OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsad Dilmurod
Asar nomiXayol choʻgʻlanishi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Asad Dilmurod
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm41KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/11/14
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnalining 2010-yil, 10-sonidan olindi.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xayol choʻgʻlanishi (hikoya)
Asad Dilmurod

Kamina bir darveshfe’l rassom doʻstimdan arzon-garovga xarid qilgan koʻrimsizgina ustaxona shahar janubida, kimlardir tiklashga kirishgan, biroq nimagadir chala-yarim qolgan qarovsiz uylar yaqinida joylashgan edi. Oʻsha birodarim ham shu mavzeda tuzukroq boshpana qurish niyatida uzoq vaqt yemay-ichmay ming azobda yigʻindi, keyin toʻsatdan aynib, xorij safariga otlandi.

Oʻrtada kaminai kamtarin, juda maqtovga loyiq boʻlmasa-da, hartugur unday-munday qoʻnalgʻa egasiga aylandim. Boriga baraka, axir, sal ilgari shu zormondaga ham zoru mushtoq edim, endi tangri mehrini darigʻ tutmay shuni loyiq topdi.

Tun chodir tikkan kezlari hayratomuz shovur-shuvirga toʻladigan chaldevorlarga koʻzim tushganda koʻnglim allatovur hovliqar, bu atrofda ishqilib quvgʻinga uchragan pari-mari, insu jins inlagan emasmikin, deya shubhayu xavotirga botar edim, soʻng yosh-ligimda goh otam, goh onam aytgan matallarni eslab gʻashlanardim.

Xashaki-sodda xayollarim ustidan miriqib kula-kula darhol oqlashu koʻklash tashvishiga shoʻngʻidim. Kamxarjlik qursin, barcha ikir-chikir ta’mirni, shu gʻurbatni chiqarganning yetti pushtini yogʻlab, bir amallab oʻzim tugatdim. Ana-mana sal-pal son kirgan ustaxona ancha kengaygandek tuyulib, hatto ilhom va zavq va’da qildi. Terimga sigʻmay lash-lushimni ortmoqlab koʻchdim. Faqat xudo nasib qilgan ilk omadimni xayol sura-sura yolgʻiz nishonladim. Kerilishu gʻiybatdan boshqasiga yaramaydigan burniga xoda yetmas oshnala-rimni uncha xushlamasdim, qolaversa, yorugʻ dunyoda xufiya ulfatchilik qilishdan yaxshiroq ermak bormi?

Ertalab bir oz boshim loʻqillab ogʻrigani, chap koʻkragim bir parcha choʻgʻ oʻrnashgan kabi kuyishayotganini aytmasa, hammasi risoladagidek soz va binoyi edi, butunlay yangi hayot sari odim otib, boshqa oʻlchamga yuz burayotgandek gʻalati orziqaman va ruhim qanotida poyonsiz osmonu falakka talpinaman. Axir, gʻiybatu malomatlardan xoli osuda-orasta goʻshada aqlu hushni oʻgʻirlaydigan javohirlar tugʻilishiga amin ekanman, nechun boshim koʻk toqiga yetmasligi kerak.

Cheksiz surur bilan toʻlgʻin ilhomli onlar naqadar zavqu shavq bagʻishlardi, qoʻlim moʻyqalam tutgan hamono ta’riflash qiyin hayrat ummonida suzardim, falak gumbazidan sharora kabi hovuch-hovuch lojuvard shu’lalar toʻkilar, bahonada, ustaxona bilan birga, bezovta dilim kulbasi yorishar edi.

Mudom shunday mas’ud, unumli fursatlar ogʻushida sherlanib ter toʻkishim, baxtu saodat nashidasidan yayrab, jozibali lavr gulchambari bezagan istiqbolimni qarshilashimga tariqcha shubha qilmasdim, goʻyo bu shuhrat har erta ufqda jamol ochadigan quyoshdek naqdina edi, vujudim va koʻnglimga ajib shijoat bagʻishlardi, e-e, nimasini aytasiz, barcha qatori kamina ham xom sut emgan-da, hademay bari chalkashib ketishini qayoqdan bilibman...

Bugun tong-azondan shomu xuftongacha chumolidek tinim bilmay gʻimirlaganim bois, qorin va ovqatni hatto eslamay, sim karovatga bagʻrimni berganimda badanim anchayin karaxt, ruhim allatovur gʻuborli boʻlib, odatda tomirlarim boʻylab koʻpirib oqadigan qaynoq qon toʻxtab qolgandek edi. Barchasini charchoqqa yoʻyib, xudodan osuda-shirin uyqu soʻray-soʻray, yaqinda sidirgʻa oqlangan shiftga termildim. Negadir istagim aksi roʻy berib, ichimda la’nati kirpi uyalab olgandek kecha boʻyi mijja qoqmadim.

Oʻsha maxluq badanida tikraygan qarich-qarich sixlarni tasavvur qilib boʻgʻilardim, ba’zan esa choldevorlar tarafdan, ba’zan ustaxona tag-ustidan nedir vahima bilan qorishiq ola-gʻovur eshitilardi, shunda tizzalarim qaltiray-qaltiray tusini ajratish mahol boʻyoq toʻlgʻazilgan hovuzga boʻyim barobar qulagandek boʻlardim.

Toʻshagi surilib ketgan karovat chetida kaltak-langan itdek dagʻ-dagʻ uchib oʻtirar ekanman, qirgʻogʻi oʻydim-chuqur haligi hovuzni eslamaslik uchun tirishdim. Lekin qaniki iloji topilsa, unutilish oʻrniga, asta-sekin savil tasavvurimga naqshlanib qoldi, ajib holni aniq-tiniq his etgan onimda, nedandir hayiqqan kabi ilk marotaba moʻyqalamga begonasirab qaradim.

Tushunish qiyin: endi har gal qadrdon hamdamimga nigohim qadalgan hamono tuyqus koʻnglim aynir, nafasim qaytar, oyogʻim barmoqlari uchidan boshlangan tikanakli vijirlash zumda miyamni chulgʻar edi. Zarbi behad zalvorli va qattiq ogʻriqni tuyar ekanman, faqat a’zoi badanim emas, hatto toʻrt omonat qoziqqa qoʻndirilgan chayla kabi ustaxona ham asta-sekin titranar, chirpirak boʻlib aylanar va tars-tars yorilgan shift burchlaridan shovullab qurum aralash tuproq toʻkilar edi.

Ustaxona bilan oʻrtamda, aniqrogʻi, holi-jonim va ruhimda nimalar kechayotgani qorongʻi edi, kamina zoʻr berib oʻzini oʻzi aldaydigan, toʻqigan yolgʻoniga chippa-chin ishonadigan kimsaga oʻxshab qolgandim.

Axiyri, biron-bir joyda muqim turolmay, shahar boʻylab telba kabi tentirashu ovunch izlashni odat qilib, tezda havoyi narsalarga yukunishni xushlaydigan, yelga sovurilgan qimmatli vaqtiga zigʻircha ham achinmaydigan tuppa-tuzuk bekorxoʻja tanbalga aylandim.

