OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifArkadiy Inin
Asar nomiMen uni qutqarib qoldim (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Arkadiy Inin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOlimjon Hayit (Rus tilidan)
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/26
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Men uni qutqarib qoldim (hajviya)
Arkadiy Inin

Men zinapoyada turtinib ketgan paytimda miyamga aqlli fikr kelib qoldi. Men uni albatta qutqarishim lozim. Boʻlmasa, doʻctlarim meni kechirishmaydi. Pyotr Petrovich — bizning ilmiy rahbarimiz, Filipp — aspirant, Stuls — besh daqiqasi kam fan nomzodi...

Men zinalar boʻylab yumalab borardim. Oʻng tomonimda tutqichlar bor edi. Ammo ularga yaqin bormadim. Chunki «U» ham oʻng tomonimda. Shuning uchun tezlikni tobora oshirib borgan holda oʻzimni chap tomonga otdim. Chapimda axlat tushib ketadigan truba bor ekan. Men toʻppa-toʻgʻri borib oʻshanga urildim. Qovurgʻalarim qisirlab ketdi. Qorongʻulashib borayotgan koʻzlarim oldida esa sodiq doʻstlarim namoyon boʻlishdi. Ilmiy rahbarimiz Petrovich, besh daqiqasi kam fan nomzodi Stuls hamda aspirant Filipp...

Men qoʻllarimni musht qildim-da, yana chap tomonga qarab ucha ketdim. Chap qoʻlim va chap oyogʻim qisirlab ketdi. Men oxirgi kuchimni yigʻib katta tezlikda maydonchaga qoʻndim. Albatta, anchagina pishib qolgan boshim bilan...

Boshim qisirladi. Tobora yumilib borayotgan koʻzlarim oʻngida tagʻin oʻsha doʻstlarim gavdalanishdi. Ular vahima aralash ustimda bosh egib oʻtirisharkan, soniya sayin sovib borayotgan qoʻllarim ostidagi bir shisha «Smirnov» arogʻini avaylab tortib olishdi. Axir, men xuddi oʻshani qutqarib qolgandim-da.