OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsror Allayorov
Asar nomiBir yarim daqiqa (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Asror Allayorov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/11/14
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnalining 2011-yil, 4-sonidan olindi.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bir yarim daqiqa (hikoya)
Asror Allayorov

Gʻarbdan esgan shamol uyi sari kelayotgan ayol isini olib kelar, bu hid esa peshvoz chiqishga shay erkakka judayam tanish, shuningdek, uyning shundoqqina roʻparasida loydan yasalgan oʻyinchogʻini zavq bilan oʻynayotgan bolakayga ham nimanidir eslatadi.

«Baribir qaytishingni bilardim», oʻylardi erkak.

U ayolning bu yerga qachon yetib kelishini oʻrtadagi masofani chamalab, xayolidan oʻtkazdi.

«Yana bir yarim daqiqa ichida qarshimda paydo boʻladi.Tabiiyki, u mendan nafratini yashirib ham oʻtirmaydi. Men albatta sipolik bilan javob qaytaraman. Axir, hammasiga oʻzim aybdorman. Oʻtgan toʻrt yil kimni qanday oʻzgartirgani ham ana shunda oydinlashadi».

U bir qadam oldga yurdi. Erkak bu ishni beixtiyor amalga oshirdi, bor-yoʻq jur’ati shunga yetdi, xolos. Darvoqe, tobora yaqinlashib kelayotgan ayol ancha yillar ilgari uning xiyonatini kechirgan xotini edi.

Erkakning tanasidan otilib chiqishi muqarrarday tuyulayotgan azoblar bunday paytda oʻz-oʻzidan yaraladigan nimanidir oʻzgartira olish istagini vujudga keltirayotgandi. Holbuki, u hayotida yoʻl qoʻygan eng katta xatosidan koʻp bor aziyat chekkan boʻlsa-da, hech qachon hozirgidek qattiq hayajonga tushmagandi. Erkak yana bir yarim daqiqadan soʻng bir-biri bilan ayovsiz jangga kirishadigan koʻzlar haqida ham oʻylardi.

Uyiga yaqinlasha boshlagach, ayol qadamini yana-da tezlatdi. U oʻzidan ancha narida turgan erining butun iztiroblarini, garchi unga biror marta koʻz qirini tashlamagan boʻlsa-da, ayollarga xos sezgirlik bilan payqadi. Holbuki, u oʻtgan toʻrt yil ichida bu xislatni mukammal egallagan, toʻgʻrirogʻi, shunga majbur boʻlgandi.

Ayol eri yonidan tez-tez oʻtib ketdi va oʻziga unsiz tikilib turgan oʻgʻlini bagʻriga bosdi. Bu yerdan ketganidan buyon oʻtgan har bir daqiqada xayolini butkul band etgan bu bolakayning usiz ulgʻaygani ayolga alam qildi. Ayol uyiga qaytar ekan, uzoq vaqt nom-nishonsiz gʻoyib boʻlgan kulguning ilk shu’lalari juda koʻp koʻrguliklar alomati boʻlgan ajinlar orqali bu dunyodagi haqiqiy inson qiyofasini uning yuzida chizib koʻrsatar edi.

Bola loy qoʻllari bilan ayolni itara boshladi. U xotirasidan butunlay oʻchib ketgan xotinning bagʻridan yulqinib chiqarkan, otasining yoniga yugurdi va yana beparvo oʻz oʻyinchogʻini oʻynashda davom etdi...