OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiEh, shoʻrlik erkaklar! (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Eh, shoʻrlik erkaklar! (hajviya)
Anvar Obidjon

Ta’qib Qilish

Sezyapman, u menga hamon oʻgʻrincha tikilib turibdi. Rostini aytganda, ayolning nigohini yetti qavat devorning ortidan his qila oladiganlarning bittasi – men. Avtobus keladigan tomonga qarab-qarab qoʻyaman-u, u turgan yoqqa yuzlanishdan oʻzimni tiyaman. Biroq, aniq his qilyapmanki, u mening oʻng tarafimdagilarning sakkizinchisi. Jigarrang kastyumli tepakal kishining yelkasi osha hanuz menga termilib turibdi. Ulama kipriklarini yelpigʻichdek tebratib, surmaga botirilgan qoshlarini chimirib qoʻyayotganini xuddi televizorda koʻrayotgandek aniq tasavvur qilmayotgan boʻlsam, non ursin. Shunaqa ta’qiblardan biram bezib ketdimki...

Xayriyat, lip etib taksi kelib qoldi. Toʻxtatdim. Aqlim yetib turibdiki, u ham hoynahoy shu tarafga intilyapti. «Hayda, molodyoj!» deb baqirdim shofyorga. Mashina toychoqdek oldinga sapchidi. Mana endi «kafe»ga kirvolib, hamma odamlardek oʻzimni erkin his qilishim, bosib-bosib muzdek pivo simirishim mumkin. Axir, bugun maosh olganman.

U qanchalar pismiqlik bilan ortimdan tushgan boʻmasin, men baribir xotinimni boplab chalgʻitib ketdim.

Bir Xonali Uyda

– Boʻldi endi, xotinjon, chiroqni oʻchirib yoting.

– Ozgina sabr qiling, dadasi.

– Buncha qaysarsan? Yot degandan keyin...

– Yana besh minutgina...

– Axir, yarim kecha boʻp qoldi. Yotsang-chi.

– Hozir deyapman-ku. Picha sabr qip turing.

– Oʻchir chiroqni! He, dardisar!

– Nima?!

– Ha, dardisarsan! Yalmogʻizsan!!!

Kunda shu ahvol. Xotinimga konspekt yozish zarur, menga esa – surat chiqarish. Fotograflik ham qurib ketsin.

1976