OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Asqad Muxtor. Taft (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsqad Muxtor
Asar nomiTaft (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Asqad Muxtor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Taft (hikoya)
Asqad Muxtor

Qobulda bogʻi Bobur degan qadamjo bor. Uning baland toʻrida shoirning qabri saqlangan. Oyoq tomonda-gi qari tutni oʻsha vaqtlarda oʻtqazilgan, deb tushuntirishadi. Qadamjoni ikkinchi bor ziyorat qilganim-da yonimda menga bogʻlab qoʻyilgan soqchidan boʻlak odam yoʻq edi. Uning oti Ma’rif, kambagʻalgina askar bola.

Men bu safar tutga uzoq tikilib qoldim. U qarib, yoʻgʻon tanasi tamoman chirib, oʻq ildizi tuproqqa aylangan. Lekin bir yonidagi jindek gʻudur poʻstloqdan ozgina shira kelib bir-ikki shohida yashil barglar hali ham shivirlashib turibdi. Nahotki oʻsha asrlardan beri tirik? Uni oʻtqazganlar, balki buyuk bobomizni koʻrgandir. Poʻstlogʻida kimlarning kaft izlari bor ekan? Shabadada qaltirab yiltillab turgan bu siyrak barglar moʻ’jizaday tuyuladi, men ularni ushlagim keldiyu, qoʻl tekkizolmadim. Tiz choʻkib, tutning poʻstlogʻi bor tomonga kaftimni uzatsam, qoʻlim titrab, badanimga oʻt yugurganday boʻldi.

– Ajabo... dedim asta silab koʻrib.

– Boʻlmaydi,— dedi shu payt tepamda turgan Ma’rif.

Oʻrnimdan turdim. Ushlash mumkin emas ekan, deb oʻylab, hijolat tortdim.

Bogʻdan chiqqandan keyin surishtirsam Ma’rif «boʻlmaydi»ni boshqa ma’noda aytgan ekan. Uning otasi bozorda oʻtinfurushlarga tarozibonlik qilar ekan. Xonadonda oʻtinning sifatini yaxshi bilishadi.
— Endi u yonsa ham taft bermaydi. Chirindi, — dedi askar.