OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Obidjon
Asar nomiZiyodbotirdan boshqasi topiladi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Anvar Obidjon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ziyodbotirdan boshqasi topiladi (hajviya)
Anvar Obidjon

– Xoʻp, sizga nima kerak?

– Mana roʻyxat... xoʻ-oʻ-sh... Oʻnta tank, yigirmata bronetransportyor, oʻn beshta qiruvchi uchoq, oʻttizta Ziyodbotir, qirqta svetofor, shuncha militsioner, beshta goʻsht tashiydigan mashina.

– Ziyodbotirlar allaqachon tugab ketgan. Oʻrniga tank olaqoling. Yoki svetofor.

– Shuncha svetoforni nima qilaman? Keyin, har qaysisining yoniga bittadan militsioner ham kerak boʻladi. Mayli, goʻsht tashiydigan mashina koʻproq boʻlaqolsin... E, yoʻq, yaxshisi anavi sariq yubkali...

– Natashami?

– Ha, shunga oʻxshagan chiroyli-chiroylisidan besh-oltitasini bering.

– Bu boshqa gap, – dedi oʻyinchoq magazini sotuvchisi,– bogʻchangizdagi qizaloqlar ham bir yayrab qolishsin-da, omborchi togʻa.

1978