Tannozlik hunarini qiyib qoʻyadigan kuydirmajon qizlar atrofida pashshaxoʻrda boʻlish, qurmagurlar koʻnglini ovlash uchun jaraq-juruq pul sarflashni istamasdim. Natijada jinim suymaydigan oshnalarim bilan ertadan qaro kechgacha ulfatchilik qila boshladim. Kayf ustida sullohlar bir necha marta tayyor oshga bakovullik qilayotganim, ya’ni falonchi rassom oʻngʻay ijod qilish uchun moslab tiklagan binoyidek mulkni tep-tekin qoʻlga kiritganimni surlik bilan betimga solishdi-yu, badtar fe’lim aynidi, bas, sovuq urgandek bujmaygan turqlariga zardobga toʻygandek toʻydim, endi yaxshisi jimjit dala-dasht sari uloqib, har kim qadami yetmas biron xilvatda yolgʻiz yupanganim ma’qulroq, zora shunda moʻyqalam bilan hamkorlikni boshqatdan yoʻlga qoʻysam va koʻnglimga tugib qoʻygan rejalarimni poyoniga yetkizsam!..

Qaysi bir kech, quyosh par-par botar palla, etyudnikni qoʻltiqlagancha dashtdan qoʻshga qoʻshilgan hoʻkizdek toliqib qaytdim. Toʻgʻrisi, ne-ne umidu ilinjda usta-xonani kallai saharda tark etgandim, ammo qoʻlim ishga tuzukli bormay, goʻzallik izlagan kishi boʻlib, loʻkillagancha qirma-qir oshgan va lattadek shalvirab qolgan edim. Arang sudralib ostona hatlar ekanman, qilt etmay miriqibgina uxlash, gʻaroyib tushlar koʻrish haqida shirin-shakar oʻylar surardim, anchayin shaloq karovat koʻzimga huzurijon boʻlib koʻrinardi.

Yechina-sola asta choʻzildim-u, mazali uyqu tilab, xudoga astoydil iltijo qildim, lekin yana ohu zo-rim zoe ketib, hademay ichimda sixlari hurpaygan haligi kirpi bosh koʻtardi, butun borligʻimni soʻngsiz ogʻriq quchar-quchmas, ustaxona toʻlqin kaftidagi poʻkakka aylandi, kuchli siltanish oqibatida silkinayotgan karovatdan gupillab quladim (nahot tussiz boʻyoq toʻlgʻazilgan hovuzga shoʻngʻidim?), oh-voh qilib arang qaddu bastimni rostlagan edimki, devorga pastu baland ilingan kartinalar payraxadek har yoqqa sochilib, qaysi biri chirpirak boʻla-boʻla qarshimda toʻxtadi.

Hayal kechmay matoda anchayin teran aks etgan ifo-dalar qa’ridan hovur taxlit qandaydir sharpasimon kimsa uzilib, gilam toʻshalmagan sahnga bafurja oyoq tiradi. Gʻalati mehmon pishqirib havo simirar, taqir boshini silar, boʻy-basti shiftga yetgudek uzun, lablari doʻrdoq, dumaloq koʻzlari olazarak, boringki, aynan rangtasvirda savlat toʻkib kulayotgan banda nusxasi edi.

Beixtiyor entikib, nedir hayiqish-la, ie, mulla Sayis! – deya astagina shivirlaganimni bilmay qoldim, hamon yon-veriga olazarak boqayotgan davangir mehmon sari oshigʻich borgim, siyrak ajinli sergoʻsht beti, jun bosgan qoʻllarini silagim, kiyimlarini ushlab koʻrgim keldi, ammo jur’at savil qayda?

Sayis timsoli bir bahonada, rahmatli otam koʻp yillik otboqar doʻsti bilan tanishtirgach, xayolimni band qilgandi, soʻng vaqt kechgani sayin shuurimda chuqur oʻrnashdi, boʻy-basti va qiyofasini tasavvurimda qayta-qayta tiriltirishga urinardim. Ustaxonada oʻrnashgan kunim ertasi oʻsha timsol nogoh yana yodim-ga tushdi, yana huzur-halovatimni buzib, sira tinchlik bermay qoʻydi, natijada uzoq muddat chekilgan zavqu shavq va qiynoqlar ancha tuzuk samara berdi.

Ochigʻi, igna bilan quduq qaziganday, Sayisni, boʻyoqqa tomchi-tomchi yuragim qoni, hovuch-hovuch mehrimni qoʻshib, ayricha ixlos va havas bilan chizdim, boshqacha aytsam, botini-zuhurida suyagi ot ustida qotgan, mudom nafsini jilovlab yashagan, xolis niyatlarga suyangan sinchi xislatlarini jamlashga tirishdim.

Sayis shaklu shamoyiliga nima uchun shu xil sifatlarni singdirishni ixtiyor qilganim sababini hali-hanuz aniq bilmayman, shunisi yodimda saqlanganki, ayricha kashfiyotdek tuyulgan ishim koʻksimda faxru iftixor tuygʻularini seldek toshirdi. Faqat vaqti-soati yetib, Sayis, tangri taolo karomati bilan, bunaqa gʻalayon boshlashi, chorchoʻp chegarasini payhonu gʻorat aylab, gʻalvayu gʻurbatga toʻp-toʻla tiriklik olamiga sakrab oʻtishidan butkul gʻofil edim, axir, burun ostidan nariroqni koʻrish fazilati har kimga ham bu-yurmaydi...

Gup-gup urayotgan yuragimni achimsiq bir toʻlqin chulgʻadi, hamon savlat toʻkib turgan Sayisni zimdan ajabsinib kuzatganim sayin toʻlqin shiddati kuchayardi, oxiri poʻrtanaga aylangancha kuyishayotgan tomogʻimdan otilib chiqqandek boʻldi, holi-ruhim zabunligini sezgan Sayis, qovoq ochmay, bir-bir bosgancha atrofimda oʻralashdi.

– Sayisning bagʻri boʻm-boʻsh! Chamasi, uni chizar paytida hush-xayoling boshqa yoqda boʻlgan-u, rang tanlash va ishlatishda chalgʻigansan!

Ichimda kimdir soʻylandi, kutilmagan tovush zamirida nihon zardani tuyib, nogahon yashin chalgandek badtar esankiradim, bezovtaligi ortgan Sayis soyadek imi-jim yoʻqolib, ustaxonada abadiy tuyuladigan dashtu dala sukunati choʻkarkan, jismu jonimni ayovsiz tarzda muttasil qovura boshlagan shubhalar tobora alanga olaverdi. Sira aqlim yetmayotir, Sayis tim-solini zarb etayotgan damlarimda hal qiluvchi qaysi muhim nuqtada adashdim ekan?!

