OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Anvar Obidjon. Nokdaun (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiNokdaun (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Nokdaun (hajviya)
Anvar Obidjon

Piyonista demang meni. Bokschiman. Chertsam, shaytonlab qolasiz. Lekin, oddiy fuqarolarni nokaut qilish mashhur sportchilarning obroʻyini pastlatadi xolos. Yaratganga shukurki, meniyam hozircha obroʻyim baland.

Boyqoraevni bilarsiz? Boksdan Osiyo chempioni boʻldi... Televizoʻrda koʻrganman deng? Zoʻr, a? Men oʻsha zoʻravonni bir paytlar shunaqayam savalaganmanki, shunaqayam savalaganmanki! Boyoqish qaytib ringga chiqmasa kerak deb oʻylagandim. Yoʻq, bolaning asabi metin ekan.

Undan keyin, Zufarovni doʻpposladim. Shamaevni esa, birinchi raunddayoq... Xe-xe-xe...

Endi kimligimni bilib olgandirsiz? Ha, men oʻsha mashhu-u-r... Umuman, kimligimni aytib oʻtirishim shart emas.

Xullas, yaxshi ish boʻlmadi. Arzimagan chiptani surishtirib, mendek zotni bir avtobus odamning orasida xijolat qilib oʻtiribsiz-a, kandoʻxtir aka.

1977