...gul-gul ochilgan olov chehralar....Bir payt moviy yomgʻirpoʻsh ( kamzul) kiygan bir qiz oʻrnidan turib, qarshisida oʻynayotgan dugonasiga:
— Juda ham isib ketdim,- dedi. Dugonasi esa:
— Bir daqiqa boʻlsa ham mana buningni yechib qoʻy, jomeda emassan-ku ahir, toʻydasan,- dedi.Moviy kamzulli qiz nozik barmoqlari bilan yuzidagi terlarni sidirib qoʻydi. Uning oppoq yuzi tobora qizarib borardi. Bir zum qoʻllari bilan boshidagi durrasini tuzatgan boʻldi.Lojuvard ipakdan tikilgan bu libos birdan sirgʻalib boshidan tushdi, qiz nima boʻlganini bilmaganday hurkak holda orqaga qaradi. Bir janob raqsga taklif etardi. Hayajonga tushib qolgan qiz shoshib yopinchigʻini yerdan koʻtardi. Changlarini qoqar ekan, barcha unga qarayotganini his qildi. Ayol-erkak, yoshu qari unga qarab turishardi. Qizning yuzi uyatdan olovdek qizardi. Ne qilarini bilmay qoldi. Yopinchigʻini qayta boshiga oʻramoqchi boʻlgan edi hamki... ulani kuzatayotgan bir janob:
— Attang, shunday goʻzal sochlar yashirilsa, ayb emasmi? Gunoh-ku azizam!- deya qizga yaqin keldi. Qiz ilk bunday holatga tushib qolganiga uyalib ketdi, juda hijolat chekardi. Durrasi bilan boshini va boʻynini qayta oʻradi. Sal avvalroq oʻzini raqsga taklif qilgan yosh janob:
— Honimafandim, juda siqilib ketgan koʻrinasiz, hohlasangiz ravoqqa chiqib biror ichkilik ichamiz,- dedi. Qiz ortiq chidab turolmadi:
— Yoʻq, beyafandi,men ichkilik ichmayman,- dedi. Yigit sal noqulay tortib, hijolatomuz:
— Nega? Sogʻligingizga toʻgʻri kelmaydimi? - dedi. Qiz oʻzicha oʻyladi:" Mahmadonalik qilyapti, tartib-intizomli qiz ekanligimni bilib turib soʻraydi-ya".Yigit hanuz taraddudli, hayajonli alpozda savoliga javob kutardi. Chekinolmasligini bilgan qiz:
— Beyafandi, bilsangiz kerak, Islomda mast qiluvchi ichkilik ichish haromdir. Shuning uchun ichmayman,- dedi. Yigit esa gʻashga tegar darajada bemalol tarzda:
— Ichkilikni harom ekanini bilaman,- deb javob berdi.Qiz juda hayajonlandi va biroz gʻazab aralash qizishib:
— Demak, bilib turib, meni ichishga taklif qilishingizni qanday tushunish mumkin,- dedi.
— Ha, toʻgʻri , atay aytdim.
— Nima demoqchisiz? Maqsadingiz nima?- dedi qiz qizishib.
— Ichmaysizmi?! - dedi yigit.
— Moʻmina qizlar ichmaydilar,- dedi qiz.
— Moʻmina qizlar bunaqa toʻylarga ham kelmaydilar.Chunki cholgʻu, musiqa tinglamoq, raqs tushmoq ham harom ekanligini biladilar. Oʻynamasalar ham bunday joylargaboʻlishning oʻziyoq harom ekanligini ham biladilar,- dedi yigit. Qizning yuzi koʻkara boshladi. Ammo gapdan qolgisi kelmadi.Salondagilar koʻngilhushlikni qoʻyib ularning tortishuvini tomosha qilishardi.
— Modomiki, Islomni bilar ekansiz, siz bu yerda nima qilyapsiz?- deb soʻradi qiz. Yigit huddi shu savolni kutib turgandek darhol javob berdi.
— Qiziqish, honimafandi,qiziqib qoldim. Qiz hayron boʻlib oʻyladi:" Ajabo bu kishini nima qiziqtirib qoʻydi ekan".

Lekin soʻrab ulgurmasdan yigitning oʻzi tushuntira boshladi:
— Salon qarshisida koʻchada kezinib yurardim. Yoʻldan bir necha ayollar, qizlar oʻtib borishar edi. Bari yarim yalangʻoch kiyingan, yuzlarini pardoz qilib boʻyoqlar tortishgan,faqat siz ulardan farqli ravishda boʻyanmagan hamda oʻrangan edingiz.Boshqa ayollar bir daqiqa oldin boʻlsa ham koʻngil ochishga shoshishar, ammo siz yoningizdagi ayol bilan sekin yurib borardingiz. Ma'zur tutgaysiz, bu orada suhbatlaringiz qulogʻimga chaliniz qoldi.Szi yoningizdagi ayolga oyogʻingiz tortmayotganini va toʻyga borgingiz kelmayotganini aytdingiz. U esa toʻyga borish bilan gunohni bir-biriga aloqasi yoʻqligini aytardi.Siz asl vazifangiz boʻlgan - Islomni oʻzgalarga tushuntirish, yetkazishni unutib unga ergashdingiz.Men esa bunday ochiq sochiq toʻyda oʻranib olgan ayol nima qilishiga qiziqib qoldim.Shuning uchun bu salonga kirib, sizni kuzatdim. Va qasddan sizni raqsga taklif qildim.Nima qilishingizga qiziqdim.

Kelganiga ming bor pushaymon boʻlgan qiz qarshisidagi yigit esli-hushli ekanini angladi. Buning ustiga bu haq soʻzlarni eshitgach toqat qilolmadi - koʻz yoshlari oqa boshladi.Koʻzlari bilan toʻyga birga kelgan dugonasini qidirardi.U yon tomondan kelib:
— Sizga nima boʻldi jonim. Goʻzalim, toʻyni rasvo qildingiz, sovutdingiz, hor qildingiz.Sizdaylar koʻngilhushlikni tushunarmidi?Oʻtday kelib oʻtday ketasizlar. Birozgina madaniyatliroq boʻlsangizchi?! Qaysi asrda yashayapmiz oʻzi azizam? Shu zamonda ham kallasiga oʻrgimchak uya qurganlar ham bor ekanda.Koʻngil ochmoqchi edik imkon bermadingiz,- dedi.Asabiylashgan qiz esa:
— Menga qara, Oʻljoy,emni bu yergaqoʻyarda-qoʻymay olib kelganing yetamagidek,endi e’tiqodimizni ham haqorat qilasanmi?-deya baqirdi.
— Shu qadar iymonli, soʻfiy boʻlsang nega kelding?-dedi unisi. Va nihoyat tortishuv tugadi. Qiz yigʻishtirinib ketmoqqa hozirlandi.Sumkachasini olib kesmin yurdi.Dugonasi Oʻljoy boʻlsa qahqaha oti, kalaka qilib qoldi:
— Chop soʻfiy joynamozingga chop, koʻramiz! Uyiga yetib kelgan qiz esa honasiga kirib yigʻlar, Allohga duolar qilib,magʻfirat soʻrar, avf tilardi.Tonggacha uhlamadi. Vijdoni qiynab, soʻroqqa tutar, tergov qilardi." Musulmonliging qani! Qani islomiy yashamoqqa va da'vat etmoqqa qilgan qarorlaring. Oʻljoy gunohni qaydan bilsin, sen nega unga ergashding?Gunoh ekanligini bila turib nega koʻz yumding. nega qoʻl siltading?Toʻydagi yigitning soʻzlari haq, oʻzi haqli edi". Yigʻladi... Namoz oʻqib Allohdan kechirim soradi. Allamahal boʻlib ketganinga qaramay qizini uhlamaganini koʻrgan onasi Allohga yolvordi:
— Allohim! Menga shunday qiz berding-ki kechaning yarmini isyon bilan kechirdi. Ikkinchi yarmini ibodat ila oʻtkazmoqda. Ilohi! Qizimni kechasi ham, kunduzi ham Oʻzingni yoʻlingda yurguvchilardan qil! Ey, Rabbim!

Vijdonning shafqatsiz zarbalari.

Boshlangʻich, oʻrta va oliy maktablarni tugatdim. Endi litseyda muallima boʻlmoqchi edim. Bu orada turmushga chiqdim. Erim mendan koʻra ham dindan habarsiz kishi edi. Men hali oʻzini bilmasdan musulmonlarga dushmanlarga hos munosabatda edim. Jome’ga borganni, namoz oʻqiganni qoloq roza tutuvchini parhez qiluvchi, orqada qolgan odam hisoblardim.Muallima boʻlib ishlab yurardim.Bir kun eng sevimli oʻquvchimning jome’dan chiqib kelyotganini koʻrib qoldim.Bu hol bir necha bor takrorlangach, jahlim chiqsa ham hech kimga aytmadim.Shu hafta ichida ohirgi marta koʻrganimda toqatim toq boʻldi.Oʻzi yetmagandek yana uch-toʻrt bolani ham ergashtirib olgandi."Demak aqlli, ilgʻor deb bilgan oʻquvchimzamondan orqada qolganlardan biri ekan. Qoʻnimizda ilon saqlayotgan ekanmiz.Ertaga men bu ilonni boshini majaqlayman", deb mingʻirladim.Ertasi kun uni oʻrtogʻini savoliga pichirlab javob berayotganida tutib oldim.Nimani suhbatlashgan boʻlsa takrorlashni buyurdim.Doʻstining savolini eshitmaganini aytdi.Jahl bilan yaqinlashdim.Birisining qulogʻini choʻzdim.Moʻljalga olgan oʻquvchimga esa ikki musht tushirdim.U dovdirab valdiradi:
— Men nima qildim? Mendan nima istaysiz?- deb ma'sumona qaradi.Uning oʻzini himoya qilishi menga yoqmadi shekilli, yana shapaloq tushirdim. Shapaloq sinfdagi jimlikni buzdi.Sinfdagilar hayron.Ne boʻldi onalariday sevgan Munis muallimlariga?Bir zumda olovday yondirib, uni bu qadar gʻazablantirgan nima?Bu savollar javobini bir men va ALLOH ( j.j.) bilardi. Vaqti kelib Allohning hos lutfi ila hidoyatga keldim. hidoyatga kelgach musulmonlarni ayblab, ulani qoloq, orqada qolgan,qoʻpol deb oʻylaganlarimdan uyaladigan boʻldim.Endi ularga havas bilan qarardim.Men Iymonning hayotbash suvi, hidoyatning nuri ila koʻkarib, Islom yoʻlida bukilmas, sinmas koʻrkam chinorga aylanib borardim.Ammo kunu oylarki, yuragimni dard yeb bitirmoqda edi.Bu dard - vijdon azobi edi.Bir vaqtlar namoz oʻqiydi deb urgan oʻquvchimning ma'sum boqishlari namzo oʻqishimdan oldin koʻz oldimdan oʻtadi.Har tun esa vijdonimdan shafqatsiz zarblar yedim.Balki gʻaflatda qilgan bu gunohimni Alloh j.j. kechirar,lekin oʻsha oʻquvchimning haqqini qayda va qay tarzda berib, rozi qilaman?.....

Bolam pora-pora boʻldi.

Men Islomdan habarsiz oilani qizi edim.Shu atrofadagi qishgloqda oʻsdim.Bir kun ovqat pishirdim. Yoʻqligimda mushuk bolasi ovqatni yeb, qolganini yerga toʻkibdi. Qattiq asbiylashganimdan jahl ustida mushuk bolasini yerga urib abjagʻini chiqarib tashladim. Buni qanday qildim? Shu qadar rahmsiz jonmanmi? Inson ovqatni deb, bir bechora jonni nobud qiladimi?Islomni bilmaguncha inson inson emas, vahshiy boʻlar ekan.Men Islomni bilmaganim, Allohni tanimaganim uchun shunday shafqatsiz ish qilib qoʻydim. Koʻp oʻtmay turmushga chiqdim. Oʻzimni bahtli sanardim. Bir oʻgʻil koʻrib, uyimiz yanada obod boʻldi. Oʻgʻlimni juda sevar, yeru-koʻkka ishonmas, asrab avaylardim. Sekin sekin ulgʻayib toʻqqizga qadam qoʻydi. Lekin bungacha unga hech narsa oʻrgatolmagandim. Oʻzim Islomni bilmasam, oʻgʻlimga nima ham oʻrgatardim.Hech boʻlmaganda Paygʻambarimiz s.a.v. ismlarini oʻrgatsam boʻlmasmidi?Bolam eshakka minishni yahshi koʻrardi. Biz uyda yoʻq paytimizda eshak bilan oʻynash uchun ipning bir uchini eshakning beliga, bir uchini oʻzini beliga bogʻlagan.Qishloq kuchuklari kelib hurgach, eshak jon-jahdi bilan yugurgan va oʻgʻlimni sudrab ketgan... Oh oʻgʻlim! Pora - pora boʻlgan bolam! Har boʻlagini har yerdan terib toʻpladik.Oʻshanda lop etib mushuk bolasi koʻz oldimga keldi. Shunda hayvoniy, balki hayvondan ham past ish qilib qoʻyganimni angladim.Rabbimdab avf soʻrab, namoz oʻqiy boshladim.U mushuk bolasini qasosini mendan olgandi. Zolim Alloh huzurida azoblanadi. Buni Islomni oʻrgangach angladim.Sizdan oʻtinchim, hech bir hayvon, hech bir insonga azob bermang, zilm etmang! Chunki Alloh mazlum tomonda boʻlar ekan.Men buni guvohi boʻldim.Men vijdon azobida yashayapman. Bu azoblarning ogʻiri va dardlisidir.Qachonki mushukcha koʻrsam, men oʻldirgan mushuk bolasi va jondan suygan bolamni eslayman.Koʻz yoshlarimni tutib turolmayman...

Bir oilani buzdik.

Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq.Faruq Ahmad bilan oʻylab koʻrdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuygʻularini uygʻotishi mumkin.Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz buvimiz, ota-onamiz uch oʻgʻil jami yetti kishi bir oila boʻlib yashardik.Shod va bahtiyor edik.Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25,men 16, ukam15 yoshda edik.Akamiz ham oʻqir ham ishlar edi.Onamiz bir kuni akamizga:
— Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi?- dedilar.
— Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob ebrdi. Koʻp oʻtmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor boʻlgaligi uchun quda tomon rozi boʻldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik. Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda boʻlmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga:
— Yangam bizni och qoldirdi,- derdik.Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli, qoloq derdik. Bechora yangamiz:
— Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida boʻlganimmi? derdi. Yigʻlardi.Biz yana uni gʻashiga tegar, yoqtirmas, unga toʻngʻizga qaragandek qarardik.
— Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome’ga borib oʻqing,- derdik.Aytmagan yolgʻonimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qoʻshnilarga ham uni hasis, pismiq, past, deb gʻiybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib oʻzimizni ta'sirimizga oldik.bilmaganlari uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga:
— Bu kelin oʻgʻillarimizni qon qustirmoaqda,- deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi.Faqatgina namoz bilan cheklaniz qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi boʻlardilar, lekin biz....... Bir kuni:
— Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar?- dedi bizga va yigʻladi. Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga:
— Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi,- dedik. Akamiz uni yana urdi. Yangam yigʻlab:
— Hotinidan shular toʻgʻrimi-yoʻqmi deya soʻramasdan aybim boʻlmagani holda meni uradigan inson bilan ortiq yasholmayman,- dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan keyin ular ajralishdi. Qoʻnyo Qaramonda turishardi. Bursaga koʻchib ketishdi. Oradan koʻp oʻtmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi.Biz ham ikki uch yildan keyin tavba qildik.Iymonimiz ziyoda boʻlib borgani sayin, yangamizga qilgan pastkashliklarimizni eslab ezilardik.Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik." InshaAlloh,balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi.Oradan toʻrt yil oʻtgandi. Akamiz:"Qoʻlimdagi javohir qadrini bilmadim,men ham insonmanmi?" deb goʻdakday yigʻlardi.Bursaga bordik.Yangamiz Yildirimda turishardi. Mahallalarini topdk.Uylarini soʻrab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga chiqibdi. Oʻsha yerda uchchovimiz ham yigʻladik.Akamizni yuzlariga qaray olmadik, hanuz qaray olmaymiz.Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz. Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda.Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz...

Meni kechir jigarim.

Uni sizga qanday tanishtirsam ekan. Qiziqib qoldingizmi? Hozir aytaman. Vijdon azobimga hamdard boʻlarsiz. Oʻzingizni men bilan birga his qilib, qaygʻu daryosiga gʻarq boʻlarsiz... U meni jonim, jigarim, jon qarindoshim! Unga Islomdan soʻz ochgudek boʻlsam hayajonlanar:
— Mujohid boʻlaman. Oʻqishni bitirara bitirmay chorshaf oʻrayman,- deb ulugʻ orzulardan soʻzlardi.Birgalikda Islom yoʻlida harakat qilishdan soʻzlashar, ahdlashar edik. Men uni tugʻishganim, jigarim dedim, chunki barcha musulmonlar bir - birlariga qarindoshdirlar. Kelajak haqida shunday goʻzal ozularda yurganimizda birodarimni uyidagilar bu maktabdan olib, boshqa maktabga topshirdilar... Va oramizdagi munosabatlar zaiflasha boshladi. Uni maktabdan ketayotgan damdagiqiyofasini tasvirlay olarmikinman? Koʻzlari yoshga toʻlgan... Yonoqlari hoʻl... Yigʻlab aytilgan shu soʻzlar hanuz qulogʻim ostida jaranglaydi:
— Opajon, onamlar bilan gaplashing, ularni siz ishontira olasiz. Oʻzingizdan meni ajratishlariga yoʻl qoʻymang... Menga yordam bering opajon!- degandi. Bechora singlim qanday jamiyatda yashayotganimizdan behabar edi. U koʻp narsalarni bilmasdi.Jamiyat birovga tamgʻa urdimi, u jamoatdan uzoqlashtiriladi...Uning onasiga ham shunday yomon tamgʻa bosilgandi.Shuning uchun unkiga bormoqchi boʻlanimda onam:
— Ularnikiga borib, oʻsha ayolbilan suhbatlashsang bergan sutimga rozi emasman,- dedilar. Bilmassan jigarim...hatto onagning sen bilan soʻzlashishini istamaslar,ishon. Lekin men zinhor ular bilan hamfikr emasman.Bilardimki, sen aybsiz eding. Sen ishonchga toʻliq eding. Sen islomiy yashamoqni istarding. Seni mendan boshqa tushunuvchi yoʻq edi.Seni tushunishni istamaydiganlar koʻp edi, jigarim men ular ichida yolgʻiz edim.Esning aybsizlgingni qancha aytsam ham meni tinglamadilar, ishonmadilar menga.
— Uning aybi yoʻq, gunohiga qolasiz,- dedim. Yana nimalar boʻldi... Baribir hech natija chiqmadi. Har qalay nima boʻlganda ham senga ishonchim mustahkam va adoqsiz edi. U hech qachon oʻzgarmaydi, derdim.Shu ishonch shu fikrlar asosida ilgarilashingni umid qilib yashadim.Oradan kechgan bir yil ichda sen oʻzligingdan ayirilmading. Yuragimni qarida eding, ishon,jigarim... Oʻzimning tugʻishganimdek eding, chunki ishonchimiz va e’tiqodimiz bir edi.Qandat qilib seni oʻylamay? Qanday qilib sendan ajralishni oʻylay? Sen Islom foydasi uchun shahs boʻlmoqchi eding.Doim sendan goʻzal habarlar kutardim... Bu umidvor kutishim achchiq bir habar bilan qalbimni yaraladi. Eshitdimki, ovozi boʻgʻilgan dugonang oʻrniga maktab xoʻriga qoʻshilibsan. Keyin esa restaran qoʻshiqchisiga aylanibsan. Erkak doʻstlairng seni bir -bir tabriklar ekan... Doim senga muhlis ekanliklarni izhor qilishar ekan... Vaholanki, sen mening bilishimcha bunday ishni oʻlim hisoblarding. Aslo lapar aytmasding... Bu ishlarni Islomdan tashqari deb bilarding... Endi ularni unutib... oʻzgarding. Ne qilay... koʻzyoshim, figʻonimni ichga yutishdan boʻlak ne kelardi?! Shunday qilmoqchiedingmi jigarim? Sen bilan shunday boʻlishni soʻzlasharmidik?Bunday yomon habar eshitishni oʻrniga,oʻlim habarini eshitsam boʻlmasmidi?Islomdan tashqari chiqmaslikka soʻz bergan eding-ku! Kufr botqoqlari ichra ochilgan Islom Guli boʻlmoqchi eding-ku.Botqoqlik ichra minglab qizlarning hidoyatiga sen vasila boʻlmoqchi eding. Islomni yetkazmoqchi eding.Nima qilib qoʻyding? Ne qilding? Yuragimni qanchalar yoqding.Vijdonimni nechogʻlik zirqiratding.Seni qanday qilib yoʻqotdim?sOʻLISHINGGA QANDAY QOʻL SILTADIM, QANDAY KOʻZ YUMDIM? BOTQOQQA BOTISHINGGA QANDAY ROZI BOʻLDIM? OʻYLAGANIM SAYIN EZILAMAN.Sening bu holga tushishingga men sababchi boʻldim. Yordam soraganingda qoʻlimda hech narsa kelmadi.Ota - ona, atrof jamiyat deb, seni buzilgan jamiyat qoʻliga yolgʻiz tashlab qoʻydim.Kechir meni jigarim.Avf et, singlim.Senga yordam etolmaganim, sening uchunoʻz burchimni bajarolmaganim uchun avf qil.Seni, sen kabi yuzlab yoshlarni botqoqqa botirganimiz uchun bizlarni avf et.Seni himoya qilolmaganim uchun kechrishingni soʻrayman...Va sizlar! Ye, oʻzidan oʻzgani qutqarmoq jafosini chekmagan,uylariga berkinib olgan musulmonlar! Islavothona - tuzoqqa tushgan har bir qiz uchun mas'ul ekanligingizni unutmang!Ishonchi egovlana-egovlana dinidan uzilgan har yoshning uvoli zimmangizga yuklanishini anglaysizmi?Allohni inkor qilib, ota-onasiga isyonkor boʻlgan,Qur'onni toptab Islomga kufr etuvchi har yoshga har musulmon javobgar emasmi?!Allohim! Aslida bu bir meni emas butun jamiyatni vijdon azobi emasmi?Kechir meni singlim.Avf et. Va seni sendan ayirganlarni... Seni sendan tortib olganlarni...Va gulday soʻldirganlarni...Meni va boshqa qardoshlaringni kechir...Yoʻqsa vijdon azobi meni ezib, parchalab tashlaydi...

Otamni oʻlimidan sevindim,ammo...

Mening ismim Qoya,hozir Abu Bakr. Bugun otam mozorga,onam esa qamoqqa ketdi. Men oilamizning toʻngʻich farzandiman. Men uchun jonu jahonim, harkimim ukam yolgʻiz Chungiz (Ali) qoldi. Ajal onamning qoʻli bilan otamni olib ketdi. Onam hibsda nima qiladi? Onam otamni qotilimi? yoki otamni,bolalarini,hatto jamiyatni qutqargan fidokormi?Savollar... javoblari bormi yoki yoʻq? Onamizni qamoqqa , otamizni esa mozorga yoʻlladik. Bu jamiyatning tasqara basharasidir... Bu hayot bir necha kishini emas, otasi aroqhoʻr, onasi qotil, bizning koʻzyoshlarimiz, mashaqqatlarimizni boʻlishganlarni hayoti... Biz ikki aka-uka onamizni hayotini bilishga qiziqardik. Onajonimiz biroz jim boʻlib qolardi. Yuzini mashaqqat chulgʻardi. Song gʻamgin tabassum qilardi. Shu yuz harakatlari uning dardli ayol ekanligini anglatardi. Oʻsha paytlarda bizni hafa qilmaslik uchun bizga qaramaslikka, yuzlarini koʻrsatmaslikka, yashirishga urinardi.
— "Otangiz bilan oramizda beshikkerti degan narsa bor edi. Otangiz meni sevishini aytar, oʻzlari kelishgan, sevimli,muallimlikka mehr qoʻygan edilar. Uylanish uchun u paytlarda shu narsalarni oʻzi yetarli edi. Musulmonlik ahtarmasdim,meni ham dindan habarim yoʻq edi,oʻsha paytlarda. Meni otamdan soʻratdi, bermadilar. Meni olib qochdi,biz turmush qurdik. Bir yilcha bahtli yashadik. U paytlarda ham ichardi,lekin oz ichardi. Uyda haddan ziyod janjal koʻtarmasdi. Keyin ichkilikka ruju' qoʻydi. Birinchi farzandimiz qiz boʻldi,lekin oʻldi. Keyin sen tugʻilding. Uch yildan soʻng Chingiz.... Bundan keyingi hayotim har kuni bir hil kechdi. Tayoq,zulm,ochlik,keyin oʻzlaringiz ulgʻayib hammasini koʻrdingiz". Koshki ulgʻaymasaydik,koʻzimiz bilan koʻrmasaydik,onajonim! Sizga qilingan zulmlar, kaltaklarga javoban yigʻlardik. Qoʻlimizdan boshqa hech narsa kelmasdi.Otamni inson deyishimiz uchun oʻzimiz insonlikdan chiqishimiz kerak edi.Hayvon ham deyolmasdik... Chunki hayvon ham bu ishlarni qilmasdi. Otamiz inson koʻrinishidagi gʻalati bir yaratiq edi. Muallim boʻlgani uchun maktabga borishiga toʻgʻri kelardi,lekin bormasdi. Dars oʻtishga bizlarni yuborardi.Mudir soʻrasa kasal derdik.Davlat muallim tayyorlab, diplom beradi va bir sinf 20-25 oʻquvchini qoʻoliga topshiradi.Lekin u mast, maktabga kelmaydi. Oilasiga zulm qiladi, och qoldiradi.Lekin oy boshida maoshini naqd undirib oladi. Otan dinsiz odam edi. Onamni ham oʻz ta'siriga olar, oʻziga oʻhshatmoqchi boʻlar,lekinonam Allohdan koʻngil uzmaslikka harakat qilardi. Lekinotam onamni namoz oʻqishi, roʻza tutishiga toʻsqinlik qilardi.Doim oʻtkir asboblarni yashirib qoʻyardik, bizni yaralab yoki oʻldirib qoʻyishidan qoʻrqardik. Bir kuni besoʻnaqay oyogʻi bilan onamni tepdi, onamning oʻng qoshi yorilib atrofni qonlarga boʻyadi. Otam onamni qancha ursa ham onam bizlarni aralashtirmasdi. Bizni urdirmas, bor zulmu jafoni oʻzi chekardi. Lekin oʻng qoshi yorilibhar tarafga qon tizillab otilganida, necha yillardan buyon ilk marta chaqirdi.
— Qoya! Meni qutqar! Qytqar boalm, menga yordam ber! Onamni oʻlib qolishini oʻyladim. Otamni ushlab tortdim. Otam turdi, tigʻli narsalarni izladi, topolmagach meni urdi... Otam topgan maoshini ichkilikka sarflardi, orada onamga ham berardi. Bozorga borilmas, tuzukroq ovqat ham yemasdik.


Aroqhoʻr odam hayvondan ham battar boʻlarkan. Otamiz uyda yalangʻoch yurar, hojathonaga ham chiqmas, uyda, togʻoraga yozilardi. Togʻorani ham biz yoki onam olib kelardik. Hayvonga oʻhshab boʻkirardi. Agar togʻorani kaltiravermasak, uyning duch kelgan joyiga katta-kichik yozilaverardi. Ha, bular ichkilikni hunarlari edi... Onam otamni oʻldirishidan bir kun avvalgi oqshom ham u mast edi.Onamni, meni Chingizni urdi. Daf boʻlishimizni, yoʻqsa hammamizni oʻldirishini aytdi. Yillar tinglagan tahdidlarimiz edi bu. Ertalab maktabga ketdim,shomga yaqin soat beshlarda amakimning qahvahonasiga oʻtdim. Amakim otamni koʻrsatib:
— Eplay olmayapti,-dedi. Otam odatdagiday mast, choy quymoqchi boʻlar, lekin toʻkib sochardi. Otamni uyga olib keldik. Ukam maktabda. Onam oʻtinlarni maydalab teshani poygohda unutib qoldirgandi. Otam ichkariga kirishi bilan odatdagiday baqirdi. Otamni poyafzalini yechmoqchi boʻlgan onamni tepib yubordi. Va boltani olib onamga tashlandi.Onam qoʻliga nogohon tushib qolgan tesha bilan otamni boshiga urdi. Onam kamzul kiyib eshikni qulflab chiqqanlarida maktabdan ukam kelgandi. Onam buni yoʻlda ukamga aytmagani uchun u otam onamni urib qarindosh;larinikiga ketgan deb oʻylagan, albatta, keyinroq hammasidan habardor boʻlgandi. Onam vaziyatni togʻamning oʻgʻliga tushuntirgach, u:
— Bor, taslim boʻl,-dedi. Onam qotil kabi mahkamaga bordi.Holbuki,onam qotil emas, 19 yillik azobga nuqta qoʻygan, oʻzini himoya qilgan ayol edi. Agar onam otamni oʻldirmaganida u onamni oʻldirardi... Lekin voqeani halqqa yoygan gazetalar oʻzi istagandayyolgʻon yashiqni yozmoqdalar. Bu oʻzini himoya qilgan odamga tuhmatdan boshqa narsa emas.Mana shu gazetalardan birini habari:" Mast erini oʻldirgan hotin - ikki bolaning onasi oʻzini mirshabga topshirdi.Ichkilik va tayoq 19 yillik oilani buzdi, vayron qildi. Orqada otalariami onalarigami yigʻlashni bilmgan ikki bola qoldi. Er hotin oʻrtasida 19 yildan beri davom etib kelayotgan janjal oʻtga kuni jinoyat bilan yakunlandi. Bolalar maktabdaligida erini eshikortida yashirinib kutgan Oisha Qushchi uni ichkari kirar-kirmas ilgaridan hozirlab qoʻygan tesha bilan boshiga urdi." Meni ezayotgan erimning oʻlimi ema, bolalarimning ham onasiz, ham otasiz qolishgani" deydi".Fodiyi onajonimiz eng qiynalgan vaqtida ham bizlarni oʻylardi. Oʻn yillarki, oʻsha azoblarga bizni deb chidab kelmadimi? Bizni ezyotgan narsa ham onamizdan ajralishimiz edi. Otamiz har kuni soʻkar, telbalar kabi baqirardi. Onam tesha bilan urib, uni tinchitdi. Hech boʻlmaganda otamizning dunyoda chekayotgan azoblariga yakun yasagandi.Ba'zan onamga zulm qilgani esimga tushib ketsa, yahshiyam oʻldi, deb yuboraman. Qisqasi, o;ylab qarasam, otamning oʻlimiga sevinar ekanman.Otam oʻz qarindoshlariga ham isnod keltirgan, ular biznikiga kelishmasdi. Onam qamalgunicha otam uchun namoz oʻqidi. Dinsiz otamni janoza namozni oʻqib, uni musulmonlardek koʻmdilar. Onam qamalgach sinovli kunlar boshlandi. Bir kuni u, bir kuni bu qarindoshimiznikida turamiz. Ovqat berib kuzatadilar, kuzatadilar emas, ketkazadilar.Keyinroq ba'zi musulmonlar bizlarga yordam berishdi.Hozir shu musulmonlar yonidamiz. Biz oʻqib dinimiz uchun foydali inson boʻlishni niyat qilamiz.Eng ulugʻ tilagimiz:Onamiz biroz oldinroq boʻlsada ozod boʻlsa, toʻyib toʻyib bizni bagʻriga bosishi, boshimizni silashini kutamiz. Dinimizni oʻrganar ekanmiz, ismlarimizni oʻzgartirdik. Men Abu Bakr, ukam Ali nomlarni oldik.Ammo dinni oʻrganganimizdan keyin, otamizni ibodatsiz,balki iymonsiz oʻlganiga qaygʻurdik, gʻussalarga choʻmdik...

Vijdon azobi tinurmi?

Sevimli qizim! "Maktub" jurnalini oʻqidim. Kechmishimni oʻyladim.Bir jihatdan oʻtgan ishga salovot dedim. Yana bir jihatdan meni qiynayotgan vijdon azobini yozib, koʻnglimni boʻshatay dedim.Qimmatli qizim! Men bu satrlarni gunohimning tashhiri uchun emas, erkak farzandlarimga saboq boʻlishi uchun bitmoqdaman. Bu sizga yoqmas, jurnalingizda yoritmassiz. Bu sizga havola. Bu nodonligim haqida qanday soʻz bilan boshlasam ekan. Qisqasi, shunday:19 yoshimda, meni 4 yil kutgan Malak bilan unashtirildim. Bir fabrikada ishchi edim. U shu fabrikani mudiri Ismatbeyning qizi,ayni paytda oʻsha yerda kotiba boʻlib ishlardi. U litseyni, men boshlangʻich maktabni tugatgan edik.Turmush qurdik. U men uchun kuyib-kuymanar, menga qattiq bogʻlanib qolgan edi.Juda ham mehribon ayol edi. Askarlikdan qaytgach, menga qoʻlidagi va boʻynidagi tilla taqinchoqlarini berdi. Jagʻloʻgʻlunda attorlik ollari doʻkonini ochdim. Ahvolim yahshilanib borardi. Lekin men hastalanib qoldim. Yil boʻyi Jarrohposha Tib fakultetida davolandim. Avf etasiz, hojatga borishimgacha hotinim yordamlahsardi... U ismi jismiga monand Malak edi. Men uchun yigʻlamagan kuni boʻlmasdi... Qisqasi hotinim fidokor va jafokash ayol edi... Shunday qilib 26 ga kirdim. Sogʻaydim. Farzandli boʻldik. Qaytadan doʻkon ishlari izga tushdi, yana ishlay bosh;adim... Hali aytganimday uni juda sevardim... Doimiy harodorlarimdan biri, 20 yoshlardagi Nasrin degan qiz bor edi. Men bilan suhbatlashishi juda ta'sirli taassurot qoldirardi. Avvallari:"La'nat boʻlsin, shaytonga", deb yurdim.Ikki yil unga boʻlgan munosabatimni bilolmay yurdim. Malagimga hiyonat qilolmasdim. Shayton ham bekor turmas, meni Nasringa qarab tortardi. Shunga qaramay kurashdim, ohiri Nasrin gʻolib keldi.Oilali ekanimni bila turib meni oʻziniki qilishga urindi, bunga chora izladi.Men Nasrin bilan noqonuniy hayotimni boshladim.Uyga borganimda,hotinim menga yahshi muomala qilishi bilan injiqligim tutar, uni ezishdan zavqlanadigan odamga aylangandim. Malak hayron edi:
— Nima boʻldi Ismat,- der,men esa yanada uni koʻproq qiynar edim. Qay tarafga bosh urishimni bilmas, arzimas narsa uchun uni doʻpposlardim. Yillar oʻtdi. Nasrin bilan oramizdagi harom va noshar'iy munosabat oʻzini koʻrsata boshladi. Ammo Malak ishonmadi:
— Mening erim bunday ish qilishi mumkin emas, u meni sevadi,- deya mish-mishlarni yolgʻonga chiqarardi.Bu qanday gapki,u menga boʻlgan ishonchi tufayli bu haqda mendan ham soʻramadi.Bu meni yanada ezardi... Bir kecha Nasrinning uyiga bordim. Uning uyiga kirishim bilan oyogʻim sholga oʻhshab qoldi... Yurolmadim. Oʻsha kuni uning uyida qoldim. Ertalab Nasrin kasalhonaga eltish uchun moshinaga chiqarayotganida meni qoʻltiqlab oldi. Amina qizim, shu yerda nima boʻlsam boʻldim...qarasam qarshimda Malak turibdi. Men qotib qoldim. Malak ham shu holda edi. Bir payt Malak yiqilib tushdi.Zoʻrgʻa yoniga bordim. Odamlarning yordami bilan uni moshinaga mindirdim oʻzim ham mindim.Qaysidir shifohonaga eltdim. Ammo gʻisht qolipdan koʻchgan, Malak shol boʻlib qolgan edi, meni tanimasdi.Shifohonada bir oy yotdi. Chiqqach hotirasi qaytdi.Ammo meni koʻrishni ham istamadi. Majidiyaga togʻasinikiga ketdi. Qancha yolvorsam ham uyga qaytmadi. Bolalarga u-bu narsalar yuborib turdi. Uni koʻpyillar koʻrolmadim. Beldan pastini tutolmasdi. Hali ham shunday holda deb eshitaman. Yana oradan yillar oʻtdi. Farzandlarimiz turmush qurishdi. Meni koʻrmaslik uchun toʻyga ham kelmadi. Uni 23 yil badalida biror marta ham koʻrmadim. 23 yildan soʻng oʻgʻlimning uyida koʻrdim. Koshki uni bu holda koʻrguncha koʻzlarim koʻr boʻlsaydi. Chokib keksayib qolgan. Dardu gʻami yuziga yozilgan, yuz bitiklaridan oʻqilib, bilinib turardi. Meni koʻrgach:
— Keling, Ismat, ishingiz oqibatini koʻring. Balki iftihor etib, oʻzingiz bilan maqtanarsiz,- dedi. Tosh qotdim. U oʻtirgan joyga qarab yurdim. Menga baqirdi:
— Qani chiqing, chiqib keting, bu yerdan chiqing, chiq...- deya yigʻlab yubordi. Hozir oʻgʻlimning uyida ekan, butunlay yotib qolibdi. Oʻgʻlimni ogohlantiribdi:
— Agar uni ichkariga qoʻysang, senga bergan sutimga rozi emasman! Hullas, Malak jon chiqar holda ham meni koʻrishni istamaydi. Nasrin tufayli Malagimga jahannam azoblarini soldim... Vijdon azobidan qutulolmayapman. Allohga:" Jonimni ol", deb yolvoraman. Lekin Allohga Malakka qilgan zulmimning hisobini qanday beraman.Nasrin deb vayron etdim Malagimni... Jigarim eziladi, quvuriladi... Amina qizim! Yozing, mening jirkanch ahvolimni, toki, shahvat deb oilalarini buzayotgan farzandlarimizga ibrat boʻlsin!Sizga yuragimni boʻshatdim. Jurnalda yoritmasangiz ham mayli,biroz tinchlandim.Hech boʻlmasa orqamdan tupuradiganlar topilar. Bolam yigʻlab yozdim, qanday yozildi, bilmayman,hatoilarimni tuzatarsiz.Keyin Rajab oʻgʻlimga joʻnatarsiz... Jurnalni Malagimga oʻqib berar, hech boʻlmasa 30 yil uni deb yigʻlaganimni bilar.Yozing bolam bu keksa kishini vijdon azobini yozing. Bu shunday vijdon azobiki, bundan koʻra itday oʻlib ketganim bayram edi. Qizim, vaqtingizni oldim, boshingizni qotirdim. Allohga omonat boʻling. Meni duo qiling. Meni qanday davo tuzatishini bilmayman. Balki siz bilarsiz, men cholga yordam bering...

Aminadan javob: Muhtaram ulugʻimiz! Ogʻamiz! Meni yigʻlatgan "doston"ingizni biroz qisqartirish bilan e’lon qilmoqdamiz. InshaAlloh, Malak honim ham oʻqib sizni kechirar, kechirishlari ham kerak... Chunki bu qaygʻu alamlar gina adovatlar bu dunyoda ham ohiratda ham foydasiz, aksincha juda zararlidir. Ham nechun avf etmasinlarki, Hazrati Oisha(r.a.)onamiz Rasululloh s.a.v.ni sevganlaridan ham koʻproq sevarmidilar.... Volidamiz oʻsha buyuk zotni boshqa volidalarimiz bilan boʻlishardilar, shuni Malak honim ham bir oʻylab koʻrsalar yahshi boʻlardi.... Koʻrardilarki,bu u qadar jiddiy tus beradiganvoqea emas. Ha oʻrtada Islom shuuri boʻlmaganda qilingan hato va hiyonat... ammo hatolarni hatto Alloh j.j. kechiradi, agartavba haqiqiy boʻlsa. Sizning hatoyingiz Islomiy yashamaganingiz va Islomni bilmaganingiz oqibatidir. Malak honim hamayni holdalar... Ular Islomni bilib yashasalar, Allohga taslim boʻlib boʻlsalar har yahshilik va har yomonlikni Allohga havola eta bilsalar edi, oʻshanday mudhishlikka tushmasdilar.Hech bir narsaga kech qolinmaydi. Oʻlimkelmasdan koʻp narsaga ulgursa boʻladi. Siz pushaymonsiz, tavba qiling Yaratganga sigʻining... Sizni bahtli qila oladigan sabablarni faqat Alloj yarata oladi.Malak honim ham Allohga sigʻinib, Alloh avf etuvchilarga va'da etgan mukofatga erishsinlar.

Oh,Olmoniya sen meni kuydirding.

