OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiOliy tabaqali mehmonlar (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oliy tabaqali mehmonlar (hajviya)
Anvar Obidjon

Bor-yoʻgʻi qalbaki soqolu yasama soch, toʻshaknamo ustki kiyimlaru uch-toʻrt chaplam upa-boʻyoqlar Urugʻalini qorboboga, Qurugʻalini qorqizga aylantirdi-qoʻydi. Ilgari unisi ustaxona mudiri, bunisi chirmandachilar toʻgaragining «gʻildiratuvchi»si boʻlib ishlaganligi hurmati maktab qorovulligidan hamon haydalmay kelayotgan piyonista amakivachchalar bugun sovgʻasevar bolalarning diqqat markazida, oʻqituvchilarning vaqtinchalik e’zozida boʻlishdi.

Archa bayrami tugadi. Ular uyga shu yasan-tusanda kirib borish, orttirib qolgan sovgʻalarini bola-chaqalarga qiy-chuv bilan tarqatish rejasini tuzib, tashqariga chiqishdi. Amakivachchalar yashaydigan koʻp qavatli uy maktabning shundoqqina biqinida edi.

Ikkovi, shuncha mehnatlari kuygani badaliga, loaqal achigan musallasga ham erimagan maktab direktorini ziqnalikda ayblaganlaricha qorli yoʻlakdan imillab borisharkan, uy oldiga kelib toʻxtagan hayhaybop yengil mashina ularning e’tiborini tortdi. Minbarga yarashiqli kiyingan buldoglunj kimsa guldor qogʻoz qutichaning bogʻichidan tutamlab mashinadan tushgach, haydovchiga javob berib yuborishdan oldin, nimalarnidir chaqchayib uqtirdi. Soʻng, gerdaygan alfozda zinayoʻlak tomonga yurdi.

– Qovoqboev mana shu odam, – deya ma’nodor qiyshangladi, qorqiz kiyimida istaraliroq koʻrinayotgan Qurugʻali.–Machalka fabrikasida boshliq. Anavi uchinchi qavatdagi Hayoxon degan behayoning oldiga kepturadi.

Qorbobo libosidagi Urugʻali birdan hushyor tortib, Buqrotdek oʻylanib qoldi.

– Hm... Demak, oʻgʻrincha kepturarkan-da? Xoʻ-oʻ-sh... Qani, kallani sal ishlataylik-chi...

Qovoqboev ustki kiyimlarini yechib, qoʻl chayib kelgach, qiyomiga yetkazib tuzalgan dasturxonga yaqinlashib ulgurmay, eshikning qoʻngʻirogʻi zirilladi. Bir seskanib tushib, Hayoxonga savol nazari bilan qosh qimirlatdi. Hayoxon oyoq uchida eshik sari yurarkan, hayron yelka qisib qoʻydi.

Eshik ochilgan hamono, kutilmaganda, ichkariga Qorbobo bilan Qorqiz bostirib kirishdi.

– Bayramlar muborak boʻlsin, xonim,– tantanavor gʻarilladi Qorbobo. – Ba’zi bir idoralarning topshirigʻiga koʻra, hammaga sovgʻa tarqatib yuribmiz. Manavini opqoʻysinlar.

Qorbobo bekaning yengil-elpi rahmati evaziga qoʻynidagi sovgʻalardan birini olib tutqazarkan, Qorqizning: «Ie, bu yoqda ilgʻor machalkachilarning boshligʻi Qovoqboev oʻtiribdi-ku!» – degan xotinchalish xitobi yangradi. Qorbobo Qovoqboevga ehtiromli nigoh hadya etganidan keyin: «Unaqa boʻlsa, shunday mashhur odamning sharafiga qadah soʻzi aytmasdan ketish uyat boʻlar-ov», deya dasturxon tarafga qiyaladi. Oʻzining dovruqdorligidan taltaygan Qovoqboev surbet mehmonlarga gezarib tikilayotgan Hayoxonning yanada gʻashini keltirib, Qorboboni dasturxonga chorladi.

– Beriroq kelsinlar. Xullas... qanaqasidan ichadilar, oqsoqol?

Qorbobo salmoqli ovozda «mabodo, vino-pino topilsa...» deya gap boshlagan ediki, Qorqiz unga zimdan oʻqrayib qoʻyib, soʻzni ilashtirib ketdi:

– Mabodo, vino-pino topilsa, ovora boʻlib ochib oʻtirmanglar, demoqchi boʻlyapti bobom. Nima, biz qattagi qorovul-porovulmidikki, vino ichsak.

– Ha! – darhol es-hushini yigʻvolib, iyagini kekirdakka qisdi Qorbobo. – Biz tagli-zotli odamlardan hisoblanamiz. Bizga kanyak uzatilsin!

Qovoqboev «konyak boʻlsa, konyak-da», deya shishani ochib, mitti ryumkachalarga tomiziqlagandek quyib chiqdi. Toqatsizlanganicha hanuz gezarib turgan Hayoxonning «iltimos, mehmon, gapni kalta qilib, tezroq tarqalaylik», degan qochirigʻi Qorboboga qoʻl keldi:

– Eshitdingmi, Qorqiz? Dugonang toʻgʻri aytyapti. Gapniyam, ishniyam maydalab oʻtirmaylik. Boshqaruvni shappa qoʻlga olib, ishni tezlashtir. Yiriklashtir.

