OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Anvar Obidjon. Shubha (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiShubha (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shubha (hajviya)
Anvar Obidjon

– Keyingi kunlarda menga shubha bilan qaraydigan boʻpqoldingiz. Koʻnglingizdagini ochiq aytavering, Ahmadxon aka.

– Nimaniyam gapiray? Umuman... rasvosan!

– Yo tavba!

– Ha! Senda menga nisbatan hech qanday samimiylik yoʻq.

– Yo tavba! Yo tavba!

– Bilaman, tiling boshqa, diling boshqa. Koʻpdan beri, sal payt topildi deguncha, meni laqillatib yuribsan.

– Yo tavba-a-a...

– Shuncha vaqt birga boʻlib... Yoʻq, bunchalikka borishingni sira kutmagandim.

– Ahmadxon aka!..

– Gap shu – meniyam, oʻzingniyam qiynama. Hali yoshsan. Fursatni boy bermay, baxtingni boshqa joydan axtarib koʻr.

Maratvoy boshligʻiga shalvirab boqdi: «Mana, oʻrinbosarlikkayam suv ketdi...»

1978