OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiTutunfurush (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tutunfurush (hajviya)
Anvar Obidjon

Mani bilasiz, aka, doʻppim yerga tushib ketsa, birontasiga besh soʻm berib oldiradigan yigitlardanman. Gastranoʻm mudirining jiyani degan nomim bor. Mana, kasbi halolimni koʻrib turibsiz – tratuvarning chetiga oʻrnashvolib, kuniga bir yashik «Rodopi» sotaman. Moliya agenti pachakilashmay tursa, kam deganda yigirma soʻm «ebketdi» qoladi. Mandan boʻladigan xarajat– togʻamning roʻzgʻoriga goʻsht tashish-u, bir-ikki soʻmni uchastkavoyga qistirvorish, xolos.

Anavi pirsiyon mahallada bir studentka turadi. Nima, mani yeb qoʻyarmiding, degandek har kuni yonimdan bezrayib oʻtib ketadi deng. Tantiligimiz qoʻzib, oʻshanga koʻnglimiz ketibdi-yu, u kaltasoch noz-firoq qilayotganmish. Mamashkamiz sovchilikka borib, suvga tushgan mushukdek mungʻayib qaytdilar.

Oʻsha kuydirgi kim boʻp ketibdi oʻzi, dersiz. Dadasi bor-yoʻgʻi avtoparkning boshligʻi. Ja borsa, oyiga uch yuz soʻm choʻtal tushiradi. Undan koʻra, avtobus mingan yaxshi-da, xudoning bergan kuni uyga ikki choʻntak tanga bilan qaytasan.

Xullas, oʻsha kaltasoch bilan yigitchasiga gaplashib qoʻygim kep qoldi. Kecha institoʻtdan qaytishini poylab, koʻcha boshida «xax» deb turdim. Pedinstitoʻtda oʻqiydi u oyimcha. Bitirsa, oʻrischadan dars berarmish. Bizdan ortiq til bilarmikin oʻzi?

Studentkaga sal kulturnoy koʻrinish uchun boʻyinga galstuk ilashtirib, boshga shlavpa bostirganman deng. Kutaverib, yarim pachka «Rodopi»ni bulutga a’zo qilvor-dim. Bir payt gijinglab kep qoldi-ku. Mundoq qarasam, ustida bironta importniy narsa yoʻq. Toʻrtepki atlasni shunchaki tizzayoptiga tiktirib, magazinda it yemay yotgan oʻn toʻrt soʻm oltmish tiyinlik jimperdan kiyib olibdi. Oyogʻidagi chalaxiromni kamissiyonniydan olmagan boʻlsa, boʻlichka urib ketsin mani.

Hali san roʻdapo manga noz qildingmi, dedim-u, yoʻliga koʻndalang chiqib, oʻqiyotgan pakultetiga moslab gap otdim. «Davay, krasoʻtka, paznakoʻmim», dedim. Shunda u kasofati aftimga qarab turib: «Pashoʻl!» desa boʻladimi. Sirkam suv koʻtarmaydi mani, nervim qoʻzib ketdi. Shaqaldiriska qilib tortvoray desam, befarosat odamlar, kelib-kelib, kuching shunga yetdimi, deyishdanam toyishmaydi. Buning ustiga, muyulishdan koʻzi jovdiragan bir muxbir chiqib qoldi deng. Boʻynida apparat. Vaqtida shippak boʻldim.

Xullas, mandek yigitga noz qilibsan – pushaymonda oʻlib ket, deb qoʻlni siltab yuribmiz. Yana kelib yalinadi, deb oʻylayotgan boʻlsa, ammasini soʻrab qoʻyadi. Oʻlmasak koʻramiz, bizdan iligi toʻqroq kimni toparkin. Ja omadi yurishsa, bironta maktabning direktoriga kelin boʻladi-da. Vix-xix-xi, man bu pedagoʻglar zotini yaxshi bilaman. Hatto maorif mudiri sartarosh pulidan qochib, soqolini oʻzi oladi.

Uni qoʻying-buni qoʻying, boshimiz omon boʻlsin, aka. Undaqangi roʻdapolardan koʻpini ilintiramiz hali. Ishqilib, «Rodopi»siz qolmaylik.

Labbay? Sigaretdan deysizmi? Jonim bilan. Hammaga oltmish tiyindan boʻlsa, mana oʻzlariga ellik besh tiyinga beramiz-da. Xoʻp boʻlmasa, akaxon. Kepturing...

He, fasoningdan oʻrgildim sani. El qatori oltmish tiyin beraversang, shalvaring shalvirab qolarmidi. Shu doʻxtir xalqi ham oʻlgudek pastkash boʻladi-da oʻzi.

1976