OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiSovigan koʻngil (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sovigan koʻngil (hajviya)
Anvar Obidjon

Shu topda u koʻzimga yanada sovuq koʻrinib ketdi. Aftimni tirishtirib, yuzimni chetga oʻgirdim.

Kayfiyatim tushganini payqayotgandek, «ilgarilari mendan joningizniyam ayamas edingiz, endi me’dangizga tegdim shekilli», deyayotgandek tuyuldi. Oʻngʻaysizlanib, koʻzimni yerga qadadim.

U esa goʻyo ta’nani davom ettirdi: «Balki, mendan qutulmoqchidirsiz?»

«Ha!» deb baqirgim va bir yoʻla orani ochiq qilib qoʻygim keldi-yu, toʻsatdan ikkilanib qoldim: «Balki, usiz menga juda qiyin boʻlar...»

Shunda u birdan tutoqib ketgandek, «Siz nomardsiz!»– deya zahrini toʻkkandek boʻldi.

– Mayli, men nomard boʻlaqolay! – nihoyat dadil turib oʻshqirdim unga oʻchakishib. – Endi sendek zaqqum bilan sirayam yaqin boʻlolmayman!

... Oʻsha-oʻsha, chekishni butunlay tashlab yubordim.

1978