OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Asqad Muxtor. Koʻk tosh (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsqad Muxtor
Asar nomiKoʻk tosh (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Asqad Muxtor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/09
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Koʻk tosh (hikoya)
Asqad Muxtor

Men toshman, koʻk tosh. Otim — Yashm. Oʻn ming yillardan beri koʻrmagan tomosham qolmadi. Birov boshiga koʻtaradi, birov sirtimga minib oʻtiradi, birov toʻriga qoʻyadi, birov — goʻriga. Yurmagan yoʻlim, koʻrmagan elim yoʻq. Bir Yer yuzining qaysi bir nuqtasida yotsam, menga-ku baribir, lekin odamlarga hayronman, togʻu tosh demay, daryomi-dengiz demay, dam dunyoning u chekkasiga, dam bu chekkasiga sudraganlari-sudragan meni. Chiroyli ekanman, asil ekanman, shaffof ekanman, xoʻsh, kelib tomosha qilaver. Yoʻq-da, meniki boʻlsin. Shu «Seniki-meniki» degan faqat odamda boʻladi, nazarimda — urush-janjali ham, qirgʻini ham shundan, oʻlimi ham, kulfati ham.

Tagʻin, buning gunohini oʻzlaridan soqit qilish uchun, mening toʻgʻrimda mudhish afsonalar toʻqishganini aytmaysizmi!

Keyingi bir necha ming yil davomida-ku Chin-Mochinning hashamatli saroylarini bezab, ancha tinch oʻtirdim. U xoqonning, qasridan bu hoqonning saroyiga surgalib ancha sayqallashib qolgan boʻlsam ham, bus-butun edim, birov jon bergani ham yoʻq meni deb. Ammo, mana endi, Chingiz degani kelayotganmish tuman-tuman lashkari bilan dala dashtni dudu toʻzonga chulgʻab. Meni deb kelayotganmish. Men kerak boʻlsam, mana turibmanku, kel, ol. Nima qilasan butun bir mulkatni oʻtga tutib, shaharlarni koʻkka sovurib, lak-lak lashkarni qirib, begunoh elatlarni qon-qora qaqshatib! Yorab!!!

Aytdim-ku, dunyoning qaysi chekkasida yotsam — menga baribir, deb. Mana endi, tagʻin sudrab ketishayapti. Chin-Mochinda meni muqaddas hisoblar edilar, mana endi tinchligim buzildi, meni deb yuzta ot, uch yuzta navkar ovora. Koʻp oʻtmay, qumda sudraydigan yogʻoch cha-naga tushdim. Chunki ustiga xoda qoʻyib meni loʻkillatib olib ketayotan toʻrtta fil kecha kechasi oʻlib qoldi. Choʻlga yaramas ekanda jonivorlar. Keyin toʻrtta tuya oʻrkachiga joylab koʻrishdi, boʻlmadi, sirgʻalib tushib qumga yumaladim. Oltita navkarni bosib qoldim, yerga chalpakday yopishib jon berishdn shoʻring qurgʻurlar. Bu voqeadan keyin hoqonning oʻzi yana toʻrttasini ehtiyotsizligi uchun qamchilab oʻldirdi. Endi mana «chana» daman. Ey, aziz jonini ayamagan odamlar-ey... Menga-ku, ming yil choʻt emas, bu gumrohlarning umri axir bir nafas. Oʻylab koʻrsa-chi, qadriga yetsa-chi!

Meni joyimdan qoʻzgʻaganning oʻzi bir falokatga duchor boʻladi. Bu afsonani, hali aytganimday, odamlarning oʻzlari toʻqib chiqargan, oʻzlari shunga ishonishadi ham. Asli oʻzi shunday, shekilln-da, necha marta sinaganman, oʻzim ham ishonib qoldim afsonaga. Qoʻl tekkizishsa xavotirlanib turaman. Lekin odamlar... hamon joyimda tinch qoʻyishmaydi-da.

Haligi Chingiz degani ham mana meni ne azob bilan olnb keldiyu, oʻzi, oʻsha afsonada aytilganiday, bekordan-bekor shamollab, toʻsatdan qazo qildi. Mening Chin-Mochindan Movarounnahrga koʻchib olganim qoldi.

Bu yerning xoʻjayini ham, uning oti Chigʻatoy edi, nafimni koʻrib-koʻrmay oʻlib ketdi. Odamlar buni ham mening kasofatimga yoʻyishdi, albatta.