Komil bilan turmush qurganimizdan soʻng qiyin kunlarni boshdan kechirdik. Kichik bir honada qaynonam,qaynsinglim,hammamiz birga turar, tunlari shu honaning bizga ajratilgan honaga oʻtardik.Mashaqqatli, ogʻir kunlar edi... Bir nech oydan keyin homiladir ekanligimni bilgach, aqlimdan ozguday boʻldim. Bu qadar kichik uyga, biror marta ham dasturhonga ikki hil taom topolmay turganimizda yana bir sherik qoʻshilmoqchimi... Komil doim taskin-tasalli berardi."Alloh buyuk... bizning topganimizni topolmayotgan, bizdan koʻra quyin ahvolda yashayotganlar bor,shukr qil,sabr qil..."Sabr etmoqqa holim bormidi! Tuzum yetishtirgan, koʻchalarda ulgʻaygan qiz edim. Komil bilan istirohat bogʻida tanishdik, bir-birimizga koʻngil qoʻydik,turmush qurdik. Ammo bu shartu sharoitlarni bilmas,uyimdagilarga ham biror narsa deyolmasdim.Chunki oʻzim pishirgan oshni aylanib ham oʻrgilib ham oʻzim ichishim kerak. Farzandimiz tugʻilishiga uch oy bor edi.Bir dugonamning eri Olmoniyaga ishchi boʻlib ketganini eshitib,uyga yugurdim. Komil uhlayotgan ekan,shoshib uygʻotdim:
— Komil,turing,tez boʻling!
— Nima boʻldi, yov bosdimi?
— Ha, yoʻq, ammo muhim gap bor...
— Yurakni siqmay,gapir tezroq.
— Zahro opani eri ishchi boʻlib ketibdi. Ertalab eshitdim. Siz ham borsangiz boʻlardi. Farzndli boʻlamiz, bu qashshoqlik, bu iztirobdan qutulaylik,-dedim. Men yiolvorganim sari u rad etardi. Hafa boʻlib gʻam chekkanim tufayli oʻringa yotib qoldim.Holimga achindi. Bir kuni "hoʻp" dedi. Ketvchilar roʻyhatiga yozildi. Ikki oydan keyin joʻnab ketdi.Bizga undan pul kela boshladi. Menga maktub yoʻllab:"Uy olib sizlarni ham keltiraman", deb yozardi.Bir yil oʻtgach biz ham Olmoniyaga ketdik.Qashshoq kunlarimiz barham topdi. Juda boy boʻlmasak-da, turmushimiz juda shirin, goʻzal edi.Oʻgʻlimiz oʻsib borardi. Ikkinchi farzandimiz ham oʻgʻil boʻldi. Oradan 7 yil oʻtdi. Yarim tun edi. Komil ishdan kelmadi. Bir joyga uchrab qolgandirda dedim. Telefon jiringlab, havotirli tovush eshitildi.
— Komilbey hozir shifohonada,- deb manzilini aytdi. Yo Alloh! Qanday gap, telba boʻlayozdim.Tashqariga otildim. Goʻyo yoʻllar bitmas, zinalar koʻpayib borardi ...Komilni menga koʻrsatmadilar. U ogʻir yaralangan ertaga koʻrishingiz mumkin,- deyishdi va qilinishi lozim boʻlgan ishlarni aytishdi. Meni kasalhonada ham qoldirishmadi. Toʻgʻri uyga keldim.Tonggacha mijja qoqmadim.Bolalarga ahvolni biroz boʻlsa ham tushuntirdim.Lekin ularni shifohonaga olib bormadim.Ertalab oʻzim bordim. Doktor yuzimga qarab umidsiz ohangda:"Erngiz oʻldi. Pastda morgda", dedi. Oʻsha paytdagi holatimni qanday izohlayin. Rabbim hech kimni bunday koʻyga solmasin.Hech kim bunday musibatni koʻrmasin. Oʻngga-chapga chopib, morgni izladim.... Bir mutahasis nimani izlayotganimni soʻradi. "morg" deyishim bilan meni Komilimni oldiga oilb bordi.Komilning ustiga yopinchiq tashlab qoʻyishgandi.Qoʻllarini esa koʻksi ostidan bir biriga oʻtkazib, chalkashtirib qoʻyishgandi. Darhol qoʻllarini yozib toʻgʻriladim."Bu musulmon, nasroniy emas",- dedim. Mutahasis menga qaradi. Chunki men musulmon ayoliga oʻhshamasdim.Erimni ham menday boʻlsa kerak deb oʻylashganmi, unga nasriniycha munosabatda boʻlishgan.... Keyin Komilni kiyim-boshini keltirdilar.Qoʻl roʻmoli, paypogʻi - hamma narsasi qon edi.Hamyonini ham berdilar, ichida pullari bor edi. Yana bir kishi mayda pullarni hisoblab hovuchimga qoʻydi. Men pullarni oʻsha yerdayoq sochib tashladim. Oʻsha pullar uchun Komilimdan ajrab qolgandim.Endi bu pullarni nima keragi ham bor. Endi bu pullar yuragimni yoqadi, meni kuydiradi. Endi Olmoniya degan soʻzni eshitsam, yoshlar erim pul topgani safarga ketyapti deyishsa, yubormang, shukr qiling, keyin menga oʻhshab kuyib qolmang deyman. Hudo koʻrsatmasin, eringizga biron gap boʻlsa soʻng vijdon azobida Qiynalmang!

Onam va oilam meni haqli tark qildi.

Sizlarga ahvolimni qisqacha bayon qilay. Umid eturmanki, sizlar ibrat uchun yoshlarga yetkazgaysiz.Men vijdon azobi ichra huzursiz hayot kechirmoqdaman.Dardimni bilgan doʻstimning tavsiyasi bilan "Maktub" jurnaliga yozmoqdaman. Men qilgan hatoni boshqalar qilmasin, deyman. Onajonim haqlarini oʻtay olmadim.Men uchun oʻzlarini oʻtga choʻqqa urdilar. Meni Qur'on oʻqish bosqichiga yoʻllab, Alloh yoʻlida yurishni istadilar. Menga dunyoning oʻtkinchi ekanini anglatishga harakat qilardilar. Lekin men onaizorimning biror soʻziga e’tibor bermadim,qulogʻimga olmadim,chunki otam tomonidan onamga dushmanlik tuygʻulari bilan toʻyintirilgan edim.Afsuski, qamoqqa tushib hatoyimni anglaganimga qadar onamni katta dushmanim deb bilardim. Lekin, gʻisht qolipdan koʻchgan edi. Onamning yolvorishlariga qaramasdan 15 yoshimda turmushga chiqdim. Onam ogohlantirgan edilar:
— Qoʻy, voz kech bu fikringdan,bahrli boʻlin ketolmaysan. Lekin men unga ogʻir soʻzni aytdim:

-Men voz kechsam, unga turmushga siz chiqasizmi? Farzand onaga aytishi mumkin boʻlgan soʻzmi shu? Onajonim hafa boʻldilar. Lekin ulugʻlik koʻrsatib, meni avf etdilar. Oqibat esa onam aytganidek boʻlib chiqdi.Turmush zindon boʻldi. Erim menga kun bermadi. Dunyo ne’matlaridan meni mahrum qildi. Men kun boʻyi uyga qamalib oʻtirardim. Erimhatto qoʻshilanikiga chiqishga ruhsat bermasdi. Sakkiz yil chidadim. Boʻlmadi.Ajrashdik. Onam:"Qizim, endi men bilan turgin, yonimda boʻl",- dedilar. Bu gal ham onamni tinglamadim. Bittasining yolgʻoniga uchib,onamni tark qildim. Oʻsha ishongan kishimmen tyfayli moʻmaygina pulni qoʻlga kiritishni, meni islavothonaga sotishni moʻl qoʻygan ekan. Avval meni restaranlarga, koʻngil ochadigan joylarga olib borib,koʻniktirmoqchi boʻlganini tushunmadim. Meni toʻkin sochin hayotga, koʻp pul topishga oʻrgatdi. Pulimiz tugagach esa mening imzom bilan koʻppul topishimiz mukinligini aytdi.Bu qanday boʻlishini tushungach rad etdim. Meni qiynay boshladi. Avval oyoq qoʻlimni bogʻladi,keyin barmoqlarim orasiga qistirilgan qogʻozlarni yoqdi. Lekin bu bilan cheklanmadi va maqsadiga ham yetolmadi. Oylar oʻtgach u jinoyat qildi va menga tahdid qilib oʻziga sodiq qolishimni talab qildi. Nihoyat harob boʻldik.Hozir men shifohonada suyagimni davolatyapman. Onamga qilgan haqsizligimni tushundim.Uni naqadar koʻpqiynaganimni angladim.Onamning qadrini bilmadim.Lekin u zot meni kechirarmikin? Shuncha razilligimdan keyin ham avf etarmikin? Lekin qamoqhonada shu haqiqatni - dunyo ne’matlari oʻtkinchi ekanligini angladim.Hozir faoliyatsizman. Toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi, Islomni oʻrgatuvchi Ulugʻni topsam deyman. Allohga qaytishni, Allohdan va onamdan avf soʻrashni istayman.Kechirilishni istayman.Yoʻqsa umrim azob ichra oʻtadi. Oʻlgucha vijdon azobidan qutulolmayman. Hozir oʻlim toʻshagidaman. Allohga yolvoraman, avfga sazovor qilmay jonimni olma deyman. Ha... toʻgʻri yoʻlni anglatgan onamni tinglamadim. juda kech uygʻondim.Boshqalarning oʻz vaqtida uygʻonishlarini hohlayman. Kichikligimda eshitgandim:"Jannat onalar oyogʻi ostida!" Afsus bu hadisni qadri vaqt oʻtib anglashilmoqda. Oqibatda men oʻlim toʻshagidaman. Onamva oilam mendan haqli voz kechdilar. Ikki farzandimga esa:"Yomon hotinni bolalari" degan tamgʻa qoldirdim. Meni vijdon azobi oʻrtaydi. Ammo hayotni orqaga qaytarish mumkin emas. Ahvolim tang, imkonim yoʻq... gʻoyat holim mushkul. Agar oʻlib ketsam, mendan rozi boʻling, aziz onajonim. Siz ham mendan rozi boʻlinglar, bolajonlarim.

Bir qizning achchiq qismati.

Men 15 yoshimgacha Turkiyada edim.Olmoniyada opam bor edi,ishlardi,bolalariga qarashim uchun meni chqirdi. Ikki uch yil bolalariga qaradim. Yoshim 18 chiqdi. Meni turmushga berishni oʻylashardi. Men har doim Allohga:" Yo Rabbiy! menga hoji kishini nasib et",- deya duolar qilardim. U paytlar opam ham pochcham ham Islomdan hech narsani bilmas yoki bilsalar ham amal qilmas edilar. Men ham ular kabi yashardim.Turkiyada paytimda onamdan oʻrganib namoz oʻqir.ramazonda roʻza tutardim. Oʻsha paytlar ochiq edim,hech kim oʻranib yur demasdi.Meni jome’ga yuborishmasdi. Meni soʻrab kelganlar boʻlardi,biri yahshi,biri yomon. Ya'ni yomon deganlar oʻziga bino qoʻyganlar edi. Oʻzimni hali yosh deganim uchun turmush qurishni istamasdim. Yana bir gal sovchilikka kelishdi,opam meni ularga berdil;ar,men unchalik istamadim,ammo nomi hoji ekanini bilib biroz ilidim. Fotiha qilindim,ikki oydan keyin toʻyimiz boʻldi.Daslab yahshi yashadik,qizli boʻldik. Qizim ikki yoshga kirdi. Yangi uyga koʻchib oʻtdik. Qoʻshnilarning koʻpi musulmonlar edi. Bir-birimiznikiga kirib-chiqib, bordi-keldi qilib turamiz. Men ham ularga oʻhshab roʻmol oʻrab yurishga qarorqildim. Erim avval janjal chiqardi. Boshimni oʻrashim bilan urdi, kosa-tovoqlarni,billurlarni men tomon uloqtirib sindirar,oʻzimni koʻchaga haydardi. Ba'zan uyga qoʻymas,qizim bilan yertoʻlalarda tong ottirardik. Meni majburan boshyalang koʻchaga sudrab chiqardi. Ikki yil tinmay tayoq yedim. Ba'zan nafsidan aqli ustun turar, meni hech urmaganday tutardi oʻzini.Yana homilador boʻldim. "Agar oʻgʻil boʻlmasa, tugʻruqhonada oʻldiraman!" derdi. Men esa Allohga duolar qilardim."Allohim menga oʻgʻil ber,balki erim insofga kelar,jome’larga borar" deya yolvorardim. Undan yashirib namozimni oʻqir,agar bilib qolsa,meni avf eting, boshimdan siyardi. Shukrki,bir oʻgʻil koʻrdim. Endi oʻgʻilli boʻldik. Erim yahshi boʻlib qolar derdim, ammo aksincha yanada telbalashdi.Kechlari uyga kelmas,qahvahonalarda ichib qolar,qimor oʻynar, uyga biror ayolni boshlab kelib qolishidan juda qoʻrqardim. Ramazonda biror marta ham uyda iftorlik qilganim yoʻq. Qoʻshnilarnikiga chiqardim.Bir qoʻshnim bor edi,Alloh ulardan ming karra rozi boʻlsin,menga koʻp yordamlari tegdi.saharlik deganimiz mogʻorlagan nonni suv bilan yarmini yeyish edi, yarmini oʻgʻlimga qoldirardim,u hali kichik edi. Qizim 4 yosh edi, ba'zan oʻzi roʻza tutar, ba'zan men tutishini s'rardim,chunki uyda baribir yeyishga hech narsa yoʻq edi. Bir kuni iftorlik yaqin qolganida shoʻrva qaynatdim, qoʻshnimiz ham ovqat chiqargandi. Bolalarim bilan iftorlik vaqtini kutardik. Erim kelib qoldi, uyga kirib iftorlikni kutayotganimizni koʻrib qozonga sigareta kullarini,choʻplarnitoʻldirib suprindi joyiga toʻkib yubordi. Yana avvalgiday kosa tovoqlarni boshimga otdi, bizni koʻchaga quvdi. Bolalarimni olib qoʻshimnikiga bordim, yangidan dasturhon hozirlandi,Alloh bergan nasibamizni yedik. Keyin barchamiz jome’ga bordik. OPam bu ahvolimni bilsa ham yordam bermasdi. Bu ham yetmagandek ustiga ustak:"Oʻzing pishirgan oshaylanib ham oʻrgilib ham oʻzing ich!" derdi. Erim qimorda yutqazib kelib alamini mendan olardi.Bir tiyin qoldirmas hammasini qimorda yutqazardi. Men oʻranganimga qaramay, bir ish topib roʻzgʻor yuritish majburiyatiga qolgandim. Oyligimni olgan kun uyga kelib urib pulimni olardi. Sabr qilishga kuchim qolmadi. Polisga sim qoqdim,polislar keliberimga:"Yana hotiningni ursang uyingdan haydaymiz" derdilar. U:"Boʻldi endi urmayman" deb qutulib qolar, ikki kun tinchlanar, uchinchi kun yana urishni boshlardi.Shu tariqa toʻrt yarim yil oʻtgach, yegan zarbalarim natijasida ruhiy kasalikka chalindim. U boʻlsa ishhonasidagi fotihali qizni yoʻldan urib u bilan yashay boshladi.Mahkama bizni ajratdi. Bolalar menga qoldi. Lekin keyingi Ramazonda umuman aqldan ozib,hammani bezovta qilibman. Jome’ga borib namozlarni buzibman. Qoʻshnilar meni kasalhonga yotqizishdi. Bolalarni bolalar uyiga topshirishdi. Tilimdan hech Alloh kalimasi tushmasdi. Shu qadar telba boʻlganim holda tilimdan duo tushmasdi.Kasalhonada bir yarim oycha yotdim. Keluvchilardan eshitishimcha erim bilan juftakni roslagan oʻsha qiz yana avvalgi unashtirilganiga qochib ketibdi.Kasalhonadan chiqdim. Bolalarimni olmoqchi boʻldim,lekin berishmadi. Har oyning 21-kuni ularni koʻrgani boraman. Boshqa kunlar ruhsat berishmaydi. Koʻp orzularim bor edi. Bolalarimni bosqichda oʻqitmoqchi edim, ularni munosib ustoz,imom boʻlishlarini istardim. Ammo... Endi biroz tinchman, namozimni istaganimday oʻqiyman.Faqat bolalarim yonimda yashasa hotirjam boʻlardim.Ishlashga majbur boʻldim. Istaganimday roʻmolda ishga borib kelyapman. Oyda bir bolalarimni koʻraman. Bokira singillarim duolarida:" YO Rabbiy! Bizga hayrli, musulmon, Islomga amal qiluvchi, bizning ham amallarimizga toʻsqinlik qilmovchi juft nasib ayla!" desinlar. Alloh duolarini qabul aylasin. Amiyn.

Olmoniya, Z.Y.N.K.

Birgina "yoʻq"ning oqibati.

— Allo!Maktub jurnalimi?
— Ha marhamat...
— Qoʻlimga jurnalingizni avvalgi soni tushib qoldi,shuning uchun sizni bezovta qilyapman.
— Qay jihatdan e’tiboringizni tortdi bey afandi?
— Mening ham vijdon azobim bor. Yozishini yoqtirmayman,telefonda aytsam yozib olasizmi?
— Albatta mathamat qilib ayting,sizni tinglaymiz.
— Men sotsialist oilaning oʻgʻliman. Bolaligimdan Islomni sahro qonuni ekanini eshtib oʻsdim. "Alloh,Alhamdulillah" soʻzlari bizning uyimizda eshitilmas,kim Allohga ishonsa undan nafratlanardik.Garchi oʻsha zamonlar bizning uyimizda pinhon aytilgan "sahro qonuni" haqoratlari endi bu millatning oynayi jahonida rasman yangramoqda,bunga hech kim hech narsa demaydi, hamma beparvo.
— Ha,toʻgʻri,haqlisiz. Millat sifatida uyushdik,balki,nasl nasabsiz boʻldik. Ilgari islavothonalarda koʻrilgan manzaralar bugun uylarda tomosha qilinmoqda. Lekin:"Yuvosh otning tepkisi qattiq boʻlar" deyishgan ota-bobolarimiz. Azaldan arslonday boʻlganlar har holda bir kuni otchalik ishga yaramoqni biljaklar.
— InshaAlloh deylik,nasib boʻlar...
— Bir millatga oʻz-oʻzidan nasib boʻlmaydi...
— Haqlisiz da'vat zarur.

Togʻri. Men mavzuga qaytay.Shunday qilib dinsiz sharoitda oʻsdim.Namoz oʻqiganni koʻrsam jahlim chiqar edi.Oʻzi dindorlardan nima istardik,hanuz tushunolmayman. Kichik zobit boʻldim. Albatta,tajribasiz edim.Askarlarga buyruq berish menga juda yoqar,ammo men askarni soʻkmadim,onasiga til tekkizmadim. Men boshqa ayb qildim.Juda katta ayb. Navbatchi kunimda bir yigit yonimga keldi. Yigʻlardi. Ikki kun avval namoz oʻqiyotganini koʻrganim uchun yuragimda unga nisbatan nafrat boridi.Unga gʻazablanib qaradim.
— Gapir yigit nima istaysan?
— Kapitan, hotinim ogʻir kasal ekan. Balki oʻlim toʻshagidadir. Meni yoʻqlatganmish. Uch kunga ruhsat bersangiz,borsam ayolim shi shaharda, Zattunburnida.
— Jim-e! Koʻppak bolasi! Askar avratni oʻymalaydi.Askarni yagona dardi bor,u esa - Vatandir!
— Ammo, afandim...
— Jim! E,seni afnadingga... Yigir bir soatdan keyin yana keldi.
— Kapitan siz bilmaydigan ishlar ham bor, javob bering, yoʻqsa qochib ketaman.
— Sen-a? Senmi, hali meni qoʻrqitadigan? Bor nafratim bilan butun qasdu qasosim,qasosim borday, shu oʻchni olayotganday basharasiga musht tushirdim.Burnidan qon keldi. Goʻyo vahshiy hayvonga aylangandim, hech marhamat tuymasdim oʻzimda. Qonlarini arta-arta gapirardi.
— Qoʻl-oyogʻingizni oʻpay kapitan! Menga ruhsat bering.Mayli keyin oʻldiring,bu juda muhim.Hoʻng-hoʻng yigʻlab yana soʻzlardi.
— Ha-ha... shu yerga qoziq qilib qoqsangiz ham mayli,gʻing demayman.Faqat ayolimni Nurtanimni bir koʻrsam boʻldi...
— Nima boʻldi hotiningga ayt!
— Qoʻlingizni oʻpay kapitan, Rahmat soʻg boʻling, soʻlashimga izn berdingiz, naryogʻiga ham ruhsat berarsiz.Biz Nurtan bilan turmush qurganimizga iiki yil boʻldi. Onam uni qoʻyib qoʻshnimizni qiziga uylanishimni hohladi. Men koʻnmadim. Ammo unga hiyonat qildim. qoʻshni qiz bilan yurdim. Hotinim meni sevardi. Buni bilgach tamom boʻldi. Koʻp yigʻladi. Keyin askarlikka, oʻquv mashgʻulotiga olindim. Bu yerga tayinlanganimdan keyin kasalligini eshitib borib bkoʻrdim. Sargʻayib soʻlibdi. "Meni aldamasligingiz kerak edi" dedi.Undan koʻp uzr soʻradi. Ammo hafa boʻlgan. Hozir ogʻir ahvolda kasalhonada yotibdi, uni koʻrishim kerak.Meni avf etishini soʻrashim zarur.
— Bu sen itlarga hos ish! Yeganingni(...) men yuvaymi?Tagʻin namoz oʻqirmish.
— Yoʻq namoz oʻqiydigan man emas. arzimurlik Vadat. Lekin u menga juda oʻhshaydi. Hizmatdoshlar ham bizni chalkashtirib yurishadi. Ishonmadim. Zamondan ortda qolgan,qoloq yigit meni aldaydimi?Uning yigʻlashiga erimadim,koʻnmadim. U tinmay:
— Kapitan namoz oʻqishimni hohlasangiz namoz ham oʻqiyman. Faqat ruhsat bering,qulingiz boʻlay,- derdi. Lekin ruhsat bermadim. BIr soatdan keyin askarlardan biri kelib achchiq habarni yetkazdi:
— Kapitan, kecha sizdan ruhsat soʻragan yigit joniga qasd qildi!

Dunyon qorongʻu boʻldi. Yigitning yoniga borganimizda oʻlib boʻlgan edi. Uni soʻnggi manzilga kuzatayotganimizda ham boshimni yerdan koʻtarolmadim. Oʻzimni oʻzimla'natlardi. Oradan 30yil oʻtdi... Hanuz vijdon azobi tinchlik bermaydi. Yi'glamagan kunlarim,ruhim jonim yigʻlaydi. Alloh meni avf qilsa, ohiratda, hamma namzolarimni savobini oʻsha yigitga berishni oʻylayman. Zotan namoz oʻqishimga ham u yigit sabab boʻlgan edi. Uning achchiq qismati, oʻlimi sabab... Bularning barini yozing,hoʻpmi? Hmmasini yozing![/list]

Otamni igʻlatdim.

Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman.

1984yil.

Unga tikilgan koʻzlarimni hech ololmasdim. Sahnaning eng oldida edim. Sahnaga chiqib quchoqlashmoq istaganlarga, ayniqsa yosh qizlarga toʻsqinlik qiluvchi qoʻriqchilarga, sahnada oʻzlaridan ketgudek aralash-quralash raqsga tushyotganlarga ham qaramasdim. Qoʻllari pianino ustida kezar, muhlislarini bor kuchi bilan joʻshtirar edi. Bir zum koʻimiz koʻzimizga tushdi. Uni qoʻllarida gul bilan betoqat kutayotgan hushtorlari yonimda guruh guruh edilar. Koʻzim soatga tushib, hushim boshimda uchdi. Soat tungi 1.30ga yaqinlashgandi. Endi otamga nima deyman. Song oʻz-oʻzimga tasalli berdim. "Tinchlan, 40 yil ichida bir marta kech borsam nima boʻlsa boʻlibdi",- degan gap esimga tushdi. U nogoh muhlislar ichida gʻoyib boʻldi. "Yana eshitaylik!Iltimos qilamiz!" - haqiriqlaridan keyin yana bir marta koʻrindi. U noz qilardi. Nihoyat soat tungi ikkiga yaqnlashganda men,opam,Tuygʻu,Monkaning mashinasiga minib uyga qarab yoʻl oldik. Uchovi soʻzlashardi."Bittasi pul berdiya! Narigi savdoyi kim ei? Oʻlgiday mast. Bor-e Umid deb turganimzda yaramas,ablahlardan biri..." Suhbatga qoʻshilmasdim. Hayol surib borardim. "Ota-onam akam Toʻlgʻani olib bizni buvimga tashlab Olmoniyaga kelgandilar. Bir nech yil avval, bu yerga kelgach tugʻilgan ukamiz va ikki singlimizga qarash uchun bizni ham yonlariga olib keldilar. Toʻlgʻ butkul turklikdan bir olmon qiz bilan yashab bizdan butkul ajraldi. Bizni unutdi. Kop' siqilganidan onam ishdan boʻshadilar. Doimiy havo almashtirish maqsadida Turkiyaga va boshqa shaharlarga ketardilar. Doktorlar uni uzoq bir qishloqqa damolish uchun, sogʻayish uchun yuborishdi. Opam va men telba toʻpalonchimiz. Otam vazmin, kamgap inson. Narigilar halikichik. Ramazon oyidamiz. Roʻza tutish, uning muhimligini tushunish qayoqda! Egnimda tor jinsi, ustimda kalta charm kamzul, qulogʻimda wolkmen... musiqa tinglayman, velosipedda kezaman. Bir kuni yahsil mersedes,34 raqamli, hozir kassetasini tinglaganim,tushlarimni zabt etgan sevimli kuychim - Umid Basanni koʻrib qotib qoldim. Kun kelib u bilan birga boʻlishga umid bogʻlagan kishim. Koʻzlarimga ishonmasdim. Bu yerda qanday ishi bor ekan. Shitob bilan kelgan mersedesga qarab qarab qoʻyardim. Shoshib opamga telefon qildim. Qani endi ishonsa.
— Singlim, Umid, Umid deya uygʻoq holda ham uni tush koʻradigan boʻlib qolibsan,- deya kuldi. Jahli chiqb uyga qaytdim. Opam ishonmaganidan dugonalaridan soʻragani bozorga chiqib ketibdi. Shiddat bilan telefon jiringladi. Koʻp vaqtdan men bilan doʻstlashmoqchi boʻlgan shilqim Bu'lat ekan. Men opamga aytgan habarni menga aytdi:
— Shanba kuni kansertga bormaymizmi?- deya soʻradi yalinchoq ohangda. Oʻsha kun keldi. Otamdan qanday ruhsat olamiz? Yolgʻon ishlatdik. Bugun roʻzador ekanimizni va Tuygʻu bizni iftorlikka taklif etganini aytdik. Bechora otam ishondilar. Me’yori bilan kiyinib, otam va ukalarimni tashlab shomga yaqin ketdik.Tuygʻularnikiga kelganimizda hayajondan titrardik. Uning javonida ochiq va hashamdor kiyimlarn iolib kiydik, yuz-koʻzimizni boʻyab, pardoz andoz qildik. Oʻhh! Goʻzal! Monkan mashinasida kelganini singnal chalib bildirdi. Darhol tashqariga otildik. Tuygʻuning otasi yoʻq, onasi esa ishda edi. Shuning uchun uydan chiqb ketisgimiz oson boʻldi. Joʻnadik. Bordik. Qornim ham piyozni poʻsti boʻlib ketdi. Oʻrinlarimizga joylashgach, non orasiga solingan toʻngʻiz goʻshti soʻradim. Endiyemoqchi boʻlib turganimda yonimda Bu'lant paydo boʻldi, koʻzlarini koʻzlarimga tikib:
— Uyal! Shunday muborak kunda tongʻiz goʻshtimi?Yeysanmi shuni? Ahir haromku!- dedi.
— Men senga oʻhshab zamondan orqada qolgan odam emasman, roza ham tutmayman,- dedim. Umid Basan sahnaga hciqdi. Orziqib kutgan odamim shumi? Baqaloq,koʻrinishi oʻziga yarasha.Shumi meni sevganim? Qanday telbalik ekan uni sevmoq". Uyga keldik. Oʻylashdan toʻhtadim. Moshinadan tushar ekanmiz,yuragim otilib chiqquday qattiq uarardi. Zinada opamga:
— Bas, bu - yolgʻonlarimizni eng soʻnggisi boʻlsin, - dedim. Zoʻrgʻa yurib borarkanman, yiqib tushguday boʻlardim. Soat ikki. Otam eshikdan qarab:
— Yoʻqollaring kelgan joylaringga!Daf boʻllaring! Senlardaqa farzandlarim yoʻq!- deya baqirardilar.Ranglari avval oqarib keyin sargʻayib ketdi.
— Ota hech narsa boʻmadi. Saharlik qildik. Tuygʻu qoʻyib yubormadi.,-dedik opam bilan barobar.
— Yolgʻon gapirmang, telefon qildim, yoʻq edingiz,- dedilar otam. Yolgʻonimiz ham fosh boʻldi.
— Ota eshikni oching, boshqa takrorlanmaydi!

Otam yigʻladilar.
— Uyalaman senlardan, nomus qilaman. Daf boʻling! Bu shovqindan uygʻongan ukam otami oyoqlarini quchib, bizni kiritishlarini yolvorib soʻradi. Biz boshimizni eggancha kutdik.Eshik ochildi.
— Harom qotgurlar!Tfu! Otam yigʻlab bizga qarab tupurdilar. Honamizga yugurdik. Ortimizdan ukalarimiz chiqib yohli koʻzlari bilan:
— Sizlar yomonsizlar. Otam mijja qoqmay sizlarni kutdilar.Sizlarni yomon koʻramiz,jodugarlar! - deb chiqib ketdilar. Sekin yotogʻimga kirdim. Yigʻladim. Pastda opamni segareta chekayotganini sezib turardim.... Men sevgi ahtarardim. Shu kech tomoshada tushundimki, Umid men izlaganim emas ekan. Bir yor istardim. Kuchli, quvvatli, har narsaga qodir, gʻamu sevinchimda birga, mehribon. Tanholigimda ham birga,madadkor, yordamimga hamisa hozir suyukli bir yor istardim. Va nihoyat topdim.Istardimki, sevgilmni har kim bilsa,sevsa. Uni sevgan koʻpmi, ozmi,men Uni sevaman. Unga oshiqman. Marhamatli, mehribon,doim men bilan birga, har qachon har joyda madadkor Yaratgan Allohga oshiqman. Uni telbalarcha sevaman. Uni, Sevgilimni topdim. Uni sevaman, Uni sevganlarni sevaman!...

... Yana muborak Ramazon oyidamiz. Oʻsha oʻtgan isyokor kunlarimni eslab, qaygʻuga choʻmaman. Hozir otam biz bilan fahrlanadilar. Shodmiz. Endi yurtimizdamiz. Bahtlimiz. Ayollar liboslarga oʻralgan, qoʻllarda Qur'on! Tilda kufr yoʻq. Qoʻllar samoda, lablar, qalblar duoda. Hayajonda Allohdan magʻfirat tilaydi. Ketmasin,tugamasin, deymiz, Ramazonni. Hayotimiz rahbari - Oliy Kitobimiz tark qilinmasin, javonlarda chang bosib qolmasin. Yana 11 oy Mavloga isyon bayroqlari koʻtarilmasin. Jome’ oʻrnida sartaroshhona ochilmasin. Goʻzal Islom gʻarib holda tashlab qoʻyilmasin. Shu muborak Ramazon hurmatidan uygʻoning! Bedor boʻling! Ogoh boʻling! Islimni, uning saodatbahshliginikoʻring, biling, men bahtimni huzurimni undan topdim.Islomdan topdim mehr-muhabbatni, ishqi haqiyqiyni. Ey, honalarini fahsh va shahvoniy suratlarga toʻldirgan oʻgʻil-qizlariga indamagan ota-onalar! Farzandingiz oʻsha botqoqqa botishini istaysizmi? Jirkanch filmlar tomosha qilishini, ular yomon yoʻlga boshlashini istaysizmi? Dasturhonlar atrofida mast boʻlib oʻltirishini, Alloh bergan goʻzla ovoz bilan shaytonni oʻynatmogʻini istaysizmi?Istamaysiz! Bolalaringizga egalik qiling! Rahbarlik qiling! Barchamiz Mavlo, Rsauli va Islomga koʻngil beruvchi, Allohning shifosi - din yoʻlida mujodala etuvchi haqiqiy qullaridan boʻlaylik! Inshaalloh!

Chala oʻtgan toʻy.

Hayot juda murakkab. Bu chigallik ichida biz boshqalardan farqli ravishda Islomiy yashamoq istaymiz. Hilol va men ayrofimizdagi bu murakkablik ichidan oʻrin oldik. Islomni anglagach, nimanidir oʻrgangach, boshqalarga ham buni bildirishimiz bizga zavq bahsh etar ekan, odamlar bizni tushunlasdan qarashardi.Shulardan birini aytib bersam.

Hilo biznikiga kelganda shu qadar hursand ediki, uning hursandligi eshik qoʻngʻirogʻini bosganidan ham bilinib turardi. Eshukni ochganimda bu yanada yaqqolroq koʻrindi.
— Yahshilikka boʻlsin, tinchlikmi, Hilol, nima seni bu qadar hursand qildi?
— Soʻrama, birodar, katta akamning toʻyi boʻladigan edi, Islomiy toʻy boʻlishini hohlardim. Va'z, hadislar oʻqilishini istradim.Fikrimni akmga aytdim. Darhol yoʻq boʻlmaydi, dedilar. Akamga:" kelin siznikimi yoki toʻyga keladigan erkaklarnikimi? Uni kelinlik kiyimida koʻrish faqat sizning haqqingiz. Yangamizni yot nazarlar saqlashungiz, toʻydan Alloh taolo va RAsululloh s.a.v. ham rozi boʻlishlari lozim", deb tushutirganimdan keyin, shukrki, rozi boʻldilar. Sevinganimning sababi shu.

Endi uning hursandchiligi menga koʻchgandi. Ilk ishim bu hayrli ishi uchun Hilolni quchib tabriklash va Alloh rozi boʻlsin deyish edi.

Ikkinchisi esa, toʻyning boshidan ohirigacha rejasini tuzish , Ustoz honimlarni topib tayinlab qoʻymoq edi. Tanishalrimizdan bir-ikki voiza honimlarni topib borib, biri bulan kelishdik va toʻy kunini kuta boshladik.

Kutilgan toʻy kuni ham keldi.Taklif etilganlar toʻplandi. Salonda shovqin suron boʻlib, kelin kelganidan keyin tinchlanishi lozim edi. Kelin keldi. Kelinning tasattur(hijob)ga uygʻun kiyinishi mehmonlarni bezovta qildi. U yoq bu yoqdan e’tirozlar ahm eshitildi.
— Bunday boʻlishini bilganimizda kelmasdik.
— Huddi yosh qizni emas, tul hotinni kelin qilayotganday bular.
— Bularning ahvoliga qara, bilganimizda biz ham roʻmol oʻrab kelardik.

Bunga oʻhshash soʻzlar aytilgach, yuragimiz siqila boshladi.Ammo sabr soʻnggi salomatlik, deya jim boʻldik. Shundan keyin voiza honim soʻz boshladi. Lekin salondagi shovqin bosilmadi.

Honim va'zni toʻhtatib,jamoatdan tinchlanishlarini iltimos qildi. Jimlik ikki daqiqa davom etdi.Yana shovqin- suron...

...Bu orada Hilol voiza honimdan izn olib, jamoatga murojaat qildi.
— Muhtaram mehmonlar!Iltimos,jimlik saqlab va'zni tinglang. Bu yerda aytiladigan gaplar Alloh taoloning soʻzlaridir!

hilolning bu iltimosidan keyin bir honim joʻrttaga sigara tutatib, salon ayollariday yurib, voiza honimning oldiga keldi.
— Bu qoloqlikni toʻhtating, endi hursandchilik qilamiz,- dedi.

Toqatimiz toq boʻldi. Hilol chidayolmasdan:
— Jim boʻlishingiz iltimos qilamiz.Eshitishni istamaganlar tashqariga chiqib turishlari mumkin, eshitadiganlarga halaqit bermasinlar,- dedi.

Hilolning soʻzlari tugar-tugamas oʻsha hotin qoʻlidagi sigarani bir tutatib, jamoatga yuzlandi:
— Sizlarni haydamoqdalar, nega hanuz turibsiz? Boshimizni ochgan boʻlsak, oʻynamozchi boʻlsak, nasroniy emasmiz-ku. Qani nega qarab turibsiz? Mana salonni men birinchi tark etaman,- dedi-yu, chiqdi ketdi.

Gʻalayon boshlandi. Hilol ikkimiz joyimizda qotib qoldik. Bir narsa deyolmas, qimirlolmas edik.Bilmadim oʻshanda qanday nafas oldim, qanday yashadim.Shu gʻalayon ichida toʻy marosmi ham tugadi. Salon boʻshab, oʻrtada toʻy egalariga yaqin odamlargina qoldi. Kelin kelinlik libosida va bizlar hammamiz tik oyoqda turibmiz. Barchamizni sukunat qurshagan...

Bu jimlikni Hilolning koʻz yoshi va titroq ovozi buzdi. U kelinoyisini quchib yigʻlardi:
— Qanday boʻldi?!Nima qilib qoʻyishdi? eng bahtli kunni yoʻqa chiqardilar, Buzdilar. Rozi boʻling, yanga!

Yangasi ham Hilolga koʻzyoshlari biulan javob qildi:

Hafa boʻlmang, muhimi toʻy emas,Allohning bizdan rozi boʻlishi.Vazifamiz Uning amrlariga itoatda boʻlish.Biz bunga harakat qildik.Gʻayrat koʻrsatdik.Inshaalloh, Rabbimi qabul aylagay,-dedi.

Endi Hilol, yangasi, men va oʻsja yerda kim boʻlsa - hammamiz yigʻlardik....

Qilingan haqsizlik,sovugan toʻy, haqiqiy banda emasligimiz, koʻrinmas iplar bilan bogʻlanganimizga yigʻlardik....

Oradan yillar oʻtdi...

Lekin oʻsha toʻy voqeasita'siridan hali hanuz qutulgan emasman.Qachon toʻyga borsam, koʻnglimda qandaydir achchiq tuygʻularni his qilaman. Va men borgan har toʻyda bizning oʻsha toʻyimiz esimga tushadi. Koʻzyoshlarim ichimga oqa boshlaydi. Ularni ichimga oqa boshlaydi...

Otamga qilganlarimni unutolmayapman.

Bu galgi vijdon azobi ifodasi - maktub emas. Hozir qarshimda turgan 24 yoshli ayol - Fotima Kalyoʻnchu aytib turdi, biz yozdik.

Fotimaning vijdon azobini oʻz ogʻzidan eshitaylik:"Otam juda dindor,ma'nili, manga doʻstday mehribon,muomalali,hamdard, har qanday dardimni bemalol aytishim mumkin boʻlgan mukammal ota edi.Meni musulmon qiz boʻlishimni istadi.U gʻoyat shirin soʻzlar bilan menga ochiq-sochiq yurmaslikni, namoz oʻqishimni aytardim. Men otamni tushunib tushunmay tinglardim. Ehtimol nafsimni yengolmagandirman. Otam menga juda shafqatli munosabatda boʻlardiki, ta'riflashga ojizman. Oʻrangan holda turmushga chiqdim. Bir yil oʻrangan holda yurdim. Erim bir yildan keyin asta-sekin oʻzgara boshladi yoki men uni endi anglab borardim. Toʻylarga borayotganimizda sochimni turmaklab olishimni soʻrardi. Men yoshlik, irodasizlik va atrof ta'siriga zaifligim tufayli kun sayin ochila boshladim. Asta sekin oʻzgarib borardim.Lekin otam bulardan behabar edi. Keynroqqa borib tamoman ochildim.Otamning huzuriga oʻranib borardim. Ruhimda iztirob bor edi. Ikki yuzlamachilik qilayotganim meni ezayotgan edi. Oʻzimni bir tartibga sololmas, erimning munosabati nafsimga kengroq yoʻl ochib berardi. Endi Fotima otasi bilgan farishtali qiz emas, balki otasiga hoinlik hiyonat etuvchiga aylandi.Bir kun Ramazonda ogʻzimni sovuq suv bilan ochdim, nima boʻlganini bilmayman. Hushimdan ketdim. Erim qoʻrqqanidan meni tashlab qochibdi. Ammam kelib qolibdi, qarasa men yerda hushsiz yotibman. Darhol otamga habar qilibdi. Otam meni shifohonaga eltibdi.U yerda oʻzimga kelib, koʻz ochsam, otam tepamda yigʻlab oʻtiribdi.
— Otam nega yigʻladi?- deb onamdan soʻradim.
— Qizim otang tirnoqlaringdagi boʻyoqni koʻrib, bundan koʻra oʻlganim yahshi edi dedilar. Buni eshitib dunyoyim qorongʻu boʻlib ketdi. Meni jonidan yahshi koʻruvchi otamning e’tiboridan qolguncha men ham oʻlganim yahshi edi. Allohdan nega qoʻrqmadim, nega uyalmadim? Bu savollarga hali hanuz javob bera olmayman.Erimdan ajrashdim. Fotihdagi ammamning uylariga joylashdim. Ochiq boʻlganim uchun otamning oldiga borgani yuzim chidamadi. Buning ustiga hanuz ochiq boʻlganim uchun shunisi bemalolroq derdim, shunday yashashni istardim.Bir toʻda dugonalar orttirdim. Ulardan farqim yoʻq, pardoz andoz, soch turmaklashda aynan oʻshalarning oʻzi edim.

