OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiXizmatchilik-da, xizmatchilik (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xizmatchilik-da, xizmatchilik (hajviya)
Anvar Obidjon

Ishtahangiz Karnay Boʻlsin

– Kechirasiz, bu kotletmi, yo...

– Bifshteks.

– Tushunarli. Nima, u tuxumsizmi?

– Tuxumi bor edi. Uni hozirgina...

– Tushunarli. Garniri noʻxatdan deng?

– Yarmi makaron edi. Uniyam hozirgina...

– Tushunarli. Noʻxatni yemabsiz, tuzi pastmi deyman?

– Noʻxatni mana endi yeymiz... Menimcha, tuzi joyida.

– Qiymachalpak-chi? Xoʻsh, nega uni sanchqiga ilmayapsiz? Bilaman, bilaman, u gʻirt chandir.

– Menga qarang, sizga nima kerak oʻzi?

– Kechirasiz, men...

– Yetar-e! Qanaqa yogʻda qovurilganini bilmoqchi boʻlsangiz, ana, qolganini oʻzingiz yeb qoʻyaqoling.

– Hoy, shoshmang. Shoshilmasangiz-chi, men... ovqatning sifatini bilmoqchiman, xolos. Xalq kontrolidanman!

Favqulodda Majlis

– Oʻrtoqlar, bugungi yigʻilishimizga shaxsan hurmatli Ali-hushtakning oʻzlari tashrif buyurganlar. Soʻz qadrdonimiz Ali-hushtakka!

– Birodarlar! TAAS axborotchilari Yaqin Sharq va Afrika muguzidagi voqealarni keng sharhlab turishibdi. Xalqaro bozordagi vaziyat ancha jiddiy.

Oʻzimizdagi ishlarga kelsak, vaziyat yanayam qaltisroq. Mundoq qaraganda, hammangiz oʻz oʻrningizda avvalgidek faollik koʻrsatib turibsiz. Lekin, tushum tobora kamayib ketyapti. Bu hol ayrim oʻrtoqlarning gʻirromchilik qilayotganidan dalolat beradi. Sizlarni bu yerga toʻplashdan maqsad, oʻz nafsidan boshqani oʻylamay qoʻygan ayrim oʻrtoqlarni ogohlantirib qoʻyishdir. Men hozir «bor, baraka» qilib, ularning otini tilga olib oʻtirmayman. Kimlar haqida gap ketayotganini oʻzlaring fahmlab turgan boʻlishlaring kerak...

Bozorkom raisi shunday deya, oʻtirganlarga zimdan ma’nodor koʻz yugurtirib qoʻydi. Chayqovchilar tengdan choʻntak kovlay boshladilar.

1976