OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiVal… valay… (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Val… valay… (hajviya)
Anvar Obidjon

Yomgʻirali tahoratini yangilab, shom namozini machitda oʻqish uchun darvoza sari yurganida, koʻchadan kimdir uni shangʻillab chaqirdi. U labbaylanib oʻtirmasdan, oxirgi uch qadamini tezlata borib, darvozani ochdi. Qarasa, oʻng chirogʻi singan mashinaga oʻxshab, Shirmon birkoʻz turibdi.

Chaqirgan odami shu zahotiyoq qarshisida hozir boʻlishini kutmagan Shirmon birkoʻz mushtlangan xontaxtadagi tuzdondek sapchib tushdi.

– Keling, Shirmon aka, – deb manglayini tirishtirdi Yomgʻirali. – Machitga shoshib turuvdim. Bizga xizmat bormidi?

Shirmon birkoʻz sogʻ «chirogʻi»ni tergovchinikidek charaqlatib, Yomgʻiralining nigohiga qadadi.

– Mayli, shoshayotgan boʻlsang, gapni kaltaroq qilay,– deya mushuklanib yalandi u. – Hm-m… Urayim novcha kalxoʻzimizdagi aptagarajga mudirligida sen unga shopirlik qilgansan. Toʻgʻrimi?

Tasdiq javobini olgach, Shirmon birkoʻz mogʻoryoqa kitelining choʻntagini titkiladi, chap qoʻlida muqovasi bujmaygan daftarcha, oʻng qoʻlida dumi chaynalgan qalam paydo boʻldi. Shundan soʻng, Urayim novcha mudirlikda kimlarga nimalarni sotib tirikchilik qilgani toʻgʻrisida u-bu narsalar bilib olmoqchi ekanligini, hozir borini shovullatib toʻkmasa, Yomgʻiralining oʻzini ham tovoqdoshlikda ayblab, sharmandasini chiqarishini aytdi.

Yomgʻirali pinagini buzmay, miyigʻida kinoyali kulimsiradi:

– Bunaqa doʻqlar bilan chumchuqni qoʻrqiting. Qishloqda osilmaganingiz men qoluvdim.

– Qoʻrqma, senga astoydil osilmoqchi emasman, – muruvvat koʻrsatgan boʻldi Shirmon birkoʻz. – Urayim qilgan qingʻir ishlardan, hech boʻlmasa, bir juftini menga oʻrmalatgin-u, yaxshilik bilan tarqalaylik. Uqdingmi?

Yomgʻirali Shirmon birkoʻzga chimrilib boqdi:

– Kalxoʻz yoʻqolib ketganiga ancha boʻldi. Urayim aka hozir pensiyada. Sizga nima qildi u?

– Ma’lumot berishdan oldin, aybini bilvolging kelayotgan boʻlsa, xoʻp, aytay, – tulkilandi Shirmon birkoʻz.– Urayim oʻzi birinchi boʻlib menga yopishdi. Boʻlmasa, uni paypaslashdan boʻlak ishim yoʻqmi?

Dushmanlikka sabab boʻlgan voqeani eshitib, Yomgʻiralining qornida kulgi chuldiradi. Shirmon birkoʻz koʻchadan ketib borayotsa, Urayim novcha tomorqasiga suv ochib turgan ekan. Bunisi oʻzini pastroq olib, «assalomu alaykum» desa, unisi noxushgina «val..» deb, xiyol bosh qimirlatib qoʻyibdi.

– Amaldorligida undan «Moskvich»imga bitta kardanniy val soʻrab borsam, ombordan topib berib, pulini bugʻoltirga toʻlab qoʻyarsiz, deganidi, – negadir gʻijinib xotirladi Shirmon birkoʻz. – Ana toʻlayman, mana toʻlayman deb yurib, paqqos esdan chiqib ketganakan. Mana, oxiri «val-l» deb, oʻsha eski temirni shama qildi-ya. Voy, oʻgʻrivachcha-ey! Shuncha oʻmargan narsangdan bittasi tekinga ketsa, oʻlib qolmassan!

Yomgʻirali boʻynini qashib turib, Urayim novchaning juda halol odamligini urgʻulagach, u «val» deganda oʻsha kardan valini xayoliga ham keltirmay, «vaalaykum»ni qisqartib aytgan boʻlishi mumkinligini taxminladi. Keyin: «Shunchalik oʻpkalagan ekansiz, buni oʻziga ta’nalab qoʻya qolmabsiz-da, aka», deb qoʻshimcha qildi.

– Nima, meni indamay ketadiganlardan deb oʻylayapsanmi? – choʻchchangladi Shirmon birkoʻz. – Oʻrnidayoq tuzladim uni. Joyingda qimirlamay tur, dedim. Hozir boshqatdan salom beraman, odamday alik olishni oʻrgan, dedim. Uqdingmi?

– Uqdim, Shirmon aka, uqdim. Keyin nima boʻldi?

– Keyin, ikki qadam orqaga qaytib, yonidan yana salom berib oʻtdim. Baribir, oʻsha turish – oʻsha turish. Betimga qaramasdan, «valay…» deb qoʻydi, xolos. Shunda aniq bildimki, menga ichida kiri bor.

Yomgʻirali Shirmon birkoʻzga hafsalasiz tikilib: «Bunaqa tor boʻlmang-da, aka. Keyingisida «valay» deb aniqroq aytibdi-ku», deya dakki bergan boʻldi. Buni eshitib, Shirmon birkoʻz jahllanganicha lunjini titratdi:

– Bu kallami, nogʻorami? Keyingi gapi oldingisidanam battarligini payqamadingmi? Urayim «valay» degan gapni «valyay»ga oʻxshatib aytdi. «Valyay» bu– oʻrischada «qorangni oʻchir» degani. He, til bilmagan qoloq!

Soʻfining azon chaqirayotgani eshitildi. Yomgʻirali: «Boʻpti, men boray boʻlmasa», deya suhbatni chala qoldirib, machit tomonga yurdi. Toʻrt-besh odim tashlab ulgur-masidan, ortdan: «Vey, bola! Bu turishda oʻzinggayam yomon boʻladi-ya!» – degan vagʻilloq tovush taraldi. «Xudoning uyi»ga borayotgan Yomgʻirali qandaydir notavon bandaning dagʻdagʻasiga parvo qilmay, yoʻlidan jimgina ketaverdi.

2005