Vaqti eklib boshimdan koʻp voqealar oʻtdi.

Nima boʻlganini anglamasdan, kutilmagan hodisa tufayli Fotih Amniyat Amirligida koʻzimni ochdim.Yana keyinroq oʻzimni qamoqda koʻrdim.Hayron edim. Bu yerga qanday kelib qoldim?Allohning intiqomimi bu?Otamga munosabatimning jazosimi? Ish bu bilan ham tugamadi. Hali qamoqhonalarning hayajonlari ketmay turib...ertalabki roʻznomalarni oʻqiyotgan edim...

Yo Alloh! Bu qanday dahshatli habar? Roʻznomada oʻzimni rasmimni koʻrib turardim. Boshi ochiq surat. Habar qoʻrqibchli edi. Sarlavhada:"Goʻzal Fotima 30ta talonchilik qildi!" - deyilardi.Yigʻlamoqdan oʻzimga kelolmadim. "30ta talonchilik" qaydan chiqdi? Oh otajon sizning ohingizmi bular? Dugonalarim yonimga kelib:
— Sen bu gazetalarga koʻpam ahamiyat berma, hammamiz haqimizdayam yolgʻon yashiq gaplarni yozib chiqishadi. Burgaga achchiq qilib koʻrpani kuydirma,- deya tasalli berishdi.

Fotima bu gaplarni hikoya qilgach, oʻrnidan turdi-da, roʻznomani keltirdi:
— Mana oʻzingiz oʻqib koʻring.

Unda mana shu gaplar bitilgandi:

"Bir oy avval Fotih Amniyat Amirligiga bogʻliq guruhlar uch erkak sheriklari bilan qoʻlga olingan Fotim Kalyoʻnchuning jami 30 honadon va ishhonaga bosqinchilik qilgani ma'lum boʻldi. Goʻzal Fotima uydan qochgach, "Yoshlar toʻdasini" tuzib shu guruhga boshliq boʻldi. Bakirkoʻl aminoʻni va Fotih taraflarni oʻzlariga qoʻnalgʻa qilib olgan "Yoshlar toʻdasi" kimsaszi uylarni ishhonalarni shilib ketishardi. Politsiyani koʻp vaqt ortidan yugurtirgan toʻda a'zolari bir oy avvalFotih Amniyat Amirligi hodimlari tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi. Qorakoʻlda qilgan jinoyatlari rad qilgan Fotima va guruh a'zolari 30uy va ishhonalarni talaganliklari keyingi tekshiruvda ma'lum boʻldi".

Habarni barobar oʻqidik. Fotima yana eski dardini eslaganidan achchiq achchiq kulib gapida davom etdi. "na toʻda bor va na men atlonchilik qilganman. Yoʻq gaplarni, yoʻq ishlarni yozishgan. Qalam hamma narsani ham yozaverar ekan,lekin nahot qalam egasida vijdon boʻlmasa? Bir nech oydan keyin roʻznomada boshqa bir habar bosildi.Mahkamada tushirilgan suratlarim. Yenglarim kalta, boshim ochiq... Hali qanday habar ekanligini oʻqimasdan otamni esladim.Otam meni roʻznomada kalta yengda koʻradi. Oh men otamga ogʻir zarbalar berdim. Aytgan soʻzimni ikki qilmaydigan mehribonimga shuncha koʻrguliklar kelitrdimmi?"

Keyin habarni oʻqidim.Habarni qoʻlimga olmasdan boʻlgan ahvolni aytib beray. Yurak hastaligi shifonada yotganimda, hamhonam Oʻya roʻznoma oʻqiyotgandi. Birdan:
— Aa! Mana bu ayolni qara bolasini kimdanligini bilmas emish,- dedi.
— Qanday ahloqsiz hotin ekan, ber-chi, qarayin,- deya roʻznomani olib, ne koʻz bilan koʻrayki, - oʻsha ayol men edim. Surat ham meniki, ism ham. Uning sarlavhasi esa shunday:

"Bolam kimga oʻhshasa, otasi oʻsha!"

Oʻqidim-u hayolimga birinchi kelgan chora - oʻlish boʻldi. Darhol koʻktomirimni ksdim. Meni koʻrgan dugonam ahvolni boshqalarga bildirdi. Qoʻllarimni bogʻladilar. Tinmay yigʻladim. Jinni boʻlayozdim. Toʻgʻri qamalganim rost. Lkein bola haqidagi gaplar tamoman boshqacha edi. Fotima bu roʻznomani ta'rifini kelturguncha terga tushib ketdi. Va davom etdi.

"Men shu soʻzlarni aytibmanmi? Hudo saqlasin. Bunday pastkashlarcha aytilgan soʻzlarga umrimda duch kelmaganman. Toʻgʻri hatolarim bor. Lekin hatolarimni bu habarlarga umuman aloqasi yoʻq-ku.Imom nikohi bilan ikkinchi marta turmushga chiqqanman. Erim nomus borasida juda talabchan boʻlib, mendan shubhasi yoʻq edi. Hatolarim boʻlsada, men ham undan boshqasini oʻylamadim. Bu habar meni qaygʻuga qoʻyganidek, uni ham juda hafa qildi. Hammasi ham maylikuya, otam bunday habarni oʻqib ne koʻyga tuhsdi ekan...

Otam oʻzini eng sevimli qizidan hech kutilmagan zarbalarni yedi. Roʻznoma habari chiqqan kuni ertasiga ammamning oʻgʻli keldi. Bu roʻznomani mahkamaga bering dedim. Keyin nima boʻldi bilmadim. Otam bunday roʻznomani oʻqimaydi, lekin bir vijdonsiz pochta orqali otamga yuboribdi. Avvaldan otam qoshida uytli edim. Bu yomon habar otamga oʻq boʻlib tegib, yuiragi sanchib qolibdi.Otamda endi orom yoʻq. Oʻzim ham yaqinda yuragimni operatsiya qildiraman. Kim biladi, balki tahtada yotganimcha... oʻlib qolarman. Lekin qilgan hatolarim, roznomalarning tuhmatlari otamni mendan uzoqlashtirdi. Otamga maktub yozdim, oʻqimasdan yirtibdilar.U kishi haqli edi. Men qanday jur'at , qanday yuz bilan u zotga hat yozoldim, bilmayman. Hanuz otamni avvalgiday oʻylayman. Ana koʻring... Alloh meni qay tarzda jazoladi. Hech kutilmaganda yosh paytimda olti yilu olti oy hibs jazosini koʻrdim. Ishonasizmi, jazo olishim bilanoq,eng sevimli insonlarim ham meni tark qilishdi. "Fotima sen shunga loyiqsan" dedim. Hech bir mashaqqat qaygʻu otam chekkan gʻamga toʻgʻri kelmasdi. Bu gʻamni otamga qanday qilib ravo koʻrdim? Uni qanday yigʻlatdim? Bu vijdon azobi meni ezgani sayin olgan jazoyimni oʻzimga loyiq deb bildim. Hozir yoshim 24da. Faqat oʻzimning istaklarimga quloq solganim uchun shu balolar boshimga keldi. Yana oldinda nimalarni koʻraman. Bugun oʻralgan, pokiza opa-singillarimga shunday deyman:
— Siz aslo men qilgan hatolarni takrorlamang, sizga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgan ota-onangiz oldida gunohkor boʻlmang. Ularni ranjitmang. Qanday qilib boʻlsa ham ularni ropzi qiling. Agar ularga osiy boʻlsangiz, shufohona, qamoqhonalarda pochta yoʻllariga koʻzlaringiz nigoron boʻlib qoladi. Men oʻzimga ibrat boʻlolmayapman, boʻlolmadim. Hech boʻlmasa siz meni qilgan hatolarimni qaytarmang. Meni gazetlar ikki sevgilisi bor, toʻda tuzgan, degan tuhmatlarni qildi. Mendan battar ahvoldagilar ham bor. Oʻn uch yoshida hibsga tushgan arzimurlik Hulya Gulshan Takal mendan ham yomon tuhmatga uchradi.Roʻznomalar uni:" Uning 7ta sevgilisi bor",-deya yozdi. Mana mening hayotim. Hulya, Hayriya...yana qanchalari bor. Hammasi ota-onalarini norozi qilganlar, tinglamaganlar,shuning uchun tuhmatga uchraganlar.Soʻzlarimga yakun yasashdan oldin, emni va hatoyimni har doim koʻz oldingizda tutishingizni istayman. Men hozir shifohonadaman, tutqun ayollar boʻlinmasida.

Ota-onadan ayrilgan... oʻz yaqinlarini yoʻqotgan aynchli ahvoldaman.Ruhiy azoblarimni eng qisqa tarzda bayon qildim. Inshaalloh, men chekkan jazo va vijdon azobi koʻpchilikka ibrat boʻlur. Hatolardan saqlanur.

Sizlarga Allohning salomi boʻlsin!

Allohdan toparsan Niloy.

Niloy ogʻir va chuqur "Oh!"tortib yonimga choʻkdi.Yozadiganlaringni diqqat bilan yoz . Mahkamadan chiqishim bilan gazetachi mendan intervyu oldi,lekin hammasini yozmadi... Sen yoz, men sendan oʻsha kitobni olib, ularga pochta orqali joʻnataman. Qanday boshlashni bilmayapman. Men Bursalikman. Bursaning yahshi joylarida oʻsdim. Otam kimligi noma;lum musulmon edi. Soʻzda musulmon, ammo marhamatsiz edi. Onamni koʻp ursa-da, bizni yahshi koʻrardi. Lekin onamizga zulm qilyapti deb undan nafratlanardik. Toʻqqiz yoshga kirganimda, meni Ustoz huzuriga yubordilar. Ustozga borayotib hayollar surardim:ustoz bizga masalalar aytib beradi,men ba darslarni oʻzlashtirib,qoyillatib javob beraman, shunda Ustoz "ofarin" deb qoʻyadi, onam borsalar:"qizingiz juda harakatchan",- deb maqtaydi. Tushlarimda ustozni koʻrardim. Lekin bu hammasi hayol edi. Aslida u biror marta ham boshimni silab "ofarin" demadi. Endi anglayman-ki, biz 150talabaning qay biriga ulguradi. Lekin bola buni oʻylamaydi, mehr-muhabbat va iltifot kutadi. Men oʻqishdan sovudim. Oradan oʻtgan yillar meni dindan uzoqlashtiedi. Endi ota-onamdan yashirib gʻalati romanlar oʻqirdim.Bo orada men 14 yoshga kirdim. Meni opamning uyiga yuborishdi. Opamning uy ishlarini qila boshladim.Pochcham:"Ofarin sen opangdan koʻra yahshiroq ish qilar ekansan",- degach, men yanada koʻproq harakat qila boshladim. "Bundayligingni bilganimda seni olgan boʻlardim",- dedi pochcham bir kuni, oʻshanda bolalik emasmi, koʻnglimda allaqanday narsalarni his qildim. Uni ishq deb oʻyladim. Oshiq boʻldim. Toʻgʻrirogʻi, yoshlik hayajonini oshiqlik deb hisobladim. Endi uyga kelmasdim. Opam buni sezib, rashk qildi. Pochcham bilan yashirin koʻrisha boshladik. Albatta yosh qizaloqni aldash oson emasdi. Oʻsha kunlari berilayotgan Dallas filmida qaynsinglisi bilan yashirinha hayot kechirgan qismni tomosha qildik. Oʻsha kecha u oshhonaga kirib keldi. "Koʻrdingmi,men oʻsha pochchachalik ham boʻlmadimmi?"dedi. Opam tugʻruqhonada edi. Pochcham nomusimga tajovuz qildi. Homilali boʻlib qoldim. Ota-onam hildi. "kimdan bu?" deyishdi. Ilgaririoq gaplashib yurganim Irfonni aytdim.Otam uni sudga berdi. Biz gaplashib yurganimizni koʻrganlarni ham guvoh qilib koʻrsatishdi. Sud ishlari davom etib yurganida homilam tushib qoldi. Hech kimga aytmadim. Ikki oydan keyin nomusimga tajovuz qilishda ayblanib Irfon yetti yilga qamaldi. Oh!Sudda qanday yigʻladi. Menga ovozi boricha baqirib:"Suyuqoyoq, sotqin! Meni xoʻrlab, tuhmat qilding! Sen ham hor boʻl,iloho,tuhmatga uchra!"dedi. Qanchalar uyaldim.lekin toʻgʻrisini ham aytmadim. Oylar oʻtdi. Vijdon azobi ulgʻaydi. Togʻlardan katta va ogʻir boʻldi bu dard! Onamga aytdim:"Ona chidayolmayman,nima maslahat berasiz?" dedim. "Obroʻyimiz toʻkiladi,opangni oilasi buziladi", dedi onam.Bir yosh, pok yigitning hayotiga ahamiyat bermay, onam qizini uning oilasini oʻylardi. Buni aytsam:"Irfon nega seni olmadi?" deb vijdonini himoya ostiga oldi. Holbuki, Irfon meni qanday olsin, men unga tuhmat qilgan boʻlsam."Qamoqda chirimoq - bu qizga uylanmoqdan yahshiroqdir. Men bu fohishaga uylansam jinoyat qilgan boʻlaman, Hokimbey" degan edi sudda.

Nomussiz pochcham hanuz menga sevgidan lof uradi.Vijdon azobini tortmaydi. Chunki vijdon yoʻq. Yoʻq boʻlgach nimani tortadi.

Ikki yildan keyin Irfon qamoqda oʻldi. Bu habarni eshitib oʻzimdan ketdim. Bir necha kun oʻrnimda turolmadim... Pochchamdan nafratlanib ketdim. Bir paytlar uni oʻylab koʻzimga uyqu kelmasdi. Endi undan nafratlanaman. Koʻp oʻtmadan opam meni pochcham bilan ushlab oldi. Uydan qochdim, opamdan uyaldim. Yodimga Ali Ogʻbilar tushib,ularnikiga bordim. Goʻshtni mushukka ishonib topshirurlarmi? Men esa topshirdim... Meni himoya qilsin deb borgan uyimning boshligʻi menga tashlandi. Hotini bizni koʻrgach, eri:"Buning oʻzi meni qoʻymadi" dedi. Atrofga "oilali erkakni boshini aylantirdi" degan nomim tarqadi. Lekin bu ishda men hatolikka yoʻl qoʻyganim yoʻq edim. Ammo tuhmatga qoldim. Izmirga bir dogonamnikiga bordim. Bir restarandan ish oldim. Bu joylarda birinchi kl\elgan odamning qadami qayerga yetradi? Albatta yomon yoʻlga... Shu yoʻlga kirdim. Lekin hech vaqt Irfonga qilgan tuhmatimni unutmadim. Uning duoyibadi tutdi. Tuhmatga yoʻliqdim. Oʻz-oʻzimcha yahshi boʻldi deyman.Zotan men kofir ham emas.... Avval aytganimday juda sodda edimmi.... oilam, uydagilarim ham shunday. Meni uzoq muddat opamnikiga yuborishmasa edi, balki shu ishlar boʻlmasmidi?Onam biror marta:"qizim yoshlar tez oshiq boʻladilar, har qanday hisni ishq hisoblama, aldanib qolma", demadilar. Men ham oʻzimni qoʻlga olishni, toʻhtatishni bilmadim. Oqibati shunday boʻlib chiqdi. Kulaman, suhbatlashaman, lekin vijdon azobim tugamaydi. Koʻksimni zirqiratib turuvchi sanchiq doim bezovta qilib turadi. Nima qilishni bilmayman. Bunga chora iloj bormi? Bilsangiz, menga lutfan bildiring....Ha birodarlar diyonatsiz yashalgan joyda har narsa boʻlishi mumkin.
— Nima?! Toʻy!!!

Xarbiy xizmatni tugatib, uyiga kelganiga xali xech qancha boʻlamgan Azamat oʻzi kutmagan yangilikdan esankirab qoldi.
— Xa,akang qassobning qizidan boshqasoga uylanmiman deb turib oldi-da.—-dedi bidirlab otasi.
— Xar tugul .qizniyam koʻngli bor dhekilli,rozilik berishdi.Man ,sen xam kelding endi qoʻshaloq toʻy qilamiz-da! Toʻgrimi onasi? Aka ukalarning boshini ikkita qoʻysak uyingga bir qoʻsh kelin kelsa nima deysan?Koʻz ostinga olib qoʻyganing boʻlsa ayt, oʻglim.

Azamat ulimsiragancha oʻziga qaran turgan ota onasigaqrab,allaqanday boʻlip ketti.Oʻrnidan otilip turip ketmoqchi xam boʻldi. Biroq........

Eshik ochilip.boʻsagada qosh-koʻzi qop qora , boʻychan Shokir koʻringandagina Azmay\t chuvalashib ketgan xayollarini yigib oldi. Aka uka qochoqlashib koʻrishishdi .Sokir oʻrniga oʻtirayaotib toʻy xabari Azamatga qanday tasir qilganini bilmoqchidek sinchkovlik bilan tikildi.
— Xizmat yaxshi oʻttimi? Toʻy tashvishlari bilan , oldinga xam bora olmadik.Kelganing yaxshi boʻldi-da endi oʻzing boʻlasan dasturxondagi nonni sindirarkan Shokir ukasidan koʻzini molib qochdi.

Azamat " churq" etib oʻgiz ochmadi ,ogzidan nojoʻyasoʻz chiqib ketishidan xovotirlanib tilini tiydi. Onasi ombordan unda deb asrab qoygan uzum ,olmalardan keltirdi.
— Bolam ,ol senga atay saqlab yuruvdim .—dedi MAshxura opamevalar solinga likopchani Azamatning oldiga surip qoʻyarkan .

Azamatning tomogidan suv xam otmasdi ,u shunchaki tortingan boʻladida charchaganini baxona qilip oʻrnidan qoʻzgaldi.Avvalliga akasi ikkovi yotadigan xonaga kirishga yuragi boʻlamadi.kirgandan soʻng ichkari ancha oʻzgarganiga amin boʻldi. tavba akasining ximat paytida tushgan rasmini oʻrnida Moxigulni kulimsirab rasmi turardi.Azamatning xushi boshidan uchdi.—- goʻyoki akasiga qoʻshilip Moxigiul zam endi uni ustidan kulayotgandek

Badanidan sovuq ter tepchadi..TAvba xarbiy xizmatgacha bu suratga u soatlab termulardi. Endi esa ..... Azamat suratni teskari oʻgirip qoʻydi-da,oʻzini toʻshakga tashladi.
— Bolam tur oʻrningdan .Qara qarindosh uruglar seni koʻrgani kelishipti.— Onasining dagal ,biroq tavtli qoʻllari boshini silayotganini zesib Azmat koʻzini ochdi .tavba anasi yaxshi ayol -da !!. Shu payrgacha oʻgaykligini bildirmagan .

Otasidan tongan qiz.

Ba'zi voqealarga faqat kinolardagina duch kelasiz. Yoki voqea faqat kinoga hos va mos boʻladi. Tomosh qilhan kishi balki 0oʻshanda yigʻlab olar-u, lekin keyin barchasini unutib yuboradi. Vijdon azobi deyilgan tuygʻu esa insonni yeb butirar ekan. Mening vijdon azobim shunday. Opam bir byuroda hizmat qilar, otam esa yaqinimizdagi hokimiyatda farrosh boʻlib ishlardi. Men oʻshanda litseyda oʻqirdim. Maktabda otangni kasbi nima? deb soʻrashsa hech toʻgʻrisini aytmasdim. Otamning farroshligidan uyalardim. Dunyoda bolaning otasidan or qilishidan ham mushkulroq hodisa bormi? Otamdan uyalishimga sabab boʻlgan narsalarni nima desa boʻladi? Bechora otam bolalarim birovdan kam boʻlmasin deb kech-kunduz tinim bilmay ishlardi.Otam "katta odam" qilmoqchi boʻlgan qizlari esa u farroshlikdan topgan pullarini soch turmaklash kiyimlar, pardoz andoz boʻyoq soʻyoqlarga sarflashardi. Shu tariqa otamizning farroshligini niqoblar edik. Uyimizda chiroyli ashyolar yoʻqligi uchun hech kimni taklif qilmas edik. Otamning pulini sarflab, oʻzidan or qilib yurgan kunlarimizning birida...

Hayotimizning achchiq bir kunida dugonam tugʻilgan kunini nishonladi. Bahoriy liboslarimni kiydim. Sartaroshhonada sochimni turmakladim, manikyur, pedikyur deganlariday.... Gap otganlarga oʻzimni ogʻringanday koʻrsatardim.Aslida oʻshalar,koʻchalardagi shilqimlar uchun vaqtimni, pulimni sarflardim. Ular menga e’tibor berar va natijada ularning gap otishlariga muvofiq boʻlardim. Shu oʻylar bilan ketar ekanman, koʻzim uymalashib turgan olomonga tushdi. Faqat koʻzim tushsa mayli edi.... Oyoqlarim menga boʻysinmay, oʻzim ham oʻsha yerga borib qolganimni bilmay qoldim. Olomonga yaqinlashgach, chetdagi farrosh aravachasiga va unga suyab qoʻyilgan supurgini koʻrdim. Haloyiq oʻrtasida bir odam hayajonlanib baqirardi:
— Birodarlar, bu odamni kim taniydi?Taniydigan bormi bu kishini?

Oldinga boʻynini choʻzib farrosh kiyimidagi, ogʻzidan koʻpik sochib, koma holida yotgan otamni koʻrdim. Atrofda meni taniganlar bor. Farrosh otam esa yerda yotibdi, odamlar tinmay javrashardi:
— Voh, bechora, bolam-boʻtam, qozon-qirmoch deb, oʻzini oʻtga-choʻqqa urdi, halol mehnat bilan pul topaman deya, koʻchada fanolik kechiribdi.
— Yoʻq birodar, yoʻq. Bu joyning otini shahar qoʻyishganu, oʻlib ketsang birov bilmaydi. Nomi shaharmish. Ammo haq bizga haq,musulmonlik, insonlik bizga haq!
— Kim bilsin uyidagilari, bolalari eshitsa telba boʻlib qolishsa kerak. Tuzuk boʻlsa uyiga yuborish kerak, bolalari hasta holda koʻrmasin, yana hafa boʻlishmasin.

Oʻrtaga chiqib, men taniyman,bu kishi meni otam , deyolmadim. Qoʻshnim desam ham boʻlardim. OLomon sirgʻalib chiqib qochdim.Yerda yotgan farrosh otamni tashlab, olomonga ichimda la'natlar aytib u yerdan tez uzoqlashdim....

Otam oʻsha hodisadan keyin koʻp oʻtmay olamdan koʻz yumdi. Faqat oʻlimidan soʻnggina uyalganim - farrosh otamdan vijdonim sadosi bilan bir nech savol soʻramoq istadim. Nega uyaldim sizdan, otajon? Meni oʻzingizdan uyalmaydigan farzand qilib tarbiyalamadingizmi? Sizning farrosh ekanligingizdan gʻurur tuyadigan iftihor tuyadigan hulqni nega menga bermadingiz?Meni vijdon azobiga nega qoldirib ketdingiz otajon? Otalarining nonvoy, etikdoʻz, poyabzal boʻyovchi ekanidan gʻurur tuyuvchi farzandlar faqat Islom ahloqi asosida Islomiy hulq bilan tarbiya topgan farzandlardir. Bilmadim, oʻlim holatida yotgan otamdan qochganim va buning oqibatida vijdonimda iygʻongan dard oʻlimim bilan tugarmikan?

Ibrat.

Oʻsha kuni havo yoqimli di. Jonimdan sevgan yigitim meni ota-onasi bilan bugun soʻrab keladi. Bugun men ikki yil orziqib kutgan kun. Shu nurafshon kunda sevgilimga yetishish uchun birinchi qadam qoʻyiladi. Hech qanday toʻsiqsiz turmush qurdik. Shod, mas'ud, bahtiyor edik. Juftim bilan hamma narsani maslahatlashar edik. Farzandli boʻlishga shoshmas, darrov bolalik boʻlishni istamasdik. Chunki bola boʻlsa oʻynab kulishimizga halaqit beradi, deb oʻylardik. Kinoga, kokteylga hali bola bilan birga boradigan holda emasdik. Oradan ikki-uch yil oʻtdi. Erimning oʻlimini gazetadan oʻqib bildim. Yoʻlda halokatga uchraganlar orasida u ham bor edi. Yorugʻ dunyoyim qorongʻu boʻldi. Uning ortidan qolgan bolamiz ham yoʻq edi. Yoshlik esa tugab borardi. Har narsadan shubhalanardim. Erim nega oʻldi? Hali turmush shirinligini tuzukroq totmasdan, yoshlikka toʻymasdan... Endi qanday yashayman.Bilmasdim. Vaqt har narsani esdan chqaradi deganlaridek, erimning oʻ;imi ham sekin asta yodimdan chiqib borardi,. Sochlarimni yosh qizlardek turmaklashimga, kiyinishimga, dengizda yosh qizlar yonida boʻlishimga qaramasdan nomim yosh tul edi. Kun keldi, tullikdan zerikib, ikkinchi bor uylanmqchi boʻlganlarni tanlshga qaror qildim. Va uzoq oʻylab bir zobitni tanladim. Uni menga oʻhshaganlarning koʻpchiligi yoqtirardi. U yosh,lekin hotinidan qolgan uch bolasi bor edi. Lekin baribir uning uylanish haqidagi taklifini qabul qildim. 38yoshli dengiz zobiti Akrom bilan nikohlandik. Kichikkina toʻy ham oʻtkazdik. Bolalari - Aslon 6 oylik, Chigʻdam 4yosh, kattasi Faruq 6 yosh edi. Akromni uyiga kelganimda uning onasi biz bilan turishidan habarim yoʻq edi. Qaynonamni koʻrib, erimdan ham nafratlanib ketdim,chunki u menga yolgʻon gapirgandi. Qutulishning iloji yoʻqligidan toʻrt devor, qattiqqoʻl qaynona, uch bola bilan qolishga majbur boʻldim. Gapning qisqasi men oʻzimga qasd qilgandim. Turmush qurganimizga bir hafta boʻlgach koʻpincha Akrom uyga kelmay qoʻydi. Aqldan ozayozdim. Qaynonam har ishga aralashar, lekin men hech narsa deyolmas, orqasidan esa tilimga kelgan soʻzlar bilan qargʻardim. Uch bolaga esa qilmagan yomonligim qolmadi. Olti oylik Aslonni huddi katta boladay urardim, bolalarga qaramasdim. Akromning asl qiyofasini ham endi bilayotgan edim. Ichkilik ichar, har hil yomon ishlarga boshini suqardi. Bir kecha Akrom odatdagidek yoʻq, bolalar esa yigʻlashardi. Ikki kichigi tayoqdan tinchimasdi. Kichik Aslon tagini hoʻllab qoʻygan, qiz ochlikdan yigʻlardi.Eshini tars yopib chiqib ketdim. Keyin Akroni pavilyonlardan izlab yurdim, Ovroʻpaga ketganida ilojsiz edim,lekin bu yerda boʻlsa mendan qutulolmas, qoʻlim yoqasida boʻlardi. Turmush qurganimizga 8 yiol bolganida men ham uch bolaning onasi boʻldim. Otalari bergan pul yetmagani uchun oʻzim chevarlik qilib, faqat oʻz bolalarimni boqardim.Oʻgaylar katta boʻlib qolishgandi. Ular bilan oʻz bolalarimni bir dasturhonda ovqatlantirmasdim. Oʻgaylarning yeguligini ovqat deb boʻlmasdi.Oʻz bolalarimni har hil ovqatlantirar, goʻshtni oshhonada emas, uyda pishirardim, baribir hidi tarqalardi.....

Yetishmovchilik tufayli shunday yoʻl tutardim. Ochlik - ocharchilik edi. Haliyam hammadn koʻp topadigan oʻzimiz edik. Bir uyda boʻla turib bolalarim oʻgaylar bilan nirga oʻynamasdi. Tikuvchilik ishiga yarim kechasi boʻlsa ham Aslanni uygʻotar edim. Oʻzimning qiyinchiliklarim uchun otalariga boʻlgan oʻchimni bolalaridan olardim. Biz uchun nonvoyhonadan 6 yoshli Aslan non olib kelar, ularga bu yangi, tandirdan uzilgan nonlardan bermasdim. Bola nonni menga uzatayotgandagi koʻzlaridagi yolvorish qahqaha urishimga sabab boʻlardi. Istanbulda alohida joyda faqirlar uchun sotiladigan non - yetimlarning yeguligi edi. Aslon navbatga turar, suvi qochgan, mogʻorlagan, sichqon kalamush tekkan arzon nondan yeyishar va shu sababli lablari shishib ketar, hech narsa yeyolmaydigan holga kelar va och qolishardi. Bolalar ulgʻayib qolishgach qaynonam tongʻich oʻgʻilni oʻziga oldi. Menga Aslon bilan qizni qoldirdi. Aslon ham katta boʻlib qolgani uchun ishlashi kerak edi. Aslonni jurnal sotishga qoʻydim. Sotib boʻlmaguncha uyga qaytishini taqiqladim. Bunga amal qilmasa oʻlguday urardim. Qishning qattiq sovuq kunlaridan biri edi. Tashqaridagi sovuq odamni junjiktirar edi. Kech soat boʻlishiga qaramay Aslon uyga qaytmadi. Bolaning qaytishi emas,u olib keladigan pul muhim edi. Tanish ovoz eshitib tashqariga qaradim.
— Ona-a-a, eshikni oching!!!

Aslon qoʻlida jurnallar bilan turardi.
— Ona eshikni oching... Sovqotdim...Bugun sotolmadim... Ertaga sotaman..Meni ichqariga kiriting!!!

Ovozi shamolda sado berardi. Yoi'q ochmayman. Erkalanib, taltayib ketadi va ertaga ham sotmasdan keladi. Bolaning gapiga ishonib boʻladimi? Buning ustiga olti yosh bolaning gapiga.... Shu asnoda uhlab qoldim. Uygʻonganimda ovoz eshitilmasdi. Sotuvga ketdimikin, deb tashqariga qaradim. Qorga koʻmilguday boʻlib ketibdi, ichkari kiritdim. Sotolmagan uchun saboq boʻlsin deb, urdim. Ovqat bermadim, shu holda uhlab qoldi. Oʻgay bolalarni uradigan alohida joylarim boʻlardi. Qizni hammomda, Aslonni oshhonada urardim.Toʻngʻichi yonimda payti kaltaklanadigan joyi - mehmonhonamiz eshigini orti edi. Bolalarning shunday urgan bir kunimda, Aslonning juda jahli chiqqan boʻlsa kerak, boʻynimdagi munchoqlarga osildi. Sochilgan munchoqlar tahtalar orasiga tushib ketdi. Uni shunday urdimki, boshi yorildi, qon oqdi. Oz-moz davolashni bilardim. Tyzatdim. Oradan bir yil oʻtdi. Yana shunday qish kunlarining birida bolalarni urayotgan edim, zoʻrgʻa sudralib, mast holda otalari kelib qoldi, bolalarning ahvolni soʻradi. Koʻzim bilan ishora qildim, qiz gapirmadim, Aslon aytib berdi. Erimning jahli chiqib bolalariga:"Hozirlaning buvingiznikiga joʻnataman", dedi. Yarim kecha, sovuqda ustlari yupun bolalarni buvisikiga joʻnatdi. Bolalari shi\u ketgancha qaytmadi. Qosimposhodan Toʻphonaga ketishdi...

Bu yirtqich, vahshiy oʻgay onaning bir necha yildan beri tortayotgan vijdon azobiga kelsak...

Hozir 65yoshdaman. Ikki cuh yildan beri boshimga yarim yorti roʻmol oʻrayman. Namozimni oʻqiyapman. Oʻgay bolalarga nisbatan vijdon azobini biroz boʻlsada, Allohga qaytgach tuya boshladim. Allohga qaytgach, tuya boshladim, bu ishlarni yirqich emas, iymonsiz qilishi mumkinligini, iymoni bor odam bunday qilolmaydi...

Vijdon azobi esa har daqiqa men bilan birga... Istanbul koʻchalarini kezganimda, jome’larga qaraganimda, qish kelganida, yosh bolalarni koʻrganimda oʻ;lishdan oʻrqaman. Allohga qanday javob beraman deya... Yashamoqdan qoʻrqaman. Vijdonim soʻrogʻiga javob topa olamyman. Hozirgi iymoni oʻshanda boʻlsa edi. Omonat qilingan bolalarga shunday qilarmidim? Koʻzyoshlarini oqishiga yoʻl qoʻyarmidim?Otalarining oʻchini shu norasidalardan olarmidim?Yoʻq, hech birini qilmasdim. chunki shu onda iymonga qovushmoqda edim. Islomni oʻrganmoqda edim. Allohdan avf soʻrayverib, biroz inchlanganday boʻlaman. Yoʻqsa koʻrinmas azob meni yeb bitirardi....

Ohirida shuni ma'lum qilamanki, keksaygach, oʻz bolalarimnikiga bordim, meni qbul qilmadilar, tashqariga haydadilar. Bugun hasta boʻlsam menga qaraydigan oʻsha kichik Aslon va uning iymonli hotini.... Ana shu meni ulkan vijdon azibim emasmi? Men unga qarashim kerak boʻlgan vaqtda dunyosini qaro qildim, hayotini zahar ayladim,koʻnglini yaraladim. U esa keksayganimda, unga muhtoj boʻlganimda:
— Keling onajon!- dedi.

Eng katta ibrat darsi emasmi bu? Iymonsiz davrimda qilgan qilmishlarimga iymon bilan qilgan javobi emasmi bu? Samimiy quchoq ochishi men uchun ulkan vijdon azobi emasmi?

Togʻora.

Ayol yosh vaqtidayoq eridan ayrilib, undan qolgan yolgʻiz oʻgʻlini tarbiyalab oʻstirish uchun tish-tinogʻi bilan harakat qildi. Uning orzusi bu oʻgʻlini hech kimga muhtoj qilmay oʻqitish edi. Kunlarini shu niyat bilan kechirdi. Yosh va goʻzal edi,ammo turmush qurish haqidagi takliflarni ortga surib keldi, yoshligini oʻgʻlini boshqa oʻllarga qaratmaslik uchun qurbon qilmoqchi boʻldi.Birovlarning kirini yuvdi,lekin bolasini hech kimga muhtoj qilmadi. Oʻgʻlini oʻqitmoqchi,kasb egallagach, qolgan umrini uning yonida egallamoqchi boʻldi. Shu hayollar bilan oradan yillar oʻtdi....

Nihoyat oʻgʻli huquqshunoslik fakultetini bitirib,hakamlik vazifasida ish boshladi. Onaning sevinchi yeru koʻkka sigʻamasdi. Navbat oʻgʻliga munosib kelin topishga keldi. Shu orzusi tezroq amalga oshsa edi....Uni rosa ahtardi,izalb-izlab topdi. U zohiran oʻzi izlagan qiz edi,botinan esa noma'lum. Koʻrinishi yahshi, Ichini kim bilsin. Kelinini oʻz farzandiday yahshi koʻrar,bir soat boʻlsa ham oldinroq toʻy boʻlishini hohlardi. Goʻyo oʻzi turmush qurayotganday. Bir lahza boʻlsin avvalroq kelinini tushirmoq, yangi uylariga koʻchmoq istardi. Bir goʻshaga chekinib nabiralarini erkalashni istardi. Hotiralariga,shirin hayollarga choʻmishni istardi... Nikoh kuniga bir oy qolgan edi. Kuyov kelinni olib yangi uyga joylashadigan ashyolarni oʻrinlari oʻlchovi, moʻljalini olmoq uchun kelishdi. Yangi uy goʻzaltus oldi. Boʻlajak kelin qayligʻiga:
— Jahonbey, hammasi chiroyli, yahshi boʻldi,ammo shu togʻorani qayerga joylashtiramiz? - dedi.Yigit ajablandi:
— Shunday katta uyda bitta togʻoraga joy topolmayapsanmi?Peshtahta ostiga qoʻyaqol,- dedi.
— Yoʻq, boʻlmaydi.
— Ravoqqa qoʻyrsan. Boʻlajak kelin bosh chayqadi.
— Hech boʻlmasa eshik tagiga qoʻy.
— U yerga toʻgʻri kelmaydi.
— Bitta togʻorani joylashtirolmaysanmi?
— Uni emas, jonim, togʻora deb onagizni aytyapman, onangizni!

Yosh qizdan bunday gaplarni eshitgan yigit muzlab qoldi.Hayotida boshini toji boʻlgan onajonisi, oʻgʻli uchun el eshigida ishlagan, onasi togʻora oʻrnida koʻrilmoqda. Demak onasi togʻora, mayda chuyda narsa tashlanadigan quti. Nahot oʻsh jafokash, fidokor ayolni joniday sevgan onasini joylashtirish uchun oʻrin yoʻq. Boʻlajak yostiqdoshi onasini togʻora, bir quti oʻrnida koʻrmoqda....

Jahon hech narsa demadi.Uyga qaytgach ham gapirmadi. Bechora ona boʻlajak kelinini oʻzi haqidagi fikrlarini bilmay, tinmay uni soʻrar va maqtardi. Oʻgʻil bu holga achchiq jilmayish bilan javob qildi. Nihoyat nikoh kuni keldi.Hozirliklar koʻrildi. Mashinalr qatorlashdi. Salon odamga toʻldi. Odamlar kelin-kuyovni koʻrish ishtiyoqida. Va nihoyat Ma'mur kelindan soʻradi:
— Qizim, Ahmad oʻgʻli Jahonni zavjalikka qabul qildingizmi?
— Ha, qabul qildim.
— Yahshi. Oʻgʻlim siz Zaynab qizi Zalihani zavjalikka qabul qildingizmi?
— Yoʻq!... Yoʻq! Qabul qilmadim.

Bu soʻzdan hamma oyoqqa turdi. Hayrat bilan hamma kuyovga qarar edi. Ma'mur hayajonlanib, shoshib qoldi.
— Hoʻsh, hozirgacha qayerda edingiz?
— Taqsir,otamdan erta qoldim. Ularni vafotidan keyin onam meni ota boʻlib ulgʻaytirdi. Bu yoʻlda birovlarning eshigida ishladi. Meni muhtoj qilmaslik uchun kechani kecha, kunduzni kunduz, issiqni issiq,sovuqni sovuq demay ishladi. Yemay yedirdi, kiymay kiydirdi,meni oʻqitdi, odam qildi. Onam endi mening yonimda oʻtirib rohat koʻradigan huzur topadigan paytlarda siz koʻrib turgan mana bu kelin onamni togʻoraga,qutiga(ahlat qutisi deyolmadi)tenglashtirib, unga oʻz uyidan joy berishni hohlamadi.Onamni togʻora deb uni hohlamadi. Mening onamni hohlamagan unga bunday muomala qilgan ayolni men ham hohlamayman! Marhamat qilib onasini togʻora degizadiganga tegsin!- dedida oʻrnidan turib, onasini qoʻltiqlab hayratlar va koʻzyoshlar aro toʻyhonadan chiqib ketdi...

Bu hodisadan keyin qiz uyiga qaytdi.Oradan 20yil oʻtdi. Hali hanuz turmushgachiqmadi, chiqolmadi.Hanuz boshi ochiq.

Hayvonning haqqi.

Qimmatli opa-singillarim. Bu hodisani Allohning amriga muvofiq Islomiy yashagan usyozimning tilidan eshitganman. U kishi aytdilar,men yozdim, siz oʻqing. Bu ibrtali hodisadir.

"Mahallamizda,uyimizning roʻparasida bir qoʻshnim bor edi. Koʻchib kelgan kunimiz hamma qoʻshnila "hush kelibsiz" deya kutib olishdi. Ammo oʻsha qoʻshnim bilan koʻrisha olmadim. Boshqalarda soʻradim, shofyor ekan, namoz roʻza bilan ishi yoʻq deyishdi. Mayli, Alloh hidoytga boshlasin, ddim. Bomdod vaqtida shovqin eshitildi. Qaradim. Katta ochiq yuk mashinasi eshik oldida toʻhtadi. Haligi qoʻshnimiz kelganini bildim. Soat oʻnda hotinmga:
— Men bogʻda boʻlaman, yahshilab choy damla, qoʻshni kelibdi, nonushtani birga qilaylik,- dedim.
— Yahshi, lekin sap tersroq emish,- dedi hotinim.
— Mayli qoʻyaver,- dedim. Bogʻ aylanib yurganimda qoʻshni koʻrindi. Mayin tabassum bilan:
— Hush kelibsiz qoʻshni,- dedim. Birinchi koʻrishdayoq mahmadonalik qilib javob berdi:
— Hush koʻrdik, otahon. Siz kimsiz oʻzi?
— Biz endi koʻchib keldik, yangi qoʻshnimiz, mana bu bogʻda birga choy ichaylik marhamatr qilng,- dedim. Qoʻlidagi sigarani tutatib keldi. Kimligi holidan ma'lum edi. Havodan, suvdan biroz gaplashgan boʻldik. Mening diniy domla ekanligimni bilishi bilan bezovtalana boshladi. Angladimki,osonlik bilan yoʻlga yuradiganlardan emas. Ammo Rasululloh s.a.vni, Imomi A;'zamni hotirladim. Sukut qildim. Choy ichdik. Asosiy hodisa keyinroq boshlandi....

