OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiDavolanish (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Davolanish (hajviya)
Anvar Obidjon

Atrof zimiston. Yuragim hijil...

Tish-sh! Quloq soling-a, orqamdan pisib kelayotgan ajinalar shivir-shivir qilishyapti. Kaminani boʻgʻizlamoqchimikin ular? Ana, eshityapsizmi?

Yoʻq. Baqaterakning barglari shildiryapti shekilli. Shabada esib turibdi-da.

Atrof zimiston. Yuragim bejo!

Yo alhazar! Bunisi qanaqa maxluq endi? Hezalaklarga oʻxshab kulyapti. Tishi arrasimon boʻlsa-ya...

Uf-f, shundan qoʻrqib oʻtiribman-a. Boyoʻgʻli ekan. Uchib ketdi yaramas.

Atrof zimiston. Yuragim taka-puka!!

– A-a-a!

Nega baqiryapman? Toʻgʻri, baqirish kerak. Soʻqmoqning qoq oʻrtasida bir koʻzli odamyutar turibdi. Koʻzlarining yonishini qarang.

– La ilaha illollo! La ilaha...

Shoshmang-chi. Bular tillaqoʻngʻizlarmi deyman? Ha-ya! Toʻplanib olishibdi... Tfu!

Atrof zimiston. Yuragim pachava!!!

Erkakchasiga tan oladigan boʻlsam, qorongʻilikni bolalikdan jinim suymaydi. Lekin, boshga tushgandan keyin...

Gap shundaki, rahbarlikka tayinlandim-u, gʻalvalardan asabim taranglashib, yuragim gʻijimlaydigan boʻpqoldi. Vrachga borgan edim, u kechalari sokin joylarda sayr qilib turishimni maslahat berdi. Mana, davolanishni boshlab yubordim.

1978