OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Aziz Nesin. Chumchuq ovi (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiChumchuq ovi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Chumchuq ovi (hikoya)
Aziz Nesin

Advokat doʻstim Urxon Opoydin bir kuni gap orasida:
— Men ham bir marta yozuvchilik qilganman, — deb qoldi.
— Qandoq qilib? — soʻradim men.

U hikoya qilib berdi.
— Boshlangʻich maktabda, taxminan uchinchi sinfda oʻqib yurgan paytlarim edi. Yakshanba kunlari dalaga chiqib, maza qilib oʻynab kelardik. Asosiy ermagimiz rogatka (sopqon)ga tosh solib otish edi. Ana shunday kunlardan birida Burxon akam bilan oʻynab yurib, qush ovlashga jazm qildik. Rezinka rogatkaga mayda toshlardan qoʻyib, qushlarni poylab otamiz, hecham tegmaydi. Bir payt qoʻqqisdan roʻparadagi daraxtdan bir gala chumchuq «pir» etib osmonga koʻtarildi. Burxon akam darhol rezinkani choʻzib turib bir otgan edi, bitta chumchuq «tap» etib yerga tushdi. Oʻqimiz nishonga tegishini kutmagan ekanmiz shekilli, ikkovimiz ham esankirab qoldik. Keyin chumchuqning teppasiga yugurib bordik. Jon talvasada tipirchilab, toʻlgʻanib yotgan qushchani koʻrib, ikkovimiz bexosdan yigʻlab yubordik. Chumchuq boyoqish uchay desa ucholmas, qochay desa qocholmasdi. Hali tirik edi. Bu dahshatli oʻlim azobi bir-ikki daqiqa davom etgan boʻlishi mumkin, ammo mening nazarimda u cheksizday tuyulardi. Chumchuq yotgan joyida tipirchilagan sari biz battar hoʻngrab yigʻlardik. Oxiri u qimirlamay qoʻydi. Qushchaning joni uzilgan boʻlsa ham, aka-uka ikkovimiz hamon hoʻng-hoʻng yigʻlardik. Men uning oʻlimiga sababchi boʻlgan rogatkani olib uloqtirib yubordim. Burxon akam qoʻli bilan yerni timdalab, chumchuqqa goʻr ochdi. Yigʻi-sigʻi bilan uni koʻmdik. Shundan keyin ikkovimiz bir ogʻiz churq etmay, xoʻrsina-xoʻrsina uyga qaytdik.

Ertasi kuni sinf oʻqituvchimiz erkin mavzuda insho yozishni buyurdi. Men oʻzimga gʻoyat ta’sir qilgan mana shu voqeani bayon qilib berdim. Oʻqituvchimiz inshoyimni oʻqib chiqqach, juda maqtadi, koʻklarga koʻtardi. Xullas, mening umrimda birinchi marta yozgan asarim shu boʻldi.