OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiKemaga tushganning joni bir (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Kemaga tushganning joni bir (hajviya)
Anvar Obidjon

– Ketingga bir tepaman, achangni uyiga borib tushasan!
– Sizga nima yomonlik qildim, amaki?
– Ogʻzingizdan sutning hidi kepturibdi-yu, mahallaning sartaroshidek sipoligingga kuyaymi.
– Nima qil deysiz?
– Toʻpalon koʻtar. Hech boʻlmasa, hushtak chal.
– Chalardim-u, kecha tishim tushgan-da.
– Unda, baqirsang-chi, momiqvachcha!
– Nima deb baqiraman?
– Hoʻ oʻrtada oʻralashib yurgan qora kiyimli ishbuzuqini koʻryapsanmi? Ana oʻsha xumparning sha’niga kurakda turmaydigan bir-ikkita gap ayt. Masalan, mana bunday degin. Qani, qulogʻingni tut-chi.
– Voy vu-u-y! Bunaqa deyish uyat boʻladi-ku!
– Lanj bola ekansan! Gʻirt qiztabiat boʻpsan! Aljirash qoʻlingdan kelmasa, oramizga suqilib nima qilarding? Hozir ketingga bir tepaman...
– Namuncha menga yopishvoldingiz, amaki? Dadam aytuvdi-ya, «Paxtakor» yutqazishni boshlasa, sen stadiondan qochishni boshla, deb.

1978