Bu qoʻshnimiz ichar, baqirar, magnitafonni jaranglatib qoʻyar,qoʻshnilarni bezovta qilardi. Oradan bir hafta oʻtdi. Qoʻshnimiz uyiga jigar olib kelib oshhonaga qoʻyibdi. Mahallaning mushugi paqqos tushiribdi. Bechora jonivorni ushlab olib, titi pitisini chiqarib, qopga solib, ustidan mazut quyib yoqib yuboribdi. BIz namozdan chiqib keldik, mahallada shovqin suron, ahvolni aytib berishdi. Hammamiz jnivorga achindik,lekin qoʻlimizdan nima ham kelardi. Boʻlar ish boʻlgandi.
— Qoʻshni shu ishni qilmasangiz boʻlardi, gunohga qolibsiz,- dedim. Menga betamiz soʻzlar aytdi...
— Bu odam telba Allohda qoʻrqmaydi. Baloga uchraydi bir kun, hafa boʻlmang,- deyishdi. Lekin man koʻp hafa boʻldim. Oradan koʻp oʻtmay qoʻshni halokatga uchradi, hamma yengil torib, sevinganday boʻldi. Lekin men koʻproq achindim. Oʻz-oʻzimga dedim:"Suv togʻra suv yoʻlida sinadi". Ziyorat kuni kelid. Qoʻshnilardan hech kim kirmadi. Men bordim. Holbuki, qoʻshni menga qoʻpol muomala qilgandi. Qoʻshni haqqini oʻylab bordim. Borganimda hushi oʻzida emasdi. Tarmi kuygan holda yotardi. Uyidagilar boshida yigʻlashardi. Bir hafatadan beri alahlaydi deyishdi. Men ham eshtib seskanib ketdim. Ogʻzidan shu soʻzlar chiqardi:"Mushukni torting!Uzoqlashtiring, oling mushukni!Yoqqan mushugim meni yemoqda!" derdi. Koʻp turolmadim, u yerdan cghiqdim.

Yo Rab! Naqadar Ulugʻsan! Birovning haqqini birovda qildirmassan, hatto hayvon haqqini ham! Allohga beadad shukrlar qildim. Alloh huzurida zolimdan hisob soʻraydi. Lekin bandalari kabi shoshilmaydi".

Povilyoʻnga qanday tushib qoldim.

Yomon yoʻlarga kirib ketayotgan ayollarning ismini eshitar, rasmini koʻrar edim. Lekin duch kelib yaqindan suhbatlashmagandim. Yigʻinda bir honimni uchratib qoldim. Koʻrinishidan Islomiy yashashi bilinib turardi, islomiy kiyinib olgan edi. Suhbat aylanib ayollarning yomon yoʻlga kirib qolishiga kelganida, opa barchaning soʻzini boʻlib, bu haqda shunday dedi:"Ayollar yomon yoʻlga islomni bilmaganlari uchun kirib qolishyapti".

Lutfiya opa bu haqda bizga tushuncha berishga harakat qildi. Biz hayratimizni yashirolmay soʻradik:
— Islom boʻlmagan joyda insonlarni buzuvchi hodisalar boʻlishi va qandaty najot topish mumkinligi haqida bizga shunday aytyapsiz-ki, odamda bu ayol oʻsha yerlarda boʻlganmikin, degan hayol paydo boʻladi. Oʻzingiz oʻsha yerda boʻlganday gapiryapsiz.

Shunda opa ovozini pasaytirib, bizni yanada hayratga soluvchi javobni berdilar:
— Men ham 15 yil oʻsha botqoqlik ichida qoldim. Hozir, Alhamdulillah, Islom bilan sharaf topdim. Shu sababdan bu haqda gapiryapman.Hayajonimizni bosob, aytganlarini yozmoqchi ekanligimizni, qanday hidoyatga kelganlarini bilmoqchi boʻlganimizni aytdik. Uchrashish uchun bir kunni belgiladik...

Va suhbatlashdik.Opa aytdi, biz yozdik, marhamat siz ham habardor boʻling!

"Oʻtmishimni aytib beraman. u hayot mening hayotim, Ammo hatolarimni boshqalar muhokama qilishi mumkin. Insonning botqoqqa botishi aqliga bogʻliq. Mening hafrat natijasida botqoqlikka botishim sabablarining koʻpi har insonning ahyotida kechishi mumkin. Koʻrinishdan kichik narsalar, ammoularning hammasi birlashsa inson ezilib qoladi.Iymonsizlik bilan bergan mashqqat bialn chohga tushib qolasiz. Keyin Alloh hohlasa, Allohning lutfi karami bilan bu chohdan chiqib olasiz.

Davomi bor....

Tugʻilishim bilan yolgʻizlik.

Onam Marsinning bir tumanida, otam esa Marsinda yashagan. Ish sababli tumanga kelgan otam bilan onam orasida yaqinlik paydo boʻladi. Otam shahar hayoti jozibalarini aytib bergach, onamni shaharda yashash istagi chulgʻab oladi. Otam va oanm turmush qurishga qaror qilishadi. Onam qishloqda otamga turmushga chiqadi. Lekin shaharga tushishgach,otam oldin uylanganligi va oilasi borligi ma'lum boʻladi. Otamning honadonidagi koʻpchilik onamni hohlashmaydi.Bu orada onam menga homilador boʻlib qoladi. Lekinotam oilasining onamni yoqtirmasligi tufayli men tugʻilgach, ikki oydan keyin, onamni hech narsasiz koʻchaga haydaydi. Onam qarindoshinikidan boshpana topadi.Mening hayotimda islomni chetlab oʻtish tugʻilmasimdan oldin boshlangan. Onam koʻp oʻtmasdan boshqaga turmushga chiqdi.Men oʻrtada qoldim."Bolada ulgʻaygach esidan chiqib ketadi", deyishadi,lekin bolalik qanday boshlangan boʻlsa, keyin ham shunga koʻra davom etadi.Meni ona tarafidan buvim olib ketdi. Na onam bor, na otam. Otam shapaloq ursayu,onamning tizzasida yigʻlasam deb qanchalar istardim. Mehr muhabbatsiz hayotim davom etardi. Men besh yoshga kirganimda otam:"Men boy boʻlsam,nega bolam qiynalishi kerak,olib kelaman", deydi. Ammo islomni bilmagan oilada oʻgay ona borligi bu ishga mone’lik qiladi. Bu holga toqat qilolmagan otamning ammasi meni olib ketdi. Moddiy boylikka yetishib, ancha rohatli hayotim boshlandi. Ammamning uylari men almashtirayotgan 4- uy edi.Ammam mahallada dindor sanalsalar-da, mening dindan habarim yoʻq edi. Ruhimda sevgi, qalbimda qoʻrquv yoʻq edi. Faqat Allohning ismini bilardim. Yomonliklardan qanday himoyalanaman, himoyalanish zarurmi?Hech narsadan ahbarsizpeshonamga yozilganidan norozi holda yashab kelardim. Va oʻsib- ulgʻayib borardim.

Juftimdan kutganlarim.

Ulgʻayish har inson hayotidagi Yaratuvchining eng goʻzal qonunlaridan biri. Boʻyiga yetgan qiz turmushga chiqishga tayyor nomzoddir. Shulardan biri men edim. Zamonaga muvofiq holda meni oʻstirgan ammam hamma narsamni hozirladi. Ota uyini koʻrmasdan, 16 yoshimda turmushga chiqdim. Erimni yaqindan bilmayman, tanimayman. Tanisam-da biror narsani farqlash mushkul edi. Chunki ammam ham men koʻzlagan narsani koʻzlardi.. Mol dunyo, pul. Doʻkondor erimda bular bor edi. Turmushga chiqqan kuni erimdan bir narsalar kutdim. Uning ayoli sifatida hurmat qilinishini istardim. Lekin unga bunday tuygʻualr begona edi. Ba'zan meni bezovta qiluvchi hodisalar boʻlar, shunda namoz oʻqishni istardim. Yan aistardimki, juftim menga namoz oʻqishni oʻrgatsa. Lekin chala chulpa bilganim gʻuslni ham unga men oʻrgatdim. Turmushga chiqishim bilan ichimdagi boʻsjliq kengayib vahimali tus oldi. Ammo boʻshliqni qanday toʻldirishni bilmasdim. Farzandlar koʻrdim. Nima boʻlayotganini bilamsdim. Ona boʻlishim ahm meni boʻshliqdan qutqarmadi. Qabohatning kattasi menda edi. buni oʻshanda anglamasamda, hozir his etayapman. Chunki men islomni tanidim. Shu sababdan ayblash yoʻliga oʻtmasdan, asos bilan uygʻun holda oʻylab, har neni tushunishim lozim. Toʻgʻri turmushga chiqib, farzandlar koʻrdim. Lekin erimning muhabbatini koʻrmadim. Onasiz oʻsganim uchunmi,onalik ne ekanligini ham bilmadim. Yoshim19da edi... Ayni yosh va goʻzal paytim... Goʻzalligimni koʻz-koʻz qilardim, bu borada mahalla ayollari bilan musobaqa oʻynashardik. Koʻpicha mendan oʻtadigani topilmasdi. Va bu vaqt ichida hech kim tomonidan ayniqsa, erim tomonidan sevilmadim. U juda ham yomon inson emasdi. Na urar, na sevardi. Faqat yashash majburiyati uchungina men bilan yashar edi.

"Xoʻjona" qoʻshmachilar.

Biz tomonlar "johiliyat" hayotini kechirayotgan edi. Johiliyat deyilsa, odatda Arabistonning qadimiy davrlari tushuniladi. goʻyo johiliyat endi yoʻqdek. Meni va men kabilarni koʻngilochar joylarga tushirgan johiliyat emasmi? Islom hukm surmagan jamiyat johiliyat davrlaeidan birini yashayotgan boʻladi. Bunday jamoa ichidagi koʻpchilik ayollarning koʻzi va koʻngli erida boʻlmaydi. Ularda bir hushtor topsam degan fikr mavjud. Menda bunday fikr boʻlmasada, oʻsha jamoat ichida edim va oʻsha fikr tomon ketayotgan edim. Marsin va Adonada "hoʻjona"lar bor edi. Hoʻjona - oilali ayolning dushmani. Ular bokira qizlar bilan mashgʻul emas, turmushga chiqqan ayollarni yoʻldan urar edi. Ayollarni moʻljalga olib tuzoq tashlab qoʻyar, vaqti kelib oʻqi nishonga tegar yoki har jihatdan parishon ayolning oʻzi bu tuzoqqa kelib tushardi. Va oqibatda bunday insonlarga tobe’boʻlib qolardi.

Sevgi qanday hilqat?

Bir kuni bolaligimdan tanish boʻlgan keksaroq ayol marsinlik bir tujjorni maqtay boshladi. Avvaliga hech narsa tushunmadim. Faqat kunlardan bir kuni:
— Qizim, ahmoqlik qilma, Bir-ikki soatlik suhbatdan nima zarar koʻrasan, qolaversa, senga yahshi muomala qiladi, sevadi,pul beradi,- dedi. Uning bunday soʻzalrini oldin eshitmagan edim. Oʻyladim. Oilalik ayol begona erkak bilan qanday munosabatda boʻladi? Sevgi qanday tuygʻu oʻzi? Ajabo?

Koʻp oʻtmasdan hoʻjona yana keldi:
— Tujjor seni doʻkonga taklif etyapti,- dedi. Borsammikan, deb oʻyladim. Erimga qaragnada men harakatchan va goʻzal edim. Hech kimuni menga loyiq koʻrmas, menga achinib qarashardi. Menga musulmon boʻlmaganim uchun achinmaganlar,erim rosmana odam boʻlmaganiga achinardilar. Bu esa atrofimdagilarni kimligini bildirib turardi. Bu taklifni olganimda turmush qurganimga toʻrt yil boʻlgandi. Kichik yoshimda turmushga chiqib mehr shafqat koʻrmaganim uchun, bunday taklifdan keyin oʻzimda afzallik va ustunlik sezdim.21 yoshga kirganimda erkak ayolni qanday munosabatda boʻlarkin, degan qiziqish uygʻona boshladi. Bu qiziqish ostida takliflarni qabul qilar eknman, yana vijdonim ham qiynalardi. Ammo hoʻjonalar mening zaif nuqtamni topgandilar. Tinimsiz sevgidan gapirar, taklif qilganlar meni juda ham sevishlaridan lof urishradi. Men esa erimga hiyonat qilishdan qochardim. Bu orada yana bir taklif boʻlib qoldi. Bu odam bichish-tikish ustahonasining boshligʻi edi. Meni sevishi, mensiz yashay olmasligini gapirardi. Borsammikan, degan taraddud orasida yurardim. Tikuvchi bilan suhbatlashishdan nariga oʻtmadik.

Birinchi bosqin.

Ayni paytda atrofimdagi muhit "yetilgan" edi. Dugonalarimning hech qaysisini Islom bilan aloqasi yoʻq edi. Ilgari Islomni bilib unga muvofiq yashagan boʻlsakki, shunga k'ra hayotimizni davom ettirsak. Oʻsha kuni bir tanish ayolnikiga borish uchun erimdan ruhsat soʻradim. Oʻsha ayolning nomussiz va ahloqsiz ekanligini erim bila turib, menga ruhsat berdi.Uyiga kirb oʻtirgan edik,oʻsha yerning dongdor qassobi kirib keldi. Oʻzimcha:"Meni tinmay taklif qilayotganlardan boʻlsa kerak", deb oʻyladim. uy egasi:
— Sen uchun doʻkonini yopib kelibdi. Ichkaridagi honada galashinglar,u seni yahshi koʻradi, sevadi. Seni yahshi koʻrganlarni sen ham hurmat qil,hush koʻr,- dedi. Bu soʻzlar mening koʻnglimni yalaovchi, istamasam ahm oʻsha tarafgha tortuvchi va yolgʻondan boʻlksada, sohta tuygʻular hurujida rozilik bildirdim. Men qassob oʻtirgan honaga kirishim bilan eshikni qoʻngʻirogʻi chalindi. Shoshilinch ovoz eshitildi:"a-a!ering!"

Birdan...nima qilishimni bilmay qoldim. Ammo vaqt oʻtib,meni bunday munosabatlarga altgani, sababchi boʻlgani, bunga yoʻl qoʻygani uchun erimdan nafratlanib ketdim. Qassob oʻzini eshik ortiga olib yashirindi. Erim ichkariga kirib, qassobning zamonaviyligini koʻrsatuvchi kalavatidan tortdi. Bu hodisa bizni ajrashish uchun sudgacha olib bordi.... Lekin Islomsiz hayotning yolgʻonlari davom etardi. Deyildiki:"Qassob qarzini uzish uchunkelgan Eri esa honimni rashk qilgani cuhun tuhmat qilgan". koshki rashk qilsa edi.Oʻzimni bunday tutganim uchun suyaklarim singuncha ursa! Ammo qayoqda...bunday qilish tugul, meni haydab ham yubormadi....yana uyga qaytdim.

Uyat.

Uyalardim. Jazmanlarga borishga, suhbatlashishga uyalmagan odam endi uyalardim. Mahallada mish-mishlar koʻpayib qoldi. Nimalar deyishmadi. Hatto ahloqi nodurust kishilar ham men bilan suhbatlashmay qoʻydi. Bir yil shu tariqa davom etdi. Bu orada ikki bolaning onasi ham boʻldim. Bunday mish-mishlar, mehrsiz er, ona muhabbatini toʻla koʻrmayotgan bolalar va achchiq kunlarim davom etardi. Halo oldinda bu kunlarning mashaqqatlari kutib turardi. Allohim, Inshaaloh, avf etgan osha kunlar uchun faqat men javobgarmidim yoki men bilan birga mas'ulligini boʻlniga olmagan, Qur'oni Karimni yukini zimmalarida tashigan musulmonlar ham javobgarmi? Bir yildan soʻng ham hoʻjonalar ham ortimdan qolishmadi. Bu orada onam bilan topishdim. Ucharshuvimiz ham gʻalati boʻldi. Bolalarni olib aylangani ketayotganimda, qarshimdan kelayotgan ikki-uch ayolga koʻzim tushdi. oʻrta yoshlisi kelib:"Qizim,boʻyi basti bunday, ismi falon, shunday ayolni taniysizmi?"- deb soʻradi. Ayol meni ta'riflayotgan edi. Hech narsa deyolmadim, faqat "Ona-a-a!" degancha onamning boʻyniga osilib yig;aly boshladim. Shundan keyin onamning yoniga tez-tez kela boshladim. Onamdan tasalli ahtardim,lekin undan ham topmadim. Hoʻjonalar bezor qilib yuborishdi. Jonimga tegishdi, ammo men ularning joniga tegmadimErimni sevmasam ham,balki oʻsha ayollar boʻlmaganida oilamni buzmasmidim. Oʻsha yomon hayotning ayoliga aylanmasmidim. Bir narsa diqqatingiz tortmadimi? Men ham oʻshanda e’tibor bermagandim, ammo Islomni oʻrgangach...Bizlarni buzuq yoʻlga boshlamoqchi boʻlgan hotinlarning qanday nomlanishiga qarang"HOʻJONA" - goʻyo ustozlar ayollarni yomon yoʻlga solmoq uchun mashgʻullar, bu subutsiz ayollarni ularning nomi bilan atashadi.

"Sevgili va qimmatli Lutfiya! Sizni koʻrgach, sevgi neligini angladim. Behad goʻzal ayolsiz. Oilangiz, bolalaringizni borligining hech ahamiyati yoʻq. Menga, menikiga kelsangiz boʻldi. Sizga sevgi toʻla heyot bagʻishlamoqqa harakat qilardim".

Bilasizmi, bu maktub qarshisida ne holga tushdim?Shunday hayajonlandimki!.. Ayol ham hech seviladimi?...

Ayol faqat erkakning...vositasi, bundan tashqari kezsin, toʻzsin, oʻz koʻngilhushligini qilsin, faqat erkak bilan hech bir aloqasi boʻlmasin(oʻzholiga qoʻysin). Ilgariroq mehr-muhabbat va hurmatni eshitib turardim. Takliflar doim koʻp boʻlardi,lekin bu safar qarshimda jonli isbot turardi. Bu erkak bial koʻrishgib suhbatlashdik. Ammo koʻp oʻtmay Anqaraga qochishga qaror qildik. Qarorni amalga oshirishdan oldin onamning oldilariga bordim. Qaytib kelgunimcha erim bilan qaynonam hammasidan habar topishibdi. Onamnikidan qaytganimda meni uyga qoʻymadilar. Keyinchalik qarorlarini qanday oʻzgartirishgan bilmayman. Qaytib uyga joylashdim. bir narsa deyishmadi. Bolalarim yoniga qaytgach, "sevgilim"bilan aloqani uzdim. Erim tobora boyib oliy tabaqaga aylanib borardik. Erim nima qilishim bilan ishi yoʻq. Men uning nomusiga dogʻ tushiradigan harakatlar qilganimda ham loaqal bir musht urmadi. Yana hozirgi uyimizdan kattaroq uy qurmoqchi boʻldik. Yangi olgan zamonaviy jihozlarimiz yangi uyimizga sigʻmasdi. Modomiki boy ekanmzi,uyimiz ham boylarnikidek boʻlishi,oʻzimiz ham boylarday yashashimiz lozim edi-da. Bu voqeadan keyin hoʻjonalar tomonidan ikki yil bezovta qilinmadim. Koʻrinishdan bahtli yashardik. ammo men bahtiyor emasdim. Mas'udlik ahtargan, boʻshliqda tebrangan bir ayol edim. Insonlar menga yahshilik qiladi, deb koʻrsatgan eshikka kirib, saodat ahtarar, balki baht shu yerdadir, deya oʻylardim.Oʻsha paytlarda nega qarshimdan bir musulmon chiqmadi?Musulmonlar boshlarini tuyaqushga oʻhshab qumga tiqib pinhon saqlasharmidi? Sen musulmon edingmi, deb soʻraganlarga javobim shu savoldir: erini aldagan ayol musulmon boʻladimi?Komil iymonli musulmon ayol menday ish tutarmidi? Yangi uyimzini pastki qavatiga joylashdik, ustki qavati boʻyoq qilnardi. Bir kuni erim:"Boʻyoqchi mening tanishim,Ertoʻgʻon,juda ham nomusli inson, uyga kirib tursin, taom ber", dedi. Nomusli emish, qaysi nomus haqida,kim gapiryapti? Yana aytaman,nomus tushunchasi shariatdan tashqari boʻlsa, ayniqsa ayolhususida hech kim nomusli emas. Moʻmin esa nomuslidir. Ertoʻgʻon nomusli boʻlsa, keyingi hayotimda ta'siri boʻlarmidi? Nomusli boʻlsa yolgʻiz ayoldan taom talabida honasiga kirarmidi? Nomus emish...

Boʻyoqchi bilan birga.

Ertoʻgʻon menga begona boʻlsa-da,uning oldida bemalol harakat qilardim. Hushovoz boʻlganim uchun koʻp laparlar aytardim. Ertoʻgon ham tepada ularni tinglab meni tabriklardi. Koʻpincha uning yonida boʻlardim. Oqshom erim kelgach, suhbatlarimizn unag aytardim.Bir tomondan yangi qoʻshnilarimiznikiga chiqib turardik. Koʻpdan tanish muallimlarnikiga borib kelardik. Qoʻshnilar bilan shanba kuni yigʻilishga kelishgandik. Bu yerda yana bir oʻzgarish boʻldi. Bazmlarimizda shampan ichardik. Raqs, musiqa, ichkilik... Hayotimiz shu boʻlib qoldi. Bunda erkaklar koʻzga yaqin ayollarga koʻz qirini tahslashar,ularni ahtarishardi. Ayollarning qaddi basti chiroylisini bozorga solishni monini koʻngilhushlik qilib qoʻygandik. Shunday yigʻinlarni birida hoʻjonani eri bioaln uy egasi bir-birlaridan behabar menga koʻz qirlarini tashlashdi. Nega bunday muomala qilishadi derdim,lekin ochigʻini aytolmasdim. Oʻz-oʻzimcha oʻylardim, hotinlari shunchalik goʻzal boʻla turib nega menga oʻralashmoqchi boʻlishadi?Bir necha kun oʻtmasdan muallim ham hoʻjona ekanligini bilib qoldim.Bozorga chiqqanimizda oʻzini juda sirli gap aytgandek tutib:
— Shu savdigar senga oshiq, sen bilan boʻlish uchun borligʻini sovurishga tayyor,- dedi. Endi bu soz'larning ma'nosiga yetardim. Nima desa desin, qabul qilmadim. Chunki Ertoʻgʻonni sevardim. Erimdan koʻrmagan sevgi uhun undan intiqom olaman, deb oʻylardim. muallimning hotini ham yosh hoʻjona edi. Juda goʻzal, menga oʻhshab ikki bolasi ham bor. Lekin izlagan mas'udligini u ham topmagandi. Ruh islomiyatni bilmagani uchun, oʻziga ozuqa ahtarardi, boʻshlqi nima bilandir toʻlishi kerak-ku ahir. Bu yoʻl hoʻjonalikka toʻgʻri keldi. Shu yerda hatoyimda jirkanch sanaladigan birinchi taklifni aytdi.

Alloh taoloning amrlari kichik koʻrinib, ha endi nima qipti, deyish yomon yoʻlga kirib ketishga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, ayol erkak birga oʻtirishi, uylarning ichki tahsqisiga uygʻun boʻlmasligi kishilarning erkagu ayol, oʻgʻil va qizlarning hayotini tahlikaga qoʻyadi. Havf sari eshik ochilgan boʻladi. Koʻngilhushlikka oʻch ayollar, erkaklar yomon yoʻlga kirib ketganligini sababini shunday suhbatlardan koʻrishmoqda-ki,bu ham aralash oʻtirishning oqibatidir. Bir-biridan koʻngilochar joylar toʻgʻrisida har hil qiziqarli, jalb etuvchi hikoyalarni eshitishni hunuk oqibati ekanini oʻzalri aytishmoqda.

Shuni alohida takidlash kerakki, oshanday joylarga tushib qolgan menday ayol ham buni qabul qilolmayman. Turkiyada yashovchi Allohning halifasi maqomidagi insonlar ham bunga mas'uldirlar. Toʻgʻri tushuning, hozir sotilgan hotin qizlarning koʻpi musulmonlar. Bularning ismlarini aytmoqqa uyalgan kishilar bunday hotinlar oʻynagan filmlarni oʻgʻil-qizi,hotini bvilan tomosha qilishmoqda. Shuni unutmaylikki, barchamiz bandai ojizmiz, yomon yoʻlga tushib qolgan ayollarga ham barchamiz javobgarmzi. Ahir ularga islomni yetkazdikmi?Ularning yomon yoʻlga kirib qolishi Alloh taolo va Uning amrlarini bilmasliklari uchun emasmi? Povilyoʻnlarda, uchrashuv yoʻllarida... Yoshlar filmlarda oʻynamoqda... Bizning oʻz farzandidan behabar musulmonimiz endi mundoq qarasa, kechagina povilyoʻnlarning "gʻunchasi" bungun film "guli" boʻlib, oʻgʻil qizi unga muhlis boʻlib turibdi. Ularning osib qoʻyilgan rasmlariga maftun boʻlib yuribdi. Va bu holga oʻsha musulmon ota-ona hech narsa demaydi. Boy musulmonlar muhtojlikdan shu yoʻlga kirib qolgfan ayollarga oʻzlarini javobgar bilmaydilarmi? Er-hotin kelishmovchiligi, qaynona,qanysingilning kelindan erga tinimsiz shikoyatlari, erning hotindan sovishi, hotinning eridan noroziligi.... Qaynota qaynonaning kelinni choriday ishlatishni hohlashi.. Ayolga hayvonga nisbatan ham pastroq ahamiyat berilishi... asosiy sabablardan biri. Moddiy tomondan qiynalishi esa yana bir sabab.

Davomi bor...

Bir kuni telefon jiringlab qoldi. Olsam, qarshimdagi poviyoʻn hoʻjayining uyiga oʻgʻri tushib uni oʻldirib ketganligi haqida habar berishdi. Hayajonlandim. Janozasi Shishli jome’sida oʻqiladi, deb aytishdi. Oʻsha kuni hech birimiz ishga bormadik. Shimda, boshimga dastroʻmoldek roʻmolni "oʻrab" janozaga bordim...

Jome’ning oldi odam bilan toʻlgan. Gulchambarlar koʻpligidan tobut koʻrinmasdi...yigʻlashmoqda...men ham yigʻladim. Ammo nega yigʻlardik?Tirikligida jome’lar haqida aytgan soʻzlari yodimga tushdi. Jome’larni Turkiyadan yoʻq ailish degan odam, endi oʻzi yoʻq boʻlib, jome’dan koʻtarilib,pastga qora yer tagiga ketmoqda edi. Holbuki, bu odam oʻzi egalik qilgan uchrashuv uylarining oldida ichkilikka toʻla stolga qoʻyilishi kerak. Bu odam hotin-qiz sotib shunchalik koʻp pul topgan-ki, bu boylikka yan qanchadan qancha uchrashuv uylari qursa boʻlardi. Jome’larga duhsman boʻlgan bu odamning nufuz qogʻoziga har qalay "musulmon" yozilsa ham musulmonlikka dushman boʻlgan bu odamni janozasini oʻzi egalik qilgan uchrashuv uyidan koʻtarishga gʻurur tuyamiz deyish kerak edi. Umrida jome’ ichiga kirmagan, tashqarisidan koʻrishi bilan kufr keltirgan odam endi jome’dan koʻtarilayotgan edi. Juda ahmoqona ish. Imom jamoatga oʻgirilib:"Bu qanday odam edi?" deb soʻradi. Odamlar bir ovozdan:"Yahshi odam edi!" debovoz berishdi. Nimasi yahshi edi? Uni qaysingiz yahshi bilardingiz? Yuzlab ayolni bozorga solgan, qancha ayollarning oila buzgan,necha-necha bolalarni yetim qilgan odam yahshi deyilmoqda.Janoza namozidan keyin qabrgacha ergashib bordik. Men umrimda birinchi marta janozani va mozorni koʻrmoqda edim. Mayitni tobutdan olib, lahadga qoʻyib,ustiga tuproq tortdilar. U yerda ham Imom duo qildi. Gunohlariga magʻfirat tiladi. Hamma qoʻzgʻolib qabristondan ketishdi. Mening dunyoyim vayron boʻldi. Men ham bir kun oʻlaman...

Dugonalarimizdan birini:"Muqaddas uch oyga yetib keldik, keling jome’ni aylanamiz",- degan taklifini hammamiz qabul qildik. Ayyub Sulton Hazratlarining qarorgohi bizlar uchun doimo tohtash joyi edi. Bir kecha Markaziy jome’da bir hofiz Qur'on oʻqiyotganda shunday ta'sirlandimki, qancha yigʻlaganimni bilmayman. Qadr kechasida birinchi marta chalaroq namoz oʻqidim. Endi Allohga duolar qilar edim. "Meni bu hayotdan Oʻzingga qaytar" deya yolvorardim. Ahd qildimki, hech boʻlmasa juma kunlari ichkilik ichmayman va ishlamayman. Yana bir kun Ayyub Sulton Hazratlarining eshigidan kirar ekanman, bir ayolning kitobfurushdan:"Qur'onning turkchasi bormi?"- deb soʻraganini eshitib qoldim. Hayajonlanib:"Qur'onning ham turkchasi boʻladimi?_-dedim. Kitobfurushga uchradim. Kitoblarni boʻsh vaqtimda oʻqiydigan boʻldim. Ichkilikni tahslashga qaror qildim. Boʻlmadi. Lekin vaqti bilan tashlashimga ishondim. Ishdan keliboq gʻusl qilar, yodlagan duolarimni oʻqir, ora sira tasbeh oʻgirardim. Povilyoʻn ayollarining ichida ham Ramazonda ishlamaydigan, namoz oʻqiydigan bir oy doʻstlarini ham qabul qilmaydigan bor. Me’roj Qandilli yangi jome’ga bordim. Chiroyli kiyinib oʻranib oldim. Jome;dan ichkari kirishim bilan yosh qizlar oʻtirganini koʻrdim. Musulmon boʻlib ilk marta shulardan iliqlik koʻrdim. Menga ba'zi narsalarni tushuntirdilar. Birinchi va'zni Timurtosh Hojadan tingladim. Va'zdan shunchalar tas'irlandimki:"Yo, Rabbiy! qachon qutulaman",- deya yolvorardimTimourtosh Hoja Barot - gunohlar kechirilish kechasi, qilinadigan tavbalar haqida biroz va'zqildilar. Va qanday gunoh boʻlsa ham qayta qilmaslik sharti bilan tavba qilinsa Alloh taolo kechiruvchi ekanini, Allohdan umidi yoʻqlar kofirlar ekanini ham bildirdilar. Ohirat va oʻlimni yangidan anglatdilar. Endi yangi davra ichiga kirgandim.

Ramazonda roʻza tutib soʻng ishga borsammikan yoki ishni tashlasammikan? Shu yillar ichra ahtarganim Rabbim ekan, oqibatda Rabbimni topdim. Rabbim meni botqoqdan qutqarmoqni iroda qildi. Jome’dan chiqqach hayqirgim keldi:"Hoy halq!Allohga qayting! Chunki Undan boshqa sevilgan, marhamatli, avf etuvchi yoʻq!" Lekin hayqirolmasdim. Oradan koʻp oʻtmay ishlay olmasligimni angladim. Ish joyga borib hayr hoʻshni joyiga qoʻyib oʻsha chirkin hayotga vido aytdim. Hayotimning eng goʻzal yillarini bagʻishlaganim shu jaholat uyini tark qildim. Mashaqqatlarga, iztiroblarga toʻla hayotim yillari ortda qoldi. Kelgusi yillarimni esa Allohning izni bilan bir moʻminday kechirmoqchi edim...

Oʻzim haqimda soʻz tugadi. Aslida aytganlarim, shubhasiz, anglagansiz, faqat oʻzimgagina emas, hammamizga balki, butun jamiyatga oiddir. Mening qaytishimga ba'zi voqealarning ta'siri va Alloh (J. J) imtihoni va intiqomi ham bor edi. Bular qaysi deysizmi? Hozir aytaman...

Izmirda mahkama yonida oʻtayotib, bir toʻp odamga koʻzim tushdi. Yaqinlashdim. Yerda qoʻl oyogʻi shishgan, yuzi tanib boʻlmas holga kelgan bir ayolni koʻrdim. Oʻz-oʻzimch abu ayolni qayerdadir koʻrganman deb oʻyladim. Soʻngra ovozidan Izmir koʻngilochar pavilyoʻnlaring yagonasi,deya tanilgan Mehribon ekanini bildim. Taniy olmas darajada kaltaklangandi. Kaltakdan yuzlari yara dogʻ boʻlib ketgandi, uni hech kim ishga olmadi. Bakirkoʻyda kasallarga libos va yeguliklar olib borardimYana bir kuni borganimda,shunday ayollardan biri, mashhur san'atkori - Salma telba holda keltirilgandi. U suhbatdoshlar orasida uy buzuvchi deya nomlanardi. Alloh undan intiqomini olgan buzgan oilalari uchun tirikligidayoq jazolanayotgan edi. Keyinroq uni ruhiy kasalahonada deb eshitdik....Oramizda juda boy ayol bor edi. Doʻkonu mashinalrini sonini hech kim bilmasdi. Uyi antiqa ashyolarga toʻla edi. Bir kuni turmushga chiqmoqchi,keyin Olmoniyaga ketmoqchi ekanini bildik. Qutulmoqda deya sevindik. Keyin bilihimizcha,oʻsha kishi uning hamma mollarini sotib, huquqiy jihatlarini men yuritaman, deb oʻzlashtiradi. Olmoniyaga ketish uchun tayyorgarlik koʻradi. Mu'nihga kelganida oʻsh aodam:"Sening pasporting va ruhsatnomang shu yergacha yahshi qol!" deya joʻnavoradi. Ayolni orqaga qaytarish uchun polismenga odam yuboradi. Hotin oʻsha yerda aqldan ozib, ruhiy kasalhonaga tushadi. Shifonadan chiqqanida uni koʻrdim. Juda choʻkib keksayganday boʻlib qolgan, aljirab tilanardi.... Aytadigan narsalar koʻp... Yana bittasini aytayin. Boy lekin oʻlguday ziqna bir dugonamiz turmushga chiqmoqchiligini aytdi. Har doimgiday hammamiz sevindik. Uylanadigan kishi uning barcha mol dunyosini oʻzining nomiga oʻtkazadi. Dugonamiz bizga boyligini Amerika tomonlarda sohil boʻyidagi uyga joylashtirganini aytdi. Oʻsha oqshom uyga boradilar. Kuyov undan oldin kiradi,dugonamiz kirsa,uning oldida bir kelin oʻtiribdi.Dugonamiz kuyovdan :
— Buning bu yerda nima ishi bor? Bu kim? - deb soʻraydi.
— Sening nima ishing bor? Bu yer mening uyim, bu mening erim,- deydi kuyovdan oldin. Dugonamiz oʻsha yerda aqldan ozadi. Koʻchaga chiqib yiqilib qoladi. Yurdosh fuqoralar uni Bakirkoʻlga eltishdi. Alloh taolo bandasini bandasiga sabab qilib intiqomini oladi yoki oldiradi. Albatta buni aql yuritganlar biladi. Bu ayollarning na dunyosi goʻzal, na ohirati... Ikkisi ham harob..

Duolarimda u yerda boʻlgan ayollarning qutulishlarini soʻrab, allohimga yovoraman. Allohga sigʻinib kechmishimdan tavba qilaman,avf qilib shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytaman. Bu sarhush, telba dunyoda biror dardsiz odam bormi, deb soʻraymiz goho. Endi bizni diqqat bilan tinglang...

"dardsiz odam boʻlmaydi". Biz buni bilamiz, siz ham bilasiz. Lekin dardiga sabru qanoat qilgan dardli esada yanada huzurli boʻlgan insonlar ham bor. Bu huzur qanday qoʻlga kiritiladi? Dardli holda mas'udlik qanday mumkin boʻlur? Qancha odamlarni koʻrdik, roʻmolhasi dogʻ boʻlganiga yigʻlaydi. Yana necha insonlarni koʻrdik, jufti oʻlgan, oʻzi saraton kasaliga chalingan, lekin koʻz yosh toʻkmaydi. toʻksa ham bildirmaydi, oyoqda turib sabr qiladi.Biri roʻmolchasining kiriga,paypogʻini ipi uzilganiga yigʻlasa, nega ikkinchisining ahvoli tang boʻlsada siqilmaydi, buhron kechirmaydi? Sababi nima? Nogoh dunyoda hamma narsasidan, yaqinlaridan ayrilib, yolgʻiz qlgan qariya ruhiy kasalhonaga tushadiyu, huddi shunday ikkinchi qariya qanday qilib tushkunlikka tushmaydi? Ajabo! Unashtirilgan yigiti tahslab ketgan yosh qiz yomon yoʻlga kirib aqlidan ayriladi-yu, huddi shunday boshqa qiz nechun aqli hushi, irodasi,nomusini yoʻqotmasdanhayotini davom ettirmoqda? Narigi qizning joniga qasd qilishiga sabab boʻlgan voqealar nima uchun bunisiga ta'sir qilmagandek? Farzandsizlikdan bir ayoloʻz joniga yetti bor joniga qasd qiladi-yu, boshqa shunday ayol bunday yoʻltutmaydi? Hotinidan mukammallik talab qilib bir er oʻz uyini tark qiladi, hunday boshqa erkak esa turmushini buzmaydi?Unga nima taskin beradi? Savollarimiz tuganmas...tugamaydi ham. Nechun insonning uyi, mersedesi, hotinlari, yeyishi,kiyishi, har narsasi yetarli, moʻl boʻlgani holda u hushbaht emas. U dunyosini, oʻzini anglayolmaydi, behayo filmlardan huzur oladi. Balki buzuqlik iskanjasidan oʻzini qutqarolmaydi. Oʻziga hos mustahkam fikri yoʻq. hayoli oshqozinida va yengil yelpi oʻynab kulishida. Goʻzal ayol ahm hazin, goʻzal boʻlmagani ham. Oʻz-oʻzicha dardsizman degani ham hursand emas....

Ha, albatta barchamiz dardlimiz. Hammamiz nedandir hafa boʻlib, nedandir yigʻlaymiz. Kunlik hayajonlar, bahsu taloshlar, masalalar negadir huzur bahsh etmaydi. Ajabo, nimafdan hafa boʻlib, nimadan yigʻlaymiz?Ba'zi boʻy yetgan qizlar,oʻtirib qolishidan qoʻrqadi. Talaba oʻqish ohirida sinov daftariga yomon baho tushib qolishidan. Uy bekasi juftiga turli yeguliklar qilolmagani, mehmonlarga katta dasturhon tuzatolmagani, taklif etilgan joyga yangi kiyimda borolmaganidan armonda. Ota-onasiga osiy qiz poʻrim boʻlolmagani, uyidagilar tushunmayotganidan yoʻlini yoʻqotib ne qilishini bilmaganidan pinhon koʻz yosh toʻkadi. Choʻloq va koʻr kishilar ham jamoatga qoʻshilolmay hijolatlanib, dard chekadilar.Shirkat sohibi ishlar ilgarilishini, yana shunday bir shirkat tuzishni,ishchilar choʻntagidan qanday urib qolishni oʻylab dardlidir.Bankda million puli borlar ham buni qanday qilib koʻpaytirishni oʻylab dardlidirlar. Filmda ishtirok etgan aktyor rolining qanday chiqqanini oʻylab dardlidir. Eng kam ish haqi oluvchi ishchi kechqurun uyiga boʻsh qoʻl bilan borolmasligini oʻylab dardli. Hullas, har kim oʻzicha bir sabab tufayli dardli. Toʻgʻri tushuning va soʻzimizga e’tibor berib,quloq soling. Biz dardsiz inson boʻladi demoqchi emasmiz. Dardli boʻlgani holda tasalli topa oladigan, insonlar ham borligi haqiqat ekanligini aytmoqchimiz holos. Boshqa tomondan Islom yoʻlini, malhamini taqdim etmoq istagimizni aytmoqchimiz. Inson oʻzini Allohga butunlay topshirishi oson kechmaydi. Buning uchun vaqt va ilm kerak. Allohga qaytmoq jamiyatda yanglish aks ettirilmoqda. "Tonggacha uhlamaydi, ovqatlanmaydi, oh chekadi" kabi tushunchalar bor. Islomiy yashash - solih amal qilish,gunoh qilmaslik,gunoh qilsa tezda tavba qilish. Keyinroq tac\vba qilarman deb oʻzini chalgʻitmoq emas. Muhtaram birodarim! Shuni unutmaylikki, Allohga qaytmasdan aslo huzurga erishib boʻlmaydi. Dard inson uchundir, inson bir quvvatga tayanmasa huzurli boʻlolmaydi. Quvvat boʻlishi lozim. Allohga suyanmoq, Uni sevmoq naqadar goʻzal tuygʻu. Bilaizmi, inson har doim bu tuygʻuni himoya qilolmasa ham vaqti vaqti bila shu tuygʻu ichiga kiradi. Koʻrinki, Allohdan qochganlar,Allohdan uzoqlashganlar bu tuygʻuni tanimaydilar ham. Bu - ne yoziq, ne achchiq qismat...

