OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiOʻshaning erimikan? (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻshaning erimikan? (hajviya)
Anvar Obidjon

Anov buqabosh nega meni chetga imlayapti? Avzoyi buzuqroqmi? Nahotki, bu... Oʻshaning eri boʻlsa?

Men uni payqamayotgandek, tanishim bilan bemalol gaplashib turibman. Uzoqroq gaplashaveray-chi, u yogʻi bir gap boʻlar.

Ana, tagʻin imladi, shubhaga oʻrin yoʻq, bu oʻshaning eri!

Koʻzimning qirida asta chamalab koʻrdim, qurib ketgʻurning mushti naq bozgʻondek keladi. Shu isqot bilan qansharimga qaratib tortsa bormi!..

Xullas, vaziyat nozik. Oʻzimni dadilroq tutib, suhbatni iloji boricha choʻzganim ma’qul. Oxiri, kutishdan zerikib, shartta ketvorsa, ajabmas.

Yo rabbim! Yana imlayapti-ku. Endi nima qildim? Nechchi marta oʻzimga oʻzim aytaman – ayniqsa, xotinlar masalasida ehtiyot boʻl deb. Shunday deyman-u, qulay payt keldi deguncha, oʻzimni tiyolmay qolaveraman. Mana oqibati.

Voy, surbet-ey! Baribir imlashini qoʻymayapti. Uf-f, buning niyati buzuq. Balki, xotini panaroqda turgandir. Balki, yaxshilikcha boʻynimga olmasam, ikkalamizni yuzlashtirar. Uloqsudrash qilib, koʻpchilikning ichida sharmandamni chiqarsa-ya! Yo rabbim!

Ana, yana imlayapti. Ke, nima boʻlsa boʻlar. Qilar ishni qilgandan keyin, taqdirga tan bergin-da endi, chalaxoʻroz.

Rangim oʻchganicha borib, ehtiyot shartdan, undan uzoqroqda toʻxtadim.

– Meni chaqiryaptilarmi? –deb soʻradim, zoʻrgʻa tirjayib.

Kutilmaganda, u ham muloyim iljaydi:

– Turob Surobovich sizdan bir nimani iltimos qilgan ekanlar. Oʻshani olgani keluvdim.

Nafas olishim birdan moʻ‘tadillashdi...

Bundan yarim soatcha oldin doʻkonimdan qand-qurs xarid qilgan bir anqovroq ayoldan moʻmaygina urib qolgandim. Buni oʻshaning erimikan deb oʻylabman.

1978