Oʻsha azobli jarayonni xotirimda tiklashga urin-dim, lekin sira buning iloji yoʻq edi, soʻng yana ichim-da qurgʻur kirpi dumalab, tamomila oʻzimga sigʻmay qoldim, bas, barini unutish uchun boshim oqqan tomonga badar ketishim kerak. Jilla qursa biron ulfat bilan toʻyib-toʻyib sharob ichsam, la’nati gʻam-anduh zanglari gʻubordek yuvilar, oz-moz boʻlsa ham taskinu tasalli toparman, soʻng yana albatta jafokash moʻyqalam yoniga qaytaman, eh-he, kelgusida birga-birga koʻp zahmat chekishimiz lozim, o, uni mana shu qoʻllarimga tutgan onlarimda yorugʻ dunyoda mendan baxtliroq odam topilishi dushvor...

Erta betakror ijodim namunalari ahli jahon yuragini tamom ishgʻol etishini oʻylagancha kiyinayotgan edimki, yana allakimlar piqirlab kula boshladi, hatto gurs-gurs qadam tovushlari eshitildi. Nahot Sayis dilim tubida choʻkib yotgan armon toshini qaytadan qoʻzgʻatish uchun apir-shapir qaytgan boʻlsa?

Oʻtakam yorilgudek alfozda bir chekkaga oʻtib, sharros yomgʻirda ivigan musicha misol qoʻnishib, qoʻrqa-pisa tevarakka alangladim. Yaxshi ham baraka topgur Sayis koʻrinmadi, sal yengil tortib, eshik sari yoʻnaldim, asta dastani ushlovdimki, sahn va shift orasini larzonlarzon tiniq shu’lalar qopladi. Arzon gulqogʻoz yopishtirilgan gumgurs devordan nam kabi nedir shovur sizayotgan edi. Yengil musiqiy ohanglarga oʻxshaydigan allatovur sehrli mayin saslar zoʻraydi, soʻng atirgulu rayhon boʻylariga monand muattar islar anqib ketdi, bir ozdan keyin esa, aqlu hushimni shoshirgan koʻyi sal narida koʻlanka misol birin-sirin Shoir, Faylasuf va Farrosh paydo boʻldi, tovba, xuddi qurmagur Sayis singari, ular ham girdlari zarrin chorkunjak romlar sarhadidan oshib oʻtishgandi.

Faqat pahlavon kelbatli Sarboz joyida qilt etmay magʻrurona jilmayib turar, men uchun gʻoyat qadrli tim qora tuygʻun koʻzlari xotirjam javdirar edi; zabardast belidagi jigarrang koʻn kamariga osilgan dandon sopli, saxtiyoniy qinli xanjari salobatiga salobat qoʻshgandi.

Eng avval qiziqsinib Shoir qaddi-bastini zimdan kuzatdim, har holda u rangtasvirda qanday boʻlsa shunday - oʻktam va shijoatkor, magʻrur va xushchaqchaq edi, yirik-yirik koʻzlarida qaynoq dil tuygʻulari sharora kabi chayqalardi, soqoli chunon silliq qirtishlangan, yumaloq beti moy surtilgandek sokin yaltirar, qoʻngʻirtob qalin sochi yapaloq peshonasi boʻylab oʻng chakkasiga yoʻnalgan edi. Yasan-tusani ham chakki emas: yoqasi kraxmal bilan qotirilgan katak chiziqli koʻkish koʻylagi, pochasi torroq toʻq siyohi jinsi shimi, gard qoʻnsa seziladigan nim qora yaltiroq tuflisi boʻy-bastiga yarashib tushgandi, faqat qoʻltigʻiga qistirilgan muqovasi titilgan qalin daftar bu uygʻunlikka chok solayotgandek edi.

Yoshi anchayin oʻtinqiragan esa-da, poʻrimlik bobida, Faylasuf soʻz ustasidan sira qolishmas, hatto bir qadam oldinlagan edi. Baraka topgur rasmiy tantanaga boradigandek koʻrinishda: ohori toʻkilmagan yozlik simobiy kostyum-shim, och sariq koʻylak, shunga munosib pushti chiziqli qizgʻish boʻyinbogʻ bir salobatini ikki qilgan, yakkam-dukkam ajin qoʻngan qorashirgʻay-enli raftoriga ayricha shukuh bagʻishlagan edi; qimmatbaho matolardan nafis tikilgan engil-bosh bir tarafu bejirim kuzalgan va naqts koʻksini bezagan enligina mosh-guruch soqol bir taraf edi, ortga silliqtaralgan qirovli siyrak sochlar bilan tutashib ketgan soqol benazir salohiyat va mustahkam iroda sohibi ekani haqida kengroq ma’lumot berayotganga oʻxshardi.

Asta nigohimni iymanibgina tabassum hadya eta-yotgan sarv qomatli Farroshga qadar ekanman, diydam issiq surur bilan toʻldi, eh, dedim ichimda, ajib faxru iftixor tuyib, bu ofatijon qizni tasvirlayotgan chogʻimda muruvvatli tangri rosa qoʻllagan ekan-da. Bir qarashdayoq hatto uni butkul yoqtirib qolib, sutga chayilgan oy chehrasi, koʻksiga toʻkilgan surmaga belangandek tim qora qoʻngʻiroq sochlari asiriga aylandim, oʻtli tikilishi ayniqsa yuragim bogʻini yaralab, butun vujudimni ostin-ustin qilib tashladi.
— Sohib, kamina armon va umidman, - ming yildek uzoq choʻzilgan jimlikni buzdi nihoyat Shoir. - Farrosh esa jannat arigʻidan suv ichgan muhabbat guli!

Omadim chopib peshonamga bitilgan, asta-sekin aql bovar qilmas siru asrorini ochayotgan ustaxona havoda muallaq turgan yogʻochdek bir yengil tebrandi, yoʻq, chamasi, birov ilkis turtib yuborgandek men oʻzim silkinib tushdim, qolaversa, asli cheksiz surur bilan qorishiq Shoir ovozi elas-elas koʻnglim tubida, aqlu idrokim qatlarida yangrayotgan edi, soʻng qoniqish va mehr bilan yoʻgʻrilgan xayrixoh tovush sezimlarim osha shuurimda aks-sado berdi, ne deyarimni bilmay, shunchaki miyigʻimda kuldim va yana Farrosh qaddu bastidan nazar uzolmay qoldim.

Negadir Faylasuf hamon sukutda, kamina Farroshga mahliyo boʻlib boqayotganimni yoqtirmagan kabi, qalin lablarini qimtiy-qimtiy qovogʻidan qor yogʻdirayotgan edi.

Vallomat Shoir esa katta minbarda ilhomi joʻshib she’r oʻqiyotgandek uzib-uzib soʻylar, quyuq-uzun kipriklari pirpirar, qaroqlarida nedir istagu ishtiyoq yonar edi. Axiyri, Faylasuf betiga tik boqdi-da, tomdan tarasha tushgandek qilib, jafokash dunyo sendaqa shakarguftor zot qadamiga hecham zor emas, deb gʻudrandi, tovba, nega buncha tajang?.

