OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiPoygakdagilar (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Poygakdagilar (hajviya)
Anvar Obidjon

Botinkavoy bilan Tuflioy dalabogʻdagi bir uyning ostonasida uchrashib qoldilar.

– Haliyam asfalni oʻyib yuribsanmi, poshnangdan akang? – deya suqlanib gap otdi Botinkavoy.

– Bor-e! – nozlanib, burnini choʻchchaytirdi Tuflioy.– A’zoyi badaningdan achigan paypoqning hiydi kelyapti. Nariroq tur.

– Hoʻ! Namuncha osmonlaysan? Sen amrikoni xiromlardan boʻlsang, bizam salamandirlardanmiz. Xoʻjaynim katta bir zavoʻdni guldiratib turibdi. Qasrdek idorasi bor.

– Bekamning idorasini oldida senlarniki bir chaqa. Xona tugul hatto yoʻlaklarimizgayam gilam toʻshalgan.

– E-e, masalan, men mashinamizning ichidayam gilamni ezib turaman. Shuniychun doim top-tozaman... Xex-xex-xe, tunov kuni bir zoti past kalish loy ilashtirib chiqsa boʻladimi? Achitibroq soʻkay desang, xoʻjayinning qaynanasiga qarashli narsa.

– Fu! Unaqa befahmlar navalom, – pistonchasini yarqiratib suzildi Tuflioy. – Ayniqsa, toʻyga borsang, atrofingni bir zumda kalish bosadi. Biri burishgan, biri tirishgan...

– Ha, biz shukur qilishimiz kerak, – deb salmoqlandi Botinkavoy. – Harholda, obroʻyimiz bor. Tunov kuni ziyofatdan qaytayotganimizda, xoʻjayinning oʻrinbosari meni artib qoʻydi.

– Voy! Shuyam obroʻmi? Xi-xi-xi, xi-xi-xi... Agar bekam istasa, xoʻjayiningga meni oʻptirishi mumkin. Qolaversa, ziyofatdan gapirib, maqtanishingni qara. Nima, seniyam toʻriga oʻtirgizib, oldingga bedana kabob qoʻyishdimi?

– Endi-i har kimning oʻz oʻrni bor-da, akasi boʻyidan. Mana, oʻzing ham joyingni bilib turibsan-ku axir.

Shu payt darvoza ochilib, hovliga soʻlaqmonday bir yigit kirib keldi. Majnuntol ostidagi soʻrichaga oʻtirib, shumshayganicha sigaret tutatdi.

– Ana, haydovchimiz ham keldi, – deb ishora qildi Botinkavoy.

– Buyam oʻzimizdan, – deya achinqiranib xoʻrsindi Tuflioy. – Bu shoʻrlik ham bizga oʻxshab doim tashqarida qoladi.

1980