OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Anvar Obidjon. Shumqadam (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiShumqadam (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shumqadam (hajviya)
Anvar Obidjon

Oliymaqom idoraning nufuzli rahbariyatiga yetib ma’lum boʻlsinkim, ushbu ogohlantiruvchi salomnomani xalqning ishonchli farzandi, keksa balshevikning yaqin qarindoshidan deb fahmlagaysiz.

Bilaman, hozirga kelib, imzosiz xatlarni tekshirish, afsus va afsuski, rusumdan chiqdi. Shunga qaramay, mazkur muhim hujjat bilan chuqur tanishib, undagi bebaho ashyolarni, hech boʻlmasa, ichga tugib qoʻyishingizni istab qolaman.

«Ogʻiz-quloq agentligi» tarqatgan gaplarga qaraganda, Dazmolov ministrlik lavozimiga tasdiqlanish arafasida turibdi emish. Darhol bu falokatning oldini olgan ma’qul. Shunday deyishga yetarli asoslarim bor.

Dazmolovni juda yaxshi taniyman, bitta mahalladanmiz. U, qishlogʻimizdagi keksa chinor belidan choʻrt uzilib, obkom vakili oʻtirgan aptamabilni tappa ezib tushgan xosiyatsiz kunda tugʻilgan. Oʻshanda bu voqealarning bir-biriga shundoqqina mos tushib qolganiga e’tibor berib oʻtirmagan edim. Ammo kasofatmand bola birinchi marta maktabga borganida yurtimizda baravariga ikkita Sotsialistik Mehnat Qahramoni vafot etgach, birdan sergak tortdim. Balki siz buniyam tasodif dersiz? Unda, Dazmolov pionerga qabul qilingan kuni Amerikaning «Boing» tipidagi samalyoti Tinch okean ustida gʻoyib boʻlgani-chi?

Yoki armiyaga joʻnatilishini olaylik – u harbiy eshelonga chiqib ulgurmay, Gretsiyadagi «qora polkovnik»lar qonuniy hukumatni agʻdarib tashlashdi.

Polk, diviziya miqyosida qanday kulfatlar keltirganidan bexabarman, lekin xizmatdan qaytgach, stantsiyamizdagi zavodga chilangap boʻlib rasmiylashdi-yu, oradan toʻrt soat oʻtmay, rayon oʻt oʻchiruvchilarining yap-yangi binosi yonib ketdi. U sirtdan oʻqishga oʻtganini «yuvib», shaykasi bilan nahorgacha bemazagarchiliklar qilgan kuni esa Isroil Misrga bostirib kirdi.

Hatto, shulardan keyin ham, bu hol hech bir mahkamani tashvishga solmadi. Turgʻunlik davrining asosiy illatlaridan hisoblangan oʻta boqibegʻamlik, atroflicha oʻrganmasdan turib kadr tanlayverish oqibatida Dazmolov avvaliga master yordamchisi, keyinchalik master, koʻp oʻtmay injenerlik kursilariga oʻtirdi. Ana shunday koʻr-koʻrona siljitishlarning har biri bizga nihoyatda qimmatga tushib, birinchisida – Gazlida zilzila sodir boʻldi, ikkinchisida – Grenadada toʻpalon chiqdi, uchinchisida – Meksikada duppa-durust oʻyin koʻrsatib turgan futbolchilarimiz boshmaldoqdek Belgiya mamlakati komandasiga yutqizib qoʻyishdi.

Afrikadagi qaysidir prezidentning itini soʻl terrorchilar otib ketishgani, natijada respublika boʻyicha bir haftalik motam e’lon qilingani esingizdadir? Bu voqea Dazmolovning ayni direktor etib tayinlanishiga toʻgʻri kelganiga nima deysiz?

U nobakor oblijroqoʻm raisining muovini boʻlib tasdiqlanganida, yuragim bezillab, ertalabgacha uxlamay chiqdim. Bu safar ham yanglishmagan ekanman: savet radiosi kallai sahardayoq e’lon qildiki, Yaponiyada qattiq dovul turib, passajir poezdini koʻprikdan uchirib yuboribdi. Ancha qurbon berilganining asl sababini xorij gazetasiga sal shipshitgudek boʻlsam, yapon yigitlari yopirilib kelib Dazmolovniyam, uni ishga tayinlaganlarniyam karate qilvorishmasmidi?

Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytsak, xalqaro vaziyat zoʻrgʻa yumshayotgan, yurtimizda Qayta qurish zamoni e’lon qilingan bir paytda bu ashaddiy shumqadamni joyidan qoʻzgʻatib, yana bir baloni boshlash shartmikan? Sizlarni bosiqlikka, siyosiy hushyorlikka chaqiraman, oʻrtoqlar. Puxta oʻylab ish koʻring, ya’ni oldingizda turgan ikki yoʻldan birini tanlang – yo Qayta qurish, yo Dazmolov!

1988