Kutilmagan ta’na asli men uchun atalgandek, ilkis koʻnglim junbishga kelib, badanim boʻylab goʻyo qirqoyoq oʻrmaladi. Nedir oʻt ichra bemajol ingranib, arang es-hushimni oʻnglar ekanman, avval gʻira-shira yorugʻda sokin tovlanayotgan devordagi kartinalarni ilgʻadim, oʻzim esa qaysi bir dastgoh yonida kuchala yegan itdektirishib yotardim, shuurimni esa allatovur gʻubor chulgʻagan, yuragim gʻash...

Ana-mana saxovatli falak sultoni balqib, poyoni yoʻq yeru osmon oraligʻi koʻz qamashtirar darajada yorishdi, teran sukunatga chumgan olis ufq gardishi boʻylab harir shafaq ilashgan etagini sudragancha bulutlar karvoni toʻxtamay suzar, allaqaysi tomonda tanburmi yo dutorning mahzun nolasi bilan omuxta shovullash yangrar edi.

Asabim qaqshayotgani uchunmi, nimagadir achchiq qilibmi, navbatdagi tongni qavat-qavat zulmat pardasini yopingan, mudom quyoshni sogʻinadigan tunga qiyosladim. Harosat bosib mundogʻ qimirlagani, hatto xayol surgani qoʻrqardim, gavdamni siljitish nari tursin, bi-ron barmogʻim bukilishi koʻrgilik edi, mabodo bukilsa, darhol yana bari qaytadan roʻy beradigandektuyulardi.

Qoqilgan qoziqtsek qilt etmay, ming bir azobu qiynoqogʻushida chiyralib, kunduzni noma’lum makoniga kuzatdim, botinib-botinmay lang ochiq deraza osha tashqariga moʻralar ekanman, gazaklarimga malham boʻluvchi nedir yupanch, nedir xotirjamlik qoʻmsay-qoʻmsay xudoga yolborar edim.

Arzi holim zoe ketib, sonsiz mitti yulduzlar bodragan qoq yarim kechada mastona ohanglar bilan yoʻgʻrilgan, dunyo pastu balandidan ogoh etuvchi pichir-lashlar taraldi. Soʻng roʻparani poʻrtana taxlit ola-tasir izdihom kesib oʻtdi, tanishu notanish kimsalar qatorida, nedir masala boʻyicha Sayis, Shoir va Faylasuf talashib-tortishib odimlardi, hatto ular men sari parishon qoʻl silkib qoʻyishardi, qiziq, Farrosh bilan Sarboz qayoqtsa qoldi ekan?

Xilvatda hordiq olib, tuzukroq tiniqib uxlasam, ikir-chikirlardan yuz oʻgirsam, bari poyoniga yetar deb oʻylardim, ammo uyqu ilhom parisi yangligʻ allaqachon mendan arazlagandi, hatto bir chimdim pinak qilish iloji qolmagach, tanish aptekachi orqali atigi zigʻirchasi toshdek qotirib qoʻyadigan oʻtkir dori topib ichdim. Zarracha naf qilmadi, aksincha, savilni najot istab yutganim sari holim badtar xaroblashdi. Xayol kabi uzun tunlarda hargiz bedoru benavoman, koʻpincha kesakdek uvoqlanib, hatto haligi izdihomga aralashib boʻzlayman, gohida peshonam shoʻrligi uchun oʻkina-oʻkina tushunuksiz saslarga koʻmilgan, kavaklaridan nedir vahima moʻralaydigan chaldevorlar atrofida izgʻiyman.

Oʻsha tushunuksiz izdihom sirli yoʻsinda komiga tortar ekan, birdan orzu-umidlarim sarob kabi qayoqqadir chekinadi, soʻng yuragim sancha-sancha Sayisni suhbatga tortaman, ishon, deyman kesib, seni chizar chogʻimda ranglar mutanosibligini inobatga tutganman. Bu fikrimni isbotlashga tirishganim sayin u ensasi qotib ishshayadi, gurzidek mushtini havoda doʻlgʻagancha meni dunyodagi eng noshud rassomga mengzaydi, faqir yoʻl qoʻygan mudhish xato, yuragida asta-sekin tomirlay-tomirlay nedir gazandaga doʻnayotgan emish, ey, xudojon, padar qusur nimalar deb aljiyo-tir, iloyo sovuq nafasini yel uchirsin...

Qancha-qancha subhidamni rom chegarasini buzgan ogʻaynilarim bilan dahanaki jang qila-qila hush-behush qarshiladim, qizgʻin kechadigan bahsu munozaralar chogʻida naqts savdoyiga aylanardim, faqat Farrosh chehrasiga nigohim tushsa, tuyqus koʻnglim yorishar, u chindan ham jannat arigʻidan suv ichgan muhabbat guli ekanini e’tirof etardim.

Oxir-oqibat qaysi kuni qanday yuk ortilgani noma’lum aravani Sayis bilan Faylasuf bir yon, qolganlar boshqa tomon tortayotgani, oʻrtada esa oʻzim ovorai sarson ekanimni toʻlasincha fahmlab yetdim-u, toʻgʻrisi, sochlarimni bittalab yula boshladim.

Fahmimcha, kutilmaganda oyoq ostidan loʻp etib chiqqan gʻalvadan tezroq va oson qutilish uchun, birlamchi navbatda, beshala kartina bilan dangal vidolashmoq kerak, sabr kosamni toʻldirayotgan dardni yengillatish borasida tayinli boshqa chora topilishi dushvor edi.

Xudodan omad tilay-tilay, yuragim qoni bilan insho etilgan oʻsha asarlarni ilk savodimni peshlagan va tetapoya qilgan qadrdon maktabimda ochilgan havaskorlik muzeyiga, izzat-ikrom bilan lutfan topshirib, bir baloyi azimdan toabad qutilganday ancha yengil tortdim, hatto birov kaltakbilan quvayotgandek, orqa-oldimga qaramay zuv joʻnavordim, endi ishqilib oxiri baxayr boʻlsin.

Axiyri, uzoq mulohaza yuritgach, vaqtni boy bermay, suvtekin ustaxona bahridan ham oʻtishga qaror berdim, uni bironta oʻzimga oʻxshagan shoʻrpeshona ovsarga pullab, qoʻshib-chatib saranjom-sarishtali mavzedan tuzukrogʻini xarid qilish lozim. Yana bir marta oshkora tavakkal yoʻlini tutishim kerak, keyin xudo bir tarafga boshqaradi.

Attangki, jonimni jabborga berib, oʻpkamni qoʻl-tiqlab, har qancha yelib-yugursam-da, mijoz jonivor topila qolmadi, ustiga ustak, nedir kuch muttasil ohanrabo kabi chaldevorlar qurshovidagi koʻrimsizgina ustaxona tomon sudrar, bir dam holi-jonimga qoʻymas, sirli yoʻsinda qulogʻimga allanimalarni quyar edi.

