OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAsror Allayorov
Asar nomiShunday boʻlishi kerak (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Asror Allayorov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnalining 2012 yil 9-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shunday boʻlishi kerak (hikoya)
Asror Allayorov

«Toʻqqiz, sakkiz, yetti, olti, besh, toʻrt, uch, ikki. Yoʻq. Avval oʻylab koʻrish kerak»

Buxoro amirlari barpo etgan tarixiy Sitorai Mohi Xossa saroyidagi oʻrindiqlardan birida oʻtirgan yigit koʻzlarini yonidagi sevgilisiga tikdi. Sevinchdan yal-yal yonayotgan nigohlar unga anchadan buyon tikilib turardi. Qizning yuzidagi baxtiyor kulgu yigitning yuragini yondirib yuborayozdi.
– Yaxshilab oʻylab olish kerak, – xayol surardi yigit. – Buning uchun hammasiga tayyor boʻlish lozim. Hatto gunoh qilishga ham. Hayotni oldindan tasavvur qilib boʻlmaydi. Buni faqat oʻsha hayot boshlangach, his etish mumkin. Ehtimol oʻzim kutmagan xiyonatga duch kelarman. Yoki meni butunlay mahv etishadi. Meni oʻz izmiga boʻysundirib olishadi. Yoʻq. Hech qachon bunday boʻlmaydi.»

Yigit deyarli ikki yarim soatdan buyon bir qarorga kelolmas, butun dunyo ana shu ikkilanishning qarshisida tiz choʻkib turardi goʻyo.

Yigit oʻrnidan turib ketdi. U oʻzini chalgʻitish maqsadida bir vaqtlar bu yerda mavjud boʻlgan jannatmonand bogʻdan qolgan yagona jonzotlar – tovuslarning yoniga bordi. Qiz ham yigitning ortidan yurdi. Ular bu goʻzal mavjudotlarga don berishdi.

Soʻngra Italiya elchisi tomonidan Buxoro amiriga sovgʻa qilingan Venetsiya koʻzgularini tomosha qilishdi. Qiz ulardan biriga bir yarim daqiqa kiprik qoqmay tikilib turdi.
– Qara, men yana bir necha yilga yoshardim, – dedi qiz ortida xayolchan unga tikilib turgan yigitga. –Ammo sen qaraganing bilan foydasi yoʻq. Bu sehrli qudrat faqat ayollar uchun. Shunday boʻlsa-da yaqinroq kel. Oʻzingni qirq tomonda koʻrasan. Soʻngra orzu qil.

Ular yana saroy hovlisidagi oʻrindiqlardan biriga borib oʻtirishdi. Yigit oʻyga choʻmdi.

«Keyin u meni butun umr tinch qoʻymaydi. U menga shu qadar yaqinlashib oladiki, hatto Xudoni unutib qoʻyaman. Romanlarim yillab toʻxtab qoladi, qoʻlyozmalarim qaerdadir yoʻqolib ketadi, buning ustiga bedorlik, bu ishni qilmaslik kerak, – xayol surardi u. Ammo nachora. Agar hozir voz kechsam butun umr dunyoning eng sirli tilsimini bilmay oʻtib ketaman.»

Nihoyat yigit kutilmagan jur’at bilan oʻng yoniga burildi. Qiz anchadan buyon davom etayotgan bunday harakatlardan ajablanmay qoʻygandi. U zavq bilan tovuslarga don sochayotgan frantsuz ayolini kuzatardi. Yigit qizning boshini qoʻllari bilan burib, oʻziga qaratdi. Nimadir demoqchi edi, gapirolmadi. U choʻntagidan mahbubasiga atalgan uzukni olib uning barmogʻiga taqib qoʻydi. Birozdan keyin qiz yigitning yuziga labini bosdi. Shundagina u adashmaganini his etdi.

Frantsuz ayolining atrofini tovuslar qurshab olgandi.