OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsqad Muxtor
Asar nomiQodiriyni koʻrganman-u (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Asqad Muxtor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qodiriyni koʻrganman-u (hikoya)
Asqad Muxtor

Men Abdulla Qodiriyni koʻrganmanu koʻrdim, deb aytolmayman. Bunga Hakim Nazir aybdor.

Margʻilon bozorining beshik rastasi shinam choyxona boʻlar edi. Domlam Obidjon aka bilan bitta non, bir hovuch mayiz olib, endi choy chaqirgan edik, domla:
— Ana, u yoqqa qara...—deb qoldilar shivirlab,— Abdulla Qodiriy oʻltiribdi.

Men qaradim ikkita soddagina, doʻppili kishi shaxmat surishyapti. Shu oʻyinga juda berilgan paytim, gazetada chiqqan chigil masalalarni yechib, grosmeysterlarning oʻyinlarini tahlil qilardim. Haligilarning taxtasiga qarasam — juda qiziq vaziyat!... Alyoxin bi-lan Kapablankaning mashhur partiyasi-ku bu!
— Narigisi yutadi — dedim.
— Oʻshanisi Qodiriy-da,—dedi Obidjon aka.

Mening fikri-zikrim taxtadagi vaziyatda edi,— shu vaziyatda buyuk Kapablanka taxtdan yiqilgan.

Qodiriyni koʻrdimu koʻrdim, deb aytolmayman.

Buning Hakim Nazirga nima dahli bor, dersiz? Haknm aka «Lenin uchquni»da ishlardilar. Shu gazetada chiqqan xabarlarim uchun qalam haqi oʻrniga (pul bolani buzadi, degan boʻlsalar kerak) u kishi menga shaxmat yuborganlar. Donalari jajji, yiltiroq, taxtasi sirlangan. Bunaqasini koʻrmagan edim, Qoʻltigʻimda olib yurib, shu oʻyinga ruju qoʻydim. Bolalik zkan-da...

Bolalik ham qoldi. Shaxmat ham qoldi. Qodiriy esa umrim, kasbim, taqdirim...

Bunday boʻlishini kim bilib oʻtiribdi deysiz!

1992