Oxir-oqibat shashtim sindi, beminnat qoʻnalgʻa qadriga yetmayotganim uchun uvoli azimga botishim, erta oxiratda doʻzax azobini tortajagimga oʻzimni amal-taqal bilan ishontirib, xom-xatala rejani xayolimdan paqqos oʻchirdim. Natijada xudo yorlaqab, bari asta-sekin izga tushdi, hatto ilhom bulogʻim qaynab, avvalgidek zoʻr ishtiyoq bilan ranglar olamiga shoʻngʻidim, ranglar chorloviga koʻra, ichimni kesib oʻtgan sirli daryo boʻylab oqayotgan edim, oʻsha nahri muazzam oxiri mangu yashillikka burkangan saodat vo-diysi sari eltishiga amin edim.

Toʻlqinlari moviy, shiddati tez oʻzan boʻylab hormay-tolmay bemalol quloch otib suzaverdim va bu misli yoʻq hujumkorlik qargʻish tekkanday gʻaribona mungʻaygan chaldevorlar ichra Sayis bilan Faylasufni uchratib qolgunimga qadar davom etdi.

Andak hordiq yozib, miyam gʻuborini tinitish maq-sadida ustaxonani tarketganimda quyosh magʻribni toʻsgan surma tusli purviqor choʻqqi kiftiga omonat qoʻngan edi, quyosh bota-bota yarimta barkashga aylanarkan, tepamda choʻziq tumshuqlari va qanotlari nopormon gala-gala qushlar vijirlashib bezovtahol charx urdi. Qushlar oʻyinini kuzata-kuzata ikki yonida yongʻoq poʻchoqlari kabi sochilgan uylar tizilgan oʻydim-chuqur torgina koʻcha sari burilganimni sezmabman, ilkis qoq belidan singan simyogʻochga toʻqishib qarasam, ancha ichkariga oʻtib ulguribman. Endi qiziqish zoʻr kelib, oshigʻich ilgari bosdim, bosdim-u, hangu mang boʻzardim, axir, tutdek toʻkilgan haylavotdek keng hovlida Sayis bilan Faylasuf nedir masalada yuzma-yuz tortishayotgan edi..

Tuprogʻi oʻynagan hovli oʻrtasida lovullab gulxan yonardi, atrofida esa yetti-sakkiz nafar norgʻul yigit shodon chordona qurib oʻtirar, yoshgina doʻppili kosagul yeng shimarib may suzar, ba’zan bir maromda yangrayotgan jazavador musiqa ovozini yovvoyi qiyqiriq-kulgi bosib ketar edi.

Kimlardir shoxtashlab irgʻishlar ekan, sal nariroqda jun arqon bilan kulliklab qoʻyilgan boʻliq yolli durkun saman toy yurakni ezguday zorli qishnadi, shuni kutib turgan kabi, Faylasuf tinmay bidirlayotgan Sayisga asta bosh irgʻadi. Bir zum taraddud chekkan Sayis olovdan uchi tim qizil choʻgʻlangan yoʻgʻongina uzun simni ildam sugʻurdi, o, keyin sim, ilon kabi vishillab, saman toy manglayida oʻynoqladi va mungli jav-dirayotgan qaroqlar simob kabi erib-oqib tushdi.

Qandaydir ertak voqealariga oʻralashib qolgandek, yuragim orqasiga tortib, jonim boʻgʻzimga tiqila-tiqila, jadal izimga burildim, necha kun aqlu hushimni oʻnglolmay, ustaxonada qamalib yotdim, xayolimdan choʻgʻlangan sim tutgan Sayis bir dam jilmas, quloqlarim ostida uzluksiz saman toy nolasi yangrar, soʻng nola dilimda aks-sado berar edi.

Toʻgʻrisi, yuragimga qil sigʻmay, butun vujudim-da gʻazabu armon ajriq kabi oʻzaro chirmashib ketdi, hayhot, bu ketishda padariga qusur ustaxona qorongʻi goʻrimga aylanib, jami ezgu niyatlarimni paqqos yutib yuborishi muqarrar-ku, nima uchun oʻshanda boʻshlik qildim, sotib qutilmadim, haliyam kech emas, biron joʻyali chora qoʻllashim lozim.

Kallamni qotiraverib boʻlarim boʻldi, agar iloji topilsa, haligi darveshfe’l doʻstim izidan xorijga joʻnardim, lekin bunisi tushimga ham kirmasa kerak. Hadeb gʻujanak yotaverish esa - oʻlim bilan teng, allaqachon jonimdan toʻydim, tavakkal, mundogʻ koʻchaga oʻrmalab chiqay, biron hamdard topilib qolar, ha, aytgancha, yana may bilan ovunaman, boshqa qoʻlimdan nima ham kelardi.

Shunaqa hardamxayol bilan turtina-surtina odimlar ekanman, qaysi bir huvillagan hovlidan hali-gidaqa gʻalati qushlar vijirlagancha osmonu falakka koʻtarildi, bir toʻdasi quyun kabi tepamda aylanar ekan, nedir xavotir va shubhaga koʻmildim. Chindan tez orada katta koʻchani toshqinni eslatadigan yirikkina izdihom toʻldirdi, oldinda inqillab yoʻrgʻalayotgan koʻzlariga mil tortilgan haligi saman toyga bemalol Sayis bilan Faylasuf mingashgan edi.

Nagʻal qoqilgan qoʻpol poyabzallar ostida chuval-chang kabi yanchilib ketishimga bir bahya qoldi, arang chetlanib, koʻtarasiga soʻkindim, soʻng achqimtir tamaki, spirt va shoʻrbaliq hidi qoʻshilib anqiyotgan torgina gavjum qahvaxonaga hadiksirab moʻraladim, qisina-qimtina sharob simirar ekanman, hayotda mavjud barcha rishtalar mana shu goʻsha tag-zaminiga kelib birlashgandek tuyulardi.

Yonimdagi avji baland kichik davrada, faqat shodiyona emas, nedir nadomat nafasi ham hukmron edi. Basharalari oshkadidek qizargan kimsalar muhokama qilayotgan mujda nogahon sezimlarim torini bir ez-gin, bir ogʻriqli titratib oʻtdi. Kimdir hali turmush qurmagan, koʻcha-koʻy va mahalla supurib umr kechiradigan, xudodan boshqa suyanchigʻi yoʻq soddagina xushroʻy qiz nomusiga tajovuz qilibdi.

Jonim sim-sim qiymalandi, jigarim teshildi, cheksiz afsus-nadomat ichra tobora qiziyotgan suhbatni yana tinglar ekanman, roʻparamda sochlari koʻrpalagan, rang-roʻyi siniqqan oʻrta yoshli kishi indamay qoʻndi va ustol chetida turgan lim-lim qadahni bir zarbda oqladi.

