OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiOla-bula sharf (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ola-bula sharf (hajviya)
Anvar Obidjon

Oy tugab borayotgani uchun beshta jamoa xoʻjaligida ketma-ket tomosha qoʻydik, bu – oltinchisi... Oxirgisi!

Ha, oxirgisi boʻlmay qurib ketsin-a! Bunaqangi rasvo klubni umrimda endi koʻrishim: derazalarning oynalari chalapachoq, sahna sovuq, hatto kiyinish xonasigayam pechka-mechka yoqib qoʻyishmabdi, xonandayu raqqosalarimizning tishi yoppasiga «chakira-chakir dangira»ga oʻynab turibdi...

Oʻzimga qoʻyib berishsa, bundaqangi qahratonda oyogʻimning tagiga buqa soʻyishsayam qishloq gastiroliga chiqmagan boʻlardim. Kimsan – mashhur xonanda Ramazon Shabadaevman! Hozircha bozorim chaqqon. Mayda pul qistiriladigan toʻylarga anchadan beri bormay qoʻyganman. Nachora? Bir tomonda filarmoniyamizda mablagʻ masalasi ishkal. Ikkinchi tomondan qarasak, «dehqonlarga madaniy xizmat» degan gaplar bor.

Oʻchakishganday, sharfimniyam uyda unutib qoldiribman. Bu ahvolda tomogʻim muzlab, ovozim toʻgʻnab qolishi hech gapmas.

Tashqariga chiqib, klub mudirini topdim.

– Hoʻ, aka, bizga bitta sharf kerak boʻpqoldi, – dedim unga. – Agar tomoqni shamollatib qoʻysam...

– E-e, nafasingizni issiq qiling, – deya soʻzimni boʻldi mudir. – Hamma sizni deb kelgan-a!

U, oynasi siniq derazalardan birining yoniga borib, ichkarida oʻtirganlarni sinchiklab kuzatarkan, oʻzicha gʻudrandi:

– Bu joʻmardlar payti kelsa yaxobda choʻmilishadi. Boʻyinni oʻrashni bilarmidi bular.

Hafsalam sovib, endigina izimga qaytmoqchi boʻlganimda, mudirning «e, xayriyat», deganini eshitib, yana toʻxtab qoldim.

– Vey, Maray aka! – derazaga yaqin oʻtirgan shopmoʻylov kishiga qarab shangʻilladi mudir. – Toʻlan tumovni bu yoqqa chaqirvoring.

Sal oʻtmay, boʻyniga ola-bula sharf oʻrab olgan badqovoq yigit ichkaridan gʻoʻdayganicha chiqib kelib, tajang qiyofada mudirga yuzlandi:

– Ha, ozgina ichsam, nima qipti? Traktirim ta’mirda hozir!

– Raisga chaqadi deb tashvish tortma, Toʻlanvoy, – deb uni tinchlantirishga urindi mudir. – Gap shundaki, anavi boʻyningdagi savil bizga kerak boʻpqoldi.

Toʻlan tumov ikkalamizga bir-bir oʻqrayib olib, sharfini boʻyniga mahkamroq chandidi. Soʻng yoʻtal aralash dedi:

– Sharip... Oʻhuv, oʻhuv... Oʻzimgayam kerak!

– Qoʻrqma, birpasga olamiz xolos, – tushuntirdi mudir. – Mana, Ramazonjon ogʻaynimiz hozir sahnaga chiqib, bizga yalla qilib beradi. Agar tomogʻi shamollab qolsa bormi...

– Meniki-chi? – xirilladi Toʻlan tumov. – Oʻhuv, oʻhuv... meni tomogʻim-chi?

Bu gapni eshitib, mudir aftini tirishtirdi:

– E-e, sen ashula aytarmiding, uka. Aytganingdayam, uni eshitadigan tentak yoʻq. Yech endi boʻyningdagini.

Toʻlan tumov sharfni yechayotib, qoʻlidagi soatga diqqat bilan qarab qoʻydi.

– Mayli, beraman, – dedi u, sharfni mudirga itqitib.– Ammoleykin, yigirma minutdan keyin qaytib berishlaring kerak. Tomoshalaring tugaydimi, yoʻqmi, yigirma minutdan keyin uyga ketib, kino koʻraman. Bugun televizoʻrda «Bobbi»ni qoʻyishadi... Oʻhuv, oʻhuv... Tushunarlimi?