Qorqiz kattakon fujerdan ikkitasiga shishadagi konyakni qatra qoldirmasdan taqsimladi-da, ryumkachadagilarni ham ularning ustiga agʻdardi.

– Mana, yiriklashtirdim. Gapiravering, bobo.

Uzatilgan fujerni baqrayib qoʻlga olgan Qorbobo, bir yutinib qoʻygach, dabdabali ohangda soʻz boshladi:

– Bu davraga baland oxurdan yem yeb yurgan zotlar toʻplanib qolganakanmiz, ey, xonimlar va janoblar, bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, deyishga majburman.

– Yashang, Qorbobo, – jilpangladi Qorqiz. – Urdikmi?

– Urdik!

Ikkala fujer ham «vaholanki» soʻzini aytishga saflanadigan muddat ichida yana avvalgi top-toza holatiga qaytdi.

– Manavilardan gazak qilsinlar, – mehribon «nevara» kavshanib turib, «bobo»siga likobcha tutdi. – Qaziga alohida ahamiyat bersinlar.

– Xush koʻrdik boʻlmasa, – jahlini jagʻiga yashirib kesatdi Hayoxon. – Menimcha, boshqalarniyam tabriklashlaring kerak hali...

– Aylanay, dugonajon, keling bir choʻpillatvolay, – fe’li suyuqlashgan Qorqiz koʻzi yongudek boʻlib Hayoxonni oʻpdi. – Hozir ketamiz-da. Avval bobom va’dasini bajarvolsin. Bobojon, Qovoqboevning sha’niga gap aytmoqchi boʻluvdingiz shekilli?

Qorqizning qoʻli kobraning havasini keltiradigan tezlikda sapchilab, stoldagi bir litrlik araq shishasini domiga ilintirdi. Ikkala qorindor fujerga shishaning teng yarmini boʻlishtirib, birini Qorboboga uzatdi.

– Baland martabali odamlarga oddiy araq ichish qanaqa boʻlarkin? – ularga bemavrid takalluf koʻrsatganidan nihoyat pushaymon yeya boshlaganini sezdirib, shama qistirdi Qovoqboev.

– Martabam balandligi toʻgʻri, – tili gʻoʻldirabroq qolgan esa-da, oʻzini vazmin tutishga chirandi Qorbobo.– Ammo-lekin, ochigʻini aytsam, ja unaqa kanyak ichadiganchalik balandmas. Araqqa mosroq darajam bor... Shunaqa gaplar, Qovoqboev...

Mehmonlarning kayfi oshayotganidan bezanglagan Hayoxon tagʻin kesatdi:

– Aytiladigan gapni tezroq aytaylik endi.

Qorbobo avval qoʻlidagi araqqa, soʻng Hayoxonga yutoqib tikildi:

– Menga alohida hurmat bilan soʻz berilganakan, madaniyati gʻovlagan odam sifatida shu xonadonning bekasi Hayyoxon salomat boʻlsin, deyishga majburman.

Qorqiz «keling, choʻpillatvolay», deya yana bekaga tirmashdi. Boʻyin aralash oʻpgach, qoʻlidagi fujerni oʻynatib, Qorboboga yuzlandi:

– Urdikmi?

– Urdik!

Mehmonlar xashak gʻaramiga duch kelgan boʻrdoqilardek gazakbozlikka berilganlarida, Hayoxon qat’iy tarzda murojaat qildi:

– Yaxshilikcha xayrlashaylik endi!

Qovoqboevning ham zardasi qaynab: «Ha, shu yogʻiyam yetar, tabrik eshitmasam eshitmasman», deb gʻoʻdangladi. Qorqiz bu gapni ta’nadek tushunib, «Qovoqboevning sha’nigayam biror narsa devorsangiz, oʻlasizmi, Qorbobo», deya oʻpkalanib boqqan edi, bobosi «unaqa boʻlsa, quygin-da, masov», deb jerkib berdi. Chaqqon nevara shishada qolganini ikkala fujerga qoqlab, ma’ruzachini nutq irod qilishga sozladi:

– Mana, oling. Chaproqqa choʻzing qoʻlni. Gapiring endi Qovoqboevga.

– Oʻ-oʻ! Qovoqboev! Darvoqe... qani oʻzi?

– Ana, toʻgʻringizda turibdi.

Qorbobo Qovoqboevdan teparoqqa gʻilaylandi:

– Janob Qovoqboevga oliy tabaqali mehmon sifatida gapirsam... hm... kiringni yuvib oʻtirgan xotining anaviyoqda qolib, manaviyoqda nima qilib yuribsan, qovoq, deyishga majburman.

– Zoʻr gap boʻldi... Urdikmi?

– Urdik!

Stoldagi shampan vinosi talatoʻpdan omon chiqqan soʻnggi ichimlik oʻlaroq alohida qadr-qimmat kasb eta boshlaganiga qaramay, Qovoqboev uni gurzidek doʻlaygan kuyi Qorboboga yaqinlashdi:

– Kimni qovoq deyapsan, uvadasoqol?!

Qorqiz mastlarga xos boʻlmagan epchillik namoyish etib, zuvillaganicha oʻzini oraga urdi. Qorboboning boshiga yoʻnaltirilgan shishani jon-jahdi bilan changalladi. Shu qadar mahkam changalladiki, Qovoqboev Qorboboga qoʻshib uni ham tashqariga tepib uloqtirganida, shampan vinosi chayir panjalari ichra hanuz barqaror edi.

1998