Sal oʻtmay tubsiz chogʻir koʻzlar sohibi boʻlmish Shoirni tanib, darhol jahlimni haydadim, mehrim iyib, yana sharob va gazak buyurdim. Endi Shoir parishon oʻy surgancha Farroshni esladi, birdan oʻpkasi toʻldi-da, har bir harfni tishlari orasidan oʻtkazganday alam-angiz soʻylandi: shoʻri qisgan bechora pari uchun ichsak! Hamon kuyinayotgan Shoir, menga tayinli e’tibor bermay, hayal orasida bir shishani dumalatdi, ancha pishib qolgach, koʻksi uvalgudek xoʻrsindi-da, Sayis goʻriga gʻisht qalay ketdi. Endi nogahon gap tagiga yetib oʻlarday anqaydim, xayolimda temirdek qattiq qoʻllarda boʻri changaliga tushgan ohudek tipirchilab dodlayotgan, lekin ohu zorini birov eshitmayotgan nozik-nihol Farrosh gavdalandi-yu, yonoqlarimdan shashqator yosh dumaladi.

Shoir qachon xayrlashgani yodimda yoʻq, sal-pal hushimni oʻnglab qarasam, butun boshli mayxonada, qandaydir eski qoʻshiqni gʻoʻngʻirlab, oʻzim bilan oʻzim roʻy-rost ulfatchilik qilayapman, koʻksimni tushunuksiz bir gʻussa qamraganki, yopiray, qoyadek ogʻiru qalampir kabi achchiq! Beixtiyor shoʻrlik Farroshni eslab, oʻpkamni bosolmay, boʻronda qolgan himoyasiz novda misol titrana-titrana, boʻzlab yubordim, alam-angiz tarzda tirnoqlarim bilan betimni yumdaladim, lekin qaniki dardim yengillashsa, aksincha, badtar gazaklar edi.

Vaqt allaqachon yarim kechadan oshgani uchun qaysi bir xizmatkor qoʻrslarcha jerkib, hatto jagʻimga musht tirab, tashqariga haydadi, shu bahona yana chekimga darbadarlik balosi tushdi, hey, darigʻ, qaysi toshga urib yoray peshonamni?!

Endi koʻpincha vaqtimni gavjum xiyobonlarda, hassasi emas, jagʻiga suyanib qolgan bekorchi chollar bilan valaqlashib oʻtkazaman, hatto temir ulovlar yurmaydigan koʻcha-koʻyda shumtaka bolalarga qoʻshilishib koptoktepardim, goho biron natija chiqib qolar degan ilinjda, ogʻrina-ogʻrina moʻyqalamga yukunish payida boʻlardim.

Moʻyqalam amrimni ogʻishmay, maromida ado etishi uchun barqaror osudalik zarur, ustaxonada esa hamon notinchlik hukmron, omonat eshikni ochganim zahoti la’nati devorlar prujina uzra qoʻndirilgan qoʻgʻirchoqlar misol dikirlab sakray ketadi, pol osti yoki tomda allakimlar savash qurayotgandek shovqin-suron va toʻs-toʻpolon qoʻpadi. Qachondir asta-sekin tahdid bilan yoʻgʻrilgan jimlik choʻkkach, moʻyqalamdan uzr soʻray-soʻray karovatga choʻzilaman.

Navbatdagi oqshomda goʻyo yer qars yorilib, ustaxona tubi yoʻq zim-ziyo oʻpqonga quladi, oʻsha zahoti koʻnglimda kecha boshlagan aql bovar aylamas dahshatli bezovta-likoʻtli isyonga evrildi-da, jismim yoʻqolib qolganini his etdim, jismimni izillab qidira-qidira, tong oqargan pallada koʻp qavatli imoratlar va shoxlari kuzalgan chinorlar oʻragan keng maydonga duch keldim.

Beton laxtakchalar farchlangan, yogʻtomsa yalagudek ozoda va jimjit maydon shahar oʻrtasidagi alohida turmush tarzi, tashvishu quvonchi va gʻalvayu gʻurbatiga gʻarq orolchaga oʻxshardi. Tepada muallaq qotgan sonsiz yumaloq-choʻzinchoq oʻyinchoqsimon qurilmalar oralab qaldirgʻochu qargʻalar quvlashib uchar, havo qatlarini goho taram-taram pushti-sariq chiziqlar lip-lip kesib oʻtar edi.

Ajabo, qaygadir choʻzilib ketgan yashil devorlar biqinida birovlar dumalagancha bemalol xurrak otar, namxush maysazorda shirakayf uch-turt yosh-yalang chugʻurlashib shaxmat oʻynar, tanqillab qurigan beton ariq yoqasida qoʻndirilgan e’lonlar taxtasi ustuniga yelka tiragan Shoir dunyodan uzilgan alfozda xayol surar edi.

Beixtiyor jonu jahonim qaqshab, yuragim uvishdi, axir, qadrdon birodarim Shoir yetti yot begonaga oʻxshardi: eti borib naqd ustixoniga yopishgan, ma’yus koʻzlari oʻrasiga choʻkkan, rang-roʻyi kuzgi xazon misoli za’faron, lablari garmsel yalagandek gezargan, qisqasi, shafqatsiz ajal qoʻli yoqasida, necha kunlik umri qolgani noma’lum...

Shoir maqsadu muddaosi qorongʻi edi, shu bois gʻashlanib, tezroq uni bu gʻaroyib goʻshdan aldab-suldayu olib ketishni chamaladim. Afsusu nadomatni yigʻishtirib, qat’iy tarzda yoniga otiligʻib borgan edimki, kimdir anchayin nopisand ohangda doʻrillab salom berdi, beixtiyor oʻgirilib, chor-nochor barmoq tishladim: axir, sal narida, girdlariga bir nechta ulkan beton gultuvak oʻrnatilgan supada, zargʻaldoq tus-li kamzul-shim kiygan Faylasuf xotirjam muzqaymoq oshayotgan edi.
— Farrosh qismati befarq chogʻi sizga, - koʻnglimdan kechayotgan fikrlarni uqib ulgurgan Shoir kesatdi. -Nahot padar qusur Sayisni qoʻllasangiz?

