OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsror Allayorov
Asar nomiBesh uchrashuv (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Asror Allayorov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnalining 2012 yil 9-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Besh uchrashuv (hikoya)
Asror Allayorov

Gulruh opaning ajinlari qoshlariga tutashib ketgan chehrasi-yu, egilgan gavdasiga koʻzi tushgan kishi shubhasiz uni saksondan oshgan kampir deb oʻylardi (ayol hozir 56 yoshda). Va albatta, uning hayoti bilan qiziqqan odam ayol kishi uchun eng ogʻir jazo boʻlgan – yolgʻizlikdan oʻzga hech narsa uni bunchalik tez xarob qila olmagan boʻlardi, deya xayolidan oʻtkazardi.

Doktor bir million toʻrt yuz ming soʻm evaziga uning oyogʻini operatsiya qilishga rozi boʻldi. Gulruh opa kasalxonadan faromush qaytarkan, shundoqqina roʻparasiga kelib toʻxtagan taksining shovqini xayolini boʻldi. Mashina haydovchisini koʻrgach, negadir ayolning vujudi jimirlab ketdi. Xuddi doktor qabulidagi kabi. Taksichi aytilgan manzilga yetib kelgach, ikki baravar haq talab qildi. U bu qari kampirdan hech qiyinchiliksiz yanada koʻproq pul undirishiga ishonardi.

Gulruh opa uyining yaqinidagi oshxonada ovqatlanishga qaror qildi. Ofitsiant unga chetroqdan joy koʻrsatdi. Ayol chalop va non buyurdi. Ammo ketayotib xizmatchi yigit undan ikki hissa pul undirib oldi.

Gulruh opa katta yoʻl yoqalab barcha devor va tirqishlarigacha yolgʻizlik hamda sukunat in qurib olgan oʻz uyi tomon odimlarkan, kimdir sumkasidan hamyonini sugʻurib olayotganini sezdi. U oʻgʻrining ortidan na yugura oldi, na unga qarshilik koʻrsata oldi. Faqat orqaga burilib qaragandagina bu navqiron yigitning chehrasi oʻziga naqadar tanish ekanini xayolidan oʻtkazdi. Ayol oʻzi yashaydigan koʻp qavatli uyning roʻparasidagi piyodalar yoʻlakchasiga yetganida yurishdan toʻxtadi. Har safar shu yerga kelganda uzoq turib qoladi. Chunki uning kundan-kun nursizlanib, xira tortayotgan koʻzlari uzoqni koʻra olmas, tez qadam tashlagan sari oyoqlari oʻziga boʻysunmasdi. Ayolning yoniga sochlari oʻrilgan, istarasi issiq bir qiz keldi va ohista uning qoʻlidan ushladi. U ayolga qarab chiroyli jilmaydi. Gulruh opa goʻyoki avliyoning qoʻlidan tutib turgandek birdan seskanib ketdi. Qizning koʻzlari esa ayolga kimnidir eslatardi. Qiz uni yoʻldan oʻtkazib qoʻydi.

Gulruh opa uyiga qadam qoʻyarkan, har doimgidek 28 yildan buyon devorga osigʻliq turgan besh nafar chaqaloqning surati yonida tiz choʻkdi. Suratdagilarning har biri uning farzandi boʻlib, ularni yoshligida bir xushtoridan orttirgan hamda katta pul evaziga bolasi yoʻqlarga sotib yuborgan edi. Gulruh opa ayni lahzada ich-ichidan hasrat chekarkan, bugunning oʻzidayoq beshta farzandi bilan tasodifan uchrashganini xayoliga ham keltirmasdi.