OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiIbratli tasodif (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ibratli tasodif (hikoya)
Aziz Nesin

Buni bizga oʻqituvchimiz gapirib bergan.

Oʻsha oʻqituvchimizning bir qarindoshi birinchi jahon urushi yillarida armiyada ofitser boʻlib xizmat qilgan ekan. Oʻsha odam kunlardan birida choʻlda ketayotib qiziq bir voqeaning guvohi boʻlibdi. Tipratikan bilan yoʻgʻon bir ilon «jang» qilishayotgan boʻlib, hujum qilayotgan tomon asosan tipratikon boʻlib, u nuqul hamla qilar, har hamla qilganida oʻtkir tikanlarini ilonning tanasiga sanchib olarkan. Hon chetroqqa oʻrmalab qochmoqchi boʻlsa, yugurib oldidan chiqar, yana nayzasini suqib-suqib olaverarkan. Oxiri ilon shu darajada abgor boʻlibdiki, qimirlashgayam holi qolmabdi. Tipratikan yana hujumga shaylanib turganini koʻrib, ofitser qoʻlidagi tayogʻi bilan uni bir-ikki marta tushiribdi. Tipratikan til tortmay oʻlibdi, tayoq ham qars etib sinibdi. Ofitser yoʻl-yoʻlakay singan tayogʻini oʻynab, oʻzi turgan chodirga yetib olibdi. Oradan ancha vaqt oʻtgach, tashqari chiqib qarasa, boyagi yoʻgʻon ilon chodirning ostonasida tasmadek choʻzilib oʻlib yotganmish. Ustida singan tayoq boʻlagi.

Oʻqituvchimiz shu voqeani aytib bergach, bizga bunday degan edi:
— Tanasi ilma-teshik boʻlib ketan bir ilonning yaxshilikka yaxshilik qaytarish niyatida shuncha yoʻl bosib, tayoqning singan uchini sudrab kelishi aslida aql borvar qilmaydigan narsa. Lekin bu boʻlgan voqea. Qolaversa, buni ibratli tasodif desa ham boʻladi.