OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Anvar Obidjon. Quvish (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiQuvish (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Quvish (hajviya)
Anvar Obidjon

Donaxon toʻgʻri guzar tarafga qochdi. Balki, men oʻzim uni guzarga qarab quvlagandirman. Lekin, muhimi bu emas...

U avtobus parkining qoʻshqanotli darvozasidan zoʻrgʻa sigʻib oʻtib ketdi. Men ravotning temir ustunlari orasiga qisilib qoldim. Nahot avtobusdan kattaroq boʻlsam, degan fikr oʻshanda kallamga kelmabdi.

Bir payt qarasam, qiz tushmagur boshqarmaning tomida turibdi. Bir qanot qoqishda men ham tomga qoʻndim. Shunda u sakrab moʻrining ustiga chiqdi-yu, quduqqa tashlangan paqirdek lip etip koʻzdan gʻoyib boʻldi. Ortidan moʻriga kirdim. Pechkaning kul olinadigan pastki eshigidan chiqayotgan kezimda, nahot sichqondek mitti boʻlsam, deb oʻylamabman ham.

Ana moʻ‘jiza-yu, ana hangoma. Qaranki, boshqarmaning moʻrisidan kirib ajoyibxona direktorining pechkasidan chiqibman. Direktor ikki boshli ilon bilan suhbatlashib oʻtirgan ekan, meni koʻrib muzrang boʻpqoldi.

– Pechkadan chiqqan qiz qani? – soʻradim ulardan.

– Nimalar deb aljirayapsan? – doʻrilladi direktor.

Ilon toʻrttala koʻzini baqraytirganicha menga yeb qoʻygudek tikildi.

– Nusxangdan oʻrgildim seni!

– Yoʻqol bu yerdan! – birin-ketin shangʻilladi uning ikkala boshi.

Tashqariga chiqib, oʻzimni oʻlkashunoslik muzeyida koʻrdim. Garangsib turgan chogʻimda kimdir asta hiringlagandek boʻldi. Oʻgirilib qarasam, shaddod sevgilim akvariumda suzib yuribdi.

– Endi qoʻldan chiqarib boʻpman! – qichqirdim sevinib va oʻzimni dadil tutib, akvariumga kalla tashladim...

Uni tutib olardim-u, radioning ovozi meni kallai saharda uygʻotib yubordi.

1978