Mudir soʻzga ogʻiz juftlab ulgurmay, Toʻlan tumov shartta ortga burilib, yoʻtala-yoʻtala, yana ichkariga kirib ketdi.

– Gapiraveradi-da, – sharfni qoʻlimga tutqazayotib koʻnglimni tinchitgan boʻldi mudir. – Xijolat tortmang, Ramazonjon, bu ovsar ogʻziga kelganini sannayveradi.

Oʻn minutchadan soʻng menga navbat berishdi. Birinchi chiqishdayoq tomoshabinlarni oʻzimga eliktirib olish uchun qitiqni keltiradiganidan tanlab, raqqosaga suzilganimcha kuylay ketdim:

    – Soy tagida choʻgaltosh, vohay bola,
    Soydan oʻtolmay qoldim, vohay bola.
    Oʻyinchiga suykanib, vohay bola-ey,
    Uyga ketolmay qoldim, vohay bola...

Tomoshabinlarning oh-voyi ichidan tanish yoʻtalni ajratib olib, uchinchi qatordan menga xoʻmrayib turgan Toʻlan tumovga zimdan sal koʻz tashlab qoʻydim. Ikkinchi qoʻshiqni tugatayotgan vaqtimda u menga qoʻlidagi soatni koʻrsatib, sharfni yechishimga ishora qilgandek boʻldi. Men goʻyo hech nimani sezmagandek, bezrayib uchinchi qoʻshiqni boshladim:

    – Olma oqib kelodi,
    Behi qalqib kelodi.
    Mani yorim shahardan
    Pista chaqib kelodi...

Zaldagilarning zavqi joʻshib, yana qiy-chuvni boshlashdi.

– Ha, olasan, bola!

– Oʻyinchingga voy dod!

– Hahe-e-y!

Bu hayqiriqlar qanchalar kuchli boʻlmasin, ularning orasidan «ech endi sharipimni», degan xirilloq tovushni alohida ilgʻab oldim.

Toʻrtinchi qoʻshiqni ham eson-omon tugallab, qarsaklarni miriqib eshitib olish niyatida ozgina toʻxtalish qildim. Toʻxtaldim-u, Toʻlan tumovning: «Menga qara, vey, Shabadaev!» – deb dagʻdagʻa bilan olayganini koʻrib, shosha-pisha beshinchi ashulani boshlab yubordim:

    – Fargʻonani bogʻida, Omongul,
    Oʻsma bilan xina bor, Omongul.
    Ketma meni yigʻlatib, Omongul,
    Isfarada nima bor, Omongul...

Pastda shovqin-suron qaytadan avjga mindi.

– E, kam boʻlma!

– Sharipimni choʻz, vey!..

– Yashsha, xoʻroz!

– Vey! Oʻhuv, oʻhuv... kinoni majaq qilding-ku!

Qarasam, ishlar chatoq, Toʻlan tumov hali-veri boʻsh keladiganga oʻxshamaydi. Yuz berishi mumkin boʻlgan sharmandalikning oldini olish uchun keyingi qoʻshiqlarni bir-biriga e’lonsiz ulab ketaverdim. Qoʻshiqlarim joʻshqinlashgani sayin, chapani tomoshabinlar ham tobora junbushga kelishayotgandi.

– Hahe-e-y!

– Oʻhuv... vey, Shabadaev... Oʻhuv, oʻhuv...

– E, dard koʻrma-e!

– Oʻhuv... bergin-da endi sharipimni!

– Yash-shavor, otaoʻgʻil!

– Sharipimni ber deyapman, sharipimni! Oʻhuv...

Oʻninchi qoʻshiqdan keyin oldingi qatorda oʻtirganlardan biri sahnaga yaqin kelib, qoʻlimga buklangan qogʻozcha tutqazdi. Hoynahoy oʻsha mashhur «Hilillayor»ni talab qilishgan boʻlsa kerak, deb oʻyladim ichimda. Lekin, qogʻozni ochdim-u, boshimdan muz yogʻilgandek, miyam zingʻillab ketdi – unda shunday soʻzlar yozilgandi: «Shabadaev! Qishloqilarga ortiqcha taltayishni yigʻishtirib, izzatingni borida sharipimni qaytarib ber!..»

1985