OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAnvar Tojiyev
Asar nomiSotqin ham oʻzingdan chiqqan (maqola)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Anvar Tojiyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sotqin ham oʻzingdan chiqqan (maqola)
Anvar Tojiyev

Yoki gʻolib Shergʻozixon va magʻlub rus armiyasi

Shoʻrolar davrida chiqqan Oʻzbek Sovet Entsiklopediyasida ham Sher­gʻozixon haqida hech gap yoʻq. 13-jildida «Shergʻozixon madrasasi»ga oid maqolada, mazkur bino 1717 yili Xiva xoni Shergʻozixonning Mashhadga muvaffaqiyatli yurishi sharafiga qurilganligi aytiladi, xolos.

Bekovich-Cherkasskiy haqida esa juda ehtiyotkor maqola berilgan. Unda: «Petr I oʻzbek xonliklarida rus davlati ta’sirini oʻrnatish, Amudaryo oʻzanidagi oltin sochmalarini aniqlash, Amudaryoning bir vaqtlar Kaspiyga quygan oʻzani haqida ma’lumot toʻplash maqsadida maxsus farmon chiqargan va Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida, avvaliga 1744 askar, 19 toʻp, yuzdan koʻproq zobit va mutaxassislarni yuborgan».

1716 yilgi ikkinchi ekspeditsiya Xiva yaqinidagi Karagʻoch daryosi qirgʻogʻida toʻxtagan, baliq ovlash uchun yuborgan 60 askari xivaliklar tomonidan asirga olingani, rus otryadiga qoʻqqisdan qilingan hujum oqibatida ekspeditsiya tor-mor etilgani ma’lum qilinadi. Magʻlub istilochi Bekovich-Cherkasskiy ism sharifi bir necha bor takrorlanadi. Gʻolib Shergʻozixon haqida hech nima deyilmagan.

Va nihoyat, yangi chiqqan Oʻzbekiston Milliy Entsiklopediyasida Bekovich-Cherkasskiy yurishi haqida shunday satrlar bor:

«Rus podshosi Petr I Bekovich-Cherkasskiyga quyidagi topshiriqni beradi: Amudaryoning eski oʻzanini tekshirib, uning qumida oltin bor-yoʻqligini aniqlash, Amudaryoning Orolga quyilish joyida, ya’ni Xorazmda istehkom qurish, Xiva va Buxoro xonliklarini rus tobeligiga oʻtkazish, Hindistonga boradigan savdo yoʻllarini oʻrganish.

Ekspeditsiya tarkibida 4000 muntazam askar, 2000 yoyiq kazaklari, oʻnlab zobitlar, injenerlar bor edi. Xivada 120 kilometr masofada, Qayragʻoch daryosi qirgʻogʻida Shergʻozixon 24 ming kishilik qoʻshini bilan rus kelgindilariga qarshi chiqadi. Uch kunlik jangda katta talofat koʻrgan Xiva xoni harbiy-strategik hiyla ishlatib, Bekovich-Cherkasskiy harbiy otryadini qirib tashlaydi».

30 jildlik ruscha katta Sovet Entsiklopediyasida bu harbiy hiylani «muzokara olib borish uchun kelgan otryad xiyonatkorona tor-mor etilgan», deb izohlanadi.

Olti ming kishilik qurollangan qoʻshin darvozang tagiga zambaraklar bilan kirib kelarmish-da, «xiyonatkorona» magʻlub boʻlarmish. Sez­yapsizki, bu ma’lumotdan oqni qora deb yurgan davr ruhi anqib turibdi.

Xolis boʻlishi kerak boʻlgan entsiklopediyalar Rossiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati va xatti-harakatini siypalab oʻtishgan.

Oʻzbekiston Milliy Entsiklopediyasining 10-jildida, nihoyat, bizga ma’qul va yangi ma’lumotlarni koʻramiz. Shergʻozixon haqida shunday deyilgan:

«Shergʻozixon — Xiva xoni (1715-27)

Shergʻozixon davrida Petr I tomonidan yuborilgan Bekovich-Cherkasskiyning josuslik ekspeditsiyasi qirib tashlangan (1717). Rossiya Xiva xonligini oʻz ta’sir doirasiga kirita olmagach, har ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Vaziyatni yumshatish uchun 1720 yili Xiva elchilari Rossiyaga joʻnatilgan, lekin elchilik a’zolari qamoqqa olingach, ulardan atigi bir kishigina Xivaga qaytishga muvaffaq boʻlgan. Rossiya hukumati Xiva xonligi orqali Oʻrta Osiyoga kirib kelish fikridan voz kechmagan...»

Endi matbuotda e’lon qilingan yangi ma’lumotlarga murojaat etamiz.

