OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsqad Muxtor
Asar nomiOmon qolgan odam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Asqad Muxtor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/17
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Omon qolgan odam (hikoya)
Asqad Muxtor

1956 yili edi. Yetimxonada birga oʻsgan tengdoshlarimni uchratib qoldim. yigirma yilcha koʻrishmagan boʻlsak-da, men u haqda ancha-muncha gapni eshitib bilar edim. O’zim umrimda koʻp qiyinchilik, mushkul vaziyatlarni boshimdan kechirganman. Lekin mening koʻrgan kunimni buning koʻrgiliklari oldida jannat desa boʻlardi.

U tarixchi yosh muallim edi. 1941 yili urushga ketganini bilaman, keyin koʻp oʻtmay, bedarak yoʻqolganini eshitdim. Urushdan keyin ma’lum boʻldiki, asir tushib, toʻrt yilda kontslager dahshatlarinn boshidan kechiribdi. G’alabadan keyin harbiy qismlarimiz qutqazganda, oilasiga darak keldi: ochlikdan chalajon boʻlgan holicha gospitalga joylashtirishgan ekan. Ammo bir yil oʻtar-oʻtmay Kolimada emish, deb eshitdik.

Usha gapga ham toʻqqiz yil boʻldi. Demak, jami oʻn besh yilcha jahannam azobini chekib omon qolgan odam.

Lekin u hozir bunday kulfatni kechirgan kishiga sira oʻxshamasdi. Quloch yozib koʻrishganimizda yana ham amin boʻldimki, u togʻni ursa talqon qiladiganday sogʻ-lom, baquvvat, oq yuzidan kulgi charaqlab turibdi.

– Obbo, Fazliddin-ey...— dedim oʻsha tanishim ekaniga ishonqiramay. Sportchilarnikiday dagʻal, keng kafti bilan yelkamga urib qoʻydi. Shuncha mudhish sinovlar kor qilmabdi, azamatga. «Biz detdom bolalari hammamiz shunaqamiz oʻzi — deya gʻururlanib qoʻydim,— mushkul yillar qaddimizni bukolmay oʻtdi-ketdi, biz esa oʻsha-oʻsha tetik!..

– Obbo, sen-ey, yur ketdik!

– Qayoqqa?

– Qayoqqa boʻlardi, hovliga-da, oʻtgan qora kunlarni eslab chaq-chaqlashamiz, ogʻayni.

– Yoʻq,— dedi u.

– Yigirma yilda bir koʻrishib-a?

– Yoʻq, Qoʻqon xonligining elchisi qabulxonamda kutib oʻltiribdi... Siz ham boring. Xurosonda vaziyat ogʻir...—dedi u.

Koʻzlarimni pirpiratib, yuziga boqsam, hazillashayotgan kishiga oʻxshamaydi, jiddiy. U-bu gap topgunimcha «xayr» deb joʻnab ketdi.

– ... Attang...— deya shivirlab, terakka suyangancha orqasidan qarab qolaverdim.