OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Asqad Muxtor. Makruh (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsqad Muxtor
Asar nomiMakruh (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Asqad Muxtor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/12
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Makruh (hikoya)
Asqad Muxtor

Sulton-soʻtak tayyoragohu poezd bekatlari tevaragida kira qiladi. Mashinasini, «Jiguli» desa goʻyo ikkita boʻlib qoladigandek, afsus ohangida «Jigul» deb ataydi. Yangiyoʻlmi — chinozlik yoʻlovchi chiqib qolsa, moʻmaydek pul undiradi-da, yarim kechada shirakayf boʻlib uyiga qaytadi.

Tez-tez zarda qilib onasinikiga ketib qoladigan bezzurriyot xotini bor. Yolgʻiz qolgan tunlari Sulton-soʻtak sira uyqu ololmay, kechasi bilan u yonboshdan bu yonboshga agʻdarilib, agʻanab chiqadi. Saharda esa, endi mijja qoqqanida, Ashurmat soʻfining ingichka ovozi uygʻotvoradi.

Mahallada tunuka garajlarning orasida qolib ketgan eski machit boʻlardi. Unda bola-chaqa velosiped, mopedu tepki aravachalarini qulflab saqlaguvchi edi. Qariyalarning hay-hayi bilan mahalla ahli yaqinda shu vayronani tiklab oldi. Yuz yillik choldevorini xudo asragan ekan, nozandekkina mezanali machit boʻldn. Mahallada savobtalab bedanaqadam Ashirmat soʻfi, ham topila qoldi. Ovozi shirali, ayniqsa bomdod azoni tunggi tinchlikni shundoqqina koʻtarivoradi. Goʻyo mezana naq Sultonning tepasidayu azon xuddi qulogʻida yangraydi. Bezor boʻlgan kirakashning shaytonligi tutdi. Saharlari mashinasini qasdma-qasdiga «du-du»latib, muazzinga halaqit berishga urinadigan boʻldi. Har kuni azon vaqtn uyqusirab garajga chiqadi-da, gudogshsh basma-baschalib Ashirmat soʻfining ovozini bosib tushmoqchi boʻladi. Gudogi ham azon ovoziga mos boʻlib chiqardi. Ashirmat mezanadan pastga qaraydi, makruh ovsz qaerdan, qaysi garajdan chiqayotganini bilmaydi.

Bir kecha yana oʻsha qiligini qilib, endi mizgʻiganida bir turtkidan uygʻonib ketdi. Qarasa hech kim yoʻq, serzarda xotini ham kecha yana ketib qolgan edi. Esnga tushib, shuning alamidan qattiq ichib olgandi. Yugurib chiqsa garaj lang ochiq, kayfda qulflash yodidan koʻtarilibdi. Mashina yoʻq!

Soʻtak choʻkkalab olib, yuzini changallagancha oʻknrar edi. Bomdodga turgan qari-qartang barmoq tishlab, «attaig» lab qolishdi.

Nima ham qilish mumkin? Machitu mezana ming yillik, «Jiguli» esa omonat...