«Trud» gazetasining 2002 yil

9 may kungi sonida chiqqan bir maqola «Petr I qanday qilib Osiyoga darcha ochdi» («Ikki boshli burgut doimo ham Gʻarbga, ham Sharqqa qarar edi») deb nomlangan.

1713 yili taniqli turkman zodagoni Xoʻja Nafas Astraxanga kelib, Bekovich-Cherkasskiyga Xiva xonliklaridagi daryolarda oltinni belkurak yordamida yuvib olish mumkinligini va zarur boʻlsa, ruslarning harbiy yurishida yoʻl boshlovchilik qilishini bildiradi. Ruslar qadimdan Sharqda oltinni oddiy belkurak bilan qoplarga solishlari haqida afsonani koʻp eshitgan edilar. Xoʻja Nafasni

Petr I ning oʻzi qabul qiladi va bu uchrashuv natijasida 1714 yil

29 mart­da Bekovich-Cherkasskiyni Xiva, Buxoro va Hindistonga boradigan yoʻllarni razvedka qilish uchun otryad boshligʻi etib tayinlaydi. Senat bu yurish uchun zarur boʻlgan hamma narsani berish haqida hukm chiqaradi. Yurish 1717 yili boshlandi. Bekovich-Cherkasskiy va boshqa bosqinchilarni Sharq oltini shu qadar maftun etgan ediki, hatto, yurish boshlangan kuni xotini va ikki farzandi suvga choʻkib halok boʻlsa ham yoʻldan qolmagan, safarga joʻnagan! Otryadda 3000 piyoda, 600 shved suvoriysi, 2000 kazak dvoryan koʻngillilar, artilleriya batareyasi va bosh­qa qismlar bor edi. Oʻsha davr uchun rosmana harbiy qoʻshin, ayniqsa, Sharqning kichik-kichik xonliklari uchun dahshatli kuch edi. Otryad 45 kunda qariyb bir yarim ming chaqirim (!) yoʻl bosib, Xiva yaqinida, Amudaryo atrofidagi koʻl boʻyida toʻxtadi va bu yerda harbiy istehkom barpo qildi.

Shergʻozixon 24 ming kishilik lashkar bilan otryadga hujum qiladi. Ruslar hujumni artilleriya yordamida daf etishga muyassar boʻlishadi. Xon xazinachisi Kozimbek hiyla ishlatishni taklif etadi. Shergʻozixon Cherkasskiy bilan sulh tuzish uchun vakillar yuboradi. Bunga ishongan Cherkasskiy 500 otliq bilan Xon huzuriga Petr I takliflarini olib keladi. Paytdan foydalanib pistirmadagi Xiva askarlari hujumga oʻtadi va otryad tor-mor etilib, Cherkasskiy asr olinadi. Keyin esa otryadning qolgan qismi ham hiyla bilan mayda guruhlarga boʻlib tashlanadi va yoʻq qilinadi.

Petr I nafaqat Boltiq dengizi qirgʻogʻini qoʻlga kiritib, Yevropaga darcha ochgan, ayni vaqtda yana bir koʻzini Sharqqa — Markaziy Osiyoga, Hindistonga qaratgandi. Uning uchun Qizilqum va Qoraqum sahrolari ichida yashiringan Xiva xonligi dastlabki bekat edi. Kichik Xiva davlati ruslarning Sharqqa yurishida birinchi toʻsiq boʻldi va rus imperiyasining Markaziy Osiyo­ga hujumini bir yarim asr orqaga surib tashladi. Bu ishlarga Sher­gʻozixon boshchilik qildi. Tariximizning hali yaxshi oʻrganilmagan sahifalaridan biri ham shu boʻlsa kerak. Yevropani larzaga solgan Petr I Xiva xonidan yengildi, desak ham yanglishmagan boʻlamiz.

Bir yarim asr keyin, 1865 yili General Chernyaev Oqmachit, Turkis­ton, Taroz (Avliyo ota), Chimkent, Toshkent shaharlarini 6 ming kishilik qoʻshin bilan zabt etdi. 1716 yili knyaz Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Xiva bosqinida qatnashgan qoʻshin tarkibida esa 6000 dan ortiq muntazam askar boʻlgan.

Хulosa shuki, qanchalik xas­­­­poʻshlanmasin, rus imperiyasining Sharqqa tomon birinchi hujumi Xiva ostonasida yakson qilinganini tarix oldida yashirib boʻlmaydi. Muzaffar lashkarboshi Shergʻozixon nomi qanaqadir entsiklopediyalarga kiritilmasa-da, avlodlar tomonidan gʻurur bilan eslanadi. Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdilar qatorida tilga olinadi.

Anvar Tojiyev