OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Asqad Muxtor. Jinni (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsqad Muxtor
Asar nomiJinni (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Asqad Muxtor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Jinni (hikoya)
Asqad Muxtor

Saidumarni olti-etti yildan beri koʻrganim yoʻq edi. Kabobxonada bir yarim soatcha oʻtirib, miriqib gaplashdik. Maktabdoshlardan biri qizini uzatnbdi, birining oʻgʻli askardan qaytibdi, falonchi bobo, joyi jannatdan boʻlgur, oʻtgan yili kuzda tom bosib qazo qilibdi, falonchi kelinoyi boʻlsa ikki bolasining ustiga... Ishqilib, bir dunyo xabar, naq borib kelganday boʻldim qishloqqa. Yaxshi-yomon tanishlar qatori, Halim domlani soʻrab qoldim.
— ... domla chatoq...— dedi Saidumar kabob chaknab turib.
— Ha, nima, kasalmi?
— Undan battar.
— Yoʻgʻ-e, nima... qamoqdami?
— Yoʻq... koshkiydi.

Garangsib, Saidumarga tikilib qoldim. Halim domla eng yaxshi muallimimiz edi, ijtimoiyatdan. Koʻz oʻngimga keltirdki: endi saksonlarga borgandir, nima boʻlishi mumkin?
— Tirikmi, ishqilib domla, gapirsang-chi, mujmal qilmay!— dedi toqatsizlanib.
— Kirdi-chiqdi boʻlib qolgan domla,— dedi Saidumar, koʻrsatkich barmogʻini chakkasiga bigiz qilib.
— Qoʻysang-chi... jinnimi?

U gʻamgin bosh irgʻadi.

Men jiddiy qabul qilmadim bu gapni, ishonmadim ochigʻi. Bunga ishonish qiyin, nihoyatda esli, sogʻlom, eqtiyotkor odam edi. Haytovur... qariganda nimalar boʻlmaydi.
— Nimadan iborat... jinniligi? Nimalar qiladi?
— Nima qilardi... Gʻirt, shoʻring qurgʻur.
— Ioʻq, menga qara, aniqroq gapir, balki tushunmagandirsanlar uni... Axir, ular...—«ular» dedimu, dom-lagN xiyonat qilayotgandek oʻzimdan gʻazablanib, anchagacha asabiylashib jim oʻtirdim. Ruhiy kasallar haqida oʻqiganlarim yodimga tushdi:— har xil boʻlishadi: biri Napoleonman, deb da’vo qiladi, biri...
— Ha, ha, buning ham da’vosi zoʻr — yozuvchiman, deydi. Yozgani-yozgan.
— Nimani yozadi?
— Har baloni, jinnining gapi-da, nima boʻlardi, qalin-qalin daftarlarni toʻlgʻizib tashlagan.
— Oʻzing oʻqib koʻrdingmi?
— Koʻrdim-da.
— Xoʻsh?
— Masalan, qargʻa haqida... velosiped haqida...
— Nima debdi... qargʻa haqida?

Saidumar kulib yubordi:
— Qargʻa... tumshugʻi falon santimetr. Kuzda janubdan uchib keladi, Qanoti... e, qoʻying-chi, hamma biladi-gan shunday gaplarni daftar-daftar qilib... jinni-ning ishi-da.
— Velosiped-chi?
— Egari uch burchak, ikkita gʻildiragi boʻladi. Rezinkadan. Rezinka esa... hay, jinni boʻlsa ham biladivey: Masalan, sen rezinkaning nimadan boʻlishini bilasanmi? Yoʻq, u biladi. Gʻafur Gʻulom hazillashardi: falonchi shiringina jinni boʻpti, deb. Bu ham esligina jinni boʻlgan.— Saidumar lablarini artib, selkillab kuldi.— Koʻrinishdan binoyiday, qilgan ishlari boʻlsa... Axir, oʻrik haqida butun bir daftar-a! Oʻzimizning oddiy oʻrik haqida. Dovchaligida bolalar talashib yeydn emish. Iyun boshida pishadi, ichida danagi bor, chaqnb magʻzini yeyiladi, magʻzida yogʻ bor. Quritib, turshak qilish. Hokazo. Kim bilmaydi buni! Kimga kerak, ayting! Balki, chukchalar, eskimoslar uchundir!— yana tebranib kuldi Saidumar.— Qisqasi... domla bechora chatoq.

Turdik. Saidumarning domlamiz ahvoliga beparvoligi menga yoqmadi. Shunaqa ham boʻladimi! «Ishqilib» «qisqasi»... Masxaraomuz gaplar. Shunday fojea- haqida-ya!

Yoʻq, men domlani borib koʻrishim kerak. Ertasigayoq qishloqqa joʻnadim.