Sozning muhtasari maqbul deyishiadi. Qisqasi shulki, inson Allohga qaytmaguncha - ibodat qilmaguncha ruhiy farogʻatga aslo erisholmaydi, aslo gʻam-andu, qaygʻu - gʻussalarda qutula olmaydi. Dardli birodarlarimizga shuni tavsiya qilish bilan hamdardmiz. Niyat - Alloh rizosidir. Bomdodga tur, tahorat qil, namozingni oʻqi birodar! Keyin quyosh chiqqunicha tasbehda boʻl. Alloh senga bergan 24soatning bir soatini Unga bermoqdasan. Koʻpmi? Tilni ishlatmasdan,ovozsiz, butun vujuding bilan Alloh,Alloh, Alloh de... Har Alloh deganingda qalbing yumshayotganini his qilasan. Bu oʻlchov INSON uchundir. Shuni aytishim kerakki,qalbingizdagi barcha butlarni, togʻutlarni, shirklarni uloqtirib,koʻnglingizni tiozlamasangiz, Islomni bir butun holda qabul qilmasangiz, istagancha tasbeh oʻgiring foydasizdir. Avvalo Islomning barcha amallarini qabul qilmoq shartdir.Besh vaqt namozni hech ahm oʻtkazib yubormang. Bu orada katta kichik gunohlarga yaqinlashmang. Bu vaqtni Allohni tanishga Islomni oʻrganmoqqa sarf qil. Ba'zi bechoralardek, ziddiyatli, murakkab,qarama-qarshi ahvolga tushib qolma. Islomni bilim bilan atni. Dardingni Islomdan nafi tegadigan va senga va'z ayta oladigan kishilarga ayt. Islomning dardi bilan dardlanki, oʻzingni dardlaring oʻzingga dostron boʻlib kelsin. Agar Islomning duhsmanlarining qiliqlaridan hafa boʻladigan boʻlsang, oyoq kiyimingni yoʻqligi senga dard boʻlolmaydi. chunki aqling va dilingda boshqa dard boʻlur. Yana oʻsha tavsiyamizni aytamiz. Allohga komil ishonmaguncha, Allohni sevmaguncha, Unga suyanmaguncha, Unga qaytmaguncha, ohiratda sevganlar bilan birga boʻlishga ishonmagincha bir soʻz bilan aytganda DIYONAT bilan yashamaguncha iztiroblardan qutula olmaysan!!!

Tamom...

Sizga manzur boʻldi deb oʻylayman.

Povilyoʻnga qanday tushib qoldim! Bu muslima ayolning hayotini oʻqindingiz.

Sizga qanday ta'sir qildi.Balki olgan hulosalaringizni biz bilan oʻrtoqlasharsiz.

Joynamozda yigʻlagan qiz.

Litseyning soʻnggi sinfida oʻqir, yotoqhonada turar edim.Tavhidni anglashdan va Islomdan uzoq, shaytoniy istakalr ogʻushida, zavq shavq va koʻngilhushliklar ichra kechayotgan hayotimning yoshlik davri edi. Ha, hanuz ISlom bilan tanishmagan va tanishtirilmagan edim. YAngi yil kechasiga bir necha kun qolgandi. Barcha tengdoshlar hayajon ichida. Biz ham dugonalarimiz bilan bozorga borib, oʻsha kun uchun Alloh taoloning ming bir ne’matlarini oldik.Oqshom boʻlmasdan stollarni hozirladik:charos, pista, kurka, sharob, sharbat, mevalar va hokazo. Kiyinib, bezanib degandek...tayyorlandik. Ulakn boʻlma oʻquvchi va muallimlar bilan toʻldi.Hamma bir-biriga hadyalar berar. bir qismi ovqatlanish, bir qismi raqs tushish bilan band edi. Bizlar bir-birimizga hadyalar berish va raqs tushishi uchun turdik. Bu orada men izn olib yotoqhonaga chiqdim. Honaga kirib hayratdan qotib qoldim.Shaytonga qullikni rad etib, Allohga qullik qilishga erishgan,opppoq liboslarga oʻrangan hamhonam joynamoz ustida yigʻlab duolar qilardi. Honada hech kim yoʻq.Yaqinl;ashib nima uchun yigʻlayotganini soʻradim.
— Pastad hamma koʻngilhushlik qilayotganida nima uchun sen yigʻalb oʻtiribsan?
— Dugonajon, meni yigʻlatgan narsa shu, sizlarni holingiz emasmi? Biz nima qilyapmiz? Biz uchun bu kunning nima ahamiyati bor?Gʻarbga taqlid qilishdan boshqa narsa emasku bu,- deya javob berdi.

Men oʻshanda bu soʻzlar ma'nosini oʻylamadim. Hamhonamni shu holda qoldirib, pastga tushib ketdim.Shaytoniy musiqalarga muvofiq, hayvonga oʻhshab tepinib oʻynadik. Tonggacha shu holda "koʻngilhushlik" qildik. Oshanda musulmon edim.... faqat endi musulmon ekanimni his etayotgan edim. Endi Allohga taslimiyatning shukriga erishgan dorulfunun talabsiman. Oʻshanda hayo va nomusdan yiroq edim. Yangi yil kechasiga tayyorlik qilganlarni, bozorda archa sotilayotganini koʻrishim bilan honada hamhonamni iztiroblar ichida yolgʻiz qoldirib, joynamzoda yigʻlab oʻtirganidn kulib, birga yigʻlamaganim uchun endi vijdon azobida qovrilib azob chekmoqdaman. Botil kechaga tayyorlanadigan yosh qizlarimizni oʻylashim bilan azobim yanada koʻpayadi. Yana bir yangi yiloʻtkazdik. Yana necha kishi yigʻladi ekan? Necha kishi yigʻlash kerak boʻlgan holda kuldi ekan.Men kabi vijdon azobini tortmadan uygʻonishlarini Allohdan soʻrayman.

Avval yashamagan ekanman.

oilamiz toʻrt kishidan iborat. Uch opa-singil va onam. Otamizni kichikligimizda yoʻqotganimizdan buyon tirikchilik tashvishi hammasi onam zimmasida edi. Hayotda Allohdan boshqa hech kimi boʻlmagan onam bizni turli qiyinchilik, kurash va mashaqqatlar bilan oʻstirib, ulgʻaytirishga harakat qildi. Opamiz kichik yoshda turmush qurib ketdi. Men bolaligimdan magazinda hisobchi yordamchisi va sotuvchilik qila boshladim. Qisqa vaqt ichida Mahmudposhsho muhitiga moslashishga harakat qildim. Bu yerda tijorat nomi ostida nimalar boʻlmaydi deysiz. Qizlarning ham seplari, ham nomuslari talon taroj qilinadi. Bir necha magazin egalari farzandi tengi qizlarni yoʻldan urib, har hil muomalalar qilar va ularni oʻz ahloqsizliklari yoʻlida bir buyumga aylantirardilar. Qay birlari qochib qutulardilar, qay birlari uylarini, nomuslarini boy berib, uning-buning moli sifatida qorin toʻydirish va giyohvandlik savdosi bilan ovoralar. Bugun Istambulda ayollarning ishlashini quvvatlagan beylar zimdan hozirlangan bu tuzoqlarni koʻrmasdan iqtisodiy erkinlik boʻlsin, deya na'ra tortadilar. Ha, qansdayligi noma'mlum ishlarda ishlash ayolga bir miqdor iqtisodiy huzur beradi, ammo huning barobariga, balki koʻproq ayollik hislatlarini yoʻqotadi-ku! Men u yer bu yerga oʻtib nima qilishimni bilmay yurardim. Sharoitni koʻrib qochishni ham, bulgʻanmoqni ham istamasdim. Erkaklar bilan erkin munosabatda boʻlardim. Oʻzimcha madaniy hayot kechirardim. Ulardan biror narsa yuqtirmas, ular qilayotgan ishni qilmas,lekin buni inkor ham qilmas edim. Ularga bir narsa demasdim. Ularning ishi, ularni ahloqsizliklari menga meyoridegidek tuyula boshlagandi. Shunday ahloqsizlik oqimida oʻzim boʻlishim bilan birga singlimni ham da'vat etardim. Mendan toʻrt tosh kichik singlim onamning qistovlari bilan Qur;on bosqichlariga yuborilgan edi. Singlimga sal tepadan achinibroq qarardim. Oʻzimcha uni bu dunyo zavq;aridan bebahra deb oʻylab, uni bu holdan qutqarmoq choralarini izlrdim. Bir kuni onamning tugʻilgan yurtiga ketgani, uyda yoʻqligidan foydalanib bosqichdan chiqarib oldim.

Oʻz ta'birimcha uni qutqargan edim....

Hanuz oʻzini yangi deb harakat qilgan 13 yoshlik singlim oʻzgacha hayrat ichida edi. Bu holidan foydalanib uni kinoga, teatrlarga,koʻrgazmalarga olib borardim. Istardimki,u ham mendek hur yashasin, diniy ishonch panjaralarini parchalab yoshlarday madaniy hayot kechirsin. Men yoqlayotgan yoshlar madaniyati nima edi? Koʻchalarda diqqatni tortuvchi kiyimlarni kiyish, yigit qiz aralash quralash yer depinib tonggacha oʻynashmi? Yoki choʻmilish joylarda yarim yalangʻoch choʻzilib, beorlik choʻqqisini egallashmi? Yoki asl maqsad nima ekanligini bilmay qoʻllariga kitob jurnal ushlab oʻzlarini oʻqimishli qilb koʻrsatishmi? Oʻzini haqiqtga bagʻishlamoqchi boʻlgan singlimni men ana shunday vijdonsizlar " madaniyati" moli boʻlishga undar edim. Bugun shu satrlarda yozayotgan vijdonsizligimni o;sha vaqtda basir koʻzlarim bilan koʻrolmagan edim. Men orzuyimni amalga oshirishga ulgurmadim. Singlim Allohning madadi bilan onam tarafidan Islomga koʻngil qoʻygan yigit bilan unashtirildi. Qancha urinmasamda,singlimni qoʻldan chiqarib qoʻygan edim. Singlim oramizdan ketgach, onam bilan birga qoldim. Onam oʻz dardlari, man oʻz tanlagan yoʻlim bilan edim. Bir tashkilotning halq raqslari boʻlimida raqqos edim. Bu tashkilotni tuzganlar koʻproq siyosatni, kommunizmni targʻib tashviq qilishar edi. Va shu tafaylik qamoqda ham yotib chiqqan yoshlar edi. Hammamiz "zakovatli" yoshlardan boʻlganimiz bilan fahrlanar va har hafta minglab odamlar oʻrtasida raqsga tushar edik. Bu jamoatda bir "madaniyatli" akamiz men bilan oʻzgacha munosabatda boʻlar edi. Soatlab davom etgan suhbatlarda dinsizlik emlashini oʻtkazar edi. Va albatta meni "tuzatmay" qoʻymasdi. Zaif ishonch ozgina turtkidan qulaydi. Ular oʻziga tobe’qilish uchun qoʻllaridan kelganini ayamasdi. Bir Ramazon oyida ularning hech qaysisi roʻza tutmagn holida, men roʻza tutdim. Lekin ulardan uyalganimda buni bildirmadim. Kechqurun uyga qaytishda madomiki shubhada ekanman nega tutdim deb roʻzamni buzdim. Va tugʻilgan savol javoblar ichida qolib, chorani oʻz-oʻzimdan qochmoqda koʻrdim.Qancha qochmay quyilib kelayotgan savollarga javob topa olamas edim. Ma'lum bir nuqtagacha kelar, u nuqtadan oʻta olmas edim. U nuqta nima edi?

Shunday oʻylar ichida yorganimda.oʻl;imga Hakimoʻgli Ismoilning "Ilmlar, sharhlar va izohlar" kitobi tushib qoldi. Tezda oʻqib chiqdim. Tugʻilgan savollarimga yangi yangi javoblar topa boshladim.Bir Qudrat borligiga ishona boshladimki, hayotim va yashashim boshqacha mazmun kasb eta boshladi. Bu tuygʻular bilan toʻlishib borar, bu toʻlishish esa hali men bilmagan hidoyat sari boshalrdi. Endi uygʻongandim,lekin atrofimdan voz kecha olmasdim. Na ular meni tark etishar va na men ualrni. Ishonchimga koʻra yashay olamsligim meni iztirobga solardi. Qochgim kelardi. Qochdim, atrofimdagilardan, men bilgan hamma narsadan qochdim. Rabbimga, meni yaratgan, menda hisob soʻrovchiga sigʻinib bordim. U meni kutib oldi, menga dadillik, kuch, madad va yordam berdi, Natijada men din dushmanlari qarshisida arslonga aylandim.Bu gal ular mendan qochdilarEndi boshqacha huzur va halovat ichida edim.Rabbimni bilmasdan avval hech yashamagan eknman. Uni bilganlar, topganlar, amriga itoatda boʻlgan qatoridaman. Uning yoʻlida yashashni istiqbol atadim. Uning yoʻlida boʻy koʻrsata boshladim. Islom bilan sharaflagani, hayotimga mazmun, tot-lazzat tinchlik hotirjamlik, huzur halovat bahsh etgani uchun Allohga beadad shukrlar qilaman. Zotan, shuning oʻzi baht saodat emasmi? Ilgarigi ahyotimda shular bormidi?Lekin oʻtgan hayotimni, singlimni yoʻldan urmoqchi boʻlganimni oʻylasam, oʻsah vijdonsizlik azobini yuragimdagi olov, koʻzimdagi qaynoq yoshlar bilan soʻndirmoq boʻlaman. Har kuni oʻzimdan soʻrayman: agar qutula olmasam edi, Rabbim najo bermasa edi, ne hollarga tushar edim? Ahvolim qanday kechgan boʻlar edi? Hali toʻla qutulishga ulgurmagan, hanuz koʻzlarini kattaroq ocha olmayutgan birodarlarimga uygʻoning deyman...

Zaif e’tiqod.

Bolli kuyu - muhiti ogʻir boʻlishiga qaramay, manzara jihatidan Izmirning eng goʻzal joylaridan biri. Dengiz, mahmonlar, narigi tomondan Qarshiyoqaning bir boʻlimi uzoqdan juda chiroyli koʻrinadi. Bolli kuyuning old tomoni Dibekboshining ustki tomonida joylashgani uchun Qozifa qal'ada kechadigan yoshlar hayoti Gʻarbga moyil va zaif. Qa'a restaranlarida, goʻshalarida behayolik odat sanalgani uchun shu ahvolga mos oʻsayotgan yoshlarni koʻplab uchratasiz. Uch yarim yil avval, Bollikoʻyda yashaganimzda Diyorbakrdan menga tengdosh holam biunikiga mehmon boʻlib keldi. Tengdosh boʻlgani uchun ismini aytib murajaat qilaman. Oisha - oʻrta boʻyli, sariqqa moyil, koʻzga yaqin tartibli muhitda tarbiyalangan, biroz siniq,lekin oqkoʻngil yahshi qiz. Oʻsha paytlarda juda oʻrangan holda kiyinib yuruvchi diniy mavzularda sobit fikrli, tariqatga bogʻlangan qiz edi. Fursati boʻldi deganda kitob oʻqirdi. Kitob oʻqishni sevgani holda, diniy bi;limi yuksak emasdi. U diniy mavzularga muhabbatli, men esa, aksincha Islomdan nafratlanar edim.Diyorbakirga borganimda ham bahslashardik. Lekin bir fikrga kelolmasdik. Biznikiga kelganda ham bahslashardik. Bir-birimizni oʻzgartirishga qat'iy harakat qilardik. Fikrlarini yoqtirmasamda, oʻzini juda yahshi koʻrardim. Lekin pardoʻzi ustiga chorshaf yopiganida yoki sharf bogʻlaganida unga ham achinardim, ham qoloq deb oʻylar va uni bu holdan qutqarolmaganim uchun hafa boʻlardim. Oishani tendoshlarim bilan tanishtirdim, oʻzga jamoatlarga olib bordim. U hafratlanadigan mavzulardagi kitoblarni oʻqishni qulaylashtirdim. Oisha biznikida bir yarim oy qoldi. Ketishidan bir ikki kun oldin (endi fikrlarimga, harakatlarimga e’tiroz etmas,lekin yoqtirganini ham bildirmasdi):"Ketishimdan oldin esdalik cuhun suratga tushayli dedi". Rozi boʻldim. Tayyorlandik. Butunlay oʻranmozchi boʻlganida, buning oʻrniga jaket kiyishni maslahat berdim. Ikkilandi. Koʻndirishga koʻp urindim. Surathonaga jaket bilan keldi....

Endu hursand boʻlishim mumkin edi. Men oʻzimni gʻolib keldim,den hisoblardim. Rasmhonada boshini ochib, pardoz andoz qilib suratga tushishini iltimos qildim, koʻndirdim. Lekin suratga tushib boʻlgach, boʻyoqlarni yuvib, boshini oʻrab oldi. Men sevindim,u pushaymon boʻldi. Juda bezovtalandi. Ikki kundan keyin Diyorbakrga joʻnab ketdi. Ma'lum vaqt hat yozishib turdik. Maktublarida ba'zi jihatlarda oʻzgarganini yozardi. Men bu oʻzgarishlar nima ekanini tahmin qilib sevinardium. Lekin afsuslanmas, vijdonim qiynalmas edi. Oradan ma'lum muddat oʻtib, Rabbimning menga hidoyati nasib etdi va mening fikrlashimda oʻzgarish yuz berdi. Oisha bilan yozishmalarimiz bir yarim yildirki toʻhtagan edi. Diyorbakrga bordim. Bu gal men Oishalarnikida qoldim. Lekin u juda oʻzgarib ketgandi. Uylariga kelgan erkak mehmonlar kelsa, boshi ichiq holda ularga hizmat qilar, ravoqqa chiqar, faqat tashqariga chiqqandagina oʻralar edi. Ichim sirqiradi, pushaymon boʻldim, chunki uning bu holiga men sababchi edim. Bir kecha oʻtirib suhbatlashdik, unga pushaymonligimni, unga nisbatan nohaqlik qilganimni aytdim. Islomni anglatmoqqa harakat qildim. Boʻlmadi. Qaytishdan qoʻrqardi. Teskari ahvol... Ilgari men uni Islomdan uzoqlashtirish uchun yomonlagan boʻlsam, endi Islom goʻzalliklarini aytib qaytishi uchun yolvorardim.Diniy kitoblar oʻqitdim,lekin foydasi boʻlmadi. Izmirga qaytgach, tez-tez hat yozdim. Lekin javob boʻlmadi. Nihoyat maktub keldi:"Maktublaringda dindan soʻz ochma, chunki nima deb javob yozishni bilmayman. Oʻzgarishimni oʻylama".

Hulosa qilib aytamanki, Oishaga qilgan haqsizligim va bu hol qarsgisidagi vijdon qiynogʻidan hech qachon qutulolmasam kerak.

Jazo.

Bu yer Eski shaharning eng sokin joylaridan biri. Koʻchamizda koʻp mutavoze’ kishilar yashaydi. Bu koʻcha boshqa koʻchalarga oʻhshamaydi. Gʻiybat, mish-mish bu yerda yoʻq. yoʻqsillarga yordam qoʻlini choʻzib, koʻngillarga nur bahsh etgan shu koʻchada oʻsdim. Oilamiz ham Islomiy yashadi. Zotan, bu koʻchada ochiq-sochiq yuradiganlarni oʻzi yoʻq. Har kim oʻz holicha Islomiy yashashga harakat qilardi. Men uyimdagilarni va mahalladoshlarimni juda yahshi koʻrardim. Ular sof koʻngilli odamlar edi. Ayniqsa Usmon bobom juda oqkoʻngil kishi edilar. Oʻsha paytlar 6yoshlik qizcha edim. Hali roʻmol oʻramasdim. Usmon bobom boshimni silab:"Sening isming Amina! Qanday goʻzal ism!Rasululloh s.a.v.ning onalarining ismi. Agar boshing oʻrab yursang shu ismga munosib boʻlasan",- derdilar. Boshlangʻich maktabni bitirdim. Boshimni oʻragan, namozimni oʻqirdim. Uyimdagilar meni Imom Hatib Litseyiga yubormoqchi edilar. Lekin men Anqaradagi A.G.Litseyida oʻqib hamshira boʻlishni orzu qilardim. Bu yerda I. X. L.ga olishmagani uchun oʻrta maktabga kirdim. Maktabni boshimni ochmasdan bitirdim. Uyimdagilar bundan hursand boʻlishdi. Oʻzgarmasligimga qat'iy ishonardilar. Va meni Anqarda yotib oʻqishim uchun roʻyhatdan oʻtkazdilar. Lekin koʻchamizdagi barcha qoʻshnilar borishimni istamasdilar. Islomni tark qilib, kufrga kirib ketishimdan qoʻrqardilar. Va mening sevimli Usmon bobom uyimdagilardan yubormasliklarini iltimos qildilar. Uyimzdagilar esa:"Unga ishonamiz, Inshaalloh, oʻzgarmas", dedilar. Usmon bobom:"Unday demang, biz 20asrda yashaypmiz. Bu zamonda oʻzgarganlar shu qadar koʻpaydiki,huqsi barcha yoshlarga urmoqda",- dedilar.Usmon bobom menga ham koʻp yolvordi. Ammo menda hamshira boʻlish istagi avj olgan edi. Usmon bobomga oʻzgarmasligimni, aynan Amina boʻlib qolishimni aytdim. Mening borishga istagim qat'iylagini bilgan Usmon bobom meni yigʻlab-yigʻlab ogohlantirdilar:"Ehtiyot boʻl, Amina! Aslo oʻzgarma. Seni botqoqlikka boshlamoqchi boʻlganlarga aslo aldanib qolma", dedilar.

Anqaraga ketarkanman, qoʻshnilarim bilan koʻzda yosh ila hayrlashdim. Maktabda oʻqishni boshlaganimdan beri na boshimni ochdim, na namozimni qoldirdim. Avvalgiday edim. Kechalari tomosha qilish uchun TV bor edi. Lekin men tomosha qilmas, diniy kitoblar oʻqir edim. Ikkinchi yilimning avvalgi ikki oyi ham shunday oʻtdi. Bir kuni hamma TV tomosha qilib oʻtirar edi,men esa bir burchakda kitob oʻqir edim. Bir erkak ovozidan choʻchib tushdim.
— Yolgʻizmisiz, yoningizga oʻtirsam boʻladimi?- dedi. Asabiylashdim.
— Yoʻq, boʻlmaydi,- dedim va boshqa joyga borib oʻtirdim. Bu yangi yosh muallim edi.Yana yonimga keldi.
— Notoʻgʻri tushunmang, diqqatimni tortdingiz, oʻqiyotganingiz diniy kitob har holda. Mening ham dinga muhabbatim va aloqam bor,- dedi. Yumshadim.Chunki dindan soʻz ochgandi. Men, erkak bilan yolgʻiz taqiqlanganini,kitobni berishmni aytib ketdim. Ertasi kun shanba edi. Dam olish boʻlgani uchun tashqariga chiqqandim. Yana oʻsha muallim yonimga keldi. Kitobdan biroz oʻqiganini, juda yahshi ekanini aytdi. Men bu yarda yolgʻiz qolishimiz man etilganini aytdim.
— Goʻyo maktabda begona muallimlar bilan bir yerda boʻlmagandaysiz-a,- dedi.Nima deyishimni bilmay hayron boʻlb dovdiradim.

Keyingi kunlarda muallim menga darslarda sinovlardan yordam beradigan boʻldi. Bu ahvol menga yoqmasdi. Shaytoniy fikrlari bilan ta'sir qilishga harakat qilardi. Islomga yaqinligi bilan ham meni hayron qoldirardi. ajabo, Islom yanlishmi? Yoki shayton? Bilolmasdim. Menga erkak boʻlmagan joyda boshni ochib yurish mumkinligini aytardi. Erkak boʻlmagach ziyoni yoʻq deb oʻylardim men ham. Dugonalarimning orasida boshimni ocha boshladim. Namozlarimni ham sekin-sekin kamaytira boshladim. Diniy kitoblar oʻrnini TV egallay boshladi. Endi maktabda boshimni oʻramasdim. Tashqarida esa chala-chulpa oʻrardim.

Roʻmolimni yarimyorti oʻrab, dugonalarim bilan tashqariga chiqayotganimizda, ular ahzillashib:"Qoʻpolliging qolmadi qolmadi-da. Zamondan ortda qolding",- deya kamsitishar,lekin men ularga quloq solmay oʻranardim. Bir narsalarni pichirlab kulishardi.

Har doim katta koʻchadan ketardik, bu gal jin koʻchalardan aylanib oʻtishni istadik. Koʻchaga kirganimizda bir dugonam boshimdan roʻmolimni tortib oldi. Hayron boʻldim. Qanday qilib bu oʻyinni avvaldan sezmadim. Roʻmolini ikkiga boʻlib qoʻlimga tutdi. Boʻlganicha boʻldi. Qaygʻurdim. Ammo dugonalarim shunday ham qanchalar goʻzalsan, deya meni ovuntirdilar. Menda iymon boʻlganida maktabga qaytardim,lekin men iymonimni oldirgan edim. Men ikkinchi oʻyindan behabar borardim. Ular meni istirohat bogʻiga boshlab borishdi. Sakkiz qiz boʻlganimiz uchun ikki stol atrofiga joylashdik. Har stol atrofiga toʻrt kishidan oʻtirishi kerak boʻlgani holda bizning stolga uch kishi, narigisiga besh kishi joylashishdi.Koʻnglimga boshqa narsa keltirmasdan:"Nega ular siqilishib bizning yonimizda bir joyni boʻsh qoldirishdi", deb oʻyladim va soʻradim. Ular:"Mehmonimiz bor",deyihdi. Mehmon oʻsha olgʻir muallim ekan. Hayron qoldim. Bu yerga kelishimizdan qanday habardor boʻldi ekan?Mening bundan habarim yoʻq, dugonalarim qaydan bilishadi?Kayfiyatim buzildi. Bogʻda aylanib kelganimizdan keyin ikki sherigim bir bahona qilib turib ketishdi. Orqadagi stolga qaramasdim. Qaramoqchi boʻlganimda muallim gapga tutib qolardi.Yoʻlini topib qarganimda dugonalarim yoʻq. Ikkimiz yolgʻziligimizdan, oqshom tushib qolganidan bezovtalandim.Ular ketib qolganini bilganimdan keyin jahlim chiqdi. Va shu holda muallimga tikildim.
— Oʻh-hoʻ, qachon ketishdi ular, gapga berilib ketishganini ham bilmay qolibmiz,- deya safsata sota boshladi. Jahl bilan:
— Yolgʻonchi! deb baqirdim. Qayergacha yugurib borganimni bilmayman,faqat yigʻlardim. Maktabga borish yoʻlini bilmasdim. Taniydiganim faqat shu shayton muallim edi. Har tomonda mast alastlar tentirab yurishardi. Muallim meni maktabga olib borib qoʻyishini aytdi. Faqat yoʻl ustida uyiga kirib bir narsani olishi kerakligini aytdi. Ilojsiz rozi boʻldim, boshqa yoʻl yoʻq edi.Yoʻl boʻyi gaplashmadik. U uyiga kirib ketdi,lekin soatlar oʻtsa ham-ki chiqmadi. Men muallimning oilasi bor deya, ichkariga kirishim zarar boʻlmaydi deya fikrladim. Ichkari kirishim bilan birdan eshik bekildi. Qoʻrqib hushimdan ketdim. Oʻzimga kelganimda, badboʻy hid taralar, ichkilik ichilgani bilinib turardi. Yugurib chiqdim. Endi nima qilaman?Oʻylay boshladim. Kezinar ekanman, bir kutubhonada "Maktub" jurnaliga koʻzim tushdi. Oldim, oʻqidim. "Vijdon azobi" rukni yoqdi. Yozishga qaror qildi va mana yozyapman. Oʻqiganlarimga qaraganda, ba'zilar, botqoqlikdan qutulib, Allohga qaytganini, huzurga, oydinlikka erishganini bildim. Men esa aksincha oydinlikdan botqoqlikka tushib yoʻq boʻlib borardim. Endi nima boʻladi? Uyimga qaytolmayman. Otam menday farzanddan voz kechadi. Onam shol boʻlib qolgandi.

Oh, Amina! Qaydasan?Endi oʻrningda fohisha Amina bormi? Oh, Usmon ota! Soʻzingizni tinglasam edi. Bu holga tushmasam edi. Oh, ota! Meni oʻldirsangiz edi, bu yoqlarga yubormasangiz edi. Avvalgi Aminangiz yoʻq endi. Sevimli Aminangiz oʻzgarganini koʻrsangiz edi. Islomiy oʻrnak qiz edi. Endi zinokor, ovroʻpalashgan ayollarga oʻrnak boʻluvchi Aminaman. Koshki ismim Amina boʻlmasa edi, unga dogʻ tushirmasam edi!

Hayotimni barbod qilgan hato.

Oʻzing asra, Allohim! Hayajondan yuragom toʻhtab qolguday...Shu ortada nafas rostlab, keyin borayin, bu holda uni koʻrsam boʻlarim boʻladi, deb oʻyladim.Shunday hayajonda edim. Oʻsha kunlar qanday goʻzal edi!

Qishlogʻimizning fe;l atvori eng goʻzal qizga oshiq boʻlgandim. "Allohning amri bilan" deya uni otasidan soʻratdim. Otasi:"U esi yoʻq Allohni bilarmidiki, Allohning amri bilan unga qiz soʻrayapsiz. Ichkilikni nima qildi?- debdi. Birinchi borishimizdayoq bermasligini aytibdi. Men Alifni ololmasligimga ichkilik sabab boʻlishini bilganim kechasiyoq ichkilikni tashladim. Ikkinchi, uchunchi, beshinchi marta soʻratishimizga qaramasdan, Alifning imom otasi:"Allohga hiyonat qilgan qizimga ham hiyonat qiladi.Bunday aroqhoʻrga qizimni berolmayman", debdi. Chidolmasdan Alifga hat yozdim."Sen Allohdan qoʻrqmaysanmi Alif?Men sen uchun oʻlib tamom boʻlyapman, hanuz ishonmaysanmi?"dedim. U esa hatni oʻqib ortga qaytaribdi. Hat olib borgan elchiga:"Hafa boʻlmasin, qancha qancha sevishganlar bir birlariga yetishmasdan yashab ketishgan, u ham yashaydi. Turmush qurishimiz mumkin emas, endi bu ishdan umidini uzsin", debdi. Bu habar meni toqtimdan ayirdi. Hayolimga ilk kelgan narsa - oʻzimni oʻldirish boʻldi. Ammo darrov hushimni yigʻdim. Men Alifga erishishim krak edi. Reja tuzdim,uni olib qochmoqchi boʻldim. Darhol unga habar berdim. "Aslida oʻsha telbani men ham sevaman, lekin turmush quriolmaymiz, otam buni hohlamaydi. Qochish rejasini esa oʻlsam qabul qilmayman", debdi. U ham meni sevardi. Qochish fikrini tutib oldim. Bilardimki, imomning qizi ham meni sevadi. Unda ham koʻnsil bor, ahir. Men uchun yer yuzida faqat Alif bor edi. Kecha-kunduzim u edi...

Bir kuni rejamni amalga oshirdim. Doʻstimning mashinasida uch kishi boʻlib olib qochdik. Otasi da'vo qilmasaydi deb havotirda edim. Lekin otasi aqlli kishi ekan:"Shikoyat qilishning biror ma'nosi yoʻq. Agar qizim hohlasa berganim boʻlsin", dedi. Hursandchiligim cheksiz edi. Darhol ham Islomiy, ham qonuniy nikohdan oʻtdik. Hojaoʻgʻli qishlogʻiga darhol qaytdik. Endi Alifimga yetdim. Och va suvsiz qolishga ham rozi edim. U ham shod va mas'ud edi. U ham meni sevganini, lekin sezdirmaganini aytdi. "Sizga ishonolmasdim, sizda taqlid koʻrardim",- dedi. Juda bahtiyor edik, ammo faqirlik belimizni bukar edi. Uch farzandlik boʻldik. Maktabga boradigan boʻlsalar pul topilmas, tiyin ham yoʻq edi.... Alif juda fidoyi ayol edi... Jonim edi mening... U och qolardi-yu, menga bildirmasdi. Gʻururimga tegib ketishdan qoʻrqardi. Juda goʻzal hulqli edi u. Farishtaday edi. Ba'zan bir kunlik ishga borar, men esa juda uyalardim. Unga achinardim. Biroz hastalansam, ne qilishini bilmay boshimda aylanardi. "Sizga beradigan dardni Alloh menga bersin", derdi. Namoz oʻqiyolmaganim uchun juda hafa boʻlardi. Har narsadan meni qoʻriqlar edi. Qaygʻurishimni hech istamasdi. Ammo men... Barcha masala shunda edi. Men qanchalik fidoyi va qanaqa inson edim? Bir kuni radioni qoʻydim. Qoʻymasam boʻlardi, nega qoʻydim. Radio:"Olmoniyaga ishchilar joʻnatlmoqda. Borishni istovchilar "Ish va ishchi" tahskilotiga murojaat qilsinlar", degan e’lonni oʻqidi. Faqirlik jonimga tekkandi. Sevinganimdan bir joyda turolmasdim. Eshikda Alifga duch keldim. "Yoʻl boʻlsin?" dedi. "Olmoniyaga ketyapman,Alifim, Olmoniyaga. Seni el eshigidan qutqaraman. Uyimning malikasi boʻlasan", dedim. "Bu ish yoqmaydi", dedi. "Nega yoqtirmaysan? Kelgan imkoniyatdan yuz oʻgiramizmi?Jinnimisan?", deya baqirdim unga.Koʻzlari yoshlandi.
— Otam Islomda er-hotin hijroni eng koʻp - 4oy derdilar. shuning uchun ham Rasululloh s.a.v. ham askarlarini 4oyda bir marta uyga borishga buyurganlar. Siz bilan ajralishni istamayman, bu yahshi boʻlmaydi,- dedi.

Boshimga gurzi bilan urganday boʻldi. Qotib qoldim
— Sen kimsan-a, kimsan. Men ketaman, ishimga aralasholmaysan,- dedim-da chiqib ketdim...

Olmoniyaga ishga yozildim. Uch oydan soʻng atklif qogʻozi keldi. Men sevinchimdan hotinim esa hafaligidan tushmasdi. Bir doʻstimda qarz olib Olmoniya tayyorgarligini koʻrdim. Katta yoʻl sumkamga narsalarimni joylayotgan edim. Alifning yigʻlayotganini koʻrdim. Ham yigʻalr, ham gapirar edi.
— Olmoniyaga borib meni unutasiz deb qoʻrqaman. Yoniga uchib keldim.
— Alifim telba boʻldingmi? Bu gapni menga qanday aytyapsan. Men seni unutib, olmon tannozlariga qaraymanmi? Shunchalik pastkash boʻldimmi? Shunday zolimlikda ayblasang seni kechirmayman. Meni bilmaysanmi? Sen uchun, senga uylanish uchun oʻlimimga rozi boʻlganman.Menda qanday shubhalanasan?- dedim.
— Ayol erkakni, erkak ayolni tortarmish, Olmin goʻzallari esa ikki karra toratrmish."Jufti yonida boʻlmagan ayol ham, erkak ham zinoga yaqin turadi", derdilar otam. Juda qoʻrqyapman,- dedi.Avtobusga minganimda ham yonimda ajralmadi.
— olti oy kut, jonim, olti oy. Undan keyin seni ham olib ketaman. Sensiz Olmoniyani ne qilaman, - derdim. Soʻnggi soʻzimiz shu boʻldi. Hayrlashdik. Olmoniyaga kelgan ilk kunlarim Alifimning qadri oʻtdi. "Nimaga ham keldim" deb koʻp pushaymon boʻldim. Avval ahr kuni hatlar yozdim. "Alifim oz qoldi, seni olib kelaman" derdim.Keyinroq esa har kuni yozolmadim. Uch oy oʻtgach,olmon qizi Vera yoʻliqdi. Roʻyhushlik bermadim."Mening sevimli hotinim bor, daf boʻl", dedim. Ammo u quloq solmasdi, chala chulpa turkchalab:"Seni juda-juda sevaman", derdi. Aslo, Alifimga hiyonat qilolmayman. Ammo nasroniy qiz jozibador va ma'sum chehrali edi. Mayl eta boshladim... Va Veraga oshiq boʻlib qoldim. Alifni unutdim. Endi bor-yoʻgʻim Vera edi. Endi oylar oʻtdi, Alifga hat yozmay qoʻydim. Bir kuni hat keldi. Alifdan edi.

"Azizim, qaylarda qldingiz?Olmoniyani maskan tutdingizmi? Qaydasiz? Hastamisiz, habaringiz yoʻqligidan qaygʻudaman. uyqum kelmaydi. Bolalar:"Otamiz bizni unutdi", deyishmoqda. Fotima:"Otamning yuzini eslay olmayapman" dedi. Hayotingizni bilaylik. Ikki qator hat yozib yuboring. Doʻstingiz ham, hato qilmasin, qarzini bersin, deyapti. Ne boʻldi sizga hotiningizni gap eshittiradigan, soʻziga egalik qilolmaydigan boʻlib qoldingizmi? Siz sharaf sohibi, or-nomuslik inson edingiz-ku. Jonim, ikki enlik hat yozing, holingizni bilay, telba qilmang, ziyoda kuttirmang, ilhaq etmang".

Hatni oʻqiyotganimda Vera kelib qoldi. "Nima boʻldi, sevgilim", dedi. Hech nima bir ahmoq doʻstimdan hat kelibdi, deb qoʻya qoldim. U ham bemalol:"Men esa ahmoq hotiningdan hat kelibdimi deb oʻylab, behuda rashk qilibman", dedi. OH!! Alifimni boshqasi ahmoq desa-yu, men uning jagʻini ushtmasam... unga:"Sen qanday qilib mening hotinimni ahmoq deyapsan", deyolmasam. Vera meni hurmat qilar, ulugʻlardi. Uni hafa qilolmasdim. Oylar, yillar shunday oʻtdi. Veradan bir bola koʻrdim. Alif nima qilyapti? Bilmasdim. Bir kuni Vera bilan qoʻltiqlashib ketarkanmiz, shunday uyimizning oldida hotinim Alif bilan yuzma-yuz kelsak boʻladimi?! Yo, Rabbiy! Qotib qoldim. Ha, bu Alif edi. U ham muzlab qolgandi. Ikkimizning ham tilimiz muzlab qolgandi. Uyatdan yer yorilsa-yu, uning qariga kirib kersam dedim. U qanchalar qiynalgandir... Alifning azobini his qilish uchun uni ham bir erkak bilan koʻrishim lozim edi. Bir-birimizga hayajonlanib qarar ekanmiz, birinchi boʻlib soʻz boshlagan Alif boʻldi:
— Voy, e voh, mening jonim jahonim, borligʻim haiqatdan ham sizmisiz? Jonimni bergan odamim shu sizmisiz?Oʻsha, dunyolarga almashagnim sizmisiz?

U silkinib silkinib yigʻlardi. Devorga suyanb qoldi.
— Qarzini toʻlamagan doʻstingiz:"Bir kecha kel, eringdagi qarzimni kechib yuboraman", dedi.... or-nomusingiz qolganmi?

Javob bermoqqa imkonim yoʻq edi. Vera suhbatlashmoqchi boʻldi. Birinchi bor unga:"jim!"dedim. Bu mening hotinim, unga haqoratni ravo koʻrmayman, dedim.
— Kel uyimizga kiraylik,- dedim. Yoshli koʻzalri bilan qaradi.
— Uyimiz emas, sizning uyingiz bor. Bizning uyimiz barbod boʻldi endi,- dedi va orqaga qaytdi. Yetib oldim.
— Qayga ketyapsan, chiptangni olay,- dedim. Goʻyo lutf etardim. Oldimda qol demasdim. Senga chipta olayin derdim. Uyati yoʻq odamman.
— Men ketaman. Qarzni keltiring,yoʻqsa polisga arz qilaman. Mening or-nomusimni oʻylamaganni oʻylagandan ne chiqdi. Qiynalganim ne boʻldi, achinganimdan ne foyda,

Doʻstim Alinikida uni mehmon qildik. Ikki kunda qoʻliga oʻn ming marka tutqazdim. Chiptasini oldim. uni kuzatdim.
— Endu men uchun yoʻqsiz, oʻgansiz. Hech yerda hatto jannatda ham sizni koʻrishni hohlamayman. Alloh izn bersa... - dedi yigʻlab. Meni bunga ravo koʻrdingiz. Ishongim kelmaydi, ammo na choraki ihonishga majburman. chunki koʻrdim... Va ketdi.Orqasidan bir muddat yigʻladim. Ammo unga shu yerda qol demadim. Necha kunlar ezildim. Ammo Veradan ajralmaganim uchun ba'zan uni unutdim. Yer yutsin meni. Kuydirdim Alifni! Ba'zan bunga sababchi boʻlgan Verani yomon koʻrib ketar va nafratlanar edim. Ammo ehtoris meni yana oʻziga tortardi...

Davomi bor...

