OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiPoʻpisaning ogʻirligi qancha? (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Poʻpisaning ogʻirligi qancha? (hajviya)
Anvar Obidjon

Avgust oyining boshlari edi. Direktorimiz meni huzuriga chaqirib, qoʻlimga qandaydir xatni tutqazdi-da, shu yerning oʻzidayoq tanishib chiqishimni iltimos qildi.

«Hurmatli olimlar! – deb boshlangan edi xat. – Sizlarning ilmiy tekshirish institutingizda asabiy zarbaning insonga jismoniy ta’sirini oʻrganish ustida tajriba olib borilayotganini gazetadan oʻqigan edik. Bizga bir masalada yordam berishingizni oʻtinib soʻraydurmiz. Ya’ni, masalan, bir nobop odamni ishdan haydadik deylik. Ana shu jazo jismoniy tomondan unga nechchi kilo vazminlikda ta’sir qilishi mumkin?»

– Hatto qishloqdagilar ishimiz bilan qiziqishayotgani juda quvonarli, – dedi direktorimiz, shishadan yasalgan oʻng koʻzida ham mamnunlik porpirab. – Bunaqa xatlar bizni benaflikda ayblab kelayotgan ayrim taqsirchalarning oldida yuzimizni yorugʻ qiladi. Kerakli tajribalarni oʻtkazib, bu xatga aniq javob yozib joʻnatishni shaxsan sizga topshiraman.

Bir oylik izlanishlardan soʻng, nihoyat qat’iy xulosaga kelib, «Janjalkapa» jamoa xoʻjaligi raisi nomiga maktub yubordim: «Oʻrtoq rais! Kishini ishdan haydash – unga oʻrta hisobda yetmish besh kilogramm yuk koʻtartirish bilan barobardir. Lekin, shuni eslatib oʻtmoq joizki, yukning mazkur miqdori oʻsha shaxsning yoshi, jismoniy ahvoli, asabining boʻsh yoki qattiqligiga qarab, koʻproq yoinki ozroq tomonga oʻzgarishi mumkin».

«Janjalkapa» jamoa xoʻjaligi raisidan 16 sentyabrda yana xat oldik: «Qirq uch yoshgacha oʻlmasdan yetib kelgan, boʻyi chorak kam ikki metr, ogʻirligi besh yarim pudlik surbet odamga «Hayfsan» bersak, unga qancha yuk bosgan boʻlamiz?»

Oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, oddiygina «Hayfsan» yuqorida tasvirlab berilgan nusxadagi kishilarni 30–35 kilogramm ogʻirlikda ezar ekan. Jamoa xoʻjaligiga shuni yozib joʻnatdim.

Nomi endilikda idoramizdagilarning barchasiga yod boʻlib qolgan «Janjalkapa»dan 2 oktyabr kuni uchinchi xat keldi. Unda «Ogohlantirish»ning ahvol-turxati oldingi safar qayd etib oʻtilgan shaxsga nisbatan jismoniy ta’siri borasida ma’lumot berishimiz soʻralgan edi.

Boshqatdan tajribalar oʻtkazishga toʻgʻri keldi. Shunchaki «Ogohlantirish» degan narsa kishini 15 kilogramm yukni koʻtarib yurishga majburlashi ma’lum boʻldi-yu, bundan oʻzim ham hayratga tushdim. Hisoblab koʻrsam, ishga kelganimga hali ikki yil boʻlmay turib, olti marta «Ogohlantirish» olibman. Bir oʻzimga 165 kilogramm jazo berishibdi-ya! Ikkita eshakning yuki-ku bu!

«Janjalkapa»ga navbatdagi maktubni joʻnatish bilan birga, berilayotgan ma’lumotlar uchun muassasamizga toʻlanadigan pulni bankdagi hisob raqamimizga tezroq oʻtkazish lozimligini ham eslatib qoʻydim.

Noyabrning beshinchi kunida xoʻjalik raisi shaharlararo telefon orqali menga qoʻngʻiroq qildi. Arang-marang salomlashuvdan soʻng, jadal maqsadga oʻtdi:

– Xoʻsh, bilvolaylik-chi, akasi, – deya eshitqini zirillatdi u. – Qirq uch yoshli surbet odamga majlisda qattiq poʻpisa qilsam, gardaniga qancha yuk ortgan boʻlaman?

– Aniq aytish uchun, oldin tajriba oʻtkazish kerak,– dedim men. – Agar, taxminan oladigan boʻlsak, yetti-sakkiz kilodan kam chiqmas-ov.

– Bu qanaqasi! – poʻngʻillab zardalandi rais. – Bir badbaxt katta ish koʻrsatib tursa-yu, sizlarga qolsa, unga poʻpisayam qilolmas ekanman-da? Bunaqada, xoʻjalikda tartib oʻrnatib boʻladimi?!

– Tushunmadim…

– Nimasini tushunmaysan, akasi? Omborchimiz jamoa xoʻjaligimizga tegishli gʻallani «tuya» qilmoqchi boʻpturganda, qoʻlga tushdi. Unga, loaqal tuzukroq doʻq urolmasak, bu yerda nima qilib oʻtiribmiz? Xoʻsh?!

– Gʻallangizni kimdir oʻmarsa, menga nima? – deya men ham ovozimni balandlatdim.

Rais eshitqini battardan zirillatdi:

– Bitta poʻpisani sakkiz kiloga chiqarib qoʻyib, tagʻin «menga nima» deysan-a! Omborchimiz yozda sariq kasali bilan ogʻrigan. Qoida boʻyicha, bunaqa kasallar bir yilgacha toʻrt kilodan ortiq yuk koʻtarmasligi kerak ekan. U surbet «shunga rioya qilinglar», deb turibdi. Kallang zoʻr boʻlsa, ayt-chi, toʻrt kilolik yarimta doʻqni unga qayoqdan topay endi? He, oʻsha sandaqa paylasuflarni…

Eshitqidan «dut-dut» degan tovush tarala boshladi. Qishloq bilan ilgʻor fan oʻrtasida tiklanayotgan aloqa yana toʻsatdan uzilib qoldi…

1978