Halim domlaning hovlisida deyarli hech narsa oʻzgarmabdi. Choyxonaday keng ayvon. Uy orqasi molqoʻra, suvsizlikdan qurib yotgan oʻrikzor. Biz bolaligimizda domlaga qarashib, tomga gʻoʻzapoya gʻaramlar, chipta qopga tezak qoplab, oʻchoq boshidagi bostirmaga gʻamlab qoʻyar edik. Shuncha yil oʻtishiga qaramay, hali ham hammasi oʻsha-oʻsha. Halim domla boʻlsa sira qarimabdi, ajabo, saksondan oshgan odam... yuzlari qip-qizil, oʻzi jonsarak, serharakat... Tavba deyishim kerak, kallamga bir fikr keldi: telbaning miyasi ishlamaydi-da, nimaga ham qarisin: demak, Saidumarning gapida jon...

Domla meni juda hursandchilik bilan kutib oldi, qayoqqa oʻtqazishni bilmaydi: «yozuvchi oʻgʻlim... yozuvchi inim!..» Nazarimda, shoshib ham qoldi. Men oʻz oʻyimdan xijolatmanu, lekin domlani hamon zimdan kuzataman...

Yoʻq, domla tuppa-tuzuk gaplar gapirayapti. Bola-chaqalarimni surishtirdi, yozganlarimni oʻqib turar ekan — xursandchiligini aytdi. Men esa, oʻz shubhalarimda oʻzimni noqulay sezib, gapimni yoʻqotib oʻtiribmanu, hamon sinamoq boʻlib, savol qidiraman: nima desam nima derkan? Unga oʻzim jinni boʻlib koʻrinmasam edim.

Domla kamtargina dasturxon tuzadi, men bir vaqtlardagiday, unga qarashgan boʻldim — bu uyda hamma narsaning joyini bilar edim. Ayvonning poli — yer, boʻyra ustida namat tashlangan, xontaxta yonida zski koʻrpacha, shu yerda oʻtirib bir piyola choy ichdik.
— Domla, siz ham... yozar emishsiz, deb eshitdnm.
— Ha, bizning yozishlar endi...— deb kamtarona jilmaydi,— bizning yozishlar boshqacha. Koʻp yozaman, ammo-lekpn. Ana...

Domla kitob javoni qatidagi tokchani koʻrsatdi. U yerda oʻnlab qalin daftarlar taxlagʻliq edi. Saidumarning gapi yodimga tushdi: «Yozgani-yozgan. Qalin-qalin daftarlarni toʻlgʻazib tashlagan... Aqlligina jnnni....»
— Bir koʻrsam maylimi?— dedim choydan keyin oʻrnimdan turib.
— Sen albatta koʻrishing kerak,— dedi domla, nazarimda, quvonib ketdi. «Yozganlarini hech kim soʻrab oʻqimasa kerak-da», deb oʻyladim ichimda.

Daftarlardan birini olib varaqladim. Chindan ham, hamma sahifalar toʻlatib, hafsala bilan yozilgan edi. Boshqa daftarlarni ham olib, ochib koʻrdim, ular ham shunday. Tigʻiz, puxta yozuv bilan toʻla.
— Bularning hammasi... bitta asar boʻladimi?
— Bitta kitob... boʻlishi kerak. «Ezgu kitob».
— «Ezgu kitob?» Nomi shunaqami?
— Ha, hozircha, taxminan. Ammo, bilib qoʻy, bu adabiy asar emas. Aslo! Badiiylikka da’vo qiladigan jinni emasman.

Badanim jimirlab ketdi: nahotki, oʻzi ham tushunsa? «Ezgu kitob» emish... Ezgu kitoblar yozilib boʻlgan, ular asrlardan buyon yashab kelayapti. Buni tushunmaydigan odam...

Dastlab birinchi daftardagi sarlavhalarga koʻzim tushdi: «Zigʻir», «Parovoz», «Dallol», «Chumchuq», «Bezak», «Nosvoy»... I-e, biri togʻdan, biri bogʻdan-ku? Domlaga qarab qoʻydim. Qarashimda qandaydir shubhani payqadi, shekilli, zoʻr berib tushuntira boshladi:
— Bu mavzular keyin sohasiga qarab, alfaviti bi-lan tartibga solinadi: tabiat, texnika, ijtimoiyot, siyosat, ashyolar, jismlar, mavhum tushunchalar...
— Lugʻatmi? Lugʻatlar, qomuslar bor-ku? Domla oʻychan jilmaydi.
— Sen ham meni barcha lugʻatu qomuslarni qayta yozib chiqishga ahd qilgan jinni ekan, deb oʻylayotgan boʻlmagin tagʻin, yozuvchi inim... Bu kitobda narsalarning, ashyolarning, hayvonlarning oddiy va batafsil ta’riflari boʻladi.

