OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiSoʻlim xiyobonda (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Soʻlim xiyobonda (hajviya)
Anvar Obidjon

Xiyobondagi bogʻkursida yolgʻiz oʻzi oʻtiribdi. Koʻrib turibman, anvoyi gullarga termilib bahra olayotgani yoʻq. Xayoli boshqa narsada.

Sigaretni chetga otdim-da, borib uning yoniga yalpaydim. U, koʻzlarini jovdiratib, menga bir qarab qoʻydi. Sezdimki, gʻirt oʻshandaqalardan.

Toʻgʻrisini aytsam, unga qarab turib, negadir achinib ketdim. Hali yoshgina ekan.

Kelib oʻtirishga oʻtirdim-u, birinchi boʻlib gap otishga yuragim betlamay, kalovlanib qoldim. Diqqatim oshib, yana sigaret tutatdim. Shunda u men tomonga moyilon boʻlib, koʻzlarimga sinchkovlik bilan tikildi. Chiroyli jilmayib qoʻygach, shamador bir soʻz qotdi:

– Peshma-pesh chekib qoldingiz? Yanglishmasam, biron narsaga xumor boʻlyaptilar shekilli?

Yosh boʻlsang ham, koʻp ishni koʻrganga oʻxshaysan, deb oʻyladim ichimda. Ayni paytda, tuzogʻimga oʻzi bosh tiqqanidan koʻnglim yorishdi.

– Xumor boʻlganda qandoq! – dedim sumalakdek suyulib. – Birga gaplashib xumor yozadiganni topolmay dogʻdamiz xolos.

Endi u menga yaqinroq surilib, kutilmaganda, gapni dangalidan boshladi.

– Biz ikkitamiz, – narigi bogʻkursida oʻtirgan sherigini koʻz qirida koʻrsatdi u. – Agar, sizniyam doʻstingiz boʻlsa...

– Umrimda hech kimga doʻst boʻlmaganman! – deya ochigʻini aytib qoʻyaqoldim men. – Ammo-lekin, meni ikki kishi deb hisoblayveringlar.

– Yoʻgʻ-e! – ishonqiramay, menga boshdan-oyoq razm solib chiqdi u. – Sizni qiynab qoʻymaylik tagʻin?

Oʻzimni salobatliroq koʻrsatishga tirishib, chimirilgancha dimoq ishirdim.

– Ming shukurki, shungayam qiynaladigan ahvolga tushganimizcha yoʻq, – dedim gerdayib va «odatiy standart»ga nisbatan ikki hissa koʻp pul uzatdim. – Qani, tezda doʻkonga yugursinlar-chi, yigitning guli. Sen vino olib kelguningcha, sheriging ikkovimiz stakan topib turamiz.

1978