Endi barini tushunib, daf’atan miyamga gupillab qon tepdi, xijolat chekdim-da, moʻltiragancha asta Shoir yoniga qoʻndim. Oʻsha zahoti xayolimda sochlari bir umr taroq tegmagan kabi qoʻqigan, kelishgan begʻubor sitorasi tirnalgan Farrosh gavdalandi, nomusi toptalgan jonon mehru muhabbati bovurimni achitib oʻrtayotgan chogʻda, etakda belini qisgan bejirim kamarga xanjar osgan Sarboz koʻrindi, nigohi toshni teshar darajada oʻtkir alp kelbatli oʻgʻlon katta-katta qadam tashlar, butun borligʻida shijoat va oʻktamlikjam edi.
— Sayis shoxini qayirishmas ekan, oʻrnimdan jilmayman, - xiyol qizishib davom etdi Shoir, quruqshab yorilgan lablarini qimtib. - Undan koʻra, betonda maysa kabi qovjirasam yaxshi!..
— Bekor qilasan, oshna, - muzqaymoqni yamlab tugatgan Faylasuf supadan endi. - Sohib, meni soʻzim oʻtmadi, siz ayting, bu qilmishidan xascha foyda yoʻq, Sayis bilan oʻchakishish ajdar ogʻziga bosh tiqish bilan barobar, bugun u osmondan istagan yulduzini uzib olishi mumkin.
— Baraka topgur, - taqir yerni mushtladi Shoir, - asli barisiga sen oʻzing sababchisan.
— Ie, hoy, nimaga, jigar? - daf’atan boʻgʻildi Faylasuf, koʻzlari olma-kesak terib. - He-ey, bachchagʻar, miyangni mushukka yediribsan-ku!
— Charxni oʻz holiga qoʻymading, shohu gado qoʻynini hadeb puch yongʻoqqa toʻldirding, natijada oqu qora aralashib ketdi. Sen odamzod uchun Sayisdan koʻra xavfliroqsan, negaki, Sayis toʻnini seni boʻyingga qarab bichadi.
— Sohib, bu javroqidan meni qutqaring, - Faylasuf roʻmolchasi bilan chakkalarini qoplagan reza-reza terni artdi. - Aqli yetmaydigan muammolarga tumshuq tiqmasin. Savil qolgurhayotuoʻylagandan koʻra mingbora murakkabroq, she’r bilan qayoqqa ham borish mumkin.
— Xudo aqlu farosatni ham, bilimu tajribani ham yigʻib-terib senga bergani balki rostdir, - oxiri bosiqlikbilan suhbatga aralashdi Sarboz. - Ammo nahot hamisha bular kuchini faqat xudbinlik yoʻlida sarf qilsang?
— E-e, bor, toshingni ter-ey, seniki kamiydi, juldirvoqi!

Yuragim igna sanchilganday bir sirqiradi, aqlu idrok vositasida ezgulikni mavh etish uchun qadimda qazilgan yoki hamon qazilayotgan qanchadan-qancha choh Faylasuf iqtidori va fe’lu atvoriga tegishli boʻlib chiqayotgani koʻnglim qoʻrgʻonini butunlay vayronu zer-zabar qilib tashlagandi. Faylasuf gumrohlik va jaholat nogʻorasiga oʻynash bobida shunchalar ustasi farang va shunchalar besuyak ekan, aybimni ikkilanmay dangal e’tirof etishim lozim. Faqat yaramagur botiniyu zuhurini chizar paytida ne chogʻli farosatsizlik qilib, ranglarni ne chogʻli nooʻrinu nouygʻun ishlatgan boʻlsam?!

Tobora ichi sidirilayotgan Sarboz nari-beri bezovtahol yurar, churq etmay goh Shoir, goh Faylasuf sari qiygʻir qarash qilar, toʻrsaygan koʻyi nimanidir moʻljallar edi; hatto sukutida ham tengsiz salobat, ajab bir hushyorlik zuhur edi.

Shoir va Sarboz bilan til topisholmagan Faylasuf qoʻl siltab joʻnagach, sal boʻlsa ham yengil tortdim. Halidan beri Sarbozdan koʻnglimni cheksiz iztirobga giriftor etgan, dardim ustiga yanada ogʻirroq dard yuklagan Farrosh ahvolini surishtirish istagida edim, ammo Faylasuf koʻzga tushgan choʻpdek xalaqit berayotgani uchun botinmay turardim, endi bemalol suhbat qurish imkoni tugʻilgandi. Niyatimni sezgan kabi Sarboz oʻzi yuragini ochib qoldi, hayhot, Farrosh badar ketganmi yoki joniga qasd qilgan, anigʻini bilmas ekan, hey, attang, shoʻrlik parivash oʻn gulidan bir guli ochilmay soʻldi, dedi qahru gʻazabi yanada qaynab, erta uvoli Sayis giribonidan tutsa kerak...

Sarboz koʻzlari oqi qizarib, mushtlarini tugib soʻylar, ovozidagi mahzunlik kuchaygani sayin tomogʻimga tigʻ botayotgandek bemajol hiqillar edim, ma’sum qiz mendan oʻtgan noshudlik qurboni boʻldi, ya’ni ranglar muvozanati buzilgani oqibatida, Sayis dilida nedir gazanda urchitgani sababli zaharu zaqqum yutdi degim kelar, ammo nafasim chiqmas, karaxt tilim aylanmas edi. Miskin va nochor ekanmanki, jonu jahonim bir boʻlagini, koʻz qorachigʻiday asrash lozimligini unutib, Sayis changaliga topshirib qoʻydim.

Hayhot, endi quyosh qizdirgan manovi taqir maydonda egasiz koʻppak misol choʻllab, chiyralib va ochu nahor sulayib yotishdan biron tayinli samara bormi?! Axir, bundan nima oʻzgaradi, Farrosh or-nomusi joyiga qaytarmi, battol Sayis pushaymon chekarmi ozroq yoki qoʻliga kishan urilarmi?!

Turli pala-partish soʻrogʻu jumboqlar shundoq ham gij miyamni tinmay parmalagani sayin anordek ezilardim, ayni paytda, Shoir tobora oriqlab, holdan toyib borayotganini sezib, dunyoga sigʻmay, oyogʻi kuygan tovuqdek tipirchilar edim, axir, men uchun Shoir naqadar qadrli, undan ajralish misli yoʻq musibatu motam, togʻdek ulkan alamu armon, cheksiz hasrat va qaygʻu! Yuragim jodiga tiqilgan yaproqtsek ezgʻilanib, barini qaytadan bafurja qulogʻiga quydim, ammo qaniki tushunishni istasa, avval aytganidek, qattiq-qatron betonda maysadek qovjirashga mingdan-ming rozi edi.

Rang-ravishi choʻyandek chuykalgan, shunga qaramay, koʻzlari yolqini soʻnmagan Shoir hatto navbatdagi subhidamda, quyosh ufqtsa bahaybat tilla barkash misol lov etib yongan chogʻda, shohona nonushta oʻrniga deya, yumshoq kulimsirab, bedor kechgan oqshom boʻyi xotirasida qayta-qayta pishitgan jozibador she’rini qiroat bilan oʻqishga tutindi. Anchayin horgʻin ovozi tan-joni qovrilib, ruhi ipakday eshilayotganini ancha-muncha teran ifoda qilayotgan edi, qolaversa, munchoqdek tizilgan sara soʻzlar olam ichra mavjud azalu abad tugunlari, binobarin, mitti yuragi cheksizlik haybatini bemalol sigʻdirgani, cheksizlik esa uni sigʻdirolmay esankirab turgani sirasida bahs yuritar edi.

Zanjir kabi chatishgan satrlar magʻzini chaqib, bir ahvolda ogʻir xoʻrsinar ekanman, zalvorli sukunat pixillashga moyil kulgi tarafidan buzildi. Bosar-tusarini bilmay kelgan ziyolinamo ikki kishi, xayol ogʻushida parishon oʻtirgan Shoirga zigʻircha e’tibor bermay, kaminani koʻcha tomon qoʻy kabi sudray-sudray, yumaloq-yostiq qilgancha tim qora yengil mashinaga tiqtsi.