Koʻrib turibman... Mana, arava. Mana, qurbaqa... unga yarim daftar ta’rif. Haqiqatan ham oddiy...
— Hatto joʻn.
— Ha... Ham keng ta’rif. Kechirasiz, sizni jinni deb oʻylash xayolimga ham kelgani yoʻq. Bu — uzoq avlodlar uchun boʻlsa kerak, hoynahoy?
— Uzoq, juda uzoq avlodlar uchun,— dedi domla tetiklanib.— Uzr, men seni ba’zilarga oʻxshatmoqchi emas edim, qaytaga meni tushunishingga aminman. Bilasan, dunyoda hech narsa abadiy zmas. Faqat soʻz, yozuv uzoq yashaydi... Soʻz, yozuv boʻlmaganda biz; masalan, qadim dunyo qiyofasi haqida tasavvurga ham ega boʻlmasdik.
— Qadim yunon eposlari...
— Barakalla!
— Lekin, domla... Mana, chunonchi, eshak... Unga yarim daftar bagʻishlabsiz...

Halim domla jilmayib, nimalarnidir esladi chogʻi, dam oʻtib, davom etdi:
— Buni... Xrushchev davrida, yodingdami, bu jonivorlarga qiron kelib... hamma qoʻrasidan dashtga, sahroga haydavorib, juda xor qilishgandi. Oʻsha kunlari yozganman. Bilasanmi, inim, yer yuzida mamontlar yashagan vaqtda bir senga oʻxshagan azamat qalamkash hafsala qilib, ularning ta’rifini qogʻozga tushirganda edi...
— U zamonlar qogʻoz, yozuv boʻlmagan-da.
— Hozir esa bor! Mamont ta’rifi yozilmagani uchun hozir olimlar uning bnr suyagi topilsa katta kitob yozishayapti. Oʻz taxminlari uchun fan doktori unvonnni olishayapti. Iloji bor ekan, dunyoda avlodlar uchun har narsaning ta’rifi qolishi kerak, deb oʻylayman. Mana hozirgi yoshlarning hammasi ham Qoʻqon aravaning qanday boʻlganligini bilavermaydi. Ming yil oʻtib, hozirgi «Jiguli»ning qandayligini kim bilarkan, aytolasanmi?
— Ha, ming yilda koʻp narsa oʻzgaradi, koʻp narsa izsiz yoʻqolib koʻp yangiliklar...
— Ming yilni aytasan, yozuvchi inim. Mana «Qoraqalpoq qissasi» degan kitobing bor-a?
— Ha.
— Oʻshani yozganingga necha yil boʻldi?
— 25-30 yil boʻlgandir.
— Ana! Unda sen Moʻynoq koʻchalarida turib dengiz, toʻlqinlari, chagʻalay galalari, teploxod gudoklari ha-qida gapirasan. Qoʻngʻirotdan boshlangan qamishzorlar, tutash koʻllar, jingʻil chakalaklari, toʻqaylardan oʻtadigan kecha yoʻllari haqida yozasan. Shu kunda Qoʻngʻirot, Moʻynoq bolalari yuz kilometr narida dengiz, hatto dengiz ham emas, shoʻr botqoqlar borligini eshitibgina biladilar! Qissangni oʻqib hayron boʻladilar. Ba’zan arzimagan bir narsaning ta’rifi butun bir tarixiy-madaniy qatlamni qayta ochish uchun kalit boʻlishi mumkin. Magnit lentasi, mikroteka, kompyuter davri ke-layapti. Bola «pero» nima deb soʻraydi. Gʻoz pati bilan dohiyona kitoblar bitilgan zamonlar uning uchun ertak.
— Sizning rejangizga koʻra... butun borliqni ta’riflab, chiqish kerak... bu, kechirasnz, ertakdan battar, utopiya-ku, domla?
— Buni jinnilik deb baholamaganingga hursandman. Utopiya esa, to amalga oshmagunchagina utopiya boʻladi.
— Buni bizdan keyin ham kimlardir davom ettirar, demoqchisiz?
— Xuddi shunday. Eng muhimi — boshlash. Keyin borib.... balki shu bilan maxsus shugʻullanadigan uyushma, ehtimol, butun bir akademiya paydo boʻlar...

Bunga men oʻzim ham qiziqib qolib, suhbatni maroq bilan quvvatlay boshladim.
— Domla... Nazarimda, bu ishning bir qismi bajarilgan ham, barcha tillardagi soʻzliklar, qomuslar... ularni bir joyga toʻplash... yo «Ezgu kitob»ga qoʻshish, jamlash...
— Balli!..
— Lekin, domla...— axir tillar ham borib-borib oʻzgaradi, yoʻqolib ketadi. «Oʻlik tillar» degan tushuncha bor.
— Gap shunda-da...— Halim domla oʻyga toldi. Umidsiz, asabiy... nazarimda, sal... jinniroq ham boʻlib koʻrindi.— Gap shunda-da... Odamning oʻzi yoʻqolib ketmasdan burun qilish kerak buni...

1993