Oradan oʻn yil oʻtdi. Endi yoshim ancha joyga borib qoldi.... Veradan boʻlgan oʻgʻlim 12 yoshga kirdi. Bir kuni olmon Helmut usta yonimga keldi.
— Hey, doʻstim seni olmonlardan farq qilish mushkul, seni juda yoqtiraman,ofarin,- dedi.
— Men olmon emasman, musulmonman.
— Musulmonliginga daliling bormi?Agar toʻngʻiz goʻshtini yemasliging boʻlsa, men ham yemayman buni, musulmon boʻlmogʻimga shu yetarlimi?
— Men kalimayi shahodat aytganman.
— Ayt eshitaylik,- dedi u. Aytdim.
— Shu qadarlikmi sening musulmonliging? Lablaringni qimirlatding, qutulding, shumi?
— Men qalban tasdiqlayman.
— Nimani?
— Allohdan boshqa iloh yoʻqligini.
— Ammo ishonmaysan. Sening qalbing Ilohdan koʻra shahvatga yaqin manimcha. Chinki sen ovroʻpalikdek yashaysan. Sening dining shunchalar qadrsizmi? Qimmatsizmi? Oʻziga hos aqoidlari yoʻqmi?
— Bor.
— Qani, qayda.
— Menda yoʻq,lekin dinda bor, ya'ni dinning aqoidlari bor.
— U holda senda din yoʻq, shundaymi?

Yo, Alloh Oʻzing qoʻlla! Bu shapaloq edi menga. Oqshom shu savollar qiynogʻida uyga bordim. Ovqatlanayotganda toʻsatdan Vera:
— Yahshiki, sen musulmon emas, gʻarbliksan,yoʻqsa, bahtli boʻlolmasdik,- deb qoldi.

Demak, Vera bilan bahtli boʻlishim,dinimni qurbon qilishim ekanda. Shuning evazimi bu? Bu ikki voqeadan keyin Islomni oʻrganishga kirishdim. Men nega chala musulmonman?Nega toʻla, komil musulmon emasman?Oʻzimdan soʻradim. Va butunlay Allohga qaytdim.Qaytishimga "Sur", "Maktub", "Ribot" jurnallari katta yordam berdi. Toʻla musulmon boʻlganimdan keyin ahvol oʻzgardi. Vera meni tashlab ketdi. Yolgʻiz qoldim. Alifim esa ketgan. Endi unga yetishishim mumkin emas. Vera ham kelmaydi. Ketdi. Bu jazolar menga haq edi, oʻrinli edi. Bu jazoni totmoqdan chekinmadim. Lekin yolgʻiz qolishim bilan Alifning otashi meni yondirardi. Yoqib kul qilardi. Va bolalarim... Qiyofamni unutgan qizim. Va yana Alifim!

Men nima qilib qoʻydim? Qanday qilib bu hatoga yoʻl qoʻydim?Yigʻlab-yigʻlab javonlarni titkiladim. Alifning eski maktubini olib har satrini koʻz yoshlarim bilan oʻqidim.

"Olmoniyani maskan tutdingizmi, Jonim? Goʻzallarni koʻrib meni unutdingizmi?Qani olti oyda olib ketaman, degan va'dalaringiz? Qani unutmayman deganingiz? Ne boʻldi sizga? Olmoniya yutib yubordimi? Nega jimsiz?Ikki kalima,ikki enlikkina yozib yuboring ahir....."

Yuzimni maktubga bosib yigʻladim. Alifim! Hudo haqqi ne boʻlganini bilmayman. Shayton yoʻldan urdi meni. Yoʻq, balki oʻzim unga ergashgandirman. Nogoh nimalar qilib qoʻydim. Pushaymonlikni ifodalab boʻlarmikan. Mumkinmikin bu tuygʻularni anglatmoq? Oylar oʻtdi. Men ham endi toʻliq musulmon edim. Hech kutilmaganda katta oʻgʻlimdan maktub oldim. Bolam meni hanuz "ota" derdi. U mendan afzalroq ekan. Bu bolani kim tarbiyaladi?Alif emasmi? Unga qilgan yomonliklarimga qaramasdan, bolalarimni osiy qilib tarbiyalamagan. Haloli boʻlsin! Maktubning ohiriga kelganda chidab boʻlmadi.Oʻzing madad ber Allohim! Oʻgʻlim:"Ota,balki hafa boʻlarsiz, ammo onam turmushga chiqdi", deb yozibdi. Oh,demak, mening hozirgi azoblarim, iztirobimni Alif oʻsha kuni tortgan ekan-da!

Bolalarimning oldiga boray deb hozirlandim... Bolalarim emish... Qanday uyatsiz odamman. Qay yuz bilan qarayman ularga? Mayli, baribir boraman, bolalarimning oldiga. Mayli. hechdan koʻra kech boʻlsa ham. Yoʻlga tushdim. Oʻn uch yil avval ajralgan uyimga keldim... Yarim tun... Ichkaridan bir kishi:
— Kim u,- dedi.
— Menman, Bey, shu bolalarning otasi,- dedim. U eshikni ochdi. Kelishgan yigit ekan...
— Hush kelibsiz,ota,- deb boʻynimga osildi. Quchoqladi. uyat ustiga uyat boʻldi. Oʻgʻlimni tanimadim. Ichkari kirdim. Yuragim qattiq urar, bir qinidan chiqib ketadigandek, bir toʻhtab qolgandek.
— Qizim qani?- dedim.
— Onam bilan ketgan,- dedi oʻgʻlim.Men uning, u mening - bir-birimizni yuzimizga qaray olmas edik. Demak qizim onasining yonida ekan, bu qadar achchiq azob boʻlurmi? Yo Rab!
— Yahshimisiz, ota? Ahvolingiz yahshimi?- dedi oʻgʻlim. Qanday yuz bilan bu uyga kelding demadi. "Ahvolingiz qanday" dedi. Uyalibroq:
— Yahshi,- dedim.
— Alloh yahshilik bersin,ota,- dedi. Alloh abadiyatga yahshilik bersin. Bu dunyo yahshiliklari ahamiyatlidir,lekin ohirat yahshiliklari hammasidan muhimdir....

Shu soʻzlarni mening oʻgʻlim aytdimi? Hayratlandim..Lol qoldim... Hayolim Alifda edi. Ammo uni surishtirmasdim. Bir payt:"Qanday yashadingiz" deb soʻradim.
— Onam kunlik ishlarga ketardilar. Biz ham ulgʻayib toʻrt-besh qurush topdik, keyingi paytlarda siz ham yuborib turdingiz....Alloh rozi boʻlsin. Onamiz bizni birovni qoʻliga qaratmasdan voyaga yetkazdilar.
— Ammo ohir oqibat turmushga chiqdi, shundaymi,- dedim. Oʻgʻlim yuzimga qaradi.
— Onam turmushga chiqmaganlar, bizni shunday deb yozishga majbur qildilar, men esa yozdim,- dedi.

Yo,Allohim! Sevinchmi bu? Yoki telbalik? Darholoʻgʻlimning qoʻlidan tutdim.
— Tezda onagning oldiga boraylik,- dedim.Oʻgʻlim juda oliyjanoblik bilan:
— Borsak ham onam sizga qaytmaydilar,ota. Yillab yigʻladilar, chunki ezildilar, qiynaldilar. Qachon siz haqingizda gapirmoqchi boʻlsak:"Shunday bir inson boʻlardi, yashardi, endi yoʻq, oʻldi ketdi", derdilar. Jur'at yetishmadi. Ertasi kuni qishloqda ne qilishimni bilmay chorasiz holda kezdim. Va keksaroq vositachilarni topib Alifga joʻnatdim. Hammasiga:
— U meni tiriklay yoqdi.Uni koʻrishni ham hohlamayman,- debdi. Chorasiz edim. Bormoqchi boʻldim. Bor jasoratimni tioʻplab, uyining boʻsagʻasigacha keldim. uyda edi, bilaman. Yuragim toʻhtab qoladigandek. Yo,Allohim! Biroz tin olib soʻng boray... Oʻtirib nafasimni rostladim. Nimadan gap boshlasam ekan deya reja tuzdim. Oʻyladim. Jonim, Alifim, desammi?Yoʻq... unda "joningni nega boshqa tannozga almashding?"der. "Seni juda sogʻindim" desamchi, yoʻq, ishonmaydi. Ishonmas....

Huddi shu asnoda qarshimda tikilib turardi... Alif!juda jiddiy va viqorli!

-Sizdan iltimos,oʻzimga joy topgunimcha, bu yerlardan uzoqlashing, elchi ham joʻnatmang. Siz bilan hech qanday bogʻlanishimiz qolmagan. Juda qatiy va keskin gapirardi u. Yigʻladim.
— Ne desang haqqing bor,- dedim. Bu orada qizim kelib qoldi. Onasiga yigʻlab yolvordi.

-Onajon,otam bilan yarashing, bizlar ham shod yashyalik.
— Oʻn uch yilki, yigʻlagan menman...
— Ammo otam ham yigʻlayaptilar, shayton yoʻldan urgan. Ammo qarang uzr soʻrayaptilar, ahir, johil erkaklargina ham ayb qiladilar, ham uzr soʻramaydilar. Otam uzr soʻrayaptilar. Onajonim,boʻyim oʻsdi. Ulgʻaydim,lekin hech shod-hurram kunlarni koʻrmadik. Hoʻp deng onajon.

Qizim onasiga yolvarayotganda men eshik tomon yurdim. Birdan Alifning ovozini eshitib sevich va hayajondan qotib qoldim.
— Qizim, bor otangni chaqir, och qolgandirlar, dasturhon hozirlaylik!

Aybdor.

U havotir va jonsarak holda mahkamada javob berish uchun tayyorlanardi. Mahkamada bunday demoqchi edi:"Men bir ishchiman...dil hasta...Nech yilki filmimni suratga ololmayapman....Bola chaqam parishon...hotinim hasta...Bu aybni men qilmadim..Meni qoʻyib yuboring,janob sud'ya! Besh kunlik dunyoda erkin nafas olib oʻlay..."

Boʻlmadosh doʻsti Somiy mazahchi boʻlgani uchun tirgʻalmay oʻtolmadi.
— Qani koʻramiz, birodar, Birozdan keyin nazoratchilar jandarmalar bilan birga kelib seni olib ketishadi.Ne holing bor koʻramiz..Yahshiyam yuraging hasta...Meniki ham teshilsa-yu,qutulsam bu jahannamdan.

Ogʻir-ogʻir qoʻzgʻalib toʻshagi ostidan koʻylagini oldi. U uchun toʻshagining tagi dazmol vazifasini bajaradi. Chunki u boy emasdi. Boy mahkumlar pul berib, kiyimlarini tashqariga chiqarib dazmollatardilar. U gʻijimlangan koʻylagini kiydi. Goʻyo kuylak unga gapirganday boʻldi:"Mening hech qanday hurmatim yoʻqmi?Nega e’tibor bermaysan?"
— Eh, -dedi Horun,- mahkamada kimga hurmat koʻrsatardim. Gʻijim koʻylagimdan men emas, ular uyalsin.

Shimini dazmollash uchun qoʻydi. Kutish unga mashaqqat... Uflay boshladi. Hona derazasidan tashqariga qaragisi keldi. Ammo qarshisida odatdagiday sovuq boquvchi devor turardi. Devor boʻlmasa koʻchani koʻrardi. Balki bir oddiy fuqaro, balki "non keldi" deb baqirgan non furushni koʻrgan boʻlardi. Va u bilan bir dunyoda yashayoptganini his etmoqchi boʻldi, ammo boʻlmadi. Baland devor bu orzuni toʻsardi. Mahkumlarga shuni ham koʻp koʻrishardi. "Nega?"dedi. Horun oʻz-oʻziga"Nega faqat biz bu yerda tutqundamiz,holbuki koʻcha toʻla gunohkor. U yoki bu darajada aybdor...ammo nechun faqat biz bu yerdamiz?" Isyoni borgan sayin ortib borardi. Nogahon eshik zanjirlarini shaqir-shuquri eshitildi...goʻyo mahkumligini esiga solish uchun bunday yoqimsiz ovoz chiqaruvchi zanjirlarni tayyorlab oʻrnatib qoʻyishagndek edi. Birdan esiga tushdi. Qishlogʻida zanjir boʻlardi. Zanjir kishanlar. arqon zanjirlar. Ammo bu zanjirlardek asabni egovlamasdi. Bular mahsus, asdabni buzish uchun, azob uchun tayyorlangan edi. Horun nafratlanar, mana shu zanjirlarni yomon koʻrardi. Birdan nazoratchining ovozi eshitildi.
— Horun Qandillioʻgʻli eshikka...mahkamaga borasan.

Sovuq qarashlar bilan eshikka yaqinlashdi. Yoqimsiz, sovuq zanjirlarga tikildi. goʻyo ilondek sovuq boʻlgan qulf kalt zanjiri bu... "Senga azob boʻlsin" deyotgandek. Goʻyo unga oʻzi tamsil qilgan joyni himoya qilayotgandek edi. Horun 35ga kirganiga qaramasdan, janjalkash boladek zanjirlarni urgisi, parchalagisi keldi. Oʻz-oʻziga gapirmasdan oʻtolmadi:"Allohning balosi, kech-kunduz sening dastingdan uyqum oʻchadi. Tonglarda qiyomat kelgandek ovoz berasan". Jandarma ovozidan oʻziga keldi.
— Qani, ota, qoʻlingni ber...
— "Oling qoʻlimni koʻzingizga suqing" degandek qoʻllarini unga uzatdi. Jandarma uning qoʻllariga kishan taqayotib ashula aytardi...Vatan burchi bitar bitmas u yerda edim....

Horun askarning yuziga boqdi. Mingʻirlagandek soʻzladi:"Sen vatan qarzi bitar bitmas u yerdasan... Va men... va men qachon u yerda edim. Qanday qarzni oʻtayman? Nega bu yerdaman? Men qaysi qoʻshiqni aytaman askar? Meni qoʻshigʻim yozilmadiku, hali yozilgani yoʻq-ku!...

Mahkumlar dunyosidan oʻzga dunyoda yashagan askar:"Bu odam savdoyimi, nima", deb qoʻydi.

Adliya karodorida edilar....Kichik hujrali moshinada soatlab yurdilar...Birdan "ota"degan ovoz eshitildi. Horin hotini va qizini koʻrdi. Hotini Bushroning rangi siniqqan, yuzidan qon qochgan...Horunning yoniga yaqinlashdi:"sizga jun paypoq toʻqidim, agar bu muhokama ruhsat bermasa, keyingisigacha kiyarsiz. Keyingisi soʻnggisi boʻladi,Inshaaloh", dedi. Horun hafa va horgʻin holda zoʻrgʻa soʻzlashardi.

-Hafa boʻlma, shu ohirgisi, bugun bitadi, keyin uyga birga qaytamiz. Yurak hasatligim haqida ma'lumot oldim.Sud'yaga bermoqchiman. Sen paypoqni sumkangga solib qoʻy.Meni oʻylaganing uchun rahmat, sogʻ boʻl Bushroyim. Alloh sendan rozi boʻlsin, naqadar nozik koʻngilsan, men esa qoʻpolman. Meni avf et..Ne qilay...tarbiya...Kel qizim, Fotimam, kel, seni bir oʻpay...

Choʻkkalagan Horun qiziga quchoq ochgan ham ediki, askar ovozi eshitildi.
— Boʻldi, toʻhtang, yetar shunchasi.Kapitan kirsa, mening onamni haqorat qilib soʻkadi. Bizning soʻzimiz shu yergacha oʻtadi.

Fotima yoshli koʻzalri bilan otasiga qaradi. Keyin askarga yigʻlamsiragancha:
— Askar aka, bu mening otam,bolalar otalarini quchmaydilarmi? Men otamni juda-juda sogʻindim. Men doim uni eslab yigʻlayman. Siz nega hafa boʻlasiz, sizning otangiz yoʻqmi?

Askarlar bolaning bu gapidan qotib qoldilar. Ikkinchi askar:
— Qoʻy bolani otasiga borsin. Bu mas'uliyatni oʻz zimmamga olaman. Agar hizmat bahosiga teng boʻlsa ham. Qoʻy,otasiga borsin,- dedi. Fotima oʻqdek borib otasini quchogʻiga oʻzini otdi. Horun barcha dardlarga shifo boʻladigandek qizini mahkam bagʻriga bosdi. Lekin bir qoʻl Horunning yelkasidan tutdi.Bu kichik zobitning qoʻli edi...
— Qani boʻldi, bugunga yetadi... Bu kunlarni jinoyat qilmasdan oʻylash kerak edi,- dedi.

Horun zoʻrgʻa oʻrnidan turdi.

-Oʻzingizni tuting. Oyoqda tik turing. Musulmonga bunchalar boʻshashmoq yarashmaydi, Horun,- dedi Bushro. Bushro jandarmalarga ahamiayt bermasdi. Horun biroz havotirlanib javob berdi.
— Bu ahvolim yuragimdan,Bushro. Buning ustiga arzimagan narsadan aybdor boʻlib bu yerda turishim azob beradi...demak, men zaifman,yoki juda tez zaiflashdim. Bushro yuragim sogʻ boʻlsa edi. Eshik zanjiridan tortib, goʻyo shu askar kiyimigacha menga azob boʻlsin demoq uchun tayyorlangandek. Hammasi tugamoqda... uyga birga ketamiz...shu soʻnggi sudim, Inshaalloh.

Mahkama huzuriga chiqdilar. Horun titrar,sud'yaning soʻzini kutardi. Sud'ya oldidagi hujjatlarni titkilar, mahkumning yuziga esa boqmasdi. Prokuror bir nimalar bilan mashgʻul. Mahkama boʻlmasida uch-toʻrt kishi. Horunning ichi achishib ezildi.:"Demak meni sevadiganlar,meni oʻylaydiganlar faqat shugina, holos",- deb koʻnglidan oʻtkazdi. Sud'ya hujjatlarni ochib sud qila boshladi. Prokuror da'vonomani oʻqidi.... uning har bir soʻzi Horunga bombadek oʻldiruvchi boʻlib tuyuldi. Hatto u nomini bilmagan jinoyatlar uning boʻyniga qoʻyilardi.... Sud'ya qovogʻini uyib baqirardi:"Qani, qani, biz oʻsha ma'lumotlardan toʻyganmiz".Yoʻlgʻon gapirmoqda deb Horunni tinglamasdi. Horun oʻylay boshladi. Sud'ya adolat bilan hukm qiluvchi degani-ku?Ammo bu qanday adolat? Qoʻlimdagi hujjatga ham qaramaydi.

Birdan yuragi siqib ushlab qoldi. Horunning yuz tomirlari boʻrtib koʻrina boshladi. Sud'ya esa:"Turlanma!" dedi. Horun birdan yerga quladi. Bushro jon dili bilan unga achinib tikilardi. Sud'ya esa hanuz baqirardi:"Tur oʻrningdan, bu yerda hushidan ketib qoladiganlarni koʻp koʻrganmiz", dedi. Jandarma Horunning yurak urishini tekshirdi:"Horunbey,koʻzingizni oching.. oching". Jandarma bir nech daqiqadan keyin sud'yaga, jahl bilan:"Sud'ya janoblari! Horun oʻzini oʻlganga solib, oʻldi, ha,oʻldi"

Haqiqatan Horun oʻlgan edi...

Bir necha soatdan keyin janoza mashinasida Bushro erining jasadini olib ketardi. Tinimsiz yigʻlayotgan Bushro unga qarab tinmay soʻzlardi:
— Bu mahkama soʻnggisi, uyga birga ketamiz, degan edingiz, Horunim! Haqiqatda aytganingiz boʻldi...

Qimor.

Assalamu alaykum!

Bugungacha bir qancha musulmon birodarlarimizga qoʻl choʻzib, suyab, vijdon azoblaridan ozmi koʻpmi forigʻ boʻlishlariga koʻmaklashdingiz. Mening ham ichimni kemirayotgan vijdon azobim bor. Iltimos qilaman meni hech boʻlmasa bir sira tinglab koʻring va ibrat oling.

Odam bolasining boshiga balolar yogʻdiradigan illatlardan biri hech shubhasiz, qimordir. U qancha oilalarni buzib nobud qilgan. Ammo men yoʻliqqan narsa - ta'riflab boʻlmas vijdon azobidir. Suygan kasbim,oilam bor edi. Bir farzandimiz - oilamizning, koʻnglimizning chirogʻi, quyoshi edi. Doʻstlarim tufayli qimorga berilishim meni yoʻldan ozdirdi. Shunday kunlarda yolgʻiz farzandimiz hastalanib qoldi. Uni hakimga olib bordik. U dori darmon buyurdi, albatta buning uchun pul kerak edi... Ishhonam bolamni davolatishim uchun pul berdi. Lekin la'nati shayton bu pulni koʻpaytirishni vasvasa qilib, qimor oʻyna, dedi. Oʻynadim. Yutqazdim. Oʻgʻlimning tuzalisdhiga atalgan puldan ajraldim. Va oʻzimni aybdor his qilmadim. Uydagilarga indamadim,chalgʻitdim. Ishdan qaytib koʻrgan manzaram meni ado qildi. Bolam - yolgʻiz farzandim oʻlgandi. U bilan izma-iz oʻlmoq istasam-da, buni ham eplolmadim. Oʻshandan beri bu vijdon azobining qiqnoqlriga tasalli topolmadim. Shunday tasalli bormi oʻzi? Hudo haqqi ayting!Mana, qimor. Uyimiznigina emas, ruhimni, insonligimni, hamma narsamni vayron qildi, hor-zor qildi. Lutfan buni oʻqing, yoshlarimizga oʻqiting, oʻzingiz yosh boʻlsangiz, tengdoshingizga ham oʻqib bering. Vijdon azobi - bu dardlarning eng achchigʻi va yondiruvchisidir!

X.K. Istanbul.

Tavba koʻzyoshlari.

Oradan shuncha yillar oʻtishiga qaramay, qlabimning tubida qolgan eski yara esga tushadi.... Muallim boʻlib ishga shoʻngʻigan ilk yillarim oila qurdim. Qishloqning eng goʻzali Asmoga uylandim, oʻzimni saodatli hayot ichida koʻrdim. Bu orada ikki farzanlik boʻldik.Oʻgʻlim Umar 7 yoshga chiqdi. Qishloqdagi sokin, huzurli hayotimizga. shaharga ishga tayinlanishim rahna soldi. Yangi muhit, yangi doʻstlar, kasbdoshlar va hokazo. Avval erkak ayol aralashib oʻtirishlar, keyinroq esa ichkilik balosi... Yillar menga hizmat qilishda kamchilikka yoʻl qoʻymagan vafodor, jafokash jufti halolimning har bir harakati qusurli boʻlib koʻrinardi. Boʻlmasam,men ham musulmon edim,juma, bayram namozlaridan qolmas edim. Borgan sayin yoʻqolayotgan oʻzligim, zaiflashayotgan irodam tufayli juma namozlarini ham tark qila boshladim. Ulfatlar hafa boʻlmasin deya ichar, zaqqum esa oʻz kuchini koʻrsatar, achinish bilan tabassum qilib qaragan Asmoni hech aybi boʻlmasa ham haqorat qilardim,urardim. Koshki shu qoʻllarim sinsaydi... Qilgan zulmim, urgan tayogʻimga javoban koʻzlaridan achchiq yoshlar sirqib chiqardi. Ertalab pushaymon boʻlar, yana bir ozdan keyin hammasini unutar edim.Doʻst niqobidagi dushmanlarim zaif irodamdan foydalanishardi. Toʻngʻich oʻgʻlim Umar 10yoshga toʻldi. Yillar davomida aqlu hushimni yogʻish oʻrniga tobora yoʻqotardim. Bolalarimni qon qusdirib, yedirgan ichirganlarimni ham burnidan chiqarardim. Allohga itoatli ayolim yoqmas, uning roʻmoli, kamsuli, paltosi uchun jahl qilardim. Nega? Boshqa muallimalar kabi pardoz- andozli, boʻyanmagandi-da... Shayton qutqusiga uchib uni hafa qilardim. Uni ham oʻzimga oʻhshatmoqchiydim,lekin u Allohdan qolmasdi. Buning ustiga bolalarimni moʻmin qilib tarbiyalashni oʻzining ulugʻ burchi deb bilardi. Hayron qolarli emasmi? Ahir,mening nomim muallim boʻlsa, davlatning alohida ta'lim tarbiya koʻrgan odamlarimiz. Menga omonat qilib topshirilgan oʻquvchilarni, bolalarimni tarbiya qilmoqchiman. Oʻzimni ahvolimni koʻring!

Bosh ogʻrigʻi bahonasida darslarga ham bormay qoʻydim, mudir bilan esa til topishdik. Oyni ohirida maoshimni olgani borardim... Zamonaning menga oʻhshagan johil muallimlari qancha oʻquvchilarga yomon oʻrnak koʻrsatarkin, bilmadim. Chekkan vijdon azoblarim sahifalarga sigʻmaydi. Lekin boʻlganicha boʻldi, oʻtgani oʻtdi. Muhimi, kelajak mevalari!Alhamdulillah, goʻra pishdi,holvo boʻldi...

Hidoyatga erishganimni qisqacha qilib aytib beray. Bir kuni ertalab, saharda humor bosdi qilib, zoʻrgʻa sudralib uyga qaytardim. Azon aytilardi. Ichimda bir narsalar jimirladi. Butun vujudimni pushaymonlik qopladi. Bir zumda kechdi bu. Koʻchamizga kirgan edim. Uyimizning chiroqlari yondi. Ogʻzimdan:"Qoloq hotin nima qilayotgan ekan", degan soʻzalr chiqdi. Nega bunday dedim, bilmadim. Sovuq, qor, boʻron. Ozim esa oyoqda turolmayman. Insonning homaki nushasi - Men. Shu payt qarshimdam katta oʻgʻlim Umar chiqdi. Boshida doʻppisi, qoʻltigʻida Qur'on Karim bilan shoshib kelardi. Qayoqqa deyishga imkon qolmadi. Oʻgʻlim menga burchimni eslatdi.

"Ota, qarang, eshting azon aytilmoqda, Allohimiz:"Tong hamozi har nedan hayrli, namozga keling, najotga keling", deb musulmonlarni namozga chorlamoqda, dedi. "Jim, nima meni ustozimmisan", dedim. Oʻgʻlim hech qoʻrqmadi. Yanada yumshoq ohangda,koʻzlarida yosh:"Otajon, qora chumolini qora tunda koʻradigan Mavloyimiz, men bilan sizni ham koʻrmoqda, Sizning hidoyatga erishishingiz uchun namozga shoshayapman... Onam uyda yoshli koʻzlari bilan haqqingizga duo qilyaptilar, ortiq ezmang...", dedi. Qalbimni parchalagan, qorongʻulikka shongʻigan, uzoqlashgan yigʻi ovozining ortidan qarab qoldim. Oʻsha yerga choʻkdim, uyalardim... Yo, Rabbiy! Shu oppoq qorlar, shu qaro tuproq menga shuncha yillardan beri qanday toqat qildi. Ovozim boricha, kuchim boricha baqirgim kelardi. Oʻzligimni qaytib bering, oʻzligimni qaytaring, qutqaring meni!

Uyga kelib qolgandim. Juftim,fidokor jufti halolim, har doimgidek achchiq tabassum bilan eshikni ochdi. Boshim egik,unga qaray olmasdim. Borib namozga turdi. Yillar boʻyi shu uyda yashadimmi? Devorlardagi oyatlarni,osigʻliq Qur'onni ilk marta koʻrishimmi? ichimda yongan olov koʻz yoshlarim bilan susaya boshladi.... Yigʻlardim.. Tavba koʻz yoshlari edi bular! Duosini tugatgan Asmo koʻnikmagan bu manzaraga hayrat ila qarab turardi. Koʻzalri bilan:"Tushimmi bu oʻngimmi?" deyar edi.
— Indama menga hotin, indama...toʻygunimcha yigʻlab olay. Gunoh bilan kirlangan vujudimni, koʻnglimni koʻz yoshim bilan yuvib olay. Alloh menga bolalar va senday hotin nasib etdi,lekin menchi,menchi... Tavba, nasuh tavbasi ila tavba....

Oʻsha tongdan buyon Islomning abadiy nuri quyosh kabi ufqda porlamoqda va har kuni ziyosi ortib, uyimizni,koʻnglimizni yoritmoqda. Mana keldim, mana ketmoqdaman. Hayot qisqa, oliy jaholatda kechirgan yillarim menga azob beradi. Atrofimda ulugʻlarni,ulgʻayganlarni koʻrib tinmay tabligʻ aytaman. Hudbin musulmon boʻlmaylik. Musulmon birodralarimizga haqiqiy tavsiy, nasihat qilaylik. "Maktub"ga mehnati singanlardan va barcha moʻminlardan Alloh J. J. rozi boʻlsin!

Onamning chinqirigʻini unutolmayman.

Men litseyda oʻqigan yillarimdan ayol erki sotsializmda ekanini hayol qildim va unga koʻngil berdim. Lenin, Marks ta'limotlarini oʻrgandim. Natijada uyimdagilar qattiqqoʻl boʻlganlari uchun,hur boʻlish,oʻzim koʻngil qoʻygan narsaga koʻproq hizmat qilish, dorilfununda oʻqish uchun uydan qochdim. Uyimdagilar:"Namoz oʻqi, boshingni oʻra", deb urardi. Men esa namozda shunchaki turar, hech narsa oʻqimasdim. Dinimizda namoz oʻqimagan yengilroq uriladi,lekin oʻsha kungi mening ahvolimday tayoq aks ta'sir bersa, din,namozdan koʻngilni qoldirsa, har holda bunday qilmagan ma'qul. Tengqurlarim vositachiligida uydan qochgach, bir sababga koʻra dorilfunun imtihonlarida qatnasholmadim. Mayli, bir ishga kirarman,soʻlchi doʻstlarim bor, deb oʻylardim. Yangi turmush qurishgan er-hotinni yonida qolar, ularning ish tashlashlari, ochlik e’lon qilishlari va ba'zi seminar mashgʻulotlarida qatnashardim. Bir joyimiz boʻlardi, har kuni ularni u yerda uchratib yoki ish tashlash joyida topib,oʻsha yerda oʻtirardim.Bir ishga kirishni imkoni boʻlmadi. Boshim ochiq,jinsi shim ololmagan, ammo shimda,qoʻl - oyoq ochiq holda aylanardim. Agar erkak madaniyatli boʻlsa,ochiq ayolga hech qaramaydi,hech zavq tuymaydi, deb oʻylardim. Soʻlchi erkaklar hech manga qaramaydi, deb ularga koʻngil qoʻygandim. Albatta, sotsializmga ham. Hatolik insonda, sotsializmda emas, derdim. Oʻylardimki, bular hayoldagi ziddiyatlar, burjuaziyaga hos qoldiqlar, eskiliklardir. Bir kuni mashinani ortiga ayol erkak aralash oʻtirib ish tashlash joyiga keldik. Chordona qurib oʻtirdim,shim kirib olgandim. Erkaklarning koʻzi istar-istamas menga tushardi.Oʻtirishimni oʻzgartirdim. Bular burjuaziya qoldiqlari haqiqiy e’tiqodli insonlar boʻlganida menga qaramasdi, deb oʻyladim. Vaqti-vaqti bilan tugʻishganlarimni sogʻinar,lekin buni ichimga yutardim.Ota-onamni urishgani uchun sogʻinmayman, deb oʻylardim,lekin...

Bir kecha boʻlganicha boʻldi. Men qolgan oilaning ayoli bir kunga boshqa joyga ketadigan boʻldi. Va men uyda uning eri bilan yolgʻiz qolishimning zarari yoʻq, ahir ular ham men oʻylagndek oʻylaydilar, deb hisoblardim. Oʻsha kech uyqum kelmadi. Aka, uhlolmyapman, suhbatlashaylik, dedim. U honamga keldi. Suhbatlashish oʻrniga nohush qiliqlar qila boshladi. Qotib qoldim. U davom etar, lekin ikkimiz ham kiyimda edik. Albatta yomon ish sodir boʻlmadi,lein mening sotsialistik birodarlarim, degan tushuncham puchga chiqqandi. E’tiqodli kishi shunday boʻladimi? Men ruhiy tushkunlikka uchrab,qoʻshnilardan jomadon soʻradim,nima qilganimni hozir ham eslolmayman. Koʻzimdan ma'no qochganini koʻrgan qoʻshnilar,meni polisga olib borishdi, keyin 1-1,5 oy ruhiy kasalhonada yotib chiqdim. Chiqqach yurgan yoʻllarimni bilmadim. Avval, boshdan kechirganlardan bildimki, elktr shokda miyyaning bir qismini,hotirani zaiflashtirishar ekan. Menga ham elektr shok qoʻllabdilar, shuning uchun ancha narsani hotirlay olmadim. Ammo tuzaldim.Oʻynab kulib uyga keldim. uy ishlarini ozmi-koʻpmi qila olardim. Goʻzal va yosh boʻlganim uchun, hotini uyda yoʻqligida oʻsha sotsializm da'vosidagi odam meni yana bezovta qila boshladi. "Men bu qadar irodasiz emasman, nima boʻldi menga, bilolmayapman", derdi. Ha, Allohni inkor qilgan Uning Yaratganini ham inkor qilar ekan. Koʻngildagi qarshi jinsga boʻlgan tugʻma hisni inkor etar,lekin Allohning qonuni qarshisida ojiz edi. Men har gal qattiq qarshilik bilan uni toʻhtatardim.Hayol buzuqligi, qalb aynishi, faqat dindorlarda boʻladi, deb oʻylardim. Litseyda bir sevganim boʻlardi.Doim uni oʻylardim. Agar menga uylanganida,uydan qochmasdim, sevgim yoʻlida hatto sotsializmdan voz kechardim. Ammo unga qochaylik, deganimda u indamadi. Nega qochmoqchisan, dedi. Meni oʻzim hohlamagn kishiga uzatishmoqchi, oʻqitishmoqchi emas, dedim. Va uning ogʻzini poyladim,lekin u indamadi. Shunda ham uni oʻylardim. Menimcha,ayol yolgʻiz erkakka, erkak ham yolgʻiz ayolga koʻngil qoʻyishi mumkin deb oʻylardim. Qur'on ham:"Ayollaringiz oʻrtasida adolat qilolmaydigan boʻlsangiz, bittasi bilan kifoyalaning", deya ogohlantirgan. Y'ani erkakning yaratmishi ham umuman bir kishiga (ayolga) koʻngil berishi mumkin. Bu aslida mavzuyimdan tashqari. Hanuz aybni Islomga agʻdarishadi, shuning uchu yozdim.Bu umuman boshqa mavzu, shu bois shu yerda toʻhtataman.

Asablarim taranglashib toldimi,yana kasallandim, hatto ovqatni ogʻzimga olib kelolmaydigan holga tushdim.Davolandim,lekin tuzalmadim.Meni uyga qaytarishdi,otam hoʻngrab meni bagʻriga bosdi. Agar otam meni rad qilganida holim nima kechardi? Uyimizdagilar boshlarini koʻtarolmay qolishdi. Qochib ketganimga bir yilga yaqin boʻlgandi. Sekin-sekin har narsamdan ayirganlarni,sotsializmni ham,ularni ham ayblamas, yomon koʻrmas edim. Nima boʻlganini bilmasdim. Goʻyo sehrlangandek edim. Ma'lum vaqt onamlarnikida karahtligim davom etib, sezgirligim susaydi. Polis tergov oʻtkazdi, hech narsa aniqlay olishmagani uchun jazo olmadim. Jamiyatdan koʻrgan jazoyim menga yetardi. Onamning asablari zaif edi. Yanada hafa boʻlib uzilib qolay dedilar. Lekin meni koʻrishlari bilan qattiq va kuchli chinqirdilar.Keyim meni ruhshunosga olib borishlarini aytdim. Bir marta bordik. Keyin dori is'temoli va onamining mehrlari tufayli tez tuzaldim. Endi uyimdagilar avvalgidek boshingni oʻra deyishmasdi,lekin oʻzim mohiyatiga tushunib-tushunmay oʻrana boshladim. Ochiqlikdan hali nafratlanmasamda, koʻnglim toʻlmasdi. Bir yarim yildan keyin bir tanishimga turmushga chiqdim, bolalarimiz bor,lekin uning uyidagilar boy boʻlishiga qaramay, bizni uydan haydab chiqarishdi. Ishsizlik, uysizlik kabi turli iztiroblar va mashaqqatlar chekdik. Bir- birimiz bilan janjallashdik. Jaholat boʻronlari hech yerda susaymasdi. Ishsizlik oqibati haddidan oshdi. Shu ketishda boshim ogʻrib,oʻzimni yoʻqotaman, deb qoʻrqdim. Chunki meni tushunadigan, tinglaydigan kishi yoʻq edi....

Bir oʻlchov, mezon yoʻq edi... Erim oilalik boʻlishiga qarmay qizlarga gap otishni qoʻymasdi. Endi esa Ovroʻpada...u yerda ayollarga qaramayman, deb, va'da bergan, lekin shayton igʻvo qilib qoʻymas,menga tinchlik bermasdi. Bu orada zerikib siqildim. "Yusuf va Zulayho"ning ishqiy hikoyasini oʻqiy dedim.Qur'onda borligini bilmas, ishqiy roman sifatida oʻqimoqchi edim. Bu orada namozlarimni sekin asta koʻpaytirib,mukammallashtirdim. Qur'on oʻqishni boshlangʻich maktabdayoʻq oʻrgangan edim. Ammoʻoqimasdim. Koʻpchiligimiz shunaqamiz, Qur'on oʻqishni bilamiz,lekin Islomni bilmaymiz,bilolmayapmiz. Bunda kim aybdor-u,kim aybsiz, bilolmadim... Hullas gapni qisqa qilsam, "Yusuf va Zulayho" qissasi, ham ishq, ham hayot, ham ibrat ekan. Bamisli yashayotgan hayotimizni oz'i edi. Oʻsha oyatlarni yodlagan inson hayotga tadbiq etsa,hayot maktabida bilimdon, turmushda esa tadbirlik boʻlardi. Bir doʻstim menga:"Bizga buni qanday ravo koʻrdingiz", deb nomlangan roman berdi.Bir kunda oʻqib chiqdim.Shundan keyin azonlar, namozlar va kitoblar oʻzgacha,yanada goʻzlaroq koʻrina boshladi. Javonlar kitoblarga toʻlib tursada, ularni oʻqimas edim, endi esa ularni yutib yuborgudekman. Erimga "Hazrati Yusufni" yubordim. Ammo u menchalik ta'sirlanmabdi.Hamma bir narsadan bir hil ta'sirlansa nima qilardi bu olamda? Uning dardi boy yashamoq. Endi men oʻqiganlarimdan olgan narsalarimni erimga maktub orqali bildirardim. U esa,hatda faqat hol ahvol soʻraladi,derdi. Bu orada Ismoni birdan oʻrganib,uni hech kimga anglata olmasdim. Buning ustiga erimdan uzoqdaligimdan siqilib bosh ogʻrigʻiga yoʻliqdim.... Lekin endi koʻp oʻylamasdim. Islomni oʻrganib, uni boshqalarga anglatishni boshlab yuborgandim. Ikki yarim yilki juftim Ovroʻpadan hamon kelmaydi.Turkiyaga borsam yana ishsiz qolaman, deb qoʻrqar. Hotin, farzand qaygʻusi pul oldida kichik narsa boʻlib tuyulardi unga.

Rizq beruvchi,teng va keng qiluvchi Allohdir. Faqat musulmonlar rizq eishigini boshqalarga topshirib qoʻyishgan... Uzoqdagi erimning ahvolini bilmasdim, lekin unga Islomni maktub orqali anglatmoqni boshladim. Lekin qarshilikka uchradim. Bundan keyin erim bilan bu borada koʻp mashgʻul boʻlmaslikka toʻgʻri kelmoqda edi. Kommunistlarga, barcha botil yoʻldagilarga hayqirgim, baqirgim kelardi. "Siz ne qilsangiz qiling,yoʻldasiz, Islomga bogʻlanmasdan biror foyda koʻrsangiz-da,uni albatta yoʻqotajaksiz! Oldinda soʻngsiz olam bor. Biroz oldinni koʻring,ilgʻor boʻling! Bilmasangiz dard chekkaysiz" degim kelardi. Shuning uchun yozmoq istayman. Shahsan koʻrgan kechirganlarimni, musulmon ayol uy hibsida,oshhona mushugi,johil deb oʻrgatganlarga yolgʻon deb hayqirgim keladi.Fikrimda oʻzgarishlar, evrilishlar boʻldi,lekin musulmoncha...

Hayotimda esa vijdon azobining tazyiqlari tark qilmaypti.Uydan qanday qochdim? Onamga, otamga,uyimdagilarga qanday qilib shunday koʻrguliklarni soldim? Johil tuygʻular oldida ularni parishon etdim. Va men, eng yomoni koʻp yillar davomida musulmonlarga nafrat bilan qaradim. Onamning meni koʻrgandagi chinqirigʻini hali hanuz unutolmayman. Vijdon azobida qoldim. Buni Jurnaligizda yoriting, yoshlar,yosh qizlar oʻrnak olishsin. Balki oʻqib yomon yoʻllardan qaytishar. Garchi koʻplarning boshi tosh devorga urilmaguncha koʻzlari ochilmaydi. Koʻplar katta zarba yemaguncha oʻnglanmaydi. Ammo nashrdan umidim katta. Chunki insonlar hammasi birdek emas-ku, aqllik kishilar yomon yoʻldan qaytishni biladilar.