Ajalimdan burun kunim bitgani, tez orada jahannam sari rixlat aylashimga imon oʻgirdim va hademay oʻzimni chaldevorlar oʻrtasida alohida savlat toʻkib qoʻnqaygan, gilamu kashta bilan binoyidek bezatilgan kenggina kulbada koʻrdim.

Oʻrtada yozilgan nim pushti dasturxonda bir togʻora qaynatilgan laxm goʻsht bugʻlanib turardi, ishtaham ochilib, soʻlakayim oqtsi, axir, necha kundan beri tuz totganim yoʻq-da. Shoir ahvoli oʻzimnikidan beshbadtar ekanini oʻylab oʻkinar ekanman, toʻrdagi baland parqu loʻla-bolishga yastangan, xumday boshi taqir qirilgan, doʻrdoq lablarida kinoya jilva qilayotgan kimsa nigohi jigarimni teshib oʻtayozdi, ajabki, qurmagurni oʻng yonida chordona qurgan Faylasufni koʻrgandan keyingina tanidim.
— Xoʻsh-sh, sohib, tashqariga bir qar-ravoring, - zoʻr hafsala bilan kaftini kaftiga ishqaladi Sayis. - Ha, bir marhamat aylang, orzu-umid tulporlari koʻkka uchmoqqa shay, agar xohlasangiz, bir nechtasini beminnat sovgʻa qilaman..

Hamon boʻsagʻada haykal siyogʻida gezargancha tek qotgan edim, Sayis da’vati bahona, birdan qiziqsinib, dereza osha bir dunyo temir-tersak va yogʻochu gʻisht, xasu xashak va hatto kardon-tunuka qutilar aralash-quralash holda xirmon kabi choshlangan hovliga nigoh tashladim.

Saldan keyin, koʻzlarimga ishonmay, oldi silliq-yoʻgʻon xodachalar bilan toʻsilgan uzundan-uzun enli sayisxonada gijinglab oʻynashayotgan bir-biridan suluv aygʻiru gʻunonlar, etak tomondagi pastqamgina shiftini qurumu tortanak bosgan ayvonda vishillab dam urayotgan bosqon, bel barobar tep-tekis sandonda ayil toʻgʻasi, taqayu qoziq yasayotgan qotma-chayir ustalarga lolu hayron tikilib qoldim.
— Tanlang, iymanmay tanlayvering, - Sayis lunjini shishirib goʻsht chaynayotgan Faylasuf sari asta yer ostidan qaradi. - Xoʻsh, talqon yutgandek nega indamaysiz?
— Dangalini ayta qoling, - oraga suqildi Faylasuf.
— Ha, ha... Alqissa, sohib, tezroq da’voi dostondan kechishingizga toʻgʻri keladi, Shoir ham quloq qoqmay kechsin, arzimagan gapga shuncha vahima koʻtarish shartmi?
— Qizlik nomusi arzimasmi? - tutaqib ketib poʻngʻilladim.
— Tushunarli, Shoirda ayb yoʻq, bu kishim battol, oʻlarday niyati buzuq, - dedi Faylasuf toʻrsayib. -Iloji boricha, tezroq esini kiritib qoʻyish kerak.
— Nima qilay, oyogʻidan soʻqir saman toy dumiga boylatib, dashtu dalaga haydataymi?!..
— Yoʻq, mayda, juda mayda!..
— Shundaymi? Balki oʻzingiz yordam berarsiz, oshna.
— Haligi... qoʻllarini kesdirish kerak, - daraxt butash ustida soʻz borayotgandek xotirjam chuldiradi Faylasuf. - Ha, shunday qiling, toki mudom yanglish yoʻlga yuradigan moʻyqalamini qaytib tutmasin!..
— Oy-yoy, qoyil! Topdingiz! Bir ishora qilsak kifoya, zangʻar ustalar zumda bitiradi, tamom-vassalom!..

Chehrasi nedir gʻururdan yorishgan Faylasufni zimdan kuzatgancha asta bosh chayqadim, nahot toabad moʻyqalam bilan oʻrtamizda dahshatli hijron devori koʻtarilsa, nahot bir umr jozib ranglar olami fuqarosi boʻlish nasib qilmay, shalviragancha miskinu noumid yashasam, yetimu yesirlik azobiga mahkum tuygʻularim zimziyo bagʻrim kunjaklarida sarobdek nomu nishonsiz yoʻqolsa?!

Hamon miriqib piqir-piqir kulayotgan Sayis, koʻproq maza qilay degan xayolga bordi chogʻi, tomoq qirgan hamono oʻqtsek otilib kirgan boʻychan xizmatchi yigit oldiga irgʻay dastali oʻrma qamchi uloqtirdi. La’nati qora terga botgancha oʻlmichi qilib savalarkan, vizillayotgan qamchi ogʻrigʻidan ham koʻra, haligi mulohazalar ogʻrigʻi vujudimni koʻproq qiynadi.

Zum oʻtmay zulmat qoplagan tubsiz boʻshliq behushu benavo jasadimni qa’riga tortib ketdi, chamasi, olisda uzluksiz kesishayotgan zangor va simobiy nurlar arqoniga ilinib bazoʻr jon saqladim. Tosh osilgandek ogʻir qovoqlarimni amallab koʻtarsam, taqir polda qonimga boʻyalgancha dildirab yotibman, kimdir dagʻal barmoqlari bilan terisi shilingan va simillab achishayotgan betimni avaylab silamoqtsa.

Nogoh tepamda mardona choʻkkalagan, koʻzlari chaqnayotgan Sarbozni koʻrdim-u, birdan oʻpkam toʻlib, boʻgʻzimga danakday narsa tiqildi, cheksiz afsus-nadomat bilan Sayis qanday jazo belgilaganini aytish uchun chogʻlandim. Qadrdon jigarim gapirgani qoʻymay, xayrixohlikbilan taskin berib, qoʻltigʻimdan ushlab koʻtardi, qaddimni rostlab, nedir istak da’vati bilan toʻr sari qaradim-u, bezgak tutganday qaltirab ketdim.

Baland loʻla-bolishda yastangan Sayis oʻziga oʻxshamasdi, qaddi-basti oftob urgan sabzi kabi soʻlib ulgurgan, tikraygan sargʻimtir qoshlari oʻrtasi tugunli edi, baqbaqasi aralash boʻgʻziga Sarboz xanjari sopigacha botgan emasmi, jun bosgan besoʻnaqay qoʻllarini ikki yoniga shalviratib tashlagan, noma’lum nuqtaga qadalgan yirik-yirik chogʻir koʻzlarida nedir tahlika suvratlangan edi.

Sal nariroqda rang-roʻyi ohak kabi oqargan Faylasuf, xiyol egilgan tarzda baqa kabi javdirar, hozirgina muz ostidan chiqqandek dagʻ-dagʻ qaltirar edi...