OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiBaqalarning niyati buzuq (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Baqalarning niyati buzuq (hajviya)
Anvar Obidjon

– Uying kuygur hasharotlar dehqonning rizqini yomonam qiyib kelyapti-da, rais aka. Ayniqsa, koʻsak qurti...

– Ha, Shodivoy, bu masala har yili boshimizni qotiradi.

– Agar qushlar boʻlmasa, boshogʻrigʻingiz yanayam koʻpayardi.

– Bilaman, azamat parrandalarimiz bizga juda katta yordam berishadi.

– He atta-a-ng, yaqin-orada shu koʻmakdanam ayrilib qolmasa-da dehqonlar.

– Sabab?

– Sababi shuki, rais aka, qishlogʻimizda parrandalar uchun tirikchilik qilish ogʻirlashib ketyapti. Oʻzingizdan qolar gap yoʻq, qushlar asosan qishloqdagi uvoq-ushoqlar bilan kun koʻrishadi. Orada, ba’zan koʻngil ochgani dalalarga chiqishib, yoʻl-yoʻlakay haligi hasharotlardan ham totib koʻrishadi. Afsuski, keyingi paytlarda ularning koʻpchiligi boshqa qishloqlarga koʻchib ketishdi, oʻsha joydagi shirkat xoʻjaliklariga yordam berishyapti. Ha, qushlarimiz juda kamayib ketdi!

– Nega kamayarkan?

– Menimcha, bu... baqalarning tobora koʻpayib borayotganidan boʻlsa kerak. Baqalar shunday maraz maxluqki, qishloqdagi sarqitlarga qushlarni tengsherik ham qilishmaydi. Qishloqdan ovqatlanishni bilishadi, lekin dalaga chiqib hasharot ovlashganini hali hech kim koʻrmagan.

– Tekinxoʻrlar! Ularning tuxumini quritish kerak!

– Toʻgʻri gapirasiz, rais aka. Men oʻsha muttahamlarning tuxumi qaerdaligini yaxshi bilaman. Mahalladagi eski hovuz baqalar inkubatoriyasiga aylanib qolgan.

– Buni yaxshi aytding, Shodivoy. Bir hashar qilamizu, ertagayoq oʻsha hovuzni koʻmib tashlaymiz.

...Ezmalanma-ezmalanma oxiri niyatiga yetgan Shodivoy, ketib borayotgan raisning ortidan mugʻambirona boqib, mamnun kayfiyatda tomoq qirib qoʻydi. Uning hovlisi biqinidagi oʻsha eski hovuz yakkasinch uyining orqa poydevorini judayam zaxlatib yuborgandi.

1978