OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Aziz Nesin. Idol Branski (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiIdol Branski (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Idol Branski (hikoya)
Aziz Nesin

Mashinada Yevropadan Turkiyaga qaytayotib, Yugoslaviya orqali oʻtadigan boʻldik. Belgradga yaqinlashib qolgan edik, yoʻl chetida joylashgan bir xoʻjalikka koʻzimiz tushdi. Surishtirib bilsak, bu yerda zotli itlar yetishtirisharkan. Uning egasi bir yugoslav boʻlib, oʻzi shu sohada mutaxassis ekan. Xoʻjalikni aylanib chiqdik. Har xil toifali yuzlarcha itlarni koʻrdik. Bitta kuchukcha bizga ma’qul tushib, buni sotib olmoqchi boʻldik. Egasi uni tugʻilganiga endi yigirma kun boʻlganini, oʻzi esa Londonda boʻlib oʻtgan koʻrikda birinchi oʻrinni olgan Idol Branski laqabli itning zurriyoti ekanini aytdi. Xullas, ikkinchi Idol Branskini sotib oldik. Bizga kuchukcha bilan birga uning nasl-nasabi yozilgan guvohnomani ham berishdi.

Kuchukchani uyga olib keldik. Oyim uni uy ichida saqlashga koʻnmadi. Noiloj hovlidagi katalakka qamab qoʻydik. Idol Branski yonidan jilishimiz bi¬lan shunaqayam uvvos koʻtardiki, asti qoʻyaverasiz. Tuni bilan goh chiyillab, goh uvillab chiqdi. Na oʻzi orom oldi, na bizga va na qoʻshnilarga tinchlik berdi. Ertasi kuni toza boshimiz qotdi. Kun boʻyi uning yonidan jilmadik. Kechasi yana halovat boʻlmasligi aniq edi.

Yaqin tanishlarimizdan biri maslahat berdi:
— Qoʻngʻiroqli soat bor-ku, shuni toʻrvaga solib, yoniga qoʻyinglar-chi, gʻingshimasa kerak.

Aytganini qildik. Idol Branskining akillashi tindi. Tuni bilan churq etgani yoʻq. Erta bilan uygʻongach, oʻlib-netib qolmadimikin, degan xavotirda katagiga borib asta moʻraladik. Soat solingan toʻrvaga boshini qoʻyib, tinchgina uxlayotgan ekan.

Shundan keyin har kuni kechqurun buni takrorlab turdik. Kechalari tortqilab oʻynardi. Bora-bora Idol Branski ulgʻayib, soatsiz uxlaydigan boʻldi.

Bir kuni bizga maslahat bergan oʻsha tanishimizdan buning sababini soʻradik. U oʻzi bu ishni qilib koʻrmaganini, lekin bir kitobda shu haqda oʻqiganini aytdi. Kitobda yozilishiga koʻra kuchuk bolasi soatning tiqirlashini onasining yurak urishiga oʻxshatar ekan. Ma’lumki, kuchuk bolachalari odatda onasining qorniga boshini qoʻyib yotadi. Demak, Idol Branski soat solingan toʻrvaga boshini qoʻyib uxlashining sababi ham shunda.