Inson oʻtmishdan saboq olmas ekan-da. Usha Chigʻatoyning nevarasi yana menga qoʻl urib, Naxshabda taxt qilib ustimga minib oʻtirdi. E... bunga ham yorlaqagani yoʻq. Ochigʻi, gap mening haqimdagi afsonada emas, hammasi odamlarning ochkoʻzligidan. Axir, Chin-Mochin xoqonlari meni qaytib olib ketish uchun ne-ne hiyla nayranglar ishlatishmadi, ne-ne porayu boyliklar va’da qilishmadi, oradagi sotqinlik xiyonatlar gʻoyib boʻlgan, oʻlib ketgan ne-ne odamlar.

Axiri, meniki boʻlgʻusi xoʻjayinim ulugʻ Temur bariga chek qoʻydi, ochkoʻz urushqoqlarning nafsini tiyib, boshini qoʻshib, bir toj ostiga jipslashtirdi. Bu mashgʻulotlar bilan boʻlib, u zot mening taqdirimni jilla koʻzdan qochirdilar. Ammo bir donishmand nabiralari qadrimga yetdi. Meni topib, poytaxtga koʻchirish uchun maxsus yoʻl soldirdi. Shikast yetmasin, degan-da. Keshdan Samarqandgacha dastlab men yurgan oʻsha tekis yoʻl hali ham bor, balki koʻrgandirsiz.

Donishmand meni buyuk bobosining qabriga qoʻydir-di. Mangulik toza husnim shu zotning abadiy shuhratiga monand edi, bir necha yuz yil odamlarga shu fikrni eslatib, tinch yotdim.

Afsus, ulugʻlar oʻlar ekanu, odamlarning badnafsligi oʻlmas ekan. Oʻzini jahongir hisoblagan yovqur hukmdor Nodirshoh yana menga koʻz tikdi. Samarqandning boshqa ganjinalari bilan birga meni ham Mashhadga koʻchirib olib ketishni buyurdi. Ulugʻ zot qabridan qoʻporib... Ammo oʻz amri oʻz koʻngliga gʻulgʻula soldi, mening haqimdagi mudhish afsona yodiga tushib, hukmdor sust ketdn. Qoʻrqoq yuragiga tasalli qidirib, ulugʻ Temur xotirasiga fotihalar oʻqitib, meni poytaxt qasrida muqaddas tosh deb e’lon qilishga va’da berib, oʻz dilini ovutdi. Biroq u, baribir, qoʻrqoq bir oʻgʻri zdi. Dilidagi hadik halovatini oldi. Avliyolarning arvohlari, oh sohibqironning qoʻporilgan qabri, maqbara vayronalari tushlariga kirib, badanini sovuq ter bosib uygʻonib ketardi. Qoʻrquvdan telba boʻlishiga sal qolganda axiri meni Samarqandga qaytarib, oʻrnimga qoʻyishga farmon berdi. Yana safar, yana sudra-sudra, Yoʻl azobidan darz ketgan kunim, Nodirshohni oʻz odamlari soʻyib qoʻyibdi, degan gap tarqaldi. Buni ham odamlar, noiloj, mening kasofatimdan koʻrdilar.

Shundan keyin qabr tepasida yana bir necha asr tinch qoʻyishdi. Sagʻanada yastanib yotib men uchun yangilik emas, yotaverdim. Maqbara muhtasham, hamisha gavjum, toʻda-toʻda boʻlib dunyoning har chekkasidan kelib ziyorat qilishadi. Mundoq boʻpti-da, kelib koʻrish mumkin boʻlgandan keyin, seniki-meniki qilib talashish, qoʻporish, buzish, urushish na hojat! Yuqorida aytdim-ku. Yer yuzining qaysi nuqtasida yotish mening uchun baribir, deb.

Shunday qilib, odamlarga es kiribdi, deb bamaylixotir yotsam, e-voh, nadomatlar boʻlsinki...

Bir kuni yana kelib qolishdi. Bu safar ular koʻpchilik edi, na afsonaga, na qismatga, na xudoga, na arvohga ishonadigan odamlar. Kelishdi-yu, bismillosiz, qoʻllariga mirsangu choʻkich olishdi.

Ular hali... ertasiga jahon boʻylab qonli qnrgʻin boshlanishini, toʻrt yil davomida ellik milliondan ortiq inson yer tishlashini bilishmas edi.

Bu 1941 yilning 21 iyuni edi-da. Hali tarixning eng fojiali tongi otmagan edi.