DUOLARINGIZDA MEN GUNOHKORNI HAM UNUTMANG, ILTIMOS!!!

Bir piyola choyga intiqlik.

— Toʻhtang! - dedi u. - Maylimi bir piyola choy ichib olsak, qishloqqa qaytishga yuzim chidamayapti.

Meni shunchalar gʻazab qoplab olgan ediki, u yigʻlagan sayin men quturardim. U yolborgan sayin men koʻproq urardim.... "Allohingdan topaver",- deb ogʻzimdan chiqqan kufr soʻzlarni oʻzim eshitmasdim. Oʻz hotinim menga aslo gap qaytarolmasdi.

U och qolardi, men buni bilardim.Onam iplik sotib unga bir necha qurush berardi. Pulni berayotganlarida:"Bu oʻgʻilni tuqquncha ilon tugʻsam boʻlmasmidi. Men unga yomonlik oʻrgatmaganman. Oʻgʻlimning ortida kimdir bor, lekin kim u?" deya iztirob chekardi. Hotinim esa meni ardoqlar, ammo men uni koʻrishni ham istamasdim, chunki u Suzan kabi, Sarpil kabi jozibador emasdi. Onam uni menga qishloqdan olib bergandi. U qanday mas'um edi ohirgi koʻrganimda.....

Men osha kuni ham ichgandim. uni meni kutayotgan holda koʻrdib:"Meni ta'qib etayapsanmi hali?" deya sochlarini tutamlab,koʻtarib yerga urdim. Yerdan turganida ogʻzidan qon kelardi.
— Bilasizmi, sizni dunyolarga almashmasdim, - dedi u qonini arta turib, keyin yana davom etdi, - ammo endi bu qiyinchiliklardan, bu azoblardan qutulish uchun oʻzingizni oʻzingizga qoldirib, biroz huzur izlab ketaman.
— Koshki ketsang,- dedim, - koshki ketsang.
— Ketmoqchiman,- dedi koʻzlarimga tik qarab, bu gal ohirgi qarorim, ishoning.

Hayolga toldim. Beyoʻgʻlining hamma qoʻrqadigan odami, balosi boʻlmoqchi edim, ostimda soʻnggi rusumdagi mashina,qizlar"aylantiring"deya yalingan...

Mana, nihoyat hotinimni holdan toydirdim. Qishlogʻiga ketmoqchi....
— Keling, roʻbaroʻ oʻtirib bir piyoladan choy ichamiz. Qiz paytlarimda filmlarda yuzma-yuz oʻtirib choy ichgan er-hotinlarni koʻrib havas qilardim. Bir martagina,loaqal bir marta hayolim haqiqatga aylansin,iltimos, - dedi.
— Men choy ichmayman, aroq, vino, raki ichaman,- dedim.
— Dasturhon tuzab sizni bir hursand qilish uchun e’tiqodimdan voz kecholmayman,- dedi. Dasturhon tayyorladi. Lablaridan oqqan qonni sidirib qoʻyar, menga qarar va:
— Bu qilmishingizni men kechirsam Alloh kechirmas, - dedi. - Bu zulmning badalini Uning huzurida oʻtaysiz.
— Sevinyapsanmi?- dedim.
— Man ahmoqman,- dedi,- oʻlay agra ahmoqning oʻziman. Shuncha qiynaganingizga qaramay, yana qiynalishingizni hohlamayman.Oqibatda baribir achinib hafa boʻlaman. Balki aksincha boʻlar, kim bilsin....

Hotinim bilan bir zumgina yahshi suhbatlashganimni tushundim. Oʻrnimdan turib:"Boʻldi, vaysashni bas qil" dedim. Va eshik tomon yurdim. Ortimdan ovoz keldi:
— Bir piyola choy ichsak boʻlmaydimi? Bir hoʻplam choy ichgunchlik vaqtga rolga kiring, sizni shu holda eslab yuray, tushlarimga shunday kiring....

Yurdim, Tinglamadim. "Qachon?"dedim."Nima qachon? dedi. "Qachon daf boʻlasan?Qachon jahannam boʻlasan?"dedim. "Ertaga"dedi. Shu onda yuragimga botgan qilday bir narsani his qildim.
— Ammo sizga aytolmadim....Toʻgʻrirogʻi,tuzuk holda uyga kelmaganigiz uchun fursat boʻlmadi...Men homiladorman. Ota boʻlganingizni qabul qiling, rozi boʻling, sizdan boshqa hech narsa istamayman.

Uni yana urishga shaylandim. Gʻazab bilan ustiga bostirib keldim.
— Nima, nima, nima! Sen homiladormisan?-deb soʻradim. U ovchilar qoʻliga tushgan jayrondek qoʻrqib qolgandi. tepasida musht koʻtarib:"Gapir!"dedim.
— Gapir bu bola balosi qaydan chiqdi?Kimdan boʻldi?

Uni shunchalar qoʻrqitib qoʻygandimki, hatto homiladorligini ham aytolmabdi. Musht tushirdim.

-Boshimga bola balosini tushirmasingdan yoʻqol,- dedim.

Yana eshikka qarab yurdim. Tutilib-tutilib bir narsalar deya mingʻirladi ortimdan. Koʻp narsalar aytmoqchi boʻlar, uni bir alanga oʻrtaganday, koʻp aziz narsalarini yoʻqotganday kuyib yonardi. Aytolmasdi. Gapirolmasdi. Endi bolasining otasini aytolmasligi kuydirardi. Oʻzini zoʻrgʻa qoʻlga olib ortimdan chinqirdi.
— Alloh seni shu bolaga muhtoj qilsin!Alloh seni sudrantirib qoʻysin!Alloh koʻrsatsin... doʻstlaringdan zarba ol!Allohdan soʻrayman, meni kuydirganingdek kuy! Qilmishingga yarasha azob ol!Ohim yerda qolmaydi!Qolmaydi... Shuni unutma!Shuni bil!

Yigʻalb yigʻlab yerga tiz choʻkdi. Silkinib silkinib yigʻlab, oʻksinib menga qaradi. Koʻzlari qonga toʻlgan va shishinqiragandi. Oʻzgacha qat'iy bir ohangda soʻzladi:
— Aslo...Aslo chiday olmayman, senga toqat qilolmayman. Yerdan chiqqan emasman.. yerda qolmayman... Yoʻldan topilgan emasman.

Tongga yaqin kelganimda qoldirgan yerimda koʻrdim,boʻlmaning oʻrtasida yotardi. Gʻururga berilhanimdan ustiga koʻrpa ham tashlab qoʻymadim. Ertasiga peshinda turganimda hotinim ketib boʻlgandi. Stol ustida bir qisqagina hat qoldirgandi.

"Har kim oʻz tengi bilan turmush qurishi kerak ekan. Ammo buni qishloqda oʻsga Oishaga kim ham oʻrgatardi. Kim ham oʻrgatardi, harom yoʻlda yurgan, doimo boshi maishatdan chiqmaydigan sizga!

Mana ketmoqdaman. Sizni vijdon azobingiz bilan yolgʻiz qoldirmayman...chunki sizda vijdonni oʻzi yoʻq!Sizni sizni qiynoqlarinigizibilan tanho qoldiraman. Zero, bir kun qiynoq eshigini qoquvchi mastlikdan uygʻonmoqchi boʻlasiz...

Ammo vaqt oʻtgan, kech boʻlgan boʻladi... Va bir umr kuyasiz.... Jahannamda kuyajagingiz bundan mustasno...

Oisha Ziloʻgʻli"

Otasining ismi bilan imzo chekkandi. Menday asl yigitdan, mard erkakdan qanday ham ajrala olardi?Atrofimda ayollar oyogʻimga bosh urib, yalinib turgan boʻlsa!Lekin atrofimdagi oʻsha ayollarni hech ham hafa qilmasdim,"Yoʻqol!"deya kaltaklamasdim....

Oradan ikki yil oʻtdi. Oishani yoʻqlamadim. "Turmushga chiqib ketdimikan?"deya oʻylardim ba'zida. Jazmanimni qizgʻanar, lekin hotinimni hech kimdan qizgʻanmasdim. Ichimda esa gʻashlik bor edi. Bir kuni mahkama ma'lumotniomasini qoʻlimga berishdi. Ajrashar ekanmiz. Bir qizi bor ekan, Bir yoshga kiribdi. Ismi Shuhado.Mahkama bolani onasiga qoldiribdi. Yana ikki yil oʻtdi. Bir kecha sarhush holda mashinada uyga ketardim. Bir chaqirim yurdim. Beyoʻgʻlidan chiqqanimni, duch kelgan avtobusni chiroqlarinigina eslayman, koʻzimni ochganimda tez yordamda koʻrdim oʻzimni. Boshimda hakim va hamshiralar bor edi. Oʻzimga kelganimda oʻng qoʻlim yoʻq,kesib tashlangandi. Kesishga majbur boʻlishibdi. Oʻz-oʻzimdan ilk marta intoqom oldim. "Shunday boʻlishi haq!Endi odam boʻlarsan!". Uyimga qamalib oldim. Dastlab doʻstlarim kelib, u bu narsalar olib kelib habar olib turishar edi. "Seni yolgʻiz qoldirib, tashlab qoʻymaymiz",- deyishdi.Lekin besh oy oʻtgach, hech biri kelmay qoʻydi. Istar istamas Oishaning soʻzlari yodimga tushdi. "Senga Alloh koʻrsatsin!Doʻstlaringdan zarba ol!...." Mana, osha kun keldi.

Endi yillar oʻtib Oishani achinish ila eslardim. Men olchoq koʻppak, u esa pokiza, mas'um, yosh ayol edi.Turdim, jahl bilan kamzulimni ahtardim. Topib qoʻlimga olib, shoshib Tupqoyaga joʻnadim....

Oishalarning qishlogʻiga boradigan avtobusga chiqdim. Oishadan uzr soʻramoqchi edim. Turmushga chiqmagan boʻlsa olib qaytmoqchi edim. Istasa oyoqlariga yiqilaman. Yo turmushga chiqb ketdimikin?Nahotki? Turmushga chiqsa haqqi! Ne deya olardim."Pushaymonlar chekkaningda vaqt allaqachon oʻtgan boʻladi",- degandi. Nahotki, kechikdim?Qishloqqa kirib kelganimda yuragim chiqib ketgidek urardi.Birozdan keyin Oishani koʻraman.Meni koʻrib sevinarmikin, nafratlanarmikin. Kim bilsin. Shunday oʻylar bilan qishloq bulogʻiga yaqinlashganimda,Oishaga oʻhshagan bir ayolga koʻzim tushdi. Unga qarab chopdim,lekin u Oisha emas ekan. Hamma menga qaradi, uyaldim. Nega uayldim. Bundan battar ishlarni qilib uyalmagan odam endi nimadan uyalardim?Ayollar shoshib soʻrashdi.
— Kimni izlayapsiz?

-Oishani...- dedim.

-U buloqqa kelmaydi...

-Nega?

-U oʻlgan...

Ishonolmadim.Oʻlmasligi kerak edi. Nega oʻladi? Men undan kechirim soʻrashim lozim edi. Turgan joyimda choʻkib,oʻtirib qoldim. Bir payt yelkamda bir qoʻlni sezdim.
— Siz qaydan bilardingiz, rahmatlini?
— Hotinim edi... - deyoldim holos. U qoʻlini tortib oldi.

-Sening kitobingda hotin shu qadar haqsizmidi?

Ketdi.Oʻn besh, yigirma qadam yurib ovoz berdi.
— Ey, gʻoʻr nusha! Qara roʻparada oʻynab yurgan anavi qizcha rahmatlining qizi - Shuhado. Otasi senmisan,yoʻqmi bilmayman. Asl otasi bu qizaloqqa ega chiqmagan deyishadi.

Bu dunyoda bunday mashaqqat - achchiq hijolat, sharmandalik bormi?

Sekin turib qizimga qarab yurdim. Koʻzlarimdan birinchi bor yoshlar oqdi. Unga qarab yurarkanman, oʻng tomondagi qabristonga koʻzim tushdi....

Bir qabr toshiga:"Oisha Ziloʻgʻli",- deb yozilgandi. Yaqinlashdim. Umrim boʻyi anglayolmagan bir achinish bilan qabr toshidagi yozuvlarni oʻqidim:

Yosh chogʻi zulmat boʻldi,

Oqibat gʻamga toʻldi,

Kun koʻrmasdan u soʻldi,

Oisha bir duo istar.

Yolgʻiz qoʻlimga suyanib, tosh ustiga bosh qoʻydim. Yigʻladim,yigʻladim.....

Kamzulimdan tutgan bola qoʻlini payqab qaradim - Shuhado.
— Amaki! Onamning mozorida nima qilyapsiz?

Uni quchib yigʻladim. Oʻpdim. U savollarini davom ettirdi.
— Nega yigʻlaysiz, amaki?

Hoʻngrab yigʻlarkanman, javob berolmasdim. Zoʻrgʻa oʻzimni tutib soʻradim.
— Bolam, kimligimni bilasanmi?
— Ha. Amaki...
— Otang qayda?
— Otam yoʻq.
— Otang menman. Qizim hech surishtirmasdan boʻynimdan quchdi.
— Unda sizni oʻpay. Oʻpdi. Erkaladi. Keyin:
— Ota! - dedi. Nega bizzi uyda emassiz?

Chidayolmadim. Uni olib bobosinikiga, Oishaning otasinikiga bordim. Tortinibroq qoʻllarini oʻpdim. Onasi qoʻlini bermadi.
— Qoʻli oʻpiladiganchalik tabarruk emasman,- dedi.

Ular ham yigʻlashdi. Shuhadoni yolgʻiz qoʻlim bilan quchoqlab turardim. Goʻyo yillar intiqomini mendan olardi. Ayovsiz olardi. Qizimni yerga tushirmasdim. Bir payt:
— Ota sizni qoʻlingiz bittasi nega yoʻq?

Bu savol meni marhamatsiz yillar qoʻyniga uloqtirdi.
— Shuhadoni Istanbulga olib ketsam,- deya soʻradim.
— Yoʻq,boʻlmaydi. Istanbul bizning nazarimizda hosiyatsiz shaharga oʻhshab qoldi. Bolamni u yoqqa yuborolmayman. Hohglasangiz ora- sira kelib, uni koʻrib ketishingiz mumkin,- dedi otasi. Shundan keyin qishloqqa kelib qizimni koʻrib keta boshladim. Qizimni toʻyib-toʻyib hidlab ketadigan boʻldim. Hech otalik hissimni bahsh eta olmagan, hech otalik qilolmagan bolam meni kechirishi uchun qoʻlimdan kelgan ishni qilardim.
— Mendan nima istaysan, soʻra bolam,- dedim. U qoʻllarini yozib:
— Mana buuuuncha qoʻgirchoq istayman,- dedi - ammo unutsangiz, sizni yahshi koʻrmayman.

-Hoʻp, qizim olib kelaman, faqat sen meni yahshi koʻrsang boʻldi.

Bir oydan keyin katta qoʻgʻirchoq olib qishloqqa keldim. Unga qoʻgʻirchoqni bera qolsam, derdim. Qaynonamning uyiga yugurdim.
— Shuhado-o-o-o!!!

Tashqariga qaynonam chiqdi.
— Oʻgʻlim, baqirmang. Shuhado uhlayapti.
— Mayli, -dedim. - Bolamning boshida uygʻonishini kutaman. To umrimning ohirigacha kutaman...

Taqdir gunohga yetaklamaydi.

Xotinimning qoʻliga "Maktub"jurnali tushgach koʻp narsa oʻzgardi. U jurnalning har bir sonini topar va mendan yashirib oʻqirdi. Yillar oʻtib, uyimda ajoyib kitoblar paydo boʻla boshladi:Huzur Soʻqogʻiy, Sh'ula Yuksal Shanlar, Minyali Abdulloh Hakimoʻgʻli Ismoil, Surgun Oʻrgatman, Burasi Jazouyi, Amina Shalikoʻgʻli va boshqalar.

Men yuzlab odamlarni qamoqqa yuborganman. Kitoblarni otdim,uloqtirdim. Xotinimning yomon jahli chiqdi. Oʻrta maktabga ketdi, deb oʻylagan oʻgʻlim Imom Hatibligiga kiribdi. Alloh saqlasin... Rosmana jahlim chiqdi. Imim Hatib deyildimi hayolimga doim Erboqok kelardi. Hafratim qchon , nima uchun paydo boʻlgan oʻzim ham bilmayman, ammo shu odamni yomon koʻrib qolganman.

Xotinim esa aksincha Milliy Yoshlar Vaqfida ishlarmish... Oʻgʻlimning Imom Hatibligiga oʻqishga ketganini eshtishim meni shunday parishon qildiki,uhlamaydigan boʻlib qoldim. Oʻgʻlim bir oliyjanob bola edi. Bu oliyjanoblikni mendan olgan deb oʻylardim. Doimo oʻgʻlimni hudojoʻylik ruhidan qanday qilib qutqarsam deb oʻylardim. Nihoyat boshimga bir fikr keldi,oʻgʻlimga:
— Tayyorlan, bir joyga boramiz,- dedim. Bolam hursand boʻlib hozirlandi. Onasi esa ikkilanardi.
— Bolani qayoqqa olib borasiz?- deb soʻradi. Unga baqirdim:
— Har holda oʻlimga emas, bolani otasidan ayaysanmi? Uydan chiqdik. Xotinimning havotiri shundan ham bilinib turardiki, pastki qavatgacha ortimizdan tushdi, qayoqqa borishimizni bilishga harakat qilardi.

Polis kiyimini yechib,fuqarolik kiyimini kiyib olganman. Moshinamga chiqqanimda oʻgʻlimga zoʻraki jilmayib qoʻyardim. Aslida undan hafratlana boshlagandim. Bir buzuqqa qaragndek qarardim. Oʻgʻlimni qayerga olib borishimga siz ham qiziqayotgandirsiz?Fohishahonaga olib bordim. Manukya uylarining biriga keldik. Avvalroq shu uyni qurshab bosgan edik.Endi oʻzim oʻgʻlimni shu islavothonaga olib keldim. Oʻzini bir toʻda qizlar ichida koʻrgan oʻgʻlim menga uyalib qarardi:

-Ota, qayerga kelib qoldik?Bunda nima ishimiz bor?

Uni ishontirishga harakat qildim:
— Oʻgʻlim, erkaksanku, ahir, bu opalardan birini tanla... Qorqma,men shu yerdaman. sen erkaksan qoʻrqmaysan,- dedim.

Oʻgʻlim koʻzlarini katta -katta ochib jahli chiqib men tomon yurdi:
— Telba boʻldingizmi,ota?Zino qildirmoqchimisiz?Allohdan qoʻrqmaysizmi?-dedi.

Unga ikki shapaloq tushirdim.

-Menga qara,it!Erkak boʻlmaganing uchun meni din bilan qoʻrqityapsanmi?-dedim.

Oʻgʻlim eshik tomonga qochdi.Yarim ralangʻoch fohishalar bizga qarab turishar edi.
— Siz qilgan bu tubanlikni Abujahl ham qilmagan. Allohga hech ishonmaysizmi?- dedi oʻgʻlim. Fohishalardan biri yonimga kelib:
— Qanday uyatsiz odamsan. Hatto bizlar ham oʻz bolalarimizni bu yerga kelishini hohlamaymiz. Sen qanaqa otasan, he, Allohning balosiga yoʻliq!- dedi. Tang vaziyatda uyatda qoldim. Osha kundan boshlab oʻgʻlim yuzimga qarashni hohlamadi. Akamning uyida qoldi. Besh yildan keyin Timurtosh Uchar Xojaning uyini bosdik. Vatanni sotgan hoinlarni unutib, Xoja bilan mashgʻul edik. Xotini bizni koʻrishi bilan bildiki, biz,polislar nomussizlarga yahshi, musulmon ayolga yomon, qoʻrqinchlik koʻrinamiz... Ayol yuzimizga qarab faqat bir soʻz aytdi:
— Bu oʻlkada yashashga bizning haqqimiz yoʻqmi?

Boshimga gurzi bilan urgandek boʻldi. Haqiqatdan, bu kishilar nima yomon ish qildi? Nega biz ularga tinchlik bermaymiz?Ayblari nima?Oʻylarim agʻdar toʻntar boʻlib ketdi...

Uyga bir ahvolda keldim.TV tomosha qilib oʻtirganimda oldimga xotinim keldi:
— Tinchlikmi, holdan toygan koʻrinasiz?

Unga bor gapni aytdim.
— Musulmonlarga qasddan dushmanlik qilayotganlarning fikrlarini endi bilib oling. Boshingizni qumdan chiqaring,- dedi va qoʻlimga Moʻmina Quyosh degan yozuvchini kitobini berdi:
— Shuni oʻqing, bir oz boʻlsada dinga kelarsiz.

Haqiqatan kitob menga juda ta'sir qildi. Keyin yana bir kitob keltirdi."Bu yer qamoqhona" Bu kitobdan bir paytlar jahlim chiqqandi. Oʻqidim.Birdan qarashlarim oʻzgara boshladi. Ertasiga Hakimoʻgʻli Ismoilning,keyin Shu'la Yuksal Shanlarning "Yoshlikning iztiroblari"ni oʻqidim. Hali bilmagan narsalarim juda ham koʻp ekan. "XX asr muammolari"nomli kitobni tugatgach,namoz oʻqiy boshladim. Oʻgʻlim namozni boshlaganimni eshitsin deb qoʻlimdan kelganini qildim. Ammo oʻgʻlim eshitmas,olislarga bosh olib ketgan, manzilni ham bilmasdik. Bu ne taqdir oʻyini, derdim. Ichimda shunday isyon ulgʻayardi. Bir yil taqdirni aybladim. Bir yildan keyin bir olimga ichimdagini aytdim. "Buni taqdir qilmabdi,oʻzingiz qilibsiz. Taqdir gunohga targʻib va tashviq qilmaydi", dedi. Endi ayolim ham holimga achinardi.Lekin oʻgʻlimni sogʻinar,meni tark qilgan oʻgʻlimni izlardim. Qani edi,oʻgʻlim meni sajdada koʻrsa. Undan esa biror habar, biror sas-sado yoʻq edi.

Oʻsha kundan keyin xizmatdoshlar, doʻstlarga oʻzimdagi oʻzgarishlarni anglata boshladim. Dinsiz boʻlganlar:"Bizga aql oʻrgatma,ustozlik qilma",deyishdi.Lekin bir qanchasi meni tingladi. Oʻgʻlimga qilgan ishimni oʻylasam ichimda olov yonar, vijdon azobi meni ado qilardi.

Kutilmaganda maktub oldik. Oʻgʻlim onasiga:"Onajonim!Men Pokistondaman. Alloh nasib qilsa, bayramga boraman", deb yozibdi.

Boladek boʻzladim. Endi bolam meni sajdada koʻradi. Vijdon azobim barham topadi. Oʻgʻlim arafa kuni keldi. Katta boʻlib ulgʻayibdi. Soqolli, nur porlab turgan koʻzlari, yuzlaridan oʻpdim. Bagʻrimga bosdim. Yoʻldan chiqarmoqchi boʻlganim - Imom Hatibim meni yoʻlga solgandi, yoʻl topishimga, hidoyat yoʻlini topishimga sababchi boʻlgandi. Ertasi kuni hayit namoziga birga bordik. Hayotimda hech qachon bu qadar bahtli boʻlmagandim. Jome’dan chiqqanimizda oʻgʻlim yuzimga qarab:
— Ota, bilasizmi, sajda sizga goz'al shahsiyat bahshida etibdi. Safda turishingiz sizga shu qadar yarashibdiki,ta'rifni keltirolmayman, tushuntirolmayman....

Hullas,sizga vijdon azobimni anglatmoq istadim. "Maktub"jurnalida oʻqiganim - "Vijdon azobi"menga juda ta'sir qildi. Mening hayotim, otalarga, ayniqsa polislarga oʻrnak boʻlar deb oʻyladim... Allohga omonat boʻling!!!

E’tiqod.

Zaynab hola shifohonadan chiqishga hozirlanmoqda. Hech kimi kelmadi. Toʻrt oʻgʻil va ikki qizi bor. Birovi boʻlmasa, birovi kelib qolar, deb derazadan tez-tez qarab qoʻyardi. Qohira Jome’sidan shomga azon aytiladigan vaqt boʻlgan boʻlsa-da, hanuz holani olib ketuvchilardan darak yoʻq. "Nega kelishmadi,ne boʻldi ekan?'-deya tashvishlanardi hola. U, hamshiralar:"Hola hali ham shu yerdamisiz, ketmadingzimi?"-deb qolishlaridan havotirda edi. Narsalarini sumkasiga joyladi. Deraza yoniga oʻtib tashqarini kuzatdi....Yoshligini hotirladi...

Olti bolasi bor edi. Ularga Islomiy tarbiya berishga harakat qilar, lekin uddasidan chiqolmasdi. Ya'ni bolalariga bergan tarbiyasini atrof muhit shamoli uchirib olib ketardi....Bir kuni katta oʻgʻli unga tik qarab isyon qildi:Bizni oʻz erkimizga qoʻying ona!Oʻzingiz istaganingizcha yashang,lekin bizni oʻz holimizga qoʻying!Yoqamizni boʻshating!

Zaynab hola yoshligida tinib tinchimasdi, islomni boshqalarga bildirishga harakat qilardi. Anjumanlar oʻtkazdi. Maqolalar yozdi. Turli chiqishlar qildi. Talabalar yetishtirdi. Ammo uning yutuqlarini koʻrolmagan musulmonlar, balki munofiqlar turli mish-mishlar tarqatishar, tinchlik berishmas, bazovta qilshardi. Goho Zaynab hola oʻzicha tutoqib:"Nega bunday? Ahir, biz diniy birodarlar,qiyomatli qarindoshlar emasmizmi?"deya iztirob chekardi. Bu yomon holatga choralar ahtarardi. Qarori qat'iy edi. Hech bir guruhni tanqid qilmoqvhi emasdi,lekin uni tinglaydiganlar oz edi. Bir gal Qur'on tahsili bosqichidan quvildi. Koʻchaga chiqqach yigʻladi:"Nega quvildim?Allohim,menga sabr ber!"-deya u yerdan uzoqlashdi. Qayga borsa tanqidga uchradi, uni notoʻgʻri tushunishdi. Anglagan dunyo muammolari va muqobillarini taqdim etolmas va bu uchun ham iztirob chekardi.

Odamlarga kam foydam tegayapti, deya oʻylar, oʻzini sevganlar ham borligini unutar edi. Oʻzini juda kichik chogʻlar va ba'zan koʻngli choʻkardi. Bolalarga qalban bogʻlangan, toʻzimagan yoshlik chogʻlarini oʻyladi....Qoʻshnilarning bolalarini esladi...Bushro, Forima, Asila, Ali, Kozim, Muhammad,Zahro....Ularni asallarim deya ovutar va bundan oʻzi ham zavqlanardi....

Mana shom azoni mungligʻ-mungligʻ, hazin-hazin, ulugʻ, ohista va baland taralmoqda. Goʻyo:"Zaynab,yolgʻiz emassan, mana men borman", deyotgandek edi.Koʻzyoshlari dumalab-dumalab tushdi. Nogoh hamshiraning ovozidan hushyor tortdi.
— Zaynab as-Sodiq...Siz hali ketmadingizmi, kasalhonadigi joyingizni boʻshatishingiz lozim, muddatingiz bitdi!-dedi.

Bu soʻzlar qalbiga qilich boʻlib botdi.Koʻnglini agʻdar ton'ntar qilib yubordi.Hamshiraga moʻtirab qaradi. Ne deydi? Nima desa ekan?Zoʻrakiroq soʻz boshladi:
— Meni olib ketgani kelishmadi. Bu kecha ham shu yerda yotsam boʻladimi?Bir kechalik ziyoda haq toʻlayman.
— Nima hech kimingiz yoʻqmi?

Ichi tuzdek achishdi. Ogʻrinib javob berdi.
— Bor, bolalarim bor. Ammo negadir kelishmadi. Bugun chiqishimni bilishmagan boʻlishsa kerak. Ertaga kelishar... Telefonlarini bersam...

Biroq kimning telefonini beradi. Soʻng birdan baland ovozda:"Yoʻq!"- dedi.
— Ular mening jon joyimga urdilar.Men sizga Asilamni telefonini beraman. Bolaligidan meni yahshi koʻradi. U kelib meni olib ketar...Ertagacha muhlat bering.Ertaga koʻramiz.

Qoʻllari titrab sumkasidan daftarni olib, Asilaning raqamini berdi. Shom namozidan keyin yana joyiga yotdi. Qanday beshafqat damlar uning uchun,oʻtishi ham qiyin edi.Hamhonasi baribir soʻramasdan turolmadi.
— Sizni shifohonaga bolalaringiz olib kelishdimi? Bu savol uni boshiga gurzi boʻlib tushdi.
— Yoʻq, men bolalarimni oʻn yildan beri koʻrmayman. Meni tark etishgan. Aybim Islom da'vosini zimmamada deb bilganim.
— Eringiz bormi?
— Erim oʻlganida men 45 yoshda edim.
— Hoʻsh,uyingiz,pulingiz bormi?
— Bor edi, hammasi bor edi. Talabalarga, e’tiqodim yoʻlida sarfladim.

Hasta ayol oʻrnidan qoʻzgʻalibroq. Zaynabga achinish bilan qaradi.
— E’tiborliroq boʻlmadingizmi?Keksayishingizni oʻylab, oʻzingizga uy va biroz pulning gʻamini yeb qoʻysangiz gunoh boʻlardimi?

Zaynab yana horgʻin va ogʻir nafas oldi.
— Gunoh emas, aksincha, Rasulullohning s.a.v. tavsiyalari...Lekin yoshlarning joyi yoʻq. Oʻqiyolmasdi ular. Chidayolmadim. Borimni talabalarga sarfladim. Bir uyim, biroz pulim boʻlsa edi. Mayli pushaymon emasman. Yuzlab yoshlarga oʻqish imkonini berdim.

Hasta ayol unga yana achinish bilan soʻzida davom etdi.
— Endi kasalhonada garovga qolasizmi?
— Mayli e’tiqod yoʻlidagi mashaqqatlarda ham lazzat bor. Sizning kelib ketuvchingiz koʻp ekan, buyursin. Aytganlaringizdan anglaganlarimning hammasi bu dunyolik. Narigi dunyoda kelib ketuvchilaringiz boʻlishi uchun yashamabsiz. Oltmishga kirib qoʻyibsiz-u, hanuz u dunyoni oʻylamabsiz. Men hayrli ishlarda, siz esa dunyo ishlarida ancha oldinga ketib qolibmiz.

Hasta ayol asabiy mingʻirladi:
— Unda shu koʻyi yashashda davom etavering. Sizning yahshiligingiz uchun, sizni deb aytyapman.
— Aytmang. Aytganlaringiz tasalli berish uchun emas, oʻtmishdan pushaymonlikuygʻotish uchun. Pushaymon emasman. Zotan dunyodan ketishimga qancha ham qoldi...

Ikkovi ham bir-biriga ters oʻgirilib oldi.Zaynab yashirincha yigʻlardi... Huftonga azon aytilmasdan uhlab qoldi. Tushida bolalarini,oʻzini hafa qilgan qator musulmonlarni koʻrdi.... Mahshar kuni emish... Ularni qarshisiga keltirishibdi... Gʻoyibdan ovoz kelibdi:
— Bularni taniysanmi? U esa baqirib javob beribdi.
— Taniyma-a-a-a-an, taniyman.

Oʻz ovozidan oʻzi uygʻonib ketdi. Ruhidagi dardlari ortgandek boʻldi,oʻrnidan turdi. Tahorat olib namoz oʻqidi, duolar qildi.

Duo qilayotganda esiga tushdi.... Bir kuni shunday duo qilib oʻtirganida kichik qizi kelib:"Ona,shu duoyingizdan bezor boʻldim",- dedi.Shularni, oʻtgan kunlarni oʻylab, oʻzi bilmagan holda ovoz chiqarib duo qilardi:
— Meni jon joyimga urdilar, yolgʻizlatdilar,hasta qildilar.Allohim! Oʻzing uygʻot bu musulmonlarni! Yolgʻizligimni ishqing ila bir butun ayla!Menga qanday mashaqqat bersang bu dunyoda ber!Ohiratda azob berma,yo Rabbiy!Shifohonada garovga qoldirsang ham, jahannamda garovga qoldirma!...

Yana oʻrniga qaytdi:"Farzandlarim unutsa ham, Sen unutmassan. Sen menga kifoyasan Parvardigorim",-deya duoda davom etdi.

Bomdodga azon aytlganda uygʻondi. Namozini oʻqib boʻlib derazadan qaray boshladi. "Ey, Tong!Men uchun nelarga toʻlugʻsan. Bugun ham garovga qolamanmi?"-deya oʻz-oʻziga soʻzlar ekan, hayoliga Asila keldi. "Asilam!Aslo meni unutmagan boʻl! Meni bu yerlardan olib ket!"Hayjonda kutardi. Soat ham oʻn boʻlyapti.Hamshira kelib:"Hali ham shu yerdamisiz?" - deb qoladigandek,eshikka tez-tez qarab qoʻyardi. Birdan eshikda hamshira paydo boʻldi. Hayjondan yuragi hapqirar va toʻhtab qoladigandek boʻlardi.
— Hushhabar , Zaynab honim!Hushhabar!Sizni olib ketgani kelishdi.Zaynabning sevinchi ichiga sigʻmadi. Koʻzlari yoshlandi.
— Kim keldi, kim keldi?

-Ikkita yigit...Kozim va Muhammad ekan, tayyorlaning, ketasiz!

Tezda hozirlandi. Yonidagi sherik ayol derazadan qaradi... Birdan hayajonlanib, Zaynab holaga oʻgirildi:
— Qarang, qarang!Shifohona bogʻida qaiyomat boʻlyapti,qarang,keling!

Zaynab hola qiziqib,derazaga yaqinlashdi.Koʻzoynagini taqib haloyiqqa qaradi.

-Bular, bular mening farzandlarim,bular mening bolalarim, birodarlarim... Meni olib ketgani kelishibdi-da... Qarang,koʻring, Hasan al-Kaab, Ismoil, Ali,Muhammad. Shu yerdagi "Moʻmin jurnalini sohibi... Qarang, qarang Qohira jome’sini imomi...

Koʻzyoshlar ichra taniganlarini sanar, ularga qoʻl silkitar edi. Olomon ichra koʻtarilgan takbir sadolari ruhiga kirib qyvvat berar va hayajon ichra shodlantirardi....

Bolalarini ham koʻrdi.Hayajon bilan eshikka yugurdi.
— Hush kelibsiz, birodarlarim,bolalarim!Meni mamnun etdingiz... Nima deyishni ham bilmay qoldim...

Bir guruh yigit qizlar javob berishdi.
— Opajonimiz! Aybga buyurmaysiz. Holingizdan habarsiz qolibmiz. Bilmabmiz. Eshitishimiz bilan bir-birimizga habar qildik. Bilaganimzda sizni shu holga tashlab qoʻyarmidik.
— Sogʻ boʻling, rahmat,birodarlarim. Sogʻ boʻling, bolalarim, farzandlarim.Nima deyishni bilmayapman...

Bolalari ham aybdorlarcha onalarini quchishdi.
— Bizni avf eting ona!Kechiring bizni,- deyishdi,ammo negadir toʻngʻich oʻgʻli koʻrinmasdi.
— U qayda? Akangiz? Katta akalaring qayda?

Ular zoʻrgʻa javob berdilar:
— Ona,u endi musulmon emas! U nasroniy boʻldi... Sizdan ketdi.Lekin biz sizga qaytdik. Allohga qaytdik,ona!

Bir muddat sukut saqlab qolgan ona Islom tarixini oʻyladi...
— Mayli.Ne qilay? Na chora? Nuh a.s. ham hamma bolalarini qutqara olmaganlar....

Qorinlarini toʻydirgan,bir paytlar taom bergan - talabalari, shogirdlari yana birga takbir kletirdilar. Zaynab xonim sevinch bilan,gʻurur bilan olomon oʻrtasida yurib borardi. Birdan koʻzi shifohonaning oʻzi yotgan qavatiga tushdi. Oʻzini ayblagan hamhonasi oynadan qarab turardi. Zaynab xonim "koʻrpaysizmi" degandek qoʻl silkitdi. Moʻminlar takbirlar ostida Zaynab xonimni - onalarini olib kasalhonadan uzoqlashishdi....

Koʻngil koʻzi koʻr boʻlmasin.

"Oʻgʻlim...Bolam,jonim fido, onang qurbon boʻlsin seni Yaratganga!"-deya oʻstirdim Murodimni. Bolaginamning koʻzlari koʻr,lekin juda aqlli. Besh yoshga toʻlganda soʻrab qolsa boʻladimi:
— Ona, mening koʻzlarim nega koʻr?

Jigarimning bir parchasi uzilgandek boʻldi. Nima ham deya olardim. U esa soʻrashda davom etardi.
— Ona koʻrmoq nima? Koʻrsa nima boʻladi?
— Dunyoni koʻrasan, oʻgʻlim, quyoshni, oyni, kecha-kunduzni...
— Oy, quyosh, kecha kunduz nima, ona?Yonadimi ular? Qanaqa narsa oʻzi?
— Oʻgʻlim, oy, quyosh koʻk yuzida boʻladi.
— Koʻk yuzi nima,ona? U qanday narsa?

Javob berolmasdim. Javob berolmasligimni tushungan bolam:
— Javobingiz yoʻqmi, ona?Albatta javob boʻlishi kerak, toʻgʻrimi, ona?

Ona-bola shunday suhbatdosh doʻst edik. Lekin ba'zan injiqlik qilardi:"Opam, akalarim koʻrishadi-yu,lekin men nega koʻrmayman?"- deya turib olqrdi. Qancha tushuntirmay kor qilmasdi. Men ham unga bot-bot:
— Bolam, muhimi koʻngil koʻzidir. Allohga shukrki, nuqsoning faqat koʻzingda. Qoʻl oyoqlaring yoʻq boʻlsa nima boʻlardi?

Albatta, biroz tasalli topardi. Ammo zinalardan chiqib tushishda yiqilib tushsa bor ovozicha baqirardi.
— Murodim, bolam,meni hafa qilmasang-chi, - derdim. Mening unga aytganlarimni, anglatganlarimni odamlar bilishsa,ular ham toʻhtovsiz bolalariga bogʻlanib, ular bilan tinmasdan mashgʻul boʻlisharmidi.

Uch yildan soʻng.

Murodim biroz tartibga kirdi. Endi u sakkiz yosh. Mana, tashqarida oʻynayapti. Opasi bilan Zaynab bor yonida. Yo, Rabbiy!Bolalar joʻr boʻlib, bolamga baqirishmoqda:
— Koʻr Murod, koʻr, bizni tutolamydi...

Bolam turgan joyida qotib qoldi. Tezda tashqariga chiqdim.
— Bolalar, hech oʻylaysizmi?Qarang, Murod yigʻlayapti.Ota-onangiz sizga "koʻrga koʻr, choʻloqqa choʻloq" deyish gunohligini aytishmaganmi? Bunday qilmang, Murodni gʻamga botirmang,hafa qilmang!

Bolalar esa tinglamas,tushunmas edilar. Ularga ota-onasi tarbiya berganmidiki quloq solsa. Murod yigʻlay - yigʻlay uyga kirdi.Ovozini boricha baqirdi:
— Meni koʻr deyishdi. Yashashni hohlamayman. oʻlishni istayman...
— Bolam,ular tarbiyasiz bolalar. Ota-onalari tarbiya bergan boʻlsaydi, seni ayblasharmidi?Hafa boʻlam bolam. Uzrli insonlarni ayblaganlar oʻzlarini kamsitganlar boladi,ular oʻzlarini hor qilguvchilardir. Sen sabr qil, sen yahshi musulmon boʻl. Alloh senga jannatda shunday goʻzla koʻz ato qilurki, koʻrganlarning koʻzlari qamashur.
— Ammo qachon boʻladi u, ona?
— U dunyoda...bolam..
— Unga juda koʻp vaqt bormi?
— Yoʻq, bolam, yaqin, hatto yuz yil boʻlsa ham yaqin.Qara, mening otamning otasi ham sendek bola edi, endi u yoʻq. Aslo isyon qilma, bolam! Allohni sevganlardan boʻlib, ikki koʻzi ochiqlardan ham bahtli boʻlgaysan. Abadiy hayoting jannatda kechgay, Inshaalloh.
— Jannat qanaqa joy, ona?
— Goʻzal joy, behad goʻzal. Alloh jannatni anglatar ekan, toʻyib boʻlmaydi,deydi. Abadiy anhorda sutlar asallar oqadi, deydi. U yerda insonlar nimani hohlasalar ana shu boʻladi. Bu dunyo oʻtkinchidir. Qancha koʻzlarga tuproq toʻldi. qancha koʻzlar qabrda tuproq boʻldi. Egasiga foydasi yoʻq, bolam.

Oʻgʻlim tinglardi. Goho isyon etguvchi boʻlsa-da, mening yonimda oʻychan edi.

Bir kuni akasi maktabdan kelgach:
— Ona, ukalarimni daryo sohiliga olib boraymi?
— Yahshi boʻlardi, Usmon,men ham peshindan keyin boraman,- dedim.

