OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiRestoranda tanishganlar (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Restoranda tanishganlar (hajviya)
Anvar Obidjon

– Dunyoning ishlari gʻalati-da, uka. Tasodifan bitta stolda oʻtirib qolib, mana, tuzukkina tanishvoldik.

– Oʻzi qaerliksiz, aka?

– Eshonguzarda turaman.

– Ie! Balki pochchamni tanirsiz?

– Opang eshonguzarga tushganmi?

– Yoʻq, singlim. Oti Xolinisa.

– Xolinisa dedingmi? Toʻxta, toʻxta, haligi hindujamol kelin seni singling boʻlmasin tagʻin? Qoshlari tutash. Oʻrtasida ofatijon xol. Topdimmi?

– Hmm...

– Yuzlari loʻppigina ... Bodomqovoq...

– Ha endi...

– Kaltabaqay. Sochlari taqimini oʻpib turadi. Koʻzlari shahlo. Topdimmi?

– Shu gaplarni menga gapirishingizni qarang...

– Moʻdalar uyida ishlaydimi axir?

– Xuddi oʻsha! Bilarkansiz-ku!

– Nega bilmayin? U har kuni ishga kelayotib ham, qaytayotib ham doʻkonimning yonidan oqqushdek suzib oʻtadi. Mana bunday, mana bunday qilib...

– E, oʻtiring, aka. Oʻtirsangiz-chi. Hammaga tomosha boʻlyapsiz... Xullas, pochchamni uchratib qolsangiz, unga mendan salom aytib qoʻying. Boʻptimi?

– Hey, qiziq yigit ekansan-ku. Pochchangni umrimda koʻrmagan boʻlsam, qanaqasiga unga salom aytaman?

1978