Uchovi ketishdi. Havo unchalik ochiq emasdi. Ammo yomgʻir yogʻishidan avvalroq kelib ulgurishar deb oʻyladim. Ular ketganidan keyin yarim soat oʻtar oʻtmas, yomgʻir quydi, kutilmagan toʻfon boʻldi.Bolalarim tomon yugurdim. Daryo quturgan edi. Har tomonni sel bosdi. Dunyom ostin ustun boʻlib ketdi. Toʻlqinlar och ajdarhodek bostirib kelardi ustimga. Ovozimni boricha baqirardim:
— Usmo-o-o-n! Zayna-a-a-ab!Muro-o-od! Bolalarim qaydasiz!Bolam!

Toʻlqinlar pishqirib, daryo qirgʻoqlariga urilardi. Bir payt daryodan boʻgʻiq faryod eshitilgandek boʻldi:
— Ona-a-a-a-a-a!

Ovoz kelgan tomonga telbalarcha yugurdim.
— Boalm, bolajonim! Qoshnilar! Eshityapsizmi? Bolalarimni qutqaring!

Birov daryoda koʻzga koʻrinib koʻrinmay elas elas oqib ketayotganda:"Bolam" deb oʻzimni suvga otdim.Toʻlqinlar meni hasdek olib ketdi. Qancha oʻtdi bilmadim, bir tolni tutib, oʻzimni quruqlikka otdim.Va nogoh Murodim ham bir novdani ushlab baqirardi.
— Ona, meni qutqaring!
— Bola-a-a-am! Biroz chida, boryapman, sabr qil biroz!

Bolam tomonga yashinday yugurdim.....
— Bolam, bolaginam, Murodim!
— Ona,akam, opam, qani? Ularni toping ona.
— Sen shu yerda kut, bolam, men ularni axtaray...

Hushim boshimdan uchdi. Boshyalang, jinniga oʻhshab daryo boʻyida yugurardim. Oʻzing saqla, Allohim! Dahshat! Ne boʻlsa ham toipsam deyman?....

Ertasiga Qizilcha qishlogʻidan qizim va oʻglimning jasadini topdik. Qanday aytay?... Bu gʻamni qay soʻz ila ifoda qilay?...Ikki farzandimni dafn etdik. Besh kundan keyin Murodimni savollariga duch keldim.
— Ona, akam bilan opam hozir qayda?
— Jannatda, oʻgʻlim.
— Ona, nega men bir novdani ushlab,oʻlmay qoldim? Nega ular tutolmadi, ahir ularning koʻzi ochiq edi-ku?
— Oʻgʻlim koʻzlar Allohning qadarini oʻzgartira olmaydi. Koʻrmaganing holda sen darahtni topib tutding,ular koʻrgani holda tutolmadi...
— Endi koʻrlik meni hafa qilmaydi,ona. Bolalarning mazahlashiga ham e’tibor bermayman.

Haqiqtdan bundan keyin koʻrlik haqida soʻz ochmadi. Men Allohdan sabr soʻradim.Bir necha yildan keyin yana ikki oʻgʻil koʻrdim.

Yetti yildan soʻng.

— Ona,men yozuvchi boʻlmoqchiman,nima deysiz?
— Senmi?
— Ha,men,ona. Koʻzlari koʻrmagan qanchadan - qancha gʻayridinlar necha-necha kitoblar yozishgan ekan. Koʻzi ojiz musulmonlardan olimlar ham bor ekan. Koʻzlari koʻr boʻlmaganlarning ne uchun koʻrmaganlarini qalamga olaman,onajonim. Bolalarga hos soʻzlarim, fikrlarim bor."Biz bolamiz", deya behuda yurishmasin. Bolalar ham koʻp narsalarga qodir. Har kim koʻzining qadrini bilsin. Koʻrmaganlar ham shukr qilsin.Ona,kecha siz bilan suhbatlashgan doktor aytdi. Tehnika-tehnologiya sababli nogiron bolalar koʻpayib ketyapti deb. Har ne Allohdan edi-ku,ona?Bizni zaharlaganlarni aytmadingiz, ona. Meni tehnalogiya koʻr qilganini bilaman. Fan emish,tehnika emish.. kasofati bizlarga urmoqda...
— Ularning bolalari-chi?
— Ularning bolalari yoʻq-ku, ona. Gazetalarda yozishibdi,olimlarning koʻpini bolasi yoʻq ekan.

Oʻgʻlim, haqiqatan, diniga bogʻlangan musulmon boʻldi. Hofizu Qur'on boʻldi. Bulbuldek ovoz bilan Qur'on tilovat qilganida, iymonli yuraklar titrardi. Koʻzi ojizlar oʻquv yurtini a'loga bitirib, diplom olgan Murodim ukalariga ham mehribon edi.

Besh yildan soʻng.

Qoʻshnimzinig qizi Zaynab Murodimni sevib qoldi. Lekin Murod uylanishni qat'iayn rad qildi. Uylanish niyati yoʻqligini aytdi. Bir kuni Zaynabga:"Kel,kelinim", deganimni eshitib,meni chaqirdi. U 20ga kirgandi.
— Ona, aybga buyurmaysiz, gaplashib olsak,- dedi. Va men oʻtirdim.
— Ona, men oʻsha qizga uylanmagach, nega umid qilyapsiz? Uni ham umidvor qilmang, bu gunoh, ona gunoh bu.
— Oʻgʻlim bu qiz seni juda sevadi,nega uylanmaysan?
— Ona! Bu haqda juda koʻp gaplashdik. Umuman uylanmoqchi emasman.

Ikki yildan soʻng.

Erim yoʻl halokatidan vafot etdi.Oʻgʻillarimdan biri zobit boʻldi. Kichiklari hakim boʻlishga harakat qilishmoqda


Yigirma yildan soʻng.

Oltmish yoshga kirdim. Zobit oʻgʻlim:"Mening ish oʻrnida oʻsishim bor,ona,oʻrangan holingizdan uyalaman",deya meni ukasinikiga olib keldi va kichik oʻgʻlimnikida qoldirdi. Ammo kichik oʻgʻlimning ham bundan unchalik hushlanmayotgani sezilardi.Nabiramning tundlashishidan ham sezilardi. Har soz'ni oʻzimga olib ezilardim. Ohir tahminim toʻgʻri chiqdi....
— Ona,- dedi bir kuni oʻgʻlim,- ukamnikida qoling.

Qoldim. Toʻgʻrirogʻi qolyapman. Alinikida ekanimda Murodim keldi. Koʻzlari nam. Balki yigʻlagandir.
— Ona,bilasizmi men Zaynabga qay shartlar bilan uylanganimni? Unga:"Men koʻrmayman, onam menga muhtoj boʻlganida menga koʻz boʻlasanmi?Onamni qabul qilasanmi? Sen mening onamni qabul qilsang,men ham sening ota-onagni qabul qilaman", dedim. U esa:" Sizni onangizni oʻz onamdek sevolmasman, ammo onamga boʻlganchalik marhamat qilaman", dedi.
— Nima demoqchi boʻlyapsan bolam?
— Sizni bizning uyimizga, oʻzingizni uyingizga olib ketmoqchiman.
— Endi mening uyim yoʻq, bolam. Mening uyim menga muhtojligingizda bor edi. Men sizga muhtoj boʻlgach yiqildi uyim.
— Unday demang, ona. men sizga doim muhtojman. Bolalar onalarining nazarida doim bola boʻlib qolishadi.
— lekin men bu yerda bemalolman, huzurliman, bolam.
— Yolgʻon aytmayapsizmi,ona?
— Qaydan bilasan?
— Koʻrlar bilmasmi,ona? Ular qalb koʻzlari bilan koʻradilar-ku. Sizsiz hech qayerga ketmasman. Onajonim,sizni hech kimga muhtoj qilmasman!

Shunday qilib hozir Murodim bilan birgaman va bahtliman.

Meni kechir, Ali.

Men Ali Fardin bilan bogʻliq vijdon azobimni hech ham unutolmayman. 1984 yil. Litsey. Riyoziyot darslari. Ali harakatchanligi, yahshi hulqi bilan diqqatni tortardi. Bir kuni Alini isitgich yonida namoz oʻqiyotganini koʻrdim. Demak, bu aksilharakatchi, qoloq, ortda qolgan. Alining hech qachon muallim boʻlolmasligi, halq bilan muloqot qilmasligi lozim deb oʻyladim. Bu yoʻlda qpoʻlimdan kelganini qildim. Shunday boʻldi ham.Birinchi ishni sinfda uni ranjitishdan boshladim. U hafa boʻlishi, oʻziga boʻlgan ishonchini yoʻqotishi lozim edi.
— Ali!-dedim bir kuni,- sen gustoh, jinni,ahmoqsan,odam emassan.

Ha,uni ruhan bayron qilishni oʻyladim. Yuzimga qaradi.
— Ahmoqman deyman, gustohligimga esa imkon yoʻq. Sizning bunday past ketishingizga mening namoz oʻqiyotganim sabab boʻlmasin yana?- deya meni hayron qoldirdi. Va hurmat bilan muomalada boʻlishni davom ettirib, meni yerga kiritib yuborganini hazm qilolmasdim. Ikki shapaloq tushirdim....
— Yana bir ursangiz, qarshilik koʻrsatishimdan ogoh boʻling. Mening e’tiqodimda ayol kishini urish yoʻq,lekin undan tayoq yeyish ham yoʻq,- dedi va burilib ketdi.

Alining nozik joyidan tutgandim. Uni haqorat qilib,oʻzimni urdirmoqchi, uni esa maktabdan haydatmoqchi boʻldim. Muallim boʻlib, ota turkchi yoshlarga Islomni aralashtirmasin. Yetar bas! U holda gap tayoq yeyishimda qoldi. Va oʻylaganimni qildim. Sinfda uni haqorat qildim. Qoloq,qoʻpol, vahshiy va hakozolar dedim. Bir kuni yana urdim. Shiddat bilan menga ham ikki shapaloq tushirdi.Darhol muhokamaga berdim. Ali kuyinib oʻzini himoya qildi. Avval meni urganimni aytdi.Ammo buni tasdiqlaydigan guvoh topolmadi.Zero,oʻquvchilarimga juda yahshi muomalada boʻlardim. Hech bir talabani sinfda qoldirmasdim. Vaqtlarini qadrlardim. Ishonchimga hizmat qiladigan talabalar oʻz burchini ado etishni boshlashi, aksilharakatlar havfidan oʻlkani qutqarishi lozim edi. Ikkinchi marta yana Alini haqorat qildim. Riyoziyotdan qasddan qoldirdim,yiqitdim.Mudir ham men tomonda edi.Va 1986yilda Ali maktabdan haydaldi....

Oradan ikki yil oʻtdi. Turmush qurdim... Juftim bilan hamfikr edik. Bir kuni Qudrat Shondroning Islomga kiraganini eshitib qoldim. Uni yahshi tanirdim. Musiqali raqs ustasi - ustoz edi. Shondro dovrugʻi va shov-shuvi bilan yashayotagnimzida, yana bir oilaviy doʻstimiz,mashhur prifessor Islomga qaytganini eshitdim. Hayratim yanada oshdi. Tezda uni topdim.
— Qaydan Allohga ehtiyoj sezdingiz,Unga muhtojligingiz yoʻq edi-ku,- dedim surbetlarcha.
— Balqi suvdagi vaqtida, suvga ehtiyoji borligini anglamaydi. Suvdan chiqqach esa,koʻring....Men baliq emasman. ALlohning menga berganlarini, ne’matlarini qoʻlimdan ketmasidan oldin anglahim kerak edi, anglab yetdim,- dedi.

Nech kunlar shu soʻz ta'sirida yurdim. Bieinchi oʻyga tolishim shundan boshlandi. 1988yil Amerikaga bordim. Bir oila bilan tanishdim,ular Islomga qaytishimga sababchi boʻlishdi. Va men musulmon boʻldim.

1990 yil. Niam kechgan boʻlsa oʻshanda boʻldi. Alini Mahmud poshoda paypoq sotayotganini koʻrib qoldim. Ezilib ketdim... Yigʻlay bohladim... Borib undan paypoq soʻradim. Islomiy kiyinib olganim uchun meni tanimadi. Ovozim e’tiborini tortdi. Tanishga qiynaldi. Men esa:"Ali, bu menman...",-deim.U esa ishonolmadi. Uzr soʻradim. Sirtadn oʻqishni tamomlashini aytdim. Ammo bu tavsiyalarim ham meni vijdon azobidan qutqarolmadi...

Mani avf et,Ali! Kechir meni! Alloh uchun avf et! Men...seni umr boʻyi unutolmayman,Ali!...

Duolaringizda meni ham eslang...

F.Koʻchok.

Yosh edim,tez aldandim...

Oʻtgan oy qamoqdan chiqdim.tashqariga chiqishim bilan mastday chayqalib ketdim....Doʻstlarga uchradim. Ba'zilari tanimadi. Oʻn besh yilda tanimaydigan darajada oʻzgaribmiz... Eh, daryodek oqin, telba kunlarim...

Kosib doʻstimga uchradim. Bir yosh yigit keldi.Oyoq kiyimi tuzatdi. Qoʻlidagi jurnalni unutib qoldiribdi. Uni oʻqiy boshladim. Ayol dardi.Hayratlar ila oʻqishni davom ettirdim. "Maktub"jurnalini boshidan ohirigacha oʻqidim. Saboq beruvchi jurnal. Oʻn mavzuni bilib oldim. Sodda, tuhsunarli.Teliefon repartaji haqida oʻqib bu ham menga ma'qul boʻldi. Sizga lof boʻlmasin-u, jurnalni hammasini koʻchirib yozib chiqdim. "Vijdon azobi"ga kelganimda, aslida vijdon azobini yozishi lozim boʻlgan kihsi menman-ku. Vijdon azobim yoshlarga saboq boʻlgudek...

Soʻzni qanday boshlashni bilmayapman...

Hali 15yoshda edim. Meni oʻziga rom etgan, nomigagina, faqat soʻzda Islomiy boʻlgan uyushmaga a'zo boʻldim. Bu tahskilt men va birodarimga hunday nafrat yuqtirardiki, kin va nafratdan devor bpoʻlib qolardik. Kimga kin saqlab,kimga nafrat tuyardik? Bilsangiz, faqat va faqat musulmonlarga! Bir rahbarimiz bor edi.Barcha musulmonlar, ularning guruhlari hoin, Islomni afsona kabi soʻzlar bilan ayblar, biz esa unga ihonardik. Ongimizni zaharlab, goʻyo sehrlab qoʻygandiki, uning hato qilihsi mumkinligini hayolimizga ham keltirolmasdik. Dohiyimiz edi u. Nafratimiz undan boshqalarga qratilagn edi. Avvalo uning oʻzi bormidi? Bamisoli u jahon hokimi edi. Shunday Allohnig doʻsti, Allohning askari boʻlaurmi?Dushmanlik qilishini esa musulmonlardan boshlamoqda edi. "Buning qaysi dinda oʻrni bor",- dedim bir kuni doʻstimga. "Sen qoʻlingni toza tut. Kim bizning ustozimizdek boʻla oladi?Albatta dunyoda ndan buyukroq boshqa banda yoʻq"-dedi doʻstim. Aldangandim. Uning soʻzlariga Qur'on oyatlariga qaragandek qarardim. Lekin biror marta ham:"Qur'on oyatlari bilan Usrozning soʻzlarida faqr borku",- deyolmadim. Faqat men emas, hammaiz shu tahlitda edik. Ustozimiz nega Islomga hizmat qilganlarni yomonlaydi? Nega Islom dushmanlariga nisbatan bizda nafrat uygʻotmaydi? nega aksincha?

Bularni anglamasdan Islomga zid ketayotgan edik.

Bir kuni Istambuldan kelgan bir Imom Hatib bizning ustozimizni yomonlabdi. Eshitdik. Ustozimiz bizga:"Borib uni qoʻl oyogʻini sindiring!"-dedi. Biz beshta tebgqur Istanbul yoʻliga tushdik. Oʻsha zotni topdik. "Senmi, bizni ustozni yomonlaydigan?"dedik. U esa:"Birodarlar, sizning ustozingiz yo buzuq yo telba. Uning hatolarini koʻrmayapsiz. Alloh sizga bunday ruhsat bergabi yoʻq. Aqlingizni yigʻing".dedi. Beshovimiz unga tashlandik. Oʻzimizni yoʻqotgandik...U esa qonga botganicha oʻlib qolgandi...

Bizni tutib olib qiynashdi. Shunday azoblashdiki, bunaqasi kinolarda ham boʻlmaydi.Sheriklarim sukut saqlashdi. Men esa Ustozimizni ismini aytib berdim. Uni ham, butun tashkilot a'zolarini ham tutib keltirishdi.U hammasini tan oldi. Istanbulda sudimiz davom etdi. Bir necha oylardan soʻng, dunyoning eng ulugʻi deb oʻylaganimiz bilan birga bitta kamerada yotdik.Unga boʻlgan hurmatimiz kun sayin yoʻqolib, susayib borardi. Hammamizning hayotimizni mahv etgan kihsini, oʻsha kuni ruhiy hasta boʻlgnini angladik. Tanazzulga uchrab yigʻladik. Eng kattamiz Jamol miyamizni qoqib,qoʻlimizga berardi:"Qur'onga koʻra birodarlik nima, degan savolni koʻndalang qoʻymay,hoyu havasga berilgan bu hasadchi ruhiy hastani oʻzimizga yoʻlboshchi qilib, bir begunohni oʻlimiga sababchi boʻldik",-derdi.Yoshlikning havfli davrida edim. Endi bir umr meni vijdon azobi tark qilmaydi. Endi bir umr qiynalaman....

Mana,oʻn besh yil yotib chiqdim.Hozirgi yoshlar bilimliroq ekanligini koʻrdim. Bizlardek koʻr koʻrona ish tutmaydilar. Albatta,oz boʻlsada bizlardeklar ham uchrab turadi, shuning uchun bularni yozyapman. Yozganlarimni qanchasini yoritasizlar, bilmadim,lekin bularni yoshlar bilishini istayman.

Yoshlar!!! Allohning quli boʻlmoqchi ekansiz, musulmon ekaningizga ishonsangiz, guruhingizdag musulmonlarni kamsitmang, hurmat qiling. Albatta,ularning ham hatolari bordir, Ammo unutmanki, hatosiz qul boʻlmaydi. Modomiki, inson ekanmiz,qalbimizni keng qilaylik, bir-birimizni hatolarimiz bilan sevaylik.Jaholat insonda mavjud narsa va u koʻp narsani barbod qiladi.Man sevgan qizim,umrimning oʻn besh yili,sogʻligim va insonlarga boʻlgan ishonchimni qamoqhonada yoʻqotdim.

Sevgilim Feruza dunyoda tengi yoʻq qiz edi. Ammo uni boshqaga berdilar....Yoshligim oʻtdi....

Sizlar ehtiyot boʻlib qadam tashlang. Oʻzimizni ihtiyoriga topshirgan inson kim boʻlsa ham paygʻambar emasligini bilaylik...

Unutmang haqiqiy musulmon boshqa musulmonga dushmanlik qilmaydi. Har bir kishi Alloh va Rasuliga Iymon keltirgan boʻlsa,uni hurmat qiling, yuz burmang. Allohdan qoʻrqing!!!

Shuni ham unutmanki,Allohdan qoʻrqqan kihsi oʻz ishonchiga kufr keltirmaydi va boshqalarga dushmanlik qilmaydi.

Bilmadim meni yoshlar qanchalik tingladi ekan. Bugn meni tushunmaganlar bir kuni meni anglashiga aminman.Va Allohga omonat boʻling deyman.Duolaringizda men gunohkorni ham megʻfirta qilihsini Allohdan soʻrang....

Yashar.Q.

Meni mendan qutqaring.

Men mutassib bir oilaning qizi edim. 1965 yilda Istanbulga koʻchdik. Majidiyakoʻyda fabrikaga ishga kirdim. Har kuni ishga borishdan oldin buvimning nasihatlarini eshitardim. Zerikarli edi. Buvimni esa yahshi koʻrardim. Sut solingan shishani qoʻyniga solib isitmaguncha uni menga tutmas edi. Ha, meni shunday avaylab oʻstirdi.

Endi fabrikaga ishga borib kelar ekanman, yarim ochiq oʻralgan boshim uchun, kiyinishim uchun uyalmay qoʻydim. Goʻyo barcha meni kuzatib kamsitayotgandek tuyulardi. Uyimdagilarni esa jahli chiqa boshladi. Keliib-kelib bu qoloq oilada tugʻildimmi, deya isyon qilardim. Uydagilardan yashirin boʻyanib, roʻmolimni sumkachamga solib qoʻya boshladim. Ota-onam:"Boshingni ochma",deyoshardi,lekin oʻzlarini ishi musulmoncha emasdi.

Bir sotuvchi bola bilan doʻstlashdik. Bir yil hech kim bilmadi. Bir yildan soʻng bir dindor yigit meni qoʻlimni soʻrab keldi. "Alloh saqlasin, uydagilarning diniy tashviqi yetmaganiday, yomgʻirdan qutulib, jalaga tutilamanmi,dindor erga tegamanmi",- dedim. Bu soʻzimni oʻsha yigitga yetkazdilar. Bir kuni oʻsha yigit yoʻlimdan chiqib:
— Singlim, endi menga turmushga chiqmochi boʻlsangiz ham sizga uylanmayman,faqat shuni bilingki, sizning uyingizdagilar Islomni bilmagan yahshi niyatli insonlardir. Islomni ulardek tushunmang, shu holda ketsangiz, baht nimaligini bilmay oʻtasiz, bu mening sizga akalik nasihatim,- dediyu ketdi.

Oqshom sevgan yigitim Yusuf bilan uchrashdik.
— Meni soʻramoqchi boʻlsang soʻrat, meni boshqasiga berishmoqchi,-dedim.
— Uylanishga hali erta, biz doʻstmiz, gavhaim Oisha,-dedi (Meni ikki simim boʻlib,Oisha deyishlarini yoqtirmas edim). Qaygʻuga botdim. U meni sevgili emas, doʻst deb bilarkan. Oʻsha kuni undan ajraldim. Bir hafat oʻtib oatm ochilganimni eshitib quturib ketdi. Koʻzimni Namuna shifohonasida ochdim. Nafratim yanada ortdi. Uyga keltirishdi.
— Qoloqlar, vahshiylar,zamondan orqada qolganlar,-deya ovozimni boricha baqirdim....

Bir vaqtlar yigit bilan aylanganimni bilsalar, demak meni oʻldiradilar. juda goʻzal qiz edim. Meni "Fotima Gʻirik"deyishardi. Ba'zilari juda goʻzal ekanligimni aytardilar. Dindor yigitning onasi yana soʻrab keldi. Ayol meni tashqi koʻrinishimga qarab baho berardi. Men esa tushlarimda ham, hayolimda ham, poʻrimga mos kiyinishni hohlardim. Qoʻshnimizning bir qizi bor edi. IGSda ishlardi. Menga tez-tez:
— Sendan goʻzal maniken chiqadi,seni maniken qilaylik. Ota-onang bilmaydi,-derdi. Zotan, bu men kutgan imkon edi. Otam qattiqqoʻl boʻlganliklariga qaramasdan, qanday ishda ishlashimga tirgʻalmasdilar. Ish joyimga uchramasdilar ham. Yashirin maniken darslarini ola boshladim. Uyimdagilar borgan sari ibtidoiy tuyulardi. Ilk namoyishni Yoshlar Konfeksioni uchun qildim. Bu habarni qoʻshnilar eshitibdi. Otamdan qoʻrqib onamga aytibdilar. Kechqurun uyga kelsam onamning koʻzlari qinidan chiqqudek.
— Hay qiz, men seni...shunday boʻlasan deb tuqqanman,-deganlarini bilaman,qoʻllaridagi pichoq bilan tashlanib qoldilar. Koʻzlari hech narsani koʻrmasdi. Oʻzimni bir chetga olib qoldim, pichoq yuragimga emas qoʻltigʻimga,ikkinchi zarbasi qoʻlimga kirdi. Koʻrdimki onam oʻldirmoqchi,yalinib yolvorib koʻchaga otildim. Bir taksi tutib dugonamning uyiga bordim. Uyga esa qaytmoqchi emasdim. Oʻsha kuni koʻnglim tinchlangandek boʻldi. Hali boshimga tushadigan ishlarni bilmasdim. Oʻsha kuni birinchi bor ichkilik ichdim.

Oradan ikki yil oʻtdi. Endi nasha chekar, nomusimni ham sotardim. Moʻl-koʻl hayotga erishgandim....

Keyin bu hayotimdan nafratlana boshladim. Vaqtincha, duch kelgan bilan yashay boshladim. Bitta bola koʻrdim. Otasini kim ekanligini bilmasdim. Keyin onam shifohonada ekanligini eshitdim. Bordim. Eshikda akamga duch keldim. U meni tanimadi. Men:"Tanidiyu, tanimaganga oldi",-deb oʻyladim. Suhbatlashdim. Tanigach boʻgʻzimdan oldi. Meni qattiq boʻgʻa boshladi. Mirshablar keldi. Akamni koʻz oldimda kaltaklashdi. Mahkamaga chaqirildik. Men oʻn sakkizga kirganim uchun ota-onam ham, uyimdagilar ham ishimga aralasholmas ekan. Akam:"Singlimni bu holda koʻrib chidolmadim,men nomusli odamman",-dedi. Hakam:"U balogʻatga yetgan, uning nomusini sanga aloqasi yoʻq",-dedi. Men da'vo qilmadim,lekin akam men tufayli bir nech yillik qamoq jazosini oldi. Ba'zan oʻzimdan nafratlanib ketaman Yahshi kiyinish, yahshi yashash uchun qancha odamni bahtsiz qildim. Otam,onam, bolam, akam,akamning hotini,ikki bolasi,oʻzim...

Oʻzimdan oʻch olish uchun giyohvandlikka berildim. Lekin yana boʻlmadi. Borgan sayin bu botqoqa botib borardim. Jominga qasd qildim. Oʻlmay qoldim. Bolam bir yoshga toʻldi. Ismini Qadar qoʻydim. Mening toʻkis yashashimni qurtboni edi bolam. Haqiqiy hayotga qaytolmasdim. Ularga bir vositayu, moldan boshqa narsa edim. Kun oʻtgan sayin nashaga mubtalo boʻlib borardim. Bolamni Qadarimni yetimhonaga topshirish uchun lash lushlarini yigʻishtira boshladim. Bolam bu hiyonatimni bilib koʻzlarimga mayus boqardi. Soʻnggi bor bagʻrimda koʻzlarimga javdirab boqqan bolamni bola boquvchi hotinga topshirdim. Bola-Qadarim achchiq-achchiq yigʻladi.Boquvchi uni oldi. U hech qanday achinish sezmasdi. Qadarim goʻyo:"Onajon oʻzingizga oʻzingiz qildingiz, hech boʻlmasa menga achining",- deyotgandek yigʻlardi. Faryodu figʻon qildim. Yonimga bir bey keldi:"Bolalarni bezovta qilyapsiz, avval oʻylash kerak edi.Alloh sizga balo bersin:,-dedi. U kishi ham menga qoʻshilib yigʻladi.

Bolani boshqa biror marta ham koʻrmaslik sharti bilan hujjat toʻldirdik,imzoladik. Va jigarbandimni oʻsha yerda qoldirdim.

Uyga keldim. Oʻsha kuni koʻchalarga chiqib dod solmoq istadim. Menga hech narsa tasalli berolamasdi. Bir qurol topib meni shu koʻyga solganlarni oʻldirmoq istadim,lekin bunga kim aybdorligini bilmadim. Oʻrtada aybdor koʻrinmadi.Oʻrtada faqat va faqat men oʻzim bor edim. Meni mahfiy bu amallarga boshlaganlar yoʻq edi.Ertasiga oqshom uygʻondim. Oqsaroyga qarab yurdim. Oqsaroyda yominga bir kishi keldi.:"Qanchaga borasan?"dedi.
— Yoʻqol jahannamga!-dedim.
— Men naq jahannamdaman,ammo sen mendan oldin ulgurgansan,- dediyu ketdi. Bir soatdan keyin bir yosh kelishgfan yigit keldi:
— Singlim, siz bilan biroz suhbatlashmoqchi edim. Mumkinmi?
— Gapiring,nima deysiz?
— Sizni qutqarmoqchiman, singlim,iztirobli ekanligingiz shunday bilinib turibdi.Keling,kech boʻlmasdan bu yoʻldan Allohga qayting. Siz ayolsiz! Jamiyatning onasi, nomusisiz!Siz sotiladigan narsa boʻlmasligingiz lozim. Siznign iliq bir oshiyonga ehtiyojingiz bor. Umringizni yomon odamlar uchun sovurmang,umr sizga bu uchun berilgan emas,-dedi.

Bu chiroyli, yosh yigitga hayrat bilan qaradim. Birinchi marta erkak kishi mendan boshqa narsa soʻrayotgan edi. Butunlay boshqa narsa istardi. Allohga, Yaratganga qaytishimni istayotgandi. Birinchi marta Alloh ismini mening foydam uchun menga eslatmoqda edi. Ha, qancha yillardan beri birinchi marta. Yigit 15daqiqacha va'z aytdi. Tingladim.Zotan, bunga ehtiyojim bor edi. Soʻng ketdi. Aylandim. Chalaoʻgʻliga keldim. Bir joyda"Oynada botgan quyosh" nomli kitobga koʻzim tushdi.Bu kitob diqqatimni tortdi.Sotuvchidan soʻradim. Yahshi muomalada boʻldi. Menga yana "Hidoyat", "Bir ona faryodi" nomli kitoblar bilan, "Sur","Zafar", "Islom" nomli jurnallar berdi."Islom"nomli jurnal ham boʻlar ekanda, deb qoʻydim. Iflos koʻchalarning birida joylashgan uyimga keldim.

Davomi bor...

Avval "Bir ona faryodi"ni oʻqidim. Nasha humor qildi. Kitobdan gʻoyat tas'irlanganimga qaramasdan oʻqishni davom ettira olmadim. Oʻsha kechasidagi ulushimni olib,ertasiga uygʻondim.Va qolgan kitoblarni oʻqidim. Kitob va jurnallarini qayta-qayta oʻqidim. Yana "Ish"lay boshladim. Lekin endi nafratga toʻlib harakat qilardim. Endi oʻz holidan habardor mushtari edim. U soʻradi:men hayotimdan habardor qildim. U ham menday uydagilaridan ayrilgan ekan,dardimni tinglab yigʻladi.Qoʻyarda -qoʻymay pul berdi:
— Bu ishingni qoʻy, senda oz boʻlsa ham iymon bor. Biz esa botqoqqa botganlardan, sen oʻzingni qutqar,-dedi. Mehmonhonadan chiqdim.Taksida ketayotib, bir taksining orqasidagi "bugun Alloh uchun nima qilding?"Degan yozuvni oʻqidim.Oʻylay boshladim. Men faqat bugun emas, butun umrim davomida Alloh uchun nima qildim? Hech narsa!

Bey oʻgʻli koʻchasigagi jome’ga keldim. Bir jome’ga qaradim, bir koʻchaga qaradim. Koʻchada nima boʻlayotganini koʻrib, jome’ oldida turdim. Nurli-nurli bolalar chiqib kelishardi. Jome’ oldida bir ayol kutib turardi. "Nimani kutyapsiz?" deb soʻradim. "Erimni",dedi. Kiyinishiga havas qilib qaradim. Bir paytlar nafratlangan kiyim, nedi meni qutqaradigandek tuyulardi. Shunday kiyinsam yomonlikdan qutulishimni his qildim. Oʻsha kiyinish,oʻsha libos - jannat guli misol menga yuborilgandek edi. "Men ham shunday kiyim kiyishni hohlardim,qaydan topsam boʻladi?"deya ayoldan soʻradim.
— Chapda Ismoil Qal'a bor, oʻsha yerga borsangiz, tikib berishadi,-dedi.

Izlab topdim. Uzun libos,pardoʻzi tiktirdim.Mening qanday ayol ekanimni bilishmasdi. Biroz nasihat qilishdi. U yerdan chiqb uyga keldim,kiyindim, oʻzimni bhatli his qilardim. Kiyim toza, men esa iflos edim. Ularni jovonimni eng chiroyli joyiga qoʻydim. Pinhoniy bir kuch ularni tark qilishimga yoʻl qoʻymasdi. Doimo kiyilmayotgan ham edi. Yana chekardim,yigʻlardim,lekin "ish"ga chiqmasdim. Beqaror kezardim.Otam,onam,Qadarim,akam,hayotim....

Bakirkoʻyga davolanishga bordim. Hammasini tushutirdim.Meni davolashdi,u yerdan tuzalib chiqdim. IRSHOD nomli kutubhonaga bordim,iliq munosabatda boʻlishdi,olti-yettita kitob berishdi,pul ham olishmadi.Dunyoda ta'masiz insonlar ham borligini oʻyladim. Hayrlashayotganda koʻp-koʻp duolar qilishadi,tashakkur aytishdi. Hayratlandim. Ham bepul kitob berib, ham tashakkur aytishyapti. Holbuki men tashakkur aytishib kerak edi. Uyga qaytayotagnimda boshqa kitob doʻkoni oldida "Maktub"jurnalini koʻrdim. Oldim. Uyga kelib oʻqidim,"Vijdon azobi" rukni diqqatimni tortdi. Boshqa sahifalrini ham oʻqidim.Goʻyo har bir sahifasida men bor edim. Har bir sahifasi men haqimda soʻzlardi. Oʻsha kunlarimni ifodalab berolmayman. Tahririyatga sim qoqib, jurnalni boshqa sonlarini ham soʻradim.Yahshi muomalada boʻlib"Manzilingizni ayting,joʻnatamiz",-deyishdi. Uyladim,yashaydigan joyimni aytmadim. "Oʻzim borib olaman",-dedim. Bordim. Ularga koʻrinishdan uyaldim. 8-9 yoshli boladan soʻratdim. Oʻzim esa eshikda kutib turdim. Bir jildini berishdi. Ikki kunda oʻqib tugatdim. Mening dardlarimni blishgandek yozishgan Najot,ozodlik - Allohga qatgan ayollar ezilmoqda,deyilgan. Ular haq edilar, jurnal menga hmadard boʻlmoqda edi. Oʻnamni koʻz oldimga keltirdim. Koʻchasiga bordim. OH! Oʻsha tuygʻulari ifodalay olsam edi. Devorga suyanib yigʻladim. Besh yildan keyin uyimga birinchi bor kelishim. Ismi esimdan chiqqan qoʻshni ayol koʻrdim. Onamni soʻradim. Ayol faqat meni ovozimdan tanidi. Boʻynimdan quchib:
— Onang sening dastingdan yotib qoldilar,ikki oy oldin bafot etdilar,-degach,boshqa narsani eshitmadim. Hushim boshimdan uchdi. Darhol inm\amnikiga bordim. Uning qoʻllari tekkan eshiklarni,oyogʻi tekkan zinalarni quchib, oʻpmoq istardim. Borsam uydagilardan, oilamizdan asar ham qolmabdi. Onam oʻlgach, otam qisjloqdan ketibdi. Akamning hotini esa bolalarini tashlab qassob bilan qochib qolibdi. Bolalarni onasining onasi olib ketibdi. Yigʻlab-yigʻlab qaytdim. Onamning, otamning, Qadarimning, akamning azoblari mnei qovurardi. Oh!Nimalar qilib qoʻydim. Nihoyat hotini Malakning shol boʻlib qolishiga sababchi boʻlgan amakini oʻqidim. U bir kishining vijdon azobida kuyardi. "Itdek oʻlib ketsam",-derdi. Men-chi?Men?!Men qaysi vijdon azobini yozayin. Odamlar bitta vijdon azobidan oʻlmoq istaydi,men esa...

Vijdon azoblari bilan yashardim. Yashardimmi? Ana shunday Amina honim...Sizni opa desammikin,bilmayapman. Jurnalingizni yahshi koʻraman. Sizlarni ham.Hammangiz oʻzimni opamdeksizlar. Opa, men endi ne qilay? Ayta olasizmi? Hozir 25 yoshdaman. Kech - kunduzim iztirobda Qaygʻuga toʻla. Tanglik va tanazzulimni esa aytolayman. Buni yozishingizni, chiroyli kiyinishni, ichi chirkin, tashi chiroyli boʻlgan hayot ne ekanini bilishlari uchun, taqlidchi, oʻzboshimcha qizlarga saboq boʻlsin.Bu hayotdan ayirilmoq istayman. Qilmnishlarimni eslasam, oʻlishdan ham qoʻrqaman. Qadarim, ota-onam,akam, eng uhimi- ALlohga nisbatan qilgan hatolarimni qanday hal boʻlishini, javobini qay holda berishimni oʻylab qoʻrqaman. Bu azobdab qanday qutulaman? Sizdan yordan soʻrayman. Yozing,opalarim!Birodarlarim, qardoshlarim. Yuzimga tupurmoq istasangiz ham mayli, tupuring.

Opajonim sizni qamoqqa tushganingizni eshitib hayron qoldim. Siz biz kabilarni qutqarmoq istabsiz-u,jazo uyiga tushibsiz. bu qanday dunyo? Biz kabilarni falokatga sudraganlar ozodlikda, siz esa...

Bu qanday insonlik? Bu haqiqatlar atrofimda ekan,men nega koʻrmadim? Har neni endi koʻrmoqdaman. Lekin hatolarimni tuzatish, qiyinchiliklarimni oʻnglashni iloji yoʻq. Shunga qaramasdan sizdan koʻmak istayman.

Bu kecha birinchi bor hufton namozini oʻqidim. "Ibodatlarimni qabul qilasanmi, Yo, Rab!..."deya yigʻladim...Allohdan uyalman...Oʻzimdan uyalaman....Onamning mozotini ham bilmayman...Barcha mozorlardan uyalaman....

Mana men shundayman. Ana qiynogʻim, vijdon azobim....Meni nima poklaydi?Meni nima inson qiladi?Meni ALloh, otam,onam, akam, bolalar uyiga bergan,otasini ham bilmaydigan bolam qanday qilib kechiradi?Sizdan boshqa kimim bor?Istang qoʻlimdan titing,istang uolqtiring!YYonmoqdaman.Ichim kuymoqda Qlabim yonmoqda.Butunlay yonmoqdaman. Meni qutqaring, qutqaring bu botqoqdan. Meni mendan qutqaring.Buni qandayq qilasiz - bilmayman,ammo qutqaring. Qaygʻudan oʻlyapman.

Sizga keldim opa. Sizni koʻrgani jazo uyiga keldim,lekin meni qaytarib yubordilar. Faqat maktub orqali dardimni toʻka olaman. 32 sahifa yozdim,qisqartirib17sahifaga tushirdim. Bundan kamroq sahifaga dardim sigʻmadi. Osmali masjid degan joyda turaman. Uyning devorlariga dardimni aytib yigʻlaymna. Hozir tungi soat toʻrt. Tashqarida ayoz sasi. Bu dunyodan nafratlanaman,jirkanaman.

"Maktub"jurnalini oʻquvchilardan, barcha musulmonlardan yo oʻlishim, yoki Allohga qaytishim uchun duo qilishlarini soʻrayman. Aslida soʻrashga ham loyiq emasman.Ne yuz ila soʻrayman?

"Sendan odam chiqmaydi, jazoyingni tort ",-demangiz. Demang opajon. Shunday soʻz aytishingiz meni oʻldiradi. Soʻzimni yigʻlab tugatra ekanman, sizlarga hamishalik hurmatimni izhor qilib qoʻyaman.

Hatto hayvonchalik boʻlmagan jafokash Oisha Yashim...

Javob:

Maktubingizni koʻz yoshlar ila oʻqidim. Qanday qilib"Jazoyingni tort!"Deyman. Jonim, jigarim, bu soʻz qurbonlarga emas, qurbon qilganlarga aytiladi. Koʻngil maktubingizni shundayligicha yoritishni istaydi,lekin jurnalimkoniyatlarini hisobga olib 7sahifaga tushirdik. Singlim, sizni qanday qilib qabul qilmaymiz? Qanday qilib kamsitamiz?Asosiy qotillar turganida qanday qilib sizni qotil deymiz?Siz bizning qotillarga topshirib qoʻyilgan singlimizsiz. Zulm gʻurur tuyadigan nishonsiz. Nega manzilingizni yozmadingiz?Tezda manzilingizni bilishni, siz bilan koʻrishishni istayman. Men temirlarni parchalab tashqariga chiqolmayman. ammo tashqaridagi birodarlarim sizga quchoq ochib moddiy, ma'naviy jihotdan qoʻllab quvvatlaydi. Tezda manzilingizni bildiring. Kelgusi jurnal sonida sizga javob yoʻllayman. Uzunroq boʻlgani uchun hozir yozmayapman. Ungacha bir necha nasihatimni eshiting.

"Alloh kechirmas,qabul qilmas",-degan behuda hayollarga berilmang. Hatolarda davom etmang. Alloh oʻziga riyosiz qaytgan kishini qabul qiladi,Inshaalloh. Allohning Lutfi Karami keng. U aqlimiz yetmaydigan, tushunchamiz qamray olmaydigan darajada Ulugʻdir va U hamma narsaga Qodirdir